Badiiy matn haqida
Badiiy matn haqida Reja: I .Kirish II. Asosiy qism 1. Badiiy matn va uni shakllantiruvchi vositalar 2. Badiiy matnning fonetik-fonologik xususiyatlari 3. Badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari III.Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy obekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: “ Matn so‘zining lug‘aviy ma’nosida birikish, bog‘lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yordamida birikishini o‘rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Matn birliklarining o‘zaro bog‘lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko‘rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so‘zlar, gapning so‘roq shakliga xos bo‘lgan ko‘rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi. «Matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini ta’kidlamoq lozim. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. «Nutq sub’ektdan adresatga yo‘naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat obyektiv informatsiyadan iborat bo‘lmay, balki o‘ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir». Tilshunos olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi aloqani maydonga keltiradigan butunlikka matn deyiladi» - deydi. Ilmiy adabiyotlarda kontekst atamasi nutqiy vaziyat mahsuli deb ko‘rsatiladi. «Kontekst - bu bir leksik yoki grammatik birlik asosida ifodalangan ma’no yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida bo‘yicha bu -so‘z birikmasi, ba’zan gap, kamdan-kam abzats yoki yaxlit matnga teng keladi». Masalan, tuyoq so‘zi hayvonga aloqador a’zo hisoblanadi: Loyi ko‘pirib yotgan yo‘lda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil bo‘lgan chuqurchalarni limmo-lim to‘ldirgan sariq zardoblar jimirlab, yoni- veridan sirqib yotardi (P.Tursun). Mazkur so‘z insonga nisbatan qo‘llanilganda
salbiy ottenka birinchi planga chiqadi: Obro‘ ying borida tuyog‘ingni shiqillatib qol . Kontekst so ‘ zlarning semantik ma ’ nosi reallashadigan o ‘ ziga xos maydon, nutqiy vaziyat hisoblanadi. Bu o‘rinda S.D.Katsnelsonning quyidagi fikrini keltirib o‘tish o‘rinli: «Borliqning mavjud dalillari lug‘atlarda berilganidek alohida so‘zlarda emas, balki nutqiy aloqalarda, tugal xabarlarda, matnlarda, ularning minimal bo‘lagi bo‘lgan gaplarda aks etadi... So‘zlar va ular ma’nolarining ong va borliqqa munosabati gap orqali bog‘langan, gapdan o‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasi bo‘yicha umumlashtiruvchi, ta’limiy xarakterdagi ilk ishlardan biri A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Uning filolog-talabalar uchun mo‘ljallangan “Tekst lingvistikasi” nomli maxsus kursida matn haqidagi ilmiy qarashlar tahlil etilgan, matn tushunchasining mohiyati, tiplari va birliklari, bu birliklarning bog‘lanishi va bog‘lovchi vositalari, matn birliklariaro sinonimiya, sintaktik- stilistik figuralar masalalari bayon qilingan. Keyinroq shogirdi M.Abdupattoyev bilan hamkorlikda nashr ettirgan “Matn sintaksisi” nomli o‘quv qo‘llanmasida matnning struktur-semantik va stilistik jihatlari, matn birliklaridagi tema-rematik munosabat atroflicha tahlil qilingan, tegishli xulosalar umumlashtirilgan. Matn lingvistikasining yana bir muhim tarmog‘i - badiiy matnni tadqiq qilish yo‘nalishi ham, aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan. 2009-yilda M.Yo‘ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo‘lish tarzi o‘zbek adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda intertestuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan, badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o‘rganilib, badiiy matnda fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik aktuallashish mexanizmlari aniqlangan. 2010- yilda himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq
qilishga bag‘ishlangan. Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga xizmat qiluvchi modallik va temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy aloqadorligi ko‘rsatib berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy hodisa ekanligi, uning muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat mahsuli ekanligi ochib berilgan. Sh.Turniyazovaning nomzodlik ishi matn shakllanishining derivatsion xususiyatlari tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mikromatn va uning turlari haqida mulohaza bildirilib, unda oddiy grafema (nutqda tovush), so‘z va so‘z birikmalari ham matn maqomida kelishi mumkinligi dalillangan, mikro va makromatnlar voqelanishining derivatsion xususiyatlari ilmiy talqini berilgan, matn komponentlarining va umumiy matn strukturasining derivatsion xususiyatlari yoritildi va bunda derivatsiya operatori vazifasida keluvchi semantik omil hamda leksik vositalar, matn komponentlarining pog‘onali munosabati xususida fikrlar bildirilgan. 2011- yilda himoya qilingan Sh.Haydarovning “Badiiy matnda parsellyativ konstruksiyalarning qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasi ham matn lingvistikasining tarkibiy qismi, o‘rganish obyektlaridan biri bo‘lgan parsellyativ konstruksiyalar tadqiqiga bag‘ishlangan. Ishda parsellyativ konstruksiyalar badiiy matn materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan, parsellyativ konstruksiyalarning mohiyati, ularning ilova va boshqa konstruksiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar asosida izohlanib, parsellyativ konstruksiyalarning og‘zaki va badiiy nutqqa xoslanishi, ularning o‘ziga xos tomonlari tahlil etilgan hamda parsellyativ konstruksiyalarning voqelanishiga ko‘ra tasnifi ishlab chiqilib, parsellyativ konstruksiyalar grammatik va lingvopoetik jihatdan tavsiflangan. Ko‘rinadiki, badiiy matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda.