logo

YENGIL SANOAT

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

12354.890625 KB
Y EN GIL SAN OAT   11-dars mavzusidan y е ngil san о at ning yalpi 
san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.   24-dars mavzusidan ma’lumki, yengil sanoat oziq-ovqat 
sanoati bilan birga O‘zbekiston ASMning uchinchi 
guruhini tashkil etadi. U, asosan, paxtachilik va 
pillachilik negizida tarkib topdi.   Paxta tozalash, to‘qimachilik, trikotaj, poyabzal, ko‘n-
chilik, ipak ishlab chiqarish yengil sanoatning muhim 
tarmoqlari hisoblanadi (63-rasm).   Paxt a t ozalash sanoat i  ishlab chiqarish jarayoni bir-
biriga bog‘liq bo‘lgan paxta tozalash korxonasi, paxta 
quritish sexlari va transport xo‘jaligidan tarkib topadi.   U qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki ishlovchi 
tarmoq bo‘lganligi sababli uning korxonalari paxtakor 
tumanlarda joylashtiriladi. Shuningdek, temiryo‘l
yoki avtomobil yo‘llaridan foydalanish qulayligi ham 
e’tiborga olinadi.       Paxta tozalash 
zavodlari ko‘proq 
mashinasozlik, 
yoqilg‘i–
energetika–kimyo 
majmualari 
hamda 
to‘qimachilik, yog‘, 
kiyim- kechak kabi 
sanoat 
korxonalari bilan 
ishlab chiqarish 
aloqasida bo‘ladi.   Birinchi paxta tozalash zavodi Toshkentda 1874-yilda 
qurilgan. O‘sha davr zavodi bir mavsumda ko‘pi bilan 3 
ming tonna paxta tozalay olgan   Dastgohlarni esa suv kuchi harakatga keltirgan. Shu 
tufayli dastlabki vaqtlarda paxta tozalash korxonalari 
shaharlarda ham joylashgan.    Zamonaviy paxta tozalash zavodi yil davomida 100 ming 
tonnagacha paxta tozalamoqda.   XX asr boshidagi mayda, yarim hunarmandchilik (210 
ta) korxonalar o‘rnida endilikda mexanizatsiyalashgan 
120 dan ortiq qudratli korxonalar ishlab turibdi
(64-rasm).     Mustaqillikdan keyin 
Janubiy Koreya, Turkiya va 
boshqa xorijiy 
mamlakatlarning firmalari 
bilan hamkorlikda 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hamda 
Xorazm, Qashqadaryo va 
Farg‘ona viloyatlarida 
paxtani  qayta ishlashdan 
tayyor to‘qimachilik 
mahsulotini ishlab 
chiqarishgacha bo‘lgan 
jarayonlarni qamrab olgan 
korxonalar barpo etildi.     O‘zbekistonda lub ekinlari yetishtirila boshlangach, XX 
asrning 30-yillarida  k anop zavodlari  yuzaga keldi. 
So‘nggi o‘n yillikda faoliyatini to‘xtatgan bu soha qayta 
tiklandi.    kanopdan qop-qanor, arqon, brezent va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.        I pak  gazlama t o‘qish  uchun dastlab pilla chuvilib, xom 
ipak tayyorlanadi. Pilla yetishtirilgan joyida chuvilgani 
ma’qul. Uni uzoqqa tashish qimmatga tushadi (50 tonna 
yuk ko‘taradigan vagonga ko‘pi bilan 4 tonna pilla 
joylash mumkin).   Pillachilik fabrikalarida 
asosan ayollar mehnat 
qiladi. Har bir 
fabrikada mingtacha 
odam ishlashi 
mumkin. Shunga 
ko‘ra, pillakashlik 
fabrikalari ipak qurti 
boqiladigan 
mintaqalar dagi kichik 
va o‘rta shaharlarda 
joylashtiriladi.      Ko‘n-poyabzal   ishlab chiqarish ham yengil 
sanoat tarmog‘idir. Toshkent va Samarqand 
shaharlarida charm ishlab chiqariladi.        Poyabzal 
fabrikalari 
Toshkent, 
Farg‘ona, 
Chirchiq, 
Yangiyo‘l va 
boshqa 
