logo

NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

458 KB
NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP
DOIRASIDA QO‘LLANISHI  
MUNDARIJA:
  I.   KIRISH  …………………………………………………………. .................................................. 3
I. BOB.   NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA O‘ZGA GAP  ……………... ................ ...8
1.1 .  O‘zga gap turlari haqida........................................................ .....................................8
1.2.  Ko‘chirma gap.............................................................................................. ............14
1.3.   O‘zlashtirma gap.......................................................................................... ......... ....1 5
1.4. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap................................................................ ........ ... 19
Birinchi bobga oid xulosalar ……………………………………………….……23
II.BOB. O‘ZLASHTIRMA GAP VA UNING O‘ZGA GAP DOIRASIDA
TUTGAN O‘RNI …………………………………………………………….24
2 .1. O‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha   ……………………………… ….. ….2 4
2.2. O‘zlashtirma gapni o‘zga gapning boshqa turlari bilan
 qiyoslab o‘rgansh................................................. ...... ...................................... ....33
Ikk inchi bobga oid xulosalar...................................... ...... ......................... ............41
I II .  BOB.  NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL 
          GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI ……………………..……………………..43
3.1.O‘zga   gapni   boshqaruvchi   muallif   gapi   va   uning   tarkibidagi   so‘zlarning
tahlili …………………………………………………..…………………………………45
3 . 2 . O‘zlashtirma gapning semantik, leksik-grammatik belgilari… ... ........ .....................55
3.3. O‘zlashtirma gapni ifoda etuvchi qurilmalar ...........................................................60
    Uch inchi bobga oid xulosalar............................................................ ....... ..... ...........64
XULOSA………………………………......................................................... ..... .... ....... 66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................... ………………….................... ... ... .......69
3 K  I  R  I  SH
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   ta’kidlaganidek,
“Bugungi kun yoshlarini har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va
kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam
vatanparvar   insonlar   sifatida   tarbiyalash   masalasi   davlatimiz   oldida   turgan   eng
dolzarb   masaladir.   Shu   sababli,   yoshlar   har   soniya   bilim   olishdan,   olgan
bilimlaridan kelib chiqib tajribasini oshirishdan to‘xtamasligi lozim”[1.56;].
Birinchi   Prezidentimiz   tomonidan   qabul   qilingan   "Chet   tillarni   o‘rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda ham ta’lim
muassasalarida   xorijiy   tillarni   o‘qitish   sifatini   yanada   yaxshilashda   zamonaviy
dunyoqarashga   ega   bo‘lgan   avlodni   tarbiyalashda   dasturilamal   bo‘lmoqda.   Bu
soxada   zamonaviy   lingvistik   tadqiqotlarning   samaradorligini   oshirishni   ta’minlash
aloxida axamiyat kasb etadi[2.2011;]. 
Chet tillarni o‘qitishning sifatini oshirish va yanada samarali usullarini ta’lim
jarayoniga   tadbiq   qilish,   oliy   ta’lim   muassasalarida   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   yanada
rivojlantirish, ilmiy saloxiyatli mutaxassislarni tayyorlash hozirgi davrning   dolzarb
masalalaridan   biridir .   Mamlakatimiz   ta’lim   tizimida   ilmiy-nazariy   jixatdan
asoslangan,     chet   tillarni   o‘qitishda   darsliklar,   o‘quv-qo‘llanmalarni   yaratish   va
o‘quv   jarayoniga   joriy   etib,   xorijiy   til   ta’limini   yanada   takomillashtirish   milliy
ta’lim dasturining asosiy maqsadidir.
  Mavzuning dolzarbligi.   Ma’lumki, sintaksis  gaplarning va  gap  sostavidagi
so‘z   birikmalarining   grammatik   xususiyatlarini   o‘rganadi.   Gap   deb   so‘zlar
birikmasidan yoki ayrim bir so‘zdan tuzilgan nisbiy tugal bir fikr ifodalagan formal
va   intonatsion   hamda   grammatik   jihatdan   shakllangan   elementlar   nutq   bo‘lagiga
aytiladi .
Gap   ma’lum   fikrni   ifodalovchi   sintaktik   qurilmadir.     U   orqali   kishilar   o‘z
fikrlari, maqsadlari his-hayajonlarini ifodalaydilar.
Inson o‘z fikrini turli gap tillari orqali ifodalaydi, sodda yoki qo‘shma gaplar
orqali   darak,   so‘roq,   buyruq,   undov   gaplar   orqali,   ikki   sostavli   yoxud   bir   sostavli
4 gaplar   orqali,   to‘liq   yoki   to‘siqsiz   gaplar   orqali   ifodalanishi   mumkin.   Bu   hol
fikrning   xarakteriga   ma’lum   maqsad   yoki   niyatga   qarab   belgilanadi.   Ammo   gap
qanday shaklda bo‘lmasin, unda kishining ma’lum bir fikri reallashadi (his-hayajon
yoki so‘roq ifodalovchi gaplar ham bundan mustasno emas). 
Tilshunoslikda   o‘zga   gapning   ifoda   formalari   to‘g‘risida   yagona   fikr   yo‘q.
Ular   bu   masalaga   turli   tomondan   yondashib,   o‘zga   gapning   turli   tuman
ko‘rinishlarini ko‘rsatadilar. Masalan, N.P.Dronova nemis tilida o‘zga gapning besh
xildagi ifoda formalari mavjudligini qayd etadi [18, 29;]:
1. ko‘chirma gap;
2. o‘zlashtirma gap;
3. o‘rama (svernutaya) nutq (geraffte Rede);
4. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
5. ichki monolog  (gedachte Rede).
O‘zgalar fikrini (ba’zan o‘zinikini ham) bayon qilish ehtiyoji tug‘ilishi asosida har
bir   tilda   o‘zga   gapli   konstruksiyalar   yuzaga   keladi.   O‘zga   gap   asosan   uch
ko‘rinishda   namoyon   bo‘ladi.   Ular   ko‘chirma   gap,   o‘zlashtirma   gap   va   o‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gap deb nomlanadi. O‘zga gapning bu turlariga tilshunoslikda
ko‘plab   ilmiy   ishlar   bag‘ishlangan   bo‘lsada,   ularning   ayrim   tomonlari   munozarali
bo‘lib,   ular   hozirgacha   o‘z   echimini   kutmoqda.   Aynan   mana   shu   tufayli   ham
tanlangan mavzu o‘ziga xos  dolzarblikni  kashf etadi.
                  Mavzuning   maqsad i.   Mazkur   magistrlik   ishda   ko‘zda   tutilgan   maqsad
asosan   hozirgi   zamon   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapga   xos   bo‘lgan   semantik   va
leksik-grammatik belgilarni ko‘rsatib berish orqali uning ifoda formalarini aniqlash
bo‘lib hisoblanadi.
                  Mavzuning   vazifas i.   O‘zlashtirma gap o‘zga gapning ifoda uslublari ichida
ko‘chirma   gap   bilan   yaqindan   aloqada   turadi.   Shuning   uchun   ham   bu   erda
o‘zlashtirma gapning ayrim tomonlari ko‘chirma gapniki bilan parallel tarzda tahlil
qilinadi.
Bu   narsalardan   kelib   chiqqan   holda   ishning   oldiga     quyidagi   vazifalar
qo‘yilgan:
5 1) o‘zlashtirma  gap haqida umumiy tushuncha berish;
2) o‘zlashtirma gapning leksik-grammatik belgilarini ko‘rsatish;
3) o‘zlashtirma   va   ko‘chirma   gapni   qiyoslab   o‘rganish   asosida   ularga   xos
bo‘lgan belgilarni aniqlash;
4)   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalarini   aniqlash   va   ularga   xos   bo‘lgan
belgilarni ko‘rsatib berish.  
                  Mavzuning  obyekti   va  predmeti.   Ishning  tadqiqot   obyektini   o‘zlashtirma
gapning   ifodalanishi,   o‘zlashtirma   va   ko‘chirma   gapni   qiyoslab   o‘rganish   asosida
ularga xos bo‘lgan belgilari va ifoda formalari ,o’zlashtirma gaplarning mustaqil gap
doirasida   qo’llanishi   tashkil   etadi.O’zlashtirma   va   ko’chirma   gaplarning,   turlari,
modellari   va   ular   negizida   yuzaga   kelgan   mazmunni   aniqlash   tadqiqot   predmetini
tashkil etadi. 
          Tadqiqotning ilmiy yangiligi.  Ozga gaplar, xususan nemis tilidagi 
o’zlashtima gaplarning qiyoslab o’rganish qiyosiy tipologik, transformatsion, 
usullari yordamida aniqlash hamda uni nemis tilida  keng hajmda amalga 
oshirilayotganligi mazkur tadqiqotning ilmiy yangiligidir. Bunda o‘zlashtirma 
gapning muayyan bir boshqaruvchi so‘zdan yoki muayyan kontekstdan bog‘liq 
bo‘lishi,ergash gapdan tashqari boshqa konstruksiyalarning osonlik bilan 
o‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gapga transformatsiya qilinishi ishning 
muhim jihati hisoblanadi.
Mavzuning   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Ushbu   tadqiqotda
umumlashtirilgan   nazariy   xulosalar   til   sistemasidagi   leksik-semantik   munosabatlar
mohiyatining   yanada   oydinlashishiga   xizmat   qiladi.   Ayni   paytda   dissertatsiya   ish
natijalari   “Nemis   tilining   nazariy   grammatikasi”,   “Nemis   tilining   amaliy
grammatikasi”,   “Stilistika”,     kabi   kurslarni   o’ qitishda,   darsliklar,   o’ quv-uslubiy
q o’ llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat  kasb etadi. Shuningdek nemis tili
amaliy   grammatikasidagi   matn   muammolarini   o’ rganishda   muhim   amaliy
ahamiyatga ega.
6 Tadqiqot   xulosalari   nafaqat   nemis   tili   nazariy   grammatikasi   uchun,   balki
o’ zbek   tilshunosligida   qiyoslayotgan   ikkala   tillardagi   o‘zga   gap   va   uning   ifoda
turlari  o’ rganishlik alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
                    Tadqiqot   ishining   o’rganganligi .   Ishda   O.Behagel,   T.V.Stroeva,
E.V.Guliga,   E.V.Rozen,   E.A.Rumyanseva,   L.Zyutterlin,   Z.Eger,   G.Helbig,
V.G.Admoni,   E.I.Shendels   kabi   buyuk   tilshunoslarning   ishlaridan   va   tasviriy,
komponentlar   tahlili   ko’rsatilgan.   Tadqiqot   ishida   o’zlashtirma   gapning   boshqa
grammatik qurilmalardan farq qiluvchi tomonlari tahlil qilinib, o‘zlashtirma gapning
o‘ziga   xos   bo‘lgan   xususiyatlari   belgilab   olinadi.   Bu   erda   asosan   tilshunoslarning
(E.A.Rumyanseva,   E.V.Rozen)   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gap   haqidagi   qarashlari
tahlil   qilinadi.   Ular   tomonidan   taklif   etilgan   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalari
tanqidiy o‘rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
      Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini belgilashga intilgan,
yana   bir   tilshunos   K.N.Namozov   bo‘lib   hisoblanadi.   U   ham   bu   erda,   birinchidan,
o‘zlashtirma gapli konstruksiyalar uchun ikki planlikni, ya’ni muallif va so‘zlovchi
gapining   birlashishini   asos   qilib   olib,   ikkinchidan,   bu   erda   asosiy   maqsad   o‘zga
shaxs   gapning   mazmunini   berish   deb   hisoblaydi.   Bu   jihatdan,   uning   fikricha,
o‘zlashtirma   gap   turli   xil   ko‘rinishlarga   ega   bo‘lishi   mumkin.   K.N.Namozov   o‘z
ishida   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapning   quyidagi   grammatik   ko‘rinishlarini
ko‘rsatib o‘tadi: [48, 88;].
1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap.
3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap.
      Tadqiqot   ishining   tuzilishi.   Ushbu   maqsad   va   vazifalarni   bajarish   maqsadida
ishimizni quyidagi ko‘rinishda tuzishni lozim topdik:
  Kirish
          Asosiy  q ism:
I.     Bob.  N emis va o‘zbek tillarida o‘zga gap            
          II.  Bob .   O ‘zlashtirma gap va uning o‘zga gap doirasida tutgan o‘rni
7           III.Bob.   Nemis tilida o‘zlashtirma gapning mustaqil gap doirasida qo‘llanishi
          Xulosa
          Foydalanilgan adabiyotlar
Ishning   kirish   qismida   tanlangan   mavzuning   dolzarbligi,   ishning   tuzilishi   va
har bir  bobda ko‘tarilgan masalalar haqida fikr yuritiladi.
           Ishning asosiy qismi  uch  bobdan iborat. Birinchi bob nemis va o‘zbek tillarida
o‘zga   gapning   ifoda   turlari   haqida   tushuncha   bergan.   O’zga   gaplarning   turlarining
tahlili to’grisida tilshunoslar o‘rtasidagi   bahs va munozaralar bayon etilgan bo’lib,
unda yagona fikr yo‘qligi aytilgan. Ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olingan o‘zga
gap turlari:Ko‘chirma gap,o‘zlashtirma gap va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar
to’g’risida ma’lumot berilgan.
                Ikkinchi   bobda   o‘zlashtirma   gap   haqida   batafsil   tushuncha   berilgan.U   ikki
qismga ajratilgan. Birinchi qismda o‘zlashtirma gapga umumiy tushuncha berilgan
bo’lib,bu   erda   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gapning   tinglovchiga   bayon   qilinishi,
o‘zlashtirma   gapda   mayl   formalarining   ishlatilishi   va   o‘zlashtirma   gapni   ifoda
etuvchi ergash gaplarning sintaktik funksiyasi haqida fikr yuritiladi.
                Ikkinchi   bobning   ikkinchi   qismida   o‘zlashtirma   gapning   boshqa   grammatik
qurilmalardan farq qiluvchi tomonlari tahlil qilinib, o‘zlashtirma gapning o‘ziga xos
bo‘lgan   xususiyatlari   belgilab   olinadi.   Bu   erda   asosan   tilshunoslarning
(E.A.Rumyanseva,   E.V.Rozen)   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gap   haqidagi   qarashlari
tahlil   qilinadi.   Ular   tomonidan   taklif   etilgan   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalari
tanqidiy o‘rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
                        Uchinchi   bobda   nemis   tilida   o‘zlashtirma   gapning   mustaqil   gap   doirasida
qo‘llanishi haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot ishining bu qismi nemis tilidagi o‘zlashtirma
gapning   ifoda   formalarini   o‘rganishga   bag‘ishlangan.   Bu   erda   o‘zlashtirma   gap   to‘rt
guruhga ajratiladi. Ular: 1)  Ergash gap;  2) Mustaqil  gap; 3)  Infinitiv guruh va 4) So‘z
birikmalari. Bu qurilmalarning har biri alohida-alohida o‘rganiladi .
8 Ishda O.Behagel, T.V.Stroeva, E.V.Guliga, E.V.Rozen, L.Zyutterlin, Z.Eger,
G.Helbig,   V.G.Admoni,   E.I.Shendels   kabi   buyuk   tilshunoslarning   ishlaridan   va
tasviriy, komponentlar tahlili, transformatsion kabi uslublardan foydalaniladi.
Har   bir   bob   va   qism   yuzasidan   tegishli   xulosalar   chiqarilgan   bo‘lib,   ular
ishning nihoyasidagi “Xulosa” qismda umumiylashtiriladi.
I . BOB. NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA O‘ZGA GAP
1.1.O‘zga  gap turlari haqida
                  O‘zga   gap   muammosiga   tilshunoslikda   juda   ko‘plab   ilmiy   maqola,
monografiya   va   dissertatsiyalar   bag‘ishlangan.   Biroq     uning   ko‘pgina   tomonlari
borasida   yagona   fikr   yo‘q.   Uning   ayrim     sohalari   bo‘yicha   olimlar   turli-tuman
fikrlar bayon qilib, o‘zaro bahslar olib boradi.
Odatda   kishilar   o‘z   gapi   ichiga   boshqalar   fikrini   ham   kiritishga   majbur.
Tilshunoslikda bunday boshqalar fikrining bayon qilinishi o‘zga gap deb yuritiladi.
Ushbu atama shartli xarakterga ega. Chunki ba’zan so‘zlovchi o‘zining oldin ifoda
etgan fikrini ham qayta bayon etishi mumkin. Masalan:
„Ich bin verheiratet“, habe ich ihr schon vorgestern gesagt.
Bu   erdaga   ko‘chirma   gap   so‘zlovchining   kechadan   oldingi   kun   aytgan   gapi
bo‘lib,  u so‘zlovchi uchun hech qanday  o‘zgalik xarakteriga ega emas.
Tilshunoslikda   o‘zga   gapning   ifoda   formalari   to‘g‘risida   yagona   fikr   yo‘q.
Ular   bu   masalaga   turli   tomondan   yondashib,   o‘zga   gapning   turli   tuman
ko‘rinishlarini   ko‘rsatadilar.   Masalan,   N.P.Dronova   nemis   tilida   o‘zga   gapning
quyidagi ifoda formalari mavjudligini qayd etadi [18, 29]:
6. ko‘chirma gap;
7. o‘zlashtirma gap;
8. o‘rama (svernutaya) nutq (geraffte Rede);
9. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
10. ichki monolog  (gedachte Rede).
Muallif fikricha, ushbu o‘zga gap turlarining har biri o‘ziga xos xususiyatga
ega bo‘lib, muayyan bir funksiyani bajaradi.
9 Ko‘chirma   gap   o‘zga   shaxs   fikrining   so‘zlovchi   o‘z   nuqtai   nazaridan
so‘zma-so‘z bayon qilish uslubi bo‘lib, u bu jihatdan muallif nutqiga qarama-qarshi
turadi.
O‘zgalar   fikrining   shaklini   o‘zgartirib,   mazmunini   saqlagan   holda   bayon   qilish
ehtiyoji sezilganda o‘zlashtirma gapdan foydalaniladi.
Asar   qahramonining   ichki   kechirmalari   va   muallif   gapini   qo‘shib   bayon
qilish zaruriyati asosida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap yuzaga keladi.
Monologda   esa   asar   qahramonining   ichki   kechinmalari,   his   tuyg‘ulari
muallif gapisiz bayon qilinadi.
Z. Eger o‘zga gapni bayon qilishda 3 ta shaxs ishtirok etadi deydi [19, 123;].
Ular: 1) o‘zga gap tegishli bo‘lgan shaxs (so‘zlovchi); 2) o‘zga gapni bayon etuvchi
shaxs (muallif); 3) tinglovchi.
Biroq   N.P.Dronova   hamma   vaqt   ham   bunga   amal   qilinmasligini   eslatadi,
chunki   ba’zan   bu   jarayonda   ikki   kishi   ishtirok   etishi   mumkin.   Ushbu   tilshunos
bunga misol qilib muallif gapida uchinchi shaxs egallagan holatni  ko‘rsatadi. Mana
uning misollari:
1.   Ich   habe   gesagt,   der   Apotheshendienst   sei   mein   miesester   Posten
gewesen, aber da fällt mir ein, das stimmt nicht (10,24).
2.  Ich  habe dir gesagt, es wird mir nicht besonders schwer fallen, sofern ich
den Chauffeuren Zigaretten geben könnte (2,39).
Bunday holatlarda so‘zlovchi va muallif bir shaxs sifatida namoyon bo‘ladi
va uch shaxs o‘rnini ikki kishi egallaydi.
E.V.Rumyanseva   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapni   o‘zga   gapning   boshqa
ifoda formalaridan ajratib olishga harakat  qilgan tilshunos  hisoblanadi. U quyidagi
konstruksiyalarni   o‘zlashtirma   gapdan   farqlanuvchi   o‘zga   gapning   nemis   tilidagi
ifoda formalari deb hisoblaydi [Rumyanseva, 1962: 54]:
1.   o‘zga   shaxs   fikrini   o‘ta   qisqa   formada   ifoda   etish:   Er   beteuerte   seine
Umschuld;
2.  o‘zga   gapni   bayon  etuvchi  infinitiv  konstruksiya:   Sie  bat   ihren  Bruder,
ihr dieses Buch zu kaufen;
10 3.  sollen // wollen +   infinitiv  I  yoki  II;
4. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
5. hikoya formasi (pereskaz);
6. nutq ma’nosiga ega bo‘lmagan fe’l yoki otlar orqali boshqarilgan o‘zga
gap. Masalan: 
Das   Gericht   verschob   Martins   Verteidigung,   da   er   der   Mittäterschaft
verdächtig sei (4,253).
E.V.Rumyanseva   o‘zga   gapning   ushbu   olti   ko‘rinishini   o‘zlashtirma
gapning   ifoda   formalari   turkumiga   kiritmaydi.   Uning   fikricha,   mavjud   grammatik
konstruksiyalarda     o‘zlashtirma   gapni   ko‘rsatuvchi   belgilar   etarli   emas.   Bu   erda
yana   bir   qandaydir   belgi   lozimki,   u   o‘zlashtirma   gapni   grammatik   kategoriya
sifatida   boshqa   unga   yaqin   konstruksiyalardan   tubdan   farqlasin.   Aynan   mana   shu
belgi   o‘zlashtirma   gapni   ko‘chirma   gapga   yaqinlashtirib,   boshqa   ularga   yaqin
bo‘lgan   qurilmalardan   farqlamog‘i   lozim.   Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gapga   xos
bo‘lgan   bu   belgi   –   bu   o‘ziga   xos   qurilishga   ega   bo‘lgan   ikki   shaxs   gapidir.   Ular
so‘zlovchi va muallif nutqidir.
Ikki   planlilik,   ya’ni   muallif   nutqi   va   so‘zlovchi   fikri,   ko‘chirma   gapli
konstruksiyalarda juda aniq o‘z ifodasiga ega bo‘ladi. Bu erda ikki nutq o‘ziga xos
ahamiyatga   ega   bo‘lib,   ular   bir   biridan   pauza   orqali   ajralib   turadi.   Ko‘chirma   gap
o‘ziga   xos   darak,   so‘roq,   buyruq   ma’nosidagi   qurilish   va   ohangga   ega   bo‘ladi.
Bundan  tashqari,  ko‘chirma gapdagi  shaxs-son  qo‘shimchalari  va   hier,  heute kabi
so‘zlar so‘zlovchining o‘zi tomonidan qurilgan bo‘ladi. Muallif gapidagi so‘zlar esa
bundan farqli ravishda muallif nuqtai nazaridan quriladi.
O‘zlashtirma   gapli   konstruksiyalarda   esa   muallif   gapi   va   so‘zlovchi   nutqi
bir-biriga muhim bo‘lgan yagona bir ohangda o‘z aksini topgan bo‘ladi. Ular oddiy
ergashgan   qo‘shma   gaplar   tarzida   bayon   qilinmaydi.   O‘zlashtirma   gapni   ifoda
etuvchi   ergash   gap   intonatsiyasiga   ko‘ra   hech   qanday   mustaqillikka   ega   emas.
Aynan   mana   shu   jihati   bilan   o‘zlashtirma   gap   ko‘chirma   gapdan   farq   qiladi.
Shuningdek,   bu   erda   muallif   gapida   ham,   o‘zlashtirma   gapda   ham   shaxs-son
qo‘shimchalari muallif nuqtai nazaridan qo‘llanilgan bo‘ladi.
11 Biroq bu jihatlaridan qat’iy nazar o‘zlashtirma gapli konstruksiyalarda ikki
planlilik   yaqqol   o‘z   ifodasiga   ega   bo‘ladi,   ammo   bu   erda     biz   muallif   gapi   va
o‘zlashtirma   gapni   bir-biridan   osonlik   bilan   ajrata   olmaymiz.   Bunday   holatlarda
ko‘pincha  kon’yunktiv yordamga keladi. Chunki  u orqali  biz osonlik bilan muallif
gapi va o‘zlashtirma gapni bir-biridan ajrata olamiz. Qiyoslang: 
Ko‘chirma gap:
Er sagte ( avtor gapi ): „Ich habe davon nicht gehört“  (so‘zlovchi nutqi).
O‘zlashtirma gap:
Er sagte ( avtor gapi ), daß er davon nicht gehört habe ( so‘zlovchi nutqi ) .
Aynan   mana   shu   nutqning   ikki   qatlamliligini   asos   qilib   olgan
E.V.Rumyanseva   yuqorida   sanab   o‘tgan   konstruksiyalarda   o‘zlashtirma   gap   yo‘q,
deb hisoblaydi. Chunki  ularda muallif gapi  va so‘zlovchi  nutqi  o‘rtasidagi  chegara
yaqqol namoyon bo‘lmaydi.
Ikkinchi bir tilshunos E.V.Rozen o‘zgalar fikrini mustaqil  gap ko‘rinishda
ham ifoda etish mumkinligini ko‘rsatib o‘tadi [Rozen, 1974: 57].
U   bu   xildagi   mustaqil   gaplarning   kesimi   indikativ   yoki   kon’yunktivda
turishi   mumkinligini   hisobga   olib,   ularni   ikki   mustaqil   guruhlarga   ajratadi.   Ammo
bu kabi fikrga qo‘shilish qiyin. C h unki mayl formalarining o‘zgarishi bilan gapning
grammatik turi, xarakteri o‘zgarmaydi. Qiyoslang:
1.   Um   ein   Uhr   klopfte   es,   und   der   lange   Vogelsberger   trat   ein.   Der
Gauleiter   lasse   ihn   bitten,   bei   ihm   in   Einstetten   speisen.   Es   wäre   Besuch   von
Lufthansa   aus   Berlin   gekommen,   mit   den   der   Gauleiter   wichtige   Besprechungen
habe (7,121).
2. Und Christa erzählte, daß tausend Kerzenflammen den mächtigen Dom
erhelten, Hunderte vom armdicken Kerzen brannten auf  dem  Hauptaltar, und doch
waren   die   ungeheuren   Unrisse   des   Kirchenschiffes   kaum   zu   ahnen.   Auch   von   der
dichtgedrangten    Menge sah man nicht mehr als schaftenhafte Umross … (2, 260).
