logo

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RANG-TUS VA MIQDOR BILDIRUVCHI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI O‘RGATISH USULLARI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

148.2001953125 KB
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RANG-TUS VA MIQDOR
BILDIRUVCHI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI O‘RGATISH USULLARI
MUNDARIJA
  KIRISH …………………………………………….......................
…… 3 
I   BOB.   BOSHLANG‘ICH   SINF   ‘‘ONA   TILI’’   VA     “O‘QISH
SAVODXONLIGI”   DARSLIKLARIDAGI   LUG‘AVIY   BIRLIKLARNI
TAHLIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy birliklarni o‘qitishda o‘quvchilar lug‘atini
boyitishning ahamiyati…………………………………...…...........................……7
1.2.       Boshlang‘ich   ta’limda     rang-tus   va   miqdor   bildiruvchi     lug‘aviy
birliklarni o‘qitish usullari. ..........…………………………………....…......…….21
II   BOB.   BOSHLANG‘ICH   SINF     ‘‘ONA   TILI   ’’   VA     “O‘QISH
SAVODXONLIGI”   DARSLIKLARIDAGI     LUG‘AVIY   BIRLIKLARNI
O‘QITISH METODLARI
2.1.Boshlang‘ich   ta’limda   lug‘aviy   birliklarni   o‘tishda   interfaol   usullardan
foydalanish.   .........………………………………….............................…......…..25
2.2.Boshlang‘ich ta’limda lug‘aviy birliklarning tahlil  usullari……......….38
2.3.     ‘‘O‘qish   savodxonligi’’    darsligida   keltirilgan   iboralarni   tahlil   qilish   va
ularni o‘rgatish yo‘llari………………………………….…...........….....……......48
III BOB.  TAJRIBA-SINOV ISHLARI  
3.1.Tajriba-sinov ishlarini takomillashtirish va o‘tkazish metodikasi……...52
3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari…………………….... 54
        XULOSA .…………………………………………………………...……...58
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR …………………………….…....60  
                                                  
