logo

BADIIY MATNLARDA UNDALMANING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

103.650390625 KB
BADIIY MATNLARDA UNDALMANING LINGVOPOETIK
XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
KIRISH (Ishning umumiy tavsifi) ………………………………………
I   BOB.   UNDALMANING   LEKSIK-SEMANTIK   VA   GRAMMATIK
XUSUSIYATLARI 
1.1. O‘zbek tilshunosligida undalmaning o‘rganilishi……………………
1.2. Undalmaning leksik-semantik xususiyatlari………………………..
1.3. Undalmaning  ifodalanishi,  tuzilishiga ko‘ ra turlari…………………
Bob bo‘yicha qisqa xulosa
II   BOB.   BADIIY   MATNLARDA   UNDALMA   LINGVOPOETIK
VOSITA SIFATIDA
2.1. Poetik individuallikni ta’minlashda undalmaning o‘rni………………
2.2. Nasriy  va dramatik matnlarda undalmaning qo‘llanilishi……………
2.3. Undalma – she’riy matnlarda lingvopoetik vosita sifatida…………..
Bob bo‘yicha qisqa xulosa
XULOSA ………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………… KIRISH ( ISHNING UMUMIY TAVSIFI )
Mavzuning   dolzarbligi   va   zaruriyati.   Adabiy   tilimiz     o‘sib   borayotgan
jamiyat   talabiga   to‘la   javob   berishi,   aloqa   quroli   sifatida,   hozirgi   hayotimizni
to‘liq,   atroflicha   bayon   etib   berishi   lozim.   Bu   esa   hayotni   so‘z   bilan   aks
ettirayotgan     yozuvchi   va   shoirlarimiz   zimmasiga   tilning   ichki   imkoniyatlaridan
unumli   foydalanish   mas’uliyatini   yuklaydi.   Chunki   bir   necha   asrlik   tarixiy
taraqqiyotga   ega   tilimiz   boy   xazinaga   ega   bo‘lib,   bu   xazinaning   ko‘p   qismi   xalq
og‘zaki   ijodi   namunalarida,   shevalarimizda   yashirinib   yotibdi.   Shu   sababdan
Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   o‘z   nutqlarida   quyidagi   fikrlarni   keltiradilar:
“ Kimda-kim   o zbek   tilining   bor   latofatini,   jozibasi   va   ta’sir   kuchini,   cheksizʻ
imkoniyatlarini  his   qilmoqchi  bo lsa,   munis   onalarimizning   allalarini,  ming  yillik	
ʻ
dostonlarimizni, o lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli	
ʻ
qo shiqlariga quloq tutsin. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali	
ʻ
jahonga o z so zini aytib kelganlar. 	
ʻ ʻ Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan
ilmiy   kashfiyotlar   badiiy   durdonalar   yaratganlar. 1
  Shu   sababdan,   o‘zbek   tilining
ilmiy   asosda   rivojlantirishga   qaratilgan   tadqiqotlar,   tilimizning   o‘ziga   xos
xususiyatlariga bag‘ishlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi lug‘atlar
yaratish   bugungi   kunning   dolzarb   vazifalaridan   sanaladi.   Tilimizning   o‘ziga   xos
xususiyatlari esa so‘zlashuv uslubida,   shevalarimizda,   xalq og‘zaki ijodida va til
birliklarining   barcha   ko‘rinishlarini   o‘zida   qamrab   olishga   qodir   bo‘lgan   badiiy
adabiyot   namunalarida   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Ana   shu   nuqtayi   nazardan   til
birliklarining   uslubiy     xususiyatlarini     badiiy   adabiyot   asosida   tadqiq   qilish,   bu
birliklarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   yanada   chuqur   o‘rganishda     muhim
ahamiyat kasb etadi. “Badiiy matnda undalmaning lingvopoetik xususiyatlari” deb
nomlanadigan   mazkur   bitiruv   ishida   undalmaning   lingvopoetik   xususiyatlari,
ijodkorning   badiiy   maqsadini   ochib   berishdagi   o‘ziga   xos   o‘rnini   tadqiq   etish
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi .   O‘zbek   tilshunosligida   undalma,
uning leksik-semantik, grammatik, konnotativ xususiyatlari sintaksisga oid darslik,
1
  Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг   ў збек   тилига   давлат   тили   мақоми   берилганининг   ўттиз   йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.  http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019. o‘quv qo‘llanma, monografiya, tadqiqot ishi sifatida o‘rganilgan bo‘lsa-da 2
,   uning
badiiy   matndagi   o‘rni,   badiiy   matnda   undalma   vazifasida   qo‘llaniladigan
so‘zlarning   semantik   doirasi,   subyektiv   baho   munosabati,   ko‘chma   ma’nolarni
hosil qilishi, adabiy tur va janrlarda qo‘llanilishi monografik tarzda o‘rganilmagan.
Bu   ishning   bugungi   kundagi   dolzarbligi   va   o‘rganilishi   katta   ahamiyatga   ega
ekanligini belgilaydi.
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari.   Ishning   maqsadi   undalmaning   badiiy
matnda qo‘llanilishi, uslubiy x ususiyatlari, xususan, nasriy, she’riy, dramatik turda
undalmaning o‘ziga xos jihatlarini, qo‘llanilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Mazkur   malakaviy   bitiruv   ishida   quyidagi   vazifalarni   amalga   oshirishni   ko‘zda
tutganmiz: 
-   o‘zbek tilshunosligida undalmaning o‘rganilishini umumlashtirish;
-undalmaning   leksik-semantik   xususiyatlari,   denotativ   va   konnotativ
ma’nolarini o‘rganish;
-undalmaning     ifodalanishi,   tuzilishiga   ko‘ ra   turlarini   misollar   asosida
izohlash;
-poetik individuallikni ta’minlashda undalmaning o‘rnini  badiiy matnlardan
olingan misollar asosida yoritib berish;
-nasriy   matnlarda   undalmalarning   vazifalari   ortishi,   lingvopoetik
imkoniyatlarining   kengayishini     roman,   qissa,   hikoyalarda     qo‘llanilgan   murojaat
birliklari orqali izohlash;
-   nasriy,   dramatik   asarlarda   undalmaning   asosiy   vazifalaridan   tashqari,
konnotativ vazifasi kuchayishini misollar asosida yoritib berish;
2
  Сайфуллаев А. Ҳозирги ўзбек тилида ундалма. –Тошкент: Фан, 1968. – 74 б.;  Аҳмедова Н. Ўзбек
тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:   Филол.фан.номз....дисс.автореф.   –
Тошкент,   2008.   –   25   б.   Акбарова   З.   Тил   ва   мурожаат   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   2014.   –   №3.   –Б.92-95 . ;
Акбарова   З.   Мурожаат     шаклининг   тасниф   асослари   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   2006.   –   №3.   –Б.74-76;
Акбарова З. Мурожаатнинг моҳияти// Ўзбек тили ва адабиёти, 2012. – №3. –Б.89-92.; Расулов Р., Аҳмедова
Н.   Ундалмами   ёки   мурожаат   бирлиги //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   2007.   –   №2.   –Б.85-88.;   Умарова   Н.
Тахаллуснинг ундалма сифатида берилиши// Ўзбек тили ва адабиёти, 2003. – №4. –Б.81-83. - undalma emotsional-ekspressivlikning oshirishda, ma’lim bir badiiy san’at
turlarini   hosil   qilishda,   vazn   va   qofiyani   ta’minlashda     vosita     bo‘lishini     she’riy
matnlar orqali o‘rganish. 
Bitiruv   ishining   obyekti   va   predmeti.   Badiiy   matnlarda   qo‘llaniladigan
undalmalar ishning  tadqiq obyekti sanaladi. Adabiy tur va janrlarda  undalmaning
lingvopoetik   xususiyatlari   tadqiqotning   predmetini   tashkil   etadi.   Ishining   obyekti
va   predmetini   ochib   berishda   hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiyotidan   hamda   ayrim
o‘rinlarda mumtoz adabiyotimizdan olingan    misollar material vazifasini o‘tadi. 
Bitiruv ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi: 
-   poetik  individuallikni  ta’minlashda   undalmaning  ishtiroki  mumtoz  asarlar
va hozirgi zamon adabiyotidan olingan misollar asosida aniqlandi;
-   undalmaning   nasriy   va   dramatik   matnlarda   qahramonlar   nutqini
individuallashtirishda,   psixologik   tahlilda,   xarakterni   ochib   berishda   keng
imkoniyat   yaratishi   A.Qodiriy,   Cho‘lpon,   O.Yoqubov,   O‘.Hoshimov,   S.Ahmad,
Sh.Boshbekov,   Ulug‘bek   Hamdam   asarlaridan   olingan   misollar   asosida     yoritib
berildi;
-   undalmaning   apellyativ,   kommunikativ   vazifalardan   tashqari   konnotativ,
fatik vazifalarining ortishi dramatik asarlar orqali o‘rganildi;
 - undalmaning she’riy matnlarda  qo‘llanilishdagi o‘ziga xos jihatlari: poetik
sintaksis turlarini (ritorik murojaat, apostrofa) hosil qilishi,  tavsiflash xususiyatiga
ega   bo‘lishi,   o‘z-o‘ziga   murojaat,   polifunksionallik   kabilar   H.Xudoyberdiyeva,
M.Yusuf,   S.Sayid, Faxriyor kabi shoirlar ijodidan olingan misollar orqali izohlab
berildi.  
Malakaviy   bitiruv   ishining   tadqiq   usullari .   Mavzuni   yoritishda   hozirgi
kunda   o‘zbek   tilshunosligi   qo‘lga   kiritgan   yutuqlardan,   bayon   qilingan   nazariy
fikrlardan, semantik-uslubiy, tavsifiy, qiyosiy metoddan foydalanildi. 
Malakaviy   bitiruv   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Malakaviy
bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
Tadqiqotda   erishilgan   natijalardan   oliy   o‘quv   yurtlarida   lingvopoetikani
o‘rganish   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borishda   foydalanish   mumkin. Tadqiqotda   to‘plangan   materiallardan   badiiy   asar   tili   bo‘yicha,   magistrlik
dissertatsiyalari   va   bakalavrlik   bo‘yicha   malakaviy   bitiruv   ishlari   yozishda
foydalanish mumkin. Ishda to‘plangan misollar o‘zbek tili uslubshunosligi va nutq
madaniyati, badiiy asar tili, lingvopoetika bo‘yicha amaliy dars soatlarini o‘tishda
material vazifasini o‘taydi. O‘ninchi sinf darsligida leksik, morfologik va sintaktik
vositalarning   nutqiy   uslublarda   qo‘llash   mavzulari   ostida   bir   qancha   mavzular
o‘rin   olgan.   Ushbu   mavzularni   tushuntirishda   maktab   o‘qituvchilari   uchun
qo‘shimcha ma’lumot vazifasini o‘taydi.
Malakaviy bitiruv ishining tuzulishi va hajmi.  Malakaviy bitiruv ishi ikki
asosiy   bob,   xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.   Malakaviy
bitiruv ishining umumiy hajmi 62 sahifani tashkil etadi.   I BOB. UNDALMANING LEKSIK-SEMANTIK VA GRAMMATIK
XUSUSIYATLARI
1.1.O‘zbek tilshunosligida undalmaning o‘rganilishi
O‘zbek   tilshunosligida   undalmaning     ilmiy   jihatdan   o‘rganilishi     boshqa
sintaktik  hodisalar  kabi   o‘tgan  asrning   boshlariga  to‘g‘ri  keladi.  O‘sha   paytlarda
yaratilgan   darsliklar,   qo‘llanmalarda   bu   sintaktik   birlik   haqida   fikrlar   bildirilgan.
Masalan, A.Fitratning kitobida undalma undashli gap deb yuritilib, “gap kimgadir
qaratib   aytilgan   bo‘lsa,   shuning   oti   undashli   gap”,   –   deb   ta’rif   berilgan   va
undalmaning gapning boshi, o‘rtasi va oxirida kelishi aytib o‘tilgan. Fitrat undash
otlari  qatnashgan  gaplarni undashli  gap deb ataydi. Undalma gapdan vergul  bilan
ajratilishi,   undash   gapning   oxiriga   undov   belgisi   qo‘yilishini,   kuch   bilan   aytilgan
va   oldida   “ey”   undov   so‘zi   bilan   kelgan   undalmadan   keyin   undov   belgisi
qo‘yilishini   misollar   bilan   tushuntirib   o‘tadi.   Fitrat   undalmaning   tuzilishiga   ham
e’tibor   qaratadi.   U   sodda   (yolg‘iz   o‘zi)   va   murakkab   (uzun-uzun   sifatlari   bilan
birgalashib   keladi)   ko‘rinishda   bo‘lishini   ta’kidlaydi   va   har   biriga   misollar
keltiradi . 3
  H.G‘oziyevning   “O‘zbek   tili   grammatikasi”   kitobida   gapning   egasiga
atab, unga undab, gapdagi  fikrga bog‘langan,  gap o‘ziga  qaratilgan  so‘z undalma
deyilishi   aytilgan. 4
  A.G‘ulomovning   “O‘zbek   tili   grammatikasi”   darsligida
undalmaning   so‘zlovchining   nutqi   qaratilgan   shaxs   yoki   predmetni   bildirishi,
uning   ifodalanishi,   ot   so‘z   turkumining   qaysi   ma’no   turlari   undalma   vazifasida
kelishi, undalma o‘ziga qarashli aniqlovchilar bilan kelishi mumkinligi va bunday
undalmalar   yoyiq   undalma   deyilishi   aytib   o‘tilgan. 5
  1944-yilda   chiqqan   darslikda
esa undalmaning takror holda qo‘ llanishi mumkinligi aytilgan. 6
  E’tibor bersak, yil
o‘tgan   sayin   bu   birlikka   nisbatan   nazariy   qarashlar   takomillashib,   har   bir
darslikning   undalmaning   til   birligi   sifatidagi   leksik-semantik,   grammatik
xususiyatlari kengroq yoritilmoqda. Xuddi shunday A.G‘ulomovning “Sodda gap”
3
  Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 4-жилд. –Тошкент: Маънавият, 2006. –Б.206.
4
 Ғозиев Ҳ. Ўзбек тили грамматикаси. Синтаксис.  II қисм.  –Тошкент, 1938. –Б.86.
5
 Ғуломов А. Ўзбек тили грамматикаси. Синтаксис.    –Тошкент, 1940. –Б.63.
6
 Ғуломов А., Маъруфов З.,  Шермуҳамедов Т. Ўзбек тили грамматикаси. Синтаксис.  II қисм  –
Тошкент, 1944. –Б.69. kitobida   undalma   “Gapning   bo‘laklari   bilan   grammatik   jihatdan   bog‘lanmagan
so‘zlar”   mavzusida   o‘rganilgan.   Tilshunosligimizning   ulkan   bilimdonlaridan
bo‘lgan A.G‘ulomov undalmaning vazifasi, ifodalanishi, gapning qaysi o‘rinlarida
kelishi,   shunga   ko‘ra   ma’no   ifodalashi,   yoyiq   tarzda   kelishi   va   mana   shu   o‘rinda
undalma o‘z tarkibida predikativlik hosil qilishi mumkinligini shu kitobda misollar
bilan   izohlab,   asoslab   beradi. 7
  1956-yil   chiqqan   kitobda   ilgari   nashr   qilingan
kitoblardagi fikrlar takrorlanadi, faqat undalmalarning uyushib kelishi mumkinligi
aytib   o‘tiladi. 8
  1961-yilda   A.G‘ulomov   va   M.Asqarovalar   tomonidan   nashr
qilingan  “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   kitobida  undalmada   intonatsiya   masalasi   va
undalmada   emotsionallik     haqida   ma’lumotlar   berilgan.   A.Sayfullayevning
“Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   undalma”   kitobida   A.Sulaymonovning   ilmiy   ishi
haqida   fikr   bildirilib,   bu   ishda   keltirilgan   o‘z-o‘ziga   murojaat   tarzida
qo‘llaniladigan  undalmalar,  murakkab  undalmalar     xususidagi   fikrlar   mulohazaga
tortilgan.  9
 
Shu   o‘rinda   aytish   zarurki,   yuqorida   aytilgan   darslik,   qo‘llanmalarda
undalma   boshqa   sintaktik   birliklar   bilan   bir   qatorda   o‘rganilgan   bo‘lsa,
A.Sulaymonovning   ilmiy   ishida   esa   atov   gap   va   vokativ   gaplar   bilan   bir   qatorda
o‘rganilgan   bo‘lsa,   A.Sayfullayevning     “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   undalma”
kitobida   undalma   va   uning   o‘ziga   xos   leksik-semantik,   grammatik   xususiyatlari
monografik   tarzda   alohida   o‘rganilgan.   Mazkur   monografiyada   to   monografiya
yaratilgan   davr   –   1968-yilga   qadar   o‘zbek   tilshunsoligida   undalma   o‘rganilgan
darsliklar keltirilgan, ulardagi fikrlarga munosabat bildirilgan. Rus tilshunosligi va
boshqa   turkiy   tilshunoslikda   yaratilgan   ayrim   tadqiqotlarga   ham   olim   mazkur
monografiyada   to‘xtalib   o‘tgan.   Olim   monografiyada   undalma   haqida   umumiy
tavsif   bergan.   Bu   birlikning   leksik-semantik,   morfologik-sintaktik   xususiyatlari,
tarixiy   taraqqiyoti,   ifodalanishi,   tuzilishiga   ko‘ra   turlari,     gapdagi   o‘rni,   stilistik
tomoni   va   undalmada   intonatsiya   masalasiga   to‘xtalib   o‘tgan. 10
  Shuningdek
7
  Ғуломов А. Содда гап.  –Тошкент, 1955.–Б.97-98.
8
 Маъруфов А., Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек тилидан қўлланма. –Тошкент, 1956. 
9
  Сайфуллаев А. Ҳозирги ўзбек тилида ундалма. –Тошкент: Фан, 1968. –Б.10.
10
  Сайфуллаев А. Ҳозирги ўзбек тилида ундалма. –Тошкент: Фан, 1968. – 74 б. kitobda   undalmaning   gap   bo‘laklari   bilan   grammatik   aloqaga   kirishmaydigan
kirish   so‘zlar   bilan   umumiy   tomonlari,   shu   bilan   birga   o‘ziga   xos   xususiyatlari
aytilgan.   Shaxsga   murojaatni   ifodalovchi   undalmalar   og‘zaki   nutqda   ko‘p
qo‘llanilishi, bu so‘zlovchi va tinglovchi munosabatiga bog‘liqligi, odatda undalma
ikkinchi   shaxsga   qaratilishi,   o‘ziga   o‘zi   murojaat   qilishi,   lekin   bu   holatda   ham
undash   grammatik   jihatdan   birinchi   shaxs   orqali   emas,   balki   grammatik   ikkinchi
shaxs   orqali   sodir   bo‘lishi   aytib   o‘tilgan. 11
  A.Sayfullayev   undalma   bilan   eganing
farqlarini,   undalma   bilan   ot-kesim   orasidagi   farqlarni,   izohlovchidan   farqini
misollar bilan tushuntirib bergan. Undalma darak, so‘roq,  buyruq gaplar tarkibida
kela olishi, u mantiqan bir gapga yoki bir necha gapga tegishli bo‘lishi mumkinligi
misollar bilan bu monografiyada asoslangan. A.Sayfullayev undalmalarning tarixiy
taraqqiyotiga ham  ko‘z tashlab, qadimgi yodgorliklar tilida, XI-XIX asrlarda ijod
qilgan   shoir   va   yozuvchilar   asarlarida   undalmaning   uchrash   tarzi,   ko‘chma
ma’noda   qo‘llangan   undalmalar,   o‘z-o‘ziga   undash   undalmalarining   keng
ko‘lamda   qo‘llanilganligini   misollar   bilan   birma-bir   keltirib   o‘tgan. 12
Monografiyada   olim   undalmalarni   leksik-semantik   jihatdan   uch   asosiy   guruhga
bo‘lib   o‘rgangan.   1.Shaxslarga   qaratilgan   undalmalar   2.Jonli   predmetlarda
qaratilgan   undalmalar   3.Jonsiz   predmetlarda   qaratilgan   undalmalar.   Bu
undalmalarning ham ichki guruhlari misollar bilan o‘rganilgan va monografiyaning
35-sahifasida   chizma   bilan   undalmaning   mazmuniy   turlari   ko‘rsatilib   berilgan.
Umuman   olganda,   ushbu   monografiya   undalmaning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
alohida   monografik   planda   o‘rganilgan   dastlabki   manba   bo‘lib,   unda   mazkur
sintaktik birlikning  leksik-semantik, morfologik-sintaktik jihatlari yaxshi yorilgan.
Biroq undalmaning funksional uslublarda qay tarzda qo‘llanilishi, badiiy matndagi
vazifasi   ishning   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda   alohida   o‘rganilmagan.   Biz   o‘z
bitiruv   ishimizda   masalaning   mana   shu   jihatiga   e’tibor   qaratishga   harakat   qildik.
1976-yilda   nashr   etilgan   “O‘zbek   tili   grammatikasi”   darsligida   undalmaning
semantik-stilistik   xususiyatlari,   qaysi   so‘z   turkumlari   bilan   ifodalanishi,
undalmaning   tuzilishiga   ko‘ra   turlari,   undalmani   xarakterlovchi   jihatlar,   undagi
11
  Shu manba. –B.13-14.
12
  Shu manba. –B.21-23. intonatsiya turli badiiy asarlardan olingan misollar bilan izohlangan.  Undalmaning
unga   juda   o‘xshash   bo‘lgan     atov   gapdan   farqi   yoritib   berilgan.   Undalma   shaxs,
shaxs   bo‘lmagan   jonli   predmet,   jonsiz   predmet   bilan   ifodalanishi   va   ularning
semantik-stilistik funksiyalari batafsil o‘rganilgan. Shaxs bo‘lmagan jonli predmet
va jonsiz predmetlarga murojaat asosan, badiiy adabiyotda uchrashi, masal, matal,
ertaklarda va she’riyatda qo‘llanilishi aytib o‘tilgan. 13
  Darslikda undalmalar orqali
ma’lum   shaxs,   predmetga   ta’rif   berilishi   mumkinligi,   ba’zan   undalmalar   oldidan
aniqlovchisi   kelishi,   ba’zan   undalma   undalmani   izohlashi   yoritib   berilgan.
Undalma   orqali   so‘zlovchining   ma’lum   shaxs-predmetga   modal   munosabati
ifodalanishi   ta’kidlangan.   Modal   munosabat   undalma   orqali   ifodalanganda     1-
shaxs   egalik   affiksi,   kichraytirish-erkalash   shakllari   undalmaga   qo‘shilishi   yoki
undalma   oldidan   undov   so‘zlar   kelishi   haqida   firklar   berilgan.   Undalma   g‘azab,
nafrat,   mazax,   kesatish,   iltimos,   achinish,   erkalash,   hurmat,   shodlik,   tabrik,
chaqirish, mamnunlik kabi emotsional munosabatlarni ifodalashi darslikda misollar
bilan   aytib   o‘tilgan. 14
  R.Sayfullayeva   va   boshqalarning     “Hozirgi   o‘zbek   adabiy
tili”   darsligida   undalma   gap   kengayishida   ishtirok   etishi,   mantiqan   so‘z
kengaytiruvchisi   maqomida   bo‘lishi,   gap   tarkibidagi   ifodalangan   yoki
ifodalanmagan   ikkinchi   shaxs   olmoshining   so‘z   kengaytiruvchisi   hisoblanishi,
undalma   kengaytirgan   olmosh   so‘zshakl   gapning   barcha   bo‘laklari,   bo‘lakning
kengaytiruvchilari,   qolaversa,   bo‘lak   bo‘laklarining   kengaytiruvchilari   bo‘lishi
mumkinligi,     biroq   u   kengayayotgan   so‘z   bilan   bog‘langanda   grammatik   aloqaga
kirishmasligi,   faqat   mazmuniy   bog‘lanishga   ega   bo‘lishi   misollar   bilan   yoritib
berilgan.   Darslikda   undalma   kengayishi,   uyushishi     mumkinligi   (bu   fikr   avvalgi
darsliklarda   ham   aytilgan),   hatto   mustaqil   gap   maqomini   olishi   mumkinligi
aytilgan.   Mana   shu   o‘rinda   darslik   mualliflari   undalmaning   bu   ko‘rinishi   vokativ
gap   deyiladi,   deb   fikr   bildirishgan. 15
  N.Mahmudov,   A.Nurmonovlarning   “O‘zbek
tilining   nazariy   grammatikasi   (Sintaksis)”   darsligida   sintaktik   shakllar   o‘rtasida
13
  Ўзбек тили грамматикаси. Синтаксис.     II  томлик, 2-том.  –Тошкент: Фан,  1976. –Б.259-262.
