logo

BADIIY MATNNING PRAGMALINGVISTIK TAHLILI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.2724609375 KB
MAVZU: BADIIY MATNNING PRAGMALINGVISTIK
TAHLILI 
REJA:
I. KIRISH: 
PRAGMATIK TAHLILNING TILSHUNOSLIKDAGI O ‘RNI 
II. ASOSIY QISM: 
1. MATN VA UNING XUSUSIYATLARI.
2. MATN STRUKTURASI. 
3. MATNNING MAZMUNIY XUSUSIYATLARI. 
4. MATN TAXLILIDA PRAGMENTNING O ‘RNI. 
5. MATNDA TAGMA ‘NO VA PRESUPPOZITSIYA. 
III. XULOSA.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati. KIRISH
Pragmalingvistika   tilshunoslikning   mustaqil   yo‘nalishi   sifatida   o‘tgan
asrning   60-70-yillarida   shakllandi.“Pragmatika   ‘‘(pragma   –   ish,   harakat)
aslida   falsafiy   tushuncha   bo‘lib,   u     Suqrotdan   oldingi   davrlarda   ham
qo‘llanishda   bo‘lgan   va   keyinchalik   uni   J.Lokk   E.Kant   kabi   faylasuflar
Aristoteldan o ‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga
kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX
asrning 20 -30- yillarida pragmatizm g‘oyalar ining keng targ‘ibi aniq sezila
boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ‘ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs,
R.Karnap,  Ch.Morris,  L.Vitgenshteyn  kabilarning  xizmatlarini   alohida qayd
etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlar ida Amerikada hukmron 
bo‘lgan   falsafiy   pragmatizm   yo‘nalishining   asoschilaridan   biri   Charlz   Pirs
edi.   Ushbu   falsafiy   tizimning   asosiy   g‘oyasi   semiotik   belgining   ma‘no   -
mazmunini   ushbu   belgi   vositasida   bajarilayotgan   harakatning   samarasi,
natijalari,   muvaffaqqiyati   bilan   bog‘liq   holda   o‘rganishdir.   Bu   tamoyil
muallifi   Ch.   Pirs   birinchilardan   bo‘lib,   belgi   nazariyasi   doirasida
kommunikativ   faoliyat   subyekti   omilini   inobatga   olish   lozimligini   uqtirdi.
1970- yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi”mavzusida xalqaro
konferensiya   bo‘lib   o‘tdi.   Ushbu   anjumanda   o‘qilgan   ma‘ruzalar
to‘plamining   muharriri,   Tell-Aviv   unversitetining   professori   I.Bar   –
Hillelning  “So‘z  boshi”da  qayd  qilishicha,   anjuman  ishtirokchilari  yakdillik
bilan   “Tabiiy   til   vositasida   bajariladigan   muloqotning   pragmatik
xususiyatlari   ushbu   muloqotning   sintaktik   va   semantik   xususiyatlari   kabi
lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim”degan xulosaga kelishdi.
Pragmatikaning “Qayta tuzilish davri” deb e’tirof etilgan xuddi shu paytdan
boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko‘tarilish yuzaga keldi. Bu
mavzuga   oid   qator   anjumanlar,   yig‘ilishlar   o‘tkazildi,   chop   qilinayotgan
to‘plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo‘q.  Pragmalingvistikaning   predmetini   aniqlashga   ilk   bor   ahd   qilganlardan
biri   G.   Klaus   edi.   U   pragmatikani   ”belgilar   va   ushbu   lisoniy   belgilarni
yaratuvchi,   uzatuvchi   hamda   qabul   qiluvchi   shaxslar   o   ‘rtasidagi
munosabatlarni o ‘rganuvchi ‘ ‘ fan sifatida ta ‘riflaydi. Ushbu ta ‘rifdan ko
‘rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa
semiotiklar   kabi   belgi   va   uni   idrok   etuvchi   interpretator   munosabatidan
uzoqlashmaydi,   hatto   uning   “pragmatika   dastlabki   o   ‘rinda   lisoniy
belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o ‘rganuvchi nazariyadir”
degan   xulosasi   ham   pragmatika   tushunchasini   tor   ma   ‘noda   tavsiflashdan
boshqa   narsa   emas.   Pragmalingvistikaning   predmetini   aniqlash   va   uning   ta
‘rifini ber ishga harakat qildi:”Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axboro
tni xuddi so ‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos
keladigan   lisoniy   bir   liklarning   kommunikatsiyada   qo   ‘llanishini
tavsiflaydi.Bu   pragmatika   lisoniy   vositalarning   shaxslararo   muloqatdagi
rolini   aniqlash   bilan   shug   ‘ullanadi,   deyish   demakdir”   (Proceedings   1978:
26). Ushbu ta ‘rifning asosida lisoniy harakatdagi ko ‘zlanayotgan maqsad va
unga erishish vositasi o ‘rtasidagi munosabat turibdi . 
“Sabab – motiv – maqsad” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi
va   uning   voqelanishini   ta   ‘minlaydi.   Xuddi   shu   narsa   A.Kasherni
pragmalingvistik   tahlilning   asosiy   maqsadini   “qo   ‘yilgan   maqsadga   e
rishishda   lisoniy   vositalardan   foydalanishni   ta   ‘minlovchi   insonga   xo   s   bo
‘lgan qobiliyat qoidalarini ” yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga undaydi.
   MATN VA UNING XUSUSIYATLARI. MATN STRUKTURASI.
MATNNING MAZMUNIY XUSUSIYATLARI.
Pragmalingvistikani   tilshunoslikning   mustaqil   sohasi   sifatida   ajratish   va
uning o ‘zgarish ob ‘ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy bir liklardan turli kommunikativ   muhitda   pragmatik   qiymati,   “bahosi”,   mundarijasining
namoyon   bo   ‘lishini   taminlovchi   omillarni   izlamoq   darkor.   Lisoniy   bir
liklardan   har   qanday   sharoitda   namoyon   bo   ‘ladigan   belgilari   ularning
ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari  na ‘munasidir. Shunday qilib,
pragmatikaning   umumiy   ta   ‘rifini   quyidagicha   tasavvur   qilish   mumkin:
pragmatika   tilshunoslikning   alohida   sohasi   bo   ‘lib   uning   tadqiqot   doirasida
muloqot   jarayonida   lisoniy   bir   liklarni   tanlab   olish,   ularni   qo   ‘llash   hamda
ushbu   qo   ‘llanishdagi   bir   liklarning   muloqot   ishtirokchilariga   ta   ‘siri
masalalari o ‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart - sharoitlariga
nisbatan,   keng   ma   ‘nodagi   kontekst   sifatida   o   ‘rganiladi.   Lisoniy
hodisalarning   bu   yo   ‘sindagi   tahlili   ularning   qo   ‘llanishidagi   u   yoki   bu
muhitdan   mavjud   bo   ‘lgan   to   ‘siqlar,   chegara   lanishlarni   ham   aniqlashga
imkon beradi. 
Lingvistik   tahlilning   asosiy   g   ‘oyasi   ham   lisonning   tabiatini   uning
amaliy   faoliyatda   qo   ‘llanishiga   nisbatan   yoki   boshqacha   aytganda,
bajarayotgan   vazifasi   doirasida   aniqlashdir.   Aynan   vazifa   (funksiya)
tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir. 
Aminmizki, pragmalingvistikaning xuddi shu yo ‘nalishdagi taraqqiyoti
nazariy   tilshunoslik   va   amaliy   kommunikatsiya   o   ‘rtasida   mavjud   bo   ‘lib
turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi. 
Pragmalingvistika   tadqiqot   predmetining   keng   miqyosda   tasavvur
etilishi   ushbu   sohaning   turli   yo   ‘nalishlarda   taraqqiy   etishini   taqozo   etadi.
Natijada,   pragmalingvistikaning   nutqiy   akt   nazariyasi,   deyksis   nazariyasi,
diskurs   nazariyasi   ,   pragmasemantika,   pragmastilistika   kabi   o   ‘z   “ichki”
sohalari   yuzaga   keldi.   Bu   sohalarning   farqi,   bir   inchi   navbatda,
pragmalingvistikaning umumiy predmetini alohida qismlarga ajratish va har
bir qismning batafsil yoritilishi, o ‘rganilishida namo yon bo ‘ladi.  Avvalo shuni ta ‘kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan
tayin   etish   va   ta   ‘riflashda   mutaxassislar   o   ‘rtasida   yagona   fikr   yo   ‘q,
aksincha, 
bir-biriga qarama-qarshi bo ‘lgan ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar 
faqat   yozma   shakldagi   yaxlit   nutq   yoki   nutq   parchasini   matn   deb
hisoblaydilar. 
Masalan,   rus   tilshunosi   L.M.Loseva   “matn”   tushunchasi   aniqlashda
barcha   matnlar   uchun   xos   bo   ‘lgan   belgilardan   kelib   chiqish   lozimligini
aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo ‘lishini
alohida   qayd   etadi.   Matnni   lingvistik   tadqiqot   ob   ‘ekti   sifatida   rus
tilshunosligida ilk o ‘laroq batafsil o ‘rganganlardan bir i I.R.Gal ‘perin “mat
nning   ontologik   va   funksional   belgilarini   namoyon   etadigan   yetak   chi
jihatlar”dan   biri   sifatida   “yozma   xujjat   tarzida   reallashadigan
tugallanganlik”ni   alohida   ta   ‘kidlab   ko   ‘rsatadi.   Uningcha,   matn   yozuvda
qayd etilgan nutqiy asardir. Ammo matnning yozma yoki og ‘zakiligi uning
ontologiyasi   va   funksiyasiga   nechog   ‘lik   bog   ‘liq   yoki   bog   ‘liq   emasligini
muallif   tomonidan   aniq   -tiniq   ko   ‘rsatib   berilmagan.   Matnning   mohiyati   va
kommunikatsiya   jarayonida   baradigan   vazifani   faqat   yozuv   bilan
chegaralanadigan   bo   ‘lsa,   bu   yirik   kommunikativ   bir   likning   tildagi   o   ‘rni
qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan.  1
O   ‘zbek   tilshunosligidagi   bu   yo   ‘nalishdagi   ishlarga   e   ‘tibor   qilinsa,
ularda   ham   yuqoridagiga   o   ‘xshash   mulohazalar   yo   ‘q   emas.   Masalan,
M.Hakimovning   nomzodlik   dissertatsiyasida   mana   bunday   fikrlarni   o   ‘qish
mumkin: “bu so ‘zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo ‘lgan hodisa
sifatida ifoda  etilsa, matn (tekst)  ham  mana shu  nutqiy hodisaning  yozilgan
(“bosma   harf   orqali   aks   etgan”)   parchasidir....”Nutq”   o   ‘zining   yozma
shaklida “matn” atamasiga t eng keladi....Har qanday nutqning yozma shakli
1
  Marufjon Yo'ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent, 2008 . matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi....Tekst – og ‘zaki nutq, kontekstga
nisbatan   stabillashgan,   ma   ‘lum   qoida,   qonuniyatlar   adabiy   til   me   ‘yorlari
asosida shakllangan yozma nutq....Matn bir vaqtning o ‘zida emas, balki bir
necha asr avvalgi va keyingi shaxslar o ‘rtasidagi aloqa muno sabatini yuzaga
chiqaruvchi vositadir.” 
