logo

CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI (8-SINF UCHUN)

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

14992.848632812 KB
CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR
BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA
MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI
ISHLANMASI (8-SINF UCHUN)
MUNDARIJA:
KIRISH              
4
I BOB. GRAFIKAVIY TA`LIM JARAYONINI TASHKIL 
ETISHDA CHIZMACHILIK FANINI   O’QITISHNING NAZARIY 
- AMALIY ASOSLAR I  VA   CHIZMACHILIKNING FANLARARO
ALOQADORLIK AHAMIYATI.    
1.1 Grafikaviy   ta`lim   jarayonini   tashkil   etish   sifatida
chizmachilik fanini   o’qitishning nazariy va amaliy asoslari. 13
1.2 Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanining 
fanlararo  aloqadorligi.     16
1.3 Chizmachilik darslarida qo`llaniladigan ko`rgazmali 
qo`llanmalar turlari va ulardan foydalanish usullari.  19
I BOB  bo‘yicha xulosalar
25
II.BOB.   CHIZMCHILIK   DARSLARIDA   KESIMLAR   VA
QIRQIMLARNI   O’QITISH   METODIKASI   UCHUN   ZARUR
BO’LGAN   O’QITISH   ANJOMLARI   VA   KO’RGAZMALI
MATERIALLAR.  
2.1 Power   Point   dasturi   va   unda   slaydlar   ketma-ketligini
yaratish metodikasi. 26
2.2 Chizmachilik   darsi   uchun   materiallarining   elektron
slaydlarini tayyorlash usullari. 31
2.3 Chizmachilik  darslarida kompyuter gragikasi orqali 
o‘quvchilarni Auto CAD dasturi asosida chizmalar 
bajarishga o’rgatish metodikasi. 46
II BOB  bo‘yicha xulosalar
50
III   BOB .   CHIZMACHILIKDAN   HAR   BIR   DARS   UCHUN
ZARUR   BO’LGAN   O’QITISH   ANJOMLARI   VA
MATERIALLARINING   ELEKTRON   SLAYDLARI
ISHLANMASI   BO`YICHA   PEDAGOGIK   TAJRIBA   SINOV
ISHLARI.
3.1 Pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uni amalga 
oshirish metodikasi 52
1 3.2 O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi
58
III BOB bo’yicha x ulosa
64
Xulosa
65
A dabiyotlar ro‘yxati
69
Ilovalar
74
KIRISH
            Muammoning   dolzarbligi     Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturida   o‘quv
tarbiya jarayonining barcha tomonlariga aloqador bo‘lgan strategiya, maqsad va
vazifalardan   tortib   aniq   dasturlar   majmuasigacha,   inson   omiliga   juda   katta
ahamiyat   berilgan.   Kadrlar   tayyorlashga   doir   milliy   model   ta’lim   tizimidagi
islohotlarga mos bo‘lib, tabiat va jamiyat rivojining qonuniyatlari haqidagi yangi
fundamental va amaliy bilimlar shakllantiriladigan, ularni tarqatish, o‘rganish va
kadrlar   tayyorlash   tizimida   foydalanish   uchun   zarur   bo‘lgan   fan   sohasini   o‘z
ichiga oladi.
              Mamlakatimizda   qabul   qilingan   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonun,   “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” va “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy
dasturi”   talablarini   amaliyotga   joriy   etishda   asosiy   mushtarak   maqsad   -
barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir. Hozirgi zamon yangi interaktiv,
innovatsion   va   pedagogik   texnologiyalarni   Respublikamizning   Prezidenti
Shavkat   Miromonovich   Mirziyoev   davlatimizning   ustivor   vazifalaridan   biri
sifatida madaniyat va san’atdagi yangilanishlarni ham hisobga olgan edi. 2017-
2021-yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini     rivojlantirishning   beshta   ustivor
yo‘nalishlari   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasini   belgilab   berdi.   Shuningdek,
O‘zbekiston   Vazirlar   Mahkamasining   2017-   yil   6-apreldagi   187-sonli   qarori
bilan   umumiy   o‘rta   va   o‘rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limining   davlat   ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami. 2017 y., 14-son, 230-modda) qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.  “O‘zbekiston
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi”ning
2 “Ta’lim   va   fan   sohasini   rivojlantirish ”   nomli   bandida“Bolalarni   sport   bilan
ommaviy   tarzda   shug‘ullanishga,   ularni   musiqa   hamda   san’at   dunyosiga   jalb
qilish   maqsadida   yangi   bolalar   sporti   ob’ektlarini,   bolalar   musiqa   va   san’at
maktablarini  qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish” 1
  kabi ustuvor vazifalar
belgilab   berilgan.   Bu   esa   o‘quvchining   individual,   umumiy   va   kasbiy
qobiliyatlarini   rivojlantirish,   uning   jamiyatda,   ishlab   chiqarish   sohasida   va
ijtimoiy,   siyosiy,   madaniy,   ma’rifiy   hayotida   faol   va   muvaffaqiyatli   ishtirokini
ta’minlash uchun zamin yaratadi.O‘zbekiston Recpublikaci Prezidentining 2020
yil   21   apreldagi   “Tasviriy   va   amaliy   san’at   sohasi   samaradorligini   yanada
oshirishga   doir   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-4688-sonli   Farmoyishi,   2019
yil   29  apreldagi   “O‘zbekiston  Respublikasi   xalq  ta’limi   tizimini   2030  yilgacha
rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risida”   PF-5712-sonli   Farmoni,
2019   yil   12   martdagi   “Yoshlar   ma’naviyatini   yuksaltirish   va   ularning   bo‘sh
vaqtini   mazmunli   tashkil   etish   bo‘yicha   5   ta   muhim   tashabbus”   dasturining
birinchi   tashabbusi   “Yoshlarning   musiqa,   rassomlik,   adabiyot,   teatr   va
san’atning   boshqa   turlariga   qiziqishlarini   oshirishga,   iste’dodini   yuzaga
chiqarishga   xizmat   qiladi”gan   bo‘g‘iniga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   ushbu   dissertatsiya
muayyan darajada xizmat qiladi.
      Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida
yaratiladi,   boshqacha   aytganda,   xalqimizning   ertangi   kuni   qanday   bo‘lishi
farzandlarimizning  bugun  qanday  ta’lim  va  tarbiya  olishiga  bog‘liq.  Buning
uchun   har  qaysi  ota-ona,  ustoz  va  murabbiy  har  bir  bola  timsolida  avvalo
shaxsni     ko‘rishi   zarur.     Ana     shu     oddiy     talabdan     kelib     chiqqan     holda,
farzandlarimizni   mustaqil   va keng   fikrlash   qobiliyatiga   ega   bo‘lgan,   ongli
yashaydigan     komil     insonlar     etib   voyaga   etkazish-ta’lim-tarbiya   sohasining
asosiy   maqsadi   va   vazifasi bo‘lishi lozim,   deb   qabul   qilishimiz   kerak.   Bu
1
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi» to‘g‘risida / O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017 y.,6-son, 70-
modda.
3 esa  ta’lim  va  tarbiya  ishini  uyg‘un  holda  olib borishini talab etadi. 2
            Chizmachilik   fani   bo‘yicha   yaratilgan   elektron   o‘quv   qo‘llanma   o‘zidagi
matn,   grafika,   animatsiya,   o‘quv   materialini   o‘z   ichiga   olgan   bo‘limlar,
bilimlarni   nazorat   qilish   tizimi   bilan   boshqa   darsliklardan   tubdan   farq   qiladi.
Shu jihatdan, umumta’lim maktablari chizmachilik kursi mavzularini o‘qitishda
har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron
slaydlari   ishlanmasi   foydalanish   o‘quvchilarning   fanlarni   o‘zlashtirishlari   va
ko‘proq bilim olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
           Tadqiqotning ob’ekti:   Jizzax shahar 22 ixtisoslashtirilgan davlat umumiy
o’rta   ta’lim   maktabi.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida   chizmachilik   fanini
o’ qitiladigan  darslarni shakillantrish va rivojlantrish jarayoni .
           Tadqiqotning predmeti:   Umumiy o’rta ta’lim  maktablarida chizmachilik
fanini   o’qitishda   chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish
anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun)   orqali
darslarni   tashkil etishning mazmuni va samarali metodlari.
            Tadqiqotning   maqsadi:   Ta`lim   sifatini   oshirish,   umumiy   o’rta   ta’lim
maktablarida   “Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish
anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi ”   (8-sinf   uchun)
innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi,  hamda o’quv jarayoni uchun
ilmiy   metodik   tavsiyalar   chizmachilik     darslarida   zamonaviy   kompyuter
texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar bilimini oshirish.
            Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va
materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi  (8-sinf  uchun) orqali   o’qitishning
metodik asoslarini takomillashtirish.
Taqiqotning vazifalari:  
2
  И . А . Каримов   « Юксак    маънавият - енгилмас    куч »,   Тошкент   « Маънавият »  2008,61- бет .
4  “Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish
anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi ”   (8-sinf   uchun)
mavzusiga   doir   ilmiy-metodik,   pedagogik,   didaktik   manbalarni   o’rganish,
tahlil qilish. 
 Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari
va materiallarining elektron slaydlari  ishlanmasi   (8-sinf uchun)   orqali   dars
samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
 Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari
va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi   (8-sinf   uchun)   orqali
chizmachilikdan qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini
ko‘rsatish;
 “Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish
anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi ”   (8-sinf   uchun)
ga oid ilmiy-metodik tavsiyalar berish.
          Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Maskur   dissertatsiyaning   ilmiy   yangiligi
shundaki,   Chizmachilikdan  har  bir  dars  uchun  zarur   bo’lgan  o’qitish  anjomlari
va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi   (8-sinf   uchun)   metodikasi
asosida   chzmachilik   darslarida   beriladigan   vazifa   va   topshiriqlarning
o’quvchilarni   qobiliyati,   layoqati   va   qiziqishlari   bo‘yicha   taqsimlanishining
pedagogik   talablari   (sohaning   DTS,   o‘quv   dasturi,   o’quvchilarning   psixologik
hamda   fiziologik   tayyorgarlik   darajalariga   mosligi)   takomillashtirilib   chiqilgan
hamda   ularning   didaktik   imkoniyatlari   o‘quv   materiali   to‘liq   aniqlangan.
Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va
materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali o'quvchilarda
mustaqil   fikrlashga   yo‘naltirish,   talabalarni   mustaqil   ishlashga   o‘rgatish,
odatlantirish   hamda   ijodiy   izlanish   yo‘li   bilan   o‘quv   materialini   mustaqil
o‘rganish shakllari takomillashtirilgan.
5       Birinchidan.  Dars jarayonida animatsion effektlardan foydalanish metodikasi
ko’proq   qo’llash,   o’quv   jarayonini   xilma   –   xilligini   oshirishga   yordam   berib,
ta’lim   berishni   sifat   jixatdan   yangi,   yuqori   pog’onalarga   ko’taradi,   benuqson
o’quv   darsliklari   bilan   ta’minlashga   erishiladi,   shaxs   rivojlanishiga   yordam
beradi,   o’quvchi   va   o’qituvchining   ijodiy   potensiali,   bilish   faolligini
shakllantiradi ularda o’qishga, hayotga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
Ikkinchidan.   Bu   yerda   eng   asosiysi   manbaning   qisqacha   mazmuni   va
ko’rgazmalilik.  O’qituvchi   prezentasiya   slaydalarini   ko’rsatayotgan  paytda,  har
–   xil   rasmlar,   formulalar   va   grafiklarni   ko’rsatishi,   ma’limotlarni   qisqa   va
tusunarli holda  o’quvchilarga yozdirishi ham mumkindir.
            Tadqiqotning   ilmiy   farazi:   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarining
chizmachilik darslarini o‘qitlishi jarayonida  chizmachilikdan har bir dars uchun
zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi
(8-sinf   uchun)   foydalanish   o’quvchilarda   quyidagi   bilim   va   ko‘nikmalarni
shakillantirishi mumkin;
-   o‘quvchilarning   fazoviy   tasavvur   va   tafakkur   qilish   qobiliyatlarini
rivojlantirish ;
-   o‘quvchilarning darslarni yuqori darajada o‘zlashtirishlari uchun dars
jarayonida   turli   didaktik   ko‘rsatmali   materiallardan   foydalanishni
kengaytirish;
-   o‘quvchilarni badiiy texnik ijodkorlikka yo‘naltirish;  
- o‘quvchilarda   chizmachilik   fani dan   zarur   tushunchalarga   oid
ko’nikmalarni rivojlantirirish;  
- chizmachilik   fani dan   o‘quvchilar d a   zamonaviy   kompyuter
texnologiyalaridan   foydalanish ga   oid   metodik   tavsiyalar   ihlab   chiqilsa   va
ta’limga joriy etilsa, dissertatsiyada qo’yilgan maqsadga erishiladi. 
Adabiyotlar tahlili.
6 1. T.Rixsiboyev   “Muhandislik   grafikasi   fanlarini   o’qitish
metodologiyasi” o’quv qo’llanma, T.: 2011 “Tafakkur qanoti”nashriyoti
Qo’llanmaning 1- qismi chizma geometriya faniga bag’ishlangan bo’lib,
bazi masalalarni bajarishning oson va soda yo’llari keltirilib o’tilgan.   
2. I.   Rahmonov   “Chizmachilik”.   Darslik.   T.2010
“O’zbekiston”nashriyoti.
Darslik  umumiy   o’rta  ta’lim   maktablari   9-Auditoriya  o’quvchilari   uchun
mo’ljallangan   bo’lib,   dotsentlar:   A.Ashirboyev,   A.Abdurahmonov   va
T.Rixsiboyevlar  tomonidan taqriz  berilgan. Ushbu  darslik oldingi  darsliklardan
o’zining   tushunarliligi,   ma’lumotlarga   boyligi,   chizmalarning   o’quvchilaarga
mosligi   va   soddaligi   bilan   ajralib   turadi.   Darslikda   maktab   o’quv   rejasidagi
barcha mavzular aniq va soda yoritib berilgan. Bu esa o’quvchilarni chizmalarni
qiynalmasdan o’qishlari va chizishlari uchun zamin yaratadi.  
3.   Rahmonov   I.     Chizmachilik   8-sinf   o’quv   darsligi.“O’qituvchi”
nashriyot   matbaa   ijodiy   uyi.Toshkent   –   2010   yil. Chizmachilik   fani
o’quvchilarining   tasavvur   hamda   tafakkur   qilish   qobiliyatini   o’stiradi.
Tasavvur   esa   shakliy   va   fazoviy   bo’lishi   mumkin.   O’qu vchilarning
fazoviy  tasavvurlarini   oshirish   maqsadida   ularga   chizmaga   doir   an’anaviy
savollar   va   mashqlar   berilgan.   Geometrik   yasashlarga   oid   k o’plab
ma’lumotlarni olish mumkin.
4. A.O.Ashirboyev, E.I.Ro’ziyev, N.E.Tashimov  “Mutaxssislik fanlarini
o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanma, T.: 2020 “Nodirabegim” nashriyoti.
Qo’llanma   6   bobdan   iborat   bo’lib,   1-bobda   mutaxasislik   fanlarining
o’qitishni   nazariy   asoslari   haqida,   2-bobda   mutaxasislik   fanlarini   o’qitish
metodlari   va   texnalogiyalari   haqida,   3-bobda   mutaxasislik   fanlarini   o’qitishda
talabalar   bilimini   nazorat   qilish   va   baholash   haqida,   4-bobda   auditoriyadan
tashqari ishlarni tashkil qilish haqida, 5-bobda o’qituvchi shaxsi omili, 6-bobda
muhandislik grafikasi fanlarini o’qitish metodikasi keng yoritilgan.
7 5. E.I.Ro’ziyev,   R.A.Latipov     Chizmachilikdan   topshiriqlar   to’plami,
o’quv qo’llanma T.: 2015 “ILM ZIYO” nashriyoti.
6. E.I.Ro’ziyev,   R.A.Latipov     Chizmachilikdan   ijodiy   topshiriqlar
to’plami, metodik qo’llanma Urganch.: 2012 “MASTER MCHJ” nashriyoti
7.   Raxmonov   I.   Abduraxmonov   A.   Chizmachilikdan   ma’lumotnoma.
O’quv qullanma. A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti.
T. 2005 
Bu   kitobda   chizmalar   chizish   haqida   dastlabki   ma’lumotlar,   geometrik
yasashlar,   turli   tasvirlar   yasash,   aksonometrik   proeksiyalar,   texnik   rasm,
sirtlarning tekislik bilan kesishishi, sirtlarning o’zaro kesishishi, sirtni tekislikka
yoyish,   vint,   turli   birikmalar,   yig’ish   chizmalari,   oid   ma’lumotlar   to’liq   bayon
qilingan.
8.-I.Raxmonov. “Chizmachilikdan didaktik o’yinlar”. T.1992 O’qituvchi.
Metodik   qo’llanmada   o’quvchilarning   chizmachilikdan   olayotgan
bilimlarini   tekshirish,   dars   davomida   ularning   faolligini   oshirish   maqsadida
didaktek   o’yinlardan   qanday   foydalanish   yo’llari   va   ular   uchun   ko’rsatma
materiallari tayyorlash yo’llari bo’yicha tabsiyalar berilgan. 
9.I.Raxmonov. Chizmachilikdan test.  T 1994. O’qituvchi.  
Qo’llanmada   testlar   asosida   o’quvchilarning   fikrlash   qobilyati   zukkoligi.
Topqirligi, fazoviy tasavvur qila olishlarini tekshirish yo’llari ochib berilgan.
10.   Ro’ziyev   E.I.,   Ashirboyev   A.I.   Muhandislik   grafikasini   o’qitish
metodikasi. T. “Fan va texnologiya” - 2010 yil. 
Darslikda   muhandislik   grafikasini   o’qitish   metodikasining   umumiy   masalalari,
chizmachilikning   asosiy   mavzularini   o’rgatish   metodikasi.   Chizmachilikga   oid
texnik atamalar berilgan.
Yuqorida   keltirilgan   adabiyotlardan   dissertatsiyamni   mazmunan   boyitish
maqsadida foydalanildi.
8           Tadqiqot   metodlari:   Mavzuga   doir   analitik   taxlil,   pedagogik   kuzatish,
pedagogik   tajriba,   pedagogik   loyixalash,   ilmiy-uslubiy,   yozma   manbalarni
o'rganishda   qiyosiy tahlil , suhbat, tahlil qilish va umumlashtirish.
        Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi:   Mamlakatimiz   hukumati   va
Prezidenti qator yillardan buyon, ayniqsa, mustaqillikga erishganimizdan buyon
yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ularni kelajak hayotga tayyorlash kasb-hunar
o’rgatish   ishlab   chiqarish   va   xalq   xo’jaligining   turli   sohalariga   yetuk
mutahasislar qilib tayyorlash uchun turli qarorlar, farmonlar, qarorlar, buyruqlar,
farmoyishlar   qabul   qilinib   ularni   amalga   joriy   etmoqdalar.   Olib   borilgan
tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, muhandislik grafikasi fanlarini o’qitish metodikasi
horijda   va   mamlakatimizda   yetarli   darajada   tadqiq   etilmgan.   Mamlakatimiz
chizmachilik   fanini   o’qitish   muammolari   bilan   professor   Sh.K.Muradov,
E.Ruziev,   A.Umxo’jayev,   I.Raxmonov,   P.Odilov,   J.Y.Yodgorov,   T.R.Sobirov,
N.J.Yodgorov,   L.Hakimov,   A.Shomurodov,   M.Jumayevlar   shug’ullanganlar   va
chizmachilik   ta’limining   metodik   yo’nalishi   bo’yicha   ishlar   olib   borganlar.
Chizmachilik   va   uni   o’qitish   masalalari   bo’yicha   rus   olimlaridan   professor
P.Chistyakov,   I.Veshnepolskiy,   D.Dembenskiy,   B.V.Budasov,   B.P.Kamenskiy,
R.Xorunov   va   boshqalarning   ko’plab   asarlari   mavjud.     Shuningdek,   umumiy
orta     ta’lim   maktablari   ta’limiga   oid   masalalar   bilan   olimlardan   I.Raxmonov,
E.Ruziev,   Yu.Qirg’izboyev,   A.Umranxo’jayev,   J.Y.Yodgorov,   I.Ismoilov,
U.Mirdavidov, M.Isayeva,  A.Valiyev, B.Qulnazarov kabilar metodika bo’yicha
darsliklar metodik ishlanmalar yaratdilar. 
          Muhandislik   grafikasi   fanlarining   o‘qitish   metodologiyasi   va   an’anaviy
ta’lim   metodikasini   takomillashtirishga   hissa   qo’shgan   olimlarimizdan
Yu.Qirgizboyev,   R.Xorunov,   I.Raxmonov,   Sh.Murodov,   A.Umronxo‘jaev,
E.Sobitov,   A.Umarov,   M.Isaeva,   M.Jumaev,     A.Tuxtaev,   U.Abdullaev,
J.Yodgorov,  A.Juraev,  T.Azimov,  Sh.Abduraxmonov,  P.Odilov,  R.Ismatullaev,
M.Mirxamidov,   M.Badiev,   M.Umarov,   I.Suvonqulov   I.Mamurov,   Y.Asqarov,
9 Sh.Kengliev,   A.Ashirboev   va   S.Davletov,   K.M.Qobiljonovlar   kabi   ko‘plab,
yurtdoshlarimiz   o’lkan   hissa   qo‘shganlar   va   hozirda   ham   qo‘shib   keladilar.
Yuqorida   ism-shariflari   qayd   etilgan   olimlarimiz   ularning   safdoshlari   ilmiy
tadqiqot   ishlarni   bajarish   bilan   bir   qatorda   muhandislik   grafikasi   fanlaridan
o‘quv   adabiyotlarini,   darslik,   o‘quv   qo‘llanma   va   metodik   qo‘llanmalarni
yaratishgan.
          Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati:   Tadqiqot
natijalarining   ilmiy   ahamiyati   shundaki,   chiqarilgan   nazariy   xulosalar,   ilmiy
g’oyalar   “Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari
va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi   metodikasi”   o`quvchilarni
ijodiy   jarayonga   yunaltirish   yullari   hamda   fazoviy   tasavvur,   mantiqiy   fikirlash
qobilyati   shakllantirishini   takomillashtiradi   va   mazmunini   boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, ilgari surilgan g’oyalar, fikrlar o’quv
adabiyotlarining   yangi   avlodini   yaratishda,   o`qituvchilar   uchun   pedagogik-
psixologik tavsiyalar ishlab chiqishda, umumta’lim maktablarining   mazmunini
boyitishga xizmat qiladi. 
          Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi   va   asoslanganligi:   Tadqiqotda
o‘rganilayotgan muammoga ilmiy-pedagogik yondashuv, uning maqsadi, vazifa
va amaliy farazlarni aniq belgilash dolzarbdir.
          Dissertasiyadan   ko’zlangan   maqasad,   bu   maqsadga   erishish   uchun
belgilangan vazifalar va o’tkzilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari tadiqotning
qanchalik ishonchliligini belgilab berdi.
     Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi:   Tadqiqot materiallari  bo’yicha    2 ta
maqola   chop   etilgan.   Tadqiqot   materiallari   kafedra   seminarlarida   ma'ruzalar
sifatida   taqdim   etildi.   Tadqiqot   materiallari   kafedra   seminarlarida   ma'ruzalar
sifatida taqdim etildi.  
     Tadqiqot bosqichlari:
10           Birinchi   bosqich:   (2020-yil   sentabr-dekabr   oylari)   muammoga   oid   ilmiy-
nazariy   adabiyotlar   o’rganildi,   muammoning   nazariya   va   amaliyotdagi   o’rni
aniqlandi, tadqiqot dasturi ishlab chiqildi, tajriba-sinov obekti aniqlandi.
         Ikkinchi bosqich:   (2021-yil   yanvar-dekabr oylari )   dissertatsiyaning boblari
va   paragraflari   mukammallashtirildi.   D issertatsiyaga   oid   tajriba-sinov   ishlari
Jizzax   shahar   22   ixtisoslashtirilgan   davlat   umumiy   o’rta   ta’lim   maktabi ning
chizmachilik darsi jarayoni da  olib borildi.
Uchinchi   bosqich:   (2022-yil   yanvar-may   oylari)   tadqiqotning   asosiy   qismlari
qayta   ko’rib   chiqildi,   umumlashtirildi,   o’tkazilgan   tajriba-sinov   ishlari   tahlil
etilib, dissertatsiya tarzida rasmiylashtirildi.
Dissertatsiyaning tuzilishi:   Dissertatsiya  kirish, uch bob, o’nta paragrif,
xulosa   va   tavsiyalar,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati   va   ilovalardan   iborat
