logo

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlanishning pedogogik imkoniyatlari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

185.400390625 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA‘LIM FAKULTETI
Fakultetlar aro pedagogika kafedrasi
Abdukarimova Zamira Jamshid qizi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali
rivojlanishning pedogogik  imkoniyatlari 
5111700 – Boshlang‘ich ta‘lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo’yicha
bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Kafedraning 2023-yil 29-maydagi                  Ilmiy rahbar:
majlisida muhokama qilindi va                       ___________PhD. E.Abdumannotov
himoyaga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri:_____________                  Taqrizchilar:___________________
Prof, K.Xasanova                                              ______________________________
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2023-yil____iyundagi___-sonli majlisida
himoya qilindi va _________foizga baholandi
YaDAK raisi:_____________________________________
A‘zolari:_________________________________________
Samarqand – 2023
1 MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I   BOB.   BOSHLANG‘ICH   SINF   O‘QUVCHILARI   INTELLEKTINI
DIDAKTIK   O‘YINLAR   ORQALI   RIVOJLANTIRISHNING   ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI……………………………………………………….....10
1.1   O‘quvchilar   intellektini   rivojlantirishning   me’yoriy-huquqiy   va   ilmiy   nazariy
asoslari….……………………………………..…………………………………..10
I.2   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali
rivojlantirishning   amaliyotdagi   xolati …………………………………….
……….18
II   BOB.   BOSHLANG‘ICH   SINF   O‘QUVCHILARI   INTELLEKTINI
DIDAKTIK   O‘YINLAR   ORQALI   RIVOJLANTIRISHNING   MAZMUNI,
METOD,   SHAKL   VA   VOSITALARI……………………………………….
….23
2.1.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali
rivojlantirishning   mazmuni   va
moxiyati …………………………………………..23
2.2.   Auditoriyadan   tashqari   mashg‘ulotlarda   o‘quvchilar   intellektini   didaktik
o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning   samarali   metod   va
vositalari…………………….35
III   BOB.   BOSHLANG‘ICH   SINF   O‘QUVCHILARI   INTELLEKTINI
DIDAKTIK   O‘YINLAR   ORQALI   RIVOJLANTIRISH   BO‘YICHA
AMALGA   OSHIRILGAN   TAJRIBA-SINOV
ISHLARI……………………..39
3.1. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar intellektini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-
sinov   o‘tkazish
metodikasi………………………………………………………...39
3.2. Olib borilgan izlanishlar bo‘yicha tajriba-sinov ishlari taxlili……………….47
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………..….51
2 FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI……..……………………
57
ILOVALAR
KIRISH
Bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusining   dolzarbligi:   Jahon   ta’lim   tizimi   barcha
davlatlar   o‘rnak   olsa   arzigulik   darajada   rivojlangan   bir   paytda   ta’limga   nisbatan,
bolalarning   o‘qishiga   nisbatan   e’tibor   yanada   kuchaymoqda.   XXI   asrda   jahon
miqyosida   ta’limning   barqaror   taraqqiyotini   ta’minlovchi   asosiy   omil   sifatida
e’tirof etilgan tashkilot – YUNESKO tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda butun
dunyo ta’lim muhitini rivojlantirish jarayonini me’yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash va koordinatsiya qilish YUNESKO tashkiloti tomonidan bajarilmoqda.
Bu   tashkilot   barcha   mamlakatlar   uchun   global   va   huquqiy   harakterdagi   xalqaro-
huquqiy   aktlarni   ishlab   chiqmoqda.   YUNESKOning   xalqaro-huquqiy   aktlari
zamonaviy ta’limni globallashtirib, tarbiya muammolarini insoniy sivilizatsiyaning
dastlabki   darajasidan   tinchlik,   demokratiya,   insoniylik,   diniy   bag‘rikenglik,   inson
huquqlarini   hurmatlash,   boshqa   xalqlarning   tarixiy-madaniy   an’ana   va
qadriyatlarini   hurmat   qilish,   atrof-muhitni   asrashdan   iboratdir.   Ta’lim   rivojida
YUNESKOning o’rni  beqiyosdir. Ayni  vaqtda jahondagi  oliy ta’lim muassasalari
ilm-fanning   yirik   o‘choqlari   hisoblanishi   hech   kimga   sir   emas.   Shuningdek
O‘zbekistonda   ham   hozirda   yangi-yangi   oliy   o‘quv   yurtlari,   dunyodagi   yetakchi
universitetlarning   filiallari   tashkil   etilmoqda.   Misol   uchun,   so‘nggi   5   yilda
mamlakatimizda   47ta   yangi   oliy   ta’lim   muassasasi,   jumladan,   xorijiy
universitetlarning filiallari tashkil etilib oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
        So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’limga nisbatan e’tibor yildan yilga oshib
bormoqda. Ta’lim sohasidagi  islohotlar amalga oshirilib, mana shu yilning davlat
3 dasturi   qabul   qilinishi   jarayonida   ta’limga   nisbatan   mablag‘ni   katta   oshirilishi,
xususiy   institutlar,   xususiy   maktablar   ochilishi   misol   bo‘la   oladi.   Yangi   ochilgan
ta’lim   maskanlarida   dunyodagi   ta’lim   tizimi   bo‘yicha   rivojlangan   davlat
tajribalarini   singdirilganligi   kelgusida   yetuk  malakali   kadrlar   yetishib   chiqishidan
dalolatdir. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har yili yillarni nomlanishida
ham ta’limga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirilganini bilish mumkin. Jumladan hozirgi
2023-yilimiz
“INSONGA   E’TIBOR   VA   SIFATLI   TA’LIM   YILI”   deb   e’lon   qilinishi   bejiz
emas.
        Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev  “Yangi O’zbekiston strategiyasi”   kitobida
shunday   so`zlarni   ta`kidlab   o`tgan   “Jonajon   Vatanimiz   –   O`zbekistonni   eng
rivojlangan   davlatlar,   qatoriga   olib   chiqish   sharafli   va   ayni   paytda   nihoyatda
mas’uliyatli   vazifa” 1
  Biz   rivojlangan   davlatlar   qatoriga   olib   chiqishimiz   uchun
ta`lim   tizimiga   katta   e`tibor   qaratilyapdi.   Buning   dalili   sifatida   O’zbekiston
hududining har bir viloyatida “Prezident maktablari” qurilayotgani yaqqol namuna
bo‘ladi.  Shu o‘rinda Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoye v aytgan jumlalarini keltirib
o‘tishimiz   mumkin:   “Farzandlarimiz   maktabdan   qanchalik   bilimli   bo‘lib   chiqsa,
yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi,
ko‘plab   ijtimoiy   muommolarni   yechish   imkoni   tug‘iladi.   Shunday   ekan,   yangi
O‘zbekiston   ostonasi   maktabdan   boshlanadi   desam   o‘ylaymanki,   butun   xalqimiz
bu fikrni qo‘llab quvvatlaydi” 2
 [10] deydi.
             Mamlakatimiz Prezidenti rahbar sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari,
yetakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, yurtimizda
ilm-fan   rivojini   ishlab   chiqarish   taraqqiyoti   bilan   uyg‘unlashtirishga   qaratganligi
bejiz   emas.   Respublikamiz   ta’lim   tizimida   sifatni   oshirish,   bu   borada   uzluksiz
ta’lim   tizimining   muhim   bo‘g‘ini   hisoblangan   umumta’lim   maktablari
o‘quvchilarining o‘quv-tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish, o‘quvchilarga qisqa
vaqt   ichida   mazmunli   va   foydali   bilim   berish,   muayyan   faoliyat   yuzasidan   turli
1
 Shavkat Mirziyoyev-“Yangi O`zbekiston strategiyasi”
2
 Shavkat Mirziyoyev,, Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq -farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa 
taraqqiyotning kafolatidir'' Toshkent-,, O'zbekiston'' -2018 31-b
4 ko‘nikma   hamda   malakalarni   hosil   qilish,   ijodiy,   aqliy   jihatdan   intellektual
salohiyatni   egallashlari   borasida   muhim   vazifalar   amalga   oshirilmoqda.   Bugungi
axborotlashgan   jamiyat   ta’lim   sohasiga   yangiliklar   joriy   etish,   yangi   ta’lim
texnologiyalarini   qo‘llash   zamon   talabiga   aylanmoqda.   Ayniqsa,   axborotlashgan
muhitda   umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   o‘quvchilarning   intellektual   salohiyatini
rivojlantirishning   pedagogik   mexanizmlarini   takomillashtirish   masalalari   muhim
o‘rin   tutmoqda.   “O‘zbekiston   Respublikasi   oliy   ta’lim   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish   Konseptsiyasi”   sohadagi   yangi   islohotlar   uchun   debocha   vazifasini
bajarib   kelmoqda.   Ushbu   hujjatga   intellektual   taraqqiyotni   jadallashtirish,
raqobatdosh   kadrlar   tayyorlash,   ilmiy   va   innovatsion   faoliyatni   samarali   tashkil
etish  hamda   xalqaro  hamkorlikni   mustahkamlash   maqsadida   fan,  ta’lim   va  ishlab
chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar qo‘yildi.
                Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   ta’lim   sohasida   amalga   oshirilayotgan
istiqbolli   vazifalar   o‘zining   dolzarbligi   hamda   amaliy   ahamiyati   bilan   boshqa
sohalardan   qolishmaydi.   Chunki   ushbu   sohadagi   islohotlarni   yanada   keng
ko‘lamda   davom   ettirish   davr   talabidir.   Hozirgi   vaqtda   bo‘sh   o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar   soni   ko‘payib   borayotgani   hech   kimga   sir   emas.   Ayniqsa,   ushbu
moyillik   ommaviy   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   o‘rtasida   namoyon   bo‘lib
kelmoqda. Ko‘pchilik bolalar maktab ta’limi jarayonida ayrim muammolarga duch
keladilar,   asosiy   muammolar   esa   bilimlarni   o‘zlashtirish   jarayoni   bilan   bevosita
bog‘liq hisoblanadi. Maktablarda bilimlar o‘quvchilarga berilmoqda, lekin natijalar
talab   darajasida   emasligi   mazkur   ahvolga   yanada   jiddiy   e’tibor   qaratishga   va
zudlik   bilan   kerakli   chora-tadbirlarni   amalga   oshirishga   sabab   bo‘lmoqda.
Maktablarda   ishlash   jarayonida   samarali   korreksion   metodlarning   yo‘qligi   o‘qish
bilan   bog‘liq   muammolarning   ko‘payib   borayotganligi   va   o‘zlashtirishi   past
bo‘lgan o‘quvchilar sonining ortishiga olib kelmoqda.
                Mutaxasislarning   ta’kidlashicha   hozirga   qadar   hammaga   ma’qul   bo‘lgan
an’anaviy   pedagogik-psixalogik   metodlar   o‘qishda   va   korreksion   ishlarda   o‘z
kutgan natijalarini  bermayotganligi  tufayli  yangi  metodlarni  izlash  zarurati  paydo
bo‘ldi.   Ushbu   avj   olib   borayotgan   muammolarni   tezroq   oldini   olish   va   samarali
5 bartaraf   etish   masalasi   bugungi   kunning   eng   dolzarb   muammosi   bo‘lib   qoldi.
Xo‘sh,   o‘qishdagi   qiyinchiliklar   bilan   bog‘liq   muammolarga   asosan   kimlar   duch
kelmoqda?   Ular   umumiy   maktablarda   bilim   olib   kelayotgan   oddiy   sinf
o‘quvchilaridir.   Ular   ko‘pincha   bir   yoki   bir   necha   fandan   yaxshi   natijalarga   ega
bo‘lishga   harakat   qilishadi.   Lekin,   yozish,   o‘qish   va   matematika   borasida,
intellektual qobiliyat borasida sezilarli darajada muammo va qiyinchiliklarga duch
kelmoqdalar.   Shunday   ekan   o‘quvchilar   intellektini   rivojlantirish,   darslarni
o‘quvchilar   uchun   qiziqarli   va   samarali   tarzda   tashkil   qilish   uchun   nima   qilish
kerak? degan savol tug’ilishi tabiiy xoldir.
              Mamlakatimizda   ta'lim   sohasini   rivojlantirish   yuqori   cho’qqilarga   kòtarish
yoshlarni bilimli erkin fikrlaydigan, har jabhada tashabbuskor bòlib shakllanishida
butun   jamiyat   mas'uldir   desak   mubolag’a   bòlmaydi.   Shunday   ekan   ta'lim   sifatini
oshirish   yosh   avlodni   kasb-hunarga   yònaltirishdagi   ishlar   Òzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi [1],  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil 23-
sentabrdagi     “Ta lim   to‘g‘risida”gi   O‘RQ-637-son   Qonuni   [2],   O‘zbekistonʼ
Respublikasi   Prezidentining   2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan   “Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-yanvardagi  PF-
60   son   Farmoni   [3],   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   29-
apreldagi №PF-5712- sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta limi tizimini 2030-	
ʼ
yilgacha   rivojlantirish   kontseptsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risida”gi   Farmoni   [4],
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018-yil   5-sentabrdagi   “Xalq   ta’limini
boshqarish   tizimini   takomillashtirish   bo‘yicha   qo‘shimcha   chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5538-son farmoni [5], Shavkat Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi  PF-4947 sonli farmoni [6], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil   Oliy   majlisga   qilgan   Murojaatnomasi   [7],   Shavkat   Mirziyoyev   “Qonun
ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi
garovi”   mavzusidagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi     qabul
qilinganining   24   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi     ma’ruzasi   [8],
Umumiy   o‘rta   ta’limning   Davlat   ta’lim   standarti   va   o‘quv   dasturida   [9]   hamda
6 mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-xuquqiy   hujjatlarda   belgilangan
vazifalar asosida olib boriladi.
              Mana   shu   nuqtai   nazardan   kelib   chiqqan   holda   men   “Boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirishning pedagogik
imkoniyatlari” mavzusini  BMI (Bitiruv malakaviy ishi) mavzusi  sifatida tanladim
va   bu   mavzum   yuqorida   keltirilgan   me’yoriy   hujjatlarda   berilgan   vazifalarning
ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi deb o‘ylayman. 
Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi:   Narziqul   Shodiyev,   Narziqul   Muslimov,
V.M.Karimova,   E.Z.Usmonova,   B.R.Qodirov,   Z.Nishonova   va   boshqa   ko’plab
olimlar intellektni rivojlanishi bo’yicha izlanishlar olib borganlar.
            Narziqul Muslimov   –Bolani intelektual qobiliyatini texnologiya fani asosida
rivojlantirish   kerak,   u   nimanidir   yasay   olish   kerak   shunda   bola   kreativ   ijodkor
bo‘ladi deydi.
               Narziqul Shodiyev   - Bolani intellektual qobiliyatini rivojlantirish uchun uni
kasblar   olami   bilan   tanishtirish   kerak,   u   kasblar   olami   bilan   tanishsa   ertaga   men
mana   shu   kasbni   egasi   bo‘laman,   bu   kasbni   egasi   bo‘lish   uchun   menda   nimalar
bo‘lishi kerak degan fikr paydo bo‘ladi deydi. 
                Rene   Dekartning   fikricha,   yaxshi   aqlga   ega   bo‘lishning   o‘zi   kifoya   emas,
balki   uni   to‘g‘ri   qo‘llay   olish   muhimdir.   Rene   Dekart   ta'limoticha,   hamma
odamlarda   aqliy   tafakkur   qobiliyati   bir   xil.   Insonlardagi   intellektual   daraja
o‘rtasidagi farqlar esa, uslubiy fikrga bog‘liqdir deydi.
                Psixolog   olimlar   M.Akimova   va   E.Golubevalar   tadqiqotlarida   intellektni
rivojlanishi faollikka bog‘liq ekanligini isbotlab berganlar.
                  Rus   psixolog   olimlari   L.S.Vigotskiy,   O.K.Tixomirov,   B.D.Bogoyavlar
tomonidan   inson   intellektual   qobiliyatining   rivojlanishi   yosh   xususiyatlari   bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda, eng yosh bolalik chog‘lari bilan va eng qarilik chog‘larda
ham keng qamrovli fikr mulohazalarning ko‘rinishi ekanligini aniqlagan.
          Bruner tadqiqotlari davomida bolaning aqliy, kognitiv linguistik rivojlanishi
nafaqat uning mustaqil rivojlanishiga balki atrof muhit ya’ni ijtimoiy sharoitlarga
ya’ni  bola  o‘sib  ulg‘ayayotgan muhitga ham  bog‘liq ekanligini  isbotlagan. Uning
7 fikrlarini Walters ham yaxshi baholagan. U “Ko‘pgina yoshlarimiz haligacha kuch
va   siquv   ta’sirida   yashamoqdalar.   Ba’zigi   bolalarimiz   esa   maktablarida   xattoki
kattalar ham hali ko‘rmagan muomila va kunlarni ko‘rmoqdalar. Hattoki, shunday
bolalarimiz   ham   borki   ular   hamisha   taxqirlangan,   ahamiyatdan   chetda   qolgan   va
be’etibor   qoldirilgan   ularning   hammasi   hamisha   mufaqqiyat   qozonishga
loyiqdirlar”   deydi.   Men   esa   bolaning   intellektual   qobiliyatini   didaktik   o’yinlar
orqali   rivojlantirishni   tavsiya   qilmoqchiman.   Mening   BMIning   boshqalarnikidan
farqli   tomoni   ham   shunda.   Mavzu   boshlang’ich   sinflarda   aynan   didaktik   o’yinlar
orqali   o’quvchilar   intellektini   rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlarini   ochib
berishdan iborat.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi :   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini
didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
- Mavzu yuzasidan ilmiy-adabiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish.
- Boshlang’ich   sinflarda   didaktik   o'yinlarning   ta'limiy,   tarbiyaviy   va
rivojlantiruvchi   ahamiyati,   ularning   tur   va   shakllari,   ta'lim-tarbiya
samaradorligini oshirishdagi ro’lini aniqlash.
- Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   intellektual   qobiliyatni   rivojlantirishda
didaktik o‘yinlardan foydalanish
- Umumiy o‘rta boshlang‘ich ta’limda qaysi darslarda va qanday mavzularda
didaktik   o‘yinlar   orqali   o‘quvchilarning   intellektual   qobiliyatini   oshirish
imkoniyati ko‘pligini aniqlash.
- To'plangan   nazariy   ma'lumotlar   va   tajriba   natijalari   asosida   metodik
tavsiyalar berish
Tadqiqot   ob’ekti:   Samarqand   viloyati   Payariq   tumanidagi   72-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik o’yinlardan foydalanish jarayoni.
Tadqiqot predmeti:   Boshlang’ich sinflarda foydalaniladigan didaktik o'yinlarning
tur   va   shakllari,   ularning   mazmun   va   mohiyati,   ta'lim-tarbiya   samaradorligini
oshirishdagi rolini aniqlashdan iborat. 
8 Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   Bu bitiruv malakaviy ishida boshlang’ich ta’limda
“Qora   quti”,   “Bilimlar   charxpalagi”,   “Kinder   surprise”,   “Birga   yuksalamiz”
didaktik    o’yinli   texnalogiyalardan  birinchi  marta foydalanildi  va  didaktik  o’yinli
texnalogiyalardan foydalangan holda dars o’tish metodikasi ishlab chiqildi.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Tadqiqot   mavzusiga   oid
pedagogik,   metodik,     adabiyotlar   va   ta‘lim   mazmunini   yorituvchi   me‘yoriy
hujjatlarni   o‘rganish,   tahlil   qilish,   kuzatuv,   suhbat,   pedagogik   tajriba-sinov,
umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning   nazariy   ahamiyati:   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini
didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlarini   aniqlash
shakllari va metodlarini nazariy asoslash.
Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati:   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   intellektual
qobiliyatni   rivojlantirishda   didaktik   o‘yinlardan   foydalanish   bo‘yicha   ishlab
chiqilgan   metodikadan   bo‘lajak   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   foydalanishlari
mumkin.
