“Dasturlash asoslari” fanini pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi
![Mavzu: “Dasturlash asoslari” fanini pedagogik va axborot
texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………….3
I bob. Dasturlash asoslari fanini tashkil etishda pedagogik va axborot
texnologiyalaridan foydalanish………...………………………………………...5
1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darslik yaratishning nazariy
asoslari……………………………………………………………..……..…..5
1.2. Dasturlash asoslari bo'yicha multimediyali o'rgatuvchi tizimni o'quv
jarayoniga joriy etish…………………………………………………………8
1.3. O'quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
Foydalanishni tadbiq etish …………………………………………….12
II bob. Dasturlash asoslari fanidan “Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va
ularning klassifikatsiyasi” mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish.. 15
2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha……………………..…..15
2.2. Mavzuning texnologik xaritasi……………………………………..19
2.3. Dasturlash asoslari fanidan ―Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning
klassifikatsiyasi mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarini o‘qitish ‖
metodikasi…………………………………………………………..…..20
Xulosa………………………………………………………………………..29
Adabiyotlar………………………………………………………………….30
1](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_1.png)
![Kirish.
Informatika atamasi lotincha information suzidan kelib chikkan bo`lib, u uzbekchada
tanishtirish, tushuntirish, bayon etish degan ma`nolarni anglatadi. O'z navbatida xabar-
axborot (informatsiyani)ni tasvirlash shakli bo`lib, u nutk, matn, tasvir, grafik, jadval,
videotasvir, tovush va x.k. kurinishlarda ifodalaniladi.
Umuman olganda, axborot – bu odamlar orasidagi , odamalar bilan EXMlar orasidagi,
jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma`lumot almashinuvi bo`lib, keng ma`noda ilmiy
tushunchadir. Informatika bu insoniyat ffaoliyatining bir soxasi bo`lib, u axborotni xosil
kilish, saklash va kompgyuter yordamida kayta ishlash degan ma`noni bildiradi.
Informatika suzi dastlab XIX asrning 60-yillarida Frantsiyada vujudga keldi. U
informatsiya va avtomatika suzlarini birlashtirishdan iborat bo`lib, ma`lumotlarni
avtomatik tarzda kayta ishlash degan ma`noni ifodalaydi. Ingliz tilida gapiruvchi
mamlakaatlarda bu fan ―Computer science deb ataladi. Mustakil fan sifatgida‖
informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtgimoiy va boshka soxalarda
boshkarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – kibernetika fani asosida shakllandi.
Informatikaning asosiy vazifasi –axborotning kayta ishlashning yangi usullari va
vositalarini yaratish xamda ularni amaliyo1tda kullashdan iboratdir. Informatika kuyidagi
masalalarni echadi:
- ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;
- axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani kayta ishlash uchun eng
yangi texnika va texnologiyalarni yaratish.
- Jamiyatning barcha jabxalarida kompgyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli
foydalanishning ilmiy va muxandislikmuammolarini echishning yaratish xamda ularni
tatbik etish.
Shartli ravishda informatika uchta uzaro boglik kismga bo`lish mumkin:
- apparatli texnika vositasi;
- dastur muxiti;
- algoritmlar muxiti.
2](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_2.png)
![Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chikarish, ya`ni inson faoliyatining
barcha soxalarida axborotni kompgyuter va telekommunikatsiyalar yordamida kayta
ishlash, uzatish bilan boglik bo`lgan yagona soxadir.
Uz navbatida insonning ixtiyoriy faoliyat dolirasi, shu bbilan fanning xar bir tarmogi ,
uxox ijtimoiy. Tabiiy bo`lsin, undagi axborot uzining maxsus tomonlari bilan
tavsiflaniladi. Masalan, iktisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida
gapiradjigan bo`lsak, bu shu soxa mutaxassislarining xizmat burchlavrining muvaffakiyatli
bajarishlari uchun zarur bo`lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma`lumotlar tuplami
bo`lib xisoblaniladi.
Axborot – bu anik va amalda kullaniluvchi ma`lumotdir. Ma`lumotlar esa xabarlar,
kuzatishlar, natijalarni uz ichiga oladi. Biror zaruriyat buyicha imkoniyat tugilganda
masalan narsa tugrisidagi bilimni oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Axborotning amalda kullanilishining zarur sharti uning uz vaktidaligi va adekvatligi.
Adekvatlik – bu olingan axborot asosida kurilgan obrazning haqikiy ob`ektga kanchalik
mosligini beradi va u uch xil formada ifodalaniladi:
- Sintaktik adekvatlik: bu axborotning uzatash tezligi, anikligi, kodlashtirish
sistemasi, tashki ta`sirlarning mavjudligi va shu kabilardan iborat.
- Semantik adekvatligi: uzatiladigan axborotning ma`naviy tarkibi, ob`ekt obraziga
va real kurinishiga mos kelishligi xisobiga olinadi;
- Pragmatik adekvatligi: olingan axborotning asosiy axborot bilan mos kelishligini
bildiradi.
I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy
asoslari
Respublikada elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga mo‘ljallangan axborot
texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o‘qitishni
tashkil etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar
3](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_3.png)
![yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda.
2006 yildan e'tiboran, elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishning uchinchi
bosqichi boshlanganiga qaramay ta'lim muassasalari uchun elektron darslikni
yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha ishlar ancha sust
ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, uning tuzilishi, o‘z ichiga
oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog‘liq. Elektron
o‘quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o‘quv jarayonida keng foydalanish
bosqichiga o‘tishda, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va ta'lim
muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb
vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish muhim masala
hisoblanadi. Shu o‘rinda, darslik atamasiga ta'rif berib o‘tsak maqsadga muvofiq
bo‘lar edi. Darslik - Davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik
talablari asosida belgilangan, milliy istiqol qoyasi singdirilgai, muayyan o‘quv
fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal
o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo‘nalishdarida foydalanish
imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz. Elektron darslik esa,
kompyuter texnologiyasiga asoslangin o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta'lim
olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama
samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidgi shakllarda ifodalanadi:
o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o‘quv materiallari verbal
(matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida; multimedia (multimedia —turli xil
aborot) qo‘llanmalar, yani ma'lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli,
video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi,
seziladigan) xususiyatli, o‘quvchi (talaba, tinglovchi)ni «ekran olamida»
stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan
qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda . Yangi asr ta'limini rivojlanish
tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng qo‘llash va
tarqatishdan iborat. Bu yo‘nalishda asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini
o‘z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot
4](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_4.png)
![texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq etilishi an'anaviy o‘qitish jarayonidan
o‘quvchining o‘zi ta'lim jarayonining borishini aniqlaydigan yangi jarayonga
o‘tishini ta'minlaydi. Elektron darsliklardan foydalangan holda tashkil etilgan
o‘qitish texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida keskin o‘zgarish qilishga qodir.