bo’lib, uning hajmi 74 sahifani tashkil etadi.
I BOB.  GRAFIKAVIY TA`LIM JARAYONINI TASHKIL
ETISHDA CHIZMACHILIK FANINI   O’QITISHNING NAZARIY -
AMALIY ASOSLARI VA   CHIZMACHILIKNING FANLARARO
ALOQADORLIK AHAMIYATI.
1.1. Grafikaviy ta`lim jarayonini tashkil etish sifatida chizmachilik
fanini   o’qitishning nazariy va amaliy asoslari.
            Hozirgi   fan   va   texnikaning   taraqqiy   etgan   davrida   chizmachilik   fanisiz
biror   bir   narsani   yasash   yoki   loyihalash   mumkin   emas.   Chunki   ishchi
chizmani   o‘qir   ekan,   konstruktor   chizgan   narsani   ko‘z   oliga   keltiradi   va   har
bir   detalni   to‘g`ri,   aniq   yasashda   chizmadan   foydalanadi.   Chizmalar   zavoddan
–   zavodga,   korxonadan-korxonaga,   bir   davlatdan   ikkinchi   davlatga   yuborilishi
mumkin,   Chunki   texnikaning   tili   butun   dunyoda   yagona,   u   ham   bo‘lsa   –
chizmadir.   Ishlab   chiqarishda   biror   buyumni   masalan,   mashina   va
mexanizmlarning   detallarini   yasash   hamda   ularni   yig`ish,   shuningdek   bino   va
inshoatlar   yoki   bir   buyumni   yasash   uchun   ularning   chizmalari   bo‘lishi
zarurdir. Chunki chizmalarsiz buyumlarni aniq yasab bo‘lmaydi. 
11           Buyumnin   shakli   va   o‘lchamlarini   tekislikda   aniq   ko‘rsatadigan   tasvir
kompleks chizmayokiqisqacha qilib chizma deyiladi. 
            Texnikaviy   chizmalarni   to‘g`ri   tuzish   usullari,   shuningdek   chizma
xo‘jaligining   barcha   sohalarini   to‘g`ri   tashkil   qilish   haqidagi   fan
chizmachilikdir. 
         Davlatimiz   uchun yuqori bilimga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash
eng   muhim   vazifalardan   hisoblanadi.   O'zbekiston   Respublikasining   "Ta'lim
to'g'risidagi”   qonuni   va   "Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi"   da   ta'lim-tarbiya
berish,   kasb-hunar   o'rgatishni   huquqiy   asoslari   belgilab   berilgan.   Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qaroriga Umumiy o‘rta ta’limning
davlat   ta’lim   standarti   orqali   zamonaviy   kompetensiyaviy   yondashuv   orqali
darslarni tashkil etish va unga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar ko’rsatib
o’tilgan.   Kadrlar     tayyorlash     Milliy     dasturida     ta’kidlanganidek,“…o‘qishni,
mustaqil    bilim     olishni    individuallashtirish   hamda     distansion    ta’lim     tizimi
texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va  o‘zlashtirish” 3
 talab etiladi.  
Chizmachilikda   chizmalarga   alohida   e`tibor   berib   o‘tilgan   va   uning
chizmachilikda   yoki   hayotda   tutgan   o‘rnini   keng   yoritib   berishga
harakat   qilingan.   Chunki   mashina   stanok,   apparatura   o‘lchov   asboblari,
kompyuter,   elektr   buyumlari   kabi   buyumlarni   ishlash   printsipini,   sozlash,
ularning   yig`ish   chizmalari   yoki   yaqqol   tasvirlari   asosida   o‘rganish   nihoyatda
murakkab   bo‘lganligi   uchun   ko‘p   hollarda   oddiyroq   grafik   tasvirlardan
foydalaniladi.   Ularni   yasashda   va   ixtirolarda   tutashmalardan   bevosita
qo‘llaniladi.   Turli   mashina   va   mexanizmlarning   detallarini   yasash   uchun
tuzilgan
fanning   mashinasozlik   chizmalarni   chizish   usullarini   o‘rgatadigan   qism
mashinasozlik   chizmachilik   deb   ataladi.   Bino   va   inshoatlarni   qurishda
ishlatiladigan   chizmalar   injenerlik   qurilish   chizmalari   deb   ataladi   va   hokazo.
            Chizmada   buyum   to‘liq   va   yaqqol   aks   ettirilishi   uchun   u   chizma
3
 Кадрлар  тайёрлаш  Миллий  дастури.  /  Баркамол  авлод  –Узбекистон  тараққиётининг
пойдевори. Тошкент, 1997. –31-61 б.
12 geometriyaning   qonun   qoidalariga   asosan   bajarilgan   bo‘lishi   kerak,   bundan
tashqari   chizmalarni   tuzishda   davlat   standartlari   GOST   larda   bayon   qilingan
qoida   hamda   normallarga   qat`iy   rioya   qilish   va   ularni   so‘zsiz   bajarish   zarur
bo‘lib   hisoblanadi.   Yuqorida   aytib   o‘tilganidek   chizmalar   o’quvchilarning
fazoviy   tasavvurini   qo‘zg`aluvchanligini   rivojlantirish   va   o‘stirish   vositasi
sifatida   tutgan   o‘rni   muhim   hisoblanadi.   Chunki   bu   mavzuni   psixologik   va
pedagogik taraflama yoritib tushuntiradigan bo‘lsak uning qanchalik ahamiyatga
ega   ekanligi   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Chizmachilik   va   chizma   geometriya
fanlari
o‘qo‘vchilarni   fazoviy   tasavvurini   o‘stirishni   va   rivojlantirishni   asosiy   bosh
maqsad   deb   uni   rivojlantirish   uchun   harakat   qilinadi.   Fazoviy   tasavvursiz
chizmachilik   va   chizma   geometriyani   tushinish,   chizish   yoki   o‘qish   juda   og`ir
kechadi, xuddi jilovsiz otga o‘xshaydi. Shuning uchun chizmachilik va chizma
geometriyada avvalida fazoviy tasavvurlar keng ma`lumotlar beriladi, unga doir
masalalar   bilan   mustahkamlanadi.   Yoshlarni   yuqori   sinf   o‘qo‘vchisi   davrida
vujudga   kela   boshlagan   tafakkurning   mustaqillik,   teranlik,   ixchamlilik,
tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomillashib, yangi-yangi belgi
va   alomatlar   bilan   boyib   boradi.   O’quvchilarda   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish,   o‘z-
o‘zini   anglash,   o‘z-o‘zini   boshqarish   kabi   aql-zakovatning   muhim   jihatlari
taraqqiyotining   yangi   yuksak   bosqichiga   ko‘tariladi.   O’quvchilarda
tafakkurining rivojlanishida, ilmiy dunyoqarashning shakllanishida umumta`lim
va   ijtimoiy   fanlar,   jumladan   chizmachilik   va   chizma   geometriya   kabi   o‘quv
predmetlari   muhim   rol   o‘ynaydi.   Cizmalar   vositasi   sifatida   talabalarning
tafakkuri,   asosan,   o‘qish,   amaliy   mashg`ulot   va   mustaqil   bilim   olish
faoliyatlarida   jadal   va   uzluksiz
ravishda   rivojlanadi.   Ba’zida   ma`ruza   jarayoni   ulardan   reproduktiv
(o‘zlashtirilgan   bilimlarga   asoslanuvchi)   tafakkurni   taqozo   etsa   ham,   lekin
seminar mashg`ulotlari, mustaqil topshiriqlar, laboratoriya praktikumi produktiv
(ijodiy) fikr yuritish faoliyatini talab qiladi. 
13           Har   xil   ta`lim   shakli   ham   talabalar   aqliy   mehnati,   maqsadga
yo‘naltirilgan   va   muvofiqlashtirilgan   diqqati   yordami   bilan   amalga   oshadi.
Ta`lim   jarayonida   fikr   yuritish   operatsiyalaridan   unumli   foydalanish
evaziga   har   qanday   murakkab   bilimlarni   egallash   imkoniyati   vujudga   keladi.
O’quvchilar   tafakkur   shakllari   (tushuncha,   hukm,   xulosa   chiqarishning)
funktsional   va   operatsional   jihatlari   bilan   yaqindan   tanishadilar,   shuningdek
ulardan   mustaqil   foydalanish   uchun   barcha   intellektual   rezervlarni   (aqliy
zahiralarni)   ishga   solishga   harakat   qiladilar.   Qaror   qabul   qilishning   barcha
(yakka,   xususiy,   umumiy,   ziddiyatli,   faraziy,   inkor)   ko‘rinishlarda   o‘qo‘v   va
mustaqil   bilim   olish   faoliyatlarida   foydalanish   shart-sharoitlari   tug`iladi.
O’quvchilar   xulosa   chiqarishning   induktiv   (fikrning   xususiydan   umumiyga
yo‘nalganligi) va deduktiv (fikrning umumiydan xususiy hollarga qaratilganligi)
yo‘llaridan   muayyan   tarzda   bilish   faoliyatida   qo‘llashga   intiladilar.   Chizma lar
(yakka,   xususiy,   umumiy,   yaqqol,   mavhum,   to‘planma)   mohiyatini   anglagan
holdama`lumotlarni egallash bilimlarning barqarorligini ta`minlaydi.
            Mashina,   stanok,   apparatura   o‘lchov   asboblari,   mexanizm   va
boshqa   buyumlarni   ishlash   printsiplarini   o‘rganishda,   ularni   sozlash  
va   tuzatish,   ularning   yangi   turlarini   ixtiro   qilishda   bevosita   chizmalardan   keng
foydalaniladi.   Buyumlarni   yaqqol   tasvirda   o‘rganish,   sozlash,
ishlash   printsipi   bilan   tanishish   murakkab   bo‘lganligi   uchun   ularni
soddalashtirilgan   holda   chizmalari   chiziladi.   C hizmalar   ko‘p   hollarda   ko‘z
bilan   chamalangan   holda   to‘g`ri   burchakli   yoki   aksionometrik   proektsiyada
chiziladi.
Chizmalar   qonun-qoida   belgilar   bilan   ajralmas   holda   bog`liqdir,   bu
bog`liqlik   qonun-qoida   belgilarni   mukammal   o‘zlashtirmasdan   tutashmalarni
o‘qib   bo‘lmaydi.   Chizmalar   vositasi   sifatida   o’quvchilarda   fazoviy   tasavvurni
rivojlantirish   va   qo‘zg`aluvchanligini   hosil   qilish   nafaqat   Chizmalarga   doir
bilimlar,   ko‘nikmalar,   malakalar,   balki   boshqa   bo‘limlarni   o‘zlashtirishga   va
qo‘zg`aluvchanlikni   rivojlantirishga   ta`siri   kattadir.   Chunki   fazoviy   tasavvurni
14 o‘stirish,   qo‘zg`aluvchanligini   oshirish,   rivojlantirish   chizmachilik   fanining
asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. 
1.2.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida   chizmachilik   fanining   fanlararo
aloqadorligi.
            Tasviriy   san`at   va   chizmachilik   ta`limining   maqsad-vazifalari   va   uning
ahamiyati   shundaki   u   tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fanlarida   rasm   ishlash,
rasmlarni   tushunish   qoidalarini   o’rgatadi.   Tasviriy   san`at   va   chizmachilik
fanining inson hayotidagi ahamiyatini tusuntiradi. O’quvchilariga tasviriy san`at
va   chizmachilik   fanining   maqsad-   vazifalarini   rasm   ishlash,   tushunish
qoidalarini   hamda   fanning   inson   hayotidagi   muhim   jihatlarini   qayta   yodga
tushirish   va   zamonaviy   talablar   haqida   qisqacha   ma`lumot   beradi.   Mustaqillik
tufayli barcha sohada o‘zgarishlar bo‘lgani kabi tasviriy san`at va chizmachilik
fanini  o‘qitishda ham  talablar  o‘zgardi. Talab bo‘yicha olib boriladigan darslar
yangi   qonun,   DTS   talablari   asosida   olib   borilishi   talabidan   kelib   chiqib
o‘quvchilarni   kasb-hunarga   yo‘naltirish   asosini   egallagan   tasviriy   san`at-
chizmachilik   fanini   ahamiyatining   tushuntirishdir.   Tasviriy   san’at   fani   nafosat
tarbiyasiga,   bolalarni   komil
inson   qilib   tarbiyalashdagi   rolini   anglatish,   chizmachilik   va     rasmning   dizayn
san`ati   bilan   aloqadorligi,     bmehnatga   oid   va   kerakli   fan   materiallarini
anglatish   hisoblanadi.   Fanda   uchraydigan   fazo,   rang,   kompozitsiya   kabi
terminlar
xususida   ma`lumotlar   berish   masalalari   mavzuning   bugungi   kunda   muxim   va
dolzarbligini   bildiradi.   Fanning   mohiyatini   yaratish,   tasviriy   san`at   va
chizmachilik   darslaridagi   asosiy   qoidalarni   qayta   yodga   tushurish,   fanning
hayotdagi   mohiyatini   yoritib   berishdir.   Tasviriy   san`at   va   chizmachilik   o‘quv
predmetini   o‘quvchilarda   badiy,   estetik   va   axloqiy   texnik   madaniyatini
shakllantirish asosi hisoblanadi. Tasviriy san`at va chizmachilik o‘quv predmeti
maqsadi,   vazifalari   borliqdagi   barcha   narsalarning   chizma   asosida   bajarilishini
15 tusuntiradi. Tasviriy, dekorativ- amaliy, memorchilik kabi san`at turlarini o‘ziga
xos   xususiyatlarini   o’rgatadi.   Texnika   taraqiyotini   jadallashtirishda
chizmachilikning   tutgan   o‘rni   anglatadi.   Chizmachilik   tabiat   va   texnikani
ko‘rgazmali   idrok   etishga,   predmedlarni   tuzilishini,   fazoviy   holatini,   ko‘zga
ko‘rish   murakkab   bo‘lgan   jihatlarini   bilishga   yordam   berish   hisoblanadi.
Shuninigdek   tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fani   ham   chizmalarni   o‘qish,
mantiqiy   tafakkurni,   texnik   ijod,   bunyodkorlik   ishlariga   ilhomlantiruvchi
ekanligini ta’kidlash lozim. Borliqdagi, san`atdagi, go‘zalliklarni ko‘ra bilishga
o‘rgatishdir.   Chizmachilik   fani:   Turli   geometrik   yasashlar,   proektsiyalashlarni
tushunish.   O‘quvchilarda   rasviriy   malaka,   badiy-   fikr,   tashabbuskorlik,   milliy
g`ururni   shakllantirish.   Chizmalardagi   kesim,qirqim,   shartliliklar,
soddalashtirishlar, birikmalar xususida. O‘quvchilarda kasb-xunarga yo‘naltirish
masalasi.   Tasviriy   san`at   va   chizmachilik   va   chizmachilik   ta`limining   asosiy
bo‘g`inini   uzluksiz   kasbiy   ta`lim   ekanligi.   Chizmachilik-grafik   ta`limning
mazmuni,   mohiyati.   Chizma   geometriya,   muxandislik   grafikasi.   Tasviriy
san`atning   umumiy   jihatlari.   Tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fanlarida
ma`lumotnoma   adabiyotlardan   foydalana   olish   va   belgilash.   Zamonaviy
texnologiyalarning   tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fanlaridagi   ahamiyati.
chizmachilik fani orqali o’quvchilarning fazoviy tasavvurlari oshadi  va texnika
estetikasi   (dizayn)   shakllanishidagi   ahamiyati.   Chizma,   perspektiva,
proektsiyalash,   sxemalar   haqida   o‘quvchilarning   tasavvurlarini   kengaytiradi.
Yozuv   shriftlari,   formatlar,   qiyaliklar,   tutashmalarning   ba`zi   tomonlari   bilan
tanishishda   katta   vazifalarni   nazarda   tutadi.   Tasviriy   san`at   baliy   mehnat,
chizmachilik faning bir tsikl ekanligi. Bu fanlar tarixiy, madaniy yodgorliklarni,
atrof   muhitni   asrash,   narsalarga   nisbatan   badiy   did   bilan   qarash   va   estetik
jihatdan   baho   berish   malakasini   o‘stirishga   xizmat   qiladi.   Mashg`ulotlarni   olib
borishda boshlang`ich ma`lumotlar. Chizmalarni joylashtirish, hoshiyalash, rang
berish.   Chizmachilik   asboblari   gatovolnik,   chizg`ich,   lipola,   nutromer,
krontsirkul,   bulardan   foydalanishning   ahamiyati.   Bugungi   kunda   DTS   talablari
16 asosida   tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fanlariga   qo‘yilgan   talablarning
bajarilishi.   Tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fani   ta`limning   maqsadi
o‘quvchilarda
badiy,   ahloqiy,   texnik   madaniyatni   shakllantirishga   yordam   qiladi.   Fan
mazmunan   tasviriy,   dekorativ   amaliy,   memorchilik   kabi   san`at   turlarini   o‘z
ichiga   oladi.   Chizmachilikdan   o‘quvchilarga   murakkab   bo‘lmagan   texnik
chizmalarni
bajarishga,   o‘qishga   va   o‘z   fikrini   grafik   tasvirlar   vositasida   ifodalay   olishga,
kompyuter   yordamida   oddiy   chizmalarni   yasashga   o‘rgatishdan   iboratdir.
Tasviriy   san`at   va   chizmachilik   fani   ta`lim   va   tarbiya   birligida     muhim
hisoblanib, bu fanning asosiy jihati hisoblanadi. 
     Chizmachilik o‘qutuvchilari fanning maqsadini ham vazifalarini ham DTSda
ko‘rsatilganidek ajrata oladi. 
         Chizmachilik fanida ham ilg`or keyingi terminlarning kirib kelishi ko‘proq
yangi   manbalardan   xabardor   bo‘lishni   ta`lab   etadi.   Tasviriy   san`at   va
chizmachilik fanlari san’at  maktablarida o‘qitiladigan barcha fanlar bilan uzaro
bog`langan   holda   olib   boriladi.   Bu   fanni   o‘zlashtirishga   o‘qutuvchi   to‘g`ri
metodikadan foydalansa u o’quvchilarga samarali  ta`sir  ko‘rsatadi. Har qanday
fan   ta`lim-tarbiya   birligini   ta`minlab   berilishini   talab   etadi.   Jahonda   biron   bir
predmet   bir-birisiz   yagona   holda   rivojlana   olmaydi.   Tasviriy   san`at   fani     fikr
doirasini,   chamalashni,   hajmni,  rangni  o‘rgatadi.   Chizmachilik  aniq  o‘lchamlar
asosida   o‘quvchi   fazoviy   tasavvurini   kengaytiradi,   o‘quvchilarda   axloqiy,
estetik,   mehnat,   ekologik   va   jismoniy   tarbiyani   amalga   oshirishga   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Chizmachilik   fani   Davlat   ta’lim   standarti     talablari
bo‘yicha   maqsad-vazifalarga   erishishda,   ta`lim-tarbiya   nazariyalari
kontseptsiyasi   bo‘yicha   ko‘rilgan   masalalarga   ijodiy   yondoshuvni   o‘rganib   o‘z
ish   faolitida   qo‘llab   borishdan   iboratdir.  Chizmachilik   fanida  fazoviy   tasavvur,
proektsiyalash   metodlari,   o‘lcham   qo‘yish,   tutashmalar,   aksonometrik
17 proektsiyalar,   yaqqol   tasvirlar,eskizlar,   topografik   va   pnematik   sxemalar,   reja,
fasad   kabi   qurilish   chizmalari   haqida   ham   tushunchalarni   chuqurlashtirishlari
kerak. Chizmachilik fani dizayn san`atini va estetik tarbiya masalalarini, milliy
mafkura,   g`oyaviy   dunyoqarashni   ham   o‘zlashtirib   olishga   yordam   beradigan
fan hisoblanadi.  Tasviriy san`at  va chizmachilik fanlari  bo‘yicha  ta`lim-tarbiya
jarayonning   u   yoki   bu   tamonini   takomillashtirish   sohasida   ilg`or   o‘qituvchilar
ishini ma`lum darajada oshirish talablari rivojlanib zamonoviy talablarga to‘g`ri
keladigan qilib shakllantirish davr talabi hisoblanadi.
1.3. Chizmachilik darslarida qo`llaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalar
turlari va ulardan foydalanish usullari.
T a’lim   muassasalarida   chizmachilik   fanidan   o`qitish   vositalarining
yetarlicha   bo`lishi   kerak.   Fan   o`qituvchisining   ulardan   o`rinli   foydalana   olishi
hamda   talab   darajasida   maxsus   jihozlangan   kabinetning   bo`lishi   ta’lim
samaradorligini ta’minlashga ko`maklashadi. O`quvchilarning bilim olishida va
ularda grafik madaniyatning shakllanishida o`quv adabiyotlari (darsliklar, o`quv
qo`llanmalar,   topshiriqlar   to`plamlari   va   ish   daftarlari   kabilar)   va   o`quv
jarayonida foydalaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalar (stendlar, plakatlar va h.)
alohida   ahamiyatga   ega.   Metodik   tizimning   tarkibiy   qismlaridan   biri   o`qitish
vositalari dir.   Ularga   darsliklar,   didaktik   vositalar,   ko`rgazmali   qo`llanmalar,
o`qitishning   turli   texnik   vositalari   kiradi.   O`qitish   vositalariga   shuningdek
kompyuter, ekran va tovushli, nazorat va o`qitish dasturlari kiradi. Chizmachilik
fanining   o`ziga   xos   xususiyatiga   ko`ra   uni   o`zlashtirish   uchun   o`quvchilarda
fazofiy tasavvurning shakllanib, rivojlanishi zarurligi talab qilinadi. Ko`rgazmali
qo`llanmalar   o`quvchilarning   chizmachilik   kursini   o`rganishlari   va   grafik
topshiriqlarni   bajarishlarida   yordamlashish   maqsadida   tayyorlanadi.   O`quv-
ko`rgazmali   qo`llanmalarni   tekis   (plakatlar)   va   hajmli   (modellar   va   detallar
namunalari)  qo`llanmalar  ko’rinishda bo’ladi..
18 Chizmachilik   fani   o`qituvchilari   faqatgina   standart   o`quv-ko`rgazmali
qo`llanmalar   bilan   chegaralanib   qolmasdan   mustaqil   ravishda   original
plakatlarni   tayyorlab   dars   jarayonida   foydalanishi   ham   mumkin.
O`rganilayotgan   mavzuning   xarakterli   tomonlarini   ochib   beradigan   bunday
plakatlar   ayniqsa   o`quvchilar   uchun   yangi,   tushunishlari   qiyin   bo`lgan
mavzularda juda katta yordam beradi.      
 Foydalanish usullari va tuzilish printsiplariga ko`ra ularni  statik va dinamik
plakatlar ga   bo`linadi.   Ko`zlangan   mavzuni   bitta   tekislikda   bajarilgan   tasvir   va
shakllar   orqali   ochib   berishga   mo`ljallangan   plakatlar   statik,   mavzuni   bayon
qilish   jarayonida   tarkibiy   qismlari   biri   ikkinchisiga   nisbatan
harakatlantiriladigan plakatlar dinamik plakatlar deyiladi. 4
Standartlar   va   chizma   bajarish   asoslariga   tegishli   plakatlarning   doimiy
ravishda   chizmachilik   kabinetida   yoki   koridorlarda   joylashtirilishi   ularning
o`quvchilar   ko`z   o`ngida   bo`lib,   beixtiyor   o`quvchilarning   xotirasida   saqlanib
qolishiga sabab bo`ladi. Chizmachilik darslaria yangi mavzularni bayon qilishda
“dinamik  plakat”lardan   foydalanish   yaxshi   samara   beradi.  “Dinamik   plakat”lar
chizmani   bajarish   ketma-ketligi   tartibini   ochib   beruvchi   plakatlar   to`plamidan
iborat   bo`ladi.   Bu   o`qituvchiga   dars   vaqtda   o`quvchilarda   nisbatan   katta
hajmdagi   grafik   ma’lumotlarni   ko`rsatish   va   tushuntirish   imkoniyatini   beradi.
“Dinamik” ko`rgazmali qo`llanmalarda chizmalardagi tasvirlarni o`qish usullari
va ketma-ketligini ochib berish imkoniyati katta hisoblanadi. 
          Qirqim   hosil   bo`lishini   namoyish   qilish   uchun   tayyorlangan   dinamik
plakatlar shakllardan ularni tayyorlash va darsda foydalanish usullarini tushunib
olish   oson.   Bunga   o`xshash   plakatlarni   o`qituvchi   kursning   boshqa   mavzulari
bo`yicha ham loyihalashtirib, maktab ustaxonasida o`quvchilar bilan birgalikda
tayyorlashi mumkin. O`qituvchi chizmachilik mavzularini dinamik plakatlardan
4
  I . E . Ro ’ ziyev ,  A . O .  Ashirboyev .  Muhandislik   grafikasini   o ’ qitish   metdikasi .” Tasviriy   san ’ at   va   muhandislik  
grafikasi ”  bakalavriat   yo ’ nalishi   talabalari   uchun   darslik .  “Yangi asr avlodi” T. 2010. 54-bet.
19 foydalanib   tushuntirsa,   o`quvchilar   uni   qiziqib   tinglaydilar.   Mavzuni   oson
tushunadilar   va   o`rganilgan   material   ularning   xotirasida   uzoq   vaqt   saqlanib
qoladi.    Chizmachilik  o’quv  xonasida   detallarning  mavzuli  to`plamlari   bo`lishi
zarur.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   uchun   har   xil   mashinasozlik   detallarii
to`plamlari   va     oddiy   geometrik   jismlardan   tuzilgan   sodda   detallardan
detallardan iborat bo`ladi.
O`qituvchi   chizmachilik   fanining   dars   mashg’ulotlari   jarayonida   o`quv-
ko`rgazmali   qo`llanmalardan   foydalanishda   quyidagi   shartlarni   bajarishga
harakat qilishi kerak:
   O`quvchilarga o`qituvchi bayoni bilan birgalikda o`rganilayotgan    
   qoida, yasash usulini tushunishga yordamlashishi kerak.
 F anni o`rganish uchun zarur bo`lgan fazoviy tasavvurlarni   
             rivojlanishiga ko`maklashishi kerak.
  Ob’ektni to`g`ri tasvirlash uchun zarur bo`lgan uning ahamiyatli 
                      xossalarini tahlil qila olish ko`nikmalarini rivojlantirishi kerak.
  Chizmani o`qish va bajarish uchun zarur bo`lgan mavhum obraz 
           (chizma) bo`yicha real buyumni tasavvur qila olish ko`nikmalarini    
             rivojlantirishga ko`maklashishi kerak. 
       