Bu   misollarning   har   ikkalasida   ham   o‘zga   shaxs   fikri   grammatik   jihatdan
mustaqil bo‘lgan gaplar ko‘rinishida o‘z   ifodasini  topgan. Ular o‘rtasidagi  yagona
12 farq-birinchi   misolda   kon’yunktiv   ishtirok   etgan   bo‘lsa,   ikkinchisida   kesim
indikativda ifoda etilgan.
Kesimi indikativda turgan mustaqil gaplar to‘g‘risida tilshunoslar o‘rtasida
yagona   fikr   yo‘q.   Masalan,   T.V.Stroeva   bu   xildagi   konstruksiyalarni   o‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   deb  atasa,   E.V.Guliga   bu  haqda   quyidagi   fikrlarni   izhor
etadi:   «Samostoyatelnie   predlojeniya   kosvennoy   rechi   s   glagolom   v   iz’yavitelnom
naklonenii tolko uslovno mogut bit priznani kosvennoy rechyu, tak kak kosvennost
bledneet,   i   kosvennaya   rech   perexodit   libo   v   avtorskuyu,   libo   v   nesobstvenno
pryamuyu rech» [Stroeva, 1950: 350; Guliga, 1971: 49].
Tilshunoslarning   bu   fikridan   qat’iy   nazar   aytish   mumkinki,   yuqorida
keltirilgan misollarning har ikkalasida ham o‘zga shaxs fikri bayon etilgan. Kontekst
bizga   asar   qahramonlarining   fikri   asosida   bu   konstruksiyalar   yuzaga   kelganligini
osonlikcha payqab olishga imkon yaratadi.
Nemis   tili   bo‘yicha   tadqiqotlar   olib   borgan   tilshunoslarning   aksariyati
o‘zgalar   fikrining   ayrim   so‘z   birikmalari   ko‘rinishida   ham   o‘z   ifodasini   topishi
mumkinligini   tan   olishmaydi.   Ularning   fikricha,   bu   kabi   konstruksiyalarda   muallif
gapi   bilan   o‘zga   shaxs   fikri   o‘rtasidan   grammatik   chegarani   o‘tkazib   bo‘lmaydi.
Biroq   K.Namozov   bu   kabi   fikrga   to‘lig‘icha   qo‘shilmaydi.   U   ayrim   so‘z
birikmalarida o‘zgalar fikri bayon qilinishini isbotlashga harakat qilgan [Namozov,
1976: 103]. Buni isbotlash uchun u quyidagi misollarni keltiradi:
1. Der Zuschauer bewunderte die schöne Stimme dieser Sängerin.
2. Der Zuschauer sprach von der schönen Stimme dieser Sängerin.
Ushbu gaplar grammatik tuzilishi  jihatidan bir-biriga juda o‘xshash,  biroq
anglatgan   ma’nosiga   ko‘ra   ular   ancha   farqlidir.   Birinchi   misolda   muallif
tomoshabinning   holatini,   ya’ni   uning   hayajonlanganini   tasvirlamoqda,   ikkinchi
gapda esa tomoshabin gapining mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bundan kelib chiqib
aytish   mumkinki,   birinchi   gapda   o‘zga   gap   yo‘q,   ikkinchisi   esa   o‘zga   shaxs
(tomoshabin)   gapi   asosida   yuzaga   kelgan.   Buni   isbotlash   uchun   ikkinchi   gapni
osonlik bilan o‘zga gapli ergashgan qo‘shma gapga aylantirish mumkin. Qiyoslang:
13 Der   Zuschauer   sprach   von   der   schönen   Stimme   dieser   Sängerin   → Der
Zuschauer sprach davon, daß diese Sängerin eine schöne Stimme habe.
  Bu   gaplar   bir-biriga   nisbatan   grammatik   sinonimlarni   tashkil   etadi   va
ularning har ikkalasi ham o‘zga gap asosida yuzaga keladi.
Turkiy tillardagi o‘zga gap masalalariga qiziqish XIX –asrning o‘rtalaridan
boshlanadi. Biz Kazem-Bek grammatikasida bu haqdagi dastlabki ma’lumotga duch
kelamiz.   U   “deb”   ravishdoshi   o‘zga   shaxs   fikrining   oxirida   keladi   degan   fikrni
bayon   qilib   bu   xildagi   konstruksiyalarni   “vstavochnoe   predlojenie”   deb   ataydi.
Ushbu   turkolog   bu   xildagi   gaplarning     ruscha   tarjimasi   bilan   ham   qiziqib,   “deb”
ravishdoshi   rus   tilida   “chto”   bog‘lovchisi   bilan   almashtiriladi   degan   fikrni   olg‘a
suradi.   Biroq   bu   erda   o‘zga   gap   ikki   turining   bir-biri   bilan   almashtirilayotganini
kuzatamiz.
Bu   haqda   navbatdagi   fikrni   biz   “Oltoy   tili   grammatikasi”   da   topamiz.
Uning   avtorlari   “te”   ravishdoshi   yordamida   yasalgan   konstruksiyalarni   “vvodnoe
predlojenie” termini bilan atashadi. Ularning xizmati bu erda shundan iboratki, ular
“te” fe’li rus tilida turli xil, ya’ni “gapirmoq”, “o‘ylamoq”, “istamoq”, “so‘ramoq”,
“javob   bermoq”,   “buyirmoq”   kabi   fe’llar   yordamida   beriladi   degan   g‘oyani   olg‘a
suradi.   Biroq   ular   ham   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   tushinchalarini   bir-biridan
ajrata olmagan edi.
O‘zga   gap   haqida   fikr   yuritgan   keyingi   turkolog   –   bu   P.M.Melioranskiy
bo‘lib   hisoblanadi.   Uning   grammatikasida   „den“   yordamida     tuzilgan
konstruksiyalar “podlinnie slova”  degan nom oladi. Ushbu avtor „den“ ravishdoshi
rus tiliga “chto” bog‘lovchisi orqali beriladi degan xulosaga keladi. U birinchi bo‘lib
o‘zlashtirma   gap   tushunchasini   tilga   kiritadi   va   qozoq   tilida   o‘zlashtirma   gapning
tushum kelishigida turgan sifatdosh orqali berilishini ko‘rsatib o‘tadi.
O‘zbek   tilidagi   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   XX-asrning   o‘rtalaridan
boshlab     olimlar   tomonidan   keng   ko‘lamda   tahlil   qilina   boshlandi.   Shunday
ishlardan biri M.Sharipovning “O‘zbek tilida ko‘chirma va o‘zlashtirma gap” nomli
grammatikasi bo‘lib hisoblanadi. Avtor bu erda dastlab ko‘chirma gapni analiz qilib,
keyin uni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari ustida batafsil to‘xtaladi.
14 Aytilganlardan xulosa shuki, boshqa tillardagi kabi hozirgi nemis va o‘zbek
tillarida   o‘zga   gapning   eng   keng   tarqalgan   va   asosiy   formalari   uchta.   Ular:
1.Ko‘chirma gap (die direkte Rede). 
2. O‘zlashtirma gap (die indirekte Rede). 
3 . O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap ( die erlebte Rede).
Endi o‘zga gapning ushbu turlari ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
1.2. Ko‘chirma  gap
O‘zga gap turlari ichida eng  ko‘p tarqalgani – bu ko‘chirma gap bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma gapda o‘zga shaxsning (ba’zan o‘ziniki ham) fikrini bayon etuvchi shaxs
avtor   deb   yuritiladi,   uning   gapi   esa   avtor   gapi   deb   ataladi.   Avtor   gap   bilan
boshqarilib   kelgan   o‘zga   shaxsning   fikri   o‘zga   gap   deb   yuritiladi.   So‘zlari   bayon
qilinayotgan shaxs  so‘zlovchi  deb nomlanadi.
O‘zga gapga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda ko‘chirma gap o‘zga gapning eng
keng   tarqalgan   turi   ekanligi   qayd   etilib,   unda   o‘zga   shaxsning   fikri   so‘zma-so‘z,
to‘lig‘icha, leksik-grammatik  va stilistik  nuqtai   nazardan  hech qanday  o‘zgarishsiz
bayon etiladi degan fikr olg‘a suriladi.
Biroq   bunday   fikrni   yagona,   barcha   tilshunoslar   tomonidan   qabul   qilingan
deb bo‘lmaydi. Masalan, ba’zi bir tilshunoslar ko‘chirma gapning so‘zma-so‘zligiga
shubha   bilan   qarab,   uni   inkor   etishadi.   B.P.Ardentov   bu   haqda   shunday   yozadi:
“Ko‘chirma   gapning   so‘zma-so‘zligiga   ishonish   qiyin,   chunki   ko‘chirma   gapni
bayon   qilayotgan   shaxs   har   qancha   harakat   qilsa   ham,   u   magnitofon   emaski
birovning gapini so‘zma-so‘z bayon qilsin”[Ardentov, 1972: 16].
Bu   satrlarning   avtori   bir   qaraganda   haqdek   tuyiladi.   CHunki   haqiqatdan
ham kishiga adashish xos bo‘lib, u biror kishining fikrini bayon qilishda erkinlikka
ham ega. Bundan tashqari o‘zga shaxsning fikri ancha vaqtlar o‘tgandan keyin qayta
bayon   qilinishi   mumkin.   Tabiiyki,   bu   davrda   kishi   o‘zga   shaxs   fikrlarining   ayrim
detallarini yodidan ham chiqarishi mumkin.
Biroq   bulardan   qat’iy   nazar   avtor   biror   kishining   fikrini   ko‘chirma   gap
shaklida bayon qilishda  maksimal tarzda uni to‘lig‘icha barcha detallari bilan ifoda
15 etishga harakat qiladi. Eng e’tiborlisi shundaki, ko‘chirma gapning o‘zida o‘zgarish
haqida hech qanday belgi yo‘q.
Ko‘chirma gap o‘zga gapning boshqa turlaridan farqli ravishda bir qator belgilarga
egaki,   qaysikim   ular   ko‘chirma   gapning   so‘zma-so‘zligidan   dalolat   beradi.   Bular
jumlasiga   uning   so‘zlovchi   (ya’ni   o‘zga   shaxsning   o‘zi)   tomonidan   tuzilishi,
ko‘chirma   gap   sostavida   turli   xil   his-hayajonni   ifoda   etuvchi   yuklama,   undov,
murojaat   formalarining   mavjudligi   ko‘chirma   gapning   har   holda   so‘zma-
so‘zliagidan dalolat beradi.
Ba’zi   bir   tilshunoslar   ko‘chirma   gapning   so‘zma-so‘z   emasligini   uning
tashqarisidan,   ya’ni   avtor   gapi   sostavida   “taxminan”   kabi   so‘zlarning   mavjudligi
orqali isbotlamoqchi  bo‘lishadi. Ularning fikricha, aynan mana shu so‘z ko‘chirma
gapning so‘zma-so‘z emasligini ko‘rsatib keladi.
U taxminan shunday dedi: “......”
Biroq   “taxminan”   so‘zi   nutqning   so‘zma-so‘z   emasligini   ko‘rsatsada,
ko‘chirma   gapning   o‘zi   so‘zma-so‘zlikni   inkor   etuvchi   bironta   ham   belgiga   ega
emas.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki:
a) ko‘chirma gap so‘zlovchining o‘zi nuqtai nazaridan quriladi. SHuning uchun ham
uning   nutqida   barcha   leksik-grammatik,   stilistik   va   intonatsion   xususiyatlar
saqlangan bo‘ladi;
b) avtor gapida “taxminan” so‘ziga ega bo‘lgan qo‘shma gaplar juda kam miqdorni
tashkil etadi, eng muhimi
v)   ko‘chirma   gapning   o‘zi   o‘zga   shaxs   fikrida   biron-bir   o‘zgarish   sodir   bo‘lganini
ko‘rsatuvchi  alomatlarga ega emas.
Bularni   hisobga   olgan   holda   biz   ko‘chirma   gapda   o‘zga   shaxs   fikri   hech
qanday o‘zgarishga duch kelmaydi degan tilshunoslar tarafida bo‘lamiz.
1.3. O ‘zlashtirma   gap
Tilshunoslikda o‘zlashtirma gap deganda “O‘zga gap” ning kattagina bir qismi 
tushiniladi. U orqali o‘zga bir shaxsning so‘zi, fikri, hissiyoti o‘zlashtirilgan tarzda 
bayon qilinishi mumkin.
16 Genri Suit [Sweet, 1929: 46] o‘zlashtirma gapda o‘zga shaxs fikri so‘zma-
so‘z emas, balki faqat mazmunan turli ko‘rinishlarda bayon qilinadi, degan g‘oyani
olg‘a surgan edi. O‘zlashtirma gap so‘zlovchi oldin bayon qilgan fikrini mazmunan
yana qayta bayon qilishda ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Bunday holatlarda o‘zga
shaxs   fikri   ancha   qisqa   ko‘rinishda   o‘z   ifodasini   topadi.Biroq   tilshunoslikda
o‘zlashtirma   gapga   nisbatan   turli-tuman   qarashlar   mavjud.   CHunki   ayrim
tilshunoslar (turkologlar) faqat ko‘chirma gapni tan olib, o‘zlashtirma gapning tilda
mavjudligini   butunlay   inkor   qilishadi.   Masalan,   X.Bayliev   shunday   yozadi:
“Chujaya  rech  po   turkmenski  vsegda peredaetsya  tolko v forme pryamoy rechi, a
forma   peredachi   kosvennoy   rechi   otsutstvuet   sovershenno”   [Bayliev,1944:6].
X.Baylievning bu qarashlari keyingi tilshunoslar tomonidan tanqid ostiga olindi.
O‘tgan   asrning   70-chi   yillariga   kelib   X.Baylievning   fikrini   U.B.Aliev
Qorachay – bolqar tiliga nisbatan ham  takrorladi. Uning fikricha, “ V Karachaevo –
balkarskom yazike net osobix form dlya virajeniya znacheniy kosvennoy rechi, est
tolko   forma   pryamoy   rechi,   kotoraya   upotreblyaetsya   v   odinakovoy   mere   kak
pryamaya i kak kosvennaya rech” [Aliev, 1973: 344].
O‘zlashtirma   gapga   nisbatan   bu   kabi   qarashni   biz   Muhammadjon
Iminovning   “O‘zbek   tili   va   adabiyot”   jurnalida   e’lon   qilingan   “O‘zlashtirma   gap
bormi?” nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchimiz.
Maqolada   to‘g‘ri   ta’kidlanganidek,   tilshunoslikdagi   nazariy   nuqsonlar
leksikada   ham,   so‘z   yasalishi     va   morfemikada   ham,   morfologiya   va   sintaksis
kurslarida   ham   mavjud   bo‘lib,   ular   o‘zining   yangicha   idrok   etilishi   va   talqinini
kutmoqda.   Muallif   o‘zbek   tilshunosligida   “Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap”
haqidagi   qarashlarni   real   hayotdan,     ob’ektiv   haqiqatdan    yiroq   yoki   ilmiy-nazariy
asoslari   etarli   bo‘lmagan   masalalar   qatoriga   kiritadi.   SHundan   keyin   maqola
davomida   muallif   “Xo‘sh,   biz   ko‘chirma   gapni   o‘zlashtirma   gapga   aylantiramizmi
va   qachon:”   degan   savol   bilan   murojaat   qiladi.   Bu   savolga   javob   berish   uchun
“Menga   Salimjon:   “Bugun   men   kinoga   boraman,   -   dedi”   gapini   tahlil   qilishga
kirishadi.    Avtorning fikricha,  “Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga  aylantiriladigan
bo‘lsa,   unda   mana   bunday   hol   ro‘y   beradi:   birinchi   so‘zlovchining   gapi   (kinoga
17 boraman)   ni   tinglovchi   muallif   gapi   sifatida   (ikkinchi   so‘zlovchi   bo‘lib)   ikkinchi
tinglovchi   (uchunchi   kishiga)   ko‘chirma   gap   shaklida   etkaziladi.   Bu   ko‘chirma
gapni   ikkinchi   avtor   tinglovchiga   qaytadan   o‘zlashtirma   gap   shaklida   uzatadi.
Hayotda, kommunikatsiya jarayonida bunday bo‘lishi mumkin emas”.
Maqola   muallifi   eshitganni,   ya’ni   informatsiyani   uzatish,   asosan   ikki
formada   axborot   (oddiy   gap)   va   ko‘chirma   gap   formasida     bo‘lishini   isbotlashga
intiladi. Maqola so‘ngida M.Iminov quyidagi xulosalarga kelgan:
1.O‘zga   (ko‘chirma   gap)   deb   atalgan   forma   eshituvchi   uchun   o‘zga   gap
ham,  ko‘chirma gap ham emas, balki oddiy axborotdir.
2.Eshitilgan   gap   boshqa   bir   shaxsga   uzatilgandagina   avtor   gapi   qo‘shilib
ko‘chirma   gap   tusini   olishi   mumkin.   Agar   bu   gapda   ifodalangan   fikr   qayta   eslab
tilga olinmasa, u “o‘lik” axborotligicha qoladi, basharti, mazmuni birovga etkazilsa,
o‘zlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon bo‘ladi.
3.Ko‘chirma   gap   hech   qachon   o‘zlashtirma   gapga   aylantirilib   o‘zgaga
uzatilmaydi.
4.Ko‘chirma   gapni   o‘zlashtirma   gapga   aylantirish   va   uning   variant-
usullarini ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir.
5.O‘zbek   tilida   o‘zlashtirma   gap   butunlay   yo‘q.   “O‘zlashtirma   gap”   va
uning   formalari   ona   tili   darsliklaridagina   bor,   xolos.   “O‘zlashtirma   gap”   yo‘qligi
tufayli bu terminni ishlatish ham o‘rinsizdir [Iminov, 1990: 61].
O‘zlashtirma   gap   ham   ko‘chirma   gap   bilan   bir   qatorda   o‘zgalar   fikrini
bayon   qilish   uchun   xizmat   qiladi.   Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gapga   bag‘ishlangan
ayrim   ishlarda   o‘zlashtirma   gapni   ko‘chirma   gapning   “ag‘darmasi”   sifatida   talqin
qilishadi   va   ko‘chirma   gapni   o‘zlashtirma   gapga   aylantirish   yo‘llari   ustida   batafsil
to‘xtaladilar [Gvozdev, 1965: 37; Kachalova, 1964: 300; SHaripov, 1955: 19].
Bizningcha,  ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga bunday munosabatda  bo‘lish
bu   ikki   sintaktik   kategoriya   mohiyatini   buzib   ko‘rsatishga   olib   keladi.   CHunki
ko‘chirma gap ham, o‘zlashtirma gap ham tilda mustaqil tarzda namoyon bo‘ladigan
sintaktik qurilmalardir. Bu haqda E.V.Guliga shunday yozadi:
18 “O‘zlashtirma   gapni   ko‘chirma   gapning   ag‘darmasi   sifatida   qarashlik
noto‘g‘ridir.   Chunki   o‘zlashtirma   gap   ham   o‘z   navbatida   mustaqil   model   sifatida
yuzaga   kelib,   u   yozma   nutqda   alohida   bir   grammatik   ko‘rinish   sifatida   namoyon
bo‘ladi” [Guliga, 1957: 158].
Bu   narsa   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gapning   ikki   parallel   tarzda   namoyon
bo‘ladigan   sintaktik   hodisa   ekanligini   ko‘rsatadi   va   ularning   bir   qator   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi   zamon   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapni   ayrim   tilshunoslar   ikkiga
ajratishadi:
a) tor ma’nodagi o‘zlashtirma gap;
b) keng ma’nodagi o‘zlashtirma gap.
Tor   ma’nodagi   o‘zlashtirma   gap   deganda   tilshunoslar   so‘zlash   ma’nosiga
ega bo‘lgan fe’l va otlar orqali boshqariladigan o‘zlashtirma gapni tushunishadi. 
Keng   ma’nodagi   o‘zlashtirma   gapda   ergash   gapni   boshqaruvchi   so‘zlar
sifatida   nafaqat   so‘zlash   ma’nosidagi   fe’llar,   balki   o‘ylash,   his   qilish,   biron   joyga
yozish ma’nosidagi so‘zlar ishlatiladi.
Biz   bu  erda   o‘zlashtirma   gapga   bag‘ishlangan   ishlarni   shartli   ravishda   uch
guruhga ajratishimiz mumkin:
I . O‘zlashtirma gapni faqat gapirish ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab
o‘rganadigan ishlar [Zvereva, 1994: 14; Stroeva, 1950: 8].
1.   Er   bat   Frau   Hohner,   sie   solle   ihm   vorlesen,   was   auf   dem     Zettel   stehe
(6,12).
2. Mühsam lächelnd  fragte  Willi, von wem Alois was wisse … (3,160).
II .   Ba’zi   ishlarda   o‘zlashtirma   gap   so‘zlash   va   o‘ylash   ma’nolariga   ega
bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab o‘rganiladi [Duden, 1958: 421; Smirnova, 2006: 8].
1. Der  Jäger  weinte und schwar,  dass  der  Martin auch andauernd rauf  und
runter laufen müsse (3,254).
2.   Anna   meinte   unwillig,   dass   er   diese   Schmach   nicht   überleben   könne
(7,498).
19 III . Ayrim   ishlarda   o‘zlashtirma   gap   nafaaqat   aytilgan,   o‘ylangan   fikr,
balkim   his   qilingan,   biron   joyga   yozilgan   fikrni   ifoda   etish   uchun   xizmat   qilishi
e’tirof   etiladi   ”   [Guliga,   1962:   14;   Busha,   1977:   114;   Retrochenko,   2005:   88].
Masalan, E.V.Guliga shunday yozadi:
“Kosvennaya rech ponimaetsya nami shiroko, ne tolko kak peredacha chujix
slov, no i kak peredacha chujix misley, chuvstv i znaniy”. Masalan:
Er  fühlte,  daß sein Vater heute zu ihm nicht komme.
Er  schrieb , daß sein Vater heute zu ihm nicht komme.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirma gap juda serqirra bo‘lib, u tilda o‘zgalarning
turli xil mazmundagi fikrini bayon qilish imkoniyatiga ega.
1.4. O ‘ziniki  bo‘lmagan  ko‘chirma  gap
            Chet   el   olimi   Todler   1887   yilda   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapga   o‘zga
gapni   ifodalashning   alohida   formasi   sifatida   ilk   bor   e’tiborni   qaratgan   edi
[Voloshinov,   1930:   139].   Rus   tilshunosligida   esa   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma
gapning   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishi   masalalari   V.N.Voloshinovning   “Marksizm
va   til   falsafasi”   nomli   tadqiqotida   ochib   berilgan   edi.   Ayrim   tilshunoslar   o‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gapning   grammatik   xususiyatlaridan   ko‘ra   ko‘proq   stilistik
imkoniyatlarini   o‘rganmoqdalar.   Shu   kunga   qadar   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma
gap   grammatik   hodisami   yoki   stilistik   vositami   degan   masala   uzil-kesil   hal
etilganicha   yo‘q.   Masalan,   P.Kozlovskiy,   E.M.Stepanova,   A.I.Molotov,
I.I.Kovtunova,   N.S.Pospelov,   A.M.Zemskiy   kabi   olimlar   o‘ziniki   bo‘lmagan
ko‘chirma   gapni   epik-stilistik   uslub   formasi   yoki   adabiy   usullardan   biri   deb
hisoblasalar,   L.A.Bulaxovskiy   va   A.N.Gvozdevlar   esa   uni   o‘ziga   xos   sintaktik
struktura sifatida o‘rganadilar.
Bu   nutq   formasi   rus   tilshunosligida   hozircha   turli   xil   atamalar   bilan
nomlanmoqda:   “svoeobraznoe   smeshenie   pryamoy   i   kosvennoy   rechi”,
“svobodnaya ili skrыtaya rech”, “perejitaya rech”, “nesobstvenno-avtorskaya rech”,
“nesobstvenno-pryamaya  rech”,  “rech kak  fakt”, “nesobstvenno-kosvennaya   rech”,
“podrajaemaya   rech”,   “figuralnaya   rech”,   “poluchujaya   rech”,   “nepryamaya   rech
20 avtora”   [Sokolova,   1968:   147].   Bular   orasida   “nesobstvenno-pryamaya   rech”
termini rus tilshunosligida kengroq tarqaldi va qattiqroq o‘rin oldi.
O‘zbek   tilshunosligida   ilk   bor     “o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap”   termini
A.G‘ulomov   va   M.Asqarovalarning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   sintaksisi”   nomli
darsligida tilga olingan edi. “Ba’zan o‘zganing gapi, - deb ta’kidlanadi bu darslikda,
-   ko‘chirma   gap   bilan   o‘zlashtirma   gap   oralig‘idagi   holatda   bo‘ladi.   Bunda
o‘zganing fikri avtor gapisiz-so‘zlovchining ishtirokisiz bayon qilinadi, ya’ni avtor
ko‘chirma   gapdagi   so‘zlovchi   vazifasini   bajaradi.   SHuning   uchun   bunday   gaplar
o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap hisoblanadi” [G‘ulomov, Asqarova,  1965: 294].
O‘ziniki  bo‘lmagan ko‘chirma gap konstruksiyalari, boshqa tillarda bo‘lganidek,
nemis   tilida   o‘zga   gapni   ifodalashning   eng   qulay,   yorqin   formalaridan   biridir.
Keyingi   yillarda   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   nemis   yozuvchilari   tomonidan
qahramon   ichki   kechirmalarini   yoritishda   keng   qo‘llanmoqda.   Ammo   o‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gap     haqida   fikr   bildirilgan   ishlarda   mazkur   hodisaning   sof
lingvistik-grammatik tomonlari,   uning stilistik jihatidan aniq farqlanmaydi. Ayrim
olimlar o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap termini bilan ataluvchi bu hodisani hatto
tan   olmaydilar.   Aniqrog‘i,   bunday   olimlar   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapni
grammatikada   o‘rganish   maqsadga   muvofiq   emas,   deb   qaraydilar.   Masalan,   tatar
tilshunosi M.Zakievning fikricha, “ko‘chirma gap” va “muallif so‘zi” tushunchalari
grammatik mohiyatga ega emas [Zakiev, 1972: 65].
