Rasmiy uslub haqida
Rasmiy uslub haqida Mundarija Ishning umumiy tavsifi Kirish I bob. Rasmiy uslub va uning lingvistik xususiyatlari 1.1. Rasmiy uslubning o‘rganilishi 1.2. Rasmiy uslubning fonetik, leksik xususiyatlari 1.3. Rasmiy uslubning morfologik xususiyatlari II bob. Rasmiy uslubda soda gaplarning qo‘llanishi 2.1. Gapning ifoda-maqsadiga ko‘ra turlarining rasmiy uslubda qo‘llanishi 2.2. Gap bo‘laklarining rasmiy uslubda qo‘llanishi 2.3. Egasiz gaplarning qo‘llanishi 2.4. Rasmiy uslubda gap tartibi III bob. Rasmiy uslubda murakkablashgan sodda gaplar 3.1. Ajratilgan va uyushiq bo‘laklarning qo‘llanishi 3.2.Undalmaning ishtirok etishi 3.3 Kiritmalarning mazkur uslubda qo‘llanishi 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi . O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi, uning dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos va o‘ziga mos o ‘rin egallashi juda ko‘plab masalalar qatorida til madaniyatini ham yuqori darajada ko‘tarish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Har qanday til madaniyatini esa uning stilistikasini o‘rganmasdan turib egallab bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham til stilistikasi nutq madaniyatini o‘rganish o‘zbek tilshunosligi fanining dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida rasmiy uslubning qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tilihaqida”gi qonun qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g’oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak, chunki oddiy ishchimi, dehqonmi,tadbirkormi, ziyolimi, baribir, hech bo‘lmaganda ariza,tilxat yoki ishonchnoma yozishga to‘g‘ri keladi. Davlat miqyosida amalda bo‘lgan har bir huquqiy hujjatning qat’iy me’yorlar asosida yaratilishi ham umumtil madaniyatining tarkibiy qismidir. Hujjatlar qanchalik tushunarli tilda yozilsa, uslubi qanchalik ravon bo‘lsa, uni tushunish, binobarin, ijrosini ta’minlash va unga amal qilish ham shunchalik oson kichadi.Shuning uchun ham bugungi kunda faol amalda bo‘lgan o‘zbek tili rasmiy uslubini zamon talablaridan kelib chiqib tadqiq etish uning, uning xulosalari va natijalarini ommalashtirish o‘zbek tili madaniyatining yanada takomillashuviga hamda uning barcha jabhalarda foydalanishga qulay imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi. Hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: ”Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir,ular muassasa,tashkilot va korxonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari va usullari majmuini yetarli darajada bilmaydilar”. Shu sababdan ham bugungi kunda rasmiy uslubning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilishiga, tadqiq etilishiga alohida e’tibor berilmoqda. 2
Bugungi kunga qadar rasmiy uslubga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, bir qator darslik hamda monografiyalarda rasmiy uslubning turli jihatlari tadqiq qilingan. Rasmiy uslubning leksik, morfologik, sintaktik xususiyatlari o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ularning mazkur uslubda nomoyon bo‘lish holatlari qayd etilgan. Lekin rasmiy uslubning sintaktik xususiyati haqida gapirilganda uning uning ko‘chirma gaplar, o‘zlashtirma gaplar, kritma gaplar, modal ma’nodagi gaplar qo‘llanilmasligi haqida fikr bildirilgan bo‘lsada, mazkur uslubda sodda gaplar qo‘llanishi haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Shunday qilib, mavzuning dolzarbligi rasmiy uslubga oid matnlarda sodda gaplarning qo‘llanishi, ularning turlari, ularning uslubda tutgan o‘rni va ahamiyati yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bilan izohlanadi. Tadqiqotning ishlanganlik darajasi. Tilshunoslikning stilistika sohasi bilan shug’ullangan deyarli barcha taniqli olimlar funksional uslublarga o‘z munosabatlarini bildirishgan, ularning tasnifini berishga harakat qilishgan,xususan, V.V.Vinogradov,I.A.Yefimov, M.N.Kojina, N.A.Baskakov, I.V.Gorelov, X.Kurbatov, I.V.Xovanskaya kabilar tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. A.Sulaymonovning “Til stillari” haqida nomli maqolasida “Stilistikaning vazifasi u yoki bu stilda yoki nutq formasida, ya’ni og’zaki va yozma nutqda qanday til hodisalari ko‘proq qo‘llanishini aniqlashdan iboratdir” degan gaplaridan tushunish mumkunki , u til yoki nutq uslublarini yozma va og’zaki uslublarga ajratgan. Akademik G‘.Abdurahmonov ham “Stilistik normalar haqida” nomli maqolasida ham bu masalaga to‘xtalib o‘tgan. B.O‘rinboyev “Funksional uslubiyat va uning mohiyati” asarida, S.Muhammedov “O‘zbek tili funksional stillarini belgilash to‘g‘risda” nomli maqolasida o‘zbek tilidagi uslublar sonini 3 ta deb ko‘rsatgan: rasmiy-ish funksional uslubi, ilmiy va publisistik uslublarga ajratgan. I.Qo‘chqortoyev “O‘zbek adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi,uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy chegaralab berilgan emas. Shuning uchun bu masala yuzasidan xozirchalik izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o‘zbek adabiy tili doirasida badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy uslublarning o‘ziga xos 3