14
  Ўзбек тили грамматикаси. Синтаксис.     II  томлик, 2-том.  –Тошкент: Фан,  1976. –Б.262 -270 .
15
  Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi
o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: 2010. –Б.533-535. ifodalanadigan   mazmuniy   munosabatni   ikki   guruhga   (obyektiv   va   subyektiv
munosabat)   ajratilishi,   undalma   va   kirishlar   subyektiv   munosabatni   ifodalashi
aytilgan.   Darslikda     subyektiv   munosabat   ham   yana   ikkiga   ajratilgan:   1)undash
(vokativ) munosabati; 2) modal   munosabat.   So‘zlovchi   nutq   jarayonida   ma lumʼ
voqelik   haqida   axborot   berish   davomida   tinglovchining   diqqatini   shu   axborotga
jalb   qilish,   bu   axborotga   qo‘shimcha   ravishda   tinglovchiga   o‘zining   ma lum
ʼ
subyektiv   munosabatini   ifodalash   undash   munosabati   sanalishi   ta’kidlangan.
Bunday   gaplar   mazmunan   murakkablashishi,   obyektiv   mazmunga   –   diktumga
subyektiv   mazmun,   so‘zlovchining   undash   munosabati   qo‘shilishi,   subyektlar
miqdori   ham   kengayishi   misollar   bilan  darslikda   izohlangan.   Olimlarimiz   undash
munosabati ham,   erkalash, kesatiq, do‘q-po‘pisa semasi,  qarg‘ish   kabi bir necha
semalarni o z ichiga olgan murakkab butunlik sanalishini ta’kidlashib, bu semalar	
ʼ
ichida   undash   semasi   hammasida   takrorlanadigan   birlashtiruvchi   sema,   qolgan
semalar farqlovchi semalar ekanligini aytishadi.   Undalma o‘zi ishtirok etayotgan
bo‘lak yoki gaplar bilan introduktiv aloqa (mazmuniy bog‘lanish)ga kirishishi ham
ushbu darslikda ta’kidlangan.  16
 
XX   asrning   o‘rtalaridan   til   birliklarining   funksional-stilistik   xususiyatlari
o‘rganila   boshlagan.   O‘zbek   tilining   ilmiy   uslubi   M.Mukarramov,   rasmiy   uslubi
D.Boboxonova, publitsistik uslubi T.Qurbonov va A.Abdusaidov, so‘zlashuv nutqi
B.O‘rinboyev,   badiiy   uslub   S.Karimovlar   tomonidan   o‘rganilgan. 17
  Ularning
tadqiqotlarida   ham   tadqiq   obyekti   bo‘lgan   uslubning   sintaktik   xususiyatlari,
jumladan,   undalmaning   bu   uslublarda   qo‘llanilishi   yoritilib   berilgan.
Undalmaning   uslubiy   xususiyatlari   stilistika   sohasiga   oid   darslik,   qo‘llanmalar,
monografiyalarda ham o‘rganilgan. 18
  Shuningdek , H.Xoliqovning “Hozirgi o‘zbek
16
  Маҳмудов   Н.,     Нурмонов   А.   Ўзбек   тилининг   назарий   грамматикаси.   Синтаксис.   –Тошкент:
Ўқитувчи, 1995. –Б.98-100.
17
  Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. – Т.: Фан, 1984.–Б.111-131.;   Бабаханова Д.
Официально-деловой   стиль   современного   узбекского   литературного   языка.   Автореф.дисс.   …
канд.филол.наук.   –   Т.,   1987;   Курбанов   Т.И.   Публицистический   стиль   современного   узбекского
литературного   языка:   Автореф.   дисс.   …канд   филол.   наук.   –   Ташкент,   1987;   Ўринбоев   Б.,   Ўринбоева   Д.
Ҳозирги ўзбек тилининг сўзлашув услуби. – Т.: Фан, 1991. – Б.146-160.; Каримов C.  Ўзбек тилининг бадиий
услуби. – Самарқанд: Зарафшон, 1992.
18
  Шомақсудов   А.,  Расулов  И.,   Қўнғуров  Р.,  Рустамов  Х.  Ўзбек   тили  стилистикаси.   –  Тошкент:   Ўқитувчи,
1983. – 248 б; Қиличев Э.Ўзбек тилининг амалий стилистикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1992; Каримов С. Ўзбек тили
функционал стилистикаси. –Самарқанд:  СамДУ нашри, 2010. –Б.11. adabiy   tilida   murakkablashgan   sodda   gaplar   uslubiyati”   dissertatsiyasi da   uyushiq
bo‘laklar,   ajratilgan   bo‘laklar,     kirish   va   kiritmalar   qatorida   undalmaning   uslubiy
xususiyatlari   yoritilgan   bo ‘lib,   ishda   bu   birliklarning   stilistik   xususiyatlari
A.Qahhor asarlari asosida o‘rganilgan. 19
  
Nargiza   Ahmedovaning   “O‘zbek   tilida   murojaat   birliklarining   semantik-
konnotativ   tadqiqi”   nomli   tadqiqot   ishida   murojaat   birliklarining   mazmuniy
tuzilishi, propozitsiyaga munosabati, ayni ifodalarning fikr almashish jarayonidagi
ahamiyati,  undalmaning nutq vaziyati hamda so‘zlovchining yoshi va jinsi, tanish
va   notanishligiga   ko‘ra   qo‘llanilishidagi   xarakterli   jihatlar,   ijtimoiy   hayotning
qaysi   jarayonlariga,   yo‘nalishlariga   oidligi,   semantik-konnotativ   xususiyatlari
tadqiq   etilgan. 20
    Dissertatsiyaning   1-bobida   murojaat   birliklarining   mazmuniy
tuzilishi,   unda   diskripsiyaning   yuzaga   kelishi   bilan   bog‘liq   masalalar,   qaratuvchi
uzvli,   belgi   uzvli,   o‘rin   uzvli,   aralsh   uzvli   murojaat   birliklari   misollar   bilan
izohlangan.   Mazkur   bobda   propozitsiyaning   murojaat     birligidagi   o‘rni,
monopropozitiv   (Vatanimiz   muvaffaqiyatini   ko‘rolmaydigan   quzg‘unlar),
polipropozitiv   (o‘g‘limni   tug‘ilgan   kuniga   taklif   etib,   hayotga   qaytargan   ey
notanish   qiz)   murojaat     birliklari     o‘rganilgan,   murojaat     birliklarida
presuppozitsiya xususida ham fikrlar berilgan, misollar bilan izohlangan. 21
 Ishning
2-bobida murojaat  birliklarining konnotativ jihati tadqiq etilgan va unda murojaat
birliklari     ikki   guruhga,   ya’ni   konnotativ   ma’noga   ega   bo‘lmagan   (e’tiborni   jalb
qilish,   undash)   murojaat     birliklari   hamda   konnotativ   ma’noga   ega   bo‘lgan
(parsellyatsiya, postpozitiv, ma’no ko‘chishi, gapdagi o‘rni) murojaat   birliklariga
bo‘lib   o‘rganilgan   va   quyidagicha   fikrlar   bildirilgan:   “O‘tkir   ta’sirchanlikka   ega
vositalardan   hisoblangan   murojaat   birliklari   nafaqat   denotativ   semani,   balki
so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan subyektiv munosabatini ham anglatib, yuqori
19
  Холиқов   Ҳ.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   мураккаблашган   содда   гаплар   услубияти.
Филол.фанлар.номз...дисс.Тошкент, 1993.–Б.122
20
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008. - 25 б.
21
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008.  –б 10-12. darajadagi konnotativ semani ham ifodalaydi”. 22
 Ishining uchinchi bobida murojaat
birliklarining nutqiy, mavzuviy guruhlari tadqiq etilgan.   23
  
N.Ahmedova   gapning   shakily   tuzilishini   qismlarga   ajratish   haqida   o‘z
fikrlarini   keltirib,   gap   tarkibidagi   kesimni   ajratish   bo‘linishning   birinchi
bosqichini,   kesim   bilan   bevosita   munosabatga   kirishgan   va   uning   ma’lum   bo‘sh
o‘rinlarini to‘ldirib kelish uchun xizmat qiladigan bo‘laklar bo‘linishning ikkinchi
bosqichini,   bo‘lakning   bo‘lagi   aniqlovchi   esa   gapni   bo‘laklarga   ajratishning
uchinchi   bosqichini   tashkil   etishini   aytadi.   Chunki   u   predikat   bilan   uning
argumenti sifatida munosabatga kirishmasligini, predikat va uning bo‘sh o‘rinlarini
to‘ldiruvchi   argumentlarning   belgisini   bildirishini,   ularni   kengaytirishini,   bir
narsaning murakkab nomini – deskripsiyani hosil qilishini takidlaydi. Shuningdek,
gap umumiy mazmuni uchun xizmat qiladigan undalma, kirish, kiritmalarni   ham
ajratadiki, bu bo‘linishning to‘rtinchi darajasini tashkil qiladi, deb hisoblaydi”. 24
Bundan   tashqari   Z.Akbarovaning   qator   maqolalarida   ham   undalmaning
leksik-semantik jihatdan tavsifi, uning kommunikativ, apelyativ, emotiv vazifalari,
bu birlikning gapdagi o‘rni va mohiyati yoritib berilgan. 25
Keyingi   yillarda   o‘zbek   tilshunosligida   olimlar   tomonidan   undalmaning
leksik-semantik, grammatik xususiyatlaridan kelib chiqib, bu sintaktik birlik nomi
xususida ham bahsli fikrlar paydo bo‘ldi.   Va keyingi davr manbalarida bu hodisa
ikki   xil   termin   bilan   yuritila   boshlandi.   Shu   bois   ayni   mana   shu   masalaga   oid
R.Rasulov,   N.Ahmedovalarning   “Undalmami   yoki   murojaat   birligi”   nomli
maqolasi   nashr   etildi.     Ushbu  maqolada  har  bir  tushunchaga   mos  keladigan  so‘z-
termin   tanlash   lozimligi,   undalma   termini   va   bu   termin   ifodalaydigan   tushuncha,
murojaat   so‘zining   keyingi   davrlarda   tilimizda   keng   qo‘llanila   boshlashi,   bu
so‘zning   faollashgan   semalari,   murojaat   birligi   birikmasi   undalma   terminiga
nisbatan keng ma’noni ifodalashi, undalma  murojaat birligining xususiy ko‘rinishi
22
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008.  –Б.20.
23
  Shu dissertatsiya avtoreferati. –B.13-20.
24
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008.  –Б 8.
25
  Акбарова   З.   Тил   ва   мурожаат   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   2014.   –   №3.   –Б.92-95;   Акбарова   З.   Мурожаат
шаклининг   тасниф   асослари   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   2006.   –   №3.   –Б.74-76;   Акбарова   З.   Мурожаатнинг
моҳияти// Ўзбек тили ва адабиёти, 2012. – №3. –Б.89-92.  hisoblanishi   aytib   o‘tilgan.   Maqolada   u ndalm a   va   gap   bo‘ lagi   masalasi   bo‘yicha
ham   fikrlar   bildirilgan.   F.Abdurahmonov   undalmani   o‘ziga   xos   gap   bo‘lagi
ekanligini   ta’kidlagani,   A.Sayfullayev   uchinchi   darajali     bo‘lak   deb   ta’riflagani
haqida   gapirilib,   maqola   mualliflari   bu   boradagi   o‘z   fikrlari   bayon   etganlar.
Bundan tashqari ushbu maqolada undalma ishtirok etgan gap ikki tomonlama ham
shakily,   ham   mazmuniy   tomondan   murakkablashuvi   haqida   fikrlar   bildirilgan. 26
N.Umarovaning   maqolasida   taxallusning   undalma   vazifasida   kelishi,   bu   esa   turli
badiiy   usul   va   san’atlarni   vujudga   ketirishi,   Navoiy   g‘azallarida   taxallusning
undalma vazifasida kelishi misollar bilan izohlab berilgan. 27
Xullas,   undalma   va   uning   asosiy   xususiyatlari,   vazifasi   ilmiy   manbalar,
tadqiqotlarda o‘rganilgan.  Biz yuqorida bu borada qilingan tadqiqotlarga to‘xtalib
o‘tishga harakat qildik.
1.2.  Undalmaning leksik-semantik xususiyatlari
Undalma   so‘zlovchining   nutqi   qaratilgan   shaxsni   bildiradi,   shu   bilan   birga
bir   necha   vazifa   bajaradi.   Shuning   uchun   manbalarda   undalmani   har   tomondan
tahlil   qilish   zaruriyati   aytib   o‘tiladi:   “Murojaat     birliklari   propozitiv   (gapdagi
ma’nosi,   asosiy   ma’nosi),   presuppozitiv   va   konnotativ   ma’no   ifodalaydigan
shakllarda reallashadi. Bular o‘ziga xos morfologik, sintaktik xususiyatga ega. Shu
sababli   bunday   birliklarning   semantik-sintaktik   xususiyatini   tahlil   qilish   ilmiy-
amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega” 28
Undalmaning   leksik-semantik   xususiyatlari   haqida   fikrlar   dastlab
A.Sayfullayevning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   undalma”   monografiyasida
batafsil   holda   yoritilgan.   Bu   monografiyada   undalma   kishi   otlari,   jonli,   jonsiz
predmetlar   nomi,   tabiat   hodisalari   kabi   tushunchalarni   ifodalashi   aytib   o‘tilgan. 29
A.Sayfullayev     monografiyasida   undalma   leksik-semantik   jihatdan   uch     asosiy
guruhga:   shaxslarga,   jonli   predmetga   va   jonsiz   predmetga   qaratilgan   undalmaga
26
  Расулов Р., Аҳмедова Н. Ундалмами ёки мурожаат бирлиги // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. - №2. 
–Б.85-88.
27
  Умарова Н. Тахаллуснинг ундалма сифатида берилиши // Ўзбек тили ва адабиёти,  2003.  - № 4 .  –Б.81-83.
28
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008. –Б.5.
29
  Сайфуллаев А. Ҳозирги ўзбек тилида ундалма. –Тошкент: Фан, 1968. – 24 б. bo‘lib o‘rganilgan. Olim shaxslarga qaratilgan undalmalarni 2 ga: yakkashaxsga va
umumshaxsga   qaratilgan   undalmalarga   ajratadi.   Yakka   shaxs   undalmalari   kishi
ismi,   ism-familiyasi,   kasb-hunar,   mashg‘ulot,   mansab-amal,   unvon,   jins,
qarindoshlik,   yaqinlik,   do‘stlik,   holat,   xususiyat,   kichraytirish-erkalatish,   so‘kish-
ayblash,   kesatish   va   ko‘chma   ma’nolarda   kelishi   aytilgan   va   misollar   bilan
izohlangan.   A.Sayfullayev   umumshaxsga   qaratilgan   undalmalarni   ham
so‘zlovchining   nutqi   bevosita   umumshaxsga   qaratilgan   va     so‘zlovchining   nutqi
bavosita   umumshaxsga   qaratilgan   undalmalarga   ajratadi.   Jonli   predmetlar  
  va
jonsiz   predmetlarga   qaratilgan   undalmalarning   leksik-semantik   xususiyatlarini
batafsil   misollar   bilan   izohlaydi   va   jadval   bilan   ko‘rsatadi. 30
  Zuhra   Akbarova   o‘z
maqolasida undalmani (muallif murojaat shakli deb ataydi) qarindosh-urug‘chilik,
do‘st-o‘rtoqlik,   lavozim,   jismoniy   belgi,   yer   va   osmon   jismlari,   hayvon   va
parrandalar,   oziq-ovqat,   o‘simlik,   vaqt   maydoni   kabi   mavzuiy   guruhlarga
ajratadi. 31
Hozirgi zamon matn ko‘rinishlarini (asosan badiiy matn) o‘rganib, undalma
vazifasida   qo‘llaniladigan   so‘zlarni   leksik-semantik   jihatdan   quyidagi   guruhlarga
ajratdik. 
1 .   Kishi   ismlari,   familiyalari,   sharifi,   taxallusini   ifodalovchi   so‘zlar:
Salim,   Oygul,   o‘rtoq   Ahmedov,   Navoiy   va   hk.   Nasriy   asarlarda   qahramonlar
dialogida     va   dramatik   asarlarda   kishi   ismlari,   familiyalari,   sharifi,   taxallusi
undalma vazifasida faol qo‘llaniladi:  – Salom,  Xudoyor!  Biz keldik! Do‘stim, Qora
kamarga   chiqamizmi?   –   dedi.   Xudoyor   sukut   qildi,   so‘ng:   –   Qo‘ziboy,   xafa
bo‘lmang, vaqtim yo‘q. Agar mol kerak bo‘lsa, beraman, olib borib so‘yinglar! –
dedi   (Xolmirzayev   Sh.   Saylanma.   1-jild,   51);   E’tiborov,   sovxozimizga   ishga
o‘tmaysizmi? Ish yo‘q emas, bor... (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild, 102).  Ko‘p
hollarda   kishi   ism,   sharif,   familiyalaridan   oldin   yoki     keyin   qavm-qarindoshlik,
yaqinlik,   kasb,   lavozim,   unvon,   daraja,   mansab,   xarakter,   xususiyat   ma’nosini
ifodalovchi so‘zlar yonma-yon shu vazifada keladi: –   G‘ani aka!  — dedi kimdir.
30
 Shu manba. –B.25-35.
31
  Акбарова З. Мурожаат  шаклининг тасниф асослари // Ўзбек тили ва адабиёти, 2006. - №3. –Б.74. Bo‘lim   boshlig‘i   ekan:   –   Yuring-e!   –   dedi   u.   –   To‘y   emas,   bir   g‘alati   ish   bo‘ldi,
aka!  (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild,132). 
Badiiy   matnlarda   undalma   ko‘p   o‘rinlarda   so‘zlovchining   tinglovchiga
munosabatini ifodalash uchungina emas, balki so‘zlovchining o‘zining xarakterini
ochiq ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi.    – Ey bandai mutakabbir!  – deb xitob qildi.
–Bobong   А mir   Temur   arvohini   shafe   keltirib   aytamen,–dedi,–   shukrona   bildirib
istig‘for   aylagaysen   (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   74).   Bu   jumlada
Nizomiddin  Xomushning  shahzoda  murojaatidan  uning  xarakterini,  qanday   shaxs
ekanligini, shahzoda kimning ta’siriga tushib qolganini kitobxon anglaydi. 
 She’riyatda g‘azallarda shoir taxallusi maqta’da  o‘z-o‘ziga xitob ma’nosida
qo‘llanilgan. 
Ko‘zi hajrida, yuzi yodida, so‘zi shavqid,
Xotirim afgor-u jismim zor-u ko‘z xunbordur.
Senda,  Bobur  yo‘q gunah, yorning itobi kam emas,
Jurmsiz doim itob aylar – ajab dildordur (Z.M.Bobur. Devon, 27).
  2.   Qarindosh-urug‘   ma’nosini   bildiruvchi   so‘zlar:   ota,   ona,   aka,   opa,
uka, singil, amaki, tog‘a, jiyan, amma, xola, amakivachcha, xolavachcha, qayin va
boshqalar :   Ammo   lekin,   o‘g‘lim,   qushga   qarash,   uni   davolash   ham   ko‘p   zavqli!
(Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild,   2 0 3 ).   Qarindosh-urug‘ mazmunini ifodalovchi
so‘zlar   nasriy   va   dramatik   matnlarda   undash,   so‘zlovchining   yaqin   insoniga
mehrini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Agar bu so‘zlar notanish kishilarga murojaat
ma’nosida   qo‘llanilsa,   samimiyat,   odamoxunlik,   begona   kishiga   murojaatning
qulay   usuli   sifatida   ishlatiladi.   She’riy   matnlarda   esa   lirik   qahramon
kechinmalarini   ifodalash   uchun,   emotsiyani   ooshirish   uchun,   ritorik   murojaatni
shakllantirish uchun qo‘llaniladi:   А ka,   sochingizga oralabdi oq. / Opa , sarg ‘ ayibsiz
–   farzandning   dog ‘ i./   Ona,   quchoqlaysiz   bunchalar   uzoq...   /   Yig ‘ layman   –
sabrimning bor-ku adog ‘ i (Usmon  А zim. Saylanma, 62).
3.   Kasb-mashg‘ulot,   mansab-amal,   unvon,   yaqinlik,   jins   kabilarni
ifodalovchi so‘zlar:    Hov,  do‘konchi bobo,  beri keling! — baqirdi Berdiyor Eshik
og‘zida   qo‘rqibgina   turgan   do‘konchi   orqasiga   qaradi.   (Xolmirzayev   Sh. Saylanma. 1-jild, 107);  To‘yni katta qilmaysiz,  o‘rtoq direktor!   (Xolmirzayev Sh.
132);  Do‘stim,  qachon keldilaring! Hozirmi? (Xolmirzayev Sh. Saylanma, 48).
4.   Kishilar   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatni   bildiruvchi   so‘zlar:
mehribonim, qadrdonim va hk.
5.   Kishilar   xarakteridagi   belgilarni   ifodalovchi   so‘zlar:   qo‘rqoq,   tentak
va boshqalar.  Tentagim,  senga nima bo‘ldi?
6. Barcha shaxsga (umumshaxsga) qaratilgan undalmalar:  el, yurt, xalq,
xaloyiq, o‘rtoqlar, do‘stlar, bolalar va hk.   Xudodan tilagim shuki, o‘ligi ko‘chada
qolsin, bekafan bo‘lsin,   xaloyiq ... Meni bekafan qildi,   odamlar!   (Xolmirzayev Sh.
Saylanma. 1-jild,156)
7.   O‘rin-joyga   qaratilgan   undalmalar.   Bunday   undalmalar   ham     atab
qo‘yilgan joy nomlariga (O‘zbekiston, Samarqand, Toshkent va hk) va turdosh joy
nomlariga   (Vatanim,   ona   shahrim,   qishlog‘im   va   hk)   bo‘linadi.     Asosan   she’riy
matnlarda   faol   qo‘llaniladi:   Toshkent,   sen   minnatni   bilmagan   ustoz,/   Oybek
nigohisan,/   Oybek   quchog‘isan   (M.Yusuf.   Saylanma).   Ayniqsa,   turdosh   joy
otlaridan   yerim(ona),   dunyo,   vatan,   diyor,   maskan,   shahar,   qishloq   kabi   so‘zlar
undalma bo‘lib keladi:  O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O‘zbekiston,  jonim tushay
soyangga (M.Yusuf. Saylanma).
8. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning atamasi bo‘lgan so‘zlar:   ot,
jayron,   kiyik   va   hk.   Bu   o‘rinda   doston,   ertak,   masallarda   hayvonlarga   atab   nom
qo‘yilishi   va   ular   undalma   sifatida   kelishi   ko‘p   uchraydi.   Masalan,   o‘zbek
folklorida, xususan, dostonlarda otga atab qo‘yilgan nomlar faol ravishda undalma
vazifasida   kelishi   uchraydi:   Boychibor,   Ko‘kdo‘nan,   Girko‘k   va   hk.   She’riyatda
ayniqsa, hayvonlarga murojaat ko‘p uchraydi. Shoir biror hayvonga murojaat bilan
o‘z   maqsadini   ifodalaydi:   Ey   beozor,   ey   mo‘min   jonzot,/   Jayron ,   nega   ko‘zing
to‘la yosh?..(M.Yusuf.Saylanma);  Boychibor, Boychibor! / Shafqating bor, rahming
bor. (Usmon  А zim. Saylanma, 273).
9. Parranda va hasharotlarga undash ma’nosida kelgan so‘zlar:   bulbul,
chumchuq,   kaklik,   mayna,   turna,   laylak,   kapalak,   chigirtka,   pashsha,   chivin,
chumoli va hk. Parranda va hasharotlarga undash ma’nosida kelgan so‘zlar, asosan, badiiy   matnlarda   ertak,   masallarda   uchraydi.   She’riy   asarlarda   bunday
mazmundagi   so‘zlarga   murojaat   faol.   Chumoli,   mehnatkash   chumoli,/     Kuyinma
atrofga   bir   qara/   Maysalar,   oh,   qanday   humoli/   Dunyoni   qilma   ko‘p   masxara
(Shavkat Rahmon. Saylanma, 55).
10. O‘simlik, daraxtlar nomlari:   Bu kabi so‘zlarga murojaat ham, asosan,
yuqorida   aytilganidek,   ertak,   masal,   she’riy   asarlarda   uchraydi :   Qizg‘aldog‘im,/
qirdan   bo‘lak   koshonang   yo‘q,/   Kokil   yoysang,   yerdan   bo‘lak   toshoynang   yo‘q.
(M.Yusuf.Saylanma);
11.Tabiat   hodisalari   va   tabiiy   borliqqa   oid   narsa-hodisalarning
nomlari:   shamol, toshqin, tuman, bulut, yomg‘ir, qor,  tong va boshqalar.  Bu kabi
so‘zlar   ko‘pincha   she’riy   matnlarda   undalma   vazifasida   keladi:   Birdan
hayqiraman:   –   Qaydasiz,   qayda,   O,   shamol   birodar,   o,   chaqin   chaqmoq   ( А zim
Suyun. “Muhabbat hayratlari”, 37).
12. Yer va osmon jismlariga doir so‘zlar:   Oymoma,   /Tiling bormi, bo‘lsa
bir/   Hayqirib  ber,   Oymoma./   Shu  ko‘chada  bir  qiz  bor,/   Chaqirib ber,   Oymoma!..
(M.Yusuf. Saylanma).
13.   Uy-ro‘zg‘or   buyumlarini   ifodalovchi   so‘zlar:   А ylayurman
ko‘zyoshlarim   no‘sh   endi,     Choynaklarim,   qumg‘onlarim,   xo‘sh   endi   (Sirojiddin
Sayyid. “Uyingdagi beshiklar”, 9).
14. Oziq-ovqat nomlarini bildiruvchi so‘zlar:  Bag‘ri doim qonginam,/ 
Miskin, parishonginam,/  А nor bo‘lib sen faqat/ Mung yutdingmi,  anorim ? 
(Sirojiddin Sayyid. “Uyingdagi beshiklar”, 20.)
15.   Ma’za-ta’m,   rang-tus,   hajm-o‘lchov,   shakl-ko‘rinishni   bildiruvchi
so‘zlar.  Bunday ma’noni ifodalovchi sifatlar otlashib, undalma vazifasini bajaradi.
Shirinim,   oppog‘im,   qoravoylar,   kichkintoyim,   lo‘ppiginam,   do‘mbog‘im   kabi
undalmalar   so‘zlashuv   nutqida,   badiiy   asarlarda   faol   qo‘llaniladi:   Shoshmanglar,
popuklar, shoshmanglar  qoravoylar,  yana besh-o ‘ n marta qoqay, hammalaringa
yetadi.  (55)
16.  Vaqt ifodalovchi asr, yil, oy, aprel, may kabi so‘zlar.  Bunday so‘zlar
she’riy matnlarda  undalma bo‘lib keladi. Chunki shoir o‘rni bilan, o‘z maqsadidan kelib   chiqib,   bunday   so‘zlardan   xitob   o‘rnida   foydalanishi   mumkin:   Yigirmanchi
asr,   bu   qanday   gap   axir?/Fasllar   aylanar,   bitta   fasl   yo‘q     (M.Yusuf.   Saylanma);
Fasllar   nomi   ham   she’riy   matnlarda   undalma   vazifasida   faol   qo‘llaniladi:   Xayr,
Bahor!   А lvido,   Bahor!   Rahmat,   oppoq   gullaring   uchun,/   shoxlarimga   zumrad
g‘o‘ralar/   qadab   qo‘ygan   qo‘llaring   uchun   (Sh.Rahmon.   Saylanma,16);   А prel,
aylanayin yalpizlaringdan,/ А ylanayin osmon ko‘zlari zangor (M.Yusuf.Saylanma).
17.   Maqtov   yoki   kamsitish,   haqorat   ma’nosini   ifodalovchi   so‘zlar
undalma   vazifasida   kelishi   mumkin:   Meni   dunyo   tushungaydir,/   Sen   ey   nodon ,
tushunmaysan (M.Yusuf. Saylanma).
18.  Inson tanasi qismlarini ifodalovchi so‘zlar:  Badiiy matnda   bosh, soch,
yuz,   dudoq,   qo‘l   kabilarga   lirik   qahramon   murojaat   qilishi   mumkin:   Keldingiz
avvali   bir   nigoh   aylab,/   O‘z   qonim   o‘zimga   so‘ng   siyoh   aylab,/   Ey,   siz,   anor
yuzlar,   aqiq   dudoqlar,/   Nima   topdingiz?   (Sirojiddin   Sayyid.   “Uyingdagi
beshiklar”,   25).   Yurak,   yomon   ekansan,/   Q|ip-qizil   qon   ekansan./   Kun   yo‘q   ekan
menga   hech,   Senki   omon   ekansan...   (M.Yusuf.Saylanma).   Bulardan   ayrimlari,
masalan,   jigar   so‘zi   ko‘chma   ma’noda   shaxs   o‘rnida   kelib,   qavm-qarindoshlik
ma’nosini   ifodalash   uchun   undalma   bo‘lib   keladi:   Jigarlarim,   men   sizga   bu
qarzlarimni to‘layman –/ Dilim bilan, qo‘lim bilan ish ko‘rib bor usulda./ Faqat siz
bor   bo‘ling,   sizning   umringizni   tilayman/   “Ikki   yonimda   bo‘ling”,   deb   men
ketayotgan yo‘lda (Xudoyberdieva H. Saylanma, 66).
19.   Diniy   tushunchalarni,   afsonaviy   shaxslarni     ifodalavchi   so‘zlar:
Alloh, rabbim, tangrim, parvardigor, mavlo, zohid,  va hk . Nechun, qaysi yozuqlari
uchun uni bu ko‘rgilikka mahkum etding,  halloqi olam?..  (Yoqubov O. “Ulug‘bek
xazinasi”,   94).   Xullas,   undalma   leksik-semantik   jihatdan   bir   qancha   mavzu
guruhlariga   bo‘linadi.   Bu   sintaktik   birlik   asosan   kishilar   orasidagi   ijtimoiy
munosabatni  ifodalagani  uchun unda ma’lum  bir  davr  ijtimoiy mazmuni ham  aks
etgan   bo‘ladi.   Undalma   nutq   uslublari   bo‘yicha   ham   xoslangan   bo‘ladi.   Ular
asosan,   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   va   rasmiy   uslubda   qo‘llaniladi.   Tarixiylik
jihatdan   ham   undalmalar   xoslanadi.   Masalan,   olampanoh,   hazrati   oliylari, mavlono   kabi   so‘zlar   tarixda   murojaat   birligi   sifatida   qo‘llanilgan   bo‘lsa,   hozirda
faqat tarixiy asarlarda qo‘llaniladi.
        
1.3.   Undalmaning  ifodalanishi,  tuzilishiga ko‘ ra turlari
Undalma   leksik-semantik   jihatdangina   emas,   ifodalanishiga   ko‘ra   ham
o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Bu   birlikning   morfologik-sintaktik   ifodalanishi
egaga   o‘xshab   ketadi,   ya’ni   undalma   ham   bosh   bo‘laklardan   biri   ega   kabi   bosh
kelishikdagi ot va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi.     Lekin bir xil emas, chunki
hamma   so‘z   turkumlari   bilan   ifodalansa,   undalma   barcha   so‘z   turkumlari   bilan
ifodalana   olmaydi.   Ega   boshqa   bo‘laklar   bilan   ham   mazmunan,   ham   grammatik
jihatdan sintaktik munosabatga kirishadi, undalma  gap bo‘laklari bilan grammatik
aloqaga   kirishmaydi,   mazmuni   gap   mazmuniga   bog‘liq   bo‘ladi.   Undalma
shaxslarga, ba’zan narsa, joy, hodisalarga qaratilgani bois ,  asosan, ot so‘z turkumi
va   otlashgan   so‘zlar   bilan   ifodalanadi.   Ba’zan   olmosh   va   undov   so‘zlar   hamda
yoyiq, murakkab shaklda so‘z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin:
1.  Ot   bilan  ifodalangan   undalmalar.  Bunda  atoqli  shaxs  va  atoqli  joy  otlari
(Salima,   Aziz,   Muqimiy,   Andijon,   Buxoro),   turdosh   shaxs   otlari   (ota,   ona,   bola,
qiz,   o‘g‘il),     narsa-buyum   (kitob,   daftar,   qalam)   voqea-hodisa   (tabiat,   zamon,
g‘alaba),     hayvon   (kiyik,   jayron,   ot,   tulpor),   parranda   (lochin,   burgut,   mayna),
hasharot   (chumoli,   kapalak,   chigirtka),   o‘simlik   (rayhon,   yalpiz,   lola,
lolaqizg‘aldoq),   modda-ma’dan,   meva-sabzavot   (olma,   olcha,   anor),   xomashyo
otlari (paxta), aniq va mavhum otlar (muhabbat, yaxshilik, iymon), faoliyat-jarayon
otlari   (yoshlik,   bolalik),     yakka   va   jamlovchi   otlar   (xalq,   olomon,   el)   bilan
ifodalanadi:   Ko‘rgan   barcha   u   to‘ylarim   tush   endi,   Ko‘rpalarim,   taxmonlarim ,
xo‘sh   endi;     Suzma   xaltam   qolgaymikin   bo‘sh   endi,   Sut-qaymog‘im,   ayronlarim ,
xo‘sh endi (Sirojiddin Sayyid. “Uyingdagi beshiklar”, 9).
  2.   Otlashgan   sifat   bilan   ifodalangan   undalmalar.   Asosan,   xususiyat   va
holatni   bildiruvchi   sifatlar   undalma   vazifasida     (azizim,   go‘zalim,   mehribonim,
yaxshilar, g‘iybatchilar, dangasalar) keladi:   Go‘zallarim,   go‘zal aldaysiz, / Go‘zal
hatto   –   yolg‘oningiz   ham...Go‘zal   –   ko‘ngil   qoldirmog‘ingiz,/   Go‘zal   –   ko‘ngil olganingiz   ham?..(M.Yusuf.   Saylanma);   Bari   meni   ardoqlar   deb   o ylaysanmi,ʼ
oppog‘im ,/   Mayli,   shunday   o‘ylab   yasha,   dumbulginam ,   bir   fasl./Shunday   xayol
qilardim men kechagi kun, yosh chog‘im,/ Keyin to‘fon qo‘zg‘oldi goh atrofimda
muttasil     (H.Xudoyberdiyeva.   Saylanma,   45).   Otlashgan   sifat   badiiy   matnlarda
undalma vazifasida juda faol qo‘llaniladi. Chunki undalma xarakterlash, tavsiflash
xususiyatiga   ega.   So‘zlovchi     nutqi   qaratilgan   shaxsni   ta’riflab,   subyektiv
munosabatini bildirib ketishi mumkin. Bunday paytda otdan oldin sifat keladi: aziz
insonim kabi. Ko‘p hollarda, ayniqsa, she’riyatda vazn yoki qofiya talabi bilan shu
aniqlanmish   vazifasidagi   ot   tushib   qolishi   va   azizim,   oppog‘im,   go‘zalim
ko‘rinishida sifatlar otlashib, undalma vazifasida kelishi mumkin.
  3. Otlashgan son bilan ifodalangan undalmalar. Bunda asosan  tartib sonlar
undalma bo‘lib keladi : Ikkichilar,  sizlar imtihonga kirmaysizlar. 
 4.  Olmosh bilan ifodalangan undalmalar. Asosan kishilik olmoshi, ikkinchi 
shaxsga xitob bo‘lgani uchun, 2-shaxs birlik va ko‘plikdagi sen va siz olmoshlari 
undalma bo‘lib keladi:  Ey, sen,  xotiralar –dardim, jununim –/ Ho‘l o‘tinim, quruq 
o‘tinim/ Sizni uzoqlarga olib ketaman (Mirzo Kenjabek. “Munojot”, 5).
  5. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan undalmalar. Asosan o‘tgan zamon
otlashgan   sifatdoshlar   undalma   bo‘lib   keladi:   O‘qiganlar ,   bizga   ham   aytib
beringlar.
    6.   Undov   so‘zlar   bilan   ifodalangan   undalmalar.   Ey,   hoy,   hey   kabi   undov
so‘zlar undalma bo‘lib keladi:   Hoy,  siz bir narsani o‘ylaysizmi hech? –  so‘rab qoldi
Hosila   opa.   –Nimani   o‘ylashim   kerak?   –   dedi   Umar   aka   (Xolmirzayev   Sh.
Saylanma. 1-jild,   217) .  She’riy matnlarda  ey  undov so‘z undalma vazifasida ba’zan
yakka holda, ba’zan boshqa so‘zlar bilan birgalikda keladi:  Kel,  ey,  o‘z paytida kel,
baytim ,/ Bir lahza ilgari, ilgari;  Kel, ey bog‘, gurkirab barg yoyib, /Bir lahza ilgari
gulga kir (H.Xudoyberdiyeva. Saylanma, 99).
7. So‘z birikmasi  bilan ifodalangan undalmalar. Bunday undalmalar asosan
aniqlovchi   aniqlanmish   ko‘rinishida,   bitishuv   va   moslashuvli   so‘z   birikmasi
shaklida bo‘ladi. Aziz do‘stim, qadrli bolalar, mehribon ustozim, mening onajonim
kabi.  Jajji qushim , sen kuyingni qushlarga kuyla,/ Bog‘dan chiqmaslarga kuyla, yil – o‘n ikki oy (H.Xudoyberdiyeva. Saylanma, 87). Ba’zan ham qaratqich qaralmish
munosabatli   undalma,   ham   sifatlovchi   sifatlanmish   munosabatli   undalma   yonma-
yon   kelishi   mumkin:   Ey,   sen,   isli   uyim   rizqli   bekasi ,/   Sensiz   chiroq   yoqsa
yorishmas –/Bu qop-qora kunlar sovuq nafasi,/ Oh, bu mening zindon yuragimday,
bas. (Cho‘lpon Ergash. Orzuning og‘ir kipriklari, 78).
8.   Kengaygan   sifatdosh   qurilma   bilan   ifodalangan   undalmalar.   Bunday
undalmalar badiiy matnlarning nasriy va she’riy ko‘rinishlarida keng qo‘llaniladi.
Dramatik asarlarda juda kam qo‘llaniladi, sahna uchun mo‘ljallangan bu asarlarda
qahramonlarning   bir-biriga   murojaatida   asosan   sodda   undalmalar   ko‘p   keladi,
chunki   tomoshabin   so‘zlovchining   fikri   kimga   qaratilganini   tez   anglashi   va   xitob
hammaga   to‘liq   yetib   borishi   uchun   shunday   undalmalardan   foydalaniladi.   Lekin
she’riyatda   sifatdosh   qurilma   bilan   ifodalangan   undalmalar   ko‘p   uchraydi:
Quyoshga   qarab   oqqan   suv,/   Dardimni   aytgan   edim-ku,/Dodimga   yetmaysan
nega,/ quyoshga qarab oqqan suv?(M.Yusuf. Saylanma).
Undalmalar   tuzilishiga   ko‘ra   sodda   va   murakkab   undalmalar   ko‘rinishida
bo‘ladi.   Murakkab   undalmalar   sifatlovchi   aniqlovchi,   qaratqich   aniqlovchi   yoki
izohlovchi   birikma   ko‘rinishida   bo‘ladi.   Izohlovchi-izohlanmish   ko‘rinishida
bo‘lgan   undalmalarda   kasbi,   mashg‘uloti,   unvoni   kabilar   izohlovchi   vazifasida
keladi:   Ey,   mening   munisginam ,   /Mehribonim,   opajon.   /Baland   tog‘lar   bag‘rida/
Bormisan   sog‘-u   omon?   (Usmon   А zim.   Saylanma,   51).   “Nutqda   murojaat
birliklari ko‘p hollarda yoyiq holda – deskriptiv holda (deskripsiya – inglizcha so‘z
bo‘lib,   “tasvirlash,   tavsiflash”)   ishlatilib,   ular   nafaqat   atash,   balki   baholash,
xarakterlash vazifasini ham bajaradi”. 32
Undalma   takror   va   uushiq   holda   qo‘llanilishi   mumkin.   Takror   kelgan
undalmalar   tinglovchi   yoki   tinglovchilarning   diqqatini   tortish   uchun   qo‘llaniladi.
Ko‘pincha   takror   kelgan   undalmalar   oldidan   ey,   hoy,   hey   undov   so‘zlari   keladi.
Uyushiq undalmalar bir necha sodda undalmaning birikib kelishidan  hosil bo‘ladi.
Bir necha shaxs nomi uyushiq tarzda kelishi mumkin: Muhayyo, Surayyo, Ra’no,
32
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008. –Б.9. Muqaddas/ Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.  Bir shaxs yoki bir predmetning turli
xususiyatlari   birikib   kelishidan   hosil   bo‘ladi.   Bunday   undalmalar   asosan,   badiiy
matnlarda   uchraydi   va   his-hayajonni,   emotsionallikni   kuchaytiradi.   Murakkab
undalma tarkibidagi aniqlovchilar ko‘pincha baholovchi sifatlardan bo‘ladi. 
A.Sayfullayev   ajratilgan   undalmalar   haqida   ham   fikr   bildiradi.   Ajratilgan
undalmalar o‘zidan oldin kelgan undalmani izohlab keladi. G‘.G‘ulom asarlaridan
olingan     Jo‘ravoy,   bolaginam,   kampirlarning   qilgan   oshi   senga   yoqdimi   gapini
misol   qilib   keltiradi.   Haqiqatan   ham,   atoqli   ot   va   olmoshlar   undalma   bo‘lib
kelganda, undalmadan so‘ng ajratilgan undalma keladi:  Ey, sen, xotiralar –dardim,
jununim/   –Ho‘l   o‘tinim,   quruq   o‘tinim/   Sizni   uzoqlarga   olib   ketaman   (Mirzo
Kenjabek. “Munojot”, 5).
Xullas,   undalmalar   leksik-semantik   jihatdan   ma’lum   ma’noviy   guruhlarga
bo‘linadi,   o‘ziga   xos   grammatik   xususiyatlarga   ega.   Undalma,   asosan,   ot,
otlashgan   so‘zlar   bilan   ifodalanadi.   Tuzilishiga   ko‘ra   sodda   va   murakkab
undalmalarga bo‘linadi.
Bob bo‘yicha qisqa xulosa
Ushbu bobda undalmaning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixiga e’tibor
qaratildi.   XX   asrning   20-30-yillaridan   hozirga   qadar   bu   borada   qilingan   ishlarga
qisqacha   tavsif   berildi.   Dastlab   o‘quv-qo‘llanma,   darsliklarda   sintaktik   birlik
sifatida   o‘rganilgan   undalma   XX   asrning   60-yillarida   A.Sayfullayev   tomonidan
alohida   monografik   tarzda   tadqiq   etilgan.   Bitiruv   ishimizda   olimning   mazkur
monografiyasiga   zarur   o‘rinlarda   to‘xtaldik,   ayrim   tomonlariga   e’tibor   qaratdik.
Mustaqillikdan   keyin   o‘zbek   tilshunosligining   yangicha   qarashlar,   yo‘nalishlar
asosida   rivojlanishi   tilimizning   barcha   sathlarining   har   tomonlama   o‘rganilishiga
turtki   bo‘ldi.     Shu   sababli   undalma   ham   har   tomonlama,     propozitiv   (gapdagi
ma’nosi,   asosiy   ma’nosi),   presuppozitiv   va   konnotativ   ma’no lariga   ko‘ra   tadqiq
etila   boshladi.   Bu   davrda   undalma   termini   va   murojaat   birligi   termini   haqida
mulohazalar paydo bo‘ldi, undalmami yoki murojaat birligi savoli ostida undalma,
murojaat   birligi   terminlariga   aniqlik   kiritishga   harakat   qilindi.   Biz   bu   bobda   shu fikrlarga ham to‘xtalib o‘tdik va o‘z mulohazalarimizni bildirishga harakat qildik.
Undalmaning     semantik-konnotativ xususiyatlari alohida   o‘rganilgan   tadqiqot larni
ko‘rib chiqdik. 
