logo

XAMSALARNING ILK DOSTONLARIDAGI ,,BASMALA” BOBINING QIYOSIY TADQIQI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

171.30859375 KB
XAMSALARNING ILK DOSTONLARIDAGI ,,BASMALA”  BOBINING
QIYOSIY TADQIQI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………...………………3
I BOB.  XAMSALARNING “BASMALA” BOBLARINI O‘RGANISH
1.1. “Basmala”atamasining ta’rifi va tavsifi…………………………..………...8
1.2.Xamsalarning “basmala”boblarini o‘rganish tarixi………………..….……16
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………....…29
II   BOB.   ALISHER   NAVOIY   “XAMSA”SIDAGI   “BASMALA”
BOBINING O‘ZIGA XOSLIGI
2.1.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida  “basmala” bobi….….…30
2.2.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi  “basmala” bobining turli
talqinlari……………………………………………………………….……….38
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………..…..47
III   BOB.   XAMSALARNING   “BASMALA”   BOBINI   QIYOSIY
O‘RGANISH
3.1.   Nizomiy   Ganjaviy,   Xusrav   Dehlaviy,   Abdurahmon   Jomiy   va   Alisher
Navoiy   xamsalarining   ilk   boblarida   kompozitsiya,   mazmun   va   g‘oya
masalalari……………………………………………………………………....48
3.2.”Maxzan   ul-asror”,   “Matla   ul-anvor”,   “Tuhfat   ul-ahror”,   “Hayrat   ul-abror”
dostonlari  ilk boblarining qiyosiy tadqiqi………………………………..........62
Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………..…….73
UMUMIY XULOSALAR………………………………………………….....74
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ‘YXATI...............................75-78
1 KIRISH
Dissertatsiya   mavzu si ning     asoslanishi   va   uning   dolzarbligi .     Hozirgi
kunda yurtimizda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini
yaratishga   harakat   qilinmoqda.   Bu   borada   Prezidentimizning   quyidagi   gaplari
asoslidir: ,,Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan
yuksak   svilizatsiya   va   madaniyat   o‘choqlaridan   biri   bo‘lganligini   ko‘ramiz.
Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar,
behaho   me’moriy   obidalar,   nodir   qo‘lyozmalar,   turli   osori   atiqalar   davlatchilik
tariximizning   uch   ming   yillik   teran   ildizlaridan   dalolat   beradi.“ 1
  Shunga
asoslanib   aytadigan   bo‘lsak,   Alisher   Navoiy   ijodini   o‘rganish,   nafaqat
adabiyotimiz,   balki   tilimiz,   dinimiz,   madaniyatimizni   yuqori   cho‘qqilarga   olib
chiqadi.   Dissertatsiya   mavzusi   “Xamsa”larning   ilk   dostonlaridagi   “Basmala”
bobining   qiyosiy   tadqiqi”   deb   nomlanadi.   Sharq   mumtoz   adabiyotida   deyarli
barcha   asarlar   muqaddimaviy   boblar,   ya’ni   kirish   qismlardan   tarkib   topadi.
Xamsachilik   an’anasini   boshlab   bergan   ozar   shoiri   Nizomiy   Ganjaviy   “Panj
Ganj”   dostoni   ham   bundan   mustasno   emas.   Xamsachilik   an’anasiga   javob
yozgan shoirlar ham shu an’anaga muvofiq tarzda o‘z dostonlarini yozganlar. Ilk
bor   turkiy   tilda   “Xamsa”   yozgan   buyuk   bobokalonimiz   Alisher   Navoiy   ham
“Hayrat   ul-abror”   dostonining   ilk   bobini   “Basmala”,   ya’ni   “Bismillahir
rohmanir   rohiym”   oyatining   ta’rif-u   tavsifi,   sharhiga   bag‘ishlaydi.     “Basmala”
deb   ataluvchi   Alisher   Navoiy   “Xamsa”si   tarkibidagi   ilk   bob   mustaqillikdan
keyingi davr o’zbek adabiyotshunosligining asosiy tadqiqot mavzularidan biriga
aylandi.   Ushbu   bobning   maqsadi,   “Xamsa”dagi   o’rni,   turli   nuqtai   nazardan
talqini va tahliliga bag’ishlangan bir qator maqola va risolalar nashr ettirildi. Bu
borada A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Muhiddinov, Z.Amonova, U.Jo’raqulov,
O.Davlatov,   A.Malik   va   boshqa   bir   qator   olim   va   tadqiqotchilarning   ilmiy
ishlarini alohida qayd etishimiz mumkin . Ayrim masalalarda hatto qizg’in bahs-
munozaralar   ham   kuzatildi.   Mazkur   tadqiqotlar   hamda   ularda   bildirilgan   fikr-
1
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga 
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//http://uza.uz/posts/3452.
2 mulohazalarni umumlashtirish, qiyoslash, ilmiy munosabat bildirish ayni damda
kun tartibidagi masalalardan biri bo’lib turibdi.   Shunday ekan, Alisher Navoiy
ijodini   o‘rganish,   uning   asarlarini   boshqa   qardosh   xalq   ijodkorlari   bilan
solishtirgan holda o‘rganish adabiyotimizni jahon adabiyoti bilan yuzlashishiga
sabab bo‘ladi. 
                Tadqiqotning   obyekti   .   Tadqiqot   obyekti   uchun     Nizomiy   Ganjaviy,
Xusrav   Dehlaviy,   Abdurahmon   Jomiy   va   Alisher   Navoiylarning   xamsalari   ilk
dostonlari: “Maxzan ul-asror”, “Matla ul-anvor”, “Tuhfat ul-ahror”, “Hayrat ul-
abror” olindi.
Tadqiqotning predmeti . Tadqiqotning predmeti  sifatida  sifatida  Alisher
Navoiy   “Xamsa”si   tarkibidagi   ilk   doston   “Hayrat   ul-abror”   tarkibidagi
“Basmala” bobi, ularning xususiyatlari, Allohga bo‘lgan ishq tarannumi, salaflar
ijodidan   ilhomlanish   natijasida   paydo   bo‘lgan   misralari,   umuman   olganda,
Navoiyning tasavvufiy qarashlarini belgilab oldim.
             Tadqiqotning maqsadi .  Dissertatsiyadan ko‘zlangan masad  xamsachilik
an’anasi,   xamsalarga   javobiya   yozishda   an’ana   va   novatorliklar,   xamsalarning
o‘ziga   xosligi,   shakl   va   mazmun,   syujet   va   kompozitsiya     masalalarini   ilmiy
jihatdan   yoritib,     tahlilga   tortilgan   asarlarni   o‘zaro   solishtirib   tadqiq   qilishdan
iborat. 
       Tadqiqotning vazifalari.  Tadqiqotdan ko ‘ zlangan vazifalar quyidagilar:
  –   Alisher   Navoiy   “Xamsa”sining   “Basmala”   bobining   umumiy   mazmun-
mohiyatini tahlil qilish;
–   “Xamsa”dagi   “Basmala”   bobining   salaflari   “Xamsa”sidagi   “Xamsa”sining
“Basmala” bobi bilan taqqoslab, umumiy mazmun-mohiyatini tahlil qilish;
–   har   bir   dostondagi   “Basmala”     bobining   mazmuni,   ularda   ko‘tarilgan
muammolarni qiyoslab, ular orasidagi uzviylik, o‘ziga xoslik va farqli jihatlarni
aniqlash;
shoir   asarini   shu   paytgacha   talqin   qilish   masalalariga   munosabat   bildirishdan
iborat.                  
3       Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
 Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotshunoslik   ilmida qaror topgan ilmiy
xolislik   mezonlari asosida xamsachilik an’anasida ilmiy, nazariy qarashlarning
yakdilligiga erishilgan;
 Navoiy   adabiy   merosi     mavzu   ko‘lamiga   ko‘ra   tasnif   qilingan,   salaflari
“Xamsa” larining  g‘oyaviy -badiiy xususiyatlari ochib berilgan; 
 shoir   asari   uning   salaf   yoki   xalaflari   asarlari   bilan   qiyoslab,   farqlarini,
umumiy tomonlarini aniqlab, bayon qilingan.
          Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Tadqiqotning   asosiy
masalalari sharq mumtoz adabiyoti namoyondalari, mumtoz asarlar namunalari,
ijodiy   hamkorlik,   ijodkorlarning   asarlariga   javobiya   yozish   an’anasi   yoritib
berilgan.   Ustoz-shogirdlik   masalasida   o zaro   mehr-muruvvat,   hurmat   singariʻ
insoniy fazilatlarni ko rsatib berishdan iborat.	
ʻ
            Tadqiqot   mavzusi   bo ʻ yicha   adabiyotlar   sharhi(tahlili).   Tadqiqot
mavzusini   yoritishda   bir   qancha   diniy,   islomiy,   ilmiy,   tasavvufiy,   badiiy
kitoblardan,   dissertatsiya   va   avtoreferatlardan     foydalanildi.   Jumladan
“Basmala” bobi ilmdagi turli yo nalishlarni o zaro bir yerga tutashtiradi. Ushbu	
ʻ ʻ
bob   ham   diniy   jihatdan,   ham   ilmiy   jihatdan   fikr   va   bilimlarni   o zaro   yoritib	
ʻ
berishni talab qiladi.
            Tadqiqotda   qo ‘ llanilgan   metodikaning   tavsifi.     Tadqiqot   mavzusini
yoritishda   bir   qancha   metodlardan   foydalanildi.   Jumladan,   matniy-qiyosiy,
statistik,   tasniflash,   analiz,   kontekstual,   struktural,   tarixiy-qiyosiy   tahlil
metodlaridan unumli  foydalanildi.
     Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.  Tadqiqot natijalarining amaliy
ahamiyati   shundan   iboratki,   Alisher   Navoiy   “Xamsa”sini   o rganishda,   uni	
ʻ
to‘g‘ri   talqin   qilish   va   tahlil   etishda   oliy   ta lim   muassasalarining   o zbek	
ʼ ʻ
filologiyasi fakultetlari talabalariga “O zbek adabiyoti tarixi” fanidan ma ruzalar	
ʻ ʼ
va   amaliy   mashg ulotlar   o tishda,   mumtoz   adabiyot   bo yicha   ilmiy   izlanishlar	
ʻ ʻ ʻ
olib borishda foydalanish mumkin.
4       Ish tuzilmasining tavsifi.  Magistrlik dissertatsiyasi ham shakl jihatdan, ham
mazmun jihatdan tavsiflashni nasarda tutadi. Ishning tarkibi kirish, asosiy qism,
adabiyotlar   ro yxatidan   iborat.   Mazmun   jihatdan   esa   dastlab   “Basmala”   bobiʻ
umumiy   tavsifi   berilgan.   So ngra   Alisher   Navoiy   “Xamsa”sidagi   “Basmala”	
ʻ
bobiga   alohida   to xtalib,   batafsil   yoritib   berilgan.   Keyin   esa   Navoiyning	
ʻ
“Basmala” bobi salaflari “Basmala” bobi bilan o zaro qiyoslangan.	
ʻ
                  Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi.   Alisher   Navoiyning   “Xamsa”
dostonini   salaflari   “Xamsa”   dostoni   bilan   qiyosan   o ‘rganish   bo‘yicha   qiyosiy
adabiyotshunoslikda   bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan,   R.Nikolson,
S.   Ernst,   T.Husayn,   S.Nafisiy,   A.Mets ,   I.Y.Krachkovskiy,   B.Furo‘zonfar,
E.E.Bertels,   J.Nurbaxsh ,   A.Kudelin   singari   olimlarning   asarlarida   ushbu
mavzuga   daxldor   nazariy   muammolar,   umumlashma   va   xulosalar   o‘z   ifodasini
topgan 2
. Mustaqillik yillarida A.Rustamiy, N.Komilov, R.Vohidov, O.Davlatov,
M.Muhiddinov,   I.Haqqul,   S.Olim,   Sh.Sirojiddinov   kabi   adabiyotshunoslar
tomonidan   Navoiy   ijodining   yangi   tahlil   va   talqinlari   dunyo   yuzini   ko‘rdi 3
.
Mazkur   olimlar   tomonidan   yaratilgan   ilmiy   tadqiqot   hamda     maqolalarda
Navoiy   ijodiyotini   tasavvuf   va   irfon   nazariyasi   bo‘yicha   tahlil   qilish,   diniy-
tasavvufiy   g‘oyalarning   Na voiy   ijodida   tutgan   o‘rni   va   ahamiyatini   belgilash
jarayonida   Qur’on   va   hadisning   ta’siri   hamda   roli   haqida   muayyan   xulosa   va
qaydlar   borligi   ahamiyatlidir .   A.Hojiahmedov   va   Y.Is’hoqovning   kitoblarida
iqtibos san’ati haqida muxtasar ta’rif berilgan bo‘lib, bu san’at Navoiy asarlarida
keng qo‘llanilgani ta’kidlangan 4
.
     Tadqiqotning amaliy natijalari  quyidagilardan iborat:   
2
                Зоҳидов   В.   Улуғ   шоир   ижодининг   қалби.   –   Т.:   Ўзбекистон,   1970;     Шайхзода   М.   Ғазал   мулкининг
султони. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1966; Ҳайитметов А. Навоийнинг ижодий методи масалалари.
–Т.: Фан, 1963;  Маллаев Н. Алишер Навоий ва халқ ижодиёти. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. 
3
               Рустамий А. Бисмиллоҳнинг маъноси. – Т.: Фан, 1999; Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият,
2005;   Комилов   Н.   Маънолар   оламига   сафар.   –   Т.:   TAMADDUN,   2012;   Воҳидов   Р.   Навоий   ва   илоҳиёт.   –
Бухоро, 1994; Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиёти. –Т.: Фан, 1997; Ғаниева С. Навоий насри нафосати.
–Т.:   ТошДШИ  нашриёти,  2000   ;   Имомназаров  М.   Навоийшуносликка   кириш.  –   Т.,  2015;   Муҳиддинов   М.
Комил инсон – адабиёт идеали. – Т.: Маънавият, 2005; Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Фан, 2011; Олим
С. Нақшбанд ва Навоий. – Т.: Ўқитувчи, 1996; Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий: манбаларнинг қиёсий-
типологик, текстологик таҳлили. – Т.: Akademnashr, 2011. 
4
       Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Т.: Шарқ, 1998. – Б.60; Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. –Т.: 
O‘zbekiston НМИУ, 2014. – Б. 57. 
5     Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga yangi qarashlar asosida yoritilgan maqola
nashr qilingan. Xususan,  ,,Alisher Navoiy va uning olamiga bir nazar“, ,,Navoiy
ijodida irfoniy mavzular badiiyati“ nomli bir qancha maqolalar yaratilib, ularda
shoir shaxsiyati , adabiy merosiga oid yangi qarashlar tahlilga tortilgan va ilmiy
xulosalar   chiqarilgan.   Navoiy   asarlari   ilmiy   jihatdan   yoritilgan.   “Xamsa”
tarkibidagi dostonlar mazmun jihatidan yaxshi yoritilgan.
                  Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi.   Ilmiy   muammoning   aniq
qo‘yilganligi,   chiqarilgan   xulosalarning     tasniflash,   tavsiflash,   tarixiy-qiyosiy
tahlil   usullari   bilan   asoslangani,   ishonchli   nazariy   manbalar   va   lug‘atlardan
foydalanganligi, nazariy fikr va xulosalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan
natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.
         Tadqiqot natijalarining amaliyotga  joriy qilinishi.
Dissertatsiyaning   amaliy   ahamiyati   shundaki,   uning     asosiy   nazariy
xulosalaridan   oliy   o‘quv   yurtlari   va   litsey,   kollejlar   uchun   o‘zbek   adabiyoti
tarixi   bo‘yicha   darslik   va   qo‘llanmalar   yaratishda,   uslubiy   tavsiyanomalar
yozishda,   shuningdek,   magistr   va   bakalavrlar   uchun   maxsus   kurslarda   o‘qib,
foydalanishi mumkin.
          Dissertatsiyaning  tuzilishi   va hajmi.   Tadqiqot  kirish,  uch bob,  xulosa  va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB.  Xamsalarning “basmala” boblarini o‘rganish
1.1.“Basmala” atamasining ta’rifi va tavsifi.
            Musulmon   kishi   kundalik   hayotida   eng   ko‘p   talaffuz   qiladigan   jumla   bu-
“Bismillahir rohmanir rohim”dir. “Bismillahir rohmanir rohim”ning fazilatini yo
bilamiz   yoki   bilmaymiz.   Har   bir   ishni   “Basmala”   bilan   boshlash   sunnatdir.
6 Payg‘ambarimiz   Muhammad   sollallohu   alayhi   va   sallam:   “Har   bir   ish
“Bismillah”   bilan   boshlanmas   ekan,   uning   oxiri   kesikdir”,   deganlar.   Ya niʼ
barakasi   yo‘qdir.   Аhamiyatli   ishlarni   “Bismillah”   bilan   boshlash   xususida
Islomda jiddiy ko‘rsatmalar berilgan. Xususan, islom dinining muqaddas kitobi
bo ‘lmish   Qur’oni   Karimdagi   ilk   “Fotiha”   surasida   “bismilloh”   atamasiga
quyidagicha ta’rif berilgan:  Bu sura Qur’on nusxalarida Makkada nozil qilingan
deb kelinayotgan bo ‘ lsada, tafsir va hadislarda u Madinada  ham takroran nozil
qilingan,  deyiladi.   Shuning  uchun   ham   bu   suraning  nomlaridan   biri   –  “Sab ’ ul-
masoniy”,   ya’ni   “ikki   bor   nozil   qilingan   yetti   oyat”   demakdir.   Suraning   o ‘ nga
yaqin   nomlari   bo ‘ lib,   ulardan   eng   mashhuri   “Fotiha”,   ya’ni,   “ ochuvchi”   -
suralarning   joylashishi   bo'yicha   avvalida   qo ‘ yilgani   uchun   unga   shu   nom
berilgan. “Al-Hamdu” so ‘ zi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi.
Islom dini  mafkurasi  va ahkomlarini  muxtasar  shaklda  o ‘ zida mujassam  etgani
uchun “Ummul-Qur’on” , ya’ni “Qur’onning onasi” nomi berilgan. Mazkur yetti
oyatni   sharhlab   ba’zi   mufassirlar   bir   necha   jildlik   asar   yozib   qoldirganlar.
“Bismillohir Rahmonir Rahim” oyati “Fotiha” surasining tarkibiga kiradimi yoki
u   keyin   qo ‘ shib   qo ‘ yilganmi   degan   masalada   mujtahidlarning   ba’zilari   uni   shu
suradan  deb  sanaganlar.  Boshqalar   esa   Qur’ondagi   113  ta  sura  boshlanishidagi
hamma   “Bismilloh”lar   ham   suralarining   tarkibiy   qismidan   emas,   balki   ularni
bir-biridan ajratib turuvchi - fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. “Bismilloh”
oyati   faqat   bir   joyda   -   Naml   surasining   30-   oyatida   kelgan,   deb   ta’kidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom A’zam) ham shu fikrda bo ‘ lganlar. Shuning uchun Hanafiy
mazhabiga   mansub   xattot   va   noshirlar   tomonidan   ko'chirilgan   va   chop   etilgan
Qur’on   nusxalarida,   xususan   Turkiya   va   Pokistonda   nashr   etilgan   nusxalarda
“Fotiha”   surasining   boshida   kelgan   “Bismilloh”ga   raqam   qo'yilmaydi.   Arab
dunyosida chiqadigan Qur’onlarda esa unga birinchi raqam, “Fotiha” surasining
birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo ‘ yadilar. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
(boshlayman).
 1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 
7 2.   Hamd   olamlar   Rabbi   -   Allohgakim,   Izoh:   Hamd   so ‘ zi   arabcha   bo ‘ lsada,
musulmon   xalqlari   tilida   ko ‘ p   ishlatilishi   va   uning   mazmuni   ham   bir   qadar
tushunarli bo ‘ lib ketgani uchun tarjimasiz o ‘ zi berildi. Aslida hamd - bu maqtov
demakdir.   Lekin   bu   maqtov   Allohgagina   xosdir.   Ya’ni,   Allohdan   boshqaga
hamd   so ‘ zini   ishlatilmagani   ma’qul.   Zero,   hamd   -   bu   maqtaluvchidagi   yaxshi
sifatlarni har qancha ta’rif va tavsif qilsa ham ozlik qilishini anglatadi. Insonni
maqtaganda esa madh so ‘ zini ishlatgan ma’qul. Zero, madh - bu maqtaluvchida
mavjud   bo'lmagan   yaxshi   sifatlarni   ham   qo ‘ shib   maqtashdir.   Oyatdagi
“olamlar”dan murod butun mavjudotdir. 
3. (U) mehribon, rahmli. 
4. Jazo kuni (qiyomat)ning egasidir. 
5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so ‘ raymiz! 
6. Bizni shunday to ‘ g ‘ ri yo ‘ lga boshlaginki, 
7. ( U ) Sen in’om (hidoyat) etganlarning yo ‘ lidir Izoh: Alloh in’om etgan kishilar
-   payg ‘ ambar,   siddiq   va   shahidlardir.   G ‘ azabga   uchragan   va   adashganlarning
emas!   Izoh:   Allohning   g ‘ azabiga   uchraganlar   -   Muso   qavmining   itoatsizlaridir
(Baqara   surasi,   61-oyatga   qaralsin).   Adashganlar   esa   -   Iso   qavmining,
”Allohning farzandi bor ”  deydiganlaridir. 5
 
          “O’zbekiston   milliy   ensiklopediyasi”da   esa     “bismilloh”   atamasiga
quyidagicha   ta’rif   berilgan:   Bismilloh-   Bismillohir   Rahmonir   Rahim   (arab.   –
“Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan”) - islomda ko‘p tilga olinadigan, har bir
niyat,   ibodat   va   amaliy   harakat   oldidan   aytiladigan   oyat.   Bismilloh   Qur’onda
114 suradan 113 tasining boshlanishida ishlatilgan (faqat 9-surada yo‘q). Bu
oyat   xudo   bandalariga   rahmli   (rahim),   mehribon   (rahmon),   musulmonning   har
bir   harakati   Alloh   nomi   bilan   boshlanishi   lozimligini   bildiradi.   Payg‘ambar
(s.a.v)   o‘z   hadislaridan   birida:   “E’tiborli   har   bir   ish   “Bismilloh”   bilan
boshlanmas   ekan,   uning   oxiri   kesikdir”,   deganlar.   Ya’ni   uning   barakasi
bo‘lmaydi,   oxiriga   yetmaydi,   deganidir.   Qur’on   tilovatida   bismilloh   oldidan
5
Tarjimon: Abdulaziz Mansur.   “ Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi”.  Hilol nashr.
8 “A’uzu   billohi   minashshaytonir   rajim”   (“Shaytonning   yomonligidan   Allohdan
panoh   tilayman”)   ham   qo‘shib   aytiladi.   Buni   har   qanday   ish   va   xatti-harakat
oldidan shaytonni  haydash va uning vasvasasidan  xoli bo‘lish mazmunida ham
talqin etadilar. Bismilloh maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham
yoziladi.   Diniy   manbalarda   “basmala”   nomi   bilan   ham   yuritiladi. 6
  Ibn   Moja
rivoyat qilgan hadisda: “Hamdu sano bilan boshlanmagan har bir ishning orqasi
kesikdir”, – deyilgan”.
“Bismillah”ning ma’nosiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: 
“Bismillah»- Allohu taolloning ismi sharifi bilan boshlayman;
“ar-Rohman”- dunyoda hammaga, barcha jonli maxluqotiga    rizq b е ruvchi;
ar-Rohiym”- oxiratda faqat mo‘min qullariga jannat va jamol n е ’matlarini ehson
etuvchi;
“Rohman” umumiy, “Rohiym” esa xos bir ma’noni ifodalashi bois “Bismillahir-
rohmanir-rohim”   d е gan   mo‘min     Alloh   taoloning   Rahmon   sifatidagi   tajalliyi
bilan   o‘tkinchi   dunyoda   barcha   mavjudotga   b е riladigan   n е ’matlardan
bahramand bo‘ladi. Rohiym ilohiy sifati tajalliyi bilan Alloh taoloning abadiy va
boqiy  bo‘lgan  oxiratga   xos   in’om-ehsoni,   jannatini   va   jamolini   ko‘rish   baxtiga
noil   bo‘ladi.  Arabcha   ismlar   faqat   “ot”  yoki   “nom”   ma’nosida   k е lmaydi,  balki
aynan   sifat,   nishon   va   alomat   ma’nosini   ifodalashi   mumkin.   Shunday   ekan:
“Rohman   va   Rohiym   Allohning   ismi   bilan   boshlayman”   jumlasi   “Alloh
taoloning     t е ngsiz   qudratini   ko‘rib,   Uning   bu   dunyoda   hamma   maxluqotga
b е radigan   in’om-ehsonini,   oxiratda   esa   faqat   mo‘min   qullariga   tuhfa   etuvchi
n е ’matlarini   orzu   qilib,   Allohning   ismi   bilan   boshlayman”,   d е gan   ma’noni
bildiradi.  Bu qudsiy kalima “A’uzu”dan k е yin o‘qiladi. “A’uzu” botil yo‘llar d a
adashib   k е tmaslik   uchun   shayton   yomonligidan   Allohning   panoh   b е rishini
so‘rash   bo‘lsa,   “Bismillah”   ham   to‘g ‘ ri   yo‘lga   boshlashda   Allohdan
n е ’matlarini,   in’om-ehsonini   so‘rashning   bir   ifodasidir.   “Bismillah”dan   k е yin
Rohman  va Rohiym   sifatlarining  k е lishi   Alloh  taoloning shafqat  va  marhamati
6
  Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
9 naqadar   buyukligini   bayon   etadi.   Bu   muborak   jumlaning   ma’nosi:   “Dunyoda
do‘stlariga  ham,  dushmanlariga ham  va  butun jonli  maxluqotiga  rizq  b е ruvchi,
oxiratda esa faqat mo‘min qullariga jannati va jamoli bilan in’om-ehson etuvchi
Alloh Azimush-shanning ismi sharifi ila ushbu ishni boshlayman”, demakdir. 
             Bu “Bismillah”i sharifdagi ch е ksiz asrordan bir n е chasiga murojaat etsak,
b е nihoya   hikmatlarni   topamiz.   “Bismillahir-rohmanir-rohim”   o‘n   to‘qqiz
harfdan   iborat     va   buning   asrori   jahannamning   o‘n   to‘qqiz   zaboniyiga   (azob
farishtalariga)   muqobildir.   Biror   inson     chin   dildan   “Bismillahir   rohmanir
rohim” d е b aytsa, Alloh taolo o‘n to‘qqiz zaboniyning shiddatini bu o‘n to‘qqiz      
harf   bilan   daf   etadi.   Shunga   ko‘ra,   hatto   nabiylar   va   valiylar   ham   bu   ikki
muborak     ismi   sharif   tufayli   dunyoviy   hamda   uxroviy   mashaqqatlardan   panoh
topishgan.   Hatto   Nuh(a.s.)   k е maga   chiqayotganlarida   Hud   surasi   41-oyati
karimada   aytilganid е k:   “(Allohning   nomi   bilan)   k е maga   mininglar,   chunki
uning   yurishi   ham,   turishi   ham   Alloh   nomi   bilan   bo‘lur”,   d е b   salomatlikka
y е tishdi.
              “Bismillah”ning   yana   bir   siri   haqida   bunday   d е yiladi:   Bir   k е cha-kunduz
yigirma   to‘rt   soatdir.   Shundan   b е sh   soatga   b е sh   vaqt   namoz   taxsis   etilgan,
qolgan   o‘n   to‘qqiz     soatida   esa     o‘n   to‘qqiz   harfli   “Bismillah”ni   o‘qish
gunohlarga   kafforat   bo‘ladi.
          “Bismillah”i   sharif   “B е ”   harfining   asrori   naqadar   buyuk:   Hazrati   Ali
karamallohu   vajhahu:   “Tavrot,   Injil,   Zaburdagilarning   hammasi   Qur’oni
Karimda,   Qur’oni   Karimdagi   haqiqatlar   esa   “B е ”   harfida   mavjuddir.   “B е “
harfidagi   asror   va   haqiqatlar     esa   “Be”   ning   ostidagi   nuqtada   mavjuddir”,
deganlar.  
      Muhiddin Arabiy ham “B е ” harfidagi futuh haqida bunday d е ydi: “Ey inson,
bilginki,   Alloh   taolo   Kitobi   karimini   “B е ”   bilan   boshlab,   “Bismillah”   d е yishi
“b е ”ning   sharafidandir.   Yana   bu   kabi   har   bir   sura   ham   “B е ”   bilan   boshlanadi.
