logo

SHE’RIY MATNLARDA HARAKAT TARZI SHAKLLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

168.1728515625 KB
SHE’RIY MATNLARDA HARAKAT TARZI SHAKLLARINING
QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….
I   BOB.   FE’LNING   HARAKAT   TARZI   KATEGORIYASI   VA   UNING
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI………………………………
I.1. Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari………….
I.2. Harakat tarzi shakllarining o‘rganilish tarixi……………………………………
II   BOB.   HARAKAT   TARZI   SHAKLLARINING   BADIIY-USLUBIY
VAZIFALARI……………………………………………………………………..
II.1. Harakat tarzi shakllarining she’riy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlari……….
II.2. Harakat tarzi shakllarining nasriy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlari………..
II.3.   Harakat   tarzi   shakllari   va   tildagi   tejamlilik
tamoyili……………………………
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR
RO‘YXATI……………………………..
         ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning   dolzarbligi .   So‘nggi   yillarda   jamiyatimizda   bo‘layotgan   tub
o‘zgarishlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topmoqda. Ilm-fan va
texnikaning   jadallik   bilan   taraqqiy   etishi   yangidan-yangi   kashfiyotlarni   yuzaga
keltirmoqda.  “ Т urkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi
xalqimizning   ko‘p   asrlik   kechmishi,   uning   orzu-intilishlari,   dard-u   armonlari
zafarlari   va   g‘alabalari   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Ajdodlarimiz,   ota-
bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda
buyuk     madaniyat   namunalarini,   ulkan   ilmiy   kashfiyotlar,   badiiy   durdonalar
yaratganlar ” 1
.   Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek   tilshunosligi   bugungi   kunda   til   va   uning   birliklarini   an’anaviy   hamda
sistem-struktur   jihatdan   batafsil   tadqiq   etish   bilan   bir   qatorda,   kommunikatsiya,
ya’ni   muloqot   faoliyati   bilan   bog‘liq   hodisalar   tahliliga   ham   jiddiy   e’tibor
qaratmoqda. Ma’lumki, nutqiy muloqot muhitida tilning yaratuvchanlik, ijodkorlik
imkoniyati   to‘la   namoyon   bo‘ladi.   Bu   imkoniyat   nutqiy   muloqot   faoliyatining
mahsuli   bo‘lgan   matnda   o‘z   aksini   to‘la   topadi.   Bugungi   o‘zbek   zamonaviy
tilshunosligi   til   hodisalarini   inson   omili   nuqtai   nazaridan   tahlil   etish   tamoyilini
tanladi 2
.   Ma’lumki,   uzoq   davrlargacha   tilshunoslar   so‘zlovchining   «mahsuloti»
bo‘lgan   jumlani   o‘rganishga   asosiy   e’tibor   berdilar.   Bu   jumlani   yaratgan   shaxs
(subyekt)   esa   nazardan   chetda   qoldi.   Vaholanki,   har   bir   aniq   jumlada
so‘zlovchining   ruhiyati,   madaniyati,   dunyoqarashi   va   boshqalar   o‘z   ifodasini
topadi.  Shu  tufayli  ham  so‘zlovchining  gapiga   qarab,   uning  kimligi  haqida  hukm
chiqarish   mumkin   bo‘ladi.   Bu   esa   til   birligi   bo‘lgan   gapning   qoliplari   aniq
sharoitda jumlalar  orqali  yuzaga chiqib, naqadar  rang-barang qo‘shimcha axborot
1
  Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг   ўзбек   тилига   давлат   тили   мақоми   берилганининг   ўттиз   йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // “Халқ сўзи”, 2019 йил, 22 октябрь.
2
  Нурмонов   А.   Нутқий   фаолият   ва   сўзловчи   шахс   //Раҳматулла   Қўнғуровнинг   илмий   мероси   ва   ўзбек
тилшунослиги масалалари. –Самарқанд, 2008. -Б. 154-156. bildirishidan   dalolat   beradi 1
.   M atnning   hosil   qilinishida   aksariyat   lisoniy   birliklar
unga «qurilish materiali» sifatida ishtirok etadi. Harakat tarzi shakllari ham bundan
mustasno   emas,   ammo   ularning   lisoniy   va   nutqiy   imkoniyatlari   yetarli   darajada
tadqiq etilmagan. Ayniqsa, ularning matn shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish,
she’riy   hamda   nazmiy   matnda   qo‘llanilish   jihatlarini   tadqiq   qilish,   shuningdek,
tildagi   tejamlilik   tamoyili   bilan   bog‘liqligini   tahlil   qilish   endilikda   amalga
oshirilish lozim  bo‘lgan  muhim  ishlardandir  va   xuddi  shu  jihat  tadqiqotimizning
ilmiy yangiligini belgilaydi.   
Demak,   fe’l   so‘z   turkumi   va   uning   asosiy   grammatik   kategoriyalaridan
bo‘lgan   harakat   tarzi   shakllarinini   o‘rganish   va   uning   matn   mazmunning
yaxlitligini   ta’minlashda   tutgan   o‘rnini   aniqlash,   shoir   va   yozuvchilarning   o‘ziga
xos  individual  uslubini   ochib berishda  harakat   tarzi  shakllarining  tutgan  o‘rninini
izchil   tahlil   etish   o‘zbek   tilshunosligi   uchun   nihoyatda   muhim.   O‘zbek
tilshunosligida   harakat   tarzi   shakllari   ma’lum   darajada   O‘zbekiston   fanlar
akademiyasining   akademigi,   professor,   A.Hojiyev   o‘zining   «O‘zbek   tilida
ko‘makchi fe’llar» nomli monografiyasida grammatik nuqtayi nazardan o‘rgangan.
Ko‘makchi   fe’llarning   ma’noviy   ottenkalari,   subyektiv   munosabat   ifodalash
imkoniyatlarini   batafsil   yoritib   bergan.   Hozirgi   kunda   tilshunoslikning   alohida
sohasi   sifatida   shakllangan   matn   tilshunosligi   doirasida   ko‘makchi   fe’llarning
ma’lum   bir   qismi   bo‘lgan   harakat   tarzi   shakllari   va   ularning   matn   shakllantirish
imkoniyatlari, poetik va nasriy matnning strukturaviy va mazmuniy yaxlitligining
ta’minlanishida   ularning   o‘ziga   xos   o‘rnini   aniqlash   va   tahlil   etish   soha
tilshunosligining   rivojlanishi   uchun   g‘oyat   muhim   sanaladi.   Shuningdek,   harakat
tarzi   shakllarining   zamon,  mayl,   modallik,  ba’zan   jins   kategoriyasiga   munosabati
masalasini,   ularning   badiiy-uslubiy   vazifalarini,   tejamlilik   hodisasini   yuzaga
keltirishdagi   o‘rnini   belgilash   hamda   nomlanishidagi   sinonimlik   masalasiga
munosabat   bildirish   ham   juda   muhim   ishlardan   hisoblanadi.   Bu   esa   tanlangan
mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. 
1
  Нурмонов  А.,  Ҳакимов  М.  Лингвистик  прагматиканинг  назарий  шаклланиши.  «Ўзбек  тили  ва   адабиёти»,
2001, №4. – Б.56 Tadqiqot maqsadi va vazifalari.  Harakat tarzi shakllarining badiiy-uslubiy
vazifalarini   aniqlash,   Usmon   Azim   she’riyatida   hamda   nasriy   matnlarda
qo‘llanilish imkoniyatlarini ochib berish, tejamlilik hodisasini yuzaga keltirishdagi
o‘rnini tahlil qilishdan iborat. Mazkur malakaviy bitiruv ishida quyidagi vazifalarni
amalga oshirishni ko‘zda tutganmiz: 
- harakat tarzi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
-   o‘zbek   tilshunosligida   harakat   tarzi   shakllarining   tadqiq   etilishi     bilan
bog‘liq   tadqiqotlarni   o‘rganish,   ularga   munosabat   bildirish,   mavzuning
o‘rganilganlik darajasidan kelib chiqib, aniq tadqiqot yo‘nalishini belgilab olish;
           - harakat tarzi shakllarining leksik jihatdan o‘ziga xosligini aniqlash; 
- harakat tarzi shakllarining Usmon Azim she’riyatida qo‘llanilish darajasini
aniqlash; 
-   harakat   tarzi   shakllarining   nasriy   matnlarda   qo‘llanilish   imkoniyatlarini
tahlil qilish;
-   Usmon   Azim   she’riyatida   qo‘llanilgan   harakat   tarzi   shakllarining   badiiy-
uslubiy vazifalarini ochib berish;
-  badiiy matnda  harakat tarzi shakllaridan  foydalanish dagi o‘ziga xosliklar va
ularning   stilistik   hamda   funksional-semantik   xususiyatlariga   doir   muayyan   ilmiy-
nazariy xulosalar chiqarish ;
-   harakat   tarzi   shakllarining   nasriy   va   she’riy   matnlarda   qo‘llanish
imkoniyatlarini   tadqiq   qilish,   tejamlilik   hodisasini   yuzaga   keltirishdagi   o‘rni   va
rolini belgilash;
Bitiruv ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi: 
Harakat tarzi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga e’tibor
qaratildi;
o‘zbek   tilshunosligida   harakat   tarzi   shakllarining   tadqiq   etilishi     bilan
bog‘liq   tadqiqotlar   o‘rganildi,   munosabat   bildirildi,   mavzuning   o‘rganilganlik
darajasidan kelib chiqib, aniq tadqiqot yo‘nalishi belgilab olindi;
Usmon   Azim   she’riyatida   qo‘llanilgan   harakat   tarzi   shakllarining   badiiy-
uslubiy vazifalari ochib berildi; Nasriy   matnlarda   qo‘llanilgan   harakat   tarzi   shakllarining   badiiy-uslubiy
vazifalari ochib berildi;
Tildagi   tejamlilik   hodisasining   harakat   tarzi   shakllarining   ifodalanishi
Usmon Azim she’riyati misolida maxsus tahlil etildi.
Malakaviy   bitiruv   ishining   metodologik   asoslari   va   tadqiq   usullari .
Mavzuni yoritishda hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan,
bayon   qilingan   nazariy   fikrlardan,   semantik-uslubiy,   tavsifiy   hamda   statistik
metodlardan   foydalanildi.   Shuningdek,   A.G‘ulomov,   A.Hojiyev,   U.Tursunov,
R.Sayfullayeva,   M.Qurbonova,   B.Mengliyev,   B.Bahriddinova,   O.Shukurov,
D.Yuldashevalar  va boshqalarning  shu yo‘lda olib borgan kuzatishlaridagi nazariy
qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi.
Malakaviy   bitiruv   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Malakaviy
bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
Tadqiqotda   erishilgan   natijalardan   oliy   o‘quv   yurtlarining   Filologiya
fakultetlarida   harakat   tarzi   shakllarini   o‘rganish   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqotlar   olib
borishda,   maxsus   kurs   va   seminarlar   tashkil   etishda   foydalanish   mumkin.
Tadqiqotda   to‘plangan   materiallardan   “Hozirgi   o‘zbek   tili”   fanining   morfologiya
bo‘limi   bo‘yicha   qo‘llanmalar   tayyorlashda,   magistrlik   dissertatsiyalari   va
bakalavrlar  uchun  malakaviy bitiruv ishlari  yozishda  foydalanish   mumkin. Ishda
to‘plangan   misollar     “Hozirgi   o‘zbek   tili”   fani   bo‘yicha   amaliy   dars
mashg‘ulotlarini   o‘tishda   va   mustaqil   ta’limni   bajarishda   material   vazifasini
o‘taydi.
Malakaviy bitiruv ishining tuzulishi va hajmi.
Malakaviy bitiruv ishi  ikki asosiy  bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan   iborat.   Malakaviy   bitiruv   ishining   umumiy   hajmi   61   sahifani   tashkil
etadi.
  BIRINCHI BOB
I. FE’LNING HARAKAT TARZI KATEGORIYASI VA UNING
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI
1.1. Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Til   insoniyat   tomonidan   ajdodlardan   avlodlarga   meros   qilib   olingan
ma’naviy   boylik,   tarkibida   turli   elementlar,   qoidalar,   barcha   sathlardagi
munosabatlar saqlanayotgan imkoniyatlar xazinasi hisoblanadi. Shuningdek o‘zbek
tilini ham o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqozo etuvchi elementlar munosabatidan
tashkil   topgan   butunlik   sifatida   e’tirof   etish   mumkin.     Tilni   tashkil   etuvchi
elementlar   o‘zaro   birikib   ma’lum   bir   sistemani   ya’ni   tizimni   tashkil   etadi.   Tilni
tashkil etuvchi lisoniy birliklar o‘rtasidagi munosabat xilma-xildir. Shuning uchun
ham   ular   o‘rtasidagi   munosabatni   yaxlit   tasavvur   qilish   uchun     munosabatlar
tizimidagi   alohida-alohida   munosabat   turlarini   o‘rganish   muhim   ahamiyatga
egadir.   Tilga   ehtirom   va   e’tibor   bu   dunyoda   inson   bolasi   muhtaramligining
e’tirofidir.   Bejiz   emaski,   xalqimiz   tilga,   xususan,   o‘zining   ona   tiliga   muntazam
muhabbat bilan qaragan, uni e’zozlab ardoqlagan, o‘zbek tilining mukammalligi va
betakror   ohanglaridan   faxr-u   iftixor   qilgan.   O‘zbek   tilidagi   tarang   mantiq   va
go‘zallikni   har   soniya   inkishof   etishga   ishtiyoq   sezgan.   Shuning   uchun   ham ,
o‘zbek   o‘ynab   gapirsa   ham,   o‘ylab   gapiradi.   Shuning   uchun   ham,   o‘zbek   qopib
emas, topib gapiradi.
So‘zga   oshuftalik,   so‘zning   ostini   ham,   ustini   ham   ko‘ra   olishga   intilish,
nutqning   latifligidan,   nutqdagi   so‘zlarning   favqulodda   uyg‘unligidan   zavqlanish,
ona tilida ta’sirli nutq ayta oluvchiga, xitobat san’ati sohibiga ayricha havas bilan qarash   o‘zbekning   azaliy   urflaridandir.   Aytilmoqchi   bo‘lgan   fikrga   musallam   va
mutlaqo   mos   libos   kiydira   bilish,   maqsadga   muvofiq   lisoniy   ifodalarni   saylay
olish,   so‘z   bilan   tinglovchining   faqat   qulog‘ini   emas,   balki   qalbini   ham   zabt   eta
bilish,sharqda,   xususan,   o‘zbeklarda   tarbiyalanganlik,   ma’rifatlilik,   ziyolilikning
qabariq   belgilaridan   biri   bo‘lgan.   Ulug‘   bobomiz   Yusuf   Xos   Hojib   «Odobning
boshi   tildir»   deb   bejiz   o‘git   bermaganlar.   Zotan,   nutqning   go‘zalligi,   tilning
burroligi, lisoniy ifodaning aniqligi inson uchun o‘ziga xos husndir, bu husn oxir-
oqibatda jamiyatning, millatning ham husni jamolini ko‘rsatadi 1
.
Ma’lumki,   tilshunoslikda   eng   ko‘p   tadqiq   etilgan   so‘z   turkumi   fe’l   so‘z
turkumi hisoblanadi. Fe’l so‘z turkumining gapdagi  asosiy vazifasi kesimlik ya’ni,
predikativlik   hisoblanadi.   Chunki   kesimlik   ya’ni,   predikativlik   vazifasini   bajarish
imkoniyati   va   kesimlik   vazifasiga     xoslanganlik   ma’nolarini   ifodalovchi
vositalarning   keng   rivojlanganligi   bilan   xarakterlanadi.   “Fe’lning   leksik   ma’nosi
ma’lum   leksik   –   semantik   tipning   vakili   bo‘lib,   u   o‘zida   ma’lum   ot   kategoriyasi
bilan   birlashishga   xoslangan   kategorial   belgini   ham   aks   ettiradi.   Shu   bilan   birga
fe’llar   o‘z   ichida   ma’lum   ma’no   asosida   birlashgan   mazmuniy   maydonlarni   ham
hosil   qiladi.   S hunday   qilib,   fe’l   gapning   ham   mazmuniy,   ham   grammatik
markazini   tashkil   qiladi.   Shuning   uchun   ham   u   faqat   leksik,   morfologik
jihatdangina emas, sintaktik nuqtai nazardan ham e’tibor markazida turadi ” 2
  .
Fe’lning asosiy grammatik kategoriyalaridan biri bu  –  h a r a kat tarzi shakllari
hisoblanadi.   Harakat tarzi shakli  fe’lning lug aviy ma’nosi bilan zich bog langan.ʻ ʻ
Bu   shaklning   qo llanilishi   faqat   uning   grammatik   ma’nosi   bilangina   emas,   balki	
ʻ
yetakchi   fe’lning   mazmun   silsilasi   bilan   ham   belgilanadi.   Chunki   uning   o zaro	
ʻ
muvofiqligi   shaklning   nutqqa   kiritilishiga   asos   bo ladi.   Masalan,  	
ʻ yoz   ko makchi	ʻ
fe’li,   asosan,   bajarilishi   lozim   bo lgan,   lekin   to la   bajarilmagan   ish-harakatni	
ʻ ʻ
ifodalovchi   fe’lga   qo shimcha   ma’no   beradi.   Bu   ma’no,   o z-o zidan,     bo lishli-	
ʻ ʻ ʻ ʻ
bo lishsizlik   ma’nosi   bilan   muvofiq   kelmaydi.   Bu   esa  	
ʻ yiqilayozdi,     tugatayozdi
kabi so zshaklining bo lishsiz shaklda bo laolmasligi sababini oydinlashtiradi.	
ʻ ʻ ʻ
1
  Ма ҳ мудов  Н. Тилимизнинг тилла сандиғи.  – Тошкент:  Фан , 20 12 .  – Б. 6 .
2
  Нурмонов   А.,   Махмудов   Н.,   Аҳмедов   А.,   Солихўжаева   С.     Ўзбек   тилининг   мазмуний   синтаксиси.   –
Тошкент: Фан, 1992. – Б. 51. Harakat   tarzi   shakllari   bittadan   ortiq   fe’lning   birikishidan   tuzilgan   bo‘lib,
tarkibidagi asosiy ma’noni   ifodalaydigan fe’l yetakchi fe’l deb, yetakchi fe’lning
ma’nosini   izohlaydigan,   to‘ldiradigan     fe’l   esa,   ko‘makchi   fe’l   deb   ataladi.
Masalan,   o‘qiy   olmoq,   o‘qiy   boshlamoq,   o‘qib   turmoq,   o‘qib   tashlamoq   va
boshqalar.   «Harakat   tarzi   shakli»   atamasi     umumta’lim   maktablarining   6-sinfi
uchun   «Ona   tili»   darsligida   “Ko‘makichi   fe’llar”   nomi   bilan   qo llangan   va   uʻ
«harakatning   davomiyligi   yoki   qisqaligi,   muntazam   yoki   uzluksiz   ekanligi,
kutilmaganligi   hamda     fe’lning   harakatni   bajara   olmasligi   kabi   o nlab   ma’no
ʻ
nozikligini   ifodalaydi»     deyilib,   tarz   hosil   qiluvchi     12   ta   fe’ldan   iborat
paradigmasi   berilgan.   Umuman   olganda,   harakat   tarzi   atamasi   ostida
o rganilayotgan hodisa tilshunoslikda  yangi qo yilgan muammo emas	
ʻ ʻ 1
.
Jumladan,   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘atida   “ko‘makchi   fe’l   ”   terminiga
nisbatan qo‘yidagicha izoh berilgan: “Ko‘makchi fe’l – asosiy fe’lning ma’nosiga
qo‘shimcha ma’no beruvchi yordamchi fe’l. Masalan, o‘qib ko‘r, yozib ber, ola qol
kabilarda ko‘r, ber, qol fe’llari.” 2
 Ba’zi tadqiqotlarda ham ko‘makchi fe’l terminiga
“… mustaqil birlik emas, balki o‘zi birikadigan til birligi bilan bir butunlikni hosil
qiladi va shu butunlikning tarkibiy qismi hisoblanadi ” 3
 degan fikrlar bildiriladi. 
“Ko‘makchi fe’l yoki yordamchi fe’l termini tilshunoslikka oid adabiyotlarda
bir   muncha   keng   ma’noda   qo‘llanilib   kelinmoqda.   Bu   termin   otlar   bilan   birikib,
qo‘shma   fe’l   yasovchi   va   bog‘lama   vazifasida   qo‘llanuvchi   qil,   et,   ayla,   bo‘l
fe’llariga   nisbatan   ham,   ayrim   adabiyotlarda   -e,-   edi,   -ekan   to‘liqsiz   fe’liga
nisbatan ham qo‘llanadi.” 4
Prof.   B.   O‘rinboyevning   ham   “Ulug‘   Tursun   va   Samarqand   tilshunoslik
maktabi” asarida harakat tarzi shakllariga nisbatan shunday fikrlar bilidirib o‘tilgan
ya’ni,   ko‘makchi   fe’llarning   o‘ttiz   uch   xili   mavjudligi   va   “e”   to‘liqsiz   fe’li   ham
ko‘makchi   fe’llar   sirasiga   kirishi   takidlaydi.   Tilshunos   B.   O‘rinboyevning
ta’kidlashicha, tilimizda ol, ber, qol, yur, tur, o‘tir, tashla, yubor kabi o‘ttiz uch xil
1
  Неъматов   Ҳ.,   Ғуломов   А.,   Қодиров   М.,   Абдураимова   М.   Она   тили.   6-синф   учун   дарслик.     Тошкент:
Ўқитувчи, 2000. – Б. 52.
