SPORTGA OID TERMINLARNI QIYOSIY O‘RGANISH (KOREYS VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALLARI)
SPORTGA OID TERMINLARNI QIYOSIY O‘RGANISH (KOREYS VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALLARI) MUNDARIJA KIRISH ...................................................................................................................3 I.BOB. TILSHUNOSLIKDA SPORTGA OID TERMINLAR BILAN BOG‘LIQ ILMIY-NAZARIY QARASHLAR ………..……….…………..........7 1.1. Sportga oid terminlar tadqiqi bo‘yicha nazariy yondashuvlar .......................7 1.2. Sport terminlarining tarixiy evolyutsiyasi ....................................................17 II.BOB. KOREYS VA O‘ZBEK TILIDA SPORTGA OID TERMINLARVA ULARNING QO‘LLANILISHI ..........................................................................28 2.1. Koreys va o‘zbek tilida sportga oid terminlar va ularning xususiyati ...........28 2.2. Koreys tilida sport terminlari qatnashgan matnlar ........................................38 XULOSA ...............................................................................................................45 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........................................48 0
ANNOTATSIYA Sport hozirgi kunga kelib har bir mamlakatning taraqqiyot darajasini belgilab beruvchi hamda uni jahon reytingida yetakchi o‘rinlarni egallashini ta’minlab beruvchi juda muhim soha hisoblanadi. Ota-bobolarimiz qadimdan kurash, olimpiada o‘yinlari, qo‘l bilan mushtlashuv va shu kabi bir qator sport turlari bilan shug‘ullanib kelishganligi tufayli aynan shu sportga oid bo‘lgan terminlar jamlanmasi paydo bo‘lgan. Mazkur ilmiy ishda sportga taalluqli bo‘lgan bir qator terminlar koreys va o‘zbek tillarida qiyoslangan va tahlil qilingan. 1
KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va ahamiyati. Jahon tilshunosligi zamonaviy konsepsiyasida lisoniy hodisalarni yangi ilmiy paradigma antroposentrizm qonuniyatlari chegarasida talqin qilish, madaniyatlararo aloqalarda dunyo tillari qatorida global tillar terminosistemasi birliklarining sosiolingvistik, kommunikativ-lisoniy, lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sport konseptosferasiga mansub terminologiyani tafakkur doirasida chog‘ishtirish, terminlarning ijtimoiy shartlanganlik belgisi, ideografik funksionalligini umummilliy koliplar asosida mukoyasaviy taxlil qilish muhim dolzarblik kasb etishi bilan birga, terminlarning derivatsion qonuniyatlari, metalingvistik tizimlashtirilishi, terminologizasiyalanish dinamizmiga doir nazariyalarni ilmiy baholash imkonini beradi. Dunyo terminosferasi maydonida sport terminlari bo'lmagan tillar tizimida qo‘llanishining morfologik, lingvostilistik, leksikografik masalalariga doir ilmiy tadqiqotlarda mazkur kategoriyaga tegishli birliklarning leksik-frazeologik, universal, differensial, tavsifiy-tasnifiy belgilari mufassal o‘rganilgan. Ammo, mohiyatan va milliy tabiati jihatidan farqlanuvchi koreys va o‘zbek lingvomadaniy terminosferasi birliklarining kommunikativ-kognitiv, etnomadaniy xususiyatlari, leksik-derivativ tamoyillari, inson tafakkuriy va mantiqiy faoliyatining verballashuvi maxsuli bo‘lgan pragmatik belgilarining chog‘ishtirilishi madaniy- lisoniy voqeligida yuzaga keladigan sport terminlari shakl va mazmun chegaralarining funksional dinamizmi, polisemiya, omonimiya, variativlik qonuniyatlari doirasida terminlarning mantiqiy-konseptual qiymatini hamda istiqbollarini belgilash uchun xizmat qiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish 2
choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3775-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ 610-son Qarori, 2018-yil 10-oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi VMQ 816-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy ishi tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi koreys tilida mavjud bo lgan sportgaʻ oid terminlarni tizimli ravishda tadqiq etish, ularning semantik tasnifini amalga oshirish va ularning grammatik va leksik xususiyatlarini tahlil etishdir. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: - tilshunoslikda sportga oid terminlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlarni tahlil qilish; - sportga oid terminlarning tarixiy evolyutsiyasini o‘rganish; - koreys va o‘zbek tilida sportga oid leksikalar va ularning qo‘llanilishini tahlil qilish; - koreys tilini o‘qitishda talabalarning sportga oid yangi lug‘atlarni shakllantirish; - koreys tilida sportga oid yangi lug‘atlarni shakllantiruvchi mashqlar tizimini ishlab chiqish. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Koreys tili sport atamalari, leksikalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar soni cheklangan. Terminologiyaning tarixiy ildizlari, riivojlanish bosqichlari, terminlarning o‘ziga xosligi, ularning tasnifi va ularning tavsifi kabi masalalari tadqiqi yuzasida dunyo va shu jumladan o‘zbek tilshunoslarining hissalari ulkandir. Koreys tili umumiy atamashunosligidagi 3
maxsus leksika muammolariga, ushbu leksik birliklarning ayrim o ziga xosʻ xususiyatlariga, semantik va struktur belgilariga va tasniflanish masalalariga koreys tilshunoslaridan Van Li, Pan Wuyun, rus koreysshunoslaridan V.I.Gorelov, A.L.Semenas kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ko tarilgan. Sport ʻ terminologoyasi yo‘nalishida R.V.Vaynz 1 , R.Popov 2 , A.N.SHafoatov 3 , I.Xmelevskiy 4 , Z.Murzoyev 5 , E.Guriyeva 6 kabi chet el tilshunoslari hamda M.X.Boboyorov 7 , X.A.Sarimsoqov 8 kabi o‘zbek tilshunoslarining bu sohadagi ilmiy ishlari bilan ajralib turadi. Bunga qo shimcha tarzda, keyingi yillarda o zbek ʻ ʻ tilshunoslari tomonidan koreys tilining leksikologiyasi va morfologiyasining ba’zi masalalari bo yicha bir qator ilmiy ishlar bajarildi. Lekin shunga qaramay, koreys ʻ tilidagi aynan sport turlariga oid terminlarning yuzaga kelish sabablari, ularning tarkibiy, semantik va grammatik xususiyatlari alohida tadqiq etilmagan. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Koreys tilida sport jarayoni bilan bog‘liq terminlarning leksik-semantik jihatlari bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi. Ishga manba sifatida koreys tili lug‘atlari, hozirgi koreys matbuotida va internet saytlarida chop etilgan publitsistik maqolalar hamda jonli til materiallari jalb etildi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Koreys tilidagi sport jarayonida faol qo llanuvchi terminlarning semantik xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, kommunikativ ʻ jarayonda tutgan o rni bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi. ʻ Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 1 W ines R.W. Sporting Frenchness: Nationality, Race, and Gender at Play. A dissertation for the degree of PhD.- Michigan University, 2010. Р. 223. 2 Попов Р.В. Русская спортивная терминология: На материале баскетбольной терминосистемы: дисс. ... канд. филол. наук Северодвинск, 2003. С.168., 3 Шафоатов А.Н. Таджикская спортивная терминология: автореф. канд филол. наук Душанбе, 2009. С.28. 4 Хмелевская И.Ю. Лексикографическое представление спортивно-игровых терминов на основе сопоставительного исследования французской и русской терминосфер спортивных игр. Екатеринбург, 2006. С. 24. 5 Мирзоев 3. Спортивные термины в таджикском и английском языках: дисс канд. филол. наук. Душанбе, 2005 С. 210. 6 Гуреева Е.И.Спортивная терминология в лингвокогнитивном аспекте дисс.... канд. филол. наук Челябинск, 2007.-C. 176 7 Boboyorov M. X. Mustaqillik davridagi sport atamalarining shakllantirilishi: filol. fan. nomz. diss. avtoref. Samarqand, 2009.; 8 Sarimsoqov X.A. Ingliz va o'zbek tillarida sport terminlarining chog'ishtirish tadqiqoti: f.f.f.d. (RhD) diss. avtoref. Toshkent, 2020. - B. 50 4