logo

ABU RAYHON BERUNIYNING FAN VA TEXNIKA TARIXIDAGI TUTGAN O’RNI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

556 KB
ABU RAYHON BERUNIYNING FAN VA TEXNIKA TARIXIDAGI
TUTGAN O’RNI  
MUNDARIJA
KIRISH                                                                                                       4-8
I   BOB. ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK O’ZB E K 
ENSIKLOP E DISTI.
1.1 Abu Rayhon Beruniyning tabiiy – ilmiy va falsafiy qarashlari     9-17
1.2. Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari.                    18-22
II   BOB. ABU RAYHON BERUNIY – O’RTA ASRNING MASHHUR 
OLIMI.
2.1. Olimning astronomiya va fizika faniga qo’shgan hissasi            23-32
2.2. Abu Rayhon B e runiy – g e ologik hodisalar, min e rallar va 
javohirlarni o’rgangan dastlabki tadqiqotchi                                               33-50
III BOB. BERUNIY – FAN TARIXCHISI.
3.1. Allomaning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va 
“Hindiston” asari haqida.                                                                                51-67
3.2. Beruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar      68-72
Xulosa                                                                                                       73-79
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O’ YXATI                           80-82
2 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   B archamizga   ma’lumki,   har   bir   suveren   davlat
o’zining   betakror   tarixi   va   madaniyatiga   egadir.   Bu   tarix,   bu   madaniyatning
haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi 1
.
Qadimgi   ajdodlarimiz   butun   olam   doimiy   harakatda   bo’lishi   va   har   jismu
jonzotning   shu   harakatga   monand,   uyg’un   holda   yashashi   tabiiy   qonuniyat
ekanligini   tasavvur   etolmaganlar.   Qur’oni   Karim   esa   harakat   –olamning   yashash
tarzi ekanidan dalolat beradi.
Bizningcha,   o’rta   asr   Movaraunnahr   olimlarining   ilmdagi   mislsiz
kashfiyotlarida aqlbovar qilmaydigan sir-asror yo’q edi. Ular Quroni Karimda zikr
etilgan   mo’jizalarning   hayotiy   tasdig’ini   dalillab   ketdilar   xolos.   Sharqning   buyuk
mutafakkiri Abu Rayhon Beruniyning ilmiy yangiliklari misolida ana shu narsaga
yana   bir   marta   ishonch   hosil   qilamiz.   Abu     Rayhon       Beruniy   “Yer   yumaloq
bo’lmaganida   odamlar   yashaydigan   joylar   kenglamasi   jo’g’rofiy   mintaqalarga
ajralmas   edi,   yozu-qishda   kecha   bilan   kunduz   davomiyligi   o’zgarmas   edi,
yoritgichlarning     (ufqqa   nisbatan)     vaziyatlari   va   sutkalik     yo’llari   hozirgidek
ko’rinishda bo’lmas edi” 2
 deydi.
Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati,
qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib  bormoqda.
Odamzod   borki,   avlod-ajdodi   kimligini     nasl-nasabi,   o’zi     tug’ilib     voyaga
yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vataning tarixini bilishni istaydi.
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev   ham   bejizga   “Keyingi   vaqtda   men
joylarda   bo’lib   hudularimiz   hayoti   bilan   yanada   yaqindan   tanishar   ekanman,
shunday   bir   fikrga   ishonch   hosil   qilyapmanki   biz   hali   yurtimizni   biz   hali
yurtimizni   uning   o’ziga   xos   tarixi,   madaniyati   ulug’   olimu   ulamolarini,   bebaho
ma’naviy merosimizni to’liq o’rganganimiz yo’q 3
” -demagan edi. 
1
 Sh. M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O’zbekiston 
2016. 5-bet
2
 Ватанпарвар.  2006  й.,  24-феврал.  №  8 ,  1 ва 7-бет
3
 Sh. M. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Asarlar 
1-jild.  T.: “O’zbekiston” 2017. 467-bet
3 Hozirgi     O’zbekiston   deb   ataluvchi   hudud,   ya’ni   bizning       Vatanimiz
nafaqat sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun
jahon     tan   olmoqda.   Bu   qadimiy   va   tabarruk   tuproqdan   buyuk   allomalar   fozilu-
fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar, yetishib chiqan. 
Ana   shunday   allomalardan   biri   buyuk   vatandoshimiz   Abu   Rayhon
Beruniydir.   Beruniyni   yer   yuzidagi   barcha   mamlakatlar   aholisi   buyuk
ensiklopedist olim sifatida yaxshi bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa,
astronomiya,   geografiya,     tibbiyot,   matematika,   astrologiya,   fizika,   adabiyot   kabi
fanlarni   mukammal   o’rgandi   va   ilmiy   izlanishlar   olib   bordi.   Bundan   ming   yillar
avval   yaratilgan   ushbu   fan   sohalariga   oid   asarlar   hali-hanuz   o’z   ahamiyatini
yo’qotgani yo’q.
Muhtaram   Prezidentimiz   ,   “Jamiyat   taraqiyyotining     asosi,   uni   muqarrar
halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch- ma’rifatidir” deb ta’kidlagan edi 1
.
  “Beruniy   turli fan sohalariga qo’shgan   hissasini 150 dan ortiq asarlaridan
ham   ko’rish   mumkin.   Ulardan     eng   yiriklari     “Hindiston”,   “O’tmish   xalqlaridan
qolgan   yodgorliklar”,   “Qonuni     Mas’udiy”,   “Geodeziya”,   “Mineralogiya”,
“Astranomiya”   kabi   asarlaridir.   Qolganlarini   quyidagicha     taqsimlash   mumkin:
Matematikaga oid 22 ta , astranomik asboblar haqida 10 ta, astralogiyaga oid 21 ta,
turli fanlar   ( fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqa) 38 ta. Turli tillardan
tarjima     qilingan   asarlar   21   ta.   Afsuski,   Beruniyning   bu   asarlaridan   30   ga   yaqini
bugungi kunga qadar yetib kelgan” 4
.
         U yashagan davr bizdan qanchalik uzoq bo’lishiga qaramasdan u go’yo
bizning   zamondoshimizga   o’xshaydi.   Chunki   undagi   geniylik   tabiati,   ilmiy
tadqiqot   ishlarida   qo’llagan   usullari   bizga   yaqqol   ko’rinadi.   U   yuqorida
ta’kidlaganimizdek   matematik,   astranom,   geograf,   tarixchi,   sayohatchi,   tilshunos,
olim   shoir   va   faylasuf   edi.   Uning   asarlari   chuqur   falsafiy   zavq   bilan   yozilgan
bo’lib,     ulardagi   ilmiy   masalarning   matematik   tomondan   qarab   tekshirilganligi
yaqqol   ko’rinib   turadi.   Agar   Beruniyning   tarjimai   holiga   doir   bizgacha   yetib
kelgan   manbalarni   qator   qo’yib,   ular   ichida   eng   ishonchlilarini,   beradigan
1
  И .  А   Каримов .   Тарихий    хотирасиз   келажак   йўқ .  Тошкент ,  Ш ар қ , 1998. 7- б .
4
  П . Г .  Булгаков .  Абу   Рай ҳ он   Беруний.Тошкент. Фан .1966 ,  6-бет.
4 ma’lumoti   jihatidan   mukammalroqlarini   ajratish   kerak   bo’lganda,   shubhasiz
olimning   o’z  asarlarini   tanlagan  bo’lar   edik.   Beruniy    asarlari   –   uning  jahon   fani
oldidagi   buyuk   rolini   yaqqol   ko’rsatuvchi   bamisoli     muazzam       bir   haykaldir.
Ushbu   asarlar     bizga     qomusiy   bilimlar   sohibi   -   Beruniyning   ilmiy   qarashlari,
jahonshumul   ahamiyatga   ega   bo’lgan   kashfiyotlari,   tevarak-atrofga,   voqea-
hodisalarga,     bir   so’z   bilan   aytganda,   tabiatga     diniy   nuqtai   –nazardan   qarash
mutlaqo   hukmron   bir   paytda       ko’rsatgan       buyuk   shijotlari,     dunyoqarashlari,
mamlakat     siyosiy       hayotidagi     ishtiroki,   shaxsiy   hislatlari   va   h.k.   lar   haqida
tasuvvur     hosil   qilishimizga   imkon   beradi.   Shu     bilan     birga,   ulardagi   olimning
tarjimai holiga doir tarqoq ma’lumotlarni sinchiklab o’rganish   Beruniyning hayoti
va   faoliyatining     asosiy     bosqichlaridangina       emas,   balki     bir     qator     muhim
detallarni  ham  aniqlashga  imkon  beradi.
Tadqiqotning   davriy   chegarasi .   Ilmiy   tadqiqot   ishining   davriy   chegarasi
X-XI   asrlarni   qamrab   olib,   o’rta   asrlarda   murrakab   va   qarama-qarshiliklardan
iborat   bir   zamonda   yashagan   bo’lsada,   o’zining   serqirra   ijodi   bilan   jahon
madaniyati   xazinasiga   ulkan   meros   qoldirdi.   Shuningdek,   o’rganilayotgan   mavzu
o’sha   davrda   alloma   yashagan   hududda   kechgan   turli   siyosiy   vaziyatning
murakkabligiga qaramasdan bunday ulkan ilmiy merosning yaratilishi hali- hanuz
turli ilmiy qarashlarni yuzaga keltirmoqda.
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi   Buyuk   olim   Abu   Rayhon
Beruniyning   fan   va   texnika   tarixidagi   o’rni   haqida   gap   ketganda   ,uning   shaxsini,
butun jahon xalqiga qoldirgan boy ilmiy merosini  tarixiy yozma manbalar, ayrim
arxiv   hujatlari   ,tarixiy   –ilmiy   adabiyotlar   hamda   Beruniyshunos   olimlarning   ilb
brogan ilmiy tadqiqot ishlari juda qimmatli   manba bo’lib xizmat qiladi .Umuman
olganda   ,mazkur   mavzuning   o’rganilish   darajasi   va   tadqiqotning   metodologik
asoslaridan   kelib     chiqqan   holda   mavzuga   bevosita   taalluqli   bo’lgan
adabiyotlardagi   ma’lumotlar   ushbu   dissertatsiya   ishiga   asosiy   manba   sifatida
olindi.
Beruniyning   boy   ilmiy   merosini   o’rganishda     akademik   I.   Yu.
Krachkoviskiy   ,M.A.   Sal’e,   G.P.Matvievskaya,   Hamid   Rizo   ,   S.K.Chatterji,
5 Eduard   Zaxau       kabi   olimlar   Beruniyning   boy   ilmiy   merosini   o’rganib,   shunday
asarlar   yaratdiki,   bu   hozirgi   zamon   ahli   uchun   ham   allomaning   hayoti   va   ijodini
o’rganishda muhim manbalardan hisoblanadi.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari .   Beruniy   shaxsini,   u   qoldirgan
merosini,  ilmiy o’rganish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shundan kelib
chiqib, tadqiqotda quyidagi masalalar xususida fikr yuritildi:
o Abu Rayhon Beruniy – buyuk o’zbek ensiklopedist  sifatida tabiiy –
ilmiy va falsafiy qarashlari;
o Allomaning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari ;  
o O’rta   asrning   mashhur   olimining   astronomiya   va   fizika   faniga
qo’shgan hissasi ;
o G eologik   hodisalar,   minerallar   va   javohirlarni   o’rganish   borasidagi
yutuqlari ;
o Allomaning   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   va
“Hindiston” asarlari tahlili
o Beruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.   Abu   Rayhon   Beruniy   shaxsi,   uning
qoldirgan merosi shu qadar boyki, uning shaxsi va ilmiy merosini har tomonlama
va   mahsus   tadqiq   etish   tadqiqot   ishining   ob’yekti   qilib   olindi.   Abu   Rayhon
Beruniyning   jahon   ilm–fani   xazinasiga   qo’shgan   hissasini,   hozirgi   kundagi
ahamiyatini tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar asosida o’rganish tadqiqot ishining
predmeti  hisoblanadi.
Tadqiqotning   nazariy-metodologik   asoslari.   Xalqimizning     ma’naviyati
boyligi,   iymon   va   e’tiqodimiz,   hayotimizning   farovonligi   ham   ilmdandur.
Yoshlarni   ilm   o’rganishga   ko’proq   da’vat   qilaylik.   Biz   ushbu   kichik   bir   ilmiy
tadqiqotdan buyuk ajdodlarimiz     tomonidan bizlarga     meros qilib qoldirgan ilm
ummonidan   kichik bir  lavhalarnigina keltirdik.
Dissertatsiyaning   tarkibiy   tuzilishi:   Dissertatsiya   kirish,   3   bob,   xulosa
hamda   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati   kabi   tarkibiy   tuzulmadan   iborat.
Dissertatsiyaning   har   bir   bobda   ikki   masala   ko’rib   chiqildi.   I   bob   –   Abu   Rayhon
6 Beruniy   –   buyuk   o’zbek   ensiklopedisti   deb   nomlanib,   unda   Abu   Rayhon
Beruniyning   tabiiy   –   ilmiy   va   falsafiy   qarashlari,   Beruniyning   jamiyat   va   inson
to’g’risidagi fikrlari kabi masalalar izchillik bilan yoritilgan.
II bobda Abu Rayhon Beruniyning – o’rta asrning mashhur olimi sifatidagi
o’rniga e’tibor qaratildi va olimning astronomiya va fizika faniga qo’shgan hissasi,
geologik hodisalar, minerallar va javohirlarni o’rganish borasidagi faoliyati tadqiq
qilindi. 
III   bob   esa   Beruniy   –   fan   tarixchisi   dab   nomlandi   va   unda   Allomaning
“Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   va   “Hindiston”   asari,   Beruniy   haqida
sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar tadqiq etildi.
I   BOB. ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK O’ZB E K
ENSIKLOP E DISTI.
1.1. Abu Rayhon Beruniyning tabiiy – ilmiy va falsafiy qarashlari.
7 Mustaqillik   yillarida   milliy   tariximiz,   an'analarimizni   tiklash,
ajdodlarimizdan   bizgacha   yetib   kelgan   ma'naviy-ma'rifiy,   madaniy   meroslarni
avlodlarimizga   bekami-ko’st   yetkazib   berish   kabi   muhim   vazifalar   o’z   ahamiyati
jihatidan   dolzarb   bo’lib   qoldi.   Ayniqsa,   insoniyat   taraqqiyoti,   ilm-fani   va   shaxs
barkamolligiga  muhim  hissa  qo’shgan   buyuk  daholar,  allomalarning  ilmiy,  ijodiy
va badiiy  merosini  o’rganishga  alohida  ehtiyoj   yuzaga  keldi. Ana  shular   qatorida
buyuk qomusiy aql egasi Abu Rayhon Beruniy ham muhim o’rin tutadi.
Allomaning hayot yo’li o’ziga xos ibrat bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy
qarashlari   haligacha   o’z   ahamiyatini   yo’qotgani   yo’q.   “Shu   o’rinda   ta'kidlash
joizki, -  deb  yozadi   I.A.  Karimov, Beruniy  ilmiy  masalalarda  ham   tarixiy  voqea-
hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham  o’ta xolislik va haqqoniylik
bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar chekkan, hatto umrining
oxirida   turmush   qiyinchiliklariga   duchor   bo’lgan,   ammo   har   qanday   og’ir
sharoitlarga   qaramasdan   e'tiqodidan   qaytmagani   uning   o’z   ma'naviy   ideallariga
naqadar sodiq bo’lganligidan dalolat beradi” 1
.
Beruniy   quyosh,   uning   nurlari,   yerning   harorati   haqida   qiziqarli   fikrlar
aytadi: “quyosh nuri haqida ko’p gapirilgan. Birov “u, quyoshning o’ziga o’xshash
olovsimon   zarralar   bo’lib,   quyosh   tanasidan     chiqadi”   desa,   birov:   “havo   olovga
ro’para kelganida isigani singari quyoshga ro’para kelib isiydi” deydi. Bu “quyosh
olovdek issiq” deguvchining fikrichadir. Yana birov, “quyosh nuri havoda juda tez,
hatto zamonsiz sur'at bilan yurishi sababli havo isiydi” deydi: Bu – “quyosh tabiati
to’rt unsur tabiatidan tashqari” deguvchining fikrichadir.
Shuningd e k,   quyosh   nurining   harakati   masalasida   ham   ixtiloflar   bor.
Ba'zilar:   “Uning   zamoni   t e z,   l e kin   undan   ham   t e zroq   biror   narsa   yo’q   va   nur
t e zligini   s e zib   bo’lmaydi.   Chunonchi,   taqillaganda   ovoz   harakati   nur   harakatidan
sekinroqdir,   nur   shu   jihatdan   unga   qiyos   qilinib,   zamoni,   vaqti   u   bilan   bilinadi”,
deydilar.
1
 И.А.Каримов, Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. Маънавият, 2008,  42 б.        
8 Quyosh nurida mavjud haroratga ba'zilar nur aksi burchaklarining o’tkirligi
bunga sababdir, d e ganlar. U bunday emas, balki nurning o’zida harorat mavjud.
Falak   ichkarisiga   tegib   turgan   jismga,   ya'ni   olovga   kelganda,   buni   tuproq,
suv, havo kabi asosiy va tabiiydir deb gumon qilganlar. Bizningcha, olov falakning
havoga   ishqalanishi,   uni   tirmalashi   va   tez   harakati   bilan   unga   tegaverishi   sababli
havoning   isishidan   iboratdir,   shakli   esa   xiloliy   shaklning   uz   vatari   (o’qi)da
aylantirishidan   paydo   bo’ladigan  jismga   o’xshashdir.   Bu   fikr   Mavjud   jismlarning
hech   biri   o’zining   tabiiy   o’rinda   emas,   barchasining   uchratilgan   joyda   bo’lishi
majburiyat   orqasida,   majburiyatning   esa   azaliy   bo’lishi   mumkin   emas,   degan
mazhabga muvofiqdir. 
Ikkala harorat yilning to’rt faslida yerga borib y e tishida bir-biriga t e ngdir.
Yerdagi   haroratga   kelganda,   bir   guruh   olimlarning   fikricha,   bunga   yo
quyosh   nurlarining   Yer   sathidan   aks   etishi   yoki   Yer   ichkarisiga   joylashganligi,
boshqa   bir   guruh   olimlar   fikricha,   yer   ustidan   o’tuvchi,   issiq   qo’zg’otib
yuboradigan bug’lar sabab bo’ladi, chunki bug’ havoda harorat hosil qiladi 1
.
Olov   harorati   esa,   yaqinlashmaydi   ham,   uzoqlashmaydi   ham,   chunki   falak
tezlashmay   va   sekinlashmay   harakat   qiladi.   Aks   etuvchi   nurlarga   kelganda,
ularning yerga aloqasi yo’q, bug’larning esa borib yetadigan va undan o’tmaydigan
chegarasi   bor.   Gumonimcha,   bu   so’zni   aytgan   kishi   yerda   doimo   saqlanib
turadigan   harorat   mavjud,   havo   quyosh   nurlari   bilan   isigan   vaqtda   u   harorat   yer
ichidan sirtiga chiqadi-da, ikkovi bir-biri bilan uchrashadi, deb tushunsa kerak. Bu
zarur bo’lganda aytiladigan vajdir 2
.    
Beruniyning   bu   so’zlarida   quyosh   va   uning   nurlari,   yorug’lik   harakatining
tezligi,   Yer   va   uning   qa'ri   haqida   qanchadan-qancha   muhim   fikrlari
mujassamlashgan. U davrlarda na quyoshning ichki tuzilishi, na uning atmosferasi
kimyoviy tarkibi, quyosh aylanishi, quyoshning radionurlanishi va hokazo ma'lum
edi.
Bularning  hammasidan   qat'iy  nazar,   Beruniyning  ziyrak   fikri,  o’tkir   dahosi
quyosh sirlarini ochishga imkon berdi. Olim quyosh qaynoq, olovli jism ekanligini,
1
 Қ одир Т ў раев, //Беруний ернинг катталигини  қ андай  ў лчаган?,//Марифат газ етаси ,   2006 ,  4.11 ,  16-б.
2
  А. Р. Беруний. Танланган асарлар.   1-жилд.   Тошкент, ФАН ,1968,   300-301-б.
9 quyosh nuri harakatidan tezroq harakat qiladigan narsa yo’qligini, u nur harakatini
faqat   tovush   harakati   bilan   taqqoslangandagina   uning   tezligin   aniqlash
mumkinligini   uqtirgan   edi.   Beruniyning   fikricha,   Yer   quyoshdan   olib   turadigan
harorat   quyosh   nurlarining   uzida   mavjud.   Quyosh   haroratidan   tashqari   ,   Yerning
o’z   harorati   ham   bor,   bu   harorat   Yer   qa'ridan   siqilgan   issiqlikdan   hosil   bo’lib,   u
yuzaga chiqqanda quyosh nuri haroratiga qo’shiladi.
Beruniyning   yer haqida, tog’lar, dasht-sahrolar va ularning paydo bo’lishi,
daryolar,   dengizlar,   foydali   qazilmalar,   ma'danlar   va   ularning   xossalari   haqida
qimmatli  ma'lumotlar    beradi. Uning jahon paleontologiya va geologiya  fanlariga
qo’shgan hissasi shu darajada ulkanki, unga yuksak baho berish mumkin. Chindan
ham  Abu Rayhon  Beruniy – buyuk tabiatshunosdir.
Beruniy     asarlarini   o’qib,   uning   aqliga,   iste'dodiga,   dadilligi   va   jasoratiga,
tabiatga   doir   fikrlari   va   qarashlariga   tahsin   aytmay   iloj   yo’q.     Qomusiy   olim   o’z
hayoti davomida juda ko’plab tajribalar o’tkazgani tarixdan ma'lum. U olib borgan
har   qanday   kuzatuvlar,   tajribalar   ming   yildan   beri   o’z   ahamiyatini   yo’qotmay
k e lmoqda.
Tabiat   hodisalarini   tushunish     Abu   Rayhon   Beruniyga   katta   obro’   k e ltirdi.
Alloma   islomni   e'tirof   etar,   uning   asoslariga   ishonar   edi.   Bu   albatta,   o’sha   davr
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy sharoiti, Beruniyning ma'lum sinfiy muhitda   bo’lishi, u
doimo   o’zi   aloqador   bo’lgan   feodal   zodagonlar   orasida   yashashi   hamda   uning
falsafiy   qarashlarining   biroz   bo’lsada   cheklanganligi   bilan   izohlanadi.     Insoniyat
jamiyati, tarixiy voqealarni u idealistik pozitsiyada turib qaraydi. Shu bilan birga,
olimning   asarlarida   juda   ajoyib   va   qimmatli   ma'lumotlar   uchraydi.   Chunonchi,
Mansur   Xalloj,   Mazdak,   Abu   Muslim,   qarmatiylar,   Muqannaning   ozodlik
harakatlari,   ma'lum   xalqlarning   diniy   e'tiqodlari,   rasm-rusumlari,   urf-odatlari,
ayrim   mamlakatlar   ob-havosi,   daryo   va   ko’llari,   dunyoning   ko’p   o’lkalaridagi
o’simliklar, tabiiy boyliklar va boshqalar haqida turli-tuman xabarlar berilgan.
Beruniyning yana bir oliyjanob xususiyati shundan iboratki, u diniy va ilmiy
qarashlarni   juda   yaxshi   farq   qila   bilar,   har   narsaga   ilmiy   yondashishni   afzal
ko’rardi.
10 Demak,   Beruniycha,   olamga   (chunonchi   kometalarga)   ilmiy   qarash   diniy
qarash bilan bir xilda emas, balki unga qarama-qarshidir.
O’rta asrning buyuk olimi Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari
asrlar osha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda.
Beruniyning   falsafiy   qarashlari   hozirgi   zamon   fani   uchun   katta   qiziqish
uyg’otadi.   Chunki   Beruniy   o’z   davrining   tajribaviy   bilimlarini   puxta   egallagan
olim   edi.   Ana   shu   yo’sinda   har   xil   fanlarning   haqiqatlarini   tasdiqlash   va
tekshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning
olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi  asosiy  xususiyatlaridan biri  bo’lib, uning
tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   qarashlarining   muayyan   tomonlarini   aniqlovchi   muhim
omillardan   hisoblanadi.   Ana   shu   nuqtai   nazardan   Beruniyning   merosini   tadqiq
qiluvchi   ko’pgina   olimlarning   e'tiroficha,   u   o’z   davrining   ajoyib   qomusiy   olimi
bo’lgan.   Beruniyning   turli   fanlar   sohasi   bo’yicha   qo’llagan   tajribaviy   uslubi
naqadar   foydali   ekanligini   “Minerologiya”   asarida   yaqqol   ko’rishimiz   mumkin.
Beruniyning   minerologik   merosini   o’rganuvchi   rus   olimlaridan   biri
G.G.Lemmleyn   uning   minerologiyada   qo’llagan   uslubi   va   minerologiya   faniga
qo’shgan hissasi to’g’risida gapirib: 
“Mantiqiy   tuzilishlarni   kuzatish   va   tajribada   aniqlashni   talab   etuvchi   ilmiy
uslub hamda hozirgi zamon fanining talablariga javob beruvchi metoddir, - deydi
professor G.G.Lemmleyn, fikrini davom ettirib: Beruniy davrida. 
tajribaviy fanlar ma'lum taraqqiyotga erishganda va tajribaviy uslub birinchi
marta sezilarli darajada tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi” 5
 -deydi.
Beruniy  tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz,
uni   turli  aniq  fanlar   bo’yicha  ko’targan  masalalari  o’z  davrida  olamning  umumiy
manzarasini   yaratishda,   ya'ni   falsafiy   dunyoqarash   rejasida   katta   ahamiyatga   ega
bo’lgan. Masalan,  uning astronomiya (fazo tuzilish, Yerning harakati  va hokazo),
geologiya (Yerda sodir bo’layotgan keng  jarayonlar, Yer ayrim qismlarining kelib
chiqishi   va   tuzilishi),   minerologiya   (minerallarning   klassifikatsiyasi   va   ularning
5
  А.Ж.Шарипов, Беруний фалсафий қарашлари ва Аристотелнинг натурфилософияси. Беруний туғилган 
кунининг1000 йиллигига бағишланган тўплам. Тошкент, ФАН, 1973, 72-б.
11 paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy va sun'iy tanlash va hokazo) kabi ko’pgina fanlar
bo’yicha ko’targan masalalarida shuni ko’rish mumkin 1
.
Bu   yerda   Beruniy     tabiiy-ilmiy   qarashlarining   falsafiy   qarashlari   bilan
qo’shilib ketishi hamda birinchisining ikkinchisiga bevosita ta'siri ko’rinadi. 
Novatorlik – bu ulug’ olimning ajralmas xususiyatidir. U qaysi bir fan bilan
shug’illanmasin,   uning   ilmiy   tadqiqotlari   doimo   fanda   yangi   yo’llarni   qidirish,
yangi   kashfiyotlar   yaratish   bilan   tugallanardi.   Buni   minerologiya,   astronomiya,
g e od e ziya, mat e matika va g e ologiyada yaqqol ko’rish mumkin.
Bizning   fikrimizcha,   Beruniyning   mashhur   tabiatshunos   sifatida,   yuqorida
qayd qilingan, muhim xususiyatlari uning falsafiy qarashlarining shakllanishida rol
o’ynagan.
Beruniy  Aristotelning   naturfilosofiyasi  bilan  bevosita  shug’illanishi  tufayli,
uning   o’sha   davr   naturfilosofiyasi   bo’yicha   qator   masalalarni   hal   etishi   juda
qiziqarlidir.   O’sha   davrdagi   tabiatshunoslik   fanida   erishilgan   yutuqlar   uni
Aristotelning   naturfilosofiyasiga   tanqidiy   yondashishga,   shuningdek,   zaif
tomonlarining farqiga borish darajasigacha olib keldi. Shuning uchun Aristotelning
naturfilosofiyasini   diniy   nuqtai   nazardan   tanqid   qilishdan   farqliroq,   Beruniyning
tanqidi   Stagirit   naturfilosofiyasining   asossiz   tomonlarini   fanning   yangi
ma'lumotlariga   tayangan   holda   qayta   qurib   chiqishga   qaratilgan   edi.   Ayniqsa,
Beruniy   tomonidan   Aristot e lning   naturfilosofiyasi   m e todi   ayrim   tomonlarining
umuman tanqid qilinishi katta ahamiyatga ega.
Beruniyning   Aristotelni   tanqidi,   Ayniqsa,   uning   Ibn   Sino   bilan   bo’lgan
yozishmasida   o’z   ifodasini   topgan.   Ularning   yozishmalari   asosan   Aristot e lning
“Fazo haqida” va “Fizika” asarlari bo’yicha olib borilgan. Bu yozishmada Ibn Sino
Aristotelning   naturfilosofiyasini   himoya   qilgan.   Bunda   Beruniyning   Ibn   Sino
javobiga   qilgan   e'tirozi   uning   nuqtai   nazarini   yanada   oydinlashtirishda   katta
ahamiyatga ega.
Ularning   bahsi   avvalambor   Aristot e lning   naturfilosofiyasining   muhim
masalalaridan biri  – jismlarning ch e ksiz bo’linishi  bo’yicha bo’lgan. Beruniyning
1
 Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000, 719-б.
