logo

Faoliyatni psixologik talqini

Загружено в:

27.11.2024

Скачано:

0

Размер:

52.3173828125 KB
Faoliyatni psixologik talqini
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………….4
I-bob :      Faoliyat va uni o’rganishning psixologik asoslari .
1.1.  Faoliyatning  o’ziga xos xususiyatlari… ……………………..7
1.2.  Faoliyatning psixologik talqini...............................................19
II-bob:     Jamoa   faoliyati   samaradorligini   oshirish   yo’llari,
usullari va vositalari.
2.1.   Sinf   jamoasi da   faoliyati   va   uni   o’rganis h
metodlari................................................................................................25
2.2.     Yuqori sinflarda jamoa faoliyatini  sotsiometrik tadqiqotlar
orqali o’rganish… …………………………………………………….28
Xulosa… ………………………………………………………….32
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati… …………….33 KIRISH.
Mavzuning   dolzarbligi.   S h axs   va   uning   mohiyati   haqidagi   psixologik
ta’limotga   muvofiq   har   bir   konkret   shaxs   o ‘ zi   mansub   bo ‘ lgan   ijtimoiy     muhit   va
siyosiy sharoitning mahsulidir.
Odam shaxs bo ‘ lib dunyoga kelmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida
shaxslik   belgilariga   ega   bo ‘ la   boradi.   Hadisi   sharifda   aytilganidek,   har   bir   go ‘ dak
Islom tabiatida to ‘ g ‘ iladi, so ‘ ng ota-onasi  uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy
qiladi. Demak, odamning shaxsiy xususiyatlarini u mansub bo ‘ lgan ijtimoiy tarixiy
sharoitda,   uning   bu   sharoitda   egallagan   mavqeidan   ajralgan   holda   qarash   mumkin
emas
Jamiyatdan   tashqarida   odam   odam   bo ‘ lolmaydi   va   kishilar   o ‘ rtasidagi
ijtimoiy   aloqa   ularning   amaliy  faoliyatidagi,  ijtimoiy  ishlab   chiqarish   jarayonidagi
munosabati bilan belgilanadi.
Odam   boshqa   kishilarga   munosabatda   bo ‘ lish   tufayligina   ongliroq   bo ‘ lib
qoladi   va   uning   psixik   hayoti   muayyan   mazmunga   ega   bo ‘ ladi.   Ana   shu
munosabatlar nechog ‘ li mazmundor va rang-barang bo ‘ lsa, odamning psixik hayoti
ham shunchalik mazmundor va rang-barang bo ‘ ladi.
XXI   asrning   buyuk   uzgarishlar   davri   bulishiga   shubxa   yuk.   Bu   uzgarishlar
eng avvalo inson tafakkurida,uning fikrlash tarzida ruy berishi  muqarrar. Tabiiyki,
bu holat shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga uz ta’sirini
kursatmay   qolmaydi.         O ‘ zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov   milliy   istiqlol   mafkurasini   shakllantirishning   xayotiy   varurat   va
dolzarbligi   xaqida   gapirar   ekan,   «Milliy   g ‘ oya   birinchi   navbatda   yosh   avlodni
vatanparvarlik, el yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik
va   odamiylik   fazilatlarini   payvand   qilishdek   olijanob   ishlarimizda   madadkor
bo ‘ lishi varur», deb aloxida ta’kidlaydi. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning
bunyodkorlari bulmish yosh avlodning bilim olish, yukori malakali kadrlar bulib o ‘ z
yurti va xalqiga sidqidildan xizmat kilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mexnat qilishga o ‘ rgatishni navarda tutadi.Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o ‘ z
vatani   manfaatlariga   g ‘ oyat   sadoqatli,   yukori   malakali   kadrlarning   jamiyatni
boshqarishini taqozo etadi.
Yangi   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlarda   yoshlar   tarbiyasining   eng   dolzarb
muammolari   haqida   hukumat   raxbarimiz   xam:   «Demokratik   jamiyatda   bolalar,
umuman,   har   bir   inson   erkin   fikrlaydigan   qilib   tarbiyalanadi,   agar   bolalar   erkin
fikrlashni   o ‘ rganmasa,   berilgan   ta’lim   samarasi   past   bo ‘ lishi   muqarrar»   deb
ta’kidlagan   edi.(Karimov.I.A.-   Barkamol   avlod-   Uzbekiston   tarakkiyotining
poydevori. Toshkent 1997. 15- bet) 
      Bu   vazifaning   naqadar   dolzarb   ekanligi   xech   kimda   shubxa
uyg ‘ otmaydi,   zero,   erkin   fikrlay   oladigan   kishigina   jamiyatda   uz   mavqeini   tula
idrok   qilgan   holda   boshqalar   bilan   normal   insoniy   munosabatlarda   bo ‘ la   oladi   va
unga bunda umumbashariy xamda milliy qadriyatlarimizning eng nodir namunalari,
Shuningdek   o ‘ zining   shaxsiy   tajribasi   asos   buladi.   Bilimdonlikning   muhim   qismi
bulgan   ijtimoiy-psixologik   bilimdonlik,   ya’ni   insoniy,   demokratik   munosabatlar
tizimidagi teranlik esa shaxs taqdiri va salohiyatini belgilovchi muxim omildir.
        Har bir shaxs esa o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar
ta`sirida   amalga   oshiriladi.   Chunki,   jamiyatdan   chetda   qolgan   yoki   insonlar
guruhiga   umuman   kushilmaydigan   individning   o`zi   yo`k,   kishi   jamiyatda   yashar
ekan,   u   doimo   turli   insonlar   bilan   muloqotda,   o`varo   ta`sirda   bo`ladi,   bu   muloqot
jarayonlari   esa   doimo   kishilar   guruhida   ruy   beradi.   Shuning   uchun   ham   guruhlar
muammosi,   uni   o`rganish   va   guruhlarning   shakllanishiga   oid   ilmiy   xulosalar
chikarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Tadqiqot   maqsadi:   Fanni   o’qitish   jarayonida   talabalarga   faoliyatning
psixologik talqini   haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
Tadqiqotimiz vazifasi quyidagilardan iborat: 
1.  Faoliyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
2. Faoliyatning psixologik talqini haqida tushunchaga ega bo’lish.
3.  Sinf jamoasi faoliyati va uni o’rganis h metodlarini aniqlash.
4.  Yuqori sinflarda jamoa faoliyatini  sotsiometrik tadqiqotlar orqali o’rganish. Tadqiqot   predmeti:   O’quv   yurtlarida   ta’lim-tarbiya   jarayonida   jamoa
faoliyatini o’rganishdan  iboratdir.
Tadqiqot ob’ekti:  Tadqiqotimiz ob’ekti bo’lib Samarqand shahridagi 14-son
umumta’lim maktabi 9-sinf o’quvchilari  xizmat qiladi.
Tadqiqot   farazi:   agar,   jamoa   faoliyati   samarasiga   ta’sir   etuvchi   omillar
o’rganilib   ulardan   unumli   foydalanilsa   bu   sohada   yanada   samaradorlikka   erishish
mumkin.
Tadqiqotning   metodologik   asosi:   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi»,   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonun,   Prezident   psixolog
olimlarning   barkamol   avlod   tarbiyasi   bo’yicha   g’oyalari,   ma’ruvalari,
mutafakkirlarining   ta’lim-tarbiya   jarayoni   samaradorligini   oshirish   bo’yicha
qarashlari,   Shuningdek   xorij   va     respublikamiz   pedagog-psixolog   olimlarining
guruh   va   jamoalarning   shakllanishi,   jamoadagi   psixologik   muhitni   o ‘ rganish
muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari  asos qilib olindi. I-bob :      Faoliyat va uni o’rganishning psixologik asoslari .
1.1.  Faoliyatning  o’ziga xos xususiyatlari.
Jamiyat   bilan   doimiy   munosabatni   ushlab   turuvchi,   uz-uzini   anglab,   har   bir
harakatini   muvofiklashtiruvchi   shaxsga   xos   bulgan   eng   muxim   va   umumiy
xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol
so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini
namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam
olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy
uygonish   paytlarimizda   amalga   oshiradigan   mavxum   fikrlashimizgacha   bulgan
murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham
psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u
yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon
etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A.   Tashqi   faollik   -   bu   tashkaridan   uz   ichki   istak-xoxishlarimiz   ta’sirida
bevosita   ko’rish,   qayd   qilish   mumkin   bulgan   harakatlarimiz,   mushaklarimizning
harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi
fiziologik   jarayonlar   (moddalar   almashinuvi,   qon   aylanish,   nafas   olish,   bosim
uzgarishlari)   hamda,   ikkinchi   tomondan,   bevosita   psixik   jarayonlar ,   ya’ni   aslida
ko’rinmaydigan,   lekin   faoliyat   kechishiga   ta’sir   ko’rsatuvchi   omillarni   uz   ichiga
oladi.
Misol   tariqasida   xayotdan   shunday   manzarani   tasavvur   kilaylik:   uzok
ayriliqdan   sung   ona   uz   farzandi   visoliga   yetdi.   Tashki   faolllikni   biz   onaning
bolasiga   intilishi,   uni   kuchoklashi,   yuzlarini   siylashi,   kuzlaridan   okkan   sevinch
yoshlarida   ko’rsak,   ichki   faollik-   usha   kuz   yoshlarini   keltirib   chikargan   fiziologik
jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq
kabi  yashirin  motivlar   ta’siri),  ko’rib idrok kilgandagi   uzaro bir-birlariga  intilishni
ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda
namoyon   bo‘ladi.   Lekin   shu   manzarani   bevosita   guvoxi   bo‘lsak   ham,   taxminan qanday   jarayonlar   kechayotganligini   tasavvur   qilishimiz   mumkin.   Demak,   ikkala
turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda
har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari
aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning  jamiyat  bilan bo‘ladigan murakkab
va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi
Inson   faolligi   «harakat»,   «faoliyat»,   «xulk»   tushunchalari   bilan   chambarchas
boglik   bo‘lib,   shaxs   va   uning   ongi   masalasiga   borib   takaladi.   Shaxs   aynan   turli
faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki
inson   faoliyati   passiv   jarayon   bulmay,   ongli   ravishda   boshkariladigan   faol
jarayondir.   Inson   faolligini   mujassamlashtiruvchi   harakatlar   jarayoni   faoliyat   deb
yuritiladi.   Ya’ni,   faoliyat-   inson   ongi   va   tafakko’ri   bilan   boshkariladigan,   undagi
turli-tuman   extiyojlardan   kelib   chikadigan,   hamda   tashki   olamni   va   uz-uzini
uzgartirish   va   takomillashtirishga   karatilgan   uziga   xos   faollik   shaklidir.   Bu-yosh
bolaning   real   predmetlar   moxiyatini   uz   tasavvurlari   doirasida   bilishga   karatilgan
uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi
kashfiyotlar   ochishga   karatilgan   ilmiy-tadkikotchilik   faoliyati,   bu-rekordlarni
kupaytirishga   karatilgan   sportchining   maxorati   va   shunga   uxshasha.   Shunisi
xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi.
