Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq urf-odatlar Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq urf-odatlar
![Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq
urf-odatlar
Mundarija
Kirish…………………………………………………………… … ………..3
I-Bob. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davrda diniy
tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-
sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi...........................................................7
I.1. Ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi… ..…..7
I.2. ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo
bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi… …………..16
II Bob. O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining moddiy
madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i....................2 2
II.1. O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit davri jamoalarining moddiy
madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi………..21
II.2. O’ rta Osi yo miqyosida neolit davri jamoalarining mod..diy madaniyati
va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi……………………30
III Bob. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining
moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i…...47
III.1. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit davri jamoalarining moddiy madaniyati
va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i
masalasi…………………….47
III.2. O’ rta Osi yo miqyosida bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati
va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i
masalasi…………………….52
Xulosa…………………………………………………………………..….69
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati………………………………………78
Ilovalar, Xaritalar, Rasmlar......................................................................84
1](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_1.png)
![Kirish
Insoniyat tarixi rivojida ibtidoiy davr jamoalarining moddiy madaniyati
tarixi muhim o’rin egallaydi Bu moddiy madaniyat tadqiqotida esa ibtidoiy
odamlar diniy tasavvurlari va dafn bilan bog’liq urf odatlarni o’rganish o’z
mazmun-mohiyati bilan alohida ajralib turadi va dolzarblik kasb etadi. Ilk diniy
qarashlarga oid bo’lgan yozma manbalar juda kam, chunki diniy qarashlar yozuv
yaratilishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. So’nggi yillarda amalga oshirilgan
arxeologik qazilmalar materiallari asosida O’rta Osiyo hududida ilk diniy qarashlar
o’rta paleolit davrida vujudga kelgan. Teshiktoshdan topilgan neandertal bola
oldidan (muste davriga oid) qizil rang-oxra (b o’ yoq)lar topilgan. Bundan tashqari
qabr atrofi hayvonlarni shoxi bilan o’ralgan 1
. Bu yuqorida fikrimizni dalili bo’ladi.
Shu o’rinda aytish lozimki, O’rta Osiyo miqyosida arxeologik qazilmalar
jarayonida kishilik tarixi tosh asri jamoalariga tegishli bo’lgan antropologik
topilmalar ham topilgan. Jumladan, Farg’ona vohasida Sel-Ungur g’or makonidan
“Farg’ona odami” 2
, Toshkent vohasidan “Obirahmat odami”, yuqorida
keltirilganidek, Teshiktosh neondertal bolasi, Samarqand makoni antropologik
topilmasi, 3
Tutqovul yodgorligi bolalar qabrlari 4
, Joytun yodgorligi qabrlari 5
,
Sazog’on neolit odami qabri, 6
Tumek-Kichikjik, Koksajol, Tolstov makoni neolit
qabrlari 7
ma’lumotlari shular jumlasidan hisoblanadi. O’rta Osiyo sarhadlari
miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning vakili- Fergantrop
(Farg’ona vodiysi, Selung’ur g’ori) hisoblanadi. U.I.Islomov, A.A.Zubov,
1
Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
2
Islamov U.I., Aripov K.R., Kraxmal K.A. «O генезисе и возрасте пещеры и пещерных отложений
древнепалеолитической стоянки Сел-Унгур. Самарканд, 1992.
3
Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемыверхнего палеолита в Средней
Азии.- Изд.”Фан”, Ташкент, 1987.с 197.
4
Ранов В.А.,Коробкова Г.Ф. Tуткавул многослойное поселение гиссарской культуры в Южном
Таджикистане – СА, 1971, №2, с.48-54.
5
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Массон В.М. Поселение
Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
6
Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана. Ташкент, 1991. C .108.
7
Виноградов А.В. Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
2](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_2.png)
![V.M.Xaritanovlar bu topilmani Teshiktosh neondertal bolasidan ancha arxaik
ekanligini e’tirof etishadi 8
. Teshiktosh neondertal bolasi O’rta Osiyo qadimgi
gominidlari jismoniy tipi borasida muhim ma’lumot beradi 9
. Bu topilmaning
taksonomik holati baxsli munozaralari S.T.Mirsoatovaning maqolasida
keltirilgan 10
. Yaqin o’n yillarda Obirixmat g’orida amalga oshirilgan
tadqiqotlar natijasida muhim antropologik topilma topilib, u neondertal tipidagi
odam bilan hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan
gominidning jismoniy tipi deb e’tirof etildi 11
.Bu haqda B.Sayfullayev fikr
bildirgan 12
So’nggi paleolit davri odami borasida Samarqand makoni antropologik
topilmasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Erkak va ayolga mansub bo’lgan bosh
chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg, I.I.Goxmanlar tomonidan
o’rganilgan. Mutaxassislar ularni yevropoid irqining janubiy tipiga oid dgan
xulosaga kelishgan 13
.
Neolit davrining oxiri va eneolit davrida urug’chilik jamoalari alohida
sig’inadigan sajdagohlar ham mavjud bo’lgan. Ular alohida-alohida honalarga
ajratilmay bitta urug’ uchun bitta umumiy xona mavjud edi. Bronza davri dehqon
jamoalari uchun xizmat qiluvchi noyob diniy markaz-monumental inshoot-
Jarqo’ton ibodatxonasi va uning qoshida diniy marosimlar uchun kerak bo’ladigan
ishlab chiqarish xo’jalik-xizmat qismini tashkil etilishi va uning faoliyati o’z davri
uchun muhim ahamiyat kasb etadi 14
. Dinning markazlashuv jarayoni yuz bera
boshlaydi. Diniy dunyoqarashda olov muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, olov
bilan bog’liq qurilmalar, olovning ramzlari insonlar diqqat markazida bo’lganligi
moddiy madaniyatda kuzatiladi.
8
Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине. ВА
вып.80,1988. 64-б.
9
Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
10
Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари. «Ўзбекистон археологияси»
журн. 2011,№ 2, 12-бет.
11
Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. Тошкент,2008.
12
Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва
ёзма манбаларда. Ташкент, 2005,274-277 бетлар .
13
Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов
М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. 8-б.
14
Асқаров А.А, Абдуллаев Б
3](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_3.png)
![Bulardan tashqari hali odamlarning onggida ibtidoiy diniy qarashlarning ayrim
ko’rinishlari, ya’ni zoolatrik diniy qarashlarga e’tiqod saqlanib qolgan bo’lib,
ma’lum vaqt o’tgach, dehqon jamoalari hayotida olov, yer, suv va havo eng zaruriy
hayot manbai ekanligini tushunib yetgach, zoolatrik xarakterdagi hayvonlar faqat
tumorlarda, muhrlarda saqlanib qoladi. Ularning hayotida tabiatning to’rt unsurini
e’zozlash birinchi darajaga ko’tariladi. Bu to’rt unsur esa zardushtiylik dinining
muhim ustunlari, asosiy belgisidir. To’rt unsurning uchtasi (olov, yer, suv)
Jarqo’ton ibodatxonasida o’z aksini topgan. Aholi yashash manzilidan chetda
shahar qabristonining vujudga kelishi zardushtiylikdagi tabiatning to’rtinchi
ustuni- musaffo havoning muqaddaslashtirish rasmiy tus olganligidan dalolat
beradi. Biroq, bu zardushtiylik dini uzil-kesil shakllandi, degani emas. Shu sababli,
bu davrni zardushtiylik dinining shakllanish jarayoni boshlangan davr, ya’ni ilk
zardushtiylik, deyilsa to’g’riroq bo’lar edi. Jarqo’ton nafaqat diniy markaz, balki
jamiyatning boshqaruv markazi ham bo’lgan.
Kishilik tarixi, jamiyati rivoji, insonlar ma’naviy madaniyati, hayoti,
kechinmalarini bilishimizda i btidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q
urf-odatlar i o’z mazmun-mohiyoti bilan o’ta dolzarb sanaladi. Shu bois, biz o’z
bitiruv malakaviy ishimizni shu mavzudan oldik. Mavzuning dolzarbligi uning
mazmunini yoritishda birlamchi manbalarga tayanishimiz ham bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, ibtidoiy odamlar vaqt o’tishi bilan biologik jihatdan takomillasha
borgan. Dastlab ular o’zini o’rab turgan atrof-muhit mohiyoti, tabiat hodisalarning
sirlarini tushunishmagan. Tabiatga to’la qaram bo’lgan va kunlik turmush tarzi
ham shu tamoyillarga bo’ysingan. Tabiat hodisalariga qarshi kurashishdagi
ojizliklari turli tabiat kuchlariga sig’inish, topinishlarni keltirib chiqargan. Ular
o’zlariga naf keltiradigan tabiat hodisalariga sig’inishgan. Masalan, olovdan ular
naf ko’rishgan. Taftidan isinishgan, yirtqich hayvonlarga qarshi kurashishda
foydalanish nafini tushuna borishganki, ularga topinishgan. Shu tariqa insonlar
hayotida dastlabki diniy tasavvurlar, topinishlar, sig’inishlar, e’tiqodning dastlabki
shakllari yuzaga kelgan.
4](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_4.png)
![Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi O’rta Osiyo miqyosida ibtidoiy davr
jamoalari turmushida bo’lgan diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq bo’lgan urf
odatlarni yodgorliklar tadqiqotida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyolar,
ma’lumotlarga tayanib imkoniyat darajasida yoritishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, 3 ta bob va tegishli paragraflar xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan iborat. Malakaviy ishimizning kirish
qismida tanlagan mavzumizning dolzarbligi, ishimizning manbaviy asoslari,
mazmuni yoritilgan. Shuningdek, ishning tuzilishi- boblar va ularga tegishli
bo’lgan paragraflarning mazmuni va ularning uzviyligi masalalari keltirilgan.
Malakaviy bitiruv ishimizning 1-bobi “ Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi,
ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo
bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi” deb nomlanib,
unda ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi, ibtidoiy
davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy
shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalalari keyingi yillar arxeologik
ma’lumotlari, soha mutaxassislarining ma’lumotlari asosida yoritilishiga harakat
qilingan. Ishimizning 2- bobi « O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining
moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i” deb
nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit, neolit davri jamoalarining
moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi
yoritilgan. Ishimizning 3- bobi «O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri
jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-
odatlar i ” deb nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri
jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-
odatlar i masalasi yoritilgan.
5](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_5.png)
![6](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_6.png)
![I-Bob. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davr
jamoalarining moddiy madaniyati, diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q
urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari
masalasi
I.1. Ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi.
Yer sharining barcha mintaqalarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy
taraqqiyot bir zaylda kechmaganligi tadqiqotlardan ma’lum. Bu jarayonlar mazkur
hududlarning ekologik, landshaft, iqlim sharoitlari, tabiati o’ziga xoslilik jihatlari
bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan odamzod qadimdan turli tabiiy sharoitlarga
tushib qolishib o’ziga xos mahalliy xarakterlarga ega bo’lgan madaniyatlar
sohiblari bo’lishganlar. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, inson qadimdan o’z
turmushlarini yaxshilashga harakat qilganlar va bu borada mehnat jarayonida ixtiro
va kashfiyotlar qilishganlar. Tabiat kuchlarini o’ziga bo’ysindirishga intilganlar.
Insonnning shunday yaratuvchanlik faoliyatlari sivilizasiyalar shakllanishiga
imkoniyat bergan, shart-sharoit yaratgan. Mehnat jarayonida tajriba, ko’nikma,
bilimlar hosil bo’lgan. Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish, kishilik jamiyati
rivojida tub sosial o’zgarishlarga olib kelgan. Sug’orma dehqonchilikni
takomillashuvi bilan sersuv daryo havzalarida shaharmonand aholi punktlari paydo
bo’lib, aholi zichligi oshganki, shu joylarda davlatchilikning ilk ko’rinishlari
yuzaga kelgan. Bu elementlar inson jamiyati rivojlanishining mazmun, mohiyotini
belgilaydi.
Olimlarning fikricha, har bir tarixiy davrda tabiat, jamiyat unsurlari
o’zgarmasada, biroq ulardagi mohiyat yangilanib turishi mumkin. Chunki asrlar
davomida mehnat qurollarining takomillashib borishi, insonlar extiyoji va
qiziqishlarining o’zgarishi, ijtimoiy munosabatlarning yangilanishi shuni taqoza
etadi. Masalan, ijtimoiy ong (ma’naviy dunyo) sohasini taxlil qilsak, inson paydo
bo’lganidan boshlab bugungi kungacha uning ma’naviy dunyosi nihoyatda boydir.
Neolitik davrida u barcha tabiat mo’jizalariga qiziqish bilan qaragan bo’lsa,
bugungi kunda inson uchun ularning sirligi qolmadi.Ammo, inson hanuz xamma
narsani ham oxirigacha anglab ulgurgani yo’q,chunki I. Kant etirof etganidek
7](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_7.png)
![«narsa o’zida» kabi anglash mumkin bo’lmagan narsalar ham mavjud. Lekin, inson
doim izlanishda bo’lib, u o’zining intellektual qobiliyatlarini yanada
kengaytirishga, boyitishga harakat qiladi. Bu esa insonlarda jamiyat rivoji
bosqichlari kesimida innovasion faoliyat tarzida namoyon bo’lgan.
Ilk jamiyat rivojida inson taraqqiyoti konsepsiyasida inson va tabiatning
o’zaro aloqadorligi masalasi o’ta dolzarb hisoblanadi. Inson borki, u o’zi
yashayotgan tabiiy landshaft, atrof muhit, ekologik sharoit ta’siri va qurshovida
bo’ladi. Shu omillardan kelib chiqib, insonning kunlik turmush tarzi, xo’jalik
mashg’ulotlari, tafakkuri, ongi, moddiy madaniyati o’ziga xos xususiyatlari
shakllanadi. Shu xususiyatning mahsuli odamzod tomonidan mehnat qurollarining
kashf etilishi va rivojlanishi hisoblanadi va bu tom ma’noda o’z davrining
innovasiyasidir. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, shubxasiz ishlab chiqarish
vositalari, xususan mehnat qurollarining mazmun, moxiyati turmushda bajaradigan
funksiyasida namoyon bo’ladi. Eng muhimi ishlab chiqarish vositalari moxiyatida
ibtidoiy odam imkoniyatlari uning tabiat, jamiyat, atrof muxitga bo’lgan
munosabati o’z aksini topgan.
Ilk jamiyat rivojida inson va tabiat o’zaro aloqadorligi masalasida
innovasiyalar nuqtai nazaridan sun’iy olovning kashf etilganligining
o’rni va ahamiyati beqiyos. Bu innovasion faoliyat ham tasodifan va o’z-
o’zidan sodir bo’lmagan. Inson tabiiy olovni o’chirmasdan saqlashga
harakat qilar ekan, bu borada ham yillar o’tishi bilan katta tajriba va
bilim, ko’nikmasiga ega bo’lishdi. Shu tajribalar insonning iqtidori,
qobiliyatlari bilan uyg’unlashib, yangidan-yangi innovasiyalarni keltirib
chiqardi. Jumladan, olovning yonishiga ishlatiladigan daraxt,
o’simliklar, narsalarning yonish darajasi, olovning tutanqilari, ya’ni tez
hil olib yonadigan o’simlik, shox-shabbalarni aniqlashtirib, tanib
olishdilar. Bunda, ibtidoiy odamlarning termachilik faoliyatidagi
kuzatuvchanligi, ziyrakligi muhim omil bo’ldi. Sun’iy olov hosil qilish
8](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_8.png)
![texnika, usullari ham insonning innovasion faoliyatining mahsuli
hisoblanadi. Bu borada toshni toshga urib uchqun hosil qilish va bu
uchqunlar tez alangalanadigan qurigan o’simliklar-tutanqilarga
yo’naltirilishi, yog’ochni-yog’ochga ishqalab, tutanqilar bilan olov hosil
qilish usullari tom ma’noda innovasiyalar demakdir. Inson tomonidan
sun’iy olovning kashf etilishining ilk jamiyat ijtimoiy hayotida ahamiyati
va o’rni beqiyos. Faktlarga murojaat etsak, inson endi xom go’shtni
bexosdan olovga tushirib yuborishi va go’sht pishib, unga ta’m kirishi
va tanavvul qilishganda mazali bo’lishini sezishlarining o’zi bir kashfiyot
bo’lgan. Buning ijtimoiy ahamiyati inson tanasi sog’ bo’lishi, insonning
o’rtacha yashash umrining uzayishi kabi faktorlarning yuzaga kelishi
bilan belgilanadi. Bu jamiyat ijtimoiy ahamiyatiga molik innovasion
o’zgarishlar emasmi. Ilk jamiyat taraqqiyotining mustye davri (bundan
100-40 ming yillar muqaddam) bo’lib, yangi arxeologik manbalarni
inobatga olsak, bu oldingi tarixiy davrga qaraganda nisbatan
progressiv xususiyatlarni o’zida jamlagan davr hisoblanadi. Ibtidoiy
odamlar o’zlarini o’rab turgan atrof muhit, tabiatni o’rganishga yanada
intila boshlagan. Mehnat jarayonida ixtiro va kashfiyotlar qilishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot zamirida so’zsiz insonning yaratuvchanligi,
innovasion faoliyati yotadi. Bu davr innovasiyalari avvalo tosh qurollari
to’plamida o’z aksini topgan. Masofaga irg’itish moslama quroli – nayza
tig’i, chaqmoqtoshdan yasalgan kalta nayza (drotik), toshdan va
suyakdan ishlangan turli-tuman qurollarning kashf qilinishi
ovchilikning ixtisoslashuviga olib keldi va yovvoyi hayvonlarni
birgalashib qurshab olish, cho’chitish singari usullar vujudga kelib,
9](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_9.png)
![ovchilik shakllari avvallariga qaraganda ancha takomillasha bordi. Shu
tarzdagi xo’jalik yuritishning murakkabligi kishi guruhlarining yanada
jipslashuvini taqozo qilardi. Bu jarayon oqibatda lokal, ya’ni har xil
joylarda qo’ni-qo’shni jamoa birikmalarining shakllanishiga olib keldi
shuningdek, odamlarining intellektual sohadagi rivojlanishiga ham o’z
ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Bu kabi innovasiyalar, taraqqiyotning
sifatiy o’zgarishlari jamiyat rivoji ijtimoiy ahamiyatiga xos xususiyatlar
hisoblanadi va ularda inson faktori asosiy rol o’ynaydi.
Ilk jamiyat taraqqiyotining navbatdagi bosqichi – bu so’nggi
paleolit (40-12 ming yillar avval) davri bo’lib, bu davr muhim sosial,
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berganligi bilan xarakterlidir.
Dastavval, odamzod o’z biologik takomillashuvi jarayonida (arxantrop,
paleoantrop va neoantrop) Homo Sapiens Sapiens, ya’ni «Aql-idrokli
odam», «Hozirgi zamon ko’rinishidagi odam» shakllanganligini alohida
e’tirof etish lozim. Keyingi muhim sosial o’zgarish ibtidoiy odamlar
o’rtasida o’zaro qon-qarindoshligi hissi yuzaga kelib, bu qarindoshlik
rishtalari turli hayvonlar, o’simliklar timsoliga bog’lanib, shu asosda
urug’chilik tuzumi paydo bo’lganligi hisoblanadi. Ona urug’da ustvor
bo’lgan, matriarxat davri deb tarixda yuritiladi. Ma’lumki, oldingi tarixiy
taraqqiyot bosqichlarida ibtidoiy odamlarning beixtiyoriy, ochlikdan
o’lib ketmasdan, yirtqich hayvonlarga yem bo’lib ketmaslik uchun
yashab qolishga intilishib, stixiyali ravishda ibtidoiy to’da, galalarga
birikishgan. Urug’chilik tuzumi esa nisbatan yirikroq odamlar
uyushmasi bo’lib, mazmuniga ko’ra progessiv ahamiyat kasb etgan.
Qon-qarindoshlikka asoslangan odamlar jamoasi ma’lum hududiy
10](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_10.png)
![birlikda yashashib, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan moddiy
madaniyat sohiblariga aylanishgan. Shu asosda dastlabki etnik
birikmalar ma’nosini beruvchi jamoalar uyushmasi yuzaga kelgan.
Mazkur tarixiy davrda qator sosial o’zgarishlar ro’y berdi.
Yuqorida keltirganimizdek, odamzod o’z biologik takomillashuvi
jarayonida Homo Sapiens Sapiens, ya’ni «Aql-idrokli odam», «Hozirgi
zamon ko’rinishidagi odam» shakllandi, urug’chilik tuzumi yuzaga
keldi. Bu jarayonlar bevosita insonning o’zini sifatiy o’sishi, mavjudot
sifatida biologik jihatdan to’laqonliganli shakllanishi demakdir. Bu
sosial o’zgarishlarinson yashagan jamiyat rivoji bilan uzviy bog’liq
bo’lgan ijtimoiy hodisalar hisoblanadi. Endi, inson jamiyati ham
to’laqonli ravishda o’zini namoyon etdi. Insonning o’zida o’zi
yashayotgan jamiyat, atrof muhitga nisbatan yanada ongliroq
tarzdayondoshuvi, iqtidori, qobiliyoti, xayotiy va mehnat tajribalarini,
bilim, ko’nimasini yorqinroq namoyon etish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu
esa insonni yangidan yangi innovasiyalar sohibi bo’lishga olib keldi.
Diniy tasavvurlar shakllanishi, tasviriy san’at, turar joylarning vujudga
kelishi shular jumlasidan hisoblanadi. Insonning innovasion faoliyati
turar joylar qurilishida yorqin namoyon bo’ldi. Odamlar shu davrgacha
tabiatda tayyor bo’lgan joylar, xususan g’orlar, o’ngurlar, daraxt
ustlaridan yashash uchun boshpana sifatida foydalanib kelishgan. Endi
odamlar soy yonbag’ri, buloqlar yonlarida dastlab yerto’la, keyin yarim
yerto’la shaklda ustiga shox-shabba tashlashib, ular ustini hayvon
terilari bilan qoplashib boshpanalar qurishgan. Bu ham insonning
tabiat ustidan erishgan g’alabasi, o’z tajribasiga tayanib, iqtidorini
11](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_11.png)
![namoyon etib, maqsadli, ongli hatti harakati hisoblanadi. Chaylasimon
ko’rinishdagi turar-joylar, vaqt o’tishi bilan yer ustki sathida ustunli,
cho’pkari uylarning qurilishi tom ma’noda inson innovasiyasi, tabiat
ustidan hukumronlik qila boshlaganligini bildiradi 15
. “Aql- idrokli”
odamzod shakllangan davrgacha inson dastlabki mehnat quroli yasagan vaqtdan
buyon taxminan ko’p yillik evolyusion yo’l bosib o’tilgan. “Aql-idrokli” odam
insonning biologik jihatdan takomillashuvi natijasida shakllandi. Insoning ongli
faoliyatiga imkon beruvchi miya hajmi yuzaga keldi. Odamzod o’zi yashayotgan
atrof muhitni yanada kengroq o’rgana boshladi. Natijada organizmga foydali
o’simlik turlari va hayvon, parranda xillarini iste’mol qildi va bu odamlarni turli,
mushkul sharoitlariga tushib qolganida ham yashab qolishga imkon berdi.
Jamiyatning boshlang’ich yacheykasi sifatida juft oilalar shakllandi.
Hayvon podalari izidan quvishib, ko’chmanchi hayot turmushi bo’lgan.
50- 100 km.kv. gacha – bir kishi to’g’ri kelib, aholi zichligi juda past darajada
bo’lgan. Bu davrda juda sodda shaklda bo’lsada mehnat taqsimoti ro’y bergan:
ayollar termachilik, yegulik tayyorlash, bolalar tarbiyasi, olovlarni o’chirmay
saqlash kabi ishlar bilan, erkaklar esa ov bilan mashg’ul bo’lganlar. Mehnat
jarayonida nutq rivojlanib borib, to’plangan tajriba va dastlabki bilimlar almashina
boshlandi. Ibtidoiy san’at – qoya tosh sur’atlari yaratildi (Altamir g’ori –
Ispaniyada; Bxumbetku – Hindistonda 500 ta g’orda rasmlar galeriyasi; Montespan
– Fransiya, Kostenki – Donda; Kapova g’ori –Boshqirdistonda; Zarautsoy–
Surxondaryoda; Sarmishsoy-Zarafshon vohasida) ibtidoiy diniy e’tiqod-totemizm,
animizm, magiya, ko’mish bilan bog’liq urf–odatlar yuzaga keldi. Bu davrda inson
taraqqiyoti konsepsiyasi doirasida innovasiyalarning yana bittasi inson suyak
qurollari yasay boshlaganligi hisoblanadi. Suyak qurollarining shakli, yasalish
texnologiyasi, ishlov berilishi usullariga qarab soha tadqiqotchilari ularning
turmushda bajargan funksiyalarini aniqlashgan. Tadqiqotlardan ma’lumki, ibtidoiy
odamzod turli hayvonlarni iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida ov qilishgan.
15
Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемыверхнего палеолита в Средней Азии.- Изд.”Фан”,
Ташкент, 1987.с 197.
12](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_12.png)
![Hayvonlarning go’shtdan tozalangan suyaklari xususan, polmin, qovurg’a, ilik
suyaklaridan esa turmushda turli funksiyalarni bajaruvchi mehnat qurollarini
yasashda material sifatida foydalanishgan. Masalan, teshgich, qirg’ich qurollari,
igna, juvoldizlar yasashgan, Hayvon terilarini silliqlash, ularga pardoz berishda,
sopol idishlar sirtini silliklash hamda pardoz berishda suyak qurollarini
ishlatishgan. Hattoki, Buxoro kiyigi shoxi qattiqligi, mustahkamligidan tosh
o’zagidan payraqalar ajratib olishda qattiq zarb berish vositasi sifatida
ishlatilganligi tadqiqotlardan ma’lum. Lekin, so’nggi paleolitda kishilik jamiyati
ijtimoiy tuzilmalari juda oddiy bo’lgan Homo Sapiens Sapiens zamoni oxirgi
bosqichlarida ular Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada yashay
boshlaganlar. K.Yaspers bu davr borasida quyidagi xulosalarni keltiradi: 1. Mehnat
qurollari va olovdan foydalanish; 2. Nutqning paydo bo’lishi; 3. Odamning
o’zligidan ustunligi; o’zining qobiliyati, iqtidorini yanada yorqinroq payqashi; 4.
Guruh va uyushmalarning yuzaga kelishi. Ongli ravishda uyushmalarga birlashish;
5. Odamning ijtimoiy genotipining shakllanishi. Ko’nikma, bilim tajribani avlodga
yetkazish; 6.Etnik normalar, ma’naviy dunyo, o’zligini anglashi yuzaga kelishi.
Ilk jamiyat rivojida navbatdagi taraqqiyot bosqichi mezolit (mil. avv.
12-7 ming yilliklar) davri hisoblanadi. Bu davrning boshlanishi
muzlikning chekinishi va o’q-yoyning ixtiro qilinishi bilan
xarakterlanadi. Inson tomonidan o’q-yoyning ixtiro qilinishi ham tom
ma’noda buyuk innovasiya hisoblanadi. Sababi, mezolit davri o’z
tabiati, ekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o’simlik va hayvonat dunyosi bilan
oldingi tarixiy taraqqiyotlarga nisbatan hozirgi zamonga yaqin
hisoblanadi. Muzlik chekinishi bilan janubdan issiq tabiiy iqlim,
issiqsevar o’simlik va hayvonat dunyosi siljib keldi. Tez yugurar
hayvonlar ov qilishning yangi usullari, yangi ov qurollarining kashf
etilishi zaruratini taqoza etdi. Bu esa insonning intellektual tafakkuri,
innovasion faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Endi irg’itiladigan
13](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_13.png)
![qurollar ish bermay qoldi. Shu bois o’q-yoy kamon yaratildiki, bu ham
o’z davri uchun tom ma’noda innovasiya demakdir. Odamlar endi
tabora tabiatga qaramlikdan qutilish yo’llarini izlay boshlashdi. Ko’plab ixtiro-
kashfiyotlar qilishadi (to’r, qarmoqlar, garpun va h.k.). Ming yillar o’tishi bilan
endi odamzod tabiatda tayyor bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan, o’zlari
mahsulot yetishtirishga o’ta boshladilar. Termachilikdan dehqonchilik, ovchilikdan
esa chorvachilik yuzaga kela bordi. Birinchi bo’lib bug’doy madaniylashtirildi.
Mil.avv 10-8 ming yilliklarda Falastin, Eron, Kichik Osiyo tog’liklarda, mil.avv 6
ming yilliklarda, Misr, Dunay bo’ylari va Bolqon, Hindistonda donli ekinlar
yetishtirila boshlandi. Mezolit davrida echki, qo’y, eshak keyinroq yirik shoxli
hayvonlar, cho’chqa honakilashtirilgan. Xullas, ishlab chiqarish iqtisodiyotiga
o’tish bilan aholining o’troqlashishi yuz berdi. Muqim yashaydigan qishloqlar
paydo bo’ldi. Iyerexon ( Falastinda), Chatay – xyuyuk ( Kichik Osiyoda); Bagor
( Hindistonda). Chorvador aholilarning yaylovlarga talashib, jamoalar o’rtasida
to’qnashuvlar ro’y berib, yangi yerlarga aholi siljishlari sodir bo’ldi. (mil.avv. 8-7
ming yillar). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish bilan odamlar ma’naviy
dunyoqarashi ham o’zgardi. Ular tabiat kuchlari sirlarini tushina boshladilar.
