logo

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

65.2373046875 KB
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari 
tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish.              
O`tgan  davr  mobaynida  mamlakatimizda  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlikni  rivojlantirishga  alohida  e`tibor  berilmoqda.  Natijada,  tashkiliy 
huquqiy  shakli  aksiyadorlik  jamiyatlari,  mas`uliyati  cheklangan  jamiyat, 
qo`shimcha  mas`uliyatli  jamiyat,  xususiy  korxona  hamda  xo`jalik  shirkatlari 
ko`rinishida bo`lgan korxona va tashkilotlarning soni bir necha yuz baravarga 
ko`paydi. Ularning faoliyatida qonunchilikni ta`minlash, shartnoma va mehnat 
intizomiga  rioya  qilish  ustidan  nazorat  qilish,  mulkni  saqlashni  huquqiy 
vositalar  orqali  ta`minlash  hamda  boshqa  huquqiy  ishlarni  amalga  oshirishda 
yuridik xizmatning roli muhim ahamiyat kasb etmoqda.              
Xo`jalik  yurituvchi  subyekt    yuridik  xizmatining  huquqiy  maqomi  O`zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  2  martdagi  qarori  bilan 
tasdiqlangan  “O`zbekiston  Respublikasining  davlat  boshqaruv  organlari  va 
korxonalardagi  yuridik  xizmat  to`g`risida”gi  Nizom  hamda  O`zbekiston 
Respublikasining  1998  yil  29  avgustdagi  “Xo`jalik  yurituvchi  subyektlar 
faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to`g`risida”gi  Qonun  bilan  belgilab 
qo`yilgan. 

Hozirgi  paytda  xo`jalik  yurituvchi  subyekt    shtat  jadvalida  nazarda  tutilgan 
yuridik  xizmat  xodimlarining  soni  juda  ozchilikni  tashkil  etadi.  Ayni  paytda 
faoliyat  yuritayotgan  xo`jalik  yurituvchi  subyektlarning  aksariyati  doimiy 
ravishda  yuriskonsult  xizmatidan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  emas.  Buning 
ham obyektiv, ham subyektiv sabablari mavjud.              
Obyektiv  sabablar  jumlasiga  –  yuristlar  sonining  respublikamizda 
kamligi,  barcha  korxonalarda  ham  doimiy  ravishda  yuridik  xizmat  xodimlariga 
haq  to`lash  imkoniyati  yo`qligi,  shuningdek  yuridik  xizmat  xodimlari 
maoshlarining kamligi kiradi.

Subyektiv  sabablarga  esa  –  korxona  rahbarlarining  yuridik  xizmatga 
yuzaki  qarab  uni  mustahkamlashga  e`tibor  bermasligi,  yuristlarning 
ko`pchiligida  asosan  prokuratura,  sud  va  boshqa  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
organlarda  ishlash  ishtiyoqi  ko`pligi  va  yuridik  xizmatga  bepisandalik  bilan 
qarashlari kiradi.

Shuning uchun xo`jalik yurituvchi subyektlar asosan advokatlar 
hay`atlari, advokatlik firmalari hamda advokatlik byurolarida faoliyat olib 
borayotgan advokatlarning xizmatlaridan ko`proq  foydalanmoqdalar.              
Xo`jalik  yurituvchi  subyektlar  yuridik  xizmatining  vazifalariga  asosan 
ular  faoliyatini  huquqiy  ta`minlanishini  tashkil  etish,  talabnoma-da`vo  ishlarini 
yuritish,  mehnat  intizomini  mustahkamlash,  mulkni  saqlash  bo`yicha  huquqiy 
ishlarni  yo`lga  qo`yish,  korxona  xodimlarining  yuridik  o`quvini  tashkil  etish 
kabilar kiradi.

Xo`jalik  yurituvchi  subyektlar  o`z  faoliyatlarining  xususiyatidan  hamda 
huquqiy  ishlarning  hajmidan  kelib  chiqqan  holda  yuridik  xizmat  xodimi  uchun 
shtat  birligi  ajratish  yoki  ajratmaslik  masalasini  mustaqil  hal  etadilar.  Agarda 
xo`jalik  yurituvchi  subyekt  davlat  organining  qarori  asosida  tashkil  etiladigan 
bo`lsa, unda uning tuzilmasida yuridik xizmat xodimi uchun shtat birligini ajratish 
yoki ajratmaslik masalasini shu organning o`zi hal etadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish.

 O`tgan davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Natijada, tashkiliy huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatlari, mas`uliyati cheklangan jamiyat, qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat, xususiy korxona hamda xo`jalik shirkatlari ko`rinishida bo`lgan korxona va tashkilotlarning soni bir necha yuz baravarga ko`paydi. Ularning faoliyatida qonunchilikni ta`minlash, shartnoma va mehnat intizomiga rioya qilish ustidan nazorat qilish, mulkni saqlashni huquqiy vositalar orqali ta`minlash hamda boshqa huquqiy ishlarni amalga oshirishda yuridik xizmatning roli muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Xo`jalik yurituvchi subyekt yuridik xizmatining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to`g`risida”gi Nizom hamda O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi Qonun bilan belgilab qo`yilgan.  Hozirgi paytda xo`jalik yurituvchi subyekt shtat jadvalida nazarda tutilgan yuridik xizmat xodimlarining soni juda ozchilikni tashkil etadi. Ayni paytda faoliyat yuritayotgan xo`jalik yurituvchi subyektlarning aksariyati doimiy ravishda yuriskonsult xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Buning ham obyektiv, ham subyektiv sabablari mavjud.

 Obyektiv sabablar jumlasiga – yuristlar sonining respublikamizda kamligi, barcha korxonalarda ham doimiy ravishda yuridik xizmat xodimlariga haq to`lash imkoniyati yo`qligi, shuningdek yuridik xizmat xodimlari maoshlarining kamligi kiradi.  Subyektiv sabablarga esa – korxona rahbarlarining yuridik xizmatga yuzaki qarab uni mustahkamlashga e`tibor bermasligi, yuristlarning ko`pchiligida asosan prokuratura, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash ishtiyoqi ko`pligi va yuridik xizmatga bepisandalik bilan qarashlari kiradi.  Shuning uchun xo`jalik yurituvchi subyektlar asosan advokatlar hay`atlari, advokatlik firmalari hamda advokatlik byurolarida faoliyat olib borayotgan advokatlarning xizmatlaridan ko`proq foydalanmoqdalar.

 Xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining vazifalariga asosan ular faoliyatini huquqiy ta`minlanishini tashkil etish, talabnoma-da`vo ishlarini yuritish, mehnat intizomini mustahkamlash, mulkni saqlash bo`yicha huquqiy ishlarni yo`lga qo`yish, korxona xodimlarining yuridik o`quvini tashkil etish kabilar kiradi.  Xo`jalik yurituvchi subyektlar o`z faoliyatlarining xususiyatidan hamda huquqiy ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda yuridik xizmat xodimi uchun shtat birligi ajratish yoki ajratmaslik masalasini mustaqil hal etadilar. Agarda xo`jalik yurituvchi subyekt davlat organining qarori asosida tashkil etiladigan bo`lsa, unda uning tuzilmasida yuridik xizmat xodimi uchun shtat birligini ajratish yoki ajratmaslik masalasini shu organning o`zi hal etadi.