logo

Yevrosiyo Ichki suvlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

12746.668945312 KB
Yevrosiyo Ichki suvlari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Ichki suvlarning joylashishi. 
Ichki suvlarini 
yerusti va yerosti 
suvlariga bo‘lib 
o‘rganish mumkin. 
Yerusti suvlari 
daryo, ko‘l va 
muzliklar, suv 
omborlari va 
kanallardan tashkil 
topgan.    Eng yirik sersuv daryolar mo‘tadil va musson iqlimli 
o‘lkalarda joylashgan. Quruq iqlimli o‘lkalarda daryolar 
ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga 
quyadi. Bular — Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind 
okeanlari havzalari hamda berk havzadir. 
IliDnepr    Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang 
yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, 
Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari 
hisoblanadi. 
Eng uzun daryosi – Yanszi 
(6300 km)
Sirdaryo    Daryolarning to‘yinish tiplari.  Yevrosiyo daryolari 
to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, 
muz va yerosti suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin 
daryolar ko‘pincha aralash holda to‘yinadi. Masalan, 
yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz 
va yerosti suvlaridan to‘yinadi.   Daryolarning suv rejimi va to‘yinishi yil fasllariga bog‘liq. 
Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob (Irtish irmog‘i 
bilan), Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg‘ir suvlaridan 
to‘yinib, bahorda to‘lib oqadi va qirg‘oqlaridan toshib ketadi. 
2 3 45
1
PechoraYevropaning eng uzun daryosi – 
Volga(3530 km)    Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan 
qoplanadi.   Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolar — Amur, 
Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson 
yog‘in-laridan to‘yinib, ularning suv sathi yozda 
keskin ko‘tariladi.
Eng loyqa daryo - Xuanxe
Eng sersuv daryosi - Gang    Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar 
yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi va ularning rejimi yil 
davomida o‘zgarmaydi.    O‘rta Osiyo daryolari — Amudaryo, Sirdaryo 
(O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadi), Ili, Tarim baland 
tog‘larning muz va qor suvlaridan to‘yinib, yozning 
boshida to‘lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi. 
Amudaryo
Tarim    Yevrosiyoda  ko‘llar  juda ko‘p. Ularning asosiy qismi 
materikning shimoliy va sharqiy o‘lkalarida joylashgan. 
Dunyodagi eng katta (Kaspiy, 376 ming kv km) va eng 
chuqur (Baykal 1 620 m) ko‘l ham shu materikdadir.
Kaspiy, 376 ming kv km
Baykal, 1 620 m      Hosil bo‘lishiga 
ko‘ra, tektonik 
(Baykal, Jeneva, 
Issiqko‘l), to‘g‘onli 
(Sarez), vulqonli, 
morena ko‘llari 
mavjud. 
Jeneva SarezIssiqko‘l     Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy 
manbayidir. Shulardan biri Pomir tog‘idagi Fedchenko 
muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o‘rta qismida 
1000 m, eni 1700—3100 m.    Suv oqimiga ko‘ra ko‘llar oqar (Baykal, Onega), oqmas 
(Issiqko‘l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko‘llarga bo‘linadi. 
Sun’iy ko‘llar ham mavjud.
Onega
Balxash    Materik  yerosti  suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning 
tagida yerosti suvlarining juda katta zaxirasi bor. 
Geyzerlar, buloq suvlari ham yerosti suvlarini tashkil 
etadi.   Ko‘p yillik muzloq yerlar  Yevrosiyoning shimoliy qismida katta 
maydonlarni egallaydi. Ular yerosti suvi bilan cho‘kindi tog‘ 
jinslarining muzlashidan hosil bo‘ladi. Ularning harorati doimo 0 
°C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi janubdan shimol 
tomonga ortib boradi (0 — 1 500 m).  Quyidagi daryo va ko‘llar nomini toping (raqam va keyin 
rasmga qarab):
1. Dunay
2. Onega ko‘li
3. Ob
4. Yenisey
5. Lena
6. Baykal ko‘li
7. Amur
8. Xuanxe
9. Yanszi
10. Mekong
11. Gang
12. Hind
13. Balxash ko‘li
14. Orol dengizi
15. Kaspiy dengizi
16. Dajla
17. Frot
18. Volga

Yevrosiyo Ichki suvlari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Ichki suvlarning joylashishi. Ichki suvlarini yerusti va yerosti suvlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. Yerusti suvlari daryo, ko‘l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan.

Eng yirik sersuv daryolar mo‘tadil va musson iqlimli o‘lkalarda joylashgan. Quruq iqlimli o‘lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular — Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir. IliDnepr

Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Eng uzun daryosi – Yanszi (6300 km) Sirdaryo

Daryolarning to‘yinish tiplari. Yevrosiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yerosti suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko‘pincha aralash holda to‘yinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yerosti suvlaridan to‘yinadi.