Faoliyat turlari.   Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-
sharoitlarda,   turli   usullarda   va   turlicha   ko’rinishlarda   namoyon   bo‘ladi.
Kilinayotgan   har   bir   harakat   ma’lum   narsaga   –   predmetga   karatilgani   uchun   ham,
faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar
tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi.
Masalan,   ma’ruzani   konspekt   kilayotgan   talabaning   predmetli   harakati   yozuvga
karatilgan   bo‘lib,   u   avvalo   usha   daftardagi   yozuvlar   soni   va   sifatida   uzgarishlar
qilish   orkali,   bilimlar   zaxirasini   boyitayotgan   bo‘ladi.   Faoliyatning   va   uni   tashkil
etuvchi   predmetli   harakatlarning   aynan   nimalarga   yunaltirilganiga   karab,   avvalo
tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki muxit
va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga   karatilgan faoliyat bulsa   , ichki faoliyat
– birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib   chikadi.   Kelib   chikishi   nuktai   nazaridan   ichki-aqliy,   psixik   faoliyat   tashki
predmetli   faoliyatdan   kelib   chikadi.   Dastlab   predmetli   tashki   faoliyat   ruy   beradi,
tajriba   orttirib   borilgan   sari   sekin-asta   bu   harakatlar   ichki   aqliy   jaraenga   aylanib
boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik
tovush   bilan   tashki   nutkida   ifoda   etadi,   keyinchalik   ishida   uzicha   gapirishga
urganib,uylaydigan,   muloxaza   yuritadigan,   uz   oldiga   maksad   va   rejalar   kuyadigan
bo‘lib boradi.
Jismoniy   va   aqliy   harakatlar.   Har   qanday   sharoitda   ham   barcha   harakatlar
ham   ichki-psixologik,   ham   tashki   muvofiklik   nuktai   nazaridan   ongi   tomonidan
boshkarilib   boradi.   Har   qanday   faoliyat   tarkibida   ham   aqliy,   ham   jismoniy–motor
harakatlar   mujassam   bo‘ladi   .Masalan,   fikrlaetgan   donishmandni   kuzatganmisiz?.
Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy
bulgani bilan uning peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda muxim
va   jiddiy   fikr   xususida   bir   tuxtamga   kelolmaetganidan,   yeki   yangi   fikrni   topib,
undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashki elementar
ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan xalos
etaetgan   bogbon   harakatlari   ham   aqliy   komponentlardan   xoli   emas,   u   kaysi
bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi
Aqliy   harakatlar-shaxsning   ongli   tarzda,   ichki   psixologik   mexanizmlar
vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu
narsa   isbot   kilinganki,   bunday   harakatlar   doimo   motor   harakatlarni   ham   uz   ichiga
oladi.Bunday   harakatlar   kuyidagi   ko’rinishlarda   bulishi   mumkin:
                    pertseptiv -ya’ni   bular   shunday   harakatlarki ,   ularning   okibatida   atrofdagi
predmetlar   va   xodisalar   tugrisida   yaxlit   obraz   shakllanadi;
                 mnemik faoliyat   – narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador
materialning   eslab   kolinishi,   esga   tushirilishi   hamda   esda   saklab   turilishi   bilan
boglik   murakkab   faoliyat   turi;
                  fikrlash   faoliyati   -   akl,   faxm   –   farosat   vositasida   turli   xil   muammolar,
masalalar   va   jumboklarni   yechishga   karatilgan   faoliyat;                     imajitiv   –   («image»-obraz   suzidan   olingan)   faoliyati   shundayki,   u   ijodiy
jarayonlarda   xayol   va   fantaziya   vositasida   xozir   bevosita   ongda   berilmagan
narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.
Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   har   qanday   faoliyat   ham   tashki   harakatlar
asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki
faoliyat   asosida   psixik   jarayonlarga   utish   ruy   bergan   bulsa,   bunday   jarayonni
psixologiyada   interiorizatsiya   deb   ataladi,   aksincha,   aklda   shakllangan   goyalarni
bevosita tashki harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi eksteriorizatsiya deb
yuritiladi.
Faoliyat   turlari   yana   ongning   bevosita   ishtiroki   darajasiga   ko’ra   ham
farklanadi. Masalan,  shunday bulishi  mumkinki, ayrim  xaarakatlar  boshida har  bir
elementni   jiddiy   ravishda,   aloxida-aloxida   bajarishni   va   bunga   butun   dikkat   va
ongning   yunalishini   talab   kiladi.   Lekin   vakt   utgach,   bara-bora   unda   ongning
ishtiroki   kamayib,   kupgina   kismlar   avtomatlashib   boradi.   Bu   oddiy   tilga
ugirilganda,   malaka   xosil   bo‘ladi   deyiladi.   Masalan,   har   birimiz   shu   tarzda   xat
yozishga   urganganmiz.   Agar   malakalarimiz   kat‘iy   tarzda   bizdagi   bilimlarga
tayansa,   faoliyatning   maksadi   va   talablariga   ko’ra   harakatlarni   muvaffakiyatli
bajarishni   ta’minlasa,   biz   buni   kunikmalar   deb   ataymiz.   Kunikmalar   –   doimo
bizdagi   aniq   bilimlarga   tayanadi.   Masalan,   kunikma   va   malakalar   uzaro   boglik
bo‘ladi,   shuning   uchun   ham   ukuv   faoliyati   jaarayonida   shakllanadigan   barcha
kunikmalar   va   malakalar   shaxsning   muvaffakiyatli   ukishini   ta’minlaydi.   Ikkalasi
ham   mashklar   va   kaytarishlar   vositasida   mustaxkamlanadi.   Agar,   fakat   malakani
oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yullari kuyidagicha bulishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
tushuntirish yo‘li bilan;
ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Xayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va
aqliy   urinishlarimizni   yengillashtiradi   va   o‘qishda,   mehnatda ,   sport   sohasida   va
ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan
usuli   –   bu   barcha   insonlarga   xos   bo‘lgan   asosiy   faolllik   turlari   buyicha
tabaqalashdir. Bu – muloqot, o‘yin, o‘qsh va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot-   shaxs   individual   rivojlanishi   jarayonida   namoyon   bo‘ladigan
birlamchi   faoliyat   turlaridan   biri.   Bu   faoliyat   insondagi   kuchli   ehtiyojlardan   biri-
inson   bulish,   odamlarga   uxshab   gapirish,   ularni   tushunish,sevish,   uzaro
munosabatlarni   muvofiklashtirishga   karatilgan   extiyojlaridan   kelib   chikadi.   Shaxs
uz   tarakkiyotini   aynan   shu   faoliyat   turini   egallashdan   boshlaydi   va   nutki   orkali
(verbal)   va   nuktsiz   vositalar   (noverbal)   yordamida   boshka   faoliyat   turlarini
mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin   –   shunday   faoliyat   turiki,   u   bevosita   biror   moddiy   yoki   ma’naviy
ne‘matlar   yaratishni   nazarda   tutmaydi,   lekin   uning   jarayonida   jamiyatdagi
murakkab  va  xilma-xil   faoliyat   normalari,  harakatlarning  simvolik andozalari   bola
tomonidan   uzlashtiriladi.   Bolatoki   uynamaguncha,   kattalar   hatti-harakatlarining
ma’no va moxiyatini anglab yetlmaydi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol uynaydi va ma’no kasb etadi.
Bu   shunday   faollikki,   uning   jarayonida   bilimlar,   malaka   va   turlarni   kunikmalar
uzlashtiriladi.
Mehnat   qilish   ham   eng   tabiiy   extiyojlarga   asoslangan   faoliyat   bo‘lib,   uning
maksadi,   albatta   biror   moddiy   yoki   ma’naviy   ne‘matlarni   yaratish,   jamiyat
tarakkiyotiga xissa kushishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafakat egallash, balki uni maxorat bilan amalga
oshirishda   faoliyatning   barcha   konuniyatlari   va   mexanizmlari   amal   kiladi.
Oddiygina   biror   kasb   malakasini   egallash   uchun   ham   unga   aloqador   bulgan
ma’lumotlarni   eslab   kolish   va   kerak   bulganda   yana   esga   tushurish   orkali   uni
bajarish   buldmay,   balki   ham   ichki   (psixik),   ham   tashki   (predmetgayunaltirishgan)
harakatlarni   ongli   tarzda   bajarish   bilan   boglik   murakkab   jarayonlar   yotishini
unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shugullanishiga
majbur qilgan psixologik omillar- sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir Faoliyatning   amalga   oshishi   va   shaxs   hulq-atvorini   tushuntirish   uchun
psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya»   tushunchasi   «motiv»   tushnchasidan   kengroq   ma’no   va
mazmunga   ega.   Motivatsiya   –   inson   xulq-atvori,   uning   bog‘lanishi,   yo‘nalishi   va
faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha
u   yoki   bu   shaxs   xulqini   tushuntirib   berish   kerak   bo‘lganda   ishlatiladi,   ya’ni:
«nega?»,   «nima   uchun?»,   «nima   maqsadda?»   degan   savollarga   javob   qidirish-
motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga
olib keladi.
