logo

O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

56.060546875 KB
Mavzu: O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi.
Reja:
I. Kirish.
   So‘z tartibi haqida umumiy tushuncha.
II. Asosiy qism :
1.Gap bo‘laklarining to‘g‘ri tartibi va inversiya.
2. Birikmalarda so‘z tartibi.
3.Gap bo‘laklarining tartibi: 
A )  S od d a gapda ega va kesimning o‘rni; 
B )  S odda gapda  to‘ldiruvchining o‘rni; 
C )  S odda gapda aniqlovchining o‘rni; 
D )  S odda gapda holning o‘rni.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan a dabiyotla r .
1 I.   Kirish
So ‘ z tartibi haqida umumiy tushuncha
                      So‘zlar   tartibi   gapla rn ing   so‘zlashganda   va   yozma   nutqdagi   joylashuvi
bo‘lib,   so‘z   tartibi   gap   mazmunini   o‘zgartiradi.   Bu   bo‘lim   sintaksisda   alohida
o‘rganiladi.   Sintaksisda   so‘z   birikmasi,   gap   va   uning   turlarini   o‘rganuvchi   soha
hisoblanadi.   So‘z   tartibi   gapning  asosiy   mazmunini   ochib  berishga   xizmat   qiladi.
Gapda   so‘zlarning   tog‘ri   joylashuvi   aytilayotgan   fikrni   tinglovchiga   tezroq   yetib
borishiga   yordam   beradi.   Asosan,   o‘zbek   tilida   so‘z   tartibida   birinchi   ega,
to‘ldiruvchi,   aniqlovchi   yoki   hol,   keyin   kesim   joylashadi.   Bu   odatdagi   tartib
hisoblanadi. Odatdagi tartib so‘zlashuv nutqida muntazam qo‘llanuvchi faol birlik
sanaladi.   Bu   tartib   ega   va   kesimdan   iborat   bo‘lishi   ham   mumkin.   Masalan,   Y o z
b o s h l a n d i .   Ammo, bu joylashuvning o‘zgarish holati ham mavjud bo‘lib, bu
holat   inversiya   deb   ataladi.   Bu   tartib   o‘zgargan   tartib   ham   deb   ataladi.   Masalan,
B o s h l a n d i   y o z !   Badiiy   adabiyot   va   she‘riyat   ko‘proq   inversiyaga
asoslaniladi.   Adabiyotda   bu   holat   asosan   qofiya   talabi   bilan   ham   yuzaga   keladi.
Shoir   yoki   yozuvchi   qahramon   his-hayajonini   yuzaga   chiqarishi   uchun   ham
o‘zgargan   tartibdan   foydalanadi.   Ega   va   kesimning   o‘rin   almashuvi   natijasida
darak   gap   his   -   hayajon   gapga   o‘rin   almashinadi.   Gapdagi   so‘zlar   tartibining
bunday   o‘zgarishlarga   uchrashi   grammatik   vaziyatga   ham   t a ‘sir   ko‘rsatadi .
Masalan,   M e h n a t   q i l m o q   -   k u r a s h m o q   ( M e h n a t   q i l m o q   -
e g a ,   k u r a s h m o q   -   k e s i m   )   K u r a s h m o q   -   m e h n a t
q i l m o q   ( k u r a s h m o q   —   e g a ,   m e h n a t   q i l m o q   —
k e s i m )   .   Gapda bo‘laklar turli so‘z turkumlari bilan   ifodalan a oladi. Masalan,
ega ko‘pincha ot bilan, kesim  esa  fe‘l  bilan, aniqlovchi  sifat bilan, ho l   esa ravish
bilan ifodalanadi.  So‘z  turkumlarining gapda  biror   vazifa  bajarib kelishi  va  tartib
bilan joylashuvi grammatik hodisa hisoblanadi. Bu so‘z turkumlari b a‘zan   boshqa
turkumdagi   so‘z   bilan   ifodalanadi;   lekin   har   bir   bo‘lak   uchun   shu   bo‘lakka   mos
keladigan   so‘zlar   bor.   Bu   holat   gap   bo‘laklari   va   so‘z   turkumlarining   uzviy
bog‘liqligini isbotlaydi. So‘zlar tartibi sintaktik va stilistik funksiyalarni bajaradi.
2 II.  Asosiy qism
1. Gap bo ‘ laklarining to ‘ g ‘ ri tartibi va inversiya
                             O‘zbek  tilida  tartib so‘zlarning sintaktik munosabatlarini  belgilovchi
vositalardan   biri   sifatida   xizmat   qilishi   mumkin.   Masalan,   C h o p i s h   e n d i
b o s h l a n d i .   Bu   gapda   c h o p i s h   so‘zi   b o s h l a n d i   so‘ziga   tartib
vositasida birikkan. Bunda bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi Grammatik munosabatni
ham, mazmunni ham boshqa qilib yuboradi:  E n d i   c h o p i s h   b o s h l a n d i .
So‘zlar   tartibi   sintaktik   funksiyasini   bajaradi.   Tenglik   ma‘nosini   bildirgan   otli
birikmalarda bosh  bo‘laklar  o‘rnining o‘zgarishi  uning sintaktik xususiyatini  ham
o‘zgartirishi   mumkin   (bunda   bog‘lama,   kesimlik   qo‘shimchasi   qo‘llanmaydi):
Asalari   -   oilaning   tabibi.   Oilaning   tabibi   -   asalari .   Bilim   -   aql   chirog‘i.   Aql
chirog‘i   -   bilim.   Aniqlovchi   bilan   aniqlanmish   o‘rni   almashganda   ega   va   kesim
kabi ikki tarkibli gap hosil bo‘ladi:
                Xushbo‘y     gulzor!-   Gulzor   xushbo‘y.   Keng   hovli   -   Hovli   keng. 1
.   Bular
so‘zlarning   bog‘liq   tartibidir.   Erkin   tartibda   so‘zlar   o‘rnining   almashinishini
grammatik holatni va gapning mazmunini butunlay boshqa qilib yubormaydi, balki
bunda biror bo‘lakka alohida urgu berishni ko‘zda tutadi .
2. Birikmalarda so ‘ z tartibi
           Shu asosda so‘zla rn ing to‘g‘ri tartibi va teskari tartibi farq qiladi. Tog‘ri
tartibni normal hol, teskari tartibni - inversiyani anormal hol deb tushunish to‘g‘ri
emas.   Gapdagi   so‘zla rn ing   har   qanday   o‘rin   almashtiri li shi   inversiya
bo‘lavermaydi.   Masalan,   k u n   s o v u q   v a   s o v u q   k u n   tarzida
o‘zgartirilishi   inversiya   sanalmaydi.   Xuddi,   shuningdek,   b a h o r   g o ‘ z a l
gapidagi   so‘zlar   o‘rnining   g o ‘ z a l   b a h o r , tarzida   o‘zgartirilishi   inversiya
emas.   Inversiyada   so‘zlar   o‘rnining   o‘zgarishi,   almashinishi   ularning   gapdagi
sintaktik   funksiyalarini   butunlay   boshqa   qilib   yubormaydi.   Inversiya   hodisasi
gapdagi   biror   bo‘lakning   ahamiyati,   mazmunini   ochish   uchun   xizmat   qiladigan
1
 Misollar Erkin A'zamning  „  Shovqin" romanidan ( T.:  „  O‘zbekiston" 2011.189 - b ) olindi.
3 hodisadir.   Inversiya   hodisasi   faqat   so‘zlashuv,   publisistik   va   badiiy   uslubda   ro‘ y
beradi.   Gap-ma‘lum   bir   fikrni   ifodalab,   nutqning   bir   qismini   tashkil   qiladi.   Til,
nutq orqali kishilar o‘z fikrlarini maqsad va his - hayajonlarini ifoda qiladilar. Fikr
turlicha ifodalanadi: sodda yoki qo‘shma gaplar, murakkab qo‘shma gaplar orqali,
darak,   so‘roq,   buyruq,   undov   gaplar   vositasi   bilan,   ikki   yoki   bir   tarkibli   gaplar
yordamida, to‘liq yoki to‘liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Til ongga ta‘sir
etadi,   uni   shakllantiradi,   kengaytirdi,   chuqurlashtiradi   va   nutq   momentiga   olib
chiqadi.   Shu   jihatdan,   so‘zlar   tartibi   yuzaga   keladi.   Har   bir   gapda   ma‘lum   fikr,
maqsad yoki hayajon ifodalanadi, agar o‘rni almashtirilsa gap emas, so‘z birikmasi
bo‘lib   qoladi.   Masalan:   F a r h o d n i n g   y o d i   v a   F a r h o d   q a y t d i
( Erkin A‘zam ,  126 b).
M a ‘lum   maqsad   yoki   his-hayajon   sodda   yoki   qo‘shma   gap   shaklida
ifodalanishi   mumkin.   Ega   bilan   kesim   birgalikda   gap   tarkibini   hosil   qiladi.
Gapdagi boshqa bo‘laklar, odatda, shularning biriga-egaga yoki kesimga (yoki biri
ikkinchisiga)   bog‘lanadi.   Masalan   :   B u n i s i y a m   m a y l i .   B u n d a y
d i l b a r n i   i l k   b o r   к о ‘ r i s h i m !   (Erkin   A‘zam ,   80   b).   B a ‘zi   gaplarda
esa   predikativ   konstruksiyadagi   elementlardan   biri   bo‘ladi.   Masalan   :
J i m j i l o g ‘ i n i n g   u c h i   b i l a n   q i c h i y o t g a n   j o y i n i
u s h l a d i .  (Erkin A‘zam ,  32 b). ( Bu gapda ega yo‘q, hamma bo‘laklar kesimga
bog‘langan).
