logo

XVI-XVIII-asrlarda birinchi yarmida Hindiston

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24472.686523438 KB
Mav zu: X VI-X VIII -asrlarda birinchi y armida 
Hindist on 
Reja: 
1. Hindistonda Boburiylar davlarining paydo bo’lishi 
2. Boburiy hukmdorlar davrida Hindiston
3. Hokimiyatga qarshi qo’zg’olonlar
4. Chet elliklarning kirib kelishi 
5. Hindiston haqida turkiyzabon olimlarning asarlari                    XVI asrda Hindiston siyosiy tarqoqlik holatida bo‘lib, o‘zaro ichki nizo 
va urushlar mamlakatni holdan toydirgan edi. Hindistondagi ichki 
siyosiy   ahvolni   sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori 
Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va 
Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy 
Hindistondagi Dehli sul- tonligida afg‘onlarning lo‘diylar sulolasidan 
bo‘lgan Ibrohim Lo‘di hukmronlik qilardi.U 1526-yil 21-aprelda Bobur 
qo‘shiniga qarshi bo‘lgan Panipat jangida mag‘lubiyatga uchrab, 
halok bo‘ldi.
D е hli sultonligida Bobur taxtga keldi va boburiylar sulolasiga asos 
soldi. Bobur 1530-yili vafot etgunga qadar Hindistonda hukmronlik 
qildi. Boburning vasiyatiga ko‘ra, taxtga uning katta o‘g‘li Humoyun 
o‘tirdi. Ammo Humoyunga qarshi birlashgan mahalliy zodagonlar 
1540-yili uni taxtdan ag‘darishdi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Humoyun 
Eron shohi Taxmasp I saroyidan panoh topdi. Hindistonda taxtni 
afg‘onlarning sur qabilasi sardori Sherxon egallab oldi. Humoyun uzoq 
kurashlardan so‘ng 1555-yili  Dehlini   qaytarib   oldi , ammo ko‘p o‘tmay 
vafot etdi. Taxtga Humoyunning o‘g‘li Akbar keldi. U Bobur  vorislari  
orasida   eng   mashhuri , buyuk islohotchi sifatida nom qol- dirgan. Bu 
shoh Hindiston tarixida «Buyuk Akbar» nomi bilan ataladi. Akbar 
1556–1605-yillarda Hindistonni boshqardi.  U ham  harbiy , ham 
diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind roja- 
larini o‘ziga bo‘ysundirdi.                   Akbarshoh islohotlari.  Akbarshohning hukmronlik yillari 
imperiya- ning oltin davri bo‘ldi. Akbarshoh markazlashgan 
davlat va kuchli hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani 
viloyatlarga   ajratib , ularga o‘z noiblarini tayinladi. Soliq tizimi 
ham isloh qilinib, imperiya hududida yagona savdo solig‘i  joriy  
etildi , xolisa va jogirdorlar yerla- ridan teng miqdorda soliq 
undiriladigan bo‘ldi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va 
og‘irlik o‘lchov birliklari hamda Mirzo Ulug‘bek tizimiga 
asoslangan yagona taqvim joriy qilindi. Mamlakat bo‘ylab 
saroylar, me’moriy inshootlar va bog‘lar barpo etildi. Ilm-fan, 
san’at va dehqonchilik rivojlandi. Yo‘llarni ta’mirlash, 
karvonsaroylar qurish hamda dengiz yo‘llari orqali Yevropa 
mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borishga katta e’tibor 
qaratildi.Islohotlar ichida Akbarga eng katta shuhrat keltirgani 
diniy islohot bo‘ldi.  Odamlar   islom , hinduizm va boshqa bir qator 
dinlarga sig‘inadigan ko‘p dinli Hindistonda Akbarshoh diniy 
murosasozlik siyosatini olib bordi.U mamlakatni boshqarishga 
musulmon- lar bilan birga hindlarni ham jalb etdi, mu- sulmon 
bo‘lmaganlardan olinadigan jon so- lig‘i –  jizya ni  bekor   qildi , 
hindlarning ziyo- ratgohlaridan olinadigan soliqni ham man etdi. 
