logo

ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

113.8271484375 KB
ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY 
TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR
1 MAVZU: ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA
ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR
MUNDARIJA:
Kirish. O’qitish texnologiyalari haqida
I.bob.   Ona   tilini   o‘qitishning   innovatsion   texnologiyalari   fanning
taraqqiyot   bosqichlari  
II.bob.   Ona   tili   va   adabiyot   ta’limda   o‘qituvchi   va   o‘quvchi
munosabatlarining   o‘ziga xos xususiyatlari  
III.bob.   Ona   tili   va   adabiyot   darslarida   o‘yin   texnologiyalaridan
foydalanish. 
IV.bob.   Shaxsning   individual   imkoniyatlari   va   innovatsion
texnologiyalar. 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2 KIRISH. O’QITISH TEXNOLOGIYALARI HAQIDA
Muammoli,   rivojlantiruvchi   va   evristik   o’qitishning   qiyosiy   tavsiflari
O’qitishdagi   evristik   yondoshuvlarni   rivojlantirish   va   boyitish   innovatsion
didaktik   tizimlar   bilan   bog’liq.   Bunday   tizimlar   XX   asrning   ikkinchi   yarmida
rivojlana   boshladi.   O’qitishning   evristik   aspekti   muammoli   (A.V.Brushlinskiy,
1983)   va   rivojlantiruvchi   (D.B.Elkonin,   1995;   V.V.Davidov,   1986,   1996;
L.V.Zankov 1986 va b.) o’qitish texnologiyalariga xos. 
O’qitishning   bu   ikki   texnologiyasi   60-70-yillarda   yalpi   qo’llanadigan
normativ   yo’nalishli   o’qitish   usuliga   muqobil   bo’lib   yuzaga   chiqdi.   Ta’lim
tizimida   o’quvchining   rolini   oshirish   amaliyoti   kiritila   boshladi.   Muammolilik
printsipi   axborot   izlashni   oddiy   taqlid   qilishdan   boshlangan   bo’lib,   bunda
o’qituvchi o’quvchining  nimani  izlashi  lozimligini ilgaridan  bilgan,  o’quvchini
to’g’ri   javobga   yo’naltirgan.   Keyinchalik   pedagogikaga   ta’lim   mahsuloti
nafaqat   o’quvchiga,   balki   o’qituvchi   uchun   ham   noma’lum   bo’lishi   mumkin,
degan   g’oya   kirib   keldi   (V.S.Bibler,   1975).   Buning   natijasida,   o’qituvchi   va
o’quvchi   bir   xilda   noma’lumlik   vaziyatida   bo’lib,   o’quvchi   bilan   o’qituvchi
o’rtasida   dialogli   o’qitish   metodikasi   paydo   bo’ldi   (S.Yu.Kurganov,   1989).
Muammolilik   g’oyasi   o’qitishda   keng   ko’lamda   qo’llanila   boshladi
(V.G.Kudryavtsev,1991). 
Evristik   o’qitishning   uni   muammoli   va   rivojlanuvchan   o’qitishdan
farqlovchi   xususiyatlarini   qisqacha   ko’rib   chiqamiz.   Muammoli   o’qitish
maqsadi – o’qituvchi tomonidan taklif etilgan, maxsus bilim orttirishga xizmat
qiladigan masala – muammoni o’quvchilar o’z aql – idroklari bilan yechishdan
iborat.   Muammoli   o’qitish   metodikasiga   ko’ra,   o’qituvchi   o’quvchilarni
masalani   yechishga   yo’naltiradi.   Ta’limda   evristik   yondoshish   o’qituvchi   va
o’quvchini oldindan noma’lum bo’lgan natijaga erishishlarini ko’zlagani uchun
muammoli o’qitish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi. 
Evristik   o’qitish   maqsadi   o’tgan   tajribani   oddiy   uzatish   emas,   balki
o’quvchilarda   mavjud   ma’lumotlarga   nisbatan   yangi,   kelajakni   tuzishga
3 qaratilgan   shaxsiy   tajriba   va   uning   mahsulini   yaratish   faoliyatiga   erishishdan
iborat. Demak, talabalar ma’lum yechimlarni o’zlashtirish bilan cheklanmasdan,
faoliyat   usullarini   o’rganishlari   lozim,   shundagina   ta’limdagi   reproduktiv
faoliyat ijodga ko’maklashishi mumkin. Muammoli o’qitish umumqabul etilgan
shaklda,   odatda,   intellektual   yondoshish   talab   etiladigan   mavzu   va   fanlarda
qo’llaniladi.   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   yuksak   umumiy   madaniyatga
va   kasb   –   hunar   madaniyatiga,   ijodiy   va   ijtimoiy   faollikka,   siyosiy   hamda
ijtimoiy   hayotda   to’g’ri   yo’l   topa   bilish   mahoratiga   ega   bo’lgan,   istiqbol
vazifalarini   ilgari   surish   va   hal   etishga   qodir   kadrlarning   yangi   avlodini
shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga
moslashgan,   ta’lim   va   kasb   –   hunar   dasturlarini   ongli   ravishda   puxta
o’zlashtirgan,   jamiyat,   davlat   va   oila   oldida   o’z   javobgarligini   nazarda   tutgan
pedagogik g’oyani ilgari suradi. Ushbu pedagogik g’oya ta’lim oldiga: - ta’lim
va   kadrlar   tayyorlash   tizimini   jamiyatda   amalga   oshirilayotgan   yangilanish,
rivojlangan   huquqiy   –   demokratik   davlat   qurilishi   jarayonlariga   moslash;   -
kadrlar   tayyorlash   milliy   tizimi   va   mazmunini   mamlakatning   ijtimoiy   –
iqtisodiy   taraqqiyoti   istiqbollaridan,   jamiyat   ehtiyojlaridan,   fan,   madaniyat,
texnika   va   texnologiyaning   zamonaviy   yutuqlaridan   kelib   chiqqan   holda   qayta
qurish;   -   ta’lim   oluvchilarni   ma’naviy–ahloqiy   tarbiyalashning   samarali
shakllari  va uslublarini  ishlab  chiqish hamda  joriy  etishni hal etish   vazifalarini
ko’ndalang qilib qo’ydi. 
«Texnologiya»   yunoncha   so’z   bo’lib,   «techne»   -   mahorat,   san’at,
«logos» - tushuncha, o’rganish demakdir. Pedagogik texnologiya atamasiga har
bir  didakt  olim   o’z   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqqan   holda   ta’rif   beradi.   Hali   bu
tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng
maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. 
Pedagogik   texnologiya –ta’lim   shakllarini   optimallashtirish   maqsadida
o’qitish   va   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayonining   inson   salohiyati   va   texnik
resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli
4 metodlar majmuasidir. Pedagogik texnologiya ta’lim amaliyotida uchta darajada
qo’llaniladi: 
1 .   Umumiy   pedagogik   daraja .   Umumiy   pedagogik   (umumdidaktik,
umumtarbiyaviy)   texnologiya   ta’lim–tarbiya   jarayonining   yaxlit   tizimliligi,
ma’lum   bir   hudud,   o’quv   yurti   tomonidan   uzluksiz   ta’lim   tizimining   muayyan
bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy nazariy asoslari,
printsiplari,   amaliyotda   qo’llashning   umumiy   xususiyatlari,   shart–sharoitlarini
ifodalaydi. 
Shu o’rinda  qayd  etish   kerakki, uzluksiz  ta’lim  mazmuni orqali  tegishli
o’ziga   xos   maqsad   va   vazifalarni   amalga   oshirish   ko’zda   tutilganligi   sababli,
pedagogik   texnologiya   ham   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’ladi.   Bu   darajada
pedagogik   texnologiya   pedagogik   tizim   tushunchasiga   sinonim   hisoblanadi.
Uningtarkibiga ta’lim–tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita
va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va sub’ekti faoliyatining algoritmlari
kiradi. 
2.   Xususiy metodik daraja.   Bunda pedagogik texnologiyaning muayyan
bir predmet, kursni o’qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish
maqsadida   foydalaniladigan   ta’lim   mazmuni,   o’qitish   vositalari,   metodlari,
shakllarining majmuasi tushuniladi. 
3.  Lokal (modul) daraja.  Bunda talim – tarbiya jarayonining ma’lum bir
qismining   xususiy   didaktik   va   tarbiyaviy   maqsadini   hal   etishga   qaratilgan
texnologiya   tushuniladi.   Unda   o’quvchilarning   mustaqil   ishlashlarini   tashkil
etish, o’quvchilar bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kabi
masalalar   ko’zda   tutiladi.   Pedagogik   texnologiyaning   yuqorida   qayd   etilgan
uchta darajasi bir–birini to’ldiradi va taqozo etadi. 
Biz   pedagogik   texnologiyani   qo’llash   haqida   so’z   yuritishdan   avval,
pedagogik   texnologiyaning   didaktikada   ishlab   chiqilgan   tasnifiga   to’xtashni
lozim   topdik.   Pedagogik   texnologiyalar   mazmuni,   mohiyatiga   ko’ra
quyidagicha tasniflanadi: 
5 I. Shaxsga mo’ljallanganligiga ko’ra:  - bilim, ko’nikma va malakalarni
shakllantirishga mo’ljallangan axborot texnologiyalari; - aqliy faoliyat usullarini
shakllantirishga   qaratilgan   aqliy   faoliyat   turlari;   -   estetik   va   axloqiy
munosabatlarni tarkib toptirishga mo’ljallangan hissiyotli– estetik va hissiyotli–
axloqiy   texnologiyalar;   -   ijodiy   faoliyatni   rivojlantirishga   qaratilgan   evristik
texnologiyalar. 
II.   Mazmun   va   tuzilishiga   ko’ra:   -   ta’lim–tarbiya   berishga   qaratilgan
texnologiyalar;   -   dunyoviy   va   diniy   ta’limga   mo’ljallangan   texnologiyalar;   -
umumta’lim   va   kasb   ta’limi   texnologiyalari;   -   insonparvarlik   va   texnokrat
texnologiyalari;   -   xususiy   predmet   texnologiyalari;   -   monotexnologiya   va
kompleks (majmua) texnologiyalari. 
III.   Ta’lim   oluvchilarning   bilish   faoliyatini   tashkil   etish   va
boshqarilishiga   ko’ra   V.P.Bespalko   quyidagi   texnolgiya   turlarini   tavsiya
etadi:   1.   Klassik   ma’ruza   ta’limi.   2.   O’TV   yordamida   ta’lim   berish.   3.
”Maslahatchi   -   konsultant”   tizimi.   4.   ”Kichik   guruhlar”   tizimi–guruhli
differentsial   o’qitish   usuli.   5.   Kompyuter   ta’limi.   6.   ”Repetitor”   tizimi–
indvidual ta’lim. 7. Dasturli ta’lim. 8. Mustaqil ish.
IV.   Ta’lim–tarbiya   jarayonida   o’quvchi   shaxsining   tutgan   o’rni
muhim   ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra pedagogik texnologiyalar quyidagi
guruhlarga   ajratiladi:   A)   avtoritar   texnologiyalar;   B)   didaktotsentrik
texnologiyalar;   V)   shaxsni   har   tomonlama   rivojlantirishga   qaratilgan
texnologiyalar; G) insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari; D) erkin tarbiya
texnologiyalari. 
V.   Hozirgi   zamon   ta’lim   tizimida   amal   qilayotgan   an’anaviy   ta’limni
mazmunan   yangilash   va   ta’lim   jarayonini   tashkil   etishni   tubdan
o’zgartirishga   qaratilgan   texnologiyalarni   quyidagi   guruhlarga   ajratish
mumkin:  
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish
asosidagi pedagogik texnologiya. 
6 2.   O’quvchilarning   bilish   faoliyatini   faollashtirish   va   samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiya. 
3.   Ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   va   boshqarishning   samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiya. 
4.   O’quv   materialini   didaktik   jihatdan   takomillashtirish   vaqayta   ishlash
asosidagi pedagogik texnologiya. 
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanish pedagogik texnologiyasi.
6. Alternativ pedagogik texnologiya. 
7. Majmuali politexnologiya. 
Yuqorida tasniflangan  pedagogik  texnologiyalar ichida V guruh hozirgi
zamon   ta’lim   tizimida   hukmronlik   qilayotgan   an’anaviy   ta’limni   mazmunan
yangilash   va   ta’lim   jarayonini   tashkil   etishni   tubdan   o’zgartirishga   qaratilgan
texnologiyalar eng katta guruhni tashkil etadi.   
7 I.BOB.   ONA   TILINI   O‘QITISHNING   INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARI FANNING TARAQQIYOT   BOSQICHLARI  
Metodika   so’zi   quyidagicha   izohlanadi:   1.  Biror  ishni  bajarish,   amalga
oshirish,   ado   etish   metodlarining,   usullarining   yig’indisi.   Ilmiy   tadqiqot
metodikasi. 
2.   O’qitish   usullari   haqida   tahlimot.   Ona   tili   metodikasi.   Maqsadga
etishishdagi qo’llaniladigan usullar tizimi usul yoki yo’l  –   metodika  deyiladi. 