12 bu borada Ibn Sinoga qarshi chiqqanligini ko’rgan ayrim mualliflar uni Demokrit
atomizmining     tarafdori   degan   xulosaga   kelganlar.   Lekin   Beruniy     tomonidan   bu
masala   birmuncha   murakkabroq   qo’yiladi.   U   bo’linish   muammosini   hal   etishda
shunday   yo’lni   topishga   harakat   qiladiki,   unda   ikki   ta'minot   atomistik   va   cheksiz
bo’linish   o’ziga   xos   qarama-qarshiliklarni   va   cheklanishlarni   bartaraf   etishga
intiladi.   “Nima   uchun   Aristotel   bo’linmas   bo’lakchalar   bor   deguvchilarning
so’ziga qo’shilmadi, Xolbuki, jism cheksiz bo’lishni qabul qiladi deganlar so’ziga
lozim   keladigan   undan   yomonroq   edi” 1
  –   degan   savolni   bergan   Beruniy     fikrini
davom   ettirib,   “Bo’linmas   bo’lak   bor   deguvchi   odamlarga   bundan   boshqa   ko’p
e'tirozlar   lozim   bo’ladi.   Bu   e'tirozlar   geometriya   olimlari   oldida   ma'lumdir” 2
  –
deydi.
Beruniyning   fikricha,   yangi   sifatning   yuzaga   kelish   muammosi   atomistlar
o’rtasida   qiyinchilik   tug’dirgan.   Shu   munosabat   bilan   u   umuman   sifatiy
o’zgartirishlarning   mohiyati   to’g’risidagi   masalani   ko’tarib   chiqqan.
Elementlarning   o’zgarmasligi   haqidagi   kontseptsiyalardan   farqli   u   turli
hodisalarning   elementlar   zarrachalaridagi   o’zgarishlar   va   ularning   biridan
ikkinchisiga aylanishi bilan tushuntiradi.
Undan   tashqari,   Beruniy   atomistik   nazariyaning   Demokrit   atomistik
nazariyasidan   farqi   shundaki,   Beruniy     bo’shliqni   inkor   etsa,   Demokrit   bo’shliq
dunyoning zaruriy ajralmas qismi deb hisoblaydi. 
Shunisi harakterliki, Beruniy   Aristotelni tanqid qilishda dastavval tajribaga
murojaat   etadi.   Beruniyning   yo’nalishi   Aristotelning   kuzatuvchanlik   metodiga
qarshi   qaratilgan   edi.   Shunday   qilib,   Beruniy     bu   ikki   ta'limotning   (ya'ni
jismlarning cheksiz bo’linuvchanligini tan olish va atomistik ta'limoti) 
ch e klanganligini bosib o’tishga intiladiyu, biroq umuman bu muammoni hal
qila olmaydi. L e kin shunga qaramay, masalaning bunday qo’yilishining o’zi ham
mutaffakkirning katta yutug’i bo’lgan.
1
 Беруний билан Ибн Сино савол жавоблари, Тошкент, Фан, 1950,14-15-б.
2
 O’sha joyda
13 Ma'lumki “tabiiy o’rin” tushunchasi Aristot e lning naturfilosofik sist e masida
muhim   rol   o’ynagan.   Chunki   u   bilan   qator   boshqa   tushuncha   va   qonunlar   uzviy
bog’lanishda bo’lgan.
Beruniy     bu   tushunchani   rad   etib,   ajoyib   mat e matik   argum e ntni   k e ltiradi.
“Og’ir   narsaning   tabiiy   joyi,   ya'ni   quyi   tomoni   markaz,   yengil   narsaning   asl   joyi
esa yuqori taraf, ya'ni sfera bo’lishi uchun har unsur o’zining tabiiy joyida bo’lishi
shart   emas.   Ammo   markaz   nuqtadan   boshqa   narsa   emas.   Shuning   uchun   Yer
zarrasini   juda   kichkina   deb   tasavvur   qilganimizda   ham,   u   markazda   joylasha
olmaydi, balki Yer zarrasi markazning har tarafidan markazga qarab intiladi. Sfera
masalasiga   kelsak   unga   yengil   jismlar   ko’tarilishi   uchun   o’zida   hech   qanday
jismlarni joylashtira olmaydi, chunki satxdan iborat bo’lgan yassi sfera qalbakidir.
Shu   bilan   birga,   agar   suvni   o’z   holicha   quyib   yuborib,   tagidagi   to’siqni   olib
tashlasak, shubhasiz u markazga intiladi. U holda, suvning tabiiy joyi Yer sathida
d e gan da'vo noto’g’ri  bo’lib chiqadi.  Demak, bironta jismning  alohida tabiiy joyi
yo’q. Bu fikrlar osmon sferalari og’ir, lekin uning o’zaro bog’langanligi uni tushib
ketishdan saqlaydi, degan da'volarni inkor etmaydi” 1
.
O’zining   o’tkir   z e hni   ila   u   barcha   el e m e ntlar,   shuningd e k,   og’irroq
el e m e ntlarning boshqa el e m e ntlardan oldin markazga intilishi to’g’risida gapirgan.
Allomaning fikricha hamma unsurlar markazga qarab intiladi, l e kin vazminroqlari
boshqa   unsurlardan   o’zib   k e tadi.   Tashqi   ko’rinishida   yuqoriga   intiluvchi   olov
harakatini   Beruniy     og’ir   element   tomonidan   yengil   elementning   siqib
chiqarilishidan   iborat   deb   tushuntiradi   va   uni   isbotlaydigan   tajribani   keltiradi.
Beruniy  “Hindiston” asarida el e m e ntlarning Yerga oddiy intilishi to’g’risida emas,
balki   barcha   og’irliklarning   Yer   markaziga   tortilishi   to’g’risida   gapiradi.   Undan
tashqari   Beruniyning  Ibn  Sinoga   e'tirozlarida   fazoviy  muhitning  og’irligini   e'tirof
etishi, bu fazo jismlari bilan Yer o’rtasida tortilish kuchlari borligini tan oladigan
fikrga yaqinlashganligini ko’rsatadi. 
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to’g’risidagi taxmini uning falsafiy
yutuqlaridan   biri   hisobilanadi.   Aristot e lning   dunyoning   ch e klanganligi   haqidagi
1
 И.Мўминов муҳаррирлигида Беруний ва  ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан, 1973, 14- б.
14 sist e masi hukm surgan davrda Beruniy   boshqa dunyolarning borligini e'tirof etdi.
Beruniy  boshqa dunyo haqida fikr yuritar ekan, u dinning boshqa ruhiy  dunyosini
nazarda tutmay, balki boshqa moddiy dunyo to’g’risida, qaysikim ehtimol bizning
dunyomiz singari tabiiy xususiyatlarga ega bo’lib harakat yo’nalishlari esa bizning
dunyomizdagi harakat yo’nalishlaridan farq qiladi,- deydi.
Ibn   Sino   Beruniyning   boshqa   dunyolar   haqidagi   g’oyalari   behisob
dunyolarning borligini tasdiqlovchi mantiqiy xulosaga olib keladi, bu esa safsatadir
degan nom ularga qarshi Beruniy  “Agar sofistlar degan nom ularga shu sababdan
berilsa,   unda     men   ham   bu   nomni   olishdan   bosh   tortmayman” 1
    deydi.   Beruniy
fazoviy   jismlar   va   doirasimon   harakatning   alohida   xususiyati   haqida   Aristotel
ta'limotni     tanqid   qilib,   “Doirasimon   harakatga   kelsak,   u   tabiatdan   muhitga
(sferaga)   bog’liq   bo’lmasligi   ham   mumkin”, 2
  -   deb   yozadi.   Beruniy     ilgari   ketib,
hatto   keyingi   kashfiyotlarning   oldini   olib   fazoviy   jismlar   va   ular   sferalarining
ellipsoid   shaklda   bo’lishi   ehtimoli   haqida   o’z   fikrini   bayon   qilgan.   U   bu   yerda
Aristotelning   naturfilosofik   abstrakt   dalillarini   rad   etadi,   lekin   bu   masalani   hal
etishda o’zida yetarli ma'lumotlar yo’qligini tan oladi.
Beruniyning   muhim   xizmatlaridan   yana   biri   shuki,   u   Yer   harakati
to’g’risidagi   muammosini   dunyoning   geomarkaziy   va   geliomarkaziy
sistemalarining geometrik nuqtai nazaridan tengligi masalasini ko’tarib chiqdi. Bu
masala ko’pgina tadqiqotlarda ko’tarilgan. Beruniy  Yerning aylanishi masalasiga,
har   qanday   ilohiy   fikrlaridan   uzoq   bo’lgan   holda   geometrik   va   fizik   nuqtai
nazardan   qaragan.   Agar   Beruniyning   fikricha   geometrik   nuqtai   nazardan   ikki
nazariya   teng   huquqli   bo’lsa,   undan   tashqari   Yer   harakatining   tan   olinishi   ayrim
qiyinchiliklarni   hal   etsa,   lekin   fizik   nuqtai   nazardan   tekshirishda   Beruniy     Yer
harakati   ta'limotidan   kelib   chiquvchi     barcha   xulosalarni   aniqlashda   qator
tadqiqotlar   olib   bordi.   Ptolomey   va   Aristotellarning   agar   Yer   harakat   qiladigan
bo’lsa,   barcha   narsalar   va   hayvonlar   bundan   uchib   ketishi   mumkin   degan
e'tirozlariga qarshi chiqib, Yer bilan jismlar o’rtasida o’zaro tortilish kuchlarining
1
 А.Д. Шарипов ,  Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой, журнал «Общественные 
науки в Узбекистане».  № 11.   1965 , стр.  39         
2
  O’sha joyda 
15 mavjudligini   e'tirof   etgan 1
.   Shuningdek,   Beruniy     Yer   harakatini   tan   olgan   holda
qator   muhim   muammolarning   yechilishini   talab   qiluvchi   masalani   qo’yadi.   U
shuningdek,   yerning   ekvator   bo’ylab   harakat   tezligini   hisoblab,   undan   kelib
chiquvchi   tezlikning   haqiqiy   katta   hajmlariga   o’zi   ishonmay   qoladi.   Lekin   u
ko’rsatgan   Yerning   aylanish   tezligi   umuman   hozirgi   zamonda   hisoblab   chiqilgan
tezlikdan   deyarli   uzoq   bo’lmagan.   Bu   o’z   zamonasi   va   ayniqsa,   keyingi     davrlar
uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Buyuk   mutafakkirlar   o’rtasidagi   falsafiy   munozaralarning   tahlil   qilinishi
shuni   ko’rsatadiki,   Ibn   Sino   ham   bu   yerda   chuqur   bilimlarni   namoyon   qilgan   va
ko’pgina   masalalarni   hal   etishda   muhim   hissa   qo’shgan.   Biroq   u   Aristotel
qarashlarining   ayrim   zaif   tomonlaridan   qaytmagan,   Beruniy   esa   haqiqat   va
tajribaga   ko’prok   asoslanib,   Aristotel   naturfilosofik   ta'limotlarining   ko’pgina
asossiz tomonlarini aniqlashga uringan.
Bularning   hammasi   Beruniyga   Aristotel   ta'limoti,   shuningdek,   Ibn   Sino
qarashlarining ko’pgina ijobiy tomonlarini ko’rishi va qadrlashiga halaqit bermay,
aksincha, Ibn Sino bilan birga O’rta Osiyo ilg’or ijtimoiy falsafiy lager tevaragida
jipslashishga,   uning   yanada   taraqqiy   etishiga   va   mustahkalanishiga   katta   hissa
qo’shdi.
Yuqorida   qayd   qilinganlarning   barchasi   insoniyat   tafakkuri   tarixida
Beruniyning   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   qarashlari   qanchalik   katta   ahamiyatga   ega
ekanligidan dalolat beradi.     
         1.2. Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari.
Beruniyning   ijtimoiy   qarashlari   hanuzgacha   ilm-fan   tarixida   katta
ahamiyatga   ega.   Sharqshunoslik   adabiyotida   Beruniyning   ilmiy   merosini
birinchilar   qatori   tadqiq   qilgan   olim   E.Zaxauning   Beruniy     ijtimoiy   qarashlariga
bergan   bahosi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   E.Zaxau   Beruniyni   qomusiy   olim   va
buyuk mutafakkir sifatida ulug’laydi.
1
   http://www.ziyouz.com/index.php?option        view&id=981&Itemid=228   
16 Beruniy   ijtimoiy   qarashlarining   yana   bir   qiziqarli   tomoni   shundaki,   u
dastavval qomusiy olim sifatida ilmiy tadqiqot metodini ishlab chiqishga intilgan.
Ana   shu   metodning   asosiy   xususiyati   o’rganilayotgan   hodisalarga   tajribaviy,
ratsionalistik   yondashish   bo’lib,   uning   eng   muhim   talabi   og’ishmay   haqiqatga
intilishdan iborat edi.
Beruniy   o’z   ijtimoiy   qarashlari   aks   ettirilgan   maxsus   asar   qoldirmagan.
Ammo, shunga qaramay, olimning ko’pgina qomusiy asarlarida faqatgina qimmatli
tarixiy ma'lumotlar keltirilmagan, balki muallif ishning borishiga qarab u yoki bu
ijtimoiy   masalalar   bo’yicha   o’zining   nuqtai   nazarini   e'tirof   etishga   yoki   ular
yuzasidan   tanqidiy   fikrlar   aytishga   harakat   qilgan.   Bu   uning   ijtimoiy   qarashlari
to’g’risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
Beruniy     ilmiy   faoliyatining   dastlabki   davridanoq   ijtimoiy-tarixiy
masalalarni   zo’r   qiziqish   bilan   o’rgana   boshladi.   Masalan,   “Al-osor   al-boqiya”
asaridan   ilgari,   Beruniyning   o’zi   e'tirof   etishicha,   “Oq   kiyimliklar   va   qarmatiylar
xabari   haqida   kitob” 1
  nomli   asarini   yozgan.   Mazkur   asar   o’rta   asr   Sharqida   eng
ilg’or   taraqqiyotparvar   ijtimoiy   harakatlardan   biri   bo’lgan   qarmatiylarga
bag’ishlangan.   Beruniy   shuningd e k   Xorazm   tarixiga   oid   maxsus   asar   yaratgan.
Bayhaqiy   undan   parcha   ham   k e ltirilgan.   Afsuski,   uning   tarixiy   ijtimoiy
masalalarga oid maxsus bu va boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan 2
. Olimning
fikr-mulohazalari   va   umumlashmalari   shuning   uchun   ham   qimmatligi,   olimning
fikrlari,   bir   tomondan,   O’rta   Osiyo,   qadimgi   Yunon   va   Hind     mutafakkirlarining
ilg’or   an'analarini   ijodiy   rivojlantirgan   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan,   Beruniyning
yetukligi va tafakkur doirasining kengligidan dalolat beradi. 
Beruniy tomonidan “sabablarning sababi” - inson va insoniyat jamiyatining
yuzaga kelishi masalasining qo’yilishi diqqatga sazovor, “qadimgi tarixlarning eng
avvalgisi va mashhuri bashariyatning boshlanishidir. 
Kitob   ahlilari   bo’lmish   yahudiylar,   xristianlar,   otashparastlar   va   bularning
sinflarda   bashariyatning   boshlanishi   va   uning   tarix   boshi   qilib   olinishi   xususida
1
 А.Р.Беруний, Танланган асарлар.  1 жилд, Тошкент, ФАН   1968, 247 б.
2
 O’sha joyda
17 shunday ixtiloflar  mavjudki, tarixlar  haqida bu kabi  xilma-xillik bo’lishi  mumkin
emas” 1
.
Beruniy     inson   va   kishilik   jamiyati   xudo   tomonidan   yaratilgan   degan
nazariyani   chuqur   tahlil   qilib,   quyidagi   xulosaga   keladi:   “Yaratilishning
boshlanishi va o’tmish asrlar ahvoli orqali bilinadigan har bir narsa uydirma gaplar
va afsonalar bilan qorishgandir, chunki bu ishlar juda uzoqda qolib, biz bilan ular
orasida ko’p zamon o’tib ketgan” 2
. Bu yerda Beruniy   kishilik jamiyatining paydo
bo’lishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini ko’ramiz. U bu voqealar sodir
bo’lgan   davr   noma'lum,   bu   haqida   olim   ega   bo’lgan   ma'lumotlar   mazkur   savolni
yechish   yetarli   emas,   deb   biladi,   bunday   pozitsiyada   turishning   o’zi   Beruniyning
bu masalaga tabiiy ravishda yondoshganligidan dalolat beradi.
Beruniy   insonlar   o’rtasidagi   tafovut   borligi   haqida   gapirar   ekan,   u   faqat
tashqi farqlar to’g’risida fikr yuritgan. L e kin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil
topishi, uning fikricha barchada umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan u inson turli
ajdodlardan   paydo   bo’lgan   d e gan   ehtimolni   butunlay   rad   etdi.   U   inson   bilan
maymun   o’rtasida   o’xshashlik   borligini   aytadi.   “Ular   a'zolarining   o’xshashligi
bilan, tashqi ko’rinishlari ham o’xshab ketadi”.
Inson   Beruniy     fikricha   hayvondan   aql   bilan   farq   qiladi.   Lekin   mutafakkir
insonda   hayvondan   tubdan   farq   qiladigan   bu   xususiyat   qanday   paydo   bo’lgani
haqida fikr yuritib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan degan.
U   insonning   jismoniy   tuzilishi   va   butun   hayotini   aniqlashda   geografik
omilning roli  haqida ajoyib fikrlarini aytgan:
Beruniy   o’zining   “Hindiston”   asarida   musulmonlar   bilan   hindlarning   urf-
odatlari   o’rtasidagi   farqni   taxmin   qilib,   ular   g e ografik   sharoitlarga   bog’lik   d e gan
fikrni ilgari surdi. Beruniy   geografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib,
hatto   tillarning   turlichaligi   ham   geografik   sharoitlarga   bog’liq   deb   qaradi.
“Tillarning   turlicha   bo’lishiga   sabab   odamlarning   guruhlarga   ajralib   k e tishi,   bir-
biridan uzoq turishidir” 1
 deydi.
1
  А.Р.Беруний, Танланган асарлар.  1 жилд, Тошкент, ФАН   1968, 247 б.
2
 А.Р.Беруний, Минерология.Москва, Наук, 1963, ст.224
1
 Азиз Қаюмов Ажойиб кишилар ҳаёти.  Тошкент ,  1987.   Ёш гвардия,   46-б.
18 Beruniy     ijtimoiy   hayotda   moddiy   ehtiyojning   roli   haqidagi   fikri   o’sha
davrdagi   diniy-idealistik   qarashlardan   farq   qiluvchi   nihoyatda   ajoyib   hol   edi.   U
ong qudratining yolg’iz o’zi  inson uchun hal qiluvchi qudratga molik emas, unga
kuch   va   qudratni   faqat   jamiyat   bergan   degan   fikrni   olg’a   surdi.   Beruniyning
buyukligi   shundaki,   u   jamiyat   yuzaga   k e lishi   asosida   kishilarning   moddiy
extiyojini kura oldi. “Inson yalang’ochligi va madorsizligi tufayli, himoya qiluvchi
tayanchlari   bo’lmaganligi   sababli   boshqalar   tomonidan   musibat   chekadi.   Uning
ehtiyojini   qondira   oladigan,   talabini   himoya   qiladigan   doimiy   zaruriyatni   his
etardi” 2
.   Shunday   qilib,   ko’rib   turibmizki,   himoya   qilish   zaruriyati   tag’in   boshqa
extiyojlarni   qondiruvchi   zaruriyatlar   kabi   moddiy   omillar   insonlarni   birgalikda
yashashga da'vat etadi.
“Ehtiyojlar   turli-tuman   va   son-sanoqsizdir.   Faqat   ularni   bir   qancha   kishilar
birgalikda   ta'minlay   olishlari   mumkin.   Buning   uchun   kishilarda   shahar   yaratish
zaruriyati tug’iladi”. “Gap shundaki, odam ehtiyojining ko’pligi, tiyilishi kamligi,
himoya   qilish   quroliga   ega   bo’lmaganligi   va   dushmanning   ko’pligi   tufayli,   bir-
birini   himoya   qilish   zarurligi,   o’zini   va   boshqalarni   ta'min   etishga   zarur   bo’lgan
biror ishni bajarish uchun o’z qarindosh urug’i bilan jamiyatda birlashishga majbur
bo’lgan”degan xulosaga keladi.
Beruniy  jamiyatning haqiqiy yuzaga kelish jarayonini ta'riflar ekan, ijtimoiy
hayot o’ziga xos “shartnoma” asosida tuzilishini e'tirof etadi. 
Inson   bu   ehtiyojlarni   tushunib,   o’ziga   o’xshash   kishilar   bilan   birga
yashashning zarurligini tushuna boshlaydi. Shuning uchun o’zaro kelishuvchanlik
qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi.
Shunday   qilib,   bu   o’z   navbatida,   inson   o’zining   turli-tuman   ehtiyojlarini
qondiradigan   qishloq   va   shahar   kabi   ijtimoiy   hayot   kechiruvchi   markazlar   paydo
qilishiga olib kelgan. Insonlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga,
uning   ehtiyojlarini   qondirishga   olib   kelmaydi,   buning   uchun   yana   mehnat   qilish
ham zarurdir.
2
 А. Б .Беруний,   Минерология. Москва ,  Наук, 1963 ,  c т .11
19 Beruniy   jamiyatni   boshqarishda   o’sha   davrdagi   davlat   tepasidagi   hokimlar
va din xomiylarni uylagancha, jamiyat podshoga xizmat qilmay, podsho jamiyatga
xizmat   qilishi   kerakligini   tushungan:   “Idora   qilish   va   boshqarishning   mohiyati
balki   boshliq   zolimlardan   aziyat   chekkanlarning   huquqlarini   himoya   qilish,
birovlarning   tinchligi   yo’lida   o’z   tinchligini   yo’qotishdir.   Bu   ularning   oilasini,
ularning   hayoti   va   mol-mulkini   himoya   qilish   va   qo’riqlash   yo’lida   badan
charchashidan   iborat” 1
.   Beruniy     o’z   davrining     eng   ko’zga   ko’ringan   ilm-fan
homiylaridan   edi.   U   mamlakat   ravnaqini   qurdi.   Ilm-fan,   diniy   chegaralarga
qaramay,   saxovatli   xizmatini   o’tashi   mumkin   deb   bildi.   hindlar   uchun   tarjimalar
bilan   shug’illanar   ekan,   “ilm   tarqatishga   va   ularda   yo’q   ilmning   ularda   ham
bo’lishiga qiziqdi”.
Beruniy   tomonidan   shunday   fikrlar   izhor   etilgan:   Insonning   eng   oliy   baxti
bilishda,   chunki   u   aqlga   ega.   Baxt   ana   shu   nuqtai   nazardan   tushunilsagina
jamiyatga   tinchlik   va   farovonlik   k e ltiradi.   “Haqiqiy   huzur-halovat   inson   biror
narsaga   ega   bo’lgan   sari   ana   shu   narsaga   ko’proq   ega   bo’lish   maqsadida
intilishining tobora ortib borishidan iborat. Inson ruhida avval  bilmagan narsasini
bilib   olishda   ana   shunday   holat   paydo   bo’ladi” 2
.   Insonning   oliy   fazilati   esa,
Beruniy     fikricha,   boshqalar   haqida,   ayniqsa   kambag’allar   haqida   g’amxo’rlik
qilishdan iboratdir.
O’rta asrning buyuk olimi xalqlar do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi  uchun
kurashib keldi.
U insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni
qattiq qoraladi. Olim  o’zining “Hindiston”  asarida “xalqlar  o’rtasida  tortishish  va
talashish   ko’p”,   d e b   afsuslanib   tilga   olgan   edi.   Uning   Hindistonda   olib   borgan
keng   ilmiy   tadqiqot   ishlari   xalqlar   o’rtasidagi   do’stlik,   o’zaro   hamkorlik   va
madaniy   munosabatlarni   mustahkamlashga   qaratilgan   edi.   Bundan   ko’rinib
turibdiki, Beruniy   madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning keng tarqalishiga katta
e'tibor berdi.
1
 М.А.Сал ъ е.   Абу Рай ҳ он Беруний, Т ошкент,  Фан ,  1960,   24-б.
2
 А. Ш арипов. Берунийнинг жамият ва инсон  ҳ а қ идаги  қ арашлари. Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, 
Фан.1973,71-б.
20 Shunday   qilib,   Beruniyning   jamiyat   va   insonga   bo’lgan   qarashlari   asosida
ajoyib fikr va mulohazalar yotadi. Jamiyatda sodir bo’layotgan jarayonlarni anglab
olish, moddiy omillarning jamiyat va inson hayotidagi o’rnini e'tirof etishi katta rol
o’ynaydi.   U   o’rta   asr   davridagi   o’rta   osiyolik   taraqqiyparvar   mutafakkirlar
dunyoqarashida     yorkin   insonparvarlik   an'analarini   ishlab   chiqishda   katta   hissa
qo’shgan.
II   BOB. ABU RAYHON BERUNIY – O’RTA ASRNING MASHHUR
OLIMI.
2.1. Olimning astronomiya va fizika faniga qo’shgan hissasi.
Milliy   tariximizning   yorqin   yulduzi   Abu   Rayhon   Beruniyning   faoliyatiga
haqqoniy baho berar ekan, Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri”
deb   tariflaydi.   Bunday   yuksak   va   haqli   baho   avvalo   qomusiy   tafakkur   sohibi
bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi
bilan   izohlanadi.   Shu   o’rinda   ta'kidlash   joizki,   Beruniy   ilmiy   masalalarda   ham
21 tarixiy voqea-hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta xolislik va
haqqoniylik bilan fikr yuritgan 1
.
Koinot sir-asrorlarini ilmiy nuqtai- nazardan o’rganish qadim zamonimizda
azal azaldan rivoj topgani yozma manbalar orqali ma'lum. E'tiborli jihati shundaki,
ajdodlarimiz   olib   borgan   ilmiy   kuzatuv   hamda   tadqiqotlar   chuqur   va   aniq   ilmiy
qarashlarga   asoslangani   bilan   hamon   jahon   astranomlarini   lol   qoldirib   kelmoqda.
Ulug’   bobomiz   Beruniy   olib   borgan   ilmiy   izlanishlar   ham   falakshunoslik   ilmiga
salmoqli o’ringa ega 2
.
Beruniy   yoshligidayoq   ko’p   vaqtini   turli   kuzatishlar   bilan   o’tkazgan.   U
bolalik   chog’larida   astronomik   asbob   yasagan.   Xorazmning   turli   joylari
koordinatlarini   aniqlash   bilan   shug’ullangan   va   995-996   yillarda   Kot   shahrida
diametri   15   ziro' 3
  bo’lgan   doira   va   boshqa   asboblar   bilan   astronomik   o’lchash
ishlarini olib borgan.
Olimning eng mashhur asarlaridan biri   “ Geodeziya” dir. Bu asar   shaharlar
orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning  chegaralarini belgilashga doirdir.
     Shu o’rinda “Geodeziya” asari   haqida   ikki og’iz so’z: Beruniy 1017 yil
G’aznada ushbu asarni yozishga kirishdi  hamda 1025- yil 20- oktyabrda uni yozib
tugatdi.     Asarning   to’la   nomi   “Aholi   yashaydigan   joylar     orasidagi     masofalarni
aniqlash   uchun     o’rinlarning     chegaralarini   belgilash”,     qisqartirib     fanda
“Geodeziya” deyiladi 1
. 
Kitobning   4-bobi   oxirida   Beruniy   Yer   aylanasining   kattaligini   o’lchash
haqida   fikr   yuritgan.   Qadimdan   insonlar   Yerning   shakli   va   kattaligini   bilishga
qiziqqanlar va turli xalqlar  Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan 2
.
Ushbu   asarda     olim     quruqlikning     Yer   markaziga   munosabatini   alohida
tadqiq  etib  bunday  xulosaga   keladi:   “quruqlikning  Yer  markazidan      uzoqlashuvi
o’zgarib turadi.  U ko’tarilganda  qumlar  ko’payib suv kamayadi, ariq va buloqlar
quriydi, yerni sathi yomonlashadi, uni   ishlash  mumkin bo’lmay qoladi. Natijada
1
  И.А.Каримов ,  Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. Маънавият, 2008,   42 б.
2
  Бахриддин Примов, Берунийнинг  ақл  машъали.//Жамият газетаси. 13.01.2012, №2, 12 б.
3
  Ziro' — qadimgi o’lchov birligi, 49 santimеtr chamasida
1
  Ф.Жалолов. Беруний ва картография, Беруний ўрта асрнинг буюк олими, Тошкент, Фан, 1950, 100-б.
2
  Муслима Неъматова, Буюк аллома//Маърифат, 14.10.1998, 3 б
22 odamlar     bunday   yerlarni   tashlab   boshqa   joylarga   ko’chib   ketadilar .     “ Tastih   as-
suvar va  tabtih al-quvar” qisqacha  “ Kartografiya”  asari Xorazmshoh Abul Abbos
Ma'munga bag’ishlangan . Ushbu asarda jo’g’rofiy xarita haqida bunday deyilgan :
“Yer   kurrasini   sathga   o’tkazishda   esa   shahar   va   qishloqlarning   uzunlik   va
kengliklarini,   dengizlar,   buloqlar,   daryolar,   qumliklar,   tog’lar,   konlar   ,tepaliklar,
qiyalik va soyliklarni bayon etadigan “ Jo’g’rofiya” kitobiga ehtiyoj paydo bo’ladi
va aniq ma'lumotlar orqali ularning (belgilari) ishlanadi” 3
. 
