logo

Yuridik asoslashning yurist faoliyatidagi roli

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

185.3583984375 KB
YURIDIK ASOSLASHNING YURIST FAOLIYATIDAGI 
ROLI.     RE JA:
1.Yuridik asoslash tushunchasi.
2. Yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish
3.Fuqarolarga yuridik yordam berish 
4. Xulosa      1. YURIDIK ASOSLASH TUSHUNCHASI 

Yuridik javobgarlik — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o‘z 
qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko‘rinishdagi oqibatlarga duchor bo‘lishi 
va ularni boshidan kechirishidir yoki boshqacha qilib aytganda huquqbuzarga nisbatan davlat 
qo‘llaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, 
tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning 
muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki 
tomonlama javobgarlikka yo‘l qo‘yilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi.      
Yuridik javobgarlik faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori 
asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, 
maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. 
Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham ko‘rsatiladi          YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH 
Yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va 
mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy 
shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.

Yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, 
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan. 
Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan 
aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish bilan 
cheklanmoqda.     Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar 
belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
ta’minlashni tashkil etish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-
huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni 
takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini 
muvofiqlashtirish;     2. Belgilab qo‘yilsinki:

davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan ularning hududiy tuzilmalarida, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan eng kam me’yor va mezonlarga 
asosan, majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi. Bunda yuridik xizmatning mavjud shtat 
birliklarini qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;     3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida 
vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘radilar;
buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hujjatlarning 
loyihalari huquqiy ekspertizani amalga oshirish uchun majburiy tartibda yuridik xizmatga taqdim 
etiladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat 
organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan majburiy tartibda yuridik xizmatning xulosasi 
olinishi lozim;     4. Quyidagilar:
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va 
metodik ta’minlash, ularning xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish bo‘yicha 
maxsus vakolatli organ etib belgilansin     
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida qo‘shimcha 5 ta boshqaruv xodimi shtat 
birliklarini ajratish yo‘li bilan Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik 
ta’minlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma deb ataladi), Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, qo‘shimcha 
14 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan tegishli sho‘balar tashkil etilsin.     7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddatda:
Boshqarmani davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari bilan ishlash tajribasiga ega 
hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali 
kadrlar bilan to‘ldirsin, shuningdek uni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini 
tashkillashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Yuridik xizmat xodimining ish joyini 
moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
bilan birgalikda Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va 
tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin 
foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratsin hamda uning muntazam ravishda 
yangilanib turilishini ta’minlasin.     
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 
moliyalashtiriladigan davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlari smetalarida martaba 
darajalari hamda ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash, shuningdek mazkur qaror bilan 
belgilangan davriylikka rioya etgan holda yuridik xizmatlar xodimlarining malaka oshirishlari 
uchun sarflanadigan xarajatlarni nazarda tutsin.     9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va 
tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari shtat birliklari yetarliligini, ularning amalga oshirilayotgan 
ishlar hajmiga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilsin, natijasi bo‘yicha yuridik xizmatlar xodimlarining 
shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek yuridik xizmat xodimlarining mehnatiga haq to‘lash 
razryadlarini davlat organlari va tashkilotlari tegishli tuzilmalarining rahbarlariniki darajasiga qadar 
oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan 
o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.

10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Axmedbayev zimmasiga 
yuklansin.          3. FUQAROLARGA YURIDIK YORDAM BERISH

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida fuqarolarning yuridik yordam olish masalasi ham alohida 
to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, Konstitutsiya muqaddimasining o‘zida ham “har bir insonning sha’ni va 
qadr-qimmati, farovonligi hamda manfaatlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan, insonparvar, 
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni barpo etish hamda mustahkamlash borasida 
hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda” degan mazmundagi 
band kiritilgan.     
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur norma, o‘z navbatida, yangi O‘zbekistonda har qanday 
islohatlar inson qardi uchun ekanligi, insonlarning qonuniy huquqlar  va manfaatlari davlat 
himoyasida ekanligi haqida hoyalar ifodalangan. Shuningdek, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida 
Konstitutsiyaning 26-moddasiga “Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha 
sharoitlar ta’minlanadi. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari 
tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal 
qilinishi kerak.     Xususan, BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zeyd Raad

Al-Xuseyn ta’kidlashicha “Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 
Harakatlar strategiyasi juda jiddiy va yorqin dastur, unda BMTning inson huquqlarini ta’minlashga 
qaratilgan g‘oyalari va islohotlari aks etgan. Biz Strategiyada ko‘zda tutilgan islohotlar uzoq 
muddatga mo‘ljallangan, ularni amalga oshirish uchun ma’lum bir muddat talab etiladi, deb 
hisoblaymiz, biroq eng asosiysi, jarayon boshlandi”.          2023-yil 1-yanvardan fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura 
sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan 
integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Xulosa qilib aytganda, yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan 
konstitusyaviy islohotlar fuqarolarning turmush tarzini yanada oshirishga, malakali yuridik 
yordamdan to‘liq foydalanishga, o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga 
yordam beradi.          XULOSA.

Qonun loyihasidagi Konstitutsiyaga malakali yuridik yordam olishga oid normalarga kiritilgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu g‘oyalar yaqin kelajakda vatanimiz 
taraqqiyatiga, vatandoshlarimiz ezgu umid va istaklarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat 
qiladi deb hisoblaymiz.     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK

Kun.uz platformasi

Uz. Wikipedia.org sayti

Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi.     EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.

YURIDIK ASOSLASHNING YURIST FAOLIYATIDAGI ROLI.

RE JA: 1.Yuridik asoslash tushunchasi. 2. Yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish 3.Fuqarolarga yuridik yordam berish 4. Xulosa

1. YURIDIK ASOSLASH TUSHUNCHASI  Yuridik javobgarlik — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko‘rinishdagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularni boshidan kechirishidir yoki boshqacha qilib aytganda huquqbuzarga nisbatan davlat qo‘llaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yo‘l qo‘yilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi.

 Yuridik javobgarlik faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham ko‘rsatiladi