Avvalo,   aytish   joizki,   kishilar   o   ‘rtasidagi   aloqa   kommunikatsiya
matnlar   vositasida   amalga   oshar   ekan,   matnni   faqat   yozma   shakl   bilan
chegaralash shakllanib ulgurgan mavjud matn nazariyasi qoidalar iga zid bo
‘lishi turgan gap. Axir, kishilar o ‘rtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat
va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur etib bo ‘lmaydi. 2
 
Sintaksisning   asosiy   bir   ligini   gap   ekanligi   hamisha   e   ‘tirof   etilgan,
matn 
yoki   uning   bir   liklar   i   gapdan   yir   ik,   oliy   sintaktik   -kommunikativ   birliklar
hisoblanishi lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan bir
iga   aylanib   ulgurdi.   Shunday   ekan,   faqat   yozuvda   aks   etgan   gapnigina   gap
deb,   og   ‘zaki   nutqdagi   gapni   gap   bo   ‘lo   lmaydi   deyish   to   ‘g   ‘ri   bo
‘lmasliginiisbotlab   o   ‘tirishning   hojati   yo   ‘q,   albatta.   Agar   faqat   yozuvda
ifodalangan   yaxlit   nutqnigina   matn   deyiladigan   bo   ‘lsa,   mantiq   gapni   ham
faqat   yozuvdagisinigina   tan   olish   kerakligini   taqozo   etadi.   Ammo   buning
mumkin   emasligi   tabiiy.   Og   ‘zaki   nutqning   bir   yo   ‘nalishliligi   yozma,
(harflar   yoki   magnit   tasmasida)   nutq   (matn)ning   ko   ‘p   yo   ‘nalishliligi,   og
‘zaki   nutqning   “qaytishsizligi”,   yozma   nutqning   esa   “qaytishligi”,   ya   ‘ni
uning   istalgan   bo   ‘lagiga   har   qachon   qaytish   mumkinlig   i   haqidagi   da   ‘vo-
dalil ham asosli  emas. Chunki bu “qaytish” tushunchasi  faqat vizual-amaliy
mohiyatga ega, nutqiy asar  (matn)ning mohiyatiga  aslo dahldor  emas.  Agar
faqat yozma nutqdagina oldingi qismlarga qaytish mumkin-u og ‘zaki nutqiy
yaxlitlikda uning oldingi qismlar iga qaytishning imkoni bo ‘lmasaydi, unda
2
  Qo'ng'urov R. Begmatov E. Tojiyev Y. Nutq madaniyati uslubiyat asoslari. Toshkent, 1992. hech qanday og ‘zaki nutqni tushunish, demakki,og ‘zaki nutqiy kommunika
tsiya   mutlaqo   mumkin   bo   ‘lmasdi.   Chunki   so   ‘zlovchi   muayyan   yaxlit   bir
fikr,   mavzuni   og   ‘zaki   bayon   qilar   ekan,   ayni   bayon   jarayonining   har   bir
onida  uning  o  ‘zi  ham,   xuddi  shuningdek,  tinglovchi   ham   mazkur   nutqning
oldingi   istalgan   parchasiga   qayta   oladi,   balki   oldingi   qismlar   ularning
xotirasida  turadi.  Agar  shunday  bo ‘lmasa,  ya ‘ni  nutq butunligicha ham  so
‘zlovchining, ham tinglovc hining xotirasida turmasa, nutqni tuzish ham, uni
maz   munini   anglash   ham   imkonsiz   bo   ‘ladi.   Tabiiyki,   so   ‘zlovchi   ayni
talaffuz jarayonidagina o ‘z nutqiga hokim bo ‘lsa, tinglovchi nutqning ayni
eshitib   turgan   onidagi   parchasinigina   tushunsa,   nutqning   oldingi   qismlari
ularning   har   ikkisining   ham   “esidan   chiqib   qolaversa”,   ular   bir-bir   lar   ini
tushunish   imoniyatidan   tamomila   mahrum   bo   ‘lib   qolaveradi.   To   ‘g   ‘ri,   og
‘zaki nutqning esa zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini hech kim
inkor   etmaydi, ammo  bu og  ‘zaki  nutqni   eslash,  xotirada  saqlash,  umuman,
uni   yoki   uning  muayyan   parchalar   ini  tiklash   ilojsiz  degani  emas.  Dunyoda
biron-bir,  kattadir-kichikdir, xalq  yoki  qavm   yo ‘qki, uning  necha  asrlardan
beri   og   ‘zaki   shaklda   avloddan   avlodga   o   ‘tib   yashab   kelayotgan   rang   -
barang   so   ‘z   san   ‘ati   durdonalari   bo   ‘lmasin.   Masalan,   bir   qo   ‘shiq   yoki
ertakni   faqat   qog   ‘ozga   yoki   magnit   tasmasiga   (yoki   multimedia   shakliga)
tushirilganda matn, ammo og ‘zaki shaklida matn bo ‘la olmaydi deyish matn
tushu nchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og ‘zaki nut
qiy   asarni   muayyan   vositalar   (yozuv,   magnit   tasmasi,   multimedia   kabi)
yordamida   qayd   etish   axborotning   zamon   va   makonda   saqlanishini   t   a
‘minlash   imkoniyatlar   idir,   lekin   garchi   yozma   nutq   muayyan   tayyorgarlik
bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa -da,
buning til bir liklarining tabiatiga bevosita jiddiy o ‘zgartirish kir itadigan ta
‘siri   to ‘g ‘risida  gapirib  bo ‘lmaydi.  Matnning  semantik-struktur  tuzilishini
rus   tilidagi   og   ‘zaki   va   yozma   nutq   misolida   batafsil   tadqiq   etgan
R.A.Karimov   doktorlik   dissertatsiyasida   matn   faqat   grafik,   yozma shakldagina   emas,   balki   og   ‘zaki   shaklda   ham   namoyon   bo   ‘ladigan   nutqiy
asar   ekanligini,   bunda   og   ‘zaki   shakl   genetik   asos   ekanligini   alohida   ta
‘kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn
makonining   qarama   -qarshi   nuqtalarida   jo   ylashganday   ko   ‘rinadigan   og
‘zaki   spontan   matn   va   yozma   matn   (badiiy   matn)   umumiy   xususiyat-
muayyan   tuzilishga   ega”   degan   nazariy   xulosaga   keladi.Shubhasizki,   og
‘zaki   nutq   birlamchi,   yozma   nutq   esa   ikkilamchidir,   shuning   uchun   ham
yozma matn uchun og ‘zaki nutqning “genetik asos” bo ‘lishi aksiomadir. Bu
o ‘rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikr lari diqqatga sazovor: “Inson nutqi –
bu   eng   avvalo   tilning   tovushli   shaklidir….Filolog   uchun   tovushli   nutqni   o
‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi  og ‘zaki  va yozma nutq
munosabati muammosini hal qilishdagi bir inchi qadam bo ‘lgan. Til yashash
shaklining   faqat   bir,   ya   ‘ni   yozma   shaklini   tadqiq   etish   bilan   ob   ‘ektni
(…)cheklash   mumkin   emas…   Fanning   istiqboldagi   muvaffaqiyatli
taraqqiyoti   uchun   rivojlangan   adabiy   tilda   yozma   va   og   ‘zaki   shakllar   bir
butunlikdaligini va ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog ‘liq
ekanligini   aniqlashtirib   olish   muhimdir.Yozma   matnni   o   ‘qiganda   biz   uni
faqat   ko   ‘zimiz   bilan   idrok   etmaymiz,   balki   uni   ichki   nutqimiz   tarzida
“aytamiz”   ham.   Yozuvda   bir   qator   eng   sodda   sintaktik   munosabatlar
punktuatsiya orqali  ifodalanadi.  Har  qanday mat  nning yozma shakli,  uning
ontologiyasi   tirik   insonlarning   mavjudligiga   bog   ‘liq,ular   yozma   mat   nga
qarab, o ‘zlarining ichki nuqtalari (….)da uning talaffuzini aks ettira oladilar.
Ichki  nutq haqidagi  ta ‘limotsiz mohiyatan  tilshunoslik  umuman mavjud bo
‘la olmaydi.” 3
 Demakki, tovushli nutq diqqat markazida turmas ekan, matnni
ilmiy   o   ‘raganish,   matn   nazariyasini   tasavvur   etish,   matn   lingvistikasini
rivojlantirish   mumkin   emas.   Matnning   ham   til,   ham   nutq   birligi   ekanligi
haqidagi   qarash,   yuqorida   ta   ‘kidlab   o   ‘tkanimiz   kabi,   tadqiqotchilar   ning
3
  Xakimov M.X O ‘zbek ilmiy matning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol. Fan n-di ....diss.
Toshkent, 1993. 17,18,21 -betlar.103  asosiy   ko   ‘pchiligi   tomonidan   tan   olingan.   Gap   qoliplari   tilda   mavjud   bo
‘lgani-singari til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalar i, qolip
lari,   “formulalar   i”   bor.   Mazkur   qoliplar   asosida   nutqda   matn   yaratiladi.
