ADABIYOT FANINI O’QITISH ORQALI O’QUVCHILAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI
ADABIYOT FANINI O’QITISH ORQALI O’QUVCHILAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI 1
MAVZU: ADABIYOT FANINI O’QITISH ORQALI O’QUVCHILAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………….3 I.BOB. ADABIYOT O’QITISHNING AHAMIYATI………………….5 II.BOB. ADABIYOT SO‘Z SAN’ATIDIR. ……………………………..13 III.BOB. SHAXS MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING OMILLARI VA VOSITALARI………………………………………………...24 XULOSA…………………………………………………………………..31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………....33 2
KIRISH O’quvchilarning adabiyot darslarida badiiy asar bilan tanishishi ularning yuksak axloqiy ma’naviy qadriyatlar bilan tanishishiga, shu sohadagi ehtiyojlarning tarbiyalashiga imkon beradi. O’quvchilarni badiiy ustida ishlashga o’rgatish ularda adabiy- estetik tahlil malakasini shakllantirish va o’stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Badiiy asar tahlili yozuvchining o’sha asarni yaratish jarayonidagi ijodiy yo’lini qayta bosib o’tish, muallif fikrlari, hissiyoti va xulosalariga sherik bo’lish, ayni paytda uning yutuqlaridan ruhlanish, kamchiliklariga tanqidiy munosabat bildirishdir. Adabiy tahlil o’qituvchidan o’quvchilar faoliyatini uyushtirish, bilimlarini boyitish va ma’lum maqsadga yo’naltirishda ijodkorlik, pedagogik mahorat, fidoyilik talab etadi. U ijodiy faoliyat bo’lgani uchun sovuqqonlikni ko’tarmaydi. «Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad-deb yozadi. A.Zunnunov, — asarda ifodalangan hayotiy voqyeani yoritish orqali o’quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqyealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O’quvchilarning yozuvchi oldiga surgan g’oya, muammolarni to’la tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi». J.Azizov bilan G.Usovalarning fikricha, tahlil adabiy asarning badiiy mantig’iga singishi maqsad qilib qyayilgan ilmiy izohdir. Ularga qo’shimcha qilib aytish mumkinki, tahlil asarni nafaqat tushunish, balki o’zlashtirish orqali ma’naviy-ahloqiy barkamollika erishishga qaratilgan faoliyatdir. Adabiy tahlil bilan bog’liq muammolar bugun paydo bo’lgan emas. M.A.Ribnikova, N.I.Kudryashev, V.G.maransman, Z.Ya.Rez, Ye.A.Maymin, G.A.Gukovskiy,L.S.Ayzerman, V.G.Bobilev kabi metodist olimlarning rus adabiyotini o’rganishga doir ilmiy tadqiqotlarida bu masala turli jihatdan yoritiladi. O’rta maktablarning adabiyot dasturlari va darsliklarining ilk mualliflaridan professor Abdurahmon Sa’diy, Fitrat, Olim Sharafiddinov, keyinchalik N.Mallayev, S.Dolimov, A.Zunnunov, K.Jo’rayev, H.Ubaydullayev, Q.Axmedov, 3
S.Ismatov va boshqalarning o’zbek adabiyoti asarlari tahlili u yoki bu darajada o’z ifodasini topgan ilmiy ishlari adabiyot o’qitish metodikasi taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shildi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu ishlarda adabiy tahlilning maqsad va vazifalari, mazmun va usllari yuzasidan xilma-xil munosabat bildirgan bo’lsada, har qanday asar tahlili matn asosiga qurilishi ularning barchasida to’g’ri qayd etilgan. Biz bu o’rinda tadqiqot xarakteridan kelib chiqib, masalaning badiiy matn ustida ishlash bilan bog’liq jihatigagina to’xtalamiz. Aslida adabiy tilning bosh masalasi matn ustida ishlash orqali o’tkaziladigan tahlildir. Uni ba’zi olimlar, masalan, Z.Ya.Rez va A.Zunnunovalar badiiy asarni o’zlashtirishning asosi deb bilsalar, ayrim olimlar masalan, M.Mirqosimova adabiy matnning badiiy xususiyatlarini o’rganish usuli degan fikrni ilgari suradi. Bizningcha, adabiy tahlilni matndan ajratish mumkin emas. Tahlil, matn asosida uyushtirilsagina ko’zlangan natijaga erishiladi. 4
I.BOB. ADABIYOT O’QITISHNING AHAMIYATI. Adabiyot o‘qitish usuli jamiyatning madaniy, adabiy hayotida yuz beradigan o‘zgarishlar asosida o‘zgarib, rivojlanib boradi, ta’lim jarayoni qonuniyatlarini ochish orqali adabiyot o‘qitish usullarini tarbiyada qo‘llash mumkin bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqadi. Adabiyot o‘qitish usuli insonni shakllanirishda muyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g’risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni,shakli va metodlari haqidagi fan bo‘lib,pedagogikaning uzviy qismi sifatida adabiyot o‘qitish jarayonini o‘rganadi. Adabiyot o‘qitishning ijtimoiy mohiyati esa, yosh avlodning axloqiy-estetik va aqliy adabiy rivojida asosiy vosita bo‘lgan badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyatini yoritishda ochiladi. Turkistonda musulmon diniy maktablari boshlang‘ich savod maktabi, daloyixona, qorixona va madrasadan iborat bo‘lib, maktablarda kitob o‘qish ikki usulda-yakka va xor tartibida o‘quvchilarga asarni o‘qitish bilan birga, asardan parchalar ko‘chirtirish yo‘li bilan chiroyli yozishga ham o‘rgatilgan. Madrasalarda diniy ilm, ilmi aruz, ilmi bayon , mantiq kabi ijtimoiy fanlardan tashqari riyozat, falakiyot, handasa, tibbiyot singari aniq fanlar ham o‘qilgan, diniy kitoblar va adabiy asarlarni o‘qishda ifodali o‘qish, badiiy o‘qish, yoddan o‘qish, husnixat, sharhli o‘qish usullaridan foydalanilgan. Eski maktab va madrasalardagi ta’limda bu usullarning qo‘llanishi ifodali o‘qish,so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilish, lingvistik malakalarni egallashga yordam beradi. Talabalar arab va fors tillarida yozilgan badiiy kitoblarni o‘qish orqali Sharqning mashhur klassiklari – Sa’diy, Hofiz, Fuzuliy, Bedil asarlari bilan tanishganlargi, bu eski maktb va madrasalardagi ta’limning ijobiy tomonidir. Ammo eski maktab va madrasalarda o‘qish muddati rasmiy ravishda belgilanmagan edi. Maktab va madrasalarga maxsus tashkilotga rahbarlik qilmas, o‘qishlar yagona o‘quv rejasi asosida olib borilmas edi. Mana shu holat va o‘qishning asosan, arab, fors tillarida olib borilganligi sababli ko‘pchilikni tashkil etgan mehnatkashlarning bolalari savodli bo‘la olmaganlar. 5