Shaxsning   jamiyatda   odamlar   orasiidagi   xulqi   va   o‘zini   tuutishi   sabablarini
o‘rganish   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   narsa   bo‘lib,   masalani   yoritishning
ikki   jihati   farqlanadi:   a)   ichki   sabablar,   ya’ni   hatti-harakat   egasining   sub‘ektiv
psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar,
istaklar,   qiziqishlar   va   hakozolar);   b)   tashqi   sabablar   –   faoliyatning   tashqi   shart-
sharoitlari   va   holatlari.   Ya’ni,   bular   ayni   konkret   holatlarni   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs   xulq-atvorini   ichkaridan,   ichki   psixologik   sabablar   tufayli   boshqarish
odatda   shaxsiy   dispozitsiyalar   ham   deb   ataaladi.   Ular   shaxs   tomonidan   anglanishi
yoki   anglanmasligi   ham   mumkin.   Ya’ni,   ba’zan   shunday   bo‘ladiki,   shaxs   o‘zi
amalga   oshirgan   ishi   yoki   o‘zidagi   o‘zgarishlarga   nisbatan   shakllangan
munosabatning   haqiqiy   sababini   o‘zi   tushunib   yetmaydi,   «Nega?»   degan   savolga
«O‘zim   ham   bilmay   qoldim,   bilmayman»,   deb   javob   beradi.   Bu   anglanmagan
dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda
qiziqib,   uning   barcha   sir-asrorlarini   egallash   uchun   astoydil   harakat   qilsa,   bunda
vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki
bu  hulq  –atvorga   nisbatan  turgan  moyillik,  hozirlikni   tushuntirib  beruvchi  sababni
nazarda   tutadi.   Mashhur   nemis   olimi   Ko’rt   Levin   motivlar   muammosi,   ayniqsa,
shaxsdagi   ijtimoiy   xulq   motivlari   borasida   katta   keng   qamrovli   tadqiqotlar   olib
borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok   qilish   va   baholashga   moyil   bo‘ladi.   Shunisi   ajablanarliki,   o‘sha   bir   konkret
vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi.   Bundan tashqari ,
bir  shaxsning  o‘ziga ham  o‘zidagi  holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni
alohida   hollarda   turlicha   idrok   qilishga   moyil   bo‘larkan.   Shuning   uchun   ham
odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi
stimullarga   uning   bergan   bahosi   yoki   reaktsiyalari   sifatida   qaramay,   balki   unda
shunga   o‘xshash   holatlarni   idrok   qilishga   ichki   bir   hozirlik   –   dizpotsiyaning
mavjudligi   bilan   tushuntirish   to‘g‘riroq   bo‘ladi.   Shu   ma’noda   shaxs   hulqining
motivatsiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki,
ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga
oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli ko’rs bor
deylik. Shu ko’rsni o‘zlashtirish va unday sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha
ro‘y   bermaydi.   Hali   ko’rs   boshlanmasdanoq   yosh   talabalarga   shu   ko’rs   va   uning
talablariga   nisbatan   shunday   ustanovka   shakllanadiki,   albatta,   bu   ko’rs   qiyin,   uni
olib   boruvchi   o‘qituvchi   o‘ta   talabchan,   qattiqqo‘l   va   hokazo   degan.   Bunday
motivatsiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret
shaxsning   dars   jarayoni   boshlangan   keyingi   harakatlari   konkret   motivlar   bilan
izohlanadi   va   tirishqoq   talaba   uchun   bu   fan   ham   boshqa   fanlar   qatori   tinimsiz
izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq
talaba   uchun)   bu  darsdan   keyin   dars   yo‘q   va  u   qachon   shu   semetr   tugashini   kutib
harakat qiladi.
Har   qanday   motivlarning   orqasida   shaxsning   ehtiyojlari   yotadi.   Ya’ni,
maqsadli   hayotda   shaxsda   avval   u   yoki   bu   ehtiyojlar   paydo   bo‘ladi   va   aynan
ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol
uchun   talabaning   o‘quv   faoliyatini   olish   mumkin.   Bilim   olish   maqsadi   bilim,   ilm
olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir
davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib
berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil
etilgan   shart-sharoitlar   va   u   yerdagi   bevosita   bilim   olishga   qaratilgan   faoliyatning
o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz   holi   uni   o‘qishni   boshlamadingiz.   Lekin   o‘qish   istagi   bor,   bu   istakning   ortida
esa   o‘sha   mazmunni   bilish   va   uning   tagiga   yetish   ehtiyoji   turadi.   Rus   olimi
R.Nemov. shaxsdagi motivatsion soxasi qo‘yidvagicha tasavvur qiladi.
Umuman,   har   qanday   shaxsdagi   mavjud   ehtiyojlarni   ikki   guruhga   bo‘lish
mumkin:
Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv,
ehtiyojlari.
Ijtimoiy   ehtiyojlar-   bu   –   mehnat   qilish,   bilish,   estetik   va   ahloqiy   –ma’naviy
ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni   biologik   hamda   ijtimoiy   turlarga   bo‘lganimiz   bilan   shu   narsani
ununmasligimiz   lozimki,   shaxsdagi   har   qanday   ehtiyojlar   ham   ijtimoiylashgan
bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va
insonlararo   munosabatlar   harakteriga   bog‘liq   bo‘ladi.   Masalan,   eng   tabiiy   va
tushunarli   hisoblangan   bizning   yemishga ,   ovqatga   bo‘lgan   ehtiyojimizni   olsak,   u
ham   konkret   muhitga   qarab   turlicha   harakatlarni   keltirib   chiqaradi.   yana   misol
uchun,   to‘y   marosimlari   yoki   juda   tukin   dasturxon   atrofida   o‘tirgan   odam   nima
uchun   shunchalik   ko‘p   ovqat   iste‘mol   qilib   yuborganini   bilmay   qoladi.   Agar   bu
tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun
tanaga   rohat   baxsh   etuvchi   malham   bo‘lib,   ochlinni   bilintirmaydi.   Kamtarona
dasturxondan   ovqat   yeb   o‘rgangan   kishi   oz-oz   yeyishga   o‘rgansa,   yoshligidan
normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-
darmon   so‘rasa,   so‘raydiki,   lekin   uyda   o‘zi   yemishini   nazorat   qilishi   kerakligini
bilmaydi.   Demak,   bu   ham   madaniyatga,   etikaga,   oila   muhitiga   bevosita   bog‘liq
narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni
yoki   elementi   ajratiladi:   harakat   dasturi   va   maqsad.   Harakat   dasturi   maqsadga
erishishing   vositalariga   aniqlik   kiritadi.   Shuning   uchun   ham   dasturda   nazarda
tutilgan   vositalar   maqsadga   erishishni   oqloshi   kerak,  aks   holda  dasstur   hech   narsa
bemaydi.   Masalan,   ba’zi   ota-onalar   farzandlarini   yaxshi   tarbiyalash   va   undan
ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat‘iy nazorat muhitida ushlanadi.
Oqibatda   bola   keyinchalik   boshqarib   bo‘lmaydigan,   qaysar,   uncha-muncha   tashqi
ta’sirga   berilmadigan   bo‘lib,   qolib,   har   qanday   boshqa   ijtimoiy   sharoitda
qiynaladigan   bo‘lib   qoladi.   Shuning   uchun   ham   motiv   har   doim   anglangan,
ehtiyojlar   muvofiqlashtirilgan   va  maqsadlar   va   unga   yetish   vositalari   aniq   bo‘lishi
kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi.
Turli kasb egalari  faoliyati  motivlarini  o‘rganishda motivlar  xarakterini  bilish
va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil
faoliyat   sohalarida   muvaffaqiyatga   erishish   motivi   bo‘lib,   bunday   nazariyaning
asoschilari   amerikalik   olimlar   D.Maklelland,   D.Atkinson   va   nemis   olimi
X.Xekxauzenlar   hisoblanadi.   Ularning   fikricha,   odamda   turli   ishlarni   baajarishini
ta’minlovchi asosan  ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda
muvaffaqiyatlardan   qochish   motivi.   Odamlar   ham   u   yoki   bu   turli   faoliyatlarni
kirishishda   qaysi   motivga   mo‘ljal   qilishlariga   qarab   farq   qiladilar.   Masalan,   faqat
muvaffaqiyat   motivi   bilan   ishlaydiganlar   oldindan   ishonch   bilan   shunday   ish
boshlaydilarki,   nima   qilib   bo‘lsa   ham   yutuqqa   erishish   ular   uchun   oliy   maqsad
bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga
oshirishsa,   odamlar   ularning   barcha   harakatlarini   ma’qullashlarini   biladilar.   Bu
yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar –
tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha   xulq-atvorni   muvaffaqiyatsizliklardan   qochish   motiviga   tayangan
shaxslarga kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan
avval   nima   bo‘lsa   ham   muvaffaqiyatsizlikka   duchor   bo‘lmaslikni   o‘ylaydilar.   Shu
tufayli   ularda   kuproq   ishonchsizlik,   yutuqqa   erishishga   ishonmaslik   pessimizmga
o‘xshash   holat   kuzatiladi.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak,   oxir-oqibat   ular   baribir
muvaffaqiyatsizlikka   uchrab   «O‘zi   sira   omadim   yurishmaydigan   odamman-da»
degan   xulosaga   keladilar.   Agar   birinchi   toifali   shaxslar   bir   ishni   muvaffaqiyatli
tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa,   ikkinchi toifa vakillari , har
qanday   ishni   yakunlangandan   so‘ng,   uning   natijasidan   qat‘iy   nazar,   ruhan
tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffaqiyatni yo‘nalgan shaxslarning
o‘zlariga   nisbatan   qo‘ygan   talablari   darajasi   ham   yuqori   bo‘lsa,   ikkinchi   toifa
vakillarining   talablari   aksincha,   past   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   har   birimizdagi
o‘zimizdagi  real  qobiliyatlar  to‘g‘risidagi   tasavvurlarimiz ham   ushbu  motivlarning
faoliyatdagi   o‘rniga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,   o‘zidagi   qobiliyatlarga   ishongan
shaxs   hattoki,   mag‘lubiyatga   uchrasa   ham,   unchalik   qayg‘urmaydi,   keyingi   safar
hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh
yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning
uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda
motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning iehnatga, odamlarga va o‘z-
o‘ziga   mtsunosabatlaridan   kelib   chiqadi   va   undagi   harakter   xususiyatlarini   ham
belgilaydi.  Ularning  har   birimizda   real   shart-sharoitlarda  namoyon   bo‘lishini   biror
mas‘uldiyatli   ish   oldidan   o‘zimizni   tutishimiz   va   muvaffaqiyatlarga   erishishimiz
bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, ma’suliyatli imtihon topshirish jarayonini olaylik.