2
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли . А. Мадвалиев таҳрири остида. 4-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон
миллий энсиклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. 2-том -455 б.
3
 Жумаев Ф. Кўмакчи феъллар. // Ўзбек тили ва адабиёти , 2011. № 2. – Б 31. 
4
 Ҳожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. - Тошкент: Фан, 1966. – Б. 6. ko‘makchi   fe’llardan   tashqari   “…yana   tilimizda   qo‘yidagi   ko‘makchi   fe’llar   ham
bor.   Masalan,  siqar, qotir, sur, cho‘k, tarqat, saqla,  tila, keltir, ko‘tar, tort, osh va
boshqalar. Masalan, non chiqar, bosh qotir, g‘alaba qozon, davr sur, chordona qur,
tiz cho‘k, yer qazi, fikr tarqat, kek saqla, najot tila, haql keltir, bosh tort, dovon osh
va   boshqalarni   misol   qilib   keltiradi.   Mazkur   fe’llar   ma’no   tomonidan   biror   ish-
harakatni   bajarishda   buyruq,   iltimos   bilan   bajarilganligini   ko‘rsatadi” 1
  deya   fikr-
mulohazalarini   bildirib   o‘tadi.   To‘g‘ri   -e   fe’li   mustaqil   fe’llar   bilan   birikib,   shu
fe’lning   ma’nosiga   turli   qo‘shimcha   ma’nolarni   ifodalash   uchun   xizmat   qiladi,
ammo o‘ziga  xos  xususiyatlari   bilan qil,  ayla, et,  bo‘l   fe’llaridan ham   farqlanadi.
Shuning   uchun   ham   ularni   bitta   ma’noga   birlashtirib   bo‘lmaydi.   Chunki,   -e   fe’li
bilan   ko‘makchi   fe’llar   ol,   ber,   ko‘r,   yubor   kabi   fe’llar   o‘rtasida     umumiylik   va
o‘zaro   o‘xshashlik   yo‘q.   Shuning   uchun   ham   -e,   -edi,   -ekan   fe’llariga   nisbatan
ko‘makchi fe’l terminini qo‘llab bo‘lmaydi.
Harakat   tarzi   shakllarini   ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   qarab
nomlanishi  masalasi  ham  anchagina  munozarali. Shu kungacha fanda va ta’limda
bu hodisaga  nisbatan  tilshunoslar  tomonidan  turlicha nomlar  qo‘llanilib kelingan:
ko‘makchi   fe’l,   ko‘makchi   fe’lli   so‘z   qo‘shilmasi,   harkat   tarzi   shakllari   kabi.
Mazkur   atamalarning   farqli   jihatlari   va   uzaro   munosabati   haqida   faqatgina   R.
Sayfullayeva   va   O.   Shukorovlarning   fikrlarini   keltirishimiz   lozim.   Bu   haqida
tilshunos   olima   R.   Sayfullayeva   ta’kidlaganidek   “Formal   o‘zbek   tilshunosligida
harakat tarzi  shakllari kategoriyasi  morfologik kategoriya sifatida qaralmas va bu
hodisaga   nisbatan   ko‘makchi   fe’lli   so‘z   qo‘shilmasi,   ko‘makchi   fe’l   atamalari
qo‘llanilar   edi” 2
  degan   edi.   Xuddi   shu   fikrlarni   tilshunos   Otabek   Shukurov   ham
ta’kidlaydi:   Ko‘makchi   fe’l   atamasi   ikki   jihati   bilan   hodisa   mohiyatiga   unchalik
yaqin   emas.   Birinchidan,   ma’lumki,   o‘zbek   va   dunyo   tilshunosligida   lisoniy
hodisalar,   odatda,   ifodalanmishning   ma’nosi   asosida   (kam   hollarda   vazifasiga
ko‘ra)   nomlanadi:   zamon.   nisbat,   kishilik,   mayl   kabi.   Shunga   ko‘ra,   ko‘makchi
fe’llar   yetakchi   fe’ldan   anglashilgan   ish-harakatning   tarzini   ifodalaganligi   bois
ham   harkat   tarzi   shakli   atamasini   qo‘llash   an’anaga   muvofiq   keladi:   kesimlik
1
 Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Улуғ Турсун ва Самарқанд тилшунослик мактаби. – Самарқанд, 2004. – Б. 79.  
2
 Sayfullayeva R. va  boshqalar.  Hozirgi o‘zbek adabiy tili.  –  T oshkent : Fan, 2009.  – B.  200. shakli, nisbat shakli kabi. Shunday ekan, ko‘makchi fe’l atamasida uning shakllik,
aniqrog‘i,   lug‘aviy   shakllik   mohiyati   unchalik   aks   etmaydi.   Bu   vazifadagi   ayrim
fe’llarning   qo‘shimchalashib   borayotganligi   ham   yangi   atamaning   oldingisiga
nisbatan   qulaylikka   egaligini   ko‘rsatadi.   Ikkinchidan,   harkat   tarzi   shakli   faqat
ko‘makchi   fe’ldangina   iborat   emas,   balki   ravishdosh   shakli   +   ko‘makchi   fe’l
ko‘rinishidagi   murakkab   qurilishga   ega   bo‘lib,   sintetik-analitik   shakldir.
Ko‘makchi   fe’l   ravishdoshning   tegishli   shakli   bilangina   birikib   nutqqa   chiqadi.
Demak, tarz ravishdosh shakli va ko‘makchi fe’l yaxlitligi orqaali ifodalanar ekan,
an’anaviy ko‘makchi fe’l atamasi atalmishning bir parchasinigina ifodalaydi 1
.
Demak,   ko‘makchi   fe’l   atamasi   murakkab   shaklning   faqat   bir   qisminigina
qamrab oladi. “Harakat tarzi shakli” atmasini qo‘llashda asoslarning ikkita ekanligi
ham   hodisaning   asl   mohiyatini   to‘liqroq   ochib   berishga   yordam   beradi.
Ko‘makchilar   bevosita   harakatni   ifodalagani   uchun   ham   “ko‘makchi   fe’l”,
“ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi” terminlarining o‘rniga “harakat tarzi shakllari”
atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq keladi.
Harakat   tarzi   shakllari   tarkibidagi   ko‘makchi   fe’llarning   har   biri   o‘zi   birikib
kelgan   ravishdosh   shaklidagi   fe’lning,   ya’ni   yetakchi   fe’lning   ma’nosiga   turli
qo‘shimcha   ma’nolarni   ifodalash   uchun   xizmat   qiladi.   O`zbek   tilida   fe’l   soz
turkumi   doirasiga   kiruvchi   harakat   tarzi   shakllari   matnni   voqelantiruvchi   asosiy
komponent   hisoblanadi.   Shunday   ekan   “harakat   tarzi   shakllari”   atamasi   faqat
ko‘makchi   fe’l   bilangina   emas,   ravishdosh   shakli+ko‘makchi   fe’l   morfologik
qolipi   hosilasi   asosida   yuzaga   chiqadi.   Demak,   ushbu   qo‘shilma     ravishdosh
shakli+ko‘makchi fe’l = harakat tarzi qolipi  uni to‘liqroq ifodalaydi.
 
1
  Шукуров О. Ҳаракат тарзи шакллари парадигмаси. Монография. – Қарши: Насаф, 2017. – Б. 9. Tilshunos   olim   O.Shukurov   o‘zining   nomzodlik   ishida   ham   harakat   tarzi
shakllarining o‘ziga xos jihatlariga alohida to‘xtaladi.  “Ko‘makchi fe’llar yetakchi
fe’ldan   anglashilgan   ish-harakatning   tarzini   ifodalaganligi   bois,   harakat   tarzi
atamasini   qo‘llash   mumkin   bo‘ladi.   Harakat   tarzi   shakli   faqat   ko‘makchi
fe’ldangina   emas,   ravishdosh   shakli   +   ko‘makchi   fe’l   ko‘rinishidagi   murakkab
qurilishga ega bo‘lib, sintetik-analitik shakllardir” 1
, degan fikrlarini bildirib o‘tadi.
Ma’lumki,   harakat   tarzi   shakllari   harakatning   boshlanishi,   davomiyligi   yoki
qisqaligi,   muntazam   yoki   uzluksiz   ekanligi,   kutilmaganligi,   fe’lning   harakatni
bajara   olishi   yoki   olmasligi   kabi   o‘nlab   ma’no   noziklilarini   ifodalaydi.   Harakat
tarzida   nozik   ma’no   ifodalash   va   bo‘yoqlarni   tasvirlash   xususiyati   mavjud.   U
yuzga   yaqin   harakat   va   holatni   ifodalovchi   fe’llarni   ravishdosh   va   sifatdosh
shakllari   bilan   birlashtirib,   serma’no   va   serjilo   birikmalardan   iborat   ulkan
sistemani tashkil qiladi.
Harakat   tarzi   shakllarini   hosil   qilishda   yetakchi   fe’l   ,asosan,   ravishdosh
shaklida bo‘lsa, ko‘makchi fe’l shaxs-son, zamon va mayl shakllarini qabul qiladi.
Ko‘makchi fe’l ,asosan, yetakchi fe’lga  - a / - y  hamda  - (i) b  ravishdosh shakllari
bilan   birikadi.   Tilimizda   50   ga   yaqin   harkat   tarzi   shakllari   mavjud   bo‘lib,
shulardan 29 tasi har ikkala   - a / - y,  -(i) b  bilan birika olish xususiyatiga ega.  
1
  Shukurov O. Harakat tarzi shakllari paradigmasi. Filol.fanlari nomzodi…diss.avtoref. – Samarqand: 2005. – Б. 15.Ye takchi 	
fe'l	
Ko'makchi 	
fe'l	
Harakat 	
tarzi 	
shakli   
Tilshunoslar harakat tarzi shakllarini ravishdoshning   - a / - y, -(i) b   shakllari
bilan birikish xususiyatiga ko‘ra tadqiq etishda bir qator fikrlarni bildirib o‘tishadi.
A.Hojiyev   27   ta   ko‘makchi   fe’lning   -a/y   hamda   -   (i)b   ravishdoshlari   bilan   birika
olishini   taqqoslab,   -(i)b     ravishdoshining   -a/y   ravishdoshiga   qaraganda   harakat
tarzi   shakllarini   hosil   qilishda   faol   ishtirok   etishini   ta’kidlaydi.   Shuningdek,
M.Mirtojiyev,   N.Mahmudovlar   ur   ko‘makchi   fe’lini   ham   mazkur   qatorga   kiritib,
ularning   sonini   28   taga   yetkazadi.     O.Shukurov   ham   ularning   sonini   bittaga
ko‘paytirib,   tu ga   (o‘qib   tugatdi,   yozib   tugatdi)   ko‘makchi   fe’lini   ham   kiritadi.
Yetakchi fe’lga birikish imkoniyatini boshqa ko‘makchi fe’llarga qaraganda ancha
tor   ekanligini   ham   ta’kidlaydi.   Ayrim   ko‘makchi   fe’llar   ravishdosh   shakli   hosil
qiluvchi   har   ikki   affiks   bilan   ham   birika   olish   imkoniyatiga   ega.   Shu   asosda
O.Shukurovning   qarashlariga   tayangan   holda,   birikish   doirasiga   va   matnda
qo‘llanilish   xususiyatiga   ko‘ra   harakat   tarzi   shakllarini   quyidagicha   jadvalda
keltirishimiz mumkin:
№ Ko‘makchi fe’l -a/y -(i)b
1. Boshla + +
2. Yot - +
3. Tur + +
4. Yur - +
5. O‘tir - +
6. Bor + +Harakat 
tarzi shakli	
Ko'makchi 	
fe'l	
Shaxs-son	Zamon	Mayl	
Yetakchi 	
fe'l	
Ravishdosh 	
shakli        7. Kel - +
8. Bo‘l - +
9. Bit(bitir) - +
10. Chiq - +
11. Et - +
12. O‘t - +
13. Ol + +
14. Ber + +
15. Qol + +
16. Qo‘y - +
17. Ket + +
18. Yubor - +
19. Tashla - +
20. Sol + +
21. Tush - +
22. O‘l - +
23. Ko‘r + +
24. Qara - +
25. Boq - +
26. Bil + -
27. Yoz + -
28. Ur - +
29. Tuga - +
Demak, ko‘makchi fe’llar r avishdoshning  -a, -y, -(i)b  shakllariga qo‘shilib,
o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari
(boshlanish, davom etish, tugallanishi) va tarzi(tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi
boshlamoq,   olmoq,   yubormoq,   turmoq,   chiqmoq   kabi   fe’llar   ko ‘ makchi   fe’llar
hisoblanadi.   Ko‘makchi   fe’lni   qabul   qiluvchi   ravishdosh   yetakchi   fe’l
hisoblanadi. Ko‘makchi fe’llar faqat yetakchi fe’llar bilan birgalikda qo‘llanadi.
O‘zining   ana   shunday   xususiyati   bilan   mustaqil   holda   qo‘llaniluvchi   olmoq
(xatni   olmoq),   tugatmoq   (o‘qishni   tugatmoq),   turmoq   (o‘rnidan   turmoq),
tashlamoq   (qog‘oz   tshlamoq)   fe’llaridan   farq   qiladi.   Ko‘makchi   fe’llar
ifodalaydigan   ma’nolar   turlichadir.   Badiiy   matnda   ba’zi   ko‘makchi   fe’llar   bir
ma’noni   ifodalasa,   ba’zilari   ko‘p   ma’noni   ifodalaydi   hamda   yetakchi   fe’l   bilan
birikib, harkat tarzi shakllarini hosil qiladi.  Ravishdosh shakli + ko‘makchi fe’l qolipi barcha harkat tarzi shakllari uchun
yagona   qolip   bo‘lsa-da,   o‘z   ichki   bo‘linmalarida   ma’lum   guruhlarga   ajraladi.
Harakat   tarzi   shakllarini   tadqiq   qilgan   tilshunoslar   ularni   birikish   doirasiga   va
qo‘llanilishiga ko‘ra ikkita katta guruhga ajratadi: 
Birikish   doirasi   tor   va   keng   harakat   tarzi   shakllari   ,asosan,   matn   tarkibida
qo‘llanish   darajasiga   ko‘ra   o‘zi   birikadigan   birliklar   bilan   tor   va   keng   doirada
birikish xususiyatiga ega. Shunga ko‘ra ularni O.Shukurov quyidagicha ajratadi 1
:
№ Harakat tarzi
shakllari Birikish doirasi tor Birikish doirasi keng
1. - a/y + bor +
2. - i(b) + bor +
3. - i (b) + bit (bitir) +
4. - a/y + bil +
5. - a/y + ber +
6. - i(b) +  et +
7. - a/y + ket +
8. - i(b) + ket +
1
  Шукуров О. Ўша манба. – Б. 33.Harakat tarzi 	
shakllari:	
Birikish 	
doirasi keng	
Birikish 	
doirasi tor  9. - i(b) + kel +
10. - i(b) + ko‘r +
11. - i(b) + o‘l +
12. - i(b) + o‘t +
13. - i(b) + o‘tir +
14. - a/y + ko‘r +
15. - i(b) + boq +
16. - a/y + ber +
17. - ib + boshla +
18. - a/y + boshla +
19. - ib + yur +
20. - i(b) + yubor +
21. - i(b) + yot +
22. i(b) + yur, +
23. - a + yoz +
24. - a/y + tur +
25. - i(b) + tashla +
26. - i(b) + tur +
27. - i(b) + tuga +
28. - i(b) + tush +
29. - i(b) + chiq +
30. - a/y + ol +
31. - i(b) + qara +
32. - a/y + qol +
33. - i(b) + qo‘y +
34. - i(b) + sol +
Ba’zi   harakat   tarzi   shakllari   matn   tarkibida   qo‘llanilish   jihatiga   ko‘ra
soddalashgan   holatda   kelishi   mumkin.   Soddalanish   holatiga   qarab,harakat   tarzi
shakllarini ikkita katta guruhga ajratishimiz mumkin: 1.Qo‘shimchaga   aylanayotgan   harakat   tarzi   shakllari:   boraver   -   a/y   +   ber,
kelayozdi - a+ yoz, boroladi - a/y + ol, urivordi - i(b) + yubordi.
2.Qo‘shimchaga   aylangan   harakat   tarzi   shakllari:   yozayotibdi   -   a   +   yot   va
boshqalar. 
№ Qo‘shimchaga aylanayotgan
harakat tarzi shakllari Qo‘shimchaga aylangan harakat
tarzi shakllari
1. - a/y + ber (boraver) - a + yot
2. - a+ yoz (kelayozdi)
3. - a/y + ol (boroladi)
4. - i(b) + yubordi (urivordi)
Shuningdek,   tilshunos   O.   Shukurov   nutqimizda   yetkachi   fe’lga   ravishdosh
shakllarisiz   juftlashgan   holatda   birikuvchi   ko‘makchi   fe’llar   ham   mavjudligini
ta’kidlaydi.   Haqiqatdan   ham,   nutqimizda   ba’zida   ravishdosh   shakllarisiz   juft
holatda   qo‘llaniluvchi   shakllar   mavjud.   Ularning   soni   6   ta   bo‘lib,   nutqda
qo‘llanilishi chegaralangan. Bular   ol, ber, qol, qo‘y, ket, tashla  kabilardir. Mazkur
shakllar   ko‘proq   so‘zlashuv   nutqiga   mansub   bo‘lib,   ma’lum   hudud   bilan   bog‘liq
hamda qo‘llanilish doirasi  chegaralangandir. So‘zlashuv nutqida ko‘pincha   yozdi-
oldi ,   aytdi-qo‘ydi   kabi   juftlashgan   holatda   qo‘llanilishi   bilan   birgalikda   tashladi-1.Qo'shimchalashayotgan 
harakat tarzi shakllari	
2. Qo'shimchalashgan harakat 	
tarzi shakllari   vordi   kabilari   ham   uchrab   turadi.   Harakat   tarzi   shakllarining   har   biri   o‘ziga   xos
xususiyatlarga     ega   bo‘lishi   bilan   birga,   ular   ma’no   vazifalaridagi   umumiy
tomonlari   bilan ma’lum bir   guruhlarga bo‘linadi. Qariyb 50 ga yaqin a’zoni o‘z
ichiga   birlashtirsa-da,   tarz   umumiy   grammatik   ma’nosi   asosida   quyidagi   holatda
birlashadi:
1. Tarz:
a) Jarayonlilik;
b) Qobiliyat.
Jarayonlilik ham o‘z navbatida 3 guruhga ajratiladi:
1.   Boshlanish   –   harakatning   boshlanishi   soniyaviylik   va   davomiylik   kabi
ma’no   guruhlariga   ajraladi.   Soniyaviylik   jarayoni   harakatning   to‘satdan
kutilmaganda boshlanishi ma’nosini ifodalaydi. Masalan, do‘pposlab ketdi, o‘ynay
ketdi – (i)b + ket; davomiylik bo‘lsa, harakatning boshlanishi va davom etishi kabi
ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, O‘qiy boshladi – (i)b + ket; 
2. Davomiylik – harakatning bajarilish jarayonida uzlukli va uzluksiz davom
etishini   ifodalaydi.   Harakatning   uzlukli   davom   etishi   takror   holda   ham   yuz
berishini ifodalaydi. Masalan, yozib turibdi – (i) b - tur qolipi asosida shakllanadi.
Harakatning uzluksiz  davom  etishi   , asosan,  harakatning  uzoq (-  a/y+  tur-  kuzata
tur)   va   muttasil   davom   etishi   kabi   ma’nolarni   ifodalaydi.   Masalan,   -   (i)b   +   yot   –
yozib yotibdi kabi qolipda tuziladi.
3. Tugallanganlik – harakatning tugallanganligi to‘la, noto‘liq, o‘ziga olish va
soniyaviylik   kabi   guruhlarga   ajratiladi.   Harakatning   to‘la   yuzaga   kelishi   -a/y,   -
(i)b+ket   qolipi   asosida   shakllanadi.   Masalan,   tugab   ketdi   harakat   tarzi   shaklida
ushbu   holatni   kuzatishimiz   mumkin.   Harakatning   noto‘liq   yuzaga   kelishida
tugallanishga   yaqinlashganlik   ma’nosi   anglashiladi.   Masalan,   kelayozdi   harakat
tarzi   shaklida   noto‘liq   harakat   yuzaga   kelmoqda.   Mazkur   harakat   -a+yoz   qolipi
asosida   shakllanadi.   Bajarilayotgan   harakatni   o‘ziga   olish   holatida   esa,
subyektning harakatni o‘z manfaatiga yo‘naltirish jarayoni -(i) b+ol qolipi asosida
shakllanadi.   Masalan,   o‘rganib   oldi   harakat   tarzini   misol   qilib   keltirishimiz
mumkin. Harakatning soniyaviylik asosida bajarilishida harakat yoki holatning bir zumda bo‘lib o‘tishi yuzaga keladi. Masalan, -(i)b+tush qolipi asosida shakllangan
cho‘chib tushdi misolini keltirishimiz mumkin.  
Tarz   grammatik   ma’nosi   asosida   shakllangan   qobiliyat   ma’nosi   ham   2
guruhga ajratiladi:
1. Qodirlik;   2. Sinash.
Harakatni bajarishga qodirlik jarayoni jismoniy hamda aqliy faoliyat va aqliy
faoliyat kabi guruhlarga bo‘linadi. Jismoniy va aqliy faoliyatgaa qodirlik holatida
harakatni   bajarish   imkoniyatiga   egalik   ma’nosi   anglashiladi.   Masalan,   -   a/y   +   ol
qolipi   asosida   shakllangan   ko‘tara   oladi   harakat   tarzi   shaklini   misol   qilib
keltiramiz. Harakatni bajarishda aqliy qobiliyatga egalik ma’nosi -a/y + bil qolipi
asosida   shakllanadi.   Masalan,   ko‘rsata   bildi,   ishlay   bildi   kabi.   Harakatni   sinash
jarayonida   esa,   bajarilayotgan   harakatning   sinalishi,   tekshirilishi   va   tajribadan
o‘tkazilishi   kabi   ma’nolar   anglashiladi.   Mazkur   holat   –a/y,   -(i)b+ko‘r   qolipi
asosida   shakllanadi.   Masalan,   borib   ko‘r,   yozib   ko‘r   kabi.   Harakatni   bilish,
belgilash   va   aniqlash   holati   esa,   -(i)b+boq   qolipida   shakllanadi.   Masalan,   o‘qib
boq, sinab boq  kabi.
Masalan, tilshunos olim A. Hojiyev 1966- yilda  e’lon qilingan “O‘zbek tilida
ko‘makchi   fe’llar”   asarida   bu   haqida   shunday   fikr   bildiradi:   …   ko‘makchi
fe’llarning   ayrimlari   harakat   tarzining   belgisini   ko‘rsatadi,   ayrimlari   modal
ma’nolarni  ifodalaydi va hokazo.
Ma’nosi va vazifasidagi ana shunday umumiy tomonlariga qarab harakat tarzi
shakllarini A.Hojiyev quyidagi guruhlarga ajratadi:
1. Harakat tarzining belgisini ko‘rsatuvchi ko‘makchi fe’llar.
2. Modal ma’nolarni ifodalovchi ko‘makchi fe’llar.
3. Yo‘nalish ma’nosini ifodalovchi ko‘makchi fe’llar 1
.
Tilshunos   Sh.Rahmatullayev   ham   harakat   tarzi   shakllarining   etimologik
jihatlariga   e’tibor   bergan   holda,   ularning   kelib   chiqishiga   doir   quyidagi   fikrlarni
keltirib o‘tadi: “O‘zbek tilida yigirmadan ortiq ko‘makchi fe’l mavjud bo‘lib, fe’l
leksemaning   leksik   ma’nosiga   ma’lum   bir   grammatik   ma’no   qo‘shish   uchun
1
 Ҳожиев А. Ўша манба. – Б. 188. ishlatiladi.   Shunga   ko‘ra   bu   ko‘makchi   fe’llar   shakl   yasovchi   morfemalarga
tenglashtiriladi.   Bunday   ko‘makchi   fe’l   bilan   analitik   grammatik   shakl   yasaladi.
Ko‘makchi   fe’l   mustaqil   fe’ldan   ma’no   taraqqiyoti   yo‘li   bilan   o‘sib   chiqqan
2
”degan edi.   Demak,   harakat   tarzi   shakllari   ravishdosh   shakli+ko‘makchi
fe’l=harakat   tarzi   qolipidagi   murakkab   ko‘rinishga   ega   bo‘lib,   undagi   lisoniy
morfologik   qolip   o‘zining   shakliy   va   mazmuniy   tomonlariga   ega.   Ravishdosh
shakli+ko‘makchi fe’l=harakat tarzi qolipining chap qismi uning shakliy tomonini
belgilasa, o‘ng qismi esa uning mazmuniy tomoniga bevosita dahldor bo‘ladi. 
Shuningdek,   harakat   tarzi   shakllari   grammatik   va   morfologik   qolipiga   ko‘ra
o‘ziga   xos   ko‘rinishga   ega   bo‘lsa-da,   ba’zan   ularni   qo‘shma   so‘z   va   so‘z
birikmalaridan   farqlash   qiyin   bo‘lib   qoladi.   Shuning   uchun   ham   ba’zi
tilshunoslikka   oid   adabiyotlarda   harakat   tarzi   shakllarini   “so‘z   birikmasi”
ayrimlarida esa “qo‘shma fe’l” termini qo‘llanadi.     To‘g‘ri harakat tarzi shakllari
tashqi   ko‘rinishi,   shakli   jihatdan   ham   qo‘shma   so‘z   va   so‘z   birikmalariga
o‘xshaydi.   Ammo   ularning   bir-biridan   butunlay   farqli   xususiyatlari   mavjud.   So‘z
birikmasi   tilshunoslikning   sintaksis   bo‘limida   o‘rganilsa,   ikki   yoki   undan   ortiq
mustaqil   so‘zning   ma’no,   grammatik   va   ohang   jihatdan   birining   boshqasiga   tobe
bo‘lib   bog‘lanishi   tushuniladi.   Qo‘shma   so‘z   ikki   yoki   undan   ortiq   mustaqil
so‘zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birikishi  hisoblanadi. Harakat  tarzi
shakllari esa tilshunoslikning morfologiya bo‘limida o‘rganiladi. Ushbu o‘ziga xos
jihatlariga ko‘ra bir-biridan butunlay farqlanadi. So‘z birikmasi hamma vaqt birdan
ortiq   mustaqil   so‘zning   o‘zaro   birikuvidan   hosil   bo‘ladi.   Masalan,   jo‘shib
kuylamoq -   har   ikkala   fe’l   ham   leksik-grammatik   jihatdan   mustaqil.   Harakat   tarzi
shakllari esa, hamma vaqt mustaqil fe’l bilan ko‘makchi fe’lning birikuvidan hosil
bo‘ladi.   Masalan,   yonib   ketmoq,   eshitilib   turmoqda   esa,   yonmoq   -   mustaqil   fe’l,
ket- ko‘makchi fe’l, eshitilmoq- mustaqil fe’l, tur- ko‘makchi fe’l. Bundan tashqari
so‘z   birikmasini   hosil   qiluvchi   so‘zlar   o‘rtasida   hamma   vaqt   grammatik   aloqa
mavjud  bo‘ladi,  jo‘shmoq-tobe,  kuylamoq-   hokim   so‘z   hisoblanadi.   Harakat   tarzi
shakllari   o‘rtasida   esa,   sintaktik   aloqa   bo‘lmaydi.   Ularni   bog‘lab   keluvchi
2
 Raxmatullayev Sh. Hozirgi adabiy  o‘zbek  tili.  –  T oshkent : Universitet, 2006. –  B .  200. ravishdosh   shakli   o‘z   ma’nosini   yuqotib,   birikuv   komponentlari   bir   butun   holda
gap   bo‘lagi   vazifasida   keladi.   Masalan,   mazkur   she’riy   matnda   harakat   tarzi
shakllari   inversiya   holatida   qo‘llanilgan   bo‘lib,   har   ikki   shakl   –   ko‘makchi   fe’l
ham,   yetkachi   fe’l   ham   bir   butun   holatda   gap   bo‘lagi   ya’ni   kesim   vazifasida
qo‘llanilmoqda.
V а  tomosh а  chiqar avjig а,   
Endi qurbon kutmagay shafqat .   
Nog‘oralar zarbi mavjida  
Titray boshlar  ufqda shafaq   (U. Azim. Saylanma. 13-b) .  
  Harakat   tarzi   shakllarining   qo‘shma   so‘zlardan   ham   bir   qator   farqli
xususiyatlari   mavjud.   Qo‘shma   so‘zlarda   birdan   ortiq   mustaqil   so‘zning
birikishidan yangi ma’noli boshqa so‘z hosil bo‘ladi. Masalan,  suzib o‘tmoq ,  borib
kelmoq   kabi   so‘zlar   qo‘shma   fe’l   hisoblanadi.   Sababi,   suzmoq   va   o‘tmoq
fe’llarining ikkisi ham suzib o‘tmoq fe’lidan farqlanuvchi  yangi so‘z hisoblanadi.
Borib kelmoq ham qo‘shma fe’l hisoblanadi. Ya’ni bormoq va kelmoq fe’llaridan
farqlanuvchi yangi so‘z hisoblanadi. Harakat tarzi shakllari komponentlari yetakchi
va   ko‘makchi   fe’lli   so‘z   qo‘shilmasidan   boshqa   bir   yangi   so‘z   hosil   bo‘lmaydi.
Yetakchi fe’l o‘z ma’nosini saqlab qoladi va u asosiy fe’l hisoblanadi. Ikkinchi fe’l
yetakchi   fe’lga   qo‘shimcha   ma’no   berib   kelganligi   sababli   ham   ko‘makchi   fe’l
hisoblanadi.   Masalan,   yura   boshladi,   kutib   tur   kabi   birikuvlarda   yur   va   boshla
yangi ma’no ifodalamaydi. Balki, yur fe’li o‘z ma’nosini saqlaydi, boshla fe’li esa
yur fe’lining ma’nosiga qo‘shimcha ma’no beradi (yurish harakatining boshlanishi
ma’nosini   ifodalaydi).   Ba’zan   esa,   ko‘makchi   fe’lli   so‘z   qo‘shilmasida   yetakchi
fe’l bilan ko‘makchi fe’lning o‘rtasida yuklamalar ham qo‘llanishi mumkin.
Qo‘shma   so‘zlar   orasida   esa,   hech   qanday   so‘z   qo‘llanmaydi.   Chunki,
qo‘shma   so‘z   necha   komponentdan   tashkil   topishidan   qat’iy   nazar,   bir   so‘z
hisoblanadi.   Bir   so‘zning   ichida   esa,   boshqa   so‘zning   qo‘llanishi   mumkin   emas.
Ko‘makchi   fe’lli   so‘z   qo‘shilmalaridan   asosiy   farqli   jihati   ham   shunda.   Xullas,
harakat   tarzi   shakllari   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   ko‘ra   so‘z   birikmasidan   ham, qo‘shma   so‘zlardan   ham   qo‘llanilishi   va   vazifasiga   ko‘ra   farqlanadi.   Ularga   xos
umumiy  jihat esa,shakliy tomonidadir. 
1.2. Harakat tarzi shakllarining o‘rganilish tarixi
Tilning   imkoniyat   sifatida   nutqda   ro‘yobga   chiqishi,   nutq   orqali   voqe
bo‘lishi-til   va   nutq   dialektik   munosabati   so‘zda   –   til   va   nutq   birligida   amalga
oshadi.   Demak,   til   nutq   orqali,   nutq   esa   til   boyligi   (materiali)   orqali   namoyon
bo‘ladi.   Til   boyligi,   asosan,   so‘z   (leksima)lar   bo‘lib,   ular   shakl   va   mazmun
tomoniga,ya’ni tovush va ma’no tarkibiga egadir. So‘z o‘zining anashu eng muhim
ikki tomoni bilan ijtimoiy-amaliy, ilmiy qiymatga ega bo‘ladi. So‘zning semantik
tuzilishi   bevosita   ma’no   (semema)   bilan   bog‘lanadi.   Chunki,   semantik   tuzilishga
ega bo‘lmagan ma’no yo‘q 1
. To‘g‘ri, bevosita so‘z sema bilan bog‘lanadi. Har bir
ma’no o‘z tarkibiga ko‘ra bog‘lanadi. U muayyan so‘zning mazmun tomonini hosil
qilib,   tovush   asosi-ifoda   tomoni   bilan   birgalikda,   bir   butun   holda   til   va   nutqda
muayyan   bir   vazifani   bajarishga   xizmat   qiladi.   Agar   ma’no   bo‘lmasa,   so‘zning
hech   qanday   ahamiyati   ham   qolmaydi.   So‘z   lug‘aviy   ma’noga   ega   bo‘lib,
leksemaga   aylanadi.   Leksema   ham   o‘z   navbatida   ham   shakl,   ham   mazmun
tomoniga   ega   bo‘ladi.   So‘zning   ma’nosi,   ma’no   tarkibi   muayyan   mantiqiy
bo‘laklardan, tarkibiy qismlar(semalardan) tashkil topadi. Bu tarkibiy qismlar so‘z
ma’nosini  shakllantirib, har  bir  ma’noning alohida til  birligi  sifatida mavjudligini
ta’minlaydi. So‘z ma’nosining tarkibiy qismlari nutqda muayyan xabar tashiydi.
…So‘zning ma’no tarkibini  o‘rganish, tahlil qilish so‘z ma’nosining tarkibiy
qismlarining   xillarini   belgilash,   har   bir   semaning   ma’no   (semema)   tarkibidagi
o‘rni,   ahamiyatini   yoritish,   boshqa   semalarga   bo‘lgan   munosabatini   ochish   -
ma’nolar   orasidagi   mantiqiy   aloqani   topish-shunga   ko‘ra   so‘zlarning   o‘zaro
paradigmatik   va   sintagmatik   munosabatlarga   kirishish,   so‘zlar   qatorini   tuzish,
paradigmatik   munosabatdagi   so‘zlarni   bir-biridan   farqlab   turuvchi   semalarni
aniqlash,   topish   imkoniyatini   beradi.   Buning   natijalari   esa,   semasiologiya,
leksikografiya,   leksikologiya,   umuman,   tilshunoslar   uchun   katta   ilmiy-amaliy
1
 Расулов Р. Ўзбек тили феълларининг маъно тузилиши. - Тошкент: Фан, 2005. – Б. 4. ahamiyatga   ega 1
.   So‘zning   ma’no   tarkibini   o‘rganish   jarayonida   uning   tarkibiy
qismlarini   e’tibordan   chetda   qoldirib   bo‘lmaydi.   Matnda,   asosan,   shaklan
ixchamlikka va qisqalikka, mazmunan esa, ma’noni aniq ifodalash asosiy o‘rinda
turadi.  Ma’noni   bunday ifodalashda  til  birliklari   asosiy  vazifani   bajaradi. Bunday
jihatlar har bir millatning tilida va madaniyatida aks etadi. Til birliklarisiz nutqning
o‘ziga   xos   imkoniyatlarini   to‘laligicha   aks   ettirib   bo‘lmaydi.   O‘zbek   tili   ham
o‘zining   ko‘p   asrlik   tarixi,   so‘zga   boyligi,   ma’no   serjiloligi   hamda   mavjud
durdonalari   bilan   dunyo   yuzini   ko‘rgan   tillardan   hisoblanadi.   Bu   tilning   shunday
ifoda xosliklari ham borki, ularni boshqa hech bir tilda bu tarzda ixcham va go‘zal
ifodalab bolmaydi. O‘zbek tilshunosligida fe’llarning harakat tarzi shakllari orqali
ish-harakat   va   holatning   bajarilish   davri   (boshlanishi,   vaqti-vaqti   bilan   yoki
muntazam davomiyligi, to‘la yoki to‘kis tugallanganligi), tarzi (tezligi, imkoniyati)
yoki   bajaruvchining   ish-harakat   va   holatga   turlicha   munosabati   (xayrixohligi,
manfaati) kabi qo‘shimcha ma’nolar ifodalanadi 2
.
Harakat   tarzi   shakllarining   o‘rganilishi   XX   asrning   40-50-yillariga   to‘g‘ri
keladi.   Dastlabki   tadqiqotlarda   harakat   tarzi   shakllari   o‘rniga   ko‘makchi   fe’llar
nomi   ishlatilgan.   Tilshunoslik   sohasida   bu   borada   S.Akbarov,   A.G‘ulomov,
A.Hojiyev,   U.Tursunov,   J.Muxtorov,   B.Jo‘rayev,   B.Bahriddinova,   F.Sharipov,
O.Shukurov, D.Yuldashevalar 3
 tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
O‘zbek   tilshunosligida   harakat   tarzi   shakllari   (ko‘makchi   fe’l,   ko‘makchi
fe’lli   so‘z   qo‘shilmasi)   mavzusida   bir   qancha   nomzodlik   dissertatsiyalari   himoya
qilingan,   monografiyalar   yaratilgan   bo‘lsa-da,   dastlabki   asosiy   tadqiqot     prof.   A.
Hojiyevning “O‘zbek  tilida ko‘makchi   fe’llar”  nomli  monografiyasi    hisoblanadi.
1
 Расулов Р. Ўша манба. – Б. 4-5.
2
 Yuldosheva D., Ortiqova G. Harakat tarzi shakllari – o‘zbekona nutq ko‘rki // So‘z san’ati. – Toshkent, 2021. № 2.
– B. 7-13. 
3
  Акбаров   С.   Ўзбек   тилида   қўшма   феъллар.   Ҳозирги   замон   ўзбек   тили   курсидан   материаллар.   –   Тошкент:
Фан, 1953. – Б. 20-23.; Ғуломов А. Феъл. – Тошкент: Фан, 1954. – 88 б.; Ҳожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи
феъллар. – Тошкент: Фан, 1966. – 222 б.; Турсунов У., Мухторов Ж. Ҳозирги замон ўзбек тили. Морфология.
– Самарқанд, 1960. – 194 б.; Жўраев Б. Ҳозирги замон ўзбек тилида кўмакчи феълларнинг қўлланилиши ва
маъноси   //   Ўзбек   тили   грамматикаси   ва   пунктуацияси   масалалари.   –   Тошкент,   1953.   –   Б.   255-266.;
Баҳриддинова   Б.   Феъл   луғавий   шакллари   тизими.   Феълнинг   тур   категорияси:   Филол.   фан.   ном.   дис.   –
амарқанд,   2002.   –   135   б.;   Шарипов   Ф.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   ҳаракат   тарзини   ифодаловчи   феъл
шакллари   //   Тил   ва   адабиёт   таълими.   2005.   №   5.   –   Б.   34-37.;   Шукуров   О.   Ҳаракат   тарзи   шакллари
парадигмаси. Монография. – Қарши: Насаф, 2017. – 100 б.; Yuldosheva D., Ortiqova G. Harakat tarzi shakllari –
o‘zbekona nutq ko‘rki // So‘z san’ati. – Toshkent, 2021. № 2. – B. 7-13. Mazkur   manbada   ko‘makchi   fe’llarning   ma’noviy   ottenkalari,   subyektiv
munosabat   ifodalash   imkoniyatlari   batafsil   yoritib   berish   bilan   birgalikda,   o‘zbek
tilshunosligida   shu   vaqtga   qadar   harkat   tarzi   shakllariga   nisbatan   ishlatilgan
qo‘shma   fe’l,   yordamchi   fe’l,   ko‘makchi   fe’l   kabi   terminlarga   izoh   beradi.
Ularning   o‘xshash   hamda   farqli   jihatlarini   ochib   berib,   yagona   ko‘makchi   fe’l
atamasi   to‘g‘ri   kelishini   ta’kidlaydi.   Azim   Hojiyev   o‘zining   monografiyasida
harakat   tarzi   shakllariga   quyidagicha   ta’rif   beradi:   “O‘zbek   tilida   ma’lum
ko‘makchi   fe’llar   guruhi   borki,   ular   mustaqil   fe’llar   bilan   birikib,   asosiy   fe’lning
ma’nosiga turli qo‘shimcha ma’nolar berish uchun xizmat qiladi: 
Yozib yurmoq – harakatning davomliligi; Yozib bermoq – harakatning o‘zga
uchun bajarilishi;  Yozib bo‘lmoq – harakatning tugal bajarilishi;
Yozib   ko‘rmoq   –   harakatning   sinash,   bilish   uchun   bajarilishini 1
  ta’kidlab
o‘tadi.   Shuningdek,   monografiyasining   kirish   qismida   ko‘makchi   fe’l   terminiga,
yetakchi   va   ko‘makchi   fe’ldan   tashkil   topuvchi   birikuvlarning   asosiy   jihatlariga,
yetkachi va ko‘makchi fe’ldan tashkil  topuvchi birikuvlarning so‘z birikmalari va
qo‘shma   fe’llardan   farqiga   to‘xtaladi.   Monografiyaning   asosiy   qismini   esa,   4
bo‘limga   ajratadi.   Birinchi   bo‘limda   harakat   tarzi   shakllarining   leksik-grammatik
xususiyatlariga   to‘xtaladi.   Ikkinchi   bo‘limda   harakat   tarzi   shakllarining   ma’nosi,
qo‘llanilishidagi   asosiy   xususiyatlari   va   ular   ifodalaydigan   ma’nolariga   alohida
to‘xtaladi. Ushbu bo‘limda boshla, yot, tur, bo‘l, bor, kel, bit, chiq, ol, ber qol kabi
harakat tarzi  shakllariga alohida to‘xtaladi  hamda ularning uslubiy xususiyatlarini
ochib beradi. Uchinchi bo‘limni ko‘makchi fe’llarning semantik klassifikatsiyasiga
bag‘ishlaydi va unda asosiy e’tiborini harakat tarzi shakllarining xarakteristikasini
ko‘rastuvchi,   modal   ma’noni   ifodalovchi   hamda   yo‘nalish   ma’nosini   ifodalovchi
harakat   tarzi   shakllariga   qaratadi.   Oxirgi   to‘rtinchi   faslida   ko‘makchi   fe’llarning
vid kategoriyasiga munosabati haqida fikr yuritadi.  