Tavba surasi “Bismillah”siz boshlansa-da, avvali yana harflar ichida faqat “B е ”
10 bilan “Baroatun minalloh” d е ya nozil qilindi.” Bu bayon “B е ”     harfining buyuk
sharafini bildirishi uchundir”.
        “Masnaviyi   sharif”   sohibi   Jaloliddin   Rumiy   ham   ushbu   mashhur   kitobini
“Bishnav az nay chun hikoyat m е kunad” d е b boshlaydi. 7
 Ya’ni, vujudi nay kabi,
ichi     mosuvodan  holi,  l е kin  Rahmoniy  navha  (nafas)  bilan  to‘lgan   komil  inson
holatini tasvir etadi.
     Bularning bari “Bismillah”i sharifning nihoyasiz ilohiy sirlaridan bir qatradir.
Shuning uchun ham barcha anbiyo va avliyo “Bismillah”i  sharifga   umrlarining
oxirigacha   ta’zim   qilib   o‘tganlar.   Rasulullohning   (s.a.v.)   bu   xususda:
“Bismillah”i   sharif   yozilgan   qog ‘ ozni   ta’zim   etib,   y е rdan   olgan   kishi,
inshoolloh, siddiqlar zumrasidandir” d е yishi  ham shu    ilohiy sirlarga ko‘radir.
         Hazrati  Umar  (r.a.)  Rum  Qaysarining boshida  tinchlik b е rmaydigan  og ‘ riq
borligini eshitib, unga shifo bo‘lishi uchun “Bismillah” yozilgan bir bosh kiyim
yuboribdi.   Rum   Qaysari   “Bismillah”   yozilgan   bosh   kiyimni   kiyganida   og ‘ riq
to‘xtar, y е chsa, yana og ‘ riq boshlanardi. Bu hol Qaysarning diqqatini tortadi. U
bosh kiyimni sinchiklab qarab chiqadi va tikilgan paxtalari orasida bir yozuvga
ko‘zi   tushadi.   Bu   yozuv   “Bismillahir-rohmanir-rohim”   edi.   Nihoyat   Qaysar
shifoning shu qudsiy kalimada ekanini tushunib yetadi. 
          Keling   sevimli   payg‘ambarimiz   Muhammad   mustafo   sollallohu   alayhi   va
sallamdan   voris   bo‘lgan   sahih   hadislar   orqali   eng   ko‘p   ishlatadigan   so‘zimiz-
”Bismillahir   rohmanir   rohim”   ning   fazilati   haqida   so‘z   yuritaylik.   Shoyadki,
xabardor   bo‘lib,   bu   kalimani   yanada   ko‘proq   aytib,   Allohning   rahmat   va
mag‘firatiga yana ham ko‘proq erishadigan bo‘lsak.
          Imom   Doroqutniy   Ibni   Umar   roziyallohu   anhudan   rivoyat   qilgan   hadisda
Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam:   ”Jabroil   alayhissalom   menga   Alloh
taolodan   vahiy   olib   kelganida,   avvalgi   aytgan   kalimasi   “Bismillahir   rohmanir
rohiym” bo‘lar edi, deb marhamat qilganlar.
7
 Jaloliddin Rumiy “Ma’naviyi masnaviy”. Sharq nashriyot- matbaa konserni bosh tahri ri yat ,   T-1999.
11           Imom   Buxoriy   rahmatullohi   alayh   hazratlari   hazrati   Jobir   roziyallohu
anhudan   rivoyat   qiladilar:   Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam   “Bismillahir
rohmanir   rohim”ni   nozil   bo‘lishi   haqida   shunday   deganlar:   “Vaqtiki
“Bismillahir rohmanir rohim” nozil bo‘lganda maloikalardan iborat samovot ahli
xursand bo‘ldilar. Uning nozil bo‘lishi bilan Arsh titradi. U bilan mingta farishta
nozil   bo‘ldi.   Maloikalarning   imonlari   ziyoda   bo‘ldi.   Jinlar   yuztuban   yiqildilar.
Falaklar   harakatga   keldi.   Uning   ulug‘ligi   oldida   davlatmandlarning   qadri
pasaydi”.   Oisha   onamiz   roziyallohu   anhodan   rivoyat   qilinadi:   “Vaqtiki
”Bismillahir   rohmanir   rohim”   nozil   bo‘lganda   tog‘lar   ham   tasbeh   aytdi.
Tog‘larning   tasbehini   hatto   Makka   ahli   ham   eshitdi.   Ular:   Muhammad   (s.a.v)
tog‘larni   ham   sehr   qildi”,   dedilar.   Bas,   ularning     ustiga   Alloh   taolo   tutun
yubordi. Tutun hatto-ki Makka ahlining ustiga soya soldi”. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: “Kimki “Bismillahir rohmanir rohim”ni ishonch va iymon bilan
aytsa,   tog‘lar   ham   u   bilan   birga   tasbeh   aytadi,   illo   aytguvchi   tog‘lar   tasbehini
eshitmaydi”,   dedilar. 8
  Doroqutniy   va   Tabaroniy   rohimahumulloh   Burayda
roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi  vasallam menga:
“Sulaymon alayhissalomdan keyin birorta nabiyga nozil bo‘lmagan oyatni senga
aytmay   masjiddan   chiqmayman”,   dedilar-da   keyin   “namozda   Qur’onni   nima
bilan boshlaysan”, dedilar. Men “Bismillahir rohmanir rohiym”, bilan dedim. Ul
zot “Ha, o‘sha, o‘sha”, dedilar. Vaki  va Sa’labiy rohimahumulloh Ibni Mas’ud
roziyallohu anhudan rivoyat  qiladilar: “Kimki do‘zaxning Zaboniya farishtalari
changalidan   omonda   bo‘lmoqni   xohlasa,   19   ta   harfdan   iborat   “Bismillahir
rohmanir   rohiym”ni   ko‘p   o‘qisin.   Alloh   taolo   “Bismillahir   rohmanir
rohiym”dagi har bir harfni har bir Zaboniya farishtaga qalqon qiladi”.
          Daylamiy   roziyallohu   anhu   Ibni   Mas’ud   roziyallohu   anhudan   rivoyat
qiladilar. Rasululloh  sollallohu alayhi     vasallam:  “Kimki  “Bismillahir  rohmanir
rohiym”ni   o‘qisa,   Alloh   taolo   uning   har   bir   harfi   uchun   qirq   ming   hasanot
8
  Imom al- Buxoriy.” Al-jome’ as-sahih”.   “Munir” nashriyoti.,2021.
12 yozadi,   qirq   ming   yomonligini   o‘chiradi,   u   uchun   qirq   ming   darajot   ato   etadi.
(Dorul   Mansur).   Anas   ibni   Molik   roziyallohu   anhudan   rivoyat   qilinadi.   Nabiy
sollallohu   alayhi   vasallam:   ”Agar   butun   yer   yuzidagi   dov   -   daraxtlar   qalamlar
bo‘lsa, dengizlar siyoh bo‘lsa va jinlar, insonlar, farishtalar kotiblar bo‘lsalar va
“Bismillahir   rohmanir   rohiym”ni   ma’no   va   fazilatlarini   ming-ming   yillab
yozsalar,   uni   o‘ndan   birini   ham   yoza   olmaslar.(Risolai   basmala).   Nabiy
sollallohu   alayhi   vasallamdan   rivoyat   qilinadi:   “Agar   banda   “bismillahir
rohmanir   rohiym”   desa,   jannat   ahli   “Labbayka   va   sa’dayka”   ya’ni   mana   men
sening   qarshingda,   oldingdaman.   Seni   baxtli   qilaman,   deydi   va     Alloh   taologa
iltijo   qiladi:   “Parvardigoro,   falonchi   bandang   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”
dedi. Allohim uni do‘zah ahlidan qilma, uni jannatingga kirgiz”, deydi”.
      Lashin Abul Farahning “Qur’oni Karimning fazilatlari” kitobida “ Bismillahir
rohmanir   rohiym”   oyatiga   quyidagicha   ta’rif   beriladi :     Nabiy   sollallohu   alayhi
vasallamdan rivoyat qilinadi. Ul Zot sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni
bir   qavm   keltiriladi.   Ular   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”,   deb   keladilar.
Tarozida ularning yaxshiliklari yomonliklaridan og‘ir keladi. Boshqa ummatlar:
“Ularning   yaxshiliklari   bunchalik   ham   og‘ir”,   deydilar.   Albatta,   buning   sababi
ular   bu   hayotida   dunyoda   har   bir   kalomlarini   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”
bilan   boshlar   edilar.   ”Bismillahir   rohmanir   rohiym”   Alloh   taoloning   ulug‘
ismlaridandir.   Garchi   tarozining   bir   pallasiga   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”
qo‘yilsa,   ikkinchi   pallasiga   Samovot   va   Yer,   ular   ichidagi   va   ular   orasidagi
narsalar   qo‘yilsa,   albatta,   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”   og‘ir   keladi.   Alloh
subhonahu   va   taolo   bu   ummatni     “Bismillahir   rohmanir   rohim”ning   fazilati-yu
barakotidan   turli   xil   balo-ofatdan,   shaytonning   sharridan   omon   saqladi.
Shuningdek, turli xil kasalliklardan, yo‘qolib ketishdan, o‘tda yonishdan, mayib-
majruh bo‘lishdan, suvga    cho‘kishdan omon saqladi. 9
 
          Buyuk   bobomiz   Abu   Lays   Samarqandiy   aytadi:   “Farzandingning   tili
kalimaga   juftlangan   kundan   boshlab   uning   ong-u   shuuriga   quyidagi   uch
9
 Lashin Abul Farah.“ Qur’oni Karimning fazilatlari”. Munir nashriyoti, 1999.
13 muborak kalimani quymog‘ing farz deb aytganar. Ular quyidagilar: “Assalomu
alaykum”, “Bismillahir rohmanir rohiym”, “Allohu akbar”.
          Umayya   ibn   Maxshiydan   (r.a.)   rivoyat   qilinadi.   Rasululloh   sollallohu
alayhi   vasallam   o‘tirgan   edilar.   Bir   kishi   ovqat   tanovul   qilib,   oxirgi   luqma
qolguncha   Alloh   ismini     zikr   qilmadi.   Qachonki ,   oxirgi   luqmani   og‘ziga
solayotganida   “Bismillahi   avvalahu   va   axirahu”   (ya’ni,   avvali-yu   oxiriga
Allohning   ismi   bilan),   deb     aytdi.   Buni   kuzatib   turgan   Rasululloh   sollallohu
alayhi   vasallam   kuldilar ,   so ‘ ngra   u   zot :   “ Shayton   uning   ovqatiga   sherik   bo ‘ lib ,
tanovul   qilayotgan   edi . Qachonki ,   bu . kishi   Alloh   ismini   zikr
qilganda   qornidagini   qayt   qilib   yubordi ”,   dedilar .   Bu   hadisning   sharhida
aytilishicha,   Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam   bu   kishining   “Bismillah”ni
tark   qilganini   ish   oxirida   bildilar.   Agar   avvalda   bilganlarida   jim
turmasdan   eslatar   edilar.   Oishadan   (r.a.)   rivoyat   qilinadi.   Rasululloh   sollallohu
alayhi   vasallam   sahobalardan   oltitasi   bilan   ovqatlanayotgan   edilar.   Shunda   bir
a’robiy   kelib,   o‘sha     ovqatdan   ikki   luqma   bilan   hammasini   yeb   qo‘ydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:   “Agar u Allohning ismini zikr qilganida,
sizlar   to‘yar edingiz”, dedilar.
            Imom   Termiziyning   “Sahihi   Termiziy”   asarida   quyidagi
hadis   keltiriladi:   “   Jobirdan   (r.a.)   rivoyat   qilinadi.   Rasululloh   sollallohu   alayhi
vasallam:   “Kim   ovqatlanayotganida   Alloh   ismini   zikr   qilishni   unutsa,   ovqatdan
forig‘ bo‘lgandan keyin   “Qul huvallohu ahad” ni o‘qisin”, dedilar.         Ulamolar
taomning   avvalida   “Bismillah”ni   aytish   mustahab   ekaniga   ittifoq
qilishgan.   Agar   avvalida   qasddanmi,   unutibmi,   majburanmi,   boshqa
sabablarga   ko‘ra   ojiz   bo‘libmi,   “Bismillah”ni   aytishni   tark   qilsa,
so‘ngra   ovqatlanish   asnosida   esiga   tushib   qolsa,   yuqoridagi   hadisga   muvofiq
“Bismillahi avvalahu oxirahu”, deb aytish mustahabdir”.
                Ba’zi   ulamolarimizning   fikrlaricha,   «Bismillah»ni   balandlatib   aytish
mustahabdir.   Chunki   bunda   boshqalarni   ham   ogohlantirib,   ularning
ergashishlariga targ‘ib   bor.  
14        Xulosa qilib aytadigan bo‘ lsak, bismillah har bir mo‘min-musulmonning har
daqiqada tili-yu dilidan tushirmaydigan aziz  kalomi  bo‘lishi  kerak.  Zero ushbu
kalom orqali biz cheksiz savob-u, ajrlarga erishamiz, inshooloh.
1.2.Xamsalarning “basmala” boblarini  o‘rganish tarixi
            Sharq   mumtoz   dostonchiligida   “odobi   tasnif”   bo‘yicha   dastlab   hamd,
na’t   va   munojot,   madh   kabi   mavzularda   alohida   boblar   ajratilib,   so‘ng
muddaoga   o‘tish   an’anasi   borligi   ma’lum.   Mazkur   boblar   ijodkorning   qaysi
davrda yashaganligi (madh etilgan shoh yo boshqa yuksak lavozimli shaxsning
kimligiga qarab), shuningdek, uning mazhabi yoki   e’tiqodi haqida ham xulosa
chiqarish   mumkin   bo‘ladi.   Kitobning   asosiy   mavzusi,   yo‘nalishi,   nima   haqida
ekanligi   haqida   ham   aynan   muqaddimaviy   boblardan   ma’lumot   hosil   qilish
mumkin.   Afsuski,   mazkur   boblar   sho‘ro   hukumati   davrida   e’tibordan   chetda
qolib,   nashr   paytida   ham   qisqartirildi.   Umuman,   bu   mavzudagi   o‘nlab,   yuzlab
turli sa viyadagi tadqiqotlarni topish mumkin. Ilohiyatshunoslik funksiyalaridanʼ
biri  iloh – olamning yaratuvchisi  bo‘lgan Zotga xos jihatlarni o‘rganishga ham
kirishini   nazarda   tutsak,   Islom   tarixida   bu   borada   jiddiy   va   chuqur   izlanishlar
benihoya   ko‘pligi   ko‘rinadi.   O‘zbek   mumtoz   adabiyoti   namunalarida,   xususan,
“Devonu  lug‘otit  turk”,  “Qutadg‘u  bilig”,  Аhmad  Yassaviy  hikmatlari,  Аlisher
Navoiy,   Huvaydo,   So‘fi   Olloyor   va   boshqalarning   asarlarini   hamd   va
munojotlarsiz tasavvur qilib bo ‘lmaydi.  Аlisher Navoiy bu masalaga juda jiddiy
qaragan.
            Аlisher   Navoiy   asarlarida   Qur on   va   hadisning   istifoda   qilinishi   bilan	
ʼ
bog‘liq   hamdlar,   na tlar   ilmiy   tahlil   etilgan   ayrim   izlanishlar   bor.   Xususan,	
ʼ
Аlibek Rustamiy, Аbduqodir Hayitmetov, Аziz Qayumov, Shuhrat Sirojiddinov,
Muslihiddin   Muhiddinov,     Olimjon   Davlatov   va   boshqalarning   tadqiqotlarida
muhim xulosalar berilgan.
         Xususan, boshqa talqinlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri matnga murojaat etish, matn
ichidan shoirning asl olamini kashf etish – shoirning Iloh, olam, odam, tuyg‘ular
va hayotga bo‘lgan munosabatini o‘rganish qiyosiy metodning asosiy talabidir. 
15           Y.E.Bertelsning   o‘zbek   xalqiga   sadoqati,   hurmat-ehtiromi   Alisher   Navoiy
ijodiga bo‘lgan munosabatida yaqqol o‘z ifodasini topadi. Y.E.Bertels dalillarga,
aynan   birlamchi   manbalarga   tayanib,   xolis   yondashuvni   mezon   qilib   olgan
sharqshunos   olim   hisoblanadi.   Bertels   kitoblarida   asosiy   e’tiborni   Navoiyga
qaratdi. Xususan, forsiyzabon buyuk ijodkorlar – Nizomiy, Attor, Jomiy haqida
fikr yuritganda, albatta, ularga hamqadam Navoiy ham turadi. Jumladan, “Fors-
tojik   adabiyoti   tarixidan”   kitobida   “Navoiyning   “Xamsa”si   bilan
shug‘ullanayotgan   odam   Nizomiyning   “Xamsa”sini   bilmasa,   qanday   ahvolga
tushib   qolgan   bo‘lardi”   deya   Nizomiyning   ham,   Navoiyning   ham   buyuk
shaxsiyatlar   sifatida   bir   qatorga   qo‘yish   mumkin   ekaniga   ishora   qiladi.
Bertelsning   bu   pozitsiyasi,   bir   tomondan,   forsiyzabon   shoirlarni   yuzaga
chiqarishnigina   emas,   balki   o‘shanday   buyuk   shoirlarning   qatorida   Navoiy
o‘zining   mustahkam   pozitsiyasiga   ega   ekanini     ko‘rsatib   turar   edi.   Bertels   bu
maqsadiga erishdi. Ayniqsa, Navoiy dunyoqarashining Nizomiy, Attor va Jomiy
dunyoqarashi   bilan   bog‘liqligi   ham   Bertelsning   chuqur   izlanganiga,   Sharq
falsafiy   tafakkurini   sabot   bilan   o‘rganganiga   dalildir.   Uning   “Tasavvuf   va
tasavvuf   adabiyoti”  nomli   kitobi   ana   shu   izlanishlar   mevasidir .   Bertels   Navoiy
ijodini   o‘rganishda   o‘zbek   navoiyshunoslari:   Oybek,   G‘afur   G‘ulom,   G‘ulom
Karimov Hodi  Zaripov, va boshqa qator  olimlarning unga bergan yordamlarini
mamnuniyat   bilan   tilga   oladi.   Y.E.Bertelsning   Navoiyga   bo‘lgan   muhabbati,
“Navoiy   va   Jomiy”   asarining   ommabop   mazmunda   va   shaklda   yoritilishiga
sabab   bo‘ldi.   Asardagi   bayon   usuli   va   voqealar   tasviri   xuddi   xalq   qissalarini
eslatadi. Bu usul Bertelsning Sharq va o‘zbek adabiyotining barcha janrlari bilan
mukammal va izchil tanishganidan dalolat beradi. “Navoiy va Jomiy” asarining
debochasida   birdaniga   Navoiy   ijodiga   o‘tib   ketmaydi,   balki   Navoiy   ijodini
rusiyzabon   aholi   ham,   o‘zbek   o‘quvchisi   ham   zerikmasdan   o‘qishi   uchun   esse
janriga xos bayon usulini olib kiradi. 
          Hirot   va   Samarqandga   oid   voqealarda   ham   Bertels   esse   janriga   oid   tasvir
usulini   davom   ettiradi.   Mana   shu   tasvir   usuli   bilan   Navoiyni   tushunishga   yo‘l
16 ocha   boradi.   Y.E.Bertels   mazkur   asarida   foydalangan   manbalarni   ko‘zdan
kechirsak, u, asosan, qo‘lyozma asarlarga tayanganini ko‘ramiz. U turkiy va fors
tilaridagi   oltmishga   yaqin   qo‘lyozma   manbaga   tayangani   ma’lum   bo‘ladi.
Qo‘lyozmalarning   aksariyati   O‘zbekiston   Fanlar   Akademiyasining
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan manbalardir. Mana
ularning   ayrimlari:   “Xamsa”ning   O‘zFA   Sharqshunoslik   institutida   5018
invental   raqami   ostida   saqlanayotgan   “qo‘lyozmasi,   “Xamsatul-
mutaxayyirin”ning   2242   inventar   raqami   ostida   saqlanayotgan   qo‘lyozmasi,
“Chahor   devon”ning   677   inventar   raqami   ostida   saqlanayotgan   qo‘lyozmasi,
Mahbub ul-qulub”ning 1948 yili A.N.Kononov tayyorlab, chop ettirgan faksimil
nusxasi,   fransuz   olimi   Katrmerning   “Muhokamat   ul-lug‘atayn”ni   1841   yili
Parijda   tayyorlab   chop   ettirgan   nusxasi,   Nizomiy   Ganjaviyning   “Maqomot”
asari   qo‘lyozmasi   hamda   bu   asarning   Ye.E.   Bertelsning   o‘zi   qo‘lyozmadan
tarjima   qilib   chop   ettirgan   “Iqbolnoma”,   “Iskandarnoma”,   “Maxzan   ul-asror”
singari   asarlari   va   Nosiruddin   Tusiy,   Sakkokiy   devonining,   Xisrav   Dehlaviy
“Xamsa”sining   qo‘lyozmasi   va   ko‘plab   litografiyalar,   Yevropada   katta
sharqshunoslar   amalga   oshirgan   tanqidiy   matnlardir.   Mana   shu   manbalarning
o‘ziyoq   Y.E.Bertelsning   Navoiy   ijodini   tadqiq   etishga   katta   mas’uliyat   bilan
yondashganini va katta tayyorgarlik ko‘rganini dalillaydi.  
          Alisher Navoiyning ijodi bo‘yicha  Malikov Akrom  juda ko‘p ilmiy ishlarni
bajargan.    Malikov Akrom   Abduxamidovichning “Alisher Navoiy “Xamsa”sini
fenomenologik tadqiq etish muammolari (Hamd va munojot boblari misolida)”
mavzusidagi   magistrlik   dissertatsiyasi da   Alisher   Navoiy   ijodini   jiddiy   tahlil
etishga   intilib,   navoiyshunoslik   yo nalishida   faoliyat   olib   borishni   hayotiyʻ
prinsipiga aylantirgan .   Ishning birinchi  bobida dissertant  “Hayrat ul-abror”dagi
“Basmala”   bobi   va   “Farhod   va   Shirin”dagi   “Abvobil   maoniy”   bobini   o zaro	
ʻ
tizimli,   ketma-ket   joylashtirgan   holda   qiyosan   tahlil   qilgan.   “Basmala”   bobiga
ham   to‘xtalib   o‘tib,   basmalaning   “Xamsa”   mag‘zini   chaqishda   ochqich   kalit
sifatida xizmat qilishini qayd qilgan.   Ushbu magistrlik dissertatsiyasida Alisher
17 Navoiyning muqaddimaviy boblaridagi nomi muallif tomonidan nomlanmagam.
Аlisher   Navoiy   “Xamsa”dagi   har   bir   bobga   alohida   sarlavha   qo‘ygan   va
sarlavha   matnida   yozajak   masalalari   haqida   tezislar   taqdim   qilgan.   Biroq
“Hayrat   ul-abror”ning   “basmala”   bobi,   “Farhod   va   Shirin”ning   “abvobil
maoniy”   bobi   hamda   “Layli   va   Majnun”,   “Sab ai   sayyor”,   “Saddiʼ
Iskandariy”larning   hamd   boblari   sarlavhalanmagan.   Ya ni   “Xamsa”	
ʼ
dostonlarining   barchasida   birinchi   boblarda   shoir   tomonidan   nomlanmagan.
Biroq   tadqiqotchi   shartli   nomlashga   ehtiyoj   sezganligi   uchun   “Hayrat   ul-
abror”ning dastlabki  bobini “Basmala”,  “Farhod va Shirin”ning birinchi bobini
esa   “Аbvobil   maoniy”   deb   atagan.   Adabiyotshunos   “Basmala”   bobini
sharhlashda   bir   qancha   diniy,   ilmiy   adabiyotlardn   foydalanib,   ishning   original
chiqishini   ta’minlab   bergan.   “Navoiy   asarlari   izohli   lug ‘atidan   foydalanib,
Navoiy   ilmiy   merosining   osonroq   tushunilishini   ta’minlab   bergan.
Disse rtatsiyada   Qur’oni   Karimdan   namunalar   keltirib,   ishning   ilmiy   darajasini
yanada oshirgan.
            Jumladan,   SamDU     mustaqil   tadqiqotchi si   Dilrabo   Nazarova   “ Hayrat   ul-
abror ”   va   “Subhatul   ul-abror”   dostonlaridagi   basmala   boblarining   qiyosiy
tahlili”   mavzusida   yozgan   maqolasida   Alisher   Navoiy   “Xamsa”   sining   ilk
dostoni “Hayrat ul-abror” dostoni va Abdurahmon   Jomiyning   “Subhat ul-abror”
dostonini qiyoslab o‘rgangan.  Unga ko‘ra, “Subhat ul-abror”dostoni  Jomiyning
kichik   muqaddimasi   bilan   boshlanganligi   qayd   qilinadi.   Keyin   “Xamsa”ning
birinchi   dostonlarining   ilk   misrasi   bismilloh   oyati   bilan   boshlangan   bo‘lsa,
“Subhat   ul-abror”   muallifi   bu   an’anani   rivojlantirib,   bismilloh   oyati   asosida
arabcha bayt yaratganligini misollar bilan keltiradi.
                                  B ismillohir-rahmon
                                Ar-rahiymul-mutavolil-ehson .
Mazmuni:   Mehribon,   rahmli   va   ko‘p   yaxshiliklar   sohibi   Alloh   nomi   bilan
boshlayman.   Jomiyning   bunday   iqdomga   qo‘l   urganiga   ikki   sabab   bor:
birinchidan,   Mirzo Bobur   alohida ta’kidlaganidek, dostonnavislik tarixida oldin
18 umuman qo‘llanilmagan yangi vazn asosida doston yaratishda bismilloh   oyatini
ikki   qismga   bo‘lib,   vazn   talabiga   moslashtirish;   ikkinchidan,   an’ana   zamiridan
yangilik   yaratish   –   dostonni   arabcha   bayt   bilan   boshlash.   Tadqiqotchi   “Hayrat
ul-abror”ning basmala bobida bismilloh oyati ikki toifa –  ahli qabul va ahli rad
uchun ikki xil bashorat ekanligi ta’kidlangan.   Keyingi baytlarda esa, ahli qabul
uchun bismilloh oyati qanday xushxabarlar majmui ekankigi haqida so‘z boradi.
“Ahli   qabul”   va   “ahli   rad”   tushunchasi   o‘rniga   Jomiy   “ahli   najot”   so‘zini
qo‘llaganining   o‘ziga   xos   sababi   bor.   Navoiy   talqinidagi   basmala   oyati   butun
insoniyatga   tegishli   bo‘lsa,   Jomiy   ushbu   oyatning   najot   saodatiga   erishgan
bandalar   uchun   qanday   bashorat   ekanligini   talqin   qilish   muhim   bo‘lgan.
Shundan   ham   ma’lum   bo‘ladiki,   “Hayrat   ul-abror”ning   mavzu   doirasi   butun
bashariyatga   tegishli   bo‘lgan   jihatlarni   qamrab   olish   maqsad   qilingan   bo‘lsa,
“Subhat ul-abror” dostonining muallifi tasavvuf ahlini najot ahlidan hisoblagan
holda, ularga basmala oyati naqadar ulug‘ saodatlar xushxabarini beruvchi so‘z
ekanligini   bildirishni   niyat   qilgan.   Navoiy   qo‘llagan   tashbeh   va   istioralar
umumbashariy   g‘oyalarni   ifodalashga   xizmat   qilgan   bo‘lsa,   Jomiyning   talqini
xoslar ahli – oriflarga qaratilgan. Jumladan, 3-5-baytlarda bu oyatga to‘lig‘icha
ta’rif   beradi   hamda   unga   “nofayi   ohuyi   totor”   (Xutan   jayronining   mushki),
“Nafhayi   tablayi   attor”   (attor   qutisining   ifori),   “g‘unchai   bog‘i   qidam”
(qadimiylik   bog‘ining   g‘unchasi),   “tozaras   mevai   shoxi   karam”   (Lutfu   karam
daraxtining yangi etilgan mevasi) kabi tashbeh va istioralarni qo‘llaydi. Bunday
tashbeh   va   istioralar   uchinchi   baytdan   to‘qqizinchi   baytgacha   davom   etadi.