Ba’zi   talabalar   imtihon   oldidan   juda   qayg‘uradilar.   ham.   Ular   uchun   imtihon
topshirish juda kata tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan
kechirib,   ichidan   hayajonlanayotgan   bo‘lsalar   ham,   buni   boshqalarga
bildirmaydilar.   Yana   uchinchi   toifa   kishilari   umuman   beg‘am   bo‘lib,   sira
koyimaydilar.   Tabiiy,   shunga   muvofiq   tarzda,   har   bir   toifa   vakillari   ishining
muvaffaqiyati   va   faoliyatining   samarasi   turlicha   bo‘ladi.   Bunga   har   bir   shaxsdagi
da’vogarlik   darajasi   ham   ta’sir   qiladi.   Da’vogarlik   darajasi   yuqoriroq   bo‘lganlar
bilgan-bilmaganini   isbot   qilishga   urinsalar,   ana   shunday   darajasi   pastlar   bor
bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan totishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy
hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak.
Motivlarning   anglanganlik   darajasi:   ijtimoiy   ustanovka   va   uni   o‘zgartirish
muammosi.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   motivlar,   ya’ni   hatti-harakatlarimizning
sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida
keltirilgan   barcha   misollarda   va   holatlarda   motiv   aniq,   ya’ni   shaxs   nima   uchun   u yoki   bu   turli   faoliyatni   amalga   oshirayotganligini,   nima   sababdan   muvaffaqiyatga
erishayotganligi   yoki   mag‘lubiyatga   uchraganini   biladi.   Lekin   har   doim   ham
ijtimoiy   xulqimizning   sabablari   bizga   ayon   bo‘lavermaydi.   Anglanmagan   ijtimoiy
xulq   motivlari   avvalgi   ma’ruzada   ta’kidlanganidek,   ijtimoiy   ustanovka   (inglizcha
«attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va
shaxslarni   idrok   qilish,   baholash   va   qabul   qilishga   nisbatan   shunday   tayyorgarlik
holatiki,   u   bu   baho   yoki   munosabatning   aslida   qachon   shakllanganligini   aniq
anglamaydi.   Masalan,   Vatanimizning   hammamiz   sevamiz,   bayrog‘imiz
muqaddas,   nemis investorlarga ishonamiz , negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari
bilan shugullanadiganlarning  albatta  puldor,  badavlat,  deb hisoblaymiz  va  hokazo.
Bu   tasavvurlar,   baho   va   hissiyotlar   qachon   va   qanday   qilib   ongimizda   o‘rnashib
qolganligiga   e‘tibor   bermasdan   yuqorida   sanab   o‘tgan   hissiyotlarni   boshdan
kechiraveramiz.   Mana   shularning   barcha   ijtimoiy   ustanovkalar   bo‘lib,   ularning
mazmun   mohiyati   aslida   har   bir   inson   ijtimoiy   tajribasi   davomida   shakllanadi,   va
uzoq   muddatli   xotirada   saqlanib,   konkret   vaziyatlar   ro‘yobga   chiqadi.   Demak,
motiv- har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa,
ustanovka – ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi
ichki psixologik holatdir.
Amerikalik   olim   G.   Ollport   ijtimoiy   ustanovkaning   komponentli   tizimini
ishlab chiqqan:
A.   Kognitiv   komponent   –   ustanovka   ob’ektiga   aloqador   bilimlar,   g‘oyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B.   Affektiv   komponent   –   ustanovka   ob’ektiga   nisbatan   su‘ekt   his   qiladigan
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V.   Harakat   komponenti   –   sub‘ektning   ob’ektga   nisbatan   real   sharoitlarda
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulkda namoyon bo‘lish).
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab
u   yoki   bu   komponentning   roli   ustivorroq   bo‘lishi   mumkin.   Shuni   aytish   lozimki,
komponentlararo   monandlik   bo‘lmasligi   ham   mumkin.   Masalan,   ayrim   talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham
unga   rioya   qilavermaydilar.   «Tasodifan   dars   qoldirish»,   «jamoatchilik   joylarida
tartibni   buzish»   kabi   holatlar   kognitiv   va   harakat-komponentlarida   uyg‘unlik
yo‘qligini   ko‘rsatadi.   Bu   bir   qarashda   so‘z   va   ish   birligi   printsipining   turli
shaxslarda   turlicha   namoyon   bo‘lishini   eslatadi.   Agar   odam   bir   necha   marta
qaytarilsa,   u   bu   holatga   o‘rganib   qoladi   va   ustanovkaga   aylanib   qolishi   mumkin.
Shuning   uchun   ham   biz   ijtimoiy   normalar   va   sanktsiyalar   vositasida   bunday
qarama-qarshilik   va   tafovut   bo‘lmasligiga   yoshlarni   o‘rgatib   borishimiz   kerak.   Bu
shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 1.2. Faoliyatning psixologik talqini.
Ma'lumki,   inson   o'z   tabiati   jihatidan   faol   (ya'ni   har   doim   bir   maqsad   asosida
harakat qiladigan) mavjudotdir. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha psixik
prosesslari   va   shaxsiy   psixologik   xususiyatlari   uning   turli-tuman   faoliyatlarida
namoyon   bo'ladi.   Faoliyat   doimo   organizm   bilan   muhitning   o'zaro   bir-biriga   ta'sir
qilibturishinipg   ifodasidir.   Bu   faoliyat   ayrim   hollarda   tashqi   tomongi   ifodalasa
(harakatlarda, yurish-turishlarida ifodalansa ichki va tashqi harakatlar bir butunlikda
namoon   bo'ladi.   Hayvonlarning   faoliyati   sistemasi   va   psixikasining
rivojlanganligiga   qarab   birmuncha   murakkab   bo'lishi   mumkin,   ammo   ularning
hayoti   har   qanday   hollarda   ham   tashqi   borliqning   talabiga   organizmning   biologik
moslashishi bilangina chegaralanadi.
Odamning hulq-atvori, faoliyati esa tomomila boshqacha  harakterdadir. Inson
hayvonlar   hatti-harakatlaridan   farq   qilib,   avvalo,   ijtimoiy   harakterga   egadir.   Inson
o'zining   sa'iharakatlarini   ilk   yoshidanok,   butun   insoniyat   tajribasi   va   jamiyat
talablariga yo'naltirilib boradi. Hatti- harakatning bu turi shu qadar o'ziga xoski, uni
ifodalash  uchun  maxsus  termin-  faoliyat  termini  qo'llaniladi.   Inson   faoliyatiga  xos
bo'lgan   xususiyatlaridan   yana   biri   u   bilish   jarayonlari   va   iroda   bilan   chambarchas
bog'liq bo'ladi ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin
emas.   Faoliyat   kishining   anglanilgan   maqsad   bilan   boshqaribturiladigan   ichki
(psixik)   va   tashqi   (jismoniy)   faoliyat   bo'lib   hisoblanadi.   Organik,   ya'ni   tirik
materiya dastavval juda sodda bir hujayrali organizm tariqasida yuzaga kelib, juda
uzoq   taraqqiyot   yo'lini   bosib   o'tgan.   Psixikaning   rivojlanishi   haqida   gapirishdan
oldin   «rivojlanish»   tushunchasiga   ta'rif   berishimiz   kerak.   Rivojlanish   bu
harakatlanish o'zgarishdir.Lekin har qanday harakatlanish o'zgarish ham rivojlanish
bo'lavermaydi. Bundan milliard yillardan ko'proq mukaddam rivojlanish tufayli yer
yuzida   neorganik   materiyadan   jonli   organiq   materiya   paydo,   bo'lgan.Jonli
organizmlar  o'z rivojlanish davrida oddiy bir  hujayrali  mavjudotdan   oliy shakldagi
hayvonlargacha ,   shu   jumladan   insongacha   bo'lgan   yo'lni   bosib   o'tadi.   Tirik
organizmning   dastavval   paydo   bo'lgan   davrdan   boshlab   hozirgi   eng   yuksak
organizm, ya'ni odamgacha bo'lgan rviojlanish yo'lini odatda evolyusion taraqqiyot deb   yuritiladi.   Rivojlanish   ksidasi   umumiy   harakterga   egadir.Tabiat   rivojlanadi,
ishlab   chiqarish   usullari,   kishilarning   ijtimoiy   hayot   formalari
rivojlanadi.Shuningdek psixika ham rivojlanadi.
Psixikaning rivojlanishini umuman tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki reja
asosida   o'rganish   mumkin:   filogenez   va   rntogenez   rejasi   asosida.   Filogenez   -
organizmning   oddiy   shakllaridan   tortib   hozirgi   zamon   kishisiga   qadar   butun   bir
biologik   rivojlanish   jarayonida   yuz   bergan   o'zgarishdir.   Ontogenez   har   bir
individning   hayoti   davomida   uning   tug'ilishidan   "tortib   to   o'lgunga   qadar   sodir
bo'lgan o'zgarish yig'indisidir. Yerda hayotning paydo bo'lishi materiya taraqqiyoti
dagi yangi bosqichdir, bu bosqichda materiya o'z tuzilishiga ko'ra ancha murakkab
va alohida xossalarga  ega bo'lgan. Jonsiz, neorganiq materiyadan tortib, to oliy va
murakkab   materiya   hisoblanish   kishi   miyasiga   kvdar   barcha   materiallar   moddiy
olamning   yalpi   xususiyati-in'ikos   etish   xususiyatiga,   ya'ni   taasurotlarga   javob
qaytarish   qobiliyatiga   egadir.   In'ikos   materiyaning   mavjud   bo'lish   shakllariga
bog'liq   bo'ladi:   in'ikos   tashqi   taasurotlarga   materiyaning   ta'sir   qilishi   harakteri   va
mavjud bo'lish tarziga muvofiq javob qaytarishga qodirligi  bilan namoyon  bo'ladi.
