logo

8-SINF ADABIYOT DARSLIGINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

320.5 KB
8-SINF ADABIYOT DARSLIGINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Mundarija
ISHNING UMUMIY TAVSIFI ................................................................................................................ 2
I BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI ............................................................................................................................ 6
1.1. DARSLIKLAR OLDIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR ............................................................................... 6
1.2.MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 14
1.3. MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 21
II BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN ASARLARNING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI .......................................................................................................................... 31
2.1. ADABIYOT DARSLIKLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI ....................... 31
2.2. ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOTI NAMOYONDALARI ASARLARINING 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 40
2.3.ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN JAHON ADABIYOTI NAMOYONDALARI ASARLARINING 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 51
III BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN NAZARIY 
MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI ............................................................. 61
3.1. MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 61
MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 68
XULOSA .................................................................................................................................................. 80
ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................................................................................................ 84
ANNOTATSIYA
Mazkur   ishda   hozir   amalda   bo ‘ lgan   8- sinf   o ‘ quvchilari   uchun   mo ‘ ljallangan adabiyot   darsligi   va   1986- yilda   nashr   etilgan   adabiyot   darsliklaridagi   ijodkor
tarjimayi   holining   berilishi   qiyosan   tahlil   qilingan .   O ‘ qitishning   samarali   usullari ,
darsliklarda   muallif   avtobiografiyasining   berilishida   yutuq   va   kamchiliklar
xususida   so ‘ z   yuritilgan .   Dissertatsiyada   qiyosiy - tipologik   tahlil   orqali
solishtirilayotgan   darsliklardagi   ma ’ lumotlarning   o ‘ quvchilar   tafakkurini
rivojlantirishdagi   ahamiyati   haqida   fikr   yuritilgan .   Unda   berilayotgan   ma ’ lumotlar
va   asarlar   qiyoslash   orqali   tahlil   qilingan .   Shuningdek ,   darsliklardagi   berilgan
ma ’ lumotlarning   keyingi   yillardagi   o ‘ zgarish   sabablari   ham   dalillar   asosida   bayon
etilgan .  Har   bir   berilgan   ma ’ lumotlarning   o ‘ quvchilar   ong - u   tafakkurida   aks   etishi ,
ularning   ma ’ naviy - ma ’ rifiy   tarbiyasiga   ta ’ siri   haqida   mulohazalar   bildirilgan .
Darslikda   tarjimayi   holni   berish   usuli   va   o ‘ ziga   xos   metodikasi   haqida   ham
to ‘ xtalib   o ‘ tilgan ,   hozirgi   rivojlangan   davrdagi   o ‘ quvchi   tafakkuri   va   zehnini
yanada   yaxshilashga   qaratilgan   fikrlar   va   tavsiyalar   berilgan .
ANNOTATION
The study provides a comparative analysis of current literature textbooks for
8th   graders   and   creative   biographies   of   literature   textbooks   published   in   1986.
Effective  teaching  methods,   textbooks  discuss   the  successes  and   shortcomings  of
the   author's   autobiography.   The   dissertation   discusses   the   importance   of
comparative-typological   analysis   of   textbook   information   in   the   development   of
students'   thinking.   The   information   and   works   presented   in   it   are   analyzed   by
comparison.   The   reasons   for   the   change   in   the   information   provided   in   the
textbooks  in recent   years  are  also  explained  on the  basis   of   evidence.  Comments
were   made   on   the   impact   of   each   piece   of   information   on   students'   thinking   and
their   impact   on   their   spiritual   and   educational   upbringing.   The   textbook   also
discusses   the   method   and   specific   methods   of   providing   a   biography,   as   well   as
ideas and recommendations for further improving the thinking and intelligence of
students in today's advanced age.
ISHNING UMUMIY TAVSIFI   Mavzuning   dolzarbligi.   Bugun   mamlakatimizni   jahonning   har   jihatdan
rivojlangan   davlatlaridan   biri   sifatida   e’tirof   etishga   arziydigan   asos   va   omillar
talaygina.   Hozirgi   zamonda   yoshlarimizning   ongi,   tafakkuri,   dunyoqarashi
o‘zgardi. Turli fan olimpiadalarida, tanlovlarda   va sport sohasida katta yutuqlarni
qo‘lga kiritishayotgani quvonarli hol. Lekin Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri
bilan   aytganda   “Albatta,   biz   mustaqil   fikrlaydigan,   zamonaviy   bilim   va   kasb-
hunarlarni   egallagan,   mustahkam   hayotiy   pozitsiyaga   ega   bo‘lgan   yoshlarni
tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib
aytadigan   bo‘lsak,   bugungi   kunda   butun   dunyoda   aholining,   birinchi   navbatda,
yoshlarning   ongi   va   qalbini   egallash   uchun   qanday   keskin   kurash   borayotganini,
diniy   ekstremizm,   terrorizm,   giyohvandlik,   “ommaviy   madaniyat”   kabi
tahdidlarning kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi,
ma’naviy-ma’rifiy   sohadagi   ishlarimizni   bir   zum   ham   susaytirmasdan,   aksincha,
yangi   bosqichga   ko‘tarishimiz   zarur”[1.17-b].   Buning   uchun   esa   o‘quvchi-
yoshlarimiz nima  o‘qishyapti?,   bo‘sh  vaqtini   qanday o‘tkazyapti?  kabi  savollarga
har birimizda javob bo‘lishi shart.   Zamon bilan hamnafas o‘quvchilarni o‘qitishda
darsliklarimiz   ham   zamon   talablariga   mos   bo‘lishi   lozim.   Bugungi   kunda   chet   el
tajribasidan   foydalanilgan   holda   darsliklarni   izchil   ravishda   qayta   ko‘rib   chiqish
ishlari   olib   borilmoqda.   Mustaqillikdan   ilgari   va   mustaqillik   yillarida   yaratilgan
darsliklarni   ko‘zdan   kechirsak,   yil   o‘tgan   sari   salohiyati   va   sifati   jihatidan
mukammallashib   borayotganligi   kishini   quvontiradi.   Darsliklardan   hayoti   bilan
ibrat bo‘la oladigan va asarlari bilan “Hazrati inson”ni voyaga yetkazishda ko‘mak
beradigan  shoir   va  yozuvchilar   joy  olmoqda.       Shunday  bo‘lsa-da,   yutuqlar   bilan
bir   qatorda   ba’zi   bir   kamchiliklar   ham   yo‘q  emasligi   barchaga   ma’lum.  Shu  bois
msutaqillik   yillarida   yaratilgan   darsliklar   bilan   bir   qatorda   mustaqillikkacha
bo‘lgan   darsliklarni   ham   ko‘zdan   kechirib,   ulardagi   yutuqlardan   foydalanib,
kamchiliklardan   voz   kechish   yaxshi   samara   beradi.   Zero   buyuk   yozuvchimiz
A.Qodiriy ta’biri bilan aytganda “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”.
Bu   mulohazala r   esa   dissertatsiya   uchun   tanlangan   mavzuning   dolzarbligini
belgilashga asos bo‘ladi. Tadqiqotning   respublika   fan   va   texnologiyalar   rivojlanishining   ustuvor
yo‘nalishlariga   bog‘liqligi.   Tadqiqot   Respublika   fan   va   texnologiyalari
rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy
rivojlantirish,  innovation  iqtisodiyotni  shakllantirish”   ustuvor   yo‘nalishi   doirasida
amalga oshirilgan.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   Bugungi   kunda   yurtimizda   adabiyot
o‘qitish   metodikasi   ancha   rivojlangan   sohalardan   biri   hisoblanadi.   Metodistlar
adabiyot darslarida o‘quvchilarni ma’naviy barkamol, o‘z shaxsiy fikriga ega yetuk
inson   qilib   tarbiyalash   borasida   ko‘plab   izlanishlar   olib   borishmoqda.   Shu   bois
ijodkor tarjimayi holining berilishi,  o‘qitilishi jihatidan tavsiyalarni deyarli barcha
metodikaga   oid   darslik   va   qo‘llanmalarda   uchratamiz.   Adabiyot   o‘qitish
metodikasi   sohasida   adabiyot   darsliklarining   mustaqillikkacha   va   mustaqillik
yillarida   yaratilgan   nashrlari   qiyoslab   o‘rganilgan   alohida   ilmiy   ish   bo‘lmasa-da,
bu sohaga oid qo‘llanma va darsliklarda ushbu mavzuga oid ba’zi fikr-mulohazalar
keltirilgan. 
Kuzatishlardan   ma’ l um   bo ldiki,   S.Dolimovʻ [2.2007-2010] ,
B.To‘xliyev[3.1973],   A.Zunnunov [4.1994] ,   Q.Yo‘ldoshev[5.2018],
Q.Husanboyeva [6.2018] ,   singari   qator   olimlarning   tadqiqotlarida   o quvchilarni	
ʻ
adabiyot   vositasida   tarbiyalash   borasida   fikrlar   mavjud.   Ular   o z   ishlarida   inson	
ʻ
ma’naviyatini   shakllantirishning   psixologik-pedagogik   yo llari,   ta’lim-tarbiya	
ʻ
samaradorligini orttirish masalasiga to xtalganlar. 	
ʻ
Tadqiqotning maqsadi.   Mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yaratilgan
darsliklarni qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilib, ularning yutuq va kamchiliklarni
ko‘rib chiqish va amalga joriy etish.
Tadqiqotning vazifalari.  Ishimiz ko‘lamini his etgan holda, dissertatsiyamiz
mavzusini yoritish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
 darsliklar oldiga qo‘yiladigan talablar;
 mustaqillik   davrigacha   bo‘lgan   adabiyot   darsliklarida   ijodkor   tarjimayi
holining qiyosiy-tipologik tahlili;   mustaqillik   davrida   yaratilgan   adabiyot   darsliklarida   ijodkor   tarjimayi
holining qiyosiy-tipologik tahlili;
 adabiyot   darsliklarida   berilgan   mumtoz   adabiyoti   namoyondalari
asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili;
 adabiyot   darsliklarida   berilgan   yangi   davr   adabiyoti   namoyondalari
asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili;
 adabiyot   darsliklarida   berilgan   jahon   adabiyoti   namoyondalari   asarlarining
qiyosiy-tipologik tahlili;
 mustaqillik   davrigacha   bo‘lgan   adabiyot   darsliklaridagi   nazariy
ma’lumotlarning qiyosiy-tipologik tahlili;
 mustaqillik   davrida   yaratilgan   adabiyot   darsliklaridagi   nazariy
ma’lumotlarning qiyosiy-tipologik tahlili.
Tadqiqotning   obyekti .   Mustaqillikkacha   va   mustaqillik   yillarida   8-sinflar
uchun yaratilgan adabiyot darsliklari
Tadqiqotning   predmeti .     8-sinf   adabiyot   darsliklarini   qiyosiy-tipologik
jihatdan tahlil qilish  dissertatsiyamizning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqot usullari.  Dissertatsiyada  qiyosiy, biografik metodlar tadqiqot usuli
sifatida belgilandi.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi .   Bugungi   kungacha   metodika   sohasida   juda
ko‘p   izlanishlar   olib   borilgan   bo‘lsa-da,   mustaqillik   yillarigacha   va   mustaqillik
yillarida   yaratilgan   maktab   darsliklari   zamon   nuqtayi   nazaridan   qiyosiy   tahlil
etilmagan.
Tadqiqot   natijalarining   aprobatsiyasi .   Dissertatsiya   mavzusi   bo‘yicha
quyidagi ilmiy ishlar e’lon qilingan:
Dissertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi .   Dissertatsiya   kirish,   uch   asosiy   bob,
xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlardan   iborat.   Ishning   umumiy   hajmi   89
sahifadan iborat. I BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR 
TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
 
1.1. DARSLIKLAR OLDIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Darsliklar   o‘quvchiga   fan   bo‘yicha   zarur   bilim,   ko‘nikma,   malaka   va
kompetensiyalarni   egallashga   yordam   beruvchi   asosiy   manbadir.   Darsliklarni
yaratishga     urinish     qadimdan     mavjud   bo‘lgan.   Madrasa     va   ilm     maskanlarida
Sa’diyning   “Bo‘ston”,     “Guliston”   asarlari,   keyinroq   Yassaviy,     Hofiz,     Navoiy,
Olloyorning badiiy yetuk, tili sodda  asarlari o‘rgatilgan. Bu haqda adabiyotshunos
S.Dolimov   yozadi:   “Abjaddan   keyin   “haftiyak”   o‘rgatilgan.     «Haftiyak»da   13-14
kichik-kichik   suralar   jamlangan   bo‘lib, “Qur’on”ni   o‘qish   va   yodlashdagi   bir
bosqichdir.   Bunda     muallim   “Qur’on”   suralaridagi   so‘zlarni   to‘g‘ri   talaffuz
qilishga,   ba’zi   bir   yodlash   qobiliyati   kuchli   bo‘lgan,   chiroyli     tovushga     ega
bo‘lgan o‘quvchilarni qiroat bilan ta’sirli o‘qishga o‘rgatgan. XIX asrning ikkinchi
yarmiga  kelib,  turkistonlik  ma’rifatparvarlar orasida  xalq  turmushining  mavjud
holatidan     qoniqmaslik,   uni   yengillashtirish,     millat     ahliga     odamday     munosib
hayot   kechirish   yo‘llarini   ko‘rsatishga     urinish     mayli     paydo     bo‘ldi.     Asrning
oxirlarida   ilg‘or oydinlarimiz   Ismoilbey   Gaspralining   “Xo‘jayi   sibyon”   alifbo
darsligi, “Rahbari  muallimin  yoki  muallimlarga  yo‘ldosh”  metodik  qo‘llanmasi
ta’sirida   usuli   jadidni   ta’lim   amaliyotiga   olib   kira   boshladilar.   Sho‘ro
hukmronligining     dastlabki     yillarida     O‘zbekistonda     ko‘plab     pedagoglar
tayyorlaydigan   texnikumlar,   kurslar   tashkil   qilindi.   Sho‘ro     hukumati     ta’lim
tizimidagi barcha muassasalarning so‘zsiz kommunistik mafkura izmida bo‘lishini
istardi.     Buning   uchun   esa   o‘quv   rejasi,   dastur,   darsliklarni   bir   xillashtirish   va
majburiy   qilish kerak   edi. 1918-yilda   hamma   uchun   majburiy   bo‘lgan ilk ona
tili va adabiyot dasturi ishlab chiqildi. Shu yil “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida,
boshqa predmetlar  qatori, birinchi  adabiyot  dasturi ham  bosildi. Bu dasturda 5-7-
sinflarda   ona   tili   va   adabiyot   predmeti   o‘qitilishi     qanday     amalga   oshirilishi
belgilab   berilgandi.   Shokirjon   Rahimiy   o‘zbek   tilidagi   birinchi   alifbe   darsligi   –
“Sovg‘a” (1919),   shuningdek,   “Ona   tili”   (1918,   Fitrat   va   Q.Ramazon   bilan hamkorlikda),   “Kattalarga   o‘qish”   (1920),   “Alifbe   darsligi”   (1922), “Kattalar
yo‘ldoshi”  (1924),  “Kattalar  alifbesi”  (1927),  “Savod”  (1930), “O‘zbek  tili. Ish
kitobi”   (1932)   singari   darslik   va   o‘quv     qo‘llanmalar   muallifi     edi.     Ko‘rinadiki,
dastlabki ta’limga   yo‘naltiruvchi   darsliklar 1920-yillarda yaratilgan. Shu yillarda
boshlang‘ich   va   yetti   yillik   maktablar   uchun     adabiyotdan     dastlabki   majmualar
tuzildi. To‘g‘ri,  XX  asr  boshlarida ham  Munavvarqori  (“Sabzazor”),  A.Avloniy
(“Birinchi     muallim”,   “Ikkinchi     muallim”,     “Maktab     gulistoni”,     “Adabiyot
yoxud   milliy she’rlar”), Hamza (“Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi”) kabi jadidlar
turli   majmualar     tuzishgandi.     Lekin     ular,     asosan,     boshlang‘ich     maktabga
atalgan   bo‘lib,   tarbiyaviy   yo‘nalishdagi   matnlarnigina   o‘z   ichiga   olib,   zarur
didaktik apparatlar bilan ta’minlanmagan didaktik ashyolar edi. 
1924-yilda   Elbek   “Go‘zal   yozg‘ichlar”,   1926-yilda   Cho‘lpon   “Adabiyot
parchalari”     xrestomatiyalarini     tuzdilar.     1924   -yilda     A.   Sa’diy     o‘zi     ishlab
chiqqan     dastur   asosida     “Amaliy   ham   nazariy   adabiyot   darslari”     darsligini
yaratadi.     Bular   Yevropa   standartlariga     bir     qadar     mos     keladigan     o‘quv
manbalari  bo‘lib,  millat  badiiy  tafakkuri  o‘sishiga  sezilarli  ta’sir ko‘rsatdi. Bu
darslikda   ham   oldingi   an’analarga   ko‘ra,   adabiyot     nazariyasiga   katta   e’tibor
qaratilib, badiiy asar matni biror nazariy qarashni asoslash uchun keltirilardi xolos.
1926-yilda  Fitratning   “Adabiyot   qoidalari”    kitobi   chiqdi. 1955-yilda  S.Dolimov
o‘zbek   metodistlari   orasida   birinchi   bo‘lib,   “5-sinf     “Vatan   adabiyoti”
xrestomatiyasi  uchun  metodik  qo‘llanma”  asarini  yaratdi  va  o‘zbek metodikasi
amaliyotida   o‘qituvchilar     uchun     qo‘llanma     yozish     tajribasiga     asos   soldi.
Shundan   keyin   bu   turkumda   bir   qator   qo‘llanmalar   yaratildi.   1967-yilda S.
Dolimov,   Q.   Ahmedov   va   H.   Ubaydullaevlar   tomonidan   oliy   maktab   talabalari
uchun   “Adabiyot   o‘qitish   metodikasi”,   shu   bilan   birgalikda dastlabki ona tili
darsligi yaratildi. O‘zbekiston  mustaqillikka  erishuvidan  oldinroq,  qayta  qurish,
oshkoralik   deb   ataluvchi   davrlar   boshlanishi   bilan   o‘zbek   ziyolilarining katta
qismi     maktab     adabiyotini     tamomila     boshqacha     o‘qitish     lozimligini   anglab
yetgan   edilar.   Shu   yo‘lda, avval,   qarashlar    o‘rtasidagi    kurashlar, keyinchalik
tashkiliy  ishlar  bir  necha  yil  davom  etdi.  1991  yilning  13-martida Respublika Vazirlar kengashi raisining o‘sha paytdagi o‘rinbosari yozuvchi   Erkin   Samandar
tashabbusi  bilan  prof. U.Normatov  boshchiligida o‘n  uch  olimdan  iborat  ishchi
guruhi  tuzilib,  mustaqillikdan  oldinroq maktab  adabiyot  darsliklarini  yangilash
vazifasi     qo‘yildi.     1991     yilning   yozida     birinchi     marta     chinakam     milliy
asoslardagi     maktab     adabiyot     dasturi   tuzildi.   Yil   mobaynida   o‘qituvchilar,   ota-
onalar, mutaxassislar tomonidan qizg‘in   muhokama   qilingan   dastur   1992-yilda
qayta     ishlanib,     maorif   vazirligi   tomonidan   tasdiqlandi   va   shu   asosda   yaratilgan
darsliklar 1993-yildan boshlab maktab amaliyotiga joriy etildi. 
Mustaqillik arafasida va undan so‘ng yaratilgan adabiyot darsliklarida asosiy
e’tibor     o‘quvchilarga     o‘zbek     adabiyotining     naqadar     boy     va     jozibali   ekanini
anglatishga     qaratildi.     Shuningdek,     bir     milliy     adabiyot   namunalariga
“mehnatkashlar   adabiyoti”,   “saroy   adabiyoti”   va   “diniy-mistik   adabiyot”   tarzida
qarama-qarshi   qo‘yib   yondashish   an’anasi   barham   topdi.   Ko‘p   asrlik     o‘zbek
adabiyotiga     umumiy     badiiy     boylik     va     millat     ma’naviyatini   shakllantirishda
baravariga   qatnashishi   mumkin   estetik   imkoniyat   tarzida yondashildi.   Alohida
ta’kidlanishi     kerakki,     1999-yilda     “Adabiyot     o‘qitish     bo‘yicha   davlat     ta’lim
standarti”     hamda     “Adabiyotdan     umumiy     o‘rta     ta’lim     o‘quv   dasturi”
tayyorlanib     chop     etildi     va     ularda     ilk     marta     badiiy     adabiyotga   o‘quvchilar
ma’naviyatini     shakllantirish     vositasi     tarzida     qaraldi.     Ya’ni   o‘zbek
pedagogikasida   birinchi   bor   bilim   emas,   balki   o‘quvchi   shaxsi   asosiy   qadriyat
sanalishi   tan   olindi.   Adabiy   dalillarni   o‘zlashtirib   olish,   badiiy   matnni     yod
bilishning     o‘zi     emas,     balki     badiiy     asardagi     qahramonlarning   tuyg‘ulari     va
muallifning     sezimlarini     his     etish,     ularning     dardlarini   anglash,     ularga
tuyg‘udosh     bo‘la     olish     muhim     ekanligiga     e’tibor     qaratildi.   Shuningdek,
adabiyot     bo‘yicha     yaratilgan     darslik     va     metodik     qo‘llanmalarda   o‘quvchilar
o‘qituvchidan     eshitgan     yoki     berilgan     matndan     o‘qilgan     narsalarni   qaytadan
aytib  berishga  emas,  balki  badiiy  matn  zamiridagi  yashirin jihatlarni  ilg‘ash,
badiiy  so‘z  qatidagi  jozibani  ocha  bilishga yo‘naltirildilar.
Ta’kidlash     kerakki,     1997-yilda     barcha     o‘quv     fanlari     orasida     birinchi
bo‘lib,   7-sinf   “O‘zbek   adabiyoti”   darsligidan   foydalanish   bo‘yicha   “O‘qituvchi kitobi”     chop     etildi.     Shu     nomdagi     kitob     2001-yilda     6-sinf     “Adabiyot”
darsligidan   foydalanish   bo‘yicha,   2003-yilda   8-sinf   “Adabiyot”   darsligidan
foydalanish   yo‘llari   tadqiq   etilgan   “Adabiy   saboqlar   8”   kitobi   nashr qilindi.
2004 -yildan  boshlab  esa,  har  bitta  adabiyot  darsligi  o‘z  metodik qo‘llanmasi
bilan   birgalikda   yaratila   boshlandi.   Darslik   va   o‘quv   adabiyotlarining   yangi
avlodini yaratish bo‘yicha harakatlar davom   etib   kelmoqda,   o‘quv   adabiyotlari
tanlovi  o‘tkazilmoqda.  2004 -yilda  5-sinf  uchun,  2005-yilda  6-7-sinflar  uchun
tanlov     o‘tkazildi,     2006-yilda     8-9-sinflar     uchun     mualliflar     guruhi     darsliklar
tayyorlashdi.  Bu  darsliklarning  afzal  tomoni  o‘qituvchi  uchun  metodik qo‘llanma
ham birgalikda yaratilishida va ularning amaliyotda yaxshi natijaga erishishida deb
bilamiz.
2017-2018     o‘quv     yilida     chop     etilgan     6-sinf     “Adabiyot”     (mualliflar
S.Ahmedov, R.Qo‘chqorov,   Sh.Rizaev)    darsligini   kompetensiyaviy   yondashuv
asosida     takomillashtirilgan     o‘quv     dasturi     bo‘yicha     nashrga     tayyorlash
jarayonida amalga oshirilgan o‘zgartirishlar:
O‘quv     dasturida     Hamid     Olimjonning     hayoti     va     ijodi,     uning
“O‘zbekiston”   she’ri   o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimiga   o‘tganligi     bois darslikdan
chiqarildi. 
Zulfiyaning     “Nevara”,     “Men     o‘tgan     umrga”     she’rlari     darslikdan
chiqarilib,   o‘rniga.   “Bahor   keldi,   seni    so‘roqlab”,   “O‘g‘lim,   sira   bo‘lmaydi
urush” she’rlari kiritildi.
Pirimqul     Qodirovning     “Nizomning     tantiligi”     (“Avlodlar     dovoni”
romanidan)hikoyasi     darslikdan     chiqarilib,     o‘rniga     yozuvchining     “Yulduzli
tunlar”   romanidan   “Bobur”   parchasi   kiritildi.   Darslikdan   jami   10,4%   mavzu
chiqarildi   va   unga   10,4%   mavzu   yangidan   kiritildi.   44%   savol   va   topshiriqlar
o‘zgartirildi.
Darslikka   yangi   kirgan   mavzular   bo‘yicha   matnlar   kiritilib,   ular asosida
tayanch     va     fanga     oid     kompetensiya     elementlarini     shaklllantirishga
yo‘naltirilgan savol va topshiriqlar ham yangidan tuzildi. Darslik birinchi marta 4
xil   rangda   (rangli)   chop   etilishi   munosabati   bilan   uning   dizayni,   shoir   va yozuvchilarning   rasmlari,   asarlarga   ishlangan   rasmlar   jami:135   ta   rasm   va
illyustarsiya   4   xil   rangda   tubdan   yangidan   ishlandi.   Shu   munosabat   bilan   darslik
dizayni 100%ga o‘zgaradi. 2017-2018  o‘quv  yilida  chop  etil  7-sinf  “Adabiyot”
(mualliflar Qozoqboy  Yo‘ldoshev,  Begali  Qosimov,  Valijon  Qodirov,  Jalolbek
Yo‘ldoshbekov) darsligida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:
Turdi     she’rlari     o‘rta     maxsus     ta’lim     tizimiga     o‘tganligi     bois   darslikdan
chiqarildi.    Ajratilgan   2   soatning   1soati    Mirmuhsinning “Me’mor” va Chingiz
Aytmatovning “Oq kema asari” ga qo‘shib berildi.   Maxtumqulining   “Na’masan”
she’ri     darslikdan     chiqarilib,     o‘rniga   shoirning   “Aytishuv”   she’ri   kiritildi.
Darslikdan     jami     4,1%     mavzu     chiqarildi     va     unga     4,1%     mavzu     yangidan
kiritildi. 48% savol va topshiriqlar o‘zgartirildi. Darslikka  yangi  kirgan  mavzular
bo‘yicha    matnlar    kiritilib,   ular  asosida    tayanch    va   fanga   oid   kompetensiya
elementlarini     shaklllantirishga   yo‘naltirilgan   savol   va   topshiriqlar   ham   yangidan
tuzildi. Darslik birinchi marta 4 xil rangda (rangli) chop etilishi munosabati  bilan
uning   dizayni,   shoir   va   yozuvchilarning   rasmlari,   asarlarga   ishlangan   rasmlar,
jami, 105  ta rasm    va     illyustratsiya    4   xil     rangda    yangidan   ishlanib   kiritildi.
Shu munosabat bilan darslik dizayni 100%ga o‘zgardi.
Yaqin yillargacha “Adabiyot darsliklari talabga javob bermaydi, ularni qayta
ko‘rib   chiqish   kerak”,   -   kabi   fikrlarni   metodist   olimlarning   maqolalaridan
monografiyalaridan   o‘qib   qolar   edik.   Shu   jihatdanmi,   5-sinf,   9-sinf   o‘quvchilari
uchun mo‘ljallangan adabiyot darsliklari biz yuqorida aytib o‘tgan takliflarga mos
keladi.  5-sinf darsligi o‘quvchilarga yoshiga mos ravishta rasmlar bilan boyitilgan.
Oldin o‘tilgan mavzular bilan bog‘lanib savol-javoblar kiritilgan. Masalan, aka-uka
Grimmlar hayoti va ijodi o‘tilgandan so‘ng o‘tgan darslar  bilan bog‘langan holda
rasmlar   berilib,   “shulardan   qaysi   biri     ertakda   uchraydi?   Yoki   “qaysi   masalda
badfe’l   kimslar   obrazi   birgina   hayvon   orqali   ko‘rsatib   berilgan?”   kabi   savollar
bilan murojaat qilingan  va multfimlardan, ertaklardan hali uzila olmagan bolalarni
o‘ziga   jalb   qiladigan   darajada   dezaynlashtirilgan.   Bu   o‘quvchilarga   darsga
qiziqishini   orttirishiga   xizmat   qilishiga   ishonamiz.   Shunindek,   dastlabki
nashrlarida “Gulliverning sayohatlari” asari berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarni juda zeriktirar   edi.   2020-yil   nashridan   esa   bu   roman   darslikdan   chiqarilib,   “Botir
tikuvchi”   ertagi   kiritilgan   va   bizningcha,   bu   ertak   o‘quvchilarni   qiziqtira   oladi.
Yoki   9-sinf   adabiyot   darsligi   ham   yaxshi   yangiliklardan   xoli   emas.   Masalan,
Sharof  Boshbekov hayoti o‘zining xotiralari bilan berilgan bo‘lib, ijodkor o‘zining
adabiyot   maydoniga   qanday   kirib   kelganini   yozadi;   o‘sha   vaqtlarda   o‘qituvchi
yetishmasligini “Qayi o‘qituvchi kelmay qolsa, musiqa darsi o‘tilardi. Yoshligimda
musiqa   o‘qituvchimiz   zo‘r   bo‘lsa   kerak,   deb   o‘ylardim.   Endi   bilsam   “Yallama
yorim”dan   boshqasiga   o‘tmagan   ekanmiz”,   deya   xotirlaydi.     Shunindek,   Omon
Matjon hayoti va ijodi yoritilishi barobarida o‘tgan asrda shaxsga sig‘inish qanday
avj   olganligi   Stalin   vafoti   sababli   uyiga   yig‘lab   kelgan   bo‘lajak   shoir   xotiralari
orqali   aks   ettiriladi.   Biz   tadqiqot   obyekti   sifatida   tanlagan   adabiyot   darsligi   ham
2019-yilda ancha o‘zgarishlar bilan nashr etildi. Sovet davrida nashr etilgan 8-sinf
darsligida   faqat   mumtoz   adabiyot   vakillarining   hayoti   va   ijodining   berilishi
o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘dirardi. Sababi bunday mavzular mustaqillik yillarida
aralash   holda   7-,   8-,   9-,   10-sinflarda   berilsa-da,   ba’zi   o‘quvchilar   7-8-sinflarda
mavzuni   o‘zlashtirishga   qiynaladilar.   Mustaqillik   yillarida   har   bir   sinf   uchun
mo‘ljallangan   darslikda   adabiyot   tarixi   davrlashtirilib   beriladi.   O‘quvchilar
bosqichma-bosqich “Xalq og‘zaki ijodi”, “Mumtoz adabiyotimiz namoyandalari”,
“Jahon adabiyoti” bilan tanishib boradilar. 8-sinf adabiyotining so‘nggi nashridan
Yusuf Xos Hojib chiqarilgan, sababi bu ijodkorning asarini  o‘quvchilar 11-sinfda
ham   o‘rganadilar.   Alisher   Navoiy   ijodi   2014-yilda   nashr   etilgan   darslikda   juda
murakkablashtirilgan holda berilgan edi. G‘azallari, qit’a va fardlari tahlil qilinib,
qaysi   devoniga   nechtadan   kiritilgani,   “Xazoyin   ul-maoniy”   tarkibi   o‘rganilar   edi.
Hozirda amalda bo‘lgan darslikda shoir ruboiylari, tuyuqlari va qit’alari kiritilgan
va   ularning   yozilish   tarixi,   mazmuni   tahlil   qilingan.   Hozirgi   vaqtda   darsliklar
oldida   turgan   birinchi   vazifa   o‘quvchilarning   kitobxonlikka   bo‘lgan   qiziqishini
orttirish va o‘quvchini ma’naviy jihatdan tarbiylash. Chunki maktabda o‘qiyotgan
har   bir   o‘quvchi   kelajakda   filologiya   yo‘nalishi   talabasi   bo‘lib,   shu   sohada
ishlamaydi. Filologiyaga qiziqtirish adabiyot o‘qituvchisining mahoratiga bog‘liq.
Shu bois ham adabiyot darsliklariga o‘z hayoti va ijodi bilan ibrat bo‘la oladigan, asarlarida   vatanparvarlik,   yuksak   gumanizm   g‘oyalari   aks   etib   turgan   adiblar
kiritilsa,   adabiyot   o‘z   oldida   turgan   vazifani   bajargan   bo‘ladi.   Masalan,   Said
Ahmadning “Ufq” romanidan “Qochoq” deb shartli nomlangan parcha beriladi. Bu
parchani   o‘qib   chiqqan   o‘quvchida   vatanparvarlik   g‘oyasi   paydo   bo‘ladi,
Tursunboydan   nafratlanib,   farzandning     ota-ona   oldidagi   hech   qachon   uzib
bo‘lmaydigan   qarzi   haqida   o‘yga   toladi.   O‘zining   onasiga   munosabatini   tahlil
qiladi.   “Tursunboyga   o‘xshamaymanmi?”,   “Onamni   biron   narsa   evaziga   yaxshi
ko‘rmaymanmi?”,   “Men   yaxshi   farzandmanmi?”   kabi   savollar   bilan   o‘ziga   o‘zi
murojaat   qiladi.   Asqad   Muxtorning   “Chinor”   romanining   ham   tarbiyaviy
ahamiyati   katta.   Yozuvchi   asarda   faqat   yaxshi   bo‘lishning,   odobli,   itoatli,
yumshoqtabiat   bo‘lishning   o‘zi   yetmasligini   uqtiradi.   Zero,   hayot   shunchalar
shafqatsiz,   uning   kutilmagan   zarbalari,   sinovlari   shu   qadar   ko‘pki,   inson   ularga
doimiy   tayyor   turmog‘i   lozim.   “Hayotim   bir   tekis,   avvaldan   rejalashtirganimdek,
ortiqcha   g‘avg‘olarsiz   o‘tadi”,  degan   kimsa   aksariyat   holda   adashadi.   Agar   hayot
rejaga,   bir   chiziqqa   doimo   bo‘ysunganida   edi,   insoniyat   allaqachon   o‘ziga
jannatlarni  qurib olgan bo‘lardi. Afsuski,  o‘zbek  xalqi  topib aytganidek, “Uyning
gapi   ko‘chaga   to‘g‘ri   kelmaydi!”   Ancha   paytga   qadar   Akbaralining   hayoti   bir
tekis, ortiqcha tashvishlarsiz kechayotgan, u o‘zi sevgan kasbni qilib, tirikchiligini
o‘tkazib   yurgan   edi.   Agar   yarim   kechada   uning   uyiga   otasining   quroldosh   do‘sti
Bektemir   kirib   kelmaganida,   balki   bu   sokin   hayot   yana   uzoq   davom   etgan   ham
bo‘lardi...   Taqdir   deganlari   o‘z   aytganidan   qolmadi   –   Akbaralini   bir   necha
daqiqalik   sinovga   soldi   va...   shafqatsizlarcha   sindirdi!   O‘sha   mash’um   daqiqada
Akbaralining   ichida   kamida   ikki   his   bir-biri   bilan   ayovsiz   olishdi.   Ulardan   biri:
“Yur,   Bektemirga   yordam   ber,   agar   ikki   kishi   bo‘lsalaring,   ulgurasizlar!   Axir
Bektemir   otang   bilan  birga   bunaqa  xavflarning  nechtasini   yengib  kelishgan.   Ular
cho‘chimagan-ku!” – deb uni oldinga chorlasa, ikkinchisi: “Borma, xavfli, oldinda
o‘lim   turibdi,   yosh   joning   juvonmarg   bo‘lib   ketadi!   Yaxshisi   –   qoch!   Joningni,
hayotingni saqla!” – der edi. Agar fursat salgina ko‘proq bo‘lganida, ozgina o‘ylab
keyin   bir   qarorga   kelishga   imkon   berganida   edi...   Afsuski,   bu   gal   ham   alloma
G‘afur G‘ulom aytgan haqiqatisbotlandi: Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik...