Odamlarning mehnat faoliyati turlari ko’paydi (tosh, suyak, yog’och qurollari,
yerga ishlov berish, chorvani boqish, kulolchilik, uy – joy qurilishi, hayvon
terilariga ishlov berish, chorva mahsulotlari va h.k.). Bular esa o’z navbatida
iqtisodiy boshqaruv, jamoaning ichki munosabatlarini, maxsulotlar taqsimotini
nazorati qoidalarini talab qilar edi. Bu esa jamiyat tuzilmalari elementlari
shakllanishini keltirib chiqardi. 16
Insonlarni ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tishi
misli ko’rilmagan darajadagi innovasiyalar edi. Sababi, endi odamlar qo’nim
turmush tarzida yashay boshlashdi. Ne olit (mil. avv. 6-4 ming yilliklar) davri.
Ilk jamiyat rivojida navbatdagi taraqqiyot bosqichi neolit (mil. avv. 6-4 ming
yilliklar) davri hisoblanadi. Bu davr arxeologik davrlashtirish bo’yicha
insoniyat tarixi tosh davrining so’nggi, yakunlovchi taraqqiyot bosqichi
16
Массон В.М. Экономика и социальной строй древных обществ (В свете данных археологии) // -Л:
«Наука», 1976, 179-181 бб.
14](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_14.png)
![hisoblanadi Bu davrda urug’chilik tizimi rivojlangan bo’lib, onalarning mavqyei
jamoada kuchli bo’lgan. Xususan, jamoa mehnati, ishlab chiqarish vositalarining
ijtimoiy mulkliligi kunlik turmush tarzining asosiy mezoni hisoblangan.
Shuningdek, bu davrda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y bergan bo’lib,
mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiga o’tish kashf qilingan. Jumladan, to’qimachilik,
kemasozlik, kulolchilik paydo bo’lgan. Mehnat vositalarini takomillashtirish
xususan, tosh, suyak va yog’ochga ishlov berish an’anaviy uslublari yuksaklikka
erishilib, ayniqsa toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf
etilgan, mikrolit qurollari esa yanada takomillashgan. Eng muhimi mahsulot ishlab
chiqarish xo’jalik asoslari, jumladan dexqonchilik va chorvachilik vujudga
kelgan.Bu voqyelik shubxasiz, ibtidoiy odamzod ijtimoiy tuzumi, kunlik turmush
tarzi, xullas ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida keskin, tub
progressiv burilishlarga olib kelgan. Shuning uchun ham bu davrni ingliz arxeologi
G.Chayld «Neolit inqilobi» atamasi bilan fanga kiritgan bo’lib, mutaxassislar
tomonidan adabiyotlarda keng qo’llanilib kelinmoqda 17
. Bu tarixiy davrdagi eng
muhim innovasiya-sopol idishlarni yasash ixtiro qilinganligi hisoblanadi.
Mutaxassis olimlar “neolit inqilobi” jarayoni bilan insoniyat jamiyatining
to’laqonli shakllanishini bog’lashmoqdalar. O’z navbatida bu jarayon tom ma’noda
inson innovasiyasi demakdir. Sababi, yillar davomida odamzod o’zining terib-
termichlab ovqat topish mehnati jarayonida o’simliklar urug’idan ularning unib
chiqishini payqashgan, ov jarayonida hayvonlarni tutib, manzillariga olib kelib
saqlashga va ularning o’rchib ko’payishini bilib olishgan. Bu xam insonning
innovasion faoliyati hisoblanadi. O’simliklarni madaniylashtirish, hayvonlarni
xonakilashtirish ishlari maqsadli ravishda amalga oshirilishi, ishlab chiqarish
iqtisodiyoti yuzaga kelishi bilan neolit inqilobining mazmuni izohlanadi. “Neolit
inqilobi” kishilik jamiyati keyingi taraqqiyotida keskin ijtimoiy o’zgarishlarga olib
kelgan. Keyingi 3 ming yillik davomida odamzodning o’zi biologik jihatdan kam
17
G. Childe. The urban Revolution. Tovn Planning Review . 1950 . V. 21 . № 1 .
Г . Чайлд . Древнейший Восток в свете новых раскопок. М осква – Ленинград. 1956 ; Шнирельман В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития. Проблемы переходного периода и
переходных общественных отношений. Москва. 1986; Шнирельман В.А. Возникновение производящего
хозяйства. Москва. 1989.
15](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_15.png)
![o’zgardi, lekin uning jamiyati, urug’chilik jamoasi takomillashdi, oila
mustahkamlandi va ular barqarorroq faoliyat ko’rsata boshladi. Odamzod iste’mol
qiladigan tabiat maxsulotlari xili ko’paygan, mehnat qurollari soni oshgan. Bu kabi
yirik sosial o’zgarishlar zamirida so’zsiz, insonning yaratuvchanlik, innovasion
faoliyati yotadi. Shu innovasiyalar tufayli 1-yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti ro’y
bergan Dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Vaqt o’tishi bilan 2-yirik
ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqishi esa
yanada muhim sosial o’zgarishlarga olib keldi. Kasbiy ixtisoslashish ro’y berdi.
To’qimachilik, tikuvchilik, kemasozlik, kulolchilik sohalari tez rivojlandi.
Ayniqsa, chaqmoqtosh ustaxanalari va shaxtalar, ya’ni chaqmoqtosh qazib olish
ishlari takomillashib bordi. Chaqmoqtosh ustaxanalari va shaxtalar inson
innovasiyasi tarkibiy qismi hisoblanadi. Tog’ va tog’ oldi hududlarida yashovchi
qabilalar jamoasida tog’lardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va
ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo bo’ladi. Xom ashyo,
dastavval tog’ yuzasiga chiqib qolgan tosh xarsanglaridan sindirib olingan, so’ngra
qazib chiqarilgan. Buning uchun o’ra va lahmlar kavlanib, konlar barpo etilgan.
Bunday shaxtali neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlog’i
yaqinida topib tekshirilgan (mil. av. 5-3-ming yilliklarga mansubdir.). Ne olit davri
shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvesiya, Germaniya va Belorussiya kabi
hududlarida xam o’rganilgan. Neolit davrida ishlab chiqarish iqtisodiyoti
takomillasha borgan. Aholining o’troqlashishi jarayoni ro’y berib natijada muqim
yashaydigan qishloqlar vujudga keldi. Masalan, 20-50 ta uydan iborat 2-3 gektor
yerni tashkil etuvchi qishloqlar Ukrainadagi Tripolye qishlog’i, 9-10 ta xalqasimon
aylana shakldagi uylardan iborat maydoni 250 gektar bo’lgan Ukrainadagi
Dobrovod kabi qishloqlar mavjud bo’lib, tadqiqotlar ko’rsatishicha bu qishloqlarda
10- 20 ming nafar aholi yashagan. Old Osiyo, Kichik Osiyo, O’rta Osiyoning
janubida shunday neolit “shahar” lari bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Bu
qishloqlar qurilishi, ulardagi imoratlar, ibodatxonalar, mudofaa ahamiyatiga molik
devorlar qurilishi uchun shu sohada ma’lum bilim va tajribaga ega bo’lgan
mutaxassis odamlar kerak bo’lgan. Shu sababli kasbiy ixtisoslashgan odamlar
16](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_16.png)
![toifasi shakllangan. Jamiyat tuzilmalarining murakkablashishi bilan, ya’ni
ekinlar ekilishi, sug’orish inshoatlari, hosilni yig’ib olish, yaylovlar tanlash,
imoratlar qurilishi kabi murakkab ishlarni tashkil etuvchi va nazoratini olib
boruvchi, diniy e’tiqod, urf- odat marosimlarini boshqarib boradigan malakali,
bilimdon, qobiliyatli kishilar jamoadan ajralib chiqa boshlaydi. Bular kohinlar,
sardorlar, harbiy kishilar bo’ldi. Iqtisodiy munosabatlarda ham muxim
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Umumjamoa mulkchiligi mustahkamlandi, jamoa
a’zolarining, oilalarning maxsus soha bilan ixtisoslashuvi natijasida mahsulotlarni
ayriboshlash sodir bo’lib, bu jamoalararo o’zaro iqtisodiy aloqalarini keltirib
chiqardi. Shu tariqa asta-sekin jamiyatning dastlabki ijtimoiy-siyosiy
elementlari shakllana bordi. Jamoada ijtimoiy tabaqalanish sodir bo’ldi. Sardor,
kohinlar, xarbiylar o’zlariga yaxshi xosildor yerlar, yaylovlarni tanlab egallay
boshladilar, jamoaning boyligi ustidan boshqaruvni va nazoratni qo’lga oldilar.
Xullas, jamoaning a’nanaviy odatlari buzila boshladi. Insonning ma’naviy
dunyosida o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat jarayonida tajriba, ko’nikma va bilim
oshib bordi. Atrof - muhit, tabiat hodisalarini odamlar kengroq tushuna borib, ular
dunyoqarashlari boyidi. Rassomlik san’ati, musiqa, raqslar takomillashib bordi. Bu
esa kishilarning ongli harakatining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Bu voqyeiliklar
ma’lum ma’noda miflar mazmuni bilan uyg’unlashib ham ketgan. Yuqorida zikr
etilgan masalalar neolit inqilobi jarayoni tufayli kelib chiqqan sosial o’zgarishlar,
tom ma’noda inson innovasiyalari hisoblanadi. Jahon xalqlari sivilizasiyalari
shakllanishining tarixiy ildizlari yuqorida zikr etilgan sosial voqyeiliklar zamirida
tomir otgan.
I.2. Ibtidoiy davr jamoalarining moddiy madaniyati, diniy tasavvurlar
va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari,
ildizlari, ilk shakllari masalasi.
Urug’chiik tuzumi 40-30 mingingchi yillarda juda tez suratda rivojlandi.
Aynan shu davrda, fetishizm, totemizm va animizm kabi dinni dastlabki shakllari
ko’rinishlari vujudga kelgan. Ilk diniy shakllarni vujudga kelishida dastlabki
odamlarni dafn marosimlari va qoyalarga sur’at chizishdagi rassomchilik
17](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_17.png)
![faolyatiga katta ta’sir ko’rsatgan. Dinning bu kabi ko’rinishlari, muayyan tarix
jarayonining taraqqiyot bosqichida vujudga keldi. Odamlarni ongi ancha sekin va
past rivojlangan, shuning natijasi asosida inson kuchli tabiat xodisalari oldida
ojizligini anglab ularga sig’inishgan. Inson ongida sezgilar ham rivojlanib bordi.
Arxeologlar va etnograflar sehrgarlik ibtidoiy davrning dastlabki bosqichida
vujudga kelganini tasdiqlaydi. Xatto neandertal adamlar o’rta paleolitda
yashaganliklarini bu davrda qanday faoliyat yuritganini bilishga yordam ham
beradi. San’atning sohalari va ilk diniy qarashlar o’zoro bog’liqligi, paliolitining
so’ngida jismoniy va aqliy jihatdan rivojlangan kromonyon odami davrida ham
ko’zga tashlandi. Dastlabki suratlar so’ngi paliolit davriga oid bo’lib, unda asosan
kishilar hayoti va ov manzariliga e’tibor ko’proq qaratilga. Suratlar tosh, suyak
yoki shohga o’yib ishlangan konturli ta’svirlardan iborat bo’lib barmoq yoki
mo’yqalamga o’xshash bo’lgan buyum bilan qora yoki qizil ranga bo’yalgan.
Buyoqlarni o’rniga asosan bur, ohira va kumirdan ham foydalanishgan. Ularni
yovvoyi hayvonni yog’i bilan aralashtirish zarur edi. Shu sababli ular yomg’ir
qorda ham uchmay saqlanib turgan. Marhumlarni tanasi ham mahsus belgilar bilan
qoplangan. Bu belgilar mahsus su’rat yordamida chizilgan.
Ko’xitang tog’i hazirgi Surxandaryo viloyatida joylashgan bo’lib bu yerdan
ko’plab qabrlar topilgan. Tog’ Mamatsoydan uncha uzoq bo’lmagan odam qadami
yetishi qiyin bo’lgan g’orlarni birida mezolit, neolit va jez davriga oid odamlarni
suratlari saqlanib qolgan. Ularning soni 200 ga yiqindir. Mamatsoydagi bu suratlar
o’ta noyob hisoblanadi. Aynan shu jihati bilan boshqa yerdagi sur’atlar bilan
anchagina farqlanadi. Bu yerda ov tasvirlari eng ko’p kuzga tashlansada suratlarda
boshqa belgilar ham uchraydi. Bu belgilarni olimlar ko’pincha quyoshning tasviri
deb aytishadi. Jizzaxdagi Marg’uzor tog’larining Takatosh degan yeridagi Sarmish
soyidan va uning yonginasida joylashgan Qorongur qoyalarga tushirilgan turli
hayvonlar tasviri anchagina topilgan. Bu rasmlar echki, qobon va ot
ko’rinishlaridadir 18
.
18
Кабиров Д. Древнейшая наскальная живопись Зараутсая. // Первобытное искусство. Новосибирск: Наука, 1976 ;
Хужаназаров М. Наскальные изображения северо-восточного Узбекистана. – Л. , 1985.
18](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_18.png)
![Arxeologik ma’nbalarga ko’rilk dafn ma’rosimlari tarixi o’rta paleolit
davriga borib taqaladi. Teshiktoshdan topilgan neandertal bola topilmasi buni
tasdiqlaydi. Uning yonidan tosh qurollar va hayvonlarning suyaklari topilgan.
Jasadni kumish jarayonida mayitga “mehr va g’amxurlik qilish” ga alohida e’tibor
qilingan. O’limdan keyingi hayot borliga ibtidoiy odamlar ishonishgan. Ammo, har
qanday shakldagi qabrlarga ishonib ham bo’lmaydi, chunki fanda ”tirik murda”
tushunchasi ham bor.
Ilk diniy qarashlarga oid bo’lgan yozma manbalar juda kam, chunki diniy
qarashlar yozuv yaratilishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. Lekin ishonch bilan
aytish mumkin, O’rta Osiyo hududida ilk diniy qarashlar o’rta paleolit davrida
vujudga kelgan. Teshiktoshdan topilgan neandertal bola oldidan (muste davriga
oid) qizil rang-ohiralar topilgan. Bundan tashqari qabr atrofi hayvonlarni shoxi
bilan o’ralgan. Bu yuqorida fikrimizni dalili bo’ladi. Neolit davrining oxiri va
eneolit davrida urug’chilik jamoalari alohida sig’inadigan sajdagohlar ham mavjud
bo’lgan. Ular alohida-alohida honalarga ajratilmay bitta urug’ uchun bitta umumiy
xona mavjud edi. Xuddi shunga o’xshash xonalarni Yalang’och, Yasssitepa,
Chaqmoqli kabi manzilgohlardan topilgan 19
.
Neolit davriga kelib diniy e’tiqodlar o’tkazish, dafn marosim shakllari, urf-
odatlar rivojlanganini ko’rishimiz mumkin 20
. Neolit davrida yashagan odamlari
yashash turmushi bunga sabab bo’ldi. Natijada ibtidoiy odamlar o’troq hayotga
o’tishdi. Hayvonlarni qo’lga o’rgatish davom etib, endilikda ibtidoiy odamlar
ulardan ko’proq mahsulot oladigan bo’lishdi. Neolit davrida hayot paleolit
davridan keskin farq qiladi. Neolit davriga kelib toshlarga sillaqlash, parmalash
orqali ishlov berila boshlandi. Aynan shu kabi farqlar neolit davrini nomlanishiga
sabab bo’ldi. Olimlar neolit davrini boshlanishini sopol idishlar yasalishi bilan
belgilaydilar. Neolit so’zining m’nosi esa, yangi tosh davri, toshga ishlov
berilishini yangi usullari degan ma’noni bildiradi. Neolit davri odamlarga yangi
ishlab chiqarish imkoniyatlarini taqdim qildi. Bu davrda dehqonchilik
19
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
20
Холматов Н.У.Сазо ғ он маданияти ва унинг Ў збекистон неолит даврида тутган ўрни. СамДУ
нашр.Самарқанд, 2020. 214-б.
19](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_19.png)
![manzilgohlari juda zichlashib ketdi. Bu omil natijasida urug’ni ozuqa bilan
taminlash, bolalarni tarbiyalash va himoya qilishga zamin yaratildi. Asta sekinlik
bilan aholining soni oshdi. Yangi yerlar o’zlashtirilib, ilk diniy tasavvurlar ancha
o’zgardi.
Dehqonchilikda hosil yig’imi vaqtini kutish va uni hisoblashni odamlarni
tabiatga, osmon va yer, quyosh va oy, shamol-u yomg’ir kabi hodilarga qiziqishini
oshirdi. Bularni barchasi qudratli ruhga bog’liq degan qarash ularning hayotida
bilinib qoldi. Katta va ko’p qurbonliklar ruhlarga atalardi. Shunga qaramay
insonni abiiy ongi, bilimlari ham nihoyatda tez o’sardi. Bora-bora animizm diniy
qarash asosini tashkil qilib, ular sig’inadigan ruhlar endi qudratli xudolarga
aylanishardi. Xudolar uchun mahsus joylar mehroblar va cherkovlar qurila
boshlandi. Tug’ri ular juda hashamatli emas edi. Lekin bu joylar muqaddas sanalib,
unga ilohiy joy sifatida qarashgan. Bu joylarda doimiy ishlaydigan hizmatkorlar
ham mavjud bo’lib ular kelajakda kohinlarga aylanishgan.
Neolit davrida totemistik qarashlar ham o’zgardi. Endi ovchilar ov
natijasidan qat’iy nazar hayvonlarni muqaddas bilishardi. Totemistik qarashlar har
bir urug’da avloddan-avlodga merosiy bo’lib kelaverdi. Tashqi tomondan
qaralganda bu totemlar urug’ni haqiqiy ramziga aylanib uzoq vaqtgacha saqlanib
qoldi. Ular ilohlarni ko’plarini ko’rinishi ham hayvon qiyofasida tasavvur
qilishgan. Qushlarni totemlari esa, yo bosh qismi, yo tana qismini alohida
tasvirlash orqali namoyon bo’ladi. Afsonalarga ko’ra bu totemlar Xudoga
qarindosh edi. Totemlar urug’ orasida asosan but ko’rinishida tasvirlangan.
Bundan tashqari ayrim hollarda, ularni ramziy jihatdan bildiruvchi toshlardan
foydalanishgan. Bu toshlar keyinchalik ibodatxona ramzlariga aylandi. Bu yerda
diniy ma’rosimlar o’tkazilib qo’rbonlik qilishgan.
Neolit davriga kelib afsungarlik ham o’zgardi. Afsun yordamida dushmanga
ziyon yetkazish, ruhlarni istagini bajarish kabi ishlar endi tobora rivojlanib bordi.
Ibtidoviy davrda uchramaydigan, ilohlar bilan ovqatlanish marosimlari, ruhlarga
“mexr” ko’rsatish, qurbonlik qilish tartiblari o’zgardi. Shu marosimlarni aniq bir
qoidalariga asoslangan afsunlar yozilib, u kohinlar tomonidan yodlanardi.
20](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_20.png)
![Afsungarlikni folbinchilik yo’nalishida ham yangiliklar kuzatildi. Endi maqsad
harakatni oldindan bilish asosiy istakka aylandi. Folbinlikni ilk shakllari neolit
davridagi yutuqlar va mantiq vujudga kelganligi sabab, yakuniga yetdi.
Neolit davrida odamlar ilohlardan juda qattiq qo’rqqishib, ularni yaxshiliklarni
kutib yashagan. Dehqonlar va hunarmandlarni fikriga ko’ra, ibodat va qurbonlik
bilan bunga erishish mumkin. Ularni fikriga ko’ra, Xudolar marhamati darig’
tutmaydi, kishilarni iltimosini rad etishmaydi. Bu kabi fikrlarga odamlar qanday
kelishgan? Bunda ularga albatta “mantiq” yordam bergan. Ruhlar va
shamanlardagi afsunlar, marosimlardan ko’ra mantiq ko’proq murakkab amallarni
talab qilardi. Marosimni o’tkazuvchi kohin kiyimiga har xil belgilar, rasmlar
chizilgan. U bu belgilarga amal qilishi shart edi. Bu belgilar ularni iltimosini
bajarilishiga yordam qilishiga, ilohlar tomondan javob qaytishiga kerak edi.
Belgilar tizimi turli xil bo’lib, chiziq, nuqta, aylana kabi chiziqlar yordamida ilohiy
ko’rinishga keltirilgandi.
O’rta O’siyo hududida neolit davrida hosildorlik va aholi soni ko’payishi
uchun sig’inishlar ko’paygan. Totemistik ma’lumotlarga ko’ra buni tasdiqlashimiz
mumkin. Chorva mollarni ko’payish, ayollarni befaezandlari alohida guruhlar
shakllanishi ham bunga asosdir. Sig’inish vaqti asosan bahor va kuz fasllarida
o’tkazilgan. Aynan shu vaqtlari marosimlar o’tkazish insonlarda boshqa
vaqtlardagiga qaraganda yaxshi natija keltiradi deya o’ylashgan. Bu marosimlarda
muqaddas joyning atroflar totemlar bilan bezatilgan. Qabila ramzi va belgilari
ularga ruhlar bilan gaplashishga katta yordam bergan.
Bu marosimlar yuqorida aytilganidek erkaklarni urug’lantirish va ayollarni
ular bilan bog’lashga yordam bergan. Marosimlarni bosh maqsadi ham aynan shu
bo’lgan. Bu kabi marosimlar va qarashlar mifologiyada o’z aksini topgan.
Afsonalarda erkak va ayol tasvirlarida ko’p xudolar uchraydi. Ular hayotlari
davomida birga ko’plab sarguzashtlarni boshidan kechirishgan. Ular o’rtasida
hatto, “yolg’on nikoh” ham mavjud bo’lgan. Afsonlarda bu kabi syujetdagi
voqealar ko’plab aks ettirilgan. Bu afsonalar natijasida totemizmni asosi kelib
21](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_21.png)
![chiqadi. Ularning farzandlari dunyoga kelib, biron bir qabilani sardori yo hukmdori
bo’lib yetishadi.
Neolit davrida diniy o’zgarishda yana bir muhim voqea sodir bo’ldi. Endi
urug’ ichida marhum ajdodlariga sig’inish vujudga keldi. Bu sig’inishni asosini
vafot etganlar juda katta kuchga ega bo’lishib ular tiriklarga ta’sir etishi mumkin
edilar. Neolit davrining boshlariga kelib bu sig’inish shakli ancha murakkablashdi.
Birinchidan: o’lgan odam vafot qilganidan so’ng o’zi bilan ruhi boshqa dunyoga
ketmay aksincha yerdagi hayotligida foydalangan buyumlarini olib ketardi.
Natijada o’lik bilan birga uning menat qurollari, zeb-ziynat buyumlari, ov
qurollari, idishlari va hokazolari qo’shib dafn qilishgan. Bunda marhum oldiga eng
sifatli yasalgan idishlar ( ularning yuzida yozuv ham bo’lgan) quyib dafn qilishgan.
Ikkinchidan esa, ijtimoiy dafn qilinishlariga qarab dafn qilinishlarida farqlanadi.
Bu degani neolit davrida dehqonchilikda yokida xo’jalikdagi mavqeyiga qarab
ham uni dafn qilishgan. Ba’zida boy kishilarni ko’p buyumlar bilan dafn qilishsa,
kambag’allarni sanoqli nasalar bilangina ko’mishgan. Bu qabrlarni o’rganilayotgan
vaqtda ko’zga nihoyatda ko’p tashlanadi. O’rta Osiyo hududida ham shunga
o’xshash qabrlar ko’plab topilgan. Endi jamoa bilan ishlash qabilada ortiqcha
mahsulot vujudga kelishiga olib keldi. Aynan mana shu mahsulotlar ijtimoiy
jihatdan tabaqalanishni asosiy sababiga aylandi. Bohshqaruv qatlamlari harbiy
soha, qurilish, hunarmandchilik kabi sohalarda shakllana boshladi.
Xullas, biz yuqorida imkoniyat darajasida ibtidoiy davr jamoalarining
moddiy madaniyati, diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo
bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasida
tadqiqotlarda, ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarni keltirishga va ularni tahlil
qilishga harakat qildik.
22](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_22.png)
![23](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_23.png)
![II-Bob. O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining moddiy
madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i
II.1. O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit davri jamoalariningmoddiy
madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi.
O’rta Osiyo tosh davri jamolari moddiy madaniyati ilmiy adabiyotlarda
yaxshi yoritilgan. Shuningdek, ibtidoiy davr paleoekologiyasi, iqlimiy sharoitlari,
tosh davri jamoalari moddiy madaniyati borasida arxeologik qazilmalarda muhim
ma’lumotlar to’planishiga erishilgan 21
. Markaziy Osiyo hududi odamzod
tomonidan o’zlatirilgani, antropogenez masalasining yechimida U.Islomov
tomonidan Selungur g’or makoni, M.Qosimov tomonidan Ko’lbuloq yodgorligi,
V.A.Ranov tomonidan Quldara, Laxuti Qoratov 1,2 ilk paleolit yodgorliklari,
Og’zi-kichik, Oqjar, Qopchig’ay,Qayraqqum, Xojikent, Shugnov yodgorliklari
yaxshi o’rganilgan 22
. Markaziy Osiyo paleolit davri jamolari Janubiy O’zbekiston
Boysun tog’larida Teshiktosh g’or makoni, Zarafshonning o’rta oqimi, ya’ni
Samarqand botig’ida bu davrga oid Qo’tirbuloq 23
, Zirabuloq 24
, Omonqo’ton 25
,
Takaliksoy 26
, Go’rdara 27
kabi yodgorliklar hamda Samarqand shahri va uning
atrofidan mustye davriga oid ayrim tosh qurollari to’plamlari 28
orqali fanga
ma’lum.
Bu tarixiy bosqichda ma’lumki, odamzod hayvonat dunyosidan
garchi, ajralgan bo’lsada, lekin u tabiatga to’la qaram edi. Tabiatda bor,
21
Ранов В.А.,Несмеяноа С.А. Палеолит и стратиграфия анропогена Средней Азии.- Душанбе, 1973.
22
Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур Ферганской долине. - СА, 1990,
№2.Исламов У.И. Проблемы происхождения человека в Средней Азии. // К истокам истории
древнекаменного века Средней Азии. – Ташкент, 1996; Ранов В.А. Изучение памятников каменного века на
Восточном Памире в 1958 г. Труды АН Таджикистана, т.17, 1961 ; Ранов В.А. Шугноу-многослойная
палеолитическая стоянка в верховьях р. Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973 .
23
Тошкенбаев Н.Х, Сулайманов Р.Х. Культура древнекаменного века долины Зарафшана. Тошкент, 1980 ,
176 с. Szymezak. K, Gretchina T.,Madeyska, Khudzhanazarov. M., Tashkenboev., N. Suleimonov., Fakguezes CH.,
Fohtugue M., Kutuzbulak Revisited A Middle Paleolithic Sitein Zeravshan River Volley Uzbekistan. Warsaw,
Jnstitute of Azcheology Warsaw University. 2000.-133 p.
24
Тошкенбаев Н.Х, Сулайманов Р.Х. Культура древнекаменного века долины Зарафшана. Тошкент, 1980, 176
с.
25
ЛевД.Н. Древний палеолит в Аман-Кутане.-труды УзГУ, вып.39, Самарканд,1949. С.51.
26
Лев Д.Н. Новые памятники палеолита в Узбекистане.- Труды по изучению четвертичного периода.вып.13,
М., 1957. , С.107.
27
Тошкенбаев Н.Х, Сулайманов Р.Х. Культура древнекаменного века долины Зарафшана. Тошкент, 1980,
С.66.
28
Григорьев Г.П., Указ.лит.1941, С.14.; Лев Д.Н., Указ.лит.1965, С.41.; Ташкенбоев Н.Х. Указ.лит.1974, С.3-
7.; Ташкенбоев Н.Х.,Сулеймонов Р.Ҳ., Указ.лит.1980, С.4.
24](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_24.png)
![tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishgan. Shuningdek, ovqatga yaroqli
o’simlik, parranda tuxumlari singari ozuqabop narsalarni topishda
termachilik qilib turmush kechirganlar. Tosh qurollari asosan tayoq
, qo’l cho’qmorlaridan iborat bo’lib, ular vositasida yirik yovvoyi
hayvonlarga o’zaro birikishib ov qilishgan. Bu davrda yashash tarzini
ta’minlash uchun kishi guruhlarining jipslashishi, xullas, bu hodisa o’z
davriga xos birinchi «kooperasiya» shaklining namoyon bo’lishi edi.
Shu asosda odamzod tabiatning turli injiqliklaridan saqlanib qolishdi.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, odamzod o’z turmushini
yaxshilash uchun doimo uringan, harakat qilishgan. Mehnati
jarayonida tajribasi oshib, bilim ko’nikmasi ko’payib borgan va shu
asosda ixtiro, kashfiyotlar qilishganki, bu hatti-harakatlarini tom
ma’noda o’z davri uchun innovasiyalar deb atash lozim. Masalan, tabiiy
olovdan foydalanish. Bexosdan yashin tushishdan olov paydo bo’lgan.
Dastlab olamzod undan qo’rqib, qochib ketgan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan
ular olovga yaqinlasha boshlashgan. Ular olov yonida turganda
tanalari isishini sezishgan va shu kelayotgan naf evaziga undan
foydalana boshlashgan, tushunarliki, yashash joylariga olib olovni
o’chirmasdan saqlashga harakat qilishgan. Vaqt o’tishi bilan olovning
katta imkoniyatlarini ham bilib olishgan (tabiiy g’orlarni boshpana
uchun havonlarni quvib chiqarishda, kechalari boshpanalarini isitishda,
hayvonlarga qarshi kurashda va h.k.