Ammo   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapni   ikki   aspektda   ham   lingvistik,   ham
stilistik   aspektda   o‘rganish   zarur   ekanligi   keyingi   yillarda   ayrim   tilshunoslar
tomonidan aytilmoqda. Masalan, R.A.Budagov o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapda
“unisi ham, bunisi ham bor”, - deb qayd etgan edi [Budagov, 1965: 347]. Biz ham
o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapni   ana   shu   ikki   aspektda   o‘rganish   maqsadga
muvofiqdir,   degan   fikrdamiz.   Chunki   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapni
grammatik   xususiyatlarsiz   va   ular   bajargan   stilistik   funksiyalarsiz   to‘liq   tasavvur
etish qiyin.
O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   o‘zga   shaxs   fikrini   ifodalash   usullaridan
biridir. Shunga ko‘ra, u ayrim xususiyatlari bilan odatdagi ko‘chirma gapga, boshqa
21 xususiyatlari   bilan   esa   o‘zlashtirma   gapga   o‘xshaydi.   O‘ziniki     bo‘lmagan
ko‘chirma   gap   odatdagi   ko‘chirma   gap   singari   so‘zlovchining   nutq   uslubiga   xos
bo‘lgan   ekspressivlik   xususiyatlarini   o‘zida   aks   ettira   oladi.   Lekin   o‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   ko‘pgina   xususiyatlari   bilan     o‘zlashtirma   gapga   yaqin
turadi.   Uning   o‘zlashtirma   gap   bilan   yaqinligi,   ikkalasining   ham   o‘zgalarning
nutqini   aynan   o‘z   holicha   emas,   balki   ma’lum   struktural   o‘zgarish   bilan   ifoda
etishida ko‘rinadi. SHuning uchun ham o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapni “erkin
o‘zlashtirma gap” deb hisoblash mumkin.
O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gapning   muallif   nutqi   bilan   ham   umumiy   va
o‘xshash   tomonlari   mavjud.   Masalan,   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   formal
jihatdan muallif nutqiga o‘xshaydi, ammo u to‘liq ma’noda muallif nutqi yoki asar
qahramonining nutqi ham emas. Qiyoslang:
a) muallif nutqi:
„Mach die  Effekten fertig. Wenn wir sie am Mittag ausgehen, dann holst du den
Polen und gibst ihm den Koffer zurück“,  sagte er karg. Pippig schob die Hände in
die Hosentaschen und Kaiff die Augen zusammen  (1,78).
b) o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap:
Wieder   horchte   er   angespannt   auf   den   Namen,   der   nun   ertönen   wurde…
„Mumme!“   sagte   Doktor   Mantelsack.   „Noch   einmal   Aurea   prima…“   Aleo
Mumme! Gott sei gehobt, nun war Hanno wohl in Sicherheit! Zum dritten Mal
würden   die   Verse   kaum   rezittiert   werden   müssen,   und   bei   der
Neupräparierung   war   der   Buchstabe   erst     kürzlich   an   der   Reihe   gewesen…
Mumme erhob sich (2,693).
O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   so‘zlovchiga,   ya’ni   asar   muallifiga   ikki   xil
imkoniyatni   beradi:   a)   qahramonning   nutqini   individuallashtirish;   b)   qahramon
nutqida ifodalangan fikrga avtorning munosabatini bildirish.
O‘zga   gapning   boshqa   turlari   (ko‘chirma   gap,   o‘zlashtirma   gap)   dan   badiiy
asarlardan tashqari, so‘zlashuv nutqida, ilmiy matnlarda ham foydalaniladi. Ammo
o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapdan   esa   ko‘proq   badiiy   va   publitsistik   asarlarda
hamda   kino   san’atida   foydalaniladi.   Chunki   badiiy   ijodda   san’atkor   o‘zi
22 tasvirlayotgan   personajning   “qalb   dialektikasi”   ni   ravshan   yoritish   uchun   uning
xayolida   kechayotgan   tushunchalarga,   ichki     kurashlarga,   qayta   jonlanayotgan
voqealarga   ham   murojaat   qiladi:   personaj   bu   o‘rinda   tili   bilan   emas,   dili   bilan
gapiradi.
O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gapda   muallif   personajning   o‘y-xayolini,
armonini, orzu-tilagini chetda turib tasvirlovchi shaxs sifatida emas, balki personaj
bilan   birga   o‘z   boshidan   kechiruvchi,   bevosita   ishtirok   etuvchi   shaxs   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Bunda   personaj   nutqining   mavqei   muallif   nutqinikiga   nisbatan
ustunlik qiladi.
Ma’lumki, ko‘chirma gapda o‘zgalarning nutqi hech qanday o‘zgarishsiz berilsa,
o‘zlashtirma gapda o‘zgalarning nutqi ma’lum struktural-grammatik o‘zgarishlarga
uchraydi.   O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gapda   muallif   va   asar   qahramoni   bir
paytning o‘zida gapiradi. Boshqacha aytganda, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapda
asar   qahramonining   fikri,   taassuroti   hamda   ichki   kechinmalari   u   eslayotgan,   tilga
olayotgan shaxs nutqi to‘liq yoki qisman uyg‘unlikda ifoda qilinadi. Qiyoslang:
Balla dachte  an den Abend im Nebel, an die Flucht Horraths vom Sachsenring, an
die ahnungslose Frau im Rostock und an Katrin Klee, die neben ihm saß, die Arme
verschränkte   und   sich   wie   erschöpft   auf   dem   Stuhl   zurücklehnte.   Viel   spätter   erst
hatte   er   erfahren,   daß   in   der   Parteileitung   darüber   berachten   worden   war,   die
Ingenieurin  von Wassenwerk   zu  verstehen,   wegen  ummoralischen  Lebenswandels.
Harrath, begriff er, niemand anders als Harrath mußte der Streit entschieden haben,
denn er   war  der  Sekretär. Aber   warum   war  dann  nicht  auch  er  zur   Verantwortung
gezogen   werden?  Es   konnte   doch  nicht   sein,   daß  in   der   Partei   mit   zweierlei   Mass
gemessen wurde. Katrin Klee hatte bis heute geschwiegen. Sie hatte bis heute nicht
den vater ihres Sohnes genannt. Ihre Sache dachte er, es ist ihr Kind und also auch
ihre Sache. Abe ich muß diesen Horrath genau Kennenlernen. Ich weiß noch immer
nicht welcher Horrath der richtige ist, der jenige, der jetzt den Oberbauleiter wegen
bewußter Täuschung der Partei an den Matter-Pfahl stellt und ihr mit einer Stimme
foltert,   scharf   wie   ein   Messen   oder   der   andere,   der   mit   zwei   Frauen   lebte,   nach
aussehenden   Ehrenmann   spielt   und   sich   heimlich   eine   Geliebte   hält   und   also
23 ebenfall   die   Partei   täuscht.   Seit   dem   er   auf   der   Baustelle   ist   seit   dem   er   mich
verfolgt, hab ich ihn beobachtet, jeden Tag ein bißchen, nach der Nacht im Beton,
im Dorf, als es um die Gentossenschaft ging, im Zug nach Berlin. Und nie han ich
ihn durchschaut. Stest ist es mir leichtgefallen und schwer, leichter und schwerer, in
seiner, Gegenwart, den Sozialismuß zu begreifen (10,763).
Ushbu   parchada   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   Viel   später   erste   hatte   er
erfahren, daß in der Parteileitung darüber beraten worden war, die Ingenieurin vom
Wasserwerk   zu   versetzen,   wegen   ummoralischen   Lebenswandels   gapidan
boshlanadi. Bundan oldingi gaplar esa muallifga tegishli bo‘lib, ular o‘zidan keyin
o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gapning   yuzaga   kelishi   uchun   zamin   hozirlaydi.
O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gapda   muallif   va   asar   qahramonlarining   fikrlari
o‘zaro   uyg‘unlashib   ketadi.   O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gapda   qahramon
nutqining   o‘zlashtirma   gapga   xos   bo‘lmagan   o‘ziga   xos   ohang,   emotsionallik   kabi
xususiyatlari mavjud bo‘ladi.
Bundan   tashqari,   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gaplar   leksik,   emotsional
intonatsion xususiyatlari jihatdan ham o‘zlashtirma gaplarga nisbatan sof ko‘chirma
gaplarga yaqin turadi. Lekin bu xususiyatlar o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarni
odatdagi ko‘chirma gapning boshqa bir ko‘rinishi deb hisoblashga imkon bermaydi,
chunki odatdagi ko‘chirma gapda faqat asar qahramoni so‘zlasa, o‘ziniki bo‘lmagan
ko‘chirma gapda esa bir vaqtning o‘zida muallif, hamda  asar qahramoni gapiradi.
                    BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR
“O‘zga   gap”   atamasi   shartli   ravishda   qo‘llanadi.   Chunki   ayrim   paytlar
so‘zlovchining o‘zi oldin aytgan fikrlari ham qayta bayon etilishi mumkin.
O‘zga   gapning   ifoda   turlari   haqida   tilshunoslar   o‘rtasida   yagona   fikr   yo‘q.
Ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olingan o‘zga gap turlari uchtadir:
1. Ko‘chirma gap.
2. O‘zlashtirma gap.
3. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap.
24 O‘zga   gap   turlari   ichida   eng   ko‘p   tarqalgani   –   bu   ko‘chirma   gap   bo‘lib.,
unda   o‘zga   shaxsning   fikri   so‘zma-so‘z,   to‘lig‘icha,   leksik-grammatik   va   stilistik
nuqtai nazardan hech qanday o‘zgarishsiz bayon etiladi.
Ko‘chirma gapdan farqli tarzda o‘zlashtirma gapda o‘zgalar fikrining shakli
o‘zgartirilgan,   ammo   asosiy   mazmuni   saqlangan   bo‘ladi.   O‘zlashtirma   gapni
ko‘chirma gapning “ag‘darmasi” deb tushunish noto‘g‘ri. Chunki  o‘zlashtirma gap
ham ko‘chirma gap singari mustaqil sintaktik kategoriyadir.
O‘zlashtirma   gapni   tor   va   keng   ma’noda   tushunuvchi   tilshunoslar   mavjud.
O‘zlashtirma   gapning   xarakterini   belgilashda   asosiy   rolni   muallif   gapi   tarkibidagi
boshqaruvchi so‘z o‘ynaydi.
O‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   tushunchasi   tilshunoslikda   ancha   kech
paydo   bo‘lgan   va   u   ham   o‘zga   shaxs   fikrini   ifodalash   usullaridan   biridir.   O‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   ayrim   xususiyatlari   bilan   odatdagi   ko‘chirma   gapga,
boshqa xususiyatlari bilan esa o‘zlashtirma gapga o‘xshaydi.
O‘ziniki     bo‘lmagan   ko‘chirma   gapda   muallif   personajning   o‘y-xayolini,
armonini, orzu-tilagini chetda turib  tasvirlovchi shaxs sifatida emas, balki personaj
bilan   birga   o‘z   boshidan   kechiruvchi,   bevosita   ishtirok   etuvchi   shaxs   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Bunda     personaj   nutqining   mavqei   muallif   nutqinikiga   nisbatan
ustunlik qiladi.
II.BOB. O‘ZLASHTIRMA GAP VA UNING O‘ZGA GAP DOIRASIDA
TUTGAN O‘RNI
2.1. O‘ zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha
        Boshqa tillardagi singari nemis tilida ham o‘zga gap o‘zining serqirra va keng
tarqalganligi   bilan   alohida   o‘rin   tutadi.   O‘zga   gapning   ko‘chirma   va     o‘zlashtirma
gap   kabi   turlari   mavjud   bo‘lib,   tilshunoslikda   ularga   bir   qator   ilmiy   ishlar
bag‘ishlangan.
O‘zga gap turlari ichida o‘zlashtirma gap nemis tilida keng tarqalgan bo‘lib, u
bir   qator   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Uning   bu   kabi   xususiyatlari   bilan
tilshunoslar ko‘p vaqtlardan beri qiziqishib kelishgan.
25 O‘zlashtirma   gap   muammosi   nemis   tilida   XIX-asrdan   boshlab   tilshunoslarni
qiziqtirib   kelgan.   Biz   bu   bilan   dastlab   O.Be h agelning   ishlarida   duch   kelamiz.   U
tuzilish jihatdan o‘zgartirilib berilgan har qanday o‘zga gapni o‘zlashtirma gap deb
qarashni taklif etadi [Behagel, 1877: 120].
Keyinchalik   ham   ko‘plab   tilshunoslar   o‘zlashtirma   gap   muammosi   bilan
qiziqib   kelishgan.   Masalan,   T.Vernaleken   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gapni
o‘rganishda asosiy e’tiborni ularda mayl formalarining ishlatilishiga qaratadi. Uning
fikricha,   bu   erda   indikativ   va   kon’yunktiv   o‘zga   gap   turlarini   bir-biridan   farqlash
uchun   xizmat   qiladi.   Agarda   indikativ   ishlatilsa   ko‘chirma   gap,   kon’yunktiv
turganda esa o‘zlashtirma gap yuzaga keladi, degan fikrni u oldinga suradi. Bundan
tashqari   T.Vernaleken   ergash   gap   ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma   gap   bosh   gapga
bog‘lovchili   yoki   bog‘lovchisiz   bog‘lanishi   mumkin   degan     g‘oyani   olg‘a   suradi
[Vernaleken, 1863: 88].
V.Vilmans   o‘zlashtirma   gap   orqali   nafaqat   o‘zga   shaxsning   fikri,   balki
so‘zlovchining   o‘ziga   tegishli   bo‘lgan   fikr   ham   bayon   qilinishi   mumkin   degan
g‘oyani olg‘a suradi. Uning grammatikasida o‘zlashtirilgan darak, so‘roq va buyruq
gaplarni o‘rganishga keng o‘rin berilgan  [Vilmans. 1906:237].
Oxirgi   yillar   o‘zlashtirma   gap   ko‘pgina   tillarda   tilshunoslarning   diqqat-
e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Ularning ishlarida o‘zga gap o‘zlashtirma gap
ko‘rinishida   so‘zma-so‘z   emas,   balki   mazmun   saqlangan   holda   uning   grammatik
ko‘rinishi o‘zgartirilib bayon qilinadi, degan xulosa qilinadi.
Biroq V.I.Koduxov, A.I.Zaretskiy, B.P.Ardentov, M.K.Milix kabi tilshunoslar
bu   fikrga   qarshi   chiqib,   o‘zlashtirma   gapda   o‘zga   shaxs   fikri   so‘zma-so‘z   va
so‘zma-so‘z   bo‘lmagan   holatda   bayon   qilinishi   mumkin   degan   g‘oyani   olg‘a
surishadi. Misollar keltirib,  o‘zlashtirma gap orqali o‘zga shaxsning fikrini so‘zma-
so‘z   bayon   etish   mumkinligini   isbotlamoqchi   bo‘lishadi.   Masalan,   M.K.Milix
[Milix,   1966:   7]   ikkita   misol   keltiradi   va   bu   bilan   o‘zga   gap   o‘zlashtirma   gap
formasida   ham   so‘zma-so‘z   bayon   qilinishi   mumkin   ekanligini   isbotlamoqchi
bo‘ladi.
On sprosil: “Kuda vedet eta doroga?” (Ko‘chirma gap)
26 On sprosil, kuda vedet eta doroga. (O‘zlashtirma gap)
Biroq   bu   narsani   nemis   tilida   o‘z   isbotini   topadi,   deb   bo‘lmaydi,   chunki
o‘zlashtirilgan so‘roq gaplar har doim, darak va buyruq gap esa ko‘pincha bosh gap
bilan   bog‘lovchi   orqali   bog‘lanadi.   Bu   narsa   o‘z   navbatida   ergash   gap   kesimining
gap oxirida turishini ta’minlaydi. Natijada ko‘chirma va o‘zlashtirma gap bir-biridan
farqlanadi. Qiyoslang: 
1.   Er   hat   verstanden,   daß   Omu   ihm   seine   Frage   nicht   beantworten   will.
( 10,29).
2. Fool trinkt seinen Whysky und überlegt, ob er die Burschen schon einmal
gesehen hat (5,40).
3. Sie verlangten, daß Unrat und Frau mitkämen (6,199).
Bulardan   tashqari   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   mayl   formalarining
ishlatilishi   bilan   ham   bir-biridan   farq   qiladi.   Chunki   ko‘chirma   gapda   odatda
indikativ, o‘zlashtirma gapda esa kon’yunktiv ishlatiladi. Qiyoslang:
1. „Ich bin Student“, sagte er.
2. Er sagte, daß er Student sei.
Er sagte, er sei Student.
Y u qorida   aytilganlardan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   nemis   tilidagi
o‘zlashtirma   gapda   o‘zga   shaxsning   fikri   turli   xil   leksik,   grammatik   va   stilistik
o‘zgarishlarga duch keladi.
Hozirgi   zamon   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapni   ayrim   tilshunoslar   ikkiga
ajratishadi:
a) tor ma’nodagi o‘zlashtirma gap;
b) keng ma’nodagi o‘zlashtirma gap.
Tor   ma’nodagi   o‘zlashtirma   gap   deganda   tilshunoslar   nutq   ma’nosiga   ega
bo‘lgan   fe’l   va   otlar   orqali   boshqariladigan   o‘zlashtirma   gapni   tushunishadi.   Keng
ma’nodagi   o‘zlashtirma   gapga   ergash   gapni   boshqaruvchi   so‘zlar   sifatida   nafaqat
so‘zlash   ma’nosidagi   fe’llar,   balki   o‘ylash,   his-qilish,   biron   joyga   yozish
ma’nosidagi so‘zlar ishlatiladi.
27 Biz   bu   erda   o‘zlashtirma   gapga   bag‘ishlangan   ishlarni   uch   guruhga
ajratishimiz mumkin:
1. O‘zlashtirma gapni faqat gapirish ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga  bog‘lab
o‘rganadigan ishlar  [Jäger, 1971: 264].
1.   Er   hat   Frau   Hohner   gesagt,   sie   solle   ihm   vorlesen,   was   auf   dem   Zettel
stehe. (L. Frank. Die Jünger Jesu. S. 12).
2.   Mühsam   lächelnd   fragte   Willi,   von   wem   Alois   das   Wisse ,   ... (G.Gärlich.
Das Liebste und das Sterben. S. 141).
2.   Ba’zi   ishlarda   o‘zlashtirma   gap   so‘zlash   va   o‘ylash   ma’nolariga   ega
bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab o‘rganiladi  [ Duden , 19 71 :  161 ] .
1.   Der   Jünger   weinte   und   schwur,   daß   er   diese   Schmach   nicht   überleben
könne (7,498).
2.   Anna   weinte   unwillig,   daß   der   Martin   auch   andauernd   rauf   und   runter
laufen müsse (3,254).
3.   Ba’zi  ishlarda  o‘zlashtirma  gap  nafaqat  aytilgan,  o‘ylangan  fikr,  balki  his
qilingan, biron joyga yozilgan fikrni ifoda etish uchun xizmat qilishi e’tirof etiladi.
Masalan.   E.V.Guliga     shunday   yozadi:     “Kosvennaya   rech   ponimaetsya   nami
shiroko,   ne   tolko   kak   peredacha   chujix   slov,   no   i   kak   peredacha   chujix   smisley,
chuvstv i znaniy”. [Guliga, 1962: 27].
Boshqa   tillardagi   singari   nemis   tilida   ham   o‘zlashtirma   gapning   yuzaga
kelishida muallif  gapi muhim  rol  o‘ynaydi, chunki u orqali  o‘zga gapning qachon,
qaerda, kim tomonidan va qay holatda o‘z ifodasini topganini bilib olamiz.
O‘zga gapning intonatsion tuzilishi va kommunikativ funksiyasi  bu gaplarda
bir-biriga   mos   kelmaydi.   Dreck   ist   vogelfrei   ko‘chirma   gapi   mustaqil   gap   tarzida
namoyon bo‘lgan. U shu ko‘rinishda, ya’ni avtor gapisiz ham mustaqil ohangga ega
bo‘lib,   mustaqil   darak   gap   deb   hisoblanishi   mumkin.   ...   daß   er   zwei   Tage   zu   spät
komme   o‘zlashtirma   gapi   intonatsiya   jihatdan   ham,   kommunikativ   funksiyasiga
ko‘ra ham o‘z mustaqilligini yo‘qotgan.
Nemis   tilida   o‘zlashtirma   gap   muallif   gapi   tarkibidagi   biron-bir   so‘z   bilan
juda   ham   yaqindan   aloqada   bo‘ladi.   Bu   so‘zni   biz   “boshqaruvchi   so‘z”   deb
28 ataymiz.   Bu   so‘z   grammatik   jihatdan   ham,   semantik   jihatdan   ham   turli-tuman
bo‘lib,   har   xil   ko‘rinishda   namoyon   bo‘ladi.   Hozirgi   zamon   nemis   tilida
“ boshqaruvchi so‘z ”    quyidagi   ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin:
a) gapirish, o‘ylash va his qilish ma’nolariga ega bo‘lgan fe’llar:
Er hat verstanden, daß Omu ihm seine Frage nicht beantworten will. (8,29).
b)   yuqoridagi   fe’llardan   yasalgan   otlar   ( die   Behauptung,   die   Nachricht,   die
Antwort, die Befürchtung, die Meinung, der Gedanke, das Gefühl usw. )
Auf  seine   Antwort , daß er einen Dienst  suche, wies  man ihn zum Aufseher
der Sklaven. (7,124).
v)   ot   kesimning   o‘zgarmas   qismi   tarzida   namoyon   bo‘lgan   sifatlar   ( sicher,
sein, einig sein, einverstanden sein, dankbar sein, sich bewußt sein usw. )
Diederich   war   sich     tief   bewußt,   daß   er   es   mit   so   einem   Kerl   nicht
aufnehmen könne. (6,24). 
g) erkin va turg‘un so‘z birikmalari ( Antwort geben, zu verstehen geben, der
Meinung   sein,   j-m   klar   machen,   die   Nachricht   bekommen,   den   Gedanken   treffen,
auf den Gedanken kommen, Bescheid geben, Anzeige tun usw. )
...   er   gab   ihn   zu   verstehen ,   daß   er   hoher   Abkunft   sei   und   zu   seinem
Vergnügen reise. (5,143).
S h uni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zlashtirma gapning xarakterini aniqlashda
uni   boshqaruvchi   fe’l   alohida   o‘rin   tutadi.   Bu   fe’l   o‘zgarishi   bilan   o‘zlashtirma
gapning xarakteri ham o‘zgarishi mumkin. Qiyoslang:
1. Er  antwortete , daß es Maria den Umständen
entsprechend gut gehe… aytilgan fikr
2. Er  meinte , daß es Maria den Umständen
entsprechend gut gehe… o‘ylangan fikr
3. Er  fühlte , daß es Maria den Umständen
entsprechend gut gehe… his qilish
29 4. Er  schrieb , daß es Maria den Umständen
entsprechend gut gehe… yozilgan fikr
Ba’zan   boshqaruvchi   so‘z   tushirilib   qoldirilgan   bo‘lishi   ham   mumkin.
Qiyoslang:
1.  Seine Frau steckte den Kopf herein,  Besuch sei gekommen . (7,379).
2.   In   diesem   Augenblick   geht   im   Flur   die   Klingel.   Der   Hauswert   erscheint:
der Luftwaffenhelfer Erich Böger werde an den Apparat gerufen  (4,45).
Ushbu   misollarda   ajratib   ko‘rsatilgan   konstruksiyalar   o‘zga   shaxs   fikrini
ifodalab   kelmoqda.   Ular   bosh   gap   bilan   bog‘lovchisiz   bog‘lanib   normal   leksik-
grammatik qurilishga ega. Biroq har ikkala holatda ham boshqaruvchi so‘z tushirilib
qoldirilgan.   Ergash   gapning   o‘zlashtirma   gap   ekanligini   ko‘rsatuvchi   yagona   belgi
mavjud. U ham bo‘lsa ergash gapdagi  kon’yunktiv bo‘lib hisoblanadi. Aynan mana
shu kon’yunktiv boshqaruvchi so‘zning tushirilib qoldirilishiga imkoniyat yaratadi.
Bosh gapdagi ish harakat birinchi gapda o‘zlashtirma gapning xotin kishiga (Seine
Frau) ikkinchisida esa qorovulga tegishli (Der Hauswert) ekanligini ko‘rsatadi.
Bu   erda   shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   muallif   gapi   tarkibidagi
boshqaruvchi   so‘zning   ma’nosi   o‘zlashtirma   gapning   ma’nosi   bilan
uyg‘unlashmog‘i   lozim.   Agarda     o‘zlashtirma   gap   darak,   so‘roq   yoki   buyruq
ma’nolariga   ega   bo‘lsa   odatda   boshqaruvchi   so‘z   ham   u   bilan   mazmunan
moslashgan bo‘ladi. Qiyoslang:
O‘zlashtirilgan darak gap:
Es sei seine Braut,  sagte  der junge Mann (6,170).
O‘zlashtirilgan so‘roq gap:
Franz   fragte   ihn,   ob   er   mal   ein   paar   Fotographien   vom   Ferienlager   schon
wollte (7,64).
O‘zlashtirilgan buyruq  gap:
Zugleich befahlen sie, daß die übrigen Reisenden sich ruhig verhalten sollten
(5,501).