Ko‘pchilik iqtidorli o‘quvchilar o‘zlarining qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda
mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta'limning bunday tizimida
maktab va oliy ta'lim o‘qituvchilari bilimlarini o‘quvchilarga yetkazishda
anchagina qiyinchiliklarni yengishga to‘qri keladi. Hozirgi kunda ta'lim
muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim yetarlicha yo‘lga
qo‘yilmagan. Elektron darslikni yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan
bo‘lsa-da, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo‘lishdek ochiq
tizim mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-
sekin yo‘qolib boradi. Elektron darsliklarni yaratish juda murakkab jarayondir.
Ta'lim texnologiyasi qo‘llaniladigan o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi,
texnologiya qo‘llanish mazmunida o‘quvchilarning mustaqil ta'lim olish
qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv faoliyati asosida o‘qituvchi bilan
o‘quvchining hamkorligi yotadi.
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan
ishlashga mo‘ljallangan. O‘quvchi o‘zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning
tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik
o‘quvchining bilim olishini vaqt bo‘yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham
o‘quv materialini o‘zlashtirish vaqti o‘quvchining hoxishiga ko‘ra qisqarishi yoki
uzayishi mumkin. Elektron darslik o‘quvchilarga axborotni o‘qish, ma'ruzalarni
eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan vazifalarii bajarish,
o‘z bilimlarini tekshirish va, zarur hollarda, ularni to‘ldirish, o‘z-o‘zini nazorat
qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. Elektron darslik o‘z ichiga
trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi
va bir vaqtda o‘zida bilim berish va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini
aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, u
5](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_5.png)
![kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilishni tashkil etuvchi,
olingan bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan mashqlar, o‘quvchilarning
bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan testlar kabi uchta komponent
bo‘lishini talab etadi. Kompyuterga mo‘ljallangan darslik: bir zumda teskari
aloqani ta'minlashi; zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi; gipermatnli
tushuntirishlarga ko‘p marta murojaat qilishda vaqtni tejashi; ekranga matnni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali
ovozli tahlil qilishi va modellashtirishi; aniq bir bo‘lim bo‘yicha o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish;
zarur o‘quv axborotlarini yangilash imkoniyatining mavjudligi bilan an'anaviy
darsliklardan tubdan farq qiladi.
Elektron darslik, shuningdek, o‘quv materiallarini ilmiy va ko‘rgazmali qilib
tasvirlash; tahliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to‘la, tizimli va mantiqiy
ketmaketlikda tasvirlash, o‘quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi
muammoli; o‘quv materialini o‘zlashtirilishining mustahkamligi; ta'limni
differentsiallashgan va individuallashtirilganligi; moslanuvchanligi va emotsional
ta'sirchanligi kabi psihologo- pedagogik; to‘la didaktik ta'lim davriyliligi,
ta'limning interfaolligi, teskari aloqa, o‘z-o‘zini boshqarish vazifalarini amalga
oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi
mustaqil faoliyat jarayonida darslik bilan ishlash imkoniyati; ishlashda qulaylik;
katta xajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o‘quv adabiyoti bilan ishlash
uchun zarur maxsus texnik jixozlarning (masalan, kompyuterlarning) mavjudligi
kabi tashkiliy- texnologiik imkoniyatlar bo‘lishini taqozo etadi. Nashr etilgan
o‘quv materiallarining yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an'anaviy darslik,
dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar tajribada qiuoslab
ko‘ilganda, eng ko‘zga ko‘ringan belgilarni oxirgi tur (multimediali) o‘quv
qo‘llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. Xulosa qilib aytganda, ta'lim
muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan
elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim: predmetdagi
6](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_6.png)
![axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi; o‘quv predmetining tuzilishidagi
elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio- va videoizoxdarga asosiy
mavzularning mos kelishi; matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning
asosiy bo‘limlari bo‘yicha o‘qituvchilarning o‘quv materiallarining video-yoki
audioyozuvli bayonlarini berilishi; rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish
tizimiga ega bo‘lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilishi; ko‘p oynalik
interfeysning qo‘llanilishi; matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga
mo‘ljallangan gipermatn tizimining mavjudligi; matn bilan tushuntirish kiyin
bo‘lgan predmetning boblari kushimcha videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan
ta'minlanishi; audioaxborotlar musika bilan olib borilishi; o‘quvchilar sinf va
sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo‘lgan vazifa va mashqlarning, shuningdek,
ularning javoblarining berilishi; asosiy tushuncha va modullarning izoxli
lug‘atining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak.
1.2. Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv
jarayoniga joriy etish
Dasturlash asoslarini o‘rgatish oliy ta‘lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishi
bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan
asosiy maqsad, olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o‘zlashtirish
uchun fundament hosil qilishdan iborat. Masalan, axborot tizimlari, axborot
tizimlarini loyihalash, informatika va dasturlash usullari bo‘yicha yuqori darajali
bilimlarni olishga imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ushbu maqolada yuqorida
keltirilgan dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizim va undan
foydalanuvchilarni dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi multimediali o‘quv kurslaridan
tashkil topgan o‘rgatuvchi izimni ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish
tajribalari haqida fikr yuritamiz.
Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi:
- dasturlash asoslari bo‘yicha tarmoq texnologiyalari asosida (on-line
rejimida) bilim olish;
7](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_7.png)
![- talabaga qulay bo‘lgan vaqt va joyda bilim olish;
- olingan bilimlarni shu vaqtning o‘zida amaliyotda sinovdan o‘tkazish va
baholash;
- bilim olish jarayonida tu ғ ilgan muammolar bo‘yicha ta‘lim beruvchi bilan
tarmoq orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish;
- zamonaviy vositalarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish;
- kommunikatsiya vositalari yordamida elektron o‘quv qo‘llanmalarni
tezkorlik bilan yetkazib berish va olish;
- ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‘rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etish
va h.k.
Shu bilan birgalikda, dunyo miqyosida sinovdan o‘tkazilayotgan va
respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta‘lim
tizimini qo‘llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatlari
tu ғ iladi. Dasturlash asoslarini o‘rganuvchilar uchun multimediali o‘quv
tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan mediata‘lim tizimini
joriy etishga asos bo‘ladi va talab darajasida tizimni qo‘llash uchun ma‘lumotlar
bazasi shakllanib boradi. Asosiy maqsad esa, sinovdan o‘tkazish jarayonidayoq
dasturlash bo‘yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‘shimcha ravishda)
yetkazib berish imkoniyatlari tu ғ iladi.
