O‘ZBEK TILIDA FRAZEMALASHUV
O‘ZBEK TILIDA FRAZEMALASHUV MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………… ………… 3 I BOB. O‘ZBEK TILIDA FRAZEMA VA UNING TADQIQI ……. 6 1.1.O‘zbek frazeologiyasi taraqqiyoti …………………………………… 6 1.2.O‘zbek tilida frazema va unga yondosh hodisalar ………………… .. 9 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 27 II BOB. TILDA FRAZEMALASHUV HODISASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI …………………………………………………………….. 28 2.1. Frazemalashuv va uning mohiyati ………………………………….. 28 2.2. Frazemalashuvning til va nutqqa munosabati ……………………… 34 2. 3 . So‘z birikmasining frazemalashuvi ………………………………… 40 2.4. Qiyosiy konstruksiyalarning frazeologizatsiyasi …………………… 45 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 55 III BOB. FRAZEMALASHGAN BIRLIKLARNING MORFEM- GRAMMATIK JIHATLARI ………………………………………………… 56 3.1. Frazemalashgan fe’lli birikmalar …………………………………… 56 3.2. Frazemalashgan otli birikmalar ……………………………………. 63 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 67 Umumiy xulosalar …………………………………………………..….. 68 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………. 70 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Til umumbashariy qadriyat, insoniyatga ato etilgan ulug‘ ne mat. Chunki tildaʼ unda so‘zlashuvchi xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma naviy boyligi, millatning ʼ saviyasi, ruhiyati aks etadi. Frazeologizmlar ham xalq tilida faol qo‘llanuvchi birliklar hisoblanadi, ularda xalq hayotining ajralmas qismi bo‘lgan turmush tarziga oid barcha tushunchalar o‘zining yorqin ifodasini topadi. Mustaqillikdan keyingi yillarda tilning leksik qatlami , asosan , sistem yondashuv yo‘nalishida o‘rganildi. O‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarning semantik, stilistik xususiyatlari Sh.Rahmatulla y ev, А.Ho j iyev, B.Yo‘ldoshev, А.Mamatov, А.Rafi y ev kabi olimlar tomonidan jiddiy o‘rganildi. Shuningdek, frazeologizmlarning shakllanishi, komponent tarkibi, ularning shaklan va mazmunan tarkib topishidagi ayrim qonuniyatlarni tadqiq etish muhimdir. Frazeologizmlar leksik-semantik, funksional-uslubiy va semantik vazifalarni bajarishiga ko‘ra murakkabdir. Bu jihatdan ular ikkinchi til birligi sifatida semantik hodisa ko‘rinishi da namoyon bo‘ladi. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarni o‘rganishda jiddiy yutuqlarga erishildi. Shuningdek, frazeologiyaga aylanayotgan birliklarning milliy-psixologik va etnomadaniy aspektlarini tadqiq etish o‘zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylandi. Zero, Prezidentimiz tomonidan «ona tilimizning boyligini, unga hurmat va muhabbatimizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishimiz kerak» 1 ligi alohida ta kidlangani bejizga emas. ʼ Frazeologiyaning predmeti frazeologik birliklarning kategorik belgilarini o‘rganish bo‘lib, ular asosida frazeologik birliklarning asosiy belgilari aniqlanadi va frazeologik birliklar tilning maxsus birliklari sifatida mohiyati haqidagi masala hal qilinadi. S huningdek, frazeologik birliklarning nutqda ishlash qonuniyatlari va ularning shakllanish jarayonlarini aniqlash ham muhim. O‘zbek tilida frazeolog ik 1 //https://www.xabar.uz/jamiyat/shavkat-mirziyoyev-o‘zbek-tilining-xalqaro-nufuzini (December, 2017) 2
birliklarning shakllanishi, nutqda qo‘llanishiga doir bir qancha t adqiqot lar, ilmiy ishlar yaratilgan. Shunga qaramay, frazemalashuv hodisasiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlar nisbatan kam. Hodisaga t urli olimlar tomonidan taklif qilingan ta’riflar bir-biridan shunchalik farq qiladiki, biz biron bir sababga ko‘ra tadqiqot mavzusi bo‘yicha turli xil, ko‘pincha qarama-qarshi, hatto bir-birini inkor etuvchi qarashlar haqida gapirishimiz mumkin. Shu sababdan ham o‘rganilayotgan mavzu har jihatdan dolzarblik kasb etad i. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti o‘zbek tilshunosligida frazemalashuv hodisasining mohiyatini asoslash jarayoni. Tadqiqot predmeti esa frazemalashuv hodisasining yuzaga chiqish qonuniyatlarini o‘rganish. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotimiz maqsadi o‘zbek tilshunosligida frazemalashuv hodisasining ahamiyatini asoslashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan: f razemalashuv va uning mohiyati masalasini tahlil qilish; f razemalashuvning til va nutqqa munosabati ni aniqlash; t ilda frazemalashuv hodisasi va unga yondosh hodisalarni o‘rganish; f razemalashgan birliklarning morfem-grammatik jihatlari ni badiiy asardan olingan misollar asosida tahlil qilish. Tadqiqotning yangiligi. – f razemalashuv va uning mohiyati masalasi tahlil qilingan; – f razemalashuvning til va nutqqa munosabati ni aniqlangan; – t ilda frazemalashuv hodisasi va uning o‘ziga xos jihatlari ni asoslangan; – f razemalashgan birliklarning morfem-grammatik jihatlari ni badiiy asardan olingan misollar asosida tahlil qilingan. T adqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi . Frazeologiya mustaqil lingvistik fan sifatida 40- yillarda vujudga kelgan. A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov va F.F.Fortunatovlarning asarlarida dastlabki frazeologik nazariya qonuniyatlari o‘z ifodasini topgan. Frazeologiya sohasi rivojida fransuz tilshunosi Sh.Ballining (1865-1947) xizmatlari katta. G arbiy Yevropa va Amerikaʻ tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida bo limi sifatida ajratilmagan. ʻ 3
