logo

Pragmalingvistika tahlili asoslari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

137.5 KB
Mavzu: Pragmalingvistika tahlili asoslari
Reja:
     Kirish
1.   Pragmalingvistikaning tilshunoslikdagi ahamiyati
2. Pragmalingvistik vositalar
3. Pragmatik presuppozitsiyaning o'rni
4. Pragmalingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
     Xulosa
     Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH  
         Strukturalizm tilni mustaqil bir sistema sifatida o‘rganar ekan, lisoniy tizimni,
lisoniy imkoniyatlarni o‘rganishga ko‘p e`tibor qaratdi va shu bois lisonshunoslik
keng   rivojlandi.   Nutq   lingvistikasi   esa   lisonshunoslik     soyasida   qoldi   va
tilshunoslarning   asosiy   e`tibori   tildagi   sistemaviy   paradigmatik   munosabatlarning
o‘rganilishiga   qaratilib,   nutq   lingvistikasiga   kam   e`tibor   berildi.   Bu   strukturalizm
asoschisi   sanalgan   Sossyurning   o‘zining   ham     nutq   lingvistikasiga   murojaat
etmaganligi   bilan   o‘zviy   bog`liq   bo‘lsa   kerak,   chunki   Sossyur   o‘qigan
ma`ruzalarning   bayoni   sanalgan   "Umumiy   tilshunoslik   kursi"da   ham   nutq
lingvistikasi bo‘limi  Sossyur tomonidan  o‘qilgan yoki o‘qilmaganligi haqida aniq
ma`lumot   yo‘q.   Strukturalizmning   xilma-xil   oqim   va   maktablari   keng   rivojlanib,
lisonshunoslik     "XX   asr   tilshunosligi",     "zamonaviy   tilshunoslik"     sifatida   keng
ommalashgach,     yangilik  tarafdorlari   Sossyur   diqqatidan   chetda   qolgan      sohaga-
nutq   lingvistikasiga   ham   e`tibor   bera   boshladilar.   Shunda   juda   ko‘p   tilshunoslar
(chunonchi,   E.R.Atayan,   V.N.Voloshinov,   R.T.Yarovikova   va   boshqalar)
Sossyurning   "nutq   sof   xususiy,   individual   nutqda   hech   qanday   umumiylik   yo‘q"
degan   fikrlariga     qarshi   chiqdilar   va   hatto   lison-nutq   farqlanishi   asossiz   ekanini
isbotlashga   intildilar,   ya`ni   Sossyur   eng   muhim   deb   bilgan   lison   va   nutq
farqlanishini inkor etishga intildilar. Bu inkorning ham o‘zigaxos asosi mavjud edi.
Bu asos shundan iborat ediki, alohida bir shaxs muloqot jarayoniga kirishar ekan,
(fikrini, his-tuyg`usini, munosabatini yozma yoki og`zaki shaklda bayon etar ekan)
uning   oldida   maqsad   turadi.   Bu   maqsad   so‘zlovchining   boshqalar   uni   tushunishi,
anglashidan   iboratdir.   So‘zlovchi   va   tinglovchining   biri-birini   tushunishi   va
anglashi   faqat   ular   uchun     umumiy   asos   mavjud   bo‘lgandagina   amalga   oshishi
mumkin.  Shuning  uchun   lison   qanchalik   ijtimoiy,   so‘zlovchi   va   tinglovchi   uchun
umumiy,   majburiy   bo‘lsa,   nutq   ham   ular   uchun   shunday   umumiy,   majburiy   va ijtimoiydir.   Ammo   lisoniy   tizimda   ayni   bir   xil   mazmun   vamunosabatni
ifodalashining  yuzlab omillari mavjud. 
“ Pragmatika ’’     (pragma –   ish,   harakat)   aslida   falsafiy   tushuncha   bo‘lib,   u
Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan   va keyinchalik uni J.Lokk
E.Kant   kabi   faylasuflar   Aristoteldan   o’zlashtirganlar.   Shu   tariqa   falsafada
pragmatizm   oqimi   yuzaga   kelgan.   Bu   oqimning   asosiy   taraqqiyot   davri   XIX-XX asrlardir.   Ayniqsa,   XX   asrning   20-30-   yillarida   pragmatizm   g’oyalarining   keng
targ’ibi   aniq   sezila   boshladi.   Amеrika   va   Yevropada   bu   targ’ibotning   keng
yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini
alohida qayd etmoq kerak. 
XIX   asrning   oxiri   XX   asr    boshlarida Amerikada hukmron   bo lgan   falsafiy’
pragmatizm  yo’nalishining  asoschilaridan  biri  Charlz  Pirs  edi.  Ushbu  falsafiy
tizimning     asosiy     g‘oyasi     semiotik     belgining     ma ’ no   mazmunini     ushbu     belgi
vositasida bajarilayotgan  harakatning  samarasi,  natijalari,  muvaffaqqiyati  bilan
bog‘liq     holda   o‘rganishdir. 1
    Bu     tamoyil     muallifi     Ch.     Pirs     birinchilardan
bo‘lib,     belgi     nazariyasi     doirasida   kommunikativ     faoliyat     subyekti     omilini
inobatga olish  lozimligini  uqtirdi.       
Pragmalingvistikatilshunoslikning   mustaqil   yo‘nalishi   sifatidao‘tgan   asrning   60-
70-yillaridashakllandi.   1970-   yildaDordrext   shahrida “ Tabiiy   tillar
pragmatikasi ” (Pragmatics   of   natural   languages)   mavzusid   axalqaro   konferensiya
bo‘lib   o‘tdi.   Ushbu   anjumandao‘qilgan   ma ’ ruzalar   to‘plamining   muharriri,   Tell-
Aviv unversitetining professori I.Bar   –   Hillelning   “ So‘z boshi ” da qayd qilishicha,
anjuman   ishtirokchilari   yakdillik   bilan   “ Tabiiy   til   vositasida   bajariladigan
muloqotning   pragmatik   xususiyatlari   ushbu   muloqotning   sintaktik   va   semantik
xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim ” degan xulosaga
kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ). Pragmatikaning  “ Qaytatuzilish davri ”  deb e ’ tirof
etilgan   xuddi   shu   paytdan   boshlab,   xorijiy   tilshunoslikda   haqiqiy   pragmatik
ko‘tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig‘ilishlar o‘tkazildi,
chop   qilinayotgan   to‘plamlar,   ilmiy   tadqiqotlarning   chegarasi   yo‘q,   Gournal   of
Pragmatika  tom ma ’ noda xalqaro nashrga aylandi.  
1
?
  Xakimov M.X O’zbek ilmiy matning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: 
Filol. Fan n-di  ....diss. Toshkaent, 1993.  17,18,21-betlar. Pragmalingvistikaning  predmetini  aniqlashga ilk  bor  ahd  qilganlardan  biri
G.     Klaus     edi.     U     pragmatikani     ” belgilar     va   ushbu     lisoniy     belgilarni
yaratuvchi,     uzatuvchi     hamda   qabul     qiluvchi     shaxslar     o‘rtasidagi
munosabatlarni   o‘rganuvchi ’’    fan   sifatida ta ’ riflaydi.   Ushbu   ta ’ rifdan   ko‘rinib
turibdiki,     pragmatikaning     predmetini     aniqlashda   G.     Klaus     ham     boshqa
semiotiklar     kabi     belgi     va   uni     idrok     etuvchi     interpretator     munosabatidan
uzoqlashmaydi,   hatto   uning   “ pragmatika dastlabki    o‘rinda lisoniy   belgilarning
psixologik  va sotsiologik  tomonlarini  o‘rganuvchi  nazariyadir ”   degan  xulosasi
ham  pragmatika tushunchasini  tor  ma ’ noda tavsiflashdan  boshqa narsa emas.
“ Sabab   –   motiv   –   maqsad ”   zanjiri   nutqiy   faoliyat   rejasini   shakllantiradi
vauning   voqelanishini   ta ’ minlaydi.   Xuddi   shu   narsaA.Kasherni   pragmalingvistik
tahlilning   asosiy   maqsadini   “ qo‘yilgan   vositalardan   foydalanishni   ta ’ minlovchi
insonga xos bo‘lgan qobiliyat qoidalarini ”  yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga
undaydi.  2
Pragmalingvistikani   tilshunoslikning  mustaqil  sohasi   sifatidaajratish   vauning
o‘zgarish   ob ’ ekti,   predmetini   aniqlash   uchun   lisoniy   birliklardan   turli
kommunikativ   muhitda   pragmatik   qiymati,   “ bahosi ” ,   mundarijasining   namoyon
bo‘lishini  ta’minlovchi  omillarni  izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har  qanday
sharoitda   namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional)
xususiyatlari   na ’ munasidir.   Shunday   qilib,   pragmatikaning   umumiy   ta ’ rifini
quyidagichatasavvur   qilish   mumkin:   pragmatika   tilshunoslikning   alohida   sohasi
bo‘lib uning tadqiqot doirasid amuloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish,
ularni   qo‘llash   hamda   ushbu     qo‘llanishdagi   birliklarning   muloqot
ishtirokchilarigata ’ siri   masalalari   o‘rganiladi.   Ushbu   qoidalar   kommunikatsiya
2
 Karimova R.A Semantiko-strukturnaya organizasiya teksta (na materiale ustnih spontannih tekstov): Avtoref. diss. 
