Muloqotning intensial tahlili
1 Muloqotning intensial tahlili Kirish. 1.1. Pragmalingvistika va muloqot haqida tushuncha 1.2. Samarali muloqot qoidalari va tamoyillari Asosiy qism: 2.1. Pragmalingvistikada lisoniy muloqotning samarali kechishini ta'minlash 2.2. Muloqotning intensial tahlili Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar.
2“Pragmatika’’ (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo’lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo’llanishda bo’lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30- yillarida pragmatizm g’oyalarining keng targ’ibi aniq sezila boshladi. Am е rika va Yevropada bu targ’ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo’lgan falsafiy pragmatizm yo’nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g’oyasi semiotik belgining ma’no-mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog’liq holda o’rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch.Pirs birinchilardan bo’lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida o’tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970-yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi”(Pragmatics of natural languages) mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda o’qilgan ma’ruzalar to’plamining muharriri, Tell-Aviv unversitetining professori I.Bar – Hille lning “So’z boshi”da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan “Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatla ri ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o’rganilishi lozim”degan xulosaga kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ). Pragmatikaning “Qayta tuzilish davri” deb e'tiirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko’tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig’ilishlar o’tkazildi, chop qilinayotgan to’plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo’q, Gournal of Pragmatics tom ma'noda xalqaro nashrga aylandi. Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G.Klaus edi. U pragmatikani ”belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi’’ fan sifatida ta’riflaydi. Ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini
3aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “pragmatika dastlabki o’rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o’rganuvchi nazariyadir”, degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma’noda tavsiflashdan boshqa narsa emas. J.Layonz tilshunoslarining 12-xalqaro konferensiyasida (Vena,1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta’rifini berishga harakat qildi: ”Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so’zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo’llanishini tavsiflaydi.Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqatdagi rolini aniqlash bilan shug’ullanadi, deyish demakdir” (Proceedings 1978: 26). Ushbu ta’rifning asosida lisoniy harakatdagi ko’zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o’rtasidagi munosabat turibdi. “Sabab – motiv – maqsad” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini ta’minlaydi. Xuddi shu narsa A.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “qo’yilgan maqsadga erishishda lisoniy vositalardan foydalanishni ta’minlovchi insonga xos bo’lgan qobiliyat qoidalarini” yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga undaydi. (Kasher 1979: 38) Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o’zgarish ob’ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy bir liklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namo yon bo’lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy bir liklardan har qanday sharoitda namoyon bo’ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari namunasidir. Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta’rifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo’lib, uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo’llash hamda ushbu qo’llanishdagi bir liklarning muloqot ishtirokchilar iga ta’sir i masalalari o’rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart - sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o’rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo’sindagi tahlili ularning qo’llanishidagi u yo ki bu muhitda mavjud bo’lgan to’siqlar, chegara lanishlarni ham aniqlashga imkon beradi.
4Lingvistik tahlilning asosiy g’oyasi ham lisonning tab iatini uning amaliy faoliyatda qo’llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir. Aminmizki, pragmalingvistikaning xuddi shu yo’nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o’rtasida mavjud bo’lib turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi.
5 Samarali muloqotning tamoyil va qoidalari Muloqotning samarali kechishi ma lum qoidalar, muomala tamoyillarigaʼ amal qilish bilan bogliq. Dunyo xalqlari muloqot odobi, muomala mas uliyatiga ʼ oid minglab maqol-matallar yaratganlar, bu borada behisob nodir asarlar bitilgan. Jumladan, sharq milliy madaniyati durdonalari bo lmish «Qutadg'u bilig», ʼ «Qobusnoma», «Hibatul haqoyiq» kabi madaniy yodgorliklar, buyuk mutafakkirlar Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, А hmad Yassaviy, А hmad Yugnakiy, А lisher Navoiy, So fi Olloyor kabilarning asarlari bunga misoldir. Kaykovusning «Qobusnoma»da ʼ keltirgan quyidagi pandlarini eslaylik: «Gar so zni va hunarni yaxshi bilsang ham ʼ hech bir so zni sindirmagil, to gri ta rif qilgil va uni bir rangda aytgil: xosga xos ʼ ʼ ʼ so z, omiyga omiy so z degil, toki u hikmatga muvofiq bo lsun va eshitgan kishiga ʼ ʼ ʼ ogir kelmasin, yo qsa so zingni dalil va hujjat bilan ham eshitmagaylar. Undin ʼ ʼ so ng ularning rizosiga qarab so zlagil, to salomat bo lgaysan» (Kaykovus 1994). ʼ ʼ ʼ Eng asosiysi, bu an analar hozirgacha davom etmoqda va nutq mas uliyati, ʼ ʼ muloqot odobi, so zlashish madaniyati kabi masalalar doimiy ravishda o zbek ʼ ʼ olimlarining diqqat markazida bo lib kelmoqda (Begmatov 1980; O rinboev, ʼ ʼ Soliev 1984; Mo minov 1997; Iskandarova 1993 va boshqalar). ʼ Pragmalingvistikada lisoniy muloqotning samarali kechishini tizimli ravishda tadqiq qilish lozimligini asoslashga harakat qilganlardan biri H.Graysdir. U 1967 yilda Harvardda o qigan ma ruzalarida lisoniy muloqot oqilona va umumqabul ʼ ʼ qilingan tamoyillarga rioya qilingandagina samarali kechishi mumkinligini uqtirdi. H.Grays ta limotiga binoan kommunikativ faoliyat asosini o zaro hamkorlik ʼ ʼ tamoyili tashkil qiladi. Bu umumiy tamoyil quyidagicha ta riflanadi: «Muloqot ʼ dialogining ushbu bosqichida sening kommunikativ ulushing muloqot maqsadi va vaziyati talabiga javob berishi kerak» (Og1se 1975). Hamkorlik (sooregayop) hosil bo lishi uchun muloqot ishtirokchilari to rt asosiy tamoyilga (H.Grays iborasi bilan ʼ ʼ aytganda, tax1t - maksimalarga) amal qilmoqlari darkor. Ushbu tamoyillarning o zaro farqi axborotning qay yo sinda uzatilishi bilan bogliq. Ma lumki, axborot ʼ ʼ ʼ almashinilishi jarayonida miqdor, sifat, muqobillik va muomala tarzi muhim rol ь