logo

KOREYS VA O‘ZBEK TILLARI EVFEMIZMLARINING QIYOSIY TADQIQI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

307.5 KB
KOREYS VA O‘ZBEK TILLARI EVFEMIZMLARINING QIYOSIY
TADQIQI
MUNDARIJA
KIRISH ......................................................................................................................3
I.BOB.   EVFEMIZMLARNING KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA PAYDO
BO’LISHI …………………………..……………....................................................7
1.1. Evfemizm va uning kelib chiqishi....................................................................7
1.2. Tilshunoslikda evfemizmlarning o’rganilishi.................................................13
II.BOB.   EVFEMIZMLARNING   KOREYS   VA   O‘ZBEK   TILIDA
QO‘LLANISHI ………………………………………….………………………..24
2.1. Koreys va o‘zbek tilida evfemizmlar va ularning xususiyati ........................24
2.2. Koreys va o‘zbek tilida evfemizlarning uslubiy farqlanishi...........................32
XULOSA  .................................................................................................................54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI  ......................................... 59
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1    
 
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va ahamiyati.  Jahonda chet tillarni
o‘rgatish   tamoyillari   va   metodlari   ma’lum   bir   hajmdagi   bilimlarni   o‘zlashtirishga
bo‘lgan   ehtiyojni   yanada   kuchaytirdi.   Jumladan,   AQSH,   Rossiya   Federatsiyasi,
Hindiston,   Yaponiya,   Xitoy   kabi   davlatlarning   oliy   ta’lim   muassasalarida   koreys
tili va madaniyatini integrallashgan holda o‘rgatish, til va madaniyatga yondashuv
muhim ahamiyat kasb etmoqda.   
Mamlakatda koreys tilini o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari
zarur   bo‘lgan   madaniyatlararo   muloqotning   o‘ziga   xosligini,   jumladan,   tili
o‘rganilayotgan   mamlakatning   urf-odatlari,   madaniy   an`analari   va   xalqning
mentalitetini bilish ham talab etiladi.  
O‘zbekiston   Prezidenti   Koreyaga   tashrifida   “O‘zbekiston   bilan   Koreya
o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shuningdek,
mintaqaviy   va   xalqaro   ahamiyatga   molik   dolzarb   masalalarni   muhokama   qilish”
kabi muhim vazifalar belgilandi. Koreys tilini chet til sifatida o‘qitish tajribalarini
o‘rganish asosida talabalarning koreys tilida madaniy ko‘nikmalarini shakllantirish
va   uni   nutqiy   faoliyatda   qo‘llashga   o‘rgatishda   kompetentsiyaviy   ta’lim   ham
yaxshi samara beradi 1
. 
“Yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash   va   aholi   salomatligini   mustahkamlash   yili”
Davlat   dasturiga        m    uvofiq,   xorijiy   tillarni   o‘rgatishni   ta’lim   siyosatining   ustuvor
yo‘nalishi  sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda  ta’lim  sifatini  tubdan oshirish,
sohaga   malakali   pedagoglarni   jalb   etish   hamda   aholining   xorijiy   tillarni
o‘rganishga   bo‘lgan   qiziqishini   oshirish,   aholi   orasida   xorijiy   tillarni   o‘rganishni
ommalashtirish   va  ularni   mukammal   o‘zlashtirish   uchun  zarur   sharoitlar   yaratish,
1
 Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.”-T: 
“O‘zbekiston”,2016. – 32 b. 
2   xorijiy   tillarni   o‘qitishning   xalqaro   tan   olingan   dastur   va   darsliklari   ta’limning
barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda  o‘qituvchilarda 
zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor etib belgilandi 2
. 
Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2021yil   19-maydagi   “O‘zbekiston   Respublikasida   xorijiy   tillarni   o‘rganishni
ommalashtirish   faoliyatini   sifat   jihatidan   yangi   bosqichga   olib   chiqish
choratadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-5117-son   Qarori,   2017-yil   7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini  yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-4947-son   Farmoni,   2017-yil   20-apreldagi   “Oliy   ta’lim   tizimini
yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-2909-son   Qarori,   2018-yil
5-iyundagi   “Oliy   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   sifatini   oshirish   va   ularning
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan     keng   qamrovli   islohotlarda   faol   ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3775-son Qarori,
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2016-yil   24-maydagi   “Oliy
ta’lim tizimi uchun xorijiy o‘quv va ilmiy  adabiyotlar harid qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi VMQ 174-son qarori, 2017-yil 11-avgustdagi “Ta’lim muassasalarida
chet   tillarini   o‘qitishning   sifatini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   VMQ   610-son   Qarori,   2018-yil   10-oktabrdagi   “Oliy   ta’lim
muassasalarini   o‘quv   adabiyotlari   bilan   ta’minlash   to‘g‘risida”gi   VMQ   816-son
Qarori   hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda
belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi   tadqiqoti
muayyan darajada xizmat qiladi.  
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi   koreys   tilida   mavjud   bo lganʻ
evfemizmga   oid   terminlarni   tizimli   ravishda   tadqiq   etish,   ularning   semantik
tasnifini   amalga   oshirish   va   ularning   grammatik   va   leksik   xususiyatlarini   tahlil
etishdir. 
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari  quyidagilardan iborat: 
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. 19.05.2021 yildagi PQ-5117-son qarori. 
 
3   - tilshunoslikda   evfemizmga   oid   terminlar   bilan   bog ‘ liq   ilmiy - nazariy
qarashlarni   tahlil   qilish ;  
- evfemizmga oid terminlarning tarixiy evolyutsiyasini o‘rganish; 
- koreys va o‘zbek tilida evfemizmga oid leksikalar va ularning qo‘llanilishini
tahlil qilish; 
- koreys   tilini   o‘qitishda   talabalarning   evfemizmga   oid   yangi   lug‘atlarni
shakllantirish; 
- koreys   tilida   evfemizmga   oid   yangi   lug‘atlarni   shakllantiruvchi   mashqlar
tizimini ishlab chiqish. 
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.  Koreys tili evfemizmga oid atamalari,
leksikalariga   bag‘ishlangan   ilmiy   ishlar   soni   cheklangan.   Koreys   tili   umumiy
atamashunosligidagi   maxsus   leksika   muammolariga,   ushbu   leksik   birliklarning
ayrim   o ziga   xos   xususiyatlariga,   semantik   va   struktur   belgilariga   va   tasniflanishʻ
masalalariga   koreys   tilshunoslaridan   D.J.Freyzer,   A.Meye,   D.K.Zelenin,
N.Mahmudov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ko tarilgan. Bunga qo shimcha	
ʻ ʻ
tarzda,   keyingi   yillarda   o zbek   tilshunoslari   tomonidan   koreys   tilining	
ʻ
leksikologiyasi   va   morfologiyasining   ba’zi   masalalari   bo yicha   bir   qator   ilmiy	
ʻ
ishlar   bajarildi.   Lekin   shunga   qaramay,   koreys   tilidagi   aynan   evfemizmga   oid
terminlarning   yuzaga   kelish   sabablari,   ularning   tarkibiy,   semantik   va   grammatik
xususiyatlari alohida tadqiq etilmagan.  
Bitiruv malakaviy ishining obyekti.   Koreys  tilida evfemizm  bilan bog‘liq
terminlarning   leksik-semantik   jihatlari   bitiruv   malakaviy   ishining   predmetini
tashkil etadi. Ishga manba sifatida koreys tili lug‘atlari, hozirgi koreys matbuotida
va internet saytlarida chop etilgan publitsistik maqolalar hamda jonli til materiallari
jalb etildi. 
Bitiruv malakaviy ishining predmeti.  Koreys tilidagi evfemizmga oid faol
qo llanuvchi terminlarning semantik xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, kommunikativ	
ʻ
jarayonda tutgan o rni bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi.  	
ʻ
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat: 
4   1. Koreys   tilida   evfemizmga   oid   terminlar   ilk   bor   tizimli   ravishda   tadqiq
etilmoqda.  
2. Ilk bor talabalarning evfemizmga oid terminlari semantik jihatdan tasniflandi
va ularning grammatik va leksik xususiyatlari tahlil etildi. 
3. evfemizm terminlarining tarixiy evolyutsiyasi, shuningdek, evfemizmga oid
terminlarning kelib chiqish tarkibiy tuzilishining o‘ziga xos jihatlari tadqiq etildi.  
4. Tadqiqot   natijasida   evfemizmga   oid   terminlarning   matnlarda   uchraydigan
terminlari tahlil qilinib, tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi.  
Bitiruv   malakaviy   ishining   tarkibiy   tuzilishi.   Mazkur   bitiruv   malakaviy
ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. 
Foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   jami   25ta   o‘quv   qo‘llanmalar,
adabiyotlar, lug‘at va internet saytlari joy olgan. Ishning umumiy hajmi 60 sahifani
tashkil etadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5   I BOB. EVFEMIZMLARNING KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA
PAYDO BO’LISHI
Biror       tilning       rivojlanishida       shu       millatning       madaniyati,   urf-odatlari,
diniy qarashlari  ta’sir  ko’rsatadi.  Ayni  damda  bu  sohalarning  taraqqiy  etishida
nutq     birligi-tilning   ahamiyati     katta.Har     bir     millat     o’zida     ma’lum     bir     milliy
an’analarni    aks    etadi.   Ya’ni    har    bir  xalqning, millatning o’z milliy an’analari,
urf-odatlari   mavjud.   Bu   ma’noda   har   bir   inson   ana   shu   milliylikni     o’zida     aks
ettiruvchi     muayyan     madaniyat,     til,     tarix,     adabiyotga     aloqador     bo’ladi.
Ma’lumki,  til     ijtimoiy    hodisa     bo’lish     bilan     birgalikda    madaniyat     bilan    ham
uzviy     bog’liqdir.   Bugungi     kunda     insonlar,     xalqlar,     mamlakatlar     o’rtasidagi
iqtisodiy-siyosiy,   madaniy     hamda   ilmiy     aloqalar,     xalqaro   -madaniy
kommunikativ  jarayonlar  tilshunoslik  sohasida  tillarning o’zaro munosabati va til
madaniyati   hamda   tilning   milliy   o’ziga   xos     ko’rinishi     kabi     qator   va
madaniyatshunoslik   o’rtasidagi   alohida spetsifik   yo’nalishi   va   predmetiga   ega
bo’lgan     yangi   soha   lingvokulturologiyaning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo’lmoqda.
Natijada XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosini o’rganishni maqsad
qilgan tilshunoslikning  yangi  sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi. 3
1.1. Evfemizm va uning kelib chiqishi
Jamiyat va insonlar o`rtasidagi muloqotning asrlar davomida o`zgarib borishi
insonlarning   o`zaro   muloqot   qilishi   usullari   va   yo`llarini   o`zgarishiga,   nutqni
go`zallashtirish, yumshatish hodisalariga zarurat sezilib boraveradi. Shu o`rinda biz
muloqot   vaqtida   aytilishi   qo`pol   bo`lgan   so`zlarni   o`rnida   estetik   jihatdan
muloyimlashgan   so`zlarni   ishlatish   tushunchasi   paydo   bo`ldi.   “Evfema”   grekcha
so`z bo’lib, eu “yaxshi”, pheme “nutq, gapirish” degan ma`noni bildiradi. Tabu va
evfema hodisasi  tarixiy jarayon bo’lib, u asosan til va tafakkurning paydo bo’lishi
bilan   bog`liq   hisoblanadi.   Yillar   o`tishi   natijasida   insonlarning   muomala   ehtiyoji,
notiqlik   talabiga   ehtiyoj   va   zarurat   tug`ilgani   sababli   o`z   evolyutsion   tarixiga   ega
hodisadir.   Mahalliy   va   xorijiy   tilshunoslikda   evfemizmlarni   o‘rganish   tarixini
tilshunoslik   hali   fan   sifatida   shakllanmagan   va   “evfemizm”   atamasi   paydo
3
  Омонтурдиев   А .,  Омонтурдиев   Ж .  Сўз   қўллаш   санъати . –  Термиз :  Жайхун , 1994. – 60  б
6   bo‘lmagan davrdan boshlab organilgan desa mubolag`a bo`lmaydi. O‘rinsiz, qo‘pol
so‘zni   yumshatib,   o‘rnini   bosuvchi   ibora   orqali   ifoda   etish   allaqachon   paydo
bo‘lgan   edi.   Bu   antik   davrlar   -   notiqlik   maktablarining   gullagan   davriga   tog`ri
keladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, semantik doirada tuzilgan so'z va iboralarni
yumshatish   va   bezash   haqidagi   g'oyalar   qadimgi   yunon   faylasufi   Aristotelning
eramizdan avvalgi 300 yillardagi "Ritorika" deb nomlanuvchi asarida uchratishimiz
mumkin.   Ikki   asr   kechroq   hayot   kechirgan   Rim   faylasufi   Tsitsironning   notiqlik
san`ati   jahonga   mashhur   bo`lgan,   uning   notiqlik   san`atidan   keltirilgan   misollarida
ta'sir   qiluvchi   so'zlarni   tanlash   bo'yicha   maslahatlar,   shu   jumladan   qo'pollikni
istisno   qiluvchi   evfemizmlardan   oqilona   foydalangan.   Bundan   ko`rinib   turibdiki
nutqni   go’zallashtirishga   va   uni   yumshoq,   tinglovchi   uchun   qo’pol   bo`lmaslik
masalalari   eramizdan   oldingi   asrlardan   buyon   jiddiy   e`tibor   ostida   bo’lgan.   O`rta
asrlardan boshlab evfemizmlarni o`rganishda quyidagi uchta guruhga asoslangan: a)
Xurofot   tufayli   bir   so`zni   ikkinchisiga   alishtiruvchi   so`zlar;   b)   Kamtarlik   bilan
ifodalanovchi so`zlar; c) Etiket qoidalariga zid kelgan so`zlar o`rnida qo`llaniluvchi
so`zlar. Birinchi guruhga tegishli evfemizmlar asosan biror bir shaxsga yoki holatga
nisbatan   yovuz,   g`araz   fikrlarni   jalb   qiluvchu   so`zlar   o`rnida   qollanilgan.   Bunday
so`zlarga ‘o`lmoq’, ‘jonini azroilga bermoq’ kabi soz`lar kiradi. Ikkinchi guruhdagi
evfemizmlar   axloq   tomondan   ishlatishga   zid   bo’lgan   so`zlar   o`rnida   qo`llanilgan.
Bunday   so`zlar   asosan   jinsiy   yaqinlik   yoki   kasallikka   oid   bo`lgan.   Asosan   ushbu
guruh   evfemizmlari   shaxslararo   muloqotda   hurmat   va   nafosat   ramzini   ko’rsatish
uchun   qo’llanilgan.   Uchinchi   guruhdagi   evfemizmlar   esa   XI   asrlarda   paydo
bo`lgan,   ularning   qo`llanilish   sohasi   ko’pincha   sheriyat   (trubadurlar)   olamida
namoyon bo`ladi. “Evfemizm” terminining birinchi bor lug`atda biriktirsh hodisasi
XVII   asr   o`rtalarida   sodir   bo`ldi.   Tomas   Blauntning   “Glossographia:   Or,   A
Dictionary Interpreting All Such Hard Words of Whatsoever Language, Now Used
in   Our   Refined   English   Tongue”   lug`ati   nashrdan   chiqdi. 4
  Unda   evfemizm
tushunchasi quyidagicha tahlil qilingan: a good or favorable interpretation of a bad
4
 Brown K, Miller J. The Cambridge Dictionary of Linguistics. – Cambridge: Cambridge University Press, 2013. – 
P.158. 
7   word”.   Bunda   quyidagi   izohni   to`g`ridan  –   to‘g`ri   tarjima   qilsak   “qo‘pol   so`zning
yaxshi   yoki   foydali   talqini”   ma`nosini   beradi.   Turli   xil   nazariy   manbalarni
o`rgangan   holda   shuni   ta`kidlash   joizki,   an`anaviy   ravishda   olimlar   evfemizm   va
tabu  bir  –  biri   bilan  chambarchas   bog`liq  bo`lgan  ikkita   hodisa  sifatida  qarashadi.
Aynan   shu   fikr   va   g`oya,   shu   sohaga   qiziqqan,   evfemizm   va   tabu   munosabatini
o`rganishga   kirishgan   etnograflar   Dj.Freyzer,   A.Meye,   D.K.Zeleninlarning
tadqiqotlar   olib   borishlariga   sabab   bo`ldi.   XX   asrlarda   tilshunoslar,   fransuz
tilshunosi   J.Vandries,   daniyalik   tilshunos   Kr.Nirop   va   Y.Otto   Yespersen   va
amerikalik   tilshunos   olimlar   J.M.   Stedman   va   F.N.   Skottlar   ham   tabu   va
evfemizmlarni  bog`liqligini  o`rganishga  kirishishdi. G`arbda evfemizmlarni  tadqiq
etishning   muhim   omili   –   amaliy   tadqiqotlar   hisoblanadi.   Bu,   asosan,   Britaniya   va
Amerika tilshunosligiga taalluqlidir. Amerikalik mashhur tilshunos olim Ch. Keyni
birinchilardan   bo`lib   evfemizmlarning   ikki   tilli   lug`atini   (ingliz   va   ispan   tillari
asosida)   yaratdi. 5
  U   “bilvosita   nomlash”   atamasi   orqali   evfemizmning   til
hodisalariga   munosabatini   ochib   berdi.   Britaniya   va   Amerika   lug`at   boyligining
aksariyat   qismini   texnik   va   kasbga   oid   atamalarga,   sleng,   jargonizm   va
vulgarizmlarga boy ekanligini inobatga olib, bu so`zlar katta audirtoriya tomonidan
anglay   olinmasligini   hisobga   olgan   holda   Amerika   va   Britaniya   tilshunoslarining
evfemizmlar   tadqiqiga   bo’lgan   e`tiborini   yanada   oshirdi.   Zamonaviy
tilshunoslikning   hozirgi   bosqichida   evfemizmlar   nafaqat   leksikografiya   nuqtai
nazaridan   balkim,   lingvopragmatika   yo’nalishida   ham   chuqur   izlanishlar   va
tadqiqotlar olib borilmoqda. Chunonchi evfemizmlarni muayyan tematik guruhlarga
ajratib   o`rganish   ham   ommalashib   bormoqda.   Masalan:   siyosiy,   ijtimoiy,   tibbiyot
sohasiga   oid   evfemizmlarni   aytib   o`tish   mumkin.   Shuni   ta’kidlab   o`tish   kerakki
XXI   asrda   ham   evfemizm   va   tabu   munosabatini   o`rganishga   bo`lgan   qiziqish   hali
ham   so`ngani   yo`q.   Rus   olimlarining   evfemizmlarni   tadqiq   etishga   bo’lgan
qiziqishining   ilk   ishlarini   XX   asrning   o`rtalarida   boshlangani   1961   yilda   B.A.
Larinning   “Evfemizmlar   haqida”   nomli   ishida   ko’rish   mumkin.   Lekin   bundan   bir
necha   yillar   ilgari   1935-1940   yillarda   D.N.   Ushakov   tahriri   ostida   “Rus   tilining
5
 Walter W. Skeat. The Concise Etymological Dictionary of the English language. – Oxford: Clarendon press, 2013. –
P. 172.
8   izohli   lug‘ati”da   evfemizmlarga   bag`ishlangan   maqola   chop   etildi.   Unda
evfemizmlar   quyidagicha   tahlil   qilingan   edi:   “Evfemizm”   grekcha   euphemeo   –
“muloyim   gapiraman”,   (ling)   –   “so`z   yoki   ibora”   manosida   keladi.   Eng   qizig`i
shundan   iboratki   quyidagi   izoh   hozirgi   kunga   qadar   o`zgarmagan.   B.A.   Larinning
ishiga   qaytsak,   shuni   takidlash   joizki,   ishning   asosiy   maqsadi   evfemizmlarni
o`rganish   muammolari   va   ularni   keyingi   tadqiqotlar   uchun   omil   bo`lishiga   xizmat
qiladigan   asosiy   dasturiy   qoidalarini   ta`kidlab   o`tish   joiz:   Evfemizm   va   tabu
munosabati,   ya’ni   bid`atga   oid   so`zlar   o`rnida   zamonaviy   evfemzimlarni   qo`llash;
Evfemizmlarning qo’llanilish sohalarini aniqlash. Bir tomondan ayrim (jurnalistika,
diplomatiya,   notiqlik)   sohalarda   evfemizmlarning   majburiy   qo’llanilishi,   ikkinchi
tomondan   esa   ularning   ixtiyoriy   qo`llanilishi   (hazil   va   mutoyibalarda);
Evfemzimlarning   mo`rtligi,   bunda   zamon   o’tgan   sayin   ularning   jozibadorligi
yuqoladi,   shunda   ularni   yangisi   bilan   almashtirsh   zarur;   Evfemizmlar   ilmiy
klassifikasisiyad (gap bo’lagi, tarkibi, kelib chiqishi) qat’iy nazar ularning ijtimoiy
tabiatiga   qarab   tasniflash;   Evfemizm   va   troplarni   (metafora,   metonimiya,
sinekdoxa)   semantik   tuzilishiga   ko`ra   ajratish   va   ularning   funksional   jihatlarini
ochib berish (troplar harakatning obrazli tasviri uchun qo’llanilsa, evfemizmlar esa
nopok   hodisalarni   va   qo’pol   sozlarni   yumshatish   uchun   qo`llaniladi)   B.   A.   Larin
tomonidan   ilgari   surilgan   fikrlar   rus   tilshunoslarining   evfemizmlar   haqidagi
tadqiqtotlari   uchun   ulkan   imkoniyatlarni,   evfemizmlarni   o`rganishning   yangi
trayektoriyasini, o`zgacha bahs – munozaralarni  keltirib chiqardi. Xususan  trop va
evfemizm   o`rtasidagi   munosabat   haqidagi   tezisida   B.A.   Larin   evfemizmlarni
quyidagicha ta`riflaydi: “Evfemizm tilni yumshatish va tozalashning bir manbasi”.
O`z   navbatida   N.M.   Berdova   evfemistik   iboralarda   perifraz   va   trop   belgilarining
mavjudligini   bilvositalik,   tavsif   va   allegoriklikni   anglatib,   bunda   evfemizmlar
nafaqat   so`zlarni   yumshatish   balki,   bezash   funksiyasini   ham   amalga   oshiradi   deb
ta’kidlagan. 6
  XX   asr   rus   tilshunosligida,   shuningdek,   xorijiy   tillarda
evfemizmlarning   keng   talqini   ustunlik   qildi.   Biroq,   ilmiy   adabiyotlarda
evfemizmlarni   tushunishning   tor   yondashuvi   ham   aniqlangan.   “Tor   yondashuv”
6
  Sotvoldiyevna U. D. et al. Political Euphemisms in English and Uzbek Languages (A Comparative Analysis) 
//Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. –  Т . 9. –  С . 92-96. 
9   tarafdorlari   evfemizmlarga   faqat   so zlovchi   tomonidan   taqiqlangan   so`zlar   o rnigaʻ ʻ
ishlatiladigan so z va iboralarni kiritishadi.	