Badiiy   matnlardan   olingan   misollar   tahlili   natijasida     undalma   nafaqat
so‘zlovchining nutqi  qaratilgan shaxsni  anglatishi, balki so‘zlovchining subyektiv
munosabatini   ham   ifodalashi   anglashildi.   Undalmaning   leksik-semantik   tahlil
qilganda   u   bir   qancha   mavzularga   ajratilib   o‘rganildi   va   quyidagicha   guruhlandi:
1)kishi   ismi,   familiyasi,   sharifi,   taxallusini   bildiruvchi   so‘zlar;   2)   qarindoshlik
maydoniga   doir   so‘zlar;   3)do‘stlik,   o‘rtoqlik   mazmuniga   oid   so‘zlar;   3)   kasb,
lavozim, mansab, unvon, daraja kabilarga doir so‘zlar; 4)jismoniy belgi maydoniga
oid so‘zlar;  5) kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni bildiruvchi so‘zlar; 6) yosh,
jinsni   ko‘rsatuvchi   so‘zlar;   6)   uy   hayvonlari   va   yovvoyi   hayvonlar,   parrandalar,
hasharotlarni ifodalovchi so‘zlar; 7) Tabiat hodisalari va tabiiy borliqqa oid narsa-
hodisalar, osmon jismlari nomlarini ifodalovchi so‘zlar va hk.  Bu mavzu maydoni
badiiy matnlarda, ayniqsa,  kengayishi aniqlandi, misollar bilan asoslandi.   II BOB. Badiiy matnlarda undalma lingvopoetik vosita sfatida
2.1.Poetik individuallikni ta’minlashda undalmaning o‘rni
Har   bir   shoir,   yozuvchi   asar   yozar   ekan,   o‘z   asarini   har   tomondan
boshqalarning asarlaridan o‘zgacha, o‘ziga xos chiqishini xohlaydi, shu istak bilan
yangicha shakllar, yo‘llar, usullar izlaydi. Bu paytda lingvistik birliklar yozuvchi,
shoirga   yordamga   keladi.   Har   bir   birlik,   xususan,   fonetik,   leksik,   morfologik,
sintaktik   birliklar     va   ularning   shakllarining   imkoniyati   cheksiz,     ayniqsa,   bu
imkoniyatlar   badiiy   matnda   yaqqol   ko‘rinadi.   Faqat   undan   yozuvchi   o‘rinli
foydalana   olishi   kerak,   mahoratli   ijodkorning   har   bir   asarida   til   birliklarining
ma’lum   lingvopoetik   maqsadga   yo‘naltirilganligini   ko‘ramiz.   Har   bir   ijodkorning
asari   haqida   gap   ketganda,   asari   tahlilida,   albatta,   uning   til   birliklaridan   qay
darajada   foydalanganligi   aytiladi.   Ma’lum   ijodkor   shakldosh   so‘zlarning
xususiyatlaridan yoki zid ma’noli so‘zlarning uslubiy imkoniyatlaridan foydalanib,
ajoyib she’rlar  yaratadi. Ikkinchi  bir  ijodkor  ijodida  fonetik birliklar  lingvopoetik
ahamiyat   kasb   etadi.   Uchinchi   bir   ijodkor   asarlarida   so‘zning   ko‘chma
ma’nolaridan   o‘rinli   foydalanilganligini   ko‘ramiz.   Undalma   esa   lingvopoetik
vosita   vazifasida   barcha   ijodkorlar   uslubida   uchraydigan   til   birliklaridan
hisoblanadi.   Ayrim   til   birliklarining   uslubiy   imkoniyatlari   faqat   bir   turda   yoki
ayrim   janrlarda   ko‘proq   bo‘lishi   mumkin.   Undalma   esa   barcha   janrlarda   keng
qo‘llaniladigan, poetik individuallikni hosil qilishi mumkin bo‘lgan vositadir. Shu
sababli   ham   bu   birlik   qadimdan   badiiy   matnlarda   faol   qo‘llanilgan.   Hatto   xalq
og‘zaki   ijodida   ham   undalma   keng   qo‘llangan.   Bu   esa   undalmalarning   tarixiy
taraqqiyoti qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Xalq og‘zaki ijodiga xos ko‘pgina
janrlarda   undalma   keng   qo‘llanilgan.   Masalan,   ertaklarda     qahramonlarning
dialoglarida     undalmalarning   faol   qo‘llanilganini   ko‘ramiz.   “Kulsa   gul   –   yig‘lasa
dur”   ertaklar   to‘plamida   17   ta   ertak   bo‘lib,   shaxs   otlari   undalma   vazifasida   ko‘p
qo‘llanilgan:   otajon,   onajon,   qizim,   o‘g‘lim,   birodarlar,   do‘stlarim,   bolam,   taqsiri
olam,   sultoni   bokaram   kabi.     Ertaklarda   undalma   ko‘pincha     ey   undovi   bilan
birgalikda   kelgan:   ey   bo‘tam,   ey   bolam,   ey   himmati   past   o‘g‘lim   va   hokazo. Ba’zan   undalma   oldidan   hoy   undov   so‘zi   qatnashgan:   Hoy   kaljon,   nimaga
yig‘laysan (“Kulsa gul – yig‘lasa dur”, 274-bet). Xalq og‘zaki ijodining eng keng
tarqalgan   turi     xalq   qo‘shiqlari,   xususan,   “Alla”   qo‘shig‘ida   onaning   bolaga
murojaati sifatida undalma qo‘llaniladi.   Bolalarga xos og‘zaki ijod namunalaridan
biri   “Aytishuvlar”da   ham   undalma     murojaat   vazifasida   faol   qo‘llaniladi   va
aytishuvda   so‘zlovchi   kimga   murojaat   qilayotgani   anglashiladi :   –   Salimjon,
Salimjon!   – Labbay. – Betingizmi yo qozonning kuyasimi? – Halimjon, Halimjon!–
Hovva. – Burningizmi, voyvayakning uyasimi? – Salimjon, Salimjon! – Labbay. –
Qulog‘ingizmi, yerto‘laning eshigimi?  (“Chittigul”, 31).
Urxun-Enasoy   yodgorliklarida   ham   undalma   qo‘llanilganini   ko‘ramiz.
Masalan,   “To‘nyuquq”   bitigtoshida   ayg‘oqchilar   To‘nyuquqqa   O‘quz   hoqonining
ittifoqdoshlariga yo‘llagan bitigi mazmunini aytishadi:   Tabg‘ach, bardanayin teg.
Qitany,  o‘ndanayin   teg.  Ban  yirdantayin   tegayin    (Tabg‘ach,  sen   o‘ngdan  hujum
qil!   Xitoy,   oldidan   hujum   qil!   Men   chapdan   hujum   qilay). Bu   gapda   Tabg‘ach,
Qitany  xalq ma’nosida undalma vazifasida kelmoqda. “Kultegin” bitigtoshida ham
xuddi   shunday   xalqqa   murojaatni   ko‘ramiz:   Shimolga   borsang,   ey   turk   xalqi,
o‘lajaksan. O‘tukan yerga o‘rnashib karvon yuborib tursang, hech qanday tashvish
yo‘q.   O‘tukan   yishni   manzil   qilsang,   mangu   davlatni   saqlab   turajaksan ,   Ey,   turk
xalqi,   to‘kis   ishonuvchansan.   Samimiy,   nosamimiyni   ajratmaysan,   kim   qattiq
gapirsa,   samimiyni   ham   tanimaysan.   O‘shandayliging   uchun   tarbiyat   qilgan
xoqoningning   so‘zini   olmayin   har   qayerga   ketding,   bu   yerlarda   butunlay   g‘oyib
bo‘lding, nom-nishonsiz ketding. O‘sha yerda qolganing har yerda zo‘rg‘a o‘lib —
tirilib yurgan eding. Tangri yorlaqagani uchun, iste’dodim, baxtim bor uchun men
sizlarga   xoqon   bo‘ldim.   Xoqon   bo‘lib,   yo‘q   qashshoq   xalqni   yaxshilab   oyoqqa
turg‘azdim. Qashshoq xalqni boy qildim. Oz xalqni ko‘paytirdim yo bu so‘zimda
yolg‘on bormi?!  Turk beklari, xalqi,  buni eshiting!
Eski   turkiy   tilga   oid   yodnomalarda,   xususan,   “Qutadg‘u   bilig”,   “Hibatul
haqoyiq”,   “Devonu   hikmat”   asarlarida   ham   undalmalar   qo‘llanilgan.
G‘.Abdurahmonov   “Tarixiy   sintaksis”   asarida   undalma   nutq   qaratilgan   shaxsni
ifodalovchi  so‘z  ekanligini, nutq qaratilgan obyekt  asarning umumiy mazmuniga, kontekstga   bog‘liqligini   aytadi.   Undalma   “Qutadg‘u   bilig”,   “Hibatul   haqoyiq”
asarlarida   ko‘proq   xudoga,   payg‘ambarlarga,   shohlarga,     umuman   kishilarga
qaratilganini ta’kidlaydi. Olim undalmalar orqali ma’lum maqsad, fikr ifodalanishi
mumkin, bunday maqsad uchun undalmaga keng va yoyiq aniqlovchilar tirkaladi,
deb   o‘z   fikrlarini   “Hibatul   haqoyiq”   asaridan   olingan   misollar   bilan   dalillaydi.
“Hibatul   haqoyiq”   asarida   undalma   vazifasida   ko‘proq   do‘st,   ilahi   so‘zlari   kelib,
ular   ya,   aya,   kabi   undov   so‘zlar   bilan   birikkanini   ta’kidlaydi. 33
    Haqiqatan   ham,
“Hibatul haqoyiq” asarida undalma faol qo‘llanilgan: 
Ayo til turat madh, o‘tungil qani,
Men artut qilayin shohimga ani.
Shohim madhi birla bezadim kitob,
O‘qug‘li kishining sevunsun joni.
Ey til, madh qil, qani bayon et, men uni shohimga sovg‘a qilayin. O‘qimishli
kishining ruhi sevinsin (deb) shohim madhi uchun kitob bezadim (yozdim).
Adib   “Ilm   o‘rganish   haqida”   bo‘limida     “ey   do‘st”   undalmasini   keltirib,
barchani diqqatini o‘ziga qaratadi: Shu o‘rinda “ey do‘st” undalmasi asarda bir
necha   marta   qo‘llanilgan   bo‘lib,   adib   asar   o‘quvchisini   o‘ziga   yaqin   olib,   do‘st
deb   atayapti.   Bu   o‘sha   davr   adib-kitobxon   munosabatini   ko‘rsatishda,
yozuvchining subyektiv munosabatini ochib berishda qo‘l keladi. 
Biliklik bilikni adragan bo‘lur,
 Bilik tatg‘in, ey do‘st, biliklik bilur.
 Bilik biladur erga bilik qadrini,
 Bilikni biliksiz udun ne qilur.
Bilimli   kishi   ilmni   farqlaydi,   ey   do‘st,   bilim   qadrini   bilimli   odam   biladi.
Bilimning   qadrini   kishiga   ilm   bildiradi,   bilimni   nodon,   tuban   kishi   nima   qiladi.
Asarda   murakkab   undalmalar   ham   qo‘llanilib,   unda   undalma   o‘z   aniqlovchisi
bilan kelgan: 
Suchuk tatting ersa achiqqa anun,
 Birin kelsa rohat, kelur ranj o‘nun.
33
Абдура ҳ монов  Ғ. Тарихий синтаксис. –Тошкент: Фан, 1974.  –Б.112. Ayo ranj qatig‘siz so‘rur umg‘ushi,
Bu ochun qachon ul umunchqa o‘run.
Shirinlik   totisang   achiqqa   yo‘y,   kishiga   bir   yo‘l   rohat   kelsa,   orqasidan   o‘nlab
qiyinchilik   keladi.   Ey,   ranj   va   qiyinchiliksiz   rohat   istovchilar,   dunyoda   umid
qachon amalga oshgan.
Ahmad   Yassaviy   “Hikmatlar”ida     tasavvuf   g‘oyalari   ilgari   surilgani   bois,
Allohga, payg‘ambarga murojaat kuzatiladi:
Ishqi tegsa kuydirgusi jon-u tanni,
Ishqi tegsa vayron qilur mov-u manni,
Ishq bo‘lmasa topib bo‘lmas,  Mavlim,  seni.
Har ne qilsang, oshiq qilg‘il,  parvardigor.
“Hikmatlar”da  o‘z-o‘ziga murojaat ma’nosida adib  taxallusi ham qo‘llanilgan: 
Qul Xoja Ahmad,  gado bo‘lsang, haqqa bo‘lg‘il, 
Boshing birla eranlarg‘a xizmat qilg‘il,
Nazar topsang, halqa qurub, suhbat qilg‘il,
Halqa ichra ogoh bo‘lub turdum mano.
Mumtoz   adabiyotimizda   g‘azal   janrida   g‘azal   maqtasida   shoir   taxallusi
undalma   ko‘rinishida   bo‘lgan.   Ayni   mana   shu   ham   undalmaning   lingvopoetik
vositaga   aylanganligidan   dalolat   beradi.   Bundan   tashqari   mumtoz   adabiyotda
undalmaning   g‘azal,   ruboiy   kabi   she’riy   janrlarda   qo‘llanilishi   “nido”   badiiy
san’atini   hosil   qilgan.   “She’riyatimizda   juda   keng   qo‘llangan   nido   usuli   lirik
qahramonning   boshqa   shaxslarga,   narsalarga   xitob   qilishi,   ularga   murojaat   etgan
holda   o‘zining   ichki   kechinmalari,   tuyg‘ulari,   tilaklari,   mulohazalarini   bayon
qilishini nazarda tutadi. Bu xil tasvir asardagi timsollarning ma’naviy qiyofalarini
jonliroq,   ta’sirchanroq   ifodalashga   xizmat   qiladi” 34
.  Bu   usul   mumtoz   shoirlarimiz
g‘azallarida   ayni   maqsadlarda   qo‘llanilgan.   Bundan   tashqari,   mumtoz
adabiyotimizda   ruboiy,   qit’a,   soqiynoma   va   boshqa   janrlarda   ham   undalma   faol
qo‘llanilgan va  faqat kimgadir lirik qahramonning murojaati emas, balki shoirning
turli subyektiv munosabatlarini ifodalashga ham xizmat qilgan.
34
  Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадият малоҳати. – Тошкент: Шарқ, 1999.  –Б. 110. 2.2.Nasriy va dramatik matnlarda undalmaning qo‘llanilishi
XX asrning boshlaridan   adabiyotimizda nasriy asarlar   yozish   va xalqning
nasriy asarlar  o‘qishga e’tibori  kuchaydi.   Shu sababli  epik turning     hikoya, qissa,
roman janrlari rivojlana boshladi. Bu janrlar mavzu ko‘lami, qahramonlar soni kam
yoki   ko‘pligi   bilan   bir-biridan   farqlansa-da,   til   birliklaridan   foydalanishda   juda
katta   farq   sezilmaydi.   Jumladan,   undalmalarning   qo‘llanilishi   haqida   ham   shu
fikrni   aytish   mumkin.   Qahramonlarning   dialogida,   ba’zan   monologik   nutqda
undalma   qo‘llanilishi,   ma’lum   vazifa   bajarishi   mumkin.   Masalan,   o‘zbek
adabiyotining to‘ng‘ich romani A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida yozuvchi
tomonidan qo‘llanilgan undalmalar shunchaki qo‘llanilgan emas. Masalan, Otabek
oilada   xizmatkor   bo‘lib   ishlaydigan   (quli)   Hasanaliga   ota   deb   murojaat   qiladi.
Bundan   Otabekning   kishilarga   munosabati,   juda   tarbiyali,   iymonli,   insofli   inson
ekanligi   ko‘rinadi.   Yozuvchi   Otabekni   barcha   fazilatlari   bilan   elga   sevimli
qahramon   qilish   maqsadida   harakat   qiladi.   Ayni   mana   shu   maqsadni   amalga
oshirishda   mazkur   o‘rnida   qo‘llangan   undalma   vazifasidagi   ota   so‘zi   katta
lingvopoetik   vazifani   o‘z   ustiga   oladi.   Hasanali   ham   rasmiy   holatlarda   Otabekka
bek   deb   murojaat   qiladi,     boshqa   holatlarda   o‘g‘lim   deb   murojaat   qiladi:   Otabek
mehmonlarni   tanchaga   o‘tqizib,   fotihadan   so‘ng   Hasanalidan   so‘radi:   –
Tuzukmisiz,   ota?   –Xudoga   shukur,   –   dedi   Hasanali   –   boyag‘idan   biroz
yeng‘illadim.   –Ba’zi   yumushlar   buyursam…–   Buyuringiz,   o‘g‘lim   (A.Qodiriy.
“O‘tkan   kunlar”,   7-bet).   Asarda   kishilarning   o‘zaro   murojaatida   ota,   onajon,
bolam,   o‘g‘lim,   qizim,   bek,   begim,   birodar   kabi   so‘zlarning   qo‘llanilishi   o‘sha
davrdagi   o‘zaro   muloqot     tarzini   ko‘z   oldimizga   keltiradi.   Toshkent   hokimi
Azizxonning xalqqa fuqaro deb murojaat qilishi yoki xalqning unga nisbatan taqsir
deb   murojaat   qilishi   ham   o‘sha   davrda   qo‘llanilgan   mansabdorlarga   nisbatan
ishlatilgan   undalmani   ko‘rsatib   bergan   va   o‘sha   tahlikali,   Toshkent   qamalga
olingan paytda Azizxonning xalqqa murojaati, xalqning munosabati kitobxon ko‘z
o‘ngida qayta gavdalanadi: Eshitamanki, qipchoqlar Normuhammad qushbegi qo‘l
ostida   Toshkand   ustiga   harakat   boshlag‘an   emishlar.   Bunga   qarshi   bizning hozirlanishimiz,  kerakmi,  yo‘qmi,    fuqaro?!     Xalq:  –Kerak,  albatta  kerak,   taqsir!
(A.Qodiriy.   “O‘tkan   kunlar”,   36-bet).     Yusufbek   hoji   asardagi   el   manfaatini
o‘ylaydigan,   ilmli,   diyonatli,   yurt   ravnaqi   uchun   qayg‘uradigan   rahbar,   hokim
maslahatchisi.  Azizxon Toshkentni  o‘z qo‘liga olgach, xalq xizmatini unutib, shu
xalqqa   o‘ttiz   ikki   tanga   soliq   soladi.   Xalqqa   bu   xabarni   yetkazishni   Yusufbek
hojiga   yuklaydi.   Bu   fikrga   qarshilik   qilmoqchi   bo‘lgan   Yusufbek   hojini   jallodga
topshirmoqchi bo‘ladi. Shunda elga aytishni bo‘yniga olgan Yusufbek hoji xalqni
to‘playdi,   mansabdorlarga   o‘xshash   tarzda   murojaat   qilmaydi,   balki   elga
musulmonlar   deb   murojaat   qiladi.   Bu   ham   uning   elga   o‘zini   yaqin   olishidan,
elparvar   ekanligidan   dalolat   beradi:   Uying   kuysin,   musulmonlar!   Yaxshi   deb
yo‘lida jon berganimiz Azizbek,  bu kun senlarga yaxshilig‘ingni  o‘ttiz ikki  tanga
soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi (A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar”, 107-bet). 
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida ham undalma vazifasida kelgan
har   bir   so‘z   bekorga   qo‘llanilgan   emas.   Masalan,   Zebi   va   Saltining   bir-birlariga
o‘rtoqjon   deb   murojaat   qilishida   ularning   yoshligi,   beg‘uborligi,   o‘rtalaridagi
bolalarcha   samimiyati   ko‘rinib   turgan   bo‘lsa,     Miryoqubning   Akbarali
mingboshiga xo‘jayin deb murojaat qilishida boshqa holat aks etadi:   O‘rtoqjon , –
dedi, – otam avrodda o‘tirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa
kerak.   Xafa   bo‘lmang-a?   (Cho‘lpon.   “Kecha   va   kunduz”,   25);   So‘fisi   qurgur
yomon taqvodor ekan, xo‘jayin (Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”, 105). 
Miryoqub   Noyib   to‘raga   to‘ra   deb   murojaat   qiladi.   Noyib   to‘ra   esa
Miryoqubni     Miryoqub   yoki   do‘stim   deb   murojaat   qiladi.   Bu   birinchidan,   Noyib
to‘raning madaniyatidan desak, ikkinchidan, u Miryoqubni o‘ziga yaqin olishidan
(garchi   uyezd   hokimi   bo‘lsa-da)   dalolat   beradi:   Birozdan   so‘ng   Miryoqub   gap
ochdi:     –Gazet   xabarlaridan   gapirib   bering,   to‘ra.   To‘raning   bu   choqqacha   kulib
turgan basharasiga birdan g‘am cho‘kdi….–Shunaqa, do‘stim, ishlar yomon. …Kel
ichaylik, Miryoqub. (Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”, 143). 
Doya   kampirning   yangi   dunyoga   kelgan   chaqaloqqa   aytgan   so‘zi   asarga
tamoman   o‘ziga   xoslik   bag‘ishlaydi.   –Aylanay   mehmon,   kimdan   xafa   bo‘lib
tushdingiz?   Kim   ozor   berdi   sizga?   Ayting!   (Cho‘lpon.   “Kecha   va   kunduz”, 26).Razzoq  so‘fining o‘z  xotiniga “Fitna”  deb murojaat  qilishi  ham  uning fe’lini,
xarakterini,   ayollarga   nisbatan   qarashini,   umuman,   o‘ziga   xos   kishi   ekanligini
ko‘rsatib   beradi:   Valdirama,   fitna!   –   deb   qichqirdi   so‘fi.   So‘ngra   yana   o‘z   ishiga
berildi (Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”, 107). 
Kuzatishlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   nasriy   asarlarda   jonli   xalq   tiliga   xos
murojaat   birliklari,   masalan,     so‘zlarning   dialektal   shakllari,   adabit   tilga   mansub
bo‘lmagan   vulgar   (haqorat)   so‘zlar,     varvarizmlar   qo‘llanilishi   mumkin:   –Endi
esingga keldimi,   itvachcha! ..deb baqirdi mingboshi. So‘ngra asabiy odimlar  bilan
ichkariga yurdi (Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”, 94). –O‘zingiz o‘z og‘zingiz bilan
“yuk”   bosdi   demadingizmi?   Mingboshi   kulib   yubordi:   Yuk   bosdi   degan   bo‘lsam
qanday yuk deb so‘ragin-da,  bachchag‘ar!  –dedi u (Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”,
94).   Ushbu   misollar   Akbarali   mingboshi   nutqidan   olingan   bo‘lib,   mingboshi
haqida   gazetaga   yomonlab   yozishgandagi   uning   holati   (xizmatkorini   urishgani,
xotini   Xadichaga   aytgan   so‘zlari)   aks   etgan     va   undagi   bu   holatni   undalma
vazifasida   kelgan   itvachcha,   bachchag‘ar   so‘zlari   yanada   ochiqroq   tarzda   aks
ettirgan.   Bundan   tashqari   Akbarali   mingboshi   tilidan   betavfiq,   benamoz,   xudo
bexabar   kabi   so‘zlarning   Miryoqubga   nisbatan   murojaat   o‘rnida   ishlatilishi   ham
mingboshining   xarakteriga   ma’lum   ma’noda   tavsiflaydi:   Qani   qizdan   gapir,
betavfiq ,   –dedi   u.   Otasi   nima   depti?   (Cho‘lpon.   “Kecha   va   kunduz”,   105).
O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”  romanida  undalmaning o‘rni asar badiyatini
oshirishda, qahramonlar  ruhiyatini  ifodalashda,  XV asr  tilini  ifodalashda,  asar  tili
tabiiyligi va haqqoniyligini ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Tarixiy
manbalardan ma’lumki, o‘sha  davrda yuqori  tabaqa  vakillariga   murojaat      oddiy
kishilarga   murojaatdan   tubdan   farq   qilgan.   Mana   shu   murojaatning   turli
variantlarini   O.Yoqubov   qahramonlar   nutqida   qo‘llash   orqali   nihoyatda   mohirlik
bilan  kiritgan.  Biz   bu   romanni   o‘qiganda,   Ollohga   murojaat   qahramonlar   nutqida
allohim,   xudoyim,   parvardigori   olam,   halloqi   olam,     rabbano,   xudovandi   karim
kabi   turli   sinonimlar   bilan   ifodalanganini   ko‘rib,   yozuvchi   o‘zbek   tilining
boyligidan asarda unumli foydalanganligini ko‘ramiz: Shahzoda qiblaga yuzlanib,
ko‘zlarini   yumdi.   –Ey,   parvardigori   olam!   А ning   kalomini   o‘zing   eshitding! Gunohi   azimga   botgan   bu   osiy   bandangni   o‘zing   afv   etgaysan,   halloqi   olam!...
( Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   77);   O‘zing   sabr   ato   qilgaysen,   rabbano!   …
Nahot   juma   namozi   kunlari   masjidi   jomening   tilla   mehrobi   oldida   sajdaga   bosh
qo‘yib, ruhan va aqlan o‘zingga tavallo qilmoq baxtidan umrbod mahrum  bo‘lsa,
xudovandi   karim?   Nechun,   qaysi   yozuqlari   uchun   uni   bu   ko‘rgilikka   mahkum
etding,   halloqi   olam?.. (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   94).   Adib   bu   kabi
sinonimlardan   unumli   foydalangan.   Masalan,   olampanoh,   onhazrat,   valine mat,ʼ
davlatpanoh,     vallomat,   sultonim,     a lo   hazrat,   pushtipanoh  	
ʼ so‘zlari     shoh   Mirzo
Ulug‘bekka murojaat tarzida, undalma vazifasida kelgan: –Farmoni humoyun amri
vojibdur,   onhazratim .   Va   lekin   bir   arzim   bor...   –So‘zla.   – А rzim   shuki,   cherik
yig‘sak.   –Cherik?     –Fuqaro   sizga   sodiqdur,   valine'mat!   Ijozat   etsangiz   besh-o‘n
ming   cherik   yig‘ar   edik   (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   16).     Mirzo
Ulug‘bekning shogirdlari unga ustod deb murojaat qiladi. Ayniqsa, uning sevimli
shogirdi Ali Qushchi nutqida Mirzo Ulug‘bekka nisbatan doim Ustod deb murojjat
qiladi. Mirzo Ulug‘bek ham uni hurmatlab Mavlono Ali, ba’zan mehri tovlanib Ali
(chunki   asar   davomida   Ali   Qushchini   farzandidek   ko‘rgani   kitobxonga
anglashiladi)   deydi.   Demak,   adib   ular   o‘rtasidagi   ustoz   shogird   samimiyatini
undalma orqali ko‘rsata olgan. Bu o‘rinda undalma lingvopoetik vazifa bajargan: –
Mavlono   А li!– dedi   Mirzo   Ulug‘bek   ko zlarini   bir   nuqtadan   uzmay.–Bandai   ojiz	
ʼ
Movarounnahrga   salkam   qirq   yil   rahnamolik   qildim.   (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek
xazinasi”,   4);   Xasta   emish,–deb   qo‘ydi.–Sening   bundan   xabaring   bormi,   А li ?   –
Yo‘q,   ustod...   –Nechun?     А li   Qushchi   o‘ng‘aysizlanib,   joyida   bir   qo‘zg‘alib
qo‘ydi.   –Ehtimol   eshitgandursiz,   ustod ..(Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   9).
Mirzo   Ulug‘bekning   o‘g‘li   shahzoda   Abdulatifga   murojaati   va   shahzodaning
Mirzo   Ulug‘bekka   xitobi   orqali   ular   o‘rtasidagi   konflikt,   ziddiyatlar   nihoyatda
yorqin ochib berilgan. Aslida Mirzo Ulug‘bek o‘g‘lining xiyonati va bu tarzda yo‘l
tutishidan   xafa   bo‘lsa-da,   baribir,   u   ota.   O‘g‘liga   yomonlik   tilamaydi:   Mirzo
Ulug‘bek ko‘ngli yumshab, shahzodaga yuzlandi, dilidagi iztirob aralash g‘ururni
bosib:–Shahzodai   juvonbaxt!–dedi   sekin.   –Taxtimning   valiahdi   sen   eding.
(Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   75).   Ularning   suhbatida   Ulug‘bek   iztiroblari, o‘g‘liga   maslahat   qilmoqchi   bo‘lgani,   to‘g‘ri   yo‘lga   boshlash   uchun     uringani,
shahzodaning ota haqidagi o‘ylari, otaning o‘g‘liga  so‘nggi so‘zlari, taxt, atrofdagi
a’yonlar   xususida   aytgan   fikrlari   aks   etgan.   Ota-bola   o‘rtasidagi   bu   suhbatning,
to‘qnashuvning   keskinlashisini   undalma   vazifasida   kelgan   so‘zlar   ham   ochib
bergan:   –To‘xta!–dedi   Mirzo   Ulug‘bek   uning   so‘zini   bo‘lib.–   Senga   aytadurg‘on
yolg‘iz   tilagim   bor.   So‘nggi   tilagimdur   bu...   O‘z   padaringni   Movarounnahr
sarhadidan   haydamoqni   niyat   qilibsen...   Meni   bu   maskandin   haydagandin   qatl
qilganing a lodur! Qatl! –Mirzo Ulug‘bek tomog‘i g‘ip bo‘g‘ilganini sezib, labiniʼ
tishlaganicha   jim   qoldi.   Mirzo   А bdullatif   yomon   bir   narsadan   ijirg‘anganday
yuzlari   burishib,   o‘rnidan   turib   ketdi.   U   teskari   o‘girilganicha   boshini   egib   jim
qoldi. Uning yelkalari silkinar edi. Shahzoda ko‘ziga yosh oldi deb o‘ylagan Mirzo
Ulug‘bek   yana   ko‘ngli   yumshab:   –O‘g‘lim!– deb   chaqirdi.   Shahzoda   javob
bermadi.   “Bir   qinga   ikki   qilich   sig‘maydi,   deb   qo‘rqadur.   O,   do‘sti   nodon.
Koshkiydi,   ko‘zim   ko‘r   bo‘lsa-da,   seni   ko‘rmasam!..”–Ma zur   tutgaysiz,	
ʼ
buzrukvor! –dedi   shahzoda   uzoq   sukutdan   keyin.–Men   ulamolarning   fatvosiga
qarshi   borolmasmen...(Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   76).Shahzoda   uning
iltimoslarini   bajarmasligini   anglagan   Mirzo   Ulug‘bek   yana   oxirgi   imkoniyatini
ham   ishga   soladi:   – Shahzoda! –Mirzo   Ulug‘bek   yuragini   larzaga   solgan   qahrni
yashirish   umidida   yerga   qaradi.–Vallohi   a lam   bissavob!   Kim   payg‘ambar	
ʼ
alayhissalomning   qarg‘ishiga   yo‘liqadi,   kim   yo‘q   –buni   yolg‘iz   tangri   taolo
biladur!   (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   77).   Shahzodaning   ham   otasiga   bu
tarzda   alamli   gapirishi,   xatti-harakatlari,   xiyonati   o‘z-o‘zidan   sodir   bo‘lmagani,
uning bir qancha sabablari borligi otasiga gapirgan gaplaridan ko‘rinadi: Mana shu
o‘rinda   alamzada   Abdulatifning   alamzada   nutqi   undalmalar   orqali   juda   ishonarli
tarzda ochib berilgan. U otasiga   valine mat padarim, soyaboni marhamat, suyukli	
ʼ
padarim  deb xitob qiladi. Bu xitoblar tamoman kinoya tarzida ekanligini kitobxon
yaxshi  anglaydi:     Qulluq. Ixtiyoriddin qal asidagi  bobom  	
ʼ А mir  Temurdan  qolgan
tillalarimni   tortib   olgan   kim?   Yana   siz,   valine mat   padarim!	
ʼ   Ne   chora?   Mute
farzand,   indamay   bosh   egdik   va   lekin   bas!   Sohibqiron   А mir   Temur   oltinlarini
qayga   yashirdingiz,   soyaboni   marhamat ?   Mirzo   Ulug‘bek   seskanib   ketdi. (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   78);   – А li   Qushchini   chaqirganimni   aytgan
ayg‘oqchilaring   nechun   unga   nelar   berganimni   aytmabdi?   – А ytdi.   Men   o‘z
og‘zingizdan   eshitmoqni   tilaymen,   suyukli   padarim!   (Yoqubov   O.   “Ulug‘bek
xazinasi”,   78).   Agar   romanda   qo‘llanilgan   undalmalar   semantikasiga   e’tibor
bersak, biror bir undalma bekorga qo‘llanilmaganini va har biri qandaydir uslubiy
vazifa   bajarganining   guvohi   bo‘lamiz.   Masalan,   Qalandar   Qarnoqiyga   darvesh,
olloning gadoyi deb Ali Qushchining murojaati dastlab uni  tanimaganini  bildirsa,
Qalandar   Qarnoqiyning   Ali   Qushchiga   ustod   deb   murojaat   qilishi   uni   tanishiga
sabab bo‘ladi: –Bu ilm dargohida Jahongir tillalari ko‘milmishdur,  mavlono!– А mir
Temur tillalari? Tushingni suvga aytgaysen , ollo gadoyi!   (Yoqubov O. “Ulug‘bek
xazinasi”, 62); –Menda oltin borligini qaydan bilasen?  А yt,  darvesh!  –Yo‘q, avval
siz so‘zlang,  ustod : bu dargohga  А mir Temur oltinlari ko‘milganini birovga aytgan
edingizmu? (Yoqubov O. “Ulug‘bek xazinasi”, 64).   А li Qushchi va temirchi chol
o‘rtasidagi   samimiy   suhbatni   otaxon,   o‘g‘lim,   inim,   bolam   kabi     undalmalar   ham
ifodalab   turibdi:Ont   ichmog‘ingizga   ne   sabab   bo‘ldi,   otaxon? –dedi   А li   Qushchi.
Chol   qurum   bosgan   serajin   yuzini   bujmaytirib,     qo‘lini   siltadi.   –E-e,   buning
hangomasi   uzoq,   inim .   А lqissa,   kamina   А mir   Temur   lashkarida   aslahasoz   edim.
Usta   Temur   Samarqandiy   yasagan   qilichlarning   dong‘i   Yamandan   Yasangacha
ketgan edi,  o ‘ g ‘ lim .. Yo‘q, devonaning ishini xudo o‘nglar ekan,  bolam ..(Yoqubov
O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   68).Yoki   shahzoda   Amir   Jondor   uning   yaqin   odami
ekanini   his   etib   unga   yaxshi   gapirmoqchi   bo‘ladi,   buni   ochib   berish   uchun   adib
undalmadan   foydalangan:   А mir   Jondor,   garchi   boshini   osiltirib   tursa   ham,   uning
vajohatida   qandaydir   sovuq,   qattiq   tahqirlangan   odamlarda   bo‘ladigan   bo‘lakcha
bir   viqor   bor   edi.   "Suyangan   torim   yolg‘iz   shu   amir...   ehtiyot   shart!"   Shahzoda
birdan shaxtidan tushib: –Xo‘sh,  amirim , so‘zlang,–dedi "siz"lab.–Ne bo‘ldi?  А mir
Jondor qovog‘i ochilmay:  –Dafn etdik!–dedi.– (Yoqubov O. “Ulug‘bek xazinasi”,
122)   Shahzoda   o‘lim   soya   solganda   otasi   bilan   ruhan   so‘zlashadi.   Mana   shu
o‘rinda   qo‘llanilgan   undalmalar   asar   ta’sirchanligini   oshirishda   juda   katta   vazifa
bajargan,   mana   shu   mikromatnni   mazmunini   pafos   darajasiga   ko‘targan:
“ Jigargo‘sham,   bolam!   Pushtikamarimdan   bo‘lgan   zurriyotim!   Padaring   boshiga yetgan   bu   quzg‘unlar   sening   boshingga   ham   yetibdur.   Ne   chora?   Ota-bobongga
vafo qilmagan bul mash um toju taxt senga ham vafo qilmaydur, dedim. So‘zimgaʼ
inonmading.   Ne   qilay,   bolam? .."   Olamni   tutgan   qahrli   suron   yaqinlashib
kelmoqda, ko‘z yoshi aralash bu mungli ovoz esa, aksincha, tobora uzoqlashmoqda
edi...   Shahzoda,   go‘yo   otasini   to‘xtatmoqchi   bo‘lganday   bor   kuchini   yig‘ib
talpindi,   talpindi-yu,   boshi   uzra   ko‘tarilgan   yalang‘och   qilichni   ko‘rib,   ko‘zini
yumdi,   yumarkan:   "Gunohkor   farzandingizni   kechirgaysiz,   buzrukvor! "   deb
pichirladi!"(Yoqubov   O.   “Ulug‘bek   xazinasi”,   235).   Xullas,   O.Yoqubovning
“Ulug‘bek   xazinasi”   romanida   undalma   asosiy   lingvopoetik   vosita   sifatida   bir
qancha   vazifalarni   bajargan.   Ko‘pincha   adiblar   kitobxonni   o‘ziga   chorlash   uchun
ham, ba’zan asar boshida, ba’zan yakunida, ayrim o‘rinlarda asar ichida bir qancha
o‘rinlarda kitobxonga   murojaat qilishadi. Masalan, Ulug‘bek Hamdamning “Sabo
va   Samandar”   romanida   kitobxonga   murojaat   tarzida   hurmatli   o‘quvchim,
o‘quvchim   kabi   so‘zlar   undalma   vazifasida   kelgan:   “Yo‘q,   o‘quvchim ,   sizni   men
ortiq   bu   jon   o‘rtar   manzara   qarshisida   tutib   turolmayman.   Nilufarga   qo‘shilib
mening ham yuragim “tars” yorilib ketay deyapti, havo yetishmay qoldi bu yerda,
yuring   tashqariga,   yuring   Mingtepaning   ko‘m-ko‘k   dalalariga...(Ulug‘bek
Hamdam.   “Sabo va Samandar”, 39); Nega ularning ham qo‘llarida tosh va tayoq?
Nahotki   ular-da   o‘z   jigarbandlari-yu   do‘st-birodarlariga   qo‘l   ko‘tarishga   qodir
bo‘lishsa! Yo‘q-yo‘q, bu mumkin emas! Biroq nega kelishdi? Nega ularning ham
qo‘llari   g‘azab   bilan   tugilgan?   Bilmadim,   yecholmadim   men   bu   jumboqni,
o‘quvchim!   ...(Ulug‘bek   Hamdam.   “Sabo   va   Samandar”,   42).   Kitobxonni
o‘quvchim   deb   hurmat   bildirgan   yozuvchi   asarning   boshqa   o‘rinlarida   do‘stim,
jigarim   deb   ataydi:   Voh,   jigarim,   gap   bilan   bo‘lib   g‘aflatda   qopmiz...   Bu   tentak
Nodir   bilan   Nilufar   nimalar   qilishmoqchi   o‘zi?   Nega   ular   bir-birlariga   talpina-
talpina   naq   suvning   –   qutirib,   buralib-buralib,   aylanib-aylanib,   guvillab-guvillab
oqayotgan   azim   kanalning   shundoq   tumshug‘iga   kelib   qolishibdi!..(Ulug‘bek
Hamdam. “Sabo va Samandar”, 42). 
Epik   turning   qissa,   hikoya   kabi   janrlarida   ham   undalma   yuqoridagi   kabi
murojaat,   so‘zlovchinng   subyektiv   munosabatini   ifodalash   uchun   turli   leksik- semantik   ma’nolari   bilan   ishtirok   etadi.   Fikrimizni   isbotlash   uchun   O‘tkir
Hoshimovning   “ Dunyoning   ishlari ”   asaridan   foydalanamiz.   Bilamizki,   O‘tkir
Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” qissasi o‘zbek kitobxonlarining qalbidan o‘rin
olgan,   o‘zbek   onasining   bir   namunasi   nihoyatda   mahorat   bilan   tasvirlangan   qissa
hisoblanadi.   Bu   asar   muvaffaqiyatining   bir   tomoni   asar   mavzusi   bo‘lsa,   ikkinchi
tomoni bu mavzuning til birliklari orqali mohirona tarzda ochib berilganligidadir.
Bu   asarda   har   bir   til   birligi,   jumladan,   undalmalar   ham   ma’lum   vazifa   bajargan,
lingvopoetik   ahamiyat   kasb   etgan.   Masalan,   bu   qissada   undalmalar   shunchaki
murojaat   birligi   sifatida   qo‘llanmagan,   unda   ta’ sirchanlik ,     suhbatdoshga   hurmat,
mehr-muhabbat   singari   ottenkalarni   mavjud .   Quyidagi   gap   qo‘shni   ayolning
Hakima  ayaga  kelini   to‘g‘risidagi   dard-hasrati,  xushxabar   emas.  Biroq shu  gapda
undalma   orqali   so‘zlovchining   o‘ziga   xos   nutqi,   xarakteri   ham     ifodalanmoqda:
Kecha   itni   kunini   boshimga   soldi,   aylanay!   Xotin   olgandan   keyin   ona   kerak
bo‘lmay  qolarkan. Shuni oldi-yu o‘g‘lim ham aynidi-qoldi, qoqindiq  (“Dunyoning
ishlari”,66) .   Qissada   undalmalar   juda   faol   qo‘llanilgan   bo‘lib,   o‘zida   gender
xususiyatlarini   ham   tashigan,   ya’ni   erkak   va   ayol   nutqida   qo‘llaniladigan
undalmalar   qissada   alohida   ajralib   turadi.   Milliylik   buning   ustiga   yana   bir
alohidalik   yuklaydi:   Jigar-jigar,   digar-digar   ekan,   o‘rgilay,   -   deydi   yig‘lamsirab
(“Dunyoning ishlari”,   66) .   Qissada  gapning oxirida kelgan undalmalar   subyektiv
munosabatni   ifodalashga   xizmat   qilgan:   –   Bormisan,   oppoq   qizim   (98). Gap
boshida kelganda esa ko‘pincha emostionallikdan holi, faqat o‘z vazifasi – undash,
murojjat   vazifasini   bajargan :   Bolalar,   uning   yong‘oqqa   tosh   otganini   hech   kim
ko‘rmadimi?   (“Dunyoning   ishlari”,   25) .   Biroq   ayrim   hollarda   gapdagi   boshqa
so‘zlar ta’sirida gap boshida kelgan undalmalar ham ta’sir kuchiga ega bo‘lishi, o‘z
vazifasidan   tashqari   qo‘shimcha   vazifa   bajarishi   mumkin.     –   Jon   adasi,   aylanay
adasi,   johillik   qilmang,   keling,   shular   to‘ya   qolsin.   Mayli,   sholchani   sotamiz
(“Dunyoning ishlari”, 85) .  Misoldagi kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan, o‘zbek
oilalariga tanish bo‘lgan  adasi  undalmasi oddiy murojaat ko‘rinishidan bir pog‘ona
yuqoriga, ta’sir etish vazifasi tomonga siljigan. Shu birlikni olib tashlasak, yalinish
ma’nosi   o‘z   o‘rnini   maslahat   ma’nosiga   bo‘shatib   beradi.   Asarda   gap   o‘rtasida keladigan undalmalar ham mavjudki, bunday undalmalar faqat so‘zlashuv nutqi va
badiiy   nutqda   kelishi   bilan   o‘ziga   xoslik   hosil   qiladi:     Shoshmanglar,     popuklar,
shoshmanglar     qoravoylar,     yana   besh-o ‘ n   marta   qoqay,   hammalaringa   yetadi.
(55)   Bo ‘ pti,   q oravoylar,   popuklar,   ya q inro q   kelinglar   (“Dunyoning   ishlari”,   57 ) .
Mana, tasadduqlar, pashist deganiyam jazosini oldi-ku   (“Dunyoning ishlari”,  59 ).
Ushbu   nutq   urush   tufayli     yo‘lg‘iz   o‘g‘lidan   judo   bo‘lgan   Ermon   ota   nutqidan
parcha.   E’tibor   bersak,   Ermon   ota     bolalarga   qoravoylar,   popuklar,   tasadduqlar
deb   murojaat   qilyapti.   Bu   murojaatda   otaning   bolalarga   mehri,   samimiyati   aks
etmoqda.   Ermon   otaning   xotini   Habiba   buvi   nutqida   ko‘paygur   so‘zi   undalma
sifatida   qo‘llanadi:   -Tut   yurakni   o‘rtab   yuboradi,   ko‘paygurlar.   Yuringlar,   choy
ichamiz   (“Dunyoning   ishlari”,   52 ) .   Bosh   qahramon   Hakima   aya   hech   kimning
ko‘nglini   qoldirmaydigan,   mehribon,   bolajon,   sodda,   jonkuyar,   o‘zbek   ayoli,   shu
sababli   uning   nutqida   o‘rgilay,   aylanay,   opasi,   opovsi     kabi   undalmalar     faol
qo‘llanilgan:   Onam   yoniga   o‘tirgan   juvonga   tushuntirdi:   Bunaqada   bola   xuyli
bo‘lib   qoladi,   qizim.   Aldab-suldab   ovuting-da.   Ana,   di-ditga   tushdik.   Bola   endi
yig‘lamas,   ammo   o‘pkasi   to‘lib   to‘xtovsiz   hiqillar   edi.   Qayoqqa   ketayotgan
edinglar, o‘rgilay? — dedi onam ayolni ham yupatuvchi ohangda; Voy o‘rgilaylar!
—   dedi   onam   eski   qadrdonlarini   ko'rgandek,   quvonib.   —   Xush   kepsizlar!   U   har
ikkala   ayol   bilan   quchoqlashib   ko‘rishdi.   Bu   undalmalar   ham   uning   Hakima
ayaning   ijobiy   xususiyatlarini   ochib   berishda   yozuvchiga   vosita   bo‘lib   xizmat
qilgan.     Dallolning nutqini boshqa qahramonlar nutqidan farqlashda ham undalma
( akam   aylanay,   birodar )   ma’lum   vazifa   bajarmoqda:   –   Xudo     xohlasa   ayni   qish
chillasida bollarning og‘zi oqarib qoladi, birodar!  (“Dunyoning ishlari”,  101 ) ; Bu
zotli mol, akam aylanay!   Onasi har yili ikkitadan tug‘adi,-dedi dallol shang‘illab.
Suti   sigirnikidan   ham   yog‘li.   Pulingiz   yoningizda   ketadi,   akam   aylanay
(“Dunyoning   ishlari”,   101 ) .   Shaddod   amma   nutqini   ochib   berishda   ham   undalma
yordamga   keladi.   -Ha?-dedi   ammam   yog‘on   tovushda.   –To‘rvasini   yoqotgan
gadoydek   talmovsirab   qopsiz,   kelinposhsha?!   (“Dunyoning   ishlari”,   111 ) .   Amma
nutqida   qo‘llanilgan   ibora   va   gap   oxiridagi   undalma,   undalmadagi   ohangni   his
etgan kitobxon ko‘z o‘ngida asardagi amma qiyofasi yaqqol gavdalanadi.  Epik   turning   hikoya   janri   roman,   qissaga   qaraganda   hajman   kichik,
lug‘atlarda   ta’kidlanganidek,   qahramon   hayotidan   bitta,   ba’zan   bir-biriga   bog‘liq,
qisqa   muddat   davomida   kechadigan   bir   necha   voqeani   qalamga   oladi.   Hikoyada
tasvirlanayotgan   voqealar   qisqa   vaqt   davomida   kechgani   sababli   uning   sujeti
sodda, qahramonlar soni kam bo‘ladi. 35
  Shu sababli hikoyalarning til xususiyatlari
ham   asar   sujetidan   kelib   chiqib,   nisbatan   sodda,   ravon   va   fikr   ifodasi,   badiiylik
uchun   eng   kerakli   til   birliklari   ishtirok   etadi.   Hikoyada   undalmaning   qay   tarzda
qo‘llanilishini   o‘rganish   uchun   Shukur   Xolmirzayevning   “Saylanma”   asari   1-
jildidagi hikoyalar bilan tanishdik.  Adib hikoyalarida dialoglarda qahramonlarning
bir-birlariga muloqotida undash, chaqirish ma’nosida undalma qo‘llanilgan. Biroq
ayrim   hikoyalarida   undalma   o‘z   vazifasidan   tashqari   lingvopoetik   vazifa   ham
bajargan.  Masalan,  “Bir  ko‘rgan   tanish”  hikoyasida   hikoya  qahramoni   yosh  bola.
Bolaning   xarakteri,   bola   fe’lini   ochib   berish   uchun   yozuvchi   undalmadan   o‘rinli
foydalangan. Bola yaxshi  o‘qir, atrofdagilarining unga munosabatiga befarq emas
edi   va   direktorning   unga   e’tibor   qilmayotganini   o‘ylardi:   Maktabda   yaxshi
o‘qirdim.   Sinfdoshlarim   meni   hurmat   qilishar,   muallimlarim:   “Salom,
Toshboyjon” , deb so‘rashishar, qo‘shnilarimiz: “Yaxshi odam bo‘ladi”, deyishardi.
