O‘ZBEK TILIDA “OTA” KONSEPTINING LISONIY-KOGNITIV TALQINI
O‘ZBEK TILIDA “OTA” KONSEPTINING LISONIY-KOGNITIV TALQINI 1
Mundarija KIRISH ...................................................................................................................... 3 I BOB. KOGNITIV TILSHUNOSLIK TERMINLARINING ILMIY-NAZARIY TAHLILI ................................................................................................................. 11 Konsept va konseptologiya kognitiv tilshunoslikning ajralmas qismi sifatida ....... 11 Yu.S.Stepanov tomonidan yozilgan “Концепты. Тонкая пленка цивилизации” kitobining ham asosiy atamasi konsept bo‘lib, olim bu tushunchani mantiq, psixologiya, falsafaga tegishli bo‘lgan “konsept”ga, tarixiy nuqtayi nazardan Platon “g‘oyalari”ga o‘xshash madaniyat hodisasi sifatida baholaydi. .............................................................................................................................................. 12 Yana bir olim V.Z.Demyankov “Konsept” atamasining ma’nosi, etimologiyasi, turli tillardagi shakllari hamda ta’riflari haqida maqolalar e’lon qilgan. U o‘zining “Термин «концепт» как элэмент терминологической культуры” nomli kitobida “konsept” va “tushuncha” so‘zlarini tarixiy dubletlar ekanligi, biroq, endilikda ilmiy va noilmiy foydalanishda ularning o‘zaro farqlanishi haqida fikr- mulohazalarini bayon etish barobarida ularga shunday ta’rif beradi: “Konsept - og‘zaki belgining mazmun tomoni, tushuncha esa voqelik. Ular inson hayotining aqliy, ma’naviy yoki hayotiy muhim moddiy sohasiga tegishli bo‘lgan, odamlarning ijtimoiy tajribasi bilan rivojlangan va mustahkamlangan, ularning hayotida tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan, ijtimoiy va subyektiv ravishda tushunilgan jarayonlardir”. Haqiqatdan ham, avvalo, belgilab olingan so‘zga tegishli bo‘lgan konsept inson ongida gavdalanadi, so‘ngra bu bo‘yicha tushunchalar paydo bo‘ladi. ........................................ 12 1.2. “Ota” konsepti ilmiy tadqiqot predmeti sifatida va diniy-ma’rifiy matnlardagi talqini ....................................................................................................................... 29 Шаҳзод Исломов. Марказ – Янги Ўзбекистоннинг тимсоли// https://hidoyat.uz/51667 ................ 44 BOB BO‘YICHA XULOSALAR: .......................................................................... 57 II BOB. OG‘ZAKI IJOD NAMUNALARIDA “OTA” KONSEPTINING LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI ............................................................. 58 2.1.O‘zbek xalq maqollari matnida “ota” konseptini tavsiflovchi kognitiv belgilar ................................................................................................................................. 58 2.2.O‘zbek xalq topishmoqlari matnida “ota” konseptining milliy-madaniy xususiyatlari ............................................................................................................. 72 BOB BO‘YIChA XULOSALAR ............................................................................ 84 III BOB. BADIIY MATNLARDA “OTA” KONSEPTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ................................................................................................. 85 3.1.O‘zbek nazmiy asarlar matnida “ota” konseptining talqini ............................... 85 3.2. O‘zbek nasriy asarlar matnida “Ota” konseptining lisoniy-kognitiv tahlili (Ulug‘bek Hamdam “Ota” romani matni misolida) .............................................. 101 BOB BO‘YICHA XULOSALAR ......................................................................... 119 2
UMUMIY XULOSALAR ..................................................................................... 120 KIRISH KIRIS H (Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi ) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida inson omiliga yangicha yondashuv, b ugungi kunda rivojlanib kelayotgan yangi sohalar, xususan, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, pragmatika, sotsiolingvistika, etnolingvistika sohalaridagi ilmiy izlanishlar til bilan bog‘liq hodisalar mohiyatini aniqlashga antropologik nuqtayi nazardan keng qirrali tahlil ni talab etmoqda. Tad q i q ot ishi jahon tilshunosligida badiiy konseptlarni o‘ rganish ga oid ishlarni tahlil qilish orqali o‘zbek og‘zaki va yozma adabiyotida mental dunyoqarashimiz, milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq konseptlar ni lisoniy-kognitiv ji h atdan tahlil q ilish or q ali uning mo h iyati antropotsentrik nu q tayi nazardan ochib berilishi bilan dolzarbdir. Dunyo fanida amalga oshirilayotgan lingvistik tadqiqotlar tildagi mavjud hodisalar mohiyatini ochib berishda konseptlarning muhim o‘rin tutishi, ularda so‘zlovchining ijtimoiy hayot tarzi, dunyoqarashi, ma’lum so‘z atrofida mavjud bo‘lgan barcha tushunchalar, aksariyat holatda, bir konseptni turli tillar kesimida badiiy adabiyot namunalari asosida o‘zaro qiyoslash yo‘li bilan ochib berilgan. Shu bois, badiiy matnda amal qiluvchi konseptlarni aniqlash, ular orasidan xalqimizning etnomadaniy xususiyatlarini aks ettirganlarini keng k o‘lamda o‘rganish, bu borada salmoqli tadqiqotlarni amalga oshirish zarurdir. Mamlakatimizning Uchinchi Uyg‘onish davriga qadam qo‘yishi, o‘zbek 3