O‘ninchi   baytdan   bismilloh   oyatiga   harfma-harf   ta’rif   beriladi.   Bunda
Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”dagi   tashbehlarga   uyg‘un   holatlarni   ham   ko‘rish
mumkin.   Masalan,   “sin”   harfi   Jomiy   tomonidan   Arshi   a’lo   qasrining
kungurasiga   o‘xshatilgan   bo‘lsa,   Jomiy   ham,   Navoiy   ham   shu   tariqa   basmala
oyatining har bir harfi va harakatiga ta’rif  berganligini  keltirib o‘tadi. Bobning
xotima qismida Jomiy o‘z shogirdining yana bir yangiliginiqo‘llaganini misollar
bilan izohlaydi. Gap shundaki, Navoiygacha yozilgan “Xamsa”larning dastlabki
19 boblarida   shoir   taxallusi   qo‘llanilmagandi.     Navoiy   lirik   janrlar,   ayniqsa,
g‘azalchilikda   an’ana   tusiga   kirgan   taxallus   baytini   dostonda   ham   qo‘llagan.
Jomiy   ham   ayni   shunday   ijodiy   tajribani   qo‘llagan   holda   bobning   so‘ngida
taxallus   baytini   keltiradi.   Bunday   tajribani   aynan   dostonchilikka   qo‘llashning
amaliy   ahamiyati   ham   bor   edi:   XV   asrda   juda   ko‘p   masnaviylar,   dostonlar,   va
ilmiy   asarlar   muallifi   noma’lumligi   tufayli   boshq   odamlarga   nisbat   berilardi.
Shuningdek,   bir   shoirning   asari   yanglish   ravishda   boshqa   shoirga   nisbat
berilishi, bir yo‘nalishda yaratilgan asarlarning matni bir-biriga aralashib ketgani
jiddiy matnushnoslik tadqiqotlarni taqozo etardi. Temuriylar davrida asl matnni
tiklash bo‘yicha ilmiy maktab shakllangan bo‘lib, Boysung‘ur Mirzo tomonidan
Firdavsiy   “Shohnoma”sining   mukammal   tanqidiy  matni   yaratilgan.   Jomiy   ham
Navoiyning   iltimosi   bilan   bir   qator   asarlarni   tasheh   va   muqobala   usuli   bilan
asliyatga   yaqin   matnni   tiklagan.   Ana   shunday   ishlar   jarayonida   taxallusning
naqadar   muhimligini   anglagan   holda   Jomiy   o‘z   shogirdining   an’ana   ichida
yangilik joriy qilish tajribasini qo‘llagan, degan xulosaga asos mavjud.
          Navoiy   “Xamsa”sidagi   “qoliplovchi   doston”   debochasi   o‘n   yettita
umumlashtiruvchi kompozitsion bo‘lakdan tarkib topgan. Birinchi bo‘lim:
“Bismillahir-rohmanir-rohiym”,
Rishtag‘a chekti necha durri yatim... 10
baytlari   bilan   boshlanadi.   Mumtoz   she’riyat   an’anasiga   ko‘ra,   “durri   yatim”
(“durr   ul-yatim”   –   tanho   dur)   tashbehi,   asosan,   Muhammad   alayhissalomga
nisbatlab   qo‘llaniladi.   Ammo,   bu   o‘rinda,   “Bismillahir-rohmanir-rohiym”
oyatidagi   o‘n   to‘qqiz   harfning   har   biri   “tanho   dur”ga   o‘xshatilyapti.   S h oir
masnaviyni   davom   et tir ib,   oyatdagi   har   bir   harfga   alohida   ta’rif-tavsif   beradi.
Butun   boshli   bo‘limni   harf   san’atiga   quradiki,   bunda   ushbu   harflarning   jannat
10
Алишер   Навоий.   Ҳайрат   ул-аброр.   МАТ.   Еттинчи   том.-Т.:   Фан,   1991.-   Б.   11.   (Иш   давомида
келтириладиган   барча   иқтибослар   шу   манбадан   олинади.   Бундан   кейин   олинадиган   иқтибосларнинг
саҳифасини кўрсатиш билан чекланамиз ).
20 (Olloh huzuri)dagi maqomi haqida Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) vorid bo‘lgan bir
hadisga asoslaniladi. 11
               “Debocha”ning birinchi qismini faqat mukammal san’at hodisasi  sifatida
tushunish   o‘zini   oqlamaydi.   Oyatning   har   bir   harfiga   berilgan   ta’rif,   tavsif   va
tasvirda “Xamsa”, ya’ni muallif badiiy niyati aks etadi. Bundagi “ahli qabul” va
“ahli   rad”   tushunchalari   muallif   uchun   “Arshi   muallo”   atrofida   kechayotgan
tasvir   markaziga   inson   fenomenini   qo‘yish   imkonini   yuzaga   keltirgan.   Bundan
jami   maxluqot   birinchi   oyatga   munosabatiga   ko‘ra   baholanishi   haqidagi   epik
ko‘lam   ilgari   suriladi.   Ushbu   tezis   muallifning   asl   e’tiqodi   ekani   bois,   uning
butun ijodida, xususan, “Xamsa”ning so‘nggi misrasigacha etakchilik qiladi.
          Dastlabki   bobning   ilk   misralaridan   boshlab   “Xamsa”   uslubi   aniq   bir   izga
tushadi,   belgilab   olinadi.   Muallif   bu   uslubdan   asarning   oxiriga   qadar   bir   lahza
bo‘lsin   chekinmaydi.   Bu   “tizimli   zidlov”,   ya’ni   kontrast   uslubi   bo‘lib,   uning
asosida   Qur’oni   Karim   uslubi   turadi.   Haqiqatan,   Qur’oni   Karimda     ma’rifat-
jaholat,   yaxshi-yomon,   iymon-kufr,   kun-tun,   oq-qora,   o‘t-suv,   shirin-achchiq
singari  behisob tushunchalar,  voqea-hodisalar  haqida shu  tarzda  xabar  beriladi.
Bayon avvalida o‘rtaga tashlangan tezis izchil suratda ikki zid qismga ajratiladi,
avval   ularning   biri,   so‘ng   ikkinchisi   mukammal   tavsiflanadi,   har   ikkisiga   to‘la
ta’rif berib bo‘lingach, yana tezisga qaytiladi va xulosa chiqariladi.  
“Bismilloh...”   oyatining   mohiyati   nima,   degan   savolga   Ollohning   hamdi
qismida   javob   beriladi.   Bunda   Navoiy   cheksiz   koinot   xronotopini   tasvirlaydi.
Unda   aylanayotgan   zamon   (mushk   –   tun,   kofur   -   kun)   va   makon   (burjlar,
sayyoralar, quyosh, oy)ning naqadar mahobatli va qadimiy, ayni paytda, go‘zal
ekanini   ta’rif   etadi.   Ammo   bularning   barchasi   Ollohning   “sun’i   bisoti”
(san’ati)dagi   ikki   “taxta   nard”   ekanini   eslatar   ekan,   insonga   cheksiz   bo‘lib
tuyuladigan koinot Yaratguvchi oldida kichik bir zarra ekanini ta’kidlaydi. Shu
tariqa Ollohning buyukligi va qudratiga iymon keltirishga chorlaydi. 
          Chun yasabon hujrai tori dimog‘, 
11
Бу   ҳақда   қаранг:Абдулҳаким   Н.   Тўрт   ариқнинг   шарбати   надир?   //   Ўзбекистон   адабиёти   ва   санъати
газетаси, 2004, 19 март.
21          Aqldin ul hujrada yoqib charog‘ , 
bayti   bir   qarashda   qorong‘i   osmon   gumbazi   va   unga   chiroq   bo‘lib   turgan
quyoshni   bildir sa, ayni  paytda inson miyasi  (qorong‘u bir gumbaz), uni yoritib
turgan   aql   chirog‘i   –   aql   haqida   xabar   beradi.   Bu   bilan   Navoiy   Qur’oni
Karimdagi   odamlar   Ollohni   tanish   uchun   U   yaratgan   narsalar   haqida   aql
yurgizishi   haqidagi   oyatga   ishora   qiladi.   Zotan,   aql   yurgizgan   odam   bunday
go‘zal,   ammo   o‘tkinchi   dunyo   matohiga   ko‘ngil   bog‘lamaydi.   Illo,   dunyoga
ishqi   tushgan   insonni   cheksiz   balo-ofatlar   kutadi.   Dunyo   –   go‘zal   kelinchak
(“arusi   dahr”),   ayni   paytda,   jafokor   va   bevafo.   Unda   qiyg‘os   ochilib,   maftun
etadigan   lola   aslida   o‘ziga   oshiq   bo‘lgan   odamning   ishq   jafosidan   chekkan
“shu’lai   ohidir”   (ohi   o‘tidan   chiqqan   olov   uchquni,   ).Unga   ko‘rk   berib   turgan
yashillik   (sabza)   mohiyatiga   ko‘ra   “zahri   giyoh”dan   boshqa   narsa   emas.
Shunday ekan, bu dunyoga ko‘ngil bog‘lash behudadir.
Navoiy   talqiniga   ko‘ra,   insondan   boshlab   jamiki   mahluqot   va   unga   xos
ruhiy-ma’naviy,   ijtimoiy-moddiy   hodisalar   aniq   doira   (taqdir   chizig‘i)   bo‘ylab
aylanadi.   U   Olloh   yaratgan   shunday   bir   nizomki,   unda   hech   bir   noqislik,   xato
bo‘lishi   mumkin   emas.   Bundagi   har   bir   makon,   unda   aylanib   turgan   zamon
o‘zaro bog‘liq, biri-birini taqazo etadigan chegarasiz bir tizim, ya’ni:
Doirani juz bu sifat tuzmayin,
Silsilani bir-biridin uzmayin.
Bir-biriga bo‘yla tuzub marhala,
              Rus adabiyotshunosligida V.Bartlold, E.Bertels, A.Kononov, A.Borovkov,
A.Semyonov,   M.Sale,     A.YAkubovskiy,   A.Boldirev   kabi   olimlarning   Navoiy
ijodi ga oid  tadqiqotlarini   alohida ta’kidla b o ‘ tish   lozim.  Ammo ilm-fan  har   bir
davr   oldiga   o‘z   taraqqiyoti   uchun   muhim   vazifalarni   ko‘ndalang   qo‘yadi.   Shu
ma’noda   mavjud   ilmiy-nazariy   xulosalarni   takomillashtirish,   yangi
konsepsiyalarni   taqdim   etish,   xususan,   navoiyshunoslik   sarhadlarini   nazariy
jihatdan   kengaytirish   bugungi   o‘zbek   adabiyotshunosligining   muhim   vazifasi
hisoblanadi.
22          Yevropada o‘zbek adabiyotining zabardast  vakili, shoirlar  sultoni bo‘lmish
Alisher   Navoiy   ijodiga   bugungi   kunda   eng   ko‘p   va   katta   qiziqish
bildirilmoqda   va   ular   tomonidan   Navoiy   hayoti   va   ijodi   borasida   turli
tadqiqotlar   olib   borilmoda.   XVI   -   XIX   asrlarda   G‘arbda   ham   Alisher
Navoiy   merosiga   bo‘lgan   qiziqish,   asarlarini   nashr   etish,   tarjima   qilish
ko‘zga   tashlangandi.   Navoiyning   ayrim   asarlari   boshqa   xalqlarning   tiliga
tarjima   qilindi   va   yangi   asarlarning   yaratilishida   asos   bo‘ldi.   Masalan,
Xristofor   Armaniyning   1557-   yilda   italyan   tilida   Venetsiyada   nashr   etilgan
«Sarandib   shohi   uch   yosh   o‘g‘lonining   ziyorati»   asarining   ikkinchi   qismida
Navoiyning   «Sab’ai   sayyor»   dostonidan   Bahrom   va   Dilorom   sarguzashti
hikoya   qilinadi.   Fransuz   sharqshunosi   M.Belenning   maqolalari   hamda
“Xamsat   ul-mutahayyirin”,   “Mahbub-ul-qulub” dan   parchalarning   chop   etilishi,
Katrmerning   esa   “Tarixi   mulki   Ajam”,   “Muhokamat   ul-lug‘atayn”   asarlarini
asliyatda   nashr   etishi   ,M.Nikitskiyning   Xondamir,   Davlatshoh   va   Mirzoning
asarlaridan   foydalanib,   Yevropada   ilk   bor   “Amir   Nizomiddin   Alisher,   uning
davlat   va   adabiyot   sohasidagi   ahamiyati”   nomli   magistrlik   dissertatsiyasining
yaratilishi  (1856 yil. ) Yevropadagi o‘zbek adabiyotini to‘laroq aks ettirgan ilk
nashrlardan   biri   bo‘lgan),   Kaliforniya   universiteti   (AQSh)   professori   Mark
Tutonning   2014-yilda   Navoiy   “Xamsa”   si   bo‘yicha   birinchilardan   bo‘lib
doktorlik   ishini   yoqlashi,   Pave   de   Kurteyl,   N.Ilminskiy,   I.Berezin   va
boshqalarning   bu   borada   olib   borgan   turli   xildagi   tadqiqotlari   bunga   yorqin
misol bo ‘ la oladi.
                        To‘g‘ri,   G‘arb   sharqshunoslari   asarlarining   hammasi   ham   bir   xil
saviyada   yozilgan,  ularning  hammasida  ham  Alisher  Navoiy   me’rosiga  yuksak
baho   berilgan,   deb   bo‘lmaydi.   Chunki   bu   sohadagi   izlanishlar   endi   boshlandi.
1861-yilda   Istanbuldagi   «Asiatique   journal»   («Osiyo   jurnali»)   da
Fransiya   konsulxonasining   tarjimoni   bo‘lib   xizmat   qilgan   M.Belenning
Navoiy   hayoti   va   faoliyatiga   doir   maqolasi   bosilib   chiqadi.   Unda   Navoiyning
davlat   idora   ishlari   va   madaniy   hayotdagi   xizmatlariga   ijobiy
23 baho   beriladi.   Biroq   Navoiyning   nafaqat   badiiy   asarlarini   puxta
o‘rganmaydi, balki hech qanday asossiz:   “Navoiy Xisrav Dehlaviy, Nizomiy va
Jomiylarning   tarjimonidir” ,   -   deb   da’vo   qiladi.   Fransuz   sharqshunosi   E.Bloshe
esa Navoiy asarlarining badiiy qimmatini kamsitadi.
          Xorijda   navoiyshunoslik   degan   alohida   soha   yo‘q.   Navoiy   ijodi
o‘zbek   adabiyotini   tadqiq   qilish   doirasida   o‘rganiladi.   Qolaversa,   shoir
ijodini   o‘rganish   bo‘yicha   bibliografiyalar   eski   va   ularga   xorijdagi
Navoiy   ijodi   bo‘yicha   yozilgan   tadqiqotlarning   juda   kam   qismi   kiritilgan.
2003-   yili   Germaniyada   “Alisher   Navoiy”   nomli   to‘plamdan   Navoiy
ijodi,   uning   shaxsiyati   va   Temuriylar   muhiti   bo‘yicha   nemis   va   ingliz
tillarida   yozilgan   maqolalar,   Barbara   Kellner   Xenkel,   Yurgen   Paul,   Klaus
Shonig,   Erika   Tauvbe,   Klaudya   Romer,   Mark   Kirshner,   Zigrid   Klaynmixel   va
Yoxim   Girlishs   kabi   germaniyalik   olimlarning   tadqiqotlari   o‘rin   olgan.
Navoiy   ijodi   bo‘yicha   tadqiqot   olib   borayotgan   olimalardan   biri
kanadalik   olima   Mariya   Sabtelnidir.   U   1979-yilda   Garvard   universitetida
“Husayn   Boyqaro   saroyidagi   adabiy   muhit   va   uning   siyosiy   xususiyati”   degan
mavzuda   doktorlik   dissertatsiyasini   yoqlagan.   Keyinchalik   olima   Navoiy   ijodi
bo‘yicha   bir   qancha   maqolalar   yozgan.   Nemis   olimasi   Zigrid
Klaynmixel   esa   Navoiyning   turk   adabiyotiga   ta’siri   haqida   qisqa,   ammo
chuqur   maqola   yozgan.   Navoiy   ijodiyotining   aynan   qaysi   nuqtalari   usmonli
turk   she’riyatiga   ta’sir   etganligini   asosli   yoritgan.
Turkiyalik   adabiyotshunos   Yusuf   Chetintog‘ning   “Alisher
Navoiyning   usmonli   turk   she’riyatiga   ta’siri”   nomli   2006-yilda   chop
etilgan   turkcha   kitobi   o‘zbek   tiliga   ham   tarjima   qilindi.   Mazkur   kitobda
Navoiy   g‘azallariga   turk   shoirlari   ergashib   yozgan   g‘azallar   haqida   so‘z
ketadi.   Yana   bir   turk   olimi   Ogah   Sirri   Levend   1958-yili
“Muhabbatnoma” ning   tarkibiga   kirgan   Navoiy   va   boshqa   shoirlarning
tarkibi   haqida   o‘zining   “Turkiyadagi   Navoiy   qo‘lyozmalari”   maqolasida   yozib
o‘tgan.   Nemis   tili   bo‘yicha   mutaxassis   Yo‘ldosh   Parda   bundan   ancha
24 yillar   oldin   Navoiy   asarlarini   yig‘ib,   fransuz   va   nemis   tillariga
tarjima   qildi.   U   2000-yilda   “Sharq”   nashriyotida   kitob   holida   nashr
etildi. Shuningdek, Fransiyada nashr qilingan  “O‘zbek she’riyati antologiyasi”ga
ham Navoiy she’rlari kiritilgan.
        Hozirgi   paytda   Berlin   davlat   kutubxonasida   allomaning   30   ga
yaqin   turli   asarlari   qo‘lyozmalari   saqlanmoqda.     Navoiy   ijodidagi   chuqur
falsafa,   poetik   obrazlar   turfa   xilligi   bilan   adabiyot   muxlislarini   o‘ziga
jalb   etyabdi.   Muxtasar   aytganda,   Navoiy   fenomeni   O‘rta   asrlar   Sharqidagi
o‘zbek xalqi hamda boshqa xalqlar madaniyati va ma’naviy hayotining ravnaqi
va gullab-yashnashining tajassumidir.
       F.Bressanning   fikricha,   Navoiyning   hayoti   va   ijodi   yoshlar
tarbiyasida,   xalqlar   o‘rtasida   do‘stlik,   tinchlik,   muhabbat   va   tolerantlik
g‘oyalarini   ilgari   surish  uchun ma’naviy manba  bo‘lib xizmat   qiladi. Chunki   u
o‘z   asarlarida   ana   shunday   ezguliklarni   tarannum   etgan.   O‘z   navbatida,
F.Bressan o‘zbek xalqining noyob tarixiy-madaniy merosini  qo‘llab-quvvatlash
va   targ‘ib   etishga   O‘zbekiston.rahbariyati   tomonidan   yo‘naltirilgan   sa’y-
harakatlarga yuqori baho beradi.
          Kaliforniya   universiteti   (AQSH)   professori   Mark   Tuton   bir
necha   yillardan   buyon   Alisher   Navoiyning   ijodiy   merosini   o‘rganish   bilan
shug‘ullanayotganini   ma’lum   qildi.   U   o‘zining   2014-yili   yoqlagan   doktorlik
dissertatsiyasida   Alisher   Navoiyning   “Xamsa” sini   o‘rta   asrlardagi   boshqa
mualliflarning   turdosh   asarlari   bilan   qiyosiy   tahlil   qilganini   aytdi,   -
“Shoir   ijodini   o‘rganishni   boshlaboq,   uning   naqadar   buyuk   daho   ekanligini
angladim”,   deya   ta’kidlaydi   amerikalik   olim   xalqaro   konferensiyalarning
birida.
               Sharqda Rus olimi N.I.Ilminskiy Navoiyning   «Muhokamat ul-lug‘atayn»
asarini biroz   chuqur   o‘rganib,   Navoiyni   o‘z   ona   tili   –   o‘zbek
adabiy   tili   uchun   kurashgan   qudratli   kishi   sifatida   ta’riflaydi.   Shunday
qilib,   rus   G‘arbiy   Yevropa   sharqshunoslari   o‘tmishda   Navoiyning   hayoti   va
25 faoliyati yuzasidan   material   to‘plash,   ularni   sistemaga   solish,
umumlashtirish,   Navoiy   asarlarini   nashr   etish,   Navoiyning   til   sohasidagi
xizma     tlarini   o‘rganish   va   boshqalar   bo‘yicha   ma’lum   yutuqlarga   erishgan
bo‘lsalar   ham,   lekin   ularning   tekshirish   ishlari   biografiya   va   lingvistika
masalalari   bilan   chegaralanib   qoldi.   1940-yilda   nashr   etilgan   “Rodonachalnik
uzbekskoy literatur ы ”   to‘plami ikkinchi  jahon urushigacha bo‘lgan sobiq sovet
navoiyshunosligining   muhim   va   katta   yutug‘i   bo‘ldi.   Bu   to‘plamda
A.Borovkovning   “Navoiyning   hayoti   va   ijodiyotini   o‘rganish”,
E.E.Bertel’sning   “Layli   va   Majnun”   va   boshqa   olimlarning   maqolalarini
o‘z   ichiga   oladi.   Biroq   Ulug‘   Vatan   urushi   davrida   yubiley   kechiktiriladi.
Dahshatli   urush   sharoitida   frontdan   uzoq   O‘zbekistondagina   emas,   balki
Moskvada   va   qamalda   qolgan   Sankt-Peterburgda   ham   Navoiy   merosini
o‘rganish davom etdi. “Sobiq SSSR Ittifoqiga qarshi boshlangan urush, –  deydi
professor   Y.E.Bertels   “ Navoiy”   monografiyasida,–   Navoiy   yubileyini
mo‘ljallanganidek nishonlash imkonini bermadi.
         Sankt-Peterburglik sharqshunos olimlar qamal xalqasida qoldilar. Biroq shu
og‘ir sharoitda ham ish davom etdi. Men 1941-yilning dekabrida Navoiy ijodiga
bag‘ishlangan   va   dahshatli   bombardirovka   hamda   artilleriya   otishmalari   ostida
o‘tgan   yig‘ilishda   so‘zga   chiqqan   edim.   Garchi   yig‘ilish   binoning   yuqori
qavatida o‘tib, u yer havodan kelayotgan og‘ir zarbalar bilan tebranib tursa ham,
yig‘ilish  qatnashchilaridan  biron kishi   zalni   tashlab  chiqib ketmadi   va  yig ‘ ilish
oxiriga yetkazildi”.
      Аdabiyotda ilohiyatga doir mavzularning aks etishi bilan aloqador izlanishlar
haqida   tadqiq   olib   borganimizda   yuqoridagi   ta rifga   suyangan   holda   G‘arbdaʼ
yozilgan   ilmiy   ishlar,   maqola   va   risolalarda   teologik   qarashlar   nasroniy
adabiyoti   doirasidagi   tahlil   etilganiga   guvoh   bo‘ldik.   Xususan,   Uilyam
Frankning “Аdabiyot va teologiya: insonparvarlik an analarida “Injil” (Bibliya)	
ʼ
vahiy   sifatida”   kitobi   muqaddima   va   yakundan   tashqari   olti   qismdan   iborat
bo‘lib,   unda   dastlab   “Injil”   adabiyot   manbasi,   so‘ng   adabiyotning   so‘zi
26 ilohiyatga   doir   talqinlar   majmui   o‘laroq   o‘rganilgan.   So‘ng   insoniylik
an analarida   “Injil”ning   o‘rni,   mif   genezisi,   haydalishga   oid   epos,   vahiyningʼ
yozilishi   va   bashoratlar   bilan   bog‘liq   syujetlar,   qarashlar,   aqidalarninga
adabiyotda aks etishiga aloqador tahlillar amalga oshirilgan.
                Xulosa   o‘rnida   shuni   aytishimiz   mumkinki,   butun   dunyo   jamiyatining
ma’naviy,   shu   bilan   birga,   madaniy   jihatidan   hamjihatlikka   intilib
yashashi,   adabiyoti   hamda   san’atini   o‘rganishga   kuchli   qiziqishi   hozirgi   kunda
tabiiy   jarayon   sifatida   baholanmoqda.   Negaki   sharq   davlatlarining
ijtimoiy-siyosiy,   madaniy-ma’rifiy   hayotini   etarli   darajada   bilish
ehtiyoji, sharqshunoslik bilimlari rivojidagi muhim omillardan biri sanaladi.
      Аlisher Navoiy koinot, hayotni Аllohning al-Xoliq sifatining namoyishi deb
bilgan.Аlisher   Navoiy   inson   hayotining   asosi   aql,   ishq,   vasl,   hajr   orasida
kechishini aytib, buning bosh omili Husn deb ko‘rsatgan va bu bilan insoniyatni
Аllohga   muhabbat   bilan   yashashgan   da vat   qilgan.   Аlisher   Navoiy   borliq	
ʼ
Аllohning lutfi  bilan mavjud bo‘lib, yo‘qoligi  esa Аllohning qahri  sababli  ro‘y
berishini   aytgan.   Bu   xulosalar   “Hayrat   ul-abror”ning   hamd   bobidagi   mazmun
asosida   yuzaga   chiqadi   va   shoir   asarlarining   boshqa   o‘rinlarida   Аlloh   bilan
bog‘liq   ko‘plab   aqidaviy   masalalar   ilgari   surilgan,   keng   yoritilgan,   bu   esa
navbatdagi   tadqiqot   va   izlanishlarning   mavzusidir.   Umuman   olganda,
ilohiyatshunoslik   nuqtai   nazari   bilan   mumtoz   adiblarimiz   ijodiga   nazar   solish
ularning   asarlaridagi   mazmunni   to‘la,   xolis   anglashga   yordam   berib,   to‘g‘ri
xulosalar chiqarishda asos vazifasini o‘taydi.
1-bob bo‘yicha xulosalar
1-bob   “   Xamsalarning   “basmala”   boblarini   o‘rganish”   deb   nomlanib,   ikkita
faslni o‘z ichiga oladi.
1. “Basmala” atamasining ta’rifi va tavsifi;
27 2.Xamsalarning “basmala” boblarini  o‘rganish tarixi.
  Ushbu bobning 1-faslida “basmala” atamasining lug‘aviy ma’nosi, fazilat,
izohiga bag‘ishlanadi. Qur’oni Karimning dastlabki oyati “Bismillahir rohmanir
rahim”   oyatining   tavsifiga   bag‘ishlanadi.   Har   bir   mo‘min-musulmon   kishi   har
bir   amalni   ushbu   oyatni   aytib   boshlashi   bajariladigan   ishning   xayrli,   oxiriga
yetkazilishida muhim ahamiyat kasb etishi ifodalanadi. Har bir ishni “basmala”
bilan   boshlash   sunnat   ekanligi,   ya’ni   payg‘ambarimiz   Muhammad   solallohu
alayhi   va   sallam   “Har   bir   ish   “Bismillah”   bilan   boshlanmas   ekan,   uning   oxiri
kesikdir”, deb aytgan hadislari keltirilgan.
Bob   tarkibidagi   2-fasl   “Xamsalarning   “basmala”   boblarini   o‘rganish
tarixi”   deb   xamsachilikda   dostonlarning   “basmala”   bobi,   unini
adabiyotshunoslik   tarixida   tutgan   o‘rni,   o‘rganinh   masalalari   o‘z   ifodasini
topadi.
II BOB. Alisher Navoiy “ Xamsa”sidagi  “basmala” bobining o‘ziga xosligi
2.1.Alisher Navoiy “Xamsa”si ilk dostoni “Hayrat ul-abror”da “basmala”
bobi
28             Mamlakatimizda   ajdodlar   ijodini   o rganish,   madaniy   meros,   milliyʻ
qadriyatlarni   tiklashga   katta   e tibor   berilib,   ulug   allomalarimiz   hayoti   va	
ʼ ʻ
faoliyatini   ijtimoiy-iqtisodiy,   tarixiy,   madaniy   va   ilmiy   jihatdan   chuqur   tadqiq
etish va keng xalq ommasiga targ ib qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.
ʻ
Sharq   xalqlari   adabiyotida   dostonnavislik   shakllaridan   biri   –   “Xamsa”   yozish
bilan bog liq adabiy an anaga Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Keyingi ijodkorlar	
ʻ ʼ
uning  “Panj   ganj”,   “Mahzanul   asror”,   “Xusrav   va  Shirin”,  “Layli   va   Majnun”,
“Haft   paykar”,   “Iskandarnoma”   dostonlaridagi   mavzu   va   kompozitsiya,
qahramonlar,   vazn,   joylashish   tartibini   saqlagan   holda   mustaqil   ravishda
“Xamsa” ta lif etgan. Bu an ana badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan.	