Gaplar tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi : bir tarkibli gaplar va ikki tarkibli
gaplar. Ega va kesimi  mavjud bo‘lgan  gaplar  ikki  tarkibli  gaplar  sanaladi.  Gapda
so‘zlar   bir   bosh   bo‘lak   bilan   ifodalangan   bo‘lsa,   bunday   gap   bir   tarkibli   gap
sanaladi. Misollar:   A r i z a   e k a n .   A s a r n i n g   t a l q i n i   r e j i s s o r g a
e ‘ t i r o z l a r n i   b a y o n   e t i b   y o z i l g a n   (Erkin A‘zam ,  101 b).
Ikki   tarkibli   gap   sodda   gapning   eng   xarakterli   tipi   bo‘lib,   uning   sodda
formasi   ega   va   k esimdan   tuziladi.   Bir   tarkibli   gaplarda   bosh   bo‘laklarning   biri
,, tushib qolgan” yoki  „  yashiringan” emas. Bunda butun gapning o‘zi bir tarkibdan
iborat,   unda   biror   bo‘lakning   yashiringani   sezilmaydi.   Demak,   bir   tarkibli   gaplar
4 to‘liqsiz   gaplardan   butunlay   farq   qiladi.Gapla rn ing   bunday   bo‘linishi   ula rn ing
strukturasiga,   tarkib iga   asoslanadi.   Gaplarning   asosiy,   eng   ko‘p   uchraydigan   turi
bu   -   ikki   tarkibli   gapdir.   Ikki   tarkibli   gaplarda   o‘zaro   ikki   elementning   maxsus
bog‘lanishi   va   mazmun   mosligi   talab   etiladi.   Bir   tarkibli   gaplarda   bu   ho l
ko‘rinmaydi:   bunday   gaplarning   tabiati   ularda   mazmunning   ifodalanishi   bundan
boshqachadir.
Gap   tarkibida   tobe   bog‘lanib   ma‘lum   so‘roqqa   javob   bo‘luv ch i   so‘z   yoki
so‘zlar   birikmasiga   gap   bo‘lagi   deyiladi.   Ba‘zi   adabiyotlarda   eng   asosiy   bosh
bo‘lak ega deb, ba‘zi darsliklarda esa kesim  asosiy  bo‘lak sifatida qaraladi. Meni
fikrimcha   ham   kesim   gapning   asosiy   mazmunini   tashkil   etadi.   Chunki   kesimga
savol   berish   orqali   ega   anglashiladi.   Gapning   egasi   bor   yoki   yo‘qligi   kesimdan
anglashiladi. Kesim  butun bir gapni  egasiz shakllantira oladi. Masalan,   k e l d i m
( m e n ) .   K e l d i   ( u ) .   Gapda   so‘zlarning   joylashish   usullari   mavjud   bo‘lib,
bular:
           Sintetik usul.  Bu usulning tub mohiyati shundan iboratki, so‘z birikmasini
hosil   qilgan   komponentlardan   biri   biror   qo‘shimchani   oladi,   shu   qo‘shimcha
yordamida   bir   so‘z   ikkinchi   bir   so‘zga   grammatik   jihatdan   bog‘lanadi   va   fikr
almashish   uchun   tayyor   material   vazifasini   o‘taydi:   h o v l i   e s h i g i   -
h o v l i n i n g   e s h i g i .
                     Analitik usul.   Bu usulning asosiy xususiyati shundan iboratki, birikmani
tashkil   etgan   komponentlar   hech   qanday   qo‘shimcha   olmaydi   yoki   qo‘shimcha
olganda ham uning so‘zlar bog‘lanishidagi ahamiyati ikkinchi darajalidir. Bunday
hollarda   ikki   so‘zning   o‘zaro   bog‘lanishini   yordamchi   so‘zlar   yoki   ko‘makchilar
t a ‘minlaydi:   k i s h i l a r   i s h o n c h i - k i s h i l a r   o ‘ r t a s i d a g i
i s h o n c h .
                            So‘z   leksik   hodisa,   so‘z   birikmasi   esa   grammatik   hodisadir.   So‘z
birikmasi  so‘z kabi nominativ xarakteriga ega bo‘lib, predmet, belgi, harakat  -
holatni bildiradi, lekin u predmet yoki harakatni yakka holda atash emas, balki
ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalanadi. So‘z
5 birikmasi   ham,   gap   ham   so‘zlaming   grammatik   aloqaga   kirishuvidan   yuzaga
keladi. Ikkisida ham o‘zaro munosabatga kirishgan so‘zlar biror so‘z turkumiga
taalluqli   bo‘lib,   biri   hukm   ma‘nosidagi   gapni   hosil   qiladi,   boshqasi   esa   o‘sha
gap uchun  “ qurilish” vazifasini o‘taydi.
               So‘z birikmasi tarkibida erkin va turg‘un birikma mavjud bo‘lib, ular biri
ikkinchisidan o‘z ma‘no va ko‘chma ma‘no bildirib kelishi bilan farqlanadi. Boshi
egildi   -   uyaldi;   boshi   egildi   -   o‘z   ma‘nosida   (Erkin   A‘zam,   20   b);   jizg‘anagimni
chiqarish   uchun-ko‘chma   ma‘noda   turg‘un   birikma;   jizg‘anagini   chiqardi-o‘z
ma‘nosida   (Erkin   A‘zam,   48   b),   ko‘z   oldiga   keldi   -   esladi,   ko‘z   oldiga   keldi   -
ko‘rdi (Erkin A‘zam, 61 b); kabilarda ifodalanadi. Bunday misollarni juda ko‘plab
keltirish   mumkin.   So‘z   birikmasi   xuddi   ayrim   so‘z   singari,   gap   vositasida,   uning
tarkibidagina kommunikativ funksiya sirasiga kiradi.
                                       3. Gap bo‘laklarining tartibi.
A) Sodda gapda ega va kesimning o‘rni.
                  O‘zbek tilida bosh bo‘laklar ega va kesim hisoblanadi. Ega bilan kesim
mazmun  va  grammatik  tomondan  bog‘langanligi  uchun  doim  kesimning   shakliga
mos ravishda keladi. Ega gapning bosh bo‘laklaridan biri bo‘lib, fikr ifodasida gap
tarkibida alohida o‘rin egallaydi. U gapning nima haq i da aytilganini, fikrning nima
to‘g‘rida   bayon   etilayotganini   ko‘rsatuvchi   bosh   bo‘lakdir.   Demak,   ega   fikr
obyektini,   nutq   predmetini   (gap   o‘zi   haqida   borayotgan   predmetni)   bildiradi.
Bunda predmet keng ma‘noda tushuniladi va u narsa shaxs, voqea - hodisa, belgi -
xususiyat,   harakat   -  holat,  son   -  miqdor   va  hokazolarning  nomini   ham   o‘z   ichiga
oladi:   F a r h o d   k e y i n   j o n i n i   h o v u c h l a b   p o l i k l i n i k a g a
b o r a d i           (Erkin   A‘zam).   G o ‘ y o k i   b i r d a n   -   b i r   k a s b -
k o r l a r i   -   s h u .   (   Erkin   A‘zam)   kabi.   Ega   kesim   bilan   mustahkam   aloqada.
Uning   ma‘nosi,   funksiyasi,   o‘rni   kesim   orqali   reallashadi.   Xuddi   shuningdek,
kesimning mohiyati, formasi ega yordamida belgilanadi. Ega nutq predmetini, fikr
obektini,   gapning   mavzusini   bildirsa,   kesim   shu   mavzu   haqidagi   yangilikni,   nutq
predmeti, fikr obyekti to‘grisidagi bayonni bildiradi:   Saidbek   gazetani sinchiklab
6 ko‘rdi, keyin tovush chiqarib ichida o‘qidi. Turmush go‘zal va ajoyibdir.
              В irinchi gapda ega (Saidbek), kesim (o‘qidi) bilan ifodalangan harakatni
bajaruvchi   shaxs,   ikkinchi   gapda   ega   (turmush),   kesim   (go‘zal   va   ajoyibdir)   dan
anglashilgan   belgi   qarashli   bo‘lgan   predmet   ma‘nosida   ifodalangan.   Ega   odatda
bosh   kelishik   shaklida   qo‘llanadi.   Ega   vazifasida   kelgan   so‘z   egalik   va   ko‘plik
affkslarini   qabul   qila   oladi.   Ba‘zan   bu   so‘z   –   niki   qo‘shimchaini   olgan   bo‘ladi:
B i r n i k i   m i n g g a ,   m i n g n i k i   t u m a n g a  (Maqol)   b i r i s i n i k i
a v j g a   m i n g a n d a ,   i k k i n c h i s i   b o s h l a y d i .   Bu   hodisa   aslida
qaratuvchi   va   qaralmish   munosabatini   ifodalaydigan   sintaktik   konstruksiyaning
qisqarishidan   tug‘ilgan.   Bunda   qaralmish   vazifasidagi   so‘z   tushib   qolib,   uning
vazifasini ham   qaratuvchi o‘z ustiga oladi:   Birining illati mingga, mingning illati
tumanga.  Eganing sodda gapda qo‘llanadigan ma‘lum o‘rni bor. U kesimdan avval
keladi.   Biroq   nutqda   inversiyaga   hamma   vaqt   ham   yo‘l   qo‘yib   bo‘lavermaydi.
