logo

chori avaz sheriyatining lisoniy xususiyatlari

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

105.15234375 KB
MUNDARIJA:
KIRISH                                                                                                                      4
I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SHE’RIY MATNLAR TILI VA 
UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1. O‘zbek tilshunosligida she’riy matnlar tilining o‘rganilish masalalari              8
1.2. She’riy matnlar tilining o‘ziga xos xususiyatlari                                              14
1.3. Chori Avaz she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari                                          21
II BOB. CHORI AVAZ SHE’RIYATIDA BADIIY TASVIR 
VOSITALARINING QO‘LLANILISHI
2.1.  Chori Avaz she’riyatida o‘xshatish va metaforalarning funksional-semantik 
xususiyatlari                                                                                                             33
2.2. Chori Avaz she’riyatida takrorlarning qo‘llanilishi                                          41
XULOSA                                                                                                                  51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI                                           54
ISHNING UMUMIY TAVSIFI 
1 Mavzuning   dolzarbligi.   Jahon   tilshunosligida   XX   asrning   ikkinchi
yarmidan boshlab badiiy asar   tili va u bilan bog‘liq til sathi biorliklarining poetic
vazifalarini   tavsiflash   ustuvor   bo‘lmoqda.   Har   bir   sath   birligining   muayyan   adib
ijodidagi   poetik   xususiyatlarini   aniqlash,   lisoniy   hodisalarning   nutqity   voqelanish
shakllarini   asoslash   muhim   masalalardan   hisoblanadi.   Mustaqillik   yillarida
ma’naviy   qadriyatlarimizni   ulug‘lash   milliy   tilimizga   davlat   tili   maqomi   berilishi
tilimizning   voqelanish   xususiyatlarini   qo‘llanish   doirasini   har   tomonlama   tadqiq
etishni   taqozo   etmoqda.   Xususan,   “…   madaniyat   va   san’at   arboblari   hamisha
jamiyatning  eng   oldingi   saflarida   bo‘lishi,   o‘z  asarlari,   faol   grajdanlik   pozitsiyasi
bilan   odamlarni   ezgu   maqsad   va   marralar   sari   boshlashi,   ilhomlantirishi   kerak
emasmi?   Mamlakatimizda   olib   borilayotgan   bugungi   keng   ko‘lamli   islohotlar,
yangilanish   va   o‘zgarishlar   jarayonida   ijodkor   ziyolilarimizning   o‘rni   va   hissasi”
muhim   ekanligi   alohida   takidlanmoqda. 1
  Shunga   ko‘ra,   til   sathlari   birliklarining
poetik funksiyalarini aniqlash, lingvopoetikaning nazariy masalalarini tadqiq etish,
lingvistik   birliklarining   lingvopoetik   tavsifi   va   tasnifini   berish,   lingvopoetikaning
yangi   fanlar   tizimidagi   o‘rnini   belgilash   bugungi   o‘zbek   tilshunosligining   muhim
masalalaridan biridir.
XX   asr   jahon   ilm   fanida   konkret   badiiy   obrazning   lingvistik   talqin   bilan
munosabatiga   oid   materiallarga   asoslangan   tadqiqotlar   ko‘lami   kengaydi.
Tilshunoslik   va   adabiyotshunoslikning   turli   aspektlari   negizida   amalga   oshirilgan
izlanishlar   sirasida   lingvistik   tahlilga   nisbatdan   turli   yondashuvlar   kuzatildi   va
shunga mos tarzdagi xulosalar olindi.
O‘zbek   tilshunosligida   adib   va   uning   asarlari   tilida   yetakchi   unsur   bo‘lib
yuzaga   chiquvchi   tasviriy   vositalarining   insoniy   xususiyatlarini   ochib   beruvchi
qator   ilmiy   izlanishlar   amalga   oshirildi.   Mustaqillik   yillarida   adabiyot   va
madaniyat   mushtarakligi   masalasining   dolzarblashuvi   mutolaa   madaniyatini
yuksaltirishga,   o‘zbek   xalqining   milliy   o‘zligini   anglashiga,   tafakkurini
yangilashga   bo‘lgan   ehtiyoji   natijasidir.   Binobarin,   “Ona   tilimiz   va   milliy
1
  Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam 
poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan
uchrashuvdagi ma’ruzasi.  xz.uz/index.php/homepage/rasmiy/item/10794 
2 adabiyotimizni   ulug‘lash,   uning   boy   xazinasi,   tarovati   va   nafosatini   yosh
avlodimizga   yetkazish   maqsadida   yurtimizda   atoqli   shoir   va   adiblarimiz
nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. …Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov,
Halima   Xudoyberdiyeva,   Muhammad   Yusuf   nomidagi   ijod   maktablarida   eng
avvalo   o‘zbek   tili   va   adabiyotini,   badiiy   ijod   sirlarini   chuqur   o‘rganish   uchun
barcha sharoit yaratilmoqda” 2
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda jamiyatning ilg‘or taraqqiy etishi, avvalo,
ilm-fanning   oldiga   mazmunan   va   mohiyatan   yetuk   tadqiqotlar   yaratish   talabini
qo‘ymoqda.   Bu   ilm-fanning   barcha   sohalarida,   jumladan,   tilshunoslik   sohasida
ham   yangicha   yondashish   va   zamon   talabiga   javob   beradigan   yetuk   tadqiqotlarni
yaratish lozimligini ko‘rsatadi. Shu sababdan o‘zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida
o‘rganish,   uning   nutqiy   madaniyatini   zamon   talablari   darajasiga   ko‘tarish
faoliyatimizning tarkibiy qismiga aylandi. Til birliklarining semantik sutrukturasini
tekshirish   va   konnotativ   pragmatik   ma’nolarini   chegaralash,   bu   ma’nolarning
nutqda   reallashuvida   til   vositalarining   o‘rnini   belgilash   kabi   qator   muammolar
yuzasidan   qimmatli   nazariy   qarashlar   maydonga   keldi.   Tilshunosligimiz   qo‘lga
kiritayotgan bu kabi yutuqlar nafaqat fan, balki milliy qadriyatlarimiz rivojiga ham
munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Zero, keyingi davrlarda o‘zbek tilining qo‘llanish
doirasi  amalda  nihoyatda  kengaygani,  uni  ilmiy asosda  rivojlantirishga  qaratilgan
tadqiqotlar,   tilimizning   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   bag‘ishlangan   ilmiy   va
ommabop   kitoblar,   o‘quv   qo‘llanmalar,   yangi-yangi   lug‘atlar   ko‘plab   chop
etilayotganligi jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
                    Darhaqiqat,   istiqlol   necha   asrlar   davomida   yaratilgan   boy   ma’naviy
meroslarimizni   nafaqat   o‘rganish,   balki   uni   davr   talablari   asosida   qaytadan   idrok
etish   va   milliy   manfaatimizga   xizmat   qildirish   vazifasini   oldimizga   qo‘ydi.
Shuningdek, mustaqillik sharofati bilan badiiy adabiyotga ham, uni tahlil qilish va
o‘rganishga ham talablar  butunlay o‘zgardi. Chunki  bugungi kunda o‘zbek milliy
g‘ururi, Vatanga muhabbat tuyg‘usi, mustaqillik mafkurasi bilan yo‘g‘rilgan dunyo
2
  O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy  o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz 
timsoli” mavzusida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yillligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqi //Xalq so‘zi, 2019 yil 22 oktabr,  №218(7448)
3 qarashi,   adabiy   tili   va   adabiyoti,   ma’naviyati   va   madaniyatining   shakllanishi   va
rivojlanishida   zamonamizning   eng   dolzarb   masalalarini   ifodalab   beruvchi   badiiy
adabiyotning ahamiyati juda kattadir. Har qanday xalqning milliyligini, ruhiyatini,
tarixini, yashash tarzini, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari
urf-odatlarini o‘zida mujassamlashtira oladigan badiiy adabiyotdir. Shuning uchun
ham   shoir   va   yozuvchilar   asarlari   tili   va   uslubi   ularning   badiiy   til   vositalaridan
foydalanish   mahoratini   o‘rganish,   asarlarning   badiiy   estetik   zavq   berish
imkoniyatlarini   talqin   etish   tilshunoslik   ilmi   uchun   doimo   dolzarb   masalalardan
biri   hisoblanadi.   Ana   shu   nuqtai   nazardan   Chori   Avaz   she’riyatida   leksik
vositalarning   funksional   xususiyatlarini   o‘rganish,   bir   ijodkor   misolida   badiiy
matnlar   tilining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   yanada   chuqur   o‘rganishda   muhim
ahamiyatga   ega   ekanligi   bilan   xarakterlanadi.   Garchi   badiiy   asar   tili   bo‘yicha
ko‘plab   ishlar   yaratilgan,   alohida   muayyan   shoir,   yozuvchi   misolida
monografiyalar,  dissertatsiyalar  yaratilgan bo‘lsa-da,  Chori  Avaz  ijodining lisoniy
jihatlari atroflicha o‘rganilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining o‘rganilganlik darajasi.  Shoir Chori Avaz
she’riyatini   o‘rganish   o‘z   zamondoshlari   davridan   boshlangan.   Chori   А v а zning
r а fiq а si   Zebo   Omonov а   t а sh а bbusi   bil а n   shoirning   she rlʼ а ri   turli   till а rg а   t а rjim а
qiling а n.   Xusus а n,   2022-yil   ingliz   tilig а   t а rjim а   qiling а n   а s а rl а ri   n а moyishi
Misrda   bo lib   o tg	
ʻ ʻ а n.   2023-yil   Anqaraning   Yildirim   Boyazid   univarsiteti   bil а n
h а mkorlikd а   shoirning   turk   tilig а   t а rjim а   qiling а n   „ А ydınlık   h а y а ller“   kitobi
n а shrd а n   chiqq а n   v а   n а moyish   etilg а n.   Chori   Avazning   vafotidan   so‘ng
O zbekiston Qahramoni, O zbekiston xalq  shoiri Abdulla Oripov “Beg ubor eding	
ʻ ʻ ʻ
bir   bolamdek”   deb   nomlangan   maqolasida   “Chorijon   Marsiyasi”   deb   nomli   bir
marsiya   yozadi.   Iste’dodli   shoir   va   miharrir   A’zam   O‘ktam   Chori   Avazning
zamondosh do‘sti bo‘lib, o‘zining “Do‘st haqida so‘z” deb nomlangan maqolasida
do‘stining   shaxsiyati   haqida   bir   qancha   fikrlarini   aytib   o‘tadi   va   “Sharq   yulduzi”
jurnalining   1993-yil   e’lon   qilinadigan   3-4-sonlariga   Chori   Avazning   she’rlarini
nashrga beradi. Shoirning qizi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, muxbir
Guli   Nigor   Avazova   ham   otasining   ijod   na’munalarini   o‘rganib,   nashrdan
4 chiqishiga   o‘zining   xissasini   qo‘shib   kelmoqda.   Bundan   tashqari,   adabiyotshunos
olim, filologiya fanlari doktori professor Nurboy Jabborov, Ozarbayjonlik shoir va
yozuvchi   Kənan   Haci   “Xoşbəxtlik   bu   deyilmi?!.   -   Özbək   şairi   Çari   Əvəz   üçün
xatirə   notları”   nomli   maqolasida   ham   Chori  Avaz   ijodi   haqida   atroflicha   fikrlar
bildirib o‘tgan. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari . Chori Avaz she’riyatida
leksik   vositalarning   funksional-semantik   xususiyatlarini   aniqlash,   shoirning   til
birliklaridan   foydalanish   mahoratini   ochib   berish   ishning   bosh   maqsadi
hisoblanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish
ko‘zda tutilgan:
          - she’riy matnlar tilini tahlil etish;
                    -  she’riy  matn  tilining  o‘zbek   tilshunosligida  o‘rganilishi  bo‘yicha  tavsif
berish;
                    -   she’riy   matnlar   tiliga   oid   tadqiqotlarining   o‘zbek   tilshunosligida
o‘rganilishi;
          - she’riy matnlar tilining leksik jihatdan o‘ziga xosligini aniqlash;
                    -   leksik   birliklarning   Chori   Avaz   she’riyatida   qo‘llanilish   darajasini
o‘rganish;
                    -   Chori  Avaz   she’riyatida   qo‘llanilgan   leksik   birliklarning   funksional-
semantik xususiyatlarini ochib berish;
          - Chori Avaz she’riyatida qo‘llanilgan sinonim, omonim, antonim so‘zlar va
ularning shoir she’riyati badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini belgilash;
                    -   Chori   Avaz   she’riyatida   ifoda   tasvir   vositalarining   qo‘llanish
xususiyatlarini ochib berish;
                      -   leksik   birliklar   va   ifoda   tasvir   vositalarining   she’riyatda   uchraydigan
poetik,   badiiy-uslubiy,   obrazli-ifodaviy,   ramziy-okkazional   vazifalarini   o‘rganish
orqali ularning badiiy obrazli tilni yaratishdagi o‘rni va rolini belgilash;
          - kuzatish natijalarini umumlashtirish.
          Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
5                     -   Chori  Avaz   she’riyatida   til   birliklarining   lingvopoetik   xususiyatlari
muayyan matnlar asosida yoritildi;
                    -   Chori   Avaz   she’riyatida   qo‘llanilgan   ifoda   tasvir   vositalarining
xususiyatlari va poetik imkoniyatlari olingan misollar yordamida ochib berildi;
-     Chori  Avaz   she’riyatida   qo‘llanilgan   takrorning   o‘ziga   xosligi   va   uning
ko‘rinishlari tahlil qilindi;
-   Chori Avaz she’riyati badiiyligini ta’minlovchi lisoniy birliklarning ifoda
imkoniyatlari misollar asosida dalillandi.
                    Bitiruv   malakaviy   ishining   metodologik   asoslari   va   tadqiq   usullari.
Mavzuni yoritishda hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan,
bayon   qilingan   nazariy   fikrlardan,   semantik-uslubiy,   tavsifiy   metoddan
foydalanildi.   Shuningdek,   R.Qo‘ng‘urov,   E.Qilichev,   N.Mahmudov,   I.Mirzayev,
S.Karimov   va   boshqa   soha   mutaxassislarining   shu   yo‘lda   olib   borgan
kuzatishlaridagi nazariy qarashlar va tadqiq metodlariga tayanildi.
                    Bitiruv   malakaviy   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Bitiruv
malakaviy ishining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
           Tadqiqotda erishilgan natijalardan oliy o‘quv yurtlarida Chori Avaz asarlari
tilini   o‘rganish   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borishda   foydalanish   mumkin.
Tadqiqotda   to‘plangan   materiallardan   badiiy   asar   tili   bo‘yicha,   leksikologiya,
semasiologiya,   stilistika,   pragmatika   bo‘yicha   bitiruv   malakaviy   ishlari   va
magistrlik   dissertatsiyalarini   tayyorlashda   foydalanish   mumkin.   Ishda   to‘plangan
misollar   o‘zbek   tili   uslubshunosligi   va   nutq   madaniyati,   badiiy   asar   tili,
lingvopoetika   bo‘yicha   amaliy   dars   soatlarini   o‘tishda   material   vazifasini   o‘tashi
mumkin.
                   Chori Avaz ijodi, uning asarlarining lisoniy xususiyatlari bo‘yicha turli xil
davra suhbatlari, ilmiy anjumanlar o‘tkazishda foydalanish mumkin.
           Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.  Bitiruv malakaviy ishi ikki
asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
6 I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SHE’RIY MATNLAR TILI VA
UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1 O‘zbek tilshunosligida she’riy matnlar tilining o‘rganilish
masalalari
                    O zbek   tilshunosligida  keyingi  yillarda  badiiy  adabiyot  tili   muammolari,ʻ
muayyan bir ijodkorning so‘zdan foydalanish mahorati, yozuvchining u yoki bu til
sathlari   birliklarini   qo‘llashdagi   o‘ziga   xosliklarni   aniq   va  batafsil   ochib   berishga
mo‘ljallangan   juda   ko‘plab   tadqiqotlar   yaratilmoqda.   Bunday   tadqiqotlarning
dastlabki   namunasi   sifatida   bir   qator   ishlar   mavjud.   Til   birliklari   tadqiqiga
bag‘ishlangan tadqiqotlarning boshlanishiga Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy
asarlari   tilini   badiiy   mahorat   jihatidan   o‘rganishga   bag‘ishlangan,   ulug‘
mutafakkirning   badiiy   uslubga   xos   lisoniy   vositalar   mohiyatini   ochib   berishga
harakat qilingan ishlarni misol qilib keltirish mumkin.
                   Bugungi kunga kelib badiiy asar tili muammolari bilan shug‘ullanishning
jiddiy tus olganligi til birliklarining asarda namoyon bo‘lish xususiyatlarini tobora
oydin   tasavvur   qilishga,   ularning   ma’no   rang-barangliklari   badiiy   adabiyotda
shakllanishi va badiiy estetik ta’sirini kengroq doirada tushunishga yordam beradi.
Tildagi   barcha   birliklar   badiiy   adabiyotda   badiiy   tasvir   vositasi   vazifasini   bajarsa
ham,   ularning   ekspressiv   jihatdan   ma’no   anglatishi,   asardagi   lisoniy   va   badiiy-
estetik   vazifasini   batafsil   tahlil   qilish   uchun   juda   ko‘plab   tadqiqotlar   yaratilishi
lozim.
                   Tilshunoslikning   lingvopoetikaga   oid   bugungi   taraqqiyotida   badiiy   tilni
o‘rganishda ko‘proq leksik birliklar lingvopoetikasiga oid ishlar ko‘zga tashlanadi.
Adiblar   badiiy   asarlarining   tilini   chuqur   tahlil   etish,   leksik-semantik,   grammatik
birliklarning   asardagi   badiiy-estetik   qimmatini   ochib   berish   va   ayni   lingvopoetik
maqsadlar   bilan   yoritish   borasida   X.Doniyorov,   S.Mirzayev,   X.Samadov,
I.Qo‘chqortoyev,   M.Mirtojiyev,   N.Mahmudov   hamda   Sh.Shoabdurahmonovlar
alohida   diqqatga   sazovor   bir   qancha   ishlarni   amalga   oshirgan   Ammo   bu
yo‘nalishdagi   tadqiqotlar   doirasi   qanchalik   katta   bo‘lishiga   qaramasdan,   ular
badiiy
7 adabiyotimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan jiddiy asarlarning barchasini qamrab
olgan deb bo‘lmaydi.
                    Inson   faoliyatining   mohiyatini   turli   nuqtai   nazardan   tadqiq   etuvchi   soha
sifatida   til   nafaqat   muloqot   vositasi,   balki   inson   qalbining   eng   nafis   tuyg‘ularini
ifodalash,   o‘zligini   namoyon   qilish,   millatning   madaniy   va   ilmiy   boyliklarini
ifodalash kabi vazifalarni bajaradi. Til jamiyat hayotining barcha sohalariga xizmat
qilar   ekan,   bu   jarayonda   uning   o‘ziga   xos   tabiati,   til   birliklarining   xususiyatlari,
o‘zgacha tasvir vositalari bevosita nutqda, badiiy asar va matnlarda aks etadi.
                  Shu   kabi   go‘zal   nutqning   betakror   shakllari,   namunalari   sifatida   yuzaga
kelgan   so‘z   durdonalari   –   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari,   she’rlar,   dostonlar,
hikoyalar,   qissalar   va   romanlar   insoniyat   badiiy   mahoratining   beqiyos   mahsullari
sifatida   tilning   bor   go‘zalligini   namoyon   qilib   kelmoqda.   Bu   xususiyatni   ilm-
fanning bir  qator tarmoqlari  o‘rganadi. Jumladan, tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
estetika, psixologiya, tarix kabilar.
                   Garchi o‘zbek filologiyasi ilmida lingvopoetika atamasi XX asrning oxirgi
choragida qo‘llanila boshlagan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi  tadqiqotlar tarixi uzoq
o‘tmishga   borib   taqaladi.   Bu   tadqiqotlarning   ko‘pchiligi   mumtoz   adabiyotimiz
poetikasini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   kuzatishlar   doirasida   amalga   oshirib
kelingan   bo‘lsa,   o‘zbek   tilshunosligining   keyingi   davrlarida   badiiy   asar   tilini
o‘rganishga   bag‘ishlangan   ishlarda,   asosan,   ikkita   yo‘nalish   yetakchilik
qilganligini   kuzatish   mumkin.   X.Doniyorov   va   S.Mirzayevlar   tildagi   o‘sish-
o‘zgarishlar,   adabiy   til   va   umumxalq   tili   munosabatlari   kabi   masalalarni
o‘rganishni   o‘z   oldiga   vazifa   qilib   qo‘yadigan   yo‘nalishni   lingvistik   aspekt,
yozuvchining   umumxalq   tiliga   bo‘lgan   munosabati,   til   birliklaridan   foydalanishi,
yozuvchi  mahorati, stili  haqida xulosa  chiqaruvchi  yo‘nalishni  esa stilistik aspekt
tarzida talqin qilganlar. 3
                   She’riy matn tili murakkab va o‘ziga xos hodisa bo‘lgan badiiy tilning bir
ko‘rinishi bo‘lib, uni o‘rganishga oid dastlabki nazariy qarashlar Aristotelning
3
 Дониёров Х., Мирзаев С. Сўз санъати. – Тошкент: Ўзадабийнашр, 1962. – Б.173-174.