…d-ra filol. Nauk.-M., 1992. S. 6,27. shart   sharoitlariga   nisbatan,   keng   ma ’ nodagi   kontekst   sifatidao‘rganiladi.   Lisoniy
hodisalarning   bu   yo‘sindagi   tahlili   ularning   qo‘llanishidagi   u   yo   ki   bu   muhitda
mavjud   bo‘lgan   to‘siqlar,   chegaralanishlarni   ham   aniqlashgaimkon   beradi.
Lingvistik   tahlilning   asosiy   g‘oyasi   ham   lisonning   tabiatini   uning   amaliy
faoliyatda   qo‘llanishiga   nisbatan   yoki   boshqacha   aytganda,   bajarayotgan   vazifasi
doirasida   aniqlashdir.   Aynan   vazifa(funksiya)   tushunchasi   lison   tahlili
gapragmalingvistik   yondashuvning   poydevoridir.   Aminmizki,
pragmalingvistikaning   xuddi   shu   yo‘nalishdagi   taraqqiyoti   nazariy   tilshunoslik
vaamaliy   kommunikatsiya   o‘rtasida   mavjud   bo‘lib   turgan   “ uzilish ” larni   bir   oz
toraytiradi. 
            Pragmalingvistika   tadqiqot   predmetining   keng   miqyosda   tasavvur   etilishi
ushbu   sohaning   turli   yo‘nalishlarda   taraqqiy   etishini   taqozo   etadi.   Natijada,
pragmalingvistikaning   nutqiy   akt   nazariyasi,   deyksis   nazariyasi,   diskurs
nazariyasi   ,   pragmasemantika,   pragmastilistika   kabi   o‘z   “ ichki ”   sohalari
yuzagakeldi.   Bu   sohalarning   farqi,   birinchi   navbatda,   pragmalingvistikaning
umumiy   predmetini   alohidaqismlargaajratish   vahar   bir   qismning   batafsil
yoritilishi, o‘rganilishida namoyon bo‘ladi.  Avvalo shuni ta ’ kidlash lozimki, matn
tushunchasini   material   jihatdan   tayin   etish   va   ta ’ riflashda   mutaxassislar   o‘rtasida
yagona   fikr   yo‘q,   aksincha,   bir-birigaqarama-qarshi   bo‘lgan   ikki   xil   qarash
mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozmashakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini
matn   deb   hisoblaydilar.   Masalan,   rus   tilshunosi   L.M.Loseva “ matn ”   tushunchasi
aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini
aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida
qayd etadi. Matnni lingvistik tadqiqot ob ’ ekti sifatida rus tilshunosligidailk o‘laroq
batafsil   o‘rganganlardan   biri   I.R.Galperin   “ matnning   ontologik   va   funksional
belgilarini   namoyon   etadigan   yetakchi   jihatlardan   biri   sifatida “ yozmaxujjat tarzidareallashadigan   tugallanganlik ” ni   alohidata ’ kidlab   ko‘rsatadi.   Uningcha,
matn yozuvdaqayd etilgan nutqiy asardir. Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi
uning   ontologiyasi   vafunksiyasiganechog‘lik   bog‘liq   yoki   bog‘liq   emasligini
muallif   tomonidan   aniq-tiniq   ko‘rsatib   berilmagan. 3
  Matnning   mohiyati   va
kommunikatsiya   jarayonida   baradigan   vazifani   faqat     yozuv   bilan
chegaralanadigan   bo‘lsa,     bu   yirik   kommunikativ   birlikning   tildagi   o‘rni   qanday
belgilanishi  haqidagi masala ochiq qolgan.  
            O‘zbek tilshunosligidagi bu yo‘nalishdagi ishlarga e ’ tibor qilinsa, ularda ham
yuqoridagigao‘xshash   mulohazalar   yo‘q   emas.   Masalan,   M.Hakimovning
nomzodlik   dissertatsiyasidamanabunday   fikrlarni   o‘qish   mumkin:   “ ....Nutq-   bu
so‘zlovchining   nutqiy   jarayoni   bilan   aloqador     bo‘lgan   hodisasifatidaifodaetilsa,
matn   (tekst)   ham   manashu   nutqiy   hodisaning   yozilgan   ( “ bosma   harf   orqali   aks
etgan ” )   parchasidir.... ” Nutq ”   o‘zining   yozma   shaklida “ matn ”   atamasiga   teng
keladi....Har   qanday   nutqning   yozma   shakli   matn   tushunchasi   mohiyatini
ifodaetadi....Tekst   –   og‘zaki   nutq,   kontekstga   nisbatan   stabillashgan,   ma ’ lum
qoida,  qonuniyatlar   adabiy  til   me ’ yorlari   asosida   shakllangan   yozma  nutq....Matn
bir   vaqtning   o‘zida   emas,   balki   bir   necha   asr   avvalgi   va   keyingi     shaxslar
o‘rtasidagi   aloqamunosabatini     yuzagachiqaruvchi   vositadir. ” 4
  Avvalo,   aytish
joizki, kishilar   o‘rtasidagi   aloqa kommunikatsiya matnlar vositasidaamalgaoshar
ekan,   matnni   faqat   yozma   shakl   bilan   chegaralash   shakllanib   ulgurgan   mavjud
matn   nazariyasi   qoidalarigazid   bo‘lishi   turgan   gap.   Axir,   kishilar   o‘rtasidagi   har
qanday kommunikatsiyafaqat  vafaqat  yozmashakldaamalgaoshishini  tasavvur  etib
bo‘lmaydi.  
3
  Nurmonov  A.  Hakimov  M. Lingvistik  pragmatikaning  nazariy  shakllanishi.  O'zbek  tili  va adabiyoti.  2001.
4
  Qo'ng'urov  R.  Begmatov  E.  Tojiyev  Y.  Nutq  madaniyati  uslubiyat  asoslari.  Toshkent,  1992.  Lingvistik pragmatika so‘zlovchi ijtimoiy faoliyatining nutqdagi real ifodasini
qamrab   oladi.   Lingvistik   pragmatikaning   tilshunoslik   fanining   alohidatarmoqi
sifatidashakllanishi   uning   oldigaqator   masalalalarni   qo‘ydi.   Pragmatikani
tilshunoslikning   boshqasohalaridan   ajratish   vauning   tadqiqiy   manbasini
chegaralash natjasidagina lingvistik pragmatikani yangi tarmoq sifatidatalqin etish
mumkin   bo‘ladi.   Lingvistik   pragmatikaning   eng   muhim   jihatlaridan   biri   uning
boshlang`ich chegarasini aniqlashdir. Shu ma`noda tilshunos olim V.V.Petrovning
til haqidagi quyidagi tezisini esgaolish lingvopragmatikaning boshlang`ich tadqiqiy
chegarasini   aniqlash   uchun   lingvistik   mezon   bo‘ladi:   "Inson   qaysidir   tilgaxos
semantik   bilimlarsiz   so‘zlashi   yoki   anglashi   mumkin   emas,   ammo   ushatilgaxos
semantik   bilimlar   egasi   bo‘lishuning   o‘zi   ushbu   tilda   so‘zlash   vaanglash   uchun
kifoyaqiladi   degani   emas,   xuddi   musiqali   pyesa   mazmuniy   bilimlari   uning   ijrosi
uchun   yetarli     bo‘lmaganidek   va   buning   uchun     eng   asosiysi   o‘yin   mahorati,
layoqati   ("umenie   igrat ” )   gaham   egabulish   lozim"   bo‘ladi.   Bizning   qarashimiz
bo‘yicha,   so‘zlash   vaanglash   jarayoni   ham   xuddi   shunday.   Shuning   uchun   ham
to‘g`ri   vaaniq   so‘zlash   uchun   hammagatushunarli   bo‘lgan   semantik   bilimlarning
o‘ziniginabilish   yetarli   emas,   so‘zlash   vato‘g`ri   ifodalash   uchun   individual
strategiyamahoratigaegabo‘lish lozim. Nutqiy faoliyat - til ham xuddi shundaydir.