Shuning uchu n ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo ‘lsa, matn
ham   shunchalik   ham   til,   ham   nutq   hodisasidir.   To   ‘g   ‘ri,   gapga   hos
qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq etish mumkin
emas. Chunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy kommunikativ bir lik va
uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi. O.L.Kamenskaya
juda   o   ‘rinli   ta   ‘kidlaganidek,   matn   strukturasining   til   qonuniyatlari   bilan
chegaralanishi   bir   qadar   kuchsiz,   aynishu   xssusiyat   ancha   katta   hajmdagi
matnda eng murakkab fikr-g ‘oyani batafsil bayon qilishga imkoniyat beradi.
Lekin matn strukturasining til qonuniyatlar i bilan kuchsiz chegaralangan bo
‘lishiga   qaramasdan,   uning   uzvlar   i   o   ‘rtasidagi   aloqa   majburiydir,   ayni
paytda   bu   aloqa   o   ‘ziga   xos   xarakterga   ega.   Matnlarni   tuzishning   umumiy
qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalar idan
nisbatan kuchsiz qat ‘iyligi bilan farq qiladi. Ammo til va nutqqa munosabati
masalasida  gap  va   matn  o  ‘rtasida  muayyan   o  ‘xshashlikning  borligi  tabiiy.
Nemis   tilshunosi   V.Dressler   til   sistemasining   bir   ligi   bo   ‘lgan   matnni
(“tekstema”,   “potensial   matn”,   “konkret   talaffuz   qilingan   matn”,   “etik
matn”   )   farqlash   lozimligini   alohida   ta   ‘kidlaydi.   M.Xellidey   tilning   matn
yaratuvchilik   vazifasini   tilning   boshqa   asosiy   vazifalar   i   qatorida   unga
organik   xos   bo   ‘lgan   vazifa   sifatida   qaraydi   va   uni   faqat   nutq   doirasi   bilan
chegaralab  bo ‘lmasligini  aytadi.  Umuman,  aytish,  mumkinki,  matn ham   til
birligi,   nutq   bi   ligidir   degan   qarash   bugun   ancha   keng   tarqalgan.
Tilshunoslikda til strukturasining sathlari masalasi har qanday tadqiqot uchun
muhim   ekanligi   ma   ‘lum.   Til   ta   dqiqi   jarayonida   tahlilning   turli   bosqichlar
ida   fonologik,   morfologik,   sintaktik   va   leksik   -semantik   sathlar   farqlanadi.
Matn mazkur  sathlar  iyerarxiyasida qayerdan joy oladi  ? Umuman, matn til
strukturasinining alohida sathi bo ‘la ola dimi?  Uzoq vaqtlar, matn lingvistikasi keng rivoj topgunga qadar tilshunoslikda bu 
masalada bir fikr ustuvor edi, ya ‘ni til bir liklar ining iyerarxik (pog ‘o nali)
strukturasida   oliy   bir   lik   sifatida   gap   e   ‘tirof   etilgan.   Masalan,   mashhur
fransuz   tilshunosi   E.Benvenist   gapni   segmentlash   (bo   ‘laklarga   ajratish)
mumkinligini,   ammo   uni   biron-bir   boshqa   yuqori   sath   bir   ligining   tashkil
etuvchisi   sifatida   qarab   bo   ‘lmasligini   ta   ‘kidlaydi   va   shunday   deb   yozadi:
“Ayniqsa,   gap   va   matnning   til   sathlar   iga   munosabati   masalasida   aniq   va
asosli   fikr   larni   bayon   qiladi.U   gapni   sath   shakllantiradigan   bir   lik   sifatida
“propozema”   deb   nomlaydi   (gapning   semantik   asosini   ifodalovchi
“propozeisiya” so ‘zidan) va propozematik sath til belgisi propozematik sath
ustida   mustaqil   gaplarning   sintaktik   bir   ikuvi   natijasida   shak   llanadigan
“suprapropozetik   sath”   tuzilishini   aytadi.   Mazkur   ikki   sathni   nomlashda
(“propozematik” va “suprapropozetik”) muallifning umu mlashtiruvchi jihat,
ya   ‘ni   har   ikkisida   ham   propozemani   nazardan   qochirmaganligi   diqqatga
sazovar.   Ba   ‘zi   tadqiqotchilar   matnga   alohida   sath   sifatida   qarash
mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki nutqning
sathi   bo   ‘la   olishini   ta   ‘kidlaydilar.   Bunda   matnning   nutq   jarayoni   hodisasi
sifatida sistemaliligiga urg ‘u beradilar. Bunday talqindan kelib chiqiladigan
bo ‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi
sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi
ekanligi   bugungi   matn   lingvistikasida   deyarli   e   ‘tirof   etib   bo   ‘lingan   bir   h
aqiqatdir.   Shuningdek,   matnning   asosiy   va   birlamchi   til   belgisi   ekanligi
haqidagi   qarash   ham   tilshunoslikda   turg   ‘unlashgan.   Shuning   uchun   ham
matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo ‘shilish qiyin. 
Bu munosabat bilan O. L. Kamenskayaning “Matn va kommunikatsiya”
nomli kitobida til sistemasida alohida matn sathining mavjudligini ko ‘rsatish
maqsadidagi   bir   qiyosini   shu   o   ‘rinda   keltirish   joiz   .   Uning   fikricha,   til   bir
liklar   ining   kommunikativ   vazifani   bajar   ishdagi   ishtiroki   darajasi   ham   til
sistemasini   pog   ‘onalashtirish   uchun   asos   hisoblanadi.   Ana   shundan   kelib chiqqan   holda   u   til   sistemasidagi   sathlarni   ajratish   va   asoslashning   maqbul
tamoyillar   idan   biri   til   strukturasining   bilim   strukturasi   bilan   qiyoslash
mumkinligini   aytadi.   Uningcha   insoniyat   to   ‘plagan   bilimlarning   hajmi
favqulodda ulkan va bu bilim muayyan tarkiblanishga ega. Bilim struk turasi
modelida   eng   yuqori   umumlashgan   sathni   shartli   ravishda   dunyo   haqidagi
jami bilim deyish mumkin. Dunyo haqidagi jami b ilim konkret fanlar bilim
sohasiga,   shuningdek   kundalik   turmush   bilimlar   iga   ajraladi,   bu   eng
yuqoridan   keyingi   quyi   sath   bo   ‘ladi.   Har   qanday   bilim   sohasidagi   konkret
bilim   hamisha   tarkiblangan   bo   ‘ladi.   U   ayr   im   ilmiy   qoidalar   va   faktlar   -
mazkur   modelda   yana   bir   sathni   tashkil   etuvchi   “bilim   fragmentlari”   dan
tarkib   topadi.   Bilim   fragmentlari,   o   ‘z   navbatida   mazkur   modelda   yana   bir
alohida   sathni   tashkil   etuvchi   ayr   im   hukmlar-muayyan   obyektlar   va   ular   o
‘rtasid   agi   munosabatlar   haqidagi   bilimlardan   tuziladi.   Hukmlar   esa
bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi tushunchalar-obyektlar yoki
ular o ‘rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar bilimlardan hosil bo ‘ladi.
Tushunchalar,   o   ‘z   navbatida,   keyingi   sath   elmentlarini   yuzaga   keltiruvchi
tugallanmagan   tushun   chalarobyekt   yoki   munosabatlar   haqidagi
tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo ‘lsa, so
‘ngi sath esa tushunchalarni farqlaash sathidir. Ana shu mulohazalardan kelib
chiqib,   matnni   gaplar   ketma-ketligining   bog   ‘lanishlilik   asosid   a   og   ‘zaki
yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ
yaxlit   ligi   tarzidagi   butunlik   sifatida,   til   sintaktik   sathining   oliy   darajadagi
birligi   sifatida   talqin   etish   maqsadga   muvofiq.   Badiiy   matnning   quyidagi
mazmuniy turlarini belgilash mumkin:  1.Hikoya mazmunli  matn. 2.Tasviriy
matn.   3.Izoh   mazmunli   matn.   4.Didaktik   matn.   5.Xabar   mazmunli   matn.
6.Buyruq-istak mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn. 4
  Lekin shuni
ham   ta   ‘kidlab   o   ‘tmoq   joizki,   ushbu   turlar   ning   faqat   bittasi   asosida
4
  . Shahriyor Safarov. Pragmalingvistika. Toshkent, 2008. 112-bet shakllantirgan   badiiy   matnni   kamdan-kam   hollarda   uchratish   mumkin   bo
‘ladi.   Badiiy   asar   tarkiblanish   jihatidan   ham,   mazmun   jihatidan   ham   o   ‘ta
murakkab   tuzilishga   ega   bo   ‘lganligini   bois,   unda   matnning   barcha
mazmuniy   turlarini   yoki   ma   ‘lum   bir   turining   ayrim   xususiyatlarinigina
uchratish mumkin. 
Shuning uchun biror asarning mat n turini aniqlashda asarning umu miy
ruhiga   va   yozuvchining   asl   maqsadiga   e   ‘tibor   qaratish   lozim.   Yozuvchi
ushbu   matn   orqali   nima   demoqchi   ekanligi,   qanday   fikrni   ilgari   surmoqchi
ekanligi   va   maqsadiga   erishish   uchun   qanday   ifoda   tarzini   tanlanganligini
aniqlash   hamda   qanday   matn   turlaridan   foydalanganligini   o   ‘rganish   zarur
hisoblanadi. 
Hikoya mazmunli matnda  muallif yoki asar qahramoni o ‘zi boshidan
o   ‘tkazgan,   eshitgan,   o   ‘qigan   yok   i   guvoh   bo   ‘lgan   biror   bir   voqeani
hikoyani   hikoya   qilib   beradi.   Xotiralar,   esdaliklar,   ertak   va   rivoyatlarni
hikoya mazmunli matn sifatida baholash mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o ‘t
gan zamon shaklida, bir inchi shaxs birlik yoki ko ‘plikda ifodalanadi.Xikoya
qilinayotgan voqea-hodisa tor yoki keng qamrovli bo ‘lishi  mumkin. Sekin-
asta   rivojlanib   boruvchi   izchil   bayon   va   yaxlit   lovchi   ohang   kuzatiladi.
Asosan,   biryoqlama   ifoda   uslubidan   foydalaniladi,   ya   ‘ni   matn
shakllanishida,   asosan,   hikoya   qiluvchi   (roviy)   yetakchi   fagtor   hisoblanadi.