                                KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.   Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, demokratik
huquqiy   davlat,   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor   iqtisodiyoti   va   kuchli   fuqarolik
jamiyatini   barpo   etish   kabi   maqsadlardan   iborat   bo‘lgan   o‘z   taraqqiyot   yo‘lini
aniq belgilab oldi. Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyotidagi eng noyob va
mukammal boyligidir. Tilda xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma’naviy boyligi aks
etadi. Shu sababli har bir xalq ona tilining sofligi, kamoloti va rivoji uchun tinmay
qayg‘uradi.   Prezidentimiz     Sh.M.Mirziyoyev   ta’kidlaganlaridek,   “Milliy
o‘zligimiz   timsoli   bo‘lgan,   ma’naviyatimiz   asosi   bo‘lgan   ona   tilimizga   e’tibor
yanada kuchay tiri ladi. Albatta , oilamizda ham  chet  tilini  bilish albatta kerak, bu
ham hozir zamon talabi. Lekin ona tilini bilishga majbur qilishimiz kerak. Majbur!
” (I.4.).    
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasi   xalq
ta’limi   tizimining   2030-yilgacha   rivojlantirish   konseptsiyasini   tasdiqlash
to‘g‘risida”gi   Farmonida   “Uzluksiz   ta’lim   tizimi   mazmunini   sifat   jihatidan
yangilash,   shuningdek,   professional   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va
malakasini oshirish, fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya
jarayoniga   individuallashtirish   tamoyillarini  bosqichma-bosqich  tatbiq  etish,   xalq
ta’limi   sohasiga   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   va
innovatsion   loyihalarni   joriy   etish   va   xalq   ta’limi   muassasalarining   moddiy-
texnika   bazasini   mustahkamlash   va   byudjetdan   mablag‘   bilan   ta’minlashning
samaradorligini oshirish kabi vazifalar asosiy vazifalar sifatida belgilab berildi. [I.
1.]
O‘zbekiston   Respublikasining   Davlat   tili   haqidagi   Qonuni   ham   mustaqillik
sari qo‘yilgan dadil qadamlardan biri  bo‘ldi. Bu Qonun o‘zbek tilining haqqoniy
maqomini   qonunlashtirdi   va   asl   o‘zbekona   so‘zlash,   tilimizning   uslubiy imkoniyatlaridan   kengroq   foydalanishga   mustahkam   zamin   hozirladi.   Bu   qonun
o‘zbek tilining lug‘aviy birliklarini ham chuqurroq o‘rganish sohasida yangi-yangi
vazifalarni ham belgilab berdi. 
Tilni   o‘rganayotgan   paytda,   eng     avvalo,   bizni   qurshab   turgan   narsa   va
hodisalarning   amaliy   hayotimiz   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   turli   xil   harakati,   holatlari,
belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan
boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so‘zlar   yig‘indisi shu tilning   lug‘at
tarkibini tashkil qiladi. 
Boshlang‘ich     sinf   ‘‘Ona   tili’’   va     “O‘qish   savodxonligi”   darsliklaridagi
lug‘aviy   birliklarni   o‘rganish,   tahlil     qilish     bizning     so‘z,   lug‘at   boyligimizni
yanada   boyitishga,   nutqni   aniq,   ravon   ifodalashga,     savodxonlikni   oshirishga
xizmat qiladi, o‘quvchini ijodiy fikrlashga, izlanishga o‘rgatadi.  
Shuning uchun badiiy asarlarning o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini chuqurroq
o‘rganish   xalq   badiiy   tafakkurining   qonuniyatlarini   yanada   teranroq   anglashga
xizmat qiladi.  
Bitiruv   ishining   maqsad   va   vazifalari.   Boshlang‘ich   sinflarning   “O‘qish
savodxonligi”   darslarida,   asosan,   hikoya,   she’r,   ertak,   masal,   maqol,   doston,
rivoyat va topishmoq kabi bir qator lirik, epik janrdagi asarlar kiritilgan. Shu bilan
birga  ilmiy-ommabop  asarlar ham o‘qitiladi.  
Bu kabi turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, yozilish uslubi jihatidan o‘ziga
xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lib,   ularning   o‘quvchilarga   ta’siri   ham   turlichadir.
Tabiiyki,   har   bir   janrga   oid   asar   matni   lingvistik   jihatdan   ham   o‘ziga   xos
xususiyatlarga   ega.   Shunga   ko‘ra,   turli   janrdagi   badiiy   asarlardan   lug‘aviy
birliklarni   tanlab   olish   va   tahlil   qilib   o‘qitishda   o‘qituvchidan   unga   mos   usullar
tanlash talab etiladi.  
Bitiruv   malakaviy   ishimizning   maqsadi   boshlang‘ich   sinflarda   badiiy
asarlardagi     lug‘aviy   birliklarni   o‘qitish   va   tahlil   qilishning   yangi   metod   va
yo‘llarini o‘rganib chiqish, kelgusida bu usullardan keng foydalanishdir.   Mavzuning   o‘rganilish   darajasi:   O‘zbek   tilidagi   lug‘aviy   birliklar   va
ularning   boshlang‘ich   ta’limda   nutq   o‘stirish   va   fikr   shakllantirish   bilan   bog‘liq
jihatlari   Q.Yo‘ldoshev,   S.Matjonov,   A.Zunnunov,   Sh.Yo‘ldosheva,   Q.Husan bo -
yeva,  Sh. Sariyev kabi olimlarning ishlarida ochib berilgan.  
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Boshlang‘ich   sinflar   ‘‘Ona   tili’’ va     “O‘qish
savodxonligi”   darsliklaridagi   turli   epik   va   lirik   janrlardan   to‘plangan   lug‘aviy
birliklar o‘rganilib, quyidagi ilmiy natijalarga erishildi:
- “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi turli epik va lirik janrlardagi rang-tus
va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklar to‘planib, tartibga keltirildi;  
- rang-tus   va   miqdor   bildiruvchi   lug‘aviy   birliklarning   o‘zaro   aloqadorligi
hamda farqli tomonlari aniqlandi;  
- rang-tus   va   miqdor   bildiruvchi   lug‘aviy   birliklarning   tuzilishiga   ko‘ra
turlari tahlil etildi;  
- rang-tus va miqdor bildiruvchi  lug‘aviy birliklarni o‘tishda interfaol usullar
haqida fikr bildirildi;  
- boshlang‘ich ta’limda rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarning
tahlil  usullari belgilandi.  
Tadqiqotning  predmeti:   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich
sinflar   ‘‘Ona   tili’’  va     “O‘qish   savodxonligi”   darsliklaridagi   turli   epik   va   lirik
janrlardan   to‘plangan   faktik   dalillar   asosiy   tadqiqot   manbai   bo‘lib   xizmat   qildi.
Darslarda qo‘llangan   rang-tus va miqdor bildiruvchi   lug‘aviy birliklarning tahlili,
o‘quvchilarning  nutqini   o‘stirish  yo‘llari,  savodxonligini   oshirishning zamonaviy
usullari, qonun-qoidalari. 
Tadqiqot ishining obyekti:   “O‘qish savodxonligi ” darsliklaridagi turli epik
va   lirik   janrlarni   o‘tish     jarayonidagi   metodlar   va     ‘‘Ona   tili   ’’  darsliklaridagi
lug‘aviy mashqlarni bajarish  usullar.   
Tadqiqot   ishini   yozishga   asoslangan   manba:   Ushbu   mavzuni   yoritishda,
asosan   ilmiy-uslubiy   maqolalar,   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalar   va   Samarqand viloyati   Nurobod   tumni     35-umumta’lim   maktabida   o‘tkazilgan   tajribalardan
foydalandik.  
Bitiruv ishining ilmiy ahamiyati: Mazkur bitiruv malakaviy ish boshlang‘ch
ta’lim   yo‘nalishi   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   tadqiqotlarga   ilmiy   materiallar
bera olishi bilan nazariy ahamiyat kasb etadi. Ish natijalari respublika oliy o‘quv
yurtlari   pedagogika   fakultetlari   talabalarga   leksikologiya   bilan   bog‘liq   maxsus
kurs   va   seminarlar   tashkil   etishda,   kurs   va   bitiruv   ishlarini   tayyorlashda,
shuningdek,   boshlang‘ish   sinf   o‘qituvchilari   fakultativ   mashg‘ulotlarida
foydalanishlari mumkin. 
Bitiruv   ishining   muhokamasi:   Bitiruv   ishining   muhokamasi   dastavval
Pedagogika   ta’limi   fakulteti   boshlang‘ich   va   texnologik   ta’lim     kafedrasida
o‘tkazildi. 
Bitiruv ishining tuzilishi.  Bitiruv ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Bitiruv  ishining  mundarijasi.   Ish  kirish,   uch  bob,  xulosa   va  foydalanilgan
adabiyotlar qismlaridan iborat bo‘lib,    62 sahifani tashkil etadi.  I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF “O‘QISH KITOBI” DARSLIKLARI -
DAGI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI TAHLIL QILISHNING NAZARIY
ASOSLARI
1.1.Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy birliklarni o‘qitishda o‘quvchilar
lug‘atini  boyitishning ahamiyati
O‘qish   darslari   atrof-muhit,   insoniy   munosabatlar,   Vatanning   o‘tmishi   va
hozirgi   kundagi   hayoti,   unda   insonlarning   o‘rni   haqidagi   o‘quvchilar   bilimlarini
kengaytiradi,   dunyoqarashlarining   shakllanishiga,   ma’naviy-axloqiy   tarbiyasiga
katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Natijada   o‘quvchilarda   ijobiy   –   axloqiy   sifatlar   shakllana
boshlaydi,   vatanparvarlik,   vatanga   muhabbat,   insonparvarlik   hislari   rivojlanadi.
O‘qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O‘qishni bilmagan odamning ko‘zi
ojiz   kishidan   farqi   yo‘q.   O‘qish   faoliyati   boshlang‘ich   sinflarda   barcha   fanlarda
amalga   oshiriladi,   lekin   o‘qishga   o‘rgatish   o‘qish   darslarining   asosiy   vazifasidir.
Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda ularning umumiy rivojlanishini,
psixologiyasini hisobga olish zarur. O‘quv materialining hajmini oshirib yuborish,
tinmay   bir   maromdagi   o‘qishni   tashkil   etish   bolani   o‘qish   mashg‘ulotidan
bezdiradi. 
O‘quvchilarni   qiziqarli   topshiriqlar,   didaktik   o‘yinlar   asosida   o‘qitish
o‘qishga   har   xil   o‘yin   tusini   beradi.   Bola   o‘ynab   charchamaganidek,   o‘qib
charchaganini ham sezmaydi. 
1-sinfda o‘qish  savodxonligi darslari bir qancha vazifalarni bajaradi:  O‘quvchilar   asar   mazmunini   to‘g‘ri   idrok   etishlari,   bilimlarni   mukammal
egallashlari, hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun
bir qancha tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. 
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar: 
1. О'quvchilarning   asarda   aks   ettirilgan   voqea-hodisalar   haqidagi
tasavvurlarini   boyitish,   matnni   ongli   idrok   qilishga   ta’sir   etadigan   yangi
ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqea - hodisalarni o‘quvchilar o‘z
hayotlarida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish.  
2. Yozuvchining   hayoti   bilan   elementlar   tarzida   tanishtirish,   yozuvchiga,
uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg‘otish. 
3. O‘quvchilarni asarni emotsional (hissiyotni) idrok etishga tayyorlash. 
4. Asar       mazmunini       tushunishga       murakkablik       qiladigan   so‘z,
iboralarning  lug‘aviy ma’nolarini tushintirishdan iborat. 
Tayyorgarlik   ishlarining   shakllari   xilma-xil   bo‘lib,   o‘qituvchi   asar   mazmuni
va   shakliga   qarab   ish   turini   tanlaydi.   Tayyorgarlik   davri   uchun   2-5   daqiqa
ajratiladi. 
Bugungi   rivojlanayotgan   davrda   faqatgina   kitob   bilan   tushuntirish   bilan
cheklanib qolish emas , tinglab tushunish ko‘nikmasini ham shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etadi.Tinglab tushuntirish jarayonida o‘quvchilar biror predmetning
xususiyati,   voqea-hodisa   haqida   ma’lumotni   o‘qib   emas   ,   balki   eshitish   jarayoni
orqali qabul qiladi.  Bu talab PIRLS baholash talablariga ham kiritilgan.(II.13.144)
O‘qituvchi hikoyasi.   Asar muallifi haqida ma’lumot berishda u eng samarali
metod hisoblanadi.  Biror  shoirning  she’rini   ifodali   o‘qish,  hikoya,  ertakni  ta’sirli
bayon   etishda   uning   bolalar   uchun   yozgan   asarlari   namoyish   etilib,   ular   haqida
qisqacha   ma’lumot   berilsa,   o‘quvchilarning   asarni   o‘qishga   qiziqishlari   ortadi.
Tayyorgarlik   davridan   so‘ng   1-bosqich   amalga   oshiriladi.   Bu   bosqichning   asosiy
vazifasi  matnni  yaxlit  idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni  bilan, uning
syujet chizig‘i bilan tanishtirish, asarning emotsional ta’sirini aniqlashdir.  Matn ifodali o‘qib beriladi.   O‘qituvchi o‘quvchilarga umumiy taassurotlarini
aytishni talab qiladigan savollar beradi. 
 Hikoyaning qaysi о'rni sizga yoqdi? 
Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi? 
Siz asar qahramoni o‘rnida bo‘lishni istarmidingiz? 
Hikoya   o‘qilganda   siz   qaysi   o‘rinda   juda   xursand   bo‘ldingiz?   kabi   savollar
beriladi. 
  O‘quvchilarning   borliq,   tabiat   va   jamiyat   haqidagi   tasavvurlari,   bilimlarini
ma’lum bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirish kabi vazifalar
bajariladi. 
      Bo‘g‘in tuzilishi murakkab bo‘lmagan so‘zlarni bo‘g‘inlab to‘g‘ri o‘qish.
Bolalar   hayoti   bilan   bog‘liq   bir   bo‘g‘inli,   ikki   bo‘g‘inli   so‘zlarni   bir   tekis
o‘qishlariga erishish. Buning uchun o‘qituvchi o‘qiladigan asar matnini o‘rganish
jarayonida o‘qilishi qiyin o‘rinlari belgilashi va o‘qishni differensial usulda tashkil
etishi, ya’ni o‘qilishi qiyinroq o‘rinlarni yaxshiroq o‘qiydigan o‘quvchilarga, oson
o‘qiladigan o‘rinlarni  o‘qish malakasi  bo‘sh o‘quvchilarga o‘qitishni  mo‘ljallashi
lozim. 
Bo‘g‘in   tuzilishi   murakkab   so‘zlarni   kartonga   solib   yoki   xattaxtaga
bo‘g‘inlarga   bo‘lib   yozish,   jo‘r   o‘qitish   usulidan   foydalanish,   so‘z   ma’nosini
izohlash yo‘li bilan to‘g‘ri o‘qishni amalga oshirish kerak. 
1-sinfda   o‘qishning   ovoz   chiqarib,   ba’zan   shivirlab   o‘qish   turidan
foydalanish   talab   etiladi.   Chunki   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   to‘g‘ri   o‘qishini
hisobga olish va to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 
O‘quvchilarning   o‘qish   tezligini   oshirish.   O‘qituvchilar   ,   asosan,   1-sinf   2-
yarmidan   o‘qish   tezligi   olishni   boshlab   o‘quvchining   o‘qiy   olish   tezligini
baholaydi.   Bir   o‘rindan   1-sinf   o‘quvchisi   bu   davrda   bir   daqiqa   ichida   20-25   ta
so‘zni  o‘qiy olishi  kerak,  ammo o‘qish  samaradorligi  va  nutq qobiliyati  faqat  bu
tezlik   bilan   kifoyalanmaydi.   Bu   o‘qish   tezligi   o‘quvchilarning   asar   mazmunini
o‘zlashtirishini   ta’minlashi   lozim.   Lekin   o‘qish   tezligi   har   bir   o‘quvchining og‘zaki   nutq   tempiga   ham   bog‘liq   bo‘ladi.   Bu   o‘qituvchining   diqqat   mazkazida
bo‘lishi kerak. Sekin gapiradigan bola ravon, to‘g‘ri o‘qisa-yu, bir daqiqada 22-23
so‘z o‘qisa, uni  o‘qish talabini  bajarmadi  deb bo‘lmaydi. O‘quvchilarning o‘qish
sur'atini   tezlashtirish   uchun   turli   topshiriqlar   asosida   o‘qishni   mashq   qilish,
o‘quvchida o‘qishga qiziqish uyg‘otish, rollarga bo‘lib o‘qitish, dialogli matnlarni
avval   tez   o‘qiydigan   o‘quvchiga,   so‘ng   sekin   o‘qiydigan   o‘quvchiga   taqsimlash
kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. 
1-sinfdanoq ongli o‘qish talab etiladi.   Buning uchun darslikka kompozitsion
qurilishi sodda, voqealari bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan asarlar tanlanadi. 
    Dars   jarayonida   asar   matnini   tahlil   qilishga   e’tiborni   kuchaytirish,   asar
tahlilini   o‘qish   bilan   bog‘liq   holda   uyushtirish,   tahlilda   savollarning   aniq,
tushunarli va izchil bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilardan berilgan savollarga
to‘g‘ri javob olingandagina o‘qishni ongli deyish mumkin. 
O‘quvchilar   to‘g‘ri,   ongli   o‘qishni   egallagan   taqdirdagina   ifodali   o‘qiy
oladilar.   Ifodali   o‘qishga   o‘rgatish   o‘qishga   o‘rgatish   bilan   bir   paytda   amalga
oshiriladi.   1-sinf   o‘quvchilari   o‘qishni   bilishini   namoyish   etish   maqsadida
qichqirib   o‘qiydi.   Bu   o‘quvchi   sog‘ligiga   salbiy   ta’sir   etadi,   eshituvchini
charchatadi.   Qichqirish   tufayli   o‘quvchining   nafasi   yetmay,   o‘qishni   oxirigacha
davom ettira olmaydi. Shuni hisobga olgan holda o‘qituvchi o‘quvchilarga nafasni
to‘g‘ri   olish   va   to‘g‘ri   sarflash   namunasini   ko‘rsatishi,   tovushlarning   to‘g‘ri
artikulyatsiyasini o‘rgatishi, adabiy talaffuz normalari haqida elementar ma’lumot
berishi lozim. Ifodali o‘qish ko‘rgazmalilikdir, deydi metodist olimlar. 
Ifodali o‘qishga o‘rgatish, birinchidan, asar qahramonlarining  tahlil qilishni,
badiiy   til   vositalari   vazifasi   va   ma’nosini   tushuntirishni,   ikkinchidan,   asar
matnidagi   pauzalarning   o‘rnini,   nutq   tempini   belgilashni,   uchinchidan,   o‘qishni
mashq   qilishni   taqozo   etadi.   O‘qish   darslari   shu   tarzda   o‘quvchida   kitobga
muhabbat uyg‘otishi zarur. 
O‘qish   dasrlarida   asarda   yozuvchi   aytmoqchi   bo‘lgan   fikr-g‘oyani   ochish
o‘quvchini   tarbiyalashda   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   o‘qish   darslarining asosiy   vazifalaridan   biri   o‘quvchilarni   axloqiy,   estetik   va   mehnatsevarlik   ruhida
tarbiyalashdir. 
Badiiy   asar   voqealari   til   vositasida   reallashadi.   Asar   tahlilida   asar   tilini
o‘rganish   o‘quvchi   lug‘atini   boyitadi,   nutqini   o‘stiradi,   yozuvchining   aytmoqchi
bo‘lgan   muhim   fikriga   o‘quvchilar   diqqatini   tortib,   uni   aniqlab   ko‘rsatadi,
yozuvchi   voqeani   ifodalashda   foydalangan   so‘z,   ibora,   ifodalarni   aniqlab
ko‘rsatadi, ularga yuklatilgan ma’noni o‘quvchilar bilan birga aniqlaydi. 
O‘qituvchi   har   bir   sinf   o‘quvchilarining   saviyasidan   kelib   chiqib,   asar   tili
tahlilini chuqurroq, kengroq ko‘lamda uyushtirishi mumkin. 
O‘qish   darslarida   asar   tahlili   bilan   bog‘liq   har   bir   ish   o‘quvchi   shaxsini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘qish savodxonligi   darslari o‘quvchilar fikrini va nutqini o‘stirish, ahloqiy
tarbiyani amalga oshirish hamda o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi
xususiyatlari bilan boshqa o‘quv predmetlari orasida alohida o‘rin tutadi. 
O‘qish   savodxonligi   darslari   jarayonida   o‘quvchilarning   o‘qish   malakalari
takomillashib,   to‘g‘ri,   ongli   va   ifodali   o‘qish,   badiiy   asar   g‘oyasini   tushunish
qobiliyatlari o‘sib boradi. 
“O‘qish savodxonligi”dagi turli janrlarga xos bo‘lgan badiiy asarlarni o‘qish
va ular ustida ishlash orqali o‘quvchilarning borliq, voqelik haqidagi  tasavvur va
tushunchalari kengayadi. 
  Birinchi sinfda o‘quvchilar ongli, to‘g‘ri va bir me’yorda bo‘g‘inlab o‘qish
malakasini   egallaydilar.   Ayrim   nutq   tovushlarining   talaffuzidagi   qiyinchiliklar
asta-sekin   bartaraf   etiladi.   O‘quvchilar   o‘qigan   matnlarining   mazmunini
o‘qituvchining   yordamchi   savollari   asosida   hamda   kichik   hajmdagi   matn
mazmunini   unga   ishlangan   rasmdan   foydalanib   so‘zlab   berishga   o‘rganib
boradilar. 
Ikkinchi   sinf   o‘quvchilarida   so‘zni   butunicha   o‘qish   malakalari   shakllanadi
va   ongli,   to‘g‘ri,   ifodali   o‘qishga   intilish   yaqqol   seziladi.   O‘qish   tezligi   ortadi.
Ayrim   matnlarni   ovoz   chiqarmay   mustaqil   o‘qiy   boshlaydilar.   O‘qituvchi rahbarligida   o‘qilgan   matndagi   asosiy   fikrni   aniqlaydilar,   undagi   ayrim   voqea-
hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. O‘qish va matnni savollar asosida
hikoyalash   paytida   o‘quvchilar   nutqining   to‘g‘ri   va     aniq   bo‘lishiga,   nutqda
so‘zlardan o‘rinli foydalanishlariga e’tibor beriladi. 
Uchinchi   sinfda   o‘quvchilar   so‘zlarni   butunicha   o‘qish   malakalarini   to‘la
egallab, ongli va ifodali o‘qishga ko‘proq e’tibor beradilar.  
O‘qilgan   matn   mazmunini   mulohaza   qilish,   voqealar   yo‘nalishini   aniqlash
qobiliyatiga   ega   bo‘ladilar.   Bu   sinfda   ham   o‘qilgan   asarning   badiiy-tasviriy
xususiyatlari ustida ishlash davom ettiriladi. 
Uchinchi sinf o‘quvchilariga o‘zaro fikr olishuv jarayonida xalq maqollari va
obrazli   iboralardan   o‘rinli   foydalanish,   adabiy   talaffuz   me’yorlariga   rioya   qilish
o‘rgatiladi. 
To‘rtinchi   sinfda   o‘quvchilar   matndagi   so‘zlarni   butunicha,   ma’nosiga
tushunib   to‘g‘ri   o‘qish   malakalarini   to‘la   egallaydilar.   O‘qiganlari   mazmunini
qayta   hikoyalash,   matnni   qismlarga   bo‘lish   va   sodda   reja   tuzish   vazifalarini
mustaqil bajara oladilar. 
O‘qish   va   gapirish   jarayonida   o‘quvchilarning   adabiy   talaffuz   me’yorlariga
rioya qilishlari talab qilinadi. 
Boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   yuqorida   belgilangan   talablar   asosida   o‘z
ishlari natijasini nazorat qilib borishlari kerak. 
O‘qish   savodxonligi   darslarida   darsning   asosiy   qismini   o‘quvchilarning
o‘qishiga   ajratish   lozim.   O‘quvchilar   turli   xildagi   aniq   topshiriqlar   asosida   bir
necha   marta   o‘qitiladi   va   o‘qish   mas’uliyatlari   orttiriladi.   Bunday   topshiriqlar
dastlab sodda va oson bo‘lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 
Masalan,   2-sinf   o‘quvchilariga   matndan   bir-ikkita   gapni   mustaqil   o‘qish   va
belgilangan   savolga   javob   qaytarish   topshirig‘i   berilishi   mumkin.   3-4-   sinflarda
esa   matnni   o‘qib,   gapirishga   tayyorlanish,   undagi   asosiy   mazmunni   aniqlash
singari topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni mustaqil o‘qish va
o‘qiganlari yuzasidan mulohaza yuritishga undaydi.  O‘qish savodxonligi darslari davomida o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutq
o‘stirish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun darslikdagi va boshqa
rasmlar   asosida   suhbat,   kuzatganlari   yuzasidan   og‘zaki   hikoya   tuzish,   she’r,
topishmoq va maqollarni yoddan ayttirish singari turli ish usullaridan foydalanish
mumkin. 
Umuman,   o‘qituvchi   har   bir   darsning   muhim   vazifalarini   oldindan   belgilab
olsa,   uni   maqsadga   muvofiq   tashkil   etadi.   Dars   va   uning   turlarini   belgilashda
metodist   olimlar   darsning   turli   xil   belgilariga,   darsda   qo‘llaniladigan   ta’lim
metodlariga,   darsda   o‘quvchilar   faoliyatini   uyushtirish   va   darsning   didaktik
maqsadlariga   asoslanadilar.   Shuningdek,   har   qaysi   muallif   o‘z   mutaxassisligi   va
umumiy holatdan kelib chiqib, dars turlarini belgilashga harakat qiladi. 
M.Maxmutov   darsning   asosiy   didaktik   maqsadiga   ko‘ra   uni   uch   guruhga
ajratgan: 1) yangi materialni o‘rganish darslari; 2) bilim, malaka va ko‘nikmalarni
takomillashtirish darslari; 3) nazorat darslar. 
Yangi   materialni   o‘rganish   darsi   —   darsning   asosiy   turi   bo‘lib,   yangi
tushunchalar,   mustaqil   izlanish   malakalarini   o‘zlashtirish   kabi   qator   didaktik
masalalarni   hal   qiladi,   ya’ni   birinchi   tur   dars   o‘quv   jarayonining   barcha
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. 
Ikkinchi   tur   darsning   asosiy   mazmuni   o‘quvchilar   bilimini,   ko‘nikma   va
malakalarini takomillashtirishdan iborat. Bu sistemalashtirish va umumlashtirilgan
fikrlarni   takrorlash   va   mustahkamlash,   uni   amalda   qo‘llash   kabi   metodik
masalalarni hal qiladi. 
Darsning   uchinchi   turini   o‘quvchilar   faoliyati   natijalarini:   tushunchalar
sistemasini   o‘zlashtirganlik   darajasini,   esga   tushirish   va   ijodiy   o‘qish   –   bilim,
ko‘nikma   hamda   malakalarining   shakllanganlik   darajasini   baholashga   xizmat
qiladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining mazmuni, maqsadi va tuzilishiga ko‘ra
aralash   tipli   dars   deyish   maqsadga   muvofiqdir.   Demak,   dars   turlari   haqidagi
mavjud   fikrlarni   boshlang‘ich   sinf   o‘qish   darslariga   o‘zgarishlarsiz   tatbiq   etib bo‘lmaydi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib o‘qish darsini quyidagi turlarga ajratish
mumkin:   1)   kirish   darslari;   2)   hikoya   o‘qish   darslari;   3)   she’r   o‘qish   darslari;   4)
ertak   o‘qish   darslari;   5)   masal   o‘qish   darslari;   6)   ilmiy-ommabop   maqola   o‘qish
darslari; 7) umumlashtiruvchi darslar. 
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga
ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va
axloqiy-ta’limiy   tarbiya   asoslari   turadi.   Shuning   uchun   ham   boshqa   predmetlar
ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
O‘quvchi  matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan
ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat
ta’lim   standarti   talablari   bo‘yicha   o‘zlashtirishlari   ko‘zda   tutilgan   o‘quv-biluv
ko‘nikma-malakalari   hamda   bilimlarni   egallashlariga   yo‘l   ochiladi.  Aynan   o‘qish
ta’limida   insonning,   avvalo,   o‘zligini,   qolaversa,   olamni   anglashga   bo‘lgan
intilishlariga turtki beriladi. 
Shu   maqsadda   “O‘qish   savodxonligi”   darsliklariga   ona   tabiat,   atrofimizni
o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik,   istiqlol   va   milliy-ma’naviy   qadriyatlar,   xalqlar   do‘stligi   va
tinchlik   kabi   turli   mavzular   bo‘yicha   atroflicha   tushunchalar   berishga
mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi .
Har bir kishi dunyoga kelar ekan, haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda
ko‘p   narsalarni   bilishi   kerak.   U   o‘ziga   kerakli   bilimni   ko‘rib,   eshitib   va   o‘qib
o‘rganadi.   Eshitib   va   o‘qib   o‘rganish   til   birliklari   vositasida   amalga   oshadi   va
uning imkoniyati cheksiz bo‘ladi. Tilning ma’rifiy ahamiyati  shundaki, til tufayli
jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim  ommalashib, uning ko‘pchilik
tomonidan   rivojlantirilishiga,   boyishiga   imkon   tug‘iladi.   Bundan   tashqari   til
tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda meros qoldiriladi, natijada
yangi avlod o‘tgan ota-bobolarning  ishini  davom ettiradi. 
Til   ilm   olishda   zamon   va   makon   munosabatlarini   o‘rtadan   ko‘taradi.Til
tufayli   eng   qadimgi   ajdodlarimizdan   qolgan   ma’naviy   va   ilmiy   merosga   ega bo‘lamiz,   hatto   kelgusiga   oid   ma’lumotlarni   ham   olishimiz   mumkin.   Til
tufayligina   sezgi   a’zolari   bilan   bilib   bo‘lmaydigan   narsalarni   ham   so‘z   orqali
ifodalab,  ularni  o‘rganamiz. Tashqi   ko‘rinishi,  shakli   bir   xil  bo‘lgan narsalarning
aksi   ongimizga   o‘rnashishi   mumkin,   lekin   shaklsiz   narsalarni   biz   faqat   so‘z
shaklida o‘zlashtiramiz va tushuntiramiz. 
Shuningdek,   mavjudotning   ko‘rinmas   ichki   jihatlarini   ham   so‘z   shaklida
o‘zlashtirib,  til vositasida  o‘zgalarga  tushuntirishga harakat qilamiz. 
Tilni   o‘rganish   va   o‘rgatishni   osonlashtiradigan   yana   bir   jihati   shundaki,   u
umumlashtirish   xususiyatiga   ega.   So‘z   yordamida   biz   mavjudotni   o‘rganib,
umumiy   tushunchalar   hosil   qilamiz   va   bu   tushunchalar   mavjudotning   umumiy
xossalarini   o‘rganishga,   hatto   ularning   haqiqatini   idrok   etishga   imkoniyat
tug‘diradi. 
Tilimiz   boy.   Har   qanday   ma’noni   ifoda   etishda   bir   necha   til   birliklaridan
foydalaniladi.   So‘z   benihoya   qudratli   narsa.   Uni   o‘z   o‘rnida   ishlata   bilish   uchun
farosat, malaka va ziyraklik zarur bo‘ladi.  
Ma’lumki,   til   quyidagi   birliklardan   tashkil   topgan:   tovush   –   fonetik   birlik,
so‘z – leksik va morfologik birlik, qo‘shimcha – morfologik birlik, so‘z birikmasi
va   gap   –   sintaktik   birlik.   Lug‘aviy   birlik   deganda   tilning     lug‘at   boyligiga
kiradigan barcha birliklar nazarda tutiladi. 
Bu   birliklar   orasida   bir   so‘roqqa   javob   berib,   tilning   lug‘at   boyligiga
kiradigan, lug‘atda tayyor holda turadigan birliklar lug‘aviy birlik deyiladi. Bunga,
avvalo,   so‘z     kiradi.   So‘zlarga   ma’no   jihatdan   teng   keladigan   barcha   birliklar,
ya’ni   ibora,   tasviriy   ifoda,   qo‘shma   so‘z,   juft   so‘z,   takroriy   so‘zlar,   birikmali
so‘zlar   lug‘aviy   birliklar   hisoblanadi.   (Garchi   boshlang‘ich   ta’limda     lug‘aviy
birlik   atamasi   qo‘llanmasa-da,   biz   ishda   shartli   ravishda   shu   nom   bilan   atashga
qaror qildik.) 
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birikmasi aniq
narsalarni,   mavhum   tushunchalarni,   hissiyotni   ifodalaydi.   Tilda   mavjud   bo‘lgan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug 'at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksika
so‘zi yunoncha leksis so‘zidan olingan bo‘lib, so‘z degan ma’noni bildiradi. 
Leksikologiya so‘zi esa leksis – so‘z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni
bildiradi.   Leksikologiya   o‘zbek   tilining   lug‘at   tarkibini   o‘rganadigan   bo‘limidir.
Leksikologiya   lug‘at   tarkibidagi   so‘zlarning   nutqda   ma’no   ifodalash   xususiyati,
qo‘llanish   faolligi,   boyib   borishi,   ba’zi   so‘zlarning   eskirib,   iste’moldan   chiqib
ketishi,   ma’no   ko‘chish   hodisasi   kabilarni   o‘rganadi.   Shu   sababli   leksikologiya
lug‘aviy birliklar ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. 
Har qanday nutqiy jarayon grammatik jihatdan o‘zaro bo g‘langan, mazmun,
mantiqqa mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan
tuziladi.   Kishining   lug‘ati   qanchalik   boy   va   rivojlangan   bo‘lsa,   uning   nutqi   ham
shunchalik   boy   bo‘ladi;   o‘z   fikrini   aniq   va   ravshan,   ifodali   bayon   etishiga   keng
imkoniyat   yaratiladi.   Shuning   uchun   lug‘atning   boyligi,   xilma-xilligi,
harakatchanligi   metodikada   nutqni   muvaffaqiyatli   o‘stirishning   muhim   sharti
hisoblanadi. 
Maktabda   o‘quvchilarning   nutqini   o‘stirishning   muhim   vazifalaridan   biri
lug‘aviy   birliklar     ustida   ishlashni   yaxshilash,   tartibga   solish,   uning   asosiy
yo‘nalishlarini   ajratish   va   asoslash,   o‘quvchilarning   lug‘atini   boyitish   jarayonini
boshqarish hisoblanadi. 
O‘quvchilar   lug‘ati   quyidagi   manbalar   asosida   boyitiladi   va
takomillashtiriladi: 
Atrof-muhitni,   tabiatni,   kishilarning   hayoti   va   mehnat   faoliyati,   bolalarning
o‘yini   va   o‘qish   faoliyatini,   kattalar   bilan   munosabatni   kuzatish.   Tog‘
yonbag‘irlarida,   tabiat   qo‘yniga,   turli   joylarga,   muassasalarga   sayohat   vaqtida
bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan birga ko‘pgina yangi nom va iboralarni
o‘rganadilar.   Bu   tashriflar   yuzasidan   o‘tkazilgan   suhbat   vaqtida   ularning   bilimi
chuqurlashtiriladi,   ayrim   so‘zlar   ma’nosiga   aniqlik   kiritiladi,   fikrlash   doirasi
kengayadi.  Bolalar   mustaqil   o‘qishga   to‘la   o‘rganganlaridan   keyin   ular   lug‘atiga   kitob,
gazeta,   jurnal   materiallari   katta   ta’sir   qiladi.   Bu   materiallarga   erkin   yondoshgan
holda   bolaning   saviyasi,   tushunish,   o‘zlashtirish   darajasiga   qarab,   belgilanib
berilishi   mumkin.   Shuning   uchun   ham   sinfdan   tashqari   mustaqil   o‘qish   va   unga
rahbarlik shakllari bola qalbida kitobga nisbatan qiziqish va muhabbat tuyg‘usini
uyg‘otish,   o‘quvchilar   lug‘atini   boyitishning,   nutqini   o‘stirishning   eng   muhim
manbalaridan biri hisoblanadi. 
Ma’lumki,   maxsus   mashqlar   yordamida   grammatika   va   imloni   o‘rganish
darslari   ko‘pgina   so‘z   va   atamalarni   o‘zlashtirishga   yordam   beradi,   o‘quvchilar
predmet,   belgi,   harakat,   sanoq,   tartib   ifodalaydigan   so‘zlarni   bilib   oladilar.   Bu
darslarda   o‘quvchilar   lug‘atini   tartibga   solish   bilan   birga,   so‘z   turkumlarini
o‘rganish jarayonida so‘z va atamalar  ya’ni, predmet  nomini  bildiruvchi, harakat
bildiruvchi,   belgi   bildiruvchi,   miqdor   bildiruvchi   kabi   nomlar   bilan   guruhlanadi,
so‘z   tarkibi,   so‘z   yasalishi,   so‘zlarning   o‘zgarishini   o‘rganish   bilan   esa   lug‘atga
yanada   aniqlik   kiritiladi;   ular   o‘rgangan   so‘zlaridan,   atamalaridan   o‘z   nutqlarida
mustaqil   foydalana   boshlaydilar,   natijada   ularning   lug‘atlari   faollashadi.
O‘quvchilar   lug‘ati   maxsus   lug‘aviy-mantiqiy   mashqlar   yordamida   ham   boyib,
tartibga tusha boradi. 
Shu   bilan   birga   multfilm,   kinofilm   va   teleko‘rsatuv   matnlari,   kompyuter
saboqlari   o‘qituvchi,   maktab  hamda   maktabdan   tashqari   muassasa   xodimlarining
nutqlari   ham   o‘quvchilar   lug‘atini   boyitish   va   takomillashtirish   manbalari
hisoblanadi. 
O‘quvchilar lug‘at boyligini oshirishda turli lug‘atlar juda foydali qo‘llanma
hisoblanadi.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   uchun   „Imlo   lug‘ati"   mavjud   bo‘lib,
bundan   so‘zlarni   to‘g‘ri   yozishda   foydalaniladi.   O‘qituvchi   ma’lumot   berish   va
ma’lumot   olish   uchun   ham,   material   tanlash   uchun   ham   turli   lug‘atlardan
(“O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati”,   “O‘zbek   tili   antonimlarining   izohli
lug‘ati”, “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati”, “Tilshunoslik terminlarining izohli
lug‘ati”)  muvaffaqiyatli hamda o‘rinli foydalanishi mumkin.  Avvalambor,   o‘quvchilar   lug‘atini   boyituvchi,   nutqini   o‘stiruvchi   asosiy
manba   bu   –   matndagi   so‘zlarning   ma’nosini   tushuntirish   hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim
bo‘lgan   so‘zlar   qatoriga   kiritiladi.  Atamalarning   ma’nosini   tushuntirish   mazkur
so‘z   anglatgan   tushunchani   yaxshi   fahmlab   olishga   yordam   beradi.   Masalan,
predmet   atamasining   ma’nosini   tushuntirish   bilan   o‘quvchilar   predmet   keng
ma’noda   qo‘llanishini,   tabiatdagi   barcha   narsa,   hodisa,   shaxsdan   boshqa   barcha
tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu esa ot, sifat, son, fe’l kabi so‘z
turkumlari va ularning atamalarini tez fahmlab olishda yordam beradi. 
 Vaqtdan unumli foydalanib, so‘zning ma’nosini tushuntirishga juda kam vaqt
ajratishi   va   bu   bilan   darsning   asosiy   mavzusidan   o‘quvchilar   diqqatini
chalg‘itmasligi   kerak.   Buning   uchun   o‘qituvchi   har   bir   darsga   tayyorlanish
jarayonida   ma’nosi   tushuntirilishi   lozim   bo‘lgan   so‘zlarni,   uni   tushuntirishning
eng qulay usul va yo‘llarini, darsning qaysi o‘rnida tushuntirishni belgilab oladi. 
Boshlang‘ich  ta’lim   o‘qish   kitoblaridagi  matnlarda  birinchi   marta  uchragan,
bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so‘zlar, atamalar, jumlalar matnni o‘qishdan
oldin   tushuntiriladi.   Bu   bilan   esa   o‘quvchi   diqqatini   chalg‘itmaslik   nazarda
tutiladi. 
  Avvalambor, matnni o‘qish jarayonida notanish so‘z ma’nosini tushuntirish,
izohlashga   chek   qo‘yish   kerak.   Bordi-yu   biror   so‘z,   jumla   yoki   iborani   matnni
o‘qish   vaqtida   tushuntirish   zaruriyati   tug‘ilib   qolsa,   matn   mazmunidan   kelib
chiqib,   o‘quvchilar   diqqatini   chalg‘itmagan   holda   shu   so‘z   ma’nosi   qisqacha
tushuntiriladi. 
Shuningdek,   ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   obrazli   so‘zlar,   tasviriy   ifodalar,
frazeologik   birliklar   matn   o‘qilgandan   keyin   tushuntiriladi,   chunki   ularning
ma’nosi   matn   mazmunidan,   kontekstdan   yaxshi   tushuniladi.   Ayniqsa,   masallar
o‘qilganda,   undagi   allegorik,   ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   so‘zlarni   asarni
o‘qishdan oldin yoki o‘qish jarayonida tushuntirib bo‘lmaydi. 
 Metodikada so‘zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:  1. So‘zni   kontekst   asosida   tushuntirish.   Bunda   o‘quvchilar   tushunmaydigan
so‘z ularga tushunarli so‘zlar qo‘llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So‘z   ma’nosini   lug‘atdan   va   o‘qish   kitoblarida   matn   ostida   berilgan
izohdan   foydalanib   tushuntirish.   Bunda   o‘quvchilarni   izohdan   mustaqil
foydalanib, so‘z ma’nosini mustaqil tushunib olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga
ega.  
3. So‘z ma’nosini shu so‘zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan,
chiroyli–go‘zal,     ko‘p   –   bir   qancha,     jinni   –   telba   -devona,     harakatchan   -
serg‘ayrat   –   ishchan,   kalta-qisqa   –kutoh,   kambag‘al   –   qashshoq   kabi.   So‘zni
sinonim   tanlash  bilan tushuntirganda,  shu  so‘zning  stilistik  (uslubiy)  ahamiyatini
ham ko‘rsatishi zarur.  
4. Tanish  bo‘lmagan   so‘z  bilan  ifodalangan  tushunchani   tanish  bo‘lgan  so‘z
bilan ifodalangan  tushunchaga  (uning antonimiga)  taqqoslash  orqali   tushuntirish.
Masalan,   ishchan   tushunchasini   dangasa   tushunchasiga,   rostgo‘y   so‘zini
yolg‘onchi  so‘ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. 
Ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   so‘z   va   so‘z   birikmalari,   tasviriy   vositalar,
maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. 
5. So‘zni  o‘ziga yaqin tushuncha – boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish.
Bunda   tushuntiriladigan   so‘zning   izohi   qisqa   va   aniq   bo‘lishi   kerak.   Masalan,
o‘zboshimcha  –  o‘z xohishicha ish tutadigan, ishni o‘zi xohlaganicha bajaradigan;
mutaxassis –   biror hunar egasi;   shunqor   –   uzoq uchadigan ko‘zi o‘tkir qush;   mesh
–   mol   terisidan   tikilgan   idish;     kasalmand   –   kasallik     ta’sirida   qolgan   ,   tez-tez
kasallanuvchi   va boshqalar. 
Ba’zi   so‘zlar   ularning   vazifasini   izohlash   orqali   tushuntiriladi.   Masalan,
kombayn -  bir vaqtning o‘zida donni o‘radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq
xo‘jalik   mashinasi;   ekskavator   -   bir   vaqtning   o‘zida   yerni   qazib   tuproqni   yuk
mashinasiga   ortadigan   mashina;   aerodrom   -   samolyotlar   turadigan,   uchib
ketadigan yoki kelib qo‘nadigan joy va hokazo.  6. So‘zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish.   Masalan,
yantoq  — suvsiz joyda o‘sadigan ninasimon tikanli o‘simlik;   akula —  okeanlarda
yashaydigan juda katta yirtqich baliq.  
7.Axloqiy,   mavhum   tushunchalarni   ifoda   etuvchi   so‘zlarning   ma’nosini
misollar   yordamida   tushuntirish.   Buning   uchun   o‘quvchilar   o‘rgangan   badiiy
asardan   axloqiy   fazilatga   ega   bo‘lgan   asar   qahramonining   qilgan   ishlari   tahlil
qilinadi. (II.5.311-312)  
  Shunday   qilib,   so‘z   ma’nosini   tushuntirish   ustida   ishlash   o‘quvchilar
lug‘atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.  
 Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas,
balki   bir   necha   so‘zlarning   barqaror   bog‘lanishidan   hosil   bo‘lgan   birikmalar   -
iboralardan ham foydalanamiz.    Iboralar – ikki yoki undan ortiq so‘zlardan tarkib
topgan   va   yaxlit   ko‘chma   ma’no   ifodalaydigan   til   birligi   bo‘lib,   tilshunoslikda
frazeologizm, frazema, frazeologik birlik  kabi atamalar bilan ham yuritiladi. 
Masalan, yerga ursa ko‘kka sakraydi, yaxshi ko‘rmoq, yuragi toza, tepa sochi
tikka   bo‘lmoq,   ko‘nglida   kiri   yo‘q,   og‘ziga   tolqon   solmoq,   podadan   oldin   chang
chiqarmoq, ko‘nglini yozdi, o‘takasi yorildi, tishini tishiga qo‘ymoq. 
Bu   birikmalarning   tarkibidagi   so‘zlar   ma’no   jihatdan   uyg‘unlashib,
mazmuniy   yaxlitlikni   vujudga   keltiradi   va   ko‘pincha   mazmunan   bir   leksemaga
teng   keladi   va   ko‘chma   ma’noda   ishlatiladi.   Masalan,   qulog‘i   ding   bo‘lmoq   –
hushyor bo‘lmoq,   qovog‘i osilmoq   –   xafa bo‘lmoq,   og‘zining tanobi qochmoq   –
quvonmoq kabi. 
  Garchi   boshlang‘ich   sinflarda   ibora   haqida   nazariy   ma’lumot   berilmasada,
ammo iboralar haqidagi tushuncha amaliy tanishtiriladi. 
  Biror   narsa   va   hodisani   boshqa   bir   narsa   va   hodisaga   o‘xshatish   orqali
tasvirlab   ifodalashga   tasviriy   ifoda   deyiladi.   Masalan,   o‘rmon   podshosi   –   sher,
po‘lat   ot   –   traktor,   po‘lat   iz   –   temir   yo‘l,   po‘lat   qush   –   samolyot   kabi.  Tasviriy
ifodalar   narsa   va   hodisalarning   ikkinchi   nomi   hisoblanadi.   Ular   nutqimiz
ta’sirchanligini   ta’minlaydi.   Masalan,   Yurtimizga   uzoq   o‘lkalardan   qanotli do‘stlarimiz   uchib   kela   boshladi.   O‘zbekiston   “qora   oltin” i   bilan   ham   dunyoga
mashhur bo‘lmoqda. 
  Tasviriy   ifodalardagi   bitta   so‘z   har   doim   o‘z   ma’nosida   bo‘ladi,   shu   bilan
ular iboralardan farq qiladi. Masalan,  oq   oltin   – paxta, oq rang paxtaning ochilgan
holatidagi   rangi   (o‘z   ma’nosida),   oltin   (ko‘chma)   qimmatbaho   metallga
qiyoslangan. 
    