Shuningdek, tilshunos o‘z tadqiqotida harakat tarzi shakllarini qo‘shma fe’llar
va so‘z birikmalaridan farqli jihatlarini izohlab beradi. Nomlanishi masalasiga ham
alohida   to‘xtalib,   qo‘shma   fe’l,   yordamchi   fe’l   istilohlarning   o‘rniga   ko‘makchi
1
  Ҳожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. – Тошкент: Фан, 1966. – Б. 3. fe’l   atamasini   qo‘llashni   kiritadi.   Hozirgi   kunda   keng   iste’molda   bo‘lgan   27   ta
ko‘makchi   fe’lning   yetakchi   fe’lga   -a/y,   -(i)b   ravishdoshlari   bilan   birikuvchi
shakllarni   tahlil   qiladi.   Turkiy   tillar   oilasiga   kiruvchi   tillarda   harakat   tarzi
shakllarining   qo‘llanilishiga   ham   to‘xtalib,   miqdor   jihatdan   farqlanishiga   alohida
to‘xtaladi.   Shuningdek,   tilshunos   A.G‘ulomov   o‘zining   “Fe’l”   nomli
monografiyasida harakat tarzi shakllarini fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l deb ataydi
hamda   ikkinchi   element   o‘z   o‘rnida   asl   ma’nosini   yo‘qotib,   birinchi   elementning
ma’nosiga   turli   qo‘shimcha   ma’nolar   orttiradi.   Undagi   turli   otenkalarni,   bu
ma’noning modifikatsiyasini ifodalashini ta’kidlaydi 1
. 
Tilshunoslar   A.G‘ulomov   va   B.Jo‘rayevlar   o‘z   tadqiqotlarida   ko‘makchi
fe’llar   vositasida   ifodalanadigan   ma’nolarni   farqlab   beradi.   Ko‘makchi   fe’llar
guruhlarga   ajratilib,   harakatning   davomi   –   ishlab   yuribdi,   ishning   takrori   –   o‘qib
turibdi,   ishning   endi   boshlanganligi   –   kuylay   boshladi,   tugallanganligi   –   o‘qib
chiqdi   kabi   turlari   ko‘rsatiladi.   Ularni   analitik   yo‘l   bilan   ifodalanuvchi   vid
kategoriyasini tashkil qilishini aytib o‘tadi hamda sintetik yo‘l bilan yasaluvchi vid
kategoriyasiga turt-turtkila kabi misollarni keltirib o‘tadi 2
. 
Ма zkur fikrlarga keyinchalik A.Hojiyev ham o‘zining munosabatini bildiradi.
O‘zining   “O‘zbek   tilida   ko‘makchi   fe’llar”   monografiyasida   ko‘makchi   fe’llar
tadqiqini davom ettirib, ularning vid kategoriyasiga munosabatini oqlamaydi. Olim
shunday   fikrlarni   bildirib   o‘tadi:   Agar   o‘zbek   tilida   ham   grammatik   vid
kategoriyasi mavjud bo‘lganida va bu tilda ham fe’llarning ikki xil vidi bo‘lganida,
fe’llar   hamma   vaqt   vidning   ana   shu   ikki   turidan   biriga   mansub   hold   abo‘lar   edi.
Vid kategoriyasi bor ekan, fe’llar shu kategoriyalardan holi bo‘lmaydi va vidning
ikki   turi   mavjud   ekan,   barcha   fe’l   shu   ikki   turdan   biriga   mansub   bo‘lishi   kerak
deya ta’kidlaydi 3
.  
Keyingi   yillarda   harakat   tarzi   shakllarini   o‘rgangan   tilshunoslardan
B.Bahriddinova o‘zining “Fe’l lug‘aviy shakllari tizimi” (Fe’lning tur kategoriyasi)
nomli nomzodlik ishida ularga alohida to‘xtalib, yo‘nalma harakat fe’llarini tahlil
1
  Ғуломов А. Феъл. – Тошкент: Фан, 1954. – Б. 76.
2
  Ғуломов А. Ўша манба. – Б. 52-28.
3
  Ҳожиев А. Ўша манба. – Б. 210. qiladi. Keyinchalik mazkur tadqiqotlarga suyangan holda harakat  tarzi shakllarini
tilshunos   O.Shukurov   davom   ettirdi.   Tilshunos   o‘zining   “Harakat   tarzi   shakllari
paradigmasi”   monografiyasida   hamda   shu   nomli   nomzodlik   ishida   batafsil   tahlil
qiladi.   Tadiqiqotida   o‘zbek   tilshunosligida   harakat   tarzi   shakli   atamasining
kiritilish   sabablari,   ularning   grammatik   ma’nolari   va   parchalanishi   asosidagi
paradigmasini   aniqlash   kabilarga   asosiy   e’tiborini   qaratadi.   Shuningdek,   ishda
harakat   tarzi   shakllaridagi   ichki   va   tashqi   paradigmalari,   ular   o‘rtasidagi
paradigmatik   munosabatlari,   harakat   tarzi   shakllarining   lug‘aviy   ma’noga   ta’siri,
uning   grammatik   ma’nosini   voqelantirishda   boshqa   omillarning   ta’siri   ilmiy
asoslanadi.   Tadqiqot   3   bobdan   iborat   bo‘lib,   1-bob   “Harakat   tarzi   shakllari
xususida” deb nomlanib, unda harakat tarzi shakllari tushunchasining mohiyati va
uning   ta’lim   tizimiga   kiritilishi,   harakat   tarzi   shakllarining   o‘rganilish   tarixiga
e’tibor   qaratilgan.   2-bob   “Harakat   tarzi   shakllarining   paradigmatik   qatorlari”   deb
nomlanadi. Unda harakat  tarzi  shakllarining nisbatlanish,  sinonimik, darajalanish,
uslubiy   paradigmalariga   e’tibor   berilgan   va   tahlil   qilingan.   Shuningdek,   ushbu
bobda   harkat   tarzi   shakllarining   giponimik   munosbati   tahlil   qilingan.   3-bob
“Harakat   tarzi   shakllari   lisoniy   tizim   yaxlitligida”   deb   nomlanib,   bobda   harakat
tarzi   shakllaridagi   morfonologik   kuzatishlarga   hamda   ularning   badiiy-uslubiy
vazifalariga e’tibor qaratilgan. 
Shuningdek, tilshunos olima D. Nigmatova ham o‘z tadqiqotida ayrim harakat
tarzi   shakllarini   tadqiq   qilib,   ularning   turli   ma’no   tovlanishlari   badiiy   asar
qahramonlari   nutqi   misolida   ko‘rib   chiqadi.   Tadqiqotda   ravishdoshning   –(i)b
shakli bilan birikuvchi ol harakat tarzi shaklini rus tilidagi variant bilan qiyoslaydi.
Hozirgi   kunda   tilshunoslikning   alohida   sohasi   sifatida   shakllangan   matn
tilshunosligi   doirasida   ko‘makchi   fe’llarning   ma’lum   bir   qismi   bo‘lgan   harakat
tarzi shakllari va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari, matnning strukturaviy
va mazmuniy yaxlitligining ta’minlanishida ularning o‘ziga xos o‘rnini aniqlash va
tahlil qilish soha tilshunosligining rivojlanishi uchun g‘oyat muhim sanaladi.  II. BOB.  HARAKAT TARZI SHAKLLARINING BADIIY-USLUBIY
VAZIFALARI
1.2.   Harakat   tarzi   shakllarining   she’riy   matnlarda   qo‘llanilish
xususiyatlari .
O‘zbek   she’riyatining   yorqin   vakili,   ko‘plab   xalqaro   mukofotlar     sohibi
Usmon Azim ijodi ko‘plab adabiyotshunos va tilshunos tadqiqodchilar tomonidan
o‘rganilmoqda.   Shoir   o‘zbek   she’riyatiga   XX   asrning   70-   yillarida   kirib   keldi   va
o‘ziga   xos   uslubi,   she’rlari,   balladalari   va   dramalari   bilan   adabiyotimizda   o‘z
o‘rniga   ega   bo‘ldi.   She’rlarini   nafaqat   uslubiy   jihatdan,   balki   til   xususiyatlari
jihatidan   ham   o‘rganish   ancha   keng   quloch   yoydi.   Chunki   ijodkor   she’rlarida   til
imkoniyatlaridan o‘rinli va unumli foydalanadi. Yaratgan asarlarining ta‘sir kuchi
ham shundadir balki. Harakat tarzi shakllariga nutqimizdagi eng nozik ma’nolarni
ifodalash, aks ettirish yuklangan bo‘lib, o‘quvchilardan mazkur ma’nolarni payqab
topish bilan birgalikda, ularni ifodalovchi vositaning tezda ajrata bilish ham talab
etiladi   [3.86].   Biz   ham   shoirning   “Saylanma”si   tarkibiga   kirgan   she’rlarida
qo‘llanilgan harakat tarzi shakllarini tahlil qilishga harakat qildik.
She’rlarining   jozibadorligini   oshiruvchi   omillardan   biri   bu   qofiyalarning
xilma-xilligidir.   Qofiayalarida   harakat   tarzi   fe’llaridan   juda   ham   salmoqli
foydalangan.   Uning   ijodida   o‘t,   qol,   ket,   tur   kabi   bir   qancha   fe’llarni   ko‘plab
uchratish mumkin. Masalan, quyidagi she’rlariga e’tibor qaratsak: 
Ishq dedik – yo‘lida ado bo‘ldik biz
Ishq qayda? Bilmadik – xato bo‘ldik biz
Ishqimizu ishq so‘rab gado bo‘ldik biz
Ishq jondan do‘zaxni  boshlab o‘tadir  [Usmon Azim. Saylanma. 83-b.].
She’rda   o‘t   ko‘makchi   fe’li   qo‘llanilgan   bo‘lib,   mazkur   ko‘makchi   fe’l
ravishdoshning -i(b) affiksi bilan yasalgan turiga birikkan va quyidagi ma‘nolarni
ifodalagan:
1.Harakatning boshlanish;
2.Subyektning   yetakchi   fe’ldagi   harakatga   to‘xtalishi   va   davomiyligi
ma‘nosini ifodalab kelmoqda. Misrada   harakat   tarzi   shaklining   ikkinchi   ma’noviy   guruhini   ko‘rishimiz
mumkin.   Ishq   bu   yerda   subyektdir.   She’rda   lirik   qahramon   shoirning   o‘zi   bo‘lib,
ishqning   qayerda   ekanligini   bilmasdan   joni   halakda   ekanligi   tasvirlanadi.   Ya’ni,
ishqni   so‘rab   hatto   gado   bo‘lish   darajasigacha   boradi.   Ishq   esa   unga   rahm
qilmasdan   jonidan   do‘zaxni   boshlab   o‘tayotganligi   harakat   tarzi   shakli   orqali
ifodalangan.   Shu  o‘rinda  aytish  kerakki,  she’r   a-a-a-b  tarzda  qofiyalangan  bo‘lib,
banddagi     harakat   bajaruvchi   subyekt   ishqdir.   Maxsus   qolipi   quyidagicha:   [-
yetakchi fe’l -i(b)+o‘t].    
Mazkur misralarda esa, ket ko‘makchi fe’li qo‘llanilgan.
Bir gul eding – shamol bo‘lib
Chamaningni  ko‘rib ketdim
Shamolligim darding bilan
Ado bo‘ldi –  qurib ketdim  [Usmon Azim. Saylanma. 11-b.].
Ket   ko‘makchi   fe’li   ravishdoshning   -i(b),   -a,   -y   qo‘shimchalari   orqali
yasalgan   turiga   qo‘shiladi.   Harakatning   to‘la   bajarilganligi,   harakatning   normal
holatdan   kuchliligi,   harakatning   davomiyligi   kabi   ma‘nolarni   ifodalab   keladi.
Misrada keltirilgan ket fe’li harakatning normal holatdan kuchli ekanligini bildirib
kelyapti.   Shoir   tomonidan   qo‘llanilgan   ket   fe’lining   ma’nosi   butkul   yo‘qolib,
ko‘rib   va   qurib   yetakchi   fe’lining   manosini   bo‘rttirishga   hamda   kuchaytirishga
xizmat qilyapti. Qolipi quyidagicha:  [yetakchi  fe’l + – ib + ket; yetakchi  fe’l  + –
ib+   ket].   Shunindek,   mazkur   harakat   tarzi   shakllari   qofiya   va   vazn   talabini   ham
bajarib   kelmoqda.   She’rda   lirik   qahramon   muallif   bo‘lib,   ikkinchi   va   to‘rtinchi
misralarda     harakatni   bajaruvchi   subyekt   sifatida   yoriga   “Gul”   deya   murojaat
qilmoqda.
  Shamol  qo‘zg‘almay turar  -
Bargni uchirmoq nega?
Faqat sukunat yurar,
Yo‘laklarda beega [Usmon Azim. Saylanma. 42-b.]. Ravishdoshning   i-(b)   affiksli   turiga   birikkanda   deb   yozadi   A.Hojiyev
harakatning ma’lum konkret vaqt ichida davom etishini bildiradi 1
. Ravishdoshning
-a/y   turiga   birikkanda   esa,   davomiylik   asosida   harakatning   uzoq   davom   etishini
ifodalaydi.  Mazkur   misralarda ham   shamolning  ma’lum   vaqtga  qadar   davomiylik
asosidagi   uzluksizligini   qo‘zg‘almay   turar   harakat   tarzi   shakli   ifodalab   kelyapti.
Tur fe’li ravishdosh –a/y ning  bo‘lishsiz shakliga birikib kelyapti. 
      Ayriliq shamolida 
Kechalar uchqun otdim,
Kechalar  olib ketdi ,
Shamimni zarra – zarra [Usmon Azim. Saylanma. 323-b].
Misrada   olib   ketdi   harakat   tarzi   shakli   qo‘llangan   bo‘lib,   ravishdoshning   -
i(b)   shakli   bilan   yasalgan   turiga   birikkan.   She’rda   lirik   qahramonning   ayriliq
azobidagi holati tasvirlangan bo‘lib, umid uchqunlarini ayriliqning shamoli tunlari
navbat   bilan   zarra-zarra   holatda   olib   ketilgani   tasvirlanadi.   Shoir   mazkur   holatni
olib ketdi  harakat tarzi shakli orqali ochib beradi. Ya’ni, harakatning kutilmaganda
to‘la bajarilganligi va davomiyligi ma’nosi harakat tarzi shakli orqali ifodalangan.
Harakat tarzi shakli she’rda ifodalangan lirik qahramonning holatni to‘liqroq ochib
berishga yordam bergan 
Sabrim  tolib ketmoqda
Ishqim  yonib ketmoqda  
Ko‘nglim to‘lmadi manim-
Ko‘nglim  qolib ketmoqda ...[Usmon Azim. Saylanma. 341-b]
Misrada   tolib ketmoqda, yonib ketmoqda, qolib ketmoqda   kabi harakat tarzi
shakllari   qo‘llangan   bo‘lib ,   barchasi   ravishdosh   yasovchi   -i(b)   affiksi   bilan
yasalgan   turiga   birikib   kelmoqda.   Bu   yerda   ket   ko‘makchi   fe’li   harakatning
boshlanishi   va   davom   etishi   ma’nosini   ifodalagan.   Ko‘makchi   fe’l   tarkibidagi   –
moq   harakat   nomi   shakli   harakatning   to‘la   bajarilganligi   ma’nosiga   qo‘shimcha
tarzda ma’lum vaqtga xos davomlilik   ma’nosini ham iildirib kelmoqda. Har to‘rt
misrada qo‘llanilgan harakat tarzi shakli shoir tomonidan lirik qahramonning sabri
1
  Ҳожиев А. Ўша манба. – Б. 19. tolganligi,   ishqda   yonganligi   holatidan   ko‘ngli   to‘lmay   oxirida   ko‘ngli   qola
boshlaganligini   ifodalab   kelgan.   Shunday   bo‘lsa-da,   hali   ham   lirik   qahramonning
ko‘ngli   butunlay   qolmaganligi   holati   tasvirlanadi.   Shuningdek,   vazn   va   qofiya
talabi bilan ham ushbu holatda qo‘llanilgan.
Qiynaladi oftobni kutib
Yomg‘irlardan charchagan shahar…
… Uxlab qolding , yig‘lab, qon yutib
Ko‘ringanda ufqda sahar [Usmon Azim.Saylanma. 110 -b].
Qol . Bu ko‘makchi fe’l boshqa fe’llardan ko‘plab ma’no ottenkalariga   ega
ekanligi   bilan   ajralib   turadi.Bu   ko‘makchi   fe’l   uxla   yetakchi   fe’liga   ravishdosh
yasovchi   -i(b)   shakli orqali yasalgan turiga birikib kelgan. Misrada   qol   ko‘makchi
fe’li uxlash holatini kutilmaganda ro‘y berayotganini bildirib kelmoqda. Uchinchi
bandda   harakat   bajaruvchi   subyekt,   ya’ni   oshiqning   yori   kuta-kuta   yig‘lab,   qon
yutib   oxiri   uxlab   qolish   holati   tasvirlangan.   Harakatning   kutilmaganda   bajarilishi
va natijada holatning yuzaga kelishi tasvirlangan.
Ko‘p qavat binolar  charaqlab turar ,
Sassiz hayqirishar: “Bizlar –baxtiyor!”…
Tunga  cho‘kib ketgan  to‘rt taraf tubsiz
Nochor kema kabi so‘zlar deraza [Usmon Azim.  Saylanma.168-b].
Tur.   Bu   ko‘makchi   fe’l   ravishdoshning   ,   asosan,   -i(b)   va   –a     affiksi   orqali
turiga   birikib   kela   oladi     va   bir   qancha   ma’nolarni   ifodalaydi.Misrada   keltirilgan
charaqlab turar  ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi charaqlash holatini ma’lum vaqt
ichida   sodir   bo‘lib   turganligini   anglatib   kelmoqda.Birinchi   misrada   qo‘llanilgan
tarz fe’lini bajaruvchi obkekti bu- bino.She’rda binoga jon kirgizadi muallif.  Uning
charaqlash holati boshlangan va u hali ham nihoyasiga yetgani yo‘q.
Ko‘kka boqdim, o‘t tutashdi jonim aro…
qat-qat bulut qatlarida ne sir –asror?
Hayrat ichra o‘ldirguvchi meni samo,
Ona zamin,  ucha qolay   qo‘yib yubor! [Usmon Azim.  Saylanma. 5-b] Qo‘yib   yubor   harakat   tarzi   shakli   fe’li   ravishdoshning   -(b)   affiksi   orqali
yasalgan turiga birikib kelgan bo‘lib, harakat yoki holatning to‘la yakunlanganligi
yoki   kutilmaganda   sodir   bo‘lishi   kabi   ma’nolarni   ifodalab   keladi.   Misrada
qo‘llangan   yubor   ko‘makchi   fe’li   qo‘ymoq   fe’lidan   anglashilgan   harakatni   to‘la
bajarilganligini ifodalab kelmoqda. Lirik qahramon she’rda asosan tabiat hilqatlari
bilan so‘zlashmoqda. Oxirgi misrada esa, ona zaminga murojaati keltrilgan bo‘lib,
undan   o‘z   holiga   qo‘yishini   iltimos   qilyapti.   Yubor   ko‘makchi   fe’li   esa   yetakchi
fe’l ifodalagan harakatni tugallanishiga xizmat qilib kelmoda xolos. 
Balki tongni uta boshladi…
Kuz oldidan o‘ta boshladi…
…U qopqonga tushgan oyog‘in
G‘ajib-g‘ajib  uzib tashladi  [Usmon Azim. Saylanma. 34-b].
Uzib   tashladi   harakat   tarzi   shakli   ravishdosh   yasovchi   -i(b)   affiksi   orqali
yasalgan   bo‘lib,   harakatning   to‘la   yakunlanganligi   ma’nosini   ifodalagan.   She’r
qish   manzarasi   bilan   boshlanib,   nogohon   bo‘rining   qopqonga   tushishi   voqeasi
bilan davom  etadi. Qopqonga tushgan bo‘rining ovchidan qo‘rqib, oyog‘ini g‘ajib
tashlash   holati   tasvirlanadi.   She’rdagi   uzib   tashladi   harakat   tarzi   shakli   mazkur
jarayondagi harakatning qay tarzda davom etishini va qay tarzda yakunlanganligini
ifodalagan.   Tashla   ko‘makchi   fe’li   ko‘pincha   o‘timli   fe’llarga   bog‘lanib,   uzish
harakatiga qo‘shimcha ma’no yuklab kelmoqda. 