Ishlab chiqilgan dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi tizim Web-
platformaga asoslangan bo‘lib, tizimdan foydalanuvchilar on-layn rejimida
―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. № 5, yul, 2012‖
yil 2 Internet tarmo ғ i orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan. Internet orqali
taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha turga ajratish mumkin:
- umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib
oluvchi – erkin foydalanuvchilar;
- tizim orqali e‘lon qilingan dasturlash bo‘yicha musobaqada ishtirok
etuvchilar – dasturchilar va hokazo;
- tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi – talabalar;
8](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_8.png)
![- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar.
Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi, ya‘ni
faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va
amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va dastur
natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Har bir dars nazariy materiallar, amaliy mash ғ ulotlar uchun multimediali
mash ғ ulotlar va bilimlarni nazorat qilish uchun test-nazorat tizimlaridan tashkil
topgan. Dastur natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy va amaliy
mash ғ ulotlardan keyin taklif etilgan test topshiriqlaridan (75 %dan) yuqori natija
ko‘rsatgan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars mash ғ uloti uchun
olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va berilgan
bilimlarga mos dasturlash bo‘yicha masalalar taklif etiladi. Shu bilan birgalikda
nazorat tizimida past ko‘rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‘lgan ta‘lim oluvchilar
uchun qayta o‘zlashtirishga mo‘ljallangan yordamchi bilimlar taklif etiladi.
YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi qo‘shimcha nazariy
materiallarning multimediali shakllaridan, ikkinchi qismi esa dasturlash bo‘yicha
algoritmlash, dastur matnini tanlangan tilda shakllantirish kabi amallarni
o‘rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan.
Yordamchi bilim sifatida taklif etiladigan virtual modellar quyidagilarni
o‘zida qamrab oladi:
- dasturlash bo‘yicha aniq bir masalaning algoritmi;
- ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko‘rinishi; - algoritmning
bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga mosligini
ta‘minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan); - foydalanuvchi bilan
interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar (aniq masalalarni dasturlash
bo‘yicha topshiriqlar).
Dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi tizimni joriy qilish natijasida quyidagi
maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin:
9](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_9.png)
![1) dasturlashga oid fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlarning
o‘zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish; 2)
talabalarni dasturlash bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlash;
3) talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazish;
4) talabalarning dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirish.
Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi:
1) Ta‘lim muassasasi lokal tarmo ғ ida fanlarni o‘qitishda amaliy va laboratoriya
mash ғ ulotlari jarayonida foydalanish rejimi.
2) Internet tarmo ғ ida on-layn rejimida bilimlarni mustaqil tekshirish uchun
qo‘llaniladigan rejim.
Dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizimning ishlash prinsiplari
quyidagicha: har bir tizimga kirish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan foydalanuvchi
(talaba, o‘qituvchi yoki administrator) uchun maxsus interfeys mavjud.
Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashini faqat ma‘lumotlar bazasidagi mavjud
parametrlar orqali cheklashi mumkin.
Foydalanuvchi interfeysi ma‘lumotlar bazasi bilan bo ғ liq holda
foydalanuvchining hisob yozuvlari, masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun
testlar to‘plami va boshqa tizimli ma‘lumotlar bilan ishlaydi. Masalalar
yechimlarini tekshiruvchi ChEKKER alohida tizim administratori tomonidan ishga
tushiriladi, bu ChEKKER yechimni qabul qilib tekshiruv amallarini bajaradi.
Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker qism-tizimi tashkil etadi. Bu
qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan:
1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga uzatish moduli;
2) kompilyatsiya qilingan yechimni ma‘lumotlar bazasiga joylashtiruvchi modul;
3) kompilyatsiya qilingan yangi yechimlar potogini navbatga qo‘yish; 4)
ma‘lumotlar bazasidagi testlar bazasi bilan yechim (kompilyatsiya qilingan)ni
taqqoslash va natijani foydalanuvchiga uzatish moduli.
10](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_10.png)
![Umuman olganda, dasturlash bo‘yicha multimediali o‘rgatuvchi tizim
klient-server texnologiyasi asosida (taqsimlanuvchi rejimda) ishlab
chiqilgan.
1.3. O’quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni tadbiq etish
O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da ta‘lim‖
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash,
o‘quv tarbiya jarayonini yangi o‘quv uslubiy majmualar, il ғ or pedagogik
texnologiyalar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‘lim
tizimini jaxon axborot tarmo ғ iga ulanadigan kompyuter axborot tarmo ғ i bilan
to‘liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, dasturda kadrlar
tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta qurish
nazarda tutiladi deb ta‘kidlangan.
Axborot texnologiyalari jaxonda jadal sur‘atlar bilan rivojlanib takomillashib
borayotgan sohadir. Bu sohaning rivoji uchun bizni buyuk ajdodlarimizning ilmiy
kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu xaqida prezidentimiz I.A. Karimov
o‘zining ―YUksak ma‘naviyat – yengilmas kuch asarida quyidagi fikrlarni keltiri
‖
bo‘ladi: … shu nuqtai nazardan qaraganda zaminimizda yashab o‘tgan buyuk
‖
allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli xayoti va ilmiy faoliyati, bemisl
ilmiy-ijodiyot kashfiyotlari bugun ham jaxon abgor ommasini xayratga
solayotganini ғ urur bilan ta‘kidlash lozim . Ta‘lim isloxotlari amalga
‖
oshirilayotgan xozirgi davrda har bir fanni o‘qitish mazmunini qayta tahlildan
o‘tkazish va buni tubdan islox qilish nuqtai nazardan yondashuv zarur bo‘ladi.
O‘qitish tizimida ―Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish ning asosiy
‖
maqsadi – o‘quvchi va talabalarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va
ulardan foydalanish jarayonlari xaqida puxta va ongli ravishda o‘zlashtirish uchun
11](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_11.png)
![bilim asoslarini berishni ta‘minlashdan, ularga o‘quv va ish faoliyatlarida
kompyuterlardan oqilona foydalanish ko‘nikma va malakalarini berishdan, shular
asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan
xissasi to‘ ғ risida tasavvur xosil qilishdan iborat. Ta‘lim tizimida axborot,
innovatsion va pedagogik texnologiyalarni o‘rganishga ajratilgan soatlarni
talabalarga shunday yetkazish kerakki, ular bu kurslardan so‘ng bemalol axborot
kommnikatsiya texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalardan ishlab
chiqarish jarayonida foydalana oladigan bo‘lishlari lozim.
Talabalarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malalkalar bazasida iloji boricha
nazariy qismi, ya‘ni ―Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ularning
turlari. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari.
Microsoft Office dasturlaridan foydalanish hamda innovatsion axborot
texnologiyalari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishlarni ham
nazarda tutadi. Mash ғ ulot (dars) o‘tish uchun zarur o‘quv materiallarni tayyorlash
va qayta ishlash va ―Ta‘lim jarayoni sifatini aniqlovchi dasturlar. Talabalar‖
bilimini baxolash va nazorat (test) dasturiy ta‘minot turlari va ulardan foydalanish
metodikasi mutaxassislar tomonidan ma‘ruza- suxbat tarzida o‘tiladi. Tayanch
‖
manbalar bazasida o‘tiladigan axborot kommunikatsiya texnologiyalari to‘li ғ icha
amaliy mash ғ ulot tariqasida o‘tilib asosan: fanda axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish, ―MS Word dasturida elektron dars
‖
ishlanmalarini yaratish, ―MS Excel dasturi yordamida statistik ma‘lumot va
‖
materiallarni qayta ishlash, ―MS Power Point dasturi yordamida dars
‖
(mash ғ ulot) taqdimotlarini yaratish texnologiyalarini, ―Paint dasturi yordamida
‖
har xil chizma va shakllarni ishlab chiqish talabalarga to‘liq o‘rgatiladi.
Bu yerda asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni
to‘liq o‘zlashtirgan xolda ishlab chiqarishda bu dastur materialllari va
ma‘lumotlaridan foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida
doimiy turadi. Qachonki, talabalar kompyuter texnikasidan, axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal o‘rganib, olgan
12](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_12.png)
![bilimlarini mustaxkamlashda, ulardan tegishli xulosalar chiqarishda, kompyuter
grafikalaridan foydalanishda, axborot kommunikatsiya materiallaridan o‘quv
jarayonida foydalanish tizimlarini o‘rganib olmagunlaricha. O‘zimizga ma‘lumki
xozirgi zamonda axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz, yangi pedagogik,
innovatsion texnologiyalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Oliy ta‘lim
professoro‘qituvchilariga pedagogik texnologiyalardan foydalanish interfaol
usullarda darsa (mash ғ ulot) o‘tishni o‘rgatishdan asosiy maqsad, pedagoglar bu
usullarni o‘rganish davomida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha barcha
o‘zlashtirgan innovatsion texnologiyalarni (interfaol usullarni) mutaxassislik
bo‘yicha o‘tiladigan fan mavzulariga tadbiq qilgan xolda dars (mash ғ ulot) olib
borishga o‘rgatishdan iborat. Bu o‘rinda Far ғ ona politexnika instituti. Geodeziya,
kartografiya va kadastr yo‘nalishi talabalariga ta‘lim-tarbiya berishda kafedra
professor-o‘qituvchilari internet ma‘lumotlaridan,
GPS qurilmasi materiallaridan. elektron taxiometr yordamida amallar
bajarish bo‘yicha texnologik materiallardan keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilarning sa‘yi harakatlari natijasida talabalarda
mutaxassislikka nisbatan qiziqish rivojlanib bormoqda.Ta‘lim jarayoniga
pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini kirib kelishi o‘z navbatida
ularda ma‘lumotlar olish, berish, jo‘natish tizimlarini mukammal o‘rganib
olishlariga olib keldi va bu xolat shu kunlarda ham davom etmoqda. YUqoridagi
kabi bu masala ham fan o‘qituvchilari va uquvchi-talabalar pedagogik
texnologiyalarni to‘liq o‘zlashtirib olmagunlarigacha kun tartibidan yechilmaydi.
Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uni
amaliyotda qo‘llashni o‘rganish shu kunning dolzarb masalalaridandir.
13](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_13.png)
![II BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANIDAN “DASTURLASH
ASOSLARI. DASTURLASH TILLARI VA ULARNING
KLASSIFIKATSIYASI” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI.
2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha
Camtasia Studio dasturi o‗zining interfeysi, juda ko‗plab formatlari, video
fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‗yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi
bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayl? larni ham yaratish
mumkin. Dars yozish davo? mida ekranning kerakli joyini alohida ajratib
ko‗rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi
dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi. Camtasia Studio dasturi to‗rtta yordamchi
qismlardan iborat: Camtasia MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va
Camtasia Recorder. Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder
hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio
dasturi oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud
bo‗lib, u orqali audio va video fayllar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin.
Bular jumlasiga fayllarni bir-biriga bog‗lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash
kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‗lgan fayllar
ro‗yxatini ko‗rsatuvchi « Корзина клипов » (Clip Bin) qismi joylashgan. Shu
fayllarni o‗ng tarafdagi videopleyerda ko‗rish mumkin. Bu kichkinagina
Camtasia Player dasturi faqatgina bitta vazifani bajaradi — AVI fayllarini
namoyish etadi.
Ishning borishi
Dastlab qiladigan ishimiz Camtasia Studio dasturini ishga tushiramiz. Quida
uning ish stoli ko'rsatilgan.
14](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_14.png)
![Camtasia Studio ishchi paneli bilan tanishishni boshlaymiz.
Bu ikki bo'lim ekranda bo'ladigan jarayonlarni rasmga
tushirib , ovozini yozib ularni birlashtirib vidio fayl
yaratish uchun ishlatiladi. Ikkinchisi aynan
powerpointda bo'ladigan voqealarni yozib oladi.
Add panelidagi import media bo'limi yozib olingan vidio
faylni import qilish vazifasini bajaradi. Title clips
bo'limida vidio faylning kirish qismiga har xil yozuvlarni
chiqarish vazifasini bajaradi. Voice norration bo'limi
orqali yozilgan vidio faylimizni biron joyida ovozini defekti bo'ladigan bo'lsa biz
osha joyini oçhirib hamda o'chirmasdan ustidan to'g'rilab yozishimiz mumkin.
Record camera orqali biz web kameradan foydalanishimiz mumkin. Edit
panelidagi audio enhancements bolimida tovush
tebranishlarini to'g'irlaydi ya'ni undagi shovqinlarni
kamaytiradi. Zoom-n-pan bo'limi orqali kerakli joyini
yaqinlashtirib va o'z xoliga qaytarishimiz mumkin.