         1.2.Boshlang‘ich ta’limda lug‘aviy birliklarning tuzilishi va turlari
So‘z   –   ma’lum   ma’no   bilan   bog‘langan   va   morfologik   shakllangan   tovush
yoki tovushlar birikmasi. So‘z tuzilish jihatdan to‘rt turga bo‘linadi, bular: sodda,
qo‘shma, juft, takroriy so‘zlar.  
1. Sodda so‘zlar bir asosdan iborat so‘zlar:   qizil, keng, shirin,aqlli, ko‘p,kam
kabi. Ular ikki xil bo‘ladi: 
a) sodda tub so‘zlar – tarkibi asos va yasovchi qo‘shimchalarga 
bo‘linmaydigan so‘zlar:  katta, yaxshi, past   kabi;  
b) sodda yasama so‘zlar – asosga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali 
hosil qilingan yangi asos:  gulli, aqlli, ishli   kabi. 
2. Qo‘shma   so‘zlar   –   bir   urg‘u   bilan   aytiladigan     ikki   yoki   undan   ortiq
asosning birikishidan hosil bo‘ladi:  mehnatsevar, shirinso‘z, ertapishar, sheryurak
kabi.  
3. Juft   so‘zlar   –   ma’no   jihatdan   bir-biriga   mos   kelib,   jamlik,   umumiylik
ma’nosini   bildiradigan   so‘zlar :   oq-qora,   uzuq-yuluq,   kattayu   kichik,   pastu
baland
4.   Takroriy   so‘zlar   –   bir   so‘zning   qo‘shaloq   kelishidan   hosil   bo‘ladi   va
ko‘plik,   davomiylik,   takror   kabi   ma’nolarni   bildiradi:   uzun-uzun,   og‘ir-og‘ir,
chuqur-chuqur   kabi. 
So‘zlar   shakl   va   ma’no   munosabatiga   ko‘ra   ma’nodosh,   omonim,   sinonim,
antonim, paronim va uyadosh so‘zlarga bo‘linadi.  Ma’nodosh   so‘zlar   (sinonimlar)   bitta   belgi,   predmet,   shaxs,   voqeaning   bir
necha   nomlar   bilan   aytilishidir.   Masalan,   odam,   inson,   kishi,bashar;   shamol,
shabada, yel, bo‘ron, sabo, nasim; katta, buyuk, ulug‘, zo‘r; gapirdi, aytdi, so‘zladi
va   boshqalar.   Ma’nodosh   so‘zlar   bir   ma’noni   xilma-xil   so‘zlar   orqali   turli   nozik
ma’no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda,
ta’sirchanlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Ma’nodosh so‘zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, shu umumiy ma’noni
qanday   ifodalash   nuqtai   nazaridan   bir-biridan   farq   qiladi.   Masalan,   kambag‘al,
qashshoq, bechora, faqir, yo‘qsil, gado, bechorahol, miskin     snonimik qatoridagi
so‘zlar   umumiy   ma’nosi   bilan   bir   xil   bo‘lsa   ham,   ular   bir-biridan   qo‘shimcha
ma’no   qirrasi,   emotsional   bo‘yog‘i,   qo‘llanilishi   jihatidan   o‘zaro   farqlanadi.   Bu
sinonimik   qatorini   tashkil   qilgan   so‘zlardan   kambag‘al     so‘zi   uslubiy   betaraf
bo‘lib,   tilning   barcha   funksional   uslublarida   birdek   qo‘llana   oladi.   Shuningdek,
faqir, yo‘qsil ,gado    so‘zlari salbiy ma’nosida qo‘llaniladi. 
Miskin, yo‘qsil    eskirgan, kitobiy uslubga xos, nisbatan kam qo‘llanadi. 
Ma’nodosh   so‘zlar   bilan   ishlash   juda   muhim   sanaladi,   chunki,   ular   tilni
leksik tomondan boyitib boradi. Shuning uchun  sinonim  so‘zlar  insonning lug‘at
boyligida qancha ko‘p bo‘lsa, til ifodaliligi, ta’sirchanligi shuncha ortib boradi. 
Tilimizda sinonimlarning bir necha turlari mavjud: 
1. Affiksal sinonimlar: -li // - ser:  suvli – sersuv. 
2. Leksik sinonimlar:  nam – ho‘l – shalabbo.  
3. Leksik – frazeologik sinonimlar:  mag‘rurlangan – ko‘zini yo‘g bosgan.  
4. Frazeologik   sinonimlar:   tarvuzi   qo‘ltig‘idan   tushmoq   –   hafsalasi   pir
bo‘lmoq.  
Ma’nodosh   so‘zlar   til   boyligi   bo‘lib,   avvalo,   shaxs   va   predmetlarning   eng
nozik ma’no bo‘yoqlarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan,  Men buyuk yurt
o‘g‘lidirman, Men bashar farzandiman  (E.Vohidov). 
Ikkinchidan,   ma’nodosh   so‘zlar   gapdagi   takrorga   yo‘l   qo‘ymaydi.   O‘rinsiz
takror nutqning shirasiga putur yetkazadi.  Lug‘atimizning yana bir boy manbasi   antonimlar   bo‘lib, inson faoliyatidagi
eng   muhim   siyosiy,   axloqiy,   fanga   oid   qarashlar   umumlashmasini   aynan
ifodalashda   qulay   usul   sanaladi.   Ular   qarama-qarshi,   zid   ma’no   bildiradigan
so‘zlardir.   Antonimlar   asosan   belgi   (sifat,   ravish)   bildiradigan   so‘zlarda   ko‘p
uchraydi:   yaxshi-yomon, oz-ko‘p   kabi. Ammo zid ma’nolilik   son, olmosh, modal
so‘zlar da umuman yo‘q. 
Zid  ma’noli   so‘zlar  doimo ikki   qarama-qarshi  a’zodan  iborat   bo‘ladi.  Birini
aytsak,   ikkinchisi   xayolimizga   keladi.   Masalan,   achchiq   deyishimiz   bilan   shirin
esimizga tushadi. Zid ma’noli so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi
mumkin.   Masalan,   yosh-u   qari   –   bari,   achchiq-chuchuk   –   ovqat   turi,   uzoq-
yaqindan  – hammayoqdan kabi. 
Tilimizda antonimlarning bir qancha turlari mavjud: 
1. Affiksal antonimlar: -li // - siz:  odobli-odobsiz. 
2. Leksik antonimlar:  eski-yangi.  
3. Leksik – frazeologik antonimlar:  yalqov - yuragida о 'ti bor.  
4. Frazeologik antonimlar: dili xufton – ko‘ngli ravshan 
So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi. O‘n bir, Samarqand,
Toshkent singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli
so‘zlar sanaladi. 
Nutqiy   jarayonda   ikki   va   undan   ortiq   ma’noda   qo‘llanuvchi   so‘zlarga   ko‘p
ma’noli  so‘zlar deyiladi. Masalan,   o‘tkir pichoq, o‘tkir bola; sovuq ovqat, sovuq
xabar  kabi. 
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so‘zlarga
shakldosh so‘zlar deyiladi. Masalan,  oq I – oqII; uch I – uch II; tut I  – tut II; soch
I – soch II   kabi. 
Tilimizda omonimlarning bir necha turlari mavjud: 
1. Affiksal omonimlar:  -ma:  
     tortma  (shkafning tortmasi) –   tortma  (sochimdan tortma) . 
2. Leksik omonimlar:  qovoq  (sabzavot) –  qovoq  (ko‘zning ustki qismi) .   3. Frazeologik omonimlar:  jon bermoq  I (vafot etmoq) -  jon bermoq  II 
(hayot bag‘ishlamoq)    
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga o‘xshab ketadi, ammo
ularni     bir-biridan   farqlash   lozim.   Ko‘p   ma’noli   so‘zlar   bir   so‘zning   o‘z   va
ko‘chma   ma’nolarida   qo‘llashdan   hosil   bo‘lsa,   shakldosh   so‘zlar   esa   shakli
o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlar hisoblanadi. 
Frazeologik birliklarning xarakterli belgilari quyidagilar: 
1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 
2. Ma’no butunligi. 
3. Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. 
Barqaror   birikmalardan   o‘rinli   foydalanish   nutq   go‘zalligini   ta’minlaydi.
shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. 
Frazeologizmlar   gap   tarkibida   uning   bir   bo‘lagi   vazifasida   keladi.
Frazeologizmni   tashkil   etgan   so‘zlar   frazeologizmning   faqat   ichki   uzvlari
sanaladi. 
Gapning   boshqa   bo‘laklari   bilan   yaxlit,   bir   butun   holda   munosabatga
kirishadi. Masalan. Vali savollarga javob berolmay,   mum tishlab qoldi . Bu gapda
mum   tishlab   qoldi   birikmasi   so‘zlovchi   tomonidan   nutqqa   tayyor   holda   olib
kirilgan.   Mum   tishlab   qoldi   birikmasi   nutq   jarayoniga   qadar   ham   tayyor   holda
barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema  gapirmaslik  leksemasi
ifodalagan   ma’noga   teng   keladi.   Bu   gapda   mum   tishlab   qoldi   qismi   butun   holda
kesim vazifasida keladi. 
So‘zlarda   bo‘lgani   kabi   frazeologizmlarda   ham   shakl   va   ma’no   munosabati
mavjud, ular quyidagilar: 
1. Frazeologik omonimlar: 
  qo‘l   ko‘tarmoq   I   (ovoz   bermoq)   –   q   o‘l   ko‘tarmoq   II     (urmoq);   bosh(i)ga
ko‘tarmoq I  (e’zozlamoq) –  bosh(i)ga ko‘tarmoqII  (shovqin solmoq) 
2. Frazeologik  sinonimlar:  joni chiqdi – jon berdi – joni uzildi  (o‘lmoq) Frazeologik antonimlar:  yerga urmoq – ko‘kka ko‘tarmoq; qo‘li uzun – qo‘li
kalta  kabi. 
    Shunday   qilib,   ushbu   bobda   boshlang‘ich   sinflarda   lug‘aviy   birliklarni
o‘qitishda  o‘quvchlar  lug‘atini     boyitishning  ilmiy-nazariy ahamiyati   va lug‘aviy
birliklarning  tuzilishi va turlari  o‘rganildi.   
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF ‘‘ONA TILI ’’  VA  “O‘QISH
SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDAGI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI
O‘QITISH METODLARI
2.1.   Boshlang‘ich   ta’limda   lug‘aviy   birliklarni   o‘qitishda   interfaol
usullardan foydalanish 
  Maktabda   o‘quv   predmeti   sifatida   tilni   o‘rganish   tizimi   tilning   barcha
tomonlarini,   yani   fonetikasi,   leksikasi,   so‘z   yasalishi   va   grammatikasi
(morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi. 
Tilning   barcha   tomonlari   o‘zaro   bog‘lanishining   ko‘p   qirraliligi   va
murakkabligi,   ularning   dialektik   birligi,   avvalo,   uning   aloqa   vositasidagi
vazifasida   namoyon   bo‘ladi.  Aloqa   vositaligi   tilning   muhim   xususiyati,   asosidir.
Bu   vazifani   tilning   har   bir   qismi   boshqa   qismlar   bilan   o‘zaro   bog‘lanishda
bajaradi.   Har   bir   so‘zga   xos   bo‘lgan   tovush   shakli   kishilarga   aloqa   uchun
imkoniyat   yaratadi.   Ammo   so‘zning   tovush   qurilishi,   shakli   mazmunsiz,   aqlga
to‘g‘ri   kelmaganidek,   o‘zicha   yashamaydi.   Istalgan   tovushlar   yig‘indisi   emas,
balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat
qilishi mumkin. 
Ma’lumki,   ma’no   bildiradigan   tovushlar   yig‘indisi   so‘zdir.   Tilning   lug‘at
boyligi,   leksikasi   fikr   ifodalash   uchun   xizmat   qiladigan   o‘ziga   xos   qurilish
materialidir. 
Tilning lug‘ati qanchalik boy bo‘lsa ham grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi.
Tilning   lug‘at   boyligi   o‘z-o‘zicha   aloqa   vazifasini   bajarmaydi.  Aloqa   maqsadida xizmat   qilish   uchun   lug‘at   boyligidagi   so‘zlar   bir-biri   bilan   grammatik   jihatdan
o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. 
Tilning   har   bir   tomonining   xususiyati   undagi   til   birliklarining   o‘ziga
xosligida   namoyon   bo‘ladi.   Fonetika   uchun   bunday   til   birligi   nutq   tovushlari,
fonemalar;   leksikologiya   uchun   ma’nosi   va   qo‘llanishi   nuqtai   nazardan   so‘z;
grammatika   uchun   so‘z   shakllari,   shuningdek,   so‘z   birikmasi   va   gap;   so‘z
yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so‘z hisoblanadi. 
So‘z,   so‘z   birikmasi   va   gap   grammatik   tomondan   ko‘pgina   xususiyatlarga
ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik
kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor.
So‘z   birikmasi   ham   so‘z   kabi   so‘z   o‘zgarishi   (ko‘proq   ergash   so‘z   o‘zgaradi)
shakllariga   ega.   Gap   o‘z   qurilishiga   ko‘ra   so‘zdan   sifat   jihatdan   farqlanadi:   so‘z
o‘zi   alohida   kelganda   mustaqil   ma’no   anglatmaydigan   morfemalardan   tuziladi,
gapni   tashkil   etuvchi   qismlar   esa   gapdan   tashqarida   ham   mustaqil   leksik   ma’no
bildiradi,   gap   tarkibida   esa     ma’nosi   yana   oydinlashadi.   Gap   va   so‘z   birikmasi
„qurilish   materiali"   sifatida   xilma-xil   tuzilgan   so‘zdan   foydalanadi.   Gap   uchun
qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. 
Shunday   qilib,   tilning   har   bir   jihatining   o‘ziga   xos   xususiyatini   ko‘rib
chiqishning   o‘zi   ularning   o‘zaro   munosabatini,   bir-biriga   o‘tishining
murakkabligini   ta’kidlaydi.   Tilshunoslik   fani   bo‘limlari   o‘rtasidagi   munosabatlar
ham shunga o‘xshash murakkabdir. 
Fonetika,   leksikologiya   bilan   ham,   grammatika   bilan   ham   bog‘lanadi.
Tovushlar,   fonemalar,   bo‘g‘inlar   tilda   alohida   emas,   balki   ma’lum   leksik   ma’no
bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. 
Fonetikaning   sintaksis   bilan   bog‘lanishi,   xususan,   har   bir   gapda   ma’lum
ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar
majmuasi   ma’lum   ohangga   ega   bo‘lsagina   gap   hisoblanadi.   Bunda   gapning
mazmuni   so‘zlovchining   gapda   ifodalangan   ohangiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Shunday qilib,   ohang   gapda   so‘z   tartibi,   yordamchi   so‘zlardan   foydalanish,   so‘z
o‘zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi. 
Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at
tarkibi,   asosan,   tilda   mavjud   bo‘lgan   so‘zlardan   yangi   so‘zlar   yasalishi   hisobiga
to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlarning leksik ma’nosi yasama
negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi. 
  Morfologiya   leksikologiya   va   so‘z   yasalishi   bilan   jips   bog‘langan.
Morfologiya,   asosan,   so‘zning   grammatik   xususiyatlarini   o‘rganadi.   So‘zning
grammatik   ma’nosi   doimo   leksik   ma’nosi   bilan   birga   namoyon   bo‘ladi,   har   bir
so‘z,   bir   tomondan,   shu   so‘zga   tegishli   bo‘lgan   ma’lum   o‘ziga   xos   leksik-
grammatik   guruhning   belgilarini   bildiradi,   ikkinchi   tomondan,   u   so‘zning   o‘z
leksik   ma’nosi   bo‘ladi.   So‘zdagi   mana   shu   umumiy   birlik   morfologiyada,
leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o‘rganiladi. 
So‘z   uchun   muqarrar   morfemik   tarkibi   xarakterli   bo‘lib,   bunga   so‘zning
leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul
bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega
bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud.
So‘zning   morfemik   tarkibi   va   yangi   so‘z   yasalish   usullari   tilshunoslik   fanining
so‘z   yasalishi   bo‘limida,   grammatika   va   leksikologiyadan   ajratilmagan   holda
o‘rganiladi. 
Morfologiya   va   sintaksis   har   tomonlama   o‘zaro   bog‘lanadi.   Morfologiyada,
asosan,   so‘zlarning   grammatik   ma’nosi   va   uni   ifodalash   shakllari   o‘rganiladi;
sintaksisda   so‘zlarni   o‘zaro   bog‘lanib   so‘z   birikmasi   va   gap   hosil   qilish   usullari,
shuningdek,   gap   turlari,   ularning   mazmuni   va   ishlatilishi   o‘rganiladi.   So‘z
morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish obyekti har xil
bo‘ladi.   Sintaksisning   o‘rganish   obyekti   gapdir;   unda   so‘z   gap   yoki   so‘z
birikmasida boshqa so‘zlar  bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan holda
o‘rganiladi.   Morfologiyada   so‘z   gapdan   tashqarida   ham   o‘rganilishi   mumkin;
so‘zga   muayyan   leksik-grammatik   guruhga   kiradigan   so‘zlar   bilan   o‘zaro munosabati  nuqtai  nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday
har   xil   yondashish   ularning   birbiriga   bog‘liqligini   iakor   etmaydi,   aksincha,   ular
so‘z   va   gapning   o‘zida   yashaydi.   So‘zlar   so‘z   o‘zgarish   tizimiga   ega   bo‘lgani
tufayli   gaplar   aloqa   vazifasini   bajaradi.   Shakl   yasalishi   va   so‘z   yasalishi
morfologiyada   o‘rganiladi,   ammo   gapda   tatbiq   etiladi,   so‘zlarning   o‘zaro
bog‘lanish qoidalarini o‘rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So‘z birikmasi
tarkibidagi  so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usulini  aniqlashda shu so‘z birikmasiga
kirgan   so‘z   turkumining   morfologik   xususiyatlari   hisobga   olinadi.   Bular
morfologiya   va   sintaksisda   birbiri   bilan   bog‘liq   holda   o‘rganiladigan   til   hodisa -
larining   ayrimlaridir.   Bu   aniq   misollar   morfologiya   va   sintaksis   bir-birini   taqozo
qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo‘limi ekanini ta’kidlash uchun yetarli. 
Keltirilgan   fikrlar   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   predmetlararo   ichki
bog‘lanishni hisobga olgan holda ona tilini o‘rgatish metodikasini belgilaydi: 
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so‘z yasash, grammatik)  tomonlari  o‘zaro
bog‘liqligini   va   ularning   har   biri   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega   ekanini   hisobga
olib,   o‘quvchilar   tilni   ongli   o‘zlashtirishlari   uchun   tilning   har   bir   tomoni
xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishlari zarur. 
1-4-sinflarda ona tilini o‘rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi
va grammatikaning o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu
hol   dastur   materiallarini   o‘rganish   tartibini   belgilashda   ham,   ta’lim   mazmunini
(dastur bo‘limlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida
namoyon   bo‘ladi.   Tilning   asosiy   birligi   sifatida   aloqa   maqsadida   so‘zni   to‘g‘ri
talaffuz   qilish   yoki   yozish,   shu   tilda   so‘zlashuvchi   barcha   kishilarga   bir   xilda
tushunarli bo‘lishi, gapda grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi kerak. 
Shularni   hisobga   olib,   kichik   yoshdagi   o‘quvchilar   tilning   talaffuzi,   grafik,
leksik,   so‘z   yasalishi   va   grammatik   tomonlarining   o‘zaro   bog‘lanishi   mohiyatini
tushunishlari  uchun dastur  materialini  o‘rganishda  tilning aloqa vazifasi  yetakchi
ekani   nazarda   tutiladi,   ya’ni   kishilar   bilan   aloqa   jarayonida   tilning   barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik
tomonini   o‘rganishda   so‘zning   ma’no   va   talaffuz   jihatdan   biriik   hosil   qilishini,
tovushning   so‘z   ma’nosini   farqlashdagi   o‘rnini   tushuntirishga   katta   ahamiyat
qaratiladi. 
“So‘z”   mavzusi   o‘tilayotganda   o‘quvchilar   tomonidan   so‘zning   talaffuzi,
leksik   ma’nosi,   morfologik   tarkibi,   grammatik   belgilari,   yasalishi,   nutqda
ishlatilishi   va   yozilishini   yaxlit   tushunishga   asosiy   diqqat   qaratiladi.   Bunda
o‘qituvchi  so‘zning  nom  bo‘lib  xizmat   qilishini   ham,  morfemik  tarkibi   va  leksik
ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o‘quvchilarning tushunib olishlariga erishishi
lozim. 
    Respublikamiz   xalq   ta’limi   oldida   turgan   asosiy   vazifa   har   tomonlama
kamol     topgan     sog‘lom,   qobiliyatli,   o‘z   Vatani   va   xalqiga   sodiq   insonlarni
tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir . Bu ulug‘ maqsadni ro‘yobga
chiqarish   xalq   ta’limi   tizimiga   qarashli   barcha     xodimlar   va   keng   o‘qituvchilar
ommasidan   o‘z   ishiga   ijodiy   yondashish,   har   bir   ishda     yuksak   samaradorlikka
erishish   xilma-xil   metodik   usullarni   o‘ylab   topish   hamda   uni   maktab   hayotiga
tatbiq etishni talab qiladi.Bugun maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ilm-fan,
texnika   taraqqiyoti   erishgan   bir   qator   yutuqlardan   bahramand   bo‘lgan   ma’lum
darajada  bilimli kishilardir. 
O‘quvchiga   bilim   berish,   har   bir   dars   mazmunini   boyitish,   qiziqarli
mashg‘ulotlarni   dars   jarayoniga   singdirishni   talab   qiladi.   Ruhshunoslarning
aniqlashicha,   bolalar   o‘qituvchining   oddiy   tushuntirishi   orqali   egallab   olgan
ma’lumotlarga   qaraganda   turli   xil   ruhiy   kechinmalar   orqali   o‘zlari   mulohaza
yuritib   mustaqil   bajargan   ishlari   vositasida   o‘zlashtirilgan   bilimlarini   uzoq   esda
saqlab   qoladilar.   Chunki   o‘quvchi   mustaqil   mashqlarni   bajarishda   faoliyat
ko‘rsatib,   ilgari   olgan   bilimlariga   tayangan   holda     ko‘plab   o‘quv   materiallarini
xayolidan o‘tkazadi.  O‘xshash  hodisalarni  taqqoslaydi. O‘zicha  mulohaza  yuritib
mustaqil hukm chiqaradi. O‘qituvchilarning tayyor holda bergan ma’lumotida  esa
o‘quvchi     fikrlash     faoliyati   to‘la   ishga   kirishmasdan   to‘g‘ri   javobni   o‘zlashtirib oladi.   O‘xshash   hodisalarga   duch   kelishi   bilan   o‘qituvchi   bergan     bilimni
amaliyotga   taqbiq     qilishda   qiynalib   qoladi.   Davlat   ta’lim   standarti   va   amaldagi
maktab dasturlarida o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan materiallar ancha murakkab
bo‘lib,   bolalarning   bu   bilimlarni   bosqichma-bosqich   egallab   olishlarini,
kengaytirib va  rivojlantirib borishlarini taqozo etadi.  
Bugungi   Davlat   ta’lim   standarti   va   ta’lim   tizimi   o‘qituvchilar   oldiga   o‘ta
mas`uliyatli   vazifalar   yuklamoqda.   Muallim   har   bir   o‘tilayotgan   darsga   ijodiy
yondashishi,   mashg‘ulotlarni   ilg‘or   pedagogik     texnologiyalar   asosida   qurishi,
darsning   har   bir   minutidan   unumli   foydalanishi   zarur.   Mashg‘ulotlarni   shunday
tashkil   etish   kerakki,   o‘quvchi   har   bir   dars   davomida   egallashi   lozim   bo‘lgan
bilimlar hajmini, o‘zida hosil qiladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan belgilab
olishi   lozim.   Bu   o‘z   navbatida   o‘quvchining   mashg‘ulotlarga   aniq   maqsad   bilan
qatnashishini   taqozo   qiladi.   Chunki   o‘quvchi   darsning   oxirida   belgilangan
maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.  
Bola dunyoga kelishi bilan ota-ona va qarindosh-urug‘lari kundan-kun o‘sib
borayotgan   yosh   inson     faoliyatida     odamlarga   xos   har   xil   harakatlarni   ko‘rgisi
keladi va tez orada bu orzularining ro‘yobga chiqayotganligining  guvohi bo‘ladi.
Dastlabki davrlardan boshlab ona o‘z bolasining qo‘l-oyoq va gavda harakatlarini
o‘yin   sifatida   shakllantiradi.   Keyinchalik   bolaning   butun     faoliyati   o‘yin   bilan
bog‘liq   bo‘ladi.   Asta-sekin   o‘yin   yosh   bola   hayotining   asosiy   mashg‘ulotiga
aylanadi. O‘yin bolani aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash vositalaridan
biridir. Bolalar o‘yinlari yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishiga samarali
ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin vaqtida bolaning sezgi va idroki, tafakkur va xayoli, xotira
va diqqati, iroda va hissiyoti kabi ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. 
O‘yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo‘lish, jasur, qat`iyatli
bo‘lish,   qiyinchiliklarni   yenga   bilish   kabi   sifatlarning   tarkib   topishida   yordam
beradi. Bola kattalarning kundalik hayotiy faoliyatidagi   yumushlarni o‘yin orqali
bajarishga   intiladi.   Garchi   bolalar   o‘yinlari   mazmunan   kattalar     faoliyatining   bir
ko‘rishini   bo‘lsa-da,   uning   o‘ziga   xos   jihatlari   bor.   Birinchidan,   bola   o‘yinni   o‘z xohishi bilan erkin va ijodiy bajaradi. Bu o‘yinlar emotsional bo‘lib, bolani o‘ziga
rom qilib oladi. Bola o‘yinga qiziqib ketadi, zavqlanadi, o‘rtoqlik hissi kuchayadi.
Bolalar   o‘yinlari   mazmuniga   ko‘ra   o‘yinchoqli,   harakatli   va   didaktik   turlarga
bo‘linadi.   Bu   o‘yinlarning   barchasi   bolalarni     faoliyat   yuritishga   chorlaydi.
Didaktik o‘yinlar esa bolaga ta’lim berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. 
Didaktik   o‘yinlar   tarbiyachilar   va   maktab   o‘qituvchilari   tomonidan   ijod
qilingan.   Bu   o‘yinlar   bog‘chalarning   katta     guruhlaridagi   bolalarga   va   maktab
o‘quvchilariga   mo‘ljallanadi.   O‘yin   orqali   bola   jamoani   tushunadi.   O‘zi
bajarayotgan mashg‘ulotga nisbatan ongli munosabatda bo‘ladi. Har bir mashg‘u -
lot   jarayonida   ixtiyoriy   diqqatini   ishga   soladi.   O‘yinda   ilg‘orlikka,   g‘alaba
qozonishga intiladi.  Maktab bola hayotida juda muhim o‘rin turadi. Shu davrda u
atrof-muhit,   jamiyat   va   kishilar   mehnati,   maktab-maorif   haqidagi   bilimlarni
egallaydi. Kecha o‘yin bilan band bo‘lib, erkin faoliyat ko‘rsatib yurgan bolaning
birdan maktabning ichki qonun-qoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida
mashg‘ulotlarga   o‘z   vaqtida   qatnashishi   oson   kechmaydi.   Shu   tufayli   kichik
maktab yoshidagi bolalar o‘yin bilan bog‘liq darslarda juda   faol qatnashadi. Biz
o‘qituvchilar   buni   hisobga   olib,   darslarga   o‘yin     elementlarini   kiritishimiz   va
undan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalanishimiz lozim.  
Bugun   maktabga   ilk   bor   qadam   qo‘ygan   o‘quvchining   kechagi   mashg‘uloti
o‘yin   edi.   Bolada   boshlang‘ich   sinflarda   o‘rganiladigan   materiallarni   o‘zlashtirib
olishga   yordam   beradigan   epchillik,   hozirjavoblik,   voqealarni   bir-biriga
taqqoslash,   sinchkovlik   kabi   ijobiy   xislatlarning   shakllanish   davri   bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bilimlarning o‘zlashtirib olinishiga
erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim. Bu o‘rinda
Samarqandlik  pedagog A. Umarovaning quyidagi  fikrlari diqqatga sazovordir. 
“Tasavvur   qiling,   o‘quvchi   ma’lum   amaliy   va   ruhiy   tayyorgarlikdan   keyin
maktab o‘quvchisi bo‘ladi. Uning vazifasi o‘zgaradi. Bir kecha-kunduzda o‘rtacha
4   soat   ta’lim   oladi.   Kechagi   o‘yinqaroq   bola   bugun   40-45   daqiqa   davomida
diqqatini   bir   joyga   joylab   o‘qituvchi   bilan   muloqotda     bo‘ladi.   O‘quv   axborotini qabul   qiladi   va   idrok   etadi.  Ana   shu   vaqtda   o‘qituvchi   loqayd,   mas`uliyatsizlik
qilsa, uning bu holati  ota-onalarning holati  bilan hamohang bo‘lib qolsa, ota-ona
ham   yordam   berishdan   ojiz,   nazorat   qilishga   “vaqti   yo‘q”   bo‘lsa,   o‘sha
o‘quvchilar  bo‘sh o‘zlashtiruvchi, tartibsiz yomon o‘quvchilarga aylanadilar. O‘z
kasbining   mohir   ustasi   bo‘lgan     fidokor   o‘qituvchi   ana   shu   paytda   o‘quvchilarni
qo‘lga   oladi,   ularning   mehrini,   ishonchini   qozonadi:   o‘quv   mashg‘ulotlariga
qiziqish uyg‘otadi. 
Chunki  kichik maktab yoshidagi  o‘quvchilar  o‘yinlarni  juda berilib bajaradi
va   o‘zi   bajarayotgan   ishidan   katta   qoniqish   hosil   qiladi.   Dars   jarayoniga   o‘yin
elementlarining   kiritilishi   bolaning   kundalik   hayotida   orttirgan   ko‘nikma   va
malakalarining   ishga   tushishi   natijasida   bola   o‘zini   juda   yengil   sezadi,   erkin
harakat   qiladi,   bir   oz   dam   ham   oladi.   Ilg‘or   o‘qituvchilar   bolalarga   bu
xususiyatlaridan   kelib   chiquvchi   darslarni   tashkil   qilib   ana   shu   imkoniyatdan
samarali foydalanadi. Natija, albatta yomon bo‘lmaydi.  Negaki o‘quvchi qiziqish
bilan ongli ravishda darslarga qatnashsa, mashqlarni bajarishga faol ishtirok etsa,
berilayotgan   bilimni   to‘la   o‘zlashtirib   oladi.   Keyingi   darslarda   o‘rganiladigan
bilimlarni   egallashda   ham   o‘quvchilarning   imkoniyatlari   hisobga   olinmay,
darslarni   bir   xil   uyushtirish   mashg‘ulotlarning   zerikarli   bo‘lishiga   olib   keladi.
Bunday darslar  o‘quvchilarda hech qanday qiziqish  uyg‘otmaydi. Pirovardida  bu
o‘quvchilar faolligining susayishiga olib keladi.   
Dunyoning ilg‘or   mamlakatlari tajribasida sinab ko‘rilgan   va bugun o‘qish
tizimimizdan  mustahkam  o‘rin  olgan ilg‘or   pedagogik  texnologiyalar   asosida  ish
olib   borayotgan   bizning   mamlakatimizda   ta’lim-tarbiyaga   katta   e`tibor
berilmoqda. 
Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitishning   asosiy   vazifasi   ushbu   fanning
bilimlar   tizimini   egallash,   so‘zlarning   grammatik   shakllarini   ishlab   chiqish,
savodli yozuv ko‘nikmasini hosil qilishdir. Bu vazifalarni ro‘yobga chiqarish o‘ta
murakkab   bo‘lib,   o‘qituvchining   xilma-xil   o‘qitish   metodlarini   egallashini, o‘quvchilarni mumkin qadar ijodiy  fikrlashga o‘rgatishni va har bir mashg‘ulotga
qiziqtira bilishni taqozo qiladi. 
Bolalarning   yozuv   savodxonligini   oshirish   uchun   uning   xotirasida   so‘zning
yorqin tasavvurini   mustahkamlash, so‘z tarkibi va gap bo‘laklarini to‘g‘ri hamda
tez   farqlash   qobiliyatini   o‘stirish   kerak.   Kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilar
asosan   tasavvur   qilish   orqali   fikr   yuritadilar.   Ona   tili   qonun-qoidalari,   hodisalari
mavhum fikr yuritishni taqozo etadi. Shu tufayli ular ko‘pincha o‘ynash, jismoniy
harakat qilishga intiladilar.Amaldagi  o‘quv dasturiga asosan o‘yin mashg‘ulotlari
bugungi darslarning qurilishida tez-tez uchrab turadi. Chunki bolaga berilayotgan
bilimni  o‘yinlar  vositasida  singdirish  quruq qoida  yodlash va surunkasiga mashq
qildirishdan   qiziqroq   tuyuladi   va   o‘tilgan   mavzuning   mustahkam   esda
saqlanishiga imkon beradi. 
Grammatik   o‘yinlarni   o‘tkazish   usullari   xilma-xil   bo‘lib,   uni   maktab
o‘qituvchilari   mukammal   egallab   olishlari   va   o‘quvchilarning   o‘zini   shunga
o‘rgatish zarur. Grammatik o‘yinlar til  materiallarini o‘rgatishdagi qiyinchiliklarni
bartaraf   etishga   yordam   beradi.   Bu   o‘yinlar   bolalarning   yosh   xususiyatlarini
hisobga   olgan   holda   amalga   oshiriladi.   Grammatik   o‘yinlar   bolalarda
mustaqillikni     tarbiyalaydi.   O‘quvchilarni   tez   o‘ylashga,   mustaqil   fikrlab   javob
berishga, zehnli bo‘lishga, har bir ishda tashabbus ko‘rsatishga undaydi. Faoliyat
ko‘rsatishga chorlaydi. Bu mashg‘ulotlar bolalarning diqqatini bir yerga to‘playdi.
O‘quvchilarda   sog‘lom   musobaqa   ruhini   tug‘diradi.   Bunday   didaktik   o‘yinlar   va
ularda   berilgan   topshiriqlarni   bajarish   jarayonida   o‘quvchilarda   jamoa   bilan
ishlash,   o‘ziga   va   o‘z   jamoasiga   hamda   o‘zgalarga   hurmat-e`tiborda   bo‘lish
xislatlari   shaklanadi.   O‘yin   jarayonida   ularning   muomala   madaniyatida   ijobiy
munosabatlar tarkib topadi. Bu o‘yinlar o‘quvchilarni faollik ko‘rsatish, topqirlik,
fahm-farosatli   bo‘lishga,     dars   jarayonida   olgan   nazariy   bilimlarini   amaliyotga
taqbiq eta olishni talab qiladi. 
Grammatik o‘yinlarni tashkil qilish ham bir qator metodik omillarni hisobga
olishni taqozo etadi. Bu usulni dars jarayoniga tadbiq etar ekan o‘qituvchi har bir mavzuga,   uning   mazmuniga   ijodiy     yondashishi   zarur.  Yana   bir   muhim   tomoni
grammatik   o‘yinlarni   uyushtirishda   sinf   o‘quvchilarining   xususiyatlari   ham
hisobga olinishi kerak. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi,  qaysi sinfda o‘qishi
va   o‘rganilgan   mavzularni   hisobga   olish   va   mashg‘ulot   mazmunini   ana   shu
ko‘rsatkichlarga   qarab   tuzish   grammatik   o‘yinlarning   samarali   uyushtirilishiga
ijobiy ta’sir   qiladi.  O‘rganilayotgan grammatik  tushunchalarni  tez  va  mustahkam
o‘zlashtirib   olish   imkonini   beradi.   Grammatik   o‘yinlar   grammatikaning   qaysi
bo‘limi   yuzasidan   o‘tkazilishiga   qaramay,     ular   tasodifan   bo‘lmasligi   kerak.
O‘qituvchi   unga   ham   darsga     tayyorgarlik   ko‘rganday   puxta   hozirlik   ko‘rishi
lozim. 
Har qanday grammatik o‘yin uyushtirilar ekan unga bolalar tayyor bo‘lishlari
kerak. Aks holda bola bajarilishi rejalashtirilgan ishning mazmunini tushunmagan
holda   unga   kirishadi.   O‘zi   lozim   ko‘rgan   yo‘nalishda   ishga   kirishadi.   Bu   holat
o‘quvchining   inteliktual   holatini   o‘stirmaydi.   Bolani   chalg‘itib   qo‘yadi.   Agar
o‘yinga bir necha bor shunday kirishila bersa, bunday mashg‘ulot zerikarli bo‘lib
qoladi va oqibatda bolaning bilish faoliyatiga aks ta’sir qiladi. Uning oldini olish
maqsadida   o‘quvchilarga   beriladigan   har   bir   topshiriqning   mazmuni   to‘liq
tushuntirilishi,   o‘xshash     misollar   bajarib   ko‘rsatilishi,   namuna   berilishi   lozim.
Grammatik o‘yinlar bolalarning bilim darajasiga qarab murakkablashtirilishi yoki
soddalashtirilishi   mumkin.   Buni   o‘qituvchining   o‘zi   belgilaydi.   Bolalarga
fonetikadan   so‘zning   oxiriga   bir   tovush   qo‘shib   yangi   so‘z   hosil   qilish   o‘yini
o‘tkazilganda   so‘zga   qo‘shilgan   tovushni   so‘zning   tarkibi   bo‘yicha   tahlil   qilish
topshirilsa   o‘yin   murakkablashadi.   Berilgan   so‘zlar   ishtirokida   gap   tuzish   o‘yini
o‘tkazilganda ishni qaysi so‘zdan boshlab ko‘rsatilsa o‘yin soddalashadi. O‘yinni
soddalashtirish   yoki   murakkablashtirishni   o‘qituvchining   o‘zi   o‘ylab   ko‘rishi
lozim.   O‘yinga   bir-ikki   nafar   bolaning   faol   qatnashishi   bilan   chegaralanib
qolmaslik zarur. Unga o‘quvchilarning aksariyat qismi, iloji bo‘lsa hammasi  faol
qatnashishi   kerak.   Chunki   o‘yin   bolalarni     jamoatchilik     ruhida   tarbiyalaydi.
O‘yinlarni   bolalar   jamoa   bo‘lib   bajarar   ekan,   uning   barcha   a’zolari   faol qatnashgandagina   ko‘zlangan   maqsadga   erishish   mumkin.   Bu   mashg‘ulotda
barcha   oq`uvchi   bir   maqsad   yo‘lida   harakat   qiladi.   Hamma   g‘olib   bo‘lishga
intiladi.   Bunday   holat   har   bir   o‘quvchining   ma’suliyatini   oshiradi.   Javob
berayotgan o‘quvchi o‘z  guruhining ishonchini oqlashga harakat qiladi.  Noto‘g‘ri
javob   bersa,     bolalar   oldida   o‘zini   noqulay   sezadi.   Ayrim   hollarda   o‘zini-o‘zi
koyiydi.   Keyingi   o‘yinlarga   puxta   hozirlik   ko‘radi.   Bunday   mashg‘ulotlar
bolalarni   ko‘proq   o‘qishga   chorlaydi.   G‘oliblik   nashidasini   birgalashib   surishga
undaydi.   O‘yinda   kimdir   mag‘lubiyatga   uchraydi.   Bu   tabiiy   hol.   Shuning   uchun
o‘yin   bellashuvlar   bolalarni   yana   bir   xislatga   –   mag‘lubiyatni   tan   olishga
o‘rgatadi.   Bu   esa   bola   tarbiyasida     juda   muhim.   Ba’zan   o‘quvchilar   orasida   o‘z
mag‘lubiyatini   tan   olmay,   kimdandir   kamchilik   axtarishga,   hakamlarni
“sotilgan”likda ayblashadi. 
Maktab   hayotida   bunday   voqealar   tez-tez   uchrab   turadi.   Bunday   holatda
o‘quvchiga   yotig‘i   bilan   tushuntirishdan   zerikmaslik   lozim.   Bir-ikki   marta
shunday   munozaradan   keyin   o‘yin   mashg‘ulotlarini   to‘xtatib   qo‘ymaslik   kerak.
Quyida ana shunday o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz. 
  1 .Rang-tus   bildiruvchi   sifatlardan   qora   sifati   o‘z   va   ko‘chma   ma’nolarda
qo‘llaniladi. Quyidagi berilgan grafikdan uning o‘z ma’noda qo‘llanilgan holatini
ajratib olamiz.
QORA ISH
SOCH
QIZIL MEHNAT 2. Sodda   miqdor   va   rang-tus   bildiruvchi     so‘zlarni   o‘rgatishda   “RAQAMLI
JOYLASHUV” o‘yinidan  foydalanish maqsadga muvofiq: 
  1 BIR
QANCHA    2    QIZG‘ISH 3   KAM   4   SO‘LG‘IN  
5   OQ  6  O‘N BESHTA  7   TO‘Q QIZIL   8  YETTITA 
9 HAVORANG 10    BIR UYUM   11   IKKI 
TONNA   12   QORA  
 