Akbarshoh o‘z mamlakatida diniy bag‘rikenglik siyosatini yuritib, 
hindlar ora- sida islom dinining tarqalishini rag‘batlan- tirdi va 
ayni paytda hindlarning har qanday kamsitilishini bekor qildi.                   Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini 
yaxshi egallagan ma’rifatli hukmdor edi. U 
hindlar  bilan   musulmonlarning   tinch-totuv 
yashashlariga erishdi. Akbarshoh yuritgan 
adolatli siyosat Boburiylar davlatining ulkan 
imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va 
amaldorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida 
katta rol o‘y- nadi. Bu esa, o‘z  navbatida , 
imperiya qudrati va shon-shuhratining yanada 
ortishiga xizmat qildi.
Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati 
tufayli «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» 
nomlariga ham sazovor bo‘ldi. U 1605-yilda vafot 
etdi.
Akbarshohning islohotlari musulmon zodagonlar 
va diniy mutaa- ssiblarning noroziligiga sabab 
bo‘ldi. Norozilar orasida Akbarshoh- ning o‘g‘li, 
taxt vorisi Jahongir Mirzo ham bor edi. U taxtga 
kelishi bilan, otasining ko‘plab islohotlarini 
bekor qildi.                   Harbiy  len  tizimi- 1570 yillarning oxirida podshoh bir necha asrlardan beri mavjud bo’lgan harbiy-
lentizimini  bekor   qilishga , harbiy xizmatlari uchun ajratiladigan yer o’rniga pul bilan to’lashni joriy
qilishga harakat qildi. Bunga qarshi turli joylarda isyonlar bo’lganligi sababli islohotni
to’xtatishga to’g’ri keldi. Akbar davlat xizmatidagi feodallar uchun  mansablar   tizimini   joriy
qilish bilan cheklandi                   Shox Jahon -(1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar 
saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-o g li. Asl ʻ ʻ
ismi Xurram. 1616 yil Dekan (to g rirog i — Dakan)dagi 	
ʻ ʻ ʻ
g alabasidan so ng Sh.J.nomini olgan. 1622—25 yillar otasi 	
ʻ ʻ
Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt 
uchun kurashlarda g olib bo lib, "Abul Muzaffar Shahobiddin 	
ʻ ʻ
Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan. Taxtga 
o tirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur 	
ʻ
bo lgan. Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga ko chirgan. 	
ʻ ʻ Bu 
davrda   adabiyot , san at, musiqa va boshqalar fanlar rivoj 	
ʼ
topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham obidalarni bunyod 
ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qal a, 	
ʼ Dehlida   Jome
 masjid , Lohurda Shalimar bog i va boshqalar Sh.J. davrida 	
ʻ
Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 
yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurg oqchilik tufayli 	
ʻ
ocharchilik bo lgan, xalqning ahvoli og irlashgan, shuning 	
ʻ ʻ
uchun Sh.J. mazkur o lkalardagi yer solig ini kamaytirgan. 	
ʻ ʻ
Sh.J. davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar 
davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning 
o tillari o rtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda 	
ʻ ʻ
katta o g li Avrangzeb g olib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. 	
ʻ ʻ ʻ
Tojmahal maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn 
etilgan.                   Avrangzeb-  Olamgir (asl ismi Muhyiddin 
Muhammad) (1618–1707  yil  mart , Ahmadobod) – 
Hindiston pod-shosi (1658–1707), boburiylar sulo-
lasidan, Shoh Jahonning uchinchi o‘g‘li, Zebunniso 
begimning otasi. Onasi – Mumtoz Mahal nomi bilan 
mashhur bo‘lgan Arjumand Bonubegim. A. inisi 
Murod-baxsh  bilan   ittifoq   tuzib , Dehlida taxtni 
egallagan (1658). A. podsholik yerlarini qo‘shni 
xonliklar – Bijapur va Golkonda hisobiga 
kengaytirdi (1686–87). Lekin soliqlarning 
ko‘payishi, hindlarning davlat ishlaridan 
uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining 
musodara   qilinishi , hindlar orasida islomni joriy 
ettirish jarayoni natijasida mamlakatda 
g‘alayonlar ko‘tarilib turdi (Maharashtra, Panjob, 
Dehli – Agra viloyatlarida). Shivaji (1630–80) 
boshchiligidagi kurash natijasida Ma-harashtra 
alohida xonlik bo‘lib ajraldi (1674). A.ning 
hukmdorlik davrida Janubiy Hindiston bir necha 
xonliklarga bo‘linib ketdi. Bu esa Hindistonda bo-
buriylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.                   Imperiya   inqirozining   boshlanishi.  Akbarshoh vorislarining 
siyosati imperiyaning iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirdi. Davlat 
xazinasiga tu- shumlar kamayib ketdi. Bunday holatda 
imperiyadan   ajralib   chiqish , ayirmachilik kayfiyati kuchaydi. 