Metodologiya   so’ziga   “O’zbek   tilining   izohli   lug’ati”da   quyidagicha
izoh   berilgan:   ”Umuman,   ilmiy   metod   haqidagi   xususan,   ayrim   fanlarning
metodlari haqidagi tahlimot.  Tarix metodologiyasi.  (O’TIL. 2006. 583-b.) Kishi
maqsad   sari   qilgan   harakatida   unga   tamoyil   bo’lib   xizmat   qiladigan   maqsad
ko’rsatkichlari   bilan   shu   harakat   davomida   amal   qilishi   shart   bo’lgan
qonuniyatlar majmuiga  Metodologik asos deyiladi.  
Inson   faoliyati   jarayonida   umumiy   va   xususiy   metodologiyalardan   bir
xilda o’z ishlarini amalga oshiradilar, aks holda harakatlari zoe ketadi. «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi»da   tahlim   tizimiga   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni
joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ta’kidlanadi. 
Rus pedagogi B. T. Lixachyov tahkidlashicha, pedagogik texnologiya –
o’qitishning,   tahlim   shakllari,   metodlari,   usullari,   yo’llari   tarbiyaviy
vositalarning   maxsus   yig’indisi   va   kompanovkasi   (joylashuvi)ni   belgilovchi
tartiblar   majmuasi;   u   pedagogik   jarayonning   tashkiliy   –   uslubiy   vositalaridan
iborat.   Pedagoik   texnologiya   o’quv   jarayonini   texnologiyalashtirishni
butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriyadir. Ta’lim texnologiyalari pedagogik
faoliyatning   mahlum   sohasini   qamrab   oladi.   Faoliyat   sohasi,   bir   tomondan,
tanlangan texnologiyaga muvofiq uning asosini tashkil etuvchi qatorlar tizimini
hosil   qilsa,   ikkinchi   tomondan,   faoliyatning   tarkibiy   qismi   sifatida   yuzaga
chiqadi. 
Texnologik   yondashuv   turli   sohalarni   kontseptual   va   loyihali
o’zlashtirish,   tahlimiy,   pedagogik,   ijtimoiy   faoliyat   qirralarini   ochishda   yangi
8 imkoniyatlarni   yaratadi.   Jumladan:   -   natijalarni   yuqori   aniqlikda   qayd   etish   va
pedagogik   jarayonni   samarali   boshqarish;   -   mavjud   amaliy   tajribani   ilmiy
asosda   tahlil   etish   va   qo’llash;   -   tahlimiy   va   ijtimoiy-tarbiyaviy   muammolarni
yaxlit   hal   etish;   -   shaxs   rivojlanishi   uchun   qulay   sharoitni   tahminlash;   -
resurslardan   oqilona   foydalanishni   yo’lga   qo’yish;   -   samarador   yangi
texnologiyalarni ishlab chiqarish  va ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal etish
imkonini beradi. 
Pedagogik   texnologiyaning   markaziy   muammosi–o’quvchi   shaxsini
rivojlantirish   orqali   tahlim   maqsadiga   erishishni   tahminlashdan   iboratdir.
Pedagogik   texnologiya   muayyan   loyiha   asosida   tashkil   etiladigan,   aniq
maqsadga   yo’naltirilgan   hamda   ushbu   maqsadning   natijasini   kafolatlovchi
pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir. 
Tahlim-tarbiya jarayoni butun mashg’ulot davomida o’quvchi faolligi va
qiziquvchanligini  muntazam   ravishda  uyg’otib  borish   maqsadini  ko’zda  tutadi.
O’quv   ommilarini   yaratishga   asoslangan   pedagogik   texnologiya
o’quvchilarning   tezkorlik   bilan   o’quv   yoki   o’quv   ishlab   chiqarish   faoliyatiga
jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, etarli darajada tushunarli bo’lmagan
yoki   aniq   natija   ko’zlanmagan   topshiriqlar   mashg’ulotning   samarasiz
yakunlanishiga olib keladi. Bunday holatlar o’qituvchining o’quvchiga nisbatan
salbiy   munosabatda   bo’lishiga   zamin   yaratadi   hamda   bu   hol   o’quvchining
ortiqcha   hissiyotlarga   berilishi,   o’quv   faoliyatiga   undovchi   rag’batning
pasayishi,   o’qishdan   bezishi   hamda   o’quv   predmeti   va   o’qituvchiga   nisbatan
salbiy munosabatda bo’lishiga sabab bo’ladi. 
O’qituvchi   va   o’quvchi   orasidagi   munosabat   insonparvarlik   mezonlari
asosida tashkil etilib, noxush hissiyotlarni bartaraf etishga yo’naltirilishi lozim.
O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan zavqlanish,
o’quv   faoliyatiga   nisbatan   chanqoqlik   bilan   intilish   hamda   birgalikdagi   ijodiy
muloqotga   chorlashi   kerak.   Bu   esa   pedagogik   tahsirning   yuzaga   kelishi   uchun
zarur bo’lgan o’zaro aloqa vositasi – “ko’prik”ni hosil qiladi. 
9 Tahlim   jarayonida   o’quvchi   shaxsiga   nisbatan   hurmatsizlik   bilan
yondashilganda   ko’zda   tutilgan   talabchanlikka,   ayniqsa,   ongli   intizomni
o’rnatish   mumkin   emas.   Boshqa   bir   tomondan   olib   qaraganda,   pedagogik
munosabatning  tarkibiy  qismi bo’lgan  muloqot  (kommunikativ  faoliyat)ni  turli
shakllarda uyushtirish mumkin. 
O’qituvchi   va   o’quvchilar   o’rtasidagi   munosabat   turlarini   shartli
ravishda uch turga bo’lish mumkin: 1) sust ijobiy 2) barqaror ijobiy 3) barqaror.
1.   Sust   ijobiy.   O’qituvchilarning   umumiy   hissiy-ijobiy   holatdagi   vaziyatlarda
o’quvchilar   jamoasi   bilan   ijobiy,   ammo   faol   bo’lmagan   munosabatni   tashkil
etishlari   bilan   tavsiflanadi.   2.   Barqaror   ijobiy.   O’qituvchining   o’quvchilarga
nisbatan   barqaror   –   ijobiy   munosabati,   ularga   g’amxo’rlik   ko’rsatish,
qiyinchiliklarni   engishga   yordam   berish,   ular   bilan   vazmin   va   teng   ohangda
muloqotda bo’lish bilan amalga oshadi.  3.  Barqaror.  Barqaror xususiyatga ega
munosabat   o’qituvchilarning   umumiy   hissiy-ijobiy   holatdagi   vaziyatlarda
o’quvchilar   jamoasiga   nisbatan   barqaror   munosabatda   bo’lishlari   bilan
tavsiflanadi.   O’quv   omillarini   yaratishga   asoslangan   pedagogik   texnologiya
o’qituvchilarning o’quvchilarga muloqot asosida tahsir etish  yo’llarini ham o’z
ichiga   oladi.   Keng   tarqalgan   metod   yoki   muloqot   tahsirlari   quyidagilardan
iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita hamda bilvosita tahsir,
o’z-o’zini tarbiyalash va o’zaro tahsir metodlari. 
Ona   tili   tahlimida   musobaqa   darslarini   o’tkazishdan   maqsad
o’quvchining   olgan   bilimlarini   sinab   ko’rish,   o’zaro   munozara   –   muloqot
jarayonida   til   imkoniyatlaridan   foydalana   bilish,   nutqiy   mahorat,   tez   va   aniq
fikrlash darajasini, muammoli vaziyatlardan chiqa olish malakasini baholashdan
iboratdir.   Musobaqa   darslari   o’quvchilarda   faollik,   topqirlik,   zukkolik
fazilatlarini   shakllantiradi,   ularni   mustaqil   ijodiy   mushohada   yuritishga
odatlantiradi,   zarur   va   foydali   ko’nikmalarni   hosil   qilishga   yordam   beradi.
Samarali   dars   shakllaridan   bo’lgan   musobaqa   darsi   til   mashg’ulotlarining
qiziqarli   o’tishi   va   o’quvchilarning   faol   ishtirokini   tahminlovchi   vositadir.
10 Musobaqa   darslari   uchun   mavzular:   “Nutq   tovushlarining   siri”,   “So’z   harfidan
so’z   yasang”,   “Tinish   belgilar   musobaqasi”,   “So’zshunoslar   anjumani”,
“Zakovat”   darslari   va   h.   O’zbekiston   Respublikasida   amalga   oshirilayotgan
ijtimoiy   islohotlar   jamiyat   taraqqiyotini   tahminlash,   uzluksiz   tahlim   tizimini
joriy etish, shuningdek, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab
voyaga   etkazishda   alohida   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Tahlimiy   islohotlarning
ikkinchi   sifat   bosqichi   kechayotgan   mavjud   sharoitda   O’zbekiston
Respublikasinig «Tahlim to’g’risidagida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash
milliy   dasturi»da   belgilangan   vazifalarni   to’laqonli   amalga   oshirishga   erishish
hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   xususiyatlariga   tayangan   holda   dastur
mazmuniga   tegishli   o’zgartirishlarni   kiritish   yo’lida   amaliy   harakatlar   olib
borilmoqda.   Ta’lim   jarayoniga   yangi   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni   joriy
etishga  qaratilgan  mazkur sharoitda  hosil  qilingan  muayyan  tajribaga  tayangan
holda   tahlim   muassasalarida   barcha   o’quv   fanlarini   o’qitish   jarayonida   yangi
pedagogik   texnologiya larni   faol   joriy   etish,   uni   o’qituvchi   va   o’quvchi
faoliyatining   ijodiy   hamkorligiga   asoslangan   yangi   bosqichga   ko’tarishga,
jumladan,   ona   tili   fanidan   o’quvchilarda   mustaqil   tahlim   olish   ko’nikma   va
malakalarini   shakllantirishga,   tahlimni   noanhanaviy   shakl,   metod   va   vositalar
yordamida   tashkil   etishga   yo’naltirilgan   pedagogik   faoliyatni   yo’lga   qo’yish
imkonini   berdi.   Bizga   mahlumki,   Kadrlar   tayyorlash   milliy   modelining   bosh
g’oyasi   komil   inson   va   malakali   mutaxassisni   tarbiyalab   voyaga   etkazishdan
iborat. 
Mustaqil   fikrlash   hamda   ijodkorlik   barkamol   shaxs   qiyofasida   aks
etuvchi   ifodalarni   yanada   boyitadi.   Zero,   ijtimoiy   taraqqiyotning   muayyan
bosqichida   tashkil   etiladigan   faoliyatning   ijobiy   natijaga   ega   bo’lishida   Ushbu
ikki xislat asosiy mezonlar sifatida eg’tirof etilmoqda. O’quvchi-talaba shaxsini
mustaqil   fikrlash   va   ijodkorlik   ko’nikmalarini   shakllantirishda   umumiy   o’rta
tahlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan
ona tili tahlimi katta imkoniyatlarga ega. 
11 Mazkur imkoniyat tubandagi holatlar bilan tavsiflanadi. 1) umumiy o’rta
tahlim   muassasalarida,   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlarida   taxsil   olish
shaxs   tomonidan   ijtimoiy   borlik   mohiyatini   anglab   olishida   muhim   o’rin
tutuvchi   o’smirlik   davrida   kechadi,   ushbu   davr   shaxsiy   va   psixologik
sifatlarning   muayyan   xususiyat   (ijobiy   va   salbiy)   kasb   etishi   va
barqarorlashuvida   o’ziga   xos   o’rin   tutadi.   2)   ona   tili   mavzulari,   ularga   mos
yaratilgan   jumla,   matn   vositasida   o’quvchi-   talabalarni   ijtimoiy   munosabatlar
mazmuni,   shuningdek,   yaxshilik   va   yomonlik,   ezgulik   va   qabohat,   olijanoblik
va   qabihlikning   mohiyatidan   xabardor   etish   uchun   zarur   sharoitni   yaratish
imkoniyatini yaratadi. 
Ana shu munosabat negizida o’quvchi-talabaning dunyoqarashi, hayotiy
pozitsiyasi   va   maqsadi   aks   etadi.   Hozirgi   kunda   amaliyotda   pedagogik
texnologiyani   qo’llash,   dars   jarayonini   demokratlashtirish,   o’qituvchi   va
o’quvchi hamkorligini, ijodkorligini rivojlantirmoqda. O’quvchi va o’qituvchini
doimiy izlanishga, o’z ustida ishlashga, do’stona munosabatda bo’lishga undash
bilan   dars   samaradorligini   oshirish   va   o’quvchi   bilim   doirasining   o’sishiga
asosiy omil bo’lmoqda. 
