logo

Pragmalingvistika haqida

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

51.2958984375 KB
Pragmalingvistika haqida
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism:
1. Pragmalingvistikaning shakllanish tarixi.
2. Lingvistik pragmatika.
3. Pragmalingvistikaga oid tadqiqotlar tahlili.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1 Kirish
Mustaqillik   milliy   qadriyatlar   qatorida   ona   tiliga   yangicha   munosabatni
shakllantirdi. Milliy tilimizning ijtimoiy mavqeyini tikladi,  ona tilimizning davlat tili
sifatidagi   maqomi,   ijtimoiy-siyosiy   hayotdagi   nufuzini   yuksaltirdi.   O‘zbek
tilshunosligi fanining yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishi uchun keng yo‘l ochdi.
Ayniqsa,   til   hodisalarining   milliy   tabiati,   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   o‘rganishga
yo‘lboshchilik   qildi.   Mamlakat   va   millat   taraqqiyotida   ona   tilining   milliy   ong   va
mafkurani   shakllantirishdagi   o‘rni   va   vazifalariga   davlat   siyosatining   ustuvor
yo‘nalaishlari   darajasida   alohida   e’tibor   qaratildi.   Shunga   muvofiq,   tilshunoslik
fanida   o‘zbek   tilining  ilmiy  va  amaliy  tadqiqi   ham  jadal  rivojlanmoqda.  Fanimizda
bir   necha   yangi   yo‘nalishlar   shakllandi.   O‘zbek   tilining   pragmatik   tadqiqi
Mustaqillik   davrida   pragmatik   lingvistikaning   rivojlanishiga   sabab   bo‘ldi.     Tilni
tizim sifatida o‘rganish natijalari ommalashib, ona tili ta’limi mazmunini yangiladi.
Lisoniy   birliklar   sistemaviy,   struktural,   semantik   va   substansial   tadqiq   usullari
asosida o‘rganildi. Natijada til birliklarining lisoniy imkoniyatlarini muayyan nutqiy
faoliyat   jarayonida   tahlil   qilish   ehtiyoji   paydo   bo‘ldi.   O‘zbek   tilshunosligida   til
birliklariga   xos   lisoniy   imkoniyatlarni   nutqiy   faoliyat   jarayonida   tahlil   qilishni
maqsad   qilib   qo‘ygan   pragmatik   tilshunoslik   yuzaga   keldi.   Bu   ilmiy   yonalishda
T.A.Bushuy, Sh.Iskandarova, M.Kamolova, S.Mo‘minov, A.Nurmonov, S.Raximov,
B.Rahmatullayeva,   Sh.Safarov,   M.Hakimov   kabi   tilshunoslarning   sohaga   oid
izlanishlari nazariy asoslarning shakllanib borayotganligidan darak beradi. Endigina
rivojlanayotgan   bu   yo‘nalishda   tadqiqiqni   kutayotgan   muammolar   anchagina.
Chunki   o‘zbek   pragmatik   tilshunosligida   gap   va   uning   turlarini   sintagmatik   tahlil
yo‘nalishidan pragmatik tahlilga o‘tish davri yetilgan.Bu ilmiy yo‘nalishdagi  tadqiq
muammolari   aniq   yechimlarini   kutmoqda.     Pragmatik   lingvistikaning   tilshunoslik
turkum   fanlari   orasidagi   o‘rni,   lingvistik   pragmatikaning   amaliy   va   nazariy
shakllanishi, pragmatik birliklar va ularning   tahlili kabi muammolar nafaqat o‘zbek
tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham dolzarb masalalalardan sanaladi.  
2         O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning oxirida struktural, semantik va substansial
yo‘nalishlarda   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   tilning   ontologik   mohiyatini   ochib
berdi.   Ularning   yutuqlari   o‘zbek   tilining   navbatdagi   tadqiq   yo‘nalishini   belgilab
berdi.   Hozirgi   davrda   jahon   tilshunosligi,   jumladan,   o‘zbek   tilshunosligida   tilning
axborot   texnologiyalari   va   kommunikativ   vositalarning   to‘xtovsiz   rivojlanish
asridagi o‘rni va vazifasi bilan bog‘liq tadqiqi ilmiy tahlil yo‘nalishlarini o‘zgartirdi.
Til tizimi va uning qurilish  birliklarida mavjud lisoniy imkoniyatlar nutq voqeligida
muayyanlashadi.   Shunday   ekan,   XXI   asr   tilshunosligida   til,   shaxs   va   jamiyat
tushunchalari   ilmiy   qimmati   oshdi.   Bu   tushunchalarni   bog‘lab   turgan   inson
hayotidagi   muhim   siyosiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   mafkuraviy,   madaniy,   ma’naviy,
ruhiy,   axloqiy   munosabatlar   fanda   alohida-alohida   ilmiy   tahlil   usullari   va
mezonlarini   belgilab   berdi.   Oqibatda     tilshunoslikda   tilning   mazkur   munosabatlar
zanjirida   faollashadigan   amaliy   vazifalari   tadqiqiga   e’tibor   kuchaydi.     Jahon
tilshunosligida   ilgarilab   ketgan   sotsial   lingvistika   tarmoqlari   o‘zbek   tilshunosligiga
ham   ta’sirini   o‘tkazdi.   Chunonchi,   P.Grays,     T.A.Deyk,   Dj.R.Syorl,   D.Frank   kabi
olimlarning   roman-german   tilshunosligidagi   va   A.A.Akishina,   N.D.Arutyunova,
V.V.Bogdanov,   A.M.Bushuy,   M.S.Kagan,   L.P.Krisin,   A.A.Leontyev,
N.I.Formanovskaya,   L.V.Sherba   kabi   tilshunoslarning   rus   tilshunosligidagi
tadqiqotlari   pragmatik   tahlil   namunalari   hisoblanadi.   Bu   o‘zbek   tilshunosligida
pragmatik   lingvistikaning     ”ildiz   otishi’ga   yordam   berdi.   Zamonaviy   tilshunoslikda
pragmatika nutqqa lisoniy faoliyat −fikr almashtirish va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish,
bu faoliyatni yaratish va bunyod etishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashadi.
Shuning   uchun   nutqning   ta’sirchanligi,   tezkorligi,   mantiqiyligi   va   samaradorligini
lisoniy   faoliyat   doirasida   tadqiq   etish   markaziy   o‘rinni   egallaydi.   O‘zbek
tilshunosligida   T.A.Bushuy,   Sh.Iskandarova,   M.Kamolova,   S.Mo‘minov,
A.Nurmonov,   S.Raximov,   Sh.Safarov,   N.Turniyozov,   M.Hakimov   kabi   tilshunos
olimlar   o‘zbek   tilining   pragmatik   talqiniga   o‘z   hissalarini   qo‘shishgan.   Ularning
ishlarida pragmatik lingvistika va uning tadqiq obyekti, pragmatik birliklar va asosiy
tushunchalar,   pragmalingvistik   tahlil   usullari   va   tamoyillari   o‘rganilgan.   Shu   bilan
3 birga,   nutqiy   muloqot   jarayoni   stilistika,   sotsiolingvistika,   psixolingvistika,   nutq
odobi va madaniyati, diskursiv lingvistika nuqtayi nazaridan tahlil qilingan.   
4                              Pragmalingvistikaning shakllanish tarixi
 Har qanday fan sohasining shakllanishi va rivojlanishi ushbu soha obektiga
nisbatan qiziqish paydo bo‘lishidan boshlanadi.  Qiziqishdan esa savollar tug‘iladi.
Tilshunoslik   ham   bundan   mustasno   emas.   Tilshunoslik   fani   taraqqiyotida   turli
yondashuvlar   bo‘lishi   tabiiy.   Ana   shunday   yondashuvlardan   biri   semiotik
yondashuv   sanaladi.   Tilga   semiotik   yondashuv   natijasida   pragmalingvistika
yo‘nalishi  yuzaga  keldi.  “Pragmatika  grekcha  “Pragma”  so‘zidan  olingan  bo‘lib ,
“bajarilgan,   bajarilayotgan,   bajarilishi   zarur   bo‘lgan   ish”   hamda   “pragmatiko”
so‘zi   esa   “   ishga   qobiliyati   bor”   ,   “   ishchan”,   “ishbilarmon”   ma’nolarini
ifodalaydi”. 1
Tilshunoslikda   dastlab   bir   tushunchani   ifodalovchi   pragmatika,
pragmalingvistika,   lingvistik   pragmatika,   yoki   lingvopragmatika   kabi   bir   qancha
terminlar qo‘llanila boshladi. Ma’lumki, fanda bir hodisani bir nechta termin bilan
ifodalash   chalkashlikni   yuzaga   keltiradi.   Yuqoridagi   holatni   pragmalingvistika
yo‘nalishining   fanda   nisbatan   yangiligi   hamda   izlanuvchilarning   tadqiqot
predmetiga   turli   usul   va   metod   orqali   yondashayotganliklari   bilan   izohlash
mumkin. 