Lekin   faqat   bir   kishi   –   tabiiyot   muallimimiz   –   maktabimizning   direktori   Zokir
O‘rinovich menga e’tiborsiz qarar, hech vaqt:   “Salom, Toshboyjon”   demas, hatto
ro‘paralaridan   chiqib,   ko‘zlariga   tikilib   salom   berganimda   ham,   oddiygina   bosh
qimirlatib, o‘tib ketardilar. Men, g‘ashim  kelib, nima qilsam  bu kishi ham menga
boshqacha   ko‘z   bilan   qaraydilar,   nomimni   aytib   so‘rashadilar,   deb   o‘ylardim
(Xolmirzayev   Sh.   Saylanma.   1-jild,   5).   Shunda   bolada   qanday   bo‘lmasin,
direktorning   e’tiborini   tortish   fikri   uyg‘onadi.   Bir   kun   bola   otini   yo‘qotib   qo‘yib
izlab yurganda direktorni ko‘radi va unga bolalarcha mulozamat qiladi. Mana shu
mulozamat   undalma   orqali   juda   yaxshi   ochib   berilgan.     O‘lay   agar,   muallimjon,
men sizni boshqa kishi deb o‘ylabman (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild, 5). Bola
35
  Қуронов Н.,  Мамажонов З.,  Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б.393 . direktorni   ovga   chiqishini   bilib,   unga   hamroh   bo‘lishni   iltimos   qiladi   va   ov
davomida   direktorga   o‘rtoq   muallim   deb   murojaat   qiladi:   Men   o‘tloqda   otdan
tushib, Zokir O‘rinovichni qarshi oldim. – O‘rtoq muallim,  otga mining. – Rahmat.
(Xolmirzayev   Sh.   Saylanma.   1-jild,   6).   Shukur   Xolmirzayev     voqea   bo‘layotgan
davrdagi   (sobiq   sho‘ro   tuzumi)   nutqiy   muloqotda   murojaat   birligi   sifatida
ifodalanadigan   so‘zlardan   unumli   foydalanib,   hikoyaning   tabiiy   chiqishiga
erishgan.   Adibning   “Kechagi   kun   kecha”   hikoyasida     davlat   xizmatida   ishlagan
ikki   ayolning   xizmatdan   tashqarida   bir-biriga   familiyalari   bilan   murojaat   qilishi
ham   o‘sha   davr     siyosatining   nutqqa   ta’sirini   ko‘rsatib   turibdi:   Men   ketaman,
Sobirova   opajon.   O‘tiring.   Sizga   gap   bor.   … Unsinovajon,   axir   kelishdik-ku,   —
dedi   Sobirova   opa.   (Xolmirzayev   Sh.   Saylanma.   1-jild,   45);     E’tiborov,
sovxozimizga   ishga   o‘tmaysizmi?   Ish   yo‘q   emas,   bor...   Ehson   E’tiborov
bo‘shashib,   qorga   tikildi:   –   Yo‘q,   o‘rtoq   Eshquvvatov!   –dedi.   –   Men   kasbimni
yaxshi ko‘raman (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild, 102). 
Kishilar   muloqotda   bir-birlariga   murojaat   qilishganda   yosh,   jins,   tanish-
notanishlik,   qarindosh-begonalik,   mansab-lavozim,   unvon,   kasb-hunar   va   boshqa
jihatlar   ham   inobatga   olinadi.   Hikoyada   jumlalar   qisqa   bo‘lganligi   uchun   o‘zida
shuncha   narsani   ifodalay   oladigan   undalmadan   badiiy   maqsadda   hikoyanavislar
unumli foydalanishadi. Bu haqida tadqiqotlarda ham fikrlar bildirilgan:   “Murojaat
birliklari nutqda bir necha vazifani bajaradi: tinglovchini nutq jarayoniga undaydi
(apellyativ),   uni   nomlaydi(nominativ),   so‘zlovchining   shaxsiy   munosabatini
ifodalaydi   (konnotativ,   emotiv),   muloqot   o‘rnatadi   (kommunikativ),   nutq
jarayonini   mustahkamlaydi.   Bunday   birliklar   yoshga,   jinsga,   ijtimoiy   mavqega,
tanish-notanishligiga   ko‘ra   qo‘llanishi   bilan   farqlanadi”. 36
    Haqiqatan   ham,
asarlarda qahramonlar nutqi tabiiy, jonli chiqishi uchun yozuvchi undalmaning bu
xususiyatidan to‘g‘ri  foydalanishi  kerak. Masalan,   “Keksa  g‘ijjakchi” hikoyasida
nonvoy   G‘ani   aka   nonvoyxonaga   kelgan   sovxoz   direktorini   ko‘radi   va   uning
salomiga   quyidagicha   alik   oladi:   –   Vaaleykum   assalom,   direktor   bobo!   —   deya
karavotdan   irg‘ib   tushdi.   Aslida   hikoyada   direktorni   yosh?   30-35   yoshlarda   deya
36
Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларининг   семантик-коннотатив   тадқиқи:
Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2008.  –б 5.   tasvirlanadi,   G‘ani   aka   esa   keksa.   Shunda   adib   murojaatda   lavozim   nomidan
foydalangan:   Endi   yana   direktor   bobo     deyishi,   qahramon   G‘ani   aka   haqidagi
kitobxon   fikrini   o‘zgartirishi   mumkin.   Shu   sabab   muallif,   boshqa   imkoniyatdan
foydalanadi:   Direktor   ichkariga   kirib,   uyoq-buyoqqa   qaradi:   –Qani,   zerikmay
yotibsizmi? – E, zerikish qayda, og‘ajon! (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild,131) .
Nasriy   matnlarda   undalma   qahramonning   qayerlik   ekaninini   ham   bildirib   turadi.
Chunki   ota,   ona,   bobo,   buvi,   aka,   uka   so‘zlarining   ada,   dada;   aya,   opa,   ena;
momo,  kattaena;   og‘a,   ini   kabi   sheva   variantlari   mavjud:   Qani   kaklik?   Momo?!–
Men qanday bilay, bolajon! – dedi buvim (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild,   4);
Ada!  Anuv yerda bir qush yotibdi! (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild,199).
Bundan   tashqari   qahramon   nutqini   individuallashtirishda   ham   undalma
ijodkorga   qo‘l   keladi:   –   E,   xotinboy!..   Bo‘pti.   Va’da   berishdi-ku!   —   Qamariddin
ro‘paradagi derazadan ko‘rinib turgan beton devorga ishora qildi (Xolmirzayev Sh.
Saylanma.   1-jild,   200).   Adibning   “Boychechak   ochildi”   hikoyasi   qahramoni
filolog-domla,   o‘ziga   xos   nozik   tabiat   egasi,   ko‘ngli   nozik   domlaning   nutqi   ham
o‘ziga   xos.     U   o‘zi   bilan   tog‘   sayriga   chiqqan   hamqishloqlariga   taqsirlar   deb
murojaat   qiladi,   arxaik   so‘zdan   foydalanadi.   Bunday   murojaatni   adibning   boshqa
kasbdagi   qahramonlari   nutqida   uchratmaymiz.   –   Shu   manzil   ilgari   ham   bormidi,
taqsirlar?  — dedi. (Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild, 72 Boychechak ochildi)
Yuqoridagi   tahlillardan   ko‘rinib   turibdiki,   undalma   nasriy   matnlarda
muallif-so‘zlovchi, qahramon-so‘zlovchining tinglovchiga subyektiv munosabatini
ifodalash,   qahramon   nutqini   individuallashtirish,   qahramon   xarakterini   ochib
berish,   nutqning   ixtisoslashuvida,   milliy   mentalitetni,   xalqchillikni   ko‘rsatish
ta’sirchanlikni ta’minlash kabi qator vazifalarda faol qo‘llaniladi.
Badiiy   matn   turlaridan   biri     dramatik   asarlar       alohida   xususiyatlari   bilan
boshqa   turlardan   ajralib   turadi.   Olim   D.Quronov   rahbarligida   yaratilgan
“Adabiyotshunoslik   lug‘ati”   asarida   dramaga   quyidagicha   ta’rif   beriladi:
“Dramaning tasvir predmeti – harakat, u, Arastu ta’rificha, barcha tasvirlanayotgan
shaxslarni   harakat   qilayotgan,   faoliyatdagi   kishilar   sifatida   taqdim   etadi.   Drama
obyektning plastik obrazini yaratadi, unda subyekt – ijodkor shaxsi ham obyektga singdirib yuboriladi” . 37
  Shu sababli, dramada tasvirlanayotgan g‘oya, voqea-hodisa
qahramonlarning   o‘zaro   suhbati   va   muallif   remarka   izohi   orqaligina   beriladi.
Obraz larga   ham   muallif   munosabati   asosiy   hol l arda   bildirilmaydi,   ularning
tabiatiga   xos   jihatlar   sujet   voqealari   asnosida,   qahramonlarning   so‘z   va   xatti-
harakatlari   orqali   namoyon   etiladi ,   shuning   uchun   unda   nutqiy   rang-baranglik
mavjud   bo‘ ladi .   Mana   shu   sabablarga   ko‘ra   va   tomoshabin   diqqatini   tortish
maqsadida ham dramatik asarlarda qahramonlar nutqida  undalma faol qo‘llaniladi.
Dramatik asarlarda qo‘llanilgan undalmalar asar xalqchilligini oshirish maqsadida
ham   faollashadi,   bunda   dramaturg   umumxalq   tiliga   xos   birliklarni   undalma
vazifasida   qo‘llaydi.   Bizga   ma’lumki,   so‘zlashuv   nutqida   xalqimiz   o‘zaro
yaqinlikni   ifodalash   maqsadida,   qavm-qarindoshlikni   anglatuvchi   birliklar:   aka,
opa, amaki, xola, tog‘a,   singlim, qizim, o‘g‘lim, onaxon, otaxon kabi   so‘zlardan
murojaatda   foydalanishadi.   Bu   holatdan   dramaturglar   o‘rinli   foydalanishadi   va
qahramonlarning   o‘zaro   murojaatida     ishlatishadi :   E-e,   oshnam,   o‘ynashmagin
arbob bilan, arbob urar har bob bilan! (Boshbekov Sh. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”,
256); Hay, hay, hay, tekkani yo‘q, tekkani yo‘q, xonangni qulflab qo‘yibmiz,   ona
qizim!  (Boshbekov Sh. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”, 257). 
Kishilar nutqi uning kasbiy faoliyati talabi bilan ham o‘zgarishi mumkin va
biz uning kasbi nima ekanini nutqida qo‘llagan ayrim til birliklaridan bilib olamiz.
Undalma ham ana shunday til birligi bo‘lib,   dramaturglar bu imkoniyatdan ’rinli
foydalanadilar.   Masalan,   Said   Ahmadning   “Kelinlar   qo‘zg‘oni”   asarida   muxbir
nutqida   publitsistik   uslub,   notiqlik   ko‘rinishlari   o‘rtoq   Lutfi   Boboyeva,   qadrli
radio   tinglovchilar   undalmalari   orqali   anglashilmoqda:   Xullas,   siz,   o‘rtoq   Lutfi
Boboyeva,  judayam xushmuomalalik bilan kapgirni qozonga urib,  ovqat qilyapsiz
(Said   Ahmad   “Kelinlar   qo‘zg‘oni”,   18);   “ Qadrli   radio   tinglovchilar,   “Yulduz
firmasining ilg‘or tikuvchisi  Lutfixon Boboyevaga bag‘ishlangan eshittirishimizni
boshlaymiz. (Said Ahmad “Kelinlar qo‘zg‘oni”, 19).
37
  Қуронов Н.,  Мамажонов З.,  Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б.95 . Dramatik   asarlarda   undalma   nafaqat   tabiiy,   samimiy,   jonli   nutqni   ifodalsh
uchun,   balki   kulgu   qo‘zg‘ash   uchun   keltiriladi.   S aid   Ahmadning   “Kelinlar
qo‘zg‘oloni”   dramasida   shunday   maqsad   kuzatiladi:   Farmon:   Hoy   g‘ildirak,   hoy
multfilm!  Sizga aytyapman. Quloqni tom bosganmi?   Muhayyo (noiloj  to‘xtaydi)
Nima,   deysiz,   oyijon?   Farmon:   Bu   yoqqa   keling,   qoqindiq .   Bo‘ylaringizdan
o‘rgilay ,   yaqinroq   keling.   Karmonni   oching,   girgitton .   (Said   Ahmad.   “Kelinlar
qo‘zg‘oloni”, 13).
      Dramaturglar   undalmadan   nafaqat   murojaat   birligi   sifatida,   balki   poetik
individuallik   hosil   qilish   uchun   ham   unumli   foydalanishadi.   Masalan,   Sh.
Boshbekovning   “Eshik   qoqqan   kim   bo‘ldi?”   dramasida   Pirmat   ota   insonlarga
“imon   topgurlshundyar”   deb,     Olim   –antropolog   Pirmat   otaga   “otam”   deb,
boshqalarga   “o‘rtoqlar”   deb   murojaat   qiladi.   “Charog‘bon”   dramasida   Samar
tilidan   Otajonga   nisbatan   “Otam”,   “Tikansiz   tipratikanlar”   dramasida   Soli   tilidan
“janoblar”,   “shef”,   “xonim”,   “Eski   shahar   gavroshlari”asarida   qorovul   tilidan
“jo‘jaxo‘rozlar”, “toychoq” undalmalari  ishlatiladiki, bu dramaturgning har  bir  til
birligidan   lingvopoetik   maqsadda   foydalanganini   ko‘rsatadi:   Ha,   jo‘jaxo‘rozlar,
nima   talashyapsizlar?   Oting   nima,   toychoq   (Boshbekov   Sh.   “Eshik   qoqqan   kim
bo‘ldi?”,   79-80);   “ Axir,   quroldosh   do‘stlarni   shunday   ajoyib   uchrashuvdan
mahrum   qilsangiz,   pryamo   do‘zaxga   tushasiz,   otam   ( Boshbekov   Sh.   “Eshik
qoqqan kim   bo‘ldi?”, 131).   Bundan  tashqari,  qahramon xarakterini  ochib  berishda
ham     undalmadan   foydalaniladi.   Chunki   yuqorida   aytganimizdek,   dramatik
asarlarda   muallif   nutqi   yo‘q,   demak   muallif   nutqi   orqali   bayon   etiladigan
qahramon   ko‘rinishi,   xarakteriga   beriladigan   ta’riflar   dialogik   nutq   tarkibidagi   til
birliklariga singdirilib yuboriladi. Masalan, quyidagi gapda undalma   mensimaslik
ma’nosida va qahramon holatini yoki xarakterini   ifodalash uchun qo‘l kelmoqda:
Sen, qizcha,  qanaqa yashashni bilsang, uyimda ko‘zlarini javdiratib o‘tirgan to‘rtta
norasidaga   tushuntir     (Boshbekov   Sh.   “Eshik   qoqqan   kim   bo‘ldi?”,   253).   Ushbu
gapda   iztirob,   alam   olovida   qovrilayotgan   Samar   tilidan,   jahl   bilan,   qizcha
undalmasi   qo‘llangan     bo‘lsa,     o‘ziga   xos   kibr   egasi   bo‘lgan,   boyligi,   ish-joyi
yaxshiligi   tufayli   atrofidagilarni   mensimaydigan,   ular   bilan   hisoblashmaydigan qahramon  sifatida  gavdalantirilgan     Mohinisoning  otasi   –   Salohidddinov   tabiatini
ochib berish uchun yigitcha, tirmizak kabi murojaat birliklari ishlatilgan:        Qani,
yigitcha ,   shtabinglar   qayerda,   o‘sha   yoqqa   boshla-chi   (Boshbekov   Sh.   “Eshik
qoqqan kim bo‘ldi?”, 254);   – Ho‘, tirmizak,  familiyangni aytib ket   (Boshbekov Sh.
“Eshik   qoqqan   kim   bo‘ldi?”,   255).   Tirmizak   undalma   sifatida   “Tushov   uzgan
tulporlar”   asarida   Halima   xola   nutqida   ham   qo‘llaniladi:   Halima   xola.   To‘lab
berasan,     tirmizak!   Halima   xola   nutqida   Teshani   yosh   bola   hisoblaydigan
zumrasha,   bola     undalmalari   ham   ishlatiladi:   Qaysi   Sultonmish,   driktor,
zumrasha!  Pastga tush, bola! Yolg‘on bo‘lsa, kuningni ko‘rasan, bola! ( Boshbekov
Sh.   “ Eshik   qoqqan   kim   bo‘ldi? ”,   218).   “Tushov   uzgan   tulporlar”   dramasi   bosh
qahramoni   Tesha   juda   aqlli   bola,   biroq     ko‘p   fikrlarini   kulgi   ruhida   ifodalagani
uchunmi,  harakatlarida,   nutqida     noodatiy,  boshqalar   uchun  odat  tusiga   kirmagan
harakatlar,   ifodalar   borligi   uchunmi     qishloq   ahli   uni   masxaraboz   deb   ataydi.
Ushbu   laqab   Turg‘un   nutqida   undalma   sifatida   qo‘llanilgan:   Turg‘un.   Ha,
masxaraboz ,   o‘tiribsanmi?   Tesha.   Yo‘q   tik   turibman   ( Boshbekov   Sh.   “ Eshik
qoqqan   kim   bo‘ldi?”,     219).   Sh.   Boshbekovning   “Tikansiz   tipratikanlar”   dramasi
qahramoni Soli nutqida o‘ziga xos murojaat birliklari qo‘llanilgan va aynan, ushbu
murojaat   birliklari   Soli   xarakterini   ochib   bergan.   Uning   gaplaridagi   kinoya,
alamzadalik,   jaydarilikni   ifodalashda   ijodkorga   murojaat     birliklari   qo‘l   kelgan:
Marhamat, janoblar,  har kim o‘ziga ma’qul joyni tanlasin; Otib yuborsanglar ham
chekaman,   azizlarim!   ( Boshbekov   Sh.   “Eshik   qoqqan   kim   bo‘ldi?”,   44)   Uning
chapani   tabiati,   yoshligi,   hayotning   achchiq   haqiqatiga   qarshi   kurashish   yo‘lini
topmasdan,   hammadan   nafratlanishini   dramaturg   uning   gaplari   orqali   ifodalashga
harakat   qilgan:     Eshitdingmi,   shef?   “Jamoatchilik   joyi”,   emish!   Xonim,   o‘zlarini
teatr   foyesida   tasavvur   qilyaptilar.   Chapak,   janoblar!     ( Boshbekov   Sh.   “Eshik
qoqqan  kim   bo‘ldi?”,   44)    Ba’zan   u  kattalar  nutqiga  taqlid  qiladi.  Buni   yozuvchi
undalma   orqali   ko‘rsatib   beradi :     Sabr,   bo‘tam,   sabr.   Sudda   voqeaning   aynan
shunday   bo‘lganligini     “o‘z   ko‘zi   bilan   ko‘rgan…”   Nima   deydi,   “guvohlar”
ko‘payib ketadi ( Boshbekov Sh.  “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”, 53); Minnatdorman,
bonu.    Shunday qilib,   bizning   qahramonlarimiz bir  arava “oh-voh”lardan so‘ng, azaliy qadrdonlardek xayrlashadilar  ( Boshbekov Sh. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”,
53).   Undalmada   faqat   so‘zlovchining   xarakteri   emas,   balki   so‘zlovchi   nutqi
qaratilgan   shaxsning   tabiati,   fe’li   aks   etishi   ham   mumkin.   Masalan,   Said
Ahmad ning   “Kelinlar   qo‘zg‘oni” dagi   Usta   Boqining   Farmonbuviga   general   deb
murojaat   qilishi   ham   asar   bosh   qahramoni   Farmonbuvi   xarakterini   ma’lum
ma’noda ochib beradi:   Men sizga aytsam,  general,  yaqindagi tishlashadi, uzoqdagi
kishnashadi, bildingizmi? ( Said Ahmad.   “Kelinlar qo‘zg‘oni” ,  21).
Bizga   ma’lumki,     so‘zlashuv   nutqida     undalmaning     gapdagi   o‘rni   erkindir.
Biroq   manbalarda   ta’kidlanishicha,   undalma   gap   boshida   kelganda,   ko‘pincha
murojaat   ma’nosini   bildiradi:   –   Ho‘,   insonlar,       biz   ham   odamga   o‘xshab   ishdan
keyin   gazit-pazit   o‘qiymizmi   yo…   ( Boshbekov   Sh.   “ Eshik   qoqqan   kim
bo‘ldi? ”,248 ) ;   Xaloyiq,   hali  kim  gazeta so‘ragan edi? Mana;  –   Ho‘,bola,   birinchi
kurslar shu yerdami?   ( Boshbekov Sh.  “ Eshik qoqqan kim bo‘ldi? ”, 248).   Undalma
gap o‘rtasi va oxirida kelganda, subyektiv munosabatni bildiradi. Undalmaning bu
xususiyatidan   dramaturglar   unumli   foydalanishadi:   O‘zingiz   nima   qilasiz?   Biz
uyimizdamiz,   sizga   kerak-da   bular,   singlim   ( Boshbekov   Sh.   “Eshik   qoqqan   kim
bo‘ldi? ”, 263).
Odatda   undalma   2-shaxsga   qaratilgan   bo‘ladi.   Biroq   monologik   nutqda
undalma 1-shaxsga, ya’ni so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Sahna
uchun  mo‘ljallangan   asarlarda  monologik   nutq  faolligi   bois,   1-shaxsga   qaratilgan
undalmalar   ko‘p   uchraydi.   Bu   holat   dramalarda   ham   kuzatiladi.   Masalan,
Sh. Boshbekovning  “Charog‘bonlar” dramasi qahramoni Samar tilidan qo‘llanilgan
bunday   murojaatlar   nutq   egasinini   o‘ziga   xos,   xalqona,   sodda   nutqini
shakllantirishga  xizmat   qilgan:   Voy  ahmog‘ye!..   Holing  shu  ekan,   burningni   tiqib
nima   qilasan,   yumronqoziqqa   o‘xshab   iningda   o‘tirsang   o‘lasanmi!   Ha,   so‘qir,
oshga   pashsha   bo‘lmay,   har   narsa   bo‘lgur   ( Boshbekov   Sh.   “Eshik   qoqqan   kim
bo‘ldi”,   261).   Xuddi   shunday   o‘ziga   murojaat   Tesha   nutqida   ham   uchraydi.
Teshani   kaltaklab   ketishganida   u   o‘ziga-o‘zi   gapiradi:   Burun   joyida.   Oyoq-qo‘l
butun.   Bosh   omon…Qolgani   topiladigan   narsa.   Endi   nima   qildik,   Mulla Teshavoy?  Aqlli odam bunaqa paytda opasiga ko‘rinmaydi   ( Boshbekov Sh. “Eshik
qoqqan kim bo‘ldi?”, 231).
Xullas,   dramatik   asarlarda   ham   nasriy   matnlardagi   kabi     undalma   nafaqat
murojaat  birligi  sifatida, balki  qahramon xarakterini ochib berish, individual  nutq
hosil   qilish,   milliy   mentalitetni   ifodalash,   emotsional-ekspressivlikni   kuchaytirish
kabi lingvopoetik maqsadlarda qo‘llaniladi. 
