Ibtidoiy ma’naviy madaniyat
Ibtidoiy ma’naviy madaniyat Reja: 1. Madaniyat tushunchasi 2. Ibtidoiy san’at. 3. Ibtidoiy din shakllari: totemizm, fetishizm, animizm, shamanizm va magi ya .
Madaniyat tushunchasi. Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi. «Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko‘ra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma’nosini anglatgan. Keyinchalik «ma’rifatli bo‘lish», «tarbiyali», «bilimli bo‘lish» mazmunida ishlatilgan. O‘zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. Xozirgi jismoniy tipdagi odamning yetilishi va urug’-jamiyat tuzumining vujudga kelishi faqatgina sotsial sohadagina emas, balki ibtidoiy kishilar ma'naviy hayotni rivojlanishi uchun ktta imkonicht yaratdi. Ilk urug’chilik tuzumidan boshlab ishlabchiqarish kuchlarining rivojlana borishi bilan bir qatorda, insonda yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo`ldi. Mehnat jarayonida kishilarning tafakkuri va tili rivojlanib ularning so`z boyligi ham ortabordi. Yang-yangi so`zlar paydo bo`lib, ularning ma'naviy mazmuni boydi, so`zlarning bir-biri bilan mantiqiy bohlanishi natijasida sintaksis ham rivoj topaboshladi. U yoki bu voqiani, fikrni o`zgalarga tushuntirishda so`zlashuv odamlar orasidagi munosabatning asosiy negizini tashkil etaboshlaydi. Lekin ibtidoiy davrda fikrni anglatishning boshqa bir sodda usuli ham mavjud bo`lib u «signallar tili» deb atalgan. «Signallar tili» da biror xabarni aniq belgilar yordami bilan ifoda qilinadi. Buni Avstraliya, Okeaniya, Afrikadan va boshqa qabila, elatlar xayotidan
olingan etnografik materiallar ham tasdiqlaydi. Maxalliy avstraliyaliklar bir joydan ikkinchi joyga ko`chganlarida qumga oyoqlari bilan chiziq chizib, uning uchiga xivich tiqib ketadilar. Chiziqning yo`nalishi va uning uzunligi ketuvchi gurug’larning qaysi tomonga va qancha masofaga ketgaligini bildiradi. Bu mazkur gurug’ning kechikib qolgan a'zolari va qo`shni gurug’lar uchun shartli belgisi edi. «Signallar tili» hozirgi zamon qabila va xalqlar xarakterli bo`lib Shimoliy qabilalar xabar, fikr yoki qandaydir tuyhuni ifodalash uchun «simvollar tili» yoki «belgilar tili» dan keng foydalanishgan. Shimoliy Amerika Xindilarida tomaguk (so`yil) yuborish urush e'ron qilishning simvolik belgisi xisoblangan. Tamagauk dushmanga maxsus elchi orqali yuborilgan. Elchi tomagaukni dushman qarorgoxiga borib yerga qo`ygan. Agar duman tamon tomogaukni yerdan ko`tarsa urushga rozi, tomagaukni ko`msa sulx tuzishga moyil ekanligi tushunilgan. Tarix otasi Gerodotning xabariga ko`ra eroniylar skiflarning yerlariga bostirib kelganlar. Shunda skiflar eroniylarga qush, sichqon, qurbaqa va beshta o`q-yoy yuborganlar. Bu ramziy belgining ma'nosi quydagicha edi. «Agar siz eroniylar qush singari osmonga uchmasangiz, sichqon singari kavakka bekinmasangiz yoki qurbaqa singari qo`lga sakrab, suv ostiga yashirinmasangiz elingizga qayta olmaysiz va bizning o`q-yoylarimiz ostida qirilasiz» Shunday qilib «signallar tili» va «simvollik tillar» o`z davri uchun muhim madaniy-tarixiy rol o`ynab, iqtisodiy xarbiy va mudofaa ishlarida katta ahamiyat kasb etgan. Tabiyki ibtidoiy odamning turmush sharoiti o`zi yashab turgan joyni va tevarak atrofni yaxshi o`rganishni taqazo etgan. Odamlar o`z atroflarini o`rab turgan muhitni bilmay turib tirikchilik qila olmas edilar albatta. Etnografiya ma'lum bo`lgan Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrika va boshqa joylarda istiqomat qiluvchi xilma-xil qabilalar o`zlari yashab turgan joydagi xayvonlar va o`simliklar dunyosini yaxshi biladilar. Ular tilida xar bir hayvon va o`simlikning o`z nomi bo`lgan.