ʼ ʼ
Alisher   Navoiy   xamsachilik   taraqqiyotiga   beqiyos   hissa   qo shgan   va   bu   janrni	
ʻ
turkiy xalqlar adabiyotida Nizomiy Ganjaviy darajasiga ko targan.	
ʻ
Imom   Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot  markazi   qo lyozmalar  fondi  yildan  yilga	
ʻ
turli   noyob   asarlar   bilan   boyib   bormoqda.   Undan   nafaqat   diniy   balki,   badiiy
adabiyotga   oid   asarlar   ham   o rin   olgan.   Jumladan,   Sa diy   Sheroziyning	
ʻ ʼ
“Guliston”,   “Bo ston”,   Hofiz   Sheroziyning   “Devoni   Hofiz”,   Fuzuliyning	
ʻ
“Kulliyoti   Fuzuliy”,   Mirzo   Bedilning   “Devoni   Bedil”   va   shular   orasida   g azal	
ʻ
mulkining   sultoni   –   Alisher   Navoiyning   “Xamsa”   dostoni   qo lyozmasi   va	
ʻ
“Devoni Navoiy” toshbosma asari saqlanmoqda.
    Alisher Navoiyning “Xamsa” sini hikmat marjonlari to la dengizga mengzash	
ʻ
mumkin.   Mustaqillik   bizga   ko plab   imkoniyatlar   qatori   Navoiyni   anglash,   u	
ʻ
yaratgan   asarlarni   o rganish,   tadqiq   etish   baxtiga   muyassar   qildi.   “Xamsa”	
ʻ
dostoni   Navoiyning   shoh   asarlaridan   bo lib,   Hazrat   uni   yozishda   yuksak	
ʻ
mahoratini namoyon qilgan.  
      
          Alisher   Navoiyning   “Xamsa”   asari-turkiy   tilda   yaratilgan,   xamsachilik
an’anasining   go‘zal   namunasi,   muallif   ijodining   cho‘qqisi   sanaladi.   Alisher
Navoiy turkiy tilda   xamsa yaratishnigina emas, balki   bu adabiy jarayonni har
tomonlama kamolot cho‘qqisiga olib chiqishni maqsad qildi. 
29        Ma’lumki, buyuk mutafakkir  “Xamsa”ni    1483-yilda yoza boshlab, uni uch
yil deganda tamomlagan. Birinchi kitob “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning
hayratlanishi”)   dostoni   hijriy   888-yil,   milodiy   1483-yilda   yozilgan.   Doston
birinchi   kitob   “Hayrat   ul-abror”   qachon   yozib   bitirilgani   to‘g’risida   shoir
bunday xabar beradi:
            Hayroti abror ko‘rib zotini, 
         “Hayrat ul-abror” dedim otini.
           Nuqtai tarixiki, ahson edi,
          Sakkizu sakkiz yuzu sekson edi.
          “Hayrat   ul-abror”dostoni   aruzning   sari’   bahrida   yozilgan.   Dostonning
umumiy hajmi 3988 bayt, 63 bobdan iborat bo‘lib,1-21-boblar muqaddima, 22-
61-boblar   maqolat   va   maqolat   mazmunini   tasdiqlaydigan   hikoyatlar,   62-63-
boblar   xotimani   o‘z   ichiga   oladi.   Dostonni   o‘zbek   tilidagi   ezgulik   va   insoniy
barkamollik  saboqlari   to‘plami  deb  atasa  bo‘ladi.  Dostonning  muqadima  qismi
hajman   kattaligi,   nafaqat   “Hayrat   ul-abror”   dostoniga,   balki   butun   “Xamsa”
asariga   kirish   vazifasini   bajaradi.   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   1-“basmala”
bobi   Alisher   Navoiy   tomonidan   nom   berilmagan,   balki   adabiyotshunoslar
tomonidan   shartli   ravishda   nomlangan.   Ushbu   bob   “Qur’on”dagi   birinchi
“Fotiha”   surasining   boshlang’ich   jumlasi   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”
oyatining   ta’rifi,   tavsifi   va   talqiniga   bag’ishlangan.   Ushbu   jumla   “Rohman   va
Rohiym   bo‘lgan   Allohning   nomi   bilan   boshlayman”   deya   tarjima   qilinadi.
Ulamolarimiz   Allohning   Ar-Rohman   va   Ar-Rohiym   sifatlarini   tushuntirib
berishgan.   Ya’ni     Alloh   Ar-Rohman   sifati   bilan   bu   dunyodagi   jamiki
mavjudotlarga,   dini   yoki   e’tiqodidan   qat’iy   nazar   barcha   kishilarga   mehribon,
rahmli ekanligi tushunilsa, Ar-Rohiym sifati bilan esa qiyomat kuni Alloh Taolo
islom  dinini  qabul  qilgan barcha mo‘min-musulmonlarga rahm  qiladi,  ularning
gunohlaridan   kechadi,   jazolashga   shoshilmaydi.   Lekin   islom   diniga   e’tiqod
qilmaydiganlarni   avf   qilmaydi.   Demak   Ar-Rohman   sifati   bu   dunyoda   o‘zini
30 ko‘rsatsa,   Ar-Rohiym   sifati   u   dunyoda   o‘z   tasdig’ini   topadi.   Payg’ambarimiz
sollallohu alayhi vassallam bir hadisi sharifida “Qaysi ish “Bismillahir rohmanir
rohiym”   bilan   boshlanmas   ekan,   u   ishda   baraka   bo‘lmaydi   “   deganlar.   Boshqa
bir   hadislarida   esa   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”   bilan   boshlanmagan   ishning
oxiri   kesikdir”   deganlar.   Alisher   Navoiy   ham   ushbu   hadislarga   amal   qilgan
holda “Xamsa” ni “Bismillahir rohmanir rohiym” oyati bilan boshlagan. Alisher
Navoiy   ushbu   bobni   sharhlashda   Abullays   Samarqandiyning   “Bahrul-ulum”
asariga   tayangan.   “Xamsa”ni   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”   oyati   bilan
boshlash   Nizomiydan   boshlab   qat’iy   an’anaga   aylangan.   Alisher   Navoiy
salaflaridan farqli ravishda ushbu bobni bir- ikki bayt bilan emas, balki ellik bir
bayt   bilan   alohida   bobda   izohlagan.   Ushbu   bobni   nafaqat   ma’no-   mazmun
jihatiga, balki shakl jihatiga(har bir harf misolida) e’tibor qaratgan. 
Bismillohir-rahmonir rahim,
Rishtag’a chekti necha durri yatim.
Har dur anga javhari jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun .
Ya’ni,   Alloh   bir   rishtaga   bir   necha   durlarni,   marvaridlarni   terdi.   Bu
rishtadagi  har bir  dur jonning javharidan afzal, qimmatiga ko‘ra esa bu dunyo-
yu,   u   dunyo   narxidan   ham   qimmatdir.   Ushbu   durlarni   saf   qilgan   rishta   oddiy
rishtamas,   go‘yo   butun   yer   yuzini,   koinotni   tutib   turgan   rishtadir.   Keyingi
misralarda   ganji   baqo,   boqiylik   xazinasi,   ya’ni   Allohga   yetishishni   maqsad
qilgan kishi ushbu ushbu oyatni o‘ziga tasbeh qilib olishi zarur. Bu rishta oddiy
rishta   emas,   kamand,   ya’ni   arqondir.   Qanday   arqon?   Davlatni   ham,   dinni   ham
ovlaydigan  arqondir.  Ya’ni   ushbu  oyatni  zikr  qilish  bilan  davlat   ham,  din  ham
qo‘lga   kiradi.   Sen   buni   oddiy   kamand   dema.   U   jannat   ravzasidagi   kiyikni
tutadigan   arqondir.   Demak,   sen   “bismillah”ni   o‘zingga   dasturilamal   qilsang,
nafaqat   bu   dunyodagi   davlat   va   dinga   ega   bo‘lasan,   balki   jannatni   ham   qo‘lga
kiritasan,   deya   aytadi.   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”-   jon   suvi,   hayvon   suvi,
31 tiriklik   suvi   oqadigan   ariq.     Ushbu   ariq   yoqasida   alifdan   daraxt   bor,   daraxtda
esa   mevalar   ungan.   Ya’ni   baytdan   anglashiladiki,   ushbu   oyatda   alif   daraxtidek
to‘g’rilik bor. Mevalar esa bizga bu dunyo-yu, u dunyoda keltiradigan foydadir.
            Ilk   bobni   talqin   qilishda   S.Tohirovning   “Xamsanavislik   an’anasining   ilk
qoidasi xususida” nomli maqolasidagi ilk bayt tahliliga e’tibor qaratamiz:
                Bismillohir rahmonir rahim,
               Rishtag‘a chekti necha durri yatim,
              Har dur anga javhari jondin fuzun,
              Qiymat aro ikki jahondin fuzun.
“Bismillohir   rahmonir   rahim”   ipga   tizilgan   noyob   marjon   shodasidir.   U
shunday   marjonki,   har   bir   donasi   jon   javharidan   afzal,   uning   qiymati   esa   ikki
jahon   dan ustundir .
Alisher   Navoiy   an’anaga   noan’anaviy   tarzda   javob   qaytardi.   U   Nizomiy
va   uning   izdoshlari   kabi   oyati   karimani   aynan   keltirib,   ikkinchi   misrada   unga
tavsif   berdi.   Biroq   boshqa   xamsanavislardan   farqli   o‘laroq,   Alisher   Navoiy
mazkur   oyatni   bir-ikki   baytda   emas,   butun   bob   davomida   tavsifladi.   Shu   yo‘l
bilan   u   o‘zigacha   berilgan   ta’riflarni   umumlashtirishga,   badiiy   suratda
gavdalantirishga   hamda   original   tavsiflar   yaratishga   muvaffaq   bo‘ldi.   “Hayrat
ul-abror”da   “Bismillohir   rahmonir   rahim”   “baqo   xazinasiga   olib   boruvchi   zikr
uchun   tasbeh”,     “davlatu   dinni   qo‘lga   kiritish   uchun   kamand”,   “jannat   ohusini
sayd   etish   uchun   band”,   “tiriklik   suvi   oqadigan   arig‘”,   “ilohiy   xazinani
qo‘riqlovchi   ajdaho”,   “vahdat   xazinasiga   eltuvchi   yo‘l   kabi   ko‘plab   ma’no
jilolarida gavdalanadi. Bu esa Alisher Navoiyning o‘ziga qadar yaratilgan to‘liq
va   noto‘liq   “Xamsa”larni   sinchkovlik   bilan   o‘rganib,   ularning   nafaqat
kompozitsiyasi,   syujeti  va  obrazlari,  balki   har   bir  baytini   ham  nazardan  chetda
qoldirmaganligini yana bir bora isbotlaydi. 
          Yo‘qki o‘shul rishtai gavhar baho,
          Ganji ilohiyg’a erur ajdaho.
32                 “Bismillahir   rohmanir   rohiym”-   gavhar   baholi   rishta   ilohiy   xazinani
qo‘riqlab   yotgan   ajdahodir.   Yuqorida   keltirilgan   ta’riflarga   hamohang   tarzda
“Bismillahir rohmanir rohiym”-yakkalik bog’idagi qumri. Oliy Arshdagi qandil,
shu   qandildagi   qumri,     yakkalik   bog’idagi   qumri.   Bu   jumlada   Allohning   ahad
sifatiga, ya’ni yakkalik sifatiga ishoratdir.
                “Bismillahir   rohmanir  rohiym” aslida,   vahdat  mahzaniga,  ya’ni  Allohga
eltadigan yo‘ldir. Ya’ni ushbu oyat bilan Allohga erishiladi, vahdati vujud hosil
bo‘ladi.   Lekin   bu   yo‘l   oddiy   yo‘l   emas,   qattiq,   mashaqqatli,   xavfli   yo‘ldir.   Bu
yo‘ldan   yaxshi   ham,   yomon   han   yurishga   majbur   va   mahkumdir.   Bu   yo‘lda
yuruvchi kishilar Ikki toifadir: “ahli qabul” va “ahli rad”- “qabul qiluvchilar” va
“rad qiluvchilar”. Ushbu ikki toifa kishilari ham yo‘lni bosib o‘tishlariga sabab
Allohning   Ar-Rohman   sifati,   ya’ni   bu   dunyodagi   yaxshi,   din-u   diyonatli
kishilardan tortib diyonatsiz, munofiq kishilarga ham Allohning mehribonligidir.
“Bismillahir   rohmanir   rohiym”   oyati   19   harfdan   iborat   bo‘lib,   unda   arab
alifbosidagi   10   ta   harf   ishtirok   etadi.   Shu   tariqa   basmala   bobida   “bo”,   “sin”,
“mim”, “alif”, “lom”, “he”, “ro”, “ho”(hoyi huttiy), “nun”, ”yo” harflari, harflar
tarkibidagi   nuqtalar,   tashdid   belgisi   (ikkilantirish)   kabilar   dastlab   dahshat
uyg’otuvchi,   qatl   etuvchi   sifatida,     so‘ngra   esa   baxt-saodatga   yetaklovchi,
xushxabar beruvchi sifatida   gavdalanadi. 12
G’.Shodmonovning   “ Porso   Shamsiyev   ilmiy   laboratoriyasi:   tadqiq
usullari,   tamoyillari,   matnshunoslik   taraqqiyotidagi   o‘rni”     mavzusidagi
dissertatsiyasida   bob quyidagicha tahlil qilinadi:
             “Bo” si ibodin  urar  avval salo,
             “Yo” ki degay  lo  ne bo‘lur, juz balo . 
                        Ko‘rinadiki,   ushbu   bayt   qo‘lyozma   nusxa   va   nashrlarda   o‘zaro
farqlanadi.   Jumladan, bunday farqlarning yuzaga kelishi, avvalo, turli qo‘lyozma
nusxalardan foydalanish natijasidir. Mazkur baytning qaysi biri   to‘g‘riligini esa
akademik Alibek Rustamovning quyidagi sharhidan bilish   mumkin: 
12
 Bu haqida qarang: Tohirov  S. “Temuriylar davrida xamsanavislik”. Monografiya, Tamaddun nashriyoti, 2021. 
33               “ Ibo   –   tortinish;   salo   urmoq   –   undamoq.   Basmalaning   birinchi
harfi   borad   ahliga   mansub   kishini   tortinishga   undar   ekan.   Basmalaning
avvalgi (birinchi) harfi mardudning avvalgi amalini ibodan iborat qilar   ekan.  Lo
–  yo‘q;  juz balo  –  balodan o‘zga ;  ne bo‘lur juz balo – balodan o‘zga   nima bo‘lur
edi. Buni imlo tasdiqlaydi, chunki bo harfiga lom-alif (lo)   qo‘shilsa, “balo” so‘zi
hosil   bo‘ladi”.   Ushbu   sharhdan   ma’lum   bo‘ladiki,   baytning   ikki   o‘rnida
qo‘lyozmada kamchilik bor, ya’ni uning birinchi va   ikkinchi misralaridagi “ ” رلا
”, “Vرور	VVيا so‘zlarida   xatoga   yo‘l   qo‘yilgan.   Nashrlarda   esa   ikkinchi   misradagi
“Bo”   so‘zi   “Yo”   tarzida   yozilib   mazmunan   g‘alizlik   yuzaga   kelgan.   Bundan
tashqari, Navoiy basmalaning poetik sharhida asosan undagi diakritik belgilarni
emas,   balki   jumla   tarkibidagi   harflarning   tavsifiga   birinchi   navbatda   diqqat
qaratadi. Ana   shu mantiq nuqtai nazaridan ham ikkinchi misrada “Yo” deyilishi
nojoiz.   Umuman   olganda,   mazkur   namuna   uchta   nusxa
asosida.baytni,tiklash . mumkinligini.ko‘rsatadi.  
               “Rad etuvchilar”, ya’ni kufr ahli uchun oyatdagi har bir harf ziyon, balo,
ofat   keltiruvchi  sifatida  keladi.   ﺐ   -  bo harfi  rad etuvchilarni   iboga, diqqatlikka
chorlaydi.   ﻯ – yo   harfi   balodan   boshqa   narsa   emas.   ﺲ   -   sin   harfi   nahangning
orqasidagi  arraga o‘xshab, shu arraning har bir harfi yuz kemani barbod qiladi,
ofat   keltiradi.   ﺲ   -   “Sin”   va   ﻢ   -   “mim”   harfi   o‘rtasida   mashaqqatli   yo‘l   bo‘lib,
samum-   har   narsani   qurituvchi   achchiq   shamoldan   iboratdir.   Ajdaho,   ilonga
o‘xshagan   ﻢ   -   “mim”   harfi   yo‘l   boshida   turib,   og’zini   ochib,   “ahli   rad”   uchun
olov sochadi. Bu oyatdagi uch   ﻟ   - “alif” va uch   ﻞ   - “lom” bor. Ushbu olti harf-
olti   tomon-   yuqori,   past,   o‘ng,   chap,   old,   orqa   tomonni   qamrab   olib,   Allohni
yo‘lida yurmaganlarni o‘tkir qilich kabi tahdid qilib, g’avg’o sochadi.   ر   –“ Re”-
“ahli   rad”ga   cheksiz   falokat   yetkazuvchi,       ﺡ -“ho”-qullobga   o‘xshab   halok
qiluvchi,   ﻦ   -  “nun”-    “ahli  rad”ni  halok  qilishga   shay.  Nuqtalar-   tosh,  kesilgan
bosh,   ya’ni   Allohga   itoat   qilmaganlarning   boshlari.   Tashdidlar-   ikkilantirishlar
shiddat bilan vahima qiladi. 
34          Ushbu harflar “ahli qabul” uchun foyda va yaxshiliklar keltiradi.   ﺐ –“ bo”-
ahli   qabullarga   jannat   xushxabarini   beradi.   ﺲ   –“ sin”-   salomatlik   yo‘lining
zinasi,   saodatning   oynasidir.     ﻢ   -“Mim”   esa   manzilga   erishish   yo‘lida
buloqboshi.   ﻟ   -jon   ichidagi   “alif”-   zulmatni   yorituvchi   sham.         ﻝ   -“Lom”-
mo‘minlarning bayrog’i.  ر  –“ Ro”-jannat eshigi.   ﺡ –“ Ho”-vahdat g’unchalarining
beshigidir.
     Nuqtalar va tashdidlar- tosh va chaqmoqlar bir-biriga urilib, to‘g’rilik, iymon
shamini yoqadi.
     Nuqtalar boqiylik duri bo‘lib, jonning ichiga tushadi.
          Harakatlar   maqsadga   erishishida   yordam   beradi.   Sukutlar   mo‘minlarni
sokinlikka chorlaydi.
Sayr   qiluvchilarning   oyog’idan   ko‘tarilarilayotgan   changlar   go‘yo   jon   bo‘lib,
balki jonon bo‘ladi. Bismillah “ahli rad” uchun dog’ bo‘lsa, “ahli qabul” uchun
bog’dir. 
   “ Ahli rad”- Allohning qahrida,  “ahli qabul”- Allohning lutfidafir.
                Isatabon, ey xasta Navoiy, navo,
               Bo‘yla safarg’a qilur ersang havo.
               Yo‘l  yomon-u yaxshisidin yema g’am,
              Bismilloh degilu qo‘yg’il qadam.
             “Xayru sanoin limufizil-karam”,
              Kim karamidin erur el muhtaram.
          So‘nggi   baytlarda   Navoiy   o‘ziga   murojaat   qilib,   yo‘lning   qiyinchilik   va
mashaqqatlari   haqida   ogohlantiradi.   Yo‘lda   ko‘p   ozor   chekmay   desang,
“Bismilloh!»- degin-u, yo‘lingda davom et. Zero, Allohning karamidan odamlar
aziz va mukarramdir.
            Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   kerakki,     Alisher   Navoiy   ijodini   o‘rganish
birgina   O‘zbekistonda   emas,   balki   dunyoning   ko‘plab   sharqshunos   olimlari
35 tomonidan   tadqiq   etib   kelinmoqda.   Bugungi   kunimizda   Navoiy   haqida   ko‘p
yozilyapti.   Xalqimiz   o‘zining   bunday   buyuk   farzandiga   ehtiromini   izhor   etish,
uning   nomini   yanaqa   abadiylashtirish   yo‘lida   ko‘p   amaliy   ishlarni   amalga
oshirmoqda.  Bunga  har  birimiz   guvoh  bo‘lib  turibmiz.  Xususan,   Prezidentimiz
Shavkat   Mirziyoyev   bu   ulug’   inson   haqida   quyidagilarni   aytadi:   “Mutafakkir
shoirimizning   “Odamiy   ersang   demagil   odami,   Onikim   yo‘q   xalq   g’amidin
g’ami”   degan   satrlarida   qanchalik   chuqur   ma’no   bor.   Ya’ni,   bu   dunyoda
insonlarning   dard-u   tashvishlarini   o‘ylab   yashash-   odamiylikning   eng   oliy
mezonidir.   Xalqning   g’amidan   uzoq   bo‘lgan   insonni   odam   qatoriga   qo‘shib
bo‘lmaydi, deb uqtirmoqda ulug’ bobomiz”.  13
 
              Alisher   Navoiyning     “Hayrat   ul-abror”   dostonini   islom   ruhida   yozilgan,
shariat   qonun-qoidalari   mujassamlashgan,   shoirning   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari
aks   ettirilgan,   pand-nasihat   ruhida   yozilgan   mavizanoma   deyishimiz   mumkin.
Asar   har   bir   o‘quvchining   dunyoqarashini   kengaytiradigan,   aqlini
charxlaydigan,   axloqiy,   ma’naviy,   ruhiy     dunyosini   poklaydigan,   har   bir
mo‘min-musulmonning   hayot   yo‘lini   yoritadigan   misoli   mayoqdir.   Insonning
komil   inson   darajasiga   yetshishida   ushbu   asar   muhim   ahamiyatga   ega.   Har   bir
musulmon   insonning,   har   bir   ishni   boshlashdan   avval   ““Bismillahir   rohmanir
rohiym” oyatini aytib boshlashi dinimizning go‘zal aqidalaridan darak beradi.  
2.2.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi    “basmala”
bobining sharhlash an’analari tahlili va tadqiqi
Alisher   Navoiy   “Xamsa”si   dostonlarining   “basmala”   bobi,   hamd   va
munojot   boblari   alohida     olib,   o‘zaro   qiyoslangan   holda   tadqiq   etilmagan.   Bu
masalada   Alibek   Rustamiy,   Abduqodir   Hayitmetov,   Najmiddin   Komilov,
Muslihiddin Muhiddinov kabi olimlarning ilmiy izlanishlari mavjud.
13
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
birga quramiz.- Toshkent: O‘zbekiston, 2017. [112].
36 Navoiy   ijodini   mukammal   o‘rgangan   navoiyshunoslardan   Alibek
Rustamiyning   “Bismilloh”ning   ma’nosi”   risolasini   tahlilga   tortdik.   Ushbu
risolada A.Rustamiy basmala haqida, “Bismilloh”ning ma’nosi haqida, ularning
dostonlardagi   kirish   qismida   muhim   ahamiyat   kasb   etishi   haqida   o ‘ z   fikrlarini
keltirib o ‘ tgan.
              Аlisher   Navoiy   “Xamsa”dagi   har   bir   bobga   alohida  sarlavha   qo‘ygan   va
sarlavha ning   matnida   mavjud   masalalar   haqida   tezislar   taqdim   qilgan.   Biroq
“Hayrat   ul-abror”ning   “basmala”   bobi   sarlavhalanmagan.   Ya ni   “Xamsa”ʼ
dostonlarining  hamm asida birinchi boblar shoir tomonidan nomlanmagan. Biroq
biz   dastlabki   bobni   tadqiqotga   tortar   ekanmiz,   shartli   nomlashga   ehtiyoj
sezilgani   uchun   “Hayrat   ul-abror”ning   dastlabki   bobini   “Basmala”   deb   atadik.
Qur onning   ilk   surasi   “Fotiha”   bo‘lib,   hanafiy   mazhabiga   ko‘ra   “Basmala”	
ʼ
uning   ilk   oyati   hisoblanadi.   Аlisher   Navoiy   “Hayrat   ul-abror”   dostonini
“Basmala” bilan boshlaydi .
      “Basmala” bobi “Xamsa” uchun umumiy kirish hisoblanadi. Chunki “Hayrat
ul-abror”   asli   20   maqolatdan   tashkil   topgan .   Muqaddimada   shoir   20   ta   bob
haq ida  doston  bilan  bog‘liq  nazariy  qarashlarini   ilgari  surgan.  Xuddi  shu   holat
keyingi   to‘rtta   dostonda   ham   kuzatiladi,   ya ni   muallif   har   bir   muqaddimada	
ʼ
hamd,   na t,   ustozlar   maqtovi,   asar   yozishning   sababini   keltiradi,   ammo	
ʼ
“Basmala”   bobi   boshqa   dostonlar   boshida   kelmaydi,   demak,   bu   hol   ham
“Basmala” bobi umumiy “Xamsa” uchun kalit vazifasini o‘tashi ma’lum bo‘ladi.
          Аlisher   Navoiyning   “Xamsa”   dostonlarida   qo‘llagan   qat iy   badiiy   uslubi	
ʼ
bo‘lib, unga muvofiq bob aniq bir necha qismlarga ajratiladi, bobning o‘ziga xos
kirish qismida kitobxon muammo bilan tanishtiriladi, keyin bosqichma-bosqich
bu   muammo   xususida   shoirning   qarashlari   yoritib   boriladi.   “Basmala”   bobida
ham   xuddi   shu   hol   yaqqol   seziladi.   Avval   “Basmala”ning   ta rifi,   umumiy	
ʼ
xossalari haqida so‘z yuritilib, bunda Аlisher Navoiy “Basmala”ni:
• rishtaga terilgan, har birining qiymati jon jahvari va ikki jahondan “durri yatim”
(bebaho dur); 
37 • “Ganji baqo” zikriga yetib kelganlarning tasbihi; 
• davlat va din “sayd”ini, balki jannat g‘azolini ovlaydigan “kamand”;
• jon suvi, balki tiriklik suvi oqadigan ariq;
• ganji ilohiyni qo‘riqlaydigan ajdaho;
• “Аrshi muallo” (oliy arsh)ning “bog‘i ahad foxtasi” oshyon qilgan qandili;
• vahdat   maxzaniga   olib   boradigan   eng   yaqin   va   xatarli,   uning   siri   oldida   ahli
voqif ham ojiz bo‘lgan yo‘l deya ataydi.
Mazkur   ta riflardan   so‘ng   Аlisher   Navoiy   bu   yo‘lga   insonlarning   hammasiʼ
qadam   bosishga   majbur   ekanliklari   mazmunini   ifodalab,   undan   yuradigan   ikki
toifaga – ahli qabul va ahli radga bo‘linishini ma lum qilgan. 	
ʼ
qabul   bilib,   tavfiq   bergan   bo‘lsa,   iymon   bilan   ne matlantirgan   bo‘lsa,   ular   ahli
ʼ
qabul o‘laroq “Basmala”ning har bir harfidan baxt va saodat topadilar: jannatga
kirish   uchun   bashorat,   salomat   yo‘lining   ziynati,   jon   ichidagi   sham,   zafar
bayroqlari, jannat eshiklari, karam dengizi bo‘lib, mo‘minlarga kuch va quvvat,
madad manbaiga aylanadi.
     “Basmala” Аlisher Navoiy ta rifiga ko‘ra shunday yo‘lki, undan barcha yurib	
ʼ
o‘tadi va ahli qabul uchun har qadamda bog‘lar ato etilsa, ahli rad uchun dog‘ –
azob   va   alamlar   chiqadi.   Buning   hikmati   nima   degan   savolga   esa   shoir
quyidagicha javob beradi: Аllohning ism  va sifatlari bor  bo‘lib, koinotdagi  har
bir hodisa, bu ism va sifatlarni yuzaga chiqaradi, namoyon etadi. Shunday ilohiy
sifatlardan   biri   lutf   va   qahrdir.   Аhli   rad   Аllohning   lutfini,   ahli   qabul   esa
Аllohning yuzaga chiqaradi, isbotlaydi. Аlisher Navoiy ilohiy va lutf va qahrni
“ikki   mehmonsaro”   –   mehmonlar   kutiladigan   ikki   mehmonxona   deb   tashbih
qiladi: 
         “Hikmati ul qahr aro, bu lutf aro , 
           Ushbuki to‘lg‘ay ikki mehmonsaro”. 