O‘zlashtirilgan darak, so‘roq va buyruq ma’nolarini boshqaruvchi so‘zlarning
turlari   deyarlik   bir   xil.   Biroq   o‘zlashtirilgan   darakni   boshqaruvchi   so‘zlar
30 qolganlariga   nisbatan   ko‘proqdir.   O‘zlashtirilgan   darak,   so‘roq   va   buyruq   gapli
konstruksiyalar   o‘zlarining   leksik-grammatik   qurilishi   bo‘yicha   bir   qator   farq
qiluvchi tomonlarga ega.
1. Die Mutter sagte dem Sohn, daß 
sie jetzt in die Schule gehe.
2. Die Mutter fragte den Sohn,                        wann er in die Schule gehe.
              ob er in die Schule gehe
3. Die Mutter befahl dem Sohn, er 
solle jetzt in die Schule gehen.
Ushbu darak gap  tarkibida o‘zlashtirilgan xabar (1) o‘zlashtirilgan so‘roq (2)
va o‘zlashtirilgan buyruq (3) bir-biridan leksik-grammatik qurilishi bilan farq qiladi.
SHunday farqlantiruvchi belgilardan so‘roq so‘zi (wann) bog‘lovchi (ob) va modal
fe’lning (sollen) ishtirok etish va etmasligi bo‘lib hisoblanadi. Bu belgilar bosh gap
tarkibidagi fe’lning (sagte, fragte, befahl) xarakteriga mos tushadi.
Muallif   gapining   zaruriy   elementlaridan   biri     –   bu     Subjekt     bo‘lib
hisoblanadi.  Subjekt    sintaktik   jihatdan   muallif  gapining  egasi   funksiyasini  bajarib
kelishi   bilan   bir   qatorda,   o‘zlashtirma   gapning   kimga   tegishli   ekanligini   ko‘rsatib
keluvchi   bo‘lakdir.   Biroq,   kimga   tegishlilik   nisbiy   xarakterga   ega.   Bu   jihatdan
Subjektni ikkiga ajratish mumkin: 
1) o‘zlashtirma gapning kimga tegishliligini aniq ko‘rsatib keladigan Subjekt;
2) tegishlilikni  k o‘ rsatmaydigan  Subjekt .
                 Birinchi holatda Subjekt ot yoki kishilik   olmoshlari       bilan ifodalangan
bo‘ladi. Qiyoslang:
1) Es  sei seine Braut ,  sagte der junge  Mann.  (H.Mann. Der Untertann, S. 170).
2) Ich  fragte ihn nun um Rat, was ich mit den Toten machen solle… (6,51).
3) Wir   hatten   Tante   Else   versprochen,   unsere   Freunde   zu   dem   kleinen   Fest
mitzubringen, weil es sonst an Tanzpartnern fehlen würde .  (3,91).
Uchinchi   misolda,   oldingilaridan   farqli   o‘larok,   o‘zlashtirma   gap   tegishli
bo‘lgan   shaxs   konkret   emas.   CHunki   wir   olmoshi   orqali   so‘zlovchi   umumlashib
ketgan va konkretlik yo‘qolgan.
31 O‘zlashtirma gapning umumlashgan, kimga tegishli ekani noma’lum bo‘lgan
holatni  biz  muallif   gapidagi  eganing     man       gumon olmoshi   orqali  ifodalanganida
ham kuzatamiz. Q iyoslang:
A ls   man   sie   fragte,   ob   sie   auch   Schönner   erschoss en   habe,   gab   sie   eine
ominöse,   als   Frage   verkleidete   Antwort:   „Ja,   warum   eigentlich   nicht   den   auch“.
(3,14).
Bu   erda   o‘ zlashtirma   gap     k o‘ rinishidagi   savolga   javobning   k o‘ chirma   gap
tarzida   berilishi,   o‘ zga   gapning   bu   ikki   turi   (k o‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap )   tilda
parallel tarzda ishlatilishini k o‘ rsatib kelmo q da.
O‘ zlashtirma   gapning   kimga   tegishliligi   noma’lum   b o‘ lgan   h olatni   biz   yana
muallif  gapida eganing   es     shaxssiz  olmoshi  or q ali ifodalanganida   h am kuzatamiz.
Q iyoslang :
1) Es   war   hier   versprochen   worden,   daß   kein   Blut   mehr   fließen   sollte,   …
(3,139).
2) Es  wurde sogar von „Opfer seines Berufs“ gesprochen… auch Schönner wäre
ein Opfer der Blut. (8,17).
Subjekt   ning   grammatik   jihatdan   ifodalanishi   bir   gap   doirasidan   chiqib,
ikkinchi  (oldingi) gapga ko‘chishi ham tilda kuzatiladi.  Masalan:
11.00 Anruf von Alois, den ich wirklich zum erstenmal  im Leben – und ich
kenne   ihn   seit   20   Jahren   –   aufgeregt   und   in   Angst   sah.   Sagte,   ich   müsse   sofort
zurückkommen, … (7,50).
Muallif gapi bu erda ikki gap doirasida berilgan. Birinchi gapda o‘zidan keyin
o‘zga   gapning     kelishini   ta’minlaydigan   boshqaruvchi   so‘z   yo‘q.   Bu   so‘z     sagen
bo‘ladigan bo‘lsa,  u ikkinchi gapda qatnashmoqda. Ikkinchi gap doirasidagi muallif
gapi   birgina     kesimdan   iborat.   Shuning   uchun   ham   o‘zlashtirma   gapning   kimga
tegishli   ekanligini   aniqlash   faqat   birinchi   gapning   yordami   bilangina   amalga
oshirilishi   mumkin.   Bu   narsa   o‘zlashtirma   gap   egasini   ba’zan   kontekst
yordamidagina aniqlash mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Endi  shunga   o‘ xshash yana bir misol  keltiramiz. Bu erda   o‘ zlashtirma gapni
bosh q aruvchi s o‘ z fe’l emas, balki fe’ldan yasalgan ot  h isoblanadi.  Q iyoslang:
32 Nun, damit hatten wir ja unser Ziel erreicht…  Die Frage , ob Katharina Blum
gewußt   hat,   daß   wir   ins   S afe   Polkt   gehen   würden,   um   jemanden   aufzugabeln,
beantworte ich mit Ja. (10,95).
Ayni paytda ham o‘zlashtirma gapning kimga tegishli ekanligini aniqlashning
iloji yo‘q. Uni faqat birinchi gap yordamidagina belgilash mumkin. Biroq bu erdagi
dastlabki   gapda   ish   harakatni   bajaruvchi   shaxslarning   ( wir)   ko‘pchilik   ekanligi
hisobga   olinsa,   o‘zlashtirma   gap   ko‘rinishidagi   savolning   konkret   kimga   tegishli
ekanligini aniqlab  bo‘lmaydi.
Nemis tilida    die Frage  otining ishlatilish doirasi shunchalik kengki, natijada
u   «so‘rash»   ma’nosidan   o‘tib,   biron-bir   muammo   ma’nosida   ham   qo‘llanish
darajasiga ega bo‘ladi va muallif gapining egasi   funksiyasini  bajarib, o‘zlashtirma
gap tegishli bo‘lgan shaxsni anglatib keladi. Q iyoslang:
Gegen 17, 45 erhob sich nun   die Frage ,   ob man die Vernehmung f o rtsetzen
oder unterbrechen, ob man die Blum freilassen oder in eine Zelle verbringen solle.
(8,37).
  Asarda   ushbu   gapdan   oldingi   to‘liq   bir   abzats   doirasida   asar   qahramoni
Blumning   tergov   qilingani   haqida   so‘z   yuritiladi   va   shundan   keyin   misolimizdagi
gap   keladi.   Ko‘rinib   turibdiki,   o‘zlashtirma   gap   biron   bir   konkret   shaxsga   tegishli
emas.  S h uning uchun  ham  bu  erda so‘zlovchi  ifoda etilmagan.  O‘zlashtirma gapni
boshqaruvchi va muallif gapining egasi vazifasidagi   die Frage  so‘zi bayon qilingan
fikrni   emas,   balki   tergovchi   oldida   turgan   ikkilanish   muommosini     ifoda     qilib
kelmoqda.   Aynan   shu   jihatdan   ushbu   o‘zlashtirma   gapni   tergovchiga   tegishli
bo‘lgan fikr deb qarash mumkin.
Muallif gapining tarkibida    nicht   inkor so‘zining paydo bo‘lishi o‘zlashtirma
gap xarakterini butunlay o‘zgartirib yuboradi.  Masalan:
Die   Frage,   ob   auch   Hach   zudringlich   geworden   sei,   wurde   nicht   gestellt.
(6,39).
Bu   erda   ham   muallif   gapida   jonsiz   abstrakt   tushuncha   die   Frage   muallif
gapining   egasi   funksiyasini   bajarib   kelmoqda.   Ayni   paytda   „Ob   auch   Hach
zudringlich   geworden   sei“     qurilmasining   o‘zlashtirma   gap   ekanligi   hech   kimda
33 e’tiroz     uyg‘otmaydi.   Biroq   uning   kimga   tegishli   ekanligi   yuqoridagi   ergashgan
qo‘shma gap doirasida noma’lum. Buning ustiga muallif gapi sostavida   nicht  inkor
so‘zining   paydo   bo‘lishi   o‘zlashtirilgan   so‘roq   gapning   bayon   qilinmaganligini
ko‘rsatadi   va   umuman   bunday   qurilmalarda   o‘zlashtirma   gap   maqomi   borligi
shubhali bo‘lib qoladi. Bu narsa nemis tilida  nicht  inkor so‘zining  tuzilish jihatdan
bir xil bo‘lgan ergash gapda o‘zlashtirma gapning bor-yo‘qligini ko‘rsatuvchi asosiy
belgi bo‘lib xizmat qilishni ko‘rsatadi. Qiyoslang:
1. Achmad sagte, 
                                                                           daß er krank sei
2. Achmad sagte nicht, 
Bu   o‘ rinda   bir   ergash   gap   bilan   bir-biridan   far q lanuvchi   ikki   muallif   gapi
bo g‘ lanayotganini   k o‘ ramiz.   Birinchi   holatda     ergash   gapning   tuzilish   va   mazmun
jihatdan  o‘zlashtirma   gap  ekanligi   izoh   talab  qilmaydi.   Biroq   ikkinchi   gapda   nicht
inkor so‘zining paydo bo‘lishi  bilan ergash gapning o‘zlashtirma gapligi yo‘qoladi.
Chunki   bu   erda   so‘zlovchi   Subjekt   –   Ahmad   o‘zining   kasal   ekanligi   xakida   xabar
bermagan   va   natijada   so‘zlovchining   gapi   o‘zlashtirilib   berilayotganini   dallilay
olmaymiz.
2.2 O‘zlashtirma gapni o‘zga gapning boshqa turlari bilan qiyoslab o‘rganish
           Tilshunoslikda  o‘zga gapning usullari haqida ko‘plab fikrlar bayon qilingan
bo‘lsada,   uning   uchta   turi   barcha   tilshunoslar   tomonidan   tan   olingandir.   Ular:   1)
ko‘chirma gap (direkte Rede ); 2) o‘zlashtirma gap (indirekte Rede);  va 3) o‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   (erlebte   Rede).   Ularning   har   biriga   bag‘ishlangan   ilmiy
ishlar   bir   talaydir.   Ularda   o‘zga   gap   turlarining   u   yoki   bu   tomoni   atroflicha
o‘rganilgandir.
O‘zga   gapning   turlari   ichida   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap
tilshunoslarning   e’tiborini   o‘ziga   ancha   kechroq   tortgan.   Hozirgi   paytda   o‘ziniki
bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   grammatik   hamda   stilistik   nuqtai   nazardan   tahlil   qilinib
kelinmoqda.
34 O‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   o‘zga   gapning   mustaqil   bir   turi   bo‘lib,   u
ko‘p   jihatlari   bilan   ko‘chirma   gapdan   ham,   o‘zlashtirma   gapdan   ham   tubdan   farq
qiladi.   Bu   erda   muallif   gapi   bilan   so‘zlovchi   nutqi   o‘rtasidan   aniq   bir   chegarani
o‘tkazib   bo‘lmaydi.   U   muallif   gapining   tarkibiga   kirib   ketgan   bo‘ladi.   O‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gap ayrim tomonlari bilan ko‘chirma gapga ham, o‘zlashtirma
gapga ham o‘xshab ketadi. Masalan, unda ko‘chirma gapdagi singari so‘zlovchining
o‘ziga   xos   leksikasi   o‘z   ifodasini   topgan   bo‘lsa,   o‘zlashtirma   gap   singari
qo‘shtirnoqqa olinmagan bo‘lib, muallif nuqtai nazardan qurilgan bo‘ladi.
O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap va muallif gapi bir maqsad yo‘lida maxsus
qurilmani tashkil etadi. Qiyoslang:
Er   hatte  keine  Zeit.  Er   war   bei   Gott   überhäuft.  Sie  sollte  sich  gedulden  und
sich gefälligst noch fünfzigmal besinnen (Th.Mann. Der Untertan. S. 37).
O‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   o‘zining   leksik-grammatik   qurilishi,
emotsional   his-tuyg‘u   bezagi   va   intonatsiyasiga   ko‘ra   o‘zlashtirma   gapga   nisbatan
ko‘chirma   gapga   ancha   yaqin   turadi.   Biroq   bundan   qat’iy   nazar   bu   erda   ham   ikki
shaxs fikrini (muallif va so‘zlovchi) bir-biridan ajratib bo‘lmaydi va natijada ularni
o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formasi   deb   bo‘lmaydi.   Aynan   mana   shu   xislat,   ya’ni
ikki shaxs fikrining birlashishi o‘zga gapning barcha turlariga xos bo‘lgan xususiyat
bo‘lib hisoblanadi.
O‘zga   gap   turlari   ichida   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   bir-biriga     ancha
yaqin  bo‘lib, ularning har ikkalasiga xos bo‘lgan umumiy va farq qiluvchi tomonlar
mavjud.   Aynan   mana   shu   narsani   ko‘rsatish   maqsadida   endi   biz   ko‘chirma   va
o‘zlashtirma gapni parallel tarzda tahlil qilamiz.
Tilshunoslarning   ilmiy   ishlari   bilan   tanishish   shuni   ko‘rsatadiki,   ba’zi
tadqiqotchilar (ayniqsa turkologlar) o‘zlari o‘rganayotgan tilda o‘zlashtirma gapning
mavjudligini   butunlay   inkor   qiladi.   Masalan,   U.B.Aliev   shunday   yozadi:     "V
karachaeva-balkarskom   yazike   net   osobix   form   dlya   virajeniya   znacheniy
kosvennoy   rechi,     est   tolko   forma   pryamoy   rechi,   kotoraya   upotreblyaetsya   v
odinakovoy mere kak pryamaya i kak kosennaya rech"[Aliev, 1973: 344].
35 Shuningdek,   o‘zlashtirma   gapni   o‘zbek   tili   materiali   asosida   o‘rgangan
Muhammadjon   Iminov   o‘zining   „O‘zlashtirma   gap   bormi?“   nomli   maqolasida
quyidagi xulosalarga keladi:
1.   Ko‘chirma   gap   hech   qachon   o‘zlashtirma   gapga   aylantirilib   o‘zgaga
uzatilmaydi.
2. Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant-usullarini
ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir.
3. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q. „O‘zlashtirma gap“ yo‘qligi
tufayli bu terminni ishlatish ham o‘rinsizdir  "[Iminov, 1994: 63].
Tilshunoslarning   bu   kabi   fikrlari   keyingi   tadqiqotchilar   tomonidan   tanqid
ostiga   olingan   va   o‘zlashtirma   gap   o‘zga   gapning   boshqa   ko‘rinishlari   bilan   bir
qatorda o‘rganilib kelinmoqda "[Yo‘ldoshev, 1996: 10].
Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplar   o‘ziga   xos   bir   qator   struktural   belgilarga
ega   bo‘lib,   ular   o‘zga   gap   turlarining   tilda   mustaqil   til   birliklari   sifatida   namoyon
bo‘lishini   ko‘rsatadi.   Ular   o‘rtasidagi   umumiylik   ularning   mazmun   ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi.
R.A.Budagov   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplarning   o‘zaro   munosabatiga
quyidagicha   ta’rif   beradi:   „Pryamaya   rech   imeet   svoi   osobennosti,   svoi   sredstva
virajeniya,   svoi   zakonomernosti.   To   je   sleduet,   skazat   i   o   kosvennoy   rechi   …
Konechno, svoeobrazie kajdogo vida rechi vovse ne oznachaet, chto mejdu nimi ne
sushestvuet   svyazi,   no   svyaz   eta   ne   svoditsya   k   mexanicheskoy     “ transpozitsii ”   i
obuslovlena … obshim zamislom govoryashego” [Budagov, 1965: 345].
Bu   kabi   fikrlarni   E.V.   Guliga     ham   bayon   qiladi:     „Ponimanie   kosvennoy
rechi tolko kak  perletsovka pryamoy predstavlyaetsya nam nevernim … Posle togo
kak   kosvennaya   rech   voznikla   i   oformilas   sintaksicheski,   ona   suщestvuet   kak
opredelennaya   model   i   ispolzuetsya   v   pismennom   yazike   kak   samostoyatelnoe
grammaticheskoe yavlenie daleko ne vsegda obratimoe“ [ Guliga, 1957: 158].
Ayrim   tilshunoslar   o‘zlashtirma   gapni   o‘rganishda   bari   bir   ko‘chirma   gapga
tayanishadi.   Ular   oldin   ko‘chirma   gapga   misol   keltirishadi   va   uni   o‘zlashtirma
36 gapga   aylantirib,   bu   jarayonda   sodir   bo‘lgan   o‘zgarishlar   orqali   ko‘chirma   va
o‘zlashtirma gapga ta’rif berishadi [ Sharipov, 1955: 19; Belyaeva, 1967: 302].
Bizningcha, o‘zga gapni bu kabi o‘rganish ko‘chirma va o‘zlashtirma gapning
mustaqil sintaktik kategoriya ekanligiga putur etkazib, o‘zlashtirma gapni ko‘chirma
gapning “ag‘darmasi” degan tushunchaga olib keladi. Axir tan olish lozimki, yozma
yoki og‘zaki nutqda kishi  hech vaqt o‘zga shaxs fikrini avval ko‘chirma, keyin esa
o‘zlashtirma   gap   ko‘rinishida   bayon   qilmaydi.   Ularning   biri   ikkinchisi   uchun   asos
bo‘laolmaydi.   Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   mustaqil   sintaktik   kategoriyalar
sifatida biri ikkinchisiz o‘zgalar fikrini bayon qilish uchun xizmat qiladi.
Ammo   shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap
yagona   bir   fikrga   tayanadi.   Uni   biz   shartli   ravishda   dastlabki   fikr   deb   ataymiz.
Aynan   mana   shu   fikr   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   uchun   asos   bo‘lib   xizmat
qiladi.   U   muayyan   bir   shart-sharoit   asosida   yo   ko‘chirma,   yoki   o‘zlashtirma   gap
ko‘rinishida   o‘z   ifodasini   topadi.   Masalan,   biror   kishi   “Men   ertaga   Toshkentga
boraman”   deb   aytsa   yoki   xayolidan   o‘tkazsa   u   hali   o‘sha   kishining   fikri,     rejasi
bo‘lib  hisoblanadi.  Endi   ushbu  fikrni  ikkinchi   bir   shaxs  ko‘chirib  yoki  o‘zlashtirib
qayta   bayon   etishi   mumkin.   Shundan   keyingina   u   ko‘chirma   yoki   o‘zlashtirma
gapga aylanadi. Qiyoslang:
 
Ushbu misol shuni ko‘rsatadiki, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap   zaminida bir
narsa,   bir   fikr   yotadi.   Aynan   mana   shu   fikrni   ifoda   etish   uchun   ko‘chirma   va
o‘zlashtirma   gap   binnar   oppozitsiyani   tashkil   etib,   o‘ziga   xos   sintaktik   sinonimlar
sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Ushbu   konstruksiyalarni   sintaktik   sinonimlar   deb
atashimizga sabab ularning bir xil mazmunga ega bo‘lishidir.
37Dastlabki fikr :
Men ertaga Toshkentga boraman .
Ko’chirma gap :
  “ Men ertaga Toshkentga boraman ” -
dedi u . O’zlashtirma gap :
U o’zining ertaga Toshkentga
borishini aytdi. Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gap   nemis   tilida     sintaktik   sinonimlarni   tashkil
qilsada,   ular   bir-biridan   farq   qiluvchi   ko‘pgina   tomonlarga   ega.   Aynan   mana   shu
tomonlarni   ko‘rsatish   maqsadida   biz   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplarni   har
tomonlama tahlil qilishga harakat qilamiz. Muallif gapi sifatida biz nemis tilida   Er
sagte (fragte) kabi sodda formalarni olamiz.
1. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gapning leksik-grammatik qurilishi
hhhoojokhk
Misollardan   ko‘rinib   turibdiki,   dastlabki   fikr   ko‘chirma   gap   ko‘rinishida
leksik   grammatik   va   semantik   jihatdan   hech   qanday   o‘zgarishga   duch   kelmaydi.
Unga faqat muallif gapi qo‘shiladi.
O‘zlashtirma gapda esa bir qator o‘zgarishlar kuzatiladi:
a) bog‘lovchili o‘zlashtirma gapda kesim gapning eng oxiriga ko‘chiriladi. U
bog‘lovchisiz muallif gapi bilan bog‘langanda so‘z tartibi dastlabki fikrniki bilan bir
xil bo‘ladi;
b)  kishilik olmoshi almashadi. Bu erda birinchi shaxs o‘rnini uchunchi shaxs
egallaydi, ya’ni ich → er;
v) egalik olmoshi o‘zgaradi, ya’ni meine → seine.
2. O‘zga gapli konstruksiyalarning sintaktik funksiyasi.
38Dastlabki fikr :
Ich habe gestern diesen Mantel für meine
Schwester gekauft.
Ko’chirma gap :
 „Ich habe gestern diesen Mantel für
meine Schwester gekauft“, sagte er. O’zlashtirma gap :  
Er sagte, dass er gestern diesen Mantel
für seine   Schwester gekauft habe // er
habe gestern   diesen Mantel für seine
Schwester gekauft.
Dastlabki fikr :
Die Sonne scheint heute hell
Ko’chirma gap :
Er sagte: „Die Sonne scheint heute
hell“ O’zlashtirma gap :  
Er sagte, daß die Sonne heute
hell scheine Ko‘chirma   gap   ko‘rinishidagi   o‘zga   gap   gaplarga   xos   bo‘lgan   barcha
belgilarga   ega:   predikativlik   va   modallik,   intonatsion   tugallik.   Ko‘chirma   gapli
konstruksiyalarni qo‘shma gapning qay turiga kiritish borasida tilshunoslar o‘rtasida
yagona fikr yo‘q. Ba’zi tilshunoslar uni bog‘langan qo‘shma gaplar qatoriga kiritsa,
boshqalari   ularni   ergash   gapli   qo‘shma   gaplar   deb   ham   atashadi.   Shuningdek
ko‘chirma gapli konstruksiyalarni qo‘shma gapning maxsus turi deb atovchi olimlar
ham   oxirgi   yillarda   paydo   bo‘la   boshladi   [Zinder,   1957:   300;   Guliga,   1966:   165;
Zenchenko. 2007: 61].
O‘zlashtirma   gapda   o‘zga   gap   ergash   gap   ko‘rinishida   o‘z   ifodasiga   ega
bo‘lib, bosh gapga grammatik nuqtai nazardan tobe bo‘lib keladi va uni mazmunan
to‘ldirish   uchun   xizmat   qiladi.   (Qiyoslang:   Er   sagte,   dass     die   Sonne   heute   hell
scheine ). Bosh gap ham mazmunan to‘liq bo‘lmasdan, u sinsemantik xarakterga ega.
Uning   tarkibida   sagen   fe’li   ishtirok   etgan   bo‘lib,   uning   grammatik   va   mazmunan
to‘ldirilishi talab qilinadi. Demak, bu erda bosh gap ham, ergash gap ham bir-biriga
muhtoj   bo‘lib,   ular   biri   ikkinchisiz   to‘liq   emas.   Ushbu   komponentlar   bir-biriga
nisbatan sinsemantik xarakterga ega.
3.  O‘zga gap va muallif gapi o‘rtasidagi sintaktik chegara va bog‘lanish.
Ko‘chirma   gap   bu   erda   mustaqil   gap   tarzida   namoyon   bo‘lishi   sababli   u   va
muallif gapi o‘rtasidagi sintaktik chegara yaqqol saqlangan bo‘ladi. Ko‘chirma gap
bu tilda muallif gapi bilan har doim bog‘lovchisiz bog‘langan bo‘ladi.
39Dastlabki fikr :
:
Akmal schreibt einen Brief
Ko’chirma gap :
Er sagte :  „Akmal schreibt einen Brief“ O’zlashtirma gap :  
Er sagte, dass Akmal  einen Brief schreibe
ёки  Er sagte, Akmal schreibe einen Brief O‘zlashtirma   gap   va   muallif   gapi   o‘rtasidagi   sintaktik   chegara   ko‘chirma
gapniki   darajasida   yaqqol   saqlangan   bo‘lmaydi.   Muallif   gapi   va   o‘zlashtirma   gap
tuzilish   jihatdan   ham,   mazmun   jihatdan   ham   bir-biri   bilan   juda   yaqin   aloqada
bo‘ladi. C h unki ular bitta sintaktik qurilmaning ikki komponenti bo‘lib hisoblanadi.
O‘zlashtirma   gap   bu   tilda   muallif   gapi   bilan   turli   xil   bog‘lovchi   vazifasini
o‘taydigan so‘zlar orqali bosh gapga bog‘lanadi. Bog‘lovchi so‘zning bor yo‘qligiga
qarab ergash gapdagi so‘zlar tartibi turli xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
4.Emotsional  his-tuyg‘uni ifodalovchi so‘zlar va murojaat formalarining
ishlatilishi.