     Qanday? Qanaqa? -2,4,5,7,9,12
     Qancha? Nechta?- 1,3,6,   8,10,11
Qora xalq, qora mehnat  so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan.
Xalq o‘rtasida og‘ir mehnat “qora mehnat “ deyilgan bo‘lsa, shu ish tufayli 
yoki qattiq iztirob tufayli terga botgan odamni “qora terga tushdi” deyilgan.Kishini
qiynab qo‘yadigan yoxud uyat holatiga tushishiga sabab bo‘ladigan ishlar “qora 
ish” deb yuritiladi.(II.12.91.)
Qora qizi l  so‘zidagi  qora  so‘zi rang bildiruvchi boshqa so‘zlar bilan kelib, 
muayyan rangning qo‘shimcha kuchaytirgich ma’nolarini  ifodalashga ham xizmat 
qilmoqda.Qora qizil, ya’ni to‘q qizil degan ma’noni bildiradi. 
Qora soch  so‘zida esa o‘z ma’nosida , sochning rangini ifodalash uchun 
ishlatilgan.
 Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida asosiy diqqat bolaning nutq va 
lug‘at boyligini o‘stirish, imloviy savodxonligini tarkib toptirish, ya’ni to‘g‘ri 
o‘qish  va yozish  hamda  husnixat  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  qaratiladi. 
“Ism-xususiyat” o‘yini Ushbu   o‘yinda   o‘quvchilarning   lug‘aviy   boyligi   qanday   ekanligini
tekshirishimiz mumkin. Bir o‘quvchi ismini aytadi va ismining bosh harfiga bitta
xususiyat(sifat) aytadi, ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchi aytgan gapni qaytarib
o‘zi ham ismi va bitta xususiyat aytadi va shu yo‘sinda zanjir davom etadi. 
Mushtariy-mehribon, Anvar-aqlli, Charos-chiroyli  kabi davom etadi.
Bu o‘yinni 1-sinf o‘quvchilarida qo‘llash samarali natija beradi, 1-sababi ular
bir-birlarining   ismlarini   tezroq   eslab   qoladi.   2-sababi   esa   savod   davrida
o‘rganayotgan   harflarini   mustahkamlaydi,   ularga   mos   so‘z   topishni   boshlaydi.   3-
sababi   ularning   lug‘at   boyligini   bilish   imkoniyati   tug‘iladi   va   yangi   sifatlar   bilan
yanada oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Sinonimlarini aniqlashga oid mashq
Bu mashqda rang-tus bildiruvchi lug‘aviy birliklarning o‘ziga o‘xshash 
ma’nodagi sinonimlari  topiladi.
QIZIL,QIRMIZI,OL. Qon rangi ,qon rangiga mos keluvchi rang .Ol  kitobiy , 
juda kam qo‘llaniladi.  Qirmizi  badiiylik otinkasiga ega.(II.32.252)
KO‘K, ZANGOR (ZANGORI), MOVIY, HAVO RANG.  Tiniq havo (osmon) 
rangiga mos keluvchi rang.Ko‘k keng tushunchaga ega bo‘lib,ko‘k ot, ko‘k ko‘z 
kabi oq yoki qoraga yaqin bo‘lgan ko‘k ranglarni ham bildiradi. Zangor(zangori)  
havo rangiga o‘xshash rangni bildiradi.  Moviy  so‘zi shu rangni bildiradi va badiiy 
uslubda suv, havo va ko‘zga nisbatan qo‘llaniladi.(II.25.128)
              