Pragmalingvistika   pragmatikaning   nazariy   hamda   amaliy   masalalari   bilan
shug‘ullanuvchi   alohida   soha   sifatida   murakkab   yo‘lni   bosib   o‘tdi.     Hozirgi
pragmalingvistikaning   shakllanish   tarixi   va   ildizlari   semiotika   sohasi
nazariyotchilarining   nomlari   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Tilshunoslikda   semantika,
sintaktika hamda pragmatika kabi sohalarning ajratilishi  shubhasiz tilga   semiotik
yondashuv   asosida   yuzaga   kelgan.   Belgilar   bilan   shug‘ullanuvchi   alohida   fan
semiotika   va   u   bilan   bog‘liq   pragmalingvistika   sohasining   ilk   shakllanish   davri
amerikalik   taniqli   olim   Ch.   Pirs   nomi   bilan   bog‘liqdir.   Ch.   Pirs   XIX   asrning   60-
yillarida   o‘z   g‘oyalari   bilan   semiotikaga   asos   soldi.   Uning   semiotikaga   oid
izlanishlari bevosita pragmalingvistikaning nazariy shakllanishiga yo‘l ochdi. 
Pragmatika haqida so‘z borganda uning shakllanish tarixi, semiotik ildizlari
1
  Матвеева Г.Г. , Ленец А.В.  Петрова Е.И. Основы прагмалингвистики.Москва : Флинга- Наука , 2014. 
5 va  bu  sohani   mustaqil   yo‘nalish   sifatida  shakllanishiga  hissa  qo‘shgan   semiotika,
falsafa, mantiq, psixologiya, tilshunoslik kabi soha mutaxassislarining qarashlariga
to‘xtalib   o‘tmaslik   mumkin   emas.Tilshunoslar   A.Nurmonov   hamda   N.
Mahmudovlarning   “semantik,   sintaktik   va   pragmatik”   jihatlarni   hisobga   olgan
izlanishlargina   tom   ma’nodagi   chinakam   tadqiqotga   aylanadi 2
  degan   ta’kidlari
pragmatikaning   ahamiyatini   ko‘rsatishga   xizmat   qildi.   Asrimiz   boshlaridagina
o‘zbek   tilshunosligida   pragmatika   masalalari   markaziy   o‘rinni   egallagan   jiddiy
tadqiqot ishlari 3
 yuzaga keldi.
Inson   nutqiy   faoliyati   bilan   bog‘liq   uning   ichki   va   tashqi   ruhiy   olamini
nutqdagi   oshkora   va   yashirin   ifodasini   tadqiq   etish,   ularni   tahlil   qilish   insonning
o‘z nutqi orqali o‘zligini namoyon etish kabi masalalarni o‘rganish bugungi milliy
his, milliy   mafkura va milliy g‘oya tushunchalarining mohiyatini ochishda muhim
o‘rin tutadi. Shu nazardan insonning obyektiv olamdagi ijtimoiy faoliyatini o‘zida
mujassamlashtirgan   uning   "harakati"dagi,   "jonli"   nutqini   tadqiq   etish   faqat   sof
tilshunoslik   uchungina   emas,   balki   psixolingvistika,   sotsiolingvistika,   lingvistik
geografiya,   kommunikativ   tilshunoslik,   neyrolingvistika   kabi   umumtarmoqlar
uchun   ham   muhim   ahamiyatga   ega.
Insonning   obyektiv   olamdagi   barcha   ijtimoiy   xaatti-harakatlari   uning   nutqiy
faoliyatida   o‘z   ifodasini   topadi.   Shuning   uchun   inson   nutqini   o‘rganish   uning
ma’naviy   olami   bilan   tanishish   imkoniyatini   beradi.   Pragmatika   tilshunoslik   faning
nazariy   va   amaliy   tarmog‘i   sifatida   insonning   ijtimoiy   faoliyatini   o‘zida
mujassamlashtirgan  nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta’siri bilan namoyon bo‘luvchi
nutq   ishtirokchilariga   xos   kommunikativ   niyat   bilan   aloqador   masalalarni
o‘rganadi 4
.   "Pragmatika   tilshunoslik   fanining   yangi   sohalaridan   biri   bo‘lib,   uning
manbasi   CH.Pirs,   U.Djems,   D.Dion,   CH.Morris   kabi   taniqli   filosof   olimlarning
nomi   bilan   bog‘liq.   Pragmatika   grekcha   pragmos   so‘zidan   olingan   bo‘lib   ish-
harakat   ma’nolarini   anglatadi.   Pragmatika   terminini   20-asrning   30-yillarida
2
  Маҳмудов Н.  Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси( синтаксис) .  Тошкент:  Ўқитувчи, 1995 .          
-232 б
3
 Ҳакимов М .Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини. Филол.фанлари док.дисс...автореф.- Тошкент:2001
4
 Ҳакимов М. Прагмалингвистика.-Тошкент, 2020.25 б.
6 CH.Morris   tomonidan   ilmiy   hayotga   olib   kiritildi.   U   semiotikani   semantika,
sintaktika,   pragmatika   kabi   tarkibiy   qismlarga   ajratdi.   Tilshunoslikda
pragmatikaning   yangi   tadqiqot   obekti   sifatida   yuzaga   kelishi   va   ajratilishi   Ch.Pris
g‘oyalari,   Dj.Ostin,   Dj.Serllarning   mantiqiy-falsafiy   qarashlari,   P.Graysning
ma’noning   pragmatik   nazariyasi   va   L.Linskiy,   P.Stronsonlarning   referentsiya
nazariyasi   ta’siri   bilan   uzviy   bog‘liq.   Ularning   nazariyasi   pragmatikaning   fan
sifatida   shakllanishi   uchun   boshlang‘ich   amaliy   va   nazariy   manba   bo‘lib   xizmat
qildi. Aynan mana shunday holatda lingvistik pragmatika falsafiy g‘oyalar ta’sirida
shakllana   boshladi.   1977-yildan   boshlab,   Amsterdamda   aynan   lingvistik
pragmatikaga   bag‘ishlangan   maxsus   jurnal   nashr   qilina   boshlandi.   Jurnal
"Nutqshunoslik"   va   "Tekstologiya"ning   turli   yo‘nalishlari   bilan   bog‘liq
masalalalarni yoritishga bagishlangan maqolalarni to‘plam sifatida e’lon qili, shuni
o‘z   oldiga   maqsad qilib qo‘ydi.
        Lingvistik   pragmatika   so‘zlovchi   ijtimoiy   faoliyatining   nutqdagi   real   ifodasini
qamrab oladi.
Lingvistik   pragmatikaning   tilshunoslik   fanining   alohida   tarmog‘i   sifatida
shakllanishi uning oldiga qator masalalalarni qo‘ydi. Pragmatikani tilshunoslikning
boshqa  sohalaridan   ajratish  va  uning  tadqiqiy  manbasini   chegaralash  natjasidagina
lingvistik   pragmatikani   yangi   tarmoq   sifatida   talqin   etish   mumkin   bo‘ladi.
Lingvistik   pragmatikaning   eng   muhim   jihatlaridan   biri   uning   boshlang‘ich
chegarasini   aniqlashdir.   Shu   ma’noda   tilshunos   olim   V.V.Petrovning   til   haqidagi
quyidagi   tezisini   esga   olish   lingvopragmatikaning   boshlang‘ich   tadqiqiy
chegarasini   aniqlash   uchun   lingvistik   mezon   bo‘ladi:   "Inson   qaysidir   tilga   xos
semantik   bilimlarsiz   so‘zlashi   yoki   anglashi   mumkin   emas,   ammo   o‘sha   tilga   xos
semantik   bilimlar   egasi   bo‘lishning   o‘zi   ushbu   tilda   so‘zlash   va   anglash   uchun
kifoya   qiladi   degani   emas,   xuddi   musiqali   pyesa   mazmuniy   bilimlari   uning   ijrosi
uchun   yetarli   bo‘lmaganidek   va   buning   uchun   eng   asosiysi   o‘yin   mahorati,
layoqati   ("umenie   igrat”)   ga   ham   ega   bo‘lishi     lozim   bo‘ladi.   Bizning   qarashimiz
bo‘yicha,   so‘zlash   va   anglash   jarayoni   ham   xuddi   shunday.   Shuning   uchun   ham
lingvistik   pragmatika   so‘zlovchi   ijtimoiy   faoliyatining   nutqdagi   real   ifodasini
7 qamrab   oladi.       Nutqiy   faoliyat   -   til   ham   xuddi   shundaydir.   Inson   semantik
bilimlarga   ega   bo‘lishi   mumkin,   bunga   ijtimoiy   muhitning   o‘zi   har   qanday   shaxs
uchun ma’lum imkoniyatlarni yaratadi. Biroq   semantik   bilimlarga   ega   bo‘lishuning
o‘zi   insonni   so‘zlash,   fikrlash   va   ifoda   mazmunini   anglashi   uchun   kamlik   qiladi.
