logo

Vazifaviy uslub haqida

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

76.525390625 KB
Vazifaviy uslub haqida
Mundarija
Ishning umumiy tavsifi
Kirish
I bob. Vazifaviy uslub tushunchasi va  uslublar tasnifi
1.1. Vazifaviy uslub tushunchasi va  rasmiy uslubning o‘rganilishi
1.2.   Turkiy rasmiy uslubining shakllanish tarixi
II bob. Rasmiy uslubning funksional-stilistik xususiyatlari
2.1. Rasmiy uslubning fonetik- morfologik xususiyatlari
2.2. Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari
III bob. Rasmiy  uslubda sodda gaplar qurilishi
3.1. Rasmiy uslubning sintaktik xususiyati
3.2. Rasmiy ish-yuritish qog‘ozlarida sodda gaplarning qurilishi 
1                                                              Kirish
            Mavzuning   dolzarbligi .   O‘zbekiston   Respublikasining     mustaqil   davlat
sifatida tashkil topishi, uning dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos va o‘ziga mos o ‘rin
egallashi   juda   ko‘plab   masalalar   qatorida   til   madaniyatini   ham   yuqori   darajada
ko‘tarish   masalasini   kun   tartibiga   qo‘ydi.   Har   qanday   til   madaniyatini   esa   uning
stilistikasini   o‘rganmasdan   turib   egallab   bo‘lmaydi.   Mana   shuning   uchun   ham   til
stilistikasi   nutq   madaniyatini   o‘rganish   o‘zbek   tilshunosligi   fanining   dolzarb
masalalaridan   biriga   aylandi.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   rasmiy   uslubning
qo‘llanish   ko‘lami   O‘zbekiston   Respublikasining   “Davlat   tilihaqida”gi   qonun
qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g’oyatda
kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi.  Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi
uchun   tildagi   uslublardan   ham   xabardor   bo‘lishi,   kundalik   so‘zlashuv   tilidan
tashqari   rasmiy   ish   yuritish   tilini   ham   bilishi   kerak,   chunki   oddiy   ishchimi,
dehqonmi,tadbirkormi,   ziyolimi,   baribir,   hech   bo‘lmaganda   ariza,tilxat   yoki
ishonchnoma yozishga to‘g‘ri keladi. 
      Davlat   miqyosida   amalda   bo‘lgan   har   bir   huquqiy   hujjatning   qat’iy   me’yorlar
asosida   yaratilishi   ham   umumtil   madaniyatining   tarkibiy   qismidir.   Hujjatlar
qanchalik   tushunarli   tilda   yozilsa,   uslubi   qanchalik   ravon   bo‘lsa,   uni   tushunish,
binobarin,   ijrosini   ta’minlash   va   unga   amal   qilish   ham   shunchalik   oson
kichadi.Shuning uchun ham bugungi kunda faol amalda bo‘lgan o‘zbek tili rasmiy
uslubini   zamon   talablaridan   kelib   chiqib   tadqiq   etish   uning,   uning   xulosalari   va
natijalarini   ommalashtirish   o‘zbek   tili   madaniyatining   yanada   takomillashuviga
hamda   uning   barcha   jabhalarda   foydalanishga   qulay   imkoniyatlar   yaratilishiga
xizmat   qiladi.   Hujjatshunos   A.S.Golovach   shunday   ta’kidlaydi:   ”Boshqaruv
sohasidagi   kamchiliklarning   asosiy   sabablaridan   biri   ayni   soha   xodimlarining
nazariy   va   amaliy   tayyorgarlikning   bo‘shligidir,ular   muassasa,tashkilot   va
korxonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari va usullari majmuini
yetarli darajada bilmaydilar”. Shu sababdan ham bugungi  kunda rasmiy uslubning
o‘ziga   xos   jihatlari   o‘rganilishiga,   tadqiq   etilishiga   alohida   e’tibor   berilmoqda.
2 Bugungi   kunga   qadar   rasmiy   uslubga   oid   ko‘plab   tadqiqotlar   olib   borilgan,   bir
qator   darslik   hamda   monografiyalarda   rasmiy   uslubning   turli   jihatlari   tadqiq
qilingan.   Rasmiy   uslubning   leksik,   morfologik,   sintaktik   xususiyatlari   o‘rganib
chiqilgan bo‘lib, ularning mazkur uslubda nomoyon bo‘lish holatlari qayd etilgan.
Lekin   rasmiy   uslubning   sintaktik   xususiyati   haqida   gapirilganda   uning   uning
ko‘chirma   gaplar,   o‘zlashtirma   gaplar,   kritma   gaplar,   modal   ma’nodagi   gaplar
qo‘llanilmasligi   haqida   fikr   bildirilgan   bo‘lsada,   mazkur   uslubda   sodda   gaplar
qo‘llanishi   haqida     yetarlicha   ma’lumotlar   mavjud   emas.   Shunday   qilib,
mavzuning dolzarbligi rasmiy uslubga oid matnlarda sodda gaplarning qo‘llanishi,
ularning   turlari,   ularning   uslubda   tutgan   o‘rni   va   ahamiyati   yetarli   darajada
o‘rganilmaganligi bilan bilan izohlanadi.
          Tadqiqotning  ishlanganlik  darajasi.   Tilshunoslikning   stilistika   sohasi   bilan
shug’ullangan     deyarli   barcha   taniqli   olimlar   funksional   uslublarga   o‘z
munosabatlarini bildirishgan, ularning tasnifini berishga harakat qilishgan,xususan,
V.V.Vinogradov,I.A.Yefimov,   M.N.Kojina,   N.A.Baskakov,   I.V.Gorelov,
X.Kurbatov,   I.V.Xovanskaya   kabilar   tadqiqotlarida   ko‘rishimiz   mumkin.
A.Sulaymonovning “Til stillari” haqida nomli maqolasida “Stilistikaning vazifasi u
yoki   bu   stilda   yoki   nutq   formasida,   ya’ni   og’zaki   va   yozma   nutqda   qanday   til
hodisalari ko‘proq qo‘llanishini aniqlashdan iboratdir” degan gaplaridan tushunish
mumkunki   ,   u   til   yoki   nutq   uslublarini   yozma   va   og’zaki   uslublarga   ajratgan.
Akademik   G‘.Abdurahmonov   ham   “Stilistik   normalar   haqida”   nomli   maqolasida
ham   bu   masalaga   to‘xtalib   o‘tgan.   B.O‘rinboyev   “Funksional   uslubiyat   va   uning
mohiyati”   asarida,   S.Muhammedov   “O‘zbek   tili   funksional   stillarini   belgilash
to‘g‘risda”   nomli   maqolasida   o‘zbek   tilidagi   uslublar   sonini   3   ta   deb   ko‘rsatgan:
rasmiy-ish   funksional   uslubi,   ilmiy   va   publisistik   uslublarga   ajratgan.
I.Qo‘chqortoyev   “O‘zbek   adabiy   tilining   stilistik   ixtisoslashuvi,uning   funksional
uslublari   ilmda   ham   qat’iy   chegaralab   berilgan   emas.   Shuning   uchun   bu   masala
yuzasidan xozirchalik izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o‘zbek adabiy tili
doirasida   badiiy,   ilmiy,   ijtimoiy-siyosiy   uslublarning   o‘ziga   xos
3 xususiyatlari ,ularni bir-biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib
turadi”,deyish   bilan  bu  masalaga  ancha  ehtiyotkorlik  bilan yondashganligi   sezilib
turadi.   O‘zbek   tilshunosligida   1987-yilda   D.Babaxonova   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy
tilining rasmiy-ish uslubi” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan. 1
Dissertatsiya   muallifi   o‘zbek   tilshunosligida   birinchi   bo‘lib   rasmiy   uslub
doirasidagi   hujjatlar   ro‘yxatini   batafsil   keltiradi   va   ularning   har   birini   bir   uslub
ichida yana o‘z shakllanish  uslubi  (podstillari)  mavjudligini  ta’kidlaydi. Masalan,
hukumat   qarorlari,farmonlar,   farmoyishlar,   chaqiriqlar,   qonunlar,   buyruqlar,
nizomlar,   yo‘riqnomalar,   diplomatik,   hujjatlar,   xalqaro   shartnomalar,   kelishuvlar,
rasmiy   xabarlar,   notalar,   ultimatumlar,   elchilik   konvensiyalari,   kodeklar,   chaqiriq
qog’ozlari,   ishonch   qog’ozlari,   ijro   varaqalari,   ajrimlar,   sud   varaqalari,   yuridik
dalolatnomalar,   raddiyalar,   tavsiyanomalar,   tilxat,   ayblov,   tashqariga   chiqmaslik
haqida   tilxat,   ayblov   nutqi,   sudning   alternativ   qarori,   hukm,   davlat   tashkilotlari
o‘rtasidagi   yozishmalar,   dalolatnoma,   bayonnoma,   tushuntirish   xati,   bayonnoma,
ma’lumotnoma,   tarjimai   hol,   tavsifnoma,   ariza   va   boshqalar.   Mazkur
dissertatsiyada   rasmiy   hujjatlarning   har   birining   o‘ziga   xos   va   umumuslubiy
xususiyatlarini   leksik-semantik   ,   morfologik   va   sintaktik   jihatdan   tahlil   etganligi
bilan   ilmiy   ahamiyatga   ega.     Mazkur   dissertatsiyada   sintaktik   jihatdan   tahlil
qilinganda   rasmiy   uslubda   so‘roq,undov   mazmunidagi   gaplar   uchramasligi,
shuningdek     eganing   ishtirokiga   ko‘ra   shaxsi   ma’lum,   shaxsi   noma’lum   gaplar
mazkur   uslubga   xos   emasligi   ta’kidlab   otilgan   bo‘lsada,   ammo   rasmiy   uslubda
sodda gaplarning qurishi haqida ma’lumotlar ko‘p keltirilmagan. Mazkur tadqiqot
ishi   yuzaga   kelganligiga   ham   chorak   asrdan   ko‘proq   vaqt   o‘tdi   va   tadqiqot   ishi
sobiq   kommunistik   mafkura   davrida   yozilganligini   ham   e’tiborga   olish   lozim.
Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek rasmiy uslubining shakllanishida rus tilining ta’siri
mavjudligi qayd etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan
so‘ng   esa   ona   tilimizning   rasmiy   uslub   doirasidagi   hujjatlarda   qo‘llanishi   o‘ziga
xos   ma’no   kasb   etdi.   Ushbu   fikrning   to‘g’ri   ekanligi   Sh.Ko‘chimov   tomonidan
1995-yilda   “O‘zbekiston   qonunlarining   tili”   mavzusida   nomzodlik,   2004-yilda
1
  Бабаханова  Д.А Официально  – деловой стиль современного узбекского литературного языка. Афтореферат
дисс. На соискание уч. Ст. канд . филол . наук.- Ташкент  , 1987. -
4 “Huquqiy   normalarni   o‘zbek   tilida   ifodalashning   ilmiy-nazariy   muammolari”
mavzusida   himoya   qilgan   doktorlik   dissetatsiyalari   ham   tasdiqlaydi.   Mazkur
ishlarda   huquqiy   davlat   qurishda   fuqarolarning   huquqiy   ongi   va   huquqiy
madaniyatini   shakllantirishda   qonunchilik   texnikasi   muhim   ahamiyat   kasb
etib,qonunlarning   xalqaro   standart   doirasida   ishlab   chiqishning   asosiy   omili
sifatida bu sohadagi hujjatlar tilini ona tilimizning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib
tayyorlash kerakligi ta’kidlangan. 
      Tadqiqotning   maqsadi.   Rasmiy   uslub   predmeti   hisoblangan   rasmiy   ish
qog’ozlarida   qo‘llaniladigan   sodda   gaplar,   sodda   gaplarning     mazkur   uslubda
tutgan   o‘rni,   ularning   qurilishi ,   aloqaga   kirishmaydigan   bo‘laklaklar   hisoblangan
undalma,   ajratilgan   bo‘lak,   kirish   so‘z   kabilarning   sodda   gaplarda   qo‘llanishi     va
mazkur   bo‘laklarning     rasmiy   uslubda   tutgan   o‘rnini   qiyosiy   tahlil   asosida,   ya’ni
rasmiy hujjatlar( tilxat,ariza, tavsiyanoma, tarjimai hol v.h.z)ni o‘zaro solishtirgan
holda  o‘rganishdan iborat.
   Tadqiqotning vazifasi . Tadqiqot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi:
- rasmiy uslubning  kelib chiqish tarixini o‘rganish;
- rasmiy uslubning  xorijda o‘rganilganlik darajasini tadqiq etish;
- rasmiy uslubning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini tahlil qilish va yoritib
berish;
- rasmy uslubda sodda gaplarning o‘rnini o‘rganish va rasmiy hujjatlar 
asosida ularni yoritib berish;
- rasmiy uslubning funksional -stilistik xususiyatlarini tadqiq etish va ularning
xususiyatlarini ochib berish;
- rasmiy uslubda sodda gaplarning qurilishini tadqiq etish .
      Tadqiqot   obektini     rasmiy   uslubning   predmeti   hisoblangan   hujjatlar
(   ariza,tilxat,   tushuntirish   xati,   ma’lumotnoma,   tarjimai   hol,   bayonnoma,   kafolat
xati,   tavsifnoma,   tavsiyanoma,   dalolatnoma,   bildirishnoma,   vasiyatnoma   v.h.z)da
sodda gaplarning qurilishi tashkil qiladi .
5       Tadqiqot   predmetini     Mazkur   tadqiqot   ishida   tadqiqot   predmetini     rasmiy
uslubda qo‘llaniladigan ish yuritish hujjatlari tashkil qiladi.
      Tadqiqot   usullari .     Mazkur   tadqiqot   ishini   ochib   berish   jarayonida     bir   qator
usullardan   foydalanildi.   Tadqiqot   davomida   quyidagi   tahlil   metodlaridan
foydalanildi:   tavsiflash,   qiyoslash,   diaxron   va   sinxron   tahlil   metodlaridan
foydalanildi.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
-rasmiy uslubning  O‘zbekistonda qay darajada o‘ganilganligi  oydinlashtirildi;
-rasmiy uslubning jahon miqyosida qay darajada o‘rganilganligi tahlil qilindi;
-rasmiy uslubning rus tilshunosligida qay darajada o‘rganilganligi ochib berildi  va
tahlil qilindi;
-rasmiy matnlarning leksik xususiyatlari tahlil qilindi;
-rasmiy matnlarning morfologik xususiyatlari o‘rganildi;
-rasmiy matnlarning sintaktik qurilishi tahlil qilindi; 
-rasmiy uslubning stilistik xususiyatlari  ochib berildi;
-sodda gaplar qurilishi haqida ma’lumot berildi;
-sodda   gaplarning     rasmiy   uslubda   tutgan   o’rni     va   ahamiyati   haqida   kengroq
ma’lumot berildi;
   Tadqiqotning amaliyotga tadbiq etilishi
      Dissertatsiya   ishining   asosiy   natijalari   va   materiallaridan   oliy   ta’lim
muassasalarining  o‘zbek filologiyasi  fakultetlari  talabalari    uchun va magistratura
yo‘nalishida o‘tiladigan uslubiyat  darslarida  keng foydalanish mumkin.
      Tadqiqot   tuzilishi .   Bitiruv   malakaviy   ishimiz   mazmuni       ---   bet,   kompyuter
yozuvida bayon qilingan bo‘lib  kirish, uch bob,  har bir bob uchun alohida alohida
xulosalar,   umumiy   xulosalar   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxatidan   iborat.
6 Tadqiqotning   birinchi   bobida     rasmiy   uslubning   o‘rganilish   tarixi,   kelib   chiqishi,
kimlar tomonidan o‘rganilganligi tahlil qilingan bo‘lsa, ikkinchi bobida esa  rasmiy
uslubning   funksional-stilistik   xususiyatlari   haqida   ma’lumot   berildi,   tadqiqotning
uchinchi   bobida   esa   sodda   gaplarning   qurilishi,   ularning   turlari,     rasmiy     ish
hujjatlarda   sodda   gaplarning  qay   turidan  ko’proq   qo‘llanishi   va   ahamiyati   haqida
ma’lumot berildi.
7 Vazifaviy uslub tushunchasi va uslublar tasnifi 
        Stilistika alohida fan sifatida shakllanganidan buyon funksional uslubshunoslik
ham   zamonaviy   stilistikaning   markaziy   yo‘nalishlaridan   biri   sifatida   soha
tadqiqotchilarining e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Har bir shaxs o‘z ijtimoiy faoliyati
davomida   til   birliklaridan   o‘zining   ehtiyojidan   kelib   chiqib,   nutq   mavzusi,   nutq
vaziyatiga bog‘liq holda qo‘llaydi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish
zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish stilistikada yangi sohani-
funksional stilistikani vujudga keltirdi 2
. 
          Stil,   ya’ni   uslub   termini   juda   qadim   zamonlardan   buyon   ishlatilib
kelingan   bo‘lib   u   turli   davrlarda   turli   sohalarda   turlicha   tushunildi   va   izohlandi.
Qadimgi rimliklar, greklar uslubga kishilarni ishontirish san’ati sifatida qaraganlar,
hindlar   esa   nutqni   bezash   vositasi   sifatida   qaraganlar.   “Stil”   so‘zining   filologik
termin sifatida ishlatilishi  keying asrlardagina boshlandi 3
. Albrext  Roym  o‘zining
“ Маленкий словар стиля ” nomli asarida stil so‘zining 106 ta ma’nosini keltiradi.
Ko‘plab   adabiyotshunos   va   tilshunos   olimlar   mazkur   tushunchaga   ta’rif   berishga
harakat   qilganlar.   Bu   ta’riflarda   bir-biriga   qarama-qarshi     fikrlar   ham   yo‘q   emas.
Tilshunos   olimlarning   ko‘pchiligi   tomonidan   keying   yillarda   tan   olganlaridek,
V.V.Vinogradov tomonidan berilgan ta’rif bu hodisaning tabiatini ancha durust va
to‘g‘ri ochib berdi: “ Uslub- bu jamoatchilik tomonidan anglab yetilgan, vazifaviy
jihatdan   kelishilgan,   qo‘llanish   vositalarining   ichki   uyushgan   uslub   yig‘indisi,
nutqiy   muomala   vositalarining   u   yoki   bu   umumxalq,   umummilliy   til   doirasida,
ifodaning   ijtimoiy   nutq   amaliyotida   xuddi   shunday   boshqa   bir   vazifani
bajaradigan, ma’lum maqsadga xizmat qiladigan vositalarga nisbatan tanlanishi va
uyg‘unlanishidir. M.N.Kojinaning ta’rificha, “funksional stilistika- bu tilning turli
muloqot   doiralarida   amal   qilish   qonuniyatlarini,   inson   faoliyatining   u   yoki   bu
sohalariga   muvofiq   kelish   darajasini,   shuningdek,   funksional   uslublar   va   boshqa
funksional   uslubiy   ko‘rinishlarda   til   vositalarining   tanlanish   me’yori   va
muvofiqligi   jamlanadigan   nutqiy   tizimni   o‘rganadigan   tilshunoslik   ilmidir,-   deya
ta’rif   bergan   edi.     Sh.Balli   stilistikaning   predmeti   bir   butun   sistema   bo‘lgan   til
elementlarining   ekspressiv-   emotsionallik   hamda   nutq   faktlarining   o‘zaro
2
  Каримов С. Ўзбек тили функсионал стилистикаси. Самарқанд. 2010 , 8- b .