Ilk jamiyat rivojida inson va tabiat o’zaro aloqadorligi masalasida
innovasiyalar nuqtai nazaridan sun’iy olovning kashf etilganligining
o’rni va ahamiyati beqiyos. Bu innovasion faoliyat ham tasodifan va o’z-
25](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_25.png)
![o’zidan sodir bo’lmagan. Inson tabiiy olovni o’chirmasdan saqlashga
harakat qilar ekan, bu borada ham yillar o’tishi bilan katta tajriba va
bilim, ko’nikmasiga ega bo’lishdi. Shu tajribalar insonning iqtidori,
qobiliyatlari bilan uyg’unlashib, yangidan-yangi innovasiyalarni keltirib
chiqardi. Jumladan, olovning yonishiga ishlatiladigan daraxt,
o’simliklar, narsalarning yonish darajasi, olovning tutanqilari, ya’ni tez
hil olib yonadigan o’simlik, shox-shabbalarni aniqlashtirib, tanib
olishdilar. Bunda, ibtidoiy odamlarning termachilik faoliyatidagi
kuzatuvchanligi, ziyrakligi muhim omil bo’ldi. Sun’iy olov hosil qilish
texnika, usullari ham insonning innovasion faoliyatining mahsuli
hisoblanadi. Bu borada toshni toshga urib uchqun hosil qilish va bu
uchqunlar tez alangalanadigan qurigan o’simliklar-tutanqilarga
yo’naltirilishi, yog’ochni-yog’ochga ishqalab, tutanqilar bilan olov hosil
qilish usullari tom ma’noda innovasiyalar demakdir. Inson tomonidan
sun’iy olovning kashf etilishining ilk jamiyat ijtimoiy hayotida ahamiyati
va o’rni beqiyos. Faktlarga murojaat etsak, inson endi xom go’shtni
bexosdan olovga tushirib yuborishi va go’sht pishib, unga ta’m kirishi
va tanavvul qilishganda mazali bo’lishini sezishlarining o’zi bir kashfiyot
bo’lgan. Buning ijtimoiy ahamiyati inson tanasi sog’ bo’lishi, insonning
o’rtacha yashash umrining uzayishi kabi faktorlarning yuzaga kelishi
bilan belgilanadi. Bu jamiyat ijtimoiy ahamiyatiga molik innovasion
o’zgarishlar emasmi. Ilk jamiyat taraqqiyotining mustye davri (bundan
100-40 ming yillar muqaddam) bo’lib, yangi arxeologik manbalarni
inobatga olsak, bu oldingi tarixiy davrga qaraganda nisbatan
progressiv xususiyatlarni o’zida jamlagan davr hisoblanadi. Ibtidoiy
26](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_26.png)
![odamlar o’zlarini o’rab turgan atrof muhit, tabiatni o’rganishga yanada
intila boshlagan. Mehnat jarayonida ixtiro va kashfiyotlar qilishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot zamirida so’zsiz insonning yaratuvchanligi,
innovasion faoliyati yotadi. Bu davr innovasiyalari avvalo tosh qurollari
to’plamida o’z aksini topgan. Masofaga irg’itish moslama quroli – nayza
tig’i, chaqmoqtoshdan yasalgan kalta nayza (drotik), toshdan va
suyakdan ishlangan turli-tuman qurollarning kashf qilinishi
ovchilikning ixtisoslashuviga olib keldi va yovvoyi hayvonlarni
birgalashib qurshab olish, cho’chitish singari usullar vujudga kelib,
ovchilik shakllari avvallariga qaraganda ancha takomillasha bordi. Shu
tarzdagi xo’jalik yuritishning murakkabligi kishi guruhlarining yanada
jipslashuvini taqozo qilardi. Bu jarayon oqibatda lokal, ya’ni har xil
joylarda qo’ni-qo’shni jamoa birikmalarining shakllanishiga olib keldi
shuningdek, odamlarining intellektual sohadagi rivojlanishiga ham o’z
ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Bu kabi innovasiyalar, taraqqiyotning
sifatiy o’zgarishlari jamiyat rivoji ijtimoiy ahamiyatiga xos xususiyatlar
hisoblanadi va ularda inson faktori asosiy rol o’ynaydi.
Ilk jamiyat taraqqiyotining navbatdagi bosqichi – bu so’nggi
paleolit (40-12 ming yillar avval) davri bo’lib, bu davr muhim sosial,
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berganligi bilan xarakterlidir.
Dastavval, odamzod o’z biologik takomillashuvi jarayonida (arxantrop,
paleoantrop va neoantrop) Homo SapiensSapiens,ya’ni «Aql-idrokli
odam», «Hozirgi zamon ko’rinishidagi odam» shakllanganligini alohida
e’tirof etish lozim. Keyingi muhim sosial o’zgarish ibtidoiy odamlar
o’rtasida o’zaro qon-qarindoshligi hissi yuzaga kelib, bu qarindoshlik
27](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_27.png)
![rishtalari turli hayvonlar, o’simliklar timsoliga bog’lanib, shu asosda
urug’chilik tuzumi paydo bo’lganligi hisoblanadi. Ona urug’da ustvor
bo’lgan, matriarxat davri deb tarixda yuritiladi. Ma’lumki, oldingi tarixiy
taraqqiyot bosqichlarida ibtidoiy odamlarning beixtiyoriy, ochlikdan
o’lib ketmasdan, yirtqich hayvonlarga yem bo’lib ketmaslik uchun
yashab qolishga intilishib, stixiyali ravishda ibtidoiy to’da, galalarga
birikishgan. Urug’chilik tuzumi esa nisbatan yirikroq odamlar
uyushmasi bo’lib, mazmuniga ko’ra progessiv ahamiyat kasb etgan.
Qon-qarindoshlikka asoslangan odamlar jamoasi ma’lum hududiy
birlikda yashashib, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan moddiy
madaniyat sohiblariga aylanishgan.
Mezolit (mil. avv. 12-7 ming yilliklar) davri hisoblanadi. Bu
davrning boshlanishi muzlikning chekinishi va o’q-yoyning ixtiro
qilinishi bilan xarakterlanadi. Inson tomonidan o’q-yoyning ixtiro
qilinishi ham tom ma’noda buyuk innovasiya hisoblanadi. Sababi,
mezolit davri o’z tabiati, ekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o’simlik va
hayvonat dunyosi bilan oldingi tarixiy taraqqiyotlarga nisbatan hozirgi
zamonga yaqin hisoblanadi. Muzlik chekinishi bilan janubdan issiq
tabiiy iqlim, issiqsevar o’simlik va hayvonat dunyosi siljib keldi. Tez
yugurar hayvonlar ov qilishning yangi usullari, yangi ov qurollarining
kashf etilishi zaruratini taqoza etdi. Bu esa insonning intellektual
tafakkuri, innovasion faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Endi
irg’itiladigan qurollar ish bermay qoldi. Shu bois o’q-yoy kamon
yaratildiki, bu ham o’z davri uchun tom ma’noda innovasiya demakdir.
Odamlar endi tabora tabiatga qaramlikdan qutilish yo’llarini
28](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_28.png)
![izlay boshlashdi. Ko’plab ixtiro- kashfiyotlar qilishadi (to’r, qarmoqlar, garpun va
h.k.). Ming yillar o’tishi bilan endi odamzod tabiatda tayyor bo’lgan mahsulotlarni
iste’mol qilishdan, o’zlari mahsulot yetishtirishga o’ta boshladilar. Termachilikdan
dehqonchilik, ovchilikdan esa chorvachilik yuzaga kela bordi. Birinchi bo’lib
bug’doy madaniylashtirildi. Mil.avv 10-8 ming yilliklarda Falastin, Eron, Kichik
Osiyo tog’liklarda, mil.avv 6 ming yilliklarda, Misr, Dunay bo’ylari va Bolqon,
Hindistonda donli ekinlar yetishtirila boshlandi. Mezolit davrida echki, qo’y, eshak
keyinroq yirik shoxli hayvonlar, cho’chqa honakilashtirilgan. Xullas, ishlab
chiqarish iqtisodiyotiga o’tish bilan aholining o’troqlashishi yuz berdi. Muqim
yashaydigan qishloqlar paydo bo’ldi. Iyerexon ( Falastinda), Chatay – xyuyuk
( Kichik Osiyoda); Bagor ( Hindistonda). Chorvador aholilarning yaylovlarga
talashib, jamoalar o’rtasida to’qnashuvlar ro’y berib, yangi yerlarga aholi siljishlari
sodir bo’ldi. (mil.avv. 8-7 ming yillar). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish bilan
odamlar ma’naviy dunyoqarashi ham o’zgardi. Ular tabiat kuchlari sirlarini tushina
boshladilar. Odamlarning mehnat faoliyati turlari ko’paydi (tosh, suyak, yog’och
qurollari, yerga ishlov berish, chorvani boqish, kulolchilik, uy – joy qurilishi,
hayvon terilariga ishlov berish, chorva mahsulotlari va h.k.). Bular esa o’z
navbatida iqtisodiy boshqaruv, jamoaning ichki munosabatlarini, maxsulotlar
taqsimotini nazorati qoidalarini talab qilar edi. Bu esa jamiyat tuzilmalari
elementlari shakllanishini keltirib chiqardi. 29
Insonlarni ishlab chiqarish
iqtisodiyotiga o’tishi misli ko’rilmagan darajadagi innovasiyalar edi. Sababi, endi
odamlar qo’nim turmush tarzida yashay boshlashdi.
So’ngi paleolit, ya’ni mil.avv. 40-30 mingingchi yillarda fetishizm,
totemizm va animizm kabi dinning dastlabki shakllari, ko’rinishlari vujudga
kelgan. Ilk diniy shakllarni vujudga kelishida dastlabki odamlarni dafn marosimlari
va qoyalarga sur’at chizishdagi rassomchilik faolyatiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Dinning bu kabi ko’rinishlari, muayyan tarix jarayonining taraqqiyot bosqichida
vujudga keldi. Odamlarni ongi ancha sekin va past rivojlangan, shuning natijasi
29
Массон В.М. Экономика и социальной строй древных обществ (В свете данных археологии) // -Л:
«Наука», 1976, 179-181 бб.
29](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_29.png)
![asosida inson kuchli tabiat xodisalari oldida ojizligini anglab ularga sig’inishgan.
Inson ongida sezgilar ham rivojlanib bordi. Arxeologlar va etnograflar sehrgarlik
ibtidoiy davrning dastlabki bosqichida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Hatto,
neandertal adamlar o’rta paleolitda yashaganliklarini bu davrda qanday faoliyat
yuritganini bilishga yordam ham beradi. San’atning sohalari va ilk diniy qarashlar
o’zoro bog’liqligi, paliolitining so’ngida jismoniy va aqliy jihatdan rivojlangan
kromonyon odami davrida ham ko’zga tashlandi. Dastlabki suratlar so’ngi paliolit
davriga oid bo’lib, unda asosan kishilar hayoti va ov manzariliga e’tibor ko’proq
qaratilgan. Suratlar tosh, suyak yoki shohga o’yib ishlangan konturli ta’svirlardan
iborat bo’lib barmoq yoki mo’yqalamga o’xshash bo’lgan buyum bilan qora yoki
qizil ranga bo’yalgan. Buyoqlarni o’rniga asosan bur, ohira va kumirdan ham
foydalanishgan. Ularni yovvoyi hayvonni yog’i bilan aralashtirish zarur edi. Shu
sababli ular yomg’ir qorda ham uchmay saqlanib turgan. Marhumlarni tanasi ham
mahsus belgilar bilan qoplangan. Bu belgilar mahsus su’rat yordamida chizilgan.
Ko’xitang tog’i hazirgi Surxandaryo viloyatida joylashgan bo’lib bu yerdan
ko’plab qabrlar topilgan. Tog’ Mamatsoydan uncha uzoq bo’lmagan odam qadami
yetishi qiyin bo’lgan g’orlarni birida mezolit, neolit va jez davriga oid odamlarni
suratlari saqlanib qolgan. Ularning soni 200 ga yiqindir. Mamatsoydagi bu suratlar
o’ta noyob hisoblanadi. Aynan shu jihati bilan boshqa yerdagi sur’atlar bilan
anchagina farqlanadi. Bu yerda ov tasvirlari eng ko’p kuzga tashlansada suratlarda
boshqa belgilar ham uchraydi. Bu belgilarni olimlar ko’pincha quyoshning tasviri
deb aytishadi. Jizzaxdagi Marg’uzor tog’larining Takatosh degan yeridagi Sarmish
soyidan va uning yonginasida joylashgan Qorongur qoyalarga tushirilgan turli
hayvonlar tasviri anchagina topilgan. Bu rasmlar echki, qobon va ot
ko’rinishlaridadir.
Yurtimiz xududida ayniqsa uymakorlik uslubida naqshlar ko’p tarqalgan.
Ularni orasida Qoratog’ tog’larida Sarmish soyda topilgan suratlar alohida
e’tiborga ega. Bu yerdan topilgan suratlar mill.avv. II asr boshi va milodiy III – VII
asrlar yillarga oiddir. Bu yerda tasvirlarni asosan toshlarga chizishgan. Bu
yodgorlikni birinchi marta arxeolog X.I.Muhammedov tomonidan topib
30](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_30.png)
![o’rganilgan. Bundan tashqari Shaxrisabz va Zarafshon vohalarini bir birlaridan
ajratib turadigan Qoratepa yog’ tizmasidan eng qadimgi odamlarni manzilgohlari
arxeologlar tomonidan topib o’rganilgan. Bu yerda joylashgan Qaynar
qishlog’ining sharqiy qismmida joylashgan toshga ishlangan ov tasvirlari
ahamiyatli. Olmaliqdan 6-8 km janubroqda Qurama tizmasining shimoliy
yonbag’ridagi Porakandasoyda mil.avv. V-I asrlarga oid 500 ga yaqin petroglif
borligi aniqlangan. Tasvirlar jarliokning o’ng qirg’ogidagi 40 dan ortiq
qoyatoshning tekis yuzasiga tushirilagan. Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani
Qoraqiya darasidan ham mill.avv. II -I ming yilliklarga oid alohida suratlar topildi.
Olimlarni ba’zilari buni sehrgarlarga xos bo’lgan tasvirlar deyishsa, boshqalari
yanagi davrlarda keng tarqalgan odamning kafti tasviri deyishadilar. Bu qo’lning
panjasini qoldirish bilan uning egasi ruhan o’sha joyda ekanligini ko’rsatmoqchi
bo’lgan. Bu belgi egalik yoki ko’z tegmasligi uchun yomon ko’zdan asrovchi belgi
ham sanaladi. Belgilar orasida ikki daryo oralig’i tasviri, xoch va romb tasvirlari
ham uchrab turib ular ilohlarni belgisi vazifasi bajargan. Xoch tasviri tushirilgan
kulolchilik buyumlari, idishlarni boshqa yodgorliklarda ham ko’zatamiz. Bu belgi
tushirilishidan maqsad u idishning ichidagi narsalarni ilohlar tomonidan saqlanishi
ko’zlangan.
Ilk dinlarni vujudga kelishida uning ilk vakillaridan biri bo’lgan fetishizm,
irimlarga omadga ishonadigan insonlarni fikriga ko’ra vujudga kelgan. Ularning
fikricha, ko’zmunchoq yomon ko’zdan asrar ekan. Fetishizimning zamonaviy
talqini taqa, tumor, bo’yin taqinchoqlari, filcha, turli o’yinchoqlar va isiriqlar misol
bo’ladi. Dinda buyumlardan foydalanayotganimizda ularning ko’pchiligini orasida
irim-sirimlarga ishonishlilik fetishizmni qoldig’idir. Ibtidoiy davrdagi e’tiqodlarni
nisbatan yuksakroq kurinishi, ruh va tabiatning ruhi mavjudligiga bo’lgan
qarashlarda animizmni roli katta. Qator xalqlarda animistik qarash ostida insonni
o’lganidan so’ng ruhi qolishi xaqidagi qarash asosida dafn marosimlari shunga
monand o’tkazildi. Odamlarni bir joyga to’plab dafn etiladigan bo’ldi. Bu joylarni
hozirgi ko’rinishi-mozorlardir. Buxoroning sharqiy tomonida Quyumozor tomonda
1950-yillari huddi shunga uxshash mozor aniqlandi. Bu yerdagi qabrlarni dastlab
31](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_31.png)
![20 ta ochib o’rganildi. Bu yerdan dafn marosimlari uchun ishlatilinadigan anjomlar
ham topildi. Ushbu manzilgoh taxminan mill.avv.so’ngi va milodiy I asrlarga oid.
Yana shunday ko’rinishdagi mozorlar Qizilltepa bekati yaqinidagi Saxridayronda
va Hazor qishlog’i yaqinida ham ochilib, bu yerlardan ham dafn marosimlari
anjomlarini ba’zi turlari topildi.
Obishir manzilgohidagi mozorlardan ham sopol buyumlar, temir bezak va
qurollar topib o’rganildi. Manzilgohda 1969–1971–yillarda jadal arxeologik ishlar
olib borildi. Xuddi shunday ekspedetsiya 1978-yilda Olmaliq yaqinida ham
o’tkazilib, bu yerdan to’rtta qabriston aniqlandi. Bu yer ham atroflicha o’rganildi.
Diniy e’tiqodning yana asosiy turlaridan biri bu totemizmdir. Bu ibtidoiy davrda
qarindoshchilikga qorilgan ilk diniy qarashlardan eng keng tarqalgan turlaridan
biridir. Insonning diniy qarashlari bevosita endilikda tabiatga kuchadi. Urug’ning
vakillari hayvonlar va o’simliklar bilan qarindoshchilik a’loqalariga juda ham
ishonishgan. 1938-yil Surxandaryo viloyati Boysun tog’idan Teshiktosh g’oridan
topilgan neaandertal bola totemizm davrga oid eng qadimgi topilmalardan biri
hisoblanadi. Bolaning dafn qilinishi hususida yuqorida fikrlarimizni aytgan edik.
An’analarga asoslangan diniy qarashlarni kurinishlari sababli, Yoshi katta
urug’ vakillariga ularni hayotligi davridagi mavqeyiga qarab, dafn marosimlari
shunga qarab o’tkazilgan. Jarqo’ton davri muhrlari bronza, sopol va gipsdan
yasalgan muhrlarda o’simliklardan archa, hayvonlardan tog’ echkisi, ilon, burgut
shuningdek geometrik shaklda ifodalangan. Chuqur o’rganilganda umumiy
maydoni 30 ga dan oshmaydigan maydonda joylashgan qabristonlar tashkil etadi.
Songi paleolit, ya’ni mil.avv. 40-30 mingingchi yillarda fetishizm, totemizm va
animizm kabi dinning dastlabki shakllari, ko’rinishlari vujudga kelgan. Ilk diniy
shakllarni vujudga kelishida dastlabki odamlarni dafn marosimlari va qoyalarga
sur’at chizishdagi rassomchilik faolyatiga katta ta’sir ko’rsatgan. Dinning bu kabi
ko’rinishlari, muayyan tarix jarayonining taraqqiyot bosqichida vujudga keldi.
Odamlarni ongi ancha sekin va past rivojlangan, shuning natijasi asosida inson
kuchli tabiat xodisalari oldida ojizligini anglab ularga sig’inishgan. Inson ongida
sezgilar ham rivojlanib bordi. Arxeologlar va etnograflar sehrgarlik ibtidoiy
32](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_32.png)
![davrning dastlabki bosqichida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Hatto, neandertal
adamlar o’rta paleolitda yashaganliklarini bu davrda qanday faoliyat yuritganini
bilishga yordam ham beradi. San’atning sohalari va ilk diniy qarashlar o’zoro
bog’liqligi, paliolitining so’ngida jismoniy va aqliy jihatdan rivojlangan
kromonyon odami davrida ham ko’zga tashlandi. Dastlabki suratlar so’ngi paliolit
davriga oid bo’lib, unda asosan kishilar hayoti va ov manzariliga e’tibor ko’proq
qaratilgan. Suratlar tosh, suyak yoki shohga o’yib ishlangan konturli ta’svirlardan
iborat bo’lib barmoq yoki mo’yqalamga o’xshash bo’lgan buyum bilan qora yoki
qizil ranga bo’yalgan. Buyoqlarni o’rniga asosan bur, ohira va kumirdan ham
foydalanishgan. Ularni yovvoyi hayvonni yog’i bilan aralashtirish zarur edi. Shu
sababli ular yomg’ir qorda ham uchmay saqlanib turgan. Marhumlarni tanasi ham
mahsus belgilar bilan qoplangan. Bu belgilar mahsus su’rat yordamida chizilgan.
II.2. O’ rta Osi yo miqyosida neolit davri jamoalarining diniy tasavvurlar
va dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi.
O’rta Osiyoning uzoq o’tmish tarixini yaratishda tosh asri neolit (yangi tosh)
davri yodgorliklarini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu davrda
kishilik tarixining urug’ jamoalari o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi
xo’jalikka o’tdi. Bu inqilobiy tub o’zgarish qator iqtisodiy xo’jalik va madaniy
kashfiyotlarga olib keldi, ya’ni ibtidoiy motiga dehqonchiligi va xonaki
chorvachilik kashf etildi; kulolchilik va to’qimachilik ixtiro etildi; toshdan mehnat
qurollari yasash takomillashib, toshni ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash,
teshish texnologiyasi kashf etildi; diniy-ma’naviy hayotda totemistik, animistik,
sehru-jodu qarashlardan obyektiv hayotni tahlil etish, ya’ni inson hayotining
davomiyligini ta’minlovchi tabiat unsurlari-quyoshga, ona zamin yerga va obi
hayot suvga topinish boshlandi,aholi antropologik tipi, etnosi namoyon bo’lishiga
tarixiy sharoit yetildi va nihoyat, kishilik jamiyati rivojlanishida sivilizasiyalar
tarixini boshlanishiga asos solindi. Jahon ahamiyatiga molik bu kashfiyotlar asosi,
ularning tarixiy ildizlari juda chuqur va ular nafaqat mezolit, balki undan ham
qadimiy-paleolit davri bosqichlariga borib taqaladi.
33](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_33.png)
![Mezolit, neolit davri ekologik sharoiti, iqlimiy muhiti nisbatan hozirgi
zamonga yaqin bo’lgan. Shu sababli O’rta Osiyoning deyarli barcha sarhadlari
odamzod tomonidan o’zlashtirilib, natijada o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan
turli mezolit, neolit madaniyatlari shakllanadi. O’rta Osiyo neoliti iqtisodiy-
xo’jalik xarakteriga ko’ra rang-barang va o’ta murakkabdir. O’rta Osiyoning
janubiy-g’arbiy mintaqalarida Kopettog’ning quyoshga tushlov soy etaklarida
ibtidoiy motiga dehqonchilik madaniyati (Joytun) 30
, Amudaryo va Zarafshonning
quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug’ jamoalarining Kaltaminor
madaniyati 31
, Hisor tog’ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati 32
,
Farg’ona vodiysida Markaziy Farg’ona madaniyati 33
, O’rta Zarafshon vohasida
Sazog’on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topdi 34
. Ammo,
ularning xo’jalik asosi, xronologik doirasi, etnomadaniy va etnografik qiyofasi
masalalari, Joyitun va Kaltaminor madaniyatlarini hisobga olmaganda, O’rta Osiyo
neolitining o’ta bahsli muammolari bo’lib qolaverdi. O’rta Osiyo neolit davri
jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida A.P.Okladnikov, Ya.G.Gulyamov,
V.A.Ranov, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, U.Islomov, V.I.Timofeyev,
G.F.Korobkova, M.R.Qosimov, T.Mirsoatov, Ye.Bijanov, M.Jo’raqulov,
N.U.Xolmatov kabi olimlarning izlanishlari muhim hisoblanadi. Keyingi yillar
maboynida arxeologik tadqiqotlar jarayonida qo’lga kiritilgan manbalar mezolit,
neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini yoritish imkonini
bermoqda. Shuningdek, O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston hududi neolit qabilalari
mehnat qurollari va xo’jalik mashg’ulotlari tarixi borasida ham muhim manbalar
30
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
31
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
32
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура).
История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
33
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304.
34
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура
юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание
уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С. 3-122 .
34](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_34.png)
![qo’lga kiritildi. Ma’lumki, kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o’z
ichiga oluvchi ibtidoiy davr jamoalari moddiy-madaniyatini o’rganishda
qadimgi odamlar turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish jarayoni o’z
mazmun, mohiyati bilan o’ta dolzarb masala hisoblanadi. Sababi, ishlab
chiqarish iqtisodiyoti, ya’ni dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi
(neolit inqilobi) keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida muhim sosial, iqtisodiy
o’zgarishlarga olib kelgan: ibtidoiy odamzodning kunlik turmush tarzi o’zgaradi
va endi ular oziq-ovqat topish ilinjida daydib yurmasdan, o’troq tarzda hayot
kechira boshlaydi, natijada aholi muqim yashovchi qishloqlar paydo bo’ladi,
dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’liq diniy e’tiqodlar shakllanadi, lalimi
dehqonchilik hamda vaqt o’tishi bilan sug’orma dehqonchilikka bog’liq suv
inshootlari qurilishi boshlanadi. Natijada aholining ma’lum sug’orma
dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalarga zichlashishi jarayoni ro’y
berib, obod qishloqlar, keyinchalik ular o’rniga shaharlar vujudga keladi. Shu
tariqa shaharsozlik madaniyati va ilk davlatchilik ko’rinishlari paydo bo’ldiki,
bu tom ma’noda qadimgi sivilizasiyalar shakllanishi demakdir. Ma’lumki,
soha mutaxassislari tadqiqoticha Old Osiyo mintaqasida dastlabki ishlab
chiqarish iqtisodiyotiga o’tish jarayoni ro’y bergan 35
. Bu jarayon borasida
mutaxassislar “monosentrizm” va «polisentrizm» ilmiy nazariyalarini ilgari
surishadi. Mazkur mintaqa miqyosida ilk dehqonchilik komplekslarini qiyosiy
tahlil etgan V.M.Masson ularni o’ziga xos xususiyatlar, madaniy an’analarga
ega ekanligini aniqlaydi va shu asosda dehqonchilik va chorvachilik xo’jaligi
shakllanishi to’g’risida «polisentrizm» ilmiy konsepsiyasini qo’llab quvvatlaydi
hamda bu turdagi xo’jalik shakllangan sarhadlarni 2 ta madaniy vohaga
ajratadi: 1. O’rta Yer dengizi sharqiy sohili hududlari (sopolsiz neolit); 2.
Shimoliy Iroq, Shimoliy Eron va Janubiy- G’arbiy O’rta Osiyo (sopolli neolit) 36
.
35
Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466. Первые цивилизации. М., Наука,
1989; Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980. Шнирельман В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития – Проблемы переходного периода
и переходных общественных отношений. Москва, 1986.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего
хозяйства. М., 1989; Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука, 1989.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
36
Массон В.М. Кўрсатилган адабиёт, 1964, 82-92-бетлар.
35](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_35.png)
![Demakkim, Janubiy- G’arbiy O’rta Osiyo ilk ishlab chiqarish iqtisodiyoti
shakllangan mintaqalar sirasiga kiradi va bu joylar Janubiy Turkmaniston
Kopettog’ shimoliy yon bag’irlariga to’g’ri kelib, ilk dehqonchilik xo’jaligi
sohiblari sifatida bu joyda tadqiq etilgan madaniyat-joyitun jamaolari madaniyati
nomi bilan fanga kirdi 37
. Shu o’rinda O’rta Osiyoning boshqa hududlari neolit
davri jamoalari xo’jalik mashg’ulotlari masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi
manzaraning guvohi bo’lamiz: kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari
turmushida termachilik, ovchilik va baliqchilik xo’jaligi bo’lgan 38
; Markaziy
Farg’ona 39
, Ustyurt neolit jamolari 40
hayotida o’zlashtirma xo’jalik to’liq
hukmron bo’lgan. Markaziy va Janubiy Tojikistonda tadqiq etilgan hisor neolit
jamoalari xo’jalik yumushlari to’g’risida mutaxassislar orasida bahsli fikrlar
mavjud. Tadqiqotlardan hisorliklar nafaqat termachilik, ovchilik yumushlari
bilan shug’ullanishgan, balki hayvonlarni xonakilashtirganliklari, sodda usullarda
bo’lsada, dehqonchilikdan ham xabardor ekanligi ma’lum bo’ladi. B.Botirov
Tutqovul makoni madaniy gorizontlaridan xonakilashgan eshak, qo’y va
echkilarning suyaklarini aniqladi. Sh.Sharipov Sayyod makoni hisor
jamoalariga oid madaniy qatlamdan topilgan hayvon suyaklarining 70% ni
xonakilashgan qo’y va echki suyaklari tashkil etganlagi faktlarini o’z
tadqiqotida keltirgan. M.N. Yermolovaning O’rta Osiyo miqyosida
xonakilashtirilgan hayvon suyaklari to’g’risidagi tadqiqoti ham muhim. 41
Hisorliklar kundalik turmushda dehqonchilik bilan shug’ullanganliklari
ehtimolini, ular makonlari tog’ va tog’ yonbag’irlari daryo, soy yon qayirlari
ya’ni soz tuproqli joylarga joylashganligi faktlari ham isbotlashi mumkin.
Lekin, V.A.Ranov fikricha har ikkala xo’jalik turi hisorliklari iqtisodiyotida
37
Лисицина Г.Н. Основные этапы истории земледелия на юге Средне Азии Л., 1968; Массон В.М.
Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур.- Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10;
Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии. // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука,
1966; Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.: Наука, 1971.
38
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. М., Наука, 1981, С.173.;
39
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кульура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, Фан, 1986;
40
Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Нукус, 1996, с.3-42.
41
Ермолова М.Н. Вопросы изучения остатков животных в археологических памятников в связи с проблемой
возникновения и развития производящего хозяйство. Барнаул, 1983.
