O‘zbek tilida olmoshlarning lingvopragmatik xususiyatlari
O‘zbek tilida olmoshlarning lingvopragmatik xususiyatlari REJA: Kirish.BIM ning umumiy tavsifi……………………………………………………. I.BOB. Pragmalingvistika va so‘z turkumlarining lingvopragmatik tatqiqi…………………………………………………………………………………. 1.1. Jahon va o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarining lingvopragmatik tadqiqi…………………………………………………………………………………. 1.2.So‘z turkumlarining lingvopragmatik xususiyatlari……………………............ II.BOB.Olmosh so‘z turkumi va uning lingvistik xususiyatlari……………………. 2.1.Olmosh so‘z turkumining grammatik xususiyatlar…………………………….. 2.2.Olmoshlarning funksional - stilistik xususiyatlari………………………………. III.BOB. O‘zbek tilida olmoshlarning lingvopragmatik xususiyatlari…………… 3.1.Kishilik olmoshlarining deyktik xususiyatlari…………………………………. 3.2.O‘zlik va ko‘rsatish olmoshining lingvopragmatik xususiyatlari……………… 3.3.Gumon, so‘roq, belgilash, bo‘lishsizlik olmoshlarining lingvopragmatik talqini …………………………………………………………………………………. Xulosa…………………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………………..
Kirish. O‘zbek tilida olmoshlarning lingvopragmatik xususiyatlari. Mavzuning dolbzarbligi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ham “Ulug‘ allomalarimiz o‘zlarining olamshumul kashfiyot va ixtirolarini sizning yoshingizda ayni kuchga to‘lgan navqiron chog‘larida amalga oshirganlar.Siz ham buyuk ajdodlardan ibrat olib,hayotga mo‘jizalar yaratishga astaydil intilishingiz kerak” 1 -deya ta’kidlaganidek yosh avlod tarbiyasida,ta’lim sohasida yangi islohotni amalga oshirishda yangicha yondoshuv va motivatsiya yoshlarga turtki bo‘ladi. O‘zbek tilimiz shakllanar ekan o‘z taraqqiyot yo‘lini ham bosib o‘tadi.Shu jumladan inson shaxsini kamol topishi tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi . o‘quv fanlaridan biri sanaladi.Bu har bir millatni o‘z tilini mavjudligi, qolaversa tilning turli ma’no mazmun tamonlari mavjud. Umuman olganda, ona tili xalq tafakkurini o‘stiradi, shakllantiradi, rivojlantirib, boradi va millat tilida namoyon bo‘ladi. Ta’lim bo‘yicha ona tili fani o‘zbek tilshunosligi bo‘limi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani orqali morfologiya bo‘limini o‘rganib so‘z turkumlarini tahlil qilib boramiz. 2 So‘z turkumlaridan olmosh so‘z turkumiga alohida e’tibor yaratsak olmosh . so‘z turkumining shakllanishi, qo‘llanilishi, qolaversa qaysi so‘z turkumi o‘rnida ishlatilishiga qarab ma’noli jihatlari o‘rganiladi.Ammo uning ayrim . xususiyatli jihatlari mavjudligi, uni biz lingvopragmatik jihatidan o‘rganishimiz zarur.Buni esa misollar orqali tahlil etishimiz . o‘zbek tilshunosligida olmoshlarning lingvopragmatik xususiyatini o‘rganish . mavzuni dolzarbligini belgilaydi 3 . Muammoning o‘rganilganligi darajasi: so‘z turkumlarining o‘rganilishi tilning muhim elementi hisoblanadigan so‘zning lingvistik tabiati shakl va ma’no xususiyati uning nutqiy jarayondagi o‘rni qadim zamondan tadqiqotchilarni diqqatini tortib kelmoqda. So‘zlarning inson, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat singarilarni ifodalashdagi o‘ziga xos jihatlarini belgilash maqsadida ularni muayyan guruhga 1 Maqola.Yangi O‘zbekiston.Hukumat.25-dekabr 2020. 2 G.Umarova .Ta’lim bosqichlarida olmosh so‘z turkumining o‘qitilishi.Malakaviy bitiruv ishi.Toshkent.2018. 3 М.Хакимов.Узбек прагмалингвистика асослари.Тошкент.2013.