  Miloddan   avval   o’tgan   Pifagor,   Arastu,   Arximed,   Eratosfen   kabi   buyuk
olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan
250-   yil   ilgari   Iskandariyalik   olim   Eratosfen   Yer   shar   shaklida   deb,   uning
o’lchamlarini   quyidagicha   aniqlagan.   Iskandariya   bilan   Sienya 6
  shaharlari
orasidagi   masofani   karvonlarning   yurish   muddati   bilan   o’lchaydi,   keyin   bu
qiymatni   ikki   shahar   kengligining   ayirmasiga   bo’ladi   va   Yer   radiusini   6840
kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo’ladi
yoki   meridian   yoyining   uzunligi   7°   12   ga   tengligini   aniqlab,   bu   yoy   meridian
aylanasi   uzunligining   1G`   50   qismi   ekanligini   hisoblagan.   Yer   meridian
aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo’lsa kerak, degan fikrga kelgan.
Eratosfendan   so’ng   Misr,   Xitoy   va   Gretsiya   olimlaridan   bir   qanchasi
Eratosfen o’lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar.
O’rta   asrda   Yerning   hajmini   aniqlashda   yurtimizdan   yetishib   chiqqan
olimlarning   xizmatlari   katta   bo’lgan.   Muso   Muhammad     al-Xorazmiy   bir   gradus
meridian yoyning uzunligi   8 kilomet rga tengligini     isbotlab bergan 1
.
Bag’dodda tashkil topgan  “ Donishmandlik uyi” nomli o’sha davrning fanlar
akademiyasida   o’rta   osiyolik   olimlardan   Xorazmiy,   Farg’oniy,   habash   Xasib,
Marvaridiy   kabi   olimlar   turli   sohalarda   ish   olib   borganlar.   Beruniy   ham   shu
«Donishmandlik uyi» ning a'zosi bo’lib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha,
xalifa Ma'mun buyrug’iga binoan  “ Donishmandlik uyi” ning olimlari ikki guruhga
bo’linib, Iroqning Mosul shahri g’arbidagi Sandar sahrosida gradus o’lchash usuli
3
  Зокиржон Саидбобоев, Абу Райҳон Берунийнинг картографик мероси. //Мозийдан садо журнали, 2003. №1.
36-40-б.
6
  Ziro- qadimgi o’lchov birligi, 49 santimetr chamasida
1
 Қодир Тўраев, //Беруний ернинг катталигини қандай ўлчаган?,//Маърифат газетаси, 04.11.2006, 16-б.
23 asosida   Yer   kattaligini   aniqlashga   kirishishgan,   bunda   Xolid   al-Marvaridiy   bir
guruhga,  Abu  ibn Iso  as-  Asturlobiy  ikkinchi  guruhga rahbarlik qilgan.  har  qaysi
guruh   o’zi   o’lchab   topgan   natijalar   bo’yicha   bir   gradus   meridian   yoyning
uzunligini hisoblagan.
Eng   qadimgi   astranomik   asbob   bu   oddiy   tayoq   miqyos   bo’lgan.   O’rta
asrlarga   kelib,   miqyosning   soyasi   o’zgarishini   kuzatish   bilan   vaqtni   aniqlash
mumkin bo’lgan, masjid va madrasalar yaqinida bunyod etilgan minoralar miqyos
vazifasini  bajargan. O’rta asr  musurmon falakiyotiga boshqa  jihozlar  astralyabiya
(ustrolob) armiyalar sfera tirikvetr quyosh soati, quyosh va oy tutulishini vaqtlarni
aniqlovchi asboblardan foydalangan.
Birinchi   guruhdagilarning   hisoblashicha,   bir   gradus   meri dian   yoyning
uzunligi   815   kilometrga   teng   chiqqan,   ikkinchi   guruh   topgan   qiymat   1315   metr
kam   bo’lgan.   Beruniy   natijalar   o’rtasidagi   bu   tafovutning   sababi   ikki   xil
o’lchashda, deydi va o’zi bu natijalarni tekshirib ko’rishga qiziqib, gradus o’lchash
ishlarini   olib   bormoqchi   bo’ladi.   Buning   uchun   u   Dehiston   dashtini   (Kasbiy
dengizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablag’i
yo’qligi uchun bu ishni amalga oshirolmagan.
Yer o’lchamini gradus o’lchovi usuli bilan aniqlash uchun ma'lum kenglikda
tekis joy kerak bo’ladi va bu yerda bir necha o’n kilometr aniq o’lchanishi lozim.
Bu   ish   ko’p   vaqt,   katta   mablag’   va   puxta   tayyorgarlik   talab   qilardi.   Bu   haqda
Beruniy:   “ Yer   aylanasi   uzunligini   sahroni   kezib   yurmasdan   quyidagicha   aniqlash
mumkin.   Buning   uchun   dengiz   sohilidagi   yoki   tekis   joyda   qad   ko’tarib   turgan
baland   toqqa   ko’tarilib   quyosh   chiqishi   yoki   botishi   oldidan   quyosh   gardishining
yarmi   ufq   orasida   bo’lgan   vaqtda   doirali   armillyar   asbob   bilan   uning   pasayish
burchagi o’lchanadi” deydi. Ufq pasayishini o’lchash usulini chizma va formulalar
yordamida tushuntiradi, Bunda, tog’ tepasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab
ko’rish nurining tog’ tepasidan o’tgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak
o’lchanadi 1
.
1
 Бахриддин Примов, Беруний  ақл  машъали. //Жамият газетаси. 13.01.2012, №2, 12-б
24 X-XI-   asrda   yashab   ijod   qilgan   ulug’   qomusiy   olim   Abu   Rayhon   Beruniy
Yerning   kattaligini   o’lchashda   yangi   usul   qo’llab,   bir   gradus   meridian   yoyning
uzunligi 16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini o’sha
davr   uchun   aniq   o’lchab   bergan.   U   Yerning   meridian   aylanasining   uzunligini
40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan 2
.
Sulton   Mahmud   G’aznaviy   Hindistonga   qilgan   safarining   birida   Beruniyni
ham  birga  olib ketadi,  vaqtincha istiqomat  qilishga  to’g’ri  keladi. U o’zga yurtda
bo’lishiga   qaramay,   fursatdan   foydalangan   holda   Mo’ltondan   400   kilometr
g’arbdagi   Nandna   qo’rg’onida   Yer   kurrasi   o’lchamini   aniqlashga   kirishadi,   avval
shu   joyning   geografik   kengligini   o’lchab   32°c   ga   teng   ekanligini   aniqlaydi.
So’ngra   ufqning   pasayish   burchagini   o’lchaydi.   Bu   haqda   olimning   o’zi
quyidagicha yozadi:   “ Hindiston yeridagi Nandna qo’rg’onida istiqomat qilishimga
to’g’ri keldi. Qo’rg’onning g’arb tomonida baland tog’, janubiy tomonida esa keng
sahroni   ko’rdim   va   shu   on   (ufq   pasayishini   o’lchash   usulini)   sinab   ko’rishga
kirishdim. Tog’ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini
yaqqol   ko’rdim.   Qarash   chizig’i   vertikalga   perpendikulyar   bo’lgan   chiziqdan   0°
341   pasaydi.   Perpendikulyar   bo’lgan   tog’   balandligini   o’lchadim,   u   shu   yerda
qo’llanadigan o’lchovda 652,055 cho’zim (gaz)ga teng keldi” 1
.
Yer   aylanasining   uzunligini   aniqlash,   Beruniy   aytganidek,   sahrolarni   kezib
1°c   yoy   uzunligini   aniqlashga   nisbatan   aniq   va   qulay.   Shu   bois,   u   trigonometrik
usullardan   foydalanib,   tog’   balandligini   o’lchashda   avvalgi   astronomlardan   ham
aniqroq natijaga erishgan.
Beruniy   yer   o’lchovi   bo’yicha   yangi   uslubni,   ya'ni   kenglik   va   uzunlik
o’lchovlarini   aniqladi.   Olim   shu   tariqa   Movorounahr   va   Xorazmdagi   80   ta
shaharning aniq kenglik va uzunlik o’lchovlarini topdi.
Shunday   qilib,   Beruniy   shaxsan   o’zi   bir   qancha   shaharlarning   geografik
kengliklarini hisobladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va
2
 Қодир Тўраев, //Беруний ернинг катталигини қандай ўлчаган?,//Маърифат газетаси, 04.11.2006, 16-б.
1
  Зокиржон Саидбобоев. Абу Райҳон Берунийнинг картографик мероси.//Мозийдан садо журнали, 2003. №1. 
36-40 б.
25 madaniy   merosini   o’rganish,   uni   o’quvchi   va   talabalarga   yetkazish   azaliy
qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.
Endi   Abu   Rayhon   Beruniyning   fizika   faniga   qo’shgan   hissasi   haqida
to’xtalib o’tamiz.
Turkiyalik   olim   Oydun   Sayiliy   astranomiya   tarixiga   oid   “Islom   olamidagi
rasadxonalar   va   uning   rasadxonalar   tarixidagi   o’rni”   kitobida   Beruniyning   bir
nechta rasadxona bunyod etgani va ularda ekliptikaning ekvatorga og’maganligini
va geografik koordinatalarni aniqlaganini yozgan 7
.
Beruniy   o’z   tatqiqotlarida   osmon   jismlari     o’rni,   harakatlari   va   samoviy
jarayonlari, quyosh va yulduzlarning olovli sharsimonligi, yulduzlarning harakati,
rodiakal yorug’lik, Yer qobig’ining harakatlanishi (qalqishi va   qaytishi), Yerning
o’z   o’qi   atrofidagi     aylanma   harakati,   kamalak   yog’dusi,   tong   va   oqshom
shafaqlari,   Oyning   to’lish   vaqtlardagi   ranglarining   o’zgarishi,   gravatatsiya
hodisasi,   kometa,   meteor,     meteorlar   yomg’iri   haqida     xulosalar   bayon   qilingan.
Shuningdek, alloma amaliy astranomiya yo’nalishida joylarning gegrafik kengligi
va uzoqliklarini aniqlash, taqvimlar tizish haqida fikrlar bayon  qilingan.
 Beruniyning materiya, o’lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchakli tezlik,
og’irlik,   solishtirma   og’irlik,   tutash   idishlar,   fontan,   artezian   quduqlari,   bo’shliq,
atmosfera   bosimi,   konvektsiya,   suyuqlik   zarrachalari   orasidagi   tortilish   kuchi,
inertsiya,   ta'sir,   jismlarning   erkin   tushishi,   oddiy   mexanizmlar   kabi   juda   ko’p
ishlarini ta'kidlash maqsadga muvofiq materiya haqida, gap ketganda Beruniyning
“ Hindiston”   asaridagi   “ ...fe'l   (harakat)   butunlay   moddaga   tegishli,   chunki   u
moddani band qilib turli shaklga kirgizuvchi va shakldan bo’shatuvchidir. Demak,
modda   foil   (ishlovchi)   va   uning   qo’l   ostidagi   hamma   narsalar   fe'lni   kamolga
yetkazishda moddaga yordamchidirlar. Ruh turli quvvatlarga ega bo’lmaganligidan
ishlovchi   —   foil   emas” 1
,—degan   so’zlarini   eslatib   o’tish   lozim.   Bunda   Beruniy
harakat—   moddaning   shaklini   o’zgartiruvchi   sabab   ekanligini   qayd   qilishi   bilan
7
  Бахриддин  Примов. Беруний ақл машъали. // Жамият газетаси. 13.01.2012,. №2, 12-б.
1
 Марио Лъоцци, История Физики , Москва, Мир, 1970, ст..64.
26 birga,   materiyani   birinchi,   ruhni   esa   ikkinchi   deb   qaraydi.   Bu   olimning
dunyoqarashida juda muhim o’rin sanaladi.
Zichlik   va   solishtirma   og’irlik   haqida   gap   borgan   vaqtda,   50   dan   ortiq
moddaning solishtirma og’irligi hozirgi zamon aniqligi darajasida jahonda birinchi
bo’lib   Beruniy   tomonidan   aniqlanganligini   alohida   qayd   qilib   o’tish   kerak.   Abu
Rayhon   Beruniy   turli   moddalarning   teng   hajmdagi   og’irliklarini   taqqoslab,
ularning solishtirma og’irliklarini aniqlaydi. Bundan tashqari u o’sha moddalarning
teng og’irlikdagi hajmlarini o’lchab, natijalarini taqqoslash orqali ham solishtirma
og’irliklarini   qayta   aniqlagan.   Buning   uchun   Beruniy   maxsus   xilma-xil   qoliplar
yasaydi.
O’z   ishiga   g’oyat   talabchan   va   sinchkov   Beruniy   bu   o’lchash   usullaridan
ham qanoatlanmaydi va gidrostatik tortish usulidan foydalanadi. o’z ishiga g’oyat
talabchan   va   sinchkov   Beruniy   bu   o’lchash   usullaridan   ham   qanoatlanmaydi   va
gidrostatik   tortish   usulidan   foydalanadi.   Jismlar   hajmini   aniq   o’lchash   uchun
Beruniy maxsus asbob yasaydi  (1-rasm). 
1-rasm
Uning   bu   asbobi   usha   davrdagina   emas,   balki   hozirgi   kunda   ham   diqqatga
sazovordir.   Bunda   u   ana   shu   asbob   (idishni)   suyuqlik   bilan   to’ldirib,   unga   “teng
og’irlikdagi   jismlarni   navbatma-navbat   tushirish   orqali   shu   jismlarning   siqib
chiqargan suviga nisbatan hajmini aniqlagan. Beruniy 9  metall, 18 ta suyuqlik, 15
ga yaqin mineral va boshqa jismlarning solishtirma og’irlik larini o’lchaydi.
Beruniyning suvdan yengil bo’lgan mum, sham va yog’och kabi 5 dan ortiq
qattiq jismlarning solishtirma og’irligini aniqlashi ham diqqatni jalb etadi.
27   “ Mineralogiya”   kitobining   “ Turli   suvlar   haqida   ko’rsatma   va   qo’llanma”
degan   bo’limida   toza   suvdan   sho’r   suv,   shuningdek,   buloq,   dengiz   va   botqoq
suvlarini   farq   qilgan   holda   ularning   havo   holatlariga   qarab   o’zgarishini   ham
yozadi.   Uning   bu   fikrlari   Beruniydan   ikki   asr   keyin   o’tgan   o’rta   Osiyolik   olim
Abdurahmon   Xaziniy   asarlarida   ham   qayd   qilingandir.   Beruniy   5   xil   suvning
solishtirma   og’irligini   aniqlagan.   Beruniyning   bodring   va   qovun   suvlari,   sirka,
sharob,   sigir   suti,   o’simlik   moyi,   asal,   tovuq   tuxumining   oqi,   kishining   qoni   va
siydikning   issiq   hamda   sovuq   holatdagi   solishtirma   og’irliklarini   aniqlashi   faqat
fizikadagina emas,  balki meditsina, biologiya va texnikada ham  katta ahamiyatga
ega.
Beruniy og’ir va yengil jismlarning hammasi ham yer markaziga tortilishini
shuningdek, jism zarrachalari orasida ham tortilish kuchi mavjudligini asoslaydiki,
uning bu mulohazalari butun dunyo tortilish qonuni tomon qo’yilgan ilk bor qadam
edi.
Ma'lumki,   jismlarning   og’irlik   kuchi   ta'siri   bilan   havosiz   fazoda   pastga
(yerga) tushish hodisasi jismlarning erkin tushishi deb yuritiladi.
Beruniyning   bu   qarashlari   XVII   asrda   mashhur   Italyan   olimi   Galiley
tajribalarida uzil-kesil isbotlanganligi va fanga kiritilganligi allomaning nechog’lik
buyukligidan   dalolat   beradi.   Beruniy   o’zining   “ Qadimgi   xalqlardan   qolgan
yodgorliklar”   kitobida,   suv   zarrachalari   bir-birini   tortib,   tutashuvi   natijasida   suvi
tortilayotgan   idishdagi   suv   tugaguncha   yoki   suv   oqib   borayotgan   idishdagi   suv
sathi   suvi   tortilayotgandagining   sathiga   barobar   bo’lguncha   oqish   davom   etishini
ta’kidlaydi.
  Beruniy   “ Geodeziya” kitobida og’irlikni, jismlar o’z tabiiy o’rinlariga yoki
yerning biron boshqa joyiga ko’chgan vaqtida ham o’zgarishini eslatib o’tadi 1
. 
Beruniy   samo   va   zamin   muloqoti   yo’nalishida   astralogiya   nisbatan   salbiy
fikr   bildirgan   holda   samo   va   zamin   orasidagi   ma’lum   muloqot   mavjudligini
ta’kidlaydi.   Allomaning   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   asarida   “...
Oyning   quyosh   bilan     uchrashadigan   va     ro’para     keladigan   kunlari   haqida   so’z
1
 Абу Рай ҳ он Беруний ,  Танланган асарлар, 3-жилд, Тошкент ,  Фан ,  1982. 112-б.
28 borganda,     jumladan,   shu   kuni     dengizlar   pasayib,   suvlar   kamayadi” 2
  degan
so’zlarni     o’qish   mumkin.   Hozirgi   astranomiyada   bu   jarayon   Oy   va   quyoshning
gravatatsiyasi   ta'sirida   ro’y   beradigan   dengiz   suvlarining     qalqish   va   qaytish
hodisasi deb  yuritilgan.
  Beruniyning ta’rifida  Oy va Quyoshning gravatatsiyasi xususiyatlari  inson
vujudiga ta'sir xususida yozgan ham yozgan. Bu fikrlar XX asr tadqiqotlarida ham
o’z     tasdig’ini   topdi.   O’rta   asrlar   musulmon   sharqi   boshqa   mutafakkirlarining
alohida asarlarida ham koinot va olam tuzilishi haqida o’z davri uchun kutilmagan
va juda ajoyib mulohazalar aks etgan. 
Bundan tashqari asarda qayd qilingan quyidagi fikri diqqatga sazovordir.
“Quyosh   nurining   harakati   masalasida   ham   ixtiloflar   bor.   Ba'zilar:   “U
zamonsizdir,   chunki   jism   emas”   desa,   ba'zilar     “Uning   zamoni   tez,   lekin   undan
ham   tezroq   biron   narsa   yo’q   va   (nur)   tezligini   sezib   bo’lmaydi.   Chunonchi
taqqillagandagi   ovoz   harakati   nur   harakatidan   og’irroqdir,   nur   shu   jihatdan   unga
qiyos   qilinib,   zamoni   u   bilan   bilinadi”,   deydi...   quyosh   jismi   va   shu'lasi
to’lqinining   yaqin   kelishi   haroratning   dastlabki   sababidir”.   Demak,   Beru niy
quyoshdan   kelayotgan   nurlarga   quyosh   issiqligini   tarqatuvchi   zarrachalarning
shu'lasi deb qarab, tarqalish tezligi haqida ham fikr yuritadi 1
.
Yana   shu   narsani   alohida   ta'kidlash   kerakki,   fizika   fanining   rivojlanishida
energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni muhim va hal
qiluvchi rol o’ynaydi. Bu borada B e runiyning       Ibn Sino     bilan bo’lgan savol va
javoblarida “Aristot e l falak harakat qilganida o’ziga t e gib turgan havoni qizdiradi
d e ydi.   Issiqlik   harakat   barobarida   ekanini   sovuqlik   harakatsizlik   barobarida
ekanligini   bilganmiz.   Falak         tez   harakat   qilganda   o’ziga   tegib   turgan   havoni
qizdiradi.   Bundan   asiyr   ismli   olov   paydo   bo’ladi,   harakat   qancha   tez   bo’lsa
qizdirish   shuncha   ko’proq   ham   qattiqroq   bo’ladi.   Ravshandirkim   falakdagi
harakatlanishning   eng   tezrog’i   ekvatordagisi   va   eng   sustrog’i   ikki   qutbdagisidir”
degan     bo’lsa,   Beruniy   “Hindiston”da     Yoritgichning kunlik yo’li       Shimolda
qutbga    yaqin turgani uchun kengayib boradi.    Quyosh o’zining belgili bir kunlik
2
 Абу Рай ҳ он Беруний,  Ў тмиш хал қ лардан  қ олган ёдгорликлар, Тошкент ,  Фан ,  1966. 43-б.
1
 Абу Рай ҳ он Беруний ,  Танланган асарлар, 3-жилд ,  Тошкент ,  Фан ,  1982. 112-б
29 yo’lida   borishida   kichik   yoyning   kezishiga   kam   vaqtni,   kattasiga   ortiq   vaqtni
ketkazadi. Kichik kunlik yo’lda sekin yurib, kattasida esa buning aksi bo’ladi, ya'ni
tez yuradi», deganida chiziqli va burchakli tezliklarni bir-biridan farq qilgani holda
mexanik   energiyasining   issiqlik   energiyasiga   aylanishini   qayd   qilgan   bo’lsa,
“Kitob   at-tafxim   li   avoili   sinoati   at-tanjim”       (ya'ni     “Astronomiya     san'atining
boshlang’ichini o’rganish kitobi”) dagi Yer yuzi havo bilan o’ralgan, suv isiganda
bug’ga   aylanib   havoga   ko’tariladi,   keyin   bulutga   aylanadi.   Unda   tomchilarga
aylanib         yog’adi   tog’   va   tepalardan   oqqan   suvlar   qo’shilib   daryo   hosil   qiladi.
quruqlik va suv birgalikda shar qiyofasida bo’lib, buning har tomonini havo o’rab
turadi»     degan   so’zlarida   issiqlik   energiyasining   mexa nik   energiyasiga   aylanishi
konventsiya hodisasi   haqida fikr yuritadi 2
.
Bulardan tashqari, Beruniyning yorug’lik energiyasini issiqlik energiyasiga,
magnit   maydonining   energiyasini   mexanik   energiyasiga,   mexanik   energiyasini
elektr   energiyasiga   va   aksincha   elektr   energiyasining   mexanik   energiyasiga
aylanishi   haqidagi   tajriba   va   mulohazalari   V.M.Lomonosovning   tajriba   va
kuzatishlarida tamomila tasdiqlandi va fanga kiritildi.
Yuqorida   keltirilgan   ma'lumotlarda   Beruniyning   jahon   fizika   faniga
qo’shgan   ajoyib   hissalaridan   faqat   ayrimlarinigina   sanab   o’tdik,   xolos.   Uning
fizikaga oid o’lchov birliklari, kuch, inertsiya, harakat, ta'sir va aks ta'sir, chiziqli
va   burchakli   tezlik,   quyosh   markazlik   ta'limoti   va   unga   doir   asboblari,   Oy   va
quyosh   tutilishi,   ob-havo,   yoritilganlik,   zarrachalarning   bo’linishi   va   harakati,
shafaq hodisalari hamda ularning turlariga o’xshash yana juda ko’p ishlari bilan bir
qatorda, matematika, astronomiya, biologiya, geog rafiya, mineralogiya, geologiya,
geodeziya,   pedagogika,   etnografiya,   filosofiya   kabi   fanlarga   tegishli   jahon
ahamiyatiga molik bo’lgan boshqa ishlari ham diqqatga sazovordir.
2
  Т.Усмонов. Берунийнинг физика тарихида  тутган   ў рни. Беруний ту ғ илган кунининг1000 йиллиги. 
Т ошкент,  Фан,1973,183-б.
30 2.2. Abu Rayhon B e runiy – g e ologik hodisalar, min e rallar va
javohirlarni o’rgangan dastlabki tadqiqotchi
Buyuk   o’zbek   olimi   Abu   Rayhon   Beruniyning   Yer   sathi   relyefining   daryo
hamda   dengizlar   ta'sirida   o’zgarishi   borasidagi   kuzatuvlari,   quruqlik   hamda
dengizlarning o’zaro o’rin almashib turishiga doir fikrlari, yer osti yotqiziqlari va
bu yotqiziqlarda uchraydigan toshqotgan qoldiqlar haqidagi tavsiflari, shuningdek,
uning   tabiatda   mineral   hamda   rudalarning   hosil   bo’lishi   to’g’risidagi   ba'zi
tushunchalari   fan   tarixi   uchun,   hususan,   geologiya   fani   uchun   favqulodda   zo’r
ahamiyatga   ega.   Olimning   “Mineralogiya”   “Saydana”,   “Geodeziya”,   “Hindiston”
kitoblarida keltirilgan javohirlar  va asl  metallar  koni, ularni  qidirish  hamda qazib
olish metodikasi, metallarni rudadan ajratib olish texnologiyasiga doir ma'lumotlari
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
 Abu Rayhon Beruniyning Kitob al-jamohir fi ma'rifat al-javohir deb atalgan
kitobi ushbu bobga asosiy manba qilib olindi.
Ispaniyaning Ekskurial d e gan kutubxonasida shu kitobning qo’lyozmasi bor.
Asrimizning 20-yillarida kayserlik (Turkiya) bir kishining shaxsiy kutubxonasidan,
oradan   ko’p   o’tmay   Istanbuldagi   Saroy   kutubxonasidan   kitobning   qo’lyozma
nusxalari   topildi.   Saroy   kutubxonasidan   topilgan   nusxa   boshqa   nusxalarga
qaraganda   birmuncha   to’liqdir.   Taniqli   arabshunos   F.   Krenkov   ana   shu   uchala
31 nusxadan foydalanib kitobning tanqidiy tekstini tayyorladi va uni «Mineralogiya»
deb   atadi.   Bu   nom   ko’pchilik   tomonidan   maqbul   topilgan   bo’lib,   hozirga   qadar
shunday atalib k e ladi 1
.
Beruniyning   ushbu   kitobiga   berilgan   nomni,   ya'ni   “Mineralogiya”   ni
qo’llash   mumkinligini   inkor   qilmasakda,   o’zimizning   mazkur   atama   hususidagi
mulohazamizni   aytmasdan   o’tolmaymiz.   hozirgi   tushunchamizda   mineralogiya
termini   geologiya   fanining   tabiiy   reaktsiyalar   mahsuli   hisobilanadigan   va   o’ziga
xos   muayyan   fizik   hamda   ximiyaviy   xarakteristikaga   ega   bo’lgan   minerallarni
o’rganadigan   bir   sohadir.   Shunday   ekan,   u   tabiiy   birikmalarni   o’rganish   bilan
chegaralanadi. Beruniy kitobida esa javohirlar (jinslar), mineral va metallarga doir
ma'lumotlar   ham   bayon   qilinadiki,   bu   kitobning   mineralogiya   fani   doirasidan
chiqib, ayrim hollarda fanning petrografiya, kristallografiya, metallshunoslik  kabi
sohalarini   o’z   ichiga   olishligini   bildiradi,   Lekin   shunday   bo’lsa   ham,   kitobni
petrografiya   deb   ham,   mineralogiya   deb   ham   atamay,   muallifning   o’zi   ishlatgan
nomni   qoldirib,   uni   so’zma-so’z   “Javohirlarni   bilishga   oid   ma'lumotlar   to’plami”
deb   tarjima   qilish   maqsadga   muvofiqdir.   Kitobda   hosil   bo’lishi   jihatidan
mineralogiyaga   aloqador   bo’lmagan   yoki   sun'iy   moddalarga   (shisha,   farfor   va
hokazo) mansub moddalar ta'rifi berilganligi uchun ham uning nomini o’z holicha
qoldirgan ma'qul.
Abu   Rayhon   Beruniy   birinchilar   qatorida   yer   qiyofasining   o’zgarishi   —
dengiz hamda quruqliklarning o’z joyini o’zgartirib turishi to’g’risida batafsil fikr
bildirdi.   Olim   o’zining   “Quruqlik   dengiz   o’rniga   va   dengiz   quruqlik   o’rniga
ko’chadi”   degan   fikrini   Arabiston   sahrosi   bilan   qoraqumning   (Beruniyning   gapi
bo’yicha   Jurjon   hamda   Xorazm   o’rtasidagi   sahro)   o’z   o’rnini   o’zgartirganligini
tahlil qilish asosida isbotlaydi. Uning fikriga qaraganda, Arabiston sahrosi o’rnida
bir   vaqtlar   d e ngiz   bo’lgan.   Sahro   zamini   ostidan   topilayotgan   chig’anoq   hamda
baliq suyaklari qoldiqlari bu yer dengiz bo’lganligidai dalolat beradi,  deydi olim 1
.
1
  http://uz.wikipedia.org/wiki/Olim
1
  Абу Райҳон Беруний. Танланган  асарлар. 3-жилд. Тошкент, Фан, 1982, 29-б.
32 Shuningdek,   Beruniy   Qoraqum   sahrosi,   yer   qatlamidan   chiqqan   baliq
suyaklari   qoldiqlariga   asoslanib,   bir   zamonlar   dengiz   yoki   ko’llardan   iborat
bo’lganligini isbotlashga harakat qiladi.
B e runiyning yozishicha, Misr hamda Sudan y e rlari qiyofasi ham o’zgargan.
Olim   bu   fikrini   asoslash   uchun   olib  borgan   tadqiqotlari   natijasida   qo’lga   kiritgan
ko’plab   ashyoviy   dalillar   keltiradi,   qadimgi   yunon   olimlari   asarlariga   murojaat
qiladi.   U   yer   ostidan   chiqqan   qadim   hayvonlar   chig’anog’i   yoki   qoldiqlarini
hozirgi   har   qanday   paleontologiya   yoki   zoologiya   mutaxassisi   havas   qiladigan
darajada aniq tasvirlab beradi.