QIZIL
KO‘K 2.2. Boshlang‘ich ta’limda rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy
birliklarning tahlil  usullari
            Ta’lim tizimidagi islohotlar munosabati bilan boshlang‘ich ta’lim oldiga
qo‘yilgan   talablar   ona   tili   o‘qitishda   pedagogik   texnologiyaning   rivojlantiruvchi,
differensiatsiya,   shaxsni   muayyan   maqsadga   yo‘naltirish,   izlanish,   muammoli
o‘qitish,   mustaqil   ish   usullaridan   foydalanishni   taqozo   etmoqda.   Shuni   hisobga
olgan   holda   ona   tili   darslarini   samarali   tashkil   etishga   yordam   beradigan,
o‘quvchining   faolligini   oshiradigan   mustaqil   ish,   yarim   izlanishli   muammoli
o‘qitish,   analiz,   sintez,   induksiya   va   deduksiya   metodlaridan   foydalandik.   Biz
mazkur   metodlarga   mos   metodik   ish   usullarini   ishlab   chiqdik.   Darslarni   aqliy
hujum, mustaqil tahlil, ta’limiy o‘yin, turli ko‘rinishdagi yozma ishlar, o‘z bilimini
mustaqil tekshirish kabi usullarda uyushtirishga alohida e’tibor qaratildi. 
Har   bir   darsning   mazmuni   va   g‘oyasidan   kelib   chiqqan   holda   dars   maqsadi
va metodlarini belgiladik. 
O‘qish   darslarida   turli   janrdagi   asarlarni   o‘rganishda   ham   o‘quvchilarning
badiiy   asarni   chuqur   o‘zlashtirishlarini,   asarni   tahlil   qila   olishlarini   ta’minlashi
kerakligini   hisobga   olgan   holda   metod   tanlashga   e’tibor   qaratildi.   O‘qish
darslarida   izohli   o‘qish,   ijodiy   o‘qish,   yarim   izlanishli,   reproduktiv   metodlardan
foydalanish mumkin. 
Izohli   o‘qish   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   yoshi   va   saviyasiga   mos
bo‘lgan,   ularning   asta-sekin   fikrini,   nutqini   o‘sishini   ta’minlaydigan   metod
ekanligi uzoq yillik tajribalarda sinaldi. 
Izohli   o‘qish   ongli,   tushunib,   o‘ylab   o‘qishga   o‘rgatadi,   u   o‘qilayotgan   asar
matni  ustida o‘ylashga  majbur  qiladi, yozuvchi  ifoda etayotgan voqeahodisalarni
his   etishni,   asar   mazmunini   o‘zlashtirishni   ta’minlaydi.   Izohli   o‘qishning
tamoyillari,   o‘qishni   hayot   bilan   bog‘lab   tashkil   etishni,   o‘qishning   ongli   va
ta’sirchan   bo‘lishi   uchun   o‘quvchilarning   hayot   tajribasiga,   taassurotlariga asoslanishni,   o‘qishni   ko‘rgazmali   tashkil   etishni   taqozo   etadi.   Izohli   о'qish
о'quvchiga   bilim   berishdan   tashqari   ularni   tarbiyalaydi,   о'qish   malakalarini
takomillashtiradi.  Izohli  o‘qish  darslarida  о'qitilayotgan  asar   mazmunini   yoritish,
lug‘at   ustida   ishlash,   o‘qilgan   matnni   qayta   hikoyalash   asosiy   ish   usullaridan
hisoblanadi. Izohli o‘qish tarixiy mavzudagi asarlarni o‘rganishda, asardagi badiiy
til vositalarining vazifalari va ma’nolarini ochishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Ijodiy   o‘qish   metodida   asar   o‘qib   berilgach,   o‘quvchilarda   hosil   bo‘lgan
tasavvurni   aniqlash   maqsadida   o‘tkaziladigan   suhbatda,   hikoyalardagi   lavhalarga
sarlavha   topishda,   reja   tuzishda,   asar   yuzasidan   ijodiy   xarakterdagi   yozma   ish
yozishda o‘quvchilarni faollashtiradi. 
Izlanish   metodida   asar   syujeti   yuzasidan   o‘quvchilarga   savol   tuzdirishda,
qahramonlarga tasvir berishda o‘z ifodasini topadi. 
Dars   davomida   reproduktiv   metoddan   ham   foydalaniladi.   Masalan,
o‘qituvchi   dastlabki   o‘qish   darslarida   o‘zi   asar   matnini   qismlarga   bo‘ladi,
yozuvchining   aytmoqchi   bo‘lgan   muhim   fikriga   o‘quvchilar   diqqatini   tortib,   uni
aniqlab   ko‘rsatadi,   uni   sarlavha   shakliga   keltiradi,   yozuvchi   voqeani   ifodalashda
foydalangan so‘z, ibora, ifodalarni aniqlab ko‘rsatadi, ularga yuklatilgan ma’noni
o‘quvchilar bilan birga aniqlaydi. Bular o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini
bajaradi.   Shundan   so‘ng   o‘quvchilar   o‘qituvchining   yo‘llovchi   savollari
yordamida bu vazifalarni o‘zlari bajaradilar 
Morfologik materiallar boshlang‘ich sinflarda ancha keng   o‘rganiladi. To‘rt
yil   o‘qish   davomida   o‘quvchilar   so‘z   va   uning   ma’nolari,   so‘z   shakli,   so‘zning
morfologik   tarkibi   yuzasidan   bir     muncha   bilimga   ega   bo‘ladi.   So‘z   turkumlari,
uning   asosiy,   qo‘shimcha   va   o‘ziga     xos   belgisi   ustida     nazariy   hamda   ko‘proq
amaliy bilimlar oladi. 
Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   o‘quv   dasturlari   o‘quvchilarning     xususiyatlarini
ularning   yilma-yil   aqliy,   axloqiy   va   jismoniy   jihatdan   o‘sib   borishini   hisobga
olgan   holda   bosqichli   ketma-ketlik   tamoyili   asosida   tuzilgan.   Shunga   asosan   har
bir   mavzuning   o‘quvchilar   tomonidan   oson   o‘zlashtirib   olinadigan   qismi   quyi sinflarda   murakkabroq qismi keyingi sinflarda o‘rganiladi. Ba’zi so‘z turkumlari
boshlang‘ich ta’limning hamma sinflarida o‘rganiladi. Dastlab uning asosiy belgisi
–   narsa-buyum   nomini,   belgisini,   sanog‘ini   va   harakatini   bildirishi   o‘rganiladi,
o‘quvchining shu olgan bilimlari  asosida   qanday so‘roqqa javob bo‘lishi  singari
qo‘shimcha   belgisi   ham   o‘zlashtirilib     olinadi.   O‘quvchilar   sinfdan-sinfga   o‘tib
ulg‘ayib   borishi   bilan   so‘z   turkumlarining   o‘ziga   xos   belgisi   ham   o‘rganilib
boriladi.   O‘quv   materialining   bunday   o‘rganilishi   bir   sinfda   egallangan
bilimlarning keyingi sinflarda yana takrorlanishini taqozo etadi. 
O‘quvchiga   beriladigan   bilim   bolalarning   ilgarigi   sinflarda   olgan   bilimlari
asosiga   quriladi.   Bu   o‘quvchining   ilgari   olgan   bilimiga     tayanib   xilma-xil
grammatik   o‘yinlarni   uyushtirish   imkonini   beradi.   Chunki   mavzu   yuzasidan
ma’lum darajada bilim va ko‘nikmalar bo‘lgandagina uyushtiriladigan grammatik
o‘yinda   o‘quvchining   faol   qatnashishiga   imkon   yaratiladi.   Yana   bir   tomoni
o‘quvchi   o‘zida   bor   bilimlar   asosida   mashg‘ulotga   ijodiy   yondashadi,   faoliyat
ko‘rsatadi. 
Morfologiyada o‘quvchilar  har bir grammatik hodisaning o‘xshash va farqli
tomonlarini   o‘rganishadi.   Ularni   taqqoslash   orqali   turli   grammatik   o‘yinlar
uyushtirish   mumkin.   Bunday   mashg‘ulotni   morfologiyani   o‘rganishga
bag‘ishlangan   har   bir   darsda   ham   qo‘llash   mumkin.   Masalan   atoqli   otlarni
o‘tganda   uni   turdosh   ot   bilan,   kelishik   qo‘shimchalarni   o‘tganda   ularni     o‘zaro
taqqoslash   mumkin   bo‘lsa,   ot   yasovchi   qo‘shimchalarni   o‘rganganda   bir-biriga
yaqin   bo‘lgan   ikki   so‘z   yasovchi   qo‘shimcha   yordamida     grammatik     o‘yin
uyushtirish  mumkin. 
Boshlang‘ich   sinflarda   morfologiya   o‘rnida   so‘z   atamasi   ishlatiladi.
O‘quvchilar   leksikologiya   va   so‘z   yasashga   oid   bilimlarni   ham   so‘z   bo‘limida
o‘rganishadi,   shu   tufayli     biz   ham   tilshunoslikning   yuqoridagi   bo‘limlariga   oid
o‘yinlarni morfologik o‘yinlar majmuasida berishni lozim deb bildik. 
Ma’nodosh   so‘zlar   ustida   ishlash.   Sinonimlar   adabiy   tilni   boyitish
manbalaridan   biridir.   Garchi   boshlang‘ich   sinflarda   sinonim   haqida   nazariy ma’lumot   berilmasa-da,   ammo   sinonimlar   haqidagi   tushuncha   amaliy   mashq
yordamida   shakllantiriladi.   Sinonimlar   bilan   ishlash   elementar   tarzda   1-sinfdan
boshlanadi:   o‘quvchilar   berilgan   so‘zning   sinonimini   topishga,   boshqacha   qilib
qanday   aytish   mumkinligini   tushuntirishga,   2-3-sinflarda   esa   berilgan   so‘zning
ikki-uch sinonimini topib aytishga o‘rgatiladi.  
Boshlang‘ich   sinflarda   ma’nodosh   so‘zlarga   oid   quyidagicha   mashqlar
ishlatiladi: 
1. Berilgan   ma’nodosh   so‘zlarni   guruhlash .   Bunda   bir   so‘z   turkumiga   oid
ikki   sinonimik   qatordagi   so‘zlar   ichiga   bir-ikkita   boshqa   so‘z   kiritib   beriladi.
O‘quvchilar   sinonimlarni   ikki   guruhga   ajratib   aytadilar.   Buning   uchun   so‘zlar
quyidagi   kabi   berilishi   mumkin:   Ko‘p,   ko‘k,   ancha,   talay,moviy,   zangori,mo‘l,
behisob,havo rang, bisyor.
2. Berilgan     so‘zga   sinonim     tanlash.   O‘qituvchi     ot   so‘z   turkumiga   doir
osmon,   sifat   so‘z   turkumiga   doir   mazali,   fe’l   so‘z   turkumiga   doir   ko‘nikmoq
so‘zlarini   aytadi.   O‘quvchilar   bu   so‘zlarga   sinonim   tanlaydilar:   osmon,   ko‘k,
samo,   falak;   mazali,   lazzatli,   totli;   ко'nikmoq,   о'rganmoq,   odatlanmoq,   odat
qilmoq.  
3. Tushirib   qoldirilgan   sinonim   so‘zlarni   o‘z   o‘rniga   qo‘yib,   matnni
ko‘chirish.   Masalan,   Bog‘imizdan   …hosil   oldik ;   Bu   yil   dalalarda   hosil   …bo‘ldi;
Lola bog‘chadan …gullar terib kelibdi.
Bunda   yozilishi   kerak   bo‘lgan   sinonim   so‘zlar   ro‘yxati   tekshirish   uchun
beriladi. Masalan,  mo‘l, serob ,bir talay   kabi. 
  O‘quvchilar   sinonimlarni   o‘rniga   qo‘yib,   ularning   qo‘llanilishidagi   farqni
tushuntiradilar.  
4. Buning   uchun   sinonim   so‘zlar   qatori   qavs   ichida   beriladi,   o‘quvchi
gapning mazmuniga mosini tanlab gapni o‘qiydi:   Bolalar (kamroq, bir oz ) meva
terib kelgani uchun hammaga yetmadi;  Erkin qushlar ( moviy, havo rang)  osmon
tomon oshiqar edi. 5. Sinonim   so‘zlar   qatoridan   foydalanib   didaktik   material   tuzish   va   u   bilan
mashq   ishlash.   Buning   uchun   uchta   sinonimik   qatordagi   so‘zlar   tanlanadi   va   1 2
katakka aralash joylashtiriladi:  
 
