logo

BOSHLANG'ICH SINFLARDA FE'L MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

82.1572265625 KB
MAVZU: BOSHLANG'ICH SINFLARDA FE'L
MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI.
MUNDARIJA
KIRISH .......................................................................................................................................................... 1
I.Bob. Boshlang’ich sinflarda turkumi ustida ishlashning nazariy metodik asoslari. .................................... 6
1.1. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'qitishda tizimli yondashuv. ............................................................ 6
1.2. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'qitishning zamonaviy usullari. ...................................................... 11
II.Bob. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'rgatishning hozirgi holati. ........................................................ 29
2.1. Boshlang’ich sinflarda turkumini pedagogik texnalogiyalar asosida o'rgatish. ................................... 29
2.2. Tajriba sinov. ....................................................................................................................................... 35
XULOSA .................................................................................................................................................. 43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................................................................ 44
 
 
 
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . Maktabda  o‘quv predmeti  sifatida tilni  o‘rganish
sistemasi  tilning  barcha tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi  va
grammatikasi   (morfologiyasi   va   sintaksis)ning     o‘zaro     ichki   bog‘lanishlariga
asoslaniladi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   2017-yil   7-
fevraldagi   PF   -   4947-sonli   “Harakatlar   strategiyasi“   haqidagi   farmonining   4-
ustivor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan 1
. Dasturning 4.4
bo‘limi   “Ta’lim   va   fan   sohasini   rivojlantirish”   deb   nomlangan   bo‘lib,   unda
uzluksiz   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish,   sifatli   ta’lim   xizmatlari
imkoniyatlarini   oshirish,   mehnat   bozorining   zamonaviy   ehtiyojlariga   mos   yuqori
1 malakali   kadrlar   tayyorlash   siyosatini   davom   ettirish,   ta’lim   va   o‘qitish   sifatini
baholashning   xalqaro   standartlarini   joriy   etish   kabi   masalalari   belgilangan.   Bu
mavzuning   dolzarbligini   bildiradi.Tilning     barcha   tomonlari     o‘zaro
bog‘lanishining     ko‘p   rejaliligi     va   murakkabligi,   ularning   dialekt   birligi,   avvalo,
uning kommunikativ  vazifasida  namoyon bo‘ladi. Kommunikativ   vazifa  tilning
muhim     xususiyati   asosidir.   Bu   vazifani   tilning   har   bir   komponenti     boshqa
komponentlar    bilan    o‘zaro    bog‘lanishda    bajaradi.  Har   bir  so‘zga     xos  bo‘lgan
tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat   yaratadi. Ammo so‘zning   tovush
qurilishi,   shakli     mazmunsiz     aqlga   to‘g‘ri   kelmaganidek,   o‘zicha     yashamaydi.
Istalgan   tovushlar   yig‘indisi   emas,   balki   ma'lum     ma'no   bildiradigan       tovushlar
kompleksigina   aloqa     maqsadiga   xizmat   qilishi   mumkin.  Tilning  lug‘at   boyligi,
leksikasi     fikr   ifodalash     uchun   xizmat   qilishi   mumkin.   Ma'lumki,   ma'no
bildiradigan     tovushlar   kompleksi     so‘zdir.   Tilning    lug‘at   boyligi,  leksikasi     fikr
ifodalash   uchun   xizmat   qiladigan     o‘ziga   xos   qurilish   materialidir.   Tilning   lug‘at
tarkibi   qanchalik   boy   bo‘lsa   ham,   grammatikasiz     u   o‘lik   hisoblanadi.   Tilning
lug‘at   tarkibi   o‘z-o‘zicha   kommunikativ   vazifani   bajarmaydi.   Aloqa     maqsadida
xizmat   qilishi   uchun   lug‘at   tarkibidagi     so‘zlar   bir-biri   bilan   grammatik   jihatdan
o‘zaro   bog‘lanib,   gap   tuziladi.   Mana   shu   tuzilgan   gap   orqali     fikr   ifodalanadi.
Tilning     har   bir   tomonining   xususiyati   undagi     til   birliklarining     o‘ziga   xosligida
namoyon   bo‘ladi.   Fonetika   uchun   bunday     til   birligi     nutq   tovushlari,   fonemalar;
leksikologiya   uchun   ma'nosi   va   qo‘llanishi     nuqtai   nazaridan   so‘z;   grammatika
uchun   so‘z   formalari,   shuningdek,   so‘z   birikmasi   va   gap;   so‘z   yasalishi     uchun
morfema, tuzilishi   va yasalishi   tarafidan   so‘z hisoblanadi.   So‘z, so‘z birikmasi
va gap grammatik tomondan  ko‘pgina  xususiyatlarga ega.
So‘zning     o‘z   morfemik     qurilishi,   o‘zining   so‘z   yasalish     turi,   biror
grammatik   kategoriyasi   (shaxs-son,   egalik,   kelishik   va   boshqalar),   ma'lum
sintaktik   roli   bor.   So‘z   birikmasi     ham   so‘z     o‘zgarishi   (ko‘proq   ergash   so‘z
o‘zgaradi)   shakllariga   ega.   Gap   o‘z   qurilishiga     ko‘ra   so‘zdan     sifat   jihatidan
farqlanadi:   so‘z   o‘zi   alohida   kelganda   mustaqil   ma'no   anglatmaydigan
morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi komponentlar esa gapdan tashqarida
2 mustaqil   leksik     ma'no   bildiradi,   gap   tarkibida   esa     uning   ma'nosi   yanada
oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi  “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan
so‘zdan   foydalaniladi.   Gap   uchun   qator     sintaktik   xususiyatlar,   shuningdek,
tugallangan     intonatsiya     ham   xarakterlidir.   Shunday   qilib,   tilning   har     bir
tomonining o‘ziga  xos xususiyatini  qisqa ko‘rib chiqishning o‘zi  ularning  o‘zaro
munosabatini,   bir-biriga   o‘tishining     murakkabligini   ta'kidlaydi.   Tilshunoslik   fani
bo‘limlari  o‘rtasidagi munosabatlar  ham shunga  o‘xshash  murakkabdir.Fonetika,
leksikologiya     bilan   ham,   grammatika     bilan   ham   bog‘lanadi.   Tovushlar,
fonemalar, bo‘g‘inlar   tilda alohida   emas, balki ma'lum leksik ma'no bildiradigan
so‘z tarkibida  yashaydi. Fonetikaning  sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir
gapda   ma'lum intonatsiya   bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik   jihatdan
bog‘langan so‘zlar kompleksi ma'lum intonatsion  ifodalilikka  ega bo‘lsagina gap
hisoblanadi.   Bunda   gapning     mazmuni   so‘zlovchining   gapda   ifodalangan
intonatsiyasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Shunday   qilib,   intonatsiya     gapda   so‘z   tartibi,
yordamchi   so‘zlardan     foydalanish,   so‘z   o‘zgartirishlar   bilan     birga   gap     tuzish
usullaridan     biri   sifatida   xizmat   qiladi.Leksikologiya     so‘z   yasalishi   bilan     jips
bog‘lanadi:   birinchidan,   tilning     lug‘at   tarkibi,   asosan,   tilda   mavjud     bo‘lgan
so‘zlardan   yangi so‘zlar yasalishi   hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan,
yasalgan so‘zlar  leksik ma'nosi  yasama negizning moddiy  ma'nosiga asoslanadi.
Morfologiya   leksikologiya   va so‘z yasalishi   bilan jips bog‘lanadi. Morfologiya,
asosan,   so‘zning     grammatik     xususiyatlarini   o‘rganadi.   So‘zning     grammatik
ma'nosi    doimo   leksik ma'nosi    bilan birga   namoyon bo‘ladi, shunday qilib, har
bir   so‘z,   bir   tomondan,   shu   so‘zga     tegishli   bo‘lgan     ma'lum   o‘ziga   xos     leksik-
grammatik     gruppaning     belgilarini   bildiradi,   ikkinchi   tomondan,   u   so‘zning     o‘z
leksik     ma'nosi   bo‘ladi.   So‘zdagi     mana   shu     umumiy   birlik   morfologiyada,
leksikadan ajralmagan  holda, leksika zaminida o‘rganiladi.  So‘z  uchun muqarrar
morfemik   tarkibi     xarakterli   bo‘lib,   bunga   so‘zning     leksik   ma'nosi     va   qator
grammatik   belgilari     bog‘liq  bo‘ladi.  Yangi     so‘z  qaysi     usul   bilan  yasalmasin,   u
doim     grammatik   shakllanadi     va   o‘zining   leksik   ma'nosi   bo‘ladi.   Har   bir     so‘z
turkumida     so‘z   yasalishining     xarakterli     xususiyatlari   mavjud.   So‘zning
3 morfemik   tarkibi     va   yangi   so‘z   yasalish     usullari     tilshunoslik     fanining     so‘z
yasalish   bo‘limida,   grammatika     va   leksikologiyadan   ajratilmagan   holda
o‘rganiladi.
          Morfologiya   va   sintaksis       har   tomonlama     o‘zaro   bog‘lanadi.
Morfologiyada,   asosan,   so‘zlarning     grammatik     ma'nosi     va   uni   ifodalash
formalari   o‘rganiladi;   sintaksisda     so‘zlarni     o‘zaro   bog‘lanib   so‘z   birikmasi     va
gap hosil qilish  usullari, shuningdek gap turlari, ularning mazmuni  va ishlatilishi
o‘rganiladi.   So‘z   morfologiyada   ham,   sintaksisda   ham     o‘rganiladi,   ammo
o‘rganish   ob'ekti       har   xil   bo‘ladi.   Sintaksisning   o‘rganish   ob'ekti     gapdir;   unda
so‘z   gap   yoki     so‘z   birikmasida     boshqa   so‘zlar   bilan     ma'no     va     grammatik
jihatdan   bog‘langan   holda     o‘rganiladi.   Morfologiyada     so‘z     gapdan   tashqarida
ham   o‘rganilishi     mumkin;   so‘zga   muayyan   leksik-grammatik   guruhga   kiradigan
so‘zlar   bilan   o‘zaro   munosabati     nuqtai   nazaridan   qaraladi.   Morfologiya     va
sintaksisda     so‘zga   bunday   har   xil   yondashish     ularning     bir-biriga   bog‘liqligini
inkor   etmaydi,   aksincha,   ular   so‘z   va   gapning   o‘zida     yashaydi.   So‘zlar     so‘z
o‘zgarish     sistemasiga     ega   bo‘lgani   tufayli     gaplar   kommunikativ     vazifani
bajaradi. 
      Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda
ona   tilidan   saboq   berish   juda   katta   mas'uliyat   talab   etuvchi   ishlardan   biri
hisoblanadi.           Boshlang‘ich   sinflarda   ona   tili   o‘qitishdan   maqsad   bolada   har
qanday   tushuncha,   atrof-olam   haqidagi   bilim,   tasavvurlar   so‘z   vositasida
shakllanadi. Demak, so‘z o‘z o‘rnida, ma'no bilan ishlatish, unga yuksak muhabbat
bilan munosabatda bo‘lish xususiyatini bolada boshlang‘ich sinflardan shakllantira
borishimiz zarur. 
        Kurs   ishining   maqsadi   boshlang‘ich   sinflarda   fe'l   so‘z   turkumining
grammatik kategoriyalarini o‘rganish metodikasini belgilashdir.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
        1.   Boshlang‘ich   sinflarda   fe'l   so‘z   turkumining   shaxs-son   va   zamon
shakllarini o‘rganishda qo‘yiladigan talablarni aniqlash;
4         2.   Boshlang‘ich   sinflarda   fe'l   so‘z   turkumining   shaxs-son   va   zamon
shakllarini o‘rganish -o‘quvchilar nutqi va ularning tafakkurini o‘stirishda muhim
vosita ekanligi ko‘rsatish;
        3.   Boshlang‘ich   sinflarda   fe'l   so‘z   turkumining   shaxs-son   va   zamon
shakllarini o‘rganish metodikasining o‘rni hamda ahamiyatini ochib berish.
Ishning   tuzilishi   va   hajmi.   Kirish,   II   bob,   xulosa   hamda   foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 
5 I.Bob. Boshlang’ich sinflarda        turkumi ustida ishlashning
nazariy metodik asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinflarda        turkumini o'qitishda tizimli
yondashuv.
          Harakat,   holat   ma'nosini   bildiruvchi,   gapda   kesim   vazifasi   uchun
xoslangan mustaqil  so‘z turkumi  fe'l  deyiladi. Grammatikada harakat  tushunchasi
juda   keng:   u   yugurmoq,   sakramoq,   ko‘tarmoq,   yozmoq,   uchmoq   kabi   so‘zlar
anglatgan harakatlarni, mudramoq, turmoq (joyida turmoq). o‘ylamoq kabi so‘zlar
anglatadigan holatlarni, gullamoq,, qovjiramoq, o‘smoq  kabi  so‘zlar  anglatadigan
biologik  jarayonlarni  va  shu kabi hodisalarni o‘z ichiga oladi 3
. Fe'l turkumiga oid
barcha   so‘zlar   uchun   umumiy   xususiyat   zamon   bilan   bog‘liq   holda   yuz   beruvchi
hodisani ifodalashdir. Ana shu umumiy xususiyatiga ko‘ra fe'llarning barchasi bir
umumiy   so‘roqqa   —   n   i   m   a   qilmoqg’   so‘rog‘iga   javob   bo‘ladi.   Fe'llar   boshqa
so‘zlarga  nisbatan   leksik-semantik   va  grammatik  xususiyatlari   jihatdan   nihoyatda
murakkab 4
.   Fe'l   anglatgan   ma'nolar   qator   mazmuniy   guruhlarga   ajratiladi,   bunda
harakatga   xos   yaratish,   buzish,   o‘zgartirish   so‘zlash,   sezish,   yo‘naltirish   bilan,
holatga   xos   ruhiy-psixologik,   iqtisodiy,   tafakkur   bilan   bog‘liq   jihatlar   e'tiborga
olinadi.Jismoniy   harakat   fe'llari   inson,   hayvon,   jonsiz,   predmetlarga   xos
dinamikaga taalluqli faoliyatni ifodalaydi:
          -yaratish   harakati   fe'llari:   solmoq,   ko‘rmok,   yopmoq,   o‘rnatmoq,
yasamoq, tuzmoq:
          -buzish   harakati   fe'llari:   kesmoq,   buzmoq,   suymoq,   yemirmoq,
yo‘qotmoq;
         -o‘zgartirish harakati fe'llari: bo‘yamoq, bezamoq, kertmoq, yamamoq,
buklamoq, gijimlamoq, dazmollamoq, yeymoq;
          -ta'sir   etishga   bog‘liq   harakat   fe'llari:   yubormoq,   eltmoq,   jo‘natmoq,
tikmoq, ag‘darmoq, oqizmoq, tashlamoq, keltirmoq;
6          -zarb berish bilan bog‘liq harakat  fe'llari:  urmoq, savalamoq,  tepmoq,
zarb bermoq, tarsakilamoq, bug‘moq, do‘pposlamoq;
         -jamlash harakati bilan bog‘liq fe'llar: yig‘moq, to‘plamoq, jamlamoq,
jamg‘armoq.
    Bular   ichida   yaratish   va   buzish   harakati   fe'llari   o‘zaro   zidlanish
munosabatida bo‘ladi: ko‘rmoq-buzmoq, yasamoq-yemirmoq, tuzmoq-yo‘qotmoq.
O‘zbek tilida yo‘nalma harakat fe'llari1  munosib o‘rin tutadi. Bu fe'llarga bormoq,
yurmoq,   ketmoq,   jo‘namoq,   suzmoq,   egilmoq,   uchmoq   singarilar   kiradi.   Ular
o‘rtasidagi   qarama-qarshilik   vektor   antonimlarni   ifodalaydi:   bormoq-kelmoq,
kirmoq-chiqmoq.Nutq   fe'llari1   nutqiy   jarayon   bilan   bog‘liq   harakatni   o‘z   ichiga
oladi, bunday fe'llar inson faoliyati bilan aloqador bo‘ladi:
      -so‘zlashuv fe'llari umumiy: gapirmoq, so‘ylamoq, so‘zlamoq;
      -axborot anglatish bilan bog‘liq fe'llar: bildirmoq, aytmoq, ta'kidlamoq,
xabar bermoq;
          -nutqiy   aloqa   fe'llari:   gaplashmoq,   suhbatlashmoq,   so‘ramoq,
surishtirmoq, bahslashmoq;
         -nutqiy undash fe'llari: targ‘ib qilmoq, tashviq qilmoq, iltimos qilmoq,
undamoq, buyurmoq, da'vat qilmoq;
         -nutqqa xos baholash fe'llari: so‘kmoq, urishmoq, jerkmoq, maqtamoq,
yomonlamoq, qarg‘amoq;
          -talaffuz   darajasi   bilan   bog‘lik,   fe'llar:   baqirmoq,   qichqirmoq,
qiyqirmoq, dodlamoq, shang‘illamoq, ming‘illamoq, pichirlamoq;
         Nutq fe'llari  doirasidagi  ayrim  so‘zlar darajalanish munosabatini  hosil
qiladi:   pichirlamoq,   shivirlamoq,     mingillamoq,   so‘zlamoq,   baqirmoq,
dodlamoq.Sezgi fe'llari inson yoki hayvonga xos sezish ifodasini namoyon qiladi:
          -ko‘rish   sezgisi   fe'llari:   ko‘rmoq,   qaramoq,   boqmoq,   tikilmoq,
javdiramoq, nazar solmoq, ko‘z tashlamoq;
     -eshitish sezgisi fe'llari: tinglamoq, eshitmoq, quloq solmoq;
          -ta'm-maza   sezgisi   bilan   bog‘liq   fe'llar:   totmoq,   ichmoq,   chaynamoq,
yutmoq;
7      -hid bilish bilan bog‘liq sezgi fe'llar: hidlamoq, iskamoq.
