Buxgalteriya hisobi va faoliyati.
2-ilova Mundarija Kirish I bob. Buxgalteriya hisobi va faoliyati. 1.1.Buxgalteriya hisobining predmeti. 1.2. Tashkilot, uning faoliyat kursatish shartlari. II bob. Tashkilot jarayonlari va mablag’lari. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi). 2.1. Tashkilot ish jarayonlari. 2.2. Tashkilot mablag`lari. 2.3. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi). Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xam aks ettiriladi. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida shu ishchi kuchini tayyorlash bilan borlik bulgan xar xil xarajatlarni xamda ish xaki va xar xil turdagi ho`jaliklar daromadlarini ko`rinishidagi mablag`lar harakatini hisoblab topish yo`li bilan kamrab olinadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish xakini tulash va ho`jaliklarning daromadlarini taksimlash moddiy kiymatliklar va pul mablag`larini sarflashni anglatadi. Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi Tashkilot lar fondlarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan xolda kayd kilinadi. Bux-galteriya hisobi takror ishlab chiqarish jarayonida ularning uzgarishini kursatib, mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chi-karish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xakida zarur kursat-kichlarni beradi. Yukorida aytilganlardan shuni xulosa kilish mumkinki, buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni Tashkilot lar, tashkilotlar va muassasalarning Tashkilot faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag`larning sarflanishi, ishlab chiqarish xajmi va faoliyat natijalarini okilona va to`g`ri boshqarish xozirgi vaqtda aloxida muxim axamiyat kasb etadi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti takror ishlab chiqarish jarayonidagi Tashkilot lar, tashkilotlar va muassasalarning mablag`lari xolati va ulardan foydalanishning samaradorligi xakida boshqarish masalalari uchun axborotni shakllantirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmeti Buxgalteriya hisobi Tashkilot , tashkilot va muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan Tashkilot faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi) ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok ho`jaligi, ko`rilish va boshqalar) xamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan istemolchilarga yetkazib berish bilan band bulgan (savdo va u mumiy ovkatlanish) tarmoklari kiradi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu yerda Tashkilot ning fondlaridan, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va pul mablag`laridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning xar xil shakllaridagi Tashkilot larga zarur bulgan mablag`lar ma`lum manbalar (davlatniki-davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aksiyadorniki - aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma Tashkilot larniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish, taksimot, ayrboshlash va iste`mol jarayonlariga xizmat kilaturib, Tashkilot lar fondlarining uzluksiz doirada aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yunaltirilgan ishlab chiqarish ayrboshlash jarayonidagi Tashkilot ning fondlari (mablag`lari) ning xolatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantiradi. Noishlab chiqarish sohasini axoliga xizmatlar bajaruvchi tarmoklar tashkil kiladi. Bularga soglikni saklash, xalq ta`limi, san`at xamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida, garchi unda amalga oshirilayetgan faoliyat takror ishlab chiqarishga yordamlashib, undagi mexnat ijtimoiy foydalik bulsa xam, ijtimoiy mahsulot yaratilmaydi. Noishlab chikdrish sohasining tashkilotlari va muassasalari Tashkilot faoliyatlari ularga davlat budjetidan ajratilgan mablag`larni uzlarining