“Mineralogiya”   asaridagi   mana   bu   satrlar   bu   fikrimizning   qanchalik
to’g’riligini ochiq-ravshan ko’rsatib berishi mumkin: “...menga Zarubondagi oltin
konlari   quduqlaridan   bir   nechta   chig’anoq   keltirib   berishdi.   Ularni   quduqlardan
birining   bir   yuz   ellik   tirsak   (bir   tirsak   taqriban   50   sm   ga   t e ng)   chuqurligidan
topilgan.   Chig’anoqlarning   kattaligi   yong’oqdek,   lekin   ularning   po’sti   juda   qalin
tartibli   chizilgan,   toshga   aylangan,   chig’anoqlardan   iborat.   Ularda   hayvonlarning
o’zi   yo’q   bo’lib,   giltosh   qoldiqlari   qolgan,   xolos”     Shundan   keyingi   satrlarda
Beruniy   dengiz   chig’anoqlarining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   batafsil   tasvirlaydi:
“Dengiz hayvonlari  ancha yirik va chig’anog’i ancha qalin va qattiq bo’ladi... Bir
marta ularning tashqi  tomoni xira, qora, ichki tomoni esa o’tkir tovlanuvchi sariq
marvaridga o’xshash xilini ko’rganman” 2
. 
Beruniy   o’tmish   davr   hayvonlari   qoldiqlarining   qadimgi   landshaftlarni
tiklash   hamda   quruqlik   va   dengizlarning   vaqti-vaqti   bilan   o’rin   almashinib
turishlari   sababini   aniqlashdagi   ahamiyatini   to’g’ri   tushungan.   Ammo   O’rta
asrlarda   o’tgan   sxolastika   (borliqni   tekshirish   va   o’rganishga   emas,   balki   din
aqidalariga   suyangan   idealistik   falsafa)   kayfiyatidagi   g’arb   olimlari   Beruniyning
mazkur tushunchasini inkor etishdi.
Ular   Beruniy   va   Abu   Ali   ibn   Sinoning   yer   qiyofasining   o’zgarishini   yer
qatlamlaridan   topilgan   hayvon   hamda   o’simlik   qoldiqlari   bilan   isbotlashlarini
xayoliy   gap   deb   hisobladilar.   G’arb   olimlarining   fikriga   qaraganda,   yer
33 qatlamlaridan   chiqadigan   bu   qoldiqlar   go’yo   “G’alati   jismoniy   nuqson”   (tabiat
hazili) emish.
To’g’ri,   ancha   keyin,   XVII   asrda   geologiya   sohasida   ish   olib   borgan
tadqiqotchilarning ko’pi chig’anoqlar “tabiat hazily” natijasi emas, balki haqiqatan
ham bir  zamonlarda yashagan  jonli  organizmlar qoldig’i ekanligini e'tirof  etishdi.
Lekin   bu   organizmlarning   halokatga   uchrashiga   va   yer   ostida   qolib   ketishiga
umumjahon   suv   toshqini   sabab   bo’lgan   degan   noto’g’ri   fikr   uzoq   vaqtga   qadar
hukmron bo’lib turdi. Shunday qilib, keyingi uzoq davrlar mobaynida bu geologik
hodisani umumjahon suv toshqini bilan bog’lab tushuntirilib kelindi. Shuni aytish
kerakki, Injil (xristianlar va yahudiylarning muqaddas diniy kitobi)da ham ana shu
fikr ilgari suriladi.
O’rta   Osiyoning   ikki   buyuk   olimi   Abu   Ali   ibn   Sino   bilan   Abu   Rayhon
Beruniy   qadim   yunon   mutafakkiri   Aristoteldan   keyin   quruqlik   hamda   dengizlar
vaqti-vaqti   bilan   almashinib   turadi   degan   fikrni   ilgari   surishgan   edi.   Beruniyning
tog’larning   yemirilish   jarayoni   haqidagi   fikrlarini   va   quruqlikda   —   soyliklarda
(alyuvial   cho’kindi)   ham-da   dengiz   tubida   cho’kindilar   hosil   bo’lishiga,
shuningdek, dengizlarning quruqlikka aylanishiga doir tavsiflarini alohida ta'kidlab
o’tish   kerak.   Uning   bu   jarayondagi   uchta   bosqich   haqidagi   tasavvurlarini   A.   I.
Islomov   chuqur   o’rgangan.   A.   I.   Islomov,   V.   I.   Popov   tomonidan   ajratib
ko’rsatilgan bu bosqichlar hamda fatsial zonalarning qiyosiy tahlilini keltiradi.
Beruniy   o’zining   “Saydana»   asarida   yirik,   dag’al   toshlar   majmuasidan
iborat   jinslar  bilan  mayda  zarrachalardan   iborat   jinslarning  tog’dan  tekislik,  ko’l
va   dengizlar   tomon   siljishiga   qarab   almashinishlarini   nihoyatda   aniq   tasvirlaydi.
Daryolarning   kattaligi   va   ularning   kuchi,   tosh   hamda   zarrachalarning   katta-
kichikligiga   qarab   yer   sathining   turli   joylariga:   tog’   etaklariga,   soylarga,   ko’l
hamda   dengizlar   tubiga   yig’iluvchi   cho’kindilar   keltirib   chiqaradi.   Bu   esa   siniq
jinslar:   konglomerat   (har   xil   g’o’la,   tosh,   shag’al   parchalari   va   qum   zarralarining
loy,   ohak   yoki   lava   vositasida   bir-biriga   jipslashuvidan   hosil   bo’lgan   tog’   jinsi)
shag’al,   qum   va   loylarning   yer   yuzasida   va   suv   ostida   joylashish   va   tarqalish
qonunlaridan   biridir.   Siniq,   bo’lak-bo’lak   zarralardan   tashkil   topgan   jinslar
34 mashhur   rus   olimi   V.   L.   Pustovalov   tomonidan   har   tomonlama   puxta   o’rganilib
chiqilgan.   Uning   “Cho’kindi   jinslar   p e trografiyasi”   nomli   asarida   bu   jinslar
ta'riflab   b e rilgan.   V.   L.   Pustovalov   bu   tog’   jinslarining   tog’dan   tekislik   tomon
joylanishini mexanik differentsiatsiya, xemogen jinslar o’zgarishini esa ximiyaviy
differentsiatsiya deb ataydi.
Xorazmlik   olimning   biz   yashab   turgan   Yer,   uning   shakli,   o’lchami,
radiusining kattaligi haqidagi fikrlari g’oyatda qiziqarlidir.
“Yer   shar   shaklli   koinot   ichida   sharsimondir   va   o’z   og’irligi   bilan   har
tomondan markazga tortiladi. Suv yuzining yumaloqligi ham shundan...” 1
  Beruniy
shunga   asoslanib   Yer   chekkalaridagi   og’irlikning   muvozanatlashishi   uchun   Yer
ichidagi massa harakatlanishi va almashib turishi zarur deb taxmin qiladi.
Beruniy   materiklarning,   ya'ni   qit'alarning   harakat   qilishi   mumkinligi   va
sabablarini   quyidagicha   tushuntiradi:   “Dumaloq   yerning   bir   qismi   chuqur
cho’kishlar  (yoki  yoriqlar)  tufayli  (asosiy  qit'adan)  ajralgan, ular  orasiga  atrofdan
(dengizdan) suv kirib (okeanlar kattalashgan) ko’tarilib qolgan (qismini) okeanlar
qoplay olmagan bo’lishi ham mumkin...”. 2
 
Bu   satrlardan  ko’rinib   turibdiki,  Beruniy   o’sha   vaqtdayoq   ba'zi   qit'alarning
gorizontal   siljishi   mumkinligini   taxmin   qilgan.   Ma'lumki,   qit'alarning   gorizontal
siljishi   haqidagi   masala   Beruniydan   necha   yuz   yil   keyin,   aniqrog’i,   XX   asr
boshlarida   nemis   geofizigi   A.   Vegener   va   uning   izdoshlari   tomonidan   ko’tarib
chiqilgan edi. A. Vegener granit materiallardan tashkil topgan qit'alar Yerning   o’z
o’qi   atrofida   aylanishi   ta'siri   ostida   gorizontal   holatda   siljishi   mumkinligini   faraz
qilgandi.
Bundan tashqari, Beruniy Yerimizning vertikal, ya'ni tik harakat qilishligini
ham   ko’rsatib   o’tadi.   U       yer   osti   qiyofasining,   daryolar   yo’lining   o’zgarishini
yerimizning   vertikal   harakati   bilan   izohlaydi.   Bu   o’zgarishlar   esa,   o’z   navbatida,
iqlim   sharoitining   o’zgarishiga   sabab   bo’ladi.   Natijada   unumdor,   gullab-
yashnayotgan   vohalar   jonsiz   cho’lu   sahrolarga   aylanadi,   deydi   Beruniy.
So’zimizning   quruq   bo’lmasligi   uchun   bitta   misol   keltiraylik.   Beruniy   o’z
1
 М.Акромхўжаев, Беруний –геологик ҳодисалар, минераллар ва жавоҳирларни ўрганган дастлабки 
тадқиқотчи, Беруний туғилган кунининг 1000 йиллигига  бағишланган тўплам. Тошкент, Фан, 1973, 38-б
35 kuzatishlariga   hamda   Aristotel   qoldirgan   ma'lumotlarga   tayanib,   Amudaryo
(Jayhun)ning   o’z   yo’lini   o’zgartirganligini   batafsil   tushuntirib   beradi.   Uning
yozishicha,   Jayhun   qadim   zamonlarda   Balxan   nomi   bilan   ma'lum   bo’lgan   shahar
(mazkur shaharning nomi g’arbiy Turkmanistondagi Balxan tog’i nomida saklanib
qolgan)   orqali   hazor   (Kaspiy)   dengiziga   qarab   oqqan.   Keyin   daryoning   o’zani
qizilqum   tomonga   qarab   o’zgargan.   Uning   deltalari   (daryoning   soy   hamda
o’zanlarga bo’linib, tarmoqlanib ko’l yoki dengizga quyiladigan joyi — muharrir)
Aris   daryosining   Sirdaryoga   quyilish   qismidagi   Utrorga   qadar   borgan.   “Odamlar
Jayhunning har ikkala qirg’og’i bo’ylab 300 tadan ziyod shahar va qishloq bunyod
qilishgan.   Ularning   xarobalari   hozirga   qadar   (Beruniy   yashagan   davr   nazarda
tutilyapti) saqlanib qolibdi” 1
. 
“Ko’p   o’tmay,   —   so’zida   davom   etadi   Beruniy,—   (Amudaryo)   suvi
pecheneglar   (Orolbo’yi   viloyati   aholisi)   yeri   tomon   burilgan   va   Xorazm   hamda
Jurjon   o’rtasidagi   sahroga   oqqan” 2
  Beruniyning   ko’rsatishicha,   bu   yerda   uzoq
davrlar   mobaynida   hayot   qaynagan.   Keyin   esa,   Amudaryoning   o’z   yo’lini
o’zgartirib,   Sariqamish   orqali   Xorazm   tomonga   oqishi   tufayli   bu   yerda   hayot
so’ngan.
Beruniy   bu   o’rinda   Amudaryoning   hozirgi   oqimini,   uning   Xorazm   yoinki
Orol   dengiziga   quyilishini   nazarda   tutayotganga   o’xshaydi.   Beruniy   Amudaryo
o’zanining va shu bilan bog’liq ravishda iqlim sharoitining o’zgarishiga, aholining
bu   yerlarni   tashlab   ketishiga   bu   joyning   vertikal   ko’tarilishi   hamda   qum   bosishi
sabab bo’lgan deb hisoblaydi.
Abu   Rayhon   Beruniy   o’zining   “Javohirlarni   bilishga   oid   ma'lumotlar
to’plami”   asarida   yoqut,   la'l,   olmos,   najdak,   marvarid,   zumrad,   feruza,   aqiq,
zabarjad,   oniks,   xrizolit,   billur,   ametast   (binafsha   rangli   shaffof   tosh),   lojuvard,
malaxit (yashiltosh), nefrit, gagat, mo’miyo, karkidon shoxi, qahrabo, magnittosh,
gematit,   albastrit,   shisha,   chinni   kabi   ko’plab   javohirlar   va   minerallarning
mukammal ta'rifini keltiradi.
1
 М.Акромхўжаев, Беруний – геологик ҳодисалар, минераллар  ва жавоҳирларни ўрганган дастлабки 
тадқиқотчи, Беруний туғилган кунининг 1000 йиллигига бағишланган тўплам, Тошкент, Фан, 1973, 40- б.
2
 O’sha joyda
36 Olimning bu javohirlar hamda minerallarni ta'rif va tavsiflashdagi  izchilligi
g’oyatda   ibratlidir.   U   dastlab   qimmatbaho   minerallar   nomining   qayerdan   kelib
chiqqanligini   va   ularning   yunon   (rumiy),   arab,   xitoy,   turk,   fors   tillarida   qanday
atalishini   batafsil   tushuntiradi.   So’ng   javohirlar   turlarini   birma-bir   sanab
ko’rsatadi, ularni rangi, shakli, tuzilishi, qattiqligi va solishtirma og’irligiga qarab
klassifikatsiya   qiladi.   Nihoyat,  javohirlar-ni   nimaga  asoslanib   bir-biridan  farqlash
lozimligini bayon etadi.
Beruniy konlar va ularning turlari (ya'ni sochma yoki tub konligi), metallarni
qazib olish usullari, shuningdek, metallarni rudadan ajratib olish texnologiyasi  va
boshqa   ishlar   to’g’risida   qimmatli   ma'lumotlar   keltiradi.   Olim   ora-orada
minerallarning hosil bo’lishi, ularning sifatiga salbiy ta'sir etuvchi turli yot jismlar
haqida ham o’z mulohazalarini bayon etib boradi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki,
Beruniyning   bu   xilda   tavsiflash   printsiplari   hozirgi   kunda   ham   o’z   ahamiyatini
yo’qotgan   emas.   Quyida   Beruniyning   javohirlarga   doir   ma'lumotlaridan   misollar
keltiramiz.
Yoqut.   Beruniy   bu   toshni   yoqut   deb   ataydi.   Uning   fikricha,   bu   t e rmin
forscha   yokund   so’zining   arabiylashgan   formasidir.   Yoqut   hindcha   patmarag
(nilufar) d e makdir. Hindlar yoqutni rag (qizil) d e b atashadi. “Padma esa shunchaki
uning sifatidir” deb yozadi Beruniy. 
Beruniy   va   undan   oldin   o’tgan   al-Kindiy   kabi   olimlar   yoqutni   turli
ranglarga,   chunonchi,   qizil,   yashil,   pushti,   to’q-qizil   va   hokazo   ranglarga
ajratishadi.   Xorazmlik   olim   bu   mineral   haqida   odamlar   og’zidan   eshitgan   qiziq-
qiziq   rivoyatlar,   o’qigan   kitoblaridan   parchalar   keltiradi.   Ularda   yoqutning   qaysi
mamlakatlarda uchrashligi, necha xil rangda bo’lishligi va kishilarga qaysi ranglar
ko’proq yoqishligi va hokazolar haqida qiziqarli ma'lumotlar keltiriladi.
Abu   Rayhon   Beruniy   tomonidan   yoqut,   yokund   yoki   padma-rag   atamalari
bilan   tilga   olingan   qimmatbaho   minerallar   hozir   mineralogiya   fanida   alyumin
oksididan iborat  bo’lgan,  qattiq mineral  — korund mineralining shaffof  va rangli
guruhiga kiritiladi va alyuminiyning bir yarim hissali oksidi sifatida ta'riflanadi.
37 Yoqutning haddan ziyod qattiqligi (bu jihatdan u olmos-dan keyin ikkinchi
o’rinda   turadi)   va   turli-tuman   rangda   nihoyatda   yorqin   tovlanishi   uning   barcha
qimmatbaho   toshlar   ichida   birinchi   o’rinda   turishiga   imkon   beradi.   Beruniy   ham
uning shu jihatini alohida ta'kidlaydi: “Yoqut — boshqa qimmatbaho toshlar ichida
birinchisi, eng chiroylisidir” 1
           Yoqut va uning qimmatbaho xillari bir-biridan, hozirgi mineralogiya
kursida   ham   Beruniydagidek   rangiga   qarab   farqlanadi.   Masalan,   rangsiz   yoqut
l e ykosapfir, qizil rangli yoqut rubin, sariq rangli yoqut sharq topazi, ko’k rangli 
yoqut   sapfir,   yashil   yoki   to’qqizil   rangli   yoqut   Sharq   ametisti,   sabzarang
(bargikaram) yoqut Sharq zumradi deb ataladi.
Beruniyning   javohirlar   haqidagi   kitobini   varaqlar   ekanmiz,   har   xil   sifatga
ega   bo’lgan   qimmatbaho   toshlarga,   ularning   bir-biriga   o’xshashliklari,   aslida   esa
boshqa-boshqa   ekanliklariga   doir   ko’plab   ajoyib   ma'lumotlarga   duch   kelishimiz
mumkin.   Chunonchi,   Beruniy   yoqutga   o’xshash,   ammo   aslida   yoqut   emas,
zumradga   o’xshagan,   lekin   unga   mutlaqo   aloqasi   bo’lmagan   javohirlarni   ta'riflab
beradi:   “   Karkund   degan   tosh   qizil   yoqutga   o’xshash   toshlar   jumlasiga   man-
subdir...   U   qattiq,   aytarli   tiniq   emas,   xira”.   Shu   munosabat   bilan   olim   bu   tosh
nomining qayerdan kelib chiqqanligini bayon qiladi: karkund — ya'ni forscha “kar
yokund» (yakud)  so’zidan kelib chiqqandir. Bizningcha, korund atamasi  ham  shu
so’zlarning o’ziga xos qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lsa kerak. Shu tariqa, korund
atamasining   hosil   bo’lishini   qadimgi   fors   tilidagi   karkund   so’zi   bilan   bog’lash
mumkin.   Korund   atamasi   hind   tilidagi   narkdak   (qayroq   qumi)   nomi   korand   yoki
korun so’zlaridan k e lib chiqqan d e gan fikr ham bor 1
.
A.M. B e linskiy va G. G. L e mml e ynning B e runiy kitobiga yozgan sharhida
karkundni   granat   min e ralining   turli   xillari:   andradit,   gassonit,   pirop   (to’q   qizil
yoqut)lar bilan aynan bir narsa bo’lishi mumkin d e b taxmin qiladi. Ammo B e runiy
granatlarni   bijozi   d e gan   nom   ostida   maxsus   bo’limda   tasviflaydi.   Kitobda
1
 М.Акромхўжаев , Беруний – геологик ҳодисалар ва жавоҳирларни  ўрганган дастлабки тадқиқотчи, 
Беруний туғилган кунининг 1000 йиллигига бағишланган тўплам, Тошкент, Фан, 1973, 39-б.
1
 Абу Райхон Беруний, Китоб ал-джамахирфи марифат ал-джавахир, в переводе М.Белениского под 
редаксией.Леммлейна “Собрание сведений для познания драгосенноцей” ( Минерология) Москва, 1963, 
ст.54
38 tushuntirilishicha,   bijozi   hozirgi   fan   nuqtai       nazaridan   granatlar     guruhiga
mansubdir.   Biroq   u   bijoziga   b e rilgan   ta'rif   va   tavsiflar   granatning   bir   xili
almandinga   taaluqli   d e b   hisoblaydi.   Kitobning   mijoziga   ta'rif   b e rilgan   bo’lgan
esa granatning bir xili emas, d e yarli barcha xili ta'riflab b e rilgan.
M.   Ye.   Massonning   fikriga   qaraganda,   la'l   dastlabki   paytlari   yoqut   bilan
muvaffaqiyatli   ravishda   raqobat   qilgan.   Natijada   yoqutning   narxi   tushgan,   la'lga
talab esa s e zilarli darajada ortgan. Ammo kishilar asl yoqutlarning qattiqligi bilan
ham, solishtirma og’irligi bilan ham va rangining ug’unligi bilan ham la'ldan ancha
ustun   turishligiga   qanoat   hosil   qilishgach,   bu   toshlarning   avvalgi   qimmati   yana
tiklangan.
Bizningcha,   la'l   yoqut   bilan   raqobatlashmagan,   balki   kishilar   la'lni   ham
yoqut   d e b   bilishgan.   Beruniyning:   Badaxshon   la'li   X   asrning   30-yillariga   qadar
«yoqut   bahosida   sotilib   keldi,   keyin   uni   payqab   qolishdi   va   uni     eski   bahosida
olishmay   qo’yadi»   degan   gaplari   shundan   dalolat   beradi.   La'l   va   yoqutning   bir
narsa emas, balki mutlaqo boshqa-boshqa narsa ekanliklarining ma'lum bo’-lishida
ularning Beruniy tomonidan ko’rsatib berilgan belgilari katta rol o’ynagan bo’lishi
ham   mumkin:   «...Bu   tosh   (la'l)   —   qizil,   shaffof,   toza   (bo’lib),   rangi   bilan   asl
yoqutga o’xshaydi, ba'zan esa chiroyliligi va yaltiroqligi bilan undan yuqori turadi,
lekin qattiqligi jihatidan undan keyin turadi, shu tufayli burchak va qirralari boshqa
narsalarga tegish va ishqalanishdan oson yeyiladi”. 2
Beruniy   yoqut   va   shunga   o’xshash   toshlar   koni   haqida   qiziq   ma'lumotlar
keltiradi:   “...yoqutlarning   (asosiy)   koni   Xirkand   dengizidagi   ko’rfaz   (Bengaliya
ko’rfazi)ga joylashgan Sarandib orolida va unga (orolga) parallel o’rnashgan sohil
bo’yi   tog’laridadir.   Qizil   yoqut   to’g’risida   uni   konlarda   mayda   toshlar   orasidan
ajratib   olishadi   deyishadi”.   Bu   yerda   sochma   konlarda   bo’ladigan   yoqut   nazarda
tutilmoqda.   Darhaqiqat,   orolning   markaziy   qismida   och   qizil   rangli   granit
toshlardan   iborat   tog’   tizmasi   bor.   Orolning   shimoli-g’arb   qismidagi
shag’alallyuviy   yotqiziqlarda   bitmas-tuganmas   qimmatbaho   toshlar   shag’alga
aralashgan holda sochilib yotadi. Bu joy kishilarga azaldan ma'lum bo’lgan.
39 Ma'lumki,   shag’aldan   korund   mineralining   sapfir,   rubin   kabi   xillari,
akvamarin,   xrizoberill,   sirkon,   turmalin,   turli   rangdagi   shpinellar,   ametist,   topaz
deb   atalgan   minerallar,   shuningdek,   rangsiz   tog’   xrustali   va   juda   ko’p   miqdorda
almandin (yoqutning bir xili) ajratib olinadi.
Beruniy Sarandib oroli to’g’risida gapirar ekan, bu nomning oxirgi bo’g’ini,
ya'ni  “dib”ga  alohida to’xtalib, u “ko’p” degan ma'noni  bildirishligini  ta'kidlaydi.
Shu   munosabat   bilan   B e runiy   yozadi:   “...va   m e n   bu   so’zning   ma'nosi   “ko’p
orollar” yoki “orollar yig’ilgan joy” bo’lsa k e rak d e yman” 1
.
Aftidan   Beruniy   bu   yerda   Sarandib   orolidagi   konlarnigina   emas,   balki
Bengaliya   qo’ltig’idagi   boshqa   orollardagi,   hattoki   Hindiston   va   Birmadagi
qimmatbaho toshlar mavjud bo’lgan konlarni ham nazarda tutayotganga o’xshaydi.
Kishilar bu konlardan ham juda qadim zamonlardan buyon foydalanib k e lishgan.
Al-la'l Badaxshi — Badaxshon la'li va lazavard — lo-juvard. Beruniy sifati
jihatidan yoqutdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan la'l haqida, bu tosh olinadigan
konlar, la'lning turlari, fizik xossalari, la'lni qanday topish mumkinligi, uning qaysi
toshlarga o’xshashligi va hokazolar to’g’risida g’oyat qimmatli ma'lumotlar yozib
qoldirgan.   Olim   la'lni   ta'riflashga   o’tib   yozadi:   “Nasr   uning   (la'lning)   konini
Badaxshonda   deb   biladi” 1
.   Lekin   Beruniyning   fikricha,   “Badaxshonning   la'lga
hech qanday bog’liqlik joyi yo’q, la'li badaxshon deb atalishiga sabab, Badaxshon
orqali   la'l   olib   kelingan,   tarashlangan   va   sayqal   berilgan.   Badaxshon   uning
(boshqa) mamlakatlarga tarqalishi uchun darvozadir”.
Shunday bo’lsa ham, Badaxshon va la'l (yoki la'li badaxshon) bir-biriga juda
bog’liq.   Shuning   uchun   ba'zi   tadqiqotchilar   Badaxshon   degan   nom   la'lning
«balaxsh»   degan   bir   turidan   kelib   chiqqan   deb   hisoblashadi.   Boshqa   bir   guruh
tadqiqotchilar   esa   la'l   yoki   “balaxsh”   so’zi   Badaxshon   mamlakati   nomidan   kelib
chiqqan   degan   fikrni   ilgari   surishmoqda.   Lekin,     bu   tadqiqotchilar,   Badaxshon
zamini ostidan la'l qazib olingani uchun emas, balki la'l-ni Badaxshon bozorlarida
sotishgani uchun la'l shu mamlakat nomi bilan bog’lanib ketgandir. 
1
 Беруний ту ғ илган кунининг 1000 йиллиги ,  Тошкент,   Фан, 1973, 42- бет
1
 Беруний ту ғ илган кунининг 1000 йиллиги ,  Тошкент,   Фан, 1973, 43- бет
40 Keyingi guruh tadqiqotchilar fikriga qo’shiladigan bo’lsak, u holda shunday
bir   haqli   savol   tug’iladi:   modomiki,   Badaxshonda   la'l   konlari   yo’q   ekan,   u   holda
mamlakat   bozorlarida   sotilgan   la'llar   koni   qayerga   joylashgan   bo’lmasa?   Bu
savolga   javobni   Beruniyning   o’zidan   topamiz:   “La'l   konlari   Badaxshondan   uch
kunlik   yo’lda,   Vohan   chegarasida,   shahanshoh   mamlakatining   poytaxti
Shiqosimdan Shikinanga ketaverishdagi Varzafanj qishlog’iga joylashgan”.
Ma'lumki,   Beruniy   tilga   olgan   bu   joy   Pamirda,   Vohandaryo   vodiysida
joylashgandir.   Panj-Amudaryoning   irmoqlaridan   biri.   A.   G.   Belenitskiyning
fikricha,   yuqoridagi   gapdagi   Shiqosim   —   bu   hozirgi   Amudaryo   bo’yidagi   Ish-
qoshimdir. Shikinan esa, aftidan, hozirgi “Shug’nan”dir.
M. Ye. Masson shunday yozadi: “unga (ya'ni Pomirga) janubi-g’arb tarafdan
Badaxshon   tasarrufiga   kiruvchi   Vohan,   Shug’non,   Roshan   degan   Pomir   oldi
mamlakatlari tutashgandi” 1
.
Shuni ta'kidlash kerakki, ko’pgina arab olimlari,  asarlarida ham Badaxshon
la'li,   la'lning   qimmatbaho   toshlar,   ya'ni   yoqut   bilan   raqobat   qilishligi   to’g’risida
ko’plab   ma'lumotlar   uchraydi.   Bu   ma'lumotlar   har   tomondan:   mazmuni,   tasvir
uslubi va boshqa tomonlari bilan Beruniy tasvirlariga nihoyatda o’xshash.
Mashhur sayyoh Marko Polo Badaxshon la'li haqida: “...Shigxinan tog’idan
la'l qazib olinadi” 2
 deb yozgan edi.
Xullas, Badaxshon  qadim zamonlardan beri o’zining rangli va qimmatbaho
toshlari   bilan   nom   chiqarib   kelgan.   Bu   toshlar   ichida   la'li   badaxshon   va   lojuvard
alohida   o’rinni   egallagan.   Beruniy   Nasrga   asoslanib   keltirgan   dalilida
Badaxshondagi   tog’   yaqinidagi   yoqut   olinadigan   konda   lojuvard   koni   borligini
yozadi.   Masrn   Mesopotamiya,   Hindiston,   Misr   va   boshqa   Sharq   mamlakatlarida
bundan 4 – 5 ming yil ilgari lojuvarddan foydalanishganligini taxmin qiladi.
Beruniyning   qanday   qilib   la'l   topish   mumkiligiga   doir   ma'lumotlari   juda
qiziq:   “La'lni   tog’   billuriga   o’xshash   oq  rangli   tosh   qobiq   ichidan  topishadi...   Oq
toshdan   iborat   qobiq   ochilsa,   uning   ichida   kamdan-kam   hollardagina   bir   bo’lak,
ko’pincha esa anor donalariga o’xshab zich joylashgan kristallar ko’rinadi”.
1
 Беруний ту ғ илган кунининг 1000 йиллиги  ма қ олалар т ў плами ,  Т ошкент,  Фан ,  1973, 42-б.
2
 . A . Семенов,   Беруни –видаюшейся учены среднивековья , Т a шкент,  Фан 1950,ст.274.
41 Hozirgi   mineralogiyada bir  xilgi   hosilalar  druz  va jeodlar  deb  ataladi.  Ular
tog’   jinslari   yoki   kristallar   ichiga   eritmalardan   vujudga   kelgan   mineral   moddalar
kirib qolganda hosil bo’ladi.
La'llar,   Beruniyning   fikricha,   rangiga   qarab   farqlanadi,   bir   xildagilarining
rangi   oq,   boshqalariniki   qora,   ayrimlarining   rangi   esa   och   qizil   bo’ladi.   “La'llar
ichida   eng   yaxshisi   payzaki   deb   atalganidir,   —   deb   yozadi   olim,   —   Uning   rangi
za'faron, g’oyat tiniq”.