Ko‘chirma   gapga   xos   bo‘lgan   xususiyatlardan   biri   uning   tarkibida   murojaat
formalari,   yuklama,   kirish   so‘zlar   va   boshqalarning   ishlatilishidir.   Masalan,
dastlabki fikr tarkibidagi murojaat formasi Student Karimov ko‘chirma gap shaklida
ham   saqlanadi   va  ular   ikki   holatda   ham   u   vergul   orqali   ajratilgan   bo‘ladi.  Bundan
tashqari  Ihnen so‘zi ham saqlangan bo‘lib, u adresatni ko‘rsatadi. Bu erda  Student
Karimov  va Ihnen  so‘zlari bir shaxsni ko‘rsatib keladi. 
Biroq o‘zlashtirma gapda bir shaxsni aks ettiruvchi so‘zlar birlashtirilib bir xil
ko‘rinishga   ega   bo‘ladi.   Masalan,   bizning   misolimizda   Student   Karimov       o‘ziga
aniq artikl   dem - ni qabul qiladi va gap tarkibidan Ihnen so‘zini siqib chiqaradi va
o‘zi to‘ldiruvchi funksiyasini bajarib keladi . 
5. Mayl formalarining ishlatilishi
Nemis tilida mayl formalari dastlabki fikr va ko‘chirma gapda bir-biriga mos
tushadi.   Bunday   mos   tushish   shaxs   qo‘shimchalarida   ham   saqlanadi.   Biroq
o‘zlashtirma   gapda   birinchi   shaxs   o‘rnini   uchunchi   shaxs   egallaydi   va   ko‘p
40Dastlabki fikr :
Student Karimov, ich verspreche
Ihnen die Hilfestunden zu leisten.
Ko’chirma gap :
„Student Karimov, ich verspreche
Ihnen die Hilfestunden zu
leisten“, sagte er. O’zlashtirma gap :  
Er sagte, dass er  dem Studenten
Karimov  die Hilfestunden
zuleisten  verspreche. holatlarda   indikativ   o‘rnini   kon’yunktiv   egallaydi.   «V   pridatochnix   predlojeniyax
(dopolnitelnix,   opredelitelnix,   pridatochnix   podlejaщego   i   dr.),   soderjaщix
kosvennuyu   rech,   a   takje   misli,   chuvstva,   perejivaniya   personajey,   peredannie   v
kosvennoy forme, obichno upotreblyaetsya kon’yunktiv» [Guliga, Natanzon, 1958:
147].
Nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapda   kon’yunktivning   qo‘llanishi   borasida
tilshunoslar   o‘rtasida   turli   fikrlar   mavjud.   XIX   –   asrning   boshlaridagi   ba’zi   chet
ellik   tilshunoslar   kon’yunktivning   o‘zlashtirma   gapdagi   ma’nosini   mustaqil
gaplardagi ma’no bilan bir xil qilib qo‘yadi, ya’ni ularning fikricha, kon’yunktiv har
doim   noaniqlik,   ikkilanish   kabi   ma’nolarini   o‘zida   mujassamlashtirgan   bo‘ladi.
Masalan,   X.A.Shyotenzak   indikativ   va   kon’yunktivni   bir-biriga   qarama-qarshi
qo‘yadi   va   u   agarda   so‘zlovchi   bayon   qilinayotgan   fikr   mazmuni   bilan   ham   fikr
bo‘lsa   indikativ,   rozi   bo‘lmaganda   esa   kon’yunktiv   qo‘llanadi   degan   fikrni   olg‘a
suradi  [Schötensack, 1956: 150].
X.A.Shyotenzakning   ushbu   fikri   keyingi   tadqiqotchilarning   ishlarida   ham
kuzatiladi.   Bu   narsani   biz   to   XX   –asrgacha   paydo   bo‘lgan   ilmiy   ishlarda   ham
kuzatamiz.
Biz   olimlarning   bu   kabi   fikrlarini   to‘lig‘icha   inkor   qilolmaymiz.   CHunki   bu
xildagi holatlar haqiqatdan ham qadimgi nemis tili davrida kuzatiladi.
Boshqa   bir   nemis   olimi   O.Bexagel   ko‘p   yillik   izlanishlari   natijasida
kon’yunktivga boshqacha ko‘z bilan qaraydigan bo‘ldi. Uning fikricha, kon’yunktiv
o‘zlashtirma gapda sof formal xarakterga ega, ya’ni kon’yunktiv gapning tobeligini
ko‘rsatuvchi   yagona   grammatik   vositadir   [O.Bexagel,   1911:   314].   Bu   fikrga
qo‘shilgan G.Paul  shunday yozadi:  “Kosvennaya rech v sovremennom  nemetskom
yazike   sleduet   rassmatrivat   kak   nechto   grammaticheski   zavisimoe   prichem
priznakom zavisimosti yavlyaetsya kon’yunktiv” [Paul, 1960: 159].
Tilshunoslikda   shunday   olimlar   ham   borki,   qaysikim   ular   kon’yunktiv
haqidagi bu ikki xil fikrni birlashtirib, ularning har ikkalasini ham ma’qullaydi. Ular
jumlasiga V.Flemig va Dudenlarni kiritish mumkin.
41 Yana   bir   nemis   olimi   Z.Eger   o‘zlashtirma   gapni   tor   ma’noda   tushinib,   unda
Konjunktiv I ning ishlatilishini tan oladi [Jäger, 1971: 54].
Nemis   tilidagi     Konjunktiv   T.V.Stroeva   va   E.V.Guligalar   tomonidan   keng
ko‘lamda   tahlil   qilingan.   Ular   kon’yunktiv   o‘zlashtirma   gapni   ifoda   etuvchi
grammatik   vosita   bo‘lib   hisoblanadi   degan   g‘oyani   olg‘a   suradi.   Bu   yo‘l   bilan
ergash gap bosh gapdan ajratiladi. Bu fikr boshqa tilshunoslar tomonidan ham qabul
qilingan   bo‘lib,   ular   kon’yunktivni   o‘zlashtirma   gapni   kontekstdan   ajratib   oluvchi
“shablon” sifatida qaraydilar  [Stroeva, 1957: 352;  Guliga, 1977: 261].
O‘zga   gapning   ifoda   usullarini   qiyosiy   o‘rganish   shuni   ko‘rsatadiki,
ko‘chirma, o‘zlashtirma va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar bir maqsad yo‘lida,
ya’ni   o‘zga   shaxslar   fikrini   bayon   qilish   yo‘lida   xizmat   qiladi   va   ularning   har   biri
o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
IKK INCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR
O‘zga   gapning   mustaqil   gap   doirasida   qo‘llanishi   borasida   turli   xil   fikrlar
mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar barcha tilshunoslar tomonidan tan olingani uchtadir.
Ular ko‘chirma, o‘zlashtirma va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplardir.
O‘zga   gapning   barcha   turlari   uchun   umumiy   va   farq   qiluvchi   tomonlar   ham
mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos sintaktik kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma   gapda   o‘zga   shaxs   fikri   so‘zma-so‘z   bayon   qilinsa,   o‘zlashtirma
gapda uning asosiy mazmuni izhor qilingan bo‘ladi. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma
gap   ayrim   tomonlari   bilan   ko‘chirma   gapga,   ba’zi   jihatlari   bilan   esa   o‘zlashtirma
gapga   o‘xshab   ketadi.   O‘zlashtirma   gap   ayrim   tomonlari   bilan   ko‘chirma   gapga
yaqin turadi.
O‘zlashtirma   gapni   tilshunoslar   tor   yoki   keng   ma’noda   tushunishadi.   Uning
xarakterini   belgilashda   asosiy   rolni   muallif   gapi   o‘ynaydi.   Aynan   u   orqali
o‘zlashtirma   gapning   kimga   tegishliligini   va   qachon,   qaerda   bayon   qilinganligini
bilib olish mumkin. Muallif gapidagi bir so‘z o‘zlashtirma gapni boshqarish uchun
xizmat   qiladi.   Aynan   mana   shu   so‘z   orqali   o‘zlashtirma   gapning   bayon
42 qilinganligini,   his   qilinganligini,   xayolidan   o‘tkazganligini   yoki   biron   joyga
yozilganligini bilib olish mumkin.
Ko‘chirma   gapda   ham,   o‘zlashtirma   gapda   ham   ikki   shaxsning   fikri   o‘z
ifodasini topgan bo‘ladi. Ular muallif va so‘zlovchi bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplarni   bir-biri   bilan   qiyos   qilish   natijasida
quyidagilar aniqlandi:
1.   Ko‘chirma   gapning   ham,   o‘zlashtirma   gapning   ham   asosida   o‘zga
shaxsning “dastlabki fikri” yotadi.
2.   Dastlabki   fikr   ko‘chirma   gap   ko‘rinishida   leksik,   grammatik   va   semantik
jihatdan   hech   qanday   o‘zgarishga   duch   kelmaydi.   Unga   faqat   muallif   gapi
qo‘shiladi.   O‘zlashtirma   gapda   esa   bir   qator   leksik-grammatik   o‘zgarishlar   yuz
beradi.
3.   Ko‘chirma   gapli   konstruksiyalarining   qo‘shma   gapning   qay   bir   turiga
mansubligi   borasida   tilshunoslar   o‘rtasida   yagona   fikr   yo‘q.   O‘zlashtirma   gapli
konstruksiyalar asosan ergash gapli qo‘shma gaplarni hosil qiladi.
4. Ko‘chirma gap ancha mustaqil xarakterga ega bo‘lib, u bilan muallif gapi
o‘rtasida sintaktik chegara yaqqol saqlangan  bo‘ladi. Ko‘chirma gap tegishli  tinish
belgilari   bilan   ham   muallif   gapidan   ajralib   turadi.   O‘zlashtirma   gap   bilan   muallif
gapi ergash gapli qo‘shma gaplar doirasida sintaktik aloqaga kirishadi. O‘zlashtirma
gapni muallif gapi bilan bog‘lashda bir qator bog‘lovchi so‘zlar ishtirok etadi.
5. Ko‘chirma gapga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri uning tarkibida murojaat
formalari, yuklama, kirish so‘zlar va boshqa his-hayajonni ifoda etuvchi so‘zlarning
ishlatilishi bo‘lib hisoblanadi. O‘zlashtirma gapda esa ularga o‘rin yo‘q.
6.   Ko‘chirma   gapda   ham,   o‘zlashtirma   gapda   ham   indikativ   va
kon’yunktivning   ishlatilishi   kuzatiladi.   Biroq   o‘zlashtirma   gapda   ko‘proq
kon’yunktiv ishlatiladi. U bu erda o‘ziga xos “shablon” funksiyasini o‘taydi. 
43 III.BOB. NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP
DOIRASIDA QO’LLANISHI.
3.1.O‘zga gapni boshqaruvchi muallif gapi va uning tarkibidagi so‘zlarning tahlili
  O‘zlashtirma   gapning   bu   turi   hozirgi   zamon   nemis   tiliga   xos   bo‘lgan
konstruksiyalardan biri bo‘lib, u badiiy adabiyotda ancha keng tarqalgandir. Muallif
odatda   nutqni   chigallashtirib   yubormaslik   uchun   o‘zga   shaxsning   fikrini   yanada
detallashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganda  o‘zga gapning bu ko‘rinishidan
foydalanildi.  Muallif  nutqi   va o‘zlashtirma  gap o‘rtasidagi   chegara bu  erda yaqqol
saqlangan   bo‘lib,   ushbu   ikki   shaxs   o‘rtasidagi   nutq   alohida   mustaqil   gaplar
ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Qiyoslang:
           Auch die Frau Pastor bestätigte es. Noch heute habe sie Guste in Lackschuhen
und lila Strümpfen gesehen. Das verspreche nichts Gutes. (10,121).
                  Bu   kabi   konstruksiyalarni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formasi   deb
hisoblashimizga quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) ularning o‘zga shaxs fikri asosida yuzaga kelganligi;
b) muallif nuqtai nazaridan qurilishi;
v) ularning maxsus kontekstga bog‘liq bo‘lishi.
Bu   narsani   yuqorida   keltirgan   misolimizga   tahlil   qiladigan   bo‘lsak,   aytish
mumkinki,   bu   qurilma   o‘zga   shaxs   fikri   asosida   paydo   bo‘lgan.   Bu   shaxs   bu   erda
Frau   Pastor   bo‘lib   hisoblanadi.   Ikkinchidan,   u   muallif   nuqtai   nazaridan   qurilgan.
Buni     sie   kishilik   olmoshi   va   u   bilan   moslashgan   habe   gesehen   fe’li   ko‘rsatib
kelmoqda. 
Shuni ta’kidlash lozimki, bu kabi o‘zlashtirma gaplar faqat grammatik nuqtai
nazardangina mustaqil. Mazmunan esa ular muallif gapi bilan chambarchas bog‘liq
va bir butunlikni tashkil etadi. Natijada o‘zlashtirma gapning yuzaga kelishi uchun “
maxsus   kontekst”   talab   qilinadi.   Bunday   kontekstni   misolimizda     “Auch...   es”
konstruksiyasi hosil qilgan. Aynan bunday kontekstlar   mustaqil gap   ko‘rinishidagi
o‘zlashtirma   gapning   yuzaga   kelishi   uchun   zaruriy   komponent   bo‘lib   hisoblanadi.
Chunki   aynan   u   o‘zlashtirma   gapning   qachon,   qaerda,   kim     tomonidan   va   qay
holatda bayon qilinganini ko‘rsatib keladi.
44 Muallif   gapi     ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma   gaplarda   fikr   tugallangan   bo‘ladi.
Ularda   modallik   ham   mustaqil   xarakterga   ega   bo‘lib,   zamon   formalarining
qo‘llanishi   kontekstga   nisbatan   nisbiy   qo‘llanishga   ega.   Ifoda   maqsadiga   ko‘ra   bu
xildagi   o‘zlashtirma   gap   o‘z   mustaqilligiga   ega.   So‘z   tartibi   xuddi   oddiy   mustaqil
gaplardagi singari bo‘ladi. Xuddi shu narsani ularning intonatsiyasiga nisbatan ham
aytish mumkin.
  Darak   gaplarga   nisbatan   mustaqil   so‘roq   gaplar   bir   qator   farqlanuvchi
tomonlarga ega. Bu erda quyidagi ko‘rinishdagi so‘roq gaplar nazarda tutilmoqda.
Moskau. Ob er wirklich nach Moskau kommen würde? Er wagte es nicht zu
glauben und war doch voller Ungeduld.
Ko‘rinib   turibdiki,   so‘roq   gaplar   ham   mustaqil   gap   ko‘rinishidagi
o‘zlashtirma gaplarni hosil qilishi mumkin. O‘zlashtirilgan darak gaplar ham, so‘roq
gaplar   ham   tugal   ma’noga   ega.   Darak   gaplarda   odatda   bog‘lovchi   ishlatilmaydi,
so‘roq gaplarda “ob” bog‘lovchisi yoki so‘roq so‘zlar o‘z ifodasiga ega va natijada
ular so‘z tartibining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
O‘zlashtirma gapning   mustaqil gap  ko‘rinishida o‘z ifodasini topishida nemis
tilidagi   kon’yunktiv   juda   muhim   rol   o‘ynaydi.   Chunki   u   juda   ko‘p   holatlarda
o‘zlashtirma   gapning   zaruriy   elementi   bo‘lib   keladi.   Shu   boisdan   bo‘lsa   kerak,
ayrim   tilshunoslar   uni   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   o‘zlashtirma   gapni   ko‘rsatuvchi   yagona
formal   element   deb   yozishadi.   Bu   haqda   Gerhard   Helbig   shunday   yozadi:   “V   tak
nazivaemoy   soobshaemoy   rechi”   (v   kotoroy   sleduyut   drug   za   drugom   neskolko
bessoyuznix   pridatochnix   predlojeniy   bez   povtorno   vvodimogo   glagola)
kon’yunktiv vistupaet kak edinstvennoe sredstvo ... dlya oboznacheniya kosvennoy
rechi i poetomu on yavlyaetsya i obyazatelnim [Helbig, 1974: 32].
Bu   fikrga   asosan   qo‘shilish   mumkin.   Biroq   ba’zi   holatlarda   mustaqil   gap
ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma   gaplarda   kon’yunktiv   o‘rnini   indikativ   egallaydi.
Bunday   paytda   situatsiya,   umumiy   kontekst   mustaqil   gap   ko‘rinishidagi
o‘zlashtirma gapni payqash uchun xizmat qiladi, deb hisoblaydi E.V.Rozen  [Rozen,
1974: 22]. U quyidagi ko‘rinishdagi misolni o‘z fikrini tasdiqlash uchun keltiradi:
45 Und   Christa   erzählte,   daß   tausend   Kerzenflammen   den   mächtigen   Dom
erhellten, Hunderte von armdicken Kerzen brann ten auf dem Hauptaltar, und doch
waren die ungeheuren Umrisse  des Kirchenschiffes  kaum zu ahnen. Auch von der
dicht gedrängt in Menge sah man nicht mehr als schattenhafte Umrisse …
E.V.Rozen   mustaqil gap   ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gapda kon’yunktiv ham,
indikativ ham ishlatilishi mumkinligini ko‘rsatib, ularni ikkiga ajratadi:
1) kesimi kon’yunktivda turgan o‘zlashtirma gapli mustaqil gap;
2) kesimi indikativda turgan o‘zlashtirma gapli mustaqil gap.
Biz   mustaqil   gaplarni   bu   tarzda   ikkiga   ajratishni   o‘rinli   deb   hisoblamaymiz.
Chunki   bu   erda   asosan   kon’yunktiv   ishlatilib,   juda   kam   holatlardagina   indikativ
keladi.  Shu  bois  ularning  har   birini   o‘zlashtirma   gapning  bir  ko‘rinishi   deb  qarash
maqsadga   muvofiq   deb   hisoblaymiz.   Har   holda   mayl   formalari   sintaktik
konstruksiyaning turini o‘zgartirmaydi.
3.2. O‘zlashtirma gapning semantik, leksik- grammatik belgilari
O‘zga   gapga   bag‘ishlangan   ishlarda   olimlar   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplarni
mazmunan   bir-biriga   qarama-qarshi   qo‘ygandek   tuyiladi.   Chunki   ularning
ta’kidlashicha,   ko‘chirma   gapda   o‘zga   shaxs   fikri   so‘zma-so‘z,   hech   qanday
o‘zgarishsiz   bayon   etilsa,   o’zlashtirma   gapda   faqat   uning   mazmuni   o‘z   ifodasini
topgan   bo‘ladi.     O‘zlashtirma   gapdan   ko‘zda   tutilgan   maqsad   o‘zgalar   (ba’zan
o‘zining   ham   oldingi   gapini)   fikrining   asosiy   mazmunini   boshqalarga   etkazish
bo‘lib hisoblanadi. Uning leksik-grammatik qurilishi ikkinchi planga o‘tkaziladi.
Hozirgi   zamon   nemis   tilida   o‘zlashtirma   gapni   farqlovchi   bir   qator   belgilar
mavjud.   Ular   quyidagilardan   iborat:   1)   birinchi   shaxs   o‘rnini   uchunchi   shaxsning
egallashi;   2)   mayl   formalarining   o‘zgarishi   (indikativ   o‘rnini   kon’yunktiv
egallaydi);   3)   o‘zlashtirma   gapni   boshqaruvchi   fe’lning   paydo   bo‘lishi   (sagte);   4)
so‘z tartibining o‘zgarishi; 5) ohang o‘zgarishi; 6) kontekst.
Ushbu   belgilar   o‘zlashtirma   gapning   o‘ziga   xos   bir   mustaqil   kategoriya
ekanligidan dalolat beradi. 
Buyuk   rus   tilshunosi   A.Peshkovskiy   bu   haqda   shunday     yozgan   edi:   “Vo
mnogix   drugix   yazikax   kosvennaya   rech   sintaksicheski   rezko   otlichaetsya   ot
46 pryamoy (spetsionalnoe upotreblenie nakloneniy, soyuzov, lichnix slov), tak chto v
ney  suщestvuet   spetsialniy   i   ochen  slojniy  shablon  kosvennoy   peredachi   rechi,  i   v
sintaksise   takix   yazikov   izuchenie   etogo   shablona   zanimaet   ochen   vajnoe   mesto”
[Peshkovskiy, 1955: 314].
Aynan   shu   aytilganlar   nemis   tiliga   ham   xosdir.   Chunki   o‘zlashtirma   gap   bu
tilda ham o‘ziga xos modelga ega bo‘lib, uni o‘zga gapning boshqa turlaridan farq
qilish uchun xizmat qiladigan bir qator leksik-grammatik belgilarga ega.
O‘zlashtirma gapli konstruksiyalar boshqa  unga o‘xshash gaplardan umumiy
mazmuni,   ya’ni   semantik   jihatdan   ham   farq   qiladi.   Chunki   bu   qurilmalarda   oldin
aytganimizdek ikki shaxs (muallif va so‘zlovchi) fikri birlashtirilgan bo‘lib, muallif
gapi bosh gapda, so‘zlovchi fikri esa ergash gapda o‘z aksini topgan bo‘ladi. Agarda
biz ergash gapli qo‘shma gapning kommunikativ funksiyasini bosh gap xarakteriga
qarab   belgilaydigan   bo‘lsak,   har   bir   funksional   tipda   uchtadan   o‘zlashtirma   gapli
variant mavjudligini kuzatamiz. Mana ular:
I. Darak gap.
a) o‘zlashtirilgan xabar bilan:  Der Klassenleiter sagte seiner Schülerin, daß er
morgen einen Vortrag halten werde .
b) o‘zlashtirilgan so‘roq bilan:  Der Klassenleiter fragte seine Schülerin, ob sie
morgen einen Vortrag halten werde.
v) o‘zlashtirilgan buyruq bilan:   Der Klassenleiter sagte seiner Schülerin,   sie
solle morgen einen Vortrag halten.
II.   So‘roq gap
a) o‘zlashtirilgan xabar bilan :     Wer hat gesagt daß sie morgen einen Vortrag
halten werde?
b) o‘zlashtirilgan so‘roq bilan:   Wer hat gefragt, ob sie morgen einen Vortrag
halten werde?
v) o‘zlashtirilgan buyruq bilan:  Wer gat gesagt, daß sie morgen einen Vortrag
halten solle?
III.   Buyruq gap
47 a)   o‘zlashtirilgan  xabar   bilan :     Sagen  Sie   ihr,   daß   sie   morgen   einen   Vortrag
halten werde!
b)  Fragen Sie sie, ob sie morgen einen Vortrag halten werde!
v) o‘zlashtirilgan buyruq bilan:   Sagen Sie ihr, daß sie morgen einen Vortrag
halten solle!
Y u qoridagi   gaplar   ichida   eng   keng   tarqalgani   –   bu   darak   gaplar   bo‘lib
hisoblanadi.   Unda   ikki   shaxsning   nutqi   o‘z   ifodasini   topib,   yaxlit   holatda   bir-biri
bilan   birlashgan   bo‘ladi.   Ulardan   muallif   gapi   bosh   gap   ko‘rinishida,   o‘zga   shaxs
fikri esa ergash gap tarzida o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Bu   narsa   odatda   boshqa     kommunikativ   tiplarda   to‘liq   ma’noda   o‘z   aksini
topmagan bo‘ladi.  Masalan,  Sagen Sie ... ko‘rinishidagi  buyruq gapda o‘zga shaxs
fikri o‘z ifodasini topmagan, balkim u tinglovchini gapirishga undaydi. U shu jihati
bilan   darak   gaplardan   farq   qiladi.   Natijada   buyruq   gaplarda   ikki   shaxs   fikri
mujasamlashgan   bo‘lmaydi.   C h unki   Sagen   Sie   ihr,   daß   sie   morgen   einen   Vortrag
halten  werde!   ko‘rinishidagi   misolda   faqat   bir   kishining   gapi   o‘z  ifodasini   topgan.
Darak va buyruq gaplar bir-biridan shuningdek bosh gap tarkibidagi ega bilan ham
farq qiladi. Qiyoslang:
1.   Der   Klassenleiter   sagte   seiner   Schülerin,   daß   er   morgen   einen   Vortrag
halten solle.
2. Sagen  Sie  ihr, daß sie morgen einen Vortrag halten solle!
Birinchi   gapdagi   ega,   ya’ni     der   Klassenleiter   darak   gap   tarkibida   gapi
o‘zlashtirilib berilayotgan shaxsni ifodalamoqda. Ikkinchi buyruq gapdagi ega, ya’ni
s ie   uchunchi  bir  shaxsni  aniq bir  ishni  bajarishga undaydigan ikkinchi  bir  shaxsni,
ya’ni tinglovchini aks ettirgan.
Shunga o‘xshash narsalarni biz so‘roq gaplarda ham kuzatamiz. Birinchidan,
muallif   gapi   tarkibidagi   wer     so‘roq   so‘zi   mantiqan   ega   funksiyasini   bajarsada,   u
darak   gaplardagidan   farqli   ravishda   so‘zi   o‘zlashtirilib   berilayotgan   shaxsni
anglatmaydi.   Wer   hat   gesagt,   daß   sie   morgen   einen   Vortrag   halten   werde?   gapida
so‘zi  o‘zlashtirilib berilayotgan shaxs noaniq bo‘lib qoladi. Bu narsa ushbu gaplarni
o‘zida   bitta   shaxsning   so‘zini   aks   ettirgan   oddiy   sodda   gaplarga   o‘xshash   qilib
48 qo‘yadi. Biroq bu erda javob orqali so‘zi o‘zlashtirilib berilayotgan shaxsni  anglab
olish mumkin. Qiyoslang:  
  Wer hat gesagt, daß sie morgen einen Vortrag halten werde?
- Anwar.
Agarda  wer  so‘roq so‘zini Anwar so‘zi bilan almashtirsak, so‘zi o‘zlashtirilib
berilayotgan shaxs aniq bo‘lgan sof darak gapga ega bo‘lamiz: 
Anwar   hat gesagt ,   daß sie morgen einen Vortrag halten werde .