Bitiruv   malakaviy   ishining   hajmi   va   tuzulishi:   Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi
tuzilish   jihatdan   kirish,   3ta   bob,   6   ta   paragraf,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar
ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, uning asosiy hajmi  59  betni tashkil qiladi
9 I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI INTELLEKTINI
DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI
1.1. O‘quvchilar intellektini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy va ilmiy
nazariy asoslari
                Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   intellektini   didaktik   o’yinlar   orqali
rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlari   haqida   so’z   borar   ekan,   eng   avvalo
“intellect” va “didaktik o’yin” atamalarining ma’nosiga to’xtalamiz.
                 Intellekt (lotincha intellectus– aql, idrok, zehn) – keng ma’noda: kishining
voqea-hodisa   mohiyatini   to‘laligicha   bilishiga   asoslangan   va   u   orqali   namoyon
bo‘ladigan   faoliyati;   tor   ma’noda:   insonning   tafakkur,   fikr   yuritish   salohiyati.
Intellekt   kishilarning   aql,   idrok,   zakovat,   ma’naviy   jihatdan   yetuklik   darajasini
ham   bildiradi;   tasavvur,   idrok,   sinchkovlik   orqali   jamlangan   materialni   bilish
usullari   (taqqoslash,   abstraksiya,   tushuncha,   hukm   va   hokazo.)   orqali   asosli
bilimga   ega   bo‘lish   yoki   mavjud   bilimni   tanqidiy   tahlil   etib   chiqish   qobiliyatini
ham anglatadi.            Intellektual resurs insonlarda bilim, hayotiy tajriba va idrok
hamda zehn asosida avvalo o‘z aqliy omilkorlik salohiyatini, turmush tarzini turli
yo‘nalish   va   shakllarda   yanada   boyitish,   uning   yangi   qirralarini   ochish,
mukammallashtirish   imkoniyatidir.   Inson   bosh   miyasi   qobig‘ida   o‘n   to‘rt
milliarddan   oshiq   neyronlar   mavjud.   Ularning   vazifasi   inson   faoliyatini   har
tomonlama,   to‘la   boshqarishdan   iborat.   Kishining   qilayotgan   har   bir   harakati
neyronlar faoliyati mahsulidir. Bu jahon tibbiyotida chuqur o‘rganilgan va to‘la tan
olingan   haqiqatdir.   Shuning   uchun   ham,   aytish   mumkinki,   insonning   intellektual
10 o‘zligini   namoyon   qilishida   uning   imkoniyatlari   –   resurslarining   o‘rni   beqiyos.
Lekin inson ana shu intellektual imkoniyatlar, ya’ni resurslarning bor-yo‘g‘i 4–4,5
foizidan   foydalanadi.  Shundan   4  foizini   8–11   yoshgacha   bo‘lgan   davrda   oladi   va
qolgan yarim foizini butun umri davomida qabul qiladi. Tabiatan iqtidorli kishilar
esa   o‘sha   qolgan   yarim   foiz   ma’lumotni   11   yoshidan   keyingi   umriga   to‘g‘ri
taqsimlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Inson bosh miyasining fiziologik tahlili
shuni   ko‘rsatmoqdaki,   uning   miyasidagi   intellektual   kuch   atom   yadrosidagi
beqiyos   kuchga   teng   bo‘lar   ekan.   Gap   uni   qanday   rivojlantirish   va   qay   darajada
ishlata   bilishda.   Tarixiy   manbalarning   guvohlik   berishicha,   beshikdagi   har   bir
go‘dakda   daho   bo‘lish   imkoni   mavjud.   Hamma   gap   ushbu   "daho"ni   talab
darajasida tarbiyalay olishda. Bugungi kundagi ilm-fan xulosasiga ko‘ra insoniyat
tarixida atigi 400 ga yaqin kishi daholik maqomiga sazovor bo‘lgan, xolos. Bu esa
daho   insonlarni   tarbiyalash   qanchalik   qiyin   ish   ekanini   ko‘rsatadi.   Gap   shundaki
daholarni   tarbiyalab   voyaga   yetkazishda   nafaqat   bir   oila   yoki   bir   xalqning,   balki
butun insoniyatning ma’naviy yutuq va tajribalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
          Didaktik  o’yin  -   bu  aqliy  faoliyatni  tarbiyalashning   qimmat   vositasi  bo'lib,   u
boladagi   intellektual   jarayonlarni   faollashtiradi.   Didaktik   o'yin   bolalarga   har
qanday   o'quv   materialini   qiziqarli   va   oson   o'rganishga   yordam   beradi.   Bunday
o’yinlar   bolalarning   yosh   xususiyatlariga,   aqliy   imkohiyatlariga   mos   keladigan
ta'lim berish metodidir desak ham mubolag’a bo’lmaydi. 
                  Intellektni   rivojlanishini   V.M.Karimova   quyidagicha   talqin   etadi.
Qobiliyatlar   masalasi   eng   avvalo   inson   aql-zakovatining   sifati,   undagi   malaka,
ko‘nikma   va   bilimlarning   birligi   masalasi   bilan   bog‘liq.   Ayniqsa,   biror   kasbning
egasi   bo‘lish   istagidagi   har   bir   yoshning   aqli   va   intellektual   salohiyati   uning
malakali   mutaxassis   bo‘lib   etishishini   kafolatlagani   uchun   ham   psixologiyada
ko‘proq   qobiliyat   tushunchasi   bilan   bog‘lab   o‘rganiladi.   Ilm   fandagi   an'analar
shundayki,   aql   va   idrok   masalasi,   odamning   intellektiga   bog‘liq   sifatlar   juda
ko‘plab   tadqiqotlar   ob'ekti   bo‘lgan.   Olimlar   qobiliyatlarning   rivojlanish
mexanizmlari,   ularning   psixologik   tarkibi   va   tizimini   aniqlashga,   ishonchli
metodikalar   yaratib,   har   bir   kishining   aql   sifatiga   aloqador   bo‘lgan   ko‘rsatkichni
11 o‘lchashga   uringanlar.   Ko‘pchilik   olimlar   odam   intellektida   uning   verbal,
miqdoriy,   fazoviy   ko‘rsatkichlarini   aniqlab,   ularga   yana   mantiq,   xotira   va   xayol
jarayonlari   bilan   bog‘laydilar.   Qobiliyatlar   ijtimoiy   xarakterga   ega   bo‘lib,
intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta'sir
ko‘rsatadi. Oila muhitining aql o‘sishiga ta'sirini hech kim inkor etmaydi.
              E.Z.Usmonova   inson   bilimi   qanchalik   keng   va   chuqur   bo‘lsa,   uning   aqliy
faoliyatining   tajribasi   shunchalik   mukammallikka   ega.   U   shunchalik   ko‘p   hal
etilmagan muammolarni ko‘ra oladi, ongidan shunchalik tez echimni talab etuvchi
fikriy vazifalar yuzaga keladi, deb aqliy rivojlanishni bilimlarni chuqurlashtirishga
bog‘laydi.   Aqlning   muhim   sifatlaridan   bo‘lgan   tafakkurga   alohida   urg‘u   berib,
uning   yordamida   sezgi,   idrokka   berilmagan   va   umuman   kuzatish   imkoniyati
bo‘lmagan hodisalarni aqlan hal qilish mumkinligini ta'kidlaydi.
          B.R.Qodirov o‘z ishlarida zehn, iste'dod aqliy taraqqiyot yuzasidan tadqiqot
ishlari   olib   borgan.   Hatto   bu   borada   bank   tuzishga   ham   muvaffaq   bo‘lgan.
«Intellektual   potensialni   boyitish   aqliy   zakovatni   shakllantirishning   ommaviy   va
shu   bilan   birga   an'anaviy,   hech   kimning   e'tiroziga   sabab   bo‘lmaydigan   turlariga
diqq   atni   ko‘proq   qaratish,   imkon   darajada   ular   moddiy-moliyaviy   tomonlarini
kuchaytirish,   ma'lum   yutuqqa   erishayotgan   yoshlarni   kengroq   rag‘batlantirish,
ularga   tegishli   moliyaviy   va   madaniy   muhit   yaratish   juda   katta   ahamiyatga   ega
deya ta’kidlaydi.
                    Z.Nishonova   o‘z   ilmiy   izlanishlarida   aqliy   faoliyat   usullari   va   yo‘llarini
egallash   muammosi   ilm   va   texnikaga   yangicha   zamonaviy   talablarning   ortishi,
ta'lim   metodlarining   takomillashishi,   o‘quv   dasturlari   nazariy   darajasining
kuchayishi   va   ta'limning   jadallashuvi   munosabati   bilan   muhimdir,   deydi.
SHuningdek,   u   o‘quvchilarda   aqliy   faoliyat   usullari   va   yo‘llarini   guruhiy   trening
metodi   yordamida   rivojlantirish   strategiyasini   o‘zbek   maktablari   amaliyotida
qo‘llashni tavsiya etadi.
Shuningdek,   intellektual   yoshlik   va   intellektning   rivojlanishining   yuqori   darajasi
inson salomatligining umumiy holati belgilarini taqozo etib, uning o‘zini uzoq vaqt
12 yosh   sezishini   va   o‘z   tengdoshlariga   nisbatan   yosh   ko‘rinishini   ta'minlashlari
olimlar tomonidan e'tirof etilgan.
                   Rene Dekartning (1596-1650)  fikricha, yaxshi  aqlga ega bo‘lishning o‘zi
kifoya   emas,   balki   uni   to‘g‘ri   qo‘llay   olish   muhimdir.   Rene   Dekart   ta'limoticha,
hamma odamlarda aqliy tafakkur qobiliyati bir xil. Insonlardagi intellektual daraja
o‘rtasidagi farqlar esa, uslubiy fikrga bog‘liqdir. Umuman, Dekart ilmiy uslubining
asosiy   qoidalari   shundan   iborat.   Voqelikni   bilish   va   bilimning   to‘g‘riligini
belgilashda ba'zi talablarga izchillik bilan rioya qilish o‘ta muhimdir.
Birinchidan,   biron   narsaning   shubhasiz   haqiqat   ekanligiga   ishonch   hosil
qilmaguncha   uni   haqiqat   deb   bilmaslik,   ya'ni   izchil   ravishda   shoshma-
shosharlikdan,   o‘z-o‘zini   ishontirishdan   saqlanish   kerak.   O‘z   hukmiga   shunday
narsalarni kiritish kerakki, u aqlda noaniqlikka hech qanday o‘rin qolmasin.
Ikkinchidan, o‘zi uchun qiyin narsalarni qancha talab qilinsa, shuncha bo‘laklarga
ajratishi   lozim.   Shundagina   ularni   tez   va   to‘g‘ri   hal   qilish   imkoniyati   ro‘yobga
chiqadi.
Uchinchidan, o‘z fikri yo‘nalishini  boshqara bilish muhimdir. Eng sodda va oson
bilinadigan   narsalardan   boshlab   asta-sekin,   pog‘onama-pog‘ona   tobora
murakkabroq   narsalarni   bilishga   qarab   borish   kerak.   Hatto   tabiiy   holatda   biri
ikkinchisidan keyin kelmaydigan narsalar o‘rtasida ham tartib bor, deb hisoblashni
aslo unutmaslik lozim.
To‘rtinchidan, doimo to‘liq ro‘yxat va izohlarni tuzishga e'tibor qaratmoq lozimki,
natijada hech narsa tushib qolmaganiga ishonch hosil bo‘lsin.
                  Rus   psixolog   olimlari   L.S.Vigotskiy,   O.K.Tixomirov,   B.D.Bogoyavlar
tomonidan   inson   intellektual   qobiliyatining   rivojlanishi   yosh   xususiyatlari   bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda, eng yosh bolalik chog‘lari bilan va eng qarilik chog‘larda
ham  keng  qamrovli  fikr   mulohazalarning  ko‘rinishi   ekanligini  aniqlagan.  Bundan
tashqari,   odam   miyasi   hamma   vaqt   mashq   qilib   turishni   taqozo   qilib,   faol   aql
barcha fiziologiyani muvozanatda ushlab turadi deydi.
                  Psixolog   olimlar   M.Akimova   va   E.Golubevalar   tadqiqotlarida   intellektni
rivojlanishi faollikka bog‘liq ekanligini isbotlab berganlar. Intellektual faollikning
13 yetishmovchiligi   bosh   miyaning   qon   bilan   ta'minlash   darajasining   pasayishi   o‘z
navbatida  intellektning  holatiga,  shuningdek,   xotirasiga   ta'sir  qilishga   olib  keladi.
Xotiraning holati intellektning rivojlanish darajasi bilan tig‘iz bog‘liq bo‘lib, inson
intellektual   qobiliyatining   harakatlanishi   to‘la   bo‘lmasligi   -   bu   xotiraning
pasayishini birinchi belgisi hisoblanadi.
                 M.K.Akimovaning fikricha,  intellekt  asosini  ayni  shu aqliy faollik tashkil
etadi,   ayni   vaqtda   u   o‘zini-o‘zi   boshqarish   sifatida   faqat   vazifani   hal   etish   uchun
zarur bo‘lgan faollik darajasini ta'minlaydi. 
           E.A.Golubeva ham ana shu fikrga qo‘shilib, faollik va o‘z-o‘zini boshqarish
intellektual   samaradorlikning   tayanch   omillaridan   biri   ekanligini   ta'kidlaydi   va
bunga yana mehnat qobiliyatini ham qo‘shadi.
Brunerning   ishini   boshqa   bir   ko‘rinishi   bolalarning   maktab   muhitidan   tashqarida
va   maktab   hududida     qanday   bilim   olishini   ko‘rsatib   beradi.   Bruner   tarbiya   va
ta’lim   olishning   xususiyatlarini   tadqiq   eta   boshladi.   Natijada   tadqiqot   tobora
siyosiylashib boradi. 
                          Yana   bir   olim   -   Brunerning   so‘ngi   ishlarida   uning  tarbiya   va  ta’limni
ko‘pincha   siyosiy   yo‘l   bilan   tadqiq   qilganini   ko‘rishimiz   mumkun.   1996   yilda
yozilgan   “Ta’lim   va   tarbiya”   kitobida   Bruner   o‘z   ishlarini   na’zariy   sayohat
atamasi   sifatida   tasvirlaydi.   Bu   atama   bir   xil   tarixiy   davr   mobaynida   ko‘p   sonli
maktab   o‘qituvchilarini   jamlaydi   deyish   mumkin.     Bu   sayohat   Piadget   va
Vigotskiyniki kabi Brunerning ishi bilishning quyosh va intrafizik jarayonlari kabi
pedagogikada   ham   muhim   rol   o‘ynadi.   Bu   jarayon   bolalarni   maktabda   ta’lim
olishlariga   tarbiyaning   qay   darajada   ta’sir   etishini   isbotlangandan   so‘ng     jadal
ravishda rivojlandi.  Ayniqsa, bu kashfiyot tufayli kuch ishlatish, rasizm va ajratish
(separatizm)   larning   bolaning   ruhiy   va   aqliy   rivojlanishiga   ta’siri   yoritildi.
Kashfiyot   tufayli   yana   bir   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   Brunerning   tahlili   tufayli
bolaning   aqliy,   kognitiv   linguistik   rivojlanishi   nafaqat   uning   mustaqil
rivojlanishiga     balki   atrof   muhit   ya’ni   ijtimoiy   sharoitlarga   ya’ni   bola   o‘sib
ulg‘ayayotgan   muhitga   ham   bog‘liq   ekanligi   isbotlandi.   Shu   nuqtai   nazardan
Bruner Piajeni tanqid qildi.   Brunerning tushunchalarini  Walters yaxshi  baholadi.
14 (2011)   “Ko‘pgina   yoshlarimiz   haligacha   kuch   va   siquv   ta’sirida   yashamoqdalar.
Ba’zigi bolalarimiz esa maktablarida xattoki kattalar ham hali ko‘rmagan muomila
va   kunlarni   ko‘rmoqdalar.   Hattoki,   shunday   bolalarimiz   ham   borki   ular   hamisha
tahqirlangan,   ahamiyatdan   chetda   qolgan   va   be’etibor   qoldirilgan.   Ularning
hammasi   hamisha   muvaffaqiyat   qozonishga   loyiqdirlar.   Ularni   har   birini
rivojlantirish   maktablarining   vazifasimi   yoki   milliy   dasturlar   yaratish   ma’qulmi?
deydi.   Waltersning   javobida   bolaning   bilim   olishida   qisman   bo‘lsa   ham
muvaffaqiyat   qozona   olishi   uchun   dasturning   ahamiyati   kattaligi   keltirib   o‘tiladi.
Brunerning ta’lim jarayonida kuch ishlatilishi va tarbiya ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari
1970-yillardayoq   o‘z   ifodasini   topgan   edi.   Uning   “Kuch   va   bolalik”   kitobida
masalan: “U ta’kidlaydiki doimiy tazyiq va kuch ishlatilishi tarbiyaga o‘z ta’sirini
o‘tkazmay   qolmaydi 3
.   Yutuqlar   esa   juda   kam   va   unchalik   ahamiyatsiz”   bo’lib
qoladi deya ta’kidlaydi. 
         O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning 2023 yil  uchun
Murojaatnomasida   2023   yilga   yurtimizda   quyidagi   fikrlarni   keltirib   o’tadi.   Biz
Yangi   O‘zbekistonni   “ijtimoiy   davlat”   tamoyili   asosida   qurishni   maqsad
qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu, eng
avvalo,   inson   salohiyatini   ro‘yobga   chiqarish   uchun   teng   imkoniyatlar,   odamlar
munosib   hayot   kechirishiga   zarur   sharoitlar   yaratish,   kambag‘allikni   qisqartirish,
demakdir.   Shu   bois,   birinchi   navbatda,   e’tiborni   Yangi   O‘zbekiston   uchun   eng
katta   investitsiya   bo‘lgan   ta’limni   qo‘llab-quvvatlashga   qaratamiz.   “Najot   –
ta’limda,   najot   –   tarbiyada,   najot   –   bilimda.   Chunki,   barcha   ezgu   maqsadlarga
bilim   va   tarbiya   tufayli   erishiladi”.   Ma’rifatparvar   jadid   bobolarimizning   bu
so‘zlari   deputat   va   senatorlarimiz,   siyosiy   partiyalar,   mahalliy   kengashlar,   butun
davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak. Shu bois,
maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish,
muallimlarning   sharoitlarini   yaxshilash   2023   yildagi   eng   asosiy   vazifalarimizdan
biri   bo‘ladi.   O‘qituvchilarning   maqomini,   ularning   sha’ni   va   qadr-qimmatini
himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman. Kelgusi
3
 Bruner “Kuch va bolalik” kitobi
15 yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar
bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda ular xalqaro ekspertizadan o‘tib,
o‘zimizda sinovdan o‘tkazilmoqda. Lekin yuqori sinflarda-chi? Ochiq aytish kerak,
ularda berilayotgan ta’lim va tarbiya sifati, o‘qituvchilarning bilimi va mahoratini
talab darajasida, deb bo‘lmaydi 4
. deydi. Bularning barchasi yosh o’sib kelayotgan
avlodning   intellektual   qobiliyatlarini   rivojlantirish,   ularni   davlat   ta’lim
standartlariga   javob   bera   oladigan   kardlar   bo’lib   yetishishlari   uchun   qilinayotgan
ishlardir. Shu o’rinda  ta’lim sohasidagi islohotlardan yana birini keltirib o’tsak.
