O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
![O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI
Reja:
Kirish ( Ishning umumiy tavsifi)
I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YUKLAMALARNING O‘RGANILISHI
HAQIDA .
1.1. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishi
1.2. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi haqidagi qarashlar………………
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa………………………………………………….
II BOB. SO‘Z-YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI
2.1. So‘z-yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari
2.2. O‘zbek tilida yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar…………………
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………...
III BOB. QO‘SIMCHA KO‘RINISHIDAGI YUKLAMALARNING USLUBIY
XUSUSIYATLARI
3.1. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar haqida ma’lumot
3.2. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar stilistikasi
3.3. Badiiy matnda yuklamalar nutqni voqelantiruvchi vosita
sifatida…………………………………
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………….
XULOSA…………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_1.png)
![DISSERTATSIYA MAVZUSINING TAVSIFI (ANNOTATSIYASI)
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi .
Har bir millatning o‘zligini namoyon etadigan vositalardan biri ularning o‘z
tilidir. Dono xalqimizda shunday purma’no hikmat bor: ”Tilga e’tibor – elga
e’tibor”. Shunday ekan, bugungi kunda jadallik bilan rivojlanayotgan texnika-
texnologiya asrida tilga bo‘lgan e’tiborni ham unutmasligimiz darkor. “Hozirgi
kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz
hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g’urur-
iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va
ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi” 1
,- deya ona tilimizga yuksak ta’rif berib, biz
yoshlarni yana ham ko‘proq izlanishga undaganlar muhtaram Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev. Shunday ekan, biz, tilshunoslar, tilda bo‘layotgan
o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganishimiz va shu bilan bir qatorda yangiliklardan
xabardor bo‘lgan holda ko‘proq izlanishimiz kerak. Har qanday til rivojlanish
bosqichida ma’lum to‘siqlarga duch keladi. Tilshunos olimlar mana shunday
to‘siqlarni bartaraf etish uchun tillarni o‘zaro solishtirishadi, ularning farqli va
o‘xshash jihatlarini tahlil etishadi. Tilni chuqur tadqiq etish uchun o‘sha tilda
mavjud bo‘lgan fonetik, leksik qatlam birliklarining semantik-struktur jihatdan
alohida guruhlarga ajratib olingani, bu jarayon dastavval hind tilshunosligida
yuzaga kelgani, bizning ajdodlarimiz ham yunon tilshunosligiga tayangan holda
tillarni tasnif etishgani sir emas. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida
tilshunosligimizda rus tilshunoslari tahlillariga asoslangan tadqiqotlar ko‘zga
tashlana boshladi. Tilshunos O. Azizov “ har bir tildagi so‘zlar grammatik belgisi
va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Grammatik qurilish
jihatidan har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlarning semantik xususiyatlari, qo‘llanish
doirasi, grammatik belgilari, o‘zaro birikishi doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi” 2
.
- degan fikrlarni keltiradi. Har bir til o‘z strukturasiga ega. O‘zbek tilshunosligi
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga 21 oktabr — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi. .
https://www.gazeta.uz/oz/2021/10/20/tabrik/
2
Азизов О. Тилшуносликка кириш. - Тошкент.: Ўкитувчи 1996. – 176 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_2.png)
![ham dunyo tilshunosligi kabi funksional grammatik jihatidan ancha o‘rganilgan va
buning natijasi sifatida tilimizda ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Shuningdek, hali yechimini topmagan, izlanishni talab qiladigan yo‘nalishlar ham
bir talay. Shular jumlasiga yordamchi so‘zlar guruhini keltirishimiz mumkin. Bu
turkumga kiruvchi so‘zlar leksik, grammatik va pragmatik jihatdan boshqa so‘z
turkumlari kabi bir qancha ustunliklarga ega. Tilshunosligimizda yordamchi so‘z
turkumlari Sh.Sh.Shoabdurahmonov, R.Rasulov, S.Karimov, R.Qo‘ng’urov,
M.Qurbonov, N.Ernazarov, A.B.Pardayev, O.Bozorov, U.Rahimov, Z.Isoqovlar
tomonidan tadqiq etilgan. Tadqiqotlarda yordamchi turkumlar haqida turlicha
fikrlar keltirilgan bo‘lib, yordamchi turkumlarning grammatik vazifalari, turlari
haqidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga qadar jahon
tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida ham yuklamalar, ularning so‘z
turkumlari, xususan, yordamchi so‘z turkumlari o‘rtasidagi o‘rni xususida
muayyan tadqiqotlar yuzaga kelgan 3
. Biroq yuklamalarning qo‘shimcha ma’no
berish kabi asosiy vazifasidan tashqari, nutqiy vaziyatga qarab badiiy matnda
nutqni voqelantiruvchi turli pragmatik vazifani ado etishi borasidagi rang-
baranglik ma’no jilolarini berishi boshqa grammatik vositalardan ustun tomonidir.
Garchi o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning grammatik xususiyatlarini diaxronik
va sinxronik yo‘nalishda tekshirishga bag’ishlangan tadqiqotlar yetarli darajada
bo‘lsa-da, biz qarab chiqqan manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek
tilidagi yuklamalarning semantikasini o‘rganishga oid kuzatishlarning barmoq
bilan sanarliligi, yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlani o‘rganishga oid
ishlarning yo‘qligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqot ob’ekti . O‘zbek tilining izohli lug’ati va badiiy asarlardagi yuklama
vazifasida qo‘llanilib kelayotgan, yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar hamda
qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar tanlandi. Ularning funksional xususiyatlar
va semantik ma’nolari ochib berildi.
3
Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. - 22 с.; Раҳимов У.
Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. номз. …дис.автореф. – Самарқанд, 1994. -25 б.;
Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан.
номз. …дис.автореф.–Фарғона, 2005.-22 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_3.png)
![Tadqiqot predmeti . Tilimizda so‘z va qo‘shimcha ko‘rinishida qo‘llanib
kelayotgan yuklamalar va yuklama vazifasiga ko‘chgan so‘zlarning badiiy
matndagi semantik-stilistik munosabatini aniqlashdan iborat.
Magistlik ishining maqsadi va vazifalari . Magistrlik dissertatsiyasida
yuklamalarga funksional differensial, vazifaviy chegaralanganlik nuqtayi nazaridan
munosabatda bo‘lish, ularga nafaqat grammatik birlik, balki nutqiy ta’sirchanlik
vositasi sifatida qarash hamda maqsadga muvofiq tarzda tanlash va
foydalanishning yo‘llarini tahlil qilish, ularni nutqdagi emotsional – ekspressiv
ma’no ottenkalarini aniqlashga harakat qilish hamda bunda nutqning og’zaki va
yozma shakllarini o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning funksional
xususiyatlari o‘rganildi, bu jihat monografik rejada tadqiq etiladi; o‘zbek
tilshunosligida yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari yaxlit xolda ilk bor
o‘rganildi; bugungi kunda o‘zbek tilining kommunikativ-pragmatik
imkoniyatlarining kengayib borayotganligi, ayniqsa, so‘zlashuv nutqining o‘ziga
xos kommunikativ funksiyasining kuchayishiga yuklamalarning alohida xizmati
yuzaga kelayotgani sababli bu birliklarning semantik-stilistik imkoniyatlarini
yanada chuqur o‘rganish zaruratini yuzaga kelganligi asoslandi; keyingi yillarda
yuklamalarning nutq jarayonidagi ta’sirchanlikni oshirishda muhim uslubiy vosita
ekanligi dalillandiIshda quyidagi natijalarga erishildi.
- O‘zbek tilida yuklamalar maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi;
- Yuklamalar diaxron va sinxron aspektda tahlil qilindi;
- So‘z va qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalarning badiiy matn(nasr va nazm)
tarkibidagi stilistik, semantik xususiyatlari o‘rganildi;
- O‘zbek tilining izohli lug’ati( 5 tomli) tarkibidagi yuklamalar o‘rganildi, ularning
leksik va grammatik ma’nolari tahlil etildi;
- Yuklamalarda presuppozitsiya hodisasi tahlil etildi;
- Yuklama vazifasiga ko‘chgan so‘zlarning semantik- stilistik xususiyatlari tahlil
qilindi.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_4.png)
![Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari . O‘zbek tilining izohli lug‘ati asosiy
tadqiqot obyekti vazifasini o‘tadi. Bulardan tashqari, badiiy asar matnidagi mavzu
bilan bog‘liq leksik birliklarni tahlil qilishda etimologik, o‘zbek tili sinonimlar
lug‘ati, maktab darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalandik. Dissertatsiya
mavzusi Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining «O‘zbek
tili birliklarining funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va
diaxron aspekt)» deb nomlangan tadqiqot rejasi tarkibiga kiradi. Ushbu mavzu
mazkur kafedra tomonidan magistrlik dissertatsiyasi uchun tavsiya etilgan va
fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlangan. Dissertatsiya Samarqand davlat
universiteti filologiya fakulteti, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi yig‘ilishida
muhokama etilib tadqiqotning asosiy mazmuni bo‘yicha respublika va xalqaro
miqyosidagi ilmiy jurnal va to‘plamlarda 5ta maqola e’lon qilindi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Bizga ma’lumki, o‘zbek tilida
yordamchi so‘z turkumlari keng tadqiq etilgan shu jumladan yuklamalar ham
o‘rganilgan. Yuklamalar turkiyshunoslarning doimiy diqqat markazida bo‘lgan
bo‘lsa-da, bu boradagi ilk tadqiqotlarda yuklamalarga bag‘ishlangan alohida
bo‘limlar ajratilmaydi – ular modal va turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi
vositalar ichiga singdirilib yuborilgan. Rus tilshunosligida yuklamalarning
o‘rganilishi XVIII asrdan boshlab o‘rganila boshlangan. Yuklama atamasining o‘zi
rus tilshunosi M.Lomonosov tomonidan kiritilgan. 4
Yuklamalar butun bir jumla,
gap yoki uning alohida bo‘laklariga turli-xil emotsional-ekspressiv, modal ma’noni
yuzaga keltirish uchun ishlatiladigan so‘zlardir. Tilimizda yuklamalar mavzusida
alohida qilingan tadqiqotlar ham bor. O.Bozorov «O‘zbek tilida yuklamalarning
semantik-funksional xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qilgan. Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining
o‘zaro munosabati va un Yuklamalar presuppozitsiyasi bo’yicha U.Rahimov
“O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qilgan. Ushbu ishda presuppozitsiya ifodalovchi ham,
emas, faqat, yana yuklamalar kengroq yoritilgan. O‘zbek tilshunosligida
4](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_5.png)
![ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan yana bir qancha
tadqiqotlar mavjud bo‘lib, magistrlik dissertatsiyasida ulardagi ayrim fikrlar tahlil
qilinadi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi . Tadqiqotning metodologik
asosini til hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan dialektik ta’limot va qiyosiy-tarixiy
metod tashkil etadi. Shuningdek, ishda foydalanilgan manbalardagi grammatik
qiyosiy tavsif usullari ham qo‘llanilgan. Ishda yana funksional-semantik hamda
matniy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shuningdek, tilimiz tarixini o‘rganish
borasida tadqiqotlar olib borgan tilshunoslar V.V.Radlov, A.N.Samoylovich,
S.E.Malov, A.M.Shcherbak, N.A.Baskakov, E.N.Nadjip, A.K.Borovkov kabi
ko‘pgina rus olimlarining, G‘.Abdurahmonov, E.I.Fozilov, U.Tursunov,
B.O‘rinboev, O.Usmonov, S.Ashirboev, Q.Sodiqov, Q.Mahmudov kabi o‘zbek
tilshunoslari shu yo‘nalishda olib borgan ishlaridagi tadqiq metodlariga ham
asoslanildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Magistrlik ishi ko‘p jihatdan izohli,
etimologik lug’atlarni tuzishda alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning ilmiy
xulosalari hozirgi o‘zbek adabiy tilida yuklamalar mavzusida yaratilgan mavjud
ishlarni nazariy jihatdan boyitadi. Tadqiqotning ilmiy natijalaridan o‘zbek tili
korpusini yaratishda, oliy o‘quv yurtlarida yuklamalar stilistikasi masalalariga
bag’ishlangan maxsus kurs va seminarlarni tashkil etishda foydalanish mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi tuzilmasining tavsifi . Dissertatsiya kirish, uch bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_6.png)
![I.BOB.O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YUKLAMALARNING
O‘RGANILISHI HAQIDA
Tilshunosligimizda yordamchi so‘z turkumlari ilk davrlardanoq o‘rganib
kelingan. Bu to‘g’risida ma’lumotlar Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’atit-
turk” asarida uchraydi. “Devonu lug’atit-turk” da mavjud bo‘lgan yordamchi
so‘zlarni muallifning o‘zi alohida ajratmagan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar an’anaviy
uch guruhni bu o‘rinda ham ko‘rsatish mumkinligini aniqlaganlar . Ushbu asarda
yordamchi so‘zlardan ko‘makchi, bog’lovchi va yuklamalarga ham to‘xtalib
o‘tilgan. Masalan, S.Mutallibov «Devonu lug’otit turk»da uchrovchi yuklamalar
ikki xil bo‘lganini aytgan: 1. Ilgaridan tilda yuklama vazifasida qo‘llanib
kelayotgan yuklamalar -chi, gina, -o‘q kabi, 2. Ilgari biror mustaqil so‘z turi
bo‘lgani holda, so‘ng yuklama funksiyasiga ko‘chganlar: yolg’iz, ilal kabi. 5
«Devonu lug’otit turk» asarida uchragan yordamchi so‘zlar sirasidan quyidagilarni
yuklamalar deb ko‘rsatishimiz mumkin.
en//än//an – ta’kid va kuchaytiruv; biror narsani juda oshirib maqtalsa: эn
эзгу нэн – juda yaxshi narsa deyishadi. Juda oq, oppoq narsani аn-ақ deyiladi. (I,
70.)
(Hozirda bu so‘z belgining normal darajasidan ortiqligi, kuchliligini
ifodalovchi orttirma darajadagi sifatni fonetik usul bilan hosil qiluvchi vosita deb
ko‘rsatiladi 6
).
a б – «yo‘q emas, na» ma’nolarida qo‘llangan; аб бу аб ол – na bu, na u. (I,
70.)
уш – shunday, xuddi; уш мундағ қil – xuddi shunday qil. (I, 72.)
o қ – holga yaqin ma’no beruvchi qo‘shimcha (yuklama) баjа-оқ kэlдiм –
boyayoq keldim. (I, 73.)
o л – ot va fe’llarga qo‘shiladigan ta’kid qo‘shimchasi; ол мэнiң оғлiм ол –
u haqiqatda mening o‘g’limdir. (I, 73.)
5
Муталлибов С.М. Морфология ва лексика тарихидан қисқача очерк (XI аср ёзма ёдгорликлари асосида) –
Т.: ЎЗФА нашриёти, 1959. 125-126-б.
6
Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 254](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_7.png)
![a в – buyuruvchining buyrug’ini pisand qilmaslik, bo‘ysunmaslik o‘rnida
qo‘llanuvchi «A?!», «Nima deyapsiz?» mazmunidagi yordamchi so‘zdir. (I, 75.)
aj – a в so‘zi kabi buyruqni mensimaslikni, inkor qilishni bildiradigan so‘z.
(I, 75.)
aбaн – agar; aбaн сэн барсасан – agar sen borsan. (I, 153.)
мат – shunday, xuddi ma’nosini bildiruvchi so‘z; андағ мат – u shunday. (I,
311.)
таб – bop, etarli ma’nosini beruvchi yuklama; бу аш мэнä таб – bu osh
menga bop, etarli; таб болдï – mos bo‘ldi, bop bo‘ldi. (I, 308.)
қоб – ta’kidlash, puxtalash, oshirish ma’nolarida qo‘llanadigan yuklama:
Оғул қоб бадудï – o‘g’il juda katta bo‘lib ketdi; қоб эзгÿ нэн – juda yaxshi narsa.
(I, 309.)
jah – xuddi, shunday, ha ma’nolaridagi so‘z. (III, 128.)
Шу – fe’llar o‘zagiga qo‘shilib, buyruq ma’nosini kuchlatuvchi –ч и
qo‘shimchasi o‘rnida qo‘llanuvchi qo‘shimcha; барғiл шу – albatta bor, borsang-
chi! Кэl шу – albatta kelsang-chi. (III, 228.)
Yuqoridagilardan keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, bugungi kundagi inkor
ma’nosini ifodalovchi na (ab), xuddi (ush,jah,mat) yuklamalarining variantlari, -oq
ta’kid yuklamasining aynan o‘zi qadimgi turkiy tilda uchragan ekan.
XIII – XIV asr turkiy til tarixiga oid noma’lum muallif tomonidan yozilgan
«At-tuhfatuz zakiyatu fillug’atit turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa»)
kitobida ham yuklamalarga qisman «Ta’kid bo‘limi»da to‘xtalgan. «At-tuhfa»da
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, xususan, so‘roq gaplar va so‘roqni ifodalash
yo‘llari, gap bo‘laklarining tartibi haqida ham ma’lumot beriladi. So‘roq gaplar
quyidagi so‘roq vositalari orqali ifodalanishi bayon qilinadi: 1) -mi yuklamasi
orqali. Bu yuklamaning qo‘llanilishi ikki xil ekanligi ko‘rsatiladi. Birinchi holatda
so‘roq yuklamasi gap oxirida, kesim tarkibida keladi. Masalan, Biylar keldilarmi?
«Beklar keldimi?» Bunday holatda so‘roq yuklamasi bilan shaxs
qo‘shimchalarining joylashish o‘rni turlichadir. O‘tgan zamon fe’lida zamon
qo‘shimchasidan so‘ng shaxs qo‘shimchasi, undan so‘ng esa so‘roq yuklamasi](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_8.png)
![keladi: Keldingmi? Keldingizmi? kabi. Hozirgi va kelasi zamon fe’llarida zamon
qo‘shimchalari bilan so‘roq yuklamalari o‘rni almashinib qo‘llanishi mumkinligi
ko‘rsatiladi. Ba’zan shaxs qo‘shimchalari oldin, so‘roq yuklamalari undan keyin
keladi. Masalan, kelirmanmi ? kelirbizmi ? kelayimmi ? kelalimmi ? kelalikmi?
kelgaymanmi? kelgaybizmi? kabi. Ba’zan esa, aksincha, so‘roq yuklamasi oldin,
shaxs qo‘shimchalari keyin keladi. Masalan, kelirmisan? kelirmisiz? kelamidirsan?
kelamidirsiz? kelgaymisan? kelgaymisiz? kabi. So‘roq yuklamalarining bunday
joylashuvi, ehtimol, o‘sha davrdagi qabilalar tillari o‘rtasidagi farq bo‘lishi
mumkin. Ikkinchi holatda so‘roq yuklamasi mantiqiy urg’u tushgan bo‘lak
tarkibida, aktual bo‘linish jihatdan rema tarkibida keladi. Bu vaqtda -mi ko‘pincha
kesimdan oldingi bo‘laklarda keladi. Masalan, Biymi keldi? «Bek keldimi?»,
Manmi keldim? Bizmi keldik? Sanmi kelding? Sizmi keldingiz? kabi. Bu
xususiyat hozirgi ayrim turkiy tillarda, jumladan, hozirgi qorachoy-balqar tilida
adabiy meyor sanaladi.Ushbu asarda yana na yuklamasining so‘roq ma’nosini
taajjub orqali ifodalashi aytiladi. («At-tuhfa», 124-bet). Masalan, Бий на курукли
кичидир? «Bek qanday ko‘rkam kishidir. На ямандир ? «Bu qanday yomondir». 7
Tilshunos olimlarimizdan Abdurauf Fitrat o‘zining asarlarida so‘z
turkumlariga to‘xtalib, mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son va olmoshni keltirib,
yordamchi so‘z turkumlaridan faqat ko‘makchilarga to‘xtaladi. Olim tilimizda
mavjud bo‘lgan modal, taqlid, yuklama, bog’lovchi, undov so‘zlarni ham
ko‘makchilar sirasiga kiritgan. Bunday so‘zlar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga
tas- niflanadi:
1 ) kuchaytirish ko‘makchilari: asru, juda, hech, albatta, aslo, sira, eng,
butkul, xuddi;
2 ) o‘rin ko‘makchilari: ora, ichra, uza, uzra;
3) qavatlov ko‘makchisi: tag’in, daxi, bilan, -la, yana, ham,-da;
4) shart ko‘makchilari: yo‘qsa, agar, agarchi;
5) aniqsizlik ko‘makchilari: balkim, yo, yoki, yoxud;
6 ) orzu ko‘makchilari: koshki, shoyad;
7
Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент, 2000. – Б. 69.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_9.png)
![7) hasrat-armon ko‘makchilari: essiz, afsus, attang;
8 ) hol ko‘makchilari: ayniqsa, xususan, umuman, zotan;
9) nisbat ko‘makchisi: sayin;
1 0 ) cheklash ko‘makchilari: -gina, -g’ina,-kina,-faqat;
1 1 ) chiqarish ko‘makchilari: biroq, lekin;
1 2 ) tafsir-izoh ko‘makchilari: -kim,-ki;
13) sabab ko‘makchilari: uchun, chunki;
14) chama ko‘makchisi: -cha (yigirmatacha);
15) tuyg‘u ko‘makchilari: oh, uy, oy va boshqalar. Yuqoridagilardan shunday
xulosaga kelish mumkinki, hali yordamchi so‘zlar, modal va undov so‘zlarning
o‘ziga xos xususiyatlari farqlanmaydi. Fitrat hozirgi o‘zbek tilshunosligida
otlarning kelishik kategoriyasi tarkibida o‘rganiladigan kelishik shakllarini barcha
so‘z turkumlaridan keyin alohida belgilar atamasi ostida beradi va ular orasiga
so‘roq yuklamasi ham kiritiladi: -mi so‘rov belgisi; -ning qarash belgisi; -niki,-niqi
qarash belgisi; -ga,-ka,-g’a,-qa borish belgisi; -ni tushish belgisi; -dan chiqish
belgisi; -da urin belgisi. Asarda so‘roq olmoshlari va so‘roq yuklamalari hamda
ularning o‘rinlari haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida -mi yuklamasi mantiqiy urg‘u qaysi bo‘lakka
tushishidan qat’i nazar, doimo kesim oxiriga qo‘shiladi. Ana shu xususiyati bilan
eski o‘zbek tilidan va ayrim hozirgi turkiy tillardan (masalan, qorachoy-bolqar,
tatar tillari) farq qiladi. Fitrat esa bu yuklamani gapning mantiqiy urg‘u tushgan
bo‘lagiga qo‘shilishini ta’kidlaydi. U bu hakda shunday yozadi: «So‘rash gapning
qaysi bo‘lagiga yo‘nalgan esa, -mi belgisi shul bo‘lakka yopishib keladir:
Karim bu kun o‘z cho‘ponini bozorga yubordimi?
Karim bu kun o‘z nuponini bozorgami yubordi?
Karim bu kun o‘z cho‘poninimi bozorga yubordi ?
Karim bu kunmi o‘z cho‘ponini bozorga yubordi ?
Karimmi bu kun o‘z cho‘ponini bozorga yubordi?»
Fitrat -da, ham yordamchilari ishtirokida teskari shartli gapning hosil
qilinishini ta’kidlaydi: «Shartli gapning shart fe’lidan keyin -da, ham qo‘shilsa](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_10.png)
![teskari shartli gap bo‘ladir: Aytmasang ham, bilaman. Quvsang-da, borarman.
Domlangiz bu xatolarga ko‘pda ishonmasa ham keyinrak o‘ylay boshladi».
