C++ da dasturlash tilida statik kutbxonalar yaratish va ulardan foydalanish
Mavzu: C++ da dasturlash tilida statik kutbxonalar yaratish va ulardan foydalanish Mundarija Kirish…………………………………………………………………….3 I.BOB.Asosiy tushuncha va ta’riflar.C++ haqida tushuncha. 1.1 C++ dastulash tili tarixi………..……………………………………..5 1.2 C++ dasturlash tili imkoniyatlari…………………………………,…7 II.BOB.C++ tilida standart funksiya kutubxonalari 2.1 C++ da funksiyalar bilan ishlash…………..………………….…….19 2.2 Matematik funksiyalar kutubxonasi. ………...……….…….....…24 2.3 Belgilar bilan ishlash funksiyalari…………………………………...26 2.4 Turlarni o`zgartirish funksiyalari…………………………………....28 XULOSA………………………………………………………………..30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………31 1
KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan biri bo‘lgan C++ tilining imkoniyatlarini batafsil o‘rganish raqobatbardosh dasturiy vositalar qurish imkoniyatini yaratadi. Buni hisobga olgan holda ushbu bitiruv malakaviy ishida C++ tilida mavjud kutubxonalar va ulardagi imkoniyatlarni o‘rganish masalasi qo‘yilgan. Bu til yetarlicha boy kutubxonaga ega bo‘lib, ular yordamida dasturiy vositalar qurish ancha oson kechadi. Shu jihatdan ham ishda qo‘yilgan masala hozirgi kundagi muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalardan hisoblanadi. Ishning maqsadi: C++ tilining amaliy dasturlar qurishda keng qo‘llaniladigan kutubxonalarini o‘rganish va ularni dasturiy vositalar qurishga tatbiq etish. Ishda qo’yilgan vazifalar: C++ tilining imkoniyatlarini batafsil o‘rganib chiqish va ishda yoritish; C va C++ tillarida mavjud kutubxonalar va ulardagi imkoniyatlarni ; Amaliy dasturlar qurishda C++ tili kutubxonalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: -Amaliy dasturlar qurishda C++ tilining <ctype.h>, <string.h>, <math.h> va <time.h> kutubxonalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Tadqiqotning predmeti va obyekti: C++ tilida mavjud imkoniyatlardan foydalanib, dasturiy vositalar quriladigan turli soha masalalari. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati: - mavzu bo`yicha ilmiy-uslubiy, nazariy adabiyotlarni o`rganish; - ta‘lim to`g`risida davlat hujjatlari, DTS talablari, ilg`or mutaxassis olimlarning fikrlarini o`rganish; 2
- mavzuga aloqadar mavjud internet resurslaridan foydalanish. - C++ tilining mavjud imkoniyatlardan faydallanish. Mazkur kurs ishi ikkita paragraf, oltita bo‘lim, xulosa va adabiyotlar to‘plamidan tashkil topgan. Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: Ishda qo`yilgan masala o`zining keng ko`lamli amaliy qo`llanmalariga ega bo`lganligi uchun bir qator yetuk olimlar bu kabi masalalar bilan shug`ullanishgan. Hozirgi kunda ham ilmiy taqtiqotlar olib borilmoqda.Bu sohada ish olib borgan olimlardan bir qanchasini keltirib o`tish mumkin. Masalan, G.Shildt, R.Sedjvik, Sh.F.Madraximov, S.M.Gaynazarov, M.E.Abramyan, A.A.Xoldjigitov, U.E.Adambayev va boshqalar. Olimlardan G. Shildt C ++ tilidagi kutubxonalarni guruhlarga ajratib, o‘zining kitobida batafsil bayon etgan. Kurs ishning tarkibi va tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda internet resurslar ro‘yxatidan iborat. 1.1 C++ dastulash tili tarixi. C olingan umumiy maqsad dasturlash tili, Bu har ikkala Oliy xususiyatlarini birlashtiradi, va past darajali dasturlash tillari. Salafiy solishtirganda, C dasturlash tili, eng diqqat ob'ekt yo'naltirilgan va umumiy dasturiy qo'llab-quvvatlash uchun to'lanadi. nomi "dasturlash tili C » C dasturlash tili keladi, Faqatgina bileşenli bo'lgan ++ o'zgaruvchining o'sish tezligini bildiradi. C dasturlash tili keng dasturiy ta'minot ishlab chiqish uchun ishlatiladi. Ya'ni, turli xil dasturlarda yaratish, operatsion tizimlar ishlab chiqish, Qurilma haydovchi, shuningdek video o'yinlar va undan ko'p. Dasturlash tili C bir necha ilovalar mavjud - bepul kabi, va tijorat. Ular loyihalar ishlab chiqarish: GNU, Microsoft Embarcadero и (Borland). Loyiha GNU - erkin dasturiy ta'minot ishlab chiqish uchun bir loyiha (ACT). C dasturlash tili 1980 yilda yaratilgan, firmasi Bell Laboratories uning yaratuvchisi xodimi – Bjarne Stroustrup. 3
Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo 4
bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy- qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. 1.2 C++ dasturlash tili imkoniyatlari Har bir nom va har bir o’zgaruvchi ular ustida bajariluvchi amallar aniqlovchi turlarga ega bo’ladi. Masalan, int i; tavsiflash i o’zgaruvchi int turiga tegishli, ya’ni i butun o’zgaruvchi deb aniqlaydi. Tavsiflash - dasturga nom kirituvchi 5