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   Prezidentimiz   rahbarligida   kompyuter
texnologiyalaridan   foydalanishga   katta   e'tibor   berilmoqdaki,   inson   o'z   faoliyatida
kompyuter texnologiyalarini o'zlashtirishda foydalanuvchi sifatida o'zini namoyon
qilish shart bo'lib qolmoqda. Chunki insoning butun hayoti axborotni saqlash, uni
qabul qilishdan iborat. Ammo inson miyasi  qanchalik mukammal  bo'lmasin, juda
katta   miqdordagi   axborotlarning   hammasini   xotirasida   saqlay   olmaydi   va   kelajak
avlodga   to'liq   yetkazib   bera   olmaydi.   Shuning   uchun   axborot   texnologiyalardan
foydalanishga   zaruriyat   tug'iladi.   Darhaqiqat,   axborot   texnologiyalari   fan-
texnikaning   muvaffaqiyatli   rivojlanishini   ta'minlash,   o'quvchilarning   innovatsiya
va   intellektual   faoliyatini   rivojlantirish   asosini   tashkil   etadi.   Shu   jihatdan   ham
ta'lim   va   tarbiya   jarayonida   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   ta'lim
samaradorligini   oshirish   uchun,   avvalo,   axborot   texnologiyalari   fanini   o'rgatish
lozimligini   keltirib   chiqardi.   Shuning   uchun   boshlang'ich   sinf   o'quvchilarida
kompyuter   bilan   ishlash   ko'nikmasini   shakllantirish   zarur   bo'ladi.   Mazkur
muamoni hal etish maqsadida  Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 125-sonli
"Umumiy   o‘rta   ta'lim   maktablari   uchun   2023-2024   o‘quv   yiliga   mo‘ljallangan
tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risidagi" buyrug‘i e'lon qilindi.  Unga ko‘ra: -
2023-2024   o‘quv   yilidan   boshlab   umumiy   o‘rta   ta'lim   maktablarining   1-sinfida
"Informatika va axborot texnologiyalari" fani joriy qilinadi. Buyruqda ko'rsatilgan
vazifalarni   bajarish,   ya'ni   boshlang'ich   ta'limda   kompyuter   va   axborot
texnologiyalaridan foydalanish tizimini ishlab chiqish, o'quvchilarning kompyuter
4
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil uchun Murojaatnomasi
16 savodxonlik darajasini oshirish lozimligini anglatadi. Chunki, boshlang'ich ta'limda
o'qitiladigan   bu   fan   axborot   texnologiyalari   bilan   qurollanish   yo'llarini   o'rgata
oladi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi yordamida hisoblash, yozish, o'qish,
o'rganish,   gapirish,   chizish,   maketlar   tayyorlash,   axborot   qabul   qilish,   qayta
ishlash,o'ynash   mumkin.   Shu   jihatdan   ham   boshlang'ich   sinflarda   fanlarni
o'qitishda   multimedia   vositasida   tabiat   hodisalarini   namoyish   qilishda,
o'quvchilarning bilim, ko'nikma va 
malakalarini nazorat qilishda,  o'zlashtirishda  foydalaniladi. O’quv rejaga muvofiq
2023-2024-o‘quv   yili   davomida   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   o‘quvchilarida
zamonaviy   ko‘nikmalarni   shakllantirishga   alohida   e’tibor   qaratiladi:   ularda   –
jamoa   bo‘lib   ishlash   qobiliyatini   shakllantirish;   muloqot   qilish   ko‘nikmasini
rivojlantirish;
o‘z   maqsadiga   erishish   yo‘lida   yangiliklarga   qo‘l   urish,   yangi   g‘oyalar   ishlab
chiqish   va   muammolarni   hal   qilish;   tanqidiy   fikrlash   –   o‘z   mustaqil   fikriga   ega
bo‘lish   va   uni   ifoda   etish,   masalaga   tanqidiy   yondashish   kabi   qobiliyatlar
shakllantiriladi. 
              Binobarin,   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev:   Biz
ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida   takomillashtirishni   o'zimizning   birinchi   darajali   vazifamiz   deb   bilamiz,
deya alohida qayd qilib o'tadilar. 5
             Mamlakatimizda  ta’limga nisbatan,  bolalarning o’qishiga  nisbatan ko’pgina
islohotlar   amalga   oshirilayotgan   bir   paytda   maktab   ta’lim   tizimlarida   ba’zi
o’quvchilarning   bilim   darajasi   davlat   ta’lim   standartlarida   belgilab   qo’yilgan
talablarga javob bermaydigan xolatlar ham uchrab turadi. Bunday xolatlarni oldini
olish   uchun   biz   pedagoglar   ham   o’z   ustimizda   tinimsiz   o’qib   izlanishimiz   kerak.
Odatdagi   ta’lim   tizimi   o’quvchilarni   qiziqtira   olmay   qoldi.   zamonaviy   pedagogic
texnologiyalardan   foydalanga   holda   dars   o’tilsagina   o’quvchilar   darsga   qiziqish
5
 Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga 
bagʻishlangan tantanali  marosimdagi ma’ruzasi.    
Podrobneye:https://www.norma.uz/oz/muhim_voqealar/qonun_ustuvorligi_va_inson_manfaatlarini_taminlash_-
_yurt_taraqqiyoti_va_xalq_faravonligining_garovi
17 bildirishmoqda. Mana shunday jarayonda ta’lim berishning samarali metodlaridan
biri hisoblanmish didaktik o’yinlar yordamga keladi.
                Boshlang’ich   ta’lim   yoshidagi   bolaning   rivojlanishi   uning   uchun   tabiiy,
jozibali faoliyat shaklida – ya’ni o‘yin faoliyatida amalga oshirilishi kerak . O‘yin
g‘oyasiga   berilib   ketgan   bola,   bilimlarni   amalda   qo’llashda   qiyinchiliklarga   duch
kelsa  ham, "o‘rganayotganini" sezmaydi.  Pedagogik jarayonda o‘quv o‘yinlari  va
boshqotirmalardan   foydalanish   ta'lim   faoliyatida   faollikni   oshirish,   diqqatni
jamlash,   intellektual   qobiliyatni   rivojlantirish   imkonini   beradi.   O‘qituvchi   faqat
bundan samarali tarzda foydalanishi kerak.
         
I.2 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali
rivojlantirishning amaliyotdagi xolati
              Didaktik   o‘yinlar   texnologiyalari   o‘quvchi   faoliyatini   faollashtirish   va
jadallashtirishga   asoslangan.   Ular   o‘quvchi   shaxsidagi   ijodiy   imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqaradi va rivojlantirishning ommaviy yechimlarini aniqlash va amalga
oshirishda katta ahamiyatga ega.
      Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda
aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,
psixologik, estetik, badiiy, tadbirlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi.
        Ba’zi o’quvchilar oddiy kundalik darslarda foydalaniladigan an’anaviy ta’lim
usullaridan qoniqib o‘qiydi, ba’zilari amaliyotni ma’qul ko‘radi ya’ni ularga ming
marta tushuntirgandan ko’ra bir marta amaliy bajarib ko’rgani ma’qulroq bo’ladi,
ba’zilari esa darslarda turli zamonaviy texnologiyalar, didaktik o’yinlar, muammoli
vaziyatlarni   xush   ko‘radi   va   o‘shanga   qarab   intiladi.   O’quvchilar   turli   xil   usullar
orqali   ta’lim   olishlari   o‘ta   muxim   hisoblanadi.   Birxillikdan   tez   zerikishadi.
Darslarda o’yinlar orqali ta’lim jarayonini tashkil  etish ba’zilarning nazarida dars
faoliyatidan   tashqariga   chiqib   ketib   o’yin   faoliyatiga   o’tib   ketgandek   tuyulishi
mumkin.   Aslida   bunday   emas!   Har   bir   dars   davlat   ta’lim   standartlaridan   chetga
chiqmagan   xolda   tashkil   etiladi.   O’yinlar   esa   darslarga   o’quvchilar   diqqatini
18 yanada   yaxshiroq   jalb   qilish,   ularda   kommunikativlik   qobiliyatini   shakllantirish,
zukkolik,   chaqqonlik,   do’stga,   vatanga,   sadoqat,   mardlik,   oldiga   qo’ygan
maqsadiga   erishmaguncha   ortga   chekinmaslik   va   hokazo   shu   kabi   ko’plab
fazilatlarni   rivojlantirishda   yordam   beradi.   Ta’lim-tarbiya   jarayonida   asosan
o‘quvchilarda   ta’lim   olish   motivlarini,   ularning   turli   yo‘nalishdagi   qobiliyat   va
qiziqishlarini   oshiradigan,   biror   kasbga   moyilliklarini   ko‘rsatadigan   didaktik
o‘yinlardan foydalaniladi.
            Didaktik   o‘yinlar   nazariy,   amaliy,   jismoniy,   rolli,   ishchanlik   va   boshqa
yo‘nalishlar   bo‘yicha   turlarga   ajratiladi.   Hozirda   kompyuter   vositasidagi   didaktik
o‘yinlar ham alohida ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish,
mantiqiy   fikrlash,   tadqiq   qilish,   hisoblash,   o‘lchash,   yasash,   sanash,   kuzatish,
solishtirish,   xulosa   chiqarish,   mustaqil   qaror   qabul   qilish,   guruh   yoki   jamoa
tarkibida ishlash, axloq-odob o‘rgatish, nutq o‘stirish, til  o‘rgatish, yangi  bilimlar
o‘rgatish   va   boshqa   faoliyat   turlarini   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan   o‘yinlarga
ajratiladi.
            Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   intellektini   didaktik   o’yinlar   orqali
rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlari   mavzusi   yuzasidan   olib   borilgan
tadqiqotning dorzarbligi shundaki o‘qituvchi darsni o‘yinli usullar hamda vositalar
bilan   olib   borsa,   auditoriyada   o‘tirgan   o‘quvchilarning   yodida   uzoq   vaqt
ko‘tarilmaydigan darajada qoladi, hamda qaysi paytda so‘ralsa ham o‘sha vaqtdagi
syujet ko’z oldiga kelib   javob berishga harakat qiladi. Xo’sh, o’quvchini birinchi
navbatda   nima   esda   qoladi?   Albatta   ko‘rgan   va   eshitgan   hayotiy   voqealiklar.
Ularga   ishonadi   va   shunga   qiziqadi   bu   o‘z   navbatida   fanga   ham   shunday
qiziqishlari   va   o‘zlashtirishlari   namoyon   bo‘lishiga   olib   keladi.   Shu   o’rinda
o’qituvchi   didaktik   o’yinlardan   foydalanar   ekan,   uning   oddiydan   murakkab
prinsipga o’tishiga amal qilishi lozim. Bu o’quvchilar qiziqishini yanada ortishiga
va   intellektual   qobiliyatlarini   rivojlanishiga   hamda   o'yinning   har   bir   qoidasini
tinglay   bilish   va   unga   rioya   qilishiga   erishish   imkonini   beradi.   Didaktik   o'yinlar
o'zining   shakli   jihatidan,   asosan,   bog’chada   o'ynaladigan   ijodiy   o'yinlardan   ham,
o'qituvchi   o'zi   hikoya   qilib   berish   yo’li   bilan   tushintiradigan   va   o’quvchilarni
19 birma-bir   so’rab   chiqish   natijasida   mustahkamlanadigan   o'yinlardan   ham   bir
muncha farq qiladi. Bunday o’yinlar o’qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli,
maroqli,   tushunarli   darajada   olib   boriladi.     Musobaqa   tarzida   o’tkaziladigan
didaktik o’yinlarda  bolalar g’olib chiqish maqsadida jon-dili bilan mashq qiladilar,
berilgan   har   bir   topshiriqni   albatta   bajarishga   xarakat   qiladilar,   natijada   ularda
didaktik o’yin topshiriqlarini bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi.
             Didaktik o’yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsadi va
vazifalarini   yaxshiroq   tushinib   olishga   yordam   beradi.   Shu   o’rinda   Edvard
Bolesning  quyidagi  gaplarini  misol  keltirishimiz mumkin:  “Biz  nimani  tushunsak
uni eslab qolamiz, biz faqatgina nimaga e’tibor qaratsak o‘sha narsani tushunamiz
va   biz   nimaga   qiziqsak,   aynan   o‘shanga   e’tiborni   qaratamiz ” 6
.   Shunday   ekan
darslarda o’quvchilar intellektini rivojlantirish uchun avvalo o’quvchilarda darsga
bo’lgan   qiziqishni   uyg’otishimiz   kerak.   Bunda   bizga   didaktik   o’yinlar   yordamga
keladi.   O’yinlar   orqali   darslarga   qiziqish   uyg’otib,   bolalar   diqqatini   jamlab   har
qanday bilim tushunchalarni o’qituvchi tomonidan berib borilishi ijobiy natijalarga
olib   keladi.   Shu   o’rinda   savol   tug’iladi   bugungi   kunda   boshlang’ich   sinf
o’quvchilari   intellektini   didaktik   o’yinlar   orqali   rivojlantirishning   amaliyotdagi
holati   qanday?   Bugun   o’qituvchilar   o’z   darslarida   qanday   didaktik   o’yinlardan
foydalanayabdi?   Boshlang’ich   ta’limda   o’qiyotgan   boshlang’ich   sinf
o’quvchilarining intellektual rivojlanganlik qobiliyati qay darajada? Mana shunday
savollarga   javob   topish   maqsadida   tadqiqotimiz   davomida   amaliyotdagi   holatni
ma’lum   darajada   o’rganib   chiqishga   qaror   qildik.   Buning   uchun   Samarqand
viloyati   Payariq   payariq   tumaniga   qarashli   72   -   umum   ta’lim   maktabining
boshlang’ich   sinflarini   dars   jarayonini   tadqiqotimiz   obyekti   sifatida   tanlab   oldik.
72-maktabda boshlang’ich sinf darslariga kirib dars jarayonini kuzatdik, o’qituvchi
va   o’quvchilar   bilan   savol-javoblar,   suhbatlar,   so’rovnomalar   o’tkazdik.
Kuzatishlarimiz   natijasi   shuni   ko’rsatdiki,   o’qituvchilar   o’quvchilarga   dars   berish
jarayonida   asosan   an’anaviy   ta’lim   tizimiga   suyanib   qolishgan.   45minutlik   dars
6
 Shoxrux - Mirzo Rahmonov “Mukammal xotira yoxud miyyangiz qobiliyatlarini qayta kashf qiling” Toshkent-2014. 
57-bet.
20 davomida     o’quvchilarga   ko’p   beriladigan   topshiriqlar   o’tir,   chiz,   yoz,   o’qi   bilan
kifoyalanib qolmoqda.
An’anaviy ta’lim tizimi o’zining afzalliklari: qisqa vaqt ichida jamlangan shaklda
talabalarni   fan   asoslari   bilimlari   va   faoliyat   uslublari   namunalari   bilan
qurollantirish   imkonini   berishi;   bilimlarni   o'zlashtirishning   mustahkamligini   va
amaliy   ko'nikma   va   malakalarning   tez   shakllanishini   ta'minlashi;   bilim   va
malakalarni o’zlashtirish jarayonini bevosita boshqarish bilimda bo’shliqlar paydo
bo’lishining   oldini   olishi   kabi   xususiyatlari   bilan   o’qituvchilar   uchun   dars
jarayonida   qulay   bo’lsada,   ammo   uning   o’ziga   yarasha   kamchiliklari   ham   yo’q
emas. Bularga quyidagilar kiradi:
- fikrlashdan   ko'ra   xotiraga   ko'proq   e'tibor   qaratish   ("xotira   maktabi")   deb
atash ham bejiz emas.
- ijodkorlikni, mustaqillikni, faollikni rivojlantirishga ko'p hissa qo'shmaydi;
- axborotni   idrok   etishning   individual   xususiyatlari   yetarlicha   hisobga
olinmagan;
- o’qituvchi   va   talabalar   o’rtasidagi   munosabatlarning   subyektiv-obyektiv
uslubi ustunlik qiladi
Ushbu   turdagi   ta'limning   muhim   kamchiliklari   orasida   fikrlashdan   ko'ra   xotiraga
ko’proq   e’tibor   qaratishdir.   Bugungi   kunda   dars   jarayonida   qanday   o’quvchilar
a’lochi  deb o’ylaysiz?  Albatta kuchli  xotiraga ega bo’lgan o’quvchilar. Darslarda
o’quvchilarga   qo’yiladigan   asosiy   talablar   qo’shish,   ayirish,   eslab   qolish,   yoddan
aytib   berish   (mavzuning   mohiyatiga   tushunmasa   ham)   kabilar   bilan   chegaralanib
qolmoqda.   Shuning   uchun   ham   “Xotira   maktabi”   deb   atashadi.   Amaliyot   shuni
ko’rsatdiki, o’quvchilarga uzatilayotgan ma'lumotlarning miqdori  uni o'zlashtirish
imkoniyatlaridan   oshadi.   O’zlashtirish   darajasining   yuqori   bo’lishi   uchun   turli
xildagi   zamonaviy   ped   texnologiyalar   va   didaktik   o’yinlardan   foydalanib   dars
jarayonini   tashkil   qilsa   ta’lim   jarayoni   yanada   samaraliroq   bo’ladi.   Bundan
tashqari   darslarda  ijodkorlikni,  mustaqillikni, faollikni  rivojlantirishga  e’tiborning
kamligi   ham   bolalarning   intellektual   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Dars
jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar  o‘rtasidagi  munosabatlarning sub’ekt-obyekt
21 uslubi   ustunlik   qilishi   ham   o’quvchilarning   o’z   fikrlarini   to’liq   namoyon
qilishlariga to’sqinlik qiladi. Shunday ekan o‘quvchilar darsni yaxshi o‘zlashtirishi
uchun   nima   qilishimiz   kerak?   Buning   uchun   o‘quvchilarni   shunday   o‘qitishimiz
kerakki,   ular   berilgan   vazifani   tushunmasdan   yodlab   kelmasin,   balki   ma’nosini
tushunib   yetsin.         Bunda   bizga   turli   xildagi   didaktik   o‘yinlar,   interfaol   metodlar
yordamga   keladi.   Dars   jarayonida   didaktik   o‘yinlardan   foylanish   orqali   biz
o‘quvchilar intellektini rivojlantiramiz, darsga bo‘lgan qiziqishini oshiramiz, olgan
bilimlarni   amalda   qo‘llashni   o‘rgatamiz,   o‘quvchilar   faolligini   oshiramiz,
ko‘zlagan  maqsadiga   erishish   uchun kurashishi,  harakat   qilishi   kerakligini   anglab
yetadi,   hayot   doim   bir   tekis   emasligi   baland   pastliklardan   iboratligini   anglab
yetishadi,
hamjihatlik,   do‘stga   sadoqat   tushunchalari   shakllanadi.   Sog‘lom   bola   bu   -   yaxshi
o‘ynaydigan,   yaxshi   gapiradigan,   yaxshi   chizadigan   boladir   deb   bejizga
aytishmagan   dono   xalqimiz.   Tadqiqotlarimiz   davomida   shu   ma’lum   bo’ldiki,
bugun   o’qituvchilarimiz   ham   ma’lum   bir   darajada   didaktik   o‘yinlar   bolaning
intellektual qobiliyatini oshirishidan xabari bor, lekin amalda foydalanmaydi. Shu
o’rinda   bugun   o‘quvchilar   nima   uchun   maktabda   uchinchi   to‘rtinchi   soatgacha
o‘tirmay   qochib   ketayabdi   yoki   darsga   bo’lgan   ishtiyoqi,   qiziqishi   past.   Ba’zi
hollarda   darsga   bormaslik   uchun   turli   bahonalar   qiladigan   bolalarni   ham
uchratishimiz mumkin.   Nega maktab o‘quvchini xuddi Kontr strayk o‘ynaydigan
kompyuter   xonasiday   yoki   axborot   almashish   vositalari     telefon,   televizor   kabi
o‘ziga   torta   olmayabdi   degan   savol   tug’ilishi   tabiiy.   Biz   bu   savolni   javobini   olib
borgan   kuzatishlarimiz   davomida   topishga   harakat   qildik.   O’qituvchilar   va
o’quvchilarning   shaxsiy   fikrlarini   bilish   uchun   o’tkazilgan   so’rovnomalardagi
savollar   safiga   mana   shu   savolni   kirgizib   o’tdik.   Ularning   bergan   javoblari   bilan
keyingi   boblarda   tanishib   chiqishingiz   mumkin.   Tadqiqotchi   talaba   hamda
pedagog sifatida mana shu savolga o’z fikr mulohazalarimni ham keltirib o’tishni
joiz   topdim.   Darslar   nega   o’quvchilar   uchun   zerikarli   bo’lib   bormoqda.   Bunga
asosiy   sabab   pedagog   o’z   ustida   ishlamay   qo’ygani,   yangi   pedagogik
texnologiyalardan foydalanmayotgani bo’lishi mumkin.         