Interfaol   degani   bu   –   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   o’zaro   hamkorligi
asosida   do’stona   muhit   yaratish,   dars   samaradorligini   oshirish,   o’quvchilarda
mustaqil   fikrlash,   fikr   –   mulohaza   yuritish,   munosabat   bildirish   ko’nikmasini
shakllantirish   demakdir.   Bu   usulda   o’quvchi   o’zi   faol   ishtirok   etgan   holda,
yakka,   juftlikda,   guruhlarda   muammo   va   savollarga   javob   topishga   harakat
qiladi,   fikrlaydi,   baholaydi,   yozadi,   so’zga   chiqadi,   dadil   hamda   asoslar   orqali
qo’yilgan   masalani   yoritib   borishga   harakat   qiladi.   Bu   esa   o’quvchilarning
xotirasida   uzoq   saqlanadi.   Yangi   mavzu   (axborot)ni   o’zlashtirishda   tanqidiy,
tahliliy   yondosha   oladi.   O’qituvchi   faqat   fasilitator   (yo’l-yo’riq   ko’rsatuvchi,
tashkil   qiluvchi,   kuzatuvchi)   vazifasini   bajaradi.   Ilg’or   pedagogik
texnologiyalarning   juda   ko’p   usullari   mavjud.   Bu   usullardan   o’quvchining
yoshi,   psixologik   xususiyati,   bilim   darajasiga   qarab   foydalanish   lozim   bo’ladi.
12 5-7 sinflarda «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Sinkvoyn», «B,B,B
usuli»   (Bilar   edim,   bilishni   xohlayman,   bilib   oldim»),   «Menga   oxirgi   so’zni
bering», «Test» usullaridan  foydalanish yuqori samara beradi. Yuqori sinflarda
ushbu  usullar   bilan  birga  «Tanqidiy   tafakkur»,  «Debatlar»   (yozma   va   og’zaki)
«Nuqtai nazaring bo’lsin», «Har kimga har kim o’rgatadi», «Kubiklar», «Insert»
usullaridan   o’rinli   foydalanish   dars   sifatining   yuqori   bo’lishi   bilan   birga,
o’quvchilarning   shaxs   sifatida   shakllanishida,   har   qanday   sharoitda   ham   o’z
nuqtai   nazariga   ega   bo’lgan   erkin   fikrlovchi   inson   bo’lishida   katta   yordam
beradi. 
Yangi   pedagogik   texnologiyaning   ayrim   o’yinlari   tubandagilar:   «Aqliy
hujum:»   Sinfdagi   har   bir   o’quvchiga   o’qituvchi   qo’ygan   savol   yoki   muammo
yuzasidan o’z fikrini bayon etishiga imkon beruvchi o’quv uslulidir. 
Usul   mohiyati   «bir   kala   –   yaxshi,   o’n   beshtasi   undan   ahlo »   printsipi
bo’yicha   o’qituvchi   tomonidan   belgilangan   muammo   yoki   savol   yuzasidan
ehtimol  tutiladigan   hamma  fikrlar  variantlarining  barcha  fikrlari  shu   jumladan,
aytarli  to’g’ri  bo’lmaganlari ham inobatga  olinadi.   «Aqliy hujum» ni o’tkazish
usluli:   1)   O’qituvchi   sinfga   savol,   topshiriq   yoki   muammo   beradi   va
o’quvchilarga   o’z   fikrlarini   aytishni   taklif   qiladi.   2)   Istisno   tariqasida   barcha
fikrlar   (qancha   ko’p   bo’lsa,   shuncha   yaxshi)   sinf   taxtasiga   yozib   boradi.   3)
barcha   fikrlar   yozib   olinganidan   keyin   o’qituvchi   o’quvchilar   bilan   birga
g’oyalarni   aniqlashtiradi,   aytilgan   fikrlarga   tuzatishlar   kiritadi,   keyinchalik
ishdan foydalanish maqsadida ulardan eng muhimlarini ajratib ko’rsatadi. 
« Aqliy   hujum »ni   o’tkazish   qoidalari:   1)   «Aqliy   hujum»ni   o’tkazish
uchun   belgilangan   vaqt   reglamentiga   aniq   rioya   qilish   lozim.   2)   Belgilangan
vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o’z fikrini bayon etish imkoniyatini berish
kerak.   3)   O’quvchilar   tomonidan   aytilgan   fikrlar   tanqid   va   muhokama
qilinmasligi   yoki   baholanmasligi   mumkin.   4)   Zarur   bo’lib   qolgan   taqdirda
bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki, bu narsa g’oya yoki fikrni aniq
va qisqacha ifodalash imkonini beradi. Mazkur usulni ona tilidan o’tkaziladigan
13 murakkab mavzular: so’z tarkibi, o’zak, qo’shimchalarning turlari; ergash gapli
qo’shma gaplar haqidagi mavzularni o’tishda foydalanish mumkin. 
Yangi   pedagogik   texnologiyaning   tamoyillaridan   biri   tahlim-tarbiya
jarayonini   individuallashtirish,   yahni   tahlim-tarbiya   jarayonining   o’ziga   xos
yo’nalishda   olib   borish.   Ikkinchisi,   o’quvchi-o’qituvchi   munosabati   bo’lib,
tahlim jarayonida o’quvchi tahlimning ham obhekti, ham subhekti bo’la olishi,
o’qituvchi   uning   faoliyatini   tashkil   etuvchi,   boshqaruvchi,   asosiy   mashuliyatni
o’z   zimmasiga   olgan   subhektdir.   O’quvchilarning   fikrlashi,   ongi
o’zgarayotgani,   mustaqil   fikrlash   qobiliyati   ham   shakllanayotgan   tahlimdagi
yangilanishlar samara bera boshlaganligi natijasi sifatida baholanishi kerak. 
Hozirgi   kunda   tahlim   jarayonida   interaktiv   metodlar,   innovatsion-
integratsion   texnologiyalar,   pedagogik   va   axborot   texnologiyalarni   o’quv
jarayonida   qo’llashga   bo’lgan   qiziqish,   ehtibor   kundan-kunga   kuchayib
bormoqda,   bunday   bo’lishining   sabablaridan   biri,   shu   vaqtgacha   anhanaviy
tahlimda   o’quvchi-   talabalarni   faqat   tayyor   bilimlarni   egallashga   o’rgatilgan
bo’lsa,   zamonaviy   texnologiyalar  ularni   egallayotgan  bilimlarini   o’zlari   qidirib
topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. 
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi
va   tarbiyalanishiga   sharoit   yaratadi   va   shu   bilan   bir   qatorda   boshqaruvchilik,
yo’naltiruvchilik   funktsiyasini   bajaradi.   Tahlim   jarayonida   o’quvchi-talabi
asosiy   figuraga   aylanadi.   Shuning   uchun   oliy   o’quv   yurti   talabalariga
zamonaviy   o’qitish   metodlari-   integraktiv   metodlar,   innovatsion
texnologiyalarni   o’qitishning   o’rni   va   roli   benihoya   kattadir.   Pedagogik
texnologiya   va   pedagogik   mahoratga   oid   bilim,   tajriba   va   interaktiv   metodlar
o’quvchi – talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini tahminlaydi. 
Innovatsiya   (inglizcha   inovation)   –   yangilik   kiritish,   yangilikdir.
Innovatsion   texnologiyalar   pedagogik   jarayon   hamda   o’qituvchi   va   talaba
14 faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan
interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. 
Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, pedagogik
ta’sir   etish   usullari   bo’lib,   tahlim   mazmunining   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.
Bunday   pedagogik   hamkorlik   jarayoni   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo’lib,
ularga quyidagilar kiradi: 
-   o’quvchi-talabalarning   dars   davomida   befarq   bo’lmaslikka,   mustaqil
fikrlash, ijod eti shva izlanishga majbur etishi; 
-   o’quvchi-talabalarni   o’quv   jarayonida   bilimga   bo’lgan   qiziqishlarini
doimiy ravishda bo’lishini tahminlash; 
-   o’quvchi-talabaning   bilimga   bo’lgan   qiziqishini   mustaqil   ravishda  har
bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; 
- pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyati. 
Pedagogik   texnologiyaning   eng   asosiy   negizi   –   bu   o’qituvchi   va
o’quvchi-   talabaning   belgilangan   maqsaddan   kafolatlangan   natijaga   erishishda
qo’llanadigan   har   bir   tahlim   texnologiyasi   o’qituvchi   va   o’quvchi   o’rtasida
hamkorlik   faoliyatini   tashkil   eta   olsa,   har   ikkalasi   ijobiy   natijaga   erisha   olsa,
o’kuv   jarayonida   o’quvchi-   talabalar   mustaqil   fikrlay   olsalar,   ijodiy   ishlay
bilsalar,  izlansalar,   tahlil  eta  olsalar,   o’zlariga,  guruhga,  guruh  esa   ularga  baho
bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatiga imkoniyat va sharoit yarata
olsa,   o’qitish   jarayonining   asosi   hisoblanadi.   Har   bir   dars,   mavzu,   o’quv
predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, yahni o’quv jarayonidagi pedagogik
texnologiya   –   bu   yakka   tartibdagi   jarayon   bo’lib,   u   o’quvchining   ehtiyojidan
kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va
kafolatlangan   natija   berishiga   qaratilgan   pedagogik   jarayondir.
Yuqoridagilardan   ko’rinib   turibdiki,   maqsadning   amalga   oshishi   va
kafolatlangan   natijaga   erishish,   ham   o’qituvchi,   ham   o’quvchining
hamkorlikdagi   faoliyati   hamda   ular   qo’ygan   maqsad,   tanlangan   mazmun,
metod, shakl, vosita, yahni texnologiyaga bog’liq. 
15 16 II.BOB. ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMDA O‘QITUVCHI VA
O‘QUVCHI MUNOSABATLARINING   O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI  
Pedagogik   hamkorlik   –   ta’lim   olishning   asosiy   shakli   sifatida
O’qitishdan   ko’zlanadigan   maqsad   bu   davlat   ta’lim   standartlarida   belgilangan
bilim   va   ko’nikmalarni   o’quvchiga   yetkazishdan   iborat.   Qachonki   o’quvchi
tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa hamda egallangan malaka va
ko’nikmalarini   amalda   namoyish   etib   bera   olsa   o’qitish   muvaffaqiyatli   kechdi,
deb hisoblasa bo’ladi. 
An’anaviy   dars   –   muayyan   muddatga   mo’ljallangan,   ta’lim   jarayoni
ko’proq   o’qituvchi   shaxsiga   qaratilgan,   mavzuga   kirish,   yoritish,
mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.  
Ma’lumki,   ta’lim   olish   jarayoni   –   bu   ma’naviy   va   aqliy   qobiliyatlarni
tizimli   rivojlantirib   borish,   bilim   va   tushunchalarni   shakllantirish   va   olingan
bilimdan   foydalana   olish   qobiliyatini   tarkib   toptirishdan   iborat   jarayondir.   Bu
jarayon ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil yoki ta’lim beruvchining ko’magida
amalga   oshirilishi   mumkin.   Mutaxassislar   ko’rsatishicha,   an’anaviy   o’qitish
shakli   ta’lim   olishning   samarali   shakllaridan   (modellaridan)   biri   bo’lib
qolmoqda. 
O’quv   materiali   yangi   va   ancha   murakkab   bo’lganda,   an’anaviy   dars
ko’p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir modeli bo’lib qolayotir. Ma’lumki,
an’anaviy darsda ta’lim jarayoni markazida o’qituvchi turadi. Shu bois, ba’zida
an’anaviy   darsni   “markazda   o’qituvchi   bo’lgan   ta’lim   modeli” ,   deb   ham
atashadi.   An’anaviy   darsning   asosiy   maqsadi   dars   mavzusining   asosiy
mazmuni, tushuncha va faktlarni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga yetkazish
va tushuntirishdan iborat. 
Dars   –   oldin   o’zlashtirilgan   bilimlar   bilan   o’zlashtirilishi   lozim
bo’lgan bilimlar o’rtasida aloqa o’rnatilishidan boshlanadi.  
Yangi   mavzuni   yoritish,   turli   mashqlar   yordamida   mustahkamlash,
darsga   yakun   yasash,   xulosalash,   baholash   va   uyga   vazifa   topshirish   bilan
17 yakunlanadi.   An’anaviy   dars   o’tish   modelida   ko’proq   ma’ruza,   savol–javob,
amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy
dars   samaradorligi   ancha   past   bo’lib,   o’quvchilar   ta’lim   jarayoning   passiv
ishtirokchilariga   aylanib   qoladilar.   Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   an’anaviy
dars shaklini saqlab qolgan holda, unga o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan
turli–tuman metodlar bilan boyitish o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib
kelar ekan. 
Odatda,   an’anaviy   dars   berishga   passiv   dars   berish   usuli   sifatida
qaraladi.   Lekin   darsda   o’quvchilarning   faol   yoki   nofaolligi   darsni   qanday
o’tishga va uni rejalashtirishga bog’liq.  
An’anaviy   darsning   samaradorligini   oshirish   va   darsda   o’quvchilarning
faolligiga   erishish   uchun   yangi   materialni   kichik-kichik   bo’limlarga   bo’lib
o’tish   tavsiya   etiladi.   Shuningdek,   o’quvchilarning   bu   materialni   qanday
o’zlashtirib   borayotganliklarini   nazorat   qilib   borish   va   bu   maqsadda   turli   xil
mashq va topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Buning   uchun   dars   jarayonini   oqilona   tashkil   qilish,   o’qituvchi
tomonidan   o’quvchilarning   qiziqishini   orttirib,   ularning   ta’lim   jarayonida
faolligini   muttasil   rag’batlantirib   turish,   o’quv   materialining   mazmunini
ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli
o’yinlar   metodlaridan   foydalanish,   rang–barang   qiziqtiruvchi   misollarni
keltirish,   o’quvchilarni   amaliy   mashqlarni   mustaqil   bajarishga   undash,  turlicha
baholash usullari va ta’lim vositalarini o’z o’rnida qo’llash talab etiladi. 