Zangor
i Ancha  Kam Oshiq
Ortiq  Serob Ziyod  Oz
Ko‘p  Ko‘k Moviy Picha  
 
O‘qituvchi shu katakchalardagi bir so‘zni aytadi. Masalan,  ko‘p.  O‘quvchilar
shu   so‘zga   yaqin   ma’noli   so‘z   (sinonim)ni   katakchalardan   topib   aytadilar:   bir
qancha, bir necha;
  Sinonim   so‘zlar   qatori   bilan   so‘z   birikmasi   tuzadilar:   ko‘p   odamlar,   ancha
meva, bir qancha xona   va hokazo.  
    Zid   ma’noli   so‘zlar   ustida   ishlash.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari
antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi. 
Antonimlar   ustida   ishlash   matndan   antonimni   topishdan   boshlanadi,   keyin
maxsus mashqlar ishlatiladi: 
1. Berilgan so‘zlarga antonim tanlash. 
  Rang-tus   va   xususiyat     bildirgan   sifat   so‘z   turkumiga     doir:       Oq   -   …,
yosh-. .., uzun  -…. ,  ko‘k - ...  , ziyod - ..., toza - ..., zangori - ..., ;
Miqdor   bildiruvchi     so‘z   turkumilariga   doir:   ko‘p-…,   bir   hovuch
-   ...   ,tirnoqday-   ... kabi   beriladi.   Miqdor   bildiruvchi   so‘z   turkumiga   kam,   bir
quchoq, o‘zimday ( gavdaga nisbatan)  antonimlarini tanlab, jufti bilan aytadilar. 
2. Zid   ma’noli   so‘zlarni   qatnashtirib   gap   tuzish .   Bunda   o‘qituvchi
antonim tanlab gap tuzish uchun so‘z beradi, o‘quvchilar berilgan so‘zga antonim
tanlaydilar.   Masalan:   issiq-sovuq,   baland-past,   oz-ko‘p,   eskiyangi,   halol-harom,
xafa–xursand  kabi.   3. Berilgan   gapga   antonim   topib   qo‘yish.   O‘qituvchi   “   Bor   maqtansa
topilur,   …..   maqtansa   chopilur.   Yo‘g‘on   cho‘ziladi,   …   uziladi.   Yaxshi   gap   —
moy,   ...   gap   —   loy.     Gapni   oz   so‘zla,   ishni   ...   ko‘zla"   kabi   gaplar   beradi,
o‘quvchilar gap mazmuniga mos zid ma’noli so‘zlar topib, gapni o‘qiydilar. 
O‘quvchilar  lug‘atini  ma’nodosh  va zid ma’noli  so‘zlar  bilan boyitib borish
o‘z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi. 
Ko‘p   ma’noli   va   shakldosh   so‘zlar   ustida   ishlash.   Boshlang‘ich   sinf
darsliklarida ko‘p ma’noli so‘zlar uchrab turadi, ammo o‘quvchilar ularning   ko‘p
ma’noli so‘z ekanini tushunib yetmaydilar. 
O‘qituvchi   badiiy   asar   ustida   ishlash   jarayonida   o‘quvchilarni   ko‘chma
ma’nodagi   so‘zlar   bilan   tanishtirish   orqali   ayrim   so‘zlar   ko‘p   ma’noda
ishlatilishini tushuntirib boradi.  
1.So‘zlarning   so‘z   birikmasidagi   ma’nosini   qiyoslash:   odamning   ko‘zi,
buloqning ko‘zi, derazaning ko‘zi, uzukning ko‘zi, ishning ko‘zi; odamning burni,
choynakning   burni;   odamning   qulog‘i,   qozonning   qulog‘i;   odamning   og‘zi,
o‘choqning og‘zi  kabi . 
Ko‘p   ma’noli   so‘zlar   qancha   ma’noga   ega   bo‘lmasin,   bu   ma’nolar   o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi. Shu xususiyat ko‘p ma’noli so‘zni omonimlardan farqlaydi.  
Rang-tus bildiruvchi qora so‘zini  ham ko‘p ma’noli deyishimiz mumkin.
2.   Gaplarni o‘qib, ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning  ma’nosini aytish: 
                            Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib,  un,        (unmoq) 
                          Chiqarma behuda sado hamda  un .               (ovoz) 
                               Ko‘r, quyosh tig‘ida va tegirmonda 
                           Ezilib so‘ng aziz bo‘ldi bug‘doy –  un.          (bug‘doy uni) 
Boshlang‘ich   sinflarda   ko‘p   ma’noli   va   shakldosh   (omonim)   so‘zlar
yuzasidan   o‘quvchilarga   nazariy   ma’lumot   berilmaydi,   bunday   tushunchalarni
shakllantirishga tayyorgarlik ko‘riladi, xolos. 
Maqol  ibratli   so‘zdir.  Shunday  so‘zki,  u  so‘zga  husn   beradi,  fikrni   tushunib
olishni   osonlashtiradi,   uni   yorqin,   ta’sirchan   qiladi.   Shuning   uchun   ham   maqol odamlar   nutqida   har   doim   hamroh   bo‘ladi.   Kimki   uni   ko‘p   ishlatsa,   o‘sha
kishining nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar. Shu sababli, maqollar
badiiy adabiyotda, ya’ni she’r va dostonlarimizda, hikoya va romanlarimizda ham
ko‘p   ishlatiladi.   O‘quvchilar   nutqini   boyitishda   maqollar   katta   ahamiyat   kasb
etadi. Maqollar o‘qish uchun ham, suhbat  uchun ham, hikoya tuzish uchun ham,
grammatik   tahlil   va   yozuv   uchun   ham   juda   qulay   materialdir.   Ular   ixcham,
sermazmun va ta’sirchan bo‘ladi; maqollar o‘quvchilarning badiiy didini o‘stiradi,
nutqqa   e’tibor   bilan   qarashga,   to‘g‘ri,   mantiqiy   fikrlashga   o‘rgatadi,   estetik
tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. O‘qish kitoblarida mavzuga bog‘liq holda, o‘zbek
tili   darsliklarida   esa   mashq   matnlari   ichida   xilma-xil   mavzularda   juda   ko‘p
maqollar   beriladi.   O‘quvchilar   maqollarni   o‘qib,   o‘qilgan   asarning   axloqiy
muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog‘laydilar, ularning majoziy mazmunini,
ayrim   so‘z   va   iboralarning   ma’nosini   tushuntiradilar.   Natijada   o‘rni   bilan
maqollardan foydalana boshlaydilar. 
Maqollar   o‘qilgan   asarning   xulosasi   sifatida   ishlatilib,   ko‘pgina   asarlarning
mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Masalan,adi. O‘quvchilar maqollarni
yoqtiradilar, shuning uchun ham maqollar bilan berilgan topshiriqlarni jon-dildan
bajaradilar.  Masalan, 3-sinf “O‘qish savodxonligi” darsligining 1- qismidagi Po‘lat
Mo‘minning “ Chin va yolg‘on” she’ridan so‘ng quyidagicha topshiriq berilgan. 
Maqollarni davom ettiring.
Yolg‘onning butunidan,…
Yolg‘onchida or bo‘lmas,…( II.9.22)
3- sinf   darsligidagi   Abdulla   Saidov   qalamiga   mansub   “Karim   polvon”
hikoyasining   so‘ngida   ham   o‘quvchilarni   mardlikka   chaqirish   va   o‘z   kuchiga
ishonish ruhida tarbiyalash uchun maqollar berilgan.
Hikoyaning mazmuniga mos maqollarni davom ettiring .
1. Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil.
2. Nomard yovga yalinar,mard kuchiga suyanar.(II.9.38-39)    Asar mazmunining mag‘zini ochib berish bilan xilma-xil mashqlar ishlatish
orqali   o‘quvchilarga   so‘zlarning   majoziy   ma’nosini,   ko‘p   ma’no   ifodalashini
amaliy singdirib boradi. 
Boshlang‘ich   sinf   darsligida   “Insoniy   fazilatlar   to‘g‘risidagi   maqollar”
mavzusi   berilgan   bo‘lib   ,   miqdor   bildiruvchi   lug‘aviy   birliklarni   o‘rgatish   uchun
quyidagi topshiriq keltirilgan.
Sonlar ishtirok etgan maqollarni davom ettiring.
1. Sanamay ,…
2. Bir yigitga …
3. Yetti o‘lchab, …
4. O‘nta bo‘lsa,…           Qirqta bo‘lsa,…(II.9.62)
                                  Mantiqiy mashqlar 
    Mantiqiy   mashqlar   bolalarning   narsa   va   atrof-muhit   haqidagi   bilimlarini
tartibga   soladi   va   ularga   to‘g‘ri   fikrlash   usullarini   o‘rgatadi.   O‘quvchi   maktabga
kelganda, ko‘p lug‘at boyligiga ega bo‘lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash,
qarshi   qo‘yish,   umumlashtirish,   guruhlash   usullaridan   foydalanishni   bilmaydi
(ayniqsa,   bilish   faoliyatining   obyekti   aniq   predmet   emas,   uni   ifodalovchi   so‘zlar
bo‘lsa).   Mantiqiy   mashqlarning   vazifasi   u   yoki   bu   narsa   va   hodisalar   bilan
tanishish   asosida   bolalarni   predmet   va   hodisalardan   muhimini,   umumiysini
ajratishga,   so‘z   bilan   aniq   ifodalashga   o‘rgatish,   bolalarga   mantiqiy   usullar
tizimini o‘rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan
o‘stirish hisoblanadi. 
Mantiqiy   mashqlar   bolalarning   so‘z   boyligi   va   tilining   umumiy   o‘sishida
katta   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   lug‘at   ishi   va   tilga   oid   boshqa   ishlar   bilan   bog‘lab
olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil: 
1. Narsalarning   mavzuga   tegishli   guruhini   tuzish:   mevali   daraxtlar   (o‘rik,
shaftoli, … )   va   mevasiz   daraxtlar   (archa,   qarag‘ay,…) ;   uy   hayvonlari   va   yovvoyi
hayvonlar kabi. Bunda bolalar   „Bu nima?" so‘rog‘iga   javob berishga o‘rgatiladi:
Bu nima?  -  Kitob. Kitob nima? – O‘quv quroli.   2. Bir turdagi narsalami sanab ko‘rsatish va umumlashtiruvchi bir so‘z bilan
nomlash.   Masalan,   kitob,   daftar,   ruchkalarni   bir   so‘z   bilan   qanday   nomlash
mumkin?  ( O‘quv qurollari )  
3. Berilgan   narsalardan   bir   guruhga   kirmaydiganlarini   ajratish.   Masalan,
qalam,   chizg‘ich,   o‘chirg‘ich,   stul   ko‘rsatiladi,   o‘quvchilar   o‘quv   qurollarini
ajratadilar,  stul  o‘quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar.  
Bunday   mashq   o‘yin   tariqasida   o‘tkazilishi   ham   mumkin:   ma’lum   so‘zlar
berilib,   ortiqchasini   topish   va   nima   uchun   ortiqcha   ekanini   tushuntirish   talab
etiladi:  qaldirg‘och, chumchuq, mushuk, musicha. 
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so‘zlarni guruhlarga ajratish. 
Bunda   so‘zlar   choynak,   tesha,   bolta,   piyola,   arra,   tarelka   kabi   aralash
beriladi.  O‘quvchilar   guruhlab,   idishlar  nomi:  choynak,  piyola,  ... ;  ish  qurollari
nomi:   tesha,   bolta,   ...   kabi   yozadilar.   Narsaning   belgisini   bildirgan   so‘zlar   ham
aralash   beriladi   qizil,   shirin,   uzun,   odobli,   aqlli,   dumaloq,   oq,   achchiq,
xushmuomala, qora, nordon, chuzinchoq  kabi. Bolalar to‘rt guruhga: 
1) rang:  qizil, oq, qora ; 
2) maza:  shirin, achchiq, nordon;  
3) shakl:  uzun, dumaloq, chuzinchoq  
4) xususiyat:  odobli, aqlli, xushmuomala  kabilarga ajratadilar. 
5. Qarama-qarshi qo‘yish bilan umumlashtirish:  qaldirg‘och,mayna, bulbul –
qushlar;   tovuq, xo‘roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)  
Amalda   qo‘llanadigan   mantiqiy   mashqlar   sermazmun   bo‘lishi   bilan   birga,
o‘qivchilarning   tajribasi   bilan   bog‘lanishi,   ularni   to‘g‘ri   fikrlashga   o‘rgatishi,
bilimlariga   aniqlik   kiritishi   va   tartibga   solishga   xizmat   qilishi   lozim.   Bunday
mashqlardan   o‘rni   bilan   boshqa   darslarda   ham,   o‘qish   va   grammatika   darslarida
ham foydalaniladi. 
Ibora   va   tasviriy   vositalar   ustida   ishlash.   Boshlang‘ch   ta’limda   ibora   va
tasviriy vositalar amaliy tomondan tushuntiriladi.  Tanish   bo‘lmagan   ibora   bilan   ifodalangan   tushunchani   tanish   bo‘lgan   so‘z
bilan   ifodalangan   tushunchaga   taqqoslash   orqali   yoki   shu   so‘zning   ma’nodoshi
yordamida tushuntirish.  
  Masalan, 3-sinf ‘‘O‘qish savodxonligi’’ kitobidagi “Odob” (II.9.59) mavzu -
sidagi   rivoyatda   “og‘ziga   qarab   gapirmoq”   iborasi”,   “Yaxshilik”   hikoya sidagi
“nafasi   ichiga   tushib   ketmoq”   –   hafsalasiz   bo‘lmoq   tushunchasiga,   “Eng   yaqin
do‘stimiz”  hikoyasida   “dillarni  uyg‘otmoq  –   havas  paydo qilmoq tushunchasiga,
ko‘ngilga ezgulik urug‘ini sepmoq  – yaxshilikka yo‘llamoq tushunchasiga , zehnni
peshlamoq   –   aqlni   charxlamoq   tushunchasiga   ,   oltin   davr”   tasviriy   ifodasini   –
bolalik   tushunchasiga,   aql-idrok   bulog‘i   tasviriy   ifodasini   –   kitob   tushunchasiga
taqqoslab tushuntirish mumkin. 
Shunday   qilib,   so‘zni   sinonim   tanlash   bilan   tushuntirganda,   shu   so‘zning
stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko‘rsatishi zarur.  
Ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   so‘z   va   so‘z   birikmalari,   tasviriy   vositalar,
maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi
  2.3.    ‘‘O‘qish savodxonligi’’  darsligida keltirilgan iboralarni tahlil qilish
va  o‘rgatish  yo‘llari
Bugungi   zamonaviy   dunyoda   har   bir   insonning   individual   salohiyati,   uning
nutq   ijro   eta   olish   qobiliyati   va   boshqa   shaxsiy   sifatlarining   rivojlanishi   uning
yoshlikdan   olgan   ta’limiga,   tarbiyasiga   va   unib-o‘sayotgan   holatdagi   atrofdagi
insonlarning ta’siriga bog‘liqdir.
       Tilning lug‘aviy jihatdan boyligi, uning grammatik, leksik, morfologik va
frazeologik   shakllarda   qanchalik   mustahkam   va   foydalanishga   qulay   ekanligiga
ham   bo‘gliq.   Badiiy   va   so‘zlashuv   uslublarida   eng   ko‘p   jihatdan   tilning,   asar
qahramonlarining   frazeologik   birliklarni   qay   tarzda   mohir,   qay   darajada   o‘z
vaziyatiga   munosib   holda   ishlata   olishi   nafaqat   asarning   badiiy   salohiyatini   shu
bilan   birgalikda   asar   qahramoni   va   so‘zlovchining   nutqiy   mahoratini   ifodalaydi.
Shunday   ekan   o‘zbek   xalqining   til   tarkibida   ham   juda   ham   ko‘p   miqdorda
frazeologik birliklar – iboralar mavjud. Lekin hozirgi vaqtda frazeologik birliklarni
o‘rganish   sohasida   ishlar   ancha   oqsoqlanib   qolmoq,   shunga   qaramasdan   Shavkat
Rahmatullayevning   “O‘zbek   tilining   izohli   frazeologik   lug‘ati”   asari   asosiy
adabiyot hisoblanadi .
Birinchi   sinf   “Ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi”   darsligi   tarkibida   ham   bir
qancha   iboralar   qo‘llangan.   Ushbu   darslik   mualliflar   jamoasi   tomonidan   xalqaro
ekspertlar  yordamida,  hamda jahonning  ta’lim   sohasida  yetakchi  o‘rinda  turuvchi
davlatlarning   ta’lim   tizimida   o‘qitiliyatotgan   darsliklari   namunasida   tayyorlandi.
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligidagi matnlar, hikoyalar va she’rlarni tahlil
qilish jarayonida bir qator leksik-frazeologik ishlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi:
a) Leksik-frazeologik birliklarni o‘zaro farqlash;
b)  Lug‘at ustida ishlash;
c)  Leksik-frazeologik tahlil Yuqoridagi   uchchala   ishni   ketma-ket   holatda   o‘zaro   tahlil   qilib   ko‘rsak.
Leksik-frazeologik birliklarni o‘zaro farqlashda asosiyt e’tibor frazeologik birliklar
ya’ni   iboralarni   o‘rgatishga,   uni   ma’nolarini   anglashga   qaratiladi.   Darsliklarda
berilgan   she’rlar,   matnlar   va   hikoya,   ertaklar   tarkibida   keltirilgan   iboralar
o‘quvchilarni   so‘zamolligini   oshirishda,   badiiy   tafakkuri   va   dunyoqarashini
kengaytirishda, o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Frazeologik   birliklarni   o‘rgatish   bosqichma-bosqich   asta-sekinlik   bilan
o‘quvchilarga   o‘rgatib,   tushuntirib   boriladi.Dastlabki   bosqichda   frazeologik
birliklarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   haqida   dastlabki   tushunchalar   shakllantirib
olish   kerak   bo‘ladi.   Bunda   o‘quvchilarga   amaliy   topshiriqlar   va   nazariy   jiahtdan
tayyorlangan   savol-javoblardan   foydalangan   holda   iboralarning   leksik-semantik
ma’nolari haqida dastlabki tushuncha va ma’lumotlar yetkazib o‘tiladi .
Asosiy   bosqichda   esa   o‘quvchilar   uchun   nisbatan   qiyinroq   bo‘lgan   jihatlar
haqida   tushuntirishlar   beriladi.   Misol   sifatida,   frazeologik   birliklarning   so‘z,
qo‘shma so‘zlar kabi lug‘aviy birliklar hamda hikmatli so‘zlar, maqollar, matallar,
tasviriyifodalar   kabi   o‘zgarmas   barqaror   birikmalardan   farqlanish   jihatlarini
keltirib o‘ta olamiz.
        Boshlang‘ich   sinflarda   turli   janrga   oid   asarlar   tarkibida   ham   iboralar
keltirilgan.Agar   o‘qituvchi   har   bir   ibora   izohini   tushuntirib   bersa,   maqsadga
muvofiq bo‘ladi.Quyida 1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi (1-qism) darsligidagi
matnlarda keltirilgan iboralar izohini keltirib o‘tamiz.
 “O‘qish savodxonligi” darsligida berilgan iboralarni  izohlaymiz:
1-sinf     I   qism   1. Ruxsat   bersangiz,   oilamiz   haqida   ikki-uch   og‘iz   so‘zlab
o‘tsam: dadam qishlog‘imizda traktorchilik qiladi.   (Hoshimjonning oilasi,   “Sariq
devni minib” romanidan) 
Ikki-uch  og‘iz   – ozgina,  andak  (“gap” yoki   “gapirmoq”)”)  Varianti:   bir-ikki
og‘iz ; ikki-uch og‘iz ; Sinonimi: ikki shingil. 
O‘xshash: bir og‘iz , to‘rt og‘iz, ellik og‘iz, bir shingil. 2.  Ko‘cha-ko‘yda   hamshiralarga   ko‘zi   tushib   qolsa,   ukol   qiladi   deb,   tog‘dan
tog‘ga qochadi.(Hoshimjonning oilasi,  “Sariq devni minib” romanidan)
Ko‘zi   tushib   qolmoq —bexosdan,   kutilmaganda   ko‘rmoq.   O‘xshashi:Ko‘z
tashlamoq.
3. Hovlini   supurish,   idish-tovoqlarni   yuvish   o‘shaning   bo‘ynida
(Hoshimjonning oilasi,  “Sariq devni minib” romanidan) 
  Bo‘yniga   olmoq –   1.E’tirof   qilmoq.   Varianti:   Bo‘yinga   olmoq,   bo‘ynida.
O‘xshashi : bo‘yniga qo‘ymoq.
2.   Biror   holatga   rozi   bo‘lmoq,     ko‘nmoq.   Varianti   :   gardan(i)ga   olmoq,
yelka(si)ga olmoq.
4.Boqivoy kech kirganda  
Kirib keldi chang bo‘lib. 
 Bobosi qarar unga  
Asabi tarang bo‘lib . (“Vaqt qadri” Abdulla Po‘latov)
Asabi   tarang   bo‘lmoq   –   achchiqlanmoq,   qizishmoq,   asabiylashmoq.
O‘xshashi: qoni qaynamoq, jahli chiqmoq, asabiga tegmoq
5.  Ko‘ngillarga yorug‘ tushdi . 
 Shudgorlarga urug‘ tushdi.(“Navro‘z  taronasi “,  Anvar Obidjon) 
Ko‘ngilga yorug‘ tushmoq   ‐   ko‘nglidagi g‘ashlik tarqadi. O‘xshashi:ko‘ngli
yorishdi, ko‘ngilni yoritdi.
6.Urug‘larga  jon bag‘ishlab ,  
Yomg‘irlar ham qutlug‘ tushdi.(“Navro‘z  taronasi “ , Anvar Obidjon) 
Jon   bag‘ishlamoq   –   butun   kuch   imkoniyatini,   hatto   hayotini   bag‘ishlamoq.
O‘xshashi:jon tikmoq
7.Menga qara hoy o‘quvchi, 
Topshiriqqa  quloq sol -chi. 
Birin-ketin so‘zlar kelar,  
Oxirida bo‘sh joy bo‘lar.(“H” ning aytganlari. (89-bet)) Quloq   solmoq -   1.tinglamoq;   Varianti:   quloq   osmoq   (eskirgan).     Sinonimi:
quloq   bermoq;   2.  Aytganini   qilmoq.   Varianti:   quloq   osmoq   (eskirgan).Sinonimi:
gap(i)ga kirmoq 
8.—   Qaysi   dovyurak   mendan   qo‘rqmay   fuqarolarimga   zulm   qilar   ekan?
Yuringlar, hozir borib  jazosini beraman , - deb irg‘ib turdi(“Serkaboboning hiylasi” 
Jazosini   bermoq –   qilmishiga   yarasha   jazolamoq.   Sinonimi:     ta’zir(i)ni
bermoq;
9.Arslonlarning   jahli   chiqdi,   sochlari   tikka   bo‘ldi .(“Serkaboboning   hiylasi”
ertagi)
Mehmonda o‘zini tutishiga qarab, bolaning odobi haqida bilib olish mumkin
ekan.(“ Mehmon bo‘lish odobi” , Kamola Sodiq qizi)
O‘zini   tutmoq   –   O‘z   xatti-harakatini   irodasiga
bo‘ysundirmoq .O‘xshashi:o‘zini qo‘lga olmoq
10.Quyon   kelib   qarasa,   mehmonlar   ovqatga   qo‘l   urmabdi.(’’G‘alati   ziyofat”
ertagi (33-bet))
Qo‘l   urmoq   –   tegmoq   (ertakda   bo‘ishsizlik   shaklida   kelgan:qo‘l   urmabdi-
tegmabdi). 
Xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   “Ona   tili   o‘qish   savodxonligi”     darslarida
keltirilgan har iboralar izohini o‘quvchilarga to‘g‘ri yetkazib berish, o‘quvchilarni
so‘z   boyligini   oshirib   borishga   va   o‘z   fikr   tushunchalarini   izchil   va   erkin,   to‘g‘ri
bayon eta olishga o‘rgatishi bilan o‘ta muhimdir.             III BOB. ISHNING AMALIYOTGA   TATBIQI
3.1. O‘quvchilarga  lug‘aviy birliklarni o‘rgatish  texnologiyasini amalga
oshirish
Bitiruv   malakaviy   ishi   bo‘yicha   nazariy   izlanishlar   yakunlangandan   so‘ng,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarni
o‘rgatish     texnologiyasini   amalga   oshirish   uchun   pedagogik   tajriba-sinov   ishlari
o‘tkazildi.   Bunda   Samarqand   viloyati   Nurobod   tumani   35-umumiy   o‘rta   ta’lim
maktabining   boshlang‘ish   sinflari   tanlandi.   O‘quvchilarda   bu   ko‘nikmalarni
shakllantirishda   qisqaroq   vaqt   ichida   natijaga   erishish   uchun   yuqoriroq
boshlang‘ish   sinflar,   ya’ni   3-sinflarni   jalb   qilishni   ma’qul   ko‘rdik.   Bunda   3-“A”
sinf   tajriba   sinfi,   3-“B”   sinf   nazorat   sinfi   sifatida   tanlab   olindi.   Bu   sinflarda
o‘quvchilar soni quyidagicha:
3-“A” sinf  – 37 nafar,
3-“B” sinf  – 34 nafar.
Jami respondentlar 52 nafar, shundan tajriba sinfida 27 nafar, nazorat sinfida
25 nafar o‘quvchi tanlandi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘aviy birliklarni o‘rgatish  uchun biz ona
tili va o‘qish savodxonligi  fani misolida tajriba-sinov o‘tkazishga qaror qildik.
3-sinf   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   darsligi   o‘quvchilar   o‘rganishi   kerak
bo‘lgan quyidagi ma’lumotlardan iborat: Vatan   madhi   dillarda;   Salom,maktab!   Opa-singillar;   Oyog‘i   osmonda
bo‘lgan   sichqonlar;   Chin   va   yolg‘on   ;   Kuz;   Bir-birin   kuzatar   fasllar;   Tog‘lar;
Karim olvon; Chorining qobiliyati; Hunarning hidi qanaqa?; Baliq ovida; Odob;
Insoniy   fazilatlar   to‘g‘risida   maqollar;   Yaxshilik;   Filipok;   Dum-dumaloq
qo‘ng‘iz; Uch ko‘zli narsa to‘g‘risida; O‘quv yili oxirida takrorlash;
Matnlarda qo‘llangan so‘zlar lug‘ati bilan yakunlanadi.
2023-2024-   o‘quv   yilining   2-semestrida   tajriba-sinov   sinfi   sifatida   tanlab
olingan   3-“A”   sinfida   darslar   bitiruv   malakaviy   ishimiz     asosida   tashkil   etildi.
Darslar   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchisi     (3-“A”   sinf   rahbari   M.Norboyeva)   bilan
hamkorlikda   olib   borildi.   Bunda   o‘quvchilar   individual,   guruh   va   juft-juft   bo‘lib
ishlashdi,   o‘qituvchi   tomonidan   belgilangan   chegaralar   doirasida   materialni
o‘rganish   hajmi   va   tezligini   mustaqil   ravishda   nazorat   qilishga   o‘rgatildi.   Bunda
darslik   bilan   mustaqil   ishlash,   o‘quvchilarning   mustaqil   kuzatishlari,   og‘zaki
mashqlar, yozma, grafik, amaliy ishlar kabi amalga oshirish usullaridan foydalanib,
o‘quvchilarning nutqi, lug‘at boyligi ustida ishlandi.
Maqsadlarni  shakllantirish  bosqichida  o‘qituvchi  o‘quvchilar  bilan   mustaqil
ravishda lug‘aviy birliklarni o‘rganish  texnologiyasi olib bordi.
Axborot   to‘plash  bosqichi  zarur  nutqiy  faoliyat   darajasining  haqiqiy holatini
va   belgilangan   maqsad   bilan   bog‘liq   holda   fanlarni   tushunishga   imkon   berdi.   Bu
bosqichda   o‘quvchining   zarur   subyektiv   tajribasi   aktuallashtirildi,   shu   bosqichda
muammo   ham   qo‘yildi.   Prognozlash   va   qaror   qabul   qilish   bosqichlarining   tartibi
nutqiy   faoliyat   darajasi   o‘quv   vaziyatiga,   darsning   maqsadiga,   o‘quv   jarayoniga
qarab ham o‘zgartirib turildi. 
O‘qituvchi tomonidan qaror qabul qilish o‘quvchilarning lug‘atini rang-tus va
miqdor   bildiruvchi   so‘zlar   bilan   boyitish     va   o‘quv   materialini   samarali
o‘zlashtirish   uchun  ta’lim   holatini  rivojlantirishning   maqbul   variantini  tanlashdan
iborat   bo‘ldi.   Boshqaruv   qarori   darsning   turli   bosqichlarida   rejalashtirilgan
lug‘atini   rang-tus   va   miqdor   bildiruvchi   so‘zlar   bilan   boyitishni   amalga   oshirish
uchun   optimal   o‘qitish   usullarini   aniqlashni   o‘z   ichiga   oldi.   Yechim   shunchaki lug‘atni   boyitish   rejasi   emas,   balki   vaziyatni   o‘zgartirishga   va   maktab
o‘quvchilarining nutqiy faoliyatini shakllantirishga olib keldi.
3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari
Tajriba-sinov bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchi -
larining nutqiy faoliyatini shakllantirish bo‘yicha ishchi faraz aniqlab olindi.
Tajriba-sinovning   dastlabki   bosqichlarida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining
nutqini o‘stirishning metodik jihatlari o‘rganildi.
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   nutqini   o‘stirish   uchun   dars
mashg‘ulotlarining  o‘qitish  shakli   va  mazmuni   ishlab  chiqildi  hamda  shu   asosida
mashg‘ulotlar olib borildi.
Tajriba-sinov   sinflarida   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   rang-tus   va   miqdor
bildiruvchi   lug‘aviy   birliklarni   o‘rgatish   bo‘yicha   o‘tkazilgan   mashg‘ulotlardan
so‘ng topshirilgan nazorat natijalari nazorat guruhlarida an’anaviy uslubda o‘tilgan
mashg‘ulotlar natijalariga nisbatan qancha farq qilganligini ko‘rsatamiz.
3-“A” tajriba sinfida   “ O na tili” va “O‘qish savodxonligi” fani ni o‘qitishda
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga lug‘aviy birliklarni o‘rgatish texnologiyasi asosida
o‘tkazilgan darslardan so‘ng nazorat guruhiga nisbatan quyidagi natijani berdi.
3.1-jadval
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   nutqini   o‘stirish   texnologiyasi   asosida   3-
sinflarda   ona   tili   va   o‘qish   savodxonligi   fanidan   o‘tkazilgan   darslardan   so‘ng
tajriba-sinov natijalari:
1.             O‘quvchilar davomati.      Tajriba davri 
Sinflar Tajribadan oldin Tajribadan    so‘ng
3- “A” 91% 94%
3- “B” 90% 91%
Ko‘rinib turibdiki, tajriba o‘tkazayotgan sinfimizda tajriba o‘tkazishdan oldin
o‘quvchilar   davomati   91%   ni   tashkil   qilsa,   tajribadan   so‘ng   davomat   94%   ga
ko‘tarilgan. 3% ga o‘zgargan.
2. O‘quvchilarning   o‘zlashtirish   ko‘rsatkichlari   quyidagi   ko‘rinishga   ega
bo‘ldi:
Tajribadan oldin:
O‘zlashtirish
Ko‘rsatkichlari Jami 
o‘quvchilar A’lo Yaxshi O‘rta Qoniqarsiz
3-”A” 37 7 15   12 3
3-”B” 34 5 13 14 2 Tajriba sinf Nazorat sinf0246810121416
7
515
13
12 14
3 2
5 ball 4 ball 3 ball 2 ball
Tajriba sinf Nazorat sinf
5 ball –7 ta-  17% 5 ball – 5-ta - 16%
4 ball –15 ta - 43% 4 ball –13- ta- 41%
3 ball –12 ta - 33% 3 ball –14 ta- 37%
2 ball –3 ta - 7% 2 ball –2 ta - 6%
                    