20 1-chizma.   Chizmachilik darslari uchun mo`ljallangan detal modellari
tushuntirishga oid ko’rgazmali materiallarining elektron slaydi.
    
2-chizma.   Chizmachilik darslari uchun mo`ljallangan qirqim hosil bo’lishi,
proeksiyalash usuli va texnik rasmlarni tushuntirishga oid ko’rgazmali
materiallarining elektron slaydi.
            Bu   ko’rgazmali   materiallarining   elektron   slaydi   o’quvchilarda   obrazli
tafakkurning   shakllanishi   va   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir   ko`rsatadi.   Mavzu
21 asosida   tanlangan   o`quv   ko`rgazmali   qo`llanmalar   va   didaktik   vositalarning
mashg`ulotlarni   to`g`ri   tashkil   qilishdagi   ahamiyati   juda   katta   hisoblanadi.
Didaktik ta’lima ko`rgazmalilik prinsipi asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi.
        Ko`rgazmali   qo`llanmalarning   eng   ko`p   tarqalgan   turlaridan   biri   bu   o`quv
plakatlari   hisoblanadi.   Chizmachilik   fanining   asosiy   mavzulari   bo`yicha
plakatlar   hozirgacha   ko’plab   nashrdan   chiqarilgan.   Kompyuter   grafikasi   va
texnikalarining rivojlanishi va ommalashishi natijasida plakatlar o`rniga slaydlar
kirib   keldi.   Masalan:   2005   yilda   “ELXOLDING”   nashriyotida   chop   qilingan
Umimiy o’rta ta’lim maktablari va kasb hinar maktablari uchun “Chizmachilik”
slaydlar   komplektini   ko`rsatishimiz   mumkin.   Komplekt   70   ta   slayddan   iborat
bo`lib,   chizmachilikning   asosiy   mavzularini   qamrab   olgan   va   kasb-hunar
maktablaridagi chizmachilik darslarida foydalanish uchun mo`ljallangandir. 
3- chizma. Geometrik jismlar va geometrik jismlardan taskil topgan
detallarni bitta, ikkita va  uchta proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash
22 zarur hollarini namoyish qilishni tushuntirishga oid ko’rgazmali
materiallarining elektron slaydi.
   