An’anaviy   darsning   asosiy   bosqichlari   An’anaviy   dars   o’tishning   turli
xil   tuzilmalari   mavjud   bo’lib,   uning   keng   tarqalgan   tuzilmasini   e’tiboringizga
havola   qilamiz.   Quyida   an’anaviy   dars   berishning   bosqichlari   haqida   qisqacha
to’xtalamiz. 
An’anaviy darsning quyidagi bosqichlari mavjud: 
1. Tashkiliy qism–salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali
qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 
18 2. Yangi mavzuni boshlashga hozirlik, motivasiya  – yangi mavzu  bilan
bog’liq   o’tgan   dars   mavzularini   takrorlash,   yangi   mavzuni   boshlashdan   oldin
o’quvchilarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash, baholash  va yangi
materialni   o’zlashtirishga   tayyorlash,   yangi   dars   maqsadini   tushuntirish   va
darsga qiziqtirish; 
3. Yangi mavzuni yoritish–dars materiallarini kichik–kichik bo’limlarga
bo’lib,   ketma-ket   ma’lum   uzviylikda   va   mantiqiy   bog’liqlikda,   ko’rgazmali
tarzda va turli xil o’qitish uslublaridan foydalangan holda berish;   
4.   Yangi   mavzuni   mustahkamlash–olingan   nazariy   bilimlarni   yorqin
misollarda   qo’llash   va   turli   xil   topshiriqlarni   bajarish   asosida   o’quvchilarda
yangi   mavzuga   oid   amaliy   ko’nikmalarni   hosil   qilish   va   baholashdan   iborat.
Bunda   baholash   uchun   beriladigan   savol   topshiriqlar   aynan   dars   maqsadidan
kelib   chiqqan   bo’lishi,   unga   erishilgan   yoki   erishilmaganligini   aniqlashga
qaratilishi lozim. 
Yangi mavzuni mustahkamlash  butun sinf ishtirokida, turli xil tarqatma
materiallar  bilan  ishlash, kichik  guruhlarda yoki juft-juft bo’lib ishlash  asosida
amalga   oshirilishi   mumkin.   O’quvchilar   amaliy   mashg’ulotni   bajarayotgan
vaqtida   o’qituvchi   ularning   faoliyatini   kuzatishi,   ba’zi   o’quvchilarning
tushunmagan   savollariga   javob   berishi   mumkin.   Shuningdek,   bu   bosqichda
o’quvchilarning mustaqil ishlashlariga ham sharoit yaratib berish lozim bo’ladi; 
5.   Darsga   yakun   yasash   va   baholash–darsning   maqsadini   yana   bir   bor
eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilpn birgalikda aniqlash
lozim.   Shuningdek,   o’quvchilarning   mavzu   bo’yicha   savollariga   javob   berish,
darsning   asosiy   lahzalarini   qayd   qilish,   o’quvchilarning   o’zlashtirganlik
darajasini aniqlash, darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash
ham ushbu bo’lim tarkibiga kiradi. 
O’quvchilar   bilimini   baholashni   butun   dars   davomida   turli   xil   usullar
yordamida   bajarish   mumkin.   Baholashdan   maqsad   o’quvchilarga   faqat
qandaydir   ballarni   qo’yib   borish   emas,   balki   o’quvchilarning   o’zlashtirish
19 darajasini nazorat qilib borishdan iboratdir. Kerak bo’lganda darsning borishiga
o’zgartishlar   kiritish,   tushunish   qiyin   bo’lgan   joylarga   qayta   to’xtalish   lozim
bo’ladi; 
6.   Uyga   vazifa   –   o’tilgan   mavzu   bo’yicha   bilim,   malaka   va
ko’nikmalarni   yanada   mustahkamlashga   yoki   kelgusi   dars   uchun   hozirlik
ko’rishga   qaratilgan,   mustaqil   bajarishga   mo’ljallangan   savol,   mashq   va
topshiriqlar majmuasidan iborat bo’lmog’i lozim. 
Ta’lim olishning noan’anaviy shakllari  
Ta’lim   olishning   noan’anaviy   turlarini   shartli   ravishda   uchga   ajratish
mumkin:   *   modellashtirilgan   dars   *   hamkorlikda   o’rganish   *   tadqiqot-izlanish
Bu modellar asosan o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, uni o’quvchi markazda
turgan   ta’lim   modellari   deb   ham   atashadi.   Modellashtirilgan   dars   real   hayotda
va   jamiyatda   yuz   berayotgan   hodisa   va   jarayonlarning   ixchamlashtirilgan   va
soddalashtirilgan   ko’rinishini   (modelini)   sinfxonada   yaratish   va   ularda
o’quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olinishini ko’zda
tutuvchi  metodlar   majmuidir.   Hamkorlikda   o’rganish   o’quvchilarning   mustaqil
guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko’zda tutadigan metodlar majmuidir.
O’rganishning   tadqiqot–izlanish   modeli–o’quvchilarni   muayyan
muammoni   yechishga   yo’naltiradigan,   mustaqil   tadqiqot   olib   borishini   ko’zda
tutuvchi metodlar majmui hisoblanadi. 
O’quvchiga markazlashgan  o’quv jarayonining maqsadi va uning ijobiy
jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: 
1. O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish 
2. Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish 
3. O’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish 
4. O’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab – quvvatlash 
5. Amaliyot orqali o’rganish 
6. Ikki tomonlama fikr – mulohazalar bilan ta’minlash 
7. O’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish 
20 8.   O’qituvchi–o’quvchilar   uchun   o’quv   jarayonini   yengillashtiruvchi
shaxs 
9. O’quv jarayonini baholash 
Ta’lim olishning hamkorlikda o’rganish shakli  
Bu   model   o’quvchilarning   guruhlarda   mustaqil   ishlashi   evaziga   ta’lim
olishini   ko’zda   tutadigan   metodlar   majmuidan   iborat.   Hamkorlikda   o’rganish
“ta’lim beruvchi–ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi –
guruh–ta’lim   oluvchi”   ko’rinishidagi   uch   tomonlama   o’zaro   munosabatga
o’tishni nazarda  tutadi. Hamkorlikda  guruhlarda ishlash   orqali o’rganish  guruh
a’zolari   va   guruhlar   o’rtasida   ta’lim   oluvchilarning   faoliyatini,   ularning
mustaqilligini,   bir-birlari   bilan   muloqatda   bo’lish,   hamkorlikda   ishlash,   o’zaro
bog’liq   munosabatlarda   mas’uliyatini   sezish   kabi   ko’nikmalarni   egallashni
ta’minlaydi. 
Modellashtirilgan dars  
Modellashtirilgan dars real  hayotdagi voqyea hodisalarni  o’yin shaklida
loyihalashtirib, undagi asosiy muammoni hal etishga qaratilgan yo’l – yo’riq va
usullardan   iborat   modeldir.   Modellashtirilgan   dars–ta’lim   oluvchining   real
hayotdagi   hodisalarni   tasavvur   qilish   asosida,   unda   ishtirok   etishi   hisobiga
malaka, ko’nikma va tajribalarni o’zlashtirish jarayoni hisoblanadi. 
Modellashtirilgan darsning bosqichlari: 
1. O’quv maqsadlarini aniqlashtirish: Modellashtirilgan dars uchun zarur
bo’lgan tushuncha va atamalarni va dars davomida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan
malaka   va   ko’nikmalarni   aniqlash;   Modellashtirilgan   darsning   maqsadini
tushuntirish. 
2.   Tayyorgarlik:   Rollarni   taqsimlash;   Qoidalarni   tushuntirish;   O’yinni
o’tkazish tartibi bilan tanishtirish; Qisqa sinov mashq raundi (zarur bo’lganda). 
3.   O’yinni   o’tkazish:   Mashqlarni   bajarish;   O’quvchilar   bilan   o’yin
vaqtida   aloqani   ta’minlash;   Noto’g’ri   hatti-   harakatlarni   ,   xatolarni   tuzatish;
Mashqlarni davom ettirish 
21 4.   Tahlil:   Sodir   bo’lgan   hodisalar   bo’yicha   umumiy   xulosaga   kelish;
Qiyinchiliklarni   muhokama   qilish   va   ularni   bartaraf   etish   usullarini   topish;
O’yin jarayonini tahlil qilish; O’yinni real hayot bilan solishtirib, ular o’rtasida
bog’lanish o’rnatish.
O’yin   ijtimoiy   tajribani   to’plash   va   uzatishdan   iborat   bo’lib,   u   amaliy
jihatdan turli xil vaziyatlardagi xulq–atvor normalari va qoidalari orqali amaliy
faoliyat   ko’nikmalarini   o’zlashtirilishini   ta’minlaydi.   O’yin   metodlarining
asosiy   maqsadi   tinglovchilarning   faqat   tinglashi   emas,   balki   bilimlarni
o’zlashtirishda   bevosita   ishtirokini   ta’minlash   orqali   ta’lim   jarayoni
samaradorligini oshirishga qaratilgan. O’yin har xil muammolarni hal etishdagi
imitasion faoliyatlarni tuzish uchun eng qulay asos hisoblanadi. 
Ta’lim olishning tadqiqot–izlanish shakli  
Tadqiqot   o’quvchilarga   inson   hatti–harakatiga   nisbatan   savollar
qo’yishni   o’rganish   va   ularga   javoblarni   esa   faktlarni   jiddiy   tahlil   qilish
yordamida   topishga   ko’maklashadi.   Tadqiqot   o’quvchilarda   savol   qo’yish
jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg’otishni nazarda tutadi. 
Muammolarni   aniqlashda   va   berilgan   ma’lumotlarni   tahlil   qilish
davomida   o’quvchilar   hissiyotlarga   berilishdan   chetlanishga   va   obyektiv
yondashuvga   o’rganadilar.   Ular   har   qanday   bilim   nisbiy   ekanligini   yangi
ma’lumotlar   paydo   bo’lishi   bilan   o’zgarishini   mohiyatan   tushunib   yetadilar.
O’quvchilar   o’zlarining   taxminlarini   tekshirish   va   boshqalarni   tasdiqlash,   turli
xil axborotlar va mantiqlarni qo’llashni o’rganadilar. Ta’lim olishning tadqiqot–
izlanish turi oliy darajada fikrlashga imkoniyat yaratadi. 
Tadqiqot modeli bo’yicha tashkil etilgan dars bosqichlari  
Darsda o’quvchiga qiziqish uyg’otadigan muammo yoki savol qo’yiladi.
O’quvchilarga   shu   masalini   yechish   haqida   gipoteza   (faraz)   taklif   qilinishi
mumkin yoki o’quvchilarning o’zlari gipotezalarni ilgari surishadi. O’quvchilar
o’zlari   shu   muammo   haqida   kerakli   ma’lumotlarni   topshiradi.   Turli
adabiyotlarni o’qib, jadval, grafik, xaritalarni o’rganib, o’z tadqiqotlarini amalga
22 oshirashidi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, o’quvchilar qo’yilgan muammoni
yechish haqida xulosa qilishadi. 
O’quvchilar   ilgari   surilgan   gipotezalarni   tekshirishadilar   yoki   yangi
gipotezani   shakllantiradilar.   Odatda   seminar   mashg’ulotlarining   uch   turi
farqlanadi:   seminaroldi   mashg’uloti,   seminar   va   maxsus   seminar.   Seminaroldi
mashg’ulotlari,   asosan,   talabalarni   mustaqil   ishning   o’ziga   xos   xususiyatlari
bilan tanishtirish maqsadida o’tkaziladi. 
Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma–adabiyotlar va boshqa manbalar bilan
ishlash   usullari   o’rgatiladi,   talabalarni   boshlang’ich   shaklda   ilmiy–   tadqiqot
ishlariga   o’tishga   hozirlaydi.   Seminaroldi   mashg’ulotlari   seminar
mashg’ulotlarining tayyorgarlik  shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda
o’tkaziladi.   Seminaroldi   mashg’ulotlarida   o’qituvchi   yetakchilik   qiladi,   chunki
talabalar   muayyan   ixtisoslik   bo’yicha   o’quv   ishlariga   ham   e’tibor   beradilar,
shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus ko’rsata olmaydilar. 
Seminar   mashg’ulotlarida   seminaroldi   mashg’ulotlariga   nisbatan   o’ta
muhim   vazifalar   hal   qilinadi.   Masalan,   ayrim   seminarlar   tematik   bog’langan
muayyan muntazam kursni chuqur o’rganishni maqsad qilib qo’yadi. Boshqalari
esa   biror   mavzuni   yoki   kursning   alohida   va   nihoyatda   muhim   va   umumiy
bo’lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bashlangan bo’ladi. 