Ko‘rinib turibdiki, olim ergash gaplar orasidagi bog’lanishda yuklamalarning
ishtirokiga ham e’tibor bergan .Shunday qilib, Fitrat «Sarf» asarida o‘zbek tilining
morfologiyasini mumkin qadar izchil yoritishga harakat qiladi. Biroq bu ilk tajriba
bo‘lganligi sababli bir qator hodisalar talqinida yanglish fikrlar uchraydi, ayrim
morfologik kategoriyalar esa o‘z talqinini topmaydi. Lekin bu kamchiliklardan
qat’i nazar, mazkur asarning yaratilishi o‘zbek ilmiy tilshunosligining
shakllanishida, so‘zsiz, poydevor vazifasini bajardi. 8
Tilshunos olima A.Ibragimova XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklarda
uchrovchi yuklamalar haqida qimmatli ma’lumot bergan. U bu davrdagi
yuklamalarni ikki guruhga ajratadi: 1) affiks ko‘rinishida bo‘lgan sof yuklamalar;
2) mustaqil so‘z shakliga ega bo‘lgan funksiyadosh yuklamalar. Olima sof
yuklamalar sifatida –mu//-mi, -qi:na/-kina//-g’i:na/-gina, -oq/θk yuklamalarini
ko‘rsatadi. Eski o‘zbek tilining XIII-XIV asrlardagi turkiy yozma yodnomalarda
qo‘llanilgan ma (bu so‘z asli bog’lovchi), emə (bog’lovchi), ush (olmosh),
taqi/daqi/dahi (bog’lovchi) kabi funksional yuklamalarni ko‘rsatadi. Bundan
tashqari, magar, kashke, illa, hatta, bale, axir, bas, ham, alqissa, almaqsud, filjumla
kabi fors-tojik va arab tillaridan o‘zlashgan yuklamalarni ham tahlil qilgan. 9
Shuni aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning
o‘rganilishiga oid ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Yuklamalar ham tilshunoslarning
doimiy e’tiborida bo‘lgan grammatik vosita bo‘lib, bu boradagi tadqiqotlar davom
etmoqda. Yuklamalar tadqiqi yuzasidan dissertatsiyalar, qator maqolalar e’lon
qilingan. Bu boradagi to‘liq ma’lumotlar A.Pardayevning «Til tizimida yordamchi
so‘zlar» monografiyasida keng va batafsil tahlil qilingan. 10
1.2. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi haqidagi qarashlar
8
Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилшунослиги тарихи. I қисм. – Тошкент, 2000. – Б. 148-159.
9
XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили (Морфология). – Т.: Фан, 1986. 264-267-б
10
Пардаев А.Б. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 117-134-бетлар.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_11.png)
![Yordamchi so‘z turkumlaridan bo‘lgan yuklamalar matn tarkibida kelib, so‘z
yoki gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no jilolarini beruvchi so‘z yoki qo‘shimcha
ko‘rinishidagi yordamchi vositalardir. O‘zbek tilining izohli lug’atida unga
shunday ta’rif beriladi: “Mustaqil so‘z yoki gapga turli qo‘shimcha ma’no berish
yoki turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchi
so‘z yoki qo‘shimcha” 11
.
Adabiyotlarda yuklama haqidagi quyidagi ta ’ riflar uchraydi:
«Yuklamalar ayrim so‘z yoki gapga turli ma’no ottenkasi berish uchun xizmat
qiladigan yordamchi so‘zlardir». 12
«Yuklama gap mazmuniga har xil qo‘shimcha ma’no kiritish, ayrim gap
bo‘laklarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi». 13
«Yuklamalar yordamchi so‘zlar razryadiga taalluqli bo‘lib, ayrim so‘z yoki gap
bo‘laklaridan biri bilan ishlatiladi va fikrning ba’zi modallik xususiyatini ifodalash
uchun xizmat qiladi». (M.Sodiqova, 1966.)
«Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no jilosi berish uchun xizmat qiladigan
yordamchi so‘zlar yuklamalardir». (Sh.Shoabdurahmonov, 1975)
«Ayrim so‘z, so‘z birikmasi yoki butun gapga turli modal ma’no qo‘shadigan, so‘z
o‘zgarish xususiyati bo‘lmagan so‘zlar yuklama deb ataladi». (S.Usmonov, 1978.)
«Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan yordamchi
so‘zlar yuklama deyiladi». (Sh.Shoabdurahmonov, 1980.)
«Yuklama har xil qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi». (U.Tursunov,
1992.)
«Mustaqil so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklama
deyiladi». (Ona tili darsligi. 6-7-sinf. 1985, 1990, 1995.)
«Yuklamalar so‘zlarga yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytirish, ayirish,
chegaralash, o‘xshatish, qiyoslash kabi qo‘shimcha ma’nolar kiritishga xizmat
qiladi». (H.Ne’matov, 2000.)
11
Ўзбек тилининг изоҳли луғати А.Мадвалиев таҳрири остида (2006 - 2008) wwwziyouz . uz
12
Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. Тошкент: Ўқитувчи. 1980. –
448 б.
13
Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_12.png)
![« Yuklamalar so‘z yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish, chegaralash
o‘xshatish kabi qo‘shimcha ma’no beradi». 14
Yuklama haqidagi turli adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni qarab chiqib,
so‘nggi keltirilgan malumotlar nisbatan to‘liq yuklamaning ta’rifini yoritib bera
olgan deyishimiz mumki. Negaki, oxirgi keltirilgan ta’riflarda yuklamalarning
bajaradiga vazifasi va ifodalanishi , ya’ni so‘z yoki qo‘shimcha ko‘rinishida
bo‘lishi aytilgan.
Yuqoridagi adabiyotlarda yuklamalar to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib
tilshunosligimizda bugungi kunda yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilga :
1) qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar; 2) so‘z shaklidagi yuklamalar ga ajratilgan
deyishimiz mumkin . Ammo R.Sayfullayeva va boshqalar muallifligida yaratilgan
Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsligida esa yuklamalarni tuzilishiga ko’ ra uch turga
ajratib ko’rsatadi. Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega:
1. Qo‘shimchasimon yuklama ([-mi], [-chi], [-a]. [-ya]).
2. Sof yuklama ([xuddi, [faqat], [axir] ... ).
3. Nisbiy yuklama ([yolg'iz. [ba'zan], [tanho], [bir] ... ) kabi. 15
Bu yerda nisbiy yordamchi so‘z atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo‘lgan
so‘zning yordamchi vazifasida qo‘llanilishi yoki tabiatida «shakldoshlik» mavjud
bo‘lgan birlik tushunilishi aytilgan. Masalan, (yolg’iz) sifat turkumiga oid so'z
yuklama o‘rnida ( Yolg‘iz senga suyanaman) ishlatiladi deyilgan. Bu darslikda
so‘z ko‘rinishidagi yuklamalarning o’zini ikkiga (sof va nisbiy) ajratib berishgan.
Boshqa hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklarida esa ularni umumiy so‘z yuklamalar
nomi ostida berib o‘tishgan.
Tilshunoslar orasida so‘z turkumlari ichida eng munozaraga sabab
bo‘luvchilardan biri, shubhasiz, yuklamadir. -ki, -chi, -da, -a(-ya), -u(-yu), -mi, -
oq(-yoq), -gina(-kina, -qina), axir, hatto, nahot, faqat kabi qator yuklamalar
14
SayfulIayeva R . R ., Mengliyev B . R ., Boqiyeva G . H ., Qurbonova M . M ., Yunusova Z . Q ., Abuzalova M . Q . Hozirgi
o ' zbek adabiy tili . O ' quv qo ' lIanma . - T ., « Fan va texnologiya ., 2009. - 277 b .
15
SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. - 278 b.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_13.png)
![mavjudki, ularning so‘z yoki so‘z emasligining o‘ziyoq davomli munozaralar
uchun asos bo'lib kelmoqda.
Shuningdek, -xon, -oy, -bek, -jon, -aloq, -choq kabi qo'shimchalar ham mavjud
bo'lib, odatda, nokategorial atamasi bilan izohlab kelinuvchi bu xil birliklarning til
tizimidagi mavqeyini aniqlash ham bevosita yuqorida qo‘yilgan savollar yechimi
bilan bog‘lanadi qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar ustida turli-xil qarashlar
mavjud. Sh.Shahobiddinova -jon, -xon, -oy, -cha, -chak-(a)loq, -choq kabilarni
yuklamalar qatoriga qo‘shish mumkinligini aytgan. 16
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi yuklamalarni Sh.Shoabdurahmonov maxsus
tadqiq etgan . Sh.Shoabdurahmonov 1957 yilgi nashrda -gina yuklamasi haqida:
«a) ot, olmosh, son, -(i)b li ravishdosh va ko‘makchilardan so‘ng kelib ayirib
ko‘rsatish, chegaralash ma’nosini anglatadi: ...shu ko‘chanigina «kamennaya»
deyishadi.
b) holat ravishlaridan so‘ng kelib, harakatni ayirib ko‘rsatadi: Shirintoy
salqinga o‘tib, savatni erga ohistagina qo‘ydi.
v) aniq fe’llardan so‘ng kelib, harakatni ayirib ko‘rsatish mazmunini va shu
bilan birga degan ma’noni anglatadi: Salim o‘qiydigina emas, o‘qitadi ham.
Eslatmalar:
1)-gina (-kina, -qina) sifatlarga qo‘shilib kelganda, yuklama hisoblanmaydi.
Bunday choqda ularni «subyektiv baho» affiksi deb qaramoq kerak.
2) otlarga qo‘shilib kelib, erkalash, kichraytirish ma’nosini anglatmog‘i
ham mumkin. Bunday choqda u urg‘u oladi va affiks hisoblanadi. O‘zidan keyin
egalik ham qabul qiladi: bolaginam kabi».
Sh.Shoabdurahmonov 1975, 1980 yilgi nashrlarda:
«-gina yuklamasi:
a) mustaqil so'zlar (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish va ayrim fe’l formalari
hamda ayrim ko‘makchilar) bilan, tufayli, uchun va sh.k.dan so'ng kelib, ayirib
ko'rsatish, chegaralash ma’nolarini bildiradi: So‘nagul arzon bo'lsa ham
shinamgina past poshnali bir tufli olib kiydi.
16
Шаҳобиддинова Ш. Айрим қўшимчаларнинг мавқеи хусусида // Ўзбек тили ва адабиёти, 2000. №5. – Б.27](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_14.png)
![v) predmet yoki harakat belgisini bildiruvchi so'zlardan so'ng kelib predmet
yoki harakat belgisini ayirib ko'rsatish bilan birga o'sha belgida kamlikni,
kuchsizlikni ham ifodalaydi. Shipi past, devorlari yupqa, torgina do‘konxona. O‘zi
ham ko‘rkamgina».
Bu o‘rinda sifatlardagi shakl yasovchimi? Yuklama deb qaralmayaptimi?
Negaki boshqa adabiyotlarda (1957 y., Sh.Shoabdurahmonov.) sifatlardagi -gina
yuklamaga kiritilmagan-da! 1966 yilgi nashrda M.Sodiqova: «Sifatlarga qo‘shilib
kelgan -gina yuklama hisoblanmaydi, bunday choqda ularni subyektiv baho
ifodalovchi affiks deb qaramoq kerak. Odatda, yuklamalar so'z tarkibida hamma
xildagi affikslardan keyin keladi» deb sifatlardagi -gina shaklini yuklama
sanamaydi.
Tilimizda yuklamalar mavzusida alohida qilingan tadqiqotlar ham bor.
O.Bozorov «O‘zbek tilida yuklamalarning semantik-funksional xususiyatlari»
nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O.Bozorov ushbu nomzodlik
dissertatsiyasida yuklamalar sirasiga quyidagilarni kiritadi: -ki, da, -u(-yu), ham, -
ku, -mi, -chi, -a(-ya), balki, emas(mas), faqat, esa, bo‘lsa, na...na, tugul, negaki,
sababki, nega desang, bo‘lmasa, yo‘qsa, aksincha, -oq(yoq), -gina, -dir, -gin, -in, -
cha, qip-, yop-, (yap-), kap-, xolos, naq, ayni, qoq, zora, shoyad, koshki, koshki edi
(koshkiydi), qani endi, qani edi (qaniydi), ishqilib, hatto, aqalli (loaqal), nahot,
nahotki, oxir, yana, tag’in, to, agar, mabodo, basharti, bordi-yu, garchand, garchi,
go‘yo, xuddi, bamisoli, albatta, baribir, demak, xullas, aytmoqchi, aytganday,
aytgandek, ayniqsa, xususan, atigi, nihoyati, avvalo, avvali, avvalambor, hech, sira,
aslo, mutlaqo, zinhor, juda, eng, g’oyat, nihoyatda, o‘lgur, tushgur, tushmagur,
qurgur, bo‘lgani, bo‘ladimi, bo‘lsa ham, boringki, qo‘yingki, qo‘ying-chi, kel (ke),
keling, kelinglar, kelib-kelib, deyman, degin, deng, aytginaytgin, bildingmi,
bilasizmi, yolg’iz, naq, yaxshisi, bir, birinchidan, ikkinchidan, kimsan, mana, ana,
bu, shu, nima, qani, o‘zi, qanday, -e(e), -ay, -ey, ha, xayriyat, xayriyatki, xo‘sh, asli
(aslida), afsus (afsuski), taajjub (taajjubki), bor, yo‘q, bormi, bor-yo‘g’i, tim, liq,
lim, g’irt, qir, shir, g’arq, jiqqa.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_15.png)
![Bu borada yana Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z
turkumlarining o‘zaro munosabati va unda yuklamalarning o‘rni» mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U yuklamalar sirasiga -ki, -ku, -da, -
u(-yu), ham, -mi, -chi, -a(-ya), faqat, na... na, tugul, -oq(-yoq), -gina, -dir, -gin,
qoq, aqalli, nahot, nahotki, agar, mabodo, basharti, atigi, nihoyati, tim, liq, lim,
g’irt, g’arq, jiqqa, -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, - bonu, xuddi, naq, naqadar
kabilarni kiritib, quyidagi semantik guruhlarga ajratadi: 1) kuchaytiruv-ta’kid
yuklamalari: -ki, -da, -u(-yu), -a(-ya), aqalli, ham, -ku, naqadar, atigi, nihoyati, tim,
liq, lim, g’irt, g’arq, jiqqa; 2) ayiruv yuklamalari: faqat, -gina; 3) taajjub
yuklamalari: nahot, nahotki; 4) shart yuklamalari: agar, mabodo, basharti; 5)
sub’ektiv baho yuklamalari: -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, -gin; 6) inkor
yuklamasi: na... na, tugul; 7) so‘roq yuklamalari: -chi, -mi; 8) aniqlov yuklamalari:
xuddi, naq, qoq; 9) gumon yuklamasi: -dir. 17
Olim yana «O‘zbek tilining izohli
lug’ati»da (1981) yuklama sifatida berilib, boshqa ilmiy manbaalarda uchramagan
e, xo‘sh, ha, ey, bu, bor-yo‘g’i, ana, oriy, tugul, aksincha, xolos, yana, tag’in, zora,
zoraiki kabi yuklamalarni sanaydi va lug’atdagi o‘z, qani, shu, mana, kimsan, bir,
ayni, aqalli, qoq kabi so‘zlarni yuklamamalik xususiyatlarini tahlil qiladi.
Yuklamalar presuppozitsiyasi bo’yicha U.Rahimov “O‘zbek tilida
yuklamalar presuppozitsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qilgan. Ushbu ishda presuppozitsiya ifodalovchi ham, emas, faqat, yana
yuklamalar kengroq yoritilgan.
Yuklamalar rus tilshunosligida ham batafsil o‘rtanilgan. Bu borada
T.M.Nikolaevaning yuklamalar tadriji borasidagi monografiyasidan keng
ma’lumot olish mumkin. Bu so‘zlar xususida M.Lomonosov ham to‘xtalib o‘tgan.
A.Shaxmatov yuklamalarni sintaktik ob’ektda o‘rganish tarafdori bo‘lgan.
V.Vinogradov yuklamalarni ekspressiv–stilistik funksiyalariga alohida urg’u
bergan. U yuklamalar qatoriga yana bog‘lovchilarni, predloglarni ham so‘zlarni
kiritgan. F.F.Fortunatov ham yuklamalarning sintaktik xususiyatiga alohida
17
Исоқов З.С. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол.
фан. номз. …дис.автореф. – Фарғона, 2005. 14-б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_16.png)
![e’tibor qaratgan. Rus tilshunosligida asosan yuklamalar bahsida A.Shaxmatov va
F.Fortunatovlar fikri tayanch hisoblanadi. XX asrda turkologiyada ham yuklamalar
tadqiqot ob’ektiga aylangan. Jumladan, F.Kenjebaeva qozoq tilidagi, F.Zeynalov
ozarbayjon tilidagi, K.Amiraliev qozoq va qoraqalpoq tilidagi, K.Axmerov
boshqird tilidagi yuklamalarni tadqiq etgan. 18
Umuman, yuklamalar barcha ilmiy
manbalarda so‘zlarga yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytirish, ayirish, chegaralash,
o‘xshatish, qiyoslash kabi qo‘shimcha modal ma’no beruvchi yordamchi so‘zlar
deya talqin etilgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklarida yuklamalar
quyidagicha tasnif qilingan: 1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(-ya). 2.
Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u(-yu), -da, -oq(-yoq), -ki,-kim, axir,
hatto, hattoki, nahot, nahotki, tim, shir, g’irt, liq, lim, g’raq, jiqqa. 3. Ayiruv va
chegaralov yuklamalari: -gina (-kina, -qina), faqat, faqatgina, yolg’iz. 4. Aniqlov
yuklamalari: xuddi, naq. 5. Gumon yuklamasi: -dir. 6. Inkor yuklamasi: na... na.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, hozirgi o‘zbek tilida yuklamalar matnga
qo‘shimcha emotsional-ekspressiv jilo berishga xizmat qiluvchi muhim
vositalardir.
Bob bo’yicha qisqa с ha xulosa
1. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi o‘zining tadrijiy o‘rganilish tarixiga
ega. «Devonu lug‘otit turk», «At-tuhfatuz zamoniyatu fil lug'atit turkiya» kabi
asarlarda turkiy yordamchi so‘zlarni o‘rganishning tamal toshi qo‘yilgan.
2. O‘zbek tili yordamchi so‘zlarining o‘rganilishida Fitratning qarashlari alohida
ahamiyatga ega. Uning yordamchi (ko‘makchi) so‘zlarning o‘n besh a’zoli tasnifi
va yuklamalar haqidagi fikrlari so‘nggi davr yordamchi so‘zlar ta’limotiga katta
ta’sir ko‘rsatdi.
3. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning aniqlanish mezoni, tarkibi,
boshqa so‘z turkumlariga munosabati kabi masalalar bo‘yicha munozarali
qarashlar mavjud.
18
Пардаев А. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. –Б.117-134](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_17.png)
![4. Yordamchi so‘zlar xususan, yuklamalar tadqiqotida oraliq uchinchi hodisaga
jiddiy e’tibor berilishi kerak.
II BOB. SO‘Z-YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI
2.1. So‘z-yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari
Tilshunosligimizda yordamchi so‘zning leksema va qo‘shimcha orasida «oraliq
uchinchi» bo‘lib, ham leksema, ham grammatik morfema xususiyatini o‘zida
mujassamlashtirishi to‘g‘risida aytilgan. 19
Ko‘pchilik tilshunoslar yuklamalarni
shaklan leksemaga, mazmunan esa qo‘shimchaga o‘xshatishadi (qiyos: Gullarni
onamga/onam uchun oldim.) Shu sababli ham til tizimida yordamchi so‘zlarning
o‘rni turlicha baholanadi - ayrim olimlar ularni qo‘shimchaga, ayrimlari nutq
bo‘lakchasiga, ba’zisi yordamchi so‘zga kiritishadi. Yordamchi so‘zning so‘zmi,
qo‘shimchami yoki mustaqil so‘zning yordamchi so‘z bilan bog‘lanishi so‘z
birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozarli mavzu bo‘lib qolmoqda. Buning
sababi shundaki, yordamchi so‘z guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham
«ma’noviy mustaqillik», ham «ma’noviy nomustaqillik» xususiyatiga ega.
Masalan, tortib mustaqil so‘z sifatida ravishdosh kabi qo‘llaniladi: Baliq qarmoqni
bir tortib, qochib ketdi. Maktab o‘qituvchisidan tortib olimgacha — hammasi
«dono!» Hammasi — «daho!» ( O‘.Hoshimov ) gapida yordamchi so‘z vazifasida
kelgan. Tortib mustaqil va yordamchi ma’noga ega bo‘lishiga qaramay, mustaqil
leksema qatoriga kiradi. Uchun, sayin, uzra, kabi,va ga o‘xshagan yordamchi
so‘zlar esa aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatni yuzaga
chiqarib, yordamchi so‘z guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki,
alohida qo‘llanila olish yordamchi so‘zni mustaqil so‘z bilan yaqinlashtirsa, turli-
tuman munosabatni ifodalash kabi umumlashgan ma’no uni morfemaga,
qo‘shimchaga yaqinlashtiradi, so‘z va qo‘shimcha ziddiyatida «oraliq uchinchi»
19
SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 266 b.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_18.png)
![vazifasida keladi. Yordamchi so‘zni mustaqil so‘zga quyidagilar yaqinlashtiradi: a)
shaklan alohida ajralib turish; b) lug‘aviy ma’noning mavjudligi (ot-ko‘makchi,
fe’l ko‘makchida); d) ko‘pincha ularning mustaqil so‘zlarga yaqinlashishi, ulardan
kelib chiqishi. Yordamchi so‘zning grammatik qo‘shimchaga o‘xshash tomoni
ularning morfema kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va,
sayin, kabi), qo'shimchasimon shaklda bo'lishi (-u, -yu, -da; -ki/-kim) va boshqalar.
Biroq yordamchi so‘zning grammatik morfemadan farqli tomoni shundaki: 1) ular
ajralgan holda gap bo‘lagi, so‘z birikmasi va gapda sintaktik xarakterdagi vazifa
bajaradi. Bu xususiyat, ayniqsa, ko‘makchi uchun xos. 2) gap bo‘lagi yoki gapni
o‘zaro bog‘laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog‘lovchi va yuklama keladi; 3)
so‘roq, inkor kabi gap ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi (yuklama). Yordamchi
so‘z mustaqil so‘z va so‘z-gap oralig‘ida «oraliq uchinchi» maqomini oladi.
O‘zbek tilida so‘z shaklidagi yuklamalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin: faqat, axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki, xuddi, na... na kabi sof hamda
aqalli, atigi, aksincha, ana, aynan, ayni,yolg‘iz, tugul va b.kabi nisbiy yuklamalar
kiradi.
FAQAT. Bu yuklama matndagi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zlarni chegaralab,
ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan: - Yangi odammiz. Qo‘ni-qo‘shnilar
bilan kirish-chiqishimiz yo‘q hisob. Faqat Qurbonoy xolani tanirdik.
(O‘.Hoshimov). Bu misolda faqat yuklamasi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zni
chegaralab kelayapti, ya’ni ular Qurbonoy xoladan boshqa hech kimni
tanimasligini faqat Qurbonoy xolanigina tanishini ayirib chegaralab ko’rsatyapti.
