XAMSALARNING ILK DOSTONLARIDAGI ,,BASMALA” BOBINING QIYOSIY TADQIQI
XAMSALARNING ILK DOSTONLARIDAGI ,,BASMALA” BOBINING QIYOSIY TADQIQI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………...………………3 I BOB. XAMSALARNING “BASMALA” BOBLARINI O‘RGANISH 1.1. “Basmala” atamasining ta’rifi va tavsifi…………………………..………...4 1.2.Xamsalarning “basmala” boblarini o‘rganish tarixi………………..………16 Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………....…29 II BOB. ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI “BASMALA” BOBINING O‘ZIGA XOSLIGI 2.1.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida “basmala” bobi….……30 2.2.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi “basmala” bobining turli talqinlari……………………………………………………………….……….38 Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………..…..47 III BOB. XAMSALARNING “BASMALA” BOBINI QIYOSIY O‘RGANISH 3.1. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy xamsalarining ilk boblarida kompozitsiya, mazmun va g‘oya masalalari…………………………………………………………….……......48 3.2.”Maxzan ul-asror”, “Matla ul-anvor”, “Tuhfat ul-ahror”, “Hayrat ul-abror” dostonlari ilk boblarining qiyosiy tadqiqi………………………….…….......61 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………..……71 UMUMIY XULOSALAR………………………………………………….....72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘ YXATI...............................73-78 1
KIRISH Dissertatsiya mavzu si ning asoslanishi va uning dolzarbligi . Hozirgi kunda yurtimizda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga harakat qilinmoqda. Bu borada Prezidentimizning quyidagi gaplari asoslidir: ,,Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak svilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganligini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi.“ 1 Shunga asoslanib aytadigan bo‘lsak, Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, nafaqat adabiyotimiz, balki tilimiz, dinimiz, madaniyatimizni yuqori cho‘qqilarga olib chiqadi. Dissertatsiya mavzusi “Xamsa”larning ilk dostonlaridagi “basmala” bobining qiyosiy tadqiqi” deb nomlanadi. Sharq mumtoz adabiyotida deyarli barcha asarlar muqaddimaviy boblar, ya’ni kirish qismlardan tarkib topadi. Xamsachilik an’anasini boshlab bergan ozar shoiri Nizomiy Ganjaviy “Panj Ganj” dostoni ham bundan mustasno emas. Xamsachilik an’anasiga javob yozgan shoirlar ham shu an’anaga muvofiq tarzda o‘z dostonlarini yozganlar. Ilk bor turkiy tilda “Xamsa” yozgan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham “Hayrat ul-abror” dostonining ilk bobini “basmala”, ya’ni “Bismillahir rohmanir rohiym” oyatining ta’rif-u tavsifi, sharhiga bag‘ishlaydi. “Basmala” deb ataluvchi Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi ilk bob mustaqillikdan keyingi davr o‘zbek adabiyotshunosligining asosiy tadqiqot mavzularidan biriga aylandi. Ushbu bobning maqsadi, “Xamsa”dagi o‘rni, turli nuqtai nazardan talqini va tahliliga bag‘ishlangan bir qator maqola va risolalar nashr ettirildi. Bu borada A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Muhiddinov, Z.Amonova, U.Jo‘raqulov, O.Davlatov, A.Malik va boshqa bir qator olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini alohida qayd etishimiz mumkin. Ayrim masalalarda hatto qizg‘in bahs- munozaralar ham kuzatildi. Mazkur tadqiqotlar hamda ularda bildirilgan fikr- 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//http://uza.uz/posts/3452. 2
mulohazalarni umumlashtirish, qiyoslash, ilmiy munosabat bildirish ayni damda kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shunday ekan, Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, uning asarlarini boshqa qardosh xalq ijodkorlari bilan solishtirgan holda o‘rganish adabiyotimizni jahon adabiyoti bilan yuzlashishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotning obyekti . Tadqiqot obyekti uchun Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning xamsalari ilk dostonlari: “Maxzan ul-asror”, “Matla ul-anvor”, “Tuhfat ul-ahror”, “Hayrat ul- abror” olindi. Tadqiqotning predmeti . Tadqiqotning predmeti sifatida sifatida Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi ilk doston “Hayrat ul-abror” tarkibidagi “basmala” bobi, ularning xususiyatlari, Allohga bo‘lgan ishq tarannumi, salaflar ijodidan ilhomlanish natijasida paydo bo‘lgan misralari, umuman olganda, Navoiyning tasavvufiy qarashlarini belgilab oldim. Tadqiqotning maqsadi . Dissertatsiyadan ko‘zlangan maqsad xamsachilik an’anasi, xamsalarga javobiya yozishda an’ana va novatorliklar, xamsalarning o‘ziga xosligi, shakl va mazmun, syujet va kompozitsiya masalalarini ilmiy jihatdan yoritib, tahlilga tortilgan asarlarni o‘zaro solishtirib tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotdan ko‘zlangan vazifalar quyidagilar: – Alisher Navoiy “Xamsa”sining “basmala” bobining umumiy mazmun- mohiyatini tahlil qilish; – “Xamsa”dagi “basmala” bobining salaflari “Xamsa”sidagi “basmala” bobi bilan taqqoslab, umumiy mazmun-mohiyatini tahlil qilish; – har bir dostondagi “Basmala” bobining mazmuni, ularda ko‘tarilgan muammolarni qiyoslab, ular orasidagi uzviylik, o‘ziga xoslik va farqli jihatlarni aniqlash; shoir asarini shu paytgacha talqin qilish masalalariga munosabat bildirishdan iborat. 3
