C++ dasturlsh tilida standart matematik funksiyalarning birinchi hosilasini topish.
Mavzu:C++ dasturlsh tilida standart matematik funksiyalarning birinchi hosilasini topish. Reja: Kirish. I BOB. C++ dasturlash tili haqida qisqacha ma’lumot. 1.1 C++ dasturlash tilida va kutubxonalar. 1.2 C++ dasturlash tilida math.h kutubxonasidan nima uchun kerak? 1.3 C++ dasturlash tilida birinchi tartibli xosilani olish ustiga amalar. II BOB.Murakab jarayonlardadasturlashda standart funksiyalar va ular ustiga amallar. 2.1 Murakab jarayonlarda C++ kutubxonasi bilan ishlash. 2.2 Murakkab jarayonlarda C++ math.h smath funksiyalari bilan ishlash. 2.3 Murakab jarayonlarda C++ birinchi tartibli hosilasini olish jarayoni. III Xulosa
Kirish Kundan kunga tobora o„sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining to’xtovsiz rivojlanishi, kompyuterda yechilishi kerak bo’lgan masalalar ko„lamining kengayishi va murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchilarning oldiga yangidan yangi vazifalarni qo’ymoqda. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko’pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida jamlash, saqlash va qayta ishlash ham muammo bo’lmoqda. Shuning uchun axborotkommunikasiya vositalari barcha turdagi tashkilot va muassasalarga shiddat bilan kirib kelmoqda. Axborotlarning haddan tashqari ko’pligi bu axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi tizimlarni yaratish, ulardan samarali foydalanishni va axborot tizimlarini yaratishni talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Unda belgilangan vazifalar sirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1730 qarori hamda “O’zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim milliy tarmog’ini yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-1740 qarori va boshqa bu sohaga taalluqli me’yoriy hujjatlar algoritmik ta’minot ishlab chiqish va joriy etishning juda keng ko’lamli ekanligidan dalolat beradi. Barcha tashkilot va muassasalarda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish va ulardan keng ko’lamda foydalanishga erishishda algoritmlashtirishning o’rni katta hisoblanadi. Axborot tizimlari axborotni to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun, keng ko’lamli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy axborotlashtirish tizimi, ma’lumotlar integratsiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta hajmdagi ma lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko’p sondagi foydalanuvchilarning‟ turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo’ladi. C++ dasturlash tili tarkibida bir nechta imkoniyatlar mavjud, ya’ni consol rejimi, forma ob’yekt rejimi, grafik muhiti va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlari keng joriy etilgan. Ushbu qo’llanmada keltirilgan misol va masalalarning yechimi dasturining int main funksiyasi tarkibini C++ dasturlash tilinining ixtiyoriy versiyalarida ishlatib ko’rish mumkin. Qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari va magistrantlari, litsey, kasb-hunar kollejlari talabalari hamda mustaqil o„rganuvchilar uchun qulay manba hisoblanadi.
C++ dasturlash tili haqida qisqacha ma’lumot. Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, o’z navbatida dasturlash tillarining rivojlanishiga olib keldi. Dastlabki EHMlar yaratilgan davrdan boshlab dasturlash tillari ham to’xtovsiz rivojlanib kelmoqda. Birinchi avlod mashinalari bilan ishlashda dasturchilar eng sodda mashina tilini o’zida ifodalovchi kompyuter buyruqlari bilan ishlaganlar. Bu buyruqlar uzun qatorli nol va birlar ketma-ketligidan iborat bo’lgan. Keyinchalik foydalanuvchi uchun nisbatan qulay va tushunarli bo’lgan assembler tili yaratiladi. Yillar o’tishi bilan yuqori darajali dasturlash tillari yaratila boshlandi. Yuqori darajali algoritmik tillarda dastur foydalanuvchi tushunadigan ma lum bir standartlar yordamida‟ yaratiladi. Yuqori darajali algoritmik tillarda tuzilgan dastur kompyuter tiliga maxsus interpretator va komplyatorlar deb ataluvchi dasturlar yordamida o„tkaziladi. Elektron xisoblash mashinalari avlodlari rivojlanib borishi bilan bir vaqtda dasturlash tillari ham rivojlandi. Dasturlash tillarida tuzilgan dasturlar tarkibidagi buyruqlarning soddaligi(hammabopligi), uni bajarish uchun kompyuter sarflaydigan vaqt va kompyuter xotirasidan kam joy egallashi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun dasturlashga ham talablar o’zgarib bordi va bu holat nafaqat dasturlashni balki dastur yozish texnologiyalarining ham o’zgarishiga olib keldi. Hozirga qadar bir necha o„nlab dasturlash tillari yaratilgan. Lekin keyingi yaratilgan dasturlash tillari o„zidan oldingilarining kamchiliklarini to’ldirib borganligi uchun oldingilaridan dasturchilar foydalanishmaydi. Bugungi kunda amalda foydalaniladigan, ayniqsa ta’lim jarayonida o’rganiladigan zamonaviy dasturlash tillari Paskal, C++, Java, PHP, Python tillardir. So’ngi yillarda Java, C+ + va Python dasturlash tillari tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi imkoniyatlar zamonaviy axborot texnologiyalarining hamma talablariga javob beradi va unda dastur tuzuvchi uchun juda katta qulayliklar movjud. Mavjud tillar katta 2 ta guruhga bo`linadi: 1) Tabiiy tillar. 