O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA “SUV” LEKSEMASI VA UNING O‘RGANILISHI MASALALARI 1.1. Jahon tilshunosligida “suv” leksemasining o‘rganilishi. 1.2. O‘zbek tilshunosligida “suv” leksemasi va uning o‘rganilishi. Birinchi bob bo‘yicha xulosalar. II BOB. O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASI ASOSIDA SHAKLLANGAN BARQAROR BIRIKMALARNING FUNKSIONAL- SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI 2.1. O‘zbek tilida “suv” leksemasi asosida shakllangan birikmalar. 2.2. O‘zbek tilida “suv” leksemasi asosida shakllangan birikmalarning funksional- uslubiy xususiyatlari. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar. III BOB. O‘ZBEK TILIDA “SUV” LEKSEMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI 3.1. O‘zbek tili milliy-madaniy semasida “suv” leksemasining ifodalanishi. 3.2. “Suv” leksemasi asosida shakllangan lingvokulturemalar. Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVA 1
ISHNING UMUMIY TAVSIFI Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jamiyatning barcha sohalarida izchil islohotlar amalga oshirilib, ilm-fanni ham jadallik bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Boshqa sohalarda bo‘lgani singari o‘zbek tilshunosligida ham dunyo tilshunosligining yangi ilmiy paradigmalari asosida tadqiqotlar olib borish, tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, uni har tomonlama rivojlantirishga kirishildi. Bu holatni keyingi yillardagi lingvistik tadqiqotlarda nutqiy hodisalarning til egasi bilan boG liq jihatlariga alohida e’tiborʻ qaratilayotganligida ham ko‘rish mumkin. To‘plangan tajribalarimiz va qadriyatlarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek pirovard maqsadimizdan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyatimizni ulkan bir vazifaga – xalqimiz ongiga milliy istiqlol G oyasini ʻ singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va uluG langan umuminsoniy ʻ va milliy qadriyatlarni qayta o‘zlashtirish, e’zozlash hamda uning aqidalarini hayotda qo‘llashga qaratmoqdamiz. Suv tabiatning buyuk ehsoni, yerda hayotning asosi. Suv qishloq xo‘jaligi, elektroenergiya, tashkilotlar, transport va boshqa juda ko‘p sohalarning qon tomiri. Suv yerlarni sug‘ oradi va ekinlarga hayot bag‘ ishlaydi. Inson, hayvonot olami, o‘simliklar dunyosi suvsiz yashay olmaydi. Insoniyat uchun suvdan qadrli, suvdan aziz, suvdan muqaddas narsa yo‘q, suv oltindan ham qimmat ne’mat desak adashmaymiz. Xalqimizda suv bergan savob, degan hikmatli bir gap bor. Chunki suvning hayot uchun zarurligini bilib, kishilar uning azizligini shunday hikmatlarda ulug‘ lashgan. 2
Qadimgi zamon donishmandlari tabiat yaratgan barcha ne’matlarning hammasini ko‘zdan kechirib, inson uchun eng qimmatbaho boylik-suv degan xulosaga kelganlar. Yuqorida aytilganidek, suv hamma narsanig tarkibida uchraydi. Mashhur tabiatshunos olim, V.I. Vernadskiy “Tabiiy suv insonning butun hayotini yaratadi va qamrab oladi. Uning jamiyatda, tabiatda, turmushda, insonning mavjudligida tutgan o‘rnini shu darajada aniqlab beradigan birorta boshqa tabiiy jism bo‘lmasa kerak”,- deb yozgan edi. O‘zbek xalqi suv qadrini yer bilan o‘lchamaydilar. Aksincha, yer qadrini suv bilan o‘lchaydilar. Suv hayot-manbayi. Suvsiz yer bormi? Yer-xazina, suv oltin. Yuqoridagi maqollarda juda katta ma’no mujassam. Yer bo‘lsa-yu, suv bo‘lmasa, bunday ulug‘ xazinadan foydalanib bo‘lmaydi. Demak, sharqda, jumladan, O‘zbekistonda suvning qishloq xo‘jaligida va insonlarning kundalik hayotida ahamiyati beqiyos. Shu sababli ham ona xalqimiz: “Suvsiz hayot bo‘lmas”, “Hosilning onasi-suv”, “Suv-yerning qon tomiri”, “Yer emas suv tug‘adi”, “Suv sensiz yashaydi, sen suvsiz yashay olmaysan” kabi ko‘plab maqollar ham yaratganki, bu maqollarda suvning barcha xususiyatlari yaqqol ifoda etilgan. Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek tili dehqonchilik leksik sistemasi (DLS) tarkibida yetakchi so‘zlardan biri bo‘lgan suv leksemasi va bu so‘z asosida yaratilgan qo‘sh, birikmali terminlar miqdoran ko‘pligi, qo‘llanishi jihatidan chegaralanmaganligi bilan alohida ajralib turadi. Bunday so‘zlarning o‘zbek tili lug‘ at tarkibida o‘z o‘rni, o‘z salmog‘i bor. Chunki suv insonning yashashi uchun hayot manbayi hisoblanadi. dehqonchilikda esa dehqonning ishi yer bilan , yerdan mo‘l hosil olish esa suv bilan belgilanadi. Shu sababli ham o‘zbek tili lug‘at boyligida bunday so‘zlarning ko‘pligi xalqimizning suvga bo‘lgan kundalik zarurati va hayotiy ehtiyoji, qolaversa, qishloq xo‘jaligining dehqonchilik tarmoqlarida xalqimizning asrlar bo‘yi ekinlarni sug‘orish va undan hosil olish jarayonida bir-biriga bo‘lgan aloqasi, muomalasi natijasidir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalqimiz suv haqida juda ko‘plab maqollarni yaratganlar. Shunday ekan, professor E.Begmatov har bir tilda ba’zi so‘zlarning ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi 3
xususida quyidagicha yozadi: “Konkret biror tilda u yoki bu tip so‘zlarning bor bo‘lishi yoki aksincha kam bo‘lishi til egasi bo‘lgan xalqning obyektiv ehtiyojiga bog‘liq. Bunday ehtiyojni o‘sha xalq yashab turgan tabiiy muhit, iqtisodiy-ijtimoiy sharoit, madaniy va ma’naviy talablar belgilaydi”. Masalan, o‘zbek tilida dehqonchilik, suvchilik va boshqa xil kasb-kor bilan bog‘liq terminlar ko‘p. Uzoq shimolda yashovchi xalqlar tilida esa qor va sovuq bilan bog‘liq, bug‘uchilik va baliqchilik xo‘jaligi bilan aloqador terminlar ko‘p uchraydi. Demak, O‘zbekistonning janubiy vohalari bo‘lgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining issiq iqlimli sharoitida dehqonchilik qilish uchun, albatta, suv zarur. Insoniyat olamining, qolaversa, bobodehqonlarimizning dehqonchilikda ekin maydonlarini sug‘ orish jarayonida suv, unga aloqador bo‘lgan juda ko‘plab qo‘shma, birikmali, murakkab so‘zlarning yaratilishiga asos bo‘ldi. Ushbu ishimiz o‘zbek tilidagi va u bilan bog‘liq suv leksemasining qo‘llanilishi, vazifasi, lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini ilmiy-lisoniy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bu so‘zning paydo bo‘lishi, shakllanishi, qo‘llanishi, rang-barang ma’no xususiyatlari haqida so‘z yuritadi. Mazkur ishni yoritishda qadimgi va hozirgi, tarixiy-badiiy, etnografik-geografik, lisoniy yozma va og‘zaki manbalar, turkiy va noqardosh tillardagi ikki tilli lug‘atlar, sug‘orma dehqonchilikka oid kitoblar o‘rganib chiqildi. Janubiy Ozbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining shahar va qishloqlaridagi aholi nutqidan to‘plagan materiallarimiz asosida suv leksemasini va bu so‘z zamirida yaratilgan xalq maqollari, iboralari, hikmatli so‘zlari ham to‘planib, tartiblanib, ular to‘g‘- risida fikrlar yuritishga ham harakat qilindi. Ma’lumki, o‘zbek tilidagi so‘zlarning ma’nolari, qo‘llanishi, tarkibi nihoyatda xilma-xil va rang-barangdir. Bu esa, ayniqsa, leksikaning ayrim yoki yakka holda olingan leksemalarga oid so‘zlar to‘g‘risida fikr yuritganda, yaqqolroq namoyon bo‘ladi. shuning uchun ham suv leksemasi, bu so‘z ishtirokida yasalgan so‘zlar, uning o‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi o‘rnini misollar asosida berishga harakat qilindi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot o‘zbek tili DLS da markaziy o‘rinda turuvchi lug‘aviy birliklardan biri bo‘lgan suv leksemasining fonetik, 4
leksik, so‘z yasalishi, grammatik fazilatlarini o‘rganishga bag‘ishlangandir. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek va jahon tilshunosligida suv leksemasi ishtirok etgan barqaror birikmalar, maqollar, matallar, rivoyatlar, iboralar va boshqa til birliklarini lingvomadaniy, etnolingvistik jihatdan keng tadqiq etish. Ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, bir tizimga solish, mavzuviy guruhlarga ajratish. Suvning nafaqat insoniyatning kundalik hayotidagi, balki uning tilda ham naqadar mustahkam o‘rin egallaganligini ko‘rsatishdan iboratdir. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Har qanday tilda shu tilga xos bo‘lgan har bir so‘zning shakllanish taraqqiyoti, tadrijiy takomili va tarixini bilmay turib, shu tilni o‘rganib bo‘lmaydi. Tilning tarixini o‘rganishda har bir so‘zning kelib chiqish tarixini, bunday so‘zlarning tarixiy yodgorliklar tilidagi holatini hozirgi tillar orasidagi mushtarak va farqli xususiyatlarini qiyosiy yo‘sinda o‘rganish tarixiy va qiyosiy tilshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tili lug‘at boyligining asosiy qismini shu xalqning barcha a’zolari uchun umumiy bo‘lgan, ayniqsa, qo‘llanishida na hudud, na biror faoliyat sohalari bilan cheklanmagan so‘zlar tashkil etadi. Bunday so‘zlarga insonning kundalik tirikchilik faoliyatidagi aloqa-aralashuvi, o‘zaro munosabatlari, ishlab chiqarish tarzi uchun zarur bo‘lgan terminlar kiradi. Masalan, DLSdagi yer, suv, quyosh, havo, dehqon, dala, maydon, suvchi, bog‘ kabi so‘zlar qo‘llanishi jihatidan chegaralanmagan so‘zlar hisoblanadi. Turkiy tilshunoslik, xususan o‘zbek tilshunosligi, ko‘p yillik tarixga ega bo‘lsa-da, umumiste’moldagi alohida (yakka) olingan so‘zlar, jumladan suv leksemasi va uning ma’nolari, bu so‘z vositasida yaratilgan qo‘shma, birikmali, murakkab so‘zlar, suv so‘zining gidronimlar, toponimlar, xalq maqollari, hikmatli so‘zlari, iboralari, tarkibida qo‘llanishi kabi lisoniy va nolisoniy fazilatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus ish yo‘q. Suv leksemasi o‘rganilmagan, olimlarning diqqatini jalb etmagan deyishimiz xatodir. Chunki kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, turkiyshunoslikda, o‘zbek tilshunosligida, qardosh bo‘lmagan tillar tilshunosligida toponimlar, gidronimlarning tadqiqi jarayonida suv leksemasi 5