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotshunoslik ilmida qaror topgan ilmiy xolislik mezonlari asosida xamsachilik an’anasida ilmiy, nazariy qarashlarning yakdilligiga erishilgan; Navoiy adabiy merosi mavzu ko‘lamiga ko‘ra tasnif qilingan, salaflari xamsalarining g‘oyaviy -badiiy xususiyatlari ochib berilgan; shoir asari uning salaf yoki xalaflari asarlari bilan qiyoslab, farqlarini, umumiy tomonlarini aniqlab, bayon qilingan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari sharq mumtoz adabiyoti namoyondalari, mumtoz asarlar namunalari, ijodiy hamkorlik, ijodkorlarning asarlariga javobiya yozish an’anasi yoritib berilgan. Ustoz-shogirdlik masalasida o zaro mehr-muruvvat, hurmat singariʻ insoniy fazilatlarni ko rsatib berishdan iborat. ʻ Tadqiqot mavzusi bo ʻ yicha adabiyotlar sharhi(tahlili). Tadqiqot mavzusini yoritishda bir qancha diniy, islomiy, ilmiy, tasavvufiy, badiiy kitoblardan, dissertatsiya va avtoreferatlardan foydalanildi. Jumladan, “basmala” bobi ilmdagi turli yo nalishlarni o zaro bir yerga tutashtiradi. Ushbu ʻ ʻ bob ham diniy jihatdan, ham ilmiy jihatdan fikr va bilimlarni o zaro yoritib ʻ berishni talab qiladi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot mavzusini yoritishda bir qancha metodlardan foydalanildi. Jumladan, matniy-qiyosiy, statistik, tasniflash, analiz, kontekstual, struktural, tarixiy-qiyosiy tahlil metodlaridan unumli foydalanildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, Alisher Navoiy “Xamsa”sini o rganishda, uni ʻ to‘g‘ri talqin qilish va tahlil etishda oliy ta lim muassasalarining o zbek ʼ ʻ filologiyasi fakulteti talabalariga “O zbek adabiyoti tarixi” fanidan ma ruzalar ʻ ʼ va amaliy mashg ulotlar o tishda, mumtoz adabiyot bo yicha ilmiy izlanishlar ʻ ʻ ʻ olib borishda foydalanish mumkin. 4
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi ham shakl jihatdan, ham mazmun jihatdan tavsiflashni nazarda tutadi. Ishning tarkibi kirish, asosiy qism, adabiyotlar ro yxatidan iborat. Mazmun jihatdan esa dastlab “basmala” bobiʻ umumiy tavsifi berilgan. So ngra Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi “basmala” ʻ bobiga alohida to xtalib, batafsil yoritib berilgan. Keyin esa Navoiyning ʻ “basmala” bobi salaflari “basmala” bobi bilan o zaro qiyoslangan. ʻ Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonini salaflari “Xamsa” dostoni bilan qiyosan o‘ rganish bo‘yicha qiyosiy adabiyotshunoslikda bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan, R.Nikolson, S. Ernst, T.Husayn, S.Nafisiy, A.Mets , I.Y.Krachkovskiy, B.Furo‘zonfar, E.E.Bertels, J.Nurbaxsh , A.Kudelin singari olimlarning asarlarida ushbu mavzuga daxldor nazariy muammolar, umumlashma va xulosalar o‘z ifodasini topgan 2 . Mustaqillik yillarida A.Rustamiy, N.Komilov, R.Vohidov, O.Davlatov, M.Muhiddinov, I.Haqqul, S.Olim, Sh.Sirojiddinov kabi adabiyotshunoslar tomonidan Navoiy ijodining yangi tahlil va talqinlari dunyo yuzini ko‘rdi 3 . Mazkur olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot hamda maqolalarda Navoiy ijodiyotini tasavvuf va irfon nazariyasi bo‘yicha tahlil qilish, diniy- tasavvufiy g‘oyalarning Na voiy ijodida tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilash jarayonida Qur’on va hadisning ta’siri hamda roli haqida muayyan xulosa va qaydlar borligi ahamiyatlidir . A.Hojiahmedov va Y.Is’hoqovning kitoblarida iqtibos san’ati haqida muxtasar ta’rif berilgan bo‘lib, bu san’at Navoiy asarlarida keng qo‘llanilgani ta’kidlangan 4 . Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 2 Зоҳидов В. Улуғ шоир ижодининг қалби. – Т.: Ўзбекистон, 1970; Шайхзода М. Ғазал мулкининг султони. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1966; Ҳайитметов А. Навоийнинг ижодий методи масалалари. –Т.: Фан, 1963; Маллаев Н. Алишер Навоий ва халқ ижодиёти. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. 3 Рустамий А. Бисмиллоҳнинг маъноси. – Т.: Фан, 1999; Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият, 2005; Комилов Н. Маънолар оламига сафар. – Т.: TAMADDUN, 2012; Воҳидов Р. Навоий ва илоҳиёт. – Бухоро, 1994; Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиёти. –Т.: Фан, 1997; Ғаниева С. Навоий насри нафосати. –Т.: ТошДШИ нашриёти, 2000 ; Имомназаров М. Навоийшуносликка кириш. – Т., 2015; Муҳиддинов М. Комил инсон – адабиёт идеали. – Т.: Маънавият, 2005; Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Фан, 2011; Олим С. Нақшбанд ва Навоий. – Т.: Ўқитувчи, 1996; Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий: манбаларнинг қиёсий- типологик, текстологик таҳлили. – Т.: Akademnashr, 2011. 4 Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Т.: Шарқ, 1998. – Б.60; Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. –Т.: O‘zbekiston НМИУ, 2014. – Б. 57. 5