          Tafakkur   bilan   bog‘liq   fe'llar   inson   faoliyati,   mushohodasi   bilan
aloqador tushunchalarni qamraydi:
          -fikr   yuritish   bilan   bog‘liq   fe'llar:   o‘ylamoq,   fikrlamoq   mulohaza
qilmoq;
          -xotirlash   bilan   bog‘liq   tafakkur   fe'llari:   eslamoq,   xotirlamoq   esga
tushirmoq, yodlamoq;
         -anglash bilan bog‘liq, tafakkur fe'llari: tushunmoq, anglamoq, uqmoq,
fahmlamoq.
     Hayvonot dunyosi, jonzotlar faoliyati bilan bog‘liq fe'llarga xos bo‘lgan
turlicha xususiyatlarni gavdalantiruvchi harakatlar mansubdir:
      -hayvonlar, qushlar ovozi bilan bog‘liq faoliyat: kishnamoq, akillamoq,
ma'ramoq, miyovlamoq, hangramoq, bo‘kirmoq, sayramoq;
          -hayvonlar,   qushlar,   harakati   bilan   bog‘liq   fe'llar:   yo‘rtmoq,   uchmoq,
lo‘killamoq,   qanot   qoqmoq,   kemirmoq,   chaqmoq,   qopmoq,   tishlamoq,   suzmoq
(shox bilan), kavlamoq.
          Tabiat   hodisalari   bilan   bog‘lik,   fe'llarga   o‘simliklar   dunyosi,   osmon
jismlari faoliyatiga taallukli so‘zlar kiritiladi:
          -o‘simliklar   o‘zgarishi   bilan   aloqador   fe'llar:   ko‘karmoq,   gullamoq,
o‘smoq, ochilmoq, qizarmoq, sarg‘aymoq, urug‘lamoq, ildiz otmoq;
          -ob-havo   o‘zgarishlari,   osmon   jismlari   faoliyati   bilan   bog‘liq   fe'llar:
yog‘moq,   esmoq,   guldiramoq,   miltiramoq,   charaqlamoq   (oy,   quyosh),   nur
sochmoq, yorishmoq, botmoq.
     Umumiy holat anglatuvchi fe'llar jonli va jonsiz dunyodagi o‘zgarishlar
asosida ajratiladi:
          -organik   dunyodagi   jismoniy   holat   o‘zgarishi   fe'llari:   yashamoq,
o‘lmoq, og‘rimoq, hayot kechirmoq; mavjlanmoq, sog‘aymoq, xastalanmoq;
          -noorganik   dunyodagi   jismoniy   holat   o‘zgarishi   fe'llari:   aynimoq,
ko‘karmoq, buzilmoq, xidlanmoq, chirimoq.
8          Ruhiy holat fe'llari insonga xos ruhiy-psixologik faoliyat bilan bog‘liq,
tushunchalarni qamraydi:
          -quvonch   bilan   bog‘liq   ruhiy   holat   fe'llari:   shodlanmoq,   zavqlanmoq,
xursand bo‘lmoq, quvonmoq, sevinmoq;
          -qayg‘u-tashvish   bilan   aloqador   ruhiy   holat   fe'llari:   yig‘lamoq,
tashvishlanmoq, o‘kinmoq, o‘ksimoq, bo‘zlamoq;
          -umumiy   ruhiy   holat   fe'llari:   uyalmoq,   ikkilanmoq,   bezovtalanmoq,
berilmoq, ardoqlamoq.
          Iqtisodiy   holat   bilan   aloqador   fe'llarga   kishining   iqtisodiy   o‘zgarishi
bilan   aloqador   fe'llar   kiradi:   boyimoq,   kambag‘allashmoq,   kasodga   uchramoq,
zariqlamoq.   Munosabat   fe'llariga   so‘zlovchining   ijobiy   va   salbiy   bazholashi
e'tiborga   olingan   fe'llarni   kiritish   mumkin:   aljimoq,   anqaymoq,   vaysamoq,
kekkaymoq, jilpanglamoq, laqillamoq 5
.
      O‘zbek tilida fe'llar leksik-grammatik xususnyatlariga ko‘ra ikki asosiy
guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe'llar;   2) yordamchi   fe'llar.
          Mustaqil   fe'llar   quyidagi   xususiyatlarga   ega:   1)   harakat   bildiradi
(mustaqil   ma'noga   ega   bo‘ladi)   va   gapning   biror   bo‘lagi   vazifasida   keladi:   O‘rta
maktabni   a'lo   baholar   bilan   bitirdi;   2)   biror   so‘zni   boshqarib   keladi   (boshqarish
xususiyatiga   ega):   vazifani   bajarmoq,   ekskursiyaga   chiqmoq   kabi;   3)   ob'ektga
munosabatda   bo‘ladi.   Bu   nuqtai   nazardan   fe'llar   ikki   turga   bo‘linadi;   a)   ob'ektli
fe'llar,  b) ob'ektsiz fe'llar. Ob'ektli fe'llar bildirgan harakat ob'ekt tushunchasi bilan
bog‘langan bo‘ladi va ular tushum kelishigidagi so‘zni boshqaradi. Ob'ektsiz fe'llar
bunday   xususiyatga   ega   bo‘lmaydi.   qiyoslang:   ayt   (gapni),   o‘rgan   (hunarni),   yoz
(xatni)—ob'ektli  fe'l;   seskan,  qayt,  kul,  yugur   —  ob'ektsiz   fe'l;   4)  mustaqil   fe'llar
fe'lga   xos   grammatik   kategoriyalarga,   shuningdek,   vazifa   shakllarga   ega   va   shu
shakllarga xos vazifalarda qo‘llanadi: keldim — bosh daraja, bo‘lishli, ijro mayli,
o‘tgan zamon,  birinchi  shaxs,  birlik (demak,  bu fe'l  daraja, bo‘lishli-bo‘lishsizlik,
mayl,   zamon   va   shaxs-son   kategoriyalari   va   shu   kategoriyaga   xos   ma'nolarni
ifodalovchi   shakllarga   ega);   kelgan   —   sifatdosh   shakli,   kelgach—   ravishdosh
shakli, kelishik — harakat nomi shakli (vazifa shakllar). Yordamchi fe’llar harakat
9 bildirmaydi (mustaqil ma'noga ega emas). Ular turli grammatnk ma'nolar ifodalash
uchun yoki boshqa vazifada xizmat qiladi.Yordamchi fe'llar asosiy xususiyatlerig‘a
ko‘ra   uch   turga   bo‘linadi:   1)   so‘z   yasash-   uchun   xizmat   qiluvchi   va   bog‘lama
vazifasini  bajaruvchi  yordamchi fe'llar: bo‘l, qil  (ayla, et): xabar qilmoq, xursand
bo‘lmoq, tasdiq etmoq kabi; 2) fe'llarga birikib, turli qo‘shimcha ma'no ifodalovchi
yordamchi fe'llar: chiq (o‘qib chiq), qol (uxlab qoldi) kabi. Bular fe'lning analitik
shakllarini hosil qiladi va yordamchi fe'llarning boshqa turlaridan farqlagan holda
«ko‘makchi fe'llar» deb yuritiladi; 3) fe'l va fe'l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib,
turli   ma'nolar   ifodalovchi,   yordamchi   vazifalarda   qo‘llanuvchi   edi,   ekan,   emish
yordamchi   fe'llari   «to‘liqsiz   fe'l»   deb   nomlanadi.Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida
to‘liqsiz   fe'ldan   hosil   bo‘lgan   edi,   ekan,   emish,   emas,   esa   shakllari   qo‘llanadi.
Bulardan emas bo‘lishsiz shakl yasovchi vositaga, esa bog’lovchiga aylangan.
  To‘liqsiz   fe'lning   edi,   ekan,   emish   shakllari   ham   harakat   ma'nosiga   ega
emas. Ular turli ma'nolarni ifodalaydi va har xil grammatik; vazifalarda qo‘llanadi.
To‘liqsiz   fe'llar   otlar   bilan   ham   (otlar   —keng   ma'noda),   fe'llar   bilan   ham
qo‘llanadi: bog’ edi, ishlar edi; go‘zal ekan, kelgan ekan kabi 6
.
          To‘liqsiz   fe'l   har   bir   shaklining   o‘ziga   xos   xususiyati   bilan   birga
ularning uchalasn uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar ham bor. Ular quyidagilar:
          To‘liqsiz   fe'l   mustaqil   ma'noga   ega   emas.   Lekin   tarixan   mustaqnl
ma'noli   bo‘lgan.   To‘liqsiz   fe'l   o‘zicha   harakat   bildira   olmasligi   sababli     fe'llarga
xos     bo‘lishsizlik,     daraja,     zamon       kabi     ma'nolarga   va   bu   ma'noni   ifodalovchi
shakllarga   ega   bo‘la   olmaydi.   Garchi   shaxs-son   qo‘shimchalari   to‘liqsiz   fe'lga
qo‘shilsa-da, lekin   ular   bildirgen  shaxs  ma'nosi   to‘liqsiz   fe'lga  emas, balki
kesim     vazifasidagi     butun   so‘zga   oid   bo‘ladi:     xabardor   ekan   Q   man,   xabardor
ekan + san, bilgan edi+m, bilgan edi + ng;   bilar   emish+man,   bilar emish + san.
To‘liqsiz   fe'l   yakka   holda   tuslanmaydi.To‘lnqsiz   fe'l   shakllarida   o‘zak   va   unga
qo‘shilgan affiks tashqi tomondan aniq ajralib turadi: edi (e + di), ekan (e + kan)
kabi 7
.   Lekin   hozirgi   o‘zbek   tilida   to‘liqsiz   fe'lning   o‘zi     mustaqil         ma'nosini
saqlamagani         kabi,     unga   qo‘shilgan   affikslar   ham   shu   shakl   doirasida   o‘z
xususiyatiii to‘la saqlamagan yoki butunlay yo‘qotgan. To‘liqsiz fe'l shakllaridagi
10 birinchi   tovush   (v)   noturg‘un,   u   ma'lum   fonetik   sharoitlarda,   boshqa   tovushning
ta'siri   bilai   yoki   pozitsion   holatiga   qarab,   boshqa   tovushga   o‘tishi   yoki   tushib
qolishi   mumkin.   Bu   hodisa,   ayniqsa,   og’zaki   nutqda   ko‘p   uchraydi:   yig‘lardi,
ishlarkan, ishlarmish; ishlaganakan, ishlasaydi, ishlayotganmish va h. To‘liqsiz fe'l
shakllari   uyushiq   kesimlar   uchun   umumiy   bo‘lganda   oxirgi   kesim   tarkibida
qo‘llanadi 8
.  Fe'l so‘z turkumi boshqa so‘z turkumlariga nisbatan boy va murakkab
grammatik   kategoriyalar   tizimiga   ega.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   fe'lga   xos
grammatik kategoriyalar quyidagilar: 1) nisbat, 2) bo‘lishli- bo‘lishsizlik, 3) mayl,
4) zamon, 5) shaxs-son. 
1.2. Boshlang’ich sinflarda        turkumini o'qitishning zamonaviy
usullari.
         Zamon kategoriyasi harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalaydi.
Nutq   payti   ham   bajaruvchi   tomonidan   belgilanadigan   qandaydir   vaqt   bo‘lagi
bo‘lmay,   ob'ekt   zamon   (vaqt)ning   so‘zlovchi   gapi,   so‘zi   (nutqi)   to‘g‘ri   kelgan
bo‘lagidir.   Harakat   bajarilish   vaqtining   nutq   paytiga   munosabatiga   qarab   fe'lning
uch xil zamoni farqlanadi: 1) nutq paytigacha bo‘lgan harakat— o‘tgan z a m o n;
2) nutq paytida davom etayotgan (tugamagan) harakat — hozirgi z a m o n; 3) nutq
paytidan keyin bo‘ladigan harakat — ke l a s i  z a m o n. Zamon ma'nolari maxsus
grammatik shakllar orqali ifodalanadi  va bu shakllar fe'lning zamon shakllari deb
ataladi.Harakatning   nutq   paytiga   munosabatini   ko‘rsatish   xususiyatiga   ko‘ra
hozirgi   o‘zbek    adabiy tilidagi    fe'lning ( zamon  shakllari  uch  asosiy guruhga
bo‘linadi:   1) o‘tgan z a m o n    shakllari (bordi, borgan, boribdi, borgan edi vab.);
2) hozirgi     zamon     shakllari (boryapti, bormoqda,     borib       turibdi   va     b.);     3)
hozirgi -k ye l a s i    z amon   shakli (boradi, ishlaydi kabi).
          O‘tgan     zamon     shakllari.   Hozirgi       o‘zbek     tilida       o‘tgan       zamon
fe'lining       bir   necha   shakllari     bo‘lib,   ular   o‘zlariga   xos   ma'no   va   boshqa
xususiyatlari     bilan     bir-biridan   farqlanadi.       Bu   shakllari   quyidagilar:   -di   affiksi
yordamida   yasaluvchi   shakli:   yozdim,     yozding,   yozdi;   -gan   affiksi   yordamida
yasaluvchi   shakli:   yozganman,   yozgansan,   yozgan;   -(i)b   affiksli   ravishdoshni
11 shaxs-son   bilan   tuslash   orqali   hosil     qilinuvchi     shakli:     yozibman,     yozibsan,
yozibdi;   edi   to‘liqsiz   fe'li   yordamida   hosil   qilinuvchi   shakllar:   yozgan   edim,
yozgan eding, yozgan edi; yozib edim, yozib eding, yozib   edi; yozayotgan edim,
yozayotgan   eding,   yozayotgan   edi;   yozayotgan   edim,   yoziyotib   eding,   yozayotib
edi;   yozmoqda   edim,   yozmoqda   eding,   yozmoqda   edi;   yozar   edim,   yozar   eding,
yozar  edi;  yozguvchi  zdim, yozguvchi  eding, yozguvchi  edi.   Ko‘rinadiki, o‘tgan
zamon   fe'lning   uchta   shakligina   affikslar   yordamida   yasaladi.   qolgan   yetti
shaklining yasalishida edi to‘liqsiz fe'li qatnashadi. Bu shakllarning har biri ma'no
va boshqa jihatdan o‘ziga xos farqli xususiyatlariga ega bo‘lsada,  edi to‘liqsiz fe'li
yordamida   yasaluvchi   shakllarning   hammasi   uchun   umumiy   bo‘lgan   belgi-
xususiyatlari   ham   bor.   Bu   belgi   xususiyatlar   o‘tgan   zamon   fe'lining   affikslari
yordamida   yasaluvchi       (sintetik)       shakllarning   birortasida   ham   yo‘q.     O‘tgan
zamon   fe'lining   sintetik   shakllarida   harakatning   nutq   momentiga   munosabati
bevosita   ifodalanadi.   Edi   to‘liqsiz   fe'li   yordamida   yasaluvchi   o‘tgan   zamon
shakllarida   esa   harakatning   nutq   momentiga   munosabati   bavosita,   ya'ni   nutq
momentini   ham   o‘z   ichiga   olgan   hozirgi   vaqt   orqali   yoki   boshqa   biror   shakl
ifodalagan   vaqt   orqali   bo‘ladi.   O‘tgan   zamon   fe'lining   sintetik   shakllar   bildirgan
harakat   «hozir»   (hozirgi   vaqt)   doirasida   bajarilishi   mumkin.   Bunday   hollarda
harakatning   bajarilish   vaqtiga   nisbatan   qo‘yiladigan   so‘roqqa   «hozir»   so‘zi   javob
bo‘ladi: keldi, qachon.
          Endi   to‘liqsiz   fe'li   yordamida   yasaluvchi   shakllar   faqat   harakatning
o‘tgan   zamonda   bajarilganligi   ma'nosini   ifodalovchi   shakl   sifatida   qo‘llanganda,
ular   bildirgan   harakatning   bajarilish   vaqti   hech   kachon   «hozir»   (hozirgi   vaqt)
doirasida   bo‘lmaydi   va   ular   anglatgan   harakatning   bajarilish   vaqtiga   nisbatan
qo‘yiladigai   so‘roqqa   ilgari,   bir   vaqtlar     kabi   so‘z   yoki   so‘z   birikmalari   javob
bo‘ladi: U jimib qolgan dalada yaralanib yotarkan, shunaqa xayollarni ko‘p surgan
edi. Dadasi kuzda daladan qaytishda to‘ni yo plashini ana shunday «to‘rva» qilib,
ichiga qovun, tarvuz solib kelguvchi  edi.Endi  to‘liqsiz fe'li  yordamida yasaluvchi
shakllar qandaydir boshqa harakat-hodisaga munosabat, aloqadorlik ifodalashi ham
mumkin.   Bunday   hollarda   harakatning   bajarilish   vaqti   ob'ektiv   vaqtnnng   «hozir»
12 qismiga to‘g‘ri  keladi:  Siz bilan xayrlashay  deb kelgan  edim, bunaqa mojaroning
ustidan  chtsqib  qolibman. O‘tgan zamon  fe'lining sintetik  shakllari:   -di   affiksi  yo
rdamida yasaluvchishakl: o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi; o‘qidik, o‘qidingiz, o‘qidi(lar).
