Badiiy matnning keng qamrovliligi masalasi
Mavzu: Badiiy matnning keng qamrovliligi masalasi Kirish Asosiy qism 1. Badiiy matnning matn turlari orasida tutgan o'rni 2. Badiiy matnning fonetik-fonologik xususiyatlari 3. Badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari 4. Badiiy matnning sintaktik xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish Necha ming yillardir, odam bolasi o‘rganadi, o‘rgatadi, tajribalarini to‘playdi, saqlaydi va boshqalarga etkazadi. Albatta, bu faoliyatlarning, hech bir istisnosiz, barchasi o‘rganish va o‘rgatish ham, tajriba-axborotlarni to‘plash va saqlash ham, ularni boshqalardan olish va boshqalarga berish ham til vositasidagi muloqot (og‘zaki va yozma) orqali amalga oshadi. Zotan, tilning mohiyatiga daxldor bo‘lgan bosh vazifasining kommunikativ vazifa ekanligi bugun faqat mutaxassisgagina emas, balki barchaga besh qo‘lday ma’lum bir haqiqat. Ammo mazkur kommunikativ aloqaning, nutqiy muloqotning lisoniy-mantiqiy, ijtimoiy- ruhiy, tarixiy-estetik mexanizmlari, ular bilan bog‘liq qoida-qonuniyatlar, o‘ziga xosliklar tegishli fanlar (tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, sotsiologiya, estetika kabi) tomonidan to‘lasicha o‘rganib bo‘lingan emas. Bu boradagi juda ko‘plab muammolar hamma zamonlarda olimlarning e’tiborida bo‘lib kelganligiga qaramay, hamon bahsu munozaralarga sabab bo‘ladi, ilgari surilgan turli fikrlar goh birovlar tomonidan e’tirof etilsa, goh jiddiy e’tirozlarni tug‘dirib keladi. Tabiiyki, har qanday nutqiy kommunikatsiyaning yuzaga kelishi, voqelanishida uch asosiy unsurning ishtiroki majburiydir, ya’ni so‘zlovchi (yozuvchi) axborot (matn) tinglovchi (o‘quvchi). To‘g‘ri, nutqiy kommunikatsiyada nutqiy sharoit, axborot kanali (ovoz, yozuv, magnit yozuvi, telefon kabi), muloqot a’zolarining maqomi, yoshi va boshqa belgilari, shuningdek, boshqa turli g‘ayrilisoniy vositalarning ham o‘rni benihoya muhim, hatto ko‘pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin mazkur uch unsur nutqiy kommunikatsiyaning asosiy ustunlaridir, ularning birotasisiz muloqot jarayoni voqe bo‘lolmaydi.
Tilshunoslik ayni kommunikatsiya jarayonida ikki tomon (so‘zlovchi, tinglovchi) o‘rtasidagi berish-olishning asosiy predmeti bo‘lgan axborotning lisoniy ifodalanishi va anglanishi masalasiga mutlaqo tabiiy ravishda birinchi darajali diqqatni qaratdi. Zotan, har qanday kommunikatsiyaning pirovard va bosh maqsadi ayni shu axborotning “harakati”dir, bu “harakat” esa til vositasida b o‘ladi. Shuning uchun ham tilshunoslik xuddi shu “harakatdagi axborot”ning asosiy va yirik birligini izladi, natijada gapni ana shunday yirik birlik sifatida uzoq davrlar e’tirof etib keldi. Ma’lumki, tilshunoslik o‘z o‘rganish ob’ektini alohida-alohida bo‘limlarga ajratgan, ya’ni fonetika-fonologiyada tovush (fonema)lar, mofologiyada morfemalar, leksikologiyada leksemalar, sintaksisda esa sodda va qo‘shma gaplar o‘rganiladi. Aytish mumkinki, an’anaviy tilshunoslikda tilning eng yuqori sathidagi eng oliy va oxirgi birlik gap deb qarab kelinadi. Polyak tilshunosi M.R.Mayenovaning ta’biri bilan aytganda, “Gap tugagan joyda tilshunoslik o‘z kuzatishlarini tugatadi” degan hukm yaqinlargacha ochiq haqiqat hisoblangan. Ko‘p gaplardan tarkib topgan matnlar keng ma’nodagi grammatika doirasi bilan batamom va to‘lasicha chegaralanuvchi bu fan sohasi kuzatishlaridan chetda qoladi”.