Monologik   nutq   ko   ‘rinishi   bunday   matnlar   uchun   juda   mos   va   qulay   bo
‘ladi. Albatta , o ‘rni bilan dialogik nutq ko ‘rinishlariga murojaat qilinganligi
ham kuzatiladi. Shunda ham hikoya matnining motivasion butunligi roviyga
bog   ‘liq   bo   ‘ladi.   Bu   tip   matnlarda   hikoya   mazmuni   yetakchilik   qilsa   -da,
tasvir   iy,   izoh,   xabar,   hissiy   ifoda   mazmunli   matnga   xos   xususiyatlar   ham
birdagina  ishtirok etishi  mumkin. Bir  -ikki  misol:  “ Duogo ‘y ”.   Said Ahmad
aka   boshchiligida   bir   guruh   adiblar   olis   tog   ‘   qishlog   ‘iga   yetib   bordik .
Mehmonga chaqirishdi .  Uy  to ‘la  odam .  Davra boshida to ‘rvadek soqoli ko
‘ksiga tushgan qariya o ‘tiribdi .   Hamma unga ta ‘zim bajo qiladi .   Davraga kim  kelib   qo   ‘shilmasin   chol   uzundan - uzoq   duo  o   ‘qiydi .  “ Sen  ham   mening
yoshimga   yetib   yurgin ,   bacham ”, deb   fotiha   tortadi .   Bir   xil   duo
takrorlanavergach ,   Said   Ahmad   aka   so   ‘radi :   -   Necha   yoshga   chiqdingiz ,
taqsir ? -  Menba ? –  dedi chol salmoqlab . –  Ikkam yetmishga bordim . -  Voy bo
‘ -o   ‘-o   ‘!- dedi   Said   Axmad   aka   bosh   chayqab .   –   Agar   sening   duoing
mustajob bo ‘lsa ,   men sakkiz yil avval o ‘lib ketishim kerak ekan - da ,   ukam ?
Men yetmish oltiga chiqdim !  Turaqol endi ,  joy almashamiz ! (O ‘.Hoshimov) 
Yo   ‘li   topildi.   Erkin   Vohidov   universitetni   endi   bitirgan   paytidayoq
taniqli shoir edi. O ‘zingiz bilasiz, oliy o ‘quv yu rtini bitirgan odam oldida
uylanish muammosi  ko ‘ndalang bo ‘ladi. Shu masala  yuzasidan  Erkin aka
Said   Ahmad   akaga   maslahat   solibdi. - Oqsaqol ,   - debdi .- Xabaringiz   bor ,   bir -
ikkita kitobim chiqdi. Uch ming so ‘mcha pulim ham bor. Lekin qaysi biriga
yetkazishni 
bilmayapman.   Mashina   olaymi,   uy   solaymi,   xotin   olaymi?   Mashina
olsam,   uy   sololmayman,   uy   solsam   uylanolmayman,   uylansam,   mashinaga
pul qolmaydi… Nima qilay? Said Ahmad aka peshanasinini Rashid abzining
garmoniday tirishtirib,chuqur va uzoq o ‘yga tolibdi.Oxiri chehrasi yorishib
bunday debdi: -Bolam,men xo ‘p o ‘yladim. Hisoblab ko ‘rsam, uch ming so
‘m   puling   hammasiga   yetarkan.Maslahat   shuki,   sen   avtobus   sotib   olgin!
Avtobus   degani   mashina   bo   ‘ladi.Rulini   qayoqqa   bursang   ketaveradi.   Bu   –
birinchidan. Avtobusning ichi keng-mo ‘l bo ‘ladi. Ko ‘ch –ko ‘roningni olib
kirsang tayyor uy bo ‘ladi. Bu- ikkinchidan. Uchinchidan, rostki avtobus bo
‘lgandan   keyin   ichida   konduktori   ham   bo   ‘ladi.O   ‘sha   konduktorni   xotin
qilib   olib   qo   ‘ya   qolasan!...( O   ‘.Hoshimov)   Berilgan   matnlarda   ikki   xil
holatni kuzatish mumkin.Birinchi  matnda yozuvchi  o ‘zi  bevosita guvoh bo
‘lgan   voqeani   hikoya   qilyapti,   ikkinchi   matnda   muallif   eshitib   ta   ‘sirlangan
voqeasini   so   ‘zlayapti.Hikoya   mazmunli   matn   boshqalarga   qaraganda
murakkab tarkiblangan bo ‘ladi.  Tasviriy   matn   tinglovchiga   noma   ‘lum   bo   ‘lgan   biror   kishi,   joy,
hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa -buyum
hamda   voqea-hodisani   batafsil   tasvirlab   berish   maqsadida   tuzilgan  bo   ‘ladi.
Tasviriy   matnda   ham   mono   logik   nutq   ko   ‘rinishi   yetakchilik   qiladi.
Partominik tasvir bunday matnning eng harakterli xususiyati xisoblan adi. Ya
‘ni  tasvir  lanayotgan  ob ‘ektning dastlab  bir  lamchi  xususiyati  tilga olinadi.
Keyin unga aloqador  xususiyatlar  va qismlardan yuritiladi. Masalan:   Yakan
degan o ‘simlik bo ‘ladi. Nima uchundir san ‘atkorlar, aniqrog ‘i, otarchilar
pulni   “yakan”   deyishadi.   Aslida   esa   yakan   –   qamishzorda   o   ‘suvchi   o
‘simlik,   Yakanni   o   ‘rib   olib,   quritib   uzumga   osadilar   yoki   savat   qalpoq   to
‘qiydilar.   Ma   ‘lumki,   qamish   uzun,   yakan   esa,   aksincha,   pastak   o   ‘simlik.
Shunday bo ‘libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab: Qamish unga qaragisi
ham kelmabdi, javob bermay burnini jimirib qo ‘ya qolibdi. Vaqti-soati kelib
avval   qamishni,   so   ‘ng   yakanni   o   ‘ribdilar.   Tasodifni   qarangki,   o   ‘sha
qamishdan   yasalgan   bo   ‘yrani   bir   uyga   to   ‘shabdilar.   Tasodifni   qarangki,
shu   uy   to   ‘sinlariga   uzumlarni   osibdilar,   yakandan   to   ‘qilgan   savat
qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar o ‘taveribdi.
Qamish pastga, oyoq ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bo ‘laverib xo
‘rlangan   qamish   axiyri   yakanga   qarab   zorlanibdi:   Bu   zorlanishni   eshitib
yakan debdikim: 
- Siz bekorga g ‘o ‘ ddaydingiz. G ‘o ‘ddayib o ‘saverdingiz. Ichingiz g ‘ovak
ekanini   unutdingiz.   G   ‘ovak   bo   ‘lganing   iz   uchun   emas,   siz   o   ‘sgan   yerda
ildizingiz   qolgan.   Siz   o   ‘sajak   qamishlarga   yetka   zing.   Sizning   holingizga
tushmasinlar.   Qamishning   ba   ‘zan   tomga   ham   to   ‘shaydilar.   Lekin   baribir
uning basharisiga loy chaplanadi….( T.Malik.) Keltirilgan matnda yakan deb
nomlanadigan bir o ‘simlik tasvir langan. Buni tasvir ob ‘ekti deymiz. Uning
o ‘simlik ekanligi haqidagi axborot bir lamchi xususiyat  hisoblanadi. Uning
qanday   o   ‘simlik   ekanligi   haqidagi   axborot   aloqador   xususiyat   hisoblanadi. Bu   matnda   aloqador   xususiyat   deb   ataluvchi   qism   bo   shqa   o   ‘simlik   bilan
bog ‘liq tasvir fonida yanada ravshan ifodalangan. 
Badiiy   asarda   inson   ma   ‘lum   bir   muhit   va   uni   qurshab   turgan   olam   bilan
birgalikda   tasvir   lanadi.   Qahramon   faoliyat   ko   ‘rsatadigan   muhit,   shart   -
sharoit   yozuvchilar   tomonidan   imkon   qadar   batafsil,   detallashtirilgan   holda
tasvirlanadi.Lekin   narsalar   tasviri   badiiy   asarda   dekorativlik   vazifasinigina
bajarmasligi   lozim.Ba   ‘zi   yozuvchilar   narsalarning   uzundan   -uzun   bayoni
orqali   go   ‘yo   tasvirni   jonlantir   moqchi   bo   ‘ladilar,   aslida   esa   asarning
ojizligini yashirganday bo ‘lib, vaznini og ‘ir lashtiradilar,xolos.
Izoh mazmunli matnda  aytiladigan fikrning ishonarliligini ta ‘minlash
uchun   turli   dalil   va   izohlar   keltiriladi.   Asoslash,   isbotlash,   o   ‘zini   oqlashga
urinish   yoki   himo   ya   maqsadida   har   xil   dalil   yoki   vajlarni   keltirish   izoh
mazmunli yoki argumentli matn turining o ‘ziga xos jihatlar idan hisoblanadi.
Fikr   bilan  keltirilgan  dalil   o ‘rtasida  mantiqiy  bog ‘liqlikning  bo ‘lishi
muhim   sanaladi.   Bunday   matnda   chunki,   zero,   aslida,   shuning   uchun,   to   ‘g
‘risini   (ochig   ‘ini,   rostini)   aytganda,   eshitishimga   qaraganda,   bilishimcha,
taxminimcha   kabi   bir   liklar   qo   ‘llanilganligini   ko   ‘ramiz.   Kitobxonni   yoki
tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo ‘lganligi uchun sh unga mos ritorik
uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalar idan foydalaniladi. Gaplarning, to ‘g
‘rirog ‘i, mikromatnlarning o ‘zaro zich bog ‘langanligi va ta ‘kid oxangi 
sezilib   turadi.   Masalan,   quyidagi   parchaning   ikkinchi   obrazi   ana   shunday
odamlarning   tirnoqcha   “nuqson”   nini   ham   tuyadek   qilib   ko   ‘rsatar   edi:
umuman,   izoh   mazmunli   matndir:   Men   uning   boshlig   ‘iga   sodiqligi   uchun
besh   ketdim.   Ammo   bir   andisha   g   ‘ashimni   keltirdi:   ilgari,   huv   ilgari
shunaqa  deyishsa,   e  ‘tiroz  bildirmas   edim.Chunki   rayko  ‘m  kotibi  –  hokim,
xoqon   edi!   Panada   bilganini   qilib,   ochiqda   xo   ‘jalik   rahbarlarining   resto
ranga  kirishi  istisno   hol   edi.  Ammo  hilvat   go  ‘shalarda  ular  qilgan  ishni   o
‘sha   xonlar   ham   qilolmagan   -   ov …(Sh.Xolmirzaev,   “Quyosh-ku   falakda
kezib yuribdi” hikoyasi)  Didaktik   matn   o   ‘quvchi   yoki   tinglovchiga   pand   -nasihat   qilish,   uni
turli   hayotiy   voqealar   vositasid   a   tarbiyalash   yoki   aytilganlardan   xulosa
chiqarishga   o   ‘rgatish   niyati   bilan   tuziladi.   Sharq   adabiyotshunosligida
alohida didaktik adabiyot tushunchasi ham mavjud. 
Masalan,   A.Avloniyning   “Turkiy   guliston   yohud   ahloq”   asaridagi
quyidagi she ‘rni ana shunday matn deyish mumkin: 
G ‘azablik bo ‘lmog ‘il, bo ‘lg ‘il muloyim, 
Bo ‘lursan shodu xurramlikda doim. 
G ‘azab o ‘tdur, yoqadur jismu joning, 
G ‘azab barbod etadur xonumoning. 
G ‘azablik o ‘tni bo ‘sh suv pa st qilg ‘ay, 
G ‘azabni jinni yoki mast qilg ‘ay  . 
Maqol,aforizm,   masal,rivoyatlar,   turli   hayotiy   voqealar   asosidagi
didaktik hikoyatlarni ham didaktik matn deb qarash mumkin, zotan, ulardan
mazmunning   mohiyatida   tarbiya,   pand-nasihat,   didaktika   yot   adi.   Shuning
uchun   ham   ularni   didaktemalar   tarzida   umumlashtir   ish   mumkin.   Badiiy
matnda   muayyan   maqsad   bilan   qo   ‘llanilgan   didaktemalarning   matn   ichiga
singdir ilish tarzi ham turlicha bo ‘ladi.Muallif bunday didaktemalarni 
matnga   to   ‘g   ‘ridan-to   ‘g   ‘ri   olib   kiradi   va   uning   qaysi   janrga   taalluqli
ekanligini   aytib   o   ‘tadi.Didaktemalar   matn   tashqarisida   avvaldan   tayyor
holda   mavjud   bo   ‘ladi.   Muallif   yoki   qahramon   nutqida   quyidagi   ifoda
shakllari ishlatiladi: shunday maqol bor, mashoyixlar demishlarki,ulug ‘larda
shunday gap bor,derlarkim,shunday rivoyat eshitganman  va hokazo. 
Xabar   mazmunli   matn   biror   voqea-hodisa   haqida   xabar   berish
maqsadida   tuziladi.   Tabiiyki,   badiiy   matndagi   xabar   mazmuni   o   ‘ziga   xos
tarzda bo ‘ladi, u oddiy xabardan, oddiy informativlikdan farq qiladi. Estetik
maqsad   yuklangan   bo   ‘ladi.   Boshqa   matn   turlari   bilan   qorishgan   holda
keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy “O ‘tgan kunlar” romani yakunida shunday
bir   xabarni   keltiradi:   Keyingi   Marg   ‘ilon   borishimda   yaqin   o   ‘rtoqlardan Yodgorbek to ‘g ‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o ‘n to
‘qqiz va yigirmanchi ochlik yillari muyonasida vafot qilib, undan ikki o ‘g ‘il
qolibdir.   O   ‘g   ‘illaridan   bittasi   bu   kunda   Marg   ‘ilonning   mas   ‘ul
ishchilaridan   bo   ‘lib,   ikkinchisi   Farg   ‘ona   bosmachilari   orasida   ekan.   Bu
kunda nomu nishonsiz, o ‘lik -tirigi ma ‘lum emas, deydilar . 
Bu   xabar   mazmunli   matn   hisoblanadi.Lekin   asar   ichida   emas,   balki
asarga   ilova   sifatida   keltir   ilgan.   Asar   qahramonlar   ining   hayotdan
olinganligini   ta   ‘kidlash,   bunga   kitobxonni   ishontirish   istagi   bilan   kir
itilgan.Bu   haqda   asar   avvalida   ham   yozuvchi   alohida   ta   ‘kidlagan:
“ Xalqimizni   shu   zamonning”Tohir-Zuhra”lari,   “Chor   darvesh”lari,
“Farhod   -Shirin”va”Bahromgo   ‘r”lari   bilan   tanishdirishga   o   ‘zimizda
majburiyat his etamiz   ”. Balki, yozuvchi ushbu qahramonlar t aqdiri qanday
kechganligi haqida kitobxonlarga xabar berishni xohlagandir, balki, romanni
davom   ettirajagini,   agar   davom   ettirilsa,   voqealar   shu   mazmunda   bo   ‘lishi
mumkinligi haqida xabar berayotgandir.Bu bizga qorong ‘u, lekin keltir ilgan
matn xabar mazmuniga ega. 
Buyruq-istak mazmunli  jihatdan buyruk maylidagi fe ‘llar ko ‘proq qo
‘llanadi.   Asosan,   qahramonlar   nutqida   kuzatiladi.   Lekin   muallif   nu   tqida
istak, maslahat yoki tavsiya ma ‘nosida qo ‘llanilishi ham mumkin. Masalan:
Bir   narsani   orzu   qilaman.   Bu   dunyoda   men   qilgan   yaxshi   ishlardan   aqalli
bitta ko ‘proq yaxshilik qilsang…..Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli
bitta kamroq xato qilsang. -…(O ‘.Hoshimov). 
Hissiy   ifoda   mazmunli   matn   insonning   ichki   kechinmalar   ini,
voqelikka munosabatini, o ‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuziladi.
Masalan: Erta   bahor-cheksiz   sog   ‘inchning   ufqi.   Muzga   aylanishdan   bosh
tortgan   isyonkor   tomchilar   yomg   ‘ir   bo   ‘lib   to   ‘kilmoqda.Yomg   ‘irning
daraxtga,kurtakning   tomchiga   aytadigan   “shiviri”   yig   ‘ilganey   -yig   ‘ilgan.
Xo   ‘ngrab-xo   ‘ngrab,   bo   ‘zlab-bo   ‘zlab   dil   rozini   aytayotgan   erta   bahor buluti aslida osmon dardidan so ‘z ochishga botingan asov g ‘alayon. Nish
urmish kurtakka nasib etgan yomg ‘ir tomchisi ko ‘kning beqiyos ehtirosi 
parchasi.Yomg ‘ir “shiviri” umidlarga to ‘la daraxt ta ‘zimiga kutilmaganda
duch   kelsa,   bu   ajib   bir   shodonlik   tavalludi.   Aslida   bu   “shivir-shivirlar”
rishta  xolos. Aslida ulkan osmonning  jajji  zaminga  aytadigan dardi  ko ‘p -
ey…Zamin   esa   dil   izhorini   minnatdor   tinglar   ekan,   jajji   daraxtlari,   endi
unajak   o   ‘t   -o   ‘lani-yu,   chambar   gullari-la   ta   ‘zim   etadi.   Yeru-osmon,
daraxtu yomg  ‘ir,  nish urish  orzusidagi  kurtagu,  unga lab tegizgan tomchi,
ko ‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog ‘inch
dardida   butun   bo   ‘ladilar   endi.   Bilaman,   zamin-u   falak   visoli   xayoli   y
ufqsagina   namoyon.   Bilaman…Ammo…Qalbim   zulflariga   urilgan   shivir-
shivirlarni   sezmaslikni   eplay   olmayapman.Sog   ‘inch   -   umrim   yamog   ‘i …
(Yo.Akram) 
Badiiy   matnning   mazmuniy   turlarini   umumlashtirgan   holda
tavsifladik.Aytib   o   ‘tilganidek,   bu   turlar   yaxlit   matnda   aksar   hollarda
qorishiq,   sintezlashgan   tarzda   namoyon   bo   ‘ladi.   Bu   mazmuniy   turlarning
barchasi badiiyatdagi yagona bosh maqsad – estetik ta ‘sir qilish maqsadida
bo ‘ysundir ilgan bo ‘ladi. Pragmatika nutqiy ta ‘sir natijasining hosil bo ‘lish
ehtimolini belgilo vchi vositalarni aniqlash imkonini beradi. Bunday vositalar
qatoriga   masalan,   pragmatik   mazmunni   aniqlashtiruvchi   illokutiv   fe   ‘llar
kiradilar. Ushbu fe ‘llar nutqiy harakat tarkibida muhim rol o ‘ynaydilar, ular
muloqot   maqsadi   mazmuni   va   bajarila   yotgan   nutqiy   harakatning   illokutiv
kuchini aniq va ochiq ko ‘rsatish xizmatini o ‘taydilar. Masalan, “ Kumushni
ertaga   kinoga   olib   boraman ”   gapining   talaffuzi   vositasida   va   ‘da   berish
nutqiy   harakati   bajariladi,   ammo   ushbu   harakat   mazmunini   aniq   ifodalash
uchun illokutiv fe ‘lni qo ‘llas h imkoni ham bor: “ Kumushni ertaga kinoga
olib   borishga   va   ‘da   beraman   ”.   Xuddi   shuningdek,   “ Dars   qilmaysanmi?”
sintaktik bir ligi so ‘roq, talab,   ogohlantirish, taklif kabi nutqiy harakatlarni
ifodalashi  quyidagi yo ‘sinda aniqlashtirilishi mumkin:   “Dars qilmaysanmi, deb   so   ‘rayapman   (sendan)”;   “Dars   qilmaysanmi?   Buni   sendan   talab
qilaman”   (o   ‘qituvchining   so   ‘zi);   “Dars   qilmaysanmi?   Seni
ogohlantiryapman”;   “Dars   qilmaysanmi?   (kel,   birgalikda   qilishga   taklif
qilyapman)”.   Illokutiv   fe   ‘llarning   ma   ‘no   tartibida   talaffuz   etilayot   gan
nutqiy   bir   likning   (gap   yoki   matnning)   pragmatik   -   kommunikativ
mazmunini   ifodalovchi   sema   asosiy   o   ‘rinni   egallaydi.   Masalan,   “Fan
nomzodi   R.Suvonovaga   dotsentlik   unvoni   berishiga   qarshiman”;   “Fan
nomzodi   R.Suvonovaga   dotsentlik   unvoni   berilishini   talab   qilaman”   kabi
tuzilmalar   bir   xil   propozitsiyaga   ega,   ularni   farqi   faqatgina   pragmatik
mazmunda,   ya   ‘ni   turli   nutqiy   hara   katlar   ifodalanishida   va   kommunikativ
maqsadlarning har xil bo ‘lishiga turli illokutiv fe ‘llar (rozi bo ‘lmoq, qarshi
bo   ‘lmoq,   talab   qilmoq)   qo   ‘llanilishi   vosita   xizmatini   o   ‘t   amoqda.   J.Syorl
pragmatik   mazmunning   bu   asnoda   namoyon   bo   ‘lishini   “ifodalanish
tamoyili” (the prinsiple of expressibilit y) faollashuvi natijasi deb xisoblaydi.