Tilshunoslikning maxsus bo‘limi – frazeologiyada so‘zlarning turg‘un birikmalarini o‘rganish masalasi o‘quv adabiyotlarida (E.D.Polivanov, S.I.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida) 20-40- yillarda qo‘yilgan. 50- yillarga kelib so z va so z birikmasi bilan frazeologik birliklarning o xshash va farqliʻ ʻ ʻ tomonlari masalalariga asosiy e tibor berildi; frazeologiya muammosi, asosan, ʼ frazeologizm mezonlarini oydinlashtirish va frazeologik birliklarni tasniflash asoslarini yoritib berish bilan chegaralangan edi. 50- yillarning oxiridan boshlab frazeologiya muammolariga tizimli yondashish tendentsiyasi kuzatildi, frazeologik birliklarni tilning tarkibiy birliklari sifatida tavsiflash masalalari ishlab chiqildi (A.I.Smirnitskiy, O.S.Axmanova). 60-70- yillar frazeologiyaning rivojlanishida til faktlarini tizimli darajada tahlil qilish g‘oyalari ta’sir ko‘rsatdi. V.L.Arxangelskiy, N.N.Amosova, V.P.Jukov, A.V.Kunin, M.T.Tagiyevlar frazeologik tarkibning hosil bo‘lish usullarini o‘rganishdi. I.I.Chernisheva, N.M.Shanskiy, V.N.Mokienko, F.N.Popov, A.I.Fedorovlar esa va frazeologik birlik shallanishi, yasalishi haqida uning tilda taraqqiy etishi masalalari bilan shug‘ullanishdi. Keyingi yillarda frazeologik birliklarning semantikasi va uning nominativ jihati (V.N.Teliya), dinamikasidagi frazema yasalishi (S.G.Gavrin, Yu.A.Gvozdarev), so‘z komponentlarining birikish belgilari (M.M.Kopylenko, Z.D.Popov) qiyosiy- tipologik jihatdan o‘rganildi. T adqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi . Mavzu yuzasidan misollar to‘plashda adabiyotlarni o‘rganish, grammatik tahlil, leksik tahlil, qiyosiy tahlil, umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati mavzu doirasidagi izlanishlar natijasida frazemalashuv hodisasi mohiyatini yoritilganligi izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa “Matn lingvistikasi”, “Frazeologizlarning shakllanishi va taraqqiyoti”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanlarini mazmunini takomillashtirishda samarali foydalanish mumkin. Dissertatsiya ishining tuzilishi. Tadqiqot ish i kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi 78 bet. 4
I BOB. O‘ZBEK TILIDA FRAZEMA VA UNING TADQIQI 1.1. O‘zbek frazeologiyasi taraqqiyoti Leksikologiyada turg‘un so‘z birikmalari frazeologizmlar, ularni o‘rganuvchi fan frazeologiya deb nomlanadi. Frazeologiya o‘tgan asrning birinchi yarmidan boshlab o‘zbek tilshunoslari (Sh.Rahmatullayev, H.Berdiyorov, E.Umarov, А.Mamatov, B.Yo‘ldoshev kabilar) tomonidan struktur, semantik, grammatik, uslubiy, sintaktik va funktsional kabi aspektlari atroflicha keng o‘rganildi. Yevropa va Аmerika davlatlarida frazeologiyaning turli aspektlariga qiziqish orta boshladi va 1999- yil Yevropa frazeologiya jamiyati (EUROPHRAS) ga asos solindi. Tilshunoslikda frazeologiya doirasi tor va keng tushuniladi. Frazeologiya obyekti sanalgan frazeologik birliklar (FB) muayyan til egalarining yuksak tafakkuri natijasida yuzaga kelgan birliklardir. U lar zakovat egalarining lisoniy mushohada mahsuli bo‘lib, unda xalq donoligi muja ss amlashgan. Bu birliklar tilimizda ko‘p asrlar davomida yuz bergan ijtimoy- tarixiy voqeliklar, turmush tajribalarini insonlar tomonidan obrazli tarzda aks ettirish ehtiyoji natijasida yuzaga kelgan. O‘tgan asr frazeologiya sohasini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tilshunosligining “oltin davri” bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas. Tilshunosligimizda bu borada ko‘plab dissertatsiyalar himoya qilindi, ilmiy monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi, maqolalar e lon qilindi, frazeologik lug‘atlar yaratildi. Аytishʼ mumkinki, XX asr o‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning til xususiyatlari, ya ni tuzilishi, semantik-pragmatik, funksional-uslubiy jihatlari ancha mukammal ʼ o‘rganilgan bo‘lsa-da, hali soha bilan bog‘liq hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud edi. Аna shunday muammolardan birini А.Mamatov quyidagicha ko‘rsatadi: “Bu frazeologik shakllanish (frazoobrazovaniya) masalalaridir. Frazeologik shakllanish til unsurlarining, xususan, ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro uyushib, yangi til birligini yuzaga keltirish jarayonidir”. 2 2 Маматов А. Лексик интеграция асосида фразеологизмларнинг шаклланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1999. №6. 29-33 бетлар . 5