8 “Poetika”,   Alisher   Navoiyning   “Muhokamat   ul-lug atayn”   va   boshqa   ko‘plabʻ
asarlarida,  Abdurauf   Fitratning   “Adabiyot   qoidalari”   asarida   badiiy   tilning   o‘ziga
xosliklari,   uslub   bilan   bog liq   muammolar,   badiiy   san’atlar,   ularning   yuzaga	
ʻ
kelishida til vositalarining o‘rni kabi masalalar tahlil etilgan.
                    O‘zbek   tilshunosligida   she’riy   matnlar   tilini   ilmiy   asosda   o‘rganish   XX
asrning   1-yarmidan   boshlangan   bo‘lib,   adabiyotshunos   olim   va   adib   Izzat   Sulton
va tilshunos olim  A.G‘ulomov nomlari bilan bog’lanadi. Shundan so‘ng bir qator
olimlar:   N.   Shukurov,   N.Mahmudov,   S.Karimov,   I.Mirzayev,   D.Shodiyeva,
G.Muhammadjonova, T.Qurbonov, T.Butunboyeva kabi olimlarning tadqiqotlarida
muayyan   tarixiy   davrdagi   holati,   ayni   holatga   xos   bo‘lgan   xususiyatlar,   leksik,
fonetik va grammatik o‘zgachaliklar, tilning hozirgi holati bilan umumiy va farqli
jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida o‘sha davrga oid adabiy-badiiy asarlarning
tili o‘rganilgan.
          Chunki, har qanday badiiy asar tili, xoh nasriy, xoh she’riy matn tili bo‘lsin,
muayyan   umumxalq   tilini   o‘zida   aks   ettiradi.   Tildagi   o‘zgarishlar,   evrilishlar,
rivojlanishlar shu tarzda badiiy adabiyotga kirib boradi.
                    Hozirgi   o‘zbek   tili   bilan   bog‘liq   tadqiqotlarning   aksariyatida   tahlilga
tortilgan   materiallarning   manbasi   ham,   o‘zbek   yozuvchi   va   shoirlarining   ijod
mahsullari hisoblanadi. Tilning holati, undagi xilma-xil hodisalar, qonun-qoidalarni
tavsiflovchi   darslik   va   boshqa   o‘quv   qo‘llanmalarida   ham   asosiy   faktik   material
badiiy asarlardan olinadi.
                    Ma’lumki,   bunday   yo‘nalishlardagi   tadqiqotlarda   asosiy   maqsad   davr
tilining o‘ziga xosliklarini belgilash, umumxalq tilidagi u yoki bu hodisaning ayni
davrda,   xususan,   muayyan   asar   tilida   namoyon   bo‘lishini   kuzatish   va   shu   asosda
tildagi   o‘zgarishlar   bilan   bog‘liq   qonuniyatlarni   belgilashdan   iborat   bo‘ladi.   Bu
ijodkorning badiiy til mahoratini o‘rganish, ya’ni adabiy-badiiy asarni yaxlit san’at
asari,   estetik   butunlik   sifatida   tadqiq   etish   bo‘lmaydi.  Ammo   ta’kidlash   lozimki,
bunday   yo‘nalish   ham   benihoya   zaruriy   bo‘lib,   umumxalq   tilining   rivojlanishi,
adabiy   tilning   shakllanishi,   til   hodisasi   mohiyati   va   taraqqiyotining   qonuniyatlari
bilan   bog‘liq   ilmiy-nazariy   va   ilmiy-amaliy   xulosalarni   chiqarishning   asosiy
9 yo‘llaridan   biridir.   Shuning   uchun   ham   barcha   xalqlar   tilshunosligida,   xususan,
o‘zbek   tilshunosligida   ham   bunday   yo‘nalishlardagi   tadqiqotlar   juda   katta
miqdorni tashkil etadi. Shuni ham unutmaslik lozimki, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy
tadqiqotlar,   ulardagi   ilmiy   nazariy   umumlashmalarsiz,   xulosalarsiz   boshqa
yo‘nalishlardagi izlanishlarni tasavvur etish qiyin. 4
                   Tilshunoslik   ilmida   lingvopoetika   atamasi   XX   asrning   oxirgi   choragida
qo‘llanila   boshlagan   bo‘lib,   bu   yo‘nalishdagi   tadqiqotlar   tarixi   uzoq   o‘tmishga
borib   taqaladi.   Bu   tadqiqotlarning   ko‘pchiligi   mumtoz   adabiyotimiz   poetikasini
o‘rganishga bag‘ishlangan kuzatishlar doirasida amalga oshirib kelingan.
           XX asrning 70-80-yillaridan boshlab badiiy asar tilini lingvopoetik nuqtayi
nazardan   tadqiq   etishga   bag‘ishlangan   ishlar   maydonga   kela   boshladi.   Jumladan,
N.Mahmudovning   “Oybek   she’riyatidagi   o‘xshatishlarning   lingvopoetikasi”
maqolasida   Oybek   lirikasiga   xos   individual   o‘xshatishlar   misollar   asosida   tahlil
qilingan. Bundan tashqari, o‘tgan asrning oxiri va asrimiz boshlarida lingvopoetika
muammolari   tadqiqiga   bag‘ishlangan   qator   dissertatsiyalar   yoqlandi,
monografiyalar   e’lon   qilindi.   S.Karimovning   “O‘zbek   tilining   badiiy   uslubi”,
I.Mirzayevning   “She’riy   matnni   lingvopoetik   talqin   qilish   muammolari”,
M.Yoqubbekovaning   “O‘zbek   xalq   qo‘shiqlarining   lingvopoetik   xususiyatlari”,
M.Yo‘ldoshevning   “Badiiy   matnning   lingvopoetik   tadqiqi”   nomli   doktorlik
dissertatsiyalari,   M.Yo‘ldoshevning   “Cho‘lponning   badiiy   til   mahorati”,
G.Muhammadjonovaning   “80-yillar   oxiri   90-yillar   boshlari   o‘zbek   she’riyatining
lingvopoetik   tadqiqi”,   D.Shodiyevaning   “Muhammad   Yusuf   she’riyati
lingvopoetikasi”   nomli   nomzodlik   dissertatsiyalari,   B.Yo‘ldoshev,
Z.Shodiyevlarning   “Ufq”   trilogiyasining   lingvopoetik   tadqiqi   masalalari”
monografiyalari   shular   jumlasidandir.   O‘zbek   tilining   badiiy   uslubi   monografik
tarzda o‘rganilgan S.Karimovning “O‘zbek tilining badiiy uslubi” mavzusidagi
doktorlik   dissertatsiyasi   nafaqat   stilistik   yo‘nalishdagi,   balki   lingvopoetik
masalalarni   ham   o‘z   ichiga   olgan   tadqiqotdir.   Shuningdek,   I.Mirzayevning
“She’riy   matnni   lingvopoetik   talqin   qilish   muammolari”   nomli   doktorlik
4
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – Б.10.
10 dissertatsiyasi   o‘zbek   tilshunosligida   mazkur   yo‘nalishdagi   dastlabki   yirik
ishlardan biridir. Dissertatsiyadagi lingvopoetik kuzatishlarning markaziga she’riy
nutq   olinib,   bu   namunalar   tilning   barcha   sathlari   misolida   lingvopoetik   nuqtayi
nazardan   tadqiq   etilgan.   I.Mirzayevning   ushbu   dissertatsiyasida   qofiya,   uning
leksik   tuzilishi   semantik   tarkiblanishi   bilan   qiyosan   o‘rganilgan.   Qofiyada
so‘zlararo semantik munosabatlar, turli so‘z guruhlarining qofiya tarkibidagi o‘rni,
qofiyaning   morfologik   tuzilishi,   so‘z   turkumlariga   munosabati,   sintaktik   jihatlari
kabi   masalalar   lingvopoetik   aspektda   yoritilgan.   Ishda   she’riy   nutqning   sintaktik
tuzilishi   unsurlari:   misra   ko‘chishi,   so‘z   birikmasi   yoki   gapning   keyingi   misraga
ko‘chgan   holatlarda   misra   ko‘chishining   o‘ziga   xos   ko‘rinishlari   tahlil   qilingan.
She’riy   nutqda   kiritmalarning   qo‘llanilish   xususiyatlari   uch   aspektda   –   tarkibiy-
sintaktik,   mazmuniy-uslubiy,   ritm-qofiya   yasash   aspektida   o‘rganilgan.   Bundan
tashqari ishda she’riyatda so‘z tartibi, uning ikki asosiy turi (to‘g‘ri va teskari turi)
tahlil   qilinib,   har   ikkalasi   usluban   betaraf   va   funksional   nuqtayi-nazardan   teng
qimmatlidir, degan xulosalar bayon qilingan. 5
  G.Muhammadjonovaning «80-yillar
oxiri   90-yillar   boshlari   o‘zbek   she’riyatining   lingvopoetik   o‘ziga   xosligi   tadqiqi»
nomli   nomzodlik   dissertatsiyasida   tadqiqotning   maqsadi   qilib   qamrab   olingan
davrdagi   o‘zbek   badiiy   nutqining   kumulyativ,   ekspressiv   xususiyatlari   ochib
berilgan.   D.Shodiyevaning   “Muhammad   Yusuf   she’riyati   lingvopoetikasi”
mavzusidagi   nomzodlik   dissertatsiyasida   esa   shoir   she’rlarining   leksik-semantik
xususiyatlari   lingvopoetika   bilan   aloqadorlikda   tahlil   etilgan.   S.Umirovaning
tadqiqot   ishida   takror   va   uning   turlari,   parallelizm,   oksyumoron,   epitet   kabi
lingvistik   vositalarning   aktuallashuvi   orqali   poetik   individuallik   hosil   qilinishi
Usmon   Azim   she’riyati   misolida   o‘rganilgan.   Shakl   va   mazmun   dialektikasida
mazmunning   birlamchiligi   tamoyili   Usmon   Azim   she’riyatida   ham   yetakchilik
qilishi,   takror   turlari   va   parallelizm   matn   mazmunini   butunlay   o‘zgartirib   yubora
olmasligi   konstruktiv   vazifasi   nuqtayi   nazaridan   yordamchi   prinsip   sifatida
maydonga   chiqishi   va   ular   muhim   bir   poetik   vazifaga   –   ekspressivlikka   xizmat
qilishi   bir   qancha   misollar   orqali   izohlangan.   Lisoniy   vositalarning   poetik
5
  Yusupova   O.   Bekmuradova   I.   O‘zbek   tilshunosligida   badiiy   matn   lingvopoetikasini   o‘rganish   masalalari.   //
SamDU ilmiy axborotnomasi. 2021-yil, 6-son. – B.4-8.
11 individuallikni   ta’minlashdagi   o‘rni   tadqiq   etilgan   ishlardan   yana   biri
T.Butunboyevaning   tadqiqot   ishi   bo‘lib,   unda   A’zam   O‘ktam   va   Minhojiddin
Mirzo   she’riyati   asosida   nazmiy   diskurs   individualligini   ta’minlovchi   fonetik,
leksik   birliklar,   badiiy   tasvir   vositalarining   stilistik   imkoniyatlari   o‘rganilgan.
A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo ijodiga xos lingvopoetik va lingvopragmatik
xususiyatlar   aniqlangan(3).   Lingvopoetika   sohasida   yaratilgan   dastlabki   tadqiqot
ishlarida   asosiy   e’tibor   leksik   birliklarning   funksional-stilistik   xususiyatlariga
qaratilgan   bo‘lsa,   keyinchalik   grammatik   birliklarning   lingvopoetik   xususiyatlari
ham   yoritila   boshlandi   va   har   bir   lisoniy   birlikning   badiiy   matnda   qo‘llanilish
xususiyatlari  alohida  tadqiqot  obyekti  bo‘la boshladi.  A.Sobirovning “She’riyatda
so‘z tartibi” nomli dissertatsiyasida esa o‘zbek tilida so‘z tartibining turlari, ifoda
imkoniyatlari,   yondosh   hodisalarga   munosabati   o‘rganilgan.   She’riyatda   so‘z
tartibining   to‘g‘ri,   o‘zgargan,   kontakt,   distant   va   aralash   turlarining   birlamchi   va
ikkilamchi   vazifalari   aniqlangan.   Inversiyaning   asosiy   vazifalari   hozirgi   o‘zbek
she’riyati misolida tadqiq etilgan.
                    Mazkur   tadqiqotlarda   shoir,   yozuvchilarimizning   individual   uslubini,   til
mahoratini   chuqurroq   o‘rganish   natijasida   qimmatli   fikrlar   bayon   etilgan.
Yozuvchilarning   alohida   asarlari   tili   va   uslubi,   badiiy   adabiyot   tilidagi
frazeologizmlar,   til   tasviriy   vositalari,   emotsional-ekspressiv   leksika,   badiiy
adabiyot   tili   leksikasi,   yozuvchi   asarlari   tilining   leksik-semantik   tarkibi,   poetik
tilning stilistik ifoda sistemasi, an’ana va novatorlik poetik tilda leksik-grammatik
vositalarning   ishlatishdagi   mahorat,   individual   okkazionalizmlar   va   ularning
funksional-lingvistik va semantik xususiyatlari o‘rganilgan hisoblanadi.
           Badiiy asar nafaqat stilistik, lingvopoetik jihatdan o rganilgan, balki badiiyʻ
asardagi lingvistik birliklarning statistik tadqiqi amalga oshirilgan, chastotali, ters,
alfavitli lug atlar yaratilgan. Bu davrlarda yozuvchilar asarlari tilining lug‘	
ʻ atini
tuzishda tajribalar o‘tkazildi. Badiiy asar tili lingvostatistik aspektda ham kengroq
o‘rganila   boshlandi.   Yozuvchilar   asarlari   tilining   lug‘atlarini   yaratish   bo‘yicha
tavsiya   beradigan   ishlar   maydonga   keldi.   Lug‘atlar   chop   etildi.   Ilmiy,   amaliy
12 ahamiyati beqiyos bu lug‘atlardan izohli lug‘atlarni yaratishda, yozuvchilar asarlari
tili va uslubini o‘rganishda foydalanish mumkin.
          Xullas, she’riy asar tili va uslubini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda bayon
etilgan ilmiy mushohadalar va xulosalar milliy adabiyotimizdagi rang-barangligini
konkret yozuvchilar ijodi tahlili misolida o‘rganish va umumlashtirishning nazariy
va   amaliy   ahamiyati   g‘oyat   kattaligini,   o‘zbek   adabiyotining   asosiy   tamoyillarini
keng ko‘lamda namoyish qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi.
          S.Karimovning “Badiiy matnning uslubiy alomatlari” qo‘llanmasida o‘zbek
tili   tarixida   badiiy   uslubning   shakllanishi   va   taraqqiyoti   haqida   fikr   yuritilib,
o‘zbek   klassik   adabiyoti   asosan   poetik   asarlar   tarzida   shakllanganligi,   yuzaga
kelgan   janrlar   taraqqiyoti   ham   poeziya   rivoji   bilan   bog‘liqligi,   badiiy   uslubning
shakllanishida she’riy san’at va janrlarning xizmati alohida bo‘lgani ta’kidlangan.
Asarda o‘zbek adabiy tili va uning badiiy uslubining shakllanishida ma’lum o‘rin
egallagan   ijodkorlar   ijodi   haqida   bahs   yuritilgan.   Shu   bilan   birga   o zbekʻ
adabiyotining  rivojida  boshqa   omillarning  ta’siri  haqida  ham   so z  yuritgan  va   bir	
ʻ
qator dalilli fikrlarni ilgari surgan. 6
1.2. She’riy matnlar tilining o‘ziga xos xususiyatlari
                    She’riy  asar   tili   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega  bo‘lgan   ifodaning   alohida
turidir. She’rlardagi badiiy ifoda muhim xususiyatlarining vujudga kelishi so‘z va
uning   ma’no   noziklari   bilan   bog‘liqdir,   shunki   she’rdagi   har   bir   so‘z   o‘quvchiga
estetik zavq beradi.  Har bir ijodkor o‘z navbatida so‘z yaratuvchi ham hisoblanadi.
Garchi   u   umumxalq   tili   boyliklaridan   foydalansa-da,   o‘rni   bilan   yangi   so‘zlar
topadi, mavjud so‘zlarga libos kiygizadi, butun jilosini ko‘rsatadi, inson tabiati va
ongiga ma’naviy ozuqa beruvchi, yangi ma’no kasb etuvchi so‘zlarni ishlatadi. Shu
sababdan har bir so‘zning o‘nlab sinonimlari bor. Tilni bilish faqat qaysi so‘zning
necha   xil   ma’nosi   borligini   bilish   bilangina   o lchanmaydi.   Shu   so‘zlardan   lirik	
ʻ
kechinma   aksini   she’rga   singdirish   so‘zlarni   o‘zaro   hamohang   qilish,   lirik
6
  Yusupova   O .   Bekmuradova   I .   O ‘ zbek   tilshunosligida   badiiy   matn   lingvopoetikasini   o ‘ rganish   masalalari .   //
SamDU   ilmiy   axborotnomasi . 2021-yil, 6-son. – B.4-8.
13 qahramon   portretini   o‘quvchi   ko‘z   oldiga   keltira   olish   va   boshqa   juda   ko‘p
shartlarni   bajarishi   kerak.   E’tiborlisi   she’rlarda   misralar   soni   cheklangani   uchun,
shoirlar zimmasiga bu xususiyatlarning hammasini sanoqli so zlarda gavdalantirishʻ
vazifasi   ham   yuklanadi.   Buning   uchun   muallif   chinakam   so‘z   zargari   bo‘lishi
kerak.   Shundagina   she’riy   asar   tili   alohida   lisoniy   alomatlarga   ega   bo‘ladi,
funksional   uslublarga   doir   matnlar   orasida   barcha   lingvistik   va   ekstralingvistik
belgilari   bilan   yaqqol   ajralib   turadi.   Kuzatishlarimiz   shuni   ko rsatadiki,   she’riy	
ʻ
matnlar   tili   jamiyat   hayotini   aks   ettirishda   asriy   tajribalarga   ega   bo‘lgan   badiiy
adabiyot   bilan   uzviy   bog‘liq.   Shu   sababdan,   she’riy   matnlar   tilini   o‘rganish   va
tahlil qilish she’rning butun ichki va tashqi bog‘lanishi, ijodkorning dunyoqarashi,
unda adabiy  va  noadabiy  vositalarning qo‘llanishi   jihatdan  to‘la-to‘kis  his  etishni
talab   qiladi.   She’rning   ichki   va   tashqi   bog‘lanishini,   matn   ma’nosini   his   etish
she’riy   matn   tilining   muhim   xususiyatlarini   ochishga   yordam   beradi.   She’rlar
matnida   qo‘llangan   har   bir   so‘z   umumxalq   tilida   mavjud   bo‘lgan   lug‘aviy
vositalarning   ifodavorlik   ko lamini   ko‘rsatuvchi,   uni   rivojlantirish   yo‘llarini	
ʻ
belgilovchi   muhim   manbadir.   Shu   sababdan,   she’riy   matnlar   tili   tilning   boshqa
shakllaridan alohida farqlanadi.
                   She’riy matnlar tili badiiy obrazli, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv tildir.
Bunda   badiiy   obrazlilik,   ifoda   vositalariga   boylik,   so‘zlardagi   emotsional
bo‘yoqdorlik darajasining kuchliligi badiiy nutqning asosiy vazifasi bo‘lgan estetik
ta’sirchanlikni   kuchaytiruvchi   vositalardan   hisoblanadi.   Badiiy   nutqqa   xos
metafora,   metonimiya,   sinekdoxa,   o‘xshatish,   sifatlash,   jonlantirish,   xilma-xil
takrorlarning   mavjudligi,   she’riy   matnlarda   ham   bu   kabi   vositalarning   badiiy
ifodaning boshqa nutq turlariga nisbatan  kuchliligi, bu vositalardan bir  qismining
ijodkorning individual uslubiga xos trop va figuralarni hosil qilishda ishtirok etishi
she’riy matn tilining muhim xususiyatlaridan biri sifatida ajratishni taqozo etadi.