3
  Қўнғуров Р. ,  Бегматов Э. ,  Тожиев Е. Нутқ маданияти ва услубияти асослари.  - T :  Ўқитувчи , 1992.73-74  b . 
8 munosabati natijasida yuzaga kelgan til tasviriy ifoda sistemasining shakllanishini
o‘rganishi   kerak   deb   yozadi.   Shuningdek,   G‘.Abdurahmonov   ham   .   «Stilistika   –
tilda   mavjud   bo‘lgan   barcha   vositalar   –   leksik,   grammatik,   fonetik   vositalardan
nutqda   qanday   foydalanish   zarurligini,   ma’lum   bir   tipdagi   forma,   so‘z   va
konstruksiyalardan   qaysi   birini   qo‘llash   muvofiq   ekanini,   yaxshi   va   eng   muvofiq
vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida
qo‘llanadigan vositalarni belgilab beradi, Shunga ko‘ra, stilistika so‘z san’ati, ifoda
vositalar haqidagi alohida bir fandir» ( Abdurahmonov G‘.   Stilistik normalar haqida
// O‘zbek tili va adabiyoti, 1969, 6-son, 50-bet).
Tildagi ana shunday muammolar bilan shug‘ullanadigan uslubshunoslikning
quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
1. Tilning leksik resurslarini o‘rganuvchi yo‘nalish.
2. Funksional stilistika – vazifaviy uslubshunoslik.
3. Badiiy adabiyot uslublari.
4. Amaliy uslubshunoslik.
Mavzu   nuqta y i   nazaridan   bu   o‘rinda   bizni   vazifaviy   uslubshunoslik
qiziqtiradi. Kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik,
grammatik,   leksik,   frazeologik   birliklardan   foydalanganlarida,   avvalo   ularni   o‘z
ehtiyojlaridan   kelib   chiqib,   nutq   mavzusiga,   vaziyatga   qarab   tanlaydilar   va
qo‘llaydilar.   Tilimizdagi   vositalarning   bir   nechalab   ko‘rinishlarga   ega   bo‘lishi,
sinonimik   rang-baranglik   shunday   yo‘l   tutishga   imkon   beradi.   Mana   shu   tanlash
nutq jarayonida til birliklarining o‘ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi.
Til   birliklarini   ijtimoiy   muhitda   tanlab   ishlatish   zarurati   va   ularni   tilshunoslikda
ilmiy-amaliy   tahlil   qilish   uslubshunoslikda   yangi   sohani   –   vazifaviy
uslubshunoslikni vujudga keltirdi.
O‘zbek   tili   uslublarini   vazifaviy   jihatdan   tasnif   qilish   ikki   omilga   –   til   va
tildan   tashqarida   bo‘lgan   omillarga   tayanadi.   Bu   uslublarning   N.A.Baskakov,
A.Sulaymonov,   A.Shomaqsudov,   G‘.Abdurahmonov,   B.O‘rinboyev,
S.Muhamedovlar   tomonidan   tavsiya   etilgan   variantlari   mavjud   bo‘lib,   ularda
9 asosan   beshta   uslub   –   so‘zlashuv,   ommabop,   ilmiy,   rasmiy   va   badiiy   uslublar
e’tirof etiladi.
Rasmiy   uslub   hozirgi   o‘zbek   tilining   davlat-ma’muriy,   huquqiy
muassasalarida,   rasmiy   diplomatik   munosabatlarida   namoyon     bo‘ladigan
ko‘rinishidir.   Qonun   matnlari,   farmonlar,   farmoyishlar,   buyruqlar,   xullas,   barcha
rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og‘zaki va yozma
ko‘rinishlari, binobarin,  ushbu ko‘rinishlarning o‘z me’yorlari mavjud.
Jumladan,   aniqlik.   Ushbu   uslubda   shakllangan   matnda   noaniqlikka,
izohtalab   o‘rinlarga   yo‘l   qo‘yilmasligi   lozim.   Fikr   va   mazmun   sodda,   aniq   va
tushunarli   tilda   bayon   qilinishi   kerak:   O‘zbekiston   Respublikasida   davlat
hokimiyati xalq manfaatlarini  ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi  Konstitusiyasi
hamda   uning   asosida   qabul   qilingan   qonunlar   vakolat   beradigan   idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi.   (O‘zR Konstitusiyasi, 7 - modda). Ushbu uslub
uchun   jargonlar,   oddiy   so‘zlashuvga   xos   so‘zlar,   emotsional-ekspressiv   bo‘yoqqa
ega   bo‘lgan   so‘zlarning  ishlatilishi   me’yor   sanalmaydi   va   shu   jihati   bilan   boshqa
uslublardan keskin farq qiladi.
Rasmiy   uslubning   grammatik   me’yori   ham   alohida   xususiyatlarga   ega.
Masalan,   ot   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlar   ko‘p   ishlatiladi.   Noaniqliklarga   yo‘l
qo‘yilmaslik   maqsadida   ular   olmoshlar   bilan   almashtirilmaydi.   Lekin   ba’zi
hollarda   almashtirish   mumkin   deya   e’tirof     etiladi.   Ommabop   uslub   ma’lum
ma’noda   oraliq   uslub   sanaladi.   Bu   uslubda   shakllangan   matnlar   obrazliligi,
ta’sirchanligi,   tasviriy   vositalarning   mahsuldor   qo‘llanilishi   bilan   badiiy   uslubga
yaqinlashsa,   dialektizmlar,   istorizmlar,   argo   va   jargonlar   qo‘llanilmasligi   bilan
undan   uzoqlashadi.   Ifodaning   aniqligi   va   publitsistik   janrlarga   xoslangan   hamda
ijtimoiy-siyosiy   terminologiyaning   qo‘llanilishi   bilan   ilmiy   uslubga   o‘xshaydi.
Ayni paytda, ifodadagi qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar ham
uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo‘yadi.
Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar shuni ko‘rsatadiki, bu uslubdagi
matnda   so‘zlashuv   uslubi   elementlari   ham   ba’zan   aralashib   ketishi
10 mumkin.Ma’lumki,   publitsistika   badiiy,   siyosiy,   ilmiy   jabhalarni   qamrab   oluvchi
yirik   soha   hisoblanib,   ommaviy   axborot   vositalari   sanaladigan   radio   va
televideniyeda,   gazeta   va   jurnallar   sahifalarida   aks   etadigan   yangilik,   xabar,
reportaj,   tahlilnoma,   bosh   maqola,   reklama   singari   qator   janrlarni   qamrab   oladi.
Ana shu qamrov doirasining kengligi o‘z navbatida til birliklarining har bir janrda
alohida   tarzda   me’yorlashuvini   taqozo   etadi.   Bu   o‘rinda   esa   me’yorlashishning
umumiy   jihatlari   xususida   so‘z   yuritish   imkoniyati   mavjud.   Sifatdosh   oborotlar,
fe’llarning   shart   mayli   shakllarining   almashinib   ishlatilishi,   ritorik   so‘roq,   ritorik
murojaat,  undov,  bir   bosh  bo‘lakli   gaplarning  faolligi  bu  uslubga   xos  morfologik
xususiyatlar   sanaladi.   Eng     muhimi,   ijtimoiy-siyosiy   atamalar   ko‘p   qo‘llaniladi.
Hatto   umumiste’moldagi     so‘zlar       ham   ommabop   uslubda   yozilgan   matnda
atamaga       aylanishi   mumkin:   ovoz,   ochiq   ovoz,   yopiq     ovoz,   hal   qiluvchi   ovoz,
maslahat  ovozi, qarshi ovoz, ovozga qo‘ymoq , ovoz bermoq, Osiyo ovozi   singari.
    Ijtimoiy-siyosiy   atamalar   asosan   –chi,   -parast,   -parvar,   -xona,-noma
qo‘shimchalari yordamida yasaladi. Misollar:   terrorchi, qo‘poruvchi, aqidaparast,
millatparvar, devonxona, bojxona, hissador, tadbirkor   kabi.                
Ilmiy   uslub   ilmiy   asarlar   uslubidir.   Til   birliklarining   fan   sohasida,   ilmiy
bayon   jarayonida   ishlatilishi   mazkur   uslubning   shakllanishiga   asos   bo‘ladi.   Ilmiy
tafakkur   fikrlashning   o‘ziga   xos   usuli   ekanligi,   obyektiv   borliqni   idrok   etishda
faqatgina   dalil   va   faktlarga   tayanish,   fikriy   izchilik   kabi   ekstralingvistik   omillar
ham  nutqning ushbu turining shakllanishida,  binobarin, nutqiy me’yorning o‘ziga
xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi. 
kabi   xususiyatlarning   mushtarakligi   bilan   rasmiy   uslubga   yaqinligi     aytib
o‘tilgan edi.
Ilmiy   uslubning   janr   xususiyatlari   ham   keng.   Monografiya,   risola,   darslik,
o‘quv   qo‘llanmasi,   o‘quv-metodik   qo‘llanma,   dastur,   ma’ruza   matnlari,   taqriz   va
referat singarilar uning ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har
birining   bayon   usuli   va   uslubi   ma’lum   darajada   bir-birlaridan   farq   qilsa-da,   til
11 birliklaridan foydalanish me’yoriga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Ilmiy uslubga
xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1.   Aniqlik .   Har   qanday   ilmiy   bayon,   xulosa,   shubhasiz,   aniqlikni   talab
qiladi.   Terminlarni   qo‘llash   bu   uslubning   asosiy   xususiyati   sanaladi:   Ximiyaviy
tarkibiga ko‘ra gerbidsidlar anorganik va organik gerbidsidlarga bo‘linadi. 
2. Obyektivlik . Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning
haqqoniyligi,   obyektivligiga   xizmat   qilishi   lozimligi   uqtiriladi.   «Mantiq»
darsligidan bir misol keltiramiz:   «Epimenid «Men yolg‘on gapiraman» deb aytdi.
Bu   paradoksni   mutlaqo   hal   etib   bo‘lmaydi.   Aytaylik,   Epimenid   rost   gapirdi,   bu
holda uning haqiqatda yolg‘on gapirgani aniq bo‘ladi. Aytaylik, u yolg‘on gapirdi.
Bu holda uning haqiqatda ham rost gapirgani ma’lum bo‘ladi»  
3. Mantiqiy izchillik  ilmiy bayon uslubining o‘ziga xos  xususiyatini tashkil
etadi. Matnda so‘zlar, gaplar, abzaslar  o‘zaro mantiqiy bog‘langan bo‘lishi lozim.
Shuning  uchun  ham   ilmiy  matnlarda  bu  izchillikni  yuzaga   keltiruvchi   ma’lumki,
ma’lum   bo‘ladiki,   ta’kidlash   lozimki,   ta’kidlash   o‘rinliki,   darhaqiqat   singari
ko‘plab bog‘lovchi vazifasini bajaradigan so‘z va birikmalar qo‘llaniladi.
4.   Qisqalik .   Bu   xususiyat   aynan   ilmiy   bayonga   xos   xususiyatdir.   Shuning
uchun,   unda   tilning   tasviriy   imkoniyatlaridan   deyarli   foydalanilmaydi.   Gaplar
darak   mazmunida   bo‘lib,   asosan   sodda   yoyiq   holda   bo‘ladi.   Shuningdeh,   mazkur
uslub to‘liqlik, neytrallik kabi xususiyatlarni ham o‘zidfa mujassam etgan bo‘ladi. 4
 
Ommabop   uslub   imkoniyatlarining   kengligini   lingvistik   va   ekstralingvistik
(paralingvistik)   –   tildan   tashqaridagi   omillarning   mustahkam   aloqadorligida
kuzatamiz.   Publitsistik   janrda   yozilgan   asarlarning   mohiyatan   hozirjavobligi,
ularning   axborot   hamda   targ‘ibot-tashviqot   xarakterda   bo‘lishi   va   ommani   dunyo
yoki   mamlakatimiz   miqyosida   sodir   bo‘layotgan   voqea-hodisalardan   zudlik   bilan
xabardor  qilish natijasida  yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi
ijtimoiy-siyosiy   terminologiyaning   qo‘llanilishi   va   tilimizda   me’yorlashishiga
sabab bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub tilning yangi so‘z va iboralar
hisobiga boyib borishiga ko‘maklashadi.
4
  М.Мукаррамов. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили.Тошкент. 1984  , 18  б.
12 Badiiy uslub   o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos  mavqega ega
bo‘lib, ayni paytda o‘zining alohida me’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab
olish   imkoniyatining   kengligi,   umumxalq   tilida   mavjud   bo‘lgan   barcha   lingvistik
birliklarning,   shu   bilan   birga,   boshqa   vazifaviy   uslublarga   xos   bo‘lgan
elementlarning   ham   ishlatilaverishi   va   ularning   muhim   bir   vazifaga   –   badiiy-
estetik   vazifani   bajarishga   xizmat   qilishi   badiiy   uslubning   asosiy   xususiyati
hisoblanadi.   Ular   haqida   bilimga   ega   bo‘lish   o‘quvchilarga   ona   tilimizning   nutq
jarayonidagi  imkoniyatlarini   o‘rganishga  ko‘maklashadi.   Badiiy  uslubda,  xususan
poetik   nutqda   hozirgi   adabiy   orfografik   me’yor   talablariga   muvofiq   kelmaydigan
qaro, yamon, yaro, oshno, talosh    singari so‘zlar ham ishlatilaveradi. 
Bundan   tashqari   badiiy   uslubda   grammatik   shakllarning   barcha
ko‘rinishlari   –   lahja   va   tarixiy   variantlari   ham   asarning   mavzu   talabi   bilan
qo‘llanilaveradi.
Tildan   foydalanishda   har   bir   kishining   jinsi,   yoshi   yoki   kasbidan,   u
yashayotgan   ijtimoiy  muhitdan  kelib  chiqadigan  o‘z  uslubi   bo‘lishi  mumkin.  Har
bir inson ijtimoiy sohada ehtiyojidan kelib chiqqan holda iste’mol qiladi. Buni ham
tabiiy   ravishda   tildan   foydalanishning   o‘ziga   xos   tarzini,   uslubini   keltirib
chiqaradi.   Demak,   tilni   iste’mol   qilish   kompleksida   har   bir   individning,   kasb
egalarining,   ijtimoiy   guruhlarning,   hatto   muloqot   jarayonining   o‘z   uslubi   bo‘lishi
tabiiy. Funksional uslub tushunchasi  nutqiy faoliyatning ana shu jihatlarini o‘zida
mujassam   qiladi.   Badiiy   uslubda   fe’lning   barcha   nisbat   shakllari   ishlatiladi.
Ammo, aniq nisbatdagi fe’llar birmuncha faol. Ilmiy nutqda esa, aksincha, fe’llar
asosan majhul nisbatda qo‘llaniladi.
Badiiy   asar   bayonida   zamon   shakllarining   barchasi   ishtirok   etadi.
Lekin   odatda   badiiy   asarlarda   bo‘lib   o‘tgan   voqealarning   hikoya   qilinishi   tufayli
unda fe’lning o‘tgan zamon shakllari mahsuldor hisoblanadi. 
Yordamchi   so‘zlar   ham   tilimizdagi   boshqa   birliklar   singari   nutq
jarayonida   o‘zining   uslubiy   imkoniyatlarini   namoyon   qila   oladigan   to‘laqonli   til
birliklaridir.   Ularning   ana   shu   keng   uslubiy   imkoniyatlarini   biz,   eng   avvalo,
vazifaviy chegaralanishlarda payqaymiz.
13 Badiiy   uslubga   xoslari   quyidagilar:   Ko‘makchilarni   olaylik.   Bilan
ko‘makchisining   birla,   birlan,   ila,   -la ;   uchun   ko‘makchisining   –chun ;   kabi
ko‘makchisining   misol,   misoli,   misli;   ora   ko‘makchisining   aro ,   shuningdek
yanglig‘, uzra, ichra    ko‘makchilari badiiy matn uchun xos. 
Lekin   va   agar   bog‘lovchilarining qisqargan shakli   lek   va   gar,   vale,   yoinki,
holonki    bog‘lovchilari haqida ham shu gaplarni aytish mumkin:
14                               Turkiy rasmiy uslubning shakllanish tarixi
         Hozirgi davrda respublikamizda ta’lim sohasida ko‘plab islohotlar amalga
oshirilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida Prezidentimiz  Sh.M. Mirziyoyev
tomonidan   qabul   qilinayotgan     bir   qator   farmonlar   shular   jumlasidandir.
Mustaqillik davrida o‘zbek tilshunosligi ham milliy istiqlol g‘oyalaridan ilhom
olib rivojlandi. Millatimiz ma’naviy qadriyatlaridan biri – ona tilimiz mavqeyi
tiklanib, davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. Uning nufuzini oshirish,   qo‘llanish
doirasini   kengaytirishga   qaratilgan   targ‘ibot   va   tashviqot   ishlari   qatorida
ilmiy-amaliy   tadqiqotlar   olib   borish   kuchaydi.   Birinchi   Prezidentimiz   Islom
Karimov   “Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch”   asarini   o‘qigan   har   bir   kishi
buning   sababini   chuqur   anglaydi.     Zero,   bu   sabab   millat   fidoyisi   Islom
Karimovning   quyidagi purhikmat fikrlarida   ifodalangan: “ O‘zlikni anglash,
milliy   ong   va   tafakkurning   ifodasi   ,   avlodlar   o‘rtasidagi   ruhiy-   ma’naviy
bog‘liqlik   til   orqali   namoyon   bo‘ladi.   Jamiki   ezgu   fazilatlar   inson   qalbiga,
avvalo,   ona   allasi,   ona   tilining   betakror   jozibasi   bilan   singadi.   Ona   tili-   bu
millatning ruhidir”.
          Xalqaro   doiralarda   olib   boriladigan   diplomatik   munosabatlar,   davlatni
boshqarishning   zamonaviy   usullari,   ijtimoiy-siyosiy   va   gumanitar   sohalarda
jahonning   ilg‘or   andozalari   va   texnologiyalarning   mamlakatimiz   hayoti   va
xalq xo‘jaligiga tatbiq etilishi, respublikamiz hududidagi ma’muriy idoralar va
korxonalar,   tashkilotlar   va   muassasalarda   muomala   vositasi   sifatida   o‘zbek
tilining   amal   qilishi   qonuniy   asosga   qo‘yilib,   ish   yuritish   shu   tilda   olib
borilishi  natijasida  o‘zbek  tilini   bilishga   va o‘rganishga   bo‘lgan  talab  yanada
kuchaydi. 