So‘roq   gaplar   ichida   o‘zlashtirilgan   so‘roq   gapli   so‘roq   gaplar   alohida   o‘rin
egallaydi.   Chunki   bu   erda   ikkita   so‘roq   o‘zaro   birlashtirilgan   bo‘lib   hisoblanadi,
o‘zlashtirilgan   va   o‘zlashtirilmagan   so‘roq.   Bunday   holatda   o‘zlashtirilgan   so‘roq
ergash gapni, o‘zlashtirilmagani esa bosh gapni hosil qiladi.
Wer hat gefragt, ob sie morgen einen Vortrag halten werde?
Bu erda ikkita savol mavjud: 1) o‘zlashtirilmagan savol (Wer hat gefragt, ...)
va   2)   o‘zlashtirilgan   savol     (ob   sie   morgen   einen   Vortrag   halten   werde).
O‘zlashtirilmagan   savol   aynan   hozir   gapirayotgan   shaxs   savoli   bo‘lsa,
o‘zlashtirilgani   esa   so‘zlovchiga   noma’lum   bo‘lgan   shaxsning   savoli   bo‘lib
hisoblanadi. Aynan shu noma’lum shaxsni bilib olish ushbu gapning kommunikativ
funksiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Bu   erda   alohida   ta’kidlash   lozimki,   yuqoridagi   gaplar   o‘rtasidagi   farqlar
asosan bosh gapning xarakteriga bog‘liq. Chunki barcha holatlarda o‘zlashtirma gap
bir-biriga   juda   yaqin   bo‘lib,   ular   o‘rtasidagi   farq   u   darajada   katta   emas.   Shuni
hisobga olib, endi biz faqat darak gaplarni talqin qilish bilan chegaralanamiz.
Darak gaplar  ichida eng ko‘p tarqalgani  bu o‘zlashtirilgan darak gapli  darak
gaplar   bo‘lib   hisoblanadi.   Darak   gapning   bu   turi   ko‘chirma   gapdan   o‘zining
intonatsion   tuzilishi   jihatdan   ham,   ifoda   maqsadiga   ko‘ra   ham   tubdan   farq   qiladi.
Ko‘chirma   gapning   ohangi   ham,   kommunikativ   funksiyasi   ham   mustaqil   tarzda
saqlangan   bo‘ladi.   Ergash   gap   ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma   gap   esa   intonatsion
tugallikka va kommunikativ mustaqillikka ega emas. Qiyoslang:
    Ko‘chirma gap:         O‘zlashtirma gap:
„Dreck ist vogelfrei“, Aber er erhielt die Schreckensantwort,
49 antwortete Bummel. daß er zwei Tage zu spät komme.
(E. Strittmatter. Die  (W. Hauff. Märchen. S. 94).
Bienkopp. S. 147).
Biz yuqorida aytgan gaplar faqat o‘zlashtirma gapni ergash gap ko‘rinishida
ifoda etuvchi konstruksiyalarga tegishli. O‘zlashtirma gapning bu ko‘rinishi barcha
rus va germanist tilshunoslar  tomonidan tan olingan tur bo‘lib hisoblanadi. Agarda
biz o‘zlashtirma gap uchun o‘zga shaxs  fikrining asosiy mazmunini bayon qilishni
asos   qilib   oladigan   bo‘lsak   uning   boshqa   grammatik   formalarda   ham   izhor
qilinishini tan olishimizga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pgina   tilshunoslar   o‘zga   gapning   ifoda   formalarini   aniqlashga   harakat
qilib kelishgan. Ular  buning uchun turli  narsalarni  o‘zlashtirma gapni  ko‘rsatuvchi
belgi   sifatida   qarashadi.   Masalan,   E.V.Rumyanseva   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma
gapni   ko‘rsatuvchi   belgi   deb   gapdagi   ikki   planlikni   tan   oladi.   Uning   fikricha,   har
qanday   o‘zlashtirma   gapli   konstruksiyada   muallif   gapi   va   o‘zlashtirma   gap
o‘rtasidan   aniq   bir   chegara   o‘tishi   kerak.   U   shunga   asoslangan   holda   quyidagi
konstruksiyalarni o‘zlashtirma gaplar qatoriga kiritmaydi [Rumyanseva, 1972: 54].
1) o‘zga     shaxs   fikrini   o‘ta   qisqa   formada   ifoda   etish:   Er   beteuerte   seine
Unschuld.
2) o‘zga gapni bayon etuvchi infinitiv konstruksiya: Sie bat ihren Bruder,  i hr
dieses Buch zu kaufen.
3) Sollen // wollen  + infinitiv  I  yoki  II ;
4) o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
5) hikoya formasi (pereskaz)
6) nutq ma’nosiga ega bo‘lmagan fe’l yoki otlar orqali boshqariladigan o‘zga
gap. Masalan:
Das   Gericht   verschob   Martins   Ver t eidigung,   da   er   der   Militärschaft
verdächtig sei (7,253).
E.V.Rumyanseva   o‘zga   gapning   ushbu   olti   ko‘rinishini   o‘zlashtirma
gapning   ifoda   formalari   turkumiga   kiritmaydi.   Uning   fikricha,   mavjud
grammatikalardagi   o‘zlashtirma   gapni   ko‘rsatuvchi   belgilar   etarli   emas.   Bu   erda
50 yana   bir   qandaydir   belgi   lozimki,   u   o‘zlashtirma   gapni   grammatik   kategoriya
sifatida   boshqa   unga   yaqin   konstruksiyalardan   tubdan   farqlasin.   Aynan   mana   shu
belgi   o‘zlashtirma   gapni   ko‘chirma   gapga   yaqinlashtirib,   boshqa   ularga   yaqin
bo‘lgan   qurilmalardan   farqlamog‘i   lozim.   Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gapga   xos
bo‘lgan   bu   belgi   –   bu   o‘ziga   xos   qurilishga   ega   bo‘lgan   ikki   shaxs   gapidir.   Ular
so‘zlovchi va muallif nutqidir.
Aynan   mana   shu   nutqning   ikki   qatlamliligini   asos   qilib   olgan
E.V.Rumyantseva   yuqorida   sanab   o‘tgan   konstruksiyalarda   o‘zlashtirma   gap   yo‘q,
deb hisoblaydi. Endi ushbu konstruksiyalarni ketma-ket ko‘rib chiqamiz.
1) O‘zga shaxs fikrini o‘ta qisqa ko‘rinishda bayon qilishda ikki shaxs fikrini
bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Mana misollar:
1 .  Herr   Grünlich  lobte   die  vornehme   Anlage   des   Hauses,   er   lobte  die   ganze
Stadt   überhaupt,   er   lobte   die   Zigarre   des   Konsuls   und   hatte   für   jeden   ein
liebenswürdiges Wort (1,90).
2.   Der   Diener   meldete   aus   der   Zeit   seiner   Abwesenheit   zwei   Besuche   und
einige Telephonanrufe… (4,227).
3. Mac gestand, erstlich befragt einige frühere Liebschaften (2,105).
O‘zga shaxs so‘zi bu erda yagona bir fe’l ( loben –  birinchi misolimizda) yoki
fe’l   +   to‘ldiruvchi   doirasida   ( meldete   zwei   Besuche   gestand   einige   frühere
Liebschaften )   doirasida   o‘z   aksini   topgan.   Birinchi   misolimizda   “loben”   fe’li
to‘ldiruvchi   bilan   birikkan.   Biroq   ushbu   to‘ldiruvchi   fe’l   bilan   shunchalik   birikib
ketganki,   uni   ajratib   ko‘rsatish   ancha   mushkul,   shuning   natijasida   asosiy   mazmun
“loben”   fe’lining zimmasiga yuklatiladi. Biroq “melden” tipidagi fe’llarda ma’lum
darajadagi   abstraktlik   o‘z   ifodasini   topgan   bo‘lib,   o‘zga   shaxs   fikrining   mavzusi
fe’lda   emas,   balki   to‘ldiruvchi   orqali   o‘z   aksiga   ega   bo‘ladi.   Biroq   bundan   qat’iy
nazar   bu   erda   ham   yagona   bir   fikr,   ya’ni   muallif   gapi   o‘z   aksiga   ega   bo‘ladi.   Bu
jihatdan   ushbu   konstruksiyalar   ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplardan   keskin   farq
qiladi va shu sababli ular biron bir tilshunos tomonidan o‘zlashtirma gapning ifoda
formasi sifatida tan olinmagan.
51 2)   Germanistikada   Sie   bat   ihren   Brüder,   ihr   dieses   Buch   zu   kaufen   tipidagi
misollarga boshqacha qarashlar mavjud. Masalan,  E.A.Zvereva bu   haqda shunday
yozadi:   “Tak   kak   pri   etom   imeetsya   podchinenie   dannogo   infinitivnogo   oborota
vvodyaщemu glagolu, otnosyaщemsya k gruppe glagolov, svyazannix s ponyatiem
rechi,   kotoroe   mojno   nablyudat   v   vide   sdviga   litsa   v   mestoimenii.   Pri   etom
infinitivniy   oborot   so   znacheniem   rechi   peredaet   neposredstvennoe   soderjanie
viskazivaniya” [Zvereva, 1964: 40].
E.V.Rumyansevaning   fikricha,   infinitiv   konstruksiyalarni   o‘zlashtirma
gapning   ifoda   formalari   qatoriga   kiritishda   ularning   strukturasi   to‘sqinlik   qiladi.
Chunki   bu   erda   nutqning   ikki   qatlamligi   yo‘q.   Fikrning   tasdig‘i   uchun   quyidagi
misollar keltiriladi:
1.   Sie   bereut,   oft   über   seine   Klagebriefe   gelacht   und   sein   Gejammer   für
übertrieben gehalten zu haben (W.Bredel. Die Söhne. S. 206).
2. Er schämte sich, Peters Manuskript nicht besser versteckt zu haben (7,189).
3.   Klage   sah   ihn   nur   einem   schwachen   Lächeln   an,   froh   bei   diesem   Mann
Verständnis  gefunden zu haben (8,117).
4.   Raul   machte   sich   Vorwürfe,   Jacques   seinerzeit   schroff   abgewiesen   zu
haben (8,117).
5.  Er   gab  offen  zu,   in  London  weit  über   seine   Verhältnisse  gelebt   zu  haben
(9,36).
6. Er fürchtete belästigt zu werden, fürchtete, für seine Mutter und Schwester
Feuerung besorgen zu müssen (3,199).
E.V.Zvereva infinitiv konstruksiyalarni  o‘zlashtirma gapning ifoda formalari
qatoriga qo‘shishiga  ularning osonlik bilan   „daß“   bog‘lovchili  ergashgan qo‘shma
gaplarga aylanishini asos qilib oladi. Mana ikki shaxs fikrining   „daß“   bog‘lovchisi
orqali bog‘lanishiga misollar.
1.  Sie heu l te tief, daß sie ihren Vater ins Unglück gebracht  hat (4,78).
2.   Sie   schämten   sich   plötzlich,   daß   sie   sich   in   dieses   grausige   Werk,
eingemengt hatten (5,388).
52 3.   Marie   freute   sich   auch,   daß   dieser   Heiner   manchmal   das   große   Mädchen
mitnahm…(7,253).
4. Er hatte ihm sonst nur vorgeworfen, daß er den Kleinen verhetzte (Eben da.
S. 253).
5. Lissy gab zu, daß das keine vernünftige Antwort war (8,36).
6. … er fürchtete, daß seine Stimme wieder zittern würde (1,255).
Infinitiv   gruppali   konstruksiya   va   daß   bog‘lovchisi   orqali   bosh   gapga
bog‘langan   ergash   gaplar   mazmun   jihatdan   bir-biriga   o‘xshash.   Odatda   bu   xildagi
ergash   gaplar   barcha   tilshunoslar   tomonidan   o‘zlashtirma   gap   sifatida   tan   olinadi.
Bunday   holatda   ergash   gaplar   keng   ma’noda   tushuniladi,   ya’ni   ular   nafaqat   o‘zga
shaxsning bayon qilingan fikrini,   balki uning o‘ylagan fikrini, his qilgan narsasini
bayon qilish uchun ham xizmat qiladi. E.V.Rumyanseva infinitiv gruppa va ergash
gap   o‘rtasidagi   o‘xshashlik   infinitiv   konstruksiyalarni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda
formasi   sifatida   tan   olish   uchun   asos   bo‘laolmaydi,   deb   hisoblaydi.   Agarda
masalaga   bu   tarzda   yondashadigan   bo‘lsak,   bu   xildagi   ergash   gaplarni   ham
o‘zlashtirma gap sifatida qarashlik uchun etarlik darajada asos yo‘q. 
Biroq   infinitiv   gruppali   konstruksiyalar   va   ergash   gaplar   bir-biri   bilan   qiyos
qilinsa, ular o‘rtasida ayrim tafovutlarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Ergashgan
qo‘shma   gaplar   tarkibidagi  bosh   gapda  sentiendi,   dicendi   guruhiga   kiruvchi  fe’llar
o‘zlashtirma gapni boshqarib keladi. Ularda bari bir qaysi ma’noda o‘zga shaxs fikri
o‘z aksini topgan bo‘ladi. Aynan mana shu jihatdan ergash gap va infinitiv gruppani
bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi.
3) sollen // wollen +   infinitiv   I yoki   II ko‘rinishidagi konstruksiyali sodda
gaplarda qurilish jihatdan ikki shaxs fikrini bir-biridan ajratishning hech iloji yo‘q.
Mana misollar:
1.   Drüben   am   Rhein   in   Westhofen   sind   welche   durchgegangen,   eine   Art
Strafkolonne. Mein Vetter erfährt das doch. Und sie sollen die meisten schon wieder
geschnappt haben (7,22).
2.   Das   ist   verdächtig.   Die   müssen   doch   was   gemerkt   haben,   die   hier   im
Vorderhaus. Die wollen nur nichts gemerkt haben (10,127).
53 Bu   misollarda   o‘zga   shaxs   fikri   sintetik   tarzda   ifoda   etilgan,   ya’ni   muallif
gapi bilan o‘zga shaxs fikri o‘rtasidan aniq bir chegarani o‘tkazishning hech ham bir
iloji   yo‘q.   S h u   sabali   bu   ko‘rinishdagi   konstruksiyalarni   o‘zlashtirma   gaplar
jumlasiga kiritib bo‘lmaydi.
4)   o‘ziniki   bo‘lmagan   ko‘chirma   gap   o‘zga   gapning   o‘ziga   xos   mustaqil   bir
turi  bo‘lib hisoblanadi. Bu erda ham  muallif  gapi bilan so‘zlovchi nutqi  o‘rtasidan
aniq   bir   chegarani   o‘tkazib   bo‘lmaydi.   Ular   yagona   bir   maqsad   yo‘lida   maxsus
qurilmani tashkil etadi. Masalan:
Der  Konsul ging, die Hände auf dem Rücken, umher und bewegte nervös die
Schultern, denn das Gesicht, mit dem sie (Tony) das Wort „dos“ hervorbrachte, war
zu unsäglich stolz.
5 ) Qayta hikoya qilib berish o‘zga gapni bayon qilish uslublaridan biri bo‘lib,
o‘ziniki   bo‘lmagan     ko‘chirma   gaplarga   ancha   yaqin   turadi.   Biroq   o‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gapdan farqli ravishda qayta hikoya qilib berishda nutq faqat
muallifning   o‘zi   nuqtai   nazardan   qurilgan   bo‘ladi.   Muallif   bunday   holatda   o‘zi
birovdan   eshitgan   nutqni   uning   leksik-grammatik   xususiyatini   va   emotsional
hissiyotini saqlamagan tarzda o‘z tilidan izhor qiladi. Qiyoslang:
Er berichtete von den Schrecken der Evakuirung. Wochenlang waren sie auf
den Landstraßen dahingewankt, hungrig und schwach, ohne Ruhe und ohne Pause.
Des Nachts hatte man sie auf Feldern zu einem Haufen zusammengetrieben und sie
waren   erschöpft   auf   steinhart   gefrorenen   Sturzäckern   in   den   Schnee   gesunken
(1,22).
6) O‘zlashtirma gapning yana bir turi nutq fe’llaridan tashqari boshqa fe’l va
otlar   orqali   boshqariladigan   kon’yunktivli   ergash   gap   bo‘lib   hisoblanadi.   Bunday
holatda o‘zlashtirma gap keng ma’noda tushuniladi va ergash gap sintaktik jihatdan
sabab va aniqlovchi funksiyasini bajarib keladi. Masalan:
1.   Als   ihm   ein   junges   Mädchen,   gemeldet   wurde,   das   in   einem   der
zahlreichen   Zimmer   mit   einem   Brief   ihres   Vaters   auf   Antwort   warte,   legte   er
verlegen die Servierte auf den Tisch und ging schnell hinaus (2,66).
54 2.   Das   Gericht   verschob   Martins   Vereidigung,   da   er   der   Mittäterschaft
verdächtig sei (4,253).
Oldin   birinchi   misolni   tahlili   qilamiz.Bu   erda   xizmatkorning   mehmon
kelganligi   to‘g‘risidagi   xabari   bayon   qilingan.   U   kon’yunktivga   ega   bo‘lgan
aniqlovchi   ergash   gap   ko‘rinishiga   ega.   Endi   ushbu   gapni   o‘zlashtirma   gapning
ifoda   formasi   qatoriga   qo‘shish-qo‘shmaslik   masalasi   turadi.   Bu   savolga   javob
topish   uchun   biz   taxmin   qilishimiz   mumkinki,   o‘zga   gap   taxminan   quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin:
„Ein junges Mädchen wartet mit dem Brief ihres Vaters auf Ihre Antwort“.
Ko‘rinib   turibdiki,aniqlovchi   ergash   gap   o‘zga   gapning   bir   qismini   ifoda
etmoqda. Uning qolgan qismi esa bosh gap orqali o‘z ifodasini topgan. ( Ein junges
Mädchen ).   Ergash   gap   doirasidagi   „in   einem   der   zahlreichen   Zimmer“   iborasi
xizmatkor qizga emas, balki muallifga tegishlidir. Natijada bu erda ikki shaxs fikrini
tuzilish   jihatdan   ikki   qismga   ajratishning   iloji   yo‘q.   Shu   sababli   bunday
konstruksiyalarda o‘zga gapning mavjudligini tan olish qiyin.
Bir  qaraganda  ikkinchi  misolimiz o‘zlashtirma gaplarga ancha yaqin. Bunga
sabab  ergash  gap kesimning  kon’yunktivda turganligi  bo‘lib hisoblanadi.  Biroq bu
erda ham yanada diqqat bilan tahlil qilinsa  struktural ikki planlik, ya’ni muallif gapi
bilan so‘zlovchi nutqining  orasidan aniq bir chegarani o‘tkazish qiyin. Aynan mana
shunga   ko‘ra   bu   erda   ham   o‘zlashtirma   gapning   bor   yoki   yo‘qligi   ancha   bahs
talabdir.
Nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalarini   belgilashga   harakat
qilgan   yana   bir   tilshunos   E.V.Rozen   bo‘lib   hisoblanadi.   U   o‘z     maqolasida
o‘zlashtirma gapning quyidagi turlari mavjudligini ko‘rsatadi: [Rozen, 1974: 56].
1. Ergash gap ko‘rinishidagi sof o‘zlashtirma gap.
2.   Kesimi   kon’yunktivda   bo‘lgan   mustaqil   gap   ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma
gap.
3. Kesimi indikativda bo‘lgan mustaqil gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. “Y a shirin” yoki “implitsit” o‘zlashtirma gap.
5. “To‘liqsiz” o‘zlashtirma gap.
55 Ushbu   klassifikatsiya   haqida   shuni   aytish   lozimki,   bu   erda   masalaga   bir   xil
yondashish   yo‘q.   Chunki   1,   2,   3   va   5-chi   tur   o‘zlashtirma   gaplarda
konstruksiyalarning   grammatik   tuzilishi   asos   qilib   olingan   bo‘lsa,   to‘rtinchi   tur
o‘zlashtirma   gap   zaminida   konstruksiyaning   mazmuni   yotadi.   Bundan   tashqari
mustaqil   o‘zlashtirma   gaplarni     kon’yunktiv   va   indikativga   tayanib   ikki   turga
ajratadi. Axir mayl formalari gapning turini belgilamaydi-ku!
Nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalarini   belgilashga   intilgan,
yana   bir   tilshunos   K.N.Namozov   bo‘lib   hisoblanadi.   U   ham   bu   erda,   birinchidan,
o‘zlashtirma gapli konstruksiyalar uchun ikki planlikni, ya’ni muallif va so‘zlovchi
gapining   birlashishini   asos   qilib   olib,   ikkinchidan,   bu   erda   asosiy   maqsad   o‘zga
shaxs   gapning   mazmunini   berish   deb   hisoblaydi.   Bu   jihatdan,   uning   fikricha,
o‘zlashtirma   gap   turli   xil   ko‘rinishlarga   ega   bo‘lishi   mumkin.   K.N.Namozov   o‘z
ishida   nemis   tilidagi   o‘zlashtirma   gapning   quyidagi   grammatik   ko‘rinishlarini
ko‘rsatib o‘tadi: [Namozov, 1978: 88].
1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap.
3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap.
3.3.O‘zlashtirma  gapni  ifoda  etuvchi qurilmalar  
3 . 3 .1. O‘zlashtirma gap ergash gap ko‘rinishida
Barcha   tilshunoslar   nemis   tilida   o‘zlashtirma   gapning   asosiy   va   eng   keng
tarqalgan turi – bu ergash gap deb hisoblashadi.
Ergash   gapni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formasi   deb   hisoblash   uchun
quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:  
a) ergash gap o‘zga shaxs fikri asosida yuzaga keladi;
b) u muallif nuqtai nazaridan qurilgan bo‘ladi;
v) nutq fe’llari yoki maxsus kontekstga bog‘liq bo‘ladi. Qiyoslang:
Er hat verstanden, dass Omu ihm seine Frage nicht beantworten will. (8,29).
56 Bu   erda   muallif   gapi   bilan   o‘zlashtirma   gap     aloqasi   birgina   ergashgan
qo‘shma   gap   doirasida   amalga   oshadi.   Bunda   muallif   gapi   bosh   gap,   o‘zlashtirma
gap   esa   ergash   gap   funksiyasini   bajarib   keladi.   Ular   o‘rtasidagi   chegara   yaqqol
saqlangan bo‘ladi.
Muallif gapi bilan o‘zlashtirma gapning bir-biri bilan bog‘lanishi nemis tilida
ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:
a) bog‘lovchisiz;
b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida.
O‘zlashtirma     gapli   ergashgan   qo‘shma   gap   komponentlari   bir-biri   bilan
bog‘langanda ergash gapning kesimi odatda kon’yunktivda turadi. Ergash gap bosh
gapdan oldin, keyin yoki uning ichida kelishi mumkin. Qiyoslang:
1. Der Maschinenmeister behauptete, er verstehe sich darauf. (6,170).
2. Es sei seine Braut, sagte der junge Mensch. (8,101).
3.   Seine   Erklärung,   der   Minister   sei   seit   gestern   kr a nk,   war   in   der   Zeitung
veröffentlicht. (Aus der Zeitung).
Ushbu   misollarning   birinchisida   o‘zlashtirma   gap   muallif   gapidan   keyin,
ikkinchisida oldin, uchunchisida esa muallif gapining o‘rtasidan o‘rin egallagan. Bu
erda   shuni   kuzatamizki,   o‘zlashtirma   gap   muallif   gapidan   oldin   va   keyin   turgan
holatlarda ularni osonlikcha bir-biri bilan, almashtirish mumkin. Qiyoslang:
1. Er verstehe sich darauf, behauptete der Maschinenmeister.
2. Der junge Mensch sagte, es sei seine Braut.
O‘zlashtirma   gap   muallif   gapi   bilan   bog‘lovchilar   orqali   bog‘langanda   turli
xil so‘zlar bog‘lovchi funksiyasini bajarib keladi. Qiyoslang:
1.   Anna   meinte   unwillig,   dass   der   Martin   auch   andauernd   rauf   und   runter
laufen müsse. (8,254).
2. Da fragte Peter den Dicken,  was  er denn vom Tod halte und  wie  es nachher
sein werde. (6,533).
3. Franz fragte ihn, ob er mal ein paar Photographien vom Ferienlager sehen
wollte. (4,64).
57 4. Einmal  hatte eine  der  Schülerinnen auf  seine  Frage,   wo   ihr  Vater  arbeite,
geantwortet, er sei im geistigen Bereich tätig … (10,44).
5. Emil Kurfürst wollte nur wissen,   was für ein  schlechtes Geschäft Nikolaus
Delenk  mit dem Westen machte. (5,276).
6. Mühsam lächelnd fragte Willi,   von wem   Alois das wisse, er selbst habe es
noch nicht gehört. (7,160).
Umuman   olganda   nemis   tilidagi   ergash   gap   tarkibida   bog‘lovchi   so‘zning
bor-yo‘qligi   natijasida   so‘z   tartibi   ikki   xil   bo‘ladi:   a)   sodda   gaplarniki   kabi   so‘z
tartibi;   b)   kesimning   gap   oxirida   kelishi.   Bog‘lovchi   bo‘lmaganda   o‘zlashtirma
gapdagi   so‘zlar   tartibi   oddiy   sodda   gaplarniki   singari   bo‘ladi.   Bog‘lovchi   so‘z
kelganda gapning kesimi o‘sha gap oxiridan o‘rin egallaydi.
O‘zlashtirma   gapni   ifoda   etuvchi   ergash   gapning   kesimi   indikativ   yoki
kon’yunktivda turadi. Mayl formalaridan u yoki bu ko‘rinishini tanlashda bir qator
faktorlar   muhim   rol   o‘ynaydi.   Kon’yunktiv   boshqaruvchi   so‘z   o‘tgan   zamonda
turganda   va   ergash   gap   bosh   gap   bilan   bog‘lovchisiz   bog‘langanda   indikativga
nisbatan   ustunlik   qiladi.   Uning   teskarisi   bo‘lganda   esa   kon’yunktivga   nisbatan
indikativ qo‘llanadi. 