funksiyalarini bajarishda samarali foydalanish boshqarishdan iborat. Shunday qilib, davlat sektorining noishlab chiqarish sohasida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan ijtimoiy mahsulotni taksimoti (qayta taksimoti) va iste`moli sodir buladi. Demak buxgalteriya hisobi shu sohaning tashkilotlari va muassasalariga ularning maqsadlariga muvofik ajratilgan mablag`larning mavjudligi va sarflanishi xakidagi axborotni shakllandiradi. Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste`mol kilinishi noishlab chiqarishning bir kismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste`moliga shaxsiy iste`mol va jamiyat a`zolarining extiyojlarini kondirish xam kiradi. Shaxsiy iste`molni buxgalteriya hisobi bevosita uz ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste`mol buxgalteriya hisobida mutlako aks ettirmaydi deb uylash xatodir. Xakikatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bulgan barcha kursatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste`mol to`g`risidagi ma`lumotlarni savdo Tashkilot lari, umumiy ovkatlanish Tashkilot lari, xalq ta`limi, soglikni saklash muassasalari va boshqa hisobotlardan olish mumkin. Bu ma`lumotlar buyicha (tegishli tartibda utkazilgan ruyxatlar va tekshirishlarda mavjud bulgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda) statistika shaxsiy iste`molni tavsiflovchi kursatkichlarni aniklaydi. Iktisodiy adabiyotda buxgalteriya hisobi predmetining boshqacha ta`riflari uchraydi. Masalan, uzoq vaqtlar davomida buxgalteriya hisobi predmeti deb kengaytirilgan takror ishlab chikdrish hisoblanar edi. Vaxolanki, yukorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning xammasi umuman Tashkilot hisobi tomonidan kamrab olingan, uning ayrim turlari esa jumladan, buxgalteriya hisobi shu jarayonning fakat ayrim tomonlarini aks ettiradi. Buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalikning ayrim uchastkalardagi ijtimoiy mexnat sarflaridir, degan da`volar xam mavjud edi. Lekin bu ta`rif xam to`g`ri emas. Eng avvalo Tashkilot faoliyati fakat mexnat sarflari bilan cheklanmaydi: Tashkilot jarayonlari, shuningdek ijtimoiy mahsulotning harakati bilan tavsiflanadi. Undan tashqari, ijtimoiy mexnat sarflari buxgalteriya hisobida
bevosita umuman aks ettirilmaydi. Ular kiymat shaklida Tashkilot mablag`larining xar xil turlari va resurslarining harakati sifatida kursatiladi. Ijtimoiy mexnat sarflari ustidan bevosita kuzatuv tezkor va eng muximi, buning uchun uziga xos kursatkichlarga ega bulgan statistika hisobi tomonidan olib boriladi. Keyingi yillardagi ba`zi kitoblarda buxgalteriya hisobining predmeti Tashkilot mablag`lari va ularning harakati sifatida (yoki aksincha) ta`riflanadi. Bu asosan turli bulsa buxgalteriya hisobi yunaltirilgan va bu yerda eng muxim bulgan narsa, ya`ni mablag`lar sarflanishining maqsadga muvofikligini nazorat kilish va boshqarish uz urnini topmagan. Buxgalteriya hisobi predmetiga boshqa karashlar xam mavjud. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi barcha xalq ho`jaligining rivojlanish xakida ma`lumotlar berishi kerak emish. Lekin bu xolda statistika hisobining urnini egallaydi, bu esa mutlako konunga xilofdir. Yukoridagi barcha ta`riflar buxgalteriya hisobiga nisbatan amaliy faoliyat sifatida tegishlidir. Ularda buxgalteriya hisobi aks ettiradigan obyektlarning tavsifi beriladi. Buxgalteriya fanining predmeti boshqadir. U buxgalteriya hisobining uzidir, ya`ni uning pullanish usullari, texnikasi, shakllari va, tashkil kilinishidir, chunki u xakidagi fan u ni yana takomillashtirish yo`llarini topish maqsadida uni yuritish amaliyotni urganishbilan shugullanadi. Buxgalteriya hisobining predmetini urganish da bu kategoriyaning tarixiyligini hisobga olish kerak. Buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni xar xil iktisodiy tuzumlarda bir xil emas. Ular uzgarishi bir tuzumdan boshqasiga utish paytida mulkchilik shaklining uzgarishi bilan shartlangandir. Jumladan, boshlanrich jamoa tuzumida uning ibtidoiy ishlab chiqarish vositalari va xayet darajasi sharoitida hisobga uncha katta extiyoj bulmagan. Lekin hisobning eng sodda bulgan shakllari bu jamiyatda xam pullangan, chunki unda ovchilik yoki balikchilik mahsulotlari, terilgan hosil va shu kabilarni hisoblash talablari yuzaga kelgan. Dexkonchilikning asta-sekin kiritilishi va takomillashgan