Kesim   sof   fe‘llardan   yoki   predikativlik   qo‘shimchalarini   olgan   so‘zlardan
bo‘lganda, eganing o‘rni o‘zgarishi, ya‘ni inversiya hodisasi ro‘y berishi mumkin:
U r u s h d a   q a t n a s h g a n m i s i z ?   —   Q a t n a s h g a n m i s i z
u r u s h d a ?  (Erkin A‘zam).
                Kesim shaxssiz fe‘llar bilan ifodalanganda, eganing o‘rni qat‘iy bo‘ladi,
u doim  kesimdan oldin turadi. Bunda ega va kesim  o‘rnining o‘zgarishi  yo egani
kesimga,   kesimni   esa   egaga   aylantirib   qo‘yadi,   yoki   gapni   yo‘qqa   chiqarib,   so‘z
birikmasi  hosil qiladi:   О ’ t t i z   k и п   -  b i r   o y   (   O ‘ t t i z   k и п   -   e g a ,
b i r   o y   -   k e s i m ) .   B i r   o y - o ‘ t t i z   k и п   ( B i r   o y   -   e g a ,
o ‘ t t i z   k и п   -   k e s i m )   kabilarni   inversiya   deb   bo‘lmaydi.   Bu   qayta
tuzishdir.   Demak,   inversiya   hodisasini   hisobga   olmaganda,   ega   sodda   gapda
kesimdan oldin keladi. Bu tartib eganing grammatik belgilaridan biridir.
                               Ega ko‘pincha otlar va ot   x arakteridagi  olmoshlar  bilan ifodalanadi.
Otlar   va   ot   harakteridagi   olmoshlar   ega   vazifasida   qo‘llaniluvchi   tipik   so‘zlardir.
Ega vazifasida boshqa so‘zlar ham kelishi mumkin. Bunday vaqtda ular odatda ot
funksiyasida   qo‘llanadi,   otlashadi   -   substansivlashadi   :   Q o ‘ l   y u g u r i g i
o s h g a ,   t i l   y u g u r i g i   b o s h g a   (Maqol).   Y a x s h i   b i l a n
7 y u r s a n g   y e t a r s a n   m u r o d g a ,   y o m o n   b i l a n   y u r s a n g
q o l a r s a n   u y a t g a .   (Maqol).   B a ‘zan   gapda   yordamchi   so‘zlar,
qo‘shimchalar,   fonemalar   ham   ega   vazifasida   keladi.   Bunday   vaqtda   ular
substansivlashadi   va   nutq   predmeti,   fikr   obekti   sifatida   qo‘llanadi:   E h t i y o t
b o ‘ l i n g ,   t a g ‘ i n   , , l e k i n ” i   c h i q i b   q o l m a s i n   (   „   l e k i n ”   i
substansivlashgan yordamchi so‘z ).
            Sifat   leksema   shaklning   ega   bo‘lib   kelishi:   y a x s h i s i - s h o i r
b o ‘ l a m a n . . . .   (To‘xtaboyev   X ).   E n g   y o m o n i - s h o i r - l i k
o l a m i d a n   e s o n   -   o m o n   q u v i l d i m  (To‘xtaboyev  X ).
            Jamlovchi   sonning   ega   bo‘lib   kelishi:   I k k a l a m i z   o ‘ s h a   k e c h a s i
d a l a d a   y o t i b   q o l d i k  (To‘xtaboyev  X  31 b).
      Ega olmoshning quyidagi turlari bilan ifodalangan:
1) kishilik olmoshi bilan :
a) m e n   olmoshi   bilan   :   M e n i   a l d a b   -   s u l d a b   k o ‘ c h a g a
h a y d a b   c h i q a r i s h d i .   (To‘x t aboyev  X ) kabi;
b) s e n  olmoshi bilan :  S   e n   h e c h   k i m   b o ‘ l o l m a y s a n 2
. kabi; 
d) s i z   (birlikni   "sizlash")   olmoshi   bilan:   S   i   z   b u y o q q a   c h i q i n g
h a m m a s i n i   a y t i b   b e r a m a n  ( To‘xtaboyev X   38 b). kabi;
e) U    olmoshi bilan :  U   j u d a   x a f a   e d i  (To‘xtaboyev X   152 b ). kabi;
b)   u l a r   olmoshi   bilan   :   U l a r   q o ‘ r q i b   q o c h i s h d i . . .
(To‘xtaboyev X) kabi;
2) so‘roq   olmoshi   bilan:   K i m   u ,   b e m a h a l d a   s h o v q i n
k o ‘ t a r g a n ?  (To‘xtaboyev  X );
3) bo‘lishsizlik olmoshi bilan :
4) gumon olmoshi bilan:   Kim dir uni ola chilvir bilan zirkka bog‘lab qo‘ygan edi
(Qodirov  P) kabi;
2
 Misollar To‘xtaboyev Xning „Sariq devni minib” kitobidan (- T.:  „  Yangi asr avlodi”, 2013.  В   - 235.) olindi. 38 b.
8 5) ko‘rsatish birligi bilan:
a) bu  birligi bilan:  В   и   siz qurishingiz kerak bo‘lgan bino deyishdi.
(To‘xtaboyev  X. ).
b) b u l a r   (kishi)   birligi   bilan:   В u l a r   y a n a d a   q a d r d o n d e k
b o ’ l i b   q o l g a n   e d i l a r            (Erkin A‘zam). kabi.
d)   bular   (narsa)  birligi  bilan:   Bizning  beshinchi  iqlim bo‘limining chiroqlari
bular...
                     Ega   h a m m a -   jamlik anglatuvchi leksemasi  bilan,   о ‘ z -   t a ‘kid birligi
bilan   ham   ifodalanadi:   H a m m a   b a y r a m d a .   Y a x s h i   e k a n   o ‘ z i m
h a m   m a z a   q i l d i m - d a . .
                      Nutqda  ega  bo‘lak,  tabiiy,  eng  ko‘p  ot   leksema  shakl   bilan  ifodalanadi.
Atoqli   ot   leksema   shakl   asosan   kishi   ismiga   to‘g‘ri   keladi,   b a‘zan   esa   u   familiya
bilan ham ifodalanishi mumkin .
           Ega va kesim shaxs jihatidan bir-biriga mos bo‘ladi, boshqa-boshqa shaxsni
ko‘rsatmaydi. Ega ko‘pincha sodda birikma   shakl bilan ifodalanadi. Ushbu hodisa
birikmalarning turlari bo‘yicha tasvirlanadi.
1. Qaratuvchi asosan qaratqich kelishigining belgili shaklida ishlatilgan :
1) Kishi   ismi   bilan   ifodalangan   :   Farhodning   yonida   о   ’tirgan   allakim   yonidagi
sherigiga pichirladi...  (Erkin A‘zam).
2) Kishi   turdosh   oti   bilan   ifodalangan   :   K i n o c h i l a r i m i z n i n g   p i r i   -
u s t o z   d e g a n l a r i   b o ‘ l a d i  ( Erkin A‘zam).
3)   Kishilik   olmoshi   bilan   ifodalangan   :   R o s t d a n   h a m   m e n i n g
o ‘ z b e k l i g i m n i   b i l m a s m i d i n g i z ? (  Erkin A‘zam).
4) III   shaxs   narsa   olmoshi   bilan   ifodalangan:   U l a r n i n g   k i m l i g i n i
e n d i   e s l a d i m . . . ( Erkin A‘zam).
5) O‘z   ta‘kid   birligi   bilan   ifodalangan :   O‘zingiz   boravering!   Baynalmilal
9 qozonning sarqitiga toqatim yo‘q  (Erkin A‘zam).
2. Qaratqich kelishigining belgisiz shaklida ishlatilgan:
1) Nisbatlovchi   qatnashmagan:   Odamga   alam   qiladigan,   odam   jonini   chiqarib
yuboradigan joyi...   (Erkin A‘zam).
2) Nisbatlovchi qatnashgan: O‘qish orzusi - mening orzum .
                      Kesim   egadan   keyingi   ikkinchi   bosh   bo‘lak   bo‘lib,   gap   orqali   aloqa
aralashuvda,   fikr   almashuvida   katta  ahamiyatga   egadir.   Kesim   egadan   anglagan
shaxs,   narsa   predmet   va   voqea-   hodisaning   belgisini   bildiradi.   Bu   jihatdan   u
aniqlovchiga o‘xshab ketadi. Biroq belgini qanday ifoda etishga ko‘ra, aniqlovchi
bilan   qo‘shilib,   yaxlit   bir   butun   tushuncha   holida,   atributiv   aloqa   yo‘li   bilan
ifodalansa, kesimda, u shu belgining egadan anglashilgan predmetga mavjud yoki
mavjud   emasligi   nuqtai   nazaridan   tasdiqlash   maqsadida   -   hukm   shaklida,
predikativ   aloqa   yo‘li   bilan   ifodalanadi.   3
  Kesim   ma‘nolari   har   biri   alohida   -
alohida   ifodalanishi   mumkin.   Masalan,   bor-ma   (tasdiq   -   inkor)   say   (mayl)   -di
(zamon) -m( shaxs- son). Ega faqat mavzuni ataydi, shu mavzu haqidagi bayon,
fikr,   mulohaza   kesim   orqali   ifoda   qilinadi.   U   gapning   asosiy   belgilarini
ko‘rsatadigan zaruriy elementdir. Gap uchun xarakterli bo‘lgan modallik, zamon,
shaxs   va   intonatsion   tugallik   kabi   hodisalar   ko‘pincha   kesim   bilan   bog‘liq
bo‘ladi.   Shuning   uchun,   odatda,   gapning   ba‘zi   semantik   turlarini   belgilashda
kesim,   uning   formasi   asosga   olinadi   (   Uyga   bor   -   buyruq   gap,   uyga   bording   -
darak   gap);   gapda   kesimning   tushib   qolishi   holati   boshqa   bo‘laklaming   tushib
qolishiga   qaraganda   birmuncha   kam   uchraydi   va   bu   narsa   ko‘pincha   gap
tarkibiiga   sezilarli   ta‘sir   ko‘rsatadi.   Kesimning   ma‘nosi   va   grammatik   shakli
uning   ega   bilan   bo‘lgan   munosabatiga   hamda   qanday   so‘z   turkumi   bilan
ifodalanishiga bog‘liq.
                          Kesim   ko‘pincha   fe‘llar   bilan   ifodalanadi.   Fe‘llar   kesim   vazifasida
qo‘llaniluvchi   asosiy   so‘zlar   hisobanadi.   Tuslangan   fe‘llar   predikativlik
3
  Узбек   тили   грамматикаси .  Тошкент .:  Фан , -1976.128 -  б
10 xususiyatini  o‘zida yorqin aks ettiradi: ular zamon, mayl, shaxs - son ma‘nolarini
bildiradi.   Shuning   uchun   har   bir   tuslangan   fe‘l   bir   gapni   hosil   qilishi   mumkin:
K e l d i m .   B o r a m a n .   kabi.
               Kesim vazifasida boshqa so‘zlar ham kela oladi. Biroq bunda ayrim shart
-   sharoitlar   kerak:   fe‘ldan   boshqa   so‘zning   kesim   vazifasida   kelishida   bog‘lama,
predikativlik   qo‘shimchasi,   tartib   va   intonatsiya   kabi   hodisalarning   roli   kattadir.
Fe‘l, o‘zining leksik - grammatik xususiyatiga ko‘ra, kesim vazifasida qo‘llanishga
juda mos so‘z turkumidir. Fe‘l kesim egadan anglashilgan predmetning ( predmet
keng   ma‘noda:   shaxs,   narsa   -   predmet,   buyum,   voqea,   hodisa   va   hokazo   )
harakatini   yoki   holatni   bildiradi:   Y o ‘ l c h i   o s h x o n a g a   k i r d i .
N a v b a t c h i   I k r o m j o n g a   q a r a d i .   A k b a r s h o h   s h o s h i l d i .
Buyruq - istak maylidagi fe‘l kesim ish - harakatni  bajarish to‘g‘risida buyurish ,
istak, iltimos, maslahat, undash kabi ma‘nolarni anglatadi. Ega I shaxs bildirganda,
kesim birlikda - (a)y, ko‘plikda - (a) ylik,qo‘shimchalari bilan shakllanadi: boray -
boraylik.   Shart   maylidagi   fe‘l   kesim.   Fe‘lning   shart   mayli   ko‘pincha   ergash
gaplarning kesimi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u biror ish-harakatning amalga
oshishi  uchun undan oldin bajarilishi  lozim  bo‘lgan ish-harakatni  bildiradi:   K i m
o ‘ q i s a ,   и   a l b a t t a   k i r a d i .
             Sifatdosh bilan ifodalangan fe‘l kesim. Sifatdosh tuslovchi qo‘shimchalar
olib   o‘zgarganda   odatdagi   shaxsli   fe‘l   kabi   qo‘llanib   mustaqil   sodda   gapning
kesimi   vazifasida   keladi:   S o b i r   s h u   p a y t g a c h a   t o p g a n i n i
r o ‘ z g ‘ o r g a   s a r f l a g a n .
                     Ravishdosh bilan ifodalangan fe‘l kesim. Ravishdoshning —(i)b, va   -a(y)
qo‘shimchalari bilan yasalgan shakli tuslovchi qo‘shimchalar olib ifodalanadi:
Shirinbonu bugun bog’chadagilarga yangi ertak aytib berdi.
           Bajarilishi muhim bo‘lgan vaziyatni ifodalaydi bunda ega aniq ifodalanadi:
F a r h o d   b u g u n   x i t o y l a r n i n g   “ S i g u n ”   t i b b i y
m a r k a z i n i   i z l a b   t o p i s h i   k e r a k   (Erkin   A‘zam,   44b).   Keyingi
misolda   esa   ega   ifodalanmagan   ammo   bunda   kesim   muhimrol   o‘ynagan:
11 O ‘ s h a n i   q i d i r i b   t o p m o q   k e r a k   v a   k i n o   q i l m o q   k e r a k !
(Erkin A‘zam ,  78 b) kabi.    
B) Sodda gapda to ‘ ldiruvchining o ‘ rni.
                              To‘ldiruvchi  ikkinchi  darajali  bo‘laklarning  biri   bo‘lib  harakatni  o‘z
ustiga   olgan,   harakat   yo‘nalgan,   umuman,   harakatga   biror   yo‘l   bilan   bog‘langan
predmetni   bildiradi.   To‘ldiruvchi   asosan   kesimga   bog‘lanib   kelib,   predmetlik
ma‘nosini   ifodalaydi.   To‘ldiruvchi   tobe   holatdagi   predmetni   harakatga   biron   yo‘l
bilan   bog‘langan   predmetni,   harakat   obyektini   bildiradi.   Bu   ho l   ularning
grammatik   shaklida   ham   o‘z   ifodasini   topadi.   To‘ldiruvchi   tushum,   o‘rin-payt,
chiqish,   jo‘nalish   kelishiklari   shaklida   bo‘ladi   yoki   ko‘makchilar   bilan   birga
keladi,   bu   uning   tobeligini   ko‘rsatuvchi   grammatik   belgidir.   To‘ldiruvchilar
kelishik bilan ifodalanishiga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi:
Vositali to‘ldiruvchi
Vositasiz to‘ldiruvchi.
               To‘ldiruvchi o‘z hokim so‘ziga odatda boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi.
Bunda   to‘ldiruvchi   tobe,   u   bog‘langan   so‘z   esa   hokim   sanaladi:   B a h o r d a
s o y n i n g   s u v i n i   y o m g ‘ i r   k o ‘ p a y t i r a d i .   Hokim  so‘z ko‘pincha
kesim vazifasida bo‘ladi. Biroq u boshqa bo‘lak vazifasida ham bo‘lishi mumkin.
Bunda gapning murakkab bo‘laklari  hosil bo‘ladi. Sodda gap yoki murakkab gap
bo‘lmasin,   to‘ldiruvchi   o‘z   vazifasini   bajarib   keladi,   belgili   va   belgisiz   tarzda
bo‘lishi mumkin. To‘ldiruvchining belgisiz qo‘llanishi, asosan, qofiya talabi bilan
yuzaga   chiqadi,   so‘zlashganda   ham   belgisiz   qo‘llanilishi   mumkin:   E z d i n g
y u r a g i m   (   b a d i i y   u s l u b d a ) .   O l m a   o l d i m   ( s o ‘ z l a s h u v
u s l u b i d a ) .
                                  Tushum   kelishigi   bilan   ifodalanuvchi   to‘ldiruvchiga   vositasiz
to‘ldiruvchi   deyiladi.   Vositasiz   to‘ldiruvchi   harakatni   o‘ziga   qabul   qilgan   harakat
o‘ziga bevosita o‘tgan predmetni bildiradi.   4
.   Shunga ko‘ra u ,   odatda ,   ob y ektli fe‘l
4
  А. Гуломов.,  M .  Аскарова. Ҳозирги узбек адабий тили. -Т.: Ўкитувчи, 1987. 78- б.
12 bilan   birikadi.   Vositasiz   to‘ldiruvchi   ko‘pincha   tushum   kelishigi   bilan   belgili   va
belgisiz   shaklida   ham   ifodalanadi.   Bu   uning   asosiy   grammatik   shaklidir.
M u x l i s a   o y n a n i   t o z a l a d i ,   s i n g l i s i   e s a   h o v l i   s u p u r d i .
( h o v l i n i )
                 Vositasiz to‘ldiruvchi b a‘zan  chiqish kelishigi shaklidagi so‘z bilan ham
ifodalanadi.   Q a n i   o s h d a n   o l i n g .  Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi
shaklidagi   so‘z   bilan   ifodalanganda   harakatni   batamom   o‘ziga   qabul   qilgan,
harakat   o‘ziga   butunlay   o‘tgan   obyekt   ma‘nosini   bildiradi,   chiqish   kelishigi
shaklidagi   so‘z   bilan   ifodalanganda   esa   harakatni   qisman   o‘ziga   qabul   qilgan,
harakat o‘zida qisman yuz bergan predmet ma‘nosini anglatadi. Qiyoslang:  Q a n i
o s h n i   o l i n g   (,,   h a m m a s i n i   o l i n g ”   ma‘nosi   bor).   O s h d a n
o l i n g   (   „   b i r   q i s m i n i   o l i n g ”   ma‘nosi).   Vositasiz   to‘ldiruvchi
vazifasidagi so‘z tushum kelishigi qo‘shimchasini doimo saqlayvermaydi: bu so‘z
ayrim   hollarda   tushum   kelishigi   qo‘shimchasini   olmaydi.   Vositasiz   to‘ldiruvchi
atoqli   ot   bilan   ifodalanganda:   B i z   T o s h k e n t n i   s a y r   q i l d i k .
Vositasiz   to‘ldiruvchi   otlashgan   sifat,   son   va   sifatdoshlar   bilan   ifodalanganda:
Y a x s h i n i   k о ' r i b ,   f i k r   q i l ,   y o m o n n i   k o ‘ r i b ,   s h u k r   q i l
( Maqol).   Vositasiz   to‘ldiruvchi   payt   ma‘nosini   bildiradigan   so‘z   bilan
ifodalanganda:   S h u n d a y   h o l d a   q i s h n i   o ‘ t k a z d i k .   Vositasiz
to‘ldiruvchi   egalik   qo‘shimchaini   olgan   so‘z   bilan   ifodalanganda:   A d i b a
b u g u n   u k a s i n i   o ‘ y i n g o h g a   o l i b   b o r d i   v a   u   y e r d a
d u g o n a s i n i   k o ‘ r i b   q o l d i .   Vositasiz   to‘ldiruvchi   aniqlovchiga   ega
bo‘lganda:   B u g u n g i   i s h n i   e r t a g a   q o ‘ y m a .   Vositasiz   to‘ldiruvchi
ifodalagan   predmet   boshqasi   bilan   qiyoslanganda:   S e n   o ‘ y i n n i   e m a s ,
k i t o b n i   s e v .   Vositasiz   to‘ldiruvchi   ham,   ega   ham   bitta   so‘z   bilan
ifodalanganda:   T a l a b a   k i t o b n i   o ‘ q i s h d a n   i z l a n i s h d a n
q o l m a s l i g i   k e r a k .   Vositasiz   to‘ldiruvchining   belgili   q o‘llanilishi   ayrim
hollarda   to‘ldirilmishning   leksik   -   semantik   xususiyati   bilan   belgilanadi.   Ba‘zan
prozaik   nutqda   ham   vositasiz   to‘ldiruvchining   belgili   yoki   belgisiz   qo‘llanilishi
13 mumkin:   B i z   s u l h   s h a r t n o m a s i   t u z d i k .   M e n   s e n g a   k o ‘ p
q i z i q   e r t a k   a y t i b   b e r m o q c h i m a n .
                        Vositali   to‘ldiruvchi   harakat   -   holat,belgi   bilan   obyekt   o‘rtasidagi   turli
grammatik-semantik munosabatlarni ifodalaydi. Vositali to‘ldiruvchi anglatadigan
ma‘no munosabatlar uning materialiga, grammatik formasiga va to‘ldirilmishning
leksik xususiyatiga bog‘liq.
                      Vositali   to‘ldiruvchi   bosh,   qaratqich,   tushum   kelishigidan   boshqa
kelishikdagi so‘zlar orqali yoki ko‘makchi bilan kelgan so‘zlar orqali ifodalanadi.
Shunga   ko‘ra,   vositali   to‘ldiruvchini   ikki   guruhga   ajratish   mumkin:   kelishikli
to‘ldiruvchi   va   ko‘makchili   to‘ldiruvchi.   Menimcha   vositali   to‘ldiruvchini   emas,
umuman,   to‘ldiruvchini ng   o‘zini   kelishikli   va   ko‘makchili   to‘ldiruvchiga   ajratish
muvofiq bo‘lardi.
                       Kelishikli to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchining bir turi jo‘nalish, chiqish,
o‘rin-payt kelishiklaridan birida kelgan so‘z bilan ifodalanadi.   5
  Jo‘nalish kelishigi
formasidagi so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar:
1) .   Biror   narsa   ish   o‘shanga   qaratilgan,   atalgan   shaxs,   predmet   ma‘nosini
anglatadi:   B u n i   K a r i m g a   b e r d i m .   B u   l a v o z i m   b u g u n d a n
s e n g a   t o p s h i r i l d i .   Atalganlikning “shu ish uchun mo‘ljallangan” degan
ma‘no ottenkasi ham bor.
2) Vosita   bo‘lgan   predmetni   anglatadi:   Bo ‘ sh   meshlarni ng   og‘zini   qumga
to ‘ ldirdi
3) Logik   sub y ektni   bildiradi:   Bugungi   o‘quvchining   iste‘dodi   muallimga   juda
qiziq tuyuldi.
4)   Tenglik,   qimmat   ma‘nosini   anglatadi:   Men   o‘ zimga   deb   olgan   narsamni
bermayman, men uni halol mehnatimga olganman.
5) Kasb,   mashg‘ulot,   faoliyat   predmetini   bildiradi:   A k a m
h u q u q s h u n o s l i k k a   o ‘ q i y a p t i .
6).   O‘xshatish,   qiyoslash   ma‘nosini   anglatadi:   Bola   yosh   niholga   o‘ xshaydi,
5
  Узбек тили грамматикаси. Тошкент: Фан, -1976.141 - б
14 shuningdek, qari kishi ham yosh bolaga  o‘ xshab qoladi.
          Vositali to‘ldiruvchining shakllanishida ayrim ko‘makchilaming ham muhim
roli bor. Bunda ko‘proq quyidagi ko‘makchilar qo‘llanadi: bilan, uchun, tog‘risida
( haqida), tomonidan (tarafidan) va boshqalar.
           Bilan  ko‘makchisi - grammatik subekt harakatini birgalida amalga oshirgan
shaxs   уoki   old   predmetni,   harakatning   bajarishda   vosita   bo‘lgan   predmetni,biror
holatning yuzaga kelishida asos bo‘lgan predmet kabi ma‘nolami bildiradi.
                        Uchun   ko‘makchisi   yordamida   shakllangan   to‘ldiruvchi   quyidagi
ma‘nolarni   anglatadi:   1)   atalganlik   ma‘nosini:   Xo‘jayinning   qizi   uchun   palk,
dotpech,   qiyiq   tikadi.   2)   qarashlilik   ma‘nosini:   Hamma   uchun   ermak   bo‘ldi   bu
kitobchalar.  3) evaz ma‘nosini:  shuni bilkim, jon uchun jon olamiz .
                        To‘g‘risida,   haqida   ko‘makchisi   ishtirokida   hosil   bo‘lgan   to‘ldiruvchi
quyidagi   ma‘nolarni   anglatadi:   1)   ish   –   harakatning   bo‘lishida   asos   hisoblangan
shaxs   yoki   predmetni   bildiradi:   O i l a n g   t o ‘ g ‘ r i s i d a
t a s h v i s h l a n m a .   2)   biror   harakat   -   holat,   belgi   qaratilgan   predmetni
bildiradi :  B o l a l a r   t o ‘ g ‘ r i s i d a   g ‘ a m x o ‘ r l i k .
                        Tomonidan   ko‘makchisi   ishtirokida   shakllangan   vositali   to‘ldiruvchi
harakatni   bajaruvchi   shaxs   -   logik   subektni   bildiradi:   B u   k o m p y u t e r
S a m a r q a n d   у o r d a m   j a m g ‘ a r m a s i   t o m o n i d a n
i s h c h i l a r g a   y u b o r i l g a n   e d i .
                          Orqali   ko‘makchisi   yordamida   shakllangan   to‘ldiruvchi   biror   ish   -
harakatning   bajarilishida   vosita   bo‘lgan   predmet   ma‘nosini   anglatadi:   B u
k o ‘ r s a t u v   k e c h a   k e c h q u r u n   televizor   orqali   namoyish   etilgan
edi.
C) Sodda gapda aniqlovchining o ‘ rni
               Aniqlovchi predmetning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakdir.
Predmetning belgisi bosh bo‘laklardan kesim orqali ham ifoda etilishi mumkin.
Qiyoslang:   sovuq   suv   (sovuq   -   aniqlovchi).   -   Suv   sovuq   yoki   suv   sovuq   emas
15 ( sovuq va sovuq emas - kesim).
               Aniqlovchi ikkinchi darajali bo‘laklaming alohida bir turidir. U gapning
strukturasidagi   roli   jihatdan   boshqa   ikkinchi   darajali   bo‘laklardan   farq   qiladi.
Ikkinchi   darajali   bo‘laklardan   to‘ldiruvchi   va   hol,   odatda,   fe‘lga   bog‘lanib   kelsa,
aniqlovchi otga bog‘lanib keladi. To‘ldiruvchi va hol gap tarkibida, uning mustaqil
bir bo‘lagi sifatida odatda kesimga tobe bo‘lib kelsa, aniqlovchi birikma tarkibida,
uning   bir   elementi   sifatida   egaga   ham,   kesimga   ham,   to‘ldiruvchiga   ham,   holga
ham tobe bo‘lib keladi. Hatto bir aniqlovchi ikkinchi aniqlovchiga tobe bo‘lib ham
kelishi   mumkin:   K e c h a   s h u n i n g   d a s t i d a n   s i n f n i n g   b a r c h a
q i z l a r i g a   i k k i     b a h o   n a s i b   e t d i .
             Aniqlovchi gapda o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga keladi. Aniqlovchi bilan
aniqlanmish   aniqlovchili   birikmani   tashkil   qiladi.   Aniqlanmish   bo‘lmas   ekan,
aniqlovchi ham bo‘lmaydi. Aniqlovchi predmetning turli - tuman belgilarini ifoda
etadi.   Aniqlovchining   mazmuni   uning   turiga,   qanday   so‘z   turkumi   bilan
ifodalanganiga   va   grammatik   formasiga   bog‘liq.   Aniqlovchilarning   ifodalanishi
har   xil.   Aniqlashdagi   semantik   va   grammatik   xususiyatga   ko‘ra   bu   vazifadagi
so‘zlar  ham  farq qiladi. Predmetning qandayligi  tusi, xususiyati,  mazasi,  formasi,
xarakteri, harakatga ko‘ra bo‘lgan belgisi anglatilganda (sifatlovchida), aniqlovchi
sifat,   sifatdosh   kabi   so‘zlar   bilan   ifodalanadi.   Biror   shaxs   yoki   predmetga
qarashlilik anglatilganda (qaratuvchida), aniqlovchi ot yoki ot o‘ rn ida kelgan so‘z
bilan ifodalanadi. Ular uch turda bo‘ladi: sifatlovchi, izohlovchi, qaratuvchi.
               Shulardan birinchisi sifatlovchi predmetning belgi - sifati, son - miqdori,
tartibi   kabi   belgilarini   bildiradigan   aniqlovchidir.   Sifatlovchi   o‘z   hokim   so‘ziga
bitishuv   yo‘li   bilan   birikadi.   U   bog‘lanib   kelgan   so‘z   sifatlanmish
deyiladi.Sifatlovchi bilan sifatlanmish sifatlovchili   birikmani tashkil qiladi.
                            Sifatlovchi   aniqlovchi   quyidagi   so‘zlar   bilan   ifodalanadi:   Sifat   bilan.
Bunda   aniqlovchi   predmetning   rang   -   tusi,   maza   -   ta‘mi,   shakl-   hajmi,   xarakteri
psixik   holati,   o‘rin   yoki   paytga   munoosabati   kabi   belgilarni   bildiradi:   Yaxshi
yashash   hammaning   orzusidir.   Son   bilan.   Bunda   sifatlovchi   predmetning   miqdor
16 va   tartib   jihatdan   belgisini   bildiradi:   U   b u g u n   u y g a   t o ‘ r t t a   n o n ,
b i r   k i l o   g o ‘ s h t ,   b i r   q o p   u n   o l i b   k e l d i .   Ravish bilan. Bunda
ravish   sifat   funksiyasida   qo‘llangan   bo‘ladi:   K a m   d e ,   k o ‘ p   y e .
( M a q o l ) .   Olmosh   bilan.   Bunda   sifat,   son   va   ravish   xarakteridagi   olmosh
qo‘llanadi:   B a ‘ z i   i s h l a r i m i z d a n   k o ‘ n g l i m   t o ‘ l m a y a p t i .   Ot
bilan. Sifatlovchi  vazifasida  kelgan  ot  ko‘p  jihatdan  sifatga  yaqinlashgan  bo‘ladi.
Bunda sifatlovch quyidagi ma‘nolarni anglatishi mumkin : a)o‘xshatish ma‘nosini :
S e v a m a n   b a h o r n i ,   s e v a m a n   q o r n i . . .   Sifatdosh   bilan.   Bunda
sifatlovchi   predmetning   harakatga   munosabat   nuqtai   nazardaridan   belgisini
bildiradi:   B u z o q n i n g   y u g u r g a n i   s o m o n x o n a g a c h a . . .   Taqlid
so‘z   bilan.   B i r d a n   d u v - d u v   g a p   b o ‘ l i b   q o l d i .   К o ‘ c h a
t o m o n d a n   g u r s  -  g u r s   o y o q   t o v u s h i   e s h i t i l d i
                      Qaratuvchi   biror   narsa   predmet   tegishli,   qarashli   bo‘lgan   shaxs   yoki
predmetni   bildirgan   aniqlovchidir.   Qaratuvchi   quyidagi   so‘z   turkumlari   bilan
ifodalanadi:   Ot   bilan:   Biz   boylikka   uchganlarni   jazolab   ularning   boyligini
bevalarga tarqatmoqchi edik.
                   Sifat bilan. Bunda sifat substansivlashgan bo‘ladi:   B i r     y a x s h i g a -
b i r   y o m o n .
          Olmosh bilan. Bunda ko‘pincha ot harakteridagi olmoshlar qo‘llanadi. Sifat
va   son   xarakteridagi   olmoshlar   qaratuvchi   vazifasida   kelganda   otlashgan   bo‘ladi:
K i m n i n g   k o ‘ y l a g i   c h i r o y l i ?   O ‘ n   b e s h - n e c h a n i n g
у a r m i ?
                        Son   bilan.   Bunda   son   substansivlashadi:   O ‘ n n i n g     y a r m i   -
b e s h .
            Harakat nomi bilan .  O‘ qimoqning foydasi  ко   ’p.
                       Sifatdosh bilan . Bunda sifatdosh otlashadi.     Ko‘ringanlarning birortasi
ham uni tanimasdi.
            Agar qaratuvchilar turli shaxsda bo‘lsa, qaralmish quyidagicha bo‘ladi: Bir
necha qaratuvchi  tarkibida I shaxsni  ko‘rsatuvchi  olmosh bo‘lmay, qaralmish shu
17 shaxsning   ko‘pligida   bo‘ladi:   Muxtaram   prezidentimizning,   mening   va   butun
Samarqand ahlining samimiy tabriklarimizni qabul qilgaysiz. Bir necha qaratuvchi
tarkibida   I   shaxsni   ko‘rsatuvchi   olmosh   bo‘lmay,   II   shaxsni   ko‘rsatuvchi   olmosh
bo‘lsa,   qaralmish   shu   shaxsning   ko‘pligida   bo‘ladi:   Sening   va   uning   vazifalari
bitta:   u   ham   bo‘lsa   Vatanni   himoya   qilish!   Ba‘zi   hollarda   qaratuvchi   maxsus
ifodalanmaydi, u tushib qoladi. Bu hol qaratuvchi logik urg‘u olmagan paytda ro‘y
beradi.   Bunda   qaralmishdagi   egalik   qo‘shimchasi   uning   qaysi   shaxsga   oidligini
ko‘rsatib   turadi:   S h a h r i m i z   k a t t a .   B o g ‘ i n g   j u d a   t o ‘ k i n .
B i z n i n g   m a k t a b ,   s i z n i n g   k o ‘ c h a   kabi   birikmalarning
komponentlari   o‘zaro   boshqaruv   yo‘li   bilan   aloqaga   kirishgan.   Chunki   bunda
qaratuvchi   qaralmish   bilan   faqat   qaratqich   kelishigi   formasi   -ning   bilan   birikkan.
Qaralmish   qaratuvchiga   tobe   bog ‘ lanadi:   m e n i n g   k i t o b i m ,   b i z n i n g
m a m l a k a t i m i z ,   s e n i n g   u y i n g ,   s i z n i n g   d a f t a r i n g i z
singari birikmalarda qaralmish qaratuvchiga mooslashib yuradi: - im, -ngiz,- ing, -
ingiz  kabi egalik qo‘shimchalari shu moslikni ko‘rsatuvchi formantlardir.
D) Sodda gapda holning o‘rni.
  Hol to‘ldiruvchidan keyingi ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib, ish - harakatning belgi
- sifatini, uning bajarilish bilan bog ‘ liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, shart -
sharoit,   miqdor   -   daraja   kabi   xususiyatlami   ko‘rsatadi.   Demak,   ho l   ish-harakatni
biror jihatdan tavsiflaydigan - xarakterlaydigan bo‘lakdir.
          Hol quyidagi so‘z yurkumlari bilan ifodalanadi :
Ravish  bilan.  Ravishning  barcha  turlari  hol   vazifasida  kela  oladi:   Karima  uyning
ishlarini   tezda   bajaradi.   Sayohatchilar     kechqurun     Samarqandga     zo‘rga     yetib
kelishdi.
           Fe‘l bilan. Odatda fe‘lning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi formalari
hol  vazifasida keladi:  Odil uyalganidan qizarib ketdi.
                      Ot   bilan.   Ot   hoi   vazifasida   kelganda   ko‘pincha   kelishik   qo‘shimchalari
qabul   qiladi   yoki   ko‘makchilar   bilan   birga   qo‘llanadi.   Biroq   u   bA‘zan
18 ko‘makchisiz   va   kelishik   qo‘shimchasiz   ham   hol   vazifasini   bajarishi   mumkin   :
H a y d a r   o t a   b i r   k u n i   O ‘ l t a r m a g a   b o r i b   t e g i r m o n d a n
x a b a r   o l d i .
                     Sifat bilan. Bunda sifat yoki ravish ma‘nosida qo‘llanadi yoki yordamchi
so‘zlar   bilan   birga   ishlatiladi:   U n i n g   q i z a r i b   k e t g a n   y u z i   v a
k o ‘ z i   g ‘ a l a t i   h a y v o n n i   eslatardi.
                       Son bilan. Son ko‘pincha boshqa so‘zlar bilan birga kelib ho l   vazifasini
bajaradi:
O‘ qituvchi sinf xonani ikki marta tartibga chaqirsa-da, foydasi bo‘lmadi.
                        Olmosh   bilan.   Olmosh   ko‘pincha   egalik   qo‘shimchalarini   olib   yoki
ko‘makchi bilan kelib hol vazifasini bajaradi. Biroq ba‘zi olmoshlar qo‘shimchasiz
va   ko‘makchisiz   ham   hol   vazifasida   kela   oladi:   D a d a m n i n g   i x t i y o r i
o ‘ z i d a ,   c h i r o g ‘ i m i z n i   q a c h o n   i s t a s a ,   o ‘ s h a n d a
y o q i b   b e r a d i .
                 Taqlid so‘z bilan. Taqlid so‘z yakka holda   yoki etib, qilib kabi yordamchi
fe‘llar   bilan   birga   hol   vazifasida   keladi.   H a y o t   p i q - p i q   y i g ‘ l a r ,
y e l k a l a r i   d i r - d i r   t i t r a r     edi.
          Hollar mazmundagi farqlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: ravish holi,
o‘rin   holi,   payt   holi,   sabab   holi,   maqsad   holi,   miqdor-daraja   holi,   shart   va
to‘siqsizlik   hollari.
            Ravish   holi   harakatning   qanday   bo‘lishini,   bajarilish   sifatini   aniqlaydi:   U
yaxshi gapirdi. Student sekin o‘rnidan turdi kabi. Ravish holi harakatning qanday
bo‘lishini   b a ‘zan   o‘xshatish   yo‘li   bilan   anglatadi:   O l m a l a r   c h a m a n d a y
o c h i l d i .   U   b u g u n   x o h l a g a n c h a   о ‘ y n a d i .