         
23                                 Birinchi bob bo’yicha xulosa 
                Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida     chizmachilik   fan larining   o‘qitilishi
jarayonida   Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari
va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi dan   foydalanish,   o‘qitishni
chizma geometriya fani bilan bog‘lab olib borish alohida ahamiyatga ega.
              Chizmachilik   fani   o'quvchilarning   tasavvur   hamda   tafakkur   qilish
qobiliyatini   o‘stiradi.   Tasavvur   esa   shakliy   va   fazoviy   bo'iishi   mumkin.
O'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini  oshirish  maqsadida   chizmachilikdan har
bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron
slaydlari   ishlanmasi dan   foydalaniladi.   Grafikaviy   ta`lim   jarayonini   tashkil
etishda   chizmachilik   fanini   o’qitishning   nazariy   -   amaliy   asoslar   va
chizmachilikning fanlararo  aloqadorlik ahamiyati   deb nomlangan  birinchi bob
bo’yicha   xulosa   grafikaviy   ta`lim   jarayonini   tashkil   etish   sifatida   chizmachilik
fanini   o’qitishning   nazariy   va   amaliy   asoslari   yoritildi.   Umumiy   o’rta   ta’lim
maktablarida chizmachilik fanining fanlararo aloqadorligiga oid manbalar tahlil
etilib ushu manbalarga oid malumotlar yoritildi.    
          Chizmachilikka   oid   bilimlarni   to‘liq   egallashning   asosiy   shartlaridan   biri
grafik savodxonlik, chizmalar chizish va o‘qishni bilishdir. Chizmani o‘qish va
chizishni   bilishning   asosi   chizmachilikda   har   bir   narsaning   shartli   ravishda
soddalashtirib tasvirlanishini mukammal egallashdan iboratdir.   
24 II.BOB. CHIZMCHILIK DARSLARIDA KO`RGAZMALI
QO`LLANMALAR VA O`QITISHNING TEXNIK VOSITALARIDAN
FOYDALANISHNING ZARURIYATI.
2.1.   PowerPoint   dasturi   va   unda   slaydlar   ketma-ketligini   yaratish
metodikasi. 
            Microsoft   Power   Point   -   taqdimot   vositalarining   kuchli   to'plamidir.
Dasturga   qaraganda,   bu   yerda   taqdimot   yaratish   juda   osondek   tuyuladi.   Lekin
murakkabroq   narsalarni   yaratish   uchun   funksionallikni   chuqur   o'rganish   kerak
bo’ladi.   Taqdimot ma'lum bir mavzu bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan va
og'zaki   yoki   bosma   shaklda   kerakli   sharhlar   bilan   birga   keladigan   slaydlar
to'plami   hisoblanadi.Multimedia   texnologiyalarining   zamonaviy   vositalari
o'qituvchiga o'z kasbiy vazifalrini va rejalarini amalga oshirish uchun eng katta
imkoniyatlarni   beradi.   Taqdimotlar   yuqori   sifatli   grafik   va   video,   animatsiya,
saundtrekni   o'z   ichiga   oladi   va   bu   ob'ektlarning   barchasi   animatsiya   effektlari
bilan   bog'lanishi   mumkindir.   Barcha   taqdimotlar   2   guruhga   bo'linadi:   Bular
individual va sinfda foydalanish uchundir. Bu juda shartli  bo'linish, chunki har
bir   guruhda   bir   nechta   kichik   guruhlarni   ajratish   mumkindir.   Lekin   bu   ikki
guruhning   umumiy   jihatlari   juda   ko'p,   ularni   yaratishda   hisobga   olinishi   kerak
bo'lgan   juda   ko'p   muhim   farqlar   mavjuddir.   Taqdimotlar   chiziqli   (chiziqli
25 navigatsiya) bo'lishi mumkin, ya'ni axborot taqdimoti bir slayddan ikkinchisiga
o'tadi .   Hozirda     keng   tarqalgan   Lineer   taqdimotlar   ,   tez   yaratiladi   va   ta'lim
jarayonida muhim rol o'ynaydi .
Interaktiv   taqdimotlar   ( tarmoqli   navigatsiya),   bunda   syujetni   aylantirish
mumkin,   ya'ni   bir   mavzudan   ikkinchisiga   o'tish   mumkin   va   taqdimotchi
o'tishlarni boshqarib turadi.  
                                    Taqdimot yaratishning asosiy qoidalari.
        Taqdimotni yaratishdan oldin, tinglovchilarga nimani yetkazish kerakligini,
nimani   aytish   kerakligini   aniq   tushunishingiz   kerak   bo’ladi.   Dastlab
tinglovchilar   kim   bo'lishini   bilishingiz   kerak.   Taqdimotda   ortiqcha   narsa
bo'lmaslishi   mumkin   emas.   Har   bir   slayd   hikoya   mavzusi   bilan   mantiqiy
bog'langan   aloqani   ko'rsatishi   va   taqdimotni   umumiy   g'oyasi   tomon   ketma-
ketlikda   ishlashi   kerak.   Slaydlar   keraksiz   detallar   bilan   ortiqcha   yuklanmasligi
lozim,   animatsiya   esa   faqat   o‘quvchilar   e’tiborini   slaydning   asosiy,   asosiy
nuqtalariga qaratish uchun ishlatilishi lozim. Ovoz va vizual effektlar 1- o'rinda
turmasligi va o'quvchilarni asosiy ma'lumotlardan chalg'itmasligi lozim.
                                     Taqdimotni yaratish bosqichlari quyidagicha.
1-bosqichda.   Ishga   kirishish:   Mavzuni   tanlash.   Mavzuni   tanlashda     taqdimot
bitta mavzu doirasidagi bir nechta jihatlarni qamrab olishi yoki u bir jihat uchun
taqdimot hisoblanadimi, darhol qaror qabul qilish lozim.
2-bosqichda.   Taqdimot mazmuni va dizaynini aniqlashdir:
1.   Kelajakdagi   taqdimot   rejasini   tuzish.   Reja   batafsil     maqsadga   muvofiqdir
bolishi   lozim.   Qog'ozga,   taqdimotning   tuzilishini,   slaydlarning   sxematik
tasvirini   chizish   va   u   yoki   bu   slaydga   qanday   matn,   rasmlar,   fotosuratlar   yoki
boshqa   materiallar   kiritilishini   faraz   qilishlozim.   Taqdimotga   kiritiladigan
26 chizmalar,   fotosuratlar,   ovozli   fayllar,   videolar   ro'yxatini   tuzib   chiqish   kerak.
Taqdimotning matn qismini belgilash va uni tuzishdan iboratdir.
2.   Taqdimot   sharhlar   bilan   birga   bo'lishi   yoki   uni   o'quvchilar   o'zlari   ko'rib
chiqishlari   uchun   rejalashtirishni   aniqlash   kerak.   Bu   slaydlardagi   matn
ma'lumotlari miqdorini va shriftlarning hajmi va navigatsiya turini aniqlaydi.
4.   Slaydlar   dizaynini   aniqlash.   Slayd   fonlarining   rang   sxemasi,   sarlavhalar
formati va barcha slaydlar bir xil formatga ega bo'lishi maqsadga muvofiqdi.r
3-bosqichda.   Taqdimotni yaratish.  
1 - ish. Matnni kiritish va tahrirlash. Matnli slaydlar yaratiladi va har bir slaydga
faqat   matnli   ma'lumotlar   kiritiladi.   Matnni   kiritilgandan   so'ng,   har   bir   slaydda
uning   joylashishini   hal   qilish   kerak.   Uni   formatlash   kerak.   Bunda   o'lchamini,
shrift   rangini,   sarlavhalar   va   asosiy   matnni   aniqlash   lozim.   Matn   rangini
tanlayotganda,   matnni   "o'qilishi"   kerakligini   yodda   tutish   lozim,   ya'ni   slaydlar
foni   matnni   "qora"   va   to’q   rangli   soyalardan   iborat   bo’lmasligi   kerak.   Noyob
turdagi   shriftlarni   olish   shart   emas   ular   boshqa   kompyuterlarda   mavjud
bo'lmasligi   ham   mumkin,   ularning   yordami   bilan   taqdimot   boshqa
auditoriyalarda   namoyish   etiladi.   Slaydlarda   matn   zich   joylashib   ketmasligi
kerak.   Yuklangan   yoki   yo'qligini   aniqlash   uchun   matnning   bir   qismini   og'zaki
taqdimot uchun qoldirish lozim. Taqdimot ma'ruzachi hamrohligisiz ko'rsatilsa,
matn   mazmuni   ustida   tasavvur   etib   o'ylash   kerak.   Ma'nosini   yo'qotmasligi   va
tushunarli bo'lishi lozim.
2-ish.   Grafiklar,   diagrammalar,   jadvallar.   Agar   taqdimotda   grafik   va
diagrammalarni   joylashtirishni   rejalashtirilgan   bo'lsa,   keyin   ularning   joylashshi
haqida o'ylab ko'rish kerak, bitta slaydni bir nechta grafik yoki diagramma bilan
ortiqcha   yuklash   kerak   emas,   ma'lumotlar   o’quvchilarlar   tomonidan   yaxshi
27 qabul   qilinmasligi   mumkin.   Shu   narsa   jadvallar   uchun   ham   amal   qiladi,
jadvallardagi   matn   aniq   ko'rinadigan   bo'lishi   lozim,   jadvallarda   aniqlik   uchun
zaif (rangli) hujayra to'ldirishdan foydalanish mumkindir.
3-ish.   Tasvirlar,   chizmalar,   fon   rasmlari.   Slaydlar   foni   (tagzamini)   juda
muhimdir,   u   tomoshabinlarda   ma'lum   bir   kayfiyat   yaratadi   va   taqdimot
mavzusiga mos kelishi lozim. Jiddiy   mavzudagi taqdimotlar rangli bo'lmasligi,
kam   yorqin   ranglarni   o'z   ichiga   olishi   va   rang   sxemasini   slayddan   slaydga
o'zgartirishi   kerak.   Taqdimot   bir   nechta   yirik   mavzulardan   iborat   bo'lsa,   unda
har   bir   mavzu   o'z   rang   sxemasiga   ega   bo'lishi   lozim,   ammo   taqdimotning
umumiy   rang   sxemasidan   unchalik   farq   qilmasligi   kerak.   Fonni   juda   rang-
barang qilish, tomoshabinni chalg‘itadi va matnlarni o‘qishni qiyinlashtiradi. 
          Rasmlar.   Taqdimotda   joylashtirilgan   grafik   ob'ektlardir.   Ular   birinchi
navbatda, optimallashtirilgan, aniq va yaxshi piksellar soniga ega bo'lishi lozim.
Grafik   tasvir     matnning   o'rtasida   joylashmasligi   kerak   chunki     u   yomon
ko'rinishga ega bo’ladi.
4-ish.   Taqdimotni   yaratish   va   keyingi   bosqichda   animatsiyani   kiritishdir.
Animatsiya   effektlari   yordamida   taqdimotni   idrok   etishni   sezilarli   darajada
yaxshilash   va   tomoshabinlar   e'tiborini   eng   ko'p   narsaga   jalb   qilish   kerak.  
Slaydlarda   yoki   taqdimotning   o'zida     muhum   no’qtalar   aks   ettirilgan.
Animatsiya   effektlarini   qo'llashdan   oldin   slaydlararo   va   slaydlararo   animatsiya
imkoniyatlarini diqqat bilan ko'rib chiqish kerak. Uni qanday va qayerda qo'llash
haqida o'ylash lozim.     
Animatsiyaning   zarurati   va   turi   hisobot   tuzilishi   bilan   mantiqiy   bog'langan
bo'lishi   lozim,   tomoshabin   slaydda   joylashgan   ob'ektlarni   ma'lum   bir   joyda
ko'rishga tayyor bo'lishi va ko'zlarini slayd atrofida aylantirmasligi lozim. 
28 5.   Soundtrack.   Agar   taqdimotga   saundtrek   qo'shish   kerak   bo’lsa,   juda   ehtiyot
bo'lish   zarur.   Musiqa,   birinchi   navbatda,   ma'ruzachini   ovozi   bilan   aralashib
ketmasligi,   quloqni   bezovta   qilmasligi,   keskin   o'tishlari,   shuningdek,
tinglovchilarni   tinchlantirishi   lozim.   Soundtrack   taqdimot   mavzusiga   organik
tarzda mos kelishi talab etiladi.
  6.   Taqdimotni  yakunlash.   Taqdimotni  tugatish  taqdimotni  qayta-qayta  ko'rib
chiqish.     Tomoshabinlar   har   bir   slaydni   ko'rishi   uchun   zarur   bo'lgan   vaqt
oralig'ini   va   ularni   o'zgartirish   vaqtini   aniqlashdan   iboratdir.   Slayd   shu   qadar
uzoq vaqt davomida ekranda bo'lishi lozim, anashundagina tomoshabinlar uning
mazmunini   ko'rishlari,   eslashlari,   xotirasida   saqlashlari   va   tushunishlari
mumkin.   Slaydni   o'zgartirish   orasidagi   katta   interval   taqdimotga   bo'lgan
qiziqishni kamaytiradi. 
4-bosqichda.   Taqdimotning   yakuni :   Taqdimot   jamlangan   shaklda   hisobotning
asosiy   xulosalarini   o'z   ichiga   olishi   kerak.   Taqdimot   umumiy   slayd   bilan
yakunlanishi kerak.
                Power Point dasturi   -grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni
tayyorlash,   ular   bilan   tanishishni   uyushtirish   va   slaydbvfilmlarni   namoyish
etishga tayyorlaydi.
          Prezentatsiya   -   slaydlar   va   maxsus   effektlar   to’plami.   Ularni   ekranda
ko’rsatish,   tarqatiladigan   material,   ma’ruzani   plani   va   konspekti   shaklida   bitta
faylda saqlanadi.
        Slayd   -   prezentatsiyaning   alohida   kadri.   O’z   ichiga   matnni,   sarlavhalarni,
grafik va diagrammalarni oladi.
    Tarqatiladigan material  - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun
mo’ljallangan materiallardir.
29     Dizayn qolipi  - professional tomonidan oldindan   tayyorlab quyilgan grafiklar ,
buyoklar,   jilolar,   tovushlar   namunasi.   Ular   slaydlarda   ishlatish   uchun
mo’ljallangandir.
        Ranglar sxemasi   -   8 xil ranglardan tashkil  topgan to’plam. Prezentatsiyalar
uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
    Animatsiya   - slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini
oshiruvchi   tovush,   rang,   matn   va   harakatlanuvchi   effektlarni   va   ularni
yigindisidan iborat.
        Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalar. Microsoft
Office   ilovasidagi   -   POWER   POINT   dasturi   hisoblanadi.   U   grafik
axborotlar,   slaydlar ,   ovoz,   video   kliplar,   animatsiyalardan   foydalanib,   sifatli
prezentatsiyalar   yaratish   imkoniyatini   beradi.   Dastur   yordamida   slaydlarni
ko’plab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, qogozlarga, 35
millimetrli   slaydlarga   chop   etish ,     kompyuter   ekranida   namoish   kabi   vazifalar
bajariladi.   Shuning   bilan   birga   tinglovchilarga   tarqatish   uchun   ma‘ruza
konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash ham mumkin.
            1987   yildan   boshlab   Microsof   Power   Point   dasturi   paydo   bo’lgan.
Prezentatsion   grafik   ishlarida   yetakchi   o’rin   tutadi.   Hozirgi   paytda     bu
dasturning   keyingi   versiyalarida   esa   shu   dasturga   yangi   qo’shimcha   fikrlar   va
prezentatsiyalarni qo’llashning yangi usullari ishlab chiqildi.
2.2.  Chizmachilik darsi uchun  materiallarining elektron slaydlarini
tayyorlash usullari.
            O‘rta   asrda   astronomiya,   fizika,   matematika,   geologiya,   geodeziya,
geografiya,   tarix   singari   fanlar   yo‘nalishida   kashfiyotlar   qilgan   qomusiy   olim
Abu   Rayxon   Beruniy   (973-1048)dir.   Asli   Xorazmlik   olim   Abu   Rayxon
30 Beruniy     o‘zining   “Geodeziya”   asari(990   y.)ni   yaratishda   Xorazmdagi   Qiyot
shahrining   geografik   kengiligini   aniqlash   uchun   georafiya,   matematika   va
astronomiyadan etarli bilimga ega bo‘lgan.   Buyuk qomuschi olim hamma fanlar
bilan mukammal shug’ullangan va bu fanlarni rivojlanishga o’zning yuzdan ortiq
ilmiy kashfiyotlari bilan katta hissa qo’shgan. 
         Beruniy yoshlik chog’dan astranomik asbob-devor kvadiratlarini yasagan.O’zi
yasagan asboblar yordamida astranomik o’lchashlarni olib borgan. Astranomiyaga
oid   bo’lgan   trigonometriya   sfirik   triganometriyada   qilgan   ko’p   kashfiyotlari
“ Qonuni masudiy”  nomli asarida boyon qilgan.  “ Hindiston ”  asarining XV,XXIII
va XXIV boblarida geometiriyaga doir masalalar bayon qilgan. 
         Abu  Rayxon  Beruniy  o’z  ilmiy  ishlarida  proyeksiyalar  metodini  tadqiq  etib,
chizmalar   taqdim   etgan.   U   biror   jismni   tasvirolchi   chizmani   chizishda   uning
ko’rinishlarga   etibor   berishga   to’xtalib   shunday   deydi:     “ To’g’ri   burchakli
oltiyoqlik ichida uning biror tarafga qarab bir jonivor turibdi deb faraz qilsak u
holda jonivorning oldi, orqasi, o’ngi, so’ngra usti va osti bo’ladi” 5
.   Abu Rayxon
Beruniy   o’z   ilmiy   ishlarida   foydalangan   asboblarini   chizmalar   yormida   yasagan
Beruniy   ning   1257-yil   yozgan   “Kitob   at-tafxim”   kitobida     yer   sathning   Sharqiy
5
  Abu Rayhon Beruniy.   Tanlangan asarlar. Toshkent, „Fan“, 1965. II tom, 225-bet.
31 yarimi   shar   xaritasi   tasviri   berilgandir.   Tasvir   hozirgi   zamonning   xaritalarga
solishtirish mumkin bo’lishi uchun asl nusxa 180 0
  ga burilgan holda tasvirlangan.
Abu   Rayxon   Beruniy   mat ematika   fanida   juda   katta   yutuqlarga   erishgan   va
kashfiyotlar qilgan  olimdir .
         Abu Rayxon Beruniy   o‘zining asarlarida arifmetika, algebra, geometriya va
trigonometriyaning   asosiy   tushunchalarini   ta’riflaydi,   birinchi   bo‘lib   butun
sonlarning   oltmishli   sistemasini   qo‘llaydi,   arifmetikadagi   uchlik   qoidani
umumlashtiradi,   monli   qatorning   cheksiz   ekanini   aytadi,   son   tushunchasini
musbat  haqiqiy sonlargacha  kengaytiradi, planometriyaning ba’zi  teoremalarini
astronomiyaga   tadbiq   etadi,   fazoviy   koordinatalar   g‘oyasini   beradi,   sferani
tekislikka   proeksiyalashning   turli   ususllarini   ko‘rsatib   beradi,   ikkilangan   va
yarim   burchak   sinuslarining   formulasini,   sinuslar   yig‘indisi   va   ayirmasining
formulasini  ko‘rsatib  beradi, tekislik va sferik trigonometriya uchun kosinuslar
teoremasiga teng kuchli qoida ni   ko‘rsatib beradi.   Abu Rayxon Beruniy   tekis va
sferik   trigonometriya   uchun   tangenslar   teoremasini   yaratadi.   Abu   Rayxon
Beruniy   astronomik   asbob-devor   kvadratini   yasab   Xorazmning   turli   joylari
koordinatalarini   aniqlagan   995-996   yillarda   Qiyot   shahrida   diametri   15   ziro’
(chamasi   49-sm)   bo‘lgan   doira   va   boshqa   asboblar   bilan   astronomik   o‘lchash
ishlari olib borgan  olimdir .
         Abu Rayxon Beruniy 1029-1034 yillar orasida yozgan    “Kitob at-tafxim”
asariga astronomiya va geodeziyadan tashqari, geometriya va arifmetikaga doir
bo‘limlarni ham kiritadi. Bu asar savol-javob tarzida yozilgan hamda u arabcha
va   forscha   nusxalarda   bizgacha   etib   kelgan.   Kitobning   geometriya   bo‘limida
Beruniy   shar   ichida   besh   xil   muntazam   ko‘pyoqlilar   yasash   mumkinligini
aytib bu ko‘pyoqlilarga turli  xil ismlar beradi.
1. Yoqlari 6 ta kvadratdan iborat ko‘pyoqli jism (kub).  Bu jismni olim
“ arziy ”  ya’ni  “erniki”  deb ataydi.
32 2. Yoqlari     20   ta   teng   tomonli   uchburchaklardan   iborat   jism
(ikosoedr).   Bu jismni olim   “moiy”  ya’ni  suvniki  deb ataydi.
3. Yoqlari  8 ta teng tomonli  uchburchaklardan iborat jism   (oktaedr).
Bu jismni  “havoniki”  deb ataydi.
4. Yoqlari 4 ta teng tomonli uchburchakdan iborat jism  (tetraedr).   Bu
jismni   “noriy”,  ya’ni  olovniki  deb ataydi.
5. Yoqlari   12   ta   teng   tomonli   besh   burchakdan   iborat   jism
(dodekaedr).  Bu jismni   “falakiy”  ya’ni  osmonniki  deb ataydi.
          Kitobning   geometriya   bobida   keltirilgan   savol   javoblar   ham   zaruriy
geometrik ma’lumotlar hisoblanadi. Bu ma’lumotlar Evklidning “Negizlar” asari
asosida   yozilgan   bo‘lsa   ham,   ular   orasida   Beruniy   o‘zi   qo‘shgan   bir   qancha
ma’lumotlar   bor.   Masalan,   sinus   yoki   kosinus   tushunchasi,   aylana   uzunligini
hisoblash,   qoidasi,   konus   kesimlaridan   iborat   ikkinchi   tartibli   egriliklar   sferik
shakllar,   tuzma   nisbatlar,   geometriya   fanining   ta’rifi   va   ko‘pyoqlilarga   ta’rif
berish  kabilardir.
          Abu  Rayxon   Beruniy   matematika,   astronomiya   bilan   bir   qatorda   fizika   va
mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan ham shug‘ullanadi.  Abu Rayxon Beruniy
Panjobdagi   Nandna   qala’si   yonida   yer   shari   meridiani   bir   gradusi   uzunligini
o‘lchaydi  va u 110.895 km. ekanligini aniqlagan olimdir. Bu ma’lumot  hozirgi
zamon   o‘lchamlar   natijasi   bilan   taqqoslansa,   Abu   Rayxon   Beruniy
o‘lchashlarining aniqligi ko‘rinadi.
    Abu Rayxon Beruniyning “Qonuni Ma’sudiy” asari asosan astronomiyaga oid
bo‘lsa   ham   uning   matematikaga   oid,   ya’ni   trigonometriya   va   sferik
trigonometriyada   qilgan   kashfiyotlari   shu   asarda   bayon   etilgan.   Abu   Rayxon
Beruniy   Ma’mun   A kademiyasining   a’zosi   hiso b lanib   unda   ilmiy   ishlar   olib
boradi.   Ma’mun   akademiyasining   yaratilishi   fan   tarixida   va   Xorazm
davlatchiligi tarixida muhim  ahamiyat kasb etadi.
33      Abu Rayxon Beruniy  yuzlab asarlari ichida bizning  davrimizgacha  saqlanib,
o‘z   bebaho   ahamiyatini   yo‘qotmay   bugungi   avlod   kishilari   uchun   o‘rganish
manbai   bo‘lib   kelayotgan   asarlari   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”,
“Xorazmning   mashho‘r   kishilari”,   “Xindiston”,   “ Qonuni   masudiy ”,   “Ibn   Sino
bilan   yozishmalar”i     va     “Mineralogiya”   asari   o‘z     zamonasi   uchun   Markaziy
Osiyo,   Yaqin   Sharq,   Yevropada   ham   menaralogiya   sohasida   tengi   yo‘q   asar
sifatida   e’tirof   etiladi.   Abu   Rayxon   Beruniy   koinot   (falakkiyot )   bo‘yicha
tekshirishlar,   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borgan.   Astronomiya,   geometriya   va
trigonometriyaga   oid   risolalar   muallifi   Abu   Rayxon   Beruniyning
me’morchilikka   hissa   qo‘shgan   olimdir.   O’sha   davrlarda   me’morchilik   bilan
bog‘liq matematika, amaliy geometriya doimo me’morlar e’tiborida bo‘lgan.
Chizmachilik fani bevosita geometriya fani bilan uzyiy bo’liq bo’lganligi uchun
dastlab   o’quvchilarga   geometriya   va   undagi   fasoyiy   jismlar   haqida
ma’lumotlarni  berish va tushuntirish lozim deb o’ylaymiz.
       Fazoviy jismlar.   Stereometriyaning eng muhim obyektlari bo’lib, ular hech
qanday tekislikda yotmaydigan fazoviy jismlar hisoblanadi.  M asalan,   ular  shar,
sfera, kub, paral lelepiped, prizma, piramida, konus, silindr kabilardir.
  
34 4-chizma.   Chizmachilik darslarida fazoyiy jismlarni tushuntirishga oid
ko’rgazmali materiallarining elektron slaydi.
Ko'pyoqlar.       Geometrik   jismlarning   katta   guruhini   ko'pyoqlar   tashkil
etadi. Sirti chekli sondagi  ko'pburchaklardan iborat jism     ko'pyoq   d eb ataladi.    
     Ko'pyoqni chegaralovchi ko'pburchaklar uning   yoqlari   d eb ataladi.    Ko'pyoq
qo'shni   yoqlarining   umumiy   tomonlari   uning   qirr α l α ri   d eb   ataladi.  
Ko'pyoqning   bitta   nuqtada   uchrashadigan   yoqlari   ko'p   yoqli   burchak   tashkil
qiladi   va   bunday   ko'p   yoqli   burchaklarning   uchlari   ko'pyoqning   uchl α ri   d eb
ataladi.   Ko'pyoqning   bitta   yog'ida   yotmagan   ixtiyoriy   ikkita   uchini
tutashtiruvchi   to'g'ri   chiziqlar uning   di α gon α ll α ri   d eb ataladi.  
O'zining   har   bir   yog'i   tekisligining   bir   tomonida   joylashgan
ko'pyoq   q α v α riq   ko'pyoq   d eb   ataladi.   Masalan,   bular   prizma,   kub,   paral -
lelepiped, piramida qavariq ko'pyoqlar hisoblanadi.                    
Barcha yoqlari kvadratlardan iborat ko'pyoq “ Kub”  d eb ataladi.     Kubning
yon yoqlari kesishadigan   A
1 A, B
1 B, C
1   C, D
1 D kesmalar kubning   yon qirralari,
AB,   BC,   CD,   DA,A
1 B
1 ,   B
1 C
1 ,   C
1 D
1 ,   D
1 ,A
1   lar       esa   kub     asoslarining
qirralari   d eb ataladi.     Kubning uchta yog'i kesishadigan   A, B,
  C, D, A
1 , B
1 , C
1   ,
D
1   nuqtalar uning   uchlari   d eb ataladi.  
            B archa   yoqlari   parallelograrnmlardan   iborat   ko'pyoq   Parallelepiped   d eb
ataladi.   Yon   yoqlari   to'g'ri   to'rtburchaklardan   iborat   parallelepiped
to'g'ri   parallelepiped   d eb   ataladi.     H amma   yoqlari   to'g'ri   to'rtburchaklardan
iborat   parallelepiped     to'g'ri   burchakli   parallelepiped   d eb
ataladi.   Parallelepipedning   qirralari   va   uchlari   tushunchalari   kubniki   kabi
o’quvchilarga tushuntirishimiz mumkin.
35     
5-chizma.   Chizmachilik darslarida  geometrik  jismlarni tushuntirishga oid
ko’rgazmali materiallarining elektron slaydi.
Asoslar   deb   ataladigan   ikki    yog'i   parallel   tekisiiklarda   yotuvchi,    qolgan
yoqlari    parallelogrammlardan    iborat   ko'pyoq  Prizma     d eb 
ataladi.     Yon   yoqlari   asosga   perpendikular   bo'lsa,   prizma   to'g'ri   prizma   d eb 
ataladi.     Asoslari   muntazam   ko'pburchaklar   bo'lib,   yon   yoqlari   to'g'ri   to'rtburcha
klardan   iborat   bo'lgan   prizma   muntazam   prizma   d eb ataladi.  
Piramida   —   asos   deb   ataladigan     bitta   yog'i   ixtiyoriy   ko'pburchak  
bo'lib,   qolgan     yoqlari       ketmaket,     juft   -juft   kesishadigan   umumiy
uchga   ega   uchburchaklar
  bo'lgan   ko’pyoqdan   iborat   .   Barcha   uchburchaklar   uchun     umumiy
S   nuqta   —   piramidaning     uchi ,     ASB,   BSC,   CSD,   DSE,   ESF,   FSA ,
uchburchaklar     uning     yon   yoqlari ,   ABCDEF   ko'pburchak     uning   asosi   d eb
ataladi.       S   uchdan   asosga   tushirilgan   SO   perpendikular   —
piramidaning   balandligi  d eb ataladi.  
          Agar   piramidaning   asosi   muntazam   ko'pburchak   bo'lsa   va   piramidaning    
SO   balandligi asosining markazi orqali o'tsa, piramida   muntazam piramida    d eb
36 ataladi.       Muntazam   piramida   yon   yog'ining   balandligi   uning   apofemasi   d eb
ataladi.  
6-chizma.   Chizmachilik darslarida  geometrik  jismlar  “Prizma” va  
“ Piramida”ni  tushuntirishga oid ko’rgazmali materiallarining elektron 
slaydi.
37 Asosiy geometrik jsmlarning tasvirlari aks etgan    elektron slaydlar
namunasi.
         
         
7-chizma.   Chizmachilik darslarida  fazoviy jismlar ni  tushuntirishga oid 
ko’rgazmali materiallarining elektron slayd lar i.
38 Muntazam ko'pyoqlar . Agar berilgan ko'pyoq qavariq bo'lib, uning yon
yoqlari o'zaro teng muntazam  ko'pburchaklardan iborat bo'lsa hamda uning har
bir uchida bir xil sondagi yoqlar tutashsa   va   uning barcha ikki yoqli burchaklari
o'zaro teng bo'lsa, u   muntazam ko'pyoq   d eb ataladi.  
          Muntazam   ko'pyoqlarning  besh  xil   turi  mavjud.  Muntazam  ko'pyoqlarning
har biri o'z nomiga ega.
Kub.    Barcha yoqlari kvadratlardan iborat prizma   “Kub”  d eb ataladi.  
Tetraedr.   Barcha   yoqlari   o'zaro   teng   muntazam   uchburchaklardan   iborat
uchburchakli piramida  “Tetraedr”     d eb ataladi.  
Oktaedr.    Barcha sakkizta yog'i o'zaro teng muntazam uchburchaklardan iborat 
ko'pyoq   “ Oktaedr”   d eb ataladi.   Oktaedrni   asoslari kvadratlardan iborat bo'ladi 
va yon yoqlari o'zaro teng muntazam uchburchaklar bo'lgan ikkita muntazam 
piramidani bir-biriga birlashtirish bilan yasash mumkin.
Ikosaedr.     Barcha   yigirmata   yog'i   o'zaro   teng   muntazam   uchburchaklardan
iborat ko'pyoq  “Ikosaedr”   d eb ataladi.  
Dodekaedr.     Barcha   o'n   ikkita   yog'i   o'zaro   teng   muntazam   beshburchaklardan
iborat ko'pyoq  “Dodekaedr”   d eb ataladi.  
      
39 8-chizma.   Chizmachilik darslarida  “ Muntazam ko'pyoqlar ” ni  
tushuntirishga oid ko’rgazmali materiallarining elektron slayd lar i.
     
  9-chizma.   Chizmachilik darslarida  “ Muntazam ko'pyoqlar ” ni  
tushuntirishga oid ko’rgazmali materiallarining elektron slayd lar i.
Eyler teoremasi . Ko'pyoqning yoqlari soni   Y,   uchlari soni   U   va   qirralari 
soni   Q   lar orasidagi bog'liqlik quyidagi teorema orqali beriladi.
1-Teorema   .  Ixtiyoriy n yoq uchun Y + U – Q = 2    munos α b α t  b α j α ril α di.
                 Quyidagi jadvaldan buni yaqqol ko'rish mumkin:
Ko'pyoq Y U Q Y + U – Q
Tetraedr 4      4      6 2
Parallelepiped 6      8     12 2
Olti burchakli
prizma      8      12     18 2
O'n bir yoq      11      11     20 2
O'n ikki yoq      12     18    28 2
40 2   - Teorema .     Ko ' pyoq   tekis   burchαklαrining   soni   uning   qirrαlαri
sonidαn   ikki   mαrtα   ko ' p .
Natijalar.
1.       Ko   'pyoq tekis burchαklαrining soni hαr doim juftdir.
2.     Agαr   ko'pyoqning   hαr   bir   uchidα   bir   xil   k   sondαgi   qirrαlαr
tutαshsα, U∙k=2Q munosαbαt o'rinli.
3.     Agαr   ko'pyoqning   bαrchα   yoqlari   bir   xil   n   tomonli
ko'pburchaklardan tashkil topgan bo'lsa, Y∙n = 2Q munosabat o'rinli.
  3 -Teorema.     Yoqlari soni Y   va   qirrralari soni Q bo'lgan ko'pyoq tekis 
burchaklarining  yig'indisi uchun
munosabat   bajariladi .
Chizmachilik   darslarida   ko ' pyoq   modelini   yasash   talab   qilinsa ,   u   tekis
ko ' pburchaklarni   ko ' pyoqning   yoqlarini   bir - biriga   yopishtirish   natijasida   hosil
qilinib   yasaladi .   Bunda   faqat   ko ' pburchaklar   majmuyiga   ega   bo ' lib ,   qaysi
ko ' pburchaklarni   o ' zaro   yopishtirish   zarurligini   ham   bilish   kerak     bo ' ladi .   Biror
ko ' pyoq   yoqlariga   teng   ko ' pburchaklar   majmuyi ,   qaysi   tarafini ,   mos   ravishda ,
yopishtirish   kerakligi   ko ' rsatilgan   holda ,   ko ' pyoqning   yoyilmasideb   ataladi .
Ko ' pyoq ni   yasah   vazifasi   berilganda   uning   yoyilmasini   o ’ lchamlar   asosida
yasash   mumkin .   Berilgan   yoyilma   bo ' yicha   ko ' pyoqni   yasash ,   quyidagi   shartlar
bajarilganda   yechimga   ega   bo ' ladi .
1)   Yoyilmaning   har bir tomoniga qolgan tomonlarning faqat bittasi mos keladi
2)   Agar   α va β yoqlari umumiy   A   uchga ega bo'lsa, qolgan yoqlardan faqat o'sha
A uchga ega bo'lganlarini tanlab olish kerak.
41 3)   Yoqlarni   bir-biriga   yopishtirish   ketma-ketligi   ko'rsatilishi   mumkin   bo'lishi
lozim.
4)   Yoyilmaning   uchlari,   yoqlari   va   qirralari   soni   Eyler   tenglamasini
qanoatlantirishi, ya'ni   Y+U-Q=2     shart bajarilishi kerak.
5)   Ko'pburchaklarning   yopishtiriladigan   tomonlari   bir   xil   uzunliklarga   ega
bo'lishi kerak.
6)   Yoyilmaning   har   bir   uchida   tekis   burchaklarning   yig'indisi   360°   dan   kichik
bo'lishi kerak.
        Markaziy   Osiyoning   buyuk   olimi   Abu   Rayxon   Beruniy   “Kitob   at-tafxim”
asariga   geometriya   va   arifmetikaga   doir   bo‘limlarni   ham   kiritgan.   Kitobning
geometriya   bo‘limida   Abu   Rayxon   Beruniy   shar   ichida   besh   xil   muntazam
ko‘pyoqlilar   yasash   mumkinligini   aytib   bu   ko‘pyoqlilarga   turli     xil   ismlar
beragan.   Abu   Rayxon   Beruniy   s h a r   i c h i d a   b e s h   x i l   m u n t a z a m
k o ‘ p y o q l i k l a r   y a s a s h   m u m k i n l i g i n i   c h i z m a l a r   o r q a l i   i s b o t l a b   b e r g a n .
B u l a r   n o r i y   -   t o ‘ r t y o q l i k   ( t e t r a e d r ) ,   o r z i y   -   o l t i y o q l i k   ( g e k s a e d r ) ,
h a v o i y   -   s a k k i z y o q l i k   ( o k t a e d r ) ,   f a l a k i y   -   o ' n i k k i y o q l i k   ( d o d e k a e d r ) ,
m o i y   -   y i g i r m a y o q l i k   ( i k o s a e d r )   l a r   h i s o b l a n a d i .  
        O ‘ r t a   O s i y o d a   c h i z m a c h i l i k n i n g   m u q a r r a r l i g i n i   A b u   R a y h o n
B e r u n i y n i n g   „ J i s m l a r   k o ‘ l a m i   f a z o d a   u c h   t o m o n g a :   b i r i n c h i s i
u z u n l i k ,   i k k i n c h i s i   kenglik,   uchinchisi   chuqurlik   yoki   balandlik   bo'ylab
yo‘nalgan   bo'ladi.   Jismning   mavhum   cho'zilishi   (proyeksiyasi)   emas,
balki   mavjud   cho‘zilishi   (haqiqiy   kattaligi)   shu   uch   chiziq   bilan
aniqlanadi.   Bu   uch   tomonning   chiziqlari   vositasida   jism   olti   yoqqa   ega
boiib,   shuncha   yoqlari   bilan   u   fazoda   chegaralanadi.   Bu   olti   yoqlar
markazida   bir  jonivor   turgan  bo‘lib  (9-chizma),  uning  yuzi   shu  yoqlardan
biriga   qaragan   deb   xayol   qilinsa,   u   yoqlar   uning   old,   orqa,   o‘ng,   chap   va
42 ost   tomonlari   bo‘ladi“ 6
,   degan   fikrlaridan   bilib   olish   mumkin.   Bu   esa
aynan zamonaviy proyeksiyalash usulining o‘zginasidir.
        
9 -chizma.   S h a r   i c h i d a   y a s a l g a n   b e s h   x i l   m u n t a z a m
k o ‘ p y o q l i k l a r .
6
  Abu Rayhon Beruniy.   Tanlangan asarlar. Toshkent, „Fan“, 1965. II tom, 225-bet.
43 10-chizma.   Chizmachilik darslarida  m untazam ko'pyoqliklar ni
tushuntirishga oid ko’rgazmali materiallarining elektron slayd lar i.
44 11-chizma.   Muntazam   ko ' pyoqlar ,   y ulduz   ko ’ rinishidagi   Platon
jismlarining   elektron   slaydini   Power   Point   dasturida   tayyolash .
2.3.  Chizmachilik    darslarida   kompyuter gragikasi orqali  o ‘ quvchilarni  
Auto CAD  dasturi   asosida   chizmalar   bajarishga   o ’ rgatish   metodikasi .
          Global   axborotlashuv   asri   nomi   bilan   tarixga   kirgan   XXI   asrni   zamonaviy
ommaviy   axborot - kommunikatsiya   texnologiyalari ,  xususan ,  radio ,  televideniye ,
Internet   tarmog ’ isiz   tasavvur   qilish   qiyin .   Texnologiyaning   rivojlanishi   bilan
texnik   vositalardan   foydalanib ,   o ’ qitish   uchun   birgina   kompyuterning
mavjudligi   yetari   bo ’ lib   qoldi .     Hozirgi   kunda   kompyuter   avval   televizor ,
videomagnitofon ,   kinoproyektor ,   diaproyektor   va   boshqalar   bajargan
funktsiyalarni   muvaffaqiyat   bilan   bajara   oladi .   Bugungi   kunga   kelib ,  kompyuter
savodxonligi   madaniyatning   muhim   belgisiga   aylandi ,   kelajakda   esa   u   har   bir
insonga   qayerda ,   qaysi   sohadada   ishlamasin   zaruratga   aylanadi .   Axborot
texnologiyasi   vositalari   muayyan   amallarni   ongli   va   rejali   amalga   oshirishda
o ’ zlashtiriladi .   Ta ’ limda   zamonaviy   axborot   va   kommunikatsiya
texnologiyalarini   keng   joriy   etilishi :
-  fan   sohalarini   axborotlashtirishni ;
- o’quv faoliyatni intellektuallashtirishni;
- integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
-   ta’lim   tizimi   infratuzilmasi   va   uni   boshqarish   mexanizmlarini
takomillashtirishga  olib keladi.     
          Zamonaviy   kompyuter   texnologyalari   yordamida   nafaqat   rangli   tasvir
modellarini   barcha   tomonlarini   ko’rish,   balki   bu   modellarni   harakati,
dinamikasini   tasavvur   etish   mumkin   bo’ladi.   Ko’rgazmalilik   vositalar
yordamida   o’quvchilar   olgan   bilimlar   umumlashtiriladi   va   kerakli   joyda
45 ishlatiladi.   O’qitishning   tasviriy   vositalari   orqali   samarali   metodikaning
talablaridan   biri   bu   didaktik   va   tarbiyaviy   qobiliyatlarni   namoyshi   etishdir.
Ko’rgazmalilik   turlarini   ishlatish   og’zaki   axborotni   to’ldirib   qolmay,   balki
axborot   yetkazuvchi   xizmatini   bajaradi,   o’quvchilarning   fikrlash   qobiliyatini
o’stiradi.
          Darsliklarda   hali   ham   o’quvchini   tasvir   orqali   o’qitilishi   yuqori   darajada
ta’minlagan   emas.   Tasvir   va   shartli-chizmali   ko’rgazmali   vositalar   o’quv
dasturlarning   tarkibiy   qismi   bo’lib,   o’quvchilarni   o’rganish   intelektual
faoliyatida  asosiy  o’rin egallaydi. Nazariy dasturlarining ma’naviy to’liqligi  va
olgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
         Tushunish  qiyin  bo’lgan  matnlarni,  tasvir  orqali  tushunchalarni  anglash   va
tezlik bilan tasavvurni kengaytiradi, o’qitish samarasini oshiradi.
          Avtomatlashtirilgan   o’qitish   dasturlari   esa   o’qituvchiga   o’quv   jarayonini
tashkil qilishda, o’quvchilarga fanni o`zlashtirishlarida katta yordam beradi.     
          Avtomatlashtirilgan   o’qitish   dasturlari   o’quv   jarayoni   borishini
jadallashtirish,   o’quv   materiallarini   ancha   sodda   va   yaqqol   tasvirlar   yordamida
bayon qilish kabi afzalliklarga egadir. 
         Bugungi kunda metodik nuqtai nazardan chizmalarni kompyuterda bajarish,
chizmachilik   va   grafik   tizimlarni   birgalikda   o`rganish   masalasi   to’laligicha   hal
qilinmagan muammolardan biri hisoblanadi. 
      Umumiy o’rta ta’lim maktablarining chizmachilik  darslarida kompyuterdan
foydalanish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
-   o’quvchilar kompyuterda ishlash malakalarini egallagan bo’lishlari
zarur;
-   kompyuterda   chizma   bajarishdan   avval   ular   kamida   proektsion
46 savodxonlik asoslarini egallagan bo’lishlari talab qilinadi;
          Chizma   va   uch   o’lchamli   modellar   tasvirlarini   bajarish   Auto   CAD   grafik
tizimi   kishilarning   ilmiy   va   muhandislik   faoliyatining   turli   sohalarida   keng
qo’llanilmoqda.   Ulardan   ta’lim   tizimida   ommalashgani   Auto   CAD   dasturi
hisoblanadi.   Auto   CAD   dasturi   mamlakatimizda   va   chet   ellardagi   ko’pchilik
korxona   va   tashkilotlarda   loyiha-chizma   ishlarini   avtomatlashtirishning
standartlashtirilgan   tizimi   sifatida   shakllangandir.   Umumiy   o’rta   ta’lim
maktablarining chizmachilik  darslarida kompyuterdan foydalanib, o‘quvchilarni
Auto   CAD   dasturi   asosida   chizma   bajarishga   o’rgatish   ta’limni
individuallashtiradi   va   o`quvchilar   tomonidan   o`quv   materiallarini   puxta
o’zlashtirilishi,   ta’lim   jarayonini   tezlashishiga   xizmat   qiladi.     Maktabda
kompiyuter   grafikasini   o’qitishdan   asosiy   maqsad,   o’quvchilarga   chizmachilik
va muhandislik fanlaridan bajariladigan grafik axborotlarni chizma, diogramma
va sxemalar kabi tasvirlarni kompiyuter yordamida bajarish tartibi va qoidalarini
o’rgatishdan   iboratdir.   Kompiyuter   grafikasining   asosiy   masalasi   amaliy   va
operatsion dasturlar hamda tayyor buyruqlar paketidan foydalanib, loiyhalash va
texnalogik   jarayonlarning   modellarini   yaratish   ishlarini   o’quvchilar   tomonidan
kompiyuterdan   erkin   bajarishlari   uchun   zaruriy   bo’lgan   bilim   va   malakalarga
erishtirishdan iborat.
          Mashg’ulotlar   har   bir   maktabning   zamonaviy   texnik   vositalarining
imkoniyatlaridan   kelib   chiqgan   holda,   tasdiqlangan   dasturga   binoan   ishlab
chiqilgan   amaliy   dasturlar   asosida   amaliy   –   labaratoriya   mashg’ulotlari
ko’rinishida o’tkaziladi. Maktabda DTSga  muvofiq kompiyuter grafikasi 9-sinf
chizmachilik   fani   tarkibida   o’qitiladi.   Har   bir   amaliy   mashg’ulotlarda   20-25
daqiqa   davomida   grafik   axborotlarni   kompiyuterga   kiritish,   ularni   qayta
o’zgartirib     maqbul   bo’lgan   variyantlarni   yaratish   va   ekiranda   bajarilgan
tasvirlarni   qog’ozga   chiqarish   kabi   vazifalarni   bajarish   uchun   zarur   bo’lgan
nazariy   bilimlar   bosqichma-bosqich   berib   boriladi.   Mashg’ulotlarni   qolgan
47 vaqtida   esa,   chizmalarning   tarkibiy   qisimlarini:   kesma,   ko’pburchak,   aylana
kabilarni   chizish,   chizmalarni   tahrir   qilish   va   o’lcham   qo’yish   buyruqlaridan
foydalanish   o’rgatiladi.   O’quvchilar   kompyuterda   ishlash   malakalarini   va
proeksion chizmachilik asoslarini puxta o’zlashtirgan bo’lsalar Auto CAD grafik
dasturi   asosida   chizmalar   bajarishni   tez   egallaydilar.   Masalan:   Chizmachilik
darslarida   o‘quvchilarga   quyida   berilgan   chizma   bo’yicha     detalning
ko’rinishlarini   Auto   CAD   dasturi   asosida   bajarishga   o’rgatish   orqali     ularning
savodxonlik darajasini oshirish mumkin.
          
12-chizma.   Detalning yaqqol tasviri.      13-chizma.   Detalning bosh ko`rinishi.
          
14-chizma.     Detalning ustdan ko`rinishi.    15-chizma.   Detalning chapdan   
                                                                                   ko`rinishi.
          O’quvchilar   mashg’ulotlarida   olgan   nazariy   bilimlari   va   amaliy
ko’nikmalarini   chizmachilik   fanidan   grafik   ishlarini   mustaqil   bajarish
jarayonida   mustaxkamlaydilar   hamda   amaliy   malakalarini   oshiradilar.   Xulosa
qilib aytganda chizmachilik  darslarida kompyuterdan foydalanib, o‘quvchilarni
48 Auto   CAD   dasturi   asosida   chizma   bajarishga   o’rgatish   ahamiyati     m uhim
hisoblanib , o’quvchilarning amaliy grafik faoliyatida proektsion savodxonligini
yanada to‘laqonli bo‘lishiga amaliy yordam beradi.
                                
                              Ikkinchi bob bo’yicha xulosa 
          Ko`rgazmali   qo`llanmalar   ta’lim   maqsadlari   uchun   maxsus   yaratilgan
ob’ektlar   bo`lib,   ular   yassi,   hajmli   va   grafik   shakllarda   bo`lishi   mumkin.
Chizmachilik   darslarida   ko`rgazmali   qo`llanmalar   bilim   olishning   hamma
bosqichlarida, yangi bilimlarni bayon qilishda, ularni mustahkamlash va nazorat
qilish va boshqalarda qo`llaniladi.
            Ko`rgazmalilik   o`quvchilarda   kuzatuvchanlik   va   mantiqiy   fikrlashning
rivojlanishiga   yordamlashadi,   ularda   o`rganilayotgan   materialga   bo`lgan
qiziqishning ortishiga ko`maklashadi.
            Chizmchilik   darslarida   kesimlar   va   qirqimlarni   o’qitish   metodikasi   uchun
zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   ko’rgazmali   materiallar   deb   nomlangan
ikkinchi   bob   bo’yicha   xulosada   chizmachilik   darslarida   qo`llaniladigan
ko`rgazmali   qo`llanmalar   turlari   va   foydalanish   usullariga   oid   ma’lumotlar
yoritildi. Bu o‘quvchilarning fazoviy tasavvur  va tafakkur  qilish  qobiliyatlarini
rivojlantirishni hamda darslarni yuqori darajada o‘zlashtirishlarini hisobga olgan
holda   darslarda   chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish
anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasidan   foydalanish
zarurligiga alohida e’tibor berish keraklidan dalolat beradi.
          Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va
materiallarining elektron slaydlarini power point dasturida tayyolash usullari deb
nomlangan  uchinchi bob bo’yicha xulosada  dastlab  Power Point dasturiva unda
slaydlar   ketma-ketligini   yaratish   metodikasi   yoritildi.   Power   Point     bu   grafik
dasturlar   paketi   bo’lib,   elektron   slaydlarni   tayyorlash,   ular   bilan   tanishishni
49 uyushtirish   va   slaydfilmlarni   namoyish   etishga   tayyorlaydi.   Prezentatsiya   -
slaydlar   va   maxsus   effektlar   to’plami   bo’lib,   ularni   ekranda   ko’rsatish,
tarqatiladigan   material,   dokladni   plani   va   konspekti   shaqlida   bitta   faylda
saqlanishi   va   chizmachilik   darsi   uchun   materiallarining   elektron   slaydlarini
tayyorlash   usullari   yoritildi.   Shuningdek   O‘rta   asrda   astronomiya,   fizika,
matematika, geologiya, geodeziya,   geografiya, tarix singari fanlar yo‘nalishida
kashfiyotlar qilgan qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning ilmiy tadqiqotlariga
bag’shlangan   elektron   slaydlarni   tayyorlash   haqida   ma’lumotlar   berildi.
O’quvchilar   mashg’ulotlarida   olgan   nazariy   bilimlari   va   amaliy   ko’nikmalarini
chizmachilik   fanidan   grafik   ishlarini   mustaqil   bajarish   jarayonida
mustaxkamlaydilar hamda amaliy malakalarini oshiradilar.   
50 III BOB. CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR
BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING
ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI BO`YICHA PEDAGOGIK
TAJRIBA SINOV ISHLARI.
3.1-Pedagogik   tajriba   sinov   ishlarini   tashkil   etish   va   uni   amalga
oshirish metodikasi
Magistrlik   dessirtatsiyamning   tajriba-sinov   ishlari   Jizzax   shahar   22
ixtisoslashtirilgan   davlat   umumiy   o’rta   ta’lim   maktabida   2021-2022   o’quv   yili
davomida o’tkazildi. Tajriba “Chizmachilik” fani bo’yicha 8 a
-8 b
-sinf o`quvchilarini
2   ta   sinfda   olib   borildi   va   unda   har   bir   sinfdan   30   nafardan   o’quvchi   qatnashdi.
Tajriba   sinov jarayonida foydalanilgan asosiy  materi al Umumta`lim  maktablari
uchun   chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va
materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi dan   iboratdir.   Biz   tajriba sinov
jarayonini   tashkil   etishda   nazorat   guruhlarida   ham,   tajriba   guruhlarida   ham
o’quvchilarning soni, Geometrik yasashlar va ularni proyektsiyalari  mavzularini
o’qitlish darajasi hamda turli xil ko’rinishdagi   har bir dars uchun zarur bo’lgan
o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi   orqali
topshiriqlarni to’g`ri bajarish malakalari bir xil bo’lishiga e`tiborimizni qaratildi.
Pedagogik   eksperimentlar   Jizzax   shahar   22   ixtisoslashtirilgan   davlat
umumiy o’rta ta’lim maktabida  2021-2022 yillarda uch bosqichda olib borildi. 
1.  Muammolarni o‘rganish bosqichi (2021yili).
2. Muammolarni yechimlarini izlash (2022 yili).
51           3.Eksperementni o‘tkazish bosqichlari (2022 yili).
Eksperiment   muammolarini   o‘rganish  bosqichida   quyidagi   vazifalar
belgilandi:
a) Umumta`lim maktablarida chizmachilikning o‘qitilish holati, o‘qitishni
faollashtirishning   dolzarb   muammolari,   yangi   axborot   va   interaktiv   metodlarni
o‘quv jarayoniga joriy yetish sharoitlari muammolarini aniqlash;
b)   Chizmachilikni   o‘qitishni   takomillashtirish   maqsadida   dasturlar,
darsliklar   va   metodik   qo‘llanmalar,   ta’lim-tarbiya   jarayonida   zamonaviy
pedagogik   va   axborot   texnologiyalardan   foydalanishning   ahvoli,   metodik
ta’mino ti   tahlil   qilindi,   bu   borada   erishilgan   yutuqlar   va   mavjud   kamchiliklar
aniqlandi.
v)   Chizmachilik   masalalaridan   foydalanish   samaraliroq   bo‘lishini
aniqlash;
Eksperiment   muammolari   yechimlarini   izlash   bosqichining
vazifalari:
a)   chizmachilik   fanini   o‘qitishda   o’quvchilarning   bilish   jarayonini
faollashtiradigan   metodlar   yordamida   o‘qitishga   qo‘yilgan   didaktik   talablarni
aniqlash;
b)   chizmachilik   fanini   o‘qitishda   o’quvchilarning   bilish   jarayonini
faollashtiradigan turli tashkiliy shakllarini, o‘qitish metodikasini izlash;
v)   chizmachilik   fanini   o‘qitishda   o’quvchilarning   bilish   jarayonini
faollashtiradigan metodlardan amalda foydalanish natijalarini tahlil qilish;
                Eksperimentning o‘tkazish bosqichining vazifalari:
52 a)   chizmachilik   fanini   o‘qitishda   o’quvchilarning   bilish   jarayonini
faollashtiradigan   metodlarni   dars   jarayonida   qo‘llashni   talabalarning   fazoviy
tasavvurini   va   mantiqiy   firklash   qobiliyatini   oshirishga   hamda   chizmachilik
fanini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash;
b)   Umumta`lim   maktablari   tizimida   pedagogik   faoliyat   ko‘rsatayotgan
chizmachilik   o‘qituvchilarining   pedagogik   faoliyatga   metodik   jihatdan   tayyor -
gar li gining   tarkibiy   qismlari,   darajalari,   ko‘rsat kich lari   va   unga   ta’sir
ko‘rsatadigan   omillarni   aniqlash   va   mazkur   tayyorgarlikni   takomillashtirishga
imkon beradigan tavsiyalar ishlab chiqish.
Eksperiment   amalga   oshirildi,   umumlashtiruvchi   nazorat   sinovi   o’tkazildi,
o’tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilindi va xulosalar chiqarildi.
                   Umumta`lim maktablarida o’qituvchilarning ish tajribasini kuzatganimizda
guruhlarda   mustaqil   grafik   ishlari   sifatida   asosan   test   topshiriqlar   bilan
cheklanilganligini   aniqlashga   muvaffaq   bo’ldik.   Chizmachilik   fani   uchun
o’quvchining   fazoviy   tasavvurini   kengaytirish   muhim   masal   bo’lganligi   uchun
tajrib-sinov   ishlarimda   zamonaviy   axborot   texnalogiyalaridan   kompyuterda
PowerPoint   dasturidan   foydalanib   eliktron   darslar,   tarqatma   materialdan
foydalanishga   qaror   qildim.   Umuman   olganda   ilmiy     ishimning   asosiy   maqsadi
shundan iboratki o’quvchilarda chizmalarni osonlik bilan tushunish, qanday chizish
algorintimini   eliktron   slaydlar   orqali     chizmalarni   o’qishlarini   tezlashtirish,   dars
jarayonida  zamonaviy  texnologiyalardan  foydalanib  dars  uchun  ajratilgan  vaqtdan
unumli foydalanib vaqtdan yutishga muvaffaq bo’lish hisoblanadi.
Umumta`lim   maktablarida     chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun
zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari
ishlanmasi dan   foydalanib samarali dars tashkil etish.  
     Konstruksiyasi sodda detallarni bitta tekislikda tasvirlash mumkin. Masalan,
53 „qistirma“   deb   ataluvchi   detalni   H   tekisligiga   proyeksiyalash   jarayoni   17.1-
chizmada   ko'rsatilgan.   Qistirma   H   ga   parallel   boigani   uchun   uning   qalinligi
ko‘rinmaydi.   0‘rtasidagi   silindrik   teshik   va   qistirma   konturining   tasviri   o‘ziga
teng   tasvirlangan.   Chizmada   H   tekisligini   frontal   vaziyatga   keltirilsa,   17.1-
chizma,   b   dagidek   ko k
rinishga   o'tadi.   Bu   yerda   qistirmaning   qalinligi
ko‘rsatilsa, u to'g'risida toliq ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.
                                  O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligida tasviriar yasash.
Ba’zi   detallar   o‘zining   konstruksiyasi   sodda   bo‘lishiga   qaramay   ikkita
proyeksiyada   tasvirlanishi   talab   qilinadi.   Masalan,   17.2-chizma,   a   da,   H   te-
kisligiga   proyeksiyalanayotgan   pa rallelepiped,   uchburchakli   prizma   va
silindrlarga   nazar   tashlasak,   ularning   hammasi   bir   xil   to‘g‘ri   to‘rtburchak
shaklida   proyeksiya lanadi.   Ularning   bir-biridan   far-   qini   V   dagi   proyeksiyalari
orqali   aniqlasa   bo'ladi.   Lekin   parallelepipedni   bitta   proyeksiyada   tasvirlab,
uning   qalinligini   ko'rsatish   kifoya   (17.2-chizma,   b).   Silindrni   ham   bitta
proyeksiyada   tasvirlashda   uning   diametrini   ifo-   dalovchi   shartli   belgidan
foydalanishning   o‘zi   yetarli   (17.2-chizma,   d).   Ammo   uchburchakli   prizmaning
burchaklari o‘zaro qanday joylashganligini faqat ikkinchi tekislik kiritish orqali
aniqlash mumkin (17.2-chizma,  e).
54                                               17.2-chizma.
    
              1-bosqich                                      2-bosqich
     
                           4-bosqich                                     5-bosqich
55 6-bosqich
             Ko’rib turganingizdek   o‘zaro perpendikular ikkita va uchta proyeksiyalar
tekisligida tasviriar yasash  chizmachilikdan bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish
anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi dan   foydalanib
chizmalarning   qanday   ketmaketlikda   kelishi   (algotitimi)   slayd   shaklida
joylashtirilgan.
       Berilgan mavzu bo`yicha o’quvchi uchun tayyorlangan slayd o’quvchilarga
qo’yib   beriladi.   Vazifa   berilgandan   so’ng   ma’lum   bir   vaqt   belgilanadi.
O’quvchilar   vazifani   chizmachilikda   foydalaniladigan   o`quv   qurollari   ( serkul,
qalam, o`chirgich, burchakliklar ) orqali ishchi daftariga bajarishni boshlaydilar,
albatta bar bi o`quvchida chizmachilik darsida foydalaniladigan o`quv qurollari
bo`lishi   kerak.   Muammoga   uchragan   yoki   chizmani   chizishga   qiynalgan
o’quvchilar yordam sifatida keyingi slaydni o’tkazib ko’rishlari mumkin bo’ladi.
Mustaqil tarzda tushunchaga ega bo’lgan o’quvchi ishini davom ettiradi. Berilga
vaqt   tugagach   esa   ular   keyingi   slaydni   o’tkazib   to’g’ri   javobni   ko’rish
imkoniyatiga   ega   bo’ladilar.   Bu   esa   o’quvchilar   o’zlarini   o’zlari   tekshirishlari
56 hamda uyda ham bundan mustaqil foydalanib Mavzu yuzasidan ko’nikmalarini
oshirishlari imkoniyatini yaratadi.
                  Vazifani   bajarib   bo’lgan   o’quvchi   osondan   qiyinga   qarab   borish
maqsadida keyingi variant beriladi. Unda ham ish shu tartibda boradi.
3.2  O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi .
          Eksperimentning   birinchi   qismi   (2020   yil)   da   o‘qituvchilar   va   o’quvchilar
bilan  o‘tkazilgan   suhbatlar ,  anketa   savollariga   berilgan  javoblar   tahliliga   ko‘ra,
chizmachilik   fanini   o‘qitishda   o`quvchilarning   ijodiy     jarayoni   va   fazoviy
tassavurini     faollashtiradigan   metodlardan   foydalanishda   chizmachilikdan   har
bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron
slaydlari   ishlanmasi   taqadimot   (animatsiya)dan   foydalinmasligi   asosiy
muammolar   aniqlandi.     Umumtalim   maktabining   8-sinif   o`quvchilariga
chizmachilik fanini o‘qitishda bilish faoliyatini faollashtirishda   c hizmachilikdan
har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron
slaydlari ishlanmasi   taqadimot (animatsiya)dan samarali foydalanilmagan.
         Bilish faoliyatini faollashtiradigan   chizmachilikdan har bir dars uchun zarur
bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi dan
foydalanish   natijasida   o’quvchilarda   chizmachilik   fanini   o‘rganishga   bo‘lgan
ehtiyojlarini   oshirdi   va   bunday   masalalarni   o‘quv   dasturiga   kiritish   zaruratini
keltirib chiqardi.
          Eksperementning   ikkinchi   bosqichida   (2020   yil)   chizmachilik   masalalari,
o‘qitishning didaktik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqildi. O‘tkazilgan
so‘rovlar   va   suhbatlar   tahlil   qilindi   va   bu   bosqichida   quyidagi   muammolar
aniqlandi:
57 1. Chizmachilik   darslarida   o‘zaro   perpendikular   ikkita   va   uchta
proyeksiyalar   tekisligida   tasviriar   yasash   mavzularini   o‘qitishda   bilish
faoliyatini faollashtiradigan slaydlar ishlab chiqilmaganligi;
2. O`quvchilarga chizmachilik darslarini kompyuter texnalogiyalardan
foydalanimaganligi;
3. Multimediali   ya`ni   eliktron   darsliklar   (   slayt)   dasturlarning
yetishmasligi;
       Tajriba-sinov   ishlari   boshlanishidan   avval,   metodik   tayyorgarlikka   asos
va   mazkur   tayyorgarlikni   orttirishga   imkon   beradigan   bilim   va   ko‘nikmalarni
aniqlash uchun test topshiriqlari tayyorlandi va ko‘nikmalar  tarkibiga kiradigan
ish   usullari   aniqlandi.     Tajriba-sinov     ishlarida     ishtirok     etganlarning     nazariy
bilimlari     test   topshiriqlari     orqali,     ko‘nikmalarning     egallanganlik     darajasi
ko‘nikma     tarkibiga   kiradigan     ish     usullarini     to‘g‘ri     bajarilganligi     bilan
aniqlandi.  
            Birinchi   bosqichi:     Maktablarda     chizmachilik   darslarini   o’qitish     va
o’quvchilarni   chizmachilik   faniga   bo’lgan   qiziqishini   yanada   oshirish
maqsadida   Jizzax   shahar   22   ixtisoslashtirilgan   davlat   umumiy   o’rta   ta’lim
maktabi   2     ta   sinfda   9 a
-9 b
-sinf   o`quvchilari   bilan   olib   borildi   va   unda   60   nafar
o’quvchi   qatnashdi.   Buning   uchun   9 a
- sinf     tajriba   va   nazorat   guruhlari   sifatida
tanlab.   Biz   tadqiqot   etilayotgan   masala   yuzasidan   o’quvchilarning   bilim   va
ko'nikmalarini aniqlash uchun dastlabki  bosqichda o’quvchilar bilan turli savol
javoblar,   so'rovnomalar   o'tkazldi.   O’quvchi lar   bilan   o'tkazilgan   savol   javob
natijalari,   anketa   so'rovnomalari   bilan   ishlash   yo'lga   qo'yildi.   Unga   quyidagi
savollar kiritidi
1.      O‘zaro perpendikular bitta proyeksiyalar tekisligida tasviriar yasash haqida
tushuncha.
2 .     O‘zaro perpendikular bitta proyeksiyalar tekisligida tasviriar yasash.
58 3.     O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligida tasviriar yasash haqida
tushuncha.
4.   O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligida tasviriar yasash.
5.    Geometrik jismlar va ularni proyeksiyalarini yasash.
Olingan natijalar quyidagi jadvalda ko'rinib turibdi. 
                                                                                     1- j adval.
 O’quvchilarni u mumiy o’rta ta’lim maktabi 8- sinf  o’quvchilarida  O‘zaro 
perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligida tasviriar yasash,   Geometrik 
jismlar va ularni proyeksiyalari  mavzusini   o’zlashtirish  to'g'risidagi 
bilimlarining mavjudligi:
     №
  Savollar va amaliy grafik topshiriqlar mazmuni. Olingan javoblar
10 a
-sinf 10 b
-sinf 
    1.      O‘zaro perpendikular bitta proyeksiyalar 
   tekisligida tasviriar yasash haqida tushuncha.   70% 68%
    2. O‘zaro perpendikular bitta proyeksiyalar
     tekisligida tasviriar yasash. 80%  72%
    3.     O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiyalar
   tekisligida tasviriar yasash haqida tushuncha. 8 4 %   7 0 %
    4 .      O‘zaro perpendikular ikkita proyeksiyalar
    tekisligida tasviriar yasash. 8 3 %  76 %
    5 .       Geometrik jismlar va ularni
     proyeksiyalarini yasash.  88 %  70 %
59         Olingan   natijalar   shuni   ko'rsatadiki,   o’quvchilarning   bu   boradagi   bilimlari
pastligi   va   chizmachilik   faniga   bo'lgan   qiziqishlari   shu   kungacha   qoniqarli
bo'lib, aksariyat  o’quvchilaralar  vazifaning majburiyligi tufayli  mashg'ulotlarda
qatnashib kelmoqdalar. 
       Ikkinchi bosqichi :   Tadqiqotimiz doirasi olib borilgan tajriba-sinov ishlariga
qo‘yilgan   asosiy   maqsad,   tadqiqotlarimiz   natijasida   ishlab   chiqilgan
chizmachilikga   doir   jarayoni dan   olingan   samaradorlikni   aniqlashdan   iborat
bo‘ldi. 
        Tajriba-sinov   bu   sinflarning   amaliyot   mashg`ulotlarida   25-30   daqiqa
oralig`ida   fanning   dasturi   bo‘yicha   belgilangan   mashg`ulotlar   mavzularini
o‘tishda,   iqtidorli   o‘quvchilarga   nazariy   tomonlarini   har   bir   elementidan
o‘quvchilar  tomonidan  asosiy  mavzuni  o‘zlashtirishlariga  xalaqit  bermaydigan,
balki uni yanada to‘ldirgan holda foydalanildi.
          Tajriba-sinov   ishlarini   amaliy   mashg`ulotlarda   uni   oldiga   qo‘yilgan
umumta`lim maqsadlardan quyidagilarni    ajratish mumkin.
Ta`limiy:  Atrof-olam, borliqni fazoviy   tasavvur qilishni shakllantirish va grafik
tasvirlash ko‘nikmalari hosil qilish uchun sharoitlar yaratish. 
Rivojlantiruvchi:   O’quvchilarning   dars   jarayonida   shakllanishi,   ijodiy-texnik
va aqliy faoliyatlarini rivojlantirish, mustaqil va guruhda ishlash ko‘nikm a larini
hosil qilish uchun sharoitlar yaratish.
Tarbiyaviy:   Yangi   metodikani   qo‘llab   o’ quvchi larda   fanga   nisbatan   qiziqish
uyg`otish, ularda grafik tasvirlash savodxonlikni oshirish. 
        Nazorat   sinfida   amaliy   mashg`ulotlar   har   doimgidek   an`anaviy   usulda   olib
borildi. Tajriba sinfida har bir mashg`ulot   zamonaviy   o‘quv auditoriyasida olib
borildi.   O‘quvchilarning   nazariy   bilimlari   va   amaliy   ko‘nikmalarini   oshirish
tadqiqot  ishimizning  ta`siri  tajriba va  nazorat  sinfida  o‘tkazilgan  mashg`ulotlar
natijalariga ko‘ra baholandi. 
Olingan   natijalar   tahlili.
60 Birinchi   va   ikkinchi   bosqich   tajriba-sinovlarning   natijalari   2   va   3 -   jadvallarda
keltirilgan.
                      Birinchi bosqich tajriba-sinov natijalari:
4. 2 - jadval 
Guruh lar        A`lo Yaxshi O‘rta   O’quvchi  soni
Tajriba  guruhi 
10”A”sinfi 9 14 7 30
Nazorat  guruhi 
10”A”sinfi 6 10 14 30
                     Ikkinchi bosqich tajriba-sinov natijalari:
5. 3 - jadval
Guruh lar A`lo       Yaxshi O‘rta O’quvchi  soni
   Tajriba  guruhi
    10”A”sinfi 1 2 1 7 1 30
   Nazorat  guruhi 
10”A”sinfi 7 11 12 30
      
            Olib   borilgan   tajriba-sinov   natijasida   quyidagi   xulosalarni   keltirish
mumkinki,   san’at   maktablarida   “ C hizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur
bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi”
dars   ishlanmalari   asosida   tajriba   sinfi   o‘quvchilarida   fanni   o‘zlashtirishlarida
samarali   ta`sir   etganligini   ko‘rish   mumkin.   Olingan   natijalarni   diagramma
tarzida quyidagicha ifodalash mumkin:
       