Inson   semantik   bilimlargaegabo‘lishi   mumkin,   bungaijtimoiy   muhitning   o‘zi   har
qanday   shaxs   uchun   ma`lum   imkoniyatlarni   yaratadi.   Biroq   semantik
bilimlargaegabo‘lishuning   o‘zi   insonni   so‘zlash,   fikrlash   vaifodamazmunini
anglashi uchun kamlik qiladi. Inson tildagi barchasemantik bilimlarni bilishi bilan
birgaularni   o‘z   maqsadi   yo‘lidatanlay   olishi   vaifodalash   imkoniyatigaegabo‘lishi
lozim.   Tildagi   ayni   manashu   jihatlarni   lingvistik   pragmatikao‘rganadi.   F.de
Sossyur   tilni   shaxmatgaqiyoslash   natijasidaobyektiv   olamdagi   predmet,
narsavahodisalaring   shaxmat   donalari   sifatidanomlagan   bo‘lsa(shaxmat   donalarni
yuriShuni   bilgan   bilan   o‘yin   ko‘rsatiShuni   ham   bilish   kerak),   Vitgenshteyn esatilgaxos   umumiy   qonuniyatlarni   "semantik   o‘yin   subyekti   uchun   ma`lum
tushunchalar   semantikadeb   qaraladi,   har   bir   semantik   o‘yingaxos   oddiy   yurish
tartibi   ham   semantika,   o‘yin   ishtirokchilarining   o‘zigaxos   strategiyatushunchasi
pragmatikadeb talqin etiladi. 
Pragmatikanutqiy   ta ’ sir   natijasining   hosil   bo‘lish   ehtimolini   belgilovchi
vositalarni aniqlash imkonini beradi. Bunday vositalar qatorigamasalan, pragmatik
mazmunni  aniqlashtiruvchi  illokutiv fe ’ llar   kiradilar.  Ushbu  fe ’ llar   nutqiy harakat
tarkibidamuhim rol o‘ynaydilar, ular muloqot maqsadi  mazmuni vabajarilayotgan
nutqiy   harakatning   illokutiv   kuchini   aniq   vaochiq   ko‘rsatish   xizmatini   o‘taydilar.
Masalan,   “ Kumushni   ertagakinogaolib   boraman ”   gapining   talaffuzi
vositasidava ’ daberish   nutqiy   harakati   bajariladi,   ammo   ushbu   harakat   mazmunini
aniq   ifodalash   uchun   illokutiv   fe ’ lni   qo‘llash   imkoni   ham   bor:   “ Kumushni
ertagakinogaolib   borishgava ’ daberaman ” .   Xuddi   shuningdek,   “ Dars
qilmaysanmi? ”   sintaktik   birligi   so‘roq,   talab,   ogohlantirish,   taklif   kabi   nutqiy
harakatlarni   ifodalashi   quyidagi   yo‘sindaaniqlashtirilishi   mumkin:   “ Dars
qilmaysanmi,   deb   so‘rayapman   (sendan) ” ;     “ Dars   qilmaysanmi?   Buni   sendan
talab   qilaman ”   (o‘qituvchining   so‘zi);   “ Dars   qilmaysanmi?   Seni
ogohlantiryapman ” ;   “ Dars   qilmaysanmi?   (kel,   birgalikdaqilishgataklif
qilyapman) ” . 
Illokutiv fe ’ llarning ma ’ no tartibidatalaffuz etilayotgan nutqiy birlikning (gap
yoki   matnning)   pragmatik-   kommunikativ   mazmunini   ifodalovchi   semaasosiy
o‘rinni   egallaydi.   Masalan,   “ Fan   nomzodi   R.Suvono‘vagadotsentlik   unvoni
berishigaqarshiman ” ;   “ Fan   nomzodi     R.Suvono‘vagadotsentlik   unvoni   berilishini
talab   qilaman ”   kabi   tuzilmalar   bir   xil   propozitsiyagaega,   ularni   farqi
faqatginapragmatik   mazmunda,   ya ’ ni   turli   nutqiy   harakatlar ifodalanishidavakommunikativ   maqsadlarning   har   xil   bo‘lishigaturli   illokutiv
fe ’ llar   (rozi   bo‘lmoq,   qarshi   bo‘lmoq,   talab   qilmoq)   qo‘llanilishi   vositaxizmatini
o‘tamoqda.   J.Syorl   pragmatik   mazmunning   bu   asnodanamoyon   bo‘lishini
“ ifodalanish   tamoyili ”   (the   prinsiple   of   expressibility)   faollashuvi   natijasi   deb
hisoblaydi.   Biroq,   ushbu   tamoyil   nutqiy   muloqot   matnlaridahar   doim   ham   bir
yo‘sinda namoyon bo‘lavermaydi. Binobarin, buyurmoq, ogohlantirmoq, maslahat
bermoq, taqiqlamoq, taklif qilmoq kabi birliklar nutqiy tuzilmatarkibidan  joy olib,
uning   mazmuni   oydinlashtirish   uchun     xizmat   qilaolishi   ma ’ lum.   Lekin,   “ Men
maqtanaolmayman,   sendan   aqlliroqman ”   qabilida   maqtanish   nutqiy   harakatining
qo‘llanishi ehtimoldan anchayiroq. Balki, ushbu harakatni bajarayotgan shaxsning
maqtanishgahaqqi   bordir.   U  o‘z   suhbatdoshiga   nisbatan   aqlliligi   haqiqatdir,   lekin
nutqiy muloqot odobi bungayo‘l qo‘ymaydi.  5
 
Pragmatik maqsad va mazmunning ekplisit, ya ’ ni ochiq ifoda etilishida diqqat
axborot   almashinuvidan   ushbu   axborotni   uzatish   maqsadigako‘chadi
vakommunikatsiyamaqsadi uzatilayotgan axborotning predmetigaaylanadi. Nutqiy
harakat   maqsadining   ochiq   bayoni   turli   ko‘rinishdagi   lisoniy   birliklar   vositasida
bajariladi   va   bulardan   eng   asosiysi   pragmatikada   performativ   formula   atamasini
olgan.   Demak,   lisoniy   birliklarning   aniq   va   voqeiy   muloqot   sharoitidaqo‘llanishi
pragmatik   tahlil   ob ’ ektidir.   So‘zlovchi   vatinglovchi   munosabati   nutqiy   muloqot
sharoitidayuzagakeladi, nutqiy harakat muloqot matnini talab qiladi vashu muloqot
kontekstidamazmungaegabo‘ladi.   Muhit,   o‘z   navbatida,   ijtimoiy
xususiyatgaegabo‘lib,   u   ijtimoiy   qatlam,   guruhning   madaniyati   bilan   bog‘liq
holdanamoyon   bo‘ladi.   Ushbu   guruhdagilarni   har   xil   anglashilmovchiliklar,
ma ’ noviy ikkiyoqlamalik, noaniqliklarni bartaraf etish imkonini beradigan umumiy
bilim   zahirasigahamdamuloqotning   mavaffaqqiyatini   ta ’ minlovchi   qoidalardan
5
 Ма ҳ мудов Н.  Ў збек тилшунослигининг тара ққ иёти. //Ж.  Ў збек тили ва адабиёти.  2001.№4. Б.5 foydalanish   malakasigaegabo‘lishadi.   Shunday   malakagaegabo‘lmagan   shaxs
muloqotdahech   qanday   samaragaerishaolmaydi.   Nutqiy   muloqotda   axborot
uzatish “ yuki,   so‘zsiz,   lisoniy   birliklar   “ yelkasi ” gatushadi,   ammo   shaxslararo
munosabat   normasini,   milliy-madaniy   qadriyatlar   tizimini   egallamasdan   turib,
to‘laqonli muloqotgakirishishning imkoni yo‘q. 
                Muloqotdoshlarning bir-birini tushunish lisoniy kommunikatsiyaning asosiy
shartidir.Masalan , ” Choy   tugabdi ” , ” Sovuq ” jumlalarini   “ Choy   damla,   Issiqroq
kiyin ”  yoki   “ Eshikni  yop ”  kabi mazmunlaridaanglash uchun J. Serl aytgan shared
background   information,   ya ’ ni   “ o‘zaro   umumiy   vaoldindan   ma ’ lum   bo‘lgan
ma ’ lumotga ”   egabo‘lish   kerak.   Ammo   bunday   holatdava “ orqafon ” daturadigan
mano o ’ z-o ’ zidan paydo bo‘lmaydi. 
Asosiy muloqot birligi bo ’ lgan matnning umumiy tuzilishi, mazmuniy mundarijasi
lisoniy   birliklar   kommunikativ   ma ’ nosini   shakllantiruvchi   tajribamaydonidir.
Yaxlit   kommunikativ   lisoniy   tuzilmabo‘lgan   matnning   semantik   mundarijasi
denonativ   vasignifikativ   qismlardan   tarkib   topadi.   Bulardan   birinchisi   matn
mazmunining   voqelikda   kechayotgan   hodisalar   bilan   bog‘liq
tomonlarigaishoraqilsa, ikkinchisi esamatn yoki nutq ijodkorining nutqiy tafakkur
faoliyati bilan bog‘liqdir.