                     Ravish holining ifodalanishi quyidagicha: holat ravishi bilan ifodalanadi:
Y a p r o q l a r   s e k i n   s h i t i r l a d i .
                  O‘rin   holi   harakatning   bo‘lishidagi   umumiy   o‘rin   ma‘nosini   anglatadi:
B a h r o m   kecha qayerga ketgan edi?   Shu   yerda edi .  kabi.
                    Payt   holi   harakatning,   ishning   bo‘lish   vaqtini   anglatadi   :   B u g u n
19 k e c h q u r u n   k e l d i .   U   payt   ravishi   yoki   shu   ma‘nodagi   so‘z,   masalan,   ot
bilan ifodalanadi.
        Sabab   holi   harakatning   bo‘lishidagi   sabab   ma‘nosini   anglatadi:   U
sevinganidan   qichqirib   yubordi.   Sabab   holi   chiqish   kelishigidagi   (   ba‘zan   o‘rin
kelishigidagi) so‘z bilan:   U   q o ‘ r q q a n i d a n   b u   i s h n i   q i l o l m a d i .
u c h u n   k o ‘ m a k c h i s i   q o ‘ s h i l g a n   s o ‘ z     b i l a n :   U
q o ‘ r q q a n i   u c h u n . . .
                        Maqsad   holi   ishning   bo‘lishidagi   maqsadni   anglatadi:   -   gani   (-   gali)
qo‘shimchasini   olgan   so‘z   bilan:   Bordim   paxta   tergani,   fabrikaga   bergani;   uchun
ko‘makchisi   qo‘shilgan  so‘z  bilan:   Y o ‘ l c h i   m a o s h i n i   o l i s h   u c h u n
b o r g a n d i .   m a q s a d i d a   q o ‘ s h i l g a n   s o ‘   z     b i l a n :   F a r r u x
i s h l a s h   m a q s a d i d a   b o r g a n d i .
                    Miqdor   daraja   holi   harakatning   bajarilishini   miqdor   daraja   jihatidan
harakterlab   keladi   (harakatning   takrorlanishi,   uzoq   davom   etishi   yoki   aksi,
bajarilish   darajasi   va   shu   kabilarni):   H o s h i m j o n   u z o q   o ‘ y l a d i .   U
k a m   g a p i r a d i .   To ‘siqsizlik   hollari:   1.   Shart   holi   fe‘l   bilan   ifodalangan
bo‘lakka   bog‘lanib,   harakatning   bajarilish   shartini   bildiradi.   Bu   hol   shart   mayli
formasidagi   fe‘l   bilan,   ravishdosh   oborot   bilan,   ko‘makchili   konstruksiya   bilan
ifodalanadi. U   darsga   bugun     ulgursa   keladi.   To‘siqsizlik   holi   harakatning
bajarilishiga   to‘siq   bo‘lgan   shartni   bildiradi.   U y d a   t o k   o ‘ c h i b   q o l d i ,
s h u n g a   q a r a m a y   y o z d i .
20 III.  Xulosa
              Hozirgi o‘zbek adabiy tili shakllangunga qadar bir qancha bosqichlardan
o‘tib   bugungi   til   ko‘rinishiga   keldi.   So‘zlar   tartibi,   avvalo,   nutqni   to‘g‘ri
rivojlantirishda, t a ‘sirchanligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Gap bo‘laklarining
o‘rin   almashish   holati,   so‘zlayotgan   shaxsning   maqsadi,   nima   demoqchiligi,
nimani   tinglovchiga   yetkazib   bermoqchi   ekanligi   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki
so‘zlarning tog‘ri tartibi odatdagi ho li , ammo, teskari tartib ifodalayotgan mazmun i
boshqacha tus olishi mumkin. 
                       Bugungi kun til taraqqi y otida erkin tartibning o‘rni oshib bormoqda. Bu
holatda so‘zlashuv nutqining ta‘siri yuzaga chiqadi. Chunki fikrini ifoda etayotgan
shaxs   tezroq   va   osonroq   yetkazish   yo‘lini   tanlamoqda.   So‘zlovchi   avval   asosiy
gapni   yetkazib,   keyin   uni   sharhlab   va   izoh   berib   o‘tish   bugunning   oson   muloqot
turlaridan   biri   hisoblanadi.   Biror   so‘zning   sintaktik   vazifasi   uning   morfologik
shakllanishidan  bilinib turmasa,  bunday so‘zda tartib erkinligi  bo‘lmaydi. O‘zbek
tilida   gap   bo‘laklarining   erkin   bo‘lishiga   qaramay,   ko‘pincha   qo‘llanadigan-
odatdagi bir tartib bor (bunday tartib darak gap asosida belgilanadi). O‘rni bilan bu
tartibning   o‘zgarishi   -   inversiya   ham   uchrab   turadi.   Inversiyaning   sabablari,
tug‘ilishi turli hodisalar bilan bog‘liq: biror bo‘lakning mazmun jihatidan birinchi
o‘rinda   ekanligini   ko‘rsatish,   ta‘kid,   emotsionallikni   bildirish,   matn   talabi,   gap
qurilishining   xususiyati   tufayli   yuzaga   chiqadi.   Tartibning   o‘zgarishi   bitta   bo‘lak
bilan   amalga   oshirilmaydi.   Bir   bo‘lakning   tartibi   o‘zgartirilsa,   bu   bilan   boshqa
bo‘lakning   ham   o‘rni,   darajasi   o‘zgaradi   degani,   bo‘laklarning   tartibi,   uning
o‘zgarishi o‘sha bo‘laklarning o‘zaro munosabati bilan bog‘liq. Bunda ega, kesim,
to‘ldiruvchi   aniqlovchi   va   holning   joylashuvi   muhim   o‘rin   tutadi.   Sodda   gap
misollarini   to‘g‘ri   tahlil   etishni   o‘rgangan   har   qanday   o‘quvchi   murakkab   gaplar
tahliliga qiynalmaydi.
21 IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Ilmiy adabiyotlar:
1. Узбек тили грамматикаси.  2 -  том. - Т. : Фан 1976.   –б  483.
2. А. Гуломов., М. Аскарова. Ҳозирги узбек адабий тили. Т.: Ўкитувчи, 1987.
–б 212.
3. Sayfullayeva   R ,   Mengliyev   В,   Boqiyeva   G ,   Qurbonova   M ,   Yunusova   Z ,
Abuzalova   M .  Hozirgi   o ‘ zbek   adabiy   tili , - T .:  Fan   va   texnologiya   nashriyoti ,
2009. 354- b .
4. G‘ .   Abdurahmonov   va   b .   Hozirgi   o ‘ zbek   adabiy   tili   (   sintaksis   ).   -   T .:
Ўкитувчи, 1987. –б 212.
5. K. Hayitmetov. O‘zbek tilida gapning aktual bo‘linishi va pozitsion masalalari.
-  T .: 1984. 132.
6. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. -T.: Universitet 2006.  317 - b .
7. Абдурахмонов. Г. Ўзбек тили грамматикаси. -Т.: Ўкитувчи, 1996. - 245 б.
Badiiy adabiyotlar :