2.3.Undalma – she’riy matnlarda lingvopoetik vosita sifatida
  Adabiyotshunoslik   ilmiga   doir   kitoblarda,   lug‘atlarda:   “Lirikada   voqelik
lirik subyekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi, uning uchun badiiy nutq obyekti emas,
subyekti   birlamchidir.   Lirikaning   tasvir   predmeti   –   his-tuyg‘u,   kechinma   bo‘lib
qoladi”,   –   deyiladi. 38
  Shu   sababdan   she’riyatda   emotsional-ekspressivlikni   hosil
qiluvchi birliklar poetik vazifa bajaradi. Xuddi shunday she’riy matnlarda undalma
lirik   qahramonning   tinglovchiga   xitobi   sifatida   yuzaga   keladi   va   his-tuyg‘uni
ifodalashda,   ta’sirchanlikni   oshirishda   muhim   o‘rin   tutadi.   Shu   sababli   mumtoz
she’riyatimizda   ham   undalma   keng   qo‘llanilgan.   G‘azallarda   oshiqning   Allohga,
ma’shuqaga,   raqibga,   ko‘ngilga,   o‘ziga   (g‘azal   maqtasida),   ayrim   narsa-
hodisalarga  xitobi,   munojaatnomada   Allohga,   soqiynomada   soqiyga   murojaati  bu
birlikka   shoirlarimiz   keng   ko‘lamda   murojaat   qilganligini   ko‘rsatadi.   Manbalarda
soqiynomaning qat’iy shakliy belgilari  sifatida mutaqorib bahrida yozilishi va har
bir bandining  soqiyga murojaat bilan boshlanishi aytiladi 39
: 
Soqiyo,  tut qadahi shohona,
Qatrasi la’l vale yakdona
Bobur   ijodiy   merosi   to‘plangan   kitobni   ko‘zdan   kechirganimizda   nafaqat
g‘azallarida,   balki   ruboiylarida   ham   yorga,   Allohga,   xalqqa,   tinglovchiga,
do‘stlarga,   bodi   saboga(shamol),   lirik   qahramonning   o‘z-o‘ziga   murojaati
kuzatildi   va   bu   undalma     ruboiyning   to‘rt   misrasidan   birida,   misraning   turli
o‘rinlarida   kelgan.   Undalma   shoirning   bir   ruboiysida   1-misra   boshida   ( Ey   bodi
38
  Қуронов Н.,  Мамажонов З.,  Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010.  –
Б.154.
39
  Қуронов Н.,  Мамажонов З.,  Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б.285.  sabo,   ayla   Xurosong‘a   guzar)   kelgan   bo‘lsa,   ikkinchi   ruboiyda   3-misra   oxirida
(Diydoringning haqini,  ey yuzi quyosh),  boshqa bir ruboiyda   4-misra o‘rtasida (Sen
so‘rg‘ali,   ey   habib ,   ko‘nglum   xushdir)   qo‘llanilgan.   Shoirning   undalmani   turli
o‘rinlarda   qo‘llashi   uning   ma’lum   bir   maqsadini   amalga   oshirgan.   Masalan,
xalqqa,   Allohga,   do‘stlarga,   bodi   sabo,   yelga   murojaati   ko‘pincha   misra   boshida
xitob,   undash   ma’nolarida   kelsa,   yorga   murojaat   asosan,   misra   o‘rtasi,   misra
oxirida   bo‘lib,   murojaatdan   tashqari   turli   subyektiv   munosabat,   ya’ni   ma’noni
kuchaytirish,   ta’kidni   orttirish,   iltimos,   yalinish   yoki   boshqa   ma’nolarni
ifodalashga xizmat qilgan:
Keldim senga yuzu mid birla,  ey moh,
Lekin, bordim yuzingni ko‘rmay, yuz oh,
Hamsuhbat-u hamrohni netay bu yo‘lda?
Darding  menga hamsuhbat-u, ishqing hamroh 
(Z.M.Bobur. “Devon”, 94).
Z.M.Bobur   qit’alarida   esa   murojaatning   mavzu   maydoni   kengaygani   ( Ne
qilayin   sening   bila,     ey   til,   /   Jihatingdan   mening   ichim   qondur! )   kuzatildi.
Shoirning masnaviy va fardlarida ham   do‘stlarga,  bodi  sabo, lirik  qahramonning
o‘z-o‘ziga murojaati   mavjud:
Firoqingdin yovushtim o‘lgali,  ey yor,  kelgaysen!
Visolingga, base, mushtoqmen, zinhor kelgaysen! 
(Z.M.Bobur. “Devon”, 136).
Yuqoridagi   misollardan   ko‘rinib   turibdiki,   undalma   shoir   maqsadini
amalga   oshirishda,   lirik   qahramonning   subyektiv   munosabatini   ifodalashda,
ma’lum   bir   janrning   o‘ziga   xos   belgilaridan   biri   sifatida   mumtoz   adabiyotimizda
o‘z  o‘rniga ega bo‘lgan. 
  Bundan   tashqari   mumtoz   she’riyatimizda   so‘zlar   o‘z   ma’nosidan   tashqari
ko‘chma   ma’noda   ham   undalma   vazifasida   qo‘llaniladi.   Masalan,   shoirlar   yorga
murojaatda   shunchaki   “ey   yor”   deb   murojaat   qilmaydi.   Balki   uni   bir   qancha
sifatlar   bilan   o‘xshatish   asosida   qayta   nomlaydi.   Masalan,   m umtoz   adabiyotimiz
namunalarida   oshiqning   ma’shuqaga   murojaati     jonon,   sarvi   xiromon,     sho‘xi nodon, sulton,   parivash,  quyosh,    pari,     gul, yor,    dilrabo,   vafodor,    mahvash,
siymbar,       lola,     bahori   husn,   nozik   nihol,     nozukbadan,     ko‘rkaboy ,   sarvinoz,
mohitobon,   oy,   quyosh,     siymin   tan,   gul,   gulandom,   sarv,   yuzi   nasrin   kabi   bir
qancha   so‘zlar   bilan   ifodalangan   va   bu   so‘zlarning   ko‘pchiligi   yorga   nisbatan
qo‘llanilgan   bo‘lib,   o‘z   ma’nosida   emas,   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanilgan   va   lirik
qahramonning yorga munosabatini ifodalashga ham  xizmat qilgan:
Eshigingga bosh urarmen telbalar yang‘lig‘ yurub,
Ey pari, yo‘l ber visolingg‘aki, ketmay bosh urub 
(Zahiriddin Muhammad Bobur. “Devon”, 19). 
Mumtoz   adabiyotimizda   undalma   g‘azal   maqtasida   qo‘llanuvchi   asosiy
birliklardan sanalgan. Bunda ko‘pincha shoirning taxallusi ey, o kabi undov so‘zlar
bilan   birgalikda   kelgan.   Ayniqsa,   shoirning   o‘z-o‘ziga   murojaati   undalma   orqali
vujudga   keladi.   Bu   g‘azallarda   faol   bo‘lib,   boshqa   lirik   janrlarda   ham   uchraydi.
Chunki   lirikada   doimiy   qahramon   shoir   –   muallifning   o‘zi   bo‘lganligi   tufayli
so‘zlovchining o‘ziga murojaati, ko‘p hollarda o‘ziga munosabatini belgilaydi: 40
Boburo, hargiz quloq she’ringga ul gul solmadi,
Gulga ne parvoki yuz faryod qilsa andalib 
(Zahiriddin Muhammad Bobur. “Devon”, ).
Yangi   davr   she’riyatida   shoirning   o‘z-o‘ziga   murojaat   qilishi   ijodkorning
ma’lum   maqsadini   ochishga   xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari   lirikada   monologik
nutq   shakli   ustivor   bo‘lganligi   uchun   shoirga   o‘z-o‘ziga   murojaat   qilish   orqali
kechinmalarni tasvirlash qo‘l keladi:
Ey Muhammad,  yorga jonimni berib
Oyga boshimni qo‘yib yotsammikin? 
(M.Yusuf.“Biz baxtli bo‘lamiz”, 178).
O‘zingni ham to‘g‘ri dema,  Muhammad,
Senda ham hech nay yo‘q riyodan bo‘lak   
( M.Yusuf.“Biz baxtli bo‘lamiz”, 90).
40
  Акбарова З. Тил ва мурожаат  // Ўзбек тили ва адабиёти,  2014.  - № 3 .  –Б.92 . G‘azallarda   qofiyani   vujudga   keltirish   uchun   ham   undalma   lingvopoetik
vazifa bajargan. Masalan, Z.M.Boburning  “Xating aro uzoring sabza ichinda lola”
deb   boshlanuvchi   g‘azalida   g‘azalning   2-baytidan   maqta’ga   qadar   undalma   ichki
qofiyani shakllantirishga xizmat qilgan: 
Barcha parilar, ey jon, girdingda zor-u hayron, 
Go‘yo erur  namoyon oy tegrasida hola.
Mehru vafoni, ey yor, ko‘p ko‘rdi sendin ag‘yor,
Jabr-u jafoni bisyor qilding manga havola.
Hajringda, ey pariro‘, ko‘zumdin uchti uyqu,
Har kecha tongg‘a degru ishimdur oh-u nola 
Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor
Ishqingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola  
(Zahiriddin Muhammad Bobur. “Devon”, 54).
Hozirgi   zamon   she’riyatida   ham   undalma   faol   qo‘llaniladigan   til
birliklaridan   sanaladi.   Chunki   lirik   qahramon   (ko‘pincha   shoirning   o‘zi)     his-
tuyg‘ularini   kimgadir   aytmoqchi   bo‘ladi,   unga   murojaat   etadi.   Yoki   shu
kechinmaning   sodir   bo‘lishiga   sabab   bo‘lgan   narsa-hodisaga,   jarayonga   murojaat
etadi,   sababchi   bo‘lgan   kishi   (Allohga,   yorga,   do‘stga   va   hk)ga   xitob   qiladi.
Shuning uchun she’riyatda tuyg‘u bilan bog‘langan murojaat shakllari faol va ular
asar poetikasi uchun xizmat  qiladi. Badiiy matnda qo‘llanilgan undalmalar badiiy
undalma   sanalib,   ritorik   murojaatni   hosil   qiladi.   Lug‘atlarda   bu   haqida   quyidagi
fikrlar   keltiriladi:   “Ritorik   murojaat   –   badiiy   undalma.   Ritorik   so‘roq   javob   talab
qilmagani kabi, ritorik murojaat ham mos reaksiyani talab qilmaydi, nutqni bezash,
muayyan   kayfiyat   yo   hissiy   munosabatni   ifodalash   vositasi   bo‘libgina   xizmat
qiladi.   Ritorik   murojaat   she’riy   nutqda,   ayniqsa,   keng   qo‘llanilib,   ko‘proq   narsa-
hodisa,   joy   kabilarga   qaratiladi.   Shuningdek,   o‘zi   hozir   bo‘lmagan   odamga   shu
yerda   kabi   murojaat   qilish   ham   ritorik   murojaatning   bir   ko‘rinishidir.   Bulardan
ritorik   murojaat   apostrofa   termini   bilan   sinonimik   munosabatda   ekani   ayon
bo‘ladi”. 41
  Tilshunoslar,   uslubshunoslarning   qarashlarida   ham   ritorik   murojaat
41
  Қуронов Н.,  Мамажонов З.,  Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б.255.  (ayrim adabiyotlarda ritorik undov deb ham yuritiladi) asosida shakllangan gaplar
badiiy   uslubda   emotsionallik   nuqtayi   nazaridan   ma’lum   qimmatga   ega.     Shu
sababdan ham bu usul emotsional sintaksisning eng keng tarqalgan turlari sifatida
qaraladi. 42
  Manbalarda   ritorik   so‘roqda   bo‘lgani   kabi   ritorik   murojaatda   ham
baholash   momenti   mavjudligi,   badiiy   undalma   o‘ziga   xos   ohang   bilan   talaffuz
qilinishi, bu usul, ayniqsa, poetik asarlarda qo‘l kelishi qayd etiladi. 
Apostrofa   she’riyatda   keng   qo‘llaniladigan   usul   bo‘lib,   adabiyotshunoslik
lug‘atida   quyidagicha   fikrlar   keltirilgan:   “Apostrofa   (yunoncha   apostrophe   –   bir
tomon   og‘ish)   –narsa   yoki   hodisaga   xuddi   jonli   mavjudotga   kabi   murojaat   etish
asosida   yuzaga   keluvchi   stilistik   figura”. 43
  Bunday   usuldan   shoirlarimiz   keng
foydalanishadi   va   hatto   adabiyotimizda   boshdan     oxirigacha   shu   usul   asosiga
qurilgan   she’rlar   ham   ko‘plab   uchraydi.     Bu   stilistik   vosita   sababli   undalmaning
leksik-semantik   maydoni   ham     kengayadi.   Turli   narsa-buyumlar,   turli   hodisalar,
modda-ma’danlar,   mavhum   tushunchalar,   jonivorlar   yoki   o‘simliklarga   murojaat
kuzatiladi:   Masalan,   Sirojiddin   Sayyidning   “Oybibi   momo   vidosi”   she’rida   so‘ri,
ayvon,   choynak,   qo‘mg‘on,   ko‘rpa,   taxmon,   sut-qatiq,   ayron,   hovli-joy   so‘zlari
undalma vazifasida kelgan. 
Bu dunyoda keksaydi-ku safarim,
Barobardir endi shom-u saharim.
Ketsam, endi qaytib kelmas xabarim,
Ko‘ngillarim bolishlarday bo‘sh endi,
So‘rilarim, ayvonlarim , xo‘sh endi 
(Sirojiddin Sayyid. “Uyingdagi beshiklar”, 9).
Shu   kabi   shaxsdan   boshqa   narsalarga   murojaat   orqali   go‘zal   she’rlar
yaratgan   shoir     Muhammad   Yusuf   bo‘lib,   uning   ijodida   undalma   alohida
lingvopoetik   ahamiyatga   ega.   Shoir   ijodida   jayron,   erka   kiyik,   oq   qo‘chqor   kabi
jonivorlar   nomlari,     qiz‘g‘aldoq,   rayhon,   yalpiz   kabi   o‘simlik   nomlari,   ko‘k
darboza, qora qo‘mg‘on   kabi narsalar,    munchoq   kabi taqinchoqlar,    yigirmanchi
42
Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода воситалари. – Самарқанд: СамДУ, 1994. –Б.50.
43
  Shu manba. –B.35 asr,   yangi   yil,   aprel   kabi   vaqt   ma’nosini   ifodalovchi   so‘zlar     undalma   vazifasida
kelib,   she’r   misralarini   bog‘lovchi,   ta’sirchanlikni   oshiruvchi     vosita   vazifasini
bajargan:
Zor yig‘lading buncha ham hayhot,
Menda ham bor sendagi sayyod...
Ey beozor, ey mo‘min jonzot,
Jayron,  nega ko‘zing to‘la yosh?..(M.Yusuf. Saylanma). 
She’riyat his-tuyg‘ular, ichki kechinmalar ifodasi bo‘lganligi uchun  eng inja
tuyg‘ulardan   muhabbat   tuyg‘usi   shoirlar   ijoda   alohida   ta’riflanadi   va   qadimiy   va
hamisha   navqiron   bu   tuyg‘u   bir   qancha   so‘zlar   bilan   –   ishq,   sevgi,   muhabbat   –
ifodalanadi.   Shoirlar   aynan   mana   shu   ma’noni   ifodalaydigan   so‘zlarga   murojaat
orqali   shunday   ajoyib,   ta’sirchan   misralar   yaratishadiki,   bu   o‘rinda   murojaat
birligi, albatta, asosiy vazifa bajaradi: 
Muhabbat,   ey go‘zal iztirob,
Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u.
Ko‘kragimga qo‘lingni tirab,
Yuragimni to‘kib qo‘yding-ku. ?.. (M.Yusuf. Saylanma).  
Shoirning   2008-yilda   nashr   etilgan   “Biz   baxtli   bo‘lamiz”   (T.:Nihol,   2008)
to‘plamida   undalmalar   keng   qo‘llanilganligi,     to‘plamdan   o‘rin   olgan   160   ta
she’ridan 106 tasida undalma borligi, har biri o‘ziga lingvopoetik vazifa bajargani
fikrimiz isboti hisoblanadi.  
She’riyatda   narsa-hodisalarga   murojaat   orqali   jamiyatdagi   illatlar   ochib
berilishi   mumkin.   Masalan,   Faxriyorning     “Ekologik   she’r”ida   daryoga   murojaat
orqali tabiatda oqar suvlarni ifloslanayotgani masalasi ilgari surilgan: 
 
Daryo,
  sen zahar ichgansan, xastaxonaga
  olib bormoqlikning o‘zi bir g‘urbat.
 Shahar - ku notanish, qishloqda esa
bir xastaxona bor va u ham tirband. Bu   bandda   shoir   suv   hamma   narsani   tozalashiga   ishora   qilyapti,   lekin
suvning   o‘zi   notoza   bo‘lsa-chi,   daryolar   ifloslangan   bo‘lsa,   uni   qanday   tozalash
mumkin.   Daryoga   murojaat   orqali   shu   savollarni   shoir   insoniyatga   beradi.   Bu
yerda   shoir   ikkinchi   bir   muammoni   ham   aytib   ketyapti.   Qishloqdagi   kichik,
imkoniyatlari   chegaralangan,   shifokori   kam,   mutaxassisligi   o‘rta   ma’lumotli
kadrlardan   iborat   shifoxona   muammosini   ham   kichik   she’rga   bir   bandga
yuklayapti: 
Daryo,   imtiyozlar guvohnomasi  
senda yo‘q - ku?   Navbat saflari haryoq.
  Do‘xtirlarga   navbatda turib   qurib   ketmasmisan, 
kasalmand daryo! ( Faxriyor.  “Ayolg‘u”, 17). 
Kechinmaning   sababkori,   daryoga   murojaat   orqali   shoir   o‘zini,   faqat   o‘zinigina
emas,   millatparvarlarni   qiynayotgan   muammolarni   aytmoqchi   bo‘ladi.   Ritorik
murojaat orqali  javob topib bo‘lmas muammoni tilga oladi.  S h ahar va qishloqning
zidlash   orqali   ikki   xil   turmush   tarziga   ishora   qiladi,   lekin   ikkalasida   ham
muammolar   yetarli   ekanligini   gapirib   o‘tirmaydi.   Ammo   kitobxonning   o‘zi   buni
anglaydi.   Bu   she’rda   daryo,   shifoxonaga   murojaat   orqali   kelajakka   bo‘lgan
munosabat   tasvirlanadi.   Chunki   bu   tariqa   hayot   kechirish,   barcha   narsani   boy
berishga olib kelishini nazarda tutgan holda shoir barchani kinoya orqali ogohlikka
da’vat etadi:  
Daryo, Seni qandoq cho‘miltiramiz,
Qayda yuvinarsan, bo‘lg‘anchiq daryo?
Hammomga olib borayinmikin,
 Qaynoq suvdan qo‘rqarmisan yo?  ( Faxriyor.  “Ayolg‘u” , 17). 
She rlarda undalma yoyiq, aniqlovchilari bilan kelgan yoki uyushiq bo‘lishi ʼ
faol. 
Ey, sen, xotiralar –dardim, jununim –
Ho‘l o‘tinim, quruq o‘tinim
Sizni uzoqlarga olib ketaman (Mirzo Kenjabek. “Munojot”, 5). Ba’zan   murakkab   undalma   bir   necha   misralarda     kelishi   mumkin.   Iqbol
Mirzoning   “Bilgim   kelar”   she’ri   ana   shunday   murakkab   undalmalar   asosiga
qurilgan she’r bo‘lib, lirik qahramon sahroga, samoga, daryoga, dunyoga murojaat
etish   orqali   ham   o‘z   dardi,   kechinmalarini   bayon   etmoqda,   ham   mana   shu   sahro,
daryo, samo, dunyoning xislatlarini  bayon etmoqda. 
Ey bilib turgan dunyo, ey kulib turgan dunyo,
Shamollardan qamishdek bukilib turgan dunyo,
Ko‘nglida yuki borga yukinib turgan dunyo,
Dunyo,  mening alamim kimniki, bilgim kelar 
(I.Mirzo.“Sizni kuylayman”,  80).
Bundan   ko‘rinadiki,   undalma   shoirlar   uchun   his-tuyg‘ularni   ifodalashda
qulay vosita hisoblanadi.
She’riyatda undalma takrori  juda ko‘p uchraydi va bu ta’kidni kuchaytirish
maqsadida ishlatiladi: 
Sizni sog‘inyapman,  ko‘zim qaroqlari,
Hamqishloqlarim!
Sizga sig‘inyapman,  ko‘nglim chiroqlari,
Hamqishloqlarim  
(H.Xudoyberdiyeva. Saylanma, 64).
           Har gap o‘tsa mendan o‘tdi, sizda gunoh yo‘q,  begim,
O‘zim sizni otdim, yo rab, so‘zdan yasab o‘q,  begim.
O‘yladimki, Sizning bu ishq kulday so‘nib to‘zgandir,
Bugun nechun yuragimda lahcha-lahcha cho‘g‘,  begim   
(H.Xudoyberdiyeva. Saylanma, 68).
Xullas, undalma she’riyatda emotsional-ekspressivlikni hosil qiluvchi birlik,
lirik   qahramonning   tinglovchiga   xitobi,     ba’zi   janrlarning   (soqiynoma)   qat’iy
shakliy   belgilaridan   biri,     shoir   maqsadini     amalga   oshirish,   lirik   qahramonning
subyektiv   munosabatini   ifodalash,     vazn   va   qofiyani   ta’minlash   kabi   bir   qancha
vazifalarni   bajaradi.   She’riy   matnlarda   undalma   murojaat   qilinayotgan   obyektni ko‘rsatish   barobarida   uni   tavsiflaydi.   Bunday   tavsiflovchi   undalmalar   badiiy   fikr
sig‘imining yanada kengayishi uchun xizmat qiladi.
II bob bo‘yicha qisqa xulosa
Badiiy   matnlarda   undalma   faol   qo‘llaniladigan   birlik   bo‘lib,   eng   qadimgi
yodgorliklarimiz “Urxun-Enasoy bitiktoshlari”da ham  Tunyuquq, Kultegin tilidan
xalqqa,   beklarga   og‘a-inilarga   murojaat   ma’nosida   keng   qo‘llanilgan.   Ilk   badiiy
dostonlar Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul
haqoyiq”   kabi   asarlarda   ham   elig(podshoh)ga,   do‘stga   murojaat   mavjud   bo‘lib,
so‘zlovchining   tinglovchiga   xitobi   ma’nosidagina   emas,   balki   qahramonning
subyektiv   munosabatini   ifodalash   uchun   ham   qo‘llanilgan.   Mumtoz
adabiyotimizda qo‘llanilish ko‘lami kengayib, badiiy vositalardan biriga aylangan.
“Nido”   badiiy   san’atini   hosil   qilgan,   iltifot   usulining   imkoniyatini   yuzaga
chiqargan.   Ayrim   janrlarda,   masalan,   soqiynomada   qo‘llanilishi   zaruriy   vositaga
aylangan,   soqiynomaning   o‘ziga   xos   belgisini   hosil   qilgan.   G‘azallarda   lirik
qahramon   (shoir)   taxallusi   undalma   sifatida   kiritilgan.   Bundan   tashqari   qofiyani,
zebqofiyani hosil qilishda undalma ma’lum lingvopoetik vosita vazifasini o‘tagan.
Ayollarga   xushomad   qilish,   ayollarni   madh   etish   ma’nosini   ifodalagan,   dastlab
ishq-muhabbat mavzusida yaratilgan g‘azal janrida yorni madh etishda, maqtashda
undalma   eng   oson   usul   sifatida   shoirlarga   qo‘l   kelgan.   Gul   ( lola,   gulandom,
bahori husn ,  yuzi nasrin ); oy (moh, hilol, mohitobon); quyosh (oftob, shams, oftob-
u   anvar);   sarv   (shamshod,   sanobar,   sarvqomat,   sarvi   xiromon ,   sarvinoz );   pari
(paykar,   nozik   xilqat);   jon   (jon-u   jahon,   oromijon,   mohitobon,   jonon,   sulton,
parivash,   yor,   yor-u   vafodor,     dilrabo,         mahvash,     siymbar ,     nozik   nihol,
nozukbadan )   kabi so‘zlar yorga nisbatan ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan. 
