logo

“Xamsa”lardagi basmala boblarining qiyosiy tahlili

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.64453125 KB
Mavzu: “Xamsa”lardagi basmala boblarining qiyosiy
tahlili
Kirish.  Xamsanavislik an`anasi haqida
  1-bob  Alisher Navoiy “Xamsa”sida basmala bobi
1.1 .”Hayrat ul-abror” dostoni g`oyasi, badiiyati
1.2 . .”Hayrat ul-abror” dostonidagi basmala bobi
2-bob .“Xamsa”lardagi basmala boblarining qiyosiy tahlili
  2.1 .”Hayrat ul-abror” dostonining “Maxzan ul –abror”, “Matla ul-anvor” dostoni 
bilan qiyosiy tahlili
2.2   .”Hayrat ul-abror” dostonining “Tuhfat ul-ahror” dostoni bilan qiyosiy tahlili 
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati .   Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilk dostoni “Hayrat ul-abror”da “basmala”
bobi.
Ma’lumki,   xamsanavislikning   asosiy   nazariy   qonuniyatlari   o‘z   ibtidosini   bu
an’ananing boshlovchisi   Nizomiy Ganjaviydan  oladi.  Fors-tojik va  turkiy  adabiyot
taraqqiyotiga   ulkan   hissa   qo‘shgan   ozor   xalqining   buyuk   farzandi   Nizomiy   1176-
1206   yillar   mobaynida   turli   sabab,   taklif   va   sharoitlar   natijasida   insoniy
tafakkurning   nodir   durdonalari   bo‘lmish   besh   masnaviysini   yaratdi.   U   o‘zining   ilk
dostoni   «Maxzan   ul-asror»ni   yaratish   jarayonidayoq,   ulkan   an’anaga   asos
solayotganligini his etdi va unga ergashuvchilar bo‘lishini bashorat qildi:
Man, ki dar in manzilashon mondaam,
Marhalae peshtarak rondaam.
Teg‘ zi almosi zabon soxtam,
Har ki pas omad, sarash andoxtam.
Teg‘i Nizomiy, ki sarandoz shud,
Kund nashud, garchi kuhansoz shud [1. 282].
Mazmuni:   Menki   bu   manzilga   hammadan   oldin   qadam   qo‘ydim,   so‘z
olmosidan   o‘tkir   tig‘   yasadim.   Bu   tig‘   ortdan   keluvchilarning   boshini   tanasidan
judo   qiladi.   Nizomiyning   keskir   qilichi   qancha   eskirsa   ham,   o‘tkirligicha
qolaveradi.
Nizomiy   Ganjaviy   asos   solgan   an’ana   ijod   ahli   uchun   chinakam   imtihon
maydoniga   aylandi.   Bu   jarayon,   ayniqsa,   bir   asr   o‘tib,   Amir   Xusrav   Dehlaviyning
«Xamsa»si dunyoga kelgach keng quloch yozdi. Ayni shu asardan keyin xamsa janr
darajasiga ko‘tarilib, uning nazariy qonuniyatlari shakllandi.
Xamsanavislikning   nazariy   qoidalari   haqida   gapirilganda   ilmiy   manbalarda,
asosan,   dostonlarning   miqdori,   mavzusi,   tartibi,   vazni   va   kompozitsiyasi   bilan
bog‘liq   qonuniyatlar   e’tirof   etiladi.   Biroq   Nizomiy   Ganjaviy   dostonlarida   yana   bir
qator   kompozitsiya   yoki   syujet   unsurlari   ham   borki,   ular   xamsanavislikning
o‘zgarmas qoidalari sifatida qaror topgan. Ular har bir muallif ijodida yangicha jilo, yangicha   talqin   kasb   etadi.   Ishqiy   noma,   munozara,   soqiyga   murojaat,   Ka’ba
ziyorati kabilar shular jumlasidan.   
Xamsanavislik   an’anasining   muhim   va   o‘zgarmas   tarkibiy   qismlaridan   biri,
bu   uning   boshlanmasidir.     Nizomiy   Ganjaviy   o‘zining   dastlabki   dostoni   "Maxzan
ul-asror"ni   arabcha   iqtibos,   aniqrog‘i,   Quronning   dastlabki   oyati   "Bismillohir
rahmonir rahim" va uning o‘ziga xos talqini bilan boshlagan edi:
"Bismilloh-ir rahmon-ir-rahim",
Hast kalidi dari ganji hakim.
Fotihati fikratu xatmi suxun
Nomi xudoy ast, ba o‘ xatm kun [1. 256].
Mazmuni:   "Bismillohir   rahmonir   rahim"   oyati   hakim   xazinasi   eshigining
kalitidir.   Fikratning   boshlanishi   (ochilishi)   va   so‘zning   xotimasi(tamg‘asi)
Tangrining nomi bilandir, bas shunday ekan, shu bilan tugat.
Qisqacha   mazmuni   «Rahmon   (foniy  dunyoda   barcha   insonlarga  rahmat   nazari
bilan   boquvchi)   va   rahim   (oxiratda   faqat   mo‘minlargagina   rahm   etuvchi)   sifatlarining
egasi bo‘lgan A llo h   nomi bilan boshlayman»   bo‘lgan mazkur oyatining yaratilish tarixi,
ma’no va talqinlari, fazilat va sharofatlari, unda yashiringan qudrat haqida shar’iy, fiqhiy
va tasavvufiy manbalarda ko‘plab sharhlar mavjud. SHunday sharhlar qatoriga xamsalar
yoki uning birinchi dostonlari tarkibidagi badiiy talqinlarni ham kiritish mumkin. Mazkur
oyat   yoxud   uning   mazmuni   xamsalarda   qanday   shaklda,   qaysi   tilda   keltirilib,   qanday
talqin etilganligi xamsanavislik an’anasining bir qator jihatlariga oydinlik kiritadi. 
Xamsanavislik   an’anasi   tarixini   izchil   tadqiq   etgan   olim   akademik
B.Valixo‘jaev   xamsanavis   shoirlarning   Nizomiy   an’analariga   -   «Panj     ganj»dagi
dostonlarning   syujeti,   obrazlar   tizimiga,   ularning   janriy   yaxlitligi,   umumiyligiga
munosabatlarida   ikki   xil   yo‘nalish   mavjudligini   ta’kidlaydi   [2].   Birinchi   guruhga
mansub «Xamsa»  mualliflari  Nizomiy an’analariga buyuk hurmat bilan qaraydi  va
uni   o‘zlariga   ustoz   deb   biladi.   SHu   bilan   birga,   ular   Nizomiy   «Panj   ganj»idagi
dostonlar mazmunini, timsollar tizimini, dostonlarning joylashish tartibini, ularning
g‘oyaviy   mazmun   va   poetik   shakl   jihatdan   yaxlitligini   o‘zlari   yaratgan
«Xamsa»larda   o‘z   dunyoqarashi,   yashagan   davri   ijtimoiy-siyosiy   qarashlari   bilan
bog‘lagan holda saqlab qolishga intiladi. 
Ikkinchi guruhdagilar Nizomiy yo‘lini eskirgan deb hisoblab, uning poemalari
o‘rniga   mazmuni   va   obrazlar   dunyosi   yangi   bo‘lgan   butunlay   boshqa   dostonlarni
kiritish yoki dostonlar miqdorini oshirish yo‘lidan boradilar.  Nizomiyga   izdoshlik   va   o riginallikka   intilish,   muallif   tafakkur   dunyosining
kengligi, fantaziyasi va badiiy mahorati kabilar xamsaning dastlabki baytidayoq namoyon
bo‘ladi. «Ulug‘ shoirlar so‘z ibtidosini «Bismillo» bilan boshlab, ilohiyot olamining azal
va abadligi, cheksizligi, vahdatga shak keltirish kufr ekanligi haqida yozadilar» [4. 16].
Amir  Xusrav   Dehlaviy  Nizomiy  an’anasini  davom  ettirib,  "Matla’  ul-anvor"
dostonini quyidagicha boshlaydi:
"Bismillohir rahmonir rahim",
Xutbai quds ast ba mulki qadim.
Mazmuni:   "Mehribon   va   rahmli   Alloh   nomi   bilan   boshlayman"   oyati   qadim
mulkining muqaddas xutbasidir.
Xusrav   Dehlaviy   Nizomiyga   ergashgan   holda   birinchi   misra   ya’ni   oyati
karimani aynan saqlab qolgan, uning talqini yoki izohini ikkinchi misrada fors-tojik
tilida, ya’ni asar  yozilgan tilda bergan. Biroq Nizomiy basmalani  «hikmat eshigini
ochuvchi   kalit»   deya   ta’riflasa,   Amir   Xusrav   uni   «qadimiyat   mulkidan   yangragan
pokiza,   muqaddas   xitob»   deya   ta’riflaydi.   Nizomiy   uchun   «Qur’on»   avvalambor
hikmat ( «Val Qur’anul hakim» -   «Hikmatga to‘la Qur’onga qasam» (YOsin – 2))
bo‘lsa, Amir Xusrav Uning azaliy va muqaddas bitik ekanligini ta’kidlaydi.
XIV   asrda   yashagan   Kirmonlik   shoir   Xoju   Nizomiy   an’analariga   o‘ziga   xos
munosabatda bo‘lib, «Ravzat ul-anvor», «Gulu Navro‘z», «Gavharnoma», «Humay
va Humoyun» va «Kamolnoma» kabi dostonlardan iborat o‘z «Xamsa»sini yaratdi. 
 «Ravzat ul-anvor» dostoni (743/1342-43). 1928 yilda Tehronda olim Husayn
Mansurning   so‘z   boshisi   bilan   nashr   ettirilgan   bo‘lib,   unda   tasavvufiy   mavzu   va
g‘oyalar ustunlik qiladi. Asardagi hikoyatlarda ham shunga mos holda Ibrohim binni
Adham,   SHibliy,   Boyazid   Bistomiy,   Layli   va   Majnun,   Iskandar   va   Arastu   kabi
tarixiy va afsonaviy timsollar ishtirok etadi. SHarqda «Maxzan ul-asror»ga yozilgan
naziralar   orasida   mazkur   asar   alohida   mavqega   ega   bo‘lgan   [3.   207].   Asar
quyidagicha boshlanadi:
Zayyanat ar-ravzata fil avvali,
Bismillahis samadil mu’zali  [3. 206].