Shuningdek, asosiy kontseptual qarash: “To agar o‘t solsa jaloliyati  , Lutf ila suv
urg‘ay   jamoliyati”   baytida   oydinlashadi,   ya ni   Аllohning   jaloli   –   ulug‘ligi,	
ʼ
cheksiz darajada buyukligi, Uning qahri va qudratini o‘zi jamlagan sifati olamni
38 o‘tga   to‘ldirsa,   Jamoli   –  marhamati,   lutfi,   karami,   afvi,   mag‘firati   esa   bu  o‘tga
suv   uradi,   ya ni   uni   “o‘chiradi”.   Bu   ikki   hol   ham   Аllohga   xos.   Shunday   ekan,ʼ
Аllohning   quli   bo‘lgan   inson   qayg‘urmasligi   kerak,   Аllohning   qadaridan   g‘am
yemasligi, tashvishga tushmasligi lozim: “Yo‘l yomonu yaxshisidan yema g‘am,
Bismillah degilu qo‘ygil qadam”. 
              Аlisher   Navoiy   Аllohning   “Mufiz   ul-karam”   –   “karami   dengiz   kabi
jo‘shgan,   cheksiz   bo‘lgan”   degan   sifatini   qayd   etadi.   Bu   sifat   sohibi   Аllohga
barcha   maqtov   va   ulug‘lashlar   yo‘llamoq   lozim,   U   bunga   loyiq,   chunki   Uning
karamidan el ehtirom topadi – muhtaram bo‘ladi. 
              G’.Shodmonovning   “ Porso   Shamsiyev   ilmiy   laboratoriyasi:   tadqiq
usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni”  mavzusidagi
dissertatsiyasida   bob quyidagicha tahlil qilinadi:
“Bo”si ibodin urar avval salo,
“Yo”ki degay lo ne bo ‘ lur juz balo.
         Ko‘rinadiki, ushbu bayt qo‘lyozma nusxa va nashrlarda o‘zaro farqlanadi.
Jumladan,   bunday   farqlarning   yuzaga   kelishi,   avvalo,   turli   qo‘zlyozma
nusxalardan   foydalanish   natijasidir.   Mazkur   baytning   qaysi   biri
to‘g‘riligini   esa   akademik   Alibek   Rustamovning   quyidagi   sharhidan   bilish
mumkin:   “ Ibo   –   tortinish;   salo   urmoq   –   undamoq.   Basmalaning   birinchi
harfi   borad   ahliga   mansub   kishini   tortinishga   undar   ekan.   Basmalaning
avvalg‘i (birinchi) harfi mardudning avvalgi amalini ibodan iborat qilar   ekan.  Lo
–  yo‘q;  juz balo  –  balodan o‘zga ;  ne bo‘lur juz balo – balodan o‘zga   nima bo‘lur
edi.   Buni   imlo   tasdiqlaydi,   chunki   bo   harfiga   lom-alif   (lo)
qo‘shilsa,   “balo”   so‘zi   hosil   bo‘ladi.   Ushbu   sharhdan   ma’lum   bo‘ladiki,
baytning   ikki   o‘rnida   qo‘lyozmada   kamchilik   bor,   ya’ni   uning   birinchi   va
ikkinchi   misralaridagi   “   ” رلا”, “V	
رور	VVVVيا so‘zlarida   xatoga   yo‘l   qo‘yilgan.
Nashrlarda   esa   ikkinchi   misradagi   “Bo”   so‘zi   “Yo”   tarzida   yozilib   mazmunan
g‘alizlik   yuzaga   kelgan.   Bundan   tashqari,   Navoiy   basmalaning   poetik
sharhida   asosan   undagi   diakritik   belgilarni   emas,   balki   jumla
39 tarkibidagi   harflarning   tavsifiga   birinchi   navbatda   diqqat   qaratadi.   Ana   shu
mantiq   nuqtai   nazaridan   ham   ikkinchi   misrada   “Yo”   deyilishi   nojoiz.Umuman
olganda,   mazkur   namuna   uchta   nusxa   asosida   baytni   tiklash   mumkinligini
ko‘rsatadi.  
     “Rad etuvchilar”, ya’ni kufr ahli uchun oyatdagi har bir harf ziyon, balo, ofat
keltiruvchi   sifatida   keladi.   ﺐ   -   bo   harfi   rad   etuvchilarni   iboga,   diqqatlikka
chorlaydi.   ﻯ – yo   harfi   balodan   boshqa   narsa   emas.   ﺲ   -   sin   harfi   nahangning
orqasidagi  arraga o‘xshab, shu arraning har bir harfi yuz kemani barbod qiladi,
ofat   keltiradi.   ﺲ   -   “Sin”   va   ﻢ   -   “mim”   harfi   o‘rtasida   mashaqqatli   yo‘l   bo‘lib,
samum-   har   narsani   qurituvchi   achchiq   shamoldan   iboratdir.   Ajdaho,   ilonga
o‘xshagan   ﻢ   -   “mim”   harfi   yo‘l   boshida   turib,   og’zini   ochib,   “ahli   rad”   uchun
olov sochadi. Bu oyatdagi uch   ﻟ   - “alif” va uch   ﻞ   - “lom” bor. Ushbu olti harf-
olti   tomon-   yuqori,   past,   o‘ng,   chap,   old,   orqa   tomonni   qamrab   olib,   Allohni
yo‘lida yurmaganlarni o‘tkir qilich kabi tahdid qilib, g’avg’o sochadi.   ر   –“ Re”-
“ahli   rad”ga   cheksiz   falokat   yetkazuvchi,       ﺡ -“ho”-qullobga   o‘xshab   halok
qiluvchi,   ﻦ   -  “nun”-    “ahli  rad”ni  halok  qilishga   shay.  Nuqtalar-   tosh,  kesilgan
bosh,   ya’ni   Allohga   itoat   qilmaganlarning   boshlari.   Tashdidlar-   ikkilantirishlar
shiddat bilan vahima qiladi. 
          Ushbu   harflar   “ahli   qabul”   uchun   foyda   va   yaxshiliklar   keltiradi.   ﺐ –“ bo”-
ahli   qabullarga   jannat   xushxabarini   beradi.   ﺲ   –“ sin”-   salomatlik   yo‘lining
zinasi,   saodatning   oynasidir.     ﻢ   -“Mim”   esa   manzilga   erishish   yo‘lida
buloqboshi.   ﻟ   -jon   ichidagi   “alif”-   zulmatni   yorituvchi   sham.         ﻝ   -“Lom”-
mo‘minlarning bayrog’i.  ر  –“ Ro”-jannat eshigi.   ﺡ –“ Ho”-vahdat g’unchalarining
beshigidir.
            Nuqtalar   va   tashdidlar-   tosh   va   chaqmoqlar   bir-biriga   urilib,   to‘g’rilik,
iymon shamini yoqadi.
      Nuqtalar boqiylik duri bo‘lib, jonning ichiga tushadi.
Harakatlar   maqsadga   erishishida   yordam   beradi.   Sukutlar   mo‘minlarni
sokinlikka chorlaydi.
40       Sayr qiluvchilarning oyog’idan ko‘tarilarilayotgan changlar go‘yo jon bo‘lib,
balki jonon bo‘ladi. Bismillah “ahli rad” uchun dog’ bo‘lsa, “ahli qabul” uchun
bog’dir. 
“ Ahli rad”- Allohning qahrida,  “ahli qabul”- Allohning lutfidafir.
            Isatabon, ey xasta Navoiy, navo,
            Bo‘yla safarg’a qilur ersang havo.
           Yo‘l yomon-u yaxshisidin yema g’am,
           Bismilloh degilu qo‘yg’il qadam.
         “Xayru sanoin limufizil-karam”,
           Kim karamidin erur el muhtaram.
         Akrom Malikning  “Alisher Navoiyning iloh, olam va odam haqidagi 
falsafasi” maqolasida ham “Basmala” bobi talqin qilingan.  Unga ko‘ra  “Hayrat 
ul-abror”dagi dastlabki bob “Bismillah”ning ta’rifiga, “Bismillah”dagi har bir 
harfning muayyan ma’no anglatishiga urg‘u berilgan. Mazkur bob faqatgina 
“Hayrat-ul abror” uchun emas, balki umumiy “Xamsa” uchun ham tegishli ekani
ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlangan, bobning o‘zi ham tahlilga 
tortilgan. Alisher Navoiy “Bismillah”ni ta’riflashga kirishar ekan uni dastlab 
ipga tortilgan dur deb ataydi va yana quyidagi tashbehlarni keltiradi:
Davlat va din o‘ljasini, jannat g‘azoli – kiyigini band etuvchi kamand (Arqon).
Yoqasida mevalari ko‘p, “Alif”dan daraxt o‘sadigan, ichida jon va mangu 
tiriklik suvi (Hayvon suyi) oqadigan ariq.
Ilohiy ganjni qo‘riqlaydigan ajdaho.
Ahad bog‘i (Yakkalik bog‘i) bulbuli qo‘ngan, Oliy Arsh ichidagi qandil.
Vahdat maxzani – yakkalik hazinasiga yetkazuvchi yeng yaqin yo‘l.
Shoir mazkur tashbihlarni bayon etgach, “Bismillah”ni vahdat maxzaniga 
eltuvchi yo‘l deb ta’riflar ekan, shu tashbih doirasida keyingi fikrlarini 
41 bildirishda davom etadi: “Bismillah” vahdat maxzaniga eltguvchi yo‘l, ammo 
qattiq va xafvli yo‘l: “Lekin erur ham qatig‘u, ham maxuf”.
      Alisher Navoiy “Bu bodiya” – bu vodiyni kesib o‘tishni istaganlar ikki xayl
bo‘lishini   ta’kidlaydi:   ahli   qabul   va   ahli   rad.   Ya’ni   dunyo   hayotida   yashab
o‘tayotgan insonlar “vaxdat maxzani” tomon yo‘l bosar ekan, ular “Bismillah”ni
qabul   etuvchi,   yoki   “Bismillah”ni   rad   etuvchi   toifaga   bo‘linadi,   uchinchi   toifa
bo‘lmaydi.   “Bismillah”ni   rad   etuvchilarga   “Rahbari   tafviq”   –   Allohdan   madad
berilmaydi.   “Bismillah”ning   har   bir   harfi   rad   etuvchilarga   tahdid,   xafv-xatarga
aylanadi:     “Bo”   ( ب )   Robbisidan   ibo   qilishga   chorlaydi,   “Yo”   ( ﻯ )   esa   ularga
keladigan   balolardan   ogoh   etadi.   “Sin”   ( س )dan   “mim”   ( م )ga   o‘tishda   esa
kuydiruvchi yel-shamol bor. “Mim” ( م ) yo‘l boshida og‘zidan o‘t sochib yotgan
ilon,   uch   “alif”   ( ا ),   uch   “Lom”   ( ﻝ )   olti   tomondan   rad   ahlini   –   mardudlarni
qamrab olgan, “He” ( ه ) lar esa qatl etuvchi xanjar, “re”lari ( ر ) rad ahliga qiron
keltirishni zohir etadi, “He” ( ه )si bo‘yinga ilinadigan sirtmoq, “nun” ( ن ), yo ( ﻯ )
lar  ham  mardudlarning kesilgan boshlaridir: “toshlar  o‘lmayki, kesuk boshlar”.
“Bismillah”dagi   tashdid   bu   elga   ayni   shiddatdir.   Ahli   rad   “Bismillah”ni   qabul
qilmas ekan, ular uchun “Bismillah” ana shunday tahdiddir.
Ammo “Bismillah”ni qabul etganlar, “vahdat maxzani” tomon dunyo vodiysini
kesib  o‘tar   ekanlar,  “Bismillah”   saodat  mujdasiga   aylanadi.  “Bo”  ( ب )  si   jannat
bashorati, “sin” ( س )i salomatlik-omonlik yo‘lining zinasi, saodat yuzi aks etgan
oyna;   “Mim”   ( م )   maqsad   manziliga   yo‘l   ochadi,   balki   maqsad   manziliga   yo‘l
ochadi,   balki   maqsad   manzilidagi   sarchashma   –   buloq;   “alif”   ( ا )   lar   jon   aro
joylashgan   bo‘lib,   jon   shabistoni   –   qorong‘uligini   yorituvchi   mamdir;   “lom”   (
ﻝ )lari zarar bayrog‘i, bu zarar bayrog‘ini zafar havosi – shamoli xilpiratadi; “ho”
( ه )   si   “huviyat”da   Allohning   zikrida   jilva   etadi,   “Lom”   ( ﻝ )   bilan   butun   olam
Allohning mulki ekaniga qoyil; “Ro” ( ر )lari jannat eshiklari, “ho” ( ه ) lari vahdat
g‘unchasining   beshigi;   shu   tariqa,   Alisher   Navoiy   “Bismillah”ni   mo‘minlar   va
kofirlar   uchun   qanday   ma’no,   mazmun-mohiyat   kasb   etishini   bayon   etadi:   ahli
rad “dog‘ ustiga dog‘”ga qoladi, ahli qabul esa bog‘ ichra. Alisher Navoiyning
42 fikricha, buning hikmati shuki, ahli  rad ustida Allohning qahri, ahli qabul  uzra
Allohning lutfi namoyon bo‘ladi.
     “To agar o ‘ t sochsa, Jaloliyati,
       Lutf ila suv urg‘ay Jaoliyati”.
Shoir   “Bismillah”   tavsirini   yakunlash   asnosida   o‘z   nafsiga   qarata   “vahdat
maxzani”ga   safar   qilar   ekan,   yo‘lning   yomon-yaxshisidan   g‘am   yemaslikka,
“Bismillah” deb yo‘lga qadam qo‘yishga chaqiradi:
        “Yo‘l yomonu yaxshisidan yema g‘am,
        “Bismillah” degilu, qo‘ygil qadam”
    Alisher Navoiyning “Bismillah”ga bergan ta’rifi asosida uning bu masaladagi
quyidagi yondashuvlarini oydinlashtirish mumkin:
 Shoir   “Bismillah”ni   ta’riflashda   aniq   ilmiy   yo‘ldan   bomaydi,   ya’ni   Qur’on
yoki   hadis,   o‘tgan   islom   ulamolarining   bu   mavzudagi   dalillangan
ma’lumotlariga   tayanmaydi,   balki   shoirona   uslubga   suyangan   holda
“Bismillah”ni tashbihlar asosida sifatlaydi.
 Alisher   Navoiy   “Bismillah”ga   bo‘lgan   munosabatini   islom   dini   asosida
belgilaydi.   “Bismillah”   vositasida   islomni   qabul   qilganlar   va   rad
qilganlarning holatini yoritadi.
 Alisher  Navoiy  mazkur  bobda  o‘ziga xos  mahorat   bilan muayyan  zamon  va
makonni   tasvirlaydi.   Ahli   qabul   va   ahli   radning   kechmishini   “Bismillah”
harflari   ma’nosini   ramzlar   orqali   bayon   etarkan,   o‘quvchining   ko‘z   o‘ngida
vaqt va harakat jarayonlarini gavdalantiradi.
            Shoir   “Bismillah”   ta’rifi   bilan   “vahdat”   tushunchasini   markazga   qo‘yadi.
Ma’lumki,  barcha  payg‘ambarlar  Yer   yuziga  Allohning  yakkaligini  –  tavhidini
yetkazish,   insonlarni   yakka   Allohga   ibodat   qilishga   da’vat   etmoq   uchun
yuborilganlar. Tavhid – vahdat, Alisher Navoiy nazdida, maxzan – xazinadir.
“Bismillah” esa ana shu xazinaga insonni musharraf etadi. Zotan, “Bismillah” –
Allohning ismi bilan, Rohman va Rohiym Allohning ismi bilan inson hayotga,
borliqqa   yondashar   ekan,   shubhasiz,   butun   mavjudiyatni,   o‘zini   ishlarini,
43 taqdirini   yakka   Allohga   topshirganini   e’lon   qiladi.   Alisher   Navoiy
“Bismillah”ning mohiyatini – uning insoniyat uchun naqadar ahamiyatli ekanini
yorqin,   ta’sirchan,   real   tushuntirish   uchun   ham   aynan   tashbihlarga   tayangani
ehtimoldan holi emas.
             “Bismillah”ni aytish bilan inson butun inon-i ixtiyorini, ishlarini, taqdirini
Robbisiga   topshirib   qo‘yishi,   shu   bois   yomonlik   va   yaxshilikdan   xavotirga
tushmasligi   kerakligi   shoirning   o‘ziga   qarata:   “yo‘lning   yomonu   yaxshiligidan
g‘am   yema”,   —   tarzidagi   ta’kidida   ochiq   ko‘rinadi.   Bu   o‘rinda   mo‘minning
taqdirning   yaxshi   va   yomoniga   rozi   bo‘lishi   lozimligi   haqidagi   aqiyda   bayon
etmoqda.
              Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   kerakki,     Alisher   Navoiy   ijodini   o‘rganish
birgina   O‘zbekistonda   emas,   balki   dunyoning   ko‘plab   sharqshunos   olimlari
tomonidan   tadqiq   etib   kelinmoqda.   Bugungi   kunimizda   Navoiy   haqida   ko‘p
yozilyapti.   Xalqimiz   o‘zining   bunday   buyuk   farzandiga   ehtiromini   izhor   etish,
uning   nomini   yanaqa   abadiylashtirish   yo‘lida   ko‘p   amaliy   ishlarni   amalga
oshirmoqda.  Bunga  har  birimiz   guvoh  bo‘lib  turibmiz.  Xususan,   Prezidentimiz
Shavkat   Mirziyoyev   bu   ulug’   inson   haqida   quyidagilarni   aytadi:   “Mutafakkir
shoirimizning   “Odamiy   ersang   demagil   odami,   Onikim   yo‘q   xalq   g’amidin
g’ami”   degan   satrlarida   qanchalik   chuqur   ma’no   bor.   Ya’ni,   bu   dunyoda
insonlarning   dard-u   tashvishlarini   o‘ylab   yashash-   odamiylikning   eng   oliy
mezonidir.   Xalqning   g’amidan   uzoq   bo‘lgan   insonni   odam   qatoriga   qo‘shib
bo‘lmaydi,   deb   uqtirmoqda   ulug’   bobomiz   Alisher   Navoiyning     “Hayrat   ul-
abror”   dostonini   islom   ruhida   yozilgan,   shariat   qonun-qoidalari
mujassamlashgan,   shoirning   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari   aks   ettirilgan,   pand-
nasihat   ruhida   yozilgan   mavizanoma   deyishimiz   mumkin.   Asar   har   bir
o‘quvchining   dunyoqarashini   kengaytiradigan,   aqlini   charxlaydigan,   axloqiy,
ma’naviy,   ruhiy     dunyosini   poklaydigan,   har   bir   mo‘min-musulmonning   hayot
yo‘lini   yoritadigan   misoli   mayoqdir.   Insonning   komil   inson   darajasiga
yetshishida ushbu asar muhim ahamiyatga ega. Har bir musulmon insonning, har
44 bir   ishni   boshlashdan   avval   ““Bismillahir   rohmanir   rohiym”   oyatini   aytib
boshlashi dinimizning go‘zal aqidalaridan darak beradi. 
2 -bob bo‘yicha xulosalar
          2-bob   “Navoiy   “Xamsa”sidagi   “basmala”   bobining   o‘ziga   xosligi”   deb
nomlanib,   “Alisher  Navoiyning “Hayrat  ul-abror” dostonida    “basmala”  bobi”
hamda “Alisher  Navoiyning “Hayrat  ul-abror” dostonidagi “basmala”  bobining
turli talqinlari” rejalarini o‘z ichiga oladi.
      “Basmala”   bobini   o‘rganib,   ushbu   qisqa   tahlil   asosida   quyidagi   xulosalarga
kelish mumkin:
45 1. “Basmala” umumiy “Xamsa” asarinig  ning kirish qismi, kaliti hisoblanadi.
2.   Аlisher   Navoiy   “Basmala”ning   qiymatini   ikki   jahondan   qiymatli   deb
tushuntiradi va insoniyat “Basmala” yo‘lidan o‘tishini ta kidlaydi.ʼ
3.   “Basmala”   yo‘lidan   o‘tuvchilar   “ahli   rad”   va   “ahli   qabul”   kabi   ikki   toifaga
bo‘linib, bu ularga Аllohdan tavfiq yetgan va yetmagani bilan bog‘liq.
4. Insonlarning ikki toifga ajralishi Аllohning lutf va qahr sifatlarini isbot qiladi.
5.   Аllohning   lutfi   qahridan   ustun   hisoblanadi,   faqat   Uning   karami   bilan   el
ehtiromga erishadi.
6.   “Xamsa”   dostonlari   “Basmala”dan   o‘tuvchi   ikki   toifaning   ahli   rad   va   ahli
qabulning   ishlari,   oqibatlari,   ahli   radning   rad   etilishiga   bois   bo‘lgan   amallari,
kibri va ahli qabulning qabul etilganiga sabab hisoblangan shikastaligi, Аllohga
taslimiyati haqida so‘zlaydi.
Bu nuqtalarning barchasi  Аlisher  Navoiy fenomenini  adolatli  o‘rganish, to‘g‘ri
xulosalar chiqarishda ahamiyatli deb o‘ylaymiz.
“Basmala”   bobi   “Xamsa”   g‘oyasining   asl   mohiyatini   –   insoniyatning   ikki
toifasi   (ahli   rad   va   ahli   qabul),   ular   bosib   o‘tadigan   yo‘lning   xususiyatlari,
pirovardida,   ahli   qabul   saodati,   amallari   va   maqomlari   vasfi   hamda   bu   borada
“Xamsa” o‘ziga xos qo‘llanma ekanligi haqida qat iy to‘xtamga olib keladi.	
ʼ
III BOB.  XAMSALARNING “BASMALA” BOBINI QIYOSIY
O‘RGANISH
3.1.  Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy xamsalarining ilk boblarida kompozitsiya, mazmun va go‘oya
masalasi.
Alisher   Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”   dostoni   faqat   Nizomiy
Ganjaviyning  “Maxzan   ul-asror”   dostoniga   javobiya   bo‘lib   qolmasdan,   Xusrav
Dehlaviyning   “Matla   ul-abror”,   Abdurahmon   Jomiyning   “Tuhfat   ul-ahror”
46 dostonlariga ham javobi edi, ya’ni to‘rtinchi muvaffaqiyatli nazira edi.   Alisher
Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”   dostonini   yozishdan   avval   mas’uliyat   bilan
yondashganligining yana bir isboti shunda ediki, Xusrav Dehlaviy bitta asarga,
Abdurahmon  Jomiy ikkita asarga javob aytgan  bo‘lsalar,  Alisher  Navoiy uchta
asarga   javob   yozganligidadir.   Buni   Navoiy   o‘zi   ta’kidlagan,   uchala   ustozdan
fotiha olib ishga kirishgan:
          Botin ila qilmasa ul ikki rad,
         Zohir ila bu biri qilsa madad,
        Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
        Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum. 14
Agar   biz   “Hayrat   ul-abror”   dostonini   o‘qiydigan   bo‘lsak,   bu   uch   gigant
shoirning   ta’siri   borligi   va   shu   qatorda   o‘ziga   xos   to‘rtinchi   ulug’   bir   shoir   –
Alisher   Navoiy   qalamini   ham   his   etamiz.   Shu   sababdan   “Hayrat   ul-abror”
dostonini   o‘rganganimizda,   uni   Nizomiy,   Amir   Xusrav   va   Jomiy   dostonlari
bilan solishtirib qiyoslashga majburmiz. 
Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   12-13-boblarini   salaflari
Nizomiy, Amir Xusrav va Jomiylarga bag’ishlab, “Maxzan ul-asror”, “Matla ul-
anvor”,   “Tuhfat   ul-ahror”   dostonlariga   qiyosiy   baho   berib,   ularning   o‘zaro
farqlanishini ham aytib beradi.
Masalan,   Navoiy   fikricha,   “Maxzan   ul-asror”   gavharga   teng   keladigan
bo‘lsa,   “Matla   ul-anvor”   dostoni   yulduzga   o‘xshatilib,   bunday   tengsiz   asarlar
boshqa yerda topilmaydi.
“Tuhfat   ul-ahror”   dostonini   esa,     Nizomiy   va   Amir   Xusrav     asarlaridan
hajm   jihatidan   qisqa   bo‘lsa-da,   biroq   ularga   qaraganda   foydaliroq   ekanligini
quyidagi baytda izohlaydi:
Ul ikkini topsa bo‘lur munda -o‘q,
Munda tuhaf  ko‘pki, ul ikkida yo‘q. 15
14
 A.Navoiy.”Hayrat-ul abror”. “G`.G`ulom nomidagI Sharq nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T-2006.
15
 A.Navoiy. “Hayrat ul-abror”, G`G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, T-2006.
47 Demak,   Jomiyning   “Tuhfat   ul-ahror”   dostonida   “Maxzan   ul-asror”   va
“Matla   ul-anvor”   dostonining   umumiy   ma’no-mazmuni   ifodalansa-da,   “Tuhfat
ul-ahror” dostonida bu ikkala dostonlarda mavjud bo‘lmagan tuhfalar bor. Xuddi
shu   ta’rifda   tatabbuning   xususiyati   aniqlab   berilgan,   ya’ni   salaflar   ruhi,   nafasi,
ma’no-mazmuni, tarsi saqlanib, o‘z g’oyasi, qarashlarini ko‘rsata bilishdir. Agar
biz   bu   ta’rifni   “Hayrat   ul-abror”   ga   nisbatlasak,   Navoiy   dostonida   avvalgi   uch
dostonning   mazmunini   topsa   bo‘ladi   va   Navoiyning   qarashlarini,   kuzatishlari
xulosasini,   falsafiy   fikrlarini   bilib   olamiz.   Asardagi   originallik,   mukammallik
faqat   uning   turkiy   tilda   yozilganligida   emas,   balki   o‘z   ishiga   mas’uliyat   bilan
yondashganligidadir.
Alisher Navoiy dostonida esa belgi va harakatlarga ikki xil ta’rif beriladi. “Rad
ahli”   uchun   sukun   va   tashdid   alomatlari   jazo   belgilari   sifatida   tasvirlangan
bo‘lsa, qabul ahliga basmala oyatidagi belgilar bashorat singari gavdalantiriladi. 
          Alisher   Navoiyga   qadar   yozilgan     “Xamsa”larda   mazmun   va   go‘oyasini
sharhlashda biz , albatta, ilk dostonlardagi “basmala” bobiga to‘xtalib o‘tamiz.
Quyida har ikki dostonni yanada chuqurroq tahlil etib, an’anaviy o‘xshashliklar
va   ularning   bir-biridan   farqlarini   ko‘rsatib   berishga   harakat   qilamiz.   O‘rta   asr
Sharq   mumtoz   adabiyotini   Islom   ta’limoti,   islom   tafakkuridan   ayro   tasavvur
qilib   bo‘lmaydi.   Sharq   dostonchiligida   barcha   asarlar   Xudoning   madhi,   Alloh
taoloning   sifatlari,   yakka-yu   yagona   ekani,   muborak   oyati   karimalaridan
namunalar   keltirish   bilan   boshlangan.   Hakim   Nizomiy   Ganjaviy   buyuk
dostonnavis shoirgina bo‘lib qolmay, hofizi Qur’on, faqih va tafsir ilmini chuqur
egallagan   olim,   mus’haf   ma’nolarini,   shuningdek,   arab,   yunon   va   qadimgi
pahlaviy til lahjalarini yaxshi bilgan xazinalar hikmatlarini   mujassam   etgan.
U   o‘z   dostonlarini,   jumladan   «Maxzan   ul-asror»ni   ham   an’anaga   ko‘ra   Alloh
hamdi   bilan   boshlaydi,   Allohning   nomi   bilan   bu   ishga   qo‘l   uradi.   Doston
“Bismillohir-rahmonir-rahim, Hast kalidi dari ganji hakim”, deb boshlanadi.
            Alisher   Navoiy   “Xamsa”sining   falsafiy-tarbiyaviy   mazmundagi   birinchi
dostoni   «Hayrat   ul-abror»   ham   mumtoz   adabiyot   an’analariga   muvofiq   tarzda
48 boshlanadi.   “Bismillohir-rahmonir-rahim,   Rishtag‘a   chekti   necha   durri   yatim”
deb   Navoiy   Islom   dinining   asosiy   kitobi   bo‘lgan   Qur’onning   mashhur   bosh
jumlasi   (“Mehribon   va   rahmli   Alloh   nomi   bilan   boshlayman”)ni   keltiradi.