Afsuski, mineralogiyaga doir lug’atlar va bir qator kitoblarda la'l bilan rubin
(qizil yoqut) hozirga qadar chalkashtirib ishlatilmoqda, ular ba'zan bir mineral deb
tavsiflanmoqda.   Beruniy   bundan   taxminan   900   yil   ilgari   har   ikkala   mineralning
o’ziga   xos   belgi-xususiyatlarini   ko’rsatib   berganki,   ular   asosida   bu   minerallarni
bir-biridan   osonlikcha   farqlash   mumkin.   Beruniyning   aytishicha,   la'l   bilan   qizil
yoqut bir-biridan qattiqligi va solishtirma og’irligi bilan farqlanadi. 
Ana shu va boshqa yana bir qancha belgi-xususiyatlardan foydalanib, la'lga
hozirgi mineralogiya fanida qabul qilingan shpinel nomini berish mumkin.
Bijaziy   –   granatlar.   Beruniy   qizil   granatni   rangiga   qarab   “sof,   toza,
alangadan   chiqadigan   to’q   qizil   rang”   deb   ajratadi.   U   Nasr   hamda   al-Kindiy
gaplariga asoslanib, bu granatga o’xshash      mineral     ispid-chashma va garvi deb
ataladi   deb   ta'kidlaydi.   Bu   minerallar   sarg’ish-qizil   ranglarining   to’qligi   bilan
xarakterlanadi. Aftidan, ular granatning bir xili bo’lib, Belenitskiyning taxminicha
“ko’proq piropga muvofiq keladi”.
Beruniy   granatning   qizil   rangli   xilini   ta'riflab,   Muhammad   ibn   Mansur,   al-
Kindiy va Nasrlarda ham uning haqida ma'lumot borligini aytadi. Al-Kandiy bilan
Nasr   granatning   bu   xilini   mazinaj   deb   atashadi.   Belenitskiyning   Plineybo’yicha
bergan izohida ham bu haqda qiziq ma'lumotlar keltiriladi.
Beruniy   tilga   olgan   bu   joy   nomi,   ya'ni   Tohariston   o’rta   asrlardan   beri
mavjud   bo’lib,   Amudaryoning   yuqori   oqimiga   o’rnashgandir.   Hozirgi   Tojikiston,
O’zbekistonning janubiy tumanlari va Afg’on Turkistonidan iborat katta territoriya
ilgarigi   Tohariston   territoriyasiga   to’g’ri   keladi.   kishilar   la'l   bilan   granatni
adashtiradilar, deb ta'kidlaydi.     Beruniy.Olim la'l va granat olinadigan konlarning
42 o’rnini   aniqlashtirib   yozadi:   “Badaxshondan   Shikinanga   qarab   yurgan   kishi   o’ng
tomonda la'l konlari joylashgan tog’lardan farqlanuvchi tog’larga duch keladi. Bu
yerda granatlar Vohan viloyatidagi Sajori qishlog’ining nomi bilan ataladi”.
Odatdagidek, Beruniy bu yerda ham granatga o’xshash bir qancha gavharlar
nomini  keltiradi. Chunonchi,  u  jarjun  degan  gavharni   misol   keltirib  quyidagilarni
yozadi:   “U   ispid   —   chashma   deb   ataladigan   (granat)   xilidan   yumshoqroqligi   va
chang o’tirganga o’xshashligi bilangina farq qiladi” 1
. 
Olmos   Beruniy   olmos   o’zining   kelib   chiqishi   va   uning   qaysi   tilda   qanaqa
atalishini   batafsil   yoritib   beradi.   Uning   yozishicha,   olmosni   hindlar   —   xira,
yunonlar  —  azamas,   adamantau  (sinmaydigan  demakdir),  suriyaliklar  —  almipas
va kifat, arablar — almas (tosh olmos) deb atasharkan. Shunday qilib, olmos nomi
arab tilidagi almas so’zidan olingan bo’lishi mumkin. “Uning eng asosiy xususiyati
shundaki, — deb yozadi Beruniy,— hamma narsani kesadi, uning o’zini esa hech
narsa kesa olmaydi” 2
.
Beruniyning tasvirlashiga qaraganda, olmosning “oq, sariq-ko’kimtir, sariq,
qizil,   yashil,   ko’k   va   qora”   ranglilari   bo’ladi.   U   olmosni   aniqlash   usullari   va   uni
turlarga   ajratish   yo’llarini   batafsil   bayon   qilib   beradi.   Shuni   ta'kidlash   kerakki,
Beruniy   olmos   tanlashning   eng   jo’n,   sodda   usullarini   (chunonchi,   oq   va   sariq
olmosni   ko’zga   tutib   oftobga   qaraganda   “o’q-yoyga   o’xshash   alanga”   hosil
bo’lishi)   keltirish   bilan   birga,   olmosga   xos   bo’lgan   eng   muhim,   eng   nozik
belgilarini   ham   ko’rsatib   o’tadiki,   bu   olimning   javohirshunoslik   bobida
zamonasining eng bilimdon mutaxassislaridan biri bo’lganligiga yana bir dalildir.
Masalan,  u shunday deb yozadi:  “Uning (olmosning) ishlanmasdan  avvalgi
tabiiy shakli varankaga (konusga) o’xshash, ko’p qirrali, ko’p yuzli, uch qirra yuzli
va   ulardan   tashkil   topgan   nariyya   (arab   geometriyasida   ma'lum   tetrayder   nomi)
shaklida uchraydi. Bunda uchburchaklar bir joyda qo’shiladi. Olmoslarning orasida
shundaylari   borki,   ularning   shakllarini   xavay'a   nomi   bilan   (arab   geometriyasida
oktaydir kristallari) ataydilar. Bu xillarining o’rta qismi kengroq, konus uchi o’tkir
bo’lganligi uchun uni “suliga” o’xshatadilar.
1
  А.А.Семенов, Беруни – в ыдающийся учены средневековья. Ташкент,  Фан , 1950, стр. 275
2
 А. М.Белиницкий. Примечания к переводу, в кн: А.Р.Беруни,  “  Минерология”.   М.АН. 1963.ст. 419
43 Beruniy olmos konlari haqida fikr yuritib, olmosi bor tog’larning o’ziga xos
xususiyatlari   to’g’risida   bir   qancha   qimmatli   ma'lumotlar   keltiradi:   “Barshavur
qarshisida yastanib yotgan tog’ tizmasida ajoyib shaklda hosil bo’lgan toshlar bor,
ularning   rangi   temirdek   qora..,   katta   va   kichik   cho’qqilar,   g’o’la   toshlar   go’yo
yo’g’on   g’ishtlar   shaklida   va   temirdan   yasalgan   yassi   tarozu   toshlariga   o’xshasa
ham, ammo ulardan yengilroqligi bilan farqlanadi”.
Olimning bu o’rinda «bazalt  tipidagi effuziv tog’ jinslariga xos xususiyatni
tasvirlayotgan   bo’lsa   kerak»   degan   taxmini   mutlaqo   asosli   deyish   mumkin.
Beruniyning   olmos   konlari   bor   tumanlar   tog’   jinslariga   doir   yuqoridagi   gaplari
xuddi   shu   effuziv   jinslar   boshqacha   aytganda,   vulkanik   jinslar   hosilasi,   ayniqsa
otilib   chiqqan   vulkanlar   trubkalari   olmos   konlarini   qidirib   topishda   eng   muhim
kriteriy   bo’lganligi   uchun   ham   ahamiyatlidir.   Chunonchi,   Janubiy   Afrikadagi
olmos   konlari   yonartog’   (vulkan)   jinslari   bilan   bog’liq   va   ular   otilgan   yonartog’
og’zi (trubkasi)dan topilgan, aftidan. qadim zamonlarda (ya'ni o’rta asrlarda) faqat
Hindistondagina olmos konlari bo’lgan, sheklli. Boshqa olmos konlari ancha keyin
topilgan. 
Beruniy   yer   qa'ridan   olinadigan   neft,   gagat   (ko’mirning   past   navli   xili),
ozokerit (tog’ mumi) va kir (asfalt kabi xom ashyolar haqida mukammal ma'lumot
beradi.  Uning   yozishiga   qaraganda,   Farg’onadagi   gagatni   o’tin  o’rnida   qo’llagan,
uning   kulidan   sovun   sifatida   foydalanishgan.   Gap   shundaki,   XIII   asrlarda   va
ehtimol   XIV   asrlarda   ham   yevropaliklar,   ko’mirni   ham,   undan   nima   maqsadda
foydalanishni   ham   bilishmagan.   Venetsiyalik   mashhur   sayyoh   Mark   Poloning
quyidagi gaplari bu fikrni tasdiqlaydi: “Xitoyning hamma joylarida qora tosh (ya'ni
gagat)  bor, uni   tog’lardan qazib  olishadi,  u  o’tinga  o’xshab  yonadi.  Alangasining
kuchi   o’tindan   chiqadigan   alangadan   kuchliroq.   ...Agar   kechqurun   qora   ko’mir
yaxshilab yoqib qo’yilsa, u ertalabgacha o’chmaydi”.
Abu   Rayhon   Beruniy   Farg’onadagi   asfalt,   ozokerit   va   neft   konlari   haqida
so’z   yuritar   ekan,   ularni   yonar   tosh   (chirog’i   sang)   deb   ataydi.   Olimning   bu
ma'lumotlaridan   Farg’ona   zamini   ostidan   qadim   zamonlarda   ham   ko’mir,   neft,
asfalt va ozokerit qazib olinganligi va foydalanilganligi ma'lum bo’ladi.
44 O’rta   asr   olimining   marvarid   to’g’risidagi   ma'lumotlari   o’zining   g’oyat
darajada   aniqligi   va   mukammalligi   bilan   diqqatni   jalb   etadi.   Fikrimizcha,
Beruniyning marvarid turlari, kelib chiqishi, ularning chig’anoq hamda dengizlarda
bo’lishi,   marvaridlarni   qay   paytda,   qayerdan   va   qanaqa   chuqurlikdan   topish
mumkinligiga doir fikr va mulohazalari hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan.
Beruniyning   qahrabo   moddasiga,   xususan,   bu   moddaning   kelib   chiqishiga
doir   fikr-mulohazalari   ham   foydadan   xoli   emas.   Olim   al-Kindiy   tomonidan
keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib yozadi: “qahrabo — soqoliblar mamlakatidagi
(Belenitskiy   bu   joyni   Boltiq   dengizi   bo’lsa   kerak   deb   taxmin   qiladi)   daryolar
bo’yida   o’suvchi   allaqanday   daraxtdan   oqib   chiqadigan   sandarakka   (lak   ishlab
chiqarishda qo’llaniladigan xushbo’y smola — Muharrir) o’xshash yelimdir, uning
(yelimning)   suvga   tushgan   qismi   qotib   qoladi   va   dengiz   olib   ketadi,   keyin
to’lqinlar uni qirg’oqqa chiqarib tashlaydi” 1
.
Beruniy   o’zining   “Saydana”   kitobida   qahraboni   Volgadagi   Balgariya
tog’larida   o’suvchi   daraxtlardan   oqib   tushadigan   shiradir,   u   o’simlik   tanasidan
dengizga oqib tushadi, shundan keyin to’lqinlar uni sohilga chiqarib tashlaydi, deb
yozadi.
Shunday   qilib,   Beruniy   antik   dunyo   mualliflari   izidan   borib,   qahrabo
o’simlikdan hosil bo’ladi va u o’simliklarning qotib qolgan smolasidir degan fikrni
ilgari   surdi.   hozirgi   vaqtda   ham   qahrabo   Beruniy   o’ylaganidek,   uchlamchi
geologik   davrga   oid   ninabargli   daraxtlar   smolasi   hisoblanadi.   Ammo   Yevropalik
olimlar XVIII asrning birinchi yarimlariga qadar ham qahraboni g’ayri-tabiiy yo’l
bilan hosil bo’ladigan modda deb tushuntirishgan.
Beruniy mineral   mahsulotlarni  paydo  bo’lishiga  qarab  klassifikatsiyalashga
harakat qiladi. U, mineral mahsulotlarni organik va noorganik guruhlarga ajratadi.
Organik minerallarga kelib: chiqishi jihatidan o’simlik hamda hayvonlarga bog’liq
bo’lgan   minerallarni   (qahrabo,   marvarid),   noorganik   guruhga   esa   o’zi   tilga   olgan
barcha minerallarni kiritadi. Olim shaffof minerallarni eritmalardan hosil bo’lgan,
deydi.   Uning   fikricha,   “...barcha   shaffof   minerallarning   asosi   qotib   qolgan   oqar
1
 А. М. Белинский Примечания к переводу, в кн: А.Р. Беруний,   “ Минерология ”  М. АН.1963.ст.419.
45 eritmalardir. Ularda havo pufakchasi,. suv tomchisi, daraxt bargi, yog’och tupi kabi
begona   aralashmalar   borligi   shuni   ko’rsatadi”.   Bu   yot   jinslar   “...billur   ichiga   u
eritma   holida   bo’lgandagina   tushishi   mumkin...   aks   holda   ular   uning   (billurning
ichiga)   tushmagan   bo’lardi,   chunki   (bu   jinslar)   tabiatan   suvga   nisbatan   yengilligi
sababli suv betida suzib yuradi” 1
.
Beruniy   mineral   mahsulotlarning   qotib   qolganligi   sababini   tushunishga
«inson   aqli   qodir   emas»   deb   hisoblaydi.   U   yozadi:   “uning   sababi   (ya'ni   mineral
mahsulotlarning   qotishi)   nima   va   minerallarda   qanday   qilib   turli   ranglar   hosil
bo’ldi? Buni yolg’iz yaratgan ollohning o’zi biladi”.
Ammo Beruniy kitobining bir qancha joyida minerallardagi yashil rang ular
tarkibidagi   zanglayotgan   misdan   deb   ko’rsatadi.   Shuningdek,   mineraldagi
qo’rg’oshin va mis aralashmasi unga qizil, mis hamda qalay aralashmasi esa sariq
tus beradi, deydi. Aftidan, yoqutdagi to’q qizil rang unga oz miqdorda xrom oksidi
aralashganligi tufayli, ko’k yoqutning ko’kligi unga temir hamda titan qotishmasi
aralashganligi   tufayli,   nihoyat,   xrom   va   temir   qotishmasi   shaffof   minerallarning
qizil-to’qsariq   ranglarda   tovlanishiga   sabab   bo’lishligi   Beruniyga   ma'lum
bo’lmagan.
Beruniyning   Xudodan   boshqa   hech   kimning   aqli   yetmaydigan   ilmlar
haqidagi   yuqorida   keltirilgan   gaplariga   kelsak,   bizningcha,   bu   olim   yashagan   va
ijod  qilgan   davr   ideologiyasi   ta'siri   natijasidir.  To’g’ri,   G.  G.   Lemmleynning   fik-
richa, Beruniyning minerallarning hosil bo’lishi sirlarini aniqlash mumkin emasligi
haqidagi   agnostik   qarashlari   “ritorik   usuldagi   gapdan   boshqa   narsa   emas,   chunki
minerallarning   qay   tarzda   hosil   bo’lishi   masalasi   sinchkov   aql   egasi   bo’lmish
Beruniyni   g’oyatda qiziqtirgan”.
G.   G.   Lemmleynning   Beruniy   faoliyatdagi   ana   shu   tomonni   yumshatishga,
silliqlashga harakat      qilishiga      qaramasdan olim  ideologiyasida,  dunyoqarashida
yana bir qancha ziddiyatlar borligini qayd etib o’tishga to’g’ri keladi. Beruniy, bir
tomondan,   kitobining   ko’pgina   o’rinlarida   borliq   narsaning   yaratuvchisi   sifatida
xudoni   ko’rsatadi,   Qur'ondan   parchalar   keltiradi.   Ikkinchi   tomondan,   Yer
1
 Абу Райхан Беруни, Китаб ас-сайдана, в переводу У.Каримова «Фармакогнозия», докторская диссертация, 
Ташкент, 1971, стр. 56
46 qiyofasining   o’zgarishi   evolyutsiyasi,   bilish   hamda   tajribaning   roli   va   hokazolar
haqida gapirib, Qur'on ta'limlariga qarshi chiqadi. Beruniyning o’sha vaqtda ancha
keng   tarqalgan   xurofiy   tushunchalar   haqida   aytgan   fikrlari   diqqatga   sazovordir.
Masalan, Beruniy yashagan davrda xalq orasida ilon zumraddan ko’r bo’ladi degan
tushuncha   bo’lgan.   Olim   o’zi   shaxsan   sinab   ko’rganligini   va   bu   tushunchaning
mutlaqo   noto’g’riligin   aytadi.   Beruniyning   aytishiga   qaraganda,   u   ilonga   zumrad
marjonlar   o’rab,   so’ng   uni   savatga   solgan.   Keyin   ilonga   qarab   yana   zumrad
donalarini   sochgan.   Lekin   ilonda   uning   ko’r   bo’lganligini   bildiruvchi   hech   bir
o’zgarish   sezmagan.   Olim:   ilonning   ko’zlari   ravshanlashgan   bo’lsa
ravshanlashdiki, ammo ko’r bo’lmadi, deb yozadi. 
Beruniy olmos yutib yuborgan odam yoki hayvon ko’p o’tmay o’ladi, degan
xurofiy gapga ham  mutlaqo qarshi  chiqadi. “Mening ko’z oldimda bir  itga olmos
ichirishdi,   lekin   u   itga   o’sha   paytda   ham,   keyin   ham   hech   qanday   ta'sir
ko’rsatmadi” deb yozadi olim.
Abu   Rayhon   Beruniyning   tabiat   hodisalarini   tushuntirishda   masalaga   ilmiy
nuqtai   nazardan   yondashishligi,   uning   sehrli   toshlar   yordamida   go’yo   jalaning
oldini   oladigan   yolg’onchi,   firibgarlarni   qoralashida   ayniqsa   yorqin   namoyon
bo’ladi.   U   sehrli   tosh   bilan   do’lni   yog’dirmay   qo’yish   mutlaqo   safsata   gap,
do’lning   bo’lish   bo’lmasligini   bulutlar   xususiyati   va   xarakterini   o’rganish
orqaligina bilish mumkin deb hisoblaydi.
Xullas, shu narsani chuqur mamnuniyat bilan aytish mumkinki, Abu Rayhon
Beruniy   matematika,   astronomiya,   tarix   va   falsafa   fanlari   qatori   geologiya,
mineralogiya fanlari va ularga chambarchas bog’liq bo’lgan fan sohalari, xususan,
kristallografiya,   metall   va   rudalarni   qazib   olish   texnologiyasi,   mineral   hamda
jinslarning fizik xossalarini aniqlash kabi fan sohalarni taraqqiyotiga bebaho hissa
qo’shgan buyuk olimdir.
Beruniyning   metallar,   javohirlar,   shuningdek,   ba'zi   mineral   hamda   mineral
bo’lmagan mahsulotlar solishtirma og’irligiga bag’ishlangan kitobi qattiq va suyuq
moddalarning   fizik   parametrlarini   aniqlash   bo’yicha   ilmiy-metodik   usullar
taraqqiyoti tarixida favqulodda zo’r ahamiyatga ega bo’ldi.
47 Xorazmlik   olimning   o’tkir   qalami,   zehni,   fahm-farosat”   bilan   bunyodga
kelgan   barcha   asarlarda   uning   tabiat   va   hodisalarni   kuzatish   va   tajribalar   orqali
ilmiy   o’rganish   lozimligi   haqidagi   fikrlari   to’la-to’kis   o’z   ifodasini   topgandir.
Beruniyning fikricha, tajriba orqali isbotlanmagan har qanday gap, har qanday fikr
yo xurofiy yoyinki asossiz narsadir.
48 III BOB. BERUNIY – FAN TARIXCHISI.
3.1. Allomaning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va
“Hindiston” asari haqida.
Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari uning «al-Osor al-boqiya an al-
qurun   al-xoliya»   («Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»)   kitobi   bo’lib,
Yevropada   «Xronologiya»   nomi   bilan   yuritiladi.   Asar   390-1000   yili   yozib
tugatilgan,   bu   vaqtda   Beruniy   27   yoshda   bo’lgan.   “hozir   ham   Yaqin   Sharqning
butun ilmiy adabiyotida bu kitobga teng keladigan asar yo’qdir”,— deb yozgan edi
akademik   I.   Yu.   Krachkovskiy.   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»da
Beruniy o’ziga ma'lum bo’lgan xalqlar: yunonlar, rumliklar, eroniylar, sug’diylar,
xorazmliklar,   harroniylar   (yulduzga   topinuvchilar),   qibtiylar,   xristianlar,
yahudiylar,   islomgacha   bo’lgan   arablar   va   musulmonlarning   butun   yil   hisoblari,
turli bayramlari va mashhur kunlarining mufassal tasvirini bayon etgan” 1
.
Akademik S. P. Tolstov bu asar haqida shunday degan edi: “Bu asar Yaqin
va   o’rta   Sharq   xalqlarining,   birinchi   navbatda,   O’rta   Osiyo   xalqlarining   xo’jalik
hayoti, urf-odatlari, marosimlari, e'tiqodlari haqidagi o’ziga xos bir qomusdir” 2
.
“Yodgorliklar”   chulg’ab   olgan   masalalar   nihoyatda   turli-tuman.   Unda
astronomiya   va   matematikaning   ko’p   masalalari   yoritib   berilgan.   Beruniy
musulmon   olimlari   orasida   birinchi   bo’lib   yahudiylar   kalendari   haqida   sistemali
ma'lumot   beradi.   Asarda   juda   ko’p   tarixiy   voqealar,   turli   millat   va   dinlarga   oid
muhim ma'lumotlar, payg’ambarlar va soxta payg’ambarlar, podshohlar, mashhur
tarixiy shaxslar va olimlar haqida ham axborotlar berilgan. Kitobning O’rta Osiyo
xalqlari,   ularning   Qadimgi   madaniyati   va   tarixiga   oid   ma'lumotlari   juda   muhim
ahamiyatga egadir. “Yodgorliklar” faqat o’tgan asrlarning buyuk  yodgorligi emas,
balki hozirgi kunning  ham qimmatbaho  boyligidir, undagi juda ko’p fikrlar hozir
ham   o’zining   originalligini   yo’qotgan   emas.   Bundan   tashqari,   bu   asarda
1
  И.М.М ў минов му ҳ аррирлиги о ст ида, Беруний ва ижтимоий фанлар ,  Тошкент, Фан, 1973, 138 б.  
2
  С. П. Толстов, Бируни и его «Памятники минувших поколений», Абу Райхан Бируни, Избраннне 
произведения, I, 1957, стр. 16
49 muallifning   dunyoqarashi,   uning   tabiat   va   jamiyatga   bo’lgan       munosabati   ochiq
aks ettirilgan. “Yodgorliklar”da     Beruniy     O’rta     Osiyoning yirik ma'rifatparvar
kishisi sifatida   ko’zga tashlanadi. “Qadimgi xalqlardan qolgan   yodgorliklar”ning
arab tilidagi nusxasi birinchi marta nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau   (1845
—1930)    tomonidan    1878 yili   Leyptsigda izohlar bilan chop etilgan. Bir yildan
keyin Zaxau asarning ingliz tilidagi  tarjimasini Londonda   nashr etdi 1
. Tarjimaga
Beruniyning   tarjimai   holi   va   izohlar   ilova   qilingan.       Bu   bilan     Zaxau
«Yodgorliklar»ni  o’rganish uchun keng yo’l ochib berdi.
Shuni ham  aytib     o’tish kerakki,   Zaxauning   nashr  etgan arabcha nusxasi
va   inglizcha     tarjimasi     XVII—XVIII   asrlarda   ko’chirilgan   to’rtta   qo’lyozma
asosida   amalga   oshirilgan   edi.   Bu   nusxalarning   hammasi   deyarli       bitta
qo’lyozmadan ko’chirilgan bo’lib, ularda juda  ko’p tushib qolgan   joylar bor. Bu
o’rinlarni to’ldirish uchun    “Yodgorliklar”ning yangi nusxalarini topish zarur edi.
1912   yili   asarning   ikkita   ancha   Qadimgi   qo’lyozmasi   topildi.   Ulardan   bittasi
Tehrondagi   rus   diplomatik   vakolatxonasining   vakili     L.Bogdanov   tomonidan
qo’lga kiritildi. Hozir bu qo’lyozma Rossiyada Sankt Peterburgda     saqlanmoqda.
Bu   nusxa   619/1219—1220   yillarda   ko’chirilgan   bo’lib,   “Yodgorliklar”ning   eng
Qadimgi   qo’lyozmasi   hisoblanadi.       Ikkinchi   qo’lyozma   Istambulda   topilgan   va
hozir Istambul xalq kutubxonasida saqlanmoqda. 2
Zaxau   nashr   etgan   arabcha   nusxa   asosida   1321/1943   yili   “Yodgorliklar”
Eron   sharqshunosi   Akbar   Dono   Sirisht   Sayrafiy   tomonidan   fors   tiliga   tarjima
qilindi. Tarjima Zaxau nusxasi asosida amalga oshirilganligi uchun unda ko’pgina
tushib   qolgan   joylar   va   xatolar   mavjud,   ba'zi   o’rinlarni   esa   tarjimonning   o’zi
tushirib qoldirgan.
Nemis   olimlari   K.   Garbers   va   I.   Fyukk   Zaxau   matnining   tushib   qolgan
o’rinlarini Istambul nusxasi  asosida to’ldirib, 1952- yili qo’shimcha nashr etdilar.
Zaxau   nashri   va   K.   Garbers   hamda   I.   Fyuklarning   qo’shimcha   nusxasida   tushib
qolgan   to’rtta   parcha   A.   B.   Xolidov   tomonidan   Istambul   qo’lyozmasi   asosida
1959-   yili   rus     tiliga       tarjimasi   bilan   Yodgorliklar»ning   Mashhad   qo’lyozmasi
1
  М.Мўминов муҳаррирлиги остида, Беруний ва ижтимой фанлар, Тошкент, Фан, 1973, 142 б
2
  O’sha joyda, 143 b.
50 ham   mavjlandi   va   buning   mikrofilmi   beruniyshunos   P.   G.   Bulgakov   tomonidan
Toshkentga olib kelindi.
“Yogorliklar”ni   o’rganish   bilan   Rossiyada   birinchi   marta   akademik   I.   Yu.
Krachkovskiy   (1883—1951)   shug’ullangan   edi.   U   o’zining   “Arab   qo’lyozmalari
ustida”   nomli       asarida   yozishicha,   1912   yiliyoq   “Yodgorliklar”ning   Tehronda
sotib   olingan   qo’lyozmasi   bilan   qiziqa   boshlagan.   O’sha   vaqtda   bu   nusxa   Osiyo
muzeyida   saqlanar   edi 1
.   I.   Yu.   Krachkovskiy   bu   qo’lyozmadan   Zaxau   matnida
tushib   qolgan     o’rinlarini   ko’chirib   oladi   va   uni   nashr   etishni   mo’ljallab   qo’yadi.
1940-   yili   u   o’zining   “Al-Beruniy   va   Sharqning   XI   asrdagi   geograflari”   nomli
asarini   yozadi.   Bu   maqola   uning   “Arab   geografik   adabiyoti”   nomli   yirik   ilmiy
ishining IX bobidir. Mazkur maqolada I. Yu. Krachkovskiy “Yodgorliklar” haqida
qimmatli ma'lumotlar keltiradi va unga yuksak baho beradi 2
.
O’zbekistonda   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   ni   o’rganish
asosan ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi 3
.
Abu   Rayhon   Beruniyning   vafot   etganiga   900   yil   to’lishi   munosabati   bilan
1950   yili   Toshkentda   V.   y.   Zohidov,   S.   Mutallibov,   Ya.   G’.   G’ulomovlar   tahriri
ostida   “Beruniy   O’rta  asrning   olimi”    nomli   to’plam     o’zbek   tilida      nashr   etildi.
Bunga   S.   P.   Tolstov,   A.   A.   Semyonov,   V.   I.   Zohidov,   Ya.   G’.   G’ulomov,   G’.
Jalolov, S. Mirzayev va A. Nosirovlarning maqolalari kiritilgan edi. Xuddi shu yili
rus   tilida   “Beruniy   O’rta   asrning   buyuk   o’zbek   olimi”   nomli   to’plam   ham   nashr
etilib,   bunga   S.   P.   Tolstov,   A.   A.   Semyonov,   V.   y.   Zohidov,   g’.   Jalolov,   Ya.
G’ulomovlar   maqolalari   kiritildi.   Bu   to’plamlardagi   maqolalarning   mualliflari
“Yodgorliklar”ning   ahamiyati   haqida   to’xtab     o’tganlar.       O’zbek   tilidagi
to’plamga   birinchi   martoba   “Yodgorliklar”dan     o’zbek   tilida   parchalar   berilgan.
Buning     tarjimasi   A.   Rasulov     tomonidan     bajarilgan   edi.   Bunda   asarning   so’z
boshisidan,   birinchi,   ikkinchi,   uchinchi   boblaridan   parchalar   berilib,   “Rumliklar
oylaridagi ularga ham, boshqalarga ham ma'lum bo’lgan hayit kunlari ustida so’z”
1
  Б. Халидов, Дополнение к тексту “Хронологии” ал-Бируни по Ленинградской и Истамбульской рукописям,
Палестинский сборник, внп. 4 (67), М.-Л., 1959.
2
 Абу Райхан Беруний, Китаб ас-сайдана, в переводу У.Каримова «Фармакогнозия», докторская 
диссертация, Ташкент, 1971, стр. 56
3
 И.М.Мўминов му ҳ аррирлиги о ст ида, Беруний ва ижтимоий фанлар ,  Тошкент, Фан, 1973, 144 б.