Biroq, ushbu tamoyil nutqiy muloqot matnlarida har doim ham bir yo ‘sinda
namoyon   bo   ‘lavermaydi.   Binobarin,   buyurmoq,   ogohlantirmoq,   maslahat
bermoq,   taqiqlamoq,   taklif   qilmoq   kabi   bir   liklar   nutqiy   tuzilma   tarkibidan
joy olib, uning mazmuni  oydinlashtir  ish uchun xizmat  qila olishi  ma ‘lum.
Lekin,   “Men   maqtana   olmayman,   sendan   aqlliroqman”   qabilida   maqtanish
nutqiy   harakatining   qo   ‘llanishi   ehtimoldan   ancha   yiroq.   Balki,   ushbu
harakatni   bajarayotgan   shaxs   ning   maqtanishga   haqqi   bordir.   U   o   ‘z
suhbatdoshiga nisbatan aqlliligi haqiqatdir, lekin nutqiy muloqot odobi bunga
yo   ‘l   qo   ‘ymaydi.   Pragmatik   maqsad   va   mazmunning   ekplisit,   ya   ‘ni   ochiq
ifoda   etilishida   diqqat   axborot   almashinuvidan   ushbu   axborotni   uzatish
maqsadiga ko ‘chadi va kommunikatsiya maqsadi uzatilayotgan axborotning
predmetiga   aylanadi.   Nutqiy   harakat   maqsadining   ochiq   bayoni   turli   ko
‘rinishdagi   lisoniy   bir   liklar   vositasida   bajar   iladi   va   bulardan   eng   asosiysi
pragmatikada performativ formula atamasini olgan.  Demak,   lisoniy   bir   liklarning   aniq   va   voqeiy   muloqot   sharoitida   qo
‘llanishi   pragmatik   tahlil   ob   ‘ektidir.   So   ‘zlovchi   va   tinglovchi   munosabati
nutqiy   muloqot   sharoitida   yuzaga   keladi,   nutqiy   harakat   muloqot   matnini
talab qiladi va shu muloqot kontekstida mazmunga ega bo ‘ladi. Muhit, o ‘z
navbatida,   ijtimoiy   xususiyatga   ega   bo   ‘lib,   u   ijtimo   iy   qatlam,   guruhning
madaniyati bilan bog ‘liq holda namoyon bo ‘ladi. 5
 Ushbu guruhdagilarni har
xil   anglashilmovchiliklar,   ma   ‘noviy   ikkiyoqlamalik,   noaniqliklarni   bartaraf
etish   imkonini   beradigan   umumiy   bilim   zahirasiga   hamda   muloqotning
mavaffaqqiyatini   ta   ‘minlovchi   qoidalardan   foydalanish   malakasiga   ega   bo
‘lishadi.   Shunday   malakaga   ega   bo   ‘lmagan   shaxs   muloqotda   hech   qanday
samaraga erisha olmaydi. Nutqiy muloqotda axborot uzatish “yuki”, so ‘zsiz,
lisoniy   bir   liklar   “yelkasi”ga   tushadi,   ammo   shaxslar   aro   munosabat
normasini,   milliy-madaniy   qadriyatlar   tizimini   egallamasdan   turib,   to   ‘la
qonli   muloqotga   kirishishning   imkoni   yo  ‘q.  Xullas,   kommunikativ  faoliyat
turli xildagi bilimlarga ega bo ‘lishni talab qiladi, bulardan, masalan, lisoniy
bilim   til   tizimi   tuzilishi   bilan   bog   ‘liq   bo   ‘lsa,   qomusiy   bilim   esa   voqelikni
aks   ettiradi   va   nihoyat,   interaktiv   bilim   o   ‘zaro   munosabat   asosida   turgan,
ijtimo iy guruh uchun umumiy bo ‘lgan qoidalar to ‘plamini bilishni taqozo
etadi.Lisoniy   muloqot   qobiliyati   deyilganda,   xudd   i   shu   bilimlar   nazarda
tutiladi. Interaktiv bilim muloqot ishtirokchilari uchun asosan bir xil darajada
bo ‘lgani  ma  ‘qulroq,  chunki  faqatgina  shu  holatdagina  yakdillikka,  o ‘zaro
bir-bir ini anglashga erishib bo ‘ladi.Muloqotdoshlarning bir-birini tushunish
lisoniy   kommunikatsiyaning   asosiy   shartidir.Masalan ,”Choy
tugabdi”,”Sovuq” jumlalar   ini   “Choy   damla”,   “   Issiqroq   kiyin”   yoki
“Eshikni   yop”   kabi   mazmunlar   ida   anglash   uchun   J.   Serl   aytgan   shared
background   information,   ya   ‘ni   “o   ‘zaro   umumiy   va   oldindan   ma   ‘lum   bo
‘lgan   ma   ‘lumotga”   ega   bo   ‘lish   kerak.   Ammo   bunday   holatda   va   “orqa
5
  O'rinboyev B. Qo'ng'urov R. Lapasov J. Badiiy matnning lingvistik tahlili. Toshkent, 1990. 75-78-betlar. fon”da   turadigan   ma   ‘no   o   ‘z-o   ‘zidaan   paydo   bo   ‘lmaydi.   Asosiy   muloqot
birligi   bo   ‘lgan   matnning   umumiy   tuzilishi,   mazmuniy   mundarijasi   lisoniy
bir   liklar   kommunikativ   ma   ‘nosini   shakllantiruvchi   tajriba   maydonidir.
Yaxlit   kommunikativ   lisoniy   tuzilma   bo   ‘lgan   matnning   semantik
mundarijasi denonativ va signifikativ qismlardan tarkib topadi. Bulardan bir
inchisi   matn   mazmunining   voqelikda   kechayotgan   hodisalar   bilan   bog   ‘liq
tomonlar iga ishora qilsa, ikkinchisi esa matn yoki nutq ijodkorining nutqiy
tafakkur faoliyati bilan bog ‘liqdir.Tver pragmalingvistika maktabining vakili
M.L.Makarov   matn   mazmuni   tavsifiga   “kommunikatorosentrik”   yondashuv
tarafdorlaridan biridir. Mixail Lvovich o ‘z ustozi professor I.P.Susov izidan
borib   matn   mazmunining   denonativ   va   signifikativ   xususiyatlari   qatoriga
propozitsiya,  referensiya,  eksplikatura,  inferensiya,  implikatura, relevantlik,
presuppozitsiya  kabilarni kiritadi. 
Propozitsiya   axborotni   to   ‘plash   va   saqlashning   kogn   itiv   strukturalari
qatoriga  kiradi. Ammo  propozitsiya  hodisasi   tahlilida  uning  axborot   tashish
xususiyati   bilangina   chegaralanib   qolmaslik   darkor.   Zero,   bu   holda   ushbu
hodisaning   kommunikativ   belgilar   i   nazardan   chetda   qoladi.   Masalan,
quyidagi nutqiy tuzilmalarni olaylik: 
a) Anvar menga kitobni berdi. 
b) Anvar menga kitobni beradimi? 
v) Anvar, menga kitobni ber! 
g) Ishonamanki, Anvar menga shu kitobni beradi. 
d) Anvar menga shu kitobni bergan bo ‘lishi kerak. 
Bu qatordagi tuzilmalar yagona propozitsiyaga eg a, ya ‘ni 
“kitob”,”Anvar”,”men”   term   va   aktantlari   hamda   “bermoq”   predikati
vositasida   tuzilayotgan   ushbu   tuzilmalarning   semantik   strukturasi   yagona,
ammo   ushbu   propozitsiya   muloqot   matnida   faollashib   turli   pragmatik
mazmun   bilan   boyiydi.   Mazmunning   kommunikativ   maqsadiga   binoan bunday   kengaytiruvchi   vositalar   qatoriga   modallik   va   zamon   aspekt   ko
‘rsatkichlar i ham kiradi. 
Referensiya   lisoniy   nomni   voqelik   bilan   bog   ‘lashda   so   ‘zlovchining
maqsadi,  lisoniy   faoliyat  niyati  muhim  o  ‘rin  egallaydi.  Relevantlik   nut   qiy
muloqotning   muvaffaqqiyatli   kechishini   hamda   muloqot   matnining
mazmundor shakllanishini ta ‘minlovchi hodisa. 
  MATN   TAXLILIDA   PRAGMENTNING   O   ‘RNI.   MATNDA
TAGMA ‘NO VA PRESUPPOZITSIYA. 
Presuppozitsiya   maxsus   adabiyotlarda   inferensiyaning   xususiy   ko
‘rinishlar   idan   bir   i   sifatida   qaraladi   va   bunda   ifodalanayotgan   fikr   -
hukmning haqiqiy yoki o ‘rinli ekanligi e ‘tiborga olinadi. Buning uchun esa
muloqot   ishtirokchilar   i   voqelik   ,   kechayotgan   yoki   xabar   qilinayotgan
hodisa   haqida   biror   bir   umumiy   ma   ‘lumotga   ega   bo   ‘lishlari   kerak.