Callouts bo'limi orqali vidio fayl da qo'shimcha oyna
hosil
15](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_15.png)
![qilishimiz mumkin. Transitions bo'limida har xil perexodlarni berishimiz
mumkin. Captions bo'limida vidio faylning tagiga o'zimizga kerakli bo'lgan
yozuvlarni chiqarishimiz mumkin. Flash quiz and survery bo'limi orqali biz vidio
faylimizga har xil savollarni, testlarni joylashtirishimiz mumkin.
Produce panelining Produce vidio as bo'limida biz
yozib olgan vidio faylimizni qanday qilib va qanday
formatda saqlashimizni tanlaymiz. Create CD menu vidio
fayllarni
CD disklarga, Create web menu esa web saxifalarga menu
shaklida yozish uchun mo'ljallangan.
O'quv multimediyali ilovalar yaratish
Buning uchun biz yuqoridagi record panelidan foydalanishimiz mumkin yoki
bo'lmasa dastur ishga tushgan paytida quidagi oyna chiqadi. Shu oyna orqali ham
vidio ilovalarni yozishni boshlashimiz mumkin.
Record the screen bosadigan bo'lsak quidagi oyna chiqadi oyna chiqadi. Bu
oyna orqali biz ekranning qancha yoki qanday qismini vidioga olishimiz
mumkinligini tanlashimiz mumkin. Undan tashqari camera tugmasini bosish orqali
biz veb kamerani ishga tushirib undan foydalanishimiz mumkin. Audio tugmasi
esa ovoz bilan yozish yoki yozmaslikni tanlash imkoniyatini beradi. Rec tugmasini
bosishimiz bilan tasvirga olish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonni to'xtatish uchun
f10 tugmasini bosish yetarli.
16](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_16.png)
![F10 tugmasi bosilgandan so'ng quidagi oyna chiqadi. Bu oyna orqali vidio faylni
oçhirish, saqlash , o'zgartirish kabi vazifalarni bajarishimiz mumkin.
Bunday saqlashda biz vidio faylni ikki xil formatda saqlashimiz mumkin: *.camres
va *.avi.
17](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_17.png)
![2.2. Ma'ruzaning texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari Faoliyat mazmuni
Pedagog Talaba
I. Kirish (15
minut) 1.1. O`quv predmeti nomi bilan tanishtiriladi,
predmet xaqida dastlabki ma'lumotlar beriladi.
Mavzu nomi bilan tanishtiradi. O`tilayotgan
mavzu kirish ma'ruza tarzida tashkil etilishi e'lon
qiladi.
1. 2.Semestr davomida ―Dasturlash asoslari‖
kursi bo`yicha o`tiladigan mavzular, ularga
ajratilgan soatlar va talabalarni shu predmetni
o`zlashtirishdagi reyting tizimi (joriy, oraliq,
yakuniy nazorat ballari) bilan tanishtiriladi.
1.3. Bugungi mavzu nomi, rejasi bilan
tanishtiriladi va unga izox beriladi. Eshitadilar.
Yozib oladilar.
Eshitadilar,
yozib oladilar.
Eshitadilar.
II. Asosiy
bosqich (55
minut) 2.1. ―Dasturlash asoslari fanini predmeti,
‖
maqsadi va vazifalari xaqida umumiy tushuncha
beriladi. Birinchi rejani «insert» texnikasi orqali
taxlil qilish topshiriladi va ma'ruza matni
tarqatiladi, «insert» texnikasidan foydalanish
tushuntiriladi. Talabalar bajargan ishlari taxlil
qilinadi.
2.1. Dasturlash asoslari fanining asosiy
tarmoqlari xaqidagi ma'lumotlar bilan
talabalarni tanishtiriladi. Eshitadilar,
taxlil qiladilar.
Matnni ko`rib
chiqadilar va
berilgan
belgilarni qo`yib
chiqadilar.
Yozib oladilar.
III.
Yakunlovchi
bosqich (10
minut) 3. 1.Mavzuni uchta rejasi asosida xulosa qilib,
eng muhim ma'lumotlarga talabalar diqqatini jalb
qiladi.
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni
rag`batlantiradi.
3.3.Savollar berish orqali bilimlar
mustahkamlanadi.
3.4.Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beriladi:
mavzuning qolgan ikkita rejasini mustaqil
o`rganish. Tinglashadi,
savollar
berishadi.
Savol – javobda
qatnashadilar.
Yozib oladilar.
18](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_18.png)
![2.3. Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi
mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarni o'qitish metodikasi
Ma’ruza rejasi.
1. Dasturlash tili.
2. Dasturlash tillarining turlari: mashina tili, mnemonik (belgili) til va
yuqori darajali dasturlash tili.
3. Dasturlash tillarining asosiy elementlari.
Algoritmlarni dastur ko’rinishida yozilishi va bu ko’rinishdagi boshqa
yozuvlar bilan qanday farq qiladi?
Algoritmlarni so‘zlar orqali yoki blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash buyruqlar
yozilishida bir qancha ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.
Amaliyotda esa algoritm ijrochisi kompyuter hisoblanadi. Shuning uchun
kompyuter uchun to‘zilgan algoritm u «tushunadigan» tilda tasvirlanishi kerak.
Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq va to‘ ғ ri bajarishi uchun unga
beriladigan buyruqlar yozilishi aniq va ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi
lozim.
Shu sababli kompyuter tushunadigan til dasturlash tili , bu tilda yozilgan
algoritm esa kompyuter dasturi deyiladi. Dasturlash tillarining yaratilish tarixi
Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo
uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin
(eramizdan 1800-yillar) Vavilonda foiz (%) bilan bo ғ liq murakkab amallar
algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bugdoy yilda 20%
dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sish uchun necha yil va oy kerak
bo‘lishi algoritmi yozilgan.
XIX asr franso‘z kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato
ishlab chiqish jarayonida stanoklar uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan
va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
19](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_19.png)
![1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi
bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal
qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisobkitob
natijalarini «eslab» qolishida edi.
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) – shoir lord
Bayronning qizi – analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini
ta‘kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha qadamlar ketma-ketligini
ta‘minlovchi buyruqlarni yozdi. (Bu hozirgi kunda takrorlash (sikl) operatori
deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi.
Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur
bo‘lgan til yaratish talabini qo‘ydi.
Dunyo odamlari urtasidagi munosabatda yagona til bo‘lmaganidek, xilmaxil
kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, yagona
dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi.
Perfokarta Alan Tyuring
1955-1959 gg. Rossiyalik olimlar A.A. Lyapunov , S.S. Kamo’nin , E.Z.
Lyubimskiy , A.P. yershov , L.N. Korolev , V.M. Kurochkin , M.R. Shura-Bura
va boshqalar «dasturlovchi dasturlar» , ya‘ni translyatorga o‘xshash dastur
yaratdilar. V.V. Marto’nyuk esa dasturlarni yaratish va otladka qilishni
tezlashtirish maqsadida belgili kodlar sistemasini yaratdi.