  Hozirgi   kunda   ona   tili   ,   o‘zga   tillarga   hurmat   muammosi   bilan   birgalikda
davlat tili madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan biri bo‘lsa, iste’molga
kirayotgan   davlat   tili   madaniyati   tushunchasi   esa   axloqiy,ma’naviy
kategoriyadan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbek tili davlat tili sifatida
ijtimoy   turmushimizning   barcha   sohalarida   qonuniy   ravishda   qo‘llanmoqda,
15 milliy   ma’naviyatimizning   betakror   ko‘zgusi   sifatida   xalqimizning   borligi   va
birligi   sifatida   o‘rganilmoqda,   o‘rgatilmoqda.   Ana   shunday   sharoitda
davlatimiz   rahbari   ta’kidlaganidek,   “O‘z   fikrini   mutlaqo   mustaqil,   ona   tilida
ravon,   go‘zal   va   lo‘nda   ifoda   eta   olmaydigan   mutaxassisni,   avvalambor,
rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin.
            O‘zbek   tilshunosligida   o‘zbek   tilining   funksional   stilistikasi   haqida   bir
qator   ilmiy   ishlar,   risolalar,   ilmiy   adabiyotlar,   ilmiy   tadqiqotlar   olib
borilgan.Milliy tilstilistikasining mundarijasi birmuncha keng bo‘lib, u tilning
barcha   stilistik   sistemasini   tekshiradi,-   degan   edi   soha   tadqiqotchilaridan   biri
I.Rasulov.   Tilshunoslik   sohasi   bilan   shug‘ullangan   deyarli   barcha   taniqli
olimlar   Funksional   uslublarni   ntasniflash   borasida   o‘zining   fikrlarini   bayon
etganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Xususan,   A.Sulaymonovning   “Til   stillari
haqida”   nomli   maqolasida,   G‘.   Abdurahmonovning   “Stilistik   normalar”,
B.O‘rinboyev “Funksional uslubiyat va uning mohiyati”, S.Muhammedovning
“O‘zbek   tili   funksional   stillarini   belgilash   to‘g‘risida”nomli   maqolalarida
funksional uslublarni tasniflash borasidagi qarashlarini ko‘rishimiz mumkin. 
  Kishi   o‘z   fikrini   aniq   va   ravon   ifodalashi   uchun   tildagi   uslublardan       ham
xabardor bo‘lishi kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy ish-yuritish tilini
ham   bilishi   kerak.     Chunki   oddiy   ishchimi,   dehqonmi,   tadbirkormi,ziyolimi,
baribir,   ariza,   tilxat   yozishga   to‘g‘ri   keladi,   shuning     uchun   ham   biz   mazkur
ishimizda   hujjatlarning       shakllanishi,   tuzilishi,   qo‘llanishi   kabilarni
o‘rganadigan rasmiy uslubning shakllanish taraqqiyotiga, tuzilishi, morfologik
va sintaktik qurilishi haqida so‘z yuritamiz. 
            Rasmiy   uslub   turli   mualliflar   tomonidan   turlicha   atalib   kelinmoqda   .
Masalan,   L.G.Barlas   “Rasmiy   ish   uslubi” 5
  E.G.   Tumanyan   “   Rasmiy   ish
uslubi” 6
  A.N.Kojin,   O.A.Krilova   ,   V.V.Odintsev     “Rasmiy   ish   vazifaviy
uslub”, E.R.Tenishev “Ish hujjatlari uslubi” A.N.Baskakov  “Ish qog‘ozlari va
rasmiy   uslub”   7
  R.   Qo‘ng‘urov,   S.   Karimov,   T.   Qurbonov   “Rasmiy   ish-
qog‘ozlari   uslubi”   kabilar.   O‘zbek   tilidagi   ishlarda   ko‘proq   rasmiy   uslub
5
 Барлас Л.Г. Русский з ык . Стилистика.-М.,1978. C .78.
6
   Туманян Э.Г. Яз ык как система социо-лингвистических систем.-М., 1985. C .190.
16 termini   qo‘llanadi.   I.   Qo‘chqortoyev   “rasmiy   uslubni   rasmiy   publitsistik”
uslub   deydi   va   uni   ijtimoiy   siyosiy   uslubning   bir   tarmog‘I   deb   hisoblaydi.   “
Ijtimoiy -siyosiy uslub keng omma o‘rtasida ishlatiladi, Bu uslubning rasmiy
publitsistik   tarmog‘i   davlat-idora   ishlari,   vaqtli   matbuot   kabilarni   o‘z   ichiga
oladi 8
.Tatar   tilshunosi   X.R.Kurbatov     rasmiy   uslubni   “ish-qog‘ozlari   uslubi”
deb   ataydi.   “Ish-qog‘ozlari   uslubining   ko‘p   turlari   bor.   Ehtimol,   ular   orasida
birinchi   va   so‘zlashuv   nutqiga   ancha   yaqin   epistolyar   uslubdir.   U   epistolyar
uslubning   rasmiy   xarakterga   ega   bo‘lganini   “idora   hujjatlari   uslubi”   deydi:
Rasmiy   xarakterga   ega   bo‘lgan   (har   xil   xatlar,   munosabatlar,   murojaatlar)
maktublarga   kelganda   ular   ko‘p   hollarda   idora   qog‘ozlari   uslubining   bir   turi
hisoblanadi.   X.R.   Kurbatov   rasmiy   ish   qog‘ozlari   uslubini   epistolyar   uslub,
idora   qog‘ozlari   uslubi,rasmiy   idora   qog‘ozlari   uslubi   kabi   turlarga   bo‘ladi.
A.I.Yefimov  ham rasmiy ish-qog‘ozlari uslubini yana mayda turlarga bo‘ladi:
farmonlar, rasmiy farmoyish yoki buyruqlar, qonun chiqaruvchi hujjatlar 9
.
Rasmiy uslubning bunday xilma-xil terminlar bilan atalishining sababi rasmiy
matnlarning   ko‘p   va   turlicha   bo‘lishi   bilan   bog‘liq 10
.   “Rasmiy   ish   uslubi”
tushunchasiga,   avvalo,   hukumat   faoliyatidagi   rasmiy   ish-qog‘ozlari,   xalqaro
munosabat sohasi, yurisprudensiya, savdo va iqtisod, harbiy hayot faoliyatida,
rasmiy   idora   va   tashkilotlarda,   alohida   shaxsning   hayotida   ishlatiladigan   til
kiradi 11
.   E’tibor   beradigan   bo‘lsak     rasmiy   hujjatlar   yuz   yilliklar   osha   davlat
ijtimoiy-siyosiy   boshqaruvi,   xalqaro   diplomatiya,   jamiyat   qurilishi,   kishilar
o‘rtasidagi   oldi-berdi   munosabatlarining   huquqiyligini,   ishonchliligini
kafolatlovchi,   shuning   bilan   birgalikda,   ularning   bajarilishini   ta’minlovchi
vosita   bo‘lib   kelgan.   O‘tmish   jamiyat   boshqaruvi   va   huquqiy,   iqtisodiy
munosabatlarning   shakllariga   qarab   rasmiy   hujjatlarning   turlari   ham
farqlangan. 
7
  Баскаков А.Н. Развитие функционалн ых стилей в современном  литературном турецком Языке  // 
социалъная и функциолъная дифференциация литературных языков.-М.1977. С.284. 
8
  Қўчқортоев И. Адабий тилнинг стилистик табақаланиши ва нутқ маданияти // Ўзбек тили нутқ маданиятига 
оид масалалар. -  Тошкент ,1973,111- бет.
9
  Ефимов А.И. Стилистика Русского яз ык а. -М.,1969.19-20  б.
10
 Yusufov B. Qadimgi turkiy tilning rasmiy uslubi // O‘zbek tili va adabiyoti .2020-yil. 12-b.
11
  Брандес. М.П. Стилистика немецского яз ыка. M ., 1983. С.160.
17      Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan emas, kishilik jamiyati shakllanishi
bilanoq     bu   jamiyat   a’zolari   o‘zaro   munosabatlardagi   muhim   holatlarni
muntazam   va   qat’iy   qayd   etib   borishga   ehtiyoj   sezganlar.   Ana   shu   ehtiyojga
javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Dunyoning har bir
mamlakatida   qadimdan   rasmiy   ish-yuritish   qog‘ozlari   qo‘llanib
kelgan.Masalan,eramizdan   avval   bo‘lgan     Bobil   (Vavilon)   davlatining   1792-
1950-yillar   podshohi   Xammurapining   buyrug‘i   biln   tayyorlangan   qonunlar
majmuasi   mavjudligi   haqida   amerikalik   sharqshunos   Edvard   Kera   “Они
написал на глине” (1984-yil) asarida ma’lumot beradi.   Qonun majmuasi 247
moddadan   iborat   bo‘lib     u   busalt   ustuniga   qadimgi   mixxat   bilan   yozilgan.
Qonunda yerga egalik, savdo-sotiq, iqtisodiy -ijtimoiy munosabatlar aks etgan.
Rossiyada   ish   yuritish   IX-X   asrlardan   boshlangan.   X   asrlarga   kelib
shartnomalarga   muhrlar   qo‘llanila   boshlangan.   XIV   asr   oxirlaridan   boshlab
hujjatlar  qog‘ozlarda  o‘z  ifodasini   topishga  o‘tgan.  Manbalar  Pyotr   I  davrida
“Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan dalolat beradi.   U tor ma’noda
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan.  Keng ma’noda guvoh
beruvchi, ibratli, namunali, dadil isbotlovchi ma’nosida qo‘llangan. 