Gap bo‘laklari tartibi o‘zbek tilida,   asosan, erkin.   Shuning uchun ham nutq
egasi   istalgan   bo‘lak   ma’nosini   o‘zgartirib   qo‘llashi   mumkin.   Bunda   biror
bo‘lakning   tartibi   o‘zgarishi   gapning   mazmun-mohiyatiga   ta’sir   et adi.   Masalan:
biror   bo‘lakning   tartibini   o‘zgarishi   shu   bo‘lakdan   anglashilgan   tushunchaga
tinglovchini  diqqatini  jalb  qiladi. Gap  bo‘laklarining  tartibini   o‘zgarishi   inversiya
nomi   bilan   yuritiladi.   She’riyatda   biror   bo‘lakka   urg‘u   berish   yoki   qofiya,   vazn
talabidan   kelib   chiqib   ishlatiladi.   Inversiyani   qay   maqsadda   qo‘llash   esa   she’r
mahorati va  talabi  bilan  bog‘liq.
Ma’lumki, harakat tarzi shakllarining qolipiga asosan, yetkachi fe’l birinchi,
ko‘makchi fe’l ikkinchi o‘rinda keladi.   Mazkur holat ularga xos asosiy jihatlardan biri   hisoblanadi.   Ko‘pincha   she’riy   matnlardagi   birliklar   inversiya   holatida
qo‘llaniladi. Inversiya harakat tarzi shakllarini ham chetlab o‘tmaydi. 
Usmon   Azim   o‘zining   “Saylanma”si   tarkibidagi   she’rlarida   inversiya
hodisasidan   ham   unumli   foydalanadi.   Bunda   shoir   gap   bo‘laklari   o‘rnini
almashtirib   qo‘llaydi.   Shu   orqali   esa   biror   bo‘lak   ma’nosiga   urg‘u   beradi.   Yoki
she’rning   qofiya,   vazn,   ritm   talabalaridan   kelib   chiqib,   bo‘laklarning   o‘rnini
almashtiradi. Bu esa  she’rning poetik kuchini yanada oshiradi, o‘quvchiga estetik
ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ayrim she’rlarida yetakchi va ko‘makchi fe‘llarni o‘rnini
almashtirib   qo‘llagan   holatlariga   ham   duch   kelamiz.   Bunda   asosiy   maqsad   biror
bo‘lakka   urg‘u   berish   emas,   balki   qofiya   talabiga   javob   berishdir.”Saylanma”
tarkibidagi   ayrim   she’rlari   misolida   yuqorida   aytilgan   fikrlarni   tahlilini   ko‘rib
o‘tamiz:
Masalan,
Sen-bog‘lar qo‘ynida qiynalgan shamol,
Senga yo‘l bermaydi bog‘lar chalkashib…
Yam-yashil bog‘larda adashgan ayol,
Men olov ichida  qoldim adashib   [Usmon Azim. Saylanma.  290 -b].
Yana bir she’rida esa:
 Mening tashvishim ko‘p bechoralarim,
Axir, yashayapman sizga baxt tilab,
Axir, men osmonni qanday tashlayin,
Osmon boshingizga  tushar-ku qulab  [Usmon Azim. Saylanma.  252 -b].
Shoir   ayrim   she’rlarida   inversiyani   so‘zga   urg‘u   berish   uchungina   emas,
qofiya talabi bilan ham qo‘llaydi, nazarimda. 
Yana bir o‘rinda:
Chavandoz xo‘rsinar…Tong otar edi,
Eng so‘nggi yulduzlar  borardi botib ,
Xotini shivirlar: “Hech xafa bo‘lmang,
Sizga ot olamiz uy-joyni sotib…” (Usmon Azim. Saylanma.  35- b.) Shoir   she’rida   bor   ko‘makchi   fe’lini   inversiya   holatida   qo‘llaydi.   Mazkur
ko‘makchi   fe’l   bir   qancha   ma’nolarga   ega   hamda   boshqa   bir   qancha   (tur,yur)
fe’llar   bilan   ma’nodoshlikni   ham   yuzaga   keltiradi.   Ushbu   misrada   qo‘llanilgan
ko‘makchi fe’l ravishdoshning –i(b) affiksi bilan yasalgan turiga birikib, harakatni
(botmoq) yo‘nalish nuqtasini ifodalab kelmoqda. Shuningdek, harakatning ma’lum
muddatdan   beri   to‘liq   davom   etayotganligi   xuddi   lirik   qahramonning   ichki
kechimasini   ya’ni,   chavandozning   eng   aziz   narsasini   yo‘qotishi   va   umidlari   ham
xuddi   yulduzlarga   o‘xshab   botib     borayotganligini   ifodalab   kelgan.   Ma’noni
kuchaytirish va vazn talabi uchun ham inversiya holatida qo‘llaydi.
“Saylanma”   tarkibidagi   she’rlarni   tahlil   etish   chog‘ida   bu   kabi   bir   qancha
inersiyaga   uchragan   harakat   tarzi   shakllarini   uchratishimiz   mumkin.   Ba’zan   esa,
ko‘makchi fe’l tarkibida ta’kid yuklamasining ham qo‘llanilishi kuzatiladi. 
Masalan:
U kezgan xo‘rsinib, ko‘zini artib-
Ko‘zlariga ko‘nmish ne achchiq gaplar?-
Shoirni dunyodan  oldi-ku tortib ,
Xalqiga aytmagan muqaddas gaplar   (Usmon Azim. Saylanma.  102- b.).
She’rdagi ol ko‘makchi fe’li harakatni bajaruvchi tomonga yo‘nalganligi va
manfaati   uchun   amalga   oshirilishi   ma’nosini   anglatadi.   Inversiya   holatida
qo‘llanilib, -ku ta’kid yuklamasi bilan qo‘llanilgan. Shoir lirik qahramonning ichki
kechimlarini   to‘liqroq   ochib   berish   maqsadida,   vazn   hamda   qofiya   talabi   bilan
qo‘llaydi. 
Yana bir o‘rinda:
Bizning o‘rtamizda hali yillar bor…
Uning orzulari  qolganda qurib ,
Men olib boraman qalbimda bahor,
Sekin   shivirlayman:   “Keldim.   Men   tirik!...   (Usmon   Azim.   Saylanma.   114-
b.).
Boshqa bir o‘rinda :
Farishta aktyorlar qotishadi dong Kamonday tortilar direktorqoshi.
O‘zim qo‘rqib ketib kulaman:
-Shaton!
Sahna bilan hayot  ketdi adashib …(Usmon Azim. Saylanma.  132- b.).
Shoir   ayrim   she’rlarida   inversiyani   so‘zga   urg‘u   berish   uchungina   emas,
qofiya   talab   bilan   ham   qo‘llaydi,   nazarimda.   Yuqorida   keltirilgan   she’rlardagi
misollar   ham   balki   shu   maqsadda   qo‘llangandir.   Bu   shoirning   o‘zigagina   ayon.
Shoir   she’rlarining   ta’sirchanligi,   o‘quvchini     chuqur   falsafiy   fikrlashga   undashi
uning individual mahoratining qay darajada yuqori ekanligini ko‘rsatib turadi.
Ba’zida harakat tarzi shakllari inkor shaklida ham kelishi mumkin. Yetakchi
fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham inkor shakli – ma kelishi mumkin.
Har   ikkisining   tarkibida     kelganda   esa,   harakatning   bajarilish   mazmuni
anglashiladi. 
Men  bora olmayman . Yurak to‘la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo‘lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo‘lar
Va qachon oy nuriday sarg‘aygan qo‘llarim
Qaro sochlaringni silab titragay? (Usmon Azim. Saylanma.  117- b.).
 Ol ko‘makchi fe’l ravishdoshning   - i(b) va  –  a/y  affiksi bilan yasalgan turiga
birikib   keladi.   Misrada   bu   ko‘makchi   fe’l   -   a   affiksli   turiga   birikib   kelmoqda.
Aslida   mazkur   harakat   tarzi   shakli   harakatni   bajara   olishga   imkoniyat   ma’nosi ni
ifodalaydi.   M azkur   holatda   ol   ko‘makchi   fe’li   - ma   affiksli     inkor   shaklini   olib,
harakatning  davomli lik holatdagi  inkor ma’nosini ifodalab kelmoqda.  Harakat tarzi
shakllarining inkor shaklida kelishi Usmon Azimning she’rlarida ko‘plab uchraydi.
Masalan,
Ro‘parangda u bosh egdi jim,
Xorib keldi-uzoq edi yo‘l.
Sen yoshingni  arta bilmading .
“Salom” ham deb uzatmading qo‘l   (Usmon Azim. Saylanma.  163- b.). Misradagi   arta bilmading   harakat tarzi shaklidagii   ko‘makchi fe’l   yetakchi
fe’lga   ravishdoshning   -a   affiks i   bilan   birikib   ke lgan.   Misrada   qo‘llangan   arta
bilmading   harakat   tarzi   shakli   s ubyektning   yetakchi   fe’l   ifodalagan   harakatni
bajarishga   qodir   emaslik   ma’nosini   anglatmoqda.Ya’ni   bilmoq   fe’li   - ma   inkor
shaklini   olib,   harakatni   ma’lum   vaqt   ichida   bajarilmaganligi   ma’ nosini
ifodalam oqda.
Usmon   Azim   she’rlarida   qo‘llanilgan   harakat   tarzi   shakllari   lirik
qahramonning   ichki   kechinmalarini,   voqelikni,   harakatning   bajarilish   jarayonini,
davomlilik  va  boshqa  xususiyatlarini   ochib  berishga  xizmat  qilgan.  Usmon   Azim
asarlari   tilini   tadqiq   qilgan   tilshunos   S.Umirova   shoirning   “Yurak”,   “Fonus”   va
“Saylanma”   kabi   asarlarining   alfavitli,   chappa   va   chastotali   lug‘atlarini   yaratgan.
“Saylanma”ning   alfavitli   lug‘atini   yaratadi   hamda   matndagi   so‘zlarning   soni:
39394,   so‘z   shakllari   soni   13666   ta   ekanligini   ta’kidlaydi 1
.   Shu   asosda   biz   ham
tadqiqotimizda   harakat   tarzi   shakllarini   qo‘llanilish   jihatdan   statistik   tahlilini
amalga oshirdik.
Shunga ko‘ra quyidagicha jadvalga joylashtirdik:
Ko‘makchi
fe’llar -(i)b bilan
qo‘llanishi -a/(a)y bilan
qo‘llanishi Qo‘shimchalar
bilan
qo‘llanilmaganligi
Boshla - 21 -
Yot 4 - -
Tur  12 - -
Yur - - -
O‘tir 4  - -
Bor 19 - -
Kel 2  - -
Bit - - -
Chiq - - -
Et - - -
O‘t 2  - -
Ol 7  39  -
Ber 3  - -
Qol 13 2  1
Qo‘y 5  - 1
Ket 31 1  -
1
  Умирова С. Усмон Азим асарлари тилининг лугати. - Самарканд. СамДУ нашри, 2019. -180. Yubor 4  - -
Tashla - - -
Sol - - -
Tush - - -
Ko‘r 1  - -
Qara - - -
Boq - - -
Bil - - -
Yoz - - -
Ur - - -
Tuga - - -
 
Ko‘rinadiki,   shoir   she’rlarida   harakat   tarzi   shakllari   qo‘llanilish   jihatdan
boshla,   tur,   bor,   ol,   qol   va   ket   kabilar   yetakchi   o‘rinda   turadi.   Ko‘r,   kel,   ber,   o‘t
kabilar kam qo‘llaniladi. Ayrim harakat tarzi shakllari: tuga, ur, yoz, bil, boq, qara,
tush, sol, tashla, bit, chiq, et yur kabilar qo‘llanilmaydi balki, mustaqil va qo‘shma
fe’l sifatida qo‘llaniladi. Yetakchi o‘rinni qo‘llanilishi jihatdan  – ol egallaydi. 
2.2.   Harakat   tarzi   shakllarining   nasriy   matnlarda   qo‘llanilish
xususiyatlari .
Badiiy   asar   tili   adabiy   tilning   o‘ziga   xos   ko‘rinishlaridan   biridir.   Unda
qo‘llaniluvchi birliklar yozuvchining o‘ziga xos individual uslubini ochib berishga
xizmat qiladi. 
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o ziga xos ko rinishiga va xususiyatlarigaʻ ʻ
ega   bo lgan   shakllardan   biridir.   Badiiy   adabiyot   tili   ham   til   taraqqiyotining	
ʻ
umumiy   qonuniyatlariga   buysunadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   adabiy   til   kabi
omma uchun aloqa vositasi bo lishdek xususiyatga egadir. Badiiy adabiyot tilining	
ʻ
o ziga xosligi va murakkab yo nalishi shundaki, u tilning adabiy bo lmagan xilma-	
ʻ ʻ ʻ
xil   ko rinishlarini,   qatlamlarini   ham   keng   ravishda   o ziga   singdirib   olib,	
ʻ ʻ
umumxalqqa namoyish etadi 1
.
Harakat tarzi shakllari ham nasriy matnlarda shoir va yozuvchilar tomonidan
keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, nasriy matnlarda muallif va personajlar  nutqi asosiy
g‘oyani   ochib   berishda   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Badiiy   ijodning   talablaridan   biri
1
  Қурбонов Т. Бадиий асар тили ва услуби. – Самарқанд, 2006. – Б. 10. shundayki, unda xalqonalik, tushunarlilik, soddalik, ixchamlik, mazmunlilik va shu
asosda   gapirish   va   yozish   asosiy   o‘rinni   egallaydi.   Bunda   badiiy   til   vositalaridan
o‘rinli foydalanish ham asosiy o‘rinda turadi. 
Muallif nutqi bilan personaj nutqi orasida katta tafovut bor, albatta. Muallif
nutqi   sof   adabiy   tilga   asoslansa,   personaj   nutqida   esa   har   qanday   til   birliklari
qo‘llanlishi   mumkin.   Adabiy   asarning   muzika,   rassomlik,   va   boshqa   ijod
sohalaridan   farqi-uning   ohanglar,   chizgilar,   bo‘yoqlar   vositasi   bilan   yaratilishida
ko’rinadi.   Demak,   badiiy   til   har   qanday   badiiy   asarning   spesifikatsiyasini
belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 1
Xoh   nasriy   asari   bo‘lsin,   xoh   nazmdagi   asarlari   bo‘lsin   kitobxonni
mushohada   qilishga   undaydi,   o‘ylantiradi.   Asar   personajlari   nutqida   ko‘p
qo‘llanadigan til birliklaridan biri bu - harakat tarzi fe’llaridir. 
Ma’lumki,   badiiy   nutq   muallif   nutqi,   personajlar   nutqi   va   hikoyachi
bayonidan iboratdir. Badiiy nutqning bu elementlari tuzilishi, ohang va tarkibidagi
til vositalarining qo llanilishiga ko ra bir  - biridan farq qiladi. Agar badiiy ijoddaʻ ʻ
bu   elementlar   birlashtirilsa,   ma’lum   bir   badiiy   asarning   yagona   uslubi   vujudga
keladi.   Ana   shu   uslubning   shakllanishida   muallif   nutqi   obrazi   asosiy   o rin	
ʻ
egallaydi 2
.
Badiiy   asar   qahramonlarining   xarakterini   ularning   nutqi,   gapirish   uslubi
orqali   ochib   berish   ijodkor   mahoratining   asosiy   kuchi   hisoblanadi.   Adibning   xoh
nasriy asari bo‘lsin, xoh nazmdagi asarlari bo‘lsin kitobxonni mushohada qilishga
undaydi,   o‘ylantiradi.   Chunki   uning   ikkala   janrda   yozilgan   asarlarida   ham
qahramonlarning   ichki   kechinmalarini   chiroyli   bo‘yoqlar   bilan   tasvirlab   beradi.
Shoir   asarlarida   til   birliklaridan   o‘z   o‘rnida   va   unumli   foydalanadi.   Asar
personajlari   nutqida   ko‘p   qo‘llaydigan   til   birliklaridan   biri   bu   harakat   tarzi
shakllaridir.  Usmon Azim o‘zining “Bir qadam yo‘l” dramasida ham qahramonlar
xarakterini   ochib   berish   maqsadida   ham   harakat   tarzi   shakllarini   personajlar
nutqida qo‘llaydi. She’riy matnlarga qaraganda, nasriy asarlari matnida personajlar
nutqida harakat tarzi shakllarining qo‘llanilishi ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
1
  Адабиёт назарияси.   1-том. -  Тошкент :   Фан,   1978.  – Б.  321.
2
  Қурбонов Т. Ўша манба. – Б. 48. Personajlar   nutqida,   asosan,   so‘zlashuv   uslubidan   foydalanadi.   So‘zlashuv
uslubida esa ko‘plab til birliklari (vulgar so‘zlar, varvarizmlar, shevaga oid so‘z va
birikmalar)   qo‘llaniladi.   Bu   orqali   personaj   haqida   uning   xarakteri,   yashagan
hudududi, kasb-kori kabi bir qancha ma’lumotlar olish mumkin. Asosan, epik asar
qahramonlari   nutqida   bu   hol   kuzatiladi.   Lirik   asarlarda   esa   lirik   qahramon
ko‘pincha   muallifning   o‘zi   bo‘lanligi   sababli   bu   til   birliklarini     ko‘p   ham
qo‘llanilmaydi. Usmon Azimning “Saylanma”si tarkibidagi she’rlar va “Bir qadam
yo‘l”   dramasidagi   personajlar   nutqini   taqqoslab   ko‘rilganda   ham   xuddi   shu   holni
ko‘rishimiz   mumkin.   Drama   bosh   qahramoni   cholning   va   boshqa   bir   qator
qahramonlarning   nutqidagi   harakat   tarzi   shakllarini   tahlil   qilib,   farqli   jihatlariga
oydinlik kiritamiz. Dramadan olingan quyidagi jumlalarga e’tibor qaratsak,
Chol.   Ке chirimli bo‘l .
Qosim .   Хo‘p.   Faqat   aytib   qo‘yay   xudojo‘ylaringizning   ko‘pi   menga
yoqmaydi.
Chol .   Xudojo‘ylar senga nima qildi ?
Qosim.   Menga   hech   kim   hech   narsa   qilolmaydi.   Eshagim   bu   dunyoning
suvlaridan qariyb o‘tib bo‘lgan .
Chol.   Bolam,   og‘zingga   kelgan   har   xil   gapni   tong   sahardan   gapiraverma.
Yaxshi niyat qil... [ Usmon Azim. Bir qadam yo‘l. 292-b.].
Mazkur   matnda   aytib   qo‘yay   harakat   tarzi   shakli   asar   qahramoni   Qosim
tilidan   aytilgan.   Ko‘makchi   fe’l   yetakchi   fe’lga   ravishdosh   yasovchi   -i(b)   affiksi
yordamida bog‘langan. Drama qahramoni Qosimning xarakterini hamda o‘ziga xos
xususiyatlarini   ochib   berish   uchun   yozuvchi   harakat   tarzi   shaklidan   foydalangan.
Ya’ni, ayiruv-chegaralov yuklamasi   faqat   bilan harakat tarzi shaklini qo‘llab, asar
qahramoniga   xudojo‘ylarning   yoqmasligini   ta’kidlab   ko‘rsatgan.   H arakatning
qat’iylik   bilan   bajarilishi   va   uning   natijasida   holatning   yuzaga   kelishi   ma’nosi
anglashilgan.
Shuningdek,   ushbu   parchada   o‘tib   bo‘lgan   harakat   tarzi   shakli   ham
qo‘llanilgan.   Mazmunidan   ham   anglashiladiki,   Qosimning   umri   qariyb   o‘tib
bo‘lganligi,   ko‘p   qiyinchiliklarni   boshdan   o‘tkazganligi,   hech   kimdan   hatto xudojo‘ylardan   ham   endi   qo‘rqmasligi   harakat   tarzi   shakli   yordamida   ochib
berilgan. O‘tib bo‘lgan harakat tarzi shaklining morfologik qolipi quyidagicha:   [-
i(b)  +   bo‘l   =  harakat   tarzi]   bo‘lib,  harakat-holatning  tugalligini   va  to‘la  bajarilib
bo‘lganligini   ifodalab   kelmoqda.   Birikish   doirasiga   ko‘ra   keng   harakat   tarzi
hisoblanadi.
Ushbu   parchada   gapiraverma   harakat   tarzi   ham   qo‘llanilgan   bo‘lib,
harakatning   bajrilishi   uchun   to‘siq,   monelik   yo‘qligi,   to‘siqsiz   bajarilishi   hamda
davomlilik ma’nosini anglatadi.   Ba’zan esa, matn tarkibida Harakatning to‘siqsiz,
qarshilikasiz,   cheklanmay   davom   etish   ma’nosini   ham   anglatadi.   Mazkur
ma’nolarni anglatganda matnda hadeb, buncha so‘zlari qo‘llaniladi.
Chol.   Choriboyning   uyi,  bir   qadam   yo‘l…   Qizning   nomusi   yomon   bo‘ladi,
bolam.   Chorib oyning   suyagiga   pichoq   qadalib   yuribdi …Sen   mo‘min-musulmon
yigitsan … [Usmon Azim. Bir qadam yo‘l. 293-b.].