Materiya   harakatining   biologik   shakli   Hayot-   tabiat   rivojlanishining   sifat   jihatidan
yangi bosqichidir. O'simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyusiyaning barcha
bosqichlarida   jamiki   jonli   organizmlar   in'ikosning   alohida   biologik   shakli
ta'sirlanuvchanlikka ega bo'lgan (biotik) ta'sirlarning ta'siriga javob berish qobiliyati
demakdir.   Oliy   ta'sirlanuvchanlik   butun   hamma   tirik   organizmlarga   xos   bo'lgan
umumiy biologik xususiyatlaridir. Seskanuvchanlik aks ettirishning ancha umumiy
hamma.   tirik   organizmlar   uchun   xos   bo'lgan   biologik   formasidir.   U   Faqat   modda
almashinuvi va , uning bo'zilishiga aloqador bo'lgan ko'zgovchilariga nisbatan paydo
bo'ladi. Masalan, o'simlik yorug'likdan ta'sirlanadi (tropiz hodisasi) chunki yorug'lik
energiyasi   o'simlikni   uglevod   bilan   ta'minlaydigan   shart-sharoitlar   hisoblanadi
Seskanuvchanlik-psixikaning   paydo   bo'lishida   zaruriy   xususiyat   majburiy   shart-
sharoitdir.   Hayvonlarga   mansub   shakllarda   ta'sirlanuvchaylikning   yangi-turi
sezuvchanlik paydo bo'ladi. A.N. Leonovning farazlariga ko'rasezuvchanlik genetik
jihatdan   Karaganda   muhitning   organizmni   boshqa   taasurotlar   bilan bog'lovchiorganizmni muhitda mo'ljal olishiga yerdam beruvchi signallik vazifasini
o'tovchi   ta'sirlariga   javob   ta'siridan   bo'laknarsa   emas.   Ta'sirlanuvchanlikdan
sezuvchanlikka o'tish hayot tarzining o'zgachaligi bilan bog'liqdir. Yuksak taraqqiy
etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib sezgi  organlari shakllanadi. Psixikaning eng
oddiy   formasi   bu   orgapizmning   sezuvchanligi   biologik   jihatdan   neytral,   lekin
zamon   va   makon   jihatdan   biologik   ahamiyatga   ega   bo'lgan   ko'zatuvchilarga
nisbatan kaytariladigan reaksiyalarning hosil bo'lishidir. Masalan, hayvon ovkatning
hidiga   (hid   modda   almashinuvi   bevosita   ishtirok   etmaydi)   pisbatan   reaksiyasi,
yemish   qidirmish   unga   yaqinlashish   kabilar,   hayvonning   hidiga   nisbatan
sezuvchanlik, demak psixikaga ega ekanligini ko'rsatadi. Psixika aks ettirishni yangi
va   yuksak   formasi   sifatida   yashash   sharoitlarining   murakkablashuvi   va   tirik
organizmlarning muhitga moslashuvi zaruriyati tufayli paydo bo'lgan materiyaning
sifat   jihatidan   o'zgarishi   aks   ettirish   usullarining   takomillashuviga   va   hatti-
harakatlarining   yanada   maqsadga   muvofiq   hamda   epchil   shakllanishining   paydo
bo'lishiga   olib   keladi.   Taraqqiyotning   elementar   sensor   bosqichdan   kompleks
ko'zatuvlarning,   predmetlarning   butunligicha   aks   ettirish   bilan   ifodalanadigan
qobiliyatga ya'ni  perseptiv aks  ettirishga  o'tish  amalga oshiriladi. Hayvon biologik
ahamiyatga   ega   bo'lgan   ko'zatuvchilarga   nisbatan   emas   balki   hayotiy   muhim
kuzatuvchilarning   seminarlaridan   iborat   bo'lgan   befarq,   ya'ni   neytral
qo'zg'atuvchilar   belgilarining   yig'indisiga   nisbatan   ham   moslasha   oladigan   bo'ladi.
Tirik   organizmnieig   tejam   vositalari   bilan   hayotning   ta'mirlash   imkoniyat
psixikataraqqiyoti   ni   harakatga   keltiruvchi   kuchga   aylantiradi.   Tirik   organizmning
psixik   rivojlanish   jarayoni   bir-biridan   tamomila   ajralib   turuvchi   ikki   davrni   o'z
ichiga   oladi:   hayvonlar   psixikasining   rivojlanishi,   bu   rivojlanish   biologik
qonuniyatlarga:   irsiyat,   o'zgaruvchanlik,   tabiat,   saralash   qonunlariga   buysunadi   va
odam   ongi   rivojlanadi.   Evolyusion   taraqqiyot   davomida   psixikaning   eng   sodda
ko'rinish   ida   inson   ongigacha   taraqqiyot   bir   qancha   bosqichlardan   iborat
bo'lgan,   boshqacha aytganda , tirik organizmlarda o'zluksiz o'zgarib turuvchi  Hayot
sharoitlariga   muvofiqlashuvini   ta'minlaydigan   harakat   formalari,   masalan,
harakatning   instektiv   shakli,   harakatning   individual   shakli   va   harakatning intellektual shakli maydonga kela boshladi. Evolyusion taraqqiyot davomida yuksak
rivojlanishga   erishgan   hayvonlar   maydonga   kelishi   bilan   birga   ularning   tashqi
olamni   aks   ettirishlari,   ya'ni   o'zgaruvchan   muhitga   muvofiqlashuvlari   ham
murakkablashib   boradi.   Instinktiv   harakat   deganda,   biz   hayvonlarga   tug'ma   yo'l
bilan   tayyor   holda   beriladigan   va   ularning   tashqi   olamga   muvofiqlashuvini
ta'minlaydigan   harakatlar   shaklini   tushunamiz.   Hayvonlarning   instinktiv   harakat
shakllari   nihoyatda   mustahkamlangan,   nisbatan   juda   syokin   o'zgaradigan
harakatlardir.   Hayvonlarning   instinktiv   harakatlari   ularning   tashqi   muhitga
muvofiqlashuvlarini   ta'minlaydigan   va   deyarli   bir   xil   tarzda   bajariladigan   harakat
shakllari   hisoblanadi.   Evolyusion   taraqqiyotdavomida   murakkab   taraqqiy   etgan
hayvonlarda   ya'ni   umurtka   suyakli   va   sut   emizuvchi   hayvonlar   hatti-harakatning
individual   shakllari   yuzaga   keladi.   Harakatning   individual   shakllari   asosida
hayvonlarda   turli-tuman   ko'nikmalar   yuzaga   keladi.   Harakatning   individual
shakllari   va   ko'nikmalarini   yuzaga   kelishi   hayvonlarda   shartli   reflekslar,   ya'ni
muvakkat   aloqalarning   hosil   bo'lishi   bilan   o'zviy   bog'liqdir.  Evolyusion   taraqqiyot
yuksak bosqichdagi  ayrim hayvonlarda intellektual shakli paydo bo'ldi. Bu yuksak
taraqqiyotga–erishgan maymunlar, delfinlar va itlarda odam ongiga o'xshash farosat
bilan   bog'liq   bo'lgan   hatti-   harakat   shakllaridir.   Harakatning   intellektual   shakliga
ega   bo'lgan   hayvonlar   ma'lum   vaziyatda   bir   qadar   farasot   bilan   bog'liq   bo'lgan
muammolarni,   masalaldrini   hal   qila   oladilar.Lekin   bu   hatti-   harakatlar   ham   tashqi
muhitga muvofiqlashish usullaridan biri bo'lib, bu harakatlar ham ongli bo'lmaydi.
Olimlarning   qarama-qarshi   otlaridan   ma'lum   bo'lishicha,   bu   harakatlarning
asosida   organizmga   nasliy   yo'l   bilan   taper   holda   beriladigan   shartsiz
reflekslarga   individual   hayot   davomida   orttiriladigan   shartli   reflekslar   sistemasi
yetadi.   Inson   ongi   o'z   mohiyatiga   ko'ra   hayvonlarning   instinktiv,   individual   va
intellektual   harakat   formalaridan   batamom   boshqacha   nihoyatda   murakkab
hodisadir. Inson ongi evolyusion taraqqiyoti ning eng so'nggi bosqichi, ya'ni inson
taraqqiyoti   bosqichidan   ijtimoiy-tarixiy   taraqqiyottufayli   tarkib   topgan.   Inson   ongi
insonning   o'zi   bilan   birga   deyarli   bir   vaqtda   maydonga   kelgan.   Ong   tarixiy
taraqqiyotning,   ikkinchi   yo'nalishi   odamlarning   amaliy   faoliyatlari   bilan   amalga oshiriladigan   va   tekshirib   kuriladigan   inson   bilish   faoliyatining   doimo   rivojlanish
jarayonidir.   Ongning   tabiati   ong   odamning   borliq   haqiqatini   aks   etgirish   formasi
tariqasida   keladi.   Ongning   asosiy   belgilari,   odam   ongining   psixologik
harakteristikasi,   so'z   va   ma'noning   ongini   tashkilqiluvchi   tushunchalar   sifatida
kelishi,   odam   ongining   borliqdagi   narsa   va   hodisalarni ,   ularning   eng   barqaror
muhim   belgilar   va   xususiyatlarini   ma'lum   darajada   so'z   bilan   umumlashtirish
sifatida kelishganligi  haqida atroflicha keng fikr yuritiladi. Ongning paydo bo'lishi
va   uning   taraqqiyoti   deganda,   inson   ongi   paydo   bo'lishining   dastlabki   shart-
sharoitlari,   odamning   birgalikdagi   mahsuliy   faoliyati,   mehnat   taksimoti   kishilar
o'rtasida muloqotning borgan sari faollashib borishi, tilning ishlab chiqilishi va unda
turli   so'z   signallari,   belgilar   tizimidan   foydalanish,   insonning   moddiy   va
ma'naviy   madaniyatining ,   inson   boyliklarining   yaratilishi,   tu   bilan   birga   ongning
filogenetik   va   ontogenstik   taraqqiotidagi   asosiy   yo'nalishi,   odamda   refleks
qobiliyatining   paydo   bo'lishining   tarakkiyeti   to'g'risida   fikr   yuritish,   tushunchalar
tizimining   yuzaga   kelishi.   Fan   yutuqlari,   madaniyati,   ishlab   chiqarish   korxonalari,
bilish va kishining o'z-o'zini boshqarishning yangi vositalari paydo bo'lishi ongning
rivojlanishining   ta'minlovchi   omillar,   hozirgi   zamon   sharoitida   ong   o'sishining
asosiy yo'nalishlari va odam ongini taraqqiy etirishda kelajakda ijtimoiy o'zgarishlar
va istikbollar nazarda tutiladi. Ong va ongsizlik, bunda ongsizlik   haqida tushuncha
berilib ,   psixik   jarayonlarda,   odamning   psixik   xususiyatlari   va   psixik   holatlarda
ongsizlik   holatlarining   ko'rinishi,   odam   shaxsidagi   ongsizlik,   tush   ko'rishning
ongsizlikning   namayon   bo'lish   sifatidagi,   odamning   o'z   hulq-atvorini   ongli   va
ongsiz boshqarish o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ongsiz psixik holatlarining turlari
haqida   mulohaza   yuritiladi.   Agar   ong   obe'tiv   borliqni   psixik   aks   ettirishning   faqat
insongagina   xos   yuksak   usuli   tariqasida   odamlarning   ijtimoiy   tarixiy   faoliyati
vositasida   paydo   bo'lgan   bo'lsa,   ongsizlik   odam   ongiga   borib   yetmaydigan   psixik
jarayonlar,   psixik   xususiyatlar   va   psixik   holatlardir.   Bunday   hodisalarga   ong   osti
holatlari   ham   deyiladi.Shunday   ekan,   odamdagi   barcha   psixik   jarayonlar,   psixik
xususiyatlar   psixik   holatlar   Faqatong   bilangina   emas ,   balki   bunday   holatlarni
boshqarishda ongsizlik holatlari bo'lar ekan. Shuning uchun ham ongsizlik holatlari barcha   psixik   jarayonlarida,   his-tuyg'ularida,   odamning   psixik   xususiyatlari   va
psixik   holatlarida   ro'y   berishi   mumkin.   Odam   shaxsidagi   ongsizlik   holatlari
kishining   o'zi   anglamagan   xolla   qiziqishi   va   ehtiyojlarini   bajarishga   intilishidir.