Ming yulduzni so‘ndirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali
yulduzini   ham   so‘ndirdi.   Endi   uning   ko‘rgan   kuni   –   kun   emas.   Azob-uqubat,
vijdon   qiynog‘i,   qalb   so‘rog‘i...   Bu   qiynoq   kundan   kunga   kuchaysa-kuchayadiki,
aslo   ozaymaydi.   Uning   kuchayishiga   esa   sabablar   ko‘p.   Ular   ichida   bir   sabab
borki,   uni   aslo   unutib,   yoddan   chiqazib   bo‘lmaydi.   Bektemir   bir   emas,   bir   necha
yillar   davomida   dahshatli   urushni   kechib   kelgan.   O‘nlab,   balki   yuzlab   marotaba
ajalga ro‘para kelib, uning changalidan qutulishga o‘zida kuch topgan. Uni fashist
degan   hayotning   yovuz   kushandasi   ham   mahv   qila   olmagan.   Bektemir   ne-ne
o‘limlarni   dog‘da   qoldirib,   “Endi   yashayman,   urushda   ko‘rgan   azoblarimning
hammasi  evaziga ham  endi  yashayman!” – deb yurtiga qaytgan odam edi! Uning
orzulari   –   oilasi,   go‘zal   qizchasi   suyunishi   uchun   ham   ro‘yobga   chiqarmoqchi
bo‘lgan orzulari ko‘p edi. U tun-u kun charchoqni  bilmay ishlashga,  ishlab urush
ko‘rgiliklarini   unutishga,  endi  hayotdan  faqat  va  faqat  baxt   topishga  talpingan  va
bunga   to‘la   haqqi   bor   bir   jon   edi   –   inson   edi!   Shunday   insonning   umriga...
Akbarali   zomin   bo‘ldi!   Yo‘q,   u   Bektemirni   bo‘g‘ib,   osib,   urib   o‘ldirmadi.   Hatto
haqorat   ham   qilgani   yo‘q.  Bor-yo‘g‘i...  hech   nima   qilmadi,   xolos...   Unga   yigitlik
umrida   bir   marotaba   inson   bolasi,   HAYOT   atalmish   ne’mat   najot   qo‘llarini
cho‘zgan   edi.   Bir   marotaba   undan   o‘zining   ham   INSON   EKANLIGINI
ISBOTLASHni   so‘ragan   edi.  Akbarali   mana  shu  HAYOTning  qo‘llarini  tutmadi,
yordamga muhtoj insonning yoniga bormadi!.. Yozuvchi Akbaralini qurshab olgan
azobni   bor   bo‘y-basti   bilan   tasvirlaydi,   qahramonga   qo‘shib   o‘quvchini   ham   shu
azob   orasidan   olib   o‘tadi.   Akbarali   o‘zini   chalg‘itishga,   o‘sha   mash’um   lahzani
unutishga   har   qancha   urinmasin   –   foydasi   yo‘q!   Bektemirning   yordam   so‘rab
qilgan   chaqirig‘i   quloqlari   ostida   jaranglayveradi,   tushlariga   kiraveradi.   “Chinor”
romanidan joy olgan bu mungli qissa hali uzoq zamonlar ko‘plab avlodlarni o‘yga
toldiradi,   ularni   ham   birrov   o‘z   umriga,   hayotiy   a’moliga   jiddiy   nazar   tashlab,
o‘zini   taftish   qilishga   undayveradi.   Bu   avlodlar   orasida   Siz-u   biz   ham   bormiz,
albatta[7.245 b]. 1.2.MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT 
DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI
Har qanday asar o‘rganilar ekan, avvalo, ijodkorning dunyoqarashi, hayotga
bo‘lgan   munosabati   o‘z   asarlarida   qisman   bo‘lsa-da   aks   etganini   ko‘ramiz.
Masalan,   Abdulla   Qodiriyning   o‘g‘li   Habibulla   Qodiriy   “Otam   haqida”   kitobida
shunday   yozadi:   “ Dadamning:   -   O‘zbek   oyim   -   bu   Josiyat   bibing,   Oftob   oyim
xonim   bibing,   Kumush   esa   -   Oykumush   opang,   -   deb   kulganlarini   xotirlayman.  
Garchi   Qodiriy   bu   so‘zlarni   kulib   aytgan   bo‘lsalar   ham   o‘ylab   turib,   bunga
ishongiz   keladi.   Chunki   Qodiriy   ishora   qilgan   shaxslar   nazarimda   xuddi   roman
qahramonlariga o‘xshar edi. Josiyat bibim - dumbul tabiatli, gapdon, bir uy xotinni
o‘z og‘ziga qaratib o‘tiruvchi, uncha-munchani pisand qilmovchi, omi bo‘lsa ham
donolikda   hatto   dadamdan   o‘zini   yuqori   tutuvchi,   qiziq   fe’lli   ayol   edi.   Bibim
hamma to‘ylarga ham “kavshim ko‘chada qolgan emas”, deb boravermas, borsalar
ham   to‘y   albatta   u   kishining   ra’iga   qarab   jo‘nashtirilar   edi.   Bibim   bug‘doyrang,
quralayko‘z, cho‘ziqa moyil  kelishgan yuzli, baland, mutanosib qomatli edilar. U
kishi,   to‘y,   mehmonlarga   borsalar,   qorami,   ko‘kmi   dakana   ustidan,   doka   ro‘mol
o‘rar,   ko‘zlariga   surma   qo‘yar,   egnilariga   xonatlas   ko‘ylak,   ustidan   mursak,
oyoqqa   amirkon   mahsi   kavsh   kiyar   edilar.   Movzin   qomatlariga   bu   kiyimlar
shunday   yarashib   tushardiki,   chindan   O‘zbek   oyim ga   aylanar   edilar...
Xonim bibim - oyimning onasi, o‘rta bo‘y, chiroyli oq yuzli, yumshoqtabiat, mayin
so‘zli,   mulohazali   ayol   edilar.   Ular   ba’zan   biznikiga   mehmon   bo‘lib   kelsalar,
uyimiz go‘yo to‘lib ketganday bo‘lardi. Dadam bibini juda hurmat qilar, “oyi” deb
atar   edilar.     Oykumush   opam   -   qo‘ng‘iroqdek   tovushli,   aql-idrok,   husnda
haqiqatdan  Kumush ni eslatuvchi edi. Eshonguzar mahallamizda mulla Alijon ismli
dadamning domlasi bo‘lardi. Qodiriy bu kishini “ham ustoz, ham yetuk inson” deb
nihoyatda   hurmat   qilardilar.   Domlaning   yaxshi   xislati   shundaki,   u   oqko‘ngil,
kibrsiz, ta”magir emas, sabr-qanoatli, kamtar, mutolaasi zo‘r olim, der edilar otam. Domlaning ichki dunyosi ham nurga to‘lgan kabi edi. Gapni o‘ylab, bosiq, sodda,
yoqimli   so‘zlardilar.   So‘zalrida   mantiqsiz   ortiqcha   iboralar   mutlaqo   bo‘lmas,
tinglovchi   go‘yo   huzurlanar,   yana-yana   tinglasam   der   edi.   Bunday   otalar   garchi
ko‘p   uchrasa-da,   negadir   ayniqsa   bu   kishini   Yusufbek   hoji   obraziga   juda-juda
o‘xshataman”. Garchi “O‘tkan kunlar”ni Qodiriyning o‘zi  “…romandagi besh-o'n
foiz   ayrim   tarixiy   voqealar,   shaxslargina   voqeiy.   Qolganlari   yozg‘uvchining
mahorati...”   desa-da,   o‘g‘lining   xotirlari   orqali   asar   yozuvchi   hayoti   bilan
bog‘liqligini   ko‘ramiz.   Shunday   ekan,   har   qanday   ijodkor   asarlarini   hayotini
o‘rganmasadan o‘rganish foydasizday tuyuladi.
    Biz   o‘z   tadiqiqotimizda   mustaqillikkacha   va   mustaqillik   yillarida   nashr
etilgan 8-sinf adabiyot darsliklarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganishni maqsadi
qilgan   ekanmiz,   avvalo,   1986-yilda   nashr   etilgan   adabiyot   darsligi   va
xrestomatiyasini   topishga   muvaffaq   bo‘lganimzi   bois   ushbu   darslikni   ko‘rib
chiqishni   lozim   topdik.   Xrestomatiyada   asarlardan   parchalar   berilgan   bo‘lsa,
darslikdan   adib   hayoti   haqida   qisqacha   bayon   qilinib,   asar   tahlil   qilingan.
Ko‘pincha,   adib   hayoti   bir   chetda   qolib,   asar   orqali   aytmoqchi   bo‘lgani   gapi,
boylarga, shayxlarga nafrati kabilar atayin yozuvchiga tirkalgan. Darslikning kirish
qismida “Adabiy meros haqida Lenin ta’limoti” deb nomlangan mavzu kiritilib, u
shaxsga   daho   darajasida   maqtovlar   yog‘dirilgan,   ta’limotining   mohiyati   sabab
“Madaniyatning   gullab-yashnagani”   ta’kidlanadi.   Mustaqillikkacha   nashr   etilgan
darsliklarda   kirish   mashg‘ulotlariga   katta   o‘rin   ajratilgan.   Adib   qaysi   davr
namoyandasi   bo‘lsa,   o‘sha   davrga   oid   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy   va   adabiy   hayot
haqida ma’ruzaga keng o‘rin berilgan.  Darslik “Eng qadimgi adabiy yodgorliklar”,
“XIV-XVI asrlar adabiyoti”, “XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmi”…
kabi   boblarga   bo‘lib   o‘rganiladi.   Dastlabki   bob   xalq   og‘zaki   ijodi   va   yozma
adabiyot   deb   nomlangan   ikki   qismga   bo‘lib   o‘rganiladi.   Yozmda   adabiyot   vakili
bo‘lmish Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va o‘sha davrda yaratilgan “Hibat
ul-haqoyiq” asari xususida to‘xtalib o‘tilgan.     Adiblar haqida ma’lumot juda kam
yetib   kelani   bois   asarlarining   mazmun-mohiyati   tahlil   qilingan.   Masalan,
“Qutadg‘u bilig” dostoniga oid til odobi, sevgi va sadoqat, rostgo‘ylik va halollik kabi masalalarga oid hikmatli so‘zlar, mayxo‘rlik, mutakabbirlikni tanqid qiluvchi
va   shunga   o‘xshash   parchalar   keltirilib,   ularning   shaxs   kamolotidagi   ahamiyati
haqida so‘z boradi. Jumladan, Yusuf Xos Hojib til odobi haqida so‘zlar ekan, rost
va   to‘g‘ri,   qisqa   va   mazmunli   gapirishni   maqtab,   mahmadonalik   va   laqmalikni,
xususan, o‘rinsiz va yolg‘on so‘zlashni  qattiq qoralaydi. Tilga ixtiyorsiz kishi o‘z
boshiga musibat ham keltirishi mumkin deydi:
Qara bash yog‘isi qizil til turur.
(Qizil   til   qora   boshning   dushmanidir)   bu   kabi   parchalar   darslikda   ko‘plab
keltirilgan bo‘lib, asarning tub mohiyatini anglashga yordam beradi. 
Ba’zi   ijodkorlarning   tarjimai   holiga   sovet   daavrida   yaratilgan   adabiyot
darsligida juda katta soat ajratilgan. Masalan, hazrat Navoiy hayoti va ijodi adabiy
hayotdagi   o‘rni,   siyosiy   faoliyati,   madaniyat   va   obodonlashtirish   sohasidagi
xizmatlari,   o‘zbek   adabiy   tilining   rivojidagi   o‘rni   kabi   tarkibiy   qismlarga   bo‘lib
o‘rganiladi.   Bu   jihatdan   hozir   amalda   bo‘lgan   adabiyot   darsligidan
ma’lumotlarining   ko‘pligi,   keng   tarmoqni   qamrab   olganligi   bilan   ajralib   turadi.
Buning   asosiy   sababi   sovet   davridagi   darsliklarda   o‘zbek   adabiyotini     sinflar
kesimida davrlashtirib o‘rgatilganligi bo‘lsa ajab emas. 
“Bolalik   chog‘lari   va   o‘qish   yillari”   deb   nomlangan   dastlabki   mavzuda
quyidagicha   ma’lumot   beriladi:   “Alisher   Navoiy   1441-yil   9-feevralda   Hirotda
tug‘ildi.   Alisherning   otasi   G‘iyosiddin   Kichkina   temuriylar   saroyidagi
amaldorlardan,   onasi   “ichki”   (shahzodalarga   enaga)lardan   edi.   Oila   muhiti
Alisherning bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas uyg‘otadi. Alisherning otasi
ma’rifatparvar va shoirtabiat kishi bo‘lib, ilm-fan, san’at va adabiyot ahlini qadrlar
edi. Alisherning tog‘alari – Kobuliy va G‘aribiy shoir edilar. Alisherlar uyida tez-
tez shoirlar to‘planishib, she’rlari o‘qishar, mushoira bo‘lar edi”[8.1986.68 b]. Bu
va   shu   kabi   ma’lumotlar   hozirda   malada   bo‘lgan   5-11-sinf   darsliklarida   mavjud
bo‘lsa-da,   onasi   haqida   “Kobul   amirzodalaridan   Abu   Said   Changning   qizi”   deya
cheklanilgan.   O‘quvchilarning   ayrim   filologiya   yo‘nalishi   universitetlarida
o‘qiydiganlarigina   talaba   bo‘lganlaridan   so‘ng   Alisherning   onasi   temuriylar
saroyida   enaga   bo‘lib   ishlaganini   bilishlari   mumkin.   Ammo   sovet   davrida   bu ma’lumotga   o‘quvchilar   8-sinfligidayoq   ega   bo‘lar   ekanlar.   Shuningdek,   o‘qish
yillari haqida gap ketganda “Alisher zamonasining mashhur musiqashunosi  Xo‘ja
Yusuf   Burxondan   musiqa   o‘rgana   boshladi   hamda   tarix,   adabiyot,   husnixat   va
boshqalar   bilan   jiddiy   shug‘ullandi…   u   yoshligidayoq   ko‘pgina   olim,   shoir   va
san’atkorlar bilan tanishgan edi. Navoiyning o‘zi keksa shoir Mirshohiy bilan xat
yozishib   turganini   aytadi.   Mirshohiy   vafot   etganda,   Navoiy   o‘n   ikki   yoshda
edi”[9.1986.68   b].   Hozirda   maktab   o‘quvchilari   “O‘z   zamonasining   malik   ul-
kalomi”   Mavlono   Lutfiy   bilan   Alisher   Navoiyning   hamsuhbat   bo‘lganidan
xabardor,   ammo   Mirshohiy   ismli   shoir   bilan   xat   almashib   turgani   haqida   maktab
davrida       hech   qanday   ma’lumotga   ega   bo‘lmaydilar.   Biz   so‘z   yuritayotgan
adabiyot   darsligi   adabiyotdan   ko‘ra   ko‘proq   tarix   darsligiga   o‘xshab   ketsa-da,
ayrim   asarlarga   tayanib   ma’lumotlar   keltirilgani   mavzuga   qiziqshini     orttirishga
xizmat qiladi. Barcha ma’lumki, Abulqosim Boburdan keyin Hirot taxtiga o‘tirgan
Abusaid Mirzo Alisher Navoiyning tog‘alarini o‘ldirib, ota uyini musoda qiladi va
shoir 1464-1469-yillarda o‘z yurtidan olislarda – Samarqandda yashashga  majbur
bo‘ladi.   Bobur   haqida   o‘zining     “Boburnoma”   asarida   “Bilmadim,   ne   jarima   ila
Alisherbekni  Hiridin Samarqandga ixroj  qildi” – deya yozib qoldiradi. Bu tarixiy
manbadan sovet davrida  Navoiyning “zolim hukdorlar”ga qanchalik nafrati kuchli
ekanligini   ko‘rsatish   uchun   foydalanadilar:   “…Navoiy   keyinchalik   “Saddi
Iskandariy”   dostonida   hukmdor   Abusaid   haqida   so‘zlab,   uning   halokatiga
qo‘shinning undan noroziligi  sabab  bo‘ldi, deb ko‘rsatadi:  “ Sulton Abusaid ko‘p
mamlakatlarni   oldi   va   tig‘   bilan   elga   oshub   soldi   va   lekin   sipohisi   rozi   emas
erkandin,   urush   vaqti   barcha   qo‘zg‘aldi   va   o‘zi   adu   (dushman)   aro   tahlikaga
qoldi”[10.2006.157b].   Xondamir   Navoiyning   Abusaidga   qarshi   nafratini
ifodalovchi bir voqeani hikoya qiladi: Sulton Abusaid zamonida bir kun shavkatli
Amir (Navoiy) Pahlavon Muhammad bilan Bog‘i Safidda (Hirot) sayr qilib yurgan
edi.   Shu   paytda   Pahlavon   Muhammadning   tanishlaridan   Yusuf   nomli   bir   kishi
uchrab qoldi, u vazirlardan shikoyat qilib: “Ular suvimni zo‘rlik bilan oldilar, men
bu   voqeadan   Abusaid   Mirzoga   arz   qilgali   kelgan   edim,   biroq   soqchilar   uning
oldiga kirishga qo‘ymadilar, vaholanki, mening ahvolim juda nochor: har kuni har kishidan   biroz   nonni   tilanchilik   ila  olib,   shu   bilan   kun   kechirmoqdaman”,   -   dedi.
Demak,   Abusaidning   vazirlari   zulmi   ostida   suvdan   mahrum   etilib,   kuni
tilanchilikka   qolgan     bir   dehqon   Abusaid   oldiga   adolat   umidi   bilan   bormoqchi
bo‘lgan.   Navoiy   bu   dehqonning   holiga   achinadi   va   unga   chuqur   ma’noli   so‘z
aytadi. Xondamirning aytishicha, Navoiy unga qarab shu baytni o‘qigan:
Gadoyeki non az dari shoh just,
Biboyad zi obi xudash dast shust.
(Podshohning eshigidan non tilagan gado o‘z suvi  bilan qo‘lini  yuvib, qo‘ltig‘iga
urmog‘i, ya’ni hamma narsadan umidini uzmog‘i lozim)”.
Abusaid   ham   Navoiyning   noroziligini   bilar   edi.   Shuning   uchun   Abusaid
Navoiyga yaxshi  munosabatda  bo‘la olmas  edi. Navoiy Abusaidga  qarshi  toj-taxt
uchun   kurashayotgan   Husayn   Boyqaroning   maktabdosh   do‘sti   edi.   Navoiy
Abusaidning   zulmiga   qarshi   ko‘tarilgan   isyonlarda   Navoiyning   tog‘alari   Kobuliy
va   G‘aribiy   ham   ishtirok   etgan   edilar.   Mana   shu   sabablarga   ko‘ra   Abusaid
Navoiyning   Hirotda   turishini   o‘ziga   xavfli   hisoblab,   uni   Samarqandga
jo‘natdi”[11. 1986. 72b] . 
Alisher   Navoiy   hayoti   va   ijodiga   juda   katta   soat   ajratilgan   bo‘lib,   bu   darslikning
67-84-sahifalarini o‘z ichiga oladi. 84-sahifadan 99-sahifagacha shoir lirikasi, 99-
sahifadan 144-sahifagacha “Xamsa” dostoni va shoir adabiy merosining ahamiyati
haqida   so‘z   boradi.   Darslikda   “Hayrat   ul-abror”,   “Layli   va   Majnun”,   “Sab’ayi
sayyor”,   “Saddi   Iskandariy”   dostonlari   xususida   umumiy   ma’lumot   berilib,
“Farhod   va   Shirin”   nomli     “shavq   dostoni”   ning   sujeti,   kompozitsiyasi,   obrazlar
tizimi  batafsil  yoritiladi:  “Navoiy 1484-yilda “Farhod va Shirin” dostonini  yozdi.
Navoiy bu dostonda Farhod va Shirinning sarguzashtlarini hikoya qilishda o‘zining
gumanizm, xalqparvarlik, xalqlar   do‘stligi,  vatanparvarlik,  tinchlik, obodonchilik,
mehnatsevarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini va ideallarini zo‘r badiiy san’atkorlik
biulan   ifodaladi.   Dostonda   XV   asr   hayotining   qator   real   lavhalari   tasvirlanadi   va
xalqning   tinch-farovon   hayotga,   obodonchilikka   bo‘lgan   intilishlari   ilgari
suriladi…”[12. 1986. 112].   Navoiyning   ilm-fan   jonkuyari   ekanligi   dostonda Farhodning   me’mor   Boniy,   naqqosh   Moniy   va   tosh   yo‘nuvchi   Qoran   bilan
do‘stlashganida ochib beriladi:
Dedii: “Olimda bo‘l shug‘ulingga mashg‘ul,
Ki bir san’at erur ko‘nglumga maqbul.
Gohi yo‘ng‘il, gohi nashq ayla xora,
Men aylay o‘lturub bir-bir nazora”  [13. 1986. 112]
Alisher Navoiy biografiyasi va ijodi mana shu tarzda katta soatda o‘qitilgan.
O‘quvchilar   8-sinfda   boshqa   ijodkorlar   haqida   bir   darsda   o‘qisalar-da,   hazrat
Navoiyning hayot yo‘li va ijodi bilan batafsil tanishadilar. Ammo shuni ta’kidlash
lozimki, bu soatda shoirning barcha asarlari xususida so‘z yuritilmaydi, hatto nomi
ham   tilga   olinmaydi.   Masalan,   esdalik   asarlari,   “Nasoyim   ul-muhabbat”,
“Arba’in”, “Nazm ul- javohir”  kabilarning nomi darslikda keltirilmagan.  
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   ham   biografiyasiga   katta   soat   ajratilgan
ijodkorladan   biri   hisoblanadi.   Ya’ni   darslikda   Navoiy   va   Boburning   hayot   yo‘li
bafurja o‘qitilgan. 
Hayoti va faoliyati:
“Zahiriddin   Muhammad   Bobur   1483-yilning   14-fevralida   Farg‘ona
viloyatining   poytaxti   Andijonda   tug‘ildi.   Otasi   Umarshayx   mirzo   temuriylardan
bo‘lib,   Frag‘ona   viloyatida   hokimlik   qilar   edi.   Umarshayx   mirzo   bilan   boshqa
temuriylar o‘rtasida toj-taxt uchun o‘zaro qonli urushlar davom etar edi. 
Bobur   yuqori   saviyali   muallim   va   murabbiylar   qo‘lida   tarbiyalanadi.   Xat-
savodini   tez   chiqarib,   ilm-fan,   adabiyot   va   tarix   bilan   shug‘ullana   boshlaydi.   U
ko‘p vaqt harbiy mashq va ov bilan ham mashg‘ul bo‘ldi. 
1494-yilda Umarshayx mirzoga qarshi uning o‘z akasi – Samarqand hokimi
Sulton   Ahmad   miroz   va   boshqalar   qo‘shin   tortdi.   Bu   vaqtda   Umarshayx   mirzo
Sirdaro   bo‘yida   joylashgan   Axsi   qo‘rg‘onida   edi.   Bobur   aytganidek,   Umarshayx
mirzo   “jardin   kabutar   va   kabutarxona   bilan   uchib   shunqor   bo‘ldi”,   ya’ni   qulab
halok   bo‘ldi.   Yosh   Bobur   onasi   Nigorxonim   va   bek   atka   (otaliq)lar   rahbarligida
qo‘shinni   qayta   tuzib,   amakisini   chekinishga   majbur   etadi…   Javoharla’l   Neru “Hindistonning   kashf   etilishi”   asarida   Bobur   va   Akbar   haqida   so‘zlab:   Bobur
dilbar   shaxs.   Uyg‘onish   davrining   tipik   hukmdori,   mard   va   tadbirkor   odam
bo‘lgan,   u   san’atni,   adabiyotni   sevardi,   hayotdan   huzur   qilishni   yaxshi   ko‘rardi.
Uning   nabirasi   Akbar   yana   ham   dilbarroq   bo‘lib,   ko‘p   yaxshi   fazilatga   ega…”,
degan edi[14.1986.148b]. 
Mustaqillik   yillarida   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   ijodi   5-,   9-,   10-
(akademik   litseylarning   1-kursi)   sinf   adabiyot   darsliklarida   berilgan   bo‘lib,   ijodi
soddalikdan   murakkablikka   tomon   borgan   edi.   Xususan,   5-sinf   dasrligida
o‘quvchilar   Bobur   hayotini   hikoya   tarzida   o‘qiydilar   va   ruboiylar   bilan
tanishadilar.   9-sinfda   hayoti   va   ijodiga   oid   aniq   ma’lumotlar   va   “Boburnoma”
asarining   Andijon   va   Samarqand   tasviri   beriladi.   10-sinf   darsligida   esa   Bobur
haqidagi zamondoshlari, olimlar va shoirlarning fikrlari berilib, Boburning Hirotga
borib, Husayn Boyqaro avlodlari bilan ko‘rishishi, Kobulga qaytishi tavsilotlari va
Hindistonda bo‘lib o‘tgan jang, Humoyun Mirzoning kasallanib qolishi va ungaga
taxtni  topshirishi  bilan bog‘liq sahnalar  berilgan.  Ammo 2019-yilda nashr  etilgan
adabiyot   darsligidan   Bobur   hayoti   va   ijodi   olib   tashlangan   va   Xoja   hayoti
kiritilgan. 
Shuni   ta’kidlash   joizki,   sovet   davrida   nashr   etilgan   adabiyot   darsligida
Alisher   Navoiy   va   Bobur   ijodi   ancha   mukammal   berilgan.   Ba’zi   diniy-irfoniy
asarlarining   berilmaganligini   e’riborga   olmaganda   ijodi   tahlil   qilinib,
zamondoshlari   va   olimlarning   fikrlari   darslikka   kiritilgan   va   bu   hayoti   va   ijodi
haqida kengroq tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Ammo boshqa ijodkorlar
biografiyasi haqida “yo‘l-yo‘lakay”  so‘z yuritilib o‘tiladi. Xullas, ushbu darslikda
yozuvchining   hayot   yo‘li   qisqacha   bayon   etilib,   ko‘proq   uning   yozgan   asarida
ilgari surilgan g‘oya xususida batafsil tushuncha beriladi. 1.3. MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT 
DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI
“Yozuvchining   hayoti   va   ijodiy   faoliyatini   o‘rganish   uning   dunyoqarashini
aniqlashga   yordam   beradi.   Bu   esa   unga   to‘g‘ri   baho   berish   uchun   zamin
hozirlaydi”[15.1967.239-b].     Ba’zan   yozuvchi   va   shoirlarning   hayotini   o‘rganish
shart   emas,   degan   qarashlarga   ham   duch   kelamiz.   Holbuki,   adib-u   shoirlar
hayotiga oid faktlarni to‘plash ilmning   chinakam “qora ishi” sifatida baholanishi
kerak. Sababi, bu xil  ishlar ma’lum bir   ijodkorning shaxs va san’atkor sifatidagi
tadrijini   kuzatish   yoki   ma’lum   bir   asarning   ijodiy   tarixini   to‘g‘ri   talqin   qilish
uchungina   emas,   ijod   psixologiyasi,   ijodkor   va   jamiyat   munosabati   kabi   qator
umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Adabiyot   o‘qitishning   muammolaridan   biri   yozuvchi   tarjimayi   holini
o‘rganish   hisoblanadi.   Bu   borada   darsliklarda   berilgan   ma’lumotlar   yetarli   emas.
Buning   sababi,   ijodkor   tarjimayi   holi   uning   poetik   mahorati,   asarlarida   olg‘a
surilgan   g‘oyalar   masalasi   ko‘pincha   diqqat   markazidan   chetga   surilgan.
Vaholanki, ijodkorning badiiy olamini tushunish ko‘pincha muallif ruhiy dunyosi,
ijodiy uslubi talqinlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu narsa yaratilgan asarlarda
aks etgan bo‘ladi. 
Badiiy   asarlarni   o‘rganishda   uning   muallifi   haqidagi   ma’lumotlar   ayricha
ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   ma’lumotlar   ko‘pincha   asarning   g‘oyaviy-badiiy
mazmunini   teranroq   anglashda,   asarning   badiiy-estetik   mohiyatini   to‘g‘ri
belgilashda yordam beradi. 
Adabiyot   o‘qitishning   muammolaridan   biri   yozuvchi   tarjimayi   holini
o‘rganish   hisoblanadi.   Bu   borada   darsliklarda   berilgan   ma’lumotlar   yetarli   emas.
Buning   sababi,   ijodkor   tarjimayi   holi   uning   poetik   mahorati,   asarlarida   olg‘a
surilgan   g‘oyalar   masalasi   ko‘pincha   diqqat   markazidan   chetga   surilgan.
Vaholanki, ijodkorning badiiy olamini tushunish ko‘pincha muallif ruhiy dunyosi,
ijodiy uslubi talqinlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu narsa yaratilgan asarlarda
aks   etgan   bo‘ladi.   “Yozuvchining   hayoti   va   ijodiy   faoliyatini   o‘rganish   uning dunyoqarashini aniqlashga yordam  beradi. Bu esa unga to‘g‘ri baho berish uchun
zamin hozirlaydi” [16.239-b].
Shuningdek,   yozuvchining   o‘zi   asarlarini   yaratishga   oid   sabablar,   voqealar
haqida   aniq   ilmiy   ma’lumotlar   keltirgan   bo‘lsa,   buni   darsliklarga   kiritish
o‘quvchining asarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Umumta’lim maktablarida yozuvchi tarjimayi holini o‘rganishning usullari va
vositalari   taniqli   metodist   olim   Asqar   Zunnunovning   “Adabiyot   o‘qitish
metodikasi”   darsligi   va   professor   Boqijon   To‘xliyevning   darslik   va
qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topgan. 
Yuqori   sinflarda   yozuvchi   tarjimayi   holi   ijodiy   faoliyati   bilan   bog‘liq   holda
o‘rganiladi.   Bunday   mavzularni   o‘rganishda   o‘quvchilarning   diqqat-e’tibori
yozuvchining   adabiyot   rivojida,   jamiyatning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida   tutgan
o‘rniga, ijodiy kamolotining asosiy bosqichlariga jalb etiladi. Bu masalar bo‘yicha
ma’lumotlarni   o‘quvchilar,   asosan,   darsda   yozuvchining   hayoti   va   ijodi   haqida
qilingan   ma’ruzada   oladilar,   ayrim   asarlarni   o‘qish   va   o‘rganish   bilan   u   haqida
yana-da kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar. 
Yozuvchining   tarjimayi   holini   o‘rganishda   uning   boshqa   yozuvchilar   bilan
adabiy aloqasiga, ular ijodiga bo‘lgan munosabatiga ahamiyat beriladi. Chunki har
bir  yozuvchi   faqat  o‘z  zamondoshlari  bilan  cheklanmasdan,   o‘zidan  oldin  yashab
ijod   etgan   yozuvchilarning   adabiy   merosini   o‘rganadi,   ularning   eng   yaxshi
jihatlarini   ijodiy   davom   ettiradi.   Shu   ma’noda,   u   o‘tmish   avlodlar   ijodining
davomchisi,   kelajak   ijodkorlarining   ustozi,   yosh   avlodning   tarbiyachisi
hisoblanadi. 
Yozuvchining   hayot   yo‘lini   bayon   etish   jarayonida   ovozli   yozuvlardan,
innovatsion   texnologiya   va   internet   materiallaridan   foydalanish   dars
samaradorligini oshirishga imkon beradi[17.67-b]. 
Mustaqillik yillarida nashr etilgan 8-sinf darsligida (2019)     Lutfiy, Alisher
Navoiy,   Nodira,   G‘.G‘ulom,   Oybek,   Usmon   Nosir,   Ozod   Sharafiddinov,   Turob
To‘la,     Shukur   Xolmirzayev,   Muhammad   Yusuf,   Robindranat   Thakor,   Sergiy
Yesenin   ijodi   o‘tiladi.   Bu   sinfda   yozuvchilarning   tarjimayi   holi   keng   o‘rin egallaydi,   chunki   ularning   tarjimayi   holi   yosh   avlodni   vatanprvarlik   ruhida
tarbiyalashda   katta   rol   o‘ynaydi.   Sinfni   bitirgan   o‘quvchilar   faqat   ayrim   badiiy
asarlar zamiridagina emas, balki eng ilg‘or  yozuvchilar, mamlakatimizning ajoyib
odamlari to‘g‘risida ham muayyan bilimga ega bo‘ladilar.
Ushbu   darslik   hozirgi   holatiga   kelgunga   qadar   ancha   o‘zgarishlarga
uchragan. Jumladan, 1986-yilda nashr etilgan 8-sinf adabiyot majmuasi 2019-yilgi
nashrdan tubdan farq qiladi. Unda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Xorazmiy,
Qutb,   Durbek,   Atoiy,   Sakkokiy,   Lutfiy,   Alisher   Navoiy,   Zahiriddin   Muhammad
Bobur, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Turdi Farog‘iy, Gulxaniy, Maxmur, Uvaysiy,
Nodira, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Sayido Nasaviy, Maxtumquli, Muqimiy, Furqat,
Avaz O‘tar, Zavqiy, A.S.Pushkin, G.T.Shevcheko, Mirzo Fatali Oxundov, Ahmad
Donish,   Berdaq,   Abay,   Abdulla   To‘qay   ijodi   bilan   tanshish   mumkin.   Bu
ijodkorlarning   she’riy,   nasriy   va   dramatik   asarlaridan   namunlar   berilsa-da,
avtobiografiyasi haqida yetarlicha   ma’lumot berilmaydi. Adabiyot darsligida ham
asarlarining g‘oyasi yoxud ijtimoiy muhitda tutgan o‘rni haqida gapiriladi, xolos.