R.Stolneyker ta ‘bir icha, “presuppozitsiya talab qilinayotgan lisoniy faoliyat
ijrosidan oldin implisit nazarda tutilgan propozitsiyadir” 6
 
Masalan,   “Ahmad   ikki   boshli   ilonni   ushladi”   va   “Ahmad   ikki   boshli
ilonni   ushlamadi”   qabilidagi   gaplarni   matnda   qo   ‘llash   va   ularni   tushunish
uchun so ‘zlovchi hamda tinglovchiga ikki boshli  ilonning mavjudligi (yoki
mavjud   emasligi)   bir   xilda   ma   ‘lum   bo   ‘lishi   kerak.   Presuppozitsiyaning
yashirin   hukm,   tagma   ‘no   bilan   bog   ‘liq   ekanligini   bundan   yuz   yillar   oldin
olmon   mantiqshunosi   X.Frege   aytgan   edi.   Haqiqatdan   ham   “Kumushning
akasi   ucht   a   ot   sotib   oldi”   kalimasini   aytish   uchun   so   ‘zlovchi   “Kumush”
ismli   qizning   akasi   Kumushning   faqat   birgina   akasi   borligini   va   u   ot   sotib
olishga   yetarli   mablag   ‘ga   ega   ekanligini   ham   bilishi   mumkin.   Bu   ma
‘lumotlarni   beruvchi   presupozitsiyalar   sohibi   so   ‘zlovchidir.   Gap   esa
Kumushning akasi nimanidir sotib olganligi, uchta hayvon sotib olinganligi,
xarid   qilingan   hayvon   ot   va   bu   otlar   ikkita   emas,   balki   uchta   ekanligi
6
  Shahriyor Safarov. Pragmalingvistika. Toshkent, 2008. 115- bet. haqidagi   ma   ‘lumotlarni   olish   imkonini   beradi.   Bu   t   urdagi   ma   ‘lumotlar
asosida   xulosaviy   hukm   (entailment)   chiqariladi.   Presuppozitsiyaga   oid
hukmlar esa gap mantiqiy mundarijasi bilan bog ‘liq emas, degan fikr ham yo
‘q emas. 
Presuppozitsiyaning   inson   bilan,   uning   bilim   darajasi   bilan   bog   ‘liq
ekanligiga   shubha   yo   ‘q.   Ammo   ushbu   presuppozitsiyaning   shakllanishi   va
hukmning mantiqiy qatorlari paydo bo ‘lishida lisoniy bir likl ar ining hech
qanday ta ‘siri yo ‘q, deyishga jur ‘atim yetmaydi. Nutqiy tuzilma tarkibidagi
birliklar   va   ushbu   tuzilmaning   strukturaviy   belgilari   presuppozitsiyaga   oid
ma   ‘lumotni   ifodalovchi   vositalar   xizmatini   o   ‘tishini   ham   hech   kim   inkor
qilgani   yo   ‘q.   G.Yulning   o   ‘zi   ham   presuppozitsiyaning   gap   tarkibidagi   ma
‘lum   lug   ‘aviy   bir   liklar   va   sintaktik   tuzilmalar   bilan   bog   ‘liq   ekanligiga
tayangan   holda   leksik   va   strukturaviy   presuppozitsiyalarni   farqlashni   taklif
qiladi   (Yule   1996:   28).   Binobarin,   (a)   ” U   chekishni   tashladi   ”,   (b)   “   U
shikoyat qila boshladi ”, (v) “ U yana kechikdi ” gaplarinig presuppozitsiyalar i
(a) “ U chekar edi   ”, (b) “   Ilgari u shikoyat qilmas edi   ”, (v) “   U oldin ham
kechikkan   edi   ”   tarzida   ekanligini   biz   faqatgina   “ tashlamoq,boshlamoq ”,
“ yana ”   lug   ‘aviy   bir   liklari   qo   ‘llanishiga   tayanib   aniqlaymiz.   Strukturaviy
presupozitsiya   esa   quyidagi   so   ‘roq   gaplarda   namoyon   bo   ‘ladi:   (g)   « U
qachon ketdi? » = « U ketgan »; (d) « Velosipedni  qayerdan sotib olding?   » =
« Sen velosipedni sotib olgansan  ».  7
Ushbu hukmlarning shakllanishi so ‘roq olmoshli struktura qo ‘llanishi
bilan   bog   ‘liqdir.   A   Nurmonov   va   hammualliflari   ham   presuppozitsiyaning
lisoniy   ifodalanish   shakliga   –   moddiy   vositaga,   tashqi   signallarga   ega
ekanligini   e   ‘tirof   etishadi     va   bunday   moddiy   vositalar   qatoriga   turli   lug
‘aviy   bir   liklar,   yuklama   va   ko   ‘makchi   kabilarni   kiritishadi.
Pragmalingvistik   adabiyotlarda   «presuppozitsiyani   faollashtiruvchilar»
7
    Nurmonov A. Hakimov M. Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi. O'zbek tili va adabiyoti. 2001.
26-bet (presupposition   triggers)   deb   atalayotgan     ushbu   vositalar
presuppozitsiyaning   «lisoniy   libosi»   dir,   ular   vositasida   yashirin   ma   ‘no
yanada botinlashadi. 
Umuman,   semantik   presuppozitsiyaning   qariyib   barcha   turlari   aniq
lisoniy   ko   ‘rssatkichlarga   (indikatorlarga)   egadir.   Buni   G.   Yul   keltirgan
jadval misolida  ham ko ‘rish mumkin. Jadval guvohlik berishicha, faktiv va
nofaktiv presuppozitsiyalarda xulosaviy hukm voqeaning haqiqatan sodir bo
‘layotganligi   yoki   bo   ‘lganligi   fakt   ekanligi   asoslanadi   hamda   ushbu
xulosaning   ifodalanishida   « bilmoq »,   « anglamoq »,   « afsuslanmoq »,
« xabardor   bo   ‘lmoq »   kabi   bir   liklarning   tasdiq   va   inkor   shakllar   i   ishtirok
etishadi.   Kontrafaktiv   presuppozitsiya   esa   bildirilayotgan   ma   ‘lumotning
haqiqatga   mos   emasligiga   ishoradir:   «   Agarda   sen   mening   do   ‘stim   bo
‘lganingda,   menga   yordam   qilgan   bo   ‘lar   eding   »   =   « Sen   mening   do   ‘stim
emassan   ».   Bu   turdagi   presuppozitsiya   asosan   murakkab   tarkibli   nutqiy
tuzilmalarda   namoyon   bo   ‘ladi   va   « mantiqiy   me   ‘ros »     qoidalariga   amal
qiladi. Presuppozitsiya ma ‘nosining bo ‘lakdan yaxlitga, ergash gapdan bosh
gapga, dialogik tuzilma boshlanishidan keyingi bo ‘laklariga o ‘tishi umumiy
kuzatilgan   holdir.   Tilshunoslar   «presuppozitsiya»   faylasuflardan   o
‘zlashtirganligi ma ‘lum va falsafadan atamaning ko ‘p ma ‘noliligi, tavsifiy
npaniqliklar   ining   tilshunislikka   ham   ko   ‘chishi   tabiiydir.   Natijada   ushbu
hodisa   turli   ko   ‘rsatkichlarga   nisbatan   turlicha   tasnifiy   guruhlarga   ajratilib
kelinmoqda. Buni hatto ushbu tushunchani tilshunoslikka birinchi bo ‘lib kir
itgan   Pyotr   Stronsonning   qarashlarida   ham   ko   ‘rish   mumkin.   Olim   o   ‘tgan
asrning   o   ‘rtalarida   mantiqshunos   B.   Rasselning   lisoniy   bir   liklarning   ma
‘nosini tavsiflovchi deskriptiv nazariyasini taftish qilayotib, gap ma ‘nosi va
uning nutqiy  qo ‘llanishidagi   ma zmuni   o ‘rtasidagi  munosabatga   e ‘tiborni
qaratadi.   Shu   taxlit   semantik   va   pragmatik   presuppozitsiyani   farqlash   yo
‘lidagi   urinishlar   boshlandi.   Olmon   tilshunosi   K.   F.   Hemferning     gap   ma
‘nosida   kontekstdan   tashqari,   hech   qanday   nutqiy   vaziyat   bilan   bog   ‘liq   bo ‘lmagan holda mavjud bo ‘lgan xulosaviy hukmni semantik presuppozitsiya
sifatida   qarash   lozimligi   haqidagi   boshqalar   tomonidan   ham   qo   ‘llab   -
quvvatlandi   (V.   V.   Bogdanov,   V.   A.   Zveginsev,   Ye.   V.   Paducheva,   M.   L.
Makarov,   N.   Mahmudov,   A.   Nurmonov   va   boshqalar).   Darhaqiqat,
presuppozitsiyaning lisoniy bir lik ma ‘nosi bilan bog ‘liqligi haqida oldingi
sahifalarda   gapir   ildi.   Gapning   semantik   tuzilishi   presuppozitsiyon
poydevorga   ega   ekanligini   hech   kim   inkor   etmaydi.   Shuning   uchun   ham
«Abbos   menga   kitobni   berdi»   « Abbos   degan   yigitning   borligi »
(ekzistensional presuppozitsiya) va « Uning menga kitobni berganligi » (faktiv
presuppozitsiya)   yoki   bermaganligi   (nofaktiv   presuppozitsiya   )   haqida
xulosaviy   hukmlarning   yuzaga   kelishi   tabiiydir.   Bular   oddiy   mantiqiy
xulosalardir.   Pragmatik   presuppozitsiyaning   matnga   xosligi,   kontekstga
oidligini   e   ‘tirof   etgan   holda   lisoniy   bir   liklarning   gapi   ko   ‘p   ma   ‘noliligi,
ularning   turli   matn   muhitlar   ida   (nutqiy   vaziyatlarda)   turlicha   mazmun
ifodalash   imkoniyatiga   ega   bo   ‘lishini   ham   unutmaslik   lozim.   Xuddi
shuningdek,   nutqiy   tuzilmalar   ham   turli   mazmundagi   umumiy   bilim
(axborot) ni ifodalash qudratidan mahrum emasdir lar. Shuning uchun ayrim
tilshunoslarning   nutqiy   bir   lik   sifatida   qaralayotgan   gap   imkoniyatidagi
presuppozitsiyalar   (potential   presupposition)   to   ‘plamiga   ega   va   kontekstda
namoyon bo ‘layotgani esa faollashgan presuppozitsiyadir   degan fikriga qo
‘shilmoq kerak. Bu holda kontekst muloqot ishtirokchilar i uchun ma ‘lum bo
‘lgan imkoniyatlar to ‘plamidan faqatgina bir ini tanlab olish imkonini beradi
va bu propozitsiya barcha uchun umumiy, mazmuniy qarama-qarshilikka yo
‘l qo ‘ymaydigan (noncontroversial Levinson 1983:212) axborotni ifodalashi
lozim. 