Bosh   qahramon   tilidan   aytilgan   gapda   qo‘llanilgan   tarz   fe’li   ibora   tarkida
kelmoqda.   Qadalib   yuribdi   harakata   tarzi   shakli   yur   ko‘makchi   fe’lining
ravishdosh   yasovchi   - i(b)   affiksi   bilan   yasalgan   yetakchi   fe’lga   bog‘lanishidan
hosil   bo‘lgan.   Harakatning   ayni   paytda   ma‘lum   vaqt   oralig‘ida   davom
etayotganligini anglatib kelmoqda. M orfologik qolipi   [-i(b)  +   yur   = harakat  tarzi]
shaklida bo‘ladi. Asar qahramoni Choriboyning og‘ir vaziyatda va qiyinchilikdagi
holatining   ma’lum  vaqtdan beri  davom etayotganligini  harakat  tarzi shakli  ochib
bergan. 
Eshmamatov.     Avvalambor,   bir   muhim   narsani   ta’kidlab   o‘tay .   Bozor
iqtisodi   sari   dadil   borayotgan   mustaqil   O‘zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni
bosqichma-bosqich   amalga   oshira   borib ,   katta   yutuqlarni   qo‘lga   kiritmoqchi
[Usmon Azim. Adibning umri. 307 - b.].
Mazkur   matnda   ta’kidlab   o‘tay   va   oshira   borib   harakat   tarzi   shakllari
qo‘llanilgan   bo‘lib,   asar   qahramoni   Eshmamatov   tilidan   aytilgan.   Takidlash,
to‘xtalish   ma’nosi   bilan   birga,   yo‘l-yo‘lakay   harakatning   davom   etishi   mazmuni
anglashiladi.     Siyosatga   oid   fikrlarida   ravishdosh   yasovchi   -(i)b   orqali   yasalgan turiga   birikib,   harakatni   ifodalab   kelmoqda.   Mazkur   holatda   harakat   tarzi   shakli
mazmunga qo‘shimcha ma’no yuklamoqda.
Parchadagi   bor   ko‘makchi   yetakchi   fe’lga   ravishdosh   yasovchi   -a   affiksi
yordamida   birikib   kelmoqda.   Mazkur   holatda   yetakchi   fe’l   qo‘shma   fe’l   shaklida
(amalga oshirmoq) kelgan bo‘lib, harakatning  ma’lum vaqt oralig‘ida sodir bo‘lib
turishini   va   davomlilikni   ifodalamoqda.   Ba’zan   yur,   tur   ko‘makchi   fe‘llari   bilan
ham     ma’nodoshlik   hosil   qiladi.   Masalan ,   amalga   oshira   turib-amalga   oshira
borib  - amalga oshira yurib  kabi.
Chol .   Borishga   bordimu   madorim   ketib   qaltiray   boshladim .   Uydagilar
yo‘qligimni   payqashib,   izlashga   tushishgan   ekan   [Usmon   Azim.   Adibning   umri.
308-b.].
Mazkur   parchada   qaltiray   boshladi   harakat   tarzi   shakli   qo‘llanilgan   bo‘lib,
harakat-holatning   boshlanishini   ma’nosini   anglatib   kelmoqda.   Asar   bosh
qahramoni   cholning   holdan   toygani   va   naqtijada   qaltirashining   boshlanish
nuqtasini   hamda   davom   etishini   ifodalab   kelmoqda.   Ko‘makchi   fe’l   hisoblangan
boshla ,   asosan,   ravishdoshning   - ay   affiksi   bilan   yasalgan   turiga   birikib   kelgan.
Morfologik qolipi  [- -y  + bosh l a = harakat tarzi]   shaklida qo‘llanilgan.
Tejamlilik   hodisasi   faqat   she’riy   matnda  emas,   balki   nasriy   matnlarda   ham
qo‘llaniladi.   Usmon   Azimning   “Bir   qadam   yo‘l”   dramasida   ham   bu   holat
kuzatiladi.   Masalan,   Chol .   Shularni   o‘ylab   ba’zan   sizlarga   bir   gaplarni   aytgim
keladi.   Ammo   ichdagi   dard   so‘zga   aylanavermas   ekan.   Keyin   aytgan   bilan
tushunasizlarmi,   yo‘qmi…Inson   zoti   borki,   o‘zi   borib   boshini   devorga
urmaguncha, birovdan o‘tganini anglamaydi   [Usmon Azim. Adibning umri. 310 -
b.].
Mazkur  matnda ham  Ber(ver). Bu ko‘makchi  fe’l ravishdoshning  - a   affiksi
orqali yasalgan turiga birikib kelmoqda. Bu ko‘makchi fe ’l yetakchi fe’l ifodalagan
harakatning takrorlanib  turishini anglatadi. Asar qahramoni tilidan aytilgan ushbu
gapda   mas   shakli orqali hosil qilingan bo‘lishsiz, ya’ni inkor   shaklini ko‘rishimiz
mumkin .   Ver     ko‘makchi   fe’lining   yetakchi   fe’l   bilan   bilan   birikib   kelish holatlarini asar bosh qahramoni  cholning tilidan ko‘p bora ishlatilganligiga guvoh
bo‘lamiz. 
Yana   bir   misolga   diqqat   qilaylik,   matnda   berilgan   harakat   tarzi   shakllarida
harakatning uzluksiz, muttasil davom etish mazmuni o‘tgan zamonda ifodalangan.
Xorijlik.   Odamlarga   shuncha   jabr-zulm   o tkazgan   saltanatni   parvardigoriʻ
egam  sog  qoldirmaydi.   Agar   Vatan  ozodlikka   erishganini   eshitsam,   oyoq-qo lim	
ʻ ʻ
shol   bo lib  yotgan	
ʻ   ersam   ham,   Vatan   sari   o n  qadam   o rmalab,   so ng   o laman»	ʻ ʻ ʻ ʻ
deb   g ujur   bilan   lutf   etardilar.   Istiqlolni   men   Amerikada   eshitdim.   Makkalik	
ʻ
birodarlarimizning   aytishlaricha,   bu   mujda   yetganda,   Muzaffar   maxsum   jon
uzayotgan   ekanlar.   Quloqlariga   qichqirib   aytishibdi.   «Jon   berayotgan
bechoraning ko zi yarq ochildi — xuddi payg ambarni ko rgan odamning ko ziday	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yaraqlab ketdi»  deyishadi.  [Usmon Azim.  Adibning umri.  313-b.].
Uchuvchi.   Savdolashgan ham bo ldim, yalindim ham — bermadi, nomard.	
ʻ
Xo rligim  	
ʻ kelib   ketdi .   Yig lab   yubordim	ʻ ...   Otangiz   chetdan   bu   mashmashani
kuzatib turgan   ekanlar. Shitob bilan kelib, sotuvchining qo lidan qovunni shartta	
ʻ
yulib   oldilar-da,   menga   tutqazdilar.   Xuddi   sovuq   qotganday   qaltiraydilar   deng...
Bir   dasta   pulni   haligi   sho rlikning   tumshug iga   tiqib  	
ʻ ʻ urusha   ketdilar,   urusha
ketdilar...   «Qancha pul  kerak  senga!  Insofing bormi?  Koshki  shu go dakning bir	
ʻ
qatra yoshiga arzisang...». [Usmon Azim.  Adibning umri.  320-b.].
Ko‘rinadiki,   mazkur   matnda   kelib   ketdi,   yig‘lab   yubordim,   kuzatib   turgan,
urusha ketdi, urusha ketdi kabi 5 ta harakat tarzi shakli qo‘llanilgan. Harakatning
to‘satdan   boshlanishi,   harakatning   uzlukli   holda   davom   etishi,   harakatning
to‘satdan   boshlanib   ketishi   ma’nolari   ifodalangan.   Matnda   urusha   ketdi   harakat
tarzi   shakli   ikki   marta   ketma-ket   qo‘llanilgan   bo‘lib,   ma’noni   kuchaytirishga
hamda davomlilik holatini to‘liqroq ochib berishga xizmat qilgan. 
Chol.   (Kulimsirab).   Kitob o‘qigan shaharlik kelinimizning savolini qarang!
Urganlar. Ikki marta urganlar. O‘zimdan o‘tgan… Ikki marta ukalarimni urganim
uchun… “O‘zingdan kuchsizni yana urasanmi” deb rosa orqamga tushirganlar…
O‘zidan kuchsizni xafa qilish gunoh ekanligi o‘shanda bir umr yodimda qolgan. …
E  hammasi  o‘tdi-ketdi   [Usmon Azim.  Adibning umri.  309-b.].  Mazkur parchada asar  bosh qahramonining nutqida   o‘tdi-ketdi   harakat tarzi
shaklining   hech   qanday  ravishdosh   yasovchi   qo‘shimchalarsiz   holatda  birikishiga
guvoh   bo‘lamiz.   Mazkur   holat   faqat   so‘zlashuv   nutqiga   xos   bo‘lib,   personajlar
nutqida   kuzatiladi.     Matnda   harakatning   tugallanganligi,   to‘la   darajada   bajarilishi
va tezlikka nisbattan kuchayishi ma’nosi ifodalangan. Ya’ni, harakatning bajarilish
tezligi   ortishi   ifodalangan.   Dramada   vaziyatni   bo‘rttirish   va   kuchaytirish
maqsadida   mazkur   holatda   qo‘llanilgan.     Qahramonning   hayotida   bo‘lib   o‘tgan
ta’sirli voqea hodisani ma’lum davrda bo‘lib o‘tgani va bunga uning munosabatini
ifodalashda harakat tarzi shakllaridan foydalanilgan. 
Usmon Azimning dramatik asarlaridan biri “Bir qadam yo‘l” tanlab olingan.
Mazkur dramatik asarda yozuvchi turli xil personajlar nutqida ularning o‘ziga xos
xarakterini,   yashash   tarzini,   turli   xil   ma’no   nozikliklarini   ifodalash   uchun
qo‘llaydi. 
  
Ko‘makchi fe’llar -(i)b bilan qo‘llanishi -a/(a)y bilan qo‘llanilishi
Boshla - 2
Yot 2 -
Tur 15 -
Yur 12 -
O‘tir 3 -
Bor 3 1
Kel 8 1
Bit 2 -
Chiq 13 2
Et - -
O‘t 5 -
Ol 6 1
Ber 2 -
Qol 2 -
Qo‘y 1 1
Ket - 1
Yubor 3 -
Tashla 5 3
Sol 1 -
Tush 5 -
Ko‘r 2 1
Qara 3 1
Boq - - Bil 3 2
Yoz - -
Ur - -
Tuga - -
Jadvaldan   ko‘rinadiki,   asar   qahramonlari     nutqida       tur,   yur,   chiq,   kel   kabi
harakat  tarzi  shakllarining qo‘llanilishi  mahsuldor  bo‘lib,   et, yoz,  ur, tuga   kabilar
qo‘llanilmaydi. 
Demak,   asarda   jarayonning   ma’lum   muddatdan   beri   takror   va   muntazam
davom   etayotganligi,   to‘liq   tugallanganligi   mazmuni   anglashiladi.   Dramada
qo‘llanilgan   harakat   tarzi   shakllari   qahramonlarning   harakat-holatiga   qo‘shimcha
ma’no yuklashga xizmat qiladi. 
2.3. Harakat tarzi shakllari va tildagi tejamlilik tamoyili
Ma’lumki, til hamisha o‘zgarishda bo‘ladi, rivojlanadi va shular qatorida til
birliklari   ham   ma’lum   shart-sharoit   natijasida   turli   xil   hodisalarga   uchraydi.   Ana
shunday hodisalardan biri  - tildagi tejamlilik hodisasidir. Ushbu  til  hodisasi  faqat
og‘zaki nutq yoki nasriy asarlarda uchrabgina qolmasdan, poetik matnda ham o‘rni
bilan   ishlatilib   turadi.   Shoir   yoki   yozuvchi   o‘z   asarida   turli   xil   o‘xshatishlar,
metaforalar,   qiyoslashlar,   so‘z   o‘yinlari,   shuningdek,   xalq   jonli   tilining   rang-
barang   iboralari,   shevaga   xos   so‘zlaridan   mohirona   tarzda   foydalanadi   va   shu
qatorda bunday birliklarni qo‘llashda ijodkor ma’lum bir maqsadni ham ko‘zlagan
holatda til birliklarini tejab qo‘llaydi. Shunisi e’tiborliki, muayyan yozuvchining til
birliklaridan o‘rinli, maqsadga muvofiq tarzda qo‘llay olishi shu ijodkorning ulkan
tajribasi, o‘zigagina xos uslubidan darak beradi. Jumladan, Usmon Azim she’rlari
falsafiylikka, ohangdorlikka yo‘g‘rilganligi bilan bir qatorda til nuqtayi nazaridan
ham   bir   qancha   hodisalarga   boyligi   bilan   xarakterlanadi.   Shoir   she’rlarida
fonemalarning tejab qo‘llanilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Tejamlilik   tushunchasi   haqida   filologiya   fanlari   doktori,   professor   J.
Eltazarov   “ Tildagi   tejamlilik   tamoyili   va   qisqaruv”   nomli   monografiyasida
shunday   fikrlarni   bildiradi:   “ Tilshunoslikda   tejamkorlik   tamoyili   xususida   so‘z
ketganda asosan til (nutq) birliklarining qisqarishi tushunilsa-da, ushbu qonuniyat doirasiga   boshqa   til   hodisalarini   kiritish   hollari   ham   uchraydi.   Masalan,   Y.   D.
Polivanov   turkiy   tillardagi   singarmonizm   qonuniyatini,   V.   A.   Bogorodskiy
so‘zlarning   yangi   ma’no   kasb   etish   xususiyatini,   E.   A.   Zemskaya   metonimiya
hodisasini   tildagi   tejamlilik   tamoyili   ta’sirida   yuz   beradi,   deb   hisoblaydilar” 1
.
Ko‘rinadiki,   tejamlilik   tamoyili   haqida   tilshunoslar   orasida   turli   xil   qarashlar,
fikrlar mavjud. Tildagi tejamlilikning maxsus ko‘rinishi qisqaruv usuli hisoblanib,
professor   J.   Eltazarov   o‘z   fikrlarini   shunday   davom   ettirgan:   “ …qisqaruv
hodisasining   asosiy   belgisi   –   nutq   birliklarining   miqdor   jihatdan   qisqarishi,
tovushlar, bo‘g‘inlar va boshqa bo‘laklarning tushib qolishidir” 2
.
Poetik   matnda   ayniqsa,   fonemalarning   qisqarishga   uchrashi   kuzatiladi.
Fonemalarning   bunday   qisqarishga   uchrashi   ya’ni,   tejamlilikni   yuzaga   keltirishi
ma’lum   fonetik   hodisalar   asosida   yuzaga   chiqadi.   Ana   shunday   fonetik
qonuniyatardan   biri   bu   eliziya   hodisasi   hisoblanadi.   Tilshunoslikdagi   eliziya
hodisasi tejamlilikni yuzaga keltiruvchi fonetik hodisalardan biri hisoblanadi.
Eliziya   –   unli   biloan   tugovchi   va   unli   bilan   boshlanuvchi   ikki   so‘zning
qo‘shilishi   natijasida   unli   tovushdan   birining   tushib   qolish   hodisasi.   Bunda   bir
necha holat kuzatiladi: 
a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi
– boroladi; 
b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi: borar
ekan – borarkan, borar emish – borarmish;
v)   Abdusalom   so‘zining  Absalom,  Abdujabbor   so‘zning  Abjabbor,  olib kel
so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib
qolishi   ham   eliziyaning   yuqori,   murakkablashgan   ko‘rinishi   hisoblanadi.   Bunday
holda so‘zning qisqargan shakli hosil bo‘ladi 3
.
Tejamlilik   hodisasiga   xos   bunday   jihatlar   poetik   matnda   fe’lning   asosiy
grammatik  kategoriyalaridan  biri   harakat  tarzi   shakllarida  ham  kuzatiladi.  Ba’zan
yetakchi   fe’lning   yoki   ko‘makchi   fe’lning   qisqargan   holatda   ishlatilishiga   guvoh
1
 Элтазаров Ж. Тилдаги тежамлилик тамойили ва қисқарув. – Самарқанд, 2004. – Б. 26.
2
 Элтазаров Ж. Тилдаги тежамлилик тамойили ва қисқарув. – Самарқанд, 2004. – Б. 35.
3
  Сайфуллаева Р. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент, 2009. – Б. 63. bo‘lamiz.   Ya’ni,   yetakchi   fe’lning   qisqarishi,   ko‘makchi   fe’lning   qisqarishi   yoki
har ikkisining ham qisqargan holda kelishi kuzatiladi.     
Quyida Usmon Azim ijodida uchraydigan tejamlilik tamoyilining bir qancha
ko‘rinishlariga   to‘xtalib   o‘taylik:   Shoirning   “Lo‘li   qiz   qo‘shig‘i”   deb   nomlangan
she’ridan   olingan   ushbu   parchada   harakat   tarzi   shakllarining   tejamlilik   tamoyili
asosida qo‘llanilganligiga guvoh bo‘lamiz:
O tar edim bir qishloqdan,   ʻ
Aqlim oldi bir o g lon.   	
ʻ ʻ
Qololsaydim  shu qishloqda,   
Yashar edim bearmon   1
.  
Ayonki,   fonetik   tejamlilik   so‘zda   biror   tovushning   yoki   bo‘g‘inning
tushirilgan   holda   qisqartirilishidir.   Ko‘rishimiz   mumkinki,   yuqoridagi   misralarda
qo‘llangan   qololsaydim   harakat   tarzi   shakli   fonetik   tejamlilikka   uchragan   holda
qo‘llangan. – Ol ko‘makchi fe’li ravishdoshning – a, – y affikslari yasalgan turiga
birikkanda quyidagi ma’nolarni anglatadi: 
a) harakatni bajarish qobiliyatiga egalik ma’nosini bildiradi;
b) harakatni bajarish imkoniyatiga egalik, qodirlik ma’nosini bildiradi 2
.
Mazkur   misrada   harakatni   bajarish   imkoniyatiga   egalik,   qodirlik   ma’nosi
anglashilib,   ravishdosh   yasovchi   –   a   qo‘shimchasi   orqali   birikib   kelgan.   Aynan
ushbu   affiks   qisqarib,   eliziyaning   ko‘rinishlaridan   biri:   birinchi   so‘z   oxiridagi
unlining   tushib   qolishini   yuzaga   keltirmoqda.     Aslida,   qololsaydim   –   qola
olsaydim   shaklida   qo‘llanilishi   lozim   edi.   Bu   bir   tomondan   yetakchi   fe’lning
qisqargan   holatda   ko‘makchi   fe’l   bilan   birikib,   fonetik   tejamlilikni   yuzaga
keltirishi   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   esa,   vazn   talabi   asosida,   bo‘g‘inlar   miqdori
teng   bo‘lishi   uchun,   lirik   qahramonning   (harakat   bajaruvchisining)   ichki
kechinmasini   yanada   to‘liqroq   ochib   berish   uchun   ham   qo‘llanilgan.   She’rning
mazmunidan ham  anglashiladiki, ko‘makchi  fe’l tarkibida shart  mayli  shakli   – sa
qo‘llanilishi,   harakat   tarzi   shakllarining   inversiya   holatida   jumla   boshida   kelishi
vaqtincha   bo‘lsa   ham,   harakatni   bajarish   imkoniyatiga   egalik,   istak   xohish
1
 У.Азим.   Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 1995. – Б. 11.
2
 Ҳожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. – Тошкент: Фан, 1973. – Б. 109. mazmuni   imkonsizlik   bilan   zid   qo‘yiladi.   Chunki   she’r   lo‘lilar   haqida   bo‘lib,
ularning   yashash   tarzi   muqim   emas.   Ma’lum   joyda   yashashni   istasa   ham,
ko‘chmanchilikda   hayot   kechirishga   majbur.   Aynan   lo‘li   qizning   istak-xohishini,
ichki   kechinmalarini,   shaklan   soddalik   va   ixchamlikni,   mazmunan   rang-
baranglikni   ifodalashda   harakat   tarzi   shakllari   asosiy   vazifani   bajarib   kelgan.
Shuningdek,   harakat   tarzi   shakllarining   tejamlilik   holatida   qo‘llanilishi   so‘zning
ma’nosiga hech qanday putur yetkazmagan.
–Javon kelgan ekan... Yuring... Ketdik... Tez! 
Usiz odammiz deb aytolamizmi?
–Sevgilim, olislab ketmaymizmi biz,   
Sevgilim, orqaga  qaytolamizmi?  (U. Azim. Saylanma. 14-b)
Mazkur   parchada   ham   harakat   tarzi   shakllarining   tejamlilik   asosida
qo‘llanilishi   kuzatiladi.   Shoir   mol-dunyoga   xirs   qo‘ygan   insonlarning   ayanchli
holatini   tasvirlashda   ohangdorlikni   ifodalash   uchun   kesimga   urg‘u   beradi.   Kesim
vazifasida esa ikkita holatda harakat tarzi shakllaridan foydalanadi. Vazn va qofiya
talabi bilan aynan har ikkisi ham tejamlilikni yuzaga keltirgan. She’rdagi   – a + ol
harakat tarzi shakli  tarz-qobiliyat-qodirlik-jismoniy va aqliy faoliyat- harakatni
bajarish imkoniyatiga egalik-a+ol tarzidagi qolipi asosida shakllantirilgan.   