                    She rning   hamisha   muayyan   ichki   tartib   asosiga   qurilishi,   oddiy	
ʼ
so zlashuvga   o xshamasligi,   hamma   fikr   va   tuyg ularni   bu   shaklda   ifodalab	
ʻ ʻ ʻ
bo‘lmasligi   unga   qandaydir   sirlilik,   mumtozlik   maqomini   beradi.   She’riy   matnlar
tili axborot berish vositasigina bo lgan so zlashuvdan yoki fikrni tushuntirish yo li	
ʻ ʻ ʻ
14 bo lmish ilmiy bayondan o zining alohida qurilishi, nutqning odatdagi  talablarigaʻ ʻ
bo ysunmasligi, kishida hissiyot uyg otadigan ohangga egaligi bilan ajralib turadi.
ʻ ʻ
Bu o‘ziga xosliklarni quyidagicha izohlash mumkin:
          - She’riy matnlarda hissiyot va kechinma ifodalari ustuvor bo‘ladi. Bunda
          so zning sehrli jozibasi, odam ruhiyatiga ta sir ko rsata oladigan darajadagi	
ʻ ʼ ʻ
          ko tarinkiligi to‘laqonli namoyon bo ladi:
ʻ ʻ
           Ma’sum kuz ming yoshli
          donishman sifat
          Ohista g‘udranar ko‘zlarin yumib.
          Har bir lahzasida
          go‘zal bir hikmat,
          Unga to‘ymayapman tinglab, tikilib.
          - She’rning hamisha qofiya, vazn talablariga amal qilishi o‘z-o‘zidan til
          birliklarining ham shu talablarga mos qo‘llanishini yuzaga chiqaradi. Bunda
          so‘zlar turli o‘zgarishlariga uchrashi, ba’zi so‘zlarning qisqa shakllaridan
          foydalanish, ayrim hollarda vazn talabi nuqtai nazaridan so‘zlarda turli
          fonetik o‘zgarishlar, bo‘g‘inlarning orttirilishi holatlari ham kuzatilishi
          mumkin:
           Sen borsan,
          Umrimning har dami bahor.
          Bahoriy sabolar tafti lutfingda.
          Sening huzuringga qaytgali takror
          Tezroq botishini so‘rayman kundan.
          - Estetik ta’sirchanlikni ta’minlash uchun arxaizm, istorizm, neologizm,
          okkazional so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar va shu kabilardan foydalaniladi:
Paxtazor yomg‘iru qordan ko‘pchigan,
Chaqirim uzoqda tuyular har joy.
Sen-chi, ketayapsan kuchsiz yelkangda
O‘n olti kiloyu etik dahsar loy.
          - She’riy matnlarda fonetik o‘zgarishlar bilan bir qatorda ohangdorlik,
15           fonetik o‘ziga xoslik uchun ko‘tarinki ifoda talab etiladi. Nozik ma’noli,
          balandparvoz so‘zlardan erkin foydalaniladi:
Bas, yetar!
Chekilgil, nozik iste’dod!
Ey, mayda istaklar, keting nariga.
Sakkizinchi osmon bo‘lib ko‘rinmang
Yigirmanchi asr shoirlariga!
          - She’riy matnlarda grammatik-morfologik shakllarning tarixiy shakllari ham
          erkin qo‘llanadi. Bunda tasvirga tarixiy tus berish shart bo‘lmasa ham,
          muallif vazn yoxud qofiya talablaridan kelib chiqib, so‘zlarning arxaik
          shakllaridan foydalanishi mumkin:
           Haqiqat menga termulgay
          Qilib ko‘zyosh tomonlardin,
          Tamom men so‘ng judo bo‘lgum
          Yurakdin, jon yoronlardin.
          - Yuqorida aytgan talablar sabab she’riy matnlarda gap bo‘laklarini
          tartibining o‘zgarishi, ya’ni inversiya hodisasi juda keng uchraydi:
           Ular shunday yashashar inoq,
          Bir-birlarin qilishmas hafa.
          Gohida tong onajonim goh
          Erta turar har gal, har dafa.
          - She’riyatda murojaat birliklaridan ko‘p foydalaniladi. Shu bois, she’riy
          matnlar tilida undalmalar ko‘p uchraydi. Chori Avaz she’riyati ko‘proq
          peyzaj tasvirlarida, bevosita tabiat va undagi obrazlarga murojaat qilish
          hollari bilan xarakterlidir:
          O, Shabnam,
          Qayerdan olgansan
          visol yo‘lida
          Aqiqdek jismingni nisor etmoq
          va ona typroqni tark etmoq imkonini.
16              She’rlarda faqat shakl va mazmuni bilan emas, balki ifoda tarzi orqali ham
ta’sirchanlik   ta’minlanadi.   Bunda   ko‘p   jihatdan   she’rni   o‘qigan   odamning   ifodali
o‘qish   tarzi   ahamiyatlidir.   Bu   hol   she’rlarning   qat iy   akustik   xususiyatlarga   egaʼ
bo lishini   taqozo   qiladi.  Muayyan   musiqiy   zarb   (ritm)   va  qofiya,   poetik  sintaksis	
ʻ
va   inversiyalar   qo llanishi   so zlarning   harakatchanligi,   ohangdorligi   va	
ʻ ʻ
yoqimliligini ta minlaydi. Bu hol mazmun tovlanishlariga erishish borasida she’rga	
ʼ
tuganmas   imkoniyatlar   beradi.   Nasriy   asarlar   o quvchi   tomonidan   yolg iz   idrok	
ʻ ʻ
etilgani, asosan, ichda o qilgani  uchun ham  muallif  hamda qahramonlarni  har  bir	
ʻ
kishi   alohida   tasavvur   qiladi.   She’r   uchun   voqea   va   tafsilotlar   tasviri   emas,   balki
inson   ruhiyati   ifodasi   muhimdir.   Shu   bois   she’rlar   uchun   voqeabandlikdan   ko ra,	
ʻ
inson   tuyg ulari   jilvasi,   chigal   kechinmalarni   hissiyotga   ta sir   etadigan,   ruhiy	
ʻ ʼ
titroqqa   soladigan   yo sinda   ifoda   etish   muhimdir.   Qat iy   poetik   qoliplarga   amal	
ʻ ʼ
etilgan   holda   she riy   kashfiyotlar   qilish   zaruriyati   bugungi   davr   she’riyatining	
ʼ
mukammallashuviga   olib   keldi.   Ijod   olamining   tamomila   o zgachaligi,   muayyan	
ʻ
she rda ifodalangan poetik mazmunni boshqa asarlarda, bo lakcha yo sinda berish	
ʼ ʻ ʻ
deyarli mumkin emasligi har bir she r o zigagina mansub qoida bilan tug iladi va	
ʼ ʻ ʻ
shunga ko ra yashashini ifoda etadi:	
ʻ 7
          Mangu osudadir mening maydonim,
          Bir umr bilmadi u nimadir jang.
          Bugun sovib, tinib qolgandir qonim,
          Aybdorlarni… qo‘ying, yaxshisi, tinglang.
          Mangu osudadir mening maydonim.
                    Bu   misralar   nasriy   matnga   aylantirilsa,   undagi   sirlilik,   ta sirchanlik,	
ʼ
mukammallik   butunlay   yo qqa   chiqib,   oddiy   so zlarning   unchalik   ham   mantiqli	
ʻ ʻ
bo lmagan   yig indisiga   aylanib   qoladi.   Chinakam   she’r   sehri   uning   mohiyatini	
ʻ ʻ
anglash mushkulligida, mazmunning tutqich bermasligidadir.
          Muallifning o zigagina xos individual uslub, ohang, faqat o zigagina tegishli	
ʻ ʻ
betakror ruhiy holatning ifodasi she’rni yuksak darajaga ko taruvchi omildir.	
ʻ
7
  Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Тошкент, 2000. – Б. 289.
17                    Shuni ham aytish joizki, badiiy adabiyot oliy san’at, u mutlaqo o‘ziga xos
xususiyatlar, qoida-qonuniyatlar bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham adabiyot
haqida   haqida   gap   ketganda   uning   materialini   boshqa   san’atlar   materialini   ham
boshqa   namunalar   bilan   tenglashtirib   bo‘lmaydi.   Taniqli   olim   G.V.Stepanovning
fikricha,   til   materiali   san’atkorlar   tomonidan   ishlatiladigan   boshqa   barcha
materiallardan   uning   o‘zida   moddiy   va   ideal   tomonlarning   mavjudligi   bilan
farqlanadi. 8
          Til birliklari badiiy adabiyotga olib kirilgunga qadar ham muayyan moddiy,
shakl   va   mazmun,   ma’noning   birligi   sifatida   mavjuddir.   O‘z   leksik,   grammatik
ma’nosiga   ega   bo‘lgan   so‘z,   so‘z   birikmasi   gap   kabi   til   birliklari   yozuvchining
badiiy maqsadiga bo‘ysundirilgan holatda tegishli badiiy-estetik mazmunni yuzaga
chiqarish, ifodalash uchun qo‘llanadi. Shu tariqa avvaldan ma’noga ega bo‘lgan til
birliklari   badiiy   asarning   lisoniy   to‘qimasini   shakllantirar   ekan,   ular   ijodkorning
badiiy   mahoratiga   uyg‘un   ravishda   yana   yangi   o‘ziga   xos   badiiy   ma’no
mazmunlarni namoyon qiladi. 9
          Shu o‘rinda lingvopoetikaning yuzaga kelishi, badiiy asar tilini o‘rganishdan
ko‘zlangan   asosiy   maqsad   masalasi   haqida   ham   fikrlar   keltirish   o‘rinlidir.
Tilshunos   olim   Ma’rufjon   Yo‘ldoshev   “Badiiy   matn   lingvopoetikasi”
monografiyasida   mazkur   masala   xususida   so‘z   yuritar   ekan,   quyidagi
mulohazalarni   ilgari   suradi:   Badiiy   adabiyot   so‘z   san’ati   bo‘lganligi   uchun   uni
o‘rganish   tilshunoslik   vakolatiga   kiradimi   yoki   adabiyotshunoslik   vakolatiga
kiradimi qabilidagi bahs juda eski bo‘lib, u hamon ma’lum bir darajalarda davom
etib   keladi.   Adabiyotshunoslik   lingvistik   tushunchalar   va   metodlar   asosida
tadqiqotlar   olib   borishi   kerakmi   yoki   yo‘qmi   tarzidagi   savollarga   javob   izlash
kerakmi yoki yo‘qmi tarzidagi savollarga javob izlash filologiya ilmida u yoki bu
tarzda   namoyon   bo‘lmoqda.   Tabiiyki,   tilday   murakkab   hodisaning   mohiyati   va
sinoatli   qonuniyatlaridan   mukammal   xabardor   bo‘lmasdan   turib,   uning   ming   bir
ma’no-mazmun   va   jilolarda   yashash   manzili   chin   ilmiy   taftish   qilishga   urinish
samarasiz   yumushdir.   Shuning   uchun   ham   filologiya   tarixida   mazkur   faoliyat
8
 7  Yo ‘ ldoshev   M .  Badiiy   matnning   lisoniy   tahlili . –  Toshkent , 2008. –  B .5.
9
 Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent, 2008. – B.6
18 uchun eng qulay va uyg‘un bir yo‘lni izlash harakati turli shakllarda bo‘y ko‘rsatib
keladi. 10
          She’riy asarlar tili, badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlarini o‘rganishda
badiiy asarning voqeiy mohiyati so‘z orqali qay tarzda, qaysi qonuniyatlar asosida
ifoda   etilayotgani,   bunda   lingvistik   xususiyatlar   badiiylikni,   shu   jumladan
poetikani   yuzaga   keltirishga   xizmat   qilayotganini   chuqur   filologik   yondashuv
asosida   o‘rganilgandagina   chinakam   lingvopoetik   xossalar   namoyon   bo‘ladi.   Bu
xossalar esa ilmiy-nazariy filologiya uchun ham, filologik ta’lim uchun ham birday
ahamiyatli.   Badiiy   matnni   to‘g‘ri   filologik   talqin,   tahlil   va   idrok   etish,   undan
maksimal estetik zavq va axborot olish malakasiga erishishda lingvopoetika asosiy
omildir.
          She’riy matn nihoyatda murakkab badiiy-estetik butunlik hisoblanadi. Unda
ifodalangan   asosiy   mazmunni   tushunish   ham   murakkab   ijodiy   jarayondir.   Badiiy
asar, ayniqsa, she’riy matnlarda mutlaqo o‘ziga xos, goh ochiq, goho yashirin, turli
ishoralar,   tagma’nolar   bilan   ifoda   topgan   mazmunning   ma’nosini   to‘g‘ri   anglash,
ma’naviy-madaniy,   aqliy-hissiy   va   lisoniy-estetik   faoliyat   natijasidagina   mumkin
bo‘ladi.   Har   qanday   matnning   mazmunini   tushunish   uchun   til   leksikasi   va
grammatikasini   bilish   zarur   va   yetarli   bo‘lsa,   she’riy   matnning   mazmunini   idrok
etish uchun bundan tashqari ayni paytda badiiy matnning o‘ziga xos lisoniy-poetik
qonuniyatlarini ham bilish lozim bo‘ladi.
                  Ilmiy   adabiyotlarda   badiiy   matn   tushunchasiga   “badiiy   asar   mazmunini
ifodalagan,   funksional   jihatdan   tugallangan,   tilning   tasvir   imkoniyatlari   asosida
shakllangan,   o‘zida   turli   uslub   ko‘rinishlarini   muallifning   badiiy   niyatiga   ko‘ra
erkin jamlay  oladigan,  tinglovchi  yoki  o‘quvchiga estetik zavq berish, ta’sir  etish
xususiyatiga   ega   bo‘lgan   g‘oyat   murakkab   butunlik” 11
  degan   ta’rif   beriladi.
Darhaqiqat,   she’riy   matnni   yaratish   jarayonida   boshqa   uslub   matnlarida
bo‘lganidek qat’iy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga
to‘la-to‘kis   amal   qilinavermaydi.   Unda   badiiy   tasvir   vositalari,   o‘xshatishlar,
ma’no   ko‘chishlari,   takrorlar,   ma’nodosh   so‘zlar,   zid   ma’noli   so‘zlar,   yangi
10
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент, Фан. 2008. – Б.7.
11
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – Б.88.
19 ma’noli   so‘zlar,   tarixiy   so‘zlar,   arxaik   so‘zlar   qo‘llanaveradi.   Bunda   til
birliklarining   ekspressivlik   vazifasi   asosiy   o‘ringa   qo‘yilgan   holda   tilning   ifoda
tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Ushbu xususiyatlarga qo shimcha tarzdaʻ
she’riy   matnlarda   qofiya   talabi   nuqtai   nazaridan,   ohang   va   jozibadorlikka   ham
e’tibor beriladi. Bunda insonni ruhan to‘lqinlantirish, yig‘latish, kuldirish, xayolot
olamiga   yetaklash,   o‘yga   cho‘mdirish,   estetik   tafakkurini   shakllantirish,   voqea-
hodisalarga   teran,   boshqacha   nazar   bilan   boqishga   o‘rgatish   kabi   ko‘plab
imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi.
                    Bu  o‘rinda N.Mahmudovning  til   bajaradigan vazifalar   haqidagi  quyidagi
fikrlari   muhim:   “Til   fikr   ifodalash,   dunyoni   bilish,   bilim-tajribalarni   to‘plash,
saqlash   va   keying   avlodlarga   yetkazish,   milliy-ruhiy   munosabatlarni   aks   ettirish,
go‘zallik kategoriyalarini voqealantirish kabi bir qancha vazifalarni bajaradi. Tilni
faqat   va   faqat   kishilar   o‘rtasidagi   aloqa   vositasi   sifatida   talqin   etish   insonning
tabiiy   tilini,   bu   benihoya   murakkab   va   muhtasham   hodisani,   eng   kami,
jo‘nlashtirishdan,   aniq   bir   milliy   qiyofa   yoki   milliy-ruhiy   zamindan   mosuvo
bo‘lgan   sun’iy   tilga   tenglashtirishdan,   yo‘l   harakatini   tartibga   solish   maqsadida
yaratilgan   shartli   “til”ga   baravarlashtirishdan   boshqa   narsa   emas…   Holbuki,
odamlar til vositasida tuyg‘u va kechinmalarni, quvonch va qayg‘ularni, hayrat va
hayronliklarni,   qalbdagi   huzurlari   kabi   xilma-xil   sezgilarni   ham   ifodalaydilarki,
bular hamisha ham sof kommunikativ maqsadlarni ko‘zda tutmaydi. Estetik vazifa
tilning   asosiy   kommunikativ   vazifasini   qulaylashtiradi,   uning   imkoniyatlarini
boyitadi.   Til   va   nutq   ayni   shu   estetik   vazifasi   bilan   ifodalilik,   ta’sir   quvvatini
namoyon etadi.” 12
           Yuqorida ta’kidlangani singari she’riy matn estetik butunlik sifatida qaralar
ekan,   bu   butunlikni   faqat   shakldan   iborat   deb   o‘ylashni   to‘g‘ri   deb   bo‘lmaydi.
Bunday   matnlarda   tilning   estetik   vazifasi   asosiy   o‘rinda   qo‘yillsa-da,
ifodalanayotgan fikr, ya’ni, kommunikativ vazifa ham e’tibordan chetda qolmaydi.
1.3.Chori Avaz she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari
12
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – Б.93.
20                    Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning xususiyatlariga
ham   alohida   e’tibor   berish   lozim.   She’riy   matnda   nutq   tovushlarining   estetik
imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang
bo‘ladi.   Bu   ohangdorlikka   tovushlarni   uslubiy   qo‘llash   natijasida   erishiladi.
She’riyatda   asosan   alliteratsiya   (undoshlar   takrori)   assonans   (unlilar   takrori),
geminatsiya   (undoshlarni   ketma-ket   qo‘llash)   kabi   fonetik   usullardan
foydalaniladi.   She’riy   matnlarda   undoshlarni   qavatlash,   tovushlarni   takrorlash,
so‘zlarning   fonetik   qobig‘ini   o‘zgartirib   yozish,   tovush   orttirish   yoki   tovush
tushirish   kabi   usullar   yordamida   ekspressivlik   ta minlanadi.   Tovushlarni   uslubiyʼ
qo‘llash   bilan   bog‘liq   qonuniyatlarni   yozuvda   aynan   ifodalash   imkoniyati
cheklangan.   Biroq   talaffuz   va   bayon   muvofiqligiga   fonetik   vositalar   yordamida
erishish mumkin.
                    Badiiy   tilda   ruhiy   holatni   yozuvda   ifodalash   o‘ziga   xos   murakkablikni
yuzaga   chiqaradi.   Lirik   qahramon   ruhiyatidagi   ichki   hayajon,   quvonch,   qayg‘u,
taajjub,   hayrat,   kinoya,   kesatiq,   so‘roq,   ta’kid,   talab   va   istak   kabi   elementlarni
aynan   tasvirlashda   muallif   unli   yoki   undoshlarni   birdan   ortiq   yozish   usuli   –
fonografik vositalardan foydalanadi.
                    Assonans.   Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional-
ekspressivlik   bag‘ishlash   maqsadida   qo‘llaniladigan   fonetik   usullardan   biri
assonans   hisoblanadi.   Adabiyotlarda   assonans   aynan   yoki   yaqin   unlilarning
takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan:
          Bu sirli qudratga bo‘ldim guv o h men,
          Tiriklik darsidan bo‘ldim og o h men,
         Angladim kimda haq, kimda gun o h men.
          Haq qal’asi, xalq qal’asi yoriltosh.
          Assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa ko‘tarinki ruh va
o‘ziga   xos   musiqiylik   baxsh   etadi.   Keltirilgan   misolda   takrorlanib   kelgan   “o”
tovushi   fonetik   xarakteriga   ko‘ra   orqa   qator,   quyi   keng,   lablangan   unli.   Mazkur
xususiyatlariga   ko‘ra   talaffuzda   biroz   cho‘zib   aytishga   moyil   tovush   bo‘lib,
21 misralar   yakunidagi   takrorlanuvchi   so‘zdan   oldin   kelgan   so‘zlarning   urg‘uli
bo‘g‘inida kelib, lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalamoqda.
Ko‘ngil menikidir, men ham u tar a f,
Jismim ham begona emas-ku, yo R a b.
Bu holga bo‘lmagay beparvo qar a b,
Qay zot topib berar bu dardga chora.
                    Alliteratsiya:   Badiiy   nutqning   ohangdorligini   va   ta sirchanliginiʼ
ta minlashda   alliteratsiyaning   o rni   beqiyosdir.   She’riy   nutqda   misralar,   undagi	
ʼ ʻ
so zlar   hamda   bo‘g‘inlar   boshida   yoki   oxirida   bir   xil   undosh   tovushlarning
ʻ
takrorlanishiga   alliteratsiya   deyiladi.   Tovushlar   zamiridagi   musiqiylikka
asoslangan   usul   qadimda   Sharq   she riyatida   keyin   qo llanilib   kelingan   ko hna	
ʼ ʻ ʻ
badiiyatshunoslik  ya ni  “ilmi-bade”da alliteratsiya  “tavze’ san’ati” deb yuritilgan.	
