Boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan mumtoz adabiyot vakillari asarlarini o‘tish
Mavzu: Boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan mumtoz adabiyot vakillari asarlarini o‘tish Mundarija KIRISH……………………………………………………………………………2 I BOB. MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARINING ASARLARI VA O‘QUVCHILARNI TARBIYALASHDA TUTGAN O‘RNI…………………….8 1.1. Mumtoz adabiyot vakillari asarlarining o‘quvchi tarbiyasidagi ahamiyati…8 1.2. Alisher Navoiy ijodida barkamol avlodni tarbiyalash va insonparvarlik g‘oyalari……………………………………………………………………19 II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOT VAKILLARI ASARLARI VA ULARNI O‘RGATISH…………… 32 2.1. Boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan mumtoz adabiyot vakillari asarlari va ularning tahlili…………………………………………………………..………… 32 2.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mumtoz adabiyot asarlarini o‘rgatishda metodik tavsiyalar………………………………………………………………… 46 XULOSA………………………………………………………………….………55 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………….……57 1
Kirish Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohotlari – “Ta’lim to‘g‘risidagi” gi qonun, “Davlat tili haqida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq qilinishi ta’lim jarayoninig samaradorligini ta’minlaydi. Jamiyatda ma’naviy sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan avlodni shakllantirishda badiiy adabiyotning roli muhim ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylanganidan ko‘pchilik xabardor. Chindan ham badiiy adabiyot ma’naviy hayotimizning ajralmas bir qismi bo‘lish bilan birga har bir shaxs, jumladan, maktab o‘quvchilari uchun ham ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib yetishishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanishi – jamiyat rivoji, yoshlarning rivoji – kelajak rivoji demakdir. Shunday ekan, jamiyat oldidagi eng asosiy vazifalardan biri sog‘lom avlodni voyaga yetkazish. Bu muhim vazifani amalga oshirish birinchi navbatda o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston mustaqillikka erishuvi sharofati bilan barcha sohalarda, ayniqsa, ma’naviyatimiz tarixini, madaniy merosimizni har tomonlama ilmiy, haqqoniy o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratilishi tufayli o‘tmishda madaniyatimiz rivojiga bevosita va bilvosita hissa qo‘shgan, biz uchun noma’lum bo‘lgan yoki inkor etib kelingan shaxslarning nomlari har tomonlama o‘rganilmoqda. 1 Adabiyot, xususan, mumtoz adabiyot faqat pedagogik maqsadlarga xizmat qilibgina qolmay, birinchi navbatda o‘quvchilarga bilim berishi, ya’ni, ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixi va hozirgi adabiy jarayonning asosiy yo‘nalishi – mumtoz adabiyot vakillari va ular ijodi bilan, shu allomalar ijodida o‘z ifodasini topgan xalq va mamlakat tarixi bilan tanishtirishi, adabiyotning o‘ziga xos tomonlari va nazariy masalari haqida tasavvur berishi kerak. Mamlakatimizning buguni, kelajak taraqqiyoti ko‘p jihatdan yoshlarning intellektual salohiyatiga, vatanparvarligiga bog‘liq. Agar ularni sog‘lom, bilimdon, xalqparvar qilib tarbiyalansa, shubhasiz, ular Vatan ravnaqi uchun hissa qo‘sha oladigan, uning yuksalishiga daxldor bo‘lgan barkamol va ijtimoiy faol shaxslar bo‘lib shakllanishi muqarrar. Albatta bu borada ta’limning ichiga singib ketgan 1 Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. -T.:Fan. 2010. 2
tarbiyaning beqiyos kuchi va mas’uliyatini his qilish, undan oqilona foydalanish kerak. Yoshlar ongiga va turmushiga odob va axloq haqidagi qarashlarni singdirib borish, bo‘sh vaqt tushunchasini hayot tarzlaridan chiqarib tashlashga ko‘maklashish, ilm-u ziyoning inson hayotidagi ahamiyati nechog‘lik ulkan ekanligini uqtira bilish nihoyatda zarur. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Gap yoshlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota- onalarning talab istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o‘ylab ish tutish kerak”, - degan fikrlari har bir pedagogning dasturil amali bo‘lishi zarur. Chunki, ta’lim va tarbiya doimo bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Yosh avlodni ma’naviy jihatdan tarbiyalamasdan jamiyatimizning olg‘a qarab taraqqiy etishi, yutuqlarga erishishi qiyin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning fikrlaricha: “Yurtimiz yoshlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida, umuman, barcha jabhalarda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan azamat yigitlarimiz juda ko‘p. Ular o‘zining jismoniy va ma’naviy salohiyati, iste’dod va mahoratini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish borasida mamlakatimizda ko‘p ishlar qilinyapti va kelgusida ham ularni albatta davom ettiramiz” 2 . Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharofati bilan milliy tarbiya gulshaniga keng yo‘l ochildi. Bundan har bir ota-ona, har bir tarbiyachi-muallim, har bir rahbar, xullas, jamiyatning barcha a’zosi samarali foydalanishi lozim. Shu muhim muammoni hal qilishda, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda har bir daqiqadan unumli foydalanish kerak. Zero tarbiya ishi qancha erta boshlansa, hosili shuncha erta ko‘zga tashlanadi. 2 Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. //Xalq so’zi, 1 iyul, 2017 yil. 3