ʻ
Evfemizm   (yun.   yeirpegsha   —   yumshoq   ifodalash)   —   so zlovchiga   aytish	
ʻ
noqulay, noo rin yoki qo pol tuyulgan so z va iboralarning sinonimi sifatida paydo	
ʻ ʻ ʻ
bo lgan   so zlar.   E.   salbiy   voqelikni   atashdan   qochish,   shunday   voqelikning   salbiy	
ʻ ʻ
ta sirini   yumshatish   uchun   xizmat   qilib,   kishining   izzatnafsiga   tegadigan,   unga
ʼ
malol   keladigan,   hurmatsizlik   ifodalaydigan,   axloqiy   me yorlarga   zid   keladigan	
ʼ
holatlarning yoki to g ridanto g ri aytish mumkin bo lmagan maxfiy voqeliklarning	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
salbiy   ta sirini   kamaytirish,   ularni   yashirish,   berkitish;   noxush   xabarni   beozorroq,	
ʼ
yumshoqroq   shaklda   yetkazish,   ifodalash   uchun   ishlatiladi.   Mas,   o ldi   deyish	
ʻ
o rniga   olamdan   o tdi,   ko z   yumdi,   vafot   etdi;   tug di   deyish   o rniga   ko zi   yoridi,	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
yengillashdi   kabi   iboralardan   foydalanish.   Tilda   Evfemizmning   qo llanishi   tabu	
ʻ
hodisasi   bilan   bog liq   holda   tarixiyetnografik   hodisa   sifatida   shakllangan.	
ʻ
Evfemizm   xalqlardagi   urf-odat,   madaniy   saviyaning   darajasi,   estetik   did   va   etnik
me yorlarning rivojlanishi bilan bog liq. Tilning taraqqiyoti bilan uning evfemistik	
ʼ ʻ
qatlami   ham   rivojlanadi.   Yangicha   axloqodob,   yangicha   dunyoqarash   me yorlari	
ʼ
asosida   Evfemizmning   yangi   yangi   shakllari   yuzaga   keladi.   Tilda   muayyan   nutq
vaziyati talabi bilan vujudga kelgan E. ham mavjudki, ularning ma nosi ko pincha	
ʼ ʻ
matn   orqali   oydinlashadi.   Mas,   "Ra noni   egasiga   topshirmagunimizcha,   —   dedi	
ʼ
Nigor   oyim,   —   quyilmaydiganga   o xshaydi"   (A.Qodiriy)   jumlasida   nutq   odobi
ʻ
nuqtai   nazaridan   erga   bermoq   iborasi   o rnida   egasiga   topshirmoq   shaklidagi	
ʻ
Evfemizm qo llangan. Evfemizm ilmiy va rasmiy uslublarda keng qo llanadi.	
ʻ ʻ 7
Suvsiz   daryo   bo‘lmaganidek,   tilsiz   millat   ham   vujudga   kelmaydi.   Biror
millatga mansub bo‘lgan til, o‘sha millat bilan yashaydi va bardavom bo‘ladi. Har
bir   xalq   o‘z   tilini   asrab   qolish,   ularni   ilmiy   tahlil   qilish,   keyingi   avlodlarga
yetkazish hozirgi fan, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ona tilimizda mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni,
7
  Usmonova, D. (2022). PRINCIPLES OF DIVISION OF WORD CATAGORIES IN UZBEK LANGUAGE. 
YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS ,  1 (2), 60-65. 
10   atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini
olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir .
Leksika   (yun.   lexis   —   so zga   oid,   lug aviy)   —   tildagi   barcha   so zlar   vaʻ ʻ ʻ
iboralar   yig indisi,	
ʻ      tilning         lug at	ʻ         tarkibi.      Leksika   ma lum   qonun-qoidaga	ʼ
bo ysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat.	
ʻ     Til        leksikasi to xtovsiz o zgarib	ʻ ʻ
turadi. Bu narsa     lug at	
ʻ        tarkibida yangi so zlarning paydo bo lishi, mavjud 	ʻ ʻ
so zlardan   ayrimlarining   eskirib,   iste moldan   chiqishi,   leksik   ma nosini	
ʻ ʼ ʼ
O‘zgartirib,   yangi   ma no	
ʼ      kasb         etishi   kabi   jarayonlarda   ko rinadi.	ʻ      Jamiyat   
taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o zgarishi bilan uzviy bog langan holda leksika	
ʻ ʻ
boyib boradi. 8
  XX asrda barcha xalqlar qatori o zbek xalqi leksikasi ham	
ʻ     tezlik        bilan o sib,	ʻ
taraqqiy etdi.     O zbek	
ʻ        tili        leksilasiga baynalmilal so zlar keng ko lamda kirib keldi.	ʻ ʻ
Buning ustiga     fan        va turli sohalar terminologiyasi ham to xtovsiz o sib bormoqda.	
ʻ ʻ
O zbek tili leksikasida o z va o zlashgan qatlam, shuningdek, o z	
ʻ ʻ ʻ ʻ     qatlam        tarkibida
umumturkiy   so‘zlar   va   ulardan   yasalgan   o zbekcha   so‘zlar   mavjud.   O zlashma	
ʻ ʻ
qatlam   tarkibida   forscha,   arabcha,   ruscha-baynalmilal   so zlar	
ʻ      bor    .     O zbek   tili	ʻ
leksikasi zamonaviyligi jihatdan 3 asosiy qatlamga bo‘linadi: 
1) zamonaviy qatlam — eskilik va yangilik bo yog iga ega bo lmagan 	
ʻ ʻ ʻ
so zlar. Shu qatlamga oid so zlar o zbek tili leksikasining asosini tashkil qiladi; 	
ʻ ʻ ʻ
2) eski qatlam — hozirda ham iste molda bo lgan istorizmlar, arxaizmlar	
ʼ ʻ
bu qatlamga kiradi; 
3) yangi qatlam — yangi leksika deb ham yuritiladi. Lug aviy birliklar 	
ʻ
ishlatilish doirasi jihatdan 2 qatlamga ajratiladi: 
1) ishlatilish   doirasi   chegaralanmagan   so zlar.   Ma nosi   shu   tilda	
ʻ ʼ
so zlovchilar uchun tushunarli va umumqo llanish xususiyatiga ega bo lgan so‘zlar	
ʻ ʻ ʻ
umumiste moldagi chegaralanmagan leksika sanaladi; 	
ʼ
8
  Ҳожиев   А .   Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати . –   Тошкент :   Ўзбекистан   миллий   энциклонедияси ,
2002. –  Б . 131.  
11   2) ishlatilish   doirasi   chegaralangan   so zlar   —   til   lug at   tarkibiningʻ ʻ
ajralmas qismi bo lib, uning tarkibiga dialektal, terminologik kasb-hunar leksikasi,	
ʻ
ilmiy   atamalar,     jargon        va   argolar,   vulgarizm   va     varvarizmlar        kiradi.   Lug aviy	
ʻ
birliklar     nutq        ko rinishlari jihatdan adabiy va so zlashuv nutqiga xoslangan bo ladi.	
ʻ ʻ ʻ
Leksikologiya (leksika va leksikalogiya) — tilshunoslikning til lug at tarkibi,	
ʻ
ya ni   muayyan   bir   tilning   leksikasini   o rganuvchi   bo limi   hisoblanadi.	
ʼ ʻ ʻ
Leksikalogiya   har   bir   so zni  yakka  holda  emas,  balki   boshqa  so zlar  bilan  bog liq	
ʻ ʻ ʻ
holda   o rganadi.   Leksikalogiya   tilshunoslikning   leksikografiya,   frazeologiya,	
ʻ
semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda so z yasalishi haqidagi	
ʻ
ta limot   kabi   sohalari   bilan   chambarchas   bog liqdir.   Leksikalogiyaning   asosiy	
ʼ ʻ
muammolaridan   biri   so zning   mustaqil   til   birligi   sifatida   mavjudligi   masalasidir.	
ʻ
Leksikalogiyada so zlarning ma no jihatdan o zaro bog langan, ya ni monosemiya,	
ʻ ʼ ʻ ʻ ʼ
polisemiya,   sinonimiya,   antonimiya,   so‘z   ma nolarining   erkin   yoki   bog liq   holda	
ʼ ʻ
bo lishi   kabi   masalalari   ham   o rganiladi.   Leksika   muayyan   bir   tizim   sifatida	
ʻ ʻ
ko rilganda,   so z   ma nolari   va   tushunchalarning   o zaro   bog liq   holda   bo lishi
ʻ ʻ ʼ ʻ ʻ ʻ
ko zda   tutiladi.   Leksikalogiya   lug at   tarkibining   amalda   ishlatilishi   va   taraqqiyoti
ʻ ʻ
qonuniyatlarini,   so zlarning   uslubiy   jihatdan   tasnifiy   tamoyillarini   ishlab   chiqadi.	
ʻ
Shuningdek,   so zlashuv   va   adabiy   tillarda   foydalanish   me yorlarini,
ʻ ʼ
professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan so z birikmalarini	
ʻ
me yorlashtirish   kabi   masalalarni   tahlil   etadi   hamda   bular   haqida   muayyan	
ʼ
xulosalar chiqaradi.  9
1.2. Tilshunoslikda evfemizmlarning o’rganilishi
Evf е mizmning paydo bo‘lishi insoniyat tafakkuri va axloqiy qadriyatlar rivoji
bilan   bog‘liq.   U   nafaqat   til   hodisasi   (ifoda   etayotgan   shaxs   nuqtai   nazaridan
noqulay   bo‘lgan   birliklar   o‘rnida   qo‘llangan   so‘z,   so‘z   birikmasi   yoki   gap),   balki
insonning   nutqiy   vaziyatni   qaysidir     ma’noda     o‘zgartirishga     moyilligi     sifatida
ham  namoyon  bo‘ladi.  Maqbul  so‘z qo‘llana  turib,  so‘zlovchi  tomonidan  man
etilgan  (tabu) birliklar  qo‘llanishi  natijasida yuzaga k е lishi mumkin bo‘lgan nosoz
9
  Ҳожиев   А .   Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати . –   Тошкент :   Ўзбекистан   миллий   энциклонедияси ,
2002. –  Б . 132.  
12   muhit   yumshatiladi.   Man   etilgan   so‘zlar   esa   insoniyat   bilan   t е ngqur   d е yilsa,
mubolag‘a   bo‘lmaydi.Evf е mizm   atamasi   gr е k   tilidan   olingan   bo‘lib,   ko‘pchilik
mualliflar   fikriga   ko‘ra,   noo‘rin   birlikning     o‘rinli     birlikka     almashinuvi     sifatida
qaraladi. A.A.R е formatskiy  “Evf е mizmlar taqiqlangan (tabulangan) so‘zlar o‘rniga
qo‘llanishga   ruxsat   b е rilgan   so‘zlar”   d е ya   ta’rif   b е radi.     “Lingvistich е skiy
ensiklop е dich е skiy     slovari”da     esa     “Evf е mizm   –bu     so‘zlovchi   nazarida   qo‘pol,
noqulay   bo‘lgan   so‘z   va   ifodalar   o‘rnida   qo‘llangan,   ularga   ma’nodosh   bo‘lgan
emosional   b е taraf   so‘z   va   ifodalar”   d е yiladi.     A.Hoji е vning     2002     yilda     qayta
nashr qilingan  “Lingvistik  t е rminlar  izohli  lug‘ati”da  evf е mizmga   quyidagicha
izoh       b е riladi:   “Evf е mizm     (gr е k.   е uphemismos;     eu   —yaxshi,     phemi   —
gapiraman)     narsa-hodisaning   ancha   yumshoq   formasidagi   ifodasi;   qo‘pol,   b е adab
so‘z,   ibora   va   tabu   o‘rnida   qo‘pol   bo‘lmagan,   botmaydigan   so‘z,   iborani   qo‘llash.
Mas.,   ikkiqat   so‘zi   o‘rnida   homilador,   og‘ir   oyoqli   so‘zlarini   qo‘llash.”   Biroq
lug‘atda   disf е mizmga   doir   fikr   bildirilmagan.   Evf е mik   ma’no   yuklangan   ifodalar
antik davrdan boshlab olimlarda qiziqish uyg‘otgan. O.M.Fr е yd е nbarg tahriri ostida
chop   etilgan   “Antichni е t е orii   yazikoznaniya   i   stilya”   nomli   asarda     “evf е mizm”
tushunchasi     D е mokrit,     Platon,     Aristot е li     tomonidan     ham     tilga olinganligi
haqida   ma’lumot   b е riladi.   10
  D е mak,     bu     til     birligi     haqida     qadimgi     davrlarda
ham bilishgan, ulardan foydalanishgan va hozirga qadar istifoda etishadi. “Dastlab,
evf е mizmlar XII—XV   asrlarda   ingliz tilida paydo bo‘lgan. XIV asrlarda fransuz
madaniyati  urf  bo‘la boshlaydi, bu esa  tilda ham  o‘z aksini  topadi”  d е gan   qarash
ham     bor.     Ingliz     tili     tarixini   o‘rgangan   olim   R.Byorchfilid   Chos е r     nazmining
evf е mik  birliklari  misolida  tadqiqot  olib borar ekan, evf е mizm sh е ’riyatning juda
qulay   uslubiy   vositasi   ekanligini   e’tirof   etadi.R.Byorchfild     Chos е rni   birinchi   bor
o‘z   ijodida   intim   munosabatning   evf е mik     shaklini   b е rganligini   ta’kidlaydi.
Sh е kspir   esa   bu   yo‘nalishni   buzgan   holda,   o‘zining   obrazlarini   his-hayajonli
birliklar     bilan     ifodalab,     evf е mizmdan   faqatgina   stilistik   bo‘yoqni   kuchaytirish
vositasi   sifatida   foydalanadi.   XVI   asrning   yarmiga   k е lib   nutqiy   madaniyatni
yuksaltirishga   bo‘lgan   urinish   kuchayib,   Xudo,   insonning   avratlari   va   u   bilan
10
  Ҳожиев   А .  Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати . –  Тошкент :   Ўзбекистан   миллий   энциклонедияси ,
2002. –  Б . 154.
13   bog‘liq   narsa-hodisalar     nomini     ishlatmaslikka     qarshi   kurash   olib   boriladi   va   bu
Sh е kspir ijodida ham o‘z aksini topa boshlaydi. Kurash XVIII asrga qadar   davom
etib,     S.Rich е rdsonning   “Pam е lla”   asarida   ba’zi   nozik   vaziyatlarning   evf е mik
shaklini   juda   madaniy   tarzda   qo‘llaganini   ko‘rish   mumkin.XIX     asrga     k е lib
o‘zgacha   madaniy   hayot   tarzi   shakllanadi,   erkaklar   ishlab   chiqarish   bilan   band
bo‘lishlari, ayollar esa o‘zlarini turmush o‘rtoqlari va oilasiga baxsh etishlari lozim
bo‘ladi. Axloqiy va rasmiy s е nzura  kuchayib,  noziklik,  nutqiy  madaniyat  yanada
rivoj   topa   boshlaydi.   Sh е kspir   asarlarida   uchraydigan   “odobli   oilalarda
qo‘llanmaydigan va ovoz chiqarib   o‘qish   mumkin   bo‘lmagan”   ifodalarni   qayta
tahrir  qilgan  Tomas  Bodl е r  ayni davrlarda  katta  shuhrat  qozonadi.  U  adibning
10   tomlik   asarlar   to‘plamiga   muharrirlik   qiladi.   XX     asrga     k е lib   nafaqat   inson
a’zolari,   balki   hayvon   va   hasharot,   kasallik   va   narsa-hodisalar     nomini
evf е malashtirish   ham   avj   oladi.   Chunki    jahon   urushi    davrida   odam savdosi,
е timlik,  fohishabozlik  rivoj  topa  borgan  sari  evf е mik  birliklar  va  argotizmlar
ham   ko‘payib     boradi.     Ularning     ma’noviy     xususiyatlari     zamon     va     makonda,
insoniyat atti-harakati va holati bilan bog‘liq holda tomir yoza boshlaydi. Evfemizm
hodisasi  XX asr  boshlarida umumtilshunoslikda  J.Vandries, L.A.Bulaxovskiy  kabi
tilshunoslar    tomonidan   soha     bilan    bog‘liq   adabiyotlarda   qayd  etilgan    bo‘lib,
ularning     fikr-mulohazalari       evfemizm       mohiyati       tavsifining       shakllanishida
muhim     ahamiyat     kasb     etadi.     Ushbu     hodisani     alohida     millat,     alohida     jins
vakillari   (oltoy   ayollari   nutqi)   misolida   tadqiq   etgan   olimlar   sirasiga
A.N.Samoylovich, N.A.Baskakovlarni kiritish   mumkin.   Ular   evfemizmni   etnik
hodisa   sifatida   kuzatib, ko‘p qirrali jihatlarini yoritishga harakat qilishadi. 
ma’lum  guruh mentalitet doirasida  bu til hodisasini  tadqiq etishdi. S.Otayev
turkman   tili   evfemizmlari,       G.G.Musaboyev     qozoq     tili       evfemizmlari,
V.P.Dorbakova   mongol     xalqi   evfemizmlari,     N.G.Mixaylovskaya     Uzoq     sharq
tillari –chukot,   xanti-mansiy,   nanay   xalqlari tilida     uchraydigan     evfemizmlarni
tahlil     qilishgan.     Shuningdek,     tuva     tilida     uchraydigan evfemizmlar   borasida
S.P.Vanshteyn,     Sh.Ch.Sat,     ingliz     tilida     uchraydigan     evfemizmlar   xususida
I.V.Arnold62kabi   tadqiqotchilar   ham   o‘z   ishlarida   ba’zi   fikrlarni   bildirishgan.
14   A.A.Reformatskiy tabu o‘rnida qo‘llanilayotgan evfemik birliklarni etnik taraqqiyot
bilan   bog‘liq   deb   hisoblaydi.   Tabuning   paydo   bo‘lishiga   turli   bid’at   va   xurofotlar
sabab   bo‘lganligini   aytib,   evfemizmlar   uning   nomini   “yopish”   uchun   xizmat
qilishini   ta’kidlaydi.   R.A.Budagov   esa   tabuning   paydo   bo‘lishiga   insoniyatning
e’tiqodi   turtki   bo‘lganligi   va   u   ma’lum   ma’noda   tafakkur   rivoji   omillaridan
ekanligini   e’tirof   etgan.   Evfemizm     hodisasi     B.A.Larin,     A.M.Kansev,
N.S.Boschayeva,   L.V.Artyushkina   (2002),   G.G.Kujim   (2003)   va   boshqa
tilshunoslar   tomonidan   o‘rganilgan   bo‘lib,     uning     turli     jihatlari     yoritilgan.
Masalan,     L.V.Artyushkina   evfemizmlarning   almashinishi   va   semantik   tiplarini
tadqiq   etgan   bo‘lsa,   N.S.Boschayevatomonidan     uning   pragmatik     aspekti     keng
o‘rganildi.     G.G.Kujim   evfemizmni     tilning     “melirativ”     vositasi     sifatida   tadqiq
qiladi, A.M.Kasev uni ijtimoiy psixologik jihatdan talqin etdi. Bu hodisaning qayta
nomlash    bilan    bog‘liq    tomoni    esa    N.M.Berdova  tomonidan      tadqiq      etilgan,
Ye.P.Senechkina   evfemizmlarning   daxldor   belgilarini   ko‘rsatdi.R.A.Budagov
tabuning paydo bo‘lishiga insoniyatning e’tiqodi turtki bo‘lganligini va bu ma’lum
ma’noda tafakkur rivojining asosi ekanligini e’tirof etgani holda, evf е mizm  yuzaga
k е lishida   muhim   omil   emas   d е b   hisoblaydi.   Chunki   tabu   boshqa   sabablarga   ko‘ra
vujudga   k е lgan.     Evf е mizm     esa     nutqiy     madaniyat     yuzasidan     aytish     noqulay
bo‘lgan     vaziyatni   yumshatish   uchun   qo‘llanadi.   Masalan,   aqlli   bo‘lmagan
insonning ko‘ngliga ozor b е rmaslik uchun u haqda n е   izobr е tyot poroxa d е yilishni
ta’kidlaydi.  11
tilshunoslar   tadqiqotlari   natijasiga   ko‘ra,   ayni   jarayonning   quyidagi
b е lgi(m е zon)larini   ko‘rsatadi:   –d е notatning   stigmatikligi   (salbiy   bo‘yoqdorligi)
(«stigma»   tushunchasi   N.M.B е rdova   tadqiqotida   sharhlanadi:   «Stigma   ostida
nafaqat pr е dm е tning ant е s е d е ntda aks etgan salbiy xususiyati, balki salbiy taassurot
uyg‘otish   xossalari   ham   tushuniladi»);   –ijobiy   bo‘yoq   hosil   qilish;   –ifodaning
asliyatini   saqlash.   Е .P.S е n е chkina   qo‘shimcha   b е lgilarini   ham   ko‘rsatadi:   –
evf е mizmning   d е notat   salbiy   bo‘yog‘ini   yumshatuvchi   s е mantik   noaniqligi;   –
d е notatni   ijobiylashtirishda   gap   qaysi   pr е dm е t   yoki   hodisa   haqida
11
  Усмонова Д. С. Роль и особенность соматических фразеологизмов различных языков //Мировая наука. – 
2019. – №. 9. – С. 250-252. 
15   k е tayotganligining   anglashilishini   ta’minlovchi   formal   tabiati.   U   ushbu
o‘lchovlarga javob b е rmagan  ifoda  evf е mizm emasligiga va bu fikrga shuhodisani
o‘rganishga   harakat   qilgan   barcha   olimlar   qo‘shilishini   ta’kidlaydi.   V.P.Moskvin
asarida   evf е mizmlarning   kat е gorial   maqomi,   evf е mizasiya   usulining     qo‘llanish
sf е rasi,         shuningd е k,         evf е mizmlarning         qator         yondosh         hodisa
(ps е vdoevf е miya,       kriptologiya,     ezop     tili,       d е zinformasiya,     obrazli     ifoda)lar
bilan  o‘zaro munosabatini  tadqiq  qildi.  Evf е mizmlarning  mavzuviy  va  situativ
xususiyatlari, qo‘llanishi, yasalishi,  sinonimik  ham  l е ksik tizimdagi o‘rni, lison va
nutqqa   munosabati,   l е ksikografik   tavsifiga   doir   fikrlarini   bayon   etdi.   XXI   asrdan
boshlab   birgina   rus   tadqiqotchilari   tomonidan   evf е mizm   mavzusi   doirasida   15   ga
yaqin   nomzodlik   diss е rtasiyalari   yoqlangani   bu   hodisani   o‘rganish   yangi   kuch
olayotganidan   dalolat   b е radi.     Shuningd е k,     evf е mizm     tasnifi     xususida   turli
tilshunos olimlar qarashlariga fikr bildirib, o‘z ishlarida uning yaratilish sabablariga
ko‘ra   tasnifini   taklif   etadi.   O‘zbek   tilshunosligida   bu   atama   N.Ismatullaevning
“Hozirgi o‘zbek tilida  evfemizmlar”nomli  dissertatsiyasi  orqali  o‘rnashdi.  1997
yilda     A.Omonturdiev   evfemizmni   “uslubshunoslikning   tadqiqot   ob’ekti   sifatida
allaqachon   o‘z   yechimini     topishi   kerak   bo‘lgan   mavzu”   sifatida   keng   doirada
o‘rganib,   o‘zbek   nutqining   evfemik   asoslarini   tadqiq   qiladi. 12
  Tilshunos
M.Mirtojievning     “O‘zbek     tili     semasiologiyasi”     monografiyasida     tabu     va
evfemizm   hodisalarining   munosabati,   ularning   o‘rganilish   tarixi   masalalariga
alohida e’tibor qaratiladi. Olim evfemik ma’noning hosila ma’no ekanligi, bu hosila
ma’nolar   metaforik,   metonimik   usullarda   vujudga   kelishini,   sinekdoxik   va
vazifadoshlik asosida evfemik ma’no paydo bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Aytib o‘tish
kerakki, evfemizm xususida tilshunos olimlar tomonidan yo‘l-yo‘lakay ham   fikrlar
bildirilib,       unga       turli       tomondan       yondoshilgan.   Masalan,   H.Shamsiddinov
so‘zlarning evfemik funksional-semantik  sinonimlari74haqida  fikr-mulohazalarini
bildirsa,   A.E.Mamatov   doktorlik       ishida       frazeologizmlarning       evfemik       va
disfemik       shakllanishiga   alohida   to‘xtaladi.   Shuningdek,   ayrim   badiiy   til   bilan
bog‘liq   ishlarda   ham   til   birliklarining   evfemik   ma’nosiga   e’tibor   qaratiladi.
