ADABIY-TARIXIY ASARLARDA ADABIYOTSHUNOSLIK MUAMMOLARI
MUNDARIJA I BOB. ADABIY-TARIXIY ASARLARDA ADABIYOTSHUNOSLIK MUAMMOLARI 1.1 “ Boburnoma” asarining o’rganilishi…………………………… 1.2 Roviylik va adabiy uslub ifodasi……………………… Birinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………… II BOB. BOBURNING ADABIY-ESTETIK QARAS H LARI 2.1. Bobur adabiy muhit i va adabiy tanqid in’ikosi........................... 2.2. “Boburnoma” asarida adabiy janr va shakl talqinlari xususida ......... Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………… III BOB. «BOBURNOMA»DA TAZKIRACHILIK UNSURLARI 3.1. Ijodkor va hukmdor tarixiy shaxslar adabiy portretlari…………... 3.2. Mutasavvuf adiblar va irfoniy munosabatlarning aks etishi…………………… Uchinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………… Xulosa …………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………… Ilovalar ………………………………………………………………………
KIRISH Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida mumtoz turkiy adabiyot qiziqish bilan o’rganilib kelinadi. Mumtoz adabiyotda badiiyat masalasi, adabiy muhit va adabiy tanqidning o’rni haqidagi tekshirishlarni amalga oshirish dolzarb vazifalarni keltirib chiqarishi bilan birga tadqiqotlarning ko’lamini kengaytirish zaruratini ham ko’rsatmoqda. Dunyo adabiyotshunosligida «Boburnoma»ning AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari olimlari tomonidan tarjima va tabdili bilan bog’liq nashr ishlarini qizg’in davom ettirayotganlari hamda filologik tadqiqotlarni amalga oshirayotganlari tadqiqotning dolzarbligini bildiradi. «Boburnoma» asarini adabiyotshunoslik aspektida alohida o’rganilishi dunyo adabiyotshunosligida keyingi tadqiqotlar rivojiga turtki beradi. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida «o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilish, ko’p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog’liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega» 1 bo’lib, mazkur ilmiy jarayonlar natijasida «Boburnoma» asarida badiiy ijod masalalarini monografik planda o’rganish adabiyotshunosligimizni yangi tahlil va qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 13- maydagi PF-4797-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida»gi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 16 - fevraldagi 124-F-sonli «O’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyani o’tkazish to’g’risida»gi farmoyishi hamda boshqa 1 Shavkat Mirziyoyev: «Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi» // https://xabar.uz/uz/madaniyat/shavkat-mirziyoyev-adabiyot-san’ at.
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi. M uammo ning o’rganil ganlik darajasi. “Boburnoma”ni fransuz tiliga tarjima va tadqiq qilishga sharqshunos Anri Jyul Klaprot (1783-1835) birinchilardan bolib harakatni boshlaydi. 1824-yil A.Klaprotning, “Sulton Bobur yohud “Boburnoma” tarixiga oid kuzatishlar” nomli maqolasi omma e’tiboriga havola etadi. Markaziy Osiyo va Sibirda yashagan xalqlar tarixi, madaniyati va adabiyotini yaxshi bilgan Klaprot Yevropa sharqshunosligida “Boburnoma” xususida ilk bor tolaqonli fikr yuritgan edi. Shundan song 1854-yili Parijda “Hozirda va qadimda yashagan tarixiy shaxslar hayoti” nomli katta kitob chop qilinadi. Mazkur kitobdan sharqshunos M.Langle (1763-1824) ning “Zahiriddin Bobur hayoti va ijodi” nomli maqolasi ham o ` rin olgan edi. O’zbek adabiyotshunosligida «Boburnoma» asarining o’rganilish darajasi asosan XX asrning ikkinchi yarmidagi tadqiqotlarda chuqurlashib bordi. Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy-ilmiy merosiga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarganligi bois uning asarlarini, jumladan, «Boburnoma»ning tanqidiy matnini yaratish bilan bog’liq izlanishlarni ham ushbu sohaning yutuqlari sirasidan baholash kerak bo’ladi. Shuningdek, «Boburnoma» yuzasidan bajarilgan dissertasiyalar, o’zbek davriy matbuotida e’lon qilingan bir qator ilmiy va publisistik maqolalar va ilmiy to’plamlarda 2 ushbu mavzuga doir kuzatishlar o’z aksini topgan. 