22                      Hammamizga ma’lumki, darslarda qandaydir yangilik yangi metod, yoki
o’yin texnalogiyalaridan foydalanish uchun o’qituvchilardan ko’proq mehnat talab
qilinadi.   Bunday   darslarni   tashkil   etish   uchun   o’qituvchi   o’z   ustida   ko’proq
ishlashi va darslarga oldindan tayyorlanishi kerak bo’lsa dars uchun zarur bo’lgan
ko’rgazmali   qurollar,   multimedia   vositalarini   tayyorlashi   kerak.   Bu   esa   ba’zi
o’qituvchilarga   yoqmasligi   yoki   vaqt   topa   olmasligi   mumkin.   Bunday   vaziyatda
o’qituvchilar   uchun   eng   oson   usuli   an’anaviy   ta’limda   dars   o’tish   bo’lib   qoladi.
Natijada o’quvchilar darslardagi bir xillikdan zerikadi va darsdan qochish holatlari
kuzatilishi   mumkin.   Agar   darslar   yangi   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar
asosida,   o’yin   texnologiyalarini   qo’shgan   xolda   mahoratli   pedagog   tomonidan
o’tiladigan   bo’lsa   yuqorida   keltirilgan   holatlarni   hech   biri   kuzatilmaydi.
O’quvchilar   esa   mana   shunday   o’tiladigan   darslarni   intiqlik   bilan   kutishadi,
darslarda faol bo’lishadi.
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI INTELLEKTINI
DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI,
METOD, SHAKL VA VOSITALARI
2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali
rivojlantirishning mazmuni va moxiyati
                    Didaktik   o‘yinlar   qoidali   o‘yinlar   jumlasiga   kiradi   va   rolli   o‘yinlarni
rivojlantirish   predmeti   hisoblanadi.   Bunday   o‘yinlar   asosini   bilishning   u   yoki   bu
mazmunini,   o‘yinning   borishini   belgilaydigan   harakatlarni   bajarishga   qaratadigan
aqliy   va   irodaviy   urinishini   tashkil   etadi.   Didaktik   o‘yinlarda   asosiy   fikrlash
jarayonlari - tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish va hokazolar takomillashadi.
Bunday   o‘yinlar   ta'lim   jarayonida   bolalarni   o‘qitish,   tarbiyalash   va   kamol
toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin payti bolaning ijobiy ish faoliyatini
kuchaytiradi,   ixtiyoriy   diqqatini,   xotirasini   takomillashtiradi.   O‘yinda   o‘quvchilar
o‘zlari   sezmagan   holda   juda   ko‘p   harakatlarni,   mashqlarni   bajaradilar,   turli
masalalarni yechadilar.
Didaktik o‘yinlarga qo‘yiladigan talablar:
23 1. Didaktik   o‘yinlar   o‘quv   predmetlari   bo‘yicha   dastur   materialiga   muvofiq
yo‘sinda tanlanishi lozim.
2. Didaktik   o‘yin   unda   qatnashuvchilarga   bilimlar   bo‘yicha   ma'lum   talablar
qo‘yiladigan yo‘sinda ishlab chiqilishi kerak.
3. Didaktik   o‘yinning   muvaffaqiyatli   o‘tishi   uning   maqsadini   yaqqol
aniqlashiga   bog‘liq.   Chunki   bunda   o‘quvchilarning   fikrini   maqsadli
yo‘nalishga solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati
tug‘iladi.
4. O‘yinlarni   tanlashda   ma'lum   izchillikka   rioya   qilish   ham   zarur.   Mazmunan
qiyin   o‘yinlardan   oldin   osonroq   o‘yinlarni   o‘tkazib,   o‘quvchilarni
navbatdagi o‘yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil,
sintez,   taqqoslash,   tasniflashda   mavhumlashtirish,   muayyanlashtirish,
umumlashtirish   singari   aqliy   operatsiyalarni   asta-sekin   murakkablashtirib
borish shart.
5. Didaktik   o‘yinlarning   qoidasini   va   tashkil   etilishini   tuzish   va   ishlab
chiqishda o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning turli (bo’sh va
kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak.
6. O‘yinning qoidalari sodda, aniq bo‘lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
7. Har bir o‘quvchi butun o‘yin jarayonida faol ishtirok etishi, o‘z "navbatini"
uzoq kutish o‘yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik kerak.
8. Har   bir   o‘yinga   umumiy   va   yakka   tartibda   yondashish,   undagi
topshiriqlarning   qiyinlik   darajasini   va   qanchasi   mustaqil   holda   bajarilishini
hisobga olish kerak.
Ma’lumki,   bоlalar   оdatda   jim   o‘tira   оlmaydilar   va   dоimо   harakatda   bo‘ladilar.
O‘yin   bоlalarning   tabiiy   hamroxi   bo‘lib,   ularga   mamnunlik   va   quvоnch   baхsh
etadi. Bоlalar o‘yin оrqali dunyoni, ya’ni tеvarak-atrоfni biladilar, mеhnat qilishni
o‘rganadilar,   ya’ni   tarbiyalanadilar.   Ular   o‘yinlarda   o‘zlari   sеvgan   qahramоnlar
qiyofasi   va   hоlatiga   kirib,   rоstgo‘ylik,   ziyraklik,   chaqqоnlik,   bardоshlilik,
tadbirkоrlik va g‘alabaga intilish kabi fazilatlarni namоyish qiladilar.
24            Bоlalarning barcha o‘yinlari o‘ziga хоs jоzibaga ega va shuning uchun ular
zo‘r   ishtiyoq   bilan   o‘ynaydilar.   O‘yin   bolalarning   organizmida   katta   o‘zgarishlar
ro‘y berishiga ham sabab bo‘ladi. O‘yinda vujudga keladigan vaziyatlar bolalardan
turli masalalarni tezkorlik bilan hal etishni talab qiladi. Shunday paytlarda bolalar
o‘zining barcha imkоniyatlarini ishga sоlib, mushkul ahvоldan qutulishga tirishadi.
Shuning   uchun   o‘yinlar   bоlalarning     o‘sishida     muhim     o‘rin     tutadi,   ularni
mustaqillikka undaydi. O‘yin qоidalari asrlar davоmida хalq tоmоnidan yaratilgan,
binоbarin, o‘yinning tarbiyaviy ahamiyatiga ko‘prоq e’tibоr bеrilgan. Shunga ko‘ra
marоq bilan ko‘p o‘ynaydigan bоlalar zеhni o‘tkirligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa,
bоlalar jamоa bo‘lib o‘ynashda bir - birining tartibsizligini, g‘irrоm o‘ynayotganini
darrоv   o‘ziga   aytadilar.   Bu   bilan   bоlalar   haqqоniylikka   оdatlanadilar.   "O‘yin
davоmida   bоlalar   o‘z   kamchiliklarini   yo‘qоtishga   harakat   qiladilar.   Bоshqalarga
nisbatan aqlli, chaqqоn, kuchli va hоzirjavоbrоq bo‘lishga intiladilar. Shu sababli
bоlalar ko‘pincha birgalashib o‘ynashni yoqtiradilar va bunday paytlarda ularning
o`rtоqlik, bir -birini himоya qilish, jamоachilik kabi fazilatlari rivоjlanadi.
                  O‘yin   bоlalar   o‘zini   o‘zi   idоra   qilishi,   o‘z   imkоniyatlarini,   bilag‘оnligini
tеkshirishining   bir   yo‘li   hisоblanib,   har   хil   o‘yinlar   ularning   tarbiyalanishida
muayyan darajada yordam bеradi.
O‘yinlarda bоlalar o‘zini o‘zi tarbiyalashi tabiiy vaziyatda amalga оshadi. Bоlalar
bоshqa   faоliyatlarida   kursata   оlmagan   tirishqоqlik,   talabchanlik,   epchillik   kabi
sifatlarini  o‘yinlarda yaqqоl namоyish qiladilar. Bоlalar  o‘yinlarda o‘zlarini  erkin
tutadilar   va   o‘zlariga   juda   yuqоri   talablarni   qo‘yadilar,   qiyin   vaziyatlardan
o‘zlaricha   chiqishga   harakat   qiladilar.   Tabiiyki,   o‘zicha   harakat   qilgan,   o‘ziga
ishоngan odam har qanday qiyinchilikni, mushkullikni yеngishga qоdir bo‘ladi.
O‘yinlarda   sho‘хlik   qilish,   оrtiqcha   hayajоnlanish   bоlalar   uchun   tabiiy   hоldir.
Shuningdеk,   ular   taqlidchan   bo‘ladilar,   хayolga   kеlmagan   narsalarni   o‘ylab
tоpadilar. Shuning uchun ular darslarda didaktik o‘yinlar  o‘tkazilayotganda plakat
chizmalardagi     tasvirlar     yoki   mоdеllarni   yuzaki   idrоk   qilib,   bоshqa   narsalarga
o‘хshatishlari   tabiiydir.   Bоlalarning   bu   хususiyatlaridan   fоydalanish   maqsadida,
dеtallarni   hayotdagi   narsalarga   taqqоslash   оrqali   ularning   mustahkam   idrоk
25 qilishiga   erishish   kеrak.   Umuman   o‘yinni   go‘dak   bоladan   tоrtib   mo‘ysafidgacha
o‘ynashi   mumkin.   Lеkin   оdamlar   o‘z   yoshiga   mоs   o‘yinlarnigina   o‘ynaydilar.
Masalan,   bоlalar   harakatli   o‘yinlarga,   kattalar   esa   aqliy   faоliyatni   talab   qiladigan
o‘yinlarga mоyil bo‘ladilar. Har хil o‘yinlar mavjud va ular хalq pеdagоgikasining
mahsuli   bo‘lib,   o‘qituvchilar   ham   dars   jarayonida   shu   o‘yinlarning   ba’zi
elеmеntlaridan samarali fоydalanishlari mumkin. Hammamizga ma’lumki, darslar
7-8-yoshlarda   o‘qitila   boshlaydi   va   bu   yoshdagi   bоlalar   o‘yinning   mazasiga
tushungan,   ya’ni   o‘yinqarоq   bo‘ladilar.   Shuning   uchun   darslarda   tinch   o‘tirib
chizmalarni chizishga sabr-tоqat qila оlmaydi va tеzda tоliqa bоshlaydilar.
                     O‘quvchilarning yuqоridagi хususiyatlarini o‘rganib chiqib, tadqiqotimiz
davomida   darslarda   didaktik   o‘yin   elеmеntlaridan   fоydalanishni   lоzim   tоpdik.
O‘qituvchi o‘quvchilarning zеrikkanini sеzishi bilan 5-6 daqiqalik o‘yin o‘tkazishi
kеrak.
Darslarda   o‘tkaziladigan   o‘yinlar   ijоdiy   yondashishni   talab   qiladi.   Shuningdеk,
o‘qituvchi   sinfdagi   barcha   o‘quvchilar   diqqatini   qisqa   muddatli   o‘yinga   jalb   qila
bilishi   zarur.   Qisqagina   o‘yinda   hamma   o‘quvchilar   qatnasha   оlmaydilar,   ya’ni
o‘yin shartlariga javоb bеrishga ulgura оlmaydilar, albatta. Lеkin o‘yinda ishtirоk
etishga,   fikrlashga   intilishlari   ularning   butun   his-tuyg‘ularini   ishga   sоladi.
O‘yinning   qiziqarli,   jоnli   va   samarali   o‘tishi   ko‘prоq   o‘qituvchining   mahоratiga
bоg‘liqdir.
O‘qituvchi   bоlalar   psiхоlоgiyasiga   aynan   muvоfiq   o‘yin   elementlaridan
fоydalansa,   darslarda   ko‘zlangan   maqsadga   erishishi   mumkin.   Bоrdiyu,   bu   ishga
lоqayd   qarab   o‘yinlarni   sust,   zavqsiz   o‘tkazsa,   bоlalarning   o‘yinlarga   qiziqishi
yo‘qоlishi,   o‘yinlar   hеch   qanday   samara   bеrmasligi   shubhasizdir.   Shuning   uchun
o‘qituvchi har bir o‘yinga tayyorlanishda uning bоlalarda zavq-shavq uyg‘оtishini
hisоbga оlishi  kеrak. Har bir o‘yin bоlalar uchun qiziqarli va muayyan maqsadga
qaratilgan   bo‘lishi   lоzim.   O‘yinda   bеriladigan   savоllar   ham,   unga   qaytariladigan
javоblar ham juda qisqa, aniq bo‘lishi maqsadga muvоfiqdir.
                   Didaktik o‘yinlar sоddadan-murakkabga printsipida, o‘quvchilarning aqliy
ishlashini   faоllashtirishga   mo‘ljallab   tuzilgan.   Bunda   o‘quvchilarning   tafakkurini,
26 fazоviy   tasavvur   qilish   qоbiliyatlarini   o‘stirishga   ham   jiddiy   ahamiyat   bеrilgan.
Оdatda   o‘quvchilar   an’anaviy   darslarda   оlgan   bilimlari   yеtarli   darajada   puхta
bo‘lmaydi   va   o‘quvchilar   ularni   muayyan   sharоitda   tatbiq   qila   оlmaydilar.
Masalan,   boshlang‘ich   sinflarda   darslar   bo‘yicha   o‘zlashtirgan   bilimlarini   оliy
o‘quv   yurtida   namоyish   qila   оlmaydilar.   Darslarda   didaktik   o‘yinlar   qo‘llansa,
o‘quvchilarning bilimi mustahkam bo‘ladi, yodda qolish ehtimoli ham kuchayadi.
Chunki   o‘yinda   faоl   qatnashgan   o‘quvchi   bilimni   hayajоn   va   zavq-shavq   bilan
o‘zlashtiradi.   Bunday   bilim   puхta   bo‘lib,   o‘quvchining   хоtirasida   ko‘p   yillar
saqlanadi va kеzi kеlganda o‘quvchi uni eslaydi va amalda qo‘llaydi.
                Hozirgi   zamonda   interfaol   usullarga   bo‘lgan   talab   kundan   kunga   oshib
bormoqda.   An’anaviy   ta’limda   faqat   tayyor   bilimni   o‘zlashtirishga   erishiladi.
Interfaol usullardan foydalanib didaktik o‘yinlar orqali dars olib borish jaroyonida
o‘quvchilar o‘zlari olayotgan bilimni o‘zlari izlab topishadi, mustaqil o‘rganishadi,
tahlil qilishadi va xulosa chiqarishadi. O‘qituvchi bu jarayonda boshqaruvchanlik,
yo‘naltiruvchanlik   funksiyasini   bajaradi.   Didaktik   o‘yinlardan   foydalanib   dars
o‘tilayotganda   guruhlarga   bo‘lib   foydalanilsa   yanada   samarali   natijaga   erishish
mumkin. Bunda bizga guruhlarda ishlash interaktiv metodi yordamga keladi.
Guruhlarda   ishlash   interaktiv   metodi.   Bu   metod   o‘quvchilarni   darsda   faol
qatnashishlariga yordam beradi. Bu metodda o‘quvchilar ijodiy faoliyat ko‘rsatishi
kerak bo‘ladi va o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikma malakaga ega bo‘lishlari
kerak.   Darslarda   sinf   o‘quvchilarini   ikkita,   uchta   va   to‘rtta   guruhlarga   bo‘lsak
maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Guruhlar   Gentrogen   guruhlar   bo‘lishi   kerak,   ya’ni
bilim   darajasi   har   xil   bo‘lgan   o‘quvchilar   tanlab   olinadi.   Bir   guruhga   faqat
a’lochilar   bir   guruhga  faqat  past  o‘zlashtiruvchilar  yig‘ilib qolsa  sog‘lom   raqobat
muhiti   vujudga   kelmaydi   va   o‘quvchilarni   darsga   bo‘lgan   qiziqishi   pasayadi.
O‘qituvchi guruhlarga vazifa berayotganda tushunarli aniq lo‘nda qilib tushuntirib
berishi va ularning ishlarini kuzatib borishi kerak. Kuzatish jarayonida o‘quvchilar
o’yin qoidalarinibuzgan taqdirda   tanqid ostiga olinmaydi aksincha ularga yordam
beriladi   va   o‘yin   qoidalarini   buzib   bo‘lmasligi   uqtiriladi.   Guruhlarda   ishlash
metodi   orqali   o‘quvchilarda   mulohaza   yuritish,   bir-birining   fikrini   tinglash
27 qobiliyatlari   shakllanadi.   Tafakkurni   kengaytiradi,   hamjihatlik   o‘zini   guruhini
himoya qilish degan tushuncha rivojlanadi (seni deb yutqazayabmiz, jim o‘tir deb
bir-biriga   ta’sir   qila   boshlaydi),   xudbinlik   yo‘qoladi,   bolada   mas’uliyatni   o‘z
bo‘yniga olish shakllanadi (to‘xta, jim turinglar men javob beraman deydi) natijada
mas’uliyatdan   qochmaydigan   bolalar   yetishib   chiqadi,   aslida   maqsadimiz   ham
mana   shu   hisoblanadi.   Men   bu   metoddan   darslarimda   ko‘p   foydalanaman
guruhlarda   ishlagan   vaqtimiz   guruhlarga   nom   qo‘yib   olsak   nur   ustiga   a’lo   nur
bo‘ladi.   Bu   bilan   o‘quvchilarni   qiziqishi   yanada   oshadi   va   har   bir   guruh   a’zosi
o‘zining   guruhi   uchun   harakat   qiladi.   Bu   usuldan   ko‘proq   foydalanishni   tavsiya
qilaman.   Bu   metod   orqali   o‘quvchilarning   darsga   bo‘lgan   qiziqishini   yanada
oshirish mumkin.
Guruh   bo‘lib   o‘ynaladigan   o‘yinlarga   quyidagilarni   misol   qilib   keltirishimiz
mumkin:   “Ortiq,   kam   o‘shancha”   o‘yini,   “Nima   qaysi   tomonga   qarab   turibdi”
o‘yini,  “Nima  o‘zgardi”   o‘yini ,  “Katta,  kichik,  teng”  o‘yini,  “Ko‘p-bitta”  o‘yini   ,
“Poyezd   tuzamiz”   o‘yini,   “Sanashni   davom   ettiring”   o‘yini,   “Diqqat”   o‘yini,
“O‘yinni   egalla”   o‘yini,   “Har   bir   uyga   o‘zining   tomi”   o‘yini,   “Aksincha”   o‘yini,
“O‘ylab   top”   o‘yini,   “Bilaman”   o‘yini,   “Ko‘p,   oz,   barobar”   o‘yini,   “To‘g‘ri   -
noto‘g‘ri”   o‘yini,   “Mavzu   nomi”   o‘yini,   “So‘z   o‘yini”,   “Xotira   mashqi”   o‘yini,
“O‘rnini   almashtir”   o‘yini,   “Kim   g‘olib”   o‘yini,   “Topqirlik”   o‘yini,   “Imkonshou
o‘yini”,   “Tovushlar   ko‘prigi”     o‘yini,   “Tilsim”   o‘yini,   “Beshinchisi   ortiqcha”
o‘yini,   “Raqamli   qo‘ziqorin”   o‘yini,   “Mo‘jizalar   maydonchasi”   o‘yini,   “Pir   etdi”
o‘yini,   “Kayfiyat”   o‘yini,   “Kun   va   tun”   o‘yini   va   h.k.   juda   ko‘plab   o‘yinlarni
keltirishimiz mumkin.
          Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirish uchun
yangi   usullarni   qo‘llash   kerak.   O‘quvchilar   faqat   rejadagi   materialnigina   emas,
atrof-muhitni,   voqea   va   jarayonlarni   kuzatishga   mustaqil   tanqidiy   fikrlashga   o‘z
xulosalarini asoslashga o‘rganishi kerak.