Bugina emas ular loy, tuproq va qum ustida qoldirilgan izlar qaysi xayvonga xos ekanligini osonlik bilan aniqlaganlar. Ularga o`sha yerda yashaydigan xayvonlarning fe'l-atvori ham yaxshi ma'lum bo`lgan. Xuddi shunday- kuzatuvchanlik ibtidoiy odamlarga ham xos bo`lganligi shak-shubhasizdir. Demak xulosa qilib aytish mumkinki tilshunoslik, geografiya, botanika, zoologiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlarning negizi o`rganaboshlash kishilikning ibtidoiy davriga borib taqaladi. Shak-shubxasiz ibtidoiy kishilar «oltin davrda» emas juda ohir sharoitda yashagan. U davrda kasallik keng tarqalib, kishilar 35-40 yoshdan nariga o`tmay o`lib ketishgan. Lekin inson kasalllini oldini olish choralarini ham qidirgan. Bu esa dastlabki, sodda tabobat ilmining kelishiga sabab bo`lgan. qiyosiy etnografik materiallar shuni ko`rsatadiki hozir yer yuzining turli yerlarida yashayotgan qoloq qabilalar kasallarni davolashda xalq tabobatidan keng foydalanadilar. Ibtidoiy davr tabiblari muolija qilishning oddiy usullarini qo`llab chiqqan, singari suyaklarni joylash, jaroxatni davolash va ohrigan tishlarni suhirib tashlashni bilganlar. Undan tashqari ibtidoiy kishilar shamollash, ilon chaqqanni davolab ba'zi sodda xirurgik operatsiyalarni bajarganla. Lekin xirurgiyada sodda tibbiy usullaridan tashqari davolashning vaxshiy usullaridan foydalanganlar. Bosh ohrihini kalla suyagini kesib ochish yo`li bilan davolashga urunganlar. Ibtidoiy tabobat silash, uqalash, issiq, sovuq kompresva buhli xamom keng foydalanilgan. Ibtidoiy kishilar tabiiy davolash vositalaridan foydalanish bilan bir qatorda, maxsus tayyorlangan tarkibiy qaynatma, suriladigan, kukun va suyultirilgan dorilardan keng foydalanganlar. Shuni aytib o`tish kerakki qadimgi O`rta Osiyo, O`rta va Yaqin Sharq, Xitoy Amerika va Yevropa qabilalari mazkur rayonlarda o`sadigan o`simlik va yovvoyi mevalarning ayrimlaridan turli dori-darmonlar tayyorlab ulardan davolash maqsadida foydalanganlar. Bu xol dorishunoslikning ham negizi ibtidoiy jamiyat tarixiga borib taqalishini ko`rsatadi.
Shunday qilib hozirgi zamon tabobat faniga O`rta asrlada feodal yoki -alimgi quldorlik darida emas, balki kishilik jamiyati tarixining ibtidoiy davrida eng dastlabki poydevor toshi qo`yilgan ekan. Ibtidoiy san'at . San'at ijtimoiy ong shakillaridan biri bo`lib ibtidoiy jamiyat tarixining tongida emas, balki ancha keyinroq vujudga kelgan, degan fikr keng tarqalgan. Lekin ibtidoiy san'atning kelib chiqishi masalasi haqida olimlar orasida kuchli tortishuvlar mavjuddir. Olimlarning bir guruhi san'atni dinga, afsungarlikka va totolizimga bohlaydilar. Olimlarning boshqa bir guruhi «san'at uchun» degan mantiqsiz nazariyaga yopishib olib, san'atni kishilik jamiyati hayotidan ajratib qo`yishga urindilar va urinmoqdalar. Ibtidoiy san'at va uning kelib chiqishini tushunishida. G. V. Plexanovning «Adressiz xat» maqolasi muxim axamiyatga egadir. Keyingi vaqtda yer kurrasining turli joylaridan kishilikning ibtidoiy davriga mansub bo`lgan ko`pgina san'at obidalari topildi. Ilg’or fikrli olimlar ibtidoiy san'atning barcha turlari o`z moxiyati va mazmuni bilan shak-shubxasiz insonning mehnat faoliyati bilan uning izchil tafakkuri, kayfiyati va fikr-muloxazasi bilan bohliq ekanligini ta'kidlaydilar. Ibtidoiy san'atning vujudga kelishini o`ziga xos shart-sharoiti bo`lib, ibtidoiy kishilarning ongi ma'lum darajaga yeta boshlagach vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san'at to`satdan, birdaniga vujudga kelmagan albatta. U mehnat jarayonida vujudga keldi va rivojlanib kamol topdi.