51 nomli bobi esa to’la tarjima qilingan. Bu tarjima Zaxau nusxasi bo’yicha qilingani
uchun,   undagi   kamchiliklar   bu   yerda   ham   takrorlangan.   Shunga   qaramay,   bu
tarjima   buyuk   olim   asarlarini   o’zbek   tiliga   tarjima   qilish   uchun   qo’yilgan   ilk
qadam   edi.   O’zbek   o’quvchilari   birinchi   martaba   Beruniy   asarlari   bilan   qisman
tanishish imkoniga ega bo’ldilar.
“Qadimgi   xalqlardan    qolgan    yodgorliklar”      1957-   yili   birinchi  marta  rus
tiliga Toshkentda arabshunos M. A. Sale tomonidan tarjima qilinib, izohlari   bilan
nashr   etildi.   Bu   buyuk   olim   boy   ilmiy   merosini   o’rganish   borasida   muhim
ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Tarjimon   Zaxau   nashr   etgan   arabcha   nusxa,   Sankt
Peterburg   va   qisman   Istambul   qo’lyozmalaridan   foydalangan 1
.   Tarjimaga     S.   P.
Tolstov   va   V.   P.   Scheglovlar     so’z   boshi   yozgan   va   M.   A.   Sale   izohlar   tuzgan.
Lekin   ruscha   tarjimada     ba'zi   bir   tushib     qolgan     jumlalar,     ayrim   o’rinlarda   esa
noaniq   va   noto’g’ri   tarjima   qilingan   joylar   ham   uchraydi   (bu   haqda   keyinroq
to’xtab   o’tamiz).   “Yodgorliklar”   ning   ruscha   tarjimasi   bosilgach,   Toshkentda
Beruniy haqida bir qancha ilmiy   maqolalar   va risolalar   nashr   etildi. 1960- yili
M.   A.   Sal’ening     “Abu   Rayhon     Beruniy”     nomli,   1963-   yili   esa     G.   M.
Matvievskayaning     “Beruniy     va   tabiiy   fanlar”   nomli   kitobchalari   o’zbek   tilida
nashr etildi. Bu risolalar mualliflari “Yodgorliklar” va uning ahamiyati haqida ham
to’xtab o’tishgan.
“Yodgorliklar”   asari   1968-   yili   birinchi   marta   o’zbek   tiliga   tarjima   etildi 2
.
Tarjima       arab   tilining     yirik   mutaxassisi,   keksa   olim   Abdufattoh   Rasulov
tomonidan amalga oshirilgan bo’lib,     I. Abdullayev,     O. Fayziyevlar    unga so’z
boshi   yozganlar.       Bu   so’z   boshilarda       “Yodgorliklar”ning   ahamiyati   har
tomonlama yoritib berilgan. Tarjimaga I. Abdullaev va A. Rasulovlar  tuzgan izoh
ham ilova  qilingan. Bu Beruniyning 1965- yili nashr etilgan “Hindiston” kitobidan
keyin   ikkinchi   yirik   asarining   o’zbek   tilidagi   tarjimasidir.   “Yodgorliklar”ning
o’zbekcha tarjimasi   Zaxauning inglizcha va M. A. Salening ruscha  tarjimalariga
nisbatan aniq va to’laroq hisoblanadi. o’zbekcha     tarjimada     Zaxauning arabcha
nusxasidan, Sankt Peterburg va Istambul qo’lyozmalaridan tashqari Karl Garbers,
1
  А.Қаюмов, Ажойиб кишилар ҳаёти, Тошкент, Ёш гвардия, 1987, 17 б.
2
 O’sha joyda.
52 Iogani   Fyukk   va   A.B.Xolidovlarning   Zaxau   nusxasiga   yozgan   qo’shimchalaridan
ham foydalanilgan 1
.
Beruniy Hindistonga salkam ming yil oldin borgan. Bu paytlarda olim ancha
yetilgan, ilmiy mulohazalari va asarlari bilan omma orasida tanilgan edi 2
. U darhol
Qadimgi Hind tilini o’rganishga kirishadi. Ungacha esa astronomiya, matematika,
falsafaga oid ba'zi kitoblarni Hind olim va tarjimonlari orqali o’rganib bordi va shu
tariqa u Qadimgi Hind faniga sho’ng’ib ketadi, uni chuqur o’rganadi. hatto u Hind
olimlari bilan munozaralar olib boradi.
Bu   holni   Beruniyning   o’zi   quyidagicha   bayon   etadi.   “Men   Hindlarning
astronomlari   qoshida   ustozi   oldida   turgan   shogirddek   edim,   Chunki   ulardagi
narsalarga   oshno   emas   edim   va   vaziyat   –   ahvollarini   bilmas   edim.   Ular   bilan
tanishishga   bir   oz   yo’l   topolgach,   ular   hayotidagi   qoloqlikni   va   buning   uchun
barhamanlarnikidan   ba'zi   dalillarni   ko’rsatadigan   bo’ldim.   Shunda,   ular   menga
hayron   qolib   ajablanar   va   mendan   foydalanishga   intilar   edilar,   ular   qaysi   Hind
olimlari   bilan   uchrashganimni,   hatto   bu   ilmlarimni   ularning   qaysi   birisidan
o’rganganimni so’rar edilar. Men esa ularga o’z darajalarimni ko’rsatar va ulardan
juda ustun kelar edim. Hatto, meni “sehrgar” deb va ulug’ kishilari oldida esa ilm
dengizi yo suv deb maqtar edilar. Bu hol esa, suv achib buzilsa, uni tuzatish uchun
sirka zarur  va  aziz bo’ladi, deyilgan maqolni  esga  keltiradi. Hindistonda  ahvolim
mana   shunday   edi.   Bu   sohaga   kiraverish   meni   charchatdi.   Shu   bilan   birga,   o’sha
kunlarda ularning kitoblari bor deb gumon qilingan joylardan to’plashga, hech kim
tenglasholmaydigan   darajada   qiziqardim,   kitoblarni   bekitib   qo’yilgan   joylardan
topib   olishga   yo’l   ko’rsatuvchi   kishini   oldimga   chaqirib,   baxillik   qilmasdan,
mumkin bo’lganicha, unga ehson qilar edim. Shunday kitob vujudga keltirish ishi
mendan   boshqa   kimga   muyassar   bo’ldi?!   Lekin   tangri   muvaffaqiyat   berib,   men
mahrum   bo’lgan   harakatlarga   qodir   bo’lgan   kishigagina   muyassar   bo’lishi
mumkin. Men bu harakatlar — buyurish va qaytarish ishlarida “Tut — qo’y” deb
1
 И.М.Мўминов муҳаррирлиги остида, Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан, 1973, 145 б.
2
 O’sha joyda.
53 hukmronlik   qilishdan   ojizlik   qilardim.   Ammo   kifoya   qilarli   miqdorda   harakatga
muvaffaq bo’ldim» 1
.
Shu   tariqa   Hind   fanini   o’rganishga   kirishgan   Beruniy   chindan   ham   katta
yutuqlarga   erishdi,   Hind   fani,   falsafasi,   tarixiga   oid   qimmatbaho   fikr-
mulohazalarini qoldirdi.
Kal'kutta universiteti professori S. K.Chatterjining aytishicha, Beruniy Hind
muallifining   tiliga   xos   originallikni   shunday   yaxshi   bilardiki,   hatto   bunday
kishilarning o’sha til egasi  bo’lgan Hind xalqi  ichidan chiqishi  ham  kamdan-kam
uchraydigan   voqea   edi.   Eramizning   1040-   yillarida,   deydi   S.   K.   Chatterji,   bizga
ma'lum   bo’lishicha,   madaniyat   olamida   Hind,   musulmon   va   elinining   madaniy
merosini bir xilda chuqur, har tomonlama bilgan faqatgina bir kishi bo’lgan, u ham
bo’lsa,   Beruniy   edi.   Beruniy,   -   deydi   u,   -   birinchi   hindshunos   olim   bo’lish   bilan
birga,   barcha   davr   hindshunoslarining   ham   eng   mashhuridir.   Beruniy,   bir
tomondan,  o’zining  har  tomonlama  va  aniq  ma'lumoti  tufayli,  ikkinchi   tomondan
esa,   sabrtoqati   va   ob'ektivligi   tufayli   insoniyatning   eng   buyuk   mutafakkirlaridan
biri hisoblanishi kerak 2
.
Eduard   Zaxauning   fikricha,   Beruniy   «Hindiston»   asarini   1030-   yil   30
aprelidan   to   1031-   yil   19-   dekabrigacha   o’tgan   vaqt   ichida   yozgan.   Ammo
Zaxauning   bu   fikridan   qat'i   nazar,   u   ilgaridan   bu   ishga   kirishib,   uncha-muncha
tayyorgarlik   ko’rgan  bo’lishi   ehtimol.  Chunki   ba'zan   olim   o’rni   kelganda   ma'lum
bir masala munosabati bilan, “bu sohaga oid shunday ish qilmoqchiman yoki falon
kitobimda   bu   to’g’rida   batafsil   gapirganman”   deb   ketadi.   Beruniy   “Hindiston”
asarida   “Bizcha   “Kalila   va   Dimna   kitobi”   deb   mashhur   bo’lgan   “Panchatantra”
kitobini   imkoniyat   topib   tarjima   qilsam,   degan   orzuyim   bor.   Chunki   bu   kitob
Abdullo   ibn   Muqaffa   kabi   o’zgartirib   yubormasliklariga   inonib   bo’lmaydigan   bir
guruh   kishilar   tili   bilan   Hindchadan   forschaga,   so’ngra   forschadan   arabchaga
tarjima   qilinib   keldi.   Al-Muqaffa   “Kalila”   kitobiga   o’zidan   Barzovayx   bobini
qo’shdi.   Bob   orttirib,   ishonchsiz   bo’lgan   kishi   tarjimada   ham   orttirib   ishonchsiz
1
  Абу Райҳон  Беруний, “Ҳиндистон”, Тошкент, Фан, 1965, 40-б.
2
  Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 2 жилд, Тошкент, Фан, 1965, 36-б.
54 bo’lishdan   chetda   qololmaydi”,—   deb   yozadi.   Beruniy   bu   niyatini   amalga
oshirganmiyo’qmi, hozircha bizga noma'lum.
Endi   E.   Zaxauning   “Hindiston”   haqidagi   so’ziga   qaytsak,   shunday   qisqa
vaqt ichida, - deydi  u, bunchalik salmoqli, jumlalari  o’ta pishiq, tahqiqi zo’r  asar
yozganiga   taajjubda   qolasan.   Ehtimol,   olim   bu   asarining   ba'zi   boblarini   ilgari
yozgan   va   kitob   yozayotganida   o’sha   joylarini   ko’chirib   qo’ygan   bo’lishi   ham
mumkin.   Har   qalay,   olim   o’zining   avvaldan   olib   borgan   ilmiy   kuzatishlari
natijasida   o’ziga   kerakli   juda   ko’p   astronomiya   va   boshqa   sohalarga   oid   kitoblar
bilan tanishib, undan foydalangan bo’lishi mumkin.
Chunki, - deydi E. Zaxau, - Beruniy o’z asarini juda og’ir bir davrda yozdi.
Bu   vaqtda   Eron,   O’rta   Osiyoning   g’arbini,   Afg’oniston   va   Hindistonning   bir
qismini   birlashtirgan   g’aznaviylar   imperiyasining   qulash   xavfi   bor   edi.   Mana
shunday   sharoitda   olim   ilmiy   kuzatish   ishlariga   sho’ng’ib   ketgan   bo’lsa,   bu
g’alayonlar ayniqsa avjiga chiqqan bir paytda uni tugatishga urindi. “Bu hol o’sha
davr siyosiy voqealariga bog’liq ekanligi borgan sari ayonroq bo’lib ko’rinyapti” 1
,
Olimning   fikriga   ko’ra,   yer   shar     shaklida   bo’lib     unig   yarmi     ma'lum   (g’arbiy
yarim shar va  yarmi nom’alum  (g’arbiy yarim shar ) bo’lgan .  Yerning shimoliy
(ikki)   choragidan   biri   quruqlik   bo’lganligidan   uning   choragi   ham   quruqlik
bo’lishini  taxmin qilgan Beruniy u yerning yangi qit'a ( Amerika) ekanligini XII-
asr boshidayoq  “Hindiston” asarida yozib qoldirgan.
      Olim   o’z   asarida   yer   yuzasining   tuzilishi,   dengiz   va   quruqlik   to’g’risida
gapirib   :       “   Yerning   choragi   ma’muradir.   Ma’murani   g’arb   va   sharq   tomonidan
Muhit   okeani  (Atlantika  va Tinch )  o’rab turibdi. Bu  Muhit   okeani   yerning  obod
qismini       dengizlarning   narigi   tomonida   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   quruqlik   yoki
odam yashaydigan orollardan ikkala  yoqdan ( g’arb va sharqdan) ajratib turadi” 2
.
    Ulug’   ajdodimiz   Abu   Rayhon   Beruniyning   boy   ilmiy   kartografik   merosi
jahonning   turli   mamlakatlarida   o’rganilmoqda,   asarlaridagi   ma’lumotlar   esa
mutaxassislar uchun hamon  qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda.  
1
  Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 2-жилд, Тошкент, Фан, 1965, 11-б
2
  Ў збеки ст он миллий эн ц иклопедияси , 1-жилд,   Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000 ,  721-б.
55 Bu   asarning   to’la   nomi   “Hindlarning   aqlga   sig’adigan   va   sig’maydigan
ta'limotlarini aniqlash kitobi” 6 bo’lib, bu nom uzun bo’lgani uchun uni qisqartirib
«Hindiston» deb atashgan.
Beruniyning   bu   asarini   birinchi   bor   Zaxau   o’rgandi,   u   yigirma   yil
mobaynida olib borgan tadqiqotidan so’ng arabcha matn — tekisti bilan o’zi qilgan
inglizcha tarjimasini 1881 —1888 yilda Londonda nashr etdi. E.Zaxauning ana shu
arabcha matni asosida qilingan tarjimalar 1963- yilda rus tilida (A. B. Xolidov va
Yu.   N.   Zavodovskiylar   tarjimasi),   1965-   yilda   o’zbek   tilida   (A.   Rasulov,   Yu.
Hakimjonov,   G’.Jalolovlar   tarjimasi)   nashr   etildi.   “Hindiston”ning   arabcha   matni
yana   1958-   yilda   Hindistonning   haydarobod   shahrida   nashr   etildi.   o’z   vaqtida
Beruniy   ijodi   bilan   chuqur   tanishgan   E.Zaxau   unga,   uning   mulohazalariga   qoyil
qoladi.   Hindshunoslikda,   -   deydi   E.   Zaxau,—   Beruniyga   teng   keladigan   biror
olimning undan oldin va keyin bo’lganini bilmaymiz 1
.
Beruniyning “Hindiston” asari sakson bobdan iborat bo’lib, ularda qo’yilgan
masalalardan   olimning   naqadar   mulohazasi   zo’r,   fikr   doirasi   keng   ekanligini
tasavvur qilish mumkin.
Asarda   Hindlarning   tangri   haqidagi   tushunchalari,   ularning   aqliy   va   hissiy
mavjud narsalar, jonning moddaga aloqasi haqidagi fikrlari, ruhlarning bir tanadan
ikkinchisiga   o’tishi   (tanosux)   haqidagi   qarashlari,   mavjudotning   jins   va   nomlari,
bayramlar, da'volar, meros masalasi, qonun-qoidalar, jazolar, 
diniy   hukmlar,   butsanamlarga   ibodat   qilishning   boshlanishi   va   ularning
yo’sinlari,   hindlar   grammatikasi,   she'r   va   boshqa   sohalarga   oid   kitoblari,   hind
o’lchovlari, xatlari, hisoblari kabi masalalar joy olgan 2
.
Undan   tashqari,   bu   kitob   Hindlarning   shaharlari,   mamlakat   chegaralari   va
ularning   boshqa   o’lkalar   orasidagi   masofalari,   yer   va   osmon   to’g’risida   hamda
ularning   diniy   kitoblaridagi   tushunchalar   haqida   qimmatbaho   manba   xizmatini
o’taydi.
Asar   har   bir   masala   ustida   o’sha   davr   fani,   ma'rifati   yo’l   bergan   darajada
fikr-mulohazalarni qamrab olgan. Unda Hind daryolari, ularning boshlanadigan va
1
 А. А.Семенов, Беруний-видаюшийся учени средневекоя .Т а шкент, Фан ,1950, c т .275.
2
  http    ://    uz    .   wikipedia    .   org    /   wiki    /   Olim   
56 quyiladigan   joylari,   turli-tuman   yo’llar,   Hind   olimlari   e'tiqodicha,   dunyoda   odam
yashaydigan   yer   qismlari,   muddat,   vaqt   haqidagi   tushunchalar,   kecha   va   kunduz,
kunning   kichik   bo’laklari,   eralar,   oy   va   yillarning   bo’laklari,   oy   manzillari,   yetti
qaroqchi yulduzlar haqidagi fikrlari, yoritgichlar, ularning’ bir-biridan uzoqligi va
kattaligi,  dengiz  suvlarining  ko’tarilishi  va   pasayishi,   quyosh  va  Oy  tutilishi  kabi
masalalarga to’xtalgan.
Beruniy   bu   ko’rsatilgan   masalalarning   har   birini   o’rganib,   ular   haqida
ob'ektiv   fikr   yuritganini,   har   bir   masalada   ahvolni   to’g’ri   tushuntirishga   harakat
qilganligini,   uning   o’z   iborasi   bilan   aytganda   «insof   va   adolat   bilan»   fikr
yuritayotganini  yozadi.   Agar  biror  narsa   Hindlarda  aniq  bo’lsa,—   deydi  Beruniy,
— yoki bir fikr boshqa fikrlar bilan bir xil chiqsa, ularni bayon qilamiz. Lekin bu
yozganlarimiz   o’quvchilarni   ba'zi   masalalardan   tiyish   uchun,   ular   fikriga   qarshi
kurashish   uchun   bo’lmay,   balki   Hindlar   nazariyasini   mutolaa   qiluvchilarning
tabiatlarini o’tkir qilish maqsadida bo’ladi 1
.
Beruniy Qadimgi yodgorliklarni o’rganar ekan, ba'zi asarlarda noto’g’ri fikr
yuritilganini   ko’rib   ranjiydi,   ulardan   haqiqatni   chiqarib   olishga   urinadi,   har   bir
xabarga g’oyat darajada ehtiyotlik bilan ish tutishdan boshqa choramiz yo’q, deydi
u,   bilmaganligimiz   sababli   bilgan   narsalarimizni   aytmay   qo’yishimiz   ham   yaxshi
emas.
Agar   tarjimalarimizda,   -   deydi   Beruniy,   —   terminlarimiz   odatda
ishlatiladiganga   to’g’ri   kelmasa,   u   holda   yozganlarimizning   ma'nolariga   e'tibor
berilsin, chunki maqsad ma'qollarni bildirishdir.
Beruniy   Hind   o’lkasiga   borganda   u   yerda   juda   ko’p   joylarni   kezadi,   ilmiy
tajribalar   o’tkazadi.   Hind   geografiyasi   haqida   to’xtalib,   (o’zining   ajoyib
mulohazasini bildirib shunday yozadi: “Balki Hind mamlakatining tog’larga yaqin
joylarida   qazib   borilgunicha   uchratiladigan   yumaloq,   silliq   katta   toshlarni   daryo
suvlarining   tez   oqishini   tog’lardan   uzoqlashgan   sari   kichikroq   toshlar   uchratilib,
suv   oqishining   susayib   borishini   suvlar   borib   to’xtalgan,   ko’llar,   to’qaylar   va
dengizga   yaqin   joylardagi   qumliklarni   ko’rganingda,   o’ylab   qarasang,   Hind
1
  А.Қаюмов, Ажойиб кишилар ҳаёти, Тошкент, Ёш гвардия, 1987, 47 б.
57 mamlakatini   sellar   oqizib   kelgan   narsalar   bilan   to’lgan   Qadimgi   bir   dengiz   deb
o’ylaysan, lekin boshqa narsa deb tasavvur qilolmaysan”.
Bu gaplar uning zo’r kuzatuvchi  bo’lganligini, har bir joyga, o’lkaga qarab
o’zining sodda, ammo ajoyib fikrlarini o’rtaga tashlaganini ko’rsatadi.
Kanavj shahri esa,— deydi davom etib Beruniy,— tevaragi, joylashgan Yeri
jihatidan   Hindistonning   o’rtasi   hisoblanadi,   chunki   bu   shahar   dengiz   bilan   tog’
o’rtasida joylashgan.
Ilmlar   ko’pdir,   —   deydi   Beruniy,—   zamon   baxt-iqbolli   bo’lsa,   turli   fikr-
mulohazalar,   ra'ylar   bir-biriga   qo’shilib   borsa,   ilm-ma'rifat   ko’payadi.
Odamlarning  ilmga  rag’bat   etishlari   ilm   ahlini   hurmatlashi   va   ularga  yaxshi   ko’z
bilan   qarashi   o’sha   baxt-iqbolning   belgisidir.   Ayniqsa,   hukmron   kishilarning   ilm
ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Ularning shunday
qilishlari bilan dunyoda kundalik “zarur ishlar bilan ovora bo’lib qolgan qalblarini
turli ilmlar bilan shug’ullanishi uchun bo’shatib qo’yadi”.
Beruniy   mulohazasicha   hukmron   doiralar   ilm   ahlining   ko’nglini   ko’tarib,
ularni maqtab, xursand qilishi ham ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi.
Lekin Beruniy o’z davrida ilm-ma'rifat uchun imkoniyat yo’qligi, hukmron
doiralarning   bu   ishga   bel   bog’lash,   olimlarni   rag’batlantirish   u   yoqda   tursin,   ular
ijodini   oyoq   osti   qilganligini   va   olimlarning   xor-zor   bo’lganligining   shohidi
bo’lgan. Shuning uchun ham u «Lekin zamonimiz aytib o’tilganday zamon emas,
balki   uning   teskarisichadir.   Shunday   zamon   va   sharoitda   yashash   majburiy
bo’lganidan   keyin  qachon  ilm   yuzaga  chiqadi  yoki  yuzaga   chiqqani   qachon  rivoj
topadi?!   Bizning   zamonimizda   mavjud   bo’lgan   barcha   ilm   o’sha   tasvirlangan
davrlardagina bo’lgan Qadimgi zamon bilimlarining qoldiqlari va oqavalaridir» 1
,—
deydi.
Beruniy,   hozirgi   ta'bir   bilan   aytsak,   baynalmilal   inson   bo’lgan,   u   barcha
xalqqa   izzat-xurmat   bilan   qaraydi,   qaysi   bir   xalq   haqida   yozmasin,   ular   haqida
ob'ektiv   fikr   yuritadi.   U   Hindlar   dinini   tanqid   qilar   ekan,   islom   dini   ham   undan
chetda   qolmaydi,   Hindlardagi   ba'zi   nojo’ya   fe'l   atvorlarni   yozar   ekan,   arabu   -
1
 Абу Рай ҳ он Беруний,   Танланган асарлар, 2-жилд, Тошкент,   Фан, 1965, 125-б.
58 forslar,   yunonu-   turklar   bundan   holi   emasligini   yozadi.   Qaysi   masalaga   o’z
munosabatini bildirsa, albatta, u unga aqliy yondashib, mantiqli fikr yuritar edi. U
milliy, diniy cheklanish, mahdudlikdan uzoq edi. U yozgan har bir asarning har bir
satrida   rostlik,   haqqoniylik,   betaraflik   doimo   hamroh   edi.   Shuning   uchun   ham
Hind   olimi   hamid   Rizo   Beruniy   haqida   yozib:   “o’rta   asr   va   yangi   zamon
mualliflaridan hech biri ham Hind madaniyatining chigal masalalarini chuqur ilmiy
ruhda tushunishda o’lmas Beruniy erishgan yutuqlarga erisha olmadi, Beruniyning
“Hindiston”   asari   klassik   namuna   bo’lib   qolishi   bilan   birga,   o’z   muallifining
Qadimgi Hind madaniyati va faniga qilgan tortig’idan iboratdir” 1
, deydi. Chindan
ham   Beruniyning   “Hindiston”   asari   bu   sohaga   qiziquvchi   ilm   ahli   uchun   buyuk
olimdan o’lmas obida bo’lib qoldi.
Beruniyning   ko’pgina   asarlarida   va   ayniqsa   “Hindiston”   kitobida   Hind
filologiyasiga doir muhim ma'lumotlar mavjud.
Beruniy   asarida   aks   ettirilgan   I   ming   yillikning   oxiri   va   II   ming   yillikning
boshlarini   o’z   ichiga   olgan   davr   Hindiston   tarixi   uchun   alohida   ahamiyatga   ega.
Burilish davrlaridan o’rin olgan bu davr, qisman, bir tomondan qadimiy 
Hindiston   davlatlarining   uzoq   davom   etgan   inqirozga   yuz   tutishining
yakunlanishi   va   ikkinchidan   ijtimoiy   hayotning   asta-sekin   feodallashib   borishi
bilan   xarakterlanadi   va   bu   hol   umuman   chetdan   bostirib   kelishlarning   tobora
kuchayib borishi va eng avval Mahmud g’aznaviy askarlarining har yilgi hujumlari
natijasida sezilarli darajada tezlashib borardi. Bu jarayon “oltin asr” hisobilanmish
davrdagi   klassik   madaniyatni   tanazzulga   olib   keldi   va   bu   vaqtda   brahmanlar
tabaqalari   ham   moddiy,   ham   ruhiy   boyliklarni,   jumladan,   adabiy   tilni   o’z
monopoliyalariga aylantira boshladilar.
Shu   narsani   unutmaslik   kerakki,   Mahmud   G’aznaviyning   Hindistonga
talonchilik yurishlarining boshlanishi  bilai ob'ektiv ravishda turk va Hind xalqlari
orasida   madaniy-tarixiy   hamda   til   aloqalari   davri   boshlanadi   va   bundan   tashqari
G’aznaviylar   davlatining   o’rnatilishi   natijasida   Hindistonning   shimoli-g’arbiy
viloyatlari va shu bilan bir qatorda Panjob ham bosib olingan edi.
1
  А.Ирисов, Беруний “Ҳиндистон”и,  Туғилган кунининг 1000 йиллигига бағишланган тўпламдан, Тошкент, 
Фан, 1973,13-б.
59 Modomiki shunday ekan, ko’p tadqiqotchilar tomonidan qayd qilib o’tilgan
tarixiy   ma'lumotlarning   kamchiligini 1
  Beruniy   asarini   chuqur   o’rganish   tufayli
ma'lum   darajada   to’ldirish   mumkin.   Chunki   u   ko’pgina   muhim   voqealarning
shohidi bo’lgan.
Yodgorlikning   ilmiy   qimmati   uning   haqqoniyligi   va   undagi   asliy
ma'lumotlarni   aniq   ishlab   chiqilgan   usul   asosida   tanlab   olinishi   bilan   ham
ta'kidlanadi. Beruniyning o’z ta'biriga ko’ra, u eng avval Hindlar bilan uchrashish
va  ulardan  voqealarni   og’zaki   surishtirishga  katta  ahamiyat  bergan  bo’lib,  yozma
adabiyotlar   ustida   ishlashni   ikkinchi   darajali   deb   hisoblagan.   Masalaga   bunday
yondashish o’sha yerning og’zaki va adabiy tilini o’rganishni talab qilishi tabiiydir.
Beruniy   o’z   xulosalarini   mavjud   ma'lumotlarni   mantiqiy   va   ob'ektiv
umumlashtirish   asosida   ifoda   qilishga   harakat   qildi   va   u   ma'lumotlarning
manbalariga   hamisha   ishora   etdi   hamda   ularning   aniq   va   to’laligiga   tanqidiy
yondashdi.
Bularning   hammasi   nazarda   tutilganda,   bu   asarning   ushbu   turkumdagi
boshqa yodgorliklardan butunlay farq qilishi ayon bo’ladi.
Beruniyning   “Hindiston”   asarini   Hindshunoslik   fanida   o’rganish   juda
muhim va zarurligini qayd qilaturib, bu asarning filologik aspektiga alohida e'tibor
berish   lozim.   Bu   esa   Hind   professori   Suniti   qumar   Chatterjining   1951-   yilda
qalkuttada nashr etilgan “al-Beruniy va Sanskrit” maqolasidan tashqari bu sohada
XI-   asrdagi   hind   tili   situatsiyasini   yoritib   bera   oladigan   va   Hindistonning   o’rta
asrga oid bo’lgan lingvistik tadqiqotlar qatoridagi yetishmayotgan bo’limni to’ldira
oladigan hech qanday asosiy ma'lumotlarning mavjud emasligi bilan asoslanadi.
Bu   asarni   o’rganishga   katta   ahamiyat   berish   yana   shuning   uchun   ham
zarurki, Beruniyning ushbu asari noyob va bunday ma'lumotlar beruvchi manbalar
orasida kamdan-kam topiladi. Asarning filologik ahamiyati ko’rsatib o’tilganidek,
hech   qanday   shubha   tug’dirmasa   ham,   yana   shu   narsani   ta'kidlab   o’tish   lozimki,
birinchidan,   Beruniy   o’z   kitobi   ustida   ishlash   jarayonida   100   dan   ortiq   sanskrit
manbalaridan foydalandi va, ikkinchidan, “Hindiston”ini tugallagandan so’ng besh
1
  А.Ирисов, Беруний “Ҳиндистон”и, Беруний туғилган кунининг 1000 йиллигига бағишланган тўпламдан, 
Тошкент, Фан, 1973, 137 б.