Shundan   so‘ng   ushbu   arabiy   jumladagi   har   bir   so‘zning   har   bir   harfiga   katta
ma’no   berilgan.   Navoiyning   fikricha,”   Alloh   va   uning   ismi
butun   koinot   va   mavjudot   bilan   chambarchas   bog‘langandir.
Bu o‘rinda Navoiy harf san’atidan ko‘proq o‘z diniy-falsafiy qarashlarini yorqin
ifodalashda badiiy vosita sifatida foydalangan”.
         Turkiy tildagi adabiyot juda qadimiy tarixga ega. VII-VIII asrlarga   taalluqli
bo‘lgan   O‘rxun-Enasoy   bitiklaridan   tortib   bu   tilda   yozma   adabiyot   rivojlanib
keladi. Turkiy xalqlar ruhiyati, dili va zavq-u ta’bini ifodalagan hisobsiz og‘zaki
ijod   namunalari,   «Qutadg‘u   bilig»,   «Hibbatul   haqoyiq»   ,   «Devoni   hikmat»,
«Qisasi   Rabg‘uziy»   ,   «Muhabbatnoma»   kabi   obidalar   Atoiy,   Sakkokiy,   Lutfiy
she’riyati,   Navoiy   va   Bobur,   Mashrab   va   Ogahiylarning   o‘lmas   adabiy   merosi
bizning   faxrimiz,   ma’naviy   xazinalarimizdir.   O‘zbek   adabiyotining   o‘ziga   xos
taraqqiyot   yo‘li,   xalqimizning   tarixiy   taqdiri,   ijtimoiy   hayoti   bilan   bog‘liq
jihatlari mavjud.
              O‘rta   va   Yaqin   Sharq   xalqlari   adabiyotidagi   umumiy   jihatlar,
an’anaviy»nazarigo‘ylik»   xususiyatlarini   tadqiq   etishga   kirishib,   ko‘pgina
qimmatli   fikrlarni   bayon   etgan   edilar.   Ayniqsa,   atoqli   olim   E.   E.   Bertelsning
«Iskandar   haqidagi   roman   va  uning  Sharqdagi  versiyalari»,  «Navoiy  va   Attor»
nomli   ishlari   bu   borada   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki,   bu   ishlarda
«nazirigo‘ylik»   an’anasi   Sharq   adabiyoti   talablari   nuqtai   nazaridan
xolisona   o‘rganilib   baho   berilgan   va   Navoiyni   fors   adabiyotining
tarjimoni   deguvchi   G‘arb   olimlarining   fikrlari   bir   yoqlama   va   nohaq
ekanligi   isbotlab   berilgan   edi.   Nazira   epigonlik   ham,   taqlid   ham   emas,
balki   o‘ziga   xos   ijodiy   musobaqa,   kuch   sinash   vositasi   bo‘lib,   iste’dodli
shoirlar an’anaga rioya qilib, buyuk  salaflarning asarlaridan ilhomlangan
holda,   mavjud   asarga   ham   g‘oya-ma’no   va   ham   uslub-ifoda,
49 mahorat   jihatidan   mos   keladigan,   ammo   ayni   vaqtda   yangicha
jaranglaydigan,   yangi   ijodkorning   qalami   kuchini   ko‘rsatib,   ovozini
ifodalaydigan   yangi   asarni   dunyoga   keltirgan.   Bu   «payravlik»   mahorati,
an’ana   ichida   o‘zlikni   ko‘rsatish   mahoratidir.   «Nazira»   istilohi   bilan
birga   «tatabbu’»,   «javobiya»,   «tavriya»   kabi   istilohlar   ham   qo‘llanib
kelingan.   «Nazira»   –   arab   tilida   o‘xshash,   monand   nusxa,   namuna
ma’nolarida   keladi.   Ammo   bu   so‘zning   teng,   barobar,   bahslashuvchi   harif
degan   ma’nolari   ham   bor.   «Benazir»   –   tengsiz   demak.   Demak,   nazira   –
o‘xshatma   yaratish,   namunali   asarga   barobar   asar   yaratish   uchun   u   bilan
bahslashish demak. «Tatabbu’» – izdan borish, izdoshlik yoki birov ta’bididiga
ergashishdir.   Bu   istiloh   lirik   asarga   ergashilganda   qo‘llanilgan.
CHunonchi,   Navoiy   «Devoni   Foniy»da   «dar   tab’i   Xoja»   deganda   Xoja
Hofizning   konkret   biror   g‘azaliga   ergashilganini   bildirgan   bo‘lsa,   «dar
tavri   Xoja»   deganda,   umuman   Hofiz   ro‘hiyati,   uslubida   asar   yozganligini
anglatgan.
              «Javobiya»   –   javob   aytish.   Nazarimizda,   «Xamsa»   dostonlariga
nisbatan   shu   istilohni   qo‘llash   o‘rinli.   Chunki   shuhratli   asarlarga   javob
aytish   Sharqda   shoirlar   orasida   odat   tusiga   kirgan   edi.   Javob   aytish   –
kurashga   bel   bog‘lash.   Firdavsiy   yoki   Nizomiy   asaridan   hayratlangan
kitobxonni   yangidan   hayratlantirish   niyatidir.   Ana   shu   niyatga   erishgan
shoir   musobaqada   g‘alaba   qozonib,   salafi   bilan   barobar   obro‘-e’tiborga
sazovor   bo‘lgan,   buyuklar   silsilasidan   joy   olgan.   Hatto   original   asar
yozib   e’tiborga   loyiq   bo‘lmagan   bo‘lsa-da,   javobiyada   shuhrat   qozonganlar
kam   emas   edi.   Adabiyot   tarixiga   oid   tazkiralarni   ko‘zdan   kechirsak,   bir
qancha   shoirlar   ulug‘   salaflarning   asarlariga   nazira   yozgani   uchun   tilga
olinganini   ko‘ramiz.   Ayniqsa,   «Xamsa»ga   ergashish   ko‘p   bo‘lgan.   Buning
sababi   Nizomiy   dostonlarining   el   orasida   juda   katta   e’tiborga   ega
bo‘lib,   yuksak   qadrlanishi   edi.   Masalan,   Amir   Xusravning,   bilamizki,
«Xamsa»dan   boshqa   yana   «Nuh   sipehr»,   «Xizrxon   va   Duvalroniy»,
50 «Kironus   sa’dayn»   nomli   dostonlari   bor.   Ammo   kitobxonlar   bu   original
dostonlardan   ko‘ra,   «nazira»   usulida   yozilgan   «Xamsa»ni   ko‘proq
qadrlaganlar.  
              Shunday   qilib,   nazira   ulug‘   salaflarning   «panjasiga   panja   urmoq»
(Navoiy),   ruhlanib,   ilhom   olib,   o‘z   davri   dardini,   g‘oyalari   va
qarashlarini   aks   ettirgan   asar   yaratish   hisoblangan.   Bunday   kurashda
g‘alaba qozonish oson emas edi, albatta.   Ha,   sher   bilan   kurashishga
tushish uchun  ham sher bo‘lish, hech bo‘lmaganda   yo‘lbarsning
qudratiga   ega   bo‘lish   lozim.   Amir   Xusrav,   Abdurahmon   Jomiy,
Alisher   Navoiy   Nizomiy   bilan   kurashga   chiqib,   unga   tenglasha   olgan   va
yangi   «Xamsa»   lar   bunyod   etgan   ulug‘   «sher»   shoirlar   edilar.   Shu   bois
Nizomiy   «Xamsa»   si   bilan   yonma-yon   Xusrav   Dehlaviy,   Jomiy   va   Navoiy
«Xamsa»   lari   ham   so‘z   san’atining   nodir   obidalari   sifatida   qadrlanib,
o‘qib   kelingan.   Bir-birining   davomi   va   bir-birining   rivoji,   aynan
takrori   emas,   har   biri   bir   ulug‘   ma’naviyat   olami.   Alisher   Navoiy   buni
Jomiyning   «Tuhfat   ul-ahror»   dostoniga   bergan   bahosida   ajoyib
tashbehlar,   qiyoslar   bilan   tushuntirib   bergan.   Voqean,   nazira   yoki   javobiya
nima?   Uning   vazifasi   –   maqsadi,   mohiyati   qanday   bo‘lishi   kerak,   degan
savollarga   hazrat   Navoiy   aniq   javob   berib   kelganlar.   Alisher   Navoiy
«Xamsa»   dostonlarida   Nizomiy,   Amir   Xusrav   va   Jomiyga   bag‘ishlangan
boblarda   ushbu   masala   ustida   to‘xtab   o‘tadiki,   shoirning   fikrlari   faqat
salaflar ehtiromi emas, balki adabiy-estetik qarashlarini ham ifodalaydi.”Hayrat
ul-abror» dostonining Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan   bobida
xabar   berilishicha,   Alisher   Navoiy   ustozi   va   piri   murshidi
Jomiy   uyida   ilmu   adab   ahli   yig‘inida   ishtirok   etadi.   Abdurahmon
Jomiy   suhbat   asnosida   «Xamsa»   chilik   an’analari,   Nizomiy   va   Amir
Xusrav   «Xamsa»   lari   xususida   fikr   bildirib,   javobiya   aytish   qoidalari,
odobi   haqida   ham   gapiradi,   bu   ishning   mushkulligini   ta’kidlaydi.
O‘tirganlar   Nizomiy   Ganjaviy   va   Xusrav   Dehlaviy   «Xamsa»   larining   har
51 biriga   xos   fazilat   va   xususiyat   haqida   suhbatlashadilar,   ayniqsa
«Xamsatayn»   ning   birinchi   dostonlari   «Maxzan   ul-asror»   va   «Matla’   ulanvor»
ni   ta’riflab   tilga   oladilar.   Bu.fik   uy   sohibi   Abdurahmon   Jomiyga   ham   ma’qul
tushadi.
       Jomiy:  Gavhare yoq “Maxzan ul-asror” dek,
                   Axtare yo ‘q “Matla ul-anvor”dek.
Ya’ni,   Nizomiy   gavhari   bemisl   bir   gavhar   bo‘lsa,   Xusrav   asari
porlab   turgan   yulduzdek,   Navoiy   Jomiy   tilidan   (unga   qo‘shilgan   holda)
yana   shuni   tasdiqlaydiki,   “Xamsa”   dostonlarining   qolgan   to‘rttasi   –
Nizomiyning   ”Xusrav   va   Shirin”,   “Layli   va   Majnun”,   “Haft   paykar”,
“Iskandarnoma”   (ikki   qismli)   hamda   Amir   Xusravning   “Shirin   va
Xusrav”,   “Majnun   va   Layli”,   “Oinai   Iskandariy”   va   “Haft   behisht”
nomli   dostonlari   “majoz”   usulida   yozilgan   asarlardir.   Ya’ni,   mazkur
asarlarda   ilohiy   ishq,   ilohiy   g‘oyalar   dunyoviy   voqealar   tasviri   orqali
yoritilgan.   Ammo   birinchi   dostonlarda   bevosita   ilohiy   haqiqat   haqida   so ‘ z
boradi.
                Nukta suv yanglig‘ eritur oshni,
              Topsa haqiqat o ‘tidin choshni.
                Navoiy   “Hayrat   ul-abror”ni   Jomiyning   “Tuhfat   ul-ahror”   asari
yaratilgandan   keyin   yozgan.   Jomiyning   muvaffaqiyatli   javobiyasi   o‘zbek
shoirini   ham   ilhomlantirgan,   shoirona   jur’atini   va   g‘ayratini    
mustahkamlagan, o‘z-o‘ziga ishonchini orttirgan.
                “Hayrat   ul-abror”   faqat   “Maxzan   ul-asror”   va   “Matla’   ul-anvor”ga
javobiya   bo‘lib   qolmasdan,   balki   Jomiy   asariga   ham   javobiya   edi,   ya’ni
naziraga   nazira   yoki   Navoiy   asari   to‘rtinchi   muvaffaqiyatli   nazira
sifatida   o‘zidan   oldingi   ikkita   nazira   –   Xusrav   Dehlaviy   va
Abdurahmon   Jomiy   asarlarini   ham   ruhan   ifodalashi   kerak   edi.   Boshqacha
aytganda,   Amir   Xusrav   bitta   asarga,   Jomiy   ikkita   asarga   javob   aytgan
bo‘lsalar,   Navoiy   bir   yo‘la   uchta   asarga   javob   aytishi   kerak   bo‘lgan.   Buni
52 ulug‘   Navoiy   o‘zi   ta’kidlagan,   har   uchala   ustozdan   fotiha   olib   ishga
kirishgan.
                  Uch   so‘z   san’atkori   –   uch   gigant   shoir   uni   ruhlantirar,   ilhomiga
ilhom   qo‘shar   edi   va   ham   salobati   bosar,   mas’uliyatini   tetiklantirar   edi.
Agar   biz   “Hayrat   ul-abror”ni   mutolaa   qiladigan   bo‘lsak,   bu   uch   buyuk
shoirning   ta’siri   borligini   va   shu   bilan   birga   o‘ziga   xos   to‘rtinchi   bir
ulug‘   shoir   –   Navoiy   qalamini   his   etamiz.   Shuning   uchun   “Hayrat   ul-
abror”ni   o‘rganganda,   uni   Nizomiy   va   Amir   Xusrav   dostonlari   bilan   ham,
Jomiy   asari   bilan   ham   qiyoslab   o‘rganishga   majburmiz.
“Hayrat   ul-abror”dagi   salaflarga   atagan   bag‘ishlov   boblarda   Navoiy
“Maxzan   ul-asror”,   “Matla’   ul-anvor”   va   “Tuhfat   ul-ahror”   haqida
qiyosiy   baho   berib,   ularning   o‘zaro   farqlarini   ham   aytib   o‘tadi.   Va   bu
fikrlar zamirida biz Navoiyning nazira xususidagi qarashlari aks etganiga guvoh
bo‘lamiz.   Masalan,   Navoiy   fikricha,   “Tuhfat   ul-ahror”,   Nizomiy   va   Amir
Xusrav asarlaridan qisqaroq, biroq ularga qaraganda foydaliroq .
            Ul ikkini topsa bo‘lur munda –o‘q,
            Munda tuhaf ko‘pki, ul ikkida yo‘q.
                Demak,   Abdurahmon   Jomiy   dostonida   “Maxzan   ul-asror”
dostonining   va   “Matla’   ul-anvor”   dostonining   umumiy   mazmuni,
ma’nolari   o‘z   ifodasini   topgan,   ammo   xajman   qisqa   bo‘lishiga   qaramay,
“Tuhfat   ul-ahror”ning   avvalgi   dostonlardan   farqlantiruvchi
fazilatlari,   tuhfalari   bor.   Xuddi   shu   ta’rifda   javobiya   hodisasining
xususiyati   aniq   belgilab   berilgan,   ya’ni   salaflar   ruhi,   nafasi,
ma’nolari,   tarzi   ifodasini   saqlab,   yana   o‘z   g‘oyasi,   o‘z   ifoda   tarzi,   o‘z
qarashlarini   ko‘rsata   bilish.   Agar   biz   bu   ta’rifni   “Hayrat   ul-abror”ga
nisbatan   qo‘llasak,   Navoiy   dostonida   avvalgi   uch   dostonning   mazmunini
topsa   bo‘ladi   va   yana   Navoiyning   o‘zini   zamona   ruhidan   kelib   chiqib   bayon
etgan   qarashlari,   kuzatishlari   xulosasini,   falsafiy   fikrlarini   anglab,
53 bilib   olamiz.   Asardagi   tozalik,   originallik,   albatta   faqat   uning   turkiy
tilda yozilgani emas. Garchi, bu ham ulug‘ himmat va o‘z xalqi oldidagi buyuk
xizmati bo‘lsa-da. Yuqoridagi   keltirilgan   misolimizda   Alisher   Navoiy   Jomiy
dostonini nazarda tutib, 
      Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,
      Bir necha gom o‘lsa, manga ham xirom, 
deydi.   Gom   –   fors   tilida   qadamdir.   Ya’ni   Navoiy   aytadi-ki,   Jomiy
jur’at   qilib,   birinchi   qadam   qo‘ydi   –   yo‘l   ochildi,   qani   men   ham   shu
yo‘ldan yursam, yangi doston yuzaga keltirsam. Jomiy bu yerda ham Navoiyga
yo‘l   ochib,   namuna   ko‘rsatgan.   Alisher   Navoiy   Nizomiy   Ganjaviy
va   Xusrav   Dehlaviyning   ijodini   o‘zaro   qiyoslar   ekan,   Amir   Xusravga   nisbatan
qayta-qayta   ”payrav”   (izdosh)   so‘zini   ishlatadi.   Ammo   u   shunday   “payrav”
ki,   salaf   qomati   qarshisida   qomat   tiklab   turgan,   unga   munosib   asar
yaratgan payravdir. 
            Nizomiy   ham,   Amir   Xusrav   ham   so‘z   mamlakatining   podshohi,
ularni   bir-biridan   kam   yoki   ko‘p   deb   baholab   bo‘lmaydi.   Nizomiy   teran,
Xusrav mo‘jizakor, Nizomiy boshlovchi, Xusrav “monand” lik kamolini  topgan
ijodkorlardir.
                  Amir   Xusrav   ash’ori,   darhaqiqat,   Sharqda   ham   juda   katta   mavqeni
egallagan.   Uning   g‘azallari   Sa’diy,   Hofiz,   Kamol   Xo‘jandiy,   Jomiy
g‘azallari   bilan,   dostonlari   Nizomiy   va   Jomiy   dostonlari   bilan
birga   sevimli   bo‘lgan.   Eron,   Turon   va   Xurosonning   oddiy   kishilaridan
tortib   podsho   va   amirlariga   qadar   Amir   Xusrav   muhibi   edilar.   XV   asr
Hirot   adabiy   muhitida   ham   Xusrav   Dehlaviy   asarlarini   mutolaa   qilish,   uning
asarlariga   ergashib,   naziralar   yozish   davom   etgan.   Boysunqur   Mirzo,
Husayn   Boyqaro,   Xusrav   Dehlaviy   asarlarini   yuksak   qadrlaganlar.   Amir
Xusrav   she’riyatda   kamolot   va   mo‘jizakorlikning   namunalaridan   biri
edi.
       Navoiy Amir Xusravni majoz  usulida ijod qilib, haqiqiy   ishqni
54 kuylagan   shoir   deb   ta’riflaydi.   Bu   usulda   unga   teng   keladigan
shoir   yo‘q.   So‘zu   gudoz,   ya’ni   yonish   va   o‘rtanish   hindistonlik   shoirda   ustun.
Amir   Xusrav   ifoda   –   tasvir   ustasi,   tili   sehrli   va   jozibali.
Uning   qalami   kishini   hayratga   soladi,   go‘yo   olam-olam   dur   sochayotganday
tuyuladi.
              “Xamsa”   dostonlari,   jumladan   Amir   Xusrav   “Xamsa”si   bilan
“...turkiy   xalqlarning   uzoq   muddatli   tarixiy   taraqqiyotida   yaratilgan
badiiy   tafakkur   yodnomalarining   tamal   toshi»   bo‘lib   hisoblangan   Alisher
Navoiy   “Xamsa”sini   qiyoslab   o‘rganish   sharqshunos   olimlarning   diqqatini
jalb   etib   kelgan.   Jumladan,   G.Aliyev,   S.Erkinov,   E.Bertels,   S.Narzullayeva,
S.Xidirnazarov, A.Afsahzod, Y.Ishoqov, M.Imomnazarov, J.Mirsaidov ishlarini
misol qilin ko‘rsatish mumkin. 
       Shuni   ham   qayd   etamizki,   «Xamsa»   dostonlarini   alohida   olib
qiyosiy   tahlil   qilish   bilan   birgalikda   adabiyotshunoslik   sohasida   umumiy
xarakterdagi   fikrlar   ham   bildirilgani   fanga   ma’lum.   Ammo   alohida
dostonlarini   qiyoslash   biroz   samarali   yo‘l   deb   hisoblaymiz,   chunki   bunda
aniq   tahlil   orqali   tatabbuning   xususiyati   an’anaviylik   va
originallik   munosabati   oydinlashadi,   umumiy   adabiy   jarayon   xususiyatlari
namoyon   bo ‘ladi.   «Xamsa»   birinchi   dostonlarning   kompozision   tuzilishi
«tashqi»   ko‘rinishi   qiyoslanganda,   boblarning   sonini   e’tiborga   olganda,
hajm   jihatidan  Alisher   Navoiy  dostoni  hajm  jihatidan  eng   katta  bo‘lib  chiqadi:
«Maxzan ul-asror» – 58 bob, «Matla’  ul-anvor» – 55 bob, «Tuhfat ul-ahror» –
61   bob,   “Hayrat   ul-abror”-63   bobdan   iborat.   Har   to‘rtala   dostonda   ham
«maqolat»lar   va   ular   ketidan   keladigan   «hikoyatlar»   miqdori   bir   xil:   20   ta
«maqolat» va 20   ta   «hikoyat».   Farq,   asosan,   shu   paytgacha   «muqaddima»
boblar deb kelingan qismdadir.  Nizomiy «muqaddima»lari 18 bobni,
Amir Xusravniki 15   bobni,   Jomiyniki   21   bobni,   Navoiyniki   esa   23   bobni
tashkil etadi. Demak,   dostonlarning   uchdan   bir   qismi   «muqaaddima»
boblar bo‘lib chiqadi. Biz ushbu   dostonlarni   «asosiy   qism»   va
55 «muqaddima» degan qismlarga bo‘lishni   nomaqbul   hodisa,   dastlabki
boblarga e’tiborsizlik nazari bilan   qarash   oqibati   deb   hisoblab,   dostonlarni
yaxlit asar deb qarash va   avvalgi   boblardagi   fikr-g‘oyalar   keyingi
boblarda izchil davom etganini ta’kidlamoqchimiz. Masalan,
Navoiyning axloqiy qarashlari, adolat,   saxovat,   qanoat,   muhabbat   va
hokazolar xususida yozganlarini tavhid haqidagi, borliqni anglash haqidagi,
imon va islom haqidagi qarashlardan   ajratib   tasavvur   qilish,   albatta,
mumkin emas.
       Alisher Navoiy dostonida boblar miqdorining ko‘payishiga sabab uning har
bir   salafiga   munosabat   bildirishi,   so‘z   haqida   ikki   maxsus   bob
ajratganidir.   Navoiy   dostonida   Nizomiy,   Amir   Xusrav   va   Jomiy
dostonlarining   bir   qancha   xususiyatlari   va   g‘oyalari   tasvirlangan,   ayni   paytda
bu   yangi   falsafiy-tafakkuriy   olam,   zamona   dardiga   javob   bo‘lib
tushadigan badiiy asar yozganligidadir.
            «Matla’   ul-anvor»,   «Maxzan   ul-asror»,   «Tuhfat   ul-ahror»   va
«Hayrat   ul-abror»   dostonlarining   markaziy   mavzusi   insondir.   Inson
xilqati,   vazifalari,   kamoloti,   axloqiy   sifatlari   har   to‘rt   buyuk
shoirning   diqqat   markazida   turgan.   Umuman   bu   dostonlarni   insonnoma
deyish   ham   mumkin.   Ammo   shuni   ham   aniqladikki,   Amir   Xusrav   va
Alisher   Navoiy   ijodida,   shuningdek,   ularning   salaflari   ijodida   ham
inson   haqidagi   tushunchalar   islomiy   tushunchalar   asosida   shakllangandir.
Shu   bois   biz   Qur’oni   karim   va   Hadisi   sharifda   inson   haqida
bildirilgan   fikrlar   bilan   Xusrav   Dehlaviy   va   Navoiy   qarashlari
muvofiq   kelishini   ko‘rdik.   Birinchidan,   Qur’ondagi   oyatlar   ba’zan
mazmunan   dostonlarda   qaytariladi   va   inson   aziz   va   mukarram   zot   ekanligi,
uning   vujudi   tuproqdan   bo‘lsa-da,   ammo   ruhi   ilohiy   ekanligi   bayon   etiladi.
Navoiy   islomiy   aqidalarga   qat’iy   amal   qilgani   holda   insonni
ta’riflar   ekan,   uning   imonli   bo‘lishi,   shariat   talablariga   rioya
qilishi   kerakligi,   o‘z   robbini   anglashi   zarurligi   to‘g‘risida
56 yozadi. Bu g‘oyalar o‘zbek shoirining ustozlari tomonidan ham bayon etilgan.  
            «Xamsa»larning   birinchi   dostonlari   sufiyona-   falsafiy   asarlardir.   Amir
Xusravda ham, Navoiyda ham odamlarni  kuzatish, o‘rganish va hukm chiqarish
xislati bor. Xusrav Dehlaviy pastlik, johillik, nodonlik, xudbinlikni tanqid qilib,
sahovat va himmat,   fidoyilikni   ulug‘laydi.   Navoiyda   bu   qarashlar   xiyla
aniqroq,   u   turli   tabaqa   vakillarini   tasvirlab,   ularga   xos   individual
nuqsonlarni   tilga   oladi.   O‘zbek   shoiri   yomon   axloqning   ijtimoiy   zararli
hodisa   ekaniga   alohida   urg‘u   beradi.   Navoiy   bilimdonli   qanoat   va   vafo
kabi   xislatlarni   yorqinroq   qilib   ulug‘lagan.   Uning   nazarida   insonning
asosiy   sharaflovchi   xislati   mardlik   va   saxovat,   qanoat   va   muhabbatdir.
Qanoat,  muhabbat  va  saxovat  xislatlari  bir-birini   to‘ldiradigan   xislatlar   sifatida
ta’riflanadi.
      Amir   Xusrav   ham,   Navoiy   ham   adolatli   insonning   gavhari   deb
biladilar.   Adolat   insof,   haqparastlik   rostgo‘ylik   bilan   vobasta
tushuntiriladi.   Shu   mavqedan   zolim   podsholar   tanqid   qilinadi.
Podsholarga,   shohlikka   bo‘lgan   qarash   ham   bu   shoirlarda   tasavvufiy
konsepsiyalar   nuqtai   nazaridan   yoritilgan.   Hind   shoirlarida   bo‘lganiday,
o‘zbek   shoirida   ham   oliftagarchilik   ortiqcha   yasan-tusan   qoralangan.   Amir
Xusrav   til   nafosati,   chiroyli   nutq,   aqlu   zakovat,   so‘zdan   foydalana
bilishni   ham   inson   fazilati   deb   qaraydi.   Aql,   ulug‘   hind   shoiri   nazdida
Allohning   ne’mati   bo‘lib,   u   So‘z   bilan   birga   tug‘ilgan.   Ammo   aqlni   yomon
ishlarga   sarflamaslik   kerak.   Navoiy   esa   aql   va   bilimni   So‘z   bilan   bog‘lab
talqin   etadi.   So‘z   insonni   hayvondan   ajratuvchi   belgigina   emas,   balki
butun   odamiylik   xislatlari   ham   kishining   so‘zga   munosabatida
ayonlashadi.   Navoiy   «Hayrat   ul-abror»da   juda   ko‘p   insoniy   sifatlar,
umumbashariy   yaxshi   xislatlarni   tilga   olib   o‘tadi.   Unda   butun   bir
odamiylik   konsepsiyasi   shakllanganki,   bu   konsepsiya   negizida   diniytasavvufiy
g‘oyalar   yotadi.   Mazkur   kitobimizda   axloqi   qarashlar   tahliliga
keng   o‘rin   berildi   va   gumanistik   g‘oyalarning   davrlar   osha   kuchayib,   boyib
57 borishi, zamonaviy ruh kasb etishi aniqlandi.
              Xusrav   Dehlaviy   va   Alisher   Navoiy   so‘z   muammosi   atrofida   so‘z
yuritib,   adabiyog   haqida,   so‘z   san’ati,   so‘z   qadri   haqida   ham   bir   qancha
muhim   fikrlarni   olg‘a   surganlar.   Shunga   bog‘liq   holda   shoirlar   axloki,
shoirlik   rutbasi,   kamoloti   masalalari   xususida   fikr   bildirganlar.   Bu
masalada   ikki   buyuk   shoirning   qarashlari   mos   keladi:   so‘zning   qadrini
erga   urmaslik   kerak.   Maddohlik   adabiyotning   kushandasi.   Chunki   tasavvuf
shoirlari   hech   qachon   maddohlikka   berilgan   emaslar,   shohlarni   bekordan
bekorga   maqtashni   ep   ko ‘ rmaganlar.   Shohga   nasihat   qilish   va   uni   adolatga
chaqirish   mumkin,   lekin   qasidaxonlik   bilan   zulmni   adolat   deb   aytish   gunoh
sanalgan.