Bunda   hatti-   harakatlar   turlicha   ixtiyorsiz   reaksiyalarda,   hulq-atvorda,   psixik
hodisalarda   namoyon   bo'ladi.   Ongsizlik   holatlarining   ikkinchi   guruhi   asosida
ongsizlik   holatlarining   uchinchi   guruhi   kishining   idroki,   xotirasi   va   xayoli   bilan
bog'lanib ketadi: Jumladan, tush ko'rishshirin hayol orzu. Ongsizlik holatlari ba'zan
kishining   ongiga   singib   qolgan   axloq   normalari   orqali   nazorat   qilinishi   ham
mumkin.Ongsizlik   holatlarini   atroflicha   tushuntirib   berishda   psixoanalizdan
foydalaniladi. II-bob:  Jamoa  faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari,
usullari va vositalari.
2.1.  Sinf jamoasi  faoliyati va uni o’rganis h metodlari.
Guruh   va   jamoalar   to’g’risida   gap   ketganda,   ko’pincha   uning   «ma’naviy
muhiti»,   «psixologik   muhiti»   degan   iboralar   ishlatiladi.   Chunki   bu   narsa   o’sha
yerdagi   ishning   yaxshiligi,   faoliyatning   samarasi   bilan   bog’lanadi.   Ijtimoiy
psixologik   muhit   deganda,   biz   o’sha   guruhning   a’zolari   fikrlari,   hissiyotlari,
dunyoqarashi, ustanovkalar va o’zaro munosabatlaridan iborat bo’lgan emosional-
intelletual   xolatni   tushunamiz .   Bu   o’rindagi   asosiy   omil   —   bu   a’zolarning   o’zaro
munosabatlaridir. Ma’lumki, o’zaro munosabatlar ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari
va mazmuni bilan hamda bevosita bir-birlarini yoqtirish-yoqtirmaslikka asoslangan
insoniy emosional hissiyotlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Professional faoliyatni
bajarish jarayonida tabiiy birinchi tipli munosabatlar ustivor bo’lib, ikkinchilarining
harakteri   birinchisidan   kelib   chiqadi.   Do’stlar   to’plangan   davradagi   muhit   esa
aksincha, bevosita simpatiyalarga tayanadi.
Ijtimoiy psixologiyada ana shunday psixologik muhitni eksperimental tarzda
o’rganishga   katta  e’tibor   beriladi.   Eng   keng  tarqalgan   usullardan   biri   sosiometriya
bo’lib,   uning   asoschisi   amerikalik   olim   Jon   Moreno   hisoblanadi.   Sosiometriya
lotincha   «so   cietas»   —   jamiyat,   va   «metreo»   —   o’lchayman   so’zlaridan   olingan
bo’lib,   guruhdagi   shaxslararo   munosabatlarni   o’lchashga   qaratilgan   texnikadir.
Nazariy   sosiometriya   uning   muallifi   fikricha,   jamiyatdagi   barcha   nizolar,
muammolarni   yechishning   usullaridan   biri   —   insonlar   o’rtasidagi   munosabatlarni
o’rganish   va   shunga   ko’ra,   jamiyatda   o’zgarishlarni   amalga   oshirish   kerak,   degan
g’oyaga   asoslanadi.  Amalda   esa   har   bir   jamoalarda   maxsus   sosiometrik   so’rovlar
o’tkaziladi va uning natijalari tashkiliy jarayonlarda inobatga olinadi.
Lekin   oxirgi   paytlarda   sosiometriyaga   navar   o’zgargan,   uning   yuzlab
modifikasiyalari,   turlari   ishlab   chiqildi.   Ahamiyatlisi   shuki,   uni   haqiqatdan   ham
guruhdagi   ma’naviy-psixologik   muhitga   ta’sir   etuvchi   emosional   munosabatlarni
aniqlashda   mutaxassis   tomonidan   ishlatish   mumkin.   Bunda   har   bir   guruh   a’zosi tanlov   sharoitiga   solinadi,   ya’ni   u   u   yoki   bu   sharoitda,   vaziyatda   yoki   faoliyatni
bajarishda o’ziga yoqqan (yoqmagan ham) sherigini guruhdoshlari orasidan tanlashi
kerak.   Masalan,   maktab   o’quvchilariga   «Kim   bilan   birga   dars   tayyorlashni
xohlarding?   »,   «Kim   bilan   maktab   yer   uchastkasidagi   xasharda   yonma-yon   turib
ishlashni istarding?», mehnat jamoalarida esa «Boshliq tomonidan berilgan muhim
topshiriqni ikki kishi bajarishi kerak bo’lsa, sheriklikka kimni olgan bo’lardingiz?»,
talabalarda  «Xorijga   o’qishga   yuborishsa,  guruhdoshlaringdan  kimlar   senga   sherik
bo’lishini   istaysan?»   kabi   savollar   bilan   murojaat   qilinadi.   So’rov   anonim   bo’lib,
har bir ishtirokchi 3 — 5 tagacha tanlash huquqiga ega bo’ladi. Natijalar jadvalga
solinib,   qayta   ishlanadi   va   xattoki,   grafik   tarzida   chiziladi.   Quyida   mehnat
jamoasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan sosiometrik testdan biri havola etilgan.
Test uchun quyidagi savollarni taklif etish mumkin:
1.   Sinfingizdagi   odamlar   orasidan   bevosita   doimo   u   bilan   ishlashni   hohlagan
uch kishining nomini yozing:
1.
2.
3.
2.   Siz   bilan   birga   o’qiydigan   sinfdoshlaringizdan   kimlar   bilan   birga   bo’sh
vaqtingizni o’tkazishni hohlardingiz.(uch kishi)
1.
2.
3.
3. sinfdoshlaringizdan o’z ishini zo’r mahorat bilan bajaradigan uch kishining
nomini yozing:
1.
2.
3. Metodika   guruhdagi   odamlar   bir-birlarini   yaxshi   bilgan   taqdirdagina
o’tkaziladi.   Ma’lumotlarni   qayta   ishlash   har   bir   xodimning   to’plagan   tanlovlarini
sanash va tahlil qilishga asoslanadi. Ular asosida guruhdagi liderni va liderlik stilini
aniqlash mumkin.
Sotsiometriya   korxona   tarkibida   kadrlar   vahirasini   shakllantirish,   har   bir
xodimning   reytingini   aniqlash   orqali   ularda   liderlik   sifatlarining   borligini
o’rganishga imkon beradi. Bu metodni psixolog o’tkazgani ma’quldir.
Psixologiya   kichik   guruhlardan   tashqari   katta   ijtimoiy   guruhlarni   ham
o’rganadi. Katta guruhlar boshqa toifadagilardan miqdor ko’rsatkichi bo’yicha farq
qiladi.   Katta   guruhlar   uyushgan   (sinflar,   millatlar,   xalqlar,   katta   jamoalar   va   b.q.)
yoki   uyushmagan   (olomon,   namoyishchilar   guruhi   kabi)   bo’lishi   mumkin.   Katta
guruhlar   psixologiyada   nisbatan   kam   o’rganilgan   bo’lib,   bu   narsa   metodologik
muammolar   bilan   bog’liq.   Lekin   ularning   orasida   millatlar   psixologiyasi   yoki
boshqacha qilib aytganda, etnopsixologiya ko’proq o’rganilgan.
Etnopsixologiyaning   asosiy   maqsadi,   xalqlar   va   millatlar   psixologiyasidagi
o’ziga   xoslikni   o’rganish   orqali,   har   bir   shaxsda   bir   tomondan,   o’z   millatiga
nisbatan   hurmat,   uning   madaniyatini   e’zozlash   hissini   tarbiyalash   bo’lsa,   ikkinchi
tomondan,   o’zga   millatlar   psixologiyasini   o’rganish   orqali   ular   etnomadaniyatini
ham bilish va hurmat qilishga o’rgatishdir. Bu narsa shaxsdagi etnosentrizmni oldini
oladi   vav   millatparvarlik   psixologiyasini   to’g’ri   shakllanishiga   imkon   beradi.
Etnosentrizm   —   bu   o’z   millatiga   xos   xususiyatlarni   faqat   ijobiy,   deb   e’tirof   etish
orqali,   o’zgalar   milliy   xususiyatlarini   mensimaslikdir.   Mustaqil   O’zbekistonda
amalga   oshirilayotgan   muhim   mafkuraviy   ishlardan   biri   —   o’zga   millatlarga
nisbatan   tolerantlilik,   ya’ni   insoniy   bag’rikenglik   psixologiyasini   shakllantirish
bo’lib,   bu   millatlararo   do’stlikni   va   hamjihatlikni   mustahkamlashga   xizmat   qiladi.
Demak,   mafkuraviy   tarbiyaning   muhim   yo’nalishlaridan   biri   —   yoshlarda
baynalminalchilik   va   millatparvarlik   xislatlarini   tarbiyalash   va   etnosentrizmning
oldini olish bo’lmog’i lozim. 2.2.    Yuqori sinflarda jamoa faoliyatini  sotsiometrik tadqiqotlar
orqali o’rganish.