Faqat yuklamasi –gina, yolg‘iz, xolos yordamchilari bilan sinonimlik qatorda tura
oladi. Masalan: 1) yolg‘iz bilan: - Shahnoza yana... shuni sezdiki... Rustam akasi
raqs tushayotgani yo'q... nola chekyapti... Alamli, iztirobli nola! Faqat o'zi-yu
Shahnoza tushunadigan nola.. (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Shahnoza yana... shuni
sezdiki... Rustam akasi raqs tushayotgani yo'q... nola chekyapti... Alamli, iztirobli
nola! Yolg‘iz o'zi-yu Shahnoza tushunadigan nola.. ; Yillar o‘tib, odamning
qiyofasi, gavdasi, hatto gapirish ohangi ham o‘zgarib ketishi mumkin. Faqat ko‘zi
o‘zgarmaydi (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz: Yillar o‘tib, odamning qiyofasi,](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_19.png)
![gavdasi, hatto gapirish ohangi ham o‘zgarib ketishi mumkin. Yolg‘iz ko‘zi
o‘zgarmaydi; 2) –gina bilan : Qurbonoy ayvon o‘rtasida to‘xtab qolgan,
shapkalining niyati nimaligiga aqli yetmas, hamon qo‘rquvdan yuragi gursillab
urar, faqat bir narsani aniq bilar edi: bu yomon odam.. (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Qurbonoy ayvon o'rtasida to'xtab qolgan, shapkalining niyati
nimaligiga aqli etmas, hamon qo'rquvdan yuragi gursillab urar, bir narsanigina
aniq bilar edi: bu yomon odam . 3) xolos bilan Ichkaridan sado chiqmas, faqat
ahyon-ahyonda qog‘ozlarning shitir-shitiri eshitilib qolardi… (O‘.Hoshimov).;
Qiyoslang: Ichkaridan sado chiqmas, ahyon-ahyonda qog‘ozlarning shitir-shitiri
eshitilib qolardi, xolos.; Paxtadagi voqeadan keyin meni o‘qishdan haydashga
va’da bergan komsomol sardori Sanjar! O‘zgarmabdi. Sal to‘lishibdi,xolos. ;
Qiyoslang: Paxtadagi voqeadan keyin meni o‘qishdan haydashga va’da bergan
komsomol sardori Sanjar! O‘zgarmabdi. Faqat sal to‘lishibdi. 4) bir bilan:
Komissar kechasi bilan to‘lg‘anib chiqdi. Uyda bir o‘zi qolgan. (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Komissar kechasi bilan to‘lg‘anib chiqdi. Uyda faqat o‘zi qolgan. 5)
bor-yo‘g‘i so‘zi bilan: Bola onasi boshini opichlab bordi. Ovoz berib, yig‘lay, dedi.
Onasidan qo‘rqdi. Onasi oyoqlarini chimchilab olishidan qo‘rqdi. Bola bor-yo‘g‘i
ing-ing etib bordi. (T.Murod). Qiyoslang: Bola faqat ing-ing etib bordi. 6) atigi
bilan: – Bolangning qilig‘ini endi ko‘ryapsanmi? A, endi ko‘ryapsanmi? Hech
nima bo‘lgani yo‘q. Hamma yoq tinch. Atigi to‘y buzildi, kuyovning chakkasi
yorildi. (Said Ahmad). Qiyoslang : – Bolangning qilig‘ini endi ko‘ryapsanmi? A,
endi ko‘ryapsanmi? Hech nima bo‘lgani yo‘q. Hamma yoq tinch. Faqat to‘y
buzildi, kuyovning chakkasi yorildi. Demak, faqat yuklamasi yolg‘iz, xolos, -gina,
atigi, bor- yo‘g‘i kabi yordamchi vositalar bilan ma’nodoshlikni hosil qila olar
ekan. Ammo ushbu birliklar bir-birining o’rnida qo’llanganda aynan bir xil ma’no
nozikliklarini bera oladi deya olmaymiz. Ularning har biri nafaqat jumladagi
qo‘llanish o‘rniga ko‘ra, balki ayirish, chegaralash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra
ham farqlanadi.
HATTO. Matndagi ta’kid va kuchaytiruv ma’nolarini o‘ta kuchli ifodalashi
bilan boshqa kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridan ajralib turuvchi bu yuklama shu](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_20.png)
![xususiyatiga ko‘ra boshqa yordamchi vosiatalar bilan ma’nodosh bo‘la olmaydi.
Ya’ni bu yuklama ifodalagan ma’noni boshqa hech qaysi birlik yuzaga chiqara
olmaydi deyishimiz mumkin. Faqatgina hatto yuklamasini o‘zining ekvalenti
hattoki bilan almashtirib qo‘llash mumkin: Shu kuni nima yumush buyurishsa,
oyog‘im olti, qo‘lim yetti bo‘lib yugurib yurdim. Yong‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan
echkini ikki marta sug‘ordim, hovlidagi supaga to‘shalgan bo‘yra ustiga yoyilgan
turshaklarni qush talamasin deb qo‘riqlab o‘tirdim... Hatto rogatkamning
rezinkasini uzib, ukamga ishtonbog‘ qilish uchun berdim. (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Shu kuni nima yumush buyurishsa, oyog‘im olti, qo‘lim yetti bo‘lib
yugurib yurdim. Yong‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan echkini ikki marta sug‘ordim,
hovlidagi supaga to‘shalgan bo‘yra ustiga yoyilgan turshaklarni qush talamasin
deb qo‘riqlab o‘tirdim... Hattoki rogatkamning rezinkasini uzib, ukamga
ishtonbog‘ qilish uchun berdim. Bu keltirilgan misollarda hatto yuklamasi o‘rnida
hattokini qo‘llasak bo‘ladi. Ammo shu haqiqatni rad eta olmaymizki, hattoki
yuklamasi hattoga nisbatan gap mazmuniga kuchliroq ta’kid ma’nosini ifodalaydi.
Lekin bunday almashtirish hamisha ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi: Hozir hech kimni,
hatto onamni ham ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi. (O‘.Hoshimov). misolida hattoni
hattokiga almashtirish g‘alizlikni yuzaga keltiradi. Ba’zan matn tarkibida bu
yuklamalarni ayrim yordamchi vositalar bilan almashtirish mumkindek tuyuladi.
Masalan ta’kid ma’nosini ifodalovchi nahot, nahotki yuklamalari bilan. To‘g‘ri,
nahot, nahotki yuklamalari ham jumladagi ta’kid ma’nosini ifodalab kelish bilan
birga matn mazmuniga tajjub ma’nosini ham qo‘shadi: 1. Nega shunaqa? Nahotki,
go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? (O‘.Hoshimov). 2. Nega shunaqa?
Hattoki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Bu keltirilgan misollarning
birinchisida nahotki yuklamasi qo‘llanilib, ritorik so‘roq gapni yuzaga keltib, o‘ta
kuchli norozilik kayfiyatidagi tajjubni ifodalayapti. Ikkinchi misoldagi hattoki
yuklamasi ifodalagan ma’noda ham kuchaytiruv, ta’kid ma’nolari bor, ammo
kuchli tajjub yo’q. Hatto yuklamasining matndagi vazifasi ham har- xildir. Ba’zi
o‘rinlarda jumladagi ta’kidni anglatsa, ba’zilarida esa ta’kidlash bilan birga
uyushiq bo‘laklarni yoki qo‘shma gap qismlarini mantiqan bog‘lab ham keladi.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_21.png)
![Masalan: Uni har ko‘rganda oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi. Nega
deganda Ermon buvaning sochi ham, soqoli ham, hatto ko‘ziga qayrilib tushgan
o‘siq qoshlarigacha oppoq . (O‘.Hoshimov). Bu gapda hatto yuklamasi mantiqan
uyushiq bo’‘laklarni bog‘lab kelayapti deyishimiz mumkin. Qiyoslaymiz: Uni har
ko‘rganda oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi. Nega deganda Ermon buvaning
sochi ham, soqoli ham, hatto ko‘ziga qayrilib tushgan o‘siq qoshlari ham oppoq .
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki, hatto yuklamasi nutqimizda faol qo‘llanuvchi
o‘ziga xos yordamchilar sirasiga kiradi.
XUDDI . Bu yuklamani ba’zi tilshunoslarimiz aniqlov yuklamalari sirasiga
kiritishsa 20
, ba’zilari o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari deya tasnif berishgan. 21
Bu
tasniflardagi ikki xillik uning semantik maydoni kengligidan dalolat beradi.
Shuning uchun xuddi yuklamasi jumla mazmunini aniqlashga ham, o‘xshatishga
ham, qiyoslashga ham xizmat qiladi. Xuddi yuklamasi aniqlash mazmunida
qo‘llanadi: Xuddi o‘sha ma’rakadan uch kunmi-to‘rt kun ilgari g‘alati voqea
bo‘ldi .; Bir mahal otin xola (Sepkilli xolaning qo‘li egriligidan shikoyat qilgan, biz
bilan folbinnikiga borgan xuddi o‘sha semiz otin xola) oq sholro‘mol yopingan,
atlas ko‘ylagi ustidan oldiga uqa tutilgan nimcha kiygan kelinchakni yetaklab
ostonaga olib chiqdi. (O‘.Hoshimov).U o‘zi mansub bo‘lgan so‘zning ma’nosini
aniqlab ko‘rsatishda naq yuklamasi va aynan so‘zi bilan ma’nodosh bo‘la oladi. 1)
aynan bilan : Ehtimol, oradan ikki oycha o‘tib Sepkilli xola tilla tish
qo‘ydirmaganida, buning ustiga xuddi o‘sha kuni ammam yana kelib
qolmaganida, zirak ham, bu gaplar ham unutilib ketgan bo‘lardi .(O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Ehtimol, oradan ikki oycha o‘tib Sepkilli xola tilla tish
qo‘ydirmaganida, buning ustiga aynan o‘sha kuni ammam yana kelib
qolmaganida, zirak ham, bu gaplar ham unutilib ketgan bo‘lardi. 2) naq bilan:
Uning moli xuddi magazindagi singari qat’iy narx bilan sotiladi. Qiyoslaymiz:
Uning moli naq magazindagi singari qat’iy narx bilan sotiladi. Ushbu yuklama
qiyoslash, chog‘ishtirish, o‘xshatish ma’nolarini ifodalab kelganda quyidagi
20
Ўзбек тили граматикаси.1 - том. - Б.580 -581 . ; Шоабдураҳмонов Ш. Ва бошқ. Ҳозирги Ўзбек адабий тили. 1-
қисм. – Б.437; Турсунов У. Ва бошқ. Ҳозирги Ўзбек адабий тили. – Б.390
21
SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 278 b.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_22.png)
![yordamchi vositalar bilan ma’nodoshlik hosil qila oladi. 1) go‘yo bilan : Akam bilan
ketma-ket xuddi quvlagandek, qop-qora lo‘li xotin kirib keldi . (O‘.Hoshimov).
Qiyoslaymiz: Akam bilan ketma-ket go‘yo quvlagandek, qop-qora lo‘li xotin kirib
keldi. 2) go‘yoki bilan : Endi qo‘rquv o‘rnini allaqanday qiziqish egalladiyu
angrayib qoldim. Hammamiz xuddi mo‘jiza kutgandek qotib qolgandik.
(O’.Hoshimov). Qiyoslang: Endi qo‘rquv o‘rnini allaqanday qiziqish egalladiyu
angrayib qoldim. Hammamiz go‘yoki mo‘jiza kutgandek qotib qolgandik. 3) ayni,
aynan bilan : Qarasam, xuddi o‘zim o‘ylagandek: o‘rindiqning yarmi loyga
belanibdi. ; Xuddi shu chiybaxmal zamonlar o‘tishi bilan butun Yevropaga moda
bo‘lishini dadam xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Uning uchun
chiyduxoba «kambag‘albop kiyim» edi, xolos . (O‘.Hoshimov). Qiyoslang:
Qarasam, aynan o‘zim o‘ylagandek: o‘rindiqning yarmi loyga belanibdi. ; Ayni
shu chiybaxmal zamonlar o‘tishi bilan butun Yevropaga moda bo‘lishini dadam
xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Uning uchun chiyduxoba «kambag‘albop
kiyim» edi, xolos . 4) aftidan so‘zi bilan : Oyim ham toliqib ketdi shekilli, nuqul
atrofga javdiraydi. — Dallol topmasak bo‘lmaydi shekilli, o‘g‘lim, — dedi ruhi
tushib. Xuddi shuni kutib turgandek, telpagining quloqchinini kuya yegan, paxtali
shimining tizzasigacha go‘ng bo‘lib ketgan kishi paydo bo‘ldi. (O‘.Hoshimov).
Qiyoslaymiz: Oyim ham toliqib ketdi shekilli, nuqul atrofga javdiraydi. — Dallol
topmasak bo‘lmaydi shekilli, o‘g‘lim, — dedi ruhi tushib. Aftidan shuni kutib
turgandek, telpagining quloqchinini kuya yegan, paxtali shimining tizzasigacha
go‘ng bo‘lib ketgan kishi paydo bo‘ldi. 5) misli, misoli bilan : Akamning allaqaysi
kitobida olti qo‘lli odamning rasmini ko‘rgan edim. G‘ira-shirada jiydalar xuddi
o‘shanaqa vahimali maxluqlardek qing‘ir-qiyshiq «qo‘llari»ni cho‘zib turishar,
yugurgan sayin ustimga bostirib kelayotganga o‘xshar edi. Qiyoslang: Akamning
allaqaysi kitobida olti qo‘lli odamning rasmini ko‘rgan edim. G‘ira-shirada
jiydalar misoli o‘shanaqa vahimali maxluqlardek qing‘ir-qiyshiq «qo‘llari»ni
cho‘zib turishar, yugurgan sayin ustimga bostirib kelayotganga o‘xshar edi. ;
Tarzanni bilasizmi? misli maymundek daraxtdan-daraxtga sakraydi. 6) baayni
so‘zi bilan : Gap-so'zlariga qaraganda, bular hali saylov yakuniga bag‘ishlangan](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_23.png)
![tor doiradagi tikturma bazmda ham uncha-munchasini urib olgan, shu tobda
Akushinning boshi naqd osmonda, Akobirov emas, xuddi o‘zi rais etib
saylangandek masrur edi u. (E.A’zam). Qiyoslaymiz: Gap-so‘zlariga qaraganda,
bular hali saylov yakuniga bag‘ishlangan tor doiradagi tikturma bazmda ham
unchamunchasini urib olgan, shu tobda Akushinning boshi naqd osmonda,
Akobirov emas, baayni o‘zi rais etib saylangandek masrur edi u.
Xuddi yuklamasi matn tarkibida o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini ifodalab
keladigan -dek, -day, -dayin, -aqa kabi qo‘shimchalar hamda singari, o‘xshash
so‘zlari bilan birga qo‘llanilgan o‘rinlarga ham duch kelamiz. 1) – dek bilan : Har
yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman. Kavkaz
tomonda ko‘p bo‘ladi. Juba deyishadi, jurabi deyishadi. Oyim xuddi noyob
narsaga ega bo‘lgan dek , uzundan-uzoq duo qiladi. (O‘.Hoshimov). 2) –day bilan:
Onam norozi qiyofada yelkasini qisdi. — Mana shu bolamga pufayka olib
bermoqchiman. Adasi besh yuzdan kamiga ko‘nma deganlar. — Gapga pasmatri!
— dallol xuddi onam gunoh ish qilib qo‘ygan day qo‘lini silkitdi. —
Odamlardayam diyonat qolmapti o‘zi! (O‘.Hoshimov) . 3) - aqa bilan: Akamning
allaqaysi kitobida olti qo‘lli odamning rasmini ko‘rgan edim.G‘ira-shirada
jiydalar xuddi o‘shan aqa vahimali qing‘ir-qiyshiq «qo‘llari»ni cho‘zib turishar,
yugurgan sayin ustimga bostirib kelayotganga o‘xshar edi. (O‘.Hoshimov). 4)
singari bilan: Uning moli xuddi magazindagi singari qat’iy narx bilan sotiladi.;
Dalavoyning ko‘zlarida rosmana vahshiy o‘t yonar, o‘zining labi ham xuddi
otiniki singari ko‘pirib ketgan edi. (O’.Hoshimov). 5) o‘xshash so‘zi bilan: Xuddi
o‘zimning gurji kuchugimga o‘xshash kichkina, faqat qora emas, oppoq ekan.
(O‘.Hoshimov). Yuqoridagi keltirilgan misollardan shunday xulosa qila olamizki,
xuddi yuklamasi o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini ifodalab keluvchi turli vositalar
bilan yonma-yon kelganida jumla tarkibidan anglashilayotgan o‘xshatish,
qiyoslash ma’nosini ta’kidlab, bo‘rttirib, kuchaytirib keladi. Bu yuklama nutq
uslublaridan so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarda faol qo‘llanilib, ilmiy
uslubda esa xuddi yuklamasi nisbatan kam ishlatiladi. Rasmiy uslubda deyarli
ishlatilmaydi desak ham bo‘ladi.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_24.png)
![NAQ (naqd). Bugunga kelib til tizimimizda naq yuklamasining ham xuddi
yuklamasi kabi semantik maydonining faollashganini ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur yuklama nutq jarayonida biron bir hodisa yoki predmetni aniqlash,
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu yuklama o‘zi qo‘llangan jumla
mazmuniga chog‘ishtirish, o‘xshatish va kuchaytirish kabi semantik ma’nolarni
ham ifodalab keladi. Ayrim o‘rinlarda naq yuklamasi emotsional-ekspressivlikni
ifodalashda xuddi yuklamasidan kuchliroq otenkani ifodalaydi. Masalan, Ishdan
chiqqach jimgina uyingga ketaversang-ku olam guliston edi-ya! Ketolmading-da –
uyga borsang, naqd yorilib o‘lgudek bo‘laverarding. (E.A’zam). Qiyoslang: Ishdan
chiqqach jimgina uyingga ketaversang-ku olam guliston edi-ya! Ketolmading-da –
uyga borsang, xuddi yorilib o‘lgudek bo‘laverarding. Naq yuklamasi ham matn
tarkibida turli ma’nolarni ifodalashda bir qancha vositalar bilan sinonimlikni
yuzaga chiqaradi. Masalan, alohida olib ajratib ko‘rsatish ma’nosini ifodalaganda:
1) xuddi yuklamasi bilan : – Ovozingiz naqd Ivan Grozniyniki-ya, Gleb
Aleksandrovich! – dedi u allanechuk mutelik bilan iljayib. (E.A’zam). Qiyoslang:
– Ovozingiz xuddi Ivan Grozniyniki-ya, Gleb Aleksandrovich! – dedi u allanechuk
mutelik bilan iljayib. 2) to‘g‘ri so‘zi bilan : Bir gal buloq boshida “holatga kirib”,
“Motor!” deyilishiga ilhaq o‘tirgan aktrisaning kelib-kelib naqd ko‘z milkidan
(yirik plan!) chivin chaqsa bo‘ladimi! Bir zumda qovog‘i qizarib, shishib chiqdi.
(E.A’zam). Qiyoslaymiz: Bir gal buloq boshida “holatga kirib”, “Motor!”
deyilishiga ilhaq o‘tirgan aktrisaning kelib-kelib to‘g‘ri ko‘z milkidan (yirik plan!)
chivin chaqsa bo‘ladimi! Bir zumda qovog‘i qizarib, shishib chiqdi. 3) ayni, aynan
so‘zi bilan: Aldamayapsizmu? Qarang, turibmen / Naq shundoq uzlatning
bo‘sag‘asida, Rostini eshitsam, yomon bo‘lmag‘ay... / Har holda kimligim bilsam,
yaxshi-da! (U.Azim). Qiyoslang: Aldamayapsizmu? Qarang, turibmen / A yni
shundoq uzlatning bo‘sag‘asida, Rostini eshitsam, yomon bo‘lmag‘ay.../ Har
holda kimligim bilsam, yaxshi-da!
O‘xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalab kelganda naqd yuklamasi quyidagi
vositalar bilan ma’nodosh bo‘lib kela oladi: 1) go‘yoki bilan : Uchrashuvda
bobomiz kechagi gaplarini aynan – biror so‘zini qoldirmay, biror so‘zida](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_25.png)
![adashmay, ohang-ohangigacha bir xil qilib takrorlab berdilar. Naqd bulbuligo‘yo
deysiz! (E.A’zam). Qiyoslang: Uchrashuvda bobomiz kechagi gaplarini aynan –
biror so‘zini qoldirmay, biror so‘zida adashmay, ohang-ohangigacha bir xil qilib
takrorlab berdilar. Go‘yoki bulbuligo‘yo deysiz ! 2) go‘yo bilan : Ilojim yo‘q,
Farhod, azizim, naqd ignaning ustida turibman! (E.A’zam). Qiyoslang: Ilojim
yo'q, Farhod, azizim, go‘yo ignaning ustida turibman! 3) misli bilan : Xullas, biz
Farhod bilan apoq-chapoqlashib, bir kundayoq naqd qiyomatli og‘a-iniga
aylandik-qoldik. (E.A’zam). Qiyoslaymiz: Xullas, biz Farhod bilan apoq-
chapoqlashib, bir kundayoq misli qiyomatli og‘a-iniga aylandik-qoldik.
Kuzatishlarimizga asoslanib shuni ayta olamizki, naq yuklamasining naqd
variant ham mavjud bo‘lib, ular badiiy uslubda faol qo‘llaniladi. Kundalik
hayotimizda, ya’ni so‘zlashuv uslubida ham bu yuklamaning naq variantiga ko‘p
murojaat qilar ekanmiz. Publitsistik uslubda bu yuklamalar nisbatan kam
qo‘llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda deyarli umuman ishlatmaymiz desak ham
bo‘ladi.
Tilimiz taraqqiyotida so‘zlarning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chish
hodisasi kuchaydi. Bu jarayon ayniqsa yordamchi so‘zlar doirasida keng
kuzatilmoqda deya olamiz. Xususan, yordamchi so‘zlarda uchraydigan
grammatikalizatsiya hodisasi bo‘yicha alohida ishlar, qator maqolalar ham nashr
etilgan. 22
Bugungi kunda grammatikalizatsiya hodisasi yuklamalarda ham nisbatan
ko‘p uchramoqda. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida shu paytgacha bog‘lovchilar deya
ta’rif berib kelingan: agar, agarda, garchi, garchand, basharti, mobodo, bordi-yu
22
Пардаев А. Ёрдамчи сўз туркумларида транспозиция ҳодисаси / Тил ва адабиѐт муаммолари. Илмий
мақолалар тўплами.–Самарқанд,2015.; Пардаев А. Лингвистик таълим тизимида конверция ҳодисаси ва
унинг ѐрдамчи сўзларда воқеланиши хусусида // Узлуксиз таълим сифат ва самарадорлигини оширишнинг
назарий-услубий муаммолари: Республика илмий-назарий конференцияси материаллари. – Самарқанд:
СамДУ, 2013.: Пардаев А. Тилимиздаги айрим мустақил сўзларнинг кўмакчи вазифасида қўлланиши
хусусида // Нутқ лингвистикаси: Халқаро илмий-назарий конференция материаллари. –Самарқанд:
СамДЧТИ, 2006; Пардаев А. Ўзбек тилшунослигида грамматикализация ходисасининг ўрганилиши // Бухоро
давлат университети илмий ахбороти. - Бухоро, 2012.; Пардаев А. «Грамматикализация» тушунчаси
ҳақида // ЎзМУ хабарлари. – Тошкент, 2011.; Пардаев А. Тилимиздаги айрим функционал кўмакчиларнинг
семантик
- услубий хусусиятларига доир // Тил ва адабиѐт таълими. – Тошкент, 2010.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_26.png)
![kabi shart bog‘lovchilarini bugungi kunda jumla tarkibida bajaradigan vazifasidan
kelib chiqib shart ma’nosini ta’kidlovchi yuklamalar desak ham bo‘ladi. 23
NAHOT(KI). Bu so‘zga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da yuklama deya
ta’rif berilib, so‘roq, taajjub, shubha ma’nolarini ifodalashi aytilgan. 24
U.Tursunov, J.Muxtorov va Sh.Rahamtullayev muallifligida 1992-yil
yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida ham bu yordamchilar so‘roq va
taajjub yuklamalari safiga kiritilgan. 25
Ammo bashqa barcha adabiyotlarda bu
yuklamalarni kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari safida berishadi.
Nahot / nahotki yuklamasi o‘zi qatnashayotgan jumla mazmuniga quyidagi
ma’nolarni ifodalaydi: 1) taajjub ma’nosi: Nahotki, odam tirik qolish uchun ham
pora berishi kerak bo‘lsa!; Nahotki, oliy ma’lumotli vrach o‘zini chayqovchi bilan
tenglashtirsa! (O‘.Hoshimov); 2) so‘roq va taajjub ma’nosi: Nahotki tirik qolish
uchun majburan birovga pora berish ham jinoyat hisoblansa?; Nahotki, o‘lim
to‘shagida yotgan odamdan nimadir tama qilish imon degan tushunchaga sal
bo‘lsayam to‘g‘ri kelsa?!; (O‘.Hoshimov); Farhod “Zuzi deganlari nahotki shu
bo‘lsa?” deya taajjubda turganida ichkariga ko‘zi tushdi-yu hammasini angladi.;
3) so‘roq ma’nosi: Bu isqirt xonadon, undan-da isqirt kimsalar orasida unga nima
bor? Nahotki shulardan bunyod bo‘lgan u? (E.A’zam); Quralay ko‘zlari suzilib
ketdi. Chehrasida: «Nahotki shundoq odamni tanimasangiz?» degan ifoda paydo
bo‘ldi. (O‘.Hoshimov); 4) kuchayturuv-ta’kid ma’nosi: Men kechirdim, nahotki,
sen / Kechirmaysan, kelajak...; Yog‘dular yoqqancha yuzu ko‘zingdan, / Qizning
qo‘llarini qaltirab tutding, / Hozir sen kechasan tamom o‘zingdan.../ Nima gap?
Aytsang-chi? Nahot unutding?!; Nahot, qalbda qolib ketadi ammo, / Shunday kun
Vatanga atalgan so‘zlar!; Qaydasan yuragim – ey, mo‘ysafid she’r, / Nahot, uni
bitmak bizlarga armon! (U.Azim)
23
Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркум лар ининг лисоний тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик
таҳлили . – Т. : Фан нашриёти , 2013. – 261 б.
24
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Н ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
25
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳ озирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400
б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_27.png)
![Nahot yuklamasi bilan nahotki yuklamasi matn tarkibida bir birining o‘rnida
erkin almasha olib, sinonimlikni hosil qilsa-da, ammo ular ham o‘z ma’no
nozikliklariga ega. Nahot yuklamasiga ko‘ra nahotkida emotsionallik va
ta’sirchanlik kuchliroqdir. Masalan: Angrayib qoldim. Nahot tanimagan bo‘lsa?
Ikki hafta oldingi dahanaki «jang» nahot yodida bo‘lmasa! (O‘.Hoshimov);
Qiyoslaymiz: Angrayib qoldim. Nahotki tanimagan bo‘lsa? Ikki hafta oldingi
dahanaki «jang» nahot yodida bo‘lmasa!
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va tahlil qilingan misollar asosida
nahot(ki) yuklamasi to‘g‘risida shuni ayta olamizki, bu yuklamaning semantik
maydonini chegaralab so‘roq-taajjub yuklamasiga yoki kuchaytiruv-ta’kidga
kiritishimiz kerakmas degan xulosaga keldim. Sababi bu yuklama matn tarkibida
ritorik so‘roq, so‘roq taajjub, she’riy matnlarda esa ko‘proq kuchaytiruv-ta’kid
ma’nolarini ifodalab keladi.
AGAR. Shart yuklamalarining ichida eng faol qo‘llaniladigani agar
yuklamasidir. Bu yuklama -sa shart mayli qo‘shimchasi bilan shakllangan shart
munosabatli qo‘shma gaplarda qo‘llanilib gap mazmunidagi shartlik tushunchasini
ta’kidlab, oshirib, bo‘rttirib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Shart ma’nosini
ta’kidlovchi yuklamalar ham jumla tarkibida bir-biri bilan ma’nodoshlikni yuzaga
keltira oladi: 1) mobodo bilan: Agar chindan ham biz bilan ketmoqqa tobingiz
bo‘lmasa, mana – kalit, menikiga borib yotaqoling . (E.A’zam). Qiyoslaymiz:
Mobodo chindan ham biz bilan ketmoqqa tobingiz bo‘lmasa, mana – kalit,
menikiga borib yotaqoling . 2) agarda bilan: Vikaning qasam yo‘sinida
ta’kidlashicha, u agar bu yil ham o‘tolmasa, VGIK binosiga shaxsan o‘zi o‘t
qo‘ymoqqa tayyor – Vitalik chunonam iste’dodli emish-da! (E.A’zam).
Qiyoslaymiz: Vikaning qasam yo‘sinida ta’kidlashicha, u agarda bu yil ham
o‘tolmasa, VGIK binosiga shaxsan o‘zi o‘t qo‘ymoqqa tayyor – Vitalik chunonam
iste’dodli emish-da! 3) bordi-yu bilan: Agar sen tuhmat qilayotgan bo‘lsang, u
dunyoyu bu dunyo kun ko‘rgin-u, kuni ro ‘ shnolik ko ‘ rmagin! (O‘.Hoshimov).
Qiyoslaymiz: Bordi-yu sen tuhmat qilayotgan bo‘lsang, u dunyoyu bu dunyo kun](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_28.png)
![ko‘rgin-u, kuni ro‘shnolik ko‘rmagin ! Keltirilgan misollardan shunday xulosa
qilishimiz mumkinki, agar yuklamasi –sa shart mayli qo‘shimchasidan
anglashilgan ma’noni ta’kidlamoqda.
Agar yuklamasi barcha uslublarda qo‘llaniladi. Bu yuklamaning nutq
jarayonida faol qo‘llanishi hamda she’riy vazn talabi bilan bir necha xil variantlari
yuzaga kelgan. Jumladan: 1) agarchi: Agarchi o‘shal holat tag‘in bir muddat
cho‘zilganida, yo bir sharmisorlik, yo bir kor-hol ro‘y bermog‘i muqarrar ediki,
unisi endi Sahroyi Kabirni anchayin namlamoq emas, gunohi kabiraga tobin bir
amal sanalgusidir! (E.A’zam); 2) garchi: Farhod garchi Kamolovani unchalik
yaqin olmasa-da, bu gapdan noqulay sezdi o‘zini.; 3) gar: Bir boqmas bu gulro‘,
har kun shu sazo, / Qaysi bir gunohim uchun bu jazo? / To‘yarmi oshiqlar
xilxonasi, ayt, / Tag‘in bir oshiqqa yetsa gar qazo?; It aytmish, shu qishdan
chiqsam gar omon, / Yozda suyaklardan quraman makon. / Yoz kelar, makon yo‘q,
o‘tib ketar yoz, / Qish kelar, bizning it matal aytar boz. (U.Azim).
MOBODO. Ushbu shart ma’nosini ta’kidlovchi yuklama ham shunday
ma’noni yuzaga keltiruvchi boshqa shart yuklamalari bilan ma’nodosh bo‘lib kela
oladi. Masalan: 1) agar bilan: Hozir nimagadir shu gap esiga tushdi. «Mobodo
militsiya bilib qolib uyga qidirib kelsa, o‘zimni shu erdan tashlayman . (T.Malik).
Qiyoslaymiz: Hozir nimagadir shu gap esiga tushdi. «Agar militsiya bilib qolib
uyga qidirib kelsa, o‘zimni shu erdan tashlayman. 2) bordi-yu bilan: Mobodo ular
Asror aytgan gaplarning mag‘zini chaqishsa bormi... ( T.Malik). Qiyoslaymiz:
Bordi-yu ular Asror aytgan gaplarning mag‘zini chaqishsa bormi... ; 3) basharti
bilan: Mobodo gapiradigan bo‘lsam, shu paytgacha Xorazmiyni bilmaganinglar
uchun tanqid qilaman. (T.Malik). Qiyoslaymiz: Bordi-yu gapiradigan bo‘lsam,
shu paytgacha Xorazmiyni bilmaganinglar uchun tanqid qilaman.
Kuzatishlarimizga asosan shunday deya olamizki, mobodo yordamchisi agar,
basharti, bordi-yu kabi vositalar bilan bir sinonimik qatorni tashkil qila oladi.
Bulardan agar yuklamasi bilan doimiy o‘rin almasha olsa-da, ammo ularning
anglatgan semantik ma’nosi doim ham bir xil bo‘la olmaydi.Ya’ni agar shart](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_29.png)
![ma’nosini ta’kidlab kelsa, mobodo yuklamasi shart tushunchasi bilan birga
taxminlash, gumonsirash kabi semalarni ham yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Masalan: Mobodo bu bola Mirtillaevning qotillaridan biri bo‘lib chiqsa, unda
nima qilishadi? (T.Malik). Mobodo yordamchisi jumla tarkibida gumon, taxmin
ma’nolarini ifodalab kelganda shunday ma’noni ifodalovchi modal so‘zlar bilan
sinonim bo‘la oladi. Demak, bu so‘zni nisbiy yuklamalar safiga kiritsak bo‘lar
ekan. Sababi bir o‘rinda funksional yuklama,yana bir o‘rinda esa modal so‘z
vazifasini bajara olar ekan. Qaysi o‘rinda qanday vazifada bajarayotganligi esa
jumla mazmunidan anglashiladi. Mobodo yuklamasi so‘zlashuv, badiiy,
publitsistik uslublarda qo‘llanish doirasi keng bo‘lsa, ilmiy va rasmiy uslublarda
nisbatan tor, ya’ni kam uchraydi. So‘zlashuv uslubida mobodo yordamchisining
mobada, movada, novada shakillari ham bor. 26
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki,
bu yuklama hamma nutq uslublarida qo‘lana olar ekan.
BASHARTI. Bu yordamchi so‘zga o‘zbek tilining izohli lug‘atida shart
ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat
qiladi va shart ma’nosini kuchaytiradi deya ta’rif berilgan. 27
Ushbu berilgan
ta’riflarga asoslanib basharti yordamchisining semantikasida bog‘lovchilik
xususiyati bilan birga yuklamalik xususiyati ham bor deya olamiz. Basharti so‘zi
qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qilsa bog‘lovchi vazifasini bajarsa,
jumla tarkibida shart ma’nosini kuchaytirishga xizmat qilganida esa kuchaytiruv
yuklamasi vazifasini bajaradi. Masalan, Men kuldim... "Hozircha tegim quruq,
basharti tegimga suv kelsa, bo‘zchiliqni o‘rgatasizmi?" deb so‘radim. (A.Qodiriy)
Basharti so‘zi ham ba’zi so‘zlar bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltira oladi.
Ular quyidagilar, 1) agar-da yordamchisi bilan: Basharti shu gunohlarning yuvilib
ketishini tilasangiz, sizga bir xizmat bor, ham sizning uchun eng oson xizmat:
ertaga chahorshanba kechqurun, tilasangiz — ochiqcha, tilamasangiz —
yashirincha bo‘lsa ham biznikiga kelingiz, men bilan oxirg‘i martaba
26
Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 230 б.
27
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Б ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_30.png)
![vidolashingiz. (A.Qodiriy); 2) agar bilan: Uning endigi taraddudi uchrashish yoki
uchrashmaslik borasida emas, Ra’noning oldig‘a ochiqcha borishmi,
yashirinchami to‘g‘risida edi. Basharti ochiq borsa, maxdumning shubhalanishi,
Ra’noni chetka qoqib yoki ularni ta’qib etib, yarag‘a tuz sepishi, Anvarning izzati
nafsiga to‘qunishi aniq. (A.Qahhor); 3) mobodo so‘zi bilan: Ra’no bir necha vaqt
javob beralmay turdi. O‘zini to‘xtatib olish, hayajonini tindirish og‘ir edi. —
Haligi... haligi so‘zingiz chin bo‘lsa, men ham siz bilan ketishni xohlayman...
Basharti sizga og‘ir oshmasam... (A.Qodiriy); 4) bordi-yu so‘zi bilan: Mulla
Abduraxmonning o‘zi ham o‘ylab ko‘rsin, basharti Sultonali do‘stliq yuzasidan
Anvarni qochirib yuborg‘anda ham unga hech bir zarar yo‘q edi. (A.Qodiriy).
Kuzatishlarimizga ko‘ra shuni ayta olamizki, basharti yordamchi vositasi ko‘proq
badiiy uslubda, xususan tarixiy asarlarda juda ko‘p qo‘llanganiga guvoh bo‘ldik.
Birgina A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining o‘zida basharti so‘zi 31
o‘rinda qo‘llangani bu fikrlarimizning tasdiqidir.
Bugungi kunda bog‘lovchining yuklamaga ko‘chish holatini o‘xshatish,
chog‘ishtirish bog‘lovchisi go‘yo, go‘yoki so‘zlariga nisbatan ham davom ettira
olamiz. Sababi bu so‘z gap bo‘laklari yoki gaplarni bog‘lash uchun emas, balki
o‘xshatish , qiyoslash ma’noli qurilmalar (-dek, -day, kabi) bilan qo‘llanganda shu
ma’noni ta’kidlash uchun ham xizmat qiladi, o‘xshatish, qiyoslash ma’nosi esa
boshqa vosita bilan ifodalanadi: 28
Go‘yoki oldin ham bu xonadonga kelgandek,
mana shu oshxonada ko‘p bora bo‘lgandek, uy sohibasi ham unga eskidan tanish,
sinashtadek tuyuladi goho.; “Do‘xtirimizning aytishicha, sizda o‘zgarish bor, –
deb qo‘yadi tarjimon chol go‘yo quloq-miyadagi shovqinni o‘zi ham chamalab
ko‘rgan kabi ruhlantirib. (E.A’zam). Ushbu misollarda o‘xshatish, qiyoslash –dek
qo‘shimchasi va kabi so‘zi bilan ifodalanyapti, go‘yo esa shu ma’noni
ta’kidlamoqda. Demak, go‘yo, go‘yoki ma’noni kuchaytirib ta’kidlab kelmoqda
28
SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 275 b.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_31.png)
![shunga asosan bu o‘rinda ularni o‘xshatish-chog‘ishtirish ma’nolarini ta’kidlovchi
yuklamalarga kiritsak bo‘ladi. 29
Go‘yo va go‘yoki yordamchi so‘zlari matn tarkibida turli o‘xshatuvchi
vositalar bilan qo‘llanganda xuddi, misli so‘zlariga ma’nodoshlikni yuzaga keltirib,
o‘xshatish-qiyoslash yuklamasi vazifasini bajarib keladi. Masalan: Go‘yoki uning
ko‘nglidan kechganini payqagandek, Kamolova g‘alatiroq tumtayib nari jildi.
(E.A’zam). Bu yordamchi vositalar o‘xshatish-qiyoslash ma’nolarini ifodalovchi
vositalarsiz qo‘llanilib, gap qismlarini bog‘lashga xizmat qilgan o‘rinlarda esa
bog‘lovchilik xususiyatini namoyon qiladi. Masalan: Sevgi – xatda naqadar yaqin,
/ Qalamga sir pichirlagan lab. / Go’yo hozir portlaydi – chaqin... / Lablarimda
o’tdan qolgan taft. (U.Azim).
Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, bu yordamchi so‘zlarni bugungi kunda
ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasini bajarib kela oladigan vositalarga kiritsak
bo‘ladi ekan.
Go‘yo va go‘yoki so‘zlari matn tarkibida bir-biri bilan o‘rin almashib deyarli
bir-xil ma’noni ifodalab kelsa-da, ammo ular ham o‘ziga xos ma’no nozikliklariga
ega: goyo o‘xshatish-qiyoslash yuklamasiga ko‘ra go‘yokida ta’sirchanlik bo‘yog‘i
ustunroqdir. Masalan: Cho‘qmorbardorlar o‘zini ovsarlikka solib, go‘yoki
nimanidir ko‘zdan kechirayotgan kabi bir lahza sahna shiftlariga alanglab turdi-
da, so‘ng asta chekinib, chiqib ketdi (E.A’zam ); Agar aortaga tegsa bormi, hozir
yashikda yotgan bo‘larding... — Go‘yo men jarrohlik ilmini suv qilib ichib
yuborgandek tushuntirdi (O‘.Hoshimov).
O‘xshatish-qiyoslash ma’nosini ta’kidlab keluvchi go‘yo / go‘yoki
yuklamalari shu ma’nolarni ifodalovchi turli so‘zlar: xuddi, misli, misoli, bamisli
kabilar bilan bir sinonimlik qatorni yuzaga keltira oladi. Bu yordamchi so‘zlar
ko‘proq badiiy va publitsistik uslublarda qo‘llaniladi. So‘zlashuv uslubida ham
qo‘laniladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda deyarli uchramaydi.
29
Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 232 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_32.png)
![Rivojlanishda bo‘lgan til tizimimizda bugungi kunda so‘zlarning semantik
maydoni kengayib, bir turkumda boshqa bir turkumga ko‘chishi kuzatilmoqda.
Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki so‘zini biz zidlov
bog‘lovchisi deb o‘rganib kelganmiz. Bugungi kunda esa balki yordamchisini ba’zi
xususiyatiga ko‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi deya olamiz. Sababi zidlov
bog‘lovchisi ko‘pincha qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi, balki yordamchisi
bunday vazifani bajarmaydi: Osmonda qat-qat bulutlar ohista suzib borar, baland-
balanddan turnalarning horg‘in nolasi eshitilar, ammo (lekin, biroq) o‘zi
ko‘rinmasdi (O‘.Hoshimov). Bu keltirilgan misolda zidlov bog‘lovchisining
o‘rnida balki yordamchi so‘zini qo‘llay olmaymiz. Balki so‘zi gumon mazmunini
ifodalovchi gaplarda qo‘llanganda gumon ma’nosini ta’kidlash uchun, zid
mazmunli qismlarga ega bo‘lgan gaplarda esa qarama-qarshilik ma’nosini
ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Masalan: Balki Nazira hov o‘shanda — to‘ng‘ichini
tug‘ish arafasida ko‘p qarg‘ish olganmisiz, deb so‘ragani bejiz emasdir? Balki
o‘zi ham jinday haddidan oshib ketgandir? (O‘.Hoshimov). Bu gap menga
yoqmas, balki baltar jahlimni chiqarardi . Demak, balki so‘zi sof bog‘lovchi
bo‘lolmaydi, bog‘lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklama sirasidan joy oladi.
Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o‘tish va bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-
bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish - yordamchi so‘z tabiatiga xos xususiyat,
ularning ichki manba asosida boyishining bir yo‘lidir. 30
AQALLI . Bu so‘zga “O‘zbek tilining izohli lug’ati”da yuklama deya ta’rif
berilgan, “eng oz, juda kam” degan semantik ma’noni anglatishi hamda matn
tarkibida kelganda “juda bo‘lmaganda”, ”hech bo‘lmasa” kabi ma’nolarga to‘g‘ri
kelishi aytilgan. 31
Shu keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, aqalli so‘zini
kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari qatoriga qo‘shsak bo‘ladi.
30
SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 276 b.
31
Ўзбек тилининг изоҳли луғати А ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz . uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_33.png)
![“O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da aqalli so‘zining sinonimik
qatoriga loaqal, jillaqursa, jilla, jilla bo‘lmasa so‘zlari kiritilgan. Bu sinonimik
qatorda jillaqursa oddiy so‘zlashuvga xos. 32
Aqalli yordamchisi matn tarkibida bir qancha so‘zlar bilan manodoshlikni
yuzaga keltira olar ekan. Masalan: Onang-chi, onang hech qachon xiyonat qildimi
senga! Biron marta, aqalli bir marta xiyonat qildimi? (Dunyoning ishlari.O‘tkir
Hoshimov). Ushbu badiiy asardan keltirilgan parchamizda qo‘llangan aqalli so‘zi
matn mazmunidan anglashilib turibdiki, yuqorida biz keltirib o‘tgan aqalli
so‘zining ma’nolaridan “hech bo‘lmasa” semasiga to‘g‘ri kelyapti. Onang-chi,
onang hech qachon xiyonat qildimi senga! Biron marta, hech bo‘lmasa bir marta
xiyonat qildimi? Matn tarkibida kelgan aqalli yuklamasi ma’noni kuchaytirishga
xizmat qilyapti. Shunga o‘xshash yana bir misol ko‘raylik: Ayollar havas bilan
tomosha qilishar, ammo birontasi aqalli narxini so‘rashga jur’at qilolmas edi
(Dunyoning ishlari. O‘tkir Hoshimov).Bu keltirgan misolimizdagi aqalli yuklamasi
ma’noni ta’kidlab kuchaytirib ifodalashga xizmat qilyapti va hattoki kuchaytiruv-
ta’kid yuklamasi bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltiryapti. Masalan: Ayollar havas
bilan tomosha qilishar, ammo birontasi aqalli narxini so‘rashga jur’at qilolmas
edi // Ayollar havas bilan tomosha qilishar, ammo birontasi hattoki narxini
so‘rashga jur’at qilolmas edi (O‘.Hoshimov).
Aqalli yuklamasi loaqal so‘zi bilan ham ma’nodosh bo‘lib kela oladi: O‘z
uyini chet el mebeli bilan to‘ldirib qo‘yganida onasiga aqalli bo‘yradekkina
gilamcha sovg‘a qilishni unutmadimikan? Qizini tug‘ilgan kunida atlas ko‘ylak,
o‘g‘lini velosiped bilan qutlaganida onasiga oddiy bir paypoq olib berishni esidan
chiqarmadimikan? (O‘.Hoshimov)
Aqalli yuklamasi gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklashga, muallifning
his-tuyg’ularini ta’sirli qilib ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Faqat... Hamma
gap yomg‘irda bo‘lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin
yomg’ir emas, muttasil tosh yog’sa ham rozi edim... Keling, ushbu keltirilgan
misolni bir o‘rinda aqalli yuklamasini qatnashtirib, yana bir o‘rinda esa tushirib
32
А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 43-б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_34.png)
![tahlil qilamiz. Faqat... Hamma gap yomg‘irda bo‘lsa, yana aqalli uch kungina
onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin yomg‘ir emas, muttasil tosh yog‘sa ham rozi
edim… // Faqat... Hamma gap yomg’irda bo‘lsa, yana uch kungina onamning umri
cho‘zilsa-yu, keyin yomg’ir emas, muttasil tosh yog’sa ham rozi edim… Ikkala
keltirilgan misol ham bir xil, ammo birinchisida yuklama qatnashgan va bu matn
mazmuniga qo‘shimcha ta’kid, kuchaytiruv ma’nolarini yuklayapti. Ikkinchi matn
ham xuddi shu so‘zlardan iborat, lekin unda yuklama tushirib qoldirilgani uchun
matndan anglashilgan ma’no birinchisidagidek tasirli emas. Bundan ko‘rinib
turibdiki, ushbu jumla tarkibida qo‘llangan aqalli yuklamasi kuchli emotsional-
ekispressivlikni ifodalashga xizmat qilyapti. Xulosa o‘rnida aqalli yuklamasi
haqida shunday deya olamizki, bu yuklama kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi bo‘lib
ko‘proq badiiy va publitsistik uslublarda qo‘llanib, ilmiy va rasmiy uslublarda
deyarli qo‘llanmaydi. So‘zlashuv uslubida esa aqalli yuklamasi nisbatan kamroq,
bu yuklamaning sinonimlaridan bo‘lgan loaqal, jilla, jillaqursa so‘zlari esa
mahalliy shevalarda ko‘proq qo‘llanar ekan.