36](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_36.png)
![hukmron mavqyeni egallamagan 42
. Ibtidoiy odamzod o’z
turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tishda o’zlari yashab turgan joy
landshafti, tabiati, iqlimiy sharoiti naqadar muhim rol o’ynaganligi faktini
keltirmoqchimiz. Soha tadqiqotchilari bu faktorlarga e’tibor qaratishgan.
Xususan, N.I. Vavilov o’z tadqiqotida tog’liq mintaqalarning subtropik
qismida yovvoyi o’simliklarni madaniylashishiga ko’proq imkoniyat, shart-
sharoitlar bo’lganligini alohida ta’kidlaydi 43
. Shu joylarda o’sgan yovvoyi
boshoqli, donli o’simliklar so’li, arpa, bug’doylarning gibridlashuvi,
madaniylashuviga vositachi bo’lgan. Yaqin Sharq, Janubiy- G’arbiy O’rta Osiyo
(Kopetdog’ yon bag’irlari, joyitun jamaoalari), Markaziy va Janubiy Tojikiston
hududida (hisor jamoalari) ilk dehqonchilik xo’jaligiga ega bo’lgan
yodgorliklarning o’rtacha balandlikdagi tog’lar yon bag’ri yoki alohida tog’
vohalar daryolari, yirik soylarning soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi
fakti N.I.Vavilov fikrining to’g’riligini tasdiqlaydi. V.A.Ranov ham hisor
jamoalari yodgorliklarining joylanishi holatlari Yaqin Sharq neolit
yodgorliklariga o’xshashligini alohida e’tirof etgan 44
. Shu nuqtai nazardan,
O’rta Zarafshon vohasi sazog’on neolit jamoalar makonlari Qoratepa tog’
massivi shimoliy yon bag’ri yirik soylari ( Ohalik, Mironqul, Tepaqul,
Egriqulcha, Sazog’on kabi) soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi va bu
holat jamoalarning dastlabki dehqonchilik yumushlari bilan shug’ullanishlariga
imkon bergan. Yaqin vaqtlargacha Zarafshon vohasi miqyosida dastlabki
o’troq dehqonchilik madaniyati Zamonbobo, Sarazm yodgorliklari misolida
tadqiq etilgan edi 45
. Tadqiqotlarda sazog’on jamoalari turmushida ishlab
chiqarish iqtisodiyoti kurtaklari borligi haqida dastlabki ma’lumotlar
42
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной
эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Ранов В.А. Неолит (гиссарская
культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
43
Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете современных исследований. Избр.тр.
М.,1965.Т.5.
44
Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998, 113-114-бетлар.
45
Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в
низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ; Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991.
37](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_37.png)
![keltirgan 46
. Buni keyingi yillarda sazog’on madaniyatining yangi kashf etilgan
yodgorliklari (Jangal 1, Tepaqul 3, Tepaqul 4, Lolab, Ochil g’or makonlari)
tadqiqotlari natijalari to’liq tasdiqladi va endi Zarafshon vohasida ilk ishlab
chiqarish iqtisodiyoti neolit davri jamoalari turmushida sodir bo’laaboshlagan
deb aytish mumkin. Buni Sazog’on 2, Jangal 1, Tepaqul 3,4 makonlar
madaniy qatlamidan ilk dehqonchilikdan darak beradigan qadama qurollar,
yorg’uchoqlar, donni ezish bilan bog’liq bo’lgan tosh buyumlar ko’plab
topilishi isbotlab turibdi 47
. Bu materiallarning Yuqori Zarafshon vohasidagi
sarazm yodgorligi arxeologik ashyolariga o’xshashligi haqida ma’lumotlar
mavjud 48
. Ma’lumki, sarazm o’troq dehqonchilik madaniyati hisoblanadi.
Sazag’on jamoalari madaniyatining sarazm madaniyatiga o’xshashligi ular tosh
industriyasi paraqali qismida, shuningdek qadama qurollari, yorg’uchoqlar,
donni ezish bilan bog’liq tosh buyumlarida, qisman sopol idishlarida namoyon
bo’lgan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib M.Djo’raqulov, N.Xolmatovlar
Sarazm madaniyati, xususan Zarafshon vohasi eneolit va jez davri o’troq
dehqonchilik bilan bog’liq jamoalarning madaniyati tub joyli mahalliy
madaniyatlar negizida shakllanganligi to’g’risidagi xulosalarni bildirgan. To’g’ri,
bunda mutaxassislar innovasiya, diffuziya, migrasiya jarayonidagi madaniy
ta’sirni ham inkor etishmaydi. Vohada neolit davri jamoalari turmushida ishlab
46
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, Фан, 1991, с.102-110
47
Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4, 31-34-
бетлар; Қоратепа тош даври жамоалари моддий маданияти (Ўрта Зарафшон воҳаси).
ИМКУ, № 35, Тошкент, “Фан”, 2006, 24-39-бетлар. Джуракулов М.Д., Холматов Н.У.
Кўрсатилган адабиёт. 1991. 70-79-бетлар; Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У., Амиркулов
Б.А. Итоги археологического изучения стоянки Джангал I . // В опросы археологии,
древней истории и этнографии. Труды Сам ГУ, Самарканд, 1991. С.4-12; Джурақулов
М.Ж., Холматов Н.У. Тепақул 3 неолит манзилгоҳи ўрганилиши натижалари // Тарих
фанининг долзарб муаммолари. Самарқанд. СамДУ. 1997. Джуракулов М.Ж., Холматов
Н.У. Тепакул 4 неолит манзилгоҳи (Ўрта Зарафшон воҳаси) // Тарих ва истиқлол. Илмий
мақолалар тўплами. Самарқанд, 2000. 4-14-бетлар; Джурақулов М.Ж. Холматов Н.У.
Самарқанд Давлат Университети тадқиқотларидан // Ўзбекистонда археологик
тадқиқотлар 2003. Тошкент. 2004. 31-34-бетлар.
48
Джўрақулов М.Ж. Зарафшон воҳаси тамаддунининг илк саҳифаларидан. Ўзбекистон моддий маданияти
тарихи, 34-нашри, Самарқанд, 2004,15,16-бетлар. Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий
маданиятининг баъзи хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4, 31-34-
бетлар.
38](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_38.png)
![chiqarish iqtisodiyoti bo’lganligi masalasini oydinlashtirishda Quyi Zarafshon
vohasida joylashgan Oyoqagitma neolit makonidan yaqinda O’zbekiston-
Fransiya xalqaro arxeologik ekspedisiyasi xodimlari tomonidan (F. Brunet, M.
Xo’janazarov) xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topilishi ham muhim
bo’ldi. Tadqiqotchilar mazkur jamoalar chorvachilik xo’jaligi bilan
shug’ullanishganliklarini ta’kidlamoqda 49
.
Shu nuqtai nazardan birmuncha ishonarli dalillar kaltaminor jamoalariga
tegishli bo’lgan Tumek-Kichikjik qabrlarining tuzilishi, ulardan topilgan ashyoviy
dalillar hisoblanadi. Tumek -Kichikjik yodgorligi Amudaryo etagi qadimgi
Sariqamish havzasida joylashgan. Bu yodgorliklardan hammasi bo’lib, o’ttizga
yaqin qabr o’rganilgan. Qabrlar ensiz, nisbatan chuqurroq qazilgan. Mayit qabr
tubiga, yerga yelkasi bilan cho’zilgan holda, qo’llari ham tana bo’ylab
cho’ziltirilgan holda qo’yilgan. Tana qizil bo’yoq sepilgan joyga qo’yilgan. Ba’zan
tana ustidan ham qizil bo’yoqlar sepilganligi holatlari aniqlangan. Ko’pincha
mayitlarning bosh qismi shimoli-sharq tomon yo’naltirilgan holatda dafn etilgan.
Qabr ustida biron-bir qurilish bo’lganligi belgisi aniqlanmagan, balki ular
hozirgacha saqlanmagan bo’lishi mumkin. Qabristonning g’arbiy va sharqiy
qismidagi ba’zi qabrlarning usti aylana tarzda toshlar bilan o’ralganligini
bildiruvchi belgilar uchratilgan 50
.
Qabrlar ichidan ham kam miqdorda arxeologik manbalar topilgan.
Qabrlardan topilgan manbalar bir necha chaqmoq toshdan yasalgan qurollar hamda
sochilib yotgan holatdagi bir nechta sopol idish parchalaridan iborat. Bu sopol
parchalari bevosita mayitning tana suyaklari oldida emas, balki mayit ustiga
tashlangan tuproq qatlamlari orasida tartibsiz holda uchraydi. Tumek-Kichikjik
yodgorligi qabrlaridan topilgan sopol buyum parchalarining o’ziga xos ilmiy
ahamiyati bor. Xususan, bir qabr tadqiq etilayotganda mayit suyaklari ustida ichiga
49
Хужаназаров М., Брунет Ф.,Шимчак К. Археологические исследования Узбекско-Французской
экспедиции на памятниках Кызылкумов. Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годы.
Ташкент,2006,с 244-250. Ўзбекистон- Франция халқаро археологик экспедицияси илмий ҳисоботи-
2008,2009 й.
50
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981. С.107-109;
Виноградов А.В., Итина М.А., Яблонский Л.Т. Древнейшее население низовий Амударьи. М. , 1986. С.7-79.
39](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_39.png)
![gulxanda kuydirilgan go’sht bo’lagi solib qo’yilgan idish bo’lagi topilgan.
Qabrlardan topilgan zeb-ziynat va taqinchoqlar ham muhim ahamiyat ga ega
hisoblanadi . E’tiborli jihati, tadqiq etilgan qabrlarning yarmidan ko’pida, turli-
tuman bezaklar va taqinchoqlar topilgan. Shular ichida eng ahamiyatlisi
to’ng’izning qoziq (so’yloq tishi) tishidan ko’krakka tizilgan holda taqib yurishga
mo’ljallangan bezaklar hisoblanadi. Ularga juda mohirona ishlov berilgan bo’lsa-
da, asl o’roqsimon ko’rinishini saqlab qolgan. Taqinchoqlar ichida eng ko’p
uchragani chig’anoqdan yasalganlari hisoblanadi. Tumek-Kichikjik yodgorligi
Kaltaminor jamoalariga tegishli qabrlar bo’lgan. Buni qabrlardan topilgan tosh
qurollari, sopol idishlar xususiyati ko’rsatadi. Xususan, mayda sopol parchalaridan
yig’ilgan butun idish, qayiqsimon ko’rinishdagi idish bo’lib chiqdi. Tosh qurollari
ham o’z shakli va ishlov berilish usullari bo’yicha Kaltaminor jamoalari
qurollariga xos. Bu yodgorlik xronologik jihatidan Kaltaminor tarixiy-madaniy
jamoalari madaniyatining o’rta rivojlanish bosqichiga to’g’ri keladi va moddiy
madaniyati hususiyatlariga ko’ra Tolstov makoniga yaqin turadi. Janubi-Sharqiy
Ustyurt sarhadlaridan ham neolit davri so’nggi bosqichlarida yashagan jamoalariga
tegishli bo’lgan qabrlar topilgan. Bu Koskajol yodgorligi hisoblanib, u asosiy
qismi neolitning keyingi bosqichlariga oid bo’lgan qabrlardan iborat. Qabriston
chet qismidan deyarli buzilib ketgan qadimiy qabr aniqlangan. Qazish jarayonida
mayitning yaxlit tana suyaklari topilmagan, lekin turkum holatda ikki yon tarafi va
qirralariga yaxshi ishlov berilgan o’q-yoy uchlari hamda chig’anoqlardan yasalgan
bezaklar topilgan 51
. Qabr tubida qizil bo’yoq qoldiqlari borligining aniqlanishi ham
ahamiyatlidir. Qabr tuzilishi tomonlarga nisbatan yo’nalishi, qizil bo’yoqlarining
topilishi, tosh qurollariga ko’ra Tumek-Kichikjik yodgorligini eslatadi. Ikki
taraflama ishlov berilgan o’q-yoylar o’z shakli va ishlov berilish usullari bo’yicha
u neolit davri so’nggi bosqichlari yoki ilk bronza davri jamoalariga tegishli bo’lishi
mumkin. Shuningdek, 1976 yili A.V.Vinogradov tomonidan Jonbos 4 va Jonbos 5
makonlari o’rtasida ikkita buzilgan neolit davriga oid qabrlarning o’rganilishi ham
51
Бижанов Е.Б. Первое неолитическое погребение на Устюрте // СА, №1. 1985. С.250-252.
40](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_40.png)
![bu davr jamoalarining dafn bilan bog’liq urf-odatlarni bilishimizda muhim
ma’lumotlar berdi 52
.
Qabrlarning tartibli holda joylashganligining o’zi jamoaviy tuzilma
ekanligini, dafn jarayonida ma’lum marosimlar o’tkazilganligi, qabrdan chiqqan
ashyoviy dalillar ajdodlarimiz turmush tarzini ifoda etuvchi sig’inishlar
bo’lganligini amalda tasdiqlab turibdi. Ma’lumki, urug’-jamoasi rivoji, ilk
bosqichlarida vafot etgan kishi yoniga narsa buyumlar, hatto «u dunyoda iste’mol
qilishi» uchun oziq-ovqatlar qo’yish odati paydo bo’lgan. Bu odat Tumek-
Kichikjik qabrlari tadqiqotlarida ham kuzatilgan. Lekin, bu odatlar biroz o’ziga xos
tarzda bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Agar boshqa neolit jamoalariga tegishli bo’lgan
yodgorliklarda jangovar va mehnat qurollari, idishlar qabr tubi - yer ustiga yoki
mayit tana suyaklari yoniga hamda maxsus chekkaroqda ajratilgan joylarga
qo’yilgan bo’lsa, Tumek-Kichikjik qabrlarida bu tartib kuzatilmaydi. Biz hatto
mayit tanasi suyaklari ustiga qovurilgan go’sht bo’laklari solingan idish parchasi
qo’yilganligining guvohi bo’ldik. Tumek-Kichikjik yodgorligi maydon sathi nuqtai
nazaridan ham kichikroq bo’lgan yodgorlik hisoblanadi. U mayda urug’ jamoasi
yoki urug’ jamoasining bir qismini tashkil etgan nisbatan kichik guruhning
qabristoni bo’lgan bo’lishi mumkin.
Neolit jamoalari ma’naviy kechinmalari, diniy e’tiqodlarini bilishda
Ochilg’or makoni tadqiqida madaniy qatlamning konstruktiv tuzilmalari, tarkibiy
elementlarini ifodalovchi o’choqlar, hayvonsuyak uyumlari, aylana shakldagi tosh
qurilmalar topildiqlari hamda ular bilan uzviy bog’liq bo’lgan uloqcha topilmasi
borasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar birlamchi manba sifatida muayyan ahamiyat
kasb etishini alohida ta’kidlamoqchimiz. Ayniqsa, ikkala tosh qurilma o’rtasida
g’orning tosh tubiga taqalgan joyda maxsus o’raga qo’yilgan uloqcha topilmasi bu
masalada muhim ma’lumotlar berdi. Qizig’i shundaki, uloqcha gavdasi joylashgan
o’raning qazilma konturi yaqqol qo’zga tashlanadi. Uloqning orqa oyoq uchi
tomoni yer qismida 3-6 santimetrgacha qalinlikda gulxan qoldig’i kuzatildi. Bu
hodisa hayvonlarga topinish, ya’ni totemizm bilan bog’liq urf-odatlar
52
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981 . С.88 - 89.
41](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_41.png)
![mavjudligidan guvohlik beradi. Shu o’rinda, Sazog’on 2makonipastki madaniy
qatlamidanaylana shaklda tosh qurilmasi o’rta qismida bosh chanog’ibo’yni bilan
notabiiy ravishda orqaga qayrilgan holatda yotgan echki jasadi topilganligi va bu
topilma tadqiqotchilar tomonidan ma’lum diniy marosim, urf-odatlar bilan bog’liq
degan xulosada tahlil etilganligi faktini keltirish maqsadga muvofiqdir 53
. Yuqorida
keltirilgan manbalar g’orda turmush qizg’in davom etganligidan dalolat beradi.
Shu manbalardan ma’lum bo’ldiki, g’orda ona urug’iga taalluqli jamoa yashagan
va o’choqlarning ko’pligiga qaraganda har bir kichik juft oilao’z o’chog’iga ega
bo’lgan. Katta gulxan bilan bog’liq o’choq qoldig’i jamoaning umumiy
topinadigan, olovga sig’inadigan dastlabki “mehrobi” ya’ni “otashgohi” bo’lishi
mumkin.
Mazkur davrda O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy mintaqalarida
Kopettog’ning quyoshga tushlov soy etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilik
madaniyati (Joytun) 54
, Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda
ovchi-baliqchi urug’ jamoalarining Kaltaminor madaniyati 55
, Hisor tog’
tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati 56
, Farg’ona vodiysida
Markaziy Farg’ona madaniyati 57
, O’rta Zarafshon vohasida Sazog’on va Ustyurtda
Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topdi 58
. Bu madaniyat sohibkorlarining
kunlik turmush tarzi, ijtimoiy tuzumi, madaniyatlar o’ziga xos xususiyatlari,
xronologik doirasi, xo’jalik asosi, jamoalar o’zaro madaniy aloqalari asosli
ravishda ilmiy yechimini topayotgan bo’lsada, ammo aholi etnosi, antropologik
tipi, tili, etnomadaniy va etnologik qiyofasi masalalari fanda bahsli, muammoli
53
Джуракулов М.Д.Исследование стоянки Сазаган 2 // Археологические окрытия1982. М.,1984. C .470 - 471;
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. C .108.
54
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
55
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
56
Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной эпохи
Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. // Каменной век
Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура). История Таджикского
народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С. 105-123.
57
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304.
58
Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура юго-
восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978. С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. –
Нукус, 1996. С.3-42 ; Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.
С. 3-122 .
42](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_42.png)
![bo’lib kelmoqda. Shu bois, ushbu maqolamizda neolit davri odami antropologik
tipi va etnosi masalasida ba’zi mulohazalarni bildirmoqchimiz.
O’rta Osiyo neolit davri odamlari antropologik tipi borasidagi
ma’lumotlarni keltirishdan oldin mazkur hudud tosh asri paleolit, mezolit davri
tadqiqotida qo’lga kiritilgan antropologik manbalarga to’xtalamiz. O’rta Osiyo
sarhadlari miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning vakili-
Fergantrop (Farg’ona vodiysi, Selung’ur g’ori) hisoblanadi. U.I.Islomov,
A.A.Zubov, V.M.Xaritanovlar bu topilmani Teshiktosh neondertal bolasidan
ancha arxaik ekanligini e’tirof etishadi 59
. Teshiktosh neondertal bolasi O’rta
Osiyo qadimgi gominidlari jismoniy tipi borasida muhim ma’lumot beradi 60
. Bu
topilmaning taksonomik holati baxsli munozaralari S.T.Mirsoatovaning
maqolasida keltirilgan 61
.
Yaqin o’n yillarda Obirixmat g’orida amalga oshirilgan tadqiqotlar
natijasida muhim antropologik topilma topilib, u neondertal tipidagi odam bilan
hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan gominidning
jismoniy tipi deb e’tirof etildi 62
. Shu o’rinda arxeolog B.Sayfullayev bu e’tirofning
ancha munozarali, baxsli ekanligi haqida fikr bildirganligini ham e’tiborga olish
lozim 63
(2005,274-277 betlar). So’nggi paleolit davri odami borasida Samarqand
makoni antropologik topilmasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Erkak va ayolga
mansub bo’lgan bosh chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg,
I.I.Goxmanlar tomonidan o’rganilgan. Eron va Yevropa hududi odam bosh
chanoqlariga o’xshashoik xusususiyatlaridan kelib chiqib, mutaxassislar ularni
yevropoid irqining janubiy tipiga oid dgan xulosaga kelishgan 64
. Zikr etilgan
faktlarni keltirishdan maqsad O’rta Osiyo miqyosida neolit davrigacha bo’lgan
59
Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине. ВА
вып.80,1988. 64-б.
60
Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
61
Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари. «Ўзбекистон археологияси»
журн. 2011,№ 2, 12-бет.
62
Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. Тошкент,2008.
63
Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва
ёзма манбаларда. Ташкент, 2005.
64
Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов
М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. 8-б.
43](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_43.png)
![tosh asri bosqichlariga oid odamning eng qadimgi jismoniy tiplari vakillarining
topilmalari topilganligi borasida ma’lumot berish ko’zda tutilgan xolos, zero
ularning ilmiy tahliliga da’vogarlik qilmaymiz.
Neolit davri odami va ularning antropologik tipi haqida O. Berdiyev,
V.V.Ginzburg, T.A.Trofimova, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, L.T.Yablonskiy,
T.K.Xodjayev, M.D.Djurakulov, T.P. Kiyatkina, A.Alekseyev, N.M.Vinogradova,
V.A.Ranov, D.V. Pejemskiy kabi tadqiqotchi olimlar ma’lumot berishadi.
Xususan, Joyitun madaniyati tadqiqotida 1 ta yosh bola, 10 ta katta yoshli odam
bosh chanog’i topilgan. Bu topilmalar antropologik jihatdan V.V.Ginzburg,
T.A.Trofimovalar tomonidan yevropoid irqining Sharqiy O’rta yer dengizi tipiga
mansub deb topilgan. Shuningdek, A.Alekseyev yetakchiligida taniqli antropolog
olimlar mazkur odam chanoqlari kompleks belgilari Old Osiyo odamlari
antropologik tipiga o’xshashligidan kelib chiqib, bu ikki mintaqa odamlarining
genetik jihatdan bog’liq bo’lishganligi haqida xulosaga kelishgan. Antropolog
T.A.Trofimovaning ko’rsatishicha Manjuqlitepa yodgorligi eneolit davriga oid
odamlari bosh chanog’i bir tomondan Eronning Xotu g’orining kramonon
tipidagi, ikkinchi tomondan ekvotorial xususiyatiga ega bo’lgan Janubiy Hindiston
aholisiga xos belgilarni o’zida mujassamlashtirgan. Lekin, T.A.Trofimovaning bu
g’oyasiga A.Alekseyev yetakchiligidagi olimlar e’tiroz bildirishgan.
Kaltaminor jamoalariga tegishli Tumek-Kichikjik qabrlari odamlari
antropologik tipi T.A.Trofimova, L.T.Yablonskiy lar tomonidan aniqlangan.
T.A.Trofimova ularni asosan protoyevropoid irqiga, 1 dona ayol kishiga oid bosh
chanoqni esa Sharqiy O’rta yer dengizi tipiga mansub deb hisoblaydi.
L.T.Yablonskiy Tumek-Kichikjik manbalarini atroflicha o’rganib, oldingi
tadqiqotchining fikriga to’liq qo’shiladi. Shuningdek, ayollarga mansub qator
bosh chanog’larda yevropoid irqining o’rtayer dengizi tipiga xos belgilar
ko’pchilikni tashkil etishini alohida ta’kidlaydi 65
.
Neolit davri odami antropolgik tipi borasida Tojikiston hududi Hisor
madaniyati yodgorliklari tadqiqotida muhim ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Bu
65
Виноградов А.В., Итина М.А., Ябланский Л.Т. Древние население низовий Амударьи. Археолого-
палеоантропологическое исследование. М., Наука, 1986.
44](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_44.png)
![ma’lumotlar V.A.Ranov, T.P.Kiyatkina, N.M.Vinogradova, D.V.
Pejemskiylarning tadqiqotlarida o’z aksini topgan 66
.
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklardan 6 ta qabr o’rganilgan: 3 ta
Tutqovul yodgorligidan, 1 tasi Sayyod yodgorligidan, 1 tasi Bulyoni-Poyon
yodgorligidan, 1 tasi Kangurtut yodgorligidan topilgan. T.P.Kiyatkina bu qabr
odamlari bosh chanog’ini o’rganib, Tutqovul, Sayyod, Kangurtut yodgorligidan
topilgan bosh chanoqlar bir-birlariga o’xshashligini aniqlagan. Tadqiqotchining
qo’rsatishicha bu bosh chanoqlar cho’ziq boshli yevropoid irqining Sharqiy
O’rtayer dengizi tipiga mansub. Shuningdek, ularda janubning kramon’on,
ekvatorialga xos xususiyatlar ham mujassamlashganligi haqida fikr bildirilgan.
Kangurttut yodgorligidan topilgan odam bosh chanog’i dolixokraniyasi xarakterli
ekanligi ta’kidlangan.
O’rta Osiyo tosh davri jamoalari antropologik tipi masalasida T.P.Kiyatkina
tomonidan bildirilgan ikkita muhim xulosasini keltirish mumkin: Birinchidan
O’rta Osiyo miqyosida irqiy differensialanish har ming yil vaqti bilan ro’y
bergan: Ikkinchidan Sharqiy O’rta Yer dengizi antropologik tipining O’rta Osiyoda
shakllanishi masalasida faqat migrasiyalar ta’sirini asos qilib olabermasdan, balki
bunda mahalliy, avtoxtonlik jihatni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlagan.
O’rta Zaravshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’rida
joylashgan sazog’on neolit madaniyatiga tegishli yodgorliklar tadqiqotida ham
muhim antropologik manbalar qo’lga kiritilgan (Sazog’on 2 yodgorligi) 67
.
T.K.Xodjayov tomonidan qabr odami bosh chanog’i antropologik jihatdan
o’rganilgan bo’lib, bu bosh chanoq Tumek-Kichikjik odami bosh suyagidan farq
kilishi va u dolixokraniyasi, uzunchoq va nisbatan kichik yuzi bilan yevropoid
irqining janubiy shakliga mansub ekanligi aniqlangan. Shuningdek, mamlakatimiz
janubiy qismida joylashgan Machay g’or makonidan ham antropologik manba
topilgan. Bu odam bosh chanog’i antropolog A.Alekseyev tomonidan
66
Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение гиссарской культуры и неолитические слои
поселения Кангуртут. М., 2008, 39,40-бб.
67
Амиркулов Б.А. Исследование погребения неолитичнской стоянки в селении Сазаган. Материалы конфер.
СамГУ. Самарканд, 1982. Джуракулов М.Д., Ходжайов Т.К. Культура и население неолитической стоянки
Сазаган. Научню труды СамГУ.Самарканд, 1984. 22-27-бб. Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Мазолит и
неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, Фан, 1991. 107-109-бб.
45](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_45.png)
![dolixokraniyasi, uzunchoq va nisbatan kichik yuzi nuqtai nazaridan yevropoid
irqiga mansub deb aniqlangan.
Markaziy Osiyo neolit davri odamlari antropologik tipi borasidagi
ma’lumotlarni keltirishdan oldin mazkur hudud tosh asri paleolit, mezolit davri
tadqiqotida qo’lga kiritilgan antropologik manbalarga to’xtalamiz. Markaziy Osiyo
sarhadlari miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning vakili-
Fergantrop (Farg’ona vodiysi, Selung’ur g’ori) hisoblanadi. U.I.Islomov,
A.A.Zubov, V.M.Xaritanovlar bu topilmani Teshiktosh neondertal bolasidan ancha
arxaik ekanligini e’tirof etishadi 68
. Teshiktosh neondertal bolasi Markaziy Osiyo
qadimgi gominidlari jismoniy tipi borasida muhim ma’lumot beradi 69
. Bu
topilmaning taksonomik holati baxsli munozaralari S.T.Mirsoatovaning
maqolasida keltirilgan 70
.
Yaqin o’n yillarda Obirixmat g’orida amalga oshirilgan tadqiqotlar
natijasida muhim antropologik topilma topilib, u neondertal tipidagi odam bilan
hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan gominidning
jismoniy tipi deb e’tirof etildi 71
. Shu o’rinda arxeolog B.Sayfullayev bu e’tirofning
ancha munozarali, baxsli ekanligi haqida fikr bildirganligini ham e’tiborga olish
lozim 72
. So’nggi paleolit davri odami borasida Samarqand makoni antropologik
topilmasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Erkak va ayolga mansub bo’lgan bosh
chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg, I.I.Goxmanlar tomonidan
o’rganilgan. Eron va Yevropa hududi odam bosh chanoqlariga o’xshashlik
xusususiyatlaridan kelib chiqib, mutaxassislar ularni yevropoid irqining janubiy
tipiga oid degan xulosaga kelishgan 73
. Zikr etilgan faktlarni keltirishdan maqsad
Markaziy Osiyo miqyosida neolit davrigacha bo’lgan tosh asri bosqichlariga oid
68
Исламов У.И . , Зубов А.А . , Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине //
ВА , вып.80. 1988. С. 64.
69
Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
70
Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари // Ўзбекистон археологияси,
№2 .Самарқанд, 2011. C .12.
71
Деревянко А.П. Эволюция человека // Фан ва турмуш. №3,4,5. Тошкент,2008.
72
Сайфуллаев Б.Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар // Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва
ёзма манбаларда. Ташкент, 2005. Б.274-277.
73
Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов
М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. С.8.
46](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_46.png)
![odamning eng qadimgi jismoniy tiplari vakillarining topilmalari topilganligi
borasida ma’lumot berish ko’zda tutilgan xolos, zero ularning ilmiy tahliliga
da’vogarlik qilmaymiz.
Neolit davri odami va ularning antropologik tipi haqida O. Berdiyev,
V.V.Ginzburg, T.A.Trofimova, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, L.T.Yablonskiy,
T.K.Xodjayev, M.D.Djurakulov, T.P. Kiyatkina, A.Alekseyev, N.M.Vinogradova,
V.A.Ranov, D.V. Pejemskiy kabi tadqiqotchi olimlar ma’lumot berishadi.