tilining davlat tili sifatida yurtning ichki va tashqi hayotidagi nufuzi ortib borishi, funksional-stilistik imkoniyatlarining kengayishi shu vaqtga qadar e’tibordan chetda qolgan, milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga ham qo‘l urishni taqozo qilmoqda. Bu borada mamlakatimiz rahbarining quyidagi fikrlari o‘ rinlidir: “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak” . 1 Tadqiqot natijasida milliy-madaniy konseptlarni o‘rganish asnosida yosh avlod ongiga vatanparvarlik, ona tiliga, ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari singdiri ladi hamda bugungi globallashuv jarayonida zamon talablariga javob bera oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikma larni egallagan , keng fiklaydigan kadrlar yetish ib chiqadi. Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF 4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni, 2020-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-son Farmoni , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-son Qarori bilan “Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risida”gi Nizomi, 2017-yil 17-fevraldagi PQ 2789- son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2017- yil 20-apreldagi PQ 2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 24-iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 571-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha oliy ta’limi tizimini 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили ҳақидаги Қонуни қабул қилинганининг ўттиз йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида” ги ПҚ-4479-сон Қарори. uza.uz. 4
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF- 5847-sonli Qarori hamda 2020-yil 11-martdagi “O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli Qarorida mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi . Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “ Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari ” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . G‘arb tilshunosligida keyingi yillarda “konsept”, “konseptosfera” bilan bog‘liq izlanishlar olib borishga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Ular orasida rus, ingliz tilshunosligida amalga oshirilgan ishlar talaygina. Askoldov S.A., Stepanov Yu.S., Karasik V.I., Petlyuchenko N.V., Kasimova O.P., Kuznetsova L.E., Malaxova S.A., Nesvetaylova I.V., Prixodko A.N., Scherbina V.Ye., Kusainova A.M., Demyankov V.Z., Medvedeva T.S., Yashenko T.A., Saxno O.P., Dzyuba Ye.V., Grigoryev A.A., Proxorov Yu.Ye., Dordjiyeva D.V., Xaritonova V.Yu., Perfilyeva N.Y., Bogdanova N.V., Menzairova Ye.A., Slishkin G.G., Brukvina V.A., Bulatnikova Y.N., Axmedova D.X., Mirzoyeva Z.D kabilar tomonidan chop etilgan monografiyalar 2 , maqolalar 3 ; amalga oshirilgan 2 Аскольдов С.А. Русская словесность. От к структуре текста. // Антология.– М.: Academia , 1997 - С. 267-279. ; Степанов Ю.С. Концепты. Тонкая пленка цивилизации . – М.: Языки славянских культур, 2007. – 248 с.; Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс . Монография. – Волгоград: Перемена, 2002. — 477 с.; Петлюченко Н.В. (ред.) Концепты и контрасты: монография. Одесса : Издательский дом «Гельветика», 2017. − 632 с.; Касымова О.П. Концепты русские, запад и восток в русской языковой картине мира – Уфа: Башкирский государственный университет, 2018. — 160 с.; Кузнецова Л.Э., Малахова С.А., Несветайлова И.В. Лингвокультурный концепт: англо-русские параллели. – Армавир: Армавирский государственный педагогический университет, 2015. — 116 с.; Приходько А.Н. Концепты и концептосистемы. –Днепропетровск: Белая Е.А., 2013. — 307 с.; Щербина В.Е. Концепт «время» во фразеологии немецкого и русского языков. – Оренбург: Оренбургский государственный университет, 2008. — 138 с.; Кусаинова А.М. Мировоззренческие концепты в творчестве поликультурного казахстанского писателя Г. Бельгера. Монография. — Костанай: Костанайский филиал ЧелГУ, 2020. — 78 с.; Демьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в научном языке // Вопросы филологии. – Москва, 2001.-№1.– С.35-47. 3 Аскольдов С.А. Концепт и слово . Статья. Опубликована в книге: Русская словесность: От теории 5