ﻦﱠﻳﺰ     (zayyana)   so‘zi   nihoyatda   bezamoq   (priukrashivat)   degan   ma’noni
ifodalaydi   (Arabsko-russkiy   slovar   (sostavitel   X.K.Baranov).   –   M.:   Gos.   izdat.
inostrann ы x   i   natsionaln ы x   slovarey,   1962.   Str.   427).   Baytning   mazmuni:   Jannat
bog‘ini avvaldan bezagan azaliy va abadiy Alloh nomi bilan bashlayman. Amir   Xusrav   va   Hoju   Kirmoniyning   javob   baytlarini   o‘zaro   qiyoslaganda
jiddiy uslubiy tafovut ko‘zga tashlanadi.
Hoju baytidagi ik k ala misra ham arab tilida, u oyatni aynan keltirmaydi, balki
uni   o‘ziga   xos   ta’riflashga   intiladi.   U   «basmalayi   sharif»ning   Qalam   tomonidan
yozilgan   ilk   bitik,   jannat   eshigini   bezab   turuvchi   yozuv   ekanligiga   ishora   etadi.
Mazkur ilk qadamdayoq Hojuning Nizomiy an’analari yo‘lidan emas, balki o‘zining
alohida   yo‘lidan   borish   istagi   namoyon   bo‘ladi.   Bu   badiiy   ijod   tamoyillari   yoxud
originallikka intilish nuqtai nazaridan ijobiy holat, albatta. Biroq xamsanavislikning
murakkab   qonuniyatlari,   an’ana   doirasida   o‘ziga   xos   asar   yaratish   talabi   nuqtai
nazaridan   kamchilik   hisoblangan.   SHu   tufayli   Hoju   Kirmoniy   o‘z   davrining   y etuk
mutafakkiri, masnaviynavis,  ko‘plab ijodkorlarning ma’naviy ustozi  hisoblansa-da,
xamsanavis sifatida  y etarli e’tirofga ega bo‘lmadi.
XV   asrda   va   undan   keyin   maydonga   kelgan   «Xamsa»   lar   va   ularning
boshlanmasiga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,   ularda   ayni   shu   ikki   xil   tendensiya   –
Xusrav   Dehlaviyning   an’ana   va   izdoshlik   hamda   Hoju   Kirmoniyning   butkul
yangicha yo‘nalish tendensiyalari namoyon bo‘ladi. 
O‘zbek   mumtoz   adabiyotida   xamsanavislikka   ilk   qadam   qo‘ygan   Mavlono
Haydar   Xorazmiy   o‘zining   "Maxzan   ul-asror"   dostonini   «Bu   asarga   nazira   bitgan
barcha shoirlar qatori… shu tarzda boshlaydi» [5. 146]:
"Bismillohir rahmonir rahim",
Fathu zafar oyatidur, ey hakim.
Mazmuni:   Ey   hakim,   "Bismillohir   rahmonir   rahim"   barcha   mushkulotlarni
ochuvchi  va zafar keltiruvchi oyatdir.
Mavlono   Haydar   ham   Xusrav   Dehlaviy   yo‘lidan   borganligi   ilk   baytdanoq
oydinlashadi.   Baytning   ikkinchi   misrasi   qofiya   jihatidan   («hakim»)   Nizomiyning
baytiga uslub jihatidan esa Xusrav Dehlaviyning misrasiga monand (Bunga misrani
fors-tojik   tiliga   tarjima   qilib   ham   ishonch   hosil   qilish   mumkin   «Oyati   fathu   zafar
ast, ey hakim»). Biroq mazmunan misra takrorlanmagan, originaldir. 
Abdurahmon   Jomiy   ham     "Tuhfat   ul-ahror"   dostonini   shu   oyat   bilan
boshlaydi:
"Bismillohir rahmonir rahim",
Hast saloyi sari xoni karim [4. 16]. Mazmuni:   "Bismillohir   rahmonir   rahim"   behad   karam   egasi   bo‘lgan
parvardigor   ne’matlari   yoxud   uyi   («xon»   so‘zi   forsiyda,   dasturxon,   uy,   saroy,
ibodatxona kabi ma’nolarni ifodalaydi) sari chorlovdir.  
Nizomiy   Ganjaviy   an’analari   yo‘lidan   borgan   keyingi   xamsanavislarning
dastlabki   baytlarida   «rahim»   so‘ziga,   asosan,   «hakim»   (Nizomiy),   «qadim»   (Amir
Xusrav)  va «karim» (Jomiy)  so‘zlari  qofiya sifatida  qo‘llanadi. Biroq misralarning
mazmuni deyarli takrorlanmaydi. CHunonchi:
Amir Hoshimi Kirmoniyning  «Mazhar ul-osor» (940 hijriy, 1533-34 melodiy
yilda yozilgan) dostoni:
Bismillohir rahmonir rahim,
Fotihaoroyi kalomi qadim [3. 207].
Mazmuni:   «Bismillahir   rahmonir   rahim»   qadimiy   kalom   (Qur’on)ni   go‘zal
tarzda ochuvchidir.  
  Jamoliddin   Muhammad   ibn   Zayniddin   Urfiy   SHeroziy   (1555-1591   yillarda
yashagan) «Majma’ ul-akbar» dostoni:
Bismillohir rahmonir rahim,
Mavji naxust ast zi bahri qadim  [3. 209].
Mazmuni:  «Bismillahir rahmonir rahim» qadimiyat yoki azal  dengizidagi ilk
mavjdir.
SHarafiddin   Hasan   SHifoiy   (1037   hijriy   -   1627-28   melodiy   yilda   vafot
etgan)ning «Didayi bedor» dostoni:
Bismillahir rahmonir rahim,
Tig‘i ilohist ba dasti hakim  [3. 210].
Mazmuni:   «Bismillahir   rahmonir   rahim»   donishmandning   qo‘lidagi   ilohiy
qilichdir   (ya’ni   shu   qilich   bilan   u   har   qanday   mushkilotni   hal   qilib,   to‘siqni   enga
oladi).
SHu   bilan   birga,   mazkur   masalada   Hoju   Kirmoniy   yo‘lidan   borganlar   ham
bor. Xususan, SHoh Abbos Safaviyga zamondosh   bo‘lgan shoir Bakir Koshiyning
nomi   ma’lum   bo‘lmagan   dostonini   misol   keltirishimiz   mumkin.   E.E.Bertelsning
ma’lumotiga   ko‘ra   mazkur   asar   «xilvat»,   «g‘urbat»,   «vahdat»,   «nubuvvat»   kabi tasavvufiy   masalalarning   badiiy   talqiniga   bag‘ishlangan.   Asar   quyidagi   bayt   bilan
boshlanadi:
Bismillahi va bihi nasta’iyn,
Tanziylu mir rabbil olamiyn  [3. 211].
Mazmuni:   «Alloh   nomi   bilan   boshlaymiz   va   undangina   madad   so‘raymiz».
Bu olamlarning Robbisi tomonidan nozil qilingan (Qur’on)dir.
Malik   Qumiy   taxallusli   yana   bir   shoir   (hijriy   1025,   melodiy   1615-16   yilda
vafot etgan) «Manba’ ul-anhor» dostonida har ikkala misrani iqtibos qilib keltiradi:
Bismillahir rahmonir rahim,
Ihdina assirotal mustaqim  [3. 210].
Mazmuni: « Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman» ,  «Bizni 
to‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan » (Fotiha -6).
Tahlil etilgan matnlar shundan guvohlik beradiki, xamsalarning ilk 
baytlaridayoq asarning maqsad mohiyati, mualliflarning Nizomiy Ganjaviy 
an’analariga munosabati, tafakkur doirasi hamda badiiy mahorati namoyon bo‘ladi.  
SHu   nuqtai   nazardan   baho   berganda,   turkiy   xamsanavislikka   asos   solgan
buyuk   shoir   va   mutafakkir   Alisher   Navoiy   dahosining   yana   bir   qirrasi   namoyon
bo‘ladi.   «Nizomiy   panjasig‘a   panja   ur gan   hamda   «xamsa   takmili»ni   «maqsud»
etgan,   Alisher   Navoiy   mazkur   an’anani   munosib   davom   ettirish   barobarida   uni
butkul   yangicha   talqin   bilan   boyitgan.   U   «Hayrat   ul-abror»   dostonida   oyatning
nafaqat   mazmuni,   balki   shakli   ("rishta")   hamda   harflari   ("necha   durri   yatim")   ga
e’tibor   qaratib,   ularni   ahli   rad   (rad   etilgan,   yoki   rad   etuvchilar)   hamda   ahli   qabul
uchun birma-bir sharhladi: 
Bismillohir rahmonir rahim,
Rishtag‘a chekti necha durri yatim.
Ha r dur anga javhari jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun  [6. 11].
«Bismillohir   rahmonir   rahim»   ipga   tizilgan   noyob   marjon   shodasidir.   U
shunday   marjonki,   har   bir   donasi   jon   javharidan   afzal,   uning   qiymati   esa   ikki
jahondan ustundir. Alisher   Navoiy   an’anaga   noan’anaviy   tarzda   javob   qaytardi.   U   Nizomiy   va
uning   izdoshlari   kabi   oyati   karimani   aynan   keltirib,   ikkinchi   misrada   unga   tavsif
berdi. Biroq boshqa xamsanavislardan farqli o‘laroq, Alisher Navoiy mazkur oyatni
bir-ikki   baytda   emas,   butun   bob   davomida   tavsifladi.   SHu   yo‘l   bilan   u   o‘zigacha
berilgan   ta’riflarni   umumlashtirishga,   badiiy   suratda   gavdalantirishga   hamda
original   tavsiflar   yaratishga   muvaffaq   bo‘ldi.   «Hayrat   ul-abror»da   «Bismillohir
rahmonir rahim» «baqo xazinasiga olib boruvchi zikr uchun tasbeh»,  «davlatu dinni
qo‘lga   kiritish   uchun   kamand»,   «jannat   ohusini   sayd   etish   uchun   band»,   «tiriklik
suvi   oqadigan   arig‘»,   «ilohiy   xazinani   qo‘riqlovchi   ajdaho»,   «vahdat   xazinasiga
eltuvchi   yo‘l »   kabi   ko‘plab   ma’no   jilolarida   gavdalanadi.   Bu   esa   Alisher
Navoiyning   o‘ziga   qadar   yaratilgan   to‘liq   va   noto‘liq   «Xamsa»larni   sinchkovlik
bilan   o‘rganib,   ularning   nafaqat   kompozitsiyasi,   syujeti   va   obrazlari,   balki   har   bir
baytini ham nazardan chetda qoldirmaganligini yana bir bora isbotlaydi. 