Maxsus seminarlar  ma’ruza mavzulariga aloqador bo’lmaydi va ona tili
fanining   dasturi   mazmuniga   kirmaydi.   Odatda   ona   tili   fanining   xususiy
masalalarini   chuqur   o’rganish   maqsadini   ko’zlaydi.   Seminar   mashg’ulotlari
davomida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida yaqin aloqa, ya’ni ular o’rtasida ikki
tomonlama do’stona aloqa o’rnatiladi. 
Bu   esa   tarbiyaviy   –   ma’rifiy   ahamiyatga   molik   bo’ladi:   o’qituvchi
o’quvchilar bilan uzoq vaqt yaqin aloqada bo’ladi, ma’ruza guruhlariga nisbatan
talabalar bilan kichik guruhlarda jonli suhbat olib boriladi. 
O’zaro   fikr   almashiladi,   turlicha   qarashlarni   ifoda   etadi.   Noan’anaviy
dars   shakllari:   1)   Konferensiya   darsi;   2)   seminar   darsi;   3)   musobaqa   darsi;   4)
23 debat- munozara darsi; 5) o’yin darsi; 6) muhokama, bahs darsi; 7) ijod darsi; 8)
ekskursiya-sayohat darsi; 9) suhbat darsi; 10) ssenariy darsi; 11) ma’ruza darsi;
12) sinov darsi kabi ko’rinishda bo’lishi mumkin. Yangi pedagogik texnologiya
talablari  asosida  turli usulda o’tkaziladigan  dars shakllari  xilma-xil bo’lib,  ular
o’z ichiga ham an’anaviy, ham noan’anaviy dars tiplarini qamrab oladi. Ona tili
darslarida induktiv (o’rni bilan deduktiv) tavsifiy, savol- javob, munozara, ochiq
havoda   dars   o’tish,   bumerang   o’yin   usullari   yetakchi   bo’lishi   maqsadga
muvofiq.   Ona   tili   darslarida   tarqatma-didaktik   materiallardan,   munozarali
jadvallardan,   turli   rasmlardan,   boshqotirmalardan,   maqol,   hikmatli   so’zlardan,
Hadisi   sharifdan   unumli   foydalanish,   shuningdek,   tadrijiy   ravishda
o’quvchilarning   og’zaki   va   yozma   nutqi,   dastxati   bilan   ishlab   borish   shu
kunning talabi. 
24 III.BOB.   ONA   TILI   VA   ADABIYOT   DARSLARIDA   O‘YIN
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. 
O’quvchilarga   “So’z   tarkibi   adashdi”   o’yini   orqali   ularni   topqirlikka,
zukkolikka o’rgatish mumkin. Zamonaviy ta’limni tashxis etishga qo’yiladigan
muhim talablaridan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt
ichida yuksak natijalarga erishishdir. 
Qisqa   vaqt   orasida   muayyan   nazariy   bilimlarni   o’quvchilarga   yetkazib
berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan  ko’nikma va malakalarni hosil qilish,
shuningdek,   o’quvchilar   faoliyatini   nazorat   qilish,   ular   tomonidan   egallangan
bilim,   ko’nikma   hamda   malakalar   darajasini   baholash   o’qituvchidan   yuksak
pedagogik   mahorat   hamda   ta’lim   jarayoniga   nisbatan   yangicha   yondashuvni
talab etadi. 
Innovatsion   pedagogik   texnalogiya   o’z   mohiyatiga   ko’ra   subyektiv
hususiyatga   ega,   ya’ni,   har   bir   pedagog   ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   o’z
imkoniyati, kasbiy mahoratidan  kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim.
Qanday   shakl,   metod   va   vositalar   yordamida   tashkil   etilishidan   qat’iy   nazar
pedagogik   texnolagiyalar:   pedagogik   faoliyat   (ta’lim–tarbiya   jarayonining)
samaradorligini   oshirishi;   o’qituvchilar   va   o’quvchilar   o’rtasida   o’zaro
hamkorlikni qaror toptirishi; o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha
puxta   bilimlarning   egallanishini   ta’minlashi;   o’quvchilarda   mustaqil,   erkin   va
ijodiy   fikrlash   ko’nikmalarini   shakllantirish;   o’quvchilarning   o’z
imkoniyatlarini   ro’yobga   chiqara   olishlari   uchun   zarur   shart   –   sharoitlarni
yaratishi;   pedagogik   jarayonda   demokratik   va   insonparvarlik   g’oyalarining
ustivorligiga erishishini kafolatlashi zarur. 
Innovatsion   texnalogiyalardan   majburan   foydalanish   emas.   Aksincha,
tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan
ilg’or texnalogiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ular ijodiy
rivojlantirish   maqsadga   muvofiqdir.   Bugungi   kunda   bir   qator   rivojlangan
mamlakatlarda   o’quvchilarning   o’quv   va   ijodiy   faolliklarini   oshiruvchi   hamda
25 ta’lim–tarbiya   jarayonining   samaradorligini   kafolotlovchi   pedagogik
texnalogiyalarini   qo’llash   borasida   katta   tajriba   to’plagan   bo’lib,   ushbu   tajriba
asoslarini tashkil etuvchi metodlar  interfoal  metodlar nomi bilan yuritilmoqda. 
Quyidagi ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfoal metodlardan bir
nechtasining   mohiyati  va ulardan  foydalanish  borasida  so’z  yuritamiz.  Ona  tili
ta’limida  mazkur metod  mashg’ulotlar  jarayonidagi faollikni ta’minlash,  ularni
erkin   fikr   yuritishga   rag’batlantirish   hamda   bir   xil   fikrlash   inersiyasidan   ozod
etish, muayyan mavzu yuzasidan rang- barang g’oyalarni to’plash, shuningdek,
ijodiy   vazifalarni   hal   etish   jarayonining   dastlabki   bosqichida   paydo   bo’lgan
fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. 
“ Fikriy hujum ”  metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lgan,
uning   asosiy   tamoyili   va   shartli   mashg’ulot   (baxs)ning   har   bir   ishtirokchisi
tomonidan   o’rtaga   tashlanayotgan   fikrga   nisbatan   tanqidni   mutlaqo   taqiqlash,
har  qanday  luqma va  hazil-mutoyibalarni  rag’batlantirishdan  iboratdir.  Bunday
ko’zlangan   maqsad   o’quvchilarning   mashg’ulot   (bahs)   jarayonidagi   erkin
ishtirokini   ta’minlashdir.   Ta’lim   jarayonida   ushbu   metoddan   samarali   va
muvafaqqiyatli   foydalanish   o’qituvchining   pedagogik   mahorati   va   tafakkur
ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.   “ Fikriy hujum ”   metodidan foydalanish
chog’ida   o’quvchilarning   soni   15   nafardan   oshmasligi   maqsadga   muvofiqdir.
Ushbu metodga asoslangan mashg’ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
“Yalpi fikriy hujum” metodi  
Ushbu metod. J.Donal’d Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni bir
necha   o’n   (20-60)   nafar   o’quvchilardan   iborat   sinflarda   qo’llash   mumkin.
Metod   o’quvchilar   tomonidan   yangi   g’oyalarning   o’rtaga   tashlanishi   uchun
sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. 
Har   biri   5   yoki   6   nafar   o’quvchilarni   o’z   ichiga   olgan   guruhlarga   15
daqiqa   ichida   ijobiy   hal   etilishi   lozim   bo’lgan   turli   xil   topshiriq   yoki   ijodiy
vazifalar   beriladi.   Topshiriq   va   ijodiy   vazifalar   berilgan   vaqt   ichida   ijobiy   hal
etilgach,   bu   haqida   guruh   a’zolaridan   biri   axborot   beradi.   Guruh   tomonidan
26 berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o’qituvchi va boshqa
guruhlar   a’zolari   tomonidan   muhokama   qilinadi   va   unga   baho   beriladi.
Mashg’ulot   yakunida   o’qituvchi   berilgan   topshiriq   yoki   ijodiy   vazifalarning
yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan   javoblarni e’lon qiladi.
Mashg’ulot   jarayonida   guruh   a’zolarining   faoliyatlari   ularning   ishtiroklari
darajasiga ko’ra baholab boriladi. 
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi  
So’z   yuritilayotgan   metod   Ye.A.Aleksandrov   tomonidan   asoslangan
hamda   G.Ya.Bush   tomonidan   qayta   ishlangan.   Metodning   mohiyati
quyidagichadir:  jamoa orasida muayyan   topshiriqlarni   bajarayotgan   har   bir
o’quvchining   shaxsiy   imkoniyatlarini   ro’yobga   chiqarishga   ko’maklashish;
o’quvchilarda   ma’lum   jamoa   (guruh)   tomonidan   bildirilgan   fikrga   qarshi
g’oyani ilgari   surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.  
Yuqorida   mohiyati   bayon   etilgan   “ Fikrlarning   shiddatli   hujumi ”
metodining   ijtimoiy,   gumanitar   va   tabiiy   yo’nalishlardagi   fanlar   yuzasidan
tashkil   etiladigan   mashg’ulotlar   jarayonida   birdek   muvaffaqiyatli   qo’llash
mumkin.   Ushbu   metoddan   foydalanishga   asoslangan   mashg’ulot   bir   necha
bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir: 
1-bosqich;   Ruhiy   (psixologik)   jihatdan   bir-biriga   yaqin   bo’lgan
o’quvchilarga   o’zida   biriktirgan   hamda   son   jihatdan   teng   bo’lgan.   6x6x6
metodi   Ushbu   metod   yordamida   bir   vaqtning   o’zida   36   nafar   o’quvchini
muayyan faoltiyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish,
shuningdek,   guruhlarning   har   bir   a’zosi   imkoniyatlarini   aniqlash,   ularning
qarashlarini   bilib   olish   mumkin.   “6x6x6”   metodi   asosida   tashkil   etilayotgan
mashg’ulotlari   har   birida   6   nafardan   ishtirokchi   bo’lgan   6   ta   guruh   o’qituvchi
tomonidan   o’rtaga   tashlangan   muammo   (masala)ni   muhokama   qiladi.
Belgilangan   vaqt   nihoyasiga   yetgach   o’qituvchi   6   ta   guruhni   qayta   tuzadi.
Qaytadan   shakllangan   guruhlarning   har   birida   avvalgi   6   ta   guruhdan   bittadan
vakil bo’ladi. 
27 Yangi   shakllangan   guruh   a’zolari   o’z   jamoadoshlari   guruhi   tomonidan
muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar
va   mazkur   yechimlarni   birgalikda   muhokama   qiladilar.   Eng   muhimi,
mashg’ulot   ishtirokchilarining   har   biri   qisqa   vaqt   (20   daqiqa)   mobaynida   ham
munozara   qatnashchisi,   ham   tinglovchi,   ham   ma’ruzachi   sifatida   faoliyat   olib
boradi.  Ushbu   metodni  5,  6, 7   va  hatto   8  nafar  o’quvchidan   iborat   bo’lgan  bir
necha   guruhlar   ham   qo’llash   mumkin.   Biroq   yirik   guruhlar   o’rtasida   “6x6x6”
metodi   qo’llanilganda   vaqtni   ko’paytirishga   to’g’ri   keladi.   Chunki   bunday
mashg’ulotlarda   munozara   uchun   ham,   axborot   berish   uchun   ham   birmuncha
ko’p vaqt talab etiladi. 
So’z   yuritilayotgan   metod   qo’llanilayotgan   mashg’ulotlarda   guruhlar
tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati
mavjud.   “6x6x6”   metodidan   ta’lim   jarayonida   foydalanish   o’qituvchidan
faollik,   pedagogik   mahorat,   shuningdek,   guruhlarni   maqsadga   muvofiq
shakllantira   olish   layoqatiga   ega   bo’lishni   talab   etadi.   Guruhlarning   to’g’ri
shakllantirmasligi   topshiriq   yoki   vazifalarning   to’g’ri   hal   etilmasligiga   sabab
bo’lishi   mumkin.   “6x6x6”   metodi   yordamida   mashg’ulotlar   quyidagi   tartibda
tashkil etiladi: 
1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan
stul qo’yib chiqadi. 
2.   O’quvchilar   o’qituvchi   tomonidan   6   ta   guruhga   bo’linadilar.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutish mumkin:
6   ta   stolning   har   biriga   muayyan   obyekt   (masalan   kema,   to’lqin,   baliq,   delfin,
kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. Mashg’ulot ishtirokchilariga
kema,   to’lqin,   baliq,   delfin,   kit   hamda   akula   surati   tasvirlangan   (jami   36   ta)
varaqlardan birini olish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchada
tasvirlangan   surat   bilan   nomlanuvchi   stol   atrofiga   qo’yilgan   stuldan   joy
egallaydi. 
28 3.O’quvchilar   joylashib   olganlaridan   so’ng   o’qituvchi   mashg’ulot
mavzusini   e’lon   qiladi   hamda   guruhlarga   muayyan   topshiriqlarni   beradi.
Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 
4.  O’qituvchi   guruhlarning   faoliyatini   kuzatib   boradi,   kerakli   o’rinlarda
guruh   a’zolariga   maslahatlar   beradi,   yo’l–yo’riqlar   ko’rsatadi   hamda   guruhlar
tomonidan   berilgan   topshiriqlarning   to’g’ri   hal   etilganligiga   ishonch   hosil
qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi. 