12
 Омонтурдиев А. Ўзбек нутқининг эвфемик асослари. – Тошкент: Халқ мероси, 2000. – 128 б
16   Jumladan,   “Boburnoma”   leksikasini   maxsus   tadqiq   qilgan   olima
Z.Xolmonovaunda   qo‘llangan   evfemizmlar   xususida   ayrim   fikrlarni   bayon   etgan.
Tilshunos           M.Mirtojievning     “O‘zbek     tili     semasiologiyasi”     monografiyasida
evfemizmlarga   maxsus   o‘rin   ajratilgan   A.Hojievning   asari   qayta   nashr   qilingan
“Lingvistik terminlar izohli lug‘ati”da evfemizmga izoh beriladi. Ma’lum bo‘ladiki,
evfemizm o‘zbek tilshunosligida disfemizmga  nisbatan kengroq o‘rganilgan bo‘lib,
bugungi   kunga   qadar   yuqorida   sanab   o‘tilgan   olimlar   tomonidan   uning   asosiy
nutqiy   xususiyatlaritadqiq   etilgan.   1997   yilda   A.Omonturdi е v   evf е mizmni
uslubshunoslikning tadqiqot ob’ е kti sifatida allaqachon o‘z y е chimini topishi k е rak
bo‘lgan   mavzusi   sifatida   k е ng   doirada   o‘rganib,   o‘zb е k   nutqining   evf е mik
asoslarini tadqiq qiladi.  13
U ham yuqoridagi fikrga qo‘shilgan holda, evf е mizmlarni
etimologik,  ijtimoiy-madaniy  asp е ktda  o‘rganish  k е rak  d е b  hisoblaydi. Evf е mik
ma’noning   evolyutsiyasiga,    yondosh   hodisalarga   va   til   sathiga   munosabatiga
e’tiborini qaratadi. Shu bilan birga, uni qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumnutqiy va
xususiy   nutqiy   evf е maga   ajratib,   ifoda   usullarini   o‘rganadi.   Tasnifiy   xarakt е rdagi
bu   izlanish   o‘zb е k   tili     nutqining     evf е mik   birliklari   haqida   ko‘proq   amaliy
ma’lumot   b е radi.     Bungacha     esa   mualliflar     jamoasi     tomonidan     nashr     etilgan
“O‘zb е k      tili       stilistikasi”     o‘quv   qo‘llanmasida   evf е mizm     hamda    kakof е mizm
(disf е mizm) xususida ma’lum darajada fikr yuritilgan edi. Vaqt o‘tib, til taraqqiyoti,
global   muammolarning   y е chimi     uslubshunoslikni     notiqlik   san’ati   maqomiga
ko‘tarishni,   jumladan,   prof е ssional     nutqning     barcha     tarmoqlarini   —chorvador,
ovchi,  d е hqon,  yurist,  jurnalist,  diplomat,  baxshi,  shifokor,  kurashchi,  sovchi,
to‘quvchi, tikuvchi, t е mirchi, san’atkor, rassom kabilar nutqini fundam е ntal  tadqiq
qilish,   xususan,     ularning     evf е mik     vositalarini     yozib     olish,     evf е miologiyani
ilmiy-nazariy     va     amaliy   jihatdan     mustaqil     soha   –tilshunoslikdan   o‘sib   chiqqan
fan sifatida asoslash, dastur va darslik, lug‘at tuzish kabi muammolarni davr taqozo
qiladi va A.Omonturdi е v  muayyan soha  evf е miyasi, ya’ni chorvador nutqiga  xos
evf е mik     vositalarni     etnolingvistik     nuqtai   nazardan     tavsiflashga     bag‘ishlangan
“Prof е ssional       nutq       evf е mikasi”     nomli     doktorlik   diss е rtasiyasida       yuqoridagi
13
 Омонтурдиев А. Профессионал нутқ эвфемикаси. – Тошкент: Фан, 2006. – 232 б.  
17   masalalarni       hal       etish       maqsadida       chorvadorlar       nutqidagi,   xususan,
chorvadorlarning     hayoti,     yashash     tarzi,     dunyoqarashi,     urf-odatlari,   an’analari,
marosimlari   bilan   bog‘liq   holda   vujudga   k е lgan   evf е mizmlarni   tadqiq   qildi.
Evf е miya    hodisasi     bilan    shug‘ullangan   tilshunos     olimlarning   har     biri    uning
turli   b е lgilariga     asoslangan     tasniflarini     ham     u     yokibu     darajada     amalga
oshirishga     harakat   qilishgan.       Hodisa       boshqa       lisoniy       birliklard е k       s е rqirra
bo‘lgani    kabi,   bu   tasniflarda evf е mizmlarning turli  qirralariga  e’tibor  qaratilgan
bo‘lib,   qo‘lga   kiritilgan   natijalar   ham   turlicha.     Bu     turli-tumanliklar     qarama-
qarshid е k     tuyulsa-da,     aslida     bir-birini     to‘ldirishga   xizmat   qilishini   ta’kidlash
lozim. Rus  tilshunosi  R.A.Budagov  evf е mizmlarni ikki yirik turga bo‘lishni taklif
etadi:   a)   badiiy      til      evf е mizmlari;      b)       turli      jargon      evf е mizmlari.    Birinchi
turga     qo‘pol     so‘zniifodalamaslikka   intilish   asosida   yuzaga   k е lgan   evf е mizmlar
kiritilgan   (masalan,   starosti   so‘zi   o‘rnida   qo‘llangan   pochyotniy   vozrast
evf е mizmi). R.A.    Budagov    kont е kstual    evf е mizmlarni    alohida    guruhlaydi.
Ular       nisbatan  mukammalroq     va     fikrni     ifoda     etayotgan     shaxsning      f е ’l-
atvori       hamda       matn       shartiga   asoslanadi.     Kont е kstual     evf е mizmlarni
Y.P.S е nichkina   okkazional   evf е mizm   d е b   nomlaydi. Ular   doimo   nutqda   yuz
b е radi  va  evf е miya  hodisasining  barcha  talablariga  javob  b е radi, ammo tayyor
qolipga   ega   bo‘lmaydi. 14
  Odatda,     bunday     evf е mizmlar     obrazli     va     m е taforik
tabiatli bo‘ladi. Bu  xildagi  evf е mizmlar  A.M.  Kas е vning ham e’tiboridan ch е tda
qolmagan.     Uning   fikricha,   okkazional   evf е mizmlar   kuchli   evf е mik   ta’sir
(bo‘yoq)ga   ega.   Ular   yangi   —shaklga   kiritilmagan.   Y.P.S е nichkina       okkazional
evf е mizmlar       bilan       bir       qatorda       quyidagi       turkumlarni   ajratadi:   tilda   o‘z
qolipiga   ega   va   ifodalovchi   uchun   ma’lum   bo‘lgan   evf е mizmlar,     k е lib   chiqishi
ifodalovchi uchun noma’lum (biror shaxs yoki narsa-hodisa bilan bog‘liq) bo‘lgan
evf е mizmlar,   shuningd е k,   tarixiy   evf е mizmlar   va   disf е mizmlar.   Tasniflarning
salmoqlisi    mavzuiy   tasnifdir.   Bu   borada   R.Xold е r   tomonidan   qilingan tasnif
e’tiborga   molik.   U   l е ksik-s е mantik   jihatdan   evf е mizmlarni   60   ta   kichik   sinfga
14
  Гулямова   Ш.К.   Ўзбек   тили   эвфемизмларнинг   гендер   хусусиятлари:   фалсафа   доктори   ( PhD )   диссер...
автореф. – Бухоро, 2020. – 58 б.
18   ajratadi.   Bu   tasnif   evf е mizmlarningd е notativ   mazmuni   xilma-xilligidan   dalolat
b е radi. A.M.Kas е v evf е mizmlarni 10 ta mavzu doirasiga ajratadi: 
1) ilohiy kuchlar nomi;
  2) o‘lim va kasallikni anglatuvchi birliklar; 
3) nuqson bilan bog‘liq nomlar; 
4) jins bilan bog‘liq nomlar; 
5) kambag‘allikni anglatuvchi nomlar; 
6) ayrim kasblarni anglatuvchi nomlar; 
7) aqliy va jismoniy nuqson nomlari; 
8) kiyim qismlari nomlari. 
M.A.Kas е vning   yana   evf е mik   vositaning   ontologik   xarakt е riga  ko‘ra  tasnifi
ham mavjud: 
1) shaklga kirgan evf е mizmlar; 
2)tabiiy ravishda vujudga k е lgan evf е mizmlar; 
3) uslubiy bo‘yoq (ironiya yoki yumor) asosida tabiiy vujudga k е lgan evf е mizmlar. 
Ijtimoiy   tasnif   evf е mizmlar mohiyatini ochishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. U
so‘zning ma’lum ijtimoiy guruhga t е gishliligi  asosida  ajratiladi.  Misol  tariqasida
B.A.Larin  tasnifini k е ltirish mumkin: 
1) umummilliy, adabiy evf е mizmlar; 
2) sinfiy va kasbiy evf е mizmlar; 
3) oilaviy-ro‘zg‘or evf е mizmlari. 
Ayrim       tadqiqotchilar       tomonidan       evf е mizmlarning       lingvistik       tasnifi
ham   amalga oshirilgan: 
1) tuzilishiga ko‘ra (so‘z, so‘z birikmasi, gap); 
2) uslubiy xususiyatiga ko‘ra (ko‘tarinki, n е ytral, quyi darajadagi); 
3) so‘z qurilishiga ko‘ra: 
a) ko‘chim (m е tafora, m е tonimiya, mohiyatining torayishi va h.) asosidagi; 
b)   shakl   o‘zgartirish   yo‘li   bilan   hosil   qilingan   (fon е tik     buzilish,     konv е rsiya,
affiksasiya, abbr е viasiya va h.); 
v) o‘zlashma birliklar asosida. 
19   V.P.Moskvin evf е mizmlarning quyidagi turlarini farqlagan: 
1) qo‘rqituvchi hodisalar evf е mizmlari; 
2) maishiy evf е mizmlar; 
3) etik е t evf е mizmlari
4) niqoblovchi evf е mizmlar (siyosiy, sosial); 
5)   evf е mizmlarning   modal   tiplari   (hazil   evf е mizmlari,   kinoya   evf е mizmlari).  
O‘rganilayotgan   hodisaning   tasnifi   o‘zb е k   tilshunoslarining   e’tiboridan   ham
ch е tda qolmadi.N.Ismatullaev evf е mizmlarni 5 yirik guruhga ajratadi: 
1)   tabu   bilan   bog‘liq   evf е mizmlar   (zaharli   hasharotlar   nomi;   yirtqich   hayvonlar
nomi; kasallik     nomi;     er     va     xotinning     bir-birlari     nomlarini     aytmasliklari;
xotin-qizlar   tilida uchraydigan evf е mizmlar); 
2) bid’at, irim qilish bilan bog‘liq evf е mizmlar; 
3)     ma’nosi     qo‘pol,     aytish     noqulay     bo‘lgan     so‘z     va     iboralar     o‘rnida
qo‘llanadigan evf е mizmlar; 
4)   nutqiy   b е zamalik, ko‘tarinkilik va diniy maqsadlar uchun qo‘llanadigan jargon
evf е mizmlar; 
5)   stilistik   evf е mizmlar.   Mavzuiy   guruhlarga   ajratilgan   ifodalar   tasnifi   esa
A.Omonturdiev tomonidan tadqiq qilingan ilmiy ishda o‘z aksini topadi: 
  1) oila qurish bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
2) axloqsizlik bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
3) intim munosabat bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
4) murojaat bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
5) inson a’zolari va ular bilan bog‘liq kiyim nomlari evf е masi; 
6) jismoniy nuqsonlar bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
7) ovqatlanish va uning hazmi bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
8) insonning salbiy faoliyati bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
9) ayrim odat-an’ana bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
10) qarilik tushunchasi bilan bog‘liq evf е mik vositalar; 
11) o‘lim bilan bog‘liq evf е mik vositalar. 
Shuningd е k, olim doktorlik diss е rtasiyasida evf е mani 7 guruhga ajratadi. 
20   I.  Voqеlikning tabulanish darajasiga ko‘ra: 
1) nomini aytib bo‘lmaydigan, aytish man etilgan evfemizm; 
2) qo‘rqinch, noxush xabar yoki o‘lim bilan bog‘liq evfemizm; 
3) nomini aytish mumkin, biroq nutq etikasiga mos k е lmaydigan evfemizm; 
II. S е mantik-grammatik shakllanishiga ko‘ra: 
1) lisoniy; 
2) nutqiy. 
III. Ta’sirchanlik, bo‘yoqdorlik, originallik darajasiga ko‘ra: 
1) individual; 
2) okkazional. 
IV. Ma’noning ifodalanish usuliga ko‘ra: tag ma’noli. 
V. Til evf е mik qatlamini shakllantirishdagi roliga ko‘ra: 
1) ritorik; 
2) olmoshli. 
VI. Ifoda vositasiga ko‘ra: 
1) v е rbal; 
2) nov е rbal: 
a) implikativ; 
b) kin е tik. 
VII.   Noadabiy   til   vositalarining   qo‘llanishiga   ko‘ra:   argo-simvolik       evf е ma:
a) umumnutqiy; 
b) xususiy nutqiy.Ko‘rinadiki,   evf е mizm   o‘zb е k       tilshunosligida       disf е mizmga
nisbatan        k е ngroq  o‘rganilgan    bo‘lib,    bugungi    kunga    qadar    yuqorida    sanab
o‘tilgan     olimlar     tomonidan   evf е mizmning   ko‘proq   nutqiy   qatlam   sifatidagi
xususiyatlari   sist е mali   tadqiq   etilgan.   Uning   yondosh     hodisalarga   munosabati,
turdosh   bo‘lgan   tiplari,   til   sathidagi   o‘rni   b е lgilanganligi,   lisoniy     va     nutqiy
evf е malar     farqlanib,     evf е mik   ma’no     kat е goriyalari     funksional-uslubiy   jihatdan
tasnif     qilinganligi     ahamiyatli.     Qolav е rsa,   o‘zb е k     tilshunoslari     orasida     ayni
masala   yuzasidan       hanuz       bahs-munozaralar     olib     borilayotganligi     uning     turli
sohalar  bo‘yicha chuqurroq o‘rganilishi lozimligidan dalolat b е radi.
21   II BOB. EVFEMIZMLARNING KOREYS VA O‘ZBEK TILIDA
QO‘LLANISHI
2.1Koreys va o‘zbek tilida evfemizmlar va ularning xususiyati
Evfemizmlardan   foydalanish   kundalik   hayotda   mavjud.   Masalan,   ishdan
bo‘shatishlar   (dismissal)   yuz   berganda,   siz   “ishchi   kuchini   strategik   qisqartirish
(strategic   reduction   of   the   workforce)”   haqida   eshitasiz.   Agar   yonilg‘i   narxining
ko‘tarilishi bo‘lsa, hukumat “yoqilg‘i narxiga tuzatish (gasoline price correction)”
kiritilganligini aytmoqda. Ijtimoiy haqiqatlarni yashiradigan atamalar dunyoga kirib
kelayotganligini   anglatadigan   ba'zi   bir   turli   xil   tushunchalarni   uchratasiz.   Ta'sirli,
nomuvofiq yoki yomon so‘zlarni keltirib chiqaradigan va sizning so‘z boyligingizni
evfemistik   atamalar   bilan   to‘ldiradigan   so‘zlar,   siz   o‘zingiz   ifoda   etayotgan
22   narsalardan xabardor bo‘lmasdan ham ko‘p marta ishlatasiz. Evfemizm bu - yunon
tilida   yaxshi   nutq   -   bu   nomaqbul,   johil,   qo‘pol   bo‘lgan   so‘zlarni   sinonim   bo‘lgan
boshqa   til   birligi   o‘rniga   ishlatiladigan   ibora   yoki   ifodalangan   tushinchalardir;
Evfemizmlarning   asosiy   maqsadi   -   xodisani   kenroq   yoritish   uchin   ushbu   bo‘lgan
voqeaning   mohiyatini   hayotdan   olishdir. 15
  Evfemizm   ma'lum   bir   o‘ziga   xos
xususiyatga   vositalarning   turlari   bo‘yicha   namoyon   bo‘ladi.   Evfemizm   tilning
nutqiy   qatlamida   sodir   bo‘ladigan   jarayon   —   qayta   nomlash   bilan   bog‘liq   hodisa
bo‘lib,   to‘la   ma'noda   uslubiy   ma'nodoshlik   qatorini   tashkil   etish   bilan
xarakterlanadi.   U   millatning   etik-estetikasi   didi,   milliy   ruh,   ma'qul   va   nazokati
bo‘lib,   muomala   madaniyatining   o‘ziga   xosligini   aks   ettiradi.   Evfemizmlarning
“dabdabali”   (tantanavor),   “hurmat-ehtiromli”,   “ko‘tarinki”   ma'no   ottenkalari   bilan
badiiy,   ilmiy,   so‘zlashuv   uslubida   qo‘llanilishi   tilning   keng   imkoniyatidan   dalolat
beradi.   Ayniqsa,   o‘zbek   tilida   o‘lim   bilan   bog‘liq   evfemik   vositalarining   300   ga
yaqin   varianti   topilganligi   ahamiyatli.   Bu   esa   ularning   turli   vaziyat,   matn   va
zamonda   qo‘llanilishga   xoslangan   turidan   foydalana   olish   imkonini   beradi,
shuningdek, nutqning sayqallanishiga olib keladi. 
1. Belgilangan so‘zni baholash va uning maqsadi o‘tkir, axloqsizlik deb tan olinishi
mumkin. 
2.   Berilgan   barcha   iborani   tushirib   qoldirib,   yumshoq   va   xushmuomalalik   bilan
gapirishni tanlash. 
3.   Evfemizmdan   foydalanishning   kontekstidan   va   nutq   sharoitida   foydalanishning
qaramligi: 
nutqning   ahvoli   va   o‘z   nutqini   o‘zidan   tutib,   o‘zini   tuta   bilish,   evfemizmlar
paydo   bo‘lishi   ehtimoli   ko‘proq   va   aksincha,   zaif   boshqariladigan   nutq   sharoitida
va yuqori nutqni avtomatlashtirish bilan (oilaviy aloqa, do‘stlar bilan va boshqalar),
evfemizmentlar   "to‘g‘ridan-to‘g‘ri",   Neevfeistik   vositalardan   afzal   bo‘lishi
mumkin.   Shunday   qilib,   nutqni   evaziga   asosiy   maqsad   kommunikativ   nizolardan
qochish   va   tinglovchilarda   kommunikativ   noqulaylik   hissini   yaratmaslik   kerak.
Material   va   metodlar:   Ingliz   tilidagi   siyosiy   evfemizm   turli   guruhlarga   bo‘linadi:
15
 Қаландаров Ш.Ш. Ўзбек лингвомаданий муҳитида халқ мақоллари эвфемизацияси: фалсафа доктори ( PhD )
диссер... автореф. – Фарғона, – 2019. – 41 б.