            Propozitsiya   axborotni   to‘plash   vasaqlashning   kognitiv   strukturalari
qatorigakiradi.   Ammo   propozitsiyahodisasi   tahlilidauning   axborot   tashish
xususiyati   bilanginachegaralanib   qolmaslik   darkor.   Zero,   bu   holdaushbu
hodisaning   kommunikativ   belgilari   nazardan   chetdaqoladi.   Masalan,   quyidagi
nutqiy tuzilmalarni olaylik: 
Anvar mengakitobni berdi.           Anvar mengakitobni beradimi? 
v) Anvar, mengakitobni ber! 
g) Ishonamanki, Anvar mengashu kitobni beradi. 
d) Anvar mengashu kitobni bergan bo‘lishi kerak.  
Bu qatordagi  tuzilmalar  yagona propozitsiyagaega,  yani kitob, ” Anvar, ” men ,   term
vaaktantlari hamda “ bermoq ”  predikati vositasidatuzilayotgan ushbu tuzilmalarning
semantik  strukturasi  yagona,  ammo  ushbu  propozitsiyamuloqot  matnidafaollashib
turli   pragmatik   mazmun   bilan   boyiydi.   Mazmunning   kommunikativ
maqsadigabinoan   bunday   kengaytiruvchi   vositalar   qatorigamodallik   vazamon
aspekt ko‘rsatkichlari ham kiradi.  
Referensiyalisoniy   nomni   voqelik   bilan   bog‘lashdaso ’ zlovchining   maqsadi,
lisoniy faoliyat niyati muhim o ’ rin egallaydi.  
Relevantlik  nutqiy  muloqotning  muvaffaqqiyatli  kechishini  hamda
muloqot  matnining mazmundor shakllanishini ta ’ minlovchi hodisa. 
Presuppozitsiya maxsus   adabiyotlardainferensiyaning   xususiy
ko‘rinishlaridan   biri   sifatidaqaraladi   vabundaifodalanayotgan   fikr   -hukmning
haqiqiy   yoki   o‘rinli   ekanligi   e ’ tiborgaolinadi.   Buning   uchun   esamuloqot
ishtirokchilari voqelik, kechayotgan yoki xabar qilinayotgan hodisahaqidabiror bir
umumiy   ma ’ lumotgaegabo‘lishlari   kerak.   R.Stolneyker   ta ’ biricha,
“ presuppozitsiyatalab   qilinayotgan   lisoniy   faoliyat   ijrosidan   oldin   implisit
nazardatutilgan   propozitsiyadir ”   (Stalnaker   1972:   387-388;     Stolkeyker   1985).
Masalan,   “ Ahmad   ikki   boshli   ilonni   ushladi ”   va “ Ahmad   ikki   boshli   ilonni
ushlamadi ”   qabilidagi   gaplarni   matndaqo‘llash   vaularni   tushunish   uchun so‘zlovchi   hamdatinglovchigaikki   boshli   ilonning   mavjudligi   (yoki   mavjud
emasligi) bir xildama ’ lum bo‘lishi kerak. 6
 
          Presuppozitsiyaning   yashirin hukm, tagma ’ no  bilan bog‘liq ekanligini bundan
yuz   yillar   oldin   olmon   mantiqshunosi   X.Frege   aytgan   edi.Haqiqatdan   ham
“ Kumushning   akasi   uchtaot   sotib   oldi ”   kalimasini   aytish   uchun   so‘zlovchi
“ Kumush ”   ismli   qizning   akasi   Kumushning   faqat   birginaakasi   borligini   vau   ot
sotib   olishgayetarli   mablag‘gaegaekanligini   ham   bilishi   mumkin.   Bu
ma ’ lumotlarni   beruvchi   presupozitsiyalar   sohibi   so‘zlovchidir.   Gap
esaKumushning   akasi   nimanidir   sotib   olganligi,   uchtahayvon   sotib   olinganligi,
xarid   qilingan   hayvon   ot   vabu   otlar   ikkitaemas,   balki   uchtaekanligi   haqidagi
ma ’ lumotlarni   olish   imkonini   beradi.   Bu   turdagi   ma ’ lumotlar   asosidaxulosaviy
hukm   (entailment)   chiqariladi.   Presuppozitsiyaga   oid   hukmlar   esa   gap   mantiqiy
mundarijasi bilan bog‘liq emas, degan fikr ham yo‘q emas (Yule 1996: 25) 
         Hozirgi kunda Havayda yashab ijod qilayotgan pragmalingvist Georg Yulning
ushbu fikrini  to‘laligicha quvvatlash  ma ’ qulmikan?   Presuppozitsiyaning
inson   bilan,   uning   bilim   darajasi   bilan   bog‘liq   ekanligiga   shubha   yo‘q.   Ammo
ushbu   presuppozitsiyaning   shakllanishi   va   hukmning   mantiqiy   qatorlari   paydo
bo‘lishida   lisoniy   birliklarining   hech   qanday   ta ’ siri   yo‘q,   deyishga   jur ’ atim
yetmaydi.   Nutqiy   tuzilmatarkibidagi   birliklar   vaushbu   tuzilmaning   strukturaviy
belgilari presuppozitsiyaga oid ma ’ lumotni ifodalovchi vositalar xizmatini o‘tishini
ham   hech   kim   inkor   qilgani   yo‘q.   G.Yulning   o‘zi   ham   presuppozitsiyaning   gap
tarkibidagi   ma ’ lum   lug‘aviy   birliklar   vasintaktik   tuzilmalar   bilan   bog‘liq
ekanligigatayangan   holdaleksik   va     strukturaviy       presuppozitsiyalarni   farqlashni
6
 Махмудов Н. Пресуппозиция ва гап. УТА. 1986 йил, 6-сон, 30-бет .  taklif   qiladi   (Yule   1996:   28).       Binobarin,   (a)   ” U   chekishni   tashladi ” ,   (b)   “   U
shikoyat qilaboshladi ” , (v)   “ U yanakechikdi ”  gaplarinig presuppozitsiyalari (a)   “ U
chekar edi ” , (b)   “   Ilgari u shikoyat qilmas edi ” , (v)   “   U oldin ham kechikkan edi ”
tarzidaekanligini   biz   faqatgina “ tashlamoq,boshlamoq ” ,   “ yana ”   lug‘aviy   birliklari
qo‘llanishigatayanib   aniqlaymiz.   Strukturaviy   presupozitsiyaesaquyidagi   so‘roq
gaplardanamoyon bo‘ladi: (g) « U qachon ketdi? » = « U ketgan »; (d)  « Velosipedni
qayerdan sotib olding? » = « Sen velosipedni sotib olgansan ». Ushbu hukmlarning
shakllanishi   so‘roq   olmoshli   strukturaqo‘llanishi   bilan   bog‘liqdir.   ANurmonov
vahammualliflari   ham   presuppozitsiyaning   lisoniy   ifodalanish   shakliga –   moddiy
vositaga,   tashqi   signallargaegaekanligini   e ’ tirof   etishadi   (Nurmonov   vaboshqalar
1992:   115-116)   vabunday   moddiy   vositalar   qatorigaturli   lug‘aviy   birliklar,
yuklamavako‘makchi   kabilarni   kiritishadi.   Pragmalingvistik
adabiyotlarda«presuppozitsiyani   faollashtiruvchilar»   (presupposition   triggers)   deb
atalayotgan   (Yule   1996:   27;   Levinson   1983:   179)   ushbu   vositalar
presuppozitsiyaning   «lisoniy   libosi»   dir,   ular   vositasidayashirin   ma ’ no
yanadabotinlashadi. 
            Umuman,   semantik   presuppozitsiyaning   qariyib   barchaturlari   aniq   lisoniy
ko‘rssatkichlarga(indikatorlarga) egadir. Buni G. Yul keltirgan jadval misolida(116
betgaqarang) ham ko‘rish mumkin (Yule 1996: 30): 
Jadval guvohlik berishicha, faktiv vanofaktiv presuppozitsiyalardaxulosaviy hukm
voqeaning haqiqatan sodir bo‘layotganligi yoki bo‘lganligi fakt ekanligi asoslanadi
hamdaushbu   xulosaning   ifodalanishida« bilmoq »,   « anglamoq »,   « afsuslanmoq »,
« xabardor   bo‘lmoq »   kabi   birliklarning   tasdiq   vainkor   shakllari   ishtirok   etishadi.
Kontrafaktiv   presuppozitsiyaesabildirilayotgan   ma ’ lumotning   haqiqatgamos
emasligigaishoradir:   « Agardasen   mening   do‘stim   bo‘lganingda,   mengayordam
qilgan   bo‘lar   eding »   =   « Sen   mening   do‘stim   emassan ».   Bu   turdagi presuppozitsiyaasosan   murakkab   tarkibli   nutqiy   tuzilmalardanamoyon   bo‘ladi
va« mantiqiy   me ’ ros »     (inheritance)   qoidalarigaamal   qiladi.
