C++ dasturlash tilida elementar matematik funksiyalar grafiklari bilan ishlash dasturiy tizimini yaratish
MAVZU: C++ dasturlash tilida elementar matematik funksiyalar grafiklari bilan ishlash dasturiy tizimini yaratish Reja: .KirishⅠ II. Asosiy qism I. Bob C++ Dasturlash tilida elementar matematik funksiyalar 1.1 C++ da funksiyalar . 1.2 C++ da funksiya turlari 1.3 Elementar matematik funksiyalar II. Bob Funksiyalar grafiklari bilan ishlash dasturiy tizimini yaratish 2.1 Funksiya grafiklari . 2.2 Dasturiy tizimlar 2.3 Strukturalar massivi. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish C++ tilini 80 yillarda AT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup tuzgan. Avtorning aytishicha, bu tilni tuzishda u hech qanday qog'ozlarni qoralamagan va hamma ishni yo'l yo'lakay, ketma-ketlikda tuzib chiqqan. Uning asosiy maqsadi, o'zi va do'stlari uchun qulay dasturlash tili yaratishdan iborat edi. C+ + dasturlash tilining asosi C hisoblanadi va shu tilni(C) misolida C++ tilini tuzib chiqdi. C dasturlash tilini mukammalashtirgan eng asosiy narsa bu – ob'yektga mo'ljallangan dasturlashni olib kirgani hisoblanadi. Chunki dasturlashda, tez, qulay , tartibli va ixcham yozish uchun ob'yektga mo'ljallangan dasturlash tillaridan foydalanish lozim bo'ladi. Dastlabki C++ dasturlash tilidan foydalanganlar, bu albatta Bell Labs korxonasi hodimlari hisoblanadi. 1993 yilda bu til ommaga taqdim etildi va C++ nomini oldi. Dastlabki C++ ga oid kitob " The C++ Programming Language (Addison-Wesley, 1985)" nomi bilan mashhur bo'ldi va bu kitob 1991 yil " Язык программирование C++ " tarjimasi bilan rus tiliga tarjima qilindi va bu til(С++) rivojlanishi boshlanib ketdi. ANSI-ISO (ANSI X3J16; ISO WG21/N0836) birlashmasi 1989 yilda, birlashga holda ish boshladi. Bu korxonaning dastlabki ishi C++ dasturlash tiliga va uning kutubxonasiga standart ishlab chiqishdan boshlandi. Buning uchun 1990 yildagi C++ tili asos qilib olindi. 1990 yilda C++ standarti ishlab chiqildi va bu standart hozir ANSI C nomi bilan mashxur. Bu til juda kengayib ketdi va hozirgi kunda bu tilning hamma detallarini biladigan dasturchi bo'lmasa kerak. C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o'rganish 2 qismga bo'linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o'rganiladi vv shundan so'ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko'rib chiqib, yodlash lozim bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o'z qamroviga oladi.
C++ tilining egasi yo'q u hech kimga tegishli emas. Bu til С tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf С , ++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko'tarish belgisi hisoblanadi va bu belgi C++ dasturlash tilida paydo bo'ldi. C++ dasturlash tili kompilyatsiya qilinadigan til hisoblanadi bu degani yozilgan kod oldin mashina tiliga o'giriladi va keyin ishga tushiriladi. Hozirgi vaqtda axborot-kommunikasiya vositalari barcha turdagi tashkilot va muassasalarga shiddat bilan kirib kelmoqda. Hozirgi davrda axborotlarning haddan tashqari ko’pligi bu axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi tizimlarni yaratish, ulardan keng foydalanishni va axborot tizimlari yaratishni talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi ―Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora- tadbirlari to’g‘risida gi PQ-1730 Qarori hamda ―O’zbekiston Respublikasida‖ ―Elektron ta‘lim milliy tarmog‘ini yaratish investision loyihasini amalga oshirish ‖ chora-tadbirlari to’g‘risida gi PQ-1740 Qarori va me‘yoriy hujjatlar asosida ‖ algoritmiy ta‘minot ishlab chiqish va joriy etish keng ko’lamli hisoblanadi. Barcha tashkilot va muassasalarda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ulardan keng ko’lamda foydalanish uchun algoritmlash tillarini o’rni katta hisoblanadi. Axborot tizimlari axborotni to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun, keng imkoniyatli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy axborotlashtirish tizimi, ma‘lumotlar integratsiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta hajmdagi ma‘lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko’p sondagi foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo’ladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan elementlarini qo’llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi navbatda muommo obektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni
muommo obektiga qarab algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak. Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash tillarini rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng sodda mashina tilini o’zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar. Bu komandalar nol va birlardan iborat uzun qatorlardan tashkil topgan edi. Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo’lgan mashina komandalarini o’zida saqlovchi assembler tili yaratildi. Shu vaqtlarda BASIC va COBOL singari yuqori sathli tillar ham paydo bo’ldiki, bu tillar yordamida so’z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o’tkazar edi. Algoritmlash tillari yaratilishi bo’yicha uchta turga ajratiladi: -quyi darajadagi; - o’rta darajadagi; -yo’qori darajadagi. 7 Bizga ma‘lumki, ma‘lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma- ketligi ya‘ni algoritmni algoritmlash tilida yozilishida kamroq komandalardan foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi. Quyi darajadagi algoritmlash tillari bevosita kompyuter qurilmalari bilan bog‘liq bo’lib buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo’lib, ularni taxrirlash mushkul hisoblanadi. Dastlabki kompyuterlar(ENIAK, MESM va boshqalar) ana shunday tillarda ishlardi. O’rta darajadagi algoritmlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki insonlar tushunadigan bazi so’zlar ishlatila boshlandi(Assemblaer). Yuqori darajadagi algoritmlash tillari quyidagicha bosqichlarga bo’linadi: Algoritmik(Basic, Pascal, C va b.) Mantiqiy(Prolog, Lisp va b.) Obe‘ktga mo’ljallangan(Object Pascal, C++, Java va b.) Algoritmlash tillarida yaratilgan algoritmlar mashina tiliga Translyatorlar yordamida o’tkaziladi. Translyator(translator-tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga tarjima qiladi. Translyatorlar ikki turda bo’ladi: - Kompilyatorlar(compiler-yig'uvchi) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga to’liq o’qib olib tarjima qiladi. -Interpretatorlar(interpreter — izohlovchi, og‘zaki tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina
tiliga satrma satr tarjima qiladi. Translyatorlarni bu ikkala turi bir biridan farq qiladi. Komplyatsiya qilingan algoritmlar bir muncha kam vaqt talab etadi, ya‘ni tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilingan algoritmlarni o’zgartirish osonroq hisoblanadi. 1.1. C++ da funksiyalar Dasturlash mobaynida bir xil ifodalarni, hisoblash jarayonlarini qayta – qayta hisoblashga to`g`ri keladi. Dasturlash tillarida, kompyuter hotirasini va dasturchining vaqtini tejash maqsadida, bunday takkorlanuvchi jarayonlarni dasturda ajratib yozib, unga asosiy daturdan, boshqa funksiyalardan murojaat qilish imkoniyatlari keltirilgan. Dasturning istalgan qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin bo`lgan operatorlar guruhiga funksiya deyiladi. C++ funksiyalar tili deyiladi. Chunki dasturda kamida bitta main funksiyasi bo'ladi. Asosiy dastur, asosiy funksiya deganda aynan manashu main funksiyasini tushunamiz. Asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parameter qabul qilib olmaydigan funksiyalarga, parametrsiz funksiyalar deyiladi Parametrsiz funksiyaga murojaat qilishda dastur tanasida funksiya nomi yoziladi. Dasturda funksiya nomi operatorlar kabi ishlatiladi. Parametrsiz funksiyada asosiy dasturning barcha global o`zgaruvchilaridan foydalanish mumkin. Global o`zgaruvchilar Ham asosiy dasturda, ham funksiyada ishlatish mumkin bo'lgan o`zgaruvchilar global o'zgaruvchilar deyiladi. Global o'zgaruvchilar asosiy dasturda e`lon qilishi kerak. Lokal o`zgaruvchilar Faqat funksiyada ishlatish mumkin bo'lgan o'zgaruvchilarga local o'zgaruvchilar deyiladi. Ular funksiyada e`lon qilinadi. Funksiyada yana bir nechta ichki funksiyalardan foydalanish mumkin. Blok ichida e'lon qilingan o'zgaruvchilar, shu blok uchun lokal o'zgaruvchilar hisoblanadi. Bu o'zgaruvchilardan faqat blok ichida foydalanish mumkin. Parametrli funksiyalar Asosiy dasturdan (funksiyadan) chaqiriluvchi funksiyaga uzatilgan parametrlarni qabul qilib qayta ishlovchi funksiyalar parametrli funksiyalar deyiladi. Qiymat parametrlar – asosiy dasturdan funksiyaga uzatiladigan o'zgaruvchilar qiymatlarni