ʼ
Alliteratsiya   nasriy   asarlarda   ham   kuzatilishi   mumkin. 13
  Bundan   tashqari   xalq
maqollarida   intonatsion   butunlikni   ta minlash   maqsadida   ham   keng	
ʼ
foydalanilganligini kuzatiladi. Chori Avaz she’rlarida alliteratsiya ko‘p uchramasa-
da, she’rga chiroyli ohang va joziba baxsh etganini ko‘rish mumkin:
          Q iz bolishga tashlar boshini,
           Q iz yosh to‘ka-to‘ka charchadi.
          Q arg‘ay-qarg‘ay uyquga ketdi
          Tunga sherik yurgan barchani.
A sta- a sta qaytdim o‘zimga,
A qlim, yodim tiklandi bari.
A sta- a sta qaytdim izimga
Yaproq yozgan daraxt singari.
                    Badiiy   matnni   lisoniy   tahlil   qilish   jarayonida   yozuvchining   tildan
foydalanish   mahoratini   namoyon   etadigan   emotsional-ekspressiv   ifoda   tasvir
vositalari va bu vositalar bilan bir xil vazifada qo‘llanib keluvchi leksik birliklarni
aniqlash,   ularning   muallif   badiiy-estetik   maqsadiga   qay   darajada   xizmat   qilgani
13
  Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – Б.50.
22 haqida   mulohaza   yuritish   ham   zarur   hisoblanadi.   Buning   uchun   tahlilga   olingan
badiiy   asar   tilidagi   ma nodosh,   shakldosh,   zid   ma noli,   ko p   ma’noli   tarixiy   vaʼ ʼ ʻ
eskirgan   so zlar,   yangi   yasamalar,   shevaga   oid   so zlar,   chet   tillardan   o zlashgan	
ʻ ʻ ʻ
so zlar   ajratib   olinib,   asarga   nima   maqsad   bilan   olib   kirilganligini   izohlash	
ʻ
maqsadga muvofiq bo ladi.	
ʻ
                    Ma’nodosh   so zlar.	
ʻ   Ma’nodosh   so zlar   tilning   lug aviy   jihatdan   boylik	ʻ ʻ
darajasini ko rsatib beruvchi o ziga xos vosita hisoblanadi. O zbek tili ma nodosh	
ʻ ʻ ʻ ʼ
so zlarga   juda   boy.   Shoir   va   yozuvchilar   tilimizdagi   ma nodor   so zlar   ichidan	
ʻ ʼ ʻ
tasvir maqsadiga eng munosiblarini  topib ular orqali qahramonlar ruhiyati hamda
tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha ifodalashga harakat qiladilar.
           Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, ichki jihatga e‘tiborni
qaratish zarur. Ulardan biri  muallifning ikki  yoki  undan ortiq ma’nodosh so‘zdan
ifodalanayotgan   mazmun   uchun   eng   maqbul   birini   tanlash   bo lsa,   ikkinchisi   ayni	
ʻ
bir   matn   tarkibida   ikki   yoki   undan   ortiq   ma’nodosh   birliklarni   badiiy   tasvir
maqsadiga   uyg‘un   holda   qo llashi   masalasidir.   Halima  Ahmedova   she’riyati   ham	
ʻ
bu jihatdan boy va xilma-xildir. Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi
farqlanadi, ya’ni: 1) leksik ma’nodoshlik; 2) frazeologik ma’nodoshlik; 3) leksik-
frazeologik   ma’nodoshlik. 14
  Leksik   ma’nodoshlikdan   bir   necha   maqsadlarda
foydalaniladi.   Ulardan   eng   asosiysi,   so‘z   takrorlarining   oldini   olish   orqali,   go‘zal
shakl   va   ifoda   bera   olishdir.   Bunda   bir   misra   yoki   bandda   bir   so‘zning   ikkinchi
marta   qo‘llanishiga   ehtiyoj   sezilsa,   bu  jarayonda  so‘zning  aynan  o‘zi  emas,   balki
ma’nosi   ushbu   tushuncha   bilan   aynan   bir   xil   yoki   yaqin   bo‘lgan   boshqa   bir   so‘z
tanlanadi.
          Meni qiynar butkul  o‘zga  o‘y,
          Notanish   xavf ,  begona   xatar .
          Bu  xavf   nahor ,  tong dir bu  xatar ,
          Bir bor umrim bo‘yi ko‘rmagan.
Har lahza shasht qaytar, titrab ketar dil,
Shugina titroqdan o‘zga umid yo‘q.
14
  Kurbanova M., Yo ldoshev M. Matn tilshunosligi. – Toshkent: Universitet, 2014. – B.60	
ʻ
23 Oh, men naqadar  soddaman  va  go‘l,
Yupatmoqlik uchunnotilmas-ku o‘q.
Axir ko‘p iymonni unutgan kaslar,
Mansabdor bozori bo‘lmagan kasod,
Haq  va  adolatning  qoshida askar,
Shunchaki  erkinmiz , shunchaki  ozod.
Ushbu   misollarda   qo‘llangan   o‘zga-notanish-begona,   xavf-xatar,   nahor-tong ,
soda- go‘l, haq-adolat, erkin-ozod   so‘zlari leksik ma’nodosh so‘zlar bo‘lib, ularni
qo‘llash   orqali   muallif   so‘z   takrorining   oldini   olgan   va   tasvirga   yanada   nozik
bo‘yoq berishga harakat qilgan. Shunga ko‘ra, mazkur misralardagi ma’no takrori
ifodalanayotgan mazmunni uslubiy jihatdan kuchaytirishga xizmat qilgan.
                    Mahoratli   yozuvchilarning   badiiy   til   imkoniyatlaridan   foydalanish
borasidagi   ustunliklaridan   biri   shundaki,   ular   faqat   tilda   mavjud   bo‘lgan,   tayyor
ma’nodosh   so‘zlardangina   foydalanib   qolmasdan,   badiiy   tasvir   ehtiyojiga   ko‘ra
ma’nodosh bo‘lmagan so‘zlarni qo‘llaydilar. Buning natijasida ushbu so‘zlar ham
matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi. Masalan:
          Har qadam duch kelaverasan
          Bir  nokasga  yoki  yomonga .
Yoki
Aldov  qancha turar?
Qanchadir  yolg‘on ?
Bo‘lmasmikin yozib qo‘yishsa narxin?
Bahosi har qalay, emasdir osmon,
Uch, besh, e yo‘q, barini torting.
                    Zid   ma’noli   so‘zlar.   Tilda   zid   ma’noli   so‘zlaming   mavjudligi   badiiy
nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta’sirchanligini ta’minlashda qulay vositalardan
biridir.   Sharq   adabiyotida   juda   qadim   zamonlardan   buyon   tildagi   bu   ifoda
imkoniyatidan keng foydalanib kelingan. Ma’nosi bir-birga qarama-qarshi bo‘lgan
so‘zlar shoir va yozuvchilar uchun zarur bo lgan san’atlardan biri tazodni vujudgaʻ
24 keltiradi.  Yevropa   filologik   an’anasida   zid   ma’noli   so zlar   antiteza   san’atini   hosilʻ
qiladi.   Badiiy   asar   tiliga   bag‘ishlangan   ishlarda   bu   san’atga   nisbatan   zidlantirish,
qarshilantirish   atamalari   ishlatiladi.   Zid   ma’noli   so‘zlarni   yonma-yon   qo llash	
ʻ
orqali tushunchalar, belgilar, obrazlar zidlantiriladi. Odatda, lisoniy va kontekstual
yoki nutqiy zid ma’noli so‘zlar farqlanadi:
          Bilasan,
          Shoh erur kunduz ochunga,
          Qiyin  bu shohlikni zabt etib o‘tmoq.
          Sen bor. Qanday  oson   qora  sochingga
          Kunduzlarni  o‘rab  oppoq   tun  etmoq.
Mazkur   she’rda   qo‘llanilgan   kun   va   yor   obrazlari   tasvirida   qiyin-oson,   qora-
oppoq,   kunduz-tun   singari   zid   ma’noli   so‘zlar   qo‘llangan   bo‘lib,   bu   uch   qarama-
qarshi   xususiyat   yoki   hodisalarning   lirik   obrazlarni   tasvirlashda   ishtirok   etishi
poetik   obrazning   originalligini   ta’minlab,   tasvirni   aniq,   ixcham   va   ta’sirchan
ifodalab   kelgan   va   she’rga   xos   poetik   individuallik   aynan   ushbu   so‘zlar   orqali
ta’minlangan.   Haqiqatan   ham,   “kunduzlarni   qora   sochiga   o‘rab,   oppoq   tun   etish”
xususiyatini asl individual topilma deyish mumkin.
          Tasodifiy ushbu holdan
          Na  yig‘lar , na  kulardik ,
          Faqatgina turnalardan
          Baland uch deb tilardik .
Bu misrada keltirilgan  yig‘lardik  va  kulardik  zid ma’noli so‘zlari yordamida poetik
obrazlarning to‘satdan ro‘y bergan voqelikka munosabati ifodalangan .
          Buyuk fojeni  ham
          misqolday shodlikka
          almashar oson.
          U shunchalar dilbar,
          shunchalar saxiy.
Bu   misralardagi   buyuk   va   misqolday ,   foje   va   shodlik   antonim   so‘zlari   ham
tasvirning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
25                     Keltirilgan   misollar   orqali   shuni   aytish   mumkinki,   zid   ma’noli   so‘zlarni
yonma-yon   qo‘llash   orqali   muallifning   estetik   mqsadidan   kelib   chiqqan   holda,
tasvirlar   bir-biriga   qarshilantirilgan   hamda   badiiy   nutqning   ifodaliligi,
ekspressivligi, ta’sirchanligi ta’minlangan.
          Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
          Har kun ming  tug‘ilib , har kun ming  o‘lib .
          Tilshunoslik nuqtai nazaridan zid ma’nolilikning turli lingvistik sathlarga oid
birliklar   vositasida   namoyon   bo‘lishi   tadqiq   etilsa,   adabiyotda   keng   ma’noda
kontrastga   oid   tushunchalarni   umumlashtirgan   hodisa   sifatida   tushiniladi.   Zid
ma’nolilik   “Adabiyotda   inson   xarakterini,   narsa   va   hodisalarning   sifat   va
xususiyatlarini   bir-biriga   qarama-qarshi   qo‘yib   tasvirlash   usuli”   sifatida   talqin
etilsa,   uslubiyatda,   ifodada   so‘zlarning   uslubiy   bo‘yoqlari   o‘zaro   mos   kelmay
qolishiga asoslangan, umumiy qonuniyatlarga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muhim
birliklar sifatida qaraladi. 15
             Oksyumoron . Kontrastning bir ko rinishi sifatida qaraladigan oksyumoronʻ
hodisasi   ham   Halima   Ahmedova   she’riyatida   faol   uchraydi.   Oksyumoron
yunoncha so‘z bo‘lib, zakiy, nodon degan ma’noni bildiradi. U leksik birliklarning
ma’nosiga ko‘ra zid birikishini ifodalaydi. Bunda ikkita zid ma’noli so z bir-biriga	
ʻ
birikadi va natijada yangi ma’noli tushuncha hosil bo‘ladi. Oksyumoronning asosiy
vazifasi   muallifning   tasvirlanayotgan   hodisaga   bo‘lgan   shaxsiy   munosabatini
ifodalash hisoblanib, kuchli obrazlilik kasb etadi. Masalan:
          Jilmayasan
          Masrur, sarxush
          Tun oppoq qor ichimdan.
          Oppoq oqshom,  oq tun  va sen...
          Tushga o xshaydi chindan.	
ʻ
Keltirilgan   misoldagi   oq   tun   birikmasini   hosil   qilgan   ikki   qarama-qarshi   so z	
ʻ
oksyumoronni yuzaga chiqargan.
15
 Sadinova N. Oksyumoron haqida mulohaza. // International scientific journal. 2023-yil, 4-son. – B.132.
26                     Eskirgan   so‘zlar.   Jamiyat   rivojlanib   borar   ekan,   ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniyma’naviy   hayotdagi   ba’zi   tushunchalar   tamomila   eskirib,   amaliyotdan
chiqib   ketadi.   Badiiy   asarda   muayyan   davr   voqealari   tasvirlanar   ekan,   ana   shu
davrga   oid   bo‘lgan   eski   tushunchalarga   murojaat   qilmaslikning   aslo   iloji   yo‘q.
Tilshunoslikda   bunday   tushunchalarni   ifodalaydigan   so‘zlar   “arxaizmlar”   va
“istorizmlar”   degan   nomlar   ostida   umumlashtiriladi.   Tilning   hozirgi   davri   uchun
eskilik   bo‘yog‘iga   ega   bo‘lgan   til   birligi   arxaizm   deb   yuritiladi.   Arxaizm   o‘zi
nomlayotgan   voqelikni   anglatuvchi   leksik   birlik   bilan   yonma-yon   yashaydi.
Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning
tarixiylik   ruhini   ta’minlash   maqsadida   qo‘llaniladi.   Ayrim   arxaik   so‘zlar
zamonaviy   ma’nodoshiga   qaraganda   kuchliroq   ma’no   ifodalash   xususiyatiga   ega.
Masalan,   yo qsil   –   kambag‘al   arxaik   so‘zlariga   e‘tibor   beradigan   bo‘lsak,   “hechʻ
narsaga   ega   emaslik”   ma’nosi   yo‘qsil   leksemasida   kambag‘al   leksemasiga
qaraganda   ancha   ortiq,   chunki   mazkur   so‘zlar   tarkibi   tarixiyetimologik   tahlil
etilganida anglanadigan yo‘q - kam so‘zlari qiyoslansa, birinchisida ayni belgining
“nol” darajada ekanligi seziladi. Arxaik so‘zlar muayyan davrning yozma uslubini
ifodalashda   yoki   qahramonning   nutqiy   xarakteristikasini   berishda   ham   uslubiy
vosita sifatida ishlatiladi.
          Hozirgi kunda uchramaydigan, faqat tarixiy narsa yoki voqea-hodisalaming
nomini   bildiruvchi   so‘zlar   istorizm   (tarixiy   so‘zlar)   deyiladi.   Istorizmning
arxaizmdan farqi shundaki, bugungi kunda o‘sha tarixiy voqelikning o‘zi ham uni
anglatuvchi boshqa leksik birlik ham bo‘lmaydi, demak istorizm o‘zi ifodalayotgan
hodisaning yagona nomidir.
                    Ko‘p   hollarda   eskirgan   so‘zlar   asarga   tarixiy   ruh   berish   maqsadida
qo‘llaniladi,   biroq   Halima   Ahmedova   she’rlarida   qo‘llangan   arxaik   so‘zlardan
maqsad   mutlaqo   boshqacha.   Shoira   modernistik   she’rlarida   ham   eskirgan
so‘zlardan   unumli   foydalanadiki,   bu   xususiyat   o‘zgacha   ifoda   uslubi   yaralishiga
xizmat qiladi:
          Ko‘zim  ashki  agar qondir
          Rahm kutma yomonlardin.
27           Ki yo‘qsa gar ta’na toshi
          Kelgay ming-ming zamonlardin.
Keltirilgan misoldagi   ashk   so‘zi izohli lug‘atda “ko‘z yoshi” ma’nosini anglatadi.
Yana bir misol vositasida ko‘radigan bo‘lsak:
          Sho‘rlik, goho  sayyoddan  cho‘chib
          Suvsab yurgan ohular misol.
          Tilning o‘tmas qirralarida
          Kun kechirar jim,  aftodahol.
Ushbu   to‘rtlikda   qo‘llanilgan   sayyod   so‘zi   izohli   lug‘atda     ovchi,   tutuvchi
ma’nolarini   anglatadi   va   misrada   ham   ayni   shu   ma’noni   anglatmoqda.   Aftodahol
so‘zining   esa   izohli   lug‘atda   ikki   xil   ma’nosi   izohlangan.   Birinchi   ma’nosi
yiqilgan, darmonsiz bo‘lsa, ikkinchisi notavon, nochor, abgor ma’nosini ifodalaydi.
Mazkur she’rda esa yiqilgan, darmonsiz ma’nosini ifodalab kelgan.
           Ish yo‘lkasin ko‘madi xazon,
          Teraklarga qo‘nmagay hilol.
          Yulduzidan ayrilar osmon,
          Osmonidan yulduz ham,  alhol .
Ushbu   to‘rtlikda   keltirilgan   alhol   so‘zi   izohli   lug‘atda   hozir,   ayni   paytda,   shu
paytda   kabi   ma’nolarni   ifodalab   kelgan.   Bu   misrada   ham   aynan   shu   ma’noda
qo‘llanilgan   bo‘lib,   yulduz   va   osmonning   bir-biridan   bir   vaqtning   o‘zida
ayrilganini anglatib kelyapti.
                    Lingvokulturologik   birliklar.   Bugungi   davr   o‘zbek   tilshunosligida
antroposentrik   nazariyaning   shakllanishi   tilning   madaniyat   bilan   aloqasini   tadqiq
etish, til birliklarida madaniy jihatlarning aks etish tomonlarini o‘rganish, lug‘aviy
sath birliklarini til va madaniyat munosabati nuqtai nazaridan tadqiq qilish kabi bir
qator masalalarni ko‘ndalang qo‘ydi.
                   Antroposentrik   tilshunoslikning   yetakchi   yo‘nalishlaridan   biri   bo‘lgan
tilshunoslik,   madaniyatshunoslik,   etnografiya,   psixolingvistika   sohalari
hamkorligida   yuzaga   kelgan,   tilning   madaniyat,   etnos,   millliy   mentallik   bilan
o‘zaro   aloqasi   va   ta’sirini   antroposentrik   paradigma   tamoyillari   asosida
28 o‘rganuvchi   soha   lingvokulturologiyadir. 16
  Mazkur   sohaning   asosiy   maqsadi
madaniyat,   xalq   tafakkuri,   uning   olamini   idrok   etishdagi   o‘ziga   xos   jihatlarning
tilda   aks   etishini   o‘rganish,   o‘zida   madaniy   semantikani   aks   ettiruvchi   til
birliklarini   tadqiq   etish   hisoblanadi.   Bunday   til   birliklari   lingvomadaniy   til
birliklari   termini   ostida   birlashadi   va   ularga   ramz,   mifologema,   etalon,   metafora,
paremiologik birliklar, pretsedent birliklar, nutqiy etiket kabilar kiradi.
                    Lingvokulturologik  birliklar  bevosita  madaniyat  bilan  bog‘liq  elementlar
sifatida millatimizning deyarli barcha yozuvchi va shoirlari asarlarida uchraydi. Til
va madaniyat tajassumi hisoblangan bunday birliklar ijodkorning individual uslubi,
so‘z   qo‘llash   mahoratidan   kelib   chiqqan   holda   u   yoki   bu   ko‘rinishda   namoyon
bo‘ladi.   O‘zbek   adabiyotida   otashin   she’rlari   bilan   o‘zining   alohida   o‘rniga   ega
bo‘lgan   shoir   Chori  Avaz   she’riyatida   o‘ziga   xos   lingvomadaniy   xarakterga   ega
bo‘lgan o‘xshatishlar, metaforalar, pretsedent birliklar qo‘llangan bo‘lib, ular orqali
she’rning milliy jozibasi yanada go‘zalroq namoyon bo‘ladi. Xususan:
           Ishq nayzasi nishon aylagan
          Qo‘lda tutib kemtik yurakni,
          Yurakning o‘rnida olib qaytamiz
          Shabnam yanglig‘  kelin  –  chechakni.
                   O‘zbek milliy madaniyatida kelinchak ramzi pok, nozik va nafis tuyg‘ular
xususiyatini   berishda   ko‘p   ishlatiladi.   Mazkur   she’rda   kelinni   shabnamga
qiyoslanishida  ham   kelinning shabnamdek  musaffo,  go‘zal,  jalb qiluvchi   va nafis
ekanligini eskpressiv bo‘yoqdorlik bilan izohlash maqsadi ko‘zda tutilgan.
          She’rda tasvir obyektini obrazli qiyoslash maqsadida ayni tushuncha har bir
lingvomadaniyatda   o‘ziga   xos   ifoda   vositalariga   ega   bo‘ladi.   Xususan,   o‘zbek
xalqining   madaniy   turmush-tarzida   chorvachilik   bilan   shug‘ullanish   ham   qishloq
xo‘jaligining azaliy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shoir Chori Avaz “Do‘st bilan
suhbat” nomli she’rida bu holatni yodga oladi:
          Esingdami?
          Bahor edi,
16
 Primov A., Qodirova X. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. – Urganch, 2019. – B.15.