Kon’yunktiv yoki indikativni tanlashda boshqaruvchi so‘zning leksik ma’nosi
va   bosh   gap   sostavida   inkor   so‘zning   bor-yo‘qligi   ham   muhim     rol   o‘ynaydi.
Bulardan tashqari aytish mumkinki, ilmiy va badiiy adabiyotda indikativga nisbatan
kon’yunktiv, og‘zaki nutqda esa indikativ ko‘proq qo‘llanadi.
Badiiy adabiyotdan to‘plangan misollar shuni ko‘rsatadiki, o‘zlashtirma gapni
bayon etuvchi ergash gaplarda asosan kon’yunktiv ishlatiladi, chunki u o‘zga gapni
muallif gapidan farqlovchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ergash   gapning   sintaktik   funksiyasini   aniqlashda   bosh   gapning   xarakteri
asosiy rol o‘ynaydi. Qiyoslang:
1. To‘ldiruvchi    -       Er erklärte,     daß Genosse N. angekommen sei .
2. Aniqlovchi   -    Seine Erklärung,   daß Genosse N. angekommen sei,  habe ich
nicht gehört.           
58 3. Ega   -      Es wurde in seinem     Brief erklärt,   daß   Genosse N. angekommen
sei.                                                                    
4. Kesim    -  Seine erste Nachricht im Brief war,  daß Genosse N. angekommen
sei.
O‘zlashtirma     gapli   ergashgan   qo‘shma   gap   boshqa   gaplardan   ko‘p   jihatlari
bilan   farq   qiluvchi   konstruksiya   bo‘lib   hisoblanadi.   Bu   kabi   qurilmalarning
komponentlari   ma’no   jihatdan   bir-biri   bilan   juda   yaqin   aloqada   bo‘ladi.   Butun
gapning   “semantik   yadrosi”   aynan   ergash   gapda   o‘z   ifodasini   topadi   va   tugal
predikativlikka   ega.   Har   ikkala   komponent   birgalikda   yagona   modallikni   tashkil
etadi. Bu erda nafaqat modallik, balki bosh va ergash gapdagi zamon formalari ham
o‘zaro bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Tilshunoslar   bosh   gap   tarkibidagi   o‘zlashtirma   gapni   boshqaruvchi   so‘zning
leksik   ma’nosiga   katta   e’tibor   qaratishadi.   Masalan,   Otto   Bexagel   o‘zlashtirma
gapni boshqaruvchi so‘zlarni quyidagi guruhlarga ajratadi: [Behaghel, 1911: 70].
1. Ob’ektiv fe’llar: anerkennen, erfahren, sehen, verstehen, lesen, wissen usw.
Ushbu guruhga u yana ot kesimlarini ham kiritadi: sicher sein, gewiß sein usw.
2.  Sub’ektiv fe’llar:  dünken, sich einbilden, fürchten, zweifeln usw.
3.   sagen   fe’li   tipidagi   neyotral   fe’llar.   Bu   fe’llar   ver   va     dicendi   yoki
declarandi deb yuritiladi.
O.Bexagel   o‘zlashtirilgan   so‘roq   gaplarni   boshqaruvchi   so‘zlarni   alohida
guruhga   ajratadi.   Fe’llarning   ushbu   guruhlarini     ulardan   yasalgan   otlarni     alohida
ajratish   orqali   ularni   yanada   kengaytirish   mumkin.   Bunday   otlar   jumlasiga   die
Mitteilung,   die   Versicherung,   die   Hoffnung,   die   Überzeugung,   der   Gedanke     kabi
otlarni kiritish mumkin.
Boshqaruvchi   so‘zlarning   xarakterini   har   tomonlama   o‘rganish   o‘zlashtirma
gapni ham  va shuningdek ergashgan  qo‘shma gapni  o‘rganishda ham  muhim o‘rin
tutadi.   O‘zlashtirma   gapni   boshqaruvchi   so‘zlar   ichida   eng   keng   tarqalgani   sagen,
sprechen   va     fragen   fe’llari   bo‘lib   hisoblanadi.   Ularga   bog‘lanib   kelgan   ergash
gaplar ko‘pincha to‘ldiruvchi funksiyasini bajarib keladi. Masalan:
59 Stefan   sagte   von   ihr,   sie   sei   eine   beispiellos   mutige   Frau,   Tochter   eines
Arztes, seit 1929 bei uns (N.Ginzburg. Die Stadt und das Haus. S. 128).
Kuzatishlar   asosida   shuni   aytish   mumkinki,   hozirgi   zamon   nemis   tilida
o‘zlashtirma   gapli   ergash   gaplarning   eng   keng   tarqalgan   turi   –   bu   to‘ldiruvchi
ergash   gaplar   bo‘lib   hisoblanadi.   Biroq   ergash   gaplar   to‘ldiruvchi   funksiyasidan
tashqari yana bir qator sintaktik funksiyalarni ham bajarib kelish imkoniyatiga ega.
Qiyoslang:
1.   Zum   erstenmal   hätte   er   die   Überzeugung,   daß   sich   Franz   nicht   auf   dem
rechten Weg befinde –  aniqlovchi ergash gap.
2. Etwas wie dunkel Ahnung stieg in ihm auf, daß sein Stammhalter ihm noch
großen Kummer bereiten Norde –  aniflovchi ergash gap.
3. Es war wirklich sein erster Gedanke gewesen, daß nun bald Friede sein und
daß sein Gänner Don Manuel die Regierung übernehmen worde –  ega ergash gap.  
4.   Die   Ansicht,   der   er   vollem   Ausdruck   gab,   war   die,   daß   die   Trennung
zwischen   Klöterjahnschen   Ehepaare   nun   schon   steht   lange   wäre   –     kesim   ergash
gap.
5. Es sei dringend Wünschenswert, daß Herr Uläterjahnen, wenn anders sein
blühendes   Geschäft   es   irgend   gestatte,   (),     -   wieder   einmal   zu   Besuch   nach
„Einfried“ käme –  ega ergash gap.
Bu   misollar   o‘zlashtirma   gapni   faqat   to‘ldiruvchi   ergash   gaplarga   bog‘lab
o‘rganishni   noto‘g‘ri   deb   hisoblaydi.   Masalan,   M.V.Andrievskaya   “Sintaksis
nemetskogo yazika” nomli grammatikasida o‘zlashtirma gapni “To‘ldiruvchi ergash
gaplar” mavzusidagi qismda tahlil qiladi.
Xuddi   shuningdek   o‘zlashtirma   gapni   to‘ldiruvchi   ergash   gap   bilan   bog‘lab
o‘rganishni T.V.Stroeva doktorlik dissertatsiyasida tanqid ostiga oladi. U bu haqda
shunday yozadi:    “V sisteme sovremennogo yazika predlojeniya kosvennoy rechi i
dopolnitelnie   predlojeniya   imeyut   nastolko   raznuyu   smislovuyu   spetsifiku,   chto
ob’edinyat   ix   “metodologicheski   porochno”   i   metodicheski   neudobno”   [Stroeva,
1955: 242].
60 Bulardan shu narsa ayonki, nemis tilidagi o‘zlashtirma gap faqat to‘ldiruvchi
ergash   gaplar   doirasida   o‘ralib   qolmasdan,   u   boshqa   ergash   gaplar   tizimida   ham
bemalol   namoyon   bo‘ladi.   O‘z   navbatida   to‘ldiruvchi   ergash   gap   ham   serqirra,   u
o‘zlashtirma gapdan tashqarida ham bemalol namoyon bo‘ladi.
3 .2. 2 . Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap .
O‘zlashtirma gapning bu turi nemis tilida unchalik keng tarqalmagan bo‘lib,
unga ancha ehtiyotlik bilan yondashish talab qilinadi. Bundan oldin biz tahlil qilgan
ergash gap va mustaqil  gaplar barcha tilshunoslar  tomonidan o‘zlashtirma gapning
ifoda   formasi   sifatida   tan   olingan   bo‘lsa,   infinitiv   guruh   juda   ko‘plab   olimlar
tomonidan o‘zlashtirma gapning ifoda formasi turkumiga kiritilmaydi.
Ayrim   tilshunoslarning   fikricha,   infinitiv   gruppali   konstruksiyalarda   muallif
gapi   va   o‘zlashtirma   gap   o‘rtasida   aniq   bir   chegara   saqlanmagan.   Unga   ko‘ra
infinitiv   gruppalarni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalari   qatoriga   kiritmaydi
[Rumyanseva, 1972: 116]. Bu narsani tasdiqlash uchun ular quyidagi ko‘rinishdagi
misollarni kiritishadi:
1.   Sie   bereut,   oft   über   seine   Klagebriefe   gelaucht   und   sein   Gejammer   für
übertrieben gehalten zu haben (3, 63).
2. Er schämte sich, Peters Manuskript nicht besser versteckt zu haben (3,206).
3. Kluge sah ihn nur mit einem schwachen Lächeln an, froh, bei diesem Mann
Verständnis gefunden zu haben (5,189).
4.   Raul   machte   sich   Vorwürfe,   Jaeques   seinerzeit   schroft   abgewiesen   zu
haben (8,117).
5.  Er   gab   offen  zu,   in  London  weit   über   seine   Verhältnisse   gelebt   zu  haben
(4,136).
Biroq   ushbu   gaplarni   biz   osonlik   bilan   o‘zlashtirma   gapni   ifoda   etuvchi
ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirishimiz  mumkin. Qiyoslang:
1. Sie  bereute  tief, daß sie ihren Vater ins Unglück gebracht hat (8,78).
2.   Sie   schämten   sich   plötzlich,   daß   sie   sich   in   dieses   prausige   Werk
eingemengt hatten (9,388).
61 3.   Marie   freute   sich   auch,   daß   dieser   heiner   manchmal   das   große   Mädchen
mitnahm (7,253).
4. Er  hatte  ihm sonst nur vergeworfen, daß er den kleinen verhetzte (6,253).
5. Lissy  gab  zu, daß das keine vernünftige Antwort war (1,36).
Bu holatni hisobga olgan holda biz infinitiv gruppalarni o‘zlashtirma gapning
ifoda   formalari   qatoridan   chiqarib   tashlashni   o‘rinsiz,   deb  hisoblaymiz.   Chunki   bu
xildagi   konstruksiyalarda   ikki   shaxs   fikri   o‘rtasida   grammatik   chegara   yaqqol
saqlanmagan   bo‘lsada,   bu   erda   o‘zlashtirma   gapning   mavjudligini   inkor   qilish
uchun etarlik darajada asos yo‘q. Chunki o‘zlashtirma gapni bayon qilishda asosiy
maqsad uning shaklini emas, balki mazmunini ifoda etish bo‘lib hisoblanadi.
Bu  erda  alohida  hisobga   olish  lozimki,  o‘zlashtirma  gapni   ifoda   etish  uchun
xizmat qiluvchi infinitiv guruhli  konstruksiya o‘zlashtirma gapni ifoda etmayotgan
konstruksiyalardan mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Qiyoslang:
1. Der Vater ging mit seiner Tochter ein neues Kleid kaufen.
2.    Der Vater versprach seiner Tochter ihr morgen ein neues Kleid zu kaufen.
Ushbu   tuzilishiga   ko‘ra   bir-biriga   o‘xshash   bo‘lgan   konstruksiyalar   turli   xil
mazmunni   ifoda   etadi.   Birinchi   misolda   o‘zga   gap   yo‘q.   Chunki   bu   erda   muallif
nimani ko‘rgan bo‘lsa, ya’ni otaning bajargan harakatini bayon qilmoqda. Ikkinchi
misolda esa otaning o‘z qiziga bergan va’dasi qayta bayon qilinmoqda. Bu erda ikki
shaxsning   (muallif   va   so‘zlovchi)   gapi   birlashtirilib   bitta   infinitiv   guruhli
konstruksiya   ko‘rinishida   namoyon   bo‘lmoqda.   Natijada   o‘zga   shaxs   fikrining
bayon qilinayotganini kuzatamiz.
Biz   bu   erda   ikkinchi   konstruksiyani   osonlik   bilan   o‘zlashtirma   gapli
ergashgan   qo‘shma   gapga   aylantirish   orqali   o‘zlashtirma   gapning   mavjudligini
isbotlashimiz mumkin. Qiyoslang:
Der Vater versprach seiner Tochter, ihr morgen ein neues Kleid zu kaufen↔
Der   Vater   versprach   seiner   Tochter,   daß   er   ihr   morgen   ein   neues   Kleid   kaufen
werde.
62 Bu  misolimizning  har  ikkalasi   ham   bir  maqsad   yo‘lida,   ya’ni  otaning  qiziga
bergan   va’dasi     ( morgen   ein   neues   Kleid   kaufen )   asosida   qurilgan   bo‘lib,   uni
tinglovchiga etkazishdir. 
Infinitiv guruhli konstruksiyalar orqali o‘zga gapni bayon qilishda asosiy rolni
nutq jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan fe’l o‘ynaydi. SHuning uchun ham uni infinitiv
guruhli   konstruksiyalarning   ajralmas   bir   qismi   deb   qarash   mumkin.   Mana   badiiy
adabiyotlardan olingan misollar:
1.   Der   Bürgermeister   forderte   die   Bauern   auf,   aktiver   die   Grundlagen   des
Sozialismus aufbauen zu helfen. (J.Brezan. Mannesjahre. S. 137).
2. Er nickte und bat sie noch, den Sonntag über still und unbemerkt in ihrer
Kammer zu bleiben. (Siehe dort. S. 357).
Bu gaplarni   „auffordern“  va   „bitten“  fe’llarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
3.2.3 . Ayrim so‘z birikmalari ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap .
Hozirgi   zamon   nemis   tilida   o‘zlashtirma   gapning   ayrim   so‘z   birikmalari
ko‘rinishida o‘z aksini topishi ko‘pgina tilshunoslar tomonidan tan olinmaydi. Unga
sabab   qilib,   birinchidan,   muallif   va   o‘zga   shaxs   gaplari   o‘rtasida   yaqqol   chegara
saqlanmaganligi   ko‘rsatilsa,   ikkinchidan,   bu   erda   o‘zga   shaxs   fikri   emas   balki   u
haqda xabar beriladi degan argument keltiriladi.
Biz ham ushbu fikrga qo‘shilgan holda quyidagi misolni keltiramiz:
Frau   Beate   war   nun   bei   ihren   Brüdern   angekommen,   deren
verschwenderisches Leben sie verspöttete. Sie sprach vom ihren Autos, ihrem Park
von Automobilen und den beiden protzigen Villen, die jedermann kannte.
Biz   ham   bu   hildagi   konstruksiyalarni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda   formasi
sifatida   qarashni   tavsiya   etmaymiz.   Chunki   bu   erda   hech   qanday   nutq   (gap)   yo‘q.
Unda   biron   mavzu   bo‘yicha   xabar   berilgan.   Shuning   uchun   ham   bu   xildagi
o‘zlashtirma   gaplarni   nemis   tilida   “Bericht”   deb   atash   maqsadga   muvofiq   deb
hisoblaymiz.
63 Biroq   ayrim   so‘z   birikmalariga   ega   bo‘lgan   konstruksiyalar   bir-biri   bilan
qiyos   qilinsa,   ularning   barchasi   bir   xil   emasligi   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.
Qiyoslang:
1. Der Zuschauer bewunderte die schöne Stimme dieser Sängerin.
2. Der Zuschauer sprach von der schönen Stimme dieser Sängerin.
Agarda   bu   ikki   gap   bir-biri   bilan   qiyoslansa,   ular   o‘rtasida   talaygina   farqlar
mavjudligi   ko‘zga   tashlanadi.   Birinchi   misolda   hech   qanday   o‘zga   gap,   fikr   yo‘q.
Unda  tomoshabinning  zavqlangani  bayon  qilingan. Ikkinchi   gapda esa   tomoshabin
gapirgan,   ya’ni   u   xonandaning   juda   ajoyib   ovozga   ega   ekanligini   bayon   qilgan.
SHuning   uchun   ham   ikkinchi   misolni   bemalol   o‘zlashtirma   gapni   bayon   qiluvchi
ergashgan qo‘shma gapga aylantirish mumkin. Qiyoslang:
Der   Zuschauer   sprach   von   der   schönen   Stimme   dieser   Sängerin   ↔   Der
Zuschauer sprach davon, dass diese Sängerin eine schöne Stimme habe.
Bu   xildagi   konstruksiyalarning   o‘ziga   xos   bo‘lgan   xususiyati,   ular   sostavida
nutq   ma’nosiga   ega   bo‘lgan   fe’llarning   mavjduligi   bo‘lib   hisoblanadi.   Bu   fe’llar
predlogli yoki predlogsiz keladi. Masalan:
                    1.   Als   die   Kinder   weg   waren,   fragte   sie   Elli   nach   dem   Preis   der   Äpfel.
(7,245).
                  2.   Als   sie   ihn   nach   Johannes   Befinden   fragte,   sagte   er,   alles   sei   in   bester
Ordnung…(4,220),
3. Alte arabischen Staaten erklärten sich mit dem  Kampf  ihrer  Brudervölker
in Syrien und Ägypten solidarisch (Aus der Zeitung).
Demak,   o‘zlashtirma   gapning   ayrim   so‘z   birikmalari   ko‘rinishida   ham   ifoda
etilishiga quyidagilar asos bo‘ladi. Ular:
a) o‘zga shaxs fikri asosida yuzaga keladi;
b) bevosita nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lgan fe’llar orqali boshqariladi;
v) osonlik bilan o‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gapga aylantiriladi.
                          
64 UCHN INCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Ko‘chirma   gap   ham,   o‘zlashtirma   gap   ham   bir   maqsad   yo‘lida   qurilgan
bo‘ladi. Ulardan ko‘zda tutilgan maqsad o‘zgalar fikrining (ba’zan o‘zining oldingi
gapini) boshqalarga etkazish bo‘lib hisoblanadi. Bu narsa ko‘chirma gapda so‘zma-
so‘z   amalga   oshirilsa,   o‘zlashtirma   gapda   o‘zga   gapning     asosiy   mazmuni   izhor
qilingan   bo‘ladi.   Ular   o‘zlarining   leksik-grammatik   tuzilishi   bo‘yicha   bir-biridan
farq qiladi.
O‘zlashtirma   gapda   o‘zgalarning   darak,   so‘roq   va   buyruq   mazmunidagi
gaplari qayta bayon qilingan bo‘ladi. Ular o‘rtasida bir qator farq qiluvchi tomonlar
mavjud.
O‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalarini   belgilashda   ikki   planlik   yagona
ko‘rsatgich emas. Chunki bu erda asosiy maqsad o‘zgalar fikrining mazmunan qayta
bayon   qilish   bo‘lib   hisoblanadi.   Quyidagilarni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda
formalarini ko‘rsatuvchi, asosiy belgilar deb hisoblash mumkin:
1) o‘zlashtirma gapning o‘zgalar fikri asosida yuzaga kelishi;
2) muallif gapi va so‘zlovchi nutqining birlashishi. Ular o‘rtasidagi   chegara
to‘liq saqlangan yoki saqlanmagan bo‘lishi mumkin;
3) o‘zlashtirma gapning muallif nuqtai nazaridan qurilishi;
4) o‘zlashtirma   gapning   ma’lum   bir   “boshqaruvchi   so‘z”   yoki   “maxsus
kontekst” ga bog‘liq bo‘lishi;
5) u yoki bu konstruksiyani ko‘chirma gapga yoki ergash gapli o‘zlashtirma
gapga aylantirish imkoniyatining mavjudligi.
Bu   narsaga   tayangan   holda   quyidagi   konstruksiyalarni   hozirgi   zamon   nemis
tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalari deb hisoblash mumkin:
1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap.
3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap.
65 Bularning   birinchi   va   ikkinchi   ko‘rinishida   muallif   gapi   va   so‘zlovchi   nutqi
o‘rtasidagi   sintaktik   chegara   yaqqol   saqlangan   bo‘lsa,   keyingilarida   u   qorishib
ketgan bo‘ladi.
Ergash   gapli   o‘zlashtirma   gaplar   bosh   gapga   bog‘lovchisiz   yoki   bog‘lovchi
so‘zlar yordamida bog‘lanadi. Ularda asosan kon’yunktiv ishlatilsada, ayrim paytlar
indikativga   ham   duch   kelamiz.   Muallif   gapi   o‘zlashtirma   gapdan   oldin,   keyin   va
o‘rtasida ham kelishi mumkin.
O‘zlashtirma gapli ergash gaplar sintaktik nuqtai nazardan  turli funksiyalarni
bajarib keladi.
Muallif   odatda   nutqni   chigallashtirib   yubormaslik   uchun   o‘zga   shaxsning
fikrini   yanada   detallashtirish   maqsadida   mustaqil   gaplardan   foydalanadi.   Mustaqil
gaplar faqat grammatik nuqtai nazardangina bo‘lib, u muallif gapi bilan mazmunan
yaqin aloqadadir. Unda asosan kon’yunktiv, ba’zan esa indikativ ham ishlatiladi.
Infinitiv   gruppa   va   ayrim   so‘z   birikmalari   ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma
gaplarda   muallif   gapi   va   o‘zga   gap   bir-biri   bilan   qorishgan   bo‘lib,   ular   har   doim
aniq   bir   “maxsus   kontekst”   ga   bog‘langan   bo‘ladi.   Bu   kabi   konstruksiyalarni
osonlik bilan o‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirish mumkin.
66 X U L O S A
O‘zga   gapning   gap   doirasida   qo‘llanishi   borasida   turli   xil   fikrlar   mavjud
bo‘lishidan   qat’iy   nazar   barcha   tilshunoslar   tomonidan   tan   olingani   uchtadir.   Ular
ko‘chirma, o‘zlashtirma va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplardir.
O‘zga   gapning   barcha   turlari   uchun   umumiy   va   farq   qiluvchi   tomonlar   ham
mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos sintaktik kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma   gapda   o‘zga   shaxs   fikri   so‘zma-so‘z   bayon   qilinsa,   o‘zlashtirma
gapda uning asosiy mazmuni izhor qilingan bo‘ladi. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma
gap   ayrim   tomonlari   bilan   ko‘chirma   gapga,   ba’zi   jihatlari   bilan   esa   o‘zlashtirma
gapga   o‘xshab   ketadi.   O‘zlashtirma   gap   ayrim   tomonlari   bilan   ko‘chirma   gapga
yaqin turadi.
O‘zlashtirma   gapni   tilshunoslar   tor   yoki   keng   ma’noda   tushunishadi.   Uning
xarakterini   belgilashda   asosiy   rolni   muallif   gapi   o‘ynaydi.   Aynan   u   orqali
o‘zlashtirma   gapning   kimga   tegishliligini   va   qachon,   qaerda   bayon   qilinganligini
bilib olish mumkin. Muallif gapidagi bir so‘z o‘zlashtirma gapni boshqarish uchun
xizmat   qiladi.   Aynan   mana   shu   so‘z   orqali   o‘zlashtirma   gapning   bayon
qilinganligini,   his   qilinganligini,   xayolidan   o‘tkazganligini   yoki   biron   joyga
yozilganligini bilib olish mumkin.
Ko‘chirma   gapda   ham,   o‘zlashtirma   gapda   ham   ikki   shaxsning   fikri   o‘z
ifodasini topgan bo‘ladi. Ular muallif va so‘zlovchi bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma   va   o‘zlashtirma   gaplarni   bir-biri   bilan   qiyos   qilish   natijasida
quyidagilar aniqlandi:
1.   Ko‘chirma   gapning   ham,   o‘zlashtirma   gapning   ham   asosida   o‘zga
shaxsning “dastlabki fikri” yotadi.
2.   Dastlabki   fikr   ko‘chirma   gap   ko‘rinishida   leksik,   grammatik   va   semantik
jihatdan   hech   qanday   o‘zgarishga   duch   kelmaydi.   Unga   faqat   muallif   gapi
qo‘shiladi.   O‘zlashtirma   gapda   esa   bir   qator   leksik-grammatik   o‘zgarishlar   yuz
beradi.
67 3.   Ko‘chirma   gapli   konstruksiyalarining   qo‘shma   gapning   qay   bir   turiga
mansubligi   borasida   tilshunoslar   o‘rtasida   yagona   fikr   yo‘q.   O‘zlashtirma   gapli
konstruksiyalar asosan ergash gapli qo‘shma gaplarni hosil qiladi.
4. Ko‘chirma gap ancha mustaqil xarakterga ega bo‘lib, u bilan muallif gapi
o‘rtasida sintaktik chegara yaqqol saqlangan  bo‘ladi. Ko‘chirma gap tegishli  tinish
belgilari   bilan   ham   muallif   gapidan   ajralib   turadi.   O‘zlashtirma   gap   bilan   muallif
gapi ergash gapli qo‘shma gaplar doirasida sintaktik aloqaga kirishadi. O‘zlashtirma
gapni muallif gapi bilan bog‘lashda bir qator bog‘lovchi so‘zlar ishtirok etadi.
5. Ko‘chirma gapga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri uning tarkibida murojaat
formalari, yuklama, kirish so‘zlar va boshqa his-hayajonni ifoda etuvchi so‘zlarning
ishlatilishi bo‘lib hisoblanadi. O‘zlashtirma gapda esa ularga o‘rin yo‘q.
6.   Ko‘chirma   gapda   ham,   o‘zlashtirma   gapda   ham   indikativ   va
kon’yunktivning   ishlatilishi   kuzatiladi.   Biroq   o‘zlashtirma   gapda   ko‘proq
kon’yunktiv ishlatiladi. U bu erda o‘ziga xos “shablon” funksiyasini o‘taydi. 