Presuppozitsiyama ’ nosining   bo‘lakdan   yaxlitga,   ergash   gapdan   bosh   gapga,
dialogik   tuzilmaboshlanishidan   keyingi   bo‘laklarigao‘tishi   umumiy   kuzatilgan
holdir.   Tilshunoslar   «presuppozitsiya»   faylasuflardan   o‘zlashtirganligi   ma ’ lum
vafalsafadan   atamaning   ko‘pma ’ noliligi,   tavsifiy   npaniqliklarining
tilshunislikkaham   ko‘chishi   tabiiydir.   Natijadaushbu   hodisaturli
ko‘rsatkichlarganisbatan   turlichatasnifiy   guruhlargaajratilib   kelinmoqda.   Buni
hatto ushbu tushunchani  tilshunoslikkabirinchi  bo‘lib kiritgan Pyotr  Stronsonning
qarashlaridahaam ko‘rish mumkin. Olim o‘tgan asrning o‘rtalarida(Strawson 1950;
Stroson   1989)   mantiqshunos   B.   Rasselning   lisoniy   birliklarning   ma ’ nosini
tavsiflovchi   deskriptiv   nazariyasini   taftish   qilayotib,   gap   ma ’ nosi   vauning   nutqiy
qo‘llanishidagi   mazmuni   o‘rtasidagi   munosabatgae ’ tiborni   qaratadi.   Shu   taxlit
semantik vapragmatik presuppozitsiyani farqlash yo‘lidagi urinishlar boshlandi.  
Olmon   tilshunosi   K.   F.   Hemferning   (Hempfer   1977)   gap   ma ’ nosidakontekstdan
tashqari, hech qanday nutqiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan holdamavjud bo‘lgan
xulosaviy   hukmni   semantik   presuppozitsiyasifatidaqarsh   lozimligi   haqidagi
boshqalar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi (V. V. Bogdanov, V. A. Zveginsev,
Ye.   V.   Paducheva,   M.   L.   Makarov,   N.   Mahmudov,   A.   Nurmonov   vaboshqalar).
Darhaqiqat,   presuppozitsiyaning   lisoniy   birlik   ma ’ nosi   bilan   bog‘liqligi
haqidaoldingi   sahifalardagapirildi.   Gapning   semantik   tuzilishi   presuppozitsiyon
poydevorgaegaekanligini   hech   kim   inkor   etmaydi.   Shuning   uchun   ham   «Abbos
mengakitobni   berdi»   « Abbos   degan   yigitning   borligi »   (ekzistensional
presuppozitsiya) va« Uning mengakitobni berganligi » (faktiv presuppozitsiya) yoki bermaganligi   (nofaktiv   presuppozitsiya)   haqida   xulosaviy   hukmlarning
yuzagakelishi tabiiydir. Bular oddiy mantiqiy xulosalardir.  7
Pragmatik   presuppozitsiyaning   matngaxosligi,   kontekstgaoidligini   e ’ tirof
etgan   holdalisoniy   birliklarning   gapi   ko‘p   ma ’ noliligi,   ularning   turli   matn
muhitlarida(nutqiy   vaziyatlarda)   turlichamazmun   ifodalash
imkoniyatigaegabo‘lishini   ham   unutmaslik   lozim.   Xuddi   shuningdek,   nutqiy
tuzilmalar ham turli mazmundagi umumiy bilim (axborot) ni ifodalash qudratidan
mahrum   emasdirlar.   Shuning   uchun   ayrim   tilshunoslarning   nutqiy   birlik
sifatidaqaralayotgan   gap   imkoniyatidagi   presuppozitsiyalar   (potential
presupposition)   to‘plamigaegavakontekstdanamoyon   bo‘layotgani   esafaollashgan
presuppozitsiyadir (actual presupposition), degan fikriga(Gazdar 1980) qo‘shilmoq
kerak.   Bu   holda   kontekst   muloqot   ishtirokchilari   uchun   ma ’ lum   bo‘lgan
imkoniyatlar   to‘plamidan   faqatgina   birini   tanlab   olish   imkonini   beradi   va   bu
propozitsiyabarchauchun   umumiy,   mazmuniy   qarama-qarshilikka   yo‘l
qo‘ymaydigan   (noncontroversial   Levinson   1983:212)   axborotni   ifodalashi   lozim.
Masalan,   « Fransiya   qiroli   Versalda   yashamaydi »   gapi   so‘zlovchi   va   tinglovchi
uchun   umumiy   bo‘lgan   « Fransiyada   qirol   yo‘q »   pressupozitsiya   bilimini   aks
ettirishi kutiladi. Ammo bunday pressupozitsiyagaegabo‘lish uchun suhbatdoshlar
ikkalasi   ham   Fransiya   siyosiy   tizimi   bilan   tanish   bo‘lmoqlari   kerak,   aks
holdakulguli holat yuzagakelishi hech gap emas. 8
 So‘z o‘yini bilan bog‘liq hazil va
yumorli matnlar ko‘pincha xuddi shu holatlarga asoslanadi. 
7
  Hakimov     M.   K.   O'zbek     tilida   vaqt     manoli     lug'aviy     birliklar     va   ularning     matn     shakllantirish     imkoniyatlari.
Farg'ona,  2004. 
8
  Mamajonov  A.  Abdupattoev  M.  Matn  sintaksisi.  Farg'ona,  2002. 
Hakimov     M.   K.   O'zbek     tilida   vaqt     manoli     lug'aviy     birliklar     va   ularning     matn     shakllantirish     imkoniyatlari.
Farg'ona,  2004.  Pragmatik   pressupozitsiyahodisasi   lisoniy   muloqotning   ramziy,   marosimiy,
an ’ anagaaylanadigan   rasmiy   tomonlari   bilan   bog‘liqdir.   Masalan,   « hazrat »,
« hazrati   oliylari »   iboralarining   qo‘llanilishi   bajarilayotgan   muloqot   faoliyatining
rasmiyligi   pressupozitsiyadan   darak   beradi.   Bundamuloqot   adresati   xuddi   shu
turdagi   murojaatni   talab   qiluvchi   lavozim,   darajasohibi   bo‘lmog‘i   darkor
(binobarin, « Hazrat » yuqori diniy lavozimdagi shaxs bo‘lishi mumkin.). Muloqot
jarayonida bunday talab va qoidalarga rioya qilinishini o‘rganish natijasida   ritorik
pragmatika   yo‘nalishi   shakllandi.   Ushbu   turdagi   pragmatik   ta ’ limotning   asosiy
maqsadi muloqot tamoyillari va kategoriyalarini aniqlashdir.  
        Pragmalingvistikaning istiqboli ko‘p jihatdan boshqaturdagi fan sohalari bilan
munosabatida,   ular   bilan   hamkorligidako‘rinadi.   Albatta,   pragmalingvistikaqator
fanlar   bilan   sarhaddoshlik   munosabatlarini,   birinchi   navbatda,   tilshunoslikning
yaxlit   maydonidan,   ushbu   fanning  tub  lingvistik   sohalaridan   izlash   kerak   bo‘ladi.
Darhaqiqat,   insonning   lisoniy   muloqot   qobiliyatini   o‘rganish   uchun   (bu
pragmalingvistik   tadqiqning   asosiy   maqsadlaridan   biri)   til   tizimi,   uning
alohidasathlarigaxos hodisalargamurojaat qilmaslikning iloji yo‘q 
            Biroq bu muammoga qanday yondashish masalalasi  noaniqligicha qolmoqda.
Binobarin,   pragmalingvistikainng   fonologiya   bilan   bog`liq   tomonlariga   e`tibor
yetarli   emas.   Matnda,   nutqiy   vaziyat   doirasida   yashirinib   turadigan   tagma`noni
ifodalash   usullarini   olaylik.   Bunda   prasodik   vositaning   o‘rni   qanchalik   yuqori
ekanligini doimo sezamiz. Xuddi shuningdek, urg`uning ijtimoiy deyksis ifodalash
va   hurmat   tamoyilini   voqelantirish   uchun   qanchalik   qo‘l   kelishi   ham   ma`lum.
Afsuski,   fonopragmatik   hodisalarning   kommunikativ   roli,   ularning   milliy   etnik
xususiyatlari,   lisoniy   faoliyat   doirasida   mazmun   yaratuvchanlik   belgilari   tizimiy
ravishda o‘rganishga endigina kirishilmoqda.                Pragmatikaning sintaksis bilan munosabati masalalasi  munozarali. D.Laytfut
kabi   tilshunoslar   bunday   munosabatning   bo‘lishini   butunlay   inkor   etishgaharakat
qilishsaham, sintaktik elementlarning gap to‘zilishidagi o‘rni vaushbuning diskurs
shakllanishidagi   roli   pragmalingvistik   tahlil   uchun   muhimdir.   Sintaksisning
pragmatik   "siquv"gadosh   berish   darajasi   hamdadiskurs   talabigamoslashishini
ta`minlovchi   lisoniy   omillar   qatorini   aniqlash   muhimdir.   Ayniqsa,   sintaksisning
pragmatik   maqsad   uchun   "xizmati"   "tema-   rema"   yoki   "mavzu   -   izoh"   (topic   -
comment) hodisalari tahlilidamuhimdir. 