Inson   tildagi   barcha   semantik   bilimlarni   bilishi   bilan   birga   ularni   o‘z   maqsadi
yo‘lida   tanlay   olishi   va   ifodalash   imkoniyatiga   ega   bo‘lishi   lozim.   Tildagi   ayni
mana   shu   jihatlarni   lingvistik   pragmatika   o‘rganadi.   F.de   Sossyur   tilni   shaxmatga
qiyoslash   natijasida   obyektiv   olamdagi   predmet,   narsa   va   hodisalaring   shaxmat
donalari   sifatida   nomlagan   bo‘lsa   (shaxmat   donalarni   yurishni   bilgan   bilan   o‘yin
ko‘rsatishni   ham   bilish   kerak),   Vitgenshteyn   esa   tilga   xos   umumiy   qonuniyatlarni
"semantik   o‘yin   subyekti  uchun ma’lum  tushunchalar  semantika  deb qaraladi, har
bir   semantik   o‘yinga   xos   oddiy   yurish   tartibi   ham   semantika,   o‘yin
ishtirokchilarining   o‘ziga    xos   strategiya   tushunchasi   pragmatika   deb   talqin   etiladi.
  Demak,   nutq   akt   bilan   matn   o‘rtasidagi   munosabat   juda   kuchli   bo‘lganda,
nutqiy akt matn bilan bog‘liq holda yechilgan joyda pragmatikaga ehtiyoj tug‘iladi.
Sintaktik   qurilma   tarkibida   deskriptiv   so‘zlar   tahlili   semantikaga   qarab   tortsa,
deskriptiv   bo‘lmagan so‘zlar tahlili   pragmatikaga   qarab tortadi.
Shunday   ekan,   avvalo,   deskriptiv   va   deskriptiv   bo‘lmagan   so‘zlarning
mohiyati   haqida   fikr yuritishga   to‘g‘ri   keladi.
Anglash   vazifasini   bajaradigan,   denotativ   ma’noga   ega   bo‘lgan   so‘zlar
indikativ   yoki   deskriptiv   so‘zlar   hisoblanishi   yuqorida   ta’kidlandi.   Indikativ
(denotativ   ma’noli)   so‘zlarning   ma’nosini   matnga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda
aniqlash   mumkin   bo‘lsa,   indikativ   bo‘lmagan   so‘zlarning   ma’nosi   faqat   matn
ichida,   muayyan   nutq   vaziyatiga   bog‘liq   ravishda   ochiladi.   Shuning   uchun   ham
bunday   so‘zlar   matn   va   nutq   vaziyati   bilan   ouzviy   bog‘liq   bo‘ladi.Yuqorida
ko‘rsatilgan   ikki   turdagi   so‘zlarni   farqlash   uchun   B.Rassel   ularni   zooparkka
qiyoslaydi.   "Agar   siz   farzandingizga   sher   so‘zining   ma’nosini   tushuntirmoqchi
bo‘lsangiz,  uni  zooparkka olib borishingiz  va "mana bu sher"  deb   ko‘rsatishingiz
mumkin.   Lekin   indikativ   bo‘lmagan   agar,   bu   kabi   so‘zlarni   ko‘rsatish   mumkin
bo‘lgan   zoopark   mavjud   emas", - deydi   B.Rassel.
8 Indikativ   bo‘lmagan   so‘zlar   qatoriga   kiruvchi   olmoshlar,   atoqli   otlarning
konkret ma’nosi faqat matnda, ma’lum nutq vaziyatida oydinlashadi.   Shuningdek ,
indikativ   bo‘lmagan   so‘zlar   qatoriga   yoradamchi   so‘zlar   ham   kiritiladi.   Chunki
bunday   so‘zlar   ham matn   yoki   nutq vaziyati   bilan   bog‘langan.
          Shunday   qilib,   gapdan   anglashilgan   mazmun   bilan   subyekt   munosabati
pragmatikaga   daxldordir.   Nutqiy   akt   indikativ   bo‘lmagan   so‘zlar,   matn,nutqiy
vaziyat,   so‘zlovchi   shaxsi   kabi   tushunchalar   lingvistik   pragmatikning   markaziy
tushunchalari   sanaladi.
9 Lingvistik pragmatika
Badiiy   matnda   aks   etgan   nutqiy   aktlar   va   so‘zlashuv   uslubi     bilan         bogliq
kundalik    nutqiy    muloqot  shakllariga   xos   xilma-xil  mazmuniy   ifodalarning
pragmatik   talqini   pragmatik   lingvistika ning   tahlil   usullariga   egaligini   ko‘rsatadi.
Shunga   ko‘ra,   lingvistik   ilmiy   paradigmani   yangilagan   pragmatika   tilshunoslikning
alohida tarmog‘i sifatida ajratiladi. Pragmatik lingvistikaning  asosiy   birliklarini   til
va nutq ziddiyatida talqin etish uning tilshunoslik fanidagi qimmatini  oshiradi. 
P ragmatik   lingvistika   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘l maga n.   Tadqiqotchilarning
semantikaga   qiziqishi  natijasida   lingvistik   nazariyalar   rivojiga  ta’sir   etgan  bir   qator
omillar   pragmatik   lingvistikani   mustaqil   sohaga   aylantirdi.   Chunonchi,
lingvistikaning gap mazmuni  − propozitsiyaga alohida diqqat qiluvchi  mantiq bilan
munosabatining   yangi   pog‘onaga   ko‘tarilishi,   til   va   nutqning   mazmun   tomoniga
umumiy   burilishi,   nutq   faoliyatining   pragmatik   komponentiga   e’tiborning
kuchayishi,   gapga   maxsus   ma’nosiga   ega   til   belgisi   sifatida   qarashning   paydo
bo‘lishi   va   sintaktik   transformatsiya   nazariyasining   vujudga   kelishi   singari   omillar
turtki bo‘ldi.
                    Ma’noli   birliklar   onomasiologik   va   semasiologik   nuqtayi   nazardan
o‘rganilgan.   Onomasiologik   yo‘nalishda   obyektiv   olamdagi   makro   va   mikro
olamlarning   tilda   qanday   ifoda   etilishi   va   har   qaysi   tilning   o‘ziga   xos   ifoda
imkoniyatlari   o‘rganiladi.   Shuni   hisobga   olib,   tilni   maydon   sifatida   o‘rganishga
e’tibor   qilinadi.   O‘zbek   tili   pragmatikasi   obyektiv   olamdagi   voqeliklarni   aks
ettiruvchi elementlardan tashkil topib, funksional maydon sifatida ma’lum sistemaga
birlashadi.   Demak,   til   elementlari   xususiy   munosabatni   ifodalash   vazifasiga   ko‘ra
pragmatik   maydonni   hosil   qiladi.   O‘zbek   tilshunosligida   pragmatik   lingvistika
bo‘yicha   ba’zi   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.   Biroq   muloqotda   shaxs   omili   bilan
bog‘liq   masalalar,   jumladan,   kommunikantlarning   madaniy   kompetensiyasi,   nutqiy
akt   ishtirokchilarining   o‘zaro   munosabati   va     axloqiy     masalalarga     ta’siri   hamda
muloqotni   boshqarishi   kabilar     lingvistik   pragmatikada   yechimini   kutayotgan
muammolardir.   Shuningdek,     pragmalingvistik         birliklar,     tilning   pragmatik
modellari xususida o‘zbek pragmatik tilshunosligida fikr bildirilmagan. 
10 Pragmatik   lingvistika   tilshunoslikning   alohida   tarmog‘i   sifatida   endigina
o‘rganilayotganligi   bois   pragmalingvistik   kategoriyalar,   uning   birliklari   to‘g‘risida
nazariy   umumlashmalar   yetarli   darajada   shakllanmagan.Chunonchi,   L.A.Kiselyova
har qanday tadqiqot obyekti ma’lum  lingvistik birliklar  sistemasidan  iboratligi, ular
maxsus  til  modellarini  hosil  qilishi,  pragmalingvistik  birliklar  va kategoriyalar  ham
mavjudligini   ta’kidlaydi.   Uning   qarashlari   L.Bertalanfi,   A.A.Leontyev   kabi
olimlarning   “O‘zida       aniq       yo‘nalishga       ega       bo‘lgan       barcha   ilmiy   tuzilmalar
modellar   sanaladi. Tahlil   natijasi sifatida   biz nimaga   ega   bo‘lamiz, o‘zimizning
lingvistik   faoliyatimizda   nimaga   erishamiz?   Bu   til   modellaridir”   degan   g‘oyasiga
hamohang.
Shu   ma’noda,   pragmatik   lingvistika   ham   o‘z   birliklariga   ega   bo‘lib,   til
modelini hosil qiladi. Buning uchun tilning ta’sir etish va boshqarish vazifalari orqali
so‘zlovchi   maqsadi   asosida   birlashuvchi,   ya’ni   pragmatik   xususiyatlarini   aks
ettiruvchi maxsus pragmalingvistik birliklar sistemasini ajratish lozim.