Xususan, Joytun madaniyati tadqiqotida 1 ta yosh bola, 10 ta katta yoshli odam
bosh chanog’i topilgan. Bu topilmalar antropologik jihatdan V.V.Ginzburg,
T.A.Trofimovalar tomonidan yevropoid irqining Sharqiy O’rta yer dengizi tipiga
mansub deb topilgan. Shuningdek, A.Alekseyev yetakchiligida taniqli antropolog
olimlar mazkur odam chanoqlari kompleks belgilari Old Osiyo odamlari
antropologik tipiga o’xshashligidan kelib chiqib, bu ikki mintaqa odamlarining
genetik jihatdan bog’liq bo’lishganligi haqida xulosaga kelishgan. Antropolog
T.A.Trofimovaning ko’rsatishicha Manjuqlitepa yodgorligi eneolit davriga oid
odamlari bosh chanog’i bir tomondan Eronning Xotu g’orining kramonon tipidagi,
ikkinchi tomondan ekvotorial xususiyatiga ega bo’lgan Janubiy Hindiston
aholisiga xos belgilarni o’zida mujassamlashtirgan. Lekin, T.A.Trofimovaning bu
g’oyasiga A.Alekseyev yetakchiligidagi olimlar e’tiroz bildirishgan.
Kaltaminor jamoalariga tegishli Tumek-Kichikjik qabrlari odamlari
antropologik tipi T.A.Trofimova, L.T.Yablonskiylar tomonidan
aniqlangan.T.A.Trofimova ularni asosan protoyevropoid irqiga, 1 dona ayol
kishiga oid bosh chanoqni esa Sharqiy O’rta yer dengizi tipiga mansub deb
hisoblaydi. L.T.Yablonskiy Tumek-Kichikjik manbalarini atroflicha o’rganib,
Kaltaminor aholisining jismoniy tuzilishida protoyevropeoid antropologik asos
bo’lganligini ta’kidlaydi 74
.
Neolit davri odami antropologik tipi borasida Tojikiston hududi Hisor
madaniyati yodgorliklari tadqiqotida muhim ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Bu
74
Виноградов А.В., Итина М.А., Ябланский Л.Т. Древние население низовий Амударьи // Археолого-
палеоантропологическое исследование. М., 1986.С.194-198.
47](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_47.png)
![ma’lumotlar V.A.Ranov, T.P.Kiyatkina, N.M.Vinogradova, D.V. Pejemskiylarning
tadqiqotlarida o’z aksini topgan 75
.
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklardan 6 ta qabr o’rganilgan: 3 ta Tutqovul
yodgorligidan, 1 tasi Sayyod yodgorligidan, 1 tasi Bulyoni-Poyon yodgorligidan, 1
tasi Kangurtut yodgorligidan topilgan. T.P.Kiyatkina bu qabr odamlari bosh
chanog’ini o’rganib, Tutqovul, Sayyod, Kangurtut yodgorligidan topilgan bosh
chanoqlar bir-birlariga o’xshashligini aniqlagan. Tadqiqotchining qo’rsatishicha,
bu bosh chanoqlar cho’ziq boshli yevropoid irqining Sharqiy O’rta Yer dengizi
tipiga mansub. Shuningdek, ularda janubning kramon’on, ekvatorialga xos
xususiyatlar ham mujassamlashganligi haqida fikr bildirilgan. Markaziy Osiyo tosh
davri jamoalari antropologik tipi masalasida T.P.Kiyatkina tomonidan bildirilgan
ikkita muhim xulosasini keltirish mumkin: Birinchidan Markaziy Osiyo miqyosida
irqiy differensialanish har ming yil vaqti bilan ro’y bergan: Ikkinchidan Sharqiy
O’rta Yer dengizi antropologik tipining Markaziy Osiyoda shakllanishi masalasida
faqat migrasiyalar ta’sirini asos qilib olabermasdan, balki bunda mahalliy,
avtoxtonlik jihatni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlagan.
O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’rida
joylashgan sazog’on neolit madaniyatiga tegishli yodgorliklar tadqiqotida ham
muhim antropologik manbalar qo’lga kiritilgan (Sazog’on 2 yodgorligi) 76
.
T.K.Xo’jayov ko’rsatishicha qabr odami bosh chanog’i antropologik jihatdan
o’rganilgan bo’lib, bu bosh chanoq Tumek-Kichikjik odami bosh suyagidan farq
kilishi va u dolixokraniyasi, uzunchoq va nisbatan kichik yuzi bilan genetik
jihatdan O’rta Sharq va Janubiy Osiе?ga xos katta yevropeoid irqining janubiy
tipiga borib taqaladi. Uchtut neolit shaxtasi yaqinidan topilgan odam bosh chanog’i
morfologik jihatdan Sazagan odamidan farq qilib, u Yevroosi
е? dashtlarining
protoyevropoid antropologik tipiga oiddir.Shuningdek, mamlakatimiz janubiy
qismida joylashgan Machay g’or makonidan ham antropologik manba topilgan. Bu
75
Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение гиссарской культуры и неолитические слои
поселения Кангуртут. М., 2008. С.39 - 40.
76
Амиркулов Б.А. Исследование погребения неолитичнской стоянки в селении Сазаган // Материалы
конфер. СамГУ. Самарканд, 1982 ; Джуракулов М.Д., Ходжайов Т.К. Культура и население неолитической
стоянки Сазаган // Научню труды СамГУ.Самарканд, 1984. С.2-27; Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У.
Мазолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. С.107-109.
48](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_48.png)
![odam bosh chanog’i antropolog A.Alekseyev tomonidan dolixokraniyasi,
uzunchoq va nisbatan kichik yuzi nuqtai nazaridan yevropoid irqiga mansub deb
aniqlangan.
T.K.Xo’jayov Markaziy Osiyo neolit davri aholisi antropologik tipi asosan
protoyevropoid va Sharqiy O’rta yer dengizi tipi belgilarini mujassamlashtirganligi
(Markaziy Osiyo ikki daryo oralig’itipi) haqida xulosa beradi. Shuningdek,
Markaziy Osiyoning janubiy sarhadlari neolit aholisi O’rtayer dengizi sharqiy tipi
2 ta varianti- g’arbiy va ekvatoril belgilarni o’zlarida namoyon etganliklarini ham
alohida ta’kidlaydi 77
.Markaziy Osiyo miqyosida tadqiqotlarda neolit odamining
protoyevropoid, yevropoid irqining Sharqiy O’rtayer dengizi tipi, yevropoid
irqining janubiy shakli, yevropoid irqning arxaik ko’rinishi kabi antropologik tiplar
aniqlanishiga erishilgan va neolit davri arxeologik madaniyatlari shu jihatlari bilan
ham bir-birlaridan farqlanadi.
Shu o’rinda, Markaziy Osiyo neolit jamoalarining antropologik tipi va tili
masalasida taniqli olim Ahmadali Asqarovning ilmiy yondoshuvlarini keltirish
o’rinlidir: “Joytun madaniyati aholisi antropologik tip jihatidan katta yevropa
irqining Sharqiy O’rta yer dengizi tipi bilan xarakterlanadi, ya’ni dolixokefal bosh
chanoqli, yuzi uzunchoq, ko’k ko’z, malla soch. Kaltaminor madaniyati aholisi esa
protoyevropeoid tipni tashkil etadi, ya’ni braxokefal bosh chanoqli, yuzi
dumaloqroq, ikki iyagi biroz bo’rtib chiqqan, qo’y ko’z, tanasi bug’doy rang,
jismonan baquvvat. Shu antropologik xususiyatlar ularning avlodlariga ham
o’tgan, ya’ni Joytun madaniyatining vorislari: eneolit (Anov-Namazgoh, Sarazm),
bronza (Gonur, Dashli, Sopolli) davri odamlari antropologik tipida o’z aksini
topgan. Kaltaminor madaniyatining vorislari esa eneolit (Kamishli, Zamonbobo),
bronza (Suvе?rgan, Andronovo, Qayraqqum) davri odamlari antropologik tipida o’z
aksini topgan. Fanda birinchisi shimoli-sharqiy eroniy til sohiblari sifatida talqin
etiladi, ikkinchisiga esa prototurk ajdodlar sifatida qaralmoqda. protoyevropeoid-
turkiylar, sharqiy o’rtayer dengizi tipi shimoli-sharqiy protoeroniylar bo’lgan.
Prototurk ajdodlarimiz sharqiy eroniy tilli sug’diylar, bohtariylar, xorazmiylar kabi
77
Ходжайов Т.К., Джуракулов М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984.
49](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_49.png)
![hozirgi O’zbekiston hududlarining eng qadimgi aholisi, ularning tarixiy ildizlari
nafaqat bronza, balki eneolit, hatto neolit davriga borib taqaladi 78
.
Xullas, biz yuqorida O’rta Osiyo sarhadlarida tosh davri jamoalari moddiy
madaniyati tadqiqotida jamoalar diniy tasavvurlari, dafn bilan bog’liq urf-odatlar
haqida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni keltirishga xarakat qildik. Shuningdek. tosh
davri jamoalari qabrlari, aholi antropologik tiplari haqida ma’lumotlarni keltirdik.
78
Асқаров А.А.Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. Тошкент, 2015. Б.676; Ўша муаллиф . Ўзбек
халқининг келиб чиқиш тарихининг автохтон асослари. Самарқанд, 2016. Б. 25-45.
50](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_50.png)
![III -Bob. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining
moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i
III.1. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit davri jamoalarining moddiy
madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi.
Kishilik jamiyatining iqtisodiy-xo’jalik tizimida keskin o’zgarishlarga olib
kelgan voqyelik – bu metallning kashf etilishidir. Metallning mehnat qurollari
yasash uchun kashf qilinishi ibtidoiy jamoa xo’jaligida ro’y bergan buyuk
o’zgarishlardan hisoblanadi. Dastlabki mehnat qurollari misdan yasalgan, ammo
misning yumshoq va mo’rtligi tufayli mehnat qurollarining aksariyati toshdan
ishlanardi. Shuning uchun ham bu davr eneolit (mis-tosh) davri deb tarixga kirdi.
Eneolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida bir vaqtda boshlanmay, balki
har bir hududning ekologik va tabiiy imkoniyatlariga qarab, turli vaqtda
boshlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha,ishlab chiqarish iqtisodiga, ya’ni
dehqonchilik va chorvachilik xo’jaligiga o’tgan jamoalar birinchi bo’lib metalldan
foydalanishgan. Metallurgiya ishlab chiqarishning mustaqil tarmog’i, sohasi bo’lib
rivojlana borgan. Jahon miqyosida dastlabki metall buyumlar Onatoliy vohasida
joylashgan Chotal-xuyuk yodgorligi (mil.avv. VII ming yillik oxiri -VI ming
yillik) qazilma jarayonida topilgan. Ikki daryo oralig’i jamoalari metallni mil.avv.
VI ming yillikda, Misrda esa mil.avv. V ming yillikda bilishgan. Sharqiy Yevropa
hududi jamoalari ham metall buyumlarni mil.avv. V ming yillikdan o’z
turmushlarida ishlatishgan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, mil avv. V ming yillikning
2-yarmidan e’tiboran O’rta Osiyoning janubiy sarhadlari jamoalari (Namozgoh 1)
o’z turmushlarida metall buyumlarni ishlata boshlashgan. O’rta Osiyoning
shimoliy tomonlarida esa bu vaqtda neolit davri – kaltaminorliklar madaniyati
gullamoqda edi. Kaltaminor merosxo’rlari metall bilan faqat miloddan avvalgi III
minginchi yillikning oxirlaridagina tanishdilar.
Eneolit - ( lot . “eneus” - mis, yun . “litos”-tosh) – mis-tosh davri mil. avv. I V
ming yillik ikkinchi yarmi - III ming yillikning boshlari bilan sanalanadi. Ayrim
mamlakatlarda bu davr xalkolit (xalko-mis) deb ataladi.
51](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_51.png)
![O’rta Osiyo hududlarida urug’chilik jamoasining eneolit bosqichida
mintaqaviy rivojlanish davom etadi. Umum jamoa mulki, umumiy turar-joy
bo’lgan, birgalashib mehnat qilishgan va mahsulotlar jamoa a’zolariga baravar
taqsimlangan. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlaridasug’orma dehqonchilik
madaniyati, markaziy va shimoliy viloyatlarida esa chorvachilikka asoslangan
xo’jalik hayoti bo’lib, ona urug’i davri mulkchiligining ijtimoiy xarakteri tubdan
o’zgarib boradi, jamiyatda ishlab chiqarish xo’jaligi uzil-kesil qaror topadi.
Iqtisodiy hayotda yuz bergan bu tub o’zgarishlar eneolit davri mafkura olamida
ham o’z aksini topadi, ya’ni yuqori paleolit va mezolit davrining tabiat
mujizalariga e’tikodi o’rniga tabiatning to’rt unsuriga - quyoshga, suvga, yerga va
hovaga e’tikod boshlanadi. Ishlab chiqaruvchi xo’jalikning tashkil topishi
jamiyatda xususiy mulkchilikning kelib chiqishiga va sivilizasiyalar tarixining
boshlanishiga asos beradi.
Urug’chilik jamoasining eneolit bosqichida qadimgi dehqonchilik urug’
jamoalari markazlarida (metropoliyalarda) ona urug’ining ijtimoiy mulk egaligi
barham topa boshlaydi. Dastlabki urug’chilik jamoalarida bir urug’ a’zolari
o’rtasida nikoh mavjud bo’lmagan va bu ayni kunda madaniy jihatdan qoloq
o’lkalar etnografik materiallarida ham yaxshi kuzatiladi. Ularda oilaviy nikoh
tartib - qoidalari ikki urug’ jamoasi a’zolari o’rtasida bo’lib, dastlab bu nikoh
tizimida ayollarga nomzod tanlashda katta erkinlik berilgan. Shunday qilib, har bir
ona urug’i jamoasi doirasida mana shu tarzda juft oilalar vujudga kelgan. Bu juft
oilalar eneolit davrining so’nggi bosqichiga kelganda ancha mustahkamlanib, endi
erkaklar oilaga asosiy daromad keltiruvchi otalar rolini o’ynay boshlashgan. Biroq,
ular hali bu sharoitda farzandlariga meros qoldirish hamda ijtimoiy va siyosiy
erkinlik huquqiga ega emas edilar. Jamoa imtiyozlaridan foydalanmaslik er
urug’iga kelin bo’lib kelgan ayolda ham bo’lgan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha vaqt
o’tishi bilan yosh juft oilalar orasida erkin va mustaqil yashashga intiluvchilar
guruhi, ya’ni passionar urug’ jamoalari tashkil topaboshlaydi.va ular endi yangi
yerlarni, yangi hududlarni o’zlashtirishga kirishadilar. Shu bois, qadimgi
dehqonchilik vohalarida yangi qishloqlari tashkil topadi. Chorvador jamoalari
52](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_52.png)
![turmushida ham shu kabi jarayon kechgan. Bunday o’zgarishlar bronza davrida
ham davom etib, ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy asosini tashkil etgan.
Lekin, ta’kidlash joizki ikki xo’jalik jamoalarida ham onalar shaxsini ulug’lash,
ilohiylashtirish davom etgan.
Eneolit davri urf-odatlari va motam marosimlariga kelsak, bu davrda
jasadni qabrga yon biqini bilan oyoq-qo’llarini g’ujanak qilib qo’yish odati
paydo bo’lgan. Janubiy Turkmanistonda Namozgoh 1 bosqichiga oid mozorlari
kam o’rganilgan. Ammo, Namozgoh 2 va Namozgoh 3 davriga tegishli qabrlar
ko’plab ochilgan.Ta’kidlash joizki, mazkur mozorlarda qabr ashyoviy dalillari
kam uchratilgan.Topilgan ashyolar tarkibida ayollar tasviridagi statuyetkalar
uchraydi. Namozgoh 3 bosqichidan boshlab qabristonlarda jamoaviy mozorlar
uchray boshlaydi, xom g’ishtdan kvadrat va doira shaklida qurilgan mavzoleylar
paydo bo’ladi. Bu mavzoleylar urug’larga tegishli mavzoleylar bo’lishi mumkin.
Ularga o’lik xar xil vaqtda qo’yilgan. V.M.Massonning yozishicha, Qoratepada
Namozgoh 3 bosqichiga oid to’rtta mavzoleyda faqatgina ayollar jasadlari
uchragan 79
. Bu esa ayollarga nisbattan hurmat va e’tiqodning hali ham urug’
jamoasida ustvor ekanligidan dalolat beradi. Eneolit davri yodgorliklaridan
topilgan haykallarning deyarli barchasi ayollar mabudasi bo’lib hisoblanadi.
Faqat Namozgoh 3 bosqichining oxirlariga kelib yodgorliklar tadqiqotida onda-
sonda erkaklar siymasidagi haykallar uchratilgan. Bu faktlar hali eneolit davrida
matriarxat urug’doshlik jamoasi bo’lganligidan guvohlik bersa, ikkinchi
tomondan jamiyatda erkaklarning mavqyei ham o’sib borganligini ko’rsatadi. Bu
juda muhim sosial o’zgarish hisoblanadi.
Oltintepa yodgorligini o’rganish natijalari yuqoridagi belgilarni
barchasini mavjudligini aniqladi. Shuning uchun xa m O t i nt ep a yo dg or l i gi ni
ar xe ol og l ar Qa di m g i S har q shahar lari xi li dagi shahar deb at ashadi .
Ol ti nt epa mada- niyati taraqqiyoti darajasini Mesopatamiyadagi Uruk davri-
dagi shahar madaniyati taraqqiyotiga yaqin deyishadi. Oltin tepa
79
Maссon В.M. Aлтин-депe // Tруды ЮТАКЭ, т. 18.Ленинград, 1981, С.247; Maссon В.M.Энеолит Средней
Азии // Энеолит СССР. Москва, 1982, С.296 .
53](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_53.png)
![yodgorligini mozorlari 2 xil bo’lib, bir xillari bir kishiga mo’ljallangan
yolg’iz mozor bo’lsa, ikkinchilari max- sus kam er a t ur i dagi kol l ekt i v
m ozor l ar dan i bor at edi . O c h i l g a n m o z o r l a r n i n g x a m m a s i t u r a r j o y l a r
d o i r a s i d a , xona satxining taglarida joylashgan 8 0
.
So’nggi eneolit bosqichiga (mil.avv. IVminginchi yil oxiri – III minginchi
yil boshlari) kelib Janubiy Turkmaniston sarhadlarida aholi jaylanishi tizimida
o’zgarishlar sodir bo’lgan. Havoning quruqlashishi natijasida aholining suv
irmoqlari bo’ylab migrasiyasi va o’rta hamda yirik o’lchamli qishloqlar (Geoksur
1, Oltintepa, Hapuztepa, Ulug’tepa, Namozgohtepa, Qoratepa) atrofiga zichlashishi
kuzatiladi 81
. Bu qishloqlarda bir-biriga zich holda havlisi bo’lgan 1-3 xonali turar-
joylar qurilgan. Havlilarda jamoaning donli mahsulotlarini saqlovchi
omborxonalari joylashgan. Oltintepa va Namozgohtepalarning maydoni sathi
kengayib 25-30 gektargacha yetgan. So’nggi eneolit bosqichi o’rtalariga kelganda
Geoksur vodiysida aholi deyarli qolmaydi. Aholi Tejen daryosi yuqori qismiga
joylashadi va u joylarda Hapuztepa kabi yirik qishloqlar paydo bo’ladi.
Namozgohtepa, Oltintepa, Hapuztepa, Ulug’tepa kabi eng yirik qishloqlar so’nggi
eneolit bosqichining oxiri-ilk bronza davrida (mil.avv.2800-2400 yillar) Kapettog’
yon bag’irlari va Tajan daryosi qadimgi vohasida joylashgan.
O’rta Osiyoning Yuqori Zarafshon vohasi tog’ va pasttekislik chegarasida
tosh xom ashyosi va rudaga ishlov beruvchi qadimiy markaz bo’lgan-Sarazm
yodgorligi tadqiq etilgan.Eneolit va bronza davrlariga oid bo’lgan mazkur
yodgorlik qadimgi Panjikent shaxridan 15 km g’arbda Zarafshon daryosining chap
qirg’og’idashu nom bilan ataluvchi qishloq yaqinida joylashgan. Sarazm
yodgorligi Tojikiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi A. Isoqov
tomonidan 1976 yili ochilib, keyingi yillarda uzluksiz tadqiqot ishlari amalga
oshirilgan 82
. 1983 yildan Tojikiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti
(V.A.Ranov, A.Isaqov) va CNRS Fransiya (J.K.Garden) xalqaro arxeologik
80
Maссon В.M. Aлтин-депe // Tруды ЮТАКЭ, т. 18.Ленинград, 1981, С.218.
81
X лопин И.Н. Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург. 1997 , с.212.
82
Исаков А.И. Саразм . Душанбе, 1991, с.112.
54](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_54.png)
![ekspedisiyasi qazilma ishlarinidavom ettirilgan va bu tadqiqot 2010 yilgacha
davom etgan (R.Bezenvali). 2011 yildan esa F. Bryune qazilma ishlarini amalga
oshirgan.
Dastlabki yillar ta dqiqotlar i ko’rsatishicha, Sarazm makoni mil.avv.IV ming
yillikning 2-yarmi-III ming yillikka oid bo’lgan ilk dehqonchilik markazi bo’lgan.
Bu xronologik davr eneolit davrining o’rta bosqichi-ilk bronza davriga to’g’ri
keladi. Qazilma materiallari toshga ishlov berish, sopol hunarmandchiligi,
metallurgiya va qurilish ishlari rivoj topganligini. Makon maydoni sathi kichik
tepaliklar guruhi ko’rinishiga ega bo’lib, 48 gektar joyda madaniyat izlari
kuzatilgan. 17 gektar maydon sathida 2-3 metrgacha qalinlikda bo’lgan madaniy
qatlam o’rganilgan. Ushbu madadaniy qatlamdan 4 ta xronologik jihatdan ketma-
ketlikda bo’lgan taraqqiyot bosqichlari ajratilgan. Bu bosqichlar radiokarbon
analizlari asosida quyidagicha sanalangan: 1-bosqich mil.avv. 3400-3200 yil; 2-
bosqich mil.avv. 3200-2900 yil; 3-bosqich mil.avv. 2900-2700yil; 4-bosqich
mil.avv. 2700-2000 yil.Bundan ko’rinib turibdiki, Sarazm makoni eneolit davri
o’rta bosqichidan boshlab ilk bronza davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli
ekan. Yaqin yillarda F.A.Razzoqov, G.R.Karimovalar tomonidan amalga
oshirilgan tadqiqotlar natijasida Sarazm jamoalari moddiy madaniyatining yangi
qirralari oydinlashmoqda. Xususan, yangi radiokarbon analizlari asosida Sarazm
qishlog’i mil.avv. mil.avv.V ming yillikning ikkinchi yarmi- IV minginchi yillik
boshlari bilan xronologik jihatdan sanalanib, tadqiqotchilar yodgorlikni
Namozgoh 2 vaqtiga to’g’ri kelishini ta’kidlashmoqda.
Makonda qurilish-me’morchilik ishlarining rivojlanishini turar-joylar va
yirik umum-jamoa binolari misolida bilishimiz mumkin. Tadqiqotlar
ko’rsatishicha, makonda 4 qo’rilish taraqqiyoti bosqichi bo’lgan. Sarazm 1 qurilish
bosqichi qishloqning shakllanishi jarayoni bilan bog’liq bo’lib, yonida ingichka
o’lchamli dahlizlari bo’lgan 2-xonadan iborat bo’lgan uylarda odamlar yashashgan.
Ular ba’zida devor to’siqlar bilan o’ralgan. Sarazm 2 qurilish bosqichiga kelib,
odamlar endi ko’p xonali uylarda yashay boshlashgan. Havlilari bo’lgan va
ko’chalar orqali bir-birlari bilan bo g’langan uylardan iborat yashash massivlari
55](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_55.png)
![paydo bo’lgan. Aylana shakldagi o’choq-mehroblari bo’lgan oilaviy ibodatxonalar
shakllangan. Sig’inish, topinish va ibodat qilish bilan bog’liq bo’lgan 2 ta bino
qoldig’i topib o’rganilgan. Ularning biri markaziy qismida mehrobi bo’lgan va
devorlari qizil rang bilan bo’yalgan bino va ikkinchisi aylana shakldagi bino
bo’lgan. Sarazm 3 qurilish bosqichiga kelib, umum jamoaviy diniy urf –odatlar,
sig’inish, topinish ishlari amalga oshiriladigan monumental imoratlar kurila
boshlandi. Ko’p xonali aholi yashaydigan uylar ko’payadi, ularning hovlilari ham
kengayadi.Uylarni bog’lovchi ko’chalar ham tizimlashgan.Sarazm 4 qurilish
bosqichiga kelib, makonda aholi soni kamayganligi holati kuzatiladi. Yashash
uylari chaylasimon ko’rinish olib, bu haqda yer sathidan suyri shakldagi uy-joylar
hamda uylardan topilgan ustunlar qoldiqlari ma’lumot beradi. Uylar aholi
vaqtinchalik yashaydigan xarakter kasb etadi. Xullas, Sarazm makoni to’rttala
rivojlanish bosqichlaridagi imoratlarning 4 ta tipi bo’lganligi aniqlangan: turar-
joylar, xo’jalik ishlari bilan boo’liq bo’lgan imoratlar, diniy e’tiqod ahamiyatiga
ega bo’lgan inshoatlar va jamoaviy-ma’muriy ahamiyatga molik binolar.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Sarazm eneolit davri qurilishining xarakterli
jihati bir tomondan janub o’troq dehqonchilik jamoalari qurilish an’analarini,
ikkinchi tomondan mahalliy neolit jamoalari qurilishi an’analarini
o’ zida mujassamlashtirgani bilan izohlanadi.
III.2. O’ rta Osi yo miqyosida bronza davri jamoalarining moddiy
madaniyati, diniy tasavvurlar i va dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi.
O’rta Osiyo sarhadlarida kishilik tarixi eneolit davri jamoalariga tegishli
madaniyat kam o’rganilgan. Bu holat mis rudasining mazkur mintaqada bir zaylda
uchramasligidan kelib chiqib mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
Tadqiqotlardan ma’lumki, ibtidoiy odamlar doimiy ravishda o’z turmushlarini
yaxshilashga intilib mehnat qilishgan. O’zlari yashab turgan joyning tabiati
sirlarini bilishga harakat qilishgan, mehnat jarayonida to’plagan tajribalari va bilim
ko’nikmalarini ishgasolib ixtiro, kashfiyotlar qilishganki, bular o’sha davr uchun
o’ziga xos mazmun kasb etuvchi innovasiyalar edi. Shunday ixtirolardan biri
misga qalayni qo’shib bronzani kashf qilinishi hisoblanadi. Eneolit davri
56](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_56.png)
![metallurglari vaqt o’tishi bilan qalayni misga qorishtirib, bronza olishni yo’lga
qo’ydilar. Ma’lumki, bronza egiluvchan va mustahkam metall bo’lib chiqdi. Shu
bois qisqa davr ichida bronza ibtidoiy davr xo’jalik hayotning turli sohalariga kirib
bordi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tuta boshlagan.
Xuddi shu metallning ishlab chiqarishda qo’llanila boshlashi jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida, ishlab chiqarish kuchlari , vositalarida muhim, tub
o’zgarishlarga olib kelgan.
Bronzaning kashf qilinishi natijasida iqtisodiyotning barcha sohalarida
mehnat unumdorligi oshdi, ehtiyojdan ortiqcha mahsulot paydo bo’ldi. Bronzadan
nafaqat mehnat qurollari yasalgan, balki turli bezaklar, uy-xo’jalik buyumlari ham
yasalib, shuningdek harbiy qurol-aslahalar yasaydigan maxsus temirchilik,
zargarlik ustaxonalari vujudga keldi,harbiy qurollarning xilma-xilligi va
jangavorligi ortdi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi ro’y berdiki, natijada
viloyatlararo iqtisodiy tovar ayraboshlash ancha kuchaydi, madaniy viloyatlarni
iqtisodiy jihatdan bog’lab turuvchi tabiiy aloqa yo’llari, tronsport vositalari paydo
bo’ldi. Quruqlikdagi transport sifatida hayvon kuchidan (ot, qaromol)keng
foydalanish boshlandi. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keldi.
Xullas, metallning kashf etilishi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot jarayoni ilk
shaharsozlik – urbonik sivilizasiyaning vujudga kelishiga tarixiy shart-sharoit
yaratdi.Ammo mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun bironza nodir va kamchil
metall bo’lib qolaverdi. Shuning uchun ham mehnat qurollarini tayyorlash uchun
avvalgidek tosh va yog’ochlardan keng foydalanildi. Bronza faqat temirning kashf
qilinishi va xo’jalikda foydalanishga kirishilishi tufayli turmushdan siqib
chiqarilishiga olib kelgan.
Bronza davri ijtimoiy tuzumi masalasiga kelganimizda, urug’chilik tuzumi
bo’lganligi, lekin uning so’nggi bosqichlarida urg’chilikning ijtimoiy tamoyillari
buzila boshlaganini ko’ramiz. Bronza davrining har ikki xo’jalik, ya’ni dasht
chorvadorlari va qadimgi o’troq dehqonchilik madaniyati sohiblari yashayotgan
hududlarda migrasion jarayonlar, qabila va urug’ jamoalarining bir-birlariga
57](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_57.png)
![yaqinlashish, iqtisodiy, etnomadaniy qorishuvlar ro’y beradi. Jamoada katta
patriarxal oila doirasida monogomik nikox, juft oila tarkib topadi. Monogomik
oila yerga, chorvaga, savdoga xususiy egalik qilish tartibini keltirib chiqaradi. Juft
oilalar o’zlashtirgan yerlarning sohiblari bo’lishadi va shu tariqa yerga nisbatan
xususiy mulkchilik mexanizmi yuzaga keladi, mulkiy tabaqalanish shakllanadi.