Endigina   o‘yin   faoliyatidan   chiqib   o‘qish   faoliyatiga   kelgan   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilariga an’anaviy tarzda 45 minut davomida faqat o‘tir, yoz, o‘qi kabilarni
bajartirib   o‘quvchilarda   intellektual   qobiliyatni   rivojlantirib   bo‘lmaydi.   Bunday
28 holatlarda   o‘quvchilarda   zerikish   boshlanadi   va   darsga   bo‘lgan   qiziqish   so‘nadi.
Muammoning yechimi esa darslarda mavzularga bog‘lagan xolda didaktik o‘yinlar
orqali dars o‘tish hisoblanadi.
Buyuk   pedagog   A.S.Makarenko   didaktik   o‘yinlar   haqida   shunday   fikr   bildirgan:
“Didaktik o‘yinlar darsda ishni  individuallashtirish har  bir    o‘quvchining kuchiga
mos     topshiriq     berish,   ularni   qobiliyatini   o‘stirish       imkonini     beradi.   Har   bir
yaxshi o‘yinning  mehnat  kuchida  mehnatni  kuchaytirish   va  fikrlashni  o‘stirish
xususiyati  bo‘ladi”.
                      O‘yin   jarayonida   dastlab   o‘quvchilar   o‘yinga   qiziqish   bildirishadi,
qarabsizki,   o‘qituvchi   o‘yinni   ma’lum   fan   bilan   yoki   qaysidir   mavzu   bilan
bog‘lagan   holda  o‘tkazadi.   O‘quvchilar  esa   o‘yinda   ishtirok  etish   uchun  mavzuni
o‘rganishga kirishadi. Natijada o‘yin yordamida osonlik bilan o‘quvchilar diqqatini
darsga jalb qilishga, eng muhim ma’lumotlarni, voqea-hodisalarni uzoq vaqt eslab
qolishga erishish mumkin.
Olib   borgan   izlanishlarimiz   natijasida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini
rivojlantirish   uchun   yaxshi   samara   bergan   quyidagi   didaktik   o‘yinlarni   taklif
qilamiz:
“TILSIM” o‘yini
O‘yinning   tavsifi:   O‘qituvchi   o‘z   bilimiga   ishongan   bir   necha   o‘quvchilarni
doskaga   taklif   etadi.   Ular   o‘qituvchidan   ma’lum   bir   masofa   uzoqlikda   (4-5
qadam   bo‘lishi   mumkin)   bir   qator   bo‘lib,   o‘qituvchi   tomonga   qarab   turib
olishadi.   O‘qituvchi   o‘quvchilarga   fanga   yoki   mavzuga   bog‘liq   bo‘lgan   tezkor
savollar beradi. Qaysi  o‘quvchi birinchi va aniq javob bersa bir qadam oldinga
yuradi.   O‘yin   qaysidir   o‘quvchi   o‘qituvchiga   yaqinlashguncha   davom   etadi.
Savollarga   aniq   va   tez   javob   berib   o‘qituvchi   oldiga   birinchi   yetib   kelgan
o‘quvchi g‘olib deb e’lon qilinadi.
O‘yinning   qo‘llanilishi:   Bu   o‘yinni   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   deyarli
barcha   fanlarda   mustahkamlash   darslarida   yoki   yangi   mavzu   bayonini
takrorlashda qo‘llash mumkin.
29 Tilsim   o‘yinini   o‘ynash   orqali   o‘quvchilarda   tezkorlik,   diqqatlilik,   xotirada
saqlab qolish, zukkolik kabi qobiliyatlar shakllanadi.
“TOVUSHLAR KO‘PRIGI” o‘yini
O‘yinning   tavsifi:   Ushbu   o‘yin   ham   o‘quvchilarda   katta   qiziqish   uyg‘otadi   va
fikrlashga   majbur   qiladi.   O‘qituvchi   sinf   taxtasiga   avvaldan   tayyorlab   kelgan
tovushlarni o‘rtada joy qoldirgan holda ikki tarafga yozadi. Masalan:
MAK        -                                                                  -       RIK
DUSH       -                                                                  -       TIQ
TAN          -                                                                  -       DOQ
KAL          -                                                                  -       LIF
QAY         -                                                                   -       SOL
POD          -                                                                   -       IDA      va h.k. lar
Tushunarli   bo‘lishi   uchun   birinchi   qatorni   o‘qituvchining   o‘zi   to‘ldirib   beradi.
O‘quvchilar   o‘rtadagi   bo‘shliqni   to‘ldirishganda   bu   tovushlar   birinchi   so‘zning
tugashi va ikkinchi so‘zning boshlanishiga  ko‘prik bo‘ladi.
Namuna:
MAK        -               TAB                 -       RIK
DUSH       -              MAN                 -       TIQ
TAN          -              BAL                  -       DOQ
KAL          -               TAK                  -       LIF
QAY         -               TIM                   -       SOL
POD          -               SHOH                -       IDA
Uch   tovushdan   iborat   ko‘prikni   qurish   qiyinchilik   tug‘diradigan   bo‘lsa,   ikki
tovushlik,   bir   tovushlik   ko‘prikdan   iborat   so‘zlar   tayyorlasangiz   bo‘ladi.
O‘yinning   qo‘llanilishi:   Bu   o‘yinni   4-sinflarda   asosan   mustahkamlash
darslarida, o‘quvchilar diqqati tarqoq bo‘lgan vaqtlarda diqqatni jamlash uchun
Ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi,   tarbiya,   tabiiy   fanlar,   sinf   soati   fanlarida
qo‘llasak   bo‘ladi.   O‘yin   guruhlarga   bo‘lib   ham   yakka   tartibda   ham   o‘ynashga
mo‘ljallangan.
30 Bu   o‘yinni   o‘ynash   orqali   o‘quvchilarda   tanqidiy   va   kreativ   fikrlash,
bilimdonlik, zukkolik, tezkorlik, hozirjavoblik qobiliyatlari shakllanadi.
“TOPQIRLIK” o‘yini
O‘yinning   tavsifi:   Bir   necha   o‘quvchilar   doskaga   chiqadilar.   O‘qituvchi
o‘quvchilardan   biriga   fanga   oid   so‘z   aytishini,   qolganlar   shu   so‘zning   tugagan
harfi   bilan   boshlanuvchi   so‘zlar   aytishi   kerakligini   uqtiradi.   O‘yin   shu   tariqa
davom etadi. Qaysi o‘quvchi so‘z topa olmay qolsa, o‘yinni tark etadi. O‘yin bir
kishi   qolguncha   davom   etadi.   O‘quvchilar   yoshiga,   fanga,   mavzuga   qarab
aytiladigan so‘zlar toifasini chegaralash mumkin.
O‘yinning   qo‘llanilishi:   bu   o‘yinni   o‘ynashda   sinfiga   qarab   o‘yin   shartlarini
murakkablashtirish   mumkin.   Ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi,   tasviriy   san’at
darslarida qo‘llasak bo‘ladi.
Masalan:   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligida   so‘z   turkumlari   mavzusida   darslar
o‘tilganda, ya’ni faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar, faqat sifat so‘z turkumiga
oid   so‘zlar.   Masalan:   faqat   ot   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni   aytib   o‘ynaladigan
bo‘lsa: anor, randa, ariq, qoplon, narvon, nur, rom, mushuk, kuchuk, kino, olma,
ayiq,   quloq,   qoshiq,   qop…     Sifat   turkumiga   oid   so‘zlar:   a’lo,   oqil,   lanj,
janjalkash, shinavanda, aqlli, issiq…
Tasviriy   san’at   darslarida   o‘quvchilar   diqqati   bo‘linganda,   chizishdan
charchashganda, takrorlash darslarida qo‘llash mumkin. Masalan: o‘quvchilarga
nimalarni   rasmini   chizish   mumkin   deb   so‘raladi   va   ular   navbat   bilan   o‘tirgan
joyida   oxirgi   harfiga   so‘zlarni   aytishadi,   aytolmay   qolganlar   o‘yindan   chiqib
ketadi.   Misol   uchun:   doska,   ayiq,   quloq,   qoplon,   ninachi,   ilon,   non,   naski…
“XOTIRA MASHQI” o‘yini
O‘yinning   tavsifi:   O‘yinni   uyushtirish   uchun   avvaldan   ko‘rgazma   yoki   so‘zlar
ro‘yxati tayyorlanadi. O‘yin sharti oddiy. O‘qituvchi o‘zini sinamoqchi bo‘lgan
o‘quvchiga 10ta so‘zni ikki  marta o‘qib beradi. O‘quvchilar uni  eslab qolishga
intiladi.   Ishtirokchilar   qanchalik   ko‘p   so‘zni   eslab   qolgan   bo‘lsa
rag‘batlantiriladi. Masalan: daftar, paxta, qish, bahor, kuz, kitob, soat, o‘quvchi,
ustoz,   kitob,   baho.   O‘yinni   faqat   og‘zaki   tarzda   o‘qib   beriladigan   so‘zlar   bilan
31 emas tayyorlab kelingan bir necha narsalarning suratini ko‘rsatib ham o‘tkazish
mumkin.
O‘yinning qo‘llanilishi: Bu o‘yinni barcha sinflarda va barcha fanlarda qo‘llasak
bo‘ladi.
O‘yinni   o‘ynash   orqali   o‘quvchilarda   eslab   qolish   qobiliyati   kuchayadi,   diqqat
qilish qobiliyati oshadi, hozirjavoblik va zukkolikni rivojlanadi.
“Meni tushun” o‘yini
O‘yinning tavsifi: Meni tushun o‘yinida biror narsaga ta’rif beriladi, ta’rif orqali
o‘quvchilar   gap   nima   haqida   borayotganini   tushunib   javob   berishlari   kerak.
Agar 1-ta’rifda topa olmasalar, 2-ta’rif eshittiriladi, unda ham topa olmasalar, 3-
ta’rif eshittiriladi. Masalan:
1-ta’rif.   Bu   narsa   barchamizning   uyimizda   bor.   Har   kuni   undan   foydalanamiz,
kichkina bolalardan uzoq tutamiz.
2-ta’rif. Biz undan ko‘p narsalarni o‘rganamiz. U orqali biz dunyoqarashimizni
va bilimimizni oshiramiz.
3-ta’rif. U bizga hamma fanlarni o‘qishimizga yordam beradi.
Bolajonlar,   bu   ta’rifimiz   nima   haqida   ekan?   deya   o‘quvchilarga   yuzlangach,
o‘quvchilar javoblari tinglanib, to‘g‘ri javob berganlar rag‘batlantiriladi.
Bu ta’rifning javobi kitob.
O‘yinning qo‘llanilishi: bu o‘yin matematikadan hisoblashni, ona tilidan chiroyli
yozish va o‘qishni, tasviriy san’atdan narsalarning tuzilishi va ranglariga e’tibor
berishni,   musiqadan   notalarni,   tabiiy   fanlardan   atrof-olamga   e’tiborliroq
bo‘lishni,   texnologiyadan   narsalarning   hajmi,   tuzulishi,   yasalishiga   e’tibor
berishni   o‘rgatadi.   Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak   bu   o‘yinni   barcha   fanlarga
bog‘lab o‘ynasalar bo‘ladi.
“Par etdi” o‘yini
O‘yinning   tavsifi:   bu   o‘yin   quvnoq   daqiqada   o‘tkazishga   mo‘ljallangan.   “Par
etdi”   o‘yini   o‘qituvchi   boshchiligida   o‘tkaziladi.   O‘qituvchi   qush   va   boshqa
uchadigan narsalarning nomini aytadi, bolalar “par etdi, par etdi” deb qo‘llarini
baland   ko‘tarib   pastga   tushuradilar.   O‘yin   o‘rindan   turgan   holatda   o‘ynaladi.
32 Qushdan   boshqa   narsa   nomi   aytilganda   bolalar   cho‘kkalab   o‘tirib   turadilar   va
“ketdi, ketdi” deb aytadilar.
Bu o‘yin bolalarni zukkolikka, topqirlikka, hozirjavoblikka o‘rgatadi.
“Snowball”  ya’ni “Qorbo‘ron” o‘yini
O‘yinning tavsifi: bu o‘yinda o‘quvchilar chaqqon va zukko bo‘lishi zarur. Unda
uzatilgan   to‘pni   ilib   olgan   o‘quvchi   yangi   o‘rgangan   so‘zni   yoki   fanga   oid
atama,   ma’lumotni   aytib   shu   zahoti   sherigiga   aytishi   kerak.   Qaysi
ishtirokchining qo‘lida to‘p uzoq vaqt qolib ketsa, u o‘yindan chiqib ketaveradi.
Dars oxirida o‘yinda qolgan o‘quvchilarga a’lo baho qo‘yiladi.
O‘yinning   qo‘llanilishi:   “Snowball”   o‘yinini   barcha   fanlarda   mustahkamlash
darslarida,   yangi   mavzu   bayonini   takrorlash   darslarida,   uyga   vazifalarni
tekshirish jaroyonida qo‘llasa bo‘ladi.
“Snowball”   o‘yini   orqali   o‘quvchilarda   chaqqonlik,   zukkolik,   diqqat,
hozirjavoblik kabi qobiliyatlar shakllanadi.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   sifatida   quyidagi   didaktik   o’yinlar   tavsiya
qilinadi:
“BILIMLAR CHARXPALAGI” didaktik o’yini
 O’yin qoidasi quyidagicha:  bu o’yinda har bir o’quvchi o’zi uchun alohida
ishlash   kerak   bo’ladi.   Guruhlarga   bo’linmaydi.   O’qituvchi   o’quvchilarga
o’tilgan   mavzular   yuzasidan   yoki   yangi   mavzuga   oid   ta’rif   berishi   va   nima
uchun   shunday   ta’rif   beryotganini   izohlab   berishlari   kerakligi   tushuntiriladi.
O’quvchilar   mavzuga   ta’rif   berishni   o’zlashtirib   olishgach   soddadan
murakkabroq  prinsipiga  o’tiladi. Endi  esa  o’quvchilar  mavzuga  faqatgina  ta’rif
beribgina qolmay o’zlari bergan ta’riflarga o’zlari javob topishlari kerak bo’ladi.
Buning uchun har bir o’quvchi oldiga bittadan qog’oz varag’i oladi va o’tilgan
mavzular   yuzasidan   qaysidir   bir   mavzuga   3ta   ta’rif   yozadilar   va   varoq
burchagiga   ism   familiyasini   keltirib   qo’yadi.   Yozib   bo’lgach   o’qituvchi   ularni
yig’ib   oladi   va   aralashtirib   o’zlariga   tarqatadi.   Varoqlar   tarqatilgach   har   bir
o’quvchi   o’ziga   tushgan   varoqdagi   ta’rif   nima   haqida   ekanligini   topib   yozishi
kerak bo’ladi. Ta’rif yozgan o’quvchi ham ta’rifga javob yozgan o’quvchi ham
33 o’z   ism   familiyasini   yozib   qo’yadilar.   Ta’riflar   va   unga   berilgan   javoblar
o’qituvchi   tomonidan   tekshiriladi   va   yaxshi   natija   ko’rsatganlar
rag’batlantiriladi.   Bilimlar   charxpalagi   o’yinidan   og’zaki   tarzda   ham   yozma
tarzda   ham   foydalanish   mumkin.   Og’zaki   tarzda   foydalanilganda
o’quvchilarning   o’gzaki   nutqi   shakllanadi,   o’z   fikrini   asoslab   berish   qobiliyati
rivojlanadi.   Yozma   tarzda   foydalanilganda   esa   o’quvchilarning   yozma   nutq
savodxonligini ham baholash imkoni bo’ladi.
Bu o’yindan ona tili  va o’qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar, tasviriy
san’at kabi fanlarda o’tgan mavzularni takrorlash darslarida, yoki yangi mavzuni
tushuntirib   bo’lgandan   so’ng   yangi   mavzu   bo’yicha   egallagan   bilimlarini
bilishda, diqqatni jamlash daqiqalarida foydalansa bo’ladi. Misol uchun ona tili
darslarida ot mavzusini o’tgandan so’ng unga shunday ta’rif yozishlari mumkin:
1. Kim? Nima? So’rog’iga javob bo’ladi
2. Ikki harfdan iborat so’z
3. So’z bir undosh va bir unlidan iborat va hokazo ta’riflarni berishlari mumkin.
Matematika   darslarida   esa   sonlarga   mavzularga   misollar   orqali   ham   ta’rif
berishlari   mumkin.   Masalan   6   sonini   ta’riflamoqchi   bo’lishsa   1)   Juft   son;   2)   3
soniga   2   sonini   ko’paytmasi;   3)   10   sonidan   4   sonini   ayirsak   shu   son   kelib
chiqadi kabi ta’riflashlari mumkin. Boshqa fanlarda ham xuddi shunday ularning
belgilaridan, rangidan, hajmidan foydalanishlari ham mumkin.
Bu   o’yin   orqali   o’quvchilarda   ijodiy   fikrlash   qobiliyatlari   shakllanadi,   olingan
bilimlarini asoslab berish qobiliyati rivojlanadi, tabiiy fanlar va tasviriy san’atda
bu   o’yindan   foydalanish   orqali   atrof-muhitga   e’tiborli   bo’lish,   o’zini   o’rab
turgan   olamni   kuzatish,   mayda   narsalarni   ham   nazardan   chetda   qoldirmaslik
kabi   xislatlarga,   narsa   buyum   jamiki   atrof-olamdagi   narsalarni   shakli,   hajmi,
rangi   haqida   tasavvurlarga   ega   bo’ladi.   O’zlari   mustaqil   tarzda   narsalarni
ta’riflay   olish   va   unga   javob   topa   olish   qobiliyati   orqali   intellekti   rivojlanadi.
Eng   muhimi   har   bir   dars   va   har   bir   mavzuga   e’tiborli   bo’lib   o’zlari   bilmagan
xolda   bilim   ko’nikma   va   malakalarga   ega   bo’lishadi   va   ularni   amalda   qo’llay
olishadi.
34 Bu   o’yin   tadqiqotlarimiz   davomida   amalda   qo’llab   ko’rildi   va   ijobiy   natija
berganligi   sababli   sizlarga   ham   o’z   darslaringizda   “Bilimlar   charxpalagi”
didaktik o’yinidan foydalanish tavsiya etiladi.
Yangi   samarali   bilim   olishda   ijobiy   natija   bera   olgan   va   sizlarga   tavsiya
qilinadigan didaktik o’yinlardan yana biri bu:
“Kinder surprise” didaktik o’yini
              Barchamizga   ma’lumki   "Kinder   Surprise"   shokoladli   tuxumlari   nafaqat
bolajonlarning   balki   kattalarning   ham   sevimli   shokoladi   hisoblanadi.   Bu
shokoladli   tuxum   boshqa   shokoladlardan   g’ayrioddiy   qadoqlanganligi   va
ichidan turli tuman o’yinchoqlar chiqishi bilan mashxur va shu xususiyati bilan
xaridorlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Shunday ekan o’yinning nomini o’ziyoq
o’quvchilarni o’ziga tezda jalb qila oladi. Biz bu qiziqarli tuxumchalardan ta’lim
jarayonida o’quvchilar intellektini rivojlantirishda foydalandik. O’yinning sharti
shundan  iboratki,  o’quvchilarga  fan  yuzasidan  savollar  beriladi  5  talik  savollar
beriladi   5   ta   savolga   ham   to’g’ri   javob   bergan   o’quvchiga   rag’bat   tariqasida
tuxumchalardan   biri   beriladi.   Tuxumchalar   ichiga   sovg’alar   nomi   yozilgan
bo’ladi. Qanday sovg’a nomi chiqsa o’sha narsa rag’bat tariqasida beriladi. 
                Ta’limning   samarali   motivlaridan   biri   bu   rag’bat   hisoblanadi.   Ayniqsa
boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bahoga,   rag’batga   juda   o’ch   bo’lishadi.   Ularga
shu   savolga   javob   bersang   yoki   shu   masalani   ishlasang   yulduzchali   besh
qo’yaman   yoki   yutgan   o’quvchi   shu   sovg’a   bilan   rag’batlantiriladi   deyilsa,
o’quvchilar   tengdoshlariga   nisbatan   berilgan   topshiriqni   birinchi   va   to’g’ri
bajarishga jon jahdlari bilab kirishadilar.