Natijada, Boburiylar imperiyasi in- qirozga yuz tuta boshladi. 
Bunday   holat , ayniqsa, Shoh Jahonning o‘g‘li Avrangzeb 
Olamgir hukmronlik qilgan yillarda (1658–1707) avji- ga chiqdi. 
O‘zaro qonli to‘qnashuvlar oqibatida taxtga kelgan Avrangzeb 
parchalanayotgan imperiyani saqlab qolishning yo‘li sifatida 
islom dini qoidalarini qat’iy joriy qilishga kirishdi. Musulmon 
bo‘l- maganlardan olinadigan jizya solig‘ini  qayta   tikladi , 
hindlar uchun qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, 
ularga o‘z bayramlarini nishonlashni taqiqladi, hind 
ibodatxonalarini buzib tashlashni buyur- di.  Oqibatda , 
mamlakat bo‘ylab xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib ketdi.
XVIII asr boshlariga kelib, imperiya parchalana boshladi. Ar- 
miya o‘zining avvalgi qudratini yo‘qotdi, mahalliy 
hukmdorlarning mustaqilligi oshdi. Shunday holatda 
Hindistonga   avval   eronliklar , so‘ngra afg‘onlar bostirib kirib, 
mamlakatni taladi. Boburiy hukm- dorlarning hokimiyati tobora 
zaiflashib bordi. Mamlakat  feodal  tar-  qoqlikka   qaytib , 
yevropaliklarning kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratildi.                   Yevropaliklarning  Hindistonga  
kirib kelishi.  Yevropa davlatlarining 
maqsadi Hindistonning  ulkan  
boyliklariga , unumdor yerlariga ega 
bo‘lish edi. Boburiylar imperiyasining 
inqirozi tufayli Yevropa hukm- dorlari 
o‘z maqsadlarini amalga oshirishga 
kirishdi.  Chunonchi , 1757-yili Buyuk 
Britaniya Bengaliyani bosib oldi. Bu boy 
hudud Buyuk Britaniyaning keyingi 
bosqinchilik rejalarini amalga 
oshirishda tayanch vazifasini o‘tadi. 
Shu tariqa Buyuk Britaniyaning 
Hindistonni asta-sekin o‘z 
mustamlakasiga aylantirish davri 
boshlandi. Bu jara- yonda Buyuk 
Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi 
juda katta rol o‘ynadi.  XVIII  asr  
oxirlariga   kelib , o‘zining barcha 
raqiblarini yeng- gan Ost-Indiya 
kompaniyasi tarqoq va zaif Hindistonni 
bo‘ysun- dirishda yetakchilik qildi.                   Madaniyat va san’at.  Boburiylar  davrida   Hindiston   fani , mada- niyati 
va san’ati rivojlanishning yangi cho‘qqilarini zabt etdi.  Hindis-  tonda  
matematika , tibbiyot kabi fanlar o‘sha davr Yevropa fanidan ancha 
oldinlab ketdi. Adabiyotda ham yuksalish davri boshlandi. Akbarshoh 
saroyida hind adabiyotining «Mahabharata», «Ramayana» kabi 
mashhur asarlari tarjima qilindi. Sharq  xalqlarining   buyuk   shoiri , ulug‘ 
mutafakkir olimi Mirzo Abdulqodir Bedil ham shu davrda Hindistonda 
ijod qildi.Bu davr ijodkorlari orasida ikki buyuk hind shoiri – Tulsidas 
va Surdas ajralib turadi. Tulsidas «Ramayana» sujetlari asosida 
«Rama-ning jasoratlari» nomli juda katta poema yaratdi.  Rivoyat  
qilishla -  richa , tug‘ma ko‘r bo‘lgan Surdas Krishnaning hayoti haqidagi 
yor- qin poemalar muallifi edi.Boburiylar  davri   arxitekturasi   mahobati
,  bezaklarning   boyligi , mu- sulmon me’morchiligi va hind saroy 
arxitekturasi an’analarining   uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bu davrda 
bunyod etilgan me’moriy  obidalarning   eng   mashhuri , jahon 
me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan biri Tojmahal 
mavzoleyidir. Uni Shoh Jahon o‘zining sevimli xotini Mumtoz Mahalga 
bag‘ishlab qurdirgan.
Shunday   qilib , boburiylar davrida o‘z taraqqiyotining yangi bos- 
qichini boshdan kechirgan Hindiston XVIII asrdan e’tiboran, ingliz- 
lar mustamlakasiga aylana boshladi.                   Rajput - Rajput (sanskritcha raja-putra, "qirolning o'g'li") - bu 
Hindistonning qit'asidan kelib chiqqan nasl-nasabga oid ijtimoiy 
mavqe va mafkurani baham ko'radigan, kastalar, qarindoshlar va 
mahalliy guruhlarning yirik ko'p komponentli klasteridir. "Rajput" 
atamasi tarixiy urush bilan bog'liq bo'lgan turli xil patilineal 
klanlarni o'z ichiga oladi: bir nechta klanlar  Rajput  maqomiga  
egadirlar , ammo hamma da'volar hammasi ham qabul 
qilinmaydi.
"Rajput" atamasi hozirgi ma'nosini faqat XVI asrda oldi, vaholanki 
u VI asrdan boshlab shimoliy Hindistonda paydo bo'lgan qadimgi 
nasllarni tasvirlash uchun ishlatilgan. XI asrda "rajaputra" 
atamasi qirol amaldorlari uchun meros qilib olinmagan belgi 
sifatida paydo bo'lgan. Asta-sekin, Rajputlar turli etnik va 
geografik kelib chiqishlardagi odamlarni o'z ichiga olgan ijtimoiy 
sinf sifatida paydo bo'ldi. XVI-XVII asrlarda ushbu sinfga a'zolik 
asosan meros bo'lib qoldi, garchi keyingi asrlarda Rajput 
maqomiga oid yangi da'volar davom etayotgan bo'lsa. Rajput 
boshqargan bir nechta shohliklar XX asrga qadar Hindistonning 
markaziy va shimoliy mintaqalarida muhim rol o'ynagan.Rajput 
populyatsiyasi va oldingi Rajput shtatlari  Hindistonning   shimoliy , 
g'arbiy, markaziy va sharqiy qismida joylashgan. Bu joylarga 
Rajastan, Gujarat, Uttar-Pradesh,  Ximachal -Pradesh , Xaryana, 
Jammu, Uttaraxand, Bihar va Madxya-Pradesh kiradi.                   1674-yil-Yirik  qo’zg’olonlardan biri	 Maxarashtra	 mintaqasida	 bo’lib,	 unga	 SHivadji	 (1630	 –1680)	 ismli	 kishi	 
boshchilik	
 qilgan.	 Qo’zg’olon	 1646	 yili	 boshlanib	 tezda	 mustaqil	 davlatning	 tashkil	 topishiga	 olib	 keldi.	 1674	 yili	 
SHivadji	
 tantanali	 ravishda	 taxtga	 o’tirdi.  Biroq   SHivadjining o’limidan	 so’ng	 bir	 necha	 yil	 ichida	 Avrangzeb  bu  
davlatni   bosib   oldi
Gobind Singx- XVII	
 asr	 boshlarida	 yuz	 bergan	 yirik	 qo’zg’olonlardan	 yana	 biri	 sikxlarning	 mustaqillik	 uchun	 
kurashi	
 edi.	 O’z	 vaqtida	 Akbar	 shohning	 homiyligidan	 foydalangan  sikxlar   keyinchalik yarim	 mustaqil	 davlatga	 
aylangan	
 edi.	 1675	 yili	 Avrangzeb	 sikxlarning	 yo’lboshchisi	 guru	 Teg	 Baxadurni	 Dehlida	 qatl	 qildirdi.	 SHundan	 
so’ng	
 sikxlar	 harakatiga	 guruning	 o’g’li,  qobiliyatli   siyosatchi ,  sarkarda   va   shoir ,	 keng	 bilimli	 va	 jasur	 shaxs	 guru	 
Gobind	
 Singx	 (1666	 –1708)	 rahbarlik	 qiladi.	 XVII	 asr	 hind	 madaniyatining	 yorqin	 namoyandalaridan	 biri	 Gobind	 
1708	
 yili   yollanma	 qotil	 tomonidan	 o’ldirildi
Ost-Indiya- (ing	
 . East	 Indies	 —	 Shar-kiy	 Hindiston)	 —	 Hindiston	 hamda	 Jan.	 va	 Jan.-Sharqiy	 Osiyodagi	 ba zi	 	ʼ
mamlakatlar	
 hududlarining	 yevropaliklar	 o rtasidagi	 eski	 nomi.	 Vest-Indiya	 terminining	 aksi	 sifatida	 vujudga	 kelgan.	 	ʻ
O sha	
 vaqtlarda	 Ameri-kaning	 Karib	 dengizidagi	 X.	 Kolumb	 kashf	 qilgan	 orollarini	 "Hindiston"	 deb	 hisoblagan	 	ʻ
yevropaliklar  sharqqa   tomon   sayohat   qilib ,  haqiqiy   Hindistonni   topgach ,	
 uni	 O.-I.	 deb	 atadilar.	 Angliya,	 Gollandiya	 
va	
 Fransiya	 Ost-Indiya	 kompaniyalarining	 mustamlakachilik	 faoliyatlari	 natijasida	 O.-I.	 nomi	 uzoq	 vaqt	 saklanib	 
keldi.
10.Shivadji-	
  Yirik	 qo’zg’olonlardan	 biri	 Maxarashtra	 mintaqasida	 bo’lib,	 unga	 SHivadji	 (1630	 –1680)ismli	 kishi	 
boshchilik	
 qilgan.	 Qo’zg’olon	 1646	 yili	 boshlanib	 tezda	 mustaqil	 davlatning	 tashkiltopishiga	 olib	 keldi.	 1674	 yili	 
SHivadji	
 tantanali	 ravishda	 taxtga	 o’tirdi.  Biroq   Shivadjining   o’limidan	 so’ng	 bir	 necha	 yil	 ichida	 Avrangzeb	 bu	 
davlatni	
 bosib	 oldi.                   Diyorimizda istiqlol yillari tariximiz va milliy qadriyatlarimizni tiklash bilan bir qatorda, 
shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi ilmiy-ijodiy merosimizni izlash va to‘plash 
bo‘yicha ham talay xayrli ishlar amalga oshirildi. SHuning uchun, endilikda ilm va ijod 
ahli oldidagi dolzarb vazifa – bu qo‘lga kiritilgan madaniy-ma’rifiy boyligimizni yaqin 
o‘tmish, ya’ni sho‘rolar ma’naviyati talab-taqozolaridan farqli o‘laroq, uning o‘z asl 
mag‘z-mantig‘i asosida tadqiq va targ‘ib qilishdan iborat. Bunday mavzu 
«muqaddima»sining ikkinchi bir muhim tomoni shundaki, Dehli, Kalkutta, Haydarobod 
va boshqa o‘nlab qo‘lyozma fondlaridagi turkiy manbalar adadi shu darajada 
salmoqliki, ular kelgusi avlodlar ilmiy izlanishlari uchun ham shubhasiz bir xazina. 
Alisher Navoiy asos solgan adabiyotning Bobur qalamida hind sarzaminigacha etib 
borib, yillar o‘tishi bilan uning badiiyati dargohida o‘z munosib o‘rnini egallashi dunyo 
so‘z san’ati tarixida deyarli kam uchraydigan voqea. Bu voqeaning yuz berishi sabablari 
va o‘ziga xos xususiyatlari negizini anglab yetish uchun, dastlab «Hindiston turkiy 
adabiyoti» tadqiqi tarixi bilan tanishish kerak. Faqat shundan keyin, uning g‘oyaviy 
jihatdan o‘rta asr Hindistoni «bhaqtiy va tasavvuf poeziyasi» bilan mushtarak jihatlari 
hamda o‘ziga xos ishqiy lirikasi haqida so‘z yuritish mumkin. Sir emaski, har bir tarixiy 
davrda neki ijtimoiy-siyosiy tuzum bo‘lmasin, unda hamisha ilg‘or adabiy-g‘oyaviy yoki 
ilmiy-tadqiqiy talqinlar tamoyili va mahsuliga ters keluvchi to‘siqlar bo‘lganidek, 
ularning asl mazmuni va maqsadining qadriga yetuvchi zoti shariflar ham topilgan. Shu 
bois buyuk ajdodlarimiz qadimdan bashariyatning diniy-falsafiy, adabiy-tarixiy va 
boshqa sohalariga doir manbalarni o‘rganib, ular haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini 
kelgusi zurriyotlariga yetkazishga harakat qilganlar                   Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Hindiston» asari bilan hozirga qadar qariyb 
ming yillik tarixga ega o‘zbek hindshunosligining tamal toshini qo‘ygan 
olimdir. Uning hind fani va madaniyati yuzasidan uzoq yillar olib borgan 
izlanishlarining mahsuli bo‘lgan mashhur «Hindiston» asari hind aql-
zakovati durdonalarini dunyoga targ‘ib qilishda beqiyos manba sifatida tan 
olinganligi, shubhasiz, haqiqat. Ya’ni, hind jamoatchiligining taniqli vakili 
Hamid Rizo e’tirof etganidek: «O‘rta asr va yangi zamon 
tadqiqotchilaridan birortasi ham hind madaniyatining chigal masalalarini 
chuqur ilmiy ruhda tushunishda Beruniyning erishgan yutuqlarini qo‘lga 
kirita olmagan. Muallifning «Hindiston»i shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar 
tarixida klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga, ijodkor tomonidan hind 
fani va madaniyatiga qilingan katta tortiq hamdir». Fikrimizcha, asrlar 
osha hamon o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan mazkur tarixiy 
manbaga berilgan bu muxtasar, lekin, mazmunan yuksak bahoning ikki 
jihati alohida ko‘zga tashlanadi: biri - bu Beruniyning «hind madaniyatiga 
doir chigal masalalar» muammosini idrok etishdagi daholigi bo‘lsa, 
ikkinchisi, uning «hind fani va madaniyatiga qilgan tortig‘i» orqali 
xalqlarimizning fan va madaniyat sohasiga bo‘lgan mushtarak 
munosabatlarini ilmiy ravishda yuzaga chiqarganligi. Demak, Hindiston 
turkiyzabon adabiyotini o‘rganishda ham hind va turkiy adabiyotning 
barobar manfaatdor ekanligini nazarda tutib, mavzuni turkiy va hind 
xalqlarining umumadabiy merosi nuqtayi nazaridan tadqiq etmoq lozim. 

Mav zu: X VI-X VIII -asrlarda birinchi y armida Hindist on Reja: 1. Hindistonda Boburiylar davlarining paydo bo’lishi 2. Boburiy hukmdorlar davrida Hindiston 3. Hokimiyatga qarshi qo’zg’olonlar 4. Chet elliklarning kirib kelishi 5. Hindiston haqida turkiyzabon olimlarning asarlari

XVI asrda Hindiston siyosiy tarqoqlik holatida bo‘lib, o‘zaro ichki nizo va urushlar mamlakatni holdan toydirgan edi. Hindistondagi ichki  siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sul- tonligida afg‘onlarning lo‘diylar sulolasidan bo‘lgan Ibrohim Lo‘di hukmronlik qilardi.U 1526-yil 21-aprelda Bobur qo‘shiniga qarshi bo‘lgan Panipat jangida mag‘lubiyatga uchrab, halok bo‘ldi. D е hli sultonligida Bobur taxtga keldi va boburiylar sulolasiga asos soldi. Bobur 1530-yili vafot etgunga qadar Hindistonda hukmronlik qildi. Boburning vasiyatiga ko‘ra, taxtga uning katta o‘g‘li Humoyun o‘tirdi. Ammo Humoyunga qarshi birlashgan mahalliy zodagonlar 1540-yili uni taxtdan ag‘darishdi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Humoyun Eron shohi Taxmasp I saroyidan panoh topdi. Hindistonda taxtni afg‘onlarning sur qabilasi sardori Sherxon egallab oldi. Humoyun uzoq kurashlardan so‘ng 1555-yili  Dehlini qaytarib oldi , ammo ko‘p o‘tmay vafot etdi. Taxtga Humoyunning o‘g‘li Akbar keldi. U Bobur  vorislari orasida eng mashhuri , buyuk islohotchi sifatida nom qol- dirgan. Bu shoh Hindiston tarixida «Buyuk Akbar» nomi bilan ataladi. Akbar 1556–1605-yillarda Hindistonni boshqardi.  U ham harbiy , ham diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind roja- larini o‘ziga bo‘ysundirdi.

Akbarshoh islohotlari.  Akbarshohning hukmronlik yillari imperiya- ning oltin davri bo‘ldi. Akbarshoh markazlashgan davlat va kuchli hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani  viloyatlarga ajratib , ularga o‘z noiblarini tayinladi. Soliq tizimi ham isloh qilinib, imperiya hududida yagona savdo solig‘i  joriy etildi , xolisa va jogirdorlar yerla- ridan teng miqdorda soliq undiriladigan bo‘ldi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari hamda Mirzo Ulug‘bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilindi. Mamlakat bo‘ylab saroylar, me’moriy inshootlar va bog‘lar barpo etildi. Ilm-fan, san’at va dehqonchilik rivojlandi. Yo‘llarni ta’mirlash, karvonsaroylar qurish hamda dengiz yo‘llari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borishga katta e’tibor qaratildi.Islohotlar ichida Akbarga eng katta shuhrat keltirgani diniy islohot bo‘ldi.  Odamlar islom , hinduizm va boshqa bir qator dinlarga sig‘inadigan ko‘p dinli Hindistonda Akbarshoh diniy murosasozlik siyosatini olib bordi.U mamlakatni boshqarishga musulmon- lar bilan birga hindlarni ham jalb etdi, mu- sulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon so- lig‘i –  jizya ni  bekor qildi , hindlarning ziyo- ratgohlaridan olinadigan soliqni ham man etdi. Akbarshoh o‘z mamlakatida diniy bag‘rikenglik siyosatini yuritib, hindlar ora- sida islom dinining tarqalishini rag‘batlan- tirdi va ayni paytda hindlarning har qanday kamsitilishini bekor qildi.

Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan ma’rifatli hukmdor edi. U hindlar  bilan musulmonlarning tinch-totuv yashashlariga erishdi. Akbarshoh yuritgan adolatli siyosat Boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida katta rol o‘y- nadi. Bu esa, o‘z  navbatida , imperiya qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qildi. Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati tufayli «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo‘ldi. U 1605-yilda vafot etdi. Akbarshohning islohotlari musulmon zodagonlar va diniy mutaa- ssiblarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Norozilar orasida Akbarshoh- ning o‘g‘li, taxt vorisi Jahongir Mirzo ham bor edi. U taxtga kelishi bilan, otasining ko‘plab islohotlarini bekor qildi.

Harbiy  len tizimi- 1570 yillarning oxirida podshoh bir necha asrlardan beri mavjud bo’lgan harbiy- lentizimini  bekor qilishga , harbiy xizmatlari uchun ajratiladigan yer o’rniga pul bilan to’lashni joriy qilishga harakat qildi. Bunga qarshi turli joylarda isyonlar bo’lganligi sababli islohotni to’xtatishga to’g’ri keldi. Akbar davlat xizmatidagi feodallar uchun  mansablar tizimini joriy qilish bilan cheklandi