Lobar qiz davraga yaxshi qoling der,   
Va jo nar hammani qoldirgancha lol,   ʻ
Ishqiboz yigitcha  topolma s tadbir:
–Nimaga? He bo ldi? Shunday tunda... Bas…[U. Azim. Saylanma. 16-b]	
ʻ
She’rda   qo‘llanilgan   harakat   tarzi   shakli   ham   yuqoridagi   qolip   asosida
o‘zining   xususiy   grammatik   ma’nosini   ifodalalab   kelgan.   Faqatgina,   harakatni
bajarish   imkoniyatiga   ega   emaslik   holati   bilan   farqlanib   turadi.   Shoir   parchada
harakat bajaruvchisining kechinmalarini yanada aniqroq ifodalab berish uchun ham
bo‘lishsiz shaklda qo‘llaydi. Istak-xohishni amalga oshirish imkoniyati boru, lekin
ayni pallada imkonsizlik holati mavjudligini ta’kidlab kelgan. 
Ucholmasdan  qoldi jon-u tan,   
Osmon qayda? Qaradim ilkis...      Sochin yoyib falakda, sho x-sha n ʻ ʼ
Porlar quyosh – Barchinday bir qiz [U. Azim. Saylanma. 42-]
Baxshi bobongizni bilmaysiz ammo,   
Bu ayyor o yinda sizlarni yutdim! 	
ʻ
Menga  berolmaysiz  hech qanday baho –
Oyoqyalang bo lib dunyodan o tdim...	
ʻ ʻ  [U. Azim. Saylanma. 42-b]  
Kutib oldi uni ham sho xlik.  	
ʻ
Ochganicha keng quchog ini,   	
ʻ
Nimagadir sho xlik ham qiziq! 	
ʻ
Bosolmadi  dil chanqog ini	
ʻ  [U. Azim. Saylanma. 50-b]
Portlay dedi nogahon ko ksim,   
ʻ
Ko zlarimga urildi quyosh.   	
ʻ
Sen nedandir og rinib, o ksib,   	
ʻ ʻ
O ltirarding 	
ʻ ko tarolmay	ʻ  bosh  [U. Azim. Saylanma. 50-b]
Misralar da   ham   harakat   tarzi   shakllari   ucholmasdan,   berolmaysiz ,
bosolmadi,   ko tarolmay  	
ʻ bo‘lishsiz   holatda   qo‘llanilgan.   Faqatgina   harakatni
bajarish   imkoniyatiga   va   qobiliyatiga   egalik   jihatidan   farqlanadi.   Aynan   mazkur
xususiyatlarni   bajara   olmaslik   jihatini   ifodalash   uchun   harakat   tarzi   shakllarini
bo‘lishsiz shaklda qo‘llaydi. Ya’ni, harakatni bajaruvchisining kuchli istak-xohishi,
orzu-armonlari, ichki iztiroblari mavjud bo‘lsa-da, imkonsizlik holati tasvirlanadi. 
Baxtiqaro Medeya, kechir!
Boshqa safar yig laydurman senga qo shilib,  	
ʻ ʻ
Ammo hozir men shunchalar baxtiyormanki,  
Agar senga quvonchimni  tushuntirolsam ,  
O layotgan ishq azasin bir dam unutib,  	
ʻ
Lablaringda xanda o ynab qolsa ajabmas (U. Azim. Saylanma. 71-b)	
ʻ
Havo quyuq edi. Kecha bejon, keng...      
Hech umid yo q edi oydin ro zimdan.   	
ʻ ʻ
Vaqtga (o n yil avval) 	
ʻ kelolmadim  teng,  
Vaqt uchdi ajratib meni o zimdan (U. Azim. Saylanma. 	
ʻ 89 -b) Asli kasbi bo lsa ham firoq ʻ
Chidolmadi  keksa kapitan,   
Xotinini to lqinday oppoq,   	
ʻ
Sochlariga ko mildi birdan	
ʻ  (U. Azim. Saylanma. 92-b)
Bu osmon – zil-zambil. Juda zil. Juda.  
O, yana bo yimga osilgan hayot.  	
ʻ
Yunus Misqol pari shirin uyquda,  
Tablaning eshigin  ocholmas  G irot	
ʻ  (U. Azim. Saylanma. 415-b)
Mazkur   misralarda   ham   harakat   tarzi   shakllari   kelolmadim,   chidolmadim,
ocholmas   bo‘lishsiz   holatda   qo‘llanilgan   bo‘lib,   harakatni   bajarish   imkoniyatiga
ega   emaslik   jihatdan   bir   xil   xususiyatga   ega.   Harakatni   bajaruvchisining   kuchli
istak-xohishi,   orzu-armonlari,   ichki   iztiroblari,   ayriliq,   firoq,   g‘azab,   nafrat,
quvonch kabi hissiyotlarini ifodalash uchun ham, shoir harakat tarzi shakllarining
ichki   rang-baranglikni   ifodalash   jihatlarini   inobatga   olib   ulardan   foydalanadi.
Tejamlilik   asosida   qo‘llanilishi   esa,   shaklan   sodda   va   ixchamlikni,   mazmunan
ohangdorlikni ta’minlaydi.
Bandalikda chohga tushsang,   
Chiqolmaysan,  Qorajon – 
Chunki sening peshonangda 
Boychiborday oting yo q,   	
ʻ
Bekligingda oq o tovni 	
ʻ
Tikolmassan , Qorajon –
Chunki sening taqdiringda
Barchinoyday xotin yo q.   	
ʻ
Lashkar tortib, yov ustiga 
Yurolmaysan,  Qorajon – 
Chunki senga qismat dushman –
Omad yo qdir, burding yo q.   	
ʻ ʻ
Boshingda toj – shohlik gashtin 
Surolmaysan , Qorajon –  Chunki sening madadkoring –
Qo ng irotday yurting yo qʻ ʻ ʻ   (U. Azim. Saylanma. 411-b).
Mazkur   she’rda   esa,   harakat   tarzi   shakllarining   4   o‘rinda   fonetik   tejamlilik
asosida   qo‘llanilishi   kuzatiladi.   Chiqolmaysan ,   t ikolmassan ,   y urolmaysan ,
surolmaysan   kabi   harakat   tarzi   shakllarida   eliziya   hodisasi   unli   bilan   tugovchi
yetakchi   fe’lning   unli   bilan   boshlanuvchi   ko‘makchi   fe’lga   birikishi   natijasida
ravishdosh yasovchi – a affiksining tushib qolish holatini ko‘rish mumkin. 
Shoir   Usmon   Azim   she’riyatida   tejamlilik   tamoyilining   fonetik   qisqaruv
hodisasi ham keng qo‘llanilgan. Fonetik qisqaruv ravishdosh shakli yasovachi -a / -
y   affikslari     bilan   yuzaga   chiqqanligini   kuzatamiz.   Shoirning   bunday   qo‘llashiga
sabab vazn o‘lchoviga qat’iy rioya qilgani, bo‘g‘inlar miqdorining teng bo‘lishini
ta’minlagan.   Shuningdek,   so‘zlarni   bunday   shaklda   qo‘llash   orqali   harakat   tarzi
shakllarining   semasiga   putur   yetkazmagan   holda   she’rdagi   ma’noni   yanada   aniq
ifodalashga  erisha  olgan. Ba’zi  she’rlarida esa, shoir  misraning ma’nosini  yanada
konkret   ifodalash,   ta’kidlash   hamda   ochib   berish   maqsadida   harakat   tarzi
shakllarini   inversiya   asosida   qo‘llaydi.   M azkur   she’rda   ham   inversiya   asosida
qo‘llanilib, kesim misra boshida qo‘llaniladi. 
Fe’lning   leksik   ma’nosi   ma’lum   leksik   –   semantik   tipning   vakili   bo‘lib,   u
o‘zida ma’lum ot kategoriyasi bilan birlashishga xoslangan kategorial belgini ham
aks   ettiradi.   Shu   bilan   birga   fe’llar   o‘z   ichida   ma’lum   ma’no   asosida   birlashgan
mazmuniy   maydonlarni   ham   hosil   qiladi.   Fe’l   gapning   ham   mazmuniy,   ham
grammatik markazini tashkil qiladi. Shuning uchun ham u faqat leksik, morfologik
jihatdangina emas, sintaktik nuqtai nazardan ham e’tibor markazida turadi 1
.
Harakat tarzi shakllari ayni shu jihati bilan poetik matnning ohangdorligini,
jozibadorligini,   harakat-holat   bajaruvchisining   belgi-xususiyatlarini,   turli   ma’no
nozikliklarini,   lirik   qahramon   his-tuyg‘ularini   o‘quvchi   qalbiga   yetib   borishiga
yordam beradi.  Shu bilan birgalikda shaklan sodda va ixchamlikni, mazmunan esa,
rang-baranglikni ta’minlaydi. 
1
 Нурмонов А. ва бошқалар.    Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. – Тошкент: Фан, 1992. – Б. 51. № Harakat tarzi shakli Ravishdosh shakli
va ko‘makchi fe’l Tejamlilik  holatida
qo‘llanilishi
1 . qol a  olsaydim -a + ol qololsaydim
2. qayta olamizmi -a + ol qaytolamizmi
3. topa olmas -a + ol topolmas
4. ucha olmasdan -a + ol ucholmasdan
5. ber a  olmaysiz -a + ol berolmaysiz
6. ol a  olmay -a + ol ololmay
7. tushuntira olsam -a + ol tushuntirolsam
8. ko tarʻ a  olmay -a + ol ko tarolmay	ʻ
9. kel a  olmadim -a + ol kelolmadim
10. c hid ay  olmadi -a + ol chidolmadi
11. och a  olmas -a + ol ocholmas
12. chiq a  olmaysan -a + ol chiqolmaysan
13. tik a  olmassan -a + ol tikolmassan
14. y ur a  olmaysan -a + ol yurolmaysan
15. sur a  olmaysan -a + ol s urolmaysan
16. bo l	
ʻ a  olmadi -a + ol bo lolmadi	ʻ
Yuqorida   tahlil   qilib   o‘tganimizdek,   saylanmada   harakat   tarzi   shakllarining
tejamlilik holatida qo‘llanilishi ja’mi 16 tani tashkil qiladi. 15 tasida ol ko‘makchi
fe’lining  yetakchi  fe’lga   ravishdosh  yasovchi  -a  bilan,  faqatgina  1  tasida  -y  bilan
tejamlilik asosida   birikishi  kuzatiladi.  Ol  ko‘makchi  fe’li  misollarning barchasida
kelsa-da,   xususiy grammatik ma’nolari o‘z umumiy grammatik ma’nolariga yetib
borishi   uchun   darajalangan   oraliq   grammatik   ma’nolar   bosqichini   bosib   o‘tishi
jihatdan farq qiladi. Quyidagi jadvalda harakat tarzi shakllarining ayni shu jihatini
ko‘rsatib o‘tamiz:   Tarz – qobiliyat – qodirlik  ketma-ketligidan jismoniy va aqliy
faoliyat – aqliy qobiliyat tarzida davom ettiriladi. Aynan   mazkur   jadval   asosida   har   bir   harakat   tarzi   shaklini   kontekst   bilan
bog‘liq holatda xususiy grammatik ma’nolarini aniqlashga harakat qildik. Ma’lum
nutqiy   jarayonda   yetakchi   fe’l   leksema,   ravishdosh   shakli   va   sintaktik   omillar
ta’sirida   o‘ziga   xoslik   kasb   etib,   turlicha   rang-barang   ma’nolarni   ifodalab   keladi.
Har   bir   harakat   tarzi   shaklining   yuqorida   ta’kidlaganlar   ta’sirida   turlicha   ma’no
ifodalashini keying jadvalda ko‘rsatib berishga harakat qilamiz.
№ Harakat tarzi shakli harakatni bajarish
imkoniyatiga egalik
(ega emaslik) harakatni bajarish
qobiliyatiga egalik
(ega emaslik)
1 . qol a  olsaydim qololsaydim
2. qayta olamizmi qaytolamizmi
3. topa olmas topolmas
4. ucha olmasdan ucholmasdan
5. ber a  olmaysiz berolmaysiz
6. ol a  olmay ololmay
7. tushuntira olsam tushuntirolsam
8. ko tarʻ a  olmay ko tarolmay	ʻ
9. kel a  olmadim kelolmadim
10. c hid ay  olmadi chidolmadi
11. och a  olmas ocholmas
12. chiq a  olmaysan chiqolmaysan
13. tik a  olmassan tikolmassan
14. y ur a  olmaysan yurolmaysan
15. sur a  olmaysan s urolmaysan
16. bo l	
ʻ a  olmadi bo lolmadi	ʻ	
jismoniy va 
aqliy faoliyat	
harakatni bajarish 
imkoniyatiga egalik	
-a/y+ol	
aqliy faoliyat	
harakatni bajarish 
qobiliyatiga egalik	
-a/y+bil     Jadvaldan   ko‘rinadiki,   ol   ko‘makchi   fe’lining   konteks   bilan   bog‘liq
holatdagi xususiy grammatik ma’nosi obyektning harakatni bajarish imkoniyati va
qobiliyati  jihatdan   11/   5. Xususiy   garmmatik  ma’nosiga  ko‘ra harakatni   bajarish
imkoniyati kengroq ekan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, shoir Usmon Azim she’riyatida uchraydigan
harakat   tarzi   shakllaridagi   fone t ik   tejamlilik   hodisasi   alohida   ahamiyatga   ega.
Tildagi   mazkur   hodisalardan   shoirlar   she’riy   matnda   ma’lum   o‘rinlarda   vazndagi
o‘lchovlilik   hamda   nutqiy   ixchamlikka,   ma’no   tomondan   esa   aniqlikka   erishish
maqsadida foydalangan. 
    Umumiy xulosalar
Harakat   tarzi   shakllarining   she’riy   matnlarda   qo‘llanilish   xususiyatlarini
o‘rganish yuzasidan olib borilgan kuzatishlar bizni quyidagi xulosalarga olib keldi.
Harakat   tarzi   shakllari   matnni   hosil   qiluvchi   asosiy   komponentlardan   biri   bo‘lib,
matn hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi va ma’noni kuchaytirish, to‘ldirish uchun
xizmat   qiladi.   Asosan,   barcha   harakat   tarzi   shakllari   birikishiga   ko‘ra   quyidagi
guruhlarga ajraladi: 
a) -a/y   va -(i)b ravishdoshi  bilan birikib, alohida-alohida ma’no ifodalovchi
harakat tarzi shakllari;
b)   -a/y     va   - (i)b   ravishdoshi   bilan   birikib,   bir   xil   ma’no   ifodalovchi   harakat
tarzi shakllari;
v) faqat -a/y  ravishdoshi bilan  yasaluvchi  harakat tarzi shakllari;
g) faqat - (i)b  ravishdoshi bilan yasaluvchi  harakat tarzi shakllari  aniqlandi.
O‘zbek tilidagi ja’mi 16 ta ko‘makchi fe’l: qo‘y, tush, chiq, yot, yur, o‘tir, kel,
yubor, tashla, bo‘l, yot, o‘l, bit, o‘t, boq, qara kabilar faqat ravishdosh yasovchi –
(i)b qo‘shimchasi  bilan  biriksa,  -a, -y bilan 3 tasi:  boshla,  yoz, bil  kabilar  birikib
keladi. Qolgan 8 ta ko‘makchi fe’l: ol, ber, qol, bor, ko‘r tur, ket va sol kabilar esa,
ravishdosh   yasovchi   har   ikkala   qo‘shimcha   bilan   birikib   kelishini   kuzatdik.
Harakat   tarzi   shakli   atamasini   qo‘llanishiga   kelsak,   ko‘makchi   fe’llar   matn
tarkibida   yetakchi   fe’ldan   anglashilgan   ish   harakatning   tarzini   ifodalaganligi   bois
ham   harakat   tarzi   atamasini   qo‘llash   mumkin   bo‘ladi.   Harakat   tarzi   shakli   faqat
ko‘makchi   fe’ldangina   iborat   emas,   balki   ravishdosh   shakli   +ko‘makchi   fe’l
ko‘rinishidagi murakkab qurilmaga ega bo‘lib, sintaktik-analitik shakl hisoblanadi.
Ba’zan   esa   ko‘makchi   fe’llarni   mustaqil   fe’ldan   farqlash   qiyin   bo‘lishi   mumkin.
Bunday holatda ko‘pincha matn tarkibida aniq bo‘ladi. Ba’zan esa, matn tarkibida
yetakchi   fe’l   juft   va   takroriy   holatda,   shunigdek   uyushiq   holatda   ham   kelishi
mumkin.   Bunday   holatda   yetakchi   fe’l   asosan,   matn   tarkibida   bir   xil   so‘roqqa
javob   bo‘ladi,   bir   xil   vazifani   bajaradi   va   asosiy   matn   hosil   qiluvchi   komponent
bo‘lib   keladi.   Ya’ni,   ba’zan   uyushiq   holatda   kelib,   ma’noni   kuchaytirish   uchun xizmat   qilib   keladi.   Matn   tarkibida   barcha   ko‘makchi   fe’llar   turli   xil   leksik-
semantik ma’nolarni ifodalab keladi. 
Harakat   tarzi   shakllari   bo‘yicha   bir   qator   tilshunoslar   tomonidan   jumladan,
A.G‘ulomov,   A.Hojiyev,   U.Tursunov,   R.Sayfullayeva,   M.Qurbonova,
B.Mengliyev,   B.Bahriddinova,   O.Shukurov,   D.Yuldasheva   singari   olimlarning
harakat   tarzi   shakllarining   paradigmasi,   ularning   leksik-semantik   xususiyatlariga,
matn   strukturasi   tarkib   topishida   va   kommunikativ   mazmunning   hosil   qilinishida
harakat   tarzi   shakllarining   o‘rniga   doir   yaratilgan   bir   qancha   darsliklar,
monografiyalar,   nomzodlik   ishlari   himoya   qilingan   bo‘lib,   ana   shu   to‘plangan
tajribalar   asosida   harakat   tarzi   shakllarining   nazmiy   va   nasriy   matn     strukturasi
tarkib topishida va kommunikativ mazmunning hosil qilinishidagi o‘rnini aniqlash
bo‘yicha kuzatishlar olib borildi. 
Nazmiy va nasriy matn tarkibida qo‘llaniluvchi harakat tarzi shakllarining har
biri o‘zining xususiy va umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra turli xil rang barang
qo‘shimcha ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Matn tarkibida harakat tarzi
shakllarining   har   biri   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bo‘lishi   bilan   birga   ma’no   va
vazifalariga   ko‘ra   ma’lum   guruhlarga   bo‘linadi.   Semantik   xususiyatiga   ko‘ra
harakat tarzi  shakllari uch guruhga ya’ni, harakat tarzining belgisini ko‘rsatuvchi,
modal   ma’nolarni   ifodalovchi   va   yo‘nalish   ma’nosini   ifodalovchi   kabi.   Harakat
tarzining   belgisini   ifodalovchi   ko‘makchi   fe’llar   matn   tarkibida   ma’no   va
vazifasiga   ko‘ra   o‘zaro   yana   guruhlarga   bo‘linadi.   Mazkur   ko‘makchilar
harakatning   qay   tarzda   bajarilish   nuqtasiga   ko‘ra,   harakatning   bir   martaligini
ifodalashiga ko‘ra, harakatning bir lahzada bajarilishiga ko‘ra va boshqa bir qator
ma’nolarni ifodalashiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi aniqlandi. 
  Usmon Azimning dramatik asarlaridan biri “Bir qadam yo‘l” tanlab olingan.
Mazkur dramatik asarda yozuvchi turli xil personajlar nutqida ularning o‘ziga xos
xarakterini,   yashash   tarzini,   turli   xil   ma’no   nozikliklarini   ifodalash   uchun
qo‘llangan.     Asarda   jarayonning   ma’lum   muddatdan   beri   takror   va   muntazam
davom   etayotganligi,   to‘liq   tugallanganligi   mazmuni   anglashilgan.   Dramadagi harakat   tarzi   shakllari   qahramonlarning   bajargan   biror   harakatiga   qo‘shimcha
ma’no yuklashga xizmat qilgan.
                    Usmon   Azimning   “Bir   qadam   yo‘l”   dramatik   asari   va   “Saylanma”si
tarkibida   qo‘llanilgan   harakat   tarzi   fe’llari   taqqoslab   ko‘rilganda,   she’riy   matn
tarkibida   harakat   tarzi   fe’llari(   yetakchi   fe’l+   ko’makchi   fe’l)   ning   inversiya
holatini   uchratishimiz   mumkin.   Bu   holat   esa,   narsiy   matnlarda   qo‘llanilmagan.