2.2.   Auditoriyadan   tashqari   mashg‘ulotlarda   o‘quvchilar   intellektini
didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirishning samarali metod va vositalari .
               Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar – umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv
tarbiyaviy   ishining   tarkibiy   qismi,   o‘quvchilarning   darsdan   bo‘sh   vaqtlarini
mazmunli   tashkil   etish   shakllaridan   biri   hisoblanadi.   Bunday   mashg‘ulotlar
o‘quvchilarni   barkamol   shaxs   sifatida   shakllantirish,   intellektual   qobiliyatlarini
rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
35 Auditoriyadan   tashqari   mashg‘ulotlar ga   o‘qituvchi,   pedagogik   jamoa   va   yoshlar
tashkilotlari   rahbarligi   boshchiligida   o‘quvchilar   bilan   o‘tkaziladigan   va   ularga
ta’lim   tarbiya   berishga   qaratilgan   ishlar   tizimi   kiradi.   Auditoriyadan   tashqari
mashg‘ulotlar o‘z nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ular darsdan tashqari vaqtlarda
uyushtiriladi.
Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy shakllari:
Ommaviy ishlar – maktab klublaridagi tadbirlar, turli xil munozaralar va tanlovlar
o‘tkazish,   viktorinalar   va   ko‘rgazmalar   uyushtirish,   muzeylarga,   tabiat   qo‘yniga,
tarixiy qadamjolarga ekskursiyalarga chiqish
To‘garak   ishlari   –   o‘quvchilarning   turli   xil   to‘garaklar,   sport   mashg‘ulotlari,
ansambldagi qatnashishlari
Mustaqil   ishlar   –   o‘quvchilarning   auditoriyadan   tashqari   o‘qishi,   kolleksiya
to‘plashi,   texnika,   musiqa,   tasviriy   san’at,   chizmachilik   va   shu   kabilar   bilan
shug‘ullanishi.
Auditoriyadan   tashqari   mashg’ulotlarda   o’yinning   ahamiyati   haqida   K.   D.
Ushinskiy   shunday   fikr   bildirgan:   u   aqliy   mehnatni   jismoniy   mexnat   bilan
almashtirishga muhim ahamiyat berdi va jismoniy mexnat faqat yokimligina emas,
balki,   aqliy   mehnatdan   keyin   foydali   dam   olishdir,   dedi.   U   o‘qishdan   bo‘sh
vaqtlarda,   ayniqsa   o‘quv   yurtlarida,   jismoniy   mexnatni   joriy   qilish   foydali   deb
hisobladi.   Bularda   tarbiyalanuvchilar   bog‘larga,   ekinlarga   ishlov   berish,
duradgorlik va tokarlik qilish, kitoblarni muqovalash, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish
va xokazolar bilan shug‘ullanishi mumkin. SHu nuqtai nazardan K. D. Ushinskiy
bolalarning o’yinini xam yuqori baholar edi. «...Lekin, - deb yozgan edi u, - o‘yin
haqiqiy o‘yin bo‘lishi uchun bolaning joniga tegib ketmasligi lozim. Bola o‘yinga
ko‘nikib   qolishi,   sekin-asta,   xech   bir   qiyinchiliksiz   va   majbur   etishsiz   uni   o‘zi
bajarishga   o‘rganish   kerak».     Shu   nuqtai   nazardan   kelib   chiqib   auditoriyadan
tashqari   mashg‘ulotlarda   o‘quvchilar   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali
rivojlantirishning samarali metod va vositalarini ishlab chiqishga harakat qildik.
                Bugungi   kunda   birinchi   navbatda   auditoriyadan   tashqari   mashg‘ulotlar
tarkibiga   kiruvchi   fan   to’garaklarini   o’rganib   chiqish   lozim   deb   topdik.
36 Amaliyotdagi   holatni   bilish   uchun   olib   borgan   tadqiqotimiz   davomida   fan
to’garaklarni   kuzatdik.   Boshlang’ich   sinfda   to’garaklarni   o’tish   tartibini   kuzatish
natijasida   salbiy   fikrlarga   keldik.   Maktablarda   to’garaklar   o’tiladi   ammo
to’garaklardagi   dars   davomida   maktabda   berilgan   uyga   vazifalarni   ishlash   bilan
chegaralanib qolmoqda. Ko’p hollarda qo’shimcha o’quv qo’llanmalaridan, yangi
zamonaviy   pedagogik   texnalogiyalardan   foydalanilmayabdi.   Bu   haqida   D.   Dyui
shunday deydi: “Kecha qanday o'rgatgan bo'lsak, bugun ham shunday o'rgatishda
davom   etsak,   bolalarni   kelajakdan   mahrum   qilgan   bo'lamiz”.   Bu   fikrlarga
qo’shilmasdan   boshqa   iloj   yo’q.   To’garak   darslarni   qiziqarli   o’tishi   uchun,
bolalarda intellectual qobiliyatlarni shakllantirish uchun “Yechimini top” didaktik
o’yinini tavsiya qilamiz.
“Yechimini top” didaktik o’yini
O’yinning maqsadi o’quvchilarda kreativ va favqulodda fikrlashni rivojlantirishdan
iborat   hisoblanadi.   Buning   uchun   o’quvchilarga   kutilmagan   qiziqarli   vaziyat
beriladi   va   har   bir   o’quvchi   vaziyatga   mos   keladigan   3   ta   yechim   berishi   kerak.
Masalan:   sinfdoshingiz   Mirabror   yangi   kiyim   sotib   olmoqchi,   u   qanday   kiyimni
sotib   olgani   maqsadga   muvofiq.bunday   holatda   o’quvchilar   fasllarni   havoni   va
sharoitni   yoki   bo’lmasa   o’sha   bolaning   imkoniyatini   hisobga   olgan   holda   3   ta
yechim   berishi   kerak.   Ya’ni   u   kiyim   qanday   bo’lishi   kerak   ehtimol,   u   arzon
bo’lishi   kerakdir,   balki   qulay,   yoki   zamonaviy,   u   ham   bo’lmasa   issiq   bo’lishi
kerakdir.   Shu   xususiytalarni   xisobga   olib   bolalar   o’z   fikrlarini   bildirishlari
mumkin. Yoki boshqa topshiriq berish ham mumkin misol uchun: Sherbek kitobini
yo’qotib   qo’ydi   endi   u   nima   qilishi   kerak?   Bu   savolga   ham   o’quvchilar   ijodiy
fikrlab   3   tagina   o’zlarining   takliflarini   bildirishi   mumkin   bo’ladi.   Bu   o’yinni
to’garak   mashg’ulotlarida   diqqatini   jamlash   maqbul   qarorni   tez   va   masalaning
mohiyatini   hisobga   olgan   xolda   yechim   taklif   qilish   qobiliyatini   shakllantirish
uchun   qo’llasak   bo’ladi.     Bundan   tashqari   to’garak   mashg’ulotlarida   birga
yuksalamiz metodikasidan foydalanish ham ijobiy natija beradi.
“Birga yuksalamiz” didaktik o’yini
37 Maqsadim:________________________________________________________
Dushanba Seshanba chorshanba payshanba juma shanba yakshanba
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31
                       May 2023-yil
O’yinning   maqsadi   o’quvchilarda   oldiga   qo’ygan   maqsadiga   erushmaguncha
to’xtamaslik, bilim olishni har kunlik odat tusiga aylantirish va natijani his qilish,
o’ziga   bo’lgan   ishonchni   oshirishga,   muntazam   ravishda   maqsadga   intilish
qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi .  Bu o’yin auditoriyadan tashqarida olib
boriladigan bir oylik to’garak mashg’ulotlarida ijobiy samara beradi.
O’yinni   taqvimini   o’quvchilar   talab   va   istaklariga   qarab   1haftalik,   2   haftalik,   1
oylik qilib tuzish mumkin.   Yuqorida berilgan jadvalda bir oylik taqvim berilgan.
Taqvimga   qarab   to’garak   mashg’ulotlari   mavzulari   tuziladi   va   har   bir   to’garak
mashg’ulotlari   alohida   ranglarda   belgilanadi.   O’quvchilar   mavzularni
o’zlashtirgach   o’qituvchi   boshchiligida   bilimlarni   eng   yaxshi   o’zlashtirgan
o’quvchilar   o’tilgan   mavzuni   sanasiga   mavzuga   mos   rangni   bo’yaydilar.   Ranglar
shunday   tanlanishi   kerakki   ularning   ketma   ketligi   kamalak   ranglarini   tartib   bilan
chiqarishi   kerak.   Mavzuni   o’zlashtira   olmagan   o’quvchilarning   taqvimlari
bo’yalmaydi.   Har   bir   o’quvchining   o’z   taqvimi   bo’ladi   va   u   belgilab   olingan
mavzular   tugamaguncha   o’qituvchida   turadi.   Rejalashtirilgan   mavzular   tugagach
har bir o‘quvchini jadvali o’ziga beriladi va o’yin oxirida natijalar sarxisob qilinib,
bilimlarni tekshirishda
B.B.B  METODIKASIDAN FOYDALANILADI.
38 Didaktik o’yinlardan ijobiy natija bergan o’yinlardan biri “Qora quti” intellektual
o’yinidir.   O’yin   o’quvchilarni   tezkor   fikrlash,   xotirasini   rivojlantirish   katta   xissa
qo’shadi. 
         
III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI INTELLEKTINI
DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA
AMALGA OSHIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar intellektini rivojlantirish bo‘yicha
tajriba-sinov o‘tkazish metodikasi
39               Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali
rivojlantirish   mavzusi   yuzasidan   o‘tkazilgan   tatqiqot   ishida   muammoning
amaliyotdagi   xolatini   o‘rganish,   olingan   natijalarni   tahlil   qilish,   muayyan
xulosalarga   kelish   va   shu   asosda   muammoning   umumiy   holatiga,   mazmun-
mohiyatiga baho berish alohida o‘rin tutadi.
        O‘quvchilarni intellektini rivojlantirish, ular bilan olib boriladigan ma’naviy-
ma’rifiy   ishlarda,   tarbiyaviy   soatlarda,   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishlarda
samarali faoliyat olib borish boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi faoliyatining ajralmas
qismi   hisoblanadi.   Boshlang‘ich   ta’lim   o‘qituvchisi   o‘z   pedagogik   faoliyatida
kasbiy kompetentligini to‘laqonli namoyon eta olishi o‘z faoliyatini tashkil etishda
zamonaviy   yondashuvlarga   asoslanishni   taqozo   etadi.   Bitiruv   malakaviy   ishida
o‘quvchilarni intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirish hamda pedagog o‘z
faoliyati   davomida   kasbiy   layoqatini   to‘liq   ko‘rsata   olishi   bilan   bog‘liq   nazariy
bilim,   amaliy   ko‘nikma   va   hosil   bo‘lgan   malakalarni   takomillashtirishda
ta’limning   didaktik,   tarbiyaviy,   rivojlantiruvchi   xususiyatlarini   va   zaruriy
ko‘nikmalarini   egallashi   kerakligi   asoslangan.   Belgilab   olingan   maqsad   va
vazifalar asosida, biz bitiruv malakaviy ishini quyidagi tartibda amalga oshirishni
rejalashtirib oldik.
               Tajriba o‘tkazish uchun, Samarqand viloyati Payariq tumaniga qarashli 72-
umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabining   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   hamda
o‘quvchilarini   tadqiqot   ob’ekti   etib   belgilab   oldik.   Mazkur   boshlang‘ich   sinf
o‘qituvchilaridan   10   nafari,   o‘quvchilaridan   jami   60   nafari   tadqiqot   o‘tkazish
uchun tanlab olindi. Shundan 30 nafari nazorat guruhiga 30 nafari tajriba guruhiga
ajratildi. O‘qituvchilardan hozirda maktablarda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar intellektini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan
foydalanish  bo‘yicha tayyorgarligi  va yetarli ko‘nikma va malakaga qay darajada
ega   ekanligini   aniqlash   maqsadida   Payariq   tumanidagi   72-maktabning   10   nafar
o‘qituvchilaridan so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Tadqiqotga   jalb   qilingan   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilarining   o‘quvchilar
intellektini rivojlantirishda qay darajada didaktik o‘yinlardan foydalanayotganligi,
40 darsni   tashkil   etishdagi   ish   usullari,   amalga   oshirayotgan   didaktik   o‘yinlarining
mazmuni   va   mohiyati,   metodikasi   va   shakllari   kuzatildi,   tahlil   qilindi,   o‘rganib
chiqildi.
           Ilmiy tadqiqot  ishimizda pedagogik tajribani  ikkita yo‘nalishda olib borishni
rejalashtirib oldik:
1. Maktabdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars jarayonida o‘quvchilar
intellektini   rivojlantirish   uchun   didaktik   o‘yinlardan   qay   darajada
foydalanayotganligini   o‘rganish   hamda   qanday   didaktik   o‘yinlar   orqali
yaxshi   natijalarga   erishayotgani   bo‘yicha   amalga   oshirayotgan   ishlar
mazmunini   aniqlash   maqsadida   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   va
o‘quvchilaridan  so‘rovnomalar o‘tkazish
2. Anketa-so‘rovnomasi   va   amalga   oshirilgan   tajriba-sinov   ishlari   natijalari
tahlilini o‘tkazish.
Pedagogik kuzatishlarimiz jarayonida jami respondentlarimiz soni 70 nafarni
tashkil   etdi.   Shulardan   10   nafari   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilardan   va   60   nafar
o‘quvchilardan   didaktik   o‘yinlar   haqida   ularning   amalda   qo‘llanilishi   haqida
so‘rovnomalar   oldik.   Asosan   biz   o‘quvchilar   intellektini   rivojlantirishda   didaktik
o‘yinlardan   foydalanishning   amaliyotdagi   xolatiga   e’tibor   qaratdik.   Ilmiy
tadqiqotimizda   qatnashayotgan   hozirda   faoliyat   yuritib   kelayotgan   boshlang‘ich
ta’lim   o‘qituvchilarining   o‘quvchilar   intellektini   rivojlantirish   yuzasidan   olib
borayotgan ishlar mazmuni va metodikasining mavjud holatini o‘rganish va tahlil
qilishni   maqsad   qilib   oldik.   Buning   uchun   quyidagi   pedagogik   ilmiy-tadqiqot
usullaridan foydalandik:
             Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi qanday,
Didaktik  o‘yinlardan  qay  darajada  xabardor,    noananaviy  darslar  deganda   nimani
tushunadi,   nega   o‘quvchilarning   darslarga   bo‘lgan   qiziqishi   yildan   yilga   pasayib
ketmoqda, hozirgi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy qobiliyati qay darajada
rivojlangan   kabi   savollarga   javob   topish   maqsadida   10   nafar   boshlang‘ich   sinf
o‘qituvchilaridan   so‘rovnomalar   o‘tkazdik,   darslariga   kirib   kuzatdik,   mavzu
yuzasidan suhbatlar olib bordik.
41 O‘qituvchilardan olingan so‘rovnomalarning tuzilishi quyidagicha:
O‘qituvchilar uchun
So‘rovnoma
1. Didaktik o‘yinlar deganda nimani tushunasiz?
2. Darslaringizda qanday didaktik o‘yinlardan foydalanayabsiz?
3. Noananaviy   darslar   bo‘yicha,   ularning   kirib   kelish   tarixidan   xabaringiz
bormi?
4. Siz qanday didaktik o‘yinlar, qanday noananaviy darslarni taklif qilasiz?
5. Bugungi   kunda   o‘quvchilar   nima   uchun   maktabda   uchinchi,   to‘rtinchi
soatgacha  o‘tirmay qochib ketayabdi, nega  maktab o‘quvchini  xuddi  Kontr
strayk o‘ynaydigan kompyuter xonasidek o‘ziga torta olmayabdi?
Olib   borgan   tadqiqotlarimiz   natijasi   shuni   ko‘rsatdiki,   bugungi   kunda
o‘qituvchilarimiz   ham   ma’lum   darajada   didaktik   o‘yinlar   o‘quvchilarning
intellektual   qobiliyatini   oshirishidan   xabari   bor   lekin   amalda   foydalanmaydi,
foydalanish darajasi past.
O‘quvchilardan   ham   darslarda   qanday   didaktik   o‘yinlar   orqali   dars   o‘tilayotgani,
bugungi   texnalogiyalashgan   zamonda   aynan   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari
televizorda,   telefonda   qanday   turkum   ko‘rsatuvlarni   yoki   o‘yinlarni
o‘ynayotganligini, ularning intellekti qay darajada rivojlangan ekanligini aniqlash
uchun   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilaridan   ham   so‘rovnomalar   olindi.
O‘quvchilardan olingan so‘rovnomalarning mazmuni quyidagicha:
O‘quvchilar uchun
So‘rovnoma
1. Darslarda sizlarga qanday o‘yinlar orqali dars o‘tiladi?
2. Sizga   “Lego”   o‘yinchog‘ini   olib   kelsa,   siz   menga   nima   yasab   bergan
bo‘lardingiz?
3. Blits savol-javob degan o‘yinni eshitgansizmi yoki o ‘ynaganmisiz?
4. Bugun   siz   Aqlvoy,   Bolajon   kanallarida   qanday   aqliy   qobiliyatni
oshiradigan turkum ko‘rsatuvlarni bilasiz?
42 5. Siz   telefoningizda   PUBG,   mushukcha   Tom   va   turli   xil   ko‘ngilochar
o‘yinlardan   tashqari   Zakovat,   So‘z   o‘yini   aqliy   qobiliyatni   oshiruvchi
o‘yinlar “Kim millioner” kabi o‘yinlarni o‘ynaganmisiz? Ular qaysilar?
6. B.B.B. metodi nima? U siz uchun qiziqarlimi?
Kabi   savollar   orqali   tadqiqotimizga   oid   ma’lumotlarni   olishga   xarakat   qildik.
So‘rovnomalar   natijasi   shuni   ko‘rsatdiki   bugungi   kunda   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilari   intellektual   qobiliyati   rivojlanganligi   darajasi   past.   Ba’zida   oddiy
elementarni savollarga ham javob berishda qiyinchiliklarga uchrashyabdi.
Yuqorida   keltirilgan   ko‘rinishda   so‘rovnomalar   o‘tkazildi,   so‘rovnomalarga
o‘qituvchi va o‘quvchilarning bergan javoblari quyidagicha bo‘ldi:
O‘qituvchilardan   olingan   so‘rovnomalar   natijasiga   ko‘ra   ularning   javoblarini
foizlarda ifodalandi:
1.Didaktik o‘yinlar deganda nimani tushunasiz?
-   didaktik   o‘yinlar   o‘quvchilarni   kognitiv   va   aqliy   qobiliyatlarini   rivojlantiradi,
bolalarni nutqini o‘stiradi, lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi. Chaqqonlik,
tezkorlikka undaydi. Fikrni jamlashga yo‘naltiradi – 20%
- darsda faollikni oshiruvchi, o‘quvchilar diqqatini jamlovchi, mantiqiy fikrlashga
undovchi vosita deb tushunaman – 30%
- darsni yanada qiziqarli, mazmunli, esda saqlab qolish vositasi deb tushunaman –
50%
2. Darslaringizda qanday didaktik o‘yinlardan foydalanayabsiz?
- “Yaxshi-Yomon”, “Amalni tushuntiring”, “Bu shakl qaysi”, “Jim o‘yini” – 10%
- turli xil xarakatli o‘yinlar, musobaqa o‘yinlar, kim chaqqon – 40%
- darslarimda didaktik o‘yinlardan foydalanmayman – 20%
- “Zinama-zina”, “Baliq skeleti”, “Daraxtni gullatish”, “Venn diagrammasi” – 20%
- “Aqliy hujum”, “STEAM” o‘qitish uslubi, xotira mashqi – 10%
3.   Noananaviy   darslar   bo‘yicha,   ularning   kirib   kelish   tarixidan   xabaringiz
bormi?
-   noananaviy   darslar   o‘tgan   asrda   Yevropa   davlatlarida   paydo   bo‘la   boshlagan.