      “Xamsa”larning   birinchi   dostonlarida   ishq   va   muhabbat   mavzui
nozik   va   ardoqli   mavzu   sifatida   olinib,   qizg‘in   va   po‘rtanali   hislar
orqali   fikrlar   izhor   kilinadi.   Muhabbat   insonning   doimiy   yo‘ldoshi,
insonni   sharaflovchi   xislat.   Ammo   Nizomiy,   Amir   Xusrav   va   Navoiy
muhabbatni   xiyla   chuqur   anglaganlar.   Ular   nazarida   muhabbat   kamolot
yo‘lidir.   Ya’ni   solikning   o‘z   Yori   –   Xudo   tomon   intilishi,   shu   yulda
chekkan   iztiroblari,   poklanishi   muhabbat   deb   qaralgan.   Odam   ishq   bilan
tirik   agar   ishq   ilohi   mazmunda   bo‘lsa,   yana   ham   qadrlidir:   chunki
«majoziy   ishq»   –   o‘tkinchi   ishqdir.   Navoiy   nazdida   “majoziy   ishq”da
inson   tanasi   iztiroblar   otashida   toblanadi   va   ruh   poklanib,   ilohiy
muhabbatga   erishiladi.   Shoirlar   ilohiy   ishqning   fazilatlari,   oshiqma’shuqlik
odobi   va   talablari,   dunyo   muhabbati   bilan   ilohiy   muhabbat
orasidagi   yaqinlik   va   farqlar   haqida   to‘xtaganlar.   Amir   Xusrav   bilan
Alisher   Navoiyning   bu   masaladagi   karashlari   mos   keladi.   Lekin   shunda
ham,   baribir,   Navoiyning   muhabbat   masalasiga   o‘z   qarashlari   borligini
kursatgan.   Bu   farqli   qarashlar,   birinchidan,   muhabbatni   uch   to‘rt
bosqichga   bo‘lib   talqin   etishda   («Mahbub   ul-qulub»),   ikkinchidan,
ishqning   ezgulik   va   xayr   tushunchalari   bilan   zich   vobasta   ekanini,
58 insonni   ma’naviy   barkamol   etish   vositasi   bo‘lib   xizmat   qilishi
lozimligi   ta’kidida   kuzga   tashlanadi.   Ilohiy   va   majoziy   ishq   orasidagi
yaqinlik va farqlarni Navoiy aniqroq yoritgan.   «Matla’   ul-
anvor»da   ham,   “Hayrat   ul-abror”   da   ham   shoirlar
o‘zlariga   yaqin   kishilariga   bag‘ishlab,   boblar   ajratganlar.   Amir   Xusrav   o‘z
onasiga   alohida   bob   bag‘shlagan   va   ota-ona   qarzi,   onaizorining   hurmati
g‘oyat   dardli   qilib   tasvirlagan.   Shu   kabi   Navoiyda   ham   asar   sungida   o‘z
ahvo   li,   yoru   dustlari,   hirotga   muhabbati   tasvirlangan.   Amir   Xusrav
qiziga   atalgan   bob   munosabati   bilan   tarbiya   munosabatiga   oid   xiyla
qimmatli   fikrlarni   bildirgan.   Navoiy   er-xotinlik   axloqi,   pokiza
siyrat   ayollar   sharafi   haqida   yaxshi   satrlar   bitib,   vafoli   yorga   jonni
fido   etishga   da’vat   etadi.   O‘zbek   shoiri   ham   ota-ona   haqqini   ado   etish
zarurati,   hadislarda   aks   etganiday,   onani   rozi   qilishning   qanchalik
muhimligini   ta’kidlab   o‘tadi.   Shuningdek,   opa-singil,   aka-ukalarga
rahmdil   bo‘lish   «silai   rahm»   masalasiga   ham   to‘xtab   o‘tadi.
            Shunday   qilib,   odam   haqidagi   fikrlar   umumfalsafiy,   tasavvufiy
balandlikdan   to   oddiy   turmush   voqealariga   bog‘liq   darajagacha   qaralgan.
Inson   –   xudoning   bandasi,   xudo   kursatgan   yuldan   yurgan,   xudo   yo‘lida
kamolot   kasb   etgan   kishi   hayoti   mazmunli-ma’noli   o‘tadi   va   chin   inson
hisoblanadi,   u   jamiyatga   foyda   keltiradi,   insoniy   fazilatlardan
mahrumlik   yoki   nuqsonli   bo‘lish   esa,   aksincha,   xudo   yo‘lidan   chetlanish,
uzuzini   anglamaslik   bu   utkinchi   dunyoga   band   bo‘lib   qolib,   komillikdan
mahrum   bo‘lish   deb   qaralgan.   Albatta,   bu   fikrlar   umumiy   tarzda   Amir
Xusravda,   Jomiy   va   Navoiyda   o‘xshash   bo‘lgani   bilan,   konkret   tasvirda
bir-birining   takrori   emas.   Shoirlar   har   biri   ushbu   ulmas   g‘oyalarni   o‘z
tillari   bilan,   o‘z   materiallari   asosida   quylaganlar   va   tafsirda   o‘z
yo‘llaridan   borganlar.   Bu   masala   kitobda   tahlillar   orqali   isbotlandi.
Komil   inson   g‘oyasi   talqini,   birinchidan,   o‘rta   asr   gumanistlarining
ilg‘or   qarashlarini   ifodalasa,   ikkinchidan,   hozir   ham   ahamiyatini
59 yo‘qotmagan   muammolarga   ulanib   ketadi   va   dolzarblik   kasb   etadi.
Nizomiy,   Amir   Xusrav,   Jomiy   va   Navoiylarning   ulug‘vorligi   zamonlar
shoiri   ekanligi   ana   shunda.   Zero,   Adabiy   hayot   jarayoni   unda   paydo
bo‘lgan   yangiliklar,   shuningdek,   ilg‘or   an’analarning   rivojlanib   borishi
bilan,belgilanadi.
            Shoirlar   yaratgan   asarlarning   zamonaviyligi,   g‘oyalar,   fikrlar,
badiiy-hissiy   talqinlar   dolzarbligi,   ayniqsa   insonning   axloqiga
bo‘lgan   qarashlarda,   insonni   ijtimoiy   muhit   bilan   bog‘lab   tasvirlashda
aniqroq   seziladi.   Nizomiy   ham,   Amir   Xusrav,   Jomiy   va   Navoiy   ham   o‘z
davrlarining   farzandlari   edilar.   Ularning   har   biri   o‘z   zamonasi
dardini   ifodalagan.   Agar   kuzatishlarimizni   bir   tizimga   solsaq
gumanizmning   Nizomiydan   Navoiyga   qadar,   ya’ii   to‘rt   asr   davomidagi
taraqqiyotini   ko‘ramiz.   To‘rt   asr   davomida   insonga   bo‘lgan   qarashlarning
davomiyligi   va   o‘zgarib   borishi   jarayoni   namoyon   bo‘lmoqda.
Jomiy   va   Navoiy   ijodiga   kelib   bu   qarashlar   jamlanib
borgan.   «Hayrat   ul-abror»   dostonida   zulm   va   adolatsizlikni
tanqid   qilish   nafasi   baland,   g‘azab   ehtirosli   ifodalangan.   Navoiyda   biz
aniq   tasvirlar,   aniq   satirik   qiyofalarni   ko‘ramiz.   O‘zbek   shoiri   so‘fiyona
ezgu-ideal   g‘oyalar   cho‘qqisidan   hamon   illatlari,   insoniy   nuqsonlarni
birma-bir   fosh   etadi,   yomonning   yomonligini   bo‘rttirib   tasvirlaydi,
odamiylik   xislatlari   g‘alabasi   uchun   kurashadi.
Shu   zaylda   Alisher   Navoiyning   inson   haqidagi   qarashlari   uning
salaflarga   ijodi   bilan   qiyoslanib,   ulug‘   shoir   «Xamsa»sining   muhim   bir
jihati   an’ana   va   navbunyodkorlik   masalasi   ichida   muayyanlashdi,   deb
o‘ylaymiz.
3.2.”Maxzan ul-asror”, “Matla ul-anvor”, “Tuhfat ul-ahror”, “Hayrat ul-
abror” dostonining ilk boblarining qiyosiy tadqiqi
Dostonnavislik   tarixida   “Bismillohir-rahmonir-rahim”   jumlasini   aruz
vazniga   muvofiqlashtirgan,   aniqrog ‘i,   birinchi   misrasini   “Bismillohir   rahmonir
60 rahim”   bilan   boshlab   doston   yozgan   ilk   ijodkor lardan   biri     Nizomiy   Ganjaviy
hisoblanadi. Uning “Maxzan ul-asror” doston i shunday boshlanadi:
Bismillohir-rahmonir-rahim
Hast kalidi dari ganji hakim
Fotihayi fikratu xatmi suxun
Nomi Xudoy ast, ba o‘ xatm kun. 16
(Tarjimasi:
Bismillohir rahmonir rahim
Hakim (Allohning sifati) xazinasi eshigining kalitidir.
Tafakkurning  ibtidos i-yu, so‘zning oxiri
Tangri nomi  erur , unga bag‘ishla).     
          “Maxzan   ul-asror”   dostonining   birinchi   bobi   55   baytdan   iborat.   Nizomiy
unda   Allohning yakkaligi, buyukligi   va    har ishga qodirligi to‘g‘risida shoirona
so‘z  keltirib, qur’oniy ma’nolarni  go‘zal bir tarzda  nazm libosi g a  o‘raydi .  Lekin
qayd  et ish kerakki, Nizomiy  rasmiy shariat doirasida n chetga chiqmaydi:  har bir
bayt   tagida   Qur’on   oyatlarining   ma’no-mazmuni   ifoda la na di.   Ammo   bu   oddiy
she’riy   talqin   emas,   balki   Qur’on   ta’sirida   yozilgan   oliy   she’r   ifodasidir.
Nizomiyning maqsadi faqat Alloh sifatlarini sanab o‘tib, olam-u odam qandaqa
va nima maqsadda   yaratilganini ta’kidlashdan iborat  emas, balki  bu umrboqiy
va   barhayot   g‘oyalarni   mumtoz   shaklda   ifodalash,   imkon   qadar   badiiy-tasviriy
vositalar yordamida bezashdan ham iborat edi. 
Birinchi   baytda   Allohning   “Hakim”   sifatini   eslatish   va   “Bismilloh”
so‘zini   uning   hikmat   xazinasiga   yetishishda   kalit,   deb   hisoblash   ham
Nizomiyning   falsafiy   ta’limotlar   va     islomiy   g‘oyalar   cho‘qqisidan   turib   fikr-
mulohaza yuritishi natijasidir.
Yuqorida   qayd   etilganidek,   “Bismilloh”   haqida   mufassirlar   orasida
turlicha   fikrlar   mavjud.   Ayrim   mazhablarda   “Bismilloh”   “Fotiha”   surasining
birinchi   oyati   deb   qaralsa,   boshqa   bir   guruh     mufassirlar   esa,   “Bismilloh”ni
16
        Низомии  Ганчавий. Куллиёт. Дар панч чилд. Ч. 1: Махзан ул-асрор. – Душ.: Ирфон, 1983. – С. 9.
61 suralarni   bir-biridan   farqlash   maqsadida   nozil   etilgan   oyat,   deb   atashadi.
Shuningdek, Qur’onning azaliyligi yoxud keyin yaratilganligi – hal qilinganligi
ham   bahstalab   muammolardan   bo‘lib,   islom   firqalari   bu   masalada   ham   ikki
guruhga   ajralganlar.   Amir   Xusrav   Dehlaviy     o‘zining   “Matla’   ul-anvor”
dostonini   Qur’onni   qadim   va   azaliy   hamda   “Bismilloh”ni   “Fotiha”   surasining
birinchi oyati, deb hisoblaydi mazhab va  bobni  shunday boshlaydi: 
Bismillohir-rahmonir-rahim
Xutbai quds ast ba mulki qadim.
S h amsai nuh manzari hardu saroy 
Matla’i debochai vahyi Xudoy. 17
(Tarjimasi:
Bismillohir rahmonir rahim
Qadimiylik mulkida qudsiyat xutbasidir.
Ikki dunyoning to‘qqiz manzaridagi qubba,
Tangri vahyi debochasi ( “F otiha ”  surasi)ning matla’idir).
Amir   Xusrav   ham   “Matla’   ul-anvor”da     ustozi   kabi   Allohning   barcha
sifatlarini   to‘la   tushunish   va   anglashda   inson   tafakkuri,   ong-u   shuuri   ojiz
ekanligini   e’tirof   et ish   bilan   o‘zining   fikr-mulohazalarini     bayon   etadi .   Bu   esa
Nizomiyning dunyoqarashidan unchalik farqlanmaydi. Ayniqsa, Alloh  hamdida
yozilgan   baytlarning   ma’no-mazmuni   Nizomiy   dostoni   bilan   deyarli   bir   xil.
Amir   Xusrav   bu   o‘rinda,     asosan,   shoirlik   mahoratini   namoyon   etishni   asosiy
maqsad qilgan.
 Shu bilan birga, borliqni tasavvur va tasvir etishda Xusrav Dehlaviy so‘z
yuritish   usluli   Nizomiydan   birmuncha   farqlanadi.   “Maxzan   ul-asror”da
kosmogonik   yaxlit   tizim   mavjud   bo‘lmasa-da,   lekin   tun   va     kun,   ,   yer   va
osmonlar,   to‘rt   unsur,   nabotot,   hayvonot,   umuman,   jamiyki   mavjudot   Alloh
17
        Амир Хосроу Дихлавий. Матлаъ ал-анвар. Пред. и примечания Т.А.Магеррамова. – М.: Наука, 1975.
–С. 22. 
62 irodasi, xohishi bilan yaratilgani shoirona ifoda etilgan. Agar Nizomiy osmonni
7 qavat deb bilsa, Amir Xusrav to‘qqiz falak haqida so‘z yuritadi.
Olamning   sanog‘i   falakiyotga   oid   manbalarda   turli cha   miqdorda
ko‘rsatilgan.   Ibn   Sino   diniy   kitoblarda   “olamning   sanog‘i   va   miqdori   y etmish
mingdan uch yuz mingtagacha” keltirilganiga guvohlik ber ilgan . Mir Sayid Ali
Hamadoniy     “Xilofot   ul-manoqib”da   olamning   sanog‘ini   oltmish   ming   deb
aytgan ekan  18
.
 “G‘iyos-ul-lug‘ot” muallifi, – jahonning sharqu g‘arb, shimolu janubdagi
har rub’ida to‘rt ming besh yuz olam mavjud bo‘lib, jami o‘n sakkiz mingdur”,
deb aytgan.
Xusrav Dehlaviy ham olamning miqdorini 18 ming deb biladi:
Az du raqam haftu chahor ofarin
Yak raqamashrost hazor ofarin.
 (Tarjimasi:
Ikki yetti va to‘rt raqam
Har bir raqami mingtaga teng miqdorda (olam) yaratdi) .
Shuni   aytib   o‘tish   kerakki,   Qur’onda   olamning   miqdori   aniq   holda
ko‘rsatilmagan, ammo tafsir va boshqa   tasavvufiy kitoblarda u haqida turlicha
qarashlar   keltirilgan.   Shuning   uchun,   Nizomiy   uchun   olamning   yaratilishi
haqidagi   asosiy   manba   –   Qur’on,   Amir   Xusrav   Dehlaviy   uchun     esa   Qur’oni
Karimdan   tashqari   falakiyotga   oid   asarlar   va   olamning   yaratilishi   haqida   bir
qator   diniy   tushunchalar   ham   sarchashma   vazifasini   o‘tagan,   deb   haytishimiz
mumkin.
Amir   Xusravning   dostonida   ham   “Maxzan   ul-asror”dagi   singari   Alloh
yaratgan   eng   buyuk   mo‘jiza   –   inson   va   unga   in’om   qilingan   ne’matlar
to‘g‘risida   fikr   yuritiladi.     Amir   Xusrav   Dehlaviyning   uslubi   va   tili   nisbatan
sodda va ravon bo‘lib,   Nizomiyning badiiy jihatdan go‘zal, ammo tushunilishi
nisbatan qiyin bo‘lgan uslubidan  farqlanadi.
18
      Ҳаққул И. Тасаввуф ва шеърият. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1993. – Б. 
63 Navoiyning   ustozi   bo‘lmish   Abdurahmon   Jomiy   “Tuhfat   ul-ahror”
dostonida na Nizomiyga o‘xshab hakimona qalam tebratadi, na Amir Xusravga
o‘xshab   musulmonlarning   ichki   ixtilof   va   ziddiyatlariga   sabab   bo‘lgan
masalalarga   e’tiborini   qaratadi,   balki   so‘fiyona   ohangda     “Bismilloh”ni
Allohning   lutfu   karam   yuzasidan   bandalariga   berilgan   ulug‘   bir   ne’mati,   deb
hisoblaydi:
Bismillohir-rahmonir-rahim
Hast saloi sari xoni karim  19
.
(Tarjimasi:
Bismillohir-rahmonir-rahim
Karamli Tangri xoniga da’vatdir).
Nizomiy va Amir Xusravda birinchi bobning mazmun va ohangi ikkinchi,
ya’ni   Tangri   hamdiga   bag‘ishlangan   bobdan     deyarli   farqlanmaydi.   Ammo
Jomiyda   birinchi   bob   mustaqil   “basmala”   bobi   bo‘lib,     muallif   unda   o‘zining
ijtimoiy-falsafiy fikrlarini  “Bismilloh”   oyatini  sharhlash  natijasida   bayon etadi.
Uning   sharhi   an’anaviy   Qur’on   tafsiridan   farqli   o‘laroq,   “Bismilloh”ning   ichki
mazmunini   ochish,   uni     majoziy   talqin   qilishga   qaratiladi.   Bu   usul     ta’vil   deb
ataladi.     Tasavvuf   ulamolari   olamni   ta’vil   yordamida   tushunishni   bilishning
asosiy   usuli   deb   bilishgan.   Ularning   tasavvuriga   ko‘ra,   borliq   alohida   ramzlar
majmuasidan   tashkil   topgan   bo‘lib,   uning   asl   ma’nosini   bilish   uchun   asosan
ta’vil   usuliga   tayanish   lozim.   Jomiy   ham   ana   shu   usulni   qo‘llab,
“Bismilloh”ning   shakl   va   mazmunidan   yashirin   ma’nolarni   izlaydi.   Uning
talqiniga   ko‘ra,   “bo”   harfi   jannat   eshigiga   o‘xshatiladi,   “sin”   esa   Jabroil
alayhissalom   qanoti   shamolidan   mavj   urayotgan   Salsabil   hovuziga   dalolat,
“mim”   jannat   bulog‘iga   ishorat,   “alif”lar   oxiratda   va’da   qilingan   mevali
daraxtlar,  “lom”  huru  g‘ilmonlarning  timsoli...  va  hokazo.     Shuningdek,  Jomiy
“Bismilloh”   oyatidagi   harflar   ayrim   suralarning   nomlari   yoki   ilk   oyatlariga
muvofiq   tushishini   hisobga   olib,     basmalada   bir   qancha   suralarning   sirlari
19
         Абдуррахман Джами. Тухфат ул-Ахрор. Пред. И примеч. А.Афсахзада. – М.: Наука, 1983. –   С.21 .
64 yashiringanligini   aytadi.   Uningcha   “yo”   va   “sin”   harflari   Qur’onning   yuragi
hisoblangan     “Yosin”   surasiga,   “al-rahmon”   so‘zi   “Rahmon”,   “ho”   va   “mim”
harflari   “ho”,   “mim”   oyati   bilan   boshlanadigan   yettita   suralarga,   shuningdek,
“al-rahmon”   va   “al-rahim”   so‘zlarining   boshlang‘ich   uch   harfi   –   “alif”,   “lom”
hamda   “ro”   “Alif,   lom,   ro”   oyati   bilan     boshlanadigan   ikkita   suraga   ishora
hisoblanadi.   Jomiy   bunday   zohiriy   o‘xshashliklar   tasodifiy   emasligini,   biroq
“Bismilloh”ning ichki, yashirin ma’nolariga urg‘u berishini ta’kidlaydi.
Mumtoz   adabiyotimizda   arabiy   harflarga   “jon   bag‘ishlash”,   harflar   va
tasvirlanayotgan narsa o‘rtasida bog‘liqlik jihatlarni topish va   ifodalash o‘ziga
xos   she’riy   san’at   hisoblangan.   Agar   harflarning   shakli     tasvir   vositasiga
aylansa,     kitobat   san’ati   deyiladi.   Kitobat   san’ati   birinchi   martotaba   kim
tomonidan   qo‘llanilgani   noma’lum   va   buni   aniqlash     unchalik   katta   ahamiyat
kasb   etmaydi.   Muhimi   –   kitobat   san’ati   vujudga   kelishiga   sabab   bo‘lgan
omillarni hisobga olish.
Musulmon   so‘fiylar   ham   harflar   sirlari   va   so‘z   sehri   haqida   juda   ko‘p
fikrlar   bildirganlar.     Jumladan,   Mansur   Halloj   devonida     raqam   va   harflarning
borliq sirlarini anglashda tutgan o‘rni haqida bir  qa ncha dalillar  mavjud .
Muhyiddin   ibn-al-Arabiy     o‘zining   “Futuhotu   Makkiya”sida   harflarning
ahamiyati va mohiyati to ‘ g ‘ risida qator fikrlar ni  bildir adi . Shuningdek, mashhur
“Fusus   ul-hikam”   asar ini   ham   27   bobga   ajrat adi   va   uning   har   bir   bob i   “bo”
harfidan boshla ni b, “yo”harfi   bilan tugaydi. Har bir harf alohida ramziy belgiga
ega,   bu   harflar   Qur’onda   ismi   keltirilgan   muayyan   bir   payg‘ambar   va   unda
tajalliy   topgan   Alloh   sifatlarining   timsoliga   aylangan.   “Alif”     esa,   yagona
Allohning   ramzi   bo‘lgani   uchun   boblar   taqsimoti   “bo”   harfidan   boshlangan;
bunday   tasniflash   ham   “Bismilloh”ning   ta’siri   natijasida   vujudga   kelgan,   deb
hisoblash mumkin.
So‘fiylarning   harflarni   ilohiy   sirlar   xazinasi,   deb   bilishlarining   asosiy
sababi   Qur’oni   Karimdir.   Qur’onda   bir   qancha   suralar   alohida   harflar   bilan
boshlanadi.   Bu     harflar   ma’lum   leksik   ma’noga   ega   emas,   shuning   uchun,
65 mufassirlar ularga nisbatan  ta’vil usulini qo‘llab, masalan,  “Baqara” surasining
birinchi oyatidagi “Alif, lom, mim”ni “alif” – Alloh, “lom” – Jabroil (a.), “mim”
–     Muhammad   (s.a.v.)ning   muxtasar   atalishi   deb,   bu   harflardan   ma’no
chiqarmoqchi   bo‘lsalar,     ayrimlari   bu   harflarning   mohiyati   faqat   Allohning
o‘zigagina ma’lum, insonlarga  qiyomat kunida ma’lum bo‘ladi, deydilar 20
.
Qur’onda keltirishicha, butun Borliq Allohning “Kun!”, ya’ni “Bo‘l!”, deb
amr qilganidan keyin vujudga kelgan. Navoiyning tili bilan aytsak:
Dahr muqayyad bila ozodasi,
Borcha erur “kof” ila “nun” zodasi 21
.
Ushbu     dalillarga   tayangan   holda ,   Fazlulloh   Astrobodiy   XIV   asrda   hurufiya
ta’limotiga   asos   soldi.   Uning     ta’limoti   bo‘yicha,   inson   va   Tangrini   bir-biriga
birlashtiruvchi   yagona   vosita     bu   –   so‘z   va   harflarning   mohiyatiga   y etishdir.
Inson   chehrasida   Qur’on   oyatlari   va   “Alloh”   so‘zi   mujassam,   shu   sababdan,
inson ham Alloh kitobi va Qur’ondek aziz va mukarramdir. Fazlulloh bu haq i da
shunday   degan:   “Men   Allohning   so‘zlaguvchi   kitobi   va   “Bismilloh”dagi   “bo”
harfining nuqtasidirman” 22
. 
      “Hayrat ul-abror”ning Jomiy vasfidagi bobida qayd qilinishicha, Navoiy uni
yaratishda   Nizomiy   va   Amir   Xusrav   dostonlaridan   ko‘ra   “Tuhfat   ul-ahror”dan
ko‘proq ta’sirlangan:
Boshtin-ayoq gavhari shahvor edi,
Qaysi guhar, “Tuhfat ul-ahror” edi.
Ul ikini topsa bo‘lur munda-o‘q,
Munda tuhaf ko‘pki, ul ikkida yo‘q 23
.
20
        Ўз ФАШИ, Р-2039-рақамли қўлёзма.   ص ’يملسلا نيسحلا نب دمحم �’ءامكحلا دنع فورحلا يناعم٣٠٩  
21
               Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. Ж. 6: Ҳайрат  ул-аброр. – Т.: Ғафур Ғулом
номидаги НМИУ, 2011.– Б.47.
22
        Ўз ФАШИ, Р-2039-рақамли қўлёзма.   ص ’ءامكحلا دنع فورحلا يناعم ’يملسلا نيسحلا نب دمحم٣٦٢  
23
                Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. Ж. 6: Ҳайрат  ул-аброр. – Т.: Ғафур Ғулом
номидаги НМИУ, 2011. – Б. 45.
        2
 Юқоридаги манба. – Б. 6.
66   “Hayrat   ul-abror”dagi   basmala   bobining   ohang   va   ruhi   ham   Jomiy
dostoniga   juda   yaqindir.   Shu   bilan   birgalikda   Navoiyning   o‘ziga   xos   uslubi ni
birinchi baytlar i danoq sezi sh  mushkul  emas :
Bismillohir-rahmonir-rahim, 
Rishtag‘a chekti necha durri yatim.
Har dur anga javhari  jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun 24
.
Navoiy   bundan   keyingi     misralarda   ham   tashxis   san’atidan   foydalanib,
“ Bismilloh ” oyat ining   zohiriy ko‘rinishlarini ifodalaydi. Uning talqiniga ko ‘ ra,
bu   so‘zdagi   nuqtalar   jonning   javharidan   ham   ortiqdir.   Xat   tizmasi   esa   butun
b orliq, sir-sinoat, hatto Ruh olamini bir tizimga soladigan rishta hisoblanadi.
Shayx   Najmiddin   Kubro   aytganidek,   butun   b orliq   sirlari   Qur’onda,
Qur’onning   barcha   sir-u   asrorlari   “Fotiha”   surasida,   Fotiha   surasining   jamiyki
sir-u   sinoati   bismillohdagi     “bo”   harfida   yashiringan.   Kimki   mutlaq   xazina   –
Abadiy Haqiqatga yetishmoqni xohlasa,  ana  shu so‘zni sidqidildan o‘zlashtirishi
va anglashi kerak:
Ganji baqo zikriga ulkim etib,
Bu dur ila rishtani tasbih etib   25
.
Bismilloh     –   Alloh   yagonaligi,   birligini   anglatuvchi   eng   oliy   haqiqatga
eltuvchi   “asru   yaqin   yo‘l”   demakdir   .   Ammo   bu   yo‘l     ravon     emas.   Bu   yo‘l   –
iymon yo‘li dir . Iymon yo‘li har  bir kishi  uchun turlicha nihoya topadi. Bu yo‘lni
ha mma  ham  sog ‘ -omon  bosib o‘tishi  no ma’lum :
Lekin erur ham qatiqu ham maxuf
O‘ylaki ojizdurur andin vuquf.
Navoiy   to‘g‘ri   yo‘lga   hidoyat   topganlarni   “ahli   qabul”,   gumrohlik   va
zalolatga   uchraganlarni   “ahli   rad”   deb   atab,     “ahli   rad”   uchun   “Bismilloh”
qanday azoblardan xabar berish mumkinligini sanab o‘tadi:
24
25
        Ўша жойда.
67 “Bo”si ibodin urar avval salo,
“Bo” ki degaylar, ne bo‘lur juz balo.
“Sin”i nahang arqasining arrasi
Yuz kemaning ofati har parrasi...
“Mim”i yiloni damidin o‘t sochib
Yo‘l boshida yotibon og‘iz ochib   26
.