Alisher   Navoiy   Nizomiy   Ganjaviy   va   Xusrav   Dehlaviy   «Xamsa»lariga   bir   butun,   yaxlit
asar sifatida qaradi, o zbek tilida turli mavzularda mustaqil dostonlar emas, balki birbiriniʻ
g oyaviy-badiiy   jihatdan   ma’lum   darajada   to ldiradigan,   yaxlit   bir   asar   deb	
ʻ ʻ
hisoblanishi   va   «Xamsa»   deb   atalishi   shart   bo lgan   dostonlar   majmuasini   yaratishni   o z	
ʻ ʻ
oldiga   maqsad   qilib   qo ydi.   Bunga   qadar   Navoiy   o z   lirik   she’rlari   bilan   tanilgan   —	
ʻ ʻ
«Badoye’ul-bidoya»  va  «Navodirun-nihoya» devonlarining  muallifi  sifatida mashhur edi.
Navoiy   42   yoshida   «Xamsa»ning   birinchi   dostoni   —   «Hayratul-abror»ni   yozishga
kirishdi va shu yiliyoq uni tugallab, «Farhod va Shirin»  dostonini  boshladi. 1484 yilning
boshlarida   «Farhod   va   Shirin»,   shu   yilning   fevral'-mart   oylarida   «Layli   va   Majnun»,
bahor   va   yoz   oylarida   «Sab’ai   sayyor»,   1485   yilning   o rtalarida   «Saddi   Iskandariy»	
ʻ
dostonlari   qo ldan   chiqdi.   Ya’ni   «Xamsa»   dostonlari   ustida   Navoiy   hammasi   bo lib   ikki	
ʻ ʻ
yil   mashaqqat   chekdi.
Navoiy   «Xamsa»sining   yaratilishi   o zbek   adabiyoti   va   madaniyati   tarihidagi   eng   katta	
ʻ
voqealardan   biri   bo ldi.   Navoiyga   qadar   hech   kim   o zbek   tilida   bunday   ulkan   asar	
ʻ ʻ
yozishga   jur’at   eta   olmagan   edi.   Navoiy   «Xamsa»sining   muhim   bir   xususiyati   shundaki,
undagi   dostonlarni   mustaqil   asarlar   sifatida   o qish,   qabul   qilish   ham   mumkin,   bir	
ʻ
butunlikda tushunish ham. Bu dostonlarning o zaro bir-biriga yaqinligi, yaxlitligi, birbirini	
ʻ
to ldirishi   ularning   eng   ilg or   gumanistik   xalqparvarlik   konsepsiyasi   asosida	
ʻ ʻ
yaratilgani,   bu   konsepsiyaning   dostondan   dostonga   chuqurlashib   borishidadir.   Masalan,
Navoiy   dostonlarida   yuzlab   qahramonlarning   taqdiriga   duch   kelamiz.   Ular   rang-barang
syujetlar   asosida   yoritilgan.   Bir   syujet   ikkinchi   syujetga,   bir   qahramon   taqdiri
ikkinchisinikiga   o xshamaydi.   Lekin   ularning   hammasida   «Xamsa»ning   boshidan	
ʻ
oxirigacha insonni uluglash, uning dardlariga achinish, xalq baxt-saodati uchun kurashish
g oyasi   yetakchilik   qiladi.	
ʻ
«Xamsa»ning   birinchi   dostoni   «Hayratul-abror»   falsafiy-didaktik   xarakterga   ega   bo lib,	
ʻ
bu janr Navoiyga qadar to rt-besh yuz yillik, balki undan ham ortiq tarixga ega edi. Lekin	
ʻ
Navoiy   Nizomiy,   Xusrav   Dehlaviy   izidan   borib,   o z   asarida   shunday   muhim	
ʻ
ijtimoiysiyosiy,   falsafiy-axloqiy   masalalarni   qo ydiki,   bu   janrga   yangidan   jon   kiritdi.	
ʻ Taniqli  sharqshunos  Ye.  E.  Bertel's  «Hayratul-a6ror»ning  shu  xil  jihatlarini  ko zda  tutib,ʻ
«Nizomiy»   deb   atalgan   monografiyasida   quyidagilarni   yozgan   edi:   «Garchi   Navoiy
poemasi   «Mahzanul-asror»ga   javob   tarzida   yozilgan   dostonlarning   ko pchiligi   singari	
ʻ
so fiyona   rangga   ega   va   undagi   tamsillarning   syujetlari   esa   so fiy   avliyolar   haqidagi	
ʻ ʻ
manoqiblardan   olingan   bo lsa   ham,   lekin   bu,   deyish   mumkin,   Nizomiy	
ʻ
«Mahzanulasror»iga   javob   sifatida   yozilib,   Nizomiy   dostoni   uchun   xarakterli   bo lgan	
ʻ
siyosiy   o tkirlikni   saqlab   qola   olgan   yagona   asardir».	
ʻ
Navoiy   «Hayratul-abror»da   shoh   va   uning   amaldorlarini,   riyokor   shayxlarni,   ochko z	
ʻ
feodallarni,   poraxo r   mansabdorlarni   ayamay   tanqid   qilar   ekan,   ularning   satirik	
ʻ
obrazlarini   chizib,   she’riyatni,   dostonchilikni   real   turmush   ehtiyojlariga   yaqinlashtirdi.
Shu   bilan   birga   adolatni,   insonparvarlikni,   mehnatsevarlikni,   saxovatni,   ishq   va
muhabbatni,   halollikni,   rostgo ylikni,   ma’rifatparvarlik   na   shunga   o xshash   boshqa	
ʻ ʻ
insoniy   fazilatlarni   ulug lovchi   satrlari   bilan   esa   ijtimoiy-siyosiy   va   falsafiy   tafakkur	
ʻ
darajasiii,   she’riyatning   jangovarligini   yanada   yuqori   ko tardi.	
ʻ
«Hayratul-abror»   muqaddima   qismiga   oid   bir   necha   boblardan   tashqari   20   maqolat,   har
bir   maqolatga   oid   20   she’riy   hikoyadan   tashkil   topgan   bo lib,   maqolatlarning   har   birida	
ʻ
Navoiy   o z   davri   uchun   zarur   bo lgan   biror   ijtimoiy-siyosiy   yoki   ahloqiy   problemani	
ʻ ʻ
qo yadi, uni o z davridagi hayotdan, ijtimoiy tabaqalarning ahvolidan kelib chiqib chuqur	
ʻ ʻ
va   atroflicha   tahlil   qiladi   va   unga   o z   gumanistik   munosabatini   bildiradi.   Masalan,	
ʻ
saxiylik   haqida   gap   borganda   (beshinchi   maqolat)   shoir   saxiylikni   va   saxiy   kishilarni
madh   etadi,   ularni   hech   qachon   xasislikka   yuz   o girmaslikka   chaqiradi..	
ʻ
Navoiy   hukmron   sinf   kishilarining   hushomadgo yligini,   ikki-yuzlamachiligini,   o z	
ʻ ʻ
manfaati   yo lida   har   qanday   pastkashlikdan   qaytmasligini   obrazli   qilib   ifodalagan:	
ʻ
Yuksak   xulq-axloq   uchun   kurashgan   shoir   bu   masalalarni   xalqchillik   nuqtai   nazaridan
yoritadi,   mehnatkash   xalq   qarashlarini   ifodalaydi,   xalq   va   mamlakat   uchun   jon   fido
qilgan   kishilarni   o z   ideali   deb   biladi,   ularni   xonalarni   yoritgan   shamga,   olamni   nurga	
ʻ
to ldirgan   quyoshga  o xshatadi.   Kishilardagi   badbinlik,   yalqovlik,   jaholat,  maishatbozlik,	
ʻ ʻ
mayparastlik,   nosamimiylik,   chaqimchilik   kabi   illatlarni   fosh   etishga   ham   dostonning
yuzlab   satrlari   bag ishlangan.   Bu   masalalar   talqinida   Navoiy   tili   yorqin,   ifodali   bo lib,	
ʻ ʻ
xalq   jonli   tiliga   g oyat   yaqin.   Masalan,   u   yoshlarga   murojaat   etib:	
ʻ
Boshni   fido   ayla   ato   qoshig a,	
ʻ
Jismni   qil   sadqa   ano   boshig a...
ʻ
Tun-kunungga   aylagali   nur   fosh,
Birini   oy   angla,   birisin   quyosh,   —
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari-turkiy tilda yaratilgan, xamsachilik an`anasining
go‘zal   namunasi,   muallif   ijodining   cho‘qqisi   sanaladi.   Alisher   Navoiy   turkiy   tilda
xamsa   yaratishnigina   emas,   balki     bu   adabiy   jarayonni   har   tomonlama   kamolot
cho‘qqisiga olib chiqishni maqsad qildi. 
Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy «Xamsa»lariga bir butun,
yaxlit
asar sifatida qaradi, o zbek tilida turli mavzularda mustaqil dostonlar emas, balki 	
ʻ birbirini g oyaviy-badiiy jihatdan ma’lum darajada to ldiradigan, yaxlit bir asar debʻ ʻ
hisoblanishi va «Xamsa» deb atalishi shart bo lgan dostonlar majmuasini yaratishni o z	
ʻ ʻ
oldiga maqsad qilib qo ydi. Bunga qadar Navoiy o z lirik she’rlari bilan tanilgan —	
ʻ ʻ
«Badoye’ul-bidoya» va «Navodirun-nihoya» devonlarining muallifi sifatida mashhur 
edi.
Navoiy 42 yoshida «Xamsa»ning birinchi dostoni — «Hayratul-abror»ni yozishga
kirishdi va shu yiliyoq uni tugallab, «Farhod va Shirin» dostonini boshladi. 1484 yilning
boshlarida «Farhod va Shirin», shu yilning fevral'-mart oylarida «Layli va Majnun»,
bahor va yoz oylarida «Sab’ai sayyor», 1485 yilning o rtalarida «Saddi Iskandariy»	
ʻ
dostonlari qo ldan chiqdi. Ya’ni «Xamsa» dostonlari ustida Navoiy hammasi bo lib ikki	
ʻ ʻ
yil mashaqqat chekdi.