Bronza davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida diniy e’tiqod,
sig’ininish, topinish va dafn bilan bog’liq bo’lgan ko’plab arxeologik ashyolar,
ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha, bronza davri ilk
bosqichlarida odamlarni dafn qilish urf-odatlari Namazgoh IV va V davrlarida
xuddi eneolit jamoalarinikidek bo’lib qolavergan. Katta yoshdagilar qishloq
hududiga ko’milgan. Yosh bolalar devor tagiga yoki yashash uylarning bo’sag’asi
taglariga dafn etilgan. Qabrlar bir kishilik bo’lib, mayitlar g’ujanak holatda va
turli yo’nalishda ko’milgan. Mayitning yoniga qo’yilgan narsa-predmetlar juda oz
bo’lgan, ya’ni bir dona sopol idish qo’yilgan. Namozgoh VI davridan boshlab,
qabr ichi qo’yilgan narsalarga boy bo’lgan.
Janubiy-G’arbiy Turkmaniston Sumbar vohasida I.N.Xlopin tomonidan
paleometall davriga oid yodgorliklarning tadqiqoti natijalari O’rta Osiyo janubiy
sarhadlari arxeologiyasi rivojida muhim ahamiyat kasb etdi 83
. Parxay 1, 2, Sumbar
1, 2 va boshqa yodgorliklar tadqiqotida qo’lga kiritilgan materiallar asosida
Sumbar madaniyati ajratilgan va paleometall davri yodgoliklarining xronologik
klassifikasiyasi ishlab chiqilgan. Bu yodgorliklar qabriston yodgorliklari
hisoblanib, dafn bilan bog’liq ma’lumotlar va qabrdan topilgan narsa-predmetlari
asosida 7 ta xronologik jihatdan ketma-ketlikdagi rivojlanish bosqichlari
kompleksi aniqlandi (eneolit- ilk temir asri; mil avv. V- I minginchi yillar). Hozirgi
kunga qadar xronologik ketma-ketlikdagi 6 ta bosqich to’liq urganilgan. Janubiy-
G’arbiy Turkmaniston- 1-6. JG’T-1 bosqichi so’nggi bronza davriga to’g’ri keladi.
Sumbar madaniyatining asosiy yodgorliklaridan biri Parxay 2 qabristoni
hisoblanadi. Qabriston Krasnovodsk viloyati Qora-ko’l tumanida joylashgan.
Balandligi chamasi 10 metrlar bo’lgan tepalik ko’rinishidagi bu yodgorlikning
83
X лопин И.Н. Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург. 1997 , с.212.
58](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_58.png)
![maydoni 2 gektargacha bo’lgan. Qabristondagi mozorlar turli tarixiy davrlarga
taalluqli bo’lib, ular asosan xonali jamoaviy ko’milgan va katakoblidir.
Tadqiqotchi I.N. Xlopinning yozishicha, jamoaviy qo’yindi joylar yarim yer osti
ko’rinishli bo’lib, ularga yon tomonidan kirilgan. Ularning diametri 2,2-2,3 metrli
o’lchamda bo’lgan, vertikal devorli va chuqurligi 90-130 santimetrgacha yetgan.
Ko’pincha bu qo’yindi joylarga yon tomondagi nisbatan kichikroq o’lchamli xona
orqali ham kirilgan. Ular ikkalasi tosh yoki g’isht qalanib, bir-birlaridan ajralib
turgan. Bu kirish joyi mayit qo’yilgach tuproq bilan ko’mib tashlangan.
Navbatdagi mayit qo’yilishida chuqurlikdan tuproq qayta olinib, kirish yo’lak
ochilgan. Demak, mayit qo’yilgan qo’yindi joyiga tuproq tushmagan. Mayitlar
g’ujanak holatda bo’lib, erkaklar chap biqini bilan, ayollar esa o’ng biqini bilan
yotqizilgan. Tadqiqotchining ko’rsatishicha, qo’yindi joy, ya’ni xona mayitlar
bilan to’lgach, eti qochgan mayit suyaklari bir chetga surilib, qo’yiladigan mayit
uchun joy bo’shatilgan. Mayitlar suyaklarining in situ holati buzilgan. Ba’zi
holatlarda bu xonalarga 70 tagacha mayitlar qo’yilgani aniqlangan.
Bunday jamoaviy dafn etishlar eneolit va ilk bronza davrlariga xos
bo’lgan ( JG’T- VI-IV).
O’rta Osiyo hududi bronza davri jamoalarining diniy e’tiqodi,
sig’inishi,topinishi va dafn bilan bog’liq urf-odatlarni o’rganishda vatanimizning
janubiy sarhadida o’rganilgan Sopolli yodgorligi qazilmalaridan muhim
ma’lumotlar qo’lga kiritilgan 84
. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha, Sopollitepa aholisi
dunyodan o’tgan urug’doshlarini dastlab o’zlari yashagan uy-joy xonalari poli
ostiga, ayollarni ko’p hollarda o’choq qarshisiga, erkaklarni esa xonaga kirish
eshigi ostonasi oldiga, mudofaa va xona devorlari ostiga ko’mganlar. Keyinroq
har bir kvartal doirasida alohida jamoa xilxonalari (qabristonlari) paydo bo’lgan.
Sopollitepa qabrlari yodgorlik hududiy doirasida joylashganligi tufayli,
topilgan 138 ta qabrlar buzilmagan, ularga qo’yilgan barcha artefaktlar to’laligicha
84
Аскаров А.А., Сополлитепа . Изд. «Фан»Ташкент, 1972, С.183. Аскаров А.А. Древнеземледельческая
культура бронзы Юга Узбекистана . Изд. «Фан»Ташкент, Taшкент. 1977, С.289. Аскаров А.А ., Абдуллаев
Б.Джаркутан . Изд. «Фан»Ташкент, 1983,С. 271.
59](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_59.png)
![saqlangan. Qabrlar asosan ayvonli lahat tuzilishida bo’lib, qabrlarning ayvoni
doimo sharqda, uning g’arbiy devori ostida esa, lahatga kiruvchi teshigi bo’lib,
lahatga kirish teshigi somon qo’shilgan dev xomg’ishtlar bilan berkitilgan. Lahat
kamerasining to’risiga murdalar yotqizilgan. Qabr lahatining ayvon tomoniga esa
sopol idishlarda turli xil ovqatlar, mayitga tegishli shaxsiy buyumlar, mehnat va
uy-ro’zg’or asboblari, aniqrog’i hayotlik davridagi kasb-qoriga, jinsiga tegishli
buyumlar qo’yilgan Sopollitepa mozorlarining orasida 2-3 tadan to 50 tagacha
predmetlar uchraydi. Bu predmetlarning aksariyati xilma-xil sopol idishlardir.
Qabrga erkaklar o’ng biqini, ayollar esa chap biqini bilan yotqizilgan, oyoq-
qo’llari esa g’ujanak holda. Shunday odat bolalarga ham, ularning jinsiga qarab
qo’llanilgan. Odatda yosh bola mozorlarida sopol idishlar juda kam, o’smirlar
qabrida idishlarning soni 5-6 va ba’zilarida 10 dan ortiq uchraydi. Balog’ot
yoshidagi o’rta va keksa yoshli odam mozorlarida esa qabr inventari ko’p.
Masalan, erkaklar qabrida o’rtacha 10-15 tadan, ayollar mozorida esa undan
ham ortiq. Mozorlarda bronzadan ishlangan turli xil taqinchoqlar, ishlab
chiqarish mehnat qurollari, urug’ jamoasi diniy e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan
tumor-muhrlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan xilma-xil munchoqla, oltin
munchoqlar, kumush halqa va bilakuzuklar, erkaklar mozorlarining ba’zilari
chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, bronza oybolta, pichoq, mitti tesha, bolta
va boshqalar, ayollar qabrida urchuq tosh, bronza surmadonlari, surmatosh,
to’qimachilik bigizlari, hayvon sur’atlari va boshqa shakllar bilan bezatilgan
bronza to’g’nog’ichlar, dastali va dastasiz jez oynalari, igna, bigiz, mitti kurakcha
va boshqalar qo’yilgan. Ba’zi bir yaxshi saqlangan mozorlarda lux va bug’doy,
arpa poyasidan to’qilgan savatchalar, teridan, yog’ochdan ishlangan idishlar,
marmar toshdan yo’nilgan xurmachalar topilgan. Shu bois, mutaxassislarning
ko’rsatishicha, qabrlardagi ashyoviy dalillarning tarkibiga qarab, marhumning
duradgor usta, mato to’quvchi, kulol, podachi, ovchi, ziroatchi, jangchi, tabib,
chilangar, doya, mubod (kohin) ekanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Ba’zi
qabrlarda bedarak yo’qolgan jamoa a’zosining ruhi ko’milgan. U holda qabrga
bedarak yo’qolgan shaxsning sxematik haykalchasi (loy, matodan yasalgan figura)
60](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_60.png)
![yoki o’ziga to’qroq, oila, urug’ va aymoq, qabila yetakchisi bo’lsa, uning jasadi
o’rniga qo’y yoki echki ko’milgan 85
. Bunday qabrlar fanda “kenotaf” deb atalgan.
Kenotaf qabrlarda lahatga qo’yilgan ashyoviy dalillar faqat dafn marosimiga
qatnashgan urug’doshlar tomonidan sopol idishlarda keltirilgan ovqatlardan iborat
bo’lgan. Shu bois, kenotaf qabrlarda sopol idishlardan boshqa hyech bir ashyoviy
dalil deyarli uchramaydi.Qabrlardan topilgan ashyoviy dalillarning ko’pligi yoki
kamligi, ularning hayotlik davridagi jamoada tutgan o’rni va mavqyeidan darak
beradi.
Sopollitepa aholisi otashparastlar bo’lgan. Olov ularda asosiy sig’inish,
topinish obyekti bo’lgan. Zardushtiylikda (uning ildizi otashparastlikda) olov
qatorida yer, ona zamin muqaddas bo’lgani bois, otashparast kohinlar murdasi
dastlab xumlarga solib ko’milgan. Ularning farzandlari esa, xumchalarga solib
ko’milgan.
Sopollitepa davrida totemizm, animizm, magiya kabi totemlarga sig’inish
uchramaydi. Ammo, ularning toshga, terrakota va metallga ishlangan siymolari
(shakli-shamoyili) tumor, tosh munchoq naqshlari, katta patriarxal oila va qishloq
sardorining muhrlarida ramziy ma’noda uchraydi. Masalan, Sopollitepada ilon,
burgut, tuya, to’qay mushugi, arxar, tog’ takasi, yo’lbars, to’ng’iz kabi jonzotlar,
turli xil giyohlar tumor va jamoa muhrlarida keng aks etgan. Sopollitepada hatto
8ta urug’ jamoasini birlashtiruvchi bronzadan ishlangan qishloq jamoasining
muhri-tumori topilgan (Rasm 5-1). Uning bir tomonida 4 xil ilon tasvirlansa,
ikkinchi tomoniga 4 ta yovvoyi hayvon (to’ng’iz, yo’lbars, to’qay mushugi va tog’
takasi) surati tushirilgan. Sopollitepa topilmalari orasida giltoshdan ishlangan
tumorlar uchraydi. Uning yuz tomonida odam surati, orqa tomonida esa ikki
urkachli baqtriana tuyasi aksi tushirilgan. Bu tumorda Zardusht va u bilan bog’liq
baqtriana tuyasining ramzi aks etgan.
Sopollitepa qishloq-qo’rg’onini o’rganish asosida, har bir kvartal bir
patriarxal urug’ jamoasiga doir bo’lib, ularning har biri bir nechtadan juft oila
xo’jalik komplekslaridan iborat bo’lgan, deyish mumkin 86
. Qishloq-qo’rg’onning
85
Аскаров А.А., Сополлитепа . Изд. «Фан»Ташкент, 1972, С.122.
86
Аскаров А.А., Сополлитепа . Изд. «Фан»Ташкент, 1972, С.141.
61](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_61.png)
![8ta kvartalga bo’linishi sopollitepaliklarning ishlab chiqarish jamoalar uyushmasi
8 urug’dan iborat ekanligini ko’rsatadi. Har bir urug’ning o’z o’tog’asi-urug’
boshlig’i bo’lgan. Qabrlardan topilgan predmetlarga qaraganda, urug’
jamoalarini boshqarishda hali ayollarning mavqyei katta bo’lgan. Garchi ishlab
chiqarish jamoalari boyligini yaratishda va xo’jalik boshlig’i sifatida
erkaklarning roli katta bo’lgani holda, ayollar hali jamiyat yumushlaridan
chetlatilmagan. Ular iqtisodiy ijtimoiy hayotda o’z o’rnini erkaklarga
allaqachon bo’shatib bergan bo’lsa-da, ayollarning an’anaviy obro’yi, jamoadagi
mavqyei hali kuchli edi. Bu manzara, ayniqsa mozor komplekslari misolida
yorqin ko’rinadi. Masalan, Sopollitepada har bir mahalla xilxonasida boy ayol
mozorlari ochildi. Bu mozorlarda, albatta, bronza yoki toshdan yasalgan tumor-
muhrlar bo’lib, ular urug’ totemllari haqidagi diniy tasavvurlarning namunasi
edi. Bunday muhrlar Sopollitepada faqat ayol qabridan chiqqan.
Jarqo’ton yodgorligi Sherobod daryosining quyi irmog’i-Bo’stonsoyda
joylashgan.Yodgorlikda asosan A.Asqarov, B.Abdullayevlar tadqiqot ishlarini olib
borishgan. Xususan, B.Abdullayev 1974-1977 yillarda qazilma ishlarini o’tkazgan.
3 ta arxeologik kompleksga ega bo’lgan 719 ta mozor ochib o’rganilgan.
Bu yodgorliklar materiallari asosida ularning quyidagicha xronologik davriy
sistemasi ishlab chiqilgan: Sopolli, Jarqo’ton, Ko’zali, Mo’lali, Bo’ston.
Jarqo’ton yodgorligida tadqiqot ishlarini amalga oshirgan 87
.
Jarqo’ton shahristoni. Jarqo’tonning shahriston deb atalgan qismi Arki
a’lodan janubga tomon cho’zilib ketgan 15 ga yaqin tepaliklardan iborat.
Shulardan 6 tasida katta va kichik xajmdagi qazishmalar o’tkazilgan. Ayniqsa, №5
va №6 tepalar qazilmalarining natijalari sermahsul bo’lgan.
Tepa №5 tub ma’nodagi turor-joy massivi bo’lib chiqdi. 50 gayaqin xonalar
va ularning poli ostidan, xonalarga kirish eshiklari ostonasi ostidan, ayrim
xonalarning devorlari ostidan qabrlar ochildi. Ochilgan qabrlar Sopolli
87
Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура бронзы Юга Узбекистана . Изд. «Фан»Ташкент, Taшкент.
1977, С.289. Аскаров А.А ., Абдуллаев Б.Джаркутан . Изд. «Фан»Ташкент, 1983,С. 271.
62](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_62.png)
![madaniyatining jarqo’ton bosqichiga tegishli bo’lib, dastlab Jarqo’ton ilk
shahrining shimoliy-g’arbiy qismi o’zlashtirilganligi aniqlandi.
A.Asqarovning yoshicha, islom diniga qadar aholining mavjud an’anaviy
urf-odat va udumlariga ko’ra, vafot etgan kimsani kafan bilan emas, balki uning
hayotlik chog’ida kiyadirgan bayramona kiyim-boshlari va kasbi-kori bilan bog’lik
mehnat qurollari bilan ko’shib ko’mish odati bo’lgan 88
. Qabila oqsaqoli 50
yoshlardagi erkak bo’lib, u o’ng yoni bilan oyoqlari bukilgan holda g’ujanak qilib
yotqizilgan. Uning quloq bo’shlig’ida bronza halqa, iyagi yaqinida hukmdorlik
belgisi-ASO (jezl) ning zo’g’atali bronza nishoni (zo’g’atada uning yog’och
dastasidan parcha saqlangan), uning yaqinida 6 ta buyum (bir bo’lak lazurit tosh, 3
ta tosh qayroqchalar, bronzadan ishlangan porma va bolg’acha) bir joyda jam edi.
Ulardan sal narida bronza xanjar va bronza kosa, marhumning oyoq tomonini 30
dan ortiq turli xil sopol idishlardan tashqari, 2 ta bronza kosa, surmadon va 2 ta
to’g’nog’ich egallagan edi. Qabr ashyolarining tarkibi uning hayotlik chog’ida
professional zargar va metallurg bo’lganligidan dalolat beradi. Chunki, qabr
ayvonidan 3 ta arxeologik butun tigel- qozon parchalari topilib, ular ushbu qabrga
aloqador o’spirin mozoriga, sardor shogirdiga tegishli bo’lgan.
Sopolli madaniyati jamoalarining ijtimoiy tuzumi masalasida patriarxal
urug’ning rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi bilan katta jamoa
a’zolarining boylik orttirishlari uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan. Qabrlardan
topilgan buyumlar nisbatiga qarab dastlabki mulkiy tabaqalanish boshlanganini
ko’ramiz. Qabrlardan sopol idishlardan tashqari, metall qurollari, zeb-ziynatlar
topilgan. Katta patriarxal oilalarga mansub bronza tamg’alari topilgan.
Quyi Amudaryo Xorazm hududida bronza davri jamoalariga tegishli dafn
bilan bog’liq urf-odatlar Tozabag’yob, Suvyorg’on madaniyati yodgorliklari
qazilmalarida qo’lga kiritilgan. Qadimgi Xorazmning Tozabog’yob kanali
zonasida tarqalgan bu qadimgi madaniyat izlarini 1938 yili S.P.Tolstov aniqlab,
88
Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура бронзы Юга Узбекистана . Изд. «Фан»Ташкент, Taшкент.
1977, С.289.
63](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_63.png)
![uni Tozabog’yob madaniyati deb nomlagan. Keyingi yillar davomida
Tozabog’yob madaniyati materiallariga o’xshash, ani qrog’i Andronov madaniy-
tarixiy birligiga oid bronza davri makonlari va qabristonlari Q uyi Zarafshon va
Quyi Qashqadaryo havzalarida, Toshkent vohasinin , Tojikiston, Surxonning adirli
zonasi rayonlarida, Farg’ona vodiysida keng tarqalganligi aniqlandi. Ana shu cho’l
zonasi qabilalari madaniyati S.P.Tolstov va M.A.Itina Tozabog’yob madaniyati
deb atasa, Farg’ona vodiysi yodgorliklarini B.A.Litvinskiy Qayroqum madaniyati
deb ataydi. A.Asqarov esa cho’l zonasi bronza davri yodgorliklarini Andronova
madaniyatining Tozabog’yob varianti, Yu.A.Zadneprovskiy, N.G. Gorbunova va
boshqalar esa Andronova yodgorliklari deb ata shgan .
Tozabog’yob yodgorliklari, ayniqsa Amudaryoning Oqchadaryo etaklarida
keng tarqalgan. M.A.Itina hisobiga ko’ra, 200 ga yaqin Tozabog’yob madaniyati
makonlari topilgan 89
.Tozabog’yobliklar huddi Zarafshonning Zamonbobo, qo’shni
Suvyorgan qabilalari singari Oqchadaryoning quyi oqimida toshqin suvlaridan
hosil bo’lgan ko’l va ko’lmaklar atrofida, zahob yerlarida dehqonchilik qilib,
atrofdagi keng yaylovlarda o’z chorvalarini boqqanlar.
M.A.Itina Tozabog’yob madaniyatiga oid ko’pgina makonlarda arxeologik
qazishmalar olib borib, tozabog’yobliklarning yarim yerto’la va chaylalarda
yashaganligi, ularning de h qonchilik xo’jaligi tez-tez o’z o’zanini o’zgartirib
turadigan daryolar suvi bilan bog’liq ekanligi va nihoyat shu tufayli ular muqim
o’troq xayot kechira olmay, balki toshqin suvlarning o’zgaruvchanligiga qarab,
tez-tez ko’chib yurganliklari haqida ma’lumot beradi. Anqa-5, Qavat-3
makonlaridan jamoalarning moddiy madaniyati xususida materiallar qo’lga
kiritilgan. Tozabog’yob makonlaridan yarim yerto’la tipidagi kulbalar ochilgan.
Ular to’g’ri to’tburchak shaklida bo’lib, ularning o’rtacha maydoni 120-180 m²
gacha boradi. Ularning markazida o’choq joylashgan. Xo’jalik chuqurchalari,
gul x anlar qoldiqlari, turli arxeologik materiallar kulba devorlari bo’ylab topilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, b unday kulbalar bitta juft oila uchun emas, balki bir
89
Итина M . A . История степных племен Южного Приаралья III -начало II тыс до н.э. Москва, 1977, С.219.
64](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_64.png)
![urug’ jamoasi a’zolarini birlashtirgan patriarxal oilaga mo’ljallangan. Tozabog’yob
madaniyatiga tegishli Ko’kcha-3 qabristoni 1954 yili Ko’kcha tog’idan 6-7
kilometrlar chamasi janubiy-g’arbda, Sulton Uvays tizmalarining sharqiy
chekkasida n topib o’rganildi. Qabriston maydonidan 100 dan ortiq mozorlar
borligi aniqlangan. 1954-1955 yillar maboynida 74 ta mozor tekshirilib, ulardan
yakka tartibda, juft holda dafn etilgan mayitlar topilgan 90
. Ayollar bilan bolalarni,
erkak va ayolni birgalikda dafn etish holatlari kuzatilgan. Mayitlar oyoq-qo’llari
buklangan holda o’ng yoki chap biqini bilan ko’milgan. Bosh qismi g’arb tomon
yo’naltirilgan. Mayitlar yonidan sopol idishlar, bronzadan yasalgan mehnat
qurollari, qurol-yarog’lar, zeb-ziynat, taqinchoqlar topilgan.
Zarafshon vohasi bronza davri jamoalarining dafn bilan bog’liq
ma’lumotlari. Vatanimiz sarhadlari bronza davri jamoalarining moddiy
madaniyatini o’rganishda Quyi Zarafshon vohasi va uning qadimiy o’zani bo’lgan
Ho’jayli hamda Zamonbobo ko’li atroflarida tadqiq etilgan Zamonbobo
madaniyatining ham alohida o’rni bor. Ushbu madaniyat yodgorliklari bu joylarda
Ya.G’ulomov boshchiligidagi O’zR FA tarix institutining O’zbekiston arxeologik
ekspedisiyasi xodimlari tomonidan 1950-1953 yillarda topib o’rganilgan 91
.
Yodgorliklar orasida nisbatan mukammalroq qazishma ishlari amalga oshirilgan va
qiziqarli arxeologik manbalar, ma’lumotlar qo’lga kiritilgani Zamonbobo mozor
yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorlikning maydoni sathi chamasi 100-150 metr
kvadratlardan iborat bo’lib, undan yarim yerto’la shaklida va yer sathiga karkas
usulda chaylasimon ko’rinishli qurilgan turar-joylar qoldiqlari topilgan.
Yerto’lalarning ichki qismidan ustunlar o’rnatilgan joylarning diametri 14-16
santimetr bo’lgan chuqurchalar izlari, somonli loy bilan shuvalgan xo’jalik o’ralar
hamda o’choqlar qoldiqlari topilgan. Yer sathiga qurilgan turar-joylar chaylasimon
ko’rinishli, karkas usulda qurilgan bo’lib, usti qamish bilan yopilgani aniqlangan.
Turar-joy yonidan kulolchilik xumdoni o’rganilgan. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha,
90
Итина M . A . История степных племен Южного Приаралья III -начало II тыс до н.э. Москва, 1977, С.123.
91
Гулямов Я.Г., Исламов У.И.,Аскаров А.А. Первобытная культура и возникновение орашаемого
земледелия в низовьях Зарафшана.Тошкент, 1966, с.111-143.
65](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_65.png)
![makon ko’p madaniy qatlamli bo’lib, bo’yalgan sopollar asosida makonda dastlab
eneolit jamoalari yashagan bo’lishi mumkin. Shuningdek, tadqiqotda odamlar
gohida Hujayli daryosi toshqinlari tufayli makonni ma’lum muddat tashlab
chiqishganligi faktlari ham aniqlangan. Makon atrofi madaniy qatlamdan tashqari
yer sathidan yig’ib olingan sopollar asosida bu joyda andronov-tozabog’yob
madaniy-tarixiy birligi sohiblari ham yashashganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Zamonbobo makoni yonidan mozor topib o’rganilgan. Ochilgan 44 ta
qabrning barchasining tuzilishi alohida lahadli (katakomba) shakliga ega.
Ya.G’ulomovning ta’kidlashicha oddiy chuqur ko’rinishli qabrlar ham mavjud. Bu
ko’rinishli qabrlarni A.Asqarov tabiiy kuchlar ta’sirida katakomba qabrining
buzilishidan qalgan qismi deb tahlil etadi 92
. Qabrlarda yakka va juft holatda
mayitlarning qo’yilganligi kuzatiladi (28 ta yakka, 7 ta juft qo’yilgan mayitlar
aniqlangan). Mayitlar bukchaytirilgan holda yon tomoni bilan boshlari sharq,
shimoliy-sharq, ba’zan shimolga qaratib dafn qilingan. Ko’pincha mayitning bosh
tomonidan sopol idishlar topilgan. Shuningdan, qabrlardan chaqmoqtoshdan
yasalgan o’q-yoy uchlari, qadama qurollar ham topilgan. Ayollar qabridan
surmadonlar, kichik mis kurakchalar munchoqlar, to’g’nog’ich, mis kuzgusi, bigiz
kabilar topilgan. Ba’zi qabrlardan mayda o’lchamli sopol haykalchalar,
o’g’irtoshlar, ko’mirga aylangan o’simliklar doni, quy-echkilarning suyak
qoldiqlari uchratilgan.
O’rta Zarafshon vohasi bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati
A.Asqarov va N.Avanesovalar tomonidan tadqiq etilgan. N. Avanesovaning
yozishicha, Chakka, Siyob, Say-G’us, Mo’minobod mozor, qabr yodgorliklari
mil.avv. XX-XIV asrlar bilan sanalanadi 93
. Ayol kishilarga tegishli qabr ochib
ko’rilganda, mayit bosh kiyimi va ustki kiyimlari bilan ko’milgani aniqlangan.
Kiyimlarga munchoqlar qalin va tartib bilan qadalgan bo’lgan.Qabrlarda
92
Гулямов Я.Г., Исламов У.И.,Аскаров А.А. Первобытная культура и возникновение орашаемого
земледелия в низовьях Зарафшана.Тошкент, 1966, с.111-143.
93
Аванесова Н.А. Археология Средней Азии:Энеолит и бронзовый век . Учебник.изд.СамГУ, Самарканд.
2020, с.312.
66](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_66.png)
![kuzatilgan dafn rusumlari va ulardagi sopollari androv madaniy-tarixiy birligining
Petrov (Siyob), Aloqul (Chakka) va Fedorov (Say-g’us) madaniy variantlari
materiallari bilan aloqadorlikni ko’rsatadi.
Dashti –Qozi qabristoni. Zarafshon vohasi bronza davri jamoalari moddiy
madaniyatini o’rganishda Panjikent shahridan 50 kilometrlar chamasi sharqiy
tomonda Zarafshon daryosidaning chap qirg’og’ida joylashgan Dashti-Qozi
qabristoni materiallari ham muhim o’rin tutadi. Qabristondan hammasi bo’lib, 27
ta qabr o’rganilib, ularda yakka tartibda, juft holda mayitlar qo’yilganligi kuzatildi.
Hatto 1 ta qabrda 7 ta kishi jamoaviy tarzda maytlar dafn etilganligi fakti qo’lga
kiritildi. Qabrlar lahadli qabrlar hisoblanadi. Mayitlar oyoqlari ko’krak tomon
bukilgan holda, yon tomoni bilan boshi g’arb tomonga yo’naltirib ko’milgan.
Ba’zi qabrlarda mayitning suyaklari mayda bo’laklangan holda dafn etilgani
kuzatiladi. 1 ta qabrdan yosh bolaning faqat bosh suyagi qo’yilgani fakti
aniqlangan. Mayitlar yoniga qo’yilgan sopol idishlar o’zlarida so’nggi andronov
davri va Tazobog’yob sopollariga xos xususiyatlarni mujassamlashtirgan.
Shuningdek, mayit yoniga qo’yilgan narsa – predmetlarni ko’pchiliginibronzadan
yasalgan taqinchoqlar-bilauzuk, munchoq kabilar tashkil etgan. Qabrlardan dafn
marosimi o’tkazilgani va turli urf-odatlar amalga oshirilganini bildiruvchi rang va
ko’mir qoldiqlari topilgan. Qabrdan 8 ta chuqurcha va uning atroflaridan gulxan
izlari , topqirti topildi. Bu olov yoqib qurbonlik qilinganidan guvohlik beradi. Bu
izlar qabr n ing polqismidan yoki lahadga kirish teshigi oldida aniqlangan.
Taniqli antropolog olim T. Xodjayev ushbu qabr materiallarini o’rganar
ekan, dafn etilgan erkak va ayollarning turli antropologik tipga , ya’ni andronova
va o’rta yer dengizi tiplariga oid ekanligini aniqlagan.
M.Djurakulov, N.Avanesovalarning ma’lumoticha, O’rta Zarafshon vohasi
bronza davriga kelib odamlar tomonidan jadallik bilan o’zlashtirilgan. Shuningdek,
Zarafshon vodiysini janubiy mintaqalar bilan bog’lovchi Jom savdo yo’li yoqasida
Jom savdo karvon saroylari va feruza tosh konlari, ular bilan bog’liq turli etnik
guruh vakillariningqabristoni (Galasherik) paydo bo’lgan. Zarafshon yoqalab diniy
memorial kompleksi (Jukov), ruda eritish, metall xomashyosini ishlab chiqarishga
67](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_67.png)
![moslashgan qishloqlar (To’qayli) va nihoyat davr so’nggida qadimgi shaharlar
(Ko’ktepa, Afrosiyob) qad ko’taradi.