5.   Munozara   uchun   belgilangan   vaqt   nihoyasiga   yetgach,   o’qituvchi
guruxlarni   qaytadan   shakllantaradi.   Yangidan   shakllangan   har   bir   guruhda
avvalgi   6   ta   guruhning   har   biridan   bir   nafar   vakil   bo’lishiga   alohida   e’tibor
qaratiladi.   O’qituvchilar   o’z   o’rinlarini   almashtirib   olganlaridan   so’ng
belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va
uning   yechimi   xususida   guruhdoshlariga   so’zlab   beradilar.   Shu   tartibdan
yangidan   shakllangan   guruh   avvalgi   guruhlar   tomonidan   qabul   qilingan
xulosalar   (topshiriq   yechimlari)ni   muhokama   qiladilar   va   yakuniy   xulosaga
keladilar. 
“Aqliy   xujum”   metodi   Mazkur   metod   muayyan   mavzu   yuzasidan
berilgan   muamolarni   hal   etishda   keng   qo’llaniladigan   metod   sanalib,   u
mashg’ulot   ishtirokchilarini   muammo   xususida   keng   va   har   tomonlama   fikr
yuritish   hamda   o’z   tasavvurlari   va   g’oyalaridan   ijobiy   foydalanish   borasida
ma’lum   ko’nikmalarni   hosil   qilishga   rag’batlantiradi.   Bu   metod   yordamida
tashkil   etilgan   mashg’ulotlar   jarayonida   ixtiyoriy   muammolar   yuzasidan   bir
necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. 
“Aqliy   hujum”   metodi   tanlab   olingan   mavzular   doirasida   ma’lum
qadriyatlarni   aniqlash   va   ularga   muqobil   bo’lgan   g’oyalarni   tanlash   uchun
sharoit   yaratadi.   Dars   jarayonida   “Aqliy   hujum”   metodidan   foydalanishda
quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 
1.   O’quvchilarni   muammo   doirasida   keng   fikr   yuritishga   undash,
ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 
29 2.   Har   bir   o’quvchi   tomonidan   bildirayotgan   fikrlar   rag’batlantirilib
boriladi.   Bildirilgan   fikrlar   orasidan   eng   maqbullari   tanlab   olinadi.   Fikrlarning
rag’batlantirilishi navbatdagi–yangi fikrlarning tug’ilishiga olib keladi. 
3.   Har   bir   o’quvchi   o’zining   shaxsiy   fikrlariga   asoslanishi   va   ularni
o’zgartirishi   mumkin.   Avval   bildirilgan   fikrlarni   umumlashtirish,
turkumlashtirish   yoki   ularni   o’zgartirish   ilmiy   asoslangan   fikrlarning
shakllanishiga zamin hozirlaydi. 
4. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar faoliyatini standart talablar asosida
nazorat   qilish,   ular   tomonidan   bildirilayotgan   fikrlarni   baholashga   yo’l
qo’yilmaydi.   Ularning   fikrlari   baholanib   borilsa,   diqqatlarini   shaxsiy   fikrlarini
himoya   qilishga   qaratadilar,   oqibatda   yangi   fikrlar   ilgari   surilmaydi.   Metodni
qo’llashdan   asosiy   maqsad   o’quvchilarni   muammo   bo’yicha   keng   fikr
yuritishga   undash   ekanligini   yodda   tutgan   holda   ularning   faoliyatini   baholab
borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir. 
“Klaster” metodi  Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik
strategiyaning   muayyan   shakli   bo’lib,   u   o’quvchilarga   ixtiyoriy   muammo
(mavzu)lar   xususida   erkin,   ochiq   o’ylash   va   shaxsiy   fikrlarni   bemalol   bayon
etish   uchun   sharoit   yaratishga   yordam   beradi.   Hozirgi   kunda   amaliyotda
pedagogik texnologiyani qo’llash dars jarayonini demakratlashtirish, o’qituvchi
va   o’quvchi   hamkorligini,   ijodkorligini   rivojlantirmoqda.   O’quvchi   va
o’qituvchini   doimiy   izlanishga,   o’z   ustida   ishlashga,do’stona   munosabatda
bo’lishga undash bilan dars samaradorligini oshirish va o’quvchi bilim doriasini
o’sishiga   asosiy   omil   bo’lmoqda.   Interfaol   degani   bu   –   o’qituvchi   va
o’quvchilarning   o’zaro   hamkorligi   asosida   do’stona   muhit   yaratish,   dars
samaradorligini   oshirish,   o’quvchilarda   mustaqil   fikrlash,   fikr-mulohaza
yuritish,   munosabat   bildirish   ko’nikmasini   shakllantirish   demakdir.   Bu   usulda
o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va
savollarga   javob   topishga   harakat   qiladi,   fikrlaydi,   baholaydi,   yozadi,   so’zga
30 chiqadi, dadil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib borishga harakat
qiladi. 
Bu   esa   o’quvchilarning   xotirasida   uzoq   saqlanadi.   Yangi   mavzu
(axborot)ni   o’zlashtirishda   tanqidiy,   tahliliy   yondosha   oladi.   O’qituvchi   faqat
fasilitator   (yo’l-yo’riq   ko’rsatuvchi,   tashkil   qiluvchi,   kuzatuvchi)   vazifasini
bajaradi.   Ilg’or   innovasion   texnologiyalarning   juda   ko’p   usullari   mavjud.   Bu
usullardan   o’quvchining   yoshi,   psixologik   xususiyati,   bilim   darajasiga   qarab
foydalanish   lozim   bo’ladi.   5-6-7   sinflarda   «Aqliy   hujum»,   «Kichik   guruhlarda
ishlash»,   «Sinkvoyn»,   «B,B,B   usuli»   (Bilar   edim,   bilishni   xohlayman»   bilib
oldim),   «Menga   oxirgi   so’zni   bering»,   «Test»   usullaridan   foydalanish   yuqori
samara beradi. Yuqori sinflarda ushbu usullar bilan birga «Tanqidiy tafakkur»,
«Debatlar» (yozma va og’zaki) «Nuqtai nazaring bo’lsin», «Har kimga har kim
o’rgatadi»,   «Kubiklar»,   «Insert»   usullaridan   o’rinli   foydalanish   dars   sifatining
yuqori   bo’lishi   bilan   birga,   o’quvchilarning   shaxs   sifatida   shakllanishida,   har
qanday   sharoitda   ham   o’z   nuqtai   nazariga   ega   bo’lgan   erkin   fikrlovchi   inson
bo’lishida katta yordam beradi. 
Yangi   pedagogik   texnologiyaning   ayrim   tamoyillari   tubandagilar:
«Aqliy   hujum:»   Sinfdagi   har   bir   o’quvchiga   o’qituvchi   qo’ygan   savol   yoki
muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishiga imkon beruvchi o’quv uslubidir.
Uslub   mohiyati   «bir   kala-yaxshi,   o’n   beshtasi   undan   a’lo   prinsipi   bo’yicha
o’qituvchi   tomnidan   belgilangan   muammo   yoki   savol   yuzasidan   ehtimol
tutiladigan   hamma   fikrlar   variantlarining   barcha   fikrlari   shu   jumladan,   aytarli
to’gri bo’lmaganlari ham inobatga olinadi. 
«Aqliy   hujum»ni   o’tkazish   uslubiyati:   1)   O’qituvchi   sinfga   savol,
topshiriq   yoki   muammo   beradi   va   o’quvchilarga   o’z   fikrlarini   aytishni   taklif
qiladi. 2) Istisno tariqasida barcha fikrlar (qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi)
sinf   taxtasiga   yozib   yuoradi.   3)   barcha   fikrlar   yozib   olinganidan   keyin
o’qituvchi   o’quvchilar   bilan   birga   g’oyalarni   aniqlashtiradi,   aytilgan   fikrlarga
31 tuzatishlar   kiritadi,   keyinchalik   ishdan   foydalanish   maqsadida   ulardan   eng
muhimlarini ajratib ko’rsatadi.  «Aqliy hujum»ni o’tkazish qoidalari:  
1) «Aqliy hujum»ni o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq
rioya qilish lozim. 
2)   Belgilangan   vaqt   doirasida   barcha   xohlovchilarga   o’z   fikrini   bayon
etish imkoniyatini berish kerak. 
3)   O’quvchilar   tomonidan   aytilgan   fikrlar   tanqid   va   muhokama
qilinmasligi yoki baholanmasligi mumkin. 
4)   Zarur   bo’lib   qolgan   taqdirda   bayon   etilgan   fikrga   tuzatishlar   kiritish
kerakki, bu narsa g’oya yoki fikrni aniq va qisqacha ifodalash imkonini beradi.
Mazkur   usulni   ona   tilidan   o’tkaziladigan   murakkab   mavzular:   so’z   tarkibi,
o’zak,  qo’shimchalar   turlari;   ergash   gapli   qo’shma   gaplar   haqidagi   mavzularni
o’tishda foydalanish mumkin. 
Debatlar.  
Debatlar   –   o’z   nuqtai   nazarini   asoslashda   barcha   o’quvchilarning   (yoki
asosiy   qismining)   bahslashuvida   faol   ishtirok   etishini   ta’minlovchi   o’qitish
uslubidir.   Bu   uslubdan   foydalanish   tanqidiy   tafakkkurni   rivojlantiradi.
O’quvchilar o’z tuqtai nazarini ishlab chiqsh, uni tanqid etishi va himoya qlishi,
so’ngra  raqib  nuqtai nazarini  rad  etish  kerak. Bahs haqiqatni yuzaga  keltirgani
bois   o’qituvchi   sinf   o’quvchilarini   ikki   guruhga   bo’lgan   holda   muammolarni
atayin   avj   oldiradi.   Masalan,   gapning   ifoda   maqsadiga   ko’ra   turlari   mavzusini
o’tishda (akademik liseyning 3- guruhi) guruh o’quvchilari mavzuni uyda ko’rib
kelgan   bo’lishlari   kerak.   O’qituvchi   guruhlarga   savollar,   bahsli   topshiriqlar
beradi. 
Yozma   debat   o’tkazish   usullari:     1.   Ta’lim   oluvchilarga   yozma
debatlar   uslubiyati   haqida   gapirib   bering.   --   debatlar-ikki   tomon   o’rtasidagi
yozma   muloqat   shaklidir;   --   debatlar   ikki   o’quvchi   yoki   o’quvchilar   guruhlari
o’rtasida   o’zaro   olib   borilishi   mumkin;   --   ushbu   uslub   bahsli.   Masalan,   sodda
gap   sintaksisi   bilan   qo’shma   gap,   ergashgan   gap,   qo’shma   gap   mavzularini
32 muhokama qilganda ayniqsa foydalidir; -- munozara paytida o’quvchilar nafaqat
o’z   asosli   dalillarini   jumla-   misollar   asosida   tushuntiradilar,   qolaversa   boshqa
tomonning   asosli   dalillariga   javob   beradi;   --   bunday   ish   turi   o’quvchilarning
muhokama   qilinayotgan   muammolarga   doir   bilimlarini   chuqurlashtiradi,
munozara   madaniyatiga   o’rgatadi,   nutqini   o’stiradi,   asoslab   berish   malakasini
oshiradi.   --   o’qituvchi   qo’lga   kiritgan   ajoyib   material   baholash   uchu   nasos
bo’lib xizmat qiladi. 
3. Ishtirokchi 8 guruhga bo’ling. Guruhlarni stul-stollarga o’tkazing. Bu
mashqda   1-4   guruhlar   mavzuni   qo’llab-quvvatlashini,   5-8   guruhlar   esa   qarshi
chiqishini tushuntiring. 1-guruh 5-guruh; 2-guruh 6-guruh, 3-guruh 7- guruh, 4-
guruh   8-guruh   bilan   bahs   yuritadi.   1-4-guruhlarga   qizil,   5-8-   guruhlarga   qora
rangli flamaster tarqating. 
Debat   yuritiladigan   jadvllarni   tanishtiring   va   batafsil   tushuntiring.
Asosiy   tamoyillarni   eslating,   1-4-guruhlarga   jadvallarni   topshirib,   mashq
boshlanishi   uchun   signal   bering.   4.   Mashq   yakunlanganidan   keyin   debatlarni
birinchi   tugatgan   guruhlar   vakillaridan   plakatlarni   o’kishni   iltimos   qiling
(Biron-bir   sharhsiz).   Agar   ixtiyoringizda   vaqt   qolsa,   boshqa   guruhlardan   ham
o’z   plakatlarini   o’qib   berishni   iltimos   qilish   mumkin.   Yangi   pedagogik
texnologiyaning   tamoyillaridan   biri   ta’lim-tarbiya   jarayonini
individuallashtirish,   ya’ni   ta’lim-tarbiya   jarayonining   o’ziga   xos   yo’nalishda
olib   borish.   Ikkinchisi,   o’quvchi-o’qituvchi   munosabati   bo’lib,   ta’lim
jarayoninida   o’quvchi   ta’limning   ham   obyekti,   ham   subyekti   bo’la   olishi,
o’qituvchi   uning   faoliyatini   tashkil   etuvchi,   boshqaruvchi,   asosiy   mas’uliyatni
o’z   zimmasiga   olgan   subyektdir.   O’quvchilarning   fikrlashi,   ongi
o’zgarayotgani,   mustaqil   fikrlash   qobiliyati   ham   shakllanayotgan   ta’limdagi
yangilanishlar samara bera boshlaganligi natijasi sifatida baholanishi kerak. 