Masalan,   « Fransiya   qiroli   Versalda   yashamaydi   »  gapi   so   ‘zlovchi   va
tinglovchi uchun umumiy bo ‘lgan « Fransiyada qirol yo ‘q » pressupozitsiya
bilimini  aks   ettirishi   kutiladi.  Ammo  bunday  pressupozitsiyaga  ega   bo  ‘lish
uchun   suhbatdoshlar   ikkalasi   ham   Fransiya   siyosiy   tizimi   bilan   tanish   bo ‘lmoqlari kerak, aks holda kulguli holat yuzaga kelishi hech gap emas. So ‘z
o   ‘yini   bilan   bog   ‘liq   hazil   va   yumorli   matnlar   ko   ‘pincha   xuddi   shu
holatlarga   asoslanadi.   Pragmatik   pressupozitsiya   hodisasi   lisoniy
muloqotning   ramziy,   marosimiy,   an   ‘anaga   aylanadigan   rasmiy   tomon   lari
bilan   bog   ‘liqdir.   Masalan,   « hazrat »,   « hazrati   oliylari »   iboralarining   qo
‘llanilishi   bajar   ilayotgan   muloqot   faoliyatining   rasmiyligi
pressupozitsiyadan   darak   beradi.   Bunda   muloqot   adresati   xuddi   shu   turdagi
murojaatni   talab   qiluvchi   lavozim,   daraja   so   ibi   bo   ‘lmog   ‘i   darkor
(binobarin,   « Hazrat »   yuqori   diniy   lavozimdagi   shaxs   bo   ‘lishi   mumkin.).
Muloqot   jarayonida   bunday   talab   va   qoidalarga   rioya   qilinishini   o   ‘rganish
natijasida  ritorik pragmatika  yo ‘nalishi shakllandi. Ushbu turdagi pragmatik
ta   ‘limotning   asosiy   maqsadi   muloqot   tamoyillari   va   kategoriyalarini
aniqlashdir.  XULOSA. 
Pragmatika   yo'nalishida   olib   borilgan   tadqiqotlardan   shu   xulosaga
kelish   mumkinki,   pragmatika   tilshunoslikning   alohida   sohasi   bo'lib,   uning
tadqiqot   doirasida   muloqot   jarayonida   lisoniy   birliklarni   tanlab  olish,   ularni
qo'llash   hamda   ushbu   qo'llanishdagi   birliklarning   muloqot   ishtirokchilariga
ta'siri   masalasi   o'rganiladi.   Ushbu   qoidalar   kommunikatsiya   shart-
sharoitlariga   nisbatan   keng   ma'nodagi   kontekst   sifatida   o'rganiladi.   Lisoniy
hodisalarning bu yo'sindagi tahlili ularning qo'llanishidagi u yoki bu muhitda
mavjud   bo'lgan   to'siqlar,   chegaralanishlarni   ham   aniqlashga   imkon   beradi.
Lingvistik   tahlilning   asosiy   g'oyasi   ham   lisonning   tabiatini   uning   amaliy
faoliyatda   qo'llanishiga   nisbatan   yoki   boshqacha   aytganda,   bajarayotgan
vazifasi   doirasida   aniqlashdir.   Har   qanday   nutqning   yozma   shakli   matn
tushunchasini   bildirar   ekan,   har   qanday   matnda   lisoniy   birliklarni   muloqot
jarayonida   to'g'ri,   o'rinli   qo'llash   va   ushbu   qo'llanilgan   lisoniy   birliklar
muloqot   ishtirokchilariga   ta'sir   etishi   matnning   pragmatik   xususiyatlarini
ko'rsatadi. Shu jihatdan matn tahlilida pragmatikaning o'rni beqiyosdir.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.Shahriyor Safarov. Pragmalingvistika. Toshkent, 2008.
2.Marufjon Yo'ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent, 2008.
3. Mamajonov A. Abdupattoev M. Matn sintaksisi. Farg'ona, 2002.
4. Hakimov M. K. O'zbek tilida vaqt ma'noli lug'aviy birliklar va ularning
matn shakllantirish imkoniyatlari. Farg'ona, 2004.
5.Qo'ng'urov R. Begmatov E. Tojiyev Y. Nutq madaniyati uslubiyat
asoslari. Toshkent, 1992.
6. Nurmonov A. Mahmudov N. Ahmedova A. So'lixojayeva S. O'zbek
tilining mazmuniy sintaksisi. Toshkent, 1992.
7.   Nurmonov   A.   Hakimov   M.   Lingvistik   pragmatikaning   nazariy
shakllanishi.
O'zbek tili va adabiyoti. 2001.
8. Abduraxmonov X. Mahmudov N. So'z estetikasi. Toshkent, 1981.
9. O'rinboyev B. Qo'ng'urov R. Lapasov J. Badiiy matnning lingvistik tahlili.
Toshkent, 1990.
10.Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. Toshkent, 1995.

MAVZU: BADIIY MATNNING PRAGMALINGVISTIK TAHLILI REJA: I. KIRISH: PRAGMATIK TAHLILNING TILSHUNOSLIKDAGI O ‘RNI II. ASOSIY QISM: 1. MATN VA UNING XUSUSIYATLARI. 2. MATN STRUKTURASI. 3. MATNNING MAZMUNIY XUSUSIYATLARI. 4. MATN TAXLILIDA PRAGMENTNING O ‘RNI. 5. MATNDA TAGMA ‘NO VA PRESUPPOZITSIYA. III. XULOSA. IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati.

KIRISH Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi.“Pragmatika ‘‘(pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Suqrotdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o ‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20 -30- yillarida pragmatizm g‘oyalar ining keng targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ‘ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlar ida Amerikada hukmron bo‘lgan falsafiy pragmatizm yo‘nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining ma‘no - mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs birinchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. 1970- yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi”mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda o‘qilgan ma‘ruzalar to‘plamining muharriri, Tell-Aviv unversitetining professori I.Bar – Hillelning “So‘z boshi”da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan “Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim”degan xulosaga kelishdi. Pragmatikaning “Qayta tuzilish davri” deb e’tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko‘tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig‘ilishlar o‘tkazildi, chop qilinayotgan to‘plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo‘q.

Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G. Klaus edi. U pragmatikani ”belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o ‘rtasidagi munosabatlarni o ‘rganuvchi ‘ ‘ fan sifatida ta ‘riflaydi. Ushbu ta ‘rifdan ko ‘rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “pragmatika dastlabki o ‘rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o ‘rganuvchi nazariyadir” degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma ‘noda tavsiflashdan boshqa narsa emas. Pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta ‘rifini ber ishga harakat qildi:”Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axboro tni xuddi so ‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy bir liklarning kommunikatsiyada qo ‘llanishini tavsiflaydi.Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqatdagi rolini aniqlash bilan shug ‘ullanadi, deyish demakdir” (Proceedings 1978: 26). Ushbu ta ‘rifning asosida lisoniy harakatdagi ko ‘zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o ‘rtasidagi munosabat turibdi . “Sabab – motiv – maqsad” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini ta ‘minlaydi. Xuddi shu narsa A.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “qo ‘yilgan maqsadga e rishishda lisoniy vositalardan foydalanishni ta ‘minlovchi insonga xo s bo ‘lgan qobiliyat qoidalarini ” yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga undaydi. MATN VA UNING XUSUSIYATLARI. MATN STRUKTURASI. MATNNING MAZMUNIY XUSUSIYATLARI. Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o ‘zgarish ob ‘ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy bir liklardan turli

kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “bahosi”, mundarijasining namoyon bo ‘lishini taminlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy bir liklardan har qanday sharoitda namoyon bo ‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na ‘munasidir. Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta ‘rifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo ‘lib uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy bir liklarni tanlab olish, ularni qo ‘llash hamda ushbu qo ‘llanishdagi bir liklarning muloqot ishtirokchilariga ta ‘siri masalalari o ‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart - sharoitlariga nisbatan, keng ma ‘nodagi kontekst sifatida o ‘rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo ‘sindagi tahlili ularning qo ‘llanishidagi u yoki bu muhitdan mavjud bo ‘lgan to ‘siqlar, chegara lanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g ‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatda qo ‘llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir. Aminmizki, pragmalingvistikaning xuddi shu yo ‘nalishdagi taraqqiyoti nazariy tilshunoslik va amaliy kommunikatsiya o ‘rtasida mavjud bo ‘lib turgan “uzilish”larni bir oz toraytiradi. Pragmalingvistika tadqiqot predmetining keng miqyosda tasavvur etilishi ushbu sohaning turli yo ‘nalishlarda taraqqiy etishini taqozo etadi. Natijada, pragmalingvistikaning nutqiy akt nazariyasi, deyksis nazariyasi, diskurs nazariyasi , pragmasemantika, pragmastilistika kabi o ‘z “ichki” sohalari yuzaga keldi. Bu sohalarning farqi, bir inchi navbatda, pragmalingvistikaning umumiy predmetini alohida qismlarga ajratish va har bir qismning batafsil yoritilishi, o ‘rganilishida namo yon bo ‘ladi.

Avvalo shuni ta ‘kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta ‘riflashda mutaxassislar o ‘rtasida yagona fikr yo ‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo ‘lgan ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasi aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo ‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo ‘lishini alohida qayd etadi. Matnni lingvistik tadqiqot ob ‘ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o ‘laroq batafsil o ‘rganganlardan bir i I.R.Gal ‘perin “mat nning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yetak chi jihatlar”dan biri sifatida “yozma xujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta ‘kidlab ko ‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. Ammo matnning yozma yoki og ‘zakiligi uning ontologiyasi va funksiyasiga nechog ‘lik bog ‘liq yoki bog ‘liq emasligini muallif tomonidan aniq -tiniq ko ‘rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida baradigan vazifani faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo ‘lsa, bu yirik kommunikativ bir likning tildagi o ‘rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. 1 O ‘zbek tilshunosligidagi bu yo ‘nalishdagi ishlarga e ‘tibor qilinsa, ularda ham yuqoridagiga o ‘xshash mulohazalar yo ‘q emas. Masalan, M.Hakimovning nomzodlik dissertatsiyasida mana bunday fikrlarni o ‘qish mumkin: “bu so ‘zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo ‘lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham mana shu nutqiy hodisaning yozilgan (“bosma harf orqali aks etgan”) parchasidir....”Nutq” o ‘zining yozma shaklida “matn” atamasiga t eng keladi....Har qanday nutqning yozma shakli 1 Marufjon Yo'ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent, 2008 .