LOAQAL . “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da loaqal yordamchisi arabcha
so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “hech bo‘lmasa”, “hech bo‘lmaganda”, “aqalli” kabi
so‘zlar ma’nolariga teng kelishi aytilgan. 33
Loaqal so‘zi gap tarkibida qo‘llanganda
gap mazmuniga kuchaytiruv, ta’kid kabi qo‘shimcha ma’no yuklashga xizmat
qiladi. Masalan: Biroq Gulyaning rahmdilligi-yu Sur’atni deb bunday kuyinishlari
Farhodga erish tuyuldi: axir, uning kimligini loaqal bugun o‘zi ko‘rdi-ku!
(E.A’zam); “Sobirjon Mansurovich” deydi-ya kasofat! Mushtakkina boshiga!
“Buva” demoqqa tiling kira tilasa yoki tarbiyang yo‘l bermasa, loaqal
“dedushka” degin, mayli, ruxsat. “Sobirjon Mansurovich” emish-a! Nima, sen
huv komsomol qiz Barfina Akobirovamisan? (E.A’zam).
“O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da loaqal so‘zining aqalli, jilla,
jillaqursa, jilla bo‘lmasa so‘zlari bilan bir sinonimik qatorni tashkil qilishi
aytilgan. 34
Demak, loaqal so‘zi jumla tarkibida quyidagi so‘zlar bilan
ma’nodoshlikni yuzaga keltira olar ekan: 1) aqalli so‘zi bilan: Rustam akasining
33
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Л ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz . uz
34
А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 43-б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_35.png)
![boshiga yoqqan qorni sidirib tashlaydi. Mana shu qo‘llari bilan! Bu dunyoda
rohat ko‘rmadi, aqalli u yoqda tinch yotsin sho‘rlik ( O‘.Hoshimov ) ; Qiyoslaymiz:
Rustam akasining boshiga yoqqan qorni sidirib tashlaydi. Mana shu qo‘llari
bilan! Bu dunyoda rohat ko‘rmadi, loaqal u yoqda tinch yotsin sho‘rlik. ; 2) hech
bo‘lmaganda so‘zi bilan: Uyatdan o‘zini qo‘yarga joy topolmay loaqal yuzini
yashirmoqchi bo‘ldi (U.Hamdam).; Qiyoslaymiz: Uyatdan o‘zini qo‘yarga joy
topolmay hech bo‘lmaganda yuzini yashirmoqchi bo‘ldi. 3) hech bo‘lmasa so‘zi
bilan: Loaqal qo‘ng‘iroq qilib, bundoq hol so‘ramaysiz? (U.Hamdam);
Qiyoslaymiz: Hech bo‘lmasa qo‘ng‘iroq qilib, bundoq hol so‘ramaysiz?
Kuzatishlarimizga asoslanib shuni ayta olamizki, loaqal yordamchisi
kuchaytiruv-takid yuklamasi bo‘lib, ko‘proq badiiy uslubga xosdir. Bu yuklama
hech bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda so‘zlari bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltira
olsa-da, jumla tarkibida qo‘llanganda loaqal yuklamasida emotsionallik bu
so‘zlarga nisbatan kuchliroq ifoda etiladi.
TUGUL . Bu so‘zga O‘zbek tilining izohli lug‘atida inkor-ta’kid yuklamasi
deya ta’rif berilib, narsa, kimsanigina emas, balki..; u yoqda tursin, hatto…kabi
ma’nolarni ifodalab kela olishi aytilgan. 35
Keling, tugul so‘z yuklamasining badiiy
matnda qo‘llangan o‘rinlaridan misollar ko‘raylik. Masalan, Paxta tugul padbo‘r
ham qolmagan, ammo yomg‘ir tinishi bilan ularni dalaga haydashar, talabalar
biydek paxtazorda tentirab yurishar, har qadamda etikka botmon-botmon loy
yopishib, marzalarning u yer-bu yerida to‘kilib qolgan ko‘rak aralash kir paxtani
loydan ajratib etakka tiqishar edi. ; Ehtiyot bo‘l, mina bo‘lishi mumkin…«Mina
emish! Мina tugul atom bombasi bo‘lmaydimi! » (Tushda kechgan umrlar.O‘tkir
Hoshimov); Qorabotir yurtning erkasi, jo‘ralarning serkasi edi // Boy edi yegani
go‘sht-u moy edi.// Alp edi, lekin nozik qalb edi.// Erta-yu kech jo‘ralariga bazm
berar, ammo buni hech kimning yuziga solmas:”Do‘stlarimdan molim tugul
jonimni ham ayamayman”, der edi (U.A’zim).
35
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Л ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_36.png)
![Tugul so‘z yuklamasi o‘zi qatnashgan jumla tarkibida inkor mazmunini
ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Buni yuqorida keltirilgan misollarda ko‘rishimiz
mumkin.
2.2. O‘zbek tilida yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar
Tilshunosligimizda yordamchi so‘zlar sirasi masalasi hali ham oxiriga
yetgan emas. Ayrim birliklarning qaysi guruhga kirishi haligacha munozarali
bo‘lib kelmoqda. Ba’zi so‘zlarni muayyan guruhga kiritsak-da, ba’zilarining
vazifasi o‘z guruhining umumiy vazifasiga mos kelmay qoladi. Bu xil muommoni
hal etishda tronspozitsiya yoki transformatsiya yoki omonimiya hodisasi deyish
an’anaga aylandi. Ammo H.Nematov bu xildagi birliklarni ko‘chishlar
emas,”oraliqdagi birliklar” deyishni ma’qul topdi.
Rivojlanishda bo‘lgan til tizimimizda so‘zlarning bir turkumdan ikkinchi bir
turkumga ko‘chishi, ya’ni ba’zi bir so‘zlarning bugungi kunda semantik maydoni
kengayib bormoqda. Bu jarayon yordamchi so‘zlarda ham kuzatilmoqda. Ushbu
jarayon tilshunoslar tomonidan o‘rganilib, bu borada turli xulosalar berilgan:
yordamchi so‘z mustaqil so‘z va so‘z-gap oralig‘ida “oraliq uchinchi” maqomini
oladi. …yordamchi so‘z mustaqil so‘z hisobidan ortib boradi. Yordamchi so‘zning
boyishida yana bir yo‘l - ulaming ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o‘tishi,
aniqrog‘i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘makchi bog‘lovchi,
bog‘lovchi-yuklamaning mavjudligi. 36
Yuqorida to‘xtalib o‘tganimizdek, yuklamalarni ikki turga: 1) qo‘shimcha
ko‘rinishidagi yuklama; 2) so‘z yuklamaga ajratgandik. So‘z yuklamaning o‘zini
esa sof so‘z yuklama va nisbiy (vazifadosh) so‘z yuklama deb tasnif qilgan edik.
Ilmiy ishimizning ushbu bandida aynan nisbiy ya’ni vazifadosh yuklamalar
xususida so‘z boradi.
36
SayfulIayeva R . R ., Mengliyev B . R ., Boqiyeva G . H ., Qurbonova M . M ., Yunusova Z . Q ., Abuzalova M . Q . Hozirgi
o ' zbek adabiy tili . O ' quv qo ' lIanma . - T ., « Fan va texnologiya ., 2009. – 276 b .](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_37.png)
![Bugungi kunda til tizimimizda o‘z semantik maydonini kengaytirib
yuklamalashayotgan, ya’ni bir o‘rinda boshqa so‘z turkumi vazifasida, yana bir
o‘rinda esa yuklama vazifasida kela oladiga so‘zlar mavjud bo‘lib, bunday so‘zlar
qatoriga quyidagilarni kiritsak bo‘ladi: 1) olmoshdan ko‘chgan: ana, mana, nima,
bu, qani, ayni…2) sifatdan ko‘chgan: sho‘rlik, bechora, yomon(yomonam),…..3)
ravishdan ko‘chgan: atigi, yolg‘iz, aynan kabilar.
ANA. Bu so‘zning “ O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ikki ma’noda
qo‘llanishi keltirilgan. Bir o‘rinda ko‘rsatish olmoshi vazifasida kelsa, yana bir
o‘rinda ko‘rsatish, ta’kid ma’nolarini ifodalovchi yuklama bo‘lib kela olishi
aytilgan. 37
Nutqda relyativ munosabatlarni shakllantiradigan element hisoblanuvchi
olmoshlar o‘zining leksik-grammatik vazifasidan tashqari nutqiy vaziyatga qarab
diskursiv yuklamalar sifatida qo‘llanilib, har-xil stilistik vazifalarni bajaradi va
matnga o‘ziga xos ekspressiv ma’no bera oladi. 38
Ana olmoshi yuklamaga ko‘chganda ko‘rsatish, ta’kidlash ma’nolaridan
tashqari matnda ifodalanayotgan axborotga qo‘shimcha ravishda tan berish,
ajablanish, baho berish kabi semantik ma’nolarni ham yuzaga chiqarishga xizmat
qiladi. Buni matndan olingan parchalar misolida ko‘rib chiqaylik. Masalan:
Pishmagan yong‘oqning bitta yaxshi tomoni bor: og‘ir bo‘ladi. Uchi bilan dum
tomonini yaxshilab ishqalab yog‘lasangiz, zoldirdek sipsilliq soqqaga aylanadi.
Ana undan keyin “soqqa quvar” o‘ynayverasiz (Dunyoning ishlari. O‘tkir
Hoshimov). Matnda qo‘llangan ana so‘zi bu o‘rinda yuklama vazifasida kelyapti.
Sababi bu misolimizda ana so‘zi biror narsani ko‘rsatish uchun emas, balki
ma’noni tasdiqlash, ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qilyapti. Keling bu
yuklamani yana bir qancha o‘rinlarda qo‘llanilishini tahlil qilaylik.
Masalan, Ana! — Kelinoyi tag‘in shang‘illadi. — Sizning eringiz
o‘tiningizgacha yorib beradi. Maniki bo‘lsa, bir paqir suv olib kelmaydi…
37
Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz . uz
38
Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 168 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_38.png)
![( Dunyoning ishlari. O‘tkir Hoshimov). Keltirilgan bu misolimizda ana yuklamasi
bildirilgan fikrning tasdiqini ta’kidlab kelyapti.
Kuzatishlarimizga tayanib shunday deya olamizki, ana vazifadosh yuklamasi
mana vazifadosh yuklamasi bilan matn tarkibida bir o‘rinda qo‘llanganda gap
mazmuniga kuchaytirish-ta’kidlash ma’nosi bilan birgalikda, matndan
anglashilgan biror narsa yoki voqeaga baho berish ma’nosini ham yuklab keladi.
Masalan,
1 . Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, echkiemarmi - hammasi shu bog‘da
bo‘lardi. Ana uzumu mana uzum.
2. Ana rohat-u mana rohat! Usti muzday, ichi issiq. Bir burdasini o‘zim yeyman,
bir burdasini kuchugimga beraman.
3. Nihoyat mol bozoriga keldik. Ana bozor-u mana bozor. (O‘.Hoshimov)
Ana yuklamasining tasdiq ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib keladi: Menday paytida
otni egarlab o‘zi choptirgan. Jo‘raboshimizday bo‘lganida ketmon bilan bir tanob
yerni hashpash deguncha ag‘darib tashlagan. Oltmishvoy ana shunaqa yigit!
(O‘.Hoshimov); Bir maza qilaylik. Ana ko‘rdinglarmi paxtaning xosiyatini,
tasadduqlar.
Bu so‘z vazifadosh yuklama vazifasida kelganda tasdiq, ta’kid ma’nolari bilan
birgalikda qahramon kayfiyatidagi quvonchini, hayajonini ifodalalashda ham qo‘l
keladi. Masalan: Kichkina akamning oyog‘iyam bir joyda turavermaydida. O‘sadi,
etik sig‘maydi. Ana endi etik bizniki! (O‘.Hoshimov); Ana bunisi boshqa gap!
Xayriyat-e, bo‘yniga oldi oxiri. ; Yemakxonaga kirganda u taom tanlab o‘tirmaydi,
to‘g‘ri kelganini ikki-uch hissa qilib urib chiqaveradi. Ana shuning uchun ham
qaddi-qomati hamon shopdek, biror joyidan shikoyati yo‘q. (E. A’zam);
Ana vazifadosh yordamchisi matn tarkibida oldin aytilgan fikrning tasdiqini
kuchaytirib ifodalashga xizmat qiladi. Oqposhsho keladi – ana endi keladi!
(Otamdan qolgan dalalar.Tog’ay Murod); Kinobobomiz ana shundayin dono,
donishmand! (E.A’zam)
MANA . Bu so‘zning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bir qancha
vazifalarda kela olishi ko‘rsatilgan: 1) ko‘rsatish olmoshi vazifasida; 2) ko‘rsatish](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_39.png)
![olmoshlari oldidan qo‘llanib, kuchaytiruv va ta’kidni ifodalab keladi; 3) alohida
ta’kidni ifodalovchi yuklama; 4) undov gapda hayrat, kinoya, tajjub kabi
ma’nolarni ifodalay olishi keltirilgan. 39
Tilshunos professor A. Pardayev bu olmoshni diskursiv yuklamalar safiga
kiritib, mana olmoshi gapda o‘zining an’anaviy deyktiv belgisiga ko‘ra ko‘rsatish
ma’nosida emas, balki matnga ma’lum bir harakat, jonlantirish kiritishga xizmat
qiladi deya aytib o‘tadi. 40
Keltirilgan ushbu ma’lumotlarga asoslanib, biz ham ikkilanmasdan mana
so‘zini kuchaytiruv- ta’kid ma’nolarini ifodalab keluvchi vazifadosh yuklama
sirasiga kiritsak bo‘ladi.
Mana vazifadosh yuklamasi ko‘rsatish olmoshlari oldidan qo‘llanib,
kuchaytiruv va ta’kidni ifodalab keladi. Masalan: Maktabda oddiy muallima
bo‘lgan eski xotinining qo‘lida bir qizu mana shu o‘g‘li Baxtiyor qoldi .; Filmni
ovozlashtirganda binoyidekkina o‘zbekcha sayrab berishadi-yu, o‘zaro gap-so‘zga
kelganda mana shu ahvol! ; Bari mana bu arboblik savlatiga, shu savlatni bergan
mayda-chuydalarga almashtirildi, qurbon berildi. ; Ustoz deganlari –
kinochilarimizning piri, mana shu dargohga ham ko‘p yillar rahnamolik qilgan,
ikkitami-uchta “kartina”si bilan mashhuri jahon bo‘lgan yetmish yoshlardagi
chol .(E.A’zam)
Mana alohida ta’kidni ifodalovchi yuklama vazifasini ham bajaradi: Mana ,
endi boshqa g‘oliblar qatori xalqaro kinoko‘rikka otlangan. ; Mana, necha yil
bo‘ldiki, mansab kursisiga mahkam yopishib olgansan, arzirli biror nima
yozganing yo‘q.; Mana, u halidan beri eski charm kresloda Valentina Grigorevna
Samoxinaning qovog‘ini poylab o‘tiribdi.; Mana, bordingiz deylik. Chol bog‘dagi
biror daraxt soyasida albatta esnab o‘tirgan bo‘ladi.; Mana, endi sizni tabriklasak
bo‘lar, o‘rtoq muallif!; Mana , nihoyat, ustozu shogird o‘sha o‘rik tagida
o‘tiribmiz.; Beixtiyor sigaretni labiga qistirib, gugurt chaqdi: “ Mana , hammayoq
kislorod!”; Mana , o‘zing “iste’dod” deyapsan, to‘ng‘ich o‘zbekcha kartina
39
Ўзбек тилининг изоҳли луғати M ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz . uz
40
Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 168 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_40.png)
![ekanini, anovi shov-shuvlarni tilga olyapsan – baloni bilgich kinoshunos
bo‘laturib, filmning nomiga kelganda bunday bepisand tusmollab so‘zlashing
nimasi! (E.A’zam).
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki, mana vazifadosh yuklamasi o‘zi
qatnashgan gap mazmuniga kuchaytiruv, ta’kid, tajjub, hayrat kabi qo‘shimcha
ma’no yuklab keladi. Bu vazifadosh yuklama olmosh turkumidan ko‘chgan
yuklama bo‘lib, ko‘proq badiiy, publitsistik hamda oddiy so‘zlashuv uslublarida
qo‘llaniladi. Rasmiy va ilmiy uslublarda deyarli uchramaydi.
NIMA . Bu olmoshga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da so‘roq olmoshi deya
ta’rif berilib, yana bir nechta ma’nolarni ifodalab kelishi aytilgan. Masalan, nima
olmoshi so‘roq gaplar tarkibida yana boshqa so‘roqni ifodalovchi vositalar bilan
birgalikda kelib, so‘roq mazmunini kuchaytiradi va ta’kidlaydi. 41
Nima olmoshi nutqiy jarayonda pragmatik imkoniyatini kengaytirib, so‘roq
mazmundagi grammatik vazifasidan chekingan holda, ta’kid ma’nosini
kuchaytirishga xizmat qiladi. 42
Buni misollar asosida ko‘raylik: «Nima, buningni
boshida shoxi bormi, ishlasin-da», deydi... ; Nima, or qilyapsanmi? — dedi bir
muddat xomush o‘tirgach.; Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul
shaxsmisan?; Sizga ham Acha xoladan yuqqan shekilli, — dedim yarim hazil,
yarim kinoya qilib. — Nima, fol ochyapsizmi? (O‘.Hoshimov). Keltirilgan ushbu
misollardagi so‘roq ma’nosi –mi so‘roq yuklamasi orqali shakillangan. Nima
olmoshi esa taajjubni kuchaytirish va so‘roq mazmunini ta’kidlash bilan birgalikda
nutqni jonlantirishga, uni harakatli qilishga xizmat qilmoqda. Keling, jumla
tarkibidagi nima nisbiy yuklamasini bir o‘rinda qatnashtirib, boshqa bir o‘rinda
tushirib ko‘raylik: Nima, vrach sizdan rostdan ham pul so‘radimi? (O‘.Hoshimov)
Qiyoslaymiz: vrach sizdan rostdan ham pul so‘radimi? Ushbu misolda qo‘llangan
nima diskursiv yuklamasi vositasida matn odiy axborot, xabar berishga nisbatan
birmuncha ta’sirliroq, yorqinroq va jonliroq obrazli faoliyatni yuzaga keltirishga
41
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Н ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
42
Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик
таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 168 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_41.png)
![xizmat qilmoqda. Nima yuklamasi tushirilgan qismi esa, oddiy so‘roq mazmunli
gap bo‘lib kelyapti.
BU. “O‘zbek tilining izohli lug’ati”da bu so‘zini omonim so‘z safiga kiritib,
ikki ma’noda: 1) ko‘rsatish olmoshi; 2) kuchaytiruv- ta’kid yuklamasi bo‘lib
kelishi aytilgan. 43
Tilshunosligimizda yaratilgan bir qancha ilmiy ishlarda ham bu so‘zining
yuklama vazifasida kelishi ta’kidlangan. 44
Bu vazifadosh yuklamasi gapdagi ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun
xizmat qiladi. Masalan: Bu deyman, do‘kongayam chiqmaysan, — dedi yana ham
ingichkaroq tovushda.; Bu diyman, uka, gazetlaringga bizniyam yozsa
bo‘lavuradimi? Yo buniyam «ohoni» bormi?; Bu Maskov degani xo‘pam katta
shahar ekan. (O‘.Hoshimov) matnlarida bu olmoshi yuklama ko‘chib, muloqot
jarayonida tinglovchi diqqatini tortish, ifodalanayotgan fikrlar ketma-ketligini
ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan.
Olmosh turkumidan ko‘chgan bu vazifadosh yuklamasi ko‘proq badiiy
uslubda qo‘llaniladi.
QANI . Bu so‘zga izohli lug‘atda so‘roq olmoshi deya ta’rif berilib,
so‘zlovchining ko‘z o‘ngidagi shaxs yoki narsaning qayerda ekanligi haqidagi
so‘roqni bildirgan o‘rinlarda so‘roq olmoshi vazifasini bajarib kelishi
ta’kidlangan. 45
Masalan: Nima bo‘ldi? — dedi oyim tipirchilayotganimni ko‘rib. —
Soqqam qani ?; Dalavoy shiddat bilan otdan sakrab tushdi. — Qani qog‘ozingiz?
(O‘.Hoshimov)
Qani so‘zi so‘roq manosidan tashqari yana o‘zi qo‘llangan jumla tarkibiga
etiborni jalb etish, undash, da’vat ma’nolarini ham yuklab keladi. Ushbu
ma’nolarni ifodalab kelgan o‘rinlarda esa yuklama vazifasini bajarib keladi.
Masalan: Qani ayting, nimaga ishonish kerak, kimga ishonish kerak?» ; Iya, ana,
Shayx kelib qoldi! — dedi allakim tantana bilan. — Qani , samovarga o‘zing qaray
43
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Б ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
44
Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан.
номз. …дис.автореф.–Фарғона, 2005.-22 б.; Пардаев А. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўз туркумларининг лисоний
тизимдаги ўрни ва лингвопрагматик таҳлили. – Т.: Фан нашриёти, 2013. – 169 б.
45
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Қ ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_42.png)
![qol.; Iye-iye, qoravoylar, kep qopsizlar-da! — deydi quvonib. — Qani , kampir,
chodirni opchiq.; Qani , kela qoling, — dedi oyim ayvon tomonga yurib.; Qani
uyga, — dedi dadam qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib. — Bir piyola choyimiz bor.; Qani ,
tuyog‘ingni shiqillat! — dedi tahdid bilan.; Qani chertib ko‘rchi. Yetti pushtingni
quritib yuboraman!; Qani, tura qol, bolam, echkini haydashib borasan.; Qani ,
bo‘yniga olmay ko‘rsin-chi.; Qani, otlan! — dedi odatdagidek shoshilib. —
Jizzaxga ketdik. (Dunyoning ishlari. O‘.Hoshimov).! ( Qani , tuyog‘ingni shiqillat-
chi! — dedi Grisha tishini g‘ijirlatib.; Qani, nonga qara. Oyimlarning nonlarini
sog‘ingansan Tushda kechgan umrlar. O‘.Hoshimov)
Qani vazifadosh yuklamasi istak-xohish mazmunli gaplar tarkibida
qo‘llanib, istak-xohish ma’nosiga alohida ta’kid hamda urg‘u beradi. Masalan:
Shahnoza chirqillab erining yelkasidan tortqilashga tushdi. Qani kuchi yetsa!;
Qani shunaqalardan o‘n mingi, boring, ana mingtasi bo‘lsa!; Grisha derazani
yopdiyamki, qulog‘i tinchisa qani ?; U yoqqa ag‘darildi, bu yoqqa ag‘darildi.
Qani uyqu kelsa!; Uyqu kelsa, qani ! Xayol ming ko‘chaga olib kiradi.; Komissar
g‘azabdan qaltirab qoldi. Tili kalimaga kelsa qani! (O‘.Hoshimov)
AYNAN. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da aynan so‘zini bir o‘rinda ravish
turkumidagi so‘zga, yana bir o‘rinda esa yuklamaga kiritgan. 46
Aynan so‘zi matn tarkibida qo‘llanganda “xuddi o‘zi, qanday bo‘lsa
shunday, o‘zgarishsiz” kabi ma’nolarni ifodalab kelgan o‘rinlarda ravish vazifasini
bajarib keladi. Masalan: Andak tanaffusdan so‘ng axborot matni aynan
takrorlangach, irg‘ib o‘rnidan turdi.
Aynan so‘zi yuklam vazifasini bajarib kelganda jumla mazmuniga
kuchaytirish, ta’kid manosini yuklaydi. Shunga asosan bu vazifadosh yuklamani
kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari safiga kiritsak bo‘ladi. Masalan: Gazetada
o‘qidim: Xitoy tomonlarda aynan shuni davolaydigan usullar chiqqanmish.