Ko‘chirma   gap   ham,   o‘zlashtirma   gap   ham   bir   maqsad   yo‘lida   qurilgan
bo‘ladi. Ulardan ko‘zda tutilgan maqsad o‘zgalar fikrining (ba’zan o‘zining oldingi
gapini) boshqalarga etkazish bo‘lib hisoblanadi. Bu narsa ko‘chirma gapda so‘zma-
so‘z   amalga   oshirilsa,   o‘zlashtirma   gapda   o‘zga   gapning     asosiy   mazmuni   izhor
qilingan   bo‘ladi.   Ular   o‘zlarining   leksik-grammatik   tuzilishi   bo‘yicha   bir-biridan
farq qiladi.
O‘zlashtirma   gapda   o‘zgalarning   darak,   so‘roq   va   buyruq   mazmunidagi
gaplari qayta bayon qilingan bo‘ladi. Ular o‘rtasida bir qator farq qiluvchi tomonlar
mavjud.
O‘zlashtirma   gapning   ifoda   formalarini   belgilashda   ikki   planlik   yagona
ko‘rsatgich emas. Chunki bu erda asosiy maqsad o‘zgalar fikrining mazmunan qayta
bayon   qilish   bo‘lib   hisoblanadi.   Quyidagilarni   o‘zlashtirma   gapning   ifoda
formalarini ko‘rsatuvchi, asosiy belgilar deb hisoblash mumkin:
6) o‘zlashtirma gapning o‘zgalar fikri asosida yuzaga kelishi;
7) muallif gapi va so‘zlovchi nutqining birlashishi. Ular o‘rtasidagi   chegara
to‘liq saqlangan yoki saqlanmagan bo‘lishi mumkin;
68 8) o‘zlashtirma gapning muallif nuqtai nazaridan qurilishi;
9) o‘zlashtirma   gapning   ma’lum   bir   “boshqaruvchi   so‘z”   yoki   “maxsus
kontekst” ga bog‘liq bo‘lishi;
10) u   yoki   bu   konstruksiyani   ko‘chirma   gapga   yoki   ergash   gapli
o‘zlashtirma gapga aylantirish imkoniyatining mavjudligi.
Bu   narsaga   tayangan   holda   quyidagi   konstruksiyalarni   hozirgi   zamon   nemis
tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalari deb hisoblash mumkin:
1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap.
3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap.
Bularning   birinchi   va   ikkinchi   ko‘rinishida   muallif   gapi   va   so‘zlovchi   nutqi
o‘rtasidagi   sintaktik   chegara   yaqqol   saqlangan   bo‘lsa,   keyingilarida   u   qorishib
ketgan bo‘ladi.
Ergash   gapli   o‘zlashtirma   gaplar   bosh   gapga   bog‘lovchisiz   yoki   bog‘lovchi
so‘zlar yordamida bog‘lanadi. Ularda asosan kon’yunktiv ishlatilsada, ayrim paytlar
indikativga   ham   duch   kelamiz.   Muallif   gapi   o‘zlashtirma   gapdan   oldin,   keyin   va
o‘rtasida ham kelishi mumkin.
O‘zlashtirma gapli ergash gaplar sintaktik nuqtai nazardan  turli funksiyalarni
bajarib keladi.
Muallif   odatda   nutqni   chigallashtirib   yubormaslik   uchun   o‘zga   shaxsning
fikrini   yanada   detallashtirish   maqsadida   mustaqil   gaplardan   foydalanadi.   Mustaqil
gaplar faqat grammatik nuqtai nazardangina bo‘lib, u muallif gapi bilan mazmunan
yaqin aloqadadir. Unda asosan kon’yunktiv, ba’zan esa indikativ ham ishlatiladi.
Infinitiv   gruppa   va   ayrim   so‘z   birikmalari   ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma
gaplarda   muallif   gapi   va   o‘zga   gap   bir-biri   bilan   qorishgan   bo‘lib,   ular   har   doim
aniq   bir   “maxsus   kontekst”   ga   bog‘langan   bo‘ladi.   Bu   kabi   konstruksiyalarni
osonlik bilan o‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirish mumkin.
69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2016, 56-b.
2.  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: O’zbekiston, 
2008, 87-b.
3. Karimov   I.A.   Barcha   va   reja   dasturlarimiz   Vatanimiz   tarqqiyotini   yuksaltirish,
xalqimiz   faravonligini   oshirishga   xizmat   qiladi.   Birinchi   Prezident   I.A.Karimovning
2010   yilda   mamlakatimizni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   yakunlari   va   2011   yilga
mo’ljallangan   eng   muhim   ustuvor   yo’nalishlarga   bag’ishlangan   O’zbekiston
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasi  \\ Ma’rifat, 2011 yil 22 –
yanvar.
II.LMIY ADABIYOTLAR
1. Abakumov S.I. Sovremenniy russkiy literaturniy yazik. 1952, 151-s
2. Abdullayev A. Ko‘chirma gapli konstruksiya komponentlarining o‘zaro munosabati.
T., 1982.
3. Abduraxmonov A. Qo‘shma gap sintaksisi. Toshkent, 1964, 18-b.
4. Abdusamatov   R.   Qo‘shma   gaplarda   mazmun   va   shakl   nomuvofiqligi.   –O‘zbek   tili
va adabiyoti. 2003, 1-son, 23-26 b.
5. Admoni V.G. Sintaksis sovremennogo nemetskogo yazika. L., 1973, 358-s. 
6. Avanesov   R.I.,   Sidorov     V.N.   Ocherk   grammatiki   russkogo   literaturnogo   yazika.
M., 1945, 43-b.
7. Axmanova  O.S . Slovar lingvisticheskix terminov. M., 1966.
8. Aliev U.B. Sintaksis Karachaeva-balkarskogo yazika.  M., 1973 .
9. Becker K.F. Ausführliche deutsche Grammatik als Kommentar der Schulgrammatik.
Frankfurt.  Main, 1837.
10.  Beloshapkova  V.A . Slojnoe predlojenie v sovremennom russkom yazike. M., 1967.
70 11.   Berdnikova L.P. Teoreticheskiy podxod k proleme funksiy i seley kommunikatsii.
Pyatigorsk, 2001, 156 b.
12.  Boost K. Neue Untersuchungen zum Wesen und zur Struktur des deutschen Satzes.
Berlin, 1955, 246 s.
13.   Borovkov   A . N .   Uchebnik   uygurskogo   yazika .   L .,   1935,   s .117-119;   Bayliev   X .   K
semantike   form   « diblip » i   « dien »   i   v   svyazi   s   etim   vopros   o   peredache   kosvennoy   rechi
v   turkmenskogo   yazike .  Ashxabad , 1944.
14.   Bozorov   O .   Qo ‘ shma   gaplarning   kommunikativ   tuzilishi   xususida .   –   Til   va
adabiyot   ta ’ limi . T., 2003. 5-son, 30-33 b.
15.   Danesh   F . R .,   Gauzenblas   K .   Prolematika   urovney   s   tochki   zreniya   strukturi
viskazivaniya   i   sistemi   yazikovix   sredstv .  M ., 1980, 256  b .
16.  Der Große Duden. Grammatik der deutschen Sprache - Leipzig, 1937.
17.   Dolina   I.B.   Obshie   zakonomernosti   sintaksicheskoy   i   lineynoy   struktur
predlojeniya.  AKD, L. 1968.
18.   Dronova   L.M..   Slojnopodchinennoe   predlojenie   s   voprositelnoe   predlojeniem
vtorogo poryadka v sovremennom nemetskom yazike. F., 1978.s.29
19.   Eger   J., Neue Untersuchungen zum Wesen und zur Struktur des deutschen Satzes.
Berlin, 1971.
20.   Federov   A.K.   Semantiko-strukturnaya   klassifikatsiya   slojnopodchinennix
predlojeniy. – Russkiy yazik v shkole. 2002, № 5, s. 72-76.
21.   Filipec   J.   Ceska   synonyma   zehlediska   stylistiky   a   Lexikologie.   Praha,   1961,   str.
311-354.
22.  Galperin I.R. Ocherki po stilistike angliyskogo yazika. - M., 1958.
23.   Ganshina K.A., Peterson M.N. Sovremenniy fransuzskiy yazik.  M., 1947.
24.  Glinz H. Die innere Ferm des Deutschen. Bern und München, 1965.
25.  Gordlevskiy V. Grammatika turetskogo yazika. M., 1928, 150 s.
26.   Guliga   E . V .   Slojnopodchinennoe   predlojenie   ( na   materiale   nemetskogo   yazika )
ADD ,  M ., 1962.  42-b.
27.   Guliga   E . V .   Teoriya   slojnopodchinennogo   predlojeniya   v   sovremennom
nemetskom   yazike . M., 1971, 136 s.
71 28.   Gurova   N.V.   Vopros   i   voprositelnoe   predlojenie.   –   Aktualnie   problemi
kommunikatsii i kulturi.  Pyatigorsk, 2004. S 49-54.
29.  Gvozdev A.N. Ocherki po stilistike russkogo yazika. M., 1952.
30.  Hartung W. Die zusammengesetzten Sätze des Deutschen. Berlin, 1964, 53 s.
31.  Herdin E. Studien über Bericht und indirekte Rede im modernen Deutsch, Uppsala,
1905.
32.   H ojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug’ati. Toshkent, 1985.
33.  Iminov M.  O‘ zlashtirma gap bormi? –  O‘ zbek tili va adabiyoti, 1990.
34.   Jilin   I.M.   Dopolnitelnie   pridatochnie   predlojeniya   i   ix   sinonimi   v   sovremennom
nemetskom   yazike.   Sb.:   «Voprosi   teoriya   i   metodiki   izucheniya   yazika».   Vip.2.
CHeboksari. 1962.
35.  Jung W. Grammatik der deutschen Sprache. Leipzig, 1966.
36.   Kadjaya   T.V.   Obuchenie   grammatike   nemetskogo   yazika   na   1-2   kursax
spetsialnogo fakulteta  gruzinskix vuzov. AKD, Tbilisi, 1966, 14 s.
37.   Kadjaya   E.V.   Obuchenie   grammatike   nemetskogo   yazika   na   II-III     kursax
spetsialnogo fakulteta gruzinskix vuzov. AKD, Tbilisi, 1966, 124 s.
38.  Kern F. Die deutsche Satzlehre. Berlin, 1988.
39.   Kononov   A.N.   Grammatika   sovremennogo   uzbekskogo   literaturnogo   yazika.   M.-
L., 1960.
40.   Kovtunov     I.I .   O   sintaksicheskoy   sinonimike.   Sb.   «Voprosi   kulturi   rechi»,   vip.1.
M., 1955.
41.   Kulakova   A.   K   probleme   kommunikativnoy   seleustanovki   slojnopodchinennix
predlojeniy. – Sbornik nauchnix trudov MGPIIYA, 1980, 150.
42.   Lozinskaya   E.A.   Slojnopodchinennoe   predlojenie   s   voprositelnoe   predlojeniem
vtorogo poryadka v sovremennom nemetskom yazike. AKD., Kalinin, 1973. 18 s.   
43.   Marty   A.   Untersuchungen   zur   Grundlegung   der   allgemeinen   Grammatik   und
Sprachphilosophie. Halle, 1908, 141 s.
44.   Milix   M.K .   Voprosi   grammaticheskoy   stilistiki.   K   sinonimike   chastey   rechi.
Russkoe yazikovedenie.  Vip. 1. Rostov n/D. 1955.
72 45.   Morozova   E.P .   Pridatochnoe   opredelitelnoe   i   konstruksii   s   prichastiem   v
sovremennom   nemetskom   yazike   kak   grammatiko-sintaksicheskie   sinonimi.   AKD.   L.,
1956.
46.  Mosralskaja  O . Grammatik der deutschen Gegenwartssprache. M., 1971.
47.   Naer   N.M.   Stilistika   nemetskogo   yazika.   M.,   2006.Karl   Bühler-   Sprachtheorie.
Jena, 1934, 411 s.
48.   Namozov   K.N .   “ Ergash   gap   ko‘rinishidagi   o‘zlashtirma   gap ” . O’quv   qo’llanma.
S,1978 ,  88 s
49.  Nasilov V.M. Grammatika uygurskogo yazika. M., 1940, 169-174 s.
50.   Nikolskaya   E.K.   K   voprosu   o   klassifikatsii   slojnopodchinenni x   predlojeniy   vo
fransuzskom yazike. «Uchenie zapiski» 1 MGPIIYA, 1957.
51.   Nosirov   U.   Individual   uslubni   bir   aspektda   o‘ rganish.   SamDU   t o‘ plami.   -
Samar q and, 1969.
52.  Paul H. Prinzipien der Sprachgeschichte. Halle, 1937, 256 s.
53.   Peshkovskiy   A.M .   «Prinsipi   i   priyomi   stilisticheskogo   analiza   i   otsenki
xudojestvennoy prozi». Sb. Ars.Poetica.M., 1927.
54.   Peshkovskiy   A.M.   Voprosi   metodiki   rodnogo   yazika,   lingvistika   i   stilistiki.   M.,
1930.
55.  Piotrovskiy R.G. Ocherki po stilistike fransuzskogo yazika. L., 1960.
56.   Revz q in   I.I.   K   voprosu   o   grammaticheskoy   sinonimike.   Inostrannie   yaziki   v
visshey shkole. M., 1952.
57.   Rixter   G.I.   Sintaksicheskaya   sinonimika   v   sovremennom   russkom   literaturnom
yazike. Russkiy yazik v shkole. 1937, № 3.
58.   Rumyanseva E.V Grammaticheskoe znachenie pridatochnix predlojeniy, vvodimix
voprositelnimi slovami (W - Wörter), L., 1962.
59.   Sidorenko   M.I.   Granitsi   frazeologicheskoy   sinonimika.   Sb.   «Voprosi   teorii   i
metodiki izucheniya russkogo yazika», vip.2.  CHeboksari, 1962.
60.   Skrelina  L.M . Grammaticheskaya sinonimiya. L., 1987.
61.   Sovremenniy tatarskiy literaturniy yazik, ch.II, Sintaksis, M., 1971.
62.   Sulton I. Navoiyning  q alb daftari. Toshkent, 1969.
73 63.  Tolstoy Lev. Ob iskusstve i literature. Tom I. M., 1958.
64.   Valimova   V . Funksionalnie tipi predlojeniy v sovremennom russkom  yazike. Izd-
vo Rostovskogo universiteta, 1967.
65. Vasileva N.M. Struktura slojnogo predlojeniya. M., 1967, 9 s.
66.  Yakovlev N.F. Sintaksis checheskogo literaturnogo yazika. M., 1950, 175 s.
67.   Zakiev M.V. Nekotorie voprosi formirovaniya slojno-podchinyonnix predlojeniy v
tyurskix yazikax. Sovetskiy tyurkolog., 1972, № 2.
68.   Zenchenko   M.A.   Sopostavitelniy   strukturno-semanticheskiy   analiz   bessoyuznix
slojnix predlojeniy v russkom i nemetskom yazikax. AKD, ekaterinburg.  2007. 15 s.
69.  Shendels E.I. Grammatika nemetskogo yazika. M., 1958, 305 s.
70.   Shendels   E.I .   Ponyatie   grammaticheskoy   sinonimii.   Filologicheskie   nauki,   1959,
314 s.
71.   Shvedova   N.YU.   Grammatika   sovremennogo   russkogo   literaturnogo   yazika.   M.,
1970.
72.   Shvedova   N.YU.   Grammatika   sovremennogo   russkogo   literaturnogo   yazika.   M.,
1980, 660 s.
73.   Walzel   O.   Das   Wortkunstwerk,   IV.   Vor   erlebter   Rede.   Leipzig,   1924,   S.   212;
Günter W. Probleme der Rededarstellung, Marburg, 1928.
III.BADIIY  ADABIYOTLAR
1. Bruno Apitz. Nackt unter Wölfen.Verlag Halle,1958, S.36.
2. Bertolt Brecht. Dreigroschenroman. Amsterdam., 1934, S105.
3. W. Bredel. Die Söhne. Hamburg, 1949, S. 141.
4. H.Fallada. Jeder stribt für sich allein. Berlin, 1939, S 189.
5. B. Kellermann. Der Tunnel. Fűrth, 1913, S. 117).
6. T. Mann. Der Untertan. Lűbek, 1948, S. 37.
7. A. Seghers. Die Toten bleiben jung. Mainz, 1949, S. 222.
8. N.Gimburg Die Stadt und das Haus.Klus Wagenbach 
    Verlag,  Berlin,1999, S.128.
74 9. Frank.Die junger Jesu. Verlag, Tezaurus, 2008, S.227.
10. H.Kant. Aula. S.24
I V.   I NTERNET MANBALARI
               1.Linguistik online:  https://bop.unibe.ch/linguistik-online/
               2. www.uzscience.uz    www.dissforall.com   
               3. www.nauka-shop.com
               4.www.google.de
       
75

NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI MUNDARIJA: I. KIRISH …………………………………………………………. .................................................. 3 I. BOB. NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA O‘ZGA GAP ……………... ................ ...8 1.1 . O‘zga gap turlari haqida........................................................ .....................................8 1.2. Ko‘chirma gap.............................................................................................. ............14 1.3. O‘zlashtirma gap.......................................................................................... ......... ....1 5 1.4. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap................................................................ ........ ... 19 Birinchi bobga oid xulosalar ……………………………………………….……23 II.BOB. O‘ZLASHTIRMA GAP VA UNING O‘ZGA GAP DOIRASIDA TUTGAN O‘RNI …………………………………………………………….24 2 .1. O‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha ……………………………… ….. ….2 4 2.2. O‘zlashtirma gapni o‘zga gapning boshqa turlari bilan qiyoslab o‘rgansh................................................. ...... ...................................... ....33 Ikk inchi bobga oid xulosalar...................................... ...... ......................... ............41 I II . BOB. NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI ……………………..……………………..43 3.1.O‘zga gapni boshqaruvchi muallif gapi va uning tarkibidagi so‘zlarning tahlili …………………………………………………..…………………………………45 3 . 2 . O‘zlashtirma gapning semantik, leksik-grammatik belgilari… ... ........ .....................55 3.3. O‘zlashtirma gapni ifoda etuvchi qurilmalar ...........................................................60 Uch inchi bobga oid xulosalar............................................................ ....... ..... ...........64 XULOSA………………………………......................................................... ..... .... ....... 66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................... ………………….................... ... ... .......69 3

K I R I SH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugungi kun yoshlarini har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan eng dolzarb masaladir. Shu sababli, yoshlar har soniya bilim olishdan, olgan bilimlaridan kelib chiqib tajribasini oshirishdan to‘xtamasligi lozim”[1.56;]. Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda ham ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada yaxshilashda zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lmoqda. Bu soxada zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning samaradorligini oshirishni ta’minlash aloxida axamiyat kasb etadi[2.2011;]. Chet tillarni o‘qitishning sifatini oshirish va yanada samarali usullarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy saloxiyatli mutaxassislarni tayyorlash hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir . Mamlakatimiz ta’lim tizimida ilmiy-nazariy jixatdan asoslangan, chet tillarni o‘qitishda darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etib, xorijiy til ta’limini yanada takomillashtirish milliy ta’lim dasturining asosiy maqsadidir. Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, sintaksis gaplarning va gap sostavidagi so‘z birikmalarining grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. Gap deb so‘zlar birikmasidan yoki ayrim bir so‘zdan tuzilgan nisbiy tugal bir fikr ifodalagan formal va intonatsion hamda grammatik jihatdan shakllangan elementlar nutq bo‘lagiga aytiladi . Gap ma’lum fikrni ifodalovchi sintaktik qurilmadir. U orqali kishilar o‘z fikrlari, maqsadlari his-hayajonlarini ifodalaydilar. Inson o‘z fikrini turli gap tillari orqali ifodalaydi, sodda yoki qo‘shma gaplar orqali darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar orqali, ikki sostavli yoxud bir sostavli 4

gaplar orqali, to‘liq yoki to‘siqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol fikrning xarakteriga ma’lum maqsad yoki niyatga qarab belgilanadi. Ammo gap qanday shaklda bo‘lmasin, unda kishining ma’lum bir fikri reallashadi (his-hayajon yoki so‘roq ifodalovchi gaplar ham bundan mustasno emas). Tilshunoslikda o‘zga gapning ifoda formalari to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Ular bu masalaga turli tomondan yondashib, o‘zga gapning turli tuman ko‘rinishlarini ko‘rsatadilar. Masalan, N.P.Dronova nemis tilida o‘zga gapning besh xildagi ifoda formalari mavjudligini qayd etadi [18, 29;]: 1. ko‘chirma gap; 2. o‘zlashtirma gap; 3. o‘rama (svernutaya) nutq (geraffte Rede); 4. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap; 5. ichki monolog (gedachte Rede). O‘zgalar fikrini (ba’zan o‘zinikini ham) bayon qilish ehtiyoji tug‘ilishi asosida har bir tilda o‘zga gapli konstruksiyalar yuzaga keladi. O‘zga gap asosan uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ular ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap deb nomlanadi. O‘zga gapning bu turlariga tilshunoslikda ko‘plab ilmiy ishlar bag‘ishlangan bo‘lsada, ularning ayrim tomonlari munozarali bo‘lib, ular hozirgacha o‘z echimini kutmoqda. Aynan mana shu tufayli ham tanlangan mavzu o‘ziga xos dolzarblikni kashf etadi. Mavzuning maqsad i. Mazkur magistrlik ishda ko‘zda tutilgan maqsad asosan hozirgi zamon nemis tilidagi o‘zlashtirma gapga xos bo‘lgan semantik va leksik-grammatik belgilarni ko‘rsatib berish orqali uning ifoda formalarini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Mavzuning vazifas i. O‘zlashtirma gap o‘zga gapning ifoda uslublari ichida ko‘chirma gap bilan yaqindan aloqada turadi. Shuning uchun ham bu erda o‘zlashtirma gapning ayrim tomonlari ko‘chirma gapniki bilan parallel tarzda tahlil qilinadi. Bu narsalardan kelib chiqqan holda ishning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 5

1) o‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha berish; 2) o‘zlashtirma gapning leksik-grammatik belgilarini ko‘rsatish; 3) o‘zlashtirma va ko‘chirma gapni qiyoslab o‘rganish asosida ularga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash; 4) o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini aniqlash va ularga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsatib berish. Mavzuning obyekti va predmeti. Ishning tadqiqot obyektini o‘zlashtirma gapning ifodalanishi, o‘zlashtirma va ko‘chirma gapni qiyoslab o‘rganish asosida ularga xos bo‘lgan belgilari va ifoda formalari ,o’zlashtirma gaplarning mustaqil gap doirasida qo’llanishi tashkil etadi.O’zlashtirma va ko’chirma gaplarning, turlari, modellari va ular negizida yuzaga kelgan mazmunni aniqlash tadqiqot predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ozga gaplar, xususan nemis tilidagi o’zlashtima gaplarning qiyoslab o’rganish qiyosiy tipologik, transformatsion, usullari yordamida aniqlash hamda uni nemis tilida keng hajmda amalga oshirilayotganligi mazkur tadqiqotning ilmiy yangiligidir. Bunda o‘zlashtirma gapning muayyan bir boshqaruvchi so‘zdan yoki muayyan kontekstdan bog‘liq bo‘lishi,ergash gapdan tashqari boshqa konstruksiyalarning osonlik bilan o‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gapga transformatsiya qilinishi ishning muhim jihati hisoblanadi. Mavzuning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda umumlashtirilgan nazariy xulosalar til sistemasidagi leksik-semantik munosabatlar mohiyatining yanada oydinlashishiga xizmat qiladi. Ayni paytda dissertatsiya ish natijalari “Nemis tilining nazariy grammatikasi”, “Nemis tilining amaliy grammatikasi”, “Stilistika”, kabi kurslarni o’ qitishda, darsliklar, o’ quv-uslubiy q o’ llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek nemis tili amaliy grammatikasidagi matn muammolarini o’ rganishda muhim amaliy ahamiyatga ega. 6

Tadqiqot xulosalari nafaqat nemis tili nazariy grammatikasi uchun, balki o’ zbek tilshunosligida qiyoslayotgan ikkala tillardagi o‘zga gap va uning ifoda turlari o’ rganishlik alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishining o’rganganligi . Ishda O.Behagel, T.V.Stroeva, E.V.Guliga, E.V.Rozen, E.A.Rumyanseva, L.Zyutterlin, Z.Eger, G.Helbig, V.G.Admoni, E.I.Shendels kabi buyuk tilshunoslarning ishlaridan va tasviriy, komponentlar tahlili ko’rsatilgan. Tadqiqot ishida o’zlashtirma gapning boshqa grammatik qurilmalardan farq qiluvchi tomonlari tahlil qilinib, o‘zlashtirma gapning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari belgilab olinadi. Bu erda asosan tilshunoslarning (E.A.Rumyanseva, E.V.Rozen) nemis tilidagi o‘zlashtirma gap haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Ular tomonidan taklif etilgan o‘zlashtirma gapning ifoda formalari tanqidiy o‘rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini belgilashga intilgan, yana bir tilshunos K.N.Namozov bo‘lib hisoblanadi. U ham bu erda, birinchidan, o‘zlashtirma gapli konstruksiyalar uchun ikki planlikni, ya’ni muallif va so‘zlovchi gapining birlashishini asos qilib olib, ikkinchidan, bu erda asosiy maqsad o‘zga shaxs gapning mazmunini berish deb hisoblaydi. Bu jihatdan, uning fikricha, o‘zlashtirma gap turli xil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. K.N.Namozov o‘z ishida nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning quyidagi grammatik ko‘rinishlarini ko‘rsatib o‘tadi: [48, 88;]. 1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap. 2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap. 3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap. 4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap. Tadqiqot ishining tuzilishi. Ushbu maqsad va vazifalarni bajarish maqsadida ishimizni quyidagi ko‘rinishda tuzishni lozim topdik: Kirish Asosiy q ism: I. Bob. N emis va o‘zbek tillarida o‘zga gap II. Bob . O ‘zlashtirma gap va uning o‘zga gap doirasida tutgan o‘rni 7