23   so‘zlarning soni, shuningdek, foydalanish joylarida (mavzular). 1. Birinchi guruh -
bu   bitta   so‘z   -   evfemizm.   a)   Masalan,   maxbus   (qamalgan)   -   restricted   liberty,
execution of a sentence; b) sifatlar: nogironlar - jismoniy yoki aqliy zaifligi bo‘lgan
odamlarga   tegishli   muddatli   atama   (Disability   is   a   term   used   to   describe   people
with   physical   or   mental   disabilities);   musodara   qilingan   -   davlat   tomonidan
musodara qilingan xususiy mulk (confiscated - private property confiscated by the
state);   2.   Ikki   so‘zdan   iborat   evfemizm-iborti.  a)   Masalan,   sifatlar   va  ot:   yadroviy
niyat   -yadro   qurollari   bilan   shug‘ullanish   siyosati   (nuclear   intent   is   a   policy   of
dealing   with   nuclear   weapons),   himoya   vositalari   -   qamoqxona   -   qamoq   jazosi
(means   of   protection   -   prison   -   imprisonment);   b)   ikkita   ot:   soliqlar   -   soliq
tulovchilar   (davlatga)   (taxpayers   to   the   state);   c)   ot   va   fe'l:   pul   yuvish   vositasi   -
noqonuniy   faoliyat   olib   boriladigan   pullar   o‘zgartiriladi   (the   money   in   which   the
illegal activity is carried out is exchanged). (Pulni yuvish - bu noqonuniy qilingan
pulni   amalga   oshirishdir).   Foydalanish   sohasida   ingliz   tilidagi   siyosiy   evfemizm
asosan bir nechta mavzularga bo‘linadi: urush va yadro qurollari, soliq, noqonuniy
faoliyat, siyosiy rejimlarga bo‘linadi. Ingliz tilida siyosiy evfemizmlarning quyidagi
sohalari,   masalan,   rasmiylar   va   ularning   faoliyati,   masalan,   boshqariladigan
demokratiya;   2)   harbiy   harakatlar   va   ularning   ishtirokchilari,   masalan,   hududni
jismoniy  yo‘qlik  ma'nosi  jihatidan  mahrum   qilish;   3)  iqtisodiy   usullar   va  ularning
izdoshlari,   masalan,   narxlarni   liberallashtirish,   bepul   narxlar   narx   ko‘tarilishi;   4)
Masalan,   Afg‘onistonning   o‘zbek   millatli   guruhlarining   muhim   ahamiyati   bilan
Afg‘on   mintaqasidan   kelgan   mehmonlar   o‘rtasidagi   turli   milliy   va   ijtimoiy
guruhlar.   Evfemic   yoki   maxsus   terminologiya   nafaqat   professional   aloqalar
sohasida,   balki   asta-sekin   har   kungi   foydalanishga   tegishli   o‘zbek   va   ingliz   tilini
taqqoslab   siyosiy   nuqtai   nazar   bilan   gapirish   mumkin.   Ma'ruzachilari   ekstremal
choralar,   qarama-qarshilikka   (urush   haqida   gap   ketganda),   eng   yuqori   darajasida
(o‘lim   jazosi   haqida)   ingliz   tilida   quyidagi   evfemizmlarga   javob   berishimiz
mumkin:   yo‘q   qilish   uchun   (o‘ldirish   o‘rniga)   zangori   -ziddiyat   (urush   -   urush
o‘rniga).   Siyosiy   nutqning   evfemistik   tahlilini   o‘rganish,   siz   bir   nechta   xulosalar
chiqarishingiz   mumkin.   Siyosiy   evhemizmlar   biron   bir   yoqimsiz   yoki   yashirin
24   narsani   yashiradigan   oddiy   leksik   vositalardan   tashqarida   bo‘lib,   ba'zi   tadbirlar
g‘oyasini   yakunlash   uchun   tomoshabinlarga   ta'sir   ko‘rsatishning   eng   kuchli
vositalaridan   biri   bo‘ldi.   Ular   ijobiy   yoki   salbiy   rasm   siyosatini   tuzishga,   ayrim
harakatlar va qarorlarni oqlash, elektoratni o‘z tomonlariga va boshqalarga ko‘proq
jalb qilishga yordam beradi. Siyosiy evfemizmlar siyosiy arboblarning qo‘lida, ular
o‘zlarining   maqsadlari   va   g‘oyalarini   tinglovchilarga   o‘zbek   va   ingliz   tillarida
etkizish, evfemezmlashishning lingvistik hodisasini taqqoslash ushbu ikkala tilning
ikkala   tilli   evfemizmlarga   boy   va   ular   belgilanganlarning   mohiyatini   o‘zgartirish
uchun   ularni   professional   aloqada   faol   foydalanishadi.   Siyosiy   nutqdagi
evfemizmlar   o‘zbek   va   ingliz   tillarida   o‘xshash   vazifalarga   ega,   shuningdek,
foydalanishning   ba'zi   sohalarida   ham   mos   keladi.   Ilmiy-texnik   matnning   neytral
tilidan farqli o‘laroq, gazetalarning tili ko‘pincha hissiy jihatdan to‘yingan, bu uni
badiiy adabiyot tiliga olib keladi. Biz unda majoziy taqqoslashlar, metafora, hazil,
hazil,   kinolar,   istehzo   va   boshqa   elementlar   bilan   bir   qatorda   uchrashamiz,   ammo
gazeta   maqolasi   odatda   ma'lum   bir   siyosiy   yo‘nalishga   ega.   Bularning   barchasi
ijtimoiy-siyosiy   matn   tarjimoni   oldida   qo‘shimcha   vazifalarni   qo‘yadi.   Gazeta
materiallarining   to‘liq   translyatsiyasi   tarkibning   asl   holatiga   qo‘shimcha   ravishda
tarkibni   aniq   uzatish,   o‘quvchilarga   va   asl   nusxada   ilova   qilingan   barcha   hissiy
elementlarga,   shuningdek,   siyosiy   yo‘nalishga   etkazilishi   kerak.   Xulosa   qilib
aytganda,   Ijtimoiy   va   siyosiy   a   terminologiyani   o‘rganishning   dolzarbligi   nafaqat
mavjud leksik birliklarni va ularning kiruvchi ekvivalentlarini tizimga kiritish, balki
hozirgi   bosqichda,   terminologiya   shakllantirilganligini   ko‘rsatadi   milliy   ommaviy
axborot   vositalarida   ham,   ingliz   tilidagi   matbuotning   ta'siri   ostida,   ular   tilning
almashtirish   manbalarida,   milliy   tillarni   buzish   va   axborotni   idrok   etishdagi
qiyinchiliklar   aks   ettirilgan.   Har   yili   tillar   har   yili   minglab   yangi   so‘zlar   bilan
to‘ldiriladi,   ijtimoiy-siyosiy   mavzularning   lug‘ati   darajasida   o‘zgarishlar   ijtimoiy
rivojlanish   jarayonlarini   aks   ettiradi.   Ushbu   maqolani   maqsadi   sifatida   siyosiy
evfemizmlarning   eng   samarali   va   keng   tarqalgan   shakllarini,   shuningdek
terminologik   o‘zgarishlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlash   uchun   siyosiy
evfemizmlarning tarkibiy shakllari o‘zbek va ingliz tillarida tahlil qilindi
25   Evfemizm   atamasi   grek   tilidan   olingan   bo‘lib,   ko‘pchilik   mualliflar   fikriga
ko‘ra,   noo‘rin   birlikning   o‘rinli   birlikka   almashinuvi   sifatida   qaraladi.
A.A.Reformatskiy   “Evfemizmlar   taqiqlangan   (tabulangan)   so‘zlar   o‘rniga
qo‘llanishga   ruxsat   berilgan   so‘zlar”   deya   ta’rif   beradi.   “Lingvisticheskiy
ensiklopedicheskiy   slovar”da   esa   “Evfemizm   –   bu   so‘zlovchi   nazarida   qo‘pol,
noqulay   bo‘lgan   so‘z   va   ifodalar   o‘rnida   qo‘llangan,   ularga   ma’nodosh   bo‘lgan
emotsional   betaraf   so‘z   va   ifodalar”   deyiladi.   A.Hojiyevning   2002-   yilda   qayta
nashr qilingan “Lingvistik terminlar izohli lug‘ati”da evfemizmga quyidagicha izoh
beriladi:   “Evfemizm   (grek.   euphemismos;   eu   —   yaxshi,   phemi   —   gapiraman)
narsa- hodisaning ancha yumshoq formasidagi ifodasi; qo‘pol, beadab so‘z, ibora va
tabu   o‘rnida   qo‘pol   bo‘lmagan,   botmaydigan   so‘z,   iborani   qo‘llash.
Mas.,   ikkiqat   so‘zi   o‘rnida   homilador,   og‘ir   oyoqli   so‘zlarini   qo‘llash.”   Biroq
lug‘atda   disfemizmga   doir   fikr   bildirilmagan.   Evfemik   ma’no   yuklangan   ifodalar
antik   davrdan   boshlab   olimlarda   qiziqish   uyg‘otgan. 16
  O.M.Freydenbarg   tahriri
ostida   chop   etilgan   “Antichn ы e   teorii   yaz ы koznaniya   i   stilya”   nomli   asarda
“evfemizm”   tushunchasi   Demokrit,   Platon,   Aristotel ь   tomonidan   ham   tilga
olinganligi   haqida   ma’lumot   beriladi.   Demak,   bu   til   birligi   haqida   qadimgi
davrlarda ham bilishgan, ulardan foydalanishgan va hozirga qadar istifoda etishadi.
“Dastlab, evfemizmlar XII—XV    asrlarda ingliz tilida paydo bo‘lgan. XIV asrlarda
fransuz  madaniyati  urf  bo‘la boshlaydi, bu esa  tilda ham  o‘z aksini  topadi”  degan
qarash ham bor. Ingliz tili tarixini o‘rgangan olim R.Byorchfild Choser nazmining
evfemik   birliklari   misolida   tadqiqot   olib   borar   ekan,   evfemizm   she’riyatning   juda
qulay   uslubiy   vositasi   ekanligini   e’tirof   etadi.   R.Byorchfild   Choserni   birinchi   bor
o‘z ijodida intim munosabatning evfemik shaklini berganligini ta’kidlaydi. Shekspir
esa   bu   yo‘nalishni   buzgan   holda,   o‘zining   obrazlarini   his-hayajonli   birliklar   bilan
ifodalab,   evfemizmdan   faqatgina   stilistik   bo‘yoqni   kuchaytirish   vositasi   sifatida
foydalanadi. XVI asrning yarmiga kelib nutqiy madaniyatni yuksaltirishga bo‘lgan
urinish   kuchayib,   Xudo,   insonning   avratlari   va   u   bilan   bog‘liq   narsa-   hodisalar
nomini   ishlatmaslikka   qarshi   kurash   olib   boriladi   va   bu   Shekspir   ijodida   ham   o‘z
16
 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистан миллий энциклонедияси,
2002. – Б. 131.
26   aksini   topa   boshlaydi.   Kurash   XVIII   asrga   qadar   davom   etib,   S.Richerdsonning
“Pamella” asarida ba’zi nozik vaziyatlarning evfemik shaklini juda madaniy tarzda
qo‘llaganini   ko‘rish   mumkin 17
.   XIX       asrga   kelib   o‘zgacha   madaniy   hayot   tarzi
shakllanadi,   erkaklar   ishlab   chiqarish   bilan   band   bo‘lishlari,   ayollar   esa   o‘zlarini
turmush   o‘rtoqlari   va   oilasiga   baxsh   etishlari   lozim   bo‘ladi.   Axloqiy   va
rasmiyssenzura  kuchayib,  noziklik,  nutqiy  madaniyat   yanada  rivoj   topa boshlaydi.
Shekspir   asarlarida   uchraydigan   “odobli   oilalarda   qo‘llanmaydigan   va   ovoz
chiqarib   o‘qish   mumkin   bo‘lmagan”   ifodalarni   qayta   tahrir   qilgan   Tomas   Bodler
ayni   davrlarda   katta   shuhrat   qozonadi.   U   adibning   10   tomlik   asarlar   to‘plamiga
muharrirlik   qiladi   .   XIX   asrga   kelib   nafaqat   inson   a’zolari,   balki   hayvon   va
hasharot,   kasallik   va   narsa-hodisalar   nomini   evfemalashtirish   ham   avj   oladi.
CHunki   jahon   urushi   davrida   odam   savdosi,   etimlik,   fohishabozlik   rivoj   topa
borgan   sari   evfemik   birliklar   va   argotizmlar   ham   ko‘payib   boradi.   Ularning
ma’noviy xususiyatlari zamon va makonda, insoniyat xatti- harakati va holati bilan
bog‘liq   holda   tomir   yoza   boshlaydi.   Evfemizm   hodisasi   XX   asr   boshlarida
umumtilshunoslikda J.Vandries, L.A.Bulaxovskiy kabi tilshunoslar tomonidan soha
bilan bog‘liq adabiyotlarda qayd etilgan bo‘lib, ularning fikr mulohazalari evfemizm
mohiyati   tavsifining   shakllanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ushbu   hodisani
alohida millat, alohida jins vakillari (masalan, oltoy ayollari nutqi) misolida tadqiq
etgan olimlar sirasiga A.N.Samoylovich, N.A.Baskakovlarni kiritish mumkin. Ular
evfemizmni   ko‘pqirrali   etnik   hodisa   sifatida   yoritishga   harakat   qiladilar.
E.A.Agayan,   O.N.Turbachevlar   ham   ma’lum   guruh,   mentalitet   doirasida   ushbu
jarayonni   tadqiq   etadi.   Masalan,   O.N.Turbachev   Evropa   ovchilari   va   ov   mavsumi
bilan bog‘liq evfemizmlarning SHvetsiya, Finlyandiya, Estoniya kabi  mamlakatlar
xalqi nutqida ishlatilishini kuzatsa, E.A.Agayan arman qishloqlari aholisi nutqidagi
evfemizatsiya   jarayonini   o‘rgandi.   S.Otaev   turkman   tili   evfemizmlari,
G.G.Musaboev   qozoq   tili   evfemizmlari,   V.P.Darbakova   mongol   xalqi
evfemizmlari,   N.G.Mixaylovskaya   Uzoq   SHarq   —     CHukot,           Xanti   Mansiy,        
17
  Sotvoldiyevna U. D. et al. Political Euphemisms in English and Uzbek Languages (A Comparative Analysis) 
//Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. –  Т . 9. –  С . 92-96. 
27   Nanay           xalqlari           tilida         uchraydigan   evfemizmlarni   ilmiy   tahlil   qilishgan.
SHuningdek,   Tuva   tilida   uchraydigan   evfemizmlar   borasida   S.P.Vanshteyn,
SH.CH.Sat,   ingliz   tilida   uchraydigan   evfemizmlar   xususida   I.V.Arnol ь d   kabi
tadqiqotchilar   ham   o‘z   ishlarida   ma’lum   darajada   fikr   bildirganlar.
A.A.Reformatskiy tabu o‘rnida qo‘llanilayotgan evfemik birliklarni etnik taraqqiyot
bilan   bog‘liq   deb   hisoblaydi.   Tabuning   paydo   bo‘lishiga   turli   bid’at   va   xurofotlar
sabab bo‘lganligini aytib, evfemizmlar uning nomini yopish uchun xizmat qilishini
ta’kidlaydi.   R.A.Budagov   tabuning   paydo   bo‘lishiga   insoniyatning   e’tiqodi   turtki
bo‘lganligini   va   bu   ma’lum   ma’noda   tafakkur   rivojining   asosi   ekanligini   e’tirof
etgani   holda,   evfemizm   yuzaga   kelishida   muhim   omil   emas   deb   hisoblaydi.
18
CHunki   tabu   boshqa   sabablarga   ko‘ra   vujudga   kelgan.   Evfemizm   esa   nutqiy
madaniyat   yuzasidan   aytish   noqulay   bo‘lgan   vaziyatni   yumshatish   uchun
qo‘llanadi.   Masalan,   aqlli   bo‘lmagan   insonning   ko‘ngliga   ozor   bermaslik   uchun   u
haqda   ne   izobretyot   poroxa   deyilishni   ta’kidlaydi.   Evfemiya   hodisasi   B.A.Larin,
A.M.Katsev,   N.S.Boschaeva,   L.V.Artyushkina,   G.G.Kujim   va   boshqa   tilshunos
olimlar   tomonidan   o‘rganilgan   bo‘lib,   uning   turli   nuqtai   nazardan   turli   jihatlari
yoritilgan.   Masalan,   L.V.Artyushkina   evfemizmning   almashinishini   va   semantik
tipini   tadqiq   etgan   bo‘lsa,   N.S.Boschaeva   tomonidan   uning   pragmatik   aspekti
batafsil   o‘rganiladi.   G.G.Kujim   evfemizmni   tilning   “meliorativ”   vositasi   sifatida
yoritsa,   A.M.Katsev   uni   ijtimoiy   psixologik-jihatdan   talqin   etadi.   Qayta   nomlash
bilan   bog‘liq   tomoni   esa   N.M.Berdova   tomonidan   tadqiq   etiladi   va   izlanishlar
natijasida   evfemizmning   4   jihati   aniqlanadi:   –   lisoniy;   –   psixologik;   –   ijtimoiy;   –
pragmatik.   N.M.Potapova   tilshunoslar   tadqiqotlari   natijasiga   ko‘ra,   ayni
jarayonning quyidagi belgi(mezon)larini ko‘rsatadi:
 denotatning   stigmatikligi   (salbiy   bo‘yoqdorligi)   («stigma»   tushunchasi
N.M.Berdova   tadqiqotida   sharhlanadi:   «Stigma   ostida   nafaqat   predmetning
antetsedentda aks etgan salbiy xususiyati, balki salbiy taassurot uyg‘otish xossalari
ham tushuniladi»); 19
18
  Satvoldievna, U. D. (2021). Axiological Characteristics Of English, Uzbek And Russian Phraseological Units.  The 
American Journal of Social Science and Education Innovations ,  3 (06), 40-45. 
19
 
28    ijobiy bo‘yoq hosil qilish;
 ifodaning asliyatini
E.P.Senechkina qo‘shimcha belgilarini ham ko‘rsatadi:
 evfemizmning denotat salbiy bo‘yog‘ini yumshatuvchi semantik noaniqligi;
 denotatni   ijobiylashtirishda   gap   qaysi   predmet   yoki   hodisa   haqida
ketayotganligining   anglashilishini   ta’minlovchi   formal   tabiati.   U   ushbu
o‘lchovlarga javob bermagan ifoda evfemizm emasligiga va bu fikrga shu
hodisani   o‘rganishga   harakat   qilgan   barcha   olimlar   qo‘shilishini   ta’kidlaydi.
V.P.Moskvin   “Эвфемизмы   в   лексичеiой   системе   современного   руiого
языка”   asarida   evfemizmlarning   kategorial   maqomi,   evfemizatsiya   usulining
qo‘llanish   sferasi,   shuningdek,   evfemizmlarning   qator   yondosh   hodisa
(psevdoevfemiya,   kriptologiya,   ezop   tili,   dezinformatsiya,   obrazli   ifoda)lar   bilan
o‘zaro   munosabatini   tadqiq   qildi.   Evfemizmlarning   mavzuviy   va   situativ
xususiyatlari, qo‘llanishi, yasalishi,  sinonimik ham leksik tizimdagi  o‘rni, lison va
nutqqa munosabati, leksikografik tavsifiga doir fikrlarini bayon etdi.
 asrdan   boshlab   birgina   rus   tadqiqotchilari   tomonidan   evfemizm   mavzusi
doirasida 15 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangani bu hodisani o‘rganish
yangi kuch olayotganidan dalolat
O‘zbek   tilshunosligida   bu   atama   1963-64   yillarda   N.Ismatullaevning
“Hozirgi o‘zbek tilida evfemizmlar” nomli dissertatsiyasi orqali o‘rnashgan bo‘lib,
olim   o‘sha   yillarda   chop   etilgan   maqolalarida   mavjud   hodisa   haqidagi
mulohazalarini bayon qiladi. U ham evfemizmning paydo bo‘lish tarixiga to‘xtalib,
tabu   bilan   bog‘liqligini   ta’kidlaydi.   SHuningdek,   evfemizm   tasnifi   xususida   turli
tilshunos olimlar qarashlariga fikr bildirib, o‘z ishlarida uning yaratilish sabablariga
ko‘ra   tasnifini   taklif   etadi.   1997   yilda   A.Omonturdiev   evfemizmni
uslubshunoslikning  tadqiqot  ob’ekti  sifatida  allaqachon o‘z echimini  topishi  kerak
bo‘lgan   mavzusi   sifatida   keng   doirada   o‘rganib,   o‘zbek   nutqining   evfemik
asoslarini  tadqiq qiladi. U ham  yuqoridagi  fikrga qo‘shilgan holda,  evfemizmlarni
etimologik,   ijtimoiy madaniy   aspektda   o‘rganish   kerak   deb   hisoblaydi.   Evfemik
ma’noning   evolyusiyasiga,   yondosh   hodisalarga   va   til   sathiga   munosabatiga
29   e’tiborini qaratadi. SHu bilan birga, uni qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumnutqiy va
xususiy nutqiy evfemaga ajratib, ifoda usullarini o‘rganadi.   20
Tasnifiy xarakterdagi
bu izlanish o‘zbek tili nutqining evfemik birliklari haqida ko‘proq amaliy ma’lumot
beradi.   Bungacha   esa   mualliflar   jamoasi   tomonidan   1983   yilda   nashr   etilgan
“O‘zbek   tili   stilistikasi”   o‘quv   qo‘llanmasida   evfemizm   hamda   kakofemizm
(disfemizm) xususida ma’lum darajada fikr yuritilgan edi Vaqt o‘tib, til taraqqiyoti,
global   muammolarning   echimi   uslubshunoslikni   notiqlik   san’ati   maqomiga
ko‘tarishni,   jumladan,   professional   nutqning   barcha   tarmoqlarini   —   chorvador,
ovchi,   dehqon,   yurist,   jurnalist,   diplomat,   baxshi,   shifokor,   kurashchi,   sovchi,
to‘quvchi, tikuvchi, temirchi, san’atkor, rassom kabilar nutqini fundamental tadqiq
qilish,   xususan,   ularning   evfemik   vositalarini   yozib   olish,   evfemiologiyani   ilmiy -
nazariy   va   amaliy   jihatdan   mustaqil   soha   –   tilshunoslikdan   o‘sib   chiqqan   fan
sifatida   asoslash,   dastur   va   darslik,   lug‘at   tuzish   kabi   muammolarni   davr   taqozo
qiladi   va   A.Omonturdiev   muayyan   soha   evfemiyasi,   ya’ni   chorvador   nutqiga   xos
evfemik   vositalarni   etnolingvistik   nuqtai   nazardan   tavsiflashga   bag‘ishlangan
“Professional   nutq   evfemikasi”   nomli   doktorlik   dissertatsiyasida   yuqoridagi
masalalarni hal etish maqsadida chorvadorlar nutqidagi, xususan, chorvadorlarning
hayoti,   yashash   tarzi,   dunyoqarashi,   urf odatlari,   an’analari,   marosimlari   bilan
bog‘liq   holda   vujudga   kelgan   evfemizmlarni   tadqiq   qildi.   Ko‘rinadiki,   evfemizm
o‘zbek   tilshunosligida   disfemizmga   nisbatan   kengroq   o‘rganilgan   bo‘lib,   bugungi
kunga   qadar   yuqorida   sanab   o‘tilgan   olimlar   tomonidan   evfemizmning   ko‘proq
nutqiy   qatlam   sifatidagi   xususiyatlari   sistemali   tadqiq   etilgan.   Uning   yondosh
hodisalarga munosabati, turdosh bo‘lgan troplari, til sathidagi o‘rni belgilanganligi,
lisoniy   va   nutqiy   evfemalar   farqlanib,   evfemik     ma’no   kategoriyalari   funksional-
uslubiy   jihatdan   tasnif   qilinganligi   ahamiyatli.   Qolaversa,   o‘zbek   tilshunoslari
orasida ayni masala yuzasidan hanuz bahs-munozaralar olib borilayotganligi uning
turli sohalar bo‘yicha chuqurroq o‘rganilishi lozimligidan dalolat beradi.