1955-1959 gg. dasturlash nazariyasi ( A.A. Lyapunov , YU.I. YAnov , A.A.
Markov , L.A. Kalujin ) va sonli metodlarga ( V.M. Glushkov , A.A. Samarskiy ,
A.N. Tixonov ) asos solindi. Fikrlash mexanizmi sxemasini va genetika jarayonlari
20](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_20.png)
![modellashtirish, kasalliklar diagnostikasining algoritmlari ishlab chiqildi ( A.A.
Lyapunov , B.V. Gnedenko , N.M. Amosov , A.G. Ivaxnenko , V.A. Kovalevskiy i
dr.).
1957 g. Djon Bekus Fortran tilining asoschisi.
1959 g. O‘zoq yillar mobaynida dasturlashtirish sohasida o‘ziga xos
standartga aylangan Algol tili yaratildi.
1965 g. Djon Kemeni va Tomas Kurslar (Dortmund kolledji, AQSh)
tomonidan Beysik dasturlash tili yaratildi.
1970 g. Shveysar olimi Niklaus Virt Paskal dasturlash tilini ixtiro
qiladi.
1971 g. Franso‘z olimi Alan Kolmari mantiqiy dasturlash tili Prolog
(PROgramming in LOGic)ni yaratdi.
1972 g. Bell Laboratories xodimi Dennis Ritchi Si dasturlash tilini
yaratadi.
Altair Bill Geyts i Pol Allen
1975 g. YOsh dasturchi Pol Allen i Garvard universiteti talabasi Bill
Geytslar Altair kompyuteri uchun Beysik tilini ixtiro qildilar. Keyinchalik esa ular
jahonda dasturlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik Maykrosoft ( Microsoft )
firmasini to‘zadilar.
1979 g. SoftWare Arts firmasi VisiCalc (Visible Calculator) personal
kompyuterlar uchun dasturlar paketini yaratdi.
21](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_21.png)
![Dasturlash tillari yaratilishi bo’yicha uch guruhga bo’lish mumkin:
Dasturlash tili darajalari
Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har bir dasturlash
tili ma‘lum bir soha yoki yo‘nalishga oid masalalarni xal qilish uchun
mo‘ljallangan.
Bizga ma‘lumki, har qanday algoritm – ko‘rsatmalar ketma-ketligi, va bu
ko‘rsatmalar bajarilgandan so‘ng ma‘lum bir natijaga erishiladi. Dasturlash tili
darajasi buyruq va ko’rsatmalarning maydalashganlik darajasi (detalizatsiya
darajasi) bilan belgilanadi - qanchalik (detalizatsiya) kamroq va soddaroq
bo’lsa, shunchalik tilning darajasi yuqoriroq bo’ladi.
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita
bo ғ liq bo‘lib, buyruqlar ularning kodlari yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan
tashqil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrirlash ancha mushkul ish edi.
Dastlabki kompyuterlar (Eniak, MESM va boshqalar) ana shu tilda ishlar edi.
O’rta darajadagi dasturlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki
ba‘zi inson nutqiga yaqin so‘zlar ishlatila boshlandi va ular ko‘pincha assembler
tillari deb ham yuritiladi.
Mazkur tilning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida to‘zilgan dastur
boshqa tillarda to‘zilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi
tillarda bo‘lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSh,
MADLEN va boshqalar kiradi.
22
Dasturlash tillari
Quyi
darajadagi O‘rta
darajadagi Yuqori
darajadagi](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_22.png)
![Assembler tillarida buyruqlar qisqartirilgan so‘zlar yoki so‘zlar majmuidan
iborat bo‘lib, gohida ularni mnemokodlar deb ham atashadi.
Yuqori darajadagi dasturlash tillari ancha rivojlangan to‘zilishga ega
bo‘lib, unda ishlatiladigan xizmatchi so‘zlar inson nutqiga juda yaqinlashtirilgan.
Mazkur tilda foydalanuvchi amallarni ketma-ket yozib boraveradi,
kompyuter esa uni kerakli ko‘rinishga o‘tkazib oladi.
Bu darajadagi tillar kompyuter texnik ta‘minotining rivojlanishi bilan bo ғ liq
va o‘z tarixiga ega.
Dastlabki bu darajadagi til Plankalkyul deb nomlanib, u 1946 yilda nemis
olimi Konrad So’ze tomonidan yaratildi.
Yaratilish yili Til nomi
1946 Plankalkyul
1949 Qisqacha kod
1950 ―Edsak assembler tili ‖
1950 AO
1953 Avtokod
1955 ―Tez kodlash
‖
1956 F-2, Flou-metik
1957 IPL-1, Mat-metik
1958 Fortran
1959 Algol 58, APT, LISP, Kobol
1960 Algol 60
1964 PLG‘1, Beysik
1965 Algol W
1967 Logo
1968 Algol 68
1969 APL
1970 Paskal
23](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_23.png)
![1971 Fort
1972 Prolog, Si
1979 Ada
1980 Smoltok
1981 Modula-2
Dasturlash tillari darajalarini quyidagi kriteriyalar bo‘yicha ajratish mumkin:
• mashina tili;
• assembleplar;
• yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Mashina tili va assemblerlar – quyi darajadagi dasturlash tillari hisoblanadilar.
Bu tillar yordamida dastur to‘zilganda ma‘lumotlarni qayta ishlash ularni tahrirlash
ancha mushkulroq kechadi.
YUqori darajadagi dasturlash tillari quyidagi turlarga bo‘linadilar:
• Algoritmik (Basic, Pascal, C va b.);
• mantiqiy (Prolog, Lisp va b.);
• Ob’ektga yo’naltirilgan (Object Pascal, CQQ, Java va b.);
Translyator, kompilyator va interpretator
Translyator (ingl. Translator — tarjimon) – biron-bir yuqori dasturlash tilida
to‘zilgan dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi dastur-tarjimon.
Translyatorlar kompilyator va interpretator ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Kompilyator va interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi.
Kompilyator (ingl. compiler — yi ғ uvchi) dasturni to’laligicha o‘qiydi va uni
tarjima qiladi (mashina tiliga o‘giradi). Masalan:
24](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_24.png)
![Turbo Basic va Turbo Pascal 7.0 dasturlash tillari – kompilyator
hisoblanadi.
Interpretator (ingl. interpreter — izohlovchi, o ғ zaki tarjimon) dasturni
tarjima qiladi va satrma-satr bajaradi.
Masalan:
Quick Basic dasturlash tillari – interpretator hisoblanadi.