Nutqiy   ta’sir   etish   va   nutqiy   kommunikatsiya   nazariyasiga   ko‘rа,   sintaktik
birliklardagi   axborot   tarkibi   til   birligi   sifatida   ikkiga   ajratiladi:   1)   informema;   2)
pragmema.   Bular   pragmalingvistik   birliklar   sanaladi.   Pragmalingvistik   birliklar   til
birliklari bilan funksional til maydonida to‘g‘ridan to‘g‘ri zidlanadi.
Matn yoki  nutq vositasida  bayon qilingan har  qanday axborot  so‘zlovchining
ma’lum   ichki   maqsadini   ifoda   etish   uchun   xizmat   qiladi.   Shu   ma’noda   matn
tarkibidagi   axborot   ko‘rinishi   ikki   guruhga   ajratiladi.   Informema   matn   yoki   nutqda
faqat   so‘zlovchi   nazarda   tutgan   neytral   vazifaga   ega   bo‘lgan   oddiy   axborot
ko‘rinishidir   yoki   so‘zlovchi   xususiy   munosabatidan   xoli   bo‘lgan   propozitiv
mazmundir.
Informema   −   tilning   turli   sathiga   oid   birliklar   bo‘lib,   ular   faqat   ratsional,
intellektual   axborot   tashuvchi   belgilarga   ega   bo‘ladi.   Informemalar   o‘zida   faqat
ratsional,   intellektual   axborot   ko‘rinishlarini   ifodalashi   bilan   pragmemalardan   farq
qiladi.   Informemalar   bajarayotgan   vazifasiga   ko‘ra,   intellektual-informativ   til
maydonining qurilish unsuri sifatida namoyon bo‘ladi.
11 Pragmemalar   esa   inson   axloqiga   ta’sir   etish   vazifasiga   ko‘ra   informemalar
bilan ziddiyatgа kirishadi. Agar informema faqat intellektual-informativ belgisi bilan
namoyon   bo‘lsa,   pragmemalar   so‘zlashuvchilar   o‘rtasidagi   munosabatda   inson
axloqini aks ettirish xususiyatiga ko‘ra ajralib turadi va shu belgisi asosida ziddiyat
hosil qiladi.
Pragmemalar ham tilning turli sathdagi birliklari bo‘lib, ular maxsus pragmatik
vazifaga   xoslangan   bo‘ladi.   Bular   inson   xulqini   boshqarish   uchun   xizmat   qiladi.
Bularga   nutq   subyekti   ichki   ruhiyati   bilan   aloqador   emotsional   hodisalarni   ifoda
etuvchi  til   birliklari  kiradi. Pragmemalar  doimiy pragmatik  axborot   tashuvchilardir.
Pragmemalar   o‘z   semantikasi   yoki   bajarayotgan   vazifasiga   ko‘ra   ikki   guruhga
ajratiladi.   Ba’zi   pragmemalarda   faqat   pragmatik   vazifasiga   ko‘ra   dominantlik
xususiyati mavjud bo‘ladi. Bunday pragmemalar faqat adresat ruhiyatiga ta’sir etish
uchun   mo‘ljallangan   bo‘lib,   axloqiy   holatni   boshqarishga   xizmat   qiladi.   Masalan,
X.Sultonovning   ”Adash   Karvon”   qissasidagi   quyidagi   nutqiy   muloqotga   e’tibor
qilaylik:
− Bu Nurmatdan hech darak bormi? Husniya boshini sarak-sarak qildi:
− O‘sha o‘yinchi xotinning orqasidan badar ketgani…
−   O‘,   battol!   Bu   donadek   bolalarni   qandoq   ko‘zi   qiydi   ekan-a?   −   Adach
Karvon ilkis qo‘zg‘alib qo‘ydi.  − Axir, bir kun buning savol-javobi bor-ku, nima der
ekan o‘shanda?! Hah, xomqayish, yetimning haqi yetti daryoni quritadi-ya!  
Matnda   battol,   ”donadek”(bolalar),   ”qandoq   ko‘zi   qiydi   ekan-a?”,
xomqayish, ”yetimning haqi yetti daryoni quritadi”  birliklari muallif munosabatidagi
emotsional baholashni aks ettiradi. Bu birliklar tilning turli sathlariga tegishli bo‘lsa
ham,   pragmemalar   sifatida   emotsional   baho   maydoni   birliklari   sanaladi.   Bunday
birliklar emotsional baho va shaxs munosabatini ifoda etuvchi pragmatik funksional
maydon   yadrosini   hosil   qiladi.   Bu   maydon   tarkibiga   kiruvchi   pragmemalar   faqat
pragmatik vazifaga xoslanganligi bilan xarakterlanadi.
Pragmemalarning ikkinchi  guruhiga esa pragmatik funksiya bilan birga xabar
vazifasidan   iborat   belgiga   ham   ega   bo‘lgan   til   birliklari   kiritiladi.   Bunday
pragmemalar   ham   pragmatik   funksiyani,   ham   axborot   berish   vazifasini   bajaradi.
12 Biroq ularning axborot  berish  vazifasi  pragmatik funksiya  uchun  ham  asos   bo‘ladi.
Bunday   pragmemalar   o‘z   semantik   xususiyatiga   ko‘ra   informema   bilan   noto‘liq
ziddiyatga kirishadi. Bunday birliklarga emotsional-baho bildiruvchi so‘zlar   kiradi.
Axborot berishdan tashqari, ular so‘zlovchining munosabatini ifoda lay di. 
Tilning   turli   sathlariga   aloqador   pragmemalar   pragmatik   “yuk”ka   ega
bo‘lmagan   informemalar     bilan   noto‘liq   ziddiyatni   funksional   ta’sir   etish   belgisi
asosida   hosil   qiladi.   Chunki   informemalarda   nominativlik,   deyktivlik,     relyativlik
xususiyatlari   mavjud.   Pragmemalar   va   so‘zlovchi   munosabati   semasi   bilan
sintagmatik munosabatga kirishuvchi har qanday lisoniy birliklarni nutqiy jarayonda
muayyan pragmatik nuqtalar birlashtiradi. Bu pragmatik nuqtalar obyektiv olamdagi
voqelik,     makon   va   zamon,   shaxs   kabi   joylashish   xususiyatlari   bilan   pragmatik
maydonni   hosil   qiladi.   Pragmatik   maydon   o‘z     ichki   tasnifida   undash,   emotsional-
baholash, emotsional-estetik o‘zaro murojaat kabi kichik sistemalarga bo‘linadi.
Pragmatik   maydon   tushunchasi   ostida   matn   muallifining   obyektiv   borliq,
shuningdek,   o‘zi   ifodalayotgan   fikrga   munosabatni   bildirish   vazifasi   nuqtayi
nazardan til va nutq birliklarining o‘zaro bir sistemani  hosil qilishi nazarda tutiladi.
Shaxs munosabati  mavjudligi,   so‘zlovchining ichki his-tuyg‘ulari va bosh maqsadi
bilan aloqador til vositalari pragmatik maydon tushunchasini  ifoda etadi. Chunki til
birliklariga   xos   barcha   birikish   imkoniyatlari,   ayniqsa,   gap   valentliklari   odatiy   va
daf’atan   namoyon   bo‘luvchi   kontekstual   ma’no   bosqichida   o‘zining   pragmatik
semasi   bilan   pragmatik   maydonga   aloqador   bo‘ladi.   Masalan,   “Bola   bola-da”
jumlasi   “Bolalarning   kattalardek   bo‘lmasligi,   ya’ni   ularning   yoshligi,   g‘o‘rligi   va
tajribasizligiga” ishora qiluvchi munosabat semasi bilan pragmatik maydon tarkibiga
kiradi.
Pragmatik   maydonning   yuzaga   kelishi   tilning   kommunikativ   vazifasi   bilan
uzviy   bogliq.   Chunki   kommunikativ   vazifaning   o‘zi   quyi   sathda   ikki   guruhga
ajratiladi.   Bunga   ko‘ra,   har   qanday   matn   tarkibida   til   va   nutq   birliklari   ikki     xil
qimmatga   ega   bo‘ladi.   Birinchisi,   bayon   qilinishi   lozim   bo‘lgan   axborot
ko‘rinishining   sof   intellektual-xabar   mazmuniga   ega   bo‘lishidir.   Ifoda   tarkibida
so‘zlovchi   ichki   maqsadini   aks   ettiruvchi   yashirin   mazmuniy   komponentlarning
13 ishtirok etmasligi axborotning sof xabar mazmunidan tashkil topganligini ko‘rsatadi.
Kommunikativ niyatning ma’lum maqsadga aylana boshlashi bilan intellektual-xabar
mazmuni pragmatik maydon uchun xizmat qila boshlaydi. 