Bu   shakl   odatda   so‘zlovchi   ko‘rgan,   bilgan   harakatning   nutq   momentigacha
bajarilganini   aniq,   qat'iy   tarzda   ifodalaydi.   Bunday   harakat   so‘zlovchi   va
tinglovchinipg bevosita ko‘z oldida bajarilishi  ham  (Ana keldi). yoki  harakatning
bajarilgan yoki bajarilmaganligini so‘zlovchi o‘zgadan eshitib bilgan bo‘lishi ham
mumkin. Masalan,  tinglovchining kecha uyidan chiqmagailigini o‘zgadan eshitib,
aniq   bilib   olgan   so‘zlovchi   Kecha   uyingdan   hech   qaerga   chiqmading   deyishi
mumkin.   Umuman,   -di   affiksi   bilan   yasalgan   shakl   ifodalagan   harakat   uzoq
o‘tmishga   emas,   yaqii   o‘tmishga   oid   bo‘ladi.   Shu   xususiyatiga   ko‘ra   bu   shakl
harakatni so‘zlovchining o‘zi kuzatgan harakat sifatida ifolalashda keng qo‘llanadi:
Gulsum opa Barnoni bir ko‘ray deb buxgalteriyaga kirdi. Barno yo‘q ekan, bir oz
kutdi,   kelavermagach,   o‘tirishga   sabri   chidamay,   idoradan   chiqdi.     Hamshira   qiz
qo‘lidagi   harorat   o‘lchagichini   qo‘ltig‘imga   qo‘ydi.   Boshqa   to‘larog‘i   stulga
o‘tardi-da,   so‘roq   qila   boshladi.-gan   affiksi   yordamida   yasaluvchi   shakl:
o‘qiganman,   o‘qigansan,   o‘qigan;   o‘qiganmiz,   o‘qigansiz,   o‘qigan(lar).   Bu   shakl
quyidagi xususiyatlarga ega:
          Bu   shaklda   qo‘llangan   fe'l   bildirgan   harakat   hech   vaqt   so‘zlovchi   va
tinglovchi   o‘zaro   suhbatlashib     turgan     vaqtda       (hozir)       bajarilgan   harakat
bo‘lmaydi.      Shuning  uchun    quyidagi  misollarda  –di  affiksi   yordamida   yasalgan
shakl o‘rnida –gap affiksi  vositasida   yasalgan  o‘tgan  zamon  shaklsini   qo‘llab
bo‘lmaydi: Tanidi, tanidi!— Cho‘lbobo bir qop semirib ketdi 10
. 
  Matchonov   S.,   O‘ulomova   X.   va   boshqalar.   Boshlang‘ch   sinf   o‘qish
darslarini   pedagogik   texhologiyalar   asosida   tashkil   etish.-   Toshkent:   ,   “Yangiyul
Poligraph servise”, 2008.
Kapalagimni   uchirib   yubording-ey!     Yuragim   orqamga   tortib   ketdi.
Harakatning bajarilganligi va undan yuzaga kelgan holatning  hozir  ham   mavjud
ekanini   bildiradi.   Bunda harakat-holatning bajarilgani  ma'nosidan  uning  hozir
mavjudligi   ma'nosi   ustunroq   bo‘ladi:   Yo‘lning   ikki   tomoniga   cho‘zilgan   qir
13 yonbag‘irlarini     endigina   yorib       chiqayotgan   o‘tlar     qoplagan.   O‘rinda   ham
gaplashaveramiz, sen juda charchagansan. 
-di   va   -gan   affikslari   yordamida   yasalgan   shaklning   ikkalasida   ham
harakatning   bajarilganligi     aniq   tarzda     ifodalanadi.   Lekin   -gan     affiksli   shakl
so‘zlovchiiing   harakatning   bajarilganiga   ishonchini   qat'iy     ifodalashi   shart   emas.
Bu   harakatning   bajarilganini   so‘zlovchi   o‘zicha       (ba'zi     mulohazalarga     ko‘ra)
aniq deb hisoblashi mumkin.  qiyoslang:
1. — Bormadim.
— Bording (aniq bilaman, o‘zim ko‘rdim).
2. — Bormadim.
— Borgansan (bo‘lmasa eshitmas edim).
-gan affiksi bilan yasalgan o‘tgan zamon fe'li so‘zlovchi o‘zi kuzatmagan,
keyin   xabardor   bo‘lgan   harakatni   ifodalashda   ham   qo‘llanishi   mumkin:   Seldan
keyin   g‘o‘zalarni   o‘t   bosgan,   hasharot   oralagan.     Dehqonlar     juda         shoshib
olishibdi.
-(i)b   affiksli   ravishdoshni   shaxs-son   bilan   tuslash   orqali   hosil   bo‘luvchi
shakl: o‘qibman, o‘qibsan, o‘qibdi; o‘qibmiz, o‘qibsiz, o‘qibdi(lar). O‘tgan zamon
fe'lining bu shakli:
       1. Harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keynn xabardor bo‘lganlik
ma'nosini bildiradi. Bu ma'no ikki xil ottenkaga ega: 1) o‘zgadan eshitib bilganlik
ottenkasi:   Eshitishimga   qaraganda,   qo‘chqor   tuman   markaziga   ketganicha   qaytib
kelmabdi. Ularning paroxodlari Oltiquduqda hukumatga o‘tib ketibdi, endi bizning
davlatga   sotgan   balig‘imizni   tashirmish.;   2)   harakatning   bajarilganidan
so‘zlovchining   o‘zi   keyin   xabardor   bo‘lganlik   ottenkasi:   Kechirasiz,   o‘rtoq
Zunnunov, yoshlarning mojarosi bilan bo‘lib sizni mahtal qilib qo‘yibman. O‘zim
ko‘rdim, tosh chap yelkasiga tushibdi.  O‘tgan   zamon   fe'lining     «yetakchi   fe'l
+ qo‘y»   ko‘makchi fe'lidan tashkil topgan shakli harakat-holatdan keyin xabardor
bo‘lganlikni     emas,     balki     bu   harakat-holatning     hozir   mavjudligi   ma'nosini
bildiradi:   Rahmat   davlatimizga,   yetarli   mashina   berib   qo‘yibdi.   Meni   daraxt
ekmagan deb o‘ylaydi, shekilli, boboy, qirq gektar bog‘ni yashnatib qo‘yibman.
14          Payt ergash gapning kesimi -ki bog‘lovchisi bilan qo‘llanganda,     bosh
gapdagi     harakat,           hodisaning     ergash       gap       kesimi   bildirgan     harakat
bajarilgandan  beri davom  etayotganligi ma'nosi ifodalanadi: Aqlimni tanibmanki,
shu joyda ishlab  kelyapman. Shu uyga tushibmanki,  mehmon kutaman.  To‘siqsiz
ergash   gap   kesimi   funktsiyasida   kelib,   to‘siqsizlik   ma'nosini   ifodalaydi:   Yopiray,
bunaqa   battol   o‘g‘rini   umrimda   ko‘rgan   emasman,   ustidan   oshirib   o‘q   otibman-u
kiprik   qoqmadi-ya!—degan   edi.       Ko‘rdim   deb   gerdayma,   na   ko‘ribsan—kam.
O‘tgan  zamon  fe'lining edi   to‘liqsiz  fe'li  yordamida  yasaluvchi   shakllari:-gan+edi
yordamida   yasaluvchi   shakl:   yozgan   edim,   ishlagan   eding,   yozgan   edi   kabi.   Bu
shakl quyidagi ma'no va vazifalarda qo‘llanadi:
1.   Harakat-holatning   hozirgi   emas,   balki   o‘tgan,   avvalgi   vaqtga   oidligini
ifodalaydi: Bizning yigitni xam, katta masofani piyoda bosgani uchunmi, kun xiyla
betoqat   qilgan   edi.   Yerni   yumshatib,   bahorda   to‘qayni   buzish   maqsadida   qayta-
qayta qo‘yilgan suv endi yerga singmay, muzlab qolgan edi.
       gan + edi tipida yasalgan shakl harakatning bajarilishi o‘tgan vaqtlarga
oid   ekanligini   ifodalaganligi   sababli   uning   -di   va   -(i)b   affikslari   yordamida
yasaluvchi o‘tgan zamon shaklidan farqli xususiyatini sezish (farqlash) qiyin emag.
-gan va -gan + edi yordamida yasaluvchi shakllar o‘rtasida esa ma'lum umumiylik
borligidan ularning farqli xususiyatlarini farqlash bir oz qiyinroq. Bu xususiyatlar
quyidagilardan iborat:
     1) -gan affiksi bilan yasalgan shakl ifodalaydigap harakatning bajarilish
vaqtining uzoqlik darajasi  har xil bo‘lishi mumkin. Bundan bir necha asrlar ilgari
yuz   bergan   hodisani   ifodalash   uchun   ham   -gan   affiksi   bilan   yasalgan   shaklini
qo‘llash   mumkin   (Beshinchi   asrda   yashagan   kabi).   -yot   shaklidan   oldin   a   unlisi
orttiriladi: surishtirayotgan edi, ko‘tarayotgan edi, o‘tirayotgan edi kabi. Bu shakl
quyidagi   ma'no   va   vazifalarda   qo‘llanadi:   1.   Harakatning   o‘tmishda   davom
etayotgan,   bajarilayotgan   holda   ekanini   bildiradi:   Adir   boshida   zo‘r   otishma
bo‘layotgan   zdi.   g‘ira-shira   tong   yorishib   kelayotgan   zdi.   Ikromjon   qamishlar
orasida uzoq kezdi. Ovoz chiqarib o‘g‘lini chaqirdi: hech qanday javob bo‘lmadi.
15 Nizomjon to‘nini apil-tapil kiyib sexga yugurdi. Tungi smena tanaffusga chiqqan,
hamma bir-birini yangi yil bilan tabriklayotgan edi. 
         2. Payt ergash  gapning kesimi  vazifasida  keladi  va ergash gapni  bosh
gapga   bog‘lash   uchun   xizmat   qiladi.   Bunday   hollarda   ergash   gapning   kesimi
vazifasidagi fe'l bildirgan harakat bilan bosh gap kesimi vazifasidagi fe'l bildirgan
harakatning   bir   paytda   bajarilishi   ifodalanadi:   Suluv   omonat   qamish   bostirma
tagida bug‘doy tortayotgan edi, bolacha kirib qoldi. Ariq qaziyotganlarga choy olib
borayotgan edi, qo‘sh tarafga ketayotgan Zebixonni ko‘rib qoldi... (S. Ahm.)
         -yotib Q edi yordamida yasaluvchi shakl: borayotib edi, ishlayotib edi
kabi. Ma'no va vazifasi jihatdan bu shakl -yotgan Q edi tipida yasaluvchi shakldan
farqlanmaydi.   Shu   sababli   aynan   bir   harakatni   ifodalashda   bu   shakllar   aralash
qo‘llanaverishi mumkin:
-— qayoqqa ketayotgan edingiz?
— Shaharga.
— Men ham shaharga ketayotuvdim.
      -moqda edi yordamida yasaluvchi shakl: kelmoqda edi, ko‘rmoqda edi.
Bu   shakl   oddiy   so‘zlashuvda   qo‘llanmaydi,     obrazli     ifodalarda,     ko‘tarinki
nutqlarda   uchraydi. -moqda + edi yordamida yasalgan shakl, xuddi -yotgan + edi
tipida   yasaluvchi   shakl   kabi   o‘tmishdagi   biror   vaqtda   davom   etayotgan,
tugallanmagan   harakatni,   shuningdek,   munosabatni   ifodalash   uchun   qo‘llanadi:
Uzilib   ketgan   yer   parchasi   xuddi   solday   sekund   sayin   dengiz   ichkarisiga   qarab
ketmoqda   edi.   (As.   M.)   Aftidan   Safarov   ikkovi   og‘ilga   tomon   kelmoqda   edi.
Mirhamidxo‘ja  shoshib  qambarali   akaning qo‘lidan  pulni   oldi-da,  uning qo‘yniga
tiqdi. (A. Q.) 11
         -moqda + edi yordamida yasaluvchi  shaklning payt ergash gapni bosh
gapga   bog‘lash   uchun   qo‘llanishi   (payt   ergash   gapning   kesimi   vazifasida   kelishi)
deyarli uchramaydi.
      Hozirgi o‘zbek tilida holat fe'llaridan to‘rttasining — yot, tur, yur, o‘tir
fe'llarining   —   hozirgi   zamon   shakli   umumiy   holatdan   istisno   tarzida,   yotibdi,
turibdi, yuribdi, o‘tiribdi shaklida yasaladi. Boshqa fe'llarda -yotgan + edi, -yotib +
16 edi  shakli  oro‘ali  ifodalanadigan  ma'no  bu  fe'llarda -gan + edi yoki -(i)b + edi
(turgan   edi,   turib   edi)   shaklida   ifodalanadi:   Ikromjon   bolalik   izlari   tushgan
yo‘llardan, tor ko‘chalardan yog‘och oyoq bilan allavaqtgacha kezib o‘yiga qaytdi.
Xotini   uxlamay   taq   etsa   eshikka   qarab,   o‘tirgan   edi.     Hali   pochtalon   Marhamat
opadan   ...yangi   adresingni   so‘rab   turuvdi-ku.     Judayam   borgim   kelyapti.
qachondan   beri   u   bilan   va'dalashib   yuruvdim.   -(a)r   +   edi   (-mas+di)   yordamida
yasaluvchi   shakli:   ishlar   edi,   kelmas   edi.   Hozirgi   o‘zbek   tilida   -(a)r   affiksi
yordamida yasaluvchi sifatdoshning edi to‘liqsiz fe'liga birikishida hosil bo‘luvchi
shaklning ijro mayli va shartli mayl shakli bo‘la olishini ko‘rdik. Ijro mayli shakli
sifatida u:
    1.   Harakatning   o‘tgan   zamondagi   biror   vaqtda   tugamaganligini,
bajarilishda davom etganligini bildiradi: Mana endi Komil katta yo‘lda ...borarkan,
Barnoning   qarashi   yuragini   bir   g‘amgin   hislarga   to‘ldirar,   bir   xayolida   alamli
o‘ylar   qo‘zg‘ardi.   Ular   bir   partada   o‘tirishar,   birga   dars   tayyorlashar,   maktabni
bitirgandan keyin qaerga o‘qishga borish haqida maslahatlashar, xayol surishardi.
         -(a) r + edi yordamida yasaluvchi  shakl  o‘tgan zamondagi ma'lum  bir
vaqtda tugamagan, davom etgan harakatni bildirishiga ko‘ra –yotgan + edi,       
       -yotib + edi, -moqda + edi yordamida yasaluvchi shakllarga juda yaqin
turadi.   Lekin   o‘ziga   xos   ayrim   xususiyatlari   bilan   ulardan   farqlanadi.   Bu   shakl
bildirgan harakat odatdagi (tipik xarakterdagi) harakat yoki o‘tmishdagi ma'lum bir
vaqtda   bajarilayotgan,   davom   etayotgan   holdagi   harakat   bo‘lishi   mumkin.
Odatdagi (doimiy) harakatni bildirgan hollarda uning o‘rnida -yotgan + edi (-yotib
+   edi,   -moqda   +   edi)   yordamida   yasaluvchi   shaklni   qo‘llab   bo‘lmaydi:
Kichkinaligimda   dadamlar   bilan   otga   mingashib   qovun   sayliga
chiqardik, ...odamlar kechalari gulxan yoqishib suhbat qilishardi, men bo‘lsam eski
jangnomalarni eslardim.
     -yotgan + edi yordamida yasaluvchi shaklda harakatning bajarilish vaqti
ta'kidlanadi.   Badiiy   ifodada   harakatning   bajarilish   vaqtini   (momentini)   ta'kidlash
emas,   balki   harakat-hodisalarning   bayoni   asosiy   o‘rinda   bo‘ladi.   –(a)r   +   edi
yordamida yasaluvchi shaklda ham harakatning bajarilish vaqti aniqlashtirilmaydi,
17 balki harakatning bajarilishi  asosiy e'tiborda bo‘ladi. Shunga ko‘ra badiiy ifodada
o‘tgan vaqtda ma'lum bir paytda bajarilayotgan harakatni ko‘rsatish uchun -yotgan
+ edi yordamida yasaluvchi shaklga nisbatan  (a)r + edi bilan yasaluvchi shakl mos
keladi.   Harakatning   ma'lum   aniq   vaqtga   (momentga)   oidligi   umumiy   holatdan
sezilib   turaveradi:   Mana,   yo‘ldan   salgina   narida   bo‘ron   jarchisi   paydo   bo‘ldi.