Uyg‘uristonga ijodiy safarga bormog‘i zarurligini bayon etib markaziy
uyushmaga ariza yo‘lladi; shoir haqidagi dastlabki “Furqat” filmi aynan o‘zi
dunyoga kelgan yili (kim tekshirib boryapti!) ishlanganiniyu uning ijodiga,
46
Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_43.png)
![demakki, murakkab taqdiriga qiziqishi g‘oyat zo‘rligini pisanda qilmoqni ham
unutmagan edi. ; Aynan shunisi boshqa birovga qiziq tuyulgan bo‘lsa ham ajab
emas. ; Nega endi o‘zbek? Aynan o‘zbek? Men-chi? Oyim-chi? – deydi Vika
kutilmaganda begona tusga kirib. ; Aynan mana shu o‘rinda biz ham bekinmachoq
o‘ynamay, qo‘shtirnoqsiz atasak yarashardi uni! ; Goho yetti uxlab tushingizga
kirmagan girdob yo mag‘zavalarga yo‘liqasiz, ammo ularni chetlab-aylanib emas ,
aynan kechib o‘tmog‘ga mahkumsiz! (E.A’zam); Nega endi aynan «o‘ldirib
ketishgan» deyapsiz?; Soatning ro‘parasida aynan To‘laganning o‘zi turar edi.;
Hozir... Kapalak qanotidek bir-ikki silkinadi-yu... aynan yurakning o‘zini so‘rab
turgan ko‘zlardan yosh oqadi...; Xuddi pana-panada dushmanlar yashirinib
olgandek, avtomatini aynan menga o‘qtalib turgandek, boshimni ichimga tortdim.;
Keyin majlis bo‘ldi. Uch kecha... Darsdan keyin... Aynan, darsdan keyin...
RayONOdan odamlar keldi.; O‘sha kuni aynan Shomatovning podezdi ro‘parasida
nima qilayotgan edingiz?; Aynan o‘sha kuni eshik qulflanib qolganmidi-yo‘qmi?
(O‘.Hoshimov).; O‘tgan yili Armanistonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda navbatdagi
forum aynan Samarqandda o‘tkazilishini hohlagandik.; Daniyaning sharqiy
Yutlandiyasidagi Norrea vodiysidagi yer qismi aynan shu harf bilan nomlangan.;
Qizig‘i, uni faqat aynan shu markadagi kartoshka chipslari qiziqtiradi .
(Zarafshon)
Yuqorida keltirilgan misollarda qatnashgan aynan so‘zi jumla mazmuniga
ta’kid ma’nosini kuchaytirib ifodalab kelayotgan nisbiy yuklamadir.
Aynan vazifadosh yuklamasi so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda
faol qo‘llanilib, ilmiy va rasmiy uslublarda deyarli qo‘llanilmaydi.
AYNI . O‘zbek tilining izohli lug‘atida ushbu so‘zni narsa va hodisaga ishora
qiluvchi olmoshga hamda ta’kid-kuchaytirishni ifodalovchi yuklamaga kiritgan. 47
Ayni olmoshi yuklama vazifasini bajarib kelganda o‘zi qatnashgan jumla
mazmuniga kuchaytiruv-ta’kid ma’nosini yuklab keladi. Masalan: Hozir ayni
siyosiy mashmashalar avjiga chiqqan zamon!; Ayni tobda Farhodning xayoli
ketgan, uncha-muncha gap qulog‘iga kirmas, g‘ala-g‘ovurdan bezor bo‘lgan edi
47
Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_44.png)
![u.;; Ammo shularning bari-barida allaqanday bir xo‘jako‘rsinchilik, ayni choqda
odatiylik ruhi ham sezilardi . (E.A’zam).; Ayni qahatchilik, urush, birov birovga
holing nima kechdi, deyishi mahol...;.; Choponli kishi echkining ikkala biqiniga
shapillatib qo‘ydi. — Xudo xohlasa, ayni qish chillasida bolalarning og‘zi oqarib
qoladi, birodar!; Ayni yoz chillasida ammam tag‘in keldi. (O‘.Hoshimov)
Ayni vazifadosh yuklamasi matn tarkibida bir qancha so‘zlar bilan
sinonimlik qatorni tashkil qila oladi: 1) rosa so‘zi bilan: Ish ayni qiziganda,
kutilmagan voqea ro‘y berdi (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz : Ish rosa qiziganda,
kutilmagan voqea ro‘y berdi. ; 2) aynan so‘zi bilan: Kim bo‘ldi ekan-a? Indamay
yotaveray desa, eshikni buzib kirmoqdan ham toymaydigan! Boya chiroqni
o‘chirib qo‘ysa bo‘larkan, derazada shu’la ko‘ringan-da. Jin ursin, kelib-kelib
ayni nozik paytda!.. (E.A’zam). Qiyoslaylik: Kim bo‘ldi ekan-a? Indamay
yotaveray desa, eshikni buzib kirmoqdan ham toymaydigan! Boya chiroqni
o‘chirib qo‘ysa bo‘larkan, derazada shu’la ko‘ringan-da. Jin ursin, kelib-kelib
aynan nozik paytda!..
ATIGI . Bu so‘zning O‘zbek tilining izohli lug‘atida ravish turkumiga kirishi
aytilgan. 48
Atigi so‘zining “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da bor-yo‘g‘i,
bori, bo‘lgani, nihoyati, faqat(gina) so‘zlari bilan bir sinonimik qatorda tura olishi
keltirilgan. 49
Atigi so‘zi matn tarkibida qo‘llanganda miqdor-daraja ravishi bo‘lib kelish
bilan birgalikda, matn mazmunidan anglashilgan fikrga ayirish, chegaralash
ma’nolarini ham yuklab kela oladi. Aynan jumla mazmuniga ayirish-chegaralash
ma’nolarini yuklab kelgan o‘rinlarda bu so‘zni vazifadosh yuklamalar safiga
kiritsak bo‘ladi. Masalan, Shu bilan birga, Rossiyada atigi 7 ta kon mavjud va
ularning deyarli barchasi Baykal ortida joylashgan. .. Amerikalik egizaklar Jim
Lyuis va Jim Springer atigi uch haftalik bo‘lganida, 15 yoshli onasi rad javobini
yozgan, bolalar ajratilib, ularni turli oilalar asrab olgan .(Zarafshon).
48
Ўзбек тилининг изоҳли луғати A ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz.uz
49
А.Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 39-б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_45.png)
![Atigi so‘zi quyidagi so‘zlar bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltira oladi: 1)
faqat(gina) so‘zi bilan: Ermon buva yana bitta afsona aytib berdi. Bu cho‘pchakni
atigi bir marta aytgan bo‘lsa ham negadir xotiramda saqlanib qoldi
(O‘.Hoshimov) . Qiyoslaymiz : Ermon buva yana bitta afsona aytib berdi. Bu
cho‘pchakni faqatgina bir marta aytgan bo‘lsa ham negadir xotiramda saqlanib
qoldi. ; O‘zining kelganiga atigi bir hafta bo‘libdi-yu, Toshkentda nima gapligini,
kinochilar orasida nima mishmishlar yurganini ijikilab surishtiraveradi.
(E.A’zam). Qiyoslaymiz: O‘zining kelganiga faqat bir hafta bo‘libdi-yu,
Toshkentda nima gapligini, kinochilar orasida nima mishmishlar yurganini ijikilab
surishtiraveradi. ; Dunyoga hirs qo‘ysa atigi bir uy, bir ayvonga qanoat qilmay,
qo‘sha-qo‘sha imoratlar soldirgan bo‘lardi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:
Dunyoga hirs qo‘ysa faqat bir uy, bir ayvonga qanoat qilmay, qo‘sha-qo‘sha
imoratlar soldirgan bo‘lardi .2) bor-yo‘g‘i so‘zi bilan: Vallamat Mirzo Ramazon
atigi ellik to‘rt yoshida to‘satdan dunyoni tark etdi (E.A’zam). Qiyoslaylik:
Vallamat Mirzo Ramazon bor-yo‘g‘i ellik to‘rt yoshida to‘satdan dunyoni tark
etdi. ; Atigi vazifadosh yuklamasi miqdorni bildiruvchi so‘zlar oldidan qo‘llanilib,
shu matndan analashiladigan miqdor bilan bog‘liq ma’noni kuchaytirib ta’sirli
qilib ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Tag‘in bir daqiqa, atigi bir daqiqa o‘tsa,
o‘zimni idrok etolmay qolishimni sezib turardim (O‘.Hoshimov).
Atigi vazifadosh yuklamasi badiiy, publitsistik hamda so‘zlashuv uslublarida
qo‘llaniladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda deyarli ishlatilmaydi desak ham bo‘ladi.
AXIR. Bu so‘zning O‘TILda ikki xil so‘z turkumida kelishi, ya’ni ravish va
yuklama vazifalarida qo‘llana olishi aytib o‘tilgan. Axir so‘zi ravish vazifasida
kelganda “oxiri, provardida, nihoyat” kabi ma’nolarni ifodalaydi, yuklama
vazifasida qo‘llanganda esa ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun qo‘llanadi.
Masalan: Qazisan, qartasan, axir zotingga tortasan! -dedi kampir omborni
qulflayotib.(A.Qahhor). Ushbu keltirilgan misolda axir so‘zi ravish bo‘lib
kelyapti. Axir so‘zi yuklama vazifasida kelganda o‘zi bog‘lanib kelgan sintaktik
qismga ko‘proq ta’kid ma’nosini beradi. Bu yuklama so‘zlovchining voqelikka
munosabatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yuklamaning jumladagi](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_46.png)
![ahamiyatini bilish uchun u ishtirok etgan jumlani qo‘llangan va qo‘llanmagan
holda qiyoslab ko‘rishning o‘zi kifoya. Bu yuklama o‘zi ishtirok etgan matndagi
gumon ma’nosini ta’kidlaydi: - O‘zi qayoqda ekan? — Unisini bilmadim. O‘sha
xatga bitgandir axir, qayerdaligini. (Said Ahmad); Mayli, baxtingizni sinab
ko‘ring. Bu kunlar ham o‘tib ketadi. Biron yorug‘ kun bordir axir.(Said Ahmad).
Axir yuklamasi o‘zi qatnashgan jumladagi so‘roq mazmunini ta’kidlab keladi: -
O‘ylasang-chi, Dildor, dadam qarib qolgan narsa. Besh kunligi bormi, yo‘qmi,
nima qilay, tashlab ketaymi, axir? (Said Ahmad); Yutqazganni «taka» qilib xarrak
tagidan o‘tkazadilar. («Vaqtni o‘ldirish» kerakmi axir?). (O‘.Hoshimov).; Puli
bilan nima ishing bor! — U qo‘lini paxsa qildi. — Pskentning o‘ziga borasanmi
axir? Matn tarkibida –ku bilan birgalikda qo‘llanganda, ta’kid ma’nosini
kuchaytiradi: Jonholatda o‘zimni orqaga tashladim. Axir bu... Shahnoza-ku.
(O‘.Hoshimov); Tanidim! Axir bu — o‘zimizning «vojak»-ku.; Axir... Axir bu
o‘zimning tomorqamdagi daraxt-ku. Mana qarang, qurib qolgan.; Endi ko‘z
o‘ngimga Risolat opa keldi. Axir maktabdagi eng chiroyli, eng shirinso‘z
o‘qituvchi shu — o‘zimizning Risolat opamiz-ku!; Dallol shu yerning odami-ku.
Topilar axir, — derdi oyim menimi, o‘zinimi yupatib. (O‘.Hoshimov). kabilar.
Axir yuklamasi -ku endi kabi ayrim vositalar bilan sinonimlikni hosil qiladi.
Ammo shunga alohida to‘xtalib o‘tish kerakki, matndagi ta’kid ma’nosini
ifodalashda axir yuklamasi o‘ziga xos xususiyatini namoyon qiladi.
YOLG‘IZ . “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da yolg‘iz so‘zining bir nechta
ma’nolarda kela olishi to‘g‘risida ma’lumotlarni uchratamiz. Shunga asoslanib
ayta olamizki, yolg‘iz so‘zining semantik maydoni keng bo‘lib, bu so‘z bir o‘rinda
sifat turkumiga mansub so‘z bo‘lib kelsa, yana bir o‘rinda yordamchi so‘z
turkumlaridan biri yuklama bo‘lib kela oladi ekan. Yana bir adabiyotda yolg‘iz
so‘zini sifat turkumidan ko‘chgan nisbiy yuklamalar safiga kiritishgan. 50
Shu sifat turkumiga xos bo‘lgan bu so‘z yuklama vazifasini bajaruvchi
mustaqil so‘z hisoblanadi. Bu so‘z yuklama sifatida yakka, yagona, tanho, bir,
birgina, faqat so‘zlari bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltira oladi: 1) faqat so‘zi
50
SayfulIayeva R . R ., Mengliyev B . R ., Boqiyeva G . H ., Qurbonova M . M ., Yunusova Z . Q ., Abuzalova M . Q . Hozirgi
o ' zbek adabiy tili . O ' quv qo ' lIanma . - T ., « Fan va texnologiya ., 2009. – 267 b .](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_47.png)
![bilan: Qarasam, yonimda hech kim yo‘qmish. Bir o‘zim qolibman. Yolg‘iz o‘zim.
(O‘.Hoshimov); Qiyoslaylik: Qarasam, yonimda hech kim yo‘qmish. Bir o‘zim
qolibman . Faqat o‘zim. ; 2) yagona, yakka so‘zlari bilan: Poshshoning Xudodan
tilab-tilab olgan yolg‘iz o‘g‘li bor ekan. (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:
Poshshoning Xudodan tilab-tilab olgan yakka(yagona) o‘g‘li bor ekan. ; 3) birgina
so‘zi bilan: Kech kirgan sayin yuragi siqilaveradi. Yolg‘iz ovunchog‘i — televizor.
(O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz: Kech kirgan sayin yuragi siqilaveradi. Birgina
ovunchog‘i — televizor .
Yolg‘iz so‘zining semantik maydonining kengligini, uning matn tarkibida
ko‘p o‘rinlarda ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasida kela olishini ko‘rishimiz
mumkin.
Umuman olganda, faqat, faqatgina, tanho, yolg‘iz, yolg‘izgina, yakka,
yagona, bir, birgina kabi sof va funksional yuklamalari o‘zaro ma’nodoshlik
munosabatda bo‘lsa-da, ya’ni jumla tarkibida biri ikkinchisi o‘rnida bemalol
qo‘llanilib kela olsa-da, ammo ular ham o‘zaro bir-biri xususiy farqlanishlariga
ega. Bu yuklamalarning ushbu o‘ziga xosliklari matn mazmunidan anglashilib
turadi. Shunga ko‘ra ular ba’zi o‘rinlarda bir-biri bilan o‘rin almasha olsa, ba’zi
o‘rinlarda buning imkoni bo‘lmaydi. Matnda ularning qaysidan foydalanish esa
uslubiy imkoniyatdan kelib chiqib tanlanadi.
TIM. Bu so‘zga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bir nechta ma’nolarni
ifodalab keluvchi omonim so‘z deya ta’rif berilgan. Lug‘atda bu so‘zni “qora”,
“qorong‘ulik” so‘zlari oldidan ishlatiladigan kuchaytiruv yuklamasiga kiritgan. 51
Demak, tim so‘zi yuklama vazifasida kelganda o‘zi qatnashgan jumla
tarkibidagi rang bildiruvchi qora va qorong‘ulik so‘zlari oldidan kelib, shu so‘zlar
ma’nosini kuchaytirib ifodalashga xizmat qiladi. Masalan,
AKSINCHA. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da aksincha so‘zini bir necha
vazifada, ya’ni ravish, kirish so‘z hamda yuklama bo‘lib kela olishi aytilgan.
Lug‘atda bu so‘zni zidlash ma’nosini ifodalovchi vazifadosh yuklamaga kiritgan.
Masalan: Xo‘sh, u bir vaqtlar Ilmen ko‘li bo‘yida o‘zini entiktirgan bu
51
Ўзбек тилининг изоҳли луғати Т ҳарфи А.Мадвалиев таҳрири остида (2006-2008) wwwziyouz . uz](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_48.png)
![tamannodan shu tariqa alamini olmoqchi bo‘ladimi? Yo‘q, yo‘q, aslo! Aksincha –
o‘sha xotiralar beorlarcha savdoga qo‘yilgani uning ensasini qotiradi, xolos.
(E.A’zam). Misolda qo‘llanilgan aksincha yordamchisi o‘zi qo‘llangan jumla
mazmuniga shunchaki zidlikni emas, balki zidlik bilan birga kuchaytiruv, ta’kid
ma’nolarini ham yuklab kelmoqda. Masalan, Ovozida na ta’na, na pushaymonlik
bor. Aksincha! Ilk luqmasi bilan Farhodning mubhamlik in qurgan dilini ostin-
ustin qilib yubordi: – Kelmaysanmi? (E.A’zam)
NA... NA . “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu yordamchi vositaga ayiruv
bog‘lovchisi deya ta’rif berilgan. Yordamchilar borasidagi dastlabki izlanishlarda
na... na yordamchisi teng bog‘lovchining bir turi bo‘lgan inkor bog‘lovchisi deya
o‘rganilib kelingan. Keyingi yillardagi izlanishlarda, xususan tilshunos G‘.
Abdurahmonov esa uni ham inkor bog‘lovchisi, ham yuklamalik xususiyatiga ega
bo‘lgan so‘z deb ko‘rsatadi.
R.Rasulov bu yordamchini maxsus o‘rganib chiqib, asosan ikki xil
pozitsiyada kelishini aytadi: 1) uyushgan gap bo‘laklaridan oldin, 2) qo‘shma gap
tarkibidagi sodda gaplarda. Na…na ning uyushiq bo‘laklardan oldida kelishi, u
uyushiq bo‘lakning gapda tutgan o‘rni, bajarayotgan vazifasiga qarab farqlash
mumkin. U uyushgan ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hollarning oldida,
asosan, takrorlangan holda kelib, gapning umumiy mazmuniga va ayrim gap
bo‘laklariga ta’kid, kuchaytirish, inkor, noaniqlik kabi ma’nolarni berish uchun
xizmat qilishini aytadi. 52
Umuman olganda, bu na…na yordamchisining ham vazifasi keng bo‘lib,
birinchi vazifasi matn tarkibida inkor, ta’kid, bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalovchi
yuklama bo‘lsa, ikkinchi vazifasi esa gap qismlarini bog‘lashga xizmat qila
olishidir.
Na…na inkor yuklamasi xuddi shunday inkor ma’nosini ifodalovchi bir
qator so‘zlar bilan manodoshlikni yuzaga keltira oladi. Masalan, 1) ham…ham…
yo‘q so‘zi bilan: Ovozida na ta’na, na pushaymonlik bor (E.A’zam).; Qiyoslaymiz:
Ovozida ta’na ham, pushaymonlik ham yo‘q. ; 2) yo‘q so‘zi bilan: To‘rt mucham
52
Расулов Р. Ўзбек тилида ёрдамчи с ў зларнинг семантик-грамматик хусусиятлари. – Т.: Фан, 1983. –Б.79.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_49.png)
![sog‘, do‘stlarim bor havas qilgulik / Nolimayman na kelajak, na o‘tmishimdan
(A.Oripov).; Qiyoslaymiz: To‘rt mucham sog‘, do‘stlarim bor havas qilgulik /
kelajagimdan, o‘tmishimdan noliganim yo‘q kabi.
Ba’zan she’riy matnlarda na…na yuklamasi bilan -da yuklamasi yonma-yon
qo‘llanilishida duch kelamiz. Buni shoir ta’sirchanlikni kuchaytirish maqsadida
qo‘llagan bo‘lsa kerak. Masalan: Yuragimda na havas bor, na-da bir hayrat, / Falak
sari bo‘yingni cho‘z, daraxt, bir fursat! (U.A’zim).Ushbu keltirilgan misollarga
birida inkor yuklamasi na…na qatnashyapti, bittasida esa inkor ma’nosini ifodalab
keluvchi so‘zlarni qo‘llayapmiz. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, yuklasasi orqali
ifodalangan inkor boshqa vositalar bilan yasalgan inkor ma’nosiga nisbatan
kuchriroq va ta’sirliroq chiqadi.
Bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
1. Ishimizning bu qismida yordamchi so‘zlarning leksema va qo‘shimcha
orasida «oraliq uchinchi» hodisani yuzaga keltira olishi, ularning ham leksema,
ham grammatik morfema xususiyatini o‘zida mujassamlashtirishi, matn tarkibida
alohida qo‘llanila olish yordamchi so‘zni mustaqil so‘z bilan yaqinlashtirsa, turli-
tuman munosabatni ifodalash kabi umumlashgan ma’no uni morfemaga,
qo‘shimchaga yaqinlashtiradi. Yordamchi so‘zlar so‘z va qo‘shimcha ziddiyatida
«oraliq uchinchi» vazifasida kela olishiga to‘g‘risidagi fikrlar keltirilgan.
2. Hozirgi o‘zbek tilida yuklamalar eng faol grammatik vositalardan
hisoblanadi. O‘zbek tilida so‘z shaklidagi yuklamalar sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin: faqat, axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki, xuddi, na... na kabi
sof hamda aqalli, atigi, aksincha, ana, aynan, ayni,yolg‘iz, tugul va b.kabi nisbiy
yuklamalar kiradi va ishda shu yuklamalarning semantik-stilistik jihatlariga
to‘xtalganmiz.
3. So‘z ko‘rinishidagi faqat, yolg‘iz, yakka, yagona, tanho, bir, faqatgina,
yolg‘izgina, birgina kabi yuklamalari va funksional yuklamalari o‘zaro
ma’nodoshlik munosabatda bo‘lsa-da, ya’ni matnda biri ikkinchisi o‘rnida bemalol](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_50.png)
![qo‘llanib kela olsa-da, biroq ular o‘zlarining xususiy farqlanishlariga ega. Ularning
ushbu o‘ziga xosliklari matndan anglashilib turadi. Shunga kura ular ba’zan bir-
birlarining o‘rnilarida erkin almashsa, ba’zan buning imkoni bo‘lmaydi. Ularning
matnda tanlab ishlatilishi uslubiy talab bilan amalga oshiriladi.
4. Sof yuklamalar ham, so‘z ko‘rinishidagi vazifadosh yuklamalar ham
kommunikativ nutq jarayonida o‘ziga xos semantik-stilistik xususiyatlarini
namoyon qiladi va so‘zlovchi yoki muallifning pragmatik maqsadini yuzaga
chiqarishda muayyan vazifalarni amalga oshiradi. Bu vositalar jumla mazmuniga
jiddiy ta’sir ko‘rsatib, nutq jarayonida taajjublanish, ta’kidlash, kuchaytirish
ma’nolarini ifodalashda alohida faollik ko‘rsatib, o‘ziga xos semantik-stilistik
xususiyatlarini namoyon etadi.
5. Ushbu bobda olmosh turkumidan ko‘chgan: ana, mana, nima, bu, qani,
ayni; ravish turkumidan ko‘chgan: aksincha, atigi, aynan funksionak
yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan.
6. Yordamchi so‘zlar sirasi masalasi hali ham oxiriga yetgan emas. Ayrim
birliklarning qaysi guruhga kirishi haligacha munozarali bo‘lib kelmoqda.Ba’zi
so‘zlarni muayyan guruhga kiritsak-da,ba’zi vazifalari o‘z guruhining umumiy
vazifasiga mos kelmay qoladi. Bu xil muommoni hal etishda tronspozitsiya yoki
transformatsiya yoki omonimiya hodisasi deyish an’anaga aylandi.Ammo
H.Nematov bu xildagi birliklarni ko‘chishlar emas,”oraliqdagi birliklar” deyishni
ma’qul topdi.