60 yil   o’tgach,   uning   o’zi   tomonidan   tuzilgan   asarlarining   ro’yxatidan   ma'lum
bo’lishicha,   u   yana   Hind   manbalariga   asoslangan   20   dan   ortiq   asarni   sanskritdan
arab   tiliga   tarjima   qilgan.   Bu   jihatdan   Beruniyning   Sharqda   “Kalila   va   Dimna”
nomi bilan mashhur bo’lgan “Panchatantra”ni qayta tarjima qilish orzusi diqqatga
sazovordir,   chunki   u   Ibn   al-Muqaffa   tomonidan   qilingan   tarjimani   mukammal
emas deb hisoblardi.
Uchinchidan,   butun   asarda   mavjud   behisob   filologik   xarakterga   mansub
ma'lumotlardan   tashqari,   Beruniy   kitobning   80   bobidan   quyidagilarini   alohida
ajratadi:   XII   bob   –   Vedalar,   Puranalar   va   Hindlarning   mazhabiy   kitoblari
to’g’risida, XIII bob – grammatika va poeziyaga oid kitoblar va XVI bob — Hind
yozuvi to’g’risida ma'lumotlar.
Eng   avval   Beruniyning   ko’p   tillarni   bilishi   katta   qiziqish   tug’diruvchi
faktdir, chunki u, asarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, ona tilidan, aftidan,
xorazmiy   tilidan   va   turk,   fors   hamda   arab   tillaridan   tashqari   yunon   va   suryoniy
tillarini ham mukammal bilgan bo’lsa kerak. Shuning natijasida u, o’z kitobida 20
dan   ortiq   yunon   tilidagi   asarlarga,   jumladan,   Gomerning   “Iliada”   va   “Odisseya”
eposlariga ilova qiladi va ulardan sitatalar keltiradi.
Bundan   tashqari,   uning   o’zi   e'tirof   qilishiga   qaraganda,   “Hindiston”   asari
ustida   ishlash   jarayonida   Beruniy   Evklidning   “Boshlanish”   va   Ptolemeyning
«Almagesta»   asarlarini   sanskrit   tiliga   she'riy   tarjima   qilgan.   Beruniyning   ko’p
tillarni   bilishini   ta'kidlovchi   ba'zi   bir   ma'lumot   va   qo’shimcha   mulohazalar   o’z
vaqtida nemis sharqshunoslari M., Meyerxof va F. Krenkov hamda rus arabshunosi
I.   Yu.   Krachkovskiylar   tomonidan   ko’rsatib   o’tilgan   edi.   Beruniyning   bir   necha
tillarni bilishi unga Hind tillarini va shevalarini o’rganishida katta yordam bergan.
Bizning   fikrimizcha,   Beruniyning   tilshunoslikka   bo’lgan   qiziqishini
xarakterlashda   uning   umuman   til,   yozuvning   ahamiyati,   sinonimiya   hodisasi   va
Hind   terminlarini   arab   tili   vositalari   bilan   ifodalash   usullari   to’g’risidagi   ayrim
mulohazalariga katta ahamiyat berish lozim.
Bu borada uning quyidagi fikri diqqatga sazovordir: “Til, so’zlovchi istagini
eshituvchiga   yetkazuvchi   tarjimondir”.   Shuning   uchun   til   zamonning   bir   on   kabi
61 turg’un   qismi   bilan   cheklanib   qoladi.   Agar   insondagi   so’zlash   quvvati   hamma
joyga   shamol   singari   yoyiluvchi   bo’lmaganda   edi   va   zamonlardan   zamonlarga
nafaslar   singari   o’tuvchi   xat   yozish   san'atini   keltirib   chiqarmaganda   edi,   o’tmish
zamonning   xabarini,   ayniqsa   uzoq   zamonlar   o’tganda   hozirgi   zamon   tillariga
qanday ko’chirib bo’lar edi?” 1
. Beruniy bu mulohazasida tilning asosiy funktsiyasi
kishilarning   aloqa   vositasi   ekanini   aniq   ko’rsatadi,   og’zaki   til   va   yozuvning
munosabatlarini aniqlab, yozuvni til taraqqiyotining yuqori bosqichi deb ta'riflaydi
va uni og’zaki tildan yuqori qo’yadi.
Beruniyning   muayyan   tillarning   umumiy   xususiyatlari   to’g’risidagi
xulosalari   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Masalan,   adabiy   sanskrit   to’g’risida   bayon
qila turib, u shu narsani ta'kidlaydi: “...ularning tili (so’zga) boy va keng, arab tili
kabi,   ma'lum   bir   narsa   biron   o’zakdan   olinib,   o’ziga   xos   qilib   belgilangan
birmuncha ismlar bilan ataladi, maqsadni ifoda qilishda sifatlarni ko’proq aytishga
ehtiyoj tug’iladigan ko’pgina narsalarga bitta ism beriladi». o’z-o’zidan ma'lumki,
bu   yerda   bir   xil   ma'noga   ega   bo’lgan   so’zlarni   tuzish   imkoniyatini   beruvchi,
sanskritga   xos   bo’lgan   va   keng   ko’lamda   qo’llanadigan   sinonimiya   hodisasi
nazarda tutiladi.
Yuqorida aytilganidek, Beruniy eski adabiy til va yangi og’zaki til orasidagi
stilistik   o’zgarishlarni   bevosita   ko’rsatib   o’tadi.   Lekin,   bu   to’g’rida   umumiy
ma'lumot   berib,   u   ayrim   misollarda   ro’y   beradigan   tafovutlarga   jiddiy   e'tibor
bermaydi.
Shuning   uchun   Hind   tillarining   umumiy   taraqqiyoti   jarayonini   tiklashda
katta   ahamiyatga   ega   bo’lgan   va   o’sha   davrda   Hindistonning   shimoli-g’arbiy
qismidagi tillarda mavjud bo’lgan sanskrit va yangi Hind elementlarini chegaralash
Hind   yozuvining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   arab   alifbesi   yordamida   grafik
ifodalanishi   masalasiga   bog’liq   bo’lib   qoladi.   Bu   nuqtai   nazar   Beruniy   asarida
ancha   mukammal   ishlab   chiqilgan,   chunki   metodologik   xususiyatga   ega   bo’lgan
mulohazalar shuni taqozo etardi.
1
  Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 2- жилд, Тошкент,  Фан, 1965, 31 б.
62 Hind so’zlarini arab harflari bilan ifodalashdan avval, Beruniy, aftidan Hind
grafikasining   spetsifik   xususiyatlarini   mukammal   o’rganib   chiqqan.   Bu   haqda
uning   quyidagi   fikri   ravshan   dalil   bo’la   oladi:   «Hindlar   (alifbesida)   harflarning
ko’p bo’lishiga sabab (birinchidan), har bir tovushning unli (tovushdan) kelishiga
yoki   ikki   undosh   orasida   bo’lishiga,   yo   hamzadan   keyin   kelishiga,   yo   harakat
miqdoridan   ko’ra   kamroq   cho’zilishiga   qarab,   o’ziga   maxsus   belgisi   (harfi)
borligidir;   (ikkinchidan),   boshqa   tillarda   topilmaydigan   undosh   (tovush)   larning
ularda bor bo’lishligidir». Bunday ifodalash uzun va qisqa bo’g’inlarni ajratuvchi
Hind   grafikasining   o’ziga   xos   xususiyatini   original   ravishda   aks   ettiradi   va   Hind
tillariga   xarakterli   bo’lgan   paydo   bo’lish   o’rni   bo’yicha   undoshlarning
spetsifikasini nazarda tutadi.
Shunday   qilib,   Beruniy   Hind   yozuvining   bu   xususiyatlarini   nazarda   tutib,
Hind transkriptsiyasining diqqatga sazovor sistemasini ishlab chiqdi. To’g’ri, u shu
bilan   birga   bu   transkriptsiyaning   absolyutligiga   da'vo   qilmaydi,   chunki   boshqa
yerda   uning   nisbiy   xarakterga   ega   ekanligi   to’g’risidagi   aniq   va   ravshan   faktni
ta'kidlab   o’tadi.   Qisman,   ko’pgina   Hindcha   nomlarning   arab   artikulyatsiyasi
natijasida buzib berilishi masalasida to’xtab o’tib, shuni e'tirof qiladiki, “...bizning
(arabcha) yozuvimizda ayniqsa, ...so’zlar albatta buzib yoziladi” 1
.
Beruniy   tomonidan   tuzilgan   transkriptsiya   masalasiga   kelsak,   u   asosan
undoshlarni   belgilashda   arabcha   talaffuz   normalariga   begona   bo’lgan   belgilarni
qo’llagan. Masalan, olim «gaf», «pe» va «chim» harflaridan Hind tilidagi shunday
harflarni   ifodalash   uchun   foydalangan.   qo’pgina   tadqiqotchilarning   aytishlaricha,
bu   usulning   urg’u   tilida   faqat   XV—   XVI   asrlarda   keng   me'yorda   ishlatila
boshlaganligi   bunday   holni   oldindan   ko’ra   bilish   deb   fikr   yuritadilar.   Shubhasiz,
Beruniy   bu   usulni   shu   belgilarning   fors   adabiyotida   ishlatilishi   tajribasi   tufayli
topishga   muvaffaq   bo’lgan.   Olimga   xos   jur'at   va   tashabbuskorlik   bilan   Beruniy
o’zining ona tiliga — xorazmiy tiliga mos bo’lgan uch nuqtali “fe” belgisini ham
kiritdi.   Bu   belgi   yordamida   Beruniy   “v”   ni   “o”   va   “u”   tovushlaridan   ajratishga
harakat qildi, chunki arab grafikasida ularning hammasi faqat birgina “vov” belgisi
1
  Абу Райхан Беруни, Избран ны е произведения, т. II, Предисловие  А. Б. Халидова  и  В. Г. Эрмана,  Ташкент, 
Изд-во АН УзР 1963 стр. 47
63 bilan   ifodalanadi.   Bu   asosan   “v”   intervokal   holatda   keladigan   hind   so’zlariga
taalluqlidir,   masalan,   avarta   “doira,   aylanma”   so’zida.   Xuddi   shu   usulda   u
hindchadagi   intervokal   pozitsiya   “j”ni   ifodalash   uchun   fors   traditsiyasidan   o’ziga
ma'lum bo’lgan “je” belgisidan foydalanadi — Rajanya “podshoning o’g’li”.
Beruniy   tomonidan   turli   miqdorda   muntazamlik   bilan   tavsiya   etilgan
yuqorida   keltirilgan   umumiy   usullardan   tashqari   mutaxassislar   ularni   qarama-
qarshi xulosalarga olib keluvchi bir qator ayrim usullarni aniqlamoqdalar. Ba'zi bir
mutaxassislar   bu   yodgorlik   shimoli-g’arbiy   Hindiston   tillarining   xarakterli
xususiyatlarini aks ettiradi deb isbotlaydilar, ayrimlari esa, Beruniy mamlakatning
ichki   tumanlaridagi   ancha   sofroq   talaffuzni   ko’zda   tutadi   deb   fikr   yuritadilar.
Binobarin,   bu   masala   faqat   Hind   tillari   faktlarini   emas,   balki   Sharqiy   Eron   va,
birinchi   navbatda,   xorazmiy   hamda   pushtu   tillari   faktlarini   nazarda   tutib,
chuqurroq tekshirishni talab qiladi.
Beruniy   tomonidan   ko’rib   o’tilgan   va   sotsiolingvistik   jihatdan   katta
ahamiyatga ega bo’lgan masalalar qatoriga olimning bosqinchilar va mahalliy xalq
o’rtasidagi   til   aloqalari   to’g’risida   bergan   bevosita   va   bilvosita   ma'lumotlari   ham
kiradi.
Birinchi   navbatda,   Beruniy   hukmron   doira   uchun   arab   va   fors   vaqtlarini
(kunlarini)   hindchaga   va   aksinchaga   aylantirishda,   aftidan   malaka   qo’llanma
vazifasini   o’tagan   “al-harkan”   kitobiga   ilova   qilishi   juda   xarakterlidir.   Beruniy
ko’rsatgan   faktlar   asosida   tiklash   mumkin   bo’lgan   madaniy   aloqa   jarayonining
bunday   konturi   Chatterjiy   keltirgan   faktlar   yordamida   yanada   to’ldirilgan   bo’lib,
bu narsa shuni aniq ko’rsatadiki, bu jarayonni Hindistonning butun shimoli-g’arbiy
territoriyalarida o’z hokimiyatlarini atroflicha tarqatishga intilgan g’aznaviylarning
davlat manfaatlari ham taqozo qilgan 1
.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   Beruniy   “Hindiston”   asari   ayrim
qismlarining muhokama qilinishi, bu asarda kelgusida  Hind tillari  va adabiyotlari
sohasida   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borish   uchun   imkoniyat   yaratuvchi   nihoyatda
qiziqarli va keng ma'lumotlar mujassamlangan deb hisoblashga asos beradi. Yana
1
  А.Ирисов, Беруний “Ҳиндистон”и, Беруний туғилган кунининг 1000 йиллигига бағишланган тўпламдан, 
Тошкент, Фан, 1973, 139 б.
64 shu   narsa   diqqatga   sazovorki,   bu   asar,   birinchidan,   tarixiy   va   qiyosiy-tarixiy
grammatika   hamda   ijtimoiy   tilshunoslik   nuqtai   nazaridan,   jumladan,
tilshunoslikning toponimika, paleografiya, etimologiya, terminologiya, mifologiya
kabi   sohalari   bo’yicha,   shuningdek,   fonologiya,   morfologiya   va   boshqa   rejalarda
kelgusida o’rganilishi mumkin.
Beruniy asariga umumiy baho berishda hozirgi zamonning ko’zga ko’ringan
Hind tilshunoslaridan biri Suniti Kumar Chatterjiyning fikri e'tiborni jalb etadi. U,
masalan,   shuni   ta'kidlaydiki:   “Mahmud   G’aznaviy   askarlari   safida   Hindistonga
kelgan   turk   bosqinchilari   Hindlar   orasida   mavjud   butparastlikka   qarshi   bo’lib,
xudolar tasvirini qirib tashlar edilar, lekin ularning orasida “hindlarning muqaddas
tili   sanskritni   o’rgangan,   o’zidan   keyin   XI-   asr   Hindiston   tarixiga   sidqidildan
bag’ishlab asar qoldirgan Abu Rayhon Beruniy kabi haqiqiy olimlar bo’lgan”.
Shuning   uchun,   agar   biz   yuqorida   aytilganlarga   asoslanib,   Beruniy   Hind
filologiyasining ustozidir deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi.
3.2. Beruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar.
O’zbek   xalqi   o’zining   qadimiy   va   nihoyatda   boy   madaniyatiga   egadir.   Biz
bu madaniyat  yodgorliklarini zo’r ishtiyoq bilan o’rganamiz va ommalashtiramiz.
hammaga   ma'lumki,   madaniyat   tarixini,   xususan   fan   tarixini   o’rganishda   buyuk
olimlarning   hayotlari   va   ilmiy   faoliyatlarini   o’rganish   juda   muhim   o’rin   tutadi.
O’zbekiston   Davlat   arxivida   saqlanib   kelayotgan   o’zbek,   arab,   fors   tilidagi
qo’lyozma ham bosma kitoblardan Beruniyga va uning asarlariga taalluqli bo’lgan
ma'lumotlar to’plangan.
65 Birinchi   qism   —   Beruniyning   tarjimai   holidan   iborat   bo’lib,   shu   kungacha
adabiyotda   ma'lum   bo’lmagan   birqancha   ma'lumotlar   berildi   (masalan,   uning
ustozlari, shogirdlari va 100 ga yaqin zamondoshlarining ismlari va boshqalar).
Ikkinchi   qism   —   o’zbek,   arab,   fors   tillaridagi   qo’lyozma   va   bosma
kitoblarda   uchragan,   umuman,   Beruniyga   oid   ma'lumotlarni   xulosa   qilishga
bag’ishlandi.
Uchinchi qism — faqat olimning asarlariga bag’ishlandi. Bunda Beruniynint
154 asarini o’z ichiga oluchi 3 xil ko’rsatkich berildi. Shu 154 asardan 20-tasining
nomi yangidan topildi 1
. 
Beruniy   asarlarida   astronomiya   va   astronomik   kalendar   tuzish,
mamlakatlarning   geografik   tuzilishi   va   sharq   xalqlarining   umumiy   tarixiy
masalalariga,   ayniqsa   matematika   fanlariga   ko’p   o’rin   beriladi.   Beruniy   bu
asarlaridan birqanchasini zamondosh olimlarning va do’stlarining iltimosiga ko’ra
yozganligini va yozilish sabablarini o’zida ko’rsatadi. Hozirgacha saqlanib qolgan
va mundarija jihatidan boy bo’lgan asarlari uning nimalar bilan shug’ullanganligini
ko’rsatadi.   U   diniy   va   e'tiqodiy   asarlar   yozmadi.   Beruniy   asarlarida   materialning
boyligi   va   ilmiy   terminlarni   ishlatishda   bo’lgan   puxtaligi   fan   tarixida   ayrim
ma'nodadir.   Beruniy   o’z   asarlarining   deyarli   hammasini   arab   tilida,   ba'zisini   fors
tilida yozganligi yoki keyin o’zi tarjima qilganligi ma'lum. Arab tilida yozilishiga
sabab   o’sha   zamondagi   ma'lum   sharoitning   talabi   edi.   Bu   olim   sankskrit,   ibroniy
va suriya tillarichi ham bilar edi.
Beruniy   asarlarining   oz   tarqalishiga   sabab   ularning   qiyin   uslub   va   til   bilan
yozilganligida deb hisoblanadi. O’rta asr sharq olimlari orasida bu kitoblar o’ziga
lozim   darajani   olib   kelgan   bo’lsa   ham,   XII-asrgacha   Beruniy   asarlari
yevropaliklarga   ma'lum   emas   edi.   XII-   asrdagina   Ispaniyada   Beruniy   asarlaridan
astronomiya   faniga   oid   qismlari   yahudiy   tiliga   tarjima   etildi   va   shu   munosabat
bilan Yevropaga tarqala boshladi.
Beruniy Hindlarning ko’p ilm va fanlarini o’z ichiga olgan “Botingil” degan
kitobni   arab   tiliga   tarjima   qilgan.   Mat e matika   va   astronomiyaga   doir   klassik
1
  А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний вафотининг 900 йиллигига бағишланган 
мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 1950, 120 б.
66 asarlarni   sanskrit   tiliga   tarjima   qildi.   Hindlar   Beruniyning   bu   tarjimalari   nihoyat
to’g’ri va yaxshi chiqqanligiga hayron qolgan edilar.
Beruniy   ko’p   asarlar   yaratgan.   U   kitob   yozishda   zo’r   mahoratga   ega   edi.
Beruniyning ilgari surgan g’oyalari juda qimmatli bo’lib, asarlari XIX-XX asrlarda
bir qancha xalqlarning tiliga tarjima qilingan. Beruniy ilmiy kitoblar oz bo’lgan bir
vaqtda   ulug’   taftishlar   bilan   buyuk   kitoblar   yozdi:   “Dustur”   (dustur-qoida),   «Al
jamohir fi ma'rifatil javohir» va «qitobus saydala fit tib» kabi kitoblari Beruniyning
oxirgi asarlaridan bo’lib hisobilanadi.
Sharqda fan tarixida birinchi marta Yer va barcha planetalar quyosh atrofida
aylanadi»   degan   fikrni   maydonga   tashlagan   ulug’   olim   Beruniy   quyidagilarni
yozgan   edi.   «Qadimgi   astronomlar   Yerning   quyosh   atrofida   harakatlanuchi
qonunini   rad   qilmoqchi   bo’ldilar.   Men   shu   mavzuda   “Maqolidu   ilmil   hay”
(astronomiya ilmining kaliti) degan maxsus kitobimni yozdim va o’z kashfiyotimni
isbot   qilish   uchun   dalillar   keltirdim” 1
.   Beruniyning   bu   nazariyasi   olimlar   va
ruhoniylar   o’rtasida   katta   shov-shuvlarga   sabab   bo’ldi.   Bu   fikr   sharq   olimlariga
yoqmas   edi.   Ular   din   arboblari   bilan   birgalikda   B e runiyni   kufur   bilan   aybladilar.
XVI—XVII   asrlarda   yashagan   mashhur   olimlardan   Kop e rnik   (1473—1543),
Galil e y (1564— 1642) va K e pl e r (1571 — 1630) lar B e runiyning bu fikrini uzil-
k e sil   isbot   qildilar.   Beruniy   asarlarining   ko’pchiligi   astronomiya   haqida   yozilgan
bo’lib, bular - \”Zijul Ma'sudiy”, “qonun-ul Ma'sudiy fil hay't va nujum” (hay'at va
nujum haqida sulton Ma'sudga bag’ishlangan qonun). “At tafhim li avoili sinoat it
tanjim” (Nujum ilmining boshlang’ichlari tushuntirish), “Maqolidu ilmil hay'a” va
«Rasadu Abu Rayhon» (Abu Rayhon rasadi) nomlarida tarqalgan maxsus va nodir
asarlardir.   Astronomiya   ilmidagi   tekshirishlarini   mukammallashtirish,   osmon
hodisalarini  yana ham  chuqur  o’rganish  va bilish tilagida G’azna, Balx,  qobul  va
Jo’zjonda   observatoriyalar   vujudga   keltirdi   va   har   birida   birqancha   vaqt   tadqiqot
olib   bordi.   Bu   t e kshirishlar   natijasidagi   xulosalarini   “Rasadu   Abu   Rayhon”
kitobida bayon qildi.
1
 Муслима Неъматова, Буюк аллома//Маърифат,  14.10. 1998, 3 б
67   “Qonuni   Ma'sudiy”   (“Al   –qonun   Al   –Ma'sudiy   fil   hay'a   van     nujum   “-
Astranomiya   fanida   Ma'sud     ismiga   yozilgan   qonun”)       nomli   yirik   jo’g’rofiy
kartografik   asar   hisoblanib,   uni   muallif   umrining   so’nggi   yillarida   yozgan 1
.
Tadqiqotchilarning   fikricha,   asarning     qo’lyozma   nusxalari   10   taga   yaqin.   Asar
jami   12   maqoladan   iborat   va   har   bir   maqola     bir   necha   bobga   bo’lingan.
Beshinchi   maqolaning   9-   10-   boblari   jo’g’rofiya   fani   uchun   juda   muhimdir.   Bu
boblarda   dengiz   va   quruqliklar   chegaralanib,   yetti   iqlim   taqsimoti   hamda   603
joyning   jo’g’rofiy   koordinatalari     berilgan.   Shularga   asoslanib,           dunyoning
geografik   xaritasi   tuzilsa,   Beruniyning     yer   yuzini   qanday   tasavur   qilgani   ayon
bo’lar   edi,   biroq   uzunlik   belgilari   va   boshlang’ich     meridian   ma’lum
bo’lmaganligidan bunday xarita tuzish mushkuldir 2
.
Abu   Rayhon   Beruniy   deyarli   hayotining   ko’pchilik   qismini   riyoziyot
fanlariga   oid   ijodiy   ishlarga   sarf   qilar   ekan,   bu   sohada   ham   ko’p   asarlar   yaratdi.
Ko’p   ilmiy   kashfiyot   va   ixtirolar   qildi.   Bundan   to’qqiz   asr   ilgari   Yerning
harakatlanishini   sezgan   va   shu   haqda   fikrlar   yuritgan   olimning   albatta   ko’p
kashfiyotlari   bo’lishi   tabiiy   holdir.   B e runiy   yorug’liq   va   tovush   harakatini   bir-
biriga   solishtirish   yo’li   bilan   ularning   t e zligini   b e lgilash   yo’lini   topdi.   Ilgarigi
o’tgan   donishmand   olimlar   kitobida   bo’lmagan   Yer   shari   haqidagi   nazariyalarni,
astronomiya   qonunlaridan   birinchi   darajali   sinusni   topish   yo’lini   va   Yer
geomorfologiyasi   haqidagi   fikrlarni   tarqatdi   Turli   qimmatli   toshlar   va   har   xil
minerallar   qattiqligi   va   solishtirma   og’irligini   aniqlash   bilan   ularni   o’rganish
yo’llarini   belgiladi.   Ayniqsa   yer   osti   suvlari   haqidagi   ma'lumotlari   juda
qiziqarlidir.   Gidrostatistika   sohasidagi   kashfiyotlari   o’z   davrida   katta   shuhratga
sabab   bo’ldi.   Beruniyning   topgan   qonunlaridan   Sharq   astronomlari,   jumladan
Ulug’bek,   G’iyosiddin   Jamshid   va   Birjandiylar   foydalanganlari   kabi,
geograflardan, Abulfido ham ko’p foydalangan va katta tajribalar orttirib,   shuhrat
va g’alabalarga erishdi. B e runiy asarlaridan Sharqdagina emas, balki g’arbda ham
ko’p olimlar foydalandilar 1
.
1
  Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 5-жилд, Тошкент, Фан, 1976, 10-б.
2
  Зокиржон Саидбобоев, Абу Райҳон Беруний картографик мероси//Мозийдан садо, 2003, №1, 36-40 б
1
  А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний вафотининг 900 йиллигига бағишланган 
мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 1950, 120 б.
68 B e runiy   mat e matika   fanlari   mutaxassisi   bo’lgani   holda,   m e ditsinada   ham
o’tkir     fikr     egasi edi. Garchi m e ditsinada maxsus malumoti bo’lmasa ham ilgari
o’tgan   mashhur   donishmand   tabiblarning   hayoti   va   asarlari   bilan   yaqindan   tanish
edi. Jumladan Isxoq Isroiliy (932), Abu Bakir Roziy (925) va Ali ibn Abbos (996)
kabi meditsina olimlarining asarlaridan foydalanib, “Kitobus saydala fit tib” asarini
yozdi.
Abu Rayhon o’z zamoni adabiy tilini yaxshi bilgan olim edi. U matematika
va falsafada lozim bo’lgan tillardan sanskrit, suriya, ibroniy tillarini bilgani singari
o’z   ona   tilidan   tashqari   arab   ham   fors   tillarida   ham   mahorati   ziyoda   edi.   Ilmiy
asarlardan   foydalanishga   iste'dodli   edi.   Beruniyning   yana   bir   jo’g’rofiy   -
kartografik    -   “At tafhim li avoili sinoat it tanjim” dan ma'lumki, - “ At- tafhim”
nomli   kitobi   1030-yilda     ikki:   arab   va   fors   tillarida   yozilgan   asarlaridan
hisoblanadi.     Ushbu   kitobga   dunyo   xaritasi   ham   ilova   qilingan   va   u   kitobning
barcha nusxalarida mavjud.
Beruniy   adabiyot   kishisi   bo’lmagani   holda   bu   sohada   ham   o’zining
qobiliyati   borligini   bildirdi.   Bir   muncha   arabcha   she'rlar   yozdi.   Adabiy   asarlari
jumlasidan har xil qissalar va arab shoirlarining devonlariga sharhlar yozish bilan,
o’zining «Muxtorul ash'or» (tanlangan she'rlar) to’plamini yaratdi. Yoqut hamaviy
«Mo’'jamul udabo» nomli kitobida Beruniyning bir qancha she'rlaridan namunalar
ko’rsatib,   uning   adabiy   faoliyati   haqida   ancha   ma'lumotlar   keltiradi.   Arab
klassiklaridan   mashhur   shoir   Abu   Tammom   va   Abu   Nuvosning   devonlariga
yozgan sharhlari Beruniyning bu sohada ham qalami o’tkir ekanligini isbot  etadi.
«Al   jamohir   fi'   ma'rifatil   javohir»   asaridagi   Qadimgi   shoirlarning   she'rlaridan
lug’at masalalari ustida keltirgan misollari ham uning adabiyot sohasidagi  yuksak
darajasini ko’rsatadi 1
.
Beruniy   o’z   zamonidagi   oqimlarning   borishini   va   xalqning   tarixiy
an'analarini ko’zdan kechirar ekan, bu sohada ham chetda qolmadi. Uning Sulton
Mahmudning Xorazmni bosib olishi, Ma'munning o’ldirilishi va xalqning boshiga
tushgan   falokatlarini   o’z   ichiga   olgan   asari   ma'lumdir.       Tarixshunos       Bayhaqiy
1
  А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний вафотининг 900 йиллигига бағишланган 
мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 1950, 121 б.
69 Beruniy   kitoblaridan   ko’p   foydalanganligi   haqida       quyidagilarni   yozadi.   “Bu
tarixni   yoza   boshlaganimda   ko’rganlarim   yoki   ishonchli   kishilardan     eshitgan
ma'lumotlarim   asosida  bo’lishiga katta e'tibor bergan edim. Shu munosabat bilan
uzoq   vaqt   qidirishim   natijasida   bundan   bir   qancha   muddat   ilgari   Abu   Rayhon
Beruniy   xati   bilan   yozilgan       bir   kitob   qo’limga   tushdi.   Misli   yo’q   ulug’   olim
tomonidan   yozilgan   bu   kitobda       hech   bir   ortiqcha   so’z   yo’q   edi.   Bu   uzun
ma'lumotni o’sha  kitobdan olib yozdim”. Bayhaqiy   aytgan bu kitob Beruniyning
«Al   musomar   tau   fi   axbori   Xorazm   (“Mashohiri   Xorazm”)   (Xorazm   xabarlari
to’g’risida       afsonalar)       asari     edi.     Bundan       boshqa   –   “Kitobi   tarixi     ayyomis
sulton     Mahmud   va   axboru     abihi”   “Tarixu   Abi   Rayhon”,   “Tanqix   ut   tavorix”
(tarixlarni   keraksiz   so’zlardan   tozalash)   degan   asarlari   bordir.   Shu   tarixlarning
mazmunidan   Abu   Rayhonning   bu   sohada   ham   qanchalik   xizmat   qilganligini
aniqlab bo’ladi.