Sha x slarar o   mun o sabatlar   s o hasi   juda   ke ng.   U   o’z   ichiga   insonning   katta
ijtimoiy   guruhlardan   (   millat,   ishlab   chiqarish   jamoasi)   tortib   intim,   ikki   yoqlama
( ota-ona- bola, er-xotin o’rtasidagi) munosabatlarni ham oladi. 
Hozirgi   kunda   psixologiyada   shaxslararo   munosabatlarni   o’rganishning   juda
ko’p   metodikalardan   mavjud.   Shaxslararo   munosabatlar   psixodiagnostikasi
metodikalarni turli xil asos bo’yicha tasniflash mumkin: 
1. ob’ektga   qarab   (guruhlar   o’rtasidagi   munosabatlar,   guruh   ichidagi
jarayonlar, ikki yoqlama munosabatlar diagnostikasi);
2. tadqiqot   qo’yadigan   vazifalar   asosida   (guruh   jipsligini   moslikni
aniqlash); 
3. qo’llaniladigan   metodikalarning   tuzilish   xususiyatlariga   qarab
(so’rovnomalar, proektiv metodikalar, sotsiometrik) va boshqalar. 
Sha x slarar o   mun o sabatlarni   o’rganish   m e t o di k alardan   biri   s o tsi o m e triya
m e t o dir.   Birinchi   bo’lib   bu   metod   amerikalik   psixolog   Djon   moreno   tomonidan
taklif   qilingan   (1934).   Bu   metodning   mohiyati   shundan   iboratki,   inson   u   yoki   bu
ko’rsatkich   bo’yicha   guruh   a’zolarinitanlash   lozim.   Ј ilingan   tanlashlar   asosida
kishining  guruhdagi   shaxslararo  munosabatlar   tuzimida   tutgan   o’rni   haqida  xulosa
chiqarish mumkin. 
Sotsiometriya   metodi   yordamida   guruh   a’zolari   o’rtasidagi   simpatiya   yoki
antipatiyani   aniqlash   mumkin.   Sotsiometriya   metodini   operativ   o’tkazish,   uning
natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiometriyani   tadqiqot   metodi   sifatida   tan   olish   bilan   bir   qatorda   uning
ba’zi kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish varur. Asosiy kamchilik shundan iboratki
sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar sabablarini aniqlash imkonini bermaydi.
Shuning   uchun   ham   sotsiometriya   olingan   ma’lumotlar   boshqa   metodikalar
natijalari bilan to’ldirilishi lozim.  Sotsiometriya   metodidan   guruh,   jamoa   a’zolari   o’zaro   bir-birlarini   yaxshi
bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Ushbu metod yordamida shaxsning ish
yuzasidan   bo’ladigan   va   shaxsiy   munosabatlardagi   haqiqiy   o’rnini   aniqlash,
birlamchi   guruhlar   mavjud   yoki   mavjud   emasligini   topish   birlamchi   guruhlarning
paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabalarini aniqlash mumkin. 
Sotsiometriya     metodi   tekshiriluvchilarning   birga   qilinadigan   ishlar   yoki
guruh   a’zolarining   boshqa   ishlarni   birgalikda   bajarishga   hohishlari   haqidagi
savollarga   beradigan   javoblarini   ko’zda   tutadi.   Beriladigan   savollar   tanlash
ko’rsatkichlari   deyiladi.   Kuchli   va   kuchsiz   ko’rsatkichlar   farqlanadi.   Kuchsizlari
barqaror munosabatlarni, kuchsizlari- beqaror va yuzaki munosabatlarni aniqlashga
imkon yaratadi: kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar mazmun jihatidan turli xil bo’lishi
mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa-ya’ni sherik tanlashdir. 
Tanlashlar   soni  cheksiz  bo’lishi   mumkin,  biroq  amaliyotning  ko’rsatishicha,
kishining   guruhdagi   holati   va   o’zaro   munosabatlarini   aniqlash   uchun   3   ta   kishini
tanlash   kifoya.   Bunda   tekshiriluvchidan   birinchi   navbatda   kimni   tanlashi,   agar
birinchi bilan imkon bo’lmasa ikkinchi navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini
tanlash imkoni bo’lmasa, uchinchi navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi. 
Guruh,   jamoadagi   o’zaro   munosabatlar   grafik   ravishda   vanjir,   uchburchak,
yulduzcha   shaklida   ifodalanishi   mumkin.   Bunday   ifodalash   a’zosi   unchalik   ko’p
bo’lmagan   guruhlarda   mumkin.   Agar   guruh   ko’p   sonli   bo’lsa,   aylana   shaklidagi
sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. 1-yoki markaziy
aylanaga   eng   ko’p   tanlangan   guruha’zosining   shartli   belgisi   qo’yiladi.   Markazdan
keyingi, ya’ni 2- aylanaga uch marta tanlangan kishining nomeri yoziladi. Uchinchi
aylana   ichiga   1-2   ta   tanlash   olgan   guruh   a’zosi,   4-aylanaga   tanlamagan   guruh
a’zosining shartli  belgisi  hamda  aylanadan tashqariga  rad etilgan  guruh a’zosining
nomeri qo’yiladi. 
Bunda   aylana   ikki   qismga   ajratiladi   va   chap   tomonga   qizlar,   o’ng   tomonga
o’g’il   bolalarning   shartli   belgilari   joylashtirib   chiqilali.   Ј izlar   doira,   o’g’il   bolalar esa   uchburchak   bilan   ifodalanadi.   Aylana   va   uchburchaklar   kim   kimni   tanlashiga
qarab strelkali chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu-sotsiogramma deb ataladi. 
Agarda   guruhda   20   dan   ortiq   a’zo   bo’lsa,   sotsiogramma   tuzish   qiyinroq.
Shuning uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
matritsa   quyidagicha   tuziladi.   To’rtburchak   yoki   kvadrat   chizilib,   guruh
a’zolarrining soniga qarab katakchalarga bo’linadi. Chap tarafdan, yuqoridan pastga
va   yuqoridan   o’ng   tomonga   guruh   a’zolarining   shartli   belgilari   qo’yib   chiqiladi.
Guruh a’zolarining shartli belgilari tekshiriluvchilarning familiyasi  yoki uning bali
harfi,   ularning   tartib   nomeri   ham   o’lishi   mumkin.   Gorizontal   chiziq   bo’yicha
qatorga tanlayotgan guruh a’zosi, vertikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgani
haqdagi   ma’lumotlar   yoziladi.   Ijobiy   tanlash   «+»   belgisi   bilan,   o’zaro   bir-birini
tanlash esa «+» belgisi bilan ifodalanadi. 
Ma’lumki,   kichik   guruh   yoki   jamoalarda   birlamchi   guruh   mavjud   bo’lishi
mumkin.   Bu   birlamchi   guruhlar   esa   boshqa   matritsada   belgilanadi.   Buning   uchun
yuqorida   ko’rsatilganidek   to’rtburchak   yoki   kvadrat   chizilib,   matritsaning   chap
burchagidan   pastdagi   o’ng   burchagiga   qaratib,   diagonal   chizig’i   o’tkaziladi.   Bu
chiziq kvadratning shu diagonal chizig’ga to’g’ri kelgan kataklari ustidan o’tadi. 1-
matritsadan   o’zaro   tanlanishga   ega   bo’lgan   istagan   bir   kishi   tanlab   olinadi.   Uning
tartib   nomerini   va   familiyasini   matritsaning   1-qatoriga   o’tkaziladi.   Xuddi   ana   shu
nomerni  yuqoridagi 1-katakka qo’yiladi. So’ngra 1-matritsadan 1-qatorga yozilgan
o’zaro   tanlanishda   bo’lgan   shaxslarni   tanlab   olinadi.   Uning   tartib   va   familiyasi   2-
qatorga   yoziladi.   Xuddi   ana   shu   nomerni   yuqoridan   2-ustunga   yoziladi.
Matritsaning   shunga   muvofiq   keladigan   kataklariga   +   belgisi   yozib   qo’yiladi.
Matritsa   1-qatoridagi   kishi   bilan   o’zaro   tanlanishda   bo’lgan   guruhning   navbatdagi
a’zosini   uning   1-matritsadagi   nomerinisaqlagan   holda   3-qatorga   yoziladi.   SHu
nomerni   3-ustunning   yuqori   qismiga   ham   qo’yiladi.   Tegishli   katakka   plyus   (+)
belgisi   qo’yiladi.   Shu   tariqa   1-matritsadan   tanlab   olinadigan   familiyalarni
navbatdagi   qatorga   yoziladigan   o’zaro   tanlanishda   bo’lgan   birorta   ham   kishi
qolmagunicha   davom   ettirish   kerak.   Boshqacha   qilib   aytganda,   o’zaro   tanlanishda
bo’lgan   kishilar   doirasi   yakunlanishi   lozim.   ¤varo   bir-birini   tanlamagan   kishilar matritsaning   oxiriga   yoziladi.   Mikroguruh,   ya’ni   birlamchi   guruh   2-5   kishidan
iborat   bo’lishi   mumkin.   Shunday   qilib,   sotsiometriya   metodi   ob’ektiv   va   aniq
ma’lumotlar,   ya’ni   shaxsning   guruhdagi   yoki   jamoadagi   haqiqiy   holatini   aks
ettiruvchi ma’lumotlar maqsadlarda foydalanishi mumkin .  XULOSA.
Yangi   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlarda   yoshlar   tarbiyasining   eng   dolzarb
muammolari   haqida   hukumat   raxbarimiz   xam:   «Demokratik   jamiyatda   bolalar,
umuman,har   bir   inson   erkin   fikrlaydigan   qilib   tarbiyalanadi,   agar   bolalar   erkin
fikrlashni   o ‘ rganmasa,   berilgan   ta’lim   samarasi   past   bo ‘ lishi   muqarrar»   deb
ta’kidlagan   edi.(Karimov.I.A.-   Barkamol   avlod-   Uzbekiston   tarakkiyotining
poydevori. Toshkent 1997.15- b) 
      Bu   vazifaning   naqadar   dolzarb   ekanligi   xech   kimda   shubxa
uyg ‘ otmaydi,   zero,   erkin   fikrlay   oladigan   kishigina   jamiyatda   uz   mavqeini   tula
idrok   qilgan   holda   boshqalar   bilan   normal   insoniy   munosabatlarda   bo ‘ la   oladi   va
unga bunda umumbashariy xamda milliy qadriyatlarimizning eng nodir namunalari,
Shuningdek   o ‘ zining   shaxsiy   tajribasi   asos   buladi.   Bilimdonlikning   muhim   qismi
bulgan   ijtimoiy-psixologik   bilimdonlik,   ya’ni   insoniy,   demokratik   munosabatlar
tizimidagi teranlik esa shaxs taqdiri va salohiyatini belgilovchi muxim omildir.