   Navoiy «Xamsa»sining yaratilishi o zbek adabiyoti va madaniyati tarihidagi eng katta	
ʻ
voqealardan biri bo ldi. Navoiyga qadar hech kim o zbek tilida bunday ulkan asar	
ʻ ʻ
yozishga jur’at eta olmagan edi. Navoiy «Xamsa»sining muhim bir xususiyati shundaki,
undagi dostonlarni mustaqil asarlar sifatida o qish, qabul qilish ham mumkin, bir	
ʻ
butunlikda tushunish ham. Bu dostonlarning o zaro bir-biriga yaqinligi, yaxlitligi, 
ʻ
birbirini to ldirishi ularning eng ilg or gumanistik xalqparvarlik konsepsiyasi asosida	
ʻ ʻ
yaratilgani, bu konsepsiyaning dostondan dostonga chuqurlashib borishidadir. Masalan,
Navoiy dostonlarida yuzlab qahramonlarning taqdiriga duch kelamiz. Ular rang-barang
syujetlar asosida yoritilgan. Bir syujet ikkinchi syujetga, bir qahramon taqdiri
ikkinchisinikiga o xshamaydi. Lekin ularning hammasida «Xamsa»ning boshidan	
ʻ
oxirigacha insonni uluglash, uning dardlariga achinish, xalq baxt-saodati uchun 
kurashish   g oyasi yetakchilik qiladi.	
ʻ
 «Xamsa»ning birinchi dostoni «Hayratul-abror» falsafiy-didaktik xarakterga ega bo lib,	
ʻ
bu janr Navoiyga qadar to rt-besh yuz yillik, balki undan ham ortiq tarixga ega edi. 	
ʻ
Lekin ` Navoiy Nizomiy, Xusrav Dehlaviy izidan borib, o z asarida shunday muhim 	
ʻ
ijtimoiysiyosiy, falsafiy-axloqiy masalalarni qo ydiki, bu janrga yangidan jon kiritdi. 	
ʻ
Chunonchi,   u o z davridagi feodal zulmni, talonchilikni, jaholatni fosh etib, bunday	
ʻ
yaramasliklarning boshida turgan shohga qarata quyidagi satrlarni bitgan edi:
Eyki, qaviy ayladi davlat qo lung,	
ʻ
Zulm sori tushti va lekin yo lung.
ʻ
Zulmung emas erdi xaloyiqqa kam,
Kim qiladursen oni o zungga ham.	
ʻ
Zulm o zunga fisqdur, ey hushyor,	
ʻ
Gum qil oni, bo lsa senga hush yor.	
ʻ
Chunki farah bazmiga azm aylading,
Ayshu tarab azmig a bazm aylading.	
ʻ
Qasrki, bazm anda muhayyo bo lub,	
ʻ
Ziynati firdavsi muallo bo lub.	
ʻ
Pardalari rishtasi el jonidin,
La’liyu shingarfi ulus qonidin.
Shamsasi el moli bila zarnigor, El duru la’li bila gavharnigor.
Xishtini masjid buzubon kelturub,
Toshini el marqadidin yetkurub.
Anda tuzub masnadi shohanshahi,
Ayshu tarab jomi uchun mushtahi.
Taniqli sharqshunos Ye. E. Bertel's «Hayratul-a6ror»ning shu xil jihatlarini ko zda ʻ
tutib,
«Nizomiy» deb atalgan monografiyasida quyidagilarni yozgan edi: «Garchi Navoiy
poemasi «Mahzanul-asror»ga javob tarzida yozilgan dostonlarning ko pchiligi singari	
ʻ
so fiyona rangga ega va undagi tamsillarning syujetlari esa so fiy avliyolar haqidagi	
ʻ ʻ
manoqiblardan olingan bo lsa ham, lekin bu, deyish mumkin, Nizomiy 	
ʻ
«Mahzanulasror»iga javob sifatida yozilib, Nizomiy dostoni uchun xarakterli bo lgan 	
ʻ
siyosiy
o tkirlikni saqlab qola olgan yagona asardir».	
ʻ
Navoiy «Hayratul-abror»da shoh va uning amaldorlarini, riyokor shayxlarni, ochko z	
ʻ
feodallarni, poraxo r mansabdorlarni ayamay tanqid qilar ekan, ularning satirik	
ʻ
obrazlarini chizib, she’riyatni, dostonchilikni real turmush ehtiyojlariga yaqinlashtirdi.
Shu bilan birga adolatni, insonparvarlikni, mehnatsevarlikni, saxovatni, ishq va
muhabbatni, halollikni, rostgo ylikni, ma’rifatparvarlik na shunga o xshash boshqa	
ʻ ʻ
insoniy fazilatlarni ulug lovchi satrlari bilan esa ijtimoiy-siyosiy va falsafiy tafakkur	
ʻ
darajasiii, she’riyatning jangovarligini yanada yuqori ko tardi.	
ʻ
«Hayratul-abror» muqaddima qismiga oid bir necha boblardan tashqari 20 maqolat, har
bir maqolatga oid 20 she’riy hikoyadan tashkil topgan bo lib, maqolatlarning har birida
ʻ
Navoiy o z davri uchun zarur bo lgan biror ijtimoiy-siyosiy yoki axloqiy problemani	
ʻ ʻ
qo yadi, uni o z davridagi hayotdan, ijtimoiy tabaqalarning ahvolidan kelib chiqib 	
ʻ ʻ
chuqur
va atroflicha tahlil qiladi va unga o z gumanistik munosabatini bildiradi. Masalan,	
ʻ
saxiylik haqida gap borganda (beshinchi maqolat) shoir saxiylikni va saxiy kishilarni
madh etadi, ularni hech qachon xasislikka yuz o girmaslikka chaqiradi. Shu bilan birga	
ʻ
nom chiqarish uchun boylikni sochib yuborish qattiq qoralanadi:
Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun,
Naqd etak birla mubohot uchun,
Aql hisobidin erur bas yiroq.
Buxl bu judungdin erur yaxshiroq.
Navoiy hukmron sinf kishilarining hushomadgo yligini, ikki-yuzlamachiligini, o z
ʻ ʻ
manfaati yo lida har qanday pastkashlikdan qaytmasligini obrazli qilib ifodalagan:	
ʻ
Yoyar anga supraki, ul och emas,
Berur anga to nki, yalang och emas.
ʻ ʻ
Ot anga tortarki, yuz ilqisi bor,
Sim anga berurki, yuz ilg isi bor.	
ʻ
Yuksak xulq-axloq uchun kurashgan shoir bu masalalarni xalqchillik nuqtai nazaridan
yoritadi, mehnatkash xalq qarashlarini ifodalaydi, xalq va mamlakat uchun jon fido qilgan kishilarni o z ideali deb biladi, ularni xonalarni yoritgan shamga, olamni nurgaʻ
to ldirgan quyoshga o xshatadi. Kishilardagi badbinlik, yalqovlik, jaholat, 	
ʻ ʻ
maishatbozlik,
mayparastlik, nosamimiylik, chaqimchilik kabi illatlarni fosh etishga ham dostonning
yuzlab satrlari bag ishlangan. Bu masalalar talqinida Navoiy tili yorqin, ifodali bo lib,	
ʻ ʻ
xalq jonli tiliga g oyat yaqin. Masalan, u yoshlarga murojaat etib:
ʻ
Boshni fido ayla ato qoshig a,	
ʻ
Jismni qil sadqa ano boshig a...
ʻ
Tun-kunungga aylagali nur fosh,
Birini oy angla, birisin quyosh, —
deb yozar ekan, bu haqiqiy xalq tili, sof adabiy tilimizning iamunasidir.
deb yozar ekan, bu haqiqiy xalq tili, sof adabiy tilimizning iamunasidir. Navoiy 
«Xamsa»   dostonlarini o z ona tilida yozish bilan o zbek adabiy tilini to la 
ʻ ʻ ʻ
shakllantirdi, eng   rivojlangan tillar darajasiga olib chiqdi, uning boyligi va rang-
barangligini namoyish   qildi.
    «Hayratul-abror» programma xarakterdagi asar bo lib, undagi g oyalar keyingi	
ʻ ʻ
dostonlarda noyob syujetlar, xilma-xil qahramonlarning yorqin obrazlari, ajoyib
hikoyalar va original badiiy san’atlar orqali yanada rivojlantirildi hamda
chuqurlashtirildi. «Xamsa» Navoiy ijodining cho qqisi bo lib, keyingi o zbek va 	
ʻ ʻ ʻ
boshqa   turkiy xalqlar adabiyotlari taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko rsatdi. XV asrdan 	
ʻ
keying i` ozarbayjon, turkman, tatar, uyg ur, turk, qoraqalpoq va boshqa xalqlar 	
ʻ
she’riyatini   Navoiy va uning «Xamsa»si ta’sirisiz tasavvur etish qiyin. Shu bilan 
birga «Xamsa»   dostonlari va ulardan namunalar rus, ukrain, ozarbayjon, uyg ur, 	
ʻ
tojik, belorus, venger,nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan. O zbekistonda 	
ʻ
so nggi yillarda «Xamsa»	
ʻ   dostonlarini nasriylashtirib, originalga nisbatan 
soddalashtirilib nashr etishga ham   ahamiyat berilmoqda. Bunday ishlar o tmishda 	
ʻ
Umar Boqiy, Mahzun kabi adiblar   tomonidan ham kilingan.
Bizning davrimizda Navoiy «Xamsa»sini o rganish bo yicha ham talay ishlar 	
ʻ ʻ
qilingan.   Bunga Olim Sharafiddinov, Oybsk, Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjon, 
Ye. E. Bertel's, V.Zohidov, L. Qayumov, P. Shamsiyev, G . Karimov, S. 	
ʻ
Mutallibov, A. Rustamov, S.Erkinov, N. Mallayev, A. Abdug afurov, S. 	
ʻ
Narzullayeva, B. Valixo jayev, T. Ahmedov	
ʻ   kabi navoiyshunos olimlarimiz va 
adiblarimiz o z ulushlarini qo shdilar. Biroq	
ʻ ʻ   «Xamsa»ni o rg anish, tadqiq etish 	ʻ ʻ
ishlariga so nggi nuqtani qo yish mumkin emas.	
ʻ ʻ
Chunki bu xil asarlar haqida har bir yangi avlod so zini aytadi va o z bahosini 	
ʻ ʻ
beradi.
Demak, Navoiy «Xamsa»si bo yicha ilmiy tekshirish, izlanish olib borish, faollik 	
ʻ
bilan
muhokama-mulohaza yuritish, musohaba va munozaralar uyushtirish bundan 
buyon ham   hamisha davom etadi. Navoiy o z «Xamsa»si bilan o zbek adabiyotini,	
ʻ ʻ
jahon adabiyoti   yuksakligiga ko tardi va o zi ham ulug  dostonnavislardan Gomer,	
ʻ ʻ ʻ Dante, Firdavsiy,   Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy qatoridan o rin oldi.ʻ
Bismillohir-rahmonir rahim,
Rishtag a chekti necha durri yatim.	
ʻ
Har dur anga javhari jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun.
Rishtasi xud iqdi jahon rishtasi,
Dema jahon rishtasi, jon rishtasi.
