logo

Xorazm Sug’d sivilizatsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

114.017578125 KB
   Mavzu :  Xorazm Sug’d sivilizatsiyasi.                                Reja.             
   1.Xorazm sivilizatsiyasi. 
   2. Sug’d sivilizatsiyasi. 
   3. Foydalanilgan Adabiyotlar ro'yxati  1.Dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan bo'lgan va o'zbek 
davlatchiligining dastlabki tamal toshlari qo'yilgan qadimgi Xorazm tarixi 
juda katta va murakkab ilmiy muammo sifatida ko'plab olimlarning 
e'tiborini jalb qilib kelgan. Bu narsani biz uzoq o'tmish sadosi sifatida iz 
qoldirgan “Katta Xorazm” davlati tarixini o'rganish misolida ko'rishimiz 
mumkin.Amudaryo va Orololdi hududida yashayotgan xorazmliklar tarixi 
uzoq o’tmishga — IV ming yillikdan boshlangan va yangi tosh davr deb 
nomlangan neolitga borib taqaladi. Voha tarixining bilimdoni akademik 
S.P.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda qadimgi ajdodlarimiz 
Kaltaminor, Tozabog’yop, Suvyorgan, Amirobod kabi ulkan madaniyatlarni 
yaratganlar va uzoq o’tmishdan yodgorlik sifatida qoldirganlar. Bu noyob 
madaniy meros va uni o’rganishga juda ko’plab olimlar o’z hissasini 
qo’shganlar. Mazkur davlat birlashmasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar grek va fors yozma 
manbalarida uchraydi. Mil. old. VII–VI asrlarda Quyi Amudaryo, Zarafshon va 
Tajan daryosi havzalarida yashayotgan qabilalar “xorasmiylar” nomli xalq 
atrofiga birlashishgan va konfederatsiya (uyushma) shaklidagi dastlabki 
davlatlardan birini tashkil etishgan. Harbiy demokratiya printsiplariga 
asoslangan bu davlat aholisi uzoq yillar davomida Assiriya, Midiya va Eron 
ahmoniylari hurujlariga qarshi kurasha olgan.Katta Xorazm” konfederatsiyasida 
yetakchi bo’lgan “xorazmiylar” haqidagi ma’lumotlar Kichik Osiyolik tarixchi 
Gekatey Miletskiyning “Er tasviri” asarida uchraydi. Bu xalq Eron davlati 
hududidagi parfiylardan sharqdagi yerlarda yashagan va ularning “Xorasmiya” 
nomli shahri bo’lgan ekan.  2.Buyuk  Gerodot  xorazmiylar  yerlarini  suv  bilan  ta’minlaydigan  yirik  daryo  haqida 
ma’lumotlar  qoldirgan.  “Atrofi  tog’lar  bilan  o’ralgan  vodiydan  Akes  daryosi  oqib 
o’tadi — deb yozadi u.
  —  Bu  vodiy  qachonlardir  xorazmliklar  qo’lida  bo’lgan,  u  parfiylar,  saranglar, 
famoniylar  chegarasida  bo’lib,  ularning  yerlarini  sug’organ.  Hokimiyatga  forslar 
kelgach, bu vodiy podsho qo’liga o’tgan” 
.  Qadimgi Akes  daryosining  hozirgi  nomi  haqida  olimlar  orasida  yagona  bir  fikr  yo’q. 
Ularning  ayrimlari  bu  daryoni  Tajan,  Gerirud,  yana  boshqa  birlari  esa  — 
Amudaryoning nomi bilan bog’laydi.
Bunga  hozirga  qadar  pastlik,  suv  yig iladigan  yer  "S,  Sug ut"  deb  nomlanishini  dalil ʻ ʻ
qilib ko rsatiladi. 	
ʻ
Avestoda  Sug'd  mamlakat  nomi  sifatida  bir  marta  uchraydi.  "Ardvisura  Yashti"  —
("Obon  Yasht")  va  Ardvi  (Amudaryo)  Ishkata,  Paruta,  Mouri,  Suguda  va  Xvarazm 
tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya ta kidlanadi. Avestoning Videvdatdir. 	
ʼ Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI 
asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 20 asr boshlarigacha 
saqlangan.Miloddan avvalgi VI asrda Axamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh 
xotirot bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan 
satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — 
Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan so z tarkibidagi — anaka — tegishlilik, ʻ
mansublik ma nosini bildiruvchi nisbat qo shimchasini so z o zagiga qo shib 	
ʼ ʻ ʻ ʻ ʻ
yuborishdan paydo bo lgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sug d yozuvi yodgorliklari 	
ʻ ʻ
mamlakat nomini Sug'd yoki Sg ud shaklida ko rsatadi.	
ʻ ʻ
Sug d" so zining ma nosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, So ch —G G  	
ʻ ʻ ʼ ʻ ʻ ʻ
So z — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sug dni "Muqaddas 	
ʻ ʻ
ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga ko ra) bilan poklangan yer" kabi ma noda talqin 	
ʻ ʼ
etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga ko ra, "Sug'd" so zi sernam, 	
ʻ ʻ
unumdor yer deb tushuniladi. naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri 
Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb ko rsatiladi.	
ʻ  aramey alifbosiga asoslangan va keyinchalik uyg urlar tomonidan foydalanilgan ilk so g d ʻ ʻ ʻ
yozuvi o rnini egallay olmadi. Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy 	
ʻ
hududlardan yo llangan "ko hna maktublar" va Zarafshon vodiysidagi Mug tog ida topilgan 	
ʻ ʻ ʻ
hujjatlar yordamida tanishish mumkin. VIII asr boshida So g d Qutayba ibn Muslimning 	
ʻ ʻ
musulmon qo shinidan mag lubiyatga uchraydi va halifalikka itoat etgan holda islom 	
ʻ ʻ
dinining jug rofiy-siyosiy makonida qudratli savdo-hunarmandchilik markazi bo lib 	
ʻ ʻ
qoladi.Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy-
geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 3 qism 
o zaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon tog  tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab 	
ʻ ʻ
o rtasini Karmanadan keyin Malik cho li Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.Buyuk 
ʻ ʻ
ipak yo lining markaziy tarmoqlari Sug d orqali o tgan. Natijada Sug d xalqaro savdo 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
munosabatlarida muhim o rin tuta boshlagan. Buyuk ipak yo li bo ylab Sug'd 	
ʻ ʻ ʻ
savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo bo lgan. Sug diy 	
ʻ ʻ
tili xalqaro til rolini o ynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan Sug d chegaralari haqida 	
ʻ ʻ
noto g ri tasavvurlar hosil qilgan	
ʻ ʻ        Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 
1.Shuhrat Ergashev.« Jahon sivilizatsiyalari tarixi». 
2.Qodirova. «Jahon sivilizatsiyalari tarixi». 
3.www.svilizatsiii.com