ajratishda tilshunoslar o‘z tajribalari asosida o‘rganib boradi. Jumladan, olmosh so‘z turkumi masalasida yoritilgan . ilmiy manbalarni 3 guruhga bo‘lib o‘rganishimiz maqsadga muvofiq. 1.Olmosh so‘z turkumi haqida tarixiy nuqtai nazardan o‘rganilgan asarlar mavjud.Jumladan, G‘.Abdurahmonov va Sh.Shukurovning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi II qism. Tarixiy morfologiya. Birinchi bo‘lim” . kabi asarlarda H.Ne’matovning ayrim ishlarida tadqiqot obyekti bo‘lgani bilan bir qatorda bu ilmiy ish o‘zining tegishli ilmiy-nazariy bahosini olgan. 2.Hozirgi o‘zbek adabiy tilida olmoshlar bo‘yicha maxsus tadqiqot ishlarini olib borgan tilshunoslar mavjud. X.Komilovaning “O‘zbek tillida son va olmosh” asari I.Suyarovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida olmosh” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi bo‘lib, bu ilmiy ishlar tilshunoslik fanining rivojlanishi uchun zamin bo‘ldi. 4 3.Olmoshlarning ayrim turlarining stilistik xususiyatlari bo‘yicha fikr bildirgan olimlarimizdan R.Qo‘ng‘irov, S.Karimov, B.Isabekov. T.Akramov, N.Pozilova, O.Yusupovalar o‘z maqola va tadqiqot ishlarida olmoshlarning ma’no- mazmun kasb etuvchi xususiyatini o‘rganib, ochib berishga harakat qilgan.Shu bilan birga Pragmatika sohasi bo‘yicha . ish olib borgan o‘zbek tilshunoslari M.Hakimov, A.Mamajonov, Sh.Safarovlar o‘z tadqiqot . ishlarini olib borgan. Ammo olmoshlarning lingvopragmatik xususiyatlarini o‘rganish uchun yosh tilshunoslar tadqiqot ishlarini olib borishi zarur. Dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi .Tadqiqot Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Filologiya fakulteti Lingvistika yo‘nalishiga mo‘ljallangan. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Lingvopragmatika sohasi bo‘yicha o‘rganayotgan ishlar . muammosini tarkibiy qismi bo‘lib,Mavzu va tadqiq yo‘nalishlari . filologiya fakulteti va universitet Ilmiy kengashlaridan tasdiqlangan hamda universitetning ilmiy ishlar rejasiga kiritilgan. 4 Hozirgi o ‘ zbek adabiy tili .( Morfologiya ) O ‘ quv uslubiy majmua . Samarqand .2022.
Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotni bosh vazifasi sifatida o‘zbek tilshunosligida Morfologiya so‘z turkumlari bo‘limi mavjud bo‘lib,bu bo‘lim hozirgi o‘zbek adabiy tili fanida o‘rganiladi. Bu fan tarkibida balki, nutqiy . muloqotda olmosh so‘z turkumi mavjud bo‘lib bu so‘z turkumi boshqa so‘z turkumi o‘rnida qo‘llanilib keladi.Olmoshlarning nutq jarayonida qo‘llaganimizda qanday ma’no mazmun ifodalashi ,so‘z turkumini o‘zbek tilida lingvopragmatik xususiyatini ochib berishdan iborat. Tatqiqotning vazifasi. Tadqiqotning bosh vazifasi shu maqsadni amalga oshirish jarayonida dissertatsiya ishida qo‘yidagi vazifalarni bajarish ko‘zga tutiladi: - pragmatika sohasining so‘z turkumlarini o‘rganilishga bag‘ishlangan asosiy kuzatishlarga munosabat bildirish; - mavzuga aloqador ayrim atamalarning izohiga aniqlik kiritib, fikr bildirish; - jahon va o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarining lingvopragmatik tadqiqini yoritish; - olmosh so‘z turkumining lingvistik xususiyatini o‘rganish: -Olmosh so‘z turkumiming grammatik xususiyatini ochib berish,o‘zaro almashinish jarayonida amal qiladigan kommunikativ . nutqiy omillarni yoritish; - olmoshlarning o‘zbek tili funksional-stlistik tizimidagi o‘rnini belgilash,bunda so‘zlashuv va yozma nutqdagi funksional chegaralanishlar stilistik xoslanish jihatlariga e’tibor qaratish; - o‘zbek tilida olmoshlarning lingvopragmatikasini o‘rganish; - kishilik va o‘zlik olmoshlarining lingvopragmatikasini ochib berish,va misollar orqali yoritish; - ko‘rsatish olmoshining deyktik belgilarini o‘rganish - barcha olmoshlarning pragmatik xususiyatini yoritish; Tadqiqotning obyekti va predmeti. O‘zbek tilshunosligi elektron matnlar fondida to‘plangan O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari,ilmiy uslubda yozilgan ayrim monografiya,darslik o‘quv qo‘llanmalari,internet saytida joylashgan ilmiy tadqiqot ishlari,jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar,shu jumladan,qo‘yidagi T.Malik, O.Yoqubov,E. A’zam, N. Eshonqul, M.Yusuf,