20
  Омонтурдиев     А . Ж .     Эвфемик     воситаларнинг     функционал-услубий     хусусиятлари:     Филол.     фанлари
номзоди ... дис c. – Тошкент , 1997. – Б . 176
30   2.2 Koreys va o‘zbek tilida evfemizlarning uslubiy farqlanishi
О ‘zbek   tilshunosligida   N.Ismatullayev   va   A.Omonturdiyevning   ilmiy
ishlarida   evfemizm   hodisasi,   ularning   uslubiy   xususiyatlari,   chorvador   nutqida
q о ‘llanuvchi   evfemizmlarning   lingvistik   о ‘ziga   xosliklari11   maxsus   tadqiq
qilingan. A.Omonturdiyev evfemizmni uslubshunoslikning tadqiqot obyekti sifatida
keng   doirada   о ‘rganib,   “ О ‘zbek   nutqining   evfemik   asoslari”,   “Professional   nutq
evfemikasi”   nomli   monografiyalarida,   “Bir   s о ‘z   lug‘ati”,   “S о ‘z   q о ‘llash   san’ati”,
“ О ‘zbek tilining qisqacha evfemik lug‘ati” kabi ishlarida  о ‘zbek nutqining evfemik
asoslarini   tadqiq   qiladi.   A.Mamatov,   Z.Xolmanova,   X.Qodirova   va
D.Rustamovaning   ilmiy   ishlarida   esa   frazeologizmlarning   shakllanishiga   evfemik
va   disfemik   birliklarning   ta’siri,   “Boburnoma”   asarida   q о ‘llangan   evfemizmlar,
mualliflik   evfemizmlari   hamda   evfemizmlarning   metaforik   xususiyatlari   tahlil
etilgan.   chop   etilgan   tilshunoslikka   oid   darslik   va   q о ‘llanmalarning   s о ‘zshunoslik
hamda uslubiyatga bag‘ishlangan   о ‘rinlarida evfemizm hodisasi izohlangan. “Nutq
madaniyati   va   uslubiyat   asoslari”   21
darsligida   va   “ О ‘zbek   tili   stilistikasi”   о ‘quv
q о ‘llanmasida evfemizm hamda kokofemizm (disfemizm) xususida ayrim umumiy
ma’lumotlar   berilgan   edi.   Ammo   о ‘zbek   tilshunosligida   urf-odat   leksemalarining
tabu   va   evfemistik   imkoniyatlari   lingvomadaniy,   lingvoma’naviy   jihatlari   deyarli
о ‘rganilmagan tadqiqot obyekti sifatida maxsus   о ‘rganilmagan. Urf-odat, marosim
semali   birliklar   paremiologik   birliklar   о ‘rtasida   ham   k о ‘p   uchraydi.   Paremiologik
birliklarni   guruhlashda   “marosim”   semali   birliklar   mikromaydonini   tashkil   etgan
elementlarning   mazmuniy   differensial   belgilariga   ma’lum   darajada   tayanib   ish
k о ‘riladi. Y а ’ni: 
1. Tug‘ilish bilan bog‘liq tushunchalar asosidagi paremalar. 
Bunday   qurilmalar   tarkibida   beshik,   chilla,   beshik   t о ‘yi,   sumak,   alla   singari
leksemalar   qatnashib,   bevosita   tug‘ilish   davriga   bog‘liq   ma’lum   marosimlarga
ishora   kuzatiladi.   Masalan:   Beshik   bolasi   –   bek   bolasi;   Beshikdagi   bolaning   bek
b о ‘larin   kim   bilar;   Beshikdagi   bola   ming   turlanadi;   Beshikdagiga   tegma   betingni
yular   kabi   maqollarda   beshik   s о ‘zi   q о ‘llangan.   Bolasiz   xotin   sumakka   t о ‘ymas
21
 Миртожиев М. Фзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б. 119-127.
31   ifodasi   Sh.Shomaqsudov   va   Sh.Shorahmedovlar   tomonidan   shunday   ta’riflanadi:
“Odatda, xotinlar “k о ‘zlari yorishidan” oldin chaqaloq uchun zarur b о ‘lgan asbob-
anjomlarni   hozirlay   boshlaydilar.   Aslida   esa,   mazkur   urf-odat   tabu   va   evfemistik
xarakteriga   k о ‘ra,   majoziy   ma’noda   molga   xirsi   b о ‘lgan,   о ‘ziga   kerak   b о ‘lmagan
narsalarni ham yig‘averadigan odamlarga qarata kinoya tarzida aytilishi tus olgan14
.   О ‘zbeklar   urf-odatlarida   ayrim   holatlarda   beshigini   tebratish,   oq   sut   berish
tarzidagi   barqaror   birikmalar   ham   uchrab   turadi.   Bunday   yaxlit   qurilmalar   ham
bevosita   urf-odatlarimiz,   an’analarimiz   natijasida   vujudga   kelgan,   ya’ni   о ‘zbek
xalqida tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onaning hurmatini joyiga q о ‘yish, uni rozi
qilish juda katta ma’suliyat hisoblanadi. 
2.Nikoh bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi urf-odat birliklari asosidagi
paremalar. 
Mazkur   ifodalar   tarkibida   t о ‘y,   kelin,   kuyov,   quda,   qaynana,   qaynisingil,
qalin   va   boshqa   urf-odat   leksemalari   denotativ   va   motivatsiya   munosabatiga
kirishadi.   Shunga   k о ‘ra,   о ‘zbek   tilida   nikoh   nomi   bilan   aloqador   urf-odat
leksemalari asosidagi maqol va matallar k о ‘p uchraydi. Ularda xalqimizning azaliy
an’analari,   urf-odatlari   ma’lum   darajada   aks   etadi.   Maslahatli   t о ‘y   tarqamas;
О ‘lganiga   chidasang,   q о ‘y   qil,   yeganiga   chidasang,   t о ‘y   qil;   Osh-otliniki,   t о ‘y-
t о ‘nliniki   singari   qator   paremiologik   birliklarda   t о ‘y   leksemasining   ma’nolari
doirasidagi   “marosim”,   “urf-odat”,   “ziyofat”,   “xursandchilik”   kabi   semalar
kuzatiladi. 
3.Motam   bilan   bog‘liq   tushunchalarni   anglatuvchi   urf-odat   leksemalari
asosidagi paremalar. 
Ushbu   guruhga   tegishli   tabu   va   evfemizmlarda   aza,   janoza,   ma’raka,   qa’da,
hayit singari urf-odat leksemalari ma’lum ma’nolari orqali ishtirok etadi. Jumladan:
Yomonning   janozasidan   yaxshining   hikoyasi   foydali;   Kimga   –t о ‘y,   kimga   aza;
Azalik   joyda   odmi   b о ‘l   tarzidagi   paremalarda   aza,   janoza   leksemalariga   xos
“marosim”, “k о ‘pchilikka xos”, “motam, qayg‘u” semalar mavjud. Ma’rakada topib
gapirgan   –   dono,   О ‘zini   tutib   gapirgan   ham   -   dono,   Osh   k о ‘p   b о ‘lsa,   qa’da   k о ‘p
32   maqollarida   ishtirok   etgan   ma’raka,   qa’da   leksemalari   ma’nolari   tarkibidagi
“marosim”, “k о ‘pchilikka xos”, “motam, qayg‘u” , “yig‘in” kabi semalar 
4.   Farzand,   ota-ona   bilan   bog‘liq   tushunchalar   asosidagi   urf-odat   ma’nosini
ifodalovchi paremiologik tabu va evfemizmlar. 
Bunday   guruhga   о ‘g‘il,   qiz,   ota,   ona   singari   leksemalarning   xilma-xil
ma’nolarini   aks   ettiruvchi   paremalar   kiradi.   Masalan:   Kuyovning   x о ‘rdasidan   –
о ‘g‘ilning   yundisi   yaxshi;   О ‘g‘ilnikini   о ‘ynab   yeysan,   qiznikini   о ‘ylab   yeysan;
Qiznikida   g о ‘sht   yegandan   о ‘g‘ilnikida   musht   yegan   yaxshi   kabi   qurilmalarda
muayyan   semalar   aks   etgan.   Qizni   s о ‘raganga   ber,   qimizni   suvsaganga;   Yaxshi
yerga   bersang   qizni,   silaysilay   sulton   qilur,   Yomon   yerga   bersang   qizni,   ura-ura
ulton   qilur   qabilidagi   maqollar   orqali   qiz   uzatish   muammolari,   ayrim   urf-
odatlarimiz   sezilib   turadi.   Qiz   leksemasining   “farzand”,   “yaqinlik”,   “jins”,
“noziklik”   semalari   yuzaga   chiqqan.   Ota-onaning   hurmati,   ularni   ardoqlash
an’analari ham maqollar vositasida k о ‘rinadi.
우리는   말이   직설적이라는   표현을   한다 .   직설적이라는   말은   돌려   말하지   않는다는
의미다 .   때로는 직설적인 것이  논리적인 것처럼  보이고 분명한 것처럼 보이기도 한다 .   하지만
직설적인 말의 태도가 상대에게 심한 상처를 남기고 나에게는 두고두고 후회를 남기기도 한다 .
말은   잘   사용하면   예술이   되지만   함부로   생각   없이   사용하면   흉기가   되기도   한다 .   직설적인
말의 표현은 위험할 때가 많다 .
어느   언어든지   말의   표현을   직접적으로   하지   않으려고   수단을   마련하게   된다 .   가장   강력한
수단은 금기어나 기휘어 ( 忌諱語 )   등을 가려놓아서 사용하지 않는 방법을 택하는 것이다 .   아예
그런  말을 사용하지 못하게 막으면 된다 .   하지만  우리가  생활하다보면  그 말을 안  쓸 수 없는
상황에   맞닥뜨리게   된다 .   이때는   어쩔   수   없이   사용하는데   직접   이야기하지   않고   돌려서
이야기하는 방법을 택하게 된다 .  이러한 방법을 완곡어법이라고 한다 .
완곡어법 ( 婉曲語法 ) 은 말의 표현을 부드럽게 바꾸어 이야기하는 수사법이다 .  보통은 수사법의
차원보다는   어휘   표현의   차원에서   다루어진다 .   상대방에게   불쾌감이나   상처를   주지   않기
위해서   직접적으로   말하지   않고   돌려   말하는   표현   방법이다 .   우리가   표현하기   꺼리는   말들은
완곡하게   말하는   대상이   된다 .   가장   대표적인   말로는   ‘죽다’가   있다 .   죽었다고   말하기가   너무
거칠고   마음이   아파서   우리는   돌아가셨다고   표현한다 .   먼   길을   떠났다든지   눈을   감았다든지
33   영원히 잠들었다는 표현을 쓴다 .  세상을 떠났다는 표현도 마찬가지다 .  아마 가장 완곡한 표현이
많이 쓰이는 상황이 아닐까 한다 . 22
완곡어는   이와   같이   금기와   관련이   깊다 .   한   언어   사회에는   금기   시   되는   표현이   있다 .   입
밖으로   내기   어려운   말들을   주로   피하게   된다 .   어떤   말들이   주로   피하고   싶은   말인가 ?   많은
언어에서   성적인   신체   부위나   행위는   대부분   금기어가   된다 .   직접적으로   표현하지   않으려고
한다 . ‘ 거기 ,  거시기’ 등과 같이 불분명한 대명사 표현을 쓰는 이유이기도 한다 .
또한   더러운   것이   연상되는   경우도   일단   피하게   된다 .   화장실과   관련된   어휘들은   대부분
완곡하게   표현한다 .   사실   ‘화장실’이라는   말도   완곡   표현의   산물이다 .   예전에는   뒷간이나
측간과   같이   위치로   표현하기도   했다 .   영어의   표현도   대부분   완곡하게   화장실을   이야기한다 .
‘ 쉬는   곳 ,   손을   씻는   곳 ,   위생적인   곳’   등은   세계   각   언어에서   둘러대는   표현으로   쓰이고   있을
것이다 .   아마 이런 표현 중에서 가장 멋진 표현은 ‘해우소 ( 解憂所 )’ 가 아닐까 한다 .   근심걱정을
덜어내는 곳이라니 얼마나 멋들어지는가 ?  
사람의 외모를 표현할 때도 완곡어법이 이용된다 .  어떤 말이 상대를 기분 나쁘게 할 수 있다면
조심해야 한다 .  나는 완곡어법에서 배려와 관심을 본다 .  뚱뚱한 것이 나쁜 것은 아니지만 이런
말이   상대를   기분   나쁘게   할   수   있다면   조심해야   한다 .   ‘ 말랐다 ,   키   작다 ,   까맣다 ,   하얗다 ,
곱슬머리이다’   등   사람의   외모를   묘사하는   많은   표현이   듣는   이에   따라서는   매우   기분   나쁜
일일 수 있다 .  
우리는 보통 살 찐 사람에게는 뚱뚱하다는 말 대신에 복스럽다 ,   건강해 보인다는 표현을 쓴다 .
이런 사람의 성격을 이야기할 때는 ‘여유가 있어 보인다 ,  편해 보인다’ 등의 말을 한다 .  키 작은
사람에게는   야무지다는   말을   한다 .   단단해   보인다는   말도   한다 .   피부의   색깔도   칭찬이   될   수
있다 .  외모에 대한 사람들의 태도도 세월과 관점에 따라 늘 변한다 .  누구에게 아부하기 위해서
완곡어법을 사용하는 것이 아니라 세상을 아름답게 만들기 위해서 완곡어법을 사용해야 한다 .
완곡어는 더러운 것을  피하고 ,   상처  내는 것을 피하려는 태도에서 시작된다 .   사람과의 관계를
아름답게   만드는   표현이기도   하다 .   우리는   완곡어를   사용하면서   상대가   기분   나쁠   일을
줄인다 .  완곡어를 통해 서로에게 줄 상처를 줄이기도 한다 .
22
  국립국어원 .  외국인을   위한   한국어   문법 1,  커뮤니케이션북스 , 2005.  =
Корейская грамматика для иностранцев. Сеул: Национальный ин-
ститут корейского языка, 2005. Вып. 1.
34   반대로는   상대가   기뻐할   표현을   찾아야   한다 .   물론   그래도   상대가   기분   나빠한다면   아예
표현하지   말아야   한다 .   완곡어법은   관심과   배려 ,   칭찬을   위한   것이다 .   오늘은  	글	보다   말로
설명했으면 더 	
좋	았	겠	다는 생각이 든다 .  완곡어법은 	글	쓰기도 	참	 어	렵	다 . 23
Evfemik   ma’noli   birliklarning   mavzuiy   guruhlari.   Evfemizmlar   mikdor
jihatidan rang- barang bo‘lish bilan birga, mavzuviy jihatdan ham xilma- xil. Badiiy
adabiyotlarda   evfemizmlarning   aksariyati   inson-   ni,   uning   xususiyatlari   va   xatti-
harakatlarini   ifodalashga   xizmat   qila-   di.   Bu   badiiy   adabiyotning   bosh   ob’yekti
inson   bo‘lganligi   bilan   belgila-   nadi.   Mavzu   quyida   badiiy   asarlardan   olingan
misollar asosida yoritildi. 
Shaxsni   anglatuvchi   evfemik   vositalar.   Ijtimoiy   hayotdagi   o‘zgarishlar
yangi-   yangi   nutqiy   birliklarning   vujudga   kelishiga   sabab   bo‘lganidek,   siyosiy
shaxslarni   ham   umumaxloqiy   va   madaniy   jihatdan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ifodalamaslikka urinish holatlari yangi birliklarning vujudga kelishiga yoki mavjud
atov birliklarining yangi ma’no va vazifa kasb etishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu
vositalar   siyosiy-   publisistik   yoki   badiiy   uslubda   esa   ma’lum   tarixiy   davr
taqozosiga   ko‘ra   o‘z   aksini   topadi.   Bunga   yana   yozuvchining   katta   ijtimoiy   va
siyosiy o‘zgarishlar muhitida yara- tilgan asarlari asosida amin bo‘lish mumkin. 
Valine’mat   so‘zini   ikki   xil   ma’noda   uchratish   mumkin:   kinoyaviy   evfemik
ma’no   va   tabulashgan   evfemik   ma’no.   Har   ikki   ma’no   matnda,   qurshov   asosida
yuzaga   chiqadi:   Bas,   siz   bilan   biz   ishchi-   dehqon   xodimi   bo‘la   turib,   nega
valine’matimizga   oyog‘   xizmatini   o‘taymiz   (A.Qodiriy.   “Shallaqi”).   Bu   yerda
Stalin   nomini   almashtiruvchi   mazkur   ifoda   uslubiy   evfema   sifatida   hurmat
munosabatini  yuzaga   keltirgan  desak,  to‘g‘ri   bo‘lmaydi.  Bu   so‘z  kinoya  asosidagi
evfema   sifatida   qaralishga   loyiq.   Quyidagi   jumlada   birlik   o‘z   ma’nosida   yuzaga
chiqqan   va   evfemik   “ohangdan”   xolidek   tasavvur   uyg‘otadi:   Qullaridan   biri
valine’matimga ikki  kalima arzim  bor, deydir. (A.Qodiriy. “ Mehrobdan chayon”)
“Valine’mat”ning   ismini   tutishga   istihola   mavjudligi   uning   evfemikligini
ko‘rsatadi. Jannatmakon so‘ziga ham Amir Umarxon shaxsini  ifodalash uchun ev-
femik ma’no yuklangan:- Siz “jannatmakon”ni ko‘rganmisiz? ” (A.Qodiriy. "1819
23
  양	
정   (2018).  한국어   완곡표현   연구   = Jan Jhon.  (2018). Euphemism study in Korean. Seul: Pakmunsa.
35   yil   yodgori").   Bulardan   tashqari,   “katta”   (hokimiyat   kishisi)   birligi   ham   siyosiy
shaxslar qatorini kengaytiruvchi evfemik vosita sifatida o‘z aksini topadi: Bu yerda
Rahimberdi   Xudoyberdiyev   ismlik   bedanaboz,   Nuriddin   Zokirov   kabi   muttaham,
Berkin   Azimov,   Karim   Abdurahmonov   singari   bezori   va   Vali   Usmonov   kabilar
mavze’ning   «katta»   lari   bo‘lib   olib,   xohlaganlaricha   bo‘lmag‘urliklarni   qilib
keldilar   (A.Qodiriy.   «Qo‘rqqan   oldin   musht   ko‘tarar»).   Shaxsni   anglatuvchi
evfemik   ma’noli   birliklarning   adabiy   nutq   uchun   me’yor   hisoblangan   fohisha
mazmunini  anglatuvchi  evfemalardan zinokor, halol  emas, suyuq  oyoq, “aynigan”
shakllari   tilimizda   keng   tarqalgan   bo‘lib,   nutqda   buning   o‘zgacha   ifodalarini
uchratamiz: Majnun, Layli, baba, barishnaxon, marja, o‘ynash, tutash, “noz egasi”
kabi vositalar shular jumlasidan. Bunda rus tilining ta’siri ham kuzatiladi. Bu kabi
shaxsni   anglatuvchi   evfemik   vositalarning   mavzuiy   guruhini   yana   ancha
kengaytirish   mumkin.   Masalan,   ayol   kishi   tushunchasi   bilan   bog‘liq   mazluma,
zaifa;   ona   tushunchasini   anglatuvchi   sababi   vujud;   qiz   farzand   tushunchasini
anglatuvchi   evfemik   vositalar   sifatidagi   ojiza,   ka-   Rima   ifodasi;   soxta   dindor,
riyokorlarni   anglatuvchi   “ahli   soqol”   ko‘chimli   evfemik   ma’noli   birliklari;
mustamlakachilarga   nisbatan   ishlatilgan   “madaniy   millatlar”   kinoyali   evfemik
vositalari kabi. 
Inson   a’zolarini   ifodalovchi   evfemik   ifodalar.   Kishining   evfemik   tarzda
ifodalanishi   lozim   a’zolari   har   qancha   yumshatilgan,   noziklashtirilgan   bo‘lmasin,
o‘sha   mazmun   inson   ongida   uyat,   aytish   noqulay   bo‘lgan   tushuncha   sifatida
qolaveradi.
Biomoddalarni   anglatuvchi   evfemik   ifodalar.   Ko‘proq   hajviy   hikoyalar
qahramonlari   tilidagi   yumorga   boy   nutqida,   o‘z   navbatida,   biomoddalarni
anglatuvchi evfemik ifodalarni ham uchratamiz. Masalan, axlat, tezak kabi evfemik
birliklar   qatoridan   xilt   so‘zi   ham   o‘z   o‘rnini   topadi:   Bu   zamon   to‘yimiz   azag‘a
aylanib, sho‘rba- sho‘rbada, et- etda qolub, kim kinnachiga, kim domlaga yugurub,
ammo faqirning ham og‘zimdan, ham ortimdan xilt va safrolar keta boshlab, bosh
yostiqqa   yetub,   o‘zim   bemorlik   darajasiga   boribdirman.   (A.Qodiriy.   «Tarjimai
holim») 
36   Insonning   jismoniy   nuqsonlarini   anglatuvchi   evfemik   ifodalar.   “Kar”
ma’nosini beruvchi qulog‘i og‘ir, “g‘ilay” ma’nosini beruvchi bir ko‘zi mag‘ribda,
bir   ko‘zi   mashriqda   evfemik   ma’noli   birikmasi   shular   jumla-  
sidan.  
24
Diydori   nomuborak   (turqi   sovuk),   vaqtsizroq   yaratilib   qolgan   (chala
tug‘ilgan)   kabi   insonning   tashqi   ko‘rinishidagi   nuqsonlarni   bildiruvchi   evfemik
ma’noli   birliklar   orasida   yana   «husni   Yusuf»   kinoyaviy   birikmasi   ham   xarakterli
ahamiyatga   ega:   Uning   yonida   bo‘z   yaxtak   bog‘ichini   osiltirib,   handalakdek
bo‘qog‘i   bilan   o‘ng   tomog‘ini   ziynatlagan   o‘rta   yashar   yana   bir   «husni   Yusuf»
ko‘rinar edi (A.Qodiriy. “Mehrobdan chayon”). “Xunuk”, “badbashara” mazmunini
yumshatayotgan ayni ifoda qo‘shtirnoq ichida berilib, kinoyaviy ma’no ifodalagan. 
Insonning   jismoniy   holatini   anglatuvchi   evfemik   ifodalar.   Homila   bilan
bog‘liq   ifodalarning   yuklik,   homilalik,   og‘ir   oyoq,   ikkiqat,   tumsa,   qisir   (tug‘mas
yoki tug‘may qolgan xotin) kabi shakllari uchraydi. Ma’lumki, hez, hezalak so‘zlari
o‘rniga pushtsiz, bezurriyot, “qizil kuyov” kabi evfemik vositalar nutqda o‘z aksini
topadi.   Abdulla   Qodiriyning   “O‘tkan   kunlar”   romanida   Otabek   tilidan   aytilgan
mijozim zaif birikmasi ham erkakning jismoniy holatini evfemik asosda ifodalagan.
Insonning ma’naviy nuqsonlarini anglatuvchi evfemik ifodalar. Insonning aql bilan
bog‘liq   ma’naviy-ruhiy   nuqsonlarini   anglatuvchi   aqling   oqsaydir,   aqlingiz   bir   oz
yanglishibdir,   boshi   bo‘sh,   jo‘n   odam,   po‘stak   aqlini   moy   bosgan,   jahli   basit,
soddalavx, esi yarim, yarim madaniy xalq, xom kishi kabi evfemik ifodalar badiiy
adabiyotlarda   kuzatiladi.   Yana   asabiy   og‘riq   (ruhiy   kasal,   jinni),   bolalik   (sodda,
go‘l, xom), botirligi yetmas (qo‘rqoqlik qilar), vasiqasi yo‘q (betayin) kabi evfemik
ma’noli birliklar ham ushbu tizimda qaraladi. 
Insonning   muomala   va   munosabatdagi   nuqsonlarini   anglatuvchi   evfe-
mik   ifodalar.   Umuman,   kishining   muomala   va   munosabatdagi   nuqsonlari
noziklashtirilgan birliklarning ko‘pchiligida ma’lum  miqdorda haqorat, kinoya o‘z
aksini   topadi.   Madaniyatsizlik,   tarbiyadagi   nosozlik   qanchalik   yumshatilmasin,
ob’yektga   nisbatan   norozilik   kayfiyati   yuzaga   chiqaveradi:   Siz   bizning
24
  Шамсиддинов   Ҳ.   Сўзларнинг   эвфемик   функционал-семантик   синонимлари   //   Фзбек   тили   ва   адабиёти.   –
Тошкент, 1997. - No  6. –Б. 22.