“Mim”   harfini   olov   sochuvchi   ilonga   o‘xshatish   faqat gina   istiora
bo‘libgina qolmay, balki talmih san’ati hamdir   27
. Navoiy bu  istiora orqali Muso
payg‘ambarning   hassa siga   ishora   qiladi.     Muso   (a.)   tayo g‘ i   ham   yerga
qo‘yilganda,   ilonga   aylanib   Fir’avn   jodugarlarining     uydirmalarini   yutib
yuborib, og‘zidan o‘t   sochib, kofirlarning buun vujudiga larza solardi. Tashbih
va   tavsiflar ning   Qur’on,   hadis   va   diniy   qissalardan   olinishi   she’rning   adabiy
qimmatini  bir   necha baravarga oshirgan.
Navoiy   g umrohlar     yo‘li   naqadar   mashaqqatli   va   xavfli   ekanligini
ta’kidlab,   “Bismilloh”“ahli   qabul”   uchun   qa nday   xushxabar   yetkazishi   haqida
shunday so‘z yuritadi:
“Bo”si burun “bo”i bashoratdurur,
Kasrasi kirmakka ishoratdurur.
“Sin”i salomat yo‘lining zinasi
Balki saodat yuzi oyinasi
“Mim”i ochib manzili maqsadg‘a yo‘l
Balki bu manzil aro sarchashma ul... 28
26
                Алишер   Навоий.   Тўла   асарлар   тўплами.   10   жилдлик.   Ж.   6:   Ҳайрат   ул-аброр.   –   Т.:   Ғафур   Ғулом
номидаги НМИУ, 2011. – Б. 6.
27
        Талмиҳ санъати ҳақида иккинчи бобда батафсил сўз юритамиз.
28
        Ўша жойда.  – Б.8.
68 Xoja   Muhammad   Porso   “Fusus   ul-hikam”   asariga   yozgan   sharhining
muqaddimasida   bunday   dey di:   “Bilgil,   ey   aziz...   agar   (Alloh)   sifatlari   uning
lutfu karamidan dalolat  bersa, jamoliy sifatlar  derlar, va agar   qudrat  va   qahrini
tavsiflasa,   jaloliy   sifatlardan   bilurlar...” 29
  Demak,   b irinchi   qismdagi
“Bismilloh”ning   tavsifi   “ahli   rad”   uchun   Allohning   jamoliy   sifatlaridan   xabar
bersa,   ikkinchi   qismda   “ahli   qabul”   jaloliy   sifatlarning   barakotidan   bahramand
bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi:
Hikmati ul qahr aro, bu lutf aro,
Ushbuki to‘lg‘ay ikki mehmonsaro .
To agar o‘t solsa jaloliyati
Lutf ila urg‘ay suv jamoliyati   30
.
Navoiyning   bunday   usulni   qo‘llashi,   ya’ni   birinchi   jaloliy,   keyin   jamoliy
sifatlardan   so‘z   yuritishi   Qur’onning   bir   qancha   sura   va   oyatlaridagi   so‘z
uslubini eslatadi. Qur’onda birinchi mushriklarga beriladigan jazo, so‘ngra solih
bandalarga   va’da   qilingan   mukofotlar   haqida   xabar   beruvchi   oyat   va   suralarni
ko‘p   uchratish   mumkin.   Masalan,   “Val-’asr”   surasida   insonning   bu   dunyodagi
holati,   haqiqiy   baxt-saodatga   qanday   yo‘l   tutishi   lozimligi   haqida   shunday
deyilgan:  Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman) 1-2. Asr (vaqti)ga
qasamki,   (barcha)   inson   ziyon-baxtsizlikdadir.   3.   Faqat   iymon   keltirgan   va
yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga
(mana   shu   haq   yo‘lida)   sabr-toqat   qilishni   tavsiya   etgan   zotlargina   (najot
topguvchidirlar) . 31
  Mazkur   bobda   bayon   etilgan   fikrlarni   muxtasar   qilib,   quyidagicha
ifodalash mumkin:
29
        Давлатов О. Ибн ал-Арабий ва унинг ваҳдат ул-вужуд фалсафаси. – Т:  Фан, 2007. – Б. 38.
30
               Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. Ж. 6: Ҳайрат  ул-аброр. – Т.: Ғафур Ғулом
номидаги НМИУ, 2011. – Б.9. 
31
 Қуръони карим. Ўзбекча изоҳли таржима /Таржима ва изоҳлар муаллифи А.Мансур. – Т.: Чўлпон, 1992.
– Б. 649.
69 – Qur’on   oyatlari   va   hadislar   matnini   she’rda   aynan,   o‘zgarishsiz
qo‘llash usuli mumtoz adabiyotshunosligimizda iqtibos san’ati nomi bilan qayd
qilingan;
– hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiyotshunosligida   Qur’on   va   hadis
mazmunini   she’rda   singdirish   usuli   ham   iqtibos   san’atining   bir   turi   hisoblanib
kelinmoqda.   Aslida,   iqtibos   san’atining   birlamchi   sharti   matnni   aynan,
o‘zgarishsiz keltirishdir;
– Navoiy   turli   masalalarni   yoritishda   Qur’on   va   hadis   iqtiboslaridan
foydalangan.  Iqtiboslarni, ayniqsa,   hamd va  na’t   ohangidagi   she’rlarda  ko‘plab
uchratish mumkin;
– Agar   arab   tilidagi   oyat   va   hadislar   badiiy   asarlarda       juz’iy
o‘zgarishlar bilan keltirilgan bo‘lsa, aqd san’ati deyiladi. Aqd san’atining talab,
chegara va turlari Navoiy she’riyati misolida tahlil qilindi;
– Tadqiqot   jarayonida   ma’lum   bo‘lishicha,   erkin   tarzda   yozilgan
arabcha   bayt   va   misralarning   bir   qismi   ma’lum   darajada   oyat   va   hadislar
ta’sirida   shakllangan.     “Farhod   va   S h irin”   dostonining   birinchi   bayti   ana   shu
asosda tahlil qilindi va manba vazifasini o‘tagan oyatga aniqlik kiritildi.
–   Ma’lumki,   “Hayrat   ul-abror”ning   birinchi   bobi   “Bismilloh”ning
shoirona   talqinidir.   Bu   bob   M.Imomnazarov   va   A.Rustamiy,   H.Karomatov,
M.Muhiddinov   kabi   olimlar   tomonidan     tahlil   qilingan.   Ushbu   bob
dissertatsiyada     Navoiy   salaflarining   “Xamsa”   asarlari   bilan   qiyosiy   ravishda
o‘rganildi. Mazkur tahlilning boshqalarnikidan farqi shundaki, bunda Qur’on va
hadis   Navoiygacha   yozilgan   “Xamsa”larning   basmala   boblari   uchun   qay
darajada manba-asos vazifasini o‘taganiga asosiy e’tibor qaratildi. Ayni vaqtda,
an’anaga rioya qilgan ulug‘ o‘zbek shoirining turkiy tilda bu mavzuni go‘zal bir
usulda, o‘ziga xos san’atkorlik bilan yoritganligini ochib berishga harakat qildik.
70 60 71 3-bob bo‘yicha xulosalar
          Xamsalarning “Basmala” bobini qiyosiy o‘rganish” deb nomlanib, quyidagi
rejalarni oo‘z ichiga oladi:
“ Nizomiy  Ganjaviy,  Xusrav  Dehlaviy, Abdurahmon  Jomiy va  Alisher   Navoiy
xamsalarining ilk boblarida kompozitsiya, mazmun va g‘oya masalalari”;
“Maxzan   ul-asror”,   “Matla   ul-anvor”,   “Tuhfat   ul-ahror”,   “Hayrat   ul-abror”
dostonining ilk boblarining qiyosiy tadqiqi”.
          “Basmala” bobini o‘rganib, ushbu qisqa tahlil asosida quyidagi xulosalarga
kelish mumkin:
1. “Basmala” umumiy “Xamsa”ning kirish qismi, kaliti hisoblanadi.
2.   Аlisher   Navoiy   “Basmala”ning   qiymatini   ikki   jahondan   qiymatli   deb
tushuntiradi va insoniyat “Basmala” yo‘lidan o‘tishini ta kidlaydi.ʼ
3.   “Basmala”   yo‘lidan   o‘tuvchilar   ahli   rad   va   ahli   qabul   kabi   ikki   toifaga
bo‘linib, bu ularga Аllohdan tavfiq yetgan va yetmagani bilan bog‘liq.
4. Insonlarning ikki toifga ajralishi Аllohning lutf va qahr sifatlarini isbot qiladi.
5.   Аllohning   lutfi   qahridan   ustun   hisoblanadi,   faqat   Uning   karami   bilan   el
ehtiromga erishadi.
6.   “Xamsa”   dostonlari   “Basmala”dan   o‘tuvchi   ikki   toifaning   ahli   rad   va   ahli
qabulning   ishlari,   oqibatlari,   ahli   radning   rad   etilishiga   bois   bo‘lgan   amallari,
kibri va ahli qabulning qabul etilganiga sabab hisoblangan shikastaligi, Аllohga
taslimiyati haqida so‘zlaydi.
72 Umumiy xulosalar
“Xamsa”   larning   ilk   dostonlaridagi   “basmala”   bobining   qiyosiy   tadqiqi”
mazusidagi   magisrlik   dissertatsiyasi   ishi   kirish   qismi,   uch   bob,   har   bir   bob
uchun alohida xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Birinchi   bobda   “basmala”   atamasiga   alohida   to ‘ xtalib   o ‘ tilgan.   Ushbu
atamaga   oid   hadisi   sharifdagi   namunalar   bilan   keltirilib,   mavzu   ko ‘ lamdorligi
boyigan.   Ushbu   ma’lumotlar   keltirilishidan   tashqari   “basmala”   boblarini
o ‘ rganish   tarixiga   ham   alohida   to ‘ xtalib   o ‘ tilgan.   Adabiyotshuno   olimlarning
izlanshlaridan ma’lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi   bobda   Alisher   Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”   dostonidagi
“basmala”   bobining   o ‘ ziga   xosligi   ifodalangan.     Ushbu   bob   sharhi   boshqa
“basmala” boblari sharhlari  bilan qiyoslangan.
Uchinchi     bobda   Alisher   Navoiy   “Xamsa”si   ilk   dostonidagi   “basmala”
bobi salaflari “Xamsa”sidagi “basmala” bobi bilan qiyoslab o ‘ rganilgan. Dastlab
bobning mazmun-mohiyati  o ‘ rganilib,  o ‘ zaro o ‘ xshash  va  farqli   jihatlari   ko ‘ rib
chiqilgan.
Foydalanilgan   adabiyotlar   ro ‘ yxati   qismida   har   qanday   foydalanilgan
adabiyotlar qayd etilgan.
73                                   Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:
     1.  Мирзиёев   Ш . М .  Эркин   ва   фаровон   демократик   Ўзбекистон   давлатини
биргаликда   барпо   этамиз . –  Тошкент : O‘zbekiston, 2016. 
          2.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан   қурамиз . –  Тошкент :  Ўзбекистон , 2017. 
          3.   Мирзиёев   Ш . М .   Адабиёт   ва   санъат ,   маданиятни   ривожлантириш   –
халқимиз   маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир .
Президент   Ш . Мирзиёевнинг   Ўзбекистон   ижодкор   зиёлилари   вакиллари
билан   учрашувдаги   маърузаси  //  Халқ   сўзи . – 2017. – 4  август .
          4.   Мирзиёев   Ш . М .   Қонун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш  –  юрт   тараққиёти   ва   халқ   фаровонлигининг   гарови . –  Тошкент :
O‘zbekiston, 2017. – 32  б .
     7.  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш . М . Мирзиёевнинг   БМТ   Бош
Ассамблеясининг   72- сессиясида   сўзлаган   нутқи   //   Халқ   сўзи , 2017   йил , 20
сентябрь . 
 Manbalar:
1. Xamsa:   to‘la   asarlar   to‘plami:   10   jildlik   /   A.   Navoiy;   nashrga
tayyorlovchilar:   I.Haqqul;   masul   muharrir   S.Rafiddinov;   O‘zRFA,   A.Navoiy
nomidagi til va adabiyot in-ti. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa-
ijodiy uyi, 2013. 
2. Навоий Алишер. Ҳайрат ул-аброр. МАТ. 20 томлик. – Тошкент: Фан,
1991. Т. 7. 
Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
1. Алишер   Навоий   ва   форс–тожик   шеърияти   (халқаро   конференция
материаллари). – Хўжанд: Раҳим Жалил номидаги Давлат нашриёти,  2001.
74 2. Амир   Хосроу   Дихлавий.   Матлаъ   ал-анвар.   Пред.   и
примечания . Т.А.Магеррамова. – М.: Наука, 1975. 
3. Алишер   Навоий:   қомусий   луғат.   1-2-жилдлар   /Масъул   муҳаррир
Ш.Сирожиддинов. – Тошкент: Sharq НМИУ, 2016. 
4. Imom al- Buxoriy.” Al-jome’ as-sahih”.   “Munir” nashriyoti.,2021.  
5. Lashin Abul Farah.“ Qur’oni Karimning fazilatlari”. Munir nashriyoti, 1999.
6. .Tohirov     S.   “Temuriylar   davrida   xamsanavislik”.   Monografiya,   Tamaddun
nashriyoti, 2021. 
7. Олимов С.  Ишқ, ошиқ ва маъшуқ. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1992. 
8. Олим С. Нақшбанд ва Навоий. – Т.: Ўқитувчи, 1996; Сирожиддинов Ш.
9. Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат,
1979. 
10. Сирожиддинов   Ш.   Навоий   замондошлари   эътирофида.
Самарқанд: Зарафшон, 1996. 
11. Сирожиддинов   Ш.   Алишер   Навоий:   манбаларнинг   қиёсий-   типологик,
текстологик таҳлили.  – Тошкент: Akademnashr, 2011. 
12. Сирожиддинов Ш. Ўзбек мумтоз адабиётининг фалсафий сарчашмалари. –
Тошкент: Янги аср авлоди, 2011. 
13. Эркинов   А.С.   Алишер   Навоий   “Хамса”си   талқинининг   XV-XX   аср
манбалари. – Тошкент: Тамаддун, 2019.  
14. Қуронов Д.  Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент: Фан, 2007.            
15. Қуронов   Д.,   Раҳмонов   Б.   Ғарб   адабий-танқидий   тафаккури   тарихи
очерклари. – Тошкент: Фан, 2008. 
16. Ҳайитметов А. Навоийхонлик суҳбатлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993. 
17. Ҳайитметов А. Темурийлар даври ўзбек адабиёти. –Тошкент: Фан, 1996. 
18. Ҳасанов С. Навоийнинг 7 туҳфаси. –Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991 .
19. Ҳаққулов И. Тасаввуф ва шеърият.  –Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991. 
20. Муҳиддинов М. Комил инсон – адабиёт идеали. – Т.: Маънавият, 2005;
21. .Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Фан, 2011. 
75 22. Низомии     Ганчавий.   Куллиёт.   Дар   панч   чилд.   Ч.   1:   Махзан   ул-асрор.   –
Душ.: Ирфон, 1983. 
23. . Қуръони карим. Ўзбекча  изоҳли таржима /Таржима ва изоҳлар муаллифи
А.Мансур. – Т.: Чўлпон, 1992.  
24. Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. –Т.: Фан, 2006. 
Жўрақулов   У.   Назарий   поэтика   масалалари:   муаллиф,   жанр,   хронотоп.   –
Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2015.
Dissertatsiya   va   avtoreferatlar
1. Азимов   Ю.Ю.   Абдураҳмон   Жомий   “Хирадномаи   Искандарий”
достонининг қиёсий-типологик таҳлили: Филол. фан. номз. дис. ... автореф.
– Самарқанд, 1996. – 26 б.
2.Давлатов   О.   Алишер   Навоий   шеъриятида   Қуръон   оятлари   ва
ҳадисларнинг бадиий талқини. Филол. фан. бўйича фал.докт. (PhD) дисс. ...
автореф. – Самарқанд, 2017. – 48 б.
3.Муҳиддинов   М.   Алишер   Навоий   ва   унинг   салафлари   ижодида   инсон
концепцияси (“Хамса”ларнинг биринчи достонлари асосида):  Филол. фан.
докт. дис. ... автореф. – Тошкент, 1995. 
4. Нарзуллаева   С.Н.   Тема   “Лейли   и   Меджнун”   в   истории   литературы
народов   Советского   Востока:   Афтореф.   дисс.   …док.   филол.   наук.   –   Баку,
1980. 
5. Сирожиддинов   Ш.С.   Алишер   Навоий   ҳаёти   ва   фаолиятига   оид   XV-XIX
асрларда   яратилган   форс-тожик   манбалари   (қиёсий-типологик,
текстологик таҳлил): Филол. фан. докт.  дисс. ... автореф. – Тошкент,
6. Эркинов   А.С.   Алишер   Навоийнинг   пейзаж   яратиш   маҳорати   (“Садди
Искандарий”   достони   мисолида):   Филол.   фан.   номз.   дисс.   …
Тошкент, 1990. 
7.Эркинов   А.С.   Алишер   Навоий   “Хамса”си   талқинининг   XV-XX   аср
манбалари: Филол. фан. докт. дисс. … – Тошкент, 1998. 
76 8. Ғафорова З. Алишер Навоий ҳамд ва наът ғазалларининг ғоявий-бадиий
таҳлили.   Филол.   фан.   бўйича   фал.докт.   (PhD)   дисс.   ...   автореф.   –
Самарқанд, 2018. 
Internet saytlari:
https://plato.stanford.edu/entries/phenomenology/ 
https://www.britannica.com/art/apocalyptic-literature 
https://www.newworldencyclopedia.org/entry/Apocalyptic_literatur
https://lithub.com/the-50-greatest-apocalypse-novels/ 
https://www.britannica.com/topic/theology
77

XAMSALARNING ILK DOSTONLARIDAGI ,,BASMALA” BOBINING QIYOSIY TADQIQI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………...………………3 I BOB. XAMSALARNING “BASMALA” BOBLARINI O‘RGANISH 1.1. “Basmala”atamasining ta’rifi va tavsifi…………………………..………...8 1.2.Xamsalarning “basmala”boblarini o‘rganish tarixi………………..….……16 Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………....…29 II BOB. ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI “BASMALA” BOBINING O‘ZIGA XOSLIGI 2.1.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida “basmala” bobi….….…30 2.2.Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi “basmala” bobining turli talqinlari……………………………………………………………….……….38 Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………..…..47 III BOB. XAMSALARNING “BASMALA” BOBINI QIYOSIY O‘RGANISH 3.1. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy xamsalarining ilk boblarida kompozitsiya, mazmun va g‘oya masalalari……………………………………………………………………....48 3.2.”Maxzan ul-asror”, “Matla ul-anvor”, “Tuhfat ul-ahror”, “Hayrat ul-abror” dostonlari ilk boblarining qiyosiy tadqiqi………………………………..........62 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………..…….73 UMUMIY XULOSALAR………………………………………………….....74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ‘YXATI...............................75-78 1

KIRISH Dissertatsiya mavzu si ning asoslanishi va uning dolzarbligi . Hozirgi kunda yurtimizda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga harakat qilinmoqda. Bu borada Prezidentimizning quyidagi gaplari asoslidir: ,,Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak svilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganligini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, behaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi.“ 1 Shunga asoslanib aytadigan bo‘lsak, Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, nafaqat adabiyotimiz, balki tilimiz, dinimiz, madaniyatimizni yuqori cho‘qqilarga olib chiqadi. Dissertatsiya mavzusi “Xamsa”larning ilk dostonlaridagi “Basmala” bobining qiyosiy tadqiqi” deb nomlanadi. Sharq mumtoz adabiyotida deyarli barcha asarlar muqaddimaviy boblar, ya’ni kirish qismlardan tarkib topadi. Xamsachilik an’anasini boshlab bergan ozar shoiri Nizomiy Ganjaviy “Panj Ganj” dostoni ham bundan mustasno emas. Xamsachilik an’anasiga javob yozgan shoirlar ham shu an’anaga muvofiq tarzda o‘z dostonlarini yozganlar. Ilk bor turkiy tilda “Xamsa” yozgan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham “Hayrat ul-abror” dostonining ilk bobini “Basmala”, ya’ni “Bismillahir rohmanir rohiym” oyatining ta’rif-u tavsifi, sharhiga bag‘ishlaydi. “Basmala” deb ataluvchi Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi ilk bob mustaqillikdan keyingi davr o’zbek adabiyotshunosligining asosiy tadqiqot mavzularidan biriga aylandi. Ushbu bobning maqsadi, “Xamsa”dagi o’rni, turli nuqtai nazardan talqini va tahliliga bag’ishlangan bir qator maqola va risolalar nashr ettirildi. Bu borada A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Muhiddinov, Z.Amonova, U.Jo’raqulov, O.Davlatov, A.Malik va boshqa bir qator olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini alohida qayd etishimiz mumkin . Ayrim masalalarda hatto qizg’in bahs- munozaralar ham kuzatildi. Mazkur tadqiqotlar hamda ularda bildirilgan fikr- 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//http://uza.uz/posts/3452. 2

mulohazalarni umumlashtirish, qiyoslash, ilmiy munosabat bildirish ayni damda kun tartibidagi masalalardan biri bo’lib turibdi. Shunday ekan, Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, uning asarlarini boshqa qardosh xalq ijodkorlari bilan solishtirgan holda o‘rganish adabiyotimizni jahon adabiyoti bilan yuzlashishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotning obyekti . Tadqiqot obyekti uchun Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning xamsalari ilk dostonlari: “Maxzan ul-asror”, “Matla ul-anvor”, “Tuhfat ul-ahror”, “Hayrat ul- abror” olindi. Tadqiqotning predmeti . Tadqiqotning predmeti sifatida sifatida Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi ilk doston “Hayrat ul-abror” tarkibidagi “Basmala” bobi, ularning xususiyatlari, Allohga bo‘lgan ishq tarannumi, salaflar ijodidan ilhomlanish natijasida paydo bo‘lgan misralari, umuman olganda, Navoiyning tasavvufiy qarashlarini belgilab oldim. Tadqiqotning maqsadi . Dissertatsiyadan ko‘zlangan masad xamsachilik an’anasi, xamsalarga javobiya yozishda an’ana va novatorliklar, xamsalarning o‘ziga xosligi, shakl va mazmun, syujet va kompozitsiya masalalarini ilmiy jihatdan yoritib, tahlilga tortilgan asarlarni o‘zaro solishtirib tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotdan ko ‘ zlangan vazifalar quyidagilar: – Alisher Navoiy “Xamsa”sining “Basmala” bobining umumiy mazmun- mohiyatini tahlil qilish; – “Xamsa”dagi “Basmala” bobining salaflari “Xamsa”sidagi “Xamsa”sining “Basmala” bobi bilan taqqoslab, umumiy mazmun-mohiyatini tahlil qilish; – har bir dostondagi “Basmala” bobining mazmuni, ularda ko‘tarilgan muammolarni qiyoslab, ular orasidagi uzviylik, o‘ziga xoslik va farqli jihatlarni aniqlash; shoir asarini shu paytgacha talqin qilish masalalariga munosabat bildirishdan iborat. 3

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotshunoslik ilmida qaror topgan ilmiy xolislik mezonlari asosida xamsachilik an’anasida ilmiy, nazariy qarashlarning yakdilligiga erishilgan;  Navoiy adabiy merosi mavzu ko‘lamiga ko‘ra tasnif qilingan, salaflari “Xamsa” larining g‘oyaviy -badiiy xususiyatlari ochib berilgan;  shoir asari uning salaf yoki xalaflari asarlari bilan qiyoslab, farqlarini, umumiy tomonlarini aniqlab, bayon qilingan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari sharq mumtoz adabiyoti namoyondalari, mumtoz asarlar namunalari, ijodiy hamkorlik, ijodkorlarning asarlariga javobiya yozish an’anasi yoritib berilgan. Ustoz-shogirdlik masalasida o zaro mehr-muruvvat, hurmat singariʻ insoniy fazilatlarni ko rsatib berishdan iborat. ʻ Tadqiqot mavzusi bo ʻ yicha adabiyotlar sharhi(tahlili). Tadqiqot mavzusini yoritishda bir qancha diniy, islomiy, ilmiy, tasavvufiy, badiiy kitoblardan, dissertatsiya va avtoreferatlardan foydalanildi. Jumladan “Basmala” bobi ilmdagi turli yo nalishlarni o zaro bir yerga tutashtiradi. Ushbu ʻ ʻ bob ham diniy jihatdan, ham ilmiy jihatdan fikr va bilimlarni o zaro yoritib ʻ berishni talab qiladi. Tadqiqotda qo ‘ llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot mavzusini yoritishda bir qancha metodlardan foydalanildi. Jumladan, matniy-qiyosiy, statistik, tasniflash, analiz, kontekstual, struktural, tarixiy-qiyosiy tahlil metodlaridan unumli foydalanildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, Alisher Navoiy “Xamsa”sini o rganishda, uni ʻ to‘g‘ri talqin qilish va tahlil etishda oliy ta lim muassasalarining o zbek ʼ ʻ filologiyasi fakultetlari talabalariga “O zbek adabiyoti tarixi” fanidan ma ruzalar ʻ ʼ va amaliy mashg ulotlar o tishda, mumtoz adabiyot bo yicha ilmiy izlanishlar ʻ ʻ ʻ olib borishda foydalanish mumkin. 4

Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi ham shakl jihatdan, ham mazmun jihatdan tavsiflashni nasarda tutadi. Ishning tarkibi kirish, asosiy qism, adabiyotlar ro yxatidan iborat. Mazmun jihatdan esa dastlab “Basmala” bobiʻ umumiy tavsifi berilgan. So ngra Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi “Basmala” ʻ bobiga alohida to xtalib, batafsil yoritib berilgan. Keyin esa Navoiyning ʻ “Basmala” bobi salaflari “Basmala” bobi bilan o zaro qiyoslangan. ʻ Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonini salaflari “Xamsa” dostoni bilan qiyosan o ‘rganish bo‘yicha qiyosiy adabiyotshunoslikda bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan, R.Nikolson, S. Ernst, T.Husayn, S.Nafisiy, A.Mets , I.Y.Krachkovskiy, B.Furo‘zonfar, E.E.Bertels, J.Nurbaxsh , A.Kudelin singari olimlarning asarlarida ushbu mavzuga daxldor nazariy muammolar, umumlashma va xulosalar o‘z ifodasini topgan 2 . Mustaqillik yillarida A.Rustamiy, N.Komilov, R.Vohidov, O.Davlatov, M.Muhiddinov, I.Haqqul, S.Olim, Sh.Sirojiddinov kabi adabiyotshunoslar tomonidan Navoiy ijodining yangi tahlil va talqinlari dunyo yuzini ko‘rdi 3 . Mazkur olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot hamda maqolalarda Navoiy ijodiyotini tasavvuf va irfon nazariyasi bo‘yicha tahlil qilish, diniy- tasavvufiy g‘oyalarning Na voiy ijodida tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilash jarayonida Qur’on va hadisning ta’siri hamda roli haqida muayyan xulosa va qaydlar borligi ahamiyatlidir . A.Hojiahmedov va Y.Is’hoqovning kitoblarida iqtibos san’ati haqida muxtasar ta’rif berilgan bo‘lib, bu san’at Navoiy asarlarida keng qo‘llanilgani ta’kidlangan 4 . Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 2 Зоҳидов В. Улуғ шоир ижодининг қалби. – Т.: Ўзбекистон, 1970; Шайхзода М. Ғазал мулкининг султони. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1966; Ҳайитметов А. Навоийнинг ижодий методи масалалари. –Т.: Фан, 1963; Маллаев Н. Алишер Навоий ва халқ ижодиёти. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. 3 Рустамий А. Бисмиллоҳнинг маъноси. – Т.: Фан, 1999; Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият, 2005; Комилов Н. Маънолар оламига сафар. – Т.: TAMADDUN, 2012; Воҳидов Р. Навоий ва илоҳиёт. – Бухоро, 1994; Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиёти. –Т.: Фан, 1997; Ғаниева С. Навоий насри нафосати. –Т.: ТошДШИ нашриёти, 2000 ; Имомназаров М. Навоийшуносликка кириш. – Т., 2015; Муҳиддинов М. Комил инсон – адабиёт идеали. – Т.: Маънавият, 2005; Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Фан, 2011; Олим С. Нақшбанд ва Навоий. – Т.: Ўқитувчи, 1996; Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий: манбаларнинг қиёсий- типологик, текстологик таҳлили. – Т.: Akademnashr, 2011. 4 Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Т.: Шарқ, 1998. – Б.60; Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. –Т.: O‘zbekiston НМИУ, 2014. – Б. 57. 5