29            Qo‘y   boqardik  adirda.
Misralardagi   qo‘y   boqardik   birikmasi   ham   o‘zbek   xalqiga   xos
lingvomadaniyatning bir ko‘rinishini ifidalashga xizmat qilgan.
          Bundan tashqari, o‘zbek lingvomadaniyatida shunday til birliklari borki, ular
qadriyat   darajasiga   ko‘tarilgan:   Assalomu   alaykum,   salomat   bo‘ling,   omonlik
tilayman   kabilar.   Poetik   obrazlarlarga   bunday   qadriyatlarni   singdirish   orqali
muallif   o‘zbek   tilining   yuksak   darajadagi   madaniyatli   va   boy   til   ekanligini
o‘quvchi ruhiyatida muhrlanishiga xizmat qilishini ko‘zda tutadi.
           Salom!  Singilginam!
          Kamgap, kamtarim!
          Topdingmi izlagan mushfiq hislarni .
          Shoirning bolalarga atalgan “Bir dunyo savol” she’riy to‘plamidan:
           Deylik,daf ’atan sizga
          Uchrab qolsa, yalmog‘iz
          Cho‘chimasdan  “Assalom”
          Deb ayta olurmisiz?
               O‘xshatishlar, metaforalar, pretsedent birliklar va etalonlar mavjud bo‘lgan
badiiy   matnni   o‘rganish   muayyan   millatga   xos   bo‘lgan   xususiyatlarning   ilmiy
talqinini   yaratishda   muhim   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Pretsedent   birliklar   til
tizimini   tadqiq   etishning   yetakchi   yo‘nalishlaridan   biri   bo‘lgan
lingvokulturologiyaning   asosiy   o‘rganish   obyektlaridan   biri   hisoblanadi.   Mazkur
birliklarga   bag‘ishlangan   tadqiqotlarda   qayd   etilishicha,   muayyan   til   sohiblariga
yaxshi tanish bo‘lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatda
qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs nomlari, barqaror so‘z birikmalari, jumlalar
hamda   matnlar   pretsedent   birliklar   sifatida   qayd   etiladi. 17
  O‘zbek
lingvomadaniyatiga xos jihatlarni o‘rganishda pretsedent nomlar alohida ahamiyat
kasb   etadi.   Milliy   xarakterga   ega   bo‘lgan   pretsedent   nomlar   lingvokulturologiya
uchun   muhim   manba   bo‘la   oladi.   Chori  Avaz   she’riyatida   Odam,  Alpomish   va
17
  Primov A., Qodirova X. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. – Urganch, 2019. – B.19.
30 qalmoqlar,  Yoriltosh   kabi   o‘zbek   lingvomadaniyatiga   oid   nomlar   faol   qo‘llangan.
Xususan:
           Nozik vujudingni titroq silkitar,
          Ona Yer shoshirar – tuproq silkitar,
          Faqat bir yo‘l menda – ko‘nglim zil ketar,
          Elan, tosh yorilgay: “ Yoriltosh , yoril!”
          Nechun menga so‘ylarding
          Tun, hilolning tilidan?
           Alpomishga  ko‘z tikkan
           Qalmoqlarning  elidan?
Ushbu   misollarda   qo‘llangan   pretsedent   nomlar   lingvomadaniyatimizga   xos
xususiyatlarni   o‘ziga   xos   tarzda   namoyon   etib   kelgan.   Bundan   nomlar   muayyan
sifatlarga   ishora   qilish   vazifasini   bajarganligi   sababli   lingvomadaniyatda   biror
tushunchaning ramzi sifatida qo‘llanadi.
                    Ko‘rinadiki,  til   o‘zida   millatning  milliy  o‘zligi,  madaniyatini  aks  ettirish
jarayonida   til   va   madaniyat   o‘zaro   tutashadi   va   bu   tutashgan   joyda
lingvomadaniyat   paydo   bo‘ladi.   Lingvomadaniy   birliklar   nutqda   yoxud   badiiy
matnda   qo‘llanganda   muayyan   millatga   xos   madaniy   universiyalarni   ifodalaydi.
Bu jarayonda lingvomadaniy konsept yuzaga chiqadi. Til o‘zining kelib chiqishiga
ko‘ra madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning
madaniyat   bilan   bog‘liqligi   uni   milliy   ruhning   tarkibiy   qismiga   aylantiradi.
Lingvomadaniy   konsept   milliy   xarakterning,   milliy   ruhning   shakllanishiga   ta’sir
ko‘rsatuvchi   madaniyat   vositasi   sifatida   tilda   alohida   o‘ringa   ega.   Shu   jihatdan,
tilimizning   lingvokulturologik   xususiyatlarini   alohida   o‘rganish,   til   birliklarining
lingvomadaniy tomonlarini  tadqiq  qilish,  badiiy  matnda  aks  etgan lingvomadaniy
konsept   ifodasini   tahlil   qilish   bugungi   tilshunosligimizning   asosiy   vazifalaridan
biri bo‘lishi lozim.
Bob bo‘yicha xulosa
31                    O‘zbek tilshunosligida she’riy matnlar tadqiqiga bag‘ishlangan ko‘p sonli
ilmiy   tadqiqotlar   mavjud.   Kuzatishlar   shuni   ko‘rsatadiki,   nasriy   matnlarga
qaraganda   she’riy   matnlar   ma’no   nozikliklariga   boy,   emotsional-ekpressiv
ta’sirchanligi   yuqori.   She’riy   matnlar   tili   axborot   berish   vositasigina   bo lganʻ
so zlashuvdan   yoki   fikrni   tushuntirish   yo li   bo lmish   ilmiy   bayondan   o zining	
ʻ ʻ ʻ ʻ
alohida   qurilishi,   nutqning   odatdagi   talablariga   bo ysunmasligi,   kishida   hissiyot	
ʻ
uyg otadigan ohangga egaligi bilan ajralib turadi.	
ʻ
                   Til   birliklari   va   ifoda   tasvir   vositalari   nasriy   matnda   qo‘llanganda   ifoda
etadigan   estetik   maqsad   she’rlarda   boshqacha   tarzda   yuzaga   chiqishi   mumkin.
Yuqorida   keltirgan   eskirgan   so‘zlar   bo‘yicha   qarashlarda   aynan   shu   xususiyat
namoyon   bo‘ladi.   Ya’ni   nasriy   asarlarda   qo‘llangan   tarixiy   va   arxaik   so‘zlardan
ko‘p hollarda tasvirga tarixiy tus berish, unga qadimona ohang singdirish maqsadi
ko‘zlansa, she’riy matnlarda bunga qo‘shimcha ravishda o‘ziga xos uslub yaratish,
qofiya talablariga javob beradigan shaklni hosil qilish vazifalari ham yuklanadi.
                   Shunday ekan, leksik birliklarning she’riy va nasriy matndagi funksional-
lingvistik   xususiyatlarni   o‘rganishda   umumiy   tavsiflash   emas,   balki   o‘zaro
qiyoslash orqali farqli jihatlarni ko‘rsatish, so‘z va belgilarning har ikkala shaklda
kelishiga xos xususiyatlarni alohida ajratib o‘rganish samarali bo‘ladi.
                    Chori  Avaz   she’riyati   o‘zgacha   lingvistik   xususiyatlarga   ega.   Ularda
qo‘llangan   ma’nodosh,   shakldosh,   zid   man’noli   so‘zlar,   tarixiy   va   arxaik   so‘zlar,
shevaga   oid   birliklarning   har   biri   shoir   uslubiga   xos   qiyofa   namoyon   qilishda
o‘zining ajralmas o‘rniga ega hisoblanadi.
II BOB. CHORI AVAZ SHE’RIYATIDA BADIIY TASVIR
VOSITALARINING QO‘LLANILISHI
32 2.1. Chori Avaz she’riyatida o‘xshatish va metaforalarning funksional-
semantik xususiyatlari
          She’riyat maydonida qalami siyohi otashin hissiyotlarga qondirilgan, yorqin
obrazlari,   mardona   so‘zlari,   betakror   ohangi   yuraklarga   sabodek   mayin   kirib
boradigan,   go‘zal   tashbehlarga   boy   she’riyat   sohibi   Chori  Avaz   o‘zining   alohida
o‘rniga   egadir.   Shoir   ijodi   o‘zining   takrorlanmas   o‘xshatishlarga   boyligi,   nafis
hislar   singdirilgan   misralari   bilan   o‘quvchini   o‘ziga   maftun   etadi.   Uning   har   bir
satrida o‘zgachalikni, hali hech bir asarda uchramaydigan jo‘shqinlikni va hissiyot
jozibasini   ko‘rish   mumkin.   Shoir   she’riyatida   yor   tasviriga   bir   necha   marta
murojaat qiladi va yorga “o‘z-o‘zidan yonadigan olov” deya ta’rif beradi. Yorning
ruhsiz   vujudga   qilgan   hujumidan   lirik   qahramon   iztirobga   tushadi.   Shoir
she’rlarida mungli  nola, tushuniksiz dard sababchisi  hamisha muhabbatdir. Uning
iztirobga   yo‘g‘rilgan   she’rlari   har   qanday   “yuragi”   bor   insonning   hislarini
junbishga   soladi,   ularga   jo‘shqinlik   baxsh   eta   oladi.   Shoir   ko‘pchiligimizga
oddiydek  tuyulgan  hodisalardan  yangicha   ruh  va  harorat   topadi,  ularni  shunchaki
aytib   qo‘ya   qolmay,   o‘zigagina   xos   bo‘lgan   uslub   bilan   ifodalaydi.   Bilamizki,
uslub ulkan hayotiy tajriba sifatida baholanib, ijodkorning ovozi, adabiy qiyofasini
ko‘rsatadigan belgidir. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uslub ijodkorning
hayotga,   odamlar   taqdiriga   o‘ziga   xos   idrok   bilan   yondashishi,   qalbidagi
kechinmalar va izhorlarni aks ettirishda boshqalardan farq qiladigan jihatidir.
                   She’r inson qalbining borliqdagi tasviriga o‘xshaydi. Ana o‘sha tasvirning
qanchalar   go‘zal   hamda   jilvador   bo‘lishi   ijodkor   qo‘llaydigan   poetik   obrazlarga
bog‘liq. Chori Avazning vatan, ona, muhabbat, yor, hijron, sog‘inch, armon, bahor,
kuz   mavzularida   bitilgan   she’rlarini   o‘qir   ekansiz,   ulardagi   tasvir   uslubi   ko‘z
oldingizda aniq namoyon bo‘la boshlaydi. Buning boisi esa, shoir obraz yaratishga
o‘ziga   xos   tarzda   yondashganidir.   Obraz   bu   —   hayotning   bir   bo‘lagi,   hayotiy
voqelik   singdirib   yuborilgan,   ammo   ijodkor   tomonidan   ideallik   qonuniyatlari
asosida   ongda   qayta   ishlangan   parchasidir.   Shoir   obraz   yaratishda   o‘ziga   xos
uslubiga ega. Shoir   she’riyatida obrazlar shakllanishida detallarning o‘rni katta. U
33 avvaliga   she’rda   biror   detal   qo‘llaydi,   unga   ma’lum   vazifa   yuklagan   bo‘lsa,
she’rdan   she’rga   uning   ma’no   ko‘lami   kengayib   boradi,   natijada   ushbu   detal
obrazga   aylanadi.   Chori  Avaz   yaratgan   poetik   obrazlar   orasida   tun,   yol‘,   quyosh,
ko‘ngil, yaproq, vaqt, ona obrazlari alohida o‘rin tutadi.
                    Metafora   va   o‘xshatish.   Poetik   leksikologiya   yo nalishining   tadqiqotʻ
ko lami   juda   keng   qamrovlidir.   U   o z   doirasida   sinonim,   omonim,   antonim	
ʻ ʻ
so zlarni,   ma’no   ko chishlarining   barcha   jabhalarini   (metafora,   metonimiya,
ʻ ʻ
sindekdoxa,   vazifadoshlik,   kinoya),   chegaralangan   leksikalarni(dialektizmlar,
istorizmlar, arxaizmlar…) tahlil qiladi .
                    Tilimizda   shunday   obrazli   ifodalar,   turg‘un   birliklar   borki,   ularni
lingvopoetik yondashuvda tadqiq etish o‘zbek tilining ochilmagan qirralarini ochib
berishga xizmat qiladi. O‘xshatish – badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lib obyektni
obrazli,   ta’sirchan,   konkret   va   ixcham   ifodalash   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.
O‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi.
Shuning   uchun   ham   ular   nutqda   hamisha   badiiy-estetik   qimmatga   ega   bo‘lib,
nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat
qiladi.   Tilimizda   o‘xshatishga   nisbatan   ham   metafora   atamasi   ko‘p   qo‘llaniladi.
Lekin   metafora   va   o‘xshatish   orasida   ma’lum   farqlar   bor.   Bu   farqlarni   “Badiiy
matn va  uning lingvopoetik  tahlili   asoslari” asari  muallifi  M.Yo‘ldoshev  shunday
taqqoslaydi:   “1.   O‘xshatishda   so‘zlar   o‘z   ma’nosi   bilan   ishtirok   etadi.
Metaforalarda   so‘zlar   doimo   ko‘chma   ma’noda   bo‘ladi.   2.   O‘xshatishda   ikki
komponent – o‘xshatiluvchi obyekt va o‘xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa
bir   komponentli   bo‘ladi.   3.   O‘xshatishlarda   kengayish   imkoniyati   ko‘p,   bir   gao
hatto   abzas   darajasida   kengayishi   mumkin.   Metaforalar   esa   so‘z   yoki   so‘z
birikmasidan iborat bo‘ladi. 4. O‘xshatishda maxsus ko‘rsatkichlar bo‘ladi: -dek, -
day, -simon, -larcha, kabi, singari, o‘xshamoq va boshqalar. Metaforalarda bunday
ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi”. 18
So‘zlashuv jarayonida, shuningdek, badiiy adabiyotda so‘zlovchi yoxud
18
 Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.-Toshkent, 2007.-B.96
34 yozuvchi   ifodalanayotgan   fikrni   til   birliklari   vositasida   ta’sirchan   ifodalash,
tasvirning   o‘ziga   xos   individual   xususiyatlarini   ochish   uchun   so‘zlarni   o‘z
ma’nosidan   tashqari   ko‘chma   ma’nolarda   ham   qo‘llaydi.   Bunda   so‘zlar   o‘z
lingvistik   vazifasi   bilan   bir   qatorda   qo‘shimcha   ma’nolarni   ham   ifodalaydi.
So‘zlarning bunday ma’nolarda qo‘llanishi nutqqa yoxud badiiy asarga obrazlilik,
ekspressiv bo‘yoq beradi, ifodani erkin va to‘laqonli ochib berib, tinglovchi yoxud
o‘quvchining   estetik   zavq   olishini   ta’minlaydi.   Metafora   ana   shunday   san’atdir.
Metafora   narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi   o‘xshashlikka   asoslangan   holda   so‘z
ma’nosining ko‘chishi hodisasini ifodalaydi. 19
  Metaforaning asosiy vazifasi badiiy
matnga obrazlilik bag‘ishlash bilan bir qatorda muallif tomonidan tasvirlanayotgan
obrazning   barcha   qirralarini   o‘quvchi   tasavvurida   aniq   gavdalantirish,   fikrning
qisqa   va   aniqligini   ta’minlashdan   iboratdir.   Chori   Avaz   she’riyati   o‘ziga   xos
betakror   metafora   va  o‘xshatishlarga   boydir.   Shoir   nutqning  obrazliligini   oshirish
maqsadida   metaforadan   foydalanishda   asosan,   ot,   sifat   va   fe’l   turkumidagi
so‘zlarni   ishlatadi.   Masalan,   quyidagi   misrada   metaforik   ma’noda   qo‘llangan
so‘zlar ot va fe‘l so‘z turkumida:
          Tun chekinar kipriklaringdan,
          Chiqa boshlar ko‘zingdan quyosh.
          Jon olaman kulgularingdan,
          Men ruhingman, axir, qalamqosh.
          Ushbu misralarda esa sifat metaforik ma’noda qo‘llangan:
           Yoshman-ku, ne uchun asov yurakni
          Yuvosh torttiradi bu keksa navo?
          Sevaman bahorni, qo‘ng‘ir kurtakni,
          Kuzni ham sevmasdan bo‘lurmi ammo…
                    Shoir   metaforadan   ayniqsa   tabiat   manzaralarini   tasvirlashda   ko‘p
foydalanadi va bu tasvirga obrazli va ta’sirchan jilo baxsh etadi:
          Seni o‘ylasam
          Osmon xiralashar,
19
 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Й. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992 . – Б.45.
35           Yulduzlar to‘kilar,
          Oy ham qulaydi.
          Bir sovuq zindonga qamaydi ular.
          Urilar zax nafas yuzimga.
                    Shoir   she’riyatidagi   ruhiyat   talqinining   ochib   berilishida   ham
metaforalarning ahamiyati katta. Xususan:
          Afsus, quvonchlarim o‘spirin yoshda,
          Eng gulgun faslda hordi, qaridi.
          Minba’d ko‘tarmadim hech kimni boshda,
          Garchand bunday imkon menda bor edi.
Tilshunoslikda mazmuniy jihatda metaforalarning uch turi, ya’ni  odatiy
metaforalar,   jonlantirish   va   sinestetik   metaforalar   farqlanadi. 20
  Yuqorida   ko‘rib
o‘tilgan metaforalarning barchasi, asosan, odatiy metaforalardir. Jonlantirish badiiy
nutqqa   obrazlilik   baxsh   etuvchi   muhim   vositalardan   biridir.   “Badiiy   san’atlar”
kitobida   jonlantirish   haqida   shunday   deyiladi:   “Jonlantirish   –   istioraning   bir
ko‘rinishi. Jonlantirish  odamlarga xos  bo‘lgan xislatlarni  jonsiz  predmetlar,  tabiat
hodisalari, hayvonot, parranda,  qush kabilarga  ko‘chirish orqali  paydo bo‘ladigan
tasvir   usulidir”. 21
  “O‘zbek   tili   stilistikasi”da   ham   “kishilarning   harakatlari,   his-
tuyg‘ulari,   so‘zlash   va   fikrlashlari   jonsiz   predmetlarga   ko‘chirilishi”ga 22
jonlantirish   deyilishi   ta’kidlanadi.   Mumtoz   adabiyotimizda   jonlantirishning   ikki
turi farqlangan:
1. Tashxis  – shaxslantirish, jonsiz narsalarni insonlarday qilib tasvirlash.
She’riyatda   jonlantirishdan   voqelikni   obrazli   tasvirlash   maqsadida   foydalaniladi.
Tasvir   obyektiga   kitobxonni   yaqinlashtirish,   voqelikning   anglanishini
osonlashtirish   va   quruq-rangsiz   ifodadan   qochish   uchun   ham   mazkur   usulga
murojaat   qilinadi.   Quyida   shoir   Chori  Avazning   “Tortilgan   kamon”   turkumidan
keltirilgan   she’riy   parchada   muallif   “tabiat   hodisalari”ni   jonlantirish   orqali
kitobxonning tasvirlanayotgan voqelikka munosabatini faollashtiradi:
20
 Миртаджиев М. Переносные значения и их манифестация в узбекском языке. АДД.-Т.,1989, с-13
21
  Boboyev   T .,  Boboyeva   Z .  Badiiy   san ’ atlar .  TDPU , 2001.- B .11
22
  Shomaqsudov A. va boshqalar. O‘zbek tili stilistikasi.-T.: “O‘qituvchi”, 1983.-B.245
36 Tong. Quyosh ataylab chiqqanda y
Albatta olmoqqa o‘chini –
          Sovuqqa, ayozga, qorlarga
          Ko‘rsatib qo‘ymoqqa kuchini.
          Yosh to‘ka boshladi quyoshning
          Qish chidash berolmay qahriga.
          Va yig‘lab bosh qo‘ydi nish urgan
          Maysalar lashkarin bag‘riga.
          Maysalar bezovta dildirab
          Quyoshdan iltifot so‘raydi…
          Kech. Quyosh maysalar lashkarin
          Tun bilan qoldirib jo‘nadi.
          Tun esa boqqancha ularga
          Hayratdan kelmasdi hushiga – 
          Maysalar miriqib uxlardi
          Quyoshni ko‘rishib tushida.