33 IV.BOB.   SHAXSNING   INDIVIDUAL   IMKONIYATLARI   VA
INNOVATSION   TEXNOLOGIYALAR. 
Individuallik   –   insonning   takrorlanmas   havasi,   qiziqishi,   iste’dodi,
qobiliyati, darsga munosabati, tayyorlanish darajasi, ruhiy holati hisobga olinadi
va yillar davomida o’rganib boriladi. Har bir o’quvchi dastur asosida yaratilgan
darslik  bilan  o’qitiladi.  Demak, har kim individual ta’lim oladi. Agar o’quvchi
o’tilgan   darslarni   o’zlashtirib   bilib   bormasa   berilayotgan   bilimlarni   tadrijiy
ravishda o’zlashtira olmaydi. Ayrim o’quvchilarning o’quv faoliyati o’ziga xos
bo’lib (sekinlik, sustlikda), boshqa o’quvchilardan farq etadi. 
O’qituvchi qiziqarli, eng munosib, eng qulay tushuntirish usulini tanlashi
lozim.   Individual   ta’lim   berish   ma’nosi   shundaki,   o’qituvchi   sinfdagi
o’zlashtirishi turlicha bo’lgan o’kuvchilarga bir xil munosabatda bo’la olmaydi.
(Har   xil   munosabatda   bo’lish   ham   oson   emas,   buning   o’ziga   xos   xususiyatini
topa   bilish   kerak).   O’quvchilarni   yaxshi   o’rgangan   o’qituvchi   o’qitish   usulini
ham topa biladi. O’qiy olmaslik, bila olmaslik o’quvchining doimiy holati emas,
u ta’lim jarayonida asta-sekin rivojlanib, o’sib, o’zgarib boradi. Bu ichki ruhiy
holatning o’zgarib borishi bilan bog’liq. 
O’quvchining  o’ziga nisbatan   bo’lgan  talabchanligini o’zgartirish  uning
mahoratiga, ishga munosabatiga bog’liq.
Shuni   ham   bilishimiz,   hisobga   olishimiz   kerakki,   o’quvchining
individual   rivojlanishining   genetik 1   (irsiyat)   jihatdan   shartli   ravishda   ilmiy
g’oyalarga   asoslanadi.   (Bolalar   qobiliyatlarining   tengsizligini   belgilab   berishi
hayotiy   hodisadir).   Hayotda   uchraydigan   voqyea   hodisalardan   yana   biri,
masalan,   bir   o’quvchi   rasm   chizishda   a’lo,   o’zi   zo’rg’a   o’qiydi,   ikkinchi
o’quvchi   esa   fizikani,   uchinchi   o’quvchi   adabiyotni   berilib   o’qiydi,   o’zining
bilimi bilan (ko’rsatilgan fanlardan boshqalardan ajralib turadi. 
Bularning   boshqa   fanlardan   bilimi   o’rtacha).   Bunday   o’quvchilar   bilan
fan  o’qituvchilari  alohida  ishlashlari  zarur.  Ayrim o’quvchilar  ortiqcha  mehnat
sarf   qilmay   ham   qisqa   muddat   ichida   yuksak   darajalarga   erishadi.   Boshqa
34 o’quvchi   esa   qanchalik   intilmasin,   harakat   qilmasin   yuqori   darajaga   ko’tarila
olmaydi. - Bugungi kunda hyech kim «Yomon o’quvchi yo’q, yomon o’qituvchi
bor»,   -   degan   fikrni   qabul   qilolmaydi.   Bu   muammoning   yechimi   ko’p   narsaga
bog’liq. To’g’ri 100% o’zlashtirish talab qilinadi. 
Bunga   tabiiy   holat   vijdonan   ishlash   bilan   erishish   kerak.   Sun’iy   yo’l
bilan   emas   (yomon   bahoni   qalamda   yaxshiga   aylantirish   yo’li   bilan   emas).
O’qiy olishlik – kishining individual xususiyatlari yig’indisi bo’lib, unga barcha
teng sharoitlarda ta’limning muvaffaqiyati o’zlashtirishda, fikrlash faoliyatining
xususiyatlari bilan bog’liqdir. (Z.I.Kalmakova). 
Shuni   ham   aytish   kerakki,   o’qiy   olishdagi   individual   farqlar   shu   qadar
kattaki,   har   xil   xususiyatga   ega   bo’lgan   o’quvchilar   uchun   bir   xilda   optimal
bo’lgan   umumiy   ta’lim   shart-sharoitlarini   yaratib   bo’lmaydi.   O’qishi   past
darajada   bo’lgan   (yoki   sekin   rivojlanuvchi)   o’quvchilarning   psixologik
xususiyatlarini,   shuningdek,   ularning   shaxsiga   oid   ba’zi   xususiyatlarini
sinchiklab   tahlil   qilish   asosida,   umuman,   o’zlashtirmaslikning   oldini   olish   va
unga barham berish yo’llari psixologik tomondan asoslab berilgan. 
Yuqoridagi   holat   aqliy   faoliyat   davrida   haddan   tashqari   charchashdan
ham   kelib   chiqadi   (ayniqsa,   sekin   o’zlashtiruvchi,   passivlarda),   buni   hisobga
olish   zarur.   Shuning   uchun   o’qishni   bilishga   oid   qiziqishlarni   rivojlantirishga
qaratilgan ta’limning qiziqarli usullariga ko’proq e’tibor berilishi kerak. 
Bu   o’quvchilar   bilan   ishlashda   ularning   aqliy   rivojlanishi   faol   ta’sir
ko’rsatish   tamoyil   bo’lmog’i   zarur.   To’g’ri   ta’lim   berish   hamisha
o’quvchilarning   ma’naviy   tomondan   o’sishiga,   yuksalishiga   yaqindan   yordam
beradi. Vazifamiz o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan
shart-sharoitlarni yaratish va ZPTdan unumli foydalanish,   ya’ni ta’limning turli
usullaridan ijodiy foydalanish shu kunning talabi. 
Ta’limni   tashkil   etishga   nisbatan   innovasion   yondashuvlvr   mazmuni
zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim
maqsadi,   mazmuni,   shakl,   uslub   va   vositalari   ta’lim   jarayonlari   mazmunini
35 tahlil   qilish   uchun   qo’llanilgan   an’anaviy   kategoriyalar   bo’lib   hisoblanadi.
Aynan   shu   kategoriyalar   ma’lum   predmet,   mutaxassislik   yoki   ixtisoslik
bo’yicha   o’vuv-tarbiyaviy   jarayonni   tashkil   qiluvchi   pedagog   faoliyatining
predmeti sifatida yuzaga chiqadi. 
Pedagogik   yordamning   asosiy   mohiyati   pedagogik   jarayonining   tafsifi,
uning   ma’lum   maqsadga   yo’naltirilganligi,   shuningdek,   shaxsni   shakllantirish
va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi. 
Pedagog   axborotlarni   e’lon   qilish,   ko’rsatish,   eslatish,   tushuncha   yoki
maslahat   berish,   yo’naltirish,   haqqoniylashtirish,   kengashish,   bartaraf   etish,
hamdardlik   qilish,   ilhomlantirish,   qiziqish   va   xurmatni   izhor   qilish,
talabchanlikni qo’llab-quvvatlash kabi ko’rinishlarda yordam beradi. Bu o’rinda
ta’lim  maqsadlarining  belgilanishi (kimga va nima  uchun?),  mazmunni tanlash
va   ishlab   chiqish   (nima?),   ta’lim   jarayonlarini   tashkil   qilish   (qanday?),   ta’lim
metod   va   vositalarining   belgilanishi   (nimalar   yordamida?),   shuningdek,
o’qituvchilar   malaka   darajasi   (kim?),   erishilgan   natijalarni   baxolash   metodi
(qanday   qo’l   bilan?)   inobatga   olinishi   lozim.   Keltirilgan   mezonlarining
majmuaviy   tarzda   qo’llanilishi   o’quv   jarayonlarining   mohiyati   va
texnologiyasini belgilab beradi. 
Pedagogik   vazifalarning   hal   etilishini   taminlovchi   o’qitish
texnologiyasini   loyihalashga   qaratilgan   o’qituvchi   faoliyatining   mazmuni
metod,   shakl   va   vositalar   asosida   shakllantiriladi.   O’qitish   jarayoniga   faoliyat
nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkil etish quyidagi
mantiqiy   ketma–ketlikka   asoslanishi   mumkin:   dastlab   o’quv   materiali
mazmunining   tavsifi,   uni   o’rganishdan   ko’zlangan   maqsad   (o’zlashtirish
darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo’yilish shartlari tahlil etiladi. 
So’ngra,   o’qitishning   mos   ravishdagi   metodlari   hamda   o’quvchilarning
bilish   faoliyatini   boshqarish   tizimi   ishlab   chiqariladi.   Shu   asosda   o’qitish
vositalarining ro’yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan metod va ta’lim
36 vositalarining   yaxlit   tizimi   tashkiliy   shakllar   bilan   uyg’unlashtiriladi,   ya’ni,
muayyan texnologiya ishlab chiqiladi.
  Umumlashgan   pedagogik   texnologiyalar   ma’lum   pisixo–pedagogik
asoslarda   qurilgan   “ sintetik   nazariya ”   sifatida   qaraladi.   Tatbiqiy   pedagogik
texnologiyalar oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga yo’naltirilgan kasbiy
tayyorgarlik   jarayonini   loyihalash   muammosini   metodik   jihatdan   hal   etishga
yo’naltiriladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tatbiqiy asosini shaxsiy
faoliyatli   yondashuv,   tanqidiy   –   ijodiy   fikrlash,   muammolarini   hal   etish,   qaror
qabul   qilish   va   jamoada   hamkorlikni   qaror   toptirishga   oid   pedagogik
texnologiyalarni   ishlab   chiqish   ehtiyoji   yuzaga   kelmoqda.   Ayni   vaqtda   ta’lim
muassasalari   amaliyotida   quyidagi   pedagogik   texnologiyalardan   samarali
foydalanmoqda: 
Pedagogik   texnologiya turi   maqsadi   mohiyati   mexanizmi  
Muammoli   o’qitish   o’quvchilarning   bilish   faolligi   hamda   ijodiy
mustaqilligini oshirish o’quvchilarga bilimlarni o’zlashtirish borasidagi faollikni
yuzaga   keltirishga   xizmat   qiluvchi   masalani   maqsadga   muvofiq,   ketma–   ket
berib   borish   Tadqiqotchilik   metodlari,   bilish   faoliyatiga   yo’naltirilgan
masalalarni   yechish   Mujassamlashirilgan   ta’lim   Shaxsning   his   qilish
xususiyatlariga   maksimal  darajada   yaqinlashtirilgan   ta’lim   jarayoni  tuzilmasini
yaratish   Mashg’ulotlarni   bloklarga   biriktirish   hisobiga   fanlarni   chuqur
o’zlashtirishga erishish.
O’quvchilar   ish   qobiliyati   dinamikasini   hisobga   oluvchi   ta’lim
metodlari . 
Modul tizimi Ta’lim mazmunini shaxsning indvidual ehtiyojlari va uning
bazaviy   tayyorgarligi   darajasida   muvofiqlashtirish   O’uvchilarning   individual
o’quv   dasturi   assosida   mustaqil   ishlari   Muammoli   yondashuvni   amalga
oshirishning   individual   maromi   Rivojlantiruvchi   ta’lim   Shaxs   va   uning
qobiliyatlarni   rivojlantirish   O’quv   jarayonini   shaxsning   ichki   imkoniyatlari   va
ularni   ro’yobga   chiqarishga   yo’naltirish   O’quvchilar   faoliyatini   turli   sohalarga
37 yo’naltirish   Differensiyalashgan   ta’lim   O’quvchilarning   layoqati,   qiziqish   va
qobiliyatlarini   aniqlash   uchun   qulay   sharoitlarni   Turli   o’zlashtirish   darajalari
bo’yicha   majburiy   me’yor   Individual   ta’lim   metodlari   yaratish   (standart)dan
kam   bo’lmagan   hajmdagi   dastur   materialini   o’zlashtirish   Faol   o’qitish
(majmuaviy   ta’lim)   O’quvchilar   faolligini   yuzaga   keltirish   Bo’lajak   kasbiy
faoliyatning   predmetli   va   ijtimoiy   mazmunini   modellashtirish   Faol   o’qitish
metodlari   O’yin   texnologiyalari   Bilim,   ko’nikma   va   malakalarni
o’zlashtirishning   shaxsiy   faoliyat   tavsifida   bo’lishini   ta’minlash   O’quv
axborotlarini   qayta   ishlash   va   o’zlashtirishga   yo’naltirilgan   mustaqil   bilish
faoliyati O’quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etishning o’yin metodlari Shunday
qilib,   avvaldan   loyihalashtirilgan   ta’lim–tarbiya   jarayonining   pedagogik
texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, ta’lim metodik usullari, maqsad, vositalari,
o’qituvchilarning   birgalikda   faoliyat   ko’rsatish   imkoniyatlari   hamda   yakuniy
natijalarga   erishish   borasidagi   majmuani   mujassamlashtiradi.   Ta’lim   jarayoni
ta’lim texnologiyasining asosini,  yadrosini tashkil etadi hamda ta’lim  maqsadi,
ta’lim   mazmuni,   o’quvchi,   ta’lim   shakli,   metod,   vositalar   va   ta’lim   beruvchi
kabi unsurlardan iborat tizim sifatida nomayon bo’ladi. 