7.Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, “oraliq uchinchi”ga oid fikrlar
doimiy munozarali bo‘lib, bugungi kunda badiiy matnda transpozitsiya hodisasi
natijasida sezilarli ko‘paygan. Bu qarashlar, albatta, amaliyotda, ya’ni badiiy matn
tarkibida yana-da aniqrog’ namoyon bo‘ladi.
III BOB. QO‘SIMCHA KO‘RINISHIDAGI YUKLAMALARNING
USLUBIY XUSUSIYATLARI](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_51.png)
![3.1. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar haqida ma’lumot
Yuklamalar so‘z yoki qo‘shimcha ko‘rinishida bo‘lishini yuqoridagi
boblarda ta’kidlab o‘tgandik. Bugungi kunda qo‘shimcha ko‘rinishidagi
yuklamalar sirasiga -mi, -chi, -a, -ya so‘roq va taajjub yuklamalari, ku, -u(-yu), -da,
-oq(-yoq), -ki, -kim kabi kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari, -gina (-kina, -qina)
kabi ayiruv va chegaralov yuklamalari hamda -dir gumon yuklamasini
ko‘rsatishimiz mumkin. Ushbu bobda ana shu yuklamalar haqida va bu
yuklamalarning o‘zaro va boshqa grammatik vositalar bilan sinonimik aloqasiga
to‘xtalamiz.
Tilshunoslarimiz yordamchi so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan yuklama
borasida bir qancha baxs-munozara yuritishdi. Asosiy masala esa yuklamalarni
so‘zga kiritish kerakmi, yoki qo‘shimchaga degan savol edi.
Ko‘pchilik tilshunoslar yordamchi so‘zlarni “so‘z” doirasidan
chiqaruvchilar ishonarli dalillarini keltirishdilar, xususan, yuqorida aytib
o‘tilganidek ularning shaklan va mazmunan so‘zga yaqin kelmasligi aniq. Biroq
ularning qo‘shimchalar emasligini ko‘rsatuvchi omillar ham uchraydi. Bu
omillardan asosiysi sifatida doimo so‘z oxiriga ko‘chuvchi so‘z urg‘usining bu
birliklarga ko‘chmasligini ko‘rsatish mumkin. Ammo bu omilni kuchsizlantiruvchi
keyingi jihat ham mavjud bo‘lib, ularning “o‘z” urg‘usining yo‘qligidir. Ammo bu
fikrga qarshi qarashlar ham yo‘q emas. Xususan, Sh.Shahobiddinova -jon, -xon, -
oy, -chak, -loq, -choq kabi qo‘shimchalar haqida so‘z yuritib ular haqida shunday
deydi. Aslida mustaqil va yordamchi so‘zlarning o‘zaro munosabatiga doir bo‘lgan
muammo “qo‘shimcha”dir. Demak, ular qo‘shimchalardan urg‘u olmasligi,
so‘zlardan esa urg‘usi yo‘qligi bilan farqlanar ekan. 53
Yuqoridagi aytilgan fikrlar
“yuklamalar” deb atalgan birliklarga aloqador bo‘lganda yanada keskinlashadi.
Ularning, ko‘rib o‘tganimizdek, so‘zga o‘xshamasligi qanchalik aniq bo‘lsa,
qo‘shimchaga ham mos kelmasligi shunchalik aniq. Yuklamalarning so‘zga
o‘xshamasligi borasida bildirilgan fikrlar anchagina. Xususan, o‘zbek
tilshunosligida ham: “ Yuklama morfemalar urg‘usiz bo‘lib, leksik morfemaga
53
Шаҳобиддинова Ш. Айрим қўшимчаларнинг мавқеи хусусида // ЎТА. – 2000. – №5. – Б. 27.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_52.png)
![enkliza holida qo‘shiladi. Urg‘u leksik morfemaning oxirgi bo‘g‘inida qolib,
yuklama morfemaga o‘tmaydi. Bog‘lovchilar esa bir so‘z shaklini ikkinchi so‘z
shakli bilan munosabatini bildirish bilan birga gaplar o‘rtasidagi munosabatni ham
bildiradi va o‘zaro bog‘lanib kelayotgan lisoniy birliklar bilan fonetik yaxlitlikni
tashkil etmaydi. Bu esa yordamchi morfemalarning yuklama va bog‘lovchi turlari
bilan affiks morfemalar zidlanishining ikki chegara qutbiga ega ekanligini,
ko‘makchilar esa bu ikki qutbning oralig‘ida ekanligini ko‘rsatadi. Lekin yuklama
va bog‘lovchilar so‘z shakl sinfiga (morfologik so‘zga) kirmaydi. Chunki yuklama
va bog‘lovchilar qurilmalik xususiyatiga, tarkibi morfemalarga bo‘linish
xususiyatiga ega emas”. 54
Adabiyotlarda bir qancha qo‘shimcha yuklamalar to‘g‘risida quyidagicha
ma’lumotlar uchraydi. Xususan, ayiruv-chegaralov yuklamasi bo‘lga –gina
qo‘shimcha yuklamasi haqida.
Sh.Shoabdurahmonov -gina yuklamasi haqida to‘xtalib, bu yuklama
omonimlik xarakteriga egaligini, ya’ni bu qo‘shimcha ot, olmosh, son, -(i)b li
ravishdosh va ko‘makchilardan so‘ng kelib ayirib ko‘rsatish, chegaralash
ma’nosini anglatganda, holat ravishi, aniq fe’llardan so‘ng kelib, harakatni ayirib
ko‘rsatish mazmunini va shu bilan birga degan ma’noni anglatib kelgan o‘rinlarda
yuklamalik xususiyatini namoyon etadi. Bu qo‘shimchaning –kina, -qina
variyantlari bilan sifatlarqa qo‘shilib kelish o‘rinlari ham duch kelamiz bunday
o‘rinlarda bu qo‘shimchani “subyektiv baho” affiksi deb qaramoq kerak. Bundan
tashqari otlarga qo‘shilib kelib, erkalash, kichraytirish ma’nosini anglatmog‘i ham
mumkin. Bunday choqda u urg‘u oladi va affiks hisoblanadi. O‘zidan keyin egalik
ham qabul qiladi: bolaginam kabi. 55
U.Tursunov va J.Muxtorovlar: “-gina yuklamasini sifatlarga, ba’zan otlarga
qo‘shilib, suyish ma’nosini bildiruvchi -gina affiksi bilan aralashtirmaslik
kerak”ligini ta’kidlab, -ginaning omonimligini uqtiradi. Shu adabiyotda ravishlarda
shakl yasalishi haqida gapirilganda, -gina ravishlardagi harakat va holat belgisining
54
Нурмонов А. ва бошқ. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. – Тошкент, 2001. – Б. 49.
55
Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳ ожиев А., Расулов И.,Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1980. – 146 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_53.png)
![kuchsizlanganligini, ta’kidlanganligini anglatadi: Komila qoshlarini chimirib,
o‘rtog‘ining bilagini sekingina chimchiladi. Otlardagi -gina shakldan so‘ng
qo‘shimcha qo‘shilsa (bolaginamni) modal shakl, -ginadan oldin qo‘shilsa
(bolamnigina) bu yuklama hisoblanishi ayon (S.Usmonov. O‘zbek tili, 1978,
B.150.), ammo sifat va ravishlarga qo‘shilgan formani farqlash ancha qiyin ekan. 56
A.Hojiyev o‘zining «-gina elementi forma yasovchi affiks bo‘la oladimi?»
nomli maqolasida yuqorida keltirilgan munozaralarni davom ettirib, -gina elementi
faqat yuklama, u forma yasovchi emas, deb xulosa chiqaradi: “Birinchidan, hozirgi
o‘zbek tilida -gina elementi ifodalaydigan ayirish (chegaralash), ta’kid va
subyektiv baho ma’nolari o‘rtasida ma’lum bog‘lanish (aloqa) bor. Bu narsa -gina
elementi hozirgi o‘zbek tilida ikki xil funksiyadagi (yuklama va forma yasovchi
affiks bo‘lgan) til hodisasi deb qarashga imkon bermaydi. Ikkinchidan, -gina
elementining ayirish (chegaralash) ma’nosi bilan uning boshqa ma’nolari o‘rtasida
aloqa bo‘lmagan (uzilgan) taqdirda ham, hozirgi o‘zbek tilidagi -gina ham
yuklama, ham forma yasovchi affiks deyishga asosimiz yo‘q. Chunki ko‘rib
o‘tganimizdek, -gina elementining ayirish (chegaralash) ma’nosidan boshqa
ma’no, ya’ni subyektiv munosabat ifodalashi barcha so‘z turkumlari doirasida
umumiy holat. Demak, subyektiv munosabat ifodalovchi vosita sifatida ham -gina
yuklamadan boshqa narsa bo‘la olmaydi. 57
Sh.Shoabdurahmonov -ki, -kim yordamchilari haqida to‘xtalib, ularni
aniqlov bog‘lovchisi hisoblab, ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun
ishlatilishini, bosh gapda ifodalangan fikrni aniqlab, izohlab ko‘rsatishini
ta’kidlaydi. “Ba’zan -ki ot turkumidagi so‘zlar bilan kelib, ta’kidlash – uqtirish
ma’nolarini anglatadi. Bunday choqda u bog‘lovchi emas, yuklama vazifasini
bajaradi: ...Shunday zamondamizki, ilm, texnika yo‘li hammaga ochiq”. 58
Shu fikr
asosida muallif darslikning 434-betida -ki(-kim) morfemalarini otga bog‘langan
o‘rinda kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi hisoblaydi.
56
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400
б.
57
Ҳ ожиев А. -гина элементи форма ясовчи аффикс бўла оладими? // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1978. – №5. –
Б. 41-43.__
58
Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И.,Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1980. – 431 б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_54.png)
![M.Sodiqova ham Sh.Shoabdurahmonov fikrlarini qo‘llab-quvvatlab ushbu
yordamchilarni aniqlash bog‘lovchisi hamda kuchaytiruv, ta’kid yuklamasi, deb
ko‘rsatadi (1966 yilgi nashrning 349-, 362-betlari).
U.Tursunov (1992), S.Usmonov (1978)lar -ki shaklini aniqlov bog‘lovchisi
deb yuklama safidan mutlaq chiqaradilar.
M.Sodiqova (1966 yil, 351-betda): «Gumon yuklamasi -dir hamma so‘z
turkumlariga qo‘shilib kela oladi va u so‘zlarga gumon ma’nosini berish uchun
ishlatiladi: Nasimjon... bolalardan bittasining qulog‘iga nimadir shivirladi. Bola
uqdim, deganday boshini qimirlatib qayergadir o‘qday uchdi. (Oybek.)
Bu yuklama tarixan 3-shaxs kesimlikni ko‘rsatuvchi forma bo‘lib,
etimologik jihatdan u asli durur fe’lidandir. Bu affiks boshqa turkiy tillarda
uchragani kabi, o‘zbek tilida faqat kesimlik affiksi vazifasidagina emas, balki
o‘ziga xos ma’no xususiyatiga ega bo‘lgan bir yuklama vazifasida ham ishlatiladi.
Bu yuklama hozirgi kunda kesimlikni ko‘rsatuvchi affiksga shaklan
o‘xshasa ham vazifasi va ma’nosiga ko‘ra, undan farq qiladi, -dir olgan so‘z kesim
bo‘lib kelganda, gumonni bildirmay, balki aniqlik, qat’iylik ma’nosini ham
anglatadi: Bu studentdir kabi».
Bu studentdir, o‘quvchi emas deganda esa gumon yuklamasi bo‘lib kesimga
gumon ma’no yuklaydi.
Sh.Shoabdurahmonov 1975 yil nashrining 361-betida «Qayergadir
bormoqchilar» misolida qayergadir so‘zini gumon olmoshi desa, 581-betida «Bola
uqdim, deganday boshini qimirlatib, qayergadir o‘qday uchdi» misolida qayergadir
so‘zini gumon yuklamasi sanaydi.
3.2. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar stilistikasi
-MI. Qo‘shimcha ko‘rinishidagi so‘roq mazmunini ifodalovchi yuklamadir.
Bu yuklamaning kelib chiqishini shunday izohlar uchraydi: “-mi yuklamasining
etimologiyasi juda aniq emas. Fin turkolog olimi G.I.Ramstedtning ko‘rsatishicha,
turk tillarida qadim «nima» ma’nosini mi olmoshi mavjud bo‘lib, bu yuklama shu
olmoshdan kelib chiqqan. Bizning taxmin qilishimizcha, -mi yuklamasi va uning](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_55.png)
![turli variantlari turkiy tillardagi na//ne//ni (nima) so‘roq olmoshidan hosil bo‘lgan.
Turkiy tillarda n//m//b//p va a// e//u//i - ma’lum hodisa, izohni talab qilmaydi. -mi
elementi dastlab na//ne//ni so‘roq olmoshi bilan bir xil formaga ega bo‘lgan, ya’ni
na//ne//ni so‘roq olmoshi o‘z shaklini o‘zgartirmagan holda, so‘roq obyektini
bildiruvchi so‘zdan so‘ng qo‘llanib, yuklama vazifasini bajargan … -mi elementi
va uning turli variantlari, taxminimizcha, turkiy tillardagi na//ne//ni (nima) so‘roq
olmoshidan hosil bo‘lgan”. 59
Ushbu so‘roq yuklamasi o‘zi bog‘lanib kelayotgan
so‘zdan so‘ng kelib, so‘zga qo‘shib yoziladi. So‘zlashuv nutqida –mi
yuklamasining –ma / -ba shakliga ham duch kelamiz: bordingma, so‘radingma,
ayttingba, ko‘rdingba kabi.
-mi so‘roq ma’nosini yuzaga keltirishiga ko‘ra quyidagi vositalar bilan
o‘zaro ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Masalan: 1) -a yuklamasi bilan:
Xudoyligingizni aytsangiz: qanaqa odamlar o‘zi, tag-zoti qanaqa, asli shu yerlikmi
yo boshqa joydan kelishganmi? (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Xudoyligingizni
aytsangiz: qanaqa odamlar o‘zi, tag-zoti qanaqa, asli shu yerlik –a ?; Ana
ko‘rdinglarmi paxtaning xosiyatini, tasadduqlar. (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:
Ana ko‘rdinglar-a paxtaning xosiyatini, tasadduqlar. ; Uch yildan buyon na
o‘ligini bilaman, na tirigini. Joni omonmi ishqilib? (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:
Uch yildan buyon na o‘ligini bilaman, na tirigini. Joni omon-a ishqilib? . –mi
yuklamasi bilan hosil qilinayotgan so‘roq mazmuni xayrixohlik orqali ifodalansa, -
a yuklamasi vositasida shakllangan so‘roq mazmunida shu holatni tasdiqlash va
shu tasdiqqa tinglovchini (suhbatdoshni) ham ko‘ndirish kabi pragmatik hosila
ma’no ifodalanadi. Yoki: Qo‘li egriligini bilasiz, o‘lasizmi ehtiyot bo‘lsangiz? —
(O‘.Hoshimov) matnidagi –mi yuklamasini –a bilan almashtirsak: Qo‘li egriligini
bilasiz, o‘lasiz-a ehtiyot bo‘lsangiz? Gapida so‘roq mazmuni saqlanib qoladi,
ammo –a yuklamasi bilan hosil qilingan so‘roqdan shu narsa ma’lumki, tinglovchi
uning qo‘li egriligini biladi, chunki -a yuklamasi semasida uning bilishiga ishora
bor. Bu misolda –a yuklamasi bilishga ishora qilish bilan birgalikda bu ishni
ataylab bila turib qilganligi to‘g‘risidagi semantik ma’no ham anglashilmoqda. –mi
59
Аҳмедов А. –ми юкламаси ва унинг қўлланишига доир// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1961. - №3. –
Б.45-49.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_56.png)
![yuklamasi qo‘llangan o‘rinda bu mazmun yo‘q. Bu holat mazkur yuklamalarning
xususiy jihatdan semantik farqlanishini ko‘rsatadi. 2) –mi yuklamasi –dir bilan
ma’nodosh bo‘lishi mumkin: Faqat ona o‘z bolasiga hech qachon xiyonat
qilmaydi . Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib
kelayotgani shundanmi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz: Faqat ona o‘z bolasiga
hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon
davom etib kelayotgani shundandir. ; Ertasiga choy ustida oyim vahimali xabarni
dadamga aytib berdi: - Zebi opa sho‘rlik bir holatda yotibdi. Ajina ko‘rdim, deydi.
Og‘zidan olov sochib bechoraga daf qilganmish. Yo ko‘ziga ko‘ringanmi ...
(O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz: Yo ko‘ziga ko‘ringandir... kabi.
So‘roq mazmunini hosil qilishda 3) –mi yuklamasi –chi bilan ma’nodosh
bo‘ladi: Xudo urib Akobirov qandaydir ariqqa tushib ketsami deng! (E.A’zam).
Qiyoslang: Xudo urib Akobirov qandaydir ariqqa tushib ketsa-chi deng! ; Shunda
“Gorbachyov” o‘zi bilib-bilmay bashorat qilsami deng: – Erta-indin sizning ham
ahvolingizni ko‘ramiz! (E.A’zam).; Qiyoslaymiz: Shunda “Gorbachyov” o‘zi
bilib-bilmay bashorat qilsa-chi deng: – Erta-indin sizning ham ahvolingizni
ko‘ramiz! ; Kamera oldida aktyor tayyor matn qolib, “holat” deganlari bahona,
og‘ziga kelganini valdirayveradi. “Nega so‘zimni buzasan?” deya da’vo qilib
ko‘ring-chi, rejissyori vishillab yuboradi: “Da kakaya raznitsa! Hey, bu yoqqa
o‘tib turing siz, ishga xalal beryapsiz!” (E.A’zam). Qiyoslang: … deya da’vo qilib
ko‘ring-mi, Yoki O‘zing-chi? O‘zingning ham o‘sha bo‘shang, omadsiz
oshnangdan farqing qolmagan, Farhod Ramazon! Mana, necha yil bo‘ldiki,
mansab kursisiga mahkam yopishib olgansan, arzirli biror nima yozganing yo‘q.
(E.A’zam). Qiyoslang: O‘zing-mi? Bu ma’nodoshlik bir oz semantik jihatdan
farqlanadi. Binobarin, -chi so‘roq mazmuniga qo‘shimcha ta’kid ohangini
yuklaydi, -mida esa bunday emas. –mi da ehtimollik ottenkasi seziladi.
-mi yuklamasi so‘roq yuklamalaridan tashqari ya’na –ku yuklamasi bilan
ham ma’nodoshlikni yuzaga keltira oladi. Masalan, Nega jinoyat bo‘larkan?
Rabochiy klass dam olishi kerakmi axir? (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Nega jinoyat
bo‘larkan? Rabochiy klass dam olishi kerak-ku, axir. ; Eshigingizni taqillatgan](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_57.png)
![grajdanin Shomatovning boshiga araq shishasi bilan urmoqchi bo‘lgansizmi axir?
(O‘.Hoshimov). Qiyoslaymiz:? Eshigingizni taqillatgan grajdanin Shomatovning
boshiga araq shishasi bilan urmoqchi bo‘lgansiz-ku axir.
-mi so‘roq yuklamasi matn tarkibida o‘rni-o‘rni bilan taajjub ma’nosini ham
ifodalab keladi : O‘tmishni ideallashtirish emasmi bu! (O‘.Hoshimov).
Bu yuklama so‘roq-taajjub ma’nosidan tashqari boshqa pragmatik
ma’nolarni ham yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Masalan, Tuvakka
o‘tqazmaysanmi Shomatovning xotinini! Sayramaydimi bulbuligo‘yo bo‘lib!
(O‘.Hoshimov).Bu keltirilgan misolimizda –mi yuklamasi maslahat, taxmin kabi
ma’nolarni yuklab kelyapti desak bo‘ladi. Buni qiyoslaylik: Shomatovning xotinini
tuvakka o‘tqazganingda bulbuligo‘yo bo‘lib sayrar edi kabi mazmun kelib
chiqyapti.
-mi yuklamasi matn tarkibida bog‘lovchi vazifasida ham kela olishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham uchrayd: “…bog‘lovchi va yuklama vazifasida kela
oladigan -u/-yu, -da, -mi qo‘shimchasi mansub. -u/yu, -da qo‘shimchasining
bog‘lovchi vazifasini to‘la-to‘kis bajarishi qator manbada qayd etilgan ,-mi
qo‘shimchasida ham bog‘lovchilik xususiyati borligini: 1.Yomg‘ir yog‘dimi,
hamma joy nam bo‘ladi. 2.Karim keldimi, to‘polon boshlanadi tipidagi gaplar
tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo‘llangan -mi qo‘shimchasi ta’kid ma’nosini
voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. 60
Yuqorida keltirilgan: Yomg‘ir yog‘dimi, hamma joy nam bo‘ladi gapida qo‘llangan
–mi yuklamasi sabab bog‘lovchisi vazifasini bajarib kelmoqda. Qiyoslaylik:
Yomg‘ir yog‘ganligi sababli hamma joy nam bo‘ladi kabi. Bundan tashqari –mi
yuklamasi bog‘lovchiga ko‘chganda yana goh… goh, yo…yo, yoki..yoki, xoh…
xoh ayiruv bog‘lovchilari bilan ham ma’nodoshlik munosabatini ham yuzaga
keltira oladi. Masalan: a) goh…,goh bilan: Tank zirxiga oskolkalarmi, toshlarmi
charsillab urilayotganini his etib turardim. (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Tank
zirxiga goh oskolkalar, goh toshlar charsillab urilayotganini his etib turardim. ;
Radioda «Munojot»mi, «Cho‘li Iroq»mi yangrar, nomini eslay olmasdim-u,
60
SayfulIayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o'zbek adabiy tili. O'quv qo'lIanma. - T., «Fan va texnologiya., 2009. – 274 b.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_58.png)
![yig‘lagim kelardi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Radioda goh “Munojot”, goh
“Cho‘li Iroq” yangrar, nomini eslay olmasdim-u, yig‘lagim kelardi. 2) yo…yo
bilan: Kechqurun qahvaxonadan kotletmi, bifshteksmi olib keladi .(O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Kechqurun qahvaxonadan yo kotlet, yo bifshteks olib keladi .; Mabodo
Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida
mehr berganmi, bermaganmi - baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo‘lardi.
(O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu
onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr bergan yo bermagan - baribir
farzandlarini maqtab gapirgan bo‘lardi. ; Bu matnlarda ayiruv bog‘lovchilar ikki
holatdan biriga aniq ishora qilsa, –mi yuklamasi qatnashgan o‘rinda qo‘shimcha
taxmin yoki gumon ottenkasi seziladi. Ba’zan matnda ikki yoki undan ortiq –mi
yuklamasi yordamida bog‘lanayotgan uyushiq bo‘laklarni bitta yoki bog‘lovchisi
bilan almashtirish mumkin. Masalan: - Mabodo avlodidan o‘g‘rimi, nashavandmi
chiqmaganmi? - Beixtiyor og‘zimdan onamning savoli chiqib ketdi.