          2.  Intoq  – nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demak. Bu
tur jonlantirishda narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi. Shoir Chori
Avazning “Tortilgan kamon” turkumidan joy olgan “Orol  nidosi” deb nomlangan
she’rida   intoq-jonlantirishdan   unumli   foydalanilgan   va   Orolni   so‘zlatish   orqali
tasvirlanayotgan voqelikni o‘quvchiga ta’sir kuchini yanada oshishiga erishilgan:
           Kel, menga hamdam bo‘l, kel, meni tushun – 
Ko‘p emas, bir lahzang baxsh et men uchun;
          Yo‘lma-yo‘l men tashlab chiqqan vatan bo‘l,
          Quyun, bo‘ronlarga bir on maskan bo‘l;
          Uzoqlarda qolgan qirg‘og‘im bo‘lgin,
          Tuzu qumga to‘lgan qarog‘im bo‘lgin;
          Bir lahza kemam bo‘l, zangla va chiri,
          Bir lahza baliqday jon ber, so‘ng tiril;
Sinestetik metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa
37 tushuncha   boshqa   sezgi   organi   bilan   idrok   etiladigan   narsa-tushunchaga
o‘xshatiladi,   yaqinlashtiriladi   vas   hu   asosda   ko‘chma   ma’no   yuzaga   keladi.
Masalan,   Shirin   tabassum,   shirin   gap;   yengil   tabassum,   yengil   nigoh,   yengil
qadam: og‘ir gap, og‘ir masala kabi. Bu misollarda keltirilgan Shirin, yengil, og‘ir
sifatlarida   sinestetik   metafora   sodir   bo‘lgan.   Maza-ta’m   ma’nosini   bildiruvchi
“shirin”   va   o‘lchovni   ifodalaovchi   “yengil”   so‘zlari   “yoqimli”ma’nosida,   “og‘ir”
so‘zi esa “yoqimsiz” ma’nosida kelgan.
Chori Avaz she’rlarida o xshatish san’atidan ham mahorat bilanʻ
foydalangan.   O‘xshatish   shunday   san atki,   unda   so zlarda   ifodalangan   ikki   yoki	
ʼ ʻ
undan   ortiq   narsa   va   hodisa,   xususiyatlar   o rtasida   mavjud   bo lgan   o xshashlik,	
ʻ ʻ ʻ
sifat   va   belgidagi   umumiylik   qiyoslanadi,   o zaro   solishtiriladi,   tasvirlanayotgan
ʻ
narsa-hodisaning ayrim  xususiyati  yorqin, chuqurroq va ta sirliroq ochib beriladi.	
ʼ
Narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi   o‘xshashlikka   asoslanib,   ularning   biri   orqali
ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatib berish
o‘xshatish   deyiladi.   O‘xshatish   eng   qadimiy   va   ko‘p   qo‘llanadigan   tasviriy
vositalardandir. 23
  Ijodkor   o‘xshatishdan   ifoda   tasvirini   badiiy   ta sirchan   ifodalash	
ʼ
uchun,  uning   o‘ziga   xos   individual   xususiyatlarini   ochishda,   ruhiy   holatlarini   aks
ettirishda,   tabiat   manzaralarini   tasvirlashda   foydalanadi.   Chori   Avaz   qo‘llagan
o‘xshatishlar   go‘zal   va   betakrorligi,   ta’sirchanligi   bilan   bir-birini   takrorlamaydi.
Shoir tashbehlarida o‘xshatish obyekti qilib, asosan, tabiat unsurlari olinadi.
           Ochdim quchog‘imni o, kelgil, qani!
          Ey, mening ruhimning izlab topgani.
          Poyimda sil kabi sarg‘aygan xazon
          Kelajak kunlarga o‘t qo‘yar ayon.
***
          Kuz esa ming yoshli donishmand sifat
          Ohista g‘udranar ko‘zlarin yumib.
          Bu qanday afsungar, bu qanday xilqat,
          Nechun to‘ymayapman unga tikilib.
23
  Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992 . – Б.89.
38 ***
Kun nafis va iliq kafti-la
Sap-sariq barglarni silaydi.
Yel ko‘zim o‘ngida o‘zini
Oftobning rangiga belaydi.
Tabiat qaytadan jonlanar,
Lahzalar ardoqli kichadi.
Ufqqa termulgan tiriklik
Quyoshni – olovni ichadi.
Ko‘ksimda umidlar yonmoqda,
Ketyapti yuragim gupurib.
Nigohim bilanmi quyoshni
Olganday ufqdan sug‘urib.
          O‘zbek tilida boshqa tillarda bo‘lgani kabi o‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib
topadi   va   ular   o‘xshatish   subyekti,   o‘xshatish   etaloni,   o‘xshatish   asosi   va
o‘xshatishning   shakliy   ko‘rsatkichi   deb   nomlanadi. 24
  M.Mukarramov
o‘xshatishlarni   yuqorida   keltirilgan   to‘rt   unsurning   qay   darajada   ishtirok   etishi
belgisiga qarab ikki guruhga ajratadi:
1. Grammatik belgili o‘xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar
grammatik ko‘rsatkichi  bilan mavjud bo‘ladi. To‘rt  belgidan birontasi  ham  tushib
qolmaydi.
Xazonlar raqsiga mayus termulib,
O‘tgan kunlarimdan mantiq axtardim.
Ilhom kelayotir do‘stimday kulib,
Munis kuzga ifsho etgali dardim.
Bu   misradagi   ilhom   –   o‘xshatish   subyekti,   do‘st   -   o‘xshatish   etaloni,   kulib
kelayotir   –   o‘xshatish   asosi,   -day   –   o‘xshatishing   shakily   ko‘rsatkichi.   Bu   to‘liq
o‘xshatish.
24
 Маҳмудов Н. Ўхшатишлар – образли тафаккур маҳсули// Ўзбек тили ва адабиёти, 2011 йил, 3-сон. – Б.72.
39 2. Logik o‘xshatishlar. Bunda grammatik belgi bo‘lmaydi:
          Bas…s!
          Osmonlarda yashashdan to‘ydim,
          Qanotim og‘irlik qilmoqda.
          Men endi tosh,
          Meteor kabi
          Otilgan Yer tomon.
          Yo‘l uzun, yo‘l uzoq, yo‘l yiroq,
          Sen – orzu, sen – hayot, sen…
          Biroq, bas.
Shoirning “Ro‘shnolik” she’ridan olingan parchadagi “Sen – orzu, sen
hayot,   sen…”   misrasida   qisqargan   o‘xshatishlar   mavjud.   Chunki   ularda
o‘xshatishning   asosi   (qaysi   xusuxiyati   o‘xshashligi)   va   ko‘rsatkichi
ifodalanamagan. Bu logik o‘xshatishga misol bo‘ladi. Shoir qo‘llagan o‘xshatishlar
noodatiyligi, bir-birini takrorlamasligi bilan alohida ajralib turadi:
          Bir hovuch nur darchadan sachrab,
          Zulmatga tig‘  kabi  sanchildi.
          Shoir esa negadir sekin,
          Sekingina jilmaydi, kuldi.
          ***
          Koinotga tushgan yo‘lchi dek
          Hayrat ichra termulaman tek.
          ***
          Biz uchun:
           g‘o‘za – botanika,
          o‘g‘it – himiya,
          traktor – fizika,
          tabelchi – algebra
          edi u paytlar.
          ***
40           Oromlar ko‘z qisib qiz  kabi
          Qo‘ymasin vujudni eritib.
          Oromlar po‘lat dek  qalbni ham
          Bag‘rida yuborgan chiritib.
          ***
          O‘sha bahor to‘qnash keldi
          Bolalikning kuziga,
          Umr esa toshqin sel dek
          Oqar, qaytmas iziga .
          ***
           Mening umrim nima? Mezon dek  daydib
          Haq uchun kurashga hamroh istadim.
          Ammo kimlargadir dardlarim aytib,
          Faqat she’rlar bitmoq bo‘ldi qismatim .
                    Ko‘rinadiki,   o‘xshatishning   asosida   ham,   metaforaning   asosida   ham
qiyoslash-o‘xshatish   mazmuni   yotadi.   Har   ikkala   ifoda   tasvir   vositasi   ham
ekspressivlik,   obrazlilik   xususiyatlariga   ega.   Biroq,   metaforada   obrazlilik
o‘xshatishga  nisbatan kuchlidir. Chori  Avaz she’rlarida ifodalanayotgan  mazmun-
mohiyat,   badiiy   tasvir   nutqning   betakror   ifoda   tasvir   vositalari:   o‘xshatish   va
metaforalar   bezagida   yanada   sayqallashib,   go‘zal   qiyofaga   kelgan.   Shoira
she’riyatida   bu   kabi   badiiy   tasvir   vositalari   nihoyatda   ko‘p   uchraydi.   Bu   esa
shoiraning   ifoda   tasvir   vositalarining   bu   turlaridan   nihoyatda   unumli,   o‘z   o‘rnida
mohirona   foydalanganining   o‘ziga   xos   dalilidir.   Chori  Avaz   she’riyati     shunday
o‘ziga   xos   metaforalarga,   obrazli   o‘xshatishlarga   nihoyatda   boy   va   uning
betakrorligini belgilab turuvchi vositalar orasida eng e’tirofga loyig‘i o‘xshatish va
metaforalardir.
                    Epitet.   Badiiy   adabiyotda,   xususan   she’riyatda   lirik   qahramon
kechinmalarini   ifodalashda,   narsa   va   hodisalarni   yoki   ularning   ma’lum   bir
xususiyatlarini   aks   ettirishda   albatta   obrazli   tasvirlardan   foydalaniladi.   Bunday
tasvirlashning eng keng tarqalgan turi epitetdir. Epitet narsa, hodisa, tushunchalarni
41 va   ularga   xos   xususiyatlarni   obrazli   tavsiflash,   qisqa   qilib   aytganda,   sifatlash
demakdir.   Epitet   antik   davrlardan   beri   fanga   ma’lum   tasvir   vositasi   bo‘lib,   uning
nomi   grek   tilidan   tarjima   qilinganda   “izohlash”,   “izohlovchi”   degan   ma’nolarni
bildiradi.   “Epitet   –   poetik   aniqlovchi.   U   boshqa   doimiy   aniqlovchilardan
ekspressivlik hosil qilishi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi.” 25
 Odatiy
aniqlovchilar   orqali   tasvirlash   o‘quvchida   yoxud   tinglovchida   hayajon
uyg‘otmaydi.   Masalan,   loyqa   suv   birikmasi   biz   uchun   tanish,   keng   tarqalgan
aniqlovchili birikma. Uni eshitganimizda yoxud o‘qiganimizda tasavvurda doimiy
tasvir   aks   etadi.   To‘g‘ri,   har   qanday   aniqlovchili   tasvir   mohiyatida   obrazlilik
yotadi,   ammo   bu   jihat   yuqorida   keltirilgan   odatiy   epitetlarda   anchayin   kuchsiz
bo‘ladi.   Biroq,   loyqa   dard   birikmasida   esa   obrazlilik   kuchlilashganini,   tasvirda
ekspressivlik   paydo   bo‘lganini   ko‘rish   mumkin.   Bu   uslubiy   epitetning   namoyon
bo‘lishidir.   Demak,   epitet   obrazlilik   namoyon   qilishi,   tinglovchida   hayajon
uyg‘otishi nuqtai nazaridan odatiy va uslubiy turlarga bo‘linadi.
                   So‘z san’atining shakllanib borishi jarayonida ayrim uslubiy epitetlar keng
qo‘llanilish   natijasida   odatiy   epitetlarga   o‘tib   qolishi   mumkin.   Bunga   misol   qilib
oltin kuz, daydi shamol kabi sifatlashlarni keltirish mumkin.
           Epitet uslubiy figura sifatida yozuvchi yoxud shoirning o‘ziga xos uslubini
ham yuzaga chiqaruvchi vosita hisoblanadi. “Epitetlarning matndagi o‘rni ham har
bir   shoir  ijodida  o‘ziga  xos.  Bu  narsa  albatta  ijodkorning so‘z  qo‘llashdagi   niyati
bilan bog‘liqdir.” 26
                    Chori  Avaz   she’riyati   betakror   sifatlashlarga   nihoyatda   boyligi   bilan
adabiyotda o‘z o‘rniga ega hisoblanadi:
          So‘lim  kecha. Oy kezar,
          Yel –  oydin  tun qo‘shig‘i.
          Jisming aro she’r yuzar – 
          Hayotingning bor-yo‘g‘i.
          ***
          Qirg‘oq. So‘ng  yam-yashil besarhad  adir,
25
 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Й. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992 . – Б.98.
26
 Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. – СамДУ нашри: 1994. – Б.25.
42           Rassom xolst yonida turar o‘ylanib.
          Uni asir etgan peyzaj negadir
          Xolstga tushmayapti rangga aylanib.
          ***
          Men senga yo‘liqib qolmadim, axir,
          Sening borligingga keltirib imon.
          G‘addor  sinovlarga solsa ham taqdir,
          Senga talpindim va yetoldim omon.
          ***
          Boq endi, to‘ydirib ol ko‘zlaringni,
          Omonat lutflarni peshonangga surt.
          Qaytadan nishonla bu zafaringni,
           Achchiq  iztirobim yutoqqancha yut.
          ***
          Har zamonda sizni ko‘rgim keladi,
          Ammo bu  og‘ir  vujudni sudramoq og‘ir.
          Yana bir dard meni sil kabi qiynar – 
          Yuragimning  bo‘m-bo‘sh  o‘rni og‘ir.
Mazkur to‘rtliklarda keltirilgan  so‘lim kecha, oydin tun, yam-yashil
besarhad   adir,   g‘addor   sinovlar,   achchiq   iztirob,   og‘ir   vujud,   bo‘m-bo‘sh   o‘rni
sifatlashlari   epitet   hisoblanib,   o‘ziga   xos   obrazli,   ta’sirchan   xarakter   aynan   mana
shu birikmalar vositasida yuzaga chiqqan.
                   Ko‘rinadiki, badiiy ifodalilikni kuchaytirish, o‘zi aniqlab kelayotgan narsa
yoki   tushunchani   bezash,   uning   xususiyatini   ta’riflash,   tasvir   obyektiga   nisbatan
muallifning   munosabatini   ravshan   ifodalash   epitetning   uslubiy   vazifasi   sanaladi.
Uslubiy   epitetlarda   muallif   tasvirlanayotgan   tushunchaning   o‘zi   zarur   deb
hisoblagan tomonini ma’lum nuqtai nazardan turib baholaydi 27
          Shuncha ko‘rgiliklar yetmaganiday,
          Farmon bitar
27
  Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992 . – Б.98.
43           O‘z baxtini o‘ylab
           Imperator  qish.
         ***
           Zolimsan,  toshlarga aylangan  diydang
          O‘xshaydi qorong‘u, tubsiz o‘pqonga.
          O, qani, sen bir bor o‘rtansang, kuysang
           E’tiqod, imoni kemtik  insonga.
Yuqoridagi   to‘rtlikda   lirik   qahramon   yorning   diydasiga   “toshlarga   aylangan”
sifatlashi   bilan   ta’rif   beradi.   Toshga   xos   qattiqlik   xususiyati   yor   diydasiga
ko‘chirilgan.   Bundan   tashqari   “e’tiqod,   imoni   kemtik”   birikmasi   ham   epitetni
yuzaga keltirgan.
          Epitetlarni hosil qilishda, odatda, asosan, sifat so‘z turkumiga oid so‘zlardan
foydalaniladi.   Ammo   epitet   sifatida   otlardan,   sifatdoshlardan,   ravishlardan   ham
foydalanish mumkin. Masalan yuqorida keltirilgan so‘lim  kecha, oydin tun, yam-
yashil   besarhad   adir,   g‘addor   sinovlar,   achchiq   iztirob,   og‘ir   vujud,   bo‘m-bo‘sh
o‘rni birikmalarida sifat so‘z turkumi epitet hosil qilish vazifasini bajargan bo‘lsa,
imperator   qish   birikmasida   bu   vazifani   ot,   toshlarga   aylangan   diyda   epitetida   bu
vazifani sifatdosh bajargan.
                    Ta’kidlash   joizki,   epitet   narsa-hodisa   yoxud   tushunchani   uning   boshqa
turlaridan   ajratib   ko‘rsatuvchi   oddiy   ta’rifdan   farq   qiladi.   U   predmetning   biror
xususiyatini ajratib ko‘rsatish bilan birga istiorali sifatlash sifatida tasvir obyektiga
boshqa   narsa-hodisa   yoxud   tushunchaning   xususiyatini   ko‘chiradi.   Epitet
shunchaki   o‘zi   qo‘llangan   iborani   yoki   gapni   bezash   emas,   balki   tasvirning
mazmuni   bilan   aloqador   bo‘lib,   o‘zi   qo‘llangan   gap   yoki   matnning   mantiqiy,
lingvistik,   adabiy   va   psixologik   jihatlari   bilan   bog‘liq   ravishda   namoyon   bo‘ladi.
Chori  Avaz   qo‘llagan   epitetlar   ham   ana   shunday   bog‘liqlikda   shakllangan   bo‘lib,
shoiraning uslubiga yanada ravon va betakror jilo baxsh etgan hisoblanadi.
2.2. Takror san’atining shoir she’riyatida qo‘llanilishi
44                    Tilimizda mavjud har  bir uslubda qo‘llanayotgan so‘z anglatgan ma’noni
tinglovchi   yoxud   o‘quvchi   ko‘z   o‘ngida   yanada   ravshanlashtirish   asosiy   o‘rin
tutadi. Bunda anglashilayotgan ma’noni ta’kidlab, alohida ajratib, zarur o‘rinlarda
qayta   qo‘llab   bu   natijaga   erishish   mumkin.  Ana   shu   jihatga   ko‘ra   takror   badiiy
uslubda   eng   faol   qo‘llaniladigan   stilistik   usullardan   biridir.   “Badiiy   uslubda
takrorning vazifasi faqatgina ma’lum narsa-hodisani yoki holatni ajratib, ta’kidlab
ko‘rsatish   bilangina   chegaralanmaydi.   Badiiy   asarda   barcha   uslubiy   vositalarda
bo‘lgani   kabi,   takrorning   zimmasiga   ham   til   birliklariga   emotsional   bo‘yoq,
alohida   ohang,   joziba   berish   vazifasi   yuklanadi.   Agar   imkoniyat   bo‘lsa,   shu
vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda muallifning yoki asar qahramonining
voqelikka subyektiv munosabatini ham bera olishi kerak.” 28
                   Til   birliklarining,   xususan   so‘z,   ba’zan   so‘z   birikmasining   qaysi   o‘rinda
takrorlanib   kelishiga   ko‘ra   takrorning   bir   qancha   turlari   mavjud   bo‘lib,   umumiy
holda   ular   o‘ttizga   yaqinni   tashkil   qiladi.   Ilmiy   adabiyotlarda   takrorning
alliteratsiya, anafora, epifora, rifma (qofiya), assonans, konsonans, tavtologiya kabi
turli xil ko‘rinishlari farqlanadi. Shunga ko‘ra, she’r yoki bandning boshida kelgan
so‘z,   so‘z  birikmasi   yoki   gap   har   bir   misra   yoki   band   boshida   takrorlanib   kelishi
anaforani tashkil qiladi. O‘rinli takrorlari, beqiyos jozibador ohangli misralari bilan
adabiyot olamida alohida o‘rin tutgan shoir Chori Avaz she’rlarida ham takrorning
ushbu turi – anaforadan ko‘p bor foydalangan. Shubhasiz, bu orqali she’r jozibador
ohang   va   bo‘yoq   bilan   ta’minlangan.   Shoir   qo‘llagan   anaforalar   soddaligi   bilan
she’rxonning   ko‘z   o‘ngida   jonlanayotgan   manzarani   yanada   ravshan   va   aniq
ko‘rinishda namoyon etadi:
Sen kelsang  qaytadan gullagay xazon,
Sen kelsang  lojuvart tuyulgay osmon.
Sen kelsang  eng dilbar yangragay navo,
Sen kelsang  bag‘rimda tirilar dunyo…
Yoki
Garchand  qul erurman, garchand erkim yo‘q,
28
 Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. – СамДУ нашри: 1994. – Б.55-56
45 Garchand  ozodlikka tashna, xumorman,
Garchand  baxtdan o‘zga o‘yim – mulkim yo‘q,
Garchand  kutganlarim ko‘pdir bahordan.
                    Shoirning   ushbu   misralaridagi   sen   kelsang   hamda   garchand   so‘zlarining
takrorlanishi uslubiy jihatdan anaforani tashkil etgan, badiiy jihatdan esa she’rdagi
fikrning   ifodasini   ta’kidlab   ko‘rsatish   bilan   bir   qatorda   ohangdorlikni   ham
ta’minlagan.