Dastur kompilyatsiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur va
kompilyatorga ehtiyoj qolmaydi. Masalan, info.bas fayli kompilyatsiya qilingandan
so‘ng info.exe fayliga o‘zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz ham ishlashi mumkin.
Agar info.bas faylini interpretator qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi
uchun interpretator ishga tushishi shart. Shu sababli kompilyator va
interpretatorlarning ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi.
Kompililyatsiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lyokin interpretatsiya
qilinayotgan dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.
Har bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyatsiya
yoki interpretatsiyaga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Paskal dasturlash
tili o‘ta murakkab masalalar dasturini to‘zishga mo‘ljallangan bo‘lib, bunday
masalalarni yechish uchun esa dastur bajarilishi tezligi yuqori bo‘lishi talab
qilinadi.
Beysik dasturlash tili esa dasturlashni o‘rganuvchi va bu sohaga ilk qadam
bosayotganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr
amalga oshirilganligi sababli boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.
Ba‘zida bitta dasturlash tili uchun ham kompilyator , ham interpretator
mavjud. Bunday holda dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan
foydalaniladi, so‘ng esa dastur ishini tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyatsiya
qilinadi.
Ta'lim jarayonida qo'llanilgan metodlar «Ins е rt» m е todidan
foydalanilganda quyidagilarga e'tibor b е ring:
1.Ma'ruza matni xoshiyasida quyidagi b е lgilarni qoldirib o`qing:
V- o`zimdagi bilimlarga mos k е ladi.
25](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_25.png)
![- bilimlarimga qarama - qarshi k е ladi.
+ m е n uchun yangi ma'lumot.
? tushunarsiz # aniqlik talab qiladi # qo`shimcha ma'lumot.
2.Olingan ma'lumotlarni quyidagicha tablitsa ko`rinishida tartibga tushuring.
Mavzu savollari. V -
+ ?
1
2
3
4
« Tеzkor-so’rov» savollari.
1.
Masalani yechish uslubini ishlab chiqish, sonli usullarni
tanlash.
2. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.
3. Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash (tanlash).
4.
Dasturlash deganda nimani tushunasiz.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. Masala ―qachon to‘g‘ri qo‘yilgan deb xisoblanadi? ‖
2. Algoritm deb nimaga aytiladi?
3. Algoritm xossalarini aytib bering.
4. Algoritm xossalariga misollar keltiring
5. Algoritmlar turi va xususiyatlari xaqida axborot bering (blok-tuzim,
bloklar, algoritm turlari).
6. Algoritmni tavsiflash usullari (blok-tuzim, algoritm, ketma-ket
tavsiflash, algoritm natijasi).
7. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga ta'rif bering.
8. Algoritm turlariga misollar keltiring.
9. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari xaqida axborot bering .
26](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_26.png)
![10. ―Algoritm deb nimaga aytiladi? ‖
11. Masalaning qo‘yilishi va maqsadning aniqlanishi.
12. Masalani matematik ifodalash.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam yosh avlodning kompyuter savodxonligi
darajasi ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga katta ta'sir etadi. Shunga ko`ra
oliy ta'lim tizimi kurslarida kompyuterlardan foydalanish masalasi dolzarb bo`lib
qolmoqda.
Xozirgi kunda ishlab chiqarishning turli texnologiyalaridagi muammolarni hal
qilishda zamonaviy hisoblash texnikasi vositalarini keng qo`llash xar bir
mutaxassisdan, xox u texnolog bo`lsin xox iqtisodchi bo`lsin albatta zamonaviy
kompyuterlardan, hamda axborot texnologiyalaridan kerakli darajada foydalanish
mahorati va tegishli ma'lumotga ega bo`lishni talab qiladi.
«Algoritm asoslari va algoritmik tillar» fani orqali ishlab chiqarishning turli
sohalariga taaluqli bo`lgan masalalarni echish algoritmlarini va dasturini tuzish
yo`llari hamda usullarini bilib olinadi.
Informatikada masala yechish tushunchasi deganda axborotlarni qayta ishlab,
natijani oldindan belgilangan ma'lum bir ko‘rinishga olib kelish tushuniladi.
Kompyuterdan foydalanib masalani yechish - yaratilgan algoritmga
asoslangan xolda dastlabki ma'lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib
izlangan natija (natijalar) ko‘rinishiga keltirish demakdir.
27](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_27.png)
![Adabiyotlar
1. O`.T.Haitmatov va b.Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv
qo‘llanma. T. TKTI. 2005 y.
2. O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo‘llanma. T. TKTI. 2005 y.
3. Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va
kompyuterning dasturiy ta‘minoti. T.Mexnat, 2000 .
4. Kadirova N.R. Polatov A.M. Programmirovanie na yasike Paskal
T.2004
5. Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. ―O`qituvchi 2002 . ‖
6. Alyaev Yu.A. i dr. Praktikum po algoritmizatsii i programmirovaniyu
na yazik Paskal: Ucheb.posob. – M.: FIS, 2004. – 528s.
7. Bartenev O.V. Predpriyatie: programmirovanie dlya vsex bazovie
ob'ekti i rascheti na odnoy diskete. – M.: Dialog – MIFI, 2003. – 464 s.
8. Faronov V.V. Turbo Paskal 7.0. Uchebnoe posobie. M.: Nolidj.,
2002g.
9. Stavrovskiy A.B. Turbo Paskal 7.0. Kiev: BHV., 2000g.
10. Gurova L.I. Osnovi programmirovaniya. M., Fis, 1990.
11. Dokukina T.K. Programmirovanie i algoritmicheskie yaziki.
Uchebnik.M., Mashinostroenie, 1988.
12. Chernov B.I. Programmirovanie na algoritmicheskix yazikax. M.,
Prosveshenie, 1991.
13. Donald Alkol. Yazik Paskal v illyustratsiyax. M., Mir, 1991.
14. Faronov V.V. Turbo Paskal (v 3x knigax). M.: MVTU-FESTO
DIDAKTIK., 2000.
15. Fedorov A. Osobennosti programmirovaniya na Borland Pascal.
Kiev:Dialektika, 1999.
16. Vasyukova N.D., Tyulyaeva V.V. Praktikum po osnovam
programmirovaniya yazik Paskal. M.: Visshaya shkola., 1996.