Osmon   bilan   tutashib   ketgan   quyun   yer   bag‘rini   qirtshlab,   xas-hashak   bormi,
chang-to‘zon borni — xamma bo‘lib, yozuvda asosan gazeta materiallarida, poetik
asarlarda uchraydi:
Biz, mana bir butun quvvatini to‘plab, shu oliy jahonni qurayotirmiz.
         Hozirgi zamon fe'lining -moqda affiksi bilan yasaluvchi shakli kitobiy
uslubga xos. Bu shakl obrazli ifodalarda, tantanali, ko‘tarinki nutqlarda qo‘llanadi:
Chimlarning   maysasiga   asta   urilib   tushayotgan   suv   egatlarda   jildirab   oqmoqda,
qaqragan tuproqqa singib, egatning paynoviga tomon asta yo‘l olmoqda. Kech kuz.
Oltindek   sap-sariq   barglar   daraxt   shoxlaridan   chirt-chirt   uzilib   yerga   tushmoqda.
qushlar   shoxdan-shoxga   sakrashib   quvnoq   sayrashmoqda.   qishloq   ustida   kishiga
huzur beruvchi tong shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqda. (H. N.) Bu misollardagi -moqda
affiksi   bilan   yasalgan   fe'l   shakli   -yap   affiksi   yordamida   yasaluvchi   shakl   bilan
almashtirilsa,   voqea   oddiy   bayon   tusini   oladi.   -moqda   affiksi   bilan   yasaluvchi
shaklning   birinchi   va   ikkinchi   shaxsga   nisbatan   uchinchi   shaxsda,   birinchi   va
ikkinchi   shaxsning   birligiga   nisbatan   ko‘pligida   ko‘p   qo‘llanishing   sababi   ham
uning yuqorida aytilgan xususiyatidan kelib chiqadi.
         -moqda affiksi  bilan yasaluvchi  shaklning o‘ziga xos xususiyatlaridan
yana biri uning bo‘lishsizlik (inkor) shakliga ega emasligidir.
          To‘rt   holat   fe'lining   —   yot,   tur,   yur,   o‘tir   fe'llarning   hozirgi   zamon
shakli   alohida   ko‘rinishga   ega.   Bularning   hozirgi   zamon   shakli   -(i)b   affiksi   bilan
yasalgan   ravishdosh   shakliga   shaxs-son   qo‘shimchalarining   qo‘shilishidan   hosil
bo‘ladi:   yotibman,   yotibsan,   yotibdi;   turibman,   turibsan,   turib-di;   yuribman,
yuribsan, yuribdi; o‘tiribman, o‘tiribsan, o‘tiribdi kabi: Respublikamiz oldida juda
azim,   yuksak   vazifalar   turibdi.   ...chirmandangni   sekinroq   chert,   dalada   hali   el
yuribdi. Katta uyda eshon oyimlar,... Marhamat Sharif qizining qizlari o‘tirishibdi.
18 Ko‘rsatilgan fe'llarning bu shakli o‘tgan zamon ma'nosini -ham ifodalaydi. O‘tgan
zamon   yoki   hozirgi   zamon   ifodalaganligi   matnda   aniqlashadi:   Xon   bir   begunoh
odamni   g‘azabga   olib   toshbo‘ron   qildiribdi,   «tosh   otmagan   odam   qolmasin»   deb
uning   tepasida   turibdi.   O‘ktam   elektr   fonarchasini   yoqib   soatga   tutdi,   ikki   soat
yurishibdi. Mulla Burxon ham Sitoraning kelishini kutib chillaxonadan biroi joyga
chiqmay o‘tiribdi, Sitora ko‘p kuttirmabdi.  Bu misollarning uchalasida ham o‘tgan
zamon ma'nosi ifodalangan. Bu holat fe'llarining ko‘rsatilgan hozirgi zamon shakli
bo‘lishsiz   shaklda   qo‘llanmaydi.   Agar   bo‘lishsizlik   ko‘rsatkichini   olsa,   o‘tgan
zamon   ifodalanadi:   yotmabdi,   turmabdi,   yurmabdi,   o‘tirmabdi   kabi.Yot,   tur,   yur,
o‘tir   fe'llarining   harakat   yoki   holat   ifodalashini   farqlash   kerak.   Harakat
bildirganda,   jo‘nalish   yoki   chiqish   kelishigidagi   so‘zni   boshqaradi   va   ularning
hozirgi zamon shakli -ya     Hozirgi zamon fe'lining analitik shakllari yot, tur, yur,
o‘tir ko‘makchi  fe'llari  yordamidi yasaladi:  yozib yotibman, yozib turibman kabi:
Qishloqning   keng,   ufqqa   tutashgan   yaxlit   maydoni...   quyosh,   taftida   ko‘pchib
yotibdi.   Hali   dushmanlarimiz   tinchigani   yo‘q,   ...hushyorlikni   qo‘ldan   berding,
kallangga   solaman   deb   poylab   turibdi.   Hali   kelishgani   yo‘q,   o‘zim   xam   xavotir
bo‘lib o‘tiribman.p, -yotib, -yotir affikslari yordamida yasaladi. Holat bildirganda
esa   o‘rin   kelishigidagi   so‘zni   boshqaradi.   qiyoslang:   o‘rniga   yotyapti   —   o‘rnida
yotibdi, o‘rnidan turyapti — o‘rnida turibdi.  Analitik shaklning yot, tur, yur, o‘tir
ko‘makchi   fe'llari   yordamida   yasaluvchi   har   bir   turi   o‘ziga   xos   qo‘shimcha
ma'nolari   va   boshqa   xususiyatlari   bilan   bir-biridan   farqlanadi.   Masalan,   yot
ko‘makchi fe'li yordamida yasaluvchi shakl harakat-holatni kuchaytirib ifodalaydi:
yozib   yotibdi,   ishlab   yotibdi,   yog‘ib   yotibdi   kabi;   yur   ko‘makchi   fe'li   bilan
yasaluvchi   shakli   harakatning   uzoq   davomini   bildiradi:   ishlab   yuribdi   va   h.   Bu
farqli   xususiyatlar   har   bir   ko‘makchi   fe'lga   xos.Yuqorida   ko‘rsatilgan   to‘rt
ko‘makchi   fe'l   yordamida   yasaluvchi   hozirgi   zamon   fe'lining   inkor   shaklida
bo‘lishsizlik   ko‘rsatkichi   yetakchi   fe'lga   qo‘shiladi;   ishlamay   turibdi,   bormay
yuribdi   kabi.   Bo‘lishsizlik   shakli   ko‘makchi   fe'lga   qo‘shilsa,   o‘tgan   zamon
ifodalanadi:   ishlab   turmabdi.   Hozirgi-kelasi   zamon     shakli.   Hozirgi-kelasi   zamon
fe'lining ikki forkasi bor: 
19 1)   h  o   z   i   r   g   i-kelasi         zamon  aniqlik         shakli;   2)   h   o  z   i   r   g  i-k  yelasi
zamon   gumon   shakli.
          Hozirgi-kelasi   zamon   aniqlik   shakli   -a,   -y   affiksi   bilan   yasalgan
ravishdoshni   shaxs-son   bilan   tuslash   orqali   hosil   qilinadi:   yozaman,   yozasan,
yozadi;   yozamiz,   yozasiz,   yozadi-(lar);   ishlayman,   ishlaysan,   ishlaydi;   ishlaymiz,
ishlaysiz, ishlaydi(lar). Bu shakl quyidagi ma'nolarni ifodalash uchun qo‘llanadi:
1.   Hozirgi   zamonni   bildiradi.   Bunda   quyidagi   holatlar   bo‘lishi   mumkin:
1)   harakatning   bajarilishi   biror   vaqt   bilan   chegaralanmaydi,   u   predmetning
qonuniy, doimiy belgisiga aylangan bo‘ladi: qush uchadi, yozda havo isiydi, kulgi
umrni uzaytiradi va b. Inson yuragi — nozik rubob. Uni muhabbat bilan chertsang,
ishq   qo‘shig‘ini,   vafo   dostonini   eshitasan.   O‘zbek   qizlari   sevgisini   aytmaydi.   Bir
umr pinhon tutadi. qush uyasida ko‘rganini    qiladi.
         Harakat predmetning doimiy belgisi, odatdagi harakati bo‘lganida ham
bu   harakatning   hozirgi   zamonga   oidligi   inkor   etilmaydi,   balki   bu   harakat   hozirgi
zamon uchun ham xarakterli bo‘ladi.Shu sababli qush uchadi, odam gapiradi kabi
gaplardagi   uchadi,   gapiradi   fe'llari   hozirgi   zamon   ma'nosini   ifodalovchi   shakllar
hisoblanadi   (grammatik   jihatdan   fe'lning   o‘tgan   zamon,   hozirgi   zamon   va   kelasi
zamonidai   boshqa   yana   qandaydir   zamoni   yo‘q)   Hozirgi-kelasi   zamon   shakli
hozirgi zamon ma'nosini ifodalagan hollarda harakatning bajarilishini ma'lum vaqt
doirasida   aniqlashtirmasligi   bilan   hozirgi   zamon   fe'l   shakllaridan   farqlanadi.
Shunga ko‘ra harakat-holat hozirgi vaqtga oid bo‘lgan hollarda ham hozirgi-kelasi
zamon   shakli   bilan   almashtirilsa,   ma'noda   ma'lum   o‘zgarish   seziladi.   qiyoslang:
nega   indamaysan—   nega   indamayapsan.   Xuddi   shu   xususiyatiga   ko‘ra   quyidagi
misoldagi   hozirgi-kelasi   zamon   shaklini   hozirgi   zamon   shakli   bilan   almashtirib
bo‘lmaydi: Ko‘kragingiz yarq-yarq qiladi-yu, yana yayov kelyapsiz.
          2.   Kelasi   zamonni   bildiradi:   Bolang   uch-to‘rt   kun   qiynala-di,   keyin
o‘rganib ketadi. Ishontirib aytaman, Ko‘kbuloqdan ham suv chiqadi.
         Kelgusida  bajarilishi  aniq bo‘lgan har qanday harakat hozirgi   o‘zbek
tilida     shu     shakl     orqali     ifodalanaveradi.   Hozirgi-kelasi   zamon   gumon   shakli
sifatdoshning   -(a)r   (-mas)   affiksi   bilan   yasaluvchi   turini   shaxs-son   bilan   tuslash
20 orqali   hosil   qilinadi:   yozarman,   yozarsan,   yozar;   yozarmiz,   yozarsiz,   yozar(lar);
yozmasman,   yozmassan,   yozmas;   yozmasmiz,   yozmassiz,   yozmas(lar).   Zamon
ifodalashiga   ko‘ra   bu   shakl   yozaman,   ishlayman   tipidagi   shakldan   farqlanmaydi,
ya'ni   bu   shakl   ham   hozirgi   zamon   va   kelasi   zamon   ma'nolarini   ifodalash   uchun
qo‘llana   oladi:   Bolalar!   Mening   so‘zlarim   hozircha   sizlarga   bir   tush,   bir   xayol
bo‘lib   ko‘rinar   balki.   qaerdan   bilasan,   balki   hozir   ham   yuqoridan   qararman.   Shu
atrofda yurgandir, kelib qolar. Agar yaram juda xam bezovta qilsa, do‘xtirga o‘zim
bora  qolarman. (I.  S.)Hozirgi-kelasi   zamon  fe'lining  yozaman,  ishlayman  tipidagi
shakli bildirgan harakatni gumon tarzida ifodalashda yozarman, ishlarman tipidagi
shakl   qo‘llanaveradi:   ishlaydi   —  ishlar,   ertaga  keladi   —   ertaga   kelar   kabi.   Lekin
hozirgi zamonga oid harakatning gumon tarzida ifodalanishida, asosan, -dir affiksi
va   -sa   kerak   yordamida   yasaluvchi   shakl   qo‘llanganligi   sababli   (ishlayotgandir,
ishlasa   kerak   kabi)   ishlar,   kelar   tipidagi   shaklning   hozirgi   zamon   ma'nosida
qo‘llanishi   nisbatan   kam   uchraydi.   Hozirgi-kelasi   zamon   gumon   fe'li   shakli   shart
ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi vazifasida, ko‘pincha, fikrning
qat'iy   ifodasi   uchun   ham   qo‘llanadi:   Agar   o‘lgan   kishi   qayta   tirilsa,   bundan   ortiq
ajoyibot   bo‘lmas.   Hozirgi-kelasi   zamon   gumon   shakli   kelasi   zamon   ma'nosida
o‘llanganda,   u   bildirgan   «gumonlik»ning   darajasi   har   xil   bo‘lishi   mumkin:   Balki
zavod   qurish   uchun   ovora   bo‘lishga   to‘g‘ri   kelmas,   biz   tayyor   zavodni,   ishlab
turgan   zavodni   qo‘lga   olarmiz   va   juda   xam   arzonga   olarmiz.     Birinchi   misolda
harakatning   bajarilish-bajarilmasligini   haqiqatda   ham   so‘zlovchining   bilmasligi
ifodalangan   va   shuning   uchun   bu   gapda   «gumon»,   «bilmaslik»   ma'nosini
ifodalovchi   balki   so‘zini   qo‘llash   mumkin 12
.   Keyingi   gapda   esa   bunday   emas.
Unda   ishlarsan   shakli   harakatning   bajarilishiii   aniq   tarzda   ifodalamaydi.   Lekin   u
harakatning   bajarilishi   noaniq   ekanini   (so‘zlovchining   bilmasligini)   ta'kid   bilan
ifodalamaydi   ham.   Shu   sababli   bu   gapda   ham   balki   so‘zini   qo‘llab   bo‘lmaydi.
Birinchi   holatda   hozirgi-kelasi   zamon   gumon   shakli   o‘rnida   -sa   kerak   yordamida
yasaluvchi   shaklni   qo‘llash   mumkin;   ertaga   kelar—ertaga   kelsa   kerak.   Ikkinchi
holatda   esa   hozirgi-kelasi   zamon   shakli   o‘rnida   bu   shaklni   qo‘llab   bo‘lmaydi.
Misollar:   qadr-qimmatlaringni   tushirmanglar,   bo‘tam.   Yana   tanangizga   o‘ylab
21 ko‘rarsiz.   Mana   o‘g‘lim,   ertaga   o‘zing   olib   yersan   morojenoeni.   Yo‘q,   aya,   choy
bo‘lsa boshqa payt icharmiz, hozir fursat yo‘q.Hozirgi-kelasi zamon fe'lining ekan,
emish   to‘liqsiz   fe'llari   bilan   yasalgan   eshitilganlik,   keyin   bilganlik   ma'nosini
ifodalovchi   shakli   gumon   ma'nosini   ifodalamaydi:   ishlar   ekan,   kelar   ekan;   ishlar
emish, kelar  emish  kabi. Hozirgi-kelasi  zamon gumon fe'lining aniqlik ma'nosida
qo‘llanish   hollari   she'riyatda   eski   uslubga   xos   nutqlarda   uchraydi:   Yallalar   aytib
kezarman,   Shu   go‘zal   bo‘stonda   men.   Lekin   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   nuqtai
nazaridan   uning   gumon       ma'nosida       qo‘llanishi       normal       holat       hisoblanadi.
Demak,   hozirgi-kelasi   zamon   fe'l   shakllari,   ayrim   farqli   modal   ma'nolaridan   qat'i
nazar,   hozirgi   va   kelasi   zamon   ma'nolarini   ifodalaydi   va   xuddi   shu   xususiyatiga
ko‘ra «hozirgi-kelasi zamon shakli» deb ataladi 13
. O‘tgan, hozirgi va kelasi zamon
ma'nolarining   har   biri   maxsus   grammatik   shakl   orqali   ifodalanishi   ko‘rsatildi.
Lekin  bir   zamon  shaklining  boshqa  zamon shakliga   xos  ma'noda  qo‘llanishi  ham
uchrab   turadi.   Bu   hodisa   ma'lum   uslub   talabi   bilan   bo‘ladi.   Harakatning   qaysi
zamonga   oidligi   esa   umumiy   holatdan   sezilib   turadi.   O‘tgan   zamon   fe'l
shakllaridan   -di   affiksi   yordamida   yasaluvchi   shaklining   kelasi   zamon   va   hozirgi
zamon ma'nolarida qo‘llanish hollari uchraydi: Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu,
nimayam   qildik.   qayoqqa   boramizu,   nimayam   qilamiz.   Shundan   so‘ng   bilmadim,
qancha   vaqt   shirin   xayollar   osmonida   qanot   qoqib   yurdim.   —bilmadim   —
bilmayman. Hozirgi zamon fe'lining kelasi zamonga oid harakatni ifodalash uchun
qo‘llanishi   asosan   ket,   bor,   yubor,   boshla   kabi   fe'llar   doirasida   uchraydi.   Bunda
so‘zlovchi   sub'ektni,   harakatni   bajarishga   kirishgan   kabi   tasvirlandi:   Bularni
boshqa polkka yuboryapmiz. Ertaga shaharga ketyapman, uka. Sizdan fotiha olay
deb   keldim,   bugun   terimni   boshlayapmiz 14
.     Hozirgi   zamon   shaklining   o‘tgan
zamonga   oid   harakatni   ifodalash   uchun   qo‘llanishi   juda   ko‘p   uchraydi.   Bunday
hollarda   so‘zlovchi   o‘zini   o‘tgan   zamonga   oladi   va   harakatni   uning   bevosita
kuzatuvchisi   sifatida   bayon   etadi:   Kecha   dalada   chunonam   chekanka   qilyaptiki,
bamisoli   usta   sartarosh   g‘o‘zani   tekislayapti   deysan.   Bir   kun   qarasam,   darchani
buzaman deb bolta ko‘tarib kelayotibdi 15
 
22                   Shaxs   va   son   ma'nosini   ifodalash   imkoniga  ega   birliklar   o‘zbek   tilida  bir
qancha   bo‘lib,   ular   nogomogen   tabiatlidir:     shaxs   olmoshlari,   ayrim   mayl
ko‘rsatkichlari, kesimlik shakllari shular jumlasidandir. Bu ko‘rsatkichlar shaxs va
son   (yoki   boshqa)   ma'noni   ifodalashda   birgalikda,   shuningdek,   yakka   amal   qila
oladi.     Quyida aynan shaxs-son ma'nosini anglatish kategorial xususiyati bo‘lgan
shakllarni tahlil etamiz.     Shaxs-son kategoriyasi shakllari quyidagicha ziddiyatlar
tizimini   hosil   qiladi:   shaxs   ma'nosini   ifodalashga   ko‘ra   kategoriya   shakllari   uch
guruhga   birlashib,   o‘zaro   ekvipolent   ziddiyatga   kirishadi.   -man,   -miz,   -m,   -k     I
shaxs ifodalaydi; -san, -siz, -ng, -ngiz II shaxs ifodalaydi, Sh III shaxs ifodalaydi.
Son   ifodalashda   ham   ekvipolent   ziddiyat   yuzaga   keladi.   Ammo   bu   ziddiyatga
shakllar ikki guruhga bo‘linib kirishadi:   -man, -san, -Sh, -m, -ng birlik ifodalasa, -
miz,   -siz,   -k,   -ngiz     ko‘plik   ifodalaydi.     Sh   birlik   ham,   ko‘plik   ham   ifodalovchi
shakl   sifatida   faqat   birlik   ifodalovchilar   bilan   birlik   ifodalash,   faqat   ko‘plik
ifodalovchilar bilan ko‘plik ifodalash belgisiga ko‘ra qisman ziddiyat hosil qiladi.
Bunda O har  ikki  ziddiyatning ham  kuchsiz a'zosi  bo‘ladi.   Mayl-zamon, shaxsiy
munosabat ifodalash ushbu shakllar uchun kategorial belgi emas. Xususan, mayl-
zamon   ma'nosi   yuzaga   chiqishi   uchun   fe'l   bo‘lmagan   so‘zlar   (nomlar)   tarkibida
kelishi   shart.   Shuningdek,   mayl-zamonning   faqat   bir   qismi   (harakatning   hozirgi
kelasi   zamonda   aniq   amali)   yuzaga   chiqadi.   Masalan,   -   Gulmisiz,   rayhonmisiz,
jambilmisizg’   Aytganingizman   (Xalq   og‘zaki   ijodidan).   Shaxsiy   munosabat
ifodalash   belgisiga   ko‘ra   ham   bu   shakllarni   izchil,   nisbatan   muntazam
ziddiyatlarda ko‘rib bo‘lmaydi. Hurmat, piching, kesatiq, ijtimoiy munosabatlarga
ishora kabilarni ifodalashda matn va sharoitning o‘rni hozirgi o‘zbek adabiy tilida
bu   ma'nolarni   kategoriallik   darajasiga   ko‘tarishga   to‘siq   bo‘larli   darajada   ustun.
quyida   shaxs-son   shakllari   mohiyati   tarkibida   mayl-zamon   va   shaxsiy
munosabatning   ham   aks   etishi   ularning   kategorial   ma'no   emas,   ma'no   ottenkalari
sifatida baholanishga ta'sir ko‘rsatmasligi lozim:
         Demak, shaxs-son kategoriyasining mohiyatida semantik jihatni shaxs
va   son   ifodalash,   sintaktik   jihatni   gap   kesimini   shakllantirihda   qatnashish   tashkil
qiladi.           Har   bir   mayl   turida   harakatning   bajaruvchisi   (bajaruvchi   shaxs)   ham
23 ko‘rsatiladi.   Harakat   bajaruvchisi   so‘zlovchi,   tinglovchi   yoki   o‘zaro   suhbatda
ishtirok   etmovchi   o‘zga   shaxs   bo‘lishi   mumkin.   Bu   ma'nolar   maxsus   shakllar
yordamida   ifodalanadi.   Shaxs   bildiruvchn   grammatik   shakllar   ayni   vaqtda
bajaruvchining    son-miqdorini ham  ko‘rsatadi:    bordim I shaxs, birlik; bording
— II shaxs, birlik; bordi—1P shaxs, birlik; bordik—I shaxs, ko‘plik; bordingiz—II
shaxs, ko‘plik; bordi(lar) yoki borishdi— Sh shaxs, ko‘plik.     Demak, harakatning
bajaruvchi   shaxsga   va   bu   shaxsning   son-miqdoriga   munosabati   shaxs-son
kategoriyasi bo‘ladi. Bu ma'nolarni ifodalovchi shakllar shaxs-son qo‘shimchalari
deyiladi. Birinchi  shaxs birlik shakli  harakatning bajaruvchisi  so‘zlovchining o‘zi
ekaniii bildiradi: bordim, kelganman kabi. Uning ko‘pligi esa harakatni so‘zlovchi
mansub   bo‘lgan   jamoa   bajarishini   anglatadi:   bordik,   borganmiz,   boramiz
kabi.Ikkinchi   shaxsning   birligi   harakatning   bajaruvchisi   tinglovchi   ekanini,
ko‘pligi   esa   tinglovchi   mansub   bo‘lgak   jamoa     ekanini       bildiradi:       bording,
bordingiz,       borasiz       kabi.         Uchinchi   shaxs   shakli   so‘zlovchi   va   tinglovchidan
boshqa   shaxs   yoki   shaxslar   harakat   bajaruvchisi   ekanini   ko‘rsatadi.   Uchinchi
shaxsda   ko‘plik   ma'nosining   ifodalanishida   -lar   affiksi   ham   qatnashadi:   boradi,
boradilar   kabi.     Fe'lning   birinchi   va   ikkinchi   shaxs   shakli   kishi   (odam)-larga
nisbatan,   uchinchi   shaxs   shakli   esa   kishi   (odam)   va   predmetlarga   nisbatan   ham
qo‘llanadi: keldim, kelding, keldi, gulladi. Badiiy ifodalarda —«jonlantirish» bilan
bayon etishda birinchi va ikkinchi shaxs shakli narsalarga nisbatan ham qo‘llanadi:
          Birinchi   va   ikkinchi   shaxsning   birlik   va   ko‘pligi   maxsus
ko‘rsatkichlarga   ega.   Uchinchi   shaxs   ko‘pligi   esa   shaxs   ko‘rsatuvchi   maxsus
ko‘rsatkichga   ega   emas.   Bunda   ko‘plik   ma'nosi   birlikka   -lar   affiksini   qo‘shish
orqali   yoki   birgalik   daraja   shakli   orqali   ifodalanadi.   Ko‘pgina   hollarda   esa
birlikning o‘zi ko‘plik uchun ham qo‘llanaveradi: bolalar keldilar, bolalar kelishdi,
bolalar keldi. Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichlarining bir necha turi bor.
Ularni o‘z xususiyatlariga ko‘ra to‘rt asosiy turga bo‘lish mumkin:
         1. Ijro maylining sifatdosh va ravishdosh shakllaridan yasalgan o‘tgan
zamon  turlarida, hozirgi  zamon  fe'lining barcha  shakllarida,  hozirgi-kelasi  zamon
shaklida va maqsad mayli shaklida birinchi shaxsning birligi -man, ko‘pligi -miz;
24 ikkinchi   shaxsning   birligi   -san,   ko‘pligi   -siz   ko‘rsatkichiga   ega   bo‘ladi.   Uchinchi
shaxs   ba'zi   zamon   turlarida   -di   affiksli   bo‘ladi,   ba'zn   zamon   turlarida   esa   uning
maxsus ko‘rsatkichi bo‘lmaydi:
I SHAXS, BIRLIK: yozib-man, yozayotib-man, yoza-man yozyap-man
 I SHAXS, KO‘PLIK: yozib-miz, yozayotib-miz, yoza-miz, yozyap -miz
II SHAXS, BIRLIK: yozib-san, yozayotib-san, yoza-san, yozyap –san
II SHAXS, KO‘PLIK: yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-siz, yozyap -siz
III SHAXS, BIRLIK: yozib-di, yozayotib-di, yoza-di, yozyap –ti
III SHAXS, KO‘PLIK: yozibdilar, zayotibdilar, yozadilar, yozyaptilar
yozgan-man, yozar-man, yozadigan-man, yozmoqda-man, yozmoqchi-man
yozgan-miz, yozar-miz, yozadigan-miz, yozmoqda-miz, yozmoqchi-miz
II yozgan-san, yozar-san, yozadigan-san, yozmoqda-san, yozmoqchi-san
yozgan-siz, yozar-siz, yozadigan-siz, yozmoqda-siz, yozmoqchi-siz
III yozgan, yozar, yozadigan, yozmoqda, yozmoqchi
yozgan-lar, yozar-lar, yozadigan-lar, yozmoqda-lar, yozmoqchi-lar
2.   Ikkinchi   guruh   tuslovchilar   aniqlik   va   shart-istak   maylidagi   -di,   -sa
qo‘shimchalarini  olgan sof fe’l negizidan so‘ng va edi to‘liqsiz fe’liga qo‘shiladi:
keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.
I shaxs, birlik: yozdim, yozsam, yozgan edim
I shaxs, ko‘plik: yozdik, yozsak, yozgan edik
II shaxs, birlik: yozding, yozsang, yozgan eding
II shaxs, ko‘plik: yozdingiz, yozsangiz, yozgan edingiz
III shaxs, birlik: yozdi, yozsa, yozgan edi
III shaxs, ko‘plik: yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan edi(-lar)
      Uchunchi guruh tuslovchilar buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so‘ng
qo‘shiladi.
     Fe’llarning uchunchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:
I yozay, yozayin, o‘qiy, o‘qiyin yozaylik, o‘qiylik
II yoz, yozgin, o‘qi, o‘qigin yozingiz, o‘qingiz,
III yozsin, o‘qisin yozsinlar, o‘qisinlar,
25           Shaxs-son   shakllarining   ko‘chgan   ma'noda   qo‘llanishi   ham   ko‘p
uchraydi.   Bu   hodisa,   asosan,   ikkinchi   va   uchinchi   shaxs   shakllarida   kuzatiladi.
Uchinchi   shaxs   shaklining   birinchi   shaxs   ma'nosida   qo‘llanishi   eski   uslubga   xos
bo‘lib, hozirgi kunda juda kam uchraydi. Bunday hollarda gap ichida kamina, faqir
so‘zlari   ham   qo‘llanadi:   kamina   aytdi   —   men   aytdim.   Uchinchi   shaxs   ko‘plik
shaklining ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma'nosida qo‘llanishi ham ko‘proq eski
uslubga   xos:   Nima   xohlaysalar   hammasi   bor.   Assalomu   alaykum,   Jiyanboy   aka,
sog‘-salomat   bormilar,   eson-omon   yuribdilarmig’     Kulmasinlar,   boy   afandi,
sipohlarning   ...nomi   vahmalari   ham   yuraklarni   besaranjom   qiladi-ya.Ikkinchi
shaxsning birlik shakli na birlik ma'nosida «sizlash» uchun qo‘llanuvchi Shaxs-son
shakllaridan birinchi shaxsniig birlik shakli faqat shu shaxsning birligini ifodalash
uchun,   ikkinchi   shaxsning   birlik   shakli   esa   shu   shaxsning   ko‘pligi   uchun   ham
qo‘llanadi.   Bu   holat,   asosan,   sensirash,   hurmatsizlik,   do‘q-po‘pisani   ifodalovchi
munosabatlarda uchraydi. Ko‘plik ma'nosi -lar affiksini olgan olmosh yoki boshqa
vosita   orqali   ifodalanadn:   senlar   aytgansan,   hammang   kel   kabi.Uchala   shaxsning
ko‘plik   shaklining   qo‘llanishida   ayrim   xususiyatlar   bor.           Birinchi   shaxsning
ko‘pligi shu shaxsning birligi uchun qo‘llanadi. Bunday hollarda kamtarlik, o‘zini
yuqori olish yoki kinoya, kesatiq ma'nolari ifodalanadi: O‘sha bog‘bon biz bo‘lsak
deb   keldik.   (Sh.   Sa'dullaev.)   Tushki   payt,   soch-soqolli   oldirdik,   mo‘ylovni
qaychilatdik,   atirri   septirdik.   Keyin   do‘ppini   chakkaga   qo‘ndirib,   bunday
mehmonxonaga   kirsak,   hech   kim   ko‘rinmadi.   Sizga   yoqmabmiz,   xolos!   (Ya.)
Ikkinchi   shaxsning   ko‘pligi   birdan   ortiq   ko‘rinishga   ega.   Birinchi   turdagi   shaxs-
son   ko‘rsatkichlarida   ikkinchi   shaxs   ko‘pliginnng   quyidagi   ko‘rsatkichlari   bor:   -
siz,   -sanlar,   -sizlar:   borgansiz,   borgansanlar,   borgansizlar   kabi.   -siz   ko‘rsatkichli
shakl   ikkinchi   shaxsning   birligi   uchun   ham   keng   qo‘llanadi.   Bunday   hollarda
hurmat   yoki   kesatiq,   kinoya   ma'nolari   ifodalanadi:   Siz   nega   bizlarni   o‘zingizga
o‘gay   ko‘rasiz.     O‘zidan   katta   yoshdagi   suhbatdoshning   harakatiga   nisbatan   va
umuman   hurmat   ifodalashda   har   qanday   yoshdagi   suhbatdoshning   harakatiga
nisbatan ikkinchi shaxs ko‘plik shaklining qo‘llanishi hozirgi o‘zbek adabiy tilida
odatiy  holat   hisoblanadi.  Bu   hodisa  ikkinchi  shaxs  birlik  shaklining  qo‘llanishida
26 o‘zgarish   yuz   berishiga   sabab   bo‘lgan.   Ikkinchi   shaxs   ko‘pligining   shu   shaxs
birligi   uchun   hurmat   ma'nosida   qo‘llanishi   birlik   shaklining   hurmatsizlik,
mensimaslik ifodasi uchun qo‘llanishiga olib kelgan: Yana tutab bermoqchimisan,
nomard?
     Lekin o‘zidan kichik yoshdagi yoki tengdosh suhbatdoshning harakatiga
nisbatan ikkinchi shaxs birligining qo‘llanishi oddiy (odatiy) holat hisoblanaveradi.
Demak,   -san   va   -siz   shakllari   birlik   va   ko‘plik   ifodalash   jihatidangina   emas,
shuningdek,   «sizlash»   va   «senlash»   xususiyati   jihatidan   Ham   differentsiatsiyaga
uchragan.Matndan   tashqari   holatda   -siz   affiksli   shaklning   ko‘plik   yoki   birlik
ma'nosida   qo‘llangani   aniq   bo‘lmay   qoladi.   Shuning   uchun   ko‘plikpi   aniq
ifodalashda   bu   shaklning   o‘zi   ham   -lar   affiksini   oladi:   borgansizlar   kabi.   Bu
shaklda   hamma   vaqt   hurmat   (aniqro?i,   «sizlash»)   ham   bo‘ladi:   Ro‘zg’or
tirikchiliklaring qalay, qiynalmayapsizlarmi? (H. Nu'mon, A. Shorahmedov.)
Shaxs-son   ko‘rsatkichlarining   ikkinchi   turida   ham   ikkinchi   shaxsning
ko‘pligi   birdan  ortiq  shaklga  ega.  Bu  turda  ham     ko‘pliknipg  -lar   olmagan  shakli
ikkinchi   shaxsning   birligi   uchun   qo‘llanishi   mumkin:   bordingiz   —   ko‘plik   yoki
birlik «sizlash» ma'nosi bilan. Ikkinchi turda bir farqli xususiyat bor, ya'ni ikkinchi
shaxsning   birligi   «sizlash»   ma'nosidagi   ko‘p-likni   ifodalovchi   shakl   tarkibida
qatnashadi. qiyoslang: bording — birlik ma'nosi ifodalangan, bordinglar — ko‘plik
va «sizlash»  ma'nolari  ifodalangan, bordilaring — ko‘plik va «senlash» ma'nolari
ifodalangan:   Sizlar   mushkul   operatsiyani   bajarib,   qo‘mondonlikning   ishonchini
oqladinglar.   (A.   Ubaydullaev.)   Nimaga   ruxsat   so‘ramasdan   o‘rdilaring?   (0.   Ye.)
Ikkinchi   shaxs   ko‘pligining   -ngiz   affiksli   shakliga   -lar   affiksining   qo‘shilishidan
hosil bo‘luvchi turi ham qo‘llanadi. Bunda -lar affiksining -ngiz affiksidan oldin yo
keyin   qo‘shilish   hollari   uchraydi:   bordilaringiz   yoki   bordingizlar   kabi:   qanday
bo‘lsa   ham   dushman   ko‘rmaganday   qilib   ishlasalaringiz   yaxshi         bo‘ladi-da.   (II.