  Ikkinchi bosqich  tajriba-sinov yakunida natijalarning diagrammasi.
61      Bu  diagrammalar  tajriba-sinov  yakunida  minimal  va  maksimal  talablarga
javob     beruvchi     o’quvchilarning     bilimi     sezilarli     darajada     ortganligini,
maksimal talablarda daraja ko‘rsatkichlari  bo‘yicha oshib borganligidan dalolat
beradi.   Taqqoslash     natijalariga     asoslanib,     ko’rsatgichlar   natijasiga   ko’ra
ishonch     bilan     tayanch     yili     bilan   keyingi     yillardagi     chizmachilik   fanidan
o’ quvchi larining     bilim   va   ko’nikmalari   darajalari   orasidagi     farq     shunchaki
tasodifiy     emas,     balki     qonuniyatdir,     degan     xulosa   qilinishiga     asos     bo‘ldi.
Shunday     qilib,     “Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish
anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi ”   (8-sinf   uchun)
bo‘yicha     olib   borilgan     tajriba-sinov     ishlari     natijalari     dastlabki     bosqichga
nisbatan  keyingi bosqichlarda ortganligini ko‘rsatdi. 
III-BOB bo’yicha xulosalar
62 1. Olib   borilgan   tajriba-sinov   ishlarimiz   davomida   o‘quvchilarda
chizmachilik   darslarida   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va
materiallarining   elektron   slaydlari   ishlanmasi dan   foydalanish   orqali
O’quvchilarni   u mumiy   o’rta   ta’lim   maktabi   8-sinf   o’quvchilarida   O‘zaro
perpendikular   ikkita   proyeksiyalar   tekisligida   tasviriar   yasash,     Geometrik
jismlar   va   ularni   proyeksiyalari   mavzusini     o’zlashtirish   to'g'risidagi
bilimlarining   mavjudligi   tahlil   qilindi.   U larning   ijodiy   jarayonga,   mantiqiy
fikirlash   va   fazoviy   tassavurlarini   namoyon   bo‘lishi   uchun   zaruriy   sharoitlar
tahlil qilindi. Tadqiqot maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda tajriba-sinov
ishlarida   ta’limni   tashkil   etishda   integrativ   va   differensial   yondashuvlar,
interfaol   ta’lim   metodlari   hamda   an’anaviy   yondashuvlarning   imkoniyatlari
tahlil qilindi.
2. Umumiy   o‘rta   ta’lim   mazmunini   yorituvchi   o‘quv-me’yoriy   hujjatlarni
o‘rganish   asosida   o‘quv-tarbiya  jarayonida   o‘quvchilarning  texnik   ijodkorlik
qobilyatlarini   hamda   fazoviy   tassavurlarini   shakllantirish   bo‘yicha   nazariy
ma’lumotlarni o‘rganish va umumlashtirish lozim ekanligi tahlil qilindi.
3. Eksperiment   shuni   ko`rsatadiki   Umumtalim   maktabining   9-sinif
o`quvchilariga   chizmachilik   fanini   o‘qitishda   bilish   faoliyatini
faollashtiradigan   topshiriqlar,   chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur
bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari
ishlanmasidan   foydalanish   orqali       taqadimot   (animatsiya)dan   samarali
foydalanish natijasida   2020-2021 o`quv yilida 54-86 % ni, 2021-2022 o`quv
yilida esa 82-89 % ni tashkil etdi.
Xulosa.
63             O'zbekiston   Respublikasining   "Ta'lim   to'g'risidagi”   qonuni   va   "Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi"   da   ta'lim-tarbiya   berish,   kasb-hunar   o'rgatishni
huquqiy   asoslari   belgilab   berilgan.   Vazirlar   Mahkamasining   2017   yil   6-
apreldagi   187-son   qaroriga   Umumiy   o‘rta   ta’limning   davlat   ta’lim   standarti
orqali   zamonaviy   kompetensiyaviy   yondashuv   orqali   darslarni   tashkil   etish   va
unga   qo’yilayotgan   zamonaviy   yondashuvlar   ko’rsatib   o’tilgan.   Kadrlar
tayyorlash     Milliy     dasturida     ta’kidlanganidek,“…o‘qishni,   mustaqil     bilim
olishni    individuallashtirish   hamda   distansion    ta’lim   tizimi texnologiyasi  va
vositalarini ishlab chiqish va   o‘zlashtirish” 7
  talab etiladi. Global axborotlashuv
asri   nomi   bilan   tarixga   kirgan   XXI   asrni   zamonaviy   ommaviy   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalari,   xususan,   radio,   televideniye,   Internet
tarmog’isiz   tasavvur   qilish   qiyin.     Texnologiyaning   rivojlanishi   bilan   texnik
vositalardan foydalanib, o’qitish uchun birgina kompyuterning mavjudligi  yetari
bo’lib   qoldi.       Hozirgi   kunda   kompyuter   avval   televizor,   videomagnitofon,
kinoproyektor,   diaproyektor   va   boshqalar   bajargan   funktsiyalarni   muvaffaqiyat
bilan   bajara   oladi.       Bugungi   kunga   kelib,   kompyuter   savodxonligi
madaniyatning   muhim   belgisiga   aylandi,   kelajakda   esa   u   har   bir   insonga
qayerda,   qaysi   sohadada   ishlamasin   zaruratga   aylanadi.   Axborot   texnologiyasi
vositalari   muayyan   amallarni   ongli   va   rejali   amalga   oshirishda   o’zlashtiriladi.
Maktabda   Chizmachilik fanini zamonaviy ta’lim texnologiyalari va   kompiyuter
grafikasini   orqali   o’qitishdan   asosiy   maqsad,   o’quvchilarga   chizmachilik   va
muhandislik fanlaridan bajariladigan grafik axborotlarni chizma, diogramma va
sxemalar   kabi   tasvirlarni   kompiyuter   yordamida   ham   bajarish   tartibi   va
qoidalarini     o’rgatishdan   iboratdir.   Chizmachilik   fanini   va   kompiyuter
grafikasining   asosiy   masalasi   amaliy   va   operatsion   dasturlar   hamda   tayyor
buyruqlar   paketidan   foydalanib,   detallarni   loiyhalash   va   texnalogik
jarayonlarning   modellarini   yaratish   ishlarini   o’quvchilar   tomonidan
7
 Кадрлар  тайёрлаш  Миллий  дастури.  /  Баркамол  авлод  –Узбекистон  тараққиётининг
пойдевори. Тошкент, 1997. –31-61 б.
64 kompiyuterdan   erkin   bajarishlari   uchun   zaruriy   bo’lgan   bilim   va   malakalarga
erishtirishdan iborat.       
            Bugungi   kunga   kelib,   kompyuter   savodxonligi   madaniyatning   muhim
belgisiga   aylandi,   kelajakda   esa   u   har   bir   insonga   qayerda,   qaysi   sohadada
ishlamasin   zaruratga   aylanadi.   Axborot   texnologiyasi   vositalari   muayyan
amallarni   ongli   va   rejali   amalga   oshirishda   o’zlashtiriladi.   Kompyuterda   oddiy
operatsiyalar   majmuasini   bilmasdan   turib   kompyuter   grafikasini   o’zlashtirib
bo’lmaydi.  Demak ta’lim tizimida avval informatika fani   o’quvchilar tomonidan
o’zlashtirilishi   lozim.   Keyingi   talab   o’rganiladigan   grafik   dasturni   talabidan
kelib chiqadi.  AutoCAD  grafik dasturi chizma yaratish bilan   bog’liq bo’lganligi
uchun   ham   chizmachilik,   geometriya,   chizmachilik   fanining   nazariyasi
hisoblanmish   chizma   geometriya   kabi   aniq   fanlarni   bilishni   talab   etadi.
Chizmachilik     darslarida   kоmpyutеrdan   fоydalanib ,     o‘quvchilarni     AutoCAD
dasturi   asosida   chizma   bajarishga   o’rgatish   bugungi   kunning   asosiy   dolzarb
muammolardan   biri   hisoblanadi.   AutoCAD   grafik   dasturini   o’rganishda
o‘quvchilar   tomonidan     dastlab   informatika   so’ng   chizmachilik   va   geometriya
fanlari   o’zlashtirilgan bo’lishi lozim.   AutoCAD  dasturi grafik imkoniyatlari juda
yuqori   va   ayni   paytda   ham   sodda,   ham   murakkab   topshiriqlarni   bajara   oladi.
Shuni   ta’kidlash   kerakki   u   bevosita   aniq   fanlar   bilan   ham   chambarchas
bog’liqdir.   Ularning   uzviy   davomi   sifatida   ham   qabul   qilinishi   mumkin   va
o’quvchilarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin   tutadi.     
Dissertatsiya       uch   ta     bob     sakkizta       paragraf     va     foydalanilgan   adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat bo‘ldi.
      Dissertatsiyada  ta’lim  soxasidagi  islohatlar, maqsad  va  vazifalarini  aniq
dalillar     bilan,   misollar   keltirib   tahlil   qilingan.   Chizmachilik     faniga     quyilgan
zamonoviy     talablar     o‘quvchilarning     bilimga     qiziqishini     rivojlantirib   ,
65 ularning     o‘z     bilimi,     ko‘nikma     va     malakasini     mustaqil   ravishda     to‘ldirib
borishiga       erishish     lozim.     Bu     masalalarni   amalga   oshirishida       dars   berish
jarayonida   o‘qitishning     didaktik     tamoyillariga     yonma-yon     ravishda     amal
qilish     zarurdir     ana     shundagina     yuqoridagi   vazifalarni     amalgam     oshirish
uchun   zarur   shart-sharoit   yaratiladi.   Didaktik   tamoyillar   o‘qitishning   ilmiy
asoslaridir.     Grafik     bilimlarni     o‘zlashtirishning     izchilligi     o‘quvchilarning
bilim   saviyasini   ham   qobiliyatini   ketma-ket   rivojlanishini ham   ta’minlaydi.
Izchillik  tamoyili  chizmalarni  o‘qish  uchun  chizmalar  tanlash  o‘qituvchidan
moxirlikni  va  pedagogik  jihatdan  to‘g‘ri  chizmalarni  tanlashni  talab  qiladi.
O‘quvchilarning     ijodkorlikka     bo‘lgan     qiziqishini     dissertatsiya     oxirida
keltirilgan  masalalar  orqali  uyg‘otish mumkin.
               Tadqiqot  ishlarining natijasidan quyidagilarni tavsiya etamiz.
            Ta`lim   jarayonida   an`anaviy   va   noan`anaviy   metodni   qo‘llash   bilan
o‘quvchilarni   o‘z-o‘zini   baholash   tarbiyalash,   boshqarish   fanga   bo‘lgan   ijobiy
munosabatlarini   shakllantirish   mustaqil   fikrlash   ko‘nikmalarini   hosil   qilishga
imkoniyatlar doirasida kengaytiradi. 
          Chizmachilik   darslarida     ta`limi   jarayonini   zamonaviy   texnik   vositalar   va
pedagogik   texnologiyalar   asosida   tashkil   etish   o‘quvchilarga   berilayotgan
materialning   tez   tushinib   idrok   qilishi   barobarida   auditoriyalardagi
o‘quvchilarning   mavzuni   puxta     o‘zlashtirishlarini   ta`minlaydi.
“Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun   zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va
materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ”  (8-sinf uchun) dars jarayonlarida
talabalarning   fazoviy   tasavvur   va   tafakkur   qilish   qobiliyatlarini   rivojlantiradi,
darslarni   yuqori   darajada   o‘zlashtirishlari   uchun   dars   jarayonida   turli   didaktik
ko‘rgazmali materiallardan foydalanishni kengaytiradi, talabalarni badiiy texnik
ijodkorlikka yo‘naltiradi, talabalarda chizmachilik   fanidan zarur tushunchalarga
oid ko’nikmalarni rivojlantiradi.  Shuningdek:
66 1.   Ta`limning   texnik   vositalari   asosida   tashkil   etilgan   dars   mashg`ulotlariga
noan`anaviy   o‘qitish   metodlari   qo‘llanilsa   dars   yanada   samarali   va   tushunarli
bo‘lib,   dars   jarayonida   o‘quvchi   va   talabalar   faolligini   sezilarli   darajada
oshiradi.
2 .   Ta`lim   jarayonida   faol   o‘qitish   metodlari   o‘quv   materialini   egallash
jarayonida   o‘quvchi   va   talabalar ni   fikrlash,   bilish   faoliyatiga   undaydi.
3.   Ta`lim   jarayonida   axborot   texnologiyalarining   qo‘llanilishi   muhim
ahamiyatga ega. Bu   o‘quvchi  va talabalar ning zamonaviy texnika vositalaridan
unumli   foydalanish   ko‘nikmalarini   shakllantiradi,   texnik   ijodkorlik
tafakkurlarini o‘stiradi.
4.   Dars   jarayonlarida   qo‘llaniladigan   axborot   texnologiyalari   dars   jarayonida
berilayotgan   o‘quv   materialini   o‘quvchilarning   puxta   o‘zlashtirishiga   yordam
beradi,   ularning   fikrlash   faoliyatini   o‘stiradi,   har   narsani   bilishga   ishtiyoq
uyg`otadi.   Fahm-farosatli,   mustaqil   ijod   qilishga   intilish   kabi   shaxsiy
fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
          Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki   “Chizmachilikdan   har   bir   dars   uchun
zarur   bo’lgan   o’qitish   anjomlari   va   materiallarining   elektron   slaydlari
ishlanmasi ”(8-sinf   uchun)   ga   oid   manbalarni   ham   ilmiy,   ham   amaliy   tahlillar
asosida   ta’lim   jarayoniga   tadbiq   etish     yoshlarimizni   bilim   saviyasini   yanada
to‘laqonli bo‘lishga amaliy yordam beradi. 
                                 
67                                         Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O’zbekiston Respublikasining  “ Ta’lim to’g’risida ”  gi Qonuni. Barkamol
avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997. 19 b.
2. O ’ zbekiston   Respublikasining   "Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi".
Barkamol   avlod  O ’ zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.   -T.: Sharq,   1997.32-63
b.
3. KarimovI.A.Yuksak ma ’ naviyat - yengilmas kuch. T.: Ma'naviyat, 2008.
174 b. 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   o’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz T.: O’zbekiston, 2016. 54 b.
5. M.Aminov,   H.Boboyev   va   b.   O’zbekiston   milliy   ensklopediyasi.   T.:
“O’zbekiston milliy ensklopediyasi” davlat milliy nashriyoti 2000. -736 b. 
6. J.   Yodgorov   vaboshqalar.Geometrik   va   proeksion   chizmachilik.   T.
“Yangi asr avlodi” 2008 yil. 
7. I. Rahmonov Chizmachilik 8-sinf o’quv darsligi. “O’qituvchi” nashriyot
matbaa ijodiy uyi.  Toshkent – 2010 yil. 
8. E.I.Ro’ziyev,   A.I.Ashirboyev   Muhandislik   grafikasini   o’qitish
metodikasi T. “Fan va texnologiya” - 2010 yil. 
9. Budasov B.V., Kaminskiy V.P. Stroitelnoe cherchenie i risovanie. – M.
Stroyizdat. 1990 yil. 
10. Sh.   Murodov   va   boshqalar,   Chizma   geometriya.   Toshkent   “O’qituvchi”
1988 y. 
11. Valiyev   A.N.   Chizmachilik   (geometrik   chizmachilik).   Metodik
tavsiyanoma. T.  “O’qituvchi”  2013. 256 b. 
68 12. Raxmonov I. Abduraxmonov A. Chizmachilikdan ma’lumotnoma. O’quv
qullanma.   A.Navoiy   nomidagi   O’zbekiston   milliy   kutubxonasi   nashriyoti.   T.
2005 y. 224 b.
13. O‘.Tolipov. M.Usmonboeva. «Pedagogik texnologiya nazariya va
amaliyot».  Toshkent, Fan.2005y.
14. S.X.Yoqubov. Kasb ta`limi sifat bosqichida (maqolalar to‘plami). Qarshi.
Nasaf. 2003 y.
15. Azizxo‘jaev N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent 2003 y.
16. Murodov Sh.K. va boshqalar, Chizma geometriya, Toshkent, 
«Iqtisodmoliya», 2006.
17. Raxmonov I.T. va Abdurahmonov A., Chizmachilikdan ma‘lumotnoma,
T., «A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi», 2005.
18. Abdurahmonov A., Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimi, T.,
«Cholpon», 2005.
19. Yodgorov J.Yo. va boshqalar, Chizmachilik, Toshkent, «O’qituvchi»,
1992.
20. Valiyev A.N. va boshqalar, Geometrik Chizmachilik, Toshkent, «TDPU
rizografi», 2008.
21. E.I.  Ro’ziev. Tutashmalar. Metodik qo’lanma. Toshkent -2005.
22.T.   Rixsiboyev.   Kompyuter   grafikasi.T.   O’zbekiston   Yozuvchilar   uyushmasi
Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. 2006.
23.   T.Rixsiboyev.,D.Saidaxmedova.   Maktabda   chizmachilik   fanida
kompyuterda chizma bajarish.  2007.
24.   I.   Rahmonov   “Chizmachilik”.   9-sinf.   Darslik.   “O’zbekiston”nashriyoti.
T.2014
INTERNET MA’LUMOTLARI
1. www. ziyo.net
69 2. www. ursu .com
3. www. ref.uz
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_PowerPoint
5. https://studref.com/534413/informatika/
istoriya_razvitiya_kompyuternoy_grafiki
                                                       ILOVA 
1 -ilova
70                                              
71                                                 Ichk i tutashtirish .
                                                                                                        2 -ilova
                                             T ashqi tutashtirish .
72 Metodik ko’rgazmali qo’llanma.
                                                                                                       
                                                                                            3 -ilova
73           
                                                                                                         4 -ilova
74 75

CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI (8-SINF UCHUN) MUNDARIJA: KIRISH 4 I BOB. GRAFIKAVIY TA`LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA CHIZMACHILIK FANINI O’QITISHNING NAZARIY - AMALIY ASOSLAR I VA CHIZMACHILIKNING FANLARARO ALOQADORLIK AHAMIYATI. 1.1 Grafikaviy ta`lim jarayonini tashkil etish sifatida chizmachilik fanini o’qitishning nazariy va amaliy asoslari. 13 1.2 Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanining fanlararo aloqadorligi. 16 1.3 Chizmachilik darslarida qo`llaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalar turlari va ulardan foydalanish usullari. 19 I BOB bo‘yicha xulosalar 25 II.BOB. CHIZMCHILIK DARSLARIDA KESIMLAR VA QIRQIMLARNI O’QITISH METODIKASI UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA KO’RGAZMALI MATERIALLAR. 2.1 Power Point dasturi va unda slaydlar ketma-ketligini yaratish metodikasi. 26 2.2 Chizmachilik darsi uchun materiallarining elektron slaydlarini tayyorlash usullari. 31 2.3 Chizmachilik darslarida kompyuter gragikasi orqali o‘quvchilarni Auto CAD dasturi asosida chizmalar bajarishga o’rgatish metodikasi. 46 II BOB bo‘yicha xulosalar 50 III BOB . CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI BO`YICHA PEDAGOGIK TAJRIBA SINOV ISHLARI. 3.1 Pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uni amalga oshirish metodikasi 52 1

3.2 O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi 58 III BOB bo’yicha x ulosa 64 Xulosa 65 A dabiyotlar ro‘yxati 69 Ilovalar 74 KIRISH Muammoning dolzarbligi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘quv tarbiya jarayonining barcha tomonlariga aloqador bo‘lgan strategiya, maqsad va vazifalardan tortib aniq dasturlar majmuasigacha, inson omiliga juda katta ahamiyat berilgan. Kadrlar tayyorlashga doir milliy model ta’lim tizimidagi islohotlarga mos bo‘lib, tabiat va jamiyat rivojining qonuniyatlari haqidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllantiriladigan, ularni tarqatish, o‘rganish va kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun zarur bo‘lgan fan sohasini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” talablarini amaliyotga joriy etishda asosiy mushtarak maqsad - barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir. Hozirgi zamon yangi interaktiv, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni Respublikamizning Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev davlatimizning ustivor vazifalaridan biri sifatida madaniyat va san’atdagi yangilanishlarni ham hisobga olgan edi. 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasini belgilab berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 y., 14-son, 230-modda) qarorida ko‘rsatib o‘tilgan. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 2

“Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ” nomli bandida“Bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish” 1 kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bu esa o‘quvchining individual, umumiy va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning jamiyatda, ishlab chiqarish sohasida va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun zamin yaratadi.O‘zbekiston Recpublikaci Prezidentining 2020 yil 21 apreldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4688-sonli Farmoyishi, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-sonli Farmoni, 2019 yil 12 martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” dasturining birinchi tashabbusi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”gan bo‘g‘iniga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish-ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» to‘g‘risida / O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017 y.,6-son, 70- modda. 3

esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishini talab etadi. 2 Chizmachilik fani bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma o‘zidagi matn, grafika, animatsiya, o‘quv materialini o‘z ichiga olgan bo‘limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi bilan boshqa darsliklardan tubdan farq qiladi. Shu jihatdan, umumta’lim maktablari chizmachilik kursi mavzularini o‘qitishda har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi foydalanish o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va ko‘proq bilim olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning ob’ekti: Jizzax shahar 22 ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o’rta ta’lim maktabi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o’ qitiladigan darslarni shakillantrish va rivojlantrish jarayoni . Tadqiqotning predmeti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o’qitishda chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali darslarni tashkil etishning mazmuni va samarali metodlari. Tadqiqotning maqsadi: Ta`lim sifatini oshirish, umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ” (8-sinf uchun) innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi, hamda o’quv jarayoni uchun ilmiy metodik tavsiyalar chizmachilik darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar bilimini oshirish. Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali o’qitishning metodik asoslarini takomillashtirish. Taqiqotning vazifalari: 2 И . А . Каримов « Юксак маънавият - енгилмас куч », Тошкент « Маънавият » 2008,61- бет . 4

 “Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ” (8-sinf uchun) mavzusiga doir ilmiy-metodik, pedagogik, didaktik manbalarni o’rganish, tahlil qilish.  Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali dars samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;  Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali chizmachilikdan qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish;  “Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ” (8-sinf uchun) ga oid ilmiy-metodik tavsiyalar berish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maskur dissertatsiyaning ilmiy yangiligi shundaki, Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) metodikasi asosida chzmachilik darslarida beriladigan vazifa va topshiriqlarning o’quvchilarni qobiliyati, layoqati va qiziqishlari bo‘yicha taqsimlanishining pedagogik talablari (sohaning DTS, o‘quv dasturi, o’quvchilarning psixologik hamda fiziologik tayyorgarlik darajalariga mosligi) takomillashtirilib chiqilgan hamda ularning didaktik imkoniyatlari o‘quv materiali to‘liq aniqlangan. Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali o'quvchilarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, odatlantirish hamda ijodiy izlanish yo‘li bilan o‘quv materialini mustaqil o‘rganish shakllari takomillashtirilgan. 5