Tilning   pragmatik   vazifasi   insonning   ruhiyatiga   ta’sir   etish   va   nutq
subyektining   voqelikka   munosabatini   aks   ettirish,   undash,   emotsional   baho,   estetik
ta’sir etish, o‘zaro murojaatni ifodalash kabi turlicha ko‘rinishlardan iborat. Shunga
ko‘ra,   tilning   turli   elementlari   pragmema   sifatida   pragmatik   til   maydonini   tashkil
qiladi.   Mulohazalar   yakunida   aytish   joizki,   informema   va   pragmemalar   lingvistik
pragmatikaning   asosiy   birliklari   sifatida   o‘z   doirasiga   presuppozitsion   xabar,
propozitsiya,   yigiq   va   yoyiq   tasviriy   mazmunni   qamrab   oladi   va   nutqda   sintaktik
birliklar orqali namoyon bo‘ladi.
                Tilshunoslikda  antropologik omilning tadqiqotchilar diqqat markazidan
o‘rin   olishi   tilga   yondashuv   tabiatini   o‘zgartirdi.   O‘zbek   tilshunosligida   tilni
pragmatik, sotsiopragmatik, etnosotsiopragmatik, lingvokulturologik yo‘nalishlar va
tahlil   usullari   asosida   o‘rganish   maydonga   keldi.   Bu   yo‘nalishlarda,   xususan,
pragmalingvistik   tadqiqotlar   izchillik   bilan   amalga   oshirilayotganligini   ta’kidlash
kerak.   Keyingi   yillarda   pragmalingvistika   maqsadi   va   vazifalari,   tadqiq   obyekti   va
tahlil   usullari   aniqlangan   fanning   mustaqil   tarmog‘iga   aylandi.   Ayniqsa,
fonopragmatika,   morfopragmatika,   leksikopragmatika,   sintaksopragmatika
sohalarining   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishi   uning   ilmiy   asoslarini   mustahkamlab
bormoqda.
Pragmalingvistika   ko‘p   jihatdan   boshqa   turdagi   fan   sohalari   bilan   hamkorlik
qiladi.   Bu   munosabatlar,   dastavval,   uning   lisoniy   tizim   yaxlitligini   belgilaydigan
sathlar va ularning birliklarini o‘rganuvchi lingvistik sohalar bilan hamkorligida aks
etadi.   Chunki   insonning   nutqiy   muloqot   qobiliyatini   o‘rganish   til   tizimi,   lisoniy
sathlar   va   birliklar   haqidagi   ontologik   bilimlarsiz   amalga   oshmaydi.   Insonning
lisoniy qobiliyati va bilimlarisiz muloqot yuzaga kelmaydi, umuman, nutqiy akt hosil
bo‘lmaydi.   Shuning   uchun   birinchi   galda   pragmalingvistika   til   tizimida   bir-birini
14 taqozo   qiluvchi   va   almashtiruvchi   lisoniy   birliklar   hamda   mazkur   birliklarni   tadqiq
etuvchi lisoniy sathlar bilan hamkorlikda ish yuritadi.
Pragmatikaning   sintaksis   bilan   munosabati   masalasiga   kelsak,   ba’zi
tilshunoslar   bunday   munosabatning   bo‘lishini   inkor   etishga   harakat   qilishadi.   biroq
sintaktik   birliklar,   sintaktik   hodisalar,   gapning   konstruktiv   bo‘laklari,   ularning   gap
tuzilishidagi   o‘rni,   diskursni   shakllantirishdagi   vazifalari   pragmalingvistik   tahlil
uchun   behad   zarur 5
.   Chunki   sintaksisning   pragmatik   vaziyat   va   diskurs   talabiga
moslashishini   ta’minlovchi   lisoniy   omillarni   aniqlash   sintaksopragmatika   nuqtayi
nazaridan  ahamiyatlidir.  Ayniqsa,  sintaksisning   pragmatik  maqsad   uchun  “xizmati”
muhim   sanaladi.   Pragmalingvistikaning   sintaksis   bilan   aloqasi   nutqiy   aktlarni
guruhlash   va   tasniflashga   doir   masalalarda   yaqqol   ko‘rinadi.   Gaplarning
kommunikativ  turlari   –  darak,   so‘roq,   buyruq,   undov  gaplar   guruhlarining  illokutiv
maqsadni   ifodalash   darajasini   aniqlash   sintaktik   qurilmalarning   pragmatik
imkoniyatlarini   bilish   uchun   zarurdir.   Bundan   tashqari,   gap   strukturasi   va   bevosita
nutqiy   akt   munosabatini   o‘rganish   til   tizimidagi   ma’no   va   shakl   asimmetriyasining
nutq   sathiga   ko‘chishi   va   pragmatik   asimmetriyaga   aylanish   tartib   qoidalarini
aniqlash imkonini beradi.
Paralingvistikaning  quyidagi  jihatlari  tilshunoslikning  tadqiqot  obekti  sifatida
tadqiq etilgan.  6
-paralingvistikaning nazariy jihati
-matnda aks etuvchi paralingvistik vositalar 
-matnda ta’riflash yordamida aks etuvchi paralingvistik vositalar
Pragmatikaning substansial yo‘nalishdagi tadqiqotlar bilan bog‘lanishi lisoniy
birliklar mazmun-mohiyatini yanada batafsil yoritish imkonini yaratadi. Har qanday
grammatik   tahlil   lisoniy   birlik,   shakllarning   ma’nosini,   ularning   mundarijaviy
xususiyatlarini   aniqlash   vazifasini   qo‘yadi.   Bu   birliklarning   asl   ma’nosi   va
mazmunini matnga, muloqot muhitiga murojaat qilmay aniqlash va tavsiflash qiyin.
5
 Sh. Safarov. Pragmalingvistika.-T.2008. 
6
  Islomjonova X.i. Paralingvistik vositalarning gender xususiyatiga doir  lingvopragmatik tahlil// XXI asr: Fan va 
ta’lim ,2018.№ 4. -B 5-6.
15 Shuning uchun pragmatik ma’lumotlar semantik-sintaktik tadqiqotlar samarasi uchun
muhim sanaladi. 
Pragmalingvistika   lisoniy   tafakkur   faoliyati   va   uning   natijasida   yuzaga
keladigan lisoniy-mantiqiy hodisalar−presuppozitsiya, implikatura, illokutiv maqsad
kabilarning  muloqot  matnida  voqelanishi   masalalari  bilan  shug‘ullanadi.  Nutq  ijodi
faoliyatida   uchraydigan   pauza,   sukut   saqlash,   ikkilanish   kabilar   kognitiv   jarayon
hodisalari   bo‘lib,   ular   kommunikativ   maqsad   ifodasi   uchun   xizmat   qiladi.   Nutqiy
muloqot   hamkorligining   asosiy   maqsadi   −   axborot   almashinuvi   va   bu   maqsadga
erishish uchun suhbatdoshlar bir-birlarini tushunishlari lozim. Shunday ekan, nutqiy
hamkorlik   samarali   bo‘lishini   ta’minlovchi   vosita   muloqot   ishtirokchilarining
lisoniy-kognitiv   qobiliyatidir.   Bu   qobiliyat   yetarli   darajada   shakllanmagan   bo‘lsa,
kommunikatsiya   “til   bilmaslar”   uchrashuviga   aylanadi   [16].   Bundan   tashqari,
muloqot matni tagma’noli mazmunga, implikaturali ifoda vositalariga boy ekanligini
hisobga olish kerak. 
Muloqot jarayonida, u og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar,  shaxslararo
munosabatni ta’minlash vazifasidan tashqari matn yaratish va fikrni uzviy ifodalash
vazifalari   ro‘yobga   chiqadi.   Shu   sababli   muloqot   mahsuli   bo‘lgan   diskursni   turli
nuqtayi   nazardan   tadqiq   etish   talabi   mavjud.   Diskursning   pragmalingvistik   talqini
uchun   esa   mazmun   ifodasi,   uning   zohiriy   va   botiniy   belgilari,   tagma’no   turlari   va
kommunikantlar   bilim   doirasi,   kognitiv-semantik   hodisalar   tadqiqi   muhimdir.
Asosiysi, diskursning strukturaviy va pragmatik-kognitiv qatlamlari bir xilda milliy-
madaniy qobiqqa ega bo‘lishidir [16].
Voqelik   bilan   munosabatga   kirishayotgan,   uni   idrok   etayotgan   shaxs   ongida
ma’lum   miqdordagi   axborot   oldindan   mavjud   bo‘ladi.   Shuningdek,   har   bir   inson
“shaxsiy   kognitiv   maydon”ga   ega   bo‘ladi   va   shu   asosda   “jamoa   (milliy)   kognitiv
maydoni” hamda “kognitiv bazasi” shakllanadi. Kognitiv baza, so‘zsiz, etnik, milliy
ko‘rinishga  ega   [16].  Bu  xususiyatlar  kognitiv  maydonda  qanday  harakat  qilishi   va
muloqot   faoliyatining   qaysi   jihatlariga   ta’sir   o‘tkazishini   aniqlash
pragmalingvistikaning vazifasidir.