O‘tgan asrning boshlarida nasriy, dramatik asarlar   ham adabiyotimizda o‘z
o‘rnida   ega   bo‘la   boshladi.   Hozirgi   kunda   epik,   dramatik   tur,   bu   turga   kiruvchi
janrlar     tili   va   uslubi   o‘ziga   xosligi   bilan   ajralib   turadi   va   bu   borada   ko‘plab
tadqiqotlar   olib   borilgan.   Nasriy   va   dramatik   matnlarda     undalma   undash,   xitob, murojaat   vazifalaridan   tashqari   so‘zlovchining   subyektiv   munosabatini   ifodalash,
ma’noni ta’kidlash va kuchaytirish, tavsiflash kabi bir qancha vazifalarni bajaradi. 
Nasriy,   dramatik   asarlarda   ham   adreratsiya,   ham   nominatsiya,   ham
xarakterizatsiya,   ham   konnotativ,   ham   emotiv   vazifalarda   keladi.   Undalmadagi
bunday   polifunksionallik   ularning     badiiy   qimmatini   oshiradi,   matnning   ta’sir
kuchiga kuch qo‘shadi. 
She’riy   matnlarda   undalmalar   poetik   sintaksisning   o‘ziga   xos   o‘tkir
vositalariga   aylanadi.   Ritorik   murojaat   (mumtoz   adabiyotda   nido   san’ati),
apostrofa kabi stilistik figuralarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. XULOSA
Badiiy   matnlarda   undalmaning   lingvopoetik   xususiyatlari ni   nasriy,   she’riy,
dramatik asarlar misolida o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Dastlab o‘quv-qo‘llanma, darsliklarda sintaktik birlik sifatida o‘rganilgan
undalma   XX   asrning   60-yillarida   A.Sayfullayev   tomonidan   alohida   monografik
tarzda   tadqiq   etilgan.   Mustaqillikdan   keyin   o‘zbek   tilshunosligining   yangicha
qarashlar,   yo‘nalishlar   asosida   rivojlanishi   tilimizning   barcha   sathlarining   har
tomonlama o‘rganilishiga turtki bo‘ldi.  Shu sababli undalma ham har tomonlama,
propozitiv   (gapdagi   ma’nosi,   asosiy   ma’nosi),   presuppozitiv   va   konnotativ
ma’no lariga   ko‘ra   tadqiq   etila   boshladi.   Undalmaning   semantik-konnotativ
xususiyatlari alohida  o‘rganilgan  tadqiqot lar yuzaga keldi. 
2.Undalmaning   leksik-semantik   tasnifida   kishi   ismi,   familiyasi,   sharifi,
taxallusini   bildiruvchi   so‘zlar,   qarindoshlik   maydoniga   doir   so‘zlar,   do‘stlik,
o‘rtoqlik  mazmuniga  oid  so‘zlar,  kasb,  lavozim,   mansab,  unvon,  daraja  kabilarga
doir   so‘zlar;   jismoniy   belgi   maydoniga   oid   so‘zlar;   kishilar   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatni   bildiruvchi   so‘zlar;   yosh,   jinsni   ko‘rsatuvchi   so‘zlar;   diniy
tushunchalarni,   afsonaviy   shaxslarni   ifodalovchi   so‘zlar,   inson   tanasi   qismlarini
ifodalovchi   so‘zlar   (asosan,   ko‘chma   ma’noda),   uy   hayvonlari   va   yovvoyi
hayvonlar, parrandalar, hasharotlarni ifodalovchi so‘zlar; tabiat hodisalari va tabiiy
borliqqa oid narsa-hodisalar, vaqt, o‘rin-joy ma’nosini  ifodalovchi so‘zlar;  yer  va
osmon jismlari  nomlarini  ifodalovchi  so‘zlar; narsa-hodisa nomlarini   ifodalovchi
so‘zlar  bu vazifada kelishi kuzatildi. Bu mavzu maydoni badiiy matnlarda yanada
kengayadi. 
3.Undalma   qadimdan   badiiy   matnlarda   faol   qo‘llanilgan.   X alq   og‘zaki
ijodi ga xos ayrim janrlarda (ertak, doston, aytishuv va hk) uchrashi, bitiktoshlarda
qo‘llanilgan   undalmalar,   ilk   badiiy   asarlarimizda   qo‘llanilishi   undalmalarning
tarixiy taraqqiyoti qadimiy ekanligidan dalolat beradi. 
4.Mumtoz adabiyotimizda qo‘llanilish ko‘lami kengayib, badiiy vositalardan
biriga aylangan.  “Nido” badiiy san’atini hosil qilgan, iltifot usulining imkoniyatini
yuzaga   chiqargan.   Ayrim   janrlarda,   masalan,   soqiynomada   qo‘llanilishi   zaruriy vositaga   aylangan,   soqiynomaning   o‘ziga   xos   belgisini   hosil   qilgan.   G‘azallarda
lirik   qahramon   (shoir)   taxallusi   undalma   sifatida   kiritilgan.   Bundan   tashqari
qofiyani, zebqofiyani hosil qilishda undalma ma’lum lingvopoetik vosita vazifasini
o‘tagan.   Ayollarga   xushomad   qilish,   ayollarni   madh   etish   ma’nosini   ifodalagan,
dastlab   ishq-muhabbat   mavzusida   yaratilgan   g‘azal   janrida   yorni   madh   etishda,
maqtashda undalma eng oson usul sifatida shoirlarga qo‘l kelgan. 
5.Nasriy,   dramatik   asarlarda   ham   adreratsiya,   ham   nominatsiya,   ham
xarakterizatsiya,   ham   konnotativ,   ham   emotiv   vazifalarda   keladi.   Undalmadagi
bunday   polifunksionallik   ularning     badiiy   qimmatini   oshiradi,   matnning   ta’sir
kuchiga kuch qo‘shadi. 
6.   Nasriy,   dramatik   asarlarda   jonli   xalq   tiliga   xos   murojaat   birliklari,
masalan,     so‘zlarning   dialektal   shakllari,   adabiy   tilga   mansub   bo‘lmagan   vulgar
(haqorat) so‘zlar,  varvarizmlar qo‘llanilishi mumkin.
7. Undalma epik turga mansub asarlarda qahramonlar ruhiyatini ifodalashda
qo‘l keladi, psixologik tahlil uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
8. Tarixiy mavzulardagi nasriy, dramatik asarlarda voqea sodir bo‘layotgan
davr  tilini  ifodalashda,  asar  tili  tabiiyligi  va haqqoniyligini  ta’minlashda undalma
lingvopoetik vazifa bajaradi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, o‘sha davrda yuqori
tabaqa   vakillariga     murojaat     oddiy   kishilarga   murojaatdan   tubdan   farq   qilgan.
Mana   shu   murojaatning   turli   variantlarini   O.Yoqubov   qahramonlar   nutqida
qo‘llash   orqali   nihoyatda   mohirlik   bilan   kiritgan.   Masalan,   “Ulug‘bek   xazinasi”
romanida   Allohga   murojaat   qahramonlar   nutqida   allohim,   xudoyim,   parvardigori
olam,   halloqi   olam,   rabbano,   xudovandi   karim   kabi   turli   sinonimlar   bilan
ifodalanganini   ko‘rib,   yozuvchi   o‘zbek   tilining   boyligidan   asarda   unumli
foydalanganligini ko‘ramiz. 
9.   Undalma   she’riyatda   emotsional-ekspressivlikni   hosil   qiluvchi   birlik,
lirik   qahramonning   tinglovchiga   xitobi,   shoir   maqsadini     amalga   oshirish,   lirik
qahramonning subyektiv munosabatini ifodalash,  vazn va qofiyani ta’minlash kabi
bir  qancha vazifalarni  bajaradi. She’riy matnlarda undalma murojaat  qilinayotgan obyektni   ko‘rsatish   barobarida   uni   tavsiflaydi.   Bunday   tavsiflovchi   undalmalar
badiiy fikr sig‘imining yanada kengayishi uchun xizmat qiladi. 
10.   She’riy   matnlarda   undalmalar   poetik   sintaksisning   o‘ziga   xos   o‘tkir
vositalariga   aylanadi.   Ritorik   murojaat   (mumtoz   adabiyotda   nido   san’ati),
apostrofa kabi stilistik figuralarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar :
                   1.Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Олий таълим тизимини
янада   ривожлантириш   чора-тадбирлари   тўғрисида   (Халқ   сўзи   2017   йил,   21
апрел) 
2.  2019-yil  21-oktyabrdagi     “O‘zbek   tilining  davlat  tili  sifatidagi  nufuzi   va
mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. –Toshkent, 2019.
3.Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг   ў збек   тилига   давлат   тили   мақоми
берилганининг  ўттиз йиллигига бағишланган  тантанали  маросимдаги  нутқи.
http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019. 
II. Ilmiy-nazariy  adabiyotlar:
4. Абдуллаев   А.   Ўзбек   тилида   экспрессивликнинг   ифодаланиши.   –
Тошкент: Фан, 1983. 90 б.
5.Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 4-жилд. –Тошкент: Маънавият,
2006. –Б.206. 
6.Абдураҳмонов Ғ. Тарихий синтаксис. –Тошкент: Фан, 1974. –Б.112
7. Акбарова   З.   Мурожаат   шаклининг   тасниф   асослари   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти.  – Тошкент, 2006. – №3. –Б.74-76. 
8.Акбарова З. Мурожаатнинг моҳияти// Ўзбек тили ва адабиёти, 2012. -
№3. –Б.89-92. 
9. Акбарова З. Тил ва мурожаат  // Ўзбек тили ва адабиёти,  2014.  - № 3 .  –
Б.92-95.
10.Аҳмедова   Н.   Ўзбек   тилида   мурожаат   бирликларинингсемантик-
коннотатив   тадқиқи:   Филол.фан.номз.   ...дисс.автореф.   –   Тошкент,   2008.   –26
б.
11.Бабаджанов Ф.   Ўзбек  жадид драмаларининг лисоний хусусиятлари:
Филол.фан.номз.  …дис. автореф. – Самарқанд, 2002. –25 б.
12.Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари.
–Тошкент: Фан, 2006. - 123 б. 13.Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008.
- 160 б. 
14. Йўлдош   Қозоқбой,   Йўлдош   Муҳайё.   Бадиий   таҳлил   асослари.   –
Тошкент: Камалак, 2016.
15.Каримов   С.   Бадиий   услуб   ва   тилнинг   ифода   воситалари.   –
Самарқанд: СамДУ, 1994. – 56 б
16.Каримов С.  Ўзбек тилининг бадиий услуби. – Самарқанд: Зарафшон
нашриёти, 1992. –Б.34.   
17.Маҳмудов  Н., Нурмонов  А. Ўзбек   тилининг  назарий  грамматикаси.
Синтаксис.   –  Т ошкент :    Ўқитувчи ,   1995. –230 б.
18.   Мирзаев   И.   Лингвистик   поэтика   ва   унинг   филологик   таҳлилдаги
ўрни // Лингвопоэтика масалалари. – Самарқанд, -2001. –Б.72-76. 
19.Мирзаев И.К. Шеърий матннинг лингвопоэтик таҳлили муаммолари:
Филол.фан.д-ри… дисс.автореф.  – Т.,1992.
20.Расулов Р., Аҳмедова  Н. Ундалмами ёки мурожаат бирлиги//  Ўзбек
тили ва адабиёти, 2007. - №2. –Б.85-88.
21.Сайфуллаев   А.Р.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   ундалма.   Тошкент:   Фан,
1968. –74 б.
22.Sayfullayeva   R.R.,   Mengliyev   B.R.,   Boqiyeva   G.H.,   Qurbonova   M.M.,
Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2010.
23. Умарова Н. Тахаллуснинг ундалма сифатида берилиши// Ўзбек тили
ва адабиёти, 2003. - №4. –Б.81-83.
24.Холиқов   Ҳ.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   мураккаблашган   содда
гаплар услубияти: Филол.фанлар.номз...дисс. – Тошкент, 1993. –122 б.   
25.Юсупова   О.   Ундалма–миллий   менталитетни   ифодаловчи     бирлик
сифатида// Буюк   ипак   йўлида   умуминсоний   ва   миллий   қадриятлар:   тил,
таълим   ва   маданият   (Халқаро   илмий-амалий   анжумани   материаллари)   –
Самарқанд: СамДЧТИ нашри, 2016. –Б. 33-35.
26.Ю супова О. Бадиий матнларда ундалма //  Тил ва адабиёт масалалари.
(Илмий мақолалар тўплами) – Наманган ,  2017. –Б.30-33. 27. Ўзбек тили грамматикаси. 2-том.  – Тошкент: Фан, 1976. - 610 б.
28.Ўринбоев   Б.   Ўринбоева   Д.   Ҳозирги   ўзбек   тилининг   сўзлашув
услуби. – Тошкент: Фан, 1991. – 160 б.
29. Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж. Бадиий текстнинг лингвистик
таҳлили. – Тошкент, Ўқитувчи. 1990. 
30.Қиличев   Э.   Ўзбек   тилининг   амалий   стилистикаси.   –   Тошкент:
Ўқитувчи, 1992.  –  157 б. 
31.Қуронов   Н.,     Мамажонов   З.,     Шералиева   М.   Адабиётшунослик
луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –400 б.
32. Ғуломов А. Содда гап.  –   Тошкент, 1955.  
33. Ғуломов А., Асқарова М.  Ҳозирги ўзбек адабий тили.  Синтаксис. – 
Тошкент:  Ўқитувчи, 1987. –256 б.
34.Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадият малоҳати. – Тошкент: Шарқ, 1999.
–240 б.
III. Badiiy adabiyotlar: 
35. Аhmad Said. Kelinlar qo‘zg‘oloni. www.ziyouz .com кутубхонаси.–31 б.
36.Бошбеков   Ш.   Эшик   қоққан   ким   бўлди?   Пьесалар.   –   Т.:   Адабиёт   ва
санъат нашриёти, 1989. –268 б. 
37.Ёқубов   О.   Улуғбек   хазинаси.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти. –251 б.
    38.  Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Девон. – Тошкент: Фан, 1994. 
39.Мирзо   Кенжабек.   Муножот.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986.
40.Муҳаммад Юсуф. Сайланма. –   Тошкент: Шарқ, 2007.
41.Сирожиддин Саййид. Уйингдаги бешиклар. –Тошкент: Ёзувчи, 1996.
42. Улуғбек Ҳамдам. Сабо ва Самандар. –   Тошкент: “Ўзбекистон”, 2011.
–350 б.
43. Усмон Азим. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 1995.
44. Faxriyor. Ayolg‘u. – Toshkent: Sharq, 2000.
45.Холмирзаев Ш. Сайланма. 1-жилд. www.ziyouz.com kutubxonasi. 46. Худойбердиева Ҳ. Сайланма. –   Тошкент: Шарқ, 2000.
47. Чўлпон.   Яна   олдим   созимни.   –   Тошкент:   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 2000. – 432 б.
48.Шавкат Раҳмон. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 1997.
49.Эшқобил Шукур Ҳамал айвони. – Тошкент: Шарқ, 2002.
50.Qodiriy A. O‘tkan kunlar. – Toshkent: Sharq, 2012. –382 b.

BADIIY MATNLARDA UNDALMANING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH (Ishning umumiy tavsifi) ……………………………………… I BOB. UNDALMANING LEKSIK-SEMANTIK VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 1.1. O‘zbek tilshunosligida undalmaning o‘rganilishi…………………… 1.2. Undalmaning leksik-semantik xususiyatlari……………………….. 1.3. Undalmaning ifodalanishi, tuzilishiga ko‘ ra turlari………………… Bob bo‘yicha qisqa xulosa II BOB. BADIIY MATNLARDA UNDALMA LINGVOPOETIK VOSITA SIFATIDA 2.1. Poetik individuallikni ta’minlashda undalmaning o‘rni……………… 2.2. Nasriy va dramatik matnlarda undalmaning qo‘llanilishi…………… 2.3. Undalma – she’riy matnlarda lingvopoetik vosita sifatida………….. Bob bo‘yicha qisqa xulosa XULOSA ……………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………

KIRISH ( ISHNING UMUMIY TAVSIFI ) Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Adabiy tilimiz o‘sib borayotgan jamiyat talabiga to‘la javob berishi, aloqa quroli sifatida, hozirgi hayotimizni to‘liq, atroflicha bayon etib berishi lozim. Bu esa hayotni so‘z bilan aks ettirayotgan yozuvchi va shoirlarimiz zimmasiga tilning ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanish mas’uliyatini yuklaydi. Chunki bir necha asrlik tarixiy taraqqiyotga ega tilimiz boy xazinaga ega bo‘lib, bu xazinaning ko‘p qismi xalq og‘zaki ijodi namunalarida, shevalarimizda yashirinib yotibdi. Shu sababdan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida quyidagi fikrlarni keltiradilar: “ Kimda-kim o zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksizʻ imkoniyatlarini his qilmoqchi bo lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik ʻ dostonlarimizni, o lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli ʻ qo shiqlariga quloq tutsin. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali ʻ jahonga o z so zini aytib kelganlar. ʻ ʻ Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar badiiy durdonalar yaratganlar. 1 Shu sababdan, o‘zbek tilining ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi lug‘atlar yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Tilimizning o‘ziga xos xususiyatlari esa so‘zlashuv uslubida, shevalarimizda, xalq og‘zaki ijodida va til birliklarining barcha ko‘rinishlarini o‘zida qamrab olishga qodir bo‘lgan badiiy adabiyot namunalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan til birliklarining uslubiy xususiyatlarini badiiy adabiyot asosida tadqiq qilish, bu birliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Badiiy matnda undalmaning lingvopoetik xususiyatlari” deb nomlanadigan mazkur bitiruv ishida undalmaning lingvopoetik xususiyatlari, ijodkorning badiiy maqsadini ochib berishdagi o‘ziga xos o‘rnini tadqiq etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . O‘zbek tilshunosligida undalma, uning leksik-semantik, grammatik, konnotativ xususiyatlari sintaksisga oid darslik, 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019.

o‘quv qo‘llanma, monografiya, tadqiqot ishi sifatida o‘rganilgan bo‘lsa-da 2 , uning badiiy matndagi o‘rni, badiiy matnda undalma vazifasida qo‘llaniladigan so‘zlarning semantik doirasi, subyektiv baho munosabati, ko‘chma ma’nolarni hosil qilishi, adabiy tur va janrlarda qo‘llanilishi monografik tarzda o‘rganilmagan. Bu ishning bugungi kundagi dolzarbligi va o‘rganilishi katta ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi undalmaning badiiy matnda qo‘llanilishi, uslubiy x ususiyatlari, xususan, nasriy, she’riy, dramatik turda undalmaning o‘ziga xos jihatlarini, qo‘llanilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Mazkur malakaviy bitiruv ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutganmiz: - o‘zbek tilshunosligida undalmaning o‘rganilishini umumlashtirish; -undalmaning leksik-semantik xususiyatlari, denotativ va konnotativ ma’nolarini o‘rganish; -undalmaning ifodalanishi, tuzilishiga ko‘ ra turlarini misollar asosida izohlash; -poetik individuallikni ta’minlashda undalmaning o‘rnini badiiy matnlardan olingan misollar asosida yoritib berish; -nasriy matnlarda undalmalarning vazifalari ortishi, lingvopoetik imkoniyatlarining kengayishini roman, qissa, hikoyalarda qo‘llanilgan murojaat birliklari orqali izohlash; - nasriy, dramatik asarlarda undalmaning asosiy vazifalaridan tashqari, konnotativ vazifasi kuchayishini misollar asosida yoritib berish; 2 Сайфуллаев А. Ҳозирги ўзбек тилида ундалма. –Тошкент: Фан, 1968. – 74 б.; Аҳмедова Н. Ўзбек тилида мурожаат бирликларининг семантик-коннотатив тадқиқи: Филол.фан.номз....дисс.автореф. – Тошкент, 2008. – 25 б. Акбарова З. Тил ва мурожаат // Ўзбек тили ва адабиёти, 2014. – №3. –Б.92-95 . ; Акбарова З. Мурожаат шаклининг тасниф асослари // Ўзбек тили ва адабиёти, 2006. – №3. –Б.74-76; Акбарова З. Мурожаатнинг моҳияти// Ўзбек тили ва адабиёти, 2012. – №3. –Б.89-92.; Расулов Р., Аҳмедова Н. Ундалмами ёки мурожаат бирлиги // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. – №2. –Б.85-88.; Умарова Н. Тахаллуснинг ундалма сифатида берилиши// Ўзбек тили ва адабиёти, 2003. – №4. –Б.81-83.

- undalma emotsional-ekspressivlikning oshirishda, ma’lim bir badiiy san’at turlarini hosil qilishda, vazn va qofiyani ta’minlashda vosita bo‘lishini she’riy matnlar orqali o‘rganish. Bitiruv ishining obyekti va predmeti. Badiiy matnlarda qo‘llaniladigan undalmalar ishning tadqiq obyekti sanaladi. Adabiy tur va janrlarda undalmaning lingvopoetik xususiyatlari tadqiqotning predmetini tashkil etadi. Ishining obyekti va predmetini ochib berishda hozirgi zamon o‘zbek adabiyotidan hamda ayrim o‘rinlarda mumtoz adabiyotimizdan olingan misollar material vazifasini o‘tadi. Bitiruv ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi: - poetik individuallikni ta’minlashda undalmaning ishtiroki mumtoz asarlar va hozirgi zamon adabiyotidan olingan misollar asosida aniqlandi; - undalmaning nasriy va dramatik matnlarda qahramonlar nutqini individuallashtirishda, psixologik tahlilda, xarakterni ochib berishda keng imkoniyat yaratishi A.Qodiriy, Cho‘lpon, O.Yoqubov, O‘.Hoshimov, S.Ahmad, Sh.Boshbekov, Ulug‘bek Hamdam asarlaridan olingan misollar asosida yoritib berildi; - undalmaning apellyativ, kommunikativ vazifalardan tashqari konnotativ, fatik vazifalarining ortishi dramatik asarlar orqali o‘rganildi; - undalmaning she’riy matnlarda qo‘llanilishdagi o‘ziga xos jihatlari: poetik sintaksis turlarini (ritorik murojaat, apostrofa) hosil qilishi, tavsiflash xususiyatiga ega bo‘lishi, o‘z-o‘ziga murojaat, polifunksionallik kabilar H.Xudoyberdiyeva, M.Yusuf, S.Sayid, Faxriyor kabi shoirlar ijodidan olingan misollar orqali izohlab berildi. Malakaviy bitiruv ishining tadqiq usullari . Mavzuni yoritishda hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan, bayon qilingan nazariy fikrlardan, semantik-uslubiy, tavsifiy, qiyosiy metoddan foydalanildi. Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati . Malakaviy bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Tadqiqotda erishilgan natijalardan oliy o‘quv yurtlarida lingvopoetikani o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin.

Tadqiqotda to‘plangan materiallardan badiiy asar tili bo‘yicha, magistrlik dissertatsiyalari va bakalavrlik bo‘yicha malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish mumkin. Ishda to‘plangan misollar o‘zbek tili uslubshunosligi va nutq madaniyati, badiiy asar tili, lingvopoetika bo‘yicha amaliy dars soatlarini o‘tishda material vazifasini o‘taydi. O‘ninchi sinf darsligida leksik, morfologik va sintaktik vositalarning nutqiy uslublarda qo‘llash mavzulari ostida bir qancha mavzular o‘rin olgan. Ushbu mavzularni tushuntirishda maktab o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha ma’lumot vazifasini o‘taydi. Malakaviy bitiruv ishining tuzulishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Malakaviy bitiruv ishining umumiy hajmi 62 sahifani tashkil etadi.