She’riy   matn   tarkibida   esa,   qofiya   va   ritm   talabidan   kelib   chiqib,   inversiyadan
unumli  foydalanilgan. Qofiya va ritm talabiga to‘la erishish uchun adib ko‘makchi
fe’lga yuklamaning ayrim turlarini ham biriktirib qo‘llagan.
                  Har   ikkala  asarni   tahlil   qilish   mobaynida   tarz  fe’llari   faqatgina   harakatga
emas, balki holatga nisbatan ham qo‘llanilganligini ko‘rishimiz mumkin.Masalan,
matnlarda   qaltiray   boshladi ,   tushkunlikka   tushib   qoldi   kabi   bir   qancha     holat
fe’llarini   ko‘rishimiz   mumkin.Yuqoridagi   fikrlarga   tayanadigan   bo‘lsak,   tarz
fe’llarini “harakat tarzi shakllari”, deb atash u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, nazarimda.
Chunki, ko‘pgina o‘rinlarda holat fe’llarining ham tarzini ham ifodalab keladi.
                      Usmon Azim she’riyatida uchraydigan harakat tarzi shakllaridagi fonetik
tejamlilik   hodisasi   alohida   ahamiyatga   ega.   Tildagi   mazkur   hodisalardan   shoir
she’riy   matnda   ma’lum   o‘rinlarda   vazndagi   o‘lchovlilik   hamda   nutqiy
ixchamlikka,   ma’no   tomondan   esa   aniqlikka   erishish   maqsadida   foydalangan.
Fe’lning harakat  tarzi shakllari  sintaktik vazifasiga  ko‘ra kesim  vazifasida keladi.
Shoir   “S aylanma ”si da   harakat   tarzi   shakllarining   tejamlilik   holatida   qo‘llanilishi
ja’mi   16   tani   tashkil   qiladi.   15   tasida   ol   ko‘makchi   fe’lining   yetakchi   fe’lga
ravishdosh yasovchi  -a  bilan, faqatgina 1 tasida  -y  bilan tejamlilik asosida birikishi
kuzatiladi.   Ol   ko‘makchi   fe’li   misollarning   barchasida   kelsa-da,     xususiy
grammatik   ma’nolari   o‘z   umumiy   grammatik   ma’nolariga   yetib   borishi   uchun
darajalangan   oraliq   grammatik   ma’nolar   bosqichini   bosib   o‘tishi   jihatdan   farq
qiladi.   Quyidagi   jadvalda   harakat   tarzi   shakllarining   ayni   shu   jihatini   ko‘rsatib
o‘tamiz:  Tarz – qobiliyat – qodirlik  ketma-ketligidan jismoniy va aqliy faoliyat –
aqliy qobiliyat tarzidagi xususiy grammatik ma’nolari aniqlandi. Umuman olganda, barcha harakat tarzi shakllari matn strukturasi tarkibida va
kommunikativ mazmunning hosil qilinishida o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida
o‘rin egallaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
I. Ijtimoiy siyosiy adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш. Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз
йиллигига   бағишланган   тантанали   маросимдаги   нутқи   //   “Халқ   сўзи”,   2019
йил, 22 октябрь.
2.   Мирзиёев   Ш.   Ўзбек   тилининг   давлат   тили   сифатидаги   нуфузи   ва
мавқеини   тубдан   ошириш   чора-тадбирлари   тўғрисидаги   2019   йил   21
октябр даги  ПФ-5850-сон  Фармони.
II. Илмий – назарий адбиётлар:
3.   Абдураҳмонов   Ғ.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,
1996. – 246 б.
4.   Аъламова   М.   Ўзбек   тилидаги   феъларда   нисбат   категорияси.   –
Тошкент: Фан, 1992. – 144   б.
5.   Баҳриддинова   Б.   Феъл   луғавий   шакллари   тизими:   Феълнинг   тур
катигорияси. Филол. фан. номз. дис. – Самарқанд, 2002.  – 135 б.
6. Баҳриддинова Б. Ҳаракат тарзи луғавий шакллари хусусида // Тил ва
адабиёт таълими. 2002. – № 1. – Б. 51-54.
7.   Ваққосова   Д.,   Дўстматова   Ғ.   Тур   феълининг   нутқий   хусусиятлари
ҳақида. // Ўзбек тили ва адабиёти. 2001. – № 3. – Б. 70-72 б.
8.   Жўраев   Б.   Ҳозирги   замон   ўзбек   тилида   кўмакчи   феълларнинг
қўлланиши   ва   маъноси   //   Ўзбек   тили   грамматикаси   ва   пунктуацияси
масалалари. – Тошкент, 1953. – Б. 255-266. 
9.   Йўлдошев   Б.   Матнни   ўрганишнинг   лингвостатистик   методлари.   –
Самарқанд, 2008. – 90 б.
10. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари.
– Тошкент: Фан, 2007. – 123 б. 11.   Искандарова   Ш.   Тил   системасига   майдон   асосида   ёндашув.   –
Тошкент: Фан, 2007.  – 121 б.
12.   Йўлдошев   М.   Бадиий   матн   ва   унинг   лингвопоэтик   асослари.   –
Тошкент: Фан, 2007. – 123 б.
13.   Каримова   Г.   Айрим   феълларнинг   кўмакчилашуви   ҳақида.   //   Тил   ва
адабиёт таълими. 2002. – № 2. – Б. 27-29.
14. Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилло сандиғи. – Тошкент: Ғафур Ғулом
номидаги нашриёт-матбаа уйи, 2012. – 152 б. 
15. Махмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 228 б.
16.   Менглиев   Б.Р.   Морфологик   воситаларнинг   маъновий   хусусиятлари
ва синтактик имкониятлари. Фил. фан. номз. дис. – Бухоро, 1995. – 144 б.
17.   Муҳаммедова   С.   Ўзбек   тилида   йўналма   ҳаракат   феълларининг
предикативлиги  ва   валентлиги.  Фил.  фан.  номз.  дис.  ...  автореф.   –  Тошкент,
1999. – 22 б.
18.   Муҳамедова   С.   Ўзбек   тилидаги   вертикал   ҳаракат   феълларининг
хусусиятлари. // Тил ва адабиёт таълими. 2003. – № 3. – Б. 47-51.
19.   Муҳамедова   С.   Ўзбек   тилидаги   ҳаракат   феълларининг   семантик
таснифи // Ўзбек тили ва адабиёти. 2004. – № 4. – Б. 54-59.
20. Неъматов Ҳ. Феъл, унинг форма ва категориятлари // Ўзбек тили ва
адабиёти. 1972. – № 1. – Б. 39-47.
21.   Нурмонов   А.   Нутқий   фаолият   ва   сўзловчи   шахс   //   Раҳматулла
Қўнғуровнинг   илмий   мероси   ва   ўзбек   тилшунослиги   масалалари.   –
Самарқанд, 2008. – Б. 154-156.
22.   Нурмонов   А.,   Махмудов   Н.,   Аҳмедов   А.,   Солихўжаева   С.     Ўзбек
тилининг мазмуний синтаксиси. – Тошкент: Фан, 1992. – 292 б.
23.   Нурмонов   А.,   Шаҳобиддинова   Ш.,   Искандарова   Ш.,   Набиева   Д.
Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2001. –
164 б. 24.   Расулов   Р.   Ўзбек   тили   феълларининг   маъно   тузилиши.   –   Тошкент:
Фан, 2005. – 143 б.
25.   Расулов   Р.,   Муҳамедова   С.   Муайян   ҳаракат   феълларининг   маъно
тузилиши // Ўзбек тили ва адабиёти. 2003. – № 3. – Б. 26-29.
26.   Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилида   феъл   фраземаларнинг   боғлашуви.   –
Тошкент: Университет нашриёти,  1992. – 128 б.
27.   Раҳматуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   Дарслик .   –   Тошкент:
Университет  нашриёти ,  2006. – 464 б.
28. Сайфуллаева Р., Менглиев Б,, Боқиева Г., Қурбонова М., Юсупова З.,
Абузалова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент, 2009. – 288 б.
29.   Султонсаидова   С.   Феъл   лексемаларда     ўтимли-ўтимсизлик   ва
бошқарув. – Тошкент: Фан, 1992. – 97 б.
30. Содиқов Б.  Бўл кўмакчи феълининг макон келишикларидаги сўзлар
билан қўлланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. 1983. – № 1. – Б. 61-64.
31. Содиқова М. Феъл стилистикаси. – Тошкент: Фан, 1975. – 107 б. 
32. Турсунов У., Мухторов Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Морфология.
–Тошкент: Фан, 1992.
33.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   1-том.   Морфология.   –   Тошкент:   Фан,
1975. – 610 б.
34. Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Улуғ Турсун ва Самарқанд тилшунослик
мактаби. – Самарқанд, 2004. – 79 б.
35.  Шукуров   О.  Ҳаракат   тарзи  шакллари  парадигмаси.   Филол.  фанлари
номзоди. дисс. ... автореф. – Самарқанд, 2005. – 24 б.
36.   Шарипов   Ф.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилида   ҳаракат   тарзини
ифодаловчи феъл шакллари. // Тил ва адабиёт таълими. 2005. – № 5. – Б. 34-
37.
37. Шоабдурахмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров
Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – 447 б.
38. Шукуров Ш. Феъл тарихидан. –Тошкент: Фан, 1970. – 107 б. 39.  Шукуров   Ш.   Ўзбек   тилида   феъл   замонлари   тараққиёти.   –   Тошкент:
Фан, 1976. – 158 б.
40.   Шукуров   Ш.   Ўзбек   тилида   феъл   майллари   тараққиёти.   –   Тошкент:
Фан, 1980. – 141 б.
41. Ғуломов А. Феъл. – Тошкент: Фан, 1954. – 88 б.
42. Ҳожиев А. Ўзбек тили аналитик феълларининг моҳияти // Ўзбек тили
ва адабиёти , 2012. № 5. –Б. 18-19.
43. Ҳожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. – Тошкент: Фан, 1966. –
222 б. 
44. Ҳожиев А. Феъл. – Тошкент: Фан, 1973. – 192 б.
45.  Ҳожиев А. Тўлиқсиз феъл. – Тошкент: Фан, 1970. – 263 б. 
46.   Ҳожиев   А.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғатида   феълларнинг
берилиши // Ўзбек тили ва адабиёти. 1962. – № 5. – Б.27-31.
47.   Ҳожиев   А.   Ўзбек   тилшунослигнинг   долзарб   муаммолари   //   Ўзбек
тили ва адабиёти. 2009. – № 2. – Б. 25-35.
48.  Ҳожиев А. Тўлиқсиз феъл. –Тошкент: Фан, 1970. – 261 б.
49. Ҳожиев  А. Ўзбек   тилшунослигининг  долзарб   муаммолари  (олтинчи
мақола) // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2007. № 3. – Б. 3-13.
III Lug‘atlar:
50. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.  Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002. – 168 б. 
51.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   А.   Мадвалиев   таҳрири
остида.   4-жилд.   –   Тошкент:   “Ўзбекистон   миллий   энсиклопедияси”   Давлат
илмий нашриёти, 2006.  1 -том .  –  680  б.
52.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   А.   Мадвалиев   таҳрири
остида.   2-жилд.   –   Тошкент:   “Ўзбекистон   миллий   энсиклопедияси”   Давлат
илмий нашриёти, 2006.  2 -том –  671  б. 53.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   А.   Мадвалиев   таҳрири
остида.   3-жилд.   –   Тошкент:   “Ўзбекистон   миллий   энсиклопедияси”   Давлат
илмий нашриёти, 2006.  3 -том –  687  б.
54.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   А.   Мадвалиев   таҳрири
остида.   4-жилд.   –   Тошкент:   “Ўзбекистон   миллий   энсиклопедияси”   Давлат
илмий нашриёти, 2006. 4-том –  606  б.
55.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   А.   Мадвалиев   таҳрири
остида.   5-жилд.   –   Тошкент:   “Ўзбекистон   миллий   энсиклопедияси”   Давлат
илмий нашриёти, 2006. 5-том – 597 б.
IV Badiiy adabiyotlar:
56. Усмон Азим. Сайланма. Шеърлар. – Тошкент: Шарқ, 1995. – 432 б.
57. Usmon Azim. Adibning umri. – Toshkent, 2005. – 433 b.

SHE’RIY MATNLARDA HARAKAT TARZI SHAKLLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………. I BOB. FE’LNING HARAKAT TARZI KATEGORIYASI VA UNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI……………………………… I.1. Fe’lning harakat tarzi kategoriyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari…………. I.2. Harakat tarzi shakllarining o‘rganilish tarixi…………………………………… II BOB. HARAKAT TARZI SHAKLLARINING BADIIY-USLUBIY VAZIFALARI…………………………………………………………………….. II.1. Harakat tarzi shakllarining she’riy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlari………. II.2. Harakat tarzi shakllarining nasriy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlari……….. II.3. Harakat tarzi shakllari va tildagi tejamlilik tamoyili…………………………… XULOSA…………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………..

ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi . So‘nggi yillarda jamiyatimizda bo‘layotgan tub o‘zgarishlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topmoqda. Ilm-fan va texnikaning jadallik bilan taraqqiy etishi yangidan-yangi kashfiyotlarni yuzaga keltirmoqda. “ Т urkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dard-u armonlari zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ajdodlarimiz, ota- bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar ” 1 . Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligi bugungi kunda til va uning birliklarini an’anaviy hamda sistem-struktur jihatdan batafsil tadqiq etish bilan bir qatorda, kommunikatsiya, ya’ni muloqot faoliyati bilan bog‘liq hodisalar tahliliga ham jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ma’lumki, nutqiy muloqot muhitida tilning yaratuvchanlik, ijodkorlik imkoniyati to‘la namoyon bo‘ladi. Bu imkoniyat nutqiy muloqot faoliyatining mahsuli bo‘lgan matnda o‘z aksini to‘la topadi. Bugungi o‘zbek zamonaviy tilshunosligi til hodisalarini inson omili nuqtai nazaridan tahlil etish tamoyilini tanladi 2 . Ma’lumki, uzoq davrlargacha tilshunoslar so‘zlovchining «mahsuloti» bo‘lgan jumlani o‘rganishga asosiy e’tibor berdilar. Bu jumlani yaratgan shaxs (subyekt) esa nazardan chetda qoldi. Vaholanki, har bir aniq jumlada so‘zlovchining ruhiyati, madaniyati, dunyoqarashi va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Shu tufayli ham so‘zlovchining gapiga qarab, uning kimligi haqida hukm chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa til birligi bo‘lgan gapning qoliplari aniq sharoitda jumlalar orqali yuzaga chiqib, naqadar rang-barang qo‘shimcha axborot 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // “Халқ сўзи”, 2019 йил, 22 октябрь. 2 Нурмонов А. Нутқий фаолият ва сўзловчи шахс //Раҳматулла Қўнғуровнинг илмий мероси ва ўзбек тилшунослиги масалалари. –Самарқанд, 2008. -Б. 154-156.

bildirishidan dalolat beradi 1 . M atnning hosil qilinishida aksariyat lisoniy birliklar unga «qurilish materiali» sifatida ishtirok etadi. Harakat tarzi shakllari ham bundan mustasno emas, ammo ularning lisoniy va nutqiy imkoniyatlari yetarli darajada tadqiq etilmagan. Ayniqsa, ularning matn shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish, she’riy hamda nazmiy matnda qo‘llanilish jihatlarini tadqiq qilish, shuningdek, tildagi tejamlilik tamoyili bilan bog‘liqligini tahlil qilish endilikda amalga oshirilish lozim bo‘lgan muhim ishlardandir va xuddi shu jihat tadqiqotimizning ilmiy yangiligini belgilaydi. Demak, fe’l so‘z turkumi va uning asosiy grammatik kategoriyalaridan bo‘lgan harakat tarzi shakllarinini o‘rganish va uning matn mazmunning yaxlitligini ta’minlashda tutgan o‘rnini aniqlash, shoir va yozuvchilarning o‘ziga xos individual uslubini ochib berishda harakat tarzi shakllarining tutgan o‘rninini izchil tahlil etish o‘zbek tilshunosligi uchun nihoyatda muhim. O‘zbek tilshunosligida harakat tarzi shakllari ma’lum darajada O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, professor, A.Hojiyev o‘zining «O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar» nomli monografiyasida grammatik nuqtayi nazardan o‘rgangan. Ko‘makchi fe’llarning ma’noviy ottenkalari, subyektiv munosabat ifodalash imkoniyatlarini batafsil yoritib bergan. Hozirgi kunda tilshunoslikning alohida sohasi sifatida shakllangan matn tilshunosligi doirasida ko‘makchi fe’llarning ma’lum bir qismi bo‘lgan harakat tarzi shakllari va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari, poetik va nasriy matnning strukturaviy va mazmuniy yaxlitligining ta’minlanishida ularning o‘ziga xos o‘rnini aniqlash va tahlil etish soha tilshunosligining rivojlanishi uchun g‘oyat muhim sanaladi. Shuningdek, harakat tarzi shakllarining zamon, mayl, modallik, ba’zan jins kategoriyasiga munosabati masalasini, ularning badiiy-uslubiy vazifalarini, tejamlilik hodisasini yuzaga keltirishdagi o‘rnini belgilash hamda nomlanishidagi sinonimlik masalasiga munosabat bildirish ham juda muhim ishlardan hisoblanadi. Bu esa tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. 1 Нурмонов А., Ҳакимов М. Лингвистик прагматиканинг назарий шаклланиши. «Ўзбек тили ва адабиёти», 2001, №4. – Б.56

Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Harakat tarzi shakllarining badiiy-uslubiy vazifalarini aniqlash, Usmon Azim she’riyatida hamda nasriy matnlarda qo‘llanilish imkoniyatlarini ochib berish, tejamlilik hodisasini yuzaga keltirishdagi o‘rnini tahlil qilishdan iborat. Mazkur malakaviy bitiruv ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutganmiz: - harakat tarzi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish; - o‘zbek tilshunosligida harakat tarzi shakllarining tadqiq etilishi bilan bog‘liq tadqiqotlarni o‘rganish, ularga munosabat bildirish, mavzuning o‘rganilganlik darajasidan kelib chiqib, aniq tadqiqot yo‘nalishini belgilab olish; - harakat tarzi shakllarining leksik jihatdan o‘ziga xosligini aniqlash; - harakat tarzi shakllarining Usmon Azim she’riyatida qo‘llanilish darajasini aniqlash; - harakat tarzi shakllarining nasriy matnlarda qo‘llanilish imkoniyatlarini tahlil qilish; - Usmon Azim she’riyatida qo‘llanilgan harakat tarzi shakllarining badiiy- uslubiy vazifalarini ochib berish; - badiiy matnda harakat tarzi shakllaridan foydalanish dagi o‘ziga xosliklar va ularning stilistik hamda funksional-semantik xususiyatlariga doir muayyan ilmiy- nazariy xulosalar chiqarish ; - harakat tarzi shakllarining nasriy va she’riy matnlarda qo‘llanish imkoniyatlarini tadqiq qilish, tejamlilik hodisasini yuzaga keltirishdagi o‘rni va rolini belgilash; Bitiruv ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi: Harakat tarzi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga e’tibor qaratildi; o‘zbek tilshunosligida harakat tarzi shakllarining tadqiq etilishi bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘rganildi, munosabat bildirildi, mavzuning o‘rganilganlik darajasidan kelib chiqib, aniq tadqiqot yo‘nalishi belgilab olindi; Usmon Azim she’riyatida qo‘llanilgan harakat tarzi shakllarining badiiy- uslubiy vazifalari ochib berildi;

Nasriy matnlarda qo‘llanilgan harakat tarzi shakllarining badiiy-uslubiy vazifalari ochib berildi; Tildagi tejamlilik hodisasining harakat tarzi shakllarining ifodalanishi Usmon Azim she’riyati misolida maxsus tahlil etildi. Malakaviy bitiruv ishining metodologik asoslari va tadqiq usullari . Mavzuni yoritishda hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan, bayon qilingan nazariy fikrlardan, semantik-uslubiy, tavsifiy hamda statistik metodlardan foydalanildi. Shuningdek, A.G‘ulomov, A.Hojiyev, U.Tursunov, R.Sayfullayeva, M.Qurbonova, B.Mengliyev, B.Bahriddinova, O.Shukurov, D.Yuldashevalar va boshqalarning shu yo‘lda olib borgan kuzatishlaridagi nazariy qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi. Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati . Malakaviy bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Tadqiqotda erishilgan natijalardan oliy o‘quv yurtlarining Filologiya fakultetlarida harakat tarzi shakllarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda, maxsus kurs va seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin. Tadqiqotda to‘plangan materiallardan “Hozirgi o‘zbek tili” fanining morfologiya bo‘limi bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlashda, magistrlik dissertatsiyalari va bakalavrlar uchun malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish mumkin. Ishda to‘plangan misollar “Hozirgi o‘zbek tili” fani bo‘yicha amaliy dars mashg‘ulotlarini o‘tishda va mustaqil ta’limni bajarishda material vazifasini o‘taydi. Malakaviy bitiruv ishining tuzulishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Malakaviy bitiruv ishining umumiy hajmi 61 sahifani tashkil etadi.