37   odamiyatimiz   yo‘qligini   bir   joyda   ko‘rganmisiz   yoki   dimog‘ingizga   futur   yetib
qolganmi?   (A.Qodiriy.   “Mehrobdan   chayon”)   Yoki   Qozining   bu   holini
o‘qug‘uchilar muhokamasiga berib, men o‘z tomonimdan bunday deyman: agar siz
kitob   so‘ziga   ishonsangiz   vijdoningizning   sal   obiyati   qochibdir.   (A.Qodiriy.
«Shallaqi»)   Ikkala   o‘rinda   ham   “gerdaymoq”   yoki   “vijdonsizlashmoq”
tushunchalarini   ifodalovchi   evfemik   vositalar   sintaktik   qurilma   shaklida
qo‘llanilmokda.  Tamagirlik,  pora  mavzusi   doirasida  evfemik  ma’noli   birliklar   xil-
ma-xil:   yelkasi   qichimasin   (tamagirlik   qilmasin),   yovvoyi   chikim   (pora),
mullajiring   (pul;   pora),  «qarz»   (pora),  cho‘ntakparast   (tamagir,   pulga   o‘ch  odam),
konvert   orqali   ulashilgan   «badal»   lar   (pul,   pora)   kabi   evfemik   ma’noli   birliklar
shular jumlasidan.  25
O‘g‘irlik   bilan   bog‘liq   evfemik   vositalar   sirasiga   «daromad»   (o‘g‘irlangan
pul),   choychaqa   (yo‘lini   qilib   undiriladigan   pul),   «shilib   ketgan   »   (o‘g‘irlagan),
«halol   kasb»   (o‘g‘rilik),   «hunar»   (o‘g‘rilik),   sovurdi   (talon-taroj   qildi,   o‘g‘irladi)
kabi   birliklar   kiradi.   Ma’naviy   nuqsonlarni   anglatuvchi   bo‘yni   yo‘g‘on   ravon),
o‘tkirlik (so‘zini o‘tkaza olmoq), etaksiz (betayin, tuturiqsiz), chayqovchi (olib-so-
tar, qallob), xotin-qizlarga serishtaha (xotinboz), tuprogi yengil (yengil-tak), tarelka
tutish   (laganbardorlik,   xushomadgo‘ylik),   tamtam   (olifta,   dabdababoz),   safil
(pastkash, tuban), nafsi shayton (o‘ta ochko‘z, mirquruq (ziqna, xasis) kabi evfemik
ma’no yuklangan birliklar nutqdan keng o‘rin olgan. 
Spirtli   ichimliklarni   anglatuvchi   evfemik   ifodalar.   Abdulla   Qodiriy   spirtli
ichimliklarning   evfemik   ifodalarini   qahramon   tilidan   qo‘llaydi.   Masalan,
Xomidning sheriklaridan biri Mutal polvon tilidan dori (aroq), Shirvon xola tilidan
zahar (aroq), Toshpo‘lat tilidan «obi surx» (vino), obirahmat (aroq), oqsoqol (aroq,
spirt)   birliklarini   evfemik   vosita   sifatida   ishlatadi.   Hajviy   qahramon   Toshpo‘lat
tajangning   ayni   mavzuga   doir   “qirq   gazlik”   ifodasi   ham   juda   go‘zal   evfemik
ma’noli   birlik   sifatida   o‘z   aksini   topgan:   Axir   Toshpo‘lat   akaning   ham   orqasig‘a
oftob tegar, ul ham sizni yangi chiqg‘an «qirq gazligi» bilan bir kun mehmon qilib
qolar,   shoshmoq   shaytonning   ishi!   (A.Qodiriy.   «Toshpo‘lat   tajang   nima   deydi?»)
25
 Маматов А.Э. Фзбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари: Филол. фанлари д-ри ... дисс. –
Тошкент, 1999  b .45.
38   «Maskov   xatlari»   xabarnoma   maqolasida   “konyak”   tushunchasini   bergan
«qizilcha»   ifodasi   evfemik   ma’noli   birlik   sifatida   namoyon   bo‘ladi:   U   yog‘-bu-
yog‘dan   qilib,   degandek   palov   oldidan   «   qizilcha   »   ham   o‘tilib   turildi   shekillik...
(A.Qodiriy. «Maskov xatlari»)  26
Evfemik   birliklarning   leksik-semantik   munosabat   asosidagi   tipla-   ri.
Ma’nodosh   evfemalar.   Evfemizm   tilning   nutqiy   qatlamida   sodir  
bo‘ladigan   jarayon   —   qayta   nomlash   bilan   bog‘liq   hodisa   bo‘lib,   to‘la   ma’noda
uslubiy   ma’nodoshlik   qatorini   tashkil   etish   bilan   xarakterlandi.   U   millatning   etik-
estetik didi, milliy ruhi, odobi va nazokati bo‘lib, muomala madaniyatining o‘ziga
xosligini   aks   ettiradi.   Evfemizmlarning   “dabdabali”   (tantanavor),   “hurmat-
ehtiromli”, “ko‘tarinki ” ma’no ottenkalari bilan badiiy, ilmiy, so‘zlashuv uslubida
qo‘llanilishi tilning keng imkoniyatidan dalolat beradi. Ayniqsa, o‘zbek tilida o‘lim
bilan bog‘liq evfemik vositalarining 300 ga yaqin varianti topilganligi ahami- yatli.
Bu   esa   ularning   turli   vaziyat,   matn   va   zamonda   qo‘llanilishga   xoslangan   turidan
foydalana olish imkonini beradi, shuningdek, nutqning sayqallanishiga olib keladi.
Inson hayotida yuz beradigan barcha jarayon, hodisa, shaxslarning “birlamchi nom
o‘rnida   qo‘llanadigan   evfemistik   ifodalari   mavjud,   ular   tilda   mavjud   nomlarning
funksional-semantik sinonimlari” sifatida qo‘llaniladi. Xususan, o‘zbek nutqning bu
kabi   “tutqich   bermas”   ifodalari   benihoya   ko‘pligi,   konnotativ   sathning
o‘zgaruvchanligi,   yumor,   kinoya   usullarining   o‘ziga   xosligi   diqqatga   sazovor.
“O‘lmoq”   tushunchasining   evfemalarini   badiiy   asarda   muallif   qahramon   yoki   o‘z
tilidan   turli   vaziyat   va   shaklda   ifodalaydi.   Salbiy   yoki   hajviy   qahramon   nutqidan
ijobiy,   madaniyatli   obraz   nutqi   farqlangani   bois,   o‘z   navbatida,   evfemik   ma’nolar
ham   bir   necha   turga   ajraladi.   Ma’lum   guruh   kishilarigagina   tushunarli   bo‘lgan
argotik   evfema,   shu   voqelikka   alokador   suhbatdoshgagina   ma’lum   qarg‘ish,
haqoratni aks etuvchi  evfemik birliklar  farqlanadi. Bular sinonimik qatorni  tashkil
qilgan  bo‘lsada,  birlamchi   ma’no  bilan  ko‘chim   orasidagi  bog‘liqlik  ma’lum   ma’-
noda uzilganini kuzatish mumkin, xususan  Abdulla Qodiriyning quyidagi  evfemik
ko‘chimli   birliklarida   ushbu   jarayon   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.  
26
 Омонтурдиев А. Ўзбек нутқининг эвфемик асослари. – Тошкент: Халқ мероси, 2000. – 128 б
39   evfemizm   denotat   bilan   aloqani   uzsa,   u   evfemizm   emas,   balki   haqiqatni
buzishga   urinishdir.   Dastavval,   o‘lim   bilan   bog‘liq   evfemalar   mazmuniga   ko‘ra
diniy   va   dunyoviy   evfemalarga   ajralgan.   Tilshunos   A.Omonturdiyev   “diniy   evfe-
malar   ko‘proq   jonning   mavjudligi,   tanadan   chiqib   ketishi,   u   dunyoga   Xudo
huzuriga borishi, jannat yoki do‘zaxdan joy olishi kabi tushunchalar asosida paydo
bo‘lgan”   ligini   ta’kidlaydi.   Shu   kabi   jon   bermoq,   ajalga   omon   bermoq,   mangulik
uyquga ketmoq kabi dindorlar nutqiga xos evfe- mik ma’noli birliklar qatoridan ajal
chaqiraman   ifodasi   ham   yangicha   bir   shakl   sifatida   o‘rin   oladi.   Bu   kunimdan,   bu
hasratimdan qutulish uchun o‘zimga ajal chaqiraman. (A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar”)
Davr   o‘tishi   bilan   bir   guruh   evfemalarning   dunyoviylashgani   xususi-   da   ham
tilshunos   o‘z   fikrlarini   bayon   etgan.   Ayni   guruhga   so‘nggi   soati   yetmoq,   qazo
qilmoq   kabi   evfemik   ma’noli   birliklar   misol   bo‘la   oladi.   27
Shuningdek,   bosh
leksemasi   bilan   birikkan   ket,   ol   kabi   fe’llar   ham   “o‘lmoq”   tushunchasini
ifodalovchi evfemizmlardir:1. Navoiy: taftish tamom bo‘lmagan holda, Yodgorning
boshini   oldirib   yuborishingizni   nima   deb   fahmlash   kerak?   (Uyg‘un,   I.Sulton.
“Navoiy”).   2.   Safdoshlarimizdan   biri   mardlarcha   boshini   sirtmoqqa   soldi.
(O‘.Hoshimov.   “Ikki   eshik   orasi”)   Ma’lumki,   qarg‘ish   va   haqoratlarda   “o‘lmoq”
tushunchasini   bergan   ifo-   dalar   tinglovchi   yoki   o‘quvchida   salbiy   kayfiyat
uyg‘otadi.   Shu   ma’noda,   har   qanday   ifoda   agar   haqorat,   qarg‘ish   shaklida
tinglovchiga   nisbatan   yo‘naltirilsa,   qo‘pol   munosabat,   ruhiy   tushkunlik,
kayfiyatdagi o‘zgarish antipatiyani uyg‘otadi. Bu esa disfemiya kabi qabul qilinadi.
Biroq   o‘l   so‘zi   doirasidagi   ikki   yuzing   qaro   bo‘lsun,   joying   jannatda   bo‘lsin   kabi
ifodalar  haqiqatda evfemik mohiyatli  ekanligini ta’kidlash joizki, ular  ma’noni  o‘l
so‘ziga   nisbatan   birmuncha   yopiq,   berkitilgan   shaklda   ifodalagan.   Shakldosh
evfemalar.   Evfemik   omonimiyaga   doir   masalalar   borasida   yo‘l-yo‘lakay   fikr
bildirib ketilgan, biroq muammo yetarlicha o‘rganilmagan. 
Bir tushunchani  turli shaklda ifodalash, albatta, nutk uchun qulay. Biroq bir
evfemik   ko‘chimning   turli   mazmunda   kelishi   o‘zbek   tilining   naqadar   ko‘rkam
ekanligini   namoyon   etadi.   “O‘tkan   kunlar”   asari   qahramoni   Yusufbek   hojining
27
 Омонтурдиев А. Профессионал нутқ эвфемикаси. – Тошкент: Фан, 2006. – 232 б.  
40   “Nega  har  narsaga   yetgan  aqling  shunga   kelganda  oqsaydir”  degan   iborasida   adib
mental   madaniyatni   nozik   his   etganligini   ko‘rsatadi.   Yetmaydi   ifodasi   o‘rnida
oqsaydir   so‘zi   shu   qadar   nozik   Qolipga   keltirilganki,   so‘zlovchi   og‘zidan
chiqayotgan ayni jumlada biror qo‘pol munosabat sezilmaydi. Oqsamoq ifodasining
Abdulla   Qodiriy-   ning   «Nega   kim»   deb   nomlanuvchi   fel’yetonida   ham
takrorlanishini kuza- tamiz: “Ishtirokiyun” gazetasi bir kun chiqub, bir kun chiqmay
oksay bosh- ladi. Ya’ni, oksamoq — ishi yurishmaslik, omadsizlik mazmunida. Bu
yerda   evfemik   omonimiya   hosil   bo‘lganligi   kuzatiladi.   Ma’lumki,   odob-axloq
me’yori  talabiga  ko‘ra,  qadimdan  turmush  o‘rtog‘i, qaynota-   qaynonasi   va boshqa
qarindoshlarning   nomini   tilga   olmas-   lik,   o‘zi   ijod   qilgan   maxsus   laqab-   evfemik
nom   bilan   murojaat   etish   –   Markaziy   Osiyo   xalqlariga   urf.   Xususan,   o‘zbek
oilalarida turmush o‘rtoq- larini bosh farzand nomi bilan atash bugungi kunga qadar
saqlangan.   Jumladan,   “Mehrobdan   chayon”   romanida   buning   o‘ziga   xos
ko‘rinishiga duch  Kelamiz: 
RA’NO   I   (Nigor   oyim)   Maxdum   to‘nni   yoruqqa   solib   ko‘rdi:   –   Yo‘q,   adras   hayf
Ra’no,   dedi   to‘nni   taxtiga   solib,   haligi   bo‘zni   beravur.-(A.Qodiriy.   “Mehrobdan
chayon”) 
RA’NO   II   (Solih   maxdum)   –   Hay,   Ra’no!-   dedi   havlida   ketib   borgan
Maxdumg‘a,- nonlarimizning suvi qochqan, xamir qilishga vaqt oz, bozordan issig
non   oldirasizmi?   (A.Qodiriy.   “Mehrobdan   chayon”)   Zid   ma’noli   evfemizmlar.
Evfemik   ma’noga   mezon   va   me’yor   belgilan-   masdan,   uni   (evfemani)   yondosh,
o‘xshash,   turdosh,   jinsdosh   hodisalaridan   farqlab   yoki   chegaralamasdan   yangi   bir
soha   bo‘lgan   evfemiologik   tadqi-   qotni   amalga   oshirib   bo‘lmaydi.   Biroq
evfemizmning   ayrim   badiiy-   tasviriy   vositalar   bilan   birga   antonimik   holati   ham
haligacha lison va nutq hodisasi sifatida maxsus o‘rganilmagan. O‘g‘lim, bugunoq
boshingni bog‘lab kelamiz. (E.Tur. “Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar”) Bu gapdagi boshini
bog‘lamoq   evfemizmi”   boshini   ajratmoq,   o‘zidan   soqit   qilmoq”   tushunchasiga
antonim   munosabatda   bo‘ladi.   Demak,   “taloq   qilmoq”,   “ajramoq”   mazmu-   nini
beruvchi tinchitmoq evfemik birligi o‘ziniki etmoq birligiga nis- batan zid ma’noli.-
Sen tinchitmasang, – dedi Xushro‘y,- boshqalar seni tinchitar. (A.Qodiriy. “O‘tkan
41   kunlar”)   Shuningdek,   afifa,   sof   (bokira   qiz)   hamda   buzilgan   (bokira   emas)   ev-
femik birliklari o‘zaro zid ma’noli ifodalardir: Alisher:? Ishonchim zo‘r, Gulim sen
sof   erursen…(Uyg‘un,   I.Sulton.   “Navoiy”);   Qizi   tushkur   jajmondekkina   ekan.
Hayfki buzilganda (A.Qodiriy. «Kalvak mahzumning xotira daftaridan ») Evfemik
vositalarning   ma’no   ko‘lamiga   ko‘ra   tasnifi.   Ayrim   evfemik   vositalar   bir
ma’nonigina ifodalash uchun qo‘llangan bo‘lsa, boshqasi bir-biriga yaqin bir necha
nutqiy ma’noni ifodalash uchun ishlatilgan.  28
Bu   esa   ularni   monosemantik   va   polisemantik   evfemik   birliklar   sifati-   da
guruhlash   mumkinligini   ko‘rsatadi.   Monosemantik   evfemalar.   Monosemantik
evfemalar faqat bir ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Bunday evfemalar faqat bir
evfemik   ma’noni   ifodalashga   xoslanganligi,   ma’no   ko‘lami   o‘ta   torligi   va   muay-
yanligi   bilan   ajralib   turadi.   Masalan,   o‘lim   bilan   bog‘liq   evfemik   birliklarning
aksariyati turg‘unlashgan bo‘lib, boshqa bir mazmunni anglatmaydi: Ha, Abdunabi
sarroj   ham   bandalikni   bajo   keltirdi.   (Mirmuhsin.   “Qissalar”)   Matn   tarkibida   ham,
matndan   tashqarida   ham   bir   evfemik   ma’noni   bildiruvchi   birliklardan   yana   biri
o‘limdan keyingi  hayot  bilan bog‘liq ifodalar:  oxirat, u dunyo. Xalq tilida  ishlatib
kelingan evfemik ma’noga ega afifa (bokira), ko‘ch (xotin), holva (qiz) kabi so‘zlar
tushunchaning evfemik ifodalovchisi- ni almashtirishga ehtiyoj sezilmaganligi bois,
u birgina ma’noni bildi- rib, vaqt o‘tishi bilan bu monosemantik evfema sifatida til
sathidan   o‘rin   olgan:   Nargisxon   endi   bizning   jufti   halolimiz.   (O‘.Hoshimov.”   Ikki
karra   ikki   besh”);   Toshkandda   kimsan,   Yusufbek   hoji   deganning   ko‘chiman.
(A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar”) Shuningdek, gomoseksualizm tushunchasini ifodalash
uchun   qo‘llangan   ayrim   evfemik   birliklar   faqat   shu   ma’noda   badiiy   asarlarda   o‘z
aksini topadi….Rahimjon besokoli bilan sarf qilub, uyiga o‘n- o‘n besh kunda kelsa
kelub,   kelmasa   samovar   va   no‘mirlarda   Rahimjonni   ayshini   surib   yurar   edi.
(A.Qodiriy. “Juvon”) Umuman olganda, evfemiya hodisasi ma’no yuklash, neytral
tushunchani   yopiq,   nozik,   yumshoq   ifoda   etish   bilan   bog‘liq   ko‘chim   ekanligini
inobatga oladigan bo‘lsak, bu vaziyatda monosemantik ifodalar salmog‘I torayishi
kuzatiladi. Polisemantik evfemalar. To‘la polisemiyaga javob beruvchi evfema- lar
28
 Қодирова Х.Б., « Ўзбек тилида эвфемизм ва дисфемизм ». « Янги аср авло-ди» , 2013 йил.  b -33
42   ko‘p uchraydi. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan o‘lim bilan bog‘liq evfemalarning
ba’zilarida ayni  holatni  kuzatamiz:  ORADAN  KO‘TAR 1 (yo‘q qil, o‘ldir)  Haligi
Otabek   qizga   uylanib   qo‘ygach,   bizning   Homid   tikanga   ag‘nab,   oradan   Otabek
bilan   Mirzakarim   akani   ko‘tarish   fikriga   tushkan   va   bo‘lmag‘an   chaqimchiliqlar
bilan   ularni   dor   ostigacha   tortishga   muvaffaq   bo‘lg‘an…   (A.Qodiriy.   “O‘tkan
kunlar”)   ORADAN   KO‘TAR   2   (yo‘q   qil,   taxtdan   yiqit)   Yo   qirilib   bitish   va   yo
Azizbekni   oradan   ko‘tarishga   fotiha   o‘qildi.   (A.Qodiriy.   O‘tkan   kunlar);   Qo‘shin
Toshkanga   yetgan   ba’dida   bizlar   tashqaridin   va   sizlar   ichkaridin   bo‘lib
Musulmonqulni oradan ko‘targaymiz (A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar”). 
Polisemantik   evfemalar   ko‘chma   ma’noning   xarakteriga   ko‘ra   ham   ichki
tasnifiga ega bo‘la oladi. Bunda ma’no ko‘chimining qanday asosda ekan- ligi bilan
e’tiborli.   Shu   boisdan   polisemantik   evfemalardagi   ko‘chma   ma’no   metaforik,
metonimik,   sinekdoxik,   vazifadoshlik,   kinoyaviy   kabi   turlarga   ajratilishi   mumkin.
Metaforik evfema. Metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik barcha majoziy
ifodalarning, jumladan, troplarning (evfemalarning ham) shakllanishida asos bo‘lib
xizmat   qiladigan   usullar   ma’no   ko‘chish   yo‘llaridir.   Shunday   ekan,   evfemiya
jarayonida ko‘chimning ayni turi ko‘p o‘rinlarda xizmat qiladi. Bo‘yin bilan bog‘liq
evfemik   birliklari   ma’lum   ma’noda   nisbiy   ekanligi   anglashiladi.   Jumladan,   bo‘yin
egmoq,   bo‘yni   yo‘g‘on   kabi   ifodalarida   kishining   jismoniy   holati   o‘z   o‘rnida
ma’naviy   holatiga   nisbatlanadi.   Metonimik   evfema.   Narsa   hodisa   makon   va
zamondagi   o‘zaro   bog‘liqligi   asosida   qayta   nomlash   evfemik   ko‘chim   sifatida
qaralishi   mumkin.   Ayniqsa,   spirtli   ichimliklar   bilan   bog‘liq   evfemalarning
ayrimlarida uning yaratilishi, foydalanish xususiyatiga  ko‘ra ko‘chim  qabul qilgan
dori,   zahar   ifodalari   bunga   yaqqol   misol   bo‘la   oladi.   Ularning   ma’no   ko‘lami
kengligi   spirtli   ichimlikning   tavsifi,   ta’rifi,   xususiyati   bilan   bog‘liq.   Masalan,   Bek
(piyolaga   may   quyadi):   Keling,   yigingizni   tarqatish   uchun   guldan   yasalgan   dori
beraman.   (Cho‘lpon.   “Yorqinoy”)   Sinekdoxik   evfema.   Qismni   butun   bilan   atash,
butunni qism bilan atash evfemik ko‘chimda ham mavjud. Masalan, tuyoq so‘zining
hayvonlar- ga nisbatan ishlatilishi ma’lum. Biroq badiiy asarlarda bu so‘z evfemik
shaklda   qo‘llanilib,   “yolg‘iz   farzandlik”   tushunchasining   yumshoqroq   shaklini
43   ko‘rishimiz mumkin: Ammo siz hurmatlularga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan
o‘zga   farzandimiz   bo‘lmay,   dunyoda   o‘zimizdan   keyin   qolaturg‘on   tuyoqimiz   va
ko‘z   tikkan   orzu-havasimiz,   umid   hadafimiz   faqat   shul   Otabekdir   (A.Qodiriy.
“O‘tkan   kunlar”).   Sinekdoxik   evfema   sifatida   turmadi   ifodasini   misol   qilib   olish
mumkin. Homilaning tushib qolishini, tug‘ilmasdan burun nobud bo‘lishini anglatib
kelgan   ayni   ifodadan   bolaning   turmaganligi   haqida   fikr   ketayotganligi   ayon
bo‘ladi:-Marg‘ilonliq   xotiningizdan   bolangiz   bor-   dir?-Yo‘q…-Bo‘lsa   ham
turmadimi,   uylanganingizga   ancha   bo‘ldi   shekil-   lik?   –   Turmadi.   (A.Qodiriy.
“O‘tkan   kunlar”)   Vazifadoshlik   asosidagi   evfema.   Bu   tur   ko‘chish   ham
o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq bu yerda vazifa o‘xshashligiga tayaniladi. Foydani
teng   bo‘lib   olish   xaqida   tushuncha   berayotgan   arra   ifodasi   ham   shu   kabi
vazifadoshlik   asosida   vujudga   kelgan   evfemik   birliklar   qatoridan   o‘rin   oladi:
Shaharda   mashhur   ishonchliq   muttahamlardan   iborat   kamisio‘nniy   magazin
ochildi…   Kamissiya   haqi   juda   arzon:   sotib   berilgan   molning   oqchasi   arra.