2) Bu odamlar o`zaro muloqotda bo`ladigan tillar (o`zbek, qozoq, ingliz va hokazo). 3) Sun iy tillar. Sun iy tillar yaxshigina kodlangan bo`ladi. Shuning uchun ‟ ‟ masala dasturini masala kodi ham deyishadi. Kodlash 2 xil maqsadda amalga oshiriladi:
a) katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqacha ifodalash maqsadida. Masalan, Samarqand davlat universitetining kodi - SamDU, Davlat test markazning kodi - DTM, oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat, og`ir sanoat, ta’lim dargohlarining nomlari ham ularning kodlaridir. Odamlarning ismlari, hatto laqablari, masalan, xo`jayin, baqaloq, lampa shisha, novcha va hokazolarning barchasi kodlangan ma’lumotlardir. b) maxfiylikni saqlash maqsadida. Bunday usulda kodlangan ma’lumotlarni hamma ham tushunavermaydi. Faqat tor doiradagi odamlargina tushunadi. Maxfiy holda kodlashning ham har xil usullaridan foydalaniladi. Masalan, raqamlar orqali, hayvonlar nomlari orqali, qisqacha so`zlar orqali kodlanadi va hakoza. Bunday usulda kodlashdan josuslar, maxfiy xizmat vakillari ko`p foydalanishadi. Masalan, 16-obyekt yo`qoldi, chiroq yonmadi, mashina portladi, ikkinchini olib tashlang va hokazo bunday fikrlarning har biri qandaydir obyekt, voqea va hodisalarning kodlaridir. Har bir dasturlash tili alfavitiga ushbu tilda dastur tuzish jarayonida foydalaniladigan barcha belgilar kiradi. U holda C++ dasturlash tili alifbesiga quyidagilar kiradi: 1. Lotin alifbesi harflari; 2. Raqamlar: 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 3. Tinish belgilari: (.); (;); (,); (:); 4. Qavslar: (); {}; []; 5. Amal belgilari: +; -; *; /; 6. Maxsus belgilar: !; %; #; ?;&; ^; Arifmetik amallar va ularning bajarilish tartibi Matematikada bo’lgani kabi C++ dasturlash tilida ham 4 ta arifmetik amal(+; -; *;/)lardan foydalaniladi. Ularning bosqichlarga bo’linishi, bajarilish tartibi, qavslar ishtirokidagi bajarilish tartibi matematikadagi tartibidan farq qilmaydi. Masalan: Misollar ketmaket bajariladi (+) kelsa yoki (-) minu bajariladi. 1) 26-3+18-76+53; 2) 38/2*x/12*45/y BU amalarda ham shunday yani ketmakit tartibga bajariladi. 4) 14-155/4+3*x+24/8*5-98*4/16; 5) 24+(96/24*6-(18/5+2*c/7+6*(216/3/4+3*2)))
Eslatma: matematikada ba’zi hollarda, ayniqsa, harfiy va qavsli ifodalarda ko„paytirish amali oshkor yozilmaydi. C++ dasturlash tilida barcha amallar oshkor yozilishi shart. Masalan, 1) 2x+5y-2*x+5*y 2) 3(7a-5)-3*(7*a-5) kabi yozuvlar xato hisoblanadi. Ularning to’g’ri yozuvi quyidagicha 1) 2*x+5*y-2*x+5*y 2) 3*(7*a-5)-3*(7*a-5) Bundan tashqari C++ dasturlash tilida quyidagi amallardan ham foydalaniladi: 1. Darajaga ko’tarish amali pow(x,n) funksiyasi yordamida bajariladi: 2. pow(x,n)= ; pow(3,4)=81; 2. n%m – amali n butun sonini m butun soniga bo’lganda qoldiqni hisoblaydi va qoldiqqa bo’linuvchi ishorasi beriladi. Masalan, 37%32=5; -43%8=-3; 64%(-12)=4; C++ dasturlash tilida va kutubxonalar. Barcha dasturlash tillarida matematikada bizga tanish bo’lgan funksiyalardan foydalaniladi. Ularning ichida nomini uchratgach, uni dasturlash tili tanisa, ya’ni ko„rsatilgan argument bo’yicha funksiyaning qiymatini hisoblovchi dastur bo’lsa, bunday funksiyalar standart funksiyalar deyiladi. Boshqa dasturlash tillarida bo’lgani kabi C++ dasturlash tilida ham funksiya argumenti unung nomidan keyin qavs ichiga olib yoziladi. Quyida standart funksiyalar ro’yxati keltirilgan : abs (x) → |x|, bunda x – butun son fabs (x) → |x|, bunda x – haqiqiy son sin (x) → sin x, bunda x – radianda beriladi cos (x) → cos x, bunda x- radianda beriladi tan (x) → tg x, bunda x - radianda beriladi sqrt (x) → √ , bunda x – haqiqiy son exp (x) → ex , bunda x – haqiqiy son log (x) → ln x, bunda x – haqiqiy musbat son log 10(x) → lg x, bunda x – haqiqiy musbat son asin (x) → arcsin x, bunda x – radianda beriladi acos (x) → arccos x, bunda x - radianda beriladi atan (x) → arctg x, bunda x - radianda beriladi