Ta’lim   jarayoni   bir   necha   shartlarga   muvofiq   tashkil   etiladi.   Ular
quyidagilardir: 
1. Ta’lim olish, muayyan nazariy hamda amaliy bilimlarni uzlashtirishga
bo’lgan ijtimoiy (yoki shaxsiy) ehtiyojlarning yuzaga kelishi (TE). 
2.   Ta’lim   olish,   muayyan   nazariy   hamda   amaliy   bilimlarni
o’zlashtirishga nisbatan rag’batning uyg’onishi (TR); 
3. O’quvchining o’quv-bilish faoliyati mazmuni (O’FM)ni belgilash. 
4.   O’quvchining   o’quv-bilish   faoliyatini   boshqarish   (O’FB)ni   yo’lga
qo’yish omillarining mavjudligi. 
Ta’lim   texnologiyasining   funksional   tuzilmasi   bevosita   ta’lim
jarayonining   mohiyatining   to’laqonli   yoritishga   xizmat   qiladi   Ya’ni,   ushbu
tuzilma o’zida ta’lim jarayonining umumiy ko’rinishi (tashkiliy shakli va ichki
38 mohiyati), obrazini ifoda etadi. Ta’lim texnologiyasining funksional tuzilmasini
tasvir orqali quydagichia aks ettirishga harakat qildik. 
Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan
biri-   ijtimoiy   raqobatning   paydo   bo’lishidir.   Ijtimoiy   raqobat   mavjud   bo’lgan
sharoitda   mo’tadil   faoliyat   yuritish,raqobatga   nisbatan   ishchanlik   immunitetini
hosil   qilish   manfaatlar   to’qnashuvida   “omon”   qolish,   yuqori   mavqyega   ega
bo’lish uchun imkoniyat yaratadi. 
Shu   bois   fuqarolarda   ta’lim   olish,   nazariy   va   amaliy   bilimlarni
o’zlashtirishga   nisbatan   ongli   yondashuv   hissi   qaror   topmoqda.   Bu   esa   ularda
ta’lim   olishga   bo’lgan   rag’batni   hosil   qilmoqda.   Endilikda   ta’lim   olish,
muayyan   kasb-hunar   yoki   mutaxasislik   ma’lumotlarini   egallash,   bu   borada
ma’lum ko’nikma va malakalarini shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda.
Ta’lim   olishga   bo’lgan   rag’bat   va   uning   mazmuni   ta’lim   jarayoni
muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo’la oladi. 
Ta’lim  olishga  bo’lgan   rag’bat  o’quvchi  hamda  o’qituvchi  ishtirokidagi
o’quv-bilish   faogiyati   asosining   shakillanishida   ham   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Yaqin   o’tmishda   o’quvchining   ta’lim   jarayonidagi   ishtiroki   nazariy
bilimlarni   qabul   qilib   oluvchi   va   o’zlashtirilgan   nazariy   bilimlar,   amaliy
ko’nikmalarni   namoyish   etuvchi   subyekt   sifatidagi   roli   bilan   aifoyalangan
bo’lsa,   ta’lim   texnalogiyasi   talablariga   ko’ra   o’quvchi   ta’lim   jarayonining
yetakchi   subyekt,   asosiy   ijrochisi   sifatida   ko’riniladi.   Endilikda   o’quvchi
o’qituvchi   tomonidan   uzatilayotgan   axborot   (bilim)larni   qabul   qilmaydi.   Balki
ta’lim beruvchining yo’llanmasi, ko’rsatmasiga qarab bilim oladi. 
39 XULOSA
O`zbekistonda ta`lim-tarbiya soxasini  islox qilishning asosiy omillaridan biri
“shaxs   manfaati   va   ta`lim   ustuvorligi“dir.   Bu   omil   davlatimizning   ijtimoiy
siyosatini belgilab berganligi tufayli ta`limning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz   tomonidan   bu   modelni   amalga   oshirish   bilan   hayotimiz
jabxalarida   ruy   beradigan   “portlash   effekti“   natijalari   ruy-rost   ko`rsatib   berildi,
ya`ni: 
-   ijtimoiy-siyosiy   iqlimga   ijobiy   ta`sir   qiladi   va   natijada   mamlakatimizdagi
mavjud muhit butunlay o`zgaradi.;
- insonning hayotidan o`z o`rnini topish jarayoni tezlashadi;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi;
-jamiyatimizning   potensial   kuchlarini   ruyobga   chiqarishda   juda   katta
ahamiyat kasb etadi;
- fuqarolik jamiyati qurishni ta`minlaydi, model vositasida dunyodan munosib
o`rin olishga, o`zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi . 
“Portlash   effekti“   sari   shijoat   bilan     qadam   tashlash,   yo`llarda   uchraydigan
qiyinchiliklarni  bosqichma-bosqich va izchil  xal  etish masalalari  nafaqat  pedagog
nazariyachi   va   amaliyotchilarni   junbushga   keltiradi,   balki   jamiyatimizni   to`liq
pedagoglashtirish   muammosini   ijtimoiy   buyurtma   sifatida   keltirib   chiqaradi.
Demak,   jamiyatimizning   har   bir   fuqarosini   tarbiyashunoslik   asoslari   bilan
tanishtirish, yosh avlodni barkamol  inson qilib voyaga yetkazish jarayonini  yangi
pedagogik “qurol“ va vositalar bilan ta`minlash davr taqozosidir.
Pedagogik   texnologiya   (PT)   -   shunday   bilimlar   soxasiki,   ular   yordamida   3-
ming   yillikda   davlatimiz   ta`lim   soxasida   tub   burilishlar   yo`z   beradi,   o`qituvchi
faoliyati   yangilanadi,   talaba   yoshlarda   xurfikrlilik,   bilimga   chanqoqlik,   Vatanga
mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg`ulari tizimli ravishda shakllantiriladi 
40 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Adabiyot   o`qitish   metodikasi   (tuzuvchilar.   Q.Yo`ldoshev,   O.Madayev,
A.Abdurazzoqov).   Toshkent. 1994 yil.
2. Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.:      «Sharq»
1998
3. Bobokalonov   R,   Ne’matova   G.   Ona   tili   o’qitishning   yangi
texnologiyasi haqida. — T.: 1998. 4. 
4. http://  www.ziyonet.uz  
5. http:// www.pedagog.uz ;
6. Karimov I. Barkamol avlod orzusi. –T. «Sharq», 1999
7. Mirqosimova M. Adabiy ta`lim metodikasi. –T. 1993 
8. Nazarova S.  «O’zbek tili o’qitish metodikasi». «O’qituvchi», 1992.
9. Rahmatullaev   Sh.   va   boshq.   «O’zbek   tilining   imlo   lug’ati».   —   T.:
«O’qituvchi», 1995.
10. To`xliyev   B.   Adabiyot   o`qitish   metodikasi.   Toshkent   «Yangi   asr
avlodi», - 2006
11. To’xliyev   B .   va   boshqalar   «O’zbek   tili   o’qitish   metodikasi».   T.
2010. 
12. Yu.K.Babanskiy.   Hozirgi   zamon   umumiy   ta`lim   maktabida   o`qitish
metodlari. Toshkent. «O`qituvchi» 1990 yil.    
13. Ziyodova   T.   O’quvchilarni   mustaqil   fikrlashga   o’rgatish.   —   T.:
«O’qituvchi», 2000.
41

ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR 1

MAVZU: ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR MUNDARIJA: Kirish. O’qitish texnologiyalari haqida I.bob. Ona tilini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari fanning taraqqiyot bosqichlari II.bob. Ona tili va adabiyot ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari III.bob. Ona tili va adabiyot darslarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish. IV.bob. Shaxsning individual imkoniyatlari va innovatsion texnologiyalar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 2

KIRISH. O’QITISH TEXNOLOGIYALARI HAQIDA Muammoli, rivojlantiruvchi va evristik o’qitishning qiyosiy tavsiflari O’qitishdagi evristik yondoshuvlarni rivojlantirish va boyitish innovatsion didaktik tizimlar bilan bog’liq. Bunday tizimlar XX asrning ikkinchi yarmida rivojlana boshladi. O’qitishning evristik aspekti muammoli (A.V.Brushlinskiy, 1983) va rivojlantiruvchi (D.B.Elkonin, 1995; V.V.Davidov, 1986, 1996; L.V.Zankov 1986 va b.) o’qitish texnologiyalariga xos. O’qitishning bu ikki texnologiyasi 60-70-yillarda yalpi qo’llanadigan normativ yo’nalishli o’qitish usuliga muqobil bo’lib yuzaga chiqdi. Ta’lim tizimida o’quvchining rolini oshirish amaliyoti kiritila boshladi. Muammolilik printsipi axborot izlashni oddiy taqlid qilishdan boshlangan bo’lib, bunda o’qituvchi o’quvchining nimani izlashi lozimligini ilgaridan bilgan, o’quvchini to’g’ri javobga yo’naltirgan. Keyinchalik pedagogikaga ta’lim mahsuloti nafaqat o’quvchiga, balki o’qituvchi uchun ham noma’lum bo’lishi mumkin, degan g’oya kirib keldi (V.S.Bibler, 1975). Buning natijasida, o’qituvchi va o’quvchi bir xilda noma’lumlik vaziyatida bo’lib, o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida dialogli o’qitish metodikasi paydo bo’ldi (S.Yu.Kurganov, 1989). Muammolilik g’oyasi o’qitishda keng ko’lamda qo’llanila boshladi (V.G.Kudryavtsev,1991). Evristik o’qitishning uni muammoli va rivojlanuvchan o’qitishdan farqlovchi xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Muammoli o’qitish maqsadi – o’qituvchi tomonidan taklif etilgan, maxsus bilim orttirishga xizmat qiladigan masala – muammoni o’quvchilar o’z aql – idroklari bilan yechishdan iborat. Muammoli o’qitish metodikasiga ko’ra, o’qituvchi o’quvchilarni masalani yechishga yo’naltiradi. Ta’limda evristik yondoshish o’qituvchi va o’quvchini oldindan noma’lum bo’lgan natijaga erishishlarini ko’zlagani uchun muammoli o’qitish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi. Evristik o’qitish maqsadi o’tgan tajribani oddiy uzatish emas, balki o’quvchilarda mavjud ma’lumotlarga nisbatan yangi, kelajakni tuzishga 3

qaratilgan shaxsiy tajriba va uning mahsulini yaratish faoliyatiga erishishdan iborat. Demak, talabalar ma’lum yechimlarni o’zlashtirish bilan cheklanmasdan, faoliyat usullarini o’rganishlari lozim, shundagina ta’limdagi reproduktiv faoliyat ijodga ko’maklashishi mumkin. Muammoli o’qitish umumqabul etilgan shaklda, odatda, intellektual yondoshish talab etiladigan mavzu va fanlarda qo’llaniladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga va kasb – hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to’g’ri yo’l topa bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb – hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o’zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi. Ushbu pedagogik g’oya ta’lim oldiga: - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy – demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash milliy tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta’lim oluvchilarni ma’naviy–ahloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko’ndalang qilib qo’ydi. «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, «techne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha, o’rganish demakdir. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. Pedagogik texnologiya –ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli 4

metodlar majmuasidir. Pedagogik texnologiya ta’lim amaliyotida uchta darajada qo’llaniladi: 1 . Umumiy pedagogik daraja . Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’lim–tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum bir hudud, o’quv yurti tomonidan uzluksiz ta’lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy nazariy asoslari, printsiplari, amaliyotda qo’llashning umumiy xususiyatlari, shart–sharoitlarini ifodalaydi. Shu o’rinda qayd etish kerakki, uzluksiz ta’lim mazmuni orqali tegishli o’ziga xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilganligi sababli, pedagogik texnologiya ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim tushunchasiga sinonim hisoblanadi. Uningtarkibiga ta’lim–tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi. 2. Xususiy metodik daraja. Bunda pedagogik texnologiyaning muayyan bir predmet, kursni o’qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o’qitish vositalari, metodlari, shakllarining majmuasi tushuniladi. 3. Lokal (modul) daraja. Bunda talim – tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Unda o’quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish, o’quvchilar bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kabi masalalar ko’zda tutiladi. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir–birini to’ldiradi va taqozo etadi. Biz pedagogik texnologiyani qo’llash haqida so’z yuritishdan avval, pedagogik texnologiyaning didaktikada ishlab chiqilgan tasnifiga to’xtashni lozim topdik. Pedagogik texnologiyalar mazmuni, mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi: 5