Angliyada tashkil qilingan – 30%
43 - qisman xabarim bor – 20%
- xabarim yo‘q – 50%
4. Siz qanday didaktik o‘yinlar, qanday noananaviy darslarni taklif qilasiz?
- ko‘proq yangi metodlardan foydalanish – 20%
- guruhlarga bo‘lib noananaviy musobaqa tarzda didaktik o‘yinlar bilan o‘tiladigan
darslarni taklif qilaman – 60%
-   ko‘proq   harakat   bilan   bajariladigan   o‘yinlarni   taklif   qilaman,   ular   o‘quvchilarni
diqqatini   tez   jamlaydi:   buzuq   telefon,   chapaklar,   juft   son,   pantomimika   dan
foydalanib o‘tiladigan darslar – 20%
5.   Bugungi   kunda   o‘quvchilar   nima   uchun   maktabda   uchinchi,   to‘rtinchi
soatgacha   o‘tirmay   qochib   ketayabdi,   nega   maktab   o‘quvchini   xuddi   Kontr
strayk o‘ynaydigan kompyuter xonasidek o‘ziga torta olmayabdi?
-   ko‘pincha   bunday   xolat   yuqori   sinflarda   kuzatiladi,   bunga   sabab   uyda   ota-ona
farzandiga   kam   e’tibor   qaratishida,   nazoratsiz   qoldirishida   va   ba’zi   o‘qituvchilar
nazorati susayishida deb bilaman. – 40%
-   chunki   o‘quvchilarni   o‘qituvchilar   darslarga   yetarlicha   qiziqtira   olmasa,
o‘quvchilarda zerikish paydo bo‘ladi va darsdan qochish holatlari kuzatiladi. Agar
o‘qituvchini   bilimi   yetarli   bo‘lsa,   o‘quvchilarni   darsda   diqqatini   jamlab   darsni
qiziqarli o‘ta olsa, o‘quvchilar darsdan qochmaydi. – 40%
-   bugungi   kunda   o‘quvchilar   uchun   dars   faqat   kitob,   daftar,   ruchka   orqali
o‘tilayotgani uchun zerikarli. Xuddi kompyuter xonasidek darslarga o‘quvchilarni
jalb qilish uchun dars o‘tiladigan xonalarni texnalogiyalashtirish kerak, shundagina
dars  xonasida   monitor,  multimedia  vositalari  bo‘lsa  darsni  yanada   qiziqarli  video
tarzida yoki o‘yin tarzida o‘tkazish mumkin deb bilaman. – 20%
Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   kerakki,   o‘qituvchilardan   so‘rovnomalar   o‘tkazish
jarayonida   bir   qancha   tushunmovchiliklarga   duch   kelindi.   Ba’zi   yoshi   katta
o‘qituvchilardan   so‘rovnomalarni   to‘ldirib   berish   so‘ralganda   ular   turli   bahonalar
keltirib, yosh o‘qituvchilardan olinglar yoki bugun vaqtim yo‘q deya biroz muddat
vaqtni   cho‘zib   yurishdi.   Yosh   o‘qituvchilarga   so‘rovnomalar   tarqatilganda   esa
ba’zilari   ko‘chirish   uchun   namunalar   so‘rashdi.   Bu   esa   o‘z   bilimiga   ishonmaslik,
44 yoki   o‘zining   fikri   emas   balki   omma   fikri   bilan,   qolgan   o‘qituvchilar   nima
deyishsa shunga qo‘shilaman qabilida ish qilinadi degan xulosaga kelish mumkin.
Bugungi kunda o‘qituvchilar didaktik o‘yinlardan xabari bor lekin, darslarda kam
foydalanadilar, ba’zilari esa darslarda didaktik o‘yinlardan foydalanmasligini aytib
o‘tishdi. Bu esa BMI (bitiruv malakaviy ishi) ning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlari”
mavzusi dolzarbligidan dalolat beradi.
O‘quvchilardan olingan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra ularning javoblari foizlarda
quyidagicha:
1. Darslarda sizlarga qanday o‘yinlar orqali dars o‘tiladi?
-  bellashuv, musobaqa, tez aytish, topishmoq aytish  o‘yinlari – 62%
- olma-olcha-olxo‘ri, qarsaklar o‘yinlari – 29%
- zinama-zina, buzuq telefon o‘yinlari – 9%
2.   Sizga   “Lego”   o‘yinchog‘ini   olib   kelsa,   siz   menga   nima   yasab   bergan
bo‘lardingiz?
- uy, qasr – 48%
- robot,mashina – 37%
- hayvonlar – 12%
- noutbook, telefon – 3%
3. Blits savol-javob degan o‘yinni eshitgansizmi yoki o ‘ynaganmisiz?
- ha, o‘ynaganman – 11%
- yo‘q, o‘ynamaganman -89%
4.   Bugun   siz   Aqlvoy,   Bolajon   kanallarida   qanday   aqliy   qobiliyatni
oshiradigan turkum ko‘rsatuvlarni bilasiz?
- Bilimdon, Zakovat, Mohir qo‘llar, Dono bobo davrasida – 42%
- multfilmlar – 58%
5.   Siz   telefoningizda   PUBG,   mushukcha   Tom   va   turli   xil   ko‘ngilochar
o‘yinlardan tashqari Zakovat, So‘z o‘yini aqliy qobiliyatni oshiruvchi o‘yinlar
“Kim millioner” kabi o‘yinlarni o‘ynaganmisiz? Ular qaysilar?
- “Ha, Yo‘q” o‘yini, “So‘z terar” o‘yini – 14%
45 - PUBG, KONTR, TOM, FREE FIRE o‘yinlari – 83%
- Shashka, Shaxmat o‘yini – 3%
6. B.B.B. metodi nima? U siz uchun qiziqarlimi?
- “Bilaman, Bilishni xohlayman, Bilib oldim” metodi, ha qiziqarli – 48%
- bilmayman – 52%
Biz   ularga   darslarda       sizlarga   qanday   didaktik   o‘yinlardan   foydalanib   darslar
o‘tiladi   deb   savol   berganimizda   javob   berishga   o‘ylanib   qolishdi   va   bir   nechta
o‘yinlar   nomini   keltirib   unchalik   ko‘p   o‘yinlardan   foydalanmasligini   aytishdi.
Asosan   musobaqa,   tez   aytishlar,   topishmoq   va   maqollar   aytish   kabi   o‘yinlarni
keltirib o‘tishdi.
Bugun   bolalar   telefondagi   intellektual   qobiliyatni   rivojlantiradigan   o‘yinlardan
14% xabardor ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Televizorda   intellektni   rivojlantiradigan   qanday   turkum   ko‘rsatuvlar   bor   deb
so‘ralganda,   ular   asosan   multfilmlarni   aytishdi,   lekin   “Sening   o‘yining”,
“O‘yla izla top”, “Dono bobo doirasida”, “Bilimdon”, “Zakovat kids”, “Mohir
qo‘llar”,   “Rebusni   yech”   kabi   ko‘rsatuvlardan   ularni   xabari   bo‘lmasligi
aniqlandi.
Sizga   “Lego”   o‘yinchog‘ini   olib   kelsa,   siz   menga   nima   yasab   bergan
bo‘lardingiz   degan   savolga   85%   o‘quvchilar   uy,   qasr,   robot,   mashina   deb
javob berishdi.
Blits   savol-javob   degan   o‘yinni   eshitgansizmi   yoki   o‘ynaganmisiz   deb
so‘ralganda 89% o‘quvchilar bu o‘yinni bilmasligini va o‘ynamaganligini aytib
o‘tishdi.
B.B.B. metodi haqida so‘ralganda esa 48% o‘quvchilar bu o‘yinni o‘ynaganligi
va ular uchun bu o‘yin qiziqarli bo‘lganini bildirishdi. Ma’lumot o‘rnida aytib
o‘tish   kerakki,   maktabda   olib   borgan   tadqiqotlarimiz   davomida   tajriba
guruhida bu o‘yin bir necha marotaba o‘ynalganligi sababli tajriba guruhidagi
respondentlarimiz   ijobiy   fikr   bildirishdi.   Nazorat   guruhi   esa   bu   o‘yin   haqida
ma’lumotga ega emasligini va bu o‘yinni o‘ynamaganligini aytib o‘tishdi.
46 3.2. Olib borilgan izlanishlar bo‘yicha tajriba-sinov ishlari taxlili
          Tajriba sinov ishi 2022-yil dekabr oyidan 2023-yil may oyigacha Samarqand
viloyati   Payariq   tumaniga   qarashli   72-umum   ta’lim   maktabida   o‘tkazildi.
47 Tadqiqotlarni   tashkil   etish   va   metodlarini   tanlashni   BMI   ning   (bitiruv   malakaviy
ishi)   oldingi   bo‘limlarida   bayon   etilgan   nazariy   qoidalar   belgilab   berdi.   Qayd
qiluvchi tajriba ikki bosqichda o‘tdi. Birinchi bosqichda qayd etuvchi tajribada 72-
umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasasi   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilaridan   10   nafari,
o‘quvchilaridan   60   nafari   ishtirok   etishdi.   Uning   bosh   maqsadi   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarining   intellektini   rivojlantirishda   didaktik   o‘yinlardan   qay   darajada
foydalanilganligini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Olingan axborotning tahlili shundan
guvohlik berdiki, 42,6% o‘quvchilar faollik darajada va faqat 7,4% yuqori (ijodiy)
darajada   namoyish   etildi,   bu   esa   o‘quvchilarning   intellekti   rivojlanganligi   talab
etiladigan darajasi uchun yetarli darajada javob bermaydi.
Tajriba   sinov   ishlari   ta’lim   jarayonida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini
didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning   pedagogik   imkoniyatlarini   ochib   berish
asosida   o‘tkazildi.   Boshlang‘ich   sinf   darslarida   didaktik   o‘yinlardan   foydalanish
bo‘yicha   ishlab   chiqilgan   metodik   tavsiyalar   amalda   sinab   ko‘rildi.   Nazorat
guruhlari  va tajriba guruhlarida olib borilgan  so‘rovnomalar  asosida  o‘qituvchilar
o‘quvchilar   intellektini   rivojlantirishda   didaktik   o‘yinlardan   qay   darajada
foydalanayotganligi darajasi aniqlandi.
            Tajriba-sinov   ishlari   Samarqand   viloyati   Payariq   tumanidagi   72-sonli
maktabning boshlang‘ich  sinf   o‘quvchilarida  o‘tkazildi.  Ushbu  tadqiqot  ishida  30
nafar   o‘quvchi   nazorat   guruhini,   30   nafar   o‘quvchi   tajriba   guruhini   tashkil   qildi.
Tajriba-sinov   ishida   jami   60   nafar   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   qamrab   olindi.
Shulardan 30 nafari tajriba guruhi, qolgan 30 nafari nazorat guruhi sifatida olindi.
Tajriba-sinov   dasturiga   muvofiq   guruhlardan   so‘rovnomalar   olindi.   Ushbu
so‘rovnomalar   natijalariga   ko‘ra   o‘quvchilarning   so‘rovnoma   ko‘rsatkichini
baholash   3   ballik   mezon   asosida   baholandi:   bunda   yuqori   natija   ko‘rsatgan
o‘quvchilar   –   3   ball,   o‘rtacha   natija   ko‘rsatgan   o‘quvchilar   –   2   ball,   past   natija
ko‘rsatgan   o‘quvchilar   esa   –   1   ball   orqali   baholandilar.   O‘quvchilarning
so‘rovnomalar natijalari quyidagi jadvalga kiritildi:
1-jadval
Guruhlar O‘quvchilar O‘zlashtirish
48 soni darajalari
Yuqori - 3ball O‘rta - 2ball Past - 1ball
Tajriba
guruhi 30 15 8 7
Nazorat
guruhi 30 17 7 6
Yuqorida jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra tajriba va nazorat guruhlarining
o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatgichi foizlarda quyidagicha:
- Tajriba guruhining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi – 75,5%.
- Nazorat guruhining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi – 78,8%.
Ko‘rinib turibdiki, tajriba guruhidagi ballarning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatgichi
nazorat guruhiga nisbatan birmuncha past. O‘quvchilarning natijalarini diagramma
ko‘rinishida ifodalaymiz:
Yuqori O'rta Past024681012141618
Tajriba guruhi Nazorat guruhi
O‘quvchilarning   oldingi   natijalarini   yaxshilash,   didaktik   o‘yinlar   bo‘yicha   ularda
ko‘nikma   hosil   qilish   uchun   darslarni   didaktik   o‘yinlar   bilan   bog‘lab   qiziqarli
o‘tkazish   texnologiyalari   ishlab   chiqildi,   hamda   tuzilgan   ishlanmalar   asosida
darslar   tashkil   etildi.   Endi   esa   tajriba   so‘nggida   o‘quvchilarning   o‘zlashtirish
darajasini aniqlab olamiz.
2-jadval
Guruhlar O‘quvchilar O‘zlashtirish
49 soni darajalari
Yuqori-3ball O‘rta-2ball Past-1ball
Tajriba guruhi 30 23 4 3
Nazorat
guruhi 30 19 6 5
2-jadvaldagi   natijalarni   hisoblagan   holda   tajriba   guruhidagi   sifat   ko‘rsatkichi
nazorat   guruhiga   nisbatan   yuqori   ekanligini   ko‘ramiz.   Buning   uchun   tajriba   va
nazorat guruhlardagi ballarning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini topamiz:
- Tajriba guruhining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi – 88,8%.
- Nazorat guruhining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi – 82,2%.
O‘quvchilarning natijalarini diagramma ko‘rinishida ifodalaymiz:
Yuqori O'rta Past0510152025 Chart Title
Tajriba guruhi Nazorat guruhi
Ko‘rinib turibdiki, tajriba guruhidagi ballarning o‘rtacha qiymati nazorat guruhiga
nisbatan   yuqori.   Pedagogik   tadqiqotlarda   gipoteza   sifatida   nazorat   guruhida   olib
borilgan   an’anaviy   metodika   asosida   olingan   natijalar   tajriba   guruhida   olib
borilgan   maxsus   metodika   asosida   olingan   natijalar   bilan   taqqoslanib,   tajriba
guruhlaridagi   natijalarning   samarali   ekanligi   ko‘rsatildi.   Ushbu   natijalardan
ko‘rinib   turibdiki,   tajriba-sinov   asosida   o‘quvchilarda   intellektni   rivojlantirish
didaktik o‘yinlar orqali tashkil etilgan darslarda ijobiy natija bergan. Shunday ekan
dars   jarayonida   didaktik   o‘yinlardan   foydalanish   o‘quvchilarda   intellektni
50 rivojlantirishga   katta   xissa   qo‘shadi,   darslarda   faollikni   oshiradi   va   fanlarga
bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi degan xulosaga kelish mumkin.
UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR
   O’quvchilarni kichik yoshdan boshlab aqliy qobiliyatlarini, tafakkurini har
tomonlama rivojlantirish, ular egallagan bilimlarini amaliyotga qo'llashga o'rgatish,
amaliy ko'nikma va malakalar hosil etishning zamonaviy shakl, vosita va usullarini
51 aniqlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Boshlang’ich sinflarda didaktik o'yinlar orqali o’quvchilar intellektini rivojlantirish
ta'lim samaradorligini oshirish muammosini nazariy va metodik jihatdan tahlil etib,
tajriba-sinov ishlari natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi.
 Bola hayotida bo’gchadan so'ng maktabning dastlabki davrlarida o'yin
muhim o'rin tutadi. Psixologik nuqtai nazardan ular aqliy faoliyatga o'tgan
bo'lsalarda o’yinni yaxshi ko'radilar, mashg’ulotlar qiziqarli bo'lishi ularning
motivini rivojlantiradi.
 Bolalar o'yin orqali o'z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni
chuqur o'zlashtiradilar. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonining samardorligini
oshiribgina qolmay o'quvchilar faolligini ham oshiradi.
 Didaktik o'yinlar boshlang’ich sinflarda ta'limning samarali bo'lishiga
o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatini muvoffaqiyatli boshqarishga ham katta
yordam beradi, ya'ni didaktik o'yinlar vositasida nazariy-bilimlar oson egallanadi,
o'quvchilarning qiziqishlari ortadi.
 Ayniqsa, qiyin o'zlashtiruvchi o'quvchilarning bilish imkoniyatlarini
oshirishga bunday o'yinlar samarali ta'sir ko'rsatadi. Ular o'yin orqali bilimlarni
egallashda qiynalmaydilar, balki o’yin orqali zavq shavqqa to’ladilar.
 Boshlang’ich sinflarda didaktik o'yinlardan foydalanish maxsus
pedagogik texnologiyani talab etadi. Texnologik yondashuv asosida darsni tashkil
etish o'qituvchidan ta'limiy-tarbiyaviy maqsadlarni oldindan aniq belgilab olish,
uning loyihasini tuzish va jarayonni kafolatli tashkil etishni talab etadi.
 Boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish muayyan
qoidalarga amal qilish zaruriyatini qo’yadi. Ularni chuqur o'zlashtirish va qo'llash
davr talabidir.
 Ta'limda o'qitishning vositalari va usullaridan ko'plab
foydalanilsada didaktik o'yin vositalari va usullari texnologiyasi alohida ahamiyat
kasb etadi. Chunki o'yin faoliyati ko'plab ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarni
bajaradi: maftunkorlik, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish, davolovchilik,
kommunikativlik, tashxis, ijtimoiylashuv va h.k.
52  O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy faol xarakter
«ijodiy maydoni» ga ega bo'ladi. O'yin – bu faoliyat, jarayon va o'qitish metodidir.
 O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy,
ta'lim faoliyatini rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo'llaniladi.
Didaktik   o’yinlarga   bir   necha   misollar   keltirish   mumkin:   «zinapoya»,   «izohli
lug’at»,
«rolli o'yinlar», «6x6 metodi», «fikrlar hujmi», «aqliy hujum» va h.k.
 Ta'limda didaktik o'yinlar o'qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli,
maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar  g’olib chiqish maqsadida jon-u
dili bilan mashq qiladilar, materialni yaxshi o'zlashtiradilar.
 Didaktik o'yinlar ta'limning ko'rgazmaliligi, o'qituvchining nutqini va
bolalar harakatlarini o'z ichiga oladi. Natijada bolalar o'quv materialini ko'rish,
eshitish, sezish orqali to'liq idrok etadilar.
 O'yin bolalar his-tuyg’u, ijodiy faoliyatlari, guruh bo'lib xarakat
qilishlari, hamjihatlikda ish ko'rishlariga ta'sir etadi. O'yin davomida o'quvchilar
o'zlarini mustaqil boshqarishga o'rganadilar. Didaktik o'yinlar juda katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo'lib muhim ijobiy sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi:
hamjihatlilik, intizomlilik, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, irodaviylilik, uyushqoqlik
va h.k.
 Sinfda har bir fanning o'z xususiyatidan kelib chiqadigan didaktik
o'yinlar turlari mavjud bo'lib, o'qituvchi ulardan oqilona foydalanishi lozim bo'ladi.
 Ayrim   o'yinlar   auditoriyadan   tashqari   holatlarda   tashkil   etilib,
o'quvchilarning
bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazish vositasi sifatida xizmat qiladi.
 Har   bir   didaktik   o'yinning   ham   har   o'yindagi   singari   qoidalari   bo'ladi.   Va
shu   qoidalarga   amal   qilinmasa   o'yinning   ahamiyati,   binobarin,   o'yinning
ta'lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo'qoladi.