                   Takrorning   lingvostilistik   va   lingvopoetik   ahamiyati,   birinchi   navbatda,
asosiy ma’nodan tashqari qo‘shimcha ma’no ifodalash, o‘quvchi yoki tinglovchiga
muayyan   badiiy-estetik   ta’sir   o‘tkazish   bilan   bog‘liq.   Ijodkorlar   ifodani   ta’sirli
qilish   maqsadidan   kelib   chiqib,   ushbu   usulga   faol   murojaat   qilishadi.   Bu   faollik,
o‘z navbatida, takror turlarining ko‘payishiga olib kelgan. A.Mamajonov o‘zining
“Takror   va   uning   sintaktik-stilistik   funksiyasi”   nomli   maqolasida   takrorning
fonetik,   leksik-morfologik   va   sintaktik   turlari   mavjudligini,   ularning   poetik   nutq
uslubida   alohida   o‘rni   borligini   ta’kid;aydi,   til   stilistik   resurslarining   boyish
manbalaridan   biri   ekanligini   va   “Takrorning   funksiyasi   avtor   nutqini   ta’sirchan
etish,   fikrni   konkretlashtirish   va   eng   muhimi,   uning   tinglovchi   va   o‘quvchini
ishontira olish kabi xususiyatlarni ifodalashdan iborat bo‘ladi” deb yozadi. 29
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Doimo o‘zining ustidan kulib.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Har kun ming tug‘ilib, har kun ming o‘lib.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Katta, chiroyli va yorug‘ xonasi.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Chakki tomar uyda yashar onasi,
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Tushlarida kezib qishloq, voha, qir.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
29
 Юсупова О. Хиазм – синтактик такрорнинг бир тури сифатида // “Аъзам Ўктам бадиий маҳорати” халқаро 
илмий-амалий конференция материаллари. – Андижон, 2020. – Б.4
46 Onasi, qishlog‘I, sevgilisi – she’r.
Shoirning   ushbu   she’rida   birinchi   misraning   har   bir   band   boshida   takrorlanib
kelishi   uslubiy   jihatdan   sintaktik   takrorni   tashkil   etgan,   badiiy   jihatdan   she’rdagi
fikr ifodasini ta’kidlab ko‘rsatish bilan bir qatorda ohangdorlikni ham ta’minlagan.
Lirik   qahramonning   o‘z   tug‘ilib   o‘sgan   yurti   –   qishlog‘idan,   onasidan   va
sevgilisdan   uzoqda   yashayotganligini   hamda   ulardan   uzoqda   yashashning
og‘irligini   “Har   kun   ming   tug‘ilib,   har   kun   ming   o‘lib”   misrasidagi   tasvir   bilan
ochib bergan.
Meni qushlar uyg otar ʻ erta ,
Erta  kutib olaman tongni.
Bahor  erta  aytadi ertak,
Men tinglayman hovuchlab jonni.
O n oltiga to lgan boladay	
ʻ ʻ
Unutaman  erta  o tmishni.	
ʻ
Erta  meni kuylay boshlar nay,
Kuzataman  ertaga  qishni.
Qushlar  erta  yelkamga qo nar,	
ʻ
Chah-chahlashar yoqimli, mayin.
Kadarlarning qaddin yoy qilib,
Tong  ertaga  boshqacha otar.
Men yonurman tongning muzdayin
Havosidan bot-bot yoqilib.
                    Yuqoridagi   misollardan   ko‘rinadiki,   anafora   nafaqat   fikr   ta’kidini
kuchaytiruvchi   stilistik   vosita,   balki   she’rning   kompozitsion   asosini   belgilovchi
omil   sifatida   ham   qo‘llaniladi.   Masalan,   shoirning   “Erta”   nomli   mazkur   she’rida
ifodalanmoqchi   bo‘lgan   fikr,   muallifning   xitobi   har   bir   bandda   takrorlangan   erta
so‘zida   aks   etadi   va   birgina   shu   so‘zning   o‘zi   orqali   muallif   nima   demoqchiligi
oydinlashadi.   Navbatdagi   satrlar   esa   bevosita   birinchi   misrani   to‘ldirib,   izohlab
boradi. Va shubhasiz so‘z takrori  jarayonida o‘ziga xos ohang, ritm  hosil  bo‘ladi.
Badiiy uslubga xos takrorlarning yana bir turi  epifora bo‘lib, epifora so‘zlar oxirida
47 unli yoki undosh tovushlarning, misralar, gaplar oxirida esa ma’lum bir so‘z, so‘z
birikmasi yoxud jumlaning takrorlanib kelishi orqali yuzaga keladi. Tom ma’noda
oladigam bo‘lsak, epifora anaforaga teskari takror hodisasidir. “Anafora og‘zaki va
yozma nutqda, epifora esa asosan, yozma nutqda qo‘llaniladi.” 30
 Shu jihatga ko‘ra,
epifora she’riyatda ko‘p murojaat qilinadigan takror hisoblanadi:
Og ochlar gulladi, ochun ʻ uyg ondi,	ʻ  
Olislar uyg ondi, yaqin 	
ʻ uyg ondi,	ʻ  
Tovushlar uyg ondi, sokin 	
ʻ uyg ondi,	ʻ  
Yomg ir, guldiraklar, chaqin 	
ʻ uyg ondi,	ʻ  
Qani, endi sen ham, ey qalb,  uyg ongin!
ʻ
Yoki
Ko‘ngil havolanar, dod deydi  jismim,
Yer – Vatan, quchoqlab yot deydi  jismim.
Ko‘ngil senga ag‘yor, yot, deydi  jismim,
Jismim ning so‘zidan dil pora-pora.
                    Mazkur  misolda   misralar  oxirida   uyg‘ondi   hamda   jismim   so‘zlarii   takror
qo‘llangan holda epifora yuzaga kelgan. Bu orqali ohangdorlik, fikr  ta’sirchanligi
va ta’kidga erishilgan. Bir qarashda band oxirida takrorlangan so‘z radifni eslatadi.
Ko‘p hollarda bu ikki tushunchani bir-biridan ajratish mushkul. Chunki radif ham
she’r misralari oxirida takrorlanuvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasidan iborat bo‘ladi.
Ammo   takror   qo‘llangan   so‘z   radif   bo‘lishi   uchun   o’zidan   oldingi   so‘z   albatta
qofiyalangan   bo‘lishi   va   she’rning   boshidan   oxirigacha   bitta   radif   takrorlanishi
kerak.   Epiforada   esa   bunday   talab   yo‘q.   U   o‘zidan   oldin   keluvchi   so‘zning
qofiyalanishini   talab   qilmaydi.   Ya’ni   u   o‘zaro   ohangdosh   bo‘lmagan   so‘zlardan
keyin ham qo‘llanilishi va bir band davomida ham kuzatilishi mumkin.
                    Bundan   tashqari,   badiiy   uslubga   xos   takrorlarning   yana   bir   turi
akromonogramma   bo‘lib,   bu   takror   she’riyatda   birinchi   misra   oxiridagi   so‘zning
keying misra boshida takrorlanib kelishini ifodalaydi:
Sen maddohlik qilmagin , yurak!
30
 Sultonsaidova S., Sharipova O‘. O‘zbek tili stilistikasi. – T.: Yurist-media markazi nashriyoti, 2009. – B.64.
48 Yurak , o‘zga yo‘l uchun qayg‘ur.
Bilasan-ku, yashash naqadar
Qizil rangli gullarga og‘ir.
Yoki
Tark et, orom,  avrama,
Avrama,  ey yorug‘ dard.
Sen ko‘z nurim, yolg‘izim,
Ammo tark etgil faqat.
Ko‘ngil sog‘inchli  axir,
Axir , sog‘inch ham ozor.
Ket, ko‘ngilda yoshini
Yashab bo‘lgan sabr bor.
Bu   misralardagi   yurak,   avrama   so‘zlari   va   axir   yuklamasi
akromonogrammani   hosil   qilgan.   Akromonogramma   shunchaki   takrorni   emas,
balki   alohida   ta’kidlangan   takrorni   yuzaga   keltirgan.   Ya’ni   shoirning   birinchi
misralarda   yurakka   murojaati   takrorlanib,   keying   misralardagi   so‘zlar   yordamida
esa ma’no kuchaytirishga erishilgan. 
                   Sintaktik takror, nafaqat, fikr ta’kidini kuchaytiruvchi stilistik vosita, balki
she’rning   kompozitsion   asosini   belgilovchi   omil   sifatida   ham   qo‘llanilishi
mumkin.   Bunda   she’r   bandlarining   ajratilishi   takror   kelgan   satr   yoki   baytning
joylashuviga   qarab   belgilanadi.   Shubhasiz,   so‘z   takrori   jarayonida   o‘ziga   xos
ohang   va   ritm   hosil   bo‘ladi.   Sintaktik   takror   ob’yektiv   olamda   mavjud   bo‘lgan
voqea-hodisalar haqidagi figuralarning tugal va keng ifoda etishi uchun ham uning
yordamida   tugallanadigan   sintaktik   konstruksiyalarning   biron   bir   komponentini
tushurib qoldirish mumkin bo‘lmaydi.
          Sintaktik takror hodisasining yuzaga chiqishi uchun ikki yoki undan ortiq bir
tipdagi   sintaktik   konstruksiyalar   parallel   holatda   qo‘llanishi   shart.   Bunday
konstruksiyalarni intonatsion xususiyatlari jihatdan ham bir xarakterga ega bo‘ladi.
Sintaktik   takror   semantik-stilistik   kategoriya   sifatida   keng   ma’nodagi   hodisa
49 bo‘lib,   u   tor-yakka   ma’nodagi   takror   hodisalarning   quydagi   turlarini   o‘z   ichiga
oladi:
           1. Gap bo‘laklari takrori – bo‘lakli takror. Bunda qiyoslanayotgan sintaktik
konstruksiyalarning tuzilishidagi bir xil gap bo‘lagi aynan takrorlanadi.
Jilg alarniʻ  ko rdim,	ʻ   haq, deb  qurigan,
Chinorlarni  ko rdim, haq, deb
ʻ  chirigan.
Ko rdim haq, deb	
ʻ  jilg a bo lgan ko zyoshni,	ʻ ʻ ʻ
Ko rdim haq, deb	
ʻ  uvoq bo lgan cho ng toshni.	ʻ ʻ
Shamollarni  ko rdim haq, deb	
ʻ  depsingan,
Tog larni 	
ʻ ko rdim men haq, deb	ʻ  silkingan.
Haq, deb  avjga mingan to fonni 	
ʻ ko rdim,	ʻ
Haq, deb  guldiragan osmonni  ko rdim.	
ʻ
Ey inson, o zni tut endi tonmoqdan,	
ʻ
Tabiat isyonga tayyorlanmoqda.
Bu  she’rda  gap  bo‘laklaridan  kesim  (ko‘rdim)  hamda   hol   (haq,  deb)  takror
holda   qo‘llangan.   Mazkur   bo‘laklarning   takrorlanishi   shoir   qalbidagi
kechinmalarni ifodalashga yordan bergan.
2. Soz birikmalari takrori - birikmali takror. Birikmali takror
qiyoslanayotgan   konstruksiyalar   tarkibida   bir   xil   so’z   birikmasining   takrorlanishi
natijasida yuzaga keladi. Masalan:
Asta-asta qaytdim  o‘zimga,
Aqlim, yodim tiklandi bari.
Asta-asta qaytdim  izimga
Yaproq yozgan daraxt singari.
Bu   yerda   birikmali   takrorning   matn   mazmuniga,   ifodaviyligiga   ko‘rsatgan
ta’sirini   ko‘rishimiz   mumkin.   Misralarda   takrorlangan   so‘z   birikmasi   takrori   lirik
qahramonning   ruhiy   iztiroblaridan   forig‘   bo‘lish   jarayoni   obrazli   tarzda
ifodalashga xizmat qilgan.
                   3. Gap takrori  – predikativ takror. Ya’ni  gap takrori  gap qurilishidagi  bir
butun predikativ birliklarning takrorlanib qo‘llanishidir. Masalan:
50 Men zamon ruhi-la voyaga yetdim ,
Aldandim, aldandim , unutdim, bildim.
Ko‘ngil istamagan yo‘llardan ketdim,
Ko‘ngil istamagan yumushlar qildim.
Men zamon ruhi-la voyaga yetdim.
Keltirilgan   parchada   sodda   gaplar   takrorlanib   kelgan.   Mazkur   gaplar
mazmunan iqrorlik, pushaymonlik ma’nolarini ifodalashga xizmat qilgan. 
                    Shoir   she’riyatida   murojaat   va   nidolar   alohida   o‘rin   egallaydi.   Lirik
qahramon, maysaga, shamolga, quyoshga, so‘qmoqqa, ko‘zlarga, hatto baxtga ham
nido qilib, ularni ko‘nglining kechinmalari bilan tasvirlaydi.
                   Chori  Avaz she’riyatida qo‘llangan  takrorlarning yana bir  o‘ziga xos  turi
xiazm   hisoblanadi.   Xiazm   lug‘atlarda   teskari   tartibdagi   sintaktik   parallelizm,
misradagi   so‘zlarni   teskari   tartibda   takrorlashga   asoslangan   stilistik   figura,   deb
ta’riflanadi. 31
Yerning qulog‘ini axtardi bu zot,
Yuragini tutmoqlik uchun.
Yerning yuragini axtardi bu zot,
Qulog‘ini tutmoqlik uchun.
Parchada   qo‘llangan   birikmalar   teskari   takrorlanishi   orqali   she’rda   asosiy
mazmun va g‘oyani yaqqol yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida mazmun asosini o‘z
atrofiga birlashtirib keladi.
          Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Chori Avaz she’riyatida takrorning turli shakllari
o‘rinli,   muayyan   maqsad   ko‘zlangan   holda   mahorat   bilan   qo‘llangan.   Bu   esa
yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   ohangdorlik,   jozibadorlik,   musiqiy   jilo   beruvchi
vosita   sifatida   she’rga   o‘zgacha   jilva   baxsh   etgan.   Takrorlar   badiiy   asarda
qo‘llanilganda   muayyan   obraz   hosil   qilmasa-da,   ularning   yaratilishiga,   ifodaning
go‘zallashishiga, fikrning jarangdor va ta’sirchan bayon etilishiga xizmat qiladigan
31
  Юсупова О. Хиазм – синтактик такрорнинг бир тури сифатида // “Аъзам Ўктам бадиий маҳорати” халқаро 
илмий-амалий конференция материаллари. – Андижон, 2020. – Б.5.
51 fonetik   usullardan   sanaladi.  Ayniqsa,   she’riyatda   takror   orqali   yuzaga   chiqadigan
ekspressivlik   va   ohang   nasriy   asarlardagiga   qaraganda   jozibaliroq   namoyon
bo‘ladi.   Nasrda   bir   xil   takrorlarning   qayta-qayta   kelishi,   qaysidir   ma’noda,
o‘quvchi tomonidan unchalik xushlanmasligi mumkin, ammo she’riy matnlarda bu
borada hech qanday cheklov bo‘lmaydi.
Bob bo yicha xulosaʻ
                   Chori  Avaz she’riyati  betakror  badiiy tasvir  vositalariga  boy she’riyatdir.
Bunday   vositalarning   vazifasi   badiiy   adabiyotda   shoir   yoxud   yozuvchilar
tomonidan   ifodalanayotgan   fikrni   til   birliklari   vositasida   ta’sirchan   ifodalash,
tasvirning   o‘ziga   xos   individual   xususiyatlarini   ochish   uchun   xilma-xil   leksik
birliklardan   foydalanadi.   Bunda   so‘zlar   o‘z   lingvistik   vazifasi   bilan   bir   qatorda
qo‘shimcha ma’nolarni ham ifodalaydi. So‘zlarning bunday ma’nolarda qo‘llanishi
nutqqa yoxud badiiy asarga obrazlilik, ekspressiv bo‘yoq beradi, ifodani erkin va
52 to‘laqonli   ochib   berib,   tinglovchi   yoxud   o‘quvchining   estetik   zavq   olishini
ta’minlaydi.
                   Yuqorida   ko rib   chiqilgan   metafora,   o xshatish,   epitet,   anafora,   epifora,ʻ ʻ
takrorning boshqa turlari, lingvokulturologik birliklar singari badiiy nutqdagi ifoda
tasvir   vositalarining   har   biridan   qo llanilishdan   maqsad   shunday   hisoblanadi.	
ʻ
Bunday   birliklardan   o z   o rnida   foydalanish   har   bir   qalam   sohiblarining   o ziga	
ʻ ʻ ʻ
bog liq.   Shoira   tomonidan   qo llangan   nozik   o xshatishlar,   betakror   ifoda   va	
ʻ ʻ ʻ
ko chimlar   she’rlarning   poetik   individualligini   ta’minlash   va   shaklga   jilo   baxsh
ʻ
etish bilan bir qatorda shoira uslubining yuzaga chiqishida muhim rol o ynaydi.	
ʻ
                    Mazkur   ishning   ikkinchi   bobida   ana   shunday   ifoda-tasvir   vositalarining
o ziga   xos   tomonlari   misollar   yordamida   ochib   berildi.   Shoir   she’rlarida   takror	
ʻ
qo llangan so zlar yangicha mazmun va shaklni hosil qilishda faol ishtirok etadi.
ʻ ʻ
XULOSA
                    She’riy   mantnlar   tili   umumxalq   tiliga   ijodiy   yondashish,   o‘zgarish,
o‘zlashtirish   asosida   yuzaga   kelgan,   qayta   ishlanib,   jilo   berilib,   qo‘llanishning
tegishli   me’yor   va   o‘lchovlarini   olgan,   milliy   til   madaniyatining   yuksak
fazilatlarini   o‘zida   namoyon   etgan,   umumxalq   tilidagi   vositalar   va   me’yorlar
taraqqiyotiga   ham   ijodiy,   ijobiy   ta’sir   etadigan   badiiy   tilning   bir   ko rinishidir.   U	
ʻ
badiiy   obrazli,   ta’sirchan,   emotsional-ekspressiv   xususiyatga   ega.   Badiiy
adabiyotda so‘z imkoniyatlari cheksiz, so‘zning obraz yaratish va ma’no ifodalash
53 doirasi   keng,   shuning   uchun   so‘z   har   bir   ijodkor   qalami   ostida   yangi   ma’no,
o‘zgacha   joziba   tuyg‘uni   ifodalashi   mumkin.  Xuddi   shunday   so‘zning  qudratidan
o‘z maqsadlarini ochib berishda foydalana olgan, yoniq qalbi, keskin so‘zlari bilan
kitobxonlarni   asir   aylagan   o‘z   yo‘li,   o‘z   uslubiga   ega   bo‘lgan   ijodkorlardan   biri
Chori Avazdir.
                    Chori  Avaz   she’riyatining   lingvopoetik   xususiyatlari   quyidagi   bir   qator
xususiyatlari   bilan   ajralib   turadiki,   biz   shu   xususiyatlarni   misol   keltirish   bilan
fikrimizni xulosalaymiz:
                    1.Shoir   she’riyatida   novatorlik,   ijodiy   originallik,   shakliy   topilmalarning
rang-barangligi   o‘ziga   xos   tarzda   aks   etgan.   Shoir   har   bir   so‘zni   qo‘llashda   so‘z
ma’nolariga   katta   e’tibor   bergan.  Ayniqsa,   she’rlari   tilining   jozibador,   ohangdor,
mazmunan boy va serjilo bo‘lishda ko‘p ma’noli so‘zlardan, ularning yangi ma’no
qirralaridan unumli foydalangan.
                    2.   Sinonimlar   asar   tilini   serqirra,   boy,   rang-barang   qilib,   qaytariq   va   bir
xillikning   oldini   oladi.   So‘zlarning   lug‘aviy,   nominativ   ma’nolarini   to‘g‘ri
ifodalashda, matndagi  boshqa  so‘zlar  bilan mutanosiblik, uyg‘unlik hosil  qilishda
qo‘l   keladi.   She’riy   vazn,   qofiya   hosil   qilishda   e’tiborli   omil   sanalib,
ohangdoshlikni   ta’minlaydi.   Chori   Avaz   sinonimlarning   har   bir   ma’no   qirrasini
yorqin   ifodalashga   harakat   qilgan.   Ayniqsa,   kontekstual   sinonimlardan   unumli
foydalangan.
                   3. Shoir she’riyatida leksik, kontekstual antonimlar poetik nutqqa qarama-
qarshi   fikr,   hissiyot,   voqelikni   yuksak   badiiy   ifodalash,   nutqqa   ta’sirchanlik,
ohangdorlik   bag‘ishlash,   juft   qo‘llanganda   zidlilikdan   ko‘ra   umumlashma   ma’no
ifodalab, shu voqeli va ruhiyatni butun borligicha aks ettirish kabi an’anaviy o‘ziga
xos vazifalarni bajaradi.
               4. Har qanday til birligining uslubiy imkoniyatlari kabi noadabiy qatlamga
oid   so‘zlarning   semantik-stilistik   imkoniyatlari   ham   matn   doirasida   oydinlashadi.
So‘z   tanlash   ijodkor   ixtiyorida   ekan,   uni   qanday   uslubda   bayon   etish   ham   uning
indivudual salohiyatiga, mahoratiga bog’liq. Shu bois bu birliklar shoir asarlarida
o‘ziga xos tarzda poetik aktuallashgan. Chori Avaz she’riyatida tarixiy va eskirgan
54 so zlar orqali ham obrazlilik, estetik ta’sirchanlik katta mahorat bilan ifodalangan;ʻ
misralarda   qo‘llangan   etnografik   so‘zlar,   asosan,   xalqning   turmush   tarzi,   e’tiqodi
bilan bog‘liq bo‘lgan milliy-estetik hodisalarni yuzaga chiqarishga xizmat  qilgan.