S.)   Uchinchi   turda   ham   ikkinchi   shaxs   ko‘pligining   xuddi   yuqoridagi   kabi
ko‘rsatkichlari   bor:   -ingiz,   -inglar.   -laring,   -ingizlar,   -laringiz:   borganingiz   yo‘q,
borganinglar   yo‘q,   borganlaring   yo‘q,   borganingizlar   yo‘q,   borganlaringiz   yo‘q.
Bularning   ma'no   va   qo‘llanish   xususiyatlari   yuqorida   ko‘rsatilgan   turlarning
27 xususiyatlari   kabidir.         Buyruq   maylida   ham   ikkinchi   shaxsning   ko‘pligi   birdan
ortiq shakllar bilan ifodalanadi: boring, boringlar, boringiz, borlaring, boringizlar.
Ko‘rinadiki,   buyruq   maylida   ikkinchi   shaxsning   bor,   borgin   tipidagi   birlik
shaklidaa -lar affiksi yordamida ko‘plik shakli yasalmaydi.Ikkinchi shaxsning -ing
affiksi yordamida yasaluvchi shakli ko‘plikka pisbatan birlikning hurmat (sizlash)
ma'nosina   kfodalash   uchun   ko‘p   qo‘llanadi:   qani,   mehmon,   qand   tishlab   iching.
(Sh.) Ko‘plikning «sizlash» ma'nosida, asosan, -inglar, senlash» ma'nosida -laring
shakllari yordamida yasaluvchi shakli qo‘llanadi: Shunday qilinglarki, bir o‘q bilan
ikki quyon nishonga olinsin! (N. S.) Chuldirayvermalaring chugurchuqday! quloq
kesish bo‘lsa, kesib ollaring. (H. N.) Ko‘plikning -ingiz va -ngizlar shakli nisbatan
kam   qo‘llanadi.Shaxs-son   shakllarining   yuqoridagi   to‘rtala   turida   ham   uchinchi
shaxs   ko‘pligi   bir   xil   xususiyatga   ega,   ya'ni   uchinchi   shaxsning   ko‘pligi:   1)   shu
shaxsning birlik shakli orqali ifodalanadi: ular keldi, ular kelgan, ular kelsin va b.;
2)     -lar   affiksi   yordamida   ifodalanadi:   ular   kelganlar   (keldilar,   kelsinlar);   3)
birgalik   daraja  shakli   orqali   ifoda-lanadi:   kelishdi,   kelishyapti,   kelishsin.   Birinchi
va ikkinchi holatda birlik yoki ko‘plik ifodalangani  matndan tashqarida juda aniq
bo‘lmaydi.   Chunki   -lar   affiksi   birlikning   hurmati   uchun   ham   qo‘llanadi:   Otam
keldilar kabi.
  Birgalik   daraja   shakli   qo‘llanganda   hamma   vaqt   ko‘plik   ma'nosi
ifodalanadi.   Bu   shaklda   hamma   vaqt   «sizlash»   ham   bo‘ladi:   borishsin,
kelishyapti.Uchinchi   shaxs   ko‘pligining   borganlar,   borishgan   tipidagi   shakli
«sizlash»   ma'nosini   ifodalash   xususiyatiga   ega.   Shuning   uchun   harakat   narsa-
predmetlarga   oid   bo‘lganida,   ko‘plik   uchun   ham   birlik   shaklining   o‘zi
qo‘llanaveradi:   mevalar   pishdi,   gullar   ochildi   kabi.   Bunday   hollarda   ko‘plik
shaklining   qo‘llanishi   odatiy   holat   hisoblanmaydi.   Shaxs-son   shakllarining
ko‘chgan   ma'noda  qo‘llanishi  ham  ko‘p  uchraydi.  Bu  hodisa,   asosan,   ikkinchi   va
uchinchi   shaxs   shakllarida   kuzatiladi.Uchinchi   shaxs   shaklining   birinchi   shaxs
ma'nosida   qo‘llanishi   eski   uslubga   xos   bo‘lib,   hozirgi   kunda   juda   kam   uchraydi.
Bunday hollarda gap ichida kamina, faqir so‘zlari ham qo‘llanadi: kamina aytdi —
men   aytdim.   Uchinchi   shaxs   ko‘plik   shaklining   ikkinchi   shaxs   birlik   («sizlash»)
28 ma'nosida   qo‘llanishi   ham   ko‘proq   eski   uslubga   xos:   Nima   xohlaysalar   hammasi
bor.   (N.   S.)   Assalomu   alaykum,   Jiyanboy   aka,   so?-salomat   bormilar,   eson-omon
yuribdilarmi?   (3.   Fatxullin.)   Kulmasinlar,   boy   afandi,   sipohlarning   ...nomi
vahmalari   ham   yuraklarni   besaranjom   qiladi-ya.   (Ya.)Ikkinchi   shaxsning   birlik
shakli   va   birlik   ma'nosida   «sizlash»   uchun   qo‘llanuvchi   shakli   umumshaxs
ma'nosida qo‘llanadi: qayta-qayta hidlaganingda yer mehriga to‘yganday bo‘lasan.
(Sayyor.)   Goho,   ko‘pincha   sahar   paytida,   to‘satdan   sovqotganingizni   sezib
uyg‘onasiz, ...baland ko‘tarilgan hulkarga tikilib uzoq yotasiz, ...porlab turgan tong
yulduzni ko‘rasiz, keyin chakmonga yaxshiroq o‘ralib, yana uxlab qolasiz. (0. Ye.)
Bunday hollarda gapda ko‘pincha odam  yoki kishi  so‘zlari qo‘llanadi:  Shunchaki
ishning beliga tepganiga achinasan kishi. (S. An.) Ish shunday ko‘paydiki, ovqatni
ham ko‘chalarda yurib yeysan kishi. (Ya.)
II.Bob. Boshlang’ich sinflarda        turkumini o'rgatishning hozirgi
holati.
2.1. Boshlang’ich sinflarda        turkumini  pedagogik texnalogiyalar
asosida  o'rgatish.
          Fe'l   ustida   ishlashda   izchillik,   bo‘limlar   orasidagi   bog‘lanish,   dastur
materialining   hajmi,   uni   har   bir   sinfda   o‘rganish   usullari   va   vositalari   shu   so‘z
turkumini   o‘rganish   vazifasi,   uning   lingvistik   xususiyatlari   va   kichik   yoshdagi
o‘quvchilarning   bilish   imkoniyatlariga   qarab   belgilanadi.«Fe'l»   mavzusini
o‘rganishda   asosiy   vazifalar:   so‘z   turkumi   sifatida   fe'l   haqida   dastlabki
tushunchasini   shakllantirish,   o‘quvchilar   nutqini   fe'llar   bilan   boyitish   hamda
og‘zaki   va   yozma   nutqda   fe'ldan   to‘g‘ri   foydalanish   ko‘nikmasini   o‘stirish,
o‘quvchilarning   aqliy   faoliyatini   rivojlantirish,   grammatik   mavzu   bilan   bog‘liq
holda   ayrim   imloviy   g‘oidalarni   o‘zlashtirish   qisoblanadi 17
.   Bu   vazifalar   bir-biri
bilan   bog‘liq   holda   hal   etiladi.   Fe'lning   lingvistik   xususiyatlari   xiyla   murakkab,
shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan
tanishtiriladi.   Material   tanlashda   shu   materialning   nutq   va   imloga   oid   vazifalarni
29 hal   qilishda   qanchalik   zarurligi   hisobga   olinadi.Fe'lni   o‘rganishda   izchillik.   1-
sinfda   fe'l   ustida   ishlash.   Fe'l   ustida   ishlashga   tayyorgarlik   savodga   o‘rgatish
davrida   boshlanadi.   Bu   davrda   o‘quvchilarning   diqqati   fe'lning   leksik   ma'nosiga
qaratiladi;   fe'l   uchvun   tipik   hisoblangan   leksik-grammatik   ma'noni,   ya'ni
predmetning   harakatini   bildirishni   umumlashtirish   imkonini   beradigan   aniq
material yig‘iladi. Fe'l ustida ishlash mashqlarini «Alifbe»dagi so‘z va mashqlarni
o‘qish,   rasmga   qarab   gap   tuzish   bilan   o‘tkaziladi 18
.   Bunda   o‘qituvchi   o‘quvchilar
gap   tuzishda   mazmuniga   mos   fe'lni   topishga,   so‘z   nimani   bildirishini   va   qanday
so‘roqqa javob bo‘lishini  aniqlashga  yordam beradigan sharoit  yaratadi. Masalan,
bolalar   kuzda   meva   va   sabzavotlarni,   daraxtlarni   kuzatib   yoki   rasmlarni   ko‘rib,
gapni  mazmuniga mos  so‘zlar  bilan to‘ldiradilar:  Kuzda mevalar  nima qiladi? …
(pishadi),   sabzavotlar   nima   qiladi?...   (yetiladi),   daraxt   barglari   nima   qiladi?...
(sarg‘ayadi). Bolalar nima qilyaptilar? …   (dam olyaptilar), … (o‘ynayaptilar), …
(ishlayaptilar).Fe'lni   o‘rganishda   maqsadga   qaratilgan   ishlar   harakatni   bildirgan
so‘zlar   mavzusini   o‘rganishdan   boshlanadi   (1-sinf,   o‘quv   yilining   2-yarmi).   Fe'l
leksik   ma'nosi   bilan   grammatik   ma'nosi   (harakat   bildirishi)   mos   keladigan   (nima
qilyapti)   yuguryapti,   arralayapti,   sakrayapti,   (nima   qildig’)   yugurdi,   arraladi,
sakradi,   (nima   qiladi)   yuguradi,   arralaydi,   sakraydi   kabi   misollardan   foydalanish
bilan, o‘quvchilar o‘zlari bajargan harakatlarni aytishni so‘rab, ular bergan javobini
(fe'lni)   so‘roqlari   bilan   xattaxtaga   yozib,   so‘hbat   o‘tkazish   bilan   tushuntiriladi.
O‘quvchilarni   so‘roq   berish   bilan   holatni   bildiradigan   uxlayapti,   o‘ynayapti,
faxrlandi   kabi   fe'llarni   ham   tanlashga   o‘rgatib   borish   muhim   ahamiyatga   ega.
Bunday   mashqlar   quvchilarda   predmet   harakatini   keng   ma'noda   tushunish
ko‘nikmasining shakllana borishiga yordam beradi. Dastur o‘quvchilarda so‘zlarga
so‘roq   berib,   ularni   bir-biridan   farqlash   ko‘nikmasini   shakllantirishni   talab   etadi.
Buning uchun o‘qituvchi fe'lning har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar
o‘tkazadi.   Nimag’   So‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘z   bilan   nima   qildig’   (nima
qilyaptig’   nima   qiladig’)   so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zlar   taqqoslanadi:   nimag’
so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zlar   guruhi   predmetni   bildirishi,   nima   qildig’
so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zlar   esa   predmet   harakatini   bildirishi   aniqlanadi.
30 Taqqoslash ot va fe'lni ajratishga o‘rgatadi, ularning nutqda bir-biriga ta'sir etishini
aniqlashga   imkon   beradi.Fe'lga   so‘roq   berishga   o‘rgatish   yuzaki   bo‘lmasligi,
o‘quvchilar   harakat   bir   kishi   tomonidan   bajarilsa,   nima   qildig’,   nima   qilyaptig’,
nima qilmoqchig’ so‘roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima
qildilarg’,   nima   qilyaptilarg’,   nima   qilmoqchilarg’   so‘roqlarini   berishni   bilishlari
zarur. Bunday so‘roqlarga javob berishga o‘rgatish o‘z navbatida, fe'l zamonlarini
o‘rganishga   tayyorlash   demakdir.1-sinfda   morfologik   so‘roq   so‘z   nimani
bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O‘quvchilarni so‘roq berishga, o‘qituvchi
bergan   so‘rog‘iga   javob   bo‘ladigan   so‘zlarni   tanlashga,   so‘zni   so‘roqqa   mos
ravishda   o‘zgartirishga   (nima   qildig’   –o‘qidi,   nima   qilamizg’   –   o‘qiymiz,   nima
qilmoqchig’   –o‘qimoqchi   kabi)   o‘rgatiladi.2-3-sinflarda   fe'lni   o‘rganish.   Bu
bosqichning asosiy vazifasi «Fe'l –so‘z turkumi» degan tushunchani shakllantirish,
bo‘lishli   va   bo‘lishsiz   fe'llarning   ma'nosi   va   shakliga   qarab   farqlash   hosil   qilish,
bo‘lishsizlik   qo‘shimchasi   (-ma)   ning   talaffuzi   va   imlosini   o‘rgatish   hisoblanadi.
Fe'lning harakat bildirishi yuzasidan o‘quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun
o‘qituvchi   ularga   shu   darsdagi   meqnat   jarayonini   tasvirlashni,   ya'ni
o‘quvchilarning   o‘zlari   bajarayotgan   ish-harakatni   aytishni   so‘raydi,   so‘hbat
o‘tkazadi.   Suhbatda   «O‘qituvchi   nima   qildig’   O‘quvchilar   nima   qildilarg’   Hozir
o‘qituvchi   nima   qilyaptig’   O‘quvchilar   nima   qilyaptilarg’   Endi   o‘quvchilar   nima
qiladilarg’   O‘qituvchi   nima   qiladig’»   kabi   savollardan   ham   foydalanadi.   Suhbat
jarayonida   o‘quvchilar   o‘qituvchi   rahbarligida   fe'llarni   so‘rog‘i   bilan   yozib
boradilar. Masalan, nima qildig’ –so‘zladi, tushuntirdi; nima qildilarg’ –tingladilar,
yozdilar;   nima   qilyaptig’   –tushuntiryapti,   so‘rayapti;   nima   qilyaptilarg’   –javob
beryaptilar,   yozyaptilar;   nima   qiladig’   –tekshiradi,   ko‘radi;   nima   qiladilarg’   –
ishlaydilar,   bajaradilar.Suhbatdagi     yoki   o‘quvchilar   aytgan   gaplardan   birini   gap
bo‘lagi   jihatdan   tahlil   qilish   asosida   xulosa   chiqariladi:   nima   qildig’   nima
qilyaptig’   nima   qiladig’     nima   qiladig’   kabi   so‘roqlarga   javob   bo‘lib,   predmet
harakatini   bildirgan   so‘zlar   fe'l   deyiladi.   Fe'l   gapda   kesim   vazifasida   keladi.
Mavzu   yuzasidan   o‘quvchilarda   ko‘nikma   hosil   qilish   uchun   so‘roq   berib   fe'lni
aniqlash,   gap   mazmuniga   mos   fe'lni   tanlab   qo‘yish,   aralash   berilgan   so‘zlardan,
31 shuningdek,   rasmga   qarab   gap   tuzish   kabi   mashqlardan   foydalaniladi.Dasturga
ko‘ra   3-sinfda   bo‘lishli   va   bo‘lishsiz   fe'llar   o‘rganiladi.   Mavzu   suhbat   asosida
tushuntiriladi.   Suhbat   uchun   «O‘qish   darslarida   kimlar   o‘qidi?   Shokir   ham
o‘qidimi?   Kim   so‘zladi?   Alisher   so‘zladimi?   Barno   kutubxonaga   boradimi?
Abdullachi?   U   qachon   bormoqchi?   Horzir   kim   tushuntiryapti?   Hozir   Tohir
gapriyaptimi?»   kabi   savollardan   ham   foydalaniladi.   O‘quvchilar   so‘roq   berib
fe'llarni   topadilar,   ma'nosini   qiyoslaydilar   va   o‘qituvchi   rahbarligida
tushuntiradilar.   Xulosa   chiqariladi:   fe'l   harakatning   yuzaga   chiqqanini,   ya'ni
bajarilganini       (o‘qidi,   so‘zladi),   hozir   bajarilayotganligini   (tushuntiryapti),   endi
bajarilishini   (boradi,   o‘qiydi)   bildiradi.   Bu   fe'llar   bo‘lishli   fe'llar   deyiladi.   Ayrim
fe'llar   harakatning   bajarilmaganligini   (o‘qimadi,   so‘zlamadi),   hozir
bajarilmayotganligini   (o‘qimayapti),   keyin   ham   bajarilmasligini   (bormaydi)
bildiradi.   Bunday   fe'llar   bo‘lishsiz   fe'llar   deyiladi.O‘quvchilar   bo‘lishli   va
bo‘lishsiz   fe'llarni   so‘roqlari   bilan   ikki   ustun   shaklida   yozadilar   va   so‘roqlarini
bo‘lishsiz fe'l qanday hosil bo‘lganini aytadilar. O‘quvchilar bilimi mashqlar bilan
mustahkamlanadi,   bo‘lishsizlik   qo‘shimchasi   –ma   –mi   shaklida   talaffuz   qilinsa
ham, doim aslicha –ma shaklida yozilishi tushuntiriladi.O‘quvchilarda bo‘lishli va
bo‘lishsiz   fe'llarni   ma'nolariga   qarab   farqlash   ko‘nikmasini   o‘stirish   uchun
bo‘lishli   fe'ldan   bo‘lishsiz   fe'l   hosil   qilish,   bo‘lishsiz   fe'llarning   talaffuzi   va
yozilishini   qiyoslash,   bo‘lishsiz   fe'llar   bilan   gaplar   tuzish   mashqlaridan
foydalaniladi.