1. Erkin A‘zam,  “ Shovqin” .-T.: O‘zbekiston, 2011. O‘qituvchi, 97 - b.
2. O‘tkir Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” - T.: Sharq, 2008. - 272 b.
3. To‘xtaboyev X„Sariq devni minib” - T.: Yangi asr avlodi, 2013. -235 b.
22

Mavzu: O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi. Reja: I. Kirish. So‘z tartibi haqida umumiy tushuncha. II. Asosiy qism : 1.Gap bo‘laklarining to‘g‘ri tartibi va inversiya. 2. Birikmalarda so‘z tartibi. 3.Gap bo‘laklarining tartibi: A ) S od d a gapda ega va kesimning o‘rni; B ) S odda gapda to‘ldiruvchining o‘rni; C ) S odda gapda aniqlovchining o‘rni; D ) S odda gapda holning o‘rni. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan a dabiyotla r . 1

I. Kirish So ‘ z tartibi haqida umumiy tushuncha So‘zlar tartibi gapla rn ing so‘zlashganda va yozma nutqdagi joylashuvi bo‘lib, so‘z tartibi gap mazmunini o‘zgartiradi. Bu bo‘lim sintaksisda alohida o‘rganiladi. Sintaksisda so‘z birikmasi, gap va uning turlarini o‘rganuvchi soha hisoblanadi. So‘z tartibi gapning asosiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Gapda so‘zlarning tog‘ri joylashuvi aytilayotgan fikrni tinglovchiga tezroq yetib borishiga yordam beradi. Asosan, o‘zbek tilida so‘z tartibida birinchi ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi yoki hol, keyin kesim joylashadi. Bu odatdagi tartib hisoblanadi. Odatdagi tartib so‘zlashuv nutqida muntazam qo‘llanuvchi faol birlik sanaladi. Bu tartib ega va kesimdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Y o z b o s h l a n d i . Ammo, bu joylashuvning o‘zgarish holati ham mavjud bo‘lib, bu holat inversiya deb ataladi. Bu tartib o‘zgargan tartib ham deb ataladi. Masalan, B o s h l a n d i y o z ! Badiiy adabiyot va she‘riyat ko‘proq inversiyaga asoslaniladi. Adabiyotda bu holat asosan qofiya talabi bilan ham yuzaga keladi. Shoir yoki yozuvchi qahramon his-hayajonini yuzaga chiqarishi uchun ham o‘zgargan tartibdan foydalanadi. Ega va kesimning o‘rin almashuvi natijasida darak gap his - hayajon gapga o‘rin almashinadi. Gapdagi so‘zlar tartibining bunday o‘zgarishlarga uchrashi grammatik vaziyatga ham t a ‘sir ko‘rsatadi . Masalan, M e h n a t q i l m o q - k u r a s h m o q ( M e h n a t q i l m o q - e g a , k u r a s h m o q - k e s i m ) K u r a s h m o q - m e h n a t q i l m o q ( k u r a s h m o q — e g a , m e h n a t q i l m o q — k e s i m ) . Gapda bo‘laklar turli so‘z turkumlari bilan ifodalan a oladi. Masalan, ega ko‘pincha ot bilan, kesim esa fe‘l bilan, aniqlovchi sifat bilan, ho l esa ravish bilan ifodalanadi. So‘z turkumlarining gapda biror vazifa bajarib kelishi va tartib bilan joylashuvi grammatik hodisa hisoblanadi. Bu so‘z turkumlari b a‘zan boshqa turkumdagi so‘z bilan ifodalanadi; lekin har bir bo‘lak uchun shu bo‘lakka mos keladigan so‘zlar bor. Bu holat gap bo‘laklari va so‘z turkumlarining uzviy bog‘liqligini isbotlaydi. So‘zlar tartibi sintaktik va stilistik funksiyalarni bajaradi. 2

II. Asosiy qism 1. Gap bo ‘ laklarining to ‘ g ‘ ri tartibi va inversiya O‘zbek tilida tartib so‘zlarning sintaktik munosabatlarini belgilovchi vositalardan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, C h o p i s h e n d i b o s h l a n d i . Bu gapda c h o p i s h so‘zi b o s h l a n d i so‘ziga tartib vositasida birikkan. Bunda bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi Grammatik munosabatni ham, mazmunni ham boshqa qilib yuboradi: E n d i c h o p i s h b o s h l a n d i . So‘zlar tartibi sintaktik funksiyasini bajaradi. Tenglik ma‘nosini bildirgan otli birikmalarda bosh bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi uning sintaktik xususiyatini ham o‘zgartirishi mumkin (bunda bog‘lama, kesimlik qo‘shimchasi qo‘llanmaydi): Asalari - oilaning tabibi. Oilaning tabibi - asalari . Bilim - aql chirog‘i. Aql chirog‘i - bilim. Aniqlovchi bilan aniqlanmish o‘rni almashganda ega va kesim kabi ikki tarkibli gap hosil bo‘ladi: Xushbo‘y gulzor!- Gulzor xushbo‘y. Keng hovli - Hovli keng. 1 . Bular so‘zlarning bog‘liq tartibidir. Erkin tartibda so‘zlar o‘rnining almashinishini grammatik holatni va gapning mazmunini butunlay boshqa qilib yubormaydi, balki bunda biror bo‘lakka alohida urgu berishni ko‘zda tutadi . 2. Birikmalarda so ‘ z tartibi Shu asosda so‘zla rn ing to‘g‘ri tartibi va teskari tartibi farq qiladi. Tog‘ri tartibni normal hol, teskari tartibni - inversiyani anormal hol deb tushunish to‘g‘ri emas. Gapdagi so‘zla rn ing har qanday o‘rin almashtiri li shi inversiya bo‘lavermaydi. Masalan, k u n s o v u q v a s o v u q k u n tarzida o‘zgartirilishi inversiya sanalmaydi. Xuddi, shuningdek, b a h o r g o ‘ z a l gapidagi so‘zlar o‘rnining g o ‘ z a l b a h o r , tarzida o‘zgartirilishi inversiya emas. Inversiyada so‘zlar o‘rnining o‘zgarishi, almashinishi ularning gapdagi sintaktik funksiyalarini butunlay boshqa qilib yubormaydi. Inversiya hodisasi gapdagi biror bo‘lakning ahamiyati, mazmunini ochish uchun xizmat qiladigan 1 Misollar Erkin A'zamning „ Shovqin" romanidan ( T.: „ O‘zbekiston" 2011.189 - b ) olindi. 3

hodisadir. Inversiya hodisasi faqat so‘zlashuv, publisistik va badiiy uslubda ro‘ y beradi. Gap-ma‘lum bir fikrni ifodalab, nutqning bir qismini tashkil qiladi. Til, nutq orqali kishilar o‘z fikrlarini maqsad va his - hayajonlarini ifoda qiladilar. Fikr turlicha ifodalanadi: sodda yoki qo‘shma gaplar, murakkab qo‘shma gaplar orqali, darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar vositasi bilan, ikki yoki bir tarkibli gaplar yordamida, to‘liq yoki to‘liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Til ongga ta‘sir etadi, uni shakllantiradi, kengaytirdi, chuqurlashtiradi va nutq momentiga olib chiqadi. Shu jihatdan, so‘zlar tartibi yuzaga keladi. Har bir gapda ma‘lum fikr, maqsad yoki hayajon ifodalanadi, agar o‘rni almashtirilsa gap emas, so‘z birikmasi bo‘lib qoladi. Masalan: F a r h o d n i n g y o d i v a F a r h o d q a y t d i ( Erkin A‘zam , 126 b). M a ‘lum maqsad yoki his-hayajon sodda yoki qo‘shma gap shaklida ifodalanishi mumkin. Ega bilan kesim birgalikda gap tarkibini hosil qiladi. Gapdagi boshqa bo‘laklar, odatda, shularning biriga-egaga yoki kesimga (yoki biri ikkinchisiga) bog‘lanadi. Masalan : B u n i s i y a m m a y l i . B u n d a y d i l b a r n i i l k b o r к о ‘ r i s h i m ! (Erkin A‘zam , 80 b). B a ‘zi gaplarda esa predikativ konstruksiyadagi elementlardan biri bo‘ladi. Masalan : J i m j i l o g ‘ i n i n g u c h i b i l a n q i c h i y o t g a n j o y i n i u s h l a d i . (Erkin A‘zam , 32 b). ( Bu gapda ega yo‘q, hamma bo‘laklar kesimga bog‘langan). Gaplar tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi : bir tarkibli gaplar va ikki tarkibli gaplar. Ega va kesimi mavjud bo‘lgan gaplar ikki tarkibli gaplar sanaladi. Gapda so‘zlar bir bosh bo‘lak bilan ifodalangan bo‘lsa, bunday gap bir tarkibli gap sanaladi. Misollar: A r i z a e k a n . A s a r n i n g t a l q i n i r e j i s s o r g a e ‘ t i r o z l a r n i b a y o n e t i b y o z i l g a n (Erkin A‘zam , 101 b). Ikki tarkibli gap sodda gapning eng xarakterli tipi bo‘lib, uning sodda formasi ega va k esimdan tuziladi. Bir tarkibli gaplarda bosh bo‘laklarning biri ,, tushib qolgan” yoki „ yashiringan” emas. Bunda butun gapning o‘zi bir tarkibdan iborat, unda biror bo‘lakning yashiringani sezilmaydi. Demak, bir tarkibli gaplar 4

to‘liqsiz gaplardan butunlay farq qiladi.Gapla rn ing bunday bo‘linishi ula rn ing strukturasiga, tarkib iga asoslanadi. Gaplarning asosiy, eng ko‘p uchraydigan turi bu - ikki tarkibli gapdir. Ikki tarkibli gaplarda o‘zaro ikki elementning maxsus bog‘lanishi va mazmun mosligi talab etiladi. Bir tarkibli gaplarda bu ho l ko‘rinmaydi: bunday gaplarning tabiati ularda mazmunning ifodalanishi bundan boshqachadir. Gap tarkibida tobe bog‘lanib ma‘lum so‘roqqa javob bo‘luv ch i so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bo‘lagi deyiladi. Ba‘zi adabiyotlarda eng asosiy bosh bo‘lak ega deb, ba‘zi darsliklarda esa kesim asosiy bo‘lak sifatida qaraladi. Meni fikrimcha ham kesim gapning asosiy mazmunini tashkil etadi. Chunki kesimga savol berish orqali ega anglashiladi. Gapning egasi bor yoki yo‘qligi kesimdan anglashiladi. Kesim butun bir gapni egasiz shakllantira oladi. Masalan, k e l d i m ( m e n ) . K e l d i ( u ) . Gapda so‘zlarning joylashish usullari mavjud bo‘lib, bular: Sintetik usul. Bu usulning tub mohiyati shundan iboratki, so‘z birikmasini hosil qilgan komponentlardan biri biror qo‘shimchani oladi, shu qo‘shimcha yordamida bir so‘z ikkinchi bir so‘zga grammatik jihatdan bog‘lanadi va fikr almashish uchun tayyor material vazifasini o‘taydi: h o v l i e s h i g i - h o v l i n i n g e s h i g i . Analitik usul. Bu usulning asosiy xususiyati shundan iboratki, birikmani tashkil etgan komponentlar hech qanday qo‘shimcha olmaydi yoki qo‘shimcha olganda ham uning so‘zlar bog‘lanishidagi ahamiyati ikkinchi darajalidir. Bunday hollarda ikki so‘zning o‘zaro bog‘lanishini yordamchi so‘zlar yoki ko‘makchilar t a ‘minlaydi: k i s h i l a r i s h o n c h i - k i s h i l a r o ‘ r t a s i d a g i i s h o n c h . So‘z leksik hodisa, so‘z birikmasi esa grammatik hodisadir. So‘z birikmasi so‘z kabi nominativ xarakteriga ega bo‘lib, predmet, belgi, harakat - holatni bildiradi, lekin u predmet yoki harakatni yakka holda atash emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalanadi. So‘z 5