         Turkiy yozma hujjatlarning tarixiy ildizlari ilk o‘rta asrlarga qadimgi turk
xoqonliklari   davriga   to‘g‘ri   keladi 12
.   Bu   davrdagi   hujjatlarni   ikkiga   ajratish
mumkin: biri ko‘k turk xoqonliklari ( Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliklari )
davri   hujjatchiligi.   Keyingi   davr   esa   uyg‘ur   xoqonligi   davri   hujjatchiligi
bo‘lib,   u   ko‘k   turk   xoqonliklari     hujjatchiligining   davomida   turadi.   Muhim
jihati   shundaki,     dastlabki   turkiy   rasmiy   hujjatlarning   ilk   bosqichlarida     yurt
egasining ulusga qaratilgan chaqirig‘i, yorlig‘i hatto davlatning bosh qonuni ,
tuzuklari   epigrafik   shaklda   bayon   qilingan.   Buni   birinchi   turk   xoqonligi
davrida tiklangan Bug‘ut yodgorligi, ikkinchi turk xoqonligi davrida tiklangan
Kultigin va Bilga xoqon   yodgorliklarida kuzatishimiz  mumkin. Shuningdek,
Berdak   Yusufov   ham   o‘zining   “Qadimgi   turkiy   tilning   rasmiy   uslubi”nomli
maqolasida   ham   rasmiy   uslubning   shakllanishi   borasida   o‘zining
12
 Қосимжон Содиқов. Туркий ҳужжатчилик тарихидан:Автореф.дисс.Т.,2014.-3 б.
18 mulohazalarini   ham   bildirib   o‘tgan.   Rasmiy   uslubning   paydo   bo‘lishi
davlatchilik tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, u uzoq o‘tmishga borib taqaladi. 552-
yil   turkutlar   Bumixon   boshchiligida   jujanlar   ustidan   g‘alaba   qozonadi   va
Mo‘g‘uliston   cho‘llarida   o‘zlarining   davlatini   quradi.   Turkutlar   580-yilgacha
o‘z   davlat   chegaralarini   Koreyadan   Volga   daryosigacha   kengaytiradi.   Shu
tariqa “Buyuk turk xoqonligi”ga asos solingan.
     Shuni ta’kidlash lozimki, qadimgi turk unvonlar tizimi yuz yillar davomida
shakllandi.   Ushbu   tizim   shakllanishining   manbasi   sof   turkiy     va   qo‘shni
xalqlardan   o‘zlashtirgan   unvonlar   hisoblanadi.   Bu   jarayonning   boshlanishi
Xun   (suyunnu)   davlati   birlashmasini   barpo   etishga   olib   kelgan   va   u   turk
xoqonligini  qurishni  davom  ettirgan. Bu vaqtda qadimgi turk unvonlar tizimi
to‘la   shakllandi   hamda   aniq   iyerarxiyaga   ega   bo‘ldi.   Davlat   tuzilishi   ,   davlat
an’anasi   va   unvonlar   tizimi   Turk   xoqonligini   nafaqat   turkiylar   uchun,   balki
o‘sha va keying davr uchun o‘rnak vazifasini bajardi. 
            Rasmiy   uslubning   paydo   bo‘lishi   uzoq   davrlarga   borib   taqaladi
Olimlarning   fikricha,   “   rasmiy   yozmalar”   uslubi   adabiy   tildan   oldin   yuzaga
kelgan.   To‘g‘rirog‘i   turkiy   yozma   adabiy   tilning   ilk   ko‘rinishi   rasmiy   til
ko‘rinishida   bo‘lgan 13
.Ma’lumki,   O‘rxun-Enasoy   toshbitiklarining   tili   ancha
rivojlangan.   Demakki,   mazkur   toshbitiklar   tilining   salafi   bo‘lgan.   Bu   haqda
A.N.Kononov shunday deydi: “ Turk-runik yodgorliklari, ulardan VII asr oxiri
deb   aniqlangan   eng   qadimgisi   ularning   morfologiya   va   sintaksisi   taraqqiyoti
darajasiga   qaraganda   adabiy   yodgorliklar   sifatida   ularning   salaflari   bo‘lishi
kerak.   Afsuski   ular   bizgacha   yetib   kelmagan”   S.G.Klyashtorniy   ham   runik
yozuvidan oldin ma’lum bir an’ana bo‘lgani haqida quyidagilarni bayon etadi
“VIII-IX asrlardayoq yodgorliklar tili, albatta, ma’lum darajada arxaik, sun’iy
ekanligini   taxmin   qilishga   asos   bor.   Undan   oldin   o‘tgan   adabiy   til   an’anasi
haqida   savol   tug‘iladi.   Runik   yozuvining   nisbatan   kech   paydo   bo‘lganligini
(VII   asrdan   kech   emas)   agar   real   taxmindan   kelib   chiqilsa,   u   holda
13
  Исҳоқов М., Содиқов Қ.,Омонов Қ.  Мангу битиклар.Ўрта Осиё халқларининг энг эски ёзма ёдгорликлари 
бўйича тадқиқотлар.Тошкент,2009,86-бет. 
19 yodgorliklar   tilning   sayqallanganlik   darajasi   bilan   kelmasligi   ko‘zga
tashlanadi.
          Ba’zi   mutaxassislarning   fikricha,   eramizdan   oldingi   ikki   yuz   yilliklarda
xunlarning   xitoyliklarga   yuborgan   rasmiy   xatlarda   O‘rxun-Enasoy
toshbitiklari   boshida   bir   qolipdagi   gaplar   uchrar   ekan.   Shuningdek,   xunlar
tomonidan   xitoylarga   yo‘llangan   rasmiy   yozmalar   Kultegin   va   Bilga   xoqon
toshbitiklaridagi unvon kabi ekan.  
          Davlatchilik,   xalqaro   diplomatik   munosabatlar   tarixida   rasmiy   ish
yozishmalarning   roli   katta   bo‘lgan.   Chunki   bunday   rasmiy   yozmalar   uzoq
davrlar   qo‘llanishi   natijasida   qoliplashgan,   bir   qolipga   tushirilgan   ,trafaret
holga   kelgan.   Umuman   “rasmiy   uslub   adabiy   tilning   shakllanuvida   yadro
vazifasini   o‘tagan…   Rasmiy   til   adabiy   tilning   eng   qadimgi   uslubi   deyishga
imkon beradi” 14
  Rasmiy uslubning ilk xun davrlariga oid bosqichi ( miloddan
burungi III asrdan milodiy besh yuz yilliklargacha) Ko‘k-turk davri xonliklari
davridan qolgan vasiqalar uslubi (milodning VI- X yuz yilliklari). 
          Qoraxoniylar   davri   rasmiy   matnlarining   uslubi   (X   asrning   ikkinchi
yarmidan   XII   asrga   qadar).   Chig‘atoy   xonlari   davridan   qolgan   rasmiy
yozmalar uslubi (XII-XIV asrlar). Temuriylar davriga tegishli hujjatlar uslubi
(XIV asrning ikkinchi yarmidan XV yuz yillikka qadar) Ushbu bosqichlarning
har   biri   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Rasmiy   uslub   har   bir   bosqichda
rivojlanib  brogan  Rasmiy  uslubning  ilk  davri   haqida xunlar   davrida  yozilgan
biror   yozma   yodgorlik   bizgacha   yetib   kelmaganligi   sababli   u   davr   rasmiy
uslubi haqida to‘liq ma’lumot berish qiyin 15
. Lekin Barnshtamning yozishicha,
ushbu   uslub   ba’zi   xitoy   solnomalarida   xunlarning   xitoyliklarga   yuborgan
rasmiy   xatlaridagi   yodgorliklarda   uchrar   ekan.   Shunga   asoslanib,   xunlar
davrida   ham   rasmiy   uslubning   ba’zi   elementlari   borligi   haqida   fikr   yuritish
mumkin. 
      O‘rxun-Enasoy yodgorliklari rasmiy uslubi xunlar davri rasmiy uslubining
davomi   deyish   mumkin.     Ko‘k   turk   bitiktoshlari   tili   uslub   jihatdan   ancha
14
 Исҳоқов М., Содиқов Қ.,Омонов Қ. Кўрсатилган асар, 93-bet.
15
 B.Yusuf. Qadimgi turkiy tilning rasmiy uslubi // O‘zbek tili va adabiyoti.-Toshkent,2020.-№3.12-16 b.
20 rivijlangan.   Mazkur   davrda   davlatchilikka   oid   terminlar,   umuman,   rasmiy
uslubga   oid   maxsus   atamalar   paydo   bo‘lganligini   ko‘rish   mumkin.   O‘sha
davrdayoq,   ya’ni   VI   asrda   el   tutsiqi   birikmasi   “davlatning   bosh   qonuni
(konstitutsiya)”   ma’nosida   ishlatilgan,-deya   Malov   o‘z   fikrlarini   bildirib
o‘tganligini   ko‘rish   mumkin.   Ko‘k   turk   bitiktoshidagi   jumlalar   xalqqa
murojaat tarzida yozilgan. 
     Ma’lumki, tarjimai hol rasmiy uslubning bir janri hisoblanadi. Ikkinchi turk
xoqonligi   asoschisi   Eltarish   xoqonning   maslahatchisi   va   sarkardasi
To‘nyuquqqa   bag‘ishlangan   bitiktoshdagi   yozuv   shunday   boshlanadi:   “   Men
o‘zim,donishmand   To‘nyuquqman.   Tabg‘ach   davlatida   tarbiyalandim.   Turk
xalqi   Tabg‘achga   qaram   edi”.Shuningdek,   rasmiy   uslubning   bir   janri
hisoblangan tarjimai hol shaklidagi jumlalar temuriylar davridagi manbalarda
ham   uchraydi.   Bori   o‘g‘lonlaridin   uluq   men   -Zahiriddin   Muhammad   Bobur
edim 16
.   Bunday   rasmiy   uslubda   vorisiylik   mavjudligi   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi.   Bu haqda S.G. Klyashtorniy shunday yozadi: “ O‘rta asrlar turkiy
yodgorliklaridan   hech   biri   qadimgi   turk   urug‘   aristokratiyasining   tafakkur
tarzini “Qutadg‘u bilig”chalik to‘la aks ettira olmasa kerak. O‘sha zamonning
yodgorliklaridan hech biri eng qadimgi turkiy matnlar runic toshbitiklariga shu
qadar jonli o‘xshamaydi”. 