shaharlarda 
joylashgan.    G‘ijduvon, Buxoro, Rishton, Urgut, Shahrisabz kabi 
shahar va tuman markazlari badiiy hunarmandchilik 
hamda kulolchilik, Xiva esa gilam to‘qish markazlari 
hisoblanadi.   To‘qimachilik yengil sanoat tarkibidagi eng muhim 
tarmoq hisoblanadi.  O‘zbekistonda ip va ipak 
gazlamalar to‘qish qadimdan mavjud bo‘lgan.    Atlas, zondonachi, baxmal, beqasam, olacha kabi 
gazlamalar Buyuk Ipak  yo‘li orqali Yevropa va Yaqin 
Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. XX asr  boshlarida 30 
ming hunarmand gazlama to‘qish bilan shug‘ullangan.
Atlas Beqasam   Mo‘l-ko‘l 
xomashyodan 
tashqari aholining 
tarixiy tarkib topgan 
malakalari va 
transport  qulayligiga 
tayanib, XX asr 
o‘rtalarida Toshkent, 
Farg‘ona, Andijon va 
Bu-xoro shaharlarida 
to‘qimachilik 
korxonalari barpo 
etildi.   Mamlakat da ip gazlama ishlab chiqarish yiliga  453 mln kv 
metrdan oshdi. Ammo aholi jon  boshiga hisoblan-ganda bu 
ko‘rsatkich 18 metr,  ya’ni har bir kishiga belgilangan 
me’yorning  yarmiga ham to‘g‘ri kelmasdi. Bu mo‘l-ko‘l 
xomashyo va mavjud inson omili imkoniyatiga nisbatan 
ancha oz edi.   Mustaqillikka erishilgach, 
jahon bozorida raqobat
bardosh gazlama ishlab 
chiqarishni keng yo‘lga 
qo‘yish maqsadida AQSH, 
Italiya, Turkiya, Pokiston, 
Hindiston, Koreya 
Respublikasi va boshqa 
mamlakatlar bilan qo‘shma 
korxonalar tashkil 
etilmoqda (65-rasm).   Jumladan, AQSHbilan hamkorlikda Toshkent shahrida 
«Supertekstil» paxta ip yigiruv qo‘shma korxonasi, 
Buxoronva Samarqandda «Afg‘on–Buxoro–Samarqand» 
qo‘shma korxonalari ishga tushirildi.
Qobul-Tekstil   To‘qimachilik  k orxonalarida  ip gazlama, jun gazlama, 
shoyi va zig‘ir tola gazlamalar to‘qiladi.
ip gazlama
jun gazlama
shoyi gazlama zig‘ir tola gazlama   Gazlama to‘qib chiqarish jarayoni alohida-
alohida joylashgan yigirish, to‘qish yoki 
pardozlash fabrika-larida bosqichma-bosqich 
amalga oshiriladi (66-rasm).   Transport xarajati, 
yuk ortish-tushirish 
sarflari tayyor 
mahsulot tannarxiga 
qo‘shiladi. Demak, 
to‘qimachilik ishlab 
chiqarishini yirik 
korxona 
(kombinat)da
to‘plash foydaliroq 
bo‘ladi.   O‘zbekistonda tayyorlanadigan xom ipakning qayta 
ishlashdan ortgan qismi   xoriijiy davlatlarga eksport 
qilinmoqda.   Shunday qilib, to ‘qimachilik sanoati   korxonalarini
joylashtirishda iste’molchilar, ishchi   kuchi   va xomashyo
omili   hisobga olinadi .   Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 / 
www.eduportal.uz

Y EN GIL SAN OAT

11-dars mavzusidan y е ngil san о at ning yalpi san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.

24-dars mavzusidan ma’lumki, yengil sanoat oziq-ovqat sanoati bilan birga O‘zbekiston ASMning uchinchi guruhini tashkil etadi. U, asosan, paxtachilik va pillachilik negizida tarkib topdi.

Paxta tozalash, to‘qimachilik, trikotaj, poyabzal, ko‘n- chilik, ipak ishlab chiqarish yengil sanoatning muhim tarmoqlari hisoblanadi (63-rasm).

Paxt a t ozalash sanoat i ishlab chiqarish jarayoni bir- biriga bog‘liq bo‘lgan paxta tozalash korxonasi, paxta quritish sexlari va transport xo‘jaligidan tarkib topadi.