Aslida 1997-yilda chop etilgan 3-nashridayoq yozuvchi va shoirlar hayotida
tubdan burilish yuz bergan. Bu nashrning ham mazmun-mundarijasi bilan tanishib
chiqamiz:   Sayfi   Saroyi,   Haydar   Xorazmiy,   Alisher   Navoiy,   Mashrab,
Shermuhammad   Munis,   Amiriy,   Furqat,   Anbar   Otin,   Oybek,   Komil   Yashin,
Usmon   Nosir,   Maqsud   Shayxzoda,   Miretmir,   Sharof   Rashidov,   Shuhrat,   Said
Ahmad,   Abdulla   Oripov,   Xayriddin   Sultonov,   Sharof     Boshbekov,   Xurshid
Davron,   Chingiz   Aytmatov,   Sergey   Yesenin   Robindranath   Thakor.   Bu
ijodkorlardan   Alisher   Navoiy,   Oybek,   Usmon   Nosir,   Maqsud   Shayxzoda,       Said
Ahmad, Sergey Yesenin  va Robindranath Thokur  hozir  amalda bo‘lgan  darslikda
o‘tiladi.     Ijodkor   biografiyasi   va   asarlarini   o‘qitish,   darsliklarga   kiritilgan
ma’lumotlar yil sayin mukammallashib bormoqda. Dars jarayonida o‘qitilishining
bir qancha samarali usullari mavjud.  Masalan, badiiy asarni tahlil qilish jarayonida
adibning   o‘z   fikrlaridan   foydalanish   yaxshi   samara   beradi.   Masalan,   Yusuf     Xos
Hojibning   hayoti   va   ijodini   o‘rganishda   bevosita   uning   o‘z   asari     -   “Qutadg‘u
bilig”   ga   murojaat   qilish   o‘rinli   bo‘ladi.   Buning   asosiy   sabablaridan   biri   adib haqida   boshqa   ilmiy-tarixiy   manbalarda   tegishli   axborotlarning   saqlanib
qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir. Kitob muqaddimasida adib o‘zining
tug‘ilgan yurtini eslatib o‘tadi:
Munuqi turug‘laq Quz o‘rdu eli,
Tub asli, nasabdin yurumish tili.
(Buning tug‘ilgan eli Quz O‘rdudir,
Tub – asli, nasl – nasabdin tili so‘z ochdi.)
Quz O‘rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri.
Ayrim   adiblarning   tarjimayi   holini   o‘rganishda   boshqa   kishilar,   mashhur
shaxslar,   buyuk   olimlar,   yirik   davlat   va   jamoat   arboblarining   fikrlaridan   ham
foydalanish mumkin. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi Javoharla’l
Neruning fikrlari diqqatga sazovor:
“Bobur dilbar shaxs. Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor
odam   bo‘lgan,   u   san’atni,   adabiyotni   sevardi,   hayotdan   huzur   qilishni   yaxshi
ko‘rardi.   Uning   nabirasi   Akbar   yana   ham   dilbarroq   bo‘lib,   ko‘p   yaxshi
fazilatlarga ega bo‘lgan (Javaharla’l Neru)”[18.2010.116-b].
Adib hayotiga oid ma’lumotlar o‘zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib
haqida   aytilgan   zamondoshlar,   uning   tengdoshlari,   ustozlari   yoki   shogirdlari,
tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan
manbalardan   olinishi   mumkin.       Ijodkor   tarjimayi   holini   berishda   zamondoshlari
bildirgan   munosabatlarni,   yozib   qoldirgan   esdaliklarni   ham   darslikka   kiritish
yaxshi samara berar ekan. 
Jumladan, 8-sinf adabiyot darsligida (2019) Lutfiy hayoti va ijodini berishda
Hazrat   Navoiyning   “Nasoyim   ul   muhabbat”   (“To‘qson   to‘qqiz   yoshida   olamdan
o‘tdi.   Qabri   Dehikanordadur.   O‘z   maskani   erdi”)   va   “Majolis   un-nafois”
(“Mavlono   Lutfiy   o‘z   zamonasining   malik   ul-kalomi   erdi,   forsiy   va   turkiyda
nazriri yo‘q erdi… Turkcha devoni ham mashhurdir…”[19.2019.44-b] asarlaridagi
fikrlari   bayon   qilingan.   Bu   ma’lumotlar   Lutfiy   hayoti     haqida   yaxshi   tasavvur
uyg‘otadi. Mavlono   Lutfiy   hayoti   va   ijodi   1986-yil   nashr   etilgan   adabiyot   darsligida
ham   keltirilgan   bo‘lib,   quyidagicha   ma’lumot   beriladi:   “Lutfiy   XVasrning   yirik
so‘z san’atkorlaridan biridir. Lutfiy Hirotda yashadi va sal kam yuz yillik umrining
asosiy   qismini   badiiy   ijodiyotga   bag‘ishladi.   U   o‘zbek   va   fors-tojik   tillarida   bir
qancha   lirik   she’rlar   yaratdi,   ayniqsa,   o‘zbek   tillaridagi   she’rlari   bilan   shuhrat
qozondi. Lutfiy lirik she’rlaridan tashqari “Gul va Navro‘z” nomli doston yaratdi.
Bu   doston   chin   sevgi,   qahramonlik   va   vatanparvarlik   g‘oyalarini   ifodlalaydi.
Dostondagi   Gul   va   Navro‘z   obrazlari   ajoyib   qahramon,   vatanparvar   va   adolat
uchun   kurashgan   peshqadam   kishilarning   go‘zal   obrazidir.   Gul   va   Navro‘z   turli
dahshatlarni   va   g‘ovlarni   yengib,   murod-maqsadlariga   erishadilar,   o‘zaro   feudal
urushlarni oqillik va jasorat bilan bartaraf qilib, osoyishtalik o‘rnatadilar. 
Bundan   tashqari,   Lutfiy   tarixchi   Sharafiddin   Ali   Yazdiyning   “Zafarnoma”
asarini o‘zbek tiliga she’riy yo‘l bilan ijodiy tarjima qilib, doston yaratgan. 
Lutfiy   o‘z   badiiy   ijodiyoti   bilan   o‘zbek   adabiy   tili   va   dunyoviy
adabiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. U o‘zbek tilini kamsitgan, bu tilda badiiy
asarlar yaratish mumkin emas, degan kishilarga qattiq zarba berdi.
Lutfiy   devoni   g‘azal,   ruboiy,   tuyuq   va   boshqa   janrlarda   yozilgan   lirik
she’rlardan iboratdir. Lutfiy lirik asarlarida hayotni va insonning real muhabbatini
kuylaydi. U sevgi-muhabbatda sadoqat va vafodorlik bo‘lishi shartligini ta’kidlab,
kishilarni   ana   shunday   axloqiy   fazilatlarni   egallashga   chaqiradi.   Shoir   o‘z
lirikasida   reaksioner   ruhoniylarni,   shayx-zohdlarni   qoralab,   ularni   hiylakor   va
riyokor   kishilar,   deb   baholaydi”[20.1986.62-b].   Ikkala   darslikdagi   ma’lumotlarni
taqqoslar   ekanmiz,   1986-yil   nashr   qilingan   darslikda   aslida   Haydar   Xorazmiyga
tegishli  bo‘lgan “Gul  va Navro‘z” asari  Lutfiyga nisbat  berilganini  va  o‘sha  davr
talabidan kelib chiqqan holda, shoirning ruhoniylar va shayx-zohidlarga qarshiligi
aytilganini ko‘ramiz. Ammo   ma’lumotning haqiqatdan yiroq ekanligidan darslik-
majmuada bu mavzuga oid  na g‘azal, na tuyuq kiritilmaganligi dalolat beradi. 
Hozirda   amalda   bo‘lgan   darslikda   “Gul   va   Navro‘z”   asari   “…sho‘rolar
davrida uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo
keyingi     tadqiqotlar   bu   doston   o‘sha   davrda   yashab,   ijod   etgan   shoir   Haydar Xorazmiy   qalamiga   mansub”   ekanligi   qayd   etiladi.   Alisher   Navoiy   asarlariga
tayangan holda, “mashhur forsiy shoirlar muqobalasida kishi paydo bo‘lmaganini”,
ammo bir Lutfiyning g‘azallari o‘sha davrda shunchalik mashhur bo‘lganki, ularni
“ta’b   ahli   qoshida   o‘qusa”   bo‘lishi   mumkinligi   keltirilgan.   Lutfiyning   asarlari
salmog‘i,   devoni   haqidagi   ma’lumotlarning   kiritilishi   ijodkor   haqida   ko‘proq
tushunchaga ega bo‘lishga xizmat qiladi. 
Usmon   Nosir   hayoti   va   faoliyatining   yoritilishda   ham   zamondoshlari   fikri
keltirilgan   bo‘lib,   bu   ma’lumotlar   shoir   shaxsiyatining   ochib   berilishiga   xizmat
qilgan.   1997-yilda   nashr   etilgan   adabiyot   darsligidan   O‘zbekiston   Qahramoni
Abdulla   Oripovning   Usmon   Nosir   haqida   fikrlari   o‘rin   olgan:   “…Usmon   Nosir
deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini
kuydirguvchi olovdir. Shoirning g‘oyat qisqa umriga nazar solgan kishi juda uzoq
o‘ylarga   tolishi   shubhasizdir.   Chunki   u   chaqmoqdek   umrida   benihoya   katta
imkoniyatlar  yonib ketganligini  ko‘rib va his qilib turasiz. Usmon Nosir  ulug‘ va
abadiy   she’riyatning   diydasidan   oqib   ulgrmagan   shabnamdir,   u   hali   qahqahaga
aylanmay, lablarimzida mangu qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z
kabi   tirik,   jonli,   tutqich   bermas   hayot   poralaridir…   Usmon   Nosirning   latif   va
samimiy,   goh   esa   o‘ychan,   lekin   hamisha   maroqli   she’rlarini   ko‘zdan   kechirgan
kishi har qanday teran o‘ylarga cho‘madi. Shoirga umr vafo qilib, agar u uzoqroq
yashaganda, bizga nechog‘li qadrli asarlar yaratib berishi mumkin edi, degan fikr
xayolimizdan kechadi. Uning bizga qoldirgan hozirgi mavjud merosidan ham ajib
bir   qoniqish   hosil   qilamiz.   Usmon   Nosir   she’rlarini   o‘qiganimzida,   ba’zi
shoirlarning   mudroq   va   g‘aliz   ijodiyoti   tarix   uchun   nechog‘li   nozaur   ekanligini
payqab qolamiz. Bu ham Usmon Nosir ijodining avlodlar uchun ibratli jihatlaridan
biridir.   Biz   bugungi   kunda   Usmon   Nosirning   tarjimonlik   faoliyatini   ham   zo‘r
mamnuniyat bilan tilga olamiz. Ulug‘ rus adabiyotining ikkita eng ko‘rkam dostoni
–   “Demon”,   “Bog‘chasaroy   fontani”   uning   tarjimasida   jaranglab   turibdi.   Biz
Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida
anvoyi   bir   chamanzor,   sira   xazon   bo‘lmaydigan   mo‘jaz   bog‘   yaratib
ketdi”[21.1997.96-b].     Ammo   bu   ma’lumotlar   ancha   sayoz,   8-sinf   o‘quvchisi uchun yetarli emas. O‘quvchilar bor-yo‘g‘i ijodkor she’riyati va shaxsiyati haqida
o‘qib,   hayoti   haqida,   nashr   etilgan   asarlari   va   tarjimalari   to‘g‘risida   ma’lumotga
ega   bo‘lolmaydilar.   Bu   jihatdan   hozir   amalda   bo‘lgan   darslik   anchayin   puxta   va
muakammal   tuzilgan.   Sababi   o‘quvchi   kitobdagi   ma’lumotlarni   o‘qigach,   Usmon
Nosir juda kam hayot kechirgan bo‘lsa-da, barakali ijod qilganini biladi. 
“1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrining “Chuqurko‘cha” dahasida
qorachadan   kelgan   bir   bola   tug‘ildi.   U   tug‘ilganida   hech   kim   sevinmadi   ham,
hech   kim   xafa   ham   bo‘lgani   yo‘q.   To‘shakda   yotgan   bemor   ota   esa   bola
go‘dakligidayoq   bu   olamdan   ko‘z   yumdi...   Ammo   otalik   mehrini   to‘rt   yashar
Usmon Masodiq o‘g‘li Nosirhoji xonadonidan topdi. Ikkinchi ota oilasini Qo‘qon
shahriga   ko‘chirib   olib   keldi.   Bola   shu   dargohda   ulg‘ayib,   ko‘p   bolalar   kabi
internatda   o‘qib   tarbiyalandi.   O‘rta   maktabda   va   Samarqanddagi   O‘zbekiston
dorilfununida   o‘qib   yurgan   yillaridanoq   u   shoir   Usmon   Nosir   bo‘lib   tanildi.
Usmon   Nosir!..   Bu   nom   yigirmanchi   yillarning   oxirlaridayoq   o‘quvchiga   tanila
boshladi.  O‘ttizinchi   yillarda  esa,  u  asarlarini  kitobxonlar  intiqlik bilan  kutadigan
shoirga   aylandi.   Endi   uni   “tabiatan   shoir”,   “tug‘ma   shoir”   deb   ta’rifladilar.   Ana
o‘shanda   Usmon   Nosir   20   yoshlarda   edi.   “Bo‘ladigan   bola   boshidan
ma’lum”   deganlaridek,   Usmon   Nosir   ham   mashhur   siymolarimiz   kabi   juda
yoshligidan   ko‘p   ijobiy   xislatlarga   ega   bo‘lgan   edi.   U   nihoyatda   ziyrak,   idrokli,
keng   mushohadali,   o‘ta   qiziquvchan,   uquvli,   bilimga   chanqoq,   mehnatkash   edi.
Shuning   uchun   ham   Usmon   Nosir   ijodda   yoshligidanoq   iste’dodli,   “tug‘ma
shoir”   sifatida   tanildi.   Bu   tanilish   yosh   shoirning   shoirona   tabiatidan   tashqari,
uning   ijodga   jon-dili   bilan   berilishi,   ijod   sirini   bilishga   urinishi,   bu   yo‘lda
o‘rganishi va izlanishi samarasi  edi. “Geyne bilan o‘rtoq tutindim, Lermontovdan
ko‘mak   o‘tindim”   degan   yosh   shoir   rus   va   jahon   poeziyasining   maftunkor
fazilatlarini   ijodiy   talqin   qilish   bilan   birga,   Sharq   adabiyoti   va   og‘zaki   ijodining
boyliklarini   ham   egallashga   intildi...   Usmon   Nosir   18   yoshidan   to   24   yoshigacha
bo‘lgan   davrda   ijod   qildi.   Shu   qisqa   6–7   yil   ichida   u   beshta   she’rlar   to‘plami
(“Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Traktorobod”, “Yurak”, “Mehrim”) va
ikki   doston   (“Norbo‘ta”,   “Naxshon”)   hamda   to‘rt   drama   (“Atlas”,   “Zafar”, “So‘nggi  kun”, “Dushman”  asarlarini)  yaratdi. Badiiy tarjima sohasida  ham  shoir
o‘ziga   xos   tarjimonlik   madaniyatini   va   poetik   didini   namoyish   qilgan   edi.
N.A.Dobrolyubovning   “Haqiqiy   kun   qachon   keladi?”   degan   mashhur   asarini,
V.I.Kirshonning “Ulug‘ kun” dramasini, A.S.Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani”,
M.Yu.Lermontovning   “Iblis”   nomli   dostonlarini,   Geyne,   Gyote,   Bayron   ijodidan
ko‘pgina   namunalarni   o‘zbek   kitobxonlari   Usmon   Nosir   tarjimasida   o‘qidi.   Bu
poetic   tarjimalar   o‘zbek   adabiyotining   tarjima   asarlar   sahifasida   shoh
namunalar bo‘lib qoldi   ...Usmon Nosirning adabiyotda paydo bo‘lishi hammaning
e’tiborini   tortgan   edi.   Uning   ijod   maydoniga   kirib   kelishi   mislsiz   kuchi   bilan
hammani   o‘ziga   jalb   qilgan   notanish   bir   pahlavonning   maydonga   kirib   kelishiga
o‘xshar   edi.   Ha,   u   ijod   maydoniga   yosh   va   kichkina   jussasi   bilan   keldi-yu,   juda
katta   yuk   ko‘tardi.   “Usmon   she’riyatimizga   shamolday   kirib   keldi.   Balki
bo‘ronday!   U   shunday   to‘polon   va   to‘lqin   bilan   keldiki,   uncha-muncha   she’riy
uslub   va   ijodni   to‘s-to‘s   qilib   yubordi.   Uni   o‘zimizda   “O‘zbekning   Lermontovi”,
Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”, deb yozishdi”, – deydi shoir
Turob  To‘la.  ...Usmon   Nosir   1944-yil  23-martda  32  yoshida   Uzoq  Sharqda  vafot
etdi.   Lekin,   shoir   o‘zi   aytganidek,   uni   Vatan,   xalqimiz,   adabiyot
unutmadi! ”[22.2019.29-b]. Mana bu manabalar bilan tanishgan o‘quvchi shoirning
murakkablikka   to‘la   hayotida   mazmunli   ijod   qilganini,   juda   yoshligidanoq
adabiyot ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lib ketganini anglaydi. Buning sababini
bilish uchun Usmon Nosir she’riyatiga qiziqishi ortadi. 
Shuningdek,   s inflarda   yozuvchining   tarjimayi   holi   yuzasidan   ma’lumot
berishda,   uning   hayotiga   oid   alohida   parchalar,   voqealar   so‘zlanadi.   Bunday
epizodlar   o‘rganiladigan   asarni   tushunishga   yordam   berishi   zarur.   Masalan,   8-
sinflar uchun mo‘ljallangan adabiyot darsligiga (2019) Maqsud Shayxzoda hayoti
va   ijodi   hamda   “Jaloliddin   Manguberdi”   tarixiy   dramasi   kiritilgan.   Ushbu   tarixiy
drama   o‘quvchilarda   vatanparvarlik   hissining   uyg‘onishiga   sabab   bo‘ladi   hamda
o‘z   yurtini   himoya   qilgan   jasur   ota-bobolarimiz   bilan   faxrlanish   tuyg‘usini
tuyadilar.   Chingizxonday   vahshiyning   yurtimiz   boshiga   solgan   qora   kunlari   ko‘z
o‘ngida namoyon bo‘lib, Jaloliddin tarixini izlab topib o‘qiydigan o‘quvchilar safi kengayadi.   O‘qituvchi   ushbu   mavzuni   o‘tish   jarayonida   tarix   bilan   bog‘ab
tushuntirsa,   faqat   darslikdagi   ma’lumot   bilan   cheklanib   qolmasa,   darsdan
ko‘zlagan   maqsadiga   yeta  oladi.  Tragediya  1944-yilda,  ikkinchi   jahon  urushining
qizg‘in   bir   davrida   yaratildi.   Asar   o‘tmishda   chet   el   bosqinchilariga   qarshi
xalqimiz   olib   brogan   mardonavor   kurashning   yorqin   sahifalarini   sahna   asari
shaklida  yoritish  va  uni  xalqimizning  fashizm   bilan   olib  brogan  kurashi  o‘rtasida
mushtaraklikni ko‘rsatish borasida muhim targ‘ibiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1945-yil yanvar oyida sahnashiltirilgandayoq o‘z
badiiy   qimmati   bilan   yuqori   pog‘onaga   ko‘tarildi.   Buni   o‘quvchilarga   ta’sirliroq
tushuntirish   uchun   akademik   ijodkorlarimiz   G‘.G‘ulom   va   Oybekning   fikrlari
keltiriladi:   “Ko‘pdan   buyon   uzun   umrli,   badiiy   salmoqdor   sahna   asarlarini   orzu
qilar   edik.   “Jaloliddin”   bu   orzumizga   javob   berishga   qodir” [23.2019.166-b] .
Ta’kidlash   joizki,   ijodkoning   mazkur   dramasi   avvalgi   darsliklarda   mavjud
bo‘lmay,   uning   o‘rniga   “Mirzo   Ulug‘bek”   tragediyasi   kiritilgan   edi.   Mirzo
Ulug‘bek hayotini yoritib beruvchi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani
9-sinf   adabiyot   darsligida   mavjudligini   inobatga   holda   “Jaloliddin   Manguberdi”
tragediyasining   o‘qish   uchun   mo‘ljallanganligi   adabiyot   darsliklarida   bir-birini
takrorlashga emas, to‘ldirishga ahamiyat berilayotganligidan dalolat beradi. 
Adabiyot   o‘qituvchisi   yozuvchilarning   hayoti   va   ijodi   haqida   ma’lumot
berganda,   ular   o‘zbek   xalqining   iste’dodli   farzandlari   va   iftixori   ekanliklarini,   bu
yozuvchilarning   Vatanga   muhabbati,   mamlakatimizning   taraqqiyotidagi   ta’sirini
o‘quvchilarga so‘zlab berishi lozim.
Yozuvchilarimizing   insonparvarligi,   vatanparvarligini   ta’riflashda   bir
yoqlama baho berishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. O‘qituvchi yozuvchining shaxsiy
ma’naviy   qiyofasini   ochishda   unga   tarixiy   nuqtayi   nazardan   yondashuvi,   uning
davri   va   ijtimoiy-siyosiy   muhiti   bilan   bog‘lab   baho   berishi   zarur.   Yozuvchi
tarjimayi   holining   ta’lim-tarbiyaviy   ahamiyati   ham   shundadir.   Chunki
yozuvchining tarjimayi holi xalqimizning hayoti va kurashlarini mavhum ravishda
emas, balki inson shaxsiyati va uning kurashlari bilan bog‘lagan holda ko‘rsatishga
xizmat   qiladi.   Biz   o‘rganayotgan   darslikda   Ozod   Sharafiddinov   hayoti   va   ijodi, “O‘lsam,   ayrilmasman   quchoqlaringdan”   maqolasi   berilgan   bo‘lib,   bu   mavzu
o‘qituvchining   ma’ruzasiga   muhtoj.   Mavzuning   shunchaki   darslikka   tayangan
holda   o‘qitilishi   ta’lim   oluvchilarning   yaxshi   tushunmasligiga   olib   keladi.
O‘quvchilar   munaqqidning   hayotini   o‘zlashtirsalar   va   yozuvchi   yashagan   davrda
xayolan   yashasalargina   maqolaning   asl   mohiyatini   anglaydilar.   Ozod
Sharafiddinov   uchun   Vatanga   muhabbat,   uning   oldidagi   farzandlik   burchini   ado
etish   mas’uliyati   umrning   bosh   masalalaridan   bo‘lgandi.   Maqolasida   u   kamtarlik
bilan   o‘zining   ona   yurtimiz   madaniyati,   fani,   ta’lim-tarbiya   sohasi   rivojiga
qo‘shgan   ulkan   hissasi   haqida   biror   og‘iz   ham   aytmaydi.   Holbuki,   olimning
tarjimayi   holida  yozilganidek,   zamonaviy   o‘zbek   adabiyotshunosligining   taraqqiy
etishiga   ulkan   hissa   qo‘shgan,   “xalq   dushmani”   deya   qoralangan   Fitrat,   Abdulla
Qodiriy,   Cho‘lpon,   Usmon   Nosir   kabi   buyuk   ijodkorlarimiz   haqidagi   so‘nggi
haqiqatlarni   yozib,   ularni   dushman   emas,   balki   Vatan   qahramonlari   ekanligini
baralla   ayta   olgan.     Munaqqidga   adabiyotshunoslik   oldidagi   buyuk   xizmatlari
uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvonining berilishi ham fikrimizni isbotlaydi.
Xulosa   qilib   aytganda,   adabiyot   darsliklari   zamon   bilan   hamnafas   tarzda
takomillashib   bormoqda.   Mustaqillikkacha   va   mustaqillik   yillaridagi   adabiyot
darsliklarini  qiyosan o‘rganish fikrimizni  isbotlaydi. Biz so‘z yuritgan 1986-yilda
nashr   etilgan   adabiyot   darsligining   ba’zi   mavzulari   o‘quvchi   yoshiga   misbatan
murakkab bo‘lsa, ba’zilari juda jo‘n. 2019-yilda nashr etilgan adabiyot darsligi esa
5-7-sinflarning darsliklari bilan mutanosiblikda yaratilgan. Masalan, M.Shayxzoda,
U.Nosir,   O.Sharafiddinov,   T.Sulaymon   kabi   ijodkorlarning   tarjimayi   holi   kichik
sinflarda   o‘tilmaganligi   bois   batafsil   yoritilgan.   G‘.G‘ulom,   A.Muxtor   kabi
adiblarning hayoti esa 6-7-sinf darsliklarida berilgani bois umumiy ma’lumot bilan
cheklanilgan.  II BOB.   8 -SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA   BERILGAN   ASARLARNING 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
2.1.   ADABIYOT DARSLIKLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI
Ma’lumki,   adabiyot   va   san’at   asarlari   jamiyat   taraqqiyotining   muayyan
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib, mazkur jamiyat hayotini ifoda
etib,   aks   ettirib,   shu   jamiyat   bilan   birga   taraqqiy   etadi   va   o`z   davrini   yashab
keyingi   avlodlar   uchun   ham   ma’naviy   boylik   sifatida   xizmat   qiladi.   Muayyan
ijtimoiy   jamiyat   yo`q   bo`lib   ketib,   o`rniga   yangi   bir   ijtimoiy   tuzum   kelishi
mumkin. Lekin adabiyot va san’at asarlari yo`qolib ketmaydi, balki umuminsoniy
ideallarni aks ettirib, muayayan davrga, xalqqa mansub bo`lgani uchun u tarixiy va
abadiydir. Bu fikrlarni yozma adabiyotdan birmuncha avvalroq paydo bo`lgan xalq
og`zaki   ijodiga   ham   tadbiq   etishi   mumkin.   Folklor   va   uning   janrlari   uzoq   va
murakkab tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Ming yillar davomida ijodkor xalq folklorning
xilma-xil janrlarida boy adabiy meros yaratdi.
Xalq   og`zaki   ijodi   asrlar   davomida   rivojlanib,   boyib   keldi.   Folklorning
janrlari   juda   qadimiy   bo`lsa-da,   u   hamisha   o`zgarishda,   rivojlanishdadir.   Chunki,
har   bir   adabiy   janr   muayyan   tarixiy   sharoitda   turli   o`zgarishlarga   uchrashi
mumkin. 
Xalq   og`zaki   ijodining   janrlari   bir   tekisda   taraqqiy   etmaydi.   Balki   adabiyot
jarayonda davr va jamiyat talabidan kelib chiqib, notekis taraqqiy etishi mumkin.
Xalq   og`zaki   ijodining   eng   qadimgi   janri   hisoblangan   maqol   hamma   davrlar   va
jamiyatlarda   uzluksiz   taraqqiy   etib   keldi.   Ammo   bu   fikrni   folklorning   yirik   janri
hisoblangan   dostonlarga   nisbatan   taraqqiy   etib   bo`lmaydi.   Folklorshunos   olim
T.Mirzayevning   ma’lumotlariga   ko‘ra,   XV—XVI   asrlarda   yirik   dostonchilik
maktablari   paydo   bo‘lgan,   XIX—XX   asrlar   esa   dostonchilik   taraqqiyotida   juda
rivojlangan davr bo‘lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida 150
dan ortiq xalq dostonlari bo‘lgan.  Dostonchilik   an’anasi   hozirgi   kunda   ham   mavjud.   Biroq   endi   kuylash,   ijro,
tinglovchilar bilan muloqot tarzining zamonaviylik kasb etayotganligini ko‘ramiz.
Dostonchilik fan va texnika asrida birmuncha o‘zgarishlarga uchradi. Bugungi kun
baxshilari o‘z asarlarini konsert zallarida, katta-katta anjumanlarda, televideniyeda
ijro   etmoqdalar.   Yurtimizda   dostonchilikni   rivojlantirishga   va   uning   ijrochilari   –
baxshilar   faoliyatini   rag‘batlantirishga   katta   e’tibor   berilmoqda.   2000-yilda
“Alpomish”   dostonining   ming   yilligini   jahon   miqyosida   nishonlanishi   va   hatto
“O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan xalq baxshisi” unvonining ta’sis etilishi (2000-
yil14-mart)   buning   isbotidir[24.2019.8-b].   Biz   tadqiqot   obyekti   sifatida   tanlagan
darsliklarning   biriga   “Alpomish”,   ikkinchisiga   esa   “Kuntug‘mish”   dostoni
kiritilgan   bo‘lib,   Fozil   Yo‘ldosh   va   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   og‘zidan   yozib
olingan variant asosida berilgan.  
Xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari   bilan   o‘quvchilarni   tanishtirishdan   maqsad
ularda   xalqimizning   qadimda   qanday   turmush   kechirganligi,   yashash   tarzi,   milliy
urf-odatlarimiz haqida tasavvurlarini kengaytirish hisoblanadi. 
Mustaqillikkacha   nashr   etilgan   adabiyot   darsliklarining   muhim   jihati
shundaki,   har   bir   tarixiy   davrga   oid   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari   “Kirish
mashg‘ulotlari”   da   berib   borilgan.   Masalan,   “Eng   qadimgi   adabiy   yodgorliklar”
deb   nomlangan   bo‘limning   “Xalq   og‘zaki   ijodi”   mavzusida     “Devonu   lug‘atit-
turk”dagi   adabiy   parchalar,   Gerodotning   “Tarix   kitobi”da   hikoya   qilingan
“To‘maris”   afsonasi,   Polienning   “Harbiy   hiylalar”   kitobida   keltirilgan   “Shiroq”
afsonasi,   xalq   qahramonlik   dostoni   asosida   vujudga   kelgan   “Oysuluv”   ertagi
darslikka   kiritilgan.   “Alpomish”   dostoni     esa   bir   necha   darslarga   ajratilib
o‘rgatilgan. “Alpomish” qahramonlik, vatanparvarlik, xalqlar do‘stligi, birodarlik,
chin sevgi va sadoqatni   kuylovchi dostondir.   “Alpomish” dostonida xalqimizning
azal-azaldan   iymon-e’tiqod,or-nomus   birligi   yo‘lida   o‘zini   ayamasligi   yorqin   aks
ettirilgan. Dostonda o‘ziga unashtirilgan Oybarchinning qalmoqlar orasida talashda
qolmasligi,   yurtdoshlarining   b е gonalarga   xor   bo‘lmasligi   uchun   jonini   tikkan
Alpomish,   Yaratganga   iymon   k е ltirgani   va   mo‘minga   do‘st   tutingani   uchun
Hakimb е kning   yonida   turib,   o‘zining   iymonsiz   yurtdoshlariga   qarshi   kurashgan Qorajon, yuksak insoniy fazilatlari bilan er yigitlardan qolishmaydigan Oybarchin
va   Qaldirg‘och   timsollari   bilan   o‘quvchilar   tanishadilar.   “Alpomish”   dostonida
o‘zb е k   millatiga   xos   eng   yuksak   ma’naviy-axloqiy   sifatlar,   ayni   vaqtda,
millatdoshlarimizdagi   ch е klanganlik   va   ojizliklar   buyuk   mahorat   bilan
tasvirlangan.   Masalan,   Yortiboy   oqsoqol   va   ba’zi   biylarning  faqat   o‘z   manfaatini
ko‘zlashi   Boybo‘ridan   chopar   kelganda   undan   qo‘rqib,   Boysariga   maslahat
berishmaganida, Barchinoy o‘n to‘rt yoshga kirganda yetti alpning bari sovchilikka
kelganda   qizni   ularga   berib,   “bu   yerda   tog‘a-jiyan   bo‘lamiz”,   deyishganida
namoyon bo‘ladi. Bu asar shunchaki birdoston emas, balki xalqimizning ma’naviy
olami   va   ruhiyat   dunyosini   ko‘rsatuvchi   ko‘zgudir.   Sovet   davrida     majmuada
dostondan parcha, darlikda esa dostonning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ijobiy va
salbiy   qahramonlar   xususida   so‘z   boradi.   “Alpomish”   yaratilgan   davr   taxminiy
XVI   asr   deb   ko‘rsatilib,   feodalizm   qoralanadi   va   sinfiylik   mavjudligi   sababli
qabilaning   zodagonlari   kambag‘allarni   tobe   qul   yoki   qaram   dehqon   qilganligi
aytiladi. Alohida mavzu ajratilib, “Qabila qullari – Qultoy va   Kayqubot orazlari”
tahlil   qilinadi:   “…   qullar   zolim   qabila   aristokratlarining   qattiq   zulmi   ostida
yashaganlar.   Lekin   Alpomish,   Barchin   va   boshqalar   qullarga   hurmat   bilan   qarab,
ularning   manfaatlarini   himoya   qiladilar.   Shunindek,   qullar   ham   dostondagi
Alpomish,   Barchin,   Qorajon   va   boshqa   ijobiy   obrazlara   xayrixohlik   bilan   qarab,
ularga   madad   beradilar.   Dostondagi   Qultoy   obrazi   alohida   diqqatga   sazovordir.
Qultoy   ko‘p   yillardan   beri   Alpomishlar   oilasida   xizmat   qilib,   shu   oilaning
a’zosiday bo‘lib qolgan. U Alpomishni  o‘zi  tarbiyalab o‘stirgan, ular ota-boladay
bo‘lib   qolgan.   Alpomish   qalmoqlarga   asir   tushgan   kezlarda   Qultoy   tinmay
ko‘zyoshi   to‘kadi.   Asirlikdan   qutulib   o‘z   yurtiga   kelayotgan   Alpomish   Qultoyni
yaylovda   yig‘lab   o‘tirgan   paytida   uchratadi.   Alpomish   uning   ko‘zyoshi
to‘kishining sababini so‘rab: “…o‘lgan bolang esingga keldimi?” deganida Qultoy
shunday javob qiladi: “Mening yig‘laganim o‘g‘lim uchun emas edi, Boybo‘rining
o‘g‘li uchun edi, ikkovimiz qadrdon edik, bilmaganlar Alpomish Qultoyning o‘g‘li
der  edi,  bilganlar   Qultoy Alpomishning  quli  der   edi”. Qul   Kayqubot  ham  Qultoy
singari ochiqko‘ngil, halol va mehribon yigit. U Alpomishning mardligini eshitib, unga   ixlosi   ortadi,   zindonda   yotgan   chog‘larida   unga   ovqat   olib   boradi,   qalmoq
shohiga   qarshi   kurashda   Alpomishga   ko‘makdosh   bo‘ladi.   Alpomish   ham
Kayqubotni   astoydil   hurmat   qiladi,   aql-farosati   va   donishmandligiga   tan   beradi.
Alpomish qalmoq shohini o‘ldirgandan keyin qalmoq yurtiga Kayqubotni hukmdor
qilib   ko‘taradi.   …dostonni   yaratuvchilar   podsholikni   o‘zgarmas   narsa,   deb
bilardilar.   Agar   kambag‘allardan   chiqqan   kishi   podsho   bo‘lsa,   adolat   bilan   ish
ko‘radi, deb o‘ylar edilar. Xalqdan chiqqan Kayqubotning podsholikka ko‘tarilishi
ham   mana   shu   bilan   izohlanadi”[25.1986.43-b].     Hozirda   amalda   bo‘lgan   9-sinf
adabiyot  darsligidagi     “Alpomish”  dostonidan  faqrli  tarzda  sovet   davridagi  8-sinf
adabiyot   darsligidagi   doston   parchasi   ancha   farq   qiladi.   Bugungi   kunda   adabiyot
darsliklarining   vazifasi   asarni   boshdan   oyoq   o‘quvchiga   tushuntirib   berish   emas,
balki tadqiqni o‘quvchiga ixtiyoriga qoldirib, uni erkin fikrlashga o‘rgatishdir. Shu
jihatdan   hozirda   amalda   bo‘lgan   adabiyot   darsliklarida   tahlilga   kam   o‘rin
ajratilgan.   1986-yilda   amalda   bo‘lgan   darsligida   dostonning   ijobiy   obrazlari
(Alpomish,   Oybarchin,   Qorajon)   va   salbiy   obrazlari   (Boybo‘ri,   Ko‘kaldosh,
Surxayl,   Toychixon)   birma-bir   tahlil   qilinadi.   Ammo   mustaqillik   yillarida   adabiy
qahramonlarga   ijobiy   va   salbiy   deya   baho   berishga   barham   berildi.   Chunki
“ijobiy”   obraz   deya   baholangan   Hakimbek   ham   kamchiliklardan   xoli   emas,   buni
otasining   Qultoyga   aytgan   so‘zidayoq   anglashimiz   mumkin:   “O‘zi   zo‘r   bo‘lgani
bilan   juda   qurqoq,   ozgina   urushsang,   ortiga   qaytib   ketaveradi”.   Yoki
Qaldirg‘ochoyim   Qalmoqqa   borishi   kerakligini   aytganda   “Oltoychilik   yo‘lda
bo‘lsa,   zo‘r   yovning   qo‘lida   bo‘lsa,   o‘lamizmi   bir   xotinni   deb?”   –   deya   beparvo
o‘tiraveradi.   Dostonda   “salbiy”   qahramon   deya   ta’rif   berilgan   Boybo‘ri   obrazini
biz bunday personajlar qatoriga qo‘sha olmaymiz. U Hakimbekdan saxiy va baxil
haqida eshitganda o‘n olti urug‘ qo‘ng‘rot elida yolg‘iz ukase baxil bo‘lib qolishini
xohlamaydi,   xolos.   Darslikda   Boybo‘riga   shunday   ta’rif   beriladi:   “Boybo‘ri   –
Qo‘ng‘rot   elining   shohi,   mustabid   hukmdor.   U   Qo‘ng‘irot   elining   tinchligini
buzadi, qabila va qabiladoshlari orasiga nizo soladi, o‘z ukasidan zakot talab qilib,
o‘n   ming   uyli   qo‘ng‘irot   elining   parokanda   bo‘lib   ko‘chib   ketishiga   va   ne-ne
kulfatlarni   boshidan   kechirishiga   sabab   bo‘ladi.   Xalq   Boybo‘rining   zolimligini, adolatsizligini   yaxshi   bilar   edi.   Binobarin   Boysari   Boybo‘rining   zakot   solishi
munosabati bilan xalqqa murojaat qilib, maslahat solganda, xalq nomidan Yortiboy
shunday deydi:
Maslahat bermaymiz Boysari boyga,
Osilmaymiz Bobybo‘rining doriga.
Kim maslahat bersa, tayin o‘ldirar,
Qizil   gulni   xazon   qilib   so‘ldirar”.   Ammo   bular   Boybo‘rining   salbiy
qahramonligidan   dalolat   bermaydi.   Xolbuki,   Boybo‘ri   yaxshi   niyatda   o‘n   to‘rt
mahramni   jo‘natgan   edi   va   ularga:   “Boysariga   boringlar,   Boysari   o‘z   rozichiligi
bilan bir chichqoq uloqni zakot d е b m е nga b е rsin. Zakot o‘rniga o‘tar-da, Boysari
baxil bo‘lib, baxillikka chiqib k е tmasin”, — deb buyurgan edi. 
“Boybo‘ri o‘z farzandlariga ham shafqatsiz edi. U o‘g‘lining sevgisini nazar-
pisand   etmaydi,   qalmoq   yurtida   og‘ir   ahvolda   qolgan   Barchinga   achinmaydi,
Barchinning   Alpomishga   yozgan   xatini   munofiqlik   nilan   yashirib
qo‘yadi”[26.1986.44-b]. Bu ota mehridan boshqa narsa emas, u o‘z o‘g‘lini xavf-u
xatarga jo‘natishni xohlamaydi, xolos.
Mustaqillik   yillarida   nashr   etilgan   adabiyot   darsliklarida   7-sinfdan   boshlab
xalq   dostonlari   kiritib   boriladi.   Chunki   dostonlar   xalqimizning   o‘tmishda   qanday
yashaganlini   o‘rgatuvchi,   yurtimizning   geografik   tuzilishi   bilan   tanishtiruvchi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik, xalqsevarlik, gumanizm ruhida tarbiyalovchi, o‘zaro
mehr-muhabbat,   sevgi-sadoqat   g‘oyalarini   singdirishga   xizmat   qiluvchi   bir
manbadir.   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   har   yili   o‘tkazilib
kelinayotgan   “Yosh   kitobxon”   ko‘rik-tanlovining   barcha   yosh   bosqichlarida   xalq
dostonlarini o‘qish uchun tavsiya etilganligi ham fikrimizni isbotlaydi.
  8-sinf   adabiyot     darsligida     “Kuntug‘mish”   dostoni   kiritilgan.   Dostonning
yozib   olingan   va   ijro   etilgan   variantlari   juda   ko‘p.   Darhaqiqat,   “Kuntug‘mish”
dostoni   o‘zbek   xalq   dostonlari   orasida   g‘oyaviy-badiiy   jihatdan   yetuk   asarlardan
biridir. Uning xilma-xil ko‘rinishdagi variantlari ko‘pligining boisi shundaki, ilgari
baxshilarning   iste’dodiga,   ushbu   dostonni   qanday   aytishiga   qarab   baho   berilgan,
natijada   barcha   baxshilarimiz   “Kuntug‘mish”   dostonini   to‘la   o‘zlashtirishga intilganlar.   Dostonning   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li,   Bekmurod   Jo‘raboy   o‘g‘li,
Nurmon   Abduvoy   o‘g‘li,   Egamberdi   Ollamuroddan   yozib   olingan   variantlari
mavjud.   Darslikda   esa   mashhur   baxshi   bobomiz   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘lidan
yozib olingan nusxasi keltirilgan[27.2019.11-b].   Ushbu doston ham mualliflarning
tahlilidan   xoli   emas.   Asarning   umumiy   sujeti,   asar   qahramonlari   haqida
o‘quvchilar   tushuncha   hosil   qilishlari   uchun   umumiy   to‘xtalib   o‘tiladi.   Biz
yuqorida   atganimzidek   ,   doston   qahramolari   ijobiy   va   salbiyga   bo‘lib
o‘rgatilmaydi. Har   qandan  yomon  odamda  ham  yaxshi  xislatlar   bo‘lishi  mumkin.
Masalan,   Buvraxon   haqida   so‘z   yuritlar   ekan,   “ Buvraxon   o‘ziga   bino   qo‘ygan,
qahri   qattiq  podsho,   biroq  uning   ko‘ngilchan   ekanligini   ham   ko‘ramiz.   Buvraxon
avval   Kuntug‘mish   va   Xolbekani   o‘limga   mahkum   etadi,   keyinroq   Azbarxo‘ja
xiyonati   tufayli   mashaqqatlarga   duch   kelishganini   eshitib,   ularni   afv   etadi.
Azbarxo‘jani   jazolaydi”,   –   deya   yakuniy   xulosa   chiqarishni   o‘quvchi   ixtiyoriga
qoldiradi.     Asarning bosh qahramoni bo‘lmish Kuntug‘mish ham kamchiliklardan
xoli   emas.   U   No‘g‘ay   yurtiga   ketayotgan     bolalarni   qaytarib   kelishayotganda
dostonda   shunday   jumlalar   uchraydi:   “Yangi   bo‘lgan   podsho   yangi   bo‘lgan
bandisini   to‘xtovsiz   dorga   tortadi”,   –   deb   ovoza   bo‘lib,   yaxshi-yomon,   yugruk-
chobon,   xurd-u   kalon,   qiz-u   juvon   ko‘chako‘ylarda,   tomlarning   ustiga   chiqib,
ko‘rmagan odam qolmadi. Bu ikkovini ko‘rib, yig‘lamagan odam bo‘lmadi. “Hay
attang, dunyosi qursin, shunday yosh bachchalar o‘lib ketsa. “Xon g‘azabi – Xudo
g‘azabi”,   degan,   chiqmasak   bo‘lar   ekan,   chiqib   alamimiz   ziyoda   bo‘ldi”,   –   deb
mardumi   shahar   yig‘lashib,   orqasidan   ergasha   berdilar[28.2019.33-b].   Demak,
Kuntug‘mish   ham   boshqa   podsholardan   qolishmaydi:   “bandisini   to‘xtovsiz   dorga
tortadi”. 
“Kuntug‘mish”   dostoni   badiiy   jihatdan   nihoyatda   yetuk   asar.   U   yaxlit
kompozitsiyaga   ega,   asarda   kishini   asosiy   voqealardan   chalg‘itadigan   o‘rinlar
uchramaydi,   aksincha,   har   bir   voqea,   har   bir   epizod   dostonni   to‘ldiradi.
Doston   xalq   og‘zaki   ijodidagi   barcha   she’riy   qoidalar   va   uslublarni   o‘zida
jamlagan   asardir.   Unda   xalq   dostonlarida   bo‘lganidek,   voqealar,   sarguzashtlar,
asosan,   nasriy   bayon   etiladi,   qahramonlar   tavsifi,   ruhiy   kechinmalari   she’riy   yo‘l bilan   ifodalanadi.   Doston   tili   esa   nihoyatda   yengil   va   ravon.   Unda   rang-barang
badiiy   til   vositalaridan   unumli   foydalanilgan,   ayniqsa,   hikmatli   so‘zlar   darajasiga
ko‘tarilgan ayrim baytlar hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi: “G‘aribning ko‘nglini
ovlamoq   savob”,   “Qilichdan   seskanmas   botirning   tani”,   “Gavharni   ne   bilsin
ushalgan   sopol”,   “Zarning   qadrini   zargar   bilar   har   yerda”,   “Kamlikning   kamoli
bordir,   Manmanning   zavoli   bordir...”,   “Yaxshilarning   yuzin   ko‘rsang
jannatdir, Yomon odam  qilgan ishi minnatdir”, “O‘zingdan kattani uchratsang pir
bil,   O‘zingni   er   bilsang,   birovni   sher   bil”   va   hokazo.   Shuningdek,   asarda   o‘rni
bilan   ishlatilgan   o‘xshatish,   mubolag‘a,   kinoya   kabi   badiiy   unsurlar   dostonning
badiiy   qimmatini   oshiradi,   qahramonlar   qiyofasini   yaxshiroq   tasavvur   qilishga
yordam beradi.   
Dosto   maktablarda     to‘rt   soatga   bo‘lib   o‘qitiladi   va   bu   vaqt   davomida
o‘quvchilar xalq og‘zaki ijodi, doston va uning turlari, darslikda keltirilgan parcha
hamda   obrazlar   tahlili   bilan   tanishadilar.   O‘quvchilar   dostonning   umumiy   sujeti
bilan   tanishganlaridan   so‘ng   o‘qituvchi   ishtirokida   asar   kompozitsiyasi,   sujeti,
obrazlariga   e’tibor   qarasalar   dostonni   tushunish   bilan   birga,   tahlil   qilish
ko‘nikmasiga   ham   ega   bo‘ladilar.   Dostondagi   so‘z   tanlash   mahoratiga   e’tibor
qaratish   shart.   Chunki   tahlil   davomida   ona   tilimizning   nechog‘lik   boy   va   serjilo
ekanligi namoyon bo‘ladi.
Sovet davrida nashr etilgan adabiyot darsligi o‘quvchilarni har bir davrga xos
xalq ijodi bilan tanishtiradi. Masalan, XIV – XVI asrlar adabiyoti bo‘limining Xalq
og‘zaki  ijodi  qismida Amir  Temur  haqida latiflar (albatta, bu sovet  davrida nashr
etilgan darslik bo‘lgani bois tanqidiy yondashish lozim) va Alisher Navoiy haqida
afsonalar     keltiriladi.   “Navoiy   va   mardikor”,   “Navoiy   va   vazirlar”,   “Oqilona
javob”, “Navoiy bilan cho‘pon” kabi afsonalar Navoiyning xislatlari haqida hikoya
qiladi.   “Navoiy   va   cho‘pon”n   haqidagi   afsonada   shoirning   topqirligi,
saxovatpeshaligi,  adolatparvarligi  namoyon bo‘ladi:  “Navoiyning yoshligida  oatsi
o‘lib   ketadi.   Otasi   o‘lgandan   so‘ng   Samarqandga   borib,   madrasada   ta’lim   oladi.
Ko‘p qiyinchiliklar bilan o‘qishni tamomlab, yana o‘z shahriga qaytadi. Ot-ulovsiz
piyoda   yurib,   bir   necha   kun   deganda,   bir   tog‘ga   keladi.   Bu   joyda   bir   mo‘ysafid cho‘pon   bilan   uchrashadi.   Navoiy   cho‘ponni   darrov   taniydi.   Cho‘pon   o‘zini
ko‘tarib   kata   qilgan   otasining   qo‘yboqari   ekan,   chol   ham   Navoiyni   tanib:
“Tushimmi, o‘ngimmi?”-  deb ko‘rishadi. Darrov belbog‘idan ikkita non chiqarib,
Navoiyni sut bilan mehmon qiladi. Navoiy cho‘pondan:
- Bu qo‘ylar kimniki? -  deb so‘radi. Chol:
- Bolam,   bu   qo‘ylarning   hammasi   sizniki,   siz   u   yoqdaligingizda   otangizning
mollari   har   kimning   qo;lida   qolib   edi.   Otangiz   hayot   vaqtlarida   ikki   yuz   qo‘yni
sizga   atab,   menga   topshirgan   edi.   Bu   qo‘ylar   bolalab   hozir   yetti   yuzdan   oshdi.
Otangizning   vasiyatini   o‘z   o‘rniga   qo‘yganim   uchun   xursandman.   Bu   qo‘ylarni
endi sizga topshiraman, –  deydi. 
Navoiy bir kecha cho‘ponning uyida mehmon bo‘ladi. Ertasi qo‘ylardan ikki
yuzini ajratib cholga beradi: 
- Ota,   siz   ham   bola-chaqali   odamsiz.   Mana   bu   qo‘ylarni   xizmat   haqingiz
uchun oling!  –  Cho‘pon Navoiydan  juda  xursand   bo‘ladi.  Shundan  so‘ng  Navoiy
qoilgan   besh   yuz   qo‘yni   haydab     bozorga   olib   ketadi.   Bu   qo‘ylar   juda   semiz
bo‘lgani uchun atrofini xaridorlar o‘rab oladilar. Odamlar Navoiydan:
- Qo‘yingiz necha pul? – deb so‘raydilar. Navoiy:
- Falon pul. Lekin men qo‘yimni nasiyaga beraman. Shu shart bilanki, pulini
podsho   o‘lganda   berasizlar.   Shu   shartimga   ko‘ngan   kishi   bittadan   yetaklab   olib
ketaversin! – deydi.
Bozorda   odamlar   darrov   talashib,   qo‘ylarni   bittadan   yetaklab   olib   ketadilar.
Shu kuni podshoning amaldorlari unga bu xabarni yetkazadilar:
Ey podshohi  olam, nima deysiz, bugun vozorga bir  qalandarsifat yigit  kelib,
besh   yuz   qo‘yni   xalqqa   nasiyaga   tarqatib   yubordi.   Pulini   podsho   o‘lgan   kuni
berasizlar, – deb sizga o‘lim tiladi – deydilar. Shunda podsho g‘azablanib:
- Boringlar,   o‘sha   qalandarni   mening   huzurimga   hozir   qilinglarr,   -   deb
buyurdi. 
Amaldorlar   darrov   bozorga   borib   Navoiyning   qo‘lini   orqasiga   bog‘lab,
podshoning   qoshiga   olib   keldilar.   Podsho   qarasa   yoshlikda   birga   o‘qigan   do‘sti
Navoiy ekan. Podsho Navoiyga: - Nima   uchun   shuncha   qo‘yni   xalqqa   berib   yubordingiz,   mening   o‘limimga
shunchalik rozimisiz? – deydi. Shunda Navoiy:
- Ey   podshohim,   men   chakki   qilganim   yo‘q.   sizning   podsho   bo‘lganingizni
eshitib,   qo‘ylarni   talatib   yubordim.   Shunday   ham   berib   yuborishim   mumkin   edi.
Biroq   ba’zi   bir   odamlar   tekin   moldan   hazar   qilishadi.   Shuning   uchun   qo‘yning
pulini   podsho   o‘lgan   kuni   berasizlar,   deb   aytdi.   Endi   qo‘ylarni   olib   ketgan
odamlar:   Ishqilib   podshohimiz   o‘lmasin.   Podsho   o‘lsa   Navoiy   pulini   qistaydi”,   -
deb sizni duo qilib yurishadi, deydi.
Navoiyning   bu   donoligiga   podshoning   zavqi   kelib,   uni   o‘ziga   vazir   qilib
oladi”[29.1986.256-b].   Bu afsona  bo‘lib, Navoiy Samarqanddan piyoda kelmaydi
va   Husayn   Boyqaroning   o‘zi   shoirni   Hirotga   chaqirib   oladi.   Biroq,   bunday
afsonalarni   xalq   orasida   yurishi   bejiz   emas   edi,   ularda   ma’lum   bir   haqiqat
yashiringan   bo‘ladi.   Chunki   A lisher   Navoiy   saxovatli,   adolatpesha,   hozirjavob
yuksak aql-idrok egasi edi. 
  XVII   –   XVIII   asrlar   va   XIX   asrning   birinchi   yarmi   adabiyotida   ham   xalq
orasida paydo bo‘lgan qo‘shiq, terma, latifalar keltirilgan. Buxoro amiri Nasrullo,
Xiva   xoni   Asfandiyorxon,   rus   amaldorlaridan   Nikolay   haqida   qo‘shiqlar   va
termalar   berilgan   bo‘lib,   ularda   o‘sha   davrdagi   xalqning   mashaqqatli   hayoti   aks
etgan. Xon va Afandi orasidagi bir suhbat aks etgan quyidagi latifada Afandining
topqirligi aks etadi:
“Xon Afandi bilan ovga chiqqan ekan, u “qushlarning tilini bilaman”, degan
Afandiga , bir joyda boyqushlarning sayrayotganini eshitib, savol beribdi:
- Boyqush nima deb sayrayapti?
- Boyqush aytadiki, - debdi Afandi, - agar xon shu xilda zulm qilsa, tez kunda
shahar   ham   mening   makonimga   qo‘shilib   ketadi.   Boyqushning   makoni   esa
xarobalikdir”.[30.1986.173-b].
Bu   bilan   sen   obodonchilik   ishlariga   e’tibor   qaratmayapsan,   zulming   oshib
boryapti,   degan   ma’noni   tushunish   mumkin.   Haqiqatdan   ham   xonliklar   davrida
xalqning   turmush-tarzi   yaxshi   bo‘lmaganligini   Furqat,   Avaz   O‘tar,   Gulxaniy,
Maxmur, Turdi Farog‘iy, Zavqiy kabi shoirlarning ijodidan ham anglash mumkin.  Xullas,   8-sinf   adabiyot   darsliklarida   xalq   og‘zaki   ijodining   o‘qitilishidan
maqsad xalqning turmush tarzi, milliylikni ko‘rsatish, insonlarning orzu-umidlarini
asar qahramonlari orqali ochib berish. Garchi sovet davrida adabiyot siyosat uchun
xizmat   qilib,   ma’lum   mafkurani   singdirish   uchun   xizmat   qilgan   bo‘lsa-da,
darsliklarga kiritilgan asarlarning badiiy qimmatini inkor etib bo‘lmaydi.
2.2.   ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOTI 
NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Adabiyot   tarixini   o‘qi   tish   tilimizning   lug‘at   tarkibi   o‘zgarganligi   bois
aksariyat   hollarda   qiyinchilik   tug‘diradi.   Biz   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   sovet
davrida   nashr   etilgan   adabiyot   darsligining   asosini   mumtoz   adabiyot   davri
namoyandalarining asarlari   tashkil qiladi. Darslikning   XIV-XVI asrlar adabiyoti
bo‘limida   Xorazmiy,   Qutb,   Durbek,   Atoyi,   Sakkokiy,   Lutfiy,   Alisher   Navoiy,
Zahiriddin   Muhammad   Bobur     hayoti   va   ijodi,   asarlari   xususida   so‘z   yuritiladi.
XVII-XVIII   asrlar   va   XIX   asrning   birinchi   yarmi   adabiyoti   bo‘limida   esa   kirish
mashg‘ulotidan so‘ng Turdi Farog‘iy, Gulxaniy, Maxmur, Uvaysiy, Nodira, Munis
Xorazmiy, Ogahiy haqida to‘xtalib o‘tilgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr
boshlari   adabiyoti   bo‘limida   Muqimiy,   Furqat,   Avaz   O‘tar,   Zavqiy   kabi
ijodkorlarning   hayoti   haqida   ba’zi   ma’lumotlar   va   asarlaridan   parcha   keltirib
o‘tilgan. Sovet davrida adabiyot darslari katta hajmda o‘qitilar ekan, deya noto‘g‘ri
xulosaga   kelishdan   saqlanish   kerak.   Chunki   yuqorida   nomlari   keltirilgan
ijodkorlardan   ko‘pchiligining   faqat   asarlaridan   parcha,   she’rlaridan   namunalar
keltirilgan, xolos. Ammo mana shunday tarzda asarlaridan parchalar berib borilishi
ham o‘quvchilarda shunday ijodkorlar bor ekan, -   degan fikr uyg‘otadi. Natijada
darslikda berilgan asari qiziq bo‘lsa, uni qiziqtira olsa, boshqa asarlarini ham izlab
topib   o‘qiydi.   Mana   shu   tarzda   ijodkorlarning   asararidan   namunalar   berib   borish
hozirgi   kunda   11-sinflar   uchun   mo‘ljallangan   adabiyot   darsligida   qayta   yo‘lga
qo‘yilgan.   O‘quvchilar   mustaqillik   yillarida   ijod   qilayotgan   zamondosh   shoir   va yozuvchilarning   asarlaridan namunalar o‘qiydilar. Hozirgi kunda ham badiiy ijod
yashayotganini, o‘sib rivojlanayotganini anglaydilar.
2019-yilda nashr  etilgan adabiyot darsligida   Lutfiy, Alisher  Navoiy, Nodira
hayoti  va  ijodi  berilgan (2014-yilgi   nashrida  Yusuf  Xos  Hojib  ijodi  ham   kiritilga
edi. Ijodkor asari 11-sinf adabiyot darligiga kiritilib, 8-sinflar uchun mo‘ljallangan
darslikdan chiqarilgan).
Mumtoz   adabiyotimiz   namoyandalari   asarlarini   o‘qitish   adabiyot
o‘qituvchisidan   ko‘p   mashaqqat   talab   etadi.   Shu   bois   o‘qitishda   bir   qancha
metodlardan   foydalanish   mumkin.   Birinchisi     sharhlab   o‘rganish   metodi   bo‘lib,
asarni tushunishda yaxshi samara beradi.
  Qadim   zamonlardan   buyon   ilmiy   o‘rganishda   keng   qo‘llanib   kelingan
usullardan   biri   sharhlab   o‘rganishdir.   “Sharh”   arabcha   so‘z   bo‘lib   ochish,   bayon
etish, oshkor qilish   kabi ma’nolarni anglatadi. Navoiy asarlari lug‘atida esa sharh
aylamak,   izohlamoq   tarzida   bayon   etilgan.   Ba’zi   manbalarda   sharh   tavsifga
o‘xshab   ketishi,   bu   atama   garchi   sharh   bilan   ma’nodosh   bo‘lsa-da,   lekin   u
kengroq   mazmunni   anglatishi   qayd   etiladi.   Yevropa   ilmiy   atamashunosligida
sharh tushunchasi hamma vaqt ham bir xil ma’noni ifoda etmagan. Masalan, sharh
so‘ziga   rus   adabiyotshunosligida   komentariy   atamasi   to‘g‘ri   kelib,   u   bayon   etish
kabi   ma’nolardan   tashqari,   keng   ma’noda,   ya’ni   ilmiy   tadqiqot   xarakteridagi
ishlarga   nisbatan   ham   qo‘llaniladi.   Tajribali   o‘qituvchilarning   fikricha,   sharhlab
o‘qitish   orqali,   biror   asar   matnini   izohlash   jarayonida   o‘quvchilar   notanish   so‘z
ma’nosi bilan, ayrim so‘zlarning ko‘chma ma’nosi yoki bir so‘zning bir necha xil
ma’nolari   bilan   tanishadilar.   Tarixiy-badiiy   asarlarni   o‘rganish   orqali   arxaik
shevaga   xos,   arab   fors   tilidan   kirgan   so‘zlar   ma’nosi   oydinlashadi,   o‘quvchilar
ko‘z o‘ngida o‘tmish madaniyati oydinlashadi. Ba’zan darsda mavzuni badiiy asar
nomini sharhlashdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, 8-sinf adabiyot darsligida
Turdi   Farog‘iyning   she’rlarini   o‘rgatishda   (sovet   davridagi   nashrda   mavjud)     u
yashagan   davr   haqida   ikki   og‘iz   gapirishdan   boshlash   zarur.   Chunki   o‘quvchi
o‘sha   davrga   kirsa   darsning   mazmundorligi   ortadi.   Boburning   “Boburnoma”, Gulxaniyning  “Zarbulmasal”,   Maxmurning   “Hapalak”   asarlarini   sharhlashda   ham
xuddi shu yo‘lni tutish mumkin. 
Sovet  davrida nashr etilgan 8-sinf adabiyot darsligida Bobur hayoti va ijodi,
“Boburnoma”   asari   o‘qitilgan.   Biz   shoh   va   shoir   hayotining   berilishi   xususida
birinchi boda to‘xtalgan edik. Bobur o‘z asarida tarixiy voqealar haqida ma’lumot
berish   bilan   birga,   shu   voqealarning   ishtirokchisi   sifatida   o‘quvchi   ko‘z   oldida
gavdalanadi. U shoh sifatida o‘lkalarda qattiqqo‘llik siyosatini olib boradi, jangdan
bosh   tortgan   bir   necha   yigitning   burnini   teshadi,   asir   tushganlardan   bir   qismini
o‘ldiradi. Shu bilan birga, u kishilarga marhamat va shafqat ham ko‘rsatdi. Bobur
beva-bechoralarni   talagan   Xisravshohni   qoralaydi;   birovning   bir   ko‘za   yog‘ini
o‘g‘irlagan   bir   yigitni   tayoq   bilan   urdiradi;   ayrim   vaqtlarda   yigitlari   bilan   goh
yayov, goh otliq yurib, mashaqqat  chekadi. “Boburnoma”ni  o‘rganish  mobaynida
o‘quvchilar murabbiy ko‘magiga muhtoj bo‘ladilar. Zero, buyuk donishmand Abu
Nasr Forobiy ta’kidlaganidek, “Insoniy vujuddan maqsad – eng oliy baxt-saodatga
erishuvdir.   Baxt-saodatlarga   erishuv   va   tug‘ma   qobiliyatlarning   rivojlanishi   o‘z-
o‘zicha   bo‘lavermaydi,   balki   bu   masalada   qandaydir   muallim   yoki   rahbarga
mutojlik   tug‘iladi”[31.1999.208-b].   O‘qituvchi   turli   xil   innavatsion
texnologiyalardan   foydalanib,   yangi   ma’lumotlar   asosida   dars   o‘tsa,   ta’limda
ko‘zlangan   maqsadga   erishgan   bo‘ladi.   Asarni   o‘qishda   miniaturalardan
foydalanib, ovozli tasma orqali “Boburnoma”dan parcha havola etilsa yoki bunday
imkoniyatga   ega   bo‘lmasa,   asarning   o‘zidan   ba’zi   joylarni   o‘qib   bersa,
o‘quvchilarda qiziqish ortadi. “Boburnoma” haqida ma’lumot berganda o‘qituvchi
shunga erishishi kerakki, o‘quvchi Boburni ham olim, ham donishmand shoir, ham
xo‘jalik ishlariga va obodonchilikka katta ahamiiyat bergan, ham ilm-fan, san’at va
adabiyot ahllariga muruvvatli kishi sifatida tasavvur etsin. Hozirda amalda bo‘lgan
darsliklarning 10-sinfida Bobur va “Boburnoma” asari o‘qitiladi. 
Sovet   davrida   8-sinflar   uchun   mo‘ljallangan   darslikka   kiritilgan   ko‘plab
ijodkorlar mustaqillik yillarida yoki yuqori, yo bo‘lmasa kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarga   o‘qitiladi.   Atoyi,   Turdi   Farog‘iy   hayoti   va   ijodi   10-sinfda,   Lutfiy,
Nodira hayoti va ijodi 8-sinfda, Bobur 5-, 10-, 11-sinflarda, Gulxaniy, Avaz O‘tar 6-sinfda, Uvaysiy va Zavqiy 7-sinfda, Ogahiy va Furqat 9-sinfda, Muqimiy, 5-, 6
sinflarda va nihoyat, Alisher Navoiy barcha sinflarda o‘qitiladi. Qolgan ijodkorlar
esa maktabda adabiyot darslarida o‘tilmaydi. 
Nodira   hayoti   va   ijodi   sovet   davrida   nashr   etilgan   darslikda   “Shoiralar”
mavzusi   ostida   o‘rgatilgan.   Uvaysiy   va   Nodira   ijodi   bor-yo‘g‘i   bir   sahifada   aks
etgan.   Jumladan,   Nodira   haqida   shunday   deyiladi:   “Nodira   ham   iste’dodli
shoiralardan   bo‘lgan.   Uning   asl   ismi   Komila   bo‘lib,   andijonlik   Rahmonqulbek
degan   amaldoorning   qizi   edi.   Amir   Umarxon   1806-yilda   unga   uylanadi.   Nodira
ko‘pgina   go‘zal   she’rlar   yaratib,   chin   sevgi   va   sadoqartni,   ma’rifatni   kuyladi,
tarkidunyochilik va badbinlikni qattiq qoraladi. Nodiraning ayrim she’rlari ashula
qilib aytiladi. 
…ba’zi   doiralarning   xotin-qizlarga   past   nazar   bilan   qarashi,   o‘zaro   feodal
urushlarning   dahshati   va   boshqalar   Nodiraning   ijodida   ham   qayg‘u-alam
motivlarini vujudga keltirgan edi. Shunga ko‘ra u bir she’rida:
Qorong‘u bo‘ldi olam dudi ohimning savolidin,
Ki farq etmas munajjim ro‘zi ravshan birla-shomimni , - deydi.
Nodiraning   taqdiri   foijiali   bo‘ldi:   1842-yilda   Buxora   amiri   Nasrullaxon
Qo‘qonga bostirib kirib, Nodiraning ikki o‘g‘li va nevarasi bilan birga o‘ldiradi. 
Shuni   ham   ta’kidlash   kerakki,   saroy   muhiti   va   adabiyotining   Nodira,
Uvaysiy, Mahzuna kabi shoiralarga salbiy ta’siri ularning ijodida g‘oyaviy-tematik
torlik hamda taqlidchilik kabi nuqsonlarni vujudga keltirgan edi”[32.1986.180-b].
Ko‘rib   o‘tganimizdek,   shoira   hayoti   faqat   qora   kunlarga   chirmab   tasvirlanadi   va
ijodida   ham   shu   jihat   bo‘rtib   ko‘rsatiladi.   Xonlikar   davrida   biqiq   hayot   sabab
shoiralar hayotida mazmuniy torlik va taqlidchilik mavjudligi ko‘rsatiladi. Ammo
mustaqillik yillarida nashr etilgan adabiyot darsliklaridagi Uvaysiy va Nodiraning
g‘azallari,   Uvaysiyninng   chistonlari   mazmuniy   jihatdan   yetuk,   nodir   she’rlar
ekanligini   ko‘rsatadi.   “taqlidchilik”   deya   baholangan   nazira   va   tatabbu   bog‘lash
an’anasi   mumtoz   adabiyotda   mavjudligini   N.Mallayev   oliy   o‘quv   yutlari   uchun
mo‘ljallangan kitoblarida e’tirof etsa-da, darslikda nega bunday yo‘ldan borganligi
bizga   qorong‘u.   Lekin   shu   narsa     ma’lumki,   shoiralar   hayoti   va   ijodiga   bunday baho   brilishi   xonliklar   tuzumini   qoralash,   o‘quvchilarda   saroy   muhitiga   nisbatan
nafrat   uyg‘otish.   Majmuada   esa   “Eshit”,   “Shayx”,   “Aylagach”   radifli   g‘azallari
beriladi.   “Eshit”   radifli   g‘azali   hozirda   amalda   bo‘lgan   8-sinf   adabiyot   darsligida
ham   mavjud   bo‘lib,   ham   ilohiy,   ham   majoziy   ishq   kuylangan   g‘azal   hisoblanadi.
“Shayx”   radifli   g‘azali   esa   Navoiyning   shu   mavzudagi   g‘azali   kabi   shayxning
ikkyuzlamachiligi, ishqining haqiqiy emasligi haqida yozilgan. “Aylagach” radifli
g‘azali   esa   kuyga   solingan   qo‘shiqday   aytiladi,   shoiraning   so‘z   tanlash   mahorati
yuqori ekanligidan dalolat beradi:
Ketdi hushum ul parivash jilva og‘oz aylagach, 
O‘rtadi jon pardasin mutrib navo soz aylagach.
Tong emas qilsa yuzi mashshotani bedast-u po,
Ayladi oyinani suv, chehra pardoz aylagach…[33.1986.164-b]
Hozirda maktabda o‘qitilayotgan darslikda esashoira hayoti va ijodi batafsil
beriladi.   “ Nodira   –   XIX   asrning   birinchi   yarmida   ijod   qilgan   taniqli   o‘zbek
shoirasi.   Uning   asl   ismi   Mohlaroyim   bo‘lib,   Nodira   –   adabiy   taxallusi.   Bundan
tashqari,  Komila  taxallusi bilan ham o‘zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Bu qalam
sohibasi   –   zullisonayn   (ikki   tilda   ijod   qilgan)   shoiralarimizdan.   Fors-tojik
lisonidagi asarlarini  Maknuna  taxallusi bilan yozgan. U ijod qilgan davrda Qo‘qon
adabiy   muhitida   o‘zbek   va   fors-tojik   tillarida   badiiy   asarlar   yaratish   qariyb   teng
darajada   edi.   Nodira   1792-yili   Andijonda   tavallud   topgan.   U   Andijon   hokimi
Rahmonqul   otaliqning   qizi.   Nodiraning   ota-onasi   buyuk   Sohibqiron   Amir   Temur
xonadoniga mansub edi. Buni  uning ushbu baytlaridan ham bilib olish mumkin:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Nodiraning onasi – Oyshabegim qizining soliha farzand, komila shaxs bo‘lib
yetishuviga   ko‘p   hissa   qo‘shdi.   Bo‘lg‘usi   shoira   zamona   xoni   oilasiga   yaqin
qarindosh   bo‘lgan   xonadonda   voyaga   yetdi.   Rahmonqul   otaliq   Qo‘qon   xoni
Olimxonning   tog‘asi   edi.   Shuning   uchun   1807-yili   Olimxon   ukasi   Umarxonni
tog‘asining   qizi   Mohlaroyimga   uylantirdi.   Umarxon   Marg‘ilon   begi   lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. Oradan uch yil o‘tib, ya’ni
1810-yili   Qo‘qon   xoni,   ya’ni   Nodiraning   qaynakasi   Olimxon   qatl   etildi.   Uning
taxtiga   ukasi   Umarxon   o‘tirdi.   Shoiraning   bundan   keyingi   hayoti   mamlakat
poytaxti   bo‘lgan   shu   shaharda   –   xon   saroyida   kechdi.   Bu   uning   ijod   bilan
muntazam   va   unumli   shug‘ullanishi,   o‘zidan   oldingi   turkiy   va   forsiy   shoirlar
asarlarini qunt bilan o‘rganishi, ular an’analarini o‘zlashtirib, izchil davom ettirishi
uchun   qulay   sharoit   yaratdi.   Shoira   yashagan   zamonda   Qo‘qon   adabiy   muhiti
gullabyashnagan edi. Umarxon uning umr yo‘ldoshi, mamlakat rahbarigina emas,
ustoz   shoir   ham   edi.   U   Amiriy   taxallusi   bilan   she’rlar   ijod   qilar,   shoir   sifatida
mashhur edi.  Tarix takrorlanadi , degan gap bor. O‘xshash yerini qarangki, Nodira
va   Zulfiyaning   turmushi   ham   qariyb   bir   xil   kechdi.   Ya’ni   Nodira   30   yoshligida,
Zulfiya esa 29 yoshida umr yo‘ldoshidan ayrildi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu
ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo‘nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya
faqat   adabiyotimizdagina   emas,   umuman,   hayotda   ham   o‘zbek   ayolining   vafo   va
sadoqati timsoli bo‘lib tarixda qoldi. Nodira ijodi haqida gap ketar ekan, yana bir
nozik   jihatni   sedan   chiqarmaslik   kerak.   Yor   timsolida   zimdan   Alloh   ko‘zda
tutilishini,   bu   o‘zbek   mumtoz   g‘azaliyotida   an’anaviy   bir   hodisa   ekanini   yaxshi
bilasiz.  modomiki, yor Xudo ekan, uning jinsi ma’lum emas. Aksar erkak shoirlar
yor   deganda   go‘zal   bir   qizni   ko‘z   oldilariga   keltirib,   uning   chiroyini   –   qaddi-
qomati, beli, sochi, yuzi, yonog‘i, ko‘zi, qoshi va hokazolarini qalamga olgan, bu
borada bisotidagi bor yaxshi so‘z-u ifoda-yu tasvirlarini ishga solgan. Bu mantiqan
o‘zini oqlagan. Chunki Alloh – husn shohi, ya’ni go‘zallikning eng oliy namunasi,
uni   har   qancha   ta’riflasangiz   ham,   kamlik   qilaveradi.   Biroq   endi   shoira   yozgan
g‘azal  yo boshqa kichik lirik janrlar namunalarida yor  timsoliga munosabat  biroz
o‘zgaradi.
Birinchidan,  ancha   umumiylashadi,   ya’ni   endi   uni   xushro‘y   bir   qiz  sifatida
tasvirlab bo‘lmay qoladi. Ikkinchidan, g‘azal janri an’anasiga ko‘ra, lirik qahramon
–   oshiq   tarzida   namoyon   bo‘ladi,   erkak   shoirlar   yozgan   asarlar   mantiqan
ma’shuqaga   bag‘ishlanadi,   shoiralar   qalamiga   mansub   satrlarda   lirik   qahramon
oshiqqa aylanadi va g‘azal endi ma’shuqaga emas, balki ma’shuqqa bag‘ishlanadi, shuning   uchun   shoiralar   qalamiga   mansub   g‘azallarda   yorning   uzun   sochi,
ingichka   beli,   qalam   qoshi,   uzun   kipriklari...   maqtalavermaydi.   Uchinchidan,
shoiralar yor(ya’ni ma’shuq)ni shunday umumiy tarzda tasvirlashi kerakki, undan
Allohga ishora uzoqlashib ketmasin. Nodira ijodi bu talablarga to‘la javob beradi.
Uning   “Eshit”   radifli   g‘azalida   bir   yo‘la   ham   Amir   Umarxon,   ham   Yaratganga
ishora borligini sezish qiyin emas. Bu matla’dayoq ko‘zga tashlanadi: 
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Chindan   ham,   xonni   ham   “ salotin   sarvari”   (podshohlar   boshlig‘i),
ma’shuqini   “ shah”   deyishi,   o‘zini   “ benavo”   hisoblashi   mumkin,   bu   ta’riflar,
Xudoga   qaratilgan,   deb   hisoblansa   ham,   bo‘laveradi.   G‘azal   davomidagi   “sarvi
ozodim”,  “sarvi  nozim”,  “parizodim”,   “tab’i  noshodim”   undalmalari   ham   xuddi
shunday tarzda bir yo‘la ikki obyektga qaratilgan holda qo‘llangan.
Kelki, bir soat seni ko‘rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo‘ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit, –
bayti esa she’rni yana-da hayotiyroq qilib, uning insoniy muhabbatga daxldorligini
kuchaytirgan.   Nodira   asarlari   mumtoz   shoiralarimiz   ijodiyotining   ana   shunday
o‘ziga   xosliklari   borligini,   ularni   nozik   tushunish   zaruratini   ko‘rsatib   turibdi…
Nodira   chekkan   g‘am,   kulfat-u   hijron   azob-uqubatlari   yetmagandek,   o‘zi   va
o‘g‘illarining hayoti ham fojiali yakun topdi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon
lashkar   tortib   kelib,   Qo‘qonni   bosib   oldi.   Uning   buyrug‘i   bilan   Nodiraning   o‘zi
ham, uning o‘g‘illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon ham, nevaralari ham
vahshiyona   qatl   etildi.Nodiradan   xalqimizga  ikki   devon  qoldi.   Nisbatan   to‘la   deb
hisoblanadigan   turkiy   devonida   189   g‘azal   mavjud.   Ulardan   ayrimlari   tojikcha.
Forsiy   she’rlari   “Devoni   Maknuna”da   jamlangan…   Nodira   ijodi   o‘zidan   keyingi
ko‘plab   shoirlar   uchun   mahorat   maktabi   bo‘lib   xizmat   qildi.  Zokirjon   Furqatning
ayrim she’rlari aynan ana shu shoira asarlariga nazira (o‘xshatma) tarzida dunyoga
kelgan.   XX   asrda   Nodira   haqida   drama   sahnaga   qo‘yildi,   badiiy   film   ishlandi.
Uning   nomiga   san’at   va   ta’lim   maskanlari,   ko‘chalar   qo‘yilgan”[34.2019.44-b].
Darslikdagi   ma’lumotlarni   qisqartirishlab   berdik.   Ma’lumotlar   xuddi   hikoya so‘zlangani kabi ravon tilda beriladi. Uning ajdodlari kim ekanligi bir bayt orqali
aytib o‘tiladi. G‘azallarining vazni, taqte’si, tushunarsiz so‘zlari sharhlanadi. “Kel,
dahrni imtihon etib ket” deb boshlanuvchi g‘azalda muayyan ma’noda shoiraning
badiiy-tab’iy (est е tik) dasturi, ya’ni o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-muddaolari bayon
etilgan.
Shoira   hayot   har   bir   inson   uchun   bir   imtihon   ekaniga
urg‘u   b е ryapti.   G‘azalda   garchi:   “Dunyoni   imtihon   etib   k е t” ,   –   d е yilgan   bo‘lsa
ham,   kishi   dunyoni   imtihon   qilmasligini,   aksincha,   bu   y е rda   dunyo   shaxsni
imtihondan   o‘tkazishi   ko‘zda   tutilayotganini   anglab   olish   k е rak.   Dunyo
imtihonidan   o‘tish   uchun   jahonni   sayr   etish,   chuqurroq   ma’noda   aytilsa,   uni
o‘rganish   lozim.   Ammo   endi   b е dard   (b е g‘am,   b е parvo,   loqayd)   odamlar   ham   –
ko‘p. Ular kishiga jafo y е tkazadi. Bunga faryod ch е kib, fig‘on etishga ham to‘g‘ri
k е lishi mumkin. Modomiki, o‘zingni dunyo chamanining bulbuli d е b hisoblasang,
endi   gul   shoxida   in   qurishing   zarur.   Bu   da’vat   insonni   hayotda   yuksak
pog‘onalarni   ko‘zlab   yashashga   undaydi.   Dunyo   –   hayratxona.   Uning   sir-sinoati,
go‘zalligi,   jozibasidan   zavq   olish   k е rak.   Shu   bilan   birga,   hayot   –   vaqtincha
(b е vafo). Shuning uchun unga ko‘p ham bog‘lanmasdan, undan yuksakroq narsaga
(Allohga) muhabbat qo‘ygan oshiqlarga ergashish lozim. Chunki inson bu dunyoda
aniq   maqsad   bilan,   unga   intilib   yashashi   zarur.   Biroq   Allohga   ishqni   hammaga
oshkor   qilav е rish   shart   emas.   Modomiki,   ishq   yo‘liga   kirgan   bo‘lsang,   endi
ko‘zlaringdan   dur   sochishing   k е rak.   Bu   y е rda   dur,   aslida,   ko‘z   yoshi   ma’nosida
k е lgan.   Biroq   zimdan   aytilyaptiki,   shoira   ishq   yo‘lida   (d е mak,   hayotda)
ko‘rganlarini dur kabi sochishi (asarlar yaratishi) zarur. 
Garchi   sovet   davrida   nashr   etilgan   darslikda   ijodkorlar   she’rlari   davr
talabidan   kelib   chiqqan   holda   podshohlikni   qoralash,   boylarning   xudbinligi,
shayxlarning soxtaligi, oddiy xalqning cheksiz azobda ekanligini ko‘rsarish uchun
bir vosita sifatida tahlil qilinsa-da, Navoiy va Bobur ijodi xususida so‘z ketganda
ularning   poetik   mahorati   alohida   mavzu   sifatida   o‘qitilgan.   Jumladan,   Bobur
ijodiyotining   nozik   qirralari   ochib   beriladi:   “Bobur   Lutfiy   va   Navoiy   kabi   buyuk
so‘z san’atkorlarining poetik mahoratidan ta’lim olib, ularning an’analarini davom ettirgan   va   rivojlantirgan   ustoz   shoirlardan   biridir.   Uning   she’rlarida   o‘y   va   fikr,
his   va   tuyg‘u,   tasvir   va   tavsif,   so‘z   va   musiqiylik   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘lanib
ketadi. Shoir tasvir obyektiga muvofiq so‘z tanlaydi, turli xil his-tuyg‘uga moslab
mazn   ishlatadi,   ichki   qofiya,   intonnatsiya   va   boshqalardan   mohirlik   bilan
foydalanadi.   Boburning   “Labing   bag‘rimni   qon   qildi”,   “Sabo   ,   ul   gul   harimig‘a
guzar   qil”   misralari   bilan   boshlanuvchi   g‘azallari   nihoyatda   soda,   ravon   va
musiqiydir.   Bobur   o‘z   she’rlarida   turli   tasviriy   san’at   –   usul   va   badiiy   til
vositalarini ishlatadi. U, ayniqsa, poetik tilga kata e’tibor beradi, xalq maqollari va
ta’birlaridan,   xalq   tilining   leksik   boyliklaridan,   omonim,   sinonim
so‘zlardanmohirlik   bilan   foydalanib,   she’rlarining   badiiyligi   va   mazmunining
ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, shoir yorga intizor bo‘lgan oshiqning iztirobini
tasvirlash uchun xalqning “yo‘lida ko‘zim to‘rt bo‘ldi” ta’birini misraga singdirib,
quyidagi baytni yaratgan:
Bobur, bo‘lub turur ikki ko‘zim yo‘lida to‘rt,
Kelsa ne bo‘ldi, qoshimga bir-bir manga-manga.
Xalq   og‘zaki   ijodidan   yaxshi   xabardor   Bobur   o‘zbek   tilining   nozik
qirralaridan   foydalangan   holda   so‘z   o‘yini   qilib,   xuddi   Amiriy,   Lutfiy,   Navoiy
singari ajoyib tuyuqlar yaratgan:
Qaddimni firoq mehnati yo qildi (yoydek qildi),
Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi (kuydi).
Holimni, sabog‘a aytib erdim, ey gul, 
Bilmon sanga sharh qilmadi, yo qildi (yoki qildi).
E’tiborli   jihati   shundaki,   Bobur   so‘z   o‘yinidan   faqat   tuyuqlarda   emas,   balki
boshqa   janrga   mansub   asarlarida   ham   mahorat   bilan   foydalangan.   Masalan,
quyidagi baytlarda tajnisning go‘zal namunalarini uchratishimiz mumkin:
To oq yuzi yiroq tushti,
Ikki ko‘zim ichra oq tushti.
Ul yoq agar yoshursa yuz oh,
Ag‘yorga gar ko‘runsa, yuz voh. Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,
Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.
Bu dunyoda farah yo‘qtur, meni mahzung‘a jononsiz,
Jahondin   kim   desun   billah   kerakmas   menga   jon   onsiz. va
boshqalar”[35.1986.135-b].
Shunga   o‘xshash   tarzda   Boburning   talmeh,   takrir,   tashbeh   qo‘llanilgan
baytlari,   radif   va   qofiya   olingan   so‘zning   musiqiyligi   aks   etgan   misralari   tahlil
qilinadi. 
Boburda ham Navoiydagi kabi faxriya mavjud bo‘lib, agar Hofiz va Salmon
Sovajiy   kabi   buyuk   shoirlar   tirik   bo‘lganda   edi,   mening   she’rlarimni   taqdirlar,
ularning yuksakligini e’tirof qilar edilar deydi:
Iroq-u Forsg‘a gar yetsa she’ring seni, ey Bobur,
Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutkusi Salmon.
Navoiyning   bunday   faxriyasi   10-sinf   adabiyot   darsligida   berilgan   bo‘lib,
undan   “ shoirning   ko‘plab   g‘azallari   to‘qqiz,   o‘n   bir   va   o‘n   uch   baytdan   iborat.
Ammo ular yetti baytdan kam («o‘ksuk») emas. Buni shoir boshqa bir hodisa bilan
qiyoslaydi. Modomiki, osmon (gardun) yetti qavatdan iborat ekan, ularning har bir
qavati   uchun   shoirning   g‘azallari   o‘sha   martabaga   mos   va   munosibdir”,   -   degan
xulosa chiqadi.
Shunga   o‘xshash   mumtoz   asarlarni   sharhlash   quyidagi   qismlardan   iborat
bo‘ladi.   1.Lingivistik   sharh .   (Tushunilishi   qiyin   so‘zlar,   ma’nosi   notanish   va
noaniq   so‘zlar   izohi).   Sharhning   bu   turini   quyidagi   so‘zlar   qamrab   oladi:   arxaik
so‘zlar,   tarixiy   so‘zlar,   dialektizm,   arab-fors   so‘zlar   izohi.   So‘zlarni   shu   tarzda
izohlash   uning   qaysi   tilga   mansubligi   haqida   ham   ma’lumot   beradi.   2.Tarixiy-
milliy sharh.  Bu xil sharhda qadimiy milliy urf – odatlar, an’analar, udumlar bilan
bog‘liq   bo‘lgan   an’analar   izohlanadi.   3.Tarixiy-adabiy   sharh.   Bunda   adabiy
asarlardagi   tarixiy   davr   bilan   bog‘liq   an’analar   izohlanadi.   Bundan   tashqari
asarlarni   sharhlashda   yana   quyidagi   turkum   so‘zlar   izohi   bo‘lishi   mumkin: Geografik joy nomlari, Badiiy asardagi tarixiy shaxslar, ular haqidagi qo‘shimcha
ma’lumotlar,  xalq  maqollari,  iboralar   va  tasviriy  vositalar,  qahramonlarning  ismi,
tashqi qiyofasi, kiyim boshi, buyumlari, son bilan ifodalangan so‘z va iboralar va
hakozolar.
Shuningdek, mumtoz asarlarni o‘qitishda berilayotgan asarning   Zamonaviy
variantini   izlash   metodidan   ham   foydalanish   mumkin.   Bu   metod   asosan
g‘azal   va   ruboiy   janridagi   asarlar   uchun   ahamiyatlidir.   Avom   ishqi   kuylangan
she’rlarda   oshiq,   ma’shuqa,   raqib   obrazlari   yoki   bo‘lmasa   ko‘zining   qaroligi
soching sumbulligi va yorning turli a’zolarini ta’riflash kabi misollarga zamonaviy
she’riyatda   ham   mumtoz   she’riyatda   ham   juda   ko‘plab   misollar   keltirish
mumkin.   Ushbu   metodni   doirasi   cheklangan   ya’ni   har   bir   darsda   ish   bermasligi
mumkin ammo o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Masalan “Hayrat ul-abror ” dostonidagi
“to‘g‘rilik   va   egrilik”   haqidagi   parchaga   mos   ravishda   o‘quvchilar   hayotida
uchraydigan voqealarni misol qilsa bo‘ladi.
Milliylik metodi –  an’ana qadriyatlarni unutmagan holda ish ko‘rish metodi,
ya’ni   mumtoz   asarlar   yaratilgan   davrda   o‘quvchilar   uni   qanday   o‘rgangan,   qay
tartibda   o‘rgangan.   Agar   u   davr   murakkablik   qilsa,   Jadid   bobolarimiz   qoldirgan
ilmiy   merosdagi   metodlar   ham   milliy   metodga   tayanch   bo‘la   oladi.   Masalan,
Xojaning “Miftoh ul-adl” asarini o‘tish jarayonida berilgan hikoyatlarga tayangan
holda   tariximizda   o‘tgan   shohlarimizning   olib   borgan   siyosatlari   haqida   qisqacha
to‘xtalish   yoki   bo‘lmasa   ishqiy   mavzudagi   g‘azallardagi   xalqimizga   xos   ibo-
hayo, ayollarga hurmat, shukronalik kabi jihatlar to‘g‘risida o‘quvchini fikrlashga
undaydigan ma’lumot keltirish dars saviyasini oshiradi.
Audio-video   vositalarini   qo‘llash   metodi   -   mumtoz   she’riy   asarlarning
juda   ko‘pchiligi   qo‘shiqqa   aylanib   ulgurgani   sir   emas.   Ammo   bu   metodni   farqli
jihati   shundaki,   bunda   o‘quvchilar   aruz   ilmidan   o‘rganganlarini   hisobga   olgan
holatda   o‘zlari   uyda   ovoz   yozish   moslamasi   (bu   o‘rinda   telefon   ovoz   yozishi
nazarda   tutilmoqda)   orqali   tayyorlab   kelishadi.Eng   chiroyli   o‘qilgan   asar
rag‘batlantiriladi.   Qo‘shimcha   sifatida   bugungi   kunda   odatga   aylangan   darsda notiqlar   tomonidan   maromiga   yetkazib   o‘qilgan   asarlar   ham   eshittirilsa
o‘quvchilarda ancha ko‘nikma hosil bo‘ladi. 
2.3.ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN JAHON ADABIYOTI
NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Jahon   adabiyoti   namoyandalari,   ularning   yozgan   asarlarini   o‘qitish
o‘quvchilarga   boshqa   mamlakatlar   turmush   tarzi,   milliyligi,   urf-odatlari   xususida
xabardor   bo‘lish   imkonini   beradi.   Inson   boshqa   xalqlar   hayoti   bilan
tanishgandagina   o‘z   hayotiga   chetdan   turib   nazar   tashlash   imkoniga   ega   bo‘ladi.
Ularning   yutuqlaridan   o‘z   hayotidagi   kamchliklarni   tuzatishda,   kamchiliklaridan
esa   xulosa   chiqarishga   odatlanadi.   Qiyosiy   adabiyot   kontekstida   dunyo
adabiyotining   o‘rni   adabiy   tanqidchilarning   turli   muhokamalariga   sabab   bo‘lib
kelmoqda.   Muayyan   mamlakatning   mintalitetiga   mos   kelmaydigan   g‘arb   yoki
sharq adabiyoti namunalarida ilgari surilgan g‘oyalarning o‘quvchilar ongiga ta'sir
qilishini   hisobga   olgan   holda,   darsliklar   kontentini   tuzish   juda   muhim   vazifa
hisoblanadi.   Bundan   tashq   ari,   jahon   adabiyoti   namunalarini   mahalliy   va   global
miqyosda   uyg‘unlashtirilgan   metodologiyadan   foydalanish   va   o‘quvchilar   uchun
maqbul   yondoshuvni   taqdim   etish   jarayonida   qiyinchiliklarga   duch   kelinayotgani
tabiiy. Agar mavzu o‘quvchi yoshiga mos, milliy mintalitetga xos tarzda tanlansa,
madaniyatlar aro yaqinlikka, o‘quvchi tasavvur doirasining kengayishi va xayolan
dunyoning   qaysidir   chekkasida   yashash   imkoniyati   beriladi.   Tsvetan   Todorov
“Adabiyot   nima   uchun?”   nomli   asarida   maktab   yoshiga   to‘lmasdan   oldinroq
kitoblar   olamiga   oshno   bo‘lgani   haqida   yozadi:   “Ilk   xotiralarim   kitoblar
qurshovida   bo‘lgan   paytim   bilan   bog‘liq.   Uyimizda   kitoblar   juda   ko‘p   bo‘lardi.
Bolalar   adabiyotining  klassik   durdonalaridan  “Arab  oqshomlari”,   “Aka-uka  Grim
va   Anderson   ertaklari”,   “Tom   Soyer”,   “Oliver   Tvist”   asarlarini   takror
o‘qirdim”[36.2007.13-b]. Todorov adabiyotga bo‘lgan muhabbatini kitob sahifalari
va   ulardagi   satrlarga   asir   bo‘lgani   bilan   izohlaydi.   Todorov   muayyan   mintaqaviy
matnni   o‘qish   orqali   hudud   bilan   yaqinlik,   umumiy   muhit   va   mahalliy   kontekst
bilan   tanishish   imkoniyatini   berishini   isbotlab   berdi.   “O‘quvchining   shaxslik sifatlarini   shakllantirishda   adabiyot   fani   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega.
Yozuvchining   ijod   dunyosiga   kirishi   va   shu   orqali   bola   ongi   va   didini   o‘stirish
asosiy maqsad hisoblanadi. Darslik va majmualardan o‘rin olgan o‘zbek va jahon
adabiyoti   durdonalarining   o‘quvchi   fikrini   boyitish   va   hissiyotlarni   tarbiyalashda
ahamiyatlidir”[37.2018.36-b].   Asosiy   masala   faqat   milliy   adabiyotning
o‘qitilishida emas. Muammo sinflardagi “Adabiyot” darsliklarida “Jahon adabiyoti
namunalari   qay   tarzda   berilgan?”   “Ularning   yoshi   va   dunyoqarashiga   mosmi?”
kabi savollarga javob  topish bilan bog‘liq. 
Jahon   adabiyoti   sovet   davrida   nashr   etilgan   adabiyot   darsligida   qardosh
xalqlar   adabiyoti   sifatida   o‘rganilib   Jomiy,   Fuzuliy,   Bedil,   A.S.Pushkin,
T.G.Shevchenko,   Mirzo   Fatali   Oxundov,   Ahmad   Donish,   Berdaq,  Abay,   Abdulla
To‘qay ijodi xususida  ma’lumot berilib, asarlaridan parchalar keltirilgan. Masalan,
Bedil ijodi haqida neytral baho beriladi. Uning ijodi hech qanday ijtimoiy-siyosiy
qonuniyatlarga   bo‘sundirilmaydi:   “...Bedilning   “Chor   unsur”   asari   avtobiografik
xarakterda   bo‘lib,   unda   bolalik,   o‘smirlik,   yigitlik   va   qarilik   davri   haqida   fikr
yuritiladi.   Movarounnahr   haqida   ham   qiziqarli   ma’lumotlar   beradi,   ota-
bobolarining Movarounnahrdan Hindistonga ko‘chib kelganini qayd etadi. 
...Bedil   asarlari     chuqur   falsafiy   fikr   va   mushohadalarga   boy   shuning   uchun
ham u “Abulmaoniy – “Ma’nolarning otasi” deb atalgan...”[38.1986.183-b] 
Maxtumli   haqida   so‘z   borar   ekan   uning   ijodi   ham   o‘zbek   ijodkorlari   kabi
mafkuradan   chetda   tahlil   qilinmaydi:   “Maxtumquli   o‘z   she’rlarida   xon   va
amaaldorlarning   adolatsizligi,   poraxo‘rligi,   va   yulg‘ichligini,   din-shariat
boshliqlarining insofsizligini qattiq tanqid qiladi:
Sipohiy barisi poraxo‘r bo‘ldi,
Shoh oldida odil vazir qolmadi.
Shohlarda qolmadi hukmi adolat,
Bir pul uchun mufti berar rivoyat”.
Ammo   shoirning   she’rlaridagi   mardlik,   halollik,   to‘g‘rilik,   mushfiqlik   kabi
olijanob insoniy fazilatlarni inkor qilib bo‘lmaydi:
“Mard o‘g‘lidir, elga yozar dasturxon, To‘g‘ri so;z ustida berar shirin jon.
Umrini o‘tkazar, aytmaydi yolg‘on,
Jahd aylab, yolg‘on so‘z aytguvchi bo‘lma”[39.1986.186-b]. 
Uning   “Egri   erdan   to‘g‘ri   it   ham   yaxshidir”,   “Adabning   yaxshisi   –   kattani
siyla”,   “Og‘zi   olalik   obro‘li   elga   yarashmas”   kabi   hikmatli   so‘zlari   xalq
maqollariga   aylanib   ketgan.   Maxtumquli   haqida   hozirda   amalda   bo‘lgan   7-sinf
adabiyot darsligiga kiritilgan bo‘lib, mazmuni va yod olish uchun berilgan she’rlari
jihatidan sovet davrida nashr tilgan darslikdan tubdan farq qiladi. 
Muhammad   Fuzuliy   ijodi   tadqiqot   obyekti   sifatida   tanlangan   har   ikki
darslikda keltirilgani bois shoir ijodining darsliklarda berilishini ko‘rib chiqamiz.
“Ulug‘   ozarbayjon   shoiri   va   mutafakkiri   Muhammad   Fuzuliy,   taxminan,
1498-yilda   Iroqning   Karbalo   shahrida   tug‘iladi.   Fuzuliy   dastlab   maktabda,   keyin
esa madrasada (ehtimol Bog‘dodda) ta’lim oldi. U tarix, medetsena, astranomiya,
geometriya, logika va boshqa fanlar bilan shug‘ullanib, yaxshi bilim oldi. Maktab
yoshidayoq   she’r   yozishni   mashq   qila   boshlagan   Fuzuliy   iste’dodli   shoir   bo‘lib
yetishdi. Adabiyot ahllari va she’ryat muxlislari orasida shuhrat qozondi. Fuzuliy –
mohir va jo‘shqin lirik shoir. Fuzuliy Layli va Majnun sujetini qayta ishlab,   Layli
va   Majnunlar   galeriyasiga   yangi,   original   doston   qo‘shdi.   Fuzuliy   qalami   bilan
“Layli   va   Majun”   XVI   asr   Layli   va   Majnunlarining   fojiali   sarguzashti   darajasiga
ko‘tarildi. Munozara janridagi  asarlarida hamda “Shikoyatnoma”da Fuzuliy o‘sha
davrning   munofiqlik,   poraxo‘rlik,   ta’magirlik   va   xushomadgo‘ylik   kabi   illatlarini
dadillik bilan ochib tashladi. Fuzuliy 1556-yilda vafot etdi. 
Fuzuliy   ozarbayjon   adabiy   tili   va   klassik   adabiyotini   yangi   taraqqiyot
pog‘onasiga   olib   chiqdi.   Fuzuliy   ijod   xalqlar   o‘rtasidagi,   jumladan,   o‘zbek   xalqi
bilan   ozarbayjon   xalqi   orasidagi   do‘stlik   munosabatlarini,   madaniy-adabiy
aloqalarini   yorqin   ifodalaydi.   O‘zbek   xalqi   bilan   ozarbayjon   xalqi   o‘rtasidagi
aloqalar,   ayniqsa,   Navoiy   va   Fuzuliy   munosabatida   ravshan   ko‘rinadi.   Navoiy
Fuzuliyning   ustozlaridan   biri   bo‘ldi.   Fuzuliy   lirik   she’rlarida,   “Layli   va
Majnun”ida Navoiydan ilhom oldi. Uning an’analarini davom ettirdi, rivojlantirdi.
Navoiy   she’rlariga   o‘xshatmalar   bitdi,   shu   bilan   birga,   Fuzuliy   o‘zbek   xalqining ham   sevimli   shoiri   bo‘ldi.   Munis,   Ogahiy,   Nodira,   Muqumiy,   Furqat   va   boshqa
o‘zbek   shoirlari   Fuzuliy   ijodidan   ta’lim   oldilatr,   uning   she’rariga,   o‘xshatma   va
g‘azallariga   muxammaslar   bitdilar.   Fuzuliy   asarlari   o‘zbek   maktablarida   o‘qish
kitobi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ko‘p   she’lari   o‘zbek   maqomlaridan   salmoqli   o‘rin
oldi”[40.1986.65-b].   Bu   ma’lumotlardan   shu   narsa   ayon   bo‘ladiki,   sovet   davrida
Fuzuliy   ijodi   umumiy   tarzda   o‘qtilgan.   Asarlari   yetarlicha   tahlil   qilinmagan.
Mustaqillikdan   2014-yilda   nashr   etilgan   8-sinf     adabiyot   darsligida   Fuzuliy   ijodi
berilgandi. Unda asarlari haqida so‘z yuritilmasdan g‘azallari va ularning mazmun-
mohiyati   xususida   so‘z   yurtiligan   edi.   2019-yildagi   nashrida   esa   uning   ijodi
batafsil yoritilib, asarlarining nomi keltirilgan va o‘zbek ijodkorlari  ijodiga ta’siri
haqida ma’lumot berilib, adabiy parchalar keltirilgan.
“Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy turkiy sh е ’riyatning
Alish е r   Navoiydan   k е yingi   eng   mashhur   qalam   sohiblaridan   biri   hisoblanadi.
Chunki   u   adabiyotda   aynan   Navoiy   an’analarini   izchil   davom   ettirdi,   yuksak
g‘oyaviy-badiiy darajadagi go‘zal sh е ’rlar ijod qildi. U o‘zining “Layli va Majnun”
dostonida tabiiy ravishda Navoiyni ustoz yanglig‘ tilga oladi: 
Turk-u arab-u ajamda ayyom,
Har shoira v е rmish edi bir kom.
O‘lmish edi Navoiy suxandon –
Manzuri shahanshohi Xuroson.
O‘z   navbatida,   bu   shoir   asarlari   o‘zidan   k е yingi   davrlar   turkiy   adabiyot,
jumladan,   o‘zb е k   so‘z   san’ati   rivojiga   ham   katta   ta’sir   o‘tkazdi.   O‘zb е k
sh е ’riyatining   Fuzuliydan   k е yingi   davri   taraqqiyotini   bu   shoir   ijodining   ta’sirisiz
tasavvur   qilish   –   qiyin.   Boshqacha   aytganda,   agar   Alish е r   Navoiy   bo‘lmasa   edi,
Muhammad   Fuzuliy   ijodini,   Muhammad   Fuzuliy   bo‘lmasa   edi,   Boborahim
Mashrab ijodini hozirgi yuksak badiiy darajada tasavvur qilib bo‘lmas edi. O‘tgan
asrlarda   Fuzuliy   ijodiyoti   yurtimizda   yuksak   qadrlangan.   Uning   devoni   Sa’diy
Sheroziyning   “Guliston   va   “Bo‘ston”   asarlari,   Hofiz   Sheroziyning   “Devon”i,
Abdurahmon   Jomiyning   “Bahoriston”i,   Navoiyning   “Chor   devon”i   kabi
madrasalarimizda maxsus o‘qitilgan.  Fuzuliy ozarbayjon adabiyotining eng gullab-yashnagan davrida yashab, ijod
etdi.   Bu   adabiyot   turkiy   xalqlar   so‘z   san’ati   orasida   Navoiy   adabiy   maktabidan
keyingi  eng ilg‘or  adabiy maktab edi. Bunda  Fuzuliyning alohida va kuchli  o‘rni
va ta’siri bor edi. 
Qardosh turkiy xalqlar shoirlaridan faqat Fuzuliy asarlarigina bizda tarjimasiz
chop etiladi. Ko‘plab g‘azallari hozirgacha ham qo‘shiq sifatida kuylab kelinadi. 
Muhammad   Sulaymon   o‘g‘li   Fuzuliy   1498-yili   hozirgi   Iroqning   Karbalo
shahrida   ziyoli   oilada   dunyoga   k е ldi.   U   ozarboyjon   xalqining   bayot   urug‘idan
bo‘lgan.   Ba’zi   ma’lumotlarga   qaraganda,   Fuzuliyning   otasi   asli   Karbaloga   Arash
d е gan   joydan   ko‘chib   k е lib,   qolib   k е tgan.   Fuzuliyning   o‘g‘li   –   Fazliy   bobo
yurti bo‘lmish Arashga qaytib borib, qarindosh-urug‘lari yonida yashagan.  Fuzuliy
Iroqning   Bag‘dod,   Hilla,   Najaf   d е gan   shaharlarida   hayot   k е chirgan.   Umrining
oxirida   o‘zi   tug‘ilib-o‘sgan   Karbaloga   ko‘chib   k е lgan.   1556-yili   shu   y е rda   vabo
kasali bilan vafot etgan. Shoir nisbatan qisqa, ya’ni 58 yillik umri mobaynida katta
m е ros yaratdi.
  Fuzuliy   turkiy,   forsiy   va   arabiy   tillarda   d е von   tuzgan.   Bunday   ko‘ptillilik
kamdan   kam   qalamkashga   nasib   etadi.   Bu   devonlaridan   tashqari   “Layli   va
Majnun”   dostoni,   “Matla’   ul-e’tiqod”   (“E’tiqodning   boshlanish   joyi”)   falsafiy
risolasi,  “Hadiqat   us-suado”     (“Baxtiyorlar  bog‘i”),  “Suhbat  ul-asmor”  (“Mevalar
munozarasi”),   “Shikoyatnoma”,   “Yett   jom”   (“Soqiynoma”   ham   deb   yuritiladi),
“Rind va zohid” (“Mayparast  va tarkidunyochi”), “Sihhat va maraz” (“Sog‘lik va
bemorlik”) kabi asarlar ham yozdi. 
Fuzuliy   asaralrining   qo‘lyozmalari   dunyoning   turli   mamlakatlari,   jumladan,
O‘zbekistonning     nufuzli   kutubxona   va   qo‘lyozmalar   xazinalarida   saqlanadi.
Ammo   Rossiyaning   Sankt-Peterburg   shahridagi   Sharqshunoslik   institutida
saqlanayotgan   shoir   “Kulliyot”i   qo‘lyozmasining   dunyoda   yagona   nusxasi   eng
muhim   manba   hisoblanadi.   Chunki   u,     birinchidan,   shoir   vafotidan   34   yil   keyin
ko‘chirilgani   uchun   nihoyatda   ishonchli,   ikkinchidan,   bu   kitobga   muallifning
deyarli barcha asarlari jamlangan.     Turkiy   d е vonidan   300   ga   yaqin   g‘azal,   75   ruboiy,   42   qit’a,   27   qasida,   bir
n е chtadan tarj е ’band, tarkibband, murabba’ va muxammas o‘rin olgan. 
Fuzuliy   g‘azallari   tilining   ravonligi,   ifoda   va   tasvirning   jozibadorligi,   vazn,
qofiya, radif va badiiy san’atlar qo‘llashda yuksak prof е ssional darajasi, uslubining
o‘ynoqiligi,   lirik   qahramon   ruhiyatida   ko‘tarinki   kayfiyat,   otashinlik   va
shiddatkorlik   borligi,   falsafiy   mushohada-mulohaza   va   hukm-xulosalarning
yangiligi, ya’ni ohoriyligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Shoir   g‘azallarining   asosiy   mavzusi   ham   –   ishq.   Shuning   uchun   lirik
qahramon otashin oshiq  timsolida  namoyon bo‘ladi. Ammo ishqni  bu g‘azallarda
k е ng   ma’noda   tushunish   k е rak.   Ya’ni   ularda   shaklan   majoziy   (insonga   bo‘lgan)
ishq   tasvirlansa   ham,   zimdan   haqiqiy   (Yaratganga   bo‘lgan)   ishq   ham   ko‘zda
tutilav е radi. Navoiy g‘azallarida uchragani kabi, Fuzuliy g‘azallarida ham bu ikki
ishq o‘zaro uyg‘unlashib k е tadi. 
Ba’zi   kuylar,   masalan,   Xorazm   “Lazgi”si   birdan   avj   nuqtadan   boshlanadi.
Fuzuliyning   ayrim   g‘azallari   ham   kuchli   bir   shiddat   bilan     avj   pallasiadan
boshlanadi.   Shu   tariqa   she’rda   ajib   bir   ko‘tarinki   ruh,   qalbiy   jo‘shqinlik   paydo
bo‘ladi.   Ayrim   matlalari   mumtoz   adabiyotimizdan   boxabar   ko‘p   ziyolilar   orasida
xuddi   bir   himatli   so‘z   kabi   tez-tez   tilga   olinadi.   G‘azallarida   go‘zal   ifodlalar,
ta’sirchan tuyg‘ular tasvuri bor. Qalbga yoqadi. Jozibali.
Fuzuliy ijodining o‘zbek o‘quvchilari orasidagi qadri oshgandan oshib bordi.
Abdulla   Qodiriy   qalamiga   mansub   “O‘tkan   kunlar”   romanining   Fuzuliy   bilan
bog‘liq bir sahifasi mavjud. Asarning bosh qahramoni Otabek – toshkentlik. Lekin
u   Farg‘ona   vodiysining   Marg‘ilon   shahrida   Kumushbibi   degan   xushro‘y   qizga
uylangan.   Ota-onasining   orzu-havasi   va     qistovi   bilan   u   Toshkentdan   ham
uylanishga   majbur   bir   holatga   tushgan.   Biroq   buning   uchun   u,   avvalo,
Kumushbibidan  rozilik  olishi   kerak.  Bu  – oson  ish  emas.   Shuning  uchun u  avval
bor gapni qaynana-qaynotasiga aytib, pishitadi, Kumush ham buni eshitadi. Kirsa,
Otabek   Fuzuliy   “Devon”ini   mutolaa   qilib   o‘tiribdi.   Reining   ikkinchi   bor
uylanganidan xabardor. Otabek xotinindan achchiq-chuchuk gaplar kutayotibdi. U:
“… birinchi xitobdayoq ota-ona gunohiga tavba qilishga hozirlanar edi. Ammo ish u   kutgandek   chiqmadi.   Kutilmagan   joyda,     go‘yoki   uni   bu   og‘ir   holdan
qutqarmochi bo‘lgandek:
- Fuzuliy yaxshi kitob,  - dedi Kumush, - men ham yolg‘iz qolgan kezlarimda
bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?”
Bu yerda Abdulla Qodiriy Fuzuliyni  o‘qigan kishi  ana shunday madaniyatli,
farosatli ham bo‘ladi, demoqchi.
Abdulla   Qodiriy   Fuzuliyni   o‘zining   “Mehrobdan   chayon”   romanida   ham
eslaydi – asardagi oddiy qorovul bo‘lgan Tohir aka bu shoirning:
Dahr bir bozordur – har kim mato‘in arz edar, - degan misrasini keltiradi.
Hamid Olimjonning
Fuzuliyni oldim qo‘limga
Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi.
Erkin Vohidovning:
Oshiqlar uxlaydi saharga tomon 
Fuzuliy devonin boshiga qo‘yib.
…Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo 
Fuzuliy she’riga oshiqligim – rost.
 Abdulla Oripovning:
Bir lahza qo‘lidan qo‘yganmi o‘zbek,
O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni?  – kabi misralari bizning davrimizda ham
shoir asarlari naqadar yuksak qadrlanayotganidan dalolat beradi.
Xuddi Navoiy asarlari kabi Fuzuliy asarlari ham besh asrdan buyon o‘zbek va
ozarbayjon xalqlari do‘stligi, qondosh-jondoshligini mustahkamlashga xizmat qilib
kelyapti.   Bu   bugun   ham   juda   ahamiyatli,   bizni   til,   dil,   din     birligi,
madaniyatlarimiz uyg‘unligi, ulug‘  ajdodlarimiz o‘giti  birlashtirib turadi. Jahonda
mamlakatlar va xalqlarning o‘zaro hamorlikda yashash va mehnat qilishga kuchli
intilishi  yuz berayotgan bugungi zamonda buning alohida o‘rni  va ahamiyati bor.
Bunday   dos’tlik   va   hamkorlikdan   ikki   davlat   va   xalqi   birday
manfaatdor”[41.2019.313-b].   Demak,   ko‘rib   o‘tganimizdek,   har   ikkala   darslik
taqqoslanganda   ular   o‘rtasida   juda   katta   farq   borligi   ko‘zga   tashlanadi.   Dastlabki darslikda Fuzuliy haqida umumiy ma’lumot berib o‘tilgan bo‘lsa, keyingi darslikda
ancha   to‘liq,   keng   va   tushunarli   ma’lumot   berilganini   ko‘ramiz.   O‘quvchilarning
Fuzuliy   ijodiga     qiziqishini   orttirish   maqsadida   adabiy   manbalardan   foydalanilib,
ma’lumotlar   keltirilgani   darslikning   qiziqarliligini   oshirgan.   O‘quvchi     shoir
asarlari   qadimdan   o‘rganilib   kelinayotganidan,   hatto,   madrsalarda   o‘qitilganidan
xabardor bo‘lgach, qiziqishi ortadi. 
Jahon   adabiyoti   namayondalaridan   sovet   davrida   nashr   etilgan   darslikka
A.S.Pushkin,   T.G.Shevchenko,   Mirzo   Fatali   Oxundov,   Ahmad   Donish,   Berdaq,
Abay, Abdulla To‘qay hayoti va ijodi kiritilgan, asarlaridan namunalar majmuada
keltirilgan.  Hozirgi   davr  o‘quvchisi   bu ijodkorlardan  Pushkin  va Abay     bilangina
tanish,   xolos.   Ammo   9-sinf   adabiyot   darligidan   o‘rin   olgan   Pushkin   darslikning
so‘nggi   nashridan   “chiqarib   tashlangan”.   Buning   asosiy   sababi   o‘zbek   sinflarida
tahsil     oluvchi   o‘quvchilar   rus   tili   darslari   davomida   mazkur   shoir   hayoti   bilan
tanishib,   she’rlaridan   yod   olishi   sabab   bo‘lgan   bo‘lsa   ajab   emas.   Kuzatishlardan
shu   narsa   ayon   bo‘ldiki,   Pushkinning   “Erkinlik”,   Shevchenkoning   “Vasiyat”,
Mirzo Fatali Oxundovning “A.S.Pushkinning o‘limi haqida”,   Ahmad Donishning
“Peterburg   sha’niga”     nomli   she’rlarigina   sof   lirik   asarlar   hisoblanadi.   Masalan,
“A.S.Pushkinning o‘limi haqida” she’ri shunday boshlanadi:
Qorong‘u tun ko‘zlarimga uyqu bermayin, 
Deyar edim “Sir gavharin koni, ey ko‘ngil, 
Nima bo‘ldi, gulshaningning bulbuli g‘amgin?
Nima bo‘ldi, so‘z to‘ting lol, nutqsiz mal’ul?
Nazming yo‘li bog‘lanibdi, nimadir siri?
Nima bo‘ldi, xayol oting qoldi bemador?
Ko‘ringanidek,  shoir  Pushkinning  o‘limidan  iztirobga  tushgan.  Hech  qanday
mafkuraviy   zug‘um   ko‘zga   tashlanmaydi.   Yaqinidan   ayrilgan   shoir   g‘ayg‘usi
qalamga   olinga.   Ammo   qolgan   lirik   asarlar   haqida   bunday   deb   bo‘lmaydi.
Ularning   barchasi   ijtimoiy   lirika   namunalari   bo‘lib,   zamondan   shikoyat   tarzida
bitilgan.   Masalan,   Berdaqning   “Bo‘lgan   emas”   she’rida   podshohlar   qoralanib,
oddiy xalqning qashshoqlikda kun kechirishi tasvirlanadi: Dunyo yaralgandan beri 
Podsho odil bo‘lgan emas.
Shorlar qalam olganda
Xatga to‘g‘ri solgan emas…
Bu dunyoning dardi yomon,
Quvon, boshing qolsa omon.
Tushdi boshga og‘ir zamon,
Inon, do‘stlar, yolg‘on emas.
Kundan kunga bo‘ldi battar
Har kim o‘z g‘amini etar.
Qora tuman qachon ketar?
So‘ngan chiroq yongan emas[42.1986.244-b].
Zamona   zulmidan   shikoyat   qilib   yozilgan   bu   she’rda   podsholarning   odil
emasligi, kundan kunga battar bo‘layotganligi aytiladi.
  Mustaqillik   yillarida   nashr   etilgan     darslikning   so‘nggi   nashrlarida   Sergey
Yesenin va Robindranath Thakor asarlari kiritilgan.   Sergey Yeseninning satrlari –
qisqa-qisqa,   tili   –   ravon   va   sodda,   lirik   qahramonning   hayot,   tabiat,   odamlarga
munosabatida   qishloqcha   samimiylik   va   to‘g‘rilik   ufurib   turadi.   Eng   muhimi,
asarlarida   sharqona   ruh   bor.   Bu   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lgan   emas.   Shoir   forsiy
tildagi   mumtoz   she’riyat   namunalari   bilan   yaqindan   tanishganidan   keyin   Eronga
borishga   qattiq   intiladi.   Biroq   o‘sha   paytdagi   Rossiya   va   Eron   munosabatlari   rus
shoirini   u   yoqqa   yuborish   maqsadga   muvofiq   emasligini   taqozo   etadi.   Shunga
qaramasdan,  Sergey Yesenin   qattiq  turib  Eronga  borishni  talab  qilgani  uchun  uni
Ozarboyjonning   Bokuga   yaqin   qishloqlaridan   biriga   yuborishadi.   Bir   necha
muddat   bu   yerda   yashab,   sharqona   ruhni   his   etadi,   Sharq   odamlarining   hayot
tarzidan   zavqlanadi   va   tez   fursatda   uning   “Fors   taronalari”   she’rlar   turkumi
yoziladi.   Sharq   she’riyatida   Allohga   ishqni   majozan   yorga   ishq   tarzida   kuylash
kuchli   edi.   Shunga   taqlidan   rus   shoiri   ham   Sharq   go‘zaliga   bag‘ishlangan   ishqiy
she’rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida G‘arb kishisining Sharqqa mehri jo‘sh
urib turganini sezish qiyin emas. Rus hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda qalam   tebratadimi,   bundan   qat’i   nazar,   Sergey   Yesenin   she’rlarining   tub
mohiyatida umuminsoniylik yotadi. Millati, dini, irqidan qat’i nazar, ularni o‘qigan
kishining   ko‘nglida   bir   yorug‘lik,  zavq,   mehr,  ezgulikka   oshnolik   tuyg‘usi   paydo
bo‘ladi.
R.Thakor   o‘z   asarlari,   hayoti   bilan   o‘quvchilarga   ibrat   bo‘la   oladigan
yozuvchi   hisoblanadi.   U   o‘z   asarlarida   mustamlakachilikni   qoralaydi   va   shu
jihatidan   jaded   bobolarimizni   yodga   soladi.   Adibning   darslikka   “Shubxa”   nomli
hikoyasi   kiritilgan   bo‘lib,   bu   orqali   insonni   tushunishga,   uning   qalbiga   quloq
solishga da’vat etadi.
Xulosa   qilib   aytganda,   maktab   darsliklari   yildan   yildan   takomillashib,
mazmunan boyib bormoqda. Har bir narsaga baho berilar ekan o‘sha davr taqozo
etgan   muhitni   yoddan   chiqarmaslik   lozim.   Biz   sovet   davrida   nashr   etilgan
darsliklardan   qandaydir   ayb,   nuqson   topishga   haqli   emasmiz.   Jamiyatning   talabi
bilan   ma’lum   bir   mafkuraga   bo‘ysunuvchi,   markscha-lenincha   ta’limot   bilan
tarbiyalangan,   o‘tmishidan,   boy   va   podshohlardan,   diniy   shaxslardan
nafratlanadigan avlodni tarbiyalash sovet davri darsliklari va o‘qituvchilari oldida
turgan vazifa edi. 
Hozir   zamon   o‘zgardirdi.   Yangi   O‘zbekistonga   yangicha   fikrlaydigan,   o‘z
mustaqil   fikriga   ega,   Vatanparvar,   xalqparvar   shaxslar   ekan.   Bizningcha,   hozirda
amalda bo‘lgan adabiyot darsliklari zimmasidagi bu vazifani bajara oladilar.  III BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN
NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
3.1.   MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT 
DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI
Maktab   darslarida   nazariy   ma’lumotlarni   o‘qitish   g‘oyat   muhim   ahamiyatga
egadir.   Masalan,   doston   janrini   o‘rganishda   bir   xil   usul   qo‘llansa,   hikoya   yoki
komediyani o‘rganishda yana boshqa usullar   qo‘llaniladi. Har   bir janrning o‘ziga
xos  xususiyati  qanchalik   chuqur  yoritilsa,    badiiy  asarni   tahlil  qilish   yo‘llari   ham
shunchalik   ravshanlashadi,     o‘quvchilarga   adabiyotdan   beriladigan   bilim   ham
unumli   bo‘ladi   va   o‘quvchilarda   estetik   qarashlar   shakllanadi.   O‘tgan   asrda
adabiyot o‘qitish ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan rus metodist olimlari V.A.Kan-
Kalik,   V.I.Xazanning     “Maktabda   adabiyot   o‘qitishning   psixologik-pedagogik
asoslari” nomli risolasida adabiyot o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga alohida
urg‘u bergandilar va adabiy-ta’limiy mehnatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib, badiiy-pedagogik vazifalarning badiiy-tadqiqiy, badiiy-konstruktov, badiiy-
tashkiliy   va   badiiy-kommunikativ   tarzidagi   tasnifini   keltirganlar,[43.1988.131-b]
va unda   adabiyot  darslarida kichik, o‘rta  va katta epik janrlarni  o‘rganishni  ham
ko‘rib chiqqan.  Bunda  dastlab bu haqdagi adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish
bilan ish boshlanadi. Adabiy-nazariy tushuncha o‘quvchilar ongida asta-sekin, dars
davomida,   sinfdan   sinfga   o‘tish   jarayonida   hosil   bo‘la   boradi.   O‘qituvchi
o‘quvchilar egallagan nazariy bilimning amalda, ya’ni asarni tahlil qilish va ijodiy
insho yozishda tatbiq etilishini kuzatib boradi.
O‘quvchilarga   beriladigan   adabiy   nazariy   tushunchalar   muntazam   ravishda
boyitib boriladi. V-VI sinf “Adabiyot” darsliklarida adabiy-nazariy tushunchalarni
yoritish   bilan   birga,   adabiy     asarning     g‘oyaviy-badiiy     xususiyatlarini   kuzatib
borish   talab   etilgan   o‘rinlar   ham   bor.   Masalan,   V   sinf   adabiyot   darslarida
o‘quvchilar hadis, ertak, topishmoq, maqol kabi  adabiy-nazariy tushunchalar bilan
tanishar ekanlar,  bu tushunchalar  keyingi  sinfda badiiy matnni  o‘qish jarayonida mustahkamlab boriladi. Lekin bu bilan   o‘quvchilar adabiy-nazariy tushunchalarni
to‘liq   va   puxta   o‘zlashtirib   oldilar,   deb   bo‘lmaydi,   albatta.   Shuning   uchun
o‘qituvchi     har     bir   sinfda     oldin   berilgan   tushunchalarni   o‘quvchilar   qanchalik
o‘zlashtirganliklarini   aniqlab,   so‘ngra   yangi   tushuncha     beradi,   yoki   oldingi
ma’lumotni takrorlaydi. 
Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqini   o‘stirish bilan   bog‘liq holda olib boriladi. O‘quvchilar adabiy nazariy tu -
shunchalarni    o‘zlashtirish  bilan  birga,  bu  tushunchalarni  amalda-og‘zaki  nutq  va
yozma   ishlarda   tatbiq   etish   malakasiga   ham   ega   bo‘lishlari   lozim.   Bu   esa   yozma
ishlarning,   birinchi   navbatda,   adabiy-ijodiy   insholarning   sifatli,   mazmunli
bo‘lishini,   adabiy-nazariy   tushunchalarning   chuqur,   puxta   o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi.  
O‘quvchilar   adabiy-nazariy  tushunchalarni   badiiy  asar     va  yozuvchi   ijodini
o‘rganish orqali  o‘zlashtira boradilar. Badiiy asarni  va adabiyot  tarixini bir-biriga
bog‘liq   holda   o‘rganish     natijasida   o‘quvchilarning   adabiyot   nazariyasi   va   tarixi
yuzasidan olgan bilimlari oshib, boyib boradi.
Adabiy-nazariy   tushunchalar   yuzasidan   olib   boriladigan   mashg‘ulotning
sistemali   bo‘lishi   uchun   darsda   asarning   tahlili   davomida   alohida   vaqt   ajratiladi.
Bundan   tashqari,   o‘quvchilarning   adabiy-nazariy   tushunchalar   yuzasidan   olgan
bilmlarni   mustahkamlash,   sistemalashtirsh   maqsadida   chorak   oxirda,   o‘quv
yilining  yarmida yoki oxirida alohida dars uyushtiriladi.
Adabiy-nazariy   tushunchalarning   vaqt   o‘tishi   bilan   darsliklarda   berilishi
o‘zgarib   borgan.   Dastlab   mustaqillikkacha   yaratilgan   8-sinf   adabiyot   darsligidagi
adabiy-nazariy tushunchalarning  berilishini  ko‘rib  chiqamiz.  Biz  tadqiqot  obyekti
sifatida   tanlangan   adabiyot   darsligida   xalq   og‘zaki   ijodiga   mansub   janrlar
berilishidan   oldin   nazariy   tushunchalar   beriladi.   Masalan,   qo‘shiq   janri   haqida
gapirilib,   “Qo‘shiq   xalq   og‘zaki   ijodining   eng   qadimgi   va   keng   tarqalgan
janrlaridandir.  Kuyga   solib   aytiladigan  kichik   lirik   janr   qo‘shiq  deyiladi.   Qo‘shiq
insonning   doimiy   hamrohidir.   Kishi   shodlik   damlarida   ham,   g‘amgin   chog‘larida
ham,   menhat   qilish   va   dam   olish   paytlarida   ham   qo‘shiq   aytadi.   Qo‘shiq   uning shodligiga   shodlik   qo‘shadi,   qayg‘u-hasratini   yengillashtiradi,   kishini   yupatadi,
uning   mehnatini   yengillashtiradi”[44.1986.43-b,   -   deya   ma’lumot   beriladi.
Mustaqillik   davrlarida   yaratilgan   adabiyot   darsliklarining   6-sinfida   bu   mavzu
o‘tiladi. Qo‘shiqlar  hozirgi davr adabiyot  darsliklarida yozma adabiyotga mansub
qo‘shiqlar va xalq qo‘shiqlari, deb nomlangan turlarga ajratilib o‘qitiladi va sovet
davrida   amalda   bo‘lgan   darslikdagi   singari   mavzu   jihatidan   mehnat   qo‘shiqlari,
mavsum   qo‘shiqlari,   marosim   qo‘shiqlari   singari   turlarga   ajratilgan.
Mustaqillikkacha yaratilgan 8-sinf adabiyot daarsligida nazariy ma’lumotdan so‘ng
“Devoni lug‘atit-turk”dan qo‘shiq namunlari keltiriladi:
Yoy qish bila qarishti,
Ardam yosin qurishti.
Charik tutib ko‘rushti,
O‘qtag‘ali o‘trushur.
Mazmuni:
Yoz bilan qish qarama-qarshi bo‘lishdi,
(Ularning har biri) maqtanish yoyini qurishdi,
Qo‘shin tuzib, (bir-birini) ta’qib qilishdi,
(Yoy) otish uchun (bir-biriga) yaqinlashishdi[45.18-b].
Hozirda   amalda   bo‘lgan   6-sinf   adabiyot   darsligida   xalq   qo‘shiqlaridan
“Boychechak”,   “Chittigul”,   “boshginam   oriydi”   qo‘shii   berilgan.   “Devoni   luatit-
turk” asaridan parchalar esa 11-sinf adabiyot darsligida keltirilgan.
Sovet   davrida   yaratilgan   adabiyot   darsligida   qo‘shiq   janridan   tashqari   xalq
ozaki ijodiga mansub bo‘lgan qahramonlik dostonlari va tarixiy afsonalarning o‘rni
xususida   so‘z   yuritilib,   “…ularning   ko‘pchiligi   aniq   tarixiy   voqealar   zaminida,
O‘rta   Osiyo   xalqlarining   tinchlik   va   osoyishtalik   uchun   chet   el   bosqinchilariga
qarshi kurashlari asosida yaratilgan” [45.18-b] ligini ta’kidlaydi.
Darslikda ozaki ijod janrlaridan tashqari yozma adabiyotga xos lirika haqida
ham   ma’lumot   keltiriladi:   “Lirika   badiiy   adabiyotning   keng   tarqalgan   xillaridan
biridir.   Lirik   asarda   hayotiy   mazmun   va   real   voqealar   lirik   qahramonning
(ko‘pincha,   bevosita   shoirning)   taassurotlari,   ichki   kechinmalari   tarzida ifodalaniladi.   Lirik   asarning   hajmi   epik   va   dramatik   asarlarga   qaraganda   ancha
ixcham.   Lirik   asar,   odatda,   she’riy   (ba’zan   nasriy)   uslubda   yozilgan   bo‘lib,   u
kuychan,   ohangdor   va   musiqiyligi   bilan   ajralib   turadi.   Ba’zan   she’r   kuyni,   kuy
she’rni   vujudga   keltiradi.   Zotan,   lirika   so‘zi   grekcha   “lira”   degan   cholu   asbobi
nomidan   olingan,   chunki   she’r   yoki   qo‘shiq   lira   sadosiga   jo‘r   bo‘lgan,   musiqa
bilan birga kuylangan. Lirik asar, temasi va mazmuniga qarab, ishqiy lirika, tabiat
lirikasi   va   boshqa   janrlarga   bo‘linadi.   O‘zbek   mumtoz   adabiyotida   lrika   azal,
ruboiy, tuyuq, muxammas, qasida va boshqa she’riy janrlarga bo‘linadi”[46.85-b].
Hozirda   bamalda   bo‘lgan   adabiyot   daarsliklarining   7-sinfida   lirik   asarlar   haqida
nazariy   ma’lumot   berilgan   bo‘lib,   ichki   kechinma,   she’riyatdagi   asosiy   vaznlar,
turoq, qofiya, bo‘gin, hijo kabilar haqida tushuncha beriladi. 
Mustaqillikkacha   amalda   bo‘lgan   darslikda   lirika   mavzusi   Alisher   Navoiy
ijodi bilan bolab o‘qitilgan va Navoiy azallari tahlili jarayonida azal xususida so‘z
yuritilgan.   “azal   Yaqin   va   O‘rta   Sharq   xalqlari   adabiyotida,   jumladan,   o‘zbek
she’riyatida   juda   keng   tarqalgan   lirik   janrlardan   biridir”   [47.88-b].   Biz   avvalgi
boblarda   aytib   o‘tganimizdek,   sovet   davrida   adabiyot   darsliklari   ikki   qismdan
tashkil   topgan:   darslik   va   majmua.   Darslikda   xuddi   hozirda   amalda   bo‘lgan
darsliklardagi kabi azallarning mazmuni, vazni, taqte’si, qofiyadosh so‘zlari, radif
va  raviy   kabilar   tahlil   qilinadi.   Masalan,   Alisher   Navoiyning   “Topmadim”   radifli
azali   ustida   shunday   tahlil   olib     boriladi:   “…8   baytdan   iborat   bo‘lib,   bu   azal
boshdan   oxiriga   qadar   qarshilantirish   usulida   yozilgan.   Shoir   kishilarga   yaxshilik
qiladi,   yaxshilik   tilaydi,   ammo   buning   evaziga   u   yomonlik   ko‘radi.   U   kishilarga
mehr   qo‘yadi,   ammo   mehribon   topolmaydi,   jonini   fido   qiladi,   lekin   oromi   jon
topolmaydi, hajr bilan orom chekadi, biroq hech kim uni yupatmaydi:
Mehr ko‘p ko‘rguzdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
am bila jonima yettim, amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.
…azalda “mehribone”, “jone”, “dilsitone”, “nishone”, gulsitone” va boshqa
so‘zlar   qofiya   bo‘lib   kelgan,   “one”   qofiya   elementini   tashkil   etadi.   azalda “topmadim” so‘zining  radif   bo‘lib  – takrorlanib  kelishi   azalning  mazmuniga mos
bo‘lib,   shoirning   shikoyatini   kuchaytirib,   ta’kidlab   ifodalashga   xizmat   qiladi.   …
azal   aruzning   ramal   bahrida   yozilgan   (foilotun   –   foilotun   –   foilotun   -   foilon)”
[48.93-b] azal janridan so‘ng ruboiy va tuyuq haqida nazariy ma’lumot va ularning
mazmuni,   vazni   xususida   so‘z   yuritiladi.   Nazariy   ma’lumotlar   hozirda   amalda
bo‘lgan 8-sinf adabiyot darsligida ham mavjud bo‘lib, biz bu haqda keyingi faslda
to‘xtalamiz. Ushbu darslikka Navoiyning tuyuq janri xususidagi mulohazalari ham
kiritilgan: “”Navoiy tuyuq yaratibgina qolmadi, u “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat
ul-luatayn” asarlarida bu janrni nazariy jihatdan yoritib, uning xususiyatlarini ilmiy
asosda   bayon   etadi.   Xalq   ijodini   ardoqlagan   Navoiy   qo‘shiq,   tuyuq   kabi   she’r
turlarini bilmagan yozuvchilarni 
“…onglamayin so‘zda tuyq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qo‘shuq bahrini”
deb   qattiq   tanqid   qiladi”   [49.97-b].   Bu   bilan   hazrat   Navoiy   shoirlar   she’rning
barcha janrlaridan xabardor bo‘lishi lozim, degan fikr bermoqchi. 
Biror bir janrdagi asarlar o‘qitilayotganda u haqidagi nazariy ma’lumotning
berib   borilishi   natijasida   o‘quvchi   mavzuni   yaxshiroq   tushunadi   va   adabiyot,
adabiyotshunoslik   fanidan   bilimi   boyiydi.   Shuningdek,   darslikda   o‘quvchilarning
nazariy   ma’lumotlar   xususidagi   fikrlarini   mustahkamlash   maqsadida   savol     va
topshiriqlar ham beriladi:
1. azal nima? azalning janr xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Ruboiy haqida so‘zlab bering.
3. Tuyuqning xususiyatlarini ayting. Tuyuqlardan misollar keltiring. 
Darslikda   Navoiy   “Xamsa”sidagi   romantizm   va   realizm   metodi   xususida
so‘z   yuritilar   ekan,   bu   metod   haqida   tushuncha   beriladi.   Chunki   Navoiyning
“Xamsa”sida   tasvirlangan   muhit,   badiiy   obraz   va   unsurlar   ba’zan   hayotiy   tarzda,
ba’zan   esa   xayoliy   tarzda   tasvirlangan.   “Badiiy   obraz   yaratish   usuli,   ya’ni
san’atkorning   hayot   haqiqatlarini   tanlash   prinsipi,   badiiy   umulashtirish   va   badiiy
tasvir  usullari  badiiy ijod metodi  – ijodiy metod deb  ataldi. San’at  va adabiyotda
bir necha badiiy ijod metodi bor. Bulardan eng asosiylari romantizm va realizmdir. Badiiy ijodiyotda shunday yozuvchilar bo‘ladiki, ular turmushning o‘zini haqqoniy
tasvirlashdan   ko‘ra,   ko‘proq   turmush   va   voqelik   haqidagi   o‘z   orzularini
tasvirlaydilar.   Turmushning   o‘zidan   ko‘ra   ko‘proq   turmush   haqidagi   orzularni
tasvirlash   romantizm   deyiladi.   Turli   tarixiy   sharoitda   romantizm   turlicha
xarakterga ega bo‘lgan…
Realizm  badiiy ijodiyotning asosiy metodlaridandir. Real  hayot  voqealarini
haqqoniylik   bilan   tasvirlash   realizmning   asosiy   belgisidir.   Realist   san’atkor
ijtimoiy   hayotning   xarakterli   tomonlarini   topa   oladi   va   uni   tipiklashtiradi.   Tipik
xarakterlarni   tipik   sharoitda   haqqoniyat   bilan   tasvirlash   realistik   san’atning
negizidir.   Realist   san’atkor   o‘rmish   va   kelajak   mavzularida   ham   realistik   san’at
qonuniyatlari   asosida   asarlar   yaratishi   mumkin…”[50.135-b]   Darslikda   bu
metodlar   haqida   ma’lumot   berilar   ekan,   ijtimoiy   tuzumdan   vaziyatidan   kelib
chiqib,   Navoiy   asarlariga   siyosiy   “libos”   kiydiriladi,   ya’ni   “Layli   va   Majnun”
dostonida     Layli   va   Majnunning   xo‘rlanishi,   tahqirlanishi,   fojiasi   orqali   feodal
o‘tmishning razilligini ko‘ramiz, - deya doston noto‘ri talqin qilinadi. 
Mustaqillikkacha   amalda   bo‘lgan   darslikda   Turdi   Faroiy   hayoti   va   ijodi
xususida   ma’lumot   berilgach,   adib   hajvchi   shoir   bo‘lgani   bois   satira   va   yumor
haqida   nazariy   ma’lumot   beriladi:   “ijtimoiy   hayotning   ma’lum   tomoni   yo   ayrim
guruh   va   shaxslarning   salbiy   xislatlaridan   achchiq   kulib   va   tanqid   qilib   yozilgan
hajviy   asar   satira   deyiladi.     Bunga   Turdining   “Ssubhonqulixon   va   uning   amir-
amaldorlari   to‘risida   hajviya”si   misol   bo‘la   oladi.   Satiric   asarda   yozuvchi
turmushning   ma’lum   tomonlarini   satirik   obrazlar   orqali   fosh   etadi,   qoralaydi.
Bundan tashqari, yozuvchi mubolaadan, fantaziyadan keng foydalanish yo‘li bilan
voqeani, obrazni atayin bo‘rttiradi…
Yumor   hazil-mutoiba   tarzida   yozilgan   asardir.   Shu   bilan   u   satiradan   farq
qiladi.   Yozuvchi   yumorda   kishilar   va   ularning   hayotidagi   ayrim   nuqsonlar,   ba’zi
kamchiliklarni yengil kulgi orqali tanqid qiladi. Shuning uchun tanqid qilinayotgan
kishidan   ko‘pincha   nafratlanmaydi,   balki   unga   achinadi   va   undagi   kamchilikning
tuzatilishini istaydi. Satirada yumor bo‘lgani kabi yumorda satira elementi bo‘ladi.