       Amaliy   ijtimoiy   psixologiyada   xayotimizning  barcha   jabxalariga  faol
kirib   borayotgan   sotsial   psixologik   treninglar   har   bir   shaxsning   insonlar   guruhida
o ‘ zini   erkin   sezishi   va   fikrlarini   erkin   bayon   etishga   urgatuvchi   usul   sifatida
istikbolli   usullardandir   va   u   guruh   faoliyati   samarasiga   ta’sir   etuvchi   omillar
sirasiga   kiradi.   Bayon   etilgan   nazariy   xamda   amaliy   taxlillar   balki   bugungi
jamiyatimizdagi   insonlar   o ‘ rtasidagi   barcha   munosabatlarni   o ‘ z   ichiga   qamrab
olmasada,   lekin   bu   ish   yunalishidagi   ishlarning   debochasi-boshlanishi   sifatida
yangidan-yangi   loyixalar   va   mashg ‘ ulotlar   variantlari   uchun   yul   ochishi
shubxasizdir.
Bundan   ko ‘ rinib   turibdiki     o ‘ quv   yurtlarida   ta’lim-tarbiya   jaryonida   jamoa
shakllanishi,   guruh   faoliyati   samarasiga   ta’sir   etuvchi   omillar   o’rganilib   ulardan
unumli foydalanilsa bu sohada yanada samaradorlikka erishish mumkin.
      Imonimiz   komilki,   kelajagi   buyuk   davlatimizda   buyuk   ajdodlarga
munosib   vorislar   yetishib   chiqadilar   va   ular   o’z   madaniy   saviyasi,   ma’naviyati   va
axloqi bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga o ‘ z ulushlarini qo ‘ shadilar Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar:
1. Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.  T. - 1997 yil.
2.  Barkamol avlod orzusi,  T. 2000yil
3. Burlachuk L.  Psixodiagnostika. – SPb.: 2002.
4. Vvedeniye   v   psixodiagnostiku:   Ucheb.   posobiye   dlya   stud.   V
24   sred.   ped.   ucheb.   vavedeniy   /   M.K.   Akimova,   Ye.M.   Borisova,   Ye.I.
Gorbacheva   i   dr.;   Pod   red.   K.M.   Gurevicha,   Ye.M.   Borisovoy .   –   3-ye   izd.,
stereotip. – M.: 1999.
5. Karimova   V.M .   Psixologiya.   O’quv   qo’llanma.   –   T.:   A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti, “O’AJBNT” markazi, 2002. – 205 b.
6. Karimova   V.M.,   Xayitov   O.E.,   Ergasheva   D.D.,   Lutfullayeva   N.X.,
Xaydarova X.R.  Sbornik situasionnix vadach, delovix i psixologicheskix igr, testov,
kontrolnix   vadaniy,   keys-stadi,   voprosov   dlya   samoproverki   po   kursu
“Ekonomicheskaya psixologiya”. – T.: TGEU, 2005.
7. Nemov   R.S.   Psixologiya:   Ucheb.   dlya   stud.   vissh.   ped.   ucheb.
vavedeniy: V 3 kn. – M.: 2003.
8. Rasulov A.I. Psixodiagnostika    O’quv metodik qo’llanma.- T., 2010
9. Toshimov   R.Yu.,   G’oziev   E.G’.,   Psixodiagnostika   va   amaliy
psixologiya. –T., 2004.
10. Hayitov   O.E.,   Lutfullayeva   N.X.   Psixodiagnostika   va   amaliy
psixologiya. Ma’ruvalar matni. – T.: TDIU, 2005. – 338 b.
11. Hayitov O.E., Lutfullayeva N.X., Xaydarova X.R.   “Psixodiagnostika va
amaliy   psixologiya”   kursi   bo’yicha   ijtimoiy-psixologik   tryeninglar,   psixologik
masalalar, topshiriqlar va tyestlar to’plami. – T.: TDIU. 2005.
12. Hayitov   O.E.,   Lutfullayeva   N.X.,   Xaydarova   X.R.   “Pedagogik
psixologiya”   kursi bo’yicha vaziyatli va ishchi o’yinlar to’plami. – T.: TDIU, 2005.
13. Hayitov   O.E.,   Lutfullayeva   N.X.,   Xaydarova   X.R.   “Psixologiya”   fani
bo’yicha   shaxsni   o’rganishga   doir   testlar   va   metodikalar   to’plami.   –   T.:   TDIU,
2005. www.bilimdon.uz ,
www.ziyonet.    .uz

Faoliyatni psixologik talqini MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………….4 I-bob : Faoliyat va uni o’rganishning psixologik asoslari . 1.1. Faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari… ……………………..7 1.2. Faoliyatning psixologik talqini...............................................19 II-bob: Jamoa faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari, usullari va vositalari. 2.1. Sinf jamoasi da faoliyati va uni o’rganis h metodlari................................................................................................25 2.2. Yuqori sinflarda jamoa faoliyatini sotsiometrik tadqiqotlar orqali o’rganish… …………………………………………………….28 Xulosa… ………………………………………………………….32 Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati… …………….33

KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. S h axs va uning mohiyati haqidagi psixologik ta’limotga muvofiq har bir konkret shaxs o ‘ zi mansub bo ‘ lgan ijtimoiy muhit va siyosiy sharoitning mahsulidir. Odam shaxs bo ‘ lib dunyoga kelmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxslik belgilariga ega bo ‘ la boradi. Hadisi sharifda aytilganidek, har bir go ‘ dak Islom tabiatida to ‘ g ‘ iladi, so ‘ ng ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qiladi. Demak, odamning shaxsiy xususiyatlarini u mansub bo ‘ lgan ijtimoiy tarixiy sharoitda, uning bu sharoitda egallagan mavqeidan ajralgan holda qarash mumkin emas Jamiyatdan tashqarida odam odam bo ‘ lolmaydi va kishilar o ‘ rtasidagi ijtimoiy aloqa ularning amaliy faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabati bilan belgilanadi. Odam boshqa kishilarga munosabatda bo ‘ lish tufayligina ongliroq bo ‘ lib qoladi va uning psixik hayoti muayyan mazmunga ega bo ‘ ladi. Ana shu munosabatlar nechog ‘ li mazmundor va rang-barang bo ‘ lsa, odamning psixik hayoti ham shunchalik mazmundor va rang-barang bo ‘ ladi. XXI asrning buyuk uzgarishlar davri bulishiga shubxa yuk. Bu uzgarishlar eng avvalo inson tafakkurida,uning fikrlash tarzida ruy berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga uz ta’sirini kursatmay qolmaydi. O ‘ zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishning xayotiy varurat va dolzarbligi xaqida gapirar ekan, «Milliy g ‘ oya birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik, el yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo ‘ lishi varur», deb aloxida ta’kidlaydi. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bulmish yosh avlodning bilim olish, yukori malakali kadrlar bulib o ‘ z yurti va xalqiga sidqidildan xizmat kilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun

halol mexnat qilishga o ‘ rgatishni navarda tutadi.Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o ‘ z vatani manfaatlariga g ‘ oyat sadoqatli, yukori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda yoshlar tarbiyasining eng dolzarb muammolari haqida hukumat raxbarimiz xam: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi, agar bolalar erkin fikrlashni o ‘ rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo ‘ lishi muqarrar» deb ta’kidlagan edi.(Karimov.I.A.- Barkamol avlod- Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. Toshkent 1997. 15- bet) Bu vazifaning naqadar dolzarb ekanligi xech kimda shubxa uyg ‘ otmaydi, zero, erkin fikrlay oladigan kishigina jamiyatda uz mavqeini tula idrok qilgan holda boshqalar bilan normal insoniy munosabatlarda bo ‘ la oladi va unga bunda umumbashariy xamda milliy qadriyatlarimizning eng nodir namunalari, Shuningdek o ‘ zining shaxsiy tajribasi asos buladi. Bilimdonlikning muhim qismi bulgan ijtimoiy-psixologik bilimdonlik, ya’ni insoniy, demokratik munosabatlar tizimidagi teranlik esa shaxs taqdiri va salohiyatini belgilovchi muxim omildir. Har bir shaxs esa o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta`sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman kushilmaydigan individning o`zi yo`k, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o`varo ta`sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ruy beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o`rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chikarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. Tadqiqot maqsadi: Fanni o’qitish jarayonida talabalarga faoliyatning psixologik talqini haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Tadqiqotimiz vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Faoliyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. 2. Faoliyatning psixologik talqini haqida tushunchaga ega bo’lish. 3. Sinf jamoasi faoliyati va uni o’rganis h metodlarini aniqlash. 4. Yuqori sinflarda jamoa faoliyatini sotsiometrik tadqiqotlar orqali o’rganish.

Tadqiqot predmeti: O’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya jarayonida jamoa faoliyatini o’rganishdan iboratdir. Tadqiqot ob’ekti: Tadqiqotimiz ob’ekti bo’lib Samarqand shahridagi 14-son umumta’lim maktabi 9-sinf o’quvchilari xizmat qiladi. Tadqiqot farazi: agar, jamoa faoliyati samarasiga ta’sir etuvchi omillar o’rganilib ulardan unumli foydalanilsa bu sohada yanada samaradorlikka erishish mumkin. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Prezident psixolog olimlarning barkamol avlod tarbiyasi bo’yicha g’oyalari, ma’ruvalari, mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo’yicha qarashlari, Shuningdek xorij va respublikamiz pedagog-psixolog olimlarining guruh va jamoalarning shakllanishi, jamoadagi psixologik muhitni o ‘ rganish muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari asos qilib olindi.

I-bob : Faoliyat va uni o’rganishning psixologik asoslari . 1.1. Faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulgan eng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik. B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar , ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni uz ichiga oladi. Misol tariqasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzok ayriliqdan sung ona uz farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok kilgandagi uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan