Yangi Oʻzbekistonda yangi islohotlar
Mavzu: Yangi Oʻzbekistonda yangi islohotlar. Bajardi:
Reja: 1. Mustaqillik va uning ahamiyat. 2. Yangi Oʻzbekistondagi yangi islohotlar. 3. Xulosa.
1 Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o’zbek xalqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo’lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va oliyjanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng qanchadan-qancha islohotlar yo’lidan, rivojlanish bosqichlaridan o’tdi. Ustuvor vazifalar belgilandi va amalga oshirildi. Dunyo hamjamiyatining yurtimizga bo’lgan munosabati keskin o’zgardi. Xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarimiz mustahkamlandi. Mustaqillikni qo’lga kiritganimizga 31 yil to’lgan bo’lsada, shu yillar ichida amalga oshirilgan islohotlar, ishlar ko’lami beqiyosdir.
Mustaqillik – bu avvalo, ruhiy ozodlik, fikriy erkinlik bilan bog‘liq insonning eng oliy qadriyatlaridan biridir. O‘zbekiston xalqi ham uzoq yillar kutgan, orzu qilgan istiqlol xalqimizga eng avvalo, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini, suverenitetini, ma’naviy qadriyatlarini, iqtisodiy erkinlikni taqdim etdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 31 avgust kuni Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasidagi nutqida ham mustaqillikning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Istiqlol yillarida xalqimiz o‘z irodasi va salohiyati tufayli asrlarga teng taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani ta’kidlandi.