Badiiy matnning matn turlari orasida tutgan o‘rni Tilshunoslikda matn tushunchasi Umumxalq nutqidagi barcha birliklar badiiy tilda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etadi. Aytish lozimki, tilning estetik funksiyasining asosiy yuzaga chiqish o‘rni adabiy asar matni ekan, bu vazifaning o‘ziga xos xususiyatlarini faqat tilshinoslik va adabiyotshunoslik doirasida o‘rganib bo‘lmaydi. Mazkur vazifani har tomonlama mukammal o‘rganish uchun adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, poetika kabi adabiyotshunoslik yo‘nalishlari va til tarixi, uslubiyat, etimologiya, leksikologiya, semasiologiya, grammatika kabi tilshunoslik sohalari bir-biri bilan hamkorlikda ish ko‘rishi lozim. Binobarin, tilning estetik vazifasi masalasi bu ikki yirik fan oralig‘idagi murakkab muammodir. Matn tilshunosligi fani aynan badiiy matnni o‘rganish, tilning estetik vazifasini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bir sohasidir.Mazkur soha bo‘yicha ham o‘zbek tilshunosligida qator ilmiy ishlar amalga oshirildi. Tilshunos olim A. Mamajonovning «Tekst lingvistikasi»nomli qo‘llanmasida matn va uning o‘ziga xos xususiyatlari, matn turlari, matn qismlarini bog‘lovchi vositalar yuzasidan fikr yuritiladi. 1 E. Qilichev o‘zining «Matnning lingvistik tahlili»qo‘llanmasida matn ko‘rinishlari, badiiy matn va uni lisoniy tahlil qilish xususida so‘z yuritadi. Tilshunos olim M. Hakimov «O`zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari» nomli nomzodlik ishida matn, xususan, ilmiy matnning sintagmatik va pragmatik jihatlariga to‘xtalib o‘tadi. 2 Tilshunos olim 1 Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. T., Fan, 1989 2 E.Qilichev Matnning lingvistik tahlili. Buxoro, 2000
M. Yo‘ldashevning «Badiiy matn va uni lingvopoetik tahlili asoslari» nomli qo‘llanmasida badiiy matn va uning lisoniy xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan. Matn nutqiy jarayon mahsuli bo‘lib, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, supersintaktik butunliklardan tashkil topgan, leksik-grammatik, mantiqiy, uslubiy jihatdan shakllangan, aniq maqsadga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Har qanday matn ma‘lum bir mazmunni tashish uchun xizmat qiladi, o‘z xususiyatiga ko‘ra turli axborotlarni etkazadi. Matn nutq ko`rinishi bo‘lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzulish va mazmun mundarijasiga ega bo‘lib, u og‘zaki va yozma ijod namunasi hisoblanadi. Matn atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, aynan «tekst» so‘zi anglatgan ma‘noga tengligiga ishora qilinadi. Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob‘yekti sifatida talqin etiladi. Matnni tadqiq etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. 3 Tilshunos M. Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishida bu haqda shunday yozadi; «Matn so‘zining lug‘aviy manosida birikish, bog‘lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yordamida birikishini o‘rganish» «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Matn birliklarini o‘zaro bog‘lanishini ifoda etuvchi takror va bir necha ko‘rinishlari, olmosh turkumiga xos ba‘zi so‘zlar, gapning so‘roq shakliga xos ko‘rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi”. 3 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. M.: Rus tili, 1981