Mavzu : Xorazm Sug’d sivilizatsiyasi.

Reja. 1.Xorazm sivilizatsiyasi. 2. Sug’d sivilizatsiyasi. 3. Foydalanilgan Adabiyotlar ro'yxati

1.Dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan bo'lgan va o'zbek davlatchiligining dastlabki tamal toshlari qo'yilgan qadimgi Xorazm tarixi juda katta va murakkab ilmiy muammo sifatida ko'plab olimlarning e'tiborini jalb qilib kelgan. Bu narsani biz uzoq o'tmish sadosi sifatida iz qoldirgan “Katta Xorazm” davlati tarixini o'rganish misolida ko'rishimiz mumkin.Amudaryo va Orololdi hududida yashayotgan xorazmliklar tarixi uzoq o’tmishga — IV ming yillikdan boshlangan va yangi tosh davr deb nomlangan neolitga borib taqaladi. Voha tarixining bilimdoni akademik S.P.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda qadimgi ajdodlarimiz Kaltaminor, Tozabog’yop, Suvyorgan, Amirobod kabi ulkan madaniyatlarni yaratganlar va uzoq o’tmishdan yodgorlik sifatida qoldirganlar. Bu noyob madaniy meros va uni o’rganishga juda ko’plab olimlar o’z hissasini qo’shganlar.

Mazkur davlat birlashmasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar grek va fors yozma manbalarida uchraydi. Mil. old. VII–VI asrlarda Quyi Amudaryo, Zarafshon va Tajan daryosi havzalarida yashayotgan qabilalar “xorasmiylar” nomli xalq atrofiga birlashishgan va konfederatsiya (uyushma) shaklidagi dastlabki davlatlardan birini tashkil etishgan. Harbiy demokratiya printsiplariga asoslangan bu davlat aholisi uzoq yillar davomida Assiriya, Midiya va Eron ahmoniylari hurujlariga qarshi kurasha olgan.Katta Xorazm” konfederatsiyasida yetakchi bo’lgan “xorazmiylar” haqidagi ma’lumotlar Kichik Osiyolik tarixchi Gekatey Miletskiyning “Er tasviri” asarida uchraydi. Bu xalq Eron davlati hududidagi parfiylardan sharqdagi yerlarda yashagan va ularning “Xorasmiya” nomli shahri bo’lgan ekan.