xususiyatlari ,ularni bir-biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib turadi”,deyish bilan bu masalaga ancha ehtiyotkorlik bilan yondashganligi sezilib turadi. O‘zbek tilshunosligida 1987-yilda D.Babaxonova “Hozirgi o‘zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 Dissertatsiya muallifi o‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib rasmiy uslub doirasidagi hujjatlar ro‘yxatini batafsil keltiradi va ularning har birini bir uslub ichida yana o‘z shakllanish uslubi (podstillari) mavjudligini ta’kidlaydi. Masalan, hukumat qarorlari,farmonlar, farmoyishlar, chaqiriqlar, qonunlar, buyruqlar, nizomlar, yo‘riqnomalar, diplomatik, hujjatlar, xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, rasmiy xabarlar, notalar, ultimatumlar, elchilik konvensiyalari, kodeklar, chaqiriq qog’ozlari, ishonch qog’ozlari, ijro varaqalari, ajrimlar, sud varaqalari, yuridik dalolatnomalar, raddiyalar, tavsiyanomalar, tilxat, ayblov, tashqariga chiqmaslik haqida tilxat, ayblov nutqi, sudning alternativ qarori, hukm, davlat tashkilotlari o‘rtasidagi yozishmalar, dalolatnoma, bayonnoma, tushuntirish xati, bayonnoma, ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, ariza va boshqalar. Mazkur dissertatsiyada rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos va umumuslubiy xususiyatlarini leksik-semantik , morfologik va sintaktik jihatdan tahlil etganligi bilan ilmiy ahamiyatga ega. Mazkur dissertatsiyada sintaktik jihatdan tahlil qilinganda rasmiy uslubda so‘roq,undov mazmunidagi gaplar uchramasligi, shuningdek eganing ishtirokiga ko‘ra shaxsi ma’lum, shaxsi noma’lum gaplar mazkur uslubga xos emasligi ta’kidlab otilgan bo‘lsada, ammo rasmiy uslubda sodda gaplarning qurishi haqida ma’lumotlar ko‘p keltirilmagan. Mazkur tadqiqot ishi yuzaga kelganligiga ham chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi va tadqiqot ishi sobiq kommunistik mafkura davrida yozilganligini ham e’tiborga olish lozim. Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek rasmiy uslubining shakllanishida rus tilining ta’siri mavjudligi qayd etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng esa ona tilimizning rasmiy uslub doirasidagi hujjatlarda qo‘llanishi o‘ziga xos ma’no kasb etdi. Ushbu fikrning to‘g’ri ekanligi Sh.Ko‘chimov tomonidan 1995-yilda “O‘zbekiston qonunlarining tili” mavzusida nomzodlik, 2004-yilda 1 Бабаханова Д.А Официально – деловой стиль современного узбекского литературного языка. Афтореферат дисс. На соискание уч. Ст. канд . филол . наук.- Ташкент , 1987. - 4
“Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari” mavzusida himoya qilgan doktorlik dissetatsiyalari ham tasdiqlaydi. Mazkur ishlarda huquqiy davlat qurishda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda qonunchilik texnikasi muhim ahamiyat kasb etib,qonunlarning xalqaro standart doirasida ishlab chiqishning asosiy omili sifatida bu sohadagi hujjatlar tilini ona tilimizning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlash kerakligi ta’kidlangan. Tadqiqotning maqsadi. Rasmiy uslub predmeti hisoblangan rasmiy ish qog’ozlarida qo‘llaniladigan sodda gaplar, sodda gaplarning mazkur uslubda tutgan o‘rni, ularning qurilishi , aloqaga kirishmaydigan bo‘laklaklar hisoblangan undalma, ajratilgan bo‘lak, kirish so‘z kabilarning sodda gaplarda qo‘llanishi va mazkur bo‘laklarning rasmiy uslubda tutgan o‘rnini qiyosiy tahlil asosida, ya’ni rasmiy hujjatlar( tilxat,ariza, tavsiyanoma, tarjimai hol v.h.z)ni o‘zaro solishtirgan holda o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifasi . Tadqiqot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: - rasmiy uslubning kelib chiqish tarixini o‘rganish; - rasmiy uslubning xorijda o‘rganilganlik darajasini tadqiq etish; - rasmiy uslubning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini tahlil qilish va yoritib berish; - rasmy uslubda sodda gaplarning o‘rnini o‘rganish va rasmiy hujjatlar asosida ularni yoritib berish; - rasmiy uslubning funksional -stilistik xususiyatlarini tadqiq etish va ularning xususiyatlarini ochib berish; - rasmiy uslubda sodda gaplarning qurilishini tadqiq etish . Tadqiqot obektini rasmiy uslubning predmeti hisoblangan hujjatlar ( ariza,tilxat, tushuntirish xati, ma’lumotnoma, tarjimai hol, bayonnoma, kafolat xati, tavsifnoma, tavsiyanoma, dalolatnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma v.h.z)da sodda gaplarning qurilishi tashkil qiladi . 5