Sharqning   faylasuf   va   donishmandlariga   xos   bo’lgan   xususiyatlar
jumlasidan   biri   tarbiyaviy   g’oyaga   asoslangan   falsafiy   va   to’la   ma'noni   ichiga
olgan hikmatli   she'rlarni;  hofiz, Xayyom   va  Xaqoniylarda  ko’rganimiz  kabi, Abu
Rayhon asarlarida ham aql va tadbir, odob va axloq, yaxshilik va yomonlik odatlari
haqida birqancha hikmatli so’zlar borligi “Tatimmaiy suvonul hikma”da Bayhaqiy
tomonidan naql qilinadi.
70 Xulosa
Xorazmlik   buyuk alloma ,ensiklopedist  olim Abu Rayhon Muhammad ibn
Ahmad   Beruniy   o’zining   butun   hayoti   davomida   avlodlariga   ulkan   meros
qoldirdiki, bu meros hali-hanuzgacha butun jahon ahli uchun xizmat qilmoqda .
Beruniyning tabiiy –ilmiy va falsafiy qarashlari asrlar osha o’z ahamiyatini
yo’qotmay   kelmoqda.   Buyuk   olim   o’z   zamonasining   hamma   fanlarini,   birinchi
navbatda   falakiyot   (astronomiya),   fizika,   riyoziyot     (   matematika   ),   ilohiyot
ma’danshunoslik   fanlarini   puxta   egallagan.   Bu   fanlar   taraqqiyotiga   qo’shgan
hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan  joy oldi. 
“Odam   borki,   fikr   yuritish   qobilyatiga   ega.   Mutafakkir   iborasining   o’zagi
ham     fikrdir.   Lekin   har   bir   fikr   yurita   oladigan   kishiga   nisbatan     mutafakkir
iborasini   qo’llab   bo’lmaydi.   Yuksak   teran   va   atroflicha   fikr   yurita   oladigan   va
71 ijtimoiy   faoliyatidan   el-yurtiga   nafi   tegadigan   siymolarnigina   mutafakkir   deyish
mumkin. Xorazmiy , Farg’oniy, Farobiy,Beruniylar mutafakkirlar hisoblanadi” 1
.
Shunday buyuk mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy fanning hamma
sohalarida     samarali   ijod   qilgan.   Uning   ilmiy   merosi   juda   keng   va   rang-barang   .
Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo’r qobilyati uning ko’pchilik zamondoshlari va
keyingi   olimlar   tomonodan   e’tirof   etilgan.   1035-1036-yillarda   Beruniy   o’z   ilmiy
ishlarining ro’yxatini  tuzadi. Bunda  shu vaqtgacha  yozgan kitob va risolalari  113
taga   yetgani   ko’rsatilgan.   Keyingi   yozgan   asarlarini   ham   qo’shsak   u   qoldirgan
ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat 2
.  
Allomaning   eng   yirik   asarlari     “   Mas’ud   qonuni”   ,   “   Qadimgi     xalqlardan
qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”;  “ Mineralogiya” , “ Geodeziya”, kabilardir. U
o’zining   astranomiyaga   oid   asarlarida   Kopernikdan     qariyb   5   asr   muqaddam
yerning   quyosh   atrofida   aylanishi   haqidagi   fikrni   o’rta   asrlarda   birinchi   bo’lib
ilgari   surdi.   Olim   yerning   dumoloq   shaklda   ekanligini   asoslab   berdi.   U   1029   ta
yulduzning   koordinatalari   kattaliklari   qayd   etilgan   yulduzlar   jadvalini   hamda
dunyoning geografik kartasini tuzgan .  Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi
shubhasiz jahon fani va madaniyati  xazinasiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi.
Beruniyning   astranomiyaga   oid     “   Al-   Qonun   al-   Mas’udiy”   (   “   Mas’ud
qonuni”),   asarini   Sulton   Mas’udga   bag’ishlaydi.   Bu   asar   falakiyotga   doir
bo’lib,olimlar tomonidan  juda yuksak bahoga sazovor bo’lgan. 
Beruniy  “ Al-Osor al boqiya an al –qurun al-holiya”,  “ Qadimgi xalqlardan
qolgan   yodgorliklar”     asarini   Jurjonda   muhojirlik     davrida   yoza   boshlagan   va
1000-yilda   tamomlagan   .Ushbu   asarda   olim   o’ziga   ma’lum   bo’lgan     xalqlar,
jumladan,   yunonlar,   rimliklar,   eroniylar,   xorazmliklar,   qibtiylar,     xristianlar,
yahudiylar   islomgacha   bo’lgan   arablar,   musulmonlarning   butun   yil   hisobi,   turli
diniy bayram kunlari  mufassal bayon etilgan 1
.
Beruniyning  “ Tahqiq mo lil  hind min maqul’a maqbula fil-aql av marzula”
(“Hindlarning   aqlga   sig’adigan   va   sig’maydigan     ta’limotlarni   aniqlash   kitobi”)
1
  И.А.Каримов, Ватан туйғуси. Тошкент, Ўзбекистон, 1996, 41-б.
2
 Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000, 720- б
1
  Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан, 1973, 137-б.
72 hajm   jihatdan   juda   katta   asar.     Fanda   qisqartirib     “   Hindiston   “   deb   ataldi.   Unda
Hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar geografiya , elshunoslik ,qonun va urf-odatlar,
falsafa,   din,   tarixiy-diniy   rivoyatlar   ,   hind   yozuvining   turlari   haqida   ma’lumotlar
bor. 
“ Mineralogiya ” ,   ya’ni   “Kitob   al   –jamohir   fi   ma’rifat   al-   javohir ”   ,
(“Qimmatbaho   toshlarni   bilib   olish   bo’yicha   ma’lumotlar   to’plami”)       asari   o’z
zamonasi   uchun   Markaziy   Osiyo   va   Yaqin   Sharq,     Yevropaga   minerologiya
sohasidagi eng yaxshi asar hisoblangan. 
Olimning   geodeziyaga   oid   muhim   asari       “   Tahdid   nihoyot   il-amoking   li
tashih  masofat il masokin”    (“ Turar joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun
manzillarning chegaralarini belgilash” )   1025-yilda yozib tugatilgan . Bu asarning
birdan-bir   qo’lyozmasi   Istanbulda   birinchi   marta   rus   tiliga   shu   qo’lyozmadan     “
Geodeziya”   nomi   bilan     tarjima   qilindi.   (   Toshkent   ,1966).       “Geodeziya”
Beruniyning dunyoqarashini belgilashda boy manbalardan biri hisoblanadi.
Beruniyning o’sha vaqtda uncha ma’lum bo’lmagan shimoliy o’lkalar, boltiq
va   oq     dengiz   haqidagi   ma’lumotlari,   Sibirning       “bizda   yoz   bo’lganda,   u   yerda
qish   bo’ladi”   degan   xabarlari   ayniqsa   qiziqarli.   U   Xitoy   va   Tibetga   tutash
o’lkalarni   ham   o’zidan   oldingi   olimlarga   nisbatan     to’la   va   aniq   tasvirlagan.
Ptolomeyga     qarama-qarshi   Atlantika   va   Hind   okeanlarining   janubiy   tomoni   bir-
biriga   tutashganligini   isbotlab   bergan.   U   Osiyo   va   Afrika   qit’alari   orasida   bir
vaqtlar   bo’g’oz   bo’lgan   va   Yer   sharining     janubiy   tomoni   quruq   bo’lgan   deb
taxmin qiladi.U qoldirgan noyob ma’lumotlar sharq geografik adabiyotida muhim
ro’l o’ynagan.
Tarixda   Amerika   qit’asi   1492-yil   oktyabr   oyida   dengiz   sayyohi     Xristofor
Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi
mavjudligi   ham   ma’lum.   Olim   o’zining       “Hindiston”   asarida     yer   yuzasining
tuzilishi,     dengiz   va   quruqlik   to’g’risida   gapirib   ,         “…   Yerning   choragi
ma’muradir.   Ma’murani   g’arb   va   sharq   tomonidan   muhit   okeani   (Atlantika   va
Tinch okean ) o’rab turadi. Bu muhit okeani  ,yerning obod qismini dengizlarning
73 narigi   tomonida   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   quruqlik   yoki   odam   yashaydigan
orollardan ikkala yoqdan  (g’arbdan va sharqdan ajralib turadi…” 1
  deb yozgan.     
Demak , g’arbiy yarim sharda yahlit bir quruqliknning, keyinchalik Amerika
deb   nomlangan qit’aning mavjudligini Beruniy Yevropalik olimlardan 450 yilcha
oldin     taxmin   qilib   ,   o’z   asarlarida   bir   necha   bor   yozgan.   Olimning   g’arbiy
yarimsharda     katta   quruqlik   borligi   to’g’risidagi   fikri     XV-XVI   asrlarda   o’z
tasdig’ini topdi.
Beruniy   matematik   geografiya   taraqiyyotiga   ham   katta   hissa   qo’shdi.   U
joylarning   geografik   uzunligini   va   kengligini   aniqlash   yo’llarini   ishlab   chiqishda
ulkan natijalarga erishdi .
Geologiya sohasida ham alloma buyuk kashfiyotlar qilgan .Yerni o’rganish
masalasiga   ilmiy   yondashdi.   Yer   yuzasining   har   bir   qismi   o’zining   uzoq   tarixiy
taraqiyyotga ega ekanligini yozgan. 
Olim minerologiya fanida ham muhim kashfiyotlar va xulosalar yaratdi. Bu
sohada   u   ajdodlar   yaratgan   fan   yutuqlarini   tan   oldi,   ularga   o’zi   yaratgan   yangi
ma’lumotlarni qo’shdi. 
Alloma dorishunoslik, meterologiya , fizika kabi fanlarga ham beqiyos hissa
qo’shgan.     Bundan   tashqari   biologiya   va   astranomiya   fanlarini   rivojlantirishdagi
xizmatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiy   fanlar   tarixida     Beruniyning   abadiy   qoldirgan   xizmati   shundaki   ,   u
o’zining ilmiy tadqiqot ishlarida o’zi ishlab chiqan ilmiy tadqiqot metodiga ,tajriba
va   kuzatishlariga   suyandi.   Kuzatish   va     tajriba   metodikasini   misli   ko’rilmagan
darajada   yuqori   ko’tardi,   bu   uning   tajribaviy   bilimlar   sohasidagi   zo’r   yutig’idir.
Olim   o’z   oldiga   fanni   aniq   ma’lumotlar   bilan   boyitish   ,   nazariyalarni   ishlab
chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo’ygan 1
.
Beruniy     ijtimoiy   nazariyalar   sohasida   ham   samarali   ijod   etdi,   bu   sohalar
rivojiga   ulkan     hissa   qo’shdi.   Uning   ko’pgina   asarlari   o’z   mohiyati   bilan   tabiiy
fanlarning   sohalari   bo’yicha   ham,   shuningdek   o’sha   zamonlarda   yashab   o’tgan
1
 М.А.Сал ъ е. Абу Рай ҳ он Беруний, Тошкент ,  Фан,   1960 ,  19-б.
1
 Т.П.Матвиевская, Беруний ва табиий фанлар ,  Тошкент,   Фан, 1963 ,  33-б
74 xalqlarning   ijtimoiy   xo’jalik   va   siyosiy   hayoti   sohasida     ham   butun   bir
ensiklopediya bo’lib xizmat qilmoqda.
Uning   maxsus   tabiatshunoslik   masalalariga   bag’ishlangan   kitoblari   ham
ijtimoiy     fanlarning   ko’pgina   sohalarini   o’ziga   qamrab   oladi.   Bu   xususda   uning
“Geodeziya”,     “Minerologiya”   va   boshqa   asarlarida   tarix,   adabiyot,   tilshunoslik
kabi sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan . 
Beruniy   taraqqiy   etish   va   yoq   bo’lishga   sabab   bo’lgan   tabiiy   hodisalarni
tadqiq etar  ekan, Allohning yaratuvchilik qudratini  inkor  etmaydi. Olim    tabiatda
qotib   qolgan   narsa   yo’q,   dunyodagi   hamma   narsa   ma’lum   vaqtdan   keyin   bir
holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi, degan nuqtai-nazarda turadi.
Bilish   nazariyasi   xususida   ham   o’ziga   xos   fikrlari   bor.   Uning   fikricha   ,
bilishning   asosi   ,   bizning   dunyo   haqidagi   bilimlarimiz   manbai   bo’lmish   sezgi
a’zolari orqali olingan bilimlardir. Umuman ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan , bu
–aql   idrok   tufayli   erishgan   yutuqdir,   deydi.   Beruniy   bu   sohada   tajribaning
ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
Alloma   ijtimoiy   hodisalarni   tushuntirishda   geografik   muhit,   kishilarning
moddiy ehtiyoji kabi omillar ahamiyatini hisobga oldi .Uning fikricha ,tilning kelib
chiqishiga   odamlarning   bir-biri   bilan   muomala   qilishdagi   ehtiyojlari,   turli
fanlarning   paydo   bo’lishiga   esa   ularning   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlari   sabab
bo’lgan.  U hokimiyatni nasldan –naslga o’tib turish qonun-qoidasini umuman tan
olsa ham ,u yoki bu davlat  arbobining hokimyatni  boshqarishga yaroqliligi uning
davlatga   rahbarlik   qilishdagi   qobilyatiga   bog’liq,   deydi.   Beruniy   ilm-fanning
buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga
bo’g’liq , odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida , deb yozadi. U ma’rifat
dushmanlariga ,yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi edi.
         “O’zbekistonimiz zaminidan yangi xorazmiylar, beruniylar, ulug’beklar  
yetishib chiqadi va Vatanimiz shuhratini butun dunyoga yuksaltiradi, deb 
ishonaman”- deb bekorga aytmagan prezidentimiz.  Shuning uchun ham Beruniy va
u qoldirgan ilmiy merosni o’rganishimiz lozim.  
75 Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlar
O’zbekistonlik     buyuk   qomusiy   olim     Abu   Rayhon   Beruniy   ilmiy   merosining
nihoyatda boyligidan dalolat beradi.
Beruniyning   ilmiy   merosi   O’zbekiston   va   undan   tashqarida   ham   chuqur
o’rganilmoqda.
Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima
qilinmoqda 8
.
Qoraqalpog’iston   Respublikasidagi   shahar,   tuman   Beruniy   nomiga
qo’yilgan.   O’zbekiston   Fanlar   Akademiyasi   Sharqshunoslik   instituti,   Toshkent
Texnika   Universiteti,   metro   bekati   uning   nomi   bilan   ataladi.   Toshkent   shahri,
Samarqand   shahri,   Qoraqolpog’iston   Respublikasi   va   Xorazmda   Beruniy   nomida
ko’cha, maktab va boshqa muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta O’zbekistonda
topilgan   mineralga   Beruniy   nomi   berildi.   Beruniy   nomli       O’zbekiston
Respublikasi   Davlat   mukofati   tasis   etilgan.   Olimga   Toshkent,   Xiva,   Beruniy
shaharlarida haykal o’rnatilgan.
“ Tarix xotirasi , xalqning jonajon o’lkaning ,davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy   tarixini,     milliy   iftixorini   tiklash   va   o’stirish   jarayonida   g’oyat   mihim
o’rin tutadi.
Tarix   millatning   haqiqiy   tarbiyachisiga   aylanib   bormoqda.   Buyuk
ajdodlarimizning   ishlari   va   jasoratlari   tarixiy   xotiramizni   jonlantirib,   yangi
fuqorolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. 
Markaziy   Osiyo   tarixida   siyosiy   aql-idrok   bilan   ma’naviy   jasoratni   ,diniy
dunyoqarash   bilan   qomusiy   bilimdonlikni   o’zida   mujassam   etgan   buyuk   arboblar
ko’p bo’lgan ” 1
 
Shunday   buyuk   qomusiy   bilim   egasi   bo’lgan   Beruniyning   olamshumul
kashfiyotlari, ko’plab fan sohalariga qo’shgan hissasi  va u yozib qoldirgan buyuk
asarlar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda.
8
1
 Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000, 723-б
1
 И.А.Каримов, Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: Хавсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. Тошкент, Ўзбекистон. 1997, 140-б.
76 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O’ YXATI
1. Sh. M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston 
davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O’zbekiston 2016.
2. Sh. M. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom 
ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.  Asarlar 1-jild.  T.: “O’zbekiston” 2017
3. И.А.Каримов, Ватан туйғуси. Тошкент, Ўзбекистон, 1996
4. И.А.Каримов, Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: Хавфсизликка 
таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, 
Ўзбекистон. 1997
5. И. А Каримов.  Тарихий  хотирасиз келажак  йўқ . Тошкент,  Ш ар қ ,
1998  
6. И.А.Каримов. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. 
Маънавият, 2008         
77 7. А. А.Семенов, Беруний-видаюшийся учени средневекоя , 
Тошкент,  Фан ,   1950
8. А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний 
вафотининг 900 йиллигига бағишланган мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 
1950  
9. А.Р.Беруний, Минерология.Москва, Наук, 1963
10. Абу Райхон Беруний, Китоб ал-джамахирфи марифат ал-
джавахир, в переводе М.Белениского под редаксией.Леммлейна “Собрание 
сведений для познания драгосенноцей” ( Минерология) Москва, 1963
11. А. М.Белиницкий. Примечания к переводу, в кн: А.Р.Беруни,  “  
Минерология”.   М.АН. 1963
12. Абу Райхан Беруни, Избран ны е произведения, т. II, Предисловие 
А. Б. Халидова  и  В. Г. Эрмана,  Ташкент, Изд-во АН УзР 1963
13. Абу Райҳон  Беруний, “Ҳиндистон”, Тошкент, Фан, 1965
14. Абу Райҳон Беруний, Ўтмиш халқлардан қолган ёдгорликлар, 
Тошкент, Фан, 1966
15. Абу Райхан Беруний, Китаб ас-сайдана, в переводу У.Каримова 
«Фармакогнозия», докторская диссертация, Ташкент, 1971
16. А.Ирисов, Беруний “Ҳиндистон”и,  Туғилган кунининг 1000 
йиллигига бағишланган тўпламдан, Тошкент, Фан, 1973
17. Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 2- жилд, Тошкент, Фан, 
1965
18. А. Р. Беруний. Танланган асарлар.   1-жилд.   Тошкент, ФАН ,1968
19. Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 5-жилд, Тошкент, Фан, 
1976
20. Абу Рай ҳ он Беруний ,  Танланган асарлар, 3-жилд. Тошкент ,  Фан ,  
1982
21. A . A . Семенов,   Беруни –видаюшейся учены 
среднивековья ,Т.Наук, 1950,ст.274.
78 22. А.Д. Шарипов ,  Малоизвестные страницы переписки между 
Беруни и Ибн Синой, журнал «Общественные науки в Узбекистане». № 11.  
1965
23. А.Ж.Шарипов, Беруний фалсафий қарашлари ва Аристотелнинг 
натурфилософияси. 
24. А.Қаюмов, Ажойиб кишилар ҳаёти, Тошкент, Ёш гвардия, 1987
25. Б. Халидов, Дополнение к тексту “Хронологии” ал-Бируни по 
Ленинградской и Истамбульской рукописям, Палестинский сборник, внп. 4 
(67), М.-Л., 1959.
26. Беруний билан Ибн Сино савол жавоблари, Тошкент, Фан, 1950
27. Беруний ва ижтимоий фанлар ,  Тошкент, Фан, 1973
28. И.Мўминов муҳаррирлиги остида, Беруний ва ижтимой фанлар, 
Тошкент, Фан, 1973
29. П.Г. Булгаков. Абу Рай ҳ он Беруний.Тошкент. Фан .1966. 6-бет.
30. С. П. Толстов, Бируни и его «Памятники минувших поколений», 
Абу Райхан Бируни, Избраннне произведения, I, 1957
31. М.А.Сал ъ е.   Абу Рай ҳ он Беруний, Т ошкент,  Фан ,  1960
32. Марио Лъоцци, История Физики , Москва, Мир, 1970
33. М.Акромхўжаев, Беруний –геологик ҳодисалар, минераллар ва 
жавоҳирларни ўрганган дастлабки тадқиқотчи, Беруний туғилган кунининг 
1000 йиллигига  бағишланган тўплам. Тошкент, Фан, 1973
34. Т.П.Матвиевская, Беруний ва табиий фанлар, Тошкент, Фан, 1963
35.  Ф.Жалолов. Беруний ва картография, Беруний ўрта асрнинг 
буюк олими, Тошкент, Фан, 1950
36. Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат 
илмий нашриёти, 2000
79

ABU RAYHON BERUNIYNING FAN VA TEXNIKA TARIXIDAGI TUTGAN O’RNI MUNDARIJA KIRISH 4-8 I BOB. ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK O’ZB E K ENSIKLOP E DISTI. 1.1 Abu Rayhon Beruniyning tabiiy – ilmiy va falsafiy qarashlari 9-17 1.2. Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari. 18-22 II BOB. ABU RAYHON BERUNIY – O’RTA ASRNING MASHHUR OLIMI. 2.1. Olimning astronomiya va fizika faniga qo’shgan hissasi 23-32 2.2. Abu Rayhon B e runiy – g e ologik hodisalar, min e rallar va javohirlarni o’rgangan dastlabki tadqiqotchi 33-50 III BOB. BERUNIY – FAN TARIXCHISI. 3.1. Allomaning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asari haqida. 51-67 3.2. Beruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar 68-72 Xulosa 73-79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O’ YXATI 80-82 2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . B archamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o’zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi 1 . Qadimgi ajdodlarimiz butun olam doimiy harakatda bo’lishi va har jismu jonzotning shu harakatga monand, uyg’un holda yashashi tabiiy qonuniyat ekanligini tasavvur etolmaganlar. Qur’oni Karim esa harakat –olamning yashash tarzi ekanidan dalolat beradi. Bizningcha, o’rta asr Movaraunnahr olimlarining ilmdagi mislsiz kashfiyotlarida aqlbovar qilmaydigan sir-asror yo’q edi. Ular Quroni Karimda zikr etilgan mo’jizalarning hayotiy tasdig’ini dalillab ketdilar xolos. Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniyning ilmiy yangiliklari misolida ana shu narsaga yana bir marta ishonch hosil qilamiz. Abu Rayhon Beruniy “Yer yumaloq bo’lmaganida odamlar yashaydigan joylar kenglamasi jo’g’rofiy mintaqalarga ajralmas edi, yozu-qishda kecha bilan kunduz davomiyligi o’zgarmas edi, yoritgichlarning (ufqqa nisbatan) vaziyatlari va sutkalik yo’llari hozirgidek ko’rinishda bo’lmas edi” 2 deydi. Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasl-nasabi, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vataning tarixini bilishni istaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bejizga “Keyingi vaqtda men joylarda bo’lib hudularimiz hayoti bilan yanada yaqindan tanishar ekanman, shunday bir fikrga ishonch hosil qilyapmanki biz hali yurtimizni biz hali yurtimizni uning o’ziga xos tarixi, madaniyati ulug’ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to’liq o’rganganimiz yo’q 3 ” -demagan edi. 1 Sh. M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O’zbekiston 2016. 5-bet 2 Ватанпарвар. 2006 й., 24-феврал. № 8 , 1 ва 7-бет 3 Sh. M. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Asarlar 1-jild. T.: “O’zbekiston” 2017. 467-bet 3

Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu- fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar, yetishib chiqan. Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshi bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa, astronomiya, geografiya, tibbiyot, matematika, astrologiya, fizika, adabiyot kabi fanlarni mukammal o’rgandi va ilmiy izlanishlar olib bordi. Bundan ming yillar avval yaratilgan ushbu fan sohalariga oid asarlar hali-hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Muhtaram Prezidentimiz , “Jamiyat taraqiyyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch- ma’rifatidir” deb ta’kidlagan edi 1 . “Beruniy turli fan sohalariga qo’shgan hissasini 150 dan ortiq asarlaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Astranomiya” kabi asarlaridir. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: Matematikaga oid 22 ta , astranomik asboblar haqida 10 ta, astralogiyaga oid 21 ta, turli fanlar ( fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqa) 38 ta. Turli tillardan tarjima qilingan asarlar 21 ta. Afsuski, Beruniyning bu asarlaridan 30 ga yaqini bugungi kunga qadar yetib kelgan” 4 . U yashagan davr bizdan qanchalik uzoq bo’lishiga qaramasdan u go’yo bizning zamondoshimizga o’xshaydi. Chunki undagi geniylik tabiati, ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llagan usullari bizga yaqqol ko’rinadi. U yuqorida ta’kidlaganimizdek matematik, astranom, geograf, tarixchi, sayohatchi, tilshunos, olim shoir va faylasuf edi. Uning asarlari chuqur falsafiy zavq bilan yozilgan bo’lib, ulardagi ilmiy masalarning matematik tomondan qarab tekshirilganligi yaqqol ko’rinib turadi. Agar Beruniyning tarjimai holiga doir bizgacha yetib kelgan manbalarni qator qo’yib, ular ichida eng ishonchlilarini, beradigan 1 И . А Каримов . Тарихий хотирасиз келажак йўқ . Тошкент , Ш ар қ , 1998. 7- б . 4 П . Г . Булгаков . Абу Рай ҳ он Беруний.Тошкент. Фан .1966 , 6-бет. 4

ma’lumoti jihatidan mukammalroqlarini ajratish kerak bo’lganda, shubhasiz olimning o’z asarlarini tanlagan bo’lar edik. Beruniy asarlari – uning jahon fani oldidagi buyuk rolini yaqqol ko’rsatuvchi bamisoli muazzam bir haykaldir. Ushbu asarlar bizga qomusiy bilimlar sohibi - Beruniyning ilmiy qarashlari, jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari, tevarak-atrofga, voqea- hodisalarga, bir so’z bilan aytganda, tabiatga diniy nuqtai –nazardan qarash mutlaqo hukmron bir paytda ko’rsatgan buyuk shijotlari, dunyoqarashlari, mamlakat siyosiy hayotidagi ishtiroki, shaxsiy hislatlari va h.k. lar haqida tasuvvur hosil qilishimizga imkon beradi. Shu bilan birga, ulardagi olimning tarjimai holiga doir tarqoq ma’lumotlarni sinchiklab o’rganish Beruniyning hayoti va faoliyatining asosiy bosqichlaridangina emas, balki bir qator muhim detallarni ham aniqlashga imkon beradi. Tadqiqotning davriy chegarasi . Ilmiy tadqiqot ishining davriy chegarasi X-XI asrlarni qamrab olib, o’rta asrlarda murrakab va qarama-qarshiliklardan iborat bir zamonda yashagan bo’lsada, o’zining serqirra ijodi bilan jahon madaniyati xazinasiga ulkan meros qoldirdi. Shuningdek, o’rganilayotgan mavzu o’sha davrda alloma yashagan hududda kechgan turli siyosiy vaziyatning murakkabligiga qaramasdan bunday ulkan ilmiy merosning yaratilishi hali- hanuz turli ilmiy qarashlarni yuzaga keltirmoqda. Muammoning o’rganilganlik darajasi Buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni haqida gap ketganda ,uning shaxsini, butun jahon xalqiga qoldirgan boy ilmiy merosini tarixiy yozma manbalar, ayrim arxiv hujatlari ,tarixiy –ilmiy adabiyotlar hamda Beruniyshunos olimlarning ilb brogan ilmiy tadqiqot ishlari juda qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi .Umuman olganda ,mazkur mavzuning o’rganilish darajasi va tadqiqotning metodologik asoslaridan kelib chiqqan holda mavzuga bevosita taalluqli bo’lgan adabiyotlardagi ma’lumotlar ushbu dissertatsiya ishiga asosiy manba sifatida olindi. Beruniyning boy ilmiy merosini o’rganishda akademik I. Yu. Krachkoviskiy ,M.A. Sal’e, G.P.Matvievskaya, Hamid Rizo , S.K.Chatterji, 5

Eduard Zaxau kabi olimlar Beruniyning boy ilmiy merosini o’rganib, shunday asarlar yaratdiki, bu hozirgi zamon ahli uchun ham allomaning hayoti va ijodini o’rganishda muhim manbalardan hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Beruniy shaxsini, u qoldirgan merosini, ilmiy o’rganish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotda quyidagi masalalar xususida fikr yuritildi: o Abu Rayhon Beruniy – buyuk o’zbek ensiklopedist sifatida tabiiy – ilmiy va falsafiy qarashlari; o Allomaning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari ; o O’rta asrning mashhur olimining astronomiya va fizika faniga qo’shgan hissasi ; o G eologik hodisalar, minerallar va javohirlarni o’rganish borasidagi yutuqlari ; o Allomaning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlari tahlili o Beruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar. Tadqiqot obyekti va predmeti. Abu Rayhon Beruniy shaxsi, uning qoldirgan merosi shu qadar boyki, uning shaxsi va ilmiy merosini har tomonlama va mahsus tadqiq etish tadqiqot ishining ob’yekti qilib olindi. Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm–fani xazinasiga qo’shgan hissasini, hozirgi kundagi ahamiyatini tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar asosida o’rganish tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari. Xalqimizning ma’naviyati boyligi, iymon va e’tiqodimiz, hayotimizning farovonligi ham ilmdandur. Yoshlarni ilm o’rganishga ko’proq da’vat qilaylik. Biz ushbu kichik bir ilmiy tadqiqotdan buyuk ajdodlarimiz tomonidan bizlarga meros qilib qoldirgan ilm ummonidan kichik bir lavhalarnigina keltirdik. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: Dissertatsiya kirish, 3 bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kabi tarkibiy tuzulmadan iborat. Dissertatsiyaning har bir bobda ikki masala ko’rib chiqildi. I bob – Abu Rayhon 6