(A.Qodiriy.  «Bildirishlar   »)  Kinoyaviy  evfema.  Kinoya   —  so‘zni   teskari  ma’noda
ishlatish. Kinoyadagi so‘z hozirgi imloda, odatda, qo‘shtirnoqda beriladi. Juda ko‘p
o‘rinlarda   shaxsni   anglatib   kelgan   «bo‘ydoqla»   (turmushga   chiqmagan   qizlar),
«Yigit»   (nomard),   evfemik   kinoyaviy   ifodalari   teskari   mazmunda   qo‘lla-   nilishi
kuzatiladi.   Inson   sifatini   bildirib   kelgan   «vijdonli»   (vijdonsiz),   «kelishkan»
(beo‘xshov) ifodalari asl muddaoni aytilishidan qut- qargan ko‘chim sifatida ayrim
asarlardan   o‘rin   oladi.   Evfemalarning   shakliy   strukturasiga   ko‘ra   tasnifi.   Ayrim
ma’no bir  so‘z yoki ibora shaklidagi  evfemik vosita bilan ifodalansa, boshqasi  bi-
rikma   holidagi   ifodalovchiga   ega,   ba’zan   gap   holidagi   evfemik   vosita-   lar   ham
kuzatiladi.   Shunga   ko‘ra,   evfemik   so‘z   (ibora),   evfemik   birikma,   evfemik   gap
farqlanishi   mumkin.   So‘z   shaklidagi   evfemik   vosita.   Bir   so‘z   boshqa   so‘zlarsiz
evfemik   ma’noni   bergan   holatlar   talay:   arra,   axlat,   qisqa   (ahmoq),   o‘choqboshi
(hukumat), o‘yin (xiyla), yara (dard), yuraksiz (qo‘rqoq), yuklik (homilador), etak-
siz (betayin), chayqovchi (olib sotar, qallob), tuyoq (farzand), tillaxona (hojatxona),
oqsoqol   (aroq),   obirahmat   (aroq),   ko‘ch   (xotin),   zaifa   (ayol,   ojiza),   do‘ndiqcha
(fohisha).   Shuningdek,   voqelik,   vaziyat,   xatti-   harakatlar   bilan   bog‘liq   denotat   bir
44   so‘z   bilangina   ifodalanganligini   ham   ko‘rishimiz   mumkin:   Domla   mudarris
«zamona   buzuqlig‘I»   ni   nazarga   olgani   uchun   Abdurahmonni   haligi   to‘g‘risidan
juda   qattiq   nazorat   qilar   edi   (A.Qodiriy.   “Mehrobdan   chayon”).   Bu   o‘rinda   haligi
so‘zi   zamirida   qahramonning   nopok   xatti-   hara-   katlari   yotadi.   Bunday   qisqalik-
so‘zga xasislik buyuk yozuvchi Abdulla Qodiriyning “ O‘tkan kunlar ” asarida ham
o‘za ksini topgan: Shundan keyin bir necha qadam bosib Otabekning pinjiga yaqin
keldi   va   esankira-   gan,   hayajonlangan   bir   tovush   bilan   so‘radi:-Siz   o‘shami?   Men
o‘sha,- dedi bek.  29
Bu   iboradagi   o‘sha   so‘zi   Kumushning   dardi   bo‘lib,   ko‘ngil   qo‘ygan   insoni,
bir   nurafshon   kunda   favqulodda   uchratib   qolgan   va   natijada   sevib   qolgan   kishisi
haqida   so‘zlaydi.   Unda   men   sevgan,   firoq   o‘tida   qiynalgan,   o‘ylab   o‘yimga
yetolmagan, qancha izlagan kishim sizmi kabi tuyg‘ular Siz o‘shami degan jumlasi
bilan jonlantirilib, o‘sha insonga qarata «Men sizni sevaman” ma’nosini o‘zbekona,
Kumushona   qilib   singdirish   –   ulkan   san’atkorlik   belgisi.   O‘sha   —“muhabbatim”,
“yuragim   gavhari”,   “ko‘zim   nuri”,   “qalbim   duri”,   “sevgan   kishim”…   kabi.   Ibora
shaklidagi   evfemik   vosita.   Axloqiy   va   madaniy   jihatdan   qo‘llanishi   mumkin
bo‘lmagan   yoki   noqulay   deb   topilgan   tushunchalarni   ancha   yumshoq   tarzdagi
birikmalar   bilan   ifodalash   ehtiyoji   asosida   frazeologizmlar   shakllanishi   mumkin.
Evfemik ma’no beruvchi frazeologik birliklarning aksariyatini ok- kazional tabiatli
deyish mumkin: toq kelib juft ketmoqchi (“foydalanmoqchi ”), qurigan ariqdan suv
borg‘ishlab,   shamoldan   luqma   berar   (“asossiz   va’da   beradi”)   kabi   evfemik-
frazeologik birliklar shular jumlasidan. 
Mavjud   frazeologizmlarning   surobini   to‘g‘irlab   qo‘ymasinmi   (“ta’zirini
bermasinmi”),   kavshining   chakagi   yirtildi   (“ovora   bo‘ldi”),   boshida   tegirmon
yurgizish   (“azob   berish”),   yoshini   yashab,   oshini   oshagan   (“qarigan”),   kosasi
oqarmay   ketyapti   (“kambag‘al”),   tishimizni   tishimizga   qo‘yishga   majburmiz
(“chidaymiz   ”),   tirnoq   ostidan   kir   izlash   (“arzima-   gan   narsadan   g‘avg‘o
chiqarish”), miyamizni qoqib qo‘limizga bersin (“o‘ta ezmalik kilsin”), yaraga tuz
sepdi   (“o‘tmishini   esga   soldi”,   “aybini   yuziga   aytdi”),   qordan   qutulib,   yomg‘irg‘a
29
 Омонтурдиев А., Омонтурдиев Ж. Сўз қўллаш санъати. – Термиз: Жайхун, 1994. – 60 б
45   tutilib  (  “  bir   tashvishning  ustiga  bo-  shqa  tashvish   tushib”), boshini  ikki   qilish  (“
uylantirish”), tog‘dagi mashoqqa besaranjom yugurish (“qo‘ldan kelmaydigan ishga
urinish”),   holimizga   mushuklar   yig‘lasun   (“og‘ir,   yomon   ahvolga   tushamiz”),
yebdir   noma’kul   buzoqning   go‘shtini   (“yanglishibdi,   ahmoq   bo‘libdi”),   og‘zining
suvi   kelguvchi   (“havasi   kelgan”,   “ishtiyoqi   bor”),   usta   ko‘rmagan   shogird   har
maqomga   yo‘rg‘alar   (“uquvsiz”,   “malakasiz”,   “savodsiz”),   ko‘z   bo‘yash
(“xo‘jako‘rsinga”,   “shunchaki”),   tagiga   suv   keladi   (“lavozimdan   haydaladi”),
ko‘ksini zaxga berib yotgan och- og‘riq (“qashshoq ”, “kambag‘al”, “och- nahor”),
og‘zi   oshga   yetgan   (“maqsadiga   erishgan”),   tutuni   ko‘kka   ko‘tarilar   ekan   (“jahli
chiqar   ekan”)   kabi   ifodalari   evfemik   xarakterga   ega.   So‘z   birikmasi   shaklidagi
evfemik   vosita.   So‘z   birikmasi   shaklidagi   evfemik   vosita   tobe   so‘z+hokim   so‘z
qolipiga   ega.   Bunday   evfemizmlar   nutqiy   tabiatliligi   va   barqaror   emasligi   bilan
iboralardan   farqla-   nadi:   jilovi   qo‘lida,   siyosatga   tegadirg‘an,   tishlik   hayvon
(“cho‘ri”),   yolg‘iz   bosh   (“beva”,   “tul”),   madaniy   millatlar,   vaqtsizroq   yaratilgan
(“chala tug‘ilgan”) va hokazo. Ilmi, saviyasi past, madaniyatsiz kishilarga nisbatan
ishlatgan   boshi   bo‘sh,   jo‘n   odam,   bo‘yni   yo‘g‘on,   ishi   buzuq   kabi   evfemik
birikmalar   fikr   ta’sirchanligini   oshiradi.   Bu   birliklar   turg‘un   (lisoniy)   bo‘lmay,
nutqda keng qo‘llanilib, turli evfemik mazmunda keladi.  
Gap shaklidagi  evfemik vosita. Gap shaklidagi  evfemik vositani  aj- ratishda
sodda gapning o‘zbek an’anaviy tilshunosligida  tan olingan [ega+ kesim]  qolipiga
tayaniladi.   Dami   kesiladi   (ovozi   o‘chadi),   yelkasi   qichimasin   (“tamagirlik   qilma-
sin”),   kavshining   chakagi   yirtildi   (“ovora   bo‘ldi”),   katta   tollar   kesilgan   (“yaxshi
davrlar   o‘tib   ketgan”),   suyaklari   o‘ltirgan   (“qarib,   munkayib   qolgan”)   kabilar   gap
shaklidagi   evfemik   vositalardir.   Bu   evfemik   vositalar   gap   shaklida   bo‘lsada,
ularning   aksariyati   ibora   sifatida   ham   qaralishi   mumkin.   Barqarorlik   darajasi
mazkur   birliklarni   ibora   sifatida   baholashga   asos   bo‘lsa,   lekin   ularning   [ega+
kesim] shaklida ekanligi gap qolipidagi birliklar sifatida qarashga sabab bo‘la oladi.
Til   hodisalarining   serqirraligi   tamoyili   mazkur   birliklarni   baholashda   ham
metodologik tayanch vazifasini bajaradi. Implisit evfemiya. Badiiy matnda implisit
ifodalangan   haqorat,   qarg‘ishlar   ham   mavjud:   Qo‘lingdan   qamchin,   belingdan
46   oshpichoq,   shopdek   murtingning   ostidag‘i   sassiq   og‘zingdan   “Qizingni…
onangni…   diningni…   ota-   bobongni…”   degan   zikri   oliylar   doim   favvora   urar   edi
(A.Qodiriy.   “Mochalov”).   Bu   yerda   haqorat   ko‘p   nuqta   bilan   berilgan.   Implisit
ifodada   tabulashtirilgan   voqelikning   evfemik   vositasi   ko‘pincha   qo‘llanmay,   ular
zamiridagi tushunchalar kontekst va intonasiya (ohangning birdan kesilishi, to‘xtab
qolish,   cho‘zilishi,   tugallanmaganligi,   sukut,   davomlilik   kabilar)   orqali   anglashilib
turadi. Negaki, matn mohiyatan shunga yaqin tushun-  chani kishi  ongiga undaydi.
Baribir, birinchi yarq etib paydo bo‘lgan fikr to‘g‘ri bo‘lib, aytish noqulay, nutqiy
etikaga   mos   kelmasligi   sababli   mada-   niyat   yuzasidan   qo‘shtirnoqda   beriladi   yoki
ko‘p nuqta bilan yoziladi: 1. O‘ylab, qizning aslini bildimki, onasi yuqoridan tavba
qilib tushgan haromzoda- lardandir va otasi ham… lardandir. Men shu zamonning
hezalaklariga   sira   tushu-   nolmadim-da,   voy,   dedim,   voy   sani   o‘sha   olipta   qilub
tuqqanni… dedim. (A.Qodiriy. «Toshpo‘lat tajang nima deydi?») Evfemik ma’noli
birliklarning   qo‘llanish   xususiyatlari.   Evfemik   nutq   tafakkurning,   inson   aql-
zakovatining   oliy   formasi,   “qaymog‘i”,   voqelikning   pardozlangan,   “   parda   ichiga
olingan”,   beozorlashtirilgan,   yumshatilgan   obrazli   ifodasidir.   Ko‘chimlarning
ma’nosi   juda   murak-   kab   bo‘lib,   u   har   gal   nutq   jarayonida   uslubshunosning   so‘z
qo‘llash, ibora tanlash mahorati, maqsadi, didi bilan bog‘liq faoliyatida reallashadi,
–   deydi   A.Omonturdiyev   “O‘zbek   tilining   evfemik   asoslari   ”   asarida.   Abdulla
Qodiriyning   “O‘tkan   kunlar   ”   asarining   dastlabki   qismida   Homid,   Rahmat   va
Otabekning   uylanish   haqidagi   suhbatlarida   muvofiq   so‘zi   juda   ko‘p   o‘rinlarda
qo‘llanilganini ko‘ramiz. Har qo‘llanishda bir ma’no zohir bo‘ladi. Qaysidir o‘rinda
ma’no   uchun   qo‘pol   so‘z   yumshatiladi,   boshkasida   esa,   aksincha,   qo‘pol   so‘z
boshqasiga   almashtiriladi.   Yozuvchining   so‘z   tanlay   olish   mahorati   shundaki,
“xarakterga   mos   kelmoq”   fikrini   ifoda   etish   uchun   bo‘yoqli   so‘zlar   qidirib
o‘tirmaydi. Muvofiq so‘zida ushbu kontekstdagidek “meni  tushunadigan”, “menga
yoqadigan   ”   kabi   tushunchalar   ham   mavjudligini   his   qilgan   holda   qo‘llaydi.   Nutq
jarayonidagi etika talabi ana shunday evfemik hodisaning yuzaga keli- shiga turtki
bo‘ladi. Birgina so‘z misolida, unga evfemik “mas’uliyat” yuklash barobarida, adib
nafaqat   mubohasadagi   kishilarning   ma’naviy   qiyofasini   chizadi,   balki   o‘z
47   munosabati uchun bu so‘zni xizmat qildiradi. Bahslashuvchilar o‘z fikrlarini ochiq
aytmaydilar, har biri “muvofiqlik”ni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi, o‘zicha tushunadi
va   talqin   qiladi.   “Ko‘nglini   topish”,   “xizmatini   qilish”,   “ra’yini   qaytarmaslik   ”,
zarur   ehtiyojlariga   xizmat   qilish”   kabi   ma’lum   darajada   ochiq   aytish   mumkin
bo‘lmagan   ma’nolarni   faqat   shu  so‘z  ifodalaydi.  Yozuvchi  garchi  Homidga  salbiy
qahramon   maqomini   bergan   bo‘lsada,   uning   og‘ziga   ham   faqat   pardalangan
so‘zlarni “ soladi”, uni ham, kim va qanday odam bo‘lishidan qat’inazar, milliy ibo
va   andishadan   xoli   ko‘rmaydi,   o‘quvchiga   bepardoz   na-   moyish   qilmaydi.   Bunda
adibning   milliy   ibo   va   nazokatni   qanchalik   ustuvor   tutganligiga   amin   bo‘lish
mumkin.   Adibning   maqsadi   bu   yerda   muvofiq   so‘zini   yolg‘iz   qo‘llab,   har   gal”
munosib”,   “loyiq   ”   tushunchalarining   bezakli,   shuningdek,   ta’sirchan   ko‘rinishiga
erishadi. Bu evfema ham boshqa evfemalarda bo‘lgani kabi, kishida ijobiy taassurot
qoldirish, yoqimsiz so‘zlarni oshkor aytmaslik vazifasini bajarishga yo‘naltirilgan. 
Shuningdek, adib o‘rinsiz qaytariqlardan ham tiyiladi. Zero o‘rinsiz qaytariq
nutqiy   “chuchmallik”ni   keltirib   chiqaradi.   Bir   gapdagi   tab’ga   muvofiq   so‘z
birikmasi   ikkinchi   misolda   qo‘shma   so‘z   muvofiquttab’   shakliga   keladi.   so‘z
birikmasi matn ichida o‘z ma’nosida tushunilgan bo‘lsa, ikkinchi gapdagi qo‘shma
so‘z   tanlangan   juftining   dididagi   inson”   ma’nosini   beruvchi   ushbu   ifoda   fikrni
boyitadi.   Bu   bilan   tinglov-   chiga   nisbatan   “sen   ham   unga   yoqishing   kerak”
degandek   bo‘ladi,   ammo   uning   xotirasida   noxushlikni   uyg‘otmaslik   maqsadida
yumshoqroq   shaklda   bayon   etadi:-Xotinga   muvofiq   bo‘lish   va   bo‘lmasliqni   uncha
keragi yo‘q,- dedi Homid e’tirozlanib,- xotinlarga “er” degan ismning o‘zi kifoya…
ammo   jiyan   aytkandek,   xotin   degan   erga   muvofiq   bo‘lsa   bas.   Yuqorida   muvofiq
bo‘lmoq   jumlasi   ma’qul   bo‘lmoq”   tushunchasini   berayotganini   sezamiz.   “Xotinga
yoqish”, xotinning erga ma’qul bo‘lishi ” kabi mulohazalar nozik evfemik vositalar
ortiga   berkinib,   beodoblini,   nutqiy   odob-axloq   buzilishining   oldini   olmoqda.
Dunyoqarash,   madaniy   saviya   esa   tilga   ko‘chmoqda.   Masalan,   men   ota-onamning
yoqdirishlari   bilan   uylandim…   ammo   xotinim   ota-onamga   muvofiq   bo‘lsa   ham
menga   muvofiq   emas,   siz   aytkandek,   ehtimol,   men   ham   xotinimga   muvofiq
emasdirman…   jumlasida   ko‘proq   “to‘g‘ri   kelmoq”,   “yoqtirmoq”   tushunchalari
48   anglashiladi.  Nutqiy kontekst”   ota-   onam  uchun  yaxshi  bo‘lsa  ham  menga  ma’qul
emas,   ehtimol,   men   ham   yoqmasman”   gapidagi   ajratilgan   birliklardan   ko‘ra
mutanosib so‘zini talab qilmoqda. Chunki nutq jarayonidagi so‘z o‘yinida muvofiq
so‘zi   asos   sifa-   tida   har   xil   rangda   ko‘rinmoqda.   Berilayotgan   har   bir   fikr
mazmunini so‘z o‘rnida ifodalamoqda. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmas ekan,
muvofiqini   olib,   xotinni   ikki   qil   jumlasidagi   ikki   o‘rinda   ishlatilgan   ayni   ifodalar
antonim   xodisasi   yuz   berishiga   sabab   bo‘ldi.   Beozor   ko‘rinishga   keltirgan   ushbu
evfemik   vositalar   qanchalik   go‘zal   bo‘lmasin,   nozik   ma’no   ifodalama-   sin,   salbiy
mohiyatini   yo‘qotmayotir:-“Xotining   yoqmasa,   yaxshisini   ol”.   Xotinim   muvofiq
emas   deb   zorlanib,   hasratlanib   yurish   er   kishining   ishi   emas.   Bu   yerda   “muvofiq
kelmoq”ning   o‘rniga   “muvofiq   emas”   kabi   evfemaning   yangi,   qulayroq,   ammo
bizningcha,   yumshoq   emas,   aksincha,   dag‘alroq   ko‘rinishi   qo‘llanilgan.
Qiyoslaymiz: 
1.Muvofiq kelmaydi;
2.To‘g‘ri kelmaydi; 
3.Muvofiq emas; 
4.Yaxshi emas, mos emas; 
Demak, tilning taraqqiyoti natijasida evfemalarning yangi shaklla- ri, aytilishi
me’yor bo‘lib kelgan ko‘pgina so‘z va iboralar o‘rnida unga nisbatan yanada qulay,
so‘zlovchi   va   tinglovchi   uchun   yoqimliroq   bo‘lgan   ifodalar   paydo   bo‘laveradi.
Hassos   va,   shuning   barobarida,   so‘zga   “xasi   ”   adib   Abdulla   Qodiriy   esa   turli
mazmundagi tushunchalarni ifodalash uchun bir so‘zning o‘zinigina evfema sifatida
qo‘llaydi,   ajablanarlisi   shuki,   u   kishini   zeriktirish   o‘rniga   jalb   qiladi,   tortadi.   U
narsa yoki voqelikni kuzatib, muhim belgi-xususiyatlarini ajratadi, umumlashtiradi,
makoniy-zamoniy   bog‘lanishlarni  aniqlaydi  va  turli   xil   tusga  soladi.   Bora-bora  bu
uslub   adib   asarlarining   bir   necha   o‘rinlarida   qo‘llanilganining   guvohi   bo‘lamiz.
“Mehrobdan   chayon”   romanidagi   Gulshanbonuning   haram   qizlari   bilan   bo‘lgan
suhbatida   ma’nisiz   ifodasini,   “O‘tkan   kunlar”dagi   Otabekning   Kumush   bilan
bo‘lgan   suhbatida   hamroh,   birav,   yo‘ldosh   ifodasini   yuqoridagi   muvofiq   ifodasi
kabi   turli   rangda,   omonimik-polisemik   xarakterda   ifodalaydi.   Quyida   Otabek   va
49   Kumush   bahsidan   o‘rin   olgan   hamroh   birligi   vositasidagi   so‘z   o‘yiniga   murojaat
qilamiz: -Bu nima degan so‘zingiz tag‘in?- Ya’ni hamrohim bor deganim – mendan
qo‘rqmang, deganim… Otabek yana tushunmadi… 
Hamrohingiz…   Hamrohimmi?–dedi   Kumush,   –   hamrohim   birovning   xayoli,
birovning fikri. Bas, bundan ham  yaxshi  rafiq bormi? Ba’zi vaqtlarda bu yo‘ldosh
uykudan   ham   shirin.   Otabek   hamrohga   tushundi   va   yotib   Kumushning   yuzidan
o‘pdi: - Lekin bu so‘zingizga ishonmayman.- Nega ishonmaysiz? 
Giz…- Negaki, siz anovi… kechasi hamrohsiz edingiz… Pish- pish uxlar edin- 
Kumush   Otabekning   yelkasiga   qo‘lini   tashladi:   O‘shal   vaqtlarda   hamrohsiz
uxlaganim   to‘g‘ri,-   dedi,-   chunki   birov-   lardan   butunlay   umidim   kesilgan,
hamrohim   menga   hamisha   umidsizlikgi-   na   berar,   dahshatimnigina   ortdirar   edi.
Ammo   o‘sha   kunlarda   uyku   menga   juda   shirin   bir   narsa   bo‘lib   qolgan,   men
uykudagina   birovlarni   ko‘rar   va   kunduzlari   uyqu   qidirar   edim.   Endi   bo‘lsa   yana
yo‘ldoshim xayol…Tag‘in nima deysiz? Adib Otabek uchun dastlab hamroh so‘zini
boshqa bir kishi  haqidagi, Kumush uchun esa Otabek haqidagi  xayolning evfemik
ifodasi sifatida beradi. Matn davomida Otabek so‘zning evfemik mazmunini anglab
yetadi. Kumush  esa   yana  birav  so‘zini  Otabekning  o‘ziga nisbatan   evfemik  vosita
sifatida   qo‘llaydi.   Hamroh   so‘zi   aslida   kishiga   nisbatan   qo‘llanadi.   Otabek   uning
egalik shaklida qo‘llanayotganligi asosida o‘ziga nisbatan aytilayotganligini anglab
yetadi. Bu o‘rinda o‘zbek ayoliga xos ichki madaniyat va andisha namoyon bo‘ladi.