            Pragmalingvistikaning   sintaksis   bilan   aloqasi,   ayniqsa,   uning  nutqiy   aktlarni
guruhlash   vatasniflashgaoid   sohasidayaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Gaplarning
an`anaviy   kommunikativ   turlari   -   darak,   buyruq,   undov   gaplar   guruhlarining
illokutiv   mahsadni   ifodalash   darajasini   aniqlash   sintaktik   to‘zilmalarning
pragmatik   imkoniyatlarni   bilish   uchun   zarurdir.   Bundan   taShuari   gap   strukturasi
vabevositanutqiy   akt   munosabatini   o‘rganish   til   tizimidagi   ma`no   vashakl
assimetriyasini   nutq   sathidako‘chishi   vapragmatik   assimetriyagaaylanish
mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi. 
         Pragmatikaning substantsional - formal tilshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar
bilan bog`lanishi, birinchidan, lisoniy birliklar mazmun-mohiyatini yanadabatafsil
yoritish   imkonini   yaratsa,   ikkinchidan,   formal   tilshunoslikka"jon",   harakat
baxshidaetadi.   N.Chomskiy   grammatikani   "qobiliyat   modeli"
sifatidata`riflaganligini   eslaylik.   Bu   ta`rifgabinoan   qobiliyat   (competence)
ideallashtirilgan   (har   qanday   xatolik,   qoidagaxiloflik   vavariantlilikdan   xoli
bo‘lgan)   til   (ni)   bilishdir,   undatilning   muloqot   matnidaqo‘llanishi   lisoniy
qobiliyatdan   ajratib   qo‘yiladi.   Natijadapragmatik   bilim   lisoniy   qobiliyat
shakllanishidao‘z o‘rnini topmaydi, degan xulosao‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Lekin
har   qanday   grammatik   tahlil   oxir-oqibat   lisoniy   birlik,   shakllarning   ma`nosini, ularning mundarijaviy xususiyatlarini aniqlash vazifasini qo‘yadi. Bu birliklarning
asl   ma`nosi   vamazmunini   matnga,   muloqot   muqitigamurojaat   qilmasdan   turib
aniqlash hamdatavsiflash qay darajadamushkul ekanligini bilamiz. Shuning uchun
pragmatik   ma`lumotlarning   semantik-sintaktik   tadqiqotlar   samarasi   uchun
muqimligini   inkor   etib   bo‘lmaydigan   haqiqatdir.   Semiotik   maydondapragmatika-
semantika-   sintaksis   uchligi   -   trixotomiyasi   o‘zviy   zanjir   hosil   qilishini   e`tirof
etadigan bo‘lsak, undalisoniy tahlildaham ajrimchilikning o‘taxavfli usul ekanligini
nutmaslik   lozim.   Pragmatikalisoniy   bilim   bilan   kommunikativ   qobiliyat
o‘rtasidako‘prik   vazifasini   o‘taydi.     Tilshunoslikning   sotsiolingvistika,
psixolingvistika,   kognitiv   tilshunoslik   kabi   sohalariсоng   pragmatikabilan
sarhaddoshligini alohidata`kidlashgahojat bo‘lmasakerak.
          Muloqot   jarayonida,   u   og`zaki   yoki   yozmabo lishidan   qat`iy   nazar,   inson,‘
shaxslararo   munosabatni   ta`minlash   vazifasidan   taShuari,   matn   yaratish   vafikrni
o‘zviy ifodalash vazifalari ro‘yobgachiqadi. Shu sababli muloqot mahsuli diskursni
turli   nuqtai   nazardan   tadqiq   etish   talabi   mavjud.   Diskursning   to‘zilishi   vatarkib
topishini   tadqiq   etish   maqsadi   ko‘zlanganda,   e`tibor   matn   kogerentligi,   qismlar
tartibigavaboshqastrukturaviy   xususiyatlargaqaratiladi.   Diskursning
pragmalingvistik   talqini   uchun   esamazmun   ifodasi,   uning   zohiriy   vabotiniy
belgilari,   tagma`no   turlari   hamdakommunikantlar   bilim   doirasi,   ular   bir-birini
tushunishini   ta`minlovchi   kognitiv-semantik   hodisalar   tadqiqi   muhimdir.   Ammo
diskursning strukturaviy vapragmatik - kognitiv qatlamlari bir xildamilliymadaniy
qobiqqaegadirlar.   Voqelik   bilan   munosabatgakirishayotgan,   uni   idrok   etayotgan
shaxs   ongidama`lum   miqdordagi   axborotning   oldindan   mavjud   bo‘lishini   ham
unutmasligimiz   kerak.   Shu   sababli   har   bir   inson   "shaxsiy   kognitiv
maydon"gaegabo‘lish   vashu   asosda"jamoa("milliy")   kognitiv   maydoni"
hamda"kognitiv   bazasi"   shakllanadi.     Kognitiv   baza,   so‘zsiz,   etnik,   milliy ko‘rinishgaega.   Ammo   bu   xususiyatlar   kognitiv   maydondaqanday
harakatdabo‘ladi-yu,   muloqot   faoliyatining   qaysi   jihatlarigabevositata`sir
o‘tkazadiq   Bu   savol   ko‘pdan   buyon   psixolingvistlar   diqqatini   tark   etmayotgan
bo‘lsa, endilikdau kognitolog vapragmalingvistlar uchun ham dolzarblashdi. 
              Madaniy   ssenariy"   tushunchasidan   foydalangan   holdamuloqot   birliklarining
milliy-   madaniy   xususiyatlarini   tizimli   ravishdatavsiflash   mumkin.   Muloqot
matnining tarkib topishi ikki bosqichli faoliyatdan iborat. Bu faoliyatning birinchi
bosqichi   kontseptual   xususiyatgaegabo‘lib,   aynan   shu   bosqichdakommunikativ
maqsadgamos   keladigan   freym   shakllanadi.   Masalalan,   ishontirish,   qo‘rqitish,
so‘rash, talab qilish, taklif qilish, ogohlantirish kabi illokutiv maqsadni ko‘zlovchi
nutqiy   harakatlarni   voqelantiruvchi   freymlar   muloqot   strategiyasini   belgilaydilar.
Ikkinchi,   ya`ni   diskursiv   bosqichdakontseptual   to‘zilma-   freym   o‘z   lisoniy
ifodasini   topadi.   Axborot   almashinuvining   mazmuniy   negizini   tashkil   etuvchi
kontseptual   to‘zilma-   freymning   turli   milliy-madaniy   muhitlardatarkiban   mos
kelmay qolish holatlarigaizoh berish niyatidaba`zi misollargamurojaat qilsak. 
            Tasavvur   qilingki,   inglizzabon   do‘stingiznikidachoy   ichyapsiz,   u
sizgamehmondo‘stlik   ramzi   sifatida"Yanachoy   ichasizmiq"   deb   so‘ramoqchi.   Siz
ham   mehmondo‘stlikkatashakkur   bildirasiz.Shundado‘stingiz   so‘rovni   davom
ettirishgamajbur:   "ha"   rahmatmi   yoki   "yo‘q"   rahmatmiq.   Nutqiy   muloqotdagi
bunday   anglashilmovchilikning   sababi   tashakkur   iborasining   noto‘g`ri
shaldabo‘lishidaemas, balki o‘zbek millatigaxos madaniyat normasidir. Ma`lumki,
mehmondabo‘lib   qanchalik   darajadamezbon   iltifotidan   baqramand   bo‘liShuni
istasak   ham,   hech   qachon   uning   "Ovqat   yesizmiq",   "Choy   ichasizmiq"   qabilidagi
savoligato‘g`ridan-to‘g`ri tasdiq javobini bermaymiz. "Rahmat!" deyiShuning o‘zi
iltifotning qabuli emasmiq!        Umuman,   sharqonamuomalamadaniyatida"ha"   va"yo‘q"   ning   ifodasidakeskin
chegarayo‘q. Yaponlar   har   qadamdaishlatadigan  "hay"  iborasini   evropaliklar   "ha"
mazmunidatarjimaqilishadi.   Xuddi   shuningdek,   o‘zbek   tilidagi   "xay",   "xo‘p"
iboralari   ham   tasdiq,   rizolik   mazmunidaqabul   qilinadi.   Aslida,   ushbu   iboralarni
qo‘llayotgan   yapon   ham,   o‘zbek   ham   to‘g`ridan-to‘g`ri   rozilikni   bildirayotgani
yo‘q;   u   "Sizni   tingladim   vatushundim,   endi   qanday   javob   beriShuni
vanimaqiliShuni   o‘ylab   ko‘raman"   demoqchi.   Umuman   kommunikativ   maqsad   -
intentsiyani   botiniy,   yashirin   holdayoki   bavositaifodaetish   barchа
millatlargaxosdir.   Lekin   bilvositanutqiy   aktlarning   tasnifiy   guruhlari   vaularni
ifodalovchi  lisoniy   shakllar   qatori   turli   tillardabir   xil   ko‘rinishgaegabo‘laolmaydi.