Ganji baqo zikriga ulkim yetib,
Bu dur ila rishtani tasbih etib.
Rishta emas, turfa kamandedur ul,
Davlatu din saydig a bandedur ul.	
ʻ
Qaysi kamand, o lmadi hargiz kamand,	
ʻ
Ravzai firdavs g azolig a band
ʻ ʻ
Bol arig edurki oqar jon suyi,	
ʻ
Yo q, demakim jon suyi, hayvon suyi.	
ʻ
Ul suv yaqosida alifdin shajar,
Shamrasidin ul shajar uzra samar.
Yo qki, o shul rishtai gavhar baho,
ʻ ʻ
Ganji Ilohiyg a erur ajdaho.	
ʻ
Yoki bular barchasi ta’vil erur,
Arshi muallo aro qandil erur.
Balki bu qandil aro aylab ayon,
Bog i ahad foxtasi oshyon.	
ʻ
Yo qki, erur mahzani vahdatqa yo l,
ʻ ʻ
Yo lu ne yo l, asru yaqin yo ldur ul.
ʻ ʻ ʻ
Lekin erur ham qatig u ham mahuf,	
ʻ
O ylaki ojizdurur ondin vuquf.	
ʻ
Qilg uchi bu bodiya qat’ig a mayl,	
ʻ ʻ
Ahli qabulu rad erur ikki xayl.
Azmig a chun qo ydi qadam ahli rad,	
ʻ ʻ
Rahbari tavfiqdin o lmay madad.	
ʻ
«Bo»si ibodin urar avval salo,
«Yo»ki degay lo ne bo lur juz balo.	
ʻ
«Sin»i nahang arqosining arrasi,
Yuz kemaning ofati har parrasi.
«Sin» bila «mim»i yo lida ko p humum,
ʻ ʻ
Yo li humum aningu yeli samum.	
ʻ
«Mim»i yiloni damidin o t sochib,	
ʻ
Yo l boshida yotibon og zin ochib,	
ʻ ʻ
Uch «alif», uch «lom»i solib rustaxez,
Olti jihatdin chekibon tig i tez.	
ʻ
«He»lar uchi qatl ishida tez o lub.	
ʻ Rumh uchidek har bin xunrez o lub.ʻ
«Re»larikim zohir etib iqtiron,
Fosh o lub ondin zarari begaron.	
ʻ
«He»si xalok etgali qullobvash,
Mahlaka qalbi aro qullobkash.
«Nun» chekib el sahmi uchun yosini,
Balki baqo zar’i uchun dosini
«Yo»si muxolif son harfi nido,
Ya’ni, et ollimda hayoting fido.
Nuqtalari ul yo l aro toshlar,	
ʻ
Toshlar o lmayki, kesuk boshlar.	
ʻ
«Mim»lar anda girih uzra girih,
Jazmlar anda zirih uzra zirih.
Har son «tashdid» taaddud bila,
Zohir o lub elga tashaddud bila.	
ʻ
Har negakim noziri maqsud o lub,	
ʻ
Ahli nazar ko ziga mardud o lub.	
ʻ ʻ
Lek qachon qat’ig a ahli qabul,	
ʻ
Azm qilib aylasa ul yon nuzul,
«Bo»si burun «bo»i bashorat durur
Shamrasi kirmakka ishorat durur.
«Sin»i salomat yo lining zinas
ʻ
«Sin»i salomat yo lining zinasi,
ʻ
Balki saodat yuzi oinasi.
«Mim»i ochib manzili maqsadg a yo l,	
ʻ ʻ
Balki bu manzil aro sarchashma ul.
Har «alif»ikim yeridur jon aro,
Sham’ o lub ul toza shabiston aro.	
ʻ
«Lom»lari borcha livoyi zafar,
Berib anga jilva havoyi zafar.
«Ho»si xuviyatni qilib jilvagah,
«Lom»i bila qoyili «Al-mulku lah».
Ravzai jannatg a eshik «ro»lari,	
ʻ
G unchai vahdatg a beshik «xo» lari.	
ʻ ʻ
«Mim»ki «nun»din qilibon intiho,
Jong a qo yub minnati bemuntaho.	
ʻ ʻ
«Yo» bila «mim»i qilib izhori yam
Aylagali g arqai bahri karam.	
ʻ
Nuqtau tashdid anga chaqmoqu tosh,
Qilmoq uchun partav «alif» sham’i fosh.
Jazmi solib tavq ko ngul bo ynig a,	
ʻ ʻ ʻ
Nuqta baqo durrini jon qo ynig a.	
ʻ ʻ Ham harakotidin ionat yetib,
Etgali maqsudqa taxrik etib.
Ham sakanoti qilib ifsho sukun,
Anda tavaqqufqa bo lub rahnamun.ʻ
Soyiri chun po yag a gomin ochib,	
ʻ ʻ
Gardidin atrofig a jonlar sochib.
ʻ
Bosh-ayog i boshtin-ayoq jon bo lub,	
ʻ ʻ
Boshdin-ayog  jon neki, jonon bo lub.	
ʻ ʻ
Azmida ul qavmg a dog  uzra dog ,	
ʻ ʻ ʻ
Qat’ida bu xaylg a bog  uzra bog .
ʻ ʻ ʻ
Hikmati ul qahr aro, bu lutf aro,
Ushbuki to lg ay ikki mehmonsaro.	
ʻ ʻ
To agar o t solsa jaloliyati,
ʻ
Lutf ila urg ay suv jamoliyati.
ʻ
Istabon, ey xasta Navoiy, navo,
Bo yla safarg a qilur ersang havo.	
ʻ ʻ
Yo l yomonu yaxshisidin yema g am,
ʻ ʻ
Bismilloh, degilu qo yg il qadam.	
ʻ ʻ
«Xayru sanoin limufizil-karam»,
Kim karamidin erur el muhtaram.
II
Ul xoliq hamdikim, mahluqot tasvirig a aning qalami sun’i chehrakushodurur va 	
ʻ
masnuot
tahririg a aning xomai hikmati jamolafzo va har ko ngul g unchasig a bir husn guli sori	
ʻ ʻ ʻ ʻ
aning silsilai shavqidin vobastaliq va har ko z axtarig a bir qosh hiloli sori aning rishtai	
ʻ ʻ
muhabbatidin payvastaliq
Hamd angakim vojibi bizzot erur,
Homid aning zotig a zarrot erur.	
ʻ
Vahdati zotig a quyoshdek tonuq,	
ʻ
Zarradin afzunu quyoshdin yoruq.
Jism sipeh
 Navoiy «Xamsa»
dostonlarini o z ona tilida yozish bilan o zbek adabiy tilini to la shakllantirdi, eng
ʻ ʻ ʻ
rivojlangan tillar darajasiga olib chiqdi, uning boyligi va rang-barangligini namoyish
qildi.
«Hayratul-abror» programma xarakterdagi asar bo lib, undagi g oyalar keyingi	
ʻ ʻ
dostonlarda noyob syujetlar, xilma-xil qahramonlarning yorqin obrazlari, ajoyib
hikoyalar va original badiiy san’atlar orqali yanada rivojlantirildi hamda
chuqurlashtirildi. «Xamsa» Navoiy ijodining cho qqisi bo lib, keyingi o zbek va boshqa
ʻ ʻ ʻ
turkiy xalqlar adabiyotlari taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko rsatdi. XV asrdan keyingi	
ʻ
ozarbayjon, turkman, tatar, uyg ur, turk, qoraqalpoq va boshqa xalqlar she’riyatini	
ʻ
Navoiy va uning «Xamsa»si ta’sirisiz tasavvur etish qiyin. Shu bilan birga «Xamsa» dostonlari va ulardan namunalar rus, ukrain, ozarbayjon, uyg ur, tojik, belorus, venger,ʻ
nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan. O zbekistonda so nggi yillarda «Xamsa»	
ʻ ʻ
dostonlarini nasriylashtirib, originalga nisbatan soddalashtirilib nashr etishga ham
ahamiyat berilmoqda. Bunday ishlar o tmishda Umar Boqiy, Mahzun kabi adiblar	
ʻ
tomonidan ham kilingan.
Bizning davrimizda Navoiy «Xamsa»sini o rganish bo yicha ham talay ishlar qilingan.	
ʻ ʻ
Bunga Olim Sharafiddinov, Oybsk, Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjon, Ye. E. Bertel's, 
V.
Zohidov, L. Qayumov, P. Shamsiyev, G . Karimov, S. Mutallibov, A. Rustamov, S.	
ʻ
Erkinov, N. Mallayev, A. Abdug afurov, S. Narzullayeva, B. Valixo jayev, T. Ahmedov	
ʻ ʻ
kabi navoiyshunos olimlarimiz va adiblarimiz o z ulushlarini qo shdilar. Biroq	
ʻ ʻ
«Xamsa»ni o rg anish, tadqiq etish ishlariga so nggi nuqtani qo yish mumkin emas.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Chunki bu xil asarlar haqida har bir yangi avlod so zini aytadi va o z bahosini beradi.	
ʻ ʻ
Demak, Navoiy «Xamsa»si bo yicha ilmiy tekshirish, izlanish olib borish, faollik bilan	
ʻ
muhokama-mulohaza yuritish, musohaba va munozaralar uyushtirish bundan buyon 
ham
hamisha davom etadi. Navoiy o z «Xamsa»si bilan o zbek adabiyotini, jahon adabiyoti
ʻ ʻ
yuksakligiga ko tardi va o zi ham ulug  dostonnavislardan Gomer, Dante, Firdavsiy,	
ʻ ʻ ʻ
Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy qatoridan o rin oldi.	
ʻ
Ma`lumki, buyuk mutafakkir “Xamsa”ni  1483-yilda yoza boshlab, uni uch
yil deganda tamomlagan. Birinchi kitob “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning 
hayratlanishi”) dostoni hijriy 888-yil, milodiy 1483-yilda yozilgan. Doston 
birinchi kitob “Hayrat ul-abror” qachon yozib bitirilgani to‘g`risida shoir bunday 
xabar beradi:
Hayroti abror ko‘rib zotini, o‘
“Hayrat ul-abror” dedim otini.
Nuqtai tarixiki, ahson edi,
Sakkizu sakkiz yuzu sekson edi.
