“XURUS ILA BO‘RI”, “JANJALCHILIK ZARARI” HIKOYALARINI O‘QISH, TAHLIL QILISH
“ XURUS ILA BO‘RI”, “JANJALCHILIK ZARARI” HIKOYALARINI O‘QISH, TAHLIL QILISH
XURUS NIMA? Hikoyada xurus aldanib qolmaslik, har bir xabarni o‘ylab ko‘rish, aql bilan ish yurutish vositasi sifatida qatnashadi. Xurus – xo‘roz degan ma’noni anglatadi. BILIB OLING! Xo‘roz - bu erkak tovuq, umumiy ma’noda tovuq oilasining barcha qushlarining erkaklari. Tashqi tomondan, odatda tovuqdan kattaroq bo‘lib, ajoyib sirg‘alari hamda rangli dumi bilan ajralib turadi.“ XURUS ILA BO‘RI” HIKOYASI
“ Ey Xurus o‘rtog‘! Man sanga bir yaxshi xabar kelturdim, hayvonlar ila qushlar orasinda sulh bo‘ldi. Bir- biriga zulm qilmasga, biri ikinchisin tutub yemasga qaror berildi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lub, birga o‘ynashayluk”, – dedi. Bo‘riga boqub xurus dediki: – Do‘stim, so‘zing rostdur, to‘g‘ridur. Lekin biroz sabr qil. Sandan boshqa iki it ham sulh xabarin ketururlar. Alar ham kelsunlar. Hammamiz birga o‘ynashurmiz, – dedi.BO‘RI BILAN XURUS SUHBATI
Bo‘ri Xurusdan bu so‘zni eshitgan zamon dumini orqasig‘a qo‘yub qocha boshladi. Xurus: “ Ho, birodar, nima uchun qochursan, aroda sulh bor-ku? ” – desa, b o‘ri: Oh do‘stim! Bu zolim itlar sulhni buzgong‘a o‘xshaydur, – deb qochub ketdi. BO‘RINING AYANCHLI KO‘RINISHI TAHLIL: H ikoyaning aqlli qahramoni xo‘roz «Bo‘rining so‘ziga aldanadurg‘on darajada nodon va ahm o q» emas. U ning o‘zini go‘yo bo‘riga ishongandek tutib aytgan gapi, ochig‘i, uncha-muncha bo‘rining hiylasidan kuchliroq mazmunga ega. ( Bo‘ri ning ketishini insonlardagi izza bo‘lish bilan qiyoslang, ko‘z oldingizga keltiring. Inson uchun bundan og‘ir narsa yo‘q ekan, muallif hammani har narsaga ishonmaslikka chaqiradi.Natija da: Bo‘ri orqa oyoqlari orasiga dumini qisgancha (bu – qo‘rqoqlikning eng ayanchli ko‘rinishi!) ketib qoladi.
DO‘ST BILAN DUSHMAN SO‘ZINING FARQI BOR IZOH: Aqlli inson hech qanday aldovlarga uchmaydi . Ayyorlik qilgan insonlar avvalo, o‘ziga jabr qiladi. Hushyor insonlar do‘st bilan dushman ajrata oladi. Aql egasi hiylaga aldanmagay, Hiylagarning hiylasi boshin yegay. Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor, Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor. TAHLIL: Kundalik hayotda uchraydigan qallobliklar, firibgarliklar, aldovlar ortida o‘sha ishni o‘ziga ep ko‘rgan odamlarning pastkashligi bilan birga, ular gapiga laqqa tushgan go‘l kishilar fojiasi ham ayanchlidir.