Masalalan,   frantso‘z   maqtov,   tahsin   izhor   etishi   uchun   panjasining   uchini   o‘pib
qo‘ysaetarli.   Inglizlar   mazmunni   bilvositaifodalashdako‘pinchа   so‘roq
shakllarigamurojaat   qiladilar.O‘zbeklar   nutqidailtimosni   ifodalashdasavol
shakllaridan kamroq foydalaniladi. Turli millat vakillarining sergaplik darajasi ham
bir  xil  emas,  ko‘p gapirishdan  turli  maqsad  ko‘zlanishi  mumkin. Markaziy Osiyo
xalqlariga"ahvolingiz qandayq Uy ichi, bola-chaqatinch-omonmiq" savollari  bilan
murojaat   qilinganda,   "Xudogashukr!"   javobini   oliShuning   o‘zi   etarli.   Xuddi   shu
savolni   anglosaksonlargabersangiz,   ularni   hayron   qoldirishingiz   vaumuman   javob
olmasligingiz   mumkin.   Olmonlar   esabatafsil   javobgatayyorlar,   ulardan   hatto   o‘z
organizmlari,   tanaa`zolarining   qay   ahvoldaekani   haqidaham   ma`lumot
olishgatayyor turavering. Yaponlar esahar qanday savolgato‘g`ridan-to‘g`ri vaaniq
javob berishdan qochadilar. 
                Insoniyat   uchun   umumiy   bo‘lgan   tushunchalar,   kontseptlar   mavjudligini
bilamiz.   Bular   qatorigamasalalan,   zamon   vamakondan   taShuari,   haqiqat,   yolg ‘ on,
sevgi, sha`n, burch, adolat, hurmat, qasd, g ‘ azab kabilar kiradi. Bunday kontseptlar
barchaxalqlar   uchun   qanchalik   umumiy   bo‘lmasin,   ammo   har   bir   xalq   ularning mazmunini   o‘zichatasavvur   etadi   vatalqin   qiladi.   Binobarin,   shved   vao‘zbek
"sha`n"   so‘zini   bir   xildatushunmaydi,   xitoy   vaingliz   uchun   "burch"   bir   xil   ma`no
anglatmaydi. Biz uchun yil to‘rt faslgabo‘linsa, saam elati uni sakkiz davr (fasl)dan
iborat   deb   tasavvur   qiladi.   Umumiy   tushunchalar   talqinidagi   bunday
nomuvofiqliklar madaniyatlararo muloqotdaturli noqulayliklar tug ‘ diradi. Inglizlar
vaolmonlar   tarixan   bir   urug ‘ dan   tarqalishgan.   Ularning   tillari   qon-qarindoshdir,
lekin   shu   millatlar   ham   umumiy   tushunchalarni   turlichaidrok   etishib,   ularni
turlichashakllardaifodalashlari   mumkin.   Milliy-madaniy   xususiyatdagi   axborot
lisoniy, psixologik, ijtimoiy axborot bilan hamjihatlikdakommunikativ-  pragmatik
maydonni tashkil  qiladi vanutqiy muloqot faoliyati shu maydon doirasidakechadi.
Bu   turdagi   axborot   jamlanmasi   kommunikantlarning   muloqot   qoidalarini   bilish
darajasini   belgilaydi.   Xuddi   shu   axborotlar   u   yoki   bu   turdagi   lisoniy
to‘zilmalarning   biror   bir   aniq   muloqot   kontekstiga,   muhitigamos   kelishi   yoki
kelmasligini   aniqlash   uchun   xizmat   qiladilar.   Demak,   qiyosiy   pragmalingvistika,
dastavval pragmatik mazmunning madaniyatlararo, tillararo qanchalik darajadamos
kelishi   vaushbu   mazmunni   tarkib   toptiruvchi   omillarning   kommunikativ   -
pragmatik   maydondagi   harakat   miqyosi   haqidagi   ma`lumotlarni   yigish   bilan
mashhul   bo‘lmogi   darkor.   Bunday   yo‘nalishdagi   tahlil   tillararo
pragmatikatadqiqotlarining   vazifasidir.   Bundan   taShuari,   qiyosiy
pragmalingvistikadatahlilning   boshqacha,   ya`ni   shakldan   mazmungayo‘li   ham
tanlanishi   mumkin   vabundabiror   bir   lisoniy   shakl,   to‘zilmaning   pragmatik   ma`no
xususiyatlarini   aniqlash   hamdaushbu   shaklto‘zilmaning   boshqatildagi   pragmatik
imkoniyatlarini   qiyoslash   maqsadi   ko‘zlanadi.   Har   qanday   ko‘rinishdagi   qiyosiy-
paragmatik   vaetnosotsiopragmatik   tadqiqotlar   natijalari,   so‘zsiz,   ilmiy-amaliy
ahamiyatgamolikdirlar.   Pragmalingvistikaning vaumuman, tilshunoslik fanining amaliy jihatlari, olib
borilgan   tadqiqotlar   natijalarining   amaliyotga,   ijtmoiy   tajribagatadbiq   etilishi
masalalasi   alohidamuhokamagaloyiqdir.   Lingvistik   tadqiqotlar   natijalarining
boshqafanlar   (masalalan,   ritorika,   nutq   madaniyati,   jamiyatshunoslik,   tarix,
siyosatshunoslik   vaboshqafanlar)   taraqqiyotigata`siri   barchagama`lum.   Keyingi
yillardatilshunoslikning   tabiiy   fanlar   bilan   munosabati   masalalasigaalohidae`tibor
qaratilmoqda.   Lisonning   inson   tajribasi   vafaoliyatidatutgan   o‘rni   bilan   qiziqqan
soha-   pragmalingvistikaning   til   vauning   vositasidabajariladigan   muloqot
faoliyatining   xususiyatlari   haqidagi   bilimning   miqyosan   hamdamiqdoran
kengayishi,   boyishi   uchun   xizmat   qilishi   to‘rgan   gap.   Lekin   ushbu   "xizmat"ni
faqatginailmiy     tafakkur   rivoji   miqyosidako‘rmasdan,   balki   amaliy   faoliyat
doirasidanamoyon   bo‘lishi   darajasigaham   e`tibor   berish   kerak.
Pragmalingvistikaning   amaliy   foydasi   tegadigan   sohalardan   biri   ta`lim
vatarjimafaoliyatlarini   avtomatlashtirish,   ulargaaxborot   texnologiyalarini   tadbiq
etish bilan mashhul bo‘lgan informatikavakomp'yuter tilshunoslik sohalaridir.  
            Ma`lumki,   informatika,   axborotni   yozib   olish,   saqlash   vaqaytaishlash   bilan
bog`liq   bo‘lgan   ilmiy   vaamaliy   faoliyat   haqidagi   fan   sifatidainson   tili   vanutqiy
faoliyati   haqidagi   ma`lumotlargaegabo‘lishgamajburdir.   Lisoniy   ta`minot
masalalasi   informatikaning   o‘tamuammoli   masalalasidir.   Sohamutaxassisi
Yu.N.Marchuk   ta`kidlaganidek,   "informatikaning   lingvistik   muammolari
informatikaning   o‘zining   boshlanishidayoq   paydo   bo‘ladi"   .   Komp'yuter
jihozlarining   lisoniy   ta`minoti   negizidainson   lisoniy   faoliyatining   elektron
modelini   yaratish   maqsadi   turadi.   har   qanday   modeldan   yoki   namunadan   aslning
aksi   bo‘lishi   yoki   hech   bo‘lmaganda,   uning   asosiy   xususiyat   -   belgilarini   aks
ettirish   talab   qilinadi.     Aks   holda,   modelni   "siniq   ko‘zgu"dagi   suratgaqiyoslashi
hech   gap   emas.   Albatta,   axborot   texnologiyalarining   lisoniy   asoslarini   yaratish borasidagi   urinishlar   o‘z   samarasini   berayotganligining   guvohimiz.   Masalalan,
mashinatarjimasi   tajribasini   olaylik.   Hozirgi   kundadunyoning   ko‘p
mamlakatlaridamashinatarjimasi   tizimlari   vaulardan   ayrim   ehtiyojlar   uchun
mutaxassislar  foydalanmoqdalar.  Ammo  avtomatlar  maxsus  (ilmiy-texnik,  rasmiy
hujjatlar   kabi)   matnlarni   tarjimaqilayotganlarigaqaramasdan,   bu   tarjimalar
muharrirlik   to‘zatishlarigamuqtojdirlar.   Adabiy   matnlarning   tarjimasi
haqidagapirishning hojati yo‘q.  
              Xulosaqilib   shuni   aytish   mumkinki,   tilshunoslikning   navqiron   sohasi   -
pragmalingvistikaning   istiqboli   haqidafikrlar   ko‘p,  ularni   davom   ettirish   mumkin.