(O‘.Hoshimov). Qiyoslang: - Mabodo avlodidan o‘g‘ri yoki nashavand
chiqmaganmi? Shunda kichik akammi, menmi birontamiz cho‘nqayib uning orqa
oyoqlaridan mahkam ushlab turishga majbur bo‘lardik. (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Shunda kichik akam yoki men birontamiz cho‘nqayib uning orqa
oyoqlaridan mahkam ushlab turishga majbur bo‘lardik .; Onamni tushimda
ko‘rdimmi — o‘ngimdami, bilmayman . (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Onamni
tushimda ko‘rdim yoki o‘ngimda, bilmayman. kabilar. 3) -mi yuklamasi xoh…xoh
ayiruv bog‘lovchisi bilan ham ma’nodosh bo‘la oladi. Masalan: Katta uzumzori
bo‘lardi. Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, echkiemarmi - hammasi shu
bog‘da bo‘lardi. ( O‘.Hoshimov). Qiyoslang: xoh shibilg‘oni, xoh shakarangur,
xoh echkiemar - hammasi shu bog‘da bo‘lardi. Umuman, -mi yuklamasi muloqot
jarayonida faol qo‘llanilib, uslubiy-pragmatik ma’nolarni yuzaga keltiradi
-CHI . -chi yuklamasi jumladagi ta’kid, buyruq, so‘roq, do‘q, iltimos,
xohish, uqdirish, maslahat, qistash kabi semantik munosabatlarni yuzaga
keltirishga xizmat qiladi: 1) iltimos ma’nosi: Birov har kuni yaratgan egamdan
omonatingni olsang-chi, deb iltijo qiladi.(O‘.Hoshimov).; 2) so‘roq-taajjub](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_59.png)
![ma’nosi: Ayting-chi, o‘rtoq prokuror! Respublika Oliy Sovetining kamida yuz
ming odam saylagan deputatini, saylovchilar chaqirib olmasdan turib, shunchaki,
bir kechada KPZga tiqib qo‘yish mumkinmi? (O‘.Hoshimov).; 3) buyruq ma’nosi:
Dotsent yorug‘ chehrali odam ekan. Iymanib turganimni ko‘rib, Tursunboy akaga
imo qildi: — Tomosha bormi senga? Chiq-chi, qani!(O‘.Hoshimov).; 4) ta’kid
ma’nosi: Vrach bo‘lganidan keyin burchini bajarsin! — dedi Rustam pinagini
buzmay. Sanjarning jahli chiqdi. — O‘zing-chi! — dedi baqirib.(O‘.Hoshimov).;
Biz-chi, biz qanday edik?..(E.A’zam).; 5) maslahat ma’nosi: Sen, bola, hadeb
ko‘zingni lo‘q qilavermay, qo‘lingdagi anovi dardisarga “oq yo‘l” undirmoq
payidan bo‘lsang-chi, nodon!(E.A’zam).; Qani, mashhur kinodramaturgimizning
turish-turmushi qanday ekan, bilaylik-chi!(E.A’zam).; 6) do‘q ma’nosi: Qani, endi
aralashib ko‘ring-chi!(O‘.Hoshimov).; Tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi!(E.A’zam).;
7) xohish ma’nosi: Yosh yigit, qani, bir sinab ko‘ray-chi, de dim-da.(E.A’zam).; 8)
qistash ma’nosi: Ko‘rasiz, bilmagan narsasi yo‘q... Vika, aytsang-chi, kiraqolsin!
(E.A’zam).
Bu yuklama quyidagi vositalar bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltira oladi: 1)
so‘roq mazmunini bildirganda ba’zan -ya yuklamasi bilan ma’nodosh bo‘la oladi.
Masalan: Ish ravon yurib, epizod ko‘ngildagidek tasvirga olinganda hamma bir-
birini qucha ketadi, bitta-yarimtasi sizniyam qutlab qo‘yadi. Teskarisi bo‘lsa-chi,
kata-kichik bari yeb qo‘ygudek vajohatda sizga – bu dahmazalarni boshlagan
odamga qarab o‘qraygani o‘qraygan .(E.A’zam). Qiyoslaylik: Ish ravon yurib,
epizod ko‘ngildagidek tasvirga olinganda hamma bir-birini qucha ketadi, bitta-
yarimtasi sizniyam qutlab qo‘yadi. Teskarisi bo‘lsa-ya, kata-kichik bari yeb
qo‘ygudek vajohatda sizga – bu dahmazalarni boshlagan odamga qarab
o‘qraysa.; Latofatxonning hovlisini topib, eshigini taqillatayotganida ko‘nglidan
bir gap o‘tdi: bordi-yu, Latofatxon degani suvi qochib, shoxida mayiz bo‘lgan
kampirsimon bir xotin bo‘lsa-chi? (A.Qahhor). Qiyoslang: … bordi-yu, Latofatxon
degani suvi qochib, shoxida mayiz bo‘lgan kampirsimon bir xotin bo‘lsa-ya? kabi.
2) -chi yuklamasi -mi bilan ta’kidni bildirganda ma’nodosh bo‘ladi. Masalan:
Ammam juda chiroyli, yuzida xoli bor, qosh-ko‘zi chaqmoqdek xotin. Ammo juda](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_60.png)
![shaddod. Har gapini xuddi mix qoqqandek tarsillatib gapiradi. Oyim undan
qo‘rqadi. Kelganda hurmatini joyiga qo‘ymasin-chi, o‘zini qaerda ko‘rarkan.
(O‘.Hoshimov). Qiyoslang: kelganda hurmatini joyiga qo‘ymasami, o‘zini qaerda
ko‘rarkan. ; He, shu odamni jinimdan ham battar yomon ko‘raman-a! – dedi qiz
oyoqqa turarkan, tishlari takillay-takillay. – Meni-chi? (E.A’zam). Qiyoslang: He,
shu odamni jinimdan ham battar yomon ko‘raman-a! – dedi qiz oyoqqa turarkan,
tishlari takillay-takillay. – Menimi?
3) -chi - a yuklamasi bilan ham so‘roq ma’nosida emas, balki ta’kid
ma’nosida sinonim bo‘ladi. Masalan: Xafa bo‘lmay, mudom o‘ynab-kulgin-chi, /
Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-chi, / Shukrilillo, yaxshi tushni ko‘ribsan, /
Bu tushingga, oyim, bergin suyunchi. («Alpomish» dostonidan). Qiyoslang: Xafa
bo‘lmay, mudom o‘ynab-kulgin-a, / Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-a. -chi
yuklamasi ham tilimizda faol qo‘llanilib, ko‘plab uslubiy ma’nolarni ifodalaydi.
-A. Bu yordamchi vositaga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da yuklama
vazifasida kelishi so‘roqni, kuchaytiruv-ta’kid, taajjubni, g‘azabni ifodalaydi
deyilgan.
-A yuklamasi matn tarkibida quyidagi ma’nolarni ifodalab kela oladi: 1)
kuchaytiruv-ta’kid: Rahmatullaga aytuvdim-a tog‘angning qizini ol, ot tepkisi otga
o‘tmaydi deb.(O‘.Hoshimov).; Bora-bora jo‘jalari ko‘payib, “Simurg‘” bo‘ladi; “si
murg‘”, ya’ni jo‘jalar soni, iya, uyat-a, sanog‘i deganimiz ma’quldir – ishqilib,
o‘ttizga yetadi.(O‘.Hoshimov).; Bunday azob chekib yurishingizni qarang!
Yoshgina yigit-a! Sizning so‘zlaringizdan mening ham miyamga bir balo
kirgandek g‘uvillay boshlaganini aytmaysizmi! Dunyosiga sig‘may ketarkan-a
odam!..(E.A’zam).; Qandoq zo‘r iste’dod-a! Chinakam faxrimiz u! (E.A’zam).; 2)
So‘roq va taajjub ma’nolarini ifodalab keladi: Rostdan ham bilmasmidingiz
mening o‘zbekligimni? – dedi finjonlarni shaq-shuq etkazib qahva hozirlayotgan
Gulya. – Chalaroq bo‘lsayam o‘zbekman axir. Elmira aytmaganmidi? Sur’at ham-
a? (E.A’zam).; 3) so‘roq ma’nosini ifodalaydi: Siz Zuziga ko‘rinishingiz kerak,
Zuziga! Mashhur ekstrasens! Eshitgansiz-a? (E.A’zam).; 4) g‘azabni ifodalaydi:
Nima-a?! Nimalar deb valdirayapsan sen o‘zi? (E.A’zam).; Sobirjon Mansurovich”](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_61.png)
![emish-a! Nima, sen huv komsomol qiz Barfina Akobirovamisan? (E.A’zam).; 5)
so‘roq-ta’kid ma’nosi: Ravshan Akobirov ham sizlar bilan emish-a? – deb qoldi bir
vaqt Gulya.(E.A’zam).; 6) tasdiq ma’nosini kuchaytirish uchun ishlatiladi: Rang-
ro‘yi mana shu buloq suvidan ham toza, tinig‘-a!; Kechadan buyon tuz ham
tatiganingiz yo‘g‘-a! (E.A’zam).
Bu yuklama matn bilan bog‘liq turli ma’nolarda –mi, -ya kabi yuklamalar
bilan o‘zaro ma’nodosh bo‘la oladi. Masalan: 1) -mi bilan: Eshigimning kaliti bor-
a sizda? (E.A’zam). Qiyoslang: Eshigimning kaliti bormi sizda?; Endi Bolat bilan
suhbat qilmoqchiman. Bolat Yesdauletovni bilasiz-a, qozog‘istonlik?(E.A’zam).
Qiyoslang: Endi Bolat bilan suhbat qilmoqchiman. Bolat Yesdauletovni bilasizmi,
qozog‘istonlik? kabi. Bu vositalarning matndagi o‘ziga xos uslubiy xoslanishi
muayyan farqlanishlarni yuzaga keltiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, -a da
tasdiq, ifodalanayotgan mazmundan xabardorlik ma’nolari sezilsa, -mi faqat so‘roq
ma’nosini anglatadi. Demak, -a yuklamasining bu jihatiga ko‘ra mazmunan –
midan boyroqligi ma’lum bo‘ladi. 2) -ya bilan: - O‘zi, shu to‘dalarga nima
yetmayapti-a? (T.Murod). Qiyoslang: - O‘zi, shu to‘dalarga nima yetmayapti-ya? –
Shundaqa gaplarni ochiq gapirishadimi-a? (A.Qahhor). Qiyoslang: – Shundaqa
gaplarni ochiq gapirishadimi-ya?; unday erkin muomaladan ruhlanib Farhod
beixtiyor Otello qiyofasiga kirdi: – Ro‘molcha-a! Qani mening ro‘molcham?!
Ro‘molchamni topib ber, Dezdemona!(E.A’zam). Qiyoslang: unday erkin
muomaladan ruhlanib Farhod beixtiyor Otello qiyofasiga kirdi: – Ro‘molcha-ya!
Qani mening ro‘molcham?! Ro‘molchamni topib ber, Dezdemona!; Sulaymonov
bedananing suvxo‘rligiday kichkina xurmachani oldiga tortdi va bo‘lak gap
topolmay, qaymoqning ta’rifini qildi: – Bir shaharning qaymog‘i boshqa
shaharning qaymog‘idan farq qiladi-a? (A.Qahhor). Qiyoslang: – Bir shaharning
qaymog‘i boshqa shaharning qaymog‘idan farq qiladi-ya? kabilar. Keltirilgan
misollardan shuni ayta olamizki, –a yuklamasida so‘roq ottenkasi kuchli, -ya
yuklamasida esa nisbatan taajjub ma’nosi ustivor.
3) -da bilan: Sizning so‘zlaringizdan mening ham miyamga bir balo
kirgandek g‘uvillay boshlaganini aytmaysizmi! Dunyosiga sig‘may ketarkan-a](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_62.png)
![odam!..(E.A’zam). Qiyoslang: izning so‘zlaringizdan mening ham miyamga bir
balo kirgandek g‘uvillay boshlaganini aytmaysizmi! Dunyosiga sig‘may ketarkan-
da odam!..Gulistonjon, seni yana Ko‘rmoq bo‘larmi nasib? Oh, onamga
o‘xshaysan-a, Jonim, ko‘zim qorasi...» (A.Suyun). Qiyoslang: Oh, onamga
o‘xshaysan-da, Jonim, ko‘zim qorasi... Ko‘ryapmizki, bu vositalar ko‘proq ta’kid
mazmuniga ko‘ra sinonim bo‘la oladi.
Matn tarkibida a yordamchisi bog‘lovchi bo‘lib kelganda zidlash
munosabatini anglatishiga ko‘ra zidlovchi bog‘lovchilar bilan ma’nodosh bo‘ladi.
O‘TILda a yuklama sifatida ko‘rsatilgan (turli darajadagi talaffuz bilan) Taajjubli,
e’tirozli va shu kabi mazmundagi so‘roqni bildiradi: Nima? Nima deding? Nima
dedingiz? O‘n to‘rt so‘m berasiz? – A., o‘n to‘rt so‘m? Oybek, Tanlangan
asarlar. 61
Ammo bu vosita «O‘zbek tili grammatikasi»ida bog‘lovchi sifatida
izohlangan: “O‘zbek adabiy tili uchun norma darajasiga ko‘tarilmagan bo‘lishiga
qaramay, a bog‘lovchisi og‘zaki nutq va badiiy adabiyotda uchramoqda. Bu
bog‘lovchi sodda yoki qo‘shma gaplarni bog‘lab, ular orasidagi qiyos, zid
munosabatlarni ifodalaydi. Masalan: - Qovun tanlashda didim yo‘q. A siz-chi?
(Oybek. Oltin vodiydan shabadalar) kabilar”. Qiyoslang: -O‘ktamjon, mening
o‘rtog‘im juda epchil ayol… kotletni u pishirsinda, ammo o‘zimizning taomlarni –
kabob va palovdan tortib, to halimgacha do‘ndirib yuboradi. Bu vositani rus tilidan
o‘zlashgani xususidagi qarashlarda chalkashlik mavjud. Ya’ni a yordamchisi bizga
rus tilidan o‘zlashmagan, u avvaldan ham mavjud bo‘lgan. Faqat qiyos, zid
munosabatlarini ifodalovchi bog‘lovchilik xususiyati rus tili grammatikasi asosida
shakllangan, desak xato bo‘lmas.
61
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, I жилд, -Б.25-б.](/data/documents/becd8a8c-99d1-40a3-87a7-6013cf39d020/page_63.png)
O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI Reja: Kirish ( Ishning umumiy tavsifi) I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YUKLAMALARNING O‘RGANILISHI HAQIDA . 1.1. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishi 1.2. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi haqidagi qarashlar……………… Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………. II BOB. SO‘Z-YUKLAMALARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI 2.1. So‘z-yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari 2.2. O‘zbek tilida yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar………………… Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………... III BOB. QO‘SIMCHA KO‘RINISHIDAGI YUKLAMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI 3.1. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar haqida ma’lumot 3.2. Qo‘simcha ko‘rinishidagi yuklamalar stilistikasi 3.3. Badiiy matnda yuklamalar nutqni voqelantiruvchi vosita sifatida………………………………… Bob bo‘yicha qisqacha xulosa……………………………………………………. XULOSA………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….
DISSERTATSIYA MAVZUSINING TAVSIFI (ANNOTATSIYASI) Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Har bir millatning o‘zligini namoyon etadigan vositalardan biri ularning o‘z tilidir. Dono xalqimizda shunday purma’no hikmat bor: ”Tilga e’tibor – elga e’tibor”. Shunday ekan, bugungi kunda jadallik bilan rivojlanayotgan texnika- texnologiya asrida tilga bo‘lgan e’tiborni ham unutmasligimiz darkor. “Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g’urur- iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi” 1 ,- deya ona tilimizga yuksak ta’rif berib, biz yoshlarni yana ham ko‘proq izlanishga undaganlar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Shunday ekan, biz, tilshunoslar, tilda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganishimiz va shu bilan bir qatorda yangiliklardan xabardor bo‘lgan holda ko‘proq izlanishimiz kerak. Har qanday til rivojlanish bosqichida ma’lum to‘siqlarga duch keladi. Tilshunos olimlar mana shunday to‘siqlarni bartaraf etish uchun tillarni o‘zaro solishtirishadi, ularning farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil etishadi. Tilni chuqur tadqiq etish uchun o‘sha tilda mavjud bo‘lgan fonetik, leksik qatlam birliklarining semantik-struktur jihatdan alohida guruhlarga ajratib olingani, bu jarayon dastavval hind tilshunosligida yuzaga kelgani, bizning ajdodlarimiz ham yunon tilshunosligiga tayangan holda tillarni tasnif etishgani sir emas. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida tilshunosligimizda rus tilshunoslari tahlillariga asoslangan tadqiqotlar ko‘zga tashlana boshladi. Tilshunos O. Azizov “ har bir tildagi so‘zlar grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Grammatik qurilish jihatidan har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlarning semantik xususiyatlari, qo‘llanish doirasi, grammatik belgilari, o‘zaro birikishi doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi” 2 . - degan fikrlarni keltiradi. Har bir til o‘z strukturasiga ega. O‘zbek tilshunosligi 1 Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga 21 oktabr — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi. . https://www.gazeta.uz/oz/2021/10/20/tabrik/ 2 Азизов О. Тилшуносликка кириш. - Тошкент.: Ўкитувчи 1996. – 176 б.
ham dunyo tilshunosligi kabi funksional grammatik jihatidan ancha o‘rganilgan va buning natijasi sifatida tilimizda ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, hali yechimini topmagan, izlanishni talab qiladigan yo‘nalishlar ham bir talay. Shular jumlasiga yordamchi so‘zlar guruhini keltirishimiz mumkin. Bu turkumga kiruvchi so‘zlar leksik, grammatik va pragmatik jihatdan boshqa so‘z turkumlari kabi bir qancha ustunliklarga ega. Tilshunosligimizda yordamchi so‘z turkumlari Sh.Sh.Shoabdurahmonov, R.Rasulov, S.Karimov, R.Qo‘ng’urov, M.Qurbonov, N.Ernazarov, A.B.Pardayev, O.Bozorov, U.Rahimov, Z.Isoqovlar tomonidan tadqiq etilgan. Tadqiqotlarda yordamchi turkumlar haqida turlicha fikrlar keltirilgan bo‘lib, yordamchi turkumlarning grammatik vazifalari, turlari haqidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga qadar jahon tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida ham yuklamalar, ularning so‘z turkumlari, xususan, yordamchi so‘z turkumlari o‘rtasidagi o‘rni xususida muayyan tadqiqotlar yuzaga kelgan 3 . Biroq yuklamalarning qo‘shimcha ma’no berish kabi asosiy vazifasidan tashqari, nutqiy vaziyatga qarab badiiy matnda nutqni voqelantiruvchi turli pragmatik vazifani ado etishi borasidagi rang- baranglik ma’no jilolarini berishi boshqa grammatik vositalardan ustun tomonidir. Garchi o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning grammatik xususiyatlarini diaxronik va sinxronik yo‘nalishda tekshirishga bag’ishlangan tadqiqotlar yetarli darajada bo‘lsa-da, biz qarab chiqqan manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek tilidagi yuklamalarning semantikasini o‘rganishga oid kuzatishlarning barmoq bilan sanarliligi, yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlani o‘rganishga oid ishlarning yo‘qligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot ob’ekti . O‘zbek tilining izohli lug’ati va badiiy asarlardagi yuklama vazifasida qo‘llanilib kelayotgan, yuklamaga ko‘chayotgan so‘zlar hamda qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar tanlandi. Ularning funksional xususiyatlar va semantik ma’nolari ochib berildi. 3 Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. - 22 с.; Раҳимов У. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. номз. …дис.автореф. – Самарқанд, 1994. -25 б.; Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан. номз. …дис.автореф.–Фарғона, 2005.-22 б.
Tadqiqot predmeti . Tilimizda so‘z va qo‘shimcha ko‘rinishida qo‘llanib kelayotgan yuklamalar va yuklama vazifasiga ko‘chgan so‘zlarning badiiy matndagi semantik-stilistik munosabatini aniqlashdan iborat. Magistlik ishining maqsadi va vazifalari . Magistrlik dissertatsiyasida yuklamalarga funksional differensial, vazifaviy chegaralanganlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish, ularga nafaqat grammatik birlik, balki nutqiy ta’sirchanlik vositasi sifatida qarash hamda maqsadga muvofiq tarzda tanlash va foydalanishning yo‘llarini tahlil qilish, ularni nutqdagi emotsional – ekspressiv ma’no ottenkalarini aniqlashga harakat qilish hamda bunda nutqning og’zaki va yozma shakllarini o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek tilshunosligida yuklamalarning funksional xususiyatlari o‘rganildi, bu jihat monografik rejada tadqiq etiladi; o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari yaxlit xolda ilk bor o‘rganildi; bugungi kunda o‘zbek tilining kommunikativ-pragmatik imkoniyatlarining kengayib borayotganligi, ayniqsa, so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos kommunikativ funksiyasining kuchayishiga yuklamalarning alohida xizmati yuzaga kelayotgani sababli bu birliklarning semantik-stilistik imkoniyatlarini yanada chuqur o‘rganish zaruratini yuzaga kelganligi asoslandi; keyingi yillarda yuklamalarning nutq jarayonidagi ta’sirchanlikni oshirishda muhim uslubiy vosita ekanligi dalillandiIshda quyidagi natijalarga erishildi. - O‘zbek tilida yuklamalar maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi; - Yuklamalar diaxron va sinxron aspektda tahlil qilindi; - So‘z va qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalarning badiiy matn(nasr va nazm) tarkibidagi stilistik, semantik xususiyatlari o‘rganildi; - O‘zbek tilining izohli lug’ati( 5 tomli) tarkibidagi yuklamalar o‘rganildi, ularning leksik va grammatik ma’nolari tahlil etildi; - Yuklamalarda presuppozitsiya hodisasi tahlil etildi; - Yuklama vazifasiga ko‘chgan so‘zlarning semantik- stilistik xususiyatlari tahlil qilindi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari . O‘zbek tilining izohli lug‘ati asosiy tadqiqot obyekti vazifasini o‘tadi. Bulardan tashqari, badiiy asar matnidagi mavzu bilan bog‘liq leksik birliklarni tahlil qilishda etimologik, o‘zbek tili sinonimlar lug‘ati, maktab darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalandik. Dissertatsiya mavzusi Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining «O‘zbek tili birliklarining funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va diaxron aspekt)» deb nomlangan tadqiqot rejasi tarkibiga kiradi. Ushbu mavzu mazkur kafedra tomonidan magistrlik dissertatsiyasi uchun tavsiya etilgan va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlangan. Dissertatsiya Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi yig‘ilishida muhokama etilib tadqiqotning asosiy mazmuni bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnal va to‘plamlarda 5ta maqola e’lon qilindi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Bizga ma’lumki, o‘zbek tilida yordamchi so‘z turkumlari keng tadqiq etilgan shu jumladan yuklamalar ham o‘rganilgan. Yuklamalar turkiyshunoslarning doimiy diqqat markazida bo‘lgan bo‘lsa-da, bu boradagi ilk tadqiqotlarda yuklamalarga bag‘ishlangan alohida bo‘limlar ajratilmaydi – ular modal va turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi vositalar ichiga singdirilib yuborilgan. Rus tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishi XVIII asrdan boshlab o‘rganila boshlangan. Yuklama atamasining o‘zi rus tilshunosi M.Lomonosov tomonidan kiritilgan. 4 Yuklamalar butun bir jumla, gap yoki uning alohida bo‘laklariga turli-xil emotsional-ekspressiv, modal ma’noni yuzaga keltirish uchun ishlatiladigan so‘zlardir. Tilimizda yuklamalar mavzusida alohida qilingan tadqiqotlar ham bor. O.Bozorov «O‘zbek tilida yuklamalarning semantik-funksional xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati va un Yuklamalar presuppozitsiyasi bo’yicha U.Rahimov “O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ushbu ishda presuppozitsiya ifodalovchi ham, emas, faqat, yana yuklamalar kengroq yoritilgan. O‘zbek tilshunosligida 4