Buning uchun eng avvalo tarbiyalanayotgan yoshlar o‘z dinini, tilini, urf- odatini, tarixini, nadaniyati va san’atini, milliy odobi, milliy an’anasi va milliy e’tiqod tushunchalarini yaxshi bilishi kerak. Yoshlarni odobli va komil inson qilib tarbiyalash Davlat ta’lim standartining talabi hamdir. Bu o‘z o‘rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga ota-bobolarimiz ham alohida e’tibor berishgan. O‘zidan oldingi o‘tgan buyuk zotlar va ularning asarlarini o‘rgangan va hayotga tadbiq etgan. Biz ham ularga ergashib buyuk bobokalonlarimiz Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Imom Ismoil Buxoriy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning bizga meros qoldirgan asarlarini, xalq tarbiyashunosligi sharbati bilan yo‘g‘rilgan fikr-mulohazalarini o‘qib-o‘rganib yoshlar ongiga yetkazmog‘imiz kerak. Bizga meros qilib qoldirilgan Muqaddas asarlardagi fikrlar yoshlarimiz tarbiyasida juda asqotmoqda. Biz bu mumtoz adabiyot vakillarining fikrlarini, oltinga teng pand-u nasihatlarini dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda, mashg‘ulotlarda to‘garaklarda va yig‘inlarda bolalarning ongiga singdirib bormog‘imiz kerak. Dars jarayonlarida mumtoz adabiyot vakillarining keltirilgan asarlarini mazmun- mohiyatiga chuqur tushungan holda bolaga yetkazib berishimiz kerak. Mumtoz adabiyot vakillari bo‘lmish qomusiy bilimlar sohiblari, buyuk mutafakkirlar va ma’rifatparvar allomalarimizning nomlari va ijodlari nomi va merosi o‘lmasdir. Mamlakatimizda ularning merosini keng va atroflicha, to‘laqonli o‘rganish, uning asarlarida ulug‘langan g‘oyalar mazmunini xalqimiz, ayniqsa yoshlar, maktab o‘quvchilari ongiga yetkazish yuzasidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mumtoz adabiyot vakillarimizning ijodiy faoliyati serqirraligi bilan nafaqat o‘zbek mumtoz adabiyoti, balki Sharq va butun dunyo adabiyoti tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Masalan Alisher Navoiy asarlarini o‘rganishning ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglashda o‘rni katta. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: Alisher Navoiy bobomizning “Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo‘q, xalq g‘amidin 4
g‘ami” degan satrlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor, ya’ni bu dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy me’zonidir, xalqning g‘amidan uzoq bo‘lgan odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi, deb ta’kidlamoqda ulug‘ bobomiz. Bu o‘lmas satrlar bizning bugungi hayotimiz bilan, bizning orzu-intilish va amaliy harakatlarimiz bilan naqadar hamohang ekani odamni hayratga soladi”. 3 Darhaqiqat, Alisher Navoiy asarlari jamiki odamzodga mehnat va halollikda, rostgo‘ylik, sofdillik va samimiylikdan muhim hayotiy saboq beradi, adolatsizliklarni, o‘zaro nizo va qonli to‘qnashuvlarni, vayrongarchilikka sabab bo‘ladigan urushlarni esa keskin qoralaydi. Ko‘p asrlik tarixga ega madaniy va adabiy merosimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Xalqimiz tarixi, dini va adabiyoti, ma’naviy qariyatiga e’tibor kuchayib, ularning mavqeini tiklash, xalqqa asl holda yetkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa boshqa sohalar qatori adabiyotshunoslikda ham teran ilmiy izlanishlar olib borish, adabiy merosga yangicha nuqtayi-nazardan yondashish kerakligini ko‘rsatdi. O‘tmishda yashab ijod etgan shoir va adiblar merosini xolisona o‘rganish va munosib baholash har qachongidan dolzarb vazifaga aylandi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ijod erkinligini ta’minlash, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yoritib kelingan madaniy merosni tiklash, tom ma’noda tahlil va talqin etish borasida davlat siyosati darajasida samarali ishlarga e’tibor qaratdi. “Agar biz O‘zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida abadiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalombor, buyuk yozuvchilarning ijodini chuqur o‘rganish, buyuk shoir, buyuk ijodkorlarni tayyorlashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho‘lpon aytganidek, “Adabiyot yashasa – millat yashaydi.” 4 Hozirgi kunimizda yoshlar tarbiyasida mumtoz adabiyot vakillarining asarlari, axloqiy o‘git-nasihatlari bizga qo‘l keladi. 3 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: “O’zbekiston”, 2016. –B.18. 4 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008. 139-bet. 5