28](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_28.png)
![29](/data/documents/eae7dee9-672f-435e-bc7a-2e2da5e6b702/page_29.png)
Mavzu: “Dasturlash asoslari” fanini pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi Mundarija Kirish………………………………………………………………………….3 I bob. Dasturlash asoslari fanini tashkil etishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish………...………………………………………...5 1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari……………………………………………………………..……..…..5 1.2. Dasturlash asoslari bo'yicha multimediyali o'rgatuvchi tizimni o'quv jarayoniga joriy etish…………………………………………………………8 1.3. O'quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan Foydalanishni tadbiq etish …………………………………………….12 II bob. Dasturlash asoslari fanidan “Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi” mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish.. 15 2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha……………………..…..15 2.2. Mavzuning texnologik xaritasi……………………………………..19 2.3. Dasturlash asoslari fanidan ―Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarini o‘qitish ‖ metodikasi…………………………………………………………..…..20 Xulosa………………………………………………………………………..29 Adabiyotlar………………………………………………………………….30 1
Kirish. Informatika atamasi lotincha information suzidan kelib chikkan bo`lib, u uzbekchada tanishtirish, tushuntirish, bayon etish degan ma`nolarni anglatadi. O'z navbatida xabar- axborot (informatsiyani)ni tasvirlash shakli bo`lib, u nutk, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va x.k. kurinishlarda ifodalaniladi. Umuman olganda, axborot – bu odamlar orasidagi , odamalar bilan EXMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma`lumot almashinuvi bo`lib, keng ma`noda ilmiy tushunchadir. Informatika bu insoniyat ffaoliyatining bir soxasi bo`lib, u axborotni xosil kilish, saklash va kompgyuter yordamida kayta ishlash degan ma`noni bildiradi. Informatika suzi dastlab XIX asrning 60-yillarida Frantsiyada vujudga keldi. U informatsiya va avtomatika suzlarini birlashtirishdan iborat bo`lib, ma`lumotlarni avtomatik tarzda kayta ishlash degan ma`noni ifodalaydi. Ingliz tilida gapiruvchi mamlakaatlarda bu fan ―Computer science deb ataladi. Mustakil fan sifatgida‖ informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtgimoiy va boshka soxalarda boshkarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – kibernetika fani asosida shakllandi. Informatikaning asosiy vazifasi –axborotning kayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish xamda ularni amaliyo1tda kullashdan iboratdir. Informatika kuyidagi masalalarni echadi: - ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish; - axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani kayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish. - Jamiyatning barcha jabxalarida kompgyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muxandislikmuammolarini echishning yaratish xamda ularni tatbik etish. Shartli ravishda informatika uchta uzaro boglik kismga bo`lish mumkin: - apparatli texnika vositasi; - dastur muxiti; - algoritmlar muxiti. 2
Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chikarish, ya`ni inson faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompgyuter va telekommunikatsiyalar yordamida kayta ishlash, uzatish bilan boglik bo`lgan yagona soxadir. Uz navbatida insonning ixtiyoriy faoliyat dolirasi, shu bbilan fanning xar bir tarmogi , uxox ijtimoiy. Tabiiy bo`lsin, undagi axborot uzining maxsus tomonlari bilan tavsiflaniladi. Masalan, iktisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida gapiradjigan bo`lsak, bu shu soxa mutaxassislarining xizmat burchlavrining muvaffakiyatli bajarishlari uchun zarur bo`lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma`lumotlar tuplami bo`lib xisoblaniladi. Axborot – bu anik va amalda kullaniluvchi ma`lumotdir. Ma`lumotlar esa xabarlar, kuzatishlar, natijalarni uz ichiga oladi. Biror zaruriyat buyicha imkoniyat tugilganda masalan narsa tugrisidagi bilimni oshirish paytida u axborotga aylanadi. Axborotning amalda kullanilishining zarur sharti uning uz vaktidaligi va adekvatligi. Adekvatlik – bu olingan axborot asosida kurilgan obrazning haqikiy ob`ektga kanchalik mosligini beradi va u uch xil formada ifodalaniladi: - Sintaktik adekvatlik: bu axborotning uzatash tezligi, anikligi, kodlashtirish sistemasi, tashki ta`sirlarning mavjudligi va shu kabilardan iborat. - Semantik adekvatligi: uzatiladigan axborotning ma`naviy tarkibi, ob`ekt obraziga va real kurinishiga mos kelishligi xisobiga olinadi; - Pragmatik adekvatligi: olingan axborotning asosiy axborot bilan mos kelishligini bildiradi. I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari Respublikada elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga mo‘ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar 3
yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 2006 yildan e'tiboran, elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishning uchinchi bosqichi boshlanganiga qaramay ta'lim muassasalari uchun elektron darslikni yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, uning tuzilishi, o‘z ichiga oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog‘liq. Elektron o‘quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o‘quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o‘tishda, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va ta'lim muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish muhim masala hisoblanadi. Shu o‘rinda, darslik atamasiga ta'rif berib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Darslik - Davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqol qoyasi singdirilgai, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo‘nalishdarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz. Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangin o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidgi shakllarda ifodalanadi: o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o‘quv materiallari verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida; multimedia (multimedia —turli xil aborot) qo‘llanmalar, yani ma'lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchi (talaba, tinglovchi)ni «ekran olamida» stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda . Yangi asr ta'limini rivojlanish tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng qo‘llash va tarqatishdan iborat. Bu yo‘nalishda asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o‘z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot 4
texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq etilishi an'anaviy o‘qitish jarayonidan o‘quvchining o‘zi ta'lim jarayonining borishini aniqlaydigan yangi jarayonga o‘tishini ta'minlaydi. Elektron darsliklardan foydalangan holda tashkil etilgan o‘qitish texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida keskin o‘zgarish qilishga qodir. Ko‘pchilik iqtidorli o‘quvchilar o‘zlarining qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta'limning bunday tizimida maktab va oliy ta'lim o‘qituvchilari bilimlarini o‘quvchilarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to‘qri keladi. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Elektron darslikni yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo‘lsa-da, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo‘lishdek ochiq tizim mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta- sekin yo‘qolib boradi. Elektron darsliklarni yaratish juda murakkab jarayondir. Ta'lim texnologiyasi qo‘llaniladigan o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi, texnologiya qo‘llanish mazmunida o‘quvchilarning mustaqil ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv faoliyati asosida o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorligi yotadi. Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo‘ljallangan. O‘quvchi o‘zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik o‘quvchining bilim olishini vaqt bo‘yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o‘quv materialini o‘zlashtirish vaqti o‘quvchining hoxishiga ko‘ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin. Elektron darslik o‘quvchilarga axborotni o‘qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan vazifalarii bajarish, o‘z bilimlarini tekshirish va, zarur hollarda, ularni to‘ldirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. Elektron darslik o‘z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi va bir vaqtda o‘zida bilim berish va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, u 5