            M.Qoshg‘ariyning   “Devonu     lug‘otit   turk”   asarida   “Bushug”   so‘zi
uchraydi.   U   elchiga   qaytib   ketish   uchun   beriladigan   ijozat   qog‘ozi,
shuningdek,   elchilarga   beriladigan   sovg‘a   ma’nolarini   beradi.         Yusuf   Xos
Hojibning   “Qutadg‘u   bilik”   asarida   yorliq   va   noma   ma’nosi   o‘rnida
“Bildargulik”   so‘zi   ishlatilgan.   Hozirgi   kunda   faol   qo‘llashga   o‘tgan
“bildirishnoma”  ,  “bildirish”   shu  so‘zdan olingan.   Sho‘rolar   davrida  bu so‘z
“raport”   deb   yuritilardi.   Qadimshunos   olimlar   tomonidan   olib   borilgan
izlanishlar natijasida ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Namangan viloyati
Kosonsoy   shahri   yaqinidagi   Mog‘il   qal’asidan   VII-VIII   asrlarga   oid   800   ta
rasmiy hujjatlar  topilgan. Ular  milliy so‘g‘d   yozuvida bo‘lib toldan kesilgan
16
 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома.- Тошкент,1989,11-bet. 
21 tayoqcha,   teri   va   xitoy   qog‘ozlariga   bitilgan.     Shuningdek,   Xorazm
xarobalaridan   ham   charm   va   taxtachaga   yozilgan   rasmiy   hujjatlar   topilgan.
Tuproqqal’a   hayot   bo‘lgan   davrdagi   xonadan   a’zolarining   ro‘yxati,   harbiy
chaqiriq, soliq, jon-mol ro‘yxati, xo‘jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat
qadimgi rasmiy uslubning ildizlaridan darak beradi.   Turkiy tillar mutaxassisi
S.E.Malov   “   Памятники     древнетюрской   письменности ”   asarida   qadimgi
turkiy   yozuvida     XII   asrlarda   yaratilgan   qadimgi   rasmiy   hujjatlar   (   shikoyat,
oldi-sotdi, ijaraga qo‘yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
       Ajdodlarimiz o‘zaro huquqiy munosabatlarini qayd etishga alohida e’tibor
berganlar.   Shu   bois,   o‘tmish   yozma   merozimizning   anchayin   katta   qismini
rasmiy matnlar tashkil etgan.Rasmiy matnlarda so‘z tanlashga katta ahamiyat
berilgan.   Davlat   institutlari-   devonga   tegishli   ish   yozmalari   bilan
shug‘ullanuvchi   mas’ul   xodimlar   “alimg‘a”,   “bitigchi”   deb   nomlangan.
Bugungi kunda  yurtimiz tarixiga oid ko‘plab rasmiy hujjatlarga oid manbalar
Germaniyada   Berlin   fanlar   akademiyasida   saqlanayotganiga   ham   guvoh
bo‘lamiz.   Mazkur   manbalarda   o‘zbek   rasmiy   uslubining   turli   qirralari
namoyon bo‘lgan. Shu o‘rinda ajdodlarimizning huquqiy tafakkuri to‘g‘risida
nemis   sharqshunosi   Le   Kokning   fikrini   keltirish   o‘rinli   bo‘ladi.   U   yozadi:
“Rasmiy   yozmalarning   salmoqli   bo‘lagida   oldi-berdi   munosabatiga
kirishayotgan   shaxslardann   biri   shaxsan   ,   o‘z   qo‘li   bilan   hujjatni   tuzganligi
ochiq ko‘rsatilgan. Rasmiy hujjatlarni tuzish jarayonini biror bir huquqshunos
yoki notarius nazorat qilgani rasmiy matnning hech qayerida qayd etilmagan.
Bundan   kelib   chiqadigan   muhim   xulosa   shuki,   hujjat   tuzishning   yo‘l-
yo‘riqlari   va   unda   qo‘llaniluvchi     huquqiy   atamalar   jamiyatning   barcha
qatlami   uchun   o‘zlashtirilgan   ko‘rinadi.   Turkiy   rasmiy   uslubda   bitilgan
hujjatlar   vaqti   Yevropada   salib   yurishlaridan  oldingi   davrlarga   to‘g‘ri   keladi.
O‘sha   kezlarda   Yevropada   oliynasab   feodallarning   qanchasi   bu   kabi   rasmiy
yozma   manbalarni   risoladagidek   tuza   olamagan.   Shunday   qilib,   ayni   turkiy
xalqlar   rasmiy   uslubning   taraqqiy   etganligi   jihatidan   anchayin   ustun
bo‘lganliklarini ko‘rishimiz mumkin. 
22        Ilk o‘rta asrlarning rasmiy yozma nashri bilan bog‘liq o‘ta muhim masala
xususida  bir  og‘iz so‘z. Tariximizda  kechgan davlatlarning boshqaruv tizimi,
qonunchiligi, ijtimoiy-iqtisodiy,xo‘jalik va siyosiy hayotidan so‘zlovchi nodir
rasmiy   manbalarning   katta   qismi   o‘tgan   asrning   birinchi   choragida   nashr
etilgan. Endilikda, qadimgi rasmiy matnlarni tadqiq etish sohasida to‘plangan
tajribalarni   qo‘llagan   holda,   qadimiy   yozuvlarimizda   bitilgan   ko‘hna   rasmiy
matnlarning barini mujassamlashtirib bir tadqiqot doirasida jamlab qayta chop
etishning   vaqti   keldi.   Ana   shu   yo‘nalishdagi   ilmiy   ish   ilk   va   o‘rta
asrlardagio‘zbek   davlatchiligining   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   tarixi,
qonunchilik   tizimining   shakllanishi,   shuningdek,   ajdodlarimiz   bunyod   etgan
saltanatlarda   ona   tilimizning   huquqiy   maqomini   belgilashda   qimmatli
ma’lumotlarberadi. 17
  Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,   rasmiy uslubning turkiy
xalqlar orasida  rasmiy uslubning shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. 
17
   Q.Omonov. Ilk o‘rta asrlar hujjatchiligi // Sharq yulduzi,2011.-№ 3.
23 I bob yuzasidan xulosa
So’zlashuv   nutqi   dialogik   birliklardan   tashkil   topadigan   murakkab
kommunikativ   tarkib   hisoblanadi.     So ‘ zlashuv   nutqida   ko ‘ pincha   sodda   gaplar
kеng   qo ‘ llanadi.   Sodda   gaplarning   egasiz   yig‘iq   va   yoyiq   turlari   boshqa
ko‘rinishlarga nisbatan ko‘p uchraydi. Dialogik diskursda sodda ko‘rinishli so‘roq,
buyruq hamda undov gaplar qo‘llanishi dialogik birlikning tabiiy xususiyatidir.
          2.   Rasmiy   uslubda   sodda   gap   turlarining   shaxsi   umumlashgan   gaplar,   sodda
yig‘iq   gaplar,   to‘liqsiz,   so‘roq   gaplar,   his-hayajon   gaplar,   kesimi   gumon,   taxmin
manosini   ifodalovchi   gaplar   qo‘llanilmaydi.   To ‘ liq   gaplar,   ravishdosh,   sifatdosh,
harakat   nomi   bilan   murakkablashgan   gaplar,   shaxsi   noma’lum   gaplar   keng
qo ‘llanil adi.   Ish   qog‘ozlarining   bayon   qismida,   asosan,   egasi   ifodalanmagan,
yoyiq, ikki sostavli sodda gaplar ifodalanadi; ular aksariyatining bosh qismi yoyiq
atov   gaplardan   tuzilgan   bo‘ladi.   Shaxsiz   sodda   gaplar   asosan   buyruq,   qaror,
farmon kabi rasmiy ish qog‘ozlarida uchraydi.
    3.Badiiy uslub uchun struktural jihatdan gaplarning faqat bir turi xos deb keskin
aytish   qiyin.   Badiiy   matn   badiiy   asar   mazmunini   ifodalagan,   funksional   jihatdan
tugallangan,   tilning   tasvir   imkoniyatlari   asosida   shakllangan,   o‘zida   turli   uslub
ko‘rinishlarini   muallif   ixtiyoriga   ko‘ra   erkin   jamlay   oladigan,   kishilarga   estеtik
zavq   bеrish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   g‘oyat   murakkab   butunlik   hisoblanadi.
Evfеmizmlar  og‘zaki  va  yozma nutqni  rang-barang, ravon va jozibali  qiladi. Ana
shu jozibadorlik va ta’sirchanlik ularni  uslubiy figura bo‘lib kеlishini  ta’minlaydi
va bu esa badiiy, ommabop matnlarda namoyon bo‘ladi. 