2 Жамолов С. Бобурноманинг бадиий хусусиятлари. – Т.: Фан 1960.210 б; Қудратуллаев Ҳ. «Бобурноманинг тарихий-адабий ва услубий таҳлили (Навоий, Бобур, Хондамир ва Восифий насрининг қиёсий таҳлили асосида)» филол. фан. док... дисс. – Т., 1998. – 348 б; Қудратуллаев Ҳ. Бобирнинг адабий-эстетик қарашлари. – Т.: Фан. 1983. – 62 б; Қудратуллаев Ҳ. Бобурнинг адабий эстетик олами. – Т.: Маънавият, 2018. – 271 б; Абдуллаева M. Тарихий насрий асарлар бадииятининг қиёсий таҳлили («Бобурнома» ва «Шажараи турк» мисолида)» фил. фан. номз... дисс. – Т., 2008. – 155 б; Собиров М. «Бобурнома»нинг инглизча таржималарида муаллиф услуби ва бадииятини қайта тиклаш муаммолари (Лейден Эрскин, Бевериж ва Текстон таржималарининг қиёсий таҳлили асосида-168
Tadqiqotning maqsadi «Boburnoma» asarida adabiyotshunoslik masalalari, adabiy uslub, adabiy muhit, adabiy tanqid va tazkiralarga xos xususiyatlarni o ‘rganish hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari . Tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifalar quyidagilardan iborat: «Boburnoma» asarida muallifning uslubini tadqiq etish va tahlilga tortish; «Boburnoma»da tasvirlangan adabiy muhit va adabiy tanqidga xos xususiyatlarni tekshirish; Ushbu asar tarkibidagi ijodkor tarixiy shaxslarning adabiy portretlarini o’rganish vositasida shoirlar tazkirasiga xos belgilarni aniqlash; Asarda tasviri berilgan hukmdorlar shaxsiyatini aniqlash, ularga muallifning munosabati masalasini belgilash. Mutasavvuf adiblar siymosiga nisbatan Boburning irfoniy munosabatlar ini o’rganish orqali valiylar tazkirasiga xos jihatlarni tadqiq etish. Tadqiqot obyekti sifatida Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma ” asari olingan. Tadqiqotning predmeti. “ Boburnoma” asarida aks etgan adabiyotshunoslik masalalari, adabiy muhit va tanqid munosabati, ijodkor shaxs va mutasavvuf adiblar haqidagi muallifning qarashlarini o‘rganish dissertasiyaning predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. I sh da tadqiq etishda t arixiy-qiyosiy, b iog ra fik - psixologik usullardan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: «Boburnoma» asarida muallifning uslubi tadqiq etildi hamda muallif obrazi bajargan vazifalar tasniflan gan ; “Boburnoma” asari da tasvirlangan adabiy muhitga xos xususiyatlar, ularning asardagi ahamiyati , mumtoz adabiy tanqidchilikning belgilari ochib berilgan;
Boburning mutasavv u f adiblar siymosiga bo’lgan munosabati tadqiq etilgan hamda ushbu asardagi valiylar tazkirasiga xos bo’lgan jihatlarning mavjudligi dalillangan. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Ushbu tadqiqot oliy ta’lim muassasalarining o’zbek filologiyasi fakultetlarida o’tiladigan «Mumtoz o’zbek adabiyoti tarixi», «Adabiyot nazariyasi», «Adabiy tanqidchilik va adabiy jarayon» kabi fanlarning nazariy dastur va o’quv reja, o’quv majmualarini tuzishda adabiy manba vazifasini o ‘taydi. Boburning adabiy qarashlari va ilmiy mulohazalari, uning adabiyotshunos sifatidagi qiyofasi ilk bora chuqurroq tekshirilgani bois ishning xulosalari ilmiy-nazariy manbalarni muayyan darajada to’ldirish vazifasini bajarishi mumkin. Tarixan shakllangan adabiyotshunoslik janrlarining ushbu yirik asar tarkibida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi asoslangan bo’lib, bu kuzatish natijalaridan o’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi fanining o’quv darsliklari va qo’llanmalarini yaratishda ham foydalanish mumkin. XV-XVI asr adabiy muhiti, undagi badiiyat va uslub muammosi, roviylik va adabiy maslak, tazkirachilikning taraqqiyoti kabi masalalarni yorituvchi ilmiy fundamental tadqiqotlar uchun qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilishi ham ko’zda tutilgan. Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Kirish va uch asosiy bob, xulosa hamda foydalanilgan ad a biyotlar ro’yxatidan iborat. U mumiy hajmi 86 sahifani tashkil etadi .