16 Madaniy “ssenariy” tushunchasidan foydalangan holda muloqot birliklarining
milliy-madaniy   xususiyatlarini   tizimli   tavsiflash   mumkin.   Muloqot   matnining
shakllanishi   ikki   bosqichli   faoliyatdan   iborat.   Bu   faoliyatning   birinchi   bosqichi
kontseptual   xususiyatga   ega   bo‘lib,   aynan   shu   bosqichda   kommunikativ   maqsadga
mos   keladigan   freym   shakllanadi.   Masalalan,   ishontirish,   qo‘rqitish,   so‘rash,   talab
qilish,   taklif   qilish,   ogohlantirish   kabi   illokutiv   maqsadni   ko‘zlovchi   nutqiy
harakatlarni   voqelantiruvchi   freymlar   muloqot   strategiyasini   belgilaydi.   Ikkinchi,
ya’ni diskursiv bosqichda kontseptual tuzilma−freym o‘z lisoniy ifodasini topadi.
Axborot   almashinuvining   mazmuniy   negizini   tashkil   etuvchi   konseptual
tuzilma   −freymning   turli   milliy-madaniy   muhitlarda   tarkiban   mos   kelmay   qolish
holatlari   mavjud.   Shuning   uchun   ularga   izoh   berish   zarurati   tug‘iladi.   Tasavvur
qiling,   ingliz   tilida   so‘zlashuvchi   do‘stingiznikida   choy   ichyapsiz,   u   sizga
mehmondo‘stlik   ramzi   sifatida:   “Yana   choy   ichasizmi?” -   deb   so‘raydi.   Siz   ham
mehmondo‘stlik   uchun   tashakkur   bildirasiz.   Shunda   do‘stingiz   so‘rovni   davom
ettirishga majbur bo‘ladi:  “Ha, rahmatmi” yoki yo‘q, rahmatmi?”  [16].
Nutqiy   muloqotdagi   bunday   anglashilmovchilikning   sababi   tashakkur
iborasining noto‘g‘ri shaklda bo‘lishida emas, balki o‘zbek millatiga xos madaniyat
me’yoridir.   Masalan,   mehmondorchilikda   mezbon   iltifotidan   qanchalik   bahramand
bo‘lishni   istasak   ham,   hech   qachon   mehmonning   “Ovqat   yeysizmi?” ,   “Choy
ichasizmi?”   kabi   savollariga   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   tasdiq   javobini   bermaymiz.
“Rahmat!”   deyishning   o‘zi   iltifotning   qabulidir.   Umuman,   sharqona   muomala
madaniyatida   “ha”   va   “yo‘q” ning   ifodasida   keskin   chegara   yo‘q.   Yaponlar   har
qadamda   ishlatadigan   “hay”   iborasini   yevropaliklar   “ha”   mazmunida   tarjima
qilishadi.   Shuningdek,   o‘zbek   tilidagi   “xay”,   “xo‘p”   iboralari   ham   tasdiq,   rizolik
mazmunida qabul qilinadi. Aslida, ushbu iboralarni qo‘llayotgan yapon ham, o‘zbek
ham to‘g‘ridan to‘g‘ri rozilikni bildirayotgani yo‘q; u  “Sizni tingladim va tushundim,
endi qanday javob berishni va nima qilishni o‘ylab ko‘raman”  demoqchi [16].
Umuman,   kommunikativ   maqsad   −   intensiyani   botiniy,   yashirin   holda   yoki
bavosita   ifoda   etish   barchа   millatlarga   xosdir.   Lekin   bilvosita   nutqiy   aktlarning
tasnifiy   guruhlari   va   ularni   ifodalovchi   lisoniy   shakllar   qatori   turli   tillarda   bir   xil
17 ko‘rinishga   ega   bo‘la   olmaydi.   Masalan,   fransuz   maqtov,   tahsin   izhor   etishi   uchun
panjasining   uchini   o‘pib   qo‘ysa   yetarli.   Inglizlar   mazmunni   bilvosita   ifodalashda
ko‘pinchа   so‘roq   shakllariga   murojaat   qiladilar.   O‘zbeklar   nutqida   iltimosni
ifodalashda   savol   shakllaridan   kamroq   foydalaniladi.   Turli   millat   vakillarining
sergaplik   darajasi   ham   bir   xil   emas,   ko‘p   gapirishdan   turli   maqsad   ko‘zlanishi
mumkin.   Markaziy   Osiyo   xalqlariga   “Ahvolingiz   qanday?”,   “Uy   ichi,   bola-chaqa
tinch-omonmi?”   savollari   bilan   murojaat   qilinganda,   “Xudoga   shukur!”   javobini
olishning  o‘zi   yetarli.  Xuddi  shu   savolni  anglosaksonlarga  bersangiz,   ularni   hayron
qoldirishingiz   va   umuman   javob   olmasligingiz   mumkin.   Olmonlar   esa   batafsil
javobga   tayyor   turishadi,   ulardan   hatto,   o‘z   tana   a’zolarining   qay   ahvolda   ekani
haqida ham ma’lumot olish mumkin . 
18 19                               Pragmalingvistikaga oid tadqiqotlar
Pragmatik tilshunoslik sohasiga oid  ko‘lab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Pragmatik tilshunoslik sohasining keng taraqqiy   etishi va rivojlanishida  Amerika
va Yevropa tilshunosligida  Ch.  Morris, V. Evans, R. Bach, G. Antons, R.G.Lyons,
G.   Lakkof   va   boshqalar,   rus     tilshunosligida   esa   Yu.   Stepanova,N.   Artyunova,
S.A.Aristov   ,   V.V.   Bogdanov,   G.V.   Kolshanskiy,   M.   L.Makarov,   A.A.Susov,
S.A.Suxix,   V.Y.Chernyavskayakabilar   katta   hissa   qo‘shib   kelmoqdalar   .
Tilshunoslikning mazkur sohasini  O‘zbekistonda taraqqiy etishi  va rivojlanishiga
olimlarimizdan     Sh.S.Safarov,   S.   Rahimov,   D.Ashurova,   N.Mahmudov,
A.Mamajonov,   A.No‘rmonov,   B.   Yo‘ldoshev,   H.Ne’matov,   A.Bushiy,
M.Hakimov, S. Mo‘minov, A.Mamatov, J.Yoqubov, S.Boymirzayeva, L.Raupova
va boshqa tilshunoslarning xizmati ulkan. 
Ta’kidlanganidek,   pragmalingvistikaning   semiotika   sohasiga   kirib   borishi
o‘tgan asrning 80-90-yillarida sodir bo‘ldi.  O‘sha yillar davomida G‘arb, Amerika
va rus tilshunosliklarida keng miqyosda tadqiqiy ishlar amalga oshirila boshlandi.
Pragmatika haqida so‘z borganda uning shakllanish tarixi, semiotik ildizlari
va  bu  sohani   mustaqil   yo‘nalish   sifatida  shakllanishiga  hissa  qo‘shgan   semiotika,
falsafa, mantiq, psixologiya, tilshunoslik kabi soha mutaxassislarining qarashlariga
to‘xtalib   o‘tmaslik   mumkin   emas.Tilshunoslar   A.Nurmonov   hamda   N.
Mahmudovlarning   “semantik,   sintaktik   va   pragmatik”   jihatlarni   hisobga   olgan
izlanishlargina   tom   ma’nodagi   chinakam   tadqiqotga   aylanadi   degan   ta’kidlari
pragmatika 7
ning   ahamiyatini   ko‘rsatishga   xizmat   qildi.   Asrimiz   boshlaridagina
o‘zbek   tilshunosligida   pragmatika   masalalari   markaziy   o‘rinni   egallagan   jiddiy
tadqiqot ishlari yuzaga keldi.
                      Mazkur   jarayon     O‘zbekistondagi   tilshunoslik   sohasi   tadqiqotlariga
qiziquvchilarning   e’tiboridan   chetda   qolmadi.   Xususan,   N.Mahmudov,
A.No‘rmonov,   D.   Ashurova,   S.Rahimov   kabi   olimlar   o‘zlarining   qator   ilmiy
maqolalari   orqali   pragmalingvistikaning   nutqiy   ifodasiga   oid   sathlarni   o‘zbek
7
20 tilshunosligiga   olib   kirdilar.   Mustaqillik   davrida   o‘zbek   tilshunosligida   erishilgan
yutuqlar   sifatida   A.No‘rmonov   shakl   va   mazmun   munosabatini   tadqiq   qilish
jarayonida   shakl   va   mazmun   o‘rtasidagi   mutanosiblik(   simmetriya)   va
nomutanosiblik   (assimetriya),   tagbilim,   tagma’no,   sintaktik   transformatsiya,
kommunikativ   bo‘linish   va   ular   o‘rtasidagi   munosabatlarni   o‘rganishga   bo‘lgan
qiziqish ortganligini ta’kidlab o‘tadi. 