Hatto   ochiq   aytish   mumkin   bo‘lgan   vaziyatda   ham   Kumush   andisha   chegarasini
bosib   o‘tmaydi.   Ko‘rinadiki,   ushbu   o‘rinda   har   uchala   so‘z   go‘zal   mutanosiblikni
hosil   qiladi.   Og‘ir   tabiatlik,   ulug‘   gavdalik,   ko‘rkam   va   oq   yuzlik,   kelishgan   qora
ko‘zlik,   mutanosib   qora   qoshliq   va   endigina   murti   sabz   urgan   bir   yigit.   Sevimli
qahramonimiz Otabek ta’riflangan ana shu bir jumlaning o‘zidayoq so‘z zargarining
tilga qanchalik e’tiborli ekanligi ko‘rinadi.  
Koreys tilida evfemizmlar
1.   죽 다 jukda(to   die)   becomes   돌 아 가 다 doragada(to   return),   가 다 gada(to   go),
떠나다 tteonada(to leave)
50   2.  똥 ddong(excrement) becomes  큰   거 keun geo(big one)
3.  오줌 ojum(urine) becomes  작은   거 jageun geo(small one)
4.  똥   누다 ddong nuda(to poop) becomes  볼   일   보다 bol il boda(to handle a job) or
화장실   가다 hwajangsil gada(to go to bathroom)
5.  화장실 hwajangsil(bathroom) itself is a euphemism for  변소 byeonso(toilet)
6.   성 매 매 soengmaemae(prostitution)   becomes   매 춘 maechun(selling/buying
youth)  
 
51   XULOSA
Urf-odat   semali   birliklar   mikromaydoniga   mansub   lug‘aviy   birliklar   orasida
evfemik   vosita   sifatida   qо‘llanuvchi   birliklar   ham   uchraydi.   Bunday   vositalar
boshqa urf-odatni ifodalovchi lug‘aviy birliklar bilan bir paradigmani tashkil qiladi.
Masalan,   о ‘lmoq   leksemasi   bir   tomondan   vafot   etmoq,   olamdan   о ‘tmoq,   о ‘zini
topshirmoq,   rixlat   qilmoq,   safar   qilmoq,   qazo   qilmoq,   k о ‘z   yummoq,   qaytish
qilmoq singari yuzlab ma’nodoshlariga, ikkinchi tomondan, t о ‘ng‘iz q о ‘pmoq, yer
tishlamoq   kabi   ikkinchi   turdagi   ma’nodoshlariga   egadir.   Bulardan   birinchi
qatordagilar   о ‘lmoq   leksemasi   orqali   ifodalangan   tushunchaning   yumshoqroq
ifodasi   b о ‘lsa,   ikkinchi   qatordagilar   uning   q о ‘pol   ifodasi   hisoblanadi.   Professor
N.Mahmudov   evfemistik   vositalar   borasida   s о ‘z   yuritib,   ushbu   leksema
ma’nosining   ifodalanishi   t о ‘g‘risida   shunday   t о ‘xtaladi:   “Aytaylik,   yaqin   kishisini
y о ‘qotgan   odamning   hissiy-ruhiy   holati   ma’lum.   Shunday   odamdan   k о ‘nggil
s о ‘rash,   unga   ta’ziya   bildirish   uchun   tuziladigan   nutqda   “ о ‘lmoq”   ma’nosini
ifodalash   uchun   aynan   о ‘lmoq   s о ‘zini   tanlash   о ‘rinli   emas,   bu   s о ‘z   s о ‘zlovchi   va
tinglovchi   muloqotidagi   mantiqiy-axloqiy   munosabat   ruhiga   mos   emas.   Bu
mazmundagi   nutqning   j о ‘yaliligini   ta’minlash   maqsadida   mazkur   s о ‘zning   vafot
etmoq,  о ‘tib qolmoq, olamdan  о ‘tmoq, olamdan k о ‘z yummoq, u dunyoga ketmoq,
boqiy   dunyoga   rixlat   qilmoq   kabi   “yumshoqroq”   muqobillari   q о ‘llanadi”.   Til
sistemasida insonning tug‘ilishi,  о ‘sish davri, shuningdek, uning  о ‘limiga
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishni tahlil qilib o‘rganishda “Koreys va o‘zbek
tillari   evfemizmlarining   qiyosiy   tadqiqi”   mavzusi   yuzasidan     bir   qancha
xulosalarga keldik.  Mavzuni o‘rganish jarayonida, eng avvalo shu kabi mavzularni
tadqiq   qilgan   tadqiqotchi-mutaxassislar   va   ularning   ishlari   atroflicha   o‘rganib
chiqildi. Nafaqat o‘zbek va  koreys  tilida, balki butun dunyo xalqlar tilshunosligida
ilm-fanning   dinamik   rivojlanishi   tufayli   yangi   tushunchalarning   ko‘payib   borishi,
leksika   va   terminlarning   shakllanish   jarayoni,   rivojlanishi   va   funksiyasi   kabi
masalalarning   yetarli   darajada   o‘rganilmaganligi   yana   bir   bor   o‘z   isbotini   topdi.
52   Koreys   tilida   evfemizmga   oid leksikalarni o‘rganish va tahlil qilish uchun birinchi
navbatda   leksikalogiya   va   leksika   tushunchasi,   uning   turlariga   to‘xtalib   o‘tish
zarurligi   hisobga   olinib   umumiy   tilshunoslik   bilan   bog‘liq   tarzda   leksika   va
ularning   turlari   ko‘rib   chiqildi.   Leksika   –   tildagi   barcha   so zlar   va   iboralarʻ
yig indisi,	
ʻ      tilning         lug at	ʻ         tarkibi.      Leksika   ma lum   qonun-qoidaga   bo ysunuvchi	ʼ ʻ
izchil   va   murakkab   tizimdan   iborat.     Til        leksikasi   to xtovsiz   o zgarib   turadi.   Bu	
ʻ ʻ
narsa      lug at	
ʻ         tarkibida   yangi   so zlarning   paydo   bo lishi,   mavjud   so zlardan	ʻ ʻ ʻ
ayrimlarining   eskirib,   iste moldan   chiqishi,   leksik   ma nosini   uzgartirib,   yangi	
ʼ ʼ
ma no	
ʼ     kasb        etishi   kabi   jarayonlarda   ko rinadi.	ʻ     Jamiyat        taraqqiyoti   va   ijtimoiy
tuzumning o zgarishi bilan uzviy bog langan holda leksika boyib boradi. XX asrda	
ʻ ʻ
barcha   xalqlar   qatori   o zbek   xalqi   leksikasi   ham	
ʻ     tezlik        bilan   o sib,   taraqqiy   etdi.	ʻ
O zbek	
ʻ        tili        leksilasiga baynalmilal so zlar keng ko lamda kirib keldi. Buning ustiga	ʻ ʻ
fan        va   turli   sohalar   terminologiyasi   ham   to xtovsiz   o sib   bormoqda.   O zbek   tili	
ʻ ʻ ʻ
leksikasida   o z   va   o zlashgan   qatlam,   shuningdek,   o z	
ʻ ʻ ʻ      qatlam         tarkibida
umumturkiy   so‘zlar   va   ulardan   yasalgan   o zbekcha   so‘zlar   mavjud.   Shu   bilan	
ʻ
birgalikda  evfemizmga  oid leksikalar ham takomillashib bormoqda. 
Leksikologiya   muayyan   bir   tilning   leksikasini   o rganuvchi   bo limi	
ʻ ʻ
hisoblanadi.   Leksikalogiya   har   bir   so zni   yakka   holda   emas,   balki   boshqa   so zlar	
ʻ ʻ
bilan bog liq holda o rganadi.  	
ʻ ʻ Biz   buni   evfemizmga   oid   leksikalar   misolida   ko ‘ rib
chiqdik .  Leksikalogiya   tilshunoslikning   leksikografiya ,  frazeologiya ,  semasiologiya
yoki   semantika ,   etimologiya ,   stilistika   hamda   so ʻ z   yasalishi   haqidagi   ta ʼ limot   kabi
sohalari   bilan   chambarchas   bog ʻ liqdir .   Ya’ni   leksikalogiyaning   o‘rni   kattadir.
Leksikalogiyaning asosiy  muammolaridan biri  so zning mustaqil  til  birligi sifatida	
ʻ
mavjudligi   masalasidir.   Leksikalogiyada   so zlarning   ma no   jihatdan   o zaro	
ʻ ʼ ʻ
bog langan,   ya ni   monosemiya,   polisemiya,   sinonimiya,   antonimiya,   so‘z	
ʻ ʼ
ma nolarining   erkin   yoki   bog liq   holda   bo lishi   kabi   masalalari   ham   o rganiladi.
ʼ ʻ ʻ ʻ
Leksika muayyan bir tizim sifatida ko rilganda, so z ma nolari va tushunchalarning	
ʻ ʻ ʼ
o zaro   bog liq   holda   bo lishi   ko zda   tutiladi.   Leksikalogiya   lug at   tarkibining	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
amalda   ishlatilishi   va   taraqqiyoti   qonuniyatlarini,   so zlarning   uslubiy   jihatdan	
ʻ
tasnifiy   tamoyillarini   ishlab   chiqadi.   Shuningdek,   so zlashuv   va   adabiy   tillarda
ʻ
53   foydalanish   me yorlarini,   professionalizm,   dialektizm,   arxaizm,   neologizm,ʼ
leksikalashgan   so z   birikmalarini   me yorlashtirish   kabi   masalalarni   tahlil   etadi
ʻ ʼ
hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi. 
  Hozirgacha jahon tilshunosligida xkoreys tili umumiy atamashunosligidagi
leksika   muammolariga,   ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ayrim   semantik   va
struktur   belgilari,   tasniflanishi   masalalariga   ko‘p   koreys   tilshunoslari   o‘z   ilmiy
tadqiqotlari orqali hissasini qo‘shgan. 
Mazkur   bitiruv   malakaviy   ishida   koreys   tilidagi   evfemizmga   oid   leksikalar
ilk   bor   tizimli   ravishda   tadqiq   etildi.   Koreys   tili   yo‘nalishidagi   talabalarga   til   va
madaniyatni   integrallashgan   holda   o‘rgatishda   evfemizga   oid   terminlar
aniqlashtirildi.   Ilk   bor   talabalarning   evfemizmga   oid   terminlari   semantik   jihatdan
tasniflandi va ularning grammatik va leksik xususiyatlari tahlil etildi; ularning nutq
jarayonidagi   o‘rni,   mohiyati   ochib   berildi.   Evfemizlarning   tarixiy   evolyutsiyasi,
shuningdek,   evfemizmga   oid   terminlarning   kelib   chiqish   tarkibiy   tuzilishining
o‘ziga   xos   jihatlari   tadqiq   etildi,   evfemizmga   oid   tushunchalarning   mazmun-
mohiyatini tahlil qilindi. koreys tilini o‘qitishda evfemizga oid o‘quv materiallarini
tanlandi va tahlil qilindi. Koreys tilini o‘qitishda talabalarning evfemizga oid yangi
lug‘atlarni   shakllantirildi.   Koreys   tilida   evfemizga   oid   yangi   lug‘atlarni
shakllantiruvchi   mashqlar   tizimini   ishlab   chiqildi.   Tadqiqot   natijasida   evfemizga
oid   matnlarda   uchraydigan   leksikalar   tahlil   qilinib,   tarjimaning   o‘ziga   xos
xususiyatlari   ko‘rib   chiqildi.   Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishida   dehqonchilik   ish-
qurollariga   oid   leksikalarning   koreys   tilidan   o‘zbek   tiliga,   o‘zbek   tilidan   koreys
tiliga   tarjimalarining   xususiyatlari   tahlil   ostiga   olindi.   Bu   esa   xitoy   va   o‘zbek
tarjimashunosligida yangilik hisoblanadi.   
Evfemizga   oid   ko‘pgina   leksikalar   birikma   holida   ham   uchraydi.     koreys
tilida evfemizga oid leksikalar mavzusi bo‘yicha matnlar tanlab olindi va tadqiqot
davomida matn ichidan evfemizga oid bo‘lgan leksikalar, shu jumladan, so‘zlar va
so‘z birikmalari ajratib olindi va ularning o‘zlari ishlatilgan kontekstdagi ma’nolari
izohlab berildi va so‘zlar va so‘z birikmalari o‘zbekchaga tarjima qilindi. 
54   Matn ichida ishlatilgan va undan tashqari evfemiz mohiyatini ochib beruvchi
formasi   va   o‘zbekcha   tarjimasidan   iborat   lug‘at   tuzib   chiqildi.   Shuningdek,   shu
yo‘nalishda ta’lim berishda yengillik yaratish maqsadida matn ichidagi keltirilgan
atamalar, so‘z va so‘z birikmalariga doir mashqlar to‘plami tuzildi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
55   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Шамсиддинов   Ҳ .   Сўзларнинг   эвфемик   функционал - семантик
синонимлари  //  Фзбек   тили   ва   адабиёти . – Тошкент , 1997. -No 6. – Б . 
2. Омонтурдиев     А.Ж.     Эвфемик     воситаларнинг     функционал-услубий
хусусиятлари:  Филол.  фанлари номзоди...дисc. –Тошкент,  2000 . –Б. 176.
3. Миртожиев   М.   Фзбек   тили   семасиологияси.   –Тошкент:   Мумтоз   сўз,
2010. –Б. 119-127. 
4. Шамсиддинов   Ҳ.   Сўзларнинг   эвфемик   функционал-семантик
синонимлари // Фзбек тили ва адабиёти. –Тошкент, 1997. - No  6. –Б. 22
5. Маматов   А.Э.   Фзбек   тили   фразеологизмларининг   шаклланиши
масалалари: Филол. фанлари д-ри ... дис. –Тошкент, 1999.
6. Омонтурдиев   А.,   Омонтурдиев   Ж.   Сўз   қўллаш   санъати.   –   Термиз:
Жайхун, 1994. – 60 б
7. Usmonova,   D.   (2022).   PRINCIPLES   OF   DIVISION   OF   WORD
CATAGORIES   IN   UZBEK   LANGUAGE.   YOUTH,   SCIENCE,   EDUCATION:
TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS ,  1 (2), 60-65. 
8. Усмонова   Д.   С.   Роль   и   особенность   соматичеiих   фразеологизмов
различных языков //Мировая наука. – 2019. – №. 9. – С. 250-252. 
9. Sotvoldiyevna   U.   D.   et   al.   Political   Euphemisms   in   English   and   Uzbek
Languages (A Comparative Analysis) //Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching. – 2022. –  Т . 9. –  С . 92-96. 
12.  국립국어원 .  외국인을   위한   한국어   문법 1,  커뮤니케이션북스 , 2005.  =
Корейiая грамматика для иностранцев. Сеул: Национальный ин-
ститут корейiого языка, 2005. Вып. 1.
13.   Ўзбекистан   миллий   энциклонедияси,   Э   ҳарфи.   Ўзбекистан   миллий
энциклонедияси: Давлат илмий нашриёти, 2000. – Б.10. 
56   14.   Brown   K,   Miller   J.   The   Cambridge   Dictionary   of   Linguistics.   –   Cambridge:
Cambridge University Press, 2013. – P.158. 
15.   Walter   W.   Skeat.   The   Concise   Etymological   Dictionary   of   the   English
language. – Oxford: Clarendon press, 2013. – P. 172.
16.  Ғайбуллаева   Н . И .  Ўзбек   тилида   тиббий   эвфемизмлар  ( тиббий   даврий   нашр
материаллари   асосида ):  Фалсафа   доктори  (PhD) – 52  б .
17.   Гулямова   Ш . К .   Ўзбек   тили   эвфемизмларнинг   гендер   хусусиятлари :
фалсафа   доктори  (PhD)  дисер ...  автореф . –  Бухоро , 2020. – 58  б
18.   Таджибаева   А.А.   Социокультурные   и   когнитивные   аспекты
лингвистичеiого   иследования   эвфемизмов   в   английiом   языке:   автореф.
дис. … канд. филол. наук. – Ташкент, 2006. – 25 с. 
19. Омонтурдиев А., Омонтурдиев Ж. Сўз қўллаш санъати. – Термиз: Жайхун,
1994. – 60 б.
20.   Омонтурдиев   А.   Ўзбек   нутқининг   эвфемик   асослари.   –   Тошкент:   Халқ
мероси, 2000. – 128 б
21. Омонтурдиев А. Професионал нутқ эвфемикаси. – Тошкент: Фан, 2006. –
232 б.  
22.  국립국어원 .  외국인을   위한   한국어   문법 1,  커뮤니케이션북스 , 2005.  =
Корейiая грамматика для иностранцев. Сеул: Национальный ин-
ститут корейiого языка, 2005. Вып. 1.
23.  Back ,  K - S , &  Kim ,  Y - J . (2000).  Language   and   culture . ( 언어와사회 )  In   J - R  
Hwang . ( Ed .),  Understandings   and   perspective   in   modern   English   teaching .  Seoul . 
Seoul   National   University   Press . 
24.  양정 ,  조해성 ,  이	희	주 ,  송형익 ,  강	병창 ,  안	혁 ,  권선	미 ,  이해영 ,  정	재	은 ,
이하늘 .  Ли   Ханыль .  Непрямой   диiурс   корейiого   языка   как   пере -
водчеiая   проблема :  выпуiная   квалификационная   работа   маги -
57   стра  ( переводчеiий   факультет   кафедра   восточных   языков ).  М.:
ФГБОУ ВО МГЛУ, 2018.
25.  Қодирова Х.Б., « Ўзбек тилида эвфемизм ва дисфемизм ». « Янги аср авло-
ди» , 2013 йил.  b -33
INTERNET   SAYTLARI
http://    www.ZiyoNet.uz        https://    www.edu.uz   
http://uz.m.wikipedia.org/wiki/Leksika  
http://    www.Google.ru       
https://www.baidu.com       
https://baike.baidu.com/item/    农业    /24700       
https://ru.wikipedia.org/wiki/    Терминология       
https://qomus.info/oz/encyclopedia/l/leksika/        https://baike.baidu.com/item/    工具   
/         https://uz.m.wikipedia.org/wiki/ evfemizm       
58

KOREYS VA O‘ZBEK TILLARI EVFEMIZMLARINING QIYOSIY TADQIQI MUNDARIJA KIRISH ......................................................................................................................3 I.BOB. EVFEMIZMLARNING KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA PAYDO BO’LISHI …………………………..……………....................................................7 1.1. Evfemizm va uning kelib chiqishi....................................................................7 1.2. Tilshunoslikda evfemizmlarning o’rganilishi.................................................13 II.BOB. EVFEMIZMLARNING KOREYS VA O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANISHI ………………………………………….………………………..24 2.1. Koreys va o‘zbek tilida evfemizmlar va ularning xususiyati ........................24 2.2. Koreys va o‘zbek tilida evfemizlarning uslubiy farqlanishi...........................32 XULOSA .................................................................................................................54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ......................................... 59 1

KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va ahamiyati. Jahonda chet tillarni o‘rgatish tamoyillari va metodlari ma’lum bir hajmdagi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Jumladan, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida koreys tili va madaniyatini integrallashgan holda o‘rgatish, til va madaniyatga yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda koreys tilini o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari zarur bo‘lgan madaniyatlararo muloqotning o‘ziga xosligini, jumladan, tili o‘rganilayotgan mamlakatning urf-odatlari, madaniy an`analari va xalqning mentalitetini bilish ham talab etiladi. O‘zbekiston Prezidenti Koreyaga tashrifida “O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish” kabi muhim vazifalar belgilandi. Koreys tilini chet til sifatida o‘qitish tajribalarini o‘rganish asosida talabalarning koreys tilida madaniy ko‘nikmalarini shakllantirish va uni nutqiy faoliyatda qo‘llashga o‘rgatishda kompetentsiyaviy ta’lim ham yaxshi samara beradi 1 . “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga m uvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, 1 Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.”-T: “O‘zbekiston”,2016. – 32 b. 2

xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor etib belgilandi 2 . Ushbu bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son Qarori, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3775-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tizimi uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar harid qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi VMQ 174-son qarori, 2017-yil 11-avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ 610-son Qarori, 2018-yil 10-oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi VMQ 816-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy ishi tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi koreys tilida mavjud bo lganʻ evfemizmga oid terminlarni tizimli ravishda tadqiq etish, ularning semantik tasnifini amalga oshirish va ularning grammatik va leksik xususiyatlarini tahlil etishdir. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. 19.05.2021 yildagi PQ-5117-son qarori. 3

- tilshunoslikda evfemizmga oid terminlar bilan bog ‘ liq ilmiy - nazariy qarashlarni tahlil qilish ; - evfemizmga oid terminlarning tarixiy evolyutsiyasini o‘rganish; - koreys va o‘zbek tilida evfemizmga oid leksikalar va ularning qo‘llanilishini tahlil qilish; - koreys tilini o‘qitishda talabalarning evfemizmga oid yangi lug‘atlarni shakllantirish; - koreys tilida evfemizmga oid yangi lug‘atlarni shakllantiruvchi mashqlar tizimini ishlab chiqish. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Koreys tili evfemizmga oid atamalari, leksikalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar soni cheklangan. Koreys tili umumiy atamashunosligidagi maxsus leksika muammolariga, ushbu leksik birliklarning ayrim o ziga xos xususiyatlariga, semantik va struktur belgilariga va tasniflanishʻ masalalariga koreys tilshunoslaridan D.J.Freyzer, A.Meye, D.K.Zelenin, N.Mahmudov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ko tarilgan. Bunga qo shimcha ʻ ʻ tarzda, keyingi yillarda o zbek tilshunoslari tomonidan koreys tilining ʻ leksikologiyasi va morfologiyasining ba’zi masalalari bo yicha bir qator ilmiy ʻ ishlar bajarildi. Lekin shunga qaramay, koreys tilidagi aynan evfemizmga oid terminlarning yuzaga kelish sabablari, ularning tarkibiy, semantik va grammatik xususiyatlari alohida tadqiq etilmagan. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Koreys tilida evfemizm bilan bog‘liq terminlarning leksik-semantik jihatlari bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi. Ishga manba sifatida koreys tili lug‘atlari, hozirgi koreys matbuotida va internet saytlarida chop etilgan publitsistik maqolalar hamda jonli til materiallari jalb etildi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Koreys tilidagi evfemizmga oid faol qo llanuvchi terminlarning semantik xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, kommunikativ ʻ jarayonda tutgan o rni bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi. ʻ Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 4

1. Koreys tilida evfemizmga oid terminlar ilk bor tizimli ravishda tadqiq etilmoqda. 2. Ilk bor talabalarning evfemizmga oid terminlari semantik jihatdan tasniflandi va ularning grammatik va leksik xususiyatlari tahlil etildi. 3. evfemizm terminlarining tarixiy evolyutsiyasi, shuningdek, evfemizmga oid terminlarning kelib chiqish tarkibiy tuzilishining o‘ziga xos jihatlari tadqiq etildi. 4. Tadqiqot natijasida evfemizmga oid terminlarning matnlarda uchraydigan terminlari tahlil qilinib, tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan jami 25ta o‘quv qo‘llanmalar, adabiyotlar, lug‘at va internet saytlari joy olgan. Ishning umumiy hajmi 60 sahifani tashkil etadi. 5