C++ tilining grafik tartibida ishlash asoslari


Mavzu: C++ tilining grafik tartibida ishlash asoslari MUN DA RIJ A KIRISH… … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … ... 3 I BOB C++ TILIDA GRA FIKA BILA N ISHLA SH VOSITA LA RI ….. 6 1.1. C++ tilida grafika bilan ishlovchi dasturlash muhitlari……………. 6 1.2. C++ tilida grafika bilan ishlashda asosiy kutubxonalar. …………… 12 II BOB C++ TILIDA GRA FIK IN TERFEY S Y A RA TISH TEX N OLOGIY A LA RI ………………………………………….. 18 2.1 Borland C++ Builderda oddiy grafik interfeyslar yaratish…………. 18 2.1 Visual Studio 2017 C++ kodlari orqali interfeys yaratish…….…… 22 X ulosa ………………………………………………………………………… 34 Foy dalanilgan adabiy ot lar ro‘y xat i ………………………………………… 35 1
KIRISH C++ dasturlash tilining yaratilishi haqida ma`lumot. C++ dasturlash tili C dasturlashtiligaasoslangan. C dasturlashtilio`z navbatida B va BCPL dasturlashgan tillaridan kelib chiqqan. BCPL - 1967 yilda Martin Richards tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, operatsion tizimlarni yaratish uchun mo`ljallangan. Ken Thompson o`zining B tilida BCPL ning ko`p xossalarini yaratishga harakat qilgan va B dasturlash tilida asosan operatsion tizimning birinchi variantlarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo`lgan. Ya`ni o`zgaruvchilarning ma`lum bir tipi bo`lmagan - har bir o`zgaruvchi kompyuter xotirasida faqat bir bayt joy egallagan. O`zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, ya`ni butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki harfmi, dasturchining vazifasi bo`lgan. C tilini Dennis Ritchie B tiliga asoslanib yaratdi va ilk bor C tilini 1972 yili Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo`lladi. C o`zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda o`zgaruvchilarni tiplashtiradi va turli yangiliklar kiritilgan. Boshlanishda C asosan UNIX tizimlarida keng tarqaldi. C mashina arxitekturasi bilan tez muloqot qiluvchi dasturlash tilidir. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 texnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shuning uchun C da yozilgan dasturlar mayda o`zgarishlar yoki umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 -yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko`p imkoniyatlarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob`yektlar 4 asosida dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozishga hozirgi kunda katta ahamiyat berilmoqda. Buni ta`minlash uchun ob`yektli dasturlash g`oyasi ilgari surildi. Xuddi 1970 - yillar boshida strukturali dasturlash kabi, dasturlarni 2
hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob`yektlar orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko`p ob`yektli dasturlashga yo`naltirilgan tillar mavjud. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o`xshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob`yektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob`yektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga ham yigirma yildan oshyapti. C++ funksiya va ob`yektlarning juda katta kutubxonasiga ega. Ya`ni C++ tilida dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. Birinchisi bu C++ ni o`zini o`rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob`ekt-funksiyalardan foydalanishni o`rganishdir. C++ alfaviti. C++ tilida buyruqlar va so`zlar, barcha elementlar C++ tilining alfavitida yoziladi. Alfavitga quyidagi simvollar kiradi. • Katta va kichik lotin alfavit harflari (A, B, … Z, a, b, … z), pastga chiziqcha belgisi (_) (harflar bilan barobar yozilganda); • arab raqamlar: 0 dan 9 gacha; • Maxsus simvollar; masalan, +, *, { , &; • Ko`rinmaydigan simvollar (“Umumlashgan bo`shliq simvollari”). Leksemalarni o`zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (masalan, bo`shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o`tish belgilari). C++ alfaviti aslida kompyuterdagi barcha belgilarni qabul qiladi. Chunki standartda 5 uning alfavitini barcha belgilar to`plami deb qabul qilingan. Shuning uchun izohlarda, satrlarda va simvolli o`zgarmaslarda boshqa literallar, masalan, rus harflarini ishlatilishi mumkin. C++ tilida olti xil turdagi leksemalar ishlatiladi: erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so`zlar, o`zgarmaslar (const), amallar, ajratuvchi belgilar. C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o'rganish 2 qismga bo'linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o'rganiladi va shundan so'ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko'rib chiqib, 3
yodlash lozim bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o'z qamroviga oladi. C++ tilining egasi yo'q u hech kimga tegishli emas. Bu til С tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf С, ++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko'tarish belgisi hisoblanadi va bu belgi C++ dasturlash tilida paydo bo'ldi. C++ dasturlash tili kompilyatsiya qilinadigan til hisoblanadi bu degani yozilgan kod oldin mashina tiliga o'giriladi va keyin ishga tushiriladi. 4