                Pragmalingvistikaning   O‘zbekistonda   taraqqiy   etishini   Respublikamizning
mustaqillik   yoshi   bilan   taqqoslash   mumkin.   Jumladan,   O‘zbekistonda
pragmalingvistikaga   oid   doktorlik   dissertatsiyalarining   bajarilishi,   aynan,   90-
yillarning   boshlariga   borib   taqaladi.     Xususan,   1991-yilda     Sh.   Safarov   va
S.Rahimovlarning   doktorlik   dissertatsiyalarining   himoya   qilinishi     O‘zbekistonda
pragmalingvistikaning   taraqqiy     etishiga   qo‘yilgan   tamal   toshi   bo‘ldi,   desak
mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Aynan   o‘sha   yili     Sh.   Safarovning   “Sistema   rechevo
obsheniya”   Nomli   monografiyasi   chop   etildi.   Mazkur   monografiyada   nutqiy
muloqotning   pragmatik,   ijtimoiy   xususiyatlari   haqidagi   turli   tillar   tizimidagi
ma’lumotlar egallagan bo‘lib, lingvistikaning pragmatik va ijtimoiy jihatlarini ochib
bergan   ushbu   risola,   nafaqat   O‘zbekistondagi   dastlabki   ish   ,   balki   hamdo‘stlik
mamlakatlari   orasida   yozilgan   dastlabki   ilmiy   nshrlar   qatoriga   kiradi.     1993-yilda
himoya   qilingan   D.U.Ashurovaning   “   Стилические   и   прагматические   аспект
словоброзование англиского яз ыка” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida so‘z
yasalish   sathida   til   birliklarining   stilistik   hamda   pragmatik   tahlili   o‘rin   olgan   edi.
Dissertatsiyada   ingliz   tilidagi   yasama   so‘zlarning   mazmunan   semantik-   stilistik,
kommunikativ   belgilari   aniqlanadi.   Shuningdek,   dissertatsiyada   badiiy   matnning
ontologik   xususiyatlari   e’tiborga   olingan   holda   ,   “diqqat”,   “qiziqish   hosil   qilish”
kabipragmatikjihatlar   o‘rganiladi.   Shu   bilan   birga,   90-yillarning   boshlarida
o‘zbekistonlik   tilshunos   olimlar   tomonidan   qator   ilmiy   maqolalar   ham   chop   etildi.
Keltirib   o‘tilgan   dalillar   pragmalingvistikani     O‘zbekistonda   keng   ildiz   otganligini
bildiradi.   Bunga   misol   tariqasida   professor   Sh.   Safarovning     “   Pragmalingvistika”
(2008) monografiyasini keltirish mumkin. 
21               Mazkur   monografik   ish   pragmalingvistikaga   oid   bo‘lgan   etnopragmatika,
sotsiopragmatika, qiyosiy pragmatika, nutqiy akt, nutqiy muloqotda deyksis tarkibiga
oid   tushunchalarni   qamrab   olgan   tadqiqiy   ish   sifatida   tilshunoslik   sohasiga
qiziquvchi   barcha   uchun   dasturul   amal   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   olim   qator   ilmiy
maqolalari   bilan   Respublikamizda   chop   etiladigan   ilmiy   jurnallarda,   ilmiy
konferensiyadagi   chiqishlari   bilan   pragmalingvistik   sohani   yanada   kengroq
yoyilishini ta’minladi.
                Olimning   2013-yilda   chop   etilgan   “Semantika”   monografiyasi   ma’noning
referent   nazariyasi,   ma’no   va   tushuncha,   ma’no   shakllanishining   diskrussiv-
sinergetik   tavsifi,   kognitiv,   konseptual   jihatlarini   yoritgan,   nazariy   bilimlarini
qamrab olgan asar sifatida pragmatikaning semantik munosabatlari to‘g‘risidagi keng
ma’lumotlarni   ham   taqdim   etdi.     Pragmatik   lingvistikaga   tegishli   diskurs
tushunchasining   tadqiqiga     L.R.   Raupova   tomonidan   amalga   oshirilgan   “Diologik
diskursdagi   polipredikativ   sotsiopragmatik   tadqiqi”   mavzusidagi     doktorlik
dissertatsiyasi   misol   bo‘la   oladi.   O‘zbek   tilidagi   diologik   duskursni   polipredikativ
birliklarda ifodalanish tadqiqi mazkur dissertatsiyaning mohiyati bo‘lib unda milliy-
madaniy,   ijtimoiy,   mental     hodisalarning   verbal   ifodasi   o‘z   aksini   topgan.
L.Raupovaning   2010-yilda   nashr   qilingan   “Diologik   nutqning   diskrussiv   talqini”
monografiyasi   diologik   nutqda   ifoda   planiga   ko‘chadigan   mazmun   va   shakllarni
diskurs   sifatida   namoyon   etilishini   sohaga   qiziquvchilarga   taqdim   sifatida   qabul
qilish mumkin. 
           M. Hakimov tomonidan 1994-yilda himoya qilingan “O‘zbek ilmiy matnining
sintagmatik   va pragmatik xususiyatlari” nomzodlik dissertatsiyasi  o‘zbek tiliga oid
pragmaligvistrika   sohasiga   oid   dastlabki   tadqiqotlar   qatoriga   kiradi.
Pragmalingvistikaning   bevosita   o‘zbek   tili   miqyosida   o‘rganilishiga   ham
O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishildi   Bu borada M.Hakimovning “O‘zbek
pragmalingvistikasi asoslari” monografiyasi yaqqol misol bo‘la oladi.
              Bevosita,   pragmalingvistikaga   oid   ma’lumotlarning   amaliy,   ya’ni   darslik   va
o‘quv qo‘llanma sifatida yosh avlodga yetkazish uchun yaratilgan bir qancha ishlarni
22 keltirib   o‘tamiz.     D.Ashurovning     2014-yilda   chop   ettirgan   ingliz   tilida     yozilgan
“Text Linguistics” o‘quv qo‘llanmasi bo‘lib, uning katta qismi matn pragmatikasini
qamrab   oladi.     Unda   matn   pragmatikasiga   oid   ta’rif,   tavsif,   tushuntirishlardan
tashqari amaliy mashg‘ulotlar uchun mashq va savollar bilan mustahkamlangan. 
             Shuningdek, A. Shermatov “Ingliz texnik matnlarida deyksisning  ifodalanishi
”mavzusidagi   nomzodlik   dissertatsiyasining   himoya   qilinishi   ham
pragmalingvistikaning O‘zbekistonda keng miqyosda o‘rganilishiga misol bo‘ladi. 
23 24                                                 Xulosa
Til jamiyatda muhim aloqa vositasidir.   Tilning amaliy faoliyati inson nutqiy
faoliyatida alohidalik sifatida yuzaga chiqadi. So‘zlovchining nutqida lisoniy bilim
zahirasidan foydalanish qobiliyati, tafakkuri, milliy madaniyati, milliy qadriyatlari
va ruhiy olami aks etadi. Tilning amaliy faoliyatini o‘rganish zaruriyati XXI asrda
tilning   jamiyat   va   shaxs   hayotidagi   o‘rni,   ahamiyati   masalasiga   yangicha
yondashgan pragmatik lingvistikani vujudga keltirdi.
Pragmatik   lingvistika   fanning   mustaqil   tarmog‘i   sifatida   insonning   ijtimoiy
faoliyatini   o‘zida   mujassamlashtirgan   nutqiy   muloqot,   muloqot   sistemasi   va
birliklari,   nutqiy   vaziyat,   muloqot   ishtirokchilariga   xos   xatti-harakat,   so‘zlovchi
munosabati va kommunikativ maqsad bilan aloqador masalalarni o‘rganadi. 
  Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak   pragmalingvistikaga   oid   tarixi,   semiotik
ildizlari   va   bu   sohani   mustaqil   yo‘nalish   sifatida   shakllanishiga   hissa   qo‘shgan
semiotika,   falsafa,   mantiq,   psixologiya,   tilshunoslik   kabi   soha   mutaxassislari
mazkur   sohaning   rivojlanishiga   o‘z   hissalarini   qo‘shib   kelmoqdalar.Tilshunoslar
A.Nurmonov   hamda   N.   Mahmudovlarning   “semantik,   sintaktik   va   pragmatik”
jihatlarni   hisobga   olgan   izlanishlargina   tom   ma’nodagi   chinakam   tadqiqotga
aylanadi   d egan   ta’kidlari   pragmatikaning   ahamiyatini   ko‘rsatishga   xizmat   qildi.
Asrimiz   boshlaridagina   o‘zbek   tilshunosligida   pragmatika   masalalari   markaziy
o‘rinni egallagan jiddiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi.
25 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.  
Матвеева Г.Г. ,  Ленец   А . В .   Петрова Е.И. Основ прагмалингвистики.Москва
: Флинга- Наука , 2014. 
2.  
Маҳмудов Н.  Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий  
грамматикаси(синтаксис) . Тошкент: Ўқитувчи, 1995 .-232 б
3.   
Ҳакимов М .Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини. Филол.фанлари 
док.дисс...автореф.- Тошкент:2001
4.  Ҳакимов М. Прагмалингвистика.-Тошкент . 2020.25 б.
5. Islomjonova X.i. Paralingvistik vositalarning gender xususiyatiga doir     
lingvopragmatik tahlil// XXI asr: Fan va ta’lim ,2018. № 4. -B 5-6.