Jom arxeologik kompleksiga kirgan yodgorliklardan biri 3 gektarlik
Galasherik tepaligiga joylashgan bronza davri qabristoni bo’lib, undan 4ta qabr
tadqiq etilgantopilgan.Qabrlardan qizilrangli sirli sopol parchalari, o’roqsimon
bronza quroli, disksimon bronza kuzgusi va bargsimon shaklli bronza to’g’nag’ich,
kulolchilik charxida yasalgan sharsimon xurmacha, dastasi va ko’zgusi aylanasi
bo’ylab naqshlangan bronza oyna va shoxdor oxu haykalli bronza to’g’nag’ich
kbilar topilgan. Odam suyaklarining uchrash tartibiga ko’ra, skelet gujanak
holatda, o’ng tomoni bilan yotgan. Uning bosh chanog’i g’arbga qaratilgan. N.
Avanesovaning fikricha,qabrlardan topilgan arxeologik materiallar kompleksi uni
chorvador andronova madaniyatiga tegishli ekanligini ko’rsatadi 94
. Tadqiqotchilar
ma’lumoticha, galasherikqabristoni arxeologik materiallar bir urug’ jamoasi
qabristoni bo’lmagan. Bu joyda turli etnik guruhlar vakillarining qabrlarini
uchratamiz.Birinchi qabr materiallar tarkibiga qaraganda (o’roq tig’isimon qurol va
qizil sirli sopol parchalari) Ko’ktepa 1 materiallarini eslatadi. Ikkinchi qabr aynan
Sopolli madaniyatining mo’lali bosqichi materiallarining (dastali bronza ko’zg’usi
naqshlari) dashtlashtirilgan variantining o’zginasi. Uchinchi mozorga tegishli
ashyoviy dalillar esa (chaqmoqtoshdan paykon, qo’l charxida yasalgan g’isht
rangli sopol parchalari) Zamonbobo yoki To’qayli manzilgohining qadimgi
dehqonchilik madaniyati bilan bog’liq etnik ildizidan guvohlik beradi.To’rtinchi
qabr dasht qabilalari madaniyatiga tegishli bo’lgan.
Qirg’iziston sarhalarida andronov chorvador jamoalariga tegishli
yodgorliklar nisbatan kam. Deyarli hammasi mozorlar hisoblanadi . Mozorlardagi
go’rlar tuproqda chuqur kavlanib, ustida, ya’ni uning ustki yer sathi yirik o’lchamli
yupqa tosh plitalar to’g’ri burchakli shaklda terilib, belgi qilingan. Go’rlardan
dafn etilgan mayit suyaklari tpoilishi bilan birga, ba’zi holatlarda suyaklarni
kuydirib qo’yilganligi faktlari ham uchraydi. Mayitlar yoniga sopol idishlar hamda
94
Аванесова Н.А. Археология Средней Азии:Энеолит и бронзовый век . Учебник.изд.СамГУ, Самарканд.
2020, с.312.
68](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_68.png)
![olti qirrali munchoqlar, teshilgan chig’onoqlar, bilakuzuklar ko’yilgani kuzatilgan.
Sopollarda naqshlar mavjud. Masalan. Arpa mozoridan topilgan sopollarda gilamli
naqshlar uchraydiki, bu andronov madaniyatining fedorov guruhi sopollariga
xosdir. Yettisuv yodgorliklari sopollarining aksariyati da nashlar uchramaydi.
Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, Qirg’iziston sarhadlari bronza davri jamoalari
tomonidan mil.avv.II minginchi yil ikkinchi yarmi, xususan uning so’nggi
choragida jadallik bilan o’zlashtirilgan .
Qayroqqum madaniyati yodgorliklari tadqiqotida bronza davri jamoalari
dafn bilan bog’iq urf-odatlari to’g’risia qimmatli ma’lumotlar qo’lga kiritilgan.
Qayroqqumda qatlami buzulgan makonlardan tashqari ikki joyda qadimgi
mozorlar ham o’rganildi.Ular Asht rayoniga qarashli Daxanin va Qayroqqum
qabristonlaridir. Qabirlar yorma go’r tuzulishida bo’lib qabrda bittadan marhum
mayiti oyoq-qo’llari yig’ilgan holda, boshlari bilan g’arbga g’arbga qaratib yon
tomoni bilsan qo’yilgan.
Janubiy Tojikiston hududi cho’l zonasi bronza davri jamoalari moddiy
madaniyatini o’rganishda Kofirnigon va Vaxsh vodiylari istiqbolli o’lkalardan
hisoblanadi. Bu joyning landshafti, tabiati va ekologik sharoiti jamoalarning
chorvachilik bilan shug’ullanishiga imkon beradi. Kofirnigon va Vaxsh
vodiylarida o’tgan asr 50-yillarining o’rtalarida bronza davriga oid yodgorliklar
topib tadqiq etilgan. Xususan, A.M.Mandelshtam chorvador qabilalarining ikkita
yodgorligini – Tulxar va Aruktov qabristonlarini topgan. A.M.Mandelshtamning
yozishicha Tulxar qabristonida turli tarixiy davrlarga oid mozorlar bor, lekin
ko’pchiligini bronza davriga oid qabrlar tashkil etadi. Bu qabrlarga turli usulda
odamlarni ko’mish urf-odatlari qo’llanilganligi tadqiqotlardan ma’lum bo’ldi.
Aniqrog’i, A.M.Mandelshtam ko’rsatishicha, Tulxar qabristonining eng qadimgi
mozorlariga odamlar jasadi qo’yilmasdan, mayit kuydirilib mozorga qo’yilishi
rasm bo’lgan 95
. Mozorlarning ko’rinishi trapesiya shaklida bo’lib, uning janubiy
qismida chuqurcha qazilib, unga kuydirilgan odam jasadi kuli, maydalangan odam
95
Mandelshtam A . N . Памятники эпохи бронзы в Южном Таджикистане // MIA , № 145.Москва-Ленинград,
1968, с.94-98.
69](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_69.png)
![suyaklari qo’yilib, ularning ustidan tosh plitalar bilan yopib qo’yilgan. Qabrning
shimoliy qismida ham chuqurcha bor va u to’rt qisqichli tarzda aylanasiga tosh
bilan terilib chiqilgan va muqaddas hisoblangan. Qabrdan sopol parchalari
topilgan. Bu qabrlar ustida odatda 7 ta tosh alohida tartib bilan qo’yilib, nisbatan
o’lchami jihatidan katta bo’lgan tosh o’rtada qolgan 6 ta tosh bilan o’rab olingan.
Ikkinchi xil mozorlar «yarusli chuqurchali» deb nomlanib, ular nisbatan
ko’pchilikni tashkil etadi. Yuqori yarus chuqurchasi kichikroq, pastki yarus qismi
suyri shaklda bo’lib jasadxona hisoblanadi. Bu xil mozorlarning yuqori
chuqurchasi odatda toshlar bilan to’ldirilgan. Mozorlarda mayitlar oyoq-qo’llari
buklangan holatda, g’ujanak tarzda yon biqini bilan qo’yilgan. Mozorning
jasadxonasida odatda yakka tartibda, ba’zi hollarda juft tartibda mayitlar
qo’yilgani faktlari mavjud. Qizig’i shundaki, bolalar esa katta odamlardan ajratilib
alohida ko’milgan. Ikkinchi xil mozorlardan odamlarning suyaklari tosh
yashiklarga solinib ko’milganligi ma’lum bo’ldi. Bunda tosh yashiklarning turli
qismlariga odam tanasining turli a’zolari qo’yilgan, tana butun xolatda emas.
Shunisi xarakterliki, qabrlarda albatta qo’y suyaklari uchraydi. Shu bilan birga
qabrning tubida dumaloq yoki kvadrat shakldagi o’choq bo’lib, undan kul va
qo’yindi narsalarning qoldiqlari topilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, ayollar
mozorlaridagi o’choqlar dumoloq shaklda, erkaklar qabrlaridagi o’choqlar esa
kvadrat shaklda bo’lgan. Olov bilan bog’liq rasm-rusumlarni bajargan bo’lishi
mumkin. Mozorlardan ko’plab qo’lda ishlangan sopollar, bronza taqinchoqlari,
tosh munchoqlar, jez oyna va turli mehnat qurollari topilgan.. Sopol idishlar ichida
kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar parchalari ham topilgan. Ular Sopolli
madaniyatining mo’lali bosqichi sopollariga o’xshash. Uchinchi xil mozorlar
katakomba ko’rinishida bo’lib, ularning tokchasi toshlar bilan to’ldirilgan. Jasad
qo’yiladigan xonasida mayit va uning atrofidan sopol idishlar, bronza taqinchoqlari
va mexnat qurollari, zeb-ziynatlar uchratilgan. Ko’p hollarda katakomba
mozorlarining tokchasida kul va qo’yindi qoldiqlari uchratilgan. Umuman
olganda, Tulxar bronza davri mozorlariga odamlar oyoq qo’llari buklangan holda,
bir yoni bilan ko’mish xarakteli hisoblanadi. Bu uchchala mozorlar o’z tuzilishi,
70](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_70.png)
![mayitlar ko’milishi holatlari va ularning atrofidan topilgan arxeologik ashyolar
tahliliga ko’ra ular mil.avv. II minginchi yilning II-yarmi bilan sanalangan.
Demak, Tulxar qabristoni bronza davri so’nggi bosqichlariga oid chorvador
qabilalarga tegishli ekan. Bronza davri so’nggi bosqichlariga oid chorvador
qabilalariga tegishli mozorlar Aruktov qabristonidan ham topilgan. Aruktov
mozorlari uncha baland bo’lmagan aylana, kvadrat va to’g’ri to’rt burchakli tosh
g’ovlardardan iborat ko’rinishga ega. Mozorlarda oyoq-qo’llari buklangan, bosh
qismi sharqqa yoki shimoliy-sharqqa tomon qaratilib, yon biqinlari bilan
qo’yilgan odam jasadlari uchratilgan. Mayit atroflarida albatta qo’y suyaklari,
sopol idishlar, bronza ro’zg’or buyumlari va mexnat qurollari, zeb-ziynatlar
uchratilgan. Sopol buyumlari ichida charxda ishlangan xum, xumachalar mavjud.
Bu yodgorlik topilmalari Tulxar qabristoni materiallari bilan bir arxeologik
kompleksni tashkil etadi.
B.A.Litvinskiy Vaxsh madaniyatiga doir 5 ta qabristonda 233 mozor
qo’rg’onni qazadi. Vaxsh madaniyati qadimgi qabristonlar asosida o’rganilgan.
Ular quyi Vaxshning o’ng qirg’og’idagi Vaxsh I. Tigrovaya Balka, Oyko’l va
Jarko’l hamda qizilsuv quyi havzasidagi Makonimor qabristonlaridir. Ularning
hammasi daryolarning yuqori terassasi- tog’ yonbag’rida joylashgan. Mozor tashqi
ko’rinishida tosh g’ovlar hamda uncha baland bo’lmagan tosh tepachalarni
eslatadi. Yuqorida eslatilgan yodgorliklarning eng kattasi Tigrovaya Balka
qabristoni bo’lib, bu yerdagi 130 mozor-qo’rg’ondan 116tasi o’rganilgan.
Tigrovaya Balka yodgorligi mozorlarining xilma-xilligi va arxeologik
komplekislarning xarakteriga ko’ra Vaxsh madaniyati haqida to’liq tassavur bera
oladi.
Har bir mozor-qo’rg’onning ustki tosh uyumi ostida gulxan qoldig’i
uchraydi, Mozorlar laxad shakilda bo’lib, huddi To’lxar qabristonidagidek, laxat
tokchasi tosh bilan to’ldirilgan. Kameralar yon devorida tokchalar uchraydi.
Mozorlar laxat formasiga ko’ra ham har xil. Mozorlar orasida kenataf qabrlar ham
uchraydi. Marxo’m jasadlar qabrga oyoq-qo’llari buklangan holda yon tomoni
bilan qo’yilgan, ba’zi hollarda qorin bilan yoki bel bilan yotqizilgan skletlar ham
71](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_71.png)
![uchrab turadi. Skletlar orintrovkasida qat’iylik yo’q. Ammo ko’pchilik mozorlarda
skletlar boshlari bilan g’arbga yoki sharqqa qaratib ko’milgan.
Mozorlarning ko’pchiligi o’g’irlangan bo’lishiga qaramay, ularda sopol
idishlar, bronza predmetlari, tosh va suyakdan ishlangan mehnat qurollari va zebi-
zeynat uchraydi. Ko’pgina erkaklar mozorda chaqmoqtosh va suyakdan yasalgan
kamon, o’q uchlari ham topilgan. Mozorlarda qurbonlik yo’liga atalgan hayvon
suyaklari ham uchraydi. Idishlarning asosiy qismi qo’lda ishlangan. L.T.Pyankova
hissobiga ko’ra 1/3 qism sopollar kulolchilik charxida ishlangan 96
. Ehtimol, ular
uchun dehqon jamoalari birinchi navbatda Sho’rto’g’ay qabilalari bilan qilinga
iqtisodiy madaniy aloqalar natejasida tashqaridan keltirilgan idishlar bo’lsa kerak.
Keyingi yillarda L.T Pyankova Janubiy Tojikistonning Hisor vodiysida
bronza davriga oid Kangurt tut makonida, N.M Vinogradova esa Teguzak
makonida qazishmalar olib bormoqda. Bu ikki qadimgi qishloq ham tog’
yonbag’ridagi adir zonasida joylashgan bo’lib, ularda uy fundanmenti hatto
devorlari ma’lum balandlikda toshdan tiklangan uy qoldiqlari ochildi. Kangur tut
va Teguzak makonlarida Andiranova madaniyati makonlariga aynan o’xshash
spool parchalari va Sopolli madaniyatining mullali kompleksini eslatuvchi
kulolchilik charxida qilingan idishlar topilgan. Bu manzara ikki hil rivojlanishda
bo’lgan qabilalar o’rtasida davom etayotgan madaniy-xo’jalik aloqalarining qon-
qarindoshlik darajasigacha o’sib chiqganligini ko’rsatadi. Bu voqealar, Kangur tut
va Teguzak materiyallariga qaraganda, miloddan avvalgi II minginchi yillikning
oxirgi choragida sodir bo’lgan edi.
Xullas, O’rta Osiy sarhadlari bronza davri jamoalari moddiy madaniyati
tadqiqotida ko’plab qabristonlar, mozor, qo’rg’onlar topib o’rganilgan. Qazilmalar
jarayonida aholi diniy tasavvurlari, dafn bilan bog’liq urf odatlari bo’yicha
qimmatli arxeologik ashyolar, manbalar va ma’lumotlar qo’lga kiritilgan.
96
Pyankova L.T. Брозовый век Южного Таджикистана //Известия АН Тадж.. № 4. Душанбе, 1986, с.123-125.
72](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_72.png)
![Xulosa
Insoniyat tarixi rivojida ibtidoiy davr jamoalarining moddiy madaniyati
tarixi muhim o’rin egallaydi Bu moddiy madaniyat tadqiqotida esa ibtidoiy
odamlar diniy tasavvurlari va dafn bilan bog’liq urf odatlarni o’rganish o’z
mazmun-mohiyati bilan alohida ajralib turadi va dolzarblik kasb etadi. Tadqiqotlar
ko’rsatishicha, O’rta Osiyo sarhadlarida dafn bilan bog’liq urf-odatlar ma’lumotlari
o’rta paleolit davri Teshiktosh g’or makoni neondertal bolasi qabri bilan bog’liq
hisoblanadi. Keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligida (so’nggi
paleolit, mezolit, neolit,eneolit,bronza) bu tarixiy jarayon O’rta Osiyo miqyosida
davomli bo’lganligi tadqiqotlarda aniqlangan.
Yuqori paliolit davriga kelib diniy tushunchalar o’zgarganini odamlarni
hayotida ham ko’rishimiz mumkin. Bu davrda diniy a’qidalar o’zgarganini
amolyotda ham ko’p guvohi bo’ldik. Davrda ikkilamchi dafnlar (jasadni to’liq yoki
bo’laklarga bo’lib dafn estishgan)ini ko’rishimiz mumkin. Bu kabi dafn qilish
asosan neolit davridan boshlangan. Ushbu faktlar asosida dafn marosimlari uchun
qabrlar kavlanganiga amin bo’lamiz. Bazi olimlarni fikricha, esa bu qabr emas.
Ularning fikricha bu ular yotishi uchun qabr emas balki, balki o'liklarning narigi
tomonda, ya'ni o'limdan keyingi iqtisodiy va ijtimoiy mavqega bog'liq bo'lgan
ehtiyojlarning ortishi uchun bir yordam sifatida joylashtirilgani buning dalildir.
So’ngi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki dafn marosimlari ibtidoiy davr diniy
qarashlari bilan uzviy bog’liq. Qabrlarda bir nechta odamning bosh suyaklari va
uzun suyaklari topilgan. Ushbu topilmalarni bosh suyakgining qoldiqlari yoki
rivojlangan bosh suyagi topilmasi sifatida talqin qilish o’rinli. Ba’zi qabilalarda esa
vafot etgan kishisini qaysidir tana a’zosini ko’tarib asrab yurishi kabi odatlar ham
bo’lgan. Bunda asosan bosh chanoqlari ishlatilingan va qabilarda asragan. Xuddi
shu kabi vaqealar paliolit davrida, balki undan keying davrda ham ko’zga tashlanib
turadi.
Neolit davridan boshlab turli hududlarda paydo bo'lgan megalitik (ulkan
tosh) qabrlar dafn etilishining ayniqsa alohida diqqatni tortadi. Balki, ushbu
amaliyotda tiriklar va o'liklar o'rtasida hayotiy bog'liqlik mavjud bo'lgan va vaqti-
73](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_73.png)
![vaqti bilan muqaddas joylar va yig'ilish joylari bunday qabrlar bilan bog'liq
bo'lgan. Megalitning amaliyoti quruvchilar, ehtimol, o'liklar haqidagi g'oyalarda va
ularning toshlari ma'lum bir chidamlilik va monumental shakl bergan ajdodlar
marosimlarida juda ham keng rivojlanib katta o’ringa ega bo’lgan. Shaxsiy tik
toshlarni (yuzalarini) tushuntirish qiyinroq, bu, albatta, ajdodlarning ramzi yoki
o'rni bo'lishi mumkin, ayniqsa ular inson qiyofasida haykaltaroshlik ko'rsatmalarini
ko'rsatadi. Ammo, albatta, barcha megalitik yodgorliklarning bir xil talqinini izlash
yoki hatto aniq megalitik din haqida gapirish xato bo'lar edi. Megalitik
yodgorliklarni turli xil bo'lishi mumkin bo'lgan g'oyalarning ulug'vor ko'rinishlari
majmuasi sifatida tushunish kerak, ammo ular orasida o'liklarga sig'inish muhim
rol o'ynagan.
Jarqo’ton yodgorligidan jami 2000 dan oshiq qabrlar ochib o’rganilgan. Jez
davri yodgorliklaridan Sopolli madaniyatiga oid bo’lgan Ko’zali bosqichidan
topilgan qabirlaridan yaxshi ishlangan mehnat va jang qurollari o’rniga ularning
bronzadan yasalgan mayda shakillarini qushib kumganlar. Qabrlarga shuningdek,
kichik pichoqlar, idishlar, zargarlik buyumlari, boltalar, xanjarlar, o’roqlar va
ketmonlar qo’yishgan. Zargarlar bu holatni metalni keng miqyosda tejash deb
izohlashadi. Chunki, metal tabiatda kamyob hisoblanadi. Bronza davri dafn
marosimlari qolgan davlarga qaraganda o’ziga hos urf-odatlari bilan bog’liqdir.
Xuddi shunday diniy qarashlar bilan bog’liq bo’lgan manzilgohlardan biri
Dalvarzin manzilgohidir. Dalvarzindagi dafn marosimlari asosan aholi istiqomat
qilib turgan uy joy poli va devori ostiga yoki tashlandiq turar joylarga dafn etilgan.
Jasadlarni odatiy holda qo’l va oyoqlari bukilgan holda dafn etishgan. Dafn
maosimlari xududiy kesimlarda ham o’ziga xos ko’rinishlarga va udumlarga ega
bo’lgan. Dafnda yakka holatda dafn qilish, guruh yani jamoviy holatda dafn qilish,
qabrga hayvon suyaklari bilan dafn qilish holatlari uchraydi. Bu kabi holatlar
bronza davriga oid bo’lgan Chust yodgorligida ham uchraydi. Bu manzilgohdagi
dafn marosimlari bronza davrining boshqa qatlamlariga xos xolatda dafn qilingan.
Birinchi turida jasadlar bukilgan holatda dafn qilingan bo’lsa, Ikkinchi holatda esa
murda qo’l oyoqlari bukilmagan holatda ko’milgan. Yana bir ko’zga tashlanadigan
74](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_74.png)
![tomoni shundaki, bu yerdan qabrlardan kulolchilik buyumlari topilgan.
Ilk Jarqo’ton davrining Soppolli bosqichidan farqiham mavjud bo’lib,
qabrlarda diniy marosim odatlariga ko’ra qo’yning odam bilan birga ko’milganligi
holatlari uchramaydi. Ilk Jarqo’ton davrida esa marhumning jismi o’rniga
matodan yoki yog’ochdan qo’g’irchoq tayorlash odat tusiga kirgan. So’ngi
Jarqo’ton davrida marhumni dafn etish uchun alohida, turar joy mavzelaridan
chetda qabriston barpo etilgan. Bu holatdan xulosa chiqaradigan bo’lsak bu davr
odamlari mafkuraviy dunyoqarashlari o’zgarganidan dalolat beradi. Qabristonning
yashash manzilidan chetda bo’lishi toza havo bilan bog’liq jarayondir. Bu ham o’z
navbatida zardushtiylik dini e’tiqodining shakillanishiga asos bo’ladi.
Jez davriga oid Sopolli madaniyatining Ko’zali bosqichida mayitning qabrga
mayitlarni joylashish holatini V.Ionesov 5 ta yirik guruhga ajratadi. Bu yerda ham
turli ko’rinishdagi qabrlar uchraydi. Bu dafn etish turlari asosan erkaklarni dafn
etish bilan bog’liq. Gohida mayit o’ng tomonga yonboshlatib yotqizilgan. Bazida
esa g’ujanak holatda chap tomonga yonboshlatib, yuzi esa kirish eshigi tomonda,
yana boshqasida esa orqasi bilan yotgan holatda oyoqlari keng ochilgan, yana
birida sal o’tirgan holatda oyoqlari ko’kraklarigacha bukilgan va ohirgisi odam
jismining azolari bo’lib tashlanib ko’milgan. Bularning ichida faqat ikkinchi tur
dafn marosimlari dafni ayollarga tegishli. Bronza davri dafn marosimlarida dafn
etishda o’ziga xos yangiliklar ham uchraydi. Bu yangiliklar marhumning yuzi
g’arb tomonga o’zgarganligi bilan izohlanadi. Bu o’z navbatida insonlar ongida
yangi dunyo qarashning shakillanishiga asos bo’ladi. Bazi qabrlarda mayit ham
yo’q bo’lib bunday qabrlar mayitsiz qabrlar deyiladi. Bunday qabrlar Jarqo’ton
yodgorligidagi qabrlarni 30 % ni tashkil qilardi. Olimlarni fikricha, bunday
qabirlarning ko’payishiga sabab qabilalar o’rtasidagi munosabatining keskinlashib
ketishi va harbiy, siyosiy vaziyatlardan xabar beradi. Bundan tashqari, O’rta Osiyo
hududlariga chorvador Andranova qabilalarining kirib kelishi bilan bog’liq bo’lishi
mumkin.
Bo’ston VI qabristonida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida
olovga sig’inish muhim rol o’ynaganini ko’rish mumkin. Turli diniy marosimlarda
75](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_75.png)
![olov turli xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Bular odamning jasadini kuydirish
uchun maxsus joy ko’rinishida, ikkinchisi odamning to’liq yoki chala kuydirish
maqsadida, uchinchisi marhumni xotirlash uchun o’tkaziladigan marosimlarda,
shuningdek olov o’rni kul qoldiqlari, to’rtinchisi o’choq otashgohning qadirlanishi
otashgohning kichik ko’rinishidagi holati idishlardagi ko’mir va oxra qorishmalari,
oxraning odam jasadiga sepish, qabrda olovning ramziy shakli sifatida mel va
gipsni uchrashi ba’zida esa qabr tagida olov izlari topilgan. Aynan olov bilan
o’tkaziladigan marosimlarni oriylarning “regvedasi” da ko’rishimiz mumkin.
Sopolli madaniyatining Bo’ston bosqichida dafn marosimlarida o’ziga xos
yangiliklar borligini ko’rish mumkin. Bu yangiliklar olovning ahamiyatini yanada
ortganligi va qabrlarda daryo toshlarini qo’yilishi bilan bog’liq. Aynan bu daryo
toshlarining qo’yilishi Avesto ta’limotiga xosdir. Aynan Sopolli madaniyatiga
xos bo’lgan dafn marosimlarida Zardushtiylik dinining alomatlari vujudga
kelganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, qabirlardagi mayda ostadonlar dafn
anjomlarini qizil ranga bo’yab, murda ustiga qo’yish kabi holatlarda namoyon
bo’ladi. Aynan bronza davriga oid bo’lgan O’rta Osiyo yodgorliklaridan tashqari,
Janubiy g’arbiy Tojikiston hududida joylashgan Ilk Tulxor manzilgohiga ham
etibor qaratishmiz mumkin. Bu manzilgoh, 1950- A.Mandelshtan tomonidan
o’rganila boshlagan. Ilk dafn qilingan Tulxor qabristonidagi asosiy qabrlarda
mayitlar kuydirilib dafn etilgan. Bu manzilgohda erkak va ayollarning o’ziga xos
alohida olovxonalari mavjud bo’lgan. Janubiy Tojikiston hududidagi Kangurttut,
Daxana, Terguzak, Nurek dehqonchilik manzilgohlari va qabristonlari arxeolog
olimlar tomonidan katta qiziqish bilan o’rganilgan. Aynan Kangurttut qabristonini
N.Vinogradov tomonidan o’rganilgan. Bu yerdan 100 ga yaqin qabr ochib
o’rganilgan bo’lib, qabirlarning ustki qismi va kirish teshigi toshlar bilan
berkitilgan. Surxondaryo dexqonchilik madaniyat yodgorliklari bo’lgan sopolli
madaniyatining barcha davriga xos qabrlar Kangurttut manzilgohidan topilgan.
Janubiy Turkmanistonning Sumbar, Mirg’op vohasi yodgorliklari Gonur, Auchun
tepa, To’g’aloq I, yodgorliklari bilan yaqin bo’lishi mumkin. Aynan
Kangurttutdagi qabirlarda qo’yning va yovvoyi hayvon bo’rining suyaklari
76](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_76.png)
![uchraydi. Bu esa o’z navbatida diniy etiqodlarda yovvoyi hayvonlarning kult
sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shunday manzilgohlardan yana biri Tojikiston
hududida joylashgan Tandiryo’l qabristonidir. Aynan bu Tandiryo’l qabristonning
dafn marosimlari Jarqo’ton va Bo’ston mozorlari bilan bir xilligi aniqlangan.
Jarqo’ton olov ibodatxonasi uchta qurilish davri o’z navbatida Jarqo’ton, Ko’zali,
Mo’lali davriga oidligi qayd etilgan. So’ngi vaqtlarda bu tepalikni Dietrix Xuff
o’rgangan. Qabirlarda loydan yasalgan odam haykalchalari topilgan. Tojikiston
hududida joylashgan Qumsoy manzilgohi qabristoni ham diniy e’tiqodlar va dafn
marosimlari bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos arxeologik xususiyatlarga egadir.
Qabrlar tuzilishiga ko’ra bir xil, olov izlari uchramaydi, qabrlardan topilgan
idishlarning ustki qismida oq angop berilgan. Bu joylardagim qabrlar o’rganilishi
natijasida T.P.Kyatkina jasadlar yevropoid sharqiy O’rta yer dengizi tipiga
aloqodar deb o’rganadi. Shu bilan birgalikda O’rta Osiyoda diniy tasavvurlar bilan
bog’liq ko’pgina manzilgohlar o’rganilgan bo’lib bronza davrida juft oilalarning
mustahkamlanib borishi, unumdor yerlarga bo’lgan ehtiyojning oshishi avvalgi
davrlardagi oqsoqollarning mavqeyini yanada oshishiga olib keladi. Ma’lumki,
bronza davri juft oilalarning paydo bo’lishi va jamiyatda boshqaruv tizimining
erkaklar qo’liga o’tishi bilan xarakterlanadi, lekin jamiyatda ayollar mavqeyi
saqlanib qolingan. Endi tabiat unsurlarining asosiy etiqod tarziga aylanishi, inson
quyosh, yer, suv va toza havoning ahamiyatini anglab yetgan. Bu unsurlarning
inson hayoti tabiat bilan bog’liqligini anglab ularni ilohiylashtirganlar. Dastlab
quyoshni ilohiylashtirishgan bo’lsa, keyin esa unumdor tuproqning ahamiyati katta
bo’lgan. Aynan zardushtiylik falsafasida yerning unumdorlik ahamiyati yetarlicha
asoslab berilgan. Aynan otashparastlikning muqaddas unsurlaridan biri suvdir. Bu
suvning e’zozlanishi esa O’rta Osiyo dehdonchilik munosabatlarida suvning
e’zozlanishi asoslanib keltirilgan bo’lsa ajab emas. Otashparastlikdagi to’rtinchi
unsuri esa havodir. Zardushtiylik dinning paydo bo’lishi masalasi uning O’rta
Osiyo xalqlari shu jumladan O’zbek davlatchilik tarixi ildizlari bilan bog’liqligi,
arxeologik ashyolarning taxliliga ko’ra ilk zardushtiylik dinining kurtaklari
mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga tegishlidir. Bunga asosan Jarqo’ton
77](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_77.png)
![olov ibodatxonasi va shu davr dafn marosimlari bilan bog’liq udumlarda yaqqol
namoyon bo’lgan. Zardushtiylik dini ma’lum tartib qoidalar, udumlar asosida
muayyan bir davrda shakillandi. O’rta Osiyo qadimgi xalqlari haqida ma’lumot
beruvchi ilk yozma manba “Avesto” kitobida jamiyatning tuzilishi va uning
tarkibi haqida ma’lumot berilgan. Avestoning eng qadimgi qismlari “gatlar” deb
atalib, unda payg’ambar Zaratushturaning beshlik qo’shiqlari, oliy xudo
Axuramazda va uning mabutlari haqidagi olqishli madhi batafsil keltirilgan.
Bronza davri arxealogik belgilarida Sopollitepa qal’a qo’rg’oni bittadan nmanani
tashkil qiladi. Vis bu nafaqat qishloq jamoasi balki xususiy ishlab chiqaruvchilar
uyushmasi, butun qishloq jamoasi ma’nosini anglatib, Sopollitepa qishlog’ini
Visga qiyoslab ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Davlatchiligimizning eng dastlabki bo’g’ini Vislardan ya’ni qishloq
jamoalaridan boshlangan. Jarqo’ton xududida joylashgan shaxar ibodatxonasi shu
ilk davlatlarning boshqaruv organi bo’lib, boshqaruv tizimida diniy
rahnamolikning o’rni katta bo’lgan. Diniy qarashlarning jamoalar hamda ilk
davlatlarning rivojlanishi bilan quyidagicha izohlangan. Xulosa qilib aytish
mumkinki arxeologik yodgorliklar va ularning tarixiy taxliliga ko’ra din jamiyatda
davlatchilik asoslariga borib taqaladi.
Doimiy o'zgaruvchan ovchi-jamoalardan farqli o'laroq, o’troq dehqon
jamoalarning doimiy yashash joylari topilmalari bilan bog’liqlik boshqacha.
Avlodlarning ruhiga ibodat amaliyoti ham mavjud bo’lib, mayitning bosh suyagi
qoldig’iga odatda ajdodlari hurmat bilan qarashgan. Ajdodlarning muhim mavzusi
o'liklar va ularning avlodlari yerining unumdorligi o'rtasidagi bog'liqlikka
ishonishdir.
Kannibalizm. Paleolit davriga tegishli topilmalarda inson tanasining
bo'laklari va boshqa hayvonlarning suyaklari arxeologik madaniy qatlam bo'ylab
tarqalgan va ba'zan esa ular singan yoki kuydirilgan. Bu ko'pincha arxeologlar
tomonidan kannibalizm uchun asos sifatida qabul qilinadi, ammo boshqa talqinlar
buni aksini kursatishi mumkin (masalan, murdani yeyayotgan hayvonlarning
harakati suyaklarni yuzaga chiqish va shu bilan ularning o'sha joyda keyingi
78](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_78.png)
![yong'inlar bilan yonishiga olib keladi). Bir tomondan bu topilmalar kannibalizmni
talqin qilishga imkon beradi. Lekin, ular buni majburiy yoki o'z-o'zidan sodir
bo’lib qolmaymaydi, aksincha, agar odamxo'rlik o'sha paytda allaqachon mavjud
bo'lgan degan ishonchdan kelib chiqsa, buni tushuntirish ancha qiyin. Bugungi
kunda ham ba'zi olimlar tomonidan saqlanib kelinayotgan bu eskirgan
kontseptsiyadan, ya'ni kannibalizm ayniqsa "ibtidoiy" hodisa va shuning uchun
juda qadimiy degan tushunchadan voz kechish kerak. Etnologik tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, kannibalizm deyarli faqat agrar xalqlarning amaliyotida, ya'ni keyingi
madaniy bosqichda paydo bo'ladi va shubhasiz diniy yoki sehrli tushunchalar bilan
bog'liq madaniy o'simliklar va hayvonlar katta rol o'ynaydi. Paleolit kannibalizmi
keng miqyosda mavjud bo'lgan taqdirda ham, uni madaniy bosqichda juda
boshqacha tuzilgan tushunchalar yordamida tushuntirib bo'lmaydi.
Keyingi davrlarda, ayniqsa neolitda vaziyat boshqacha. Bu erda, aholi punkti
atrofida tarqalgan odam skeletlarining alohida qismlari o'rniga, odam qoldiqlari
vaqti-vaqti bilan oziq-ovqat qoldiqlari bilan birgalikda chiqindi chuqurlarida yoki
qurbonlik joyi sifatida xizmat qilgan teshik va tunnellarda topiladi. Ayniqsa, inson
bosh suyaklari singan va ichi bo'sh suyaklar bo'linib ketgan joyda, kannibalizmni
talqin qilish muqarrar. Ushbu xulosa qilingan amaliyot agrar madaniyatlar sohasida
sodir bo'lganligi sababli, uni amalga isbotlash mumkin.
Qurbonliklar (ya'ni, yuqori mavjudotlarga yoki o'liklarga qurbonliklarni
taqdim etish) O'rta paleolit davrida paydo bo'lgan. Dafn yaqinida hayvonlarning
suyaklari bo'lgan chuqurlar topilgan. Shunday qilib, ular o'liklarga qurbonliklar
keltirishi mumkin. Ayiqlarning bosh suyaklari va uning suyaklarining joylashishini
talqin qilish bo'yicha tortishuvlar mavjud bo’lib, ular shunday joylashtirilganki, u
haqida biror taxminga kelish qiyin. Ular madaniy yoki sehrli ahamiyatga ega deb
taxmin qilinadi. Ehtimol, o'ljaning ba'zi qismlari, masalan, bosh va go'shtli
qismlari yoki hech bo'lmaganda miya va ilikli suyaklar qurbon qilingan. Agar bu
qurbonliklarni oluvchi kim bo'lganligini aniq aytib bo'lmasa ham, o'xshashliklar
hozirgi "ibtidoiy" hodisalar bilan, o'ljaning bir qismi ozuqa ko’payishiga ishongan
bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, suyaklar va chizmalar topilmalari shuni
79](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_79.png)
![ko'rsatadiki, bosh suyaklarini hali ham biriktirilgan umurtqalar, qovurg'alar va
ho'kiz va bug'ularning old oyoqlari bilan saqlash ma'lum bir diniy yoki sehrli rol
o'ynagan. Endi faqat hayvonning o’zini emas, balki podaning bir qismi sifatida
butun hayvon qurbon qilinadi. Bu odat so'nggi paytlarda Markaziy va Shimoliy
Osiyo ovchilari va chorvadorlari orasida ham mavjud edi. Bunday topilmalar
ko'payib borar ekan, qurbonlik uchun ba'zi o'ziga xos hayvonlar va ularning
tanasining qismlari tanlanganligi aniq ko'rinadi.
Hayvonlarni qurbon qilish va hayvonlarning dafn etilgan joylarida hayvonni
zudlik bilan madaniy topilma sifatida ajratish qiyin. Eneolit davrida oid topilmalar
ayniqsa ko’p bo'lib, odatda odamlarning dafn etilishi bilan bog'liq holda topiladi.
Shunga qaramay, hayvonlarning shu tarzda bog'liq bo'lmagan va ma'lum bir
madaniyat guruhlarida xarakterli ravishda aniq tizimli sodir bo'ladigan bir qancha
dafn joylari mavjud. Bunday hollarda deyarli faqat uy hayvonlari ishtirok etadi va
ular orasida it va ho'kiz ustunlik qiladi. Bu erda inson qurbonligi masalasi alohida
ahamiyatga ega. Inson qurbonliklari ko'pincha kannibalizm va hayvonlarni qurbon
qilish bilan bog'liq edi. Qoldiqlarda ko'zga tashlanadigan asosiy narsalar
qurbonlikga urg’ochi hayvonlar va ularning bolalar, ba'zan yosh cho'chqalar bilan
birga qurbonlik qilishgan. Bu, shuningdek, hozirgi "ibtidoiy" agrar xalqlar orasida
kuzatilgan e'tiqod va amaliyotlarga o'xshaydi (unda cho'chqalar ko'pincha odamlar
bilan almashtiriladi), masalan, yashirin jamiyatlarning marosimlarida, boshlanish
muqaddima marosimlarida, qurbonliklarda, o'liklarning bayramlarini nishonlashda
va hosildorlik bayrmlarida ko’zga tashlanadi. Bundan tashqar murushda assirlarni
ham bir qator va jamoviy tarzda qurbonlik qilish ham ko’zga tashlanadi.
Hayvoniylik, ko'p jihatdan, totemizm uchun asosdir. Bu shaxslar yoki guruhlarning
ma'lum hayvonlar yoki boshqa tabiiy ob'ektlar bilan turli xil doimiy
munosabatlarini o'z ichiga oladi. Paleolit davrida hayvoniylik haqiqiy totemizm
xarakterini qay darajada qabul qilganligini aniqlash mumkin emas, lekin
totemizmining erta vujudga kelganligini tasdiqlash mumkin emas, chunki u
birinchi navbatda ma'lum darajada agrar bo'lgan xalqlar orasida uchraydi va
hayvonlar inson hayotiga va rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shuningdek, maxsus
80](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_80.png)
![qurbonlik an'analari o'yin (yani, raqs tushish) bilan chambarchas bog'liq edi,
xususan hayvonlarning timsolini joylashtirish uchun hayvon skeletini yoki
skeletning bir qismini saqlash odati yoki terisini yopinib olish bilan raqsga tushish
ham ko’zga tashlanadi.
Xullas, yuqorida keltirilgan ishimiz mazmuni ma’lumotlari asosida
quyidagicha yakuniy xulosalarni keltirish mumkin:
1. O’rta Osiyo miqyosida ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari va
dafn bilan bog’liq urf-odatlar Teshiktosh g’or makoni neondertal bolasi
ko’milishiga oid ma’lumotlar asosida o’rta paleolit davri jamoalari
turmushida mavjud bo’lganligi haqida dalil keltirish ilmiy asosga ega.
2. Ibtidoiy din shakllari bo’lgan animizm, fetishizm, totemizmlarning barchasi
o’z asosiga ega va odamlar turmushida bo’lganligi arxeologik qazilmalarda
topilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlar bilan asoslidir.
3. Kishilik tarixi taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ishlab chiqarish
iqtisodiyoti, dehqonchilik, chorvachilik xo’jaliklari paydo bo’lishi bilan shu
xo’jalik turlari bilan bog’liq diniy e’tiqodlar, dafn bilan bog’liq urf odatlar
yuzaga kelganligi ham qabrlar arxeologik manbalarida o’z asosini topgan.
4. Qabrlarda mayitlar yoniga qo’yilgan narsa-predmetlar soni, mazmuni
jamiyat taraqiyotida aholilarning tabaqalanganligini bildiruvchi omillardan
biri hisoblanadi.
5. Qoyatosh rasmlari yodgorliklari ham ibtidoiy odamlar diniy tasavvurlari,
urf-odatlarini yoritishda muhim manba ekanligi imliy tadqiqotlarda
asoslangan.
6. Ibtidoiy davr odamlarining ma’naviy madaniyati, ma’naviy kechinmalarini
bilishda arxeologik tadqiqotlarda diniy tasavvur, dafn bilan bog’liq urf-
odatlar borasida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlar muhim
tarixiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi.
81](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_81.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1.Аванесова Н.А. Археология Средней Азии:Энеолит и бронзовый век .
Учебник.изд.СамГУ, Самарканд. 2020.
2.Амиркулов Б.А. Исследование погребения неолитичнской стоянки в
селении Сазаган. Материалы конфер. СамГУ. Самарканд, 1982.
3.Аскаров А.А., Сополлитепа . Изд. «Фан»Ташкент, 1972.
4.Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура бронзы Юга Узбекистана .
Изд. «Фан» , Taшкент. 1977.
5.Асқаров А.А.Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. Тошкент, 2015. Б.676;
6.Асқаров А.А.Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихининг автохтон асослари.
Самарқанд, 2016.
7.Аскаров А.А ., Абдуллаев Б.Джаркутан . Изд. «Фан»Ташкент, 1983.
Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и
средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан, 1978.
8.Бадер О.Н. Древнейшие земледельцы Северной Месопотамии. М., Наука,
1989.
9. Бижанов Е.Б. Первое неолитическое погребение на Устюрте // СА,
№1. 1985.
10.Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени
д.и.н. – Нукус, 1996.
11.Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. //
Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент : Фан,
1978.
12.Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете
современных исследований. Избр.тр. М.,1965.Т.5.
13.Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского
междуречье. М., 1981.
14.Виноградов А.В., Итина М.А., Яблонский Л.Т. Древнейшее население
низовий
82](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_82.png)
![Амударьи. М. , 1986.
15.Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение
гиссарской культуры и неолитические слои поселения Кангуртут.
М., 2008
16.Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5.
Тошкент,2008.
17.Джуракулов М.Д.Исследование стоянки Сазаган 2 // Археологические
окрытия1982. М.,1984.
18.Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У., Амиркулов Б.А. Итоги
археологического изучения стоянки Джангал I . // В опросы археологии,
древней истории и этнографии. Труды Сам ГУ, Самарканд, 1991.
19.Джурақулов М.Ж., Холматов Н.У. Тепақул 3 неолит манзилгоҳи
ўрганилиши натижалари // Тарих фанининг долзарб муаммолари. Самарқанд.
СамДУ. 1997.
20.Джуракулов М.Ж., Холматов Н.У. Тепакул 4 неолит манзилгоҳи (Ўрта
Зарафшон воҳаси) // Тарих ва истиқлол. Илмий мақолалар тўплами.
Самарқанд, 2000.
21.Джурақулов М.Ж. Холматов Н.У. Самарқанд Давлат Университети
тадқиқотларидан // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2003. Тошкент.
2004.
22.Джўрақулов М.Ж. Зарафшон воҳаси тамаддунининг илк саҳифаларидан.
Ўзбекистон моддий маданияти тарихи, 34-нашри, Самарқанд, 2004.
23.Джуракулов М.Д., Ходжайов Т.К. Культура и население неолитической
стоянки Сазаган. Научню труды СамГУ.Самарканд, 1984.
24.Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Мазолит и неолит Среднего Зарафшана.
Ташкент, Фан, 1991.
25.Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5.
Тошкент,2008.
26.Ермолова М.Н. Вопросы изучения остатков животных в археологических
памятников в связи с проблемой возникновения и развития производящего
хозяйство. Барнаул, 1983.
83](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_83.png)
![27.Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991.
28. Islamov U.I., Aripov K.R., Kraxmal K.A. «O генезисе и возрасте пещеры и
пещерных отложений древнепалеолитической стоянки Сел-Унгур.
Самарканд, 1992.
29.Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур
Ферганской долине. - СА, 1990, №2.
30.Исламов У.И. Проблемы происхождения человека в Средней Азии. // К
истокам истории древнекаменного века Средней Азии. – Ташкент, 1996 .
31.Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной
Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986.
32.Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка
Селунгур в Ферганскай долине. ВА вып.80,1988.
33.Итина M . A . История степных племен Южного Приаралья III -начало II тыс
до н.э. Москва, 1977.
34.Кабиров Д. Древнейшая наскальная живопись Зараутсая. // Первобытное
искусство. Новосибирск: Наука, 1976 ;
35. Лев Д.Н. Древний палеолит в Аман-Кутане.-труды УзГУ, вып.39,
Самарканд,1949. С.51.
36.Лев Д.Н. Новые памятники палеолита в Узбекистане.- Труды по изучению
четвертичного периода.вып.13, М., 1957 .
37.Лисицина Г.Н. Основные этапы истории земледелия на юге Средне Азии
Л., 1968 .
38.Mandelshtam A.N. Памятники эпохи бронзы в Южном Таджикистане //
MIA, № 145.Москва-Ленинград, 1968.
39.Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым,
1961 .
40. Массон В.М. Поселение Джейтун (проблемы становления производящей
экономики). МИА, № 180, 1971.
84](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_84.png)
![41.Массон В.М. Экономика и социальной строй древных обществ (В свете
данных археологии) // -Л: «Наука», 1976 .
42.Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих
культур.- Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10; Массон В.М.Земледельческий неолит
юго-запада Средней Азии. // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.:
Наука, 1966;
43.Maссon В.M. Aлтин-депe // Tруды ЮТАКЭ, т. 18.Ленинград, 1981, С.247;
44. Maссon В.M.Энеолит Средней Азии // Энеолит СССР. Москва, 1982,
С.296.
45.Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний
типлари. «Ўзбекистон археологияси» журн. 2011,№ 2,
46.Окладников А.П. Палеолитический человек МГУ.1949.
47. Pyankova L.T. Брозовый век Южного Таджикистана //Известия АН
Тадж.. № 4. Душанбе, 1986.
48.Ранов В.А. Изучение памятников каменного века на Восточном Памире в
1958 г. Труды АН Таджикистана, т.17, 1961 .
49.Ранов В.А. Шугноу-многослойная палеолитическая стоянка в верховьях р.
Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973 .
50.Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология,
экономика. // Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982;
51.Ранов В.А. Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии.
// Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985;
52.Ранов В.А. Неолит (гиссарская культура). История Таджикского народа.
Том 1. – Душанбе, 1998.
53. Ранов В.А.,Коробкова Г.Ф. Tуткавул многослойное поселение гиссарской
культуры в Южном Таджикистане – СА, 1971, №2, с.48-54.
54.Ранов В.А.,Несмеяноа С.А. Палеолит и стратиграфия анропогена Средней
Азии.- Душанбе, 1973.
55.Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
85](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_85.png)
![56.Тошкенбаев Н.Х, Сулайманов Р.Х. Культура древнекаменного века
долины Зарафшана. Тошкент, 1980 .
57. Szymezak. K, Gretchina T.,Madeyska, Khudzhanazarov. M., Tashkenboev., N.
Suleimonov., Fakguezes CH., Fohtugue M., Kutuzbulak Revisited A Middle
Paleolithic Sitein Zeravshan River Volley Uzbekistan. Warsaw, Jnstitute of
Azcheology Warsaw University. 2000.-133 p.
58.Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар.
Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. Ташкент, 2005.
59.G. Childe. The urban Revolution. Tovn Planning Review . 1950 . V. 21 . № 1 .
60.Г. Чайлд . Древнейший Восток в свете новых раскопок. М осква –
Ленинград. 1956 ;
61. Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства. Москва, Наука, 1980.
62.Шнирельман В.А. «Неолитическая революция» и неравномерность
исторического развития – Проблемы переходного периода и переходных
общественных отношений. Москва, 1986.
63.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего хозяйства. М., 1989;
64. X лопин И.Н. Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-
Петербург. 1997
65.Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4.
66.Холматов Н.У. Қоратепа тош даври жамоалари моддий маданияти (Ўрта
Зарафшон воҳаси). ИМКУ, № 35, Тошкент, “Фан”, 2006.
67.Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4.
68.Холматов Н.У.Сазоғон маданияти ва унинг Ўзбекистон неолит даврида
тутган ўрни. СамДУ нашр.Самарқанд, 2020.
69.Ходжайов Т.К., Джуракулов М.Д. Антропология Средней Азии.
Самарканд, 1984.
86](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_86.png)
![70.Хужаназаров М. Наскальные изображения северо-восточного
Узбекистана. – Л. , 1985 .
71.Хужаназаров М., Брунет Ф.,Шимчак К. Археологические исследования
Узбекско-Французской экспедиции на памятниках Кызылкумов.
Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годы.
Ташкент,2006.
72.Ўзбекистон- Франция халқаро археологик экспедицияси илмий
ҳисоботи-2008,2009 й.
87](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_87.png)
![Rasm. Bo’ston 6 yodgorligi. Dafn bilan bog’liq urf-odatlar.
Rasm . Obirahmat g ’ ori Makoni . Obirahmat odami .
88](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_88.png)
![Rasm. Qoyatosh rasmlari yodgorliklari
Rasm. Ochilg’or makoni . Uloqcha bilan bog’liq totemistik e’tiqod
89](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_89.png)
![Rasm. Teshiktosh g’ori Makoni. Dafn biln bog’liq urf-odatlar
90](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_90.png)
![Rasm. Bronza davri qabrlarida danf bilan bog’liq urf-datlar.
91](/data/documents/60970191-9916-4cc1-994f-803dc5b41380/page_91.png)
Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq urf-odatlar Mundarija Kirish…………………………………………………………… … ………..3 I-Bob. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart- sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi...........................................................7 I.1. Ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi… ..…..7 I.2. ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi… …………..16 II Bob. O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i....................2 2 II.1. O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi………..21 II.2. O’ rta Osi yo miqyosida neolit davri jamoalarining mod..diy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi……………………30 III Bob. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i…...47 III.1. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi…………………….47 III.2. O’ rta Osi yo miqyosida bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi…………………….52 Xulosa…………………………………………………………………..….69 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati………………………………………78 Ilovalar, Xaritalar, Rasmlar......................................................................84 1
Kirish Insoniyat tarixi rivojida ibtidoiy davr jamoalarining moddiy madaniyati tarixi muhim o’rin egallaydi Bu moddiy madaniyat tadqiqotida esa ibtidoiy odamlar diniy tasavvurlari va dafn bilan bog’liq urf odatlarni o’rganish o’z mazmun-mohiyati bilan alohida ajralib turadi va dolzarblik kasb etadi. Ilk diniy qarashlarga oid bo’lgan yozma manbalar juda kam, chunki diniy qarashlar yozuv yaratilishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. So’nggi yillarda amalga oshirilgan arxeologik qazilmalar materiallari asosida O’rta Osiyo hududida ilk diniy qarashlar o’rta paleolit davrida vujudga kelgan. Teshiktoshdan topilgan neandertal bola oldidan (muste davriga oid) qizil rang-oxra (b o’ yoq)lar topilgan. Bundan tashqari qabr atrofi hayvonlarni shoxi bilan o’ralgan 1 . Bu yuqorida fikrimizni dalili bo’ladi. Shu o’rinda aytish lozimki, O’rta Osiyo miqyosida arxeologik qazilmalar jarayonida kishilik tarixi tosh asri jamoalariga tegishli bo’lgan antropologik topilmalar ham topilgan. Jumladan, Farg’ona vohasida Sel-Ungur g’or makonidan “Farg’ona odami” 2 , Toshkent vohasidan “Obirahmat odami”, yuqorida keltirilganidek, Teshiktosh neondertal bolasi, Samarqand makoni antropologik topilmasi, 3 Tutqovul yodgorligi bolalar qabrlari 4 , Joytun yodgorligi qabrlari 5 , Sazog’on neolit odami qabri, 6 Tumek-Kichikjik, Koksajol, Tolstov makoni neolit qabrlari 7 ma’lumotlari shular jumlasidan hisoblanadi. O’rta Osiyo sarhadlari miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning vakili- Fergantrop (Farg’ona vodiysi, Selung’ur g’ori) hisoblanadi. U.I.Islomov, A.A.Zubov, 1 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949. 2 Islamov U.I., Aripov K.R., Kraxmal K.A. «O генезисе и возрасте пещеры и пещерных отложений древнепалеолитической стоянки Сел-Унгур. Самарканд, 1992. 3 Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемыверхнего палеолита в Средней Азии.- Изд.”Фан”, Ташкент, 1987.с 197. 4 Ранов В.А.,Коробкова Г.Ф. Tуткавул многослойное поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане – СА, 1971, №2, с.48-54. 5 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Массон В.М. Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971. 6 Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. C .108. 7 Виноградов А.В. Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981. 2
V.M.Xaritanovlar bu topilmani Teshiktosh neondertal bolasidan ancha arxaik ekanligini e’tirof etishadi 8 . Teshiktosh neondertal bolasi O’rta Osiyo qadimgi gominidlari jismoniy tipi borasida muhim ma’lumot beradi 9 . Bu topilmaning taksonomik holati baxsli munozaralari S.T.Mirsoatovaning maqolasida keltirilgan 10 . Yaqin o’n yillarda Obirixmat g’orida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida muhim antropologik topilma topilib, u neondertal tipidagi odam bilan hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan gominidning jismoniy tipi deb e’tirof etildi 11 .Bu haqda B.Sayfullayev fikr bildirgan 12 So’nggi paleolit davri odami borasida Samarqand makoni antropologik topilmasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Erkak va ayolga mansub bo’lgan bosh chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg, I.I.Goxmanlar tomonidan o’rganilgan. Mutaxassislar ularni yevropoid irqining janubiy tipiga oid dgan xulosaga kelishgan 13 . Neolit davrining oxiri va eneolit davrida urug’chilik jamoalari alohida sig’inadigan sajdagohlar ham mavjud bo’lgan. Ular alohida-alohida honalarga ajratilmay bitta urug’ uchun bitta umumiy xona mavjud edi. Bronza davri dehqon jamoalari uchun xizmat qiluvchi noyob diniy markaz-monumental inshoot- Jarqo’ton ibodatxonasi va uning qoshida diniy marosimlar uchun kerak bo’ladigan ishlab chiqarish xo’jalik-xizmat qismini tashkil etilishi va uning faoliyati o’z davri uchun muhim ahamiyat kasb etadi 14 . Dinning markazlashuv jarayoni yuz bera boshlaydi. Diniy dunyoqarashda olov muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, olov bilan bog’liq qurilmalar, olovning ramzlari insonlar diqqat markazida bo’lganligi moddiy madaniyatda kuzatiladi. 8 Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине. ВА вып.80,1988. 64-б. 9 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949. 10 Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари. «Ўзбекистон археологияси» журн. 2011,№ 2, 12-бет. 11 Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. Тошкент,2008. 12 Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. Ташкент, 2005,274-277 бетлар . 13 Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. 8-б. 14 Асқаров А.А, Абдуллаев Б 3
Bulardan tashqari hali odamlarning onggida ibtidoiy diniy qarashlarning ayrim ko’rinishlari, ya’ni zoolatrik diniy qarashlarga e’tiqod saqlanib qolgan bo’lib, ma’lum vaqt o’tgach, dehqon jamoalari hayotida olov, yer, suv va havo eng zaruriy hayot manbai ekanligini tushunib yetgach, zoolatrik xarakterdagi hayvonlar faqat tumorlarda, muhrlarda saqlanib qoladi. Ularning hayotida tabiatning to’rt unsurini e’zozlash birinchi darajaga ko’tariladi. Bu to’rt unsur esa zardushtiylik dinining muhim ustunlari, asosiy belgisidir. To’rt unsurning uchtasi (olov, yer, suv) Jarqo’ton ibodatxonasida o’z aksini topgan. Aholi yashash manzilidan chetda shahar qabristonining vujudga kelishi zardushtiylikdagi tabiatning to’rtinchi ustuni- musaffo havoning muqaddaslashtirish rasmiy tus olganligidan dalolat beradi. Biroq, bu zardushtiylik dini uzil-kesil shakllandi, degani emas. Shu sababli, bu davrni zardushtiylik dinining shakllanish jarayoni boshlangan davr, ya’ni ilk zardushtiylik, deyilsa to’g’riroq bo’lar edi. Jarqo’ton nafaqat diniy markaz, balki jamiyatning boshqaruv markazi ham bo’lgan. Kishilik tarixi, jamiyati rivoji, insonlar ma’naviy madaniyati, hayoti, kechinmalarini bilishimizda i btidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar i o’z mazmun-mohiyoti bilan o’ta dolzarb sanaladi. Shu bois, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizni shu mavzudan oldik. Mavzuning dolzarbligi uning mazmunini yoritishda birlamchi manbalarga tayanishimiz ham bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, ibtidoiy odamlar vaqt o’tishi bilan biologik jihatdan takomillasha borgan. Dastlab ular o’zini o’rab turgan atrof-muhit mohiyoti, tabiat hodisalarning sirlarini tushunishmagan. Tabiatga to’la qaram bo’lgan va kunlik turmush tarzi ham shu tamoyillarga bo’ysingan. Tabiat hodisalariga qarshi kurashishdagi ojizliklari turli tabiat kuchlariga sig’inish, topinishlarni keltirib chiqargan. Ular o’zlariga naf keltiradigan tabiat hodisalariga sig’inishgan. Masalan, olovdan ular naf ko’rishgan. Taftidan isinishgan, yirtqich hayvonlarga qarshi kurashishda foydalanish nafini tushuna borishganki, ularga topinishgan. Shu tariqa insonlar hayotida dastlabki diniy tasavvurlar, topinishlar, sig’inishlar, e’tiqodning dastlabki shakllari yuzaga kelgan. 4
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi O’rta Osiyo miqyosida ibtidoiy davr jamoalari turmushida bo’lgan diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq bo’lgan urf odatlarni yodgorliklar tadqiqotida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlarga tayanib imkoniyat darajasida yoritishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, 3 ta bob va tegishli paragraflar xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan iborat. Malakaviy ishimizning kirish qismida tanlagan mavzumizning dolzarbligi, ishimizning manbaviy asoslari, mazmuni yoritilgan. Shuningdek, ishning tuzilishi- boblar va ularga tegishli bo’lgan paragraflarning mazmuni va ularning uzviyligi masalalari keltirilgan. Malakaviy bitiruv ishimizning 1-bobi “ Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi” deb nomlanib, unda ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi, ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalalari keyingi yillar arxeologik ma’lumotlari, soha mutaxassislarining ma’lumotlari asosida yoritilishiga harakat qilingan. Ishimizning 2- bobi « O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i” deb nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit, neolit davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi yoritilgan. Ishimizning 3- bobi «O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf- odatlar i ” deb nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf- odatlar i masalasi yoritilgan. 5