  Tajribadan so‘ng:
O‘zlashtirish
ko‘rsatkichi Jami
o‘quvchilar A’lo Yaxshi O‘rta Qoniqarsiz
3-”A” 37 11 20 5 1
3-”B” 34 8 18 6 2 Tajriba sinf Nazorat sinf02468101214
11
820
18
5 6
1 2
5 ball 4 ball 3 ball 2 ball
TAJRIBA SINF NAZORAT SINF
5 ba h o   –  11   ta  -  30  % 5 baho   –  8 ta   -  24  %
4 ba h o   –  20 ta  -   43  % 4 baho   – 18 ta   - 45 %
3 baho   –    5 ta  -   24 % 3 baho   – 6 ta   -   25 %
2 baho   –   1 ta   -  3  % 2 baho   –   2 ta   -    6  %
Ona   tili   darslarini   yangi   pedagogik   texnalogiyalar,   ayniqsa,   o‘yin   tarzida
tashkil   etish   orqali   o‘quvchilarning   o‘zlashtirish   ko‘rsatkichlari   yuqoridagi
shkalada ko‘rsatilgan  natijalari  qayd  etildi.
Tajriba   sinfda   yomon   ballga   o‘qiydigan   o‘quvchilar   tajribadan   oldin   3
nafarni   tashkil   etgan   bo‘lsa,   tajribadan   so‘ng   ushbu   sinfda   yomon   ballga
o‘qiydigan   o‘quvchilarning   2  nafari   o‘rta   ballga  1nafari   yomon   ballga  o‘zlashtira
boshladilar.   Nazorat   sinfida   esa   yomon   ballga   o‘qiydigan   o‘quvchilar   2 nafarligicha   qoldi.  Avval   ular     2     nafarni   tashkil   qilgan   bo‘lsa,   tajribadan   so‘ng
yana 2  nafarni tashkil qildi. 
O‘rta   ballga   o‘qiydigan   o‘quvchilar   soni   3   “A”   -   sinfda   12   nafar   edi.
Tajribadan so‘ng 7 nafarga kamayib, 5 nafarni tashkil qildi. Ushbu sinfda o‘rta va
qoniqarsiz   ballga   o‘qiydigan   o‘quvchilar   15   nafarni   tashkil   qilgan   bo‘lsa,
tajribadan   so‘ng   ular   6   nafarni   tashil   qildi.   Bu     19   %     o‘quvchilar   yaxshi   ballga
o‘zlashtirganliklarini   bildiradi.   3   “B”   -     sinfda   esa   tajribadan   oldin   14   nafar
o‘quvchi   o‘rta   ballga   o‘qishgan   bo‘lsa,   tajribadan   so‘ng     ular   6     nafarni   tashkil
etadi. 
Yaxshi bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar avval 3 “A”- sinfda 15 nafarni tashkil
qilgan edi. Tajribadan so‘ng ular  20 nafarni  tashkil  qildilar. Ushbu  sinfda 7 nafar
o‘quvchi o‘rta balldan yaxshi ballga o‘zlashtirganliklarini e’tiborga olsak, jami 11
nafar   o‘quvchi a’lo ballga o‘qiy boshlagan bo‘ladilar. O‘z – o‘zidan ushbu sinfda
a’lo   ballga   o‘qiydigan   o‘quvchilar   soni   7   nafardan   11   nafarga   oshadi.   Nazorat
sinfida esa tajribada oldin yaxshi ballga o‘qiydigan o‘quvchilar soni 13 tani tashkil
qilgan   bo‘lsa,   tajribadan   so‘ng   yaxshi   ballga   18   nafar,   a’lo   ballga   o‘qiydigan
o‘quvchilar soni 8 nafarga oshdi.
   
                              
XULOSA
Boshlang‘ich   sinf   “O‘qish   savodxonligi”   darsliklaridagi   lug‘aviy   birliklarni
tahlil   qilib,   olib   borilgan   kuzatishlar   bizni   quyidagi   umumiy   xulosalarga   olib
keldi:  1. O‘quvchilar   asar   mazmunini   to‘g‘ri   idrok   etishlari   uchun,   bilimlarni
mukammal   egallashlari,   hayot   haqida   ma’lum   tasavvurga   ega   bo‘lishlari   uchun
tayyorgarlik ishlari o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
2. О'quvchilarning   asarda   aks   ettirilgan   voqea-hodisalar   haqidagi
tasavvurlarini   boyitish,   matnni   ongli   idrok   qilishga   ta’sir   etadigan   yangi
ma’lumotlar berish juda muhim sanaladi. 
3. Yozuvchining   hayoti   bilan   elementlar   tarzida   tanishtirish,   yo-   zuvchiga,
uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg‘otish talab etiladi. 
4. O‘quvchilarni asarni emotsional (hissiyotni) idrok etishga tayyorlab borish
esa muhim xarakterli xususiyatga ega.  
5. Asar mazmunini   tushunishga   murakkablik   qiladigan so‘z, iboralarning
lug‘aviy ma’nolarini matn mazmunidan o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmagan holda
tushintirish maqsadga muvofiq.  
6. Boshlang‘ich   sinflarda   lug‘aviy   birliklarni   o‘qitishda   o‘quvchlar   lug‘atini
boyitish muhim ahamiyatga ega. 
7. Lug‘aviy birlik – so‘zlar tuzilish jihatdan sodda, qo‘shma, juft va takroriy
bo‘ladi. 
8. So‘zlar   va   iboralarning   shakl   va   ma’no   munosabatiga   ko‘ra   omonim,
sinonim, antonim kabi turlari mavjud. 
9. Boshlang‘ch   sinflarda   so‘zlar   va   iboralarning   shakl   va   ma’no
munosabatiga   ko‘ra   turlari,   ko‘p   ma’noli   so‘zlar   bo‘yicha   nazariy   ma’lumotlar
berilmaydi, ammo ularga doir tushunchalar amaliy jihatdan shakllantiriladi. 
10. Darslarni   samarali   tashkil   etishda   yordam   beradigan,   o‘quvchining
faolligini   oshiradigan   mustaqil   ish,   yarim   izlanishli   muammoli   o‘qitish,   analiz,
sintez, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalanildi. 
11. Mazkur   metodlarga   mos   metodik   ish   usullaridan   –   so‘zni   kontekst
asosida   yoki   lug‘atdan   va   o‘qish   kitoblarida   matn   ostida   berilgan   izohdan
foydalanib   tushuntirish;   so‘zni   predmetning   asosiy   belgisini   izohlash   orqali
tushuntirish; so‘zni o‘ziga yaqin tushuncha – boshqacha ifoda etish bilan; axloqiy, mavhum   tushunchalarni   ifoda   etuvchi   so‘zlarning   ma’nosini   misollar   yordamida
tushuntirish,   mustaqil   tahlil,   ta’limiy   o‘yin,   o‘z   bilimini   mustaqil   tekshirish   kabi
usullarga alohida e’tibor qaratildi.  
12. Kelgusida   boshlang‘ich   sinf   “O‘qish   savodxonligi”   va   ‘‘Ona   tili’’
darsliklaridagi   barcha   lug‘aviy   birliklarni   tahlil   qilib,   tushunilishi   qiyin   bo‘lgan
so‘z   va   iboralarning   lug‘atini   yaratish   leksikograf   olimlar   oldida   turgan   muhim
vazifalardan biridir.  
        
 
 
 
    
 
         
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I.Normativ huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   2019-yil   29-
aprelidagi   PF-5712-son   O‘zbekiston   respublikasi   xalq   ta’limi   tizimini   2030- yilgacha   rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risidagi   Farmoni.   Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son. 
2. “Ta‘lim   to‘g‘risidagi”   O‘zbekiston   Respublikasi   Qonuni.   23.09.2020-
yildagi O‘RQ-637-son.
                3.   “ 2022-2026-yillarda   maktab   ta’limini     rivojlantirish   bo yicha   milliyʻ
dastur” .  PF-134-сон 11.05.2022. https://lex.uz/docs/-6008663
4.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   O‘qituvchi
va   murabbiylar   kuniga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi   nutqi.
https://www.president.uz/oz/lists/view/3864
                        II.  Darslik, o‘quv qo‘llanmalar:
    1.   Boynazarova   D.D.,   Ona   tili   4-sinf   uchun   darslik,   -   T.:   “Novda
Edutainment”, 2023. – 96 b.
  2.   Babayeva.   D.R.   Nutq   o stirish   nazariyasi   va   metodikasi.   (Darslik).   -  	
ʻ Т .:
«Barkamol fayz media», 2018, - 432 b.
                 3. Toirova M.E, Boynazarova D.D,     Ona tili. 3- sinf   uchun     darslik.    -T.:
“Novda Edutainment”  , 2013,-88b
4.D.Yuldashova. Ona   tili. 1-sinf uchun darslik, -T.: “Novda Edutainment”   ,
2023,-88b
5. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh, Sariyev Sh.
Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. – Toshkent, ”Noshir”,  2009, 352 b.
9. Aydarova U.B.,Toirova. M.E  “O‘qish savodxonligi . 3-sinf    uchun darslik,
-T., “Novda Edutainment”, 2023.-80b.
10. Toirova M.E, Aydarova U.B. “O‘qish savodxonligi”. 2-sinf uchun darslik .
-  T .:  “ Novda Edutainment ”, 20 23 .-82b
11. Kuranov   S,   Ona   tili.   2-sinf   uchun   darslik   .   -T.:     “ Novda
Edutainment ”,20 23 .-88b 12. Xrojiddinova M.  O‘ zbek tilida rang-tus bildiruvchi so‘zlar konnotatsiyasi .
Filologiya   fanlari   bo‘yicha   falsafa   doktori   (PhD)   dissertatsiya   avtoreferati.   –
Qo‘qon, 2023.- 53 b.  
13. Qarshiyeva   M.   O‘quvchilarning     tushunish   ko‘nikmalarini   boshlang‘ich
sinf  davridan  shakllantirish.  Xorazm  Ma’mun  akademiyasi  axborotnomasi:   Ilmiy
jurnal.  №  7/3(104) , 2023.-144b.
14. Qarshiyeva   M.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   iboralarni   o‘rgatish
usullari   va   boshlang‘ich   sinf   darsligida   keltirilgan   iboralar   tahlili.   Ta’lim
innovatsiyasi va integratsuyasi, ilmiy jurnali. № 21/4,2024.-115b
15. Qarshiyeva   M,   Hazratqulov   M,   Gulxanova   F.   Nutqni   idrok   etish
qonuniyatlari. Science problems.uz  ilmiy jurnali. № 5(3) , 2023.- 323b
16. Qarshiyeva   M,   Hazratqulov   M,   Gulxanova   F.   Ona   tili   va   o‘qish
savodxonligi   darslarini   hayot   bilan   bog‘lab   tashkil   etish   usullari.   “Boshlang‘ich
ta’limning dolzarb masalalari:  Muommo  va yechimlari” mavzusidagi  Respublika
ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Navoiy ,2023.-192 b.
17. Qarshiyeva   M,   Hazratqulov   M,   Gulxanova   F.   Boshlang‘ich   sinflarga
yozishni   o‘rgatish   metodikasi.   “Boshlang‘ich   ta’limning   dolzarb   masalalari:
Muommo   va   yechimlari”   mavzusidagi   Respublika   ilmiy-amaliy   anjuman
materiallari. -Navoiy , 2023.-195 b.
18. Qarshiyeva M, Hazratqulov M, Gulxanova F. O‘quvchilarni ertak aytish
va   tinglashga   o‘rgatish.   “ Муаллим   хем   узлуксиз   билимлендириу ”   ilmiy
metodologik jurnali. № 4/1-2023.-570b
19. Qarshiyeva   M.   O‘quvchilarning   nutqini   boyitish   va   fikrini   ta’sirli   ifoda
qilishni   o‘rgatish   usullari.   “Tafakkur   Manzili”   ilmiy-uslubiy     jurnali .   №   /Iyun-
2023.-150b
20. Qarshiyeva   M.   “Qo‘rqoq   bug‘u”   ertagi   asosida   so‘zdan   so‘zning   farqi
doirasini  ochib berish.  Journal of new century , ilmiy jurnal-N_30,2023-95b 21. O‘zbek   tilining   frazeologik   lug‘ati   [Matn]:   lug‘at   /   Sh.Rahmatullayev,
N.Mahmudov,   Z.Хоlmanova,   I.O‘razova,   K.Rixsiyeva.   –   T.   :   G‘afur   G‘ulom
nomidagi Nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2022. – 636 bet.
22. O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati.   5   jildli.   A.Madvaliyev   tahriri   ostida.   –
Toshkent:   “O‘zb e kiston   milliy   ensiklopediyasi”   Davlat   ilmiy   nashriyoti,   2006-
2008.
23. Suvonova   X.,     Turdiyeva   G.   O‘zbek   tilining   shakldosh   so‘zlar   o‘quv
lug‘ati   (Maktab o‘quvchilari uchun). -Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2007.
24. To‘rayeva U., Shodmonova D.  O‘zbеk tilining zid mа’nоli so‘zlаr o‘quv
lug‘аti  (Maktab o‘quvchilari uchun) .Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2007.
25. Shukurov   O.,   Boymatova   B.   O‘zbek   tilining   ma’nodosh   so‘zlar   o‘quv
lug‘ati  (Maktab o‘quvchilari uchun).  -Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2007.   
26. Azim   Hojiyev.   O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati.   -Toshkent,
“O‘qituvchi” nashriyoti,1974.
III .Internet materiallari:
27. http://www.google.com.uz/              
28. http://www.referat.uz/               
29.
   http://www.ziyonet.uz/       
30. www.pedagogs.uz

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RANG-TUS VA MIQDOR BILDIRUVCHI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI O‘RGATISH USULLARI MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………....................... …… 3 I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF ‘‘ONA TILI’’ VA “O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDAGI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI TAHLIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1.Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy birliklarni o‘qitishda o‘quvchilar lug‘atini boyitishning ahamiyati…………………………………...…...........................……7 1.2. Boshlang‘ich ta’limda rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarni o‘qitish usullari. ..........…………………………………....…......…….21 II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF ‘‘ONA TILI ’’ VA “O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDAGI LUG‘AVIY BIRLIKLARNI O‘QITISH METODLARI 2.1.Boshlang‘ich ta’limda lug‘aviy birliklarni o‘tishda interfaol usullardan foydalanish. .........………………………………….............................…......…..25 2.2.Boshlang‘ich ta’limda lug‘aviy birliklarning tahlil usullari……......….38 2.3. ‘‘O‘qish savodxonligi’’ darsligida keltirilgan iboralarni tahlil qilish va ularni o‘rgatish yo‘llari………………………………….…...........….....……......48 III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARI 3.1.Tajriba-sinov ishlarini takomillashtirish va o‘tkazish metodikasi……...52 3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili va yakuniy natijalari…………………….... 54 XULOSA .…………………………………………………………...……...58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………….…....60

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, demokratik huquqiy davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish kabi maqsadlardan iborat bo‘lgan o‘z taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab oldi. Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyotidagi eng noyob va mukammal boyligidir. Tilda xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma’naviy boyligi aks etadi. Shu sababli har bir xalq ona tilining sofligi, kamoloti va rivoji uchun tinmay qayg‘uradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchay tiri ladi. Albatta , oilamizda ham chet tilini bilish albatta kerak, bu ham hozir zamon talabi. Lekin ona tilini bilishga majbur qilishimiz kerak. Majbur! ” (I.4.). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimining 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish va xalq ta’limi muassasalarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish kabi vazifalar asosiy vazifalar sifatida belgilab berildi. [I. 1.] O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni ham mustaqillik sari qo‘yilgan dadil qadamlardan biri bo‘ldi. Bu Qonun o‘zbek tilining haqqoniy maqomini qonunlashtirdi va asl o‘zbekona so‘zlash, tilimizning uslubiy

imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga mustahkam zamin hozirladi. Bu qonun o‘zbek tilining lug‘aviy birliklarini ham chuqurroq o‘rganish sohasida yangi-yangi vazifalarni ham belgilab berdi. Tilni o‘rganayotgan paytda, eng avvalo, bizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotimiz bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinf ‘‘Ona tili’’ va “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi lug‘aviy birliklarni o‘rganish, tahlil qilish bizning so‘z, lug‘at boyligimizni yanada boyitishga, nutqni aniq, ravon ifodalashga, savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi, o‘quvchini ijodiy fikrlashga, izlanishga o‘rgatadi. Shuning uchun badiiy asarlarning o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish xalq badiiy tafakkurining qonuniyatlarini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi. Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Boshlang‘ich sinflarning “O‘qish savodxonligi” darslarida, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi bir qator lirik, epik janrdagi asarlar kiritilgan. Shu bilan birga ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi. Bu kabi turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, yozilish uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham turlichadir. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlardan lug‘aviy birliklarni tanlab olish va tahlil qilib o‘qitishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi boshlang‘ich sinflarda badiiy asarlardagi lug‘aviy birliklarni o‘qitish va tahlil qilishning yangi metod va yo‘llarini o‘rganib chiqish, kelgusida bu usullardan keng foydalanishdir.

Mavzuning o‘rganilish darajasi: O‘zbek tilidagi lug‘aviy birliklar va ularning boshlang‘ich ta’limda nutq o‘stirish va fikr shakllantirish bilan bog‘liq jihatlari Q.Yo‘ldoshev, S.Matjonov, A.Zunnunov, Sh.Yo‘ldosheva, Q.Husan bo - yeva, Sh. Sariyev kabi olimlarning ishlarida ochib berilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang‘ich sinflar ‘‘Ona tili’’ va “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi turli epik va lirik janrlardan to‘plangan lug‘aviy birliklar o‘rganilib, quyidagi ilmiy natijalarga erishildi: - “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi turli epik va lirik janrlardagi rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklar to‘planib, tartibga keltirildi; - rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarning o‘zaro aloqadorligi hamda farqli tomonlari aniqlandi; - rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarning tuzilishiga ko‘ra turlari tahlil etildi; - rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarni o‘tishda interfaol usullar haqida fikr bildirildi; - boshlang‘ich ta’limda rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarning tahlil usullari belgilandi. Tadqiqotning predmeti: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflar ‘‘Ona tili’’ va “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi turli epik va lirik janrlardan to‘plangan faktik dalillar asosiy tadqiqot manbai bo‘lib xizmat qildi. Darslarda qo‘llangan rang-tus va miqdor bildiruvchi lug‘aviy birliklarning tahlili, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish yo‘llari, savodxonligini oshirishning zamonaviy usullari, qonun-qoidalari. Tadqiqot ishining obyekti: “O‘qish savodxonligi ” darsliklaridagi turli epik va lirik janrlarni o‘tish jarayonidagi metodlar va ‘‘Ona tili ’’ darsliklaridagi lug‘aviy mashqlarni bajarish usullar. Tadqiqot ishini yozishga asoslangan manba: Ushbu mavzuni yoritishda, asosan ilmiy-uslubiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar va Samarqand

viloyati Nurobod tumni 35-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tajribalardan foydalandik. Bitiruv ishining ilmiy ahamiyati: Mazkur bitiruv malakaviy ish boshlang‘ch ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga ilmiy materiallar bera olishi bilan nazariy ahamiyat kasb etadi. Ish natijalari respublika oliy o‘quv yurtlari pedagogika fakultetlari talabalarga leksikologiya bilan bog‘liq maxsus kurs va seminarlar tashkil etishda, kurs va bitiruv ishlarini tayyorlashda, shuningdek, boshlang‘ish sinf o‘qituvchilari fakultativ mashg‘ulotlarida foydalanishlari mumkin. Bitiruv ishining muhokamasi: Bitiruv ishining muhokamasi dastavval Pedagogika ta’limi fakulteti boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida o‘tkazildi. Bitiruv ishining tuzilishi. Bitiruv ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishining mundarijasi. Ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bo‘lib, 62 sahifani tashkil etadi.