          4-sinfda   fe'lni   o‘rganish.   Bu   sinfda   fe'lni   o‘rganishning   vazifalari
quyidagilar:
          1.Fe'lning   shaxs-son   qo‘shimchalari   bilan   tuslanishi,   zamon
qo‘shimchasi   bilan   o‘zgarishi   haqidagi   tushunchani   berish   va   dastlabki   ko‘nikma
hosil   qilish;   fe'lning   leksik   ma'nolari,   bo‘lishli   va   bo‘lishsizligi,   gapdagi   vazifasi
haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
          2.Nutqda       fe'ldan   ongli   foydalanish   malakasini   rivojlantirish.   Shu
maqsada nutqda ma'nodosh va zid ma'noli fe'llardan matn bilan bog‘liq holda o‘z
32 va   ko‘chma   ma'noda   ishlatilgan   fe'llar   bilan   tanishtirib   borishga   qaratilgan
mashqlardan foydalanish.
     3. Zamon qo‘shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani
hosil qilish.
          4.   Qo‘shma   fe'llar   va   ularning   doim   alohida   yozilishi   haqidagi
tushunchani berish va dastlabki ko‘nikmani hosil qilish hisoblanadi.
          Fe'l   zamoni   shaklining   mohiyati   ish-harakatning   qachon   bajarilishini,
ya'ni   ish-harakatning   nutq   so‘zlanib   turgan   paytda,   undan   oldin   va   keyin
bajarilishini   taqqoslash   asosida   ochiladi.   O‘quvchilar   o‘zlari   bajargan   yoki
bajarayotgan   harakatlarini   kuzatadilar,   shuningdek,   keyin   nima   qilishlarini
muhokama   qiladilar.     Xuddi   shunga   o‘xshash   kuzatishni   tabiatda   bo‘layotgan
o‘zgarishlar   yuzasidan   ham   o‘tkazadilar.   Bu   mavzu   bahorda   o‘tiladi.   Shuning
uchun   o‘quvchilar   kuzatish   asosida   «Bahor   keldi.   O‘rik,   olcha   gulladi.   Gullar
ochilyapti.   Endi   gilos   pishadi.   Bahordan   so‘ng   yoz   keladi.   Yozda   bolalar
oromgohga bormoqchi» kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi  fe'llarga so‘roq berib, ish-
harakatning   bajarilish   payti,   ya'ni   ish-harakat   bajarilayotganini   (nima   qilyaptig’   -
o‘qiyapti,   ochilyapti),   oldin   bajarilganini   (nima   qildig’   –o‘qidi,   keldi,   gulladi)   va
keyin   bajarilishi   (nima   qilmoqchig’   –yodlamoqchi,   bormoqchi)     aniqlanadi.   Aniq
kuzatish   asosida   yig‘ilgan   bu   leksik   materiallar   o‘qituvchi   rahbarligida
umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi:
          1.Fe'llar   zamon   bilan   o‘zgaradi.   Fe'l   uch   zamonni   bildiradi:   hozirgi
zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon.
          2.   Hozirgi   zamon   fe'llari   nima   qilyaptig’   so‘rog‘iga   javob   bo‘ladi,
hozirning   o‘zida,   ya'ni   nutq   so‘zlanayotgan   vaqtda   bajarilayotgan   harakatni
bildiradi.
      3.O‘tgan zamon fe'li nima qildig’ so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning
oldin, ya'ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.
          4.   Kelasi   zamon   fe'li   nima   qilmoqchig’   so‘rog‘iga   javob   bo‘ladi,
harakatning keyin, ya'ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi.
33 Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   fe'l   zamonlarini   unga   beriladigan   savoldan   bilib
oladilar. So‘roqdan uning leksik ma'nosi ham bilinib turadi.
          Fe'lning   zamon   shaklini   yasash   va   bilib   olish   uchun   o‘quvchilarni
so‘roqlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga
erishish   uchun   avval   jamoaviy   ravishda   ishlanadi   va   o‘quvchilar   e'tibori   so‘roq
bilan   fe'l   zamonining   bog‘lanishini   aniqlashga   qaratiladi.   Zamon   shaklini   hosil
qilish   uchun   fe'lning   2   shaxs   birlik   shakli   asos   qilinib   olinadi   (Boshlang‘ich
sinflarda fe'lning bosh shakli o‘rganilmaydi). Fe'lga  so‘roq berish bilan fe'l zamoni
hosil   qilinadi.           Bir   fe'ldan   uch   zamonni   hosil   qilib,   ularni   taqqoslash   mashqi
fe'lning   zamon   kategoriyasining   mohiyatini   tushunishga   yordam   beradi.   Shuning
uchun   «Fe'l»   mavzusini   o‘rganish   jarayonida   fe'lni   zamon   qo‘shimchasi   bilan
o‘zgartirish   mashqi   muntazam   o‘tkazib   boriladi.O‘quvchilarni   fe'l   zamonlarini
ongli   qo‘llashga     o‘rgatish   maqsadida   matnlardan   foydalaniladi.   Bunda   fe'l
zamonini   aniqlash   va   biror   fe'l   shaklidan   foydalanishni   asoslash,   shuningdek,   fe'l
zamonini   o‘zgartirish,   fe'llarni   muayyan   bir   zamonda   ishlatib   hikoya   tuzish
topshiriladi.   Dasturga   ko‘ra,   bu   sinfda   fe'llarda   shaxs-son   haqida   tushuncha
beriladi. O‘quvchilarda o‘zbek tilida III shaxs: so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi  (II
shaxs),   o‘zga     (III   shaxs)   mavjudligi   haqidagi   dastlabki   ko‘nikma   «Otlarning
egalik   qo‘shimchalari   bilan   o‘zgarishi»   va   «Kishilik   olmoshlari»   mavzulari
o‘rganilayotganda   hosil   qilingan.   «Fe'llarda   shaxs-son»   mavzusi   shu   ko‘nikmaga
asoslangan holda tushuntiriladi.
          Suhbat   asosida   kishilik   olmoshlari   III   shaxsni,   birlik   va   ko‘plikni
bildirishi   eslatilgach,   o‘quvchilarga   men   olmoshini   qatnashtirib   gap   tuzish
topshiriladi.   Ular   tuzgan   gap   o‘qituvchi   rahbarligida   tahlil   qilirnadi   (Men   kitobni
o‘qidim).   O‘quvchilar   men   shaxs   birlikdagi   kishilik   olmoshi   ekanini   aytadilar;
o‘qidim   fe'lini   so‘z   tarkibi   bo‘yicha   tahlil   qilib,   o‘qi   –o‘zak,   -di   –o‘htgan   zamon
qo‘shimchasi,   -m   ham   qo‘shimcha   ekanini   aniqlaydilar.   O‘qituvchi   quyidagi
mazmunda   tushuntiradi:   ish-harakat   so‘zlovchi   (1   shaxs),   tinglovchi   (2   shaxs),
o‘zga (3 shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir)
yoki   bir   necha   shaxs   tomonidan  bajarilishi   ham   mumkin.   Fe'llarga   qo‘shilib,  ish-
34 harakatni   bajargan   shaxsni   va   sonni   (ko‘plik   va   birlikni)     ham   bildiradigan
qo‘shimchalar   bor.   Masalan,   o‘qidim   fe'lidagi   –m   qo‘shimchasi   shunday   ma'noni
bildiradi,   u   shaxs-son   qo‘shimchasidir.   Chunki   –m   o‘qish   harakatni   bajargan
shaxsni (1 shaxsni ) va sonini (bir shaxs bajarganini) bildiryapti, ya'ni ham shaxsni,
ham   soni   ifodalayapti.   O‘qituvchi   (xattaxtaga   yozilgan   gaplarni   ko‘rsatib)
«Nuqtalar   o‘rniga   gapning   mazmuniga   mos   bo‘lgan   fe'llarning   shaxs-son
qo‘shimchasini topib qo‘yib, gaplarni o‘qish»  vazifasini beradi. Mashq o‘qituvchi
bilan birgalikda bajariladi.         Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe'llar shaxs-son
qo‘shimchalari   bilan   o‘zgaradi.   Shaxs-son   qo‘shimchalari   zamon
qo‘shimchalaridan   keyin   qo‘shiladi.Fe'llarda   shaxs-son   haqidagi   ko‘nikmani
shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘yish, berilgan
fe'llarni   hozirgi,   o‘tgan,   kelasi   zamonda   shaxs-son   qo‘shimchasi   bilan   tuslash,
fe'llarni   so‘z   turkumi   jihatdan   tahlil   qilish   mashqlaridan   foydalaniladi.Bu   sinfda
fe'llarning yozilishi haqida ham ko‘nikma hosil qilinadi. Mavzu tushuntirish uchun
fe'llar ko‘proq bo‘lgan matn tanlanib, matnni o‘qish, so‘roq berib fe'llarni topi shva
qanday yozilganini aytish topshiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida vazifani
bajaradilar.
2.2. Tajriba sinov.
         Boshlang’ich sinflarda fe’llarning shax-son shakllari fe’l atamasi, fe’l
haqidagi   asosiy   tushunchalar,   fe’llarning   yasalishi   kabi   mavzular   3-sinfda   o‘tilsa
ham,   fe’llarning   shaxs-son   va   zamon   qo‘shimchalari   bilan   o‘zgarishi   4-sinfda
o‘rgatiladi.   Undan   oldin   maktab   darsi   tushunchasi   haqidagi   fikrlarni   bayon
etmoqchimiz. Darsning umumiy tasnifi. Maktabda dars o‘quv - tarbiya jarayonini
tashkil   qilishning   asosiy   shakli   hisoblanadi.   Dars   ta’lim-tarbiyani   amalga
oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir. Darsga qo‘yiladigan umumiy talablar
quyidagilar:
1.Ta’limiy     talab.   Har   bir   dars   o‘quvchiga   qandaydir   bilim   berishi   lozim.
Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.
2.Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.
35 3.Didaktik   talablar.   Bu   o‘qituvchiga   darsni   to‘g’ri   tashkil   qilish:   dars
maqsadlarini,   turini   to‘g’ri   belgilash,   darsda   u   yoki   bu   materialni   o‘quvchilarga
yetkazib   berish   usullarini   to‘g’ri   tanlash,   o‘quvchilar   bilimini   tekshirish   va
baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.
4.   Psixologik   talablar.   Bu   talab   shuni   nazarda   tutadiki,   o‘qituvchi   o‘z
o‘quvchilarining   xarakter-xususiyatini   qanchalikdarajada   yaxshi   bilishi   juda   katta
ahamiyatga   ega.   O‘z   o‘quvchilarini   psixologik   xususiyatlarini   yaxshi   bilgan
o‘qituvchigina to‘laqonli dars uyishtirishi mumkin.
5.Gigiyenik   talablar.   Bu   o‘quvchilar   salomatligi   haqida   qayg’urish
demakdir. Sinfda yorug’lik, toza havo har doim yetarli bo‘lishi lozim.
         Boshqa  fanlar  kabi, ona  tili  o‘qitishning samaraliligi  darsning sifatiga
bevosita   bog’liqdir.Darsga   qo‘yilgan   umumdidaktik   talablar   asosida   tuzilgan
fe’llarning zamon shakllari haqidagi bir soatlik dars ishlanmasini keltiramiz. 
       Mavzu: Fe’l zamonlari. (1-soat) (10 soat ajratilgan
      O‘quv materiali: Fe’l zamonlarining qo‘shimchalarini o‘tish.
      Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
       Dars shakli: Noan’anaviy dars.
              Asosiy   masalalar:   O‘quvchilarning   grammatik   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   shkallantirish;   harakat   bildiruvchi   so‘zlar   haqidagi   tasavvurlarini
kengaytirish;   harakatning qay paytda bajarilishini o‘rgatish; zamon tushunchasini
va   zamon   qo‘shimchalarini   o‘rgatish.Tayanch   tushunchalar:   harakat   bildiruvchi
so‘zlar, harakatning bajarilish yoki  bajarilmaslik payti, fe’lning zamon anglatishi,
fe’llarning uchta zamonga bo‘linishi, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon,
zamon   qo‘shimchalari.Darsda   foydalaniladigan   turli   ta’limiy   vositalar:   turli
harakatlar aks etgan rasmlar, savollar kartochkalari, kitoblar, ko‘rgazmali qurollar.
      Dars merodi: tarmoqlash, muammoli o‘qitish metodi.
            Darsning   maqsadi:   O‘quvchilarning   grammatik   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   shkallantirish;   harakat   bildiruvchi   so‘zlar   haqidagi   tasavvurlarini
kengaytirish;   harakatning qay paytda bajarilishini o‘rgatish; zamon tushunchasini
va zamon qo‘shimchalari haqidagi bilimlarni shakllantirish, nutqini o‘stirish.
36 Darsning borishi
Uy vazifasini tekshirish:
Uy   vazifasini   tekshirish   uchun   o‘quvchilarga   savollar   kartochkalari
tarqatiladi. Kartochkalardan namunalar:
Nima qildi? So‘rog’iga javob bo‘ladigan so‘zlarga misollar ayting. Nima
qilyapti?   so‘rog’iga   javob   bo‘ladigan   so‘zlarga   misollar   ayting.Nima   qilmoqchi?
so‘rog’iga javob bo‘luvchi so‘zlarga misollar ayting. Fe’l   turkumi   deb   ni,aga
aytiladi?Harakat   bildirgan   so‘zlar   qanday   bo‘lak   vazifasida   keladi?Harakat
bildirgan   so‘zlarga   gapda   qanday   chiziq   chiziladi?Fe’llarga   qo‘shiladigan   –ma
qo‘shimchasi qaysi ma’nodagi harakatni bildiradi. Bo‘lishli   fe’llar   deb   nimaga
aytiladi?Jismoniy harakatni bildirgan so‘zlarga misollar ayting. Tafakkurni
bildirgan so‘zlarga misollar ayting. O‘quvchilar savollarga javob berishgach, ularni
rag’batlantirish uchun qizil, yashil va sariq rangli kartochkalar tarqatiladi. Qizil –
a’lo baho uchun, yashil –yaxshi baho uchun, sariq –qoniqarli baho uchun. 
2. Yangi mavzu bayoni: Fe’l zamonlari
          Yangi   mavzuni   o‘tishga   o‘quvchilarni   tayyorlash.   Sinfni   guruhlarga
bo‘lib  dars  o‘tish.  O‘quvchilar   1, 2,  3, 4   deb  sanaydilar.  O‘z raqamlari  bo‘yicha
guruhlanib, stol atrofiga o‘tiradilar. Har bir guruh o‘zlariga nom beradilar.   Har bir
stol atrofidagi o‘quvchilarga alohida savollar kartochkalari tarqatiladi.
   Berilgan gaplardagi fe’llarni so‘roqlar yordamida aniqlang.
Maktabimiz badiiy havaskorlari tuman ko‘rigida birinchi o‘rinni egalladilar.
Dehqonlar ariqlarni tozalayaptilar.
Sayyora kelajakda shifokorlik kasbini egallamoqchi.
Tilla sandiq ochildi, Ichidan zar sochildi.
Kechqurun Mannon akaning oldiga bordim
Bilim yaqin qarindoshlarga o‘xshaydi.
Hamma yogim og’riyapti.
Yorug’ berar derazam, oynalari sinmasin.
37           O‘quvchilar   savollarga   javob   berishgach,   o‘qituvchi   yuqorigidagidek,
qizil, yashil va sariq kartochkalarni o‘quvchilarga beradi.
          Shundan   so‘ngra   doskadagi   ko‘rgazmali   qurol   orqali   o‘quvchlarga
bugungi yangi mavzuni tushuntiradi.
Fe’lda   uchta   zamon   bor:   1)   o‘tgan   zamon;   2)   hozirgi   zamon;   3)   kelasi
zamon.
Fe’l zamonlari nutq so‘zlab turgan vaqt (payt)ga nisbatan belgilanadi.
-di,   -gan,   -yap,   -moqda,   -moqchi   –zamon   bildiruvchi   qo‘shimchalar
hisoblanadi
         Shundan so‘ng, bolalarga turli rasmlar tarqatiladi, shu rasmlar asosida
matn tuzing va gaplardagi fe’llarning zamon qo‘shimchalarini aniqlang.
          1-guruhga   “Dehqonbobo”   nomli   rasm,   2-   guruhga   “Qanotli
do‘stlarimiz”,   3-guruhga   “Bahor   fasli”,   4-guruhga   “Assalom,   navro‘z”   nomli
rasmlar tarqatiladi.
          Har   bir   guruh   o‘z   rasmlariga   qarab   qisqa   gaplar   tuzadi   va   fe’llarni
aniqlab, ularga qo‘shilib kelgan qo‘shimchalarni aniqlaydilar.