       Biz ushbu BMI (bitiruv malakaviy ishi) mizda didaktik o'yinlarning ayrim tur
va
53 usullari,   ularning   ta'limiy-tarbiyaviy   ahamiyati,   o'quv-tarbiya   jaryoni
samaradorligini   oshirishdagi   o'rni   ustida   to'xtalib   o’tdik.   Ushbu   mavzuning
imkoniyatlari keng bo'lib, boshlang’ich sinflarda o'qitiladigan alohida fanlarga oid
didaktik o'yinlarni yanada chuqurroq va kengroq tadqiq etish mumkin
               Bitiruv malakaviy ishi mavzusi doirasida o‘tkazilgan izlanishlar natijalariga
tayanib quyidagi xulosalarga kelindi:
 “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning   pedagogik
imkoniyatlari yetarli darajada rivojlanmaganligi namoyon qilindi. Ushbu
muammoga   doir   qabul   qilingan   me’yoriy   hujjatlar,   o‘quv   dasturlar   va
darsliklar   va   h.k.     o‘quv-uslubiy   adabiyotlar   boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilari   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirishning
pedagogik   imkoniyatlari   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilindi.   Shuningdek
boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   va   o‘quvchilari   orasida   o‘tkazilgan
anketa   so‘rovnomalar,   suhbatlar   natijalari   mazkur   muammoning
dolzarbligi,   hayotiy   zarurat   ekanligi   aksariyat   respondentlar   tomonidan
yetarli darajada anglab yetilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
 Maktablarda   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilarini   didaktik   o‘yinlar   orqali
o‘quvchilar   intellektini   rivojlantirishni   amalga   oshirish   muammosini
ilmiy   asosda   ishlab   chiqish   maqsadida   uning   integratsion   yondashuv
orqali imkoniyatlari modellashtirildi. Pedagog o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan
didaktik o‘yinlarga doir bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar hamda uning
kommunikativ, tashkilotchilik, safarbarlik va boshqa faoliyatlar mazmuni
bilan boyitildi.
 Boshlang’ich   sinf   o‘qituvchilarini   didaktik   o‘yinlar   orqali   o‘quvchilar
intellektini   rivojlantirish   ishiga   nazariy,   ya’ni   pedagogik-psixalogik
tayyorgarligini   ta’minlash   maqsadida   ona   tili,   matematika   -   turkum
fanlarining   o‘quvchilarning   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali
rivojlantirish imkoniyatlari ishlab chiqildi.
54 Kuzatishlar   boshlanganda   boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   ko’proq   an’anaviy
ta’limda   o’qitilganligi   sababli   darslarni   o‘tkazishda   ularda   o’z   bilimiga
ishonmaslik,   bilgan   javoblarini   ham   yetkazib   berolmaslik,   kamdan-kam   hollarda
savollarga  javob berishlari,  javoblaridan  shubhalanishlari,  e'tibor  va  xotira yaxshi
rivojlanmaganligi   aniqlandi.   O‘qituvchi   sifatida   bu   bizni   juda   xavotirga   soldi   va
men   o’quvchilardagi   bunday   muammolar   bilan   kurashishga,   o’quvchilar
intellektini   didaktik   o’yinlar   orqali   rivojlantirishga   qaror   qildim.   Tadqiqotning
boshida   bolalardan   so’rovnomalarning   yordami   bilan   o’quvchilar   bilim   darajasi,
intellektual   qobiliyatlari   qay   darajada   rivojlanganligi   aniqlab   olindi.   O’tkazilgan
savol-javoblarda     bolalar   javob   berishda   xatolarga   yo‘l   qo‘ydilar,   o‘zlarini
fikrlarini   to‘liq   bayon   eta   olmadilar,   ko‘pchilik   bolalar   darsga   qiziqish
bildirmadilar.   Yangi   mavzularni   o‘rgatayotib,   olib   borgan   izlanishlar   natijasida
darslarda turli didaktik o‘yinlardan, ko‘ngilochar mashqlardan foydalangan holda,
bo‘shliqlarni  to‘g‘irlash  mumkin  degan   xulosaga  kelindi.  Tadqiqotimiz   davomida
boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   intellektini   didaktik   o‘yinlar   orqali   rivojlantirish
ustida   turli   izlanishlar   olib   borildi.   Avvalo   o’quvchilarni   darsga   qiziqtirish,
diqqatini jamlash maqsadida  har bir darsning boshida, o’rtasida yoki oxirida olgan
bilimlarini   sinash   uchun   mavzularga   bog’lab   o‘yin   daqiqasi   o‘tkazildi.   Bu
bolalarning darsga bo’lgan qiziqishini  uyg‘otdi  va ularni diqqatini  jamlab olishga
yordam berd. Yo‘naltiruvchi topshiriqlarni qog‘oz varag‘ida bajarayotganda, ba'zi
bolalar   xatolarga   yo‘l   qo‘yishdi,   bunday   vaqtda   ular   aynan   qayerda   xato   qilgani
tushuntirildi va bu bolalarga ularni o‘zlari xatoni topib imkoniyati berildi. Natijada
o’quvchilar   xato   qilmaslikka   va   xato   qilgan   taqdirda   uni   o’zlari   tuzatish
ko’nikmasiga   ega   bo’lishdi.   Keyin,   bolalar   berilgan   vazifalarni   yaxshi   o’zlashtira
boshlagandan   so’ng,   ular   uchun   o’yin   topshiriqlari   qiyinlashdi.   Ta’lim   tizimida
boshlang’ich sinflar intellektini didaktik o’yinlar orqali rivojlantirish uchun ushbu
bitiruv   malakaviy   ishida   “Bilimlar   charxpalagi”,   “Qora   quti”,   “Kinder   surprise”,
“Yechimini   top”   kabi   didaktik   o’yinlari   tavsiya   etiladi.   O’yin   bu,   avvalo,bolalar
bilan dunyoni o'rganish vositasidir. Bolaning intellektual qobiliyatlari ko'p jihatdan
"irsiyat" ga emas, balki ongning qiziquvchanligiga bog'liqligi shubhasiz haqiqatdir.
55 U qanday ma'lumot oladi? Avvalo, kattalar bilan muomala qilishda. Ushbu abadiy
suhbatlar   mavzu   bo'yicha:   «Nima   uchun   ...   qor   oppoq?   Nima   uchun   quyosh   kun
davomida   porlaydi?   Baliq   suv   ostida   qanday   nafas   oladi?   "   har   doim   qo'llab-
quvvatlash   maqsadga   muvofiqdir.   Siz   bu   qiziqishni   rag'batlantirish,   bolaning
dunyoqarashini kengaytirish va unga dunyo haqida ma'lum bir bilim tizimini berish
uchun har qanday usul bilan harakat qilishingiz kerak. Va barcha savollarga javob
berishga   shoshilmang.   Ko'pincha   "nima   uchun":   "O'zingiz   nima   deb   o'ylaysiz?"
Bolaga   o'zi   uchun   tushunarsiz   bo'lgan   ma'lumotni   "gapirish"   qilsin.   U   o'z
g'oyalarini,   farazlarini,   variantlarini   o'rtaga   tashlasin.   Ma'lumki,   bola   nimani   chin
dildan hayratga soladi va u mustaqil izlanishlar orqali nimani yaxshi eslab qoladi.
Axir,   "aqlni   yaxshilash   uchun   yod   olishdan   ko'ra   ko'proq   o'ylash   kerak"   (R.
Dekart)   Bolalar   bilan   o'ynang.Buning   uchun   ko'ngilochar   matematik
materiallardan   foydalanish:   jumboqlar,   jumboqlar,   labirintlar,   fazoviy
konvertatsiya qilish uchun o'yinlar va boshqalar. Ular mazmuni jihatidan qiziqarli,
shakllari   bilan   qiziqarli.   Ular   g'ayrioddiy   echimlar,   paradoksal   natijalar   bilan
ajralib   turadi.   Bular   bir   tomondan   bolalar   uchun   qiziqarli   bo'lgan   mashqlar   va
mashg'ulotlar,   boshqa   tomondan,   o'liklarga   olib   keladi   va   ularni   echim   izlashga
majbur qiladi. Birinchidan, iloji boricha tez-tez jumboqlarga murojaat qiling - xalq
fantaziyalari   ombori.   Axir   ular   ko'pincha   qarama-qarshiliklarga,   aql   uchun
"tuzoqlarga" quriladi. "Fantastika", "Ishoning-ishonmang" kabi o'yinlarni o'ynang,
bu erda  qandaydir  voqea,  hodisa,  fakt  o'ylab  topilgan. Masalan,  "Tuyalar  bizning
o'rmonimizda yashaydi". Bola o'z javobini asoslab, buni rad qilishi yoki tasdiqlashi
kerak. Keyin u o'zining afsonasini o'ylab topdi, siz esa rozi bo'lasizmi yoki yo'qmi.
Intellektual rivojlanish bolaning nutqining shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir. So'z
tasvirlarni   ishlatmasdan   intellektual   muammolarni   hal   qilishga   imkon   beradigan
mustaqil   fikrlash   vositasi   sifatida   foydalanishni   boshlash   uchun,   bola   inson
tomonidan  ishlab  chiqilgan  tushunchalarni   o'zlashtirishi  kerak,  ya'ni.   so'zlar  bilan
mustahkamlangan atrofdagi haqiqat narsalari va hodisalarining umumiy va muhim
xususiyatlari   to'g'risida   bilim.   Bunda   so'z   o'yinlari   sizga   yordam   beradi:   "Buning
teskarisini  ayting", "Bir so'z bilan nomlang", "Mantiqiy yakunlar", "Butun qism",
56 "Tushuntiring,   faqat   so'zlar   -   harakatlar   yordamida",   "Ayting   -   agar   nima
qilsangiz   ..."   Ular   nafaqat   bolalarning   so'z   boyligini   oshirish   va   aniqlashtirishga
imkon   beradi,   balki   bolalarni   aqlli,   topqir   va   aqliy   faol   bo'lishga   o'rgatadi.   So'z
o'yinlari   tarbiyachining   dastlabki   tayyorgarligini   talab   qilmaydi,   murakkab   vizual
material   tayyorlashning   hojati   yo'q,   shuning   uchun   ular   nafaqat   bevosita   tashkil
etilgan   o'quv   mashg'ulotlarida,   balki   doimiy   damlarda   ham   o'quv   faoliyatida
osonlikcha ishlatilishi mumkin.
57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: 2023 – yil
2.  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil 23-sentabrdagi  “Ta lim to‘g‘risida”giʼ
O‘RQ-637-son Qonuni  
3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan
“Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi   to‘g‘risida”gi   2022-yil   28-
yanvardagi  PF-60 son Farmoni// “Xalq so zi” gazetasi, 2022-yil 29-yanvar.	
ʻ
4.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   29-apreldagi   №PF-5712-
sonli “O‘zbekiston Respublikasi  Xalq ta limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
ʼ
kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma lumotlari	
ʼ
milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son.  https://lex.uz/docs/4312785
5.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini
boshqarish   tizimini   takomillashtirish   bo‘yicha   qo‘shimcha   chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5538-son farmoni
 6. Shavkat Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi  PF-4947 sonli farmoni
7.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2023-yil   Oliy   majlisga   qilgan
Murojaatnomasi “Xalq so zi” gazetasi, 2023-yil	
ʻ
8.   Shavkat   Mirziyoyev   “Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi     qabul     qilinganining   24   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimdagi  ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.
9. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. -T.:Fan.  2017.
10.   Shavkat   Mirziyoyev   “Bilimli   avlod   -   buyuk   kelajakning,   tadbirkor   xalq   -
farovon hayotning, do'stona  hamkorlik esa  taraqqiyotning kafolatidir''  Toshkent-,,
O'zbekiston'' -2018 31-b.
11.  Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –Toshkent:
TDPU, 2003. –175 b.
12. 2. E.Yuzlikaeva, M.Axmedova. Umumiy pedagogika  TDPU-2012 T 33820.
58 13.   Nazarova   M.   M.   Boshlang‘ich   ta‘lim   o‘quvchilarining   psixik   taraqqiyotida
integratsiyaviy-innovatsion yondashuvlar ahamiyati. Termiz 2021
14.   Z.   Zayniddinova   UMUMIY   PEDAGOGIKA   fani   bo‘yicha   (o‘quv-uslubiy
majmua ixtisoslik yo`nalishi) Samarqand-2021
15. M.To`xtahodjayeva “Pedagogika” T.:   O‘zbekiston     faylasuflar   milliy
jamiyati  2010yil
16. E.Yuzlikaeva, M.Axmedova. Umumiy pedagogika  TDPU-2012  T   338
20.
17.  Ibragimov X.I., Sh.AҚ Abdullaeva  Pedagogika nazariyasi T.:   Fan     va
tex. “2007 yil
18. Xoshimov K, Nishonova S, Inomova.M, Xasanov R Pedagogika   tarixi
T.:О‘qituvchi 1996
19.   X.Omonov.,   N.Xo‘jaev.,   S.Madiyarova.k   Pedagogik     texnologiyalar     va
pedagogik maxorat  T.:Iqtisod moliya 2009 yil.
20.  О‘quv qo`llanma A.A.Xoliqov  Pedagogik maxorat  T.:Iqtisod   moliya
2009 y
21. Interfaol talim usullari - oquv qo`llanma. Sh.K.Shayakubov.R.X.Ayupov
22.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
  23.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan   pedagogikasi.
Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
24. "Umumiy pedagogika fanidan o'quv uslubiy majmua" Samarqand-2022
25. Tolipov O', M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T.
2015-yil.
26. Valiev A. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. -Toshkent: O'qituvchi, 2016.
27. Boboyeva Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. -
Toshkent:0'qituvchi,2017
Internet saytlari
28.   https://www.spot.uz/oz/2019/04/16/qr-kod -- QR-kod bo’yicha manba.
www.ziyonet.uz – Ziyonet milliy ta’lim portali. 
59 29. www.google.com – Xalqaro interaktiv tezkor qidirish brauzeri.
30.   www.lex.uz   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy
bazasi.
31.   www.eduportal.uz   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   metodik
qo’llanmalarni joriy etish, tahlil qilish milliy portali.
32. www.arxiv.uz – arxiv ma’lumotlar bazasi sahifasi.
33. www.wikipedia.org
60

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA‘LIM FAKULTETI Fakultetlar aro pedagogika kafedrasi Abdukarimova Zamira Jamshid qizi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlanishning pedogogik imkoniyatlari 5111700 – Boshlang‘ich ta‘lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Kafedraning 2023-yil 29-maydagi Ilmiy rahbar: majlisida muhokama qilindi va ___________PhD. E.Abdumannotov himoyaga tavsiya etildi. Kafedra mudiri:_____________ Taqrizchilar:___________________ Prof, K.Xasanova ______________________________ Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2023-yil____iyundagi___-sonli majlisida himoya qilindi va _________foizga baholandi YaDAK raisi:_____________________________________ A‘zolari:_________________________________________ Samarqand – 2023 1

MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI INTELLEKTINI DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI……………………………………………………….....10 1.1 O‘quvchilar intellektini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy va ilmiy nazariy asoslari….……………………………………..…………………………………..10 I.2 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirishning amaliyotdagi xolati ……………………………………. ……….18 II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI INTELLEKTINI DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI, METOD, SHAKL VA VOSITALARI………………………………………. ….23 2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirishning mazmuni va moxiyati …………………………………………..23 2.2. Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar intellektini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirishning samarali metod va vositalari…………………….35 III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI INTELLEKTINI DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI……………………..39 3.1. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar intellektini rivojlantirish bo‘yicha tajriba- sinov o‘tkazish metodikasi………………………………………………………...39 3.2. Olib borilgan izlanishlar bo‘yicha tajriba-sinov ishlari taxlili……………….47 UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………..….51 2

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……..…………………… 57 ILOVALAR KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: Jahon ta’lim tizimi barcha davlatlar o‘rnak olsa arzigulik darajada rivojlangan bir paytda ta’limga nisbatan, bolalarning o‘qishiga nisbatan e’tibor yanada kuchaymoqda. XXI asrda jahon miqyosida ta’limning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilgan tashkilot – YUNESKO tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo ta’lim muhitini rivojlantirish jarayonini me’yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash va koordinatsiya qilish YUNESKO tashkiloti tomonidan bajarilmoqda. Bu tashkilot barcha mamlakatlar uchun global va huquqiy harakterdagi xalqaro- huquqiy aktlarni ishlab chiqmoqda. YUNESKOning xalqaro-huquqiy aktlari zamonaviy ta’limni globallashtirib, tarbiya muammolarini insoniy sivilizatsiyaning dastlabki darajasidan tinchlik, demokratiya, insoniylik, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlarini hurmatlash, boshqa xalqlarning tarixiy-madaniy an’ana va qadriyatlarini hurmat qilish, atrof-muhitni asrashdan iboratdir. Ta’lim rivojida YUNESKOning o’rni beqiyosdir. Ayni vaqtda jahondagi oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Shuningdek O‘zbekistonda ham hozirda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 47ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’limga nisbatan e’tibor yildan yilga oshib bormoqda. Ta’lim sohasidagi islohotlar amalga oshirilib, mana shu yilning davlat 3

dasturi qabul qilinishi jarayonida ta’limga nisbatan mablag‘ni katta oshirilishi, xususiy institutlar, xususiy maktablar ochilishi misol bo‘la oladi. Yangi ochilgan ta’lim maskanlarida dunyodagi ta’lim tizimi bo‘yicha rivojlangan davlat tajribalarini singdirilganligi kelgusida yetuk malakali kadrlar yetishib chiqishidan dalolatdir. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har yili yillarni nomlanishida ham ta’limga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirilganini bilish mumkin. Jumladan hozirgi 2023-yilimiz “INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM YILI” deb e’lon qilinishi bejiz emas. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobida shunday so`zlarni ta`kidlab o`tgan “Jonajon Vatanimiz – O`zbekistonni eng rivojlangan davlatlar, qatoriga olib chiqish sharafli va ayni paytda nihoyatda mas’uliyatli vazifa” 1 Biz rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishimiz uchun ta`lim tizimiga katta e`tibor qaratilyapdi. Buning dalili sifatida O’zbekiston hududining har bir viloyatida “Prezident maktablari” qurilayotgani yaqqol namuna bo‘ladi. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoye v aytgan jumlalarini keltirib o‘tishimiz mumkin: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muommolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab quvvatlaydi” 2 [10] deydi. Mamlakatimiz Prezidenti rahbar sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, yetakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, yurtimizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg‘unlashtirishga qaratganligi bejiz emas. Respublikamiz ta’lim tizimida sifatni oshirish, bu borada uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblangan umumta’lim maktablari o‘quvchilarining o‘quv-tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish, o‘quvchilarga qisqa vaqt ichida mazmunli va foydali bilim berish, muayyan faoliyat yuzasidan turli 1 Shavkat Mirziyoyev-“Yangi O`zbekiston strategiyasi” 2 Shavkat Mirziyoyev,, Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq -farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir'' Toshkent-,, O'zbekiston'' -2018 31-b 4

ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilish, ijodiy, aqliy jihatdan intellektual salohiyatni egallashlari borasida muhim vazifalar amalga oshirilmoqda. Bugungi axborotlashgan jamiyat ta’lim sohasiga yangiliklar joriy etish, yangi ta’lim texnologiyalarini qo‘llash zamon talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, axborotlashgan muhitda umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhim o‘rin tutmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi” sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib kelmoqda. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatdosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar qo‘yildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli vazifalar o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardan qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir. Hozirgi vaqtda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar soni ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, ushbu moyillik ommaviy boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida namoyon bo‘lib kelmoqda. Ko‘pchilik bolalar maktab ta’limi jarayonida ayrim muammolarga duch keladilar, asosiy muammolar esa bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Maktablarda bilimlar o‘quvchilarga berilmoqda, lekin natijalar talab darajasida emasligi mazkur ahvolga yanada jiddiy e’tibor qaratishga va zudlik bilan kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishga sabab bo‘lmoqda. Maktablarda ishlash jarayonida samarali korreksion metodlarning yo‘qligi o‘qish bilan bog‘liq muammolarning ko‘payib borayotganligi va o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar sonining ortishiga olib kelmoqda. Mutaxasislarning ta’kidlashicha hozirga qadar hammaga ma’qul bo‘lgan an’anaviy pedagogik-psixalogik metodlar o‘qishda va korreksion ishlarda o‘z kutgan natijalarini bermayotganligi tufayli yangi metodlarni izlash zarurati paydo bo‘ldi. Ushbu avj olib borayotgan muammolarni tezroq oldini olish va samarali 5