Turdi  satirasida  ham  yumorning ayrim  elemntlari  bo‘ladi”[51.198-b]. Ma’lum  bir janr   namunasi   bo‘lmish   ijod   namunasi   o‘qitilayotganda   xuddi   shu   tarzda   nazariy
ma’lumotlar   berib   boriladi.   Bu   o‘quvchiga   o‘sha   o‘tilgan   mavzuni   yaxshu
tushunishiga   yordam   beradi.   Mustaqillik   yillarida   nashr   etilgan   adabiyot
darsliklarining   6-sinfida   satira   va   yumor   namunalari   berilgan,   ya’ni   Said
Ahmadning   “Qoplon”   va   “Sobiq”   hikoyalari   mana   shu   yo‘nalishda   yozilgan
asarlar   edi.   Xuddi   biz   yuqorida     ko‘rib   o‘tganimiz   kabi   “Qoplon”   satiric   asar
sifatida,   “Sobiq”   esa   yumoristik   asar   sifatida   tahlil   qilinadi.   Shuningdek,   ushbu
darslikda   Muqimiyning   “Tanobchilar”   hajviy   asaridan   so‘ng   hajviy   asarlar   turli
janrlarda,   ya’ni   azal,   qissa,   hikoya,   pyesa   kabi   shakllarda   yaratilishi   mumkinligi
aytiladi.   “ Hajviy asar tanqidiy va kulgi uyotadigan badiiy asar hisoblanib, mazmuni va
shakliga   ko‘ra   satirik  va   yumoristik   ruhda  bo‘ladi.   Hajviy  asarlarda   jamiyat   hayotidagi
kamchiliklar,   ayrim   shaxslar   fe’l-atvoridagi,   xatti-harakatidagi   qusurlar   tanqid   qilinadi,
ya’ni kulgili qilib tasvirlanadi. Hajviy asarlar turli usullarda yozilishi mumkin. Masalan,
Muqimiyning   “Maskovchi   boy   ta’rifida”,   “Saylov”,   “Dodhohim”   va   siz   yuqorida
tanishgan   “Tanobchilar”   asarlari   she’riy   hikoya   tarzida   yozilgan   bo‘lsa,   Hamzaning
“Maysaraning ishi”, “Tuhmatchilar jazosi”, Abdulla Qahhorning “Oriq tishlar”, Gogolning
“Revizor” asarlari pyesa shaklida, Chexovning “Yovuz niyatli kishi”, “Chiqdi”, “Qiyshiq
oyna”, Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi” hajviy asarlari hikoya janrida yaratilgan.
Shuningdek, Ilf va Petrovlarning “O‘n ikki stul”, “Oltin buzoqcha”, Ne’mat Aminovning
“Yelvizak” kabi hajviy yo‘nalishda bitilgan romanlari ham mavjud. Hajviy asarlar jamiyat
va   kishilardagi   salbiy   jihatlarni   tanqid   qilish   va   fosh   etish   darajasiga   qarab   satirik   va
yumoristik   ruhda   bo‘ladi…”[52.105-b]   Xullas,     nazariy   ma’lumotlar   o‘quvchilarning
adabiyot qoidalari haqidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ular ma’lum bir
adabiy tur yoki janrning xususiyati bilan tanishib, tushunchaga ega bo‘lsalar shu adabiy
turga   oid   boshqa   asarni   o‘qganlarida   ham   tahlil   qila   oladilar.   Sovet   davrida   yaratilgan
adabiyot   darsligidagi   nazariy   tushunchalar   garchi   ijtimoiy   tuzum   uchun   xizmat   qilgan
bo‘lsa-da, adabiy nazariyasiga oid muhim  ma’lumotlar mavjud.         MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI
NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI  
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohlarda, jumladan, adabiyot
fanida   ham   jiddiy   o‘garishlar   bo‘lgani   haqida   biz   yuqorida   to‘xtalib   o‘tgan   edik.
Darsliklar   ma’lum   bir   oya   bilan   tarbiyalangan,   faqat   jamiyat   istagan,   bir   xil
fikrlovchi   robotlarni   tayyorlab   beruvchi   qo‘llanma   vazifasidan   ozod   bo‘ldi.   Shu
bois   nafaqat   yozuvchi   va   shoirlarning   hayoti   va   ijodida,   balki   nazariy
tushunchalarda   ham   yangilanishlar   yuzaga   keldi.   Darsliklardagi   “Nazariy
ma’lumot”   qismida   ma’lum   bir   oya   emas,   balki   faqat   ilmiy-nazariy   tushunchalar
o‘qitilmoqda.   Biz   tadqiqot   obyekti   sifatida   o‘rganayotgan   darslikda   “Kuntumish”
dostonidan   so‘ng   ishqiy-qahramonlik   dostonlari   haqida   nazariy   ma’lumot
keltiriladi.   Bu   ma’lumot   ikkinchi   va   uchinchi   nashrlarida   ham   berilgan   bo‘lib,
so‘nggi   nashrida   ham   o‘zgarishsiz   kiritiladi.   Doston   xalq   ozaki   ijodi   va   o‘zbek
mumtoz   adabiyotida   keng   foydalanib   kelinayotgan   epik   shakllardan   biridir.
“Doston”   so‘zi   xilma-xil   ma’noni   bildirib   kelgan.   Masalan,   “doston”   forschada
epik   asar   nomini   anglatadigan   so‘z   bo‘lib,   u   hatto   qissa,   romandek   katta   nasriy
asarlarga ham nisbat beriladi. Xalq ozaki ijodida yaratilgan dostonlar bilan yozma
adabiyotda   yozilgan   dostonlar   bir-biridan   farq   qiladi.   Xalq   dostonlari   yozma
adabiyotdagi “Suhayl va Guldursun”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi
dostonlardan fantaziya ko‘lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealar, aql bovar
qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq qiladi. To‘ri, yuqorida nomlari tilga
olingan   dostonlarda   ham   fantastik   unsurlar,   mubolaali   o‘rinlar   mavjud.   Biroq
ularning   birortasi   sujet   erkinligi,   favqulodda   qiziq   voqealar   borasida   xalq
dostonlari bilan tenglasha olmaydi.
Dostonlarimizda   xalqimizning   baxtli   kunlar,   ro‘shnoliklar   haqidagi   orzu-
umidlari, faqat yaxshilikka, yoru kunlarga erishish istagi yotadi. E’tibor bersangiz,
dostonlar   muvaffaqiyatli   yakun   bilan   tugaydi.   Asar   qahramonlari   juda   katta
fojialarni,   qiyinchiliklarni   boshlaridan   kechiradilar,   oir   sinovlarga   bardosh
beradilar,   oxir-oqibat   murod-maqsadlariga   erishadilar.   Xalq   dostonlarining
ko‘pchiligiga   xos   xususiyat   –   ularda   ishqmuhabbat   mavzusining   ustunligidir. Dostonlardagi   voqealar   qahramonlarning   ishqiy   sarguzashtlari   fonida   kechadi.
Masalan, dunyoga mashhur “Alpomish”ni olasizmi, “Ravshan” yoki “Kuntumish”
dostonlarini   olasizmi   –   bari-barisida   muhabbat   mavzusi   ustuvorlik   qiladi.
Darhaqiqat,   muhabbat   –   muqaddas   tuyu.   Bekorga   xalqimiz   “Ishqsiz   eshak   –
dardsiz   kesak”,   demaydi.   Sevimli   shoiramiz   Nodirabegim   ta’biri   bilan   aytganda
esa:
“Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”.
Muhabbat   insonni   ezgulikka   yetaklaydi,   sevgan   kishi   har   qanday
qahramonlikka   qodir   hisoblanadi.   Biz   o‘rgangan   “Kuntumish”   dostoni
sevishganlar   haqida   chiroyli   asar,   uning   janrini   ishqiy   qahramonlik   dostoni,   deb
belgilash   mumkin.   Chunki   Kuntumish   dostonda   katta   qahramonliklar   ko‘rsatadi:
yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo‘yilgan kigiz ostidan chiqib
ketadi.   Bu   qahramonliklar   shunchaki   o‘zini   ko‘rsatish   emas,   avvalo   xalqni   ajdar
ofatidan qutqazgan bo‘lsa, sevikli yori, bolalarini deb oyat tang bir holatda yovlari
o‘rab-chirmab,   ustidan   tosh   bostirib   ketgan   kigiz   orasidan   xalos
bo‘lib   chiqadi.   Umuman,   Kuntumishning   dostondagi   hayoti   qahramonlik   bilan
kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq safarga otlanishi, yo‘lidagi
barcha   to‘siq-ovlarni   yengishi   haqiqiy   insoniy   jasorat,   fidoyilikdir.   Dostondagi
Xolbeka, Gurkiboy va Mohiboy harakatlarida ham  qahramonlik belgilari  mavjud.
Axir   Xolbekaning   sevgan   yori,   bolalari   uchun   jonini   berishga   tayyorligi,
Gurkiboyning   ukasi   uchun   o‘zini   fido   qilishga   shayligi   (uning   dor   ostidagi
so‘zlarini   eslang)   qahramonlik   emasmi?!   Birgina   “Kuntumish”   dostoni   emas,
boshqa   dostonlarda   ham   asar   personajlari   turli   qahramonlik   namunalarini
ko‘rsatadilar,   bu   qahramonliklar   odamlarning   oirini   yengil   qiladi,   el-yurtga
ro‘shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan “Kuntumish” kabi ishqiy-
qahramonlik   dostonlari   bizni   muhabbatdek   ezgu   tuyuni   qadrlashga   undaydi,
fidoyilik,   qahramonlikka   chorlaydi,   chunki   ishq-muhabbat,   qahramonlik,
jo‘mardlik   doimo   egizak   tushunchalardir[53.8-b].   Ko‘rib   o‘tganimzdek,   xalq
dostonlari yozma adabiyot mahsuli  bo‘lmish dostonlar  bilan qiyoslanadi  va xuddi mustaqillikkacha   bo‘lgan   davrlarda   amalda   bo‘lgan   darsliklardagi   kabi   nazariy
ma’lumotlar   o‘tgan   mavzudagi   asar   misolida   tushuntiriladi.   Shu   asosda
o‘quvchining ilmiy bilimi boyiydi.
Maktab   adabiyot   darslarida   nazmiy   asarlar   mazmun-mohiyati,   nazariyasini
o‘rganishga   alohida   o‘rin   beriladi.   Bunda   she’r   vaznlarini   o‘qitish   adabiyot
o‘qituvchilari   uchun   muarakkab   mavzulardan   biri   sanaladi.   Sababi   vaznlarni
o‘rgatish uchun o‘quv dasturlarida nisbatan kam soat ajratilgani barobarida mazkur
mavzuni   o‘qitish   metodikasi   ilmi   ham   yetarli   ishlab   chiqilmagan.   Anvar
Hojiahmedovning   “Maktabda   aruz   vaznini   o‘rganish”   qo‘llanmasi[54.192-b]     bu
boradagi   yagona   manba   bo‘lib   turibdi.   “O‘zbek     aruzi   luati”[55.224-b]   ham
o‘quvchilarga ko‘p asqotadi. Ammo mazkur manbaalarni hamma kutubxonlarda va
filolog   o‘qituvchilarda   bor   deya   ayta   olmaymiz.   Aruz   vaznini   o‘qitishdagi   va
o‘zlashtirishdagi    qiyinchiliklar  sabab  darsliklardagi  bu mavzuga oid ma’lumotlar
o‘zgarib, yangilanib turadi.
2014-yilda nashr qilingan darslikda Lutfiy hayoti va lirikasidan so‘ng tajnis,
irsoli  masal  kabi  she’riy san’atlar  va tuyuq janri  xususida  ma’lumot  berilgan edi.
2019-yilgi   nashrda   esa   aruz   vazni   haqida   ma’lumot   keltiriladi.   Darslikda   bu
ma’lumotlar   shunchalik   keng   va   batafsil   tushuntiriladiki,   o‘qituvchi   ushbu
ma’lumotlargagina   tayanib   ham   aruz   haqida   o‘quvchilarga   tushuncha   berishi
mumkin va bu o‘qituvchida hech qanday qiyinchilik tudirmaydi:“Muayyan tratibga
solingan  matn “nazm”  deyiladi.  Shuning uchun  nazmning  birinchi   talabi  vazndir.
O‘zbek   she’riyatining   asl   vazni   (tudi   -   bitdi)   barmoq   sanaladi.   Xalq   ozaki   ijodi
namunalari, asosan, shu vaznda yaratiladi. Buni Mahmud Koshariyning   XI asrda
yozilgan“ Devoni luot ut-turk” asarida misol tariqasida keltirilgan she’riy parchalar
ham   isbotlaydi.   Ahmad   Yassaviy,   Sulaymon   Boqironiyning   aksar   va   boshqa
shoirlarimizning ayrim she’rlari ham barmoq vaznida yaratilgan. 
Biroq   XI   asrdan   yozma   she’riyatimiz   namunalari   aruz   vaznida   yozila
boshladi.   Ming   yillik   aruziy   merosga   egamiz.   Aruzda   bitilgan   she’rning   vaznini
yaxshi  bilmay turib to‘ri  o‘qishning  hech ham  iloji  yo‘q. Aruzni  barmoq vazniga
qiyosan tushunish osonroq. She’riyatimizning   bu   ikki   vazni   o‘rtasida   o‘xshash   jihatlar   ham   mavjud,
tamoman   mos   kelmaydigan   xususiyatlar   ham   bor.   Barmoq   vazni   –   ikki   muhim
xususiyatga   ega.   Birinchisi,   shuki,   misralardagi   bo‘inlar   soni   teng   kelishi   lozim.
Ahmad Yassaviyning mana bu bandi shunga yorqin misol bo‘la oladi:
Beshak, biling, bu dunyo borcha eldin o‘taro,
Ishonmagil, molingga bir kun qo‘dan ketaro.
Oto, ono, qarindosh qayon ketti? Fikr qil – 
To‘rt ayoli cho‘bin ot bir kun sanga yetaro.
Ammo   bu   hamma   misrlarda   bo‘inlar   soni   barobar   kelishi   kerak,   degani
emas.   Ba’azan   toq   misralar   bo‘inlari   soni   toq,   juft   misralar   bo‘inlari   soni   juft
misralar bo‘inlari soniga teng bo‘lishi qoidasiga ham amal qilinadi. 
Ikkinchisi   –   misralarning   muayyan   turoqlarga   bo‘linishi.   Turoq   misralarni
bo‘laklarga   bo‘ladi.   Bunda   muayyan   bir   sanoqdagi   bo‘indan   keyin   so‘z,   albatta,
tugashi   kerak.   Ahmad   Yassaviydan   keltirilgan   to‘rtlik,   aslida,   7+7   turoqli   she’r
sifatida bitilgan. Biroq ana shu 7 bo‘indan iborat turoqning o‘zi ham yana ikkiga,
ya’ni   4+3  turoqlarga  bo‘linadi.  Shuning  uchun   bu   bandni   7(4+3)+   7(4+3)   turoqli
she’r, deb ham, 4+3+4+3 turoqli she’r, deb ham hisoblash mumkin. 
Aruz   vazni   arab   she’riyatining   asosiy   vazni   hisoblanadi.   U   bizda   arab
she’riyatining   ta’sirida   shakllangan.   Bu   vazn   –   barmoq   vaznining   yuqorida
sanalgan ikki jihatiga o‘xshash xususiyatga ega. 
Birinchidan,   bu   vaznda   ham,   xuddi   barmoq   vaznidagi   kabi,   hamma,   xoh   u
kichik  bo‘lsin,   xoh  katta,  she’riy  asardagi  barcha  misralar   vaznan  teng   o‘lchovda
bo‘ladi.   Faqat   endi   bu   vaznda   toq   misralarning   toq   misralarga,   juft   misralarning
juft  misralarga  teng  kelishi   hodisasi   yo‘q.  Ya’ni   bu  vaznda  toq  misralar  bo‘inlari
soni – boshqa, juft misralar bo‘inlari soni – boshqa bo‘lishi mumkin emas. 
Ikkinchidan,   xuddi   barmoq   vaznidagi   kabi,   misralar   muayyan   bo‘laklarga
bo‘linadi. 
Ammo  bular   shakily   o‘xshashliklargina,   xolos.   Sifat   sihatidan   misralarning
o‘zaro   vaznan   teng   kelishi   ham,   ularning   muayyan   vazniy   bo‘laklarga   bo‘linishi
ham o‘zaro jiddiy farq qiladi.  Dastlabki   tafovut   shuki,   barmoqda   bo‘inlar   sanaladi,   aruzda   esa   –   hijolar.
Hijo shaklan bo‘inga o‘xshasa-da, hatto ko‘p hijolar bo‘inlar bilan teng kelib qolsa
ham, mohiyatan undan keskin farq qiladi. Hijolar uch xil bo‘ladi: qisqa, cho‘ziq va
o‘ta cho‘ziq hijolarga bo‘linadi. Ilmda qisqa hijoni “V”, cho‘ziq hijoni “ –  ” va o‘ta
cho‘ziq hijoni “ ~” shaklida belgilab ko‘rsatish rasm bo‘lgan. 
Qisqa   hijoga  nimalar   kiradi?   Bunga   asosan,   qisqa   unlilar   (a,  e,   u,  o‘)   bilan
tugaydigan   hijlar   kiradi.   Kelib   chiqishi   turkiy   bo;lgan   so‘zlardagi   uru   tushmagan
“o”   tovushi   ham   qisqa   hijo   hisoblanishi   mumkin.   Shuning   uchun   Alisher
Navoiyning:
Boshni fido ayla ato qoshia,
Jismni qil sadqa ano boshia, - 
Baytidagi “ato” va “ano” so‘zlarini “oto”, “ono” tarzida o‘qisak ham, “ota”, “ona”
tarzida   o‘qisak   ham,   vazn   buzilmaydi.   Biroq   ularni   “ato”,   “ano”   tarzida   o‘qisak,
har   taraflama   to‘ri   bo‘ladi.   Baytdagi   “ni”,   “fi”,   “la”,   “a”,   “shi”,   “m”,   “ni”,   “qa”,
yana “shi” (jami 10 ta) hijolari qisqa hijo bo‘lib, bo‘lib kelgan. Lekin vazn taqozo
qilsa,   bir   undosh   tovushning   o‘zi   ham   bir   qisqa   hijo   vazifasini   o‘tayveradi.
Yuoqidagi   “m”   shunday   hijo   vazifasini   bajarib   kelgan.   Uni   to‘ri   talaffuz   qilish
uchun   undan   oldingi   cho‘ziq   hijoni   uru   berib,   ya’ni   cho‘zibroq   talaffuz   qilishga
to‘ri keladi. Shuning uchun bu hijo ishtirok etgan so‘zni “ji-sim-ni” deb emas, “jis-
m-ni”   deb   aytish   lozim.   Shunda   u   quloqqa   xuddi   “jis-m(i)-ni”   deganga   teng
keladigan vaqtda aytilgandek bo‘ladi.  
Cho‘ziq hijoga nimalar  kiradi? Cho‘ziq unlilar  ishtirokidagi  ochiq yoki  har
qanday   yopiq   bo‘inlar,   shuningdek,   ya’ni   vazn   taqozo   etsa,   so‘z   oxirida   kelgan
qisqa   unli   bilan   tugagan   bo‘inlar   qisqa   cho‘ziq   hijo   hisoblanadi.   Keltirilgan
baytning “bosh-”,  “-do”, “ay-”, “-to”, “qo-”, “-a”, “jis-”, “qil”, “sad-”, “-no”, “bo”
va yana “a” (jami 12 ta) hijolari cho‘ziq hijo hisoblanadi. Misra oxirida kelgan har
qanday   qisqa   unlili   bo‘in   ham   cho‘ziq   hijo   hisoblanadi.   Vazn   taqozo   etsa,   misra
o‘rtasidagi   so‘zlar   oxirida   kelgan   qisqa   unli   bilan   tugagan   ochiq   bo‘inlar   ham
cho‘ziq hijo hisoblanishi mumkin.  O‘ta cho‘ziq hijoga nimalar kiradi? Kelib chiqishi arabcha yoki fors-tojikcha
bo‘lgan “yor”, “or”, “xor”, “zor”, “nur” yoki “oshkor” so‘zidagi “osh-”, “hushyor”
so‘zidagi “hush-” hijolari, shuningdek, oxiri ikki undosh yonma-yon kelishi bilan
tugagan   “sabr”,   “jism”,   “ism”   va   shunga   o‘xshash   har   qanday   bo‘in   o‘ta   cho‘ziq
hijo hisoblanadi. O‘ta cho‘ziq hijo faqat va faqat misra oxirida keladi. Agar bunday
so‘zlar misra o‘rtasida uchrasa, ular ikkiga bo‘linadi. Bu bo‘linishda yo keltirilgan
misollardagi   bijolar   bir   cho‘ziq   va   bir   qisqa   (o-sh-kor,   qan-d,   sab-r)   hijoga
ajratiladi, yo undagi qisqa hijo keyingi tovushga bolanib, boshqa hijo hosil qiladi. 
Ana   endi   aruz   vaznining   eng   muhim   xususiyatlaridan   birini   bilib   olishimiz
mumkin.   Bu   –   rukn   masalasi.     Rukn   bir   jihatdan   barmoq   vaznidagi   turoqqa
o‘xshaydi.   Ikkinchi   bir   jihatdan   aslo   o‘xshamaydi.   O‘xshashligi   shundaki,   xuddi
turoqdek,   ruknda   ham   o‘zidan   oldingi   misralardagi   parallel   kelgan   ruk   bilan
vaznan  teng  bo‘lishi  kerak…  Eng  asosiysi  turoqda  so‘z  tugashi   shart,  ruknda  esa
shart emas…[56.61-b] 
Shu   kabi   aruz   vazni   haqidagi   ma’lumotlar   olti   sahifani,   o‘z   ichiga   oladi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, barmoq va aruzdagi  vazn masalasi,  bo‘in va hijo, turoq va
rukn   batafsil   tushuntiriladi.   Ular   o‘rtasidagi   farqli   va   o‘xshash   jihatlar   xususida
so‘z   yuritiladi.   Darslikda   nazariy   ma’lumotlarga   katta   o‘rin   ajratilgani   bois   biz
barchasini   to‘liicha   bermaslikni   ma’qul   topdik.   Keyingi   o‘rinlarda   eng   ko‘p
qo‘llaniladgan   bahrlar:   ramal,  hazaj,   mutaqorib  xususida   so‘z  yuritiladi.  Ularning
taqte’si, afoili, qanday holatda solim, qanday holatda mahzuf yoki maqsur bo‘lishi,
musamman   yoki   musaddas   nima   ekanligi   batafsil   tushuntiriladi.   Albatta   bu  ilmiy
ma’lumotlar   o‘quvchilar   uchun   murakkablik   qiladi.   Shu   bois   ular   o‘qituvchining
ko‘magiga muhtoj bo‘lishadi. Ilmiy salohiyati yuksak, pedagogik mahorati yetarli
bo‘lgan o‘qituvchining o‘quvchilari o‘zbek mumtoz vazni hisoblanmish aruzning,
hech   bo‘lmaganda,   mana   shu   darslikda   keltirilgan   uch   bahrini   (hazaj,   ramal,
mutaqorib)   yaxshi   tushunib,   boshqa   she’rlarning   bahrini   aniqlashda   qo‘llay
oladilar.      
Biz   bilamizki,   o‘zbek   adabiyotida   tuyuqlar   ustasi     Mavlono   Lutfiy
hisoblanadi.   O‘quvchilar   ilk   bor   8-sinfda   Lutfiy   ijodida   tuyuqqa   duch   keladilar. Shu bois shoir ijodidan so‘ng tuyuq janri haqidagi nazariy ma’lumot keltiriladi. Bu
ma’lumotlar   darslikning   bundan   avvalgi   nashrlarida   ham   mavjud   edi.   E’tiborli
jihati shundaki, darslining  uchinchi nashrida tuyuq janri tajnis she’riy san’ati bilan
boliq   bo‘lgani   bois   tajnis   va   tuyuq   birga   tushuntirilardi.   So‘nggi   nashrda   esa
ma’lumot   soddalshtirilib,   tuyuqda   qofiyaga   olingan   so‘zlar   tajnisli   bo‘lishi,   ya’ni
omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar (omonimlik va shakldoshlik aslida bitta
tushuncha emasmi?) turkumidan iborat bo‘lishi darkor, deyiladi.    T u y u q – lirik
janr.   U   arabiy   va   forsiy   adabiyotda   yo‘q.   Bu   janr   namunalarini   faqat   turkiy
she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar ozaki adabiyoti ta’sirida
shakllangan,   takomil   topgan.   Keyinchalik   yozma   adabiyotga   o‘tib,   muayyan
qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan  Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq
janrining asosiy qoidasiga aylangan:
Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
Tuyuq   misralari,   xuddi   ruboiydagi   kabi,   a-a-a-a   yoki   a-a-b-a   tarzida
qofiyalanishi zarur.
Tuyuq,   albatta,   ramali   musaddasi   mahzuf   (yoki   maqsur)   vaznida,   ya’ni
« foilotun–foilotun–foilun  (yoki  foilon )» tarzida bo‘lishi shart. Taqte’si: – V – – / –
V – – / – V – (yoki V – ~).
Tuyuqda   qofuyaga   olingan   so‘zlar,   albatta,   tajnisli   bo‘lishi,   ya’ni   omonim
so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar
janrning   ana   shu   talablaridan   dastlabki   uchtasiga   javob   bergan,   xolos.   Lekin
keyinchalik janrning to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz
tasavvur qilib bo‘lmay qolgan[57.63-b].
Hozirda   amalda   bo‘lgan   darslikdagi   muhim   jihati   shundaki,   oldingi
darsliklardan   farqli   tarzda   a-b-a-b   tarzida   qofiyalangan   Alisher   Navoiyning   “…
gulxanda   ko‘r”   tuyuini   keltiradi.   Darslikdagi   nazariy   ma’lumotlar   sovet   davrida
yaratilgan darslikdagi ma’lumotlardan chuqur ma’lumot berishi bilan ajralib turadi.
Chunki   tuyuq   janri   xalq   ozaki   ijodi   bilan   boliq   bo‘lib,   dostonlar   tarkibida   ham
shakldosh so‘zlar ishlatilgan to‘rtliklar mavjud. O‘zbek tili shakldoshlikka boyligi
bilan   boshqa   tillardan   farq   qiladi.   Bu   haqida   Navoiy   o‘zining   “Muhokamat   ul- luatayn”   asarida   fors   tili   bilan   turkiy   tilni   qiyoslar   ekan,   “it”,   “o‘t”,   “ot”,   “ko‘k”
kabi   so‘zlarni   misol   keltirib,   turkiy   til   shakldoshlikka   boyligi   bilan   forsiy   tildan
ustunligini isbotlab bergan. Shuningdek, “Mezon ul-avzon” asarida tuyuqni “Turk
elining   xossasi”   deb   aytadi.     Agar   darslikda   tuyuq   janri   haqida   ma’lumot   berish
asnosida   Navoiyning   bu   janrga   munosabatini   ham   yozib   ketishsa,   maqsadga
muvofiq bo‘lar edi.
Biz   avvalgi   faslda   aytib   o‘tganimizdek,   ruboiy   janri   haqidagi   nazariy
ma’lumotlar   sovet   davridagi   darslikda   ham,   mustaqillik   davrida   amalda   bo‘lgan
darslikda   ham   mavjud.   Mustaqillik   yillarida   nashr   etilgan   darsliklarning   4-
nashridagina   bu   janr   haqida   ma’lumot   bo‘lib,   avvalgi   nashrlarida   uchramaydi.
Buning   asosiy   sababi   darslikning   2009-   va   2014-yilgi   nashrlarida   Alisher
Navoiyning   azallari   yod   olish   uchun   tavsiya   qilinar   edi.   Hozirgi   nashrida   esa
shoirning   biror   bir   azali   uchramaydi.   azallar   o‘rniga   ruboiy,   fard   va   tuyuqlari
kiritilgan.   Buning   oqibatida   o‘quvchilar   maktab   ta’limida   faqatgina     10-sinfda
shoir   azallari   bilan   tanishadilar.   Alisher   Navoiyning   faqatgina   “Xazoyin   ul-
maoniy”dagi   azallari   soni   2600   ta   bo‘lib,   shundan   11   yil   davomida   to‘rtta   azalni
yod   olyaptilar.   Bizningcha,   8-sinf   adabiyot   darsligida   hech   bo‘lmaganda   ikkita
azalini qoldirish lozim edi. 
Ruboiy   haqidagi   ma’lumotlar   xususida   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   nazariy
ma’lumot   anchayin   batafsil   berilgan.   2014-yildagi   nashrda   Navoiyning   nechta
azali   borligi,   anchasi   turkiy,   qanchasi   forsiy   ekanligi   va   shoirning   shoirlik,
she’riyat   xususidagi   fikrlari   yoritilgan   edi.   2019-yilgi   nashrda   esa   Navoiyning
ruboiylari shu tarzda tahlil qilinadi: “Ruboiy – o‘zbek mumtoz adabiyotining lirik
janrlaridan biri. “Ruboiy” – so‘zi arabchadan olingan. “to‘rttadan”, “to‘rtlik” degan
ma’nolarni   anglatadi.   Adabiyotshunoslikda   esa   u   to‘rt   satrli   kichik   lirik   janrni
anglatadi.   Adabiyotshunoslikda   esa   u   to‘rt   satrli   kichik   lirik   janrni   anglatadi.
Nomlanishi   arabcha   bo‘lsa   ham,   bu   she’riy   janr   dastlab   forsiy   (Rudakiy,   Shahid
Balxiy) va turkiy (Lutfiy) she’riyatda vujudga kelgan[58.67-b].  Darslik mualliflari
ruboiyning   qofiylanish   tizimi,   aruz   vaznining   hazaj   bahridagi   axram   va   axrab
shajaralarining     24   vazndagina   bitilishi   xususida   tushuncha   beradilar.   Mavzuga mos   ravishda   Navoiy   ruboiylari   xususida   ma’lumot   berilib,   o‘zbek   tilida   500   ga
yaqin, fors-tojik tilida 100 ga yaqin ruboiysi mavjudligi va qaysi asarlari tarkibiga
kiritilgani   yoziladi.   Ruboiy   ijtimoiy-falsafiy   qarashlarini   aks   ettirish,   hayotning
turli   davrlarida   sodir   bo‘lgan   voqea-hodisalar   ta’sirida   ko‘nglidan   kechgan   oniy
tuyulari-yu, chiqargan muhim xulosalarini ifodalashda shoirga qul kelgan. 
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi tahlili jarayonida fard haqida ham nazariy
ma’lumotlar berilib, o‘zbeklar orasida paydo bo‘lgan Farid va Farida ismlari ham
shu   janrning   luaviy   ma’nosiga   boliq   ekanligi,   ya’ni   “yakka”,   “yagona”
tushunchalarini   anglatishi   haqida   ma’lumot   keltirilgan.   Darhaqiqat,   mazkur   janr
ham bir bayt orqali yaxlit ma’noni anglatgani bois fard deyiladi. 
8-sinf   adabiyot   darsligi   o‘quvchilarni   mumtoz   adabiyot   namunalari   bilan
tanishtiruvchi   eng   muhim   va   dastlabki   manba   deya   ayta   olamiz.   7-sinfda
Navoiyning “Sab’ayi sayyor” dostoni va  Jahon Otin Uvaysiy  ijodi bilan tanishgan
o‘quvchilar   bir   yil   ulayib   mumtoz   davrga   tushib   qoladilar.   Mumtoz   davrga   oid
she’riy namunlar  bilan tanishgan o‘quvchilar  ularda qo‘llangan badiiy vositalarga
ham   duch  keladilar.  Shu  bois  Nodira  lirikasidan   so‘ng  o‘quvchilarr   talmeh,  irsoli
masal,   tajnis   she’riy   san’atlari   haqida   tushunchaga   ega   bo‘ladilar.   Nazariy
ma’lumotlarning muhim  xususiyati  shundaki, Nodira lirikasi  “Nazariy ma’lumot”
mavzusidan   oldingi   darsda   o‘qitilgan  bo‘lsa-da,   avvalgi   darslarda   o‘qilgan   Lutfiy
azallari   va   Navoiy   lirikasidan   ham   misol   sifatida   foydalanilgan.     Buning   asosiy
sababi   shoiraning   azallari   tahlili   barobarida   badiiy   san’atlardan   foydalanilganligi
haqida   ma’lumot   berilgan.   Masalan,   “…oqibat”   radifli   azalida   Sulaymon,   Shayx
San’on   nomlarining   tilga   olinishi   talmeh   san’atini   vujudga   keltirib,   baytning
ma’nosini   oshirishga   xizmat   qilgan.   Nazariy   ma’lumotda   esa   bu   haqida   yana
to‘xtalib o‘tirmasdan Lutfiyning “xoh inon, xoh inonma” radifli azalidan “Ya’qub
bikin   ko‘p   yiidin   qolmadi   sensiz,   Nuri   basarim   xoh   inon,   xoh   inonma”   baytidagi
Ya’qub   payambar   nomining   qo‘llanilishi   haqida   so‘z   yuritiladi.   Lirik
qahramonning   yori   ishqida   ko‘z   yoshi   to‘kib,   ko‘z   nurdan   ayrilgani   Yoqub
payambarning   o‘li   Yusuf   firoqida   ko‘z   yoshi   to‘kib   basir   bo‘lib   qolganligiga
o‘xshashligi izohlanadi.  Darslikda   mumtoz   adabiyot   namunalari   tugagach,   “Jaloliddin   Manguberdi”
tragediyasidan   keyingina   nazariy   ma’lumotga   duch   kelamiz.   Darslikning   oldingi
nashrlarida   “Mirzo   Ulubek”   tragediyasi   berilgan   bo‘lib,   ushbu   nazariy   ma’lumot
o‘qitilar   edi.   Har   ikkala   dramatik   asar   fojiaviy   bo‘lgani   bois   nazariy   ma’lumot
saqlangan.   “Tragediya   adabiyotning   dramatik   tur   janrlaridan   biri   bo‘lib,   uning
luaviy ma’nosi  yunoncha tragos – echki, ode – qo‘shiq;  tragediya – echki qo‘shii
ma’nosini   anglatadi.   Echki   qayoqdayu,   fojiali   sahna   asari   qayoqda,   deb
o‘ylashingiz   mumkin.   Aslida,   yuqoridagi   so‘zlarning   zamirida   haqiqatga   yaqin
ma’no   bor:   qadim   yunonlarda   hosil   xudosi   Dionis   sharafiga   xalq   bayramlari
o‘tkazilgan.   Bu   bayramlarda   echkilar   so‘yilib   dasturxonga   tortilgan.   Qiziqchilar
esa   echki   terilarini   yopinib,   turli   sahna   tomoshalarini   ko‘rsatishgan.   Bunday
jaydari   qiziqchilarni   tragoslar   deyishgan.   Keyinchalik   bu   so‘z   oqibati   fojia   bilan
tugaydigan   sahna   asarlariga   nisbatan   qo‘llanila   boshlagan”[59.170-b].   Shu   tarzda
tragediya atamasining adabiyotga kirib kelishi izohlanadi. Shundan so‘ng uchinchi
nashridagi   kabi   jahon   va   o‘zbek   adabiyotidagi   bu   janrga   oid   namunalar,
tragediyaning komediya va dramadan farqli jihatlari muhokama qilinib, “Jaloliddin
Manguberdi”   asarining   nima   sababdan   bu   janrga   mansubligi   xususida   so‘z
yuriiladi. 
Darslikda   Said   Ahmadning   “Ufq”   trilgiyasidan   so‘ng   roman   shakllari
haqidagi   nazariy   ma’lumot   o‘rin   olgan.   Mavzuda   roman   janriga   oid   muhim
jihatlar, qanday asar roman bo‘la olishi haqida ma’lumot berilgan. Roman shakllari
xususida so‘z yuritilib, ularning namunalari keltiriladi:
“Umumiy   mazmuni,   oyasi,   asosiy   qahramonlari,   voqealar   tizimining   o‘zaro
aloqadorligi, boliqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ikki kitobdan
iborat  ikki  mustaqil  roman – roman-dilogiya deb ataladi va nisbatan katta voqea-
hodisalarni   qamrab   oladi.   Bunda   asardagi   bosh   qahramonlar   taqdiri   tasviri
har  ikkala  kitobda ham  davom  etadi. Masalan,  P. Qodirovning “Yulduzli  tunlar”,
“Avlodlar   dovoni”,   H.ulomning   “Mash’al”,   M.Ismoiliyning   “Farona   tong
otguncha”,   X.To‘xtaboyevning   “Sariq   devni   minib”,   “Sariq   devning   o‘limi” romanlarini o‘zbek adabiyotida yaratilgan roman-dilogiyalarning namunalari  desa
bo‘ladi.
Roman-trilogiya haqida ham roman-dilogiyaga nisbatan qo‘llangan ta’rif mos
keladi.   Shunday   ekan,   trilogiya   –   uch   kitobdan   iborat   roman   bo‘lib,   ijtimoiy
hayotning   katta   bir   davrini   o‘z   ichiga   oladi.   Bunday   asar   undagi   qahramonlar
hayotini,   davrning   juda   katta   qismini   voqealar   fonida   ko‘rsatishga   qodir
bo‘ladi. Masalan, Siz kuni kecha o‘rgangan Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi uch
kitobdan  iborat  romandir.  Romanning  birinchi  kitobi  “Qirq  besh   kun”  deb  atalib,
unda   xalqimizning   urushgacha   bo‘lgan   hayoti,   uning   mehnat   jasorati   (Katta
Farona   kanali   qurilishini   eslang)   qalamga   olingan.   “Hijron   kunlarida”   deb
ataladigan   ikkinchi   kitob   esa,   birinchi   kitob   qahramonlarining   urushda   va   front
ortidagi   qahramonliklari   haqida   hikoya   qiladi.   Asarning   uchinchi   kitobi   –   “Ufq
bo‘saasida” esa, ularning urushdan so‘nggi taqdiri tasvirlangan. 
Jahon   adabiyotida   L.N.Tolstoy,   S.T.Aksakov,   Xalqaro   Nobel   mukofoti
laureatlari:   ingliz  yozuvchisi  Jon  Golsuorsining  “Forsaytlar   haqida qo‘shiq”,  arab
yozuvchisi   Najib   Mahfuzning   “Xan   al-Xalili”,   Vasiliy   Yanning   “Chingizxon”,
“Botu”,   “So‘nggi   dengizgacha”,   o‘zbek   adibi   S.Ahmadning   “Ufq”   kabi
trilogiyalarini   uch   kitobdan   iborat   roman-trilogiyalarning   mukammal   namunasi,
desa bo‘ladi.
Roman-tetralogiyalar   to‘rt   kitobdan   iborat   roman   shakli   bo‘lib,   jahon
romanchilik tajribasida uchraydi. (Masalan, rus adibi V.Katayevning “Qora dengiz
to‘lqinlari” tetralogiyasi.)   O‘zbek adabiyotida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir
Malikning   to‘rt   kitobdan   iborat   “Shaytanat”   romani   yaratilgan.   To‘rtdan   ortiq
kitobdan   iborat   roman   shakllarini   romanlar   turkumi   deb   atash   rasm   bo‘lgan.
Romanchilik   tajribasida   bunday   asarlar   turkumiga   fransuz   adiblari   Romen
Rollanning o‘n jildlik “Jan Kristof”, Roje Marten dyu Garning sakkiz jildlik “Tibo
oilasi” romanlarini misol qilib keltirish mumkin. Ahamiyatlisi shundaki, har ikkala
adib   ham   ushbu   asarlari   uchun   Xalqaro   Nobel   mukofotiga   sazovor   bo‘lganlar.
Romanchilik deganda epopeya degan tushuncha ham ko‘p ishlatiladi. Uning roman
shakllari   (dilogiya,   trilogiya,   tetralogiya,   romanlar   turkumi)ga   faqat   bilvosita aloqasi   bor,   ya’ni   unda   asarning   necha   kitobdan   iborat   bo‘lishi   emas,   balki
qanchalik ko‘p va katta voqea-hodisalarning qamrab olinishi muhim. Masalan, asar
qahramonlarining   bir   necha   avlodi   taqdiri   yoritilgan   buyuk   fransuz   adibi
Balzakning “Insoniyat komediyasi”, S.Ayniyning “Qullar” kabi roman-epopeyalari
shular jumlasidandir”[60.214-b].
Xullas,   shu   tarzda   romanning   shakllari   va   ularning   qaysi   ijodkorning   ijodiy
bisotida   mavjudligi   haqida   o‘quvchilarga   tushuncha   berilib,   ularning
adabiyotshunoslik fanidagi bilimlarining boyishiga xizmat qilgan. 
Darsliklardagi   nazariy   ma’lumotlar   faqat   ma’lumot   berish   bilan
cheklanmasdan,   o‘quvchilar   bilimini   savol   va   topshiriqlar   orqali   boyitib   borishga
ham xizmat qiladi.  XULOSA
Mamlakatimiz   mustaqillikka   erishgach,   har   bir   sohada   jiddiy   o‘zgarishlar
yuz   berdi.   Har   qaysi   soha   vakillari   o‘z   oldiga   maqsad   qo‘yib,   Vatanimizni
rivojlantirish,   uning   nomini   jahon   arenalariga   olib   chiqish   uchun   o‘z   rivojlanish
yo‘lini belgilab oldi. Ta’lim tizimi esa ma’lum bir oyaga xizmat qiluvchi robotlarni
emas, balki o‘z erkin fikriga ega bo‘lgan mustaqil yoshlarni tarbiyalash vazifasini
yelkaladi.   Buning   uchun   eng   avvalo,   darsliklarni   qayta   isloh   qilish   lozim   edi.
Chunki   mustaqillikkacha   yaratilgan   darsliklar   yaroqsiz   ahvolga   kelib   qoldi.
Ulardagi   markscha-lenincha   ta’limot,   kommunistik   oyalar   erkin   avlodni
tarbiyalashga   halal   berar   edi.   Darsliklar   shoshilich   tarzda   ishlab   chiqildi   va   bu
albatta ma’lum bir kamchiliklardan xoli emas edi. Ammo yil o‘tgan sari darsliklar
yangilanib,   yaxshilanib   bordi,   kamchiliklar   tuzatildi.   Biz   o‘z   dissertatsiyamizda
darsliklar takomillashuvini, mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida nashr etilgan
8-sinf   adabiyot   darsliklarini   qiyoslashni  maqsad  qilgan  edik. Bunga  erishdik,  deb
o‘ylaymiz.   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,   sakkiz   fasl,   xulosa   va   adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat bo‘lib, oldimizga qo‘ygan maqsadimizni ochib berishga xizmat
qilgan.   Dastlabki   bob   “Adabiyot   darsliklarida   ijodkor   tarjimayi   holining   qiyosiy-
tipologik   tahlili”   deb   nomlangan   bo‘lib,   uch   fasldan   tashkil   topgan.   “Darsliklar
oldiga   qo‘yilgan   talablar”   nomli   birinchi   faslda   istiqlol   davri   darsliklari   oldiga
qo‘yilgan talablar, mustaqil fikrlash kompetensiyasi, o‘z fikrini erkin ifodalay olish
kompetensiyasi  va o‘qilgan mavzuni o‘zlashtira olish, she’r yod olish ko‘nikmasi
xususida   so‘z   yuritiladi.   Mustaqillik   yillarida   nashr   etilgan   darsliklar   so‘nggi
yillarda yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘quvchilarning yosh jihatlarini inobatga olgan
holda   5-sinf   darsligi   multfilm   qahramonlari   suratlari   bilan   boyitilgani,   8-sinf
darsligining   nazariy   ma’lumotlar   qismi,   Maqsud   Shayxzoda   va   Muhammad
Fuzuliy ijodi bilan boliq ma’lumotlar yaxshilangani xususida fikr yuritilgan. 
Ikkinchi fasl “Mustaqillik davrigacha bo‘lgan adabiyot darsliklarida ijodkor
tarjimayi   holining   qiyosiy-tipologik   tahlili”   deb   nomlangan   bo‘lib,   sovet   davriga
nuqsonlar, ya’ni tariximizni qoralash, xonlarning zolimligi, boylarning xudbinligi,
ijodkorlar   asarlaridan   siyosiy   ayblovlar   qidirish   aks   etib   turadi.   Mustaqillikkacha ijodkor   tarjimayi   holiga   ko‘p   e’tibor   berilmasdan   Alisher     Navoiy,   Zahiriddin
Muhammad   Bobur,   Turdi   Faroiy   hayoti   bilan   boliq   ma’lumotlargina   batafsilroq
berilgan.     Ammo   ma’lumotlarning   faqat   salbiy   tomonini   ko‘rmasdan   ijobiy
tomonlariga ham e’tibor qaratish lozim. Mavzuning berilishida har bir davrga oid
kirish   qismi   beriladi,   ya’ni   ijtimoiy-siyosiy   muhit   haqida   va   ijodkorning   shu
davrda   tutgan   mavqeyi   bayon   etiladi.   Ijodkor   hayotining   berilishida   deyarli
yashash   tarzi   va   asarlari   to‘risida   gapirilmasdan,   asarning   tahliliga   e’tibor
qaratilgan.   Ammo   hozirgi   davrda   ijodkorning   ishlagan   joylari,   ilk   asari   va
asarlarini   yozishga   sabab   bo‘lgan   jarayon   yoki   muhit   xususida   ham,   ma’lum   bir
asarning   tahlili   ham   beriladi.   Uchinchi   fasl   “Mustaqillik   yillarida   yaratilgan
darsliklarda ijodkor tarjimayi holining qiyosiy-tipologik tahlili” deb nomlanadi va
mustaqillik   yillarida   yaratilgan   darsliklardagi   ijodkor   tarjimayi   holining
berilishidagi yutuq va kamchiliklar xususida so‘z boradi. Hozirda amalda bo‘lgan
darslik   8-sinf   adabiyot   darsligining   to‘rtinchi   nashri   bo‘lib,   ijodkor
biografiyasining   berilishida   ancha   yutuqlarga   erishilgan.   Adabiyot   metodikasiga
oid darsliklarda bot-bot aytilgan taklif va mulohazalar darsliklarda aks etib, jiddiy
o‘zgarishlar yuz bermoqda. 
Ikkinchi   bob     “8-sinf   adabiyot   darsliklarida   berilgan   asarlarning   qiyosiy-
tipologik   tahlili”   deb   nomlangan   bo‘lib,   bu   bob   ham   uch   fasldan   tashkil   topgan
bo‘lib, “Adabiyot darsliklarida xalq ozaki ijodining qiyosiy-tipologik tahlili” nomli
dastlabki   bobda   xalq   ozaki   ijodining   eng   yirik   janri   bo‘lmish   doston   va   uning
namunalari,   sovet   davrida   yaratilgan   darslikdagi   latifalar,   ularning   xalq   hayotida
tutgan o‘rni haqida fikr yuritilgan. 
Ikkinchi faslda darslikda berilgan mumtoz adabiyoti namoyondalari, ularning
asarlari   xususida   so‘z   boradi.   Bu   jihatdan   sovet   davrida   nashr   etilgan   adabiyot
darsligi   ko‘proq   ma’lumotlarni   o‘zida   jamlaganligi   bilan   ajralib   turadi.   Buning
asosiy   sababi   sovet   davrida   adabiyot   sinflar   darajasida   davrlashtirilib   o‘qitilgani
bois darslikning asosini mumtoz adabiyot davri namoyandalarining asarlari  tashkil
qiladi. Darslikning  XIV-XVI asrlar adabiyoti bo‘limida Xorazmiy, Qutb, Durbek,
Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Alisher Navoiy,  Zahiriddin Muhammad Bobur  hayoti va ijodi, asarlari xususida so‘z yuritiladi. XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi
yarmi   adabiyoti   bo‘limida  esa   kirish   mashulotidan   so‘ng   Turdi   Faroiy,  Gulxaniy,
Maxmur,   Uvaysiy,   Nodira,   Munis   Xorazmiy,   Ogahiy   haqida   to‘xtalib   o‘tilgan.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asr   boshlari   adabiyoti   bo‘limida   Muqimiy,
Furqat, Avaz O‘tar, Zavqiy kabi ijodkorlarning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar va
asarlaridan   parcha   keltirib   o‘tilgan.   Sovet   davrida   adabiyot   darslari   katta   hajmda
o‘qitilar   ekan,   deya   noto‘ri   xulosaga   kelishdan   saqlanish   kerak.   Chunki   yuqorida
nomlari   keltirilgan   ijodkorlardan   ko‘pchiligining   faqat   asarlaridan   parcha,
she’rlaridan namunalar keltirilgan, xolos. Ammo mana shunday tarzda asarlaridan
parchalar berib borilishi ham o‘quvchilarda shunday ijodkorlar bor ekan, -   degan
fikr   uyotadi.   Natijada   darslikda   berilgan   asari   qiziq   bo‘lsa,   uni   qiziqtira   olsa,
boshqa   asarlarini   ham   izlab   topib   o‘qiydi.   Mana   shu   tarzda   ijodkorlarning
asararidan   namunalar   berib   borish   hozirgi   kunda   11-sinflar   uchun   mo‘ljallangan
adabiyot   darsligida   qayta   yo‘lga   qo‘yilgan.   O‘quvchilar   mustaqillik   yillarida   ijod
qilayotgan zamondosh shoir va yozuvchilarning  asarlaridan namunalar o‘qiydilar.
Hozirgi   kunda   ham   badiiy   ijod   yashayotganini,   o‘sib   rivojlanayotganini
anglaydilar.
“Adabiyot   darsliklarida   berilgan   jahon   adabiyoti   namoyondalari   asarlarining
qiyosiy-tipologik   tahlili”   deb   nomlangan   uchinchi   faslda   har   ikkala   darslikdagi
jahon adabiyoti vakillarining asarlari qiyoslab tahlil qilinadi. Har ikkala darslikda
Fuzuliy ijodi o‘qitilgani bois qiyoslash obyekti sifatida ko‘proq ushbu shoir ijodiga
murojaat qilinadi.
Uchinchi   bob   “Adabiyot   darliklarida   berilgan   nazariy   ma’lumotlarning
qiyosiy-tipologik   tahlili”   deb   nomlangan   bo‘lib,   ikki   faslda   darslikdagi   nazariy
ma’lumotlar   tahlil   qilinadi.   O‘quvchilarning   adabiyot   nazariyasi   xususidagi
bilimlarini boyitsh va mustahkamlash uchun mustaqillik davrida yaratilgan darslik
muhim ahamiyat kasb etishi isbotlab berilgan.
Qodiriy   ta’biri   bilan   aytganda,   “Moziyga   qaytib   ish   ko‘rmoq   xayrlikdir”,
shunday   ekan   sovet   davrida   yaratilgan   darsliklar   sovet   davrida   amalda   bo‘lgan
darsliklarni   mutlaqo   yaroqsiz,   deb   bo‘lmaydi.   To‘gri,   siyosiy   jihatidan o‘quvchilarning   dunyoqarashiga   salbiy   ta’sir   qiladi.   Tariximiz   qoralangan,   Amir
Temur   jallod,   vayronagarchiliklarning   sababkori,   bosqinchi;   temuriylar   mayxo‘r;
xonlar   zolim   sifatida   tasvirlangan,   ammo   bu   darslikning   ilmiy   salohiyatiga   putur
yetkasmasligi   lozim.   Adabiy   muhit,   Alisher   Navoiy   haqidagi   ma’lumotlar   ancha
yaxshi   yoritilgan.   Mustaqillik   yillarida   yaratilgan   darsliklarga   yaqin   besh   yilda
kirib   kelgan   ijodkor   zamondoshlari   va   olimlarning   fikri   orqali   adib   hayotini
yoritish  tajribasi  sovet  davrida yaratilgan darslikda Zahiriddin Muhammad  Bobur
ijodida qo‘llangan. 
Mustaqillik   yillarida   yaratilgan   darslikning   so‘nggi   hozirda   amalda   bo‘lgan
nashri oldingi nashrlardan ma’lumotlarning boyligi va muhimligi bilan farq qiladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. SIYOSIY ADABIYOTLAR
1. Каримов   И.А.   Адабиётга   эътибор   –   маънавиятга,   келажакка   эътибо.   –
Тошкент :   Ўзбекистон, 2009. – Б. 40
2. Миmиёев   Ш.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга қурамиз  Тошкент:  Ўзбекистон, 2017. – Б. 488 
3. Миmиёев   Ш.   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз.  Тошкент:  Ўзбекистон, 2017. – Б. 592
4. Миmиёев Ш. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш –
юo тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови.  Тошкент:  Ўзбекистон,
2017. Б    48 
5. www.edu.uz.Mirziyoyev Sh. 2020-yil 1-oktabrda so‘zlagan nutqi
II. DARSLIKLAR
6. Адабиёт.   8-синф   учун   дарслик.   (Н.Маллаев,   Ш.Абдуллаева,
А.Шарипов).  Т .:  Ўқитувчи , 1986.  Б. 278
7. Адабиёт.     Хрестоматияю   8-синф   учун.   (Н.Маллаев,   Ш.Абдуллаева,
А.Шарипов).  Т.: Ўқитувчи, 1986.   Б.  256
8. Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   maktablarining   8-sinfi   uchun   darslik   (S.Olim,
S.Ahmedov, R.Qo‘chqorov).  T.: O‘qituvchi –  2010. B 308
9. Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   maktablarining   8-sinfi   uchun   darslik   (S.Olim,
S.Ahmedov, R.Qo‘chqorov).  T.: ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.
2019. B 352
ILMIY ADABIYOTLAR
10. Adabiy ta’lim va yoshlar tarbiyasi. 3-kitob. (Respublika ilmiy-nazariy
11. Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   maktablarining   8-sinfi   uchun   darslik   (S.Olim,
S.Ahmedov, R.Qo‘chqorov).  T.: ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.
2019. B 352 12.   Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo   ‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot,   5-sinf,
O‘qituvchilar uchun metodik qo ‘llanma.  Ma’naviyat, –T.:  200 3 -yil.
13. Azizxo jayeva     N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   T.:ʻ
2003.  - 174 b. 
14. Azizxo jayeva  N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: 2003.	
ʻ
- 174 b. 
15. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi.  T.: 2018-yil.
16. Jo‘rayev K., Maktabda Oybekning hayoti va ijodini o ‘rganish. O ‘qituvchi. T.:
-1974.  
17. Jo‘rayev R.H., Zushunov A. “Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash
omillari. O‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma”. – T., Sharq. 2006-y.
kutubxonasi). – T.: 2010.
18. Niyozmetova   R.X.   O‘zbek   tili   darslarida   yangi   o‘zbek   adabiyoti
o‘qitishmasalalari. – T.: 2010
19. Niyozmetova   R.X.   Uzlusiz   ta’lim   tizimida   o‘zbek   adabiyotini   o‘rgatish
metodikasi. –T.:2010.
20. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi: Nasaf.  2000.  - 80 b.
21. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi: Nasaf.   2000.  - 80 b.
22. Ochilov M.O. Muallim qalb me’mori. –T.: O qituvchi. 2001. - 429 b. 	
ʻ
23. Ochilov M.O. Muallim qalb me’mori. –T.: O qituvchi. 2001. - 429 b. 	
ʻ
24.     Qahrmonov Q. Adabiy tanqid yangilanish jarayonlari. –T.: 2010.
     qo‘llanma. – Toshkent: 2008.
25.       Qodirov   V.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   //ma’ruza   matnlari   //.   –   Andijon.
2010.
26. Rajabova   I.   Adabiyot   darslarini   intеrfaol   usullarda   tashkil   etish.   –   Toshkеnt:
Tamaddun, 2010.
rеjalashtirish. – Toshkent: RTM, 2011. 27. Safarova   R..   Darslik   –   pedagogik   tizimning   axborot   modeli   sifatida.   //
Ta’limda   yangi   pedagogik   texnologiyalar:   muammolar   va   yechimlar.   –   T.:
1999, 29-30 b.
28. Saidahmedov   N.   Pedagogik   amaliyotda   yangi   pedagogik   texnologiyalarni
qo llash texnologiyalari. ʻ T.: 2000. - 46 b.
29. Saidahmedov N.  Pedagogik  mahorat   va  pedagogik texnologiya.       –  T.:   O z	
ʻ
MU. 2003. - 66 b.
30. Saidahmedov   N.S.,   Ochilov   A.   Yangi   pedagogik   texnologiya   mohiyati   va
zamonaviy loyihasi. –T.: XTV RTM, 1999. -55 b. 
31. Saidahmedov   N.S.,   Ochilov   A.   Yangi   pedagogik   texnologiya   mohiyati   va
zamonaviy loyihasi. –T.: XTV RTM, 1999. -55 b. 
32.     To‘xliyev B. “Adabiyot o‘qitish metodikasi”. – Toshkent.  2010-y.
33. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
34.     To‘xliyev B. va b. Til va adabiyot ta'limining zamonaviy texnologiyalari. - T.:
TDPU,2011.-211 b. 
35.     To‘xliy е v   B.   Adabiyot   o‘qitish   m е todikasi.   –   Toshkent:   Yangi   asr   avlodi,
2006.
36. To‘xliy е v   B.,   Niyozm е tova   R.   va   b.   Til   va   adabiyot   ta’limining   zamonaviy
t е xnologiyalari. – Toshk е nt: 2011.
37. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun adabiyotdan
38. Usmonova   K.,   Xayitov   A.   Adabiyot   va   adabiyot   fanlarini   o‘qitishda
ta’limt е xnologiyalaridan foydalanish. – Toshk е nt: 2011.
39. Usmonova O. Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rgatish usullari. M е todik
40. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi.  Adabiyot .  O‘zbek tili
(5-9 sinflar). – Toshkent: Yangiyo‘l poligraf service, 2010.
41. Uzviylashtirilgan   o‘quv   dasturini   joriy   etish   bo‘yicha   tavsiyalar,   o‘quv
mavzular (5-9 sinf.  o‘zbek tili va adabiyot).
42. Xalliyeva G. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – T.: Akademnashr, 2020-yil.
43. Yo ldoshev J. Ta’lim yangilanish yo lida. – T.: O qituvchi. 2000.   - 207  b.	
ʻ ʻ ʻ 44.   Аhmedova H. O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent,
2012.
45. Адабий турлар ва жанрла. уч томлик.  –  Т.:Фан, 1991  – Б. 384
46. Аристотелъ.   Поэтика.   –     Т.:   Ғафур   Ғулом   номидаги   адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1980. –  Б. 152
47. Бадриев   A.,   Худойбердиев   А.   Адабиёт   ўқитиш   методикаси.     –   Сам.:
2003.
48.   Долимов С., Убайдуллаев Ҳ., Аҳмедов Қ. Адабиёт ўқитиш методикаси.
– Т.: Ўқитувчи. 1967. – Б.239 бет
49.   Зуннунов А. Мактабда адабиёт ўқитиш методикаси. – Т.: 2010.  
50.   Йўлдошев   Қ.   Адабий   сабоқла.   Умумтаълим   мактабларининг   8-синф
Адабиёт» дарслиги учун методик қўлланма. – Т.: Шарқ, 2004.  102 bet
51.  Ҳусанбоева Қ. Таҳлил – адабиётни англаш йўли.  – Т.:  Муҳарир, 2013.–
Б.432
52. Yo‘ldoshev J.G., Usmanov L. A. “Pedagogik texnologiya asoslari” – Toshkent.
2001-y.
53. Yo'ldoshev   M.  Badiiy   matn  va  uning  lingvopoetik  tahlili  asoslari.  -   Toshkent,
2007.
54. Yo‘ldoshov J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari (Uslubiy 
qo‘llanma).  T.: 2004
55. Yo‘ldosh е v Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – Toshk е nt: 
O‘qituvchi, 1996.
56. Yo‘ldosh е v Q. Yoniq so‘z. – Toshk е nt: Yangi asr avlodi, 2006.
57. Yo‘ldosh е v Q., Maday е v O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o‘qitish m е todikasi. –
Toshk е nt: O‘qituvchi, 1994.
58. Yo ldoshev J. Ta’lim yangilanish yo lida. – T.: O qituvchi. 2000.   - 207  b.ʻ ʻ ʻ
59. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. - Toshkent: O'ME, 2006.
DISSERTATSIYA VA MAQOLALAR 60. Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo   ‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot,   5-sinf
majmua . Ma’naviyat, –T.:  2004-yil. 
61.   Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo   ‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot,   5-sinf
darslik.   “Sharq”   Nashriyot-matbaa   aksiyadorlik     kompaniyasi   bosh   tahririyati.
–T.:  2007-yil. 
62. Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo   ‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot,   5-sinf
darslik.   “Sharq”   Nashriyot-matbaa   aksiyadorlik     kompaniyasi   bosh   tahririyati.
–T.:  2015-yil.
63. Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo   ‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot,   5-sinf
darslik.   “Sharq”   Nashriyot-matbaa   aksiyadorlik     kompaniyasi   bosh   tahririyati.
T.: -2020-yil.
64. Haydarova   O.Q.     Tafakkur   va   faoliyatga   asoslangan   ta’lim   //Xalq   ta’limi,
2003,  №2.
65. Haydarova   O.Q.   Yangi   pedagogik   texnologiyalarning   o qituvchi   faoliyatidaʻ
tutgan o rni // Pedagogik mahorat. 2002, №2.	
ʻ
66. Nishonaliyev U. Ta’lim standarti va pedagogik innovatsiyalar. // Xalq ta’limi.
1999. № 6. 28-31 b. 
67. O zbekistonda umumiy o rta ta’lim konsepsiyasi // Xalq ta’limi. 1992. №2. -	
ʻ ʻ
B. 9-18.
68. Ta’limda   yangi   pedagogik   texnologiyalar:   muammolar,   yechimlar   //   Ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari. – T.: 1999. - 212 b.
69. Tolipova   J,   Numonova   N.   Ta’lim-tarbiya   jarayonida   zamonaviy   pedagogik
texnologiya // J.Xalq ta’limi. №3. 20-23 b. 
INTERNET SAYTLARI
70. www.ziyouz.com . kutubxonasi
71. w    ww.edu.uz   
72. www.uza.uz   
73. w    ww.    arxiv    .uz   
74. www.natlib.uz   
75. www.eduportal.uz      76. www.rtm.uz   
77. www.markaz.uz   
78. www.uzscience.uz

8-SINF ADABIYOT DARSLIGINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI Mundarija ISHNING UMUMIY TAVSIFI ................................................................................................................ 2 I BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY- TIPOLOGIK TAHLILI ............................................................................................................................ 6 1.1. DARSLIKLAR OLDIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR ............................................................................... 6 1.2.MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 14 1.3. MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 21 II BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN ASARLARNING QIYOSIY- TIPOLOGIK TAHLILI .......................................................................................................................... 31 2.1. ADABIYOT DARSLIKLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI ....................... 31 2.2. ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOTI NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 40 2.3.ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN JAHON ADABIYOTI NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 51 III BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI ............................................................. 61 3.1. MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 61 MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 68 XULOSA .................................................................................................................................................. 80 ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................................................................................................ 84 ANNOTATSIYA Mazkur ishda hozir amalda bo ‘ lgan 8- sinf o ‘ quvchilari uchun mo ‘ ljallangan

adabiyot darsligi va 1986- yilda nashr etilgan adabiyot darsliklaridagi ijodkor tarjimayi holining berilishi qiyosan tahlil qilingan . O ‘ qitishning samarali usullari , darsliklarda muallif avtobiografiyasining berilishida yutuq va kamchiliklar xususida so ‘ z yuritilgan . Dissertatsiyada qiyosiy - tipologik tahlil orqali solishtirilayotgan darsliklardagi ma ’ lumotlarning o ‘ quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan . Unda berilayotgan ma ’ lumotlar va asarlar qiyoslash orqali tahlil qilingan . Shuningdek , darsliklardagi berilgan ma ’ lumotlarning keyingi yillardagi o ‘ zgarish sabablari ham dalillar asosida bayon etilgan . Har bir berilgan ma ’ lumotlarning o ‘ quvchilar ong - u tafakkurida aks etishi , ularning ma ’ naviy - ma ’ rifiy tarbiyasiga ta ’ siri haqida mulohazalar bildirilgan . Darslikda tarjimayi holni berish usuli va o ‘ ziga xos metodikasi haqida ham to ‘ xtalib o ‘ tilgan , hozirgi rivojlangan davrdagi o ‘ quvchi tafakkuri va zehnini yanada yaxshilashga qaratilgan fikrlar va tavsiyalar berilgan . ANNOTATION The study provides a comparative analysis of current literature textbooks for 8th graders and creative biographies of literature textbooks published in 1986. Effective teaching methods, textbooks discuss the successes and shortcomings of the author's autobiography. The dissertation discusses the importance of comparative-typological analysis of textbook information in the development of students' thinking. The information and works presented in it are analyzed by comparison. The reasons for the change in the information provided in the textbooks in recent years are also explained on the basis of evidence. Comments were made on the impact of each piece of information on students' thinking and their impact on their spiritual and educational upbringing. The textbook also discusses the method and specific methods of providing a biography, as well as ideas and recommendations for further improving the thinking and intelligence of students in today's advanced age. ISHNING UMUMIY TAVSIFI

Mavzuning dolzarbligi. Bugun mamlakatimizni jahonning har jihatdan rivojlangan davlatlaridan biri sifatida e’tirof etishga arziydigan asos va omillar talaygina. Hozirgi zamonda yoshlarimizning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgardi. Turli fan olimpiadalarida, tanlovlarda va sport sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishayotgani quvonarli hol. Lekin Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Albatta, biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb- hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun dunyoda aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotganini, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlarning kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan, aksincha, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur”[1.17-b]. Buning uchun esa o‘quvchi- yoshlarimiz nima o‘qishyapti?, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazyapti? kabi savollarga har birimizda javob bo‘lishi shart. Zamon bilan hamnafas o‘quvchilarni o‘qitishda darsliklarimiz ham zamon talablariga mos bo‘lishi lozim. Bugungi kunda chet el tajribasidan foydalanilgan holda darsliklarni izchil ravishda qayta ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda. Mustaqillikdan ilgari va mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklarni ko‘zdan kechirsak, yil o‘tgan sari salohiyati va sifati jihatidan mukammallashib borayotganligi kishini quvontiradi. Darsliklardan hayoti bilan ibrat bo‘la oladigan va asarlari bilan “Hazrati inson”ni voyaga yetkazishda ko‘mak beradigan shoir va yozuvchilar joy olmoqda. Shunday bo‘lsa-da, yutuqlar bilan bir qatorda ba’zi bir kamchiliklar ham yo‘q emasligi barchaga ma’lum. Shu bois msutaqillik yillarida yaratilgan darsliklar bilan bir qatorda mustaqillikkacha bo‘lgan darsliklarni ham ko‘zdan kechirib, ulardagi yutuqlardan foydalanib, kamchiliklardan voz kechish yaxshi samara beradi. Zero buyuk yozuvchimiz A.Qodiriy ta’biri bilan aytganda “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”. Bu mulohazala r esa dissertatsiya uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilashga asos bo‘ladi.

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Tadqiqot Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovation iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Bugungi kunda yurtimizda adabiyot o‘qitish metodikasi ancha rivojlangan sohalardan biri hisoblanadi. Metodistlar adabiyot darslarida o‘quvchilarni ma’naviy barkamol, o‘z shaxsiy fikriga ega yetuk inson qilib tarbiyalash borasida ko‘plab izlanishlar olib borishmoqda. Shu bois ijodkor tarjimayi holining berilishi, o‘qitilishi jihatidan tavsiyalarni deyarli barcha metodikaga oid darslik va qo‘llanmalarda uchratamiz. Adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida adabiyot darsliklarining mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yaratilgan nashrlari qiyoslab o‘rganilgan alohida ilmiy ish bo‘lmasa-da, bu sohaga oid qo‘llanma va darsliklarda ushbu mavzuga oid ba’zi fikr-mulohazalar keltirilgan. Kuzatishlardan ma’ l um bo ldiki, S.Dolimovʻ [2.2007-2010] , B.To‘xliyev[3.1973], A.Zunnunov [4.1994] , Q.Yo‘ldoshev[5.2018], Q.Husanboyeva [6.2018] , singari qator olimlarning tadqiqotlarida o quvchilarni ʻ adabiyot vositasida tarbiyalash borasida fikrlar mavjud. Ular o z ishlarida inson ʻ ma’naviyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik yo llari, ta’lim-tarbiya ʻ samaradorligini orttirish masalasiga to xtalganlar. ʻ Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklarni qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilib, ularning yutuq va kamchiliklarni ko‘rib chiqish va amalga joriy etish. Tadqiqotning vazifalari. Ishimiz ko‘lamini his etgan holda, dissertatsiyamiz mavzusini yoritish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:  darsliklar oldiga qo‘yiladigan talablar;  mustaqillik davrigacha bo‘lgan adabiyot darsliklarida ijodkor tarjimayi holining qiyosiy-tipologik tahlili;

 mustaqillik davrida yaratilgan adabiyot darsliklarida ijodkor tarjimayi holining qiyosiy-tipologik tahlili;  adabiyot darsliklarida berilgan mumtoz adabiyoti namoyondalari asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili;  adabiyot darsliklarida berilgan yangi davr adabiyoti namoyondalari asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili;  adabiyot darsliklarida berilgan jahon adabiyoti namoyondalari asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili;  mustaqillik davrigacha bo‘lgan adabiyot darsliklaridagi nazariy ma’lumotlarning qiyosiy-tipologik tahlili;  mustaqillik davrida yaratilgan adabiyot darsliklaridagi nazariy ma’lumotlarning qiyosiy-tipologik tahlili. Tadqiqotning obyekti . Mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida 8-sinflar uchun yaratilgan adabiyot darsliklari Tadqiqotning predmeti . 8-sinf adabiyot darsliklarini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilish dissertatsiyamizning predmetini tashkil etadi. Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada qiyosiy, biografik metodlar tadqiqot usuli sifatida belgilandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Bugungi kungacha metodika sohasida juda ko‘p izlanishlar olib borilgan bo‘lsa-da, mustaqillik yillarigacha va mustaqillik yillarida yaratilgan maktab darsliklari zamon nuqtayi nazaridan qiyosiy tahlil etilmagan. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi . Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha quyidagi ilmiy ishlar e’lon qilingan: Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi . Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Ishning umumiy hajmi 89 sahifadan iborat.