   Masalan: Dehqonbobo bahorda daraxtlarni nima qiladi? ... (oqlaydi),
   Qushlar bahorda nima qiladi?... (uchib keladi),
   Bahorda daraxt barglari nima qiladi?... (ko‘karadi),
  Navro‘zda boychechaklar nima qiladi?... (ochiladi)
          O‘qituvchi   ularning   gaplarini   tahlil   qilib,   baholarini   e’lon   qiladi.
Shundan   so‘ng   4-sinfning   ona   tili   darsligidan   383-mashqni   guruh   a’zolari
tomonidan   daftarlariga   yozishlari   aytiladi.Mavzu:   Fe’lning   shaxs-son
qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. (1-soat) (10 soat ajratilgan)
       O‘quv materiali: Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalarini o‘tish.
       Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
       Dars shakli: Noan’anaviy dars.
              Asosiy   masalalar:   O‘quvchilarning   grammatik   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   shkallantirish;   harakat   bildiruvchi   so‘zlar   haqidagi   tasavvurlarini
38 kengaytirish;     harakatning   kim   tomonidan   bajarilishini   o‘rgatish;   shaxs   va   son
tushunchasini va uning qo‘shimchalarini o‘rgatish.
              Darsda   foydalaniladigan   turli   ta’limiy   vositalar:   turli   harakatlar   aks
etgan rasmlar, savollar kartochkalari, kitoblar, ko‘rgazmali qurollar.
       Dars merodi: tarmoqlash, muammoli o‘qitish metodi.
              Darsning   maqsadi:   O‘quvchilarning   grammatik   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   shkallantirish;   harakat   bildiruvchi   so‘zlar   haqidagi   tasavvurlarini
kengaytirish;     harakatning   kim   tomonidan   bajarilishini   o‘rgatish;   shaxs   va   son
tushunchasini   va   uning   qo‘shimchalari   haqidagi   bilimlarni   shakllantirish,   nutqini
o‘stirish.
Darsning borishi
1.Uy vazifasini tekshirish:
Uy   vazifasini   tekshirish   uchun   o‘quvchilarga   savollar   kartochkalari
tarqatiladi. 
Kartochkalardan namunalar:
Nima   qildi?   So‘rog’iga   javob   bo‘ladigan
so‘zlarga misollar ayting. Nima   qilyapti?   so‘rog’iga   javob
bo‘ladigan so‘zlarga misollar ayting.
Nima   qilmoqchi?   so‘rog’iga   javob
bo‘luvchi so‘zlarga misollar ayting. Fe’l turkumi deb nimaga aytiladi?
O‘tgan   zamon   fe’llari   deb   nimaga
aytiladi? Hozirgi   zamon   fe’llari   deb   nimaga
aytiladi?
Kelasi   zamon   fe’llari   deb   nimaga
aytiladi? -di qo‘shimchasini qatnashtirib gaplar
tuzing.
-gan,   -kan,   -qan   qo‘shimchalarini
qatnashtirib gaplar tuzing. -yap   qo‘shimchasini   qatnashtirib
gaplar tuzing.
-moqda   qo‘shimchasini   qatnashtirib
gaplar tuzing. -moqchi   qo‘shimchasini   qatnashtirib
gaplar tuzing.
 
39            O‘quvchilar savollarga javob berishgach, ularni rag’batlantirish uchun
qizil, yashil va sariq rangli kartochkalar tarqatiladi. Qizil –a’lo baho uchun, yashil
–yaxshi baho uchun, sariq –qoniqarli baho uchun.
              2.   Yangi   mavzu   bayoni:   Fe’lning   shaxs-son   qo‘shimchalari   bilan
qo‘llanishi.
              Yangi   mavzuni  o‘tishga  o‘quvchilarni  tayyorlash.   Sinfni   guruhlarga
bo‘lib  dars  o‘tish.  O‘quvchilar   1, 2,  3, 4   deb  sanaydilar.  O‘z raqamlari  bo‘yicha
guruhlanib, stol atrofiga o‘tiradilar. Har bir guruh o‘zlariga nom beradilar.
              Har   bir   stol   atrofidagi   o‘quvchilarga   alohida   savollar   kartochkalari
tarqatiladi.
         Gaplarni o‘qing. Harakatni bildirgan so‘zlarni toping. Ularni ega bilan
birga ko‘chiring.
M e n    q u sh l a r g a    d o n    b e r d i m.
S e n k e l g u s I d a q a y s I k a s b n I t a n l a y s a    n.
U k a t t a l a r m e h n a    t I n I q a d r l a y d i.
B I z o z o d v a o b o d V a t a n d a y a s h a y m I z.
S I z    q a y s I    k I t o b l a r n i    o‘ q I g a n s I z ?
U l a r    q I s h l o q      t o n g I n i    k u z a t d I l ar.
         Ega orqali harakatni qaysi shaxs bajarayotganligini aniqlang. Gapning
egasi bilan kesimini birga ko‘chiring.
     O‘qituvchi fe’llardagi oxirgi qo‘shimchalar nimani bildirishini so‘raydi?
          O‘quvchilar   savollarga   javob   berishgach,   o‘qituvchi   yuqorigidagidek,
qizil, yashil va sariq kartochkalarni o‘quvchilarga beradi.
          Shundan   so‘ngra   doskadagi   ko‘rgazmali   qurol   orqali   o‘quvchlarga
bugungi yangi mavzuni tushuntiradi.  
JADVALNI KUZATING. SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARINI BILIB
OLING.
SHAXSLAR SONLAR
Birlik qo‘shimchalari Ko‘plik qo‘shimchalari
40 I O‘qidim, ishlayapman,
O‘qimoqchiman. O‘qidik, ishlayapmiz,
O‘qimoqchimiz.
II O‘qiding, ishlayapsan,
O‘qimoqchisan. O‘qidingiz, ishlayapsiz,
O‘qimoqchisiz.
III O‘qidi, ishlayapti,
O‘qimoqchi. O‘qidilar, ishlayaptilar,
O‘qimoqchilar.
 
 
Fe’llardagi   –m, -man, -ng, -san, -di (-ti), -k, -miz, -ngiz, -siz, -di(lar)   shaxs-
son qo‘shimchalaridir.
Shaxs-son qo‘shimchalari harakatning uch shaxsdan biri tomonidan birlik va
ko‘plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildiradi.
           Shundan so‘ng har bir guruhga savollar konverti tarqatiladi. Harakatni
bildirgan   so‘zlar   oldiga   kishilik   olmoshlaridan   mosini   qo‘yib,   gaplar   tuzing.
Fe’lning qaysi shaxs-sonda ekanini ayting.
     1-guruhga: aytdi, yozmoqchi, arralayapti….
     2-guruhga: ekdi, gapiryapti, bormoqchi….
     3-guruhga: tashiydi, so‘radi, chaqirgan…
     4-guruhga: ko‘rgan, kuzatyapti, tanlamoqda…
     Jadvaldan foydalangan holda shu fe’llarni I va II shaxs birlik va ko‘plik
qo‘shimchalari bilan qo‘llab yozing.
         Guruh a’zolari yuqoridagi topshiriqlarni tugatgandan so‘ng, o‘qituvchi
ularni tahlil qilib, baholaydi.
     O‘quvchilarga keying topshiriq beriladi.
     415-mashqni daftaringizga bajaring. Ajratib ko‘rsatilgan fe’llarga so‘roq
bering.
     TIL VA TISH
     Til tishlarga dedi:
41 ________   qachon   o‘z   holimga   qo‘yasiz.   Siz   doim   yo‘limni   to‘sasiz.   Men
o‘zim xohlaganimdek sizning manfaatingizga xizmat qilishni istayman.
________   aqlning   yo‘l-yo‘rig’I   bilan   ish   tutamiz   Arzingni   aqlga   ayt,-
chug’urlashdi tishlar.
Til  bu javobdan o‘ng’aysizlandi va Aqlga yorildi. Aql uqtirdi:
________   seni   o‘z   vaqtida   tiyib   turmasak,   sen   egamizning   yuzini   shuvut
qilasan, uni elning nazaridan qoldirasan.
Shaxs-son   qo‘shimchalari   yordamida   harakatning   qaysi   shaxs   tomonidan
bajarilganligini aniqlang va namunadagidek yozing.
Siz qo‘yasiz. Biz tutamiz. Biz tiyib turmasak.
          3.   O‘tilganlarni   umumlashtirish.   O‘qituvchi   o‘tilgan   mavzuni   va
qoidalarni umumlshtiradi.
     Guruhlarning umumiy ballarini e’lon qiladi.
     4. Uyga vazifa berish.
     416- mashq. O‘qing. Matndagi fe’llarning shaxs-sonini ayting.
     Dam olish kuni men do‘stim Rahmatilla bilan Parkentga bordim. Biz bu
yerda har xil dorivor o‘tlarni terib yurgan bolalarni uchratdik. Ular bilan tanishdik.
          -Sen   nima   teryapsan?   –deb   so‘radim   Rustamdan.   U   momaqaymoq   –
qoqi o‘t terayotganini aytdi.
     -Sen nima teryapsan? –so‘radi Rahmatilla To‘lqindan.
     -Men qora o‘t teryapman, -deb javob berdi u.
          Fe’llarni   ko‘chirib,   shaxs-son   qo‘shimchalarini   tegishlicha   belgilang.
Siz qanday dorivor o‘simliklarni bilasiz. 
42 XULOSA
  Maktablarda   ona   tili   o‘rgatishning   mazmuni     jamiyat   rivojlanishining
hozirgi   bosqichida   davlatimizning   maktab   oldiga   qo‘ygan   vazifasiga   moslangan.
Bu   vazifalar   ko‘p   qirrali   bo‘lib,   ularni   bajarish   o‘quvchilar   ongini   o‘stirishga,
ularga   g‘oyaviy-siyosiy,   axloqiy,   estetik,   mehnat   tarbiyasini   berishga
yo‘naltirilgan.   Ona   tilini   o‘rgatish   natijasida   o‘quvchilarda   o‘z   fikrini   grammatik
to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy
to‘g‘ri  yoza  olish ko‘nikmalari  shakllantiriladi. Bu  vazifa  o‘quv predmeti  sifatida
o‘zbek   tilining   o‘ziga   xos   xususiyati   bo‘lib,   o‘quvchini   shaxs   sifatida
shakllantirishga   yo‘naltirilgan   umumta'lim   vazifalari   bilan   bog‘liq,   holda   amalga
oshiriladi.
          1     Ona   tili   kursida   beriladigan   bilimlar   mazmunini   o‘zbek   tilining
tovush   tuzilishi   va   yozma   nutqda   tovushlarni   ifodalash   usullari   haqidagi   (fonetik
va   grafik);   so‘zlarning   o‘zgarishi   gapda   so‘larning   bog‘lanishi   haqidagi
(grammatik,   ya'ni   morfologik   va   sintaktik);   so‘zning   morfemik   tarkibi   va   so‘z
yasalish   usullari   haqidagi   (so‘z   yasalishiga   doir);   so‘zlarning   leksik-semantik
guruhi   haqidagi   (leksikologik);   o‘zbek   tili   to‘g‘ri   yozuv     tamoyillari   va   tinish
belgilarning ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi.
Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda,
ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan
tashqari,   o‘zbek   tili   kursi   (fonetik,   grafik,   morfologik,   sintaktik   va   boshqa
ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi.
   2.   Bizning Kurs ishining ham aynan shu maqsadga, ya’ni ona tili ta’limi
jarayonida   boshlang’ich   sinflarda   grammatik   tushunchalarni   shakllantirishga,
fe’llar   haqidagi   va   fe’llarning   zamon   va   shaxs-son   qo‘shimchalri   bor   ekanligini,
ulardan   nutqda   to‘g’ri   foydalanish   kerakligini   boshlang’ich   sinf   o‘quvchilariga
o‘rgatishni   maqsad   qilib   qo‘ydik.   Va   baholi   qudrat   shu   yo‘lda     o‘z   fikrlarimizni
aytishga harakat qildik.  
 
 
43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev   Sh.   Adabiyot   va   san’at,   madaniyatni   rivojlantirish   –
xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning  mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –
Toshkent, 2017. – 4 avgust.
2. Karimov       I.A. O‘zbek     tili     imlosini     tasdiqlash     haqida. – Toshkent,  
1995 yil.
3. O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g’risida”gi   qonuni.   //
Barkamol avlod  O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.  T.: SHarq, 1997.
4. Sodiqov     A.   va     boshqalar.     Tilshunoslikka     kirish.     Toshkent,   1981.  
72    87- 
5. Zunnunov   va   boshq.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.     T.:   O‘qituvchi,
1992.
6. Abdullayeva   Q.,   Nazarov   K.,   Yo‘ldosheva   SH.
Savod   o‘rgatish   metodikasi.- Toshkent, “O‘qituvchi”,   1996.
  INTERNET MANZILLAR
7. www.ziyonet.uz   
8. www.savod.o‘rgatish.uz   
9. www.arxiv.uz   
44

MAVZU: BOSHLANG'ICH SINFLARDA FE'L MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI. MUNDARIJA KIRISH .......................................................................................................................................................... 1 I.Bob. Boshlang’ich sinflarda turkumi ustida ishlashning nazariy metodik asoslari. .................................... 6 1.1. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'qitishda tizimli yondashuv. ............................................................ 6 1.2. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'qitishning zamonaviy usullari. ...................................................... 11 II.Bob. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'rgatishning hozirgi holati. ........................................................ 29 2.1. Boshlang’ich sinflarda turkumini pedagogik texnalogiyalar asosida o'rgatish. ................................... 29 2.2. Tajriba sinov. ....................................................................................................................................... 35 XULOSA .................................................................................................................................................. 43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................................................................ 44 KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish sistemasi tilning barcha tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasi (morfologiyasi va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi PF - 4947-sonli “Harakatlar strategiyasi“ haqidagi farmonining 4- ustivor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan 1 . Dasturning 4.4 bo‘limi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori 1

malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish kabi masalalari belgilangan. Bu mavzuning dolzarbligini bildiradi.Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p rejaliligi va murakkabligi, ularning dialekt birligi, avvalo, uning kommunikativ vazifasida namoyon bo‘ladi. Kommunikativ vazifa tilning muhim xususiyati asosidir. Bu vazifani tilning har bir komponenti boshqa komponentlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma'lum ma'no bildiradigan tovushlar kompleksigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qilishi mumkin. Ma'lumki, ma'no bildiradigan tovushlar kompleksi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir. Tilning lug‘at tarkibi qanchalik boy bo‘lsa ham, grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilning lug‘at tarkibi o‘z-o‘zicha kommunikativ vazifani bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilishi uchun lug‘at tarkibidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma'nosi va qo‘llanishi nuqtai nazaridan so‘z; grammatika uchun so‘z formalari, shuningdek, so‘z birikmasi va gap; so‘z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi tarafidan so‘z hisoblanadi. So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs-son, egalik, kelishik va boshqalar), ma'lum sintaktik roli bor. So‘z birikmasi ham so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatidan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida kelganda mustaqil ma'no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi komponentlar esa gapdan tashqarida 2

mustaqil leksik ma'no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma'nosi yanada oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalaniladi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan intonatsiya ham xarakterlidir. Shunday qilib, tilning har bir tomonining o‘ziga xos xususiyatini qisqa ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta'kidlaydi. Tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham shunga o‘xshash murakkabdir.Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma'lum leksik ma'no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma'lum intonatsiya bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar kompleksi ma'lum intonatsion ifodalilikka ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan intonatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, intonatsiya gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartirishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlar leksik ma'nosi yasama negizning moddiy ma'nosiga asoslanadi. Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi. Morfologiya, asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning grammatik ma'nosi doimo leksik ma'nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, shunday qilib, har bir so‘z, bir tomondan, shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma'lum o‘ziga xos leksik- grammatik gruppaning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma'nosi bo‘ladi. So‘zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o‘rganiladi. So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma'nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma'nosi bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So‘zning 3

morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilshunoslik fanining so‘z yasalish bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi. Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiyada, asosan, so‘zlarning grammatik ma'nosi va uni ifodalash formalari o‘rganiladi; sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish ob'ekti har xil bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish ob'ekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida boshqa so‘zlar bilan ma'no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. Morfologiyada so‘z gapdan tashqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish sistemasiga ega bo‘lgani tufayli gaplar kommunikativ vazifani bajaradi. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda ona tilidan saboq berish juda katta mas'uliyat talab etuvchi ishlardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishdan maqsad bolada har qanday tushuncha, atrof-olam haqidagi bilim, tasavvurlar so‘z vositasida shakllanadi. Demak, so‘z o‘z o‘rnida, ma'no bilan ishlatish, unga yuksak muhabbat bilan munosabatda bo‘lish xususiyatini bolada boshlang‘ich sinflardan shakllantira borishimiz zarur. Kurs ishining maqsadi boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining grammatik kategoriyalarini o‘rganish metodikasini belgilashdir. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining shaxs-son va zamon shakllarini o‘rganishda qo‘yiladigan talablarni aniqlash; 4

2. Boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining shaxs-son va zamon shakllarini o‘rganish -o‘quvchilar nutqi va ularning tafakkurini o‘stirishda muhim vosita ekanligi ko‘rsatish; 3. Boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining shaxs-son va zamon shakllarini o‘rganish metodikasining o‘rni hamda ahamiyatini ochib berish. Ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, II bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 5