24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37   
38

Vazifaviy uslub haqida Mundarija Ishning umumiy tavsifi Kirish I bob. Vazifaviy uslub tushunchasi va uslublar tasnifi 1.1. Vazifaviy uslub tushunchasi va rasmiy uslubning o‘rganilishi 1.2. Turkiy rasmiy uslubining shakllanish tarixi II bob. Rasmiy uslubning funksional-stilistik xususiyatlari 2.1. Rasmiy uslubning fonetik- morfologik xususiyatlari 2.2. Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari III bob. Rasmiy uslubda sodda gaplar qurilishi 3.1. Rasmiy uslubning sintaktik xususiyati 3.2. Rasmiy ish-yuritish qog‘ozlarida sodda gaplarning qurilishi 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi . O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi, uning dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos va o‘ziga mos o ‘rin egallashi juda ko‘plab masalalar qatorida til madaniyatini ham yuqori darajada ko‘tarish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Har qanday til madaniyatini esa uning stilistikasini o‘rganmasdan turib egallab bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham til stilistikasi nutq madaniyatini o‘rganish o‘zbek tilshunosligi fanining dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida rasmiy uslubning qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tilihaqida”gi qonun qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g’oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak, chunki oddiy ishchimi, dehqonmi,tadbirkormi, ziyolimi, baribir, hech bo‘lmaganda ariza,tilxat yoki ishonchnoma yozishga to‘g‘ri keladi. Davlat miqyosida amalda bo‘lgan har bir huquqiy hujjatning qat’iy me’yorlar asosida yaratilishi ham umumtil madaniyatining tarkibiy qismidir. Hujjatlar qanchalik tushunarli tilda yozilsa, uslubi qanchalik ravon bo‘lsa, uni tushunish, binobarin, ijrosini ta’minlash va unga amal qilish ham shunchalik oson kichadi.Shuning uchun ham bugungi kunda faol amalda bo‘lgan o‘zbek tili rasmiy uslubini zamon talablaridan kelib chiqib tadqiq etish uning, uning xulosalari va natijalarini ommalashtirish o‘zbek tili madaniyatining yanada takomillashuviga hamda uning barcha jabhalarda foydalanishga qulay imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi. Hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: ”Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir,ular muassasa,tashkilot va korxonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari va usullari majmuini yetarli darajada bilmaydilar”. Shu sababdan ham bugungi kunda rasmiy uslubning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilishiga, tadqiq etilishiga alohida e’tibor berilmoqda. 2

Bugungi kunga qadar rasmiy uslubga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, bir qator darslik hamda monografiyalarda rasmiy uslubning turli jihatlari tadqiq qilingan. Rasmiy uslubning leksik, morfologik, sintaktik xususiyatlari o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ularning mazkur uslubda nomoyon bo‘lish holatlari qayd etilgan. Lekin rasmiy uslubning sintaktik xususiyati haqida gapirilganda uning uning ko‘chirma gaplar, o‘zlashtirma gaplar, kritma gaplar, modal ma’nodagi gaplar qo‘llanilmasligi haqida fikr bildirilgan bo‘lsada, mazkur uslubda sodda gaplar qo‘llanishi haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Shunday qilib, mavzuning dolzarbligi rasmiy uslubga oid matnlarda sodda gaplarning qo‘llanishi, ularning turlari, ularning uslubda tutgan o‘rni va ahamiyati yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bilan izohlanadi. Tadqiqotning ishlanganlik darajasi. Tilshunoslikning stilistika sohasi bilan shug’ullangan deyarli barcha taniqli olimlar funksional uslublarga o‘z munosabatlarini bildirishgan, ularning tasnifini berishga harakat qilishgan,xususan, V.V.Vinogradov,I.A.Yefimov, M.N.Kojina, N.A.Baskakov, I.V.Gorelov, X.Kurbatov, I.V.Xovanskaya kabilar tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. A.Sulaymonovning “Til stillari” haqida nomli maqolasida “Stilistikaning vazifasi u yoki bu stilda yoki nutq formasida, ya’ni og’zaki va yozma nutqda qanday til hodisalari ko‘proq qo‘llanishini aniqlashdan iboratdir” degan gaplaridan tushunish mumkunki , u til yoki nutq uslublarini yozma va og’zaki uslublarga ajratgan. Akademik G‘.Abdurahmonov ham “Stilistik normalar haqida” nomli maqolasida ham bu masalaga to‘xtalib o‘tgan. B.O‘rinboyev “Funksional uslubiyat va uning mohiyati” asarida, S.Muhammedov “O‘zbek tili funksional stillarini belgilash to‘g‘risda” nomli maqolasida o‘zbek tilidagi uslublar sonini 3 ta deb ko‘rsatgan: rasmiy-ish funksional uslubi, ilmiy va publisistik uslublarga ajratgan. I.Qo‘chqortoyev “O‘zbek adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi,uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy chegaralab berilgan emas. Shuning uchun bu masala yuzasidan xozirchalik izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o‘zbek adabiy tili doirasida badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy uslublarning o‘ziga xos 3

xususiyatlari ,ularni bir-biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib turadi”,deyish bilan bu masalaga ancha ehtiyotkorlik bilan yondashganligi sezilib turadi. O‘zbek tilshunosligida 1987-yilda D.Babaxonova “Hozirgi o‘zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 Dissertatsiya muallifi o‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib rasmiy uslub doirasidagi hujjatlar ro‘yxatini batafsil keltiradi va ularning har birini bir uslub ichida yana o‘z shakllanish uslubi (podstillari) mavjudligini ta’kidlaydi. Masalan, hukumat qarorlari,farmonlar, farmoyishlar, chaqiriqlar, qonunlar, buyruqlar, nizomlar, yo‘riqnomalar, diplomatik, hujjatlar, xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, rasmiy xabarlar, notalar, ultimatumlar, elchilik konvensiyalari, kodeklar, chaqiriq qog’ozlari, ishonch qog’ozlari, ijro varaqalari, ajrimlar, sud varaqalari, yuridik dalolatnomalar, raddiyalar, tavsiyanomalar, tilxat, ayblov, tashqariga chiqmaslik haqida tilxat, ayblov nutqi, sudning alternativ qarori, hukm, davlat tashkilotlari o‘rtasidagi yozishmalar, dalolatnoma, bayonnoma, tushuntirish xati, bayonnoma, ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, ariza va boshqalar. Mazkur dissertatsiyada rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos va umumuslubiy xususiyatlarini leksik-semantik , morfologik va sintaktik jihatdan tahlil etganligi bilan ilmiy ahamiyatga ega. Mazkur dissertatsiyada sintaktik jihatdan tahlil qilinganda rasmiy uslubda so‘roq,undov mazmunidagi gaplar uchramasligi, shuningdek eganing ishtirokiga ko‘ra shaxsi ma’lum, shaxsi noma’lum gaplar mazkur uslubga xos emasligi ta’kidlab otilgan bo‘lsada, ammo rasmiy uslubda sodda gaplarning qurishi haqida ma’lumotlar ko‘p keltirilmagan. Mazkur tadqiqot ishi yuzaga kelganligiga ham chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi va tadqiqot ishi sobiq kommunistik mafkura davrida yozilganligini ham e’tiborga olish lozim. Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek rasmiy uslubining shakllanishida rus tilining ta’siri mavjudligi qayd etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng esa ona tilimizning rasmiy uslub doirasidagi hujjatlarda qo‘llanishi o‘ziga xos ma’no kasb etdi. Ushbu fikrning to‘g’ri ekanligi Sh.Ko‘chimov tomonidan 1995-yilda “O‘zbekiston qonunlarining tili” mavzusida nomzodlik, 2004-yilda 1 Бабаханова Д.А Официально – деловой стиль современного узбекского литературного языка. Афтореферат дисс. На соискание уч. Ст. канд . филол . наук.- Ташкент , 1987. - 4

“Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari” mavzusida himoya qilgan doktorlik dissetatsiyalari ham tasdiqlaydi. Mazkur ishlarda huquqiy davlat qurishda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda qonunchilik texnikasi muhim ahamiyat kasb etib,qonunlarning xalqaro standart doirasida ishlab chiqishning asosiy omili sifatida bu sohadagi hujjatlar tilini ona tilimizning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlash kerakligi ta’kidlangan. Tadqiqotning maqsadi. Rasmiy uslub predmeti hisoblangan rasmiy ish qog’ozlarida qo‘llaniladigan sodda gaplar, sodda gaplarning mazkur uslubda tutgan o‘rni, ularning qurilishi , aloqaga kirishmaydigan bo‘laklaklar hisoblangan undalma, ajratilgan bo‘lak, kirish so‘z kabilarning sodda gaplarda qo‘llanishi va mazkur bo‘laklarning rasmiy uslubda tutgan o‘rnini qiyosiy tahlil asosida, ya’ni rasmiy hujjatlar( tilxat,ariza, tavsiyanoma, tarjimai hol v.h.z)ni o‘zaro solishtirgan holda o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifasi . Tadqiqot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: - rasmiy uslubning kelib chiqish tarixini o‘rganish; - rasmiy uslubning xorijda o‘rganilganlik darajasini tadqiq etish; - rasmiy uslubning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini tahlil qilish va yoritib berish; - rasmy uslubda sodda gaplarning o‘rnini o‘rganish va rasmiy hujjatlar asosida ularni yoritib berish; - rasmiy uslubning funksional -stilistik xususiyatlarini tadqiq etish va ularning xususiyatlarini ochib berish; - rasmiy uslubda sodda gaplarning qurilishini tadqiq etish . Tadqiqot obektini rasmiy uslubning predmeti hisoblangan hujjatlar ( ariza,tilxat, tushuntirish xati, ma’lumotnoma, tarjimai hol, bayonnoma, kafolat xati, tavsifnoma, tavsiyanoma, dalolatnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma v.h.z)da sodda gaplarning qurilishi tashkil qiladi . 5