“Hayrat ul-abror”dostoni aruzning sari` bahrida yozilgan. Dostonning 
umumiy hajmi 3988 bayt, 63 bobdan iborat bo‘lib,1-21-boblar muqaddima, 
22-61-boblar maqolat va maqolat mazmunini tasdiqlaydigan hikoyatlar, 62-
63- boblar xotimani o‘z ichiga oladi. Dostonni o‘zbek tilidagi ezgulik va 
insoniy barkamollik saboqlari to‘plami deb atasa bo‘ladi. Dostonning 
muqadima qismi hajman kattaligi, nafaqat “Hayrat ul-abror” dostoniga, balki
butun “Xamsa” asariga kirish vazifasini bajaradi. “Hayrat ul-abror” 
dostonining 1-“basmala” bobi Alisher Navoiy tomonidan nom berilmagan, 
balki adabiyotshunoslar tomonidan shartli ravishda nomlangan. Ushbu bob  “Qur`on”dagi birinchi “Fotiha” surasining boshlang`ich jumlasi “Bismillahir
rohmanir rohiym” oyatining ta`rifi, tavsifi va talqiniga bag`ishlangan. Ushbu
jumla “Rohman va Rohiym bo‘lgan Allohning nomi bilan boshlayman” deya
tarjima qilinadi. Ulamolarimiz Allohning Ar-Rohman va Ar-Rohiym 
sifatlarini tushuntirib berishgan. Ya`ni  Alloh Ar-Rohman sifati bilan bu 
dunyodagi jamiki mavjudotlarga, dini yoki e`tiqodidan qat`iy nazar barcha 
kishilarga mehribon, rahmli ekanligi tushunilsa, Ar-Rohiym sifati bilan esa 
qiyomat kuni Alloh Taolo islom dinini qabul qilgan barcha mo‘min-
musulmonlarga rahm qiladi, ularning gunohlaridan kechadi, jazolashga 
shoshilmaydi. Lekin islom diniga e`tiqod qilmaydiganlarni avf qilmaydi. 
Demak Ar-Rohman sifati bu dunyoda o‘zini ko‘rsatsa, Ar-Rohiym sifati u 
dunyoda o‘z tasdig`ini topadi. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vassallam 
bir hadisi sharifida “Qaysi ish “Bismillahir rohmanir rohiym” bilan 
boshlanmas ekan, u ishda baraka bo‘lmaydi “ deganlar. Boshqa bir 
hadislarida esa “Bismillahir rohmanir rohiym” bilan boshlanmagan ishning 
oxiri kesikdir” deganlar. Alisher Navoiy ham ushbu hadislarga amal qilgan 
holda “Xamsa” ni “Bismillahir rohmanir rohiym” oyati bilan boshlagan. 
Alisher Navoiy ushbu bobni sharhlashda Abullays Samarqandiyning 
“Bahrul-ulum” asariga tayangan. “Xamsa”ni “Bismillahir rohmanir rohiym” 
oyati bilan boshlash Nizomiydan boshlab qat`iy an`anaga aylangan. Alisher 
Navoiy salaflaridan farqli ravishda ushbu bobni bir- ikki bayt bilan emas, 
balki ellik bir bayt bilan alohida bobda izohlagan. Ushbu bobni nafaqat 
ma`no- mazmun jihatiga, balki shakl jihatiga(har bir harf misolida) e`tibor 
qaratgan. 
Bismillohir-rahmonir rahim,
Rishtag`a chekti necha durri yatim.
Har dur anga javhari jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun.
Ya`ni, Alloh bir rishtaga bir necha durlarni, marvaridlarni terdi. Bu 
rishtadagi har bir dur jonning javharidan afzal, qimmatiga ko‘ra esa bu dunyo-yu, 
u dunyo narxidan ham qimmatdir. Ushbu durlarni saf qilgan rishta oddiy 
rishtamas, go‘yo butun yer yuzini, koinotni tutib turgan rishtadir. Keyingi 
misralarda ganji baqo, boqiylik xazinasi, ya`ni Allohga yetishishni maqsad qilgan
kishi ushbu ushbu oyatni o‘ziga tasbeh qilib olishi zarur. Bu rishta oddiy rishta 
emas, kamand, ya`ni arqondir. Qanday arqon? Davlatni ham, dinni ham  ovlaydigan arqondir. Ya`ni ushbu oyatni zikr qilish bilan davlat ham, din ham 
qo‘lga kiradi. Sen buni oddiy kamand dema. U jannat ravzasidagi kiyikni 
tutadigan arqondir. Demak, sen “bismillah”ni o‘zingga dasturilamal qilsang, 
nafaqat bu dunyodagi davlat va dinga ega bo‘lasan, balki jannatni ham qo‘lga 
kiritasan, deya aytadi. “Bismillahir rohmanir rohiym”- jon suvi, hayvon suvi, 
tiriklik suvi oqadigan ariq.  Ushbu ariq yoqasida alifdan daraxt bor, daraxtda  esa 
mevalar ungan. Ya`ni baytdan anglashiladiki, ushbu oyatda alif daraxtidek 
to‘g`rilik bor. Mevalar esa bizga bu dunyo-yu, u dunyoda keltiradigan foydadir.
Ilk bobni talqin qilishda S.Tohirovning “Xamsanavislik an`anasining ilk 
qoidasi xususida” nomli maqolasidagi ilk bayt tahliliga e`tabor qaratamiz.
  Бисмиллоҳир   раҳмонир   раҳим ,
  Риштаға   чекти   неча   дурри   ятим ,
  Ҳар дур анга жавҳари жондин фузун,
 Қиймат аро икки жаҳондин фузун  [6. 11].
«Бисмиллоҳир раҳмонир раҳим» ипга тизилган ноёб маржон шодасидир.
У шундай маржонки, ҳар бир донаси жон жавҳаридан афзал, унинг қиймати 
эса икки жаҳондан устундир.
Алишер Навоий анъанага ноанъанавий тарзда жавоб қайтарди. У 
Низомий ва унинг издошлари каби ояти каримани айнан келтириб, иккинчи 
мисрада унга тавсиф берди. Бироқ бошқа хамсанавислардан фарқли ўлароқ, 
Алишер Навоий мазкур оятни бир-икки байтда эмас, бутун боб давомида 
тавсифлади. Шу йўл билан у ўзигача берилган таърифларни умумлаштиришга,
бадиий суратда гавдалантиришга ҳамда оригинал тавсифлар яратишга 
муваффақ бўлди. «Ҳайрат ул-аброр»да «Бисмиллоҳир раҳмонир раҳим» «бақо 
хазинасига олиб борувчи зикр учун тасбеҳ»,  «давлату динни қўлга киритиш 
учун каманд», «жаннат оҳусини сайд этиш учун банд», «тириклик суви 
оқадиган ариғ», «илоҳий хазинани қўриқловчи аждаҳо», «ваҳдат хазинасига 
элтувчи йўл» каби кўплаб маъно жилоларида гавдаланади. Бу эса Алишер 
Навоийнинг ўзига қадар яратилган тўлиқ ва нотўлиқ «Хамса»ларни 
синчковлик билан ўрганиб, уларнинг нафақат композицияси, сюжети ва 
образлари, балки ҳар бир байтини ҳам назардан четда қолдирмаганлигини яна 
бир бора исботлайди. 
Yo‘qki o‘shul rishtai gavhar baho, Ganji ilohiyg`a erur ajdaho.
“Bismillahir rohmanir rohiym”- gavhar baholi rishta ilohiy xazinani 
qo‘riqlab yotgan ajdahodir. Yuqorida keltirilgan ta`riflarga hamohang tarzda  
“Bismillahir rohmanir rohiym”-yakkalik bog`idagi qumri. Oliy Arshdagi qandil, 
shu qandildagi qumri,  yakkalik bog`idagi qumri. Bu jumlada Allohning ahad 
sifatiga, ya`ni yakkalik sifatiga ishoratdir.
“Bismillahir rohmanir rohiym” aslida, vahdat mahzaniga, ya`ni Allohga  
eltadigan yo‘ldir. Ya`ni ushbu oyat bilan Allohga erishiladi, vahdati vujud hosil 
bo‘ladi. Lekin bu yo‘l oddiy yo‘l emas, qattiq, mashaqqatli, xavfli yo‘ldir. Bu 
yo‘ldan yaxshi ham, yomon han yurishga majbur va mahkumdir. Bu yo‘lda 
yuruvchi kishilar Ikki toifadir: “ahli qabul” va “ahli rad”- “qabul qiluvchilar” va 
“rad qiluvchilar”. Ushbu ikki toifa kishilari ham yo‘lni bosib o‘tishlariga sabab 
Allohning Ar-Rohman sifati, ya`ni bu dunyodagi yaxshi, din-u diyonatli 
kishilardan tortib diyonatsiz, munofiq kishilarga ham Allohning mehribonligidir. 
“Bismillahir rohmanir rohiym” oyati 19 harfdan iborat bo‘lib, unda arab 
alifbosidagi 10 ta harf ishtirok etadi. Shu tariqa basmala bobida “bo”, “sin”, 
“mim”, “alif”, “lom”, “he”, “ro”, “ho”(hoyi huttiy), “nun”, ”yo” harflari, harflar 
tarkibidagi nuqtalar, tashdid belgisi (ikkilantirish) kabilar dastlab dahshat 
uyg`otuvchi, qatl etuvchi sifatida,  so‘ngra esa baxt-saodatga yetaklovchi, 
xushxabar beruvchi sifatida   gavdalanadi. 1
 
“Bo” si ibodin  urar  avval salo,
“YO” ki degay  lo  ne bo‘lur juz balo 185 .
Ko‘rinadiki, ushbu bayt qo‘lyozma nusxa va nashrlarda o‘zaro farqlanadi.
Jumladan, bunday farqlarning yuzaga kelishi, avvalo, turli qo‘zlyozma
nusxalardan foydalanish natijasidir 186 . Mazkur baytning qaysi biri
to‘g‘riligini esa akademik Alibek Rustamovning quyidagi sharhidan bilish
mumkin: “ Ibo –  tortinish;  salo urmoq –  undamoq. Basmalaning birinchi
harfi borad ahliga mansub kishini tortinishga undar ekan. Basmalaning
avvalg‘i (birinchi) harfi mardudning avvalgi amalini ibodan iborat qilar
ekan.  Lo –  yo‘q;  juz balo –  balodan o‘zga ;  ne bo‘lur juz balo – balodan o‘zga
nima bo‘lur edi. Buni imlo tasdiqlaydi, chunki bo harfiga lom-alif (lo)
qo‘shilsa, “balo” so‘zi hosil bo‘ladi” 187 . Ushbu sharhdan ma’lum bo‘ladiki,
baytning ikki o‘rnida qo‘lyozmada kamchilik bor, ya’ni uning birinchi va
ikkinchi misralaridagi “ ” رلا”, “روريا so‘zlarida xatoga yo‘l qo‘yilgan.