Istiqbol   endi   boshlanmoqda.   Pragmalingvistikaning   "qizaloqlari"   etnopragmatika,
sotsiopragmatika,   etnosotsiopragmatika,   madaniyatlararo   pragmatika,   qiyosiy
pragmatikakabilarning   taraqqiyoti   nutqiy   faoliyat   haqidagi   yangi   nazariy
fikrlarning   tug`ilishigasabab   bo‘lishi   bilan   biр   qatorda,   til   ta`limi   uslubiyatining
yangi   qoyalar,   metodlar   bilan   boyitishigagumon   yo‘q.   Bundan   tashuari,
pragmalingvistik   bilim   millatlararo,   xalqaro   munosabatlar,   ishbilarmonlik
sohasidagi   muloqot   ko‘nikma-malakalarini   o‘stirish   amaliyotidamuqim   o‘rin
egallashi ham aniq. Xullas, pragmalingvistikainson lisoniy faoliyatini ilmiy-amaliy
tadqiq   etishuning   istiqbolli   yo‘nalishi   bo‘lib,   uning   ilmiy   bilish   tizimidagi   o‘rni
qat’iylashmoqda.    
            Pragmatikatilshunoslik   faning   nazariy   vaamaliy   tarmogi   sifatidainsonning
ijtimoiy faoliyatini o‘zidamujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta`siri
bilan   namoyon   bo‘luvchi   nutq   ishtirokchilarigaxos   kommunikativ   niyat   bilan
alokador   masalalalarni   o‘rganadi.   Gapdan   anglashilgan   mazmun   bilan   sub`ekt
munosabati pragmatikagadaxldordir. Nutqiy akt indikativ bo‘lmagan so‘zlar, matn,
nutqiy   vaziyat,   so‘zlovchi   shaxsi   kabi   tushunchalar   lingvistik   pragmatikning
markaziy tushunchalari sanaladi   
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati  
1. Shahriyor  Safarov.  Pragmalingvistika.  Toshkent,  2008. 
2. Marufjon  Yo'ldoshev.  Badiiy  matn  lingvopoetikasi.  Toshkent, 2008. 
3. Mamajonov  A.  Abdupattoev  M.  Matn  sintaksisi.  Farg'ona,  2002. 
4. Hakimov     M.   K.   O'zbek     tilida   vaqt     manoli     lug'aviy     birliklar     va   ularning
matn  shakllantirish  imkoniyatlari.  Farg'ona,  2004. 
5. Qo'ng'urov     R.     Begmatov     E.     Tojiyev     Y.     Nutq     madaniyati     uslubiyat
asoslari.  Toshkent,  1992. 
6. Nurmonov     A.     Mahmudov     N.     Ahmedova   A.     So'lixojayeva   S.     O'zbek
tilining  mazmuniy  sintaksisi.  Toshkent,  1992. 
7. Nurmonov  A.  Hakimov  M. Lingvistik  pragmatikaning  nazariy  shakllanishi.
O'zbek  tili  va adabiyoti.  2001. 
8. Abduraxmonov  X.  Mahmudov  N.  So'z  estetikasi.  Toshkent,  1981. 
9. O'rinboyev     B.     Qo'ng'urov     R.     Lapasov     J.     Badiiy     matnning     lingvistik
tahlili.  Toshkent,  1990. 
10.   Lapasov  J.  Badiiy  matn  va lisoniy  tahlil.  Toshkent,  1995.     
11.   Ма ҳ мудов   Н.   Ў збек   тилшунослигининг   тара ққ иёти.   //Ж.   Ў збек   тили   ва
адабиёти. 2001.№4. Б.5 
12. Махмудов Н. Пресуппозиция ва гап. УТА. 1986 йил, 6-сон, 30-бет. 
13.   Неъматов Ҳ. Бозоров О. Тил ва нутқ. - Т.: Ўқитувчи, 1993. 32 б.   14. Неъматов  Ҳ . Тажалли, тасаввуф билиш назарияси ва синтаксисни 
ў рганиш муаммолари //Ж. Ў збек тили ва адабиёти. -1993.-№  2. -Б.12-16.

Mavzu: Pragmalingvistika tahlili asoslari Reja: Kirish 1. Pragmalingvistikaning tilshunoslikdagi ahamiyati 2. Pragmalingvistik vositalar 3. Pragmatik presuppozitsiyaning o'rni 4. Pragmalingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH Strukturalizm tilni mustaqil bir sistema sifatida o‘rganar ekan, lisoniy tizimni, lisoniy imkoniyatlarni o‘rganishga ko‘p e`tibor qaratdi va shu bois lisonshunoslik keng rivojlandi. Nutq lingvistikasi esa lisonshunoslik soyasida qoldi va tilshunoslarning asosiy e`tibori tildagi sistemaviy paradigmatik munosabatlarning o‘rganilishiga qaratilib, nutq lingvistikasiga kam e`tibor berildi. Bu strukturalizm asoschisi sanalgan Sossyurning o‘zining ham nutq lingvistikasiga murojaat etmaganligi bilan o‘zviy bog`liq bo‘lsa kerak, chunki Sossyur o‘qigan ma`ruzalarning bayoni sanalgan "Umumiy tilshunoslik kursi"da ham nutq lingvistikasi bo‘limi Sossyur tomonidan o‘qilgan yoki o‘qilmaganligi haqida aniq ma`lumot yo‘q. Strukturalizmning xilma-xil oqim va maktablari keng rivojlanib, lisonshunoslik "XX asr tilshunosligi", "zamonaviy tilshunoslik" sifatida keng ommalashgach, yangilik tarafdorlari Sossyur diqqatidan chetda qolgan sohaga- nutq lingvistikasiga ham e`tibor bera boshladilar. Shunda juda ko‘p tilshunoslar (chunonchi, E.R.Atayan, V.N.Voloshinov, R.T.Yarovikova va boshqalar) Sossyurning "nutq sof xususiy, individual nutqda hech qanday umumiylik yo‘q" degan fikrlariga qarshi chiqdilar va hatto lison-nutq farqlanishi asossiz ekanini isbotlashga intildilar, ya`ni Sossyur eng muhim deb bilgan lison va nutq farqlanishini inkor etishga intildilar. Bu inkorning ham o‘zigaxos asosi mavjud edi. Bu asos shundan iborat ediki, alohida bir shaxs muloqot jarayoniga kirishar ekan, (fikrini, his-tuyg`usini, munosabatini yozma yoki og`zaki shaklda bayon etar ekan) uning oldida maqsad turadi. Bu maqsad so‘zlovchining boshqalar uni tushunishi, anglashidan iboratdir. So‘zlovchi va tinglovchining biri-birini tushunishi va anglashi faqat ular uchun umumiy asos mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun lison qanchalik ijtimoiy, so‘zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy bo‘lsa, nutq ham ular uchun shunday umumiy, majburiy va

ijtimoiydir. Ammo lisoniy tizimda ayni bir xil mazmun vamunosabatni ifodalashining yuzlab omillari mavjud. “ Pragmatika ’’ (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX

asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30- yillarida pragmatizm g’oyalarining keng targ’ibi aniq sezila boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ’ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo lgan falsafiy’ pragmatizm yo’nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining ma ’ no mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. 1 Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs birinchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Pragmalingvistikatilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatidao‘tgan asrning 60- 70-yillaridashakllandi. 1970- yildaDordrext shahrida “ Tabiiy tillar pragmatikasi ” (Pragmatics of natural languages) mavzusid axalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumandao‘qilgan ma ’ ruzalar to‘plamining muharriri, Tell- Aviv unversitetining professori I.Bar – Hillelning “ So‘z boshi ” da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan “ Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim ” degan xulosaga kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ). Pragmatikaning “ Qaytatuzilish davri ” deb e ’ tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko‘tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig‘ilishlar o‘tkazildi, chop qilinayotgan to‘plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo‘q, Gournal of Pragmatika tom ma ’ noda xalqaro nashrga aylandi. 1 ? Xakimov M.X O’zbek ilmiy matning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol. Fan n-di ....diss. Toshkaent, 1993. 17,18,21-betlar.

Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G. Klaus edi. U pragmatikani ” belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi ’’ fan sifatida ta ’ riflaydi. Ushbu ta ’ rifdan ko‘rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “ pragmatika dastlabki o‘rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o‘rganuvchi nazariyadir ” degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma ’ noda tavsiflashdan boshqa narsa emas. “ Sabab – motiv – maqsad ” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi vauning voqelanishini ta ’ minlaydi. Xuddi shu narsaA.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “ qo‘yilgan vositalardan foydalanishni ta ’ minlovchi insonga xos bo‘lgan qobiliyat qoidalarini ” yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga undaydi. 2 Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatidaajratish vauning o‘zgarish ob ’ ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “ bahosi ” , mundarijasining namoyon bo‘lishini ta’minlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na ’ munasidir. Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta ’ rifini quyidagichatasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib uning tadqiqot doirasid amuloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilarigata ’ siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya 2 Karimova R.A Semantiko-strukturnaya organizasiya teksta (na materiale ustnih spontannih tekstov): Avtoref. diss. …d-ra filol. Nauk.-M., 1992. S. 6,27.