She’rlarda qo‘llangan so‘zlashuv tiliga xos leksik birliklardagi belgining ortiqligini
ifoda semasi voqelikni obrazli ifodalashda aktual vazifa bajargan. So‘zlashuv tiliga
xos   birliklar   orqali   implitsitlikning   ifodalanishi   bu   birliklarning   lingvopoetik
imkoniyatlarini yanada oshirgan.
                    5.   Chori   Avaz   she’riyatida   tarixiy   so‘zlarning   poetik   aktuallashuvga
moyilligi   aniqlanadi.   Kuzatishlar   tarixiy   so‘zlarning   arxaizmlarga   xos   stilistik
vazifalarda   kelishini   tasdiqladi.   Tarixiy   so‘zlar   va   qo‘shimchalar   tarixiy   davr,
tarixiy lavhaning haqqoniy tasviriga davr ruhini berish, ko‘tarinkilik, ta’sirchanlik
bag‘ishlab, uslubiy g‘alizlik, qaytariqlikdan xalos bo‘lish kabi an’anaviy va o‘ziga
xos   funksiyalarni   bajaradi.   Shoir   she’riyatida   tarixiy   so‘zlar   erkin   fikrni
ifodalashda  qulay va  samarali   usuldir.  Shoira  she’rlarida  ashk,  sayyod,  aftodahol,
alhol kabi arxaik va tarixiy so zlar faol qo llangan.	
ʻ ʻ
                    6.   O‘xshatishlar   she’riyatda   kuchli   ekspressivlik   hosil   qiladi.   Ularning
obrazliligi,   ta’sirchanligi   bir   necha   barobar   ortadi.   Bu   borada   Chori   Avazning
she’riy   mahorati   o‘ziga   xos   individuallikka   ega.   Shoir   asarlarida   o‘xshatish,
metaforalarning original, milliy ruh  bilan  sug‘orilgan, ijtimoiy muhit  ruhiyati  aks
etgan ajoyib namunalari uchraydi. Bu o‘xshatishlarning aksariyati poklik, ezgulik
erk bilan bog‘liq bo‘lib, yorqin tasvirlarni aks ettirgan.
                   7. Shoir she’rlarida epitetlardan shunchaki fikrni chiroyli ifodalash, badiiy
matnga   ko‘tarinkilik,   tantanavorlik   bag‘ishlash,   badiiy   bezak   berish   uchun
foydalanmaydi,   balki   ularga   ma’lum   bir   g‘oyaviy   vazifa   yuklashda   xususiy
yashirin   ma’noga,   ya’ni   implitsitlikka   katta   e’tibor   qaratadi.   Aynan   shoir
she’riyatida   epiteti   orqali   ifodalangan   o ziga   xoslik   badiiy   matnning   lisoniy   va	
ʻ
badiiy-estetik qimmatini belgilashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.
           8. Lingvokulturologik birliklar bevosita madaniyat bilan bog‘liq elementlar
sifatida millatimizning deyarli barcha yozuvchi va shoirlari asarlarida uchraydi. Til
va madaniyat tajassumi hisoblangan bunday birliklar ijodkorning individual uslubi,
55 so‘z   qo‘llash   mahoratidan   kelib   chiqqan   holda   u   yoki   bu   ko‘rinishda   namoyon
bo‘ladi.   O‘zbek   adabiyotida   otashin   she’rlari   bilan   o‘zining   alohida   o‘rniga   ega
bo‘lgan   shoir   she’riyatida   o‘ziga   xos   lingvomadaniy   xarakterga   ega   bo‘lgan
o‘xshatishlar,   metaforalar,   pretsedent   birliklar   qo‘llangan   bo‘lib,   ular   orqali
she’rning   milliy   jozibasi   yanada   go‘zalroq   namoyon   bo‘ladi.   Shoir   she’riyatida
salom, alla, kelin lingvomadaniy birliklari, Odam Ato, Alpomish va qalmoqlar kabi
o‘zbek lingvomadaniyatiga oid pretsedent birliklar faol qo‘llangan.
56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Adabiyot   va   san’at,   madaniyatni   rivojlantirish   –   xalqimiz   ma’naviy   olamini
yuksaltirishning   mustahkam   poydevoridir.   O‘zbekiston   Respublikasining
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   O‘zbekiston   ijodkor   ziyolilari   bilan
uchrashuvdagi ma’ruzasi. xz.uz/index.php/homepage/rasmiy/item/10794
2. O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   “Milliy
o‘zligimiz   va   mustaqil   davlatchiligimiz   timsoli”   mavzusida   O‘zbek   tiliga
davlat   tili   maqomi   berilganining   o‘ttiz   yillligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimdagi nutqi //Xalq so‘zi, 2019 yil 22 oktabr,  №218(7448)
II. Ilmiy – nazariy manbalar:
3.   Абдуллаев . А .   Ўзбек   тилида   экспрессивликнинг   ифодаланиши .   –   Тошкент :
Фан , 1983. 90  б .
4.   Дониёров   Х .,   Мирзаев   С .   Сўз   санъати . –   Тошкент :   Ўзадабийнашр , 1962. –
226  б .
5.   Йўлдошев   М.   Бадиий   матн   ва   унинг   лингвопоэтик   таҳлили   асослари.   –
Тошкент: Фан, 2006. - 123 б.
6. Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – 160
б.
7. Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent, 2008. – 242 b.
8.   Каримов   С.   Бадиий   услуб   ва   тилнинг   ифода   воситалари.   –   Самарқанд:
СамДУ, 1994. – 56 б.
9.   Каримов   С.   Ўзбек   тилининг   бадиий   услуби:   Филол.фанлари   д-ри...   дисc.
автореф. - Тошкент, 1993. - 50 б.
10.   Каримов   С.   Ўзбек   тилининг   функционал   стилистикаси.   –   Самарқанд:
СамДУ, 2010. - 192 б.
11.   Kurbanova   M.,   Yo ldoshev   M.   Matn   tilshunosligi.   –   Toshkent:   Universitet,ʻ
2014. – 220 b.
12.   Маҳмудов   Н .   Худойберганова   Д .   Ўзбек   тили   ўхшатишларнинг   изоҳли
луғати .- Тошкент :  Маънавият , 2013. - 318  б .
57 13.   Маҳмудов   Н.,   Нурмонов   А.   Ўзбек   тилининг   назарий   грамматикаси.   –
Тошкент: Ўқитувчи, 1995. - 230 б.
14.   Маҳмудов   Н.   Ойбек   шеъриятидаги   ўхшатишларнинг   лингвопоэтикаси   //
Ўзбек тили ва адабиёти. –Тошкент, 1985. -№1. –Б. 47.
15.   Маҳмудов   Н.   Ўхшатишлар   –   образли   тафаккур   маҳсули.   “Ўзбек   тили   ва
адабиёти” журнали, 2011-йил 3-сон. – Б.72.
16.  Мирзаев   И.  Лингвистик  поэтика  ва  унинг   филологик  таҳлилдаги   ўрни  //
Лингвопоэтика масалалари. – Самарқанд, -2001. –Б.72-76.
17.   Миртожиев   М.   Лингвистик   метафоралар   таснифи   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. –Тошкент, 1973.-№4.-Б.34-37.
18.   Муҳаммаджонова   Г.   80   -   йиллар   охири   90   -   йиллар   бошлари   ўзбек
шеъриятининг   лингвопоэтик   тадқиқи:   Филол.фан.ном...   автореф.   –   Тошкент,
2004.
19.   Нормуродов   Р.   Шукур   Холмирзаевнинг   метафорадан   фойдаланиш
маҳорати // Ўзбек тили ва адабиёти. –Тошкент, 2002.  №6.- Б .68.
20.   Primov  A.,   Qodirova   X.   Tilshunoslikning   dolzarb   muammolari.   –   Urganch,
2019. – 220 b.
21.   Раҳматуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   –   Тошкент:   Университет,
2006. - 464 б.
22.   Sultonsaidova   S.,   Sharipova   O‘.   O‘zbek   tili   stilistikasi.   –   T.:   Yurist-media
markazi nashriyoti, 2009.- 192 b.
23.  Умурқулов   Б .  Бадиий   адабиётда   сўз . -  Тошкент :  Фан , 1993.- 130  б .
24.   Умурқулов   Б .   Поэтик   метафора   ва   индивидуал   услуб   ( Асқад   Мухтор
шеърий   услуби   ҳақида ) //  Ўзбек   тили   ва   адабиёти . – Тошкент , 1980.-№6.-  Б.35-
40.
25.   Усмонов   С.   Метафора   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –Тошкент,   1964.-№4.-
Б.34-39.
26.   Ҳасанов   А.   Абдулла   Каҳҳор   ҳикоялари   тилининг   бадииятини
таъминловчи   лексик-стилистик   воситалар.   Филол.   фанлари   номзоди...   дисс.
автореф. – Тошкент, 2010. 26 б.
58 27.   Шомақсудов   А.,   Расулов   И.,   Қўнғуров   Р.,   Рустамов   Ҳ.   Ўзбек   тили
стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. - 247 б.
28. Шукуров Н. Индивидуaл услуб ва бадиий тил // Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 1972.-№3.-Б.3-9.
29.   Шукуров   Н.   Бадиий   услуб   ва   бадиий   тил   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –
Тошкент, -1972.-№4.-Б.16-20.
30. Ўзбек тили грамматикаси. 1-том. – Тошкент: Фан, 1975. - 610 б.
31. Ўзбек тилининг изоҳли луғати, икки томлик, 1-том, М., 1981.-632 б.
32. Ўзбек тилининг изоҳли луғати, икки томлик, 2-том, М., 1981. -715 б.
33. Қиличев Э. Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982.
- 83 б.
34.   Қиличев   Э.   Ўзбек   тилининг   амалий   стилистикаси.   –Тошкент:   Ўқитувчи,
1992. - 157 б.
35.   Қобилжонова   Г.   Метафоранинг   системали   лингвистик   талқини.   филол.
фанлар номзоди... дисc. автореф. - Тошкент, 2000. 22 б.
36.   Қобилжонова   Г.   Метафора   ва   ўхшатиш   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –
Тошкент, 1999.-№5.-Б.53.
37.   Қўнғуров   Р.,   Бегматов   Э.,   Тожиев   Ё.   Нутқ   маданияти   ва   услубият
асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992 . – 128 б.
38.   Қўнғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 1980. - 164 б.
39. Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. - Тошкент, 1977, -154 б.
40. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи,
1985. – 158 б.
41. Yusubova   R.  Poeziya   tili  va  okkazionallik.   //  “FarDU  ilmiy  xabarlar”  jurnali,
2018-yil, 2-son. – B.52.
42.   Yusupova   O.   Bekmuradova   I.   O‘zbek   tilshunosligida   badiiy   matn
lingvopoetikasini o‘rganish masalalari. // SamDU ilmiy axborotnomasi.   2021- yil,
6-son. – B.4-8.
59 43. Юсупова О. Хиазм – синтактик такрорнинг бир тури сифатида // “Аъзам
Ўктам бадиий маҳорати” халқаро илмий-амалий конференция материаллари.
– Андижон, 2020. – Б.5-6.
Badiiy adabiyotlar:
44. Avazov Ch. Tortilgan kamon. - Samarqand, 1990 .
45. Avazov Ch. Saylanma.-Toshkent: Ma’naviyat, 2003.
Internet manbalari:
www. ziyonet.uz
www.kh-davron.uz
www.journal-searchs.com
60

MUNDARIJA: KIRISH 4 I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SHE’RIY MATNLAR TILI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. O‘zbek tilshunosligida she’riy matnlar tilining o‘rganilish masalalari 8 1.2. She’riy matnlar tilining o‘ziga xos xususiyatlari 14 1.3. Chori Avaz she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari 21 II BOB. CHORI AVAZ SHE’RIYATIDA BADIIY TASVIR VOSITALARINING QO‘LLANILISHI 2.1. Chori Avaz she’riyatida o‘xshatish va metaforalarning funksional-semantik xususiyatlari 33 2.2. Chori Avaz she’riyatida takrorlarning qo‘llanilishi 41 XULOSA 51 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 54 ISHNING UMUMIY TAVSIFI 1

Mavzuning dolzarbligi. Jahon tilshunosligida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab badiiy asar tili va u bilan bog‘liq til sathi biorliklarining poetic vazifalarini tavsiflash ustuvor bo‘lmoqda. Har bir sath birligining muayyan adib ijodidagi poetik xususiyatlarini aniqlash, lisoniy hodisalarning nutqity voqelanish shakllarini asoslash muhim masalalardan hisoblanadi. Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlarimizni ulug‘lash milliy tilimizga davlat tili maqomi berilishi tilimizning voqelanish xususiyatlarini qo‘llanish doirasini har tomonlama tadqiq etishni taqozo etmoqda. Xususan, “… madaniyat va san’at arboblari hamisha jamiyatning eng oldingi saflarida bo‘lishi, o‘z asarlari, faol grajdanlik pozitsiyasi bilan odamlarni ezgu maqsad va marralar sari boshlashi, ilhomlantirishi kerak emasmi? Mamlakatimizda olib borilayotgan bugungi keng ko‘lamli islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar jarayonida ijodkor ziyolilarimizning o‘rni va hissasi” muhim ekanligi alohida takidlanmoqda. 1 Shunga ko‘ra, til sathlari birliklarining poetik funksiyalarini aniqlash, lingvopoetikaning nazariy masalalarini tadqiq etish, lingvistik birliklarining lingvopoetik tavsifi va tasnifini berish, lingvopoetikaning yangi fanlar tizimidagi o‘rnini belgilash bugungi o‘zbek tilshunosligining muhim masalalaridan biridir. XX asr jahon ilm fanida konkret badiiy obrazning lingvistik talqin bilan munosabatiga oid materiallarga asoslangan tadqiqotlar ko‘lami kengaydi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning turli aspektlari negizida amalga oshirilgan izlanishlar sirasida lingvistik tahlilga nisbatdan turli yondashuvlar kuzatildi va shunga mos tarzdagi xulosalar olindi. O‘zbek tilshunosligida adib va uning asarlari tilida yetakchi unsur bo‘lib yuzaga chiquvchi tasviriy vositalarining insoniy xususiyatlarini ochib beruvchi qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida adabiyot va madaniyat mushtarakligi masalasining dolzarblashuvi mutolaa madaniyatini yuksaltirishga, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashiga, tafakkurini yangilashga bo‘lgan ehtiyoji natijasidir. Binobarin, “Ona tilimiz va milliy 1 Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi. xz.uz/index.php/homepage/rasmiy/item/10794 2

adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. …Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo o‘zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoit yaratilmoqda” 2 Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda jamiyatning ilg‘or taraqqiy etishi, avvalo, ilm-fanning oldiga mazmunan va mohiyatan yetuk tadqiqotlar yaratish talabini qo‘ymoqda. Bu ilm-fanning barcha sohalarida, jumladan, tilshunoslik sohasida ham yangicha yondashish va zamon talabiga javob beradigan yetuk tadqiqotlarni yaratish lozimligini ko‘rsatadi. Shu sababdan o‘zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida o‘rganish, uning nutqiy madaniyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarish faoliyatimizning tarkibiy qismiga aylandi. Til birliklarining semantik sutrukturasini tekshirish va konnotativ pragmatik ma’nolarini chegaralash, bu ma’nolarning nutqda reallashuvida til vositalarining o‘rnini belgilash kabi qator muammolar yuzasidan qimmatli nazariy qarashlar maydonga keldi. Tilshunosligimiz qo‘lga kiritayotgan bu kabi yutuqlar nafaqat fan, balki milliy qadriyatlarimiz rivojiga ham munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Zero, keyingi davrlarda o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotganligi jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Darhaqiqat, istiqlol necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy meroslarimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Shuningdek, mustaqillik sharofati bilan badiiy adabiyotga ham, uni tahlil qilish va o‘rganishga ham talablar butunlay o‘zgardi. Chunki bugungi kunda o‘zbek milliy g‘ururi, Vatanga muhabbat tuyg‘usi, mustaqillik mafkurasi bilan yo‘g‘rilgan dunyo 2 O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yillligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi //Xalq so‘zi, 2019 yil 22 oktabr, №218(7448) 3

qarashi, adabiy tili va adabiyoti, ma’naviyati va madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida zamonamizning eng dolzarb masalalarini ifodalab beruvchi badiiy adabiyotning ahamiyati juda kattadir. Har qanday xalqning milliyligini, ruhiyatini, tarixini, yashash tarzini, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari urf-odatlarini o‘zida mujassamlashtira oladigan badiiy adabiyotdir. Shuning uchun ham shoir va yozuvchilar asarlari tili va uslubi ularning badiiy til vositalaridan foydalanish mahoratini o‘rganish, asarlarning badiiy estetik zavq berish imkoniyatlarini talqin etish tilshunoslik ilmi uchun doimo dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Chori Avaz she’riyatida leksik vositalarning funksional xususiyatlarini o‘rganish, bir ijodkor misolida badiiy matnlar tilining o‘ziga xos xususiyatlarini yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Garchi badiiy asar tili bo‘yicha ko‘plab ishlar yaratilgan, alohida muayyan shoir, yozuvchi misolida monografiyalar, dissertatsiyalar yaratilgan bo‘lsa-da, Chori Avaz ijodining lisoniy jihatlari atroflicha o‘rganilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining o‘rganilganlik darajasi. Shoir Chori Avaz she’riyatini o‘rganish o‘z zamondoshlari davridan boshlangan. Chori А v а zning r а fiq а si Zebo Omonov а t а sh а bbusi bil а n shoirning she rlʼ а ri turli till а rg а t а rjim а qiling а n. Xusus а n, 2022-yil ingliz tilig а t а rjim а qiling а n а s а rl а ri n а moyishi Misrda bo lib o tg ʻ ʻ а n. 2023-yil Anqaraning Yildirim Boyazid univarsiteti bil а n h а mkorlikd а shoirning turk tilig а t а rjim а qiling а n „ А ydınlık h а y а ller“ kitobi n а shrd а n chiqq а n v а n а moyish etilg а n. Chori Avazning vafotidan so‘ng O zbekiston Qahramoni, O zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov “Beg ubor eding ʻ ʻ ʻ bir bolamdek” deb nomlangan maqolasida “Chorijon Marsiyasi” deb nomli bir marsiya yozadi. Iste’dodli shoir va miharrir A’zam O‘ktam Chori Avazning zamondosh do‘sti bo‘lib, o‘zining “Do‘st haqida so‘z” deb nomlangan maqolasida do‘stining shaxsiyati haqida bir qancha fikrlarini aytib o‘tadi va “Sharq yulduzi” jurnalining 1993-yil e’lon qilinadigan 3-4-sonlariga Chori Avazning she’rlarini nashrga beradi. Shoirning qizi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, muxbir Guli Nigor Avazova ham otasining ijod na’munalarini o‘rganib, nashrdan 4

chiqishiga o‘zining xissasini qo‘shib kelmoqda. Bundan tashqari, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori professor Nurboy Jabborov, Ozarbayjonlik shoir va yozuvchi Kənan Haci “Xoşbəxtlik bu deyilmi?!. - Özbək şairi Çari Əvəz üçün xatirə notları” nomli maqolasida ham Chori Avaz ijodi haqida atroflicha fikrlar bildirib o‘tgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari . Chori Avaz she’riyatida leksik vositalarning funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash, shoirning til birliklaridan foydalanish mahoratini ochib berish ishning bosh maqsadi hisoblanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: - she’riy matnlar tilini tahlil etish; - she’riy matn tilining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi bo‘yicha tavsif berish; - she’riy matnlar tiliga oid tadqiqotlarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi; - she’riy matnlar tilining leksik jihatdan o‘ziga xosligini aniqlash; - leksik birliklarning Chori Avaz she’riyatida qo‘llanilish darajasini o‘rganish; - Chori Avaz she’riyatida qo‘llanilgan leksik birliklarning funksional- semantik xususiyatlarini ochib berish; - Chori Avaz she’riyatida qo‘llanilgan sinonim, omonim, antonim so‘zlar va ularning shoir she’riyati badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini belgilash; - Chori Avaz she’riyatida ifoda tasvir vositalarining qo‘llanish xususiyatlarini ochib berish; - leksik birliklar va ifoda tasvir vositalarining she’riyatda uchraydigan poetik, badiiy-uslubiy, obrazli-ifodaviy, ramziy-okkazional vazifalarini o‘rganish orqali ularning badiiy obrazli tilni yaratishdagi o‘rni va rolini belgilash; - kuzatish natijalarini umumlashtirish. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi: 5