Nashrlarda esa ikkinchi misradagi “Bo” so‘zi “YO” tarzida yozilib mazmunan
g‘alizlik yuzaga kelgan. Bundan tashqari, Navoiy basmalaning poetik
1
 Bu haqida qarang: Tohirov  S. “Temuriylar davrida xamsanavislik”. Monografiya, Tamaddun nashriyoti, 2021. [140]. sharhida asosan undagi diakritik belgilarni emas, balki jumla
tarkibidagi harflarning tavsifiga birinchi navbatda diqqat qaratadi. Ana
shu mantiq nuqtai nazaridan ham ikkinchi misrada “YO” deyilishi nojoiz.
Umuman olganda, mazkur namuna uchta nusxa asosida baytni tiklash
mumkinligini ko‘rsatadi.
TAT  va 2020 yil matnining 29-baytida yana bir shunday nuqson
ko‘rinadi:
Har  negakim  noziri maqsud o‘lub,
Ahli nazar ko‘ziga mardud o‘lub.
Mazkur baytdagi  negakim  so‘zi Qo‘lyozma,  ITM  va  MAT da “” هچين ميك
shaklida to‘g‘ri qo‘llangan. 2
 “Rad etuvchilar”, ya`ni kufr ahli uchun oyatdagi har bir harf ziyon, balo, 
ofat keltiruvchi sifatida keladi.  ﺐ   - bo harfi rad etuvchilarni iboga, diqqatlikka 
chorlaydi.  ﻯ – yo harfi balodan boshqa narsa emas.  ﺲ   - sin harfi nahangning 
orqasidagi arraga o‘xshab, shu arraning har bir harfi yuz kemani barbod qiladi, 
ofat keltiradi.  ﺲ   - “Sin” va  م   - “mim” harfi o‘rtasida mashaqqatli yo‘l bo‘lib, 
samum- har narsani qurituvchi achchiq shamoldan iboratdir. Ajdaho, ilonga 
o‘xshagan  م   - “mim” harfi yo‘l boshida turib, og`zini ochib, “ahli rad” uchun olov
sochadi. Bu oyatdagi uch  ﻟ   - “alif” va uch  ﻞ   - “lom” bor. Ushbu olti harf- olti 
tomon- yuqori, past, o‘ng, chap, old, orqa tomonni qamrab olib, Allohni yo‘lida 
yurmaganlarni o‘tkir qilich kabi tahdid qilib, g`avg`o sochadi.  ﺮ  –“ Re”- “ahli 
rad”ga cheksiz falokat yetkazuvchi,    ﺡ -“ho”-qullobga o‘xshab halok qiluvchi,  ﻦ   -
“nun”-  “ahli rad”ni halok qilishga shay. Nuqtalar- tosh, kesilgan bosh, ya`ni 
Allohga itoat qilmaganlarning boshlari. Tashdidlar- ikkilantirishlar shiddat bilan 
vahima qiladi. 
Ushbu harflar “ahli qabul” uchun foyda va yaxshiliklar keltiradi.  ﺐ –“ bo”- 
ahli qabullarga jannat xushxabarini beradi.  ﺲ  –“ sin”- salomatlik yo‘lining zinasi, 
saodatning oynasidir.   م   -“Mim” esa manzilga erishish yo‘lida buloqboshi.  ﻟ   -jon 
ichidagi “alif”- zulmatni yorituvchi sham.     ﻝ   -“Lom”- mo‘minlarning bayrog`i.  ﺮ
–“ Ro”-jannat eshigi.  ﺡ –“ Ho”-vahdat g`unchalarining beshigidir.
Nuqtalar va tashdidlar- tosh va chaqmoqlar bir-biriga urilib, to‘g`rilik, 
iymon shamini yoqadi.
2
  SHodmonov   G‘.N.   Porso   SHamsiev   ilmiy   laboratoriyasi:   tadqiq
usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni.  Fil fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissert. - Toshkent, 2021.   147-148-betlar.   Nuqtalar boqiylik duri bo‘lib, jonning ichiga tushadi.
Harakatlar maqsadga erishishida yordam beradi. Sukutlar mo‘minlarni 
sokinlikka chorlaydi.
Sayr qiluvchilarning oyog`idan ko‘tarilarilayotgan changlar go‘yo jon 
bo‘lib, balki jonon bo‘ladi. Bismillah “ahli rad” uchun dog` bo‘lsa, “ahli qabul” 
uchun bog`dir. 
“ Ahli rad”- Allohning qahrida,  “ahli qabul”- Allohning lutfidafir.
Isatabon, ey xasta Navoiy, navo,
Bo‘yla safarg`a qilur ersang havo.
Yo‘l yomon-u yaxshisidin yema g`am,
Bismilloh degilu qo‘yg`il qadam.
“Xayru sanoin limufizil-karam”,
Kim karamidin erur el muhtaram.
So‘nggi baytlarda Navoiy o‘ziga murojaat qilib, yo‘lning qiyinchilik va 
mashaqqatlari haqida ogohlantiradi. Yo‘lda ko‘p ozor chekmay desang, 
“Bismilloh!"- degin-u, yo‘lingda davom et. Zero, Allohning karamidan odamlar 
aziz va mukarramdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki,  Alisher Navoiy ijodini o‘rganish 
birgina O‘zbekistonda emas, balki dunyoning ko‘plab sharqshunos olimlari 
tomonidan tadqiq etib kelinmoqda. Bugungi kunimizda Navoiy haqida ko‘p 
yozilyapti. Xalqimiz o‘zining bunday buyuk farzandiga ehtiromini izhor etish, 
uning nomini yanaqa abadiylashtirish yo‘lida ko‘p amaliy ishlarni amalga 
oshirmoqda. Bunga har birimiz guvoh bo‘lib turibmiz. Xususan, Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev bu ulug` inson haqida quyidagilarni aytadi: “Mutafakkir 
shoirimizning “Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g`amidin 
g`ami” degan satrlarida qanchalik chuqur ma`no bor. Ya`ni, bu dunyoda 
insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash- odamiylikning eng oliy  mezonidir. Xalqning g`amidan uzoq bo‘lgan insonni odam qatoriga qo‘shib 
bo‘lmaydi, deb uqtirmoqda ulug` bobomiz”.  3
 
Alisher Navoiyning  “Hayrat ul-abror” dostonini islom ruhida yozilgan, 
shariat qonun-qoidalari mujassamlashgan, shoirning ijtimoiy-falsafiy qarashlari 
aks ettirilgan, pand-nasihat ruhida yozilgan mavizanoma deyishimiz mumkin. 
Asar har bir o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradigan, aqlini charxlaydigan, 
axloqiy, ma`naviy, ruhiy  dunyosini poklaydigan, har bir mo‘min-musulmonning 
hayot yo‘lini yoritadigan misoli mayoqdir. Insonning komil inson darajasiga 
yetshishida ushbu asar muhim ahamiyatga ega. Har bir musulmon insonning, har 
bir ishni boshlashdan avval ““Bismillahir rohmanir rohiym” oyatini aytib 
boshlashi dinimizning go‘zal aqidalaridan darak beradi. 
       
                  Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Nizomiy Ganjaviy. Kulliyot. Jildi panjumm. –Dushanbe: Irfon, 1984.
3
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz.- Toshkent: O‘zbekiston, 2017. [112]. 2. Valixo‘jaev B.N. Xamsa takmili. Alisher Navoiy «Xamsa»si. 
     Tadqiqotlar. -T.: Fan, 1986. 81-89 b.
3. Bertels E.E. Izbrann ы e  trud ы . Nizami i Fuzuli. -M.: Izdatelstvo
      vostochnoy   literatur ы , 1962. 
4. Muhiddinov M. Komil inson-adabiyot ideali. – Toshkent : Ma’naviyat, 2005.
5. Abdullaev N. Haydar Xorazmiyning Nizomiy “Maxzan  ul-asror”iga
    munosabati //O‘zbek tili va adabiyoti, 1974 yil, 2-son.
6. Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 7-tom. - T.: Fan, 1991.
7.Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror”. – Toshkent: G`.Gulom nomidagi 
nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2006.
      8.Sh. Sirojiddinov, D.Yusupova, O. Davlatov.-Toshkent: Tamaddun      
nashriyoti, 2018.
      9.S.Tohirov.   “Temuriylar davrida xamsanavislik”. Monografiya.   
Tamaddun nashriyoti, 2021.                                    
       10.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni 
mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.- Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 
        11. Buxoriy. “Al- jome` as-sahih”. Munir nashriyoti ,  2021
      12.S.Tohirov.   “Temuriylar davrida xamsanavislik”. Monografiya.   
Tamaddun nashriyoti, 2021.                                    
    13.SHodmonov   G‘.N.   Porso   SHamsiev   ilmiy   laboratoriyasi:   tadqiq
usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni.  Fil fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissert. - Toshkent, 2021.   147-148-betlar.
.

Mavzu: “Xamsa”lardagi basmala boblarining qiyosiy tahlili Kirish. Xamsanavislik an`anasi haqida 1-bob Alisher Navoiy “Xamsa”sida basmala bobi 1.1 .”Hayrat ul-abror” dostoni g`oyasi, badiiyati 1.2 . .”Hayrat ul-abror” dostonidagi basmala bobi 2-bob .“Xamsa”lardagi basmala boblarining qiyosiy tahlili 2.1 .”Hayrat ul-abror” dostonining “Maxzan ul –abror”, “Matla ul-anvor” dostoni bilan qiyosiy tahlili 2.2 .”Hayrat ul-abror” dostonining “Tuhfat ul-ahror” dostoni bilan qiyosiy tahlili Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati .

Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilk dostoni “Hayrat ul-abror”da “basmala” bobi. Ma’lumki, xamsanavislikning asosiy nazariy qonuniyatlari o‘z ibtidosini bu an’ananing boshlovchisi Nizomiy Ganjaviydan oladi. Fors-tojik va turkiy adabiyot taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ozor xalqining buyuk farzandi Nizomiy 1176- 1206 yillar mobaynida turli sabab, taklif va sharoitlar natijasida insoniy tafakkurning nodir durdonalari bo‘lmish besh masnaviysini yaratdi. U o‘zining ilk dostoni «Maxzan ul-asror»ni yaratish jarayonidayoq, ulkan an’anaga asos solayotganligini his etdi va unga ergashuvchilar bo‘lishini bashorat qildi: Man, ki dar in manzilashon mondaam, Marhalae peshtarak rondaam. Teg‘ zi almosi zabon soxtam, Har ki pas omad, sarash andoxtam. Teg‘i Nizomiy, ki sarandoz shud, Kund nashud, garchi kuhansoz shud [1. 282]. Mazmuni: Menki bu manzilga hammadan oldin qadam qo‘ydim, so‘z olmosidan o‘tkir tig‘ yasadim. Bu tig‘ ortdan keluvchilarning boshini tanasidan judo qiladi. Nizomiyning keskir qilichi qancha eskirsa ham, o‘tkirligicha qolaveradi. Nizomiy Ganjaviy asos solgan an’ana ijod ahli uchun chinakam imtihon maydoniga aylandi. Bu jarayon, ayniqsa, bir asr o‘tib, Amir Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»si dunyoga kelgach keng quloch yozdi. Ayni shu asardan keyin xamsa janr darajasiga ko‘tarilib, uning nazariy qonuniyatlari shakllandi. Xamsanavislikning nazariy qoidalari haqida gapirilganda ilmiy manbalarda, asosan, dostonlarning miqdori, mavzusi, tartibi, vazni va kompozitsiyasi bilan bog‘liq qonuniyatlar e’tirof etiladi. Biroq Nizomiy Ganjaviy dostonlarida yana bir qator kompozitsiya yoki syujet unsurlari ham borki, ular xamsanavislikning o‘zgarmas qoidalari sifatida qaror topgan. Ular har bir muallif ijodida yangicha jilo,

yangicha talqin kasb etadi. Ishqiy noma, munozara, soqiyga murojaat, Ka’ba ziyorati kabilar shular jumlasidan. Xamsanavislik an’anasining muhim va o‘zgarmas tarkibiy qismlaridan biri, bu uning boshlanmasidir. Nizomiy Ganjaviy o‘zining dastlabki dostoni "Maxzan ul-asror"ni arabcha iqtibos, aniqrog‘i, Quronning dastlabki oyati "Bismillohir rahmonir rahim" va uning o‘ziga xos talqini bilan boshlagan edi: "Bismilloh-ir rahmon-ir-rahim", Hast kalidi dari ganji hakim. Fotihati fikratu xatmi suxun Nomi xudoy ast, ba o‘ xatm kun [1. 256]. Mazmuni: "Bismillohir rahmonir rahim" oyati hakim xazinasi eshigining kalitidir. Fikratning boshlanishi (ochilishi) va so‘zning xotimasi(tamg‘asi) Tangrining nomi bilandir, bas shunday ekan, shu bilan tugat. Qisqacha mazmuni «Rahmon (foniy dunyoda barcha insonlarga rahmat nazari bilan boquvchi) va rahim (oxiratda faqat mo‘minlargagina rahm etuvchi) sifatlarining egasi bo‘lgan A llo h nomi bilan boshlayman» bo‘lgan mazkur oyatining yaratilish tarixi, ma’no va talqinlari, fazilat va sharofatlari, unda yashiringan qudrat haqida shar’iy, fiqhiy va tasavvufiy manbalarda ko‘plab sharhlar mavjud. SHunday sharhlar qatoriga xamsalar yoki uning birinchi dostonlari tarkibidagi badiiy talqinlarni ham kiritish mumkin. Mazkur oyat yoxud uning mazmuni xamsalarda qanday shaklda, qaysi tilda keltirilib, qanday talqin etilganligi xamsanavislik an’anasining bir qator jihatlariga oydinlik kiritadi. Xamsanavislik an’anasi tarixini izchil tadqiq etgan olim akademik B.Valixo‘jaev xamsanavis shoirlarning Nizomiy an’analariga - «Panj ganj»dagi dostonlarning syujeti, obrazlar tizimiga, ularning janriy yaxlitligi, umumiyligiga munosabatlarida ikki xil yo‘nalish mavjudligini ta’kidlaydi [2]. Birinchi guruhga mansub «Xamsa» mualliflari Nizomiy an’analariga buyuk hurmat bilan qaraydi va uni o‘zlariga ustoz deb biladi. SHu bilan birga, ular Nizomiy «Panj ganj»idagi dostonlar mazmunini, timsollar tizimini, dostonlarning joylashish tartibini, ularning g‘oyaviy mazmun va poetik shakl jihatdan yaxlitligini o‘zlari yaratgan «Xamsa»larda o‘z dunyoqarashi, yashagan davri ijtimoiy-siyosiy qarashlari bilan bog‘lagan holda saqlab qolishga intiladi. Ikkinchi guruhdagilar Nizomiy yo‘lini eskirgan deb hisoblab, uning poemalari o‘rniga mazmuni va obrazlar dunyosi yangi bo‘lgan butunlay boshqa dostonlarni kiritish yoki dostonlar miqdorini oshirish yo‘lidan boradilar.

Nizomiyga izdoshlik va o riginallikka intilish, muallif tafakkur dunyosining kengligi, fantaziyasi va badiiy mahorati kabilar xamsaning dastlabki baytidayoq namoyon bo‘ladi. «Ulug‘ shoirlar so‘z ibtidosini «Bismillo» bilan boshlab, ilohiyot olamining azal va abadligi, cheksizligi, vahdatga shak keltirish kufr ekanligi haqida yozadilar» [4. 16]. Amir Xusrav Dehlaviy Nizomiy an’anasini davom ettirib, "Matla’ ul-anvor" dostonini quyidagicha boshlaydi: "Bismillohir rahmonir rahim", Xutbai quds ast ba mulki qadim. Mazmuni: "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman" oyati qadim mulkining muqaddas xutbasidir. Xusrav Dehlaviy Nizomiyga ergashgan holda birinchi misra ya’ni oyati karimani aynan saqlab qolgan, uning talqini yoki izohini ikkinchi misrada fors-tojik tilida, ya’ni asar yozilgan tilda bergan. Biroq Nizomiy basmalani «hikmat eshigini ochuvchi kalit» deya ta’riflasa, Amir Xusrav uni «qadimiyat mulkidan yangragan pokiza, muqaddas xitob» deya ta’riflaydi. Nizomiy uchun «Qur’on» avvalambor hikmat ( «Val Qur’anul hakim» - «Hikmatga to‘la Qur’onga qasam» (YOsin – 2)) bo‘lsa, Amir Xusrav Uning azaliy va muqaddas bitik ekanligini ta’kidlaydi. XIV asrda yashagan Kirmonlik shoir Xoju Nizomiy an’analariga o‘ziga xos munosabatda bo‘lib, «Ravzat ul-anvor», «Gulu Navro‘z», «Gavharnoma», «Humay va Humoyun» va «Kamolnoma» kabi dostonlardan iborat o‘z «Xamsa»sini yaratdi. «Ravzat ul-anvor» dostoni (743/1342-43). 1928 yilda Tehronda olim Husayn Mansurning so‘z boshisi bilan nashr ettirilgan bo‘lib, unda tasavvufiy mavzu va g‘oyalar ustunlik qiladi. Asardagi hikoyatlarda ham shunga mos holda Ibrohim binni Adham, SHibliy, Boyazid Bistomiy, Layli va Majnun, Iskandar va Arastu kabi tarixiy va afsonaviy timsollar ishtirok etadi. SHarqda «Maxzan ul-asror»ga yozilgan naziralar orasida mazkur asar alohida mavqega ega bo‘lgan [3. 207]. Asar quyidagicha boshlanadi: Zayyanat ar-ravzata fil avvali, Bismillahis samadil mu’zali [3. 206]. ﻦﱠﻳﺰ (zayyana) so‘zi nihoyatda bezamoq (priukrashivat) degan ma’noni ifodalaydi (Arabsko-russkiy slovar (sostavitel X.K.Baranov). – M.: Gos. izdat. inostrann ы x i natsionaln ы x slovarey, 1962. Str. 427). Baytning mazmuni: Jannat bog‘ini avvaldan bezagan azaliy va abadiy Alloh nomi bilan bashlayman.

Amir Xusrav va Hoju Kirmoniyning javob baytlarini o‘zaro qiyoslaganda jiddiy uslubiy tafovut ko‘zga tashlanadi. Hoju baytidagi ik k ala misra ham arab tilida, u oyatni aynan keltirmaydi, balki uni o‘ziga xos ta’riflashga intiladi. U «basmalayi sharif»ning Qalam tomonidan yozilgan ilk bitik, jannat eshigini bezab turuvchi yozuv ekanligiga ishora etadi. Mazkur ilk qadamdayoq Hojuning Nizomiy an’analari yo‘lidan emas, balki o‘zining alohida yo‘lidan borish istagi namoyon bo‘ladi. Bu badiiy ijod tamoyillari yoxud originallikka intilish nuqtai nazaridan ijobiy holat, albatta. Biroq xamsanavislikning murakkab qonuniyatlari, an’ana doirasida o‘ziga xos asar yaratish talabi nuqtai nazaridan kamchilik hisoblangan. SHu tufayli Hoju Kirmoniy o‘z davrining y etuk mutafakkiri, masnaviynavis, ko‘plab ijodkorlarning ma’naviy ustozi hisoblansa-da, xamsanavis sifatida y etarli e’tirofga ega bo‘lmadi. XV asrda va undan keyin maydonga kelgan «Xamsa» lar va ularning boshlanmasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularda ayni shu ikki xil tendensiya – Xusrav Dehlaviyning an’ana va izdoshlik hamda Hoju Kirmoniyning butkul yangicha yo‘nalish tendensiyalari namoyon bo‘ladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida xamsanavislikka ilk qadam qo‘ygan Mavlono Haydar Xorazmiy o‘zining "Maxzan ul-asror" dostonini «Bu asarga nazira bitgan barcha shoirlar qatori… shu tarzda boshlaydi» [5. 146]: "Bismillohir rahmonir rahim", Fathu zafar oyatidur, ey hakim. Mazmuni: Ey hakim, "Bismillohir rahmonir rahim" barcha mushkulotlarni ochuvchi va zafar keltiruvchi oyatdir. Mavlono Haydar ham Xusrav Dehlaviy yo‘lidan borganligi ilk baytdanoq oydinlashadi. Baytning ikkinchi misrasi qofiya jihatidan («hakim») Nizomiyning baytiga uslub jihatidan esa Xusrav Dehlaviyning misrasiga monand (Bunga misrani fors-tojik tiliga tarjima qilib ham ishonch hosil qilish mumkin «Oyati fathu zafar ast, ey hakim»). Biroq mazmunan misra takrorlanmagan, originaldir. Abdurahmon Jomiy ham "Tuhfat ul-ahror" dostonini shu oyat bilan boshlaydi: "Bismillohir rahmonir rahim", Hast saloyi sari xoni karim [4. 16].