6. Sh. Safarov. Pragmalingvistika.-T.2008. 
7.     Маҳмудов   Н.,   Нурмонов   А.   Ўзбек   тилининг   назарий   грамматикаси.
Синтаксис. –Т.: Ўқитувчи, 1995. – 232 б.
8.  Сафаров Ш., Тоирова Г. Нутқнинг этносkиопрагматик таҳлили асослари. 
– Самарқанд: СамДЧТИ, 2007. −39 б. 
9 .  Нурмонов А., Ҳакимов М. Лингвистик прагматиканинг назарий 
шаклланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. −Т.,  2001. №4. −Б.54-58
10.  www.ziyonet.uz
26

Pragmalingvistika haqida Reja: I.Kirish II. Asosiy qism: 1. Pragmalingvistikaning shakllanish tarixi. 2. Lingvistik pragmatika. 3. Pragmalingvistikaga oid tadqiqotlar tahlili. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1

Kirish Mustaqillik milliy qadriyatlar qatorida ona tiliga yangicha munosabatni shakllantirdi. Milliy tilimizning ijtimoiy mavqeyini tikladi, ona tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini yuksaltirdi. O‘zbek tilshunosligi fanining yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishi uchun keng yo‘l ochdi. Ayniqsa, til hodisalarining milliy tabiati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga yo‘lboshchilik qildi. Mamlakat va millat taraqqiyotida ona tilining milliy ong va mafkurani shakllantirishdagi o‘rni va vazifalariga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalaishlari darajasida alohida e’tibor qaratildi. Shunga muvofiq, tilshunoslik fanida o‘zbek tilining ilmiy va amaliy tadqiqi ham jadal rivojlanmoqda. Fanimizda bir necha yangi yo‘nalishlar shakllandi. O‘zbek tilining pragmatik tadqiqi Mustaqillik davrida pragmatik lingvistikaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Tilni tizim sifatida o‘rganish natijalari ommalashib, ona tili ta’limi mazmunini yangiladi. Lisoniy birliklar sistemaviy, struktural, semantik va substansial tadqiq usullari asosida o‘rganildi. Natijada til birliklarining lisoniy imkoniyatlarini muayyan nutqiy faoliyat jarayonida tahlil qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligida til birliklariga xos lisoniy imkoniyatlarni nutqiy faoliyat jarayonida tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ygan pragmatik tilshunoslik yuzaga keldi. Bu ilmiy yonalishda T.A.Bushuy, Sh.Iskandarova, M.Kamolova, S.Mo‘minov, A.Nurmonov, S.Raximov, B.Rahmatullayeva, Sh.Safarov, M.Hakimov kabi tilshunoslarning sohaga oid izlanishlari nazariy asoslarning shakllanib borayotganligidan darak beradi. Endigina rivojlanayotgan bu yo‘nalishda tadqiqiqni kutayotgan muammolar anchagina. Chunki o‘zbek pragmatik tilshunosligida gap va uning turlarini sintagmatik tahlil yo‘nalishidan pragmatik tahlilga o‘tish davri yetilgan.Bu ilmiy yo‘nalishdagi tadqiq muammolari aniq yechimlarini kutmoqda. Pragmatik lingvistikaning tilshunoslik turkum fanlari orasidagi o‘rni, lingvistik pragmatikaning amaliy va nazariy shakllanishi, pragmatik birliklar va ularning tahlili kabi muammolar nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham dolzarb masalalalardan sanaladi. 2

O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning oxirida struktural, semantik va substansial yo‘nalishlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar tilning ontologik mohiyatini ochib berdi. Ularning yutuqlari o‘zbek tilining navbatdagi tadqiq yo‘nalishini belgilab berdi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligi, jumladan, o‘zbek tilshunosligida tilning axborot texnologiyalari va kommunikativ vositalarning to‘xtovsiz rivojlanish asridagi o‘rni va vazifasi bilan bog‘liq tadqiqi ilmiy tahlil yo‘nalishlarini o‘zgartirdi. Til tizimi va uning qurilish birliklarida mavjud lisoniy imkoniyatlar nutq voqeligida muayyanlashadi. Shunday ekan, XXI asr tilshunosligida til, shaxs va jamiyat tushunchalari ilmiy qimmati oshdi. Bu tushunchalarni bog‘lab turgan inson hayotidagi muhim siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy, ma’naviy, ruhiy, axloqiy munosabatlar fanda alohida-alohida ilmiy tahlil usullari va mezonlarini belgilab berdi. Oqibatda tilshunoslikda tilning mazkur munosabatlar zanjirida faollashadigan amaliy vazifalari tadqiqiga e’tibor kuchaydi. Jahon tilshunosligida ilgarilab ketgan sotsial lingvistika tarmoqlari o‘zbek tilshunosligiga ham ta’sirini o‘tkazdi. Chunonchi, P.Grays, T.A.Deyk, Dj.R.Syorl, D.Frank kabi olimlarning roman-german tilshunosligidagi va A.A.Akishina, N.D.Arutyunova, V.V.Bogdanov, A.M.Bushuy, M.S.Kagan, L.P.Krisin, A.A.Leontyev, N.I.Formanovskaya, L.V.Sherba kabi tilshunoslarning rus tilshunosligidagi tadqiqotlari pragmatik tahlil namunalari hisoblanadi. Bu o‘zbek tilshunosligida pragmatik lingvistikaning ”ildiz otishi’ga yordam berdi. Zamonaviy tilshunoslikda pragmatika nutqqa lisoniy faoliyat −fikr almashtirish va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish, bu faoliyatni yaratish va bunyod etishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashadi. Shuning uchun nutqning ta’sirchanligi, tezkorligi, mantiqiyligi va samaradorligini lisoniy faoliyat doirasida tadqiq etish markaziy o‘rinni egallaydi. O‘zbek tilshunosligida T.A.Bushuy, Sh.Iskandarova, M.Kamolova, S.Mo‘minov, A.Nurmonov, S.Raximov, Sh.Safarov, N.Turniyozov, M.Hakimov kabi tilshunos olimlar o‘zbek tilining pragmatik talqiniga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Ularning ishlarida pragmatik lingvistika va uning tadqiq obyekti, pragmatik birliklar va asosiy tushunchalar, pragmalingvistik tahlil usullari va tamoyillari o‘rganilgan. Shu bilan 3

birga, nutqiy muloqot jarayoni stilistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, nutq odobi va madaniyati, diskursiv lingvistika nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. 4

Pragmalingvistikaning shakllanish tarixi Har qanday fan sohasining shakllanishi va rivojlanishi ushbu soha obektiga nisbatan qiziqish paydo bo‘lishidan boshlanadi. Qiziqishdan esa savollar tug‘iladi. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Tilshunoslik fani taraqqiyotida turli yondashuvlar bo‘lishi tabiiy. Ana shunday yondashuvlardan biri semiotik yondashuv sanaladi. Tilga semiotik yondashuv natijasida pragmalingvistika yo‘nalishi yuzaga keldi. “Pragmatika grekcha “Pragma” so‘zidan olingan bo‘lib , “bajarilgan, bajarilayotgan, bajarilishi zarur bo‘lgan ish” hamda “pragmatiko” so‘zi esa “ ishga qobiliyati bor” , “ ishchan”, “ishbilarmon” ma’nolarini ifodalaydi”. 1 Tilshunoslikda dastlab bir tushunchani ifodalovchi pragmatika, pragmalingvistika, lingvistik pragmatika, yoki lingvopragmatika kabi bir qancha terminlar qo‘llanila boshladi. Ma’lumki, fanda bir hodisani bir nechta termin bilan ifodalash chalkashlikni yuzaga keltiradi. Yuqoridagi holatni pragmalingvistika yo‘nalishining fanda nisbatan yangiligi hamda izlanuvchilarning tadqiqot predmetiga turli usul va metod orqali yondashayotganliklari bilan izohlash mumkin. Pragmalingvistika pragmatikaning nazariy hamda amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi alohida soha sifatida murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Hozirgi pragmalingvistikaning shakllanish tarixi va ildizlari semiotika sohasi nazariyotchilarining nomlari bilan uzviy bog‘liqdir. Tilshunoslikda semantika, sintaktika hamda pragmatika kabi sohalarning ajratilishi shubhasiz tilga semiotik yondashuv asosida yuzaga kelgan. Belgilar bilan shug‘ullanuvchi alohida fan semiotika va u bilan bog‘liq pragmalingvistika sohasining ilk shakllanish davri amerikalik taniqli olim Ch. Pirs nomi bilan bog‘liqdir. Ch. Pirs XIX asrning 60- yillarida o‘z g‘oyalari bilan semiotikaga asos soldi. Uning semiotikaga oid izlanishlari bevosita pragmalingvistikaning nazariy shakllanishiga yo‘l ochdi. Pragmatika haqida so‘z borganda uning shakllanish tarixi, semiotik ildizlari 1 Матвеева Г.Г. , Ленец